You are on page 1of 78

‫بسم ﷲ الرحمن الرحيم‬ 

 
 
Abdulloh Asariy
 
 
 
 
 

“Salaf solih”  
“Ahlus‐sunna val‐jamoa” 
e’tiqodi 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Badr at‐Tavhid 
www.sodiqlar.com 
Makka shahridagi Oliy Mahkama qozisi hamda
“Masjidul-Harom” imom xatibi Shayx Saud Ibn
Ibrohim Shuraym va Shayx Muhammad Ibn Jamil
Zaynu muqaddimalari
“Ey xalqimiz, Allohning da’vatchisiga ijobat qilinglar!” (Ahqof:31) 
“Robbimiz, bizlardan bu amalimizni qabul et! Darhaqiqat, sen eshituvchi va biluvchi Zotsan”. 
“Ilohim, bu amalimning barchasini solih va O’z yuzing uchun xolis qil hamda unda O’zingdan boshqa 
biror kimsa uchun nasiba qo‘yma!”. 

Saud ibn Ibrohim Shuraymning muqaddimasi


Alloh ta’ologa hamdlar va payg‘ambarlarning  so‘nggisiga salavot va salomlar bo‘lsin. 
Men  Alloh  yo‘lidagi  do‘stim  shayx  Abdulloh  ibn  Abdulhamid  Oli  Ismoilning  najot  topuvchi  firqa, 
madadlangan toifa _ “Ahlus‐sunna val‐jamoa” e’tiqodi haqida yozgan “al‐Vajiz fiy aqidatis‐salafis‐solih” 
(Salaf solih e’tiqodi haqida muxtasar saylanma) nomli kitobini o‘qib chiqdim. 
Bu  bebaho  va  foydali  kitobdir.  Muallif  unda  “ahlus‐sunna  val‐jamoa”  e’tiqodining,  ushlagan  kimsa 
najot topadigan, yuz o‘girgan kimsa halok bo‘ladigan asoslari haqida muxtasar xabarlarni bayon qilgan. 
Bu  asoslardan  yuz  o‘girishdan  Alloh  saqlasin!  Muallif  tahsinga  loyiq  xizmatlar  qilgan.  Chunki,  u 
jumlalarni o‘quvchi hamda tinglovchi anglab olishi qulay bo‘lgan yengil so‘z va ma’nolar bilan tuzgan. 
Alloh  ta’olo  unga  yaxshiliklarni  mukofot  qilib,  bu  kitobi  bilan  musulmonlarni  foydalantirsin.  Alloh 
ta’olo bizga va unga foydali ilm va solih amallarni nasib etsin hamda barcha musulmonlarni Rasululloh 
sollallohu alayhi va sallam, uning sahobalari va eng afzal asrlarda yashagan (musulmon) ajdodlar yo‘lida 
yurishga muvaffaq qilsin! Alloh duolarni eshituvchi va ijobat qiluvchi zotdir. 
Shayx Saud ibn Ibrohim Shuraym 
Makka shahridagi Oliy Mahkama qozisi  hamda       
“Masjidul‐Harom” imom xatibi, 14 / 5 /1416 h.   

Shayx Muhammad ibn Jamil Zaynu muqaddimasi


Alloh  ta’ologa  hamdlar  bo‘lsin.  Biz  unga  hamdu  sanolar  va  istig‘forlar  aytib,  undan  yordam  va 
nafsimizning yomonliklari hamda yomon amallarimizdan panoh so‘raymiz. 
Alloh  hidoyat  qilgan  kimsani  adashtiruvchi,  adashtirgan  kimsani  hidoyat  qiluvchi  zot  yo‘qdir.  Men 
sheriksiz,  yagona  Allohdan  o‘zga  iloh  yo‘q  va  Muhammad  uning  bandasi  va  elchisidir  deb  guvohlik 
beraman.  
So‘ng ... 
Men  “al‐Vajiz  fiy  aqidatis‐salafis‐solih”  (Salaf  solih  e’tiqodi  haqida  saylanma)  kitobini  o‘qib  chiqdim 
va  uning  samarali  kitob  ekanini  ko‘rdim.  Muallif  bu  kitobda  maqtovga  sazovor  bo‘lgan  bebaho 
ma’lumotlarni  to‘plagan.  U  salaf  solih  e’tiqodini  musulmon  osonlik  bilan  o‘qib,  ko‘plab  ma’lumotlarga 
ega bo‘ladigan darajada mufassal bayon qilgan. 
Men har bir musulmon, xususan, ilm toliblari  bu kitobni o‘qisin va undan istifoda qilsin deb  vasiyat 
qilaman. 

www.sodiqlar.com  2
Абдуллоҳ Асарий “Салафсолиҳ” - “Аҳлус-сунна вал-жамоа”эътиқоди

Men  Alloh  ta’olodan  bu  kitob  bilan  musulmonlarga  foyda  berishini  va  yozishdagi  mehnatlarni  O’zi 
uchun xolis qabul qilishini so‘rab qolaman. 
Shayx Muhammad ibn Jamil Zaynu 
Makka shahrdagi “Dorul‐Hadis al‐Xayriyya”  
madrasasining ustozlaridan.  2 shavvol, 1415 h. 

  3
Muqaddima
 Barcha maqtovlar Allohga xosdir. Biz unga hamdlar va istig‘forlar aytamiz hamda undan yordam va 
nafsimiz  hamda  yomon  amallarimizdan  panoh  so‘raymiz.  Alloh  hidoyat  qilgan  kimsani  adashtiruvchi, 
adashtirgan  kimsani  hidoyat  qiluvchi  zot  yo‘qdir.  Men  sheriksiz,  yagona  Allohdan  o‘zga  iloh  yo‘q  va 
Muhammad uning bandasi va elchisidir deb guvohlik beraman.  
“Ey mo‘‘minlar, Alloh ta’olodan loyiq bo‘lganidek qo‘rqinglar va musulmon bo‘lib vafot etinglar!” (Oli 
Imron: 102). 
“Ey odamlar, sizlarni bir jondan yaratgan, u jondan esa juftini yaratgan va u ikkisidan ko‘plab er  va 
ayolni  yaratgan  Alloh  ta’olodan  qo‘rqinglar!  Yana  oralaringizdagi  savol‐javoblarda  o‘rtaga  nomi 
solinadigan   Allohdan  qo‘rqingiz  va  qarindoshlik  aloqalarini  uzishdan  qo‘rqinglar!  Alloh  sizlarning 
ustingizda kuzatuvchi bo‘lgan Zotdir (Niso: 1)* 
“Ey  mo‘‘minlar,  Alloh  ta’olodan  qo‘rqinglar  va  rost  so‘zlanglar,  Alloh  sizlarning  ishlaringizni  isloh 
qiladi  va  gunohlaringizni  kechiradi.  Alloh  va  Uning  Rasuliga  itoat  qilgan  kimsa  ulkan  zafarlarga 
erishibdi” (Ahzob:71). 
So‘ng ... 
So‘zlarning  eng  rosti  Allohning  kalomidir.  Yo‘llarning  eng  yaxshisi  Muhammad  sollallohu  alayhi  va 
sallamning  yo‘lidir.   Ishlarning  yomoni  bid’atlardir.  Har  bir  bid’at  zalolatdir  va  har‐bir  zalolat 
jahannamdadir.  (Bu  xutbani  “Hojat  xutbasi”  deb  ataladi.  Bu  xutbani  har  bir  ishni  boshlashda  o‘qish 
mumkin.  Rasululloh  sollallohu  alayhi  va  sallam  sahobalarga  bu  xutbani  diniy  ishlarida,  u  ishlar  nikoh, 
juma, ma’ruza va boshqa bo‘lsin, so‘zboshi qilib o‘qishlari mumkin ekanini o‘rgatar edilar. Buning aslini 
ko‘rish uchun quyidagilarga qarang: “Sunan ibn Mojja”: “Kitabun‐nikah: “Babu xutbatin‐nikah”, “Sunan 
at‐Termiziy”, “Sunan Abi Davud”, “Sunan an‐Nisaiy”, Abu Ya’loning “Sunan”i, Bayhaqiyning “Sunan”i, 
Tabaroniyning “al‐Mu’jam al‐Kabir” va Imom Ahmadning “al‐Musnad” kitoblari. Bu xutbaning bir qismi 
Imom  Muslimning  “Sahih”ida  “Kitabul‐jum’a:  Babu  xutbatihi  sollallohu  alayhi  va  sallam”  da  rivoyat 
qilindi.  Mufassal  o‘rganish  uchun  shayx,  alloma  Muhammad  Nosiruddin  Alboniyning  “Xutbatul‐hoja” 
kitobiga  murojaat  qilinsin).  Musulmon  do‘stim,  bu  muxtasar  kitobcha  “Salaf  solih,  sunnat  va  jamoat 
sohiblarining e’tiqodi” haqidadir. 
Bugungi kunda Islom ummatining turli guruh va jamoatlarga bo‘linib, tarqoq holatda qolishi hamda 
har  bir  jamoa  o‘z  aqidasiga  da’vat  etib,  o‘zini  oqlashi  oqibatida  ko‘plab  odamlarga  ishning  chigallashib 
qolishi,  natijada  esa  kimga  ergashishlarini  bilmay  qolishlari,  meni  ushbu  kitobni  yozishga  undadi. 
Allohga  hamdlar  bo‘lsinki,  Rasululloh  sollallohu  alayhi  va  sallam  quyidagi  hadislarida  xabar 
berganlaridek,  bu  ummat  ichidan  ezgulik  yo‘qolmaydi  va  bir  guruh  kishilar  qiyomat  kuniga  qadar 
hidoyat va haqiqatni mahkam ushlab qoladi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: “Ummatim 
ichidan bir toifa haqiqat uzra qoladi. Yordamsiz tashlab qo‘yilsa‐da, ularga biron bir zarar yetmaydi. Ular 
Allohning amri kelguniga qadar o‘z hollarida o‘zgarmay qoladilar” (Imom Muslim rivoyati) 
“Ummatimning  misoli  yomg‘irga  o‘xshaydi.  Uning  boshlanishi  yaxshimi,  yoki  oxirimi,  bilib 
bo‘lmaydi” (Alboniy: “Sahih sunan at‐Termiziy”). 
Bu so‘zlarni o‘qir ekanmiz, zimmamizga Rasululloh sollallohu alayhi va sallam olib kelgan, sahobalar, 
tobeinlar va ularga yaxshilik bilan ergashgan kishilar (Alloh ta’olo bizlarni ham ular jumlasidan qilsin!) 
tatbiq etgan sog‘lom Islomni lozim tutgan muborak jamoani bilish mas’uliyati tushadi. 
Bu  jamoa  jahannam  azobidan  xalos  bo‘lgan,  Alloh  ta’olo  tarafidan  yordam  berilgan  hamda  “Ahlus‐
sunna  val‐jamoa”,  “Ahlul‐hadis”  va  “Ahlul‐asar  val‐ittibo’”  deb  sifatlangan  jamoadir.  ular  Rasululloh 
sollallohu alayhi va sallam va uning sahobalari yurgan yo‘lda yurgan kishilardir. 

www.sodiqlar.com  4
Абдуллоҳ Асарий “Салафсолиҳ” - “Аҳлус-сунна вал-жамоа”эътиқоди

Shu  munosabat  bilan  Rasululloh  sollallohu  alayhi  va  sallamning  hidoyatini  qo‘lma‐qo‘l  avlodlarga 
o‘tkazib  kelgan  imomlik,  sunnatga  ergashish  hamda  ularning  ilmli  va  adolatli  ekanliklariga  guvoh 
bo‘lingan  zotlarning  kitoblaridan  iqtibos  qilganim:  “al‐Muyassar  fiy  aqidatis‐salafis‐solih”  (Salaf  solih 
e’tiqodi  haqida  qulay  qo‘llanma)  kitobimdan  ushbu  “al‐Vajiz”  (saylanma)  ni  muxtasar  qilishga 
shoshildim.  Men  “al‐Vajiz”  ning  kitobxonlar  ommasi,  xususan,  muborak  Islom  uyg‘onishining  yoshlari 
bo‘lmish  yangi  islomga  kirganlar  salaf  solih  aqidasining  umumiy  ma’nolarini  osonlik  bilan  tushunib 
olishlariga  yordamchi  bo‘lishi  uchun  imkoni  boricha  salaf  imomlaridan  rivoyat  qilingan  shar’iy  lafzlar 
bilan  qulay,  yengil  uslub,  qisqa  jumlalar  bilan  yozilishiga  haris  bo‘ldim.  Chunki,  e’tiqod  ilmi  bir‐biriga 
bog‘langan  zanjirga  o‘xshaydi.  Zero,  musulmon  e’tiqodning  asosiy  qismini  tushunmas  ekan,  uning 
tafsilotlarini hech ham tushuna olmaydi. 
Men o‘z tarafimdan ba’zi izohlarnigina qo‘shdim va kitobning so‘nggida foydalanilgan manbalarning 
barchasini sanab o‘tdim. 
Muqaddima  so‘nggida,  “al‐Vajiz”ni  tamomiga  yetkazishga  muvaffaq  qilgani  uchun  Alloh  ta’ologa 
hamdu shukronalar aytaman va undan ushbu  kamtarona ishni musulmonlarning buzilgan e’tiqodlarini 
tuzatish, ular uchun foydali hamda Alloh ta’oloning kitobi va Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning 
sunnatlariga qaytishlariga undovchi omil qilishini so‘rab qolaman. 
Bundan  tashqari,  “al‐Vajiz”  ning  tamomiga  yetishida  menga  o‘zlarining  fikrlari  va   nasihatlarini 
ayamagan do‘stlarimga, xususan, bu kitobni o‘qib, unga muqaddimalar yozgan shayx Saud ibn Ibrohim 
Shuraym va shayx Muhammad ibn Jamil Zaynularga o‘z minnatdorchiligimni izhor etaman. Alloh ta’olo 
ularga xayrli mukofotlar bersin! 
Bu  kamtarona  ishimni  kitobxonlar  ommasiga  taqdim  etarkanman;  Agar  to‘g‘ri  so‘zlagan  bo‘lsam,  u 
Alloh  ta’oloning  tavfiqidandir.  Agar  xato  qilgan  bo‘lsam,  u  mening  nafsim  va  Shaytondandir.  Shuning 
uchun xatolarimni topgan kishining menga bildirishidan mamnun bo‘laman. 
Alloh  subhonahu  va  ta’olodan  bu  amalimni  o‘zi  uchun  xolis  qabul  etishi  va  musulmonlar  uchun 
foydali qilishini umid qilib qolaman. Agar bu asarda Alloh ta’oloning kitobi, Rasululloh sollallohu alayhi 
va  sallamning  sunnatlari  va  salaf  ulamolarining  tushunchalariga  xilof  fikrlar  aytilgan  bo‘lsa,  bular 
mendan  qasdsiz  sodir  bo‘lgan  va  men  buning  uchun  Alloh  ta’ologa  istig‘for  aytaman  hamda  hayotlik 
davrimda ham, o‘lganimdan keyin ham bu fikrlardan qaytganman. 
Alloh ta’ologa payg‘ambarimiz Muhammad, uning oilasi  va barcha sahobalariga salavot va salomlar 
yo‘llasin. 
Kechirimli Robbisining mag‘firatiga umidvor  
Abu Muhammad  Abdulloh ibn Abdulhamid ibn Abdulmajid Oli Ismoil Asariy  (Alloh ta’olo uni avf 
etsin!) Zul‐hijja, 1416 h.  

  5
Zaruriy ta’riflar
“Aqida” ning ta’rifi
“Aqida” ning lug‘aviy ma’nosi: 
“Aqida”  so‘zining  ma’nolari:  “bog‘lamoq,  tugmoq,  mahkamlamoq,  bog‘lanmoq,  kuch  bilan  mahkam 
tutmoq, isbot etmoq, ishonch, jazm etmoq”dir. 
“Bog‘lash” – “echish” ning aksidir.  Arablar: “Aqadahu, ya’qiduhu aqdan” deydilar. Buning ma’nosi: 
“Mahkam bog‘ladi”, demakdir. 
Ont  ichish  va  nikoh  paytida  “aqada”  so‘zi  iste’mol  qilinadi.  Alloh  ta’olo  dedi:  “Alloh  ta’olo  sizlarni 
tillaringizdagi  behuda  qasamlaringiz  uchun  jazolamaydi.  Balki,  (dillaringizdagi)  mahkam  tuggan 
qasamlar sababli (agar shunday qasamni buzsangiz) jazolaydi” (Moida: 89)* 
“Aqida”: e’tiqod qilgan kishida shubhaga o‘rin qo‘ymaydigan hukmdir. 
Dinda  “aqida”  so‘zidan,  Alloh  ta’oloning  borligi  va  payg‘ambarlarning  yuborilishi  kabi  e’tiqodni 
maqsad  qilinadi,  qilingan  amalni  emas.  Uning  ko‘plik  soni  “aqoid”  dir  (“Lisanul‐arab”,  “al‐Qomusul‐
muhit”, “al‐Mu’jamul‐vasit” kitoblarining “aqd” moddasiga qarang). 
Xullas, inson qalbini qat’iy bog‘lagan narsa, u xoh haqiqat bo‘lsin, xoh botil bo‘lsin, e’tiqod (aqida) dir. 
Istilohda:  qalb  ularni  tasdiqlashi,  shak‐shubhadan  holi  bo‘lgan  ishonchga  aylanib  qoladigan  va  nafs 
ulardan  xotirjam  bo‘lishi  kerak  bo‘lgan  ishlarga  “aqida  (e’tiqod)”  deyiladi.  Ya’ni,  e’tiqod  qilgan  kishida 
shubhaga  o‘rin  qo‘ymagan  va  voqe’likka  mos  bo‘lgan  qat’iy  iymondir.  Agar  odamning  bilimi  qat’iy 
ishonch darajasiga yetib bormasa, “aqida” deb atalmaydi. 
Iymonni, inson (unga) o‘z qalbini mahkam bog‘lagani uchun ham, “aqida” deb nomlandi. 
Islom aqidasi 
Islom  aqidasi  Alloh  ta’ologa,  uning  farishtalari,  kitoblari,  payg‘ambarlari,  oxirat  kuni,  taqdirning 
yaxshi va yomoni, hamda barcha Alloh ta’olo va Rasululloh sollallohu alyhi va sallam tomonidan sobit 
bo‘lgan  g‘ayb  ishlari,  din  asoslari  va  salaf  solih  ijmo’  qilgan  narsalarga  qat’iy  iymon  keltirish,  ishlarda, 
hukm  kilish  va  itoat  etishda  Alloh  ta’ologa  to‘la  taslim  bo‘lish  hamda  Rasululloh  sollallohu  alayhi  va 
sallamga ergashish, demakdir. 
Islom  aqidasi  _  “Ahlus‐sunna  val‐jamoa”  aqidasidir.  Chunki  u  Alloh  ta’olo  bandalari  uchun  din 
bo‘lishiga  rozi  bo‘lgan  islomdir.  Bu  aqida  sahobalar,  tobeinlar  va  tobeinlarga  yaxshilik  bilan  ergashgan 
kishilarning, ya’ni, Islomning avvalida yashagan uch avlodning aqidasidir. 
Islom  aqidasining  ma’nolariga  dalolat  qiluvchi  va   unga  sinonim  bo‘lgan  boshqa  ismlari  ham  bo‘lib, 
ularning mashhurlari bulardir: “tavhid”, “sunnat”, “usulud‐din”, “al‐fiqhul‐akbar” va “al‐iymon”. (Nosir 
ibn  Abdulkarim  Aql:  “Mabahisu  ahlissunnati  val‐jamoati  va  mavqiful‐harakatil‐islamiyyati  minha”* 
Doktor Sulaymon Ashkar: “al‐Aqidatu fil‐lah” larga qarang). 

“Salaf” so‘zining ma’nosi


“Salaf” so‘zining lug‘aviy ma’nolari: 
“Salaf” so‘zining ma’nolari: “o‘tdi”, “oldin o‘tdi”. 
Arablar: “Salafash‐shay’u salafan” (u narsa bo‘lib o‘tdi) deydilar. 

www.sodiqlar.com  6
Абдуллоҳ Асарий “Салафсолиҳ” - “Аҳлус-сунна вал-жамоа”эътиқоди

“Salaf” ‐ “oldinda borayotgan jamoat yoki yurishda ilgari borayotgan qavm ”, demakdir. 
Alloh  ta’olo  dedi:  “ular  bizni  darg‘azab  qilganlarida,  biz  ularning  barchasini  dengizga  g‘arq  qilib, 
intiqom oldik va ularni o‘tmish‐ibrat va misol qilib qo‘ydik” (Zuxruf: 55, 56). 
Ya’ni,  biz  ularni  ularning  qilgan  ishlarini  qiladigan  kishilar  uchun  salaf‐birinchi  qilib  qo‘ydik.  Toki, 
ulardan keyingi avlodlar ibrat‐namuna olsinlar”. 
“Salaf”  _  sizlardan  avval  yashab  o‘tgan,  sizdan  yoshi  va  obro‘si  baland  bo‘lgan  otalaringiz  va 
qarindoshlaringizdir.  Shuning  uchun  ham,  tobeinlarning  avvalgilari  “salaf  solih”  (ezgu  ishlarni  qilgan 
ajdodlar) deb ataldi (“Tajul‐arus”, “Lisanul‐arab”, “al‐Qomusul‐muhit”: “salaf” so‘zi). 
Istilohda 
Agar  e’tiqod  olimlarining  huzurida  “salaf”  so‘zi  tilga  olinsa,  undan  sahobalar,  yoki  sahoba  va 
tobeinlar,  yoki  sahoba,  tobein  va  ularga  yaxshilik  bilan  ergashgan,  imomlik,  fazl‐kamolot  va  sunnatga 
ergashish,  bid’atlardan  saqlanishlariga  guvoh  bo‘lingan  dinda  buyuk  o‘rin  tutgan  ekanliklariga  ittifoq 
qilingan  zabardast  imomlarni  nazarda  tutgan  bo‘ladilar.  Shuning  uchun  ham,  Islomning  eng  birinchi 
avlodi “salaf solih” deb ataldi. 
Alloh  ta’olo  dedi:  “Kim  hidoyat  aniq  bo‘lganidan  so‘ng  payg‘ambarga  xilof  ish  qilsa   va 
mo‘‘minlarning yo‘lidan boshqa yo‘lga ergashib ketsa, biz uni ketganicha qo‘yib beramiz va jahannamga 
doxil qilamiz. u naqadar yomon joydir!” (Niso: 115) 
“Eng avvalda yashab o‘tgan muhojirlar, ansorlar va ularga yaxshilik bilan ergashgan kishilardan Alloh 
rozi  bo‘ldi.  ular  ham  Undan  rozi  bo‘ldilar  va  ularga  mangu  qolishadigan  va  ostlaridan  daryolar  oqib 
turadigan bog‘larni tayyorlab qo‘ydi. Mana shu   buyuk saodatdir ” (Tavba: 100). 
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: “Odamlarning yaxshilari men bilan yashaganlar, so‘ng ulardan 
keyingilar, so‘ng ulardan keyingilar” — dedilar (Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyatlari). 
Rasululloh  sollallohu  alayhi  va  sallam,  sahobalar  va  ularga  yaxshilik  bilan  ergashgan  kishilar  bu 
ummatning  salafidir.  Rasululloh  sollallohu  alayhi  va  sallam,  sahobalar  va  tobeinlar  da’vat  etgan 
narsalarga chaqirgan kishi salaf yo‘lidadir. 
Salaf  yo‘lida  bo‘lish  uchun  muayyan  vaqtda  yashash  shart  emas.  Balki,  buning  sharti  Qur’on  va 
sunnatni  aqida,  ahkom  va  sulukatda  salaf  tushunchasiga  muvofiq  bo‘lishi,  xolos.  Shuning  uchun  ham, 
Qur’on  va  sunnatga  amal  qilgan  kishi,  salaflar  davridan  zamon  va  makonda  uzoq  bo‘lsa‐da,  salaflarga 
ergashgan kishidir. Ularga  xilof qilgan kishi, garchi ular ichida yashasada, ularning safida emasdir. 
Salaf solihning imomi  Muhammad sollallohu alayhi va sallamdirlar. Alloh ta’olo dedi: “Muhammad 
(sollallohu  alayhi  va  sallam)  Allohning  elchisidir.  U  bilan  birga  bo‘lganlar  kofirlarga  qahrli,  o‘zaro  esa 
rahm‐shafqatlidirlar.  Siz  ularni  Allohning  fazli  va  roziligini  talab  qilib  ruku’  va  sajda  qilgan  hollarida 
ko‘rasiz.  Ularning  belgilari  sajda  izidan  (qolgan),  yuzlaridagi  izlardir.  Mana  shu  ularning  Tavrotdagi  
misollaridir” (Fath: 29). 
Alloh ta’olo Qur’oni Karimda Alloh ta’ologa itoat qilish bilan, Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga 
itoat  qilish  o‘rtasini  bog‘ladi.  Alloh  ta’olo  dedi:  “Kimda  –kim   Alloh  va  Payg‘ambarga  itoat  etsa,  ana 
o‘shalar  Alloh in’omlariga sazovor bo‘lgan zotlar — payg‘ambarlar, siddiqlar shahidlar va solihlar bilan 
birga bo‘lurlar. Ana o‘shalar eng yaxshi hamrohlardir.” (Niso:69). 
Alloh subhonahu va ta’olo Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga itoat qilishni Allohga itoat qilish 
qilib  qo‘ydi.  Alloh  ta’olo  dedi:  “Payg‘ambarga  itoat  qilgan  kishi,  Allohga  itoat  qilibdi.  Kim  yuz  o‘girsa, 
biz sizni ular ustidan nazoratchi qilib yubormadik” (Niso: 80). 

  7
Alloh ta’olo Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga itoat qilmaslik, qilingan amallarni habata‐bekor 
qilishini  bayon  qildi:  “Ey  mo‘‘minlar,  Allohga  va  payg‘ambar  (sollallohu  alayhi  va  sallam)ga  itoat 
qilinglar, (itoatsizlik bilan) amallaringizni botil‐bekor qilmanglar!” (Muhammad: 33). 
Alloh ta’olo bizlarga Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning amrlariga muxolif bo‘lishni ta’qiqladi. 
Alloh  ta’olo  dedi:  “Kim   Alloh  va  Uning  payg‘ambariga  itoatsizlik  qilib  Allohning  belgilab  qo‘ygan 
hadlaridan tajovuz qilsa, uni abadiy qoladigan joyi bo‘lmish do‘zaxga kiritur. Va uning uchun xorlovchi 
azob bordir” (Niso: 14). 
Alloh  ta’olo  bizlarni  Rasululloh  sollallohu  alayhi  va  sallam  buyurgan  narsalarni  qabul  qilish  va 
ta’qiqlagan  narsalarni  tark  qilishga  buyurdi.  Alloh  ta’olo  dedi:  “Payg‘ambar  sizlarga  olib  kelgan 
narsalarni  olinglar  va  ta’qiqlagan  narsalardan  to‘xtalinglar.  Allohdan  qo‘rqinglar!  Albatta  Allohning 
jazosi qattiqdir. ” (Hashr: 7). 
Alloh  ta’olo  hayotimizning  barcha  ishlarida  Rasululloh  sollallohu  alayhi  va  sallamni  hakam  qilib, 
uning hukmiga murojaat qilishimizga buyurdi. Alloh ta’olo dedi: “Yo‘q, Robbingizga qasamki, to ular o‘z 
o‘rtalarida chiqqan kelishmovchiliklarda Sizni hakam qilmagunlaricha va keyin Siz chiqargan hukmdan 
dillarida  hech  qanday  tanglik  topmay,  to‘la  taslim  bo‘lmagunlaricha  —  bo‘yinsunmagunlaricha  zinhor 
mo‘min bo‘la olmaydilar. ” (Niso: 65). 
Alloh  ta’olo  payg‘ambari  Muhammad  sollallohu  alayhi  va  sallam  ergashish,  namuna  olish  kerak 
bo‘lgan chiroyli namuna va o‘rnak ekanini bizlarga yetkazib dedi: “(Ey mo‘minlar), albatta sizlar uchun 
—    Alloh  va  oxirat  kunidan  umidvor  bo‘lgan  hamda  Allohni  ko‘p  yod  qilgan  kishilar  uchun  —  
Allohning payg‘ambarida go‘zal namuna bordir” (Ahzob: 21). 
Alloh ta’olo o‘z roziligini payg‘ambari Muhammad sollallohu alayhi va sallamning roziligiga bog‘ladi: 
“Agar ular mo‘‘min bo‘lsalar, Alloh va uning rasuli rozi qilishlariga loyiqroqdir” (Tavba: 62). 
Alloh  subhonahu  va  ta’olo  Rasululloh  sollallohu  alayhi  va  sallamga  ergashishni  Allohga  bo‘lgan 
muhabbatning belgisi qilib qo‘ydi: “Ayting: “Agar sizlar Allohni yaxshi ko‘rsangizlar menga ergashinglar 
shunda  Alloh  sizlarni  yaxshi  ko‘radi  va  gunohlaringizni  kechiradi.  Alloh  G’afur‐kechiruvchi  va   rahmli 
zotdir” (Oli Imron: 31). 
Shuning  uchun  ham,  salaf  solihning  kelishmovchilik  paytida  murojaat  etadigan  yagona  manbalari  _ 
Qur’oni  Karim  va  Rasulullloh  sollallohu  alayhi  va  sallamning  sunnatlari  edi.  Alloh  ta’olo  dedi: 
“....Bordiyu  biror  narsa  haqida  talashib  qolsangiz  —  Agar  haqiqatda  Allohga  va  oxirat  kuniga 
ishonsangiz  —  u  narsani   Alloh  va  rasuliga  qaytaringlar.  Mana  shu  yaxshiroq  va  chiroyli  yechimdir.  ” 
(Niso: 59). 
Salaflarning Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan keyingi eng afzali, dinlarini ul zotdan ixlos va 
sadoqat  bilan  olgan  sahobalardir.  Alloh  ta’olo  ularni  o‘zining  aziz  kitobida  quyidagicha  ta’rifladi: 
“Mo‘‘minlar  ichida  o‘zlari  Allohga  bergan  (U  zotning  yo‘lida  jihod  qilib,  shahid  bo‘lish  haqidagi) 
ahdlariga  sodiq  bo‘lgan  kishilar  bordir.  Ulardan   ba’zilari  (shahid  bo‘lib)  vafot  etdi  va  ba’zilari 
(shahidlikni) kutib turibdi, biroq, ahdlarini o‘zgartirmadilar” (Ahzob: 23). 
Ulardan so‘ng esa, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam quyidagi hadislarida xabar bergan, keyingi 
avlod  turadi.  Rasululloh  sollallohu  alayhi  va  sallam  dedilar:  “Odamlarning  yaxshirog‘i  men  bilan 
yashaganlar,  so‘ng  ulardan  keyingilari,  so‘ng  ulardan  keyingilari”  (Imom  Buxoriy  va  Imom  Muslim 
rivoyatlari). 
Shuning  uchun  ham,  sahobalar  va  tobeinlar  boshqalardan  ko‘ra  ergashishga  loyiqroqdirlar.  Chunki, 
ular iymonlariga sodiq, ibodatlarida ixlosli, aqida va shariat homiylari, shariatga so‘zlari va amallari bilan 
to‘la rioya qilgan kishilardir. Shuning uchun ham, Alloh ta’olo ularni dinini yoyish va payg‘ambarining 
sunnatini yetkazish uchun tanlab oldi. 

www.sodiqlar.com  8
Абдуллоҳ Асарий “Салафсолиҳ” - “Аҳлус-сунна вал-жамоа”эътиқоди

Rasululloh  sollallohu  alayhi  va  sallam:  “Ummatim  yetmish  uch  guruhga  bo‘linadi.  Ularning  bir 
guruhidan  boshqa  barchasi  jahannamda”  —   dedilar.  Sahobalar:  “U  bitta  guruh  kimlar?”  —   deb  savol 
berdilar. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: “Men va mening sahobalarim yurgan yo‘lda yurganlar” 
—  deb javob berdilar” (Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyatlari). 
Salaf  solihga  ergashib,  ularning  yo‘lidan  yurgan  kishini,  salaf  yo‘liga  muxolif  bo‘lgan  va  ularning 
yo‘llaridan  boshqasiga  ergashgan  kishilardan  ajralib  turishlari  uchun  salaflarga  nisbat  o‘laroq  “salafiy” 
deb ataladi. 
Alloh  ta’olo  dedi:  “Kim  hidoyat  aniq  bo‘lganidan  so‘ng  payg‘ambarga  xilof  ish  qilsa   va 
mo‘‘minlarning yo‘lidan boshqa yo‘lga ergashib ketsa, biz uni ketganicha qo‘yib beramiz va jahannamga 
doxil  qilamiz.  U  naqadar  yomon  joydir!”  (Niso:  115).  Har  bir  musulmon  salaf  solihga  mansub  bo‘lish 
bilan faxrlanadi. 
“Salafiyya” so‘zi Islomni o‘rganish, tushunish va tatbiq etishdagi salaf solihning yo‘li uchun ism bo‘lib 
qoldi.  Shuning  uchun  ham,  “salafiyya”  so‘zining  ma’nosi  Alloh  ta’oloning  kitobi  va  Rasulullloh 
sollallohu  alayhi  va  sallamdan  sobit  bo‘lgan  sunnatga  salaf  tushunchalari  bilan  to‘la  rioya  qilgan 
kishilarga kam iste’mol qilinadi 

"Ahlus-sunna val-jamoa" jumlasining ma’nosi


«as‐Sunna» (sunnat) so‘zining lug‘aviy ma’nosi: 
«as‐Sunna» so‘zi «sanna, yasinnu va yasunnu, sannan» so‘zidan yasalgan bo‘lib «masnun» ism maf’ul 
(qilingan  narsa)  ma’nosidadir.  Arablar:  «Sannal‐amra»  deydilar.  Buning  ma’nosi:  «Ishni  bayon  qildi», 
demakdir. 
«as‐Sunna»  (sunnat)   yaxshi  bo‘lsin,  yomon  bo‘lsin  yo‘l  va  turmush  tarzidir.  Rasululloh  sollallohu 
alayhi  va  sallam  dedilar:  «Sizlar  o‘zlaringizdan  avval  yashab  o‘tgan  kishilarning  yo‘llariga  izma‐iz 
ergashasizlar»  (Imom  Buxoriy  va  Imom  Muslim  rivoyatlari).  Ya’ni  —  diniy  va  dunyoviy  ishlaridagi 
yo‘llariga (ergashasizlar).  
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: “Kim Islomda yaxshi yo‘lni ochsa unga shu yo‘lning va 
shu yo‘lga undan keyin amal qilgan kishilarning savobi hech kam bo‘lmay beriladi. Kim Islomda yomon 
yo‘lni  ochsa  ...  “  (Imom  Muslim  rivoyati).  Ya’ni  bu  hadisdagi  “sunnat  —  yo‘l”  dan  maqsad,  “turmush 
tarzi”dir (Qarang: “Lisanul‐arab”, “Muxtorus‐sihoh”, “al‐Qomusul‐muhit”: “sunan”). 
“as‐Sunna” so‘zining istilohda qo‘llanishi: 
“as‐Sunna”  (sunnat)  ning  istilohiy  ma’nosi  —  “Rasululloh  sollallohu  alayhi  va  sallam  bayon  qilgan 
ilm,  e’tiqod,  so‘z,  amal  va  taqrirlari  (ul  zotning  oldida  bir  amal  qilinsa  unga  e’tiroz  qilmasliklari)dir. 
“Sunnat”  so‘zi  ibodat  va  e’tiqodlardagi  sunnatlar  uchun  ham  iste’mol  qilinadi.  “Sunnat”  ning  ziddi  — 
“bid’at” dir. 
Rasululloh  sollallohu  alayhi  va  sallam  dedilar:  “Ichingizdagi  mendan  so‘ng  yashaydigan  kishilar 
ko‘plab  ixtiloflarni  ko‘radilar.  Unda  sizlar  mening  va  xulafoi  roshidiynlarning  sunnatlarini  mahkam 
tutinglar!” (Shayx Alboniy: “Sahihu Sunani Abi Davud”). 
“al‐Jamoa” so‘zining lug‘aviy ma’nolari: 
“al‐Jamoa” so‘zi “al‐jam’” (bir narsani tomonlarini yaqinlashtirish bilan birlashtirish) so‘zidan yasalgan. 
U — “tarqoqlik” ning ziddidir.  
Odamlarning  ko‘p  soni  “al—jamoa”  (jamoat)  deb  ataladi.  Muayyan  maqsad  birlashtirgan  odamlar 
guruhi ham “al‐jamoa” (jamoat) deb ataladi. 

  9
Bir  ish  uchun  to‘plangan  odamlar  ham  “al‐jamoa”  (jamoat)  deyiladi  (Qarang:  “Lisanul‐arab”, 
“Muxtorus‐sihoh” va “al‐Qomusul‐muhiyt”: “jam’” moddasi).    
“al‐Jamoa” so‘zining istilohda qo‘llanishi: 
Musulmonlar jamoati — Islom ummatining Alloh ta’oloning kitobi va Rasululloh sollallohu alayhi va 
sallamning  sunnati  asosida  birlashgan  hamda  zohiran  va  botinan  Rasululloh  sollallohu  alayhi  va 
sallamning  yo‘lidan  yurgan  sahobalar,  tobeinlar  va  qiyomat  kuniga  qadar  ularga  yaxshilik  bilan 
ergashgan kishilardir. 
Alloh  ta’olo o‘zining mo‘‘min bandalarini birlashish va hamkor bo‘lishga buyurib, tarqoqlik, ixtilof va 
nafratlanishdan  qaytardi.  Alloh  ta’olo  dedi:  “Barchangiz  Allohning  arqonini  mahkam  ushlanglar  va 
tarqoq bo‘lmanglar!” (Oli Imron: 103) 
     “Sizlar  ochiq  xabarlar  kelganidan  so‘ng  tarqoq  bo‘lgan  va  ixti‐  loflarga  berilgan  kimsalar  kabi 
bo‘lmanglar!” (Oli Imron: 105). 
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: “Bu millat yetmish uchga bo‘linadi. Shundan yetmish 
ikkisi jahannamda va biri jannatda. U jamoatdir”. ( Alboniy: “Sahihu Sunan Abi Davud). 
“Jamoatni lozim tutinglar va tarqoqlikdan uzoq bo‘linglar! Chunki, Shayton yolg‘iz kishi   bilan birga, 
ikki  kishidan  uzoqroqdir.  Jannat  kengliklarini  xohlagan  kishi  jamoatdan  ayrilmasin!”  (Imom  Ahmad 
“Musnad” larida rivoyat qildi. Shayx Alboniy Ibn Abu Osimning “as‐Sunna” kitobida kelgan bu hadisni 
“sahih” dedi). 
Buyuk sahoba Abdulloh ibn Mas’ud raziallohu anhu: “Haqiqatga muvofiq bo‘lsang — tanho o‘zing‐da 
jamoatsan”— dedi (al‐Lalakaiy: “Sharhu usuli e’tiqodi ahlissunnati val‐jamoa”). 

“Ahlus-sunna val-jamoa”ning belgilari


“Ahlus‐sunna val‐jamoa” Rasululloh sollallohu alayhi va sallam va sahobalarning yo‘llarini tutganlar, 
ularga  e’tiqod,  so‘z  va  amalda  ergashgan,  ularning  yo‘lidan  yurgan  hamda  shu  ergashishlarida  sabot 
bilan  turgan  va  bid’atlardan  uzoq  bo‘lgan  kimsalardir.  Ular  qiyomat  kuniga  qadar  boqiy,  zohir  va 
madadlangandirlar. Ularga ergashish hidoyat, xilof qilish esa zalolatdir. 
“Ahlus‐sunna  val‐jamoa”  boshqa  jamoatlardan  o‘zining  ba’zi  belgilari  va  xususiyatlari  bilan  ajralib 
turadi. U belgilarning ba’zilari quyidagilardir: 
1. “Ahlus‐sunna val‐jamoa” — e’tiqod, ahkomlar, yoki turmush tarzida bo‘lsin, me’yordan oshish va 
susayish  o‘rtasidagi  mo‘‘tadillik  sohibidir.  U  Islom  ummati  barcha  dinlar  ichida  mo‘‘tadil  bo‘lganidek, 
Islom ummatining ichida ham mo‘‘tadildir. 
2.  “Ahlus‐sunna  val‐jamoa”  —  hukmlarni  olishda  Qur’on  va  sunnatga  cheklanadi.  U  ikkisiga  katta 
ahamiyat  berib,  ularning  matnlariga  to‘la  taslim  bo‘ladi  va  ularni  salaf  solih  tushunchasiga  binoan 
tushunadi. 
3.  “Ahlus‐sunna  val‐jamoa”ning  uning  barcha  so‘zlarini  olib,  unga  muxolif  bo‘lgan  so‘zlarni  tark 
qiladigan yagona imomlari bor u ham bo‘lsa — Muhammad sollallohu alayhi va sallamdir. “Ahlus‐sunna 
val‐jamoa”  —  Rasululloh  sollallohu  alayhi  va  sallamning  hayoti,  so‘zlari  va  qilgan  ishlarini  biluvchiroq 
kimsalar bo‘lganlari uchun, ular sunnatni sevuvchiroq, sunnatga ergashishga harisroq va sunnatga amal 
qilgan kishilarni qattiq yaxshi ko‘ruvchi jamoadir. 
4. “Ahlus‐sunna val‐jamoa” — dindagi xusumatlarni tark qilishlari, xusumatchilardan uzoq bo‘lishlari, 
halol‐harom masalalarida bahs va tortishuvni  tark  qilishlari  hamda  dinga  komil  suratda  kirishlari bilan 
farqlidirlar. 

www.sodiqlar.com  10
Абдуллоҳ Асарий “Салафсолиҳ” - “Аҳлус-сунна вал-жамоа”эътиқоди

5.  “Ahlus‐sunna  val‐jamoa”  —  salaf  solihni  hurmat  qiladi  va:  “ularning  tutgan  yo‘llari  to‘g‘ri,  ilm 
jihatidan kuchli va hikmatliroqdir”— deb e’tiqod qiladi.  
6.  “Ahlus‐sunna  val‐jamoa”  —  naqlni  aql  ustiga  muqaddam  qo‘yish  va  aqlni  naqlga  bo‘ysundirish 
bilan birga ta’vilni tark qiladi va shariatga to‘la bo‘ysunadi. 
7.  “Ahlus‐sunna  val‐jamoa”  —  bir  masala  haqidagi  rivoyatlarni  jam  qiladi  va  mujmallarini  aniq‐
ravshanlariga qaytaradi. 
8. “Ahlus‐sunna val‐jamoa” — haqiqat uzra o‘zgarmasdan sabot bilan turishlari, e’tiqod masalalarida 
ittifoq  qilishlari,  ilm  va  ibodat  o‘rtasini,  Alloh  ta’ologa  tavakkul  va  sabablarni  ushlash  o‘rtasini 
jamlashlari, dunyo ishlariga kirishish va unda  taqvo  qilish o‘rtasini,  xavf va  umid, muhabbat  va nafrat, 
mo‘‘minlarga  muloyimlik  va  kofirlarga  qattiqqo‘llik  o‘rtasini  jamlashlari  hamda  zamon  va  makonga 
karab o‘zgarmasliklari bilan haqiqat va to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatuvchi solih kishilarning yetakchisidir. 
9. “Ahlus‐sunna val‐jamoa” —  Islom, sunnat va jamoatdan boshqasi bilan ismlanmaganlar. 
10. “Ahlus‐sunna  val‐jamoa”  —  sog‘lom aqida va to‘g‘ri dinni  yoyishga  va odamlarga ta’lim  berish, 
to‘g‘ri yo‘lga dalolat va nasihat qilish hamda ularning ishlariga ahamiyat berishga haris bo‘ladi. 
11. “Ahlus‐sunna val‐jamoa” — so‘zlari, aqidalari va da’vatlarida odamlarning eng bardoshlilaridir. 
12.  “Ahlus‐sunna  val‐jamoa”  —  birlashish  va  ittifoqlikka,  unga  chaqirishga,  tarqoqlik  va  ixtiloflarni 
tark etib, odamlarni undan ogohlantirishga harisdir. 
13. Alloh ta’olo “ahlus‐sunna val‐jamoa”ni bir‐birlari ustidan “kofir” deya hukm chiqarishdan saqladi. 
“Ahlus‐sunna val‐jamoa” boshqalar ustidan ilm va adolat bilan hukm chiqaradi. 
14.  “Ahlus‐sunna  val‐jamoa”  —  o‘zaro  muhabbatli,  mehribon  va  hamkor  bo‘lib,  bir‐birlarining 
kamchiliklarini to‘g‘rilaydilar hamda yaxshi va yomon ko‘rishlari din asosida bo‘ladi. 
Xullas,  “ahlus‐sunna  val‐jamoa”  —  go‘zal  hulqli,  Alloh  ta’ologa  itoat  qilish  bilan  nafslarini  tarbiya 
qiluvchi,  uzoqni  ko‘ruvchi,  ixtilof  o‘rinlarida  ko‘ngillari  keng  va  ixtilof  odoblari  va  asoslarini  yaxshi 
bilgan jamoatdir. 
“Ahlus‐sunna val‐jamoa” ning sifatlari haqidagi so‘zlarning xulosasi: 
“Ahlus‐sunna val‐jamoa” — Rasululloh sollallohu alayhi va sallam barcha guruhlar ichida jahannam 
azobidan qutulgani haqida bashorat  bergan  yagona  jamoatdir.  Tabiiyki,  bu sifatga  ega  bo‘lish  sunnatga 
ergashish,  Rasululloh  sollallohu  alayhi  va  sallam  olib  kelgan  e’tiqod,  ibodat,  hidoyat  yo‘li,  odob  ‐ 
ahloqlarga muvofiq bo‘lish va musulmonlar jamoatini lozim tutish asosiga binoandir. 
Bu  bilan  “ahlus‐sunna  val‐jamoa”  deb  berilgan  ta’rif  “salaf”  deb  berilgan  ta’rifdan  ajralib  qolmaydi. 
Zero,  “salaf”  Qur’oni  Karimga  amal  qilib,  sunnatni  mahkam  ushlagan  jamoatdir.  Demak,  “salaf”  — 
Rasululloh  sollallohu  alayhi  va  sallam  tarbiyalariga  e’tibor  bergan  sunnat  ahllari,  “ahlus‐sunna”  esa 
“salaf solih” va ularning yo‘llariga ergashgan kishilardir. 
Bu  —  “ahlus‐sunna  val‐jamoa”  ning  o‘ziga  xos  ma’nosidir.  Bu  ma’nodan  havorij,  jahmiyya,  murjia, 
rofiza va bulardan boshqa bid’atchi va nafs‐havosiga ergashgan jamoatlar chetdadir. 
Chunki,  sunnat  bid’atning,  jamoat  esa  tarqoqlikning  ziddidir.  Bu  Rasululloh  sollallohu  alayhi  va 
sallamdan  jamoatni  lozim  tutish  va  tarqoqlikdan  qaytarish  haqida  rivoyat  qilingan  hadislarning 
g‘oyasidir. 
Abdulloh  ibn  Abbos  raziallohu  anhu  Alloh  ta’oloning:  “Ba’zi  yuzlar  nurafshon  va  ba’zi  yuzlar  tim‐
qora  bo‘lgan  kunda”  (Oli  Imron:  106)  oyatining  tafsirida:  ““Ahlus‐sunna  val‐jamoa”  ning  yuzi  oppoq, 
bid’atchi va tarqoq kishilarning yuzlari qora bo‘ladi”, dedi (Ibn Kasir tafsiri: 1/ 390). 

  11
“Ahlus‐sunna val‐jamoa” ning umumiy ma’nosi ichiga esa, rofizalardan boshqa, Islom diniga mansub 
bo‘lgan barcha musulmonlar kiradilar. Goho ba’zi bid’atchi va nafs‐havolariga ergashgan kishilarni ham 
ba’zi  bir  e’tiqodiy  masalalarda  adashgan  guruhlarga  muxolif  bo‘lganlari  uchun  “ahlus‐sunna”  deb 
ataladi.  Bu  ma’no  ba’zi  e’tiqodiy  masalalarga  cheklangani  va  ba’zi  muayyan  guruhlarning  muqobilida 
bo‘lgani  uchun   “ahlus‐sunna  val‐jamoa”  ulamolari  o‘rtasida  juda  ham  kam  iste’mol  qilinadi.  Masalan: 
xalifalik,  sahobalar  va  boshqa  e’tiqodiy  masalalarda  rofizalarga  qarshi  o‘laroq  “ahlus‐sunna  val‐jamoa” 
sifatini iste’mol qilish mumkin.     
 “Ahlus‐sunna val‐jamoa” ning ziddi  bid’at ahllaridir. Ularning asosiylari beshta bo‘lib, ular: havorij, 
rofiza, murjia, kadariyya va jahmiyyalar. 
“Ahlus‐sunna  val‐jamoa”  ulamolarining  istilohida  “salaf  solih”  so‘zi  “ahlus‐sunna  val‐jamoa” 
istilohiga  mutanosibdir.  Shuningdek,  “Ahlul‐asar”,  “Ahlul‐hadis”,  “at‐Toifatul‐mansura”,  “al‐Firqatun‐
nojiya” va “Ahlul‐ittibo’” ismlarini ham “ahlus‐sunna val‐jamoa” uchun iste’mol qilinadi. Bu ismlar salaf 
ulamolari tarafidan ko‘plab ishlatilgan.[1] 

www.sodiqlar.com  12
Абдуллоҳ Асарий “Салафсолиҳ” - “Аҳлус-сунна вал-жамоа”эътиқоди

“Ahlus-sunna val-jamoa” e’tiqodining xususiyatlari.


Nima uchun salaf solih aqidasi ergashishga loyiqroq?!
Sog‘lom  aqida  —  Islom  dinining  asosidir.  Bundan  boshqa  narsalarga  asoslangan  har‐bir  narsaning 
oqibati  —  yemirilish  va  barbodlikdir.  Shuning  uchun  ham,  Rasululloh  sollallohu  alayhi  va  sallam 
o‘zgarmas  asos  ustida  tarbiyalangan  kishilarni  chiqarish  uchun  hayotlari  davomida  sahobalarining 
qalbiga ushbu e’tiqodni mahkam o‘rnatishga katta e’tibor berganlarini ko‘ramiz. 
Makka shahrida o‘n uch yil davomida Qur’on Karim yagona masala — e’tiqod va Allohning tavhidi 
haqida  nozil  bo‘ldi.  Tavhid  aqidasi  muhim  ish  bo‘lgani  uchun  Rasululloh  sollallohu  alayhi  va  sallam 
Makka shahrida faqat unga da’vat etdilar va sahobalarini unga ko‘ra tarbiya qildilar. Salaf solih e’tiqodini 
o‘rganishning  ahamiyati  sog‘lom  e’tiqodni  bayon  qilish,  odamlarni  unga  qaytarish  va  ularni 
guruhlarning yanglishliklari va jamoatlarning ixtiloflaridan xalos qilish yo‘lida jiddiy harakat qilishning 
zarur ekaniga bog‘liqdir. Bu esa da’vatchilar eng avval da’vat etishi kerak bo‘lgan narsadir. 

Salaf solihning aqidasi


Salaf  solih  aqidasining  o‘z  qiymatlari  va  shu  aqidani  ushlashning  zarur  ekanini  ko‘rsatib  beradigan 
belgilari va xususiyatlari bor.  
Birinchidan: bu aqida musulmonlar ommasini umuman, olim va da’vatchilarni xususan, tarqoqlik va 
guruhbozlikdan  qutulishlari  hamda  ularning  saflarini  birlashtirish  uchun  yagona  yo‘ldir.  Chunki,  bu 
aqida — Allohning vahiysi, Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning yo‘llanmasi va karvonning avvali 
—  sahobalarning  yo‘lidir.  Bu  aqidadan  boshqasiga  jamlanishning  oxirgi  natijasi,  bugungi  kunda  ko‘rib 
turganimizdek, tarqoqlik, kelishmovchilik va muvaffaqiyatsizlikdir. Alloh ta’olo dedi: «Kim hidoyat aniq 
bo‘lganidan  so‘ng  payg‘ambarga  xilof  ish  qilsa   va  mo‘‘minlarning  yo‘lidan  boshqa  yo‘lga  ergashib 
ketsa, biz uni ketganicha qo‘yib beramiz va jahannamga dohil qilamiz. U naqadar    yomon joydir!» 
(Niso: 115). 
Ikkinchidan: salaf solih aqidasi musulmonlar safini birlashtiradi, quvvatlaydi va ularni haq yo‘lida va 
haq  uzra  jamlaydi.   Chunki,  u  Alloh  ta’oloning  ushbu  so‘ziga  ijobatdir:  “Allohning  arqonini  mahkam 
ushlanglar va tarqoq bo‘lmanglar!” (Oli Imron: 103). 
Shuning  uchun  ham  musulmonlarning  ixtiloflarining  eng  muhim  sabablaridan  biri  ularning 
hukmlarni  olish  manbalari  va  harakat  yo‘llarining  xilma‐xil  bo‘lishidir.  Ummatni  birlashtirish  uchun 
aqida va hukmlarni olish manba’larini birlashtirish, sahobalarda bo‘lgani kabi o‘ta muhimdir. 
Uchinchidan:  ushbu  aqida  musulmonni  bevosita  Alloh  ta’olo  va  rasululloh  sollallohu  alayhi  va 
sallamga, u ikkisini sevish, ulug‘lash va ulardan oldin biror ish yoki hukmni shoshilib qilib qo‘ymaslikka 
bog‘laydi.  Chunki,  salaf  solih  aqidasining  manbasi  “Alloh  aytdi”  va  “Rasululloh  sollallohu  alayhi  va 
sallam aytdi” dir. Bu aqida nafs‐havo va shubhalar o‘yinidan yiroq, falsafa, mantiq va aqlni ustun qo‘yish 
kabi begona ta’sirlardan hamda boshqa manba’larni kiritishdan holidir. 
To‘rtinchidan: salaf solih aqidasi — chigalliklar va noaniqliklari bo‘lmagan ochiq‐ravshan, nafs uchun 
rohat, oyat va hadislarni o‘zgartishdan uzoq, qulay aqidadir. Bu  aqidadagi inson xotirjam, ko‘ngli to‘q, 
shak‐shubhalar  va  shayton  vasvasalaridan  yiroq,  baxtli  insondir.  Chunki,  u   shu  Ummatning 
payg‘ambari — sollallohu alayhi va sallam — va uning sahobalarining — Ulardan  Alloh rozi bo‘lsin — 
yo‘lidan  bormoqda.  Alloh  ta’olo  dedi:  “Allohga  va  uning  Rasuliga  iymon  keltirgan  so‘ngra  mollari  va 
jonlari bilan Alloh yo‘lida jihod kilgan mo‘‘minlar, ana o‘shalargina haqiqiy sodiqdirlar” (Hujurot: 15). 

  13
Beshinchidan: salaf solih aqidasi Alloh ta’ologa yaqin bo‘lish va uning roziligiga erishish sabablarining 
eng buyugidir. 
Bu belgi va imtiyozlar  “ahlus‐sunna  val‐jamoa” uchun  doimo  sobitdir.  Allohga  hamdlar  bo‘lsinki,  u 
zamon va makonlarga qarab o‘zgarmaydi.[2] 

www.sodiqlar.com  14
Абдуллоҳ Асарий “Салафсолиҳ” - “Аҳлус-сунна вал-жамоа”эътиқоди

Salafi solih — “ahlus-sunna val-jamoa” aqidasining


asoslari
“Ahlus‐sunna val‐jamoa” aqidasining asoslari 
“Ahlus‐sunna  val‐jamoa”ning  aqida,  amal  va  axloqda  mustahkam  asoslari  bo‘lib,  bu  asoslar  Alloh 
ta’oloning  kitobi  va  Rasululloh  sollallohu  alayhi  va  sallamdan  rivoyat  qilingan  mutavotir  va  ohod 
hadislardan, salaf solih, tobein va ularga yaxshilik bilan ergashgan kishilar tushunchasidan olingandir. 
Din asoslarini Rasululloh solallohu alayhi va sallam yetarli darajada bayon qilib berdilar. Biron kimsa 
din asoslarida yangilik yaratishi va uni  dindan  deb  da’vo  qilishi  mumkin  emasdir.  Shu  sababli, “ahlus‐
sunna  val‐jamoa”  Rasululloh  sollallohu  alayhi  va  sallam  ko‘rsatgan  asoslarni  ushladi,  shar’iy  lafzlarni 
iste’mol  qilib,  yangi  istilohlardan  uzoq  bo‘ldi.  Shuning  uchun  ham,  ular  salaf  solihning  haqiqiy 
davomchilaridir. 

“Ahlus‐sunna val‐jamoa” tushunchasidagi din asoslari quyidagi tartibdadir: 

Birinchi asos. Iymon va uning ruknlari


Salaf  solih  —  “ahlus‐sunna  val‐jamoa”ning  iymon  asoslari  haqidagi  e’tiqodi,  shu  iymonning 
Rasululloh  sollallohu  alayhi  va  sallam  Jabroil  alayhissolatu  vassalomning  iymon  haqida  bergan 
savollariga  bergan  javoblarida  xabar  berganlaridek,  olti  ruknga  iymon  keltirish  va  uni  tasdiqlashdan 
iboratdir. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: “Iymon — Allohga, Uning farishtalari, kitoblari, 
payg‘ambarlari,  oxirat  kuni  va  taqdirning  yaxshi  va  yomoniga  iymon  keltirishingizdir”  (Imom  Buxoriy 
va Muslim rivoyati: “Kitabul‐iyman”). 
Iymon  ushbu  olti  ruknga  asoslanadi.  Agar  bu  ruknlarning  birontasi  yo‘q  bo‘lsa,  kimsa  mo‘‘min 
bo‘lmaydi.  Chunki,  u  —  iymon  ruknlaridan  birini  yo‘qotdi.  Bino  ustunlari  bilan  tik  turganidek,  iymon 
ham o‘z ruknlari uzra tik turadi. 
Ushbu  olti  narsa  iymon  asoslaridir.  Demak,  Kitob  (Qur’on  Karim)  va  sunnat  ko‘rsatib  berganidek 
iymon  keltirish  bilangina,  iymon  mukammal  bo‘ladi.  Bu  ruknlarning  birontasini  inkor  etgan  kimsa 
mo‘‘min emas. 
Birinchi rukn. Alloh ta’ologa iymon keltirish 
Alloh ta’ologa bo‘lgan iymon Alloh ta’oloning borligi, Uning barcha kamolot sifatlari bilan sifatlangan, 
Uning  o‘zigina  sig‘inilishga  loyiq  ekanini  tasdiqlash  va  uning  asarlari  inson  hayotida,  Allohning 
amrlarini bajarishi hamda qaytargan narsalaridan tiyilishida ko‘rinadigan qalbning xotirjamligidir. Bu — 
Islom  e’tiqodining  asosi  va  negizidir.  Bu  rukn  asldir.  E’tiqod  ruknlarining  barchasi  unga  bog‘liq  va 
tobedir. 
Alloh  ta’ologa  bo‘lgan  iymon  Uning  borligini  o‘z  ichiga  oladi.  Alloh  ta’oloning  borligiga  esa  fitrat 
(xilqat), aql, shariat va his etish dalolat qiladi. 
Alloh  ta’oloning  vahdoniyati  (yolg‘izligi),  uluhiyati  (ilohligi),  ism  va  sifatlariga  iymon  keltirish  — 
Alloh  ta’ologa  iymon  keltirishning  ajralmas  qismidir.  Bu  esa  tavhidning  uch  turiga  iqror  bo‘lish,  amal 
qilish va ularga e’tiqod qilish bilan ro‘yobga chiqadi. Ular quyidagicha: 
1. Rububiyat tavhidi.  
2. Uluhiyat tavhidi.  
3. Ism va sifatlardagi tavhid. 

  15
1. Rububiyat tavhidi. 
Rububiyat  tavhidining  ma’nosi  —  Alloh  ta’olo  barcha  narsaning  Robbisi,  sheriksiz  egasi,  Yolg‘iz 
yaratuvchi,  Olamni  boshqarib,  uning  ustidan  tasarruf  qiluvchi,  bandalarning  Xoliqi, Roziqi,  tiriltiruvchi 
va o‘ldiruvchisi ekaniga qat’iy ishonish va Allohning qazosi va qadari hamda Zotida yolg‘izligiga iymon 
keltirish, xullas, Alloh ta’oloni o‘z ishlarida yolg‘iz sanash, demakdir. 
Alloh ta’oloning rububiyatiga iymon keltirish farz ekaniga shar’iy dalillar bor. Alloh ta’olo (Fotiha: 1) 
da dedi: “Barcha Olamlar Robbisi bo‘lgan Allohga  hamdu sanolar bo‘lsin!”. 
— (A’rof: 54)da dedi: “Bilinglarki, yaratish va buyurish Alloh ta’ologagina xosdir. Barcha  Olamlar 
Robbisi bo‘lgan Alloh ta’olo buyukdir”. 
— (Baqara: 29) da dedi: “U sizlar uchun barcha narsani yaratgan Zotdir”. 
— (Zoriyot: 58) da dedi: “Allohning O’zigina Razzoq, kuch‐quvvat sohibi va Qudratlidir”. 
Tavhidning bu turiga Quraysh mushriklari va turli din va aqidaga mansub kishilar qarshi bo‘lmadilar. 
Ularning barchasi: “Bu Olamning yaratuvchi Xoliqi Alloh ta’olodir”— deb e’tiqod qiladilar. Alloh ta’olo 
ular  haqida  shunday  dedi:  “Agar  siz  ulardan:  “Samovot  va  yerlarni  kim  yaratdi.”—  deb  so‘rasangiz, 
ular: “Alloh”— deb javob beradilar” (Luqmon: 25). 
Yana bir oyatda dedi: “(ey Muhammad sallallohu alayhi va sallam, ularga) ayting: «Agar bilguvchi 
bo‘lsangizlar  (aytinglarchi),  Yer  va  undagi  narsalar  kimniki?»  Ular  tezda:  “Allohniki”—  derlar. 
Ayting: «(shundan) ibrat‐eslatma olmaysizlarmi?!» Ayting: “Yetti qavat Osmonning Hojasi va buyuk 
Arshning  Sohibi  kim?”  Ular:  “Bu  narsalar  Allohniki”—  deydilar.  Ayting:  “Axir  qo‘rqmaysizlarmi?!” 
Ayting:  “Agar  bilsanglar  (aytinglar‐chi)  Barcha  narsaning  podshohligi  qo‘lida  bo‘lgan,  homiylik 
qiladigan,  Unga  qarshi  birov  homiylik  qila  olmaydigan  Zot  kim?”  Ular:  “(Bu  narsalar)  Allohniki” 
derlar.  Ayting:  “(unday  bo‘lsa),  qanday  aldanib  qolmoqdasizlar?”  Balki,  biz  ularga  haqiqatni  olib 
keldik. Ular esa yolg‘onchidirlar” (Mu’minun: 84 ‐ 90).  
Nega mushriklar Alloh ta’oloning “Robb” ekanini iqror etdilar. Chunki, bandalarning qalbi unga iqror 
bo‘lish  bilan  fitratlangan.  Shuning  uchun  ham,  Alloh  ta’oloning  “Robb”  ekaniga  e’tiqod  qilgan  kishi 
tavhidning   ikkinchi  turi  —  Alloh  ta’oloning  iloh  ekaniga  iymon  keltirmagunicha  muvahhid  bo‘la 
olmaydi. 

2. Uluhiyat tavhidi. 
Uluhiyat tavhidining ma’nosi — bandalar qilayotgan amallarida Alloh ta’oloni yagonalashlaridir. Uni 
“ibodat tavhidi” deb ataladi. Buning ma’nosi: “Alloh taoloning o‘zigina haqiqiy iloh va undan o‘zga iloh 
yo‘qdir.  Undan  boshqa  har‐bir  ma’bud  botildir.  Allohnigina  ibodat,  bo‘ysunish  va  mutlaq  itoat  bilan 
yagonalash. Alloh ta’ologa kim bo‘lishidan qat’iy nazar biron bir narsani sherik qilmaslik. Namoz, ro‘za, 
zakot, haj, duo, yordam so‘rash, nazr va qurbonlik so‘yish, tavakkul, xavf va umid qilish, yaxshi ko‘rish 
kabi va bulardan boshqa zohiriy va botiniy ibodat turlarini  Alloh ta’olodan boshqasiga qilmaslik. Alloh 
ta’ologa  muhabbat,  xavf  va  umid  bilan  ibodat  qilish  hamda  Alloh  ta’ologa  bularning  ba’zisini  qo‘yib, 
qolgan ba’zisi bilan ibodat qilish zalolat ekaniga qat’iy e’tiqod qilishdir. 
Alloh ta’olo dedi: “Sengagina ibodat qilamiz va sendangina yordam so‘raymiz” (Fotiha: 5). 
Yana  bir  oyatda:  “Kim  o‘zi  uchun  hech  qanday  hujjat  bo‘lmagan  holda  Alloh  bilan  birga  boshqa 
biron  ilohga  duo‐iltijo  qilsa,  uning  hisob‐kitobi  Robbisining  huzurida  bo‘lur.  Albatta,  kofirlar  najot 
topmaslar” — dedi (Mo‘‘minun: 117). 
Uluhiyat  tavhidiga  barcha  payg‘ambarlar  da’vat  etdilar.  Uni  inkor  etgan  qadimgi  halqlar  halokatga 
uchradilar. 

www.sodiqlar.com  16
Абдуллоҳ Асарий “Салафсолиҳ” - “Аҳлус-сунна вал-жамоа”эътиқоди

Uluhiyat tavhidi — Islom dinining avvali va oxiri, botini va zohiridir. U — payg‘ambarlar da’vatining 
avvali  va  oxiri  bo‘lib,  shu  sababligina  payg‘ambarlar  yuborildi,  kitoblar  tushirildi  va  jihod  qilichlari 
sug‘urildi. Shu bilangina kofirlar va mo‘‘minlar o‘rtasi, jannat va jahannam ahllarining o‘rtasi ajratildi. 
Bu Alloh ta’oloning: «La ilaha illalloh» “Allohdan o‘zga (haqiqiy) iloh yo‘q”— deb aytgan so‘zining 
ma’nosidir.  Alloh  ta’olo  dedi:  “Biz  sizdan  avval  yuborgan  har  bir  payg‘ambarimizga:  “Mendan  o‘zga 
(haq) iloh yo‘q va mengagina ibodat qilinglar!”— deb vahiy qilganmiz” (Anbiyo: 25). 
Rububiyat  tavhidi  uluhiyat  tavhidining  taqozolaridan  biridir.  Zero,  Robb,  Xoliq,  Roziq,  tasarruf 
qiluvchi,  o‘ldiruvchi,  tiriltiruvchi,  barcha  kamolot  sifatlari  bilan  sifatlangan,  barcha  nuqsonlardan  pok, 
barcha narsa qo‘lida bo‘lgan zotgina sheriksiz yagona iloh bo‘lishi va ibodat ungagina qilinishi zarurdir. 
Alloh ta’olo dedi: “Jinlar va insonlarni o‘zimgagina ibodat qilishlari uchun yaratdim” (Zoriyot: 56). 
Mushriklar  yagona  ilohga  ibodat  qilishmas,  balki,  son‐sanoqsiz  ma’budalarga  ibodat  qilishar  va  bu 
bizni  Alloh  ta’ologa  yaqin  qiladi,  deb  o‘ylar  edilar.  Shunday  bo‘lsa‐da,  ular  bu  ma’budalarning  foyda 
yoki  zarar  bermasliklarini  e’tirof  etishardi.  Shuning  sababidan,  Alloh  ta’olo  ularni  rububiyat  tavhidini 
e’tirof  etsalar‐da,  mo‘‘minlar  deb  e’tibor  qilmadi.  Balki,  ibodatda  boshqalarni  sherik  qilganlari  uchun 
kofir deb bayon qildi. 
Mana  shunisi  bilan  salaflarning  boshqalarga  nisbatan  uluhiyat  (ilohlik)  haqidagi  e’tiqodlari  ajralib 
turadi.  Salaflar  ba’zi  odamlar  o‘ylaganidek  tavhidning  ma’nosi  —  “Allohdan  o‘zga  Xoliq  yo‘q”  degani 
deb tushunmaydi. Balki, uluhiyat tavhidi Islom e’tiqodida ikki asos bilan ro‘yobga chiqadi. 
Birinchi:  ibodatning  barcha  turlari  sheriksiz  Alloh  ta’oloning  o‘zi  uchunginadir.  Xoliqning  biron  bir 
huquq va xususiyati biron bir maxluqqa berilmaydi. 
Demak,  Alloh  ta’ologagina  ibodat  qilinadi.   Allohdan  boshqasiga  namoz  o‘qilmaydi.  Allohdan 
boshqasiga sajda qilinmaydi. Allohdan boshqasiga nazr va tavakkul qilinmaydi. Uluhiyat tavhidi ibodat 
bilan Alloh ta’oloning o‘zinigina xoslashni taqozo qiladi. Ibodat esa yo qalb va tilning so‘zi, yoki qalb va 
(odam) a’zolar(i)ning amalidir. 
Alloh ta’olo dedi: “(Ey Muhammad sollallohu alayhi va sallam) ayting: “Mening namozim, so‘ygan 
qurbonligim,  hayotim  va  o‘limim  barcha  Olamlar  robbisi,  sheriksiz  Alloh  uchundir.  Men  shunga 
buyurildim va men musulmonlarning birinchisiman” (An’om: 162 ‐ 163). 
Yana bir oyatda: «(ey insonlar) Ogoh bo‘lingizkim, xolis din Allohnikidir» (Zumar: 3). 
Ikkinchi:  ibodat  Alloh  ta’olo  va  uning  Rasuli  sollallohu  alayhi  va  sallamning  amrlariga  muvofiq 
bo‘lishi shartdir. 
Alloh ta’oloni ibodat, bo‘ysunish va itoat bilan yagonalash “La ilaha illalloh” (Allohdan o‘zga haqiqiy 
iloh yo‘q)— deb berilgan guvohlikning ro‘yobga chiqarilishidir. 
Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga ergashish va u buyurgan narsalarni qilish hamda qaytargan 
narsalardan chetlanish, “Muhammadur‐Rosululloh” (Muhammad sollallohu alayhi  va sallam Allohning 
elchisidir)— deb berilgan guvohlikni ro‘yobga chiqarishdir. 
“Ahlus‐sunna val‐jamoa” ning yo‘li 
“Ahlus‐sunna  val‐jamoa”  Alloh  ta’ologagina  ibodat  qilib,  unga  biron  narsani  sherik  qilmaydilar. 
Ehtiyojlari  va  yordamni  Allohdangina  so‘raydilar.  Ungagina  tavakkul  qiladilar.  Undangina  qo‘rqadilar. 
Allohga  uning  toati,  ibodati  va  solih  amallar  bilan  yaqin  bo‘ladilar.  Alloh  ta’olo  dedi:  “Allohgagina 
ibodat qilinglar va unga biron narsani sherik qilmanglar!” (Niso: 36).  

  17
3. Ism va sifatlardagi tavhid. 
Buning ma’nosi: “Alloh ta’oloning go‘zal ismlari va oliy sifatlari bor, U barcha kamolot sifatlari bilan 
sifatlangan  va  barcha  nuqsonli  sifatlardan  pok  hamda  U  mana  shu  sifatlarida  barcha  borliqdan  ajralib 
turadi”— deb qat’iy e’tiqod qilish, demakdir. 
“Ahlus‐sunna  val‐jamoa”  —  o‘z  Robbilarini  Qur’oni  Karim  va  Rasululloh  sollallohu  alayhi  va 
sallamning sunnatlarida kelgan sifatlar bilan taniydilar. Ular Robbilarini Uning O’zi va elchisi sifatlagan 
narsalar  bilan  sifatlaydilar.   So‘zlarni  o‘z  o‘rnidan  o‘zgartmaydilar  va  Allohning  ismlari  va  oyatlarida 
ilhod qilmaydilar[3]. Ular Alloh uchun U o‘zi uchun isbot etgan sifatlarni tamsil, takyif, ta’til va tahrifsiz 
isbot  etadilar.  Ularning  bundagi  qoidalari  Alloh  ta’oloning  ushbu  so‘zlaridir:  «...Biron  narsa  U  Zotga 
o‘xshash emasdir. U Eshitguvchi va Ko‘ruvchidir» (Shuro: 11). 
   “Allohning  go‘zal  ismlari  bor.  Uni  o‘sha  ismlar  bilan  chorlanglar  (duo  qilinglar).   Uning  ismlarida 
haqdan og‘gan kimsalarni  tark qilinglar. Ular yaqinda qilib o‘tgan amallariga yarasha jazolanurlar ” 
(A’rof: 180). 
“Ahlus‐sunna  val‐jamoa”  —  Alloh  ta’olo  sifatlarining  kayfiyatini  belgilamaydilar.  Chunki,  Alloh 
ta’olo   kayfiyat  haqida  xabar  bermadi.  Zero,  Alloh  ta’ologa  nima  loyiq  va  nima  noloyiq  ekanini  Alloh 
ta’olodan  boshqa  hech  kim  bilmaydi.  Allox  ta’olo  dedi:  “Sizlar  yaxshiroq  bilasizlarmi  yoki  Allohmi.” 
(Baqara:140). 
Yana  bir  oyatda:  “Alloh  ta’olo  uchun  o‘xshashlarni  qilmanglar!  Darhaqiqat,  Alloh  biladi,  sizlar 
bilmaysizlar” (Nahl: 74). 
Alloh  ta’olodan  so‘ng  elchisi  Muhammad  sollallohu  alayhi  va  sallamdan  ko‘ra  Alloh  ta’oloni 
yaxshiroq  biladigan  biron  kimsa  yo‘q.  Holbuki,  Alloh  ta’olo  u  zot  haqida  shunday  dedi:  “Va  u  o‘z 
havoyi‐xohishi bilan so‘zlamas. U so‘zlagan so‘zlar faqat yuborilgan vahiydir” (Najm: 3, 4).  
“Ahlus‐sunna val‐jamoa” — “Alloh subhonahu va ta’olo “Avval” — undan avval biron narsa bo‘lmagan, 
“Oxir”  —  undan  so‘ng  biron  narsa  bo‘lmaydi,  “Zohir”  —  uning  ustida  biron  narsa  yo‘q  va  “Botin”  — 
maxfiy  narsalarni  ham  biluvchi”—  deb  iymon  keltiradilar.  Alloh  ta’olo  dedi:  “U  —  Avvaldir,  u  — 
Oxirdir, u — Zohirdir, u — Botindir. U — barcha narsani bilguvchidir” (Hadid: 3). 
“Alloh  ta’oloning  zoti  boshqa  zotlarga  o‘xshamas  va  shuningdek  sifatlari  ham  boshqa  sifatlarga 
o‘xshamas. Chunki, Uning misli, tengdoshi va baravari yo‘qdir hamda u maxluqlariga qiyos qilinmaydi”. 
“Ahlus‐sunna  val‐jamoa”  Alloh  ta’olo  uchun  Alloh  ta’olo  o‘zi  uchun  isbot  etgan  barcha  sifatlarni 
o‘xshatishsiz  isbot,  ta’tilsiz  tanzih  etadilar  (“Ta’til”  —  ilohiy  sifatlarni  inkor  etishdir.  “Tanzih”  —  Alloh 
ta’oloni zoti va sifatlarida noloyiq bo‘lgan narsalardan poklash). 
“Ahlus‐sunna val‐jamoa” Alloh ta’olo uchun U o‘zi uchun isbot etgan sifatlarni isbot etar ekanlar, uni 
biron narsaga o‘xshatmaydilar. Alloh ta’oloni poklagan vaqtlarida esa U O’zini sifatlagan sifatlarni inkor 
qilmaydilar[4].  
“Ahlus‐sunna val‐jamoa”: “Alloh ta’olo barcha narsani biluvchi, ularni yaratuvchisi va har bir tirikka  
rizq  beruvchi  Zotdir”—  deb  iymon  keltiradilar.  Alloh  ta’olo  dedi:  “(Axir)  yaratgan  Zot  bilmasmi?  U 
Mehribon va (har bir narsadan) Ogohdir! ” (Mulk:14). 
Yana  bir  oyatda  dedi:   “Allohning  O’zigina  Razzoq,  kuch‐quvvat  sohibi  va  Qudratlidir”  (Zoriyot: 
58). 
“Ahlus‐sunna  val‐jamoa”  Alloh  ta’oloning  yetti  qavat  osmonning  ustidagi  Arshga  ko‘tarilgani[5]  va 
maxluqlaridan ajragani,  biroq,  barcha  narsalarni  bilib  turishiga  iymon keltiradilar  va  uning  kayfiyatiga 
aralashmaydilar.  Alloh  ta’olo  O’zi  haqida  Qur’oni  Karimning  yetti  oyatida  kayfiyatini  bayon  qilmagan 
holda xabar berdi:[6] 

www.sodiqlar.com  18
Абдуллоҳ Асарий “Салафсолиҳ” - “Аҳлус-сунна вал-жамоа”эътиқоди

Alloh ta’olo dedi: “Rahmon Arshga ko‘tarildi”[7] (Toha: 5).  
Boshqa bir oyatda dedi: “...So‘ngra O’z  Arshiga o‘rnashgan Zotdir” (Hadid: 4). 
Yana  bir  oyatda  dedi:  “Yoki  sizlar  osmondagi  Zot  sizlarni  yerning  titrab  turgan  holida,  (Yerga) 
yuttirib  yuborishidan  xotirjam  bo‘ldingizlarmi?!  Yoki  sizlar  osmondagi  Zot  ustingizga  tosh 
yog‘dirishidan  xotirjammisizlar?!  Sizlar  yaqinda  mening  ogohlantirishim  qanday  ekanligini  bilib 
olasizlar” (Mulk:16,17).  
Alloh  ta’olo  dedi:  “Yaxshi  so‘zlar  Unga  ko‘tariladi  va  U  solih  amallarni  O’z  dargohiga  ko‘taradi” 
(Fotir: 10). 
Yana bir oyatda dedi: “Ular Tepalaridagi Robbilaridan qo‘rqadilar” (Nahl: 50). 
Rasululloh  sollallohu  alayhi  va  sallam:  “Sizlar  menga  ishonmaysizlarmi?!  Axir  men  osmondagi 
zotning omonatdoriman‐ku!”— dedilar (Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyati). 
“Ahlus‐sunna val‐jamoa” — Kursiy va Arsh haqligiga iymon keltiradilar. Alloh ta’olo dedi: “...Uning 
Kursiysi  osmonlar  va  Yerdan  kengdir.  Va  Uni  osmonlar  va  Yerni  hifzu  himoyada  saqlab  turish 
qiynamaydi. U eng Yuksak va Buyukdir” (Baqara:255). 
Arshning  qanchaligi  yolg‘iz  Allohning  o‘zigagina  ma’lumdir.  Kursiy  Arsh  oldida  sahroga  tashlab 
qo‘yilgan xalqa misolidadir va U (Kursiy) Yer va Osmonlardan kengdir. Alloh ta’olo Arsh va Kursiydan 
behojatdir.  Alloh  ta’olo  Arsh  ustiga  muhtoj  bo‘lgani  uchun  emas,  balki,  o‘zi  bilgan  hikmat  uchungina 
ko‘tarildi.  Alloh  ta’olo  Arsh  va  undan  kichik  narsalarga  muhtoj  bo‘lishdan  pokdir.  Alloh  ta’oloning 
maqomi  bulardan  ko‘ra  buyukroqdir.  Hatto  Arsh  va  Kursiy  ham,  Alloh  ta’oloning  qudrati  va  saltanati 
bilangina ko‘tarib turiladi. 
Alloh ta’olo Odam alayhissalomni o‘zining ikki qo‘li bilan yaratdi. O’zi sifatlaganidek Uning ikki qo‘li 
o‘ng‐barakali va ochiqdir, xohlaganicha infoq qiladi. 
Alloh  ta’olo  dedi:  “Yahudiylar:  “Allohning  qo‘li  bog‘liq  (baxil)”—  dedilar.  O’zlarining  qo‘llari 
bog‘lanib  qolgay  va  aytgan  gaplari  bilan   la’natga  uchragaylar.  —  Yo‘q!  U  Zotning  har  ikki  qo‘li 
ochiqdir va O’zi xohlaganidek infoq qiladi” (Moida: 64). 
Boshqa bir oyatda shunday dedi: “Ey Iblis, Men o‘z qo‘llarim bilan yaratgan narsa — Odamga sajda 
qilishingdan nima seni man’ qildi?!” (Sod: 75). 
“Ahlus‐sunna  val‐jamoa”   Alloh  ta’olo  uchun  eshitish,  ko‘rish,  ilm,  qudrat,  quvvat,  izzat,  kalom‐
gapirish,  hayot,  oyoq  kafti‐tovon,  boldir,  qo‘l,  maxluqlari  (ularni  bilish,  eshitish  va  ko‘rish)  bilan  birga 
ekani  va  bundan  boshqa  Alloh  ta’olo  o‘zining  Aziz  Qur’oni  va  payg‘ambari  sallallohu  alayhi  va 
sallamning  tilida  bayon  qilgan  sifatlarni  biz  bilmagan  va  Allohgina   biladigan  kayfiyatda  isbot  etadilar. 
Chunki,  Alloh  ta’olo  bizga  bu  sifatlarning  kayfiyatidan  xabar  bermadi.  Alloh  ta’olo  dedi:  “Men  sizlar 
bilan birgaman: eshitib, ko‘rib tururman” (To‐ha: 46). 
“Va U biluvchi, Hakim Zotdir” (Tahrim: 2). 
“Muso bilan Allohning O’zi (bevosita) gaplashdi” (Niso:164). 
“Robbingizning ulug‘lik va ikrom sohibi bo‘lgan Yuzigina boqiy qoladi”[8] (Rahmon: 27). 
“Ulardan Alloh rozi bo‘ldi, ular ham Allohdan rozi bo‘ldilar” (Moida: 119). 
“Alloh ularni yaxshi ko‘rur, ular Allohni yaxshi ko‘rurlar” (Moida: 54). 
“Endi qachonki ular Bizni darg‘azab qilishgach, Biz ulardan intiqom oldik” (Zuxruf: 55). 
“Boldir  ochiladigan  va  sajdaga  chaqiriladigan  kunda  ular  sajda  qilishga  qodir  bo‘lmaydilar” 
(Qalam: 42). 

  19
“Alloh  —  undan  o‘zga  (haqiqiy  iloh)  yo‘q,  Tirik  va  Qayyum‐har  narsani  bilib,  boshqarib 
turuvchidir” (Oli Imron: 2). 
“...Allohning g‘azabiga duchor bo‘lgan...”(Mumtahana: 13). 
Bundan boshqa Alloh ta’oloning sifatlari zikr qilingan oyatlar ko‘pdir. 
“Ahlus‐sunna  val‐jamoa”  mo‘‘minlar  oxiratda  Robbilarini  ko‘zlari  bilan  ko‘rishlari,  uni  ziyorat 
qilishlari,  uning  mo‘‘minlarga  gapirishi,  mo‘‘minlar  ham  unga  gapirishlariga  iymon  keltiradilar.  Alloh 
ta’olo dedi: “U kunda yuzlar porlab, Robbisiga qarab turguvchidir” (Qiyomat: 22, 23). 
Ular  tez  kunda  o‘z  Robbilarini  oydin  kechada  to‘lin  oyni  ko‘rganlaridek  hech  qiynalmasdan 
ko‘rishlariga  iymon  keltiradilar:  Rasululloh  sollallohu  alayhi  va  sallam  dedilar:  “Sizlar  o‘z  Robbingizni 
oydin  kechada  to‘lin  oyni  ko‘rganingizdek  ko‘rasizlar,  uni  ko‘rishda  siqilishmaysizlar”  (Sahih  hadis 
ekaniga ittifoq qilingan). 
“Ahlus‐sunna  val‐jamoa”  —  Alloh  ta’olo  kechaning  uchdan  biri  qolgan  payt  eng  quyi  osmonga 
o‘zining  azamati  va  buyukligiga  loyiq  suratda,  haqiqatda  tushishiga  iymon  keltiradilar.  Payg‘ambar 
sollallohu alayhi va sallam dedilar: “Robbimiz har kecha, kechaning uchdan biri qolganida quyi osmonga 
nozil  bo‘ladi  va:  “Kim  menga  duo  qiladi  ijobat  qilaman!  Kim  mendan  so‘raydi,  so‘ragan  narsasini 
beraman! Kim menga istig‘for aytadi, gunohlarini kechiraman!”— deydi” (Muttafaqun alayhi). 
“Ahlus‐sunna  val‐jamoa”  —  Alloh  ta’olo  qiyomat  kunida  bandalari  o‘rtasida  hukm  qilish  uchun  o‘z 
buyukligiga loyiq suratda (haqiqatda) kelishiga iymon keltiradilar. Alloh ta’olo dedi: “Yo‘q, qachon Yer 
chil‐parchin qilinganda. Robbingiz  va farishtalar saf‐saf bo‘lib  kelganda ...” (Fajr: 21, 22). 
“(Islomga  kirmaganlar)  bulutdan  bo‘lgan  soyabon  ostida  Alloh  va  farishtalar  kelishi   va  ishning  
hal bo‘lishini kutib turibdilarmi?” (Baqara: 210). 
“Ahlus‐sunna  val‐jamoa”ning  bu  to‘g‘ridagi  yo‘li  Alloh  ta’olo  va  Uning  Rasuli  sallallohu  alayhi  va 
sallam xabar bergan narsalariga to‘la taslim bo‘lishdir. Imom Zuhriy rahimahulloh aytganlaridek: “Alloh 
ta’olodan  yuborish,  payg‘ambardan  yetkazish  va  bizdan  taslim  bo‘lish”.   (Imom  Bag‘aviy: 
“Sharhussunna”).  
Imom  Sufyon  ibn  Uyayna  rahimahulloh:  “Alloh  ta’olo  o‘zini  Qur’on  Karimda  sifatlagan  har  bir 
sifatning  o‘qilishi  uning   tafsiridir.  Ularning  kayfiyati  ham  misli  ham  zikr  qilinmaydi”—  dedi  (Imom 
Lalakaiy: “Sharhu usuli e’tiqodi ahlissunnati val‐jamoa”). 
Imom  Shofiiy  rahimahulloh  dedi:  “Men  Alloh  ta’ologa  va  Alloh  ta’olo  tarafidan  kelgan  xabarlarga 
Alloh  xohlaganidek  iymon  keltirdim  va  Rasululloh  sollallohu  alayhi  va  sallamga  va  u  olib  kelgan 
narsalarga  Rasululloh  sollallohu  alayhi  va  sallam  xohlaganidek  iymon  keltirdim”  (Imom  ibn  Qudoma 
rahimahulloh: “Lama’atul‐e’tiqod alhodiy ila sabilir‐roshad”). 
Valid  ibn  Muslim  rahimahulloh  dedi:  “Men  Avzoiy,  Sufyon  ibn  Uyayna  va  Molik  ibn  Anas 
rahimahumullohlardan Alloh ta’oloning sifatlari va uni ko‘rish haqidagi hadislardan so‘radim: “Ular bu 
hadislarni  qanday  kelgan  bo‘lsa,  shunday,  kayfiyatsiz  o‘tkazinglar”—  deb  aytdilar”  (Imom  Bag‘aviy: 
“Sharhussunna”). 
Dorul‐hijra‐Madinaning  imomi  —  imom  Molik  rahimahulloh  shunday  deydi:  “Bid’atdan  uzoq 
bo‘linglar!”.  Undan:  “Bid’at  nima”—  deb  so‘ralganida:  “Bid’atchilar  Alloh  ta’oloning  ismlari,  sifatlari, 
kalomi, ishlari va qudrati haqida bo‘lmag‘ur so‘zlarni so‘zlayotgan hamda sahobalar va ularga yaxshilik 
bilan ergashganlar sukut qilgan narsalardan sukut qilmayotgan kishilardir”— deb javob berdilar (Imom 
Bag‘aviy: “Sharhussunna”). 
Bir  kishi  Imom  Molik  rahimahullohdan  “Rahmon  Arshga  ko‘tarildi”  oyati  haqida:  “qanday  qilib 
ko‘tarildi?”— deb savol berdi. Imom Molik rahimahulloh unga: “ko‘tarilish ma’lum, kayfiyat noma’lum, 

www.sodiqlar.com  20
Абдуллоҳ Асарий “Салафсолиҳ” - “Аҳлус-сунна вал-жамоа”эътиқоди

unga iymon keltirish farz, u haqda so‘rash bid’at. Sen adashgan ko‘rinasan”— deb javob berdilar va savol 
bergan odamni huzuridan chiqarib yuborishga buyurdilar (Imom Bag‘aviy: “Sharhussunna”). 
Imom  Abu  Hanifa  rahimahulloh  dedilar:  “Hech  bir  kimsa  Alloh  ta’oloning  zoti  haqida  biron  so‘z 
aytmasin. Balki, Alloh ta’oloni Allohning o‘zi sifatlagan sifatlar bilan sifatlasin.  Alloh haqida ra’yi bilan 
biron narsa demasin, Barcha Olamlar Robbisi bo‘lgan Alloh buyukdir” (“Sharhul‐aqidatit‐Tahoviyya”). 
Imom  Abu  Hanifa  rahimahulloh  Alloh  ta’oloning  nozil  bo‘lishi   haqida  so‘ralganlarida:  “U  nozil 
bo‘ladi, kayfiyati esa noma’lum”— deb javob berdilar (Sharhul‐aqidatit‐Tahoviyya”). 
Hofiz,  Imom  Nu’aym  ibn  Hammod  al‐Xuzoiy  rahimahulloh  dedi:  “Kim  Allohni  maxluqlariga 
o‘xshatsa kofir bo‘ladi.  Kim Alloh o‘zini sifatlagan sifatlarni inkor etsa kofir bo‘ladi. Allohni Uning O’zi  
va uning rasuli sollallohu alayhi va sallam sifatlagan sifatlarda  biron narsaga o‘xshatishlik yo‘q” (Imom 
Bag‘aviy: “al‐Uluv lil‐Aliyyil‐G’affor”). 
Ba’zi  salaf  olimlari:  “Islomning  oyog‘i  bo‘ysunish  ko‘prigi  uzragina  toyilmasdan  sobit  bo‘ladi”— 
dedilar (Imom Bag‘aviy: “Sharhussunna”). 
Shuning  uchun  ham,  Alloh  ta’oloning  zoti  va  sifatlari  haqida  so‘z  yuritishda  salaf  yo‘lidan  yuraman 
degan  odam,  u  xoh  salaf  davrida  bo‘lsin,  xoh  keyingi  asrlarda  yashasin,  ism  va  sifatlardagi  Qur’oni 
Karimning uslubini olishi kerak. 
Salafning yo‘liga muxolif bo‘lgan har bir odam, u xoh salaf, xoh sahobalar va tobeinlar asrida yashasin, 
Qur’on yo‘lidan yurmagan bo‘ladi. 
Ikkinchi rukn. Farishtalarga iymon keltirish 
Farishtalarga  iymon  keltirish  —  ularning  borligiga  hech  shak  va  shubhasi  bo‘lmagan  qat’iy  e’tiqod 
qilishdir. Alloh ta’olo dedi: “Payg‘ambar o‘ziga Parvardigoridan nozil qilingan narsaga iymon keltirdi 
va mo‘‘minlar (ham iymon keltirdilar). Allohga, uning farishtalariga, kitoblariga va payg‘ambarlariga 
iymon keltirgan har bir kishi (aytdi)....” (Baqara: 285). 
Farishtalarning borligini inkor etgan odam, Alloh ta’oloning quyidagi so‘zlariga binoan kofir bo‘ladi: 
“Kimki  Allohga,  uning  farishtalariga,  kitoblariga,  payg‘ambarlariga  va  oxirat  kuniga  kofir  bo‘lsa, 
demak, u juda qattiq adashibdi” (Niso: 136). 
“Ahlus‐sunna  val‐jamoa”  farishtalarga  umumiy  suratda  iymon  keltiradilar,  ammo  mufassal  suratda 
faqat  dalillari  ishonchli  bo‘lgan,   Alloh  ta’olo  va   Rasululloh  sollallohu  alayhi  va  sallam  bayon 
qilganlariga  iymon  keltiradilar:  Ular  vahiyga  vakil  qilingan  Jabroil,  yomg‘irga  vakil  qilingan  Miykoil, 
Surga vakil qilingan Isrofil, jonlarni olishga vakil qilingan Malakul‐mavt, jahannam posboni Molik, jannat 
posboni Rizvon va qabr farishtalari Munkar va Nakirlardir. 
“Ahlisunna  val‐jamoa”  farishtalarning  bor  ekanligiga,  ularning  shaxslar  ekanligi,  ma’naviy  narsalar 
emas  his  qilinadigan  narsalar  ekaniga,  ular  Alloh  ta’oloning  nurdan  yaratgan  maxluqlari  va   Osmonda 
yashashlariga iymon keltiradilar. 
Farishtalar  —  ulkan  maxluqlardir.  Ularning  qanotlari  bor.  Ba’zilarining  qanoti  ikkita,  ba’zilariniki 
uchta, ba’zilariniki to‘rtta, ba’zilariniki esa undan ko‘pdir.  
Farishtalar  Alloh  ta’oloning  qo‘shinlaridan  biridir.  Ular,  Alloh  ta’oloning  izni  ila,  vaziyatlarga  qarab 
turli maxluqlar shakliga kira oladilar. 
Ular  Alloh  ta’ologa  yaqin  va  muhtaram  bo‘lib,  erkaklik  va  ayollik  sifatlari  bilan   sifatlanmaydilar, 
uylanmaydilar va bolalab ko‘paymaydilar. 
Farishtalar yemaydilar va ichmaydilar. Ularning taomi tasbih va tahlil bo‘lib, uni aytishdan hech ham 
zerikmaydilar va charchamaydilar. Ularning sifatlari yaxshilik, go‘zallik, hayo va intizomlilikdir. 

  21
Farishtalarning  odamlardan  farqi,  ular  ibodat  qilish  va  gunoh  ishlarni  qilmaslikka  tabiatlantirib 
yaratilganlar.  Alloh  ta’olo  ularni  o‘ziga  ibodat  qilishlari  va  buyruqlarini  ijro  etishlari  uchun  yaratgan. 
Alloh  ta’olo  dedi:  “U  (mushrik)lar:  “Allohning  (farishtalardan)  bolasi  bor”—  dedilar.  U  zot 
(mushriklarning  badgumonlaridan)  mutlaqo  pokdir.  Yo‘q,  (farishtalar  aslo  Allohning  bolalari  emas, 
balki) ulug‘ bandalardir. (Farishtalar) U Zotdan  ilgari biron so‘z aytmaydilar. Ular (Allohning) amru 
farmoni bilangina amal qiladilar. U Zot ularning oldilaridagi (qiladigan) va orqalaridagi (qilib o‘tgan) 
barcha  ish‐amallarni  bilur.  Ular  (Qiyomat  qoim  bo‘lgan  kunda)  faqat  (Alloh)  rozi  bo‘lgan 
kishilarnigina  shafoat  qilurlar.  Ularning  o‘zlari  (Allohdan)  qo‘rqib  xavfu  xatarda  tururlar”  (Anbiyo: 
26‐28). 
Farishtalar kecha va kunduz Alloh ta’ologa tasbih aytadilar va osmondagi “Baytul‐Ma’mur” ni tavof 
qiladilar. Ular Alloh ta’olodan juda ham qo‘rqadilar. 

Farishtalarning turlari 
Farishtalarning  ba’zilari  vahiyga,  ba’zilari  Arshni  ko‘tarishga,  ba’zilari  tog‘larga,  ba’zilari  jannat, 
ba’zilari esa jahannamga vakil qilingan. 
Ba’zi  farishtalar  bandalarning  qilgan  amallarini  yodlash,  ba’zilari  mo‘‘minlarning  jonlarini,  ba’zilari 
kofirlarning jonlarini olish, ba’zilari esa qabrda bandalarni so‘roq qilishga vakil qilingan. 
Ba’zi farishtalar mo‘‘minlar uchun istig‘for va salavot aytadilar va ularni sevadilar. Ba’zi farishtalar ilm 
majlislari  va  Allohning  zikri  bo‘layotgan  halqalarda  hozir  bo‘ladilar  va  u  yerda  o‘tirgan  kishilarni  o‘z 
qanotlari bilan o‘rab oladilar. Ularning ba’zilari insonga bog‘langan bo‘ladi, undan hech ham ajralmaydi. 
Ba’zi  farishtalar  bandalarni  yaxshi  ishlarni  qilishga  da’vat  etadilar.  Ba’zi  farishtalar  yaxshi  kishilarning 
janozalarida  hozir  bo‘ladilar.  Ba’zi  farishtalar  jihodlarda  mo‘‘minlar  bilan  birga  kofirlarga  qarshi  jang 
qilib, ularga yordamchi bo‘ladilar. 
Ba’zi farishtalar yaxshi kishilarni himoya qilib, ularning musibatlarini ko‘tarishga, ba’zi farishtalar esa 
kofirlarni la’nat qilib, ularga balolarni keltirishga vakil qilingan. 
Farishtalar  haykal,  surat,  it  yoki  ko‘g‘irchoq  bo‘lgan  uylarga  kirmaydilar  va  odamzot  ozorlanadigan 
narsalardan ozorlanadilar.  
Farishtalarning  soni  ko‘p  bo‘lib,  ularning  sonini  Alloh  ta’oloning  o‘zigina  biladi.  Alloh  ta’olo  dedi: 
“Robbingizning  ko‘shinlarini  Yolg‘iz  Uning  O’zigina  bilur.  Bu  insonlar  uchun  eslatma,  xolos” 
(Muddassir: 31). 
Alloh ta’olo farishtalarni bizdan pardaladi. Biz ularni asl yaratilgan shakllarida ko‘ra olmaymiz. Lekin 
Alloh ta’olo ba’zi bandalariga ularni asl suratlarida ko‘rsatdi. Chunonchi, Rasululloh sollallohu alayhi va 
sallam  Jabroil  alayhissolatu  vassalomni   Alloh  yaratgan  asl  suratida  ikki  marta  ko‘rdilar.  Alloh  ta’olo 
dedi: “Sizlarning sohibingiz (Muhammad sallallohu alayhi va sallam) majnun emasdir. Darhaqiqat, u 
(Jabroilni) ochiq ufqda ko‘rdi.” (Takvir: 22, 23). 
Uchinchi rukn. Ilohiy kitoblarga iymon keltirish 
“Ahlus‐sunna val‐jamoa” — Alloh ta’olo payg‘ambarlariga ularda buyruqlari, qaytariqlari, va’dalari, 
tahdidlari,  bandalaridan  xohlagan  narsalari,  hidoyat  va  nur  bo‘lgan  kitoblarni  nozil  qilgan,  deb  e’tiqod 
qiladilar. Alloh ta’olo dedi: “Payg‘ambar o‘ziga Parvardigoridan nozil qilingan narsaga iymon keltirdi 
va mo‘‘minlar (ham iymon keltirdilar). Allohga, uning farishtalariga, kitoblariga va payg‘ambarlariga 
iymon keltirgan har bir kishi (aytdi)....” (Baqara: 285). 
Alloh  ta’olo  o‘z  payg‘ambarlariga  bashariyatni  hidoyat  qilishlari  uchun  kitoblarni  nozil  qildi.  Alloh 
ta’olo  dedi:  “Alif,  Lom,  Ro.  (Ey  Muhammad  sallallohu  alayhi  va  sallam  bu  Qur’on)  siz  odamlarni 

www.sodiqlar.com  22
Абдуллоҳ Асарий “Салафсолиҳ” - “Аҳлус-сунна вал-жамоа”эътиқоди

Parvardigorlarining izni‐irodasi bilan zulmatlardan nurga  — Aziz‐Qudrat, Hamid‐hamdu sano Egasi 
bo‘lgan  Zotning yo‘liga — olib chiqishingiz uchun Biz sizga nozil qilgan Kitobdir” (Ibrohim: 1). 
Ilohiy  kitoblar:  Qur’on,  Tavrot,  Injil,  Zabur  va  Ibrohim  va  Muso  alayhimussolatu  vassalomlarga 
yuborilgan sahifalardir. Bu kitoblarning eng buyuklari: Tavrot, Injil va Qur’ondir. Bu uch kitobning eng 
buyugi, eng afzali va ularni bekor qiluvchisi — Qur’on Karimdir. 
Alloh ta’olo Qur’on Karimdan boshqa barcha kitoblarni nozil qilgan paytda ularni himoya qilishni o‘z 
zimmasiga olmadi. Balki, ularning himoyasini odamlarga topshirdi. Biroq, ular  kitoblarni muhofaza qila 
olmadilar. Natijada, u kitoblarga o‘zgarish va qo‘shimchalar kirib ketdi. 
Qur’on Karim — Olamlar Parvardigorining kalomi, ochiq kitobi va mustahkam arqonidir. Alloh ta’olo 
Qur’on  Karimni  payg‘ambari  Muhammad  sollallohu  alayhi  va  sallamga  ummati  uchun  dastur  bo‘lishi, 
odamlarni zulmatlardan nurga chiqarishi, to‘g‘rilik va to‘g‘ri yo‘lga hidoyat qilishi uchun nozil qildi. 
Alloh  ta’olo  Qur’on  Karimda  avval  o‘tgan  va  keyin  keladigan  halqlarning  xabarlari,  Osmonlar  va 
ularning  yaralishini  bayon  qilib,  halol  va  harom  narsalar,  odob  va  axloq  asoslari,  ibodat  va  muomala 
hukmlari,  payg‘ambarlar  va  solih  kishilarning  hayotlari,  mo‘‘min  va  kofirlarning  mukofot  va  jazolari, 
mo‘‘minlarning diyori bo‘lmish jannat va kofirlarning diyori bo‘lmish jahannamning tafsilotlarini bayon 
qildi.  Alloh  ta’olo  Qur’oni  Karimni  qalb  kasalliklariga  shifo,  barcha  narsaning  bayoni  va  mo‘‘minlar 
uchun hidoyat va nur qilib qo‘ydi. Alloh ta’olo dedi: “Biz sizga — hamma narsani bayon qilib beruvchi, 
hidoyat, rahmat va  musulmonlar uchun  xushxabar bo‘lgan Kitob – Qur’onni nozil qildik”(Nahl:89). 
Barcha  odamlar  Qur’oni  Karim  ta’limotlariga,   Rasululloh  sollallohu  alayhi  va  sallamdan  rivoyat 
qilingan sahih (ishonchli) xabarlarga ergashishlari va u ikkisini o‘z hayotlariga tatbiq qilishlari zarurdir. 
Chunki,  Alloh  ta’olo  Rasululloh  sollallohu  alayhi  va  sallamni  O’zi  nozil  qilgan  Kitobni  bayon  qilib 
berishlari  uchun  odamlar  va  jinlarga  elchi  qilib  yubordi.  Alloh  ta’olo  dedi:  “Sizga  esa  odamlarga  nozil 
qilingan  narsalarni  bayon  qilib  berishingiz  uchun  va  shoyad  tafakkur  qilsalar,  deb  bu  Eslatma  — 
Qur’onni nozil qildik. ” (Nahl: 44). 
“Ahlus‐sunna val‐jamoa” Qur’on — harflari va ma’nolari — Alloh ta’oloning kalomi ekaniga, uning 
Alloh  ta’olodan  boshlanib,  Alloh  ta’ologa  qaytishiga,  tushirilgan,  biroq  maxluq  emasligiga,  Alloh  ta’olo 
Qur’onni  o‘zi  so‘zlagani  va  Jabroil  alayhissolatu  vassalomga  o‘qib  bergani  va  Jabroil  alayhissolatu 
vassalom Muhammad sollallohu alayhi va sallamga olib tushganiga qat’iy iymon keltiradilar. 
Hakim va Xabardor bo‘lgan Zot Qur’oni Karimni ochiq arab tilida nozil qildi va u bizlarga mutavotir 
(ko‘p)  yo‘llar  bilan  shubhaga  o‘rin  qolmaydigan  (sahih  rivoyatlarda)  yetib  keldi.  Alloh   ta’olo  dedi: 
“Albatta  (bu  Qur’on)  barcha  olamlar  Parvardigori  tomonidan  nozil  qilingandir.  (Ey  Muhammad 
sallallohu  alayhi  va  sallam)  Siz  (oxirat  azobidan)  ogohlantiruvchilardan  bo‘lishingiz  uchun 
qalbingizga  uni  Ruhul‐Amiyn  —  Jabroil  ochiq‐ravshan  arabiy  til  bilan  nozil  qildi.  ”  (Shuaro:  192  ‐ 
195). 
Qur’oni Karimni qalblar yod oladi, tillar tilovat qiladi va sahifalarga yoziladi. Alloh ta’olo dedi: “Yo‘q, 
u (ya’ni  Qur’on) ilm ato etilganlarning qalblarida (yod bo‘lguvchi) aniq oyatlardir” (Ankabut: 49). 
“Albatta U (Qur’on sehr yoki uydirma emas, balki) asralgan Kitob (Lavhul‐Mahfuz) dagi — Qur’on 
Karimdir.  Uni  faqat  pok  kishilargina  ushlarlar.  (U)   barcha  olamlar  Parvardigori  tomonidan  nozil 
qilingandir”. (Voqea: 77‐80). 
Qur’oni  Karim  —  payg‘ambarimiz  Muhammad  ibn  Abdulloh  sollallohu  alayhi  va  sallamga  berilgan 
buyuk  va  mangu  mo‘‘jizadir.  U  samoviy  kitoblarning  eng  so‘nggisidir,  u  bekor  qilinmaydi  va 
alishtirilmaydi.  Alloh  ta’olo  uni  qiyomatdan  avval  o‘ziga  ko‘taradigan  kunigacha  barcha  o‘zgartish, 
qo‘shish  va  kamaytirishlardan  o‘z  hifzu  himoyasida  saqlashning  kafolatini  oldi.  Alloh  ta’olo  dedi: 

  23
“Albatta bu eslatmani (ya’ni, Qur’onni) Biz O’zimiz nozil qildik va o‘zimiz uni saqlaguvchimiz” (Hijr: 
9). 
“Ahlus‐sunna val‐jamoa” Qur’onning biron harfini inkor etgan yoki unga qo‘shimcha qo‘shgan, yoki 
undan  bironta  harfni  kamaytirgan  kishini  kofir  deb  hisoblaydilar.  Shuning  uchun  biz  ham,  Qur’on 
oyatlarining har biri Alloh ta’olo huzuridan nozil bo‘lgan va bizga mutavotir (eng ishonchli) yo‘llar bilan 
yetib kelgan ekaniga qat’iy iymon keltiramiz. 
Qur’oni  Karim  Rasululloh  sollallohu  alayhi  va  sallamga  to‘plam  holatida  —  bir  daf’ada  nozil 
bo‘lmagan.  Balki,  voqe’alarga  munosib  tarzda  yoki  berilgan  savollarga  javob  o‘laroq,  yoki  vaziyatlarga 
qarab yigirma uch yil davomida tarqoq nozil bo‘lgan. 
Qur’oni Karim Makkada nozil bo‘lgan sakson olti (86) va Madinada nozil bo‘lgan yigirma sakkiz (28), 
jami  bir  yuz  o‘n  to‘rt  (114)  surani  o‘z  ichiga  oladi.  Makkada  nozil  bo‘lgan  suralar  “Makkiy”,  Madinada 
nozil  bo‘lgan  suralarni  “Madaniy”  suralar  deb  ataladi.  Qur’oni  Karim  suralarining  yigirma  to‘qqiztasi 
(29) uzuq‐yolg‘iz harflar bilan boshlangan. 
Qur’oni  Karim  Rasululloh  sollallohu  alayhi  va  sallamning  davrlarida  yozilgan.  Sahobalarning  eng 
yaxshilaridan  roziallohu anhum kotiblar bo‘lgan, ular Qur’ondan nozil bo‘lganini Rasululloh sollallohu 
alayhi  va  sallamning  amri  bilan  yozib  borishar  edi.  Abu  Bakr  raziyallohu  anhuning  xalifalik  davrida 
Qur’onning  yozilgan  parchalari  jamlandi.  Usmon  raziyallohu  anhu  xalifalik  davrlarida  ummatni  bir 
qiroatga jamladi. Alloh ta’olo ularning barchasidan rozi bo‘lsin! 
“Ahlus‐sunna val‐jamoa” Qur’oni Karimni ta’lim berish, yod olish, tilovat qilish, tafsir qilish va unga 
amal  qilishga  qattiq  e’tibor  beradilar.  Alloh  ta’olo  dedi:  “(Ey  Muhammad  sallallohu  alayhi  va  sallam 
ushbu  Qur’on  barcha  odamlar),  oyatlarini  tafakkur  qilishlari  va  aql  egalari  eslatma‐ibrat  olishlari 
uchun biz sizga nozil qilgan Kitobdir” (Sod: 29). 
Ular  Qur’on  tilovati  bilan  Alloh  ta’ologa  ibodat  qiladilar.  Chunki  undan  har  bir  harfni  o‘qishga  bir 
hasana bor. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: “Kimki Allohning Kitobidan bir harf o‘qisa, u 
uchun  bir  hasana‐yaxshilik  bordir.  Hasana‐yaxshilik  esa  o‘n  barobari  bilan  birgadir.  Men:  “Alif,  Lom, 
Mim”  bir  harf”—  deb  aytmayman.  Balki,  “Alif”  bir  harf,  “Lom”  bir  harf,  “Mim”  bir  harfdir”  (Imom 
Termiziy rivoyati). 
“Ahlus‐sunna  val‐jamoa”  Qur’on  oyatlarini  quruq  ra’y‐fikr  bilan  tafsir  qilishga  ijozat  bermaydilar. 
Chunki,  bu  Alloh  ta’olo  haqqiga  ilmsiz  so‘z  aytish,  demakdir.  Balki,  ular  Qur’on  oyatlarini  Qur’onning 
boshqa  oyatlari  va  hadislar  bilan,  keyin  esa  sahobalarning  so‘zlari  va  ulardan  keyin  yashab,  bugungi 
kunimizga qadar ularga yaxshilik bilan ergashgan kishilarning so‘zlari bilan shar’iy qoidalar doirasidan 
chiqmasdan  tafsir  qiladilar.  Zero,  Alloh  ta’olo  o‘z  haqqiga  bilimsiz  so‘z  aytishni  harom  qildi:  “U 
(Shayton)  sizlarni  faqat  yomonlik  va  buzuqlikka  va  Alloh  sha’nida  bilmagan  narsalaringizni 
gapirishga buyuradi” (Baqara: 169). 
To‘rtinchi rukn. Payg‘ambarlarga iymon keltirish 
“Ahlus‐sunna val‐jamoa” Alloh subhonahu va ta’olo bandalariga jannatdan bashorat va jahannamdan 
ogohlantiruvchi,  odamlarga  haq  yo‘lni  ko‘rsatish  va  ularni  zulmatlardan  nurga  chiqarish  uchun  haq 
dinga da’vat etuvchi payg‘ambarlarni yuborgan ekaniga iymon keltirib, qat’iy e’tiqod qiladilar. 
Payg‘ambarlar  da’vatidan  maqsad,  xalqlarni  shirk  va  butparastlikdan  qutqarish  hamda  jamiyatlarni 
buzg‘unchilik va fasoddan tozalashdir. Ular payg‘ambarlik (risolat)ni yetkazdilar, omonatni ado etdilar, 
ummatga  nasihat  va  Alloh  yo‘lida  haqiqiy  jihod  qildilar.  Ular  o‘zlarining  rostgo‘y  ekanliklariga  dalolat 
qiladigan  ochiq‐ravshan  mo‘‘jizalar  olib  keldilar.[9]  Kimki  payg‘ambarlarning  biriga  kofir  bo‘lsa,  Alloh 
ta’olo  va  barcha  payg‘ambarlarga  kofir  bo‘ladi.  Alloh  ta’olo  dedi:  “Albatta  Alloh  va  uning 
payg‘ambarlariga  ishonmaydigan,  Alloh  bilan  payg‘ambarlarining  o‘rtasini  ajratishni  istaydigan  va: 

www.sodiqlar.com  24
Абдуллоҳ Асарий “Салафсолиҳ” - “Аҳлус-сунна вал-жамоа”эътиқоди

“Biz ularning ba’zilariga ishonamiz va ba’zilariga ishonmaymiz” deydigan hamda (iymon bilan kufr 
o‘rtasidagi)  ora  yo‘lni  tutishni  istaydigan  kimsalar  —  ana  o‘shalar  haqiqiy  kofirlardir.  Biz  kofirlarga 
xo‘rlovchi  azobni  tayyorlab  qo‘yganmiz.  Alloh  va  uning  payg‘ambarlariga  iymon  keltirgan  hamda 
ulardan birontasini ajratib qo‘ymagan zotlarga esa yaqinda (Alloh munosib) mukofotlarini ato etajak. 
Alloh Mag‘firatli, Rahmli Zotdir” (Niso: 150‐153). 
Alloh  ta’olo  payg‘ambarlarni  yuborishdagi  hikmatni  quyidagicha  bayon  qildi:  “Toki  bu 
payg‘ambarlar  (o‘tganlari)dan  keyin  odamlar  uchun  Allohga  qarshi  hujjat  bo‘lib  qolmasligi  uchun 
payg‘ambarlarni  (mo‘minlarga  jannat  haqida)  xushxabar  beruvchi  va  (kofirlarni  do‘zax  azobidan) 
qo‘rqituvchi qilib yubordik.  Alloh Qudratli va Hikmatli Zotdir” (Niso: 165). 
Alloh  ta’olo  ko‘p  payg‘ambarlar  yubordi  va  ularning  ayrimlarini  Qur’oni  Karimda  yoki   Rasululloh 
sollallohu alayhi va sallamning tillarida zikr  qildi. Ayrimlaridan esa hech qanday xabar bermadi. Alloh 
ta’olo dedi: “Biz har bir ummatga: “Allohgagina ibodat qilinglar va tog‘ut[9] dan uzoq bo‘linglar”— deb 
da’vat etadigan elchini yuborganmiz” (Nahl: 36). 
Qur’oni  Karimda  nabiy  va  rasullarning  yigirma  beshtasi  (25)  zikr  qilingan.  Ular:  Odam,  Idris,  Nuh, 
Hud,  Solih,  Ibrohim,  Lut,  Ismoil,  Ishoq,  Ya’qub,  Yusuf,  Ayyub,  Shuayb,  Muso,  Xorun,  Zul‐kifl,  Yunus, 
Dovud,  Sulaymon,  Ilyos,  Alyasa’,  Zakariyo,  Yahyo,  Iyso  va  Muhammad,  Bani  Isroilga  yuborilgan  va 
Qur’oni  Karimda  Asbot  ismi  bilan  bayon  qilingan  payg‘ambarlardir  (ularning  barchasiga  Allohning 
salavot  va  salomlari  bo‘lsin!).  Alloh  ta’olo  dedi:  “Aniqki,  Biz  Sizdan  ilgari  (ko‘p)  payg‘ambarlar 
yuborgandirmiz.  Ulardan  Biz  Sizga  hikoya  qilib  berganlari  bor,  yana  ulardan  Biz  Sizga  hikoya 
qilmaganlari ham bordir... ” (G’ofir: 78). 
Alloh  ta’olo  ba’zi  payg‘ambarlarga  boshqalarga  bermagan  afzalliklarni  berdi.  Islom  ummati  rasullar 
nabiylardan afzal ekanlariga ittifoq qildi. Rasullar ham o‘zaro bir‐birlaridan fazilatda turlichadirlar. Rasul 
va  nabiylarning  eng  afzallari  beshta  bo‘lib,  ularni  “ulul‐azm”  (matonatli  elchilar)  deb  ataladi.  Ular: 
Muhammad, Nuh, Ibrohim, Muso va Iyso alayhimussolatu vassalomlardir. 
Ulul‐azmlarning  eng  afzali  esa  nabiy  va  rasullarning  so‘nggisi,  Robbul‐Olamiynning  elchisi 
Muhammad ibn Abdulloh sollallohu alayhi va sallamdirlar. Alloh tabaroka va ta’olo dedi:  
“... Balki, u — Allohning elchisi va payg‘ambarlarning so‘nggisidir” (Ahzob: 40). 
“Ahlus‐sunna  val‐jamoa”  Alloh  ta’olo  ismlarini  bayon  qilgan  va  yo  qilmagan  avvali  Odam 
alayhissolatu  vassalom,  oxiri  va  ularning  eng  afzali  Muhammad  sollallohu  alayhi  va  sallamga  qadar 
yuborilgan barcha payg‘ambarlarga iymon keltiradilar. 
Payg‘ambarlarga bo‘lgan iymon umumiy bo‘lsa‐da, payg‘ambarimizga bo‘lgan iymon mufassal bo‘lib, 
olib kelgan ta’limotlariga mufassal tarzda iymon keltirishimizni taqozo etadi. 

Muhammad Rasululloh sollallohu alayhi va sallam 
U  Abul‐Qosim Muhammad ibn Abdulloh ibn Abdulmuttalib ibn Hoshim ibn Abdumanof ibn Qusay 
ibn Kilob ibn Murra ibn Ka’b ibn Luay ibn G’olib ibn Fehr ibn Molik ibn Nazr ibn Kinona ibn Huzayma 
ibn  Mudrika  ibn  Ilyos  ibn  Muzar  ibn  Nizor  ibn  Ma’d  ibn  Adnon  va  Adnon  nabiyulloh  Ismoil  ibn 
Ibrohimning zurriyotidan (ala nabiyyina va alayhima assalam). 
U  zot  nabiy  va  rasullarning  so‘nggisi,  odamlarning  barchasi  uchun  yuborilgan  Rasuldir.  U  zot  rad 
etilmaydigan  elchi,  sig‘inilmaydigan  banda,  maxluqotlarning  eng  yaxshisi,  Alloh  ta’olo  uchun  ularning 
eng afzali va muhtarami, eng maqomi buyugi va vasilada Alloh ta’ologa eng yaqinidir. 
U zot ins va jinlarga haqiqat va hidoyat bilan yuborilgandir.  Alloh u zotni barcha olamga rahmat qilib 
yubordi. Alloh ta’olo dedi: “Biz sizni  barcha olamga rahmat qilib yubordik” (Anbiyo: 7). 

  25
Alloh  ta’olo  unga  o‘z  Kitobini  tushirdi,  uni  O’z  diniga  omonatdor  qildi,  risolatni  yetkazishni  unga 
yukladi  va  uni  risolatni  yetkazar  ekan  adashishlardan  saqladi.  Alloh  ta’olo  dedi:  “Va  u  o‘z  havoyi‐
hohishidan so‘zlamas. U faqat unga vahiy qilinayotgan bir vahiydir” (Najm: 3, 4). 
U zotning risolatiga iymon keltirmagunicha va uning payg‘ambarligiga guvohlik bermagunicha qadar 
hech bir bandaning iymoni durust bo‘lmaydi. Kim unga itoat qilsa jannatga kiradi. Kim unga osiy bo‘lsa 
jahannamga  kiradi.  Alloh  ta’olo  dedi:  “Yo‘q,  (Ey  Muhammad  sallallohu  alayhi  va  sallam), 
Parvardigoringizga  qasamki,  to  ular  o‘z  o‘rtalarida  chiqqan  kelishmovchiliklarda  sizni  hakam 
qilmagunlaricha va keyin siz chiqargan hukmdan dillarida hech qanday tanglik topmay, to‘la taslim 
bo‘lmagunlari‐bo‘ysunmagunlaricha zinhor mo‘min bo‘la olmaydilar.” (Niso: 65). 
Har bir payg‘ambar o‘z halqi uchungina xoslab yuborilar edi. Muhammad sollallohu alayhi va sallam 
esa  butun  bashariyat  uchun  yuborildilar.  Alloh  ta’olo  dedi:  “Biz  sizni  butun  bashariyat  uchun 
xushxabarchi va ogohlantiruvchi qilib yubordik” (Saba’:28). 
“Ahlus‐sunna val‐jamoa” Alloh ta’olo Muhammad sollallohu alayhi va sallamni ochiq mo‘‘jiza va aniq 
oyatlar bilan quvvatlagan ekaniga iymon keltiradilar.  
Ana  shu  mo‘‘jizalardan  biri  va  eng  buyugi  —  Qur’oni  Karimdir.  Alloh  ta’olo  Qur’oni  Karim  bilan 
halqlarning eng fasohatli, balog‘atli va so‘zamolini musobaqaga da’vat etdi. 
Qur’oni  Karimdan  keyingi  eng  buyuk  mo‘‘jiza  —  Alloh  ta’olo  payg‘ambarini  quvvatlagan  isro  va 
me’roj mo‘‘jizasidir. 
“Ahlus‐sunna  val‐jamoa”  payg‘ambarimiz  Muhammad  sollallohu  alayhi  va  sallamni  uyg‘oqlik 
paytida, ruhi va badani bilan isro kechasida “Masjidul‐Harom” dan “Masjidul‐Aqso” ga sayr ettirilgani, 
keyin esa samoga olib chiqilganiga iymon keltiradilar. Bu mo‘‘jiza Alloh ta’oloning so‘zlari bilan sobitdir: 
“(Alloh)  tunda,  O’z  bandasini  —  unga  oyat‐mo‘‘jizalarimizdan  ko‘rsatish  uchun  “Masjidul‐Harom” 
dan Biz atrofini barakotli qilib qo‘ygan “Masjidul‐Aqso” ga sayr qildirgan (barcha aybu nuksondan) 
pok zotdir. Darhaqiqat,  u eshituvchi, ko‘ruvchi zotdir” (Isro: 1). 
Isrodan  so‘ng  Rasululloh  sollallohu  alayhi  va  sallamni  osmonga  olib  chiqildi  hatto   yettinchi 
osmongacha chiqdilar so‘ngra undan yuqoriga Alloh xohlaganicha olib chiqildi. Bu — oldida “jannatul‐
ma’vo” bo‘lgan “Sidratul‐muntaho” edi. 
Alloh ta’olo U zotni O’zi xohlagan narsalari bilan ikromlar qildi, unga vahiy qildi va so‘zlashdi. Unga 
bir  kecha  va  kunduzda  besh  vaqt  namozni  farz  qildi.  U  zot  jannatga  kirib  ko‘rdilar,  jahannamga  ham 
qaradilar,  farishtalarni  ko‘rdilar,  Jabroilni  Alloh  ta’olo  yaratgan  haqiqiy  suratida  ko‘rdilar.  Rasululloh 
sollallohu  alayhi  va  sallamning  qalbi  ko‘rgan  narsalarini  inkor  qilmadi.  Chunki  u  zot  bularning 
hammasini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rdilar. Bularning barchasi u zotning hurmati, boshqa payg‘ambarlardan 
ulug‘ligi  va  hammadan  maqomining  oliyligini  bildirish  uchun  bo‘lgan  edi.  Bundan  keyin  Rasululloh 
sollallohu  alayhi  va  sallam  “Baytul‐Maqdis”  ga  tushdilar  va  payg‘ambarlarga  imom  bo‘lib  namoz 
o‘qidilar  va  tong  otishidan  avval  Makkaga  qaytdilar.  (Imom  Buxoriy  va  Imom  Muslimning  “Sahih”  va 
boshqa hadis kitoblarida bu voqeaning butun tafsilotlari bayon qilingan). 
Alloh ta’olo dedi: “Endi sizlar (Ey mushriklar, payg‘ambar o‘z ko‘zi bilan) ko‘rgan narsasi ustida u 
bilan  tortishurmisizlar!  Darvoqe’,  U  (Jabroil  alayhissolatu  vassalomni)  ikkinchi  marta  “Sidratul‐
muntaho”  oldida  ko‘rdi.  “Jannatul‐ma’vo”  ham  uning  oldidadir.  O’shanda  “Sidratul‐muntaho”  ni 
o‘ragan  narsa  (oltin  kapalaklar)  o‘rab  olgandi.  (Payg‘ambar)  ning  ko‘zi  (o‘ngu  so‘lga)  og‘gani  ham 
yo‘q, o‘z haddidan oshgani ham yo‘q. Darhaqiqat, u Parvardigorining buyuk oyatlarini ko‘rdi” (Najm: 
13 ‐ 18). 

www.sodiqlar.com  26
Абдуллоҳ Асарий “Салафсолиҳ” - “Аҳлус-сунна вал-жамоа”эътиқоди

Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning mo‘‘jizalaridan: 
Oyning  ikkiga  bo‘linishi.  Bu  —  Alloh  ta’oloning  payg‘ambari  sollallohu  alayhi  va  sallamga  uning 
payg‘ambarligiga dalolat qilsin uchun bergan buyuk belgidir. Bu ish mushriklar u zotdan mo‘‘jiza talab 
qilganlarida Makka shahrida sodir bo‘lgan. 
 Taomni ko‘paytirish. Bu mo‘‘jiza ko‘p marta sodir bo‘lgan. 
 Suvni ko‘paytirish va u zotning barmoqlari orasidan otilib chiqishi va taomning Rasululloh sollallohu 
alayhi va sallam uchun tasbih aytishi. Bu mo‘‘jiza ham ko‘p marta sodir bo‘lgan. 
 Hissiy dorisiz kasallarni tuzatish va u zotning qo‘llarida ba’zi sahobalarning shifo topishlari. 
 Hayvonning u zotga odobda bo‘lishi, daraxtlarning bo‘ysunishi va toshlarning unga salom aytishi. 
 Rasululloh  sollallohu  alayhi  va  sallamga  xiyonat  va  o‘jarlik  qilgan  ba’zi  kishilardan  tezda  intiqom 
olinishi. 
 U zotning ba’zi g‘ayb ishlardan xabar berishlari. Olislarda bo‘lgan hodisalarning bo‘lgan zahoti xabar 
berishlari. Bo‘lmagan ishlardan xabar berishlari va o‘sha ishlarning haqiqatda u zot xabar berganlaridek 
sodir bo‘lganligi. 
 U zotning barcha duolarining ijobat bo‘lishi. 
 Alloh ta’oloning u zot sollallohu alayhi va sallamni himoya qilishi va dushmanlarni undan daf qilishi. 
Abu  Hurayra  raziyallohu  anhu  dedi:  “Abu  Jahl:  “Muhammad  sizlarning  ichingizda  yuzlarini  tuproqqa 
bulg‘aydimi (sajda qiladimi)!”— dedi, unga odamlar: “Ha”— deb javob berdilar. Abu Jahl: “Lot va Uzzo 
nomiga  ont ichib  aytamanki,  agar men  shunday  qilganini  ko‘rsam  uning  bo‘yinlariga  (oyoqlarim  bilan) 
bosaman yoki yuzini tuproqqa bulg‘ayman!”— dedi. Abu Hurayra dedi: “Abu Jahl Rasululloh sollallohu 
alayhi  va  sallamning  oldilariga  keldi,  u  zot  namoz  o‘qiyotgandilar.  U  Rasulullohning  bo‘ynilariga 
bosaman deb o‘yladi. To‘satdan ular uni bir narsadan qo‘rqqandek orqasiga chekinib qo‘llari bilan o‘zini 
himoya  qilayotganini  ko‘rdilar.  Unga:  “Senga  nima  bo‘ldi”—  deyishdi?  U:  “Men  bilan  uning  o‘rtasida 
olov to‘la handaq, qo‘rqinch va qanotlar bor edi”— dedi. 
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: “Agar (u) yaqinlashsa edi farishtalar uni har bir a’zosini bitta‐
bittadan uzib olishardi ”— dedilar” (Imom Muslim). 
 Beshinchi rukn. Oxirat kuniga iymon keltirish 
“Ahlus‐sunna val‐jamoa” oxirat kunining bor ekaniga e’tiqod qilib, iymon keltiradilar. Buning ma’nosi 
esa, Qiyomat kunini to‘la tasdiq etish hamda Alloh ta’olo Qur’onida va Muhammad sollallohu alayhi va 
sallam  xabar  bergan  o‘limdan  so‘ng  bo‘ladigan,  jannat  ahllari  jannatga,  jahannam  ahllari  jahannamga 
kirguniga qadar bo‘ladigan barcha narsalarga iymon keltirish, demakdir. 
Alloh  ta’olo  oxirat  kunini  o‘z  kitobida  ko‘p  zikr  qildi.  Balki,  har  bir  munosabat  va  har  bir  o‘rinda  u 
haqda so‘z yuritdi, uning bo‘lishini ta’kidlab, uni ko‘p zikr qildi. Oxirat kuniga bo‘lgan iymonni Allohga 
iymon  keltirishga  bog‘ladi.  Alloh  ta’olo  dedi:  “Ular  (Alloh  ta’olodan  taqvo  qiluvchi  kimsalar)  sizga 
nozil qilingan narsa (Qur’on) va sizdan avval tushirilgan narsalar (kitoblar) ga iymon keltiradilar va 
Oxirat kuniga aniq ishonadilar ” (Baqara: 4). 
“Ahlus‐sunna  val‐jamoa”:  “Qiyomat  kunining  qachon  bo‘lishining  ilmi  Alloh  ta’olo  oldida  va  uni 
Allohdan boshqa hech kim bilmaydi”— deb iymon keltiradilar. Alloh ta’olo dedi: “Darhaqiqat, Qiyomat 
(kuni qachon bo‘lishi)ning ilmi Alloh ta’oloning huzuridadir” (Luqmon: 34). 
Alloh  ta’olo  qiyomat  kunining  qachon  bo‘lishini  bandalaridan  sir  tutgan  bo‘lsa‐da,  uning 
yaqinlashganini bildiradigan belgi va alomatlarni  qilib qo‘ydi. 

  27
“Ahlus‐sunna  val‐jamoa”  qiyomat  kunining  belgilari  bo‘lmish  katta  va  kichik  alomatlarga  iymon 
keltiradilar. Chunki bular oxirat kuniga bo‘lgan iymon ichiga kiradi. 

Qiyomatning kichik alomatlari 
Qiyomatning  kichik  alomatlari  qiyomat  bo‘lishidan  ancha  avval  bo‘lib,  uning  ko‘rinishlari  odatdagi 
ishlar  kabi  bo‘ladi.  U  goho  qiyomatning  katta  belgilari  bilan  hamohang  bo‘ladi.  Qiyomatning  kichik 
belgilari  juda  ham  ko‘p  bo‘lib,  biz  ularning  ishonchli  rivoyatlar  bilan  yetib   kelganlarinigina  eslatib 
o‘tmoqchimiz. Ular  quyidagilardir: 
Payg‘ambarimiz  Muhammad  sollallohu  alayhi  va  sallamning  payg‘ambar  qilib  yuborilishlari, 
payg‘ambarlik va risolatning tugashi, rasululloh sollallohu alayhi va sallamning vafot etishlari, “Baytul‐
maqdis”  ning  fath  etilishi,  fitnalarning  paydo  bo‘lishi,  o‘tgan  qavmlardan  sanalmish   yahudiy  va 
nasroniylarning yo‘llariga ergashish, dajjollar va soxta payg‘ambarlarning chiqishi. 
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam nomidan soxta hadislarni to‘qish, Rasululloh  sollallohu alayhi 
va  sallamning  sunnatlarini  rad  etish,  yolg‘onning  ko‘payishi,  xabarlarni  naql  qilishda  ularning  to‘g‘ri 
yoki noto‘g‘riligini tekshirishning yo‘qolishi, ilmning ko‘tarilishi va ilmni kichiklardan o‘rganish, jaholat 
va buzg‘unchilikning paydo bo‘lishi, solih odamlarning kamayishi, Islom xalqalarining birma‐bir uzilishi, 
xalqlarning Muhammad sollallohu alayhi va sallamning ummatlariga birgalashib hamla qilishlari hamda 
Islom va islom ahlining g‘aribligi. 
Qotillikning  ko‘payishi,  baloning  qattiqligidan  o‘limni  umid  qilish,  balolarning  qattiqligidan  qabrda 
yotgan odamning o‘rnida bo‘lishni orzu qilish, zilzila va kasalliklar tufayli o‘lish va qo‘qqisdan o‘lishning 
ko‘payishi,  erkaklar  soni  ozayib  ayollarning  ko‘payishi,  ayollarning  yarim  yalang‘och  kiyinishlari, 
ko‘chalarda  ochiq‐oydin  zino  qilishning  yoyilishi,  odamlarni  savalaydigan  va  zolimlarga  yordamchi 
bo‘lgan mirshablarning paydo bo‘lishi. 
Cholg‘u  asboblari,  xamr  (mast  qiluvchi  ichimliklar),  zino,  sudxo‘rlik,  ipak,  erkaklarning  ipak 
kiyimlarni halol sanab kiyishlari, yer yutish, otish (bundan murod qavmlarni uy‐joylari bilan bir tomonga 
otish va yer bilan yakson qilish nazarda tutilgan bo‘lsa kerak,  tahririyat) va odamlarning ba’zisini (qilgan 
gunohlari sababli) boshqa maxluqlarga aylantirish. 
Omonatning  yo‘qolishi,  ishlarning  noloyiq  odamlarga  topshirilishi,  past,  tag‐tugi  yo‘q  odamlarning 
rahbar  bo‘lishlari,  pastlar  yaxshilarning  ustida  bo‘lib  qolishi,  cho‘rining  o‘z  xo‘jayinini  tug‘ishi, 
qurilishlardagi raqobat, odamlarning masjidlarni bezashda gerdayishlari, zamonning o‘zgarishi: butlarga 
ibodat qilish va Islom ummati ichida shirk amallarining paydo bo‘lishi. 
Tanishlargagina  salom  berish,  tijoratning  ko‘payishi,  bozorlarning  yaqin  bo‘lishi,  noshukrlik  bilan 
odamlarning  qo‘llarida  ko‘p  boylikning  jamlanishi,  xasislikning  ko‘payishi,  yolg‘ondan  guvohlik 
berishning  ko‘payishi,  haqiqiy  guvohlikni  yashirish,  hayosizlikning  paydo  bo‘lishi,  odamlarning 
xusumatlashishi  va  bir‐birlaridan  nafratlanishlari  hamda  g‘azablanishlari,  qarindoshlik  aloqalarining 
uzilishi va yomon qo‘shnichilik qilish. 
Vaqtning  qisqarishi  va  undan  barakaning  ketishi,  hilol  yangi  oyning  yo‘g‘onlashishi,  qorong‘u 
kechaning  bo‘laklari  kabi  fitnalarning  paydo  bo‘lishi,  Islom  rag‘batlantirgan  sunnatlarga  amal  qilishda 
sustlik qilish va qariyalarning o‘zlarini yoshlarga o‘xshatishlari. 
Yirtqich  hayvonlar  va  tog‘u  toshlarning  odamlarga  gapirishlari,  Furot  daryosi  suvlarining  oltindan 
bo‘lgan tog‘ sababidan qurishi va mo‘‘min tushlarining rost bo‘lishi.        
Rasulloh sollallohu alayhi va sallamning Madinasi barcha iflosliklarni yo‘q qiladi va u yerda solih va 
taqvoli  kishilargina  qoladi.  Arab  yarim  orolida  yaylov  va  daryolarning  qayta  paydo  bo‘lishi  va 
Qahtondan odamlar itoat etadigan bir odamning chiqishi. 

www.sodiqlar.com  28
Абдуллоҳ Асарий “Салафсолиҳ” - “Аҳлус-сунна вал-жамоа”эътиқоди

Rumliklarning  ko‘payishi  va  musulmonlarga  qarshi  urush  qilishlari,  musulmonlarning  yahudiylar 


bilan urush qilishlari va daraxt va toshlarning: “Ey musulmon, mana bu yahudiy, kel uni o‘ldir”— deb 
aytishi. 
Konstantinopol fath etilganidek Rimning ham fath etilishi va bundan boshqa sahih hadislarda rivoyat 
qilingan xabarlardir. 

Qiyomatning katta belgilari 
Qiyomatning  katta  belgilari  qiyomatning  yaqin  qolganiga  dalolat  qiladi.  Agar  bu  belgilar  ko‘rinsa, 
undan keyin qiyomat bo‘ladi.  
“Ahlus‐sunna  val‐jamoa”  qiyomatning  katta  belgilariga  rasululloh  sollallohu  alayhi  vasallamdan 
rivoyat qilinganidek iymon keltiradilar. Ularning ba’zilari: 
Mahdiyning  chiqishi:  Uning  ismi  Muhammad  ibn  Abdulloh,  payg‘ambar  sollallohu  alayhi  va 
sallamning ahli‐baytidan. U mashriq tarafidan chiqib, yetti yil hukm qiladi. U jabr va zulmga to‘lgan yer 
yuzini  adolatga  to‘ldiradi.  U  hukm  qilgan  davrda  Islom  ummati  avval  ko‘rmagan  farovonlikni  ko‘radi. 
Yer bor o‘simligini chiqaradi, osmon esa yomg‘irlarini yog‘diradi. U molni hisobsiz beradi. 
Masihud‐Dajjolning  chiqishi[11],  Iyso  alayhissolatu  vassalomning  Shomdagi  Damashqning  sharq 
tomonidagi Oq Minora oldida nozil bo‘lishlari. Iyso alayhissolatu vassalom Muhammad sollallohu alayhi 
va sallam olib kelgan shariatga amal qilib, u bilan hukm qiluvchi bo‘lib tushadilar. U Dajjolni o‘ldiradi va 
Yer yuzida Islom bilan hukm qiladi. Iyso alayhissolatu vassalom Haq uchun jang qiladigan va  Dajjolga 
qarshi urush qilishga jamlanib turgan hamda Alloh tarafidan madadlangan toifa oldiga  namozga takbir 
aytilgan vaqtda nozil bo‘ladilar va o‘sha jamoaning amiri orqasida iqtido qilib namoz o‘qiydilar. 
Ya’juj  va  ma’jujning  chiqishi,  uch  marta  Yer  yutishi:  mashriqda,  mag‘ribda  va  Arab  jazirasida. 
Tutunning  chiqishi,  Quyoshning  botish  tarafidan  chiqishi,  Yer  jonivorining  chiqishi  va  odamlar  bilan 
so‘zlashishi, odamlarni jamlaydigan olovning bo‘lishi. 
“Ahlisunna  val‐jamoa”  Alloh  ta’olo  va  rasululloh  sollallohu  alayhi  va  sallam  xabar  bergan  o‘lim 
talvasasi va o‘limdan so‘ng bo‘ladigan o‘lim farishtalarining hozir bo‘lishlari, mo‘‘minning Robbisi bilan 
uchrashganida  quvonishi,  o‘lim  paytida  Shaytonning  hozir  bo‘lishi,  kofirning  o‘limi  oldida  keltirgan 
iymonining  qabul  bo‘lmasligi,  barzax  olami  (o‘limdan  so‘ng  to  qiyomat  kuniga  qadar  davom  etadigan 
hayot),  qabrning  ne’matlari,  azoblari  va  fitnalari,  qabrdagi  farishtalarning  savollari,  shahidlarning 
Robbilari  huzurida  tirikliklari  va  rizqlanishlari,  saodatli  kishilarning  ruhlari  ne’matda,  baxtiqaro 
kishilarning ruhlari azobda ekani kabi barcha g‘ayb ishlariga iymon keltiradilar. 
“Ahlus‐sunna  val‐jamoa”  tirik  va  barhayot  Alloh  ta’olo  hayot  va  tiriklarni  yo‘q  qilib,  so‘ngra 
qabrlardagi o‘liklarni qayta tiriltirib, o‘z huzurida turg‘izib hisob‐kitob qilishiga iymon keltiradilar. 
“Ahlus‐sunna  val‐jamoa”  surga  ikki  marta  dam  urilishiga  iymon  keltiradilar.  Uning  birinchisi 
qo‘rqitish dami: unda butun Olam o‘zgaradi va undagi intizom buziladi, barcha jonzotlar foniy bo‘ladi. 
Ikkinchisi esa qayta tiriltirish, jamlash va barchaning Robbul‐Olamiyn uchun turishlari uchun urilgan 
dam. 
“Ahlus‐sunna  val‐jamoa”  qayta  tirilish  va  jamlanishga,  Alloh  ta’olo  qabrlardagi  odamlarni  qayta 
tiriltirishi,  odamlar  Robbul‐Olamiyn  oldida  yalang‘och,  yalangoyoq  va  xatna  qilinmagan  holda 
turishlariga  iymon  keltiradilar,  Quyosh  ularga  juda  ham  yaqin  bo‘ladi,  ularning  ba’zilari  o‘zlaridan 
oqqan  terlarga  ko‘milib  to  bo‘g‘izlarigacha  yetadi,  birinchi  bo‘lib  qayta  tiriltiriladigan  va  qabri 
yoriladigan odam — payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallam bo‘ladilar. 
Bu  dahshatli  kunda  odamlar  o‘z  qabrlaridan  bir  lahzada  atroflarga  yoyilgan  chigirtkalar  misoli, 
chaqiruvchiga  shoshgan  hollarida  chiqib  keladilar.  So‘ngra,  atrof  jim‐jit,  hammaga  qo‘rqinchli  sukunat 

  29
hukmron  bo‘ladi.  Shu  paytda  amallar  yozilgan  nomalar  —  sahifalar  tarqatiladi.  Barcha  sirlar  ochiladi. 
Alloh ta’olo bandalari bilan Qiyomat kunida so‘zlashadi, U bilan bandalari o‘rtasida tarjimon bo‘lmaydi. 
Odamlarni o‘zlari va otalarining ismlari bilan chaqiriladi. 
“Ahlus‐sunna val‐jamoa” bandalarning amallari tortiladigan ikki pallali taroziga, amal sahifalarining 
tarqatilishiga, uni ba’zilar o‘ng, ba’zilar chap va ba’zilar orqa taraflaridan olishlariga iymon keltiradilar. 
“Ahlus‐sunna  val‐jamoa”  jahannam  ustiga  qurilgan,  solih  kishilar  o‘tib,  gunohkorlar  yiqiladigan 
“Sirot”ga iymon keltiradilar.[12]  
“Ahlus‐sunna val‐jamoa” jannat va jahannam yaratilgan, hozirgi kunda ham mavjud, ular hech ham 
foniy bo‘lmasligiga, jannat muvahhid mo‘‘minlar va taqvolilarning joyi ekaniga, jahannam esa  masihiy, 
yahudiy  va  butparastlar  kabi  mushrik‐kofirlar  va  gunohkorlarning  diyori  ekaniga  iymon  keltiradilar. 
Gunohkor (mo‘‘min)larning  do‘zaxi  foniy  bo‘ladi,  kofirlarning do‘zaxi  esa foniy  bo‘lmaydi. Jannat hech 
qachon foniy bo‘lmaydi. Alloh ta’olo jannat va jahannamni mahluqlarni yaratishdan avval yaratgandir. 
“Ahlus‐sunna  val‐jamoa”  Muhammad  sollallohu  alayhi  va  sallamning  ummati  qiyomat  kunida 
birinchi bo‘lib hisob qilinishi, birinchi bo‘lib jannatga kirishi, ular jannat ahlining yarmi ekani va hamda 
ulardan yetmish minggi jannatga hisob‐kitobsiz kirishiga iymon keltiradilar.  
“Ahlus‐sunna  val‐jamoa”  muvahhidlar  jahannamda  abadiy  qolmasliklariga  iymon  keltiradilar.  Ular 
Alloh ta’ologa sherik qilishdan boshqa gunohlarni qilganliklari sababli do‘zaxga kirganlar, xolos, chunki, 
mushriklar  jahannamdan chiqmasdan  mangu qoladilar.  
Ular  payg‘ambarimiz  Muhammad  sollallohu  alayhi  vasallamning  qiyomat  kunidagi  havzining  suvi 
sutdan  ko‘ra  oqroq,  asaldan  shirinroq,  mushk‐anbardan  xushbo‘yroq,  idishlari  samoning  yulduzlari 
sanog‘icha, uzunligi bir oylik eni ham bir oylik masofa, undan ichgan kishi hech ham chanqamas, u dinda 
bid’at ishlarni qilgan kishilar uchun haromdir, deb iymon keltiradilar. 
Rasululloh sollallohu alayhi va  sallam dedilar:  “Havzim  (ning  kattaligi)  bir  oylik  yo‘ldir.  Uning suvi 
sutdan  oqroq,  mushkdan  xushbo‘yroq  va  idishlari  samoning  yulduzlari  (kabi  ko‘pdir).  Undan  ichgan 
kimsa hech ham chanqamas” (Imom Buxoriy rivoyati). 
Va  yana  dedilar:  “Men  sizlarni  havzim  oldida  kutib  turaman.  Kim  mening  oldimdan  o‘tsa 
(havzimning suvidan) ichadi. Kim undan suv ichsa mudom chanqamas. Mening oldimga men tanigan va 
meni  ham  tanigan  kimsalar  suv  ichish  uchun  keladilar  va  men  bilan  ular  o‘rtasini  to‘sib  qo‘yiladi”. 
(Boshqa bir rivoyatda): “Men: “ular mendan”— deb aytaman. Menga: “Siz ular sizdan so‘ng nima ishlar 
paydo qilganlarini bilmaysiz.”, deyiladi. Shunda, men: “Mendan so‘ng o‘zgartishlar qilgan kishilar uzoq 
bo‘lsinlar! uzoq bo‘lsinlar! “— deyman.” (Imom Buxoriy rivoyati). 
Rasululloh  sollallohu  alayhi  va  sallam  uchun  shafoat  va  “maqtalgan  maqom”  —  “al‐Maqomul‐
Mahmud”  sobitdir.  U  zotning  shafoatlari  mavqif  (mahshar  —  qiyomatgoh)  da  turgan  kishilar  o‘rtasida 
hukm qilish uchun, jannat ahllarining jannatga kirishlari uchun, (xolbuki, Rasululloh sollallohu alayhi va 
sallamning o‘zlari jannatga birinchi bo‘lib kiradilar), amakilari Abu Tolibning jazosini yengillatish uchun 
shafoat  qilishlari  (bu  uch  shafoat  Rasululloh  sollallohu  alayhi  va  sallamgagina  berilgan  bo‘lib, 
boshqalarga berilmagan). 
 Jannatga kiradigan ummatidan bo‘lgan ba’zi kishilarning oliy maqomlarga ko‘tarish uchun shafoatlari 
va jannatga hisob‐kitobsiz kiradigan ummatidan bo‘lgan kishilar uchun shafoatlari.  
Yaxshilik va yomonliklari teng bo‘lgan kishilarning jannatga kirishlari uchun shafoatlari. Jahannamga 
kirishlari amr etilgan ba’zi kishilarning jahannamga kirmasliklari uchun shafoat qilishlari.  
O’z  ummatidan  azobga  mustahiq  kishilardan  azobni  yengillatish  uchun  shafoatlari  va 
muvahhidlardan  osiy  bo‘lganlarini  jahannamdan  chiqarishlaridagi  shafoatlari.  Rasululloh  sollallohu 
alayhi va sallam shafoat qilganlaridan so‘ng ular jannatga kiradilar. 

www.sodiqlar.com  30
Абдуллоҳ Асарий “Салафсолиҳ” - “Аҳлус-сунна вал-жамоа”эътиқоди

So‘nggi  shafoatda  (ya’ni,  muvahhidlardan  osiy  bo‘lganlarini  jahannamdan  chiqarishda)  farishtalar, 


payg‘ambarlar,  shahidlar,  siddiqlar,  solihlar  va  mo‘‘minlar  mushtarakdirlar.  Bularning  hammasining 
shafoatlaridan  keyin  Alloh  subhanahu  va  ta’olo  o‘z  fazli  va  karami  bilan  hech  bir  shafoatsiz  ko‘plab 
odamlarni jahannamdan chiqaradi.  
Kofirlar uchun shafoat yo‘qdir. Alloh ta’olo dedi: “Ularga shafoat qiluvchilarning shafoatlari  foyda 
bermaydi” (Muddassir: 84)  
Shafoatning ikki sharti bor: 
Birinchisi:  shafoat  qilish  uchun  Alloh  ta’oloning  izn  berishi.  Alloh  ta’olo  dedi:  “U  (Alloh)  ning 
huzurida hech kim (birovni) Uning iznisiz shafoat qila olmaydi” (Baqara: 255). 
Ikkinchisi: Alloh ta’oloning shafoat qiluvchi va shafoat qilinuvchilardan rozi bo‘lishi. Alloh ta’olo dedi: 
“(Ular) faqat (Alloh) rozi bo‘lgan kishilarnigina shafoat qiladilar” (Anbiyo: 28). 
Qiyomat kunida mo‘‘minning qilgan amali ham shafoat qiladi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: 
“Ro‘za va Qur’on qiyomat kuni banda uchun shafoat qiladi”— dedilar (Imom Muslim rivoyati). 
Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallam xabar berganlaridek, qiyomat kuni o‘limni olib kelinadi va uni 
so‘yib  tashlanadi:  «Jannat  ahli  jannatga,  jahannam  ahli  jahannamga  kirib  bo‘lishgach  o‘limni  jannat  va 
jahannam o‘rtasidagi bir yerga olib kelinadi va bo‘g‘izlanadi. Keyin bir darg‘achi: “Ey jannat ahli, (endi) 
o‘lim yo‘q! Ey jahannam ahli, (endi) o‘lim yo‘q!”— deb nido qiladi. Jannat ahli quvonchlariga quvonch, 
jahannam ahli qayg‘ulariga qayg‘u ziyoda bo‘ladi” (Imom Muslim rivoyati). 
Oltinchi rukn. Qadar (taqdir)ga iymon keltirish 
 “Ahlus‐sunna  val‐jamoa”  har  bir  yaxshilik  va  yomonlik  Alloh  ta’oloning  qazosi  (hukmi)  va  qadari 
(o‘lchovi) bilan bo‘lishiga, Alloh ta’olo xohlagan narsasini qiluvchi, barcha narsa Alloh ta’oloning xohishi 
bilan  bo‘lib,  uning  xohish  darajasidan  tashqari  bo‘lmasligiga,  Alloh  ta’olo  bo‘lgan  va  bo‘ladigan  barcha 
narsalarni  bo‘lishidan  avval  azalda  bilgan  ekani,  o‘zining  avvaldan  bilishi  va  hikmati  taqozo  etganidek 
barcha  narsalarni  taqdirlab  qo‘ygani,  bandalarining  ahvoli,  rizqi,  ajali  amallari  va  ularning  boshqa 
narsalarini  bilishiga,  barcha  narsa  Alloh  ta’oloning  ilmi,  qudrati  va  irodasidan  sodir  bo‘lgani,  xullas, 
abadga qadar bo‘ladigan barcha narsa Alloh ta’oloning ilmi o‘tgan (ya’ni,  Alloh bir narsaning bo‘lishidan 
avval  uning  qanday  bo‘lishini  bilishi)  va  qalam  yozgan  narsalar  ekaniga  qat’iy  e’tiqod  qiladilar.  Alloh 
ta’olo dedi: “(Bu) ilgari o‘tgan (payg‘ambarlar) haqidagi Allohning yo‘li — qonunidir. Allohning amri 
taqdir — belgilangan miqdor bo‘ldi” (Ahzob: 38). 
“Biz barcha narsani o‘lchov bilan yaratdik” (Qamar: 49). 
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: “Banda taqdirning yaxshi va yomoni Allohdan ekaniga 
iymon  keltirmagunicha  va  o‘ziga  yetgan  narsa  xato  qilmasligini,  xato  qilgani  esa  yetmasligini 
bilmaguniga qadar komil mo‘‘min bo‘la olmaydi (Shayx Alboniy: “Sahihu Sunanit‐Termiziy”). 
“Ahlus‐sunna  val‐jamoa”:  “Taqdirga  bo‘lgan  iymon  to‘rt  narsa  bilangina  mukammal  bo‘ladi  deb 
aytadilar. Ular: “taqdirning bosqichlari” yoki “taqdirning ruknlari” deb ataladi. Mana shu narsalar qadar 
masalasini  tushunish  uchun  kirishdir.  Taqdirga  bo‘lgan  iymon  uning  barcha  ruknlarini  ro‘yobga 
chiqarish  bilangina  komil  bo‘ladi.  Chunki  ular  bir‐biri  bilan  chambarchas  bog‘liqdir.  Bu  ruknlarning 
barchasiga iymon keltirgan kishining iymoni  mukammal,  bu  ruknlarning  biri  yoki  bir nechasiga  iymon 
keltirmagan kishining iymoni buzilgan bo‘ladi. 

Birinchi bosqich: Ilm‐bilish. 
Bu:  “Alloh  ta’olo  bo‘lib  o‘tgan  va  bo‘ladigan  narsalar,  bo‘lmagan  narsa  agar  bo‘lsa  qanday  bo‘lishini 
umumiy  va  mufassal  suratda  biladi.  U  maxluqlarning  nima  ish  qilishlarini  ularni  yaratishidan  avval 
bilgan.  U  ularning  rizqlari,  ajallari,  amallari,  harakatlari,  sukunatlarini,  ularning  baxtli  va  va 

  31
baxtiqarolarini bilgan. Alloh ta’oloning  bu bilishi  uning  azaldan  sifatlangan  qadim  ilmi  bilandir”—  deb 
iymon  keltirish,  demakdir.  Alloh  ta’olo  dedi:  “Darhaqiqat,  Alloh  ta’olo  har  bir  narsani  biluvchidir” 
(Tavba:115). 

Ikkinchi bosqich: Yozish. 
Bu:  “Alloh  ta’olo  maxluqlarining  taqdirini  ilmi  avvaliysida  bilganiga  muvofiq   “Lavhul‐Mahfuz”  ga 
yozib  qo‘ygan  ekaniga,  bu  kitob  hamma   narsani  o‘z  ichiga  olgan,  undan  biror  narsa  tushib  qolmagan. 
Qiyomat kuniga qadar bo‘lib o‘tgan, bo‘layotgan va bo‘ladigan barcha narsa “ummul‐Kitob” da yozilgan 
ekaniga,  bu  kitobni:  “az‐Zikr”,  “al‐Imom”  va  “al‐Kitabul‐Mubiyn”  deb  atalishiga”  iymon  keltirish, 
demakdir.  Alloh  ta’olo  dedi:  “Barcha  narsani  Biz  ochiq  Kitobda  (Lavhul  Mahfuzda)  sanab‐belgilab 
qo‘ygandirmiz” (Yo‐sin: 12). 
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam  dedilar:  “Alloh  ta’olo  birinchi  bo‘lib  qalamni  yaratdi va unga: 
“Yoz!”—  dedi.  Qalam:  “Nimani  yozay”—  dedi.  Alloh  ta’olo:  “Taqdirni  yoz,  bo‘lgan  va  ilalabad 
bo‘ladigan narsalarni yoz!”— dedi” (Shayx Alboniy: “Sahihu Sunanit Termiziy”). 

Uchinchi bosqich: Iroda va xohish. 
Ya’ni  Koinotda  sodir  bo‘layotgan  barcha  narsa  Alloh  ta’oloning  rahmat  va  hikmati  o‘rtasida 
aylanuvchi  iroda  va  xohishi  bilan  bo‘ladi.  Alloh  xohlagan  kishisini  o‘z  rahmati  bilan  hidoyat  qiladi, 
xohlagan  kishisini  esa  o‘z  hikmati  bilan  adashtiradi.  Alloh  ta’olo  hikmati  va  saltanati  komil  bo‘lgani 
uchun qilgan ishlaridan so‘ralmaydi. Balki, bandalar qilgan ishlaridan so‘raladilar. Chunki sodir bo‘lgan 
narsa  “Lavhul‐Mahfuz”  da  yozilgan  Alloh  ta’oloning  o‘tgan  ilmiga  mosdir.  Demak,  Alloh  ta’oloning 
xohishi  bo‘luvchi  va  qudrati  barcha  narsani  o‘z  ichiga  oluvchidir.  Alloh  xohlagan  narsa  bo‘ladi, 
xohlamagan  narsa  bo‘lmaydi.  Biron  narsa  uning  xohishidan  chetga  chiqa  olmaydi.  Alloh  ta’olo  dedi: 
“Sizlar faqat butun Olamlar Robbisi bo‘lgan Alloh xohlasagina xohlaysizlar” (Takvir: 29). 
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: «Odam farzandlarining barchalarining qalblari Rahmon 
(Alloh)  ning  ikki  barmog‘i  o‘rtasida  bir  qalb  kabidir.  U  (Alloh)  uni  xohlaganidek  aylantiradi”  (Imom 
Muslim rivoyati). 

To‘rtinchi bosqich: Yaratish. 
Bu bosqich quyidagi narsalarga iymon keltirish, demakdir: 
Alloh ta’olo barcha narsaning Xoliqidir, undan boshqa Xoliq va Robb yo‘qdir. Alloh ta’olodan boshqa 
barcha narsa mahluq bo‘lib, U har bir amal qiluvchi va uning amalini, har bir harakatlanuvchi narsa va 
uning harakatini yaratuvchidir. Alloh ta’olo dedi: “... va (U, Alloh) barcha narsani yaratib (aniq) o‘lchov 
bilan o‘lchab qo‘ygan Zotdir ” (Furqon: 2). 
Sodir  bo‘layotgan  barcha  yaxshilik  va  yomonlik,  kufr  va  iymon,  toat  va  ma’siyatni  Alloh  ta’olo 
xohlagan,  taqdir  qilgan  va  yaratgan.  Alloh  ta’olo  dedi:  “Hech  bir  jon  mo‘min  bo‘la  olmas,  magar 
Allohning izni‐irodasi bilangina (mo‘min bo‘ladi) ” (Yunus: 100). 
Yana bir oyatda: “Ayting: «Bizga faqat Alloh biz uchun  yozib qo‘ygan narsagina yetur”. (Tavba: 51). 
Alloh  ta’olo  yaratish  va  vujudga  keltirishda  Yolg‘izdir,  U  barcha  narsaning  istisnosiz  yaratuvchisi, 
undan  boshqa  Xoliq  ham,  Robb  ham  yo‘qdir.  Alloh  ta’olo  dedi:  “Alloh  barcha  narsaning 
Yaratuvchisidir. U barcha narsaning ustida Vakil‐Homiydir” (Zumar: 62). 
Alloh  ta’olo  toatni  yaxshi  ko‘radi  va  osiylikni  yomon  ko‘radi.  O’zi  xohlagan  odamni  o‘z  fazli  bilan 
hidoyatlaydi  va  xohlagan  odamni  o‘z  adolati  bilan  adashtiradi.  Alloh  ta’olo  dedi:  “Agar  sizlar  kofir 
bo‘lsangizlar,  albatta  Alloh  sizlardan  behojatdir.  (Ammo)  U  O’z  bandalarining  kofir  bo‘lishiga  rozi 
bo‘lmas. Agar shukr qilsangizlar, (va iymon keltirsangizlar) u sizlar uchun (faqat shukr qilib, iymon 

www.sodiqlar.com  32
Абдуллоҳ Асарий “Салафсолиҳ” - “Аҳлус-сунна вал-жамоа”эътиқоди

keltirishlaringizgagina) rozi bo‘lur. Hech bir ko‘targuvchi (ya’ni, gunohkor jon) o‘zga jonning yukini 
(gunohini) ko‘tarmas” (Zumar: 7). 
Alloh  adashtirgan  odam  uchun  hujjat  va  uzr  yo‘qdir.  Chunki  Alloh  ta’olo  odamlarning  hujjatlarini 
yo‘q qilish uchun payg‘ambarlarni yubordi, bandaning amalini uning o‘ziga bog‘ladi va uning kasbidan 
deb hisob qildi. Insonni  qodir bo‘la  oladigan  narsalargagina  buyurdi.  Alloh  ta’olo  dedi:  “Bu kunda har 
bir jon o‘zi qilgan ish‐amali bilan jazolanur. Bu kunda (hech kimga) zulm qilinmas) ” (G’ofir: 17). 
Boshqa  oyatda  dedi:  “Darhaqiqat,  Biz  uni  (insonni)  (To‘g‘ri)  yo‘lga  hidoyat  qildik,  (endi)  u  xoh 
shukr qilguvchi bo‘lsin va xoh ko‘rnamak‐kofir bo‘lsin. ” (Inson: 3). 
Yana bir oyatda dedi: “Toki bu payg‘ambarlar (o‘tganlari)dan keyin odamlar uchun Allohga qarshi 
hujjat  bo‘lib  qolmasligi  uchun  payg‘ambarlarni  (mo‘minlarga  jannat  haqida)  xushxabar  beruvchi  va 
(kofirlarni do‘zax azobidan) qo‘rqituvchi qilib yubordik.” (Niso: 165). 
Alloh ta’olo dedi: «Alloh hech bir jonni toqatidan tashqari narsaga taklif qilmaydi» (Baqara: 286). 
Lekin,  Alloh  ta’oloning  rahmati  barkamol  bo‘lgani  uchun  unga  yomonlikning  nisbatini  berilmaydi. 
Chunki  U  yaxshilikka  buyurib,  yomonlikdan  qaytardi.  Yomonlik  faqatgina  Alloh  ta’oloning  hikmati 
taqozo  qilgan  narsalardagina  bo‘ladi.  Alloh  ta’olo  dedi:  “Senga  yetgan  har  qanday  yaxshilik  faqat 
Allohdandir. Senga yetgan har qanday yomonlik esa o‘zingdandir” (Niso: 79). 
Alloh  ta’olo  zulm  qilishdan  pokdir.  U  adolat  bilan  sifatlangan  va  hech  kimga  zarra  miqdorida  zulm 
qilmaydi. Uning barcha ishlari adolat va rahmatdir. 
Alloh ta’olo dedi: “Men bandalarga zulm qiluvchi emasman”   (Qof:29). 
Boshqa oyatda dedi: “Robbingiz hech kimga zulm qilmaydi” (Kahf: 49). 
Yana bir oyatda: “Darhaqiqat, Alloh ta’olo zarracha ham zulm qilmaydi” (Niso: 40). 
Alloh  ta’olo  qilgan  yoki  xohlagan  narsasidan  mas’ul  emasdir.  Alloh  ta’olo  dedi:  “U  (Alloh)  O’zi 
qiladigan biron narsa haqida mas’ul bo‘lmas. Ular (ya’ni, bandalar esa qiladigan har bir ish‐amallari 
xususida) mas’ul bo‘lurlar ” (Anbiyo: 23). 
Alloh  ta’olo  insonni  va  insonning  ishlarini  yaratdi.  Unga  qilgan  ishlari  majoz  emas,  haqiqat  bo‘lishi 
uchun iroda, qudrat, ixtiyor va xohishni berdi. Bundan tashqari, unga yaxshilik bilan yomonlik o‘rtasini 
ajratib oladigan aqlni berdi va uni o‘z xohish ixtiyori  bilan qilgan ishlardagina hisob‐kitob  qiladi. Inson 
ishlarni   qilishga  majburlangan  emas.  Balki,  uning  o‘z  xohish  va  ixtiyori  bor,  u  o‘z  ishlari  va  e’tiqodini 
o‘zi ixtiyor qiladi. Biroq, inson o‘z xohishlarida Alloh ta’oloning xohishiga tobe’dir. Alloh ta’olo xohlagan 
har  bir  narsa  bo‘ladi,  xohlamagan  narsa  esa  bo‘lmaydi.  Alloh  ta’olo  bandalarining  ishlarini  yaratadi. 
Bandalar  esa  Allohning  yaratganlarini  bajaruvchilar.  Bas,  Allohdan  amallarni  yaratish,  ijod  va  taqdir 
qilish, bandalardan esa qilish va kasb etishdir. Alloh ta’olo dedi:  
“...sizlarning  orangizdagi  To‘g‘ri  yo‘lda  bo‘lmoqni  xohlagan  kishilar  uchun  bir  eslatmadir.  Sizlar 
faqat  butun  Olamlar  Robbisi  bo‘lgan  Alloh  xohlasagina  (To‘g‘ri  yo‘lda  bo‘lishni)  hohlaysizlar” 
(Takvir: 28, 29). 
Taqdirni  hujjat  qilib:  “Agar  Alloh  xohlaganda  edi  na  biz  va  na  bizning  ota‐bobolarimiz  mushrik 
bo‘lmagan va biron narsani harom qilib olmagan bo‘lur edik” (An’om: 148) — deb aytgan mushriklarga 
ularning bu da’volarini rad etib Alloh ta’olo dedi: “(Ey Muhammad sallallohu alayhi va sallam) Ayting: 
“Oldilaringda  bizga  ko‘rsatadigan  (aytayotgan  so‘zlaringizni  tasdiqlovchi)  biron  hujjatingiz  bormi? 
Sizlar faqat gumonga ergashmoqdasiz, sizlar faqat yolg‘on so‘zlamoqdasiz! ”(An’om: 148). 
“Ahlus‐sunna  val‐jamoa”—taqdir  Alloh  ta’oloning  maxluqotlaridagi  siridir,  uni  na  Allohga  yaqin 
bo‘lgan  farishta  va  na  yuborilgan  payg‘ambar  biladi,  taqdirga  nazar  qilish  va  uni  chuqur  o‘rganish  — 
zalolatdir,  chunki,  Alloh  ta’olo  taqdir  ilmini  maxluqlaridan  yashirdi  va  uni  talab  qilishdan  ularni 

  33
qaytardi, Alloh ta’olo dedi:  “U  (Alloh)  O’zi qiladigan  biron  narsa  haqida  mas’ul bo‘lmas. Ular  (ya’ni, 
bandalar  esa  qiladigan  har  bir  ish‐amallari  xususida)  mas’ul  bo‘lurlar  ”  (Anbiyo:  23).  —  deb  e’tiqod 
qiladilar. 
“Ahlus‐sunna  val‐jamoa”  o‘zlariga  muxolif  bo‘lgan  va  adashgan  guruhlarga  Alloh  ta’oloning  ushbu 
so‘zi bilan xitob qilib uni hujjat qiladilar: “Ayting: “Hamma narsa Allohdandir”. Nega bu qavm kishilari 
hech gap anglamaydilar‐a?! ” (Niso: 78). 
Mana  shular  sahobalar,  tobeinlar  va  ularga  qiyomat  kuniga  qadar  yaxshilik  bilan  ergashgan  salaf 
solihlar iymon keltirgan narsalardir. Alloh ta’olo ularning barchasidan rozi bo‘lsin! 

Ikkinchi asos. “Ahlus-sunna val-jamoa” e’tiqodida “iymon” so‘zining iste’moli


Salafi  solih,  Ahlus‐sunna  val‐jamoa  e’tiqodlarining  asoslaridan  biri  ularning:  “Iymon   qalb  bilan 
tasdiqlash, til bilan talaffuz va a’zolar bilan amal qilishdir. U toat qilish bilan ko‘payadi va gunoh qilish 
bilan ozayadi”— deb aytishlaridir. 
Iymon[13] so‘z va amaldir: 
—   Qalb va tilning so‘zi.  
—   Qalb, til va a’zolarning amali. 
—   Qalbning so‘zi — uning e’tiqodi, tasdig‘i, iqrori va ishonchidir. 
—    Tilning  so‘zi  —  uning  iqrori  amal  qilish,  demakdir.  Ya’ni,  shahodat  kalimalarini  talaffuz  qilish  va 
uning taqozosi bilan amal qilishdir. 
—    Qalbning  amali  —  uning  niyati,  taslim  bo‘lishi,  ixlosi,  to‘la  bo‘ysunishi,  solih  amallarni  sevishi  va 
xohlashidir. 
—   Til va a’zolarning amali — buyurilgan narsalarni qilish va qaytariqlarni tark etishdir. 
(Iymon faqat amal bilan komil bo‘ladi, so‘z ham amal ham faqat niyat bilangina e’tiborlidir, so‘zning 
ham, amalning ham, niyatning ham e’tibori yo‘q, faqat ular sunnatga muvofiq bo‘lsagina e’tiborlidir) (Bu 
so‘zni Imom Avzoiy, Sufyon Savriy, Humaydiy va boshqa ko‘plab salaf olimlari aytdilar, shuningdek uni 
Lalakaiy va ibn Batta rivoyat qildilar). 
Alloh  ta’olo  Qur’oni  Karimda  «mo‘minlar»  sifatini  iymon  keltirgan  va  iymon  keltirgan  narsalari 
bo‘lmish  dinning  asoslari,  furu’lari,  zohiri  va  botiniga  amal  qilgan,  iymon  ta’sirlari  ularning  e’tiqodlari, 
so‘zlari, botiniy va zohiriy amallarida namoyon bo‘lgan kishilarga iste’mol qildi. Alloh taolo dedi:  
«Haqiqiy  mo‘minlar  faqat  Alloh  (nomi)  zikr  qilingan  vaqtida  qalblariga  qo‘rqinch  tushadigan, 
Uning oyatlari tilovat qilinganda iymonlarini ziyoda qiladigan va Yolg‘iz Parvardigorlariga tavakkul 
qiladigan  kishilardir.  Ular  namozni  to‘kis  ado  etadilar  va  Biz  ularni  bahramand  qilgan  narsalardan 
infoq‐ehson  qiladilar.  Ana  o‘shalargina  haqiqiy  mo‘minlar  bo‘lib,  ular  uchun  robbilari  huzurida 
(yuksak) maqomlar, mag‘firat va ulug‘ rizq bordir» (Anfol: 2‐4). 
Alloh ta’olo Qur’onning ko‘p yerida iymonni amali solihga bog‘lagan: 
Alloh ta’olo dedi: «Albatta iymon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlar uchun Firdavs jannatlari 
manzil bo‘lur» (Kahf:107). 
«Albatta:  «Robbimiz  —  Allohdir»  deb,  so‘ngra  (Yolg‘iz  Alloh  ta’ologa  ibodat  qilishda)  to‘g‘ri‐
ustivor  bo‘lgan  zotlarning  oldilariga  (o‘lim  paytida)  farishtalar  tushib,  derlar:  «Qo‘rqmanglar  va 
g‘amgin bo‘lmanglar!» (Fussilat: 30). 
«Qilib o‘tgan amallaringiz sababli sizlarga meros qilib berilgan jannat mana shudir» (Zuxruf: 72). 

www.sodiqlar.com  34
Абдуллоҳ Асарий “Салафсолиҳ” - “Аҳлус-сунна вал-жамоа”эътиқоди

«Asr  (vaqti)ga  qasamki,  (barcha)  inson  ziyon‐baxtsizlikdadir.  Faqat  iymon  keltirgan  va  yaxshi 
amallar qilgan, bir‐birlariga Haq (yo‘li)ni tavsiya etgan va bir‐birlariga (mana shu Haq yo‘lida) sabr‐
toqat qilishni tavsiya etgan zotlargina (najot topguvchidirlar).» (Val‐asr surasi). 
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: “Allohga iymon keltirdim”— deb ayting so‘ngra sabot 
bilan turing!” (Imom Muslim rivoyati). 
“Iymonning yetmish necha ham shoxlari bor. Bu shoxlarning afzali “La ilaha illalloh” kalimasidir. Eng 
quyisi esa yo‘ldan ozorli narsalarni olishdir. Hayo ham iymonning bir shoxidir” (Imom Buxoriy rivoyati). 
Ilm va amal bir‐biriga chambarchas bog‘langan bo‘lib, amal ilmning surati va aslidir. 
Iymonning darajalari va shoxlari borligiga, iymon ko‘payib, ozayishi va iymon ahlining bir‐birlaridan 
iymonda  farqli  ekanliklariga  dalolat  qiluvchi  ko‘plab  oyat  va  hadislar  vorid  bo‘lgan.  Alloh  ta’olo  dedi: 
«....va iymon keltirgan zotlarning iymonlari esa yanada ziyoda bo‘lgay» (Muddassir: 31). 
«...Qani,  bu  sura  qaysi  birlaringizning  iymonlaringizni  ziyoda  qildi?,  deyishadi.  Ammo  u  (sura) 
iymon keltirgan zotlarning iymonlarini albatta ziyoda qildi» (Tavba: 124). 
«...Uning  oyatlari  tilovat  qilinganda  iymonlarini  ziyoda  qiladigan  va  Yolg‘iz  Parvardigorlariga 
tavakkul qiladigan kishilardir.» (Anfol: 2). 
«(Alloh) o‘z iymon‐ishonchlariga yana ishonch qo‘shishlari uchun mo‘minlarning dillariga sakinat 
orom tushirgan Zotdir.» (Fath:4). 
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: «Alloh  uchun sevgan va Alloh uchun yomon ko‘rgan 
kishining iymoni komil bo‘libdi» (Shayx Alboniy: “Sahihu Sunani Abi Dovud”). 
Boshqa  bir  hadisda:  «Sizlardan  biringiz  (gunoh  ishni)  ko‘rsa  uni  qo‘li  bilan  o‘zgartirsin,  agar  qodir 
bo‘lmasa tili bilan, agar qodir bo‘lmasa qalbi bilan o‘zgartirsin. Bunisi (qalb bilan o‘zgartirish) iymonning 
eng zaif(ligining dalil)idir» (Imom Muslim rivoyati).   
Sahobalar (Alloh ulardan rozi bo‘lsin!) iymonning so‘z, e’tiqod va amal ekani, toat bilan ziyoda, gunoh 
bilan kamayishini Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan o‘rgandilar va tushundilar. 
Amirul‐mo‘miniyn  Aliy  raziyallohu  anhu:  «Sabrning  iymonga  nisbatan  o‘rni  boshning  jasadga 
nisbatan  bo‘lgan  o‘rniga  o‘xshaydi.  Sabri  bo‘lmagan  odamning  iymoni  yo‘qdir»—  dedilar.  (Lalakaiy: 
“Sharhu usuli ahlissunnati sal‐jamoati  minal‐kitabi vassunnati va ijmais‐sohabati vat‐tabein”). 
Abdulloh  ibn  Mas’ud  raziallohu  anhu:  “Ilohim,  bizga  iymon,  ishonch  va  fiqhni  ziyoda  qil!”—  dedi 
(Lalakaiy rivoyati). 
Abu  Hurayra  raziallohu  anhu,  Abdulloh  ibn  Abbos  va  Abud‐Dardo  raziyallohu  anhular:  “Iymon 
ko‘payib, ozayadi”— deb aytardilar (Lalakaiy rivoyati). 
Vaqiy’  ibn  Jarroh  rahimahulloh  dedi:  “Ahlus‐sunna”:  «Iymon  so‘z  va  amaldir»  —  deb  aytadilar” 
(Lalakaiy rivoyati). 
Imomi  ahlissunna  Ahmad  ibn  Hanbal  rahimahulloh:  “Iymon  ko‘payib,  ozayadi.  Uning  ko‘payishi 
amal bilan, ozayishi esa amalni tark qilish bilandir”— dedi (Lalakaiy rivoyati). 
Hasan  Basriy  rahimahulloh:  “Iymon  ziynatlanish  va  orzulanish  bilan  emas,  balki,  qalbga  o‘rnashgan 
va amal uni tasdiqlagan narsa iymondir”— dedi (Shayxul islom Ibn Taymiyya: “Kitabul‐iyman”). 
Imom  Shofiiy  rahimahulloh:  “Iymon  so‘z  va  amaldir.  U  ko‘payib,  ozayadi.  Toat  bilan  ko‘payadi, 
ma’siyat‐gunoh bilan ozayadi”— dedi va Alloh ta’oloning: «....va iymon keltirgan zotlarning iymonlari 
esa yanada ziyoda bo‘lgay» (Muddassir: 31) oyatini tilovat qildi (“Fathul‐Boriy: 1/ 62. “Kitabul‐Iyman”). 

  35
Imom Abu Umar Ibn Abdulbar “at‐Tamhid” kitobida shunday dedi: “Fiqh va hadis ahllari iymonning 
so‘z va amal ekaniga, niyatsiz amal bo‘lmasligiga ijmo’ qildilar. Ularning  e’tiqodlarida iymon toat bilan 
ziyoda,  gunoh  bilan  kam  bo‘ladi  va  toatlarning  barchasi  iymondir”  (Shayxulislom  Ibn  Taymiyya: 
“Kitabul‐iyman”). 
Barcha  sahobalar,  tobeinlar,  ularga  yaxshilik  bilan  ergashgan  muhaddis,  faqih  va  din  imomlari  va 
ularga ergashganlar shu tushunchada edilar. Ularga bu to‘g‘rida haqiqatdan chetga chiqqan kimsalardan 
boshqa hech kim muxolif bo‘lmadi. 
“Ahlus‐sunna  val‐jamoa”  iymonni  amaldan  ajratgan  kimsalarni  “murjia”,  iymonga  iymondan 
bo‘lmagan narsalarni qo‘shgan kimsalarni “bid’atchi” deb atadilar. 
Kimki shahodat kalimalariga tili bilan iqror bo‘lsa, qalbi bilan Allohning birligini e’tiqod qilsa, lekin, 
a’zolari bilan Islom ruknlariga amal qilmasa, uning iymoni mukammal bo‘lmaydi. Biz bunday kishilarga 
umumiy suratda, hukman va isman iymon (ya’ni, mo‘min) lafzini iste’mol qila olamiz. Ammo shahodat 
kalimalariga iqror bo‘lmagan kishilarga iymon ismi iste’mol qilinmaydi. 
“Ahlus‐sunna val‐jamoa” iymonda istisno bor deydilar. Ya’ni, Alloh ta’olodan juda ham qo‘rqqanlari, 
taqdirni  isbot  etgan  va  o‘zlarini  maqtashdan  saqlanganlari  uchun  o‘zlariga  mutlaq  iymonni  nisbat 
qilishda  jazm  qila  olmaydilarda:  “Inshaalloh,  men  mo‘minman”—  deydilar.  Chunki,  mutlaq  iymon 
barcha  toatlarni  qilish  va  qaytariqlarning  hammasini  qilmaslikni  o‘z  ichiga  oladi.  Agar  istisno  iymonda 
shak  qilish  ko‘rinishida  bo‘lsa,  ular  bu  kabi  istisnodan  qaytaradilar.  (Ya’ni,  men  mo‘min  bo‘lsam  kerak 
inshaalloh  deyishdan  qaytaradilar.  Bu  kabi  o‘rinlarda  jazm  qilish  kerak  bo‘ladi.)  Bunga  Qur’oni  Karim, 
sunnat, salaf solih va ulamolar so‘zlarida ko‘p dalillar bor. Alloh ta’olo dedi:  
«Va  biron  narsa  haqida:  «Men  albatta  bu  ishni  ertaga  qilguvchiman»,  deya  ko‘rmang,  magar 
«Inshaalloh‐Alloh xohlasa», (deng)» (Kahf: 23, 24). 
«...  Sizlar  o‘zlaringizni  poklamay  qo‘ya  qolinglar!  Uning  O’zi  taqvodor  bo‘lgan  kishilarni  juda 
yaxshi bilguvchidir.» (Najm: 32). 
Payg‘ambarimiz  sollallohu  alayhi  va  sallam  qabristonga  kirgan  paytlarida:  “Assalamu  alaykum  ahli 
diyor  mo‘min  va  musulmonlar!  Inshaalloh,  bizlar  ham  sizlarga  yetib  kelguvchilarmiz.  Allohdan  biz  va 
sizlar uchun ofiyatni so‘rayman”— der edilar (Imom Muslim rivoyati). 
Abdulloh  ibn  Mas’ud  raziallohu  anhu:  “O’zining  mo‘min  ekaniga  guvohlik  bergan  kishi,  o‘zining 
jannat ahlidan ekanligiga ham guvohlik bersin”— dedi (Lalakaiy rivoyati). 
Jarir  rahimahulloh:  “Men  Mansur  ibn  Mo‘‘tamir,  Mug‘iyra,  A’mash,  Lays,  Umora  ibn  Qa’qo,  ibn 
Shubruma, Alo ibn Musayyab, Yazid ibn Abu Ziyod, Sufyon Savriy, ibn Muborak va boshqa uchratganim 
barcha kishilarning iymonda istisno qilganlari va istisno qilmaganlarni ayblaganlarini eshitdim” — dedi 
(Lalakaiy rivoyati). 
Imom Ahmad rahimahullohdan: “Iymon nima?”— deb so‘ralganda, u shunday deb javob qildi: “So‘z 
(talaffuz),  amal  va  niyat”.  Yana  so‘radilar:  Biron  kishi  «sen  mo‘minmisan»  deb  so‘rasa  bo‘ladimi? 
“Bunday savol berish — bid’atdir”— deb javob berdi.  “Unday savolga nima deb javob berish kerak”— 
deb so‘radilar: “Inshaalloh, mo‘minman”—deb javob beradi dedi. (Lalakaiy rivoyati). 
“Ahlus‐sunna  val‐jamoa”  e’tiqodida,  “iymon”,  aslining  yo‘q  bo‘lishi  bilan  yo‘q  bo‘ladi.  Ammo 
gunohlarni  qilish  va  buyruqlarni  qilmaslik  bilan  uning  shox  (tarmoq)larining  yo‘qolishi  iymonni 
kamaytirsada biroq, uni butunlay yo‘q qilmaydi. Banda o‘zini iymonga kirgizgan narsasini inkor etsagina 
iymondan chiqadi. Ba’zan insonda iymon va kufr, shirk va tavhid, taqvo va fojirlik jam bo‘lishi mumkin. 
Alloh ta’olo dedi: “Ularning ko‘plari Allohga faqat mushrik bo‘lgan hollaridagina iymon keltiradilar” 
(Yusuf: 106). 
“Ular u kunda iymondan ko‘ra kufrga yaqinroq edilar” (Oli Imron: 167). 

www.sodiqlar.com  36
Абдуллоҳ Асарий “Салафсолиҳ” - “Аҳлус-сунна вал-жамоа”эътиқоди

Gunohi  kabira  ‐  Katta  gunohlarni  qilgan  kishi  iymondan  chiqmaydi.  U  bu  dunyoda  iymoni  kemtik, 
iymoni  bilan  mo‘min  va  qilgan  katta  gunohi  bilan  fosiqdir.  Oxiratda  esa  Alloh  ta’oloning  ixtiyoridadir: 
xohlasa uni kechiradi, xohlasa jazolaydi. 
Iymon  bo‘linishi  mumkin.  Alloh  ta’olo  iymonning  ozi  bilan  ham  jahannamga  kirgan  kishilarni 
chiqaradi.  Rasululloh  sollallohu  alayhi  va  sallam  dedilar:  “Qalbida  hardal  urug‘icha  iymoni  bo‘lgan 
kishilar jahannamga kirmaydilar” (Imom Muslim rivoyati). 
Shuning  uchun  ham,  “ahlus‐sunna  val‐jamoa”  iymonning  aslini  mahv  etadigan  gunohdan  boshqa 
gunohlarni  qilgan  ahli  qibladan  birontasini  kofir  hisoblamaydilar.  Alloh  ta’olo  dedi:  “Albatta  Alloh 
o‘ziga  (biron  narsaning)  sherik  qilinishini  kechirmas.  Shundan  boshqa  gunohlarni  O’zi  xohlagan 
kishilar uchun kechirur.” (Niso: 48). 
Rasululloh  sollallohu  alayhi  va  sallam  dedilar:  “Jabroil  alayhissolatu  vassalom  huzurimga  kelib: 
“Ummatingiz  ichidan  biri  Allohga  biron  narsani  shirk  keltirmay  vafot  etsa  jannatga  kiradi”—  deb 
bashorat berdi. Men: “Zino va o‘g‘irlik qilsa ham‐mi”— dedim, u: “Zino va o‘g‘irlik qilsa ham”— dedi” 
(Imom Muslim rivoyati). 
Abu  Hurayra  raziallohu  anhu  dedi:  “Iymon  pok  narsadir.  Shuning  uchun  ham,  iymon  zino  qilgan 
kishidan chiqadi. Agar u nafsini malomat qilsa va qaytsa, iymon ham unga qaytadi” (Lalakaiy rivoyati). 
Abud‐Dardo  raziallohu  anhu  dedi:  “Iymon  xuddi  bir  kiyib,  bir  yechadigan  kiyimingizga  o‘xshaydi. 
Alloh nomiga ont ichib aytamanki, o‘z iymoniga xotirjam bo‘lgan kimsadan iymoni tortib olinadi va uni 
izlab topa olmaydi” (Lalakaiy rivoyati).  
(Imom Buxoriy rahimahulloh shunday dedi: “Men Hijoz, Madina, Basra, Makka, Vosit, Bag‘dod, Shom 
va Misr ahllaridan bo‘lgan mingdan ortiq olimlar bilan bir necha bor uchrashdim, qirq olti yildan ko‘proq 
bo‘ladi  men  ular  bilan  ko‘rishdim,  ularning  hammasi  unda  bor  edilar.  —Imom  Buxoriy  rahimahulloh 
ularning  ellikdan  ortig‘ini  nomma‐nom  zikr  qiladi.  So‘ngra:  “Biz  so‘zni  cho‘zmaslik  uchun  shu  ismlar 
bilan  kifoyalanamiz”—  deydi.  Men  ularning  birontasini:  Alloh  ta’oloning:  “Xolbuki,  ular  faqat  yagona 
Allohga,  U  Zot  uchun  Dinni  xolis  qilgan,  To‘g‘ri  Yo‘ldan  og‘magan  hollarida  ibodat  qilishga  va 
namozni  to‘kis  ado  etishga  hamda  zakotni  ato  etishga  buyurilgan  edilar.  Mana  shu  To‘g‘ri  Dindir.” 
(Bayyina: 5) oyatiga binoan: «Din — so‘z, va amal» ekanida ixtilof qilganlarini ko‘rmadim.    
Imom Buxoriy rahimahulloh so‘zlarining davomida ularning qolgan e’tiqodlarini ham bayon qildilar. 
(Lalakaiy: “Sharhu usuli ahlissunnati val‐jamoati  minal‐kitabi vassunnati va ijmais‐sohabati vat‐tabein”).  

Uchinchi asos. “Ahlus-sunna”ning takfir - birovlar ustidan “kofir” deb hukm


chiqarishga munosabati
Salaf solih «ahlus‐sunna val‐jamoa» ta’vil qilgani yoki majburlangani uchun (lekin, qalbi iymon bilan 
xotirjam holda) kufr ishni qilgan kishini, kofir ekanligiga hujjatni barpo qilishdan avval Islom millatidan 
chiqarmaydilar.  
“Ahlus‐sunna val‐jamoa” hech bir musulmonni qilgan gunohi sababli, garchi u katta gunohlar bo‘lsa‐
da, agar u shirkka yetmagan bo‘lsa, kofir hisoblamaydilar. Bu gunohlarni qilgan kishiga kofir deb hukm 
qilmaydilar. Balki, dinda harom ekanligi ma’lum bo‘lgan ishlarni halol sanamagan yoki uni tubdan inkor 
qilmagan bo‘lsa, unga fosiq va iymoni kamaygan deb hukm qiladilar. Alloh ta’olo dedi: “Albatta, Alloh 
ta’olo  O’ziga  (biron  narsaning)  sherik  qilinishini  kechirmaydi.  Shundan  boshqa  gunohlarni  O’zi 
xohlagan kishilar uchun kechirur. Kim Allohga (biror kimsa yoki narsani) shirk keltirsa,  bas, u buyuk 
gunohni to‘qib chiqaribdi” (Niso: 48). 
“(Ey  Muhammad  sallallohu  alayhi  va  sallam,  Mening  (turli  gunoh‐ma’siyatlar  qilish  bilan)  o‘z 
jonlariga jinoyat qilgan bandalarimga ayting: ʺAllohning rahmat‐marhamatidan noumid bo‘lmangiz! 

  37
Albatta Alloh barcha gunohlarini mag‘firat qilur. Albatta Uning o‘zigina Mag‘firatli, Mehribondir."” 
(Zumar: 53) 
Chunki  aslida  kufr  qasddan  yolg‘onga  chiqarish,  ko‘ngilning  bunga  quvonishi,  qalbning  bu  bilan 
orom olishi va dilning unga mayl‐ishtiyoqidir. Bexosdan, beqasddan kirib qolgan shirk aqidalarini takfir 
bobida e’tiborga olinmaydi, ayniqsa, bilmasdan sodir bo‘lgan bo‘lsa. Alloh ta’olo dedi: “Biroq, kimning 
ko‘ngli kofir bo‘lish bilan yozilsa (Ammo kimki ko‘ngilni kufrga ochsa...)” (Nahl: 106). 
“Ahlus‐sunna  val‐jamoa”  Qur’on  va  sunnatdan  kofir  ekaniga  dalil  bo‘lmagan  kishini  kofir 
hisoblamaydilar.  Agar  u  shu  holda  vafot  etsa,  uning  ishi  Allohga  havoladir:  xohlasa  jazolaydi,  xohlasa 
kechiradi,  —  deb  e’tiqod  qiladilar.  Bu  e’tiqod  katta  gunohlarni  qilgan  kishilarga  kofir  deguvchi,  yoki 
ularni iymon va kufr o‘rtasidagi bir maqomda deb e’tiqod qilgan, adashgan toifalarga xilofdir. 
Payg‘ambarimiz  Muhammad  sollallohu  alayhi  va  sallam  bundan  ogohlantirib  dedilar:  “Kim  o‘z 
birodariga:  “Ey  kofir!”  desa  u  ikkisining  biri  kofir  bo‘ladi.  Agar  u  (birinchisi)ning  aytgani  to‘g‘ri  bo‘lsa 
(ikkinchisi  kofir  bo‘ladi).  Bo‘lmasa  aytilgan  so‘z  (kofir  degan  kishining)  o‘ziga  qaytadi”  (Imom  Buxoriy 
rivoyati). 
“Bir kishi (boshqa) bir kishini “kofir” deb chaqirsa yoki “Allohning dushmani” deb aytsa va u unday 
bo‘lmasa aytgan so‘zlari o‘ziga qaytadi” (Imom Muslim rivoyati). 
“Bir kishi boshqa birovni fosiqlik va kufr bilan ayblasa. Agar u kofir yoki fosiq bo‘lmasa aytgan so‘zi 
o‘ziga qaytadi” (Imom Buxoriy rivoyati). 
“Mo‘‘minni kofirlik bilan ayblagan kishi(ning gunohi) uni o‘ldirish kabidir” (Imom Buxoriy rivoyati). 
“Kishi o‘z birodariga: “Ey kofir!”— desa, ulardan biri kofir bo‘ladi” (Imom Buxoriy rivoyati). 
“Ahlus‐sunna  val‐jamoa”  bid’atchilar  ustidan  gunohkorlik  yoki  kofirlik  bilan  mutlaq  hukm  qilish 
bilan, Islomni qabul qilgani aniq bo‘lgan, biroq, biron bir bid’atni qilgan muayyan kishi ustidan osiy yo 
fosiq  yoki  kofir  deb  hukm  chiqarish  o‘rtasini  ajratadilar.  Ular  bu  odamga  haqiqatni  bayon  va  hujjatni 
barpo  qilib,  shubhalarni  yo‘qotmagunlaricha  biron  bir  hukm  chiqarmaydilar.  Ular  muayyan  shaxsga 
qachonki unda shartlar to‘la hosil bo‘lsa va mone’liklar yo‘q bo‘lsagina hukm chiqaradilar.([14]) 
Abu  Hurayra  raziallohu  anhu  Rasululloh  sollallohu  alayhi  va  sallamdan  ushbu  hadisni  eshitganini 
rivoyat qildi: “Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: “Banu Isroilda ikki do‘st bor edi. Ularning 
biri  gunoh  qilar,  ikkinchisi  esa  ibodatda  mujtahid‐tirishqoq  edi.  Mujtahid  doimo  do‘stini  gunoh  ustida 
ko‘rar va: “Bas qil!”— der edi. Mujtahid do‘stini kunlarning birida yana gunoh ustida uchratdi va: “Bas 
qil!”—  dedi.  Do‘sti:  “Meni  Robbim  bilan  holi  qo‘y.  Sen  mening  ustimdan  nazoratchi  qilib 
yuborilganmisan!?”— dedi. Mujtahid: “Alloh nomiga ont ichib aytamanki, Alloh seni kechirmaydi (yoki 
Alloh  seni  jannatga  kiritmaydi)”—  dedi.  U  ikkisining  jonlari  olindi  va  Robbul‐Olamiyn  huzurida  jam 
bo‘ldilar. Alloh ta’olo mujtahidga: “Sen meni kimligimni bilarmiding?!  Yoki Mening qo‘limdagi narsaga 
qodirmiding”—  dedi.  Gunohkorga:  “Sen  mening  rahmatim  bilan  jannatga  kir”—  dedi.  Boshqasi 
(mujtahid)ga esa: “Buni jahannamga olib boringlar”— deb aytdi”.  
Abu Hurayra raziallohu anhu: “Jonim qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, u (mujtahid) o‘zining dunyo va 
oxiratini kuydirib tashlaydigan so‘zni aytgan edi”— dedi. (Shayx Alboniy: “Sahihu Sunani Abi Dovud”). 
Kufr  iymonning  ziddi  bo‘lsada,  shariat  tilida  ikki  ma’noda  keladi.  Ba’zida  oyat‐hadislarda  kelgan 
“kufr”  so‘zidan  Islom  millatidan  chiqaradigan,  ba’zida  esa  Islom  millatidan  chiqarmaydigan  ma’nolar 
nazarda  tutiladi.  Chunki  iymon  kabi  kufrning  ham  tarmoqlari  (shoxlari)  ko‘pdir.  Zero,  kufr  ko‘plab 
asoslar  va  tarmoqlarga  ega  bo‘lib,  ularning  ba’zilari  (haqiqiy)  kufrga  dindan  chiqishga  sabab  bo‘lsa, 
ba’zilari  kofirlar xislatlaridandir.  

www.sodiqlar.com  38
Абдуллоҳ Асарий “Салафсолиҳ” - “Аҳлус-сунна вал-жамоа”эътиқоди

Birinchi: Islom millatidan chiqaradigan katta kufr. Uni “e’tiqodiy kufr” deb ataladi. 
Bu  kufr  iymonga  zid  bo‘lib  Islomni  buzadi  va  islomning  muhim  asoslarini  inkor  etish,  demakdir.  U 
jahannamda mangu qolishni taqozo etuvchi va iymondan chiqaruvchi bo‘lib, e’tiqod, so‘z va amal bilan 
hosil bo‘ladi hamda quyidagi besh turga cheklanadi: 

1. Yolg‘onga chiqarish kufri. 
Bu e’tiqod — payg‘ambarlarni yolg‘onchi deb yoki payg‘ambar nohaqlikni olib kelgan deb, yoki Alloh 
halol  qilgan  narsani  uning  amri  va  nahiysi  buning  aksi  ekanini  bila  turib  harom,  harom  qilgan  narsani 
halol qildi deb da’vo qilish. 

2. Tasdiqlash bilan birga bosh tortish va kibr kufri. 
Ya’ni,  Rasululloh  sollallohu  alayhi  vasallam  olib  kelgan  narsalar  Robbisi  tomondan  haq  deb  iqror 
bo‘ladi  biroq  haq  ahlini  mensimaslik  va  mutakabbirlik  bilan  unga  ergashishni  tark  etadi.  Bu  Iblisning 
kofirligiga  o‘xshaydi.  Chunki  u  Alloh  ta’oloning  amrini  inkor  etmadi.  Balki,  u,  amrni  bosh  tortish  va 
kibrlanish bilan qarshiladi. 

3. Voz kechish kufri. 
Bu  —  quloq  va  qalbi  bilan  payg‘ambardan  voz  kechish:  payg‘ambarni  tasdiqlamaslik,    unga  quloq 
solmaslik,  haqni  tark  qilish:  uni  o‘rganmaslik,  unga  amal  qilmaslik  va  haq  zikr  qilingan  joylardan 
qochish. 

4. Nifoq (munofiqlik) kufri. 
Rasululloh   sallallohu  alayhi  va  sallam  keltirgan  narsalarni  qalb  bilan  inkor  etib,  zohirda  ularga 
ergashgan  qilib  ko‘rsatish.  Demak,  u  Rasululloh  sallallohu  alayhi  va  sallamga  iymon  keltirganlikni 
ko‘rsatuvchi, kufrni ichda bekituvchi kimsadir.([15])  

5. Shak kufri. 
Payg‘ambarimiz    Muhammad     sollallohu    alayhi  va   sallamning rostgo‘ymi yoki yolg‘onchimi? 
deb  shubhalanib,  unga  ergashishda  ikkilanish.  Zero,  iymonning  sharti  Rasululloh  sollallohu  alayhi  va 
sallamning  Alloh  ta’olo  tarafidan  olib  kelgan  barcha  xabarlari  shubhasiz  rost  deb  aniq  ishonish. 
Rasululloh  sollallohu  alayhi  va  sallam  olib  kelgan  xabarlarga  ergashishda  ikkilangan  yoki  haq  buning 
teskarisi bo‘lishi ham mumkin deb hisoblagan kishi shak va gumon kufri bilan kofir bo‘libdi. 
Kufrning  bu  turlari  —  agar  sohibi  shu  holatlarda  vafot  etsa  —  do‘zaxda  abadiy  qolishga  sabab  va 
barcha  yaxshi  amallarning  behuda  ketishiga  boisdir.  Alloh  ta’olo  dedi:  “Albatta,  ahli  kitobdan  va 
mushriklardan  bo‘lgan  kofir  kimsalar  jahannam  o‘tida  bo‘lib,  o‘sha  joyda  mangu  qolurlar!  Ana 
o‘shalar eng yomon maxluqdirlar”. (Bayyina: 6) 
“(Qasamki),  agar  shirk  keltirsang,  albatta,  qilgan   amaling  behuda  ketur  va  albatta  ziyon 
ko‘rguvchilardan bo‘lib qolursan” (Zumar: 65). 
Ikkinchi: Islom millatidan chiqarmaydigan kichik kufr, uni amaliy kufr ham deyiladi: 
Alloh  ta’olo  ba’zi  gunohlarga  tahdid  va  qaytarish  tariqasida  ʺkufrʺ  so‘zini  ishlatdi.  Bu  gunohlar  — 
katta gunohlardan bo‘lib do‘zaxda abadiy bo‘lmay azoblanishga sababchidir. 
Bunga  barcha  katta  gunohlar  kiradi.  Bularga  kufr  so‘zi  ishlatilgani  ular  kufr  xislatlari  bo‘lgani 
uchundir.  Bu  kufr  iymonning  ziddi  bo‘lgan  kufr  emasdir.  Buning  misollari  quyidagilarga  o‘xshaydi: 
musulmonni  o‘ldirish,  Alloh  ta’olodan  boshqaning  nomi  bilan  ont  ichish,  inkor  etib  emas,  balki,  jazo 
olishga loyiq ekanini bilib  Alloh nozil  qilmagan narsalar  bilan  hukm  qilish, folbinlarga borish va ularni 

  39
tasdiqlash,  o‘z  xotini  bilan  besoqolbozlik  qilish,  mo‘‘minning  mo‘‘min  do‘stiga  “kofir”  deb  aytishi  va 
boshqa  kichik  kufr  turlari.  Alloh  ta’olo  dedi:  “(Ey  mo‘‘minlar)  agar  mo‘‘minlardan  bo‘lgan  ikki  toifa 
(bir‐birlari bilan) urushib qolsalar, darhol sizlar ularning o‘rtasini o‘nglab qo‘yinglar!”  (Hujurot: 9). 
Nabiy  sollallohu  alayhi  va  sallam  dedilar:  “Musulmonni  so‘kish  fosiqlik  va  unga  qarshi  urush  qilish 
kufrdir” (Muttafaqun alayh — hadisning sahih ekaniga Imom Buxoriy va Imom Muslim ittifoq qilganlar). 
“Mendan so‘ng bir‐biringizni o‘ldiradigan kofir bo‘lib ketmanglar!” (Muttafaqun alayh). 
“Allohdan boshqasi(ning nomi) bilan ont ichgan kishi mushrik yoki kofir bo‘libdi” (Alboniy: “Sahihu 
Sunani Abi Dovud”). 
“Zoniy  zinosini,  o‘g‘ri  o‘g‘irligini,  aroqxo‘r  aroq  ichishini  mo‘‘min  bo‘lgan  holida  qilmaydi.  Tavba 
qilish (imkoniyati u ishlarni qilganidan so‘ng) ham hamon mavjud”. (Muttafaqun alayh).  

To‘rtinchi asos. Mukofot va jazolar haqidagi xabarlarga iymon keltirish 


Salaf solih — “ahlus‐sunna val‐jamoa” e’tiqodining asoslaridan biri mukofot va jazolar haqida kelgan 
xabarlarga iymon keltirishdir. 
“Ahlus‐sunna  val‐jamoa”  bandaning  qilgan  amallariga  berilajak  mukofot  va  jazolar  haqida  kelgan 
xabarlarni  qanday  kelgan  bo‘lsa  shunday  qabul  qilib  ta’vilsiz  tushunadilar  hamda  mukofot  va  jazolar 
haqida  kelgan  xabarlarni  ta’vil  va  cheklovlarsiz  o‘z  kuchida  qoldiradilar.  Alloh  ta’olo  dedi:  “Albatta, 
Alloh  ta’olo  O’ziga  (biron  narsaning)  sherik  qilinishini  kechirmaydi.  Shundan  boshqa  gunohlarni 
O’zi xohlagan kishilar uchun kechirur. Kim Allohga (biror kimsa yoki narsani) shirk keltirsa,  bas, u 
buyuk gunohni to‘qib chiqaribdi” (Niso: 48 va 116). 
Ular: ”Bandalarning oqibati noma’lum va hech kim o‘z xotimasini bilmaydi”— deb e’tiqod qiladilar. 
Rasululloh  sollallohu  alayhi  va  sallam  dedilar:  “Bir  kishi  odamlar  nazarida  jannat  ahlining  amalini 
qiladi. Xolbuki u jahannam ahlidandir. Bir kishi esa odamlar nazarida jahannam ahlining amalini qiladi. 
Xolbuki u jannat ahlidandir”. (Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyatlari). 
“Sizlardan biringiz jannat ahlining amallarini qiladi hatto u bilan jannat o‘rtasida bir gazgina (masofa) 
qoladi.  Biroq,  Kitob  (Lavhul‐Mahfuz)da  yozilgani  g‘olib  kelib  u  jahannam  ahlining  amalini  qiladi‐da, 
jahannamga kiradi. Sizlardan biringiz jahannam ahlining amalini qiladi hatto u bilan jahannam o‘rtasida 
bir  gazgina  (masofa)  qoladi.  Biroq,  Kitobda  yozilgani  g‘olib  kelib  u  jannat  ahlining  amalini  qiladi  va 
jannatga kiradi” (Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyati). 
Biroq  “Ahlus‐sunna  val‐jamoa”  zohiran  Islomda  o‘lgan  (mo‘‘min  va  taqvoli)  kishilarni  umumiy 
ravishda:  “Inshaalloh  jannat  ahllaridan  bo‘ladilar”  deb  guvohlik  beradilar.  Alloh  ta’olo  dedi:  “Iymon 
keltirib,  yaxshi  amallar  qilgan  zotlarga  xushxabar  beringki,  ular  uchun  ostlaridan  daryolar  oqib 
turuvchi jannatlar bor! ...” (Baqara:25). 
“Albatta, taqvodor zotlar jannatlarda va daryolar (usti)da, Qodir Podshoh huzuridagi rozi bo‘lingan 
o‘rinda bo‘lurlar.” (Qamar: 54, 55). 
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: “Kimki o‘layotganda Allohdan o‘zga haq ma’bud yo‘q ekanini 
e’tiqod qilib vafot etsa jannatga kiradi”— dedilar (Imom Muslim rivoyati). 
“Ahlus‐sunna  val‐jamoa”:  “Kofirlar,  mushriklar  va  munofiqlar  jahannam  ahlidirlar”—  deb  guvohlik 
beradilar.  Alloh  ta’olo  dedi:  “Ammo  o‘zlari  kofir  bo‘lishib,  Bizning  oyatlarimizni  yolg‘on  degan 
kimsalar esa do‘zax egalari bo‘lib, unda abadiy qolajaklar” (Baqara: 39). 
“Albatta,  ahli  kitobdan  va  mushriklardan  bo‘lgan  kofir  kimsalar  jahannam  o‘tida  bo‘lib,  o‘sha 
joyda mangu qolurlar! Ana o‘shalar eng yomon maxluqdirlar”.  (Bayyina: 6). 

www.sodiqlar.com  40
Абдуллоҳ Асарий “Салафсолиҳ” - “Аҳлус-сунна вал-жамоа”эътиқоди

“Albatta, munofiqlar jahannamning eng tubida (bo‘lur)lar” (Niso: 145). 
“Ahlus‐sunna  val‐jamoa”  Rasululloh  sollallohu  alayhi  va  sallam  jannatga  kirishlari  haqida  bashorat 
bergan  barcha  kishilar,  shu  jumladan,  o‘n  kishining  jannatga  kirishlari  haqida  guvohlik  beradilar. 
Rasululloh  sollallohu  alayhi  va  sallam  dedilar:  “Abu  Bakr  jannatda,  Umar  jannatda,  Usmon  jannatda, 
Aliy  jannatda,  Talha  jannatda,  Zubayr  jannatda,  Abdurrahmon  ibn  Avf  jannatda,  Sa’d  ibn  Abi  Vaqqos 
jannatda,  Said  ibn  Zayd  jannatda  va  Abu  Ubayda  ibn  Jarroh  jannatdadir”  (Shayx  Alboniy:  “Sahihu 
Sunani Abi Dovud”). 
Bundan tashqari ular, Ukkosha ibn  Mehsan,  Abdulloh  ibn  Salom,  Yosir oilasi, Bilol ibn Raboh, Ja’far 
ibn Abi Tolib, Amr ibn Sobit, Zayd ibn Horisa, Abdulloh ibn Ravoha, Fotima binti Rasululloh sollallohu 
alayhi va sallam, Hadija binti Huvaylid, Oisha, Sofiyya, Hafsa, Rasulullohning barcha ayollari va boshqa 
ko‘plab  sahobalarning  jannatga  kirishlariga  guvohlik  beradilar  (yuqorida  nomi  o‘tgan  sahobalarning 
barchalaridan  Olloh  rozi  bo‘lsin).Chunki  bu  haqda  Rosululloh  sollallohu  alayhi  va  sallam  xabar 
berganlar. 
Ahlus‐sunna  val  jamoa  jahannam  ahlidan  ekaniga  xabar  berilgan  Abu  Lahab  ibn  Abdulmuttalib, 
uning  xotini  Ummu  Jamil  Arvo  bint  Harb  va  boshqa  haqlarida  shunday  xabar  kelgan  kofirlarning 
jahannam ahlidan ekanliklariga guvohlik beradilar. 
“Ahlus‐sunna  val‐jamoa”  Rasululloh  sollallohu  alayhi  va  sallam  xabar  bergan  muayyan  shaxslardan 
boshqa  biron  kishi  haqida  jannat  yoki  jahannam  ahlidan  ekaniga  qat’iy  so‘zni  aytmaydilar([16]).  (Balki, 
yaxshi amallarni qilgan kishi uchun yaxshilikni umid qiladilar va yomonlik qilgan kishilar uchun jazodan 
qo‘rqadilar). 
“Ahlus‐sunna val‐jamoa”: “Qilgan amallari har qancha go‘zal bo‘lmasin, Alloh ta’olo o‘z rahmati bilan 
o‘ramasa, jannat hech kimga nasib bo‘lmaydi”— deb e’tiqod qiladilar. 
Alloh  ta’olo  dedi:  “Agar  sizlarga  Allohning  fazlu  marhamati  bo‘lmasa  edi,  hech  qachon  sizlardan 
biron  kishi  (biron  gunohdan)  pok  bo‘lmas  edi.  Lekin  Alloh  (fazlu  marhamati  bilan)  O’zi  hohlagan 
kishini poklar. Alloh Eshitguvchi, Bilguvchidir” (Nur: 21). 
Rasululloh  sollallohu  alayhi  va  sallam:  “Qilgan  amali  hech  bir  kishini  jannatga  olib  kira  olmaydi”— 
dedilar.  Sahobalar:  “Sizni  hammi”—  deb  so‘raganlarida  rasululloh  sollallohu  alayhi  va  sallam:  “Alloh 
rahmati bilan o‘ramasa, men ham”— deb javob berdilar (Imom Muslim rivoyati). 
“Ahlus‐sunna  val‐jamoa”  azoblanishi  bayon  qilingan  gunohlarni  qilgan  kishilarga  Allohning  azobi 
vojib bo‘ladi, demaydilar. Balki, goho Alloh ta’olo bu gunohlarni qilgan kishilarga keyinroq qilgan toat‐
ibodatlari, tavbalari yoki kafforot bo‘luvchi musibat va xastaliklar sababli kechirishi mumkin. Alloh ta’olo 
dedi:  “(Ey  Muhammad  sollallohu  alayhi  va  sallam  gunohkor  bandalarimga)  ayting:  “Ey,  o‘z  jonlariga 
jabr qilgan bandalarim, Allohning rahmatidan noumid bo‘lmangiz! Albatta Alloh barcha gunohlarni 
Mag‘firat qilur. Albatta Uning O’zigina Mag‘firatli, Mehribondir” (Zumar: 53). 
Payg‘ambarimiz  sollallohu  alayhi  vasallam  dedilar:  “Bir  kishi  yo‘lda  keta  turib  yo‘lda  yotgan  tikanli 
daraxt  shoxini  chetga  olib  tashladi.  Alloh  unga  shukr([17])  qildi  va  uni(ng  gunohlarini)  kechirdi”  (Imom 
Buxoriy rivoyati). 
“Ahlus‐sunna val‐jamoa”: “Har bir maxluqning o‘z ajali bor va Allohning kitobida yozilgan muddatda 
Allohning izni bilangina o‘ladi. Ajallari yetgach (o‘lim) biron lahza erta yoki kech qolmaydi. O’lishi yoki 
o‘ldirilishi  uning  yozib  qo‘yilgan  ajalining  nihoyasidir”—  deb  e’tiqod  qiladilar.  Alloh  ta’olo  dedi:  “Har 
bir jon faqat Allohning izni bilan, aniq belgilab‐yozib qo‘yilgan muddatda  o‘ladi” (Oli Imron: 145). 
“Ahlus‐sunna  val‐jamoa”:  “Alloh  ta’oloning  mo‘‘minlarni  jannat  bilan  mukofotlashi,  osiy 
muvahhidlar,  kofir  va  munofiqlarni  jahannam  bilan  jazolashi  haq,  Alloh  ta’olo  o‘z  va’dasiga  xilof 
qilmaydi”—  deb  e’tiqod  qiladilar.  Alloh  ta’olo  dedi:  “Iymon  keltirib,  yaxshi  amallarni  qilgan  zotlarni 

  41
esa  ostidan  daryolar  oqib  turadigan  jannatlarga  kiritajakmiz  —  ular  u  yerda  abadiy  yasharlar.  Bu 
Allohning haq va’dasidir. Allohdan ko‘ra rostgo‘yroq kim bor?!” (Niso: 122). 
Alloh  ta’olo  osiy  muvahhidlarni  o‘z  fazli  va  karami  bilan  afv  etadi.  Xolbuki,  Alloh  ta’olo 
muvahhidlarni afv etish va boshqalarni afv etmaslikka va’da berdi: “Albatta, Alloh ta’olo O’ziga (biron 
narsaning) sherik qilinishini kechirmaydi. Shundan boshqa gunohlarni O’zi xohlagan kishilar uchun 
kechirur.  Kim  Allohga  (biror  kimsa  yoki  narsani)  shirk  keltirsa,   bas,  u  buyuk  gunohni  to‘qib 
chiqaribdi”  (Niso: 48. 116). 

Beshinchi asos. “Ahlus-sunna val-jamoa” e’tiqodida do‘stlashuv va


dushmanlashuv masalasi
Salaf  solih  —  “ahlus‐sunna  val‐jamoa”  e’tiqodining  asoslaridan  biri  Alloh  uchun  yaxshi  ko‘rish  va 
Alloh  uchun  yomon  ko‘rishdir.  Ya’ni  mo‘‘minlarni  sevish  va  ularni  do‘st  hisoblash  hamda  mushrik  va 
kofirlarni  yomon  ko‘rish  va  ulardan  bezor  bo‘lishdir.  Alloh  ta’olo  dedi:  “Mo‘‘min  va  mo‘‘minalar  bir‐
birlariga do‘stdirlar. Ular yaxshilikka buyuradilar, yomonlikdan qaytaradilar...” (Tavba: 71). 
“Mo‘‘minlar,  mo‘‘minlarni  qo‘yib  kofirlarni  do‘st  tutmasinlar!  Kim  shunday  qilsa,  bas,   Alloh 
tomonidan hech narsada emas. (ya’ni Allohdan begonadir). Magar ulardan ehtiyot bo‘lib tursalaringiz 
(yuzaki  muomala  qilsangiz  joizdir),  Alloh sizlarni O’zining  (azobidan) ogoh qilur. Va  faqat Allohga 
qaytajaksiz.” (Oli Imron: 28). 
“Ahlus‐sunna  val‐jamoa”:  “Do‘stlashuv  va  dushmanlashuv  aqidasi  eng  muhim  asoslardan  bo‘lib, 
shariatda  uning  juda  katta  o‘rni  bor”—  deb  e’tiqod  qiladilar  va  u  quyidagi  jihatlardan  yaqqol  ravshan 
bo‘ladi. 
Birinchidan: Do‘stlashuv va dushmanlashuv “La ilaha illalloh” (Allohdan o‘zga (haq) iloh yo‘q” deb 
guvohlik berishning bir juz’idir. Bu guvohlikning ma’nosi sig‘inilayotgan Alloh ta’olodan boshqa barcha 
ma’budlardan  bezorlikdir.  Alloh  ta’olo  dedi:  “...Allohga  ibodat  qilinglar  va  tog‘ut  (Allohdan  o‘zga, 
shayton va barcha sig‘iniladigan narsalar)dan uzoq bo‘linglar!” (Nahl: 36). 
Ikkinchidan:  Do‘stlashuv  va  dushmanlashuv  iymonning  eng  mustahkam  asoslaridan  biridir. 
Rasululloh  sollallohu  alayhi  va  sallam  dedilar:  “Iymon  halqalarining  eng  mustahkami  —  Alloh  uchun 
do‘stlashish  va  Alloh  uchun  dushman  bo‘lish,  Alloh  yo‘lida  yaxshi  ko‘rish  va  Alloh  yo‘lida  yomon 
ko‘rishdir” (Shayx Alboniy: “Silsilatul—ahodisus‐sahiha”: 998). 
Uchinchidan:  Alloh  uchun  do‘st  va  dushman  bo‘lish  qalbning  iymon  halovati  va  lazzatini  totishi 
uchun sababdir. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: “(O’zida) uch narsa bo‘lgan kimsa iymon 
halovatini totibdi: Alloh va uning Rasuli unga boshqalardan ko‘ra sevimliroq bo‘lsa, biron kishini Alloh 
uchun  yaxshi  ko‘rsa  hamda  kufrga  qaytishni  Alloh  qutqazganidan  so‘ng,  jahannamga  tashlanishni 
yoqtirmaganidek yoqtirmasa” (Muttafaqun alayh). 
To‘rtinchidan:  Do‘stlashuv  va  dushmanlashuv  aqidasini  hosil  qilish  bilan  iymon  komil  bo‘ladi. 
Rasululloh  sollallohu  alayhi  va  sallam  dedilar:  “Alloh  uchun  yaxshi  ko‘rgan,  Alloh  uchun  yomon 
ko‘rgan,  Alloh  uchun  bergan  va  Alloh  uchun  man  qilgan  kishi  iymonni  komil  qilibdi”  (Shayx  Alboniy: 
“Sahihu Sunani Abi Dovud”). 
Beshinchidan:  Alloh  va  uning  dinidan boshqani yaxshi  ko‘rgan  hamda Allohni,  Allohning  dinini va 
shu  dinni  qabul  qilgan  kishilarni  yomon  ko‘rgan  kishi  kofir  bo‘ladi.  Alloh  ta’olo  dedi:  “Ayting:  «O’zi 
rizqlanmay  —  taomlanmay  (barchani)  taomlantiradigan,  osmonlar  va  yerning  yaratguvchisi  bo‘lgan 
Allohdan  o‘zgani  do‘st  tutaymi?!»  Ayting:  “Albatta  men  Allohga  bo‘yinsunguvchi  kishilarning 
avvalgisi bo‘lishga ma’murman (amr qilinganman)”. Hargiz mushriklardan bo‘lmang!” (An’om: 14). 

www.sodiqlar.com  42
Абдуллоҳ Асарий “Салафсолиҳ” - “Аҳлус-сунна вал-жамоа”эътиқоди

Oltinchidan:  Do‘stlashuv  va  dushmanlashuv  —  aqidasi  shunday  aloqadirki  buning  asosida 


musulmon  jamiyati  qoim  bo‘ladi.  Rasululloh  sollallohu  alayhi  va  sallam  dedilar:  “Sizlarning  biringiz 
do‘sti  uchun  o‘zi  uchun  yaxshi  ko‘rgan  narsani  yaxshi  ko‘rmagunicha  (komil)  mo‘‘min  bo‘la  olmaydi” 
(Imom Buxoriy rivoyati). 
“Ahlus‐sunna  val‐jamoa”: Do‘stlashuv  va  dushmanlashuv  aqidasi  farzdir.  Balki, u “La ilaha illalloh” 
deb  guvohlik  berishning  shartlaridan  biri  va  iymon  hamda  aqida asoslarining  kattasi  bo‘lib,  musulmon 
uni rioya qilishi kerak”— deb e’tiqod qiladilar([18]). 
Bu asosni ta’kidlab ko‘plab xabarlar kelgan. Shulardan biri Alloh ta’oloning quyidagi so‘zlaridir: (Ey, 
Muhammad  sallallohu  alayhi  va  sallam),  ayting:  “Agar  ota‐onalaringiz,  bolalaringiz,  aka‐ukalaringiz, 
xotinlaringiz,  qarindosh‐urug‘laringiz  va  kasb  qilib  topgan  mol‐dunyolaringiz,  kasod  bo‘lib 
qolishidan qo‘rqadigan tijoratingiz hamda yaxshi ko‘radigan uy‐joylaringiz sizlarga Allohdan, uning 
payg‘ambaridan  va  Uning  Yo‘lida  jihod  qilishdan  suyukliroq  bo‘lsa,  u  holda  to   Alloh  o‘z  amrini 
(ya’ni, azobini)  keltirgunicha kutib turaveringlar!” (Tavba: 24). 
“Ey,  iymon  keltirganlar,  Mening  ham  dushmanim,  sizlarning  ham  dushmanlaringiz  (bo‘lgan 
mushriklar)ni  do‘st  tutmanglar!  Sizlar  ularga  do‘stlik  (haqida  xat‐xabar)  yuborursizlar,...” 
(Mumtahana: 1).  
“Ahlus‐sunna val‐jamoa” do‘stlashuv va dushmanlashuv to‘g‘risida odamlarni uch qismga bo‘ladilar: 
Birinchi qism: Mutlaq do‘stlashuvga loyiq odamlar 
Ular — Alloh va Allohning Rasuli Muhammad sallallohu alayhi va sallamga iymon keltirgan hamda 
din  marosimlarini  Alloh  uchun  xolis  qilgan  kishilardir.  Alloh  ta’olo  dedi:  “Sizlarning  do‘stingiz  faqat 
Alloh,  Uning  payg‘ambari  va  ta’zim‐tavoze’  qilgan  hollarida  namozni  to‘kis  ado  etadigan,  zakotni 
(haqdorlarga)  beradigan  mo‘‘minlardir.  Kimki  Allohni,  Uning  payg‘ambarini  va  mo‘‘minlarni  do‘st 
tutsa (najot topgay), zero, faqat Allohning  hizbi (guruhi)gina g‘olib bo‘lguvchidir.”   (Moida: 55, 56). 
Ikkinchi qism: Bir jihatdan do‘stlik va bir jihatdan dushmanlikka loyiq bo‘lgan odamlar. 
Ular — ba’zi farzlarga e’tiborsizlik bilan qaraydigan va kufrga olib bormaydigan harom ishlarni qilgan 
osiy musulmonlardir. Ularga nasihat qilish, qilgan ishlarini sukut qilmay inkor etish, amr‐ma’ruf, nahiy‐
munkar  qilish,  gunohlarni  qilmasliklari  va  tavba  etishlari  uchun  jazo  va  ta’zirlar  berish  kerak.  Zero, 
sharob ichgani uchun bundan avval ham ta’zirlangan  Abdulloh — uni Ximor deb laqablanardi — nomli 
sahoba  ichib  olgani  uchun  yana  ta’zirga  olib  kelinganida  sahobalarning  biri  uni  la’natladi,  shunda 
Rasululloh  sollallohu  alayhi  va  sallam:  “uni  la’nat  qilmanglar!  u  Alloh  va  Rasulini  yaxshi  ko‘radi”— 
dedilar (Imom Buxoriy rivoyati). Biroq, unga Allohning belgilagan jazosini ijro etdilar. 
Uchinchi qism: Ular  mutlaq bezor bo‘lishga loyiq bo‘lgan odamlar. 
Ular  —  mushrik,  yahudiy,  nasroniy,  majusiy  va  barcha  kofirlar.  Bundan  tashqari  bu  hukm  ostiga 
Alloh  ta’olodan  boshqasi  uchun  duo  va  tavakkul  qilgan,  undan  boshqadan  yordam  so‘ragan,  Allohni, 
Allohning  Rasuli  va  dinini  haqorat  qilgan,  dinni  «hozirgi  asrga  yaramaydi»  degan  tushuncha  bilan 
hayotdan ajratgan hollarida (hujjat barpo qilinsada) «musulmonlikni da’vo qiluvchi kishilar» ham kiradi. 
Musulmonlar  bunday  kishilar  bilan  jihod  qilishlari,  qarshilik  ko‘rsatishlari  va  ularni  yer  yuzida  fasod 
yoyishlariga yo‘l bermasliklari kerak.  
Alloh ta’olo dedi: “Ey payg‘ambar (sallallohu alayhi va sallam), kofir va munofiqlarga qarshi jihod 
qiling  va  ularga  qattiqqo‘l  bo‘ling!  Ularning  joylari  jahannamdir!  Naqadar  yomon  oqibat  bu!” 
(Tahrim: 9). 
“(Ey  Muhammad  sallallohu  alayhi  va  sallam),  Allohga  va  Oxirat  kuniga  iymon  keltiradigan 
qavmning  Alloh  va  Uning  payg‘ambariga  muxoliflik  qiluvchilar  bilan  —  garchi  ular  o‘zlarining 

  43
otalari, yoki o‘g‘illari, yoki og‘a‐inilari, yoki qarindosh‐urug‘lari bo‘lsalar‐da — do‘stlashayotganlarini 
topmassiz.” (Mujodala: 22). 
“Ahlus‐sunna val‐jamoa”: “Alloh uchun do‘st bo‘lishning ro‘yobga chiqishi kerak bo‘lgan 
huquqlari bor”— deb e’tiqod qiladilar. Ular: 
Birinchi: Kofirlar diyoridan musulmonlar diyoriga hijrat qilish.  
Shar’iy sabablar bilan hijrat qilishga qodir bo‘lmagan va zaif kishilar bundan mustasno. 
Ikkinchi: Musulmonlarga joni, moli va tili bilan yordam berish hamda ularning quvonch va qayg‘ulariga 
sherik bo‘lish. 
Uchinchi:  O’zi  uchun  yaxshi  ko‘rgan  yaxshilik  va  yomonlikni  daf  etishni  musulmonlar  uchun  ham 
sevish, ularni masxara qilmaslik. Ularni sevishga, ular bilan birga o‘tirishga va maslahatlashishga intilish. 
To‘rtinchi:  Bemorni  borib  ko‘rish,  janozalarda  ishtirok  etish,  musulmonlarga  mehribon  bo‘lish,  ular 
uchun duo‐istig‘forlar qilish, ularga salom berish, muomalalarda xiyonat qilmaslik va ularning mollarini 
nohaq yemaslik kabi huquqlarini ado etish. 
Beshinchi:  Musulmonlar  ichida  josuslik  qilib,  ularning  xabarlari  va  sirlarini  dushmanlarga 
yetkazmaslik(bunday qiluvchi kishilarga juda qattiq va’iydlar bor). Musulmonlar o‘rtasini isloh qilish va 
ularga ozor bermaslik. 
Oltinchi:  Musulmonlar  jamoatiga  qo‘shilish,  ulardan  ajralmaslik,  ular  bilan  taqvo,  ezgulik,  yaxshilikka 
buyurish va yomonlikdan qaytarish (amr‐ma’ruf va nahiy‐munkar) ishlarida hamkor bo‘lish. 
“Ahlus‐sunna val‐jamoa” Alloh yo‘lida dushman bo‘lish quyidagi narsalarni taqozo qiladi  
deb e’tiqod qiladilar: 
Birinchi:  Shirk,   kufr  va  uning  ahlini  yomon  ko‘rish  va  ularga nisbatan qalbda adovat saqlash. 
Ikkinchi:  Kofirlar  bilan  do‘stlashmaslik,  ularni  yaxshi  ko‘rmaslik,      ulardan  garchi  yaqin  qarindoshlari 
bo‘lsa‐da, to‘liq ajralish. 
Uchinchi:  Kufr  diyorini  tark  etish  va  kufr  diyoriga  Islom  an’analarini  izhor  etishga  qudrati  yetsagina 
safar qilish, bo‘lmasa safar qilmaslik.  
To‘rtinchi:  Kofirlarga  diniy  —  ya’ni,  ularning  diniy  marosimlari,  an’analari  —  va  dunyoviy  —  ya’ni, 
yeyish  tarzi,  ichish,  kiyinish  kabi  odatlar  —  ularga  xos  bo‘lgan  va  musulmonlar  ichida  odat  bo‘lib 
tarqalmagan narsalarda o‘xshamaslik (taqlid qilmaslik). Chunki, bu ishlar odamning qalbida do‘stlik va 
muhabbatni vujudga keltiradi. Qalbdagi muhabbat esa tashqi qiyofada o‘xshashlikni keltirib chiqaradi. 
Beshinchi: Kofirlar bilan o‘zaro ko‘maklashmaslik, kofirlarga musulmonlarga qarshi yordam bermaslik, 
ularga  moyil  bo‘lmaslik,  muhim  vazifalarni  topshirmaslik,  ularni  maqtamaslik,  sirdosh  tutmaslik, 
ularning suhbatlari va majlislarini tark qilish. 
Oltinchi: Kofirlarning bayram va quvonchlariga sherik bo‘lmaslik va bu bayramlar bilan tabrik etmaslik. 
Kofirlarga “sayyid” yoki “mavlo” deya ulug‘lab xitob etmaslik. 
Yettinchi: Kofirlar uchun istig‘for aytmaslik va Alloh ta’olodan ularga rahmat so‘ramaslik. 
Sakkizinchi: Kofirlar bilan Islom dini zarariga murosali bo‘lmaslik. 
To‘qqizinchi:  Hukmlashish  uchun  kofirlarga  murojaat  etmaslik  yoki  ularning  hukmlariga  rozi 
bo‘lmaslik.  Kofirlarning  xohish  va  amallariga  ergashmaslik.  Chunki  kofirlarga  ergashish  Alloh  va 
Rasulining hukmlarini tark etishni taqozo qiladi.  
O’ninchi:  Kofirlarga  Islom  salomi  “Assalomu  alaykum”ni  aytmaslik.  (Agar  ular  «assalamu  alaykum» 
desalar «yaxshimisiz» kabi boshqa so‘zlar bilan javob qilish. Tahririyatdan) 

www.sodiqlar.com  44
Абдуллоҳ Асарий “Салафсолиҳ” - “Аҳлус-сунна вал-жамоа”эътиқоди

Oltinchi asos. Avliyolarning karomatlarini tasdiqlash


Salaf  solih  —  “ahlus‐sunna  val‐jamoa”  e’tiqodining  asoslaridan  yana  biri  solih  tushni  ya’ni,  solih 
kishilar ko‘rgan tushning rostligini tasdiqlashdir. U payg‘ambarlikdan bir qism hisoblanadi. Solih kishilar 
uchun  to‘g‘ri,  voqelikka  mos  farosatning  mavjudligi  ham  haqdir.  Alloh  ta’olo  dedi:  “Endi  qachonki  u 
(bola  katta  bo‘lib)  otasi  (Ibrohim)  bilan  birga  yuradigan  bo‘lgach,  (Ibrohim):  «Ey,  o‘g‘ilcham,  men 
(hadeb) tushimda seni (qurbonlik uchun) so‘yayotganimni ko‘rmoqdaman. Endi sen o‘zing nima ra’y‐
fikr  qilishingni  bir  o‘ylab  ko‘rgin»,  —   degan  edi.  U  aytdi:  «Ey,  otajon,  sizga  (tushingizda  Alloh 
tomonidan) buyurilgan ishni qiling. Inshoalloh, meni sabr qiluvchilardan topursiz»” (Soffot: 102). 
Rasululloh  sollallohu  alayhi  va  sallam:  “Payg‘ambarlikdan  bashoratlargina  qoldi”—  dedilar. 
Sahobalar: “Bashoratlar nima.”— deb so‘radilar. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: “Solih tushlar”— 
deb javob berdilar (Imom Buxoriy rivoyati). 
Shuningdek “Ahlus‐sunna val‐jamoa” e’tiqodlaridan biri — avliyolarning karomatlarini tasdiqlashdir. 
Karomat  esa Qur’on  va  sunnat  dalolat  qilganidek, Alloh ta’olo ba’zi solih  kishilarning qo‘llarida, ularni 
e’zozlab joriy qilgan g‘ayritabiiy (odatdan tashqari) ishlardir[19].     
Alloh ta’olo dedi: “Ogoh bo‘lingizki, albatta, Allohning valiy(do‘st)lariga (oxiratda) xavf yo‘qdir va 
ular  mahzun  ham  bo‘lmaslar.  Ular  iymon  keltirgan  va  taqvoli  bo‘lganlardir.  Ularga  dunyo  hayotida 
ham,  oxiratda  ham  bashorat(xushxabar)  bordir.  Allohning  so‘zlarida  o‘zgartirish  yo‘qdir.  Ana  shu 
buyuk yutuqdir ” (Yunus: 62 ‐ 64). 
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: “Alloh ta’olo: “Kim mening do‘stimga dushman bo‘lsa, 
men unga qarshi urush e’lon qildim”— dedi” (Imom Buxoriy rivoyati). 
Biroq  “Ahlus‐sunna  val‐jamoa”ning  karomatlarni  tasdiqlashda  shar’iy  qoidalari  bor.  G’ayri  tabiiy 
suratda  sodir  bo‘lgan  har  qanday  narsa  karomat  bo‘lavermaydi.  Balki,  ba’zi  odatdan  tashqari  ishlar 
“istidroj”  (Shaytoniy  harakatlar),  sehr  va  ko‘z  boylash  bo‘lishi  mumkin.  Karomat  va  ko‘z  boylash 
o‘rtasidagi farq juda ham katta va ochiqdir. 
Karomatning sababi toat‐ibodat bo‘lib, u toat‐ibodatda davomiy bo‘lgan kimsalar uchun beriladi.  
Ko‘z boylashning sababi esa kufr amallari va gunohlardir. Alloh ta’olo dedi: “Albatta shaytonlar o‘z 
do‘stlari (ya’ni, mushriklar)ni sizlar bilan janjallashishlari uchun vasvasaga solurlar. Agar ularga itoat 
qilsangizlar, albatta, sizlar (ham) mushrikdirsizlar” (An’om: 121). 
“Ahlus‐sunna val‐jamoa”: “Dunyoda sehr va sehrgarlar borligini tasdiq qiladilar(20). 
Alloh ta’olo  dedi: “Bas, qachonki sehrgarlar kelganlarida...” (Yunus: 80). 
“... zo‘r sehr ko‘rsatdilar” (A’rof: 116).  
“...Lekin Shaytonlar kofir bo‘ldilar. Ular odamlarga sehrni o‘rgatar edilar” (Baqara: 102). 
Biroq,  jinlar  Allohning  izni  bilangina  birovlarga  zarar  bera  oladilar.  Alloh  ta’olo  dedi:  “(Lekin)  ular 
Allohning  iznisiz  hech  kimga  zarar  yetkaza  olmaydilar.  Ular  o‘zlariga  hech  foydasiz,  bil’aks  zararli 
o‘rganadilar...” (Baqara: 102). 
“Ahlus‐sunna val‐jamoa”: “Sehr Allohning iznisiz zarar va foyda bera oladi, deb e’tiqod qilgan kimsa 
kofir,  sehrni  muboh  degan  kimsani  o‘ldirish  vojibdir”—  deb  e’tiqod  qiladilar.  Chunki  barcha 
musulmonlar  sehrning  harom  ekani  va  sehrgardan  tavba  qilinishi,  tavba  qilsa  yaxshi,  bo‘lmasa  qatl 
qilinishiga ittifoq qildilar. 
“Ahlus‐sunna  val‐jamoa”  Alloh  ta’oloning  odam  farzandiga  vasvasa  qilib,  uni  adashtiradigan  yoki 
adashishini  xohlagan  jin  shaytonlarini  yaratgani,  ularni  xohlagan  bandalariga  hukmron  qilishi  va 
xohlagan bandalarini ularning makr va hiylalaridan himoya qilishiga iymon keltiradilar.  

  45
Alloh  ta’olo  dedi:  :  “Albatta  shaytonlar  o‘z  do‘stlari  (ya’ni,  mushriklar)ni  sizlar  bilan 
janjallashishlari  uchun  vasvasaga  solurlar.  Agar  ularga  itoat  qilsangizlar,  albatta,  sizlar  (ham) 
mushrikdirsizlar” (An’om: 121). 
“Ulardan  kuching  yetgan  kimsani  ovozing  bilan  qo‘zg‘at,  ularning  ustiga  otliq  va  piyoda 
(lashkaringni) tort, topgan mol‐davlat va farzandlarida ularga sherik bo‘l (ya’ni, ularni haromdan mol‐
dunyo  va  bola‐chaqa  orttirishga  unda),  ularga  (yolg‘on)  va’dalar  qil.  —  Darhaqiqat,  shayton  ulaga 
faqat aldov‐yolg‘on narsalarnigina va’da qilur. —” (Isro: 64). 
“Albatta,  iymon  keltirgan  va  Yolg‘iz  parvardigorlariga  tavakkul  qiladigan  zotlar  ustida  (shayton) 
uchun  hech  qanday  saltanat  —  hukmronlik  yo‘qdir.  Uning  hukmronligi  faqat,  (uni)  do‘st  tutib,  
(Allohga) sherik qilib oladigan kimsalar ustidadir” (Nahl: 99, 100).  

Yettinchi asos. “Ahlus-sunna val-jamoa” ning hukmlarni olish va dalil


keltirish uslubi
“Ahlus‐sunna  val‐jamoa”ning  hukmlarni  olish  va  dalil  keltirishdagi  e’tiqod  asoslaridan  Alloh 
ta’oloning Kitobi Qur’on Karim va Rasulining sahih sunnatlariga botinan va zohiran ergashish va taslim 
bo‘lishdir. Alloh ta’olo dedi: “Alloh va Uning Rasuli bir ishni hukm qilgan — buyurgan vaqtida biron 
mo‘‘min  va  mo‘‘mina  uchun  (Allohning  hukmini  qo‘yib)  o‘zlari  xohlagan  ishlarini  ixtiyor  qilishlari 
joiz  emasdir.  Kim  Alloh  va  Uning  Rasuliga  osiy  bo‘lsa,  bas,  u  ochiq  yo‘ldan  ozish  bilan  yo‘ldan 
ozibdi. ”    (Ahzob: 36) 
Rasululloh  sollallohu  alayhi  va  sallam  dedilar:  “Men  sizlarga  ikki  narsani  qoldirdim.  Agar  uni 
mahkam ushlasangiz hargiz adashmaysiz. Ular Allohning Kitobi va mening sunnatimdir” (Sahih hadis. 
Bu  hadisni  Hokim  “al‐Mustadrak”  kitobida  rivoyat  qildi.  Shayx  Alboniy  “Mishkot”  kitobida  bu 
hadisning sahih ekanini bayon qildi). 
“Ahlus‐sunna  val‐jamoa”:  “Allohning  Kitobi,  so‘ngra  Rasuli  sollallohu  alayhi  va  sallamning 
sunnatlari” — demaydilar. Balki, “ Allohning Kitobi va Rasuli sollallohu alayhi va sallamning sunnatlari 
birgalikda” — deydilar. Chunki sunnat Allohning Kitobi bilan chambarchas bog‘langan va Alloh Rasuli 
sollalohu  alayhi  va  sallamga  itoat  etishni  farz  qilgan,  Zero,  Rasululloh  sallallohu  alayhi  va  sallamning 
sunnati Alloh iroda qilgan ma’noning bayonidir. 
Bundan  so‘ng  “ahlus‐sunna  val‐jamoa”  muhojir  va  ansorlar(21)  kabi  sahobalarga  umuman,  to‘g‘ri 
yo‘lda  bo‘lgan  xalifa  (xulafo  ar‐roshidun)  larga  xususan  ergashadilar.  Chunki  Rasululloh  sollallohu 
alayhi va sallam ularga ergashishga vasiyat qilgan edilar. Ulardan so‘ng esa Rasululloh sallallohu alayhi 
va  sallam  tomonidan  afzal  deb  aytilgan  asrlarda  sahobalardan  so‘ng  yashagan  kishilar  —  tobeinlarga 
ergashadilar.  Chunki  Rasululloh  sollallohu  alayhi  va  sallam:  “Mening  sunnatimni  va  to‘g‘ri  yo‘lda 
bo‘lgan  xalifalarning  sunnatlarini  mahkam  ushlanglar.  Yangi  chiqqan  ishlardan  uzoq  bo‘linglar.  Chuni 
yangi  chiqqan  barcha  narsa  bid’at  va  barcha  bid’at  zalolatdir”  (Shayx  Alboniy:  “Sahihu  Sunani  Abi 
Dovud”). 
Shuning uchun ham “ahllussunna val‐jamoa”ning nizo paytida murojaat etadigan manbasi Allohning 
Kitobi,  Rasululloh  sollallohu  alayhi  va  sallamning  (sahih)  sunnatlaridir.  Alloh  ta’olo  dedi:  “...Bordi‐yu, 
biror  narsa  haqida  talashib  qolsangiz,  —  agar  haqiqatan  Allohga  va  oxirat  kuniga  ishonsangiz  —  u 
narsani Allohga va Payg‘ambariga qaytaringiz! Mana shu yaxshiroq chiroyliroq yechimdir” (Niso: 59). 
Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning sahobalari Qur’oni Karim va Rasullloh sollallohu alayhi va 
sallamning  sunnatlarini  tushunishda  “ahlus‐sunna  val‐jamoa”ning  manbalaridir.  Ular  nazdida  Qur’on 
yoki sahih sunnatdan biron narsa qiyos, zavq, valiyning kashfi, shayx yoki imomning so‘zi bilan muqobil 
qo‘yilmaydi.  Chunki  din  Rasululloh  sollallohu  alayhi  va  sallamning  hayotlik  davrlarida  butunlay 

www.sodiqlar.com  46
Абдуллоҳ Асарий “Салафсолиҳ” - “Аҳлус-сунна вал-жамоа”эътиқоди

mukammal bo‘lgan. Alloh ta’olo dedi: “Bugun sizlarga diningizni komil qildim, ne’matimni benuqson, 
to‘kis qilib berdim va sizlar uchun (faqat) Islomni din qilib tanladim.” (Moida: 3). 
“Ahlus‐sunna  val‐jamoa”  Alloh  va  Rasululloh  sollallohu  alayhi  va  sallamning  so‘zlariga  biron 
kishining so‘zlarini muqaddam qo‘ymaydilar. Alloh ta’olo dedi: “ Ey mo‘minlar, sizlar Alloh va Uning 
payg‘ambari  oldida  (ya’ni  ikkisining  iznisiz  biron  so‘z  yoki  ishga)  qadam  bosmanglar!  Va  Allohdan 
qo‘rqinglar! Albatta Alloh eshitguvchi, bilguvchidir. ” (Hujurot: 1). 
“Ahlus‐sunna  val‐jamoa”:  “Alloh  va  Rasuli  sollallohu  alayhi  va  sallamdan  avval  biron  so‘zni  aytish 
Alloh ta’ologa bilimsiz so‘z aytish va Shayton vasvasasidir”— deb biladilar. 
“Ahlus‐sunna  val‐jamoa”  nazdida  sog‘lom  aql  to‘g‘ri  naqlga  zid  emasdir.  Shuning  uchun  ham  ular 
ishtibohli holatlarda naqlni aqldan muqaddam qo‘yadilar va mushkullik bartaraf bo‘ladi. Zero, naql aql 
uchun  muhol  bo‘lgan  narsalarni  olib  kelmaydi,  Balki,  aqllar  hayron  bo‘ladigan  narsalarni  olib  keladi. 
Inchunun, aql berilgan xabarlar — naqlni tasdiqlaydi, aksi emas. 
“Ahlus‐sunna  val‐jamoa”  aqlning  qadrini  kamaytirmaydilar.  Chunki  u,  mukallaflik  (bandalik 
taklifi)ning  asosidir.  Biroq,  “ahlus‐sunna  val‐jamoa”:  “Aql  shariatga  muqaddam  bo‘la  olmaydi.  Yo‘qsa, 
odamlar  payg‘ambarlardan  behojat  bo‘lar  edilar.  Lekin  aql  shariat  doirasida  harakat  qiladi”—  deb 
aytadilar. Shuning uchun ham, ularni Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning yo‘llariga ergashganlari, 
mutlaq  bo‘ysunganlari  va  uni  mahkam  ushlaganlari  uchun  ham  “ahlus‐sunna”  deb  ataldi.  Alloh  ta’olo 
dedi:  “Endi  agar  ular  sizga  javob  bera  olmasalar,  bilingki,  ular   faqatgina  havoyi  nafslarigagina 
ergashurlar.  Alloh  tomonidan  hidoyatlanmagan  holda  o‘z  havoyi  nafsiga  ergashgan  kimsadan  ham 
yo‘ldan ozganroq kim bor?! Albatta, Alloh zolim qavmni hidoyat qilmas” (Qasas:50).  
“Ahlus‐sunna val‐jamoa” Qur’oni Karim va Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning sunnatlaridan 
so‘ng  ummat  ulamolari  ijmo’  (ittifoq)  qilgan  va  suyangan  hukmlarni  ushlaydilar.  Chunki  Rasululloh 
sollallohu alayhi va sallam ushbu so‘zlarni aytgan edilar: “Alloh ummatimni zalolat uzra jam qilmaydi. 
Allohning  qo‘li  jamoat  uzradir.  Jamoatdan  ajralgan  kimsa  jahannamda  yolg‘iz  qoladi”  (Shayx  Alboniy: 
“Sahihu Sunanit‐Termiziy”).  
Demak, bu ummat haqni tark qilish va botil narsaga ijmo’ qilishdan ma’sumdir.  
“Ahlus‐sunna  val‐jamoa”  Rasululloh  sollallohu  alayhi  va  sallamdan  boshqa  biron  kimsa  uchun 
ma’sumlikni  e’tiqod  qilmaydilar  hamda  Qur’on  va  sunnatda  ochiq  bayon  qilinmagan  narsalar  haqida 
zarurat  qadar  ijtihod  qilish  lozim,  deb  o‘ylaydilar.  Shunday  bo‘lsada,  so‘zi  Qur’oni  Karim  va  sunnatga 
muvofiq  bo‘lmagunicha  biron  kishining  ra’yiga  taassub  qilmaydilar.  Ular:  “Mujtahid  hukmni  to‘g‘ri  va 
xato  chiqarishi  mumkin.  To‘g‘ri  hukm  qilgan  mujtahid  ikki  ajr—ijtihod  va  to‘g‘ri  topganlik  ajri,  xato 
qilgan  mujtahid  esa  bitta  savob  –  ijtihod  savobini  oladi”—  deb  e’tiqod  qiladilar.  “Ahlus‐sunna  val‐
jamoa”ning ijtihodiy masalalardagi farqliligi ular o‘rtasida adovat va yuzko‘rishmaslikni paydo qilmaydi. 
Balki,  ular  bir‐birini  sevib,  ba’zi  masalalarda  ixtilofli  bo‘lsa‐da,  bir‐birlarining  orqalarida  namoz 
o‘qiyveradilar. 
“Ahlus‐sunna  val‐jamoa”  musulmonlardan  biron  kishini  muayyan  faqihning  mazhabida  yurishga 
majbur qilmaydi. Bundan tashqari ular taqlid(22) etish emas, balki dalil bilan ergashish bo‘lsa zarar yo‘q, 
musulmon  bir  mazhabdan  dalili  kuchli  bo‘lgan  boshqa  bir  mazhabga  o‘ta  oladi,  deb  biladilar.  O’zida 
ilmiy  layoqati  bo‘lgan  odam  mazhabboshi  imomlarning  dalillarini  bilishi,  bir  masala  xususida  bir 
imomning  mazhabidan  dalili  va  bilimi  kuchliroq  bo‘lgan  boshqa  bir  imomning  mazhabiga  o‘tishi 
mumkin va dalillarini bilmagan holda bir kishining so‘zlarini mahkam ushlab olmasligi kerak. Chunki u, 
bu bilan muqallid bo‘lib qoladi. U bir narsaga berilgan farqli hukmlarning quvvatlisini o‘rganish uchun 
kuch  va  g‘ayratini  sarf  etishi  kerak.  U  yoki  bu  masalani  quvvatlash  imkonini  qila  olmasa  u  holda  bu 
kishining  hukmi  avom  kishi  hukmidek  bo‘lib  ilm  ahlidan  so‘rash  lozim  bo‘ladi.  Dalillarni  bila 
olmaydigan  omining  mazhabi  —  muftiysining  mazhabidir.  U  Qur’on  va  sunnatni  bilgan  odamdan 

  47
so‘rashi  kerak.  Alloh  ta’olo  dedi:  “Agar  bilmasangizlar  zikr  (ilm)  ahllari  (ulamolar)dan  so‘ranglar!” 
(Nahl: 43). 
“Ahlus‐sunna  val‐jamoa”:  “Dindagi  faqihlik‐bilimdonlik  bilim  va  amal  bilangina  hosil  bo‘ladi.  Ko‘p 
ilmga  erishgan,  biroq  unga  amal  qilmagan  yoki  Rasululloh  sollallohu  alayhi  va  sallamning  yo‘llariga 
ergashmagan kishi faqih emas”— deb aytadilar. 

Sakkizinchi asos. Gunoh bo‘lmagan ishlarda amirlarga itoat etishning


farzligi
Modomiki,  gunoh  ishlarga  buyurmas  ekanlar,  musulmon  amirlarga  itoat  etish  “ahlus‐sunna  val‐
jamoa”  e’tiqodining  asoslaridan  biridir.  Agar  gunoh  ishga  buyursalar  ularning  bu  amrlariga  itoat 
qilinmaydi.  Boshqa,  gunohsiz  ishlarda  esa  Alloh  ta’oloning  quyidagi  so‘zlariga  binoan  ularga  itoat 
qilinadi: “Ey mo‘minlar, Allohga itoat qilingiz, va payg‘ambarga hamda o‘zlaringizdan bo‘lgan (ya’ni 
musulmon)  hokimlarga  bo‘ysuningiz!  Bordiyu  biron  narsa  haqida  talashib  qolsangiz,  —  agar 
haqiqatan  Allohga va  oxirat kuniga ishonsangiz —  u narsani Allohga va payg‘ambariga qaytaringiz! 
Mana shu yaxshiroq va chiroyliroq yechimdir. ” (Niso: 59). 
Rasululloh  sollallohu  alayhi  va  sallamning  bu  so‘zlari  ham  “ahlus‐sunna  val‐jamoa”ning  e’tiqodini 
quvvatlaydi:  “Menga  itoat  qilgan  kishi  Allohga  itoat  qilibdi.  Menga  osiy  bo‘lgan  kishi  Allohga  osiy 
bo‘libdi.  Amirga  itoat  qilgan  kishi  menga  itoat  qilibdi.  Amirga  osiy  bo‘lgan  kishi  menga  osiy  bo‘libdi” 
(Muttafaqun alayh). 
“Sizlarga  boshi  mayiz  kabi  habash  qul[23]  amir  bo‘lsa  ham  unga  quloq  solib,  itoat  etinglar!”  (Imom 
Buxoriy rivoyati)  
“Garchi orqangga savalansa ham, molingni tortib olinsa ham quloq solib itoat etasan. Amiringga itoat 
et!” (Imom Muslim rivoyati). 
“Amirining  biron  narsasini  yoqtirmagan  odam  sabr  qilsin.  Chunki  amiriga  itoatdan  bir  qarich  bo‘lsa 
ham chiqib, shu holda o‘lgan odam faqat johiliyat o‘limi bilan o‘ladi” (Imom Muslim rivoyati).  
Amirlarga  gunoh  bo‘lmaydigan  narsalarda  itoat  etish  “ahlus‐sunna  val‐jamoa”  e’tiqodining 
asoslaridan biridir. Shuning uchun salaf imomlari buni e’tiqod ichiga qo‘shib qo‘ydilar. E’tiqod haqidagi 
kitoblarning barchasida buning taqriri, sharhi va bayoni bordir. Bu itoat har bir musulmon uchun shar’an 
farzdir. Chunki u islom davlatida intizomning vujudga kelishida asosiy ishdir.  
“Ahlus‐sunna  val‐jamoa”  yaxshi  bo‘lsinlar,  yomon  bo‘lsinlar  xalifalar  orqasida  kundalik,  juma  va 
hayit namozlarini o‘qish va ular bilan birgalikda amri ma’ruf, nahiy munkar, jihod va haj qilish, zohirlari 
durust  bo‘lsa  ular  haqiga  yaxshilik  bilan  duo  qilish[24]  joiz  deb  biladilar  va  kufr  bo‘lmagan  gunohlarni 
qilsalar ularga qurol bilan qarshi chiqishni harom qilib, Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan rivoyat 
qilingan  hadisga  ko‘ra, ochiq kufr sodir  bo‘lmagunicha  sabrli bo‘lish fitna vaqtida o‘zaro jang qilmaslik 
va nasihat qilishga[25] da’vat etadilar.  
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: “Imomlaringizning yaxshirog‘i sizlar yaxshi ko‘rgan va 
sizlarni  ham  yaxshi  ko‘rgan,  sizlarga  janoza  namozi  o‘qigan,  sizlar  ham  ularga  janoza  namozi 
o‘qiganlaringizdir. Imomlaringizning yomonrog‘i sizlar yomon ko‘rgan va sizlarni ham yomon ko‘rgan, 
sizlar  la’nat  qilgan  va  sizlarni  ham  la’nat  qilganlaridir”.  Sahobalar:  “Ularga  qilich  bilan  qarshi 
turamizmi.”— dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: “Modomiki, sizlarning ichingizda namozni 
qoim qilar ekanlar, yo‘q. Agar o‘z amirlaringizda yoqtirmagan narsalarni ko‘rsangiz, o‘sha ishini yomon 
ko‘ring. Lekin itoatsizlik qilmang!” — dedilar. 
Rasululloh  sollallohu  alayhi  va  sallam  dedilar:  “Sizlarga  amirlar  ta’yin  qilinadi.  Sizlar  ulardan 
yaxshilikni ham, yomonlikni ham ko‘rasizlar. Kim (ularning yomonliklarini) yomon ko‘rsa, ulardan bezor 

www.sodiqlar.com  48
 Абдуллоҳ Асарий                                 Амирларга итоат этиш 
bo‘libdi  va  gunohlariga  sherik  bo‘lmabdi.  Kim  (ularning  yomonliklarini)  inkor  etsa,  (bu  gunoh 
uqubatidan) qutulibdi. Biroq, ularning yomonliklariga rozi bo‘lgan va ergashgan kishi (unday emasdir)”. 
Sahoblar: “Yo Rasululloh, ular bilan urush qilaylikmi.”— deb so‘radilar. Rasululloh sollallohu alayhi va 
sallam: “Modomiki, namoz o‘qir ekanlar, yo‘q”— deb javob berdilar[26] (Imom Muslim rivoyati).  
Biroq,  gunoh  ishlarda  imomlarga  itoat  qilinmaydi.  Rasululloh  solallohu  alayhi  va  sallam  dedilar: 
“Modomiki  gunohlarga  buyurilmas  ekan   musulmon  odam  yaxshi  va  yomon  ko‘rgan  narsalarda 
(amirlarga)  quloq  solib,  itoat  etishi  farzdir.  Agar  gunohga  buyurilar  ekan,  quloq  solish  va  itoat   etish 
yo‘qdir” (Imom Buxoriy rivoyati). 
“Allohga osiy bo‘lib amirga itoat yo‘qdir. Itoat yaxshi ishlardadir” (Muttafaqun alayh). 
Imom (xalifa) o‘zini qo‘l ostidagi odamlarni tarbiyalash, Allohning dini va shariatiga xizmat qilish va 
Allohning jazolarini barchaga ijro etish uchun Alloh ta’olo tanlagan xodim deb bilishi kerak. Imom Alloh 
yo‘lida  malomatlardan  qo‘rqmaydigan  kuchli,  ummatning  dini,  qoni,  moli,  nomusi,  manfaati, 
osoyishtaligi va barcha narsalariga omonatdor bo‘lishi va o‘zi uchun qasos olmasligi, balki, g‘azabi Alloh 
roziligi uchun bo‘lishi kerak. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: “Alloh bir qavmga yetakchi 
qilib qo‘ygan banda ularga xiyonat qilgan holda o‘lsa, Alloh unga jannatni harom qiladi” (Imom Muslim 
rivoyati).  

To‘qqizinchi asos. “Ahlus-sunna val-jamoa”ning sahobalar, ahli bayt —


xonadon ahllari va xalifalik haqidagi e’tiqodi
Rasululloh  sollallohu  alayhi  va  sallamning  sahobalarini  sevish  va  ularga  nisbatan  qalb  va  tillarni 
salomat  tutish,  “ahlus‐sunna  val‐jamoa”  e’tiqodining  asoslaridan  biridir.  Chunki  sahobalar  odamlar 
ichida  iymoni,  ehsoni,  toat‐ibodati  va  jihodi  ko‘p  bo‘lgan  kishilar  bo‘lib,  Alloh  ta’olo  ularni  o‘z 
payg‘ambari  Muhammad  sollallohu  alayhi  va  sallamga  suhbatdosh  bo‘lish  uchun  tanlab  oldi.  Ular 
o‘zlaridan  keyingilar  yetisha  olmaydigan  imtiyozga  ega  bo‘ldilar.  U  imtiyoz  —  Rasululloh  sollallohu 
alayhi va sallamni ko‘rish va u zot bilan birga yashash edi. 
Sahobalarning  barchasi  Alloh  so‘ngra  Rasululloh  sollallohu  alayhi  va  sallamning  tarbiyalari  bilan 
adolatli,  Alloh  ta’oloning  avliyolari  (do‘stlari)  va  bandalarning  saralaridir.  Ular  bu  ummatning 
Rasululloh  sollallohu  alayhi  va  sallamdan  keyingi  eng  afzallaridir.  Alloh  ta’olo  dedi:  “Muhojir  va 
ansorlarning  birinchi  peshqadamlari  va  ularga  chiroyli  amallar  bilan  ergashgan  zotlar  —  Alloh 
ulardan  rozi bo‘ldi va ular ham Undan rozi bo‘ldilar. Yana (Alloh) ular uchun ostidan anhorlar oqib 
turadigan,  ular  abadiy  qoladigan  jannatlarni  tayyorlab  qo‘ydi.  Mana  shu  buyuk  saodatdir”  (Tavba: 
100). 
Sahobalarning iymon va fazl sohiblari ekaniga guvohlik berish, dindan ekani zaruriy ma’lum bo‘lgan 
qat’iy asoslardandir. Ularni yaxshi ko‘rish din va iymon, ularni yomon ko‘rish esa kufr va munofiqlikdir. 
“Ahlus‐sunna val‐jamoa” ularni faqat yaxshilik bilan tilga oladi. Chunki Rasululloh sollallohu alayhi va 
sallam  ham  ularni  yaxshi  ko‘rdilar  va  ularni  yaxshi  ko‘rishga  vasiyat  qilib  dedilar:  “Allohdan  mening 
sahobalarim haqida qo‘rqinglar! Ularni mendan so‘ng nishon qilib olmanglar! Kim ularni yaxshi ko‘rsa, 
uning  menga  bo‘lgan  muhabbati  bilan  yaxshi  ko‘ribdi.  Kim  ularni  yomon  ko‘rsa,  uning  menga  bo‘lgan 
nafrati bilan yomon ko‘ribdi. Kim ularga ozor bersa, menga ozor beradi. Kim menga ozor bersa, Allohga 
ozor bergan bo‘ladi. Allohga ozor bergan kimsani esa, Alloh tez kunda jazosini beradi”[27] (Shayx Alboniy 
“Za’ifu Sunanit‐Termiziy”)  
Rasululloh sollallohu alayhi va sallamni ko‘rgan yoki u zot bilan suhbatdosh bo‘lgan va unga iymon 
keltirgan kishi suhbatdoshligi bir yil yoki bir oy yoki bir kun yoki bir soat bo‘lsa‐da, sahobadir. 
Daraxt  tagida  Rasululloh  sollallohu  alayhi  va  sallamga  bay’at  qilgan  va  soni  bir  ming  to‘rt  yuzdan 
ortiq  bo‘lgan  sahobalardan  birontasi  jahannamga  kirmaydi.  Chunki  Alloh  ta’olo  ulardan  rozi  bo‘ldi  va 
ular ham Allohdan rozi bo‘ldilar. 
  49
Rasululloh  sollallohu  alayhi  va  sallam:  “Daraxt  tagida  bay’at  qilgan  biron  kishi  jahannamga 
kirmaydi”— dedilar. (Imom Buxoriy rivoyati) 
“Ahlus‐sunna  val‐jamoa”  sahobalar  o‘rtasida  bo‘lib  o‘tgan  kelishmovchiliklardan[28]  ko‘z  yumib,  uni 
Allohga  havola  qiladilar  va:  “ularning  qaysi  biri  to‘g‘ri  ish  qilgan  bo‘lsa  unga  ikki  ajr,  qaysi  biri  xato 
qilgan bo‘lsa bir ajr oladi va inshaallox, uning xatosi kechirilgandir”— deb e’tiqod kiladilar.   
“Ahlus‐sunna val‐jamoa” sahobalarning birontasini haqoratli so‘zlar bilan tilga olmaydi. Balki, ularni 
Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning quyidagi so‘zlariga binoan o‘zlariga loyiq bo‘lgan maqtovlar 
bilan  tilga  oladilar.  Rasululloh  sollallohu  alayhi  va  sallam  dedilar:  “Sahobalarimni  haqorat  qilmanglar! 
Sahobalarimni  haqorat  qilmanglar!  Jonim  qo‘lida  bo‘lgan  zotga  qasamki,  agar  sizlarnig  biringiz  Uhud 
tog‘icha  oltin  infoq‐ehson  qilsa,  ulardan  birining  bir  mud  (bir  hovuch)  yoki  yarim  mud  ehsoniga  ham 
barobar kelmas!”[29] (Imom Muslim rivoyati)  
“Ahlus‐sunna  val‐jamoa”:  “Sahobalar  xatolardan  ma’sum  emas.  Ma’sumlik  Alloh  ta’olo  vahiyni 
yetkazish  uchun  tanlab  olgan  payg‘ambarlargagina  xos.  Alloh  ta’olo  shaxslarni  emas,  ummatni 
jamlangan holda xato qilishdan saqladi” — deb e’tiqod qiladilar. 
Rasululloh  sollallohu  alayhi  va  sallam  dedilar:  “Alloh  ta’olo  ummatimni  zalolatga  jam  qilmadi. 
Allohning ko‘li jamoatdadir” (Shayx Alboniy. “Sahihu Sunanit‐Termiziy”). 
“Ahlus‐sunna  val‐jamoa”  to‘rt  sahoba:  Abu  Bakr,  Umar,  Usmon  va  Aliy  raziyallohu  anhumlar  bu 
ummatning  Rasululloh  sollallohu  alayhi  va  sallamdan  keyingi  to‘g‘ri  yo‘lga  yo‘llangan  xalifalar  bo‘lib, 
ularga jannat xabari berilgan. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam zikr qilgan nubuvvat xalifaligi o‘ttiz 
yil  davom  etdi  va  imom  Hasan  raziyallohu  anhuning  xalifaligi  bilan  nihoyasiga  yetdi  ”  —  deb  e’tiqod 
qiladilar.  Rasululloh  sollallohu  alayhi  va  sallam  dedilar:  “Mening  ummatimda  xalifalik  o‘ttiz  yildir. 
Undan keyin podshohlik bo‘ladi” (Imom Muslim rivoyati). 
“Ahlus‐sunna val‐jamoa” ulardan so‘ng Rasululloh sollallohu alayhi va sallam jannatga kirishlaridan 
bashorat bergan o‘n sahobaning qolganlarini afzal ko‘radilar. Ular: Talha ibn Ubaydulloh, Zubayr ibn al‐
Avvom,  Sa’d  ibn  Abi  Vaqqos,  Said  ibn  Zayd,  Abdurrahmon  ibn  Avf  va  bu  ummatning  amini  — 
omonatdori  Abu  Ubayda  ibnul  Jarrohdir.  Alloh  ularning  barchasidan  rozi  bo‘lsin.  Ulardan  keyingi 
afzallari  Badr  janggida  ishtirok  etganlari,  ulardan  keyingilari  daraxt  tagida  “Rizvon”  (rozilik)  bay’atida 
ishtrok  etgan  sahobalar,  ulardan  keyingilari  esa  qolgan  barcha  sahobalardir.  Sahobalarni  sevgan,  ular 
uchun  xayrli  duolar  qilgan,  ularning  haqlarini  rioya  qilgan  va  afzalliklarini  bilgan  odam  zafar  quchgan 
odamdir. Ularni yomon ko‘rgan va haqorat qilgan odam esa, halok bo‘lgan odamdir. 
“Ahlus‐sunna  val‐jamoa”  Rasululloh  sollalohu  alayhi  va  sallamning  so‘zlariga  binoan  Rasululloh 
sollallohu  alayhi  va  sallamning  xonadonini  yaxshi  ko‘radilar:  “Men  sizlarga  o‘z  xonadonim  (haqqini 
rioya  etishingiz)  haqida  Alloh  ta’olo(dan  qo‘rqishingiz)ni  eslataman.  Men  sizlarga  o‘z  xonadonim 
(haqqini rioya etishingiz) haqida Alloh ta’olo(dan qo‘rqishingiz)ni eslataman!” (Imom Muslim rivoyati). 
“Alloh  ta’olo  Ismoil  urug‘ini  tanladi.  Ismoil  urug‘idan  esa  Kinonani,  Kinonadan   Qurayshni, 
Qurayshdan Hoshim urug‘ini va Hoshim urug‘idan meni tanladi”[30]. (Imom muslim rivoyati)  
“Ahlus‐sunna  val‐jamoa”  Rasululloh  sollallohu  alayhi  va  sallamning  ayollari,  Qur’onning  bergan 
xabariga ko‘ra «Ummahatul mu’miniyn» “Mo‘minlarning onalari”ni yaxshi ko‘radilar. Alloh ta’olo dedi: 
“Ey,  Payg‘ambar  ayollari,  ayollardan  birontasi  kabi  emasdirsizlar  (ya’ni  biron  ayol  fazlu  martabada 
sizlar kabi bo‘la olmas). Bas, sizlar agar taqvodor bo‘lsangizlar (parda ortidan biron nomahram erkakka 
javob qilgan paytlaringizda) mayin‐nazokatli so‘z qilmanglarki, u holda ko‘nglida maraz‐nifoq bo‘lgan 
kimsa  ta’ma  qilib  qolur.  Yaxshi  —  to‘g‘ri  so‘zni  so‘zlanglar!  O’z  uylaringizda  barqaror  bo‘linglar, 
(ya’ni,  besabab  uylaringizdan  tashqariga  chiqmanglar,  magar  biron  hojat  uchun  chiqqanlaringizda  esa) 
ilgarigi  dinsizlik  (davri)dagi  yasan‐tusandek  yasanmanglar!  Namozni  to‘kis  ado  qilinglar,  zakotni 
(haqdorlarga)  ato  etinglar  hamda  (barcha  ishlarda)  Alloh  va  Uning  payg‘ambariga  itoat  etinglar!  Ey, 

www.sodiqlar.com  50
Абдуллоҳ Асарий “Салафсолиҳ” - “Аҳлус-сунна вал-жамоа”эътиқоди

(Payg‘ambar) xonadonining ahli, Alloh sizlardan gunohni ketkazishni va sizlarni butunlay poklashni 
istaydi, xolos.” (Ahzob: 32, 33). 
Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning muhtarama ayollari:  
Xadija  bint  Huvaylid,  Oisha  bint  Abi  Bakr,  Hafsa  bint  Umar  ibn  Xattob,  Ummu  Habiba  bint  Abu 
Sufyon,  Ummu  Salama  bint  Abi  Umayya  ibn  Mug‘ira,  Savda  bint  Zam’a  ibn  Qays,  Zaynab  bint  Jahsh, 
Maymuna bint Horis, Juvayriyya bint Horis ibn Abi Ziror va Sofiyya bint Huyay ibn Ahtobdirlar. Alloh 
ularning barchasidan rozi bo‘lsin! 
“Ahlus‐sunna  val‐jamoa”  ularni  barcha  yomonliklardan  pok  va  ular  Rasululloh  sollallohu  alayhi  va 
sallamning dunyo va oxiratdagi ayollaridir, deb e’tiqod qiladilar. 
“Ahlus‐sunna val‐jamoa”: “Ularning afzallari Xadija bint Huvaylid va Oisha bint Abi Bakrdir — Alloh 
ulardan  rozi  bo‘lsin”  —  deb  hisoblaydilar.  Oisha  bint  Abi  Bakr  razyallohu  anhoning  barcha  u  kishiga 
tuhmat  qilingan  ishlardan  pok  ekanini  Alloh  ta’olo  Qur’oni Karimda  bayon  qildi.  Shuning  uchun  ham, 
unga  tuhmat  qilgan  har  bir  kishi  kofirdir.  Rasululloh  sollallohu  alayhi  va  sallam  dedilar:  “Oishaning 
boshqa  ayollarga  nisbatan  afzalligi  saridning[31]  boshqa  taomlarga  nisbatan  afzalligi  kabidir”  (Imom 
Buxoriy). 

O’ninchi asos. “Ahlus-sunna val-jamoa”ning bid’at va nafs-havo ahliga


munosabati
“Ahlus‐sunna  val‐jamoa”  e’tqodining  asoslaridan  biri  —  ular  dinda  undan  bo‘lmagan  narsalarni 
paydo  qilgan  kishilardan  nafratlanish,  ularni  yaxshi  ko‘rmaslik,  so‘zlarini  eshitmaslik,  ular  bilan 
do‘stlashmaslik,  birga  o‘tirmaslik  va  bahs  qilmaslik,  ularning  botil  so‘zlarini  eshitishdan  quloqlarni 
ehtiyot  qilish,  ularning  ahvollari  va  yomonliklarini  bayon  qilish,  ulardan  ummatni  ogohlantirib, 
odamlarni nafratlantirish kerak, deb bilishlaridir. 
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: “Mendan avval yuborilgan barcha payg‘ambarning o‘z 
ummati  ichida  uning  sunnatini  ushlab,  amrlariga  ergashadigan  havoriy  —  izdoshlari  va  ashoblari 
bo‘lgan.  Ulardan  so‘ng  esa,  qilmaydigan  narsalarini  so‘zlaydigan  va  buyurilmagan  narsalarni  qiladigan 
«Xuluf»lar  –  yomon  kishilar  keladi.  Ularni  qo‘li  bilan  qaytarib  jihod  qilgan  kishi  —  mo‘‘mindir.  Ularga 
qarshi  tili  bilan  jihod  qilgan  odam  —  mo‘‘mindir.  Ularga  qalbi  bilan  jihod  qilgan  (ya’ni,  hech 
bo‘lmaganda  dilida  ularni  yomon  ko‘rgan)  odam  —  mo‘‘mindir.  Bulardan  boshqa  holatlarda  hardal 
(hardal‐gorchitsa)ning urug‘icha ham iymon yo‘q”.  (Shayx Alboniy: “Sahihu Sunani Abi Dovud”) 
“Ummatimning  oxirida  sizlarga  sizlar  va  otalaringiz  eshitmagan  so‘zlarni  so‘zlaydigan  odamlar 
chiqadilar. O’zingizni ulardan, ularni o‘zingizdan uzoq tuting!” (Imom Muslim rivoyati). 
“Ahlus‐sunna  val‐jamoa”  bid’atga:  “Bid’at  —  payg‘ambarimiz  Muhammad  sollallohu  alayxi  va 
sallamning vafotidan va din komil bo‘lganidan so‘ng din ko‘rinishida paydo bo‘lgan, qilish uchun Qur’on 
va  sunnatda  biron  bir  dalili  bo‘lmagan  yoki  dinda  Alloh  ta’ologa  yaqin  bo‘lish  yoki  ibodat  qilish 
maqsadida shariatga o‘xshash yo‘llar bilan chiqarilgan barcha yangiliklardir. Shuning uchun ham bid’at 
sunnatning muqobilidir. Biroq sunnat hidoyat, bid’at esa zalolatdir”— deb ta’riflaydilar. 
Bid’at,  ularning  nazdida,  bid’at  komil  tavhidga  qarshilik  qiladi.  U  shirk  vasilalaridan  biridir,  ya’ni 
Alloh ta’ologa U mashru’ qilmagan narsalar bilan ibodat qilishdir. Vasilalar esa maqsadlar hukmidadir. 
Alloh  ta’ologa  ibodat  qilishda  shirkka  yoki  dinda  yangilikka  olib boradigan  har  qanday  narsaning yo‘li 
to‘silishi  kerak.  Chunki  din  komil  bo‘lgandir.  Alloh  ta’olo  dedi:  “Bugun  sizlarga  diningizni  komil 
qildim, ne’matimni benuqson, to‘kis qilib berdim va sizlar uchun (faqat) Islomni din qilib tanladim.” 
(Moida: 3). 

  51
Rasululloh  salollallohu  alayhi  va  sallam  dedilar:  “Kim  bizning  shu  ishimizda  undan  bo‘lmagan 
narsani paydo qilsa, u (ish) rad qilingandir” (Muttafaqun alayh). 
“So‘zning  yaxshirog‘i  Allohning  Kitobi,  yo‘lning  yaxshirog‘i  Muhammad  sollallohu  alayhi  va 
sallamning  yo‘li,  ishlarning  yomonrog‘i  (dinda)  yangi  paydo  bo‘lganlaridir.  Va  barcha  bid’at 
zalolatdir”[32] (Imom Muslim rivoyati).  
“Ahlus‐sunna  val‐jamoa”:  “Bid’atlar  bir  xil  darajada  emas,  bir‐biridan  farqli  bir  necha  turlidir. 
Ularning  ba’zilari  dindan  chiqarar,  ba’zilari  esa  chiqarmas,  ba’zilari  katta  gunohlar,  ba’zilari  esa  kichik 
gunohlar  qatoridadir.  Biroq,  ularning  barchasi  zalolat  ekanida  mushtarakdir.  Kulliy  (asosiy)  bid’atlar 
juz’iy bid’atlar kabi, oddiy bid’atlar murakkab bid’atlar kabi, haqiqiylari keyin qo‘shilganlari kabi o‘z jinsi 
va hukmlarida bir xil emasdir”— deb aytadilar. 
Bundan  tashqari  bid’atlar  o‘z  hukmida  ham  farqli:  birisi  kufr  va  birisi  fisq  bo‘lganidek,  uni  qilgan 
kishilarning  hukmlari  ham  farqlidir.  Shuning  uchun  ham  “ahlus‐sunna  val‐jamoa”  bid’atchilar  ustidan 
bir xil hukm qilmaydilar. Balki, qilgan bid’atlariga qarab turli shaxslarga turlicha hukm qiladi. Zero, johil 
va  ta’vilchi  qilayotgan  bid’atini  bilib  qilgan  kishi  kabi  emas,  mujtahid  olim  esa  o‘z  bid’atiga  da’vat 
etayotgan va nafs‐havosiga ergashgan olim kabi emasdir. “Ahlus‐sunna val‐jamoa” bid’atini oshkor qilib, 
unga  da’vat  etayotgan  kishilarga  o‘z  bid’atini  pinhona  qilayotgan  kishilarga  qilgan  muomalalarini 
qilmaydilar.  Chunki  bid’atga  da’vat  etayotgan  kishining  zarari  boshqalarga  ham  ta’sir  qiladi.  Shuning 
uchun  ham  uni  to‘xtatish,  qilgan  ishlarini  ochib  tashlash  va  bid’atlaridan  tiyilishi  uchun  uni  jazolash 
kerak. Chunki u gunoh (munkar) ishni oshkora qildi va jazoga loyiq bo‘ldi. 
Mazkur  sabablarga  ko‘ra,  “ahlus‐sunna  val‐jamoa”  har  bir  bid’atchiga  o‘ziga  xos  muomala  qiladi. 
Bid’atchilar va ularga taqlid qilgan kishilarning barchasiga Alloh ta’olodan hidoyat so‘rab duo qiladilar. 
Ularga  sunnat  va  hidoyatda  bo‘lishlarini  tilaydilar.  Qilgan  ishlari  xato  ekanini  tavba  qilishlari  uchun 
tushuntiradilar.  Qilgan  ishlari  kufr  bo‘lmasa  zohirlariga  qarab  hukm  qilib,  ichki  dunyolarini  Allohga 
havola qiladilar. 
Bid’at va nafs‐havo ahlining belgilari  
Nafs‐havosiga berilgan va bid’atchi kimsalarning ularda zuhur etib turadigan va taniladigan belgilari 
bor.  Islom  ummatini  ogohlantirish  va  bid’atchilarning  yo‘llariga  yurib  ketishdan  qaytarish  uchun  ular 
haqida  Alloh ta’olo O’z Kitobida va Rasul sollallohu alayhi va sallam o‘z sunnatlarida xabar berdi.  
Ularning belgilaridan ba’zilari quyidagilar: 
Shariat  maqsadlarini  bilmaslik,  tarqoqlik,  jamoatdan  uzoq  bo‘lish,  bahs‐janjal  qilish,  havosiga 
ergashish,  aqlni  naqlga  muqaddam  qo‘yish,  sunnatni  bilmaslik,  mutashobih  —  haqiqatini  bilish  imkoni 
yo‘q bo‘lgan oyatlar haqida bahslarga berilish, sunnatni Qur’onga qarshi qo‘yish, shaxslarni ulug‘lashda 
va  ibodatda  g‘uluv  ketish,  o‘zni  kofirlarga  o‘xshatish,  sunnat  ahliga  turli  laqablar  qo‘yish,  salaf  yo‘lida 
yurgan  kishilarni  yomon  ko‘rish  va  ularni  Rasululloh  sollallohu  alayhi  va  sallamning  xabarlarini 
keltirgan  kishilarga  dushman  bo‘lish  va  ularni  yengil  sanash.  O’zlariga  muxolif  bo‘lgan  odamlarni 
dalilsiz kofir hisoblash. Haqgo‘y kishilarga qarshi hokimlar va sultonlardan yordam so‘rash. 
“Ahlus‐sunna  val‐jamoa”  bid’atchilarning  asosiylari  to‘rtta  deb  biladilar.  Ular:  rofiza‐shialar, 
havorijlar, qadariyyalar va murjialardir. Bulardan ko‘plab firqalar ajralib chiqdi va Rasululloh sollallohu 
alayhi va sallam xabar berganlaridek, yetmish ikki guruhga yetib bordilar. 
“Ahlus‐sunna  val‐jamoa”ning  bid’atchi  va  nafs‐havolariga  ergashgan  kishilarga  raddiya  berishda 
yaxshi sa’y‐harakatlari bor. Ularning bular haqida aytgan so‘zlari ko‘p bo‘lib, biz quyida misol tariqasida 
ulardan ba’zilarini keltiramiz. 
Imom Ahmad ibn Sinan al‐Katton rahimahulloh dedi: “Dunyoda qaysi bid’atchi bo‘lmasin hadis ahlini 
yomon ko‘radi. Bid’at ishlarni qilguvchi kimsaning qalbidan hadisning halovati ketadi” [33] 

www.sodiqlar.com  52
Абдуллоҳ Асарий “Салафсолиҳ” - “Аҳлус-сунна вал-жамоа”эътиқоди

Imom  Abu  Hotim  al‐Hanzaliy  ar‐Roziy  rahimahulloh  dedi:  “Bid’atchilarning  belgisi  —  hadis  ahlini 
ayblab  g‘iybat  qilib  yurish,  zindiqlarning  belgisi  —  hadis  ahlini  salaflardan  kelgan  xabarlarni  bekor 
qilgan  “xashaviylar”  deb  atashlari,  jahmiylarning  belgisi  —  salaf  yo‘lida  yurgan  kishilarni 
“mushabbihalar”  (Allohni  maxluqlarga  o‘xshatuvchilar)  deb,  qadariyyalarning  belgisi  —  salaf  yo‘lida 
yurgan kishilarni “mujabbiralar” deb, murjialarning belgisi — salaf yo‘lida yurgan kishilarni “muxolifa”, 
nuqsoniyya”  deb,  rofizalarning  belgisi  —  salaf  yo‘lida  yurgan  kishilarni  “nosibalar”  deb  atashlaridir. 
“Ahlus‐sunna”ning  bir  ismi  bor.  “Ahlus‐sunna”ni  yuqoridagi  barcha  nomlar  bilan  nomlash  xato,  balki 
maholdir″[34] 
Makka  shahridagi  ibn  Katilaga  hadis  ahlini  eslatilsa,  u:  “Hadis  ahli  yomon  odamlar”—  deb  aytibdi” 
deyilganida  Imom  Ahmad  ibn  Hanbal  rahimahulloh:  “U  —  zindiqdir,  u  —  zindiqdir,  u  —  zindiqdir”‐
deb, qo‘llarini siltab uylariga kirib ketdilar” [35] 
Alloh  ta’olo  hadis  ahlini  va  “ahlus‐sunna”ni  ularga  nisbat  berilgan  barcha  ayblardan  himoya  qildi. 
Ular Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning yo‘llari bo‘lmish ulug‘ sunnat, maqbul siyrat, to‘g‘ri yo‘l, 
kuchli  va  yetuk  hujjat  sohiblaridir.  Alloh  ta’olo  ularni  O’zining  Kitobi  va  Rasuli  sollallohu  alayhi  va 
sallamning sunnatlariga ergashish, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam va din imomlari hamda Islom 
yo‘lida harakat qilgan ummat olimlarini yaxshi ko‘rishga muvaffaq qildi. Rasululloh sollallohu alayhi va 
sallam: “Kishi o‘zi yaxshi ko‘rgan qavm bilan birgadir”—  [36]deb xabar berganlaridek, kim kimni yaxshi 
ko‘rsa u bilan birgadir. 
Rasululloh  sollallohu  alayhi  va  sallam,  ummatning  dastlabki  uch  avlodi  hidoyat  imomlari,  shariat 
olimlari, muhaddislar, salaflar bo‘lmish sahobalar, tobeinlar, taba’a‐tobeinlarni yaxshi ko‘rgan va ularga 
bizning kunimizga qadar ergashgan kishi “ahlus‐sunna” ya’ni, sunnat sohibidir.  
Salaf ulamolarining bid’atchilardan ehtiyot bo‘lish haqidagi o‘gitlari 
 • Amirul‐mo‘‘minin Umar ibn Hattob raziallohu anhu dedi: “Yaqin kunda ba’zi odamlar kelib sizlar 
bilan  Qur’ondagi  haqiqatini  bilish  imkonsiz  oyatlar  bilan  bahs  qiladilar.  Ularga  sunnat  bilan  hujjatlar 
keltiringlar! Chunki sunnat sohiblari sunnatni  biluvchiroqdirlar” Imom Lalakaiy: “Sharhu usuli e’tiqodi 
ahlissunnati val‐jamaati”. Ibn Batta: “al‐Ibana” 
•  Taqdirni  inkor  etgan  kishilar  haqida  berilgan  savolga  Abdulloh  ibn  Umar  raziallohu  anhu:  “Agar 
ularni  uchratsang  ularga:  “Abdulloh  ibn  Umar  ulardan,  ular  esa  Abdulloh  ibn  Umardan  bezor  ekanini 
bildir”— deb uch marta takrorladi (Imom Lalakaiy: “Sharhu usuli e’tiqodi ahlissunnati val‐jamaati”). 
•  Abdulloh  ibn  Abbos  raziallohu  anhu  dedi:  “Nafs‐havosiga  ergashgan  kishilar  bilan  birga  o‘tirma! 
Ular bilan o‘tirish qalbni kasal qiladi” (Imom Lalakaiy: “Sharhu usuli e’tiqodi ahlissunnati val‐jamaati”). 
• Zohid va olim Fuzayl ibn Iyoz rahimahulloh dedi: “Bid’atchidan diningga ehtiyot bo‘l! U bilan o‘z 
ishlaringda maslahat qilma va birga o‘tirma! Bid’atchi bilan birga o‘tirgan kishining qalbini Alloh Ta’olo 
ko‘r qiladi” (Imom Lalakaiy: “Sharhu usuli e’tiqodi ahlissunnati val‐jamaati”). 
•  Imom  Abdulloh  ibn  Muborak  rahimahulloh  dedi:  “Parvardigoro,  bid’atchiga  menga  yaxshilik 
qilishni  taqdir  etmaki,  qalbim  uni  yaxshi  ko‘rib  qolmasin!”  (Imom  Lalakaiy:  “Sharhu  usuli  e’tiqodi 
ahlissunnati val‐jamaati”). 
•  Imom  Hasan  Basriy  rahimahulloh  dedi:  “Alloh  Ta’olo  nafs‐havosiga  ergashgan  kishining  tavba 
qilishiga izn bermadi” (Imom Lalakaiy: “Sharhu usuli e’tiqodi ahlissunnati val‐jamaati”). 
•  Mo‘‘minlarning  hadis  bobidagi  amiri  Sufyon  Savriy  rahimahulloh  dedi:  “Bid’atchining  so‘zlariga 
bid’atchi  ekanini  bila  turib  quloq  solgan  odamdan  Alloh  Ta’oloning  himoyasi  ko‘tariladi  va  o‘z  holiga 
tashlab qo‘yiladi” (Ibn Vaddoh: “al‐Bida’ van‐Nahyu anho”). 
•  Imom  Avzoiy  rahimahulloh  dedi:  “Bid’atchiga  bahs  qilish  imkonini  bermangiz!  Chunki  u 
qalbingizda fitnasi orqali shubha paydo qiladi” (Ibn Vazzoh: “al‐Bida’ van‐Nahyu anho”). 

  53
•  Muhammad  ibn  Siriyn  rahimahulloh  bid’atdan  ogohlantirib  dedi:  “Bir  bid’atni  paydo  qilgan  kishi 
bir sunnatdan voz kechadi” (Imom Muslim rivoyati). 
• Imom Molik ibn Anas raziallohu anhu dedi: “Bid’atchiga salom berilmaydi hamda unga qiz berib, 
qiz olinmaydi” (Imom Molik: “al‐Madinatul‐Munavvara”). 
•  Imom  Shofiiy  rahimahulloh  kalom  ilmi  (aqliy  dalillarni  naqliy  dalillar  ustiga  afzal  ko‘rish)  haqida 
so‘zlayotgan  odamlarni  ko‘rib  baralla:  “Yo  biz  bilan  yaxshilikcha  o‘tirasizlar  yoki  o‘rningizdan  turib 
ketasizlar!”— dedilar. (Nasr ibn Ibrohim Maqdisiy: “Muxtasar kitabil‐hujjati ala taariqil‐mahajjati”). 
•  Ahlus‐sunnaning  imomi  Ahmad  ibn  Hanbal  rahimahulloh  dedi:  “Bid’atchi  va  nafs‐havolariga 
berilgan  kishilardan  musulmonlarning  biron  ishida  yordam  so‘ralmaydi.  Chunki  buning  dinga  katta 
zarari bordir” (Ibn Javziy: “Manaqibul‐imom Ahmad”). 
“Bid’atlarning  barchasidan  saqlan! Biron  bid’atchi  bilan diniy ishlaring haqida maslahat qilma!” (Ibn 
Javziy: “Manaqibul‐imom Ahmad”). 
•  Imom  Abdurrahmon  ibn  Mahdiy  rahimahulloh  dedi:  “Nafs‐havolariga  berilgan  kishilar  ichida 
Jahmning  safdoshlaridan  ko‘ra  yomonroq  odamlar  yo‘qdir.  Chunki  ular:  “Osmonda  hech  kim  yo‘q”— 
deb aytadilar, Mening ra’yim Allohga qasamki, ularga qiz va meros berilmasligidir” (Abdulloh ibn imom 
Ahmad: “Kitabus‐sunna”). 
•  Abu  Kiloba  Basriy  rahimahulloh  dedi:  “Nafs‐havosiga  berilgan  kishilar  bilan  birga  o‘tirmanglar! 
Garchi ular kirgan mavzularga kirmasangiz‐da, sizlarni bilgan narsalaringizda ham chalg‘itib qo‘yadilar” 
(Ibn Batta: “al‐Ibaana”). 
•  Ayyub  Saxtayoniy  rahimahulloh  dedi:  “Nafsu  havo  ahli  zalolat  ahlidir.  Ular  oqibatini  do‘zaxdan 
boshqa narsa deb bilmayman”. (Ibn Batta: “al‐Ibaana”). 
•  Qoziy  Abu  Yusuf  rahimahulloh:  “Men  jahmiy,  rofiziy  (shia)  va  qadariylar  orqasida  namoz 
o‘qimayman”— dedilar[37]. (Lalakaiy: “Sharhu usuli e’tiqodi ahlissunnati val‐jamaati”). 
• Shayxulislom Abu Usmon Ismoil Sobuniy rahimahulloh dedi: «Bid’atchilarning belgilari ma’lumdir. 
Ular  ichida  eng  aniq  ko‘rinib  turadigani,  Rasululloh  sollallohu  alayhi  va  sallamdan  xabar  olib  kelgan 
kishilarga dushmanlik qilish, ularni tahqirlash, “hashaviylar”, johillar, “zohiriylar” va “mushabbihlar”—
deb  atashlaridir.  Sababi  ular  Rasululloh  sollallohu  alayhi  va  sallamning  xabarlari  haqida:  Bu  xabarlar 
ilmdan  uzoqdir  deb  bilishlari  va  haqiqiy  ilm  bu  ularning  qalblariga  Shayton  tashlayotgan,  fosid  aqllari 
o‘ylab  topgan  hamda  qora  qalblari  vasvasa  qilgan  narsalar  deb  e’tiqod  qilishlaridir».  (“Aqidatus‐salaf 
ahlil‐hadis). 
•  Imom  Shofiiy  rahimahulloh  bid’atchi  va  nafs‐havolariga  ergashgan  kishilar  haqidagi  hukmini 
qo‘yidagi so‘zlar bilan ifodaladi: 
«Mening  kalom  ahllari  haqidagi  hukmim  —  ularni  xurmo  shoxlari  bilan  savalash  va  tuyalarga 
mindirilib  qabila  va  urug‘lar  o‘rtasida  aylantirish  hamda:  “Kitob  va  sunnatni  tashlab,  kalomga 
berilganlarning jazosi shudir”— deb aytilishidir». (Imom Bag‘aviy: “Sharhussunna”). 
•  Abu  Muhammad  ibn  Mas’ud  ibn  Farro’  Bag‘aviy  dedi:  “Sahobalar,  tobeinlar,  tobeinlarga 
ergashganlar  va  sunnat  olimlari  bid’atchilarga  nisbatan  dushmanlik  va  ularni  tark  qilish  e’tiqodida 
hayotdan o‘tdilar” (Imom Bag‘aviy: “Sharhussunna”). 
• Imom Ismoil Sobuniy o‘zining bebaho kitobi “Aqidatus‐salaf ashabil‐hadis” (Salaf — hadis ahlining 
e’tiqodi) nomli kitobida “ahlus‐sunna”ning bid’atchilarni xorlash haqidagi ijmo’(ittifoq)‐ larini naql qilib 
dedi: “Kitobimning bu bo‘limida keltirilgan jumlalar salaf o‘rtasida hech xilofsiz qilgan e’tiqodlari, balki, 
ijmo’laridir‐ki, ular bid’atchilarni xorlash, xo‘rlash, ularni sharmanda qilish, uzoqlashtirish, ulardan uzoq 
bo‘lish va ularni tark qilish bilan Alloh Ta’ologa yaqin bo‘lishga ittifoq qildilar”. 

www.sodiqlar.com  54
Абдуллоҳ Асарий “Салафсолиҳ” - “Аҳлус-сунна вал-жамоа”эътиқоди

O’n birinchi asos. “Ahlus-sunna val-jamoa”ning suluk va ahloqdagi yo‘li


Salaf  solih  —  “ahlus‐sunna  val‐jamoa”  e’tiqodining  asoslaridan  biri  —  ular  “al‐amru  bil‐ma’ruf” 
(yaxshilikka buyurish) va “an‐nahyu anil‐munkar” (yomonlikdan qaytarish)[38] ishlarini olib boradilar va 
Islom ummatining yaxshiligi amri ma’ruf va nahiy munkar bilan boqiydir, amri ma’ruf va nahiy munkar 
Islom  dinining  buyuk  an’analaridan  hamda  Islom  jamoasini  saqlanib  qolish  sabablaridandir.  U  inson 
toqatiga  qarab  farz  bo‘ladi  va  bunda  undan  kelayotgan  manfaat  e’tiborga  olinadi”—  deb  iymon 
keltiradilar. Alloh ta’olo dedi:  
«(Ey  ummati  Muhammad),  sizlar  odamlar  uchun  chiqarilgan  millatlarning  eng  yaxshisi  bo‘ldingiz. 
Zero, sizlar yaxshi amalga buyurasiz, isyon – gunohdan qaytarasiz va Allohga iymon keltirasiz» (Oli 
Imron: 110).  
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: “Sizlarning qaysi biringiz gunoh ishni ko‘rsa uni qo‘li 
bilan, qudrati yetmasa tili bilan, qodir bo‘lmasa qalbi bilan o‘zgartirsin. Bu esa, (qalb bilan o‘zgartirish)  
eng zaif iymondir”. (Imom Muslim rivoyati). 
“Ahlus‐sunna val‐jamoa” amri ma’ruf va nahiy munkar qilishda  muloyimlik, hikmat bilan da’vat va 
chiroyli mav’izalarni oldinga  qo‘yadilar. Alloh ta’olo dedi:  
«(Ey Muhammad sollallohu alayhi va sallam), Parvardigoringizning Yo‘liga – Diniga donolik – hikmat 
va  chiroyli  pand‐nasihat  bilan  da’vat  qiling!  Ular  (Siz  bilan  talashib‐tortishadigan  kimsalar)  bilan  eng 
go‘zal yo‘lda mujodala – munozara qiling!» (Nahl: 125). 
“Ahlus‐sunna  val‐jamoa”  yaxshilikka  buyurish  va  yomonlikdan  qaytarish  paytida,  Alloh  ta’oloning 
quyidagi so‘zlarida bayon qilinganidek, xalqdan kelgan ozorlarga sabr qilish vojib deb o‘ylaydilar. Alloh 
ta’olo dedi:  
«Ey  o‘g‘ilcham,  namozni  to‘kis  ado  et,  yaxshilikka  buyur  va  yomonlikdan  qaytar  hamda  o‘zingga 
yetgan (balolarga) sabr qil! Albatta mana shu—ishlarning maqsadga muvofig‘idir». (Luqmon:17). 
“Ahlus‐sunna  val‐jamoa”  yaxshilikka  buyurib,  yomonlikdan  qaytarar  ekan,  shu  vaqtning  o‘zida, 
boshqa bir asos — jamoatni, birlikni va yaxlitlikni saqlash va tarqoqlikning oldini olishga rioya qiladi. 
“Ahlus‐sunna  val‐jamoa”  har  bir  musulmon  bilan  samimiy  hamda  ezgulik  va  taqvo  asosida  hamkor 
bo‘ladilar.  Rasululloh  sollallohu  alayhi  va  sallam:  “Din  samimiy  bo‘lishlikdir”—  dedilar.  Sahobalar: 
“Kimlarga”,  deb  so‘radilar.  Rasululloh  sollallohu  alayhi  va  sallam:  “Alloh,  Uning  Kitobi,  Uning  rasuli 
hamda musulmonlarning boshliqlari va ommasiga”— deb javob berdilar” (Imom Muslim rivoyati). 
“Ahlus‐sunna  val‐jamoa”  juma  va  jamoat  namozlari,  haj,  jihod  va  iyd  (hayit  bayram)larni  amirlar 
bilan, ular xoh solih va xoh fojir bo‘lsinlar, bid’at ahliga xilof o‘laroq birga ado etishga ri’oya qiladilar.  
“Ahlus‐sunna val‐jamoa” farz namozlarini avvalgi vaqtida jamoat bilan ado etish uchun shoshiladilar 
(chunki  namozlarning  avvalgi  vaqti  oxirgi  vaqtidan  ko‘ra  afzalroqdir)  va  Alloh  ta’oloning  quyidagi 
oyatlarida bayon qilinganidek, namozda xushu’ va sokinlik bilan turishga buyuradilar. Alloh ta’olo dedi:  
«Darhaqiqat,  mo‘minlar  najot  topdilar.  Ular  namozlarida  (qo‘rquv  va  umid  bilan)  bo‘yin  eguvchi 
kishilardir.»  
(Mo‘‘minun: 1, 2). 
“Ahlus‐sunna  val‐jamoa”  bir‐birlariga  tunda  namozga  turishni  (qiyomul‐laylni)  tavsiya  qiladilar. 
Chunki Alloh ta’olo Rasululloh sollallohu alayhi va sallamni qiyomul‐laylga, Unga toat ibodatda jiddu‐
jahd qilishga buyurdi.  
«Oisha onamizdan rivoyat qilinadiki: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam kechasida namoz o‘qishga 
turar,  hatta  oyoqlari  yorilib  ketar  edi.  Shunda  Oisha  roziallohu  anho:  ″Yo  Rasulalloh,  siz  nega  bunday 
  55
qilasiz?  Axir  Alloh  ta’olo  sizning  avvalgi  va  oxirgi  gunohlaringizni  kechirganku!″  dedilar.  Rasululloh 
sollallohu alayhi va sallam: ″Allohga shukr qiluvchi banda bo‘lmayinmi?! – dedilar». (Imom Buxoriy) 
“Ahlus‐sunna  val‐jamoa”  imtihon  paytlarida  sabot  bilan  turadilar,  balo‐musibat  paytida  sabr, 
farovonlik paytida shukr qiladilar va Allohning tushgan qazosiga rozi bo‘ladilar. Alloh ta’olo dedi:  
 «Hech  shak‐shubha  yo‘qki,  sabr‐toqat  qiluvchilarga  ajr‐mukofotlari  hisob‐kitobsiz  to‘la‐to‘kis 
qilib beriladi» (Zumar:10) 
Nabiy  sollallohu  alayhi  va  sallam  dedilar:  “Mukofotning  kattasi  baloning  kattasi  bilan  bo‘ladi. 
Darhaqiqat, Alloh ta’olo bir qavmni sevsa, ularga balo yuboradi. Kim bu baloga rozi bo‘lsa, unga rozilik 
bordir. Kim g‘azab qilsa, unga g‘azab bordir” (Alboniy: “Sahihu sunanit‐Termiziy”). 
“Ahlus‐sunna  val‐jamoa”  Alloh  ta’olodan  baloni  umid  qilmaydilar  va  uni  so‘ramaydilar.  Chunki 
baloda sabot bilan tura oladilarmi yoki yo‘qmi, bilmaydilar. Ammo balo yetsa sabr qiladilar. 
Nabiy  sollallohu  alayhi  va  sallam  dedilar:  “Dushmanga  duch  kelishni  orzu  qilmanglar  va  Allohdan 
ofiyat so‘ranglar! Agar dushmanga duch kelsangiz, sabr qilinglar!” (Muttafaqun alayh). 
“Ahlus‐sunna val‐jamoa” qiyinchilik paytida Allohning rahmatidan noumid bo‘lmaydilar. Zero Alloh 
buni  harom  qilgan.  Ular  balolik  kunlarni  tez  kunda  keladigan  shodlik  va  g‘alabaning  umidida 
o‘tkazadilar.  Chunki  ular  Allohning  va’dasiga  ishonadilar  va  har  bir  qiyinchilik  ortidan  yengillik  bor 
ekanini  biladilar.  Ular  boshlariga  tushgan  balolarning  sababini  boshqalarda  emas,  o‘zlarida  izlaydilar 
hamda:  “Bu  qiyinchilik  va  balolar  o‘z  qo‘limiz  bilan  qilgan  narsalar  evaziga  keldi.  G’alaba  goho  gunoh 
ishlarni  qilish  yoki  Rasululloh   sollallohu  alayhi  va  sallamga  ergashishda  sustlik  qilish  sababli 
kechikadi”— deb e’tiqod qiladilar. Alloh ta’olo dedi:  
«(Ey  insonlar),  sizlarga  ne  bir  musibat  yetsa,  bas,  o‘z  qo‘llaringiz  qilgan  narsa  –  gunoh  sababli 
(etur)». (Shuro: 30). 
“Ahlus‐sunna  val‐jamoa”  qiyinchilik  va  dinga  yordam  berishda  yerda  mavjud  bo‘lgan  sabablar  va 
dunyoviy  taraqqiyotgagina  suyanmaydilar.  Shu  bilan  birga  ulardan  g‘ofil  ham  bo‘lmaydilar.  Alloh 
ta’oloning  taqvosi,  gunohlarga  istig‘for  aytish,  Alloh  ta’oloning  O’zigagina  suyanish  va  farovonlik 
davrida  shukr  qilish  mashaqqatdan  so‘ng  tezda  g‘ussadan  ozod  bo‘lishning  muhim  sabablaridandir”— 
deb qaraydilar. 
“Ahlus‐sunna val‐jamoa” ne’matlarga nonko‘rlik qilishning yomon oqibatlaridan qo‘rqadilar. Shuning 
uchun ham, ularni boshqa odamlardan ko‘ra berilgan ne’mat uchun davomiy suratda Alloh ta’ologa ko‘p 
shukronalar aytgan holda ko‘rasiz. 
Rasululloh  sollallohu  alayhi  va  sallam  dedilar:  “O’zingizdan  kam  kishiga  boqing.  O’zingizdan  ortiq 
kishiga  qaramang.  Chunki  shunday  qilishingiz  Allohning  ne’matini  nopisand  qilmasligingizga 
munosibdir”. (Alboniy: “Sahihu Sunanit‐Termiziy”).     
“Ahlus‐sunna val‐jamoa” go‘zal xulq  va yaxshi amallar bilan bezanadilar. Rasululloh sollallohu alayhi 
va  sallam  dedilar:  “Mo‘‘minlarning  iymoni  komilrog‘i  axloqi  go‘zalrog‘idir”  (Alboniy:  “Sahihu  sunanit‐
Termiziy”). 
“Menga  sevimliroq  va  qiyomat  kunida  menga  yakinroq  o‘tiradiganingiz  xulqi  go‘zalrog‘ingizdir” 
(Alboniy: “Sahihu Sunanit‐Termiziy”). 
“Taroziga  qo‘yilgan  narsalarning  eng  og‘iri  —  go‘zal  xulqdir.  Go‘zal  axloqli  odam  go‘zal  xulqi  bilan 
kunduzi nafl ro‘za tutgan va kechasi turib namoz o‘qigan kishining maqomiga yetadi” (Alboniy: “Sahihu 
sunanit‐Termiziy”). 
Quyidagilar salaf solih — “ahlus‐sunna val‐jamoa”ning axloqlaridan: 
• Ilm hamda amaldagi ixlos va bunga riyo kirib qolishidan qo‘rqish. Alloh ta’olo dedi:  

www.sodiqlar.com  56
Абдуллоҳ Асарий “Салафсолиҳ” - “Аҳлус-сунна вал-жамоа”эътиқоди

«(Ey,insonlar),  ogoh  bo‘lingizkim,  xolis  Din  Yolg‘iz  Allohnikidir  (ya’ni,  Yolg‘iz  Allohgina  chin  ixlos 
bilan ibodat qilinishga loyiq Zotdir).» (Zumar: 3). 
•  Alloh  ta’olo  harom  qilgan  narsalarga  nisbatan  e’tiborli  bo‘lish,  ular  poymol  etilganda  g‘ayurlik 
ko‘rsatish,  Allohning  dini  va  shariatiga  yordam  berish,  musulmonlarning  hurmatlarini  saqlash  va  ular 
uchun  yaxshiliklarni  istash.  Alloh  ta’olo  dedi:  «(Ish)  shudir.  Kim  Alloh  shiorlarini  hurmat  qilsa,  bas, 
albatta (bu hurmat) dillarning taqvodorligi sababli bo‘lur» (Haj: 32).  
(ʺKim Alloh harom qilgan narsalarni hurmat (rioya) qilsa, bas, bu Parvardigori nazdida o‘zi uchun 
yaxshidirʺ (Haj: 31). Tahririyatdan) 
•  Ich  va  tashqarilari  yaxshilikda  bir  xil  bo‘lishi  uchun  munofiqlikni  tark  qilishga  harakat  qilish, 
qanchalar  ko‘p  bo‘lmasin  qilgan  amallarini  oz  sanash,  doimo  oxirat  amallarini  dunyo  amallaridan 
muqaddam qo‘yish. 
•  Qalblarining  muloyimligi,  Alloh  ta’oloning  rahm  qilishini  umid  qilib  Allohning  haqqida 
sustliklariga  ko‘p  yig‘lash,  janozani  ko‘rganlarida  yoki  o‘lim,  o‘lim  talvasasi  va  yomon  xotimani 
eslaganlarida qalblarining titrashi, ibratlanish va o‘limga hozirlik ko‘rish. 
• Alloh ta’ologa yaqinlik maqomlari oshgan sayin kamtarlikning ziyoda bo‘lishi. 
• Alloh ta’ologa qilgan ibodatlarida xatolarga yo‘l qo‘yishlari mumkin ekanini bilganlari uchun ko‘p 
tavba  va  istig‘forlar  aytish,  qilgan  amallari  bilan  kibrlanmaslik,  shuhratni  yoqtirmaslik,  yomonliklari  u 
yoqda tursin, hatto qilgan ibodatlarida ham kamchilik bor deb qarash. 
•  Taqvo  to‘g‘risida  juda  diqqat‐e’tiborli  bo‘lib  o‘zini  taqvoli  deb  da’vo  qilmaslik  va  Alloh  ta’olodan 
ko‘p qo‘rqish. 
•  Alloh  ta’olodan  hayotlarini  yomon  xotima  bilan  tugatishidan  qattiq  qo‘rqish,  Allohning  zikridan 
g‘aflatda  qolmaslik,  dunyoning  ular  nazarida  xorligi  va  uni  tark  etish,  hovli‐joylarni  ehtiyojga  yarasha 
qurish va ularni ziynatlashdan uzoq bo‘lish.  
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: “Allohga qasamki, dunyoning oxiratga nisbatan farqi, 
biringiz  mana  shu  barmog‘ini  dengizga  solgani  misolidir,  bas,  qarasin,  barmog‘i  nimani   olib  chiqdi 
ekan”. (Imom Muslim rivoyati). 
•  Islom  dini  va  musulmonlar  haqida  sodir  bo‘ladigan  xatolarga  rozi  bo‘lmaslik  balki  uni  rad  qilish, 
agar  u  kechirilishi  mumkin  bo‘lgan  kimsa  bo‘lsa,  u  uchun  uzr  izlash,  musulmon  do‘stlarining 
kamchiliklarini yashirish, taqvo maqomida o‘z nafsini qattiq tergash, biron kishining aybi fosh bo‘lishini 
yaxshi ko‘rmaslik, odamlarning ayblarini qo‘yib, o‘z ayblari bilan mashg‘ul bo‘lish, sirlarni saqlash, biron 
kishiga  u  haqida  eshitgan narsalarni yetkizmaslik,  odamlarga  dushmanchilik  qilishni  tark  qilish,  ularga 
yoqishga  harakat  qilish,  biron  kishining  yomonligiga  yomonlik  bilan  javob  qaytarmaslik  va    biron 
musulmon kishiga dushmanlik qilmaslik. 
Rasululloh  sollallohu  alayhi  va  sallam:  “Jannatga  “qattot”  bo‘htonchi,  (Imom  Muslimning  rivoyatida 
esa “nammom”) — chaqimchi kirmaydi”— dedilar. (Imom Buxoriy rivoyati). 
•  Yig‘ilishlarida,  gunoh  majlisi  bo‘lib  qolmasligi  uchun,  g‘iybat  yo‘llarini  to‘sishlik  va  tillarni  undan 
saqlashlik. Alloh ta’olo dedi:  
«Ey  mo‘minlar,  ko‘p  gumon(lar)dan  chetlaninglar!  Chunki,  ayrim  gumon(lar)  gunohdir! 
(O’zgalarning  ayblari  ortidan)  josuslik  qilib  yurmanglar  va  ayrimlaringiz  ayrimlarni  g‘iybat  qilmasin! 
Sizlardan  biron  kishi  o‘zining  o‘lgan  birodarining  go‘shtini  yeyishni  yaxshi  ko‘rurmi?!  Ana  yomon 
ko‘rdingizmi?!  (Bas,  gunohi  bundan‐da  ortiq  bo‘lgan  g‘iybatni  ham  yomon  ko‘ringiz)!  Allohdan  qo‘rqingiz! 
Albatta Alloh tavbalarni Qabul Qilguvchi Mehribondir». (Hujurot: 12). 

  57
•  O’ta  hayoli,  odobli,  viqorli,  kamgap,  sokin  va  ko‘p  sukutli  bo‘lish,  oz  kulish,  so‘ragan  odamga 
qulaylik  bo‘lsin  uchun  hikmat  bilan  so‘zlash,  dunyoviy  narsalarga  quvonmaslik,  bu  ularning  aqllari 
komil bo‘lgani uchundir. 
Rasululloh  sollallohu  alayhi  va  sallam  dedilar:  “Alloh  va  oxiratga  iymon  keltirgan  kishi  yaxshi 
so‘zlarni so‘zlasin yoki sukut saqlasin!” (Muttafaqun alayh) 
“Sukut saqlagan kishi najot topibdi” (Alboniy: “Sahihu sunanit‐Termiziy”) 
• Molini olib yoki obro‘siga tegib yoxud urib yo shu kabilar bilan ozor bergan kishilarni kechirib, afv 
etish. Alloh ta’olo dedi:  
«(U taqvodor zotlar) yaxshi‐yomon kunlarda infoq‐ehson qiladigan, g‘azablarini ichlariga yutadigan, 
odamlarning  (xato‐kamchiliklarini)  afv  etadigan  kishilardir.  Alloh  bunday  yaxshilik  qiluvchilarni 
sevadi». (Oli Imron: 134). 
• Shaytonga qarshi kurashishdan g‘aflatda qolmaslik, uning makru tuzoqlarini bilishga harakat qilish, 
tahorat,  namoz  va  boshqa  ibodatlarda  vasvasalardan  saqlanish.  Chunki  bularning  barchasi 
shaytondandir. 
• Ehtiyojdan ortiqcha  bo‘lgan narsalardan ertayu‐kech maxfiy va oshkora ravishda sadaqalar berish, 
oziq‐ovqat,  kiyim‐kechak  va  boshqa  narsalardagi  ehtiyojlarida  hamdard  bo‘lish  uchun  do‘stlarining 
ahvolidan xabar olish va o‘zlari ega bo‘lgan halol narsalarda isrof qilmaslik. 
•  Baxillikni  yomon  ko‘rish,  sahovat  va  ehson  qo‘lini  ochish,  mollarni  sarf  etish,  safarlar  va  turar‐
joylarda  do‘stlarga  hamdard  bo‘lish,  (chunki  bu  bilan  maqsadlari  —  dinga  yordam  berish  —  yo‘lida 
hamkorlik vujudga keladi), do‘stlarga yaxshilik qilishga bo‘lgan muhabbatlarining qattiqligi, bir‐birlariga 
quvonch keltirish va bunda o‘zidan avval do‘stlarni qo‘yish. 
•  Mehmonni  ikrom  qilish,  shar’iy  uzr  bo‘lmaganda  ularga  o‘zi  xizmat  qilish.  Ular  mehmonga  taom 
berib  uning  xizmatini  qilib  ham  yaxshi  gumonlar  sabab  unga  munosib  xizmat  ko‘rsatolmadik  deb 
tushunadilar  va  taomlari  harom  bo‘lgan,  kambag‘allar  qolib  boylarni  chaqirilgan  yoki  gunoh  amallar 
sodir etiladigan mehmondorchiliklarga ijobat qilmaydilar. 
•  Katta  u  yoqda  tursin,  kichik  bilan,  yaqinni  qo‘ya  turing,  uzoq  kishi  bilan  –  olim‐ku  albatta  –  xatto 
johil bilan ham go‘zal odobda bo‘lish. 
•  Odamlar  o‘rtasini  isloh  qilish.  Bu  yaxshilik  yo‘llarining  eng  samaralisi  va  ezgulik  cho‘qqisidir. 
Chunki o‘rtalarning islohi bilan musulmonlarning o‘rtalarini buzish va adovatlar solish uchun hozirlagan 
shaytonning barcha rejalari puchga chiqadi. 
• Hasaddan qaytarish. Chunki hasad adovat, nafrat, iymonning zaifligi, dunyo va undagi narsalarni 
noshar’iy maqsadda yaxshi ko‘rishni paydo qiladi. 
• Ota‐onaga itoat va yaxshilik qilishga buyurish. Alloh ta’olo dedi: 
«Biz insonni ota‐onasiga yaxshilik qilishga buyurdik. (Ya’ni, ota‐ona xoh yaxshi, xoh yomon bo‘lsin, xoh 
musulmon, xoh kofir bo‘lsin ularga yaxshilik qilish farzandning burchidir)» (Ankabut: 8). 
•  Chiroyli  qo‘shnichilik,  bandalarga  muloyim  muomala  qilish,  qarindoshlik  aloqalarini  bog‘lash, 
salomni oshkor berish, faqir, miskin, yetim va musofirlarga mehribon bo‘lishga buyurish. 
• Faxrlanish, kibrlanish, tajovuzkorlik va xalqlar ustida zo‘ravonlik qilishdan qaytarish hamda barcha 
narsalarda adolatli bo‘lishga buyurish. 
•  Shariat  rag‘batlantirgan  barcha  fazilatli  ishlarni   qilishda  sustlik  qilmaslik.  Rasululloh  sollallohu 
alayhi  va  sallam  dedilar:  “Hech  bir  yaxshilikni,  hatto  do‘stingga  ochiq  yuz  bilan  uchrashni  bo‘lsa‐da 
nopisand qilma!” (Imom Muslim rivoyati). 

www.sodiqlar.com  58
Абдуллоҳ Асарий “Салафсолиҳ” - “Аҳлус-сунна вал-жамоа”эътиқоди

•  Badgumonlik,  josuslik  va  musulmonlar  ayblarini  qidirishdan  qaytarish.  Chunki  bu  ishlar  ijtimoiy 
aloqalar  va  do‘stlar  o‘rtasini  buzadi,  fasod  urug‘larini  sochadi.  “Ahlus‐sunna  val‐jamoa”  o‘z  nafslari 
uchun  (intiqom  shaklida)  g‘azab  qilmaydilar.  Chunki  ular  g‘azabning  nimaligini  tushunadilar.  Alloh 
ta’olo dedi:  
«(U taqvodor zotlar) yaxshi‐yomon kunlarda infoq‐ehson qiladigan, g‘azablarini ichlariga yutadigan, 
odamlarning  (xato‐kamchiliklarini)  afv  etadigan  kishilardir.  Alloh  bunday  yaxshilik  qiluvchilarni 
sevadi». (Oli Imron: 134).  
“Ahlus‐sunna  val‐jamoa”ning  bulardan  boshqa  payg‘ambarimiz  Muhammad  sollallohu  alayhi  va 
sallamdan meros qilib olgan ko‘p xulqlari bor. [39] 

  59
“Ahlus-sunna val-jamoa” imomlarining Rasululloh
(sollallohu alayhi va sallam)ga ergashish va bid’atdan
qaytarish haqidagi o‘git va so‘zlari
1 — Muoz ibn Jabal raziallohu anhu dedi: “Ey odamlar, ilmni ko‘tarilishidan avval olinglar! Ilmning 
ko‘tarilishi  olimlarning  ketishi  (o‘limi)  bilan  bo‘ladi.  Bid’at,  bid’atchilik  va  qattiqqo‘llikdan  uzoq 
bo‘linglar! Eski (ya’ni, sahobalar vaqtidagi) ishingizni lozim tutingiz!” (Ibn Vazzoh: “al—Bid’a van‐nahyu 
anha”). 
2  —  Huzayfa  ibn  Yamoniy  raziallohu  anhu  dedi:  “Rasululloh  sollaallohu  alayhi  va  sallamning 
sahobalari  qilmagan  biron  ibodatni  qilmanglar!  Chunki,  avvalgi  keyingiga  so‘z  qoldirmadi.  Ey  qorilar, 
Allohdan qo‘rqinglar, o‘zingizdan avval yashab o‘tgan kishilarning yo‘llaridan ketinglar!” (Ibn Batta: “al‐
Ibaana”). 
3  —  Abdulloh  ibn  Mas’ud  raziallohu  anhu  dedi:  “Kim  yo‘l  izlasa,  o‘zidan  avval  yashab  o‘tgan 
kishilarning yo‘llaridan ketsin. Ular Muhammad sollallohu alayhi va sallamning ashoblari bu ummatning 
yaxshilari,  qalblari  sof,  ilmlari  chuqur  va  takalluflari  ozi  edilar.  Alloh  ta’olo  ularni  payg‘ambari 
Muhammad sollallohu alayhi va sallamga suhbatdosh bo‘lish va dinini yetkazish uchun tanlab olgan edi. 
Ularning  axloqlari  va  turmush  tarzlaridan  o‘rnak  olingiz!  Ular  to‘g‘ri  yo‘ldagi  kishilardir!”  (Imom 
Bag‘aviy: “Sharhussunna”). 
“(Sahobalarga) ergashingiz va bid’at ishlarni qilmangiz, shuning o‘zi sizlar uchun kifoyadir. O’zingiz 
uchun eski, ilgarigi ishlarni lozim tutingiz!” (Dorimiy: “Sunan”) 
4  —  Abdulloh  ibn  Umar  raziallohu  anhumo  dedi:  “Odamlar  modomiki,  sunnatga  ergashar  ekanlar, 
to‘g‘ri yo‘ldadirlar” (Imom Lalakaiy: “Sharhu usuli e’tiqodi ahlissunnati val‐jamoati”). 
“Odamlar  chiroyli  deb  hisoblasalar‐da,  barcha  bid’at  zalolatdir”  (Imom  Lalakaiy:  “Sharhu  usuli 
e’tiqodi ahlissunnati val‐jamoati”). 
5  —  Buyuk  sahobalardan  biri  bo‘lmish  Abud‐Dardo’  raziallohu  anhu:  “Sunnatni  ushlasang  hargiz 
adashmaysan!”— dedi (Ibn Batta: “al‐Ibaana”) 
6  —  Amirul‐mo‘miniyn  Aliy  ibn  Abi  Tolib  raziallohu  anhu  dedi:  “Agar  din  ra’y  bilan  bo‘lsa  edi, 
mahsining tagi ustidan ko‘ra mash tortishga loyiqroq bo‘lar edi. Lekin, men Rasululloh sollallohu alayhi 
va sallamning mahsining ustiga mash tortganini ko‘rdim” (Ibn Abu Shayba: “al‐Musannaf”). 
7 — Abdulloh ibn Amr ibn Os raziallohu anhu dedi: “Bid’at paydo bo‘lsa, kun sayin rivojlanib boradi. 
Sunnat amaldan chiqarilsa, kun sayin uzoqlasha boshlaydi” (Ibn Batta: “al‐Ibaana”). 
8 — Abbos ibn Rabi’a raziallohu anhu dedi: “Men Umar ibn Xattob raziallohu anhuning (Ka’badagi) 
Qora toshni o‘par ekan: “Men sening zarar yoki foyda bermaydigan tosh ekaningni yaxshi bilaman. Agar 
Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning seni o‘pganlarini ko‘rmaganimda edi, o‘pmagan bo‘lar edim” 
deganlarini eshitdim”. (Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyati). 
9  —  Odil  xalifa  Umar  ibn  Abdulaziz  raziallohu  anhu  dedi:  “Sen  qavm  (sahobalar)  to‘xtagan  yerda 
to‘xta! Chunki ular bilib to‘xtadilar va ongli ravishda tiyildilar. Ular sizlar qilayotgan bu bid’atlarni kashf 
etishga qodirroq va bu narsalarda yaxshilik bo‘lganda edi ular bu fazlga loyiqroq bo‘lardilar. Agar sizlar: 
“Ulardan  keyin  paydo  bo‘lgan”  desangiz,  uni  ularga  muxolif  bo‘lgan  va  ularning  yo‘llaridan  og‘ishgan 
odamlar o‘ylab topganlar. Ular u narsalardan behojat qiladigan  kifoya  so‘zlarni aytib gapirib ketganlar. 
Ulardan  oshirgan  kishi  qiynalgan  xordir.  Ulardan  kamaytirgan  beparvo  nuqsonlidir.  Bir  qavm 
ularnikidan  kamaytirdilar  bas,  jafo  qildilar,  boshqa  bir  qavm  ulardan  oshdilar,  bas,  g‘uluv  ketdilar. 
Sahobalar esa bu ikkisining o‘rtasi “sirotal‐mustaqiym” — to‘g‘ri yo‘ldadirlar” (Ibn Qudoma: “Lum’atul‐
e’tiqodil‐xodiy ila sabilir‐rashod”). 
www.sodiqlar.com  60
Абдуллоҳ Асарий “Салафсолиҳ” - “Аҳлус-сунна вал-жамоа”эътиқоди

10  —  Imom  Avzoiy  rahimahulloh  dedi:  “Odamlar  sizdan  yuz  o‘girsalar‐da,  salaf  yo‘lida  bo‘ling. 
Chiroyli  so‘zlar  bilan  bezasalarda,  odamlarning  ra’ylaridan  ehtiyot  bo‘ling!  Chunki  siz  to‘g‘ri  yo‘lda 
bo‘lar ekansiz, ishning o‘zi oydin bo‘ladi” (Xatib  Bag‘dodiy: “Sharafu ashabil‐hadis”). 
11  —  Ayyub  Sihtiyoniy  rahimahulloh  dedi:  “Bid’atchi  ibodatida  qancha  tirishsa,  Allohdan  shuncha 
uzoq bo‘ladi” (Ibn Vazzoh: “al‐Bid’a van‐Nahyyu anho”). 
12 — Hasson ibn Atiyya rahimahulloh dedi: “Kishilar dinlarida qancha bid’at paydo qilsalar, shuncha 
sunnat ulardan tortib olinadi”  (Imom Lalakaiy: “Sharhu usuli e’tiqodi ahlissunnati val‐jamoati”). 
13 — Muhammad ibn Siriyn rahimahulloh dedi: O’tganlar: “Modomiki, kishi sunnat uzra ekan, to‘g‘ri 
yo‘ldadir”— der edilar”. (Imom Lalakaiy: “Sharhu usuli e’tiqodi ahlissunnati val‐jamoati”). 
14  —  Sufyon  Savriy  rahimahulloh  dedi:  “Bid’at  iblisga  gunohdan  sevikliroqdir.  Chunki  gunohdan 
tavba qilinadi, bid’atdan esa qilinmaydi”.( Bag‘aviy: “Sharhussunna”). 
15  —  Abdulloh  ibn  Muborak  rahimahulloh  dedi:  “Suyanadigan  narsang  —  sunnat  bo‘lsin.  Ra’ydan 
hadisni izohlashga kifoyasinigina olgin!”. (Imom Bayhaqiy: “Sunanul‐Kubro”). 
16 — Imom Shofiiy rahimahulloh dedi: “Qaysi masalada sunnatga xilof so‘zlagan bo‘lsam, hayotimda 
ham o‘lgandan keyin ham bundan qaytdim” (al‐Xatib: “al‐Faqih val‐mutafaqqih”). 
Rabi’ ibn Sulaymon rahimahulloh dedi: “Imom Shofiiy kunlarning birida bir hadisni rivoyat qildi. Uni 
eshitgan kishilardan biri: “Ey Abu Abdulloh, siz bu hadisni olasizmi.”— deb savol berdi. Imom Shofiiy 
rahimahulloh: “Men Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan ishonchli (sahih) hadisni rivoyat qilsamu, 
uni o‘zim olmasam, sizlarni aqlim ketgan ekaniga guvoh qilaman”, — deb javob berdi” (Ibn Batta: “al—
Ibaana”). 
17 — Nuh al‐Jome’ dedi: “Men Abu Hanifa rahimahullohga: “Odamlar yangi paydo qilgan farazlar va 
a’rozlar haqidagi gapga nima deysiz”— deb so‘rasam, u zot: “U so‘zlar ″falsafachilar″ning so‘zlaridir. Sen 
sunnat yo‘lida yur va har bir yangi paydo bo‘lgan narsadan uzoq bo‘l! Chunki u bid’atdir”— deb javob 
berdilar” (al‐Xatib: “al‐Faqih val‐mutafaqqih”). 
18 — Imom Molik ibn Anas rahimahulloh dedi: “Sunnat Nuhning kemasi kabidir. Unga mingan kishi 
qutiladi, undan qolib ketgan kishi g‘arq bo‘ladi”. (Suyutiy: “Miftahul‐jannati fil‐e’tisom bis‐sunnati”). 
“Agar  “kalom”  (“Kalom”—  mantiq  fanini  asos  qilib,  vahiyni  aqlga  moslash  uchun  harakat  qilgan 
oqimdir) ilm bo‘lsa edi, sahobalar va tobeinlar hukmlar haqida so‘z aytganlaridek, bu haqda ham biron 
narsa  degan  bo‘lar  edilar.  Biroq,  “kalom”  ilmi  botilga  dalolat  qiladigan  botildir”.  (Imom  Bag‘aviy: 
“Sharhussunna”). 
Ibn  Mojishun  rahimahulloh  dedi:  ″Men  Molik  rahimahullohning:  “Islom  dinida  biron   bir  bid’atni 
paydo  qilib,  uni  hasana  ‐  chiroyli  hisoblagan  odam  Muhammad  sollallohu  alayhi  va  sallam 
payg‘ambarlikka xiyonat qilgan deb da’vo qilibdi. Chunki Alloh ta’olo: “Bugun men sizlarga diningizni 
komil qildim”— dedi. U kunda din bo‘lmagan narsa bugun din bo‘lmas” — deganini eshitdim″. (Imom 
Shotibiy: “al‐E’tisom”). 
19 — Ahlus‐sunna imomi Ahmad ibn Hanbal rahimahulloh dedi: “Bizning nazdimizda sunnat asoslari 
— Rasululloh sollalohu alayhi va sallamning sahobalari qilgan narsani mahkam ushlash, ularga ergashish 
va  bid’atlarni  tark  qilishdir.  Har  bir  bid’at  zalolatdir”  (Lalakoiy:  “Sharhu  e’tiqodi  ahlissunnati  val‐
jamoati”). 
20 — Hasan Basriy rahimahulloh: “Avvalgi salaf solihlarni ko‘rgan odam bugun qayta tirilib kelsa edi, 
Islomdan  biron  narsani  tanimagan  bo‘lar  edi”—  dedi  va  qo‘lini  chakkasiga  qo‘yib:  “Faqatgina  bu 
namozni  tanir  deb  qo‘shib  qo‘ydi.  Alloh  nomiga  qasam  ichib  aytamanki,  salaf  solihni  ko‘rmagan,  shu 
yomon  munkar  ishlarning  ichida  yashab,  bid’atchining  o‘z  bid’atiga,  dunyodorning  o‘z  dunyosiga 
chaqirayotganini  ko‘rgan  biroq,   Alloh  O’zi  uni  bu  narsalardan  saqlagan  kishining  holi  bunday  emas. 
  61
Uning qalbi o‘sha salaf solihga intila boshladi, ularning yo‘li haqida so‘rar, katta ajrga ega bo‘lish uchun 
ularning  izlaridan  borar  va  yo‘llariga  ergashar  edi.  Sizlar  ham,  insha‐Alloh,  ana  shunday  bo‘linglar”— 
dedi (Ibn Vazzoh: “al‐Bid’a van‐Nahyu anho”). 
21  —  Olimi  boamal  Fuzayl  ibn  Iyoz  rahimahullohning  so‘zi  naqadar  chiroyliki,  dedilar:  ″Hidoyat 
yo‘llariga  ergash.  Bu  yo‘lga  yurganlarning  kamligi  senga  zarar  qilmaydi.  Zalolat  yo‘llaridan  saqlan! 
Halokatga uchrovchilarning ko‘pligiga aldanma!″ 
22 — Abdulloh ibn Umar raziallohu anhumo bir masalaga javob berganida bir kishi: “Sizning otangiz 
bundan  man  qilgan  edi‐ku!”—  dedi.  Abdulloh  ibn  Umar  raziallohu  anhumo:  “Rasululloh  sollallohu 
alayhi  va  sallamning  amrlari  ergashishga  loyiqroqmi  yoki  otamnikimi?”—dedi.  (Ibn  Qoyyim:  “Zodul‐
Maod”). 
Abdulloh ibn Umar raziallohu anhumo bid’atlarni inkor etishda, sunnatga ergashishda sahobalarning 
qattiq  turadiganlaridan  edi.  U  aksa  urgan  bir  kishining:  “Alhamdu  lillah,  vassolatu  vassalamu  ala 
Rasulillah”  (Allohga  hamdlar,  Rasulullohga  salavot  va  salomlar  bo‘lsin)  deb  aytganini  eshitdi  va  unga: 
“Rasululloh sollalohu alayhi va sallam bizga bunday o‘rgatmagan edilar. Balki, “Sizlardan biringiz aksa 
ursa  ″Alhamdu  lillah″  desin”—  dedilar.  ″Alhamdu  lillah  vassolatu  vassalamu  ala  Rosulillah″  deb 
aytmadilar”— dedi. (Imom Termiziy: “as—Sunan”). 
23 — Abdulloh ibn Abbos raziallohu anhumo Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning sunnatlariga 
Abu  Bakr  va  Umar  raziallohu  anhumolarning  so‘zlari  bilan  e’tiroz  bildirgan  kishiga:  “Sizlarning 
boshlaringizga  tez  kunda  osmondan  tosh  yog‘ilmasa  deb  qo‘rqaman.  Men  sizlarga:  “Rasululloh 
(sollallohu  alayhi  va  sallam)  aytdilar”  desamu,  sizlar:  “Abu  Bakr  va  Umar  aytdi”  deysizlar‐a!”—  dedi 
(Abdurrazzoq:“al‐Musannaf”). 
Abdulloh  ibn  Abbos  raziallohu  anhumo  “ahlus‐sunna”ni  sifatlar  ekan:  «“Ahlus‐sunna”  dan  bo‘lgan 
kishiga bir nazar tashlashning o‘zi, sunnatga da’vat etib, bid’atdan qaytaradi»— deb rost aytdi. (Lalakaiy: 
“Sharhu usuli e’tiqodi ahlissunnati val‐jamaati”). 
24  —  Sufyon  Savriy  rahimahulloh  dedi:  “Mashriqdagi  bir  kishining  sunnat  sohibi  ekanining  xabari 
yetsa, unga salom yo‘lla. Chunki sunnat ahli oz qoldi” (Lalakaiy: “Sharhu usuli e’tiqodi ahlissunnati val‐
jamoati”). 
25  —  Ayyub  Sihtiyoniy  rahimahulloh  dedi:  “Sunnat  ahlidan  bo‘lgan   bir  kishining  vafot  etganligini 
eshitsam,  go‘yo  biron  a’zoyimni  yo‘qotgandek  bo‘laman”  (Lalakaiy:  “Sharhu  usuli  e’tiqodi  ahlissunnati 
val‐jamoati”). 
26 — Ja’far ibn Muhammad rahimahulloh  dedi:  “Men  Qutayba  rahimahullohning  quyidagi so‘zlarni 
aytganlarini eshitdim: “Agar Yahyo ibn Said, Abdurrahmon ibn Mahdiy, Ahmad ibn Hanbal, Ishoq ibn 
Rohavayh... va ko‘plab kishilarning ismlarini tilga oldi... kabi hadis ahlini yaxshi ko‘rgan kishini ko‘rsang, 
bilginki,  u  sunnat  yo‘lidadir.  Kim  u  (yuqorida  zikri  o‘tgan  imom)larga  muxolif  bo‘lsa,  bilginki,  u 
bid’atchidir” (Lalakaiy: “Sharhu usuli e’tiqodi ahlissunnati val‐jamoati”). 
27  —  Ibrohim  Nahaiy  rahimahulloh  dedi: “Agar  Rasululloh  sollallohu  alayhi  va  sallamning sahobalari 
tirnoqlariga  mash  tortganlarida  edi,  ularga  ergashishdagi  fazlga  erishish  uchun  tirnoqlarimni  yuvmas 
edim”. (Abu Dovud: “Sunan”). 
28  —  Abdulloh  ibn  Muborak  rahimahulloh  dedi:  “Ey  do‘stim,  bilingki,  ushbu  kunda  o‘lim  sunnatga 
amal qilib Allohga uchragan har bir musulmon uchun karomatdir”. ″Innaa lillahi va innaa ilayhi roji’un″. 
«Biz Alloh uchun (bandamiz) va Ungagina qaytuvchimiz». Alloh ta’ologa yolg‘izligimiz, yordamchilarning 
ozligi,  do‘stlarning  ketishi  (o‘limi),  bid’atlarning  yoyilishidan,  bu  ummatning  boshiga  kelgan  olimlar  va 
“ahlus‐sunna”ning  o‘limlari va bid’atlarning  paydo  bo‘lishidan  arzimizni aytamiz” (Ibn Vazzoh: “al‐Bid’a 
van‐nahyyu anho”). 

www.sodiqlar.com  62
Абдуллоҳ Асарий “Салафсолиҳ” - “Аҳлус-сунна вал-жамоа”эътиқоди

29  —  Fuzayl  ibn  Iyoz  rahimahulloh  dedi:  “Alloh  ta’oloning  bandalari  borki,  Alloh  ta’olo  ular  bilan 
diyorlar  (o‘lkalar)ni  jonlantiradi.  Ular  sunnat  sohiblari  —  “ahlus‐sunna”dir”.  (La‐lakaiy:  “Sharhu  usuli 
e’tiqodi ahlissunnati val‐jamoati”). 
30 — Imom Shofiiy rahimahullohning ahli sunnatni sifatlab aytgan ushbu so‘zlari naqadar go‘zal so‘zdir: 
“Hadis ahlidan birini ko‘rsam, Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning sahobalaridan birini ko‘rgandek 
bo‘laman”. (al‐Xatib: “Sharafu ashabil‐hadis”). 
31  —  Imom  Molik  rahimahulloh  biz  yuqorida  eslatib  o‘tgan imomlarning  so‘zlarini  xulosalaydigan bir 
buyuk qoidani qo‘ydilar: “Ushbu ummatning oxiri avvali isloh bo‘lgan narsa bilan isloh bo‘ladi. U kunda 
din bo‘lmagan narsa bugun din bo‘lmas”. (Qoziy Iyoz: “ash‐Shifa”: 2/ 88). 
Mana shular ahli sunna val jamoaning salaf solih imomlaridan ba’zisining so‘zlaridir. Ular bandalarning 
xolisrog‘i,  o‘z  ummatiga  xayrixohi  va  ummatning  hidoyatu  salohi  nima  bilan  bo‘lishini  bilguvchirog‘idir. 
Ular Alloh ta’olo va Rasulining sunnatini mahkam ushlashni tavsiya etadilar. Yangi paydo qilingan amallar 
–  bid’atlardan  ogohlantiradilar.  Rosululloh  sollallohu  alayhi  va  sallam  xabar  berganidek  xalos  bo‘lish  va 
najot yo‘li u zot sollallohu alayhi va sallamning sunnati va yo‘lini mahkam tutish ekanidan xabar beradilar. 

  63
Salaf solih — “ahlus-sunna val-jamoa” e’tiqodiga
da’vat etishning shart va qoidalari
Ey Musulmon do‘stim, bilgilki salaf solih e’tiqodiga uchta shart bilan da’vat qilinadi: 
1. Sog‘lom to‘g‘ri e’tiqod. 
Ya’ni  “rububiyat”,  “uluhiyat”,  “ism  va  sifatlar”  tavhidi  va  e’tiqodning  boshqa  qirralari  haqida  salaf 
solih e’tiqodida bo‘lish. 
2.  Sog‘lom to‘g‘ri dastur. 
Ya’ni salaf solih qo‘ygan usul va qoidalar asosida Qur’on va sunnatni tushunish. 
3. Sog‘lom to‘g‘ri amal. 
Ya’ni bid’at ishlarni qilmaslik, balki, amal xoh e’tiqodiy, xoh amaliy va xoh lafziy bo‘lsin, Alloh uchun 
xolis va shariatga muvofiq bo‘lishi. 
Alloh ta’oloning yo‘liga da’vat etish eng sharafli ishlardan va buyuk ibodatlardan, payg‘ambarlar va 
Allohning  xos  va  sof  bandalarining  asosiy  vazifalaridan,  Alloh  ta’olo  bu  haqda  shunday  dedi: 
“(Odamlarni)  Alloh(ning  dini)ga  da’vat  qilgan  va  o‘zi  ham  yaxshi  amal  qilib,  ʺshak‐shubasiz,  men 
musulmonlardandirmanʺ, degan kishidan ham chiroyliroq so‘zlaguvchi kim bor?.” 
Rasululloh  sollallohu  alayhi  va  sallam  odamlarga  da’vatni  qanday  yetkazishimiz  kerakligi  haqida 
ta’lim berdilar va u zotning hayotida buning uchun yetarli darslar bor.  
Salaf solih e’tiqodiga da’vat etuvchi kishilar o‘z da’vatlarida Rasululloh sollallhu alayhi va sallamning 
da’vat  uslublariga  ergashishlari  kerak.  Shubhasiz,  Rasululloh  sollallohu  alayhi  va  sallamning  da’vat 
yo‘lida  Alloh  ta’ologa  da’vat  qilish  uslubida  ochiq  bayonlar  borki,  ular  Rasululloh  sollallohu  alayhi  va 
sallamning yo‘li  va hayotga muxolif bo‘lgan va odamlar o‘ylab topgan yo‘llardan behojat qiladi. 
Shuning  uchun  ham,  Alloh  ta’oloning  yo‘liga  da’vat  etuvchi  kishilar  salaf  solih  kabi  zamon  va 
makonni rioya qilib da’vat etishlari kerak. 
Bu to‘g‘ri tushunchadan kelib chiqib men da’vatchilar uchun ba’zi qoida va asoslarni eslatib o‘tishga 
harakat qildim. Shoyad bu sababli da’vat ko‘zlangan sahih tarzda bo‘lsa. 

Da’vatchining asos va qoidalari


1—Bilingki,  Alloh  ta’oloning  yo‘liga  da’vat  etish  —  dunyo  va  oxiratdagi  najot  yo‘llaridan  biridir.  Alloh 
ta’olo siz sababli bir kishini hidoyat qilishi, sizga qizil tuyalarni berilganidan ko‘ra yaxshiroqdir. Da’vat 
qilinishi  bilan  savob  yoziladi,  unga  da’vatni  ijobat  qilinishi  shart  emas.  Da’vatchidan  Islomga  nusrat 
(g‘alaba)ni  ro‘yobga  chiqarishi  talab  qilinmagan  u  —  Alloh  ta’oloning  ishidir.  Biroq  da’vatchidan  bu 
yo‘lda o‘z kuchlarini sarf etishi talab qilingan. 
Da’vatchi  tayyorgarlik  ko‘rishi  shart,  nusrat  esa  Alloh  ta’olo  tarafidan  va’dadir.  Da’vat  jihod  turlaridan 
biri bo‘lib, maqsad va natijalarida u bilan mushtarakdir. 
2—“Ahlus‐sunna val‐jamoa” yo‘li deb shakllangan, mo‘‘tadilligi va umumiyligi, me’yordan ortiq va kam 
emasligi bilan mashhur bo‘lgan salaf yo‘lini chuqur o‘zlashtirish. Qur’on va sahih sunnatni lozim tutgan 
shar’iy ilm bilan harakatni boshlash. Bunday shar’iy ilm Alloh ta’oloning fazli bilan toyilishdan saqlovchi 
va payg‘ambarlar yo‘lidan yurishni qasd qilgan kishi uchun nurdir. 
3—“Birlashishning  asosi  —  tavhiddir”  shiori  ostida  musulmonlar  jamoatini  vujudga  keltirish  va 
birlashishga  haris  bo‘lish  hamda  bugungi  kundagi  musulmonlarni  birlashtirish  o‘rniga  parchalab 
tashlayotgan guruhbozlikdan uzoq bo‘lish. 
www.sodiqlar.com  64
Абдуллоҳ Асарий “Салафсолиҳ” - “Аҳлус-сунна вал-жамоа”эътиқоди

Alloh yo‘liga da’vat etish uchun harakat qilayotgan har bir jamoatni musulmonlarning jamoati deb emas, 
balki, musulmonlardan bir jamoa deb tushunish. 
4—Muhabbat  shaxslarga  emas,  dinga  bo‘lishi.  Haq  boqiydir,  shaxslar  esa  foniydir.  Haqni  bil,  ahlini 
taniysan! 
5—Hamkorlik  va  hamkorlikka  olib  boradigan  barcha  narsaga  da’vat  etish,  ixtilof  va  ixtilofga  olib 
boradigan  barcha  narsalardan  uzoq  bo‘lish.  Ittifoq  qilgan  narsalarimizda  bir‐birimizga  yordam 
berishimiz va ixtilof qilgan narsalarimizda o‘zaro nafrat qilmay, bir‐birimizga nasihat qilishimiz. 
Islomiy  jamoatlar  o‘rtasidagi  asos  —  hamkorlik  va  birlikdir.  Buning  imkoni  bo‘lmasa  bir‐birini  qo‘llab 
quvvatlash, buning imkoni bo‘lmasa birga yashash, buning ham imkoni bo‘lmasa halokatdir. 
6—Shaxsning o‘zi mansub bo‘lgan jamoaga taassub qilmasligi, modomiki, shariatga muvofiq, me’yordan 
ortiq yoki kam bo‘lmas ekan, boshqalarning yaxshi harakatlarini mamnuniyat ila qabul qilish. 
7—Shariatning usul emas furuot ya’ni shoxlaridagi ixtiloflar, janjal va urushlarni emas, balki, nasihat va 
suhbatlashishni taqozo qiladi. 
8—Har bir kishi o‘z‐o‘zini tanqid qilishi va xatolarini to‘g‘rilashi. 
9—Xilof qilish odoblarini o‘rganish va suhbat asoslarini chuqurroq bilish hamda u ikkisining ahamiyatiga 
iqror bo‘lish va uning vositalariga ega bo‘lishning zarurligi. 
10—Hukmni  umumiy  chiqarishdan  uzoq  bo‘lish  va  uning  ofatlaridan  ehtiyot  bo‘lish,  shaxslarga  hukm 
qilishda adolat qilish, shaklga emas mazmunga qarab hukm qilish insofdandir. 
11—Maqsad bilan vositalar o‘rtasini ajratish. Masalan: da’vat maqsad, harakat, jamoat va boshqa narsalar 
esa vositalardir. 
12—Maqsadlarda  sabot  bilan  turish  va  shariat  ruxsat  berishiga  qarab  vositalarni  qo‘llashda  yumshoq 
bo‘lish. 
13—Ahamiyat masalasiga rioya qilish ya’ni, ishlarni ahamiyatiga qarab tartiblash. Agar biron shar’iy yoki 
juz’iy masala bajarilishi kerak bo‘lsa, u o‘z o‘rni, vaqti va munosib sharoitida bo‘lishi kerak. 
14—Da’vatchilar  o‘rtasida  tajriba  almashish  ham  muhim  ishlardandir.  O’tganlarning  tajribasiga 
asoslanish kerak. Da’vatchi o‘z harakatini bo‘sh yerdan boshlamaydi. Chunki u islom diniga xizmat qilish 
uchun chiqqan birinchi va yo oxirgi kishi emas. Dunyoda nasihat va irshod (yo‘llash)dan behojat bo‘lgan 
yoki to‘g‘rilikning barchasini o‘zida jam qilgan biron kishi yo‘qdir. Va aksi ham.  
15—Ummatning  sunnatga  amali  va  sog‘lom  e’tiqodi  bilan  tanilgan  olimlarini  hurmat  qilish,  ularning 
obro‘larini  to‘kmaslik,  ulardan  ilmlarini  olish  va  ularning  niyatlari  haqida  shubhalarni  aytmaslik.  Shu 
bilan  birga  ular  uchun  taassub  qilishdan  saqlanish  kerak,  chunki  har  bir  olim  to‘g‘ri  va  xato  qilishi 
mumkin.  Modomiki  u  mujtahid  bo‘lar  ekan  qilgan  xatosi  o‘ziga,  lekin  uning  hurmati  va  fazli  saqlanib 
qoladi. 
16—Musulmonlar  haqida  yaxshi  gumon  qilish,  ularning  so‘zlarini  yaxshi  tomonga  burish  hamda 
ularning ayblarini boshqalardan yashirib o‘zlariga aytishdan beparvo bo‘lmaslik. 
17—Yaxshiliklari  ko‘p  bo‘lgan  odamni  yomonliklarini  foydasi  bo‘lsagina  tilga  olish.  Yomonliklari  ko‘p 
bo‘lgan odamning yaxshiliklarini, omma xalq chalg‘imasligi uchun gapirmaslik. 
18—Shar’iy  lafzlarni  aniq  va  nozik  bo‘lgani  uchun  o‘zgartirmay  iste’mol  qilish  hamda  yot  va  mujmal 
lafzlardan saqlanish. Masalan: “demokratiya” emas “shuro” kabi. 
19—Fiqhiy  mazhablar  haqida  to‘g‘ri  tushunchada  bo‘lish.  Ular  bizning  katta  fiqhiy  boyligimiz  bo‘lib, 
ularni  o‘rganamiz,  ulardan  foydalanamiz  va  ularga  tarafkashlik  qilmaymiz.  Biz  ularni  butunlay  rad 

  65
etmaymiz  va  zaif  hukmlaridan  saqlanamiz.  Ulardan  Qur’on  va  sunnat  nuri  ostida  hamda  salaf  solih 
tushunchasi bilan haq va to‘g‘risini olamiz. 
20—G’arb va uning madaniyatiga nisbatan to‘g‘ri yo‘nalishni belgilash. Ya’ni ularning tajribiy fanlaridan 
ulug‘ dinimizning asos va qoidalariga binoan foydalanamiz. 
21—Shuro  (maslahat)ning  da’vatdagi  ahamiyatiga  iqror  bo‘lish  va  da’vatchining  maslahatlashish  ilmini 
o‘rganishi. 
22—Chiroyli namuna. Da’vatchi o‘z da’vatining oynasi va undan darak beruvchi namunadir. 
23—Hikmat va yaxshi mav’iza yo‘lidan borish hamda Alloh ta’oloning quyidagi so‘zlarini da’vat uchun 
mezon  va  hikmat  qilib  olish.  Alloh  ta’olo  dedi:  ʺ(Ey  Muhammad  sollallohu  alayhi  va  sallam), 
Parvardigoringizning  yo‘liga  –  diniga  donolik‐hikmat  va  chiroyli  pand‐nasihat  bilan  da’vat  qiling! 
Ular bilan eng go‘zal yo‘lda mujodala‐munozara qiling!ʺ (Nahl: 125) 
24—Sabr  bilan  bezanish.  Chunki  sabr  payg‘ambarlarning  sifatlari  va  da’vatlarining  muvaffaqiyat 
asosidir. 
25—Qattiqqo‘llikdan  uzoq  bo‘lish,  uning  ofatlari  va  salbiy  natijalaridan  ehtiyot  bo‘lish.  Shariat  ruxsat 
bergan doiralarda muloyimlik va yengillatish bilan harakat qilish. 
26—Musulmon haqni izlaydi. Haq uchun jasur bo‘lish — da’vatdagi zaruriy ishlardandir. Agar siz haqni 
aytishdan ojiz bo‘lsangiz, hech bo‘lmasa botil so‘zlarni aytmang! 
27—Yalqovlik  va  uning  salbiy  natijalaridan  saqlanish  hamda  uning  sabablari  va  davolash  yo‘llarini 
o‘rganish. 
28—Mish‐mish  va  sirlarning  yoyilishi  hamda  uning  islomiy  jamiyatda  keltirib  chiqaradigan  yomon 
oqibatlaridan ehtiyot bo‘lish.  
29—Afzallik  o‘lchovi  —  taqvo  va  solih  amal  bo‘lib,  vatanparastlik,  urug‘chilik,  guruh  va  jamoat  uchun 
taassub qilish kabi johiliy tarafkashliklardan uzoq bo‘lish. 
30—Da’vatdagi eng afzal yo‘l — shubhalarni bayon qilib, raddiya berish emas, balki, Islom haqiqati 
va  yo‘llarini  taqdim  etishdir.  Odamlarga  haq  tarozisini  berib,  ularni  din  asoslariga  da’vat  etish  va 
aqllariga yarasha so‘zlash, hidoyatlanishlariga vasila uchun qalblariga boradigan yo‘llarni bilish. 
31—Da’vatchilar  va  islomiy  harakatlarning  davomiy  suratda  Alloh  ta’ologa  bog‘lanishlari,  o‘z 
kuchlarini  sarf etib, Alloh  ta’olodan  yordam so‘rashlari.  Haqiqiy  yetakchi  Alloh  ta’olo  ekani, da’vat 
yo‘nalishini  boshqarayotgan  ham,  da’vatchilarni  to‘g‘ri  yo‘lga  solayotgan  ham  Alloh  ta’olo  ekani. 
Xullas, din va barcha ishlarning Alloh ta’ologagina xos ekaniga qat’iy ishonish. 
Ushbu  qoida  va  foydalar  ko‘plab  olim  va  da’vatchilar  tajribasining  mevasidir.  Shuni  yodda 
tutishimiz kerak‐ki, agar Alloh yo‘liga da’vat etayotgan kishilar bu qoidalarni yaxshi tushunsalar edi, 
da’vat harakati uchun ko‘p yaxshiliklar bo‘lar edi. 
Barcha  da’vatchilar  shuni  bilsinlarki,  da’vatlarining  muvaffaqiyati  Alloh  ta’ologagina  bog‘lanish, 
unga barcha ishlarni topshirib tavakkul qilish, niyatni xolis qilib nafs‐havodan qutilishdadir.  

www.sodiqlar.com  66
Абдуллоҳ Асарий “Салафсолиҳ” - “Аҳлус-сунна вал-жамоа”эътиқоди

Salaf solih e’tiqodi haqidagi kitoblar


“Ahlus‐sunna  val‐jamoa”  ichidan  yetishib  chiqqan  allomalar  salaf  solih  e’tiqodi  haqida  ko‘plab 
kitoblar  yozdilar.  Ular  bu  e’tiqod  asoslarini  ko‘rsatib  berar  ekanlar  dalillarni  Qur’oni  Karim  va 
Rasululloh  sollallohu  alayhi  va  sallamning  sunnatlaridan  oldilar.  Ular  bid’atchilarga  raddiya  berib, 
ularning ishlarini ochib tashladilar. Botilga haq, jaholatga ilm va bid’atga sunnat bilan ro‘baro‘ turib 
kurashdilar. Bid’atchilarni qurolsizlantirib, haqni namoyon etib, botilni yo‘q qildilar. Ular bu ishlarni 
din uchungina qildilar. 
Ushbu “al‐Vajiz”ni ta’lif etish mobaynida istifoda etganim ba’zi kitoblarning nomlarini keltirishim 
foydadan  holi  bo‘lmasa  kerak.  Toki  siz  o‘z  e’tiqodingizni  qaerdan  olganingizni  biling  va  aqidangiz 
asl  ekanini,  keyingi  davrlarda  kirib  qolgan  xurofotlar  esa,  sahoba,  tobein  va  ularga  yaxshilik  bilan 
ergashgan  kishilar  kabi  solih  ajdodlarimiz  Rasululloh  sollallohu  alayhi  va  sallamdan  qabul  qilib 
olishgan e’tiqodga begona ekanini bilib oling. 
Salaf solih e’tiqodi haqida Islom ummatining allomalari ko‘plab kitoblar yozdilar. Quyida nomlari 
keltirilgan kitoblar, ularning ba’zilaridir.  
1. “Kitabus‐sunna”, Ahmad ibn Hanbal rahimahulloh, 241‐ hijriy yili vafot etgan. 
2. “Kitabus‐sunna”, Abdulloh ibn Imom Ahmad rahimahulloh, 290‐ hijriy yili vafot etgan. 
3. “Kitabus‐sunna”, Abu Bakr Ahmad ibn Yazid Hallol rahimahulloh, 211‐ hijriy yili vafot etgan. 
4. “Kitabus‐sunna”, Hofiz Abu Bakr Osim rahimahulloh, 287‐ hijriy yili vafot etgan. 
5. “Kitabus‐sunna”, Muhammad ibn Nasr Marvaziy rahimahulloh, 294‐ hijriy yili vafot etgan. 
6. “Sharhus‐sunna”, Imom Hasan ibn Aliy Barbahoriy rahimahulloh, 329‐ hijriy yili vafot etgan. 
7. “Sharhus‐sunna”, Imom Husayn ibn Mas’ud Bag‘aviy rahimahulloh, 436‐ hijriy yili vafot etgan. 
8.  “ash—Shariat”,  Abu  Bakr  Muhammad  ibn  Husayn  Ojurriy  rahimahulloh,  360‐  hijriy  yili  vafot 
etgan. 
9.  “Kitabu  aslis‐sunnati  vad‐diyni”,  Imom  Abu  Hotim  Roziy  rahimahulloh,  327‐  hijriy  yili  vafot 
etgan. 
10. “Sarihus‐sunna”, Imom Abu Ja’far Muhammad ibn Jarir Tabariy rahimahulloh, 310‐ hijriy yili 
vafot etgan. 
11.  “Sharhu  mazahibi  ahlissunnati  va  ma’rifatu  sharoi’id‐diyni  vat‐tamassuku  bis‐sunani”,  Abu 
Hafs Umar ibn Ahmad ibn Usmon ibn Shohin rahimhulloh, 279‐ hijriy yili vafot etgan. 
12.  “Usulus‐sunna”,  Imom  Ibn  Abu  Zamanayn  Andalusiy  rahimahulloh,  399‐  hijriy  yili  vafot 
etgan. 
13. “Kitabun‐nuzul”, “Kitabus‐sifaat”, “Kitabur‐ro‘‘yati”, Imom Hofiz Aliy ibn Umar Dora Qutniy 
rahimahulloh, 385‐ hijriy yili vafot etgan. 
14. “Kitabut‐tavhid va isbatu sifaatir‐robbi azza va jalla”, Imom Abu Bakr Muhammad ibn Ishoq 
ibn Huzayma rahimahulloh, 311‐ hijriy yili vafot etgan. 
15.  “Muqaddimatu  Ibn  Abi  Zayd  al‐Qayruvaniy  fil‐aqiyda”,  Abdulloh  ibn  Zayd  Qayruvaniy 
rahimahulloh, 386‐ hijriy yili vafot etgan. 
16.  “al‐Ibaana  an  shariatil‐firqatin‐nojiyati  va  mujanabatil‐firaqil‐mazmumati”,  Imom  Abu 
Abdulloh ibn Batta Abkariy Hanbaliy rahimhulloh, 387‐ hijriy yili vafot etgan. 
17. “E’tiqodu ahlil‐Hadis”, Imom Abu Bakr Ismoiliy rahimahulloh, 371‐ hijriy yili vafot etgan. 

  67
18.  “al‐Ibaana  an  usulid‐diyana”,  “Risala  ila  ahlis‐sug‘ur”,  ʺMakalaatul  Islamiyyaʺ,  Imom  Abul 
Hasan Ash’ariy rahimahulloh, 320‐ hijriy yili vafot etgan. 
19.  “Aqidatus‐salaf  ahlil‐hadis”,  Imom  Abu  Usmon  Ismoil  ibn  Abdurrahmon  Sobuniy 
rahimahulloh, 449‐ hijriy yili vafot etgan. 
20. “al‐Muxtor fiy usulis‐sunna”, Imom Abu Aliy Hasan ibn Ahmad al‐Banno Hanbaliy Bag‘dodiy 
rahimahulloh, 471‐ hijriy yili vafot etgan. 
21. “Sharhu usuli e’tiqodi ahlissunnati val‐jamoati”, Imom Abul‐Qosim Hibatulloh ibn Hasan ibn 
Mansur Tabariy Lalakaiy rahimahulloh, 418‐ hijriy yili vafot etgan. 
22.  “Kitabul‐arba’iyn  fi  dalailit‐Tavhid”,  Abu  Ismoil  Haraviy  rahimahulloh,  481‐  hijriy  yili  vafot 
etgan. 
23. “Kitabul‐azamati”, Shayx Isfahoniy rahimahulloh, 369‐ hijriy yili vafot etgan. 
24. “al‐E’tiqod val‐Hidaya”, Abu Bakr Ahmad ibn Husayn Bayhaqiy rahimahulloh, 458‐ hijriy yili 
vafot etgan. 
25.  “al‐Hujjatu  fiy  bayanil‐mahajjati  va  sharhu  aqidati  ahlissunnati”,  Abul‐Qosim  Ismoil  ibn 
Muhammad Tamimiy Isfahoniy rahimahulloh, 535‐ hijriy yili vafot etgan. 
26.  “al‐Aqidatut‐Tahoviyya”,  Imom  Ahmad  ibn  Muhammad  ibn  Salaama  Abu  Ja’far  Tahoviy 
Azdiy Hanafiy, rahimahulloh, 321‐ hijriy yili vafot etgan. 
27.  “Lam’atul‐e’tiqodil‐hodiy  ila  sabilir‐roshaad”,  Imom  Muvaffiquddin  Abu  Muhammad 
Abdulloh ibn Qudoma Maqdisiy rahimahulloh, 620‐ hijriy yili vafot etgan. 
28.  “an‐Nasihatu  fiy  sifaatir‐Robbi  jalla  va  ala”,  Imom  Abu  Muhammad  Abdulloh  ibn  Yusuf 
Juvayniy rahimahulloh, 438‐ hijriy yili vafot etgan. 
29.  “Kitabut‐tavhid  va  ma’rifati  asmaaillahi  va  sifaatih”,  Imom  Abu  Abdulloh  ibn  Ishoq  ibn 
Munda rahimahulloh, 395‐ hijriy yili vafot etgan. 
30. “Kitabut‐tavhid”, Imom Abu Abdulloh ibn Ismoil Buxoriy rahimahulloh, 265‐ hijriy yili vafot 
etgan. 
31.  “Kitabul‐iyman”,  Imom   Abu  Ubayd  al‐Qosim  ibn  Sallom  rahimahulloh,  224‐  hijriy  yili  vafot 
etgan. 
32. “Kitabul‐iyman”, Hofiz Muhammad ibn Yahyo ibn Umar Adaniy rahimahulloh, 243‐ hijriy yili 
vafot etgan. 
33.  “Kitabul‐iyman”,  Hofiz  Abu  Bakr  ibn  Muhammad  ibn  Abu  Shayba  rahimahulloh,  235‐  hijriy 
yili vafot etgan. 
34. “Kitabul‐iyman”, Hofiz Muhammad ibn Ishoq ibn Munda rahimahulloh, 395‐ hijriy yili vafot 
etgan. 
35.  “Shuabul‐iymon”,  Hofiz  Abu  Abdulloh  Halimiy  Buxoriy  rahimahulloh,  403‐  hijriy  yili  vafot 
etgan. 
36. “Masailul‐iyman”, Qozi Abu Ya’lo rahimahulloh, 458‐ hijriy yili vafot etgan. 
37. “ar‐Raddu alal‐jahmiyya”, Imom Usmon ibn Said Dorimiy rahimahulloh, 280‐ hijriy yili vafot 
etgan. 
38.  “ar‐Raddu  alal‐jahmiyyati  vaz‐Zanadiqati”,  Imom  Ahmad  ibn  Hanbal  rahimahulloh,  241‐ 
hijriy yili vafot etgan. 

www.sodiqlar.com  68
Абдуллоҳ Асарий “Салафсолиҳ” - “Аҳлус-сунна вал-жамоа”эътиқоди

39.  “ar—Raddu  ala  man  anqaral‐harfa  vas‐soft”,  Imom,  Hofiz  Abu  Nasr  Ubaydulloh  ibn  Sa’d 
Sijziy rahimahulloh, 444‐ hijriy yili vafot etgan. 
40.  “al‐Ixtilafu  fil‐lafzi  var‐raddu  alal‐jahmiyyati  val‐mushabbihati”,  Imom   Abu  Muhammad 
Abdulloh ibn Muslim ibn Qutayba Daynuriy rahimahulloh, 276‐ hijriy yili vafot etgan. 
41. “Xalqu af’olil‐ibadi var‐raddu alal‐jahmiyyati va ashabit‐ta’tili”, Imom Buxoriy rahimahulloh, 
256‐ hijriy yili vafot etgan. 
42.  “Mas’alatul‐uluvvi  van‐nuzuli  fil‐hadisi”,  Hofiz,  “ibn  Kaysaroniy”  nomi  bilan  mashhur 
bo‘lgan Abul fazl Muhammad ibn Tohir Maqdisiy rahimahulloh, 507‐ hijriy yili vafot etgan. 
43.  “al‐Uluvvu  lil‐Aliyyil‐Azim  va  iyzahu  sahihil  axbar  min  saqiymiha”,  “al‐Arba’iyn  fiy  sifaati 
Robbil‐olamiyn” Imom Zahabiy rahimahulloh, 748‐ hijriy yili vafot etgan. 
44.  “Kitabul‐Arsh  va  moa  ruviya  fihi”,  Hofiz  Muhammad  ibn  Usmon  ibn  Abi  Shayba  Absiy 
rahimahulloh, 297‐ hijriy yili vafot etgan. 
45.  “Isbatu  sifaatil‐uluv”,  Imom  Muvaffiquddin  ibn  Qudoma  Maqdisiy  rahimahulloh,  620‐  hijriy 
yili vafot etgan. 
46.  “Aqovilus‐siqot  fiy  ta’vilil‐asmaai  vas‐sifaat”,  “al‐Ba’s  van‐nushur”,  “Isbatu  azabil‐Qabri”, 
Imom Bayhaqiy rahimahulloh, 458‐ hijriy yili vafot etgan. 
47. “at—Tasdiqu bin‐nazari illalloh fil‐oxirati”, Imom Abu Bakr Ojurriy rahimahulloh, 360‐ hijriy 
yili vafot etgan. 
48.  “al‐E’tiqodul‐xolisu  minash‐shakki  val‐intiqodi”,  Imom  Alouddin  Attor  rahimahulloh,  724‐ 
hijriy yili vafot etgan.  
49.  “al‐Uyunu  val‐asaru  fiy  aqoidi  ahlil‐asari”,  Imom  Abdulboqiy  Mavohiliy  Hanbaliy 
rahimahulloh, 1071‐ hijriy yili vafot etgan. 
50.  “at—Tuxaf  fiy  mazafibis‐salaf”,  Imom  Muhammad  ibn  Aliy  Shavkoniy  rahimahulloh,  1250‐ 
hijriy yili vafot etgan. 
51.  “Katfus‐samar  fiy  bayani  aqidati  ahlil‐asar”,  “ad‐Dinul‐xolis”,  Muhammad  Siddiq  Xon 
Kannujiy rahimahulloh, 1307‐ hijriy yili vafot etgan. 
52.  “Lavamiul‐anvaril‐bahiyya  va  savatiul‐asroril‐asariyya”,  “Lavamiul‐anvaris‐sunniyya  va 
lavaqihul‐afqaris‐sunniyya  sharhu  qasidati  ibn  Abi  Davud  al‐Hoiyya”,  alloma  Muhammad  ibn 
Ahmad Safforiniy rahimahulloh, 1188‐ hijriy yili vafot etgan.  
53. “Tajridut‐tavhidil‐mufid”, Imom Ahmad ibn Aliy Mikriyziy rahimahulloh, 845‐ hijriy yili vafot 
etgan. 
54.  E’tiqod  ilmi  haqida  eng  ko‘p  asarlar  yozgan  birinchi  peshqadam  olim  Ibn  Taymiyya 
rahimahullohdir  (728‐  hijriy  yili  vafot  etgan).  U  bu  ilmni  tartibga  soldi  va  uning  qoidalari  hamda 
yo‘llarini ko‘rsatib berdi. Uning ba’zi kitoblari: 
“Minhaajus‐sunnatin‐nabaviyya”,  “Dar’u  taoruzil‐aqli  van‐naqli”,  “Bug‘yatul‐murtaad  fir‐raddi 
alal‐mutafalsifati  va  ahlil‐ilhaad”,  “Iqtizous‐sirotil‐mustaqiym  li  muxolafati  ashabil‐jahiym”,  “as‐
Sorimul‐maslul  ala  shaatimir‐rasul”,  “Kitabul‐iyman”,  “ar‐Risalatut‐Tadmuriyya”,  “Qoidatun  jalila 
fit‐tavassuli  val‐vasila”,  “ar‐Raddu  alal‐mantiqiyyin”,  “al‐Aqidatul‐Vositiyya”,  “al‐Aqidatul‐
Hamaviyya”,  “ar‐Risalatut‐tis’iniyya”,  “Bayanu  talbisil‐jahmiyya”,  “an‐Nubuvvaat”,  “Sharhul‐
aqidatil‐Isfahaniyya”, “Sharhu hadisin‐nuzul”. 
O’ttiz yetti jildli va ko‘pida e’tiqod haqida so‘z yuritilgan “Majmu’ul‐Fataava” kitobi. 

  69
55.  E’tiqod  haqida  asarlar  yozgan  peshqadamlarning  ikkinchisi,  rabboniy  olim,  birinchi 
peshqadamning  shogirdi,  adashgan  firqalarga  raddiya  berishda  o‘zining  ko‘p  kuchini  sarf  etgan 
alloma  ibnul  Qoyyim  al‐Javziyya  rahimahullohdir.  U  752‐  hijriy  yili  vafot  etgan.  Uning  asarlaridan 
ba’zilari quyidagilardir: 
“as‐Sovaiqul‐mursala  alal‐jahmiyyati  val‐muattila”,  “Ijtimaul‐juyushil‐islamiyya  ala  g‘azvil‐
muattilati  val‐jahmiyya”,  “al‐Qasidatun‐nuniyya”,  “Shifaul‐aliyl  fiy  masoilil‐qazoi  val‐qadari  val‐
hikmati vat‐ta’tili”, “Tariqul‐hijratayn va babus‐sa’adatayn”. Va boshqa bebaho kitoblari... 
Biz  eslatib  o‘tgan  bu  kitoblarning  barchasi,  Allohga  hamdlar  bo‘lsin,  nashr  qilingan.  Biz  boshqa 
ko‘plab  kitoblarning  nomlarini  zikr  etmadik.  Zero,  ularning  ba’zilari  nashr  qilingan  va  ba’zilari 
qo‘lyozma holida turibdi. 
  

www.sodiqlar.com  70
Абдуллоҳ Асарий “Салафсолиҳ” - “Аҳлус-сунна вал-жамоа”эътиқоди

Xotima
Biz aytib o‘tgan  e’tiqod — Islom ummatining dastlabki guruhi yashab o‘tgan e’tiqod bo‘lib, u — 
to‘g‘ri,  sof,  Qur’on  va  sunnat,  ummatning  salafi  va  imomlari  aytgan  so‘zlardan  olingan  to‘g‘ri  yo‘l 
bo‘lib, bu yo‘l bilan Alloh ta’olo dastlabki guruhning qalblarini yashnatgan edi. 
Bu e’tiqod — salaf solih, firqai nojiya — najot topuvchi jamoa, g‘olib toifa, hadis ahli, “ahlus‐sunna 
val‐jamoa” e’tiqodidir. 
Bu  mazhab  asoschilari  —  to‘rt  imom,  barcha  faqihlar  jumhuri,  muhaddislar,  amalli  olimlar  va 
ularning izlaridan yurgan va shu kunimizga qadar yurib kelayotgan barcha kishilarning e’tiqodidir. 
Bu e’tiqod qiyomat kuniga qadar qolgusidir. 
Bu  e’tiqodni  o‘zining  sof  bulog‘i  —  salaf  solih  ichgan  bulog‘iga  qaytarishimiz,  ular  sukut  qilgan 
narsalardan  sukut  qilishimiz,  ibodatlarni  ular  qilganidek  qilishimiz,  Qur’on,  sunnat,  Ummat 
salafining  ijmo’si  va  yangi  masalalarda  ularning  tushunchalari  soyasida  to‘g‘ri  qiyosga  multazim 
bo‘lishimiz kerak. 
Amirul‐mo‘‘miniyn Umar ibn Xattob raziallohu anhu dedi:  
“Odamlarning salohiyati va fasodi qachon bo‘lishini bildim: agar fiqh kichikdan kelsa katta unga 
qarshi  bo‘ladi.  Agar  katta  tarafidan  kelsa  kichik  unga  ergashib,  ikkisi  ham  to‘g‘ri  yo‘lga 
hidoyatlanadi” (Ibn Abdul Barr rahimahulloh rivoyati: “Jomiu bayanil‐ilmi”: 247). 
Amirul‐mo‘‘miniyn Aliy ibn Abi Tolib raziallohu anhu dedi:  
ʺIlmni kimdan olyapsiz, qarang, ehtiyot bo‘ling, chunki u olayotganingiz ilm — dindir.ʺ 
Ulug‘ sahoba Abdulloh ibn Mas’ud raziallohu anhu dedi: 
 “Odamlar modomiki, ilmni kattalaridan olar ekanlar, yaxshilik uzra bo‘ladilar. Agar kichiklari va 
yomonlaridan olar ekanlar halok bo‘ladilar” (Hatib: “Kifayat fi ilmir‐rivayat”: 196). 
Bilingki,  musulmon  do‘stim,  Alloh  bizni  va  sizni  to‘g‘ri  yo‘lga  hidoyat  qilsin,  kimki  hidoyatni 
Qur’on, sunnat, salaf solih tushunchalaridan boshqa joydan izlasa yoki Allohning shariatidan ziyoda 
bo‘lgan  narsalarni  olib  kelsa,  u  shubhasiz  ochiq  zalolatda,  to‘g‘ri  yo‘ldan  uzoq  va  musulmonning 
yo‘lidan boshqaga ergashgan kishidir.  
  Biz Rasululloh sollallohu alayhi va sallam sunnatlarining   hammasini    komil   ravishda    qila   
olmay   o‘lib ketamiz. Shunday ekan, dinda bid’atlarni paydo qilish nimasi?! 
Quyidagi baytlarni ko‘p aytib yurgan Imom Molikni Alloh rahmat qilsin: 
Din ishlarining yaxshisi sunnatdir, 
Ishlarning yomoni yangi bid’atdir 
 (Imom Shotibiy: “al‐E’tisom”) 
Obidlarning eng afzali Muhammad sollallohu alayhi va sallamdir. Shunday ekan uning ibodatiga 
xilof  bo‘lgan  barcha  ibodat  bid’at  bo‘lib,  bandani  Alloh  ta’ologa  yaqinlashtirmaydi.  Balki,  undan 
uzoqlashtiradi. Alloh ta’olo dedi:  
“So‘ngra (Ey Muhammad sollallohu alayhi va sallam), Biz sizni (din) ishdan bir shariat (aniq‐
ravshan  qonun)  ustida  (barqaror)  qildik.  Bas,  Siz  (faqat  mana  shu  qonunga)  ergashing  va 
bilmaydigan kimsalarning havoyi nafslariga ergashmang!” (Josiya: 18). 
“Ibrohimning  dinidan  faqat  o‘zini  qadrlamaydigan  (pastkash)  kishilargina  yuz  o‘giradilar” 
(Baqara: 130). 

  71
“Chiroyli  amal  qiluvchi  bo‘lgan  holida  yuzi(o‘zi)ni  Allohga  bo‘ysundirgan  va  to‘g‘ri  yo‘ldan 
og‘magan  Ibrohimning  diniga  ergashgan  kishining  dinidan  ham  go‘zalroq  din  bormi?!  ” 
(Niso:125). 
Musulmonlarning birlashish yo‘li bu ummatning salafi bo‘lmish dastlabki guruh e’tiqod qilgan sof 
aqidaning birligi bo‘lib, ular shu bilan dunyoga adolat ila hukmron bo‘ldilar. 
Xullas, biz eng muhim ishlardan boshlash bilangina isloh va muvaffaqiyatga erisha olamiz. u esa 
da’vatimizni  tavhid  e’tiqodidan  boshlashimiz,  unga  siyosatimiz,  hukmlarimiz,  axloqimiz,  odobimiz 
va muomalalarimizni barpo etishimiz kerak. 
Biz o‘z harakatlarimizni Qur’oni Karim, Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning sunnatlari va 
salaf  solih  tushunchasi  bilan  boshlashimiz  kerak.  Chunki  o‘shagina  Alloh  subhanahu  va  ta’olo  
bizlarni buyurgan to‘g‘ri yo‘l va to‘g‘ri dasturdir. Alloh ta’olo dedi:  
“Albatta,  mana  shu  Mening  To‘g‘ri  yo‘limdir.  Unga  ergashinglar!  (Boshqa)  yo‘llarga 
ergashmangizki, ular sizlarni Uning (Allohning) yo‘lidan uzib qo‘yar.  Shoyad taqvo qilsangizlar, 
deb (Alloh) sizlarni mana shu narsalarga buyurdi.” (An’om: 153). 
Salaf solih e’tiqodi — ummatning ahvolini isloh qiladigan yagona yo‘ldir. 
Biz  Alloh  ta’olodan  salaf  solih  yo‘liga  hidoyat  qilib  qo‘yganidek,  bizlarni  ulardan  qilishini, 
qiyomat  kunida  ular  bilan  birga  Muhammad  sollallohu  alayhi  va  sallamning  bayrog‘i  ostida 
jamlanishga, qalblarimizni hidoyat qilganidan so‘ng adashtirmasligiga, o‘zining yo‘lida yurgan solih 
va amal qiluvchi muvahhidlar qatorida qilishini so‘rab qolamiz. U bunga Qodir, Eshituvchi va Ijobat 
qiluvchi Zotdir. 
Alloh ta’olo payg‘ambarimiz, uning oilasi va barcha sahobalariga salavot va salomlar yo‘llasin! 

www.sodiqlar.com  72
Абдуллоҳ Асарий “Салафсолиҳ” - “Аҳлус-сунна вал-жамоа”эътиқоди

Izohlar
[1]
  (Kengroq  ma’lumotlar  olish  uchun  doktor  Nosir  ibn  Abdulkarim  Aqlning  “Mafhumu  ahlis‐sunnati  val‐jamoati  inda 
ahlissunnati val‐jamoati” (Sunnat va jamoat tushunchasi) kitobiga qaralsin. U bu mavzuni mufassal bayon qilgan. Alloh ta’olo unga 
ko‘plab  savoblar  bersin.  Bundan  tashqari  Muhammad  Abdulhodiy  Misriyning  “Maolimu  intilaqotil‐kubro  inda  ahlissunnati  val‐
jamoati” va Ahmad Faridning “Xasoisu ahlissunnati val‐jamoati” kitobiga murojaat etilsin).  
 [2]
  Kengroq  ma’lumot  olish  uchun  qarang:  ibn  Batta  al‐Abkariyning  “al‐Ibona”  kitobining  muqaddimasi.  Bu  muqaddimani 
tadqiqotchi olim doktor Rizo ibn Na’son (Alloh undan rozi bo‘lsin) yozgan va bu mavzuda keng ma’lumotlar bergan. “Mabahis fiy 
aqidati  ahlissunnati  val‐jamoati  va  mavqiful‐harakatil‐islamiyyati  minha”  kitobining  “Min  hasoisil‐aqidatil‐islomiyyati  va 
ittibaiha” bobi, 29‐ bet. Muallif doktor Nosir ibn Abdulkarim Aql) 
(Biz shu yerdan “Salafiylik islomiy yo‘nalish emas, balki, muvaqqat bosqich, xolos”— deb aytilayotgan da’volarning noto‘g‘ri 
ekanligini bilamiz. Chunki, salaf yo‘nalishi ikki buyuk asosni o‘z ichiga oladi: 
Birinchi: chiroyli namuna. 
Ikkinchi: ergashiladigan sog‘lom dastur.         
Chiroyli namuna — sahobalar, tobeinlar va tobeinlarga yaxshilik bilan ergashgan kishilarning uch asri. 
Dastur esa — u uch asrda aqidani tushunish, dalillarni olish, ilm, iymon va shariatning barcha qirralarini tushunilgan uslub. 
Bundan  ko‘rinib  turibdiki,  “salafiyya”  deb  sifatlanish  bu  yo‘lni  tanlagan  kishilar  uchun  sharafdir.  Chunki,  u  odamning  solih 
ajdodlari — salafi bordir. ular payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallamning guvohligi bilan Islom ummatining eng xayrlisidir. 
Biroq,  “salafiyya”  nomini,   shu  nom  o‘z  ichiga  olgan  aqida  va  amalni  zohiran  va  botinan  ro‘yobga  chiqarmay  olishning  hech 
qanday foydasi yo‘qdir). 
[3]
 ‐ (“Ilhod” — haqiqatdan moyil bo‘lish, undan burilib ketish, demakdir. “Ilhod” ichiga “ta’til”, “taxrif”, “takyif” va tashbih” 
kiradi.) 
“Ta’til” — sifatlarni umuman isbot qilmaslik yoki ba’zilarini isbot qilib, ba’zilarini inkor qilish. 
“Tahrif” — shar’iy dalillarni lafz yoki  ma’nolarida o‘zgartib, ularni zohiriy ma’nolaridan lafz unga kuchsiz ehtimolda dalolat 
qiladigan ma’nolarga burish. Har bir  “tahrif” — ta’tildir. Har bir “ta’til” — tahrif emasdir. 
“Takyif” — “qanday”— deb savol berib, surishtirish. 
“Tamsil”— bir narsaning barcha jihatlardan o‘xshash‐tenggini isbot etish. 
“Tashbih”—bir narsaning ba’zi jihatlardan o‘xshash‐tenggini isbot  etish. 
[4]
 ‐ Alloh ta’oloning zoti va sifatlarining kayfiyatini xayolga keltirish joiz emas. Chunki, inson xayoliga kelgan barcha tasavvur 
va xayoldan Alloh ta’olo buyukdir. 
[5]
  ‐  (Arshga  ko‘tarilish  va  oliylik,  biz,  Alloh  ta’oloning  buyukligiga  loyiq  tarzda  isbot  etadigan  ikki  sifatdir.  “arabcha  istavo” 
so‘zini salaf olimlari: “o‘rnashdi”, “yuksaldi” va “ko‘tarildi” deb tafsir qildilar. Salaf ulamolari “ko‘tarilish” so‘ziga bundan ortiq 
ma’no bermadilar. Ulardan bu so‘zga “ hukmron bo‘ldi”, “ega bo‘ldi”, “bo‘ysundirdi” kabi ma’nolar rivoyat qilinmadi).  
“Istavo”  so‘zining  arab  tilidagi  ma’nosi  Imom  Buxoriyning  “Sahih”  ida  bayon  qilinganidek:  “ko‘tarilish”,  “oliy  bo‘lish”, 
demakdir. 
— Alloh ta’oloning Arshga ko‘tarilish kayfiyati biz uchun noma’lum. Uning haqiqatini Allohning o‘zigina biladi. 
— Dalillar sobit bo‘lgani uchun  Alloh ta’oloning Arshga ko‘tarilganiga iymon keltirish farzdir. 
—  Alloh  ta’oloning  Arshga  ko‘tarilishi  haqida  savol  berish  bid’atdir.  Chunki,  bu  ko‘tarilishning  kayfiyatini  Alloh  ta’oloning 
o‘zigina biladi. 
 ‐ Ular quyidagi tartibda: A’rof: 54,  Yunus: 3,  Ra’d: 2,  To‐ha: 5, Furqon: 59, Sajda: 4, Hadid: 4. 
[6]

  ‐  Ishoq  ibn  Roxavayh  rahimahulloh  ushbu  oyatning  tafsirida  shunday  dedi:  “Ilm  ahllari:  “Alloh  ta’oloning  Arsh  ustiga 
[7]

ko‘tarilgani  va  yerning  yettinchi  qavatining  ostidagi  har  bir  narsani  bilib  turishiga”  ittifoq  qildilar.  (Bu  so‘zni  imom  Zahabiy  «al 
Uluv» kitobida keltirgan. 
[8]
  ‐  Oyatdagi  «Yuzi»  dan  murod   Alloh  ta’oloning  haqiqiy  yuzi.   Yuzning  qolishi  butun  Zotining  qolishiga  dalolat  qiladi, 
bundan boshqa ma’no tushunib qolinmasin.  
[9]
 ‐ Mo‘‘jiza — Alloh ta’olo payg‘ambarlari qo‘lida o‘zlarining rostgo‘y ekanliklarini tasdiqlashlari uchun joriy qiladigan g‘ayri 
tabiiy  ishdir.  Mo‘‘jizaning  bo‘lishi  mumkindir.  Chunki  sabablar  va  musabbab  (sabablantirilgan)  narsalarni  yaratgan  Alloh  ta’olo 
sababiyat  qonunlarini  o‘zgartirishga  qodirdir.  Alloh  ta’oloning  cheksiz  qudrati  oldida  mo‘‘jizalarning  sodir  bo‘lishi  ajablanarli 
emasdir. Alloh ta’olo xohlagan ishini ko‘zni yumib, ochishdan ko‘ra tezroq vaqtda bajara oladi. Alloh ta’olo dedi: “Alloh ta’oloning 
ishi agar u biron narsani xohlasa unga: “Bo‘l!” deb aytadi va u bo‘ladi” (Yo‐sin: 82). 
[10]
 ‐ Ibn Qayyim –Alloh rahmat qilsin‐ dedi: «Tog‘ut –bandaning ibodatda, ergashishda va itoat qilishda haddidan oshishligidir. 
Shu nuqtayi nazardan tog‘utlar behisobdir. Ularning kattalari beshdir: 1‐ Shayton –la’natullohi alayhi. 2‐ Bir kimsaki unga ibodat 
qilinadi va u bunga rozi bo‘ladi. 3‐ Insonlarni o‘ziga ibodat qilishga chorlagan kimsa. 4‐  Oz bo‘lsada g‘ayb ilmidan xabardorman 
deb  da’vo  qilgan  kimsa.  5‐  Alloh  nozil  qilgan  shariatdan  boshqasi  (insonlar  tomonidan  qo‘yilgan  qonunlar)  bilan  hukm  qilgan 
Hokim. 
[11]
 ‐ (Masihud‐Dajjolning fitnasi katta fitnalardandir. Chunki Dajjol kufr, zalolat va fitnalarning manbaidir. Payg‘ambarlarning 
barchasi o‘z qavmlarini Dajjol fitnasidan ogohlantirdi. Bu ogohlantirishga eng ko‘p e’tibor bergan Muhammad sollallohu alayhi va 
sallam bo‘lib, ummatlarini bu fitnadan ogohlantirar ekanlar barcha namozlaridan so‘ng Alloh ta’olodan bu fitnadan panoh so‘rar 
edilar) 
 ‐ Sirot — jannatga o‘tib boriladigan yo‘ldir. Odamlar Sirot ustidan qilgan amallariga qarab o‘tib boradilar. Ularning ba’zilari 
[12]

ko‘zni  yumib‐ochguncha,  ba’zilari  chaqmoqdek,  ba’zilari  esgan  shamoldek,  ba’zilari  uchqur  otdek,  ba’zilari  tuya  yurishidek, 
ba’zilari yugurib, ba’zilari yurib, ba’zilar emaklab o‘tib boradilar. Ba’zi odamlarni tutib, jahannamga otiladi. Har bir kishi o‘zining 
qilgan  amallariga  qarab  azoblanadi  toki  gunoh  va  xatolaridan  pok  bo‘ladi.  Sirotdan  o‘tgan  odamlar  jannatga  kirish  uchun 

  73
tayyorlanadilar  va  jannat  bilan  jahannam  o‘rtasidagi  bir  maydonda  kutib  turadilar.  Ularning  bir‐birlaridan  qasoslari  olinib  (bu 
qasoslarni ulamolar qalb amallarida deganlar, hasad, gina kabi) poklanganlaridan so‘ng jannatga kirishlariga izn beriladi. 
 
[13]
  “Iymon so‘zining lug‘aviy ma’nosi: “tasdiqlash, bo‘ysunish va iqrorni izhor qilish” bo‘lsa, shar’iy ma’nosi: botiniy va zohiriy 
toat‐ibodatlardir.  Botiniylari:  mas: qalb  ishlari, u  — qalbning  tasdiqlashidir. Zohiriylari  esa  badan  qilgan  farz,  sunnat  amallardir. 
Xullas,  iymon  —  qalbda  o‘rnashgan,  uni  amal  tasdiqlagan  va  uning  samaralari  Alloh  ta’oloning  buyruqlariga  itoat  etish, 
qaytariqlaridan chetlanishda ochiq namoyon bo‘lgan narsadir. Zero, amaldan ajragan ilmdan foyda yo‘qdir. Agar quruq ilm foyda 
bersa edi, Iblis (Alloh uni la’natlasin!)ga foyda bergan bo‘lar edi. U Alloh ta’oloning sheriksiz yagona ekani va o‘zi Alloh ta’ologa 
qaytishini  yaxshi  bilar  edi.  Lekin  unga  Alloh  ta’olodan:  “Odamga  sajda  qil!”  amri  kelganida,  amrdan  bosh  tortib,  mutakabbirlik 
qildi  va  kofir  bo‘ldi.  Unga  tavhid  ilmini  bilishi  foyda  bermadi.  Chunki  amaldan  ajragan  ilmning  Alloh  ta’olo  tarozusida  hech 
qanday  vazni  yo‘qdir.  Salaf  solih  tushunchasi  shundaydir.  Zero,  iymon  Qur’oni  Karimda  amaldan  ajratilgan  holida  kelmagan. 
Balki, ko‘p oyatlarda iymonga solih amallarni atf qilingan (bog‘langan). 
 ‐ “Musulmonligi aniq bo‘lgan kimsani shubhalar bilan Islomdan chiqarilmaydi”. Bu salaflarning qoidasi bo‘lib, salaf solih bu 
[14]

qoidaga  rioya  qilgan.  Ular  odamlarni  kofirga  chiqarishdan  juda  ham  uzoq  bo‘lganlar.  Shuning  uchun  ham,  Aliy  ibn  Abi  Tolib 
raziyallohu  anhudan  Nahravon  aholisi  haqida:  “ular  kofirmi”—  deb  so‘ralganida:  “Yo‘q,  ular  kufrdan  qochdilar”—  deb  javob 
bergani, “ular munofiqmi”— deb so‘ralganida: “Munofiqlar Allohni oz zikr qiladilar. Ular  esa Allohni ertayu kech zikr qiladilar. 
Ular  bizning birodarlarimiz faqat, ular bizga bosqinchilik qildilar”— deb javob berganligi rivoyat qilingan (Bayhaqiy: “as‐Sunanul‐
Kubro”: 8/ 173). 
Biz  kufr  hukmini  berishda  tur  bilan  muayyanlik  tushunchasini  ajratishimiz  o‘ta  zarurdir.  Chunki  bir  ish  kufr  bo‘lib  u  bilan 
muayyan  shaxs  ustidan  kofir  hukmini  chiqarilmaydi.  Demak,  bir  so‘zni  kufr   deb  hukm   qilish  bilan,  shu  so‘zni  aytgan  kishi 
ustidan aynan kofir deb hukm chiqarish o‘rtasini ajratish kerak. Masalan: “Alloh har yerda, Allohning so‘zlari maxluqdir” deyish 
yoki  Alloh  ta’oloning  sifatlaridan  birini  inkor etish  kufr  bo‘ladi.  Bu  hukm  tur  va  aytilgan  so‘z  uchun qilingan  hukm  bobidandir. 
Ammo ish muayyan shaxsga taalluqli bo‘lsa, (ya’ni, masalan u mazkur so‘zlardan birini aytsa) undan so‘rab‐surishtirilmagunicha 
kofir  hukmi  berilmaydi.  Chunki  u  bu  haqida  rivoyat  qilingan  hadisni  bilmagan,  yoki  uni  o‘zi  ta’vil  qilgan,  yoki  oyat‐hadislarni 
tushunmagan,  yoki  umuman  johil  bo‘lishi  mumkin.  Agar  tekshirishdan  so‘ng  shubhalar  ko‘tarilib  uning  ustiga  hujjatlar  barpo 
bo‘lsa, endi hukm chiqarish mumkin. Chunki ta’vil qilgan kishi bilan johilning hukmi ko‘r‐ko‘rona qarshi va fojirning hukmi kabi 
emasdir. 
Shayxulislom Ibn Taymiyya rahimahulloh: “johil ta’vilchi va uzrli kishining hukmi o‘jar va fojirning hukmi kabi emasdir. Balki, 
Alloh ta’olo barcha narsa uchun o‘ziga xos me’yor qo‘ygandir”— dedi (“Majmuatur‐rasoil val‐masoil”: 3/ 72). 
Bu ma’lum bo‘lsa, u kabi muayyan johillarga qilgan ishlari Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga xilof ekanini bayon qilgan 
maktubni  yo‘llab,  aytgan  so‘zlarining  kufr  ekanini  tushuntirilib,  hujjatni  barpo  qilinganidan  so‘nggina  “kofir”  deya  hukm 
chiqarish, undan avval esa har qanday hukmni chiqarishga shoshilmaslik kerak” (Majmuatur‐rasoil val‐ masail”). 
Bu so‘zlardan so‘ng johil bo‘lgan muayyan kishi va u kabi kishilar ustidan hujjatni barpo qilinganidan so‘nggina kofir hukmini 
chiqarish mumkin ekanini bilgan bo‘lsangiz kerak. Hujjat esa ular tushunishlari uchun ularning aqllariga mos bo‘lishi kerak.  
Xullas,  “Ijmo’  bilan  kufr”—  deb  aytilgan  so‘z  mutlaq  aytilgan  so‘zdir.  U  bilan  takfir  shartlari  sobit,  mone’liklari  yo‘q 
bo‘lmagunicha  muayyan  kishilar  ustidan  kofir  hukmi  berilmaydi.  Olimlarning  ahli  qiblani  kufrga  hukm  qilmasliklari  qilgan 
bid’atlari  kofir  qilmaydigan  kishilargagina  tatbiq  qilinadi.  Chunki  ulamolarning  barchasi  kofir  qiladigan  bid’atlarni  qilgan 
kishilarning kofir ekanliklariga ittifoq qilganlar. 
[15]
 ‐ Nifoq (munofiqlik) ikki qismdir. E’tiqod va amal nifoqi. 
a) e’tiqod nifoqi yoki katta nifoq.  
Bu  nifoqni  qilgan  odam  qalbida  kufrni  yashirib,  tili  va  a’zolarida  iymonni  izhor  qiladi.  Bunday  nifoq  sohibi  do‘zaxning  eng 
pastki tabaqa ahlidandir. U Alloh ta’olo yuborgan va Rasululloh sollallohu alayhi va sallam olib kelgan barcha yoki ba’zi narsalarni 
rad etadi. Yoki Rasululloh sollallohu alayhi va sallam olib kelgan dinning g‘olib bo‘lishini yoqtirmaydi.... va boshqa kufr ishlarni 
qiladi.  
b) amal nifoqi yoki kichik nifoq. 
Bu  nifoqda  amal  shariatga  xilof  o‘laroq  bo‘ladi.  Uni  qilgan  kishi  Islom  millatidan  chiqmaydi.  Masalan:  yolg‘on  so‘zlaydi, 
va’dasiga xilof va omonatga xiyonat qiladi, ahdida turmaydi va janjal qilsa haqoratli so‘zlarni aytadi). 
  ‐  Shuning  uchun  ham,  o‘lgan  kishi  uchun  “marhum”  (rahm  qilingan)  yoki  “mag‘furun  lah”  (gunohlari  kechirilgan)  kabi 
[16]

so‘zlarni iste’mol qilish joiz emas. Chunki bu so‘zlar mayyit uchun qilinishi kerak bo‘lgan duolardan emas. Balki, bu so‘zlar qat’iy 
va Alloh ta’olo uchun bilmay aytilgan so‘zlardir. Bu so‘zlarning ma’nosi mayyitga rahmat va mag‘firatning berilganini ifodalaydi. 
To‘g‘risi  esa  mayyitni  tilga  olinganda  uning  haqqiga  mag‘firat  va  kechirishni  so‘rab  Alloh  ta’ologa:  “Alloh  ta’olo  uni  kechirsin”, 
“Alloh  ta’olo  uni  rahmat  qilsin”  deb  duo  qilishdir.  Shuningdek,  o‘ldirilgan  yoki  o‘lgan  kishilarni  “shahid”  deb  ham  atalmaydi. 
Chunki o‘lgan odamning niyatini Alloh ta’oloning o‘zi biladi. To‘g‘risi esa: “Biz Alloh ta’olodan u uchun shahidlikni nasib etishini 
so‘raymiz.  U,  inshaalloh,  shahid  bo‘lib  ketgan  deb  gumon  qilamiz  va  hech  bir  kishini  Alloh  ta’olo  uchun  oqlamaymiz”—  deb 
aytishlikdir. Chunki bu so‘zlar qat’iy aytilgan so‘zlar emas, balki, duodir. Qat’iy so‘zlarni aytish esa yuqorida aytib o‘tganimizdek 
Alloh taologa bilmay so‘zlarni aytish, demakdir. 
[17]
 ‐ Bandaning Allohga shukri Alloh bergan ne’matlarni Unga toat qilishda sarflashi yoki shu ne’matlardan to‘g‘ri o‘rinlarda 
foydalanmog‘i.  Allohning  bandaga  shukrining  ma’nosi  oz  amal  Uning  huzurida  o‘sishi  va  Alloh  bu  amalni  qiluvchiga  savobni 
qo‘sh‐qo‘sh qilib berishi. (Al‐Mavsuatul‐fiqhiyya) (izoh tahririyatdan) 
[18]
 ‐  «Do‘stlashish» arab tilida “al‐muvolot” deyiladi. Uning ma’nosi esa “yaxshi ko‘rmoq, sevmoq”, demakdir. Birovni o‘zingiz 
boshlab,  undan  evaz  kutmay  yaxshi  ko‘rishingiz  arab  tilida  «muvolot»dir  «avlaytuhu»  «volaytuhu»  uni  yaxshi  ko‘rdim  degan 
so‘zlar shu o‘zakdan olingan. «Viloyat» so‘zi  «Adovat» so‘zining ziddi bo‘lib do‘stlashuv degani. Xullas, «muvolot» yoki «valo’» 
so‘zi muhabbat, yordam, ergashish ma’nolarini anglatib bir narsaga yaqinlikni bildiradi. 

www.sodiqlar.com  74
Абдуллоҳ Асарий “Салафсолиҳ” - “Аҳлус-сунна вал-жамоа”эътиқоди

«Odo  –  yuodiy»  fe’lining  masdari  «muodotun»  so‘zi  va  «adoun»  «adovatun»  so‘zlari  dushmanlashuv  va  uzoqlashuv 
ma’nosidadir. Adovat zarar berish yoki intiqom olish maqsadida inson qalbiga o‘rnashgan tuyg‘udir. Dushman do‘stning ziddidir. 
Xullas, “al‐muodot” — bir‐biridan uzoqlashish va ixtilof qilish, demakdir va “al‐muvolot” ning ziddidir. 
“al‐Muvolot” va “al‐Muodot” (do‘st va dushman bo‘lmoq)ning shariatdagi iste’moli. 
“Do‘stlik”ning  asosi  muhabbatdir.  “Dushmanlik”ning  asosi  nafratdir.  Bu  ikkisidan  qalb  va  a’zolarning  amallaridan  bo‘lmish 
do‘stlik va dushmanlik haqiqati ichiga kiruvchi yordam berish, jihod va hijrat kabi narsalar vujudga keladi. Demak, do‘stlashish bir 
narsaga  so‘zlashuv  yoki  fe’l  yoxud  niyat  orqali  yaqinlashishdir.  Dushmanlashuv  esa  uning  ziddidir.  Shu  yerdan,  bu  —  ikki: 
lug‘aviy va shar’iy ma’nolar o‘rtasida farq yo‘q ekani, Alloh ta’olo mo‘‘minlarga mo‘‘minlarni to‘la do‘st tutish va kofirlarni to‘la 
dushman tutishni farz qilgani va mo‘minlarni to‘la do‘st tutish faqat kofirlardan to‘la bezor bo‘lish bilan hosil bo‘lishi ya’ni ikkisi 
bir‐birini lozim tutgan narsalar ekani ma’lum bo‘ladi. 
[19]
  “Karomat” — g‘ayritabiiy ishdir. Biroq, u, payg‘ambarlar mo‘‘jizalariga raqobat yoki payg‘ambarlik da’vosi bilan bo‘lmaydi. 
Alloh  ta’olo  karomatni  shariatga  qat’iy  amal  qilgan  kishilarga  ularni  ikrom  qilib  beradi.  Karomat  Qur’oni  Karimning  “Kahf”  va 
boshqa surasida bayon qilinganidek, tarixda yashab o‘tgan xalqlarga ham berilgan edi. Islom ummatining avvalida esa sahobalar 
va tobeinlarga ham berildi. Umar ibn Xattob raziallohu anhu uzoqda bo‘lgan sahobaga: “Ey Soriya, toqqa chiq!”— deb xitob qildi. 
Bundan  boshqa  karomatlar  ham  ko‘p.  Rasululloh  sollallohu  alayhi  va  sallamdan  rivoyat  qilingan  ishonchli  (sahih)  hadislar 
to‘plamlari  va  boshqa  asarlarda  Allohning  Kitobi  va  Rasulining  sunnatlariga  amal  qilgan  solih  kishilar  uchun  berilgan 
karomatlarni ko‘rgan va bilgan minglab ishonchli olimlar rivoyat qildilar. Karomatlar Alloh xohlagan vaqtga qadar bu ummatda 
davom etadi. Avliyolar karomatlarining sodir bo‘lishi, aslida, payg‘ambarlarning mo‘‘jizasidir. Zero, karomat Rasululloh sollallohu 
alayhi va sallamga ergashish va u kishi keltirgan dinu shariat yo‘lida yurish barakoti bilan sodir bo‘ladi va aqlan bo‘lishi mumkin 
bo‘lgan  narsadir.  Alloh  ta’olo  bergan  ba’zi  mo‘‘min  bandalariga  ilm  ufqlarining  ochilishi  biz  eshitib,  o‘qiganimiz  karomat  ya’ni, 
moddiy, g‘ayri tabiiy ishlardan ko‘ra yaxshiroq va buyukroq bo‘lishi mumkin. 
Qur’on  va  sunnatga  amal  qilib  sabot  bilan  turish  hamda  Alloh  va  Rasuli  sollallohu  alayhi  va  sallamga  itoat  va  ularning 
hukmlariga rozi bo‘lish, bilim va amalga muvaffaq bo‘lish ham karomatdir. Ba’zi musulmonlarning hayotlarida karomatning sodir 
bo‘lmasligi, ular iymonining zaifligiga dalolat qilmaydi. Chunki karomatning sodir bo‘lish sabablari bor: Masalan: 
Bandaning iymonini quvvatlash uchun karomat berilishi.  
Shuning uchun iymonlari kuchli bo‘lgani bois ko‘plab sahobalar hayotida karomat sodir bo‘lmadi. 
Dushmanlarga hujjatni keltirish sababidan. 
Karomat — aql tomonidan tartibga solinmaydi. Biroq shariat qonun‐qoidalariga muvofiq bo‘lishi shartdir.  
Karomatning shartlari bo‘lib ular: u shar’iy hukm va diniy qoidalarni harom qilmaslik, tirik odamdan va ehtiyoj uchun sodir 
bo‘lishi. Agar bu shartlar buzilsa, sodir bo‘lgan narsa karomat emasdir. Balki u xayol yoki vahm yo shaytoniy xabardir. Karomat 
bilan  biron  shar’iy  hukmni  isbot  ham,  inkor  etilmaydi.  Chunki  shar’iy  hukmlarning  Qur’on,  sunnat  va  ijmo’dan  iborat  o‘z 
manbalari bor. 
Alloh  ta’olo  karomatni  bir  taqvoli  mo‘‘min  bandasining  qo‘lida  sodir  etgan  bo‘lsa,  bu  odam  Alloh  ta’ologa  bu  ne’mat  uchun 
shukr qilishi, bu ne’matni yashirishi va odamlar oldida faxrlanish va obro‘ olish uchun vasila qilib olmasligi kerak. Bunday qilish 
halokatga  olib  boradi.  Zero,  ko‘plab  odamlar  ularni  shayton  shu  yo‘l  bilan  yo‘ldan  urganda  dunyoyu  oxiratda  ziyon  ko‘rdilar. 
Shuning  uchun  ham,  Alloh  ta’olo  Qur’oni  Karimning  ko‘p  oyatlari,  xususan,  “Furqon”  surasining  63‐84  ‐  oyatlarida  hamda 
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam qator hadislarida bayon qilgan Alloh ta’oloning avliyolarining sifatlarini unutmaslik kerak.  
Bu  sifatlarning  ba’zilari:  Allohga,  Allohning  farishtalari,  kitoblari,  payg‘ambarlari,  oxirat  kuni,  qazo  va  qadarning  yaxshi  va 
yomoniga iymon keltirish, taqvo — Alloh ta’olodan qo‘rqish, Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning sunnatlariga amal qilish, 
Allohga uchrashish kuniga tayyorlanish, Alloh uchun yaxshi ko‘rish va Alloh uchun yomon ko‘rishdir. 
Allohning  avliyolarini  ko‘rishingiz  sizga  Allohni  eslatadi,  yerda  tavozu  bilan  xokisor  bo‘lib  yuradilar,  johillar  xitob  qilsalar: 
“Salomat  bo‘ling”  deydilar,  tunlarini  Robbilariga  sajda  va  qiyom  bilan  o‘tkazadilar  va:  “Robbimiz,  bizdan  jahannam  azobini 
burgin”  deydilar,  pul‐mol  sarf  etsalar  isrof  va  baxillik  qilmaydilar,  Alloh  bilan  birga  boshqa  ilohlarga  duo  qilmaydilar,  Alloh 
harom  qilgan  jonni  nohaq  o‘ldirmaydilar,  zino  qilmaydilar,  yolg‘ondan  guvohlik  bermaydilar,  behuda  narsalar  oldidan  o‘tsalar, 
viqor bilan o‘tadilar, ularga Allohning oyatlari eslatilsa ongli ravishda sajda qilib yiqiladilar, duolari esa: Robbimiz, juftlarimiz va 
zurriyotlarimizni biz uchun quvonch qil va bizlarni taqvoli kishilar uchun imom qil” dir... 
Qur’on  Karim  va  Rasululloh    sollallohu  alayhi  va  sallamning  sunnat‐  larida  Alloh  ta’oloning  avliyolarining    bundan  boshqa 
sifatlari ham bor. 
[20]
 Ibn Qudoma Maqdisiy rahimahulloh dedi: “Sehr — bog‘lash, dam solish, aytilgan yoki yozilgan so‘z va qilingan ish bo‘lib u 
odamning badani, qalbi va aqliga bilvosita ta’sir etishi mumkin. Sehrning haqiqati bo‘lib, o‘ldirishi, kasal qilishi, kishini xotiniga 
jinsiy  aloqadan  man  qilishi,  er  va  xotin  o‘rtasini  buzishi  va  ularni  bir‐biriga  yaxshi  yoki  yomon  ko‘rsatishi  mumkin...  Bu  imom 
Shofiiy rahimahullohning ham so‘zidir. Va yana Ibn Qudoma dedi: Mazkur ishlar sobit ekan demak sehrni o‘rganish va o‘rgatish 
haromdir. Bunda ahli ilm o‘rtasida xilof borligini bilmaymiz. Ashoblarimiz dedilar: sehr qiluvchi uni o‘rganishi va qilishi bilan – 
xoh  haromligini  e’tiqod  qilsin,  xoh  mubohligini‐  kofir  bo‘ladi.  Ibn  Qudoma  yana  sehr  haqiqati  haqida  to‘xtalib  dedi:  Sehrning 
haqiqati  bo‘lmasa  edi,  Alloh  ta’olo  undan  panoh  so‘rashga  buyurmagan  bo‘lur  edi.  Alloh  ta’olo  dedi:  “...balki  odamlarga  sehr 
o‘rgatadigan  shaytonlar  kofir  edilar.  Va  Bobildagi  Horut  va  Morut  nomli  farishtalarga  tushirilgan  narsalarga  ergashadilar.— 
Xolbuki,  u  farishtalar:  «Biz  faqatgina  fitnamiz  (ya’ni  odamlarni  aldab  imtihon  qilish  uchun  yuborilganmiz),  bas,  (biz  aytgan 
narsalarni  qilib)  kofir  bo‘lib  qolma»,  demasdan  turib  hech  kimga  hech  narsa  o‘rgatmas  edilar.—  Va  o‘shalardan  (Horut  va 
Morutdan) er‐xotinning o‘rtasini buzadigan narsalar o‘rganadilar. (Baqara: 102) ” (Qarang: “al‐Mug‘niy”: 8/ 150, 151). 
 Makka shahridan hijrat qilgan musulmonlarga yordamchi bo‘lgan madinaliklar. 
[21]

  “Taqlid”  —  mukallaf  odamning  shar’iy  hukmlarda  so‘zi  hujjat  bo‘lmagan  kishining  mazhabini  lozim  tutishidir.  Yoki  bir 
[22]

kishining so‘zini dalilini bilmay, yoki dalilini aytmagan kishining so‘zini qabul qilish, demakdir. “Muqallid” (taqlidchi) muayyan 
bir kishiga dalilini bilsin, bilmasin ergashgan va uning so‘zlaridan aksi isbot etilsada chiqmagan odamdir.  
Taqlidning  —  ilm,  muqallidning  esa  olim  olim  emasligida  olimlar  o‘rtasida  xilof  yo‘q.  Alloh  ta’olo  taqlidni  qoraladi  va  ko‘p 
oyatlarda taqlid qilishdan qaytardi: “Qachon ularga: «Alloh nozil qilgan narsaga va payg‘ambarga kelinglar», deyilsa, ular: «Biz 
uchun  ota‐bobolarimizni  nimaning  (ya’ni  qaysi  dinning)  ustida  topgan  bo‘lsak,  o‘sha  yetarli»,  deyishadi.  Agar  ota‐bobolari 
hech narsani bilmaydigan va haq yo‘lni topa olmaydigan bo‘lsalar ham‐a?!” (Moida:104).  
Salaf  ulamolari  va  mujtahid  imomlar  ham  taqlid  qilishdan  qaytardilar.  Chunki  taqlid  musulmonlar  safidagi  tortishuv  va 
zaiflikka  sabab  bo‘lib,  birlik  esa  Rasululloh  sollallohu  alayhi  va  sallamga  ergashish  hamda  ixtilof  paytida  “Alloh  aytdi”  va 
“Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdi”ga qaytishdadir. 

  75
Shuning uchun ham, biz sahobalarning — Alloh ularning barchasidan rozi bo‘lsin —o‘zlaridan biron muayyan kishiga barcha 
masalalarda  taqlid  qilganliklarini  ko‘rmaymiz.  Shuningdek,  mazhab  asoschilari  bo‘lmish  to‘rt  imom  ham  — Alloh  ularni  rahmat 
qilsin  —  o‘z  ra’ylariga  taassub  qilmadilar.  Balki,  o‘z  ra’ylarini  Rasululloh  sollallohu  alayhi  va  sallamning  hadislarini  ko‘rganlari 
yoki eshitganlari zamon tark etar edilar. Ular o‘zlariga dalillarini bilmay turib taqlid qilishdan qaytarar edilar. Imom A’zam Abu 
Hanifa  rahimahulloh:  “Hadis  sahih  (ishonchli)  bo‘lsa,  u  mening  mazhabimdir”—  dedilar.  Bundan  tashqari:  “Hech  bir  kishiga  
qaerdan olganimizni bilmay turib, bizning so‘zimizni olishi halol emas”— dedilar.  
Imom  Molik  rahimahulloh:  “Men  ham  insonman.  Men  ham  to‘g‘ri  yoki  xato  ish  qilishim  mumkin.  Mening  ra’ylarimga 
qaranglar, agar Qur’on va sunnatga muvofiq bo‘lsa olinglar, bo‘lmasa tashlanglar!”— dedi. 
Imom  Shofiiy  rahimahulloh  dedi:  “Har  bir  mas’alaki  u  haqda  roviylarning  Rasululloh  sollallohu  alayhi  va  sallamdan  qilgan 
sahih naqllari men aytgan so‘zlarning aksi bo‘lsa, men u so‘zlarimdan hayotligimda ham o‘lganimdan keyin ham qaytuvchiman ”. 
Imom  Ahmad  rahimahulloh  dedi:  “Sen  menga,  Molikka,  Shofiiyga,  Avzoiyga,  Savriyga  taqlid  qilma!  Hukmlarni  ular  olgan 
yerdan ol!”. 
Imomlarning bu haqda aytgan so‘zlari juda ham ko‘p. Chunki ular Alloh ta’oloning quyidagi so‘zlarini juda yaxshi tushunar 
edilar:  “(Ey  insonlar),  sizlarga  Parvardigoringizdan  nozil  qilingan  narsaga  (Kitobga)  ergashingiz,  undan  o‘zga  «do‘stlarga» 
ergashmangiz! Kamdan‐kam pand‐nasihat olursizlar.” (A’rof:3) 
[23]
  ‐  “Habash  qul”  —  so‘zining  iste’molidan  buyuk  imom  —  xalifa  tomonidan  o‘lkalar  va  harbiy  bo‘linmalarga  ta’yin  etilgan 
kishi  tushuniladi  va  buni  “kichik  amirlik”  deb  ataladi.  Ibn  Hajar  Askaloniy  rahimahulloh  “Fathul‐Boriy”  kitobida  Xattobiydan 
shunday  rivoyat  qildi.  U  dedi:  “Goho  hayotda  bo‘lmaydigan  narsalar  bilan  misollar  keltiriladi.  “Habash  qul”  so‘zi  amirga  itoat 
etishga  buyurishning  eng  mubolag‘ali  ko‘rinishidir.  Aslida  esa  u  qulning  amir  bo‘lishi  shar’an  tasavvur  qilinmaydi.  Bu  hadisni 
buyuk imom — xalifalikka burish, xalifalik Quraysh kabilasiga xos ekaniga dalolat qiluvchi ochiq hadislar ma’nolariga ko‘ra juda 
uzoqdir. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: “Imomlar Qurayshdandir. Ularning yaxshilari yaxshilarining imomlaridir. 
Yomonlari fojirlarining imomlaridir. Har bir haqdorning haqqini bering! Agar Quraysh sizlarga a’zolari kesilgan habash qulni amir 
qilsa, unga quloq solib, itoat etinglar” (Shayx Alboniy: “Sahihul‐jome’”). 
“Quraysh (qabilasi)dan ikki kishi tirik ekan, bu ish (xalifalik) ularda qoladi”. (Muttafaqun alayh). 
Quraysh  qabilasining  bu  ishga  shariat  tarafidan  xoslanishida  ularning  nasabi  va  jinsida  o‘ziga  xos  fazilat  —  tanlovning 
borligidir.  Zero,  Rasululloh  sollallohu  alayhi  va  sallam  shunday  dedilar:  “Alloh  ta’olo  Ismoilning  farzandlari  ichidan  Kinonani, 
Kinona ichidan Qurayshni, Quraysh ichidan Hoshim urug‘ini, Hoshim urug‘idan esa meni tanlab oldi” (Imom Muslim rivoyati). 
Hatto ishning dinni barpo qila olmay qolganida qurayshning qo‘lidan ketishi ham, Quraysh boshqa davrlarda dinni barpo qila 
olmaydi degani  emas.  Ammo Quraysh qabilasiga  mansub bo‘lmagan  odamning  qurayshlikka  zo‘rdan g‘olib  bo‘lib  xalifa  bo‘lishi 
payg‘ambarlik asosidagi xalifalik bo‘lmaydi balki, zo‘ravon podshohlik bo‘ladi deganidir. 
Hofiz ibn Hajar rahimahulloh “Fathul‐Boriy”  kitobida shunday deydi: “Iyoz — rahimahulloh — dedi:   “Xalifaning 
Quraysh  qabilasidan  bo‘lishi  barcha  ulamolar  o‘rtasida  ittifoq  qilingan.  Salaflarning  yoki  ulardan  keyingi  avlodlarning 
birontasidan buning xilofi naql qilinmagan” (13/ 128). 
[24]
  ‐  Amir  haqqiga  salohiyat,  to‘g‘ri  turish  va  hidoyat  bilan  duo  qilish  —  salaf  solih  yo‘lidir.  Imom  Barbahoiy  rahimahulloh 
o‘zining  qiymatli  kitobi  “Sharhussunna”ning  116  ‐  sahifasida  shunday  deydi:  “Agar  bir  odamning  sulton  (xalifa)  zarariga  duo 
qilayotganini  ko‘rsangiz,  bilingki,  u  nafs‐havosiga  uchgandir.  Agar  bir  odamning  sulton  (xalifa)ning  solih  bo‘lishi  uchun  duo 
qilayotganini ko‘rsangiz, bilingki, inshaalloh, u sunnat sohibidir”. 
Fuzayl ibn Iyoz rahimahulloh dedi: “Agar menda albatta qabul bo‘ladigan bitta duo bo‘lsa edi, men uni faqat sulton haqqiga 
qilar  edim.  Biz  ularning  garchi  jabr  va  zulm  qilsalar‐da,  zarariga  emas,  balki,  islohlari  uchun  duo  qilishga  buyurilganmiz.  Zero, 
ularning jabr va zulmlari o‘zlariga, salohiyatlari esa o‘zlari va musulmonlar uchundir”. 
Haqiqatan ham, ularning to‘g‘ri bo‘lishlari ummat uchun xayrlidir. 
Hasan Basriy rahimahulloh dedi: “Alloh senga ofiyat bersin, bilginki, amirlarning jabri Alloh ta’oloning intiqomidir. Allohning 
intiqomiga  qilich  bilan  qarshi  bo‘linmaydi.  Balki,  undan  duo,  tavba  va  qilgan  gunohlarni  tark  qilish  bilan  saqlaniladi.  Allohning 
intiqomiga qilich bilan qarshi turilsa, Allohning qilichi keskirroq bo‘ladi.  
      Rivoyat        qilishlaricha      Hasan        Basriy      rahimahulloh      Hajjojning    zarariga  duo  qilayotgan  bir  kishini  ko‘rdi  va  unga: 
“Senga Allohning rahmati yog‘ilsin, unday qilma. Balolar o‘zingiz qilgan ishlar sabablidir. Men agar Hajjojni chetlatilsa yoki o‘lsa, 
sizlarga to‘ng‘izlar va maymunlar hokim bo‘lib qolishidan qo‘rqaman”— dedi. (Ibn Javziy: “Odobu ‐ Hasan al‐Basriy”) 
[25]
  ‐  Imom  Navaviy  rahimahulloh  dedi:  “Musulmonlar  imomlari  (xalifalari)ga  xayrixoh  bo‘lish  —  ularga  haq  bo‘lsalargina 
yordam berish, itoat qilish, yaxshilikka buyurish, ogohlantirish, muloyimlik bilan unutgan narsalarini eslatishdir” (“Sharhu Sahihi 
Muslim”: 2/ 241) 
[26]
  ‐  Ma’lumingiz  bo‘lsinki,  xalifalikka  ta’yinlanib  va  odamlar  unga  jamlanib  rozi  bo‘lgan,  yoki  o‘z  qilichi  bilan  g‘olib  bo‘lib, 
xalifa bo‘lgan kishiga itoat etish vojib va qarshi chiqish haromdir.   
Imom  Ahmad  rahimahulloh  dedi:  “Voliylar  ustidan  qilich  bilan  zafar  qozonib  xalifa  bo‘lgan  va  “amirul‐mo‘‘minin”  deb 
nomlangan  shaxsga,  u  xoh  solih  va  xoh  fojir  bo‘lsin,  Allohga  va  oxiratga  iymon  keltirgan  odam  unga  bay’at  qilmay  kechani 
o‘tkazishi va uni xalifa deb bilmasligi halol emasdir” (Abu Ya’lo: “al‐Ahkomus‐sultoniyya”). 
Imom  ibn  Hajar  rahimahulloh  “Fathul‐Boriy”  kitobida  dedi:  “Fuqaholar  kuch  bilan  g‘olib  bo‘lgan  xalifaga  itoat  qilib,  u  bilan 
jihod  qilishning  farz  ekaniga  hamda  unga  itoat  qilish,  unga  qarshi  chiqishdan  ko‘ra  yaxshiroq  ekaniga  ijmo’  ya’ni,  yakdil  fikr 
bildirdilar. Chunki bunda — qon to‘kilishning oldini olish, xalqni tinchlantirish bordir” (13/ 90). 
Shayxul‐islom  Ibn  Taymiyya  rahimahulloh  dedi:  “Saltanat  sohibi  bo‘lgan  imomga  qarshi  chiqqan  ko‘pchilikning  bu 
chiqishidagi zarar foydasidan ko‘ra ko‘proq bo‘lgan” (“Minxajus‐sunna”: 22/ 241). 
Biroq, Alloh shariatini to‘xtatib uning hukmlaridan boshqa hukm bilan hukm qilgan hokimlarga itoat qilinmaydi. Chunki ular 
musulmonlar ishini bajarish, dinni himoya qilib, uni atroflarga yoyish, shar’iy hukmlarni ijro etish, chegaralarni qo‘riqlash, da’vat 
qilinganidan  so‘ng  o‘jarlik  qilib  itoat  etmagan  kishilarga  qarshi  jihod  qilish,  musulmonlarni  sevib,  din  dushmanlarini  dushman 
tutish  kabi  xalifalikdan  ko‘zlangan  maqsadlarini  zoe  qilgan  bo‘ladilar.  Shuning  uchun  ham,  unday  odamlarda  imomlik  haqqi 
qolmas. Balki, ummatning muammolari bilan shug‘ullanadigan va ummat tomonidan vakil qilib tanlab olingan uyushma (hay’at) 
uni o‘z vazifasidan olishi va o‘rniga imomlik maqsadlarini ro‘yobga chiqaradigan kishini ta’yin etishi vojibdir. 
“Ahlus‐sunna val‐jamoa” zulm va fosiqlik qilgan imomga qarshi chiqishdan qaytarar ekan (chunki zulm va fosiqlik dinni zoe 
qilish emasdir), Allohning shariatini amalda tatbiq etayotgan xalifani nazarda tutganlar. Zero, salaf solih dinni himoya qiladigan 
xalifalikni  nazarda  tutganlar.  Balki,  ular  bunday  (dinni  himoya  qilmagan)  “xalifalik”ni  xalifalik  deb  hisoblamaganlar.  Amirlik 
deganda  esa  dinni  tatbiq  qilgan  amirlik  tushunilgan.  Buni  qilgandan  keyin  boshqa  ishlarda  yaxshi  amirlik  va  fojir  amirlikka 

www.sodiqlar.com  76
Абдуллоҳ Асарий “Салафсолиҳ” - “Аҳлус-сунна вал-жамоа”эътиқоди

bo‘lingan.  Aliy  raziyallohu  anhu:  “Odamlar  uchun  yaxshidir,  yomondir  amirlik  bo‘lishi  kerak”  —  dedilar.  Odamlar:  “Yaxshi 
amirlikni bilamiz, biroq, yomon amirlik qanday bo‘ladi?” — deb so‘raganlarida Aliy raziyallohu anhu: “u bilan yo‘llar osoyishta, 
(islomiy)  jazolar  ijro  bo‘ladi,  dushmanlarga  qarshi  jihod  qilinadi  va  o‘ljalar  tarqatiladi”  —  dedilar”  (Ibn  Taymiyya: 
“Minxajussunna”: 1/ 146). 
[27]
  ‐  Abdulloh  ibn  Mas’ud  raziyallohu  anhu: “Abu Bakr  va  Umarni  yaxshi ko‘rish  iymondandir.  Ularning afzalliklarini  bilish 
esa  sunnatdir”—  dedi.  Imom  Molik  rahimahuloh  esa:  “Salaf  o‘z  farzandlariga  Abu  Bakr  va  Umarni  sevishni  Qur’on  surasini 
o‘rgatganlaridek o‘rgatar edilar” — dedi (Lalakaiy: “Sharhu usuli ahlissunna”). 
[28]
  ‐  Sahobalarning  hammasi  ham  fitnalarga   kirmadilar.  Fitna  kuchaygan  vaqtda  sonlari  o‘n  minglab  bo‘lgan  sahobalarning 
o‘ttizga  yetmagan  sonigina  fitna  tuzog‘iga  tushdilar.  Buni  Imom  Ahmad  rahimahulloh  “al‐Musnad”ida  ishonchli  rivoyat  silsilasi 
bilan Ibn Siyrindan, Abdurrazzoq esa “al‐Musannaf”ida va Ibn Kasir esa “al‐Bidaya van‐Nihaya”sida rivoyat qildilar. 
[29]
 ‐ Ubaydulloh ibn Umar va Miqdod raziallohu anhumolar o‘rtasida so‘z qochdi. Ubaydulloh Miqdodni haqorat qildi. Bundan 
xabardor  bo‘lgan  Umar  ibn  al‐Xattob  raziallohu  anhu:  “Menga  o‘tkir  narsani  olib  kelinglar,  uning  tilini  kesay!  Toki  boshqalar 
Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning sahobalarini haqorat qilmasinlar”— dedi. (Lalakaiy. “Sharhu e’tiqodi ahlissunna”). 
[30]
 ‐ Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning xonadonini nega sevmaylik! Axir biz ular uchun barcha namozlarimizda salavot 
va salomlar aytamiz‐ku!. 
[31]
 Sarid arablar sevib tanovul qiladigan taom bo‘lib, go‘shtni uzoq qaynatib pishirilganidan so‘ng uni suvi bilan non to‘g‘ralgan 
katta idishga quyiladi va tanovul qilinadi. 
[32]
  ‐ Dinda paydo bo‘lgan birinchi bid’at — namoz bilan zakot o‘rtasini ajratish va: “Zakot Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning 
o‘zigagina beriladi”— deb da’vo qilish bo‘lgan edi. Abu Bakr raziallohu anhu bularga qarshi jihod qildi va ularni ishlari kuchaymay turib yo‘q 
qildi. Agar bularni o‘z holiga qo‘yganlarida edi ularning  bu da’vosi hozirgi kunimizgacha din bo‘lib qolar edi.  
Umar raziallohu anhuning davrida esa ba’zi kichik bid’atlar paydo bo‘ldi. Umar raziallohu anhu ham ularni tag‐tomiri bilan tugatdilar.  
Usmon raziallohu anhuning davrida esa katta fitnalar bosh ko‘tardi. U — haq xalifaga qilich bilan qarshi chiqish edi. Ularning bid’atlari 
Usmon raziallohu anhuning o‘limi bilan tugallandi. Bu —bizning kunlarimizga qadar yetib kelgan havorijlar fitnasining avvali edi. Keyin esa 
fitnalar ketma‐ket kela boshladi. Qadariyalar, murjialar, rofizalar, botiniylar, jahmiyalar, zindiqlar va Alloh ta’oloning ism va sifatlarini inkor 
etgan ko‘plab adashgan toifalar — bid’atchilardir.  
  Bid’atlar  paydo  bo‘lgani  sayin  “ahlus‐sunna  val‐jamoa”  ularga  qarshi  hoziru  nozir  bo‘ldilar.  Haq  va  botil  o‘rtasidagi  kurash  bizning 
kunlarimizgacha yetib keldi va qiyomat kuniga qadar davom etadi. “Ahlusunna val‐jamoa” har zamon va har makonda Qur’on, sunnat va 
ummatning ijmo’si (ittifoqi)ga zid bo‘lgan barcha so‘z va ishlar yuzidan niqobini ochib tashlaydi. 
Imom Navaviy: “at‐Tazkira”. 
[33]

          Roziy: Kitabu aslis‐sunnati va e’tiqodid‐din”. 
[34]

 Barbahoriy: “Sharhussunna”. 
[35]

 Imom Buxoriy rivoyati. 
[36]

 Bid’atchining orqasida namoz o‘qish:
[37]

Bilingki, “ahlus‐sunna” ning bu masaladagi so‘zlarining xulosasi quyidagicha:  
• Haqiqiy kofir va murtadning orqasida namoz o‘qish joiz emas. 
• E’tiqodi va shaxsiyati noma’lum bo‘lgan odamlar orqasida namoz o‘qishni tark qilish haqida biron bir salaf olimi so‘z aytmadi. (Bu 
so‘zni aytish bid’atdir) 
• Bid’atchining orqasida namoz o‘qishdan qaytarish aslida, uning bid’atini yomon ko‘rsatish va shu bid’atdan nafratlantirish uchundir. 
Agar bid’atchining orqasida namoz o‘qilsa, iqtido qilgan odamning namozi durustdir. 
Bid’atchilarga janoza namozini o‘qimaslik va Allohdan ularga rahmat so‘ramaslikning hukmi: 
•  Kofir,  murtad  yoki  kufrga  olib  boradigan  bid’atni  qilgan  ekaniga  hujjat  qoyim  bo‘lib  vafot  etgan  kishilarning  janozalarini  o‘qish  va 
ularga  mag‘firat  so‘rash  joiz  emas.  Bu  ijmo’  qilingan  masalan  :  Gunoh    ishni  yoki  dindan  chiqarmaydigan  bid’atni  qila  turib  vafot  etgan 
kishilarning janoza namozida uning qilgan gunohi va bid’atidan nafratlantirish uchun imom (xalifa yoki sulton) va e’tiborli ilm ahllarining 
ishtirok  etmasliklari  yaxshidir.  Bu  unga  janoza  namozini  o‘qish  barcha  uchun  harom  degani  emas.  Balki,  unga,  modomiki,  jahannamda 
mangu qoladigan kofir hukmida o‘lmagan bo‘lsa, janoza namozini o‘qish farz kifoyadir. 
[38]
 Munkar‐gunohdan qaytarishning bir necha shartlari bor. Shulardan: 
 • Gunohdan qaytarmoqchi bo‘lgan odam, qaytarayotgan narsani bilishi. 
 • Savobli ish tark qilinib, gunoh qilingan ekanini bilishi kerak. 
 • Gunohni gunoh bilan qaytarmasligi. 
             • Bu gunohni qaytarishi undan ko‘ra kattaroq gunohga olib bormasligi   kerak.  
Salaf  solih  —  “ahlus‐sunna  val‐jamoa”  yo‘liga  da’vat  etish,  Rasululloh  sollallohu  alayhi  va  sallamning  madrasasida  ta’lim 
[39]

olgan  sahobalar  avlodiga  o‘xshash  avlodlarni  vujudga  keltirishni  maqsad  qiladi.  Alloh  ta’olo  Muhammad  sollallohu  alayhi  va 
sallamni: “Siz buyuk xulq uzradirsiz”— deb maqtadi. Demak, maqsad salaf solihga e’tiqoddagina emas (garchi e’tiqod eng muhim 
narsa bo‘lsa‐da), balki, diniy ishlarimizning barchasida muvofiq kelishimizdir. Chunki biz da’vat etayotgan salaflar yo‘li zehndagi 
quruq  bilimgina  emas,  balki,  ularning  e’tiqod,  tasavvur,  suluk  va  axloqdagi  yo‘llarini  ham  o‘z  ichiga  oladi.  Afsuski,  bizning 
asrimizda bu narsaga ta’lim‐tarbiya nuqtai nazaridan yetarli ahamiyat berilmayapti. Buning ahamiyatini bildirib payg‘ambarimiz 
Muhammad sollalloxu alayhi va sallam: “Men go‘zal xulqlarni oxiriga yetkazish uchun yuborildim”— degan edilar.
  Salaf solih Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga                                         ergashdilar, uning xulqi bilan xulqlanib, 
amrlariga itoat etdilar. Ular Alloh ta’olo: “Sizlar odamlar uchun chiqarilgan yaxshi ummat bo‘ldingiz...”— deb aytganidek edilar. 

  77
Agar biz saodatni, muvaffaqiyatni va najotni  xohlasak, kattayu‐kichik narsalarning har birida salaf solih tutgan yo‘lni tutishimiz 
kerak. Alloh ta’olo ulardan rozi bo‘lsin! 

www.sodiqlar.com  78

You might also like