You are on page 1of 76

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS

TA'LIM VAZIRLIGI

O’ZBEKISTON DAVLAT JAHON TILLARI


UNIVERSITETI

Qo‘lyozma huquqida
UDK

JUMAKULOVA MUXTASAR SHUXRAT QIZI

XORIJIY TILLARNI O’QITISHDA AXBOROT KOMMUNIKATSION


TEXNOLOGIYALARI YORDAMIDA OLIY TA’LIM TALABALARI
TINGLAB TUSHUNISH MALAKALARINI RIVOJLANTIRISH

Lingvistika – № 5A120102 (ingliz tili)

Magistrlik akademik darajasini olish uchun yozilgan


DISSERTATSIYA

Ish ko’rib chiqildi va Ilmiy rahbar:


himoyaga tavsiya etildi. Pedagogika fanlari doktori
Umumiy tilshunoslik X.S.Muhitdinova
Kafedrasi mudiri
____________________________
f.f.n. dots. R.U Madjidova
“_____” ____________2016 yil

Toshkent – 2016
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Bugungi kunda yoshlarni yuksak ma'naviyatli,
ijtimoiy-siyosiy hayotda doimo o‘z mustaqil fikriga ega, kasb-hunar mahoratini
egallagan shaxs sifatida shakllantirish eng dolzarb, yurtimizning bugungi va ertangi
hayotini belgilab beruvchi muhim masala hisoblanadi. Shaxsni shakllantirish keng
qamrovli tushuncha hisoblanib, unda bevosita ta'lim va tarbiya masalalari ham o‘rin
olgan.
Respublikamizda yetuk malakali mutaxassislar tayyorlashga yo‘naltirilgan
ta'lim tizimi ana shunday barkamol shaxsni tarbiyalashni o‘z oldiga maqsad qilib
qo‘ygan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, “Ta'lim to‘g‘risida”gi qonun ta'limda
olib borilayotgan ishlarning bosh mezoni hisoblanadi. Bu mezon asosida
takomillashtirilgan, zamon talablariga javob bera oladigan dasturlar, o‘quv
darsliklari yaratilmoqda. Ta'lim muassasalari, xususan, maktablar qayta
rekonstruksiya qilinib, zamonaviy andozalar darajasiga tenglashtirilmoqda. Ana shu
asosda ta'lim jarayoni ham bevosita shakllantirilib uning samaradorligini oshirishga
ahamiyat berilmoqda.
Ta’lim tizimini zamon talablariga javob bеradigan darajaga kеltirishni hamda
ilm-fan, maorif borasida tub burilishlar yasashni o‘z oldimizga vazifa qilib
qo‘yganmiz. Shu vazifalarni amalga oshirishdagi ishlarda chеt tili o‘qitishning
yangicha yo‘l-usullarini ishlab chiqishni ham taqozo etadi. Nеgaki, butun jahon
sivilizatsiyasi bilan tanishish, ular bilan hamkor hamnafas bo‘lish uchun eng asosiy
aloqa vositasi — chеt tillarini mukammal o‘rganishimiz talab etiladi.
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan so’ng xorijiy tillarni,
xususan, ingliz tilini o’qitish va o’rganish ijtimoiy ehtiyojga aylandi va davlat
siyosati darajasiga ko’tarildi. Fan va texnika jadal sur'atlar bilan rivojlanayotgan,
axborot oqimlari kengayib borayotgan bu davrda chet tillarini o’qitish tizimini qayta
ko‘rib chiqish va uni takomillashtirishga ehtiyoj tug‘ildi. Chet tillarini mukammal
egallash va axborot kommunikatsiya vositalaridan keng foydalanish bugungi
kunning eng dolzarb vazifalaridan biriga aylandi.
Bu borada Prezidentimiz I.A.Karimovning quyidagi fikrlari nihoyatda
o’rinlidir: “Hozirgi paytda xorijiy tillarni o’rganish va o’rgatishga yurtimizda katta
ahamiyat berilmoqda. Bu ham, albatta, bejiz emas. Bugun jahon hamjamiyatidan
o’ziga munosib o’rin egallashga intilayotgan mamlakatimiz uchun, chet ellik
sheriklarimiz bilan hamjihatlikda, hamkorlikda o’z buyuk kelajagini qurayotgan
xalqimizga xorijiy tillarni mukammal bilishning ahamiyatini baholashning hojati
yo’qdir” [Karimov, 2002].
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining
jamoat ta'lim axborot tarmog‘ini tashkil etish to‘g‘risida” 2005-yil 28-sentyabrdagi
PQ-191-sonli Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil
6-iyundagi “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 200-
sonli, 2006-yil 16 fevraldagi “Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning
malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 25-sonli
qarorlarning qabul qilinishi, 2012-yil 23-24-aprel kunlari Xalq ta’limi vazirligining
ta’lim-tarbiya jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish
bo’limi tomonidan o’tqazilgan trening mashg’ulotlari ta'lim jarayoniga zamonaviy
axborot texnologiyalarini joriy etishga davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida
e'tibor qaratilayotganidan dalolatdir.
Axborot kommunikatsiya vositalaridan hamda umumjahon axborot tizimidan
keng miqyosda foydalanish o’z-o’zidan chet tillarini yaxshi bilishni taqozo etadi.
Shu bois prezidentimizning 2010-yil 12-dekabrda qabul qilingan qarori
mamlakatimizda chet tillarini o’qitish tizimini tubdan isloh qilishga olib keldi.
Hozirgi kunda davr taqazosi, mamlakatimizning tez suratlar bilan rivojlanayotgani,
chet mamlakatlar bilan hamkorlik aloqalarining kuchayishi chet tillarini va AKT
vositalarini mukammal o’rganishni davlat ahamiyati darajasidagi masalalaridan
biriga aylantirdi. Chunki mustaqil respublikamizning jahon maydonida obrosi oshib,
tashqi aloqalar, madaniy va iqtisodiy munosabatlar rivojlanib borayotgan bir davrda
xorijiy tillarni o’rganish bu tillarda og’zaki va yozma muloqotni amalga oshirish
hamda erkin fikr almashish kompetensiyalarini shakllantirish va rivojlantirishga
yordam beradi [Hakimova, 2016].
Ma'lumki, oliy ta’lim muassasalarida ingliz tilini o’qitish o’ziga xos
xususiyatga ega bo’lib, maxsus o’quv dasturi va o’qitish metodikasini qo’llashni
taqazo etadi. Mavjud tizim shuni ko’rsatadiki, bugungi kunda ingliz tilini o’qitishda
nutq faoliyaitining har to’rtala turini ya’ni o’qish, yozish, gapirish va tinglashni
o’rgatish muhim ahamiyat kasb etadi. Ingliz tilida nutq faoliyati turlarini xususan
tinglab tushunishni o’rgatish samarasi bir qancha omillarga: darslarni to‘g‘ri tashkil
eta olish, dars jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan to‘g‘ri va
unumli foydalana olish hamda talabalarga jonli muloqot muhitini yaratib berishga
bog’liq. Mazkur masalalarni hal etish uchun umumiy o’rta ta’lim tizimi va mazmuni
yangilandi, ya’ni I-IX sinflarda o’qitiladigan fanlar bo’yicha uzviylashtirilgan
Davlat ta’lim standarti (DTS), o’quv dasturlari ishlab chiqildi va amaliyotga joriy
etildi. Ta’lim – tarbiya jarayonida ilg’or pedagogik va axborot texnologiyalaridan
foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida zamonaviy o’quv uslubiy
majmualar yaratildi [Hodjayev, 2016]. Biroq bu borada hali ko‘pgina muammolar
o‘z yechimini topmagan. Bunday muammolar sirasiga mashg’ulotlarda axborot-
kommunikatsiya vositalarini qo‘llash yuzasidan ko‘pgina o‘qituvchilarda hali ham
ko‘nikmalarning shakllanmaganligida, ba'zi holatlarda esa, to‘g‘ri foydalana
olmaganligida, talabalarning ana shunday darslarga yetarlicha tayyor emasligi,
bunday mashg’ulotlarni bir qator muammolarning yechimi (o‘quvchilarni ijodiy
fikrlash, mustaqil fikrlashi, ularning faolligini oshirish masalalari) sifatida ko‘ra
olmasliklarini kiritib o‘tishimiz mumkin.
Ana shu masalalar bilan yaqindan tanishish va ularning yechimlarini izlab
topishga qaratilgan ushbu magistrlik dissertasiyamizni “Xorijiy tillarni o’qitishda
axborot kommunikatsion texnologiyalari yordamida oliy ta’lim talabalari tinglab
tushunish malakalarini rivojlantirish” deb nomladik.
Muhokama qilinayotgan mavzuning dolzarbligi, bir tomondan uning ijtimoiy
ahamiyati bilan belgilansa, ikkinchi tomondan, mazkur muammo bo’yicha
hozirgacha nufuzli ilmiy-pedagogik tadqiqotlar olib borilmaganligidadir. Bundan
tashqari, hozirgacha talabalarning ingliz tilida tinglab tushunish kompetensiyalarini
SEFR darajasiga olib chiqish alohida tadqiq etilmaganligi yechimning kechiktirib
bo’lmas muammo ekanligini ko’rsatadi.
Mavzu bo’yicha adabiyotlar tahlili Inliz tilida tinglab tushunishni o’rgatish
muammolari xorijiy mamlakatlar olimlari (E. Peterson, S. D.Krashen, D. G.Oblinger
& J. L. Oblinger, P.Sharma, B. Barrett, P.Y. Madadov, I.A. Zimnyaya va boshqalar),
O’zbekistonda I. Yoqubov, J. Jalolov, O’. Xoshimov, G. T. Mahkamova, T. Q.
Sattarov kabi metodist-olimlar tomonidan nutq faoliyatining bir turi sifatida tadqiq
qilingan, o’qitishning o’ziga xos xususiyatlari o’rganib chiqilgan.
Yoqubov va Jalolov chet tili o’qitish metodikasiga oid kitoblarida ushbu
muammoni nazariy jihatdan keng yoritib bergan, tinglab tushunishga nutq
faoliyatining muhim turi sifatida qarab, uning xususiyatlari, o’qitishdagi
qiyinchiliklar, mehanizimlari haqida keng ma’lumot berishgan. Shuningdek, tinglab
tushunishni o’rgatishga doir mashqlar tizimini ham ishlab chiqqanlar. Biroq ushbu
tizimda zamonaviy AKT vositalaridan foydalanish imkoniyatlari xususida to’xtalib
o’tilmagan.
Chet til o’qitish metodikasida og’zaki nutqni, ya’ni gapirish va tinglab tushunish
faoliyatini o’rgatishga doir bir talay ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilgan. Jumladan,
I.A. Zimnyaya, A.P. Lebedova, L.M. Sizova, E.I. Passov, V.I. Andriyanova, N.I.
Jinkin, A.A. Leontev, T.V. Ryabova, A.A. Alxazishvili, S.A. Butyugina, B.Ya.
Lebedinskaya, O.I. Moskalskaya, G.M. Uayzer, A.D. Klimentenko, Z.M. Tsvetkova
va hokazolarning ishlarini bunga misol qilib keltirib o’tish mumkin. Ushbu tadqiqot
ishlarida turli o’quv yurtlarida ingliz tilida og’zaki nutq (gapirish va tinglab
tushunish)ga qo’yiladigan dasturiy talablar, uning tilshunoslik (lingvistik) va
ruhshunoslik (psixologik) asoslari, dialog va monologni o’rgatish, nutqiy faoliyatni
reproduktiv hamda retseptiv egallashga doir masalalar tadqiq etilgan. Shuningdek,
og’zaki nutqni o’rganishdan ko’zda tutilgan maqsad, hamda og’zaki nutq malakalarini
shakllantirish uchun vazifalar belgilab berilgan, ingliz tili o’qitishning turli bosqich
va tashkiliy qismlarida tavsiya etilgan.
Ushbu tadqiqotlar hozirgi kunda ham o’z ilmiy qimmatini yo’qotganicha yo’q.
Biroq bugungi kunning talabi mazkur faoliyat turini nutq faoliyatining asosiy
komponenti sifatida o’rganish, til o’rganuvchilarda tinglab tushunish
kompetensiyasini shakllantirish orqali ingliz tilini o’rgatishga doir masalalarni
zamonaviy metodika talablari nuqtai nazardan ko’rib chiqishni taqazo etmoqda.
Tadqiqot ishining maqsadi axborot kommunikatsiya texnologiyalari
vositasida talabalarning ingliz tilida tinglab tushunish kompetensiyalarini
rivojlantirishning samarali texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
Ushbu maqsaddan kelib chiqib tadqiqot ishining vazifalari sifatida
quydagilar belgilanadi.
- tinglab tushunish kompetensiyasi nutq kompetensiyalarini shakllantirishning
muhim omili ekanligini asoslab berish;
- talabalarning tinglab tushunish malakalarini CEFR darajasiga olib chiqish
muammolarini o’rganib chiqish;
- talabalarning tinglab tushunish kompetensiyalarini rivojlantirishda axborot
kommunikatsiya texnologiyalarining imkoniyatlarini aniqlash;
- muammoning amaliyotdagi holatini o‘rganish asosida mavzuning dolzarb
pedagogik muammo ekanligini asoslash;
- talabalarda ingliz tilida tinglab tushunish kompetensiyalarini shakllantirishda
axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishning samarali
shakllari va metodlarini ishlab chiqish va ularni tajriba–sinovdan o‘tkazish.
Tadqiqot ishining obyekti axborot kommunikatsiya texnologiyalari
vositasida talabalarning tinglab tushunish malakalarini rivojlantirish jarayoni.
Tadqiqot ishining predmeti axborot kommunikatsiya texnologiyalari
vositasida talabalarning ingliz tilida tinglab tushunish malakalarini
rivojlantirishning mazmuni, imkoniyatlari, usul va metodlari.
Tadqiqot ishining ilmiy farazi: Agar ingliz tilini o’qitishda:
- talabalarning tinglab tushunish kompetensiyalarini shakllantirishda axborot
kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishning samarali shakl, usul va
metodlari aniqlansa;
- tinglab tushunish kompetensiyasiga nutq faoliyatining muhim omili sifatida
qaralsa;
- talabalarning ingliz tilidagi tinglab tushunish kompetensiyasini
shakllantirishda axborot kommunikatsion vositalarinig o’rni katta ekanligi
asoslab berilsa;
- talabalarning ingliz tilida tinglab tushunish kompetensiyalarini
rivojlantirishda axborot kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llashga doir
tavsiyalar amaliyotga tadbiq etilsa, talabalarning ingliz tilidagi nutqini
shakllantirish samarali bo’ladi.
Magistrlik dissertasiyasining ilmiy tadqiqot metodlari: ilmiy-pedagogik
adabiyotlarni xronologik tahlil qilish, oliy ta’lim bosqichida o‘quv jarayonini
kuzatish, suhbat, so’rovnoma, qiyoslash, pedagogik tajriba-sinov, nmateriallar va
natijalarini qiyosiy va statistik tahlil qilish.
Tadqiqot ishining ilmiy yangiligi:
- chet tillarini o’rganishda tinglab tushunish kompetensiaysi nutqiy
faoliyatning rivojlantirishning muhim omili ekanligi asoslandi;
- OTM larda ingliz tilini o’rgatishda tinglab tushunishni shakllantirishning
mavjud holati va muammolari aniqlandi;
- talabalarning ingliz tilidagi nutqni tinglab tushunishlarida axborot
kommunikatsiya vositalarining ahamiyati asoslandi va ular vositasida tinglab
tushunishni rivojlantirishning samarali usullari, vositalari ishlab chiqildi va
amaliy tavsiyalar berildi.
Tadqiqot materiali: chet tillarini samarali o’rganishga doir ilmiy-metodik
tadqiqot ishlari, darsliklar va dasturlar, ilmiy maqolalar, ingliz tilini o’qitish jarayoni
uchun ishlab chiqilgan topshiriqlar tizimi, so’rovnoma tahlillari, tajriba - sinov.
Tadqiqot natijalarining nazariy ahamiyati: tadqiqot ishi natijalari
talabalarning ingliz tilida tinglab tushunish kompetensiyalarini rivojlantirishda
axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishga metodikasiga oid
qo’llanmalar ishlab chiqishda qo’llanilishi mumkin.
Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati: talabalarning ingliz tilida
tinglab tushunish malakalarini rivojlantirishda tavsiya etilgan topshiriqlar tizimi va
dars texnologiyasidan samarali foydalanish mumkin.
Tadqiqot natijalarining e’lon qilinganligi: tadqiqot ishi yuzasidan 3 ta
maqola chop etildi:
1. AKT vositalari yordamida talabalarning tinglab tushunish malakalarini
rivojlantirish//Zamonaviy tilshunoslik, adabiyotshunoslik,
tarjimashunoslik va xorijiy tillar o’qitish muammolari, V ilmiy-amaliy
konferensiyasi materiallari, 4-may 2016-yil, - Toshkent, O’zDJTU, 144-
bet
2. Tinglab tushunish kompetensiyasi ingliz tilida nutqiy kompetensiyalarni
shakllantirishning ilk bosqichi sifatida//Zamonaviy tilshunoslik,
adabiyotshunoslik, tarjimashunoslik va xorijiy tillar o’qitish muammolari,
V ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari, 4-may 2016-yil, - Toshkent,
O’zDJTU, 521- bet
Magistrlik dissertasiyasining tuzilishi: Tadqiqot ishi kirish, 3 ta bob, 5 ta
bo‘lim, umumiy xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovadan iborat.
Birinchi bob “Tinglab tushunish talabalar nutqiy kompetensiyalarini
rivojlantirish muhim omili sifatida” deb nomlanib, unda tinglab tushunishning ingliz
tilini o’qitishdagi ahamiyati va o’rni, talabalarning tinglab tushunish
kompetensiyalarini CEFR darajasiga olib chiqish muammolari nazariy jihatdan
yoritib berilgan.
Ikkinchi bob “Talabalarning ingliz tilidagi axborotlarni tinglab tushunish
malakalarini rivojlantirishda AKT vositalaridan samarali foydalanish metodikasi”
da amaliy ahamiyatga ega bo’lib, unda talabalarning ingliz tilidagi axborotlarni
tinglab tushunish malakalarini rivojlantirishda AKT vositalarining o’rni va
imkoniyatlari, ulardan samarali foydalanish metodikasi ishlab chiqildi.
Uchinchi bob “Talabalarning ingliz tilidagi tinglab tushunish malakalarini
rivojlantirishda AKT vositalaridan samarali foydalanish metodikasi yuzasidan
o’tkazilgan tajriba – sinov natijalari” da tadqiqot yuzasidan o’tkazilgan so’rovnoma
natijalari yoritildi, AKT vositalari yordamida talabalarning ingliz tilida tinglab
tushunish kompetensiyalarini rivojlantirish yuzasidan ishlab chiqilgan samarali
usullar va topshiriqlar tizimi tajriba sinovidan o’tkazildi, natijalar statistik tahlil
qilindi.
Umumiy xulolasalarda tadqiqot ishi bo’yicha olib borilgan ishlar asosida
kelingan ilmiy nazariy xulosalar va tavsiyalar berildi.
I BOB. TINGLAB TUSHUNISH TALABALAR NUTQIY
KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISHNING MUHIM OMILI
SIFATIDA

1.1. Chet tillarini o’qitishda tinglab tushunish malakasini


rivojlantirishning ahamiyati
Ma’lumki har qanday tilni o’rganish nutqiy faoliyatning 4 ta asosiy amali
vositasida amalga oshiriladi. Bular gapirish, o’qish, yozish va tinglab tushunish
jarayonlari bo’lib, xususan, chet tillarini o’rganishda nutq faoliyatining mazkur
turlarini o’rgatish muhim hisoblanadi, chunki ular orqali ma’lumot beriladi va
olinadi. Ma’lumot olish tinglab tushunish va o’qish orqali amalga oshsa, ma’lumot
berish gapirish va yozish orqali amalga oshadi. Nutq faoliyatining shakli ikkita ya’ni
og’zaki va yozma nutq. Og’zaki nutqni o’rgatish tinglash va gapirishni o’rgatishni,
yozma nutq esa o’qish va yozishni o’rgatishni o’z ichiga oladi Hoshimov, Yoqubov,
2003.
“Tinglab tushunish nutq faoliyatining bir turi bo’lib, u retseptiv nutq faoliyatiga
kiradi. Tinglab tushunish so’zlovchining nutqini radiodan, magnitafondan, kompakt
diskdan va muloqot paytida tinglab tushunib, ma’lumot olishidir. U ba’zi
adabiyotlarda audirovaniya deb ham yuritiladi. U murakkab nutq faoliyatidir, chunki
tinglovchi tezda shaklni qabul qila olishi, xotirada saqlab qolishi zarur, aks holda uni
qaytadan ko’rib, o’qib, tushuna olishi uchun manbaa, sharoit, vosita yo’q.
Tekshirishlar shuni ko’rsatadiki, o’quvchilar va talabalarda tinglab tushunish
gapirishga qaraganda kam taraqqiy etgan. O’quvchi o’qiganda, ko’rganda tinglab
tushunishga qaraganda olti marta ko’p ma’lumot olarkan. Sababi uni ustida kam
ishlaganidadir, murakkabligidadir. Tinglab tushunish gapirishning ajralmas
qismidir. Tinglab tushunish va gapirish og’zaki nutqni tashkil qiladi” Hoshimov,
Yoqubov, 2003, 131-b.
Tinglab tushunishni o’rganish muloqotga kirishishning muhim bosqichi
hisoblanadi. Zero, muloqot ikki tomonlama bo’ladi. Chet tilida muloqotga kirishgan
shaxs nafaqat aniq gapira olishi, balki suhbatdoshi nima deyayotganini tushunib
javob qaytarishi ham kerak. Hozirgi kundagi tinglab tushunishni o’rganish va
o’rgatishdagi eng katta muammo bu mahalliy so’zlovchilarning nutqini
tushunishdir. Bu o’rinda chet tili, xususan, ingliz tilini o’rganuvchilar va til
sohiblarining talaffuzi o’rtasidagi nomuvofiqliklar, ularning talaffuzini imkon
boricha birxillashtirish, nutq tempini tezlashtirish o’qituvchining asosiy vazifasidir.
Ingliz tilidagi ba’zi tovushlarning o’zbek tilida mavjud emasligi, tilning fonetik va
fonologik xususiyatlari o’quvchi va talabalarning oldida turgan asosiy
qiyinchiliklardandir. Hammaga ma’lumki, ko’pchilik talabalarning til o’rganishdagi
zaif joyi bu tinglab tushunishdagi qiyinchiliklaridir, buning sababi oddiy bo’lib
talabalarga ko’pincha asliyatdagi nutqni tinglab tushunish o’rniga o’qituvchilarning
yoki ular o’zlari o’qiyotgan ingliz tilidagi nutqini tushunish o’rgatiladi.
Mamlakatimizda chet tillarini o’rgatishni yaxshilashga qaratilgan PQ-1875-
qaror ijrosini ta’minlashga qaratilgan tub islohotlar nafaqat chet tillarini uzluksiz
o’rgatish tizimidagi o’zgarishlar, balki til ta’limida nutqiy faoliyat turlarini
o’qitishni ham isloh qilishga qaratildi. Bugungi kunga kelib, chet tillarini o’rganish
tizimidagi an’anaviy: o’qish, yozish, gapirish va tinglab tushunish bosqichlari
quyidagi yo’nalishda isloh qilindi (1-chizma):
1-chizma

TINGLAB
GAPIRISH O`QISH YOZISH
TUSHUNISH
Demak, xorijiy til ta’limida o’quvchi-talabalarning nutqiy kompetensiyalarini
rivojlantirishda tinglab tushunish va so’zlash malakalari yetakchi o’rinda turadi.
Chet tillarini o’rganish, avvalo, o’rganilayotgan tilni tinglash va tushunishga harakat
qilishdan boshlanadi. Kommunikatsiya jarayonida, odatda, kommunikantlardan biri
gapiradi, ikkinchisi esa tinglaydi. Demak, gapirish va tinglab tushunish jarayonlari
bir birini taqazo qiladi, to’ldiradi, mustahkamlaydi va hatto bir-birini nazorat qilib
turish vazifasini ham bajaradi. Tinglash jarayonida nutqni tushunish tinglovchiga
o’z bilimi darajasini aniqlab olish imkoniyatini ham beradi. Ayni paytda gapirish
jarayoni ham hamkorning tinglab tushunishi va munosabat bildirishiga asoslanadi.
Demak, chet tilini o’rganishda og’zaki nutq malakasiga ega bo’lish tinglab tushunish
va so’zlash ko’nikmalarini uzviy bog’liq tarzda o’rganishni talab etadi. Bu
ko’pchilik olimlar, metodistlar, pedagoglar tomonidan tan olingan bo’lib, ularning
tadqiqotlarida chet tillarini o’zlashtirishda, xususan, tilni sof holda, asliyatida tinglab
tushunishdan boshlanishi qayd etiladi [Madadov, 2014].
O’tgan vaqt davomida tinglab tushunish malakalarini rivojlantirish unchalik
e’tibor berilmagan hamda ushbu nutq faoliyati turiga passiv va ratseptiv nutq
faoliyati sifatida baho berilgan. Tadqiqotchi olimlar keyinchalik tinglab tushunish
malakalarini shakllantirish va rivojlantirish chet tillarini o’rgatishda muhim
ahamiyat kasb etishini anglab yetishdi va u kommunikatsiya jarayonida muhim rol
o’ynashini isbotlab berishdi [Krashen, 1982]. Til o’rgatishni O’zbekiston sharoitida
1- sinfdan boshlab tashkil etilishi va bunda o’quvchilarga tinglab tushunish va
gapirish mashqlari yordamida ingliz tili o’qitilishi ushbu tadqiqotlarning amaldagi
isboti desak noto’g’ri bo’lmaydi.
Ko’rinadiki, hozirgi kunda tinglab tushunish nutqiy faoliyati birlamchi
yetakchi omillardan biriga aylandi va gapirish faoliyati bilan yonma-yon
qo’yilmoqda. Nutqiy faoliyatning aynan shu ikki turi yuqorida qayd etilganidek,
ma’lumot olish va ma’lumot berish vazifalarini amalga oshirishga xizmat qiladi.
biroq bu o’rinda nutqiy faoliaytning ikki subyekti – tinglovchi va so’zlovchi nutqiy
darajasi talaffuzi, nutq tempi, nutqning asliyatga yaqinligi kabi subyektiv va
obyektiv omillar ham mavjudligini unutmaslik kerak.
Tinglab tushunish - audirovaniye murakkab nutq faoliyati sanaladi [Yoqubov,
2011].
Tinglab tushunish mashg’uloti to’g’ri va samarali bo’lishi uchun o’quvchi-
talabalarda, eng avvalo, ingliz tili talaffuzi, fonetikasi haqida chuqur bilimga ega
bo’lishlari lozim. Ya’ni, harflarning to’g’ri talaffuzi, so’zlarning kundalik nutqda
bir-biriga bog’lanib ketishi, unlilarning qisqa va cho’ziq talaffuz qilinishi,
assimilatsiya qoidasi, urg’uning to’g’ri ishlatilishi haqidagi bilimlari o’quvchi va
talabani tinglab tushuninsh mashg’ulotini yaxshi o’zlashtirishlariga asos bo’ladi va
yordam beradi. Tinglab tushunishda boshqa til materialini o’rgatishdagi kabi leksika
80% emas, matndagi nutq imkoni 90-100% ma’lum bo’lishi lozim. Asosiy maqsad
yangi leksikani kiritish emas, o’zlashtirilgan leksikalarni nutqda ishlatilishini tinglab
tushuna olishdir [Meyer, 1989].
Tinglab tushunish darslaridagi eng katta muammolardan biri o’qituvchilarning
til tizimini o’rgatishga berilib ketib, uni nutqda qo’llashni orqaga surishidir. Til
sistemasiga oid bilimlar deganda lug’at boyligi va so’zlarni gapda to’g’ri tartibda
ishlatish, ularni to’g’ri talffuz qilishga oid bilimlar nazarda tutiladi. Til sistemasini
nutqda qo’llash deganda esa bilimlarni ma’noni anglash va anglatish uchun qo’llash
nazarda tutiladi Richards, 1990.
Tinglab tushunish nutq faoliyatining asosiy turlaridan biri sanalib, u bilishga
intilishning bir ko’rinishidir. Tinglab tushunish uchun bir nechta psixofiziologik
mehanizmlar xizmat qiladi. Yoqubovning fikricha, nutqni tinglash qobiliyati, diqqat,
uzoq muddatli xotira va qisqa muddatli xotira, oldindan faraz qilish, hamda fikrlash
tinglab tushunishning asosiy mehanizmlaridir [Yoqubov, 2011].
Nutqni tinglash qobiliyati quyidagi komponentlardan iborat:
A) fonematik tinglash qobiliyati,
B) fonetik tinglash qobiliyati,
C) intonatsion tinglash qobiliyati.
Fonematik tinglash qobiliyati fonemalarning fonologik ya’ni ma’no ajratuvchi
xususiyatlarini farqlash uchun xizmat qiladi. Fonetik tinglash qobiliyati esa nutq
tovushlarining fonetik xususiyatini farqlash uchun xizmat qiladi, ya’ni ma’no
ajratmaydigan nutq tovushlarini to’g’ri tinglay olish qobiliyati deganidir. Intonatsion
tinglash qobiliyati jumla va gaplardagi ohangni to’g’ri ilg’ay olish uchun xizmat
qiladi. Ushbu qobiliyat turi ham yuqoridagilari kabi muhim ahamiyat kasb etadi.
Shuningdek, tinglab tushunish jarayonida diqqat ham muhim o’ringa ega. Chet
tilidagi nutqni to’g’ri tushunish uchun tinglovch xotiri jam qilib, nutq shakli va
mazmunini tushunishi lozim. Talabalarni tinglab tushunishga o’rgatish nutqning
mazmun va shaklini teng idrok qilish ko`nikma va malakalarini shakllanishi va
rivojlanishida o’z ifodasini topadi. Bunday ko`nikma va malakalar maxsus mashqlar
tizimi yordamida shakllantiriladi va rivojlantiriladi. Bunda dastlab, shaklga e’tibor
beriladigan mashqlar bilan tanishtirilsa, keyinchalik mazmunni tushunishni
o’rgatuvchi mashqlardan foydalaniladi [Scarbrough, 2009].
Nutqni tinglab tushunish chegaralangan vaqt sharoitida sodir bo’ladi. Tinglab
tushunish mexanizmlarining eng muhimlaridan biri hisoblangan xotira ikki turdan
iborat a) uzoq muddatli b) qisqa muddatli (operativ) xotira. Uzoq muddatli xotirada
kishining barcha sohaga oid bilimlari saqlanadi. Tinglab tushunish jarayonida
fonema va so’zlarni tanib olish, jumla tuzilishi va ma’nosini tushunish uzoq
muddatli xotiraga bog’liq.
Qisqa muddatli xotira bevosita muomala jarayonida idrok obyekti sifatida
ketma-ket sodir bo’lgan akustik signallarni esda saqlash uchun xizmat qiladi
[Jalolov, 2012].
Signallarning ketma-ketligi analiz va sintez jarayonini murakkablashtiradi.
So’zni tanlab olish uchun tinglovchi so’zdagi tovushlar ketma-ketligini eslab qolishi
kerak. Bu vazifani qisqa muddatli xotira bajaradi, ya’ni operativ xotira endigina
qabul qilingan nutq birliklari, so’zlar, jumla, bir necha jumla, bir butun xabar,
axborotni tinglovchi tushunib yetgunicha saqlanadi.
Har bir nutq faoliyatini o’rgatishda ma’lum qiyinchiliklar mavjud. Albatta,
ushbu qiyinchiliklar shu nutq faoliyati turi xususiyatlaridan kelib chiqadi. Tinglab
tushunishga o’rgatishda ushbu qiyinchiliklar bilan oldindan tanish bo’lish o’qitish
metodikasini ishlab chiqishni muvaffaqiyatini ta’minlaydi hamda o’qitish
samadorligini oshiradi.
Metodist-olim T. Sattarov oliy ta’lim muassasalarida tinglab tushunishni
o’rgatishning lingvistik va psixologik xususiyatlarini o’rganib chiqqan va tinglab
tushunish qiyinchiliklarini quyidagi omillarga bog’lagan:
1. Tinglovchining individual yosh xususiyatlari;
2. Idrok qilish sur’ati;
3. Sharoit;
4. Tezlik;
5. Ma’lumot miqdori, hajmi;
6. Idrok qilish tayanchlari;
7. Toliqish Sattarov, 2001.
Yoqubov I. tinglab tushunishga muhim nutq faoliyati turi sifatida baho bergan
va tinglab tushunishni o’qitishda 3 turdagi qiyinchiliklarni ta’kidlab o’tgan:
1. Ekstralingvistik
2. Lingvistik
3. Psixologik Yoqubov, 2011.
Ekstralingvistik qiyinchiliklar quyidagilar:
- tinglanilayotgan nutqning mehanikligi, ya’ni mehanik qurilma
yordamida qo’yib eshittirilishi;
- nutqning tembri, tezligitinglanilayotgan sharoit, vaziyat;
- talabaning diqqati;
- nutqning necha marta tinglanilishi;
- tinglab tushunish jarayonida tayanch vositalar, mazmunli rasmlarning
bo’lishi va boshqa shu kabi omillar.
Lingvistik qiyinchiliklar tilga oid qiyinchiliklar bo’lib Rogova G. bunday
qiyinchiliklarni 3 turini izohlab beradi:
- fonetik qiyinchiliklar ya’ni bir-biriga yaqin tovushlarni tinglab tushunish va
farqlashda uchrovchi qiyinchiliklar;
- leksik qiyinchiliklar ya’ni bir-biriga talaffuzi yaqin so’zlarni tinglab tushunish
bilan bog’liq qiyinchiliklar;
- grammatik qiyinchililar, ya’ni grammatik qoidalar bilan bog’liq bo’lgan
qiyinchiliklar (ingliz tili analitik til ekanligidan kelib chiqadi) Rogova,
1983.
Psixologik qiyinchiliklar o’rganuvchining individual xususiyatlari bilan
bog’liqdir. Psixologik nuqtai nazardan nutqni tinglab tushunishda
o’rganuvchilarning xotirasi muhim rol o’ynaydi. Nutq tinglanganda, undagi
ma’lumot xotirada saqlab qolinsa, uni qaytadan tinglashga shart emas va
topshiroqlarni bajarish ham bir muncha osonlashadi.
Metodist Jalolov J. tinglab tushunish qiyinchiliklarini quyidagicha tasniflaydi:
- tilga oid qiyinchiliklar (ma’nosi har xil, talaffuzi o’zshash so’zlar);
- mazmunga oid qiyinchiliklar;
- nutqni idrok qilish shart-sharoitlari bilan bog’liq qiyinchiliklar;
- tilshunoslik nuqtai nazaridan sodir bo’ladigan qiyinchiliklar
- audiomatn tuzilishiga oid qiyinchiliklar Jalolov, 1996.
Ushbu qiyinchiliklarni oldini olish uchun tinglab tushunish uchun tog’ri
audiomatn tanlanishi lozim bo’ladi. Bizning fikrimizcha, audiomatn tanlashda
quyidagi talablarga amal qilish kerak:
- matn g’oyaviy-tarbiyaviy qimmatga ega bo’lishi;
- o’quvchilarning yoshiga, ularning o’z ona tilidagi va chet tilidagi nutq
tajribasiga mos tushishi;
- o’quvchida qiziqish uyg’otadigan masalani yoritishi;
- mantiqan to’g’ri qurilishi;
- nutqning turli shakllarini qamrab olishi;
- qo’shimcha axborot elementlarining ko’p bo’lmasligi.
Oliy o’quv yurtlarida ingliz tili o’qitishning amaliy maqsadlaridan biri og’zaki
nutqni o’rgatishdir. Mazkur o’quv yurtlarining dasturiy talablariga binoan,
o’quvchilar ingliz tilida og’zaki axborot berish, suhbatlasha olish va o’rganilgan
mavzuga bog’liq ingliz tilidagi nutqni tinglab tushuna olish malakalarini egallashlari
talab etiladi.
Tinglab tushunish jarayonining quyidagi bosqichlari mavjud:
- yuzaki tushunish
- umumiy tushunish
- to’liq tushunish
- tanqidiy tushunish Mirolyubov, I.V.Rashmonov, V.S.Sutlin.
Oliy ta’limda talabalar har bir bosqichdagi matnni tinglab tushuna olishlari
lozim bo’ladi.
Amaliy ingliz tilida tinglab tushunish ustida ishlash, o’rgatish alohida fan
sifatida o’qitilmaydi. Aksincha, amaliy darslarda talabalarni tinglab tushunishga
o’rgatib boriladi. Bizningcha, amaliy ingliz tilida tinglab tushunish ustida ishlash
metodikasi yuqorida biz keltirib o’tgan xususiyat, qiyinchilik va dastur talablarini
hisobga olgan holda ishlab chiqiladi. Bunda, talabalarning bilimi, qabul qilish
tezligi, yosh xususiyatlari kabilar hisobga olinadi.
Arakin V.D. amaliy ingliz tilida tinglab tushunishni 2 kurslar uchun
metodikasini ishlab chiqqan. Uningcha tinglab tushunish ikkinchi kursda
quyidagicha olib boriladi:
- dastlabki tinglash. Bunda talabalar mazmunni tushunishlari va
o’qituvchi savoliga javob berishlari kerak bo’ladi;
- ikkinchi marta tinglash. Topshiriqlarni bajarish uchun tinglash;
- uchinchi marta tinglash. Mazmunni muhokama qilish uchun tinglab
tushunish uchun tinglash (Arakin, 1976).
Domashnev A. I. va boshqalar tinglab tushunish ustida ishlashni 2 bosqichga
bo’ladilar:
- tinglab tushunishni o’rgatish (I, II kurslarda)
- tinglab tushunishni mukamallashtirish (III, IV kurslarda) Domashnev,
1983.
Ularning fikricha, I, II kurslarda tinglab tushunishni o’rgatish 2 ta davrni o’z
ichiga oladi: tayyorgarlik va asosiy davrlar.
Birinchi tayyorgarlik davrida talabalarning tinglab qabul qilishlariga e;tibor
qaratiladi. Bunda umumiy mazmunni tushunish bilan bir qatorda talabalarda ma’lum
bir leksik, grammatik qiyinchiliklar yo’qotiladi.
Asosiy davrda esa, talabalar mustaqil fikrlash va xulosa qilishga o’rgatiladi.
Yoqubov I. amaliy ingliz tilida tinglab tushunish metodikasini 3 bosqichda
tashkillashni tavsiya etadi Yoqubov, 2011:
- tayyorgarlik bosqichi
- mikromatnni tinglab tushunish bosqichi
- asosiy bosqich, ya’ni murakkabroq matnni tinglab tushunish va shunga
oid mashqlarni bajarish bosqichi.
Bizningcha, tinglab tushunish mashg’uloti uch qismga bo’lib o’tilishi
maqsadga muvofiq bo’ladi:
Matnni tinglashdan oldingi jarayon (pre-listening). Bunda quyidagi
qoidalarga amal qilinsa tinglab tushunish samaradorligi oshadi:
- avvalo o’quvchilarga tuli texnik apparatlar orqali fonogrammadan
eshittiriladigan matnning barcha so’zlarini tushunish shart emasligi ta’kidlab
o’tiladi.
- o’quvchilar eshitadigan matnni tushunishlariga ishonch hosil qilinadi. Buning
uchun ular qaysi ma’lumotga e’tibor qaratishini ta’kidlab o’tish lozim.
- o’quvchilarning mavzu borasidagi boshlang’ich bilimlarini tekshirish uchun
ikki yoki uchta savol berib ko’rish lozim.
- o’quvchining qaysi so’zning tarjimasini bilmasligini oldindan tahmin qilib
ularni eslatib o’tish lozim.
- oldindan eshittiralidigan nutq mavzusida boshqotirma mashg’ulotini
o’tkazish ularni mavzuga fikrini jamlashga yordam beradi.
- juda uzun nutq tanlanmaslik lozim. Zarur bo’lsa ba’zida to’xtab
o’quvchilardan eshitganlarini tekshirish maqsadida savollar berish kerak.
Matnni tinglatish jarayoni (while listening) da quyidagilar e’tibor qaratiladi:
- avvalo mavzu haqida umumiy tushunchaga ega bo’lishlari uchun
fonagrammadagi nutq bir marta eshittiriladi, so’ng alohida detallarni tushunish
uchun qaytadan eshittiriladi.
- o’quvchilarga eshitgan malumotlarini, joy nomlarini, ismlarni yozib
qo’yishlarini vazifa qilib berish kerak.
- turli savollar berish va ularga matndan javob topish kabi topshiriq berish
o’quvchilarni eshittirilayotgan matnga yanada diqqat qilishlariga majbur qiladi.
- o’quvchilarga matnni qayta qo’yib berish juda muhim. Ayniqsa, ular
tushunishga qiynaladigan qismlarini takror qo’yib berish juda muhim.
Matnni tinglatgandan keyingi jarayon (post-listening). Bunda:
- talabalarga o’zlarining yozib olgan ma’lumotlarini guruhda yoki juftlikda
boshqalarniki bilan solishtirish topshirig’ini berish mumkin.
- talabalarga savollar berib ular eshitgan matnni detallar bilan eslashga undash
lozim.
- savollar berib talaba-o’quvchilarga matnni qayta eshittirib savolga javomni
eshitganda “stop” deyish mashg’ulotini o’tkazish mumkin. O’quvchilarni
guruhlarga bo’lib ularga o’zaro matn yuzasidan savollar tuzish topshirig’ini berish
mumkin.
- mashg’ulot so’ngida o’quvchilarga uchratgan yangi so’zlarini daftarga qayd
qilib qo’yishlarini topshirish lozim.
Ta’kidlab o’tish lozimki, tinglab tushunishni o’rgatishda mashqlar ham muhim
o’rin tutadi. Gapirish, o’qish, yozuv nutq faoliyatlari ustida ishlash uchun mashqlar
turli manbalarda juda ham ko’plab topiladi. Lekin tinglab tushunishni o’rgatuvchi
samarali mashqlar tizimi mukammal emas Yoqubov, 2011. Hozirgi kunda tinglab
tushunishga o’rgatishda 2 turdagi mashqlar taklif qilinadi:
- tayyorlov mashqlari
- nutq mashqlari.
Rogova G. tayyorlov mashqlarini drill exercises, nutq mashqlarini esa speech
exercises deb nomlagan Rogova 1983.
Tayyorlov mashqlari til materiallari ustida ishlash, ya’ni fonetik, leksik,
grammatik mashqlarni o’z ichiga oladi. Nutq mashqlari esa fahmlashni, farqlashni,
xulosa qilishni o’rgatadi. Nutq mashqlari ko’proq ahamiyat kasb etadi. Chunki
tinglab tushunishni o’rgatishdan maqsad ham talabalarni gapirishga, muloqotga
kirishishga tayyorlashdir.

1.2 Ingliz tilida tinglab tushunish kompetentsiyalari hamda CEFR darajasi va


ularning respublikamiz ta’lim bosqichlariga amaliy tatbiqi
Muhtaram Prezidentimizning 2012-yil 10-dekabrdagi “Chet tillarini o’rganish
tizimini yanada takomillashtirish chora- tadbirlari to’grisidagi ” PQ-1875-sonli
qarorida chet tillari, xususan, ingliz tilini o’qitishning sifatini oshirish va yanada
samarali usullarini ta’lim jarayoniga tatbiq qilish bugungi kunning dolzarb
masalalaridan biri ekanligiga alohida urg’u berilgan. Respublikamizda chet tillarini
o’rganish tizimini yangicha va samarali dastur asosida tashkil etish maqsadida
Umumyevropa kompetensiyalari (CEFR ) asosida yangida Davlat Ta’lim Standarti
ishlab chiqildi va ta’lim jarayonida foydalanishga tatbiq etildi.
CEFR (Common European Framework of Reference for Languages –
Umumiy Yevropa Til Ko’nikmasi Qolipi) tizimi butun Yevropa bo’ylab
ishlatiladigan tillarni o’rganish, o’rgatish va baholashga doir masalalarni o’z ichiga
oladi. Bugungi kundagi globallashuv va zamonaviy texnologik vositalar yordamida
odamlarning bir-birlari bilan oson aloqa o’rnatishlari natijasida CEFR tizimi nafaqat
Yevropada, balki Kolumbiya va Filippin kabi davlatlarda ham keng tadbiq etilyapti
[Jalolov, 2012].
CEFR tizimiga asoslangan imtihonlar dastlab Yevropada amal qiladigan
barcha tillar bo’yicha olingan bo’lsa-da, bugungi kunda CEFR tizimidan asosan
ingliz tilini o’qitish, o’rganish va baholashda foydalanilyapti.
CEFR tizimi Yevropa Konsulligi tomonidan 1989-1996-yillarda amal qilgan
“Language Learning for European Citizenship” (“Yevropa Fuqaroligi uchun Til
O’rganish”) dasturining tarkibiy qismi sifatida to’liq mukammallashtirilgan. 2001-
yilning noyabr oyidan boshlab esa CEFR Yevropa tilllarini bilish darajasini
baholashda asosiy me’zon sifatida qabul qilingan.
Ingliz tilini CEFR mezoniga ko’ra bilish darajalari quyidagicha tavsiflanadi:
A darajasi – tilni elementar darajada o‘zlashtirish darajasi hisoblanib bunda:
A1 daraja – nomzod aniq vazifalarni bajarish uchun lozim bo‘lgan tanish
iboralarni tushunish va o‘z nutqida ishlata olish, ya’ni, o‘zini tanishtira olish,
boshqalarni tanishtira olish, yashash manzili, tanishlari, mulki haqida savollarni bera
olish va shunday savollarga javob bera olish, agarda suhbatdoshi sekinroq gapirsa
va yordam berishga tayyor bo‘lsa qiyin bo‘lmagan suhbatda ishtirok eta olish
darjasidir.
A2 daraja – nomzod hayotning asosiy jarayonlari bilan bog‘liq bo‘lgan ayrim
gaplarni va ko‘p uchraydigan iboralarni tushunish (masalan, o‘zi va oila a’zolari
haqidagi asosiy ma’lumotlar, xaridlar, ishga joylashish va h.k.); tanish va kundalik
mavzularda ma’lumot almashinuvi bilan bog‘liq bo‘lgan vazifalarni bajara olish;
o‘zi, yaqinlari va qarindoshlari, kundalik hayot jarayonlari haqida sodda iboralar
bilan gapirib bera olish darajasi hisoblanadi.
B daraja – tilni mustaqil o‘zlashtirish va erkin qo’llay olish bo’lib, bunda:
B1 daraja – nomzod ishda, o‘qishda va boshqa holatlarda kelib chiqadigan
mavzular bo‘yicha adabiy tilda berilgan ma’lumotlarning asosiy fikrlarini tushunadi;
o‘rganayotgan til mamlakatida bo‘lganida ro‘y berishi mumkin bo‘lgan
vaziyatlarning aksariyatida muloqot qila oladi; tanish bo‘lgan yoki o‘zini qiziqtirgan
mavzularda matn tuza olish; taasurotlarini, voqealarni, umidlarini, intilishlarini
ta’riflab bera olish, o‘z fikrini va kelajakdagi rejalarini bayon qila olish darajasidir.
B2 daraja – nomzod abstrakt yoki aniq mavzularda yozilgan matnlarning
umumiy mazmunini tushunish, shu jumladan, mutaxassislikka oid mavzularda
matnlarni; chet tili ona tilisi bo‘lgan shaxs bilan muloqotlarda ikkala tomon uchun
ham qiyinchilik tug‘dirmaydigan darajada tez gaplasha olish; turli mavzularga aniq,
atroflicha ma’ruza qila olish, asosiy muammoga bo‘lgan o‘z fikrini bayon eta olish,
turli fikrlarning afzalliklari va kamchiliklarini ko‘rsata olish darajasidir.
C daraja – tilni mukammal o’zlashtirish darajasi hisoblanib, bunda:
C1 daraja – nomzod turlicha mavzularga bo‘lgan katta hajmdagi matnlarni
tushunish, yashirin ma’nosini aniqlay olish; tez gapira olish; o‘zining ilmiy va
mutaxassislik faoliyatida xorijiy tildan muloqot uchun samarali foydalanish;
murakkab mavzularga aniq, yaxshi tuzilgan ma’lumotni yetkazib bera olish, matnni
tuzish modellaridan, bog‘lanish va birlashtirish elementlaridan foydalanish
qobiliyatlarini namoyon qila olish darajasidir.
C2 daraja – nomzod tilni mukammal darajada biladi deyarli barcha og‘zaki
yoki yozma ma’lumotlarni tushunish; bir nechta og‘zaki va yozma manbalarga
asoslangan holda matn tuza olish, yuqori tempda va aniqlikda gapira olish, hattoki
eng murakkab vaziyatlarda ham ma’no tuslarini ko‘rsata olish darajasidir.
Respublikamizda uzluksiz ta’lim tizimida chet tillarini o’rganish Davlat ta’lim
standartlari asosida umumiy o’rta ta’lim, o’rta maxsus va kasb-hunar ta’limi va oliy
ta’lim bosqichlarida olib boriladi. Ushbu ta’lim bosqichlarida til o’rganuvchilarning
chet tillarini, xususan, ingliz tilini tinglab tushunish kompetensiyasi bo’yicha
quyidagi malakalarni shakllantirish ko’zda tutiladi.
Umumiy o’rta ta’lim
Boshlang’ich sinf (4-sinf) bitiruvchilarining chet tilini o’rganishning
boshlang’ich (A1) darajasi, 9-sinf bitiruvchilari chet tilini o’rganishning tayanch
(A2) darajasi va shu bilan birga Pespublikamizda Yevropa davlatlari ta’lim
tizimidan farqli ravishda chet tillariga ixtisoslashtirilgan maktablarning 9-sinf
bitiruvchilari uchun ham alohida chet tilini o’rganishning kuchaytirilgan tayanch
(A2+) darajasi asosida aniqlanadi.
O’rta maxsus va kasb-hunar ta’limi
Chet tillariga ixtisoslashmagan akademik litseylar bitiruvchilari, kasb-hunar
kollejlari bitiruvchilari chet tilini o’rganishning mustaqil boshlang’ich (B1) drajasi,
chet tillarga ixtisoslashgan akademik litseylar bitiruvchilari (ikkinchi chet tili) chet
tilini o’rganishning mustaqil boshlang’ich (B1) darajasi, chet tillariga ixtisoslashgan
akademik litseylar bitiruvchilari chet tilini o’rganishning kuchaytirilgan mustaqil
boshlang’ich (B1+) darajasi asosida aniqlanadi.
Oliy ta’lim
Oliy ta’lim muassasalarining ixtisosligi chet tili bo’lmagan fakultetlari
bakalavriat bosqich bitiruvchilari, Oliy ta’lim muassasalarining ixtisosligi chet tili
bo’lmagan fakultetlari magistratura bosqichi bitiruvchilari, Oliy ta’lim
muassasalarining ixtisosligi chet tili bo’lgan fakultetlari bakalavriat bosqichi
bitiruvchilari (ikkinchi chet tili) Chet tilini o’rganishning mustaqil muloqot (B2)
darajasi, Oliy ta’lim muassasalarining ixtisosligi chet tili bo’lgan fakultetlari
bakalavriat bosqichi bitiruvchilari, Oliy talim muassasalarining ixtisosligi chet tili
bo’lgan fakultetlari magistratura bosqichi bitiruvchilari Chet tilini o’rgatishning
erkin muloqot (C1) darajasi asosida aniqlanadi. Yaqin kelajakdan boshlab ishga
joylashish o’qishga kirish, qolaversa chet tillari kerak bo’ladigan jarayonlar
yangicha tizimda baholanadi. Shu baholash tizimi asosida o’qishga yoki ishga qabul
qilinadi.
CEFR asosidagi tilni bilish darajasini aniqlash imtihonlari asosan
foydalanuvchilarni to’rt yo’nalish: gapirish, tinglab tushunish, o’qish va yozish
ko’nikmalarining qay darajada rivojlanganligiga qarab baholaydi. Tizimda bu
turdagi imtihonlarning har bir yo’nalishi uchun mahsus yo’riqnomalar, qoidalar va
talablar mavjud. Shu bilan bir qatorda ushbu turdagi imtihonlarga tayyorgarlik
ko’rish uchun ham alohida yo’nalish va ko’rsatmalar nazarda tutilgan.

I bob yuzasidan xulosalar


Ma’lumki, nutqiy faoliyat va muloqot ikki tomonlama bo’ladi. Chet tilida
muloqotga kirishgan shaxs nafaqat aniq gapira olishi balki suhbatdoshi nima
deyayotganini ham tinglab tushunishi kerak. Demak, tinglab tushunishni o’rganish
muloqotga kirishishning muhim bosqichi hisoblanadi. Tinglab tushunishni o’rganish
va o’rgatishda eng katta muammo bu mahalliy so’zlovchilarning nutqini tinglab
tushunishdir. Asliyatdagi nutq va o’quvchilarning talaffuzini imkoni boricha
birxillashtirish ta’lim jarayonining asosiy vazifasidir. Chet tillarini o’qitishda
asliyatdagi nutq va til o’rganuvchilar nutqi o’rtasidagi tafovutlarni bartaraf qilish,
ingliz tilidagi ba’zi tovushlarning o’zbek tilida mavjud emasligi, tilning fonetik va
fonologik xususiyatlari o’quvchi va talabalarning oldida turgan asosiy
qiyinchiliklardandir.
Tinglab tushunish nutqiy faoliyatning gapirish bilan yonma-yon turadigan
birlamchi va yetakchi komponenti hisoblanadi. Tinglab tushunish kompetensiyasini
shakllantirishning lingvistik va ekstralingvistik qiyinchiliklarini bartaraf qilish
tinglab tushunish jarayoni bosqichlarini amalda qo’llashni taqazo etadi.
Ko’pchilik talabalarning til o’rganishdagi zaif joyi bu tinglab tushunishdagi
muayyan qiyinchiliklari bo’lib, ko’pincha talabalarga to’g’ri tinglash
o’rgatilishining o’rniga shunchaki ularning ingliz tilidagi nutqini tushunish
o’rgatiladi.
Tinglab tushunish darslaridagi eng katta muammolardan biri o’qituvchilarning
til tizimini o’rgatishga berilib ketib uni nutqda qo’llashni orqaga surishidir.
Har bir nutq faoliyatini o’rgatishda ma’lum qiyinchiliklar mavjud. Albatta,
ushbu qiyinchiliklar shu nutq faoliyati turi xususiyatlaridan kelib chiqadi. Tinglab
tushunishga o’rgatishda ushbu qiyinchiliklar bilan oldindan tanish bo’lish o’qitish
metodikasini ishlab chiqishni muvaffaqiyatini ta’minlaydi hamda o’qitish
samadorligini oshiradi.
Xorijiy tillarni o’rganishning xalqaro CEFR darajalarining respublikamiz
ta’lim bosqiclaridagi amaliy tatbiqi o’quvchi-talabalarning tinglab tushunish
kompetensiyasini bosqichma-bosqich shakllanitirb borishni taqazo etadi.
II BOB. TALABALARNING INGLIZ TILIDA TINGLAB TUSHUNISH
MALAKALARINI RIVOJLANTIRISHDA AKT VOSITALARIDAN
FOYDALANISHNING SAMARALI TEXNOLOGIYASI

2.1. AKT dasturiy vositalari va ularning til ta’limidagi imkoniyatlari


Davrimizning o’ziga xos xususiyatlaridan biri bo’lgan axborot
kommunikatsiya texnologiyalarining jadal rivojlanishi bilan uning imkoniyatlaridan
foydalanib, ta’lim jarayoniga yangicha yondashish va uni tashkil etishga alohida
e’tibor qaratilmoqda. Ta’kidlash joizki, mamlakatimiz tarixida so‘nggi o‘tgan 20 yil
mobaynida O‘zbеkistonning ta’lim tizimida ulkan va jiddiy o‘zgarishlar yuz bеrdi.
Ta’lim tizimiga tatbiq etilayotgan yangiliklar umumjahon sivilizatsiyasiga asoslanib
bormoqda.
Ma’lumki, birgina shaxsiy kompyuterning paydo bo‘lishi bilan ta’lim tizimi
imkoniyatlari tubdan o‘zgardi. Internet ta’lim tizimiga yangi pedagogik
texnologiyalarni tatbiq etish bo‘yicha yanada katta imkoniyatlar berdi.
Mamlakatimizda bozor iqtisodiyoti sharoitlarida ta’lim tizimini isloh qilish birinchi
navbatda, ilg‘or axborot texnologiyalarini ta’lim va tarbiya tizimiga tatbiq etish bilan
bog‘liq. Axborot kommunikatsiya texnologiyalari mikroelektronika, hisoblash
texnikasi (apparatli vositalar va dasturiy ta’minotlar), elektraloqasi va
optoelektronika — mikroprosessorlar, yarim o‘tkazgichlar va optik tolali kabellar
sohasidagi kashfiyotlar bilan bevosita aloqador.
Bu kashfiyotlar juda katta hajmli axborotlarni qayta ishlab chiqish va saqlash
hamda ularni kommunikatsiya tarmoqlari bo‘ylab tezda tarqatishga imkon beradi.
Kompyuterlarning ulanishi va bir-biri bilan aloqada bo‘lishlari uchun sozlanishi
yangi qudratli texnologik tuzilmani — umumiy protokoldan foydalanuvchi axborot
tizimlarini yaratadi. Ular insonlarni, ularning uylarini va muassasalarni birlashtiradi
va juda qisqa vaqt mobaynida katta sonli topshiriqlarni bajaradi. Bu axborotdan
foydalanish xususiyatlarini va kommunikatsiya tuzilmalarini tubdan o‘zgartiradi.
Shu bilan birga, kompyuterlar yer kurrasining har qanday nuqtasi bilan aloqa
o‘rnata oladi. Ta’lim tizimi uchun ta’lim muassasasi bilan talabalar, ota-onalar,
o‘quvchi va o‘qituvchilar, shu sohaga bog‘liq barcha o‘rtasida aloqalar uchun yangi
imkoniyatlar yaratadi. Insoniyat rivojlanishi nuqtai nazaridan axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarining yangiligi va o‘ziga xosligi inson faoliyatining
deyarli barcha sohalariga kirib borishi, ulardan cheklanmagan doirada va
maqsadlarda foydalanish mumkinligidan iborat.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ta’lim sohasining eng jadal
rivojlanayotgan yo‘nalishlari hisoblanadi. Yangi axborot texnologiyalari axborot va
aloqalarga, elektron pochta, elektron kutubxonalardan foydalanishni keskin
kengaytiradi, saytlar ta’lim tizimi uchun cheksiz imkoniyatlarga ega, dunyoning har
qanday nuqtasidan o‘quv va ilmiy axborotlarni olish imkoniyatlarini yaratadi.
AKT dan foydalanib o’tiladigan mashg’ulotlarga quyidagi xususiyatlar xos
bo’ladi:
- moslashuvchanlik tamoyili: kompyuterning individual xususiyatlariga ta‘siri;
- boshqaruv tamoyili: o’qish jarayonining istalgan vaqtida o’qituvchining
rahbarligi;
- ta‘limda interaktivlik va dialogli sharoitning mavjudligi;
- AKT o’qituvchi va o’quvchining harakatlariga qo’shimcha berishi;
- go’yoki ular bilan dialogda bo’lishi hamda kompyuter savodxonligini
shakllantira borishi kuzatiladi;
- individual va guruhiy ishlashning qulayligi;
- kompyuter bilan ishlashda o’quvchining psixologik holatining barqarorligi;
- ta‘limda cheksiz imkoniyatlar: mazmuni, ilovalarning ko’pligi va hakazo
[To’raqulov, 2011].
AKT vositalari bilan muhim bilimlar bo‘yicha axborot bazasi to‘planishi
mumkin, bu foydalanuvchilarni yangi ijodiy izlanishlarga undaydi. Bu maqsad
uchun talabalarga qulay axborot bazasi ham, shuningdek, bir o‘quv muassasasi
ichida hamda boshqa ta’lim muassasasi talabalari o‘rtasida tajriba almashish
imkonini beruvchi ta’lim muassasasi Web-resursi xizmat qilishi mumkin. Ijodiy
ishlanmalar virtual klubi iqtidorli foydalanuvchilarni birlashtirishga imkon beradi.
Shu boisdan ham, yosh avlodga ta’lim berish jarayoniga boshqacha
yondashishni talab etmoqda. Darslarda o‘qituvchining o‘rni ham o‘zgarib
bormoqda. O‘qituvchi endilikda asosan yo‘naltiruvchi vazifasini o‘tamoqda. Zamon
bilan hamnafas qadam tashlashni maqsad qilgan o‘qituvchilar darsning har qanday
qismini AKT orqali jonlantirishga tayyor bo‘lishlarini davr talab etmoqda.
Ko’pchilik o’qituvchilar bilan bo’lgan suhbatimizdan ma’lum bo’ldiki, AKT
dan foydalanib, mashg’ulotlar jarayonida o‘qituvchilar unga Davlat standartlari
asosida reja tuzib, tayyorgarlik ko‘rishi kerak. Darsda AKT hech qachon
o‘qituvchining o‘rnini egallay olmaydi, balki unga ko‘makdoshlik vazifasini
o‘taydi. Dars mazmuniga ko‘ra AKT va boshqa pedagogik texnologiyalarni
navbatma-navbat oqilona qo‘llashi, lozim. AKT ni dars jarayoniga tatbiq etishdan
maqsad darsni boyitish, qo’shimcha ma’lumotlarni, didaktik ko‘rgazmalar bilan
ta’minlashdir.
Ta’lim jarayoniga axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish,
ayniqsa, chet tillarini o‘qitish va o‘rganishda tobora katta ahamiyatga molik bo‘lib
bormoqda. Yangi axborot texnologiyalari chet tillarini o‘qitishda katta
imkoniyatlarni taqdim etadi, fan bo‘yicha sifatli bilim olish va ta’lim
samaradorligini oshirishda muhim o‘rin tutadi. Ma’lumki, davr talabiga monand
dars o‘tishda mazkur fandan o‘tiladigan birorta ham mashg‘ulot o‘qituvchi yoki
o‘quvchilarning taqdimotisiz o‘tmasligi lozim.
Shu o’rinda aytib o’tish joizki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2012-yil 10-dekabrdagi “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorida “Zamonaviy pedagogik va axborot-
kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda o‘qitishning ilg‘or
uslublarini joriy etish yo‘li bilan, o‘sib kelayotgan yosh avlodni chet tillarga o‘qitish,
shu tillarda erkin so‘zlasha oladigan mutaxassislarni tayyorlash tizimini tubdan
takomillashtirish hamda buning negizida, ularning jahon taraqqiyoti yutuqlari
hamda dunyo axborot resurslaridan keng ko‘lamda foydalanishlari, xalqaro
hamkorlik va muloqotni rivojlantirishlari uchun shart-sharoit va imkoniyatlar
yaratish” ishlari va buning uchun bir qator muhim vazifalarni amalga oshirish
zarurligi ko‘rsatilgan Karimov, 2012.
Mazkur hujjatda 2013–2014 o‘quv yilidan boshlaboq umumiy o‘rta ta’lim
maktablarining birinchi sinflaridan chet tillari avval o‘yin tarzida keyinchalik asosiy
ta’lim fani sifatida AKT vositalaridan foydalangan holda o‘qitish belgilab berilgan.
Ushbu muhim Qarorga muvofiq bugun, ayniqsa, chet tillarini o‘rganish darslariga
yanada chuqurroq nazar tashlandi. Jahon maydonida yurt sha’nini munosib himoya
qilishi uchun yoshlarimiz, avvalo o‘zining xorijiy tengdoshlari bilan raqobatlasha
olishi lozim. Bugun esa raqobat chet tillari, xususan, xalqaro biznes tili bo‘lgan
ingliz tilida olib borilmoqda.
AKT vositalari — kompyuter texnikasi, magnitofon, kitob, video uskunalari,
elektron doska orqali dars vaqtini tejash va yanada ko‘proq va samarali ma’lumot
olishga imkoniyat demakdir. Bugun yoshlar ham qo‘shimcha ma’lumot olish uchun
kitobni izlab va varaqlab vaqt sarflamaydilar, balki uni tejab Internetga murojaat
etadilar.
Zamonaviy texnologiyalar asrida yashayotgan ekanmiz, nafaqat ta’limda,
balki boshqa barcha yo’nalishlarda ham kompyuter texnologiyalaridan ustalik bilan
foydalanish yuqori samarali natija beradi. Ayniqsa ingliz tilini kompyuter
texnologiyalari yordamida o’rgatish tizimi o’zining yuqori darajadagi samaradorligi
bilan ajralib turadi.
Yoshlarga ingliz tilini kompyuter orqali o’rgatish uchun birinchi navbatda
o’qituvchining o’zi kompyuter texnologiyalaridan professional darajada foydalana
oladigan bo’lishi kerak. Bu darajadagi foydalanishga nafaqat kompyuterning
mavjud imkoniyatlaridan to’liq foydalana olish, balki u asosida yangi o’quv
dasturlarini tashkil eta olish ham kiradi. Bunday darajadagi pedagog bo’lish uchun
har bir chet tili o’qituvchisi zamonaviy texnologiyalar sohasi bo’yicha o’z ustida
ko’proq ishlashi zarur.
Ingliz tilini kompyuter yordamida o’rgatishning an’anaviy o’rgatish
usullariga nisbatan bir necha ustunlik jihatlari bor.
Birinchi navbatda, kompyuter asosida ingliz tilini o’rganayotgan o’quvchida
tilning to’rt yo’nalishida (tinglab tushunish, gapirish o’qish va yozish) o’z
ko’nikmalarini sinovdan o’tkazish imkoni bo’ladi. Hozirgi vaqtda rivojlangan
dasturlar yordamida buning imkoni bor. Faqat bu usuldagi ta’limga o’quvchini
to’g’ri yo’naltira olish kerak [Yo’ldoshev va b., 2008].
Bundan tashqari kompyuter yordamida chet tillarini o’qitishda
o’rgatilayotgan har bir qoida, har bir so’z, har bir tushuncha birligi o’quvchi
xotirasida yaxshiroq saqlanishi isbotlangan. Tabiiyki, kompyuterning boy grafik
imkoniyatlari, holatlarga oid ma’lumotlarni ovozli, matnli, tasvirli va video
ko’rinishda yetkazib bera olishi kompyuter orqali chet tillarini o’qitishni eng
samarali usullardan biriga aylantiradi [Yoqubov, 2012, ].
Kompyuterda internet tarmog’ining mavjudligi esa ingliz tilini kompyuter
yordamida o’rgatishni yanada samaraliroq qiladi. Bunda o’quvchilar nafaqat
kompyuterdagi sun’iy aql yordamida til o’rganishi, balki internet orqali jonli
muloqot yordamida boshqa til o’rganuvchilar bilan aloqa qilish orqali o’z
ko’nikmalarini rivojlantirishi mumkin.
Yana shuningdek, chet tillarini o‘qitishda Internet hamda uning katta
imkoniyatlaridan foydalanishlari natijasida, ta’lim va pedagogik jarayonlariga
multimediya texnologiyalarining joriy etilishining istiqbolliligi tobora namoyon
bo‘lmoqda. Kuzatuvlarimiz shuni ko’rsatdiki, asosiy kommunikatsiya vositasi
sifatida “Internet bilan tanishuv to‘rt yo‘nalishda:
- axborot olish vositasi sifatida;
- muloqot vositasi sifatida;
- o‘qitish vositasi sifatida;
- ko‘ngilochar vosita sifatida” amalga oshiriladi [Potapova, 2003, 65-b.].
Bunda tarmoqda axborot izlashda kommunikatsiyaning asosiy vositalari
(elektron pochta, chat) bilan ishlashni mashq qilishga katta e’tibor qaratiladi.
Boshlang‘ich bosqichda axborot almashuv jarayoni faqat yozma matn bilan
cheklangan bo‘lsa, asta-sekin unga grafik va ovozli hujjatlar kiritiladi.
Shuningdek, umumlashtirib aytganda, chet tili darslarida AKT va xususan,
Internetdan foydalanish orqali bir necha didaktik masalalarni hal qilish mumkin.
Bulardan:
 talabalar bilimini tekshirishda;
 o‘tilgan mavzuni mustahkamlashda samarali foydalanish mumkin.
Talabalar bilimini nazorat qilishda:
 turli xildagi on-line, ya’ni interaktiv rejimdagi testlar; off-line testlar, ya’ni
testlarning elektron variantidan foydalanish mumkin;
 internet tizimida bilimi boshlang‘ich bosqichdan boshlab eng yuqori
bosqichdagi talabalar uchun ko‘plab sinovlar TOEFL, IELTS kabi testlar
mavjud.
Bu kabi testlarning talabalar uchun afzalligi obyektiv va tezkor javobidadir.
Bir vaqtning o‘zida turli bilim saviyasiga ega talabalarga turli testlar berilishi, yangi
mavzuni tushuntirishda: dars sifatini fotosuratlar, kliplar, kinolavhalar,
videolavhalar orqali oshirish, masalan, o‘quvchilar kitob matnidan turli xorijiy
davlatlar haqida oddiy ma’lumot olibgina qolmay, shu davlatlarga virtual sayohat,
chet davlatlarning an’ana va urf-odatlari haqida videolavhalar, qo’shiqlar, kliplar
tamosha qilishlari mumkin.
O‘tilgan mavzuni mustahkamlashda:
 talabalarning loyiha yaratishlari;
 interaktiv, ya’ni fanlararo darslar o‘tishda qo‘shimcha ma’lumot qidirish;
 taqdimot tayyorlash yoki elektron pochta orqali chet ellik do‘stlari bilan
suhbat o‘tkazish orqali o‘quvchilarning bilim olishga bo‘lgan ishtiyoqini
sezilarli darajada ko‘taradi.
Shu tariqa, Internetdan foydalanib, chet tilini o‘qitish orqali o‘qituvchilar ham
va o‘quvchilar ham o‘z ishlarida qulay imkoniyatlarga ega bo‘ladilar, shu boisdan
ham AKT ni dars jarayoniga joriy etish dolzarb masala hisoblanadi. Zamonaviy dars
samaradorligiga ta’limiy dasturlar, Internetda axborotni izlab topish, natija sifatida
chet tillarini o‘rganishga qiziqishning o‘sishi, xalqlararo, madaniyatlararo
muloqotga aloqadorlilikni anglash, ta’lim muhiti doirasini kengaytirish imkoniyati
asosida erishiladi.
Shuning uchun ham ta’lim tizimida dars jarayoniga zamonaviy tеxnologiyalar
kеng tatbiq qilinmoqda. Sabab eski mеtodlar asosida o‘tilgan chеt tili darslarida
ijodiy fikrlash, og‘zaki nutqni o‘stirish imkoniyatlari dеyarli mavjud emas edi.
AKT vositalaridan foydalanib dars o’tilganda, o‘quvchi yoki talaba mustaqil
fikrlaydi, ayniqsa, kompyutеr tеxnologiyalari vositasida hamda Intеrnеt orqali
masofadan ta’lim olishda turli bilim va grammatik qoidalarni ko‘r-ko‘rona
o‘rganmaydi, ularni o‘qishda, tarjimada, og‘zaki nutqda qo‘llaydi, shu jarayonda
o‘quvchi chеt tilida fikrlashga, so‘zlashga tеz o‘rganadi. Rivojlangan mamlakatlarda
bu sohada boy tajriba to‘plangan.
Yana shuni ham ta’kidlab o’tish joizki, chet tilida munosabatlar shartlari nutq,
qo’shimcha kasbiy matnlar o’rganishning ko’plab turlarini bilish davr talabi
ekanligini ko’rsatib beradi. Boshqa tillar mohiyatini kamsitmagan holda, ayniqsa,
ingliz tilida muloqot qilishda, nutqini tushunish mutolaa qilish va yozish, nutqiy
faoliyat amaliyotida, ixtisoslik, mutaxassisligi bo’yicha keng tarmoqli adabiyotlarni
o’qishda ularga tushuntirish annotatsiyalar, tezislar, shuningdek, yozma axborot
almashish jarayonlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining ahamiyati
yaqqol namoyon bo’ladi va aniqlanadi. Bunday uslubdan o’quv jarayonida to’g’ri
foydalanilsa, o’zlashtirish bo’yicha ham, o’qitish muddatlari bo’yicha ham, ingliz
tilini mukammal o’rganishda ham ijobiy natijalarga erishishga imkon yaratiladi.
Biroq zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari vositalarini ta’lim
jarayonida qo’llash har doim ham ijobiy samara bermaydi. Bu o’rinda psixologik-
pedogogik salbiy omillarni hamda AKT vositalari ta’lim oluvchining fiziologik
holati va sog’ligiga nisbatan yomon oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkinlini
yoddan chiqarmaslik darkor. Jumladan, ta’lim olish maqsadida kompyuter oldida
uzoq vaqt qolib ketuvchi talabada muloqot layoqati susayib boradi, natijada,
o’zgalar bilan muloqoti chegaralangan shaxsda diologik nutq orqali qabul qilishi
kerak bo’lgan turli toifadagi axborotlarni qabul qilish imkoniyatiga putur yetadi.
Zero, fanda aynan diologik nutq orqali kishida ijodkorlik qobiliyatiga moyillik
tug’ilishi isbotlab berilgan Alimova, 2015.
Shuningdek, global kompyuter tarmog’i orqali tayyor o’quv materiali va o’z-
o’zini nazorat qilishda ko’mak beruvchi qo’llanma, referat, diplom ishlarini
tayyorligicha o’zining faoliyatiga muvofiqlashtirib olayotgan talabada aqliy
rivojlanish o’rniga tanballik, yalqovlik, axborotni tahlil qilsa olmaslik singari aks
ta’sirlar kuzatila boshlaydi.
Demak, keltirilgan mulohazalardan shunday xulosa yasash mumkin:
mamlakatimizda bilim olishga, maktab, kollejdan keyin oliy o’quv yurtlariga kirib
o’qishga intilayotgan yoshlar soni yildan-yilga ko’paymoqda. Bu esa,
mamlakatimizda ta’lim sohasini isloh qilish natijasida katta yutuqlar qo’lga yutuqlar
qo’lga kiritilayotgani, yoshlarning aql-zakovati, bilim olishga bo’lgan qiziqishi ortib
borayotganining isbotidir. Bunda esa AKT o’zining cheksiz imkoniyatlarini taqdim
eta olish qobiliyati bilan joziba kasb etadi.
Ammo, undan oqilona foydalana olishgina jamiyat a’zolarini chinakam
taraqqiyotga yetaklaydi.

2.2. Talabalarning ingliz tilida tinglab tushunish kompetensiyalarini


rivojlantirishda AKT vositalarining o’rni
Kuzatishlarimiz va o’tkazilgan so’rovnoma natijalari shuni ko’rsatdiki, OTM
talabalarining ko’pchilik qismi tinglab tushunish malakalarini o’zlashtirishni boshqa
nutq faoliyati turlariga qaraganda qiyin deb biladilar. Talabalar fikricha, ular
o’qiganda, ko’rganda tinglab tushunishga qaraganda 6 marta ko’p ma’lumot olar
ekanlar. Biroq tinglab tushunish muloqotga kirishishning nihoyatda kerakli va o’ta
muhim bosqichidir. Ma’lumki, muloqot ikki tomonlama bo’ladi. Chet tilida
muloqotga kirishayotgan shaxs, eng avvalo, suhbatdoshining nutqini to’liq tushuna
olishi va aniq javob qaytara bilmog’i kerak. Hozirgi kundagi tinglab tushunishni
o’rganish va o’rgatishdagi eng katta muammo bu mahalliy so’zlovchilarning nutqini
tushunishdir. Shu bois chet tili darslarida o’quvchi-talabalarga tinglab tushunishni
o’rgatish o’qituvchining asosiy vazifasidir. Bilimlarni egallashning ushbu bosqichi
o’quvchilarning talaffuzini til sohiblarining asliyatdagi nutqini egallash imkonini
ham beradi.
Ta’lim jarayonida o’quvchilar o’zlari o’rganayotgan tilni o’z sohiblaridan
emas, balki o’qituvchilar nutqi orqali o’rganadilar. Bu tilni sof amaliy holatida
o’zlashtirish imkoniyatini birmuncha cheklab qo’yadi, chunonchi, chet tili
tovushlari talaffuzi, nutq tempi va intonatsiyasi turli aksentlar bilan o’zlashtirilishiga
olib keladi. Odatda, ko’pincha chet mamlakatlarida bir muddat yashagan yoki tez-
tez borib turadigan yohud chet elliklar bilan bevosita muloqot qilib turadigan
o’quvchi-talabalargina chet tilida sof holatida va erkin so’zlasha oladilar. Demak,
chet tillarini asliyatida tinglab tushunish orqali o’rganishning ahamiyati nihoyatda
katta, biroq bunday imkoniyatlar hammaga ham nasib etavermaydi. Tillarni
o’rganishda AKT vositalarini qo’llash aynan shu bo’shliqni to’ldirishga yordam
beradi. Ushbu bobda ingliz tilini o’rganuvchilar nutqini o’stirishda AKT vositari
orqali talabalarning tinglab tushunish malakalarini rivojlantirish masalasiga
to’xtalib o’tmoqchimiz.
Ta’kidlab o’tish joizki, oliy ta’lim talabalari uchun ham tinglab tushunish
malakalarini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Tinglab tushunish aksariyat
talabalar uchun eng qiyin nutq faoliyati turi hisoblanadi. Ayniqsa, asliyatdagi nutqni
tinglab tushunish ularga murakkablik qiladi. Tinglab tushunish malakalarini
rivojlantirish o’z-o’zidan sodir bo’lib qoladigan jarayon emas. Bunga asta-sekinlik
bilan erishiladi. AKT dasturiy va instrumental vositalaridan foydalanish bu
jarayonni osonlashtiradi va talabalarda til o’rganishga ishtiyoq uyg’otadi. Tinglab
tushunishga o'rgatishda axborot kommunikativ vositalardan foydalanish samarali
natijalar beradi. Buning bir nechta asoslari mavjud [Peterson, 2010]:
Birinchidan, bugungi kun talabalari “Internet avlodlari” sifatida
harakterlanadi [Oblinger, Oblinger, 2005]. Ular mahalliy so’zlashuvchilar
tomonidan yaratilgan kompyuter dasturlari, video o’yinlar va internet tilini yaxshi
tushunadilar. Albatta, til o’rganishni istagan talaba-yoshlar AKT vositalari
yordamida ingliz tilini osongina o’zlashtira olishlari uchun sinf xonalari zamonaviy
texnologiyalar bilan jihozlanishini xohlaydilar [Sharma, Barret, 2007].
Ikkinchidan, AKT vositalari yordamida mustaqil til o’rganish talabalarning
erkin muloqotga kirisha olish imkoniyatlarini oshiradi. Talabalar tinglab tushunish
mashqlarini amalda bajarar ekan, ularda tilni amalda qo’llash tajribasi shakllanadi.
Uchinchidan, dars davomida AKT vositalaridan foydalanish talabalarda
ulardan mustaqil ravishda foydalanish ko’nimasini shakllantiradi. O’rganuvchilar
uyda yoki biror internet kafeda yoinki ofisda o’zlari tinglab tushunish mashqlarini
doimiy bajarishlari mumkin bo’ladi.
To’rtinchidan, tinglab tushunishni o’rgatishda AKT dasturiy vositalari,
xususan, veb-brauzerlardan foydalanish talabalarning bugungi kun yangiliklaridan
bexabar qolmasligini ta’minlaydi va to’g’ridan to’g’ri aloqaga kirisha olish
qobiliyatini shakllantiradi. Bundan tashqari, talabalarda to’gri veb-saytlarni tanlay
bilish haqida tushuncha paydo bo’ladi va mustaqil ta’limda muhim ahamiyat kasb
etadi [Peterson, 2010].
Ko’rinadiki, oliy ta’lim talabalari uchun tinglab tushunish malakalarini
rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Talabalarning tinglab tushunish
malakalarini shakllantirish hamda rivojlantirishda AKT vositalarining o’rnini
boshqa vositalar bilan almashtirib bo’lmaydi. Tinglab tushunishga o'rgatishda
axborot kommunikativ vositalardan foydalanish samarali natijalar beradi. Tinglab
tushunishga o’rgatishda axborotning quyidagi manbalaridan keng foydalanish
maqsadga muvofiq:
Audio vositalar. Tinglab tushunishni nafaqat o’zaro balki audio eshittirishlar
orqali ham o’rgatish juda muhim. Chunki talabalar mahalliy so’zlovchilarning
nutqini tushuna olishlari ularning kelajakdagi ishlari uchun ahamiyatlidir. Audio
matnlar, radio dasturlar, xabarlar shular jumlasidandir. Bunda talabalarga mavzu
haqida qisqacha ma’lumot berib o’tiladi. So’ng matn eshittirilib ularning
boshlang’ich bilimlari sinovdan o’tkaziladi. Keyin ikkinchi bora tinglatilib, mavzuni
detallari bilan ochish uchun savollar va topshiriqlar beriladi.
Magnitafon. Magnitafon ta’lim jarayonida foydalanish mumkin bo’lgan
vositalardan biri, ammo hozirgi kunda bu vositaning o’rniga ko’proq DVD dan
foydalaniladi. Bu texnik vositadan foydalanish hech qanday qiyinchilik
tug’dirmaydi. Magnitafonga ovozni yozib olish juda oson yo’l bilan amalga
oshiriladi. Buning uchun faqat magnitafon va magnit tasmasi kifoya.
Talaba o’z ustida ishlash maqsadida o’z nutqini yozib olishi va o’qituvchining
ishtirokisiz magnitafon bilan mustaqil ishlashi mumkin. Bu imkoniyat tinglab
tushunish malakasini rivojlantiradi va talaffuzni to’g’rilashni osonlashtiradi.
Magnitafon ta’lim jarayonini individuallashtirish imkonini beradi. Magnitafon til
materialining barcha turlari fonetika, leksika, grammatika bilan ishlashda keng
qo’llaniladi, hamda ta’limning barcha bosqichlarida: til materiali bilan tanishtirish,
mashq qilish va nutqiy amaliyot jarayonida keng samara beradi.
M.V.Lyataxovskiyning fikricha, magnitafon bilan quyidagi mashqlarini
muvaffaqiyatli bajarish mumkin:
1) akustik va artikulyatsion ko’nikmalarni shakllantirish, so’zlarni va
grammatik qurilmalarni esda saqlashga oid tinglash va takrorlash mashqlari;
2) fonetik, leksik, grammatik hodisalarni tanib olishga oid topish, tanlash va
ko’rsatish mashqlari;
3) leksik va fonetik malakalarni rivojlantirishga oid sinonim, antonim,
omonim, paronim ( homophone) lar bo’yicha mashqlar [Yoqubov, 2012].
Bundan tashqari, magnitafon yordamida nutqiy mashqlar ham bajariladi.
Bunday mashqlar, ayniqsa, tinglab tushunish va gapirish malakalarini rivojlantirish
uchun talabalarga magnitafon yoki DVD dan hikoyalar, dialoglar, turli nutqlar va
boshqalar eshittiriladi. Ko’proq eshitish natijasida talabaning talaffuzi asta-sekin
yaxshilanib boradi. Mashqlarni bajarayotganda yozma matnning bo’lishi maqsadga
muvofiq emas. Bunga sabab ko’rish a’zosi bir sekundda eshitish a’zosiga nisbatan
olti yarim marta ko’p axborotni qabul qilish imkoniyatiga ega. Shuning uchun
tinglash paytida o’quvchi ko’z oldida matn tursa, o’quvchi matnni tez yoki orqada
qolib o’qishi mumkin va so’zlarning aynan talaffuziga yaxshi e’tibor bermasligi
mumkin. Ammo tinglab tushunish qiyin bo’lgan nomlar, ismlar, sana va talaffuzi
qiyin bo’lgan so’zlar yozma ravishda o’rganuvchi ko’z o’ngida bo’lishi tinglab
tushunishga o’rgatish samaradorligini oshiradi. Shunda talabaga talaffuzi qiyin
so’zlarni ham o’rganish osonlashadi.
Radioeshittirishlar. Radio eshittirishning asosiy qulaylik tomoni shundan
iboratki, u ko’p sonli til sohiblarining nutqini eshittirish imkonini beradi. OTM lar
sharoitida universitet radiouzelidan foydalanish imkoni mavjud. Muassasa
radiouzeli eshittirishlaridan dars paytida, sinfdan tashqari tadbirlarda va tanaffus
paytlarida foydalanish mumkin. Ingliz tilidagi radioeshittirish materialining qiymati
shundaki, u universitet hayotining dolzarb voqealari haqida hikoya qiladi, turli
yangiliklar, qo’shiqlar, suhbatlar eshittiriladi. Bu tinglovchilarda qiziqish uyg’otadi
va tinglab tushunish qobilyatini o’stiradi.
Ayni damda, ingliz tilida tinglab tushunishni o’rgatuvchi bir qancha internet
dasturlari, portallar, ijtimoiy tarmoqlar mavjud bo’lib, ulardan dars jarayonida
o’qituvchilar hamda darsdan tashqarida talaba-yoshlarning o’zlari mustaqil
foydalanishlari mumkin.
Onlayn tinglab tushunish mashqlari odatda, ikkiga bo’linadi. Birinchi turdagi
mashqlar tilni yangi o’rganuvchilar uchun subtitri bilan beriluvchi mashqlar tizimi
bo’lsa, ikkinchi turdagi mashqalar birmuncha murakkab va asliyatdagi
materiallardan iborat mashqlardan tizimidan tashkil topgan.
BBC World Service Learning English sayti har ikki turdagi mashqlar tizimini
taklif etadi. Quyida ularning ayrimlari haqida ma’lumot berib o’tamiz.
 Inglizcha yangiliklar –
http://www.bbc.co.uk/worldservice/learningenglish/language/newsextra/
 Angliya haqidagi yangiliklar – http://www.bbc.co.uk/worldservice/
learningenglish/language/ newsaboutbritain/
Bu yerda talabalar qisqa reportajlar va radio yangiliklarini tinglashlari va unga
oid mashqlarni bajarishlari mumkin.
 Listen and Watch http://learnenglish.britishcouncil.org/en/listen-and-watch
Bu yerda talabalar besh minutlik mashhur odamlar, musiqa va sport haqida
audio reportajlarni tinglash, ko’ngilochar videolarni tomosha qilish imkoniga ega
bo’ladilar. Bunda tashqari, foydalanuvchilar audio va video dasturlarni o’z
kompyuterlariga yuklab olishlari va mashqalri takroran bajarishlari ham mumkin.
 The BBC News http://www.bbc.co.uk/news/video_and_audio/
Ushbu URL manzilida turli mavzulardagi qisqa hikoyalar o’rin olgan bo’lib,
o’rganuvchilar o’zlari yoqtirgan mavsudagisini tinglashlari mumkin.
Shuni ta’kidlab o’tish joizki, ushbu saytdagi barcha materiallar ingliz tili
britanya variantida berilgan.
Ushbu saytlarda tinglab tushunish mashqlarini samarali bajarish uchun 3
marta tinglash tavsiya etiladi va bunda quyidagi maqsadlar ko’zda tutiladi:
- mazmunni umumiy anglash uchun;
- berilgan topshiriqlarni bajarish uchun;
- javoblarni tekshirish uchun.
Shuningdek, bugungi kunda tinglab tushunish ko’nikmasini shakllantirish va
rivojlantirishga mo’ljallangan ko’plab qo’llanmalarni topish mumkin. Ularning
deyarli barchasi, albatta, tinglab tushunish ko’nikmasini mashq qilishga yordam
beruvchi audio manbaalar bilan boyitilgan. Bunday qo’llanmalar qatoriga qo’shiqlar
yoki she’rlarning maxsus jamlanmalarini ham misol keltirish mumkin.
Masalan, “Jazz Chants” qo’llanmasida alohida grammatik tushunchalar,
og’zaki nutq qoidalari, ifodali nutq mashqlari o’rgatilgan. Ma’lumki, ifoda, ayniqsa
dialog shaklidagi nutqda, mazmunning 70% gacha qismini tashkil etadi. Shuning
uchun tinglab tushunishni o’rganishda ifodaga ishning asosiy qismi sifatida qarash
kerak.
Ifodani qabul qilish va nutqni tinglab tushunishni o’rgatishga yo’naltirilgan
bir necha o’quv qo’llanmalariga misollar keltiramiz. Bu qo’llanmalarda
o’rgatishning boshlang’ich bosqichida foydalanish tavsiya etiladi.
“Advanced Stories for Comprehension” qo’llanmasi tinglab tushunish
ko’nikmasini shakllantirish va rivojlantirishga yordam beruvchi tinglash va qayta
hikoya qilib berishga moslashtirilgan hajviy hikoyalardan tashkil topgan. Tinglab
tushunish bilan bir qatorda gapirish ko’nikmasini shakllantirish hamda so’z
boyligini oshirishga yordam beradi.
“Visitor” tinglab tushunish ko’nikmasini rivojlantirishga yo’naltirilgan,
kichik parchalardan iborat bo’lgan butun bir hikoya asosida tashkil etilgan
qo’llanma. Ushbu qo’llanma “Kernel 2” darsligining tarkibiy qismi hisoblansa ham,
tinglab tushunish va gapirish ko’nikmalarini shakllantirish uchun alohida qo’llanma
sifatida foydalanilishi mumkin.
“Off Stage” alohida grammatik xossalarini o’rganishga yo’naltirilgan hajviy
dialoglardan iborat. Dialoglar mazmunan juda qiziqarli. O’rganuvchilar ularni
yuqori darajadagi qiziqish bilan tinglashadi.
Yuqorida aytib o’tilgan qo’llanmalardan tashqari, biz tinglab tushunish
ko’nikmasini shakllantirish va rivojlantirish uchun “Success at First Certificate”
va “Master Class” kabi o’quv qo’llanmalaridan ham foydalanishni tavsiya etamiz.
Tinglab tushunish ko’nikmasi yetarli darajada shakllanib bo’lgandan so’ng
testlarni bajarishga o’tish mumkin.
Yuqorida misol keltirilgan qo’llanma va kitoblarni MP3 audio fayllari bilan
birgalikda Google orqali qidirish natijasida topishingiz hamda yuklab olishingiz
mumkin.

2.3. Ingliz tili mashg’ulotlarida AKT vositalaridan samarali foydalanishga


qaratilgan topshiriqlar tizimi
Amaliy ingliz tilida tinglab tushunish ustida ishlash metodikasi yuqorida
ta’kidlab o’tilgan tinglab tushunishni o’qitishdan maqsad, vositalar, talabalarning
yosh xususiyatlari va qiyinchiliklarni hisobga olib ishlab chiqildi. Agar ushbu
jarayonda tinglab tushunishning xususiyatlari, qiyinchiliklari, guruh talabalarining
bilim darajasi, qabul qilish tezligi kabi taraflariga e’tibor qilinmasa, bunda tinglab
tushunishni o’qitish samarali bo’lmaydi. Shundan kelib chiqib, quyidagi AKT
vositalari yordamida talabalarning tinglab tushunish malakalarini rivojlantiruvchi
mashqlar tizimini taqdim etamiz.
Ushbu ilmiy ish avvalida talabalarning tinglab tushunish malakalarini
bugungi kunda ommalashib kelayotgan CEFR tizimi asosida rivojlantirishni maqsad
qilgan edik. Va ushbu maqsadimizga AKT vositalaridan foydalangan holda erishish
vazifa qilib belgilangandi. Yuqorida CEFR tizimi haqida, xususan, tinglab
tushunishni ushbu tizim asosida baholash mezonlari ham ko’rib chiqilgan.
Ma’lumki, Oliy ta’lim muassasalarining ixtisosligi chet tili bo’lmagan
fakultetlari bakalavriat bosqich bitiruvchilari, Oliy ta’lim muassasalarining
ixtisosligi chet tili bo’lmagan fakultetlari magistratura bosqichi bitiruvchilari, Oliy
ta’lim muassasalarining ixtisosligi chet tili bo’lgan fakultetlari bakalavriat bosqichi
bitiruvchilari (ikkinchi chet tili) Chet tilini o’rganishning mustaqil muloqot (B2)
darajasi, Oliy ta’lim muassasalarining ixtisosligi chet tili bo’lgan fakultetlari
bakalavriat bosqichi bitiruvchilari, Oliy talim muassasalarining ixtisosligi chet tili
bo’lgan fakultetlari magistratura bosqichi bitiruvchilari Chet tilini o’rgatishning
erkin muloqot (C1) darajasi asosida aniqlanadi. Shundan kelib ixtisosligi chet tili
bo’lgan bakalavr bosqichi talabalarini tinglab tushunish malakalari erkin tushuna
olish (C1) darajasi bilan baholanishini aniqlashimiz mumkin. Ushbu tadqiqot ishida
aynan ixtisosligi ingliz tili bo’lgan talabalarning tinglab tushunish malakalarini C1
darajasiga AKT vositalaridan foydalangan holda olib chiqish metodikasi va
mashqlar tizimi ishlab chiqiladi.
Dastlab ishni Davlat Test Markazi (DTM) rasmiy sayti (http://nsfla.dtm.uz)
dan olingan C1 darajasini aniqlashga mo’ljallangan namunaviy test kitobi tinglab
tushunish mashqlari qismini tahlil qilishdan boshladik. Ushbu namunaga ko’ra,
tinglab tushunish testi jami 30 ta savoldan iborat bo’lib, 4 ta qismga ajratilgan
(1-ilova).
Birinchi qism 1 dan 6 gacha bo’lgan savollarni o’z ichiga oladi. Ushbu
savollar keyingilariga nisbatan ancha sodda bo’lib, talabalarni keyingi qismlardagi
murakkabroq mashqlarni bajarishga bir muncha tayyorlanib olishlariga yordam
beradi. Har bir savol alohida olingan dialog va manologlardan tuzilgan. Bunda talaba
eshitayotgan matnni qanday mavzuda ekanligini aniqlay olishi, kim tomonidan
gapirilayotganini fahmlashi kerak bo’ladi. Bunda 3 ta muqobil variantli savollar
beriladi.
Ikkinchi qism 7 dan 14 gacha bo’lgan savollardan iborat. Ushbu qismdagi
tinglanadigan matn kundalik hayotdan olingan dialogdan iborat. Bunda eshittirilgan
holat yuzasidan talabalar tezkor ravishda xulosalashi va berilgan muqobil
variantlardan birini tanlashlari lozim. Ikkinchi qismning birinchi bo’limdan farqi
undagi barcha savollar bir holat yuzasidan tuzilganligidadir.
Uchinchi qism 15 dan 22 gacha bo’lib, u intervyu va muhokama asosiga
qurilgan, avvalgi bo’limga qaraganda murakkabroq hisoblangan savollar tizimidan
iborat. Bunda talabalar so’zlovchining berilgan masalaga munosabatini to’g’ri
baholay olishlari kerak bo’ladi hamda o’zlari to’g’ri deb topgan xulosa tarzidagi
javobni taqdim etilgan muqobil variantlar ichidan topa olishlari talab etiladi.
Bundagi qiyinchiliklar berilgan variantlarning ma’no jihatdan bir-biriga juda ham
yaqinligi yoki barcha variantlar so’zlovchining nutqidan joy olganligi va shunday
bo’lishiga qaramasdan ular orasida faqatgina birgina to’g’ri javobni talaba tanlay ola
bilishidadir.
To’rtinchi qism qolgan 22-30-savollarni o’z ichiga oladi. Ushbu bo’lim eng
qiyin tinglab tushunish mashqlar tizimidan iborat bo’lib, bunda talabalarga
monologik ravishdagi ilmiy ma’ruzalar, nazariy taqdimotlar yoxud ilmiy-ommabop
mulohazalar matni qo’yib eshittiriladi.
CEFR tizimiga asoslangan yuqoridagi savollar tizimi xususiyatlarini hisobga
olib talabalarga ingliz tilida tinglab tushunishni AKT vositalari yordamida samarali
o’rgatish metodikasi ishlab chiqildi (2-ilova). Unga ko’ra, mashqlar tizimi 5
qismdan iborat:
I. Tayyorlov mashqlari
II. Birinchi bo’limga tayyorlovchi mashqlar
III. Ikkinchi bo’limga tayyorlovchi mashqlar
IV. Uchinchi bo’limga tayyorlovchi mashqlar
V. To’rtinchi bo’limga tayyorlovchi mashqlar
Quyida ularni birma-bir izohlaymiz.
I. Tayyorlov mashqlari.
Tayyorlov mashqlari o’z ichiga uch turdagi mashqlarni oladi: sonlarni, joy
nomlarini va kishi nomlarini tinglab tushunishga tayyorlash.
Sonlarni (vaqtni ko’rsatish, telefon raqamlari, dona sonlar, tartib sonlar)
tinglab tushunishga tayyorlash mashqlari bir muncha oson tuyilsa-da, matn orasida
kelganda, ayniqsa, asliyatdagi nutq tarkibidagi raqamalarni tinglab tushunish
talabalarga qiyinchilik tug’diradi. Shuning uchun ushbu topshiriqlar tizimidan
tinglab tushunish mashg’ulotlarida doimiy foydalanib, asta sekinlik bilan talabalarga
o’rgatib borish kerak.
Bunda kompyuter va ovoz ko’targichlardan foydalaniladi. O’qituvchi
talabalarga suhbatni tinglab, to’g’ri javobni belgilash kerakligini aytadi:
Listen to conversations. Which of the given options is correct?
1-topshiriq (CD, Audio 1)
a) He will come at 2:00 pm.
b) He will come before 2:00 pm
c) He will come after 2:00 pm.
2-topshiriq (CD, Audio 2)
a) The show is at 10:05
b) The show is at 4:55
c) The show is at 5:10
3-topshiriq (CD, Audio 3)
a) He has 5 guests.
b) He has 10 guests.
c) He has 2 guests.
4-topshiriq (CD, Audio 4)
a) The person needs Rs 5000.
b) The person needs Rs 2000.
c) The person needs Rs 7000.
Mazkur bosqichda talabalarga joy nomlarini tinglab tushunish va to’g’ri yoza
olish o’rgatiladi. Bunda o’qituvchi kompyuter yordamida audioni qo’yib eshittiradi
va talabalardan tarqatma kartalarga (Ilova 2, Task 5) tartib bilan yozib borishlarini
so’raydi:
5-topshiriq (CD, Audio 5). Tinglang va eshitgan shaharlar nomini yozing (Spell
correctly the names of cities and towns you hear).
6-topshiriq (CD, Audio 6). Tinglang va eshitgan ismlaringizni tartib bilan yozib
boring (Spell correctly the names of the following people).
II. Birinchi bo’limga tayyorlovchi mashqlar
Ushbu bosqichda CEFR tizimining 1-bo’limiga oid mashqlar bajariladi.
Bunda o’qituvchi AKT vositalaridan magnitafon yoki DVD ni tanlashi mumkin.
Tinglab tushunish matnini qo’yib eshittirishdan avval o’qituvchi talabalarga mazkur
bosqichda beriladigan savollarning maqsadi haqida umumiy tushuncha hosil qilib,
mavzuni to’g’ri tanlay olish kerakligini tushuntiradi:
“Listen to a conversation or a talk. Read the question and choose the correct
answer”.
1-topshiriq (CD, Audio 7)
a) Programmes on Discovery Channel
b) Street children
c) A documentary
d) Film awards
2-topshiriq (CD, Audio 8)
a) Football
b) Cricket
c) Baseball
d) Popularity of sports
3-topshiriq (CD, Audio 9)
a) Fixing the water heater
b) Catching mice
c) Buying cups and onions
d) Cooking a meal
4-topshiriq (CD, Audio 10)
a) Money
b) Books
c) Part – time jobs
d) Difficulty in getting jobs
III. Ikkinchi bo’limga tayyorlovchi mashqlar
Bunda o’qituvchining vazifasi talabalarga dialogni tinglab xulosalashni
o’rgatishdir. Test materialini (Ilova 2) tarqatgandan keyin, o’qituvchi talabalarga
tushib qoldirilgan so’zlar yonida turgan so’z va so’z birikmalarini ko’proq
sinonimlariga e’tibor qaratishlarini so’raydi. Mashqda foydalanilgan dialog
telefondagi suhbatdan olinganligi sababli uni aynan mobil telefondan foydalanib
eshittirish maqsadga muvofiq. Shu yo’l bilan o’qituvchi talabalarga oz bo’lsa-da,
jonli muhitni yaratib bergan bo’ladi. Demak, o’qituvchi topshiriq shartini aytadi:
Ish beruvchi agentlik bilan bo’lgan telefon suhbatini tinglang va quyidagi
gaplarni davom ettiring.
1. Steve phones the agency to find out about…
a) a permanent post at a call centre
b) the nature of the job advertised
c) the amount he would be paid
2. Ellen says the problem with some students is that they…
a) are not completely honest
b) lack essential IT skills
c) arrive late for work
3. Steve would mainly take calls from customers…
a) who want information about their credit card accounts
b) whose credit cards have been stolen
c) who have lost their credit cards
4. Ellen says that call centre operatives should be…
a) experienced
b) intelligent
c) helpful

IV. Uchinchi bo’limga tayyorlovchi mashqlar


Bu mashqni bajartirishdan maqsad talabalarga u yoki bu mazmundagi
intervyuni tinglab, gap nima haqida ketayotganinini fahmlashni o’rgatishdir. Ushbu
intervyu yozib olingan CD diskni o’qituvchi universitet radiosiga topshiradi va dars
vaqtida talabalarga radiouzelning faqat shu sinfxonasi hududidagi qismidagina
qo’yib eshittirilishi so’raladi. Bu talabalarda asliyatdagi nutqni tinglab
tushunayotganliklari haqida tushuncha hosil qiladi va buni talabalar ham idrok
etadilar. O’qituvchi:
Radiodan eshittiriladigan intervyuni tinglang va quyidagi topshiriqlarni
bajaring.
1. What does Jenny say about the story which made her name?
a) She’d been on the lookout for just such a lucky break.
b) She resented colleagues trying to take the credit for it.
c)She wasn’t actually responsible for the finished article.
d) She asked for a more prestigious job on the strength of it.
2. What does Jenny suggest about the editor she worked for on her first
national daily newspaper?
a) He respected her for standing up to him.
b) He tended to blame her for things unfairly.
c) He wasn’t as unreasonable as everyone says.
d) He taught her the value of constructive criticism.
3. When Jenny got her own daily column on the newspaper, she felt
a) satisfied that the good work she’d done elsewhere had been recognised.
b) relieved that it was only likely to be a short-term appointment.
c) determined to prove exactly what she was capable of.
d) unsure of her ability to make a success of it.
4. Peter thinks he got a job on Carp Magazine thanks to
a) his academic achievements at college.
b) his practical knowledge of everyday journalism.
c) his familiarity with the interests of its main target audience.
d) his understanding of how best to present himself at interview.
5. Peter and Jenny agree that courses in journalism
a) need to be supplemented by first-hand experience.
b) are attractive because they lead to paid employment.
c) are of little value compared to working on a student newspaper.
d) provide an opportunity for writers to address contentious issues.
6. When asked about their novels, Peter and Jenny reveal
a) an ambition to gain recognition for their craft.
b) a desire to develop careers outside journalism.
c) a need to prove how versatile they are as writers.
d) a wish to keep their journalism fresh and appealing.

V. To’rtinchi qismga tayyorlovchi mashqlar


Ushbu qismda tinglovchi-o’rganuvchilar ilmiy mavzudagi ma’ruza matnini
kompyuter va ovoz ko’targichdan foydalanib, qo’yib eshittiriladi. Ushbu qismda
talabalar ikki turdagi mashqlarni bajaradi: muqobil variantli hamda tushirib
qoldirilgan so’z va so’z birikmalarini to’ldirish.
a) Birinchi lector ma’ruzasini tinglang va to’g’ri javobni belgilang.
1 The focus of the lecture series is on
a) organising work and study. c) coping with homesickness.
b) maintaining a healthy lifestyle. d) settling in at university.
2 The lecture will be given by
a) the president of the Union. c) a sports celebrity.
b) the campus doctor. d) a health expert.
b) Ikkinchi ma’ruzachi qanday fikrda ekanligini aniqlang va testlarga javob
bering.
3 This week’s lecture is on
a) campus food. c) sensible eating.
b) dieting. d) saving money.
c) O’qituvchi topshiriq talablari bilan tanishtiradi: “Ushbu ma’ruzadan kelib
chiqqan xulosalarga tayanib quyidagi matnni to’ldiring. Eslatib o’taman
uchtadan ortiq so’z yozish mumkin emas”.
A balanced diet
A balanced diet will give you enough vitamins for normal daily living.
Vitamins in food can be lost through (4) ............................................... .
Types of vitamins:
(a) Fat soluble vitamins are stored by the body.
(b) Water soluble vitamins - not stored, so you need
a (5) ......................................................... .
Getting enough vitamins
Eat (6) .................................................................... of foods.
Buy plenty of vegetables and store them in
(7) .................................................................................. .

Mashg’ulotlar quyidagi dars texnologiyasi yordamida olib borildi (Jadval 1,


2):
Jadval 1. Birinchi dars texnologiyasi
Lesson technology
Lesson 1

Topic: Learn to listen


Quantity of students: 27 Time 80 min
Form of the lesson Practical lesson
Plan of the lesson 1. Organizational moment. Greeting.
2. Warm up activities.
3. Main part.
4. Conclusion.
Aim of the lesson: to discuss the news about business, to get knowledge about job
marketing, to familiarize students with talks in different topics, to develop listening skills
via news ICT tools, to prepare students to do the listening tasks of CEFR part 1 and 2.
Pedagogical objectives Results of training activity
- to speak about the social problem; Improvement listening skills.
Learning to listen to guess the topic.
- to introduce data about free trade Expanding Ss’ vocabulary and outlook on the
agreements and TPP (Trans Pacific given topic.
Partnership);
- to practise listening and speaking
skills.
Ways of teaching and technique Discussion, playing English audio texts.
Means of teaching Handouts, audio text.
Teaching forms Individual and teamwork.
Teaching conditions Classroom equipped with IT.
Monitoring and evaluating Oral speech control, rating system evaluation

Detailed procedure of the lesson (technological map)

Steps and time Teacher’s activities Students’ activities


1. Greeting T greets Ss; Ss greet T;
(3 min) T checks attendance;
T checks readiness for the lesson; Ss show their readiness for
the lesson;
2. Introduction  Tell students about the CEFR
(10 min) listening skill test.
 Give information about the
parts 1 and 2 of CEFR listening
task.
3. Main part
(60 min)

Warm-up:  Begin the lesson with practical Students should follow the
(10 min) tasks. T’ instructions
 Distribute handout 1
 Ask students to be ready to
listen and answer the question
on the handout.
 N the names of people and
cities and spell correctly.
 Tell them to listen carefully.
 Play the track 1.
 Remind your students that they
Activity 1 need to listen to the whole  Students should be wary
Appendix (2) extract carefully once through of choosing an answer
before choosing their answers; simply because it
that they should not assume too contains words and
soon that they have heard the phrases heard on the
correct answer. recording.
 Remind them that because the
two questions each have a  They should read
diffrent focus, information through the questions
relevant to the answers could before they listen and
come from diffrent parts of the think about what they
recording, so they may not be are being asked to listen
able to answer the questions ‘in for. This could be the
sequence’ as they would in a speaker’s purpose,
longer text. attitudes and opinions,
the gist of an argument,
or perhaps whether or
not the speakers agree
about a certain point
under discussion.

 Remind your students that the


 Students write must
Activity 2 task instruction and the set of
complete the sentence
Appendix (2) sentences on the page provide a
logically and
lot of information about what
grammatically. By
they are going to hear.
using the actual words
 Encourage them to use the on the recording,
preparation
students can complete
time wisely.
the sentences without
 Remind them that most worrying too much
questions will focus on concrete about the grammar.
pieces of information (e.g.
 They should, however,
nouns, proper names, etc.) and
check that they have
will generally be single words
heard the correct form
or very short noun groups (e.g.
of the word. For
adjective plus noun), and that
example, if students do
usually no more than three
not hear clearly whether
words are required.
a word is singular or
 Tell your students not to try and plural, they should
write long answers and not to check the rest of the
repeat information which is sentence to see which is
already on the page. required.
 Some students try to paraphrase
the information they hear rather
than using the actual words on
the recording. This is not a good
idea. The ability to produce
paraphrase is not a skill that is
tested in this task; the answers
are the actual words heard on
the recording.
4. Closure  T summarizes the main points - Ss ask questions;
10 min of the lesson;

 T instructs on the assignment: -Ss say good-bye to T and


to practice online tests; leave the room.

 T evaluates Ss.
Jadval 2. Ikkinchi dars texnologiyasi
Lesson technology
Lesson 2

Topic: Learn to listen


Quantity of students: 27 Time 80 min
Form of the lesson Practical lesson
Plan of the lesson 5. Organizational moment. Greeting.
6. Warm up activities.
7. Main part.
8. Conclusion.
Aim of the lesson: to discuss the features about formal interviews, to get knowledge about
job interview, to familiarize students with talks in different topics, to develop listening
skills via ICT tools, to prepare students to do the listening tasks of CEFR part 3 and 4.
Pedagogical objectives Results of training activity
- to speak about the social problem; Improvement listening skills.
- to introduce data about CEFR test Learning to listen to understand content of
and Parts 3,4 interview and lectures.
- to practise listening and speaking Expanding Ss’ vocabulary and outlook on the
skills. given topic.
Ways of teaching and technique Discussion, playing English audio texts.
Means of teaching Handouts, audio text.
Teaching forms Individual and teamwork.
Teaching conditions Classroom equipped with IT.
Monitoring and evaluating Oral speech control, rating system evaluation

Detailed procedure of the lesson (technological map)

Steps and time Teacher’s activities Students’ activities


5. Greeting T greets Ss; Ss greet T;
(3 min) T checks attendance;
T checks readiness for the lesson; Ss show their readiness for
the lesson;
6. Introduction  Tell students about the CEFR
(10 min) listening skill test.
 Give information about the
parts 3 and 4 of CEFR listening
task.
7. Main part
(60 min)

Warm-up:  Begin the lesson with practical Students should follow the
(10 min) tasks. T’ instructions
 Distribute handout
(Appendixes, Tasks 1-4)
 Ask students to be ready to
listen and answer the question
on the handout.
 Tell them to listen carefully.
 Play the track 1.

 In multiple-choice tasks,  Students need to follow


Activity 1 encourage your students to the line of development
Appendix (2) concentrate on the question in these texts and
stems, rather than the options in recognise when the
their preparation, so that they conversation has moved
can listen for the answer in the on from one particular
text and then match this to the aspect of the issue being
closest option. discussed to another.
 The multiple-choice questions For example, on a fist
will use language that listening in class, your
paraphrases and reports ideas students can listen
from the text. As the texts often simply for the number
focus on the attitudes and of issues discussed,
opinions of speakers, which are what they are, and
discussed at length, your where the natural
students need to have a good breaks in the interaction
command of the meaning and come, as well as each
use of the type of language used speaker’s general
to report these ideas succinctly attitude towards those
in the questions. issues
 Tell them that they need to
understand such words as
reporting verbs (e.g. regrets,
admits, resents, etc.), adjectives
and adverbs describing attitudes
and feelings.

 Remind your students that they  Students must answer


Activity 2
will hear fie diffrent speakers, both tasks and that they
Appendix (2)
but that the texts will have a will only hear the series of
thematic link. In this part of the monologues twice. They
test, the whole series of texts is can choose how they
heard once and then the whole approach the tasks,
however, perhaps
series is repeated.
attempting one task on
 Encourage your students to each listening, or perhaps
think about the theme of the approaching both tasks
texts and to think about the simultaneously,
kinds of attitudes and ideas that answering the most
they expect to hear in accessible
connection with the topic in questions on the fist
question. listening and the more
challenging questions
 Remind your students that they
when the recording is
will be listening for gist repeated.
meaning rather than detail in
these texts, so although they
may not understand every
word, they should be able to
pick out the speaker’s main
point, feeling, attitude or
opinion.
 In order to help your students to
develop this skill of gist
listening,
it may not always be helpful to
go through the text with them
afterwards, as close analysis of
the language of the texts will
not help them to develop the
most appropriate listening
strategies.
 Remind your students that they
must answer both tasks and that
they will only hear the series of
monologues twice. They can
choose how they approach the
tasks, however, perhaps
attempting one task on each
listening, or perhaps
approaching both tasks
simultaneously, answering the
most accessible questions on
the fist listening and the more
challenging
questions when the recording is
repeated.
8. Closure  T summarizes the main points - Ss ask questions;
10 min of the lesson;
 T instructs on the assignment: -Ss say good-bye to T and
to practice online tests; leave the room.
 T evaluates Ss.

II bob yuzasidan xulosalar


Ta’lim jarayoniga axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish,
ayniqsa, chet tillarini o‘qitish va o‘rganishda tobora katta ahamiyatga molik bo‘lib
bormoqda. Axborot texnologiyalari chet tillarini o‘qitishda katta imkoniyatlarni
taqdim etadi, fan bo‘yicha sifatli bilim olish va ta’lim samaradorligini oshirishda
muhim o‘rin tutadi. Biroq bunda, avvalo, o’qituvchining o’zi kompyuter
texnologiyalaridan professional darajada foydalana oladigan bo’lishi talab etiladi.
Chet tillarini kompyuter yordamida o’rgatishning an’anaviy o’rgatish
usullariga nisbatan bir necha ustunlik jihatlari mavjud. Bular:
- kompyuter asosida ingliz tilini o’rganayotgan o’quvchida tilning to’rt
yo’nalishida (gapirish, tinglab tushunish, yozish va o’qish) o’z
ko’nikmalarini sinovdan o’tkazish;
- AKT vositalari yordamida chet tillarini o’qitishda o’rgatilayotgan har bir
qoida, har bir so’z, har bir tushuncha birligi o’quvchi xotirasida yaxshiroq
saqlanishi va h.k.
Kompyuterning boy grafik imkoniyatlari, holatlarga oid ma’lumotlarni
ovozli, matnli, tasvirli va video ko’rinishda yetkazib bera olishi kompyuter orqali
chet tillarini o’qitishni eng samarali usullardan biriga aylantiradi.
Biroq zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari vositalarini ta’lim
jarayonida qo’llash har doim ham ijobiy samara bermaydi. Bu o’rinda psixologik-
pedogogik salbiy omillarni hamda AKT vositalari ta’lim oluvchining fiziologik
holati va sog’ligiga nisbatan yomon oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkinlini
yoddan chiqarmaslik darkor.
Ingliz tilida nutq malakalarini o’qitish xususan, tinglab tushunishni o’rgatish
bir muncha qiyin jarayon hisoblanadi. Ta’lim jarayonida o’quvchilar o’zlari
o’rganayotgan tilni o’z sohiblaridan emas, balki o’qituvchilar nutqi orqali
o’rganadilar. Bu tilni sof amaliy holatida o’zlashtirish imkoniyatini birmuncha
cheklab qo’yadi, chunonchi chet tili tovushlari talaffuzi, nutq tempi va intonatsiyasi
turli aksentlar bilan o’zlashtirilishiga olib keladi. Tillarni o’rganishda AKT
vositalarini qo’llash aynan shu bo’shliqni to’ldirishga yordam beradi.
Ingliz tilida tinglab tushunishni o’rgatuvchi bir qancha internet dasturlari,
portallar, ijtimoiy tarmoqlar mavjud bo’lib, ulardan dars jarayonida o’qituvchilar
hamda darsdan tashqarida talaba-yoshlarning o’zlari mustaqil foydalanishlari
mumkin.
Bugungi kunda tinglab tushunish ko’nikmasini shakllantirish va
rivojlantirishga mo’ljallangan ko’plab qo’llanmalarni topish mumkin. Ularning
deyarli barchasi, albatta, tinglab tushunish ko’nikmasini mashq qilishga yordam
beruvchi audio manbalar bilan boyitilgan.
III BOB. TALABALARNING INGLIZ TILIDAGI TINGLAB
TUSHUNISH MALAKALARINI RIVOJLANTIRISHDA AKT
VOSITALARINI SAMARALI QO’LLASH YUZASIDAN O’TKAZILGAN
TAJRIBA – SINOV NATIJALARI

3.1. O’tkazilgan so’rovnoma natijalari tahlili


Talabalarning chet tilida tinglab tushunish malakalarini rivojlantirishda AKT
vositalarning qay darajada ahamiyatli ekanligini aniqlash va ularning AKT
vositalaridan qanday va nima maqsadda foydalanishlarini o’rganib chiqish uchun
so’rovnoma o’tkazildi. So’rovnomaning asosiy maqsadi talabalarga ingliz tilida
tinglab tushunishni o’rgatishda AKT vositalaridan foydalanish muammolarini
aniqlash edi. Ushbu so’rovnomada jami 135 ta ingliz tili o’rganayotgan talabalar
ishtirok etishdi.
So’rovnoma o’tkazishda quyidagi vazifalar belgilab olindi:
1. Ingliz tilini ikkinchi til sifatida o’rganuvchi talabalarning AKT vositalaridan
qay daraja ko’p foydalanishlarini aniqlash;
2. AKT vositalaridan qachon (ta’limiy, ta’limdan tashqari, ingliz tilini o’rganish
uchun) qanday maqsadda foydalanishlarini o’rganib chiqish;
3. Ingliz tilidagi nutqni tinglab tushunishda AKT vositalaridan foydalanish
haqidagi tushunchalarini tekshirish;
4. Talabalarning taklif va mulohazalari bilan tanishish.
Shundan kelib chiqib tuzilgan so’rovnoma yakunida quyidagi savollarga
javob olindi:
1. Bugungi kunda talabalar ta’limdan tashqari maqsadlarda AKT vositalaridan
qay darajada ko’p va nima maqsadda foydalanishadi?
2. Talaba yoshlar ingliz tilini o’rganishda AKT vositalaridan qanday
foydalanishmoqda?
3. Talabalar ingliz tilidagi nutqni tinglab tushunishda AKT vositalarining
ahamiyatini qanday baholashadi?
4. Talabalarning AKT vositalari kelajagi haqidagi taklif va mulohazalari
qanday?
So’rovnoma ishtirokchilari
Tadqiqotimizda 12 ta guruh, O’zDJTU I, II, III ingliz tili fakulteti 1-2-3-4
kurslarning jami 135 nafar talabalari ishtirok etishdi. Shundan 95 nafari qizlar va 40
nafari o’qil bola talabalar. Qatnashchilar orasida rusiyzabon talabalar ham borligini
hisobga olib, so’rovnoma barcha ishtirokchilar uchun tushunarli bo’lgan ingliz tilida
o’tkazildi. Quyida natijalarni tahlil qilib chiqamiz.
Birinchi savol “Ta’limdan tashqari maqsadlarda AKT vositalaridan
haftasiga necha soat foydalanasiz?” talabalarning bir hafta mobaynida AKT
vositalaridan ta’limdan tashqari maqsadda qay darajada ko’p foydalanishlarini
aniqlashimizga yordam berdi. Natijalarga ko’ra, talabalarning ko’pchilik qismi
(55%) bir haftada 20 soatdan ko’proq vaqtlarini ta’limdan tashqari maqsadda AKT
vositalaridan foydalanishga sarflar ekanlar (Diagramma 1).

Diagramma 1. Talabalarning ta'limdan tashqari maqsadda


AKT vositalaridan foydalanish holati tahlili

6-10 soat; 15%

16-20 soat; 55%


11-15 soat; 30%

16-20 soat 11-15 soat 6-10 soat 3-5 soat 1-2 soat 1 soatdan kam Foydalanmaydi

Tahlil natijalari diagrammasi shuni ko’rsatadiki, deyarli 30% talabalar hafta


mobaynida tahminan 11-15 soat umumiy maqsadlarda AKT vositalaridan
foydalanishar ekan. Haftasiga 6-10 soat fodalanuvchilar ko’rsatkichi 15 foizni
tashkil qilgan bo’lsa, bugungi kunda talaba yoshlar orasida AKT vositalaridan
haftasiga 6 soatdan kam va umuman AKT vositalaridan foydanmaydiganlar
uchramadi.
Ikkinchi savol “AKT vositalaridan ta’limdan tashqari qanday
maqsadlrda foydalanasiz?” talaba yoshlarning ta’limdan tashqari qanday
maqsadlarda AKT dasturiy va instrumental vositalaridan foydalanishlarini aniqlash
maqsadida berildi. Quyidagi 3-jadvalda talabalarning AKT vositalari yordamida eng
ko’p shug’ullanadigan faoliyat turlari keltirilgan. Unga ko’ra, o’quvchi-
talabalarning deyarli barchasi turli xil ijtimoiy tarmoqlarda (chatlarda) do’stlari bilan
suhbatlashganda (96.2 %), musiqa tinglaganda (89.2%) AKT vositalaridan
foydalanishadi. Talabalarning 74.2 % i Facebook ijtimoiy tarmog’ida vaqt
o’tkazishlarini ta’kidlagana bo’lsa, tahminan uchdan ikki qismi AKT vositaridan
ya’ni qo’l telefoni, kompyuter hamda internetdan ta’limdan tashqari maqsadlarda
ko’p foydalanishlarini ta’kidlab o’tishgan. Shuningdek, talabalar orasida elektron
pochtani doimiy kuzatib boruvchi (45.1 %) va You Tube da turli xil mavzudagi
ta’limga yo’naltirilmagan videolarni tomosha qiluvchilarni (38.5 %) ham
ko’rishimiz mumkin.
Jadval 3. Talabalarning ta’limdan tashqari maqsadlarda AKT vositalaridan
foydalanish ko’rsatkichlari
Faoliyat turlari Javoblar Foizlar
soni ko’rsatkichi
Turli xil chatlarda do’stlarim bilan 130 96.2 %
suhbatlashaman
Musiqa tinglayman, internetdan yuklab olaman 121 89.6 %
Facebook ijtimoiy tarmog’ini kuzatib boraman 101 74.8 %
Internetdagi yangiliklar bilan tanishaman 91 67.4 %
Qo’l telefonimda o’yinlar o’ynayman 85 62.9 %
Kompyuter o’yinlarini o’ynayman 83 61.4 %
Elektron pochtamni tekshiraman 61 45.1 %
You tube da videolar tomosha qilaman 52 38.5%
Uchinchi savol “Ingliz tilini o’rganish maqsadida AKT vositalaridan
haftasiga necha soat foydalanasiz?” ta’limiy aynan, ingliz tilini o’rganish
maqsadida talabalar AKT vositalaridan qay daraja ko’p foydalanishlarini aniqlash
uchun so’rovnomaga kiritilgan edi. Natijalar shuni ko’rsatdiki, 42.7 % talabalar bir
hafta mobaynida ingliz tilini o’rganishda AKT vositalariga 6 soatdan kam vaqt
sarflar ekan. Bu bir kun hisobida 1 soatdan ozroq to’g’ri keladi degani.
Ishtirokchilarning 30.4 % i ya’ni uchdan bir qismigina AKT vositalaridan ingliz
tilini o’rganishda haftasiga 6-10 soat foydalanishsa, 26.6 % talabalar 10 soatdan
ortiq vaqt sarflashlarini ta’kidlashgan (Jadval 4). Shu o’rinda, talaba
ishtirokchilarning AKT vositalaridan ta’limiy va ta’limdan tashqari maqsadlarda
foydalanishga sarflagan vaqtlarini solishtirsak. Aniqki, haftasiga 10 soatdan ko’proq
vaqtini nota’limiy maqsadlarda sarflaydigan talabalar soni (55%) ingliz tilini
o’rganishga shuncha vaqt sarflaydigan talabalar soniga (26.6%) nisbatan ko’proqni
tashkil etadi.

Jadval 4. Talabalarning ingliz tili o’rganish maqsadida AKT vositalaridan


foydalanish holati tahlili
Soat/haftasiga Javoblar soni Foizlar
ko’rsatkichi
Foydalanmayman 2 1.4 %
1 soatdan ozroq 7 5.1 %
1-2 soat 13 9.6 %
3-5 soat 36 26.6 %
6-10 soat 41 30.4 %
11-15 soat 26 19.2 %
16-20 soat 10 7.4 %

Ingliz tilini o’rganish maqsadida talabalarning AKT vositalari yordamida


qanday faoliyat turlari bilan shug’ullanishlarini keyingi 4- savol “Ingliz tilini
o’rganish uchun AKT vositalaridan qanday naqsadda foydalanasiz”ga berilgan
javoblar yordamida tahlil qilindi (Jadval 5). Natijalardan ma’lumki, talabalarning
hammasi ingliz tilini o’rganish maqsadida AKT vositalaridan foydalanishadi,
xususan internet orqali kerakli bo’lgan ingliz tilidagi ma’lumotlarni olishadi va
tinglab tushunish mashqlarini bajarishadi. Ko’pchilik talabalar (93.3 %) internet
tarmoqlarida do’stlari bilan uy vazifalari haqida suhbatlashishsa, 74.8%
ishtirokchilar internetdan lug’at sifatida foydalanishlarini ta’kidlashgan.
Shuningdek, qatnashchilar orasida o’qituvchilar bilan ingliz tilodagi uy vazifasini
muhokama qiluvchilar (54%), turli xil onlayn til o’rgatuvchi forumda ishtirok
etuvchilar (48.1%), Google tarjimondan foydalanuvchilar, o’qish, yozish va gapirish
mashqlarini bajaruvchilar ham bor.

Jadval 5. Talabalarning ta’limdan tashqari maqsadlarda AKT vositalaridan


foydalanish ko’rsatkichlari
Faoliyat turlari Javoblar soni Foizlar
ko’rsatkichi
Ingliz tilida onlayn ma’lumot izlayman. 135 100 %
Tinglab tushunish mashqlarini 135 100 %
bajaraman.
Do’stlarim bilan internet tarmog’ida uy 126 93.3 %
vazifasini muhokama qilaman.
Onlayn lug’atlardan foydalanaman. 101 74.8 %
O’qituvchilarim bilan internet 73 54 %
tarmog’ida uy vazifasini muhokama
qilaman.
Ingliz tilini forum orqali o’rganaman. 65 48.1 %
Google tarjimondan foydalanaman. 53 39.2 %
O’qish mashqlarini bajaraman. 27 20%
Yozish mashqlarini bajaraman. 27 20 %
Gapirish mashqlarini bajaraman. 26 19.2 %
So’rovnomaning beshinchi savoli “Tinglab tushunish malakalaringizni
rivojlantirish uchun AKT vositalaridan qanday maqsadda foydalanasiz?
”talabalarning ingliz tilida tinglab tushunish malakalarini rivojlantirish maqsadida
AKT vositalari yordamida qanday faoliyat turlarini bajarishlarini aniqlashimizga
yordam berdi (Jadval 6). Olingan natijalarga ko’ra, ishtirokchilar tomonidan ingliz
tilida tinglab tushunishni rivojlantirish maqsadida eng ko’p shug’ullanadigan
faoilyat turlari bular o’z kompyuterlaridagi tinglab tushunish mashqlarini bajarish
(98.5%) bo’lsa, qo’l telefonida ingliz tilida musiqalarni (97.7%) va badiiy asarlar
matnini tinglash (79.2%) ham ahamiyatli ekan. Bundan tashqari, talabalar internetda
turli xil tinlab tushunish malakasini rivojlantiruvchi mashqlarni bajarishni (72.5%),
onlayn kinofilmlarni tomosha qilishni (68.9%) hamda internetda chet eldagi
do’stlari bilan muloqot qilishni (42.2%) ham odat qilganlar.

Jadval 6. Talabalarning AKT vositalari yordamida ingliz tilida tinglab tushunish


malakalarini rivojantirish maqsadida shug’ullanadigan faoliyat turlari
Faoliyat turlari Javoblar Foizlar
soni ko’rsatkichi
Kompyuterimdagi tayyor materiallardan 133 98.5 %
foydalanaman.
Qo’l telefonimdagi ingliz tilidagi qo’shiqlarni 132 97.7 %
tinglayman.
Qo’l telefonimdagi badiiy asarlar matnini 107 79.2 %
tinglayman.
Internet tarmog’ida tinglab tushunish mashqlarini 98 72.5 %
bajaraman.
Onlayn kinofilmlarni tomosha qilaman. 93 68.9 %
Chet eldagi do’stlarim bilan muloqot qilaman. 57 42.2 %

Oltinchi savol talabalarning AKT vositalaridan ingliz tilini o’qitishda


foydalanishga bo’lgan munosabatlarini Likert [Dang, 2015] shkalasi bo’yicha ya’ni
5 balli tizimda baholashimizga yordam berdi (7-jadval). Talabalarning aksariyat
qismi (82.6%) AKT vositalarining til o’rganishdagi o’rnini ijobiy baholaganlar.
Xususan, ularning fikricha, o’qish (66.5%), yozish (40%) va gapirish (43.2%)
malakalarini rivojlantirishda AKT vositalarining ahamiyati kattadir. Shu o’rinda
ta’kidlab o’tish kerakki, ishtirokchilarning fikriga ko’ra, AKT vositalari eng ko’p
(85.2%) tinglab tushunish malakalarini rivojlantirishda samara beradi. Qo’shimcha
qilib aytganda, talabalarning ko’pchilik qismi (80.6%) texnologiyalar yordamida
ingliz tilini o’rganish qiziqarli bo’lishini va AKT vositalari eng so’nggi
materiallardan til o’rganish jarayonida foydalanish imkonini berishini
ta’kidlaganlar.
Jadval 7. Talabalarning AKT vositalaridan ingliz tili o’rganishda foydalanish
haqidagi fikr va mulohazalari
Fikr-mulohazalar Qat’iyan Rad Betarafman Ma’qul To`liq
rad etaman layman ma’qul
etaman layman
AKT dan foydalanish 1.3% 1.3% 14.8% 34.9% 47.7%
ingliz tilini o’rganishimga
ko’proq va samaraliroq
yordam beradi.
AKT dan foydalanish 2% 6% 25.5% 53,5% 13%
menga o’qish
malakalarimni
rivojlantirishimga yordam
beradi.
AKT dan foydalanish 2.7% 15.7% 41.6% 27.7% 12.3%
menga yozish
malakalarimni
rivojlantirishimga yordam
beradi.
AKT dan foydalanish 7.4 % 6.7% 32.2% 34.4% 18.8%
menga gapirish
malakalarimni
rivojlantirishimga yordam
beradi.
AKT dan foydalanish 1.3% 1.2% 10% 41.1% 46.3%
menga tinglab tushunish
malakalarimni
rivojlantirishimga yordam
beradi.
AKT vositalari yordamida 1.3% 2% 16.1% 38.3% 42.3%
ingliz tilini o’rganish
qiziqarliroq bo’ladi.
AKT vositalari yordamida 2% 2% 15.4% 35.3 % 45.3%
eng yangi materiallardan
foydalanib til o’rganish
mumkin.

So’nggi, yettinchi savol ishtirokchilarning AKT vositalari yordamida ingliz


tilini, xususan, tinglab tushunishni o’qitish haqidagi takliflarini aniqlashga qaratildi.
8-jadvaldan ko’rinib turganidek, qatnashchilarning ko’pchilik qismi (88.2%) AKT
vositalari yordamida ingliz tilidagi malakalarini asosan, tinglab tushunish
malakalarini rivojlantirishni yanada samaraliroq qilishni istashliklarini aytib
o’tishgan. Shuningdek, AKT vositalari orqali o’qituvchilar yangi ma’lumotlar
berishi kerakligini ta’kidlashgan (82.9%). Yana shuni ham aytib o’tish joizki,
talabalar o’qituvchilarni ularga qanday qilib internet tarmog’ida kerakli ma’lumotni
izlashni o’rgatishlarini istashlarini bildirishgan (78.5%). Eng asosiysi, talabalar
kelajakda ularga СEFR talablariga binoan ingliz tili malakalarini rivojlantirish
uchun yangi dasturlar ishlab chiqilishi kerakligiga urg’u berishgan (85.2%).
Jadval 8. Talabalarning AKT vositalari yordamida ingliz tilini o’rganish haqidagi
istak va takliflari
Qat’iyan Rad Betaraf Ma’qul To`liq
Takliflar rad etaman man layman ma’qul
etaman layman
Umid qilamanki, AKT 1.3% 0.7% 9.7% 51% 37.2%
vositalari menga ingliz
tilidagi nutq, xususan, tinglab
tushunish malakalarimni
rivojlantirishimga yordam
beradi.
Xohlardimki, 0.7% 2% 14.4% 50.3% 32.6%
o’qituvchilarimiz ingliz tili
o’qitishda eng so’nggi
materiallardan
foydalanishsin.
Men o’qituvchilarnig qanday 2% 4.7% 14.1% 32.6% 45.6%
qilib internet tarmog’ida
to’g’ri ma’lumot izlashni va
topishni o’rgatishlarini
xohlayman.
Ingliz tilidagi malakalarimni 0.7% 0.7% 13.4% 60.4% 24.8%
СEFR darajasiga olib
chiqishim uchun zamonaviy
dasturlar yaratilshini
istayman.

So’rovnoma natijalari yuqoridagi savollarga javob topishimizga yordam


berdi. Ishtirokchilarning javoblarini qiyoslab ko’rib shunday xulosaga kelish
mumkinki, talabalar AKT vositalaridan ingliz tilini o’rganishga qaraganda umumiy
maqsadlarda ko’proq foydalanishar ekan. Aniqroq qilib aytganda, 85.5 %
ishtirokchilar haftasiga 10 soatdan oshiqroq AKT vositalaridan nota’limiy
maqsadlarda foydalanishsa, atigi 26.6 % talabalar haftasiga 10 soatdan ko’proq
vaqtlarini AKT vositalari yordamida ingliz tilini o’rganishga sarflar ekanlar.
O’quvchi-talabalarning deyarli barchasi turli xil ijtimoiy tarmoqlarda (chatlarda)
do’stlari bilan suhbatlashganda (96.2 %), musiqa tinglaganda (89.2%) AKT
vositalaridan nota’limiy maqsadlarda foydalanishadi. Shunga qaramasdan,
ko’pchilik talabalar (93.3 %) internet tarmoqlarida do’stlari bilan uy vazifalari
haqida suhbatlashishsa, 74.8% ishtirokchilar internetdan lug’at sifatida
foydalanishlarini ta’kidlashgan. Bundan tashqari, ishtirokchilar tomonidan ingliz
tilida tinglab tushunishni rivojlantirish maqsadida eng ko’p shug’ullanadigan
faoilyat turlari bular o’z kompyuterlaridagi tinglab tushunish mashqlarini bajarish
(98.5%) bo’lsa, qo’l telefonida ingliz tilida musiqalarni (97.7%) va badiiy asarlar
matnini tinglash (79.2%) ham o’z ahamiyatiga ega. Talabalarning aksariyat qismi
AKT vositalaridan ingliz tilini o’rganishda foydalanishga ijobiy baho berdilar.
Hamda, ular kelajakda AKT vositalari til ta’limida yanada kengroq qo’llanilishi,
o’qituvchilar tomonidan texnologiyalardan unumli foydalanish haqida ko’rsatmalar
berilishi kerakligini va asosiysi, SEFR darajasiga olib chiquvchi dasturlar ishlab
chiqilishi zarurligini ta’kidlab o’tdilar.

3.2 AKT vositalari yordamida talabalarning tinglab tushunish malakalarini


shakllantirishga qaratilgan topshiriqlarning eksperimental tadqiqi natijalari
Eksperiment O’zbekiston Davlat Jahon Tillari Universitetida olib borildi.
Tajriba-sinov ishtirokchilari sifatida O’zDJTU III ingliz fakulteti 401-402-guruh
talabalari tanlab olindi. Ishni boshlashdan oldin talabalarning ingliz tilidagi
o’zlashtirish bilimlarini o’qituvchilarning bildirgan fikrlari asosida baholab oldik
(Jadval 9,10).
Jadval 9. 401-guruh talabalarining ro’yxati va ingliz tilini o’zlashtirish darajalari
N Talabalarning familayasi, ism-sharifi O’zlashtirish
darajasi
1 Abdimuradova Shahnoza Anvar qizi Yaxshi
2 Abdullayeva Sohiba Erkinovna A’lo
3 Asqarov Dostonbek Akromjon o’g’li Qoniqarli
4 Ahmedova Malika Azamat qizi Yaxshi
5 Azamova Gulsevar Nuroli qizi Qoniqarli
6 Bekmirzayeva Ro’zigul Shuxrat qizi Yaxshi
7 Abdurazzaqova Muhayyo Sobir qizi Qoniqarli
8 Jumasheva Aydina Muratbayevna Yaxshi
9 Mingishova Durdona Abdirashid qizi Yaxshi
10 Babaxo’jayeva Maftuna Ulug’bek qizi Yaxshi
11 Nurxanov Sherzod Shuxratovich A’lo
12 Tulyaganova Dilfuza Fayzullayevna A’lo
13 To’rayeva Yulduz Anvar qizi Yaxshi
14 Jalilov Dilmurod Abduhakim o’gli A’lo

Jadval 10. 401-guruh talabalarining ro’yxati va ingliz tilini o’zlashtirish


darajalari
N Talabalarning familayasi, ism-sharifi O’zlashtirish
darajasi
1 Mirxojayeva Donoxon Miraglam qizi Yaxshi
2 Ismoilova Dilbarxon Nabijon qizi A’lo
3 Kamolova Ra’no Zokir qizi Qoniqarli
4 Qurbonboyeva Gulnoza Quvondiq qizi Yaxshi
5 Madaminov Davronbek Avazbek o’gli Qoniqarli
6 Mirxo’jayeva Dildoraxon Sa’dulla qizi Yaxshi
7 Mirxojiyev Miraziz Mirtoxir o’g’li Qoniqarli
8 Umarova Madinaxon Bahromjon qizi A’lo
9 Rahmatova Charos Abdiaxatovna Yaxshi
10 Ro’zmetova Gulnoza Shakirjon qizi Yaxshi
11 Jumanova Gavhar Farhod qizi Yaxshi
12 Xo’jayeva Mehribon Rajabovna A’lo
13 Umarova Munisa Numon qizi Yaxshi

Demak, ushbu guruhlarda jami 27 nafar talaba bo’lib, ularning aksariyat qismi
ingliz tilini yaxshi baholarga o’zlashtirishadi va ulardan 7 nafari faqat a’lo baholarga
o’qishlarini bilib oldik. Afsuski, talabalar orasida ingliz tilini qoniqarli darajada
biladiganlari ham bor.
Tadqiqot materiallari va foydalanilgan AKT vositalari
Tadqiqotimiz davomida turli o’quv materiallari: tarqatma savol va testlar,
doska, talabalar o’zlashtirish darajalari qayd etib borish uchun yon daftarcha hamda
tajriba-sinov darslari mobaynida AKT vositalaridan DVD, kompyuter, ovoz
ko’targich, qo’l telefoni hamda universitet radiouzelidan foydalandik.
Tajriba-sinov quyidagi bosqichlarda o’tkazildi:
1-aniqlovchi bosqich
Mazkur bosqichda eksperiment ishtirokchilarini CEFR ning C1 darajasiga
asosida tuzilgan testlar yordamida dastlabki bilim darajalarini aniqlab oldik. Bunda,
har bir talabaga jami 30 ta savoldan iborat tinglab tushunish mashqlar kitobchasi
tarqatildi (1-ilova). Ularga topshiriqlar sharti tushuntirilib, test bajarishlari uchun 35
minut vaqt ajratilganligi aytib o’tildi. Yana shuiningdek, ularga to’g’ri javoblar soni
18 tadan (60%) oshsa, ularning tinglab tushunish darajalari C1 bilan baholanishi
tushuntirildi.
Quyida talabalarning ko’rsatgan natijalari bilan tanishamiz (Jadval 11).
Jadval 11. Dastlabki test (Pre-test) natijalari
To’g’ri javoblar soni Foiz
N Talabalar ismi Guruhi 1- 2- 3- 4- Jami ko’rsatkichi

qism qism qism qism (1-30)


6 ta 8 ta 8ta 8 ta
1 Abdimuradova 401 5 3 3 2 13 43%
Shahnoza
2 Abdullayeva 401 6 5 4 3 18 60%
Sohiba
3 Asqarov 401 2 2 2 1 7 23%
Dostonbek
4 Ahmedova 401 4 4 3 0 7 23%
Malika
5 Azamova 401 3 2 2 1 7 23%
Gulsevar
6 Bekmirzayeva 401 5 2 4 1 12 40%
7 Abdurazzaqova 401 4 1 1 1 7 23%
Muhayyo
8 Jumasheva 401 5 2 2 1 10 33%
Aydina
9 Mingishova 401 5 3 3 1 12 40%
Durdona
10 Babaxo’jayeva 401 5 3 3 0 11 36%
Maftuna
11 Nurxanov 401 6 5 5 3 19 63%
Sherzod
12 Tulyaganova 401 6 4 5 2 17 56%
Dilfuza
13 To’rayeva 401 5 4 4 1 14 46%
Yulduz
14 Jalilov Dilmurod 401 5 5 6 2 18 60%

15 Mirxojayeva 402 5 3 4 0 13 43%


Donoxon
16 Ismoilova 402 6 7 4 1 18 60%
Dilbarxon
17 Kamolova Ra’no 402 3 1 1 1 7 23%
18 Qurbonboyeva 402 5 3 1 1 10 33%
Gulnoza
19 Madaminov 402 4 2 2 2 10 33%
Davronbek
20 Mirxo’jayeva 402 5 4 4 1 14 46%
Dildoraxon
21 Mirxojiyev 402 4 2 1 1 8 26%
Miraziz
22 Umarova 402 6 4 3 1 14 46%
Madinaxon
23 Rahmatova 402 5 2 1 2 10 33%
Charos
24 Ro’zmetova 402 5 3 3 2 13 43%
Gulnoza
25 Jumanova 402 5 4 2 1 12 40%
Gavhar
26 Xo’jayeva 402 6 3 4 0 13 43%
Mehribon
27 Umarova Munisa 402 5 4 3 1 13 43%

Jadval 12. Dastlabki testdagi ballar ulushi


Foizlar 23 33 36 40 43 46 56 60 63
qiymati (%)
Soni 5 4 1 3 6 3 1 3 1

Jadvaldan ko’rinadiki, eng past ko’rsatkich 23%, eng yuqori ko’rsatkich 63%,
va eng ko’p olingan bal esa 43%. Hamda tinglab tushunish malakasi C1 darajasidagi
talabalar soni 3 ta.
Ikkala guruh talabalarining dastlabki bilim darajalarini o’rtacha miqdorini
aniqlash uchun natijalar o’rta arifmetik qiymati quyidagi formula asosida hisoblandi:

ΣΧ
Χ = −−−−−
Ν
Bu formulada X – natijalarning o’rtacha ko’rsatkichi, Σ X – barcha mallarning
foiz ko’rsatkichlardagi yig’indisi, N – talabalar soni. Demak, talabalarning umumiy
soni 27, qo’shilgan natijalar 1078 % bo’lsa, unda
O’rtacha arifmetik qiymat= 1078:27~40%
Natijalardan ma’lum bo’ldiki, talabalarning CEFR C1 darajasi bo’yicha
o’zlashtirishlar o’rtacha 40% ni tashkil etadi.
2- shakllantiruvchi bosqich
Ushbu bosqich eksperimentning asosiy qismi bo’lib, unda talabalar bilan 2 oy
(fevral, mart) davomida yuqorida tavsiya etilgan dars texnologiyasi asosida darsdan
tashqari mashg’ulotlar olib borildi.
3- tasdiqlovchi bosqich
Ikki oylik mashg’ulotlardan so’ng tavsiya etilgan mashqlar tizimi samarasini
aniqlash maqsadida yakuniy test (Post-test) o’tkazildi. Bunda talabalarning
mashg’ulotlardan keyingi o’zlashtirgan bilimlari CEFR C1 darajasi asosida tuzilgan
testlar yordamida baholandi (3-ilova).
Talabalar har biri bir baldan beruvchi 30 ta ingliz tilida tinglab tushunish test
topshiriqlarini bajarishdi. 13-jadvalda 401 va 402-guruh talabalarining yakuniy
nazorat testida olgan natijalari ko’rsatiladi.
Jadval 13. Yakuniy test (Post-test) natijalari
Talabalar ismi Guruhi To’g’ri javoblar soni Foiz
№ 1- 2- 3- 4- Jami ko’rsatkichi

qism qism qism qism (1-30)


6 ta 8 ta 8ta 8 ta
1 Abdimuradova 401 5 3 3 2 15 50%
Shahnoza
2 Abdullayeva 401 6 5 4 3 19 63%
Sohiba
3 Asqarov 401 2 2 2 1 9 30%
Dostonbek
4 Ahmedova 401 4 4 3 0 10 33%
Malika
5 Azamova 401 3 2 2 1 8 26%
Gulsevar
6 Bekmirzayeva 401 5 2 4 1 15 50%
7 Abdurazzaqova 401 4 1 1 1 7 23%
Muhayyo
8 Jumasheva 401 5 2 2 1 15 50%
Aydina
9 Mingishova 401 5 3 3 1 14 46%
Durdona
10 Babaxo’jayeva 401 5 3 3 0 15 50%
Maftuna
11 Nurxanov 401 6 5 5 3 22 73%
Sherzod
12 Tulyaganova 401 6 4 5 2 15 50%
Dilfuza
13 To’rayeva 401 5 4 4 1 17 56%
Yulduz
14 Jalilov Dilmurod 401 5 5 6 2 20 66%
15 Mirxojayeva 402 5 3 4 0 18 60%
Donoxon
16 Ismoilova 402 6 7 4 1 22 73%
Dilbarxon
17 Kamolova Ra’no 402 3 1 1 1 7 23%
18 Qurbonboyeva 402 5 3 1 1 10 33%
Gulnoza
19 Madaminov 402 4 2 2 2 15 50%
Davronbek
20 Mirxo’jayeva 402 5 4 4 1 18 60%
Dildoraxon
21 Mirxojiyev 402 4 2 1 1 9 30%
Miraziz
22 Umarova 402 6 4 3 1 13 43%
Madinaxon
23 Rahmatova 402 5 2 1 2 17 56%
Charos
24 Ro’zmetova 402 5 3 3 2 13 43%
Gulnoza
25 Jumanova 402 5 4 2 1 13 43%
Gavhar
26 Xo’jayeva 402 6 3 4 0 13 43%
Mehribon
27 Umarova Munisa 402 5 4 3 1 13 43%

Jadval asosida ballar ulushini ko’rib chiqamiz (Jadval 14).


Jadval 14. Yakuniy testdagi ballar ulushi
Foizlar 23 26 30 33 43 46 50 56 60 63 66 73
qiymati (%)
Soni 2 1 2 2 5 1 6 2 2 1 1 2

Ballarning o’rtacha ko’rsatkichi, guruh talabalarini yakuniy test (Post-test)


natijalarining o’rtacha foizlardagi ko’rsatkichi:
(23*2+26*1+30*2+33*2+43*5+46*1+50*6+56*2+60*2+63*1+66*1+73*2):27~47
Demak, talabalarning yakuniy o’zlashtirish ko’rsatkichi tahminan 47 % ni
tashkil etadi.
Yakuniy test tadqiqotchiga ikki oylik tinglab tushunishni AKT vositalaridan
foydalangan holda rivojlantirish mashg’ulotlaridan so’ng eksperiment
qatnashchilarining nechtasida oldinga o’zgarish bo’lganligini va yana nechta talaba
bir xilda qolganligini ko’rishga imkon berdi.
Talabalar orasidagi eng past ko’rsatkich 23%, eng yuqorisi esa 73% va eng
ko’p uchraydigan ko’rsatkich esa 50% (6 ta talaba) ni ko’rsatmoqda. Shunungdek,
tinglab tushunish malakalari C1 darjasidagi talabalar soni 6 ta.
Talabalarning dastlabki bilim darajalari yakuniy test natijalari bilan
solishtirildi:
Jadval 15. Dastlabki va yakuniy natijalarning qiyosiy tahlili
Bosqich O’rtacha Eng ko’p Eng past Eng
bilim darajasi takrorlangan ball ball yuqori ball
Dastlabki 40 43 23 63

Yakuniy 47 50 23 73

Jadvaldan ko’rinadiki, talabalarning dastlabki testdagi o’rtacha o’zlashtirish


ko’rsatkichi 40% ni tashkil etgan bo’lsa, AKT yordamida tashkillangan tinglab
tushunish mashg’ulotlardan so’ng bu ko’rsatkich 47% ga yetdi. Dastlab eng ko’p
takrorlangan ball 43% (13 ta to’g’ri javob) bo’lgan bo’lsa, yakuniy testda esa 50%
(13 ta to’g’ri javob) ni tashkil etdi. Eng past ball har ikkala bosqichda ham
o’zgarmagan (23% - 7 ta to’g’ri javob). Eng yuqori ball dastlab 63% (19 ta to’g’ri
javob) edi, yakuniy natijalar tahlilida esa 73% (22 ta to’g’ri javob) ni ko’rsatmoqda.
Har bir talabaning individual ko’rsatkichlari qiyosiy tahlilini quyidagi
diagrammalarda (Diagramma 2,3) yaqqol ko’rishimiz mumkin:
Diagramma 2. 401-guruh talabalari dastlabki va yakuniy nazorat
ko’rsatkichlari

100%
90%
80%
70%
60%
50%
40% Dastlabki
30% Yakuniy
20%
10%
0%
Gistogrammadan ko’rish mumkinki, talabalarning tinglab tushunish darajalari
AKT vositalaridan foydalanib o’tilgan tinglab tushunish mashg’ulotlaridan keyin
biroz o’sgan. Misol uchun, Jumasheva (33-50%) hamda Bekmirzayevaning (40-
50%) ikki oy davomida C1 darajadagi test topshiriqlarni bajarish malakalari sezilarli
darajada yaxshilangan. Shuningdek, Nurxanov eng yuqori natijaga (73%) erishib o’z
bilimini yanada mustahkamlab olgan. Afsuski, talabalar orasida tinglab tushunish
malakalari mashg’ulotlar davomida o’zgarmagan (Abdurazzoqova), yoki, dastlabki
natijalarga qaraganda pastroq natijalarga erishgan (Tulyaganova) talabalar ham
bo’ldi.
Diagramma 3. 402-guruh talabalari dastlabki va yakuniy nazorat
ko’rsatkichlari

100%
90%
80%
70%
60%
50%
40% Dastlabki
30% Yakuniy
20%
10%
0%

402-guruh talabalari orasida avvalgi bilimlari darajalari past bo’lgan talabalar


ko’proq bo’lishiga qaramasdan, tinglab tushunish malakarini mashg’ulot davomida
ijobiy tarafga yo’naltirgan talabalarni ko’rish mumkin. Masalan, Ismoilova CEFR
tizimi C1 darajasi testida eng yuqori natijaga (73%) erishgan talabalardan biri bo’ldi.
Shuni ta’kidlash joizki, 401-guruhga qiyoslaganda ko’pchilik talabalarda (5 ta
talaba) o’sish bo’lmagan, va bitta talabada (Umarova) natijalar qiyoslanganda
tushishni ko’rish mumkin.
III bob yuzasidan xulosalar
O’tkazilgan so’rovnoma natijalari ko’ra shunday xulosaga kelish mumkinki,
talabalar AKT vositalaridan ingliz tilini o’rganishga qaraganda umumiy
maqsadlarda ko’proq foydalanishlarini ko’rsatdi. Aniqroq qilib aytganda, 85.5 %
ishtirokchilar haftasiga 10 soatdan oshiqroq AKT vositalaridan nota’limiy
maqsadlarda foydalanishsa, atigi 26.6 % talabalar haftasiga 10 soatdan ko’proq
vaqtlarini AKT vositalari yordamida ingliz tilini o’rganishga sarflar ekanlar.
So’rovnoma natijalari talabalarning deyarli barchasi turli xil ijtimoiy
tarmoqlarda (chatlarda) do’stlari bilan suhbatlashganda, musiqa tinglaganda AKT
vositalaridan nota’limiy maqsadlarda foydalanishlarini asosladi. Shunga
qaramasdan, ko’pchilik talabalar internet tarmoqlarida do’stlari bilan uy vazifalari
haqida suhbatlashishsa, ba’zilari ishtirokchilar internetdan lug’at sifatida
foydalanishlarini ham ta’kidlashgan.
Bundan tashqari, ishtirokchilar tomonidan ingliz tilida tinglab tushunishni
rivojlantirish maqsadida eng ko’p shug’ullanadigan faoliyat turlari bular o’z
kompyuterlaridagi tinglab tushunish mashqlarini bajarish bo’lsa, qo’l telefonida
ingliz tilida musiqalarni va badiiy asarlar matnini tinglash ham o’z ahamiyatiga ega.
Talabalarning aksariyat qismi AKT vositalaridan ingliz tilini o’rganishda
foydalanishga ijobiy baho berdilar. Ular kelajakda AKT vositalari til ta’limida
yanada kengroq qo’llanilishi, o’qituvchilar tomonidan texnologiyalardan unumli
foydalanish haqida ko’rsatmalar berilishi kerakligini va asosiysi, SEFR darajasiga
olib chiquvchi dasturlar ishlab chiqilishi zarurligini ta’kidlab o’tdilar.
Tavsiya etilgan va tajriba-sinovdan o’tkazilgan mashqlar tizimi AKT
vositalari yordamida talabalarga tinglab tushunishni o’rgatish samarali ekanligi
asosladi. Talabalarning dastlabki bilim darajalari va yakuniy o’zlashtirish
ko’rsatkichlarining individual-qiyosiy tahliliingliz tilida tinglab tushunish
malakalarini rivojlantirishda AKT vositalarining ahmiyati katta degan, xulosaga
kelish imkonini berdi.
YAKUNIY XULOSALAR
1. Tinglab tushunishni o’rganish muloqotga kirishishning muhim bosqichi
hisoblanadi. Hozirgi kunda tinglab tushunishni o’rganish va o’rgatishdagi eng
katta muammo asliyatdagi nutq va o’quvchilarning talaffuzini imkoni boricha
birxillashtirishdir.
2. Har bir nutq faoliyatini o’rgatishda ma’lum qiyinchiliklar mavjud. Albatta,
ushbu qiyinchiliklar shu nutq faoliyati turi xususiyatlaridan kelib chiqadi.
Talabalarni ingliz tilida tinglab tushunishga o’rgatishda mavjud qiyinchiliklar
bilan oldindan tanish bo’lish o’qitish metodikasini ishlab chiqish
muvaffaqiyatini ta’minlaydi hamda o’qitish samadorligini oshiradi.
3. Tinglab tushunish nutqiy faoliyatning gapirish bilan yonma-yon turadigan
birlamchi va yetakchi komponenti hisoblanadi. Tinglab tushunish
kompetensiyasini shakllantirishning lingvistik va ekstralingvistik
qiyinchiliklarini bartaraf qilishni, tinglab tushunish jarayoni bosqichlarini
amaliy qo’llashni taqazo etadi. Bunda eng katta muammolardan biri
o’qituvchilarning til strukturasini o’rgatishga berilib ketib uni nutqda qo’llashni
esa orqaga surishidir.
4. Xorijiy tillarni o’rganishning xalqaro CEFR darajalarining respublikamiz ta’lim
bosqiclaridagi amaliy tatbiqi o’quvchi-talabalarning tinglab tushunish
kompetensiyasini bosqichma-bosqich shakllantirib borishni taqazo etadi.
5. Ta’lim jarayoniga axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chet
tillarini o‘qitish va o‘rganishda katta ahamiyatga molik va katta imkoniyatlarni
taqdim etadi.
6. Chet tillarini AKT yordamida o’rgatishning an’anaviy ta’lim usullariga nisbatan
bir necha ustunlik jihatlari bor: Biroq bu o’rinda psixologik-pedogogik salbiy
omillarni hamda AKT vositalari ta’lim oluvchining fiziologik holati va
sog’ligiga nisbatan yomon oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkinlini yoddan
chiqarmaslik darkor.
7. Ingliz tilida nutq malakalarini o’qitish, xususan, tinglab tushunishni o’rgatish
bir-muncha qiyin jarayon hisoblanadi.
8. Ta’lim jarayonida o’quvchilar o’zlari o’rganayotgan tilni o’z sohiblaridan emas,
balki o’qituvchilar nutqi orqali o’rganadilar. Bu tilni sof amaliy holatida
o’zlashtirish imkoniyatini birmuncha cheklab qo’yadi va chet tili tovushlari
talaffuzi, nutq tempi va intonatsiyasini turli aksentlar bilan o’zlashtirilishiga olib
keladi. Tillarni o’rganishda AKT vositalarini qo’llash aynan shu bo’shliqni
to’ldirishga yordam beradi.
9. Ingliz tilida tinglab tushunishni o’rgatuvchi bir qancha internet dasturlari,
portallar, ijtimoiy tarmoqlar mavjud bo’lib, ulardan dars jarayonida o’qituvchilar
hamda darsdan tashqarida talaba-yoshlarning o’zlari mustaqil foydalanishlari
ham mumkin.
10. O’tkazilgan so’rovnoma natijalari talabalar AKT vositalaridan ingliz tilini
o’rganishga qaraganda umumiy maqsadlarda ko’proq foydalanishlarini
ko’rsatgan bo’lsa-da, talabalarning aksariyat qismi AKT vositalaridan ingliz
tilini o’rganishda foydalanishni ijobiy baholadilar. Hamda, ular kelajakda AKT
vositalari til ta’limida yanada kengroq qo’llanilishi, o’qituvchilar tomonidan
texnologiyalardan unumli foydalanish haqida ko’rsatmalar berilishi kerakligini
va asosiysi, CEFR darajasiga olib chiquvchi dasturlar ishlab chiqilishi zarurligini
ta’kidlab o’tdilar.
11.Tavsiya etilgan mashqlar tizimi tajriba-sinovdan o’tkazish va natijalarni qiyosiy-
analitik tahlil qilish AKT vositalari yordamida talabalarga tinglab tushunishni
o’rgatish samarali ekanligini asosladi.

Amaliy tavsiyalar
1. Tadqiqot ishida tavsiya qilingan topshiriqlar tizmidan ingliz tili darslarida va
o’quv qo’llanmalar tuzishda foydalanish mumkin.
2. So’rovnoma tahlillari hozirgi obyektiv holatni ko’rsatgani bois, kelgusida ingliz
tili mashg’ulotlarini rejalashtirishda talabalarning xohish-istaklarini ham
e’tiborga olish maqsadiga muvofiq.
3. Talabalar subyektiv shaxslarning emas, asliyatdagi sof inglizcha nutqni tinglash
va o’z talaffuzlarini shunga moslashtirishlari uchun ingliz tili darslarida AKT
vositalaridan imkon boricha kengroq foydalanish kerak.

You might also like