You are on page 1of 30

6-MAVZU.

O`ZBEKISTONDA IQTISODIY ISLOHOTLARNING AMALGA


OSHIRILISHI, BOZOR MUNOSABATLARINING SHAKLLANISHI.

Reja:
1. Bozor munosabatlariga o`tishning milliy modeli: evolyutsiyasi, xususiyatlari va
ustuvor yo`nalishlari.
2. Iqtisodiyotdagi muhim tarkibiy o`zgarishlarning amalga oshirilishi va sanoatning
rivojlanishi.
3. Qishloq xo`jaligida yangi iqtisodiy munosabatlarga o`tishning asosiy yo`nalishlari va
bosqichlari.
4. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning shakllanishi hamda rivojlanishi.
5. Zamonaviy transport-kommunikatsiya tizimining shakllanishi.

Tayanch iboralar.
Taraqqiyotning “Oʻzbek modeli”. Bozor iqtisodiyoti. Sotsialistik iqtisod. Iqtisodiy
islohotlar. Oʻtish davri. Xususiy mulk. Xususiylashtirish. Biznes. Renta. Kichik biznes. Xususiy
tadbirkorlik. Makroiqtisodiyot. Menejment. Birja. Infrastruktura. Inflyatsiya. Investitsiya.
Yoqilgʻi-energetika mustaqilligi. Oziq-ovqat mustaqilligi. Sanatsiya. Stagnatsiya.
Diversifakatsiya. Agrar islohotlar. Fermer xoʻjaligi. Klasterlar.

Adabiyotlar.
1. O‟zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. –T.: ―O‘zbekiston. 2019.
2. Karimov I.A. O`zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. 1-j. -T.:
―O`zbekiston. 1996.
3. Karimov I.A. Biz kelajagimizni o`z qo`limiz bilan quramiz. 7-j. -T.: ―O`zbekiston. 1996.
4. Karimov I.A. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. 2-j. -T.: ―O`zbekiston. 1996.
5. Karimov I.A. O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. -T.: ―O`zbekiston. 2011.
6. Mirziyoyev Sh.M. Miliy taraqqiyot yo`limizni qat‘iyat bilan davom ettirib, yangi
bosqichga ko`taramiz. Asarlar 1-jild. -Т.: ―O`zbekiston. 2018.
7. Mirziyoyev Sh.M. Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga berilgan eng oliy bahodir.
Asarlar 2-jild. -Т.: ―O`zbekiston. 2018.
8. Mirziyoyev Sh.M. Niyati ulug‘ xalqning ishi ham ulug‘, hayoti yorug‘ va kelajagi farovon
bo‘ladi. Asarlar 3-jild. -Т.: ―O`zbekiston. 2019.
9. Mirziyoyev Sh.M. Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari. Asarlar 4-jild. -Т.:
―O‘zbekiston. 2020.
10. Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekiston strategiyasi. -T.: ―O‘zbekiston. 2021.
11. Азизхўжаев А.А. Мустақиллик: курашлар, изтироблар, қувончлар. -Т.: ―Академия.
2001.
12. Ўзбекистон тарихи. Иккинчи китоб (1939-1991 йиллар). -Т.: ―O‘zbekiston. 2019.
428-459 бетлар.
13. Ўзбекистоннинг энг янги тарихи хрестоматияси / Масъул муҳаррир Н.Талипова. -
Т.: ―Fan va texnologiya. 2014.
14. Қобилов Ш.Р. Мустақиллик ғойибдан келган эмас ... -Т.: ―Ўқитувчи. 2012.
15. Қувватов Н.Б. Ўзбекистонда ўтиш даври ва жамият тараққиѐти. -Т.:
―Ўзбекистон файласуфлари миллий жамияти. 2013.

1. Bozor munosabatlariga o`tishning milliy modeli: evolyutsiyasi, xususiyatlari va


ustuvor yo`nalishlari.

O`zbekistonning hayoti deyarli 130 yil mobaynida chor Rossiyasiga, Sovet tuzumiga,
hokimiyat tepasiga kelib-ketib turgan rahbarlarning g`ayriinsoniy siyosatiga, jamiyatdagi
hukmron partiya tutgan yo`lga bog`liq bo`lgan.
Mustabid tuzum davrida davlat mamlakat boshqaruv tizimidan tortib, odamlarning
kundalik turmushiga daxldor bo`lgan barcha katta-kichik masalalarni hal etishni ham o`z
zimmasiga olgani uchun mamlakat taraqqiyoti sustlashib, xalq turmush darajasi kundan-kunga
pasayib borgan. Davlatlatlashtirilgan iqtisod defitsitli iqtisodga aylandi. Mustaqillik arafasida
eng zarur tovarlarning ilgari sezilmagan taqchilligi shiddat bilan kuchayib bordi. Defitsit za-
monaviy tovarlar u yoqda tursin, hatto kundalik ehtiyoj tovarlarni ham qamrab oldi, inflyatsiya
jarayoni kuchaydi. Iqtisodiyotdagi obyektiv qonuniyatlarning ko`r-ko`rona inkor egilishi ishlab
chiqarishning o`sishiga salbiy ta‘sir qilib, tanglikni keltirib chiqaruvchi omillarning zo`rayishiga
sharoit yaratdi. Mulkka nisbatan davlat monopoliyasining o`rnatilishi, tovar-pul
munosabatlaridan oqilona foydalana bilmaslik, uning o`rniga ma‘muriy taqsimlashga asoslangan
partiya-davlat boshqaruv tizimining cheksiz hukmronligi xalqning bunyodkorlik xislatlari
yo`lida to`g`anoq bo`ldi. Natijada, sobiq Ittifoqda yillar davomida shakllangan xo`jalik
aloqalarining uzilishi ishlab chiqarish darajasining nihoyatda pasayib ketishiga olib keldi.
Ittifoq tarkibidati davlatlar ichida, ayniqsa, O`zbekistonning bir yoqlama iqtisodiyoti bilan
mavjud vaziyatdan chiqib ketishi ancha qiyin edi. Chunki respublikada ko`p yillar davomida
shakllangan xalq xo`jaligi tarkibi, ya‘ni unda paxta yakkahokimligining o`rnatilgani, xom ashyo
resurslarinint Ittifoq ehtiyojlari uchun ayovsiz ishlatilishi, texnologik jihatdan oxiriga
yetkazilmatan va ishlab chiqarishning xom ashyo yoki yarim tayyor mahsulotni tayyorlashga
moslashtirilgani, aksariyat sanoat, hatto oziq-ovqat mahsulotlarining chetdan keltirilishi va
boshqa bir qator sabablar respublikaning markazga qaramligini mustahkamlab, import
mahsulotlarga bo`lgan ehtiyojning ortishiga olib keldi.
Respublikada yuzaga kelgan bunday holatni O‘zbekiston Respublikasi (keying o‘rinlarda
O‘z.R)ning Birinchi Prezidenti Islom Karimov tahlil qilib, shunday degan edi: "Bir necha o`n
yillar davomida respublikada ssenariysi uzoq markazda to`qilgan qarorlar amalga oshirildi,
"kampaniya"lar o`tkazildi. O`zbekistonning chinakam manfaatlari, o`ziga xos sharoiti va
imkoniyatlari pisand qilinmadi. Natijada xalq xo`jaligining nuqsonli, bir tomonlama xom ashyo
tuzilmasi shakllandi. Respublika ayrim xom ashyo turlarini, yoqilg„i, asbob-uskunalar va
texnologiyanigina emas, balki hayotiy muhim oziq-ovqat mahsulotlarini, xalq iste‟moli mollarini
chetdan keltirishga majburdir" (Karimov I.A. O`zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat,
mafkura. 1-j. -T.: O`zbekiston, 1996. B. 61).
Mustamlakachilik siyosati oqibatida O`zbekiston iqtisodi zaif bo`lgani holda, o`z yeridagi
boylikni o`zi tasarruf etish huquqidan ham mahrum edi. O`zbekistonning yer osti boyliklari
umumittifoq mulki deb qaralar, hatto, "... oltin, qimmatbaho va rangli metallar, strategik
ahamiyatga ega materiallar, jahon bozorida o`ta xaridorgir bo`lgan boshqa qimmatbaho
mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotishdan keladigan foyda O`zbekiston xazinasiga tushmas
edi"(Karimov I.A. Biz kelajagimizni o`z qo`limiz bilan quramiz. 7-j. -T.: O`zbekiston, 1996.
B. 371). Faqat sovet davrining so`nggi 15 yili ichida kamida 35 milliard dollarlik boylik paxta va
oltin Markaz ehtiyoji uchun olib chiqib ketilgan. Ular O`zbekistonning milliy manfaatlariga
xizmat qilmas edi, albatta.
Boz ustiga, bu davrga kelib markaz o`zining ko`plab nuqsonlarini yashirish va
mamlakatdagi mavjud yetishmovchiliklarni o`z bo`ynidan soqit qilish maqsadida, oziq-ovqat,
xalq iste‘moli mollari va moddiy resurslar bilan ta‘minlashni ittifoqdosh respublikalar
zimmasiga majburan yuklagan edi. Bu hol azaldan shakllangan xo`jalik aloqalarining
buzilishiga, tovar ayirboshlash tadbirlarining natura (mahsulot bilan ayirboshlash) shakliga
o`tishiga olib keldi, mintaqaviy xo`jalik yuritish g`oyasini vujudga keltirdi va g`ayriintegratsion
jarayonlarga turtki bo`ldi.
Yillar davomida to`planib qolgan va hal etilmagan ana shunday ijtimoiy-iqtisodiy va
ekologik muammolar oxir-oqibatda respublikada tanglik holatini yuzaga keltirdi. "Bugun ochiq
aytaversak ham bo`ladi, 1991 yilning oxiri va 1992 yilning boshida ko`p narsalarda uzilish
bo`lib, juda og‟ir ahvolga tushib, naq ocharchilik ostonasida turar edik" (Karimov I.A.
O`zbekistoi: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. 1-j. -T.: O`zbekiston, 1996. B. 3).
O`zbekistonni bunday iqtisodiy tanglikdan taraqqiyot yo`liga chiqarish uchun mamlakat
iqtisodiy tizimini yangilash, eski mustabid-rejali iqtisoddan yangi bozor iqtisodiga o`tish taqozo
etilardi. Shunday o`ta og`ir vaziyatda, Islom Karimov O`zbekiston rahbari etib saylanganining
ertasi kuniyoq, 1989 yil 24 iyunda, hukumat majlisida nutq so`zlab, respublikada vujudga kelgan
murakkab ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatga obyektiv baho beradi va uning kelib chiqish sabablarini
chuqur tahlil qilib, shunday mantiqiy xulosa chiqaradi: "Biz bundan buyon eskicha
yasholmaymiz va bunday yashashga zamonning o`zi yo`l
qo`ymaydi” (Karimov I.A. O`zbekiston mustaqillikka erishish
ostonasida. -T.: O`zbekiston, 2011. B. 32-45).
O`zbekistonning sharoiti va manfaatlari hisobga olingan xolda yangi dasturlar qabul
qilindi. O`zbekistonning yangi tarixida birinchi dastur 1990 yil oktabr oyida, O`zbekiston SSR
Oliy Sovetining uchinchi sessiyasida qabul qilindi, u "O`zbekiston xalq xo`jaligini
barqarorlashtirishning asosiy yo`nalishlari va bozor iqtisodiga kirib borishning tamoyillari", deb
nomlanadi.
Bu hujjatda quyidagi chora-tadbirlar belgilandi:
- aholini ijtimoiy himoyalashning davlat tizimini barpo etish;
- respublika fuqarolarining hamjihatligini ta‘minlash, millatlararo do`stona munosabatlarni
mustahkamlash;
- O`zbekistonning boshqa respublikalar bilan bo`ladigan iqtisodiy munosabatlarini teng
huquqli va o`zaro manfaatli asosda qayta qurish;
- boshqarishdagi buyruqbozlik usulidan voz kechib, iqtisodiy, ya‘ni manfaatni hisobga
oladigan boshqarish usullariga o`tish;
- moliya-kredit va soliq tizimini qayta ko`rib chiqib, iqtisodiy taraqqiyotni ta‘minlovchi
yangi moliyaviy vositalarni ishga solish;
- turli mulkchilik shakli va xo`jalik yuritishga o`tish;
- suveren va bevosita tashqi iqtisodiy aloqalarni o`rnatish;
- o`z tabiiy va moddiy resurslariga tayangan holda ishlab chiqarishning bir yoqlama
rivojlanishiga chek qo`yish va bu ishlarning kompleks borishini ta‘minlash.
Dasturda yuqorida sanab o`tilgan chora-tadbirlarni 3 bosqichda amalga oshirish
mo`ljallangan edi:
birinchi bosqich iqtisodiyotni barqarorlashtirish yuzasidan dastlabki favqulodda tadbirlarni
amalga oshirish va islohotlarga ilk qadam qo`yish (1990-1992 yillar);
ikkinchi bosqich bozor iqtisodiyotining asosiy belgilarini shakllantirish, unga asos solish
(1992-1993 yillar);
90
uchinchi bosqich bozor mexanizmi, ya‘ni yangicha xo`jalik yuritish usullarini keng quloch

90
yoydirish (1994-1996 yillar), Bu dasturda yetti yil davomida O`zbekistonda bozor iqtisodiyotini
shakllantirish nazarda tutilgan bo`lib, uni siyosiy mustaqillik yo`lidan qaytmagan holda, sobiq
Ittifoqning iqtisodiy tizimi doirasida, uning salohiyatidan foydalangan holda amalga oshirish
rejalashtirilgan edi. Ushbu dastur amalga oshmagan bo`lsa-da, yutuq va kamchiliklaridan qat‘i
nazar, O`zbekiston rahbariyatining mavjud holat yuzasidan o`z pozitsiyasi borligi hamda
tanazzul alomatlari kuchaygan va boshboshdoqlik avj olgan davrda, birinchi navbatda, unda
respublika aholisining manfaati ustuvorligi alohida ko`rsatilishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Ushbu hujjatning tarixiy ahamiyati ham ana shundadir.
O`zbekistonning eng yangi tarixida mamlakatning aniq va puxta rivojlanish strategiyasi
mustaqillikka erishilganidan so`ng ishlab chiqildi va izchillik bilan amalga oshirilmoqda.
Ta‘kidlash joizki, istiqlolga erishilganidan so`ng nafaqat avvalgi tuzum davrida shakllangan,
balki, ko`plab yangi, o`tish davri bilan bog`liq muammolar ham yuzaga qalqib chikdi. Bu,
albatta, ijtimoiy-iqtisodiy sohada qator dolzarb muammolarni hal qilish, bozor munosabatlariga
mos infratuzilmani shakllantirish, iqtisodiyotda chuqur tuzilmaviy o`zgarishlarni amalga
oshirish, aholinish ijtimoiy himoyasini kuchaytirishni talab qilar edi. Ijtimoiy-iqtisodiy
jarayonlarni boshqarishning ma‘muriy buyruqbozlik tizimidan erkin bozor munosabatlariga
asoslashgan modeliga o`tish ehtiyotkorlik va sekin-astalik bilan amalga oshirilishi kerak edi.
Ushbu modelning asosiy tamoyillari, uni amalga oshirish yo`llari, bosqichlari Islom
Karimov tomonidan ishlab chiqildi va u ilmiy asoslangan mashhur besh tamoyilda o`z aksini
topdi. Bu tamoyillar umumlashgan holda 1993 yilda Islom Karimovning "O`zbekiston: bozor
munosabatlariga o`tishning o`ziga xos yo`li" asarida e‘lon qilindi. Ular quyidagilardan iborat:
Birinchidan, iqtisodiyotni mafkuradan batamom xoli qilish. Iqtisodiyot siyosatdan ustun
turmog`i lozim. Aynan iqtisodiyot, uni yanada rivojlantirish muammolari davlat siyosatining
asosiy mazmuniga aylandi.
Ikkinchidan, davlatning o`zi eski tuzumdan yangi tuzumga o‘tish davrida bosh
islohotchisi bo‘lishi zarur. Davlat butun xalqning manfaatlarini ko‗zlab, islohotlar jarayonining
tashabbuskori bo‘lishi, iqtisodiy taraqqiyotining yetakchi yo‗nalishlarini belgilashi,
iqtisodiyotda, ijtimoiy sohada va suveren davlatimizning ijtimoiy-siyosiy hayotida tub
o‗zgarishlarni amalga oshirish siyosatini ishlab chiqishi va izchil ro‗yobga chiqarishi kerak.
Uchinchidan, Qonunning ustuvorligi, yangilanish va taraqqiyot jarayoni qonunlarga
asoslanmog`i zarur. Iqtisodiy o‘zgarishlar amaliy kuchga ega bo‘lgan qonunga tayangandagina
sezilarli natija berishi mumkin.
To`rtinchidan, bozor iqtisodiyotiga o‗tishda kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirish,
davlatning aholini ijtimoiy nochor guruhlarini qo‘llab-quvvatlash borasida mas‘ul bo‘lishidir.
Iqtisodiy islohotlarning barcha bosqichlarida demografiya sohasidagi real ahvolni, aholini
mavjud turmush darajasini hisobga olgan holda odamlarni ijtimoiy himoyalash sohasida kuchli
chora-tadbirlarni oldindan amalga oshirish kerak. Ijtimoiy himoyalash mexanizmi mavjud
bo‘lganidagina ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni saqlash mumkin.
Beshinchidan, islohotlarni, bozor munosabatlarini shakllantirishni puxta o‗ylab,
bosqichma-bosqich amalga oshirish lozim.
O`z. Rning Birinchi Prezidenti I.A.Karimov ishlab chiqqan milliy model o`ziga xos bo`lib,
unda bozor iqtisodiyotining ma‘lum bir turi yoki muayyan bir davlat yo`li to`g`ridan-to`g`ri
ko`chirib olingani yo`q. Uni tanlashda mamlakatimizning iqtisodiy ijtimoiy sharoiti va
salohiyatidan, xalqimizning tarixi, milliy urf-odatlari, diniy e‘tiqodidan kelib chiqildi. Bunda
ko`plab rivojlangan davlatlar tajribasi mukammal o`rganildi va inobatga olindi.
Dunyo amaliyotida o`tish davri uchun mukammal modelning o`zi yo`q. Negaki, bir
davlatning yo`li boshqalar uchun mutlaqo to`g`ri kelmasligi mumkin. Xar bir mamlakat o`ziga
xos siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, geopolitik va tabiiy-geografik sharoitga ega. Shu ma‘noda, har
bir davlat o`z iqtisodiy rivojlanish modeliga ega bo`lishi kerak.
Amalda "O`zbek modeli" atamasi O`zbekistonning Markaziy Osiyoda barqaror
rivojlanayotgan davlatlardan biriga aylanishi bilan bog`liq tarzda paydo bo`ldi. Mutaxassislar
tomonidan ushbu atama 1993 yildan qo`llana boshladi, chunki shu davrdan boshlab
91
O`zbekistonda olib borilayotgan keng qamrovli iqtisodiy islohotlar o`zida iqtisodiy o`sish bilan
hamohang tarzda ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni mujassamlashtirgan edi. Bu, ayniqsa, sobiq
Ittifoq parchalangan davrning dastlabki yillarida ko`zga tashlanardi.
Tahlillar hozirgi davrgacha o`zbek modeli o`z rivojlanishida bir necha bosqichni bosib
o`tganini ko`rsatmoqda.
Birinchi bosqich o`z ichiga 1989-1991 yillarni qamrab oladi, ya‘ni bu davrda sobiq Ittifoq
tarkibiga kirgan har bir respublika o`z imkoniyati va umumittifoq taqsimotidan kelib chiqib,
mintaqaviy xo`jalik hisobiga o`tmoqda edi. Bu boradagi asosiy muammo majburan joriy etilgan
sotsialistik munosabatlar va O`zbekistonning real imkoniyatlari o`rtasidagi ziddiyatlarda o`z
ifodasini topdi.
Ikkinchi bosqich mustaqillikning ilk davri (1991-1993 yillar), ya‘ni o`z istiqlol va
taraqqiyot yo`lini izlashning eng murakkab va qiyin pallasi hisoblanadi. O`z taraqqiyot yo`lini
topish O`zbekiston uchun yana shu bilan murakkab ediki, ko`plab Yevropa davlatlaridan farqli
o`laroq, xalqimiz o`ziga xos eksperiment obyektiga aylangan edi. Nokapitalistik munosabatlar
xukmronlik qilgan davr respublika iqtisodiyotining rivojlanishida salbiy oqibatlarni keltirib
chiqardi, chunki buning natijasida pishib yetilmagan, majruh holatdagi ishlab chiqarish
munosabatlari shakllandi.
Uchinchi bosqich 1993-1995 yillar, ya‘ni o`zbek modeli amalga oshirilishining dastlabki
davri. Ushbu bosqichda bozor infratuzilmasi vujudga keldi, xususan, uning normativ-huquqiy
bazasi, xususiy sektor, bank-kredit mexanizmi uchun xizmat ko`rsatish sohasi, soliq siyosati
shakllanib bordi. Shuningdek, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, uy-joy fondi, ijtimoiy soha
tarmoqlaridagi korxonalarni (umumiy ovqatlanish, savdo, pullik xizmat ko`rsatish kabilarda)
faol xususiylashtirish jarayoni boshlandi hamda yirik korxonalarni aksiyadorlik jamiyatlariga
aylantirishga tayyorgarlik ko`rildi. Eng muhimi, O`zbekiston xalqaro iqtisodiy munosabatlarning
to`laqonli subyektiga aylandi.
To`rtinchi bosqich 1995-1999 yillarni o`z ichiga oladi. Bu davrda aholi tanlangan yo`lning
to`g`riligini, olib borilayotgan islohotlar real yo`nalish va shaklga ega ekanligini anglab yetdi.
Chunki o`zbek modeli islohot o`tkazish usullari hamda dasturlarni amalga oshirish mexanizmlari
talab darajasida ekanligini ko`rsatdi. Yangi tovarlar va texnologik taraqqiyotga ehtiyojning
o`sishi iqtisodiyotda yuqori texnologik tarmoqlar ulushining oshishiga olib keldi. Bu davrda,
ayniqsa, kimyo va neft-kimyo, farmatsevtika sanoatining jadal sur‘atlar bilan rivojlanishi ko`zga
tashlandi. Qator strategik sohalar, xususan, don va energetika mustaqilligi ta‘minlandi. Bozor
iqtisodiyoti infratuzilmasi shakllandi.
Beshinchi bosqich 1999 yildan boshlanib, 2010 yilgacha davom etdi. Import o`rnini
bosuvchi va ommaviy eksportga yo`naltirilgan iqtisodiy tizimni to`la hajmda shakllantirish,
nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikning faollashuvi bu davrda amalga oshirilgan
islohotlarning asosiy belgisi bo`ldi. Avvalgi bosqichlar doirasida mamlakat iqtisodiyotini tubdan
tarkibiy o`zgartirish va diversifikatsiya qilish, qisqa muddatda mutlaqo yangi, lokomotiv rolini
bajaradigan tarmoqlarning barpo etilishi, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va
texnologik yangilash dasturlarini amalga oshirish, zamonaviy bozor infratuzilmasini
shakllantirish borasida o`z vaqtida boshlangan, chuqur o`ylangan va
uzoq istiqbolga mo`ljallangan ishlar o`z natijasini berdi. Ayniqsa, mamlakat
qishloq xo`jaligida to`liq fermerlik tizimiga o`tish g`oyasi aynan shu bosqichda amalga
oshirildi. Muhimi shundaki, ushbu bosqichda mamlakatda amalga oshirilayotgan iqtisodiy
islohotlar sinovdan muvaffaqiyatli o`tdi. 2008 yilda boshlangan jahon moliyaviy-iqtisodiy
inqirozi O`zbekiston iqtisodiyotiga jiddiy zarar yetkazmadi. Ushbu bosqichda «Inqirozga
qarshi choralar dasturi» va unda ko`zda tutilgan tadbirlar milliy modelning yanada
takomillashishiga xizmat qildi.
Oltinchi bosqich 2010 yildan boshlandi va uning tub mohiyati, ustuvor yo`nalishlari Islom
Karimovning O`z R Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2010 yil 27 yanvarda bo`lib
o`tgan qo`shma majlisidagi "Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati
barpo etish ustuvor maqsadimizdir" nomli ma‘ruzasida o`z aksini topdi. Ushbu yondashuv
92
rivojlanishning «o`zbek model»ini nazariy va amaliy jihatdan yanada boyitib, milliy

93
iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va liberallashtirish bo`yicha amalga oshirilayotgan ishlarni
yangi bosqichga ko`tarish imkonini berdi.
Istiqlol yillarida mulkchilik tarkibida tub o`zgarishlar yuz berdi, amalda ko`p ukladli
iqtisodiyot shakllandi. Uning tarkibida xususiy mulk salmoqli o`rin egalladi. YAIM tarkibida
nodavlat sektorining ulushi 80 foizdan oshishiga erishildi.
Sobiq itgifoqdosh respublikalar orasida faqat O`zbekistonda 1996 yildan boshlab izchil
iqtisodiy o`sish sur‘atlari ta‘minlandi. Agar 1996-2003 yillarda o`rtacha o`sish sur‘ati 4,3 foizni
tashkil etgan bo`lsa, 2004 yildan boshlab bu jarayon yangi bosqichga ko`tarilib, yuqori darajada
yiliga o`rtacha 7,5-9 foiz o`sishni tashkil etdi.
Mustaqillikning dastlabki yillaridan rahbariyat oziq-ovqat muammosini o`z
imkoniyatlarimiz hisobidan hal qilish, ayniqsa, don mustaqilligini ta‘minlash masalasini kun
tartibiga qat‘iy vazifa qilib qo`ydi. Puxta o`ylab yuritilgan iqtisodiy siyosat natijasida ekin
maydonlari tarkibi, qishloq xo`jaligi ekinlarini joylashtirish ichki talab va shart-sharoitlardan
kelib chiqqan holda, qayta ko`rib chiqildi. Mamlakatda paxta yakkahokimligiga barham berildi.
Natijada, oziq-ovqat xavfsizligi, g`alla mustaqilligi ta‘minlandi. O`tgan yillarda g`alla
yetishtirish hajmi 7 barobar, hosildorlik esa 3 barobardan ko`proq oshdi. Yalpi ichki mahsulotda
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning salmog`i 54 foizdan oshib ketdi.
Istiqlol yillarida Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, Sho`rtan gaz-kimyo majmuasi,
Qo`ng`irot soda zavodi, Dehqonobod kaliyli o`gitlar zavodi, Asakadagi yengil avtomobillar,
Samarqanddagi yuk avtomobillari va avtobuslar ishlab chiqaradigan zavodlar, yuzlab zamonaviy
yengil va oziq-ovqat sanoati korxonalari ishga tushirildi. Natijada, 1991-2013 yillarda
mamlakatda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 3,4 barobar oshdi. Ishlab chiqarilayotgan
sanoat mahsulotlarining salkam 40 foizi eksport qilindi.
Davlat statistika qo`mitasi uy xo`jaliklari tanlama kuzatuvlari ma‘lumotlariga ko`ra 2019
yilda o`rtacha har 100 ta uy xo`jaligiga 47 ta yengil avtomobil to`g`ri kelgan. Shuningdek, 100 ta
uy xo`jaligiga to`g`ri keladigan televizorlar soni 160 ta, kompyuterlar soni esa 55 tani tashkil
etgan. 100 ta uy xo`jaligidagi aholiga 282 ta telefon apparati to`g`ri kelgan.
Eng og`ir, keskin ijtimoiy-iqtisodiy muammolar girdobida turgan o`tish davrida ijtimoiy
yo`naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish vazifasi qo`yildi. Shu bois ham, milliy
modelning o`ziga xos jihatlaridan biri taraqqiyotning barcha bosqichlarida kuchli ijtimoiy
siyosat yuritilib, aholining kam ta‘minlangan qatlami ishonchli ijtimoiy himoyaga ega bo`ldi. Bu
o`tish davrining eng og`ir bosqichlarida ham jamiyatimizda ijtimoiy adolat va barqarorlikni
ta‘minlash imkonini berdi.
Amalga oshirayotgan islohotlarimiz jahon hamjamiyati tomonidan munosib
baholanmoqda. Xususan, dunyodagi nufuzli nashrlardan biri – ―Ekonomist jurnali
O`zbekistonni 2019 yilda islohotlarni eng jadal amalga oshirgan davlat – ―Yil mamlakati deb
e‘tirof etdi. Bunday baho barchamizga cheksiz g`urur, iftixor va kuch bag`ishlaydi, yangi
marralarga ruhlantiradi.
O`zbekiston Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida qayd
etilganidek, ―Taraqqiyotga erishish uchun raqamli bilimlar va zamonaviy axborot
texnologiyalarini egallashimiz zarur va shart. Bu bizga yuksalishning eng qisqa yo`lidan borish
imkoniyatini beradi. Zero, bugun dunyoda barcha sohalarga axborot texnologiyalari chuqur kirib
bormoqda.
Yurtimiz ―Xalqaro axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish indeksi
bo`yicha 2019 yilda 8 pog`onaga ko`tarilgan bo`lsa-da, hali juda ham orqadamiz. Aksariyat
vazirlik va idoralar, korxonalar raqamli texnologiyalardan mutlaqo yiroq, desak, bu ham haqiqat.
Albatta, raqamli iqtisodiyotni shakllantirish kerakli infratuzilma, ko`p mablag` va mehnat
resurslarini talab etishini juda yaxshi bilamiz. Biroq, qanchalik qiyin bo`lmasin, bu ishga bugun
kirishmasak, qachon kirishamiz?! Ertaga juda kech bo`ladi. Shu bois, raqamli iqtisodiyotga faol
o`tish – kelgusi 5 yildagi eng ustuvor vazifalarimizdan biri bo`ladi.
Raqamli texnologiyalar nafaqat mahsulot va xizmatlar sifatini oshiradi, ortiqcha
xarajatlarni kamaytiradi. Shu bilan birga, meni juda qattiq tashvishga soladigan va bezovta
94
qiladigan eng og`ir illat – korrupsiya balosini yo`qotishda ham ular samarali vositadir. Buni
barchamiz teran anglab olishimiz darkor.
Davlat va jamiyat boshqaruvi, ijtimoiy sohada ham raqamli texnologiyalarni keng joriy
etib, natijadorlikni oshirish, bir so`z bilan aytganda, odamlar turmushini keskin yaxshilash
mumkin (Oliy Majlisga Murojaatnomadan. 24.01.2020.).
Mamlakatimizda ilm-fanni yanada ravnaq toptirish, yoshlarimizni chuqur bilim, yuksak
ma‘naviyat va madaniyat egasi etib tarbiyalash, raqobatbardosh iqtisodiyotni shakllantirish
borasida boshlagan ishlarimizni jadal davom ettirish va yangi, zamonaviy bosqichga ko`tarish
maqsadida yurtimizda 2020 yilga “Ilm, ma‟rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish
yili”, deb nom berildi.

2. Iqtisodiyotdagi muhim tarkibiy o`zgarishlarning amalga oshirilishi va sanoatning


rivojlanishi.

O`zbekistonning sobiq Ittifoq tarkibida uzoq yillar davomida ma‘muriy-buyruqbozlik


tizimi ostida bo`lganligi, shundoq ham susayib borayotgan xo`jalik aloqalarining 1990 yillarning
boshida batamom uzilib qolishi kuchli inqiroz holatlarini keltirib chiqardi. O`zbekiston
iqtisodiyotining bir yoqlama tarzda, faqat xom ashyo yetishtiradigan holga tushib, vaqtida
kompleks rivojlanish yo`liga, aholi ehtiyojlarini qondirishga o`tkazilmagani ijtimoiy ishlab
chiqarish tuzilishidagi chuqur nomutanosibliklarda namoyon bo`ldi.

90-yillarning boshida O`zbekistonda ijtimoiy ishlab chiqarish tuzilishidagi


nomutanosibliklar

Ko`rsatkich Miqdori
Sanoatda tayyor mahsulotning ulushi 50 foiz
Qayta ishlanmasdan, respublika tashqarisiga chiqarilgan 80 foizdan ko`proq
qishloq xo`jaligi mahsulotining ulushi

Respublikadan olib ketilayotgan mahsulot tarkibida 65 foizdan ko`proq


xom ashyo, materiallar va chala tayyor mahsulotlar
ulushi
Respublikaga keltirilayotgan tovarlar tarkibida sanoat 60 foiz
mahsulotlari (mashinalar, asbob-uskunalar, yengil sanoat,
va oziq-ovqat mahsulotlari) ulushi

Sovet davrining keyingi o`n yilliklari mobaynida iqtisodiyotni rivojlantirishda xom ashyo,
chala tayyor mahsulotlar ishlab chiqaradigan va chetga yuboriladigan, mehnatni nisbatan
kamroqtalab qiladigan xom ashyo tarmoqlarini rivojlantirishga ustuvor ahamiyat berilishi ushbu
nomutanosibliklarni yanada kuchaytirdi. Jumladan, ishlab chiqarishning umumiy hajmida yengil
sanoatning ulushi keyingi 50 yil ichida 54 foizdan 37 foizga, oziq-ovqat sanoatining ulushi 30
foizdan 14 foizga tushib qolgan, mashinasozlikning ulushi atigi 7 foizga o`sib, 16 foizni tashkil
etgan.
Shuningdek, iqtisodiyot tarmoqlarini tarkib toptirish va rivojlantirishda qator nuqson va
kamchiliklarga yo`l qo`yilgan. Jumladan:
- respublika mashinasozlik kompleksi faoliyati paxtachilik, paxtachilik uchun mashinalar
ishlab chiqarish bilan cheklanib, murakkab uy-ro`zg`or texnikasi, yo`l qurish mashinalari,
plastmassa buyumlari, oziq-ovqat sanoati jihozlari, savdo-sotiq va maishiy xizmat sohasi uchun

95
kerakli asbob-uskunalar deyarli ishlab chiqarilmadi;
- kimyo sohasining rivojlanishida yirik korxonalarga afzallik berilishi respublikadagi
ekologik vaziyatni juda yomonlashtirib yubordi;
- yirik kimyo korxonalari nitron, atsetat, kaprolaktam singari dastlabki qayta ishlangan
mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashib, ularning mahsulotlari ham, asosan, respublikadan
tashqariga chiqarishga mo`ljallandi.
Istiqlol yillarida mamlakatimiz rahbari tomonidan O`zbekistonning iqtisodiy mustaqilligini
ta‘minlashga alohida e‘tibor qaratilib, bu boradagi strategiyaga quyidagi yondashuvlar asos
qilindi:
- mintaqamiz taraqqiyotining tarixiy asoslari, oqilona mantiq e‘tiborga olinmay, ma‘muriy-
buyruqbozlik usullari tazyiqi ostida shakllangan qarashlarning hammasiga barham berilishi
kerak;
- mintaqamiz taraqqiyotining istiqbollariga, avvalo, respublika aholisining manfaati nuqtai
nazaridan qaramoq kerak.
Respublikani iqtisodiy mustaqillik yo`liga o`tkazish, uni inqiroz girdobidan olib chiqish
vazifalarini hal etishda mamlakatning ichki resurslari va imkoniyatlariga baho berishga mutlaqo
yangicha yondashish zarurligi ta‘kidlandi.
Iqtisodiy islohotlarning dastlabki bosqichida asosiy e‘tibor mustaqil davlatning amal
qilishini ta‘minlovchi infratuzilmani yaratish, bozor iqtisodiyotiga o`tishning qonunchilik
asoslarini shakllantirish, narxlarni erkinlashtirish, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va
xususiylashtirish, inflyatsiyaga qarshi kurash va aholini ijtimoiy himoyalash masalalariga
qaratildi.
Ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o`tish O`zbekistonda davlat suverenitetining
iqtisodiy asosi sifatida belgilandi. Bu yo`lni shakllantirish uchun iqtisodiyotni tubdan isloh
qilishga kirishildi. Bunda, avvalo, iqtisodiy islohotlarning quyidagi strategik maqsadlariga
e‘tibor qaratildi:
- ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodiyotini bosqichma-bosqich shakllantirish, milliy
boyliklarning o`sishi, kishilar turmushi va faoliyati uchun munosib sharo itni ta‘minlaydigan
kuchli va muntazam rivojlanib boruvchi iqtisodiy tizim yaratish;
- ko`p ukladli iqtisodiyotni shakllantirish, xususiy mulkka munosabatni o`zgartirish,
tashabbuskorlik va tadbirkorlikning har taraflama o`sishi uchun asos bo`ladigan xususiy
mulkchilikning davlat tomonidan himoya qilinishini ta‘minlash;
- korxonalar va fuqarolarga keng iqtisodiy erkinliklar berish, ularning xo`jalik ishlariga
davlatning to`g`ridan-to`g`ri aralashuvidan voz kechish, iqtisodiyotni boshqarishning ma‘muriy-
buyruqbozlik usullariga barham berish, iqtisodiy vositalar va rag`batlantirishni keng qo`llash;
- moddiy, tabiiy va mehnat resurslaridan unumli foydalanish, raqobatbardosh tayyor
mahsulotlar ishlab chiqarish va jahon iqtisodiyoti tizimiga kirib borishni ta‘minlaydigan chuqur
iqtisodiy o`zgarishlarni amalga oshirish;
- iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o`zgarishlar qilish va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab
chiqarish;
- jahon iqtisodiy tizimiga qo`shilish;
- yangicha iqtisodiy tafakkurni shakllantirish, aholining dunyoqarashini o`zgartirish, har
bir kishiga o`z mehnati samarasidan bahramand bo`lish imkoniyatini yaratish.
Bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o`tish bozorning ko`p bo`g`inli infratuzilmasini
yaratishni talab qiladi. Chunki muayyan infratuzilmaga ega bo`lmasdan bozor mexanizmlari
to`liq ishlay olmaydi. Infratuzilma bu - xalq xo`jaligi faoliyatini ta‘minlash uchun turli tuman
xizmat ko`rsatuvchi tarmoqlar kompleksi: transport, aloqa, savdo, moddiy-texnika ta‘minoti, suv
bilan ta‘minlash, fan, maorif, sog`liqni saqlash, atrof muhitni muhofaza qilish va boshqalarni o`z
ichiga oladi. Asosiy ishlab chiqarish infrastrukturasi – elektr ta‘minoti, transport, yo`l, ombor
xo`jaligi va aloqa tarmoqlari hisoblanadi.
O`tish davrida bozor infratuzilmasini shakllantirish va kengaytirish borasida ko`plab
amaliy tadbirlar amalga oshirildi.
96
Tovar va xom ashyo bozorida xizmat qiluvchi tovarlar va xom ashyo birjalari, biznes-
inkubator, auditorlik va konsalting firmalari, ko`plab savdo uylari, auksionlar, tijoratchilik
idoralari, reklama firmalari, savdo-sotiq va ularni nazorat qiluvchi davlat muassasalari tashkil
etildi. Bu sohadagi dastlabki qadam mahsulot yetkazib berishga majburiy davlat buyurtmasining
tugatilishi bo`ldi. Davlat buyurtmasi tugatilgach, tovar resurslarini markazlashgan tartibda
taqsimlashga mutasaddi ta‘minot tashkilotlari ham tugatildi. Ularning o`rniga tovarlar bozorini
shakllantiruvchi birjalar tizimi tashkil etildi. O`zbekistonda 1991 yilning avgustidan
"O`zbekiston" respublika universal agrosanoat birjasi, "O`zulgurjibirjasavdo" (1994 yil, mart),
"Toshkent Respublika tovar-xom ashyo birjasi (1994 yil, 8 aprel) va boshqa birjalar faoliyati
yo`lga qo`yildi.
Bozor munosabatlarini rivojlantirishda axborot infratuzilmasi alohida ahamiyatga ega. Shu
bois iqtisodiy faoliyat uchun zarur bo`lgan axborotlar, xabarlar va ma‘lumotlarni to`plovchi,
umumlashtiruvchi vositalar, firmalar vujudga keldi.
Xo`jalik yurituvchi subyektlarni moliya-kredit munosabatlariga xizmat qiluvchi
infratuzilma yangi bank tizimi, o`z-o`zini kreditlash idoralari, sug`urta kompaniyalari, moliya
kompaniyalari, soliq undirish idoralari, pul jamg`armalari yaratildi.
Respublikamizda tadbirkorlar va aholini ro`y berishi mumkin bo`lgan turli zararlardan
himoya qiluvchi sug`urta bozori vujudga keldi. Davlat ishtirokida bozor munosabatlariga xizmat
qiluvchi "O`zbekinvest" (1994 yil 13 aprel), "O`zagrosug`urta" (1997 yil 25 fevral), "Kafolat
(1997 yil 14 mart) kabi uchta yirik sug`urta kompaniyasi tashkil etildi. Prezident farmoni bilan
2002 yil 1 fevralidan boshlab sug`urta tashkilotlarining 3 yil muddatga daromad solig`idan ozod
qilinishi mamlakatimizda sug`urta bozorini yanada erkinlashtirish va rivojlantirishga xizmat
qildi.
Bozor iqtisodiyotiga o`tish mulkchilik shakllari, ko`p ukladli aralash iqtisodiyot
tuzilmalarining xilma-xilligiga asoslanadi. Bu raqobat bozor iqtisodiyotini harakatlantiruvchi
kuch ekanligi, u kup sonli bozor subyektlarini talab qilishi bilan izohlanadi. Shunga ko`ra, O`z
Rning "Mulkchilik to`g`risida"gi Qonunida mamlakatimizda mulkchilikping qanday shakllari
amal qilishi aniq belgilab berildi. Shuningdek, O`zbekistonda mulkchilikning barcha shakllari
teng huquqli ekanligi Konstitusiyada ham belgilab qo`yildi.
Mustaqil taraqqiyot yo`liga o`tgan mamlakatimiz iqtisodiyotida muhim tarkibiy
o`zgarishlarni amalga oshirishda investitsiya faoliyati muhim ahamiyat kasb etdi.
Samarali investitsiya siyosatining amalga oshirilishi iqtisodiy rivojlanishning turli
bosqichlaridagi ustuvor yo`nalish va mexanizmlarni o`zgartirdi.
Iqtisodiy islohotlarning birinchi bosqichi (1991-1995 yillar)da YAIM hajmining kamayib
ketishi, milliy valyuta devalvatsiyasi va inflyatsiya o`sib borishi, rivojlanishda yuqori darajada
beqarorlik kuzatildi. Investitsiya hajmi va ko`lami qisqarib, bunday holatda xorijiy
investitsiyalar ulushining katta qismi turli grantlardan iborat bo`lib, to`g`ridan-to`g`ri
investitsiyalar deyarli mavjud emas edi.
Respublika byudjet mablag`larining investitsiya qilingan asosiy qismi (95 foiz) davlat
sektoriga, iqtisodiyotning ustuvor rivojlanish sohalariga, strategik muhim obyektlarni qurishga
yo`naltirildi. Shuningdek, respublika byudjeti xarajatlar qismining salmoqli ulushi (57,3
foizgacha) kadrlar tayyorlash, qishloq infratuzilmasini rivojlantirish, qishloq aholisini toza
ichimlik suvi va tabiiy gaz bilan ta‘minlash kabi davlat dasturlariga ajratildi. Davlat nazorati
ostida iqtisodiy va ijtimoiy xavfsizlikni ta‘minlashga xizmat qiluvchi muhim tarmoqlar
moliyalashtirildi.
Iqtisodiyotni, shu jumladan, narx tashkil etishni erkinlashtirish, davlat mulkini
xususiylashtirish, tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish va iqtisodiyotga davlat aralashuvini
cheklash islohotlarning asosiy yo`nalishlariga aylandi. Mustaqil taraqqiyot davrining dastlabki
pallasidagi investitsiya jarayonlarida quyidagi masalalar hal etildi:
- amalga oshirilayotgan investitsiya hajmining qisqarib ketishiga barham berish va
barqarorlashtirish;
- investitsiya jarayonlarini davlat byudjeti orqali moliyalashtirishni qisqartirish;
97
- davlat kafolati ostida xorijiy investitsiyalarni jalb etish;
- investitsiya jarayonlariga mamlakat aholisi va tijorat banklarini keng jalb etish.
O`z R qator davlatlar va xorijiy shaxslar o`rtasida investitsiya bahslarini hal etish tartibi
to`g`isidagi Vashington konvensiyasiga, investitsiyalar kafolati bo`yicha Seul konvensiyasiga
qo`shildi, Xalqaro valyuta jamg`armasi, Jahon bankiga a‘zo bo`ldi, Jahon savdo tashkilotiga
kuzatuvchi sifatida qabul qilindi. Bir qancha hukumatlararo investitsiyalarni himoya qilish va
rag`batlantirish, ikkiyoqlama soliq solmaslik kabi kelishuvlarni imzoladi.
1996 yildan boshlab korxona va tashkilotlar investitsiya faoliyatini jadallashtirish uchun
iqtisodiyotda tarkibiy o`zgarishlar amalga oshirildi. Xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni
kengaytirish uchun har yili Investitsiya dasturi ishlab chiqilib, qabul qilina boshladi.
Iqtisodiy islohotlarning ikkinchi bosqichida investitsiya siyosatining asosiy natijalari
quyidagilar bo`ldi:
- Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida birinchi bo`lib Asaka shahrida avtomobil zavodi
qurildi;
- Nukus, Ellikqala, Samarkand va Namanganda yirik to`qimachilik majmualari
foydalanishga topshirildi;
- Navoiy-Uchquduq-Sulton Uvaystog`-Nukus va G`uzor-Boysun-Qumqo`rg`on yangi
temir yo`l liniyalari kurildi;
- Toshkent-Andijon avtomobil yo`lining Qamchiq dovonidan o`tadigan qismi
rekonstruksiya qilindi.
Bu davrda zamonaviy "O`zDEUavto" zavodining ishga tushirilishi bilan avtomobilsozlik
sanoati tashkil etildi, bu esa iqtisodiyotni tarkibiy qayta o`zgartirilishining asosiy yakuni bo`ldi.
"SamKochavto" (avtobuslar ishlab chiqarish), "Kabul-O`zbekKo" (paxta tolasini qayta ishlash),
"O`zSamsung Elektroniks (maishiy elektron apparatura), "Nestle O`zbekiston" (oziq-ovqat
mahsulotlari, ichimliklar), "Olgin Deri", "Shark-teks", "Supertekstil" to`qimachilik mahsulotlari
ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yangi qo`shma korxonalar ishga tushirildi.
Iqtisodiy islohotlarning uchinchi bosqichi (2004-2011 yillar)da YAIM barqaror suratlarda
o`sdi va 7 foizdan ortiqni tashkil etdi. Asosiy kapitalga kiritiladigan investitsiyalar 2006 yildan
boshlab ortib bordi va 2008 yilda deyarli 30 foizga oshdi.
Bu vazifalarni amalga oshirish maqsadida O`z R Prezidentining "To`g`ridan-to`g`ri
xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag`batlantirish borasidagi qo`shimcha chora-
tadbirlar to`g`risida"gi (11.04.2005), "To`g`ridan-to`g`ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb
etishni rag`batlantirish borasidagi qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risidagi (21.07.2005), "O`z R
Tiklanish va taraqqiyot jamg`armasini tashkil etish to`g`risida"gi (02.05.2006), "Navoiy
viloyatida erkin iqtisodiy-industrial hududni tashkil etish to`g`risida"gi (02.12.2008), "Kichik
biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini
shakllantirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida"gi (24.08.2011), "To`g`ridan-to`g`ri
xorijiy investitsiyalar jalb etilishini rag`batlantirishga oid qo`shimcha chora-tadbirlar
to`g`risida''gi (10.04.2012), "Angren maxsus industrial hududini tashkil etish to`g`risida"gi
(13.04.2012) farmonlari va bir qancha qarorlar qabul qilindi.
Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi sharoitidainvestitsiyalarning barqaror o`sishi
O`zbekiston iqtisodiyotining barqarorligi, tashqi inqirozlar ta‘sirini minimallashtirish
imkoniyatiga nisbatan xorijiy investorlarning ishonchi yuqoriligidan dalolat beradi. Chunonchi,
to`g`ridan to`g`ri chet el investitsiyalari 2011 yili 2003 yilga nisbatan 8 barobarga ko`paydi.
Islohotlarning uchinchi bosqichida bir qator yirik investitsiya loyihalari muvaffaqiyatli
amalga oshirildi. Jumladan, Sho`rtan gaz-kimyo majmuasi ishga tushirildi, Navoiy shahridagi
aeroport rekonstruksiyasi yakunlandi, "Toshg`uzor-Boysun-Qumqo`rg`on" temir yo`li ishga
tushirildi, Olmaliq tog`-kon metallurgiya kombinati rekonstruksiya qilindi, Rezaksoy suv ombori
qurilishi tugatildi.
Xalqaro kuzatuvchilar O`zbekistonning investitsion faolligi va rivojlanish yo`li to`g`ri
ekanini e‘tirof etdilar. Islohotlarni amalga oshirish qiyinchiliklari va har bir bosqichning o`ziga
xosligiga qaramasdan, O`zbekiston MDH davlatlari orasida yaxshi ko`rsatkichlarga erishdi.
98
Mamlakatimizda investitsiya hajmi bo`yicha boshqa MDH davlatlari kabi keskin pasayishlar
ro`y bermadi. O`zbekiston MDH davlatlari ichida 1995 yildan beri investitsiya hajmi indeksi
salbiy mikdorni ko`rsatmagan yagona davlat bo`lib qoldi.
Mustaqillikka erishish arafasida va mustaqil taraqqiyotning dastlabki yillarida
iqtisodiyotimizda jiddiy tarkibiy deformatsiyalar mavjud bo`lib, ular orasida sanoatning haddan
ortiq tarzda xom ashyoga yo`naltirilgani katta salbiy ta‘sirga ega edi.
O`zbekiston oldida ishlab chiqarishning iqtisodiy tarkibini tubdan qayta qurish, xom ashyo
va qayta ishlovchi sohalar o`rtasidagi nomutanosibliklarni bartaraf etish, jahon xo`jaligiga kirib
borishga qodir bo`lgan diversifikatsiyalashgan sanoat kompleksini shakllantirish vazifasi turardi.
Shuni ta‘kidlash kerakki, iqtisodiyotning asosiy sohalari bo`lgan energetika, neft va gaz
sanoati, oltin qazib olish va kimyo sanoati, qora va rangli metallurgiya korxonalari qatorida
qayta ishlash sanoati sohalarini jadal sur‘atlar bilan rivojlantirish, qurilish materiallari ishlab
chiqarishni yo`lga qo`yish asosida mamlakatning asosiy tabiiy va mineral xom ashyo resurslarini
ko`proq ishlab chiqarishga jalb qilish ustuvor vazifa hisoblanadi. 1999 yildan boshlab
iqtisodiyotning real sektorida mulkchilikning yangi shakliga o`tish bo`yicha choralar amalga
oshirildi. Buning uchun iqtisodiyotning asosiy sohalari bo`lgan yoqilg`i-energetika majmuasi,
metallurgiya sanoatining yirik korxonalari xususiylashtirildi. Iqtisodiyotning asosiy sohalaridagi
yirik investitsion loyihalarning ro`yobga chiqarilishi va yangi qayta ishlovchi korxonalarning
faol jalb qilinishi iqtisodiyotdagi o`sish darajasining bir meyorda oshishiga imkon yaratdi.
Sanoat mahsulotlari eksportining oshishi hisobiga ijobiy to`lov balansi shakllandi va oltin-
valyuta zahiralari oshdi. Valyuta bozorining liberallashtirilishi doirasida 2000 yilga qadar davlat
valyuta almashtirish kursi va valyuta operatsiyalarini qatiy ma‘muriy nazorat qilish eksport
hajmi ko`payishi va chet el valyutasi kirib kelishini rag`batlantirdi.
2008-2011-yillarda O`zbekiston iqtisodiyoti jahonda yuz bergan moliyaviy inqiroz
sharoitida rivojlandi, "iqtisodiyotimizning jahon xo`jalik va moliyaviy-iqtisodiy aloqalarga o`sib
borayotgan sur‘atlar bilan kirishib ketayotganligini hisobga olganda jahon inqirozi, birinchi
navbatda, uning oqibatlari bizga salbiy ta‘sir ko`rsatdi.
Global moliyaviy inqirozning salbiy ta‘sirini yengib o`tish maqsadida hukumat tomonidan
2008 yildayoq inqirozga qarshi chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi va qabul qilindi.
Dasturga ko`ra, birinchi navbatda, eksport qiluvchi korxonalarning barqaror ishlashini
qo`llab-quvvatlash va ta‘minlash bo`yicha chora-tadbirlar ishlab chiqildi.
Sanoat sektorining jadal o`sish sur‘atlari O`zbekiston iqtisodiyotidagi tarkibiy qayta
o`zgartirishlar ijobiy dinamikasini ta‘minladi. Umuman olganda, 1995-2011 yillarda sanoatning
YAIM tarkibidagi ulushi 17,1 foizdan 24 foizgacha o`sdi.
Iqtisodiyotdagi tarkibiy qayta o`zgartirishlar samaradorligi eksport tarkibida erishilgan
ijobiy siljishlar bilan izohlanadi. 1995-2011 yillarda xom ashyo eksportining ulushi sezilarli
darajada, jumladan, paxta tolasi 48,4 foizdan 9 foiztacha kamaydi. Tayyor mahsulotlar ulushi 7,1
foizdan 34,6 foizgacha oshdi, shu jumladan, mashinalar va asbob-uskunalarning ulushi 2 foizdan
6,7 foizgacha, to`qimachilik mahsulotlari 3,1 foizdan 9,7 foizgacha, oziq-ovqat mahsulotlari 1,7
foizdan 13,2 foizgacha oshdi.
Shu yillarda iqtisodiyotning sanoat tarmog`ida nodavlat sektorining roli keskin ravishda
o`zgardi. Nodavlat korxonalarning sanoat subyektlarining umumiy tarkibidagi ulushi 1991
yildagi 17 foizdan 87 foizgacha oshdi, ulardan 30 foizi xususiy korxonalardir.
2019 yilda O`zbekiston iqtisodiyotiga jalb qilingan xorijiy investitsiyalar 4,2 milliard
dollarni tashkil etib, 2018 yilga nisbatan 3,1 milliard dollarga yoki 3,7 barobar
o`sdi. Investitsiyalarning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 37 foizga yetdi (Prezident
Murojaatnomasidan. 24.01.2020.). Sanoatning 12 ta yetakchi tarmog`ida modernizatsiyalash va
raqobatdoshlikni kuchaytirish dasturlari jadal amalga oshirila boshlandi. Natijada 2019 yilda
iqtisodiy o`sish 5,6 foizni tashkil etdi. Sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 6,6 foizga,
eksport – 28 foizga ko`paydi. Oltin-valyuta zaxiralarimiz 2019 yil davomida 2,2 milliard
dollarga ortib, 28,6 milliard dollarga yetdi.
Mustaqillik yillarida O`zbekistonda chuqur tarkibiy o`zgarishlarning amalga oshirilishi
99
natijasida respublikaning yonilg`i-energetika resurslariga bo`lgan ehtiyoji o`zi hisobidan to`la
ta‘minlandi. Istiqlol davrida iqtisodiyotda yangi tarmoqlar avtomobilsozlik, sellyuloza-qog`oz,
qand-shakar, farmatsevtika va boshqa tarmoqlar vujudga keldi. Respublika sanoatida yuksak
texnologiyaga asoslangan va istiqbolli tarmoqlarning, yani mashinasozlik, yoqilg`i-energetika,
kimyo va yengil sanoat kabilarning hissasi ortib bordi. O`zbekiston iqtisodiyotining tarmoq
tuzilishini o`zgartirishda yangi neft konlari (Mingbuloq va Ko`kdumaloq)ning ishga tushirilishi,
Buxoro neftni qayta ishlash zavodining qurilishi, Yangi Angren va Tolimarjon GRESlari
qurilishining jadallashtirilishi, metall ishlab chiqarilishining ko`paytirilishi muhim ahamiyatga
ega bo`ldi. Respublikamiz uchun tamomila yangi bo`lgan avtomobilsozlik sanoatining vujudga
keltirilishi oqibatida Avtotransport ishlab chiqaruvchilar xalqaro tashkilotining 33-to`laqonli
a‘zosi sifatida qabul qilindi.
Biz tanlagan islohotlar modelining to`g`ri ekanligi va xalqimizning manfaatlariga to`liq
javob berayotganini keyingi yillarda iqtisodiyotimizning barqaror sur‘atlar bilan o`sib, yangi
marralarga ko`tarilib borayotgani orqali ko`rish mumkin. O`zbekistonda 1996 yildan boshlab
iqtisodiy o`sish ta‘minlanib, uning sur‘atlari 2001-2003 yillarda o`rtacha 4% dan, 2004-2006
yillarda 7% dan, 2007 yildan buyon o`rtacha 8-9% dan yuqori bo`lib kelmoqda.
Mustaqillik davrida respublikamizning tashqi iqtisodiy faoliyati yangicha mazmun va
yo`nalishlarda deyarli qaytadan tashkil etildi. Ma‘lumotlarga ko`ra, O`zbekistonda xorijiy
mamlakatlar bilan hamkorlikda tashkil etilgan xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar soni
1991 yil 1 yanvar holatiga atigi 30 tani tashkil etar edi. 2014 yilning boshiga kelib bunday
korxonalar soni 4,7 mingtadan oshib ketdi, ya‘ni 156 baravardan ziyod o`sdi. Agar tashqi savdo
aylanmasi 1995 yilda 6,6 mlrd. AQSH dollari hajmini tashkil etgan bo`lsa, 2013 yilda bu
ko`rsatkich 4,4 baravar o`sib, 28,9 mln. AQSH dollari hajmiga yetdi.
O`zbekiston Prezidentining Parlamentga Murojaatnomasida (22.12.2017) keltirilishicha,
2017 yilda Xalqaro valyuta fondi ma‘lumotlariga ko`ra, aholi jon boshiga to`g`ri keladigan yalpi
ichki mahsulot hajmi bo`yicha O`zbekiston dunyo reytingida 187 mamlakat o`rtasida 134-
o`rinda turgan edi.
2017 yilda yurtimizda gaz ishlab chiqarish hajmi 56,5 milliard kub metrni tashkil etdi.
Ammo mazkur soha yillar davomida modernizatsiya qilinmagani tufayli yo`qotish miqdori juda
katta – 20-23 foizni tashkil etgan.
Mamlakatimizda asosiy energiya resurslarining narxi past bo`lib qolayotgani bozor
iqtisodiyoti sharoitida o`zini oqlamasligi hammamiz yaxshi tushunamiz. Masalan, 2017 yilda
O`zbekistonda aholi va sanoat korxonalari uchun 1 megavatt soat elektr energiyaning narxi 25
AQSH dollarini tashkil etadi. Germaniyada esa bu narx aholi uchun –332 dollar, korxonalar
uchun – 144 dollardan iborat. Rossiyada tegishlicha 47 va 51 dollarni, Hindistonda 68 va 87
dollarni tashkil etadi. Shuningdek, 1000 kub metr tabiiy gazning narxi O`zbekistonda 32,9
dollar, Shvetsiyada 1552, Portugaliyada 1132 dollardan ziyod, Italiyada 1045, Germaniyada 785
dollardan, Angliyada esa 770 dollardan ortiqni tashkil etadi. Bu raqam Rossiyada 83 dollardan,
Qozog`istonda 45 dollardan ziyoddir.
Ko`rinib turibdiki, bizda energiya va tabiiy gaz resurslari rivojlangan davlatlarga nisbatan
bir necha barobar arzon. Lekin resurslardan oqilona foydalanish yo`qligi natijasida tannarxning
pasayishiga, mahsulot hajmi o`sishiga erishish qiyin bo`lmoqda.
So`nggi yillarda iqtisodiyotimizni jadal rivojlantirish hamda aholini ish bilan ta‘minlashni
yaxshilashda mamlakatimizning barcha hududlarida kichik sanoat zonalar va erkin iqtisodiy
zonalarining tashkil etilishi muhim ahamiyat kasb etdi. O`tgan qisqa davr mobaynida ... tashkil
etildi
Sirdaryo viloyatining Yangiyer shahrida (30.03.2017), Surxondaryo viloyatida
(29.03.2018), Qashqadaryo viloyatida (29.03.2018), Toshkent shahrida (18.05.2017), Toshkent
viloyatida (10.08.2017), Navoiy viloyatida (05.06.2018), Namangan viloyatida (02.07.2018) va
Buxoro viloyatida (11.10.2018) kichik sanoat zonalari, «Zomin-farm», «Kosonsoy-farm»,
«Sirdaryo-farm», «Boysun-farm», «Bo`stonliq-farm» va «Parkent-farm» (03.05.2017),
«Sirdaryo» (12.04.2018), «Buxoro-agro» (11.07.2018), «Namangan» (21.08.2018), «Urgut»,
91
0
«G`ijduvon», «Qo`qon», «Hazorasp» (12.01.2017) va «Chiroqchi» erkin iqtisodiy zonalari
(13.09.2019) tashkil etildi.
2017 yilgi Jahon bankining hisobotiga ko`ra, eksport-import hujjatlarini rasmiylashtirish
bo`yicha O`zbekiston 190 ta davlat orasida 175-o`rinda turgani achinarli, albatta. Aytaylik,
bojxona hujjatlarini rasmiylashtirish uchun Belgiyada 1 soat kifoya qilsa, bizda bunga 1 oylab
muddat sarflangan.
2018 yilga ―Faol tadbirkorlik, innovatsion g`oyalar va texnologiyalarni qo`llab-quvvatlash
yili, deb nom berilishi munosabati bilan barcha tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy-xo`jalik
faoliyatini tekshirishga 2 yillik (2018-2019) maratoriy joriy qilindi.
2017 yilda mamlakatimizda qisqa muddatda 161 ta yirik sanoat obyekti ishga tushirildi.
Masalan, Toshkent issiqlik elektr stansiyasida bug`-gaz qurilmasi barpo etildi. Bu esa
qo`shimcha ravishda 2,5 milliard kilovatt elektr energiyasi ishlab chiqarish imkonini beradi.
Shuningdek, Navoiy issiqlik elektr stansiyasida ikkinchi bug`-gaz qurilmasi, Qizilqum
bag`ridagi Avminzo-Amantoy oltin konlari negizida gidrometallurgiya zavodi qurish bo`yicha
ishlar davom ettirildi. Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan ―Yoshlik – 1, ―Yoshlik
– 2 konlarini o`zlashtirishga kirishildi. Sardoba, Markaziy Farg`ona va To`palang suv
omborlarini qurish bo`yicha ishlar jadal davom ettirildi.
Milliy valyutamizni erkin konvertatsiya qilina boshlandi va yuridik va jismoniy
shaxslar xorijiy valyutani tijorat banklaridan cheklovsiz sotib olish va erkin sotish imkoniga ega
bo`ldi.
2017 yilda mamlakatimizda 12 ta erkin iqtisodiy va 45 ta sanoat zonasi faoliyati yo`lga
qo`yildi. Shular hisobidan 336 mingdan ziyod yangi ish o`rinlari tashkil etildi
Eng muhimi, mamlakatimiz iqtisodiy siyosatida noreal raqamlar ortidan quvish, amalga
oshmaydigan xomxayollarni haqiqat sifatida taqdim etishdek noma‘qul ish uslubi tanqidiy qayta
ko`rib chiqildi. Amaliy natijadorlik, inson manfaati va yana bir bor inson manfaati islohotlarning
bosh maqsadi etib belgilandi.
Qandim gazni qayta ishlash kompleksi ishga tushirilishi hisobidan 2018 yilda qo`shimcha
ravishda 4 milliard 100 million kub metr tabiiy gazni qayta ishlash, 67 ming tonnadan ziyod
kondensat, 106 ming tonnadan ortiq oltingugurt ishlab chiqarish imkoni yaratildi.
Ayni shu asosda amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida 2017 yilda barqaror iqtisodiy
o`sish sur‘atlari 5,5 foizni tashkil etdi, eksport hajmi qariyb 15 foizga ko`paydi. Tashqi savdo
aylanmasining ijobiy saldosi 854 million dollarga yetdi.
O`zbekiston iqtisodiyotining lokomotivlaridan biri bo`lgan Muborak gazni qayta ishlash
zavodida 2018 yili qo`shimcha ravishda 6 milliard kub metr tabiiy gazni oltingugurtdan
tozalaydigan bloklar to`liq faoliyatini boshladi. ―O`zagrotex-sanoatxolding aksiyadorlik
jamiyatida 2018 yilda 5 mingdan ko`proq zamonaviy traktorlar, mingdan ziyod paxta terish
mashinasi va 2 mingdan ortiq pritseplar ishlab chiqarish yo`lga qo`yildi.
Prezident Murojaatnomasi (28.12.2018)da aytilishicha, davlat aktivlari tartibsiz
boshqarilayotgani ham samaradorlikka salbiy ta‘sir ko`rsatmoqda. Masalan, hozirgi vaqtda 972
ta davlat korxonasi aktivlarining atigi 21 foizi Davlat raqobat qo`mitasi tomonidan, qolgan 79
foizi vazirlik va idoralar hamda xo`jalik birlashmalari tomonidan boshqarilmoqda.
Bunday yondashuv so`nggi 27 yil davomida davlat korxonalarini qanday ahvolga olib
kelgani hech kimga sir emas. Aviasozlik sanoati kabi butun bir soha yo`q bo`lib ketdi.
Bu borada birinchi qadam sifatida 2018 yil ―O`zbekenergo va ―O`zbekiston havo yo`llari
tizimi tubdan isloh qilindi.
Iqtisodiyotdagi tizimli o`zgarishlar natijasida yalpi ichki mahsulot tarkibida sanoatning
ulushi 2018 yilda 35 foizni tashkil etgan bo`lsa 2019 yilda bu ko`rsatkich 37 foizga oshirildi.
Islohotlarimiz natijasida 2019 yili 93 mingta yoki 2018 yilga nisbatan qariyb 2 barobar
ko`p yangi tadbirkorlik subyektlari tashkil etildi.
O`zbekiston Jahon bankining 2019 yilgi ―Biznes yuritish reytingida 7 pog`ona ko`tarilib,
biznesni ro`yxatga olish ko`rsatkichi bo`yicha dunyoning 190 ta davlati orasida 8-o`rinni egalladi
va eng yaxshi islohotchi davlatlar qatoridan joy oldi.
100
Prezident Murojaatnomasida (2020 yil 24 yanvar) 2020 yilda 23 milliard dollarlik
investitsiyalar o`zlashtirilishi hamda 206 ta yangi yirik quvvatlar ishga tushirilishi, jumladan,
SHo`rtan gaz-kimyo kompleksida sintetik suyuq yoqilg`i, ―Navoiyazot aksiyadorlik jamiyatida
azot kislotasi, ammiak va karbamid ishlab chiqarish quvvatlari barpo etilishi, Yangi Toshkent
metallurgiya zavodi, Toshkent metrosining Sirg`ali tarmog`i, yer usti halqa yo`lining birinchi
bosqichi ishga tushirilishi ma‘lum qilingan edi. 2020 yil bahoridan butun dunyo va
malakatimizda joriy qilingan karantin chora-tadbirlariga qaramasdan bu tadbirlarning aksariyati
amalga oshirildi.
2020 yil 4 dekabrda Toshkent shahrining Yangihayot tumanida barpo etilgan Toshkent
metallurgiya zavodi ishga tushilirdi. Mazkur zavodni barpo etish 2017 yil fevralda boshlangan
edi. Qurilish ishlariga 420 million dollar sarflangan. Ushbu majmua O`zbekiston iqtisodiyotida
muhim ahamiyatga ega bo`ladi. Yangi korxonada yiliga 500 ming tonna rux va polimer
qoplamali metall listlar ishlab chiqariladi. Ilgari bunday mahsulotlar asosan chetdan olib
kelingan. Zavodda import o`rnini bosuvchi tovarlar ishlab chiqarilib, iqtisodiyotda
mahalliylashtirish darajasi sezilarli oshadi. Shuningdek, yiliga 90 million dollarlik mahsulot
eksport qilinishi rejalashtirilgan. Majmuada 700ga yaqin kishi ish bilan ta‘minlandi. Turdosh
tarmoqlar bilan birga 5 mingta yangi ish o`rni yaratildi.

3. Qishloq xo`jaligida yangi iqtisodiy munosabatlarga o`tishning asosiy yo`nalishlari va


bosqichlari.

O`zbekiston mustaqillikka erishgach, xalq xo`jaligining barcha sohalarida tub islohotlar


o`tkazish jarayoni boshlandi. Bu, tabiiyki, qishloq xo`jaligi sohasiga ham xos bo`lib, natijada
soha, mulk egalari o`zgarib, yangi istiqbolli xo`jalik yuritish shakllari paydo bo`ldi.
Mamlakat rahbari tomonidan mustaqillik arafasi va uning ilk yillaridayoq agrar sohadagi
islohotlarning ustuvor yo`nalishlari belgilab berilgan edi. Jumladan, qishloq xo`jaligini
diversifikatsiyalash, paxta yakkahokimligidan voz kechish, qishloqda turli xo`jalik yuritish
shakllarini joriy qilish asosida ko`p ukladli iqtisodiyotni barpo qilish, tadbirkorlik, xususan,
fermer xo`jaliklari tashkil etishni qo`llab-quvvatlash va ularning rivojlanishi uchun zarur shart-
sharoitlar yaratish, aholini, avvalo, mahalliy oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta‘minlash, qishloq
xo`jaligi mahsulotlarini qayta ishlash sanoatini rivojlantirish hamda qishloq aholisining turmush
darajasini oshirishga alohida e‘tibor qaratildi.
O`zbekiston o`tgan asrning 90-yillari boshida aholini oddiy turdagi oziq-ovqat
mahsulotlari bilan ham ta‘minlay olmaydigan darajaga tushib qolgan edi. Ma‘lumotlarga
qaraganda, 1990 yilda aholi iste‘moli uchun zarur bo`lgan g`allaning 82 foizi, kartoshka, go`sht
va go`sht mahsulotlarining 50 foizi, sut va sut mahsulotlarining 60 foizga yaqini chetdan
keltirilar edi. Mamlakat importi tarkibida oziq-ovqat mahsulotlarining ulushi 70 foizdan ortiqni
tashkil qilgan.
Paxta monopoliyasi tufayli respublikada go`sht va sut yetishtirish imkoniyatlari cheklab
qo`yildi, ilmiy asoslangan almashlab ekishning buzilganligi yer eroziyasiga sabab bo`ldi, suv
manbalarining imkoniyatlari tobora kamayib borishi qishloq xo`jaligini halokat yoqasiga olib
keldi. Jumladan, qishloq xo`jaligida ekstensiv rivojlanishni "moliyalashtirish" oqibatida 1971-
1985 yillarda birgina O`zbekistonda 1,6 mln. gektar sug`oriladigan yerlar xo`jalik oborotiga
qo`shimcha kiritilgan edi. Bu esa Markaziy Osiyoda Orol dengizi qurishini jadallashtirdi va
ekologik inqirozni keltirib chiqardi. Shu bilan birga, respublika iqtisodiyoti paxtaga qanchalik
bog`liq bo`lmasin, uni qayta ishlash va undan tayyor mahsulot tayyorlash markaz tomonidan
monopollashtirilgan edi. Masalan, mustaqillik arafasida tayyorlanayotgan paxta xom ashyosining
faqat 4-5 foizi O`zbekistonda qayta ishlangan. Ya‘ni 4,5-5 mln. tonna paxta xom ashyosi
yetishtirilgani holda, pecpublikadagi korxonalar to`la quvvat bilan ishlab, atigi 150 ming tonna
paxtani qayta ishlardi.
Shu bilan birga, qishloqlarimizda 240 ming oilaning yeri yo`q, 1,8 milliondan ko`proq
hovli esa uy-joy kurilishi va qishloq xo`jaligi maxsulotlari yetishtirish uchun kengaytirishga juda
101
muhtoj edi. Shunga qaramasdan, haydaladigan yerlarning atigi 5 foiziga ega bo`lgan shaxsiy
yordamchi xo`jaliklar qishloq xo`jaligi yalpi mahsulotining to`rtdan bir qismini ishlab chiqargan.
Yetishtirilayotgan sabzavot, poliz ekinlari, go`shtning yarmidan ko`prog`i va sutning uchdan
ikki qismi ular hissasiga to`g`ri kelgan.
Yuqorida qayd etilgan muammolar hamda mustaqillik arafasida respublikada yuzaga
kelgan ijtimoiy-siyosiy keskinlikning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqish
dolzarb ahamiyat kasb etdi.
Sobiq Ittifoq davridayoq, qishloq aholisining iqtisodiy va moddiy ahvolini yaxshilashda
hal qiluvchi ahamiyatga ega bo`lgan, ijtimoiy himoya qilish, ular daromadini oshirish va oziq-
ovqat masalasini hal etish maqsadida 1989 yil 19 avgustda "Qishlokda yashovchi har bir oilani
tomorqa bilan ta‘minlash, ularga yakka tartibda uy-joy qurish uchun barcha shart-sharoitlarni
yaratib berish haqida" qaror qabul qilindi. Ushbu tarixiy hujjatda qishloqla yashovchi har bir
kishiga o`rtacha 25 sotixdan yer ajratib berish va tomorqa maydonlarini qariyb 4,5 barobar
ko`paytirish ko`zda tug`ilgan edi. Bu boradagi amaliy ishlar natijasida 1989-1990 yillarda bir
yarim milliondan ko`proq oilaga qo`shimcha yer ajratildi, 700 ming oilaga yangi tomorqa yerlari
berildi. Bundan tashqari, yuz minglab gektar sug`oriladigan yer texnik ekinlar oborotidan
chiqarildi, paxta yetishtirish rejasi 700 ming tonnaga kamaytirildi. Bu paxta yakkahokimligini
bartaraf etish yo`lidagi dastlabki, ammo o`ta muhim amaliy qadam edi, Bunday ijtimoiy,
iqtisodiy, qolaversa, siyosiy tadbir natijasida mamlakatning 2 milliondan ortiq oilasi yoki
o`rtacha 10 mln.dan ziyod qishloq aholisining ijtimoiy-iqtisodiy muammosi hal etildi.
Mazkur yirik ijtimoiy-iqtisodiy tadbir mamlakatimizda yerni uning haqiqiy egasiga berish
va mahsulotlarni ko`paytirish yo`lidagi ilk qadamlardan biri bo`ldi.
Haqiqatan ham ko`p yillar davomida iqtisodiyotda bir tomonlama siyosat olib borilishi
natijasida qishloq xo`jaligi respublika iqtisodiyotining eng muhim tarmog`iga aylangan edi.
Chunonchi, mustaqillik arafasi va uning dastlabki yillarida sanoatning aksariyat qismi
iqtisodiyotning agrar tarmog`iga bog`liq edi.
Mustaqil O`zbekiston boshidan og`ir kunlarni kechirganida, qishloq xo`jaligidan olingan
mahsulot respublikaning qiyin vaziyatdan chiqishida muhim omil bo`ldi. Islom Karimov 90-
yillar boshida Samarqand viloyati faollari bilan bo`lgan uchrashuvda respublika aholisini faqat
oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta‘minlash uchun har oyda 55 ming tonna paxta tolasini iste‘mol
mahsulotlariga almashtirishga to`g`ri kelayotganligini ta‘kidlagan edi.
Keyingi davrda ham qishloq xo`jaligi o`z mavqeini yo`qotmadi. Chunki mamlakat yalpi
ichki mahsulotining to`rtdan bir qismi iqtisodiyotning ana shu tarmog`iga to`g`ri kelar edi.
Bundan tashqari, respublika ishlab chiqarish va intellektual salohiyatining yarmidan ziyodi
qishloq xo`jaligi bilan bog`liq bo`lib, 1992 yilda davlatga kelayotgan jami valyutaning 50
foizdan ortig`i qishloq xo`jaligi mahsulotlarining eksportidan tushdi. Ijtimoiy nuqtai nazardan
olib qaraganda, respublika aholisining asosiy qismini (60 foizdan ortiqrog`i) qishloq aholisi
tashkil qilib, ularning turmush darajasi va moddiy-ma‘naviy farovonligi bevosita ushbu tarmoq
bilan bog`liq edi.
Shu bilan birga, iqtisodiyotning ushbu muxim tarmog`ida yillar davomida to`plangan va
yechimini kutayotgan muammolar qishloq xo`jaligiga nisbatan davlat siyosatini tubdan
o`zgartirishni talab kilardi. Shu o`rinda bir misol keltirish o`rinli. Gollandiyada bir nafar fermer
80 kishiga yetadigan qishloq xo`jalik mahsulotlari yetishtiradi. Ya‘ni, bu mamlakat fermerlari
o`z mamlakatining aholisini boqibgina qolmay, Yevropaning ko`pgina mamlakatlariga oziq-
ovqat mahsulotlarini eksport ham qiladi. O`zbekiston davlat va jamoa xo`jaliklarida esa bir
dehqon ko`pi bilan 2-3 kishiga yetadigan mahsulot ishlab chiqarar edi. Bu respublikada qishloq
xo`jaligi mehnat unumdorligining pastligini ko`rsatar, uning sabablarini bartaraf etish uchun esa
yangicha iqtisodiy munosabatlarni shakllantirishni talab etar edi.
Ayni paytda, qishloq xo`jaligiga nisbatan davlat siyosatida ikki xil holat kuzatildi:
birinchidan, qishloq xo`jaligiga nisbatan sanoat uchun xom ashyo bazasi sifatida qarash va unga
asosan xom ashyo bazasi sifatida munosabatda bo`lish (sovet davri amaliyoti); ikkinchidan,
sanoat bilan qishloq xo`jaligining uyg`unlikda rivojlanib borishini ta‘minlash, ya‘ni agrar sohani
102
sanoat asosiga qo`yish orqali mamlakatning siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy-ma‘naviy istiqbolini
ta‘minlash chora-tadbirlarini ko`rishga alohida e‘tibor berish va qo`llab-quvvatlash (mustaqillik
davri).
Dunyo tajribasi shuni ko`rsatadiki, davlat siyosatida qishloq xo`jaligini rivojlantirishning
ikkinchi yo`lini tanlagan mamlakatlarda mavjud ijtimoiy, iqtisodiy muammolarni hal etishda
katta yutuqlarga erishish mumkin. Shundan kelib chiqqan holda, qishloqqa nisbatan siyosati
ilg`or bo`lgan mamlakatlar tajribasini o`rganish va ularning respublika uchun ma‘qul
tomonlarini olish, o`zbek xalqining qishloq xo`jaligi mahsulotlari yetishtirish borasidagi tarixiy
ananalariga, milliy va mahalliy xususiyatlariga tayanish agrar islohotlar mohiyatini tashkil etdi.
Albatta, respublika qishloq xo`jaligining holati keskin choralar ko`rish o`rniga, bosqichma-
bosqich, keng qamrovli, islohotlarning bevosiga mavjud shart-sharoitlar hisobga olingan holda
amalga oshirilishini taqozo etar edi.
Shu nuqtai nazardan ham qishloq xo`jaligida islohotlar bosqichma-bosqich amalga
oshirildi.
Birinchi bosqichda (1991-1997 yillar) bu sohada rivojlanishning "o`zbek modeli asosida
olib borilayotgan tub islohotlarning huquqiy poydevorini yaratishga katta e‘tibor qaratildi,
qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishini samaralari tashkil qilish va rivojlantirish borasida yangi
qonunlar va normativ hujjatlar qabul qilindi. 1991 yil 21 dekabrda qabul qilingan "Dehqon
(fermer) xo`jaliklarini yanada mustahkamlash va tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan
qo`llab-quvvatlash to`g`risida"gi Farmon, 1992 yil 3 iyulda qabul qilingan "Dehqon xo`jaligi
to`g`risidagi Qonun, shuningdek, O`z R Vazirlar Mahkamasining 1994 yil fevraldagi
"Chorvachilikda islohotlarni takomillashtirish va dehqon (fermer) xo`jaliklari hamda
xususiylashtirilgan fermalarning manfaatlarini himoya qilish to`g`risida"gi Qarori va boshqa
hujjatlar qishloqda yangi huquqiy munosabatlarni joriy etish, ko`p ukladli iqtisodiyotni
shakllantirish, tadbirkorlik, fermerlik va shaxsiy tomorqa xo`jaliklarini rivojlantirish imkonini
berdi.
Ushbu bosqichda qishloq xo`jaligida ishlab chiqarish samaradorligini oshirish borasidagi
muhim chora-tadbirlardan biri sohaga rahbarlikni yaxshilash edi. Ushbu jarayon 1991-1996
yillarda amalga oshirildi. Bu davrda qishloq xo`jaligi kompleksiga raxbarlikni yaxshilash,
qishloqda o`tkazilayotgan islohotlarning huquqiy asosini yaratish choralari ko`rildi. 1992 yilda
Prezident Farmoni bilan Vazirlar Mahkamasi raisining birinchi o`rinbosari boshchiligida qishloq
xo`jaligi masalalari bilan shug`ullanuvchi kompleks tashkil qilindi. Sohaga rahbarlikni
takomillashtirish ishlari doimo davlat rahbarining diqqat markazida bo`ldi.
1994-1995-yillarda Vazirlar Mahkamasining qishloqda islohotlar o`tkazishga doir 10 dan
ortiq qarori qabul qilindi. Ularda qishloq xo`jaligi kompleksiga raxbarlikni yaxshilash,
zamonaviylashtirish borasida qator tadbirlar ishlab chiqildi. Shu asosda 1996 yil 26 noyabrda
O`z. R Vazirlar Mahkamasining "O`z R Qishloq va suv xo`jaligi vazirligi faoliyatni tashkil etish
masalalari to`g`risida"gi Qarori bilan Qishloq va Suv xujaligi vazirliklarining birlashtirilishi ana
shu siyosatning mantiqiy davomi bo`ldi.
Bundan tashqari, barcha qishloq xo`jalik korxonalari bilan teng sharoitda fermer
xo`jaliklarining traktorlar, asbob-uskunalar, yoqilg`i moylash, qurilish materiallari, mineral
o`g`itlar va boshqa resurslar bilan ta‘minlanishi hamda dastlabki ikki yil mobaynida foyda
(daromad) solig`idan ozod qilinishi, ularga chorva mollari sotib olish uchun kredit ajratilishi,
jamoa, davlat va boshqa qishloq xo`jalik korxonalari tomonidan ularni zarur mineral va organik
o`g`itlar bilan ta‘minlash ko`zda tutildi.
Fermer xo`jaliklarining dastlabki shakllanish davrida bunday shart-sharoitlar yaratilishi va
qo`llab-quvvatlashlar natijasida qishloq xo`jaligida tadbirkorlikni rivojlantirishda qo`shimcha
imkoniyatlar bo`ldi.
Qishloq xo`jaligidagi islohotlarning dastlabki bosqichida yangidan shakllanayotgan
xo`jaliklarning faoliyat yuritish mexanizmini takomillashtirish jarayonlari muntazam ravishda
amalga oshirildi. Ularni o`z mehnat natijalaridan manfaatdorligini oshirish, davlatning
xo`jaliklar faoliyatiga aralashuvini qisqartirish borasida keng ko`lamli ishlar amalga oshirildi.
103
Ikkinchidan, qishloq xo`jaligi xodimlari moddiy manfaatdorligi hamda turmush sharoitini
yaxshilash uchun dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlarining xarid narxlari muttasil oshib
bordi. Kartoshka, meva-sabzavot, chorva, parranda, sut, tuxum, qorako`l teri va jun
mahsulotlariga 1995 yil boshiga kelib erkin (kelishilgan) narxlar joriy qilindi. Doimiy ravishda
qishloq xo`jaligining asosiy mahsuloti hisoblangan paxta yetishtirishni qo`llab-quvvatlashga
e‘tibor qaratildi. O`z R Prezidentining 1992 yil 22 oktabrdagi "Paxta xom ashyosiga xarid
narxlarini oshirish to`g`risida"gi Farmoniga asosan, davlat buyurtmasi uchun xarid narxi 1992
yil hosilidan boshlab 1,5 martaga oshirildi.
Uchinchidan, davlat ehtiyojlariga qishloq xo`jalik mahsulotlari yetkazib berish uchun
davlat buyurtmasi tizimi ham muntazam ravishda qayta ko`rib borildi. Bunda davlat buyurtmasi
va qishloq xo`jaligi mahsulotlari yetishtirish uchun ekin maydonlari va mahsulot yetishtirish
miqdorini nazorat qilishni cheklash, ya‘ni ma‘lum qishloq xo`jalik ekinlari ekish uchun
xo`jaliklarga qat‘iy talablar qo`yishdan voz kechish va yetishtirilgan mahsulotlarning ma‘lum
qismiga bo`lgan talabni bekor qilish nazarda tutilgan edi.
Davlat buyurtmasini bosqichma-bosqich bekor qilishda qishloq xo`jalik mahsulotlarining
aholi ehtiyojidagi tutgan mavqei va ularni yetishtirayotgan xo`jalik shakllarining davlat
tasarrufida ekanligi inobatga olindi. Dastlab, 1994 yildan boshlab sabzavot, poliz, kartoshka,
meva, uzum, kanop, tamaki, jun, pilla, qorako`l teriga, 1995 yiddan boshlab go`sht, sut va
guxumga davlat buyurtmasi bekor qilindi. Strategik ahamiyatga ega bo`lgan paxta bo`yicha ham
davlat buyurtmasi 1991 yilda 95 foizdan 1995 yilda 60 foizgacha va don bo`yicha, mos ravishda
100 foizdan 50 foizgacha qisqartirildi. Bunday jarayon qishloq xo`jaligi tovar ishlab
chiqaruvchilarini bozor iqtisodiyoti tamoyillariga ko`nikishlari uchun shart-sharoit yaratib berdi.
Birinchi bosqichda erishilgan katta yutuq g`alla mustaqilligiga erishilishidir. Birgina 1994
yilda mamlakat "Don mustaqilligi Dasturi"ning amalga oshirilishi natijasida don ekinlari
maydoni 1,5 marta, hosildorlik 2,7 marta, yalpi hosil esa 3,9 martaga oshib, aholi jon boshiga
don ishlab chiqarish bir necha barobar ortdi, bir vaqtning o`zida siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy
muammolarni hal qilish imkonini berdi.
Mustaqil O`zbekistonning mavjud salohiyat va imkoniyatlarni to`liq hisobga oladigan,
samarali milliy iqtisodiyotni shakllantirish va mutanosib rivojlantirish, eng avvalo,
mamlakatimiz xavfsizligiga taxdid solib turgan aholining oziq-ovqat, xususan, un mahsulotlariga
bo`lgan ehtiyojini qondirishni taqozo etar edi. Shunga ko`ra, qishloq xo`jaligida paxta
yakkahokimligiga barham berilib, ekin maydonlarining katta qismi don mahsulotlariga ajratildi.
Natijada ozuqabop g`alla importiga qaramlik barham topib, tez orada g`alla mustaqilligi qaror
topdi. Agar 1991 yilda 4003 ming tonna miqdordagi don mahsulotini import qilishga majbur
bo`lgan bo`lsak, mustaqillikning dastlabki olti yili ichida bu ehtiyojni keskin ravishda 5,4
baravar qisqartirishga, keyinchalik esa milliy ishlab chiqarish hisobiga qondirishga erishildi.
Shunday qilib, qishloq xo`jaligini isloh qilish amaliyoti va maqsadlarining hukuqiy asosi
zamon talablaridan ortda qolayotganligini inobatga olib, bu soha bo`yicha yaqin yillarga
mo`ljallangan dastur ishlab chiqish zarurati yuzaga keldi va 1998 yil 18 martda 1998-2000
yillardagi davrda qishloq xo`jaligidagi iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish dasturi
to`g`risida"gi Prezident Farmoni qabul qilindi. O`z Rning yangi tahrirdagi "Fermer xo`jaligi
to`g`risida"gi va "Dehqon xo`jaligi to`g`risida"gi Qonunlari hamda 1998 yil 22 apreldagi
"Dehqon va fermer xo`jaliklari faoliyatini tashkil etish to`g`risida"gi Qarori ushbu dasturni
amaliyotga kiritishda muhim asos bo`lib xizmat qildi.
Mamlakat qishloq xo`jaligi sohasida islohotlar o`tkazishda yerni xususiy mulk qilib berish
mulkdorlar sinfini shakllantirishning boshlanishi edi. Bu yo`nalishda quyidagi chora-tadbirlar
amalga oshirildi:
- sobiq kolxozlar haqiqiy hissasi va xo`jalikning yil davomidagi ish natijalariga ko`ra, har
bir a‘zoga dividend olish imkoniyatini beruvchi kooperativ paychilik xo`jaliklariga aylantirila
boshlandi. 1999 yilda 898 ta xo`jalik kooperativga (shirkatlarga) birlashdi;
- davlat tomonidan qishloq xo`jalik korxonalariga cheksiz muddatga taqdim etilgan yer
maydonlarini pudratchilarga biriktirib bergan holda, shirkat xo`jaligi korxonalari a‘zolari
104
o`rtasida ijara pudratining turli ko`rinishlari (jamoa, oila pudrati kabilar) joriy etildi. 1998 yilda
yer pudrat jamoalariga 1 yilga berilgan bo`lsa, 1999 yildan boshlab 3 yildan kam bo`lmagan
muddatga topshirildi;
- ko`p sonli xususiy fermer xo`jaliklarini tashkil qilish siyosati davom ettirilib, ularga yer
uzoq muddatli ijaraga, ya‘ni 50 yildan ko`p bo`lmagan, lekin kamida 10 yillik muddatga
beriladigan bo`ldi. 2000 yilning 1 yanvariga kelib respublikada 31,1 mingta fermer va 1,541
mln.ta dexqon (oilaviy dehqon) xo`jaliklari faoliyat ko`rsatdi. Fermer va dehqon xo`jaliklariga
biriktirilgan yer maydoni 1996-2000 yillarda 18,7 ming gektardan 21,4 ming gektargacha
kengaydi. 1998 yilda fermer xo`jaliklarining hissasi ishlab chiqarilgan qishloq xo`jaligi
mahsulotining umumiy hajmida 3,5 foizni tashkil qilgan bo`lsa, bu ko`rsatkich 1999 yilda 4,4
foizga yetdi.
Bundan tashqari, hukumat ko`plab xo`jaliklarning moliyaviy ahvolini o`nglash maqsadida,
xo`jaliklarni sanatsiya qilish tadbirlarini belgiladi. YA‘ni O`z Rning "Bankrotlik to`g`risida"gi
va "Qishloq xo`jalik korxonalarini sanatsiya qilish to`g`risida"gi Qonunlari orqali sanatsiya
tadbirlarini amalga oshirishning tashkiliy-huquqiy asoslari yaratilgan bo`lsa, Respublika
Prezidentining qator farmonlari va hukumat qarorlari asosida sanatsiyani amalga oshirish
mexanizmlari ishlab chiqildi.
Qishloq xo`jaligi sohasida olib borilgan islohotlar yuzasidan qilingan tahlil hamda
respublika hukumatining bu sohada olib borgan siyosati natijalari fermer xo`jaligining afzalligini
isbotladi. Yangi asr boshiga kelib hukumat miqyosida zarar bilan faoliyat ko`rsatayotgan shirkat
va jamoa xo`jaliklari negizida fermer xo`jaliklari tashkil etish tadbirlariga katta e‘tibor berila
boshladi.
Shu tariqa 2004 yildan respublika qishloq xo`jaligida olib borilayoggan islohotlarning
yangi uchinchi bosqichi boshlandi. Bunga qishloq xo`jaligida amalga oshirilayotgan iqtisodiy
islohotlarni yanada chuqurlashtirish, qishloqda ishlab chiqarish munosabatlarini
takomillashtirishga qaratilgan O`z R Prezidengining 2003 yil 24 martdagi "Qishloq xo`jaligida
islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim yo`nalishlari to`g`risida"gi Farmoni huquqiy asos
bo`lib xizmat qildi. Mazkur Farmonda fermer xo`jaliklarini tuzish hamda ular faoliyatini tashkil
qilish jarayonida O`z R Qishloq va suv xo`jaligi vazirligi, Yer resurslari davlat qo`mitasi,
Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat hokimliklari amal qilishi zarur
bo`lgan asosiy qoidalar qat‘iy belgilab berildi. 2004 yilda "Fermer xo`jaligi to`g`risida" yangi
tahrirdagi qonun qabul qilindi. Ushbu Qonunga muvofiq, fermer xo`jaligi aksariyat hollarda
ortiqcha mehnat resurslari bo`lmagan yerlarda va hududlarda tashkil etiladigan bo`ldi. Fermer
xo`jaliklariga yer uchastkalari zahira yerlaridan, yuridik va jismoniy shaxslarga berilmagan,
qishloq xo`jaligiga mo`ljallangan yerlardan, qayta tashkil etilayotgan va tugatilayotgan qishloq
xo`jaligi kooperativlari (shirkat xo`jaliklari) hamda boshqa qishloq xo`jaligi korxonalari,
muassasalari va tashkilotlarining yer uchastkalaridan berilishi belgilab qo`yildi.
Natijada, qishloq xo`jaligining tarmoq tuzilishida anchagina tarkibiy siljishlar yuz berdi,
mamlakatning qishloq xo`jaligida butkul yangi institusional tuzilma vujudga keldi.
Mulkdorlarning fermerlik sinfi yaratildi, xo`jalik yuritish va mulkchilikning tashkiliy-huquqiy
shakllari tubdan o`zgartirildi; chorvachilik va dehqonchilikda faoliyat yuritish tizimi, qishloq
xo`jaligi va unga xizmat qiluvchi sohalar o`rtasidagi iqtisodiy munosabatlar takomillashtirildi;
faoliyat turini tanlashda fermerlarning huquqi va mustaqilligi kengaytirildi, fermer xo`jaliklari
tasarrufidagi yer uchastkalari maydoni maqbullashdi; fermer xo`jaliklari faoliyatini tartibga
solish, qo`llab-quvvatlashning bozor tamoyillariga mos mexanizmlariga asoslangan Respublika
fermerlar kengashi va uning hududlardagi tuzilmalari tashkil etildi.
Prezidentning 2006 yil 9 yanvardagi "Meva-sabzavotchilik va uzumchilik sohasida
iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish chora-tadbirlari to`g`risida"gi Farmoni va ushbu farmon
ijrosini ta‘minlash maqsadida O`z R Prezidentining "Meva-sabzavotchilik va uzumchilik
sohasida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish chora-tadbirlari to`g`risida"gi Qarorining qabul
qilinishi respublikamizda meva-sabzavotchilik sohasini rivojlantirishga keng miqyosdagi e‘tibor
qaratilayotganidan dalolat berdi.
105
Yangidan tashkil etilgan bog`dorchilik yo`nalishidagi fermer xo`jaliklari yagona yer solig`i
to`lashdan 5 yil muddatga, fermer xo`jaliklari, qayta ishlash va xizmat ko`rsatish sohasi
korxonalari ishtirokida ixtiyoriylik asosida yangidan tashkil etilgan agrosanoat firmalari esa
daromad (foyda) solig`i, yer solig`i, mulk solig`i, qo`shilgan qiymat solig`i (importga qo`shilgan
qiymat solig`idan tashqari), yagona soliq to`lovi to`lashdan 3 yil muddatga ozod qilindi.
O`z R Prezidentining 2006 yil 23 martdagi "Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer
xo`jaliklarida chorva mollarini ko`paytirishni rag`batlantirish chora-tadbirlari to`g`risidagi
Qarorida kam ta‘minlangan, ijtimoiy muhofazaga muhtoj oilalarga mol berish, chorvachilik va
infratuzilma obyektlarini rivojlantirish masalalari bo`yicha chora-tadbirlar ishlab chiqildi.
2006-2010 yillar davrida shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo`jaliklarida chorva
mollari, birinchi navbatda, qoramollar sonini ko`paytirishni rag`batlantirish dasturi ishlab
chiqildi. Dasturga muvofiq, mintaqalar bo`yicha shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer
xo`jaliklarida qoramollar sonini ko`paytirish, zooveterinariya punktlari va chorva mollarini suniy
urchitish punktlari tarmog`ini kengaytirish, zotdor mollarni shaxsiy yordamchi, dehqon va fer-
mer xo`jaliklariga auksionlar orqali sotish, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
viloyatlar hokimliklari, O`z R Qishloq va suv xo`jaligi vazirligi, "O`zdonmahsulot" aksiyadorlik
kompaniyasi bilan birgalikda don mahsulotlari korxonalari tomonidan ishlab chiqariladigan
omuxga yemni shaxsiy yordamchi va dehqon xo`jaliklariga berishni kengaytirish chora-tadbirlari
amalga oshirilishi, tuman markazlari va yirik aholi punktlarida ixtisoslashtirilgan savdo
shoxobchalarini tashkil etish uchun zarur omborxonalar tayyorlash ko`zda tutilgan edi.
Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimlari, homiylar va
nodavlat xayriya tashkilotlari mablag`i hisobiga kam ta‘minlangan oilalarga sigir tarqatish
evaziga, faqatgina 2007 yilning o`zidayoq, barcha toifadagi xo`jaliklarda qoramollar soni 6571,4
ming boshdan 7042,5 ming boshga, shu jumladan, dehqon xo`jaliklarida 6061,3 ming boshdan
6537,0 ming boshga hamda fermer xo`jaliklarida 332,3 ming boshdan 374,7 ming boshga
ko`paydi.
2008 yilga kelib dastlab tashkil topgan aksariyat fermer xo`jaliklarida yer maydoni
hajmining kichikligi mahsulot ishlab chiqarish rentabelligining o`sishiga va barqaror foyda
olishga to`sqinlik qilishi, iqtisodiy ahvoli nochor bo`lgan fermer xo`jaliklari o`zlarini zarur
texnika vositalari va aylanma mablag` bilan ta‘minlashga, bankdan kredit olish uchun garov
ta‘minoti qo`yishga imkoniyati yetmayotganligi, olingan qarz majburiyatlarini qoplash uchun
to`lovga qobillik (likvidlik) darajasining pastligi ma‘lum bo`lib qoldi.
Shundan kelib chiqqan xolda, O`z R Prezidentining 2008 yil 6 oktabrdagi "Fermer
xo`jaliklari tasarrufidagi yer uchastkalari maydonini maqbullashtirish chora-tadbirlari
to`g`risida"gi hamda 2009 yil 22 oktabrdagi "Fermer xo`jaliklari tasarrufidagi yer uchastkalari
maydonlarini yanada maqbullashtirish chora-tadbirlari to`g`risida"gi farmoyishlari qabul qilindi.
O`zbekiston agrar sohasining muammolaridan biri sug`oriladigan yerlarning meliorativ
holatini yaxshilash masalasi edi. Xususan, 2008 yilga kelib sug`oriladigan yerlarning qariyb 8
foizi meliorativ jihatdan yomon holatga kelib qolgan bo`lib, bu avvalo, tuproqning sho`rlanish
darajasi yuqoriligi va yer osti suvlarining ko`tarilishi bilan bog`liq edi. Salkam 330 ming gektar
yer meliorativ holatiga ko`ra qoniqarsizligi tufayli qishloq xo`jaligi uchun yaroqsiz hisoblanardi.
Mazkur muammoni hal etish maqsadida O`z R Prezidentining 2007 yil 31 oktabrdagi 718-
sonli Qarori asosida "2008-2012 yillarda sug`oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash
davlat dasturi"ni amalga oshirish boshlandi. Ushbu Davlat dasturi doirasida jami 130 mlrd. so`m
ajratilgan bo`lib, shu hisobdan 2009 yilda 102 ta loyiha bo`yicha 702 kilometr uzunlikda kol-
lektor-drenaj tarmog`i, 136 kilometr yopiq-yotiq drenaj, 195 ta tik quduq, 6 ta meliorativ nasos
stansiyasi hamda 485 ta kuzatuv quduqlari qurildi va rekonstruksiya qilindi. Bundan tashqari,
263 ta loyiha bo`yicha 12 ming 696 kilometr kollektor-drenaj tarmog`i tozalandi, 1311 kilometr
yopiq-yotiq drenaj qazildi, 1249 ta vertikal drenaj, 57 ta meliorativ nasos agregatlar ta‘mirlanib,
48 mlrd. 142 mln. so`mlik (101,8 foiz) mablag` o`zlashtirildi.

106
Bu tadbirlar, shubhasiz, fermer xo`jaliklari tasarrufidagi yer maydonlarining yaxshilanishi
va samaradorligining oshishiga ijobiy ta‘sir ko`rsatdi. Masalan, 2012 yilda 2003 yilga nisbatan
paxta hosildorligi 4,9 sentnerga, g`alla esa 9,5 sentnerga ko`tarildi.
Respublika qishloq xo`jaligining moddiy texnika bazasini mustahkamlash, soha ishlab
chiqarishini kompleks mexanizatsiyalash maqsadida yangi turdagi yuqori unumli texnika
vositalarini ishlab chiqarish, ularning ta‘minotini yo`lga qo`yish, mashina va mexanizmlarning
chidamliligini oshirish va ulardan samarali foydalanishga qaratilgan bir qator chora-tadbirlar
amalga oshirildi. O`tgan davrda respublika olimlari va konstruktorlari tomonidan 82 turdagi
yangi texnika yaratildi va 144 ta mashina yanada takomillashtirildi.
Germaniya, AQSH, Italiya, Fransiya va Rossiya davlatlari bilan tashkil etilgan va
zamonaviy texnologiyalarga asoslangan qo`shma korxonalarda bir necha turdagi yangi qishloq
xo`jaligi traktorlari va mashinalari ishlab chiqarilib, mashina-traktor parklari va fermer
xo`jaliklariga yetkazib berilmoqda.
Shunisi diqqatga sazovorki, zamonaviy texnikalardan foydalanish salmog`i yildan-yilga
oshmoqda. Masalan, 1998 yilda jami haydalgan maydonlarning 53 foizi, 2005 yilda 66 foizi,
2010 yilda esa 80 foizdan oshiqrog`i yuqori unumli zamonaviy g`ildirakli va zanjirli haydov
traktorlari bilan shudgor qilindi.
G`alla hosilini unumli kombaynlar bilan o`rib-yig`ib olishda yanada yuqori
ko`rsatkichlarga erishildi. Agar 1998 yilda g`alla hosilining 45 foizi, 2005 yilda 65 foizi ana
shunday kombaynlar yordamida o`rib olingan bo`lsa, 2010 yilda o`rib olingan g`allaning 98 foizi
ular ulushiga to`g`ri keldi. Shu bilan birga, zamonaviy texnikalardan samarali foydalanishni
tashkil etish, ularga yuqori saviyada texnik servis xizmati ko`rsatishni yo`lga qo`yish maqsadida
respublikamiz hududida chet el texnikalariga xizmat ko`rsatadigan 22 ta servis markazi tashkil
etildi.
Uchinchi bosqichning o`ziga xos xususiyati sifatida o`sish sur‘atlarining barqarorlashgani
natijasida don maydoni 39 ming gektarga, paxta 147,5 ming gektarga qisqarib, kartoshka,
sabzavot va poliz ekinlari maydoni 237 ming gektarga, yem-xashak 32,4 ming gektarga
ko`paydi. Shuningdek, barcha ekin turlari, chorva va parranda bosh soni hamda aholi jon
boshiga qishloq xo`jaligi mahsulotlari yetishtirish bo`yicha yuqori ko`rsatkichlarga erishildi.
2016-2017 yildan boshlab mamlakatimizda qishloq xo`jaligi sohasiga tamomila yangicha
yondoshuvdagi islohotlar joriy qilina boshlandi. Mavjud muammolar ro`y-rost aytilib, uni
bartaraf qilish choralari ko`rila boshlandi.
―Chorvachilikda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar
to`g`risidagi PQ-2841, (16.03.2017) ―Respublika ipakchilik tarmog`i korxonalarini yanada
qo`llab-quvvatlash chora-tadbirlari to`g`risidagi F-4881 (24.03.2017), ―Baliqchilik tarmog`ini
boshqarish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risidagi PQ-2939 (01.05.2017), ―O`z
R Moliya vazirligi huzurida Qishloq xo`jaligini davlat tomonidan qo`llab-quvvatlash
jamg`armasini tashkil etish to`g`risidagi PF-5095 (27.06.2017), «Ilg`or fermer», «Mehnatkash
dehqon» va «Namunali tomorqachi» ko`krak nishonlarini ta‘sis etish chora-tadbirlari
to`g`risidagi PQ-3803 (26.06.2018), ―O`z R qishloq xo`jaligini rivojlantirishning 2020-2030
yillarga mo`ljallangan strategiyasini tasdiqlash to`g`risidagi PF-5853 (23.10.2019), ―Respublika
hududlarini qishloq xo`jaligi mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashtirish bo`yicha qo`shimcha
chora-tadbirlar to`g`risidagi PQ-4709 (11.05.2020) O`z R Prezidentining Qarorlari, Farmon va
Farmoiyshlari qishloq xo`jaligidagi islohotlar samaradorligini yangi bosqichga ko`tarishga
xizmat qilmoqda.
2017 yil holatiga ko`ra yurtimizda 51 foizdan ziyod aholi qishloq joylarda yashasada
qishloq xo`jaligi mahsulotlarining mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 17 foizdan
oshmagan. Agrar soha mahsulotlarini qayta ishlash hajmi esa 10 foizga ham yetmaydi. Holbuki,
rivojlangan davlatlarda bu ko`rsatkich 50 foizdan ortiqni tashkil etadi.
O`zbekiston 2017 yilda 1,5-2 milliard dollar miqdorida meva-sabzavot mahsulotlarini
eksport qilgan. Lekin O`zbekistonda ushbu sohada yiliga 10-15 milliard dollar mahsulot eksport
qilish imkoniyati mavjud.
107
So`nggi yillarda qishloq xo`jaligi sohasida fermer va dehqonlarning manfaatdorligini
oshirish maqsadida 2018 yildan sohaga ilg`or texnologiyalar va klaster tizimi joriy etila
boshlandi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 dekabrdagi PF-5285-sonli
―To`qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risidagi
Farmoni bilan keng turdagi sifatli to`qimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlari
ishlab chiqarilishini tashkil etish, mahalliylashtirishni
chuqurlashtirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning eksport
salohiyatini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish vazifalari
belgilandi. Xujjat 3-ilovasi bilan paxta-to`qimachilik klasterlarini o`rta muddatli istiqbolda
rivojlantirish konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqish bo`yicha ishchi komissiya tarkibi
tasdiqlandi. 2019 yilda klaster usulida paxta yetishtirishni kamida 52 foizga yetkazish uchun
48 ta paxta-to`qimachilik klasterini tashkil etish to`g`risida qaror qabul qilindi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 7 dekabrdagi O`zbekiston qishloq
xo`jaligi xodimlariga tabrigida bu borada erishilgan yutuqlar sarhisob qilindi va ―...biz keyingi
yildan boshlab paxta yetishtirishni to`liq 100 foiz klaster usuliga o`tkazishga qaror qildik. Shu
bilan birga, g`allachilik, meva-sabzvotchilik, parrandachilik, chorvachilik, baliqchilik va
pillachilik klasterlarini tashkil qilish ishlarini izchil davom ettiramiz, degan so`zlari bilan tegishli
yo`nalishlar rahbar va mutaxassislariga qator vazifalar yuklatildi. 2020 yilda mamlakatimizning
paxta-to`qimachilik yo`nalishidagi klasterlari soni 75 taga yetdi

2019 yil 23 oktabrda O`zR Qishloq xo`jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga


mo`ljallangan strategiyasni tasdiqlash to`g`risidagi Prezident Farmoni qabul qilindi.
Sohada erishilgan yutuqlar Prezident SH.Mirziyoyevning 2019 yil 6 dekabrdagi Qishloq
xo`jaligi xodimlari kuniga bag`ishlangan tabrik so`zida batafsil yoritib berildi. Unda qayd
qilinishicha, mazkur yilda qishloq qo`jaligi xodimlari fidokorona mehnatlari tufayli
respublikamizda 7 mln 130 ming tonna g`alla, 2 mln 845 ming tonna paxta, 19 ming tonna pilla,
21 mln tonna meva-sabzovot, 400 ming tonna sholi, 2 mln 600 ming tonna go`sht va 11 mln
tonna sut maxsulotlari 8,1 mlrd dona tuxum yetishtirilgan.
Natijada qishloq xo`jaligi maxsulotlaridan 217 trln 700 mlrd so`m yoki 2018 yilga
nisbatan 12 % ko`p foyda olingan.
Joriy yil paxta xosilining 73 % paxta-to`qimachilik klasterlari hissasiga to`g`ri kelgan.
Hozirgi kunda meva-sabzavot maxsulotlarining 3,5 mln tonnasi qayta ishlanib, 350 mln
dollarlik tayyor maxsulot eksport qilinmoqda. Kelgusi 3 yilda eksportni 5 mlrd dollarga
yetkazish rejalashtirilgan.
2019 yil 580 ming gektar tabiiy va 28 ming gektar sun‘iy ko`llarda 200 ming tonna baliq
yetishtirildi. Asalarichilik ushmasi a‘zolari soni 14 mingdan oshib, 2019 yil 19 ming tonna asal
yetishtirildi (Qarang: Asarlar. 4-jild. 387-392 betlar.).
Qishloq xo`jaligidagi islohotlardan maqsad Prezident Shavkat Mirziyoyev aytganidek, –
iqtisodiy foyda ko`rish bilan birga, oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlash, xalq farovonligini
oshirishdan iboratdir. Buni hech qachon esimizdan chiqarmasligimiz zarur. ―2019-2024 yillarda
mamlakatda oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlash milliy dasturi qabul qilindi.
Respublikamizning umumjahon xo`jalik tizimiga bosqichma-bosqich va samarali
integratsiyalashuvi mamlakatimizda amalga oshirilayotgan agrar siyosatning strategiyasi va
taktikasini oqilona belgilashga ko`p jihatdan bog`liq. Shuningdek, agrar sohaning barqarorligi,
samaradorligi va yangi iqtisodiy munosabatlarning joriy etilishi mamlakat kelajagi va uning
iqtisodiy qudratini belgilashda muhim omildir.

4. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning shakllanishi hamda rivojlanishi.

Shuni alohida ta‘kidlash zarurki, sovet tuzumi davrida egalitarizm tamoyili asosida
108
majburan joriy etilgan markazlashgan "rejali iqtisodiyot" tartib-qoidalari shaxsiy manfaatdorlik

108
va tadbirkorlikni xalq ongu shuuridan chiqarib tashlay olmadi. Binobarin, sun‘iy tarzda tashkil
etilgan serxarajat va samarasiz iqtisodiy tizim nuqsonlari va kamomadini qoplashda aynan
tadbirkorlik aholining shaxsiy yordamchi xo`jaliklari (SHYOX) muhim rol o`ynadi. Masalan,
mustaqillik arafasida kartoshka, tuxum va qorako`lning 39 foizi, sabzavot va go`shtning 50
foizga yaqini, sut va junning 65 foizi (Qoraqalpog`iston, Buxoro, Xorazm va Qashqadaryoda
chorvachilik mahsulotining 70 foizi), SHYOX hissasiga to`g`ri kelgan. Respublika davlat sta-
tistika qo`mitasi ma‘lumotlariga qaraganda, SHYOXlar tomonidan tayyorlangan mahsulot oila
byudjetining chorak qismini tashkil etgan.
Mustaqillikning qo`lga kiritilishi O`zbekistonni tadrijiy taraqqiyot yo`liga qaytishiga
imkon yaratdi. "O`zbek modeli" konsepsiyasi asosida boshlangan tub iqtisodiy va ijtimoiy
islohotlar respublikada tadbirkorlikning rivojlanishiga keng imkoniyatlar ochib berdi.
"Islohotning asosiy ma‘nosi va, kerak bo`lsa, negizi bu - mulkni haqiqiy egasiga topshirish,
tadbirkorlikka keng imkoniyatlar ochib berishdir" (Karimov I.A. Bizdan ozod va obod Vatan
qolsin. 2-j. T.: O`zbekiston, 1996.-B. 336.), deb ta‘kidlagan edi O`zbekistonning birinchi
Prezidenti Islom Karimov.
Mamlakatimizda o`tkazilayotgan islohotlarning bosqichma-bosqichlik tamoyilidan kelib
chiqqan holda, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish bir necha bosqichda olib
borildi.
Birinchi bosqich 1991-1996 yillar. Bu bosqichda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va
xususiylashtirish hamda bozor iqtisodiyotini barpo etishning asosi bo`lgan kichik mulkdorlar
sinfini shakllantirishdan boshlandi. Shu bilan birga, bu bosqichda xususiy tadbirkorlikni
rivojlantirish uchun qulay shart-sharoit, xususiy mulkni himoya qilishning konstitusiyaviy huquq
va kafolatlarini ta‘minlovchi qonunlar qabul qilindi. Natijada, 1995 yil oxiriga kelib, kichik
korxona va mikrofirmalar soni 42,4 mingtaga yetib, 1991 yilga nisbatan 4,5 barobar o`sdi.
Ularda band bo`lganlar soni 441,0 ming kishidan oshib ketdi. YAIM tarkibida kichik biznes
ulushining 1991 yiddagi 1,5 foizdan 1995 yilda 16,9 foizga borib yetishini tub ma‘noda milliy
iqtisodiyotning yutug`i sifatida e‘tirof etish mumkin.
1995 yil 5 yanvarda O`zbekiston Prezidentining "Xususiy tadbirkorlikda tashabbus
ko`rsatish va uni rag`batlantirish to`g`risida"gi Farmoni qabul qilindi. Ushbu Farmonga binoan
ishlab chiqarish, qishloq xo`jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, xalq iste‘mol mollari va bir qator
boshqa ishlab chiqarish sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari foyda solig`idan
ozod qilindi.
Ikkinchi bosqich 1996-2000 yillar. Qisqa muddat bo`lishiga qaramay, ushbu davr
mamlakat hayotida barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish tendensiyalari bilan tasniflanadi.
Bundan tashqari, ushbu bosqichda keng qamrovli xususiylashtirish amalga oshirildi, iqtisodiyot
sohalariga xususiy kapitalni jalb qilish imkoniyatlari kengaytirildi, dastlabki xususiy tijorat
banklari va banqdan tashqari moliya institutlari (kredit uyushmalari) o`z faoliyatini boshladi.
1996 yilda xalqaro iqtisodiy makonda yuz bergan paxta inqirozi uning narxi pasayib
ketishiga, ayni vaqtda, respublika iqtisodiga valyuta tushumini ta‘minlab turgan ushbu xom
ashyoning eksportidan tushadigan daromad shu yilning o`zida 15 foizga qisqarishiga sabab
bo`ldi. Boz ustiga, 1998-1999 yillardagi noqulay ob-havo sharoiti paxta hosildorligiga jiddiy
zarar yetkazdi, natijada uning eksporti 25 foizga qisqardi. Bunga javoban mamlakat rahbariyati
tegishli chora-tadbirlar ko`rishga majbur bo`ldi. Ular import o`rnini bosuvchi ishlab chiqarishni
qo`llab-quvvatlash va bu davrda katta qiyinchilik bilan topilayotgan valyuta zahirasini saqlash,
undan unumliroq foydalanishga qaratildi. Binobarin, davlat tomonidan qo`llab-quvvatlanishiga
qaramay, kichik biznes ham alohida muammolar va murakkabliklarga duch kela boshladi,
ularning soni bir qadar qisqardi.
Yuzaga kelgan vaziyat davlat boshqaruv organlari tuzilmalari va iqtisodiyotning ushbu
sektori uchun bozor infratuzilmalarini takomillashtirish zaruriyatini kun tartibiga qo`ydi.
Shularni nazarda tutgan holda, O`z Rning birinchi Prezidenti Islom Karimov shunday deb
ta‘kidlagan edi: "Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni keng rivojlantirish uchun hamma yo`lni
ochib berish kerak. Tadbirkorlik tuzilmalarining moliya, bank va boshqa bozor tuzilmalari bilan
109
munosabatlarini mustahkamlash, eng muhimi, kredit olish yo`lida mavjud to`siqlarni olib
tashlash lozim. Ularning xom ashyo resurslaridan foydalanishlariga keng yo`l ochib berish, ular
ishlab chiqarayotgan mahsulot mamlakatning o`zida ham, uning tashqarisida ham sotiladigan
bozorni kafolatlovchi tizimni barpo etish darkor" (Karimov I.A. Biz kelajagimizni o`z qo`limiz
bilan quramiz. 7-j. -T.: O`zbekiston, 1999. B. 375.).
Iqtisodiy islohotlarni yanada erkinlashtirish va chuqurlashtirishga doir vazifalardan kelib
chiqqan holda, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, rag`batlantirishni kuchaytirishga qaratilgan
davlatning barqaror va har tomonlama asoslangan siyosatini yuritish maqsadida, ushbu
bosqichda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag`batlantirish bo`yicha
Respublika muvofiqlashtiruvchi kengashining faoliyati kuchaytirildi. Davlat mulk qo`mitasi,
Davlat soliq qo`mitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Markaziy bank, Adliya vazirligi,
Monopoliyadan chiqarish, Raqobat va tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlash Davlat qo`mitasi, tijorat
banklari va boshqalarning xususiy tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlash borasidagi funksiyalari,
faoliyat doiralari hamda yo`nalishlari kengaytirildi. Amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida
kichik biznes subyektlarining mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 2000 yilda 31 foizga
yetdi.
Uchinchi bosqich 2000-2010 yillar. Bu davrda makroiqtisodiy jabha, shu jumladan,
tadbirkorlik sohasida ham iqtisodiyotni liberallashtirishga qaratilgan say-harakatlar iqtisodiy
islohotlarnint mazmun-mohiyatini tashkil etdi. Ushbu bosqichning tendensiya va xususiyatlari,
bir tomondan, iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, sanoat tarmoqlarini modernizatsiyalash,
texnik va texnologik qayta qurollantirish bo`yicha dasturlarni qabul qilish, boshqa tarkibiy
o`zgarishlar bilan izohlansa, ikkinchi tomondan, kichik biznesning rivojiga keng imkoniyatlar
yaratuvchi, ular faoliyatiga noqonuniy aralashishlarni cheklovchi, ro`yxatdan o`tkazish tartibini
yengillashtiruvchi bir qator huquqiy hujjatlarning qabul qilinishi bilan tavsiflanadi.
Mazkur bosqichda xususiy tadbirkorlikni keng ko`lamda rivojlantirish uchun shart-
sharoitlar yaratish va uni kafolatlashga qaratilgan qator huquqiy-meyoriy hujjatlar qabul qilindi.
Jumladan, 2000 yilda qabul qilingan O`z Rning "Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari
to`g`risida"gi Qonuni muhim ahamiyat kasb etdi. Mazkur Qonun bilan tadbirkorlik faoliyati
subyektlarini davlat ro`yxatidai o`tkazish mexanizmi soddalashtirildi, fuqarolarning tadbirkorlik
faoliyatida erkin ishtirok etishi va manfaatdorligi uchun kafolatlar hamda sharoitlar yaratildi,
tadbirkorlarning imtiyozli kredit olish uchun huquqlari mustahkamlandi. Mamlakat
Prezidentining 2003 yil 24 yanvardagi "O`zbekiston iqtisodiyotida xususiy sektorning ulushi va
ahamiyatini tubdan oshirish chora-tadbirlari to`g`risida"gi Farmoni xususiy sektorning milliy
iqtisodiyotdagi ulushini oshirishning asosiy strategiyasi bilan birga, tadbirkorlik faoliyatini
qo`llab-quvvatlash va rag`batlantirishning yangi mexanizmlari, Vazirlar Mahkamasining 2003
yil 20 avgustdagi "Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish uchun ro`yxatdan o`tkazish tartibotlari
tizimini tubdan takomillashtirish to`g`risida"gi 357-sonli Qarori yagona soliq to`lovini joriy
etish, tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish uchun ro`yxatdan o`tkazish tartibotlari tizimini tubdan
takomillashtirishni ta‘minladi.
To`rtinchi bosqich 2010 yildan boshlanadi. 2011 yilning "Kichik biznes va xususiy tadbir-
korlik yili" deb e‘lon qilinishi hamda Islom Karimovning 2010 yil 27 yanvarda Oliy Majlis
Qonunchilik palatasi va Senatining qo`shma majlisidagi "Mamlakatimizni modernizatsiya qilish
va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish ustuvor maqsadimizdir" nomli ma‘ruzasi ushbu
tarmoqda yangi bosqichning boshlanishiga asos bo`ldi. Dastur va ma‘ruzada qayd etilgan fikrlar
iqtisodiyotning muhim sohasi va harakatlantiruvchi kuchi bo`lgan kichik biznes va xususiy
tadbirkorlik rivojiga ustuvor axamiyat berish bo`yicha avvalgi yillarda boshlangan ishlarning
uzviy davomi edi.
Bu bosqichda belgilangan vazifalar 2008 yilda boshlangan jahon moliyaviy-iqtisodiy
inqirozining salbiy oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan qabul qilingan «Inqirozga qarshi choralar
davlat dasturi»dan kelib chiqib, unda kichik biznesni davlat tomonidan qo`llab-quvvatlash
siyosati aniq manzilli xususiyat kasb etganligini alohida qayd etish zarur. Dastur bo`yicha
tadbirkorlarni qo`llab-quvvatlash bo`yicha puxta chora-tadbirlar amalga oshirildi, kichik biznes
110
subyektlarining tijorat banklari kredit resurslaridan foydalanish imkoniyatlari kengaytirildi,
ishlab chiqarish bilan shug`ullanuvchi kichik korxonalar uchun yagona soliq to`lovi stavkasi
yanada pasaytirildi.
Fuqarolarimiz soliqdan qochish emas, uni vaqtida to`lashdan manfaatdor bo`lishi kerak.
2019 yildan boshlab joriy etilgan yangi soliq konsepsiyasining eng asosiy g`oyasi soliq yukini
kamaytirish, sodda va barqaror soliq tizimini qo`llashdir. Shu orqali iqtisodiyotimiz
raqobatbardoshligini oshirish, tadbirkor va investorlar uchun har tomonlama qulay muhit
yaratishga erishish mumkin.
So`nggi yillarda, xususan 2019 yilda yangi soliq siyosati doirasida ish haqiga soliq yuki
1,5 barobar kamaytirildi. Natijada rasmiy sektorda ishlayotganlar soni yil davomida 500
mingtaga ko`paydi.
Qo`shilgan qiymat solig`i stavkasi 20 foizdan 15 foizga tushirildi. Buning hisobidan 2019
yili soliq to`lovchilar ixtiyorida 2 trillion so`m qoldi. 2020 yilda bu raqam 11 trillion so`mni
tashkil etishi kutilmoqda. Bir yilda tadbirkorlar ixtiyorida shuncha mablag` qolishi, albatta,
ularga o`z bizneslarini rivojlantirish uchun juda katta qo`shimcha imkoniyatlar yaratadi.
(O`z.R.Prezidentining Parlamentga murojaatnomasidan. 24.01.2020).

Dasturning ustuvor vazifalarini bajarish yuzasidan ko`rilgan chora-tadbirlar natijasida


2011 yilda iqtisodiyotda kichik biznes sektorining barqaror o`sishi ta‘minlandi. YAIMdagi
uning ulushi 2000 yildagi 31,0 foizdan 2011 yilda 54 foizga yetib, shundan 33,7 foizi kichik
korxona va mikrofirmalar, 20,3 foizi yakka tartibdagi tadbirkorlar hisobiga to`g`ri keldi.
Iqtisodiyotning ushbu sektorida o`sishga, eng avvalo, ichki omillar ta‘sirida erishildi:
izchillik bilan amalga oshirilayotgan, birinchi navbatda, soliq yukini kamaytirishga qaratilgan
oqilona soliq siyosati, xo`jalik yurituvchi subyektlarning ishbilarmonlik faolligi va moliyaviy
barqarorligini yuksaltirishga xizmat qildi. Shuningdek, investitsiyalar kiritayotgan va yangi
mahsulotlarni o`zlashtirayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga qo`shimcha
imtiyozlar berilishi va qulayliklar yaratilishi, shubhasiz, muhim rol o`ynadi. Bugungi kunda
ko`plab kichik biznes subyektlari o`n mingdan ortiq nomdagi tayyor mahsulotlar ishlab
chiqarmoqda. Jumladan, import o`rnini bosuvchi va yirik korxonalar bilan kooperatsiyalashuvni
ta‘minlovchi mahalliylashtirilgan mahsulotlar ham ishlab chiqarilmoqda.
Sektorda yangi ish o`rinlari yaratish va aholini ish bilan ta‘minlashda ham barqaror ijobiy
o`sish kuzatildi. Faoliyat yuritayotgan subyektlar sonining o`sishi 604 ming yangi ish joylari
tashkil etilishini ta‘minladi. Bu umumiy yaratilgan yangi ish o`rinlarining 65,0 foizini tashkil
etdi. Natijada, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sektorida band bo`lganlar soni 8,9 mln.
kishiga yetib, umumiy band bo`lganlarning 74,8 foizini tashkil etdi.
Prezident SH.Mirziyayevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida keltirilishicha: ―Jahon
bankining biznes yuritish sohasidagi 2018 yilgi reytingida mamlakatimiz qurilish bo`yicha 134-
o`rinni egallagan. Bu esa sohada ko`plab muammolar borligidan dalolat beradi. Misol uchun,
qurilish sohasida ruxsat berishga oid 17 ta tartib mavjud bo`lib, ularni olish uchun o`rtacha 246
kun sarflanadi. Bu adolatsizlik emasmi?.
So`nggi yillarda Jahon bankining ―Biznes yuritish reytingida eng yaxshi 50 ta mamlakat
qatoriga kirish bo`yicha barcha tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar qabul qilindi. 2019 yilda qabul
qilingan yangi Soliq kodeksiga muvofiq, bu 2020 yildan boshlab soliq turlari 13 tadan 9 taga
kamaytirildi. Soliqlarni to`lash muddatini uzaytirish yoki bo`lib-bo`lib to`lashga ruxsat berish
bo`yicha yengillashtirilgan mexanizmlar kiritildi. (Prezident Murojjaatnomasi. 24.01.2020.)
Shunday qilib, kuchli raqobat sharoitida milliy korxonalarimizning jahon xo`jalik tizimiga
izchil kirib borishida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik muhim ahamiyat kasb etdi. Aynan
iqtisodiyotda tarkibiy qayta qurishning jadallashyvi, modernizatsiyalash va barqaror uzoq
muddatli iqtisodiy o`sishni ta‘minlashga erishish ko`p jihatdan kichik tadbirkorlik rivojiga
bog`liqdir.

5. Zamonaviy transport-kommunikatsiya tizimining shakllanishi.


111
Mazkur soxada ham jiddiy islohotlar amalga oshirildi. Chunonchi, respublika
mustaqillikka erishganidan keyin transportning iqtisodiyotga va aholiga xizmat ko`rsatish sifatini
tubdan yaxshilash va sohani boshqarish tizimini takomillashtirish maqsadida "O`zbekiston havo
yo`llari" milliy aviakompaniyasi (1992 yil 28 yanvar), "O`zbekiston avtomobil transporti"
("O`zavtotrans") davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi (1993 yil 8 yanvar, 1998 yil 11 iyuldan
O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentliti); "O`zbekiston temir yo`llari" davlat-
aksiyadorlik kompaniyasi (1994 yil 7 noyabr) kabi idoralar tashkil etildi. Mamlakatda transport
korxonalari davlat ishtirokidagi aksiyadorlik kompaniyalari, korporatsiyalari, ochiq turdagi
aksiyadorlik va masuliyati cheklangan jamiyatlarga, jamoa korxonalariga aylantirildi.
Mustaqillikning dastlabki yillarida xalqaro talablarga javob beradigan avtomobil yo`llari
qurish, mavjudlarini xalqaro andozalarga moslashtirish, yo`llarni saqlash va ta‘mirlash, yangi
barpo etilayotgan sanoat hududlarini xalqaro magistrallar bilan bog`laydigan yo`llar qurish
masalalariga e‘tibor kuchaydi. O`z R.ning Markaziy Osiyoda tutgan o`rni, sanoat va boshqa
sohalarning taraqqiyoti, qo`shni davlatlar bilan iqtisodiy aloqalarni jadal rivojlantirish maqsadida
1995-2010 yillarga mo`ljallangan milliy dastur ishlab chiqildi. Bu dastur doirasida 1996 yildan
Toshkent-Andijon-O`sh magistralining 100 km.dan ortiq tog`li uchastkalarida qurilish ishlari
boshlandi. Qamchiq va Rezak tonellari foydalanishga topshirildi. Almati-Bishkek-Toshkent-
Termiz va Samarqand-Buxoro-Ashxabod-Turkmanboshi avtomobil yo`li, Yevropani Kavkaz
orqali Osiyo bilan bog`laydigan avtomobil yo`li (Yevropa-Kavkaz-Osiyo transport yo`lagi)ning
respublika hududidan o`tadigan qismini ta‘mirlash ishlari amalga oshirildi. O`zbekistonni
Qozog`iston orqali Rossiya Federatsiyasi bilan bog`laydigan 340 kilometrli Qo`ng`irot-Beynov
avtomobil yo`li qurilishining birinchi bosqichi yakunlandi.
Fuqaro aviatsiyasini rivojlantirish borasida strategik yo`nalishlar aniqlab olindi. 1993 yil 7
mayda O`z R.ning Havo kodeksi qabul qilindi.
O`zbekistonning yagona temir yo`l tarmog`ini vujudga keltirish bo`yicha 1994-2001
yillarda uzunligi 700 kilometrga yaqin Navoiy-Uchquduq-Nukus temir yo`li qurib bitkazildi.
Respublika hududida barcha transport turlarining yuk va yo`lovchilar tashish ishlarini
maqbul holga keltirish, samaradorligini oshirish, kommunikatsiyalarni jadal rivojlantirish,
transportda yuk va yo`lovchilarni tashish sohasidagi hamkorlikni kentaytirish hamda transmilliy
transport yo`laklarini rivojlantirish borasidati faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida 2004 yil
11 oktabrda "O`zbekiston transport va transport kommunikatsiyalari uyushmasi" tashkil etildi.
Uyushma tarkibiga "O`zbekiston temir yo`llari" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, "O`zbekiston
havo yo`llari" milliy aviakompaniyasi, O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agengligi,
"O`zavtoyo`l" kompaniyasi, transport kommunikatsiyalari qurilishi bilan shug`ullanuvchi
respublika loyiha va qurilish tashkilotlari kiritildi.
1995-2005 yillarda O`zbekistonda 2500 km. umumiy foydalanishdagi avtomobil yo`llari
qurildi, 1435 km. avtomobil yo`llari rekonstruksiya qilinib, yuqori toifaga o`tkazildi, 47046 km.
yo`l ta‘mirlandi hamda 460 dan ortiq ko`prik qurildi.
Bu davrda "O`zbekiston havo yo`llari" belgisi bilan parvoz qilayotgan samolyotlar turli
davlatlarda joylashgan 40 dan ziyod aeroportga muntazam qatnay boshladi. Aviatsiya sohasida
amalga oshirilgan chuqur o`zgarishlar mamlakatimiz iqtisodiyotini mustahkamlashda, uning
dunyo miqyosidagi obro`-etiborini yanada oshirishga xizmat qildi.
2003 yildan boshlab ishlab chiqarish infratuzilmasini isloh qilish, qo`shni davlatlar
hududidan o`tmaydigan, mamlakat hududlarini bog`lovchi yangi temir va avtomobil yo`llari
qurish ishlarini davom ettirish, ba‘zi ishlab chiqarish infratuzilma obyektlarini dunyo talablari
darajasiga yetkazish, transport-kommunikatsiya sohalarining barqaror rivojlanishini taminlash
vazifalari ustuvor ahamiyat kasb etdi. Bu bosqichda respublika temir yo`l tarmog`ini yanada
takomillashtirish maqsadida yangi G`uzor-Boysun-Qumqo`rg`on temir yo`lining qurilishi
amalga oshirildi.
2007 yil 24 avgustda O`z.Rning Birinchi Prezidenti Islom Karimov Toshg`uzor-Boysun-
Qumqo`rg`on temir yo`lining tantanali ochilishida nutq so`zlab, "Asriy tog`u toshlar, dashtu
112
biyobonlar bag`rida tunu kun mardona mehnat qilib, 223 kilometrdan iborat bo`lgan bu temir
yo`lni qisqa davrda, hammasi bo`lib 33 oyda, muddatidan ikki yil oldin ishga topshirilishining
o`zi, hech shubhasiz, mamlakatimiz tarixida har tomonlama ulkan bir voqea, desak,
o`ylaymanki, ayni haqiqatni aytgan bo`lamiz", deb ta‘kidlagan edi.
Amalga oshirilgan bu buyuk ishlarning muhim ahamiyati va mohiyati shundaki, o`zbek
xalqi o`z kuch-qudrati, nimalarga qodir ekanini yana bir bor namoyon etdi. Buni dengiz sathidan
1800 metr balandlikda, qattiq qoya toshlardan iborat tog`li hududlar bo`ylab, yozning jazirama
issig`i, garmsellari, qishning izg`irin shamollari ostida temir yo`l izlari yotqizilgani, Toshg`uzor
va Dehqonobod, Oqrabot va Darband, Boysun va Qumqo`rg`on kabi 6 ta yangi stansiya va
yo`lovchi platformalariga ega bo`lgan 9 ta bekat barpo etilgani misolida ham ko`rish mumkin.
Barcha stansiyalarda yo`l xavfsizligini ta‘minlaydigan ishlab chiqarish obyektlari, maktab,
tibbiyot maskanlari, suv va gaz tarmoqlari kabi ijtimoiy infratuzilma inshootlari barpo qilingani
bu loyihaning eng zamonaviy talablar darajasida amalga oshirilganini ko`rsatadi.
Yangi temir yo`l foydalanishga topshirilishi bilan Qashqadaryo viloyatidagi Tubagat kaliy
tuz koni asosida Dehqonobod kaliy o`g`itlar zavodining qurilishi loyihasini tayyorlash va unga
xorijiy mamlakatlarning investitsiyalarini jalb etish bo`yicha ishlar boshlandi. Surxondaryo
viloyatida Xonjiza polimetall, Sharg`un va Boysun toshko`mir konlarini o`zlashtirish, yangi
sement zavodlari qurish yuzasidan tayyorgarlik ishlari davom etmoqda. Temir yo`l tarmog`ining
ishga tushirilishi natijasida yuk tashish va yo`lovchilar qatnovini tashkil qilish, temir yo`llarga
xizmat ko`rsatish va yo`l xavfsizligini ta‘minlash uchun 2-2,5 ming qo`shimcha yangi ish o`rni
yaratildi. Yangi tashkil etilgan korxonalar va xizmat shoxobchalarida, ayniqsa, kichik biznes va
xususiy tadbirkorlik sohalarida qo`shimcha 3-4 mingta ish o`rniga ega bo`lingani ulkan
muvaffaqiyatdir.
Bu yo`l O`zbekistonning chet davlatlarga, avvalo, Transafg`on temir yo`l yo`lagi orqali
yaqin kelajakda to`g`ridan-to`g`ri Hind okeani, Janubiy va Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlari
portlariga chiqish imkoniyatini kengaytiradi. Shu bilan birga, respublikaning tranzit salohiyatini
keskin oshiradi.
Respublikada 2011-2015 yillarda transport va kommunikatsiya infratuzilmasi qurilishini
jadal rivojlantirish dasturining amalga oshirilishi ishlab chiqarish, transport va muhandislik-
kommunikatsiya infratuzilmasi tarmog`ini yanada rivojlantirish imkonini berdi.
2012 yilning 5 yanvarida temir yo`llarni elektrlashtirish va zamonaviy texnologiyalarni
qo`llash asosida yo`lovchi va yuk tashish samaradorligini oshirish, sifatli xizmat ko`rsatishni
ta‘minlash maqsadida Osiyo Taraqqiyot banki ishtirokida "Maroqand-Qarshi temir yo`l
uchastkasini elektrlashtirish" loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to`g`risida» Prezident
Qarori qabul qilindi.
2017 yil 13 martda ―Buxoro-Miskin temir yo`l liniyasini qurish chora-tadbirlari
to`g`risidagi (PQ-2827), shu yil 26 mayda esa ―Islom taraqqiyot banki ishtirokida «M39
Toshkent-Termiz avtomobil yo`lini rekonstruksiya qilish» hamda «Saudiya taraqqiyot
jamg`armasi va Quvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamg`armasi ishtirokida «4R87 G`uzor-Chim-
Ko`kdala avtomobil yo`lini rekonstruksiya qilish» loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish
bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risidagi O`zR Prezident Qarorlarining qabul qilinishi
mamlakatimiz transport-kommunikatsiya tizimini yaxshilash yo`lidagi navbatdagi qadam bo`ldi.
Mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan "Navoiy" xalqaro intermodal logistika markazi va
"Angren" logistika markazining imkoniyatlari juda keng. Ta‘kidlash joizki, Mustaqil Davlatlar
Hamdo`stligi hududida yagona bo`lgan ushbu markazda tovarlarni yuklash va tushirish, ularni
tarqatish va omborlarga joylash ishlari zamonaviy texnika vositalari yordamida tezkorlik bilan
amalga oshiriladi.
2012 yilga kelib aviakompaniya zamonaviy havo kemalari bilan ta‘minlandi. Jumladan,
O`zbekiston hukumati yordamida aviakompaniya parki "Boing-757", "Boing-764", A-310, RJ-
85 samolyotlari bilan to`ldirildi. "O`zbekiston havo yo`llari" aviakompaniyasi dunyoning 25 dan
ortiq mamlakatiga parvozlarni amalga oshirib, yiliga qariyb 75 ming tranzit yo`nalishini
boshqarmoqda. Shuningdek, aviakompaniya tarkibida faoliyat ko`rsatayotgan, so`nggi avlod
113
aviatsiya texnikalariga texnik xizmat ko`rsatish va ularni ta‘mirlash bo`yicha Markaziy
Osiyo mintaqasida yagona bo`lgan markazning xizmatlaridan 320 ta xorijiy aviakompaniya
samolyotlariga aeronavigatsiya xizmati ko`rsatilayotir.
"O`zbekiston havo yo`llari" aviakompaniyasi tarkibida 11 ta (Toshkent, Nukus,
Samarqand, Buxoro, Urganch, Termiz, Qarshi, Namangan, Andijon, Farg`ona, Navoiy)
zamona- viy aeroportlar jahon andozalari darajasida modernizatsiya qilindi. Toshkent
aeroporti Markaziy Osiyodagi eng yirik xalqaro aeroport hisoblanadi. Buxoro, Samarqand
va Urganch aeroportlari xalqaro aeroport maqomini oldi.
"Navoiy" xalqaro aeroporti negizida tashkil etilgan va zamonaviy aeronavigatsiya
uskunalari bilan jihozlangan xalqaro intermodal logistika markazi, ob-havo sharoiti qanday
bo`lishidan qat‘i nazar, barcha turdagi avialaynerlarni qabul qilish imkoniga ega bo`ldi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 1 fevraldagi ―Transport sohasida
davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‗g`risidagi PF-5647-
son Farmoni bilan O`zbekiston avtomobil transporti agentligi negizida O„zbekiston
Respublikasi Transport vazirligi tashkil etildi.
Vazirlik avtomobil, temir yo‗l, havo, daryo transportlari, metropoliten, shuningdek,
yo‗l xo‗jaligini rivojlantirish sohasidagi yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga
oshirish bo‗yicha davlat boshqaruvi organi hisoblanadi;
Vazirlik unga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bevosita hamda uning
tuzilmasiga
kiruvchi hududiy bo‗linmalar va idoraviy mansub tashkilotlar orqali amalga oshiradi.
Keyingi yillarda qurilish sohasi iqtisodiyotning muhim ―drayverlaridan biriga aylandi.
2019 yilga kelib bu sohaning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 6 foizdan oshgani ham bu
fikrni yaqqol tasdiqlab turibdi.
Xalqaro ekspertlarning xulosasiga ko`ra, infratuzilmani yaxshilash, moslashuvchan
tariflar qo`llash va yangi istiqbolli yo`nalishlarni shakllantirish hisobidan bizda tranzit
salohiyatini hozirgi 7 million tonnadan 16 million tonnaga yetkazish imkoniyati mavjud.
Iqtisodiy yuksalishni ta‘minlash uchun barcha qulayliklarga ega bo`lgan
zamonaviy infratuzilma barpo etish nihoyatda zarur. Prezidentimizning 2020 yil 24
yanvardagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida qayd qilinishicha keyingi 3 yilda yo`l
qurilishiga – 9,8 trillion so`m, suv tarmoqlariga – 4,6 trillion so`m, elektr tarmoqlariga –
18,2 trillion so`m, tabiiy gaz ta‘minotiga – 1,2 trillion so`m mablag` ajratilgan. Bu raqamlar
ushbu tarmoqlar uchun so`nggi
10 yilda sarflangan mablag`lardan bir necha barobar ko`pdir. Lekin, shunga qaramasdan,
zamonaviy infratuzilma yaratish, mavjud tizimni modernizatsiya qilish uchun bundan bir
necha o`n barobar ko`p mablag` talab etiladi.
2020 yil noyabr xolatiga ko‘ra mamlakativiz hududida 42 869 km. uzunlikdagi yo`llar
mavjud. Shundan xalqaro ahamiyatdagi yo`llar 3 993 km, davlat ahamiyatidagi yo`llar 14
203 km. va mahalliy ahamiyatdagi yo`llar 24 673 km. ni tashkil qiladi.
2020 yil 1 oktabr holatiga jismoniy shaxslarga tegishli bo`lgan avtotransport vositalari
soni 3.083.849 tani tashkil qiladi. Shundan eng ko`p avtotransport vositalari soni Toshkent
shahri (487.507 ta), Samarqand viloyati (366.558 ta) hamda Toshkent viloyati (299.801 ta)
hududlariga to`g`ri kelmoqda.
Respublikadagi yo`l patrul xizmat maskanlarida davlat raqamini aniqlovchi kameralar
91 ta, kuzatuv kameralari 95 ta, onlayn rejimda ishlovchi fotoradarlar 183 ta,
chorrahalardagi qoidabuzarlikni aniqlovchi kameralar 386 ta, kuzatuv kameralari esa 1154
tani tashkil qilgan.

114

You might also like