You are on page 1of 3

Urganch Davlat Universiteti Lingvistika (nemis) magistratura

mutaxassisligi 1-bosqich talabasi Atadjanova Mashhuraning

ilmiy- pedagogik ishlar bo‘yicha

HISOBOTI

2021-2022-o‘quv yili davomida Lingvistika (nemis tili) magistratura

mutaxassisligi o‘quv rejasida belgilangan fanlardan ma’ruza va amaliy

mashg‘ulotlarda qatnashib, fanlarni ijobiy o‘zlashtirdim. Jumladan, mutaxassislik

fanlaridan “Matn lingvistikasi”, “Ilmiy va kasbiy faoliyatga yo’naltirilgan chet tili”,

“Zamonaviy lingvistika”, "Lingvistik tahlil metodlari" “Frazeologiyaning zamonaviy

konsepsiyalari”, “Xorijiy sotsiolingvistika” fanlarining ma’ruza, seminar va amaliy

mashg‘ulotlarida muntazam qatnashdim va darslarni o‘zlashtirdim.Muntazam

ravishda kafedraning ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarida qatnashdim. Kafedrada

o‘tkazilib kelingan ilmiy seminarlarda ham faol qatnashib,o‘z ilmiy-pedagogik

tajribamni boyitib borishga harakat qildim.

Ilmiy amaliyot yuzasidan Magistrlik dessertatsiyasi bo‘yicha ilmiy rahbarim

f.f.d Yaxshiyev Ashur domla bilan birgalikda, "Hozirgi zamon nemis tili tizimida

predloglarning tavsiflanishi’’ mavzusini belgilab oldik.

Tanlangan mavzu yuzasidan axborot manbalari va hujjatlarni o‘rgana

boshladim. Kafedrada mavzu tasdiqlangandan so‘ng foydalaniladigan

adabiyotlar ro‘yhatini shakllantirdim. İlmiy ish yuzasidan tadqiqot kalendar

rejasini tuzib, tadqiqot bosqichlarining ketma-ketligi va bajarilish muddatini

hamda uning ayrim bosqichlarini aniqlashtirdim.


2021-2022- o‘quv yili davomida Roman German tillari kafedrasi professor

o‘qituvchilarining ish rejasida o‘tilishi rejalashtirilgan amaliy mashg‘ulot darslarini

kuzatib,ularning dars o‘tish mahoratini o‘rganib,pedagogik tajribamni boyitdim.

Roman German tillari kafedrasi o‘qituvchilaridan seminar va ma’ruza

mashg‘ulotlariga tayyorgarlik ko‘rish,dars ishlanmalar,ma’ruza matnlari,o‘quv

qo‘llanma,testlar,taqdimotlar tayyorlash bo‘yicha maslahatlar oldim va ularning

ish tajribalarini o‘rgandim. Seminar va ma’ruza, amaliy mashg‘ulotlarni tahlil

qilib, o‘zimga xulosalar chiqardim.

Darslarni kuzatishdan asosiy maqsadim, ta’lim jarayonini amalga

oshirishning yanada mukammal metod va shakllarini o‘zlashtirish orqali

mashg‘ulotlar mazmunini takomillashtirib borishdan iborat. Ilg‘or tajribalarni

o‘rganish va tatbiq qilish o‘quv-tarbiyaviy jarayonlar samaradorligini oshirishning

muhim omili ekanini anglagan holda darslarni kuzatib bordim. Roman German

tillari kafedrasi o‘qituvchilarining dars o‘tish mahoratini kuzatib, har bir talabaga

individual psixologik yondashish lozimligini, darslarni o‘tishda turli metodlardan

foydalangan holda noan‘anaviy mashg‘ulotlar tashkil qilish kerakligini o‘rgandim. Har

bir tahlil qilingan mashg‘ulotdan o‘z bilim va tajribalarimni boyitib borish uchun

foydalanishim hamda ularni ommalashtirishga harakat qilishim zarurligini

tushundim.

Roman German tillari kafedrasi o‘qituvchilari mustaqil ravishda mavzular

bo‘yicha tayyorlagan taqdimotlarimni, tayanch iboralar, savollar to‘plami vatest

savollarini ko‘rib, o‘zlarining fikr- mulohazalarini bildirishdi. Zamon talablariga

javob bera oladigan ilmiy-pedagogik faoliyatga tayyorlash maqsadida nazariy va


amaliy bilimlarni tizimli-uslubiy ravishda ilmiy-pedagogik faoliyatga joriy qilish

yuzasidan ko‘rsatmalar berishdi.

Ilmiy-pedagogik ish rahbari: f.f.d Yaxshiyev Ashur

Magistrant: Atadjanova.M.

You might also like