You are on page 1of 6

“Yangi O‘zbekiston” universitetida davlat granti asosida ta’lim olish bo‘yicha

SHARTNOMA
S/22-066 - son
ID: 20221500564
Toshkent sh. 2022-yil “___”-________
Keyingi o‘rinlarda “Buyurtmachi” deb nomlanuvchi Prezident ta’lim muassasalari
agentligi nomidan Nizom asosida ish yurituvchi direktor Xilola Umarova bir tomondan,
“Bajaruvchi” deb nomlanuvchi “Yangi O‘zbekiston” universiteti nomidan Ustav asosida ish
yurituvchi Innovatsiya va tadqiqot ishlari bo‘yicha prorektor v.b. Baxtiyor Yuldashev ikkinchi
tomondan va keyingi o‘rinlarda “Talaba” deb nomlanuvchi, Shartnomaning Ilovasida ko‘rsatilgan
jismoniy shaxs uchinchi tomondan, bundan buyon birgalikda “Taraflar” deb nomlanadi va
quyidagi keltirilgan masalalar yuzasidan ta’lim xizmatlari bo‘yicha kelishuv (“Shartnoma”) ni
amalga oshiradilar.
1. SHARTNOMA PREDMETI
1.1. Mazkur shartnoma bo‘yicha Bajaruvchi Talabaga 2022/2023 o‘quv yili davomida
belgilangan xalqaro ta’lim standartlari va o‘quv dasturlariga muvofiq ta’lim berish, Talaba esa
o‘qishni bitirgandan keyin Buyurtmachi yo‘llanmasiga asosan egallagan mutaxassisligi bo‘yicha
mulkchilik shakllaridan qat’i nazar respublikada faoliyat yurituvchi tashkilotlarda (keyingi
o‘rinlarda – Tashkilotlar) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ishlab berish majburiyatini o‘z
zimmasiga oladi. Bunda, Buyurtmachi talabaning ta’lim olishi uchun davlat granti mablagʻlarini
Bajaruvchi hisob raqamiga o‘tkazib beradi.

1.2. Shartnomaga muvofiq Bajaruvchi Talabalarning oliy ma’lumot olishi uchun akademik
xizmatlarni belgilangan tartibda ko‘rsatilishini ta’minlaydi.

1.3. Talabaning belgilangan bakalavriat ta’lim yo‘nalishini muvaffaqiyatli tamomlash


muddati 2026-yil iyun oyi hisoblanadi.
2. TARAFLARNING MAJBURIYATLARI VA HUQUQLARI
2.1. BUYURTMACHINING MAJBURIYATLARI

2.1.1. Mazkur shartnoma va amaldagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda iqtidorli


talabalarni ta’lim olishini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha davlat grantini ajratib berishni zimmasiga
olish.

2.1.2. Talabalarning Universitetda davlat ta’lim standartlari asosida ta’lim olishlari uchun
zarur shart-sharoitlar yaratilishini nazorat qilish.

2.1.3. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunida ko‘zda tutilgan


huquqlardan talabalarning erkin foydalanishiga sharoit yaratish.

2.1.4. O‘zining manzili va boshqa ma’lumotlari o‘zgargan taqdirda, Taraflarni bu haqda


zudlik bilan xabardor qilish.

2.2. BUYURTMACHINING HUQUQLARI

2.2.1. Bajaruvchi va talaba tomonidan mazkur shartnoma majburiyatlari bajarilishi ustidan


doimiy monitoring olib borish.

2.2.2. Talaba o‘qishni tugatganidan keyin mazkur shartnomada belgilangan tartibda


Tashkilotlarda ishlab berish majburiyatini bajarmagan taqdirda Bajaruvchidan Talabani o‘qitishga
sarflangan barcha moliyaviy xarajatlar qonunchilikka muvofiq to‘liq Talabadan undirilishini talab
qilish.
2.2.3. Bajaruvchi va talaba tomonidan shartnoma majburiyatlari to‘liq bajarilishi ustidan
doimiy monitoring olib borish.

2.3. BAJARUVCHINING MAJBURIYATLARI

2.3.1. Ta’lim muassasasining Ustavida qayd etilganidek Talabalar ta’lim olishi uchun zarur
shart-sharoitlarni ta’minlash.

2.3.2. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunida ko‘zda tutilgan


huquqlardan talabalarning erkin foydalanishini ta’minlash va Bajaruvchining ichki tartib-
qoidalariga muvofiq o‘z vazifalarini bajarish.

2.3.3. Har bir semestr oxiriga qadar akademik yutuqlar bo‘yicha ko‘rsatmalarga muvofiq
o‘quv natijalarini e’lon qilish.

2.3.4. Talabaga o‘quv jarayoni davomida ularning xohish-istaklari hamda qobiliyatlarini


hisobga olgan holda bo‘lg‘usi ish joyi, lavozimi, mehnat va boshqa sharoitlar to‘g‘risida ma’lumot
berish.

2.3.5. O‘qishni tugatgach, Talabaning istagini inobatga olgan holda uni o‘z mutaxassisligi
va malakasiga muvofiq ishga yuborish.

2.3.6. O‘zining manzili va boshqa ma’lumotlari o‘zgargan taqdirda, Taraflarni bu haqda


zudlik bilan xabardor qilish.

2.4. BAJARUVCHINING HUQUQLARI

2.4.1. Talabaning shartnoma majburiyatlarini bajarishi ustidan doimiy monitoring olib


borish.

2.4.2. Ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi IELTS yoki TOEFL iBT sertifikatini 2022-
yilning 15-dekabr sanasiga qadar taqdim etmagan Talabani o‘qishdan chetlashtirish hamda ushbu
Talaba bilan tuzilgan shartnomani bekor qilish.

2.4.3. Talaba o‘qishni tugatganidan keyin mazkur shartnomada belgilangan tartibda


Tashkilotlarda ishlab berish majburiyatini bajarmagan taqdirda, undan o‘qitishga sarflangan barcha
moliyaviy xarajatlarni qonunchilikka muvofiq to‘liq qoplab berilishini talab qilish.

2.5. TALABANING MAJBURIYATLARI

2.5.1. Tanlangan mutaxassisligi bo‘yicha yetuk bilim va ko‘nikma olish uchun o‘quv
jarayonida faol ishtirok etish, Bajaruvchining ko‘rsatma va topshiriqlarini o‘z vaqtida va sifatli
bajarish.

2.5.2. O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga, shuningdek, Bajaruvchi tomonidan


belgilangan ichki tartib-qoidalarga rioya etish.

2.5.3. O‘quv rejasida belgilangan barcha fanlarni talab darajasida o‘zlashtirish.

2.5.4. Bajaruvchi mulkiga nisbatan ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish va unga


yetkazilgan zararni O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq qoplash.

2.5.5. Universitetni tamomlagandan so‘ng Buyurtmachi yo‘llanmasiga asosan egallagan


mutaxassisligi bo‘yicha mulkchilik shakllaridan qat’i nazar respublikada faoliyat yurituvchi
tashkilotlarda qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlarda to‘liq ishlab berish.

2.5.6. Davlat grantini taqdim etish bilan bog‘liq majburiyatlarni bajarmagan taqdirda,
qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda davlat granti mablag‘larini qaytarish.
2.5.7. O‘zining manzili va boshqa ma’lumotlari o‘zgargan taqdirda, Taraflarni bu haqda
zudlik bilan xabardor qilish.

2.5.8. Ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi IELTS yoki TOEFL iBT sertifikatini 2022-
yilning 15-dekabr sanasiga qadar Buyurtmachiga taqdim etish.

2.6. TALABANING HUQUQLARI

2.6.1. Universitetda o‘quv jarayoni bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha Bajaruvchi


ma’muriyatiga murojaat qilish.

2.6.2. O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda, akademik


ta’til olish huquqidan foydalanish.

2.6.3. Taqsimot bo‘yicha yuborilgan joydagi mehnat faoliyati davrida malaka oshirish va
ilmiy-tadqiqot faoliyati uchun Universitet imkoniyatidan foydalanish.
3. TOʻLOV TARTIBI VA SHARTLARI
3.1. O‘qish uchun to‘lov O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasi – so‘mda amalga
oshiriladi.

3.2. Bir akademik yil uchun to‘lov narxi:

Dasturiy ta’minot muhandisligi yoʻnalishi uchun 38 000 000 so‘mni tashkil etadi.

3.3. Buyurtmachi davlat granti mablagʻlarini Bajaruvchining murojaatnomasiga asosan


o‘rnatilgan tartibda har bir semestr uchun uning hisob raqamiga o‘tkazib berishni o‘z zimmasiga
oladi.

3.4. Davlat granti toʻlovning bir qismi miqdorida taqdim etilgan taqdirda Talaba toʻlovni
qolgan qismini toʻlashni oʻz zimmasiga oladi.

Bunda, Talaba tomonidan bir akademik yil uchun amalga oshirilishi kerak bo‘lgan to‘lov miqdori:

11 400 000 so‘mni tashkil etadi.

3.5. Davlat grantidan qolgan qismi boʻyicha toʻlov quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

toʻlanishi lozim boʻlgan to‘lov-kontrakt miqdorining kamida 50 foizi 2022-yil


20-oktabrgacha;

qolgan qismi (qismlarga bo‘lib to‘langan hollarda ham) 2023-yil 1-martgacha.

To‘lov-kontrakt sifatida toʻlangan toʻlovlar har qanday holatda ham qaytarib berilmaydi.

3.6. Talabaning o‘quv yili (semestr) yakuniga ko‘ra belgilangan akademik ko‘rsatkichlari
qoniqarsiz bo‘lganligi natijasida tegishli fan yoki kursni qayta o‘qish bilan bog‘liq xarajatlar
Talabaning o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi hamda o‘qish uchun to‘lovdan alohida
toʻlanadi.

3.7. O‘qish uchun to‘lov miqdori Buyurtmachi bilan kelishilgan holda o‘zgarishi mumkin.

3.8. Talaba uchun toʻlab beriladigan davlat granti miqdori shartnomaning ilovasida
koʻrsatilgan miqdorda taqdim etiladi (qonunchilikda belgilangan tartibda 50, 70, 100 foiz
miqdorlardan birida taqdim etilishi mumkin).
4. SHARTNOMANING TUZILISHI VA UNING KUCHGA KIRISHI
4.1. Mazkur shartnoma Taraflar imzolagan paytdan boshlab kuchga kiradi va barcha
majburiyatlar bajarilgunga qadar amal qiladi.

4.2. Ushbu shartnoma o‘zbek tilida tuzilgan bo‘lib, teng yuridik kuchga ega bo‘lgan 3
(uch) asl nusxada tayyorlanib, har bir Tomon uchun bitta nusxadan beriladi.

4.3. Mazkur Shartnomaga har qanday o‘zgartirish va qo‘shimchalar tomonlar o‘rtasida


imzolangan bo‘lsa, haqiqiy va mazkur Shartnomaning ajralmas qismi hisoblanadi.
5. SHARTNOMANING BEKOR QILINISHI
5.1. Shartnoma quyidagi hollarda bekor qilinishi mumkin:

tomonlarning o‘zaro roziligi bilan;

Bajaruvchi maʼmuriyatining tashabbusi bilan uning Ustavi hamda ichki tartib-qoidalariga


ko‘ra, talaba o‘qishdan chetlashtirilganda;

tomonlardan biri shartnoma shartlarini bajarmaganida;

uzrli sabablar bilan talabaning tashabbusiga ko‘ra;

Bajaruvchi yoki Buyurtmachi tugatilganida (ushbu holda tomonlar o‘rtasida yangi


shartnoma rasmiylashtiriladi);

amaldagi qonunchilikda ko‘rsatilgan boshqa hollarda.

5.2. Shartnomaga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish tomonlarning kelishuviga ko‘ra


amalga oshiriladi.

5.3. Tomonlar o‘rtasida paydo bo‘ladigan nizolar qonunda belgilangan tartibda hal etiladi.
Shartnoma tomonlar uni imzolagan kundan boshlab kuchga kiradi.
6. NIZOLARNI HAL QILISH TARTIBI
6.1. Taraflar ushbu Shartnomadan kelib chiqadigan yoki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan
barcha nizolarni yoki kelishmovchiliklarni tinch yo‘l bilan hal qilish uchun barcha imkoniyatlarini
ishga soladilar.

6.2. Ushbu Shartnomadan kelib chiqadigan yoki u bilan bog‘liq har qanday nizo va
kelishmovchiliklar, shartnomaning buzilishi, bekor qilinishi yoki haqiqiy emasligi tinch yo‘l bilan
hal etilmasa, O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq sud tartibida hal qilinishi
mumkin.
7. FORS MAJOR HOLATLAR
7.1. Fors major holatlar yuzaga kelganligi oqibatida, Taraflar o‘z majburiyatlarini to‘liq
yoki qisman bajarmaganligi uchun javobgarlikdan ozod qilinadi.
8. YAKUNIY QOIDALAR
8.1. Ushbu shartnomada nazarda tutilgan holatlar amaldagi qonunchilik hamda
Bajaruvchining ichki tartib-qoidalariga muvofiq tartibga solinadi.
9. TARAFLARNING HUQUQIY MANZILLARI VA BANK REKVIZITLARI

Prezident ta’lim muasassalari agentligi “Yangi O‘zbekiston” universiteti

Manzil: Toshkent shahar, 1000125, Manzil: Toshkent shahar, M.Ulug‘bek t.,


Do‘rmon yo‘li ko‘chasi 34-uy. Mustaqillik shox ko‘chasi 54-uy.
Тelefon: +998 71 207-20-17 Тelefon: +99871 202-41-11
HR: 100010860262697094100347001 HR: 2021 2000 6054 3279 8001
Bank nomi: O‘zbekiston Respublikasi Bank nomi: O‘zbekiston Respublikasi
Tashqi Iqtisodiy Faoliyat Milliy Banki, Tashqi Iqtisodiy Faoliyat Milliy Banki,
Toshkent shahar bosh boshqarmasi Toshkent shahar bosh boshqarmasi bosh amaliyot filiali
bosh amaliyot filiali Bank manzili: Toshkent sh., Akademik Ya.Gʻulomov
Bank manzili: Toshkent sh., Akademik ko‘chasi, 95-uy
Ya.Gʻulomov ko‘chasi, 95-uy SWIFT kodi: NBFA UZ 2X
Bank kodi: 00014 Bank kodi: 00407
STIR: 306 705 224 STIR: 308 709 154

Direktor ____________ X. Umarova


(imzo)

Talaba
F.I.Sh._____________________________
__________________________________
Manzil:
__________________________________
__________________________________
__________________________________
__________________________________
__________________________________

Тelefon: ___________________________

___________
(imzo)
“Yangi O‘zbekiston” universitetida davlat
granti asosida ta’lim olish bo‘yicha
S/22-066-sonli Shartnomaga Ilova

TALABANING SHAXSIY MA’LUMOTI

F.I.Sh.

Tug‘ilgan sanasi Fuqaroligi:


Pasport seriyasi va Kim tomonidan
raqami berilgan va qachon:
Turar joyi
Telefon raqamlari
(kamida ikkita)
E-mail
Davlat granti
70 foiz
miqdori

Ushbu Shartnomani imzolashdan oldin tanishib chiqqanimni tasdiqlayman.


Shartnomaning ikkinchi nusxasini o‘z qo‘limga olganimni tasdiqlayman.

F.I.Sh. ___________________________________________________________

Imzo __________________________

You might also like