3
Zabur 5
IJROCHILAR RAHBARIGA. NAYCHILAR UCHUN. DOVUDSANOSI.
2
Ey Xudovand, So`zlarimni tinglagin, Ogoh bo`lgil niyatimdan!
3
Nolayufaryodimga quloq solgin, Ey Podshohim ham Xudoyim! Men Sengaibodat qilmoqdaman.
4
Tong chog`i ovozimni eshitasan, ey Xudovand,Tong chog`i Sening oldingda hozir bo`laman, Intizorlik-la ko`z tutamanSen tomon.
5
Sen yovuzlikni xush ko`rmaydigan Tangrisan, Nopok odam joy topmas Sening huzuringda,
6
Takabbur esa qad ko`tarmas qarshingda.Nafrat etasan jami badkirdorlardan,
7
Yolg`on so`zlovchini O`zing mahvetasan. Ha, Xudovand qonxo`ru makkordan jirkanur.
8
Men esam,rahming ko`pligi tufayli Sening uyingga kiraman. Muqaddas ma´badingtomon bosh egib, Senga xos qo`rqinch ila sajda qilaman.
9
Yovlarim-chunmeni haqiqat yo`lingga boshla, O`z yo`lingni ravon qilgin oldimda, EyXudovand!
10
Ularning og`zida to`g`rilik yo`qdir, Kasofatdir ularningbotini. Bo`g`izlari - ochiq qabr, So`zlari - faqat tilyog`lama.
11
EyXudoyim, ularni gunohkor bil! Yomon niyatlari o`zlariga ursin! Gunohlariko`pligi bois ularni daf qil! Chunki ular Senga qarshi isyon qildilar.
12
Sendan panoh topgan hamma sevingay, Doimo quvonib tarannumetishgay. Ularni O`zing himoya qilursan, Nomingni sevguchilar Sen-lashod bo`lgay.
13
Ey Xudovand, Solihga O`zing baraka berursan, Lutfukaramingni qalqonday qilib, Uning ila solihni o`rab olursan.
Zabur 6
IJROCHILAR RAHBARIGA. SAKKIZ TORLI SOZDA. DOVUDSANOSI.
2
Ey Xudovand, Qahring kelib, ta´zirimni bermagin, G`azabing ila meni jazolamagin!
3
Menga mehribonlik qilgin, yo Rabbim, Chunki menbemajolman. Menga shifo bergin, ey Xudovandim, Chunki ustuxonlarimnititroq bosdi.
4
Jon-tanimni vahima qamramoqda. Sen-chi, ey Xudovand,qachongacha..?
5
Qaytgin, ey Tangrim, jonimni qutqar, Lutfing sharafiuchun xalos qil meni!
6
O`lim diyorida Seni yodlamaslar, Tamug`da kim