You are on page 1of 26

4-MAVZU.

O`ZBEKISTON TANLAGAN MUSTAQIL RIVOJLANISH YO`LI VA


UNING AHAMIYATI.

Reja:
1. O`zbekiston Respublikasi davlat ramzlarining qabul qilinishi.
2. O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi – mustaqil davlatning asosiy
qonuni.
3. Mustaqil taraqqiyotning dastlabki davridagi muammolar, taraqqiyotning
“O`zbek modeli” va uning o`ziga xos xususiyatlari.
Tayanch iboralar.

Davlat bayrog‟i. Davlat gerbi. Davlat madhiyasi. Konstitutsiya. Referendum.


Taraqqiyotning “O‟zbek modeli”. Reforma. Bozor iqtisodiyoti. Ijtimoiy himoya.

Adabiyotlar.
1. O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. -T.: ―O`zbekiston. 2019.
2. Karimov I.A. O`zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. 1-jild, -T:
―O`zbekiston. 1996.
3. Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q. -T.: ―Sharq. 1998.
4. Karimov I.A. Bizning yo`limiz – demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va
modernizatsiya jarayonlarini izchil davom ettirish yo`lidir. 20-jild. -T.: ―O`zbekiston.
2012.
5. Жўраев Н. Агар огоҳ сен... -Т.: ―Ёзувчи. 1997.
6. Мустақил Ўзбекистон тарихининг дастлабки саҳифалари (даврий тўплам)
№3. ЎзФА Тарих институти. -Т.: ―Шарқ. 2000.
7. Мустақиллик илмий-оммабоп луғат. -Т.: ―Шарқ. 1998. 320 б.
8. Ergashev Q., Hamidov H. O‘zbekiston tarixi: o‘quv qo‘llanma / -T.: ―G‘afur G‘ulom.
2018. -632 b.
9. Эргашев Қ., Ҳамидов Ҳ. Ўзбекистон тарихи. Ўқув қўлланма. -Т.: ―Фан
ва технология. 2019. 796 б.
10. Ўзбекистон тарихи (Олий ўқув юртининг номутахассислик
факультетлари талабалари учун дарслик). -Т.: ―Янги аср авлоди. 2003.
11. Ўзбекистоннинг янги тарихи. Учинчи китоб. Мустақил Ўзбекистон Республикаси.
-Т.: ―Шарқ. 2000.
12. Ўзбекистоннинг энг янги тарихи хрестоматияси / Масъул муҳаррир Н.Талипова. -
Т.: ―Fan va texnologiya. 2014. 328 б.

1. O`zbekiston Respublikasi davlat ramzlarining qabul qilinishi.

Davlat ramzlari haqida so`z ketganda, avvalo, uning tushunchasini aniqlashtirish lozim.
Umuman, ―davlat ramzlari tushunchasi huquqiy adabiyotlarda turlicha ta‘riflanadi. Masalan,
yuridik lug`atlarda quyidagicha ta‘rif berilgan: ―Davlat ramzlari – Konstitutsiya yoki alohida
qonun bilan mustahkamlangan maxsus, odatda, tarixiy shakllangan, o`ziga xosligini ifodalovchi,
ba‘zan, shuningdek, ma‘lum bir g`oyaviy ma‘noni ifodalaydigan belgilaridir. Odatda, davlat
ramzlariga davlat bayrog`i, davlat gerbi, davlat madhiyasi, davlat ranglari, davlat boshlig`i
shtandarti, davlat muhri, davlat shiori kiradi. Ba‘zida ayrim Konstitutsiyalar davlat ramzlariga
bayram kunlarini ham qo`shadilar (Қаранг: Символи государственние // Большой
юридический словар / Под ред. А.Й.Сухарева, В.Д.Зоркина, В.Е.Крутских. –Москва,
1999. –623-624-б.). Shuningdek, mamlakatimizda 1998 yilda chop etilgan ilmiy-ommabop
lug`atda ―Davlat ramzlari – davlat mustaqilligini shartli ravishda belgilovchi tashqi belgi,
nishona yoki timsollardir, bular muayyan davlatning bayrog`i, gerbi, milliy valyutasi va
madhiyasi. Ular mazkur davlatning tuzumini, xalqning tabiat-mentalitetini, iqtisodiy asoslarini
va boshqa muhim belgilarini anglatadi, - deb ta‘riflanadi (Qarang: Davlat ramzlari //
Mustaqillik ilmiy-ommabop lug„at. –T.: 1998. – 45 b.).
Har qanday mustaqil davlat singari O`zbekiston Respublikasi ham o`z oliy davlat
hokimiyati tomonidan belgilangan va Asosiy Qonun – Konstitutsiyaning 5-moddasida
mustahkamlangan davlat ramzlari – Bayrog`i, Gerbi va Madhiyasiga ega. Davlat ramzlarining
mavjudligi O`zbekistonning amalda mustaqilligini yaqqol tasdiqlaydi.
O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`i, gerbi va madhiyasining ishlab chiqilishi va
qabul qilinishi jarayoni ikki yarim yil davom etdi. Davlat bayrog`i, gerbi va madhiyasini qabul
qilish yuzasidan Konstitutsiyaviy komissiya tuzilib, uning tomonidan tayyorlangan loyihalar
umumxalq muhokamasidan o`tkazildi. Bunda, ayniqsa, Prezident I.A.Karimovning umumxalq
muhokamasi davomida tushgan takliflarni umumlashtirib, davlat bayrog`idagi uchta asosiy
ranglarni – moviy, oq va yashil yo`llarni o`z qo`li bilan chizib komissiyaga taqdim etganligini va
bu O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`ining qabul qilinishida asos bo`lganligini ta‘kidlash
joiz. O`zbekistonning davlat ramzlari muqaddas bo`lib, ularni hurmat qilish, qonunda
belgilangan tartibda e‘zozlash hamda ulardan faxrlanish mamlakatimiz har bir fuqarosining
insoniy va fuqarolik burchidir. Zero, davlat ramzlarini har qanday yo`l bilan kamsitish,
tahqirlash, qadr-qimmatini pastga urish uchun qonunda tegishlicha javobgarliklar nazarda
tutilgan.
Davlat ramzlarining davlat hayotida tutgan o`rni va ahamiyatini to`laroq tushunib olish
uchun, avvalo, ularning mohiyatini, nima uchun zarurligini bilib olish kerak. Davlat ramzlari
orasida Davlat bayrog`i salmoqli o`rin tutadi. Chunki u ko`zga yaqqol tashlanib, boshqa
ramzlardan hajmi, tasviri, keng foydalanilishi va boshqa jihatlari bilan alohida ajralib turadi.
Davlat bayrog`i – tasviri qonun tomonidan (ko`pincha Konstitutsiya bilan) o`rnatiladigan, biror
davlatni boshqa davlatlardan farqlovchi rasmiy belgisi, nishoni. U davlat mustaqilligi,
suvereniteti ramzi hisoblanadi. Davlat bayroqlari, ularning rangi, tuzilishi va emblemalari
o`zboshimchalik bilan, ixtiyoriy sur‘atda belgilanmaydi. Ular qonun bilan belgilanadi va ma‘lum
ramziy ahamiyatga ega bo`ladi.
Davlat bayrog`i, odatda, har qanday suveren mamlakatning davlat muassasalari,
elchixonalari, konsulliklari, missiyalari, bojxonalari va shu kabi idoralarning binosida
ko`tariladi. Elchixonalar, missiyalar, konsulliklar milliy bayramlari kuni o`z davlatining
bayrog`ini osib qo`yadilar. Davlat bayroqlari, shuningdek, xalqaro konferensiyalar ochilishida,
rasmiy marosim- uchrashuvlar vaqtida, xalqaro sport sovrinlari berilayotgan vaqtda va hokazo
holatlarda ham ko`tariladi.
Davlatimiz bayrog`i muqaddas va daxlsizdir, u davlatimiz mustaqilligining ramziy
belgisidir. Mustaqil O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog„i 1991 yil 18 noyabrda
Oliy Kengash tomonidan qabul qilingan qonun bilan tasdiqlangan. Ushbu qonunga 1992, 1999,
2004 va 2010 yillarda qator qo`shimcha va o`zgartishlar kiritildi.
O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`i ramzi mamlakatimiz hududida ilgari
mavjud bo‗lgan g`oyat qudratli saltanatlar bayroqlariga xos bo‗lgan eng yaxshi an‘analarni
davom ettirgan holda respublika tabiatiga xos xususiyatlarni, xalqimizning milliy va madaniy
o‗zligini ham aks ettiradi.
Bayroqdagi moviy rang – mangu osmon va musaffo suv ramzidir. Yaxshilikni,
donishmandlikni, shon-shuhratga sadoqatni bildiruvchi moviy rang Sharqda azaldan qadrlanadi,
o‗z vaqtida buyuk Amir Temur ham o‗z bayrog`iga bu rangni tanlagan.
Oq rang – tinchlik va poklik timsolidir. Yosh mustaqil davlat o‗z yo‗lida baland
dovonlardan oshib o‗tishi kerak. Bayrog`imizdagi oq rang yo‗limizning musaffo va charog`on
bo‗lishi uchun yaxshi niyat ramzidir.
Qizil yo`llar – bu har bir tirik jonning qon tomirida urib turgan hayotiy kuch, tiriklik
ramzidir.
Yashil rang – serne‘mat va orombaxsh tabiat timsoli. Hozirgi vaqtda butun dunyoda atrof-
muhitni muhofaza qilish harakatlari keng yoyilmoqda, uning ramzi ham yashil rangdir.
Yarim oy – O‘zbekiston xalqining ko‗p asrlik an‘analariga muvofiq keladi. Yarim oy va
yulduzlar – musaffo osmonning va tinchlikning ramzlaridir.
Bayrog`imizda 12 yulduz tasviri bor, bu o‗lkamizda qadimdan buyon barkamollik,
mukammallik timsoli hisoblanadi.
Darhaqiqat, ―O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`i to`g`risidagi Qonunning 2-
moddasida ko`rsatilganidek, ―O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`i O`zbekiston
Respublikasi davlat suverenitetining ramzidir.
Mazkur qonunning 3-moddasiga binoan, bayrog`imiz xalqaro munosabatlarda O`zbekiston
Respublikasining timsoli bo`ladi. Binobarin, bayrog`imiz xalqaro maydonda O`zbekiston
Respublikasi delegatsiyalarining xorijiy mamlakatlarga safari chog`ida, xalqaro tashkilotlarda,
konferensiyalarda, jahon ko`rgazmalarida, sport musobaqalarida ko`tarilib, yurtimizni
ulug`laydi. ―O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`i to`g`risidagi qonunida bayroq
ko`tariladigan joylar va uning ko`tarilish vaqtlari aniq va ravshan belgilab qo`yilgan.
O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`i qonunda belgilangan tegishli joylarda doimiy
ravishda ko`tarilgan holda turadi.O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`i unga nisbatan
lozim darajadagi hurmat ta‘minlangan holda umummilliy bayramlar va tantanali tadbirlar
vaqtida ko`tarilishi mumkin.
Qonun bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`ining tasviri tushirilgan belgilar:
O`zbekiston Respublikasi Fuqaro havo kemalari davlat reyestri yoki O`zbekiston Respublikasi
Davlat havo kemalari reyestriga kiritilgan havo kemalariga, shuningdek, O`zbekiston
Respublikasi Aviatsiya ma‘muriyati hisobida turuvchi eksperimental havo kemalariga; qonun
hujjatlarida belgilangan hollarda avtomototransport vositalari va ular tirkamalarining davlat
ro`yxatidan o`tkazish raqam belgilariga; O`zbekiston Respublikasining asosiy chegara belgisiga
qo`yiladi.
O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`ining tasviri tushirilgan belgilardan O`zbekiston
Respublikasiga tegishlilikni belgilash maqsadida predmetlarda, o`quv-tarbiya jarayonida,
shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Davlat mukofotlarining elementi sifatida foydalanilishi
mumkin.
Shuni yodda tutish kerakki, O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`ining elementlarini
nodavlat tashkilotlari hujjatlarining rekvizitlari yoki reklama materiallariga kiritilishiga yo`l
qo`yilmaydi. Shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`ining tasviri tushirilgan
belgilardan ishlab chiqarilayotgan yoki realizatsiya qilinayotgan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni)
o`tkazish uchun tijorat maqsadlarida foydalanish mumkin emas. Ayni vaqtda, nodavlat notijorat
tashkilotlarining ramzlari mamlakatimiz Davlat bayrog`iga o`xshash bo`lishi mumkin emas.
Qonunda bayrog`imizning qanday shakl va ko`rinishda bo`lishi ham aniq ko`rsatilgan.
Chunonchi, qonunning 4-moddasiga binoan, O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`i -
bayroqning butun uzunligi bo`ylab o`tgan to`q moviy rang, oq rang va to`q yashil rangli uchta
endan tarkib topgan to`g`ri to`rtburchak shaklidagi matodir. Bayroqning uzunligi 250 sm.ga,
kengligi 125 sm.ga teng. Moviy rang, oq rang va yashil rangli enlarining kengligi bir xil. Har bir
en 40 sm.ga teng. Bayroqning o`rtasidagi oq rangli enning chetlaridan kengligi 2,5 sm.ga teng
qizil hoshiyalar o`tgan.
Bayroqning yuqori qismidagi moviy rangli enning yuz tomoni va orqa tomonida dastaga
yaqin joyida oq rangli yangi oy va uning yonida o`n ikkita oq rangdagi besh qirrali yulduz
tasvirlangan. Yangi oy va yulduzlarning tasviri moviy rangli yuqori enning o`rtasidan 70x30
sm.ga teng to`g`ri to`rtburchakka sig`adigan qilib joylashtirilgan. Yangi oy vertikal holatda
do`ng tomoni dastaga qaratilgan, dastadan 20 sm masofada joylashtirilgan bo`lib, diametri 30
sm.li doiraga sig`adi.
Yulduzlar diametri 6 smli doiraga sig`adi. Doiralar orasidagi masofa 6 sm. Yulduzlar
uzunasiga va tikkasiga quyidagi tartibda joylashadi: yuqori qatorda uchta, o`rta qatorda to`rtta va
quyi qatorda beshta yulduz. Quyi qatordagi yulduzlar yangi oyning pastki uchidan 3,5 sm
masofada joylashadi.
Qonunda Davlat bayrog`ining qachon, qanday voqealar munosabati bilan, qay vaqtda, soat
nechadan nechagacha, qanday tartibda ko`tarilishi aniq ko`rsatib qo`yilgan. Bunga ko`ra,
O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`i bayram kunlarida Qoraqalpog`iston Respublikasi
Vazirlar Kengashining, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimlarining qarorlari bilan
belgilangan markaziy ko`chalarda, maydonlarda, boshqa jamoat joylarida va obyektlarda soat 6
da ko`tariladi va soat 22 da tushirib qo`yiladi. Bayroq O`zbekiston Respublikasi Prezidenti
saylovi, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, Senati a‘zolari,
xalq deputatlari Kengashlarining deputatlari saylovi yoki referendum kunlarida – ovoz berish
o`tkazilayotgan binolar va xonalarda ovoz berish yoki referendum o`tkazish davrida ko`tarib
qo`yiladi. U xorijiy davlatlar davlat va hukumat boshliqlarining, boshqa rasmiy
30
delegatsiyalarning xalqaro huquq normalariga, diplomatik protokol qoidalariga, shuningdek,
O`zbekiston Respublikasida bo`lishining tasdiqlangan dasturiga muvofiq, transport vositalarida,
vokzallarda, aeroportlarda, yurish yo`nalishi bo`yicha va boshqa tashrif obyektlarida xorijiy
davlatlar davlat va hukumat boshliqlarining, boshqa rasmiy delegatsiyalarning tashrif
buyurishidan 24 soat oldin ko`tariladi va ular jo`nab ketganidan keyin 24 soat mobaynida
tushirib qo`yiladi.
O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`i bilan bir vaqtda boshqa davlatning bayrog`i
ko`tarilsa, qonunga muvofiq, O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`i (binoning old
tomoniga qarab turganda) o`ng tomondan, boshqa davlatning bayrog`i chap tomondan
ko`tarilmog`i kerak. O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`i bilan bir vaqtda
Qoraqalpog`iston Respublikasining Davlat bayrog`i ko`tarilganda, O`zbekiston Respublikasining
Davlat bayrog`i (binoning old tomoniga qarab turganda) chap tomondan ko`tarilishi kerak.
O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`i bilan bir vaqtda bir qancha davlatlarning
bayroqlari ko`tarilganida, O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`i alohida, qolganlari esa
o`zbek alfaviti bo`yicha ko`tariladi. O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`i boshqa dav-
latlarning bayroqlari bilan bir xil balandlikda joylashtirilishi kerak.
O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`i bilan bir vaqtda Qoraqalpog`iston
Respublikasining Davlat bayrog`i ko`tarilganda, Qoraqalpog`iston Respublikasi Davlat bayrog`i-
ning o`lchami O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`ining o`lchamidan katta bo`lmasligi
kerak, O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`ining ko`tarilish balandligi esa Qoraqalpog`iston
Respublikasi Davlat bayrog`ining ko`tarilish balandligidan past bo`lmasligi kerak.
O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`i bilan bir vaqtda xorijiy davlatlar va (yoki)
xalqaro tashkilotlar bayroqlari ko`tarilganda O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`i
xalqaro huquq normalariga va diplomatik protokol qoidalariga muvofiq ko`tariladi. O`zbekiston
Respublikasining Davlat bayrog`i xorijiy davlatlar va (yoki) xalqaro tashkilotlar bayroqlari bilan
bir xil balandlikda joylashtirilishi hamda bir xil o`lchamga ega bo`lishi kerak.
O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`i binolarning asosiy kirish joyida yoki
buning uchun maqbul bo`lgan boshqa joyda yoxud tegishli tutqichi bo`lgan dastada, yo bo`lmasa
flagshtogda bayroqning dastasi binoning old tomoni bilan ko`pi bilan 45 gradusli burchak hosil
qiladigan tarzda ko`tariladi. O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`ini tayyorlash, saqlash
va yo`q qilish tartibi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ko`tarib qo`yilgan O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`ining matosi yer sathidan
kamida 2,5 metr balandlikda bo`lishi kerak. Motam munosabati bilan, O`zbekiston Respublikasi
Prezidentining Farmoniga muvofiq, O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`i motamga
moslab ko`tariladi. Bunday hollarda O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`i dastasi yoki
flagshtokning yuqori uchiga bayroq enining 1/20 qismiga teng bo`lgan kenglikdagi qora tasma
bog`lanadi, tasmaning ikki uchi bayroqning butun eni uzunligida osilib turadi. Bayroq motam
munosabati bilan flagshtokda ko`tarilgan taqdirda u flagshtok uzunligining 1/3 bo`lagicha
tushirib qo`yiladi.
O`zbekiston Respublikasining fuqarolari, shuningdek, O`zbekistonda turgan boshqa
shaxslar O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`ini hurmat qilishlari shart. O`zbekiston
Respublikasining Davlat bayrog`i to`g`risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar
belgilangan tartibda javobgar bo`ladi. O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`ini behurmat
qilganlik O`zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda jazolanadi.
Mamlakatimizda Konstitutsiya va qonun bilan o`rnatilgan hamda tasdiqlangan davlat
ramzlaridan biri – uning gerbidir. Davlat gerbi davlat mustaqilligining ramziy belgilaridan biri
hisoblanadi. «Gerb» so`zi nemischa «erbo» so`zidan olingan bo`lib, shohlar va hukmdorlarga
davlat, sarhad, hudud va boshqa nasldan-naslga meros qoluvchi mulk belgisini anglatadi.
Bundan 2500 yil muqaddam Erondan Oltoyga qadar cho`zilgan sarhadlarda hukm surgan
qadimgi turk hoqoni O`g`izxon davrida ham turkcha «tamg`a» so`zi aynan shu ma‘noni bildirar
edi. XII asrning mashhur tarixchisi Rashiddin Hamadoniy «Tanlangan tarixlar» nomli kitobida
shahodat berishicha, O`g`izxon o`z mol-mulkini o`g`illariga ulus sifatida kichik davlatlarga
31
bo`lib berib, in‘om etgan. Ushbu davlatlar xukmdorlari ham o`zlarining xonlik tamg`alariga ega
edi. Ko`rinib turibdiki, «tamg`a» so`zining ma‘nosi haqiqatan ham nemischa «erbo» so`zining
ma‘nosiga to`la mos keladi.
Gerb – qaysi davlatga tegishli bo`lsa, o`sha davlatning tarixiy an‘analarini ifodalovchi
ramziy ahamiyatga ega bo`lgan tasvirlar va narsalar yig`indisi. ―O`zbekiston Respublikasining
Davlat gerbi to`g„risida”gi qonun 1992 yil 2 iyulda O`zbekiston Respublikasining Oliy
Kengashi tomonidan qabul qilingan. Unga 1999 yil 15 aprelda, 2003 yil 25 aprelda, 2004 yil 3
dekabrda va 2010 yil 24 dekabrda qabul qilingan qonunlarga muvofiq qo`shimchalar kiritilgan.
O`zbekiston Respublikasining Davlat gerbi davlatimizning siyosiy, milliy, xo`jalik,
jug`rofiy, etnik va boshqa o`ziga xos xususiyatlarini hamda boy tarixiy an‘analarini
mujassamlashtirgan. Shuningdek, gerbimizda O`zbekistonning ijtimoiy va davlat tuzilishi
tamoyillari o`ziga xos tarzda ifoda etilgan. «O`zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to`g`risida»gi
qonunga binoan, O`zbekiston Respublikasining Davlat gerbi respublika davlat mustaqilligining
ramzidir.
O`zbekiston Respublikasining Davlat gerbi quyidagi ko`rinishga ega: tog`lar, daryolar va
so`l tomoni bug`doy boshoqlaridan, o`ng tomoni esa chanoqlari ochilgan g`o`za shoxlaridan
iborat chambarga o`ralgan gullagan vodiy uzra quyosh zarrin nurlarini sochib turadi. Gerbning
yuqori qismida respublika hurligining ramzi sifatida sakkizburchak tasvirlangan bo`lib, uning
ichki qismida yarim oy va yulduz tasvirlangan. Gerbning markazida baxt va erksevarlik ramzi –
qanotlarini yozgan Humo qushi tasvirlangan. Gerbning pastki qismida respublika Davlat
bayrog`ini ifoda etuvchi chambar lentasining bandida «O`zbekiston» deb yozib qo`yilgan.
O`zbekiston Respublikasi Davlat gerbining rangli ko`rinishida: Humo qushi va daryolar –
kumush rangda; quyosh, boshoqlar, paxta chanoqlari va «O`zbekiston» yozuvi – oltin rangda,
g`o`za shoxlari va barglari, tog`lar va vodiy – yashil rangda; chanoqlardagi paxta – oq rangda;
lenta – O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`ining ranglarini aks ettiruvchi uch xil rangda;
sakkizburchak – oltin zarhal bilan hoshiyalangan holda havo rangda; yarim oy va yulduzlar – oq
rangda tasvirlangan. Qonunda O`zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushiriladigan
obyektlar batafsil sanab ko`rsatilgan.
O`zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviridan O`zbekiston Respublikasiga
tegishlilikni belgilash maqsadida predmetlarda, o`quv-tarbiya jarayonida, shuningdek,
O`zbekiston Respublikasi davlat mukofotlarining elementi sifatida foydalanish mumkin. Shuni
yodda tutish lozimki, O`zbekiston Respublikasi Davlat gerbining elementlarini nodavlat
tashkilotlari hujjatlarining rekvizitlari yoki reklama materiallariga kiritilishiga yo`l qo`yilmaydi.
O`zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan belgilardan ishlab
chiqarilayotgan yoki realizatsiya qilinayotgan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) o`tkazish uchun
tijorat maqsadlarida foydalanish mumkin emas. Nodavlat notijorat tashkilotlarining ramzlari
O`zbekiston Respublikasining Davlat gerbiga o`xshash bo`lishi mumkin emas. O`zbekiston
Respublikasining fuqarolari, shuningdek, O`zbekistonda turgan boshqa shaxslar O`zbekiston
Respublikasining Davlat gerbini hurmat qilishlari shart. O`zbekiston Respublikasining Davlat
gerbi to`g`risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar
bo`ladi. Shu tariqa, O`zbekistonning davlat gerbi ham davlat mustaqilligining ramzi bo`lib,
respublikaning rasmiy belgisi sifatida faqat qonunda ko`rsatilgan obyektlarga tushiriladi.
O`zbekistonning Konstitutsiyaviy tarzda mustahkamlangan Davlat bayrog`i, Davlat gerbi
bilan bir qatorda Davlat madhiyasi ham mavjud.
Zero, dunyodagi har qanday mustaqil davlat o`z madhiyasiga ega. Umuman, madhiya
haqida so`z ketar ekan, uning qachon, qayerdan kelib chiqqanligini va nima sababdan
bo`lganligini bilib olish muhim. Madhiya – grekcha ―madhiya so`zidan olingan bo`lib, u
dasturiy xarakterdagi she‘rni tantanali qo`shiq qilib tarannum etilishi ma‘nosida qo`llaniladi.
Madhiyalarning bir necha turlari mavjud. Masalan, davlat, inqilob, harbiy, diniy va hokazo
madhiyalar bor. Bularning ichida eng asosiysi davlat madhiyasi hisoblanadi.

32
Davlat madhiyalari hozirgi zamon barcha mustaqil davlatlarida mavjud bo`lib, u davlat
bayrog`i va davlat gerbi bilan bir qatorda davlatning rasmiy tantanavor ramzi bo`lib hisoblanadi.
Xuddi, shuningdek, O`zbekiston ham mustaqil davlat sifatida o`z davlat madhiyasiga ega.
O`zbekistonning davlat madhiyasi uzoq ijodiy izlanishlar natijasida atoqli shoir Abdulla
Oripov tomonidan yozilgan, unga san‘at arbobi Mutal Burxonov tomonidan kuy bastalangan.
Dadil aytish mumkinki, madhiyamizda o`zbek xalqining shodiyona fikr-o`ylari va his-tuyg`ulari
bekamu ko`st o`z ifodasini topdi. 1992 yil 10 dekabrda qabul qilingan «O`zbekiston Respublika-
sining Davlat madhiyasi to`g`risida»gi qonunga binoan, O`zbekiston Respublikasining Davlat
madhiyasi O`zbekiston Respublikasi davlat suverenitetining ramzidir. O`zbekiston
Respublikasining Davlat madhiyasiga zo`r ehtirom bilan qarash O`zbekiston Respublikasi har
bir fuqarosining vatanparvarlik burchidir. O`zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi
qonunda belgilangan vaqt va marosimlarda ijro etiladi.
O`zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi unga nisbatan lozim darajadagi hurmat
ta‘minlangan holda umummilliy bayramlar va tantanali tadbirlar vaqtida ijro etilishi mumkin.
O`zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi orkestr, xor, ham orkestr-ham xor tomonidan
yoki o`zga vokal va cholg`u asboblari bilan ijro etilishi mumkin. Bunda ovoz yozib olish
vositalaridan foydalanilishi mumkin.
O`zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi vokal hamda vokal-cholg`u asboblari
bilan ijro etilgan taqdirda to`liq ijro etiladi, cholg`u asboblarining o`zida ijro etilgan taqdirda esa
madhiya qisman ijro etilishiga yo`l qo`yiladi - ashulaning boshlanishi va naqorat bir martadan
aytiladi. O`zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi madhiyaning ushbu Qonun bilan
tasdiqlangan matni va musiqaviy tahririga aynan muvofiq holda ijro etilmog`i lozim.
O`zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi ko`pchilik huzurida ijro etilganda, agar
qonun hujjatlarida boshqacha qoida belgilanmagan bo`lsa, hozir bo`lgan kishilar madhiyani tik
turib va o`ng qo`l kaftini ko`krakning chap tomoniga qo`yib, harbiy yoki davlatning boshqa
xizmatidagi maxsus kiyimdagi shaxslar esa qo`lini bosh kiyimiga qo`yib tinglaydi.
Agar O`zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining ijro etilishi O`zbekiston
Respublikasi Davlat bayrog`ining ko`tarilishi bilan birgalikda amalga oshirilsa, hozir bo`lgan
kishilar unga yuzi bilan buriladi.
Islom Karimov ta‘kidlaganidek, «Davlatimiz ramzlari – bayroq, tamg`a, madhiya
O`zbekiston xalqlarining shon-sharafi, g`ururi, tarixiy xotirasi va intilishlarini o`zida
mujassamlashtirdi. Mana shu ramzlarni e‘zozlash – o`zining qadr-qimmatini, o`z mamlakatiga
va shaxsan o`ziga bo`lgan hurmatni mustahkamlash demakdir» (Karimov I.A. O`zbekiston:
milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. T.1 – Toshkent: O`zbekiston, 1996.).
Milliy valyuta – so`mning muomalaga kiritilishi. Mustaqil, erkin davlatning asosiy
belgisi, asl poydevori – milliy valutadir. O‘z valutasiga ega bo‗lmagan davlat o‗z manfaatlarini
ko‗zlab muslaqil ravishda moliya-kredit, bank siyosatini yurita olmaydi, o‗z taqdirini,
tashkilotlar, xo‗jaliklar va fuqarolar taqdirini belgilay olmaydi. Ichki bozorni naqd pul bilan
ta‘minlash, pul chiqarish miqdori, uning xarid kuchi, kelajak istiqboli uchun sarmoya ajratish,
kimga qarz berish va kimdan qarz olish, qarzni to‗lash va undirib olish, foiz stavkalarini
belgilash lcabi masalalarni mustaqil hal qila olmaydi. Pirovardida bunday davlat boshqa kuchli
davlatlar ko‗rsatmalariga qaram bo‗lib qoladi, uni hech kim haqiqiy mustaqil davlat deb tan
olmaydi. Shu boisdan milliy valutaga o‗tish O‘zbekiston uchun oliy maqsad edi.
Biroq milliy valutaga o‗tish oson ko‗chmaydi, yangi valutani muomalaga kiritish inqilob
bilan teng. Dunyo tajribasi ko‗rsatadiki, davlatlar o‗z milliy valutasiga erishish uchun uzoq va
mashaqqatli yo‗llar bosib o‗tgan, bor qudratini safarbar etgan.
O‘zbekistonda milliy valutani muomalaga kiritish uchun ham ma‘lum vaqt, tajriba kerak
edi. Avvalo, haqiqiy mustaqil iqtisodiyotga erishish lozim edi. Shu boisdan O‘zbekiston
mustaqillikning dastlabki payti 1991-1993-yillarda sobiq Ittifoqdan meros qolgan rubl zonasida
bo‗lib turdi. Biroq sovetlardan keyingi makonda yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarishning
keskin pasayishi natijasida rublning qadri ham shunga mos ravishda tushib bordi. 1993-yil may
oyi boshlarida 800-900 rublning qadri 1 AQSH dollari darajasiga tushib ketgan edi. Shu
33
yili

34
Rossiyada oldingi rubl kursiga tenglashtirilgan yangi namunadagi rubl chiqarildi. Rossiya
hukumati 1993-yil 26-iyulda O‘zbekiston mutasaddi vakillarini Moskvaga taklif qilib, birgalikda
rubl zonasida bo‗lamiz deb aytdi. Keyinroq Rossiya, O‘zbekiston va Qozog`iston rahbarlari
Moskvada uchrashib, rubl zonasini saqlashga, O‘zbekiston va Qozog`istonni 1993-yilgi yangi
rubl namunasi bilan ta‘minlashga qaror qilindi.
Biroq, amalda boshqacha yo‗l tutildi, to‗g`rirog`i Rossiya hukumati bu tadbirlardan o‗z
manfaati yo‗lida foydalanmoqchi bo‗ldi. Rossiya hukumati O‘zbekiston oldiga o‗z shartlarini
qo‗ydi. Birinchidan, kerakli rublni davlatlararo qarz sifatida, keyinchalik boylik yoki mahsulot
bilan to‗lash sharti qo‗yildi. Ikkinchidan, rublni olishdan oldin uning 50 % miqdoridagi AQSH
dollari yoki O‘zbekiston oltinini garovga qo‗yish talab qilindi. Uchinchidan, O‘zbekistonda
muomalada bo‗lgan 1961-1992-yilgi namunadagi pulni (rubl) yangi 1993-yil namunasidagi
rublga uchga bir nisbati bilan almashtirish sharti qo‗yildi. To`rtinchidan, birorta shart
bajarilmay qolsa, tovon puli to‗lash majburiyati belgilandi. Beshinchidan, O‘zbekiston
Markaziy banki Rossiya Markaziy bankiga hisobot berishi, ya‘ni tobe bo‗lishi kerak edi.
O‘zbekiston bunday shartlarga rozi bo‗lolmas edi, rozi bo‗lmadi ham. Shu boisdan
muomalaga yangi milliy valuta kiritish ishiga jiddiy kirishildi. O‘zbekiston rahbariyati „katta
og`a― ning o‗yinlariga qarshi oldindan chora-tadbirlar ko‗rib qo‗ygan edi. 1992-yildayoq
muomalaga chiqarishga mo‗ljallangan so‗m-kupon nusxalari tayyorlab qo‗yilgan edi. Nihoyat,
1993-yil 1-noyabrda O‟zbekistonda so`m-kupon muomalaga kiritildi, uning kursi oldin
muomalada bo‗lib kelgan rublga tenglashtirilgan edi. Shu yil noyabr oyi davomida aholi
qo‗lidagi rubl namunasidagi pullarini jamg`arma banklari orqali so‗m-kuponga almashtirish
ta‘minlandi. So‗m-kupon joriy etilayotgan dastlabki paytlarda chetdan rubl oqib kelmoqda,
degan mishmishlar ko‗paydi. Bozorda narxlar osmonga chiqdi. Toshkent bozorlarida bir kg
go‗sht 25 ming so‗m-kupongacha ko‗tarildi. Hukumat buning oldini olish choralarini ko‗rdi.
Aholi ortiqcha tashvish, aziyat chekmadi, aksincha aholi, iqtisodiyot himoya qilindi. O‘zbekiston
rahbariyati so‗m-kuponlar asosida zarur tajriba orttirdi, haqiqiy milliy valutani joriy qilish
tadbirlarini ko‗rdi.
1994-yil 16-iyundagi ,,O‘zbekiston Respublikasining milliy valutasini muomalaga kiritish
to‗g`risida―gi Prezident farmoni va Yazirlar Mahkamasining qaroriga binoan 1994-yil 1-iyuldan
boshlab milliy valuta – so`m muomalaga kiritildi. 1 so‗m kursi 1000 so‗m-kuponga
tenglashtirilgan holda joriy qilindi.
Milliy valuta – so‗m O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qiymati
1,3,5,10,25,50,100 so‗m bo‗lgan bank qog`oz pullari (banknotlar) holida muomalaga chiqarildi.
Aholi qo‗lidagi so‗m-kuponlar jamg`arma banklari orqali 1000 ga 1 qiymatda almashtirildi.
Keyinroq 200, 500, 2001 yilda 1 000, 2013 yilda 5 000, 2017 yilda 10 000 va 50 000, 2019
yilda 100 000 so‗mlik qog`oz pullari ham muomalaga kiritildi. Shuningdek, qiymati har xil
miqdordagi tangalar ham naqd pul holida muomalaga chiqarildi.
―Milliy valuta – milliy iftixor, davlat mustaqilligining ramzi, suveren davlatga xos belgidir.
Bu respublikaga tegishli umumiy boylik va mulkdir(I.Karimov. Asarlar. 3-jild, 331-bet.).
Milliy valutaning muomalaga kiritilishi mamlakatimiz hayotida muhim voqea bo‗ldi.
O‘zbekistonning xalqaro maydonda mavqeyi oshdi, o‗zining pul-kredit, moliya siyosatini
amalda mustaqil yuritadigan bo‗ldi. Bu iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish uchun
qulay imkoniyat yaratdi. 2003-yil 15-oktabrdan boshlab, so‗m qisman konvertatsiyalanadigan
valuta maqomiga ko‗tarildi.

2.O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi – mustaqil davlatning asosiy qonuni.


Konstitutsiya eng oliy qonun sifatida O`zbekistonning mustaqilligi va suveren huquqlarini
mustahkamlash va amalda ta‘minlashning huquqiy negizi bo`lib xizmat qiluvchi hujjat
hisoblanadi. Respublikaning jamiyat va davlat qurilishi, uning iqtisodiy va siyosiy tizimining
asosiy tartib - qoidalari, fuqarolarning huquq, erkinlik va burchlari, davlat hokimiyati va
boshqaruv idoralarining milliy davlat va ma‘muriy-hududiy tuzilishi, davlatning ichki va tashqi
siyosati masalalariga oid barcha vazifalar Konstitutsiyada o`z ifodasini topgan.
35
Konstitutsiya O`zbekistonni mustaqil davlat maqomiga ega bo`lishiga qonuniy asos soldi.
O`z ona vatanining mustaqil davlat bo`lishi va bunga erishish uchun asrlar davomida iztirob
chekib, muntazam kurashib kelgan O`zbekiston xalqi o`z maqsadiga erishdi, o`z davlatchiligiga
o`zi ega bo`ldi.
Konstitutsiya – davlatning Asosiy Qonuni bo`lib, shaxs, jamiyat va davlat o`rtasida
vujudga keladigan eng muhim ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi, oliy yuridik maqomga
ega normativ-huquqiy hujjat hisoblanadi. Shu jihatdan Konstitutsiya o`z mazmun - mohiyatiga
ko`ra jamiyat va davlatning rivojlanish qonuniyatlarini o`zida namoyon etadi.
O`zbekiston Oliy Kengashining 1990 yil 20 iyunda bo`lib o`tgan ikkinchi sessiyasida
qabul qilingan qaroriga asosan, respublika Prezidenti I.A.Karimov raisligida 64 kishidan iborat
Konstitutsiya komissiyasi tuzildi. Komissiya tarkibiga davlat idoralari va jamoat
tashkilotlarining taniqli arboblari, xalq deputatlari, fan vakillari kiritildi. O`zbekiston
Respublikasi Oliy Kengashining 1992 yil 2 iyulda qabul qilingan qarori bilan Konstitutsiya
komissiyasi tarkibi qisman o`zgardi.
Konstitutsiyaviy komissiyaning birinchi majlisi 1991 yil 21 aprelda Prezident I.A.Karimov
raisligida bo`lib o`tdi.
O`zbekiston Konstitutsiyasi loyihasini ishlab chiqishga oid barcha tayyorgarlik ishlari
muvofiqlashtirishini ta‘minlash maqsadida Konstitutsiyaviy komissiya a‘zolari, shuningdek,
yetakchi olimlar va mutaxassislar ishtirokida 32 kishidan iborat ishchi guruhi tuzildi.
O`zbekiston Konstitutsiyaviy nazorat komissiyasining raisi O`zbekiston Respublikasi Fanlar
Akademiyasining akademigi SH.Z.O`razayev guruh rahbari etib tasdiqlandi.
Reja bo`yicha 1991 yil avgust oyida Konstitutsiyaviy komissiyaning raisi I.A.Karimov
Konstitutsiyaviy komissiyaning yalpi majlisida ―O`zbekistonning yangi Konstitutsiyasi
konsepsiyasining loyihasi to`g`risidagi ma‘ruzasida ishchi guruh oldiga qo`yilgan vazifalarni
bajarishda jahon tajribasini o`rganish va unga amal qilish, boshqa mamlakatlarning inson
huquqlari borasida, demokratiya va qonunchilik sohasida qo`lga kiritilgan yutuqlarini hisobga
olish, kishilar diliga yaqin va ularga tushunarli bo`lgan iboralar vositasida siyosiy va yuridik
hujjat yaratishga harakat qilishni ta‘kidlab o`tdi.
Konstitutsiyaviy komissiyaning a‘zosi akademik SH.Z.O`razayev quyidagilarni qayd
qilgan: ―Prezidentimiz shunday ham juda taqchil vaqtidan fursat ajratib, Konstitutsiya loyihasini
tayyorlash bo`yicha tuzilgan ishchi guruhning a‘zolarini qabul qilar, loyihani qayta-qayta o`qib
chiqar, uning matnini chuqur mushohada qilar va unga tuzatishlar kiritardi. Bu kishining g`oyat
ajoyib tahlil qobiliyati, kelajakni oldindan ko`ra olishi, nozik his etish iste‘dodi bizni nihoyatda
hayratga solardi. U mehnatga doimo tayyor, hamisha izlanishda, ishning mohiyatini tushunishga
va u bo`yicha eng maqbul qaror chiqarishga intilardi. Konstitutsiyaviy komissiyaning raisi
loyihaning har bir tafsilotiga e‘tibor berar, unga o`z qo`li bilan tuzatishlar va aniqliklar kiritardi,
ishga astoydil yondashish, ishbilarmonlik va bilimdonlik namunasini ko`rsatar edi. Prezident –
o`ziga nisbatan juda talabchan shaxs. Ko`pincha, nazarimizda uning bu talabchanligi o`ziga
nisbatan shafqatsizlikka yaqinlashib ketardi. U yarim tungacha ishlar va ishning juda katta
qismini o`z zimmasiga olardi. Kunlar ketidan kunlar, shanba va yakshanba dam olish kunlari
ham shu tariqa o`tardi (Уразаев Ш.З. Как готовился проект Конститусии Республики
Узбекистан // Народное слово, 1992, 26 декабрь.).
1991 yilning noyabr oyigacha Konstitutsiya loyihasining 158-moddadan iborat birinchi
varianti tayyor bo`ldi. I.A.Karimov loyihaning bu varianti bilan tanishib chiqib, unga mazmuni,
shakli va tahriri jihatdan jiddiy o`zgartishlar kiritdi. Loyihaning ikkinchi varianti 149-moddadan
tashkil topdi. I.A.Karimovning ko`rsatmasi va shaxsan u kishining tahriri bilan loyihaning
uchinchi varianti 137-moddadan tashkil topdi. Matbuotda e‘lon qilish oldidan loyiha yana bir bor
diqqat bilan o`rganib chiqilib, 127 moddaga keltirildi.
Loyiha matbuotda e‘lon qilinishidan oldin I.A.Karimov uni sinchiklab o`qib chiqdi, ba‘zi
moddalarga o`zgartish kiritishi natijasida ular to`laroq mazmun, aniq ravshanlik kasb etib,
yanada tushunarliroq bo`ldi. Konstitutsiyaviy komissiyaning qarori bilan loyiha 1992 yil 26
sentabrda umumxalq muhokamasi uchun matbuotda e‘lon qilindi. Muhokama davomida uning
36
asosiy bo`limlari, boblari va moddalari yuzasidan tegishli takliflar Konstitutsiyaviy komissiyaga
kelib tushdi. Respublika matbuotining o`zida Konstitutsiya loyihasiga bag`ishlangan yuzdan
ortiq materiallar e‘lon qilindi. Kelib tushgan takliflarning soni 6 mingtadan oshib ketdi.
Konstitutsiya loyihasi Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik
Kengashi kabi nufuzli xalqaro tashkilotlar va AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya kabi demokratik
davlatlar mutaxassislarining sinchkov ekspertizasidan o`tdi.
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining loyihasi 1992 yil 21 noyabrda yana bir bor
matbuotda e‘lon qilindi. Bundan maqsad fuqarolarni Konstitutsiya loyihasiga kiritilgan
o`zgartishlar va to`ldirishlar bilan tanishtirish va ularni hisobga olgan holda muhokamani davom
ettirishdan iborat edi. Loyihaning yangi nusxasi e‘lon qilinishi bilan yana yangi takliflar kela
boshladi. Qoraqalpog`iston Respublikasida xalq noiblari ishtirokida bo`lib o`tgan yig`ilishda
loyiha bo`yicha ayrim istaklar bildirildi. Konstitutsiyaviy komissiyaga kelib tushgan ko`p sonli
takliflar, mulohazalar, fikrlar har tomonlama o`rganilib, Konstitutsiya loyihasiga deyarli 80
yaqin o`zgartish, qo`shimcha va aniqliklar kiritildi.
Mustaqil O`zbekiston davlatining Konstitutsiyasi O`zbekiston Respublikasi XII chaqiriq
Oliy Kengashining XI sessiyasida 1992 yil 8 dekabrda qabul qilindi. U oliy maqomli Qonun
sifatida biz qurayotgan jamiyatning ravnaqi uchun, uning har bir a‘zosining kundalik turmushiga,
faoliyatiga madad, muqaddas orzu - umidlarini ro`yobga chiqishi uchun ishonch bag`ishlaydi.
Islom Karimov ushbu sessiyada Konstitutsiyani ―xalqchil qomus deb atab, uning loyihasi
ustida taxminan ikki yil davomida ishlangani, ikki yarim oy mobaynida umumxalq
muhokamasidan o`tganligi va shu vaqt mobaynida u xalqning fikr xazinasi durdonalari bilan
boyitilganligini, sayqal topganligini ta‘kidladi (Karimov I.A. O`zbekiston: milliy mustaqillik,
iqtisod, siyosat va mafkura. 1-jild. - T.: O`zbekiston, 1996. – 118 bet.).
Konstitutsiyamizning eng muhim mohiyati shundan iboratki, unda fuqarolar manfaatining
ustunligi qonuniy ravishda mustahkamlangan va kafolatlangan, inson huquqlari, uning kamoloti
uchun zarur bo`lgan shaxsiy daxlsizlik, siyosiy erkinlik, ijtimoiy va iqtisodiy imkoniyatlarga
erishish uchun umid qilgan va intilgan umuminsoniy g`oyalar yo`lida erishilgan qoidalarni
o`ziga singdirgan.
Konstitutsiyani ishlab chiqish, muhokama qilish va qabul qilish jarayoni I.A.Karimovning
―Konstitutsiya davlatni davlat, millatni millat sifatida dunyoga tanitadigan Qomusnoma
bo`lganligi, u ―xalqimizning irodasini, ruhiyatini, ijtimoiy ongi va madaniyatini aks ettirishi,
uning ―xalqimiz tafakkuri va ijodining mahsuli ekanligi haqidagi xulosasining to`g`riligi va
asoslanganligini tasdiqlaydi (Karimov I.A. Buyuk kelajagimizning huquqiy kafolati. –T.:
Sharq, 1993. 6-bet).
Mustaqil davlatimiz Konstitutsiyasi asosida respublikamizda demokratik huquqiy jamiyat
asoslari faol rivojlanmoqda. Avvalgi partiyaviy yakkahokimlik tizimining illatlari qat‘iyan
tugatilib, ko`ppartiyaviylik, g`oyalar va fikrlar xilma-xilligiga yo`l ochildi. Yagona mafkuraning
yakkahokimligiga barham berildi. Umumbashariy qadriyatlarning ustuvorligi, chinakam
demokratiya, inson erkinliklari va huquqlarining butun dunyo tan olgan meyor va qoidalari
tobora qaror topmoqda.
Konstitutsiyamiz mamlakatimizning mustaqillik yillarida siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy
taraqqiyot yo`lidagi barcha g`alabalarimizni ifodalovchi hamda kelajak yo`limizni ko`rsatuvchi
muhim qonundir. I.A.Karimov ta‘kidlaganidek, ―Tom ma‘nodagi tarixiy bu sanani har safar
bayram qilar ekanmiz, Konstitutsiyamiz– Asosiy Qonunimiz qabul qilinishi bilan biz
O`zbekiston kelajagini, yangidan barpo etilayotgan davlatimizning chuqur mazmuni, ma‘no va
mohiyatini, siyosiy, iqtisodiy, gumanitar va ma‘naviy taraqqiyotining, yurtimiz qiyofasini, uning
xalqaro hamjamiyatdagi o`rni va nufuzini tubdan o`zgartirib yuborgan mamlakatimizni isloh
etish va modernizatsiya qilishning pirovard maqsadlarini aniq-ravshan belgilab olganimizni haqli
ravishda yuksak baholaymiz (Karimov I.A. Bizning yo`limiz – demokratik islohotlarni
chuqurlashtirish va modernizatsiya jarayonlarini izchil davom ettirish yo`lidir. 20-jild. -
T.: O`zbekiston, 2012.- 63- 64 betlar.).

37
Konstitutsiyamiz qabul qilingandan keyin yigirma yildan ortiqroq vaqt mobaynida siyosiy,
ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayot sohalarida ulkan va jiddiy ijobiy o`zgarishlar yuz berdi.
Konstitutsiyaga o`zgartirish kiritish uchun o`rnatilgan tartib boshqa oddiy qonunlarga
o`zgartirish kiritishdan jiddiy farq qiladi. Bu jahon qonunchilik tajribasida ham o`rnatilgan
tartibdir. Shunday ekan, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o`zgartirish va
qo`shimchalar kiritish Konstitutsiyaning 127-moddasining 1-qismiga muvofiq quyidagicha
bayon qilingan: ―O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o`zgartirishlar tegishincha
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a‘zolari
umumiy sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat ko`pchiligi tomonidan qabul qilingan
qonun yoki O`zbekiston Respublikasining referendumi bilan kiritiladi.
Har qanday jamiyatda ijtimoiy munosabatlar rivojlanib borishi natijasida davlat va jamiyat
hayotida muhim o`zgarishlar qilish zaruriyati vujudga keladi. 1993 yil 28 dekabrda birinchi bor
Konstitutsiyaga o`zgartish va qo`shimcha kiritilgan bo`lib, ―O`zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasiga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risidagi Qonunga asosan
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 77-moddasi 1-qismi (O`zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi 150 nafar deputatdan iborat)dagi ―150 nafar deputatdan degan so`zlar
―deputatlardan degan so`z bilan almashtirildi.
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 83-moddasiga muvofiq, O`zbekiston
Respublikasi Prezidenti 2000 yil 25 may kuni Oliy Majlisning ikkinchi chaqiriq, ikkinchi
sessiyasida doimiy asosda ishlaydigan ikki palatali parlament tizimiga o`tish va 2004 yilda
bo`ladigan saylovlarda parlamentni ikki palatali qilib tashkil etish haqida taklif kiritdi. Oliy
Majlisning navbatdagi sakkizinchi sessiyasida bu masalani hal etishning dastlabki muhokamasi
bo`lib, 2002 yil 4 aprelda ―Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining
asosiy prinsiplari to`g`risidagi Konstitutsiyaviy Qonun qabul qilindi.
Mazkur Qonun asosida 2003 yil 24 apreldagi ―O`zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasiga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risidagi Qonunga muvofiq
Konstitutsiyaning XVIII, XIX, XX, XXIII boblariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritildi.
Konstitutsiyaning O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deb nomlangan XVIII bobi ilgari
bir palatali parlamentga bag`ishlangan bo`lsa, endilikda mazkur bobda ikki palatali parlament –
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi (quyi palata) va Senati (yuqori
palata)ga bag`ishlangan. Kiritilgan o`zgartish va qo`shimchalarga muvofiq Konstitutsiyaning 76-
moddasida ―O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi oliy davlat vakillik organi bo`lib, qonun
chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi. O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ikki palatadan -
Qonunchilik palatasi (quyi palata) va Senatdan (yuqori palata) iborat. O`zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati vakolat muddati – besh yil, degan qoida bilan
mustahkamlandi.
Konstitutsiyaning O`zbekiston Respublikasi Prezidentiga bag`ishlangan XIX bobiga ham
o`zgartish kiritildi. Kiritilgan o`zgartishga muvofiq Konstitutsiyaning 89-moddasidan
―O`zbekiston Respublikasining Prezidenti Vazirlar Mahkamasining Raisi hisoblanadi degan
qoida chiqarib tashlandi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim vakolatlari O`zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisi yuqori palatasi Senatga o`tkazildi. Jumladan, 93-modda 6-bandiga ko`ra, O`zbekiston
Respublikasi Prezidenti O`zbekiston Respublikasi chet davlatlardagi diplomatik va boshqa
vakillarini tayinlash uchun nomzodlarni O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga taqdim
etishi, shu moddaning 23-bandiga ko`ra esa, amnistiya to`g`risidagi hujjatlarni qabul qilish
haqida O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga taqdimnoma kiritishi belgilandi.
Ilgari O`zbekiston Respublikasi chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakillarini tayinlash va
amnistiya to`g`risida hujjatlarni qabul qilish bevosita Prezident vakolatiga kiritilgan edi.
Konstitutsiyaning Vazirlar Mahkamasiga bag`ishlangan XX bobiga kiritilgan o`zgartish va
qo`shimchalarga muvofiq, ilgari Konstitutsiyaning 98-moddasida ―Vazirlar Mahkamasi
tarkibini O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tuzadi va u Oliy Majlis tomonidan tasdiqlanadi
degan qoida mavjud bo`lgan bo`lsa, kiritilgan o`zgartishga ko`ra, 98-moddaning ikkinchi
38
qismida

39
―Vazirlar Mahkamasi tarkibi O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan shakllantiriladi.
O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining
taqdimiga binoan O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan ko`rib
chiqiladi va tasdiqlanadi. Vazirlar Mahkamasining a‘zolari O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri
taqdimiga binoan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi, degan qoida
belgilandi.
Shuningdek, Konstitutsiyada O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri vakolatlari
kengaytirilib, 98-modda, 5-qismiga ―O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Vazirlar Mahkamasi
faoliyatini tashkil etadi va unga rahbarlik qiladi, uning samarali ishlashi uchun shaxsan javobgar
bo`ladi, Vazirlar Mahkamasining majlislariga raislik qiladi, uning qarorlarini imzolaydi,
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining topshirig`iga binoan xalqaro munosabatlarda
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi nomidan ish ko`radi, O`zbekiston Respublikasi
qonunlarida, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida
nazarda tutilgan boshqa vazifalarni bajaradi, 6-qismiga esa ―O`zbekiston Respublikasining
Prezidenti ushbu Konstitutsiyaning 89-moddasi va 93-moddasiga asoslangan holda Vazirlar
Mahkamasi majlislarida raislik qilishga, Vazirlar Mahkamasi vakolatiga kiruvchi masalalar
yuzasidan qarorlar qabul qilishga, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarini,
O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri farmoyishlarini bekor qilishga haqli degan qoidalar
kiritildi.
Mazkur kiritilgan o`zgartish va qo`shimchalarga muvofiq O`zbekiston Respublikasi Bosh
vaziriga ―O`zbekiston Respublikasi Prezidentiga Vazirlar Mahkamasi a‘zolarini tasdiqlash uchun
taqdim qilish vakolati berildi.
Konstitutsiyaning saylov tizimi deb nomlanadigan XXIII bobiga ham o`zgartish va
qo`shimchalar kiritildi. Ilgari 117-modda 2-qismidagi ―O`zbekiston Respublikasida Prezident
saylovi, hokimiyatning vakillik organlari saylovi umumiy, teng, to`g`ridan-to`g`ri saylov huquqi
asosida yashirin ovoz berish yo`li bilan o`tkaziladi. O`zbekiston Respublikasining 18 yoshga
to`lgan fuqarolari saylash huquqiga egadirlar degan qoida o`rniga ―O`zbekiston Respublikasi
Prezidenti saylovi, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga hamda
Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesiga, viloyatlar, tumanlar, shaharlar davlat
hokimiyati vakillik organlariga saylov tegishincha ularning Konstitutsiyaviy vakolat muddati
tugaydigan yilda – dekabr oyi uchinchi o`n kunligining birinchi yakshanbasida o`tkaziladi.
Saylovlar umumiy, teng, to`g`ridan-to`g`ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo`li bilan
o`tkaziladi. O`zbekiston Respublikasining 18 yoshga to`lgan fuqarolari saylash huquqiga
egadirlar, degan qoida kiritildi.
Shu moddaning 3-qismi ―O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a‘zolari
Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesiga, viloyatlar, tumanlar, shaharlar davlat
hokimiyati vakillik organlari deputatlarining tegishincha qo`shma majlislarida mazkur deputatlar
saylanganidan so`ng bir oy ichida ular orasidan yashirin ovoz berish yo`li bilan saylanadilar,
degan qoida bilan to`ldirildi.
Shuningdek, Konstitutsiyaning 6-bo`limiga ham o`zgartish kiritildi. O`zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasining dastlabki 127-moddasi ―O`zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasiga o`zgartirishlar O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi jami deputatlarning
uchdan ikki qismidan iborat ko`pchiligi tomonidan qabul qilingan qonunlar bilan kiritiladi, deb
belgilangan edi.
Kiritilgan o`zgartish va qo`shimchalardan so`ng mazkur moddada ―O`zbekiston
Respublikasining Konstitutsiyasiga o`zgartirishlar tegishincha O`zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a‘zolari umumiy sonining kamida uchdan
ikki qismidan iborat ko`pchiligi tomonidan qabul qilingan qonun yoki O`zbekiston
Respublikasining referendumi bilan kiritiladi, degan iboralar o`z ifodasini topdi.
Shuningdek, davlat boshqaruvini yanada demokratlashtirish, hokimiyatning qonun
chiqaruvchi, ijro etuvchi tarmoqlari, hukumat va mahalliy davlat hokimiyati organlarining ular
zimmasiga Konstitutsiya bilan yuklatilgan vakolatlarni amalga oshirishdagi roli va mas‘uliyatini
31
0
oshirish, mamlakat Prezidenti vakolatlarini aniq-ravshan belgilash hamda huquqiy meyorlar
doirasida cheklash, shuningdek, islohotlarni amalga oshirishda, mamlakatni yangilash va
modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning roli hamda ta‘sirini kuchaytirish maqsadida 2007
yil 11 aprelda ―O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim moddalariga (89-
moddasiga, 93-moddasining 15-bandiga, 102-moddasining ikkinchi qismiga) tuzatishlar kiritish
to`g`risidagi Qonun qabul qilindi. Mazkur Qonun 2008 yil 1 yanvardan e‘tiboran kuchga kirdi.
Kiritilgan tuzatishlarga ko`ra, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 89-moddasi
―O`zbekiston Respublikasining Prezidenti davlat boshlig`idir va davlat hokimiyati organlarining
kelishilgan holda faoliyat yuritishini hamda hamkorligini ta‘minlaydi degan tahrirda, 93-
moddasining 15-bandi ―viloyatlar hokimlarini hamda Toshkent shahar hokimini qonunga
muvofiq tayinlaydi hamda lavozimidan ozod etadi degan tahrirda, 102-moddasining 2-qismi
―Viloyat va Toshkent shahar hokimi O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qonunga
muvofiq tayinlanadi hamda lavozimidan ozod etiladi degan tahrirda bayon etildi.
2008 yil 25 dekabrdagi ―Saylov to`g`risidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi
munosabati bilan O`zbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga o`zgartish va qo`shimchalar
kiritish haqidagi Qonun bilan O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 77-moddasining
birinchi qismi (O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi hududiy saylov
okruglari bo`yicha ko`ppartiyaviylik asosida saylanadigan bir yuz yigirma deputatdan iborat)ga
o`zgartish kiritildi. Ushbu Qonun 2009 yilning 1 iyulidan kuchga kirgan. Unga ko`ra, mazkur
moddaning birinchi qismi ―O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi
qonunga muvofiq saylanadigan bir yuz ellik deputatdan iborat, degan tahrirda bayon etildi.
O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning 2010 yil 12 noyabrdagi
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo`shma majlisidagi
―Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini
rivojlantirish Konsepsiyasi nomli ma‘ruzasida O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining bir
qator moddalariga o`zgartishlar kiritish yuzasidan bildirilgan takliflar alohida o`rin olgan.
I.Karimov tomonidan qonunchilik tashabbusi tartibida kiritilgan mazkur takliflar 2011 yil 18
apreldagi ―O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim moddalariga o`zgartish va
qo`shimchalar kiritish to`g`risida (78, 80, 93, 96, va 98-moddalariga)gi Qonunda o`z ifodasini
topgan. Qonunning asosiy maqsadi demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik
jamiyatini rivojlantirish, davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish, davlat
hokimiyatining uchta subyekti: davlat boshlig`i – Prezident, qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi
hokimiyatlar o`rtasidagi vakolatlarning yanada mutanosib taqsimlanishini ta‘minlash,
shuningdek, sotsial-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy islohotlarni amalga oshirishda, mamlakatni
yangilash va modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning roli hamda ta‘sirini kuchaytirishdan
iborat.
Bu borada O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 78-moddasi birinchi qismining
15-bandiga qo`shimcha kiritilgan bo`lib, unga ko`ra Oliy Majlis palatalariga mamlakat ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanishining dolzarb masalalari yuzasidan Bosh vazirning hisobotlarini eshitish va
muhokama qilish huquqi berilmoqda. Mazkur yangilik mamlakatimiz parlamentining roli va
ta‘sirini kuchaytirish orqali davlat hokimiyati tizimida o`zaro bir-birini tiyish va muvozanat
saqlash prinsipining yanada samarali amalga oshirilishini ta‘minlashda muhim o`rin tutadi.
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 80-moddasi 6-bandiga kiritilgan normaga
muvofiq, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga O`zbekiston Respublikasi
Prezidentining O`zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisini tayinlash to`g`risidagi farmonini
tasdiqlash huquqi berilmoqda. Shunga muvofiq holda, Konstitutsiyamiz 93-moddasining 12-
bandidagi ―O`zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va degan so`zlardan keyin ―uning
o`rinbosarlari degan so`zlar chiqarilib, ularning o`rniga ―Hisob palatasi raisini degan so`zlar
bilan to`ldirildi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti vakolatlari mustahkamlangan Konstitutsiyamizning
93-moddasi 8-bandidan ―ijro etuvchi hokimiyat devonini tuzadi va unga rahbarlik qiladi degan
so`zlarni chiqarish yuzasidan kiritilgan o`zgartish ham muhim ahamiyatga ega. Bugungi kunda
31
1
Konstitutsiyamizning 89-moddasiga ko`ra, ―O`zbekiston Respublikasining Prezidenti davlat
boshlig`idir va davlat hokimiyati organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishini hamda
hamkorligini ta‘minlaydi. Shu nuqtai nazardan, Bosh vazirning Vazirlar Mahkamasi faoliyatini
tashkil etishi, unga rahbarlik qilishi va uning ishi samaradorligi uchun shaxsan javob berishi,
davlat boshlig`i bo`lgan Prezident, qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlar o`rtasidagi
vakolatlarning yanada mutanosib taqsimlanishini ta‘minlash uchun zarur shart-sharoitlarni
yuzaga keltirish asnosida ham Asosiy Qonunimizdan ushbu norma chiqarildi.
Kiritilgan yana bir muhim o`zgartish O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 93-
moddasining 15-bandini ―viloyatlar hokimlarini hamda Toshkent shahar hokimini qonunga
muvofiq tayinlaydi hamda lavozimidan ozod etadi degan so`zlardan oldin ―O`zbekiston
Respublikasi Bosh vazirining taqdimiga binoan degan so`zlar bilan to`ldirish borasida. Ushbu
normaning kiritilishi, avvalo, davlat boshqaruvini yanada liberallashtirish bo`yicha amalga
oshirilayotgan izchil islohotlar bilan bog`liq.
Qonundan o`rin olgan normalardan biri O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 93-
moddasining 16-bandini O`zbekiston Respublikasi Prezidenti ―O`zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi majlislarida raislik qilishga haqli degan so`zlar bilan to`ldirishga oid.
Kiritilgan mazkur norma davlat boshlig`i sifatida mamlakat Prezidentining davlat va jamiyat
hayotining ijtimoiy-iqtisodiy hamda siyosiy ahamiyatga ega masalalar yuzasidan o`tkaziladigan
Vazirlar Mahkamasi majlislarida ishtirok etish huquqini mustahkamlaydi. Zero, O`zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlislari mamlakat ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy
hayotining eng muhim masalalari yuzasidan o`tkaziladi. Shuningdek, davlat boshqaruvining,
xo`jalik va ijtimoiy-madaniy qurilishning eng muhim masalalari ham Vazirlar Mahkamasining
majlislarida hal etiladi.
Qonunga muvofiq, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 96-moddasi yangi
tahrirda bayon etildi. Unga ko`ra, O`zbekiston Respublikasining amaldagi Prezidenti o`z
vazifalarini bajara olmaydigan holatlarda uning vazifa va vakolatlari vaqtincha O`zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining zimmasiga yuklatiladi, bunda uch oy muddat ichida,
―O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to`g`risidagi Qonunga to`liq muvofiq holda
mamlakat Prezidenti saylovi o`tkaziladi. Ta‘kidlash joizki, mamlakat Prezidenti turli sabablarga
ko`ra o`z vazifasini bajara olmaydigan vaziyat yuzaga kelgan taqdirda noaniqlikka, ushbu
moddani turlicha talqin etishga yo`l qo`ymaslik maqsadida mazkur moddaning yangi tahriri
berildi.
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasiga kiritilgan qo`shimchalarga
muvofiq demokratik tartib-qoidalarga javob beradigan yangi Konstitutsiyaviy qoida joriy etildi.
Unga ko`ra, O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi O`zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining Qonunchilik palatasiga saylovda eng ko`p deputatlik o`rinlarini olgan siyosiy
partiya yoki teng miqdordagi eng ko`p deputatlik o`rinlarini qo`lga kiritgan bir necha
siyosiy partiya tomonidan taklif etiladi. Ushbu qo`shimchalarning kiritilishi tarixiy
ahamiyatga ega bo`lib, mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada rivojlantirish,
huquqiy demokratik davlat va ochiq fuqarolik jamiyati qurishda yangi bosqichning
boshlanishi hisoblanadi. Konstitutsiyaga kiritilgan yana bir muhim o`zgartirish
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi
bildirish huquqiningberilishi bilan bog„liq. Xususan, O`zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasining 98-moddasida belgilanishicha, O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri
va O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi
o`rtasida doimiy ziddiyatlar kelib chiqqan taqdirda Qonunchilik palatasi deputatlari
umumiy sonining kamida uchdan bir qismi tomonidan O`zbekiston Respublikasi
Prezidenti nomiga rasman kiritilgan taklif bo`yicha Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik
votumi bildirish haqidagi masala O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
palatalarining qo`shma majlisi muhokamasiga kiritiladi.
Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi tegishincha O`zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a‟zolari umumiy sonining
40
kamida uchdan ikki qismi ovoz bergan taqdirda qabul qilingan hisoblanadi. Bunday
holatda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Bosh vazirni lavozimidan ozod etish bo`yicha
qaror qabul qiladi. Bunda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining butun
tarkibi Bosh vazir bilan birga iste‟foga chiqadi. Mazkur norma davlat hokimiyati tarmoqlari
o`rtasidagi vakolatlarning yanada mutanosib taqsimlanishini ta‘minlash bilan bir qatorda, davlat
ahamiyatiga molik muhim masalalarni hal qilishda siyosiy partiyalarning rolini yanada
kuchaytiradi va O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining davlat hokimiyati organlari
tizimidagi o`rnini ancha oshiradi.
2011 yil 12 dekabrdagi ―O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 90-moddasiga
tuzatish kiritish to`g`risidagi Qonun bilan O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 90-
moddasiga tuzatish kiritildi. Unga ko`ra, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining
Konstitutsiyaviy vakolat muddati yetti yildan besh yilga qisqartirildi.

3.Mustaqil taraqqiyotning dastlabki davridagi muammolar, taraqqiyotning “O`zbek


modeli” va uning o`ziga xos xususiyatlari.

XX asr jahon tarixiga juda katta o`zgarishlar olib keldi, insoniyat taraqqiyoti va
tanazzulida nihoyatda muhim o`ringa ega bo`ldi. Asr boshida rus inqilobi, rus-yapon urushi,
Birinchi jahon urushi, 20-yillardan Sho`rolar hokimiyati hukmronligini iqtisodiy jihatdan
mustahkamlash, jahon tamaddunida turli qarama-qarshiliklar, ya‘ni Germaniyada fashizmning
paydo bo`lishi, ikkinchi jahon urushi va undan keyin ikki qarama-qarshi tizimning yuzaga
kelishi va nihoyat 80-yillarda parchalanishi juda katta o`zgarishlarni boshlab berdi.
Bu o`rinda, albatta, 90-yillarga kelib, sobiq SSSRda qanday tub o`zgarishlar bo`lganiga
jiddiy e‘tibor beramiz. Demak, sobiq imperiyaning tajovuzkorona siyosati 73 yil mobaynida
asta-sekinlik bilan chok-chokidan sitila bordi. Natijada mamlakat ijtimoiy-siyosiy jarayonlarini
ham, odamlar xatti-harakatini ham boshqarib bo`lmaydigan holatlar vujudga keldi. Ana shunday
murakkab siyosiy-huquqiy va ma‘naviy muhim hamda aholi ma‘naviy-ruhiy holatining butun
miqyosi va mohiyatini to`g`ri baholash lozim edi.
Darhaqiqat, XX asrning 80-yillari oxirida respublika yetakchisi Islom Karimov qanday
sharoitda hokimiyat tepasiga keldi? O`tmishdoshlaridan unga qanday jamiyat meros bo`lib
qolgan edi? U qanday vaziyatda ish boshladi? Darvoqe, masalaga ana shu tarzda xolis
yondashilsa, bizningcha, Prezidentning ham, mamlakatning ham to`laqonli qiyofasi,
xalqimizning xohish-irodasi, maqsad va vazifalari, tashvish-iztiroblari, qo`yingki, hammasi ko`z
o`ngimizda kino lentasiday yaqqol gavdalanadi. Mavjud hodisalar va qaror topgan ijtimoiy-
iqtisodiy, siyosiy-ma‘naviy muhitga adolatli tarzda baho berish kerak edi!
Islom Karimov respublikaning birinchi rahbarligiga saylanganidanoq, aytish joizki,
Markaz bilan o`ziga xos, ya‘ni teng munosabatga kirishdi! Ochiqroq aytganda, uning
qat‘iyatliligi, u yoki bu tomonga og`masdan o`z mustaqil fikriga egaligi va o`z yo`liga sobitligi
―ulug` og`alarga yoqmadi?! ―Millat manfaatiga ko`proq yon bosgani, respublika ichki
hayotidagi vaziyatga chuqurroq kirib borgani sayin KPSS Markaziy Komiteti Siyosiy Byurosida
ham, SSSR Oliy Kengashi va Ittifoq idoralarida ham unga nisbatan munosabat keskinlasha
boshladi. Ayniqsa, yurtimizni abgor qilib, Markazga ―qochib borgan bir guruh ―sobiqlar bunday
―qulay fursatdan foydalanib qolish uchun turli-tuman hiylayu nayranglarni ishga solishdi.
Qator markaziy nashrlarda O`zbekiston va uning rahbariyatiga nisbatan ig`vogarliklar uyushtirildi.
Bunday og`ir, ziddiyatli bir sharoitda ishlash respublika rahbaridan alohida asab, nihoyatda
vazminlik, po`latdek mustahkam iroda talab etardi, -deb yozgan edi professor Narzulla
Jo`rayev (Jo`rayev N. Agar ogoh sen... - T.: Yozuvchi, 1997. 34-b.).
Tarixdan ma‘lumki, o`sha paytda mavjud jarayonlarni chuqur o`rganmay, tahlil etib
ulgurmay turib, ―Birlik xalq harakati va ―Erk demokratik partiyasi vakillari ―Karimov o`z
pozitsiyasini e‘lon qilmayapti. Uning aniq dasturi yo`q, deb ta‘na toshlarini otishdi. Turli
mitingbozliklarda ochiqdan-ochiq hujumga o`tdilar. Islom Karimov tabiatan keng fe‘li ila
raqiblarga hurmat bilan qarash, ularning fikrlarini eshitish, ijobiy xulosalar chiqarish, xalq va
41
respublika manfaati uchun har qanday ivg`ogarliklar, tazyiqlaru zo`ravonliklar, qolaversa,
maqtovlaru xushomadgo`yliklarga bir xilda munosabatda bo`lish, faqat aql-idrokka tayanib ish
tutish zarurligini bir soniya ham unutmadi!?
Alohida ta‘kidlash joizki, mustaqillik yo`li – haqiqat va ezgulik yo`li, inson haq-huquqlari
tengligi yo`li, ma‘naviy barkamollik va yuksak madaniyat yo`li, bir so`z bilan aytganda, boy
insoniy fazilatlar majmui. Shuning uchun ham 1989-1991 yillarda Islom Karimov o`z tanlagan
yo`lining to`g`riligiga qat‘iy ishondi va millionlab yurtdoshlarimizni bunga ishontira oldi.
Mustaqillikning ikkinchi yilida ―Buyuk maqsad yo`lidan og`ishmaylik degan mavzuda O`zR
Oliy Kengashining 12 sessiyasida (1993 yil 6 may) quyidagi purma‘no fikrlarini muhrladi:
―...Bizni tanlagan yo`limizdan hech kim, hech qachon qaytara olmaydi. Zotan, Vatanga bo`lgan
mehru muhabbat har qanday muammoni yechishga qodirdir. Endi ortga yo`l yo`q. O`zbekiston
istiqbolini sobitqadamlik bilan barpo etmog`imiz zarur. Bu yo`lda ikkilanmoq,
manfaatparastlikning mayda-chuyda tashvishlariga o`ralashmoq – Vatanga, xalqqa, kelajak
avlodga xiyonat bo`ladi!
Istiqboldagi O`zbekiston Vatan ozodligi nasib etmagan bobolarimizga ulug`vor haykal bo`lajak!
O`zbekistonnnig shuhratiga shuhrat qo`shuvchi farzandlarimizga muqaddas beshik
bo`lajak.(Karimov I.A. O`zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. -T.:
O`zbekiston. 1993. 182-b.)
O`z-o`zidan biror voqea-hodisa sodir bo`lmaydi, albatta. XX asrning 80-yillar oxiri va 90-
yillar boshlaridagi alg`ov-dolg`ov paytlarni nihoyatda chuqur: ham siyosiy, ham iqtisodiy, ham
ma‘naviy tahlil qilgan Prezident Islom Karimovning qat‘iy, hal qiluvchi pozitsiyasi
quyidagilarni tashkil qilgan edi:
- Yangilik bilan eskilik o`rtasida hamma vaqt keskin kurashlar, ziddiyatlar va qarama-
qarshiliklar bo`lgan. Hayotda esa ko`pincha yangilikdan ko`ra eskilik, yaxshilikdan ko`ra
yomonlik, ezgulikdan ko`ra yovuzlik yashovchan bo`ladi?! Ana shu hayotiy falsafadan kelib
chiqib, turmush tarziga aylangan va kundalik hayot qobig„ida o`ralib qolgan mutelik
qarashlarni o`zgartirish oson ish emas edi?!
- Yurt mustaqilligi uchun kurashayotgan yetuk siyosatchidan nihoyatda kuchli iroda,
mustahkam asab, sabot va matonat talab etardi. Bu intihosiz iztiroblar, hayotining har
daqiqasini e‟tiqod va g„oya uchun qurbon qilishdek fidoyilik va oliy darajadagi shaxsiy qatiyat
va mustahkam fazilat zarur edi!
– Jamiyat va odamlar hayotida yuz beradigan tub burilishlar paytida yetakchi ma‟naviy-
ruhiy kechinmalar qurshovida qoladi. O`zbekiston ana shunday jarayonni boshidan
kechirmoqda. Mustaqillik - yangilik bilan eskilik o`rtasidagi jarlikni to`ldirish, ya‟ni asta-
sekinlik bilan odamlar siyosiy ongi va dunyoqarashida, tafakkurida burilish yasash afzalliklarini
shakllantirish demak.
– Davlat va siyosat arboblari turli siyosiy guruhlar - muxoliflar harakatlari bilan birga,
bir-biriga zid qarashlar va g„oyalarni yengib o`tishi, xalqimiz ongi va qalbida beqiyos
yangilanishni amalga oshirishi - jamiyat hayotida jiddiy sifat o`zgarishlar - istiqbolga olib keldi.
– Insoniyat tarixi turli davrlarda, har xil shakllarda uyg„onish hodisasini boshidan
kechirgan. Bir necha asrlik mustamlakachilikdan so`ng yoxud milliy tanazzul iztiroblaridan
keyin shunday hodisalar yuz beradiki, odamlar o`zlarini anglay boshlaydilar. Fikriy
mudroqlikka chek qo`yadilar. Hayotni, olam rang-barangligini o`zlashtiradilar. Tafakkur
qudrati bilan yashashga ehtiyoj sezadilar. Va oqibat-natijasi - Mustaqillikdir.
Ollohning inoyati, xalqimiz orzusi - mustaqillikka erishdik. Bu sana - 1991 yil 31 avgust.
Bu oddiy gap emas?! Chunki bu kunga kelgunga qadar mohir siyosatchi, uzoqni ko`zlagan
bashoratchi, albatta aniq reja va keng ko`lamli dastur - islohotchi sifatida namoyon bo`lgan, eng
muhimi mustabid davrda O`zbekiston SSRning yaxlit boshqaruvi - Prezidentlik institutini tashkil
qilgan Islom Karimovning buyuk say-harakatlari ila Istiqlol amalga oshirildi! Agar 1990 yil 24
martda birinchi Prezident Islom Karimov O`zbekiston SSR Oliy Kengashida saylangan bo`lsa,
1991 yil 29 dekabrda mustaqil davlat ahli tomonidan muxolifat saylovlari asosida juda ko`p ovoz

42
olib (89,2%) xalq Prezidenti - Birinchi Prezident lavozimini egalladi, milliy davlatchilikka asos
soldi.
O`zbek davlatchiligi qachon paydo bo`lgan? degan savolga Yo`lboshchimiz shunday javob
beradi: ―Nima emish, O`zbekiston XX asrning 20-yillarida, aniqrog`i, 1924 yili davlat
maqomini olgan emish. Biz shu gapga ishonishimiz kerakmi? Maqtanish emas, yangidan
shakllanayotgan o`zbek davlatchiligi boshida turgan inson sifatida aytishga haqqim bor, kerak
bo`lsa, bu ish uchun jonimni, borlig`imni berishga tayyorman( Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz
kelajak yo`q.
- T.: Sharq. 1998. 11-b.).
Har bir jamiyat o`zining yuksak taraqqiyotiga erishishi uchun mustaqil bo`lishi hamda
milliy davlatchilikning haqiqiy demokratik jarayonlarini vujudga keltirishi zarur! Bu jarayonlar
mamlakatimizda istiqlol yillari amalga oshirilib, umume‘tirof etilgan demokratik normalar va
milliy manfaatlarimizga mos keluvchi demokratik huquqiy milliy davlat barpo etildi.
Shuni ta‘kidlash kerakki, davlatning demokratik tamoyillari universal holat bo`lib,
Amerika, Rossiya, Xitoy yoki Germaniyada qanday bo`lsa, bizda ham shunday bo`lishi kerak,
deb anglashimiz noto`g`ri?! Ya‘ni, uni vujudga keltiradigan, shakllantiradigan o`ziga xos
xususiyatlariga ega bo`lgan ijtimoiy-iqtisodiy, ma‘naviy-siyosiy, tarixiy-huquqiy, geografik,
geostrategik shart-sharoitlar turli xalqlar va davlatlarda har xil darajada rivojlanish jarayonlarini
boshidan kechirdi. Demak, rivojlanish jarayonlari millat ruhiyatidan kelib chiqadi.
Mamlakatning, aholining rivojlanish negizi milliy davlatning demokratik jarayonlarini
belgilaydi.
Milliy davlatchiligimizning demokratik prinsiplari O`zbekistonning Birinchi Prezidenti
Islom Karimov tomonidan ishlab chiqildi va amalga oshirildi. I.Karimovning ta‘kidlashicha,
«Istiqlol biz uchun taraqqiyotning butunlay yangi, keng ufqlarini ochdi. O`z kelajagimizni o`z
qo`limiz bilan yaratadigan bo`ldik. Hayotimiz va umumiy xonadonimizni milliy manfaat va
qadriyatlarimizni umume‘tirof etilgan demokratik mezonlarga monand qilib qurishdek noyob
tarixiy imkoniyatga ega bo`ldik», degan purma‘no fikrlari milliy davlatchilikning rivojlanish
muammolarini belgilaydi. Chunonchi:
a) siyosiy-ijtimoiy, huquqiy-ma‟naviy rivojlanishning demokratik obyektiv jihatlari davlat
bosh islohotchi sifatidagi jarayonning o`ziga xos va o`ziga mos xususiyatlari bilan
uyg„unlashgan holda sodir bo`lmoqda. G„arb mamlakatlarida esa rivojlanishda inqilobiy
o`zgarishlar ko`p uchraydi. Bizning xalqimiz esa mulohazakor, yetti o`lchab bir kes, qabilida ish
tutadi. YA‟ni, bu xalqimiz mentalitetidan kelib chiqadi;
b) xalqimiz ruhiyati va ijtimoiy ong taraqqiyotiga ko`ra yangilik va xo`jalik yuritishga
ishtiyoqi baland. Natijada madaniyat rivoji va xo`jalik yuritishi, ayniqsa, savdoning hozirgi
jahon andozalari talablari darajasida tiklanishi - Ipak yo`li gullab-yashnashining o`zagi bo`ldi.
Bu esa davlatimiz taraqqiyotida o`ziga xoslikni vujudga keltirmoqda;
v) milliy davlatning demokratik jarayonlari inson ravnaqi uchun xizmat qilar ekan, bu,
albatta, insonning ehtiyoji, manfaati, qobiliyatidan kelib chiqishi kerak. YA‟ni, uzoq yillar
davomida to`plangan tajriba, shuningdek, jahon tajribalari xalqimizning milliy intellektini
hisobga olgan holda amalga oshirilishi zarur;
g) mamlakatimizda jamoatchilik fikri jamoaviy nuqtai nazar asosida rivojlanmoqda. G„arb
davlatlaridagi demokratiyadan farqli o`laroq, bizda jamoa o`z o`zini boshqaradi. Oila yoki
jamoada kim aqlli, tajribali va yoshi ulug„ bo`lsa, o`shaning fikri boshqalarga ko`proq ta‟sir
qiladi. Mahalla va qishloqlarda oqsoqollar, bir tomondan. hurmatli kishilar bo`lib, biror
to`xtamga kelishda ularning fikrlari bilan hisoblashiladi. Ikkinchi tomondan esa shunga mos
ravishda davlat hokimiyati vakillariga ham alohida hurmat bilan qaraladi. Bu qo`rquv yoki
qaramlik emas, balki rahbarlarga hamda tajribali, obro`li kishilarga bo`lgan ishonch va
hurmatdir.
Darvoqe, muqaddas kitobimiz Qur‘oni Karimda ham raiyat1 uchun rahbarlar fikri farzdir,
ya‘ni bajarishi ijobiy holda amalga oshirilishi qayd qilingan. Bu yerda an‘anaviylik va

43
1
Раият—халқ.

44
zamonaviylikning shunday manbai mavjudki, davlat va uning rahbari xalqini chin dildan
e‘zozlasa, adolat tamoyillari asosida boshqarsa, demak taraqqiyotning eng zarur tayanch nuqtasi
vujudga keladi. Shu jihatdan Prezident Islom Karimov ta‘limotining noyobligini ko`ramiz.
I.Karimov mahallalarga davlat tomonidan yordam berish, ularga buyuk davlat qurish yo`lidagi
imkoniyatlardan foydalanishning taktik va strategik yo`llarini belgilab berdi. YA‘ni:
1. O`zbekiston jamiyatidagi jamoaviy ustuvorlikning tabiati falsafiy-tarixiy jihatdan
chuqur ildizga ega va jamoatchilik hayoti tizimida alohida ijtimoiy muvozanat yaratish
zarurligiga asoslanadi. Mahalla instituti ravnaq topib, jamoaviylik qadriyatlari davom etmoqda.
Uning ijtimoiy hayotga tasiri juda katta.
2. Milliy davlatchilik jarayonlarini chuqurlashtirish sharoitida fuqarolarning demokratik
taraqqiyotning faol ishtirokchisi hamda uning faol himoyachisi sifatida tayyorlash murakkab
hamda muddat talab etadigan hodisa. Chunki, mustamlakachilik davri illatlaridan qutulish
«azobi»ni fikrlab yashash, aql-idrok yo`rig„i bilan kun ko`rish «mashaqqati»ni yengish uchun
insonga ichki iroda, yangilanish g„oyasi, qat‟iyatli ong va tafakkur, ma‟naviy-huquqiy qudrat
kerak. Ana shu Iroda va Qudratni uyg„otish, shakllantirish, unga quvvat baxsh etish bugunning
asosiy vazifasidir.
Hozirgi paytga kelib, milliy davlatchilikning rivojlanish jarayonlari butunlay ijobiy
tomonga o`zgardi. Shubhasiz, huquqiy davlatning eng asosiy tamoyili qonun ustuvorligi
ta‘minlanmoqda. Shu bilan birga, inson huquqlari umummajburiy bo`lishini ta‘minlashda
huquqiy davlat asosi - hokimiyatlar bo`linishining Konstitutsiyaviy prinsipi muhim ahamiyatga
ega. Chunki, davlat hokimiyati turli organlarning vakolatlari bo`linishiga nisbatan inson
huquqlarining institusional kafolatlarini yaratadi. Prezident Islom Karimov qaydiga ko`ra:
―O`zbekiston Respublikasi milliy davlat qurilmasida hokimiyat uchga ajratiladi -
qonunchilik, ijrochilik va sud hokimiyatiga (Karimov I.A. O`zbekiston: milliy istiqlol,
iqtisod, siyosat, mafkura. 1-jild, -T: “O`zbekiston”, 1996, 15-b.).
Bu fikr Konstitutsiyaning 11-moddasida o`z aksini topgan: ―O`zbekiston Respublikasi
davlat hokimiyatining tizimi hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud
hokimiyatiga bo`linishi prinsipiga asoslanadi (O`zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasi. - T.: O`zbekiston. 2019. 6-bet.). Hokimiyatlar bo`linishi tamoyilining mavjud
bo`lishi tufayli davlat hokimiyati tizimida hokimiyat organlari bir-birini muvozanatda saqlab
turish va nazorat qilishga yo`l ochib beradigan va bir shaxs yoki organning qo`lida
hokimiyatning to`planishiga imkon bermaydigan o`zaro munosabatlar tartibi o`rnatiladi.
Milliy davlatimiz ichki va tashqi siyosatining asosiy yo`nalishlari - pirovard natijada
O`zbekistonda yangi va adolatli fuqarolik jamiyati barpo etishga qaratilgan. Demokratiyaning
murosachilik va yakdillik madaniyati davlat ichki hayotida ham, tashqi siyosatida ham
alohida ahamiyat kasb etadi. Jumladan, jamiyat fuqarolari o`rtasidagi munosabatlar qanchalik
samimiy va iliq bo`lsa, umumxalq va umumdavlat manfaatlari yo`lida birlashib, muammolarni
hal etishda oqilona faoliyat ko`rsatsa, barcha uchun umumiy vazifalar oldida mas‘uliyat chuqur
his qilinsa, bu, birinchidan, demokratiyaning mamlakat ichki hayotidagi madaniyatini belgilaydi.
Fuqarolik jamiyatini barpo etishning xalqaro tamoyillari, ya‘ni dunyo davlatlari
hamjamiyati e‘tirof etgan yo`riqlari mavjud bo`lib, bevosita fuqaroning o`z xohish-irodasini
erkin ifodalash huquqiga egaligi, ozchilikning ko`pchilikka bo`ysunishi, barcha fuqarolarning
millati, elati, ijtimoiy kelib chiqishi va diniy e‘tiqodidan qat‘i nazar, teng huquqliligi, davlat va
jamiyat boshqaruvida qonun ustuvorligi, saylov va saylanish huquqi va boshqalardir. Biroq,
ma‘lum bir mamlakatda demokratiyani joriy etishda faqat shuning o`zi kifoya qiladimi? Yoq
albatta. Chunki, har bir xalqning o`z turmush va tafakkur tarzi, tarixiy an‘analari, hayotga
munosabati va boshqa jihatlaridan kelib chiqib, demokratiyaga yondashishning o`ziga xos usuli
bor. Shu ma‘noda, Islom Karimov Sharqda demokratik jarayonlarning qadimdan shakllangan
o`ziga xos va o`ziga mos xususiyatlari bor. Buni aslo nazardan qochirib bo`lmaydi. Ya‘ni,
Sharqda demokratik jarayonlar uzviy ravishda va asta-sekin taraqqiy topadi. Bu sohada inqilobiy
o`zgarishlar yasashga urinishlar g`oyat noxush, hatto fojiali natijalarga olib keladi. Inqilobni
G`arb olimlari ham «ijtimoiy taraqqiyotning ibtidoiy va yovvoyi shakli», deb ataganlar. Tabiiyki,
45
bunday yo`l bizga aslo to`g`ri kelmaydi. Aslida demokratiyani joriy etishda yurtimizda
o`zbekona tamoyillar shakllanayotganini hisobga olish kerakligini, ta‘kidlagan edi. Bu,
ikkinchidan, demokratiyaning tashqi siyosatdagi o`ziga xosligini ta‘minlaydi.
Milliy davlatchiligimizning demokratik tamoyillarini yanada chuqurlashtirish va
rivojlantirishimiz mumkin. Aslida, demokratiya - «obyektiv voqelik». U bor yoki yo`q?! Bir
tizimdan ikkinchi tizimga o`tayotganda, unga yo`riqnomalar, ko`rsatmalar berish uslubi bilan
darhol qurib bo`lmaydi?! Bu haqda juda ko`p aytilgan va yozilgan. Biroq, barqaror demokratik
jamiyatning qaror topishi uchun zarur ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni hayotga tadbiq qilishga
qodir kuchli milliy davlat lozimligini tushunib yetdik! Ammo jamiyatni demokratlashtirish
odimlarini SHo`ro qarashlari bilan o`lchab bo`lmaydi. Har bir narsani uning mohiyatidan kelib
chiqib, o`z nomi bilan mardonavor aytish ayni Yo`lboshchimiz Islom Karimovning siyosiy
sifatlaridan biridir. Har qanday siyosiy vazifa siyosatchi zimmasiga rejadagilarni amalga oshirish
irodasi va layoqatidan iborat bo`lgan javobgarlikni yuklaydi.
O`rni kelganda, ta‘kidlash joizki, rahbar o`zini «demokrat», davlatini esa «demokratiya
oroli» deb xohlaganicha aytishi mumkin, biroq shu bilan birga, uning davlatida ochlik,
qashshoqlik, tartibsizlik, turli tomonga tashlanishlar hukmron bo`lishi ham hech gap emas?! Bir
qator MDH davlatlaridagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar bunga yorqin misol bo`la oladi. Bizning
davlatimizga kelsak, XXI asrda davlatlarning arzon populizmi va demokratiya niqobi ostidagi
o`yinlari emas, balki zaruriy milliy mafkuraviy g`oyadan voqelikka aylangan haqiqiy
demokratik, ochiq adolatli jamiyat tomon qo`ygan shahdam qadamlarimiz, bu borada qo`lga
kiritgan yutuqlarimiz bilan O`zbekiston davlati tanlagan yo`l - demokratik tamoyillar mazmunini
tashkil etadi.
Milliy davlatchiligimizning jahon sivilizatsiyasiga demokratik jarayonlar bilan chiqishi
ham muammolar yechimiga ta‘sir ko`rsatadi, albatta. Yevropa Ittifoqi va O`zbekiston
munosabatlari to`g`risida 1996 yil 21 iyunda tuzilgan muhim hujjat-sherikchilik va hamkorlik
to`g`risidagi Bitim imzolanishi bilan demokratik jarayonlarga dastlabki asos solingan edi.
Mazkur Bitim doirasida Yevropa Komissiyasi O`zbekistonda Yevropa Eyd (Yevropa ko`magi)
dasturining bir qator loyihalarini moliyalashtirib kelmoqda.
Shuni alohida e‘tirof etish lozimki, insoniyat tarixiga nazar solsak, demokratik jarayonlarni
amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etgan, milliy davlatlarning ijtimoiy-iqtisodiy,
ma‘naviy-ma‘rifiy-siyosiy-huquqiy taraqqiyoti asosiy omil bo`lib xizmat qilgan. Har bir xalq
demokratiyani o`z mentaliteti, o`z ko`nikmalari, qadriyatlariga munosib tarzda u yoki bu
darajada hayotga joriy qiladi. Umuminsoniy mohiyat va mazmunga ega bo`lgan tamoyillar har
bir davlatning taraqqiyot darajasi, boshqaruv tizimi, siyosiy muhiti, xalq ommasi ijtimoiy
ongining faolligi bilan bog`liq holda joriy qilinadi. Xuddi shu va boshqa ijtimoiy rivojlanish
sur‘atlarini belgilovchi omillar ta‘sirida davlatning demokratik jarayonlarini joriy qilish sur‘atlari
jadallashadi yoki sustlashadi. Demak, demokratiyani yuqoridan majburan joriy etish mumkin
emas!?
Demokratiya - xalq ijodi, fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy faolligi natijasida qo`lga
kiritiladigan boshqaruv tizimi. Demokratiya doimo xalq ommasining pok va halol harakati, o`z
huquqlari, ehtiyojlarini qondirish uchun olib borgan mashaqqatli kurashlari, faol mehnati na-
tijasida qo`lga kiritilgan. Islom Karimov har doim, milliy davlatlarda demokratik tamoyillarni
hayotga joriy qilish turli yo`llar vositasida amalga oshirilishi, lekin uning asosiy talabi va omili
doimo shaxsning huquq va erkinliklari, shu jumladan, erkin fikrlash hamda mulohazalarini
bemalol erkin bayon qilish huquqini ta‘minlash bo`lib, har qanday davlatning demokratik
jarayonlarini amalga oshirishda ma‘lum muddat talab qiluvchi holatdir, deb ta‘kidlaydi.
Avvalambor, demokratiyaning huquqiy asoslari barpo qilinishi shart. Ushbu jarayonlarni sun‘iy
ravishda jilovlab turish yoki sur‘atlarini jadallashtirish ijobiy natijalarga olib kelmaydi.
Hozirgi paytda huquqiy demokratiya yo`lini tanlab jadal sur‘atlarda rivojlanayotgan milliy
davlatimiz uchun insoniyat tarixining turli davrlarida demokratik davlatlarning shakllanishi va
amaliyotini tahlil qilishi, qiyosiy o`rganishi muhim ahamiyatga ega. Ya‘ni, dunyo davlatlari
demokratiyaga ma‘naviy-ma‘rifiylashgan jamiyatga xos tamoyillar bilan munosabatda
46
bo`lishlari

47
va baholash madaniyatini egallab olishlari, hatto ba‘zi manfaatlardan voz kechishi ham mumkin.
Masalan, hayot kechirish G`arb turmush tarziga mos bo`lsa va uni targ`ib etsa, ya‘ni demokratik
qarashlar bizning mentalitetimizga to`g`ri kelmasa, qarash bir tomonlama yondashuv hisoblanib,
o`zini qadrlagan, hurmat qilgan xalq uchun xavfli hamda tahdidli bir holatdir. Turli xalqlar, turli
madaniyatlar, manfaatlarning yonma-yon yashashi, yashay olishi faqat haqiqiy milliy
demokratik sharoitdagina amalga oshadi. Buni biz istiqbolli milliy davlatimiz miqyosida ko`rib
turibmiz!
Bugungi dunyo davlatlari demokratik jarayonlarni kafolatlovchi omillarga ega.
O`zbekiston ham undan chetda emas. Shu o`rinda haqiqiy demokratiyaning soxta
demokratiyadan farqini anglash bilan bog`liq fuqarolik madaniyatiga ega bo`lish; demokratiya
niqobi ostidagi «demokratik o`yinlar»ning, qarashlarning, chiqishlarning orqasidan
ergashmaslik; taqlid qilish yoki qilmaslikning qaysi milliy manfaatga to`g`ri kelishi yoki
kelmasligini solishtirib ko`rishga yetadigan uyg`oq ong va tafakkurga ega bo`lish; aholining
asosiy qismi demokratiyaga tayyor bo`lishi, unga befarq bo`lmasligi, demokratik ong va
madaniy saviyada dunyo va milliy taraqqiyot talablaridan orqada qolmasligi kerak.
To`g`ri va haqiqiy bunyodkorlik g`oyasini faqat milliy davlatning demokratik qarashlari
orqali amalga oshirish mumkin! Hozirgi davrda jahon davlatlari erishayotgan yutuqlardan
orqada qolmaslik, yangi texnologiyalarni egallab, uni ishlab chiqarishga joriy etish uchun
izlanish, yangi-yangi ixtirolar qilishga qodir bo`lish, mustaqillikni mustahkamlash va uni
rivojlantirish milliy davlatimizning muhim yo`nalishlarini tashkil etadi. O`zligini anglagan xalq
mustaqillikka, o`z taqdiriga, farzandlarining kelajagiga istiqbol ko`zi bilan qaraydi! Jahonda
o`ziga xos o`ringa va nufuzga ega bo`layotgan O`zbekiston davlati ana shunday milliy
demokratik yo`ldan bormoqda,- deb ta‘kidlagan edi Islom Karimov.
Yigirmanchi asr jahon sivilizatsiyasida bir-biriga qarama-qarshi bo`lgan katta iz qoldirdi.
Jahon urushlari, fan-texnika taraqqiyoti, turmush tarzida muayyan darajada farovonlik va
hokazolarni aytish mumkin. Lekin mamnuniyat bilan qayd qilish kerak, XX asrning so`nggi o`n
yilligi O`zbekiston milliy davlatchiligi uchun ulkan tarixiy-inqilobiy o`zgarishlarni yuzaga
keltirdi. Bu o`n yillik mamlakatimizda mustaqillikni ham iqtisodiy, ham siyosiy-ijtimoiy, ham
huquqiy-ma‘naviy, ham xalqaro munosabatlarda tikladi, takomillashtirdi.
Mustaqillikning birinchi o`n yilida o`zbek o`zligini tanidi, jahondagi nufuzli millatlardan
biriga aylandi. Muhimi - istiqlol mafkurasi shakllandi, millatimiz, xalqimiz o`z g`oyasi va
iymon-e‘tiqodiga qaytdi. Ajdodlarimizning boy merosi tiklandi va tiklanmoqda. Biz ularning
vorislari sifatida dunyo ma‘naviy-ilmiy jamoatchiligi oldida qarzdormiz. Chunonchi,
Muhammad al-Xorazmiy, Muhammad az-Zamaxshariy, al-Hakim, at-Termiziy, Xo`ja Ahmad
Yassaviy, Bahouddin Naqshband, Xo`ja Axror Valiy va boshqa o`nlab alloma-avliyolarning
teran ilmiy xulosalari va amallarini uchinchi ming yillikda va hamisha jahon ahliga yetkazib,
osoyishta va farovon, tinch-totuv yashashimizga katta va munosib hissa qo`shmog`imiz kerak.
Diniy qarashlar odob-axloqning uzviy qismiga aylandi. Cheklashlar man qilindi. Inson
kamolida iymon-e‘tiqod, Yaratganga shukronalar aytish hamda dunyoviy bilimlarni egallash,
taraqqiyotni yuksaltirish davom etaveradi. I.A.Karimovning say-harakatlari tufayli 2007 yil
Toshkent Islom dini poytaxti, degan maqomni oldi. O`nlab, yuzlab avliyo-anbiyolar maqbaralari
tiklandi. Hozirgi paytda 18 diniy konfensiyalar tolerantlik tamoyiliga ko`ra millatlararo totuvlik
asosida ishlab turibdi.
Albatta, har qanday milliy davlat iqtisodiyotining asosini energetika va tabiiy boylik
zahiralari tashkil etadi. Shuning uchun ham jahondagi rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar
to`qnashayotgan hozirgi energetika yetishmovchiligi sharoitida O`zbekistonning muhim
ustunligi mamlakat iqtisodiyotining ushbu yo`nalishda dunyodagi juda kam sonli davlatlar
singari I.Karimovning qat‘iy say-harakatlari bilan to`la mustaqillikka erishganligidadir. Ba‘zi
davlatlar esa uzoqni ko`zlamay, faqat joriy yilga mo`ljallangan byudjetni hisoblab chiqib, eng
kam jahon sarmoyasi bahosiga o`tishmoqda. Bu esa inqirozni bartaraf qilishga salbiy ta‘sir
ko`rsatishi mumkin.
O`zbekiston o`zining qo`shimcha tarzda gaz, neft, ko`mir va uran zahiralariga ega bo`lib,
48
ularni sof holda eksport qilish bo`yicha jahonning o`nta davlati safiga kiradi. Mamlakatning

49
umumiy energetika zahiralari yana kamida 100 yil davomida iqtisodiyot ehtiyojlarini
qondirish uchun yetadi. Buning o`ziyoq milliy davlatimizning boy imkoniyatlarga ega
ekanligidan dalolat beradi.
Umuman olganda, davlat va milliy davlatchilik muammosi, uning hozirgi globallashuv davridagi
rivojlanish davom etmoqda. Prezident Islom Karimov asos solgan milliy davlatchiligimiz bundan keyin
ham uzoqni ko`zlagan dastur asosida ravnaq topaveradi

41
0

You might also like