You are on page 1of 58

Aim.

Uz

Xalq ta’limi vazirligi


Respublika ta’lim markazi

UMUMTA'LIM MAKTABLARINING
6-SINFLARIDA “TARBIYAVIY SOAT” MASHG`ULOTLARINI
TASHKIL ETISH BO`YICHA METODIK QO`LLANMA
(SINF RAHBARLARI UCHUN)

Toshkent -2013
1
Aim.Uz

Tuzuvchi: Qurbonova Marhabo – Toshkent shahar, Sergeli


tumani 300-sonli davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim
maktabi Tarix, milliy istiqlol g`oyasi fanlari
o`qituvchisi
M.Omonova – Respublika Ta`lim markazi bosh metodisti

Taqrizchilar: Z.Arinova – Toshkent shahar, Sergeli tumani 300-sonli


davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabi “Rus tili”
fani o`qituvchisi
D.Norqobilova – Surxondaryo viloyati Jarqo`rg`on
tumani 48-sonli umumta’lim maktabi “Ona tili va
adabiyoti” fani o`qituvchisi

2
Aim.Uz
Tushuntirish xati

Ma’naviy va axloqiy poklanish, imon, insof, diyonat, or-nomus, mehr-oqibat


va shu kabi chinakam insoniy fazilatlar o`z-o`zidan kelmaydi, hammasining
zamirida tarbiya yotadi.
Islom Karimov

O`zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 15 maydagi


“Umumiy o`rta ta'limning davlat ta'lim standartiga o`zgartirishlar kiritish haqida”
130 -sonli qarori asosida o`quv rеjada o`quv yuklama 5 % ga qisqartirildi. Shu
munosabat bilan tarbiyaviy soatlar mazmynan qayta ko`rib ciqilib,
intеgratsiyalashgan holda amalga oshirilishi bеlgilandi.
Sinf rahbari o`ziga berilgan sinf uchun tayanch va ma’suldir.
Umumiy o`rta ta’lim muassasalarida sinf rahbari faoliyati O`zbekiston
Respublikasining “Ta’lim to`g`risida”gi Qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi”, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ta’lim sohasidagi
qarorlari, Xalq ta’limi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan tegishli me’yoriy
hujjatlar va Xalq ta’limi vazirligining 2007 yil 20 yanvardagi 19-sonli buyrug`iga
2-ilova: Ta’lim muassasalari sinf rahbari to`g`risida Nizom asosida tashkil etiladi.

Sinf rahbari - Ta’lim muassasasining tarbiyaviy tizimidagi tayanch


pedagoglardan biri bo`lib, o`ziga biriktirilgan sinf o`quvchilarining
amalda belgilangan ta’lim va tarbiya olishlarini tashkil etadi.

Mazkur qo‘llanmada bugungi kunda sinf rabarlari uchun amaliy va uslubiy


yordam sifatida Respublika Ta'lim markazi mutaxassislari va amaliyotchilar
hamkorligida “Tarbiyaviy soat”larning mashg‘ulot ishlanmalari tavsiya etiladi.
“Tarbiyaviy soat”lar rejasidagi 8 soatlik “Yo‘l harakati qoidalari”ga doir
mavzularning dars ishlanmalari mazkur qo‘llanmada aks ettirilmagan.
Umumta'lim maktablarining 6-sinf o‘quvchilari uchun ishlab chiqilgan
“Tarbiyaviy soat” mashg‘ulot ishlanmalarida mazmunan o‘quvchilarda tarbiyaviy-
axloqiy hislatlarni shakllantirish va mustahkamlash maqsadida, donolar
hikmatlariga va milliy qadriyatlarimizga hurmat, shaxsiy gigiena, ozodalik,
kiyinish odobi, bolalar huquqlari, tabiatni asrash, salomlashish va muomala odobi,
kitobni sevish bilan bir qatorda yurtimizda nishonlanadigan umumxalq bayramlari,
muhim sanalar va fan oyliklarini o‘tkazishda nimalarga e'tibor berish to‘g‘risida
tavsiyalar berilgan.
Tarbiyaviy soatlarni quyidagi tartibda tashkil qilish mumkin:
Kun shiori:
3
Aim.Uz
I. Kirish;
II. Asosiy qism: ma’ruza, guruhlar ishi
III. Yakuniy qism.
Sinf soatida foydalahish uchun adabiyotlar jamlanmasi, mavzuga doir
adabiyotlar ko`rgazmasi tashkil etiladi. Jarayonni ochiq muloqot, davra suhbati,
bahs-munozara, treninglar va boshqa har xil noananaviy tarzda tashkil etilishi
mumkin.
Beruniyning ma’rifiy qarashlari.
Pand va nasihat. Beruniy pand-nasihat orqali bolalardagi ayrim nuqsonlarni
anglatish zarur deb hisobladi: Va u quyidagi fikrlarni bayon qildi: “Odamlar
o`rgangan, odatlangan va ko`pchilikka ma’qul bo`lgan narsaga qarshilik
ko`rsatmasdan o`rganish kerak”. Yaxshi xulqlar yaxshilik alomatidir, yomon
xulqlardan bolalarni saqlamoq lozim. Ayniqsa, maqtanish, buzuq niyatlik,
chaqimchilik, besabrlik, nafs balosi, yolg`onchilik va boshqalar.

Abu Ali Ibn Sino tarbiya haqida:

Ibn Sino tarbiya masalalaridagi axloqiy tarbiyaga alohida o`rin ajratgan.


Uning fikricha: “Agar inson aqliy va jismoniy jihatdan qanchalik yetuk bo`lsa
ham, undagi bilim axloq normalariga mos bo`lmasa, u kishi jamiyatning haqiqiy
a’zosi bo`la olmaydi”. Olim axloqiylik ko`proq vatanparvarlikda o`z aksini topadi
deb tushungan.
Ibn Sino ona-Vatani Turonni Hind, Eron va Chin kabi yirik davlatlardan
ortiq hisoblab, unga xizmat qilishni o`z burchi deb bilgan. Vatanning fani,
madaniyatini yuksaltirishga ulkan hissa qo`shgan.

Abu Nasr Forobiy tarbiya haqida:

Tarbiya jarayoni, tajribali pedagog, o`qituvchi tomonidan tashkil etilishi,


boshqarilib turilishi va ma’lum maqsadlarga yo`naltirilishi lozim, chunki “har bir
odam ham baxtni va narsa-hodisalarni o`zicha bila olmaydi. Unga buning uchun
o`qituvchi lozim.
“Daraxtning yetukligi uning mevasi bilan bo`lganidek, insonning barcha
xislatlari ham axloq bilan yakunlanadi”.
Yusuf Xos Hojib ota-onalarni bola tarbiyasiga e’tibor berishga da’vat etar
ekan, jamiyat farzandlar xulq-atvoriga qarab ota-onalarga baho berishini aytib,
ularni ogohlantiradi.
Mirzo Ulug`bek mehnat tarbiyasiga ham alohida ahamiyat beradi. Uning
madrasasida o`qigan shogirdlar bu yerdagi har bir tadbirda, binoni tozalash,
ko`kalamzorlash va boshqa ishlarda faol ishtirok etadilar.
4
Aim.Uz
Alisher Navoiy o`qituvchini faqat dars beruvchi, bilim beruvchi kishigina
deb bilmay, balki usta tarbiyachi ham bo`lishi kerak, deb hisoblardi. U ilm bilan
odobning birga olib borilishini va o`qituv protsessida odob berilishini ta’kidlab
o`tadi.
Abdulla Avloniy badan tarbiyasi masalasida bolani sog`lom qilib o`stirishda
ota-onalarga murojaat qilsa, bolani fikriy tomondan tarbiyalashda
o`qituvchilarning faoliyatlariga alohida e’tibor beradi.

6-SINF

№ O’tiladigan mavzular Soati O’tish vaqti


1. O`zbekiston - sharq mash'ali 1
2. Yo`l transport hodisalarining sabablari (yo`l 1
harakati qoidalari)
3. Tabiat bizning do`stimiz (geografiya fani oyligi 1
doirasida)
4. Gaz va elektr manbaini tejash 1
5. Ustozlar bizning faxrimiz (1 oktyabr – 1
O`qituvchilar va murabbiylar kuni munosabati
bilan)
6. Bir og`iz shirin so`z (filologiya fanlari oyligi 1
doirasida). Jamoat joylarida telefondan
foydalanish
7. Ko`cha va yo`llarning qatnov qismidagi 1
chiziqlar. (yo`l harakati qoidalari)
8. Ona tilim o‘lmaydi (O`z.Res. “Davlat tili 1
haqida”gi Qonun qabul qilingan kun munosabati
bilan)
9. Velosipedda harakatlanish (yo`l harakati 1
qoidalari)
10 Bag`rikenglik 1
11. Davlatimiz bayrog`i (18 noyabr – O`z.Res. 1
Davlat bayrog`i qabul qilingan kun munosabati
bilan).
12. Transport vositalarining to`xtash yo`li (yo`l 1
harakati qoidalari)
13. Huquqiy madaniyat (8 dekabr – Konstitutsiya 1
kuni munosabati bilan)
14. Milliy iftixor tuyg`usi (10 dekabr – O`z.Res. 1
Davlat madhiyasi qabul qilingan kun munosabati
bilan).
15. O`quvchilarning yo`l-transport hodisasi ro`y 1
5
Aim.Uz
bergandagi vazifalari (yo`l harakati qoidalari)
16. Yangi yilda yangi orzular 1
(Yangi yil bayrami yaqinlashishi munosabati
bilan).
17. Vatanga muhabbat, Vatan oldidagi burchni 1
anglash. (14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni
munosabati bilan).
18. Mening mahallamda yashash yaxshi 1
(Tarix fani oyligi doirasida).
19. Oila muqaddas dargoh. 1
20. Ilm-fan homiylari 2
(Navoiy va Bobur tavallud kunlari oldidan).
21. Barkamol avlod orzusi (matematika, informatika 1
fanlari oyligi doirasida).
22. Taqiqlovchi belgilar (Yo`l harakati qoidalari). 1
23. Onalarni ardoqlab (8 mart – Xotin-qizlar kuni 1
munosabati bilan).
24. Tabiat va biz (fizika, biologiya fanlari oyligi 1
doirasida).
25. Umrboqiy qadriyatlar 1
(21 mart – Navro`z bayrami munosabati bilan).
26. Amir Temur buyuk sarkarda va davlat arbobi. 1
(Amir Temur tavalludining 676 yilligi
munosabati bilan).
27. Mehnatdan kelsa boylik – turmush bo`lar 1
chiroylik (Tasviriy san'at, musiqa, mehnat fan
oyliklari doirasida).
28. Suvni tejang - u hayot manbai. 1
29. Tarixiy xotirasiz kelajak bo`lmaydi (Xotira va 1
qadrlash kuni oldidan).
30. Til bilmoq, el bilmoq (Xorijiy tillar fanlari oyligi 1
doirasida).
31. Buyuruvchi belgilar. Axborot-ishora belgilari. 2
(yo`l harakati qoidalari)
32. Men yoqtirgan kitob. 1
Jami: 34 soat

6
Aim.Uz
1-mavzu: O`zbekiston – sharq mash’ali

Kun shiori: “Vatan yagonadur, Vatan bittadir”


Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, ona-yurtimiz
O`zbekistonimizning yuksalishiga munosib hissa qo`shish har bir farzandning
burchi ekanligini uqtirish .
Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti
Islom Karimovning: “Yuksak ma`naviyat - yengilmas kuch”, “O`zbekiston
mustaqillikka erishish ostonasida”, Ma’naviyat qalbim quyoshi, shiorlar, plakatlar,
devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada:
O, sen Vatan, kindik qoni tomgan joy
Seni so`rmay, ko`rmay bo`lurmi?
Ko`z ko`rgani yoshu qarining –
Ona bag`rin sevmay bo`lurmi?
Abdulla Oripov

O`qituvchi:

7
Aim.Uz
Jahon keng, dunyoda mamlakatlar ko`p, lekin bu olamda betakror ona-
yurtimiz – O`zbekistonimiz yakka-yu yagonadir. Bu go`zal yurt, bu go`zal zamin
faqat bizga ato etilgan. Mana shu ulug` tuyg`i har birimizning dilimizga jo
bo`lishi, hayotimiz mazmuniga aylanishi lozim.
Islom Karimov

O`zbekiston- kelajagi buyuk davlat. Bu-mustaqil, demokratik, huquqiy


davlatdir. Bu insonparvarlik qoidalariga asoslangan, millati, dini, ijtimoiy ahvoli,
siyosiy e’tiqodlaridan qat’i nazar fuqarolarining huquqlari va erkinliklarini
ta’minlab beradigan davlatdir.
O`zbekiston zaminida mavjud bo`lgan boyliklarga ega davlatlar jahon
xaritasida ko`p emas. O`zbekiston o`z yer osti boyliklari bilan haqli suratda
faxrlanadi- bu yerda mashhur Mendeleev davriy sistemasining deyarli barcha
elementlari topilgan.
Oltin zaxiralari bo`yicha O`zbekiston dunyoda 4-o`rinda, uni qazib olish
bo`yicha 7-o`rinda, mis zaxiralari bo`yicha 10-11-o`rinda, uran zaxirasi bo`yicha
7-8-o`rinda turadi.
(Islom Karimov. O`zbekiston buyuk kelajak sari. O`zbekiston.1999)

Zar unadi tuproqlarida,


Hayot kular quchoqlarida,
Jannat oqar gulbog`larida,
Biling, bu yurt O`zbekistondir!

Dillarida duolari bor,


Daholari, donolari bor,
Kelajakka nidolari bor,
Biling, bu yurt O`zbekistondir!

Нa, shoir aytganidek, ona – yurtimiz O`zbekistonimiz Olloh nazari tushgan


jannatmakon yurtdir. Mustaqillikka erishganimizdan so`ng, yurtboshimiz
tomonidan milliy istiqlol mafkurasining asosiy g`oyalaridan biri Vatan ravnaqi edi.
Vatan ravnaqi yo`lida misli ko`rilmagan darajada yurtboshimiz me`morchiligi
asosida ishlar qilindiki, ularni sanab adog`iga yetolmaymiz, bu ishlar,
rivojlanishlar hammasi yurt uchun va insonlar manfaati uchun qilinayotgan
o`zgarishlardir. Respublikamiz poytaxtidan tortib, chekka qishloqlarida ham
bugungi taraqqiyot o`zgarish, yuksalish, obodonlashtirishni ko`ramiz.

Topshiriq: Bayram munosabati bo`lganligi uchun ko`tarinki, kayfiyat ila


o`quvchilardan ona-yurtimiz O`zbekistonimizni madh etuvchi she’r va
qo`shiqlardan bahramand bo`linadi.
Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning
o`zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va
talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.
8
Aim.Uz
2-mavzu: Yo`l transport hodisalarining sabablari (Yo`l harakati
qoidalari)

Ushbu mavzu “5-6 sinflarda “Yo`l harakati qoidalari”ni o`rgatish yuzasidan


mashg`ulot ishlanmalari to`plami (M.Omonova, R.Dimetov)”dan foydalangan
holda o`tiladi. Elektron manba: www.rtm.uz

3-mavzu: Tabiat bizning do`stimiz (Geografiya fan oyligi doirasida)

Kun shiori: “Tabiatni asragan odam – o`zini, oilasini va yurtini asragan


bo`ladi”.
Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, ona-yurtimiz
O`zbekistonimizni asrab-avaylashni, tabiatga bo`lgan mehrimizni yanada
rivojlantirish lozim ekanligini uqtirish .
Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti
Islom Karimovning: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston
mustaqillikka erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, Ma’naviyat
qalbim quyoshi, Pedagogika, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar,
tarqatma materiallar, bayromona holat.
Doskada: “ Insonni ona dunyoga keltirib tarbiyalasa, tabiat-voyaga
yetkazadi”.

O`qituvchi:
Inson tabiatga, o`zini o`rab olgan muhitga nisbatan o`z munosabatini
o`zgartirishi, tabiat qonunlarini bilishi, organishi va ular asosida hayotini
9
Aim.Uz
rivojlantirishi shart. Tabiat qonunlariga mos keladigan hayot yo`llarini ishlab
chiqish kerak. Aks holda inson va jamiyat katta tabiiy ofatlarning kelib chiqishiga
sababchi bo`ladi va shu ofatlardan halok bo`ladi.
Bir necha million yillar davomida bunyod bo`lgan koinotning tabiiy ko`rinishi
keyingi 10-15 yil ichida juda og`ir holatga tushdi.
Havo buzildi, ifloslandi. Jumladan, tuproq zaharli moddalar bois “jarohatlandi”,
suvlar turli moddalar bilan ifloslandi va hokazo. Bu holatlar inson salomatligiga
salbiy ta’sir qila boshladi.
Inson onadan tug`ilib, dunyoga kelgan chog`idanoq, tabiat ehsonidan bahramand
bo`ladi. Ilk bor havodan to`yib nafas oladi. Odamzod o`sib-unishi uchun oziq-
ovqat,suv, quyosh harorati juda zarur bo`lib, u bularning hammasini tabiatdan
oladi. Insonni ona dunyoga keltirib tarbiyalasa, tabiat-voyaga yetkazadi. Shuning
uchun uni “Ona-tabiat” deb atashadi. Odamzodning sog`lom bo`lishi uni o`rab
olgan atrof-muhitga, tabiatga bog`liq. Tabiat musaffo bo`lsa, odam ham sog`lom,
baquvvat bo`ladi.
Topshiriq: Sog`lom hayot sari ,tabiatni asraymiz!

Eslatma: Aylana, yoki to`rtburchak, uchburchak ichiga savol yoziladi,


guruhlardan chiqqan o`quvchilar birin-ketin savolga javob beradi, javob
berolmagan yo`lda qoladi, javob beradigan o`quvchi marra tomon ketaveradi.
(savol – tabiat haqida ko`p javob bergan o`quvchi marra g`olibi bo`ladi)
Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini
odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va
talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.
4-mavzu: Gaz va elektr manbaini tejash.

Kun shiori: “Gaz va elektr manbaida kerakli holda foydalaning, keraksiz holda
esa, o`chirib qo`ying-bu oilamizga ham, davlatimizga ham foyda ”
Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, ona-yurtimiz
O`zbekistonning noyob yonilg`i-energetika resurslarini tejab ishlatish lozim
ekanligini uqtirish .
Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
10
Aim.Uz
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom
Karimovning: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka
erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, Ma’naviyat qalbim
quyoshi, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada:
“O`zbekiston noyob yonilg`i-energetika resurslariga ega davlat”
O`qituvchi:
Ko`p asrlar muqaddam Yunonistonning Del’fa qishlog`ida g`alati bir voqea
yuz beradi. Bir cho`pon qo`ylarga g`alati ta’sir qiladigan, odamlarni g`o`ldiratib,
gapirolmaydigan qilib qo`yishga qodir, mast qiluvchi allanimaningdir yerdan jimir-
jimir ko`tarilayotganini payqab qoladi. Yunonlar bu joyda biror ma’budning ruhi
bo`lsa kerak, deb o`sha yerga ibodatxona ham bunyod etishadi. Bu “ruh” aslida
tabiiy gazning o`zi edi.
Bugungi kunda bizga gazning uch turi ma’lum: bular-tabiiy, ko`mir va suv
gazlardir.
Prezidentimiz Islom Karimovning “O`zbekiston buyuk kelajak sari” kitobidan
quyidagi ma’lumotlarni keltirib o`tamiz: “ Mutaxassislar baholashicha,
O`zbekistonning yer ostida juda katta neft va gaz qatlamlari bor”.
Neft va gaz mavjud bo`lgan beshta asosiy mintaqani ajratib ko`rsatish mumkin.
Bular: Ustyurt, Buxoro-Xiva, Janubiy-G`arbiy Hisor, Surxondaryo, Farg`ona
mintaqalaridir.
Eng yirik gaz konlari Janubiy-G`arbiy Hisor va Buxoro-Xiva neft va gazli
mintaqalarida joylashgan bo`lib, bular Sho`rtan va Muborak guruhlariga kiruvchi
konlardir.
Elektr energiyani bizga yetkazib beruvchi bir qancha GES va GRESlar faoliyat
yuritmoqda.
Bizning vazifamiz va burchimiz bizga xizmat ko`rsatayotgan, yorug`lik va
issiqlik berayotgan gaz va energiyani avaylab-asrash. Ulardan tejamkorlik yo`lida
oqilona foydalanish va to`lovlarni o`z vaqtida to`lash.
Topshiriq: “FSMU” texnologiyasi
Texnologiyaning maqsadi:
Ushbu texnologiya o`quvchilarni tarqatilgan oddiy qog`ozga o`z fikrlarini aniq va
qisqa holatda ifoda etib, tasdiqlovchi dalilar yoki inkor etuvchi fikrlarni bayon
etishga yordam beradi.
Mashg`ulotni o`tkazish tartibi:
O`qituvchi har bir o`quvchiga FSMU texnologiyasining to`rt bosqichi yozilgan
qog`oz varaqlarini tarqatadi va yakka tartibda ularni to`ldirishni iltimos qiladi.Bu
yerda:
F- fikringizni bayon eting;
11
Aim.Uz
S- fikringiz bayoniga sabab ko`rsating;
M- ko`rsatgan sababingizni asoslovchi misol keltiring;
U- fikringizni umumlashtiring.
O`qituvchi o`quvchilar bilan bahs mavzusini belgilab oladi;
Yakka tartibdagi ish tugagach, o`quvchilar kichik guruhlarga ajratiladi va
o`qituvchi kichik guruhlarga FSMU texnologiyasining to`rt bosqichi yozilgan
katta formatdagi qog`ozlarni tarqatadi;
Kichik guruhlarga har birlari yozgan qog`ozlardagi fikr va dalillarni katta formatda
umumlashtirgan holda to`rt bosqich bo`yicha yozishlari taklif etiladi;
O`qituvchi kichik guruhlarning yozgan fikrlarini jamoa o`rtasida himoya
qilishlarini so’raydi;
Mashg’ulot o`qituvchi tomonidan muammo bo`yicha bildirilgan fikrlarni
umumlashtirish bilan yakunlanadi.
Tarqatma materialning taxminiy nusxasi
Topshiriq quyidagicha: “Gaz va energiya” mavzusi bo`yicha fikrlaringizni
bayon eting:
F-
S-
M-

U-

Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini


odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va
talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.

5-mavzu: Ustozlar bizning faxrimiz. (1-oktabr – O`qituvchilar va


murabbiylar kuni munosabati bilan)

Kun shiori: “Olloh doimo qalbimizni, ma’rifat nurlari bilan bezasin”


Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, ustozlar qadriga yetib, ularni
e’zozlash lozim ekanligini uqtirish .
Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom
Karimovning: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka
erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, Ma’naviyat qalbim
quyoshi, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada:
Dedilar, dunyoda asli kim aziz,
Aytdilar, ustozdir, ustoz begumon.
12
Aim.Uz
Tag`in aytdilarki, aziz shubhasiz
Ustozin qadriga yetolgan Inson.
Abdulla Oripov

O`qituvchi:
Bir umr sizga ta’zimdamiz, aziz ustozlar!
Doim e’zozdasiz, qalbi daryolar,
Ziyo tarqatasiz, har on, har soniyada,
Hech charchamang, aziz muallimlar!
Respublikamizda ta’lim-tarbiya sifatini oshirishda juda ko`plab ta’lim
fidoyilari jonbozlik qilib kelmoqda. Bizning maqsadimiz esa mana shunday
fidoyilarni keng ommaga tanishtirish ularning ishlarini yoshlarimizga ibrat qilib
ko’rsatish.
„Har kuni, har soatda fidoiy bo’lish, o`zini tomchi va tomchi, zarrama-zarra
buyuk maqsadlar sari charchamay, toliqmay tinimsiz safarbar etib borish, bu
fazilatni doimiy, kundalik faoliyat mezoniga aylantirish-haqiqiy qahramonlik
aslida mana shu“.
(Yuksak ma’naviyat –yengilmas kuch)

O`qituvchilik kasbi ana shunday haqiqiy qahramonlikni taqazo etadi. Biz sizni
Respublikamizda faoliyat olib borayotgan o`z fanining qahramonlari bilan
tanishtiramiz.
Ta’lim tizimidagi “O`zbekiston Qahramoni” unvoni sovrindorlari bizning
faxrimiz va g`ururimiz, ulardek bo`lish esa orzuimiz.
Ta’lim yulduzlari biz pedagoglarga ibrat, yosh avlod esa ular bilan tanishib
oling:

13
Aim.Uz

Farg`ona viloyati Qo`qon shahridagi 10-maktab matematika o`qituvchisi


Manzura Madaliyeva.

Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi 273-maktab ona tili va adabiyot


o’qituvchisi hamda maktab rahbari Mavluda Ismatova.

Xorazm viloyati Xiva shahridagi 20-“Mehribonlik uyi” direktori Vera Borisovna


Pak.

Jizzax shahridagi litsey rahbari, fizika-matematika


o’qituvchisi Marat Zokirov.

14
Aim.Uz

Xorazm viloyati Gurlan tumanidagi 5-maktab rahbari, fizika-matematika


o`qituvchisi Anora Mahmudova.

Buyuk qomusiy olim Abu Rayhon Beruniydan:


Siz qanday qilib shunday ilmga erishdingiz?- deb so’rashganida, alloma
kamtarlik bilan shunday javob bergan ekan:
Savol beruvchi til, biluvchi qalb, mening qobiliyatimni topa olgan va iqtidorimni
anglagan sabrli muallim mehnatiga tasanno.
Ulug` bobomizning bu tariqa ustoz xizmatini alohida e’tirof etganligi bejiz
emas.Zero, Sharq ta’lim tizimining mazkur ilg`or usuli yevropolik tadqiqotchilar
tomonidan ham ibratli tajriba sifatida baholangan edi.

Sergeli tumani 300-maktabning matematika ustozlari Mavjuda Shoniyozova,


O`g`iloy Razzoqova va Hamida Artiqboyeva ham buyuk matematik
ajdodlarimizning ishlarini davom ettirib yoshlarga matematika sirlarini o`rgatib
kelmoqdalar. Ularning qanchadan qancha shogirdlari oliygohlarda ta’lim
olmoqdalar.Yana bu ustozlar maktabimizdagi “Kichik akademiyaning” faxri
tashkilotchilaridan bo`lib, o`quvchilari ham bir necha ilmiy kashfiyotlar qilishdi.
Mavjuda Shoniyozova “Xalq maorifi a’lochisi”, “Ustoz” maqomiga ega
hamda doimo ta’lim markazi bilan hamkorlikda ishlaydi.
Juda ko`plab iqtidorli o`quvchilarga ta’lim-tarbiya bergan, matematika
bo`yicha jahon olimpiyada bronza medali sohibi Azizxon va Malayziyada ta’lim
15
Aim.Uz
olayotgan Xurshidjonlarning muvaffaqiyati matematika o`qituvchisi Razzoqova
O`g`iloy opaning mehnatlari samarasi hamdir.
Hamma ustozlarga sog`lik, uzoq-umr tilab, shunday niyat qilamiz-
“… Yursam deyman shu tabarruk izingizdan ustozlar”.

Topshiriq: Har bir maktabning faxrli va keksa avlod vakillari bo`ladi, o`quvchilar
ularga atab dil izohlarini taqdim etadilar.
Bunda o`quvchilarning so`z boyligi va adabiyotga ixlosi kuzatiladi.
Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini
odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va
talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.

6-mavzu: Bir og`iz shirin so`z. (filologiya fani oyligi doirasida) Jamoat
joylarida telefondan foydalanish.

Kun shiori: Har so`z ila elga o`lumdinnajot,


Ham so`z ila topib o`lik tan hayot.
Alisher Navoiy

Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, so`zning inson hayotidagi


o`rnini to`g`ri tushuntirish, so`z sehriga bo`lgan hurmatni rivojlantirish lozim
ekanligini uqtirish .
16
Aim.Uz
Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom
Karimovning: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka
erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, Ma’naviyat qalbim
quyoshi, Tursunoy Sodiqovaning “So`z sehri”, shiorlar, plakatlar, devoriy
gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada: “Ba’zi bir so`zda sehr bordir”
Hadis

O`qituvchi:
O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan madaniyat xodimi, taniqli shoira, yozuvchi
va ma’naviyat targ`ibotchisi Tursunoy Sodiqovaning quyidagi sehrli so`zlaridan
o`zlaringga xulosa chiqarib olasizlar degan umiddamiz.
Har qanday odamni o`zingizga qaratishda, turmushingizni qayta yaratishda,
atrofga ma’ni va go`zallik nurlarini taratishda so`zga teng keladigan boshqa qurol
yo`q! Siz o`zingizdan avval so`zingizni asrang: u-gavhar, tejab ayting, joyini topib
ayting, randalab, shibbalab ayting, har bir so`zingiz bir uzukka ko`z bo`lsin!
So`zni chaynamang, ming`irlamang, har bir harfni o`z ohangi, rangi bilan tiniq
talaffuz qiling! Quvonchli so`zni quvnab ayting! Xafa so`zni hasrat bilan ayting!
“Urg`u” degan oltin tayoqcha bor, kerak so`zni topib tegizsangiz, jumla jaranglab
ketadi! Bu degani gapingiz albatta tinglovchining yuragiga yetadi!
Siz avval o`zingizni emas, so`zingizni kiyintiring: odamlarning qulog`ini
og`ritmasin, kayfiyatlariga botmasin! Maqsadga so`z bilan yetishni orzu
qildingizmi, shunday aytingki, so`zingizni havoday shimirsinlar, gul hidlaganday
vujudlari yayrab ketsin.
Topshiriq: “Sahna ko`rinish” mashqi. Bunda o`quvchilar jamoat joylarida
telefondan foydalanayotgan holatni ochib beradilar.

17
Aim.Uz
(Sahnada o`quvchilarning holati, so`zga qanday urg`u berayotganligiga e’tibor
qaratish)
Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini
odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va
talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.

7-mavzu: Ko`cha va yo`llarning qatnov qismidagi chiziqlar (Yo’l


harakati qoidalari)
Ushbu mavzu “5-6 sinflarda “Yo`l harakati qoidalari”ni o`rgatish yuzasidan
mashg`ulot ishlanmalari to`plami (M.Omonova, R.Dimetov)”dan foydalangan
holda o`tiladi. Elektron manba: www.rtm.uz

8-mavzu: Ona tilim o`lmaydi (O`zbekiston Respublikasi. “Davlat tili


haqida” gi Qonun qabul qilingan kun munosabati bilan)

Kun shiori: “O`z tilim-ona tilim, Navoiy bobom asos solgan-o`zbek tilim”.
Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, ona tiliga bo`lgan hurmatni
rivojlantirish lozim ekanligini uqtirish .
Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom
Karimovning: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka
erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, Ma’naviyat qalbim
quyoshi, Tursunoy Sodiqovaning “So`z sehri”, shiorlar, plakatlar, devoriy
gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.

18
Aim.Uz
Doskada: “Har qaysi millat, katta yo kichikligidan qat’i nazar, o`z ona tilini hurmat
qiladi ”
(O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida)
O`qituvchi:
Yurtboshimiz Islom Karimov o`zining “Yuksak ma’naviyat –yengilmas kuch
asarida ” o`zbek tili haqida quyidagi ma’limotlarni aytadi:
“ …Ma'lumki, o'zbek tili asrlar davomida arab yozuvi asosida rivojlanib kelgan.
Ayni paytda buyuk ajdodlarimiz, tilimizning o'ziga xos grammatik xususiyatlarini
hisobga olgan holda, uning ulkan imkoniyatlariga mos yozuv tizimini yaratish
haqida doimo bosh qotirib kelganlari ham tarixiy manbalardan yaxshi ayon, deb
o'ylayman.
Tabiiyki, mustaqillikka erishganimizdan so'ng xalqimiz ma'naviy hayotidagi
boshqa ko'plab muammolar qatori til va alifbo masalasi ham biz uchun kun
tartibidagi dolzarb vazifaga aylandi. Ayniqsa, ona tilimizning xalqaro maydondagi
obro'-e'tibori va nufuzini yuksaltirish, mamlakatimizning jahon kommunikatsiya
tizimiga integratsiyalashuvini ta'minlash, farzandlarimiz uchun chet tillar, axborot
texnologiyalarini har tomonlama puxta egallash borasida qulay imkoniyatlar
yaratish kabi bir-biridan muhim vazifalar bu masalani kechiktirmasdan hal qilishni
talab etar edi.
Lekin shuni ham aytish kerakki, bu masala qanchalik o'tkir bo'lmasin, biz
uni yechishda ortiqcha hissiyotlarga berilmasdan, ilmiy asosda, har tomonlama
o'ylab, keng jamoatchilikning xohishistaklarini inobatga olib ish tutdik. Shu
maqsadda 1993-yil 2-sentabrda yurtimizda «Lotin yozuviga asoslangan o'zbek
alifbosini joriy etish to'g'risida»gi qonun qabul qilindi.
Ayni vaqtda jamiyatimizda til madaniyatini oshirish borasida hali ko'p ish
qilishimiz lozimligini ham unutmasligimiz zarur. Ayniqsa, ba'zan rasmiy
muloqotlarda ham adabiy til qoidalariga rioya qilmaslik, faqat ma'lum bir hudud
doirasida ishlatiladigan sheva elementlarini qo'shib gapirish holatlari uchrab turishi
bu masalalarning hali-hanuz dolzarb bo'lib qolayotganini ko'rsatadi. Bu haqda so'z
yuritganda, bobomiz Alisher Navoiyning «Tilga e'tiborsiz — elga e'tiborsiz» degan
so'zlarida naqadar chuqur hayotiy haqiqat mujassam ekaniga yana bir bor ishonch
hosil qilamiz”.
Topshiriq: “Zukkolar” mashqi qo`llaniladi.
Bunda “Eng ko`p til, ya’ni o`zbek tili” haqida so`zlar topish.
Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini
odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va
talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.

19
Aim.Uz
9-Mavzu: Velosipedda harakatlanish (Yo`l harakati qoidalari)

Ushbu mavzu “5-6 sinflarda “Yo`l harakati qoidalari”ni o`rgatish yuzasidan


mashg`ulot ishlanmalari to`plami (M.Omonova, R.Dimetov)”dan foydalangan
holda o`tiladi. Elektron manba: www.rtm.uz

10-mavzu: Bag`rikenglik.

Kun shiori: “O`zbek xalqi bag`rikeng xalqdir”


Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, xalqparvarlikni rivojlantirish,
bag`rikeng xalqimizning o`lmas meroslarini davom ettirish lozim ekanligini
uqtirish .
Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom
Karimovning: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka
erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, Ma’naviyat qalbim
quyoshi, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada: “Bag`rikenglik - o`zbek xalqining asriy merosi va shu meros hech
qachon xalqimizni tark etmasin”

O`qituvchi:
Turkiston qadim-qadimdan hunarmandchiligi, pazandachiligi, dehqonchiligi,
ilm-fani, san`ati va adabiyoti, bir so`z bilan aytganda, ma’naviyati yuksakligi
jihatidan olamga mashurdir. Mehnatsevarlik, yerga mehr qo`yish, kasbiga ixlos,
mehmondo`stlik, mehr-shafqatlik, odamgarchilik, ota-onaga hurmat, kattalarni
siylash, aka-uka, opa-singil, qarindosh-urug`lar o`rtasidagi mehr-oqibat, peshona
teri evaziga topilgan rizq-nasibaga qanoat qilib yashash, beva-bechoralarga

20
Aim.Uz
muruvvatchilik xalqimizga xos odatlardir. Bu urf-odat, an’ana va marosimlarda
xalqimizning qator noyob fazilatlari, insonparvarlik xislatlari mujassam.
O`zbek xalqining boshqa xalqlardan ajralib turadigan va boshqa xalqlar tan
olgan yana bir odati bu bag`rikenglikdir. Bag`rikenglik
Bizga azaldan meros. Chunki, xalqimiz kimdir qiynalgan bo`lsa, yoki yo`lidan
adashgan bo`lsa, ularga o`z uylaridan joy berib, mehr ko`rsatadilar. Hammamizga
yaxshi ma’lumki, Ikkinchi jahon urushida juda ko`plab, xalqlar yurtimizga
kelganida bizning xalqimiz ularni quchoq ochib, o`z uylaridan joy berganlar.
Toshkentlik temirchi Shoahmad Shomahmudov urush yillarida 14 ta turli millat
vakili bo`lgan bolalarni o`z qaromog`iga olgan. Bu ham xalqimizning o`ta
bag`rikeng xalq ekanligidan dalolat.
O`zbekistondagi butun millat biz yagona oilani tashkil etamiz degan g`oya
asosida hamjihatlikda yashab kelmoqda.
Hattoki, Davlat madhiyamizda ham xalqimizning bag`rikengligi ifodalangan.
Bag`rikenglik, kengfe`llik, mehr-oqibat insoniylik hech qachon bizni tark etmasin.
Topshiriq: O`quvchilarga o`zlari bilgan, o`qigan kitoblarida yana qanday
bag`rikenglik timsoli bo`lgan yurtdoshlarimizdan, qo`shnilaridan,
qarindoshlaridan, ustozlaridan bo`lsa, ularning shunday ajoyib xislatlarini so`zlab
beradilar.
Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini
odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va
talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.

11-mavzu: Davlatimiz bayrog`i (18 noyabr O`zbekiston Respublikasi Davlat


bayrog`i qabul qilingan kun munosabati bilan)

Kun shiori: “Ramzlarimiz qanotlarimiz”

Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, Davlat bayrog`iga bo`lgan


hurmat va g`ururni rivojlantirish lozim ekanligini uqtirish .
Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom
Karimovning: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka

21
Aim.Uz
erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, Ma’naviyat qalbim
quyoshi, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada: Bayrog`imiz-nomusimiz, orimiz,faxrimiz-g`ururimiz!

O`qituvchi:
Davlat bayrog`i- davlatning ramziy belgilaridan biri.
Davlat bayrog`i maxsus qonun bilan yoki Konstitutsiya asosida rasmiylashtiradi.
Davlat bayrog`i – mustaqil davlat va unda yashovchi fuqarolar daxlsizligining aniq
ifodasidir.Davlat bayrog`i ayni shu davlatdagi sinfiy, milliy, harbiy va partiyaviy
birlik hamda uyushmalarning ham ramziy belgisidir.

Davlat bayrog`i odatda yakrang yoki ko`prangli matodan iborat bo`lib, uning bir
tomoni dastaga mahkamlanadi. Matoga ba’zan turli embelema va belgilar
tushiriladi. (Masalan, Shevesariya bayrog`ida oq rang xoch, Shri Lanka bayrog`ida
–qilich ushlagan sher, Kanada bayrog`ida –zarang daraxtining yaprog`i
asvirlangan).
Davlat bayrog`i davlatning ramziy belgilaridan biri sifatida shakllanishi uzoq
tarixga ega. Davlat boshqarish amaliyotida davlat rahbari (podsho, qirol,
imperator,amir, xon va boshqalar) atrofidagilaridan rasmiy qabul qilingan va faqat
davlat rahbari kiyishi mumkin bo`lgan libos bilan ajralib turgan.Shu qoidani
davom ettirib, davlat rahbari yashaydigan yoki ishlaydigan imorat va binoga, dala
22
Aim.Uz
sharotida – chodirga, harbiy yurish vaqtida- bosh qo`mondon harakat vositasiga
(chodir-arava, avtomobil va hokazolar) maxsus uzun tayoq yoki nayzaga
biriktirilgan, ko`pincha turli suratlar (sher, burgut va shu kabilar) bilan bezalgan
mato davlat rahbarining ramzi va belgisi sifatida o`rnatilgan. Hozirda davlat
bayrog`ining ahamiyati oshib bormoqda, chunki, xalqlarning mustaqillik uchun
kurashi va g`alabasi, jumladan, ular tuzgan davlatning bayrog`ida namoyon
bo`lmoqda. Davlat bayrog`i davlat mustaqilligining ramzi sifatida davlat rahbari
joyida, oliy qonun chiqaruvchi organ, hukumat, davlat tashkilotlari, elchixonalar,
konsulliklar binolarida, xalqaro qatnovdagi havo va dengiz kemalarida va boshqa
qonunda belgilangan qator vaziyatlarda ko`tariladi. Davlat bayrog`ini haqorat
qilgan shaxs jazoga tortiladi.
Topshiriq: “Tasvirlash” mashqi. Bunda o`quvchilar “O`zbekiston Respublikasi
Davlat bayrog`i” ni tasvirlab beradilar.

Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini


odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va
talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.

12-Mavzu: Transport vositalarining to`xtash yo`li (Yo`l harakati qoidalari)


Ushbu mavzu “5-6 sinflarda “Yo`l harakati qoidalari”ni o`rgatish
yuzasidan mashg`ulot ishlanmalari to`plami (M.Omonova, R.Dimetov)”dan
foydalangan holda o`tiladi. Elektron manba: www.rtm.uz

13-mavzu: Huquqiy madaniyat ( 8 dekabr O`zbekiston Respublikasi


Konstituitsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan)

Kun shiori: “Asosiy Qonunim-Konstitutsiyam”

Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, Davlat bayrog`iga bo`lgan


hurmat va g`ururni rivojlantirish lozim ekanligini uqtirish .

23
Aim.Uz
Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom
Karimovning: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka
erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, O`zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi,Ma’naviyat qalbim quyoshi, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar,
slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada:
Huquqiy madaniyat-
Fuqaroning huquqiy madaniyati;
Jamiyat huquqiy madaniyati;
Amaldagi qonunlarni bilish;
Huquqiy normalarning talablarga muvofiq harakat qilish;
Huquqqa hurmat bilan munosabatda bo’lish, o’zgalarning
huquqini hurmat qilish.

O`qituvchi:
Hurriyat binosin tamali toshi,
Istiqlol karvonin sarboni, boshi,
Ozodlik osmonin so'nmas quyoshi,
Asosiy qonunim, qomusim mening,
Hayotim, quvonchim, nomusim mening.
Nag satrida bobolarim qoni jo,
Har qatida momolarim sha'ni jo,
Har baytida olam-olam ma'ni jo,
Asosiy qonunim, qomusim mening,
Qanotim, suyanchim, nomusim mening.
Yurtim ko'ksidagi qalqonim o'zing,
Ko'kda porlab turgan cho'lponim o'zing,
Ezgulik gullagan bo'stonim o'zing,
Asosiy qonunim, qomusim mening,
Rohatim, sevinchim, nomusim mening.
Adolat ziyosi taralar sendan,
Saodat qo'rg'oni yaralar sendan,
Elga najot bo'lmish choralar sendan,
Asosiy qonunim, qomusim mening,
Shavkatim, shuhratim, nomusim mening.
Komil Sindarov

24
Aim.Uz
Qonun oldida yalpi tenglik prinsipi ijtimoiy mavqeyi, egallagan mansabi va
hokazalardan qat’I nazar davlatning barcha fuqarolariga tatbiq etiladi. Biron-bir
fuqaro Konstitutsiya bilan belgilangan burchlardan bo`yin tovlamasligi yoki ozod
etilmasligi shart. Konstitutsiya va qonunlarga rioya etish davlat fuqarolarining eng
asosiy burchidir. O`zbekiston xalqlarining tarixiy yodgorliklari, madaniy va
ma’naviy merosi butun xalqning milliy boyligidir. Bu milliy boylik asrlar
davomida yaratildi va har birimiz ajdodlarimizning tarixiy va madaniy merosini
saqlab qolishimiz lozim.
Huquqiy madaniyat insonning qonunlarni bilish va ular asosida yashash
yo'lida orttirgan bilim va tasavvurlari, hayotiy tajriba va ko'nikmalari majmui,
umumiy huquqiy saviyasidir.
“Huquqiy madaniyat” tushunchasi «huquqiy ma'rifat» va «huquqiy
savodxonlik» kabi tushunchalar bilan uzviy bog'liq. Huquqiy ma'rifat
nafaqat qonunlarni, balki ularni amalga oshirish bilan bog'liq qonuniy
hujjatlarni bilishni ham talab etadi. Huquqiy savodxonlik va ma'rifat
asosida huquqiy ong shakllanadi. Huquqiy ongi shakllangan inson,
qonuniylik bilan qonunsizlikning farqini yaxshi biladi, hayotda ham
ko'p adashmaydi.

Topshiriq: “Qadam-baqadam” treningi. Bunda o`quvchilar bir-biriga qarama-


qarshi so`zlarni topish orqali yaxshi, iliq so`zlar va unga qarama-qarshi bo`lgan
sovuq, yomon so`zlar bilan tanishadilar, ularning hayotdagi o`rnini aniqlaydilar.
Misol tariqasida: “Bir-biriga qarama-qarshi ma’noli so`zlarni ayt” mavzusida:
1-qadam-o`quvchilar o`qituvchi tomonidan tarqatma materialda yozilgan so`zlarni
diqqat bilan o`qib chiqishlari va har bir so`zning qarshisiga ahamiyati bo`yicha
qarama-qarshi bo`lgan so`zlarni yozishlari zarur:
Huquqiy madaniyat-
Huquqiy ong-
Huquqiy ma’rifat-
Huquqiy savodxonlik-
Qonun-
25
Aim.Uz
2-qadam-o`quvchilardan har bir so`zga ta’rif berish talab qilinadi.

3-qadam-guruhlarga bo`linib, keltirilgan so`zlar ishtirokida hikoya yoki ertak


tuzish tavsiya etiladi.
4-qadam- guruhlarda bir-birlarining hikoyalari (ertaklari) yuzasidan savol-javoblar
o`tkaziladi.
5-qadam- guruh ishlari o`zaro baholanadi.
6-qadam-o`qituvchi mashg`ulotni yakunlaydi.
Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini
odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va
talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.

14-mavzu: Milliy iftixor tuyg`usi ( 10 dekabr O`zbekiston Respublikasi Davlat


madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan)

Kun shiori: “O`zbek nomin dunyo bo`ylab, ulug`lagan Madhiyam ”

Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, Davlat madhiyasiga bo`lgan


hurmat va g`ururni rivojlantirish lozim ekanligini uqtirish .
Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.

26
Aim.Uz
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom
Karimovning: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka
erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, O`zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi, Ma’naviyat qalbim quyoshi, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar,
slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada: “Doimo madhingni kuylaymiz, jonajon Yurtim!”
O`qituvchi:
O`zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi 1992-yil 10-dekabr kuni
O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI sessiyasida tasdiqlangan.
Davlat madhiyasi O`zbekiston Respublikasi davlat suverenitetining ramzi
bo`lib, davlat madhiyasiga zo`r ehtirom bilan qarash O`zbekiston Respublikasida
istiqomat qiluvchi har bir fuqaroning vatanparvarlik burchidir. Madhiya musiqa va
she’r vositasida ifodalanadi hamda davlat organlari tomonidan o`tkaziladigan
tantanali marosimlar boshqa tadbirlar vaqtida ijro etiladi. Madhiya maxsus qonun
bilan tasdiqlanadi.
Madhiya- “madh” (maqtov) so`zidan kelib chiqqan. Madhiya-gimn o`z
mustaqilligiga ega bo`lgan, rivojlangan har bir mamlakatning alomati-ramzidir.
Madhiya tarixi qadim zamonlarga borib taqaladi.
O`zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi so`zini O`zbekiston xalq shoiri,
O`zbekiston Qahramoni Abdulla Oripov, musiqasini O`zbekiston Respublikasida
xizmat ko`rsatgan madaniyat xodimi bastakor Mutal (Mutavakkil) Burhonov
yozgan.
Topshiriq: “His-tuyg`u” mashqi. Bunda o`quvchilar madhiyamizni eshitganda
o`zlarida qanday his-tuyg`ularni sezadi. O`sha his-tuyg`ulari bilan o`rtoqlashadilar.
Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini
odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va
talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.

15- Mavzu: O`quvchilarning yo`l-transport hodisasi ro`y bergandagi


vazifalari (Yo`l harakati qoidalari)
Ushbu mavzu “5-6 sinflarda “Yo`l harakati qoidalari”ni o`rgatish yuzasidan
mashg`ulot ishlanmalari to`plami (M.Omonova, R.Dimetov)”dan foydalangan
holda o`tiladi. Elektron manba: www.rtm.uz

16-mavzu: Yangi yilda yangi orzular. (Yangi yil bayrami yaqinlashishi bilan)

Kun shiori: “Yangi yil kelmoqda, sovg`a-salomi bilan”

27
Aim.Uz
Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, yangi yilni yangi bilimlar
bilan boshlash lozim ekanligini uqtirish .
Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom
Karimovning: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka
erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, O`zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi,Ma’naviyat qalbim quyoshi, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar,
slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada: “Yangi yilingiz qutlug` bo`lsin”
O`qituvchi:
Har bir kelayotgan yil o`zgacha bir yangiliklarga boy bo`ladi. Yangi yilni hamma
o`zgacha bir hayojon va umidlar bilan qarshi oladilar. Ayniqsa, yangi yilda bolalar
juda ham zavqu-shavqqa to`ladilar. Yangi yil yana qish faslida kelganligi bilan
ajralib turadi. Qorning oppoq va mayin yog`ishi, bundan bolalar xursand bo`lib,
chanalarini olib ko`chalarda mazza qilib, quvnab qish havosidan bahramand
bo`ladi.
Har yili Mustaqillik maydonida va barcha viloyat va shahar markaziy
maydonlarida ko`m-ko`k archaning turli o`yinchoqlar bilan yal-yal tovlanishi har
bir insonning qalbida tinch kunlarga shukronalik tuyg`usini uyg`otadi. Har bir
maktabda, jamoat joylarida bayram tantanalari zo`r ko`tarinki, kayfiyat bilan
o`tkaziladi.
Yangi yil o`zga yurtlarda masalan, Hindistonning janubida mart, shimolida aprel
va g`arbida oktabr oylarida nishonlanadi.
Afrika davlatlari bo`lmish Efiopiya va Myanmada yil almashinuvi sentabr va
aprel oylariga to`g`ri keladi.
O`zbekistonda yangi yil 31 dekabrdan 1 yanvarga o`tar kechasi boshlanadi. Soat
millari 24-00 ko`rsatganda yangi yil bongi jaranglaydi va televideniya orqali
Yurtboshimiz Islom Karimovning tabrigi butun O`zbekiston xalqiga o`zbek va rus
tilida taqdim etiladi. Hamma yurtdoshlarimiz bir-birini tabriklay boshlaydilar.
Yana shohidi bo`lamizki, xalqimizning mehribonchiligi va oqibatliligiga.
Topshiriq: Har bir o`quvchi o`z buva-buvisi, ota-onasi va uka-singillariga atab
“yangi yil sovg`asi” tabrigi va otkritkasini yaratadilar.
Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini
odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va
talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.

17-mavzu: Vatanga muhabbat, Vatan oldidagi burchni anglash. (14 yanvar –


Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan)

28
Aim.Uz
Kun shiori: “Askarlari baquvvat yurt- qudratli bo`lur!”
Amir Temur.

Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, yangi yilni yangi bilimlar


bilan boshlash lozim ekanligini uqtirish .
Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom
Karimovning: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka
erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, O`zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi,Ma’naviyat qalbim quyoshi, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar,
slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada: “Yurtimiz posbonlari va zamonaviy jangovar texnika Vatanimiz
himoyasiga shay!”

O`qituvchi:
Yurtboshimizda Qurolli Kuchlarimizni tashkil etish fikri ilk bor 1991-yil
avgust oyida -Moskvada GKCHP bosh ko’targan tahlikali kunlarda O’zbekiston
uchun zarurligini o’ylaganlar. Bu hech kimning hatto xayoliga kelmagan. Bunday
ezgu fikrlar haqiqiy vatanparvar, yurti, xalqi, millati uchun jon kuydiradigan mard
insonlarga xos xususiyat.
“Armiya saflaridagi o’g’lonlarimiz nafaqat jismonan baquvvat, eng zamonaviy
harbiy texnika va texnologiya-larning sir-asrorini puxta egallagan bo’lishi, ayni
vaqtda yuksak aql-zakovati, intellektual salohiyati, mustahkam irodasi, o’z xalqiga
sadoqati kabi olijanob xususiyat va fazilatlari bilan ham ajralib turishi lozim.”

29
Aim.Uz
“Harbiy xizmat jarayonida har bir yosh askar bilan alohida ish olib borishimiz,
ularni, avvalo, Jaloliddin Manguberdi va Amir Temur kabi jasur ajdodlarimizning
munosib vorislari, ona Vatanimizning haqiqiy himoyachilari etib tarbiyalashimiz
darkor”
(Islom Karimov. Milliy Armiyamiz- mustaqilligimizning, tinch va osoyishta
hayotimizning mustahkam kafolatidir.T. “O’zbekiston” 2003 yil, 15-25 yanvar. 26-
27-betlar)
“Milliy armiyamiz tashkil topgan sanani bayram qilganda, Qurolli
Kuchlarimizning tamal toshini qo’ygan insonlarni, mard va fidoyi
yurtdoshlarimizni minnatdorlik tuyg’ulari bilan esga olish nafaqat tarixiy, ayni
paytda tarbiyaviy nuqtai nazardan ham har tomonlama o’rinli bo’ladi”
“Bugungi kunda Qurolli Kuchlarimiz, uning shakllanish tarixi, bugungi hayoti
qanday aks ettirilayotgani, bu xususda bolalarimizga qanday darslik va kitoblar
orqali qay yo’sinda ma’lumot berilayotgani ham doimiy e’tiborimiz markazida
bo’lishi zarur”.
“Biz zamonaviy, professional asosdagi armiyani barpo etishda, avvalambor,
millati, tili va dinidan qat’i nazar, shu yurtning suvini ichib, tuzini tatigan, shu
zaminda tarbiya topgan, voyaga yetgan vatanparvar fuqarolarimizga tayanamiz”
(Islom Karimov. Milliy Armiyamiz- mustaqilligimizning, tinch va osoyishta
hayotimizning mustahkam kafolatidir.T. “O’zbekiston” 2003 yil, 15-25 yanvar. 26-
27-betlar)

Topshiriq: “Ta’rif berish” usuli. Bunda o`quvchilarimiz berilgan rasmdagi


holatga ta’rif beradilar.
Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini
odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va
talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.

30
Aim.Uz
18-mavzu: Mening mahallamda yashash yaxshi. (Tarix fan oyligi doirasida)

Kun shiori: ““Mustahkam va oqibatli oila – mahoratli va fayzli mahalla-kuchli


bilimli va zakovatli ta’lim muassasasi”
Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, yangi yilni yangi bilimlar
bilan boshlash lozim ekanligini uqtirish .
Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom
Karimovning: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka
erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, O`zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi,Ma’naviyat qalbim quyoshi, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar,
slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada: “Mahalla-yurt mustahkam bo’lsagina, davlatda osoyishtalik va
barqarorlik hukm suradi”
Islom Karimov.

31
Aim.Uz
O`qituvchi: Mahallaning o`rni:
Yangi jamiyat bunyodkori bo`lmish yangi insonni tarbiyalashda hozirgi paytda
mahallalarimizda samarali faoliyat olib borayotgan, bu noyob tuzilmani tom
ma`noda o`zini o`zi boshqarish idorasiga aylantirishga katta hissa qo`shib
kelayotgan mahalla oqsoqollari va faollari, fuqarolar yig`inlarining diniy ma`rifat
va ma`naviy-axloqiy masalalar bo`yicha maslahatchilarining ijobiy ta`siri tobora
ortib bormoqda. Aynan ana shu insonlarning odamlar ko`ngliga yo`l topib,
ularning dardu tashvishiga sherik bo`lib, o`z vaqtida berayotgan amaliy
yordamlari, to`g`ri va o`rinli maslahatlari tufayli oila va mahalla muhitida, butun
diyorimizda tinchlik va osoyishtalik, o`zaro mehr-oqibat tuyg`ulari kuchayib
borayotganini el-yurtimiz yuksak qadrlaydi. Ayniqsa, yosh yigit va qizlarimizning
mustaqil hayotga kirib borishi, yosh oilalarning jamiyatdan o`ziga munosib o`rin
topishida bu fidoiy va mehribon, jonkuyar odamlarning qanchalik muhim rol
o`ynayotganini hurmat bilan e`tirof etishimiz lozim.
 Mahalla – sog`lom muhit tarafdori;
 Mahalla- milliy o`zlikni anglash makoni;
 Mahalla- qadriyatlar beshigi;
 Mahalla- ma’naviyat beshigi;
 Mahalla- millatlararo totuvligi birligi;
 Mahalla- tinchlik va osoyishtalik garovi;
 Mahalla-donishmandlik ko`zgusi;
 Mahalla-yaxshilik urug`in taratuvchi;
 Mahalla-mehr-oqibat go`shasi;
 Mahalla-ibrat namunasi;
 Mahalla-bag’rikenglar oshyoni.

“Oila-mahalla-ta’lim muassasasi” hamkorligida keksalar holidan xabar olish


bu millatimizning eng ulug` fazilatlaridan biri hisoblanadi.

32
Aim.Uz
“Oila-mahalla-ta’lim muassasasi” hamkorligi

Topshiriq: Har bir o`quvchi o`zining mahallasi haqida


“Mening mahallam” mavzusida hikoya tuzadilar, iqtidorli o`quvchilar o`z
mahallasini rasm orqali izohlab beradilar.
Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini
odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va
talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.

19-mavzu: Oila muqaddas dargoh

Kun shiori: “Oila sog`lom ekan-jamiyat mustahkam, jamiyat mustahkam ekan-


mamlakat barqarordir”
Islom Karimov (Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch)
Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, yangi yilni yangi bilimlar
bilan boshlash lozim ekanligini uqtirish .
Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom
Karimovning: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka
erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, O`zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi,Ma’naviyat qalbim quyoshi, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar,
slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada:

33
Aim.Uz

Kamolotga yetkazish
poydevori

Ixtiyoriy va
Asosiy
Mustahkam erkin nikoh
go’sha
oila

Axloqiy
Muqaddas poklik va
va qutlug’ Jamiyatning sog’lik
dargoh negizi garovi

O`qituvchi:

Ma’naviy
qadriyatlar
maskani

Sog`lom Mustahkam
muhit
Mustahkam Tarbiya
oila
oila O`chog`i

Asriy
qo`rg`on

34
Aim.Uz

Mehribon Farishasifat
Buva Buvi

Namunali Mustahkam
Mustahkam E’tiborli
Ota oila
oila Ona

Mard o`g`il Orasta qiz

O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 63,64,65,66-moddalari - Oilaviy


munosabatlarni tartibga solish xususiyatlarini aks ettiradi.

O`zbekiston Respublikasining 1998 yili 30 aprelda qabul qilingan Oila kodeksi


huquqning bu sohasidagi asosiy hujjat hisoblanadi. Oila qonunchiligining asosiy
vazifasi oila, onalik, otalik va bolalikni himoya qilishdir.
“O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” asaridan: Jamiyatni yangilash
uchun kurashayotgan barcha sog`lom kuchlarni birlashtirish zarur. Ko`p bolali
oilalarda ayollar bolalarni tarbiya qilmoqda, ro`zg`or yumushi bilan band bo`lib
turishibdi. Umuman shuni aytishim kerakki, oilada mamlakatimizning bo`lajak
grajdanini tarbiyalayotgan onalarni ishsizlar qatoriga qo`shish to`g`risidagi
masalaga men shubha bilan qarayman. Olimlarimiz, mutaxassislarimiz bu haqda
o`ylab ko`rishlari kerak.
Oilada farzand tarbiyasi- Tarbiya ona vazifasidir, keyin ota, keyin maktab va
jamoatchilik ishidir.
35
Aim.Uz
Abdulla Avloniy
Oila bola uchun eng muhim tarbiyaviy muhit bo`lib, bu muhitda shaxs kamoloti
uchun muhim hisoblangan xulq-atvor, iroda, tasavvur, dunyoqarash shakllanadi.
Oila jismoniy va psixologik jihatdan sog`lom, ma’naviy barkamol, mehnatga
hamda oilaviy hayotga tayyor shaxsni shakllantirib berishi lozim.

Oila farzandning dastlabki


tarbiya maktabidir.
Qush
Qush uyasida
uyasida
ko`rganini
ko`rganini qiladi
qiladi
Oilaning ikki sarkori-ota
bilan onaning ma’naviy-
ruhiy odobi, o’zlarining
namunali xulq-
atvorlari,yaxshi tarbiya
ko’rganliklari, bolalarga
tarbiya berishdagi tajriba va
“Bolani mahoratlari, qunt-sabotlari,
yoshdan, sezgirlik va talabchanliklari
niholni bolalarni yoshlikdanoq
boshdan boadab bo’lib o’sishida aks
asra”, ettiruvchi ko’zgudek muhim
“Erkalasa o’rin tutadi.
onasi,
taltayadi
bolasi”

Topshiriq: “Sizning shaxsiy fikringiz” mashqi. Bunda o`quvchilarga quyidagi


savol tashlanadi: “Bola tarbiyasida ota-ona qanday usulni qo`llashi kerak,
qattiqqo`llikni-mi yoki, yumshoqko`ngillikni-mi”.

Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini


odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va
talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.

20-mavzu: Ilm-fan homiylaridan biri Alisher Navoiy (9- fevral Alisher Navoiy
tavallud kuni munosabati bilan)

36
Aim.Uz
Kun shiori: “Millat timsoliga aylangan zot”

Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, Alisher Navoiy bobomizga


bo`lgan hurmat va g`ururni rivojlantirish.
Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom
Karimovning: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka
erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, O`zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi,Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari, Abdulla
Oripov Adolat ko`zgusi, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma
materiallar.
Doskada:
“Olam ahli, bilingizkim.
Ish emas dushmanlig`, yor o`lung . Bir-biringizgaki, erur yorlig` ish”
Alisher Navoiy
O`qituvchi:
“ Odam o`z hayotidagi voqea-hodisalarni esga olmoqchi bo`lsa, bu voqea falon
yili, ya’ni falon ko`prik yoxud minora qurilgan yili yuz bergan edi, deb qo`yadi.
Iftixor bilan shu gapni ayta olamizki, Alisher Navoiy bobomizning qutlug`
sanalari ham hayotimiz bosqichlarida o`lchov belgisiga, pog`onalarning ramziga
aylanib borayotir.
Mamlakatimiz madaniy hayoti, ma’naviyatimiz taraqqiyoti haqida gap ketganda
ham darajamizni hazrat Navoiyga bo`lgan munosabat miqyosi bilan o`lchaydigan
bo`ldik. Hazrat Alisher bugungi kunga kelib, millatning chinakam timsoliga
aylandi.
Mamlakatimizda biron bir fuqaro yo`qki, Navoiy bobomiz haqida gap
ochilganda, u zotning biron fazilatini aytmagan bo`lsa. Shubhasiz, bobomizni daho
shoir deyish barobarida hazratning ulkan arbob ekanligini ham eslaydilar” -
deydi,xalq shoiri Abdulla Oripov.
37
Aim.Uz
Darhaqiqat, har yili bobomizning tavallud ayyomi munosabati bilan har sinflarda
Navoiy bobomizga atalgan tadbir bo`ladi.
Bizni doimo bobomizning pok ruhlari qo`llab – quvvatlasin.
Navoiy haqida she’r yozmagan, asar yozmagan yozuvchining o’zi bo`lmasa
kerak. Quyida xalq shoiri Usmon Azimning she’ri:
Navoiy
Qudratingdan yaraldi olam,
Yetti kunda yo`qdan qilding bor.
Darig` tutma mehringni mendan,
So`zsiz qoldim. Tangrim, so`z yubor.

So`z yo`q. Garchi tug`yonlarimdan,


Barcha yo`qlik tushar larzaga.
Bir so`z bergil – men yarataman,
Bu olamni yetti lahzada.

21-mavzu: Ilm-fan homiylaridan biri Z.M.Bobur ( 14- fevral Z.M. Bobur


tavallud kuni munosabati bilan)

Kun shiori: “Anda jonim qoldi, mening, Vatan sog`inchi – Bobur nolasida”.

Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, Z.M. Bobur bobomizga


bo`lgan hurmat va g`ururni rivojlantirish.

Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.

Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom


Karimovning: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka
38
Aim.Uz
erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, O`zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi,Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari,Abdulla Oripov
Adolat ko`zgusi, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma
materiallar.
Doskada: “Bobur yuragida va she’riyatida Vatan tuyg`usi, Vatan sog`inchi,
unga qaytish umidi doim mavj urgan”
O`qituvchi:
Z.M.Boburning shoir sifatida lirik merosi ”Qobul devoni” (1519) ga, 1528-29
yillarda “Hind devoni”ga jamlangan. She’rlarining umumiy hajmi 400 dan ortadi.
Shundan 119 g`azal, 231 ruboiy va tuyuq, qit’a, fard, masnaviy kabi janrlarda
asarlar yaratgan. She’rlarini mavzu jihatidan oshiqona, ta’limiy, tasavvufiy,hasbi
hol kabi turlarga ajratish mumkin. Bobur she’riyati intelektual qalb izhori sifatida
ardoqlidir. Uning asarlari samimiy,ravon, usluban tugal va mushakkaldir. Bobur
ruboiy janrini turk adabiyotida dunyoga olib chiqqan shoirdir.
Boburning soliq ishlari haqida ma’lumot beruvchi “Mubayyinul-zakot ” (1521)
aruz vazni haqida “Risolai aruz” (1523-25) kabi asarlari bor.
Javohirlal Neru, Mahatma Gandi, A.K. Singxa, B.A.Luniya kabi davlat va fan
arboblari Bobur va boburiylarning Hindiston taraqqiyotidagi, jahon
sivilizatsiyasidagi mavqeini haqqoniy e’tirof etgan. Bobur ijodi bilan xorijiy
olimlardan U.Erskin, S.M.Edvards, A.Beverijva juda ko`plab, sharq, yevropa,
o`zbek olimlari shug`ullaganlar. O`zbekiston Milliy universiteti olimlari
Boburning she’riy mahorati, “Mubayyin” asari borasida tadqiqotlar olib
borishmoqda.
Bobur nomida xalqaro ilmiy ekspidetsiya mavjud bo`lib uning a’zolari Bobur
qadamjolari bo`ylab besh marta safar uyushtirdilar. Ekspeditsiya materiallari
asosida “Bobur va uning jahon sivilizatsiyasida tutgan o`rni” memorial muzeyi
tashkil qilinib, uning jamg`armasida Bobur nomi bilan bog`liq 500 dan ortiq kitob
va manbalar bor. Andijonda Bog`i Bobur tashkil qilinib, buyuk shoirning hoki
keltirilgan ramziy qabr bor, Ark ichi memorial kompleksi Bobur yashagan davr
haqida ma’lumot beradi.
(Internet materiallaridan)

22-mavzu: Barkamol avlod orzusi (Matematika, informatika oyligi doirasida)


Kun shiori: “Barkamol avlod –O`zbekiston taraqqiyotining poydevori”.
Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, matematika, informatika fan
oyliklariga qiziqish bilan ishtirok etish, fanlarga bo`lgan hurmatni rivojlantirish.
39
Aim.Uz
Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom
Karimovning: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka
erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, O`zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi,Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari,Abdulla Oripov
Adolat ko`zgusi, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma
materiallar.
Doskada: “Matematika fanlarning shohi, informatika zamonaviylik shohi ”

O`qituvchi:
Har bir davrda fanlarning roli katta ahamiyat kasb etadi. Hech bir fansiz
hayotimizni tasavvur eta olmaymiz. Buyuk allomalarimiz asos solgan fanlar
taraqqiyotimiz tayanchi hisoblanadi. Bugun siz bilan yana bir alloma bobomiz Ali
Qushchi - Mirzo Ulug`bek shogirdi haqida qisqacha to`xtalamiz.
XV asrda Samarqandda dono va ma’rifatparvar hokim deb shuhrat qozongan
Ulug`bek saroyida ijod qilgan yirik olimlar ichida uning shogirdi Aloviddin Ali ibn
Muhammad Qushchi alohida o`rin tutadi. U ilmi riyoziyot (matematika) va ilmi
falakiyot (astronomiya) bo`yicha iste’dodli olim bo`lib, O`rta Osiyo va Turkiya
fani tarixida chuqur iz qoldirdi. Olim hayotining so`nggi yillari Turkiyada o`tdi.
Ali Qushchi asli samarqandlik bo`lib, ba’zi tarixchilar fikricha 1402 yilda
tug`ilgan, lekin bu sana aniq emas. Uning otasi Ulug`bekning bobosi – Amir
Temur saroyida xizmat qilgan yuqori toifadagi amaldorlardan. Ba’zi
ma’lumotlarga ko`ra u ov boshlig`i bo`lgan, shuning uchun ham “Qushchi”
taxallusini olgan. Bu to`rida boshqa fikrlar ham bor. Yosh Ali Ulug`bekning eng
sevikli shogirdi bo`lgan va lochin ovi vaqtida sulton lochinini ko`tarib yurish
huquqiga ega bo`lgan.

40
Aim.Uz
Ilmi riyoziyot eng qadimgi fanlardan biri bo`lib, amaliyot ehtiyojlaridan kelib
chiqqan. Haqiqatan ham qadim zamonlardan beri inson o`zida hisob-kitob ishlarini
yuritishda, yer sathini o`lchashda, sug`orish shoxobchalari qurishda, qazib olingan
yer hajmini va kanal uzunligini hisoblashda, vaqtni va fasllar almashinishini
aniqlashda, merosni taqsim qilish, savdo-sotiq, qurilish va hunarmandchilik ishlari
va boshqa hayot faoliyati uchun zarur bo`lgan ishlarda ilmi riyoziyotdan keng
foydalangan. O`z ehtiyojlarini qondirish maqsadida u butun sonlarni qo`shish,
ayirish, ko`paytirish, bo`lishni, oddiy shakllar yuzini hisoblashni o`rgandi, eng
sodda ilmi hisob (arifmetika) va ilmi handasa (geometriya) qoidalarini yaratdi.
Topshiriq: “Erkin fikr” mashqi. “Internetning ijobiy va salbiy tomonlari”
yuzasidan fikrlashadilar.
Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini
odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va
talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.

23-mavzu: Onalarni ardoqlab (8 mart – Xotin-qizlar bayrami munosabati bilan).


Kun shiori: “Bag`ishlading jonimga huzur, ko`zlarimga bera olding nur”.
Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, aziz onajonlarimizga bo`lgan
mehrni va hurmatni yanada rivojlantirish.
Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom
Karimovning: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka
erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, O`zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi,Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari,Abdulla Oripov
Adolat ko`zgusi, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma
materiallar.
Doskada: Oy kabi qoshimda parvonam – onam
Oftobdek mehrda yagonam – onam.
Boshimga tilla toj, ko`nglimga taskin,
Tunu kun tilimda shukronam – onam.
Iqbol Mirzo

41
Aim.Uz

O`qituvchi:

Bolalar! Onalarimiz bizlarni voyaga yetkazish uchun mehru muhabbatini


ayamay, oromidan kechib, kechalari uxlamay, tarbiyamizga mashg`ul bo`lgan.
Xafa bo`lib qolsak yoki ko`nglimiz bir oz ranjisa, atrofimizda parvona bo`lgan,
tobimiz qochib qolsa, huzur-halovatini yo`qotgan ham ona. Bog`bonsiz biror
daraxtning mevasi yaxshi bo`lmaydi. Ona esa biz uchun bog`bondir. U doimo bizni
parvarish qilish payidan bo`ladi. Buni fahmlagan har qanday bola o`z onasini
barcha narsadan ustun qo`yadi va hamisha hurmat qiladi.

Aqlli farzand bir daqiqa bo`lsa ham ona mehrini sedan chiqarmaydi, kichkina
ishga qo`l urganda ham onani bundan voqif qilib, uning roziligini oladi, aytgan
so`zlariga quloq solib, maslahatlariga amal qiladi, har vaqt onani minnatdor
qilishga urinadi.

Voyaga yetgan bolalar yaxshi tarbiya olib, biror kasb egallab olganlaridan keyin
har vaqt onalari oldiga kelganlarida bir vaqtlar shu onasidan sut emib katta
bo`lganlarini, uning quchog`ida parvarish topganlarini o`ylab, hech qachon onaga
qattiq gapirmaydilar, yumshoq so`zlar bilan uning ko`nglini oladilar. Onaning bir
vaqt o`zlari uchun chekkan jafolarini ko`z o`ngilariga keltirib, shu chekkan jafo va
mehnatlarini unuttirishga urinadilar, ularning dil roziligini olib, bir umrga shodmon
qiladilar.
Mustafo Homiyposhsho (Mashriqzamin Hikmat bo`stonidan)
Topshiriq: “Men ham bilaman” mashqi. O`quvchilar ham onalar haqida
hikoya va rivoyatlar aytadi.
Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini
odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va
talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.

24-mavzu: Tabiat va biz (Fizika, biologiya fanlari oyligi doirasida)


42
Aim.Uz
Kun shiori: “Tabiatsiz hayot yo`q”.
Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, fizika,biologiya fanlari
oyligida faol bo`lishga, tabiatni avaylash o`zimizni avaylash degan hikmatni
uqtirish.
Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom
Karimovning: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka
erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, O`zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi,Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari,Abdulla Oripov
Adolat ko`zgusi, Pedagogika, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar,
tarqatma materiallar.
Doskada: “Bilingki, dunyoning ko`zlari yoshlansa, uning boshiga g`am, kulfat
tushgan bo`ladi. Odamlar, daryodan mehringizni darig` tutmanglar!”

Muhammad al-Xorazmiy

O`qituvchi:
O`rta asrlarda yashab ijod etgan Sharq allomalaridan Muhammad Muso al-
Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino va
boshqalar tabiat fanlarining rivojlanishiga katta hissa qo`shganlar. Ular hali
ekologiya fani dunyoga kelmagan davrda tabiat va undagi muvozanat, o`simliklar
va hayvonot dunyosi, tabiatni e’zozlash haqidagi qimmatli fikrlar aytganlar.
Abu Nasr Forobiy tabiatshunoslikning turli tarmoqlari bilan shug`ullangan
bo`lib, “Kalom fi-l xiyz va-lmiqdor” (“Hajm va miqdor haqida so`z”), “Kitob al-
mabodi al-insaniya” (“Insoniyatning boshlanishi haqida kitob”), “Kalom fia’zo al-
hayvon” (“Hayvon a’zolari haqida so`z”) nomli asarlari bunga dalil bo`la oladi.

43
Aim.Uz
Forobiy o`zining “Kitob fi ixso al-ulum va at-ta’rif” asarida zamonasidagi
ilmlarni har tomonlama o`rganib, ularni ma`lum tizimga solib, turkumlarga ajratdi,
har bir ilm tarmog`iga ta’rif berishga harakat qildi, tabiatshunoslik ilmiga katta
e’tibor berdi.
Tabiatshunoslikka oid “Inson a’zolari tuzilishi haqida risola”, “Hayvon a’zolari
haqida so`z” kabi asarlarida odam va hayvonlar ayrim a’zolarining tuzilishi,
xususiyatlari va vazifalari haqida, ularning o`xshashligi va farqlari keltirilishi bilan
birga, asosiy anatomic – fiziologik tushunchalar berilgan. Ularning ruhiy
holatlaridagi xususiyatlari haqida ham to`xtab o`tilgan. Odam tanasining tuzilishi
va vazifalari haqida so`z yuritilganda ularning o`zaro bog`liqligi va yaxlitligi,
ulardagi o`zgarishlar, ya’ni kasalliklar birinchi navbatda ovqatlanish tartibining
buzilishi oqibatida kelib chiqadi, deb tushintiriladi. Kasallikning oldini olish,
sog`lomlashtirish va boshqa chora-tadbirlarni qo`llash lozim ekanligi haqida
ma’lumotlar keltiriladi.
Topshiriq: “ To`g`ri ovqatlanish tartibi” mashqi. Har bir o`quvchi o`zining
to`g`ri ovqatlanish tartibini tuzadi.
Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini
odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va
talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.

25-mavzu: Umrboqiy qadriyatlar (21-mart bayram munosabati bilan)


Kun shiori: “Navro`z barchamiz uchun azal-azaldan avvalo tabiat uyg`onishi,
sharqona yangi yil debochasi, ma’naviyatimizning uzviy qismiga aylanib ketgan
eng qadimiy, asl milliy bayram sifatida aziz va mo`ta’bardir”
Islom Karimov
Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, umrboqiy qadriyatlarimizni
unutmaslikni, hikmatli so`zlarimizni avaylashni uqtirish.
Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom
Karimovning: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka
erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, O`zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi,Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari,Abdulla Oripov
Adolat ko`zgusi, Pedagogika, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar,
tarqatma materiallar.

Doskada: “Yil boshi – “Navro`z” xush kelding yurtim –O`zbekistonga”

44
Aim.Uz

O`qituvchi:

Sho`ro mafkurasi qatag`on qilgan Navro`z qayta tiklandi. Shu munosabat bilan
har yili Respublika miqyosida ulkan xalq sayllari o`tkazish an’anaga aylanib
bormoqda. Bunda xalq etnografik dastalari faol qatnashmoqda. Shu ommaviy
harakat tufayli juda ko`p unutilib borayotgan an’anaviy xalq ijodi namunalari, urf-
odatlari qayta tiklanib, xalqimiz mentalitetini ifoda etuvchi milliy qadriyatlar
sifatida e’zozlana boshlandi. Bu jihatdan, ayniqsa, har yili bahorda Boysunda
o`tkaziladigan “Boysun bahori” ko`rik-tanlovi, xalq baxshilari ko`riklari, Jizzax
viloyatining Forish tumanida o`tkaziladigan “O`zbek xalq o`yinlari” va Termizda
o`tkaziladigan “Alpomish o`yinlari” tadbirlari ayricha ahamiyat kasb etmoqda.
Shunisi quvonchliki, “Boysun bahori” YUNESKO qarori bilan xalqaro festival
maqomini oldi va nodir ma’naviy yodgorlik sifatida ro`yxatga olindi.
“Boychechak” – bolalarning marosim qo`shig`i. Bolalar Navro`z
Elchisi sifatida erta bahorda dala-tuzda boychechakni ko`rishlari bilanoq undan
guldastalar yasaganlar, tolxivichlarga shodalab, boshlariga gulchambar qilib
kiyganlar. So`ngra hovlima-hovli yurib, “Boychechak” qo`shig`ini kuylab, gul
ulashib, bahor kelganidan xabar berganlar. Bolalarning biri- yakkaxon to`rtliklarni
kuylasa, qolganlari naqoratini xor bo`lib ijro etganlar:
Boychechagim boylandi,
Qozon to`la ayrondi.
Ayroningdan bermasang,
Qozonlaring vayrondi.
Qattiq yerdan qazalab chiqqan boychechak,
Yumshoq yerdan yumalab chiqqan boychechak.
Boychechakni tutdilar,
Tut yog`ochga soldilar.
Qilich minan chopdilar
45
Aim.Uz
Baxmal minan yopdilar.

Qo`shiq tugagach, boychechakchilarga sovg`a-salomlar berishgan, bolalar


bularni o`zaro bo`lib olishgan yo hammalari birgalikda mehmonnavozlik qilishgan.
Qo`shiqda ta’riflangan boychechak – erta bahorda ochiladigan gulgina emas,
umumlashma darajasiga ko`tarilgan ramziy obraz ham. Unda murg`akkina bolalik
obrazi tajassum topgan. Xalq bolani erta bahorning ilk guli timsolida ko`rgan, bola
shu gulday nozik, yoqimli navnihol va chindan ham insoniyat bahorning g`unchasi
tarzida e’zozlangan.
(O`zbekiston xalqlari etnografiyasi va folklori kitobidan olindi)
Topshiriq: “Xalq o`yinlari” mashqi. Bunda o`quvchilar guruh bo`lib, o`zlari bilan
xalq o`yinlari ijro etadilar. (Bayramona kayfiyat)
Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini
odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va
talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.

26-mavzu: Amir Temur buyuk sarkarda va davlat arbobi (Amir Temur


tavalludining 678 yilligi munosabati bilan)

Kun shiori: “Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich”


Nurali Qobul
Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, Amir Temur bobomizga
bo`lgan hurmatni yanada rivojlantirish, Sohibqironga bag`ishlangan kitoblarga
qiziqish uyg`otish.
Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom
Karimovning: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka
erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, Buyuk Turon amiri yoxud
aql va qilich, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Ma’naviyat qalbim

46
Aim.Uz
quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari, Abdulla Oripov Adolat ko`zgusi, Pedagogika,
shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada: “Buyuk saltanat tuzib, tarix sahnasida quyoshday porlagan
Sohibqiron Amir Temur- bizning g`ururimiz va faxrimiz”

O`qituvchi:
Buyuk bobomizning yoshlik yillariga e’tibor qaratamiz. Yozuvchi Nurali
Qobulning “Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich” romanidan qisqacha sizga
so`zlab beraman.
“… To`rt yoshli Temur oqila va fozila onasi Takina begim murabbiyligida
yozishni mashq qilardi.
- Voy o`lmasam otasi, o`g`lingiz chapaqay-ku! So`l qo`li bilan yazayapti.Qalamni
o`ng qo`liga tutqazib qo`samda, chap qo`liga oladi. Qarang! – deya xo`jasiga
murojaat etdi Takina begim.”
- Qani ko`raylikchi bu amirzodani. Marhamat qilib qalamingizni o`ng qo`lingizga
olingchi bo`tam. Ha, barakallo. Qani yozingchi. Qanday yozar ekansiz,- deya
Temurning qalam yuritishini kuzata boshladi otasi. Otasining so`zini diqqat bilan
tinglagan yosh amirzoda qalamni o`ng qo`liga tutganicha, yanada chiroyli qilib
yoza ketdi.
- Aytdimku, bu o`g`lingning qo`lidan har ish keladi deb. Bekorga tashvish chekib
yuribsan. Uning har ikki qo`lida husnixat bita olishini ko`rgan ona hayron bo`ldi.
U chundan ham g`ayritabiiy bir bola edi. Nafaqat ikki qo`li ila yozuv yozar, balkim
ikki qo`lda bir maromda qilicha sermab, o`q otar, uloq chopib, kurash tusha bilar
edi. Erta xat – savodi chiqqani uchun otasi uni besh yoshida madrasaga berdi. U
sakkiz, o`n yoshli bolalar orasida pildirab yurar, hatto lavha taxtaga mum surtib
yoza olmas edi. Bu ishda unga onasi va muallimi ko`maklashardi.
Muallimining ismi sharifi Mulla Alibek edi. U o`z shogirdlarining tezroq
savodxon qilishning eng yaxshi vositasi – bu kaltak deb bilar edi. Undan kaltak
47
Aim.Uz
yemagan yagona o`quvchi Temur edi. U har bir vazifani muallimning og`zidan
chiqishi bilan uddalab, navbatdagisini kutib o`tirardi.
U sinfdoshlarining qiynalib o`qishlariga hayron boqar, nahotki shu oddaiy
harflarni o`qish va yozish shunchalik mashaqqatli bo`lsa deya o`ylar edi. Yetti
yoshida u Mulla Alibek maktabxonasidan chiqib, Shayx Shamsiddinning
maktabiga bordi. Shayx o`z shogirdlariga dastlab Qur’on o`qitar va ba’zi she’rlarni
yodlatib, ma’nosini tushuntirib berar edi. Qur’on mashg`ulotlarini esa Qur’oni
karimning 91-surasi “Ash-shams” dan boshlar edi.
Temur birinchi darsdayoq shu muborak suradan o`n besh oyatni yod oldi.
Buni ko`rgan shayx tolibiga ertasi kuni otasini aytib kelishni tayinladi. Amir
kelganida esa hayajonini yashira olmadi.
- Muallimlik hayotimda o`g`lungiz kabi iste’dodli shogirdni ko`rmaganman.
Bir darsdayoq “Ash-shams” surasini yodlab oldi. Uning tarbiyatida muqim
bo`ling! Ijozatingiz bilan men shogirdimni chorlay. U sizga ilk yodlagan surasini
aytib bersin.
Yetti yoshli Temur Olloh kalomini qiroat bilan o`qiganida amirning ko`zlari
jiqqa yoshga to`ldi. Yaratgandan o`g`liga sog`liq va omonlik tiladi.
… U peshin namoziga qadar o`qir edi. Namozni ustozi ila barobar o`qigach,
yaylovga chiqib siloh ishlatish, otda chopish va yana boshqa harb usullarini mashq
qilar edi.”
Romanni shu yerga kelganda tugatamiz. Biz bobamizning qanchalik darajada
yoshlik yillari ya’ni bolalik davrlarida ham shunchalik darajada zukko, tartibli,
irodali va o`zidan kattalarni hurmat qilishi, hech qanday mehnatdan bo`yin
tovlamasligi, ota-ona, ustozlarini hurmat qilishdek, har bir ishni o`z vaqtida
qiynalmay bajarganligining guvohi bo`ldingiz bu romanni to`liq o`qigandan so`ng
yana ham ko`p ma’lumotlarga ega bo`lasiz. Tinimsiz mehnatlar evaziga dunyoning
yarmini egallagan, Adolat uning asosiy shiori bo`lgan Buyuk Sohibqiron Amir
Temur bobomiz haqida bilib olasiz.
Topshiriq: “Xulosa” mashqi. Romanning kichik parchasidan o`zingizga
qanday xulosa chiqardingiz? degan savol bilan o`qituvchi o`quvchilarga
yuzlanadi.
Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini
odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va
talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.

27-mavzu: Mehnatdan kelsa boylik turmush bo`lar chiroylik (Tasviriy san’at,


mehnat, musiqa fanlari oyligi doirasida)

48
Aim.Uz
Kun shiori: “Sharq Rafaeli”
Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, tasviriy san’at, mehnat,
musiqa fanlari oyligida faol bo`lishga, bor iste’dod, iqtidorlarini ko`rsatishga
bo`lgan imkoniyatlardan foydalanishni uqtirish.
Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom
Karimovning: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka
erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, Buyuk Turon amiri yoxud
aql va qilich, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi,Ma’naviyat qalbim
quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari,Abdulla Oripov Adolat ko`zgusi, Pedagogika,
shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada: “Navoiyning shogirdi, ulug` musavvir va miniatyurasoz Kamoliddin
Behzod ”

O`qituvchi:
Movarounnahr va Xurosonda XV asrdagi Renessans (Uyg`onish davri)
vakillaridan biri, Navoiyning shogirdi, “Sharq Rafaeli”, ulug` musavvir va
miniatyurasoz Kamoliddin Behzoddir.
Nafaqat musulmon Sharqi xalqlari, balki butun dunyo xalqlari san’ati tarixida
sezilarli iz qoldirgan, uning taraqqiyotiga o`zining barakali hissasini qo`shgan
zabardast musavvir Kamoliddin Behzod 1455 yilda Hirotda, kambag`al hunarmand
oilasida dunyoga kelgan.
Behzodning buyuk musavvir, naqqosh va niniatyurasoz bo`lib yetishuvining
muhim omillaridan biri – bu uning XV asrning ikkinchi yarmida mashhur shoir
Alisher Navoiyning nazariga tushib, badiiy-g`oyaviy va estetik jihatdan ulug`
mutafakkir va homiy dahosidan bahramand bo`lganligidadir.

49
Aim.Uz
San’at va nafosatga ishtiyoqi nihoyatda kuchli bo`lgan Behzod g`oyatda
mehnatsevarligi, zahmatkashligi, o`tkir aqlu zakovati tufayli iste’dodi kundan-
kunga ortib bordi va tez orada Hirotda mashhur musavvir bo`lib tanildi. Alisher
Navoiyning maktabdoshi va do`sti, podshoh Sulton Husayn Boyqaro Behzodni o`z
huzuriga – saroyiga jalb qilib, unga saroydan maxsus joy ajratib, ijodiy ishlar bilan
shug`ullanishi uchun barcha sharoitlarni muhayyo qilib berdi.
Behzodning ijodiy merosini o`rganuvchi mutaxassislar fikricha, uning
hozirgacha ma’lum bo`lgan asarlari taxminan o`ttizta rasm va rasmlar turkumidan
iborat, ulardan eng mashhurlari quyidagilardir:
1. Sharafiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma” siga ishlangan miniaturalar.
2. Husayn Boyqaroning majlislari tasvirlangan muraqqadagi 40 dan ortiq go`zal
miniatyuralar.
3. Abdurahmon Jomiyning “Solomon va Ibsol” asariga ishlangan rasmlar.
4. Amir Xusrav Dehlaviyning “Xamsa”siga ishlangan 33 ta ajoyib miniatyuralar.
5. Sa’diyning “Bo`ston” asariga ishlangan go`zal rasmlar.
6. Nizomiy Ganjaviyning “Xamsa” asariga chizilgan noyob va benazir
miniatyuralar.
7. Abdulloh Xotifiyning “Temurnoma” asariga chizilgan rasmlar
8. Sa’diyning “Guliston” asariga ishlangan nafis miniatyuralar.
9. Abdurahmon Jomiy tasviri.
10.Husayn Boyqaro tasviri.
11. Shayboniyxon tasviri.
12. Shoh Taxmasp tasviri.
13. Shoir Abdulloh Xotifiy tasviri.
14. Tuyalar jangi.
15. Raqsi darvish (darvishlar raqsi)
16. Samarqand madrasa qurilishi va hakozalar.
Topshiriq: “Iste’dodingni namoyish et” mashqi. O`quvchilar uchta guruhga
bo`linadilar.
I-guruh: “Bahorni tasvirlash” rasm orqali.
II-guruh: “Kashta tikish” birorta materialga.
III-guruh: O`zbek milliy musiqasini ijro etish.
Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini
odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va
talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.

28-mavzu: Suvni tejang – u hayot manbai

Kun shiori: “Suvsiz hayot yo`q”

50
Aim.Uz
Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, suvni tejashni va undan
to`g`ri foydalanishni uqtirish.
Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom
Karimovning: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka
erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, Buyuk Turon amiri yoxud
aql va qilich, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Ma’naviyat qalbim
quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari,Abdulla Oripov Adolat ko`zgusi, Pedagogika,
shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada: “O`simliklar olami, hayvonot dunyosi va odamzod hech qachon suvsiz
yashay olmaydi”

O`qituvchi:

Suv – hayot manbai, suvsiz yashay olmaymiz deymiz. Xo`sh, suv o`zi nima?
O`zga sayyoralardagi hayot izlarini topishga uringan olimlar o`z tadqiqotlarida
ko`pincha: “U yerda suv bormi?” degan savolga javob berishdan boshlashadi.
Bilamizki, suvsiz hayot bo`lishi mumkin emas.
Suv bu-ta’msiz, hidsiz, rangsiz suyuqlik bo`lib, u barcha tirik mavjudotlar
tarkibidagi eng asosiy hayot manbai hisoblanadi. Suv tuproqda ham, havo tarkibida
ham bor. Tirik organizmlar faqat suvda erigan ozuqani iste’mol qiladilar. Tirik
to`qimalar asosan suvdan iborat bo`ladi. Xo`sh, unda suvning tarkibiga nimalar
kiradi? U faqatgina ikkita gaz qo`shilmasidan iborat, bular juda yengil vodorod va
undan salgina og`irroq hamda faolroq bo`lgan kisloroddan tarkib topgan. Vodorod
va kislorodning yonishidan suv hosil bo`ladi.
Aksariyat moddalar kabi suv ham uch xil holatga ega bo`ladi: suyuq (oddiy
holati), “muz” deb ataluvchi qattiq holati va gazlangan bug` holati. Suvning holati
51
Aim.Uz
uning haroratiga bog`liq. 0 gradus haroratda suv suyuq shakldan qattiq shalga
shaklga o`tadi yoki muzlaydi. 100 gradus haroratda suv suyuq shakldan gaz
holatiga o`tadi. Ana shu ko`rinuvchan holatdan ko`rinmas holatga o`tish jarayoni
“bug`lanish” deyiladi.
Agar issiq xonaga muz parchasini keltirib qo`ysangiz, u eriy boshlaydi. Demakki,
xonada issiqlik yetarli paytida muzlagan suv eriydi va ko`p o`tmay bug`lanib,
yo`qoladi. Suyuqlik suv bug`iga aylanadi. Tabiatda barcha shakldagi suvlar
tarkibida erigan mineral tuzlar va mayday organizmlar bo`ladi, shu sababli ham
suvni sof holda uchratib bo`lmaydi.
“Hamma…hamma narsa haqida ” dan.
Suv nima ekanligini bilib oldik. Umuman, suv bizning kundalikda hayotimizda
asosiy rolni egallaydi. Suvning turlari buloq suvlari, daryo suvlari, vodoprovod
suvlari, ayniqsa, bugun do`konlarimizda turli qopqoqli suvlar xalqimizga qulaylik
tug`dirmoqda. Bizga hayot inom etayotgan, pok yurishimizga asos bo`layotgan
suvni doim tejab ishlatishni o`zining asosiy burchi deb bilishi shart.
Topshiriq: “Kichik matn tuzish” mashqi. “Suv - hayot manbai” mavzusida.
Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini
odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va
talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.

29-mavzu: Tarixiy xotirasiz kelajak bo`lmaydi. (Xotira va qadrlash kuni


oldidan)

Kun shiori: “Xotira uyg`oq, qadr aziz”


Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, o`tganlarning ruhlarini shod
etish, tiriklar qadriga yetib yurishni uqtirish.
Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom
Karimovning: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka
erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, Buyuk Turon amiri yoxud
aql va qilich, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Ma’naviyat qalbim
quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari, Abdulla Oripov Adolat ko`zgusi, Pedagogika,
shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.

52
Aim.Uz
Doskada:

Xotira - muqaddas tuyg’u

Xotira va qadrlash deganda biz, avvalo, o’zimizni inson sifatida


anglashni, odamiylik fazilatlarimizni urug’lashni nazarda tutamiz. Eng
muhimiy, bu hayajonli va iztirobli sana o’zimizga keladigan yosh
avlodni mana shu ruhda tarbiyalashga, ular qalbida vatan va yurt
uchun g’urur va iftixor tuyg’ularini uyg’otishga xizmat qiladi.
Islom Karimov

Davlatimiz rahbarining 2010 yil 24 martda qabul qilingan «Ikkinchi


jahon urushidagi G’a’labaning 65 yilligi nishonlanishi munosabati
bilan» Sergeli tumani 300-Davlat ixtisoslashgan maktab o’qituvchisi
Qurbonova Marhabo Davronovnaning “Xotira va qadrlash”kuniga
bag’ishlab o’tkazilgan elektron slaydi.

O`qituvchi:

53
Aim.Uz

“Vatanimiz mustaqilligi uchun jonini, bor kuch-quvvatini ayamagan


biror bir faxriy, biror bir kishi unutilmasligi kerak. Ularning har biriga
munosib hurmat-ehtirom ko’rsatilishi shart”,- deb ta’kidlaydi
Prezidentimiz Islom Karimov.

Yurtboshimiz aytib o’tganidek, har bir insonning o’z o’rni o’z


qadr-qiymati va munosib xotirasi bor.
Prezidentimiz Islom Karimov o’zining “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q”
deb atalgan risolasi orqali bizga ta’lim bermoqda.
Hammamizga yaxshi ma’lumki, yurtboshimiz I.A.Karimov
ta’kidlaganidek, ota-bobolarimiz qadim-qadimdan o’tganlarni xotirlash
insoniyatning bosh vazifasi, qarzi va farzi deb bilgan va bunga amal
qilib kelgan.Odamzod borki, avlod-ajdodi kimligini, nasl-nasabini, o’zi
tug’ilib voyaga yetgan qishloq, shahar, Vatani tarixini bilishni istaydi
va bilishi shart.

O’zbek diyori o’zining fidoiy, vatanparvar, har qanday yovuz kuchlarni


yenga oladigan, o’z onasi, rafiqasi, opa-singillari-yu, aka-ukalarini xor
qilib qo’yishdek pastkashlikni o’ziga or biladigan jasur o’g’lonlari bilan
g’ururlana oladi. Fikrimizning dalili sifatida ikkinchi jahon urushidagi
fidoiylarni olishimiz, ular bilan haqli ravishda faxrlanishimiz
mumkin.Ikkinchi jahon urushi butun qardosh respublikalar qatori
O’zbekiston aholisi uchun ham og’ir kulfatlarni keltirdi.O’zbek elidan
ko’plab o’g’lonlar borib, begona yerlarda qolib ketdi.
Afsuski, urush qatnashchilari- hozirgi kunda hayot bo’lganlari kundan-
kunga kamayib bormoqda. Bugungi kunda respublikamizda 109ming
urush qatnashchisi, 159ming urush orqasida mehnat qilgan kishilar bor.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “9 may-Xotira va Qadrlash
kuni” deb e’lon qilgan Farmonida: “Xotira va Qadrlash kuni”ni
Umumxalq bayrami sifatida keng nishonlashni ta’minlash, barcha davlat,
nodavlat va jamoat tashkilotlarining, idora va korxonalarning birinchi
galdagi vazifasi, barcha O’zbekiston fuqarolarning or-nomusi, vijdon ishi
va ma’naviy burchi deb bilsinlar”, -deyilgan.

54
Aim.Uz

Topshiriq: Sinfda bayram munosabati bilan kichik sahna ko`rinishi, monolog,


diolog, she’rlar mavzu yuzasidan o`tkaziladi.

Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini


odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va
talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.

30-mavzu: Til bilmoq, el bilmoq (Xorijiy tillar fan oyligi doirasida)

Kun shiori: “Ikki emas, to`rt til lozim ”. (Mahmudxo`ja Behbudiy)


Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish,fan oyligida faol ishtirok
etishligini, til o`rganish davr talabi ekanligini uqtirish.
Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom
Karimovning: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka
erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, Buyuk Turon amiri yoxud
aql va qilich, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Ma’naviyat qalbim
quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari, Abdulla Oripov Adolat ko`zgusi, Pedagogika,
shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada: “Ingliz tiliga bo`lgan qiziqish kundan-kun rivojlanmoqda”

55
Aim.Uz

O`qituvchi:

Bugungi yoshlarimiz orasida bir necha xorijiy tillarni biladiganlar ancha.


Buni katta avlod vakillari ham e’tirof etishayapti. Yangi avlodning oldingilaridan
asosiy farqi sifatida ham zamonaviy texnologiyalar bilan ishlay olish va xorijiy
tillarni bilishini alohida ajratib ko`rsatishmoqda. Aslini olganda, bu tabiiy hol.
Chunki zamon o`zgarib ketdi, chet tilini o`rganish davr bilan hamnafas
yashashning shartlaridan biri bo`lib qoldi.
O`z davrining benazir shaxsi, ma’rifatparvar bobomiz Mahmudxo`ja Behbudiy
ham til o`rganishga da’vat etgan. “Ikki emas, to`rt til lozim”, deb nomlaydi u
maqolalaridan birini. Ko`pchilik allomalarimiz shu ma’nodagi gaplarni aytib,
ko`proq til o`rganishga chaqirganlar. Ammo, avvalo, o`z ona tiliga muhabbat
qo`yish, uni asrab-avaylash kerakligini qayta-qayta ta’kidlaganlar.
Bugun yoshlarimiz ingliz tilida juda ravon va chiroyli holda gaplashganlarini
ko`rib, ko`pchiligi tarjima ishlari bilan shug`ullanayotgani bularning barchasi
yoshlarimiz uchun yaratilgan imkoniyatlardan to`liq va oqilona foydalanayotgani.
Topshiriq: O`quvchilar fan oyligida qanday ijodiy ishlar bilan
shug`ullanayotganliklarini ingliz tilida so`zlab beradilar. (Ba’zi maktablarda nemis,
fransuz tillarida)
Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini
odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va
talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.

31-Mavzu: Buyuruvchi belgilar. Axborot –ishora belgilari. (Yo`l harakati


qoidalari)
Ushbu mavzu “5-6 sinflarda “Yo`l harakati qoidalari”ni o`rgatish yuzasidan
mashg`ulot ishlanmalari to`plami (M.Omonova, R.Dimetov)”dan foydalangan
holda o`tiladi. Elektron manba: www.rtm.uz

56
Aim.Uz

32-mavzu: Men yoqtirgan kitob

Kun shiori: “Kitob-barcha bunyodkorlik, yaratuvchilik va aql-idrokning, ilmu


donishning asosidir. Hayotni o`rgatuvchi murabbiydir”
“Amir Temur o`gitlari”

Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish,kitobga bo`lgan mehrlarini va


qiziqishlarini rivojlantirish.
Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom
Karimovning: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka
erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, Buyuk Turon amiri yoxud
aql va qilich, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi,Ma’naviyat qalbim
quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari,Abdulla Oripov Adolat ko`zgusi, Pedagogika,
shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.

Doskada: “Kitob – inson hayotining ajralmas bir bo`lagi”

O`qituvchi:
Ey aziz! Kishi uchun kitobdan azizroq va yoqimliroq suhbatdosh yo`qdir.
Kitob fasohat, balog`atda, latofatda tengi yo`q, munofiqlikdan xoli hamrohdir.
Yolg`izlikda va g`amli ayyomlarda munis ulfatdir. Unda na nifoq boru, na gina. U
shunday hamdamki, so`zlarida yolg`on va xato bo`lmaydi. Suhbatidan esa kishiga
malolik yetmaydi. U o`z do`stining dilini og`ritmaydi. Yuragini esa siqmaydi. U
shunday rafiqdirki, kishi orqasidan g`iybat qilib yurmaydi. Uning suhbatidan senga
shunday fayzli foydalar yetadiki, bunday foydani odamlardan topa olmaysan.
Aksincha, aksar odamlar suhbatidan kishiga zarar yetadi.Kitobdek do`st ichida
barcha ilmu hilm mujassamdirki, u kishilarni o`tmishdan va kelajakdan ogoh qilib
turadi. Shuning uchun ham: “Kitob aql qal’asidir”, deganlar.
57
Aim.Uz
Muhammad Jabalrudiy
Kitob-barcha
Kitob bir bunyodkorlik,
Kitob odob- bog`ki, yaratuvchilik va aql-
axloqning koni, yozuvlari idrokning,ilmu
bilimning esa uning donishning asosidir.
bulog`idir. gullaridir. Hayotni o’rgatuvchi
murabbiydir.

.
Shaxs
Shaxs kamolotida
kamolotida Kitob
kitobning
kitobning o`rni”
o`rni” yolg`izlikdagi
eng munis
nechog`liq
nechog`liq hamdamdir.
ahamiyatga
ahamiyatga ega?
ega?

Kimki kitobga ko`p boqsa,


Kitob insondan hech kitob uning zehnini ochadi,
narsa tilamaydi,ammo zavqini oshiradi,
uni kamolga yetkazadi. so`zga chechan qiladi.

Ilm – Muhammadning (S.A.V.),


boylik esa Fir’avnning merosi.

do’stki,
Bir do’stki, hech kimga bermagan azob,
azob,
ko’rdim,
Uzoq sinab ko’ rdim, bilsang u kitob.
kitob.
Sirni yashirmaydi o’quvchisidan,
quvchisidan,
Xabar berar senga yozuvchisidan.
yozuvchisidan.
bo’lib u ulfat,
Xilvatda sen bilan bo’ ulfat,
Jimgina quradi yoqimli suhbat.
suhbat.
Hech kimdan qolishmas bilimli ahbob,
ahbob,
so’ramasang bermaydi javob.
Undan so’ javob.

Mashriqzamin - Hikmat Bo`stonidan.


Topshiriq: “Men yoqtirgan kitob-bu” mashqi. Har bir o`quvchi o`zi yoqtirgan
kitoblari haqida suhbat o`tkaziladi va ta’tilda ko`proq kitob o`qish talab etiladi.
Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini
odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va
talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.

58

You might also like