You are on page 1of 268

1. Abdulla Qodiriyning "Mehrobdan chayon" romanida Anvarning otasi ismi nima edi?

Javob: Salim bo'yoqchi.

2. Dunyodagi maydoniga ko'ra eng katta dengiz qaysi?

Javob: Filippin dengizi.

3. "Dovud" haykali muallifi kim?

Javob: Mikelanjelo.

4. Koinotga ko'tarilgan birinchi ayol kim?

Javob: Valentina Tereshkova.

5. Islom tarixidagi birinchi shahidlar kimlar edi?

Javob: Ammor r.a.ning onasi Sumayya r.a.

6. Qur'oni karimda nomi zikr qilingan yagona sahoba kim?

Javob: Zayd ibn Horisa r.a.

7. Dunyoning yetti mo'jizasini sanang.

Javob: 1. Misr ehromlari. 2. Bobil osma bog'lari. 3.Artemida ibodatxonasi. 4. Galikarnas


dahmasi. 5. Zevs haykali. 6. Rodosdagi haykal. 7. Iskandariya minorasi.

8. Ma'lumki, quyosh tikkaga kelgan payt namoz o'qib bo'lmaydi. Ulamolarimiz buning sababini
nimada deb aytishadi?

Javob: Quyosh tikkaga kelganda jahannam eshiklari ochiladi.

9. "Insonni qidiryapman!" deya kunduz kuni ham sham ko'tarib yurgan qadimgi yunon faylasufi
kim edi?

Javob: Diogen.

10. Ayollarning eng baland ovozi nima deb ataladi?

Javob: Soprano.

11. Eng katta astroid qaysi?

Javob: Serera (Cerer).

12. Kemiruvchi chumoli?

Javob: Termit.

13. Everest cho'qqisiga birinchi bo'lib ko'tarilgan yangi zelaydiyalik alpinist?

Javob: Hillari.
14. Dunyoning yetti mo'jizasidan biri Zevs haykalini kim yasagan?

Javob: Fidiy (Fidias).

15. Buyuk Amir Temurning onasi ismi nima edi?

Javob: Takinaxotun.

16. Mashhur fransuz rassomi, "Qayerdanmiz? Kimmiz Qayoqqa ketayapmiz?" asari muallifi?

Javob: Gogen.

17. 1928 yili Toshkentda televizorni kashf qilgan olim kim?

Javob: Grabovskiy.

18. Moskva shahriga asos solgan knyaz kim edi?

Javob: Yuriy Dolgorukiy.

19. Eng birinchi diktorning (ayol kishi) ismi-familiyasi?

Javob: Ursula Patschke.

20. "Tavrot"va "Injil"da yozilishicha, Odam atoning Qobil ha Hobildan keyingi uchinchi o'g'li,
50 sahifali ilohiy oyatlar nozil qilingan, 912 yil yashagan payg'ambar kim?

Javob: Shis (Sif) payg'ambar.

21. Ma'lumki payg'ambarimiz hayot paytlarida hijriy yil hisobi yuritilmas edi. Savol: hijriy-
qamariy yil hisobini kim joriy qilgan?

Javob: Umar ibn Hattob r.a.

22. Kosmonavtikaning asoschisi, kosmik kemalar ixtirochisi?

Javob: Siolkovskiy.

23. Ma'lumki Qu'oni karim o'zbek tiliga 5 marta tarjima qilingan. Kalomullohni o'zbekchga
o'girgan 5 ta ulamoni sanang.

Javob: 1. Oltinxonto'ra Taroziy. 2. Domla Hindustoniy. 3. Shayx Alovuddin Mansur. 4. Shayx


Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. 5. Shayx AbdulAziz Mansur.

24. O'rgimchaklarni o'rganuvchi fan?

Javob: Araxnologiya.

25. "Isroil" so'zi kimdan va qayerdan kelib chiqqan?

Javob: Yahudiylarning tarixiy otasi Yoqub a.s.ning laqabi "Isroil" (Allohning quli) edi. Yoqub
a.s.ning 12 o'g'lidan 12 yahudiy qabilalari tarqagan. Webmonster 5 ball;
26. 500 $, 1000$ va 5000$ lik pullar(bank notalari)da qaysi AQSh prezidentlarining rasmi bor?

Javob: 500$ da - Villiam MakKinli, 1000$ da - Grover Klivland, 5000$ da - Jeyms Medison.

27. Ma'lumki Islom kelgan payt Arab yarim orolida johiliyat avjiga chiqqan payt edi.
Payg'ambarimiz ham dastlab da'vatni yashirin olib bordilar. Bu paytda Makkai mukarramadagi
Ka'batulloh atrofi turli butlar bilan to'lgan edi. Mushriklar ana shu butlarga sig'inishardi. Bunday
paytda Baytullohda Islom haqida so'z ochishning o'zi katta falokatga olib kelardi. Mana shunday
paytda ham Baytullohda "La ilaha ilallohu, Muhammadur Rasululloh"ni oshkora aytgan sahoba
kim edi?

Javob: Abu Zarr G'iforiy r.a.

28. Dunyodagi eng uzun ko'l qaysi?

Javob: Tangan'ika.

29. Eskimoslarning turar joyi nima deb ataladi?

Javob: Iglu.

30. Dunyodagi eng kichkina kitob kimga tegishli va uni kim yaratgan?

Javob: Anton Chexovning "Xameleon" kitobi bo'lib, uni Omsklik mikrominiaturachi Anatoliy
Koenko yaratgan.

31. Dunyodagi eng tez ilon qaysi?

Javob: Qora mamba.

32. Payg'ambarimiz Muhammad s.a.v.ning "Injil"dagi ismlari?

Javob: Forqilit (Fraklit).

33. O'zbekistonda 1997 yil qanday nom bilan atalgan edi?

Javob: Inson manfaatlari yili.

34. Dunyodagi eng balandda joylashgan ko'l?

Javob: Titikaka.

35. Edison kashf qilgan 3 ta ixtironi sanang.

Javob: Fonograf, kineskop, telegraf.

36. Don Kixotning sevgan yori? (Servantes)

Javob: Dyulsineya.

37. Margiloniy: Rasululloh umrlari bo'yi qilgan g'azotlarida faqat bir kishini o'z qo'llari bilan
o'ldirganlar. O'sha kishi kim edi ?

Javob: Ubay ibn Xalaf


38. Behzodbek: "Gunohdan nafratlan, gunohkordan emas", iborasi kimga tegishli?

Javob: Lev Tolstoy

39. Behzodbek: Insonga "siyosiy hayvon" deya ta'rif bergan faylasuf kim?

Javob: Aristotel.

40. Jadid: Ham Jahon Chempioni, ham Yevropa, ham Osiyo chempioni bo`lgan dunyodagi
yagona futbolchi kim?

Javob: Mirjalol Qosimov

41. Turkiston jadidlarining birinchi gazetasi qaysi?

Javob: "Taraqqiy".

42. O'zbek adabiyotidagi birinchi epopeya qaysi?

Javob: "Qullar".

43. Chingizxonning asl ismi nima edi?

Javob: Timuchin.

44. Qadimgi rimliklar nima uchun g'ozni muqaddas sanashgan?

Javob: Rimga forslar bostirib kirganda g'ozlar g'o-g'olab ularni ogoh qilgan va "Rimni
qutqargan".

45.Chingiz Aytmatovning "Asrga tatigulik kun" romanini o'zbekchaga kim tarjima qilgan?

Javob: Asil Rashidov.

46. Dunyodagi eng baland to'g'on qaysi? Uning balandligi qancha?

Javob: Rogun (Tojikiston), balandligi 335 metr.

47. Futbol bo'yicha ayollar o'rtasida birinchi jahon chempioni qaysi davlat? Finalda qaysi davlat
bilan kuch sinashgn?

Javob: AQSh (1991-yil, Guanchjou, Xitoy). Finalda Norvegiyani 2-1 hisobida mag'lub etgan.

48. Shaxmat bo'yicha birinchi jahon chempioni kim? U qayerlik?

Javob: Adolf Anderssen 1859-1866 yillarda shaxmat bo'yicha jahon chempioni bo'lgan;
germaniyalik.

49. Dunyodagi turistlar eng ko'p tashrif buyuradigan mamlakat qaysi? Yiliga qancha turist tashrif
buyuradi?

Javob: Fransiya; yiliga 77,010,000 (2002) turist tashrif buyuradi.

50. Dunyodagi aholisi eng ko'p shahar qaysi? Uning aholisi qancha?
Javob: Tokio, Yaponiya; 26.4 million (2000).

51. Hozirgi kunda dunyodagi eng baland bino qaysi? Uning balandligi qancha, necha qavatdan
iborat?

Javob: Taipei 101 (Taipei, Taiwan), 2003yili ishga tushirilgan, balandligi 508 metr, 106 qavat.

52. Dunyodagi eng uzun temiryo'l tunneli qaysi? Uning uzunligi qancha?

Javob: Seykan (Yaponiya); 54 metr.

53. Sobiq SSSR Kommunistik partiyasi liderlarini tartib bilan sanang.

Javob: 1. Vladimir Ilich Lenin (1917-22). 2. Jozef Stalin (1922-53). 3. Nikita Hrushchev (1953-
64). 5. Leonid Brejnev (1964-82). 6. Yuriy Andropov (1982-84). 7. Konstantin Chernenko
(1984-85). 8. Mikhail Gorbachev (1985-91)

54. Nyutonning boshiga olma tushib, butun dunyo tortishish qonunini yaratgani haqida birinchi
marta hikoya yozgan fransuz yozuvchishi kim?

Javob: Volter.

56. Dunyodagi eng yeb to’ymas mavjudot qaysi?

Javob: Ninachi. U 2 soat ichida 40 ta pashsha va mayda chivinlarni paqqos tushiradi.

57. “Umid qilamanki umidimiz tongi otajak, balo zindonlarining qora tuni yo’qolajak” satrlari
kimga tegishli?

Javob: Nodirabegimga.

58. “Nomlar haqidagi fan” nima deb ataladi?

Javob: Onomastika

59. Yer kurrasida g’aroyib bir dengiz bor. Uning sohillari yoq. U qaysi dengiz va qayerda
joylashgan?

Javob: Sargasso

60. V.F.Odoevskiyning “Rus she’riyatinig qoyoshi so’ndi” deb aytgan so’zlari kimga qaratilgan?

Javob: Pushkinga.

61. Dunyoda mavjud toshbaqaning eng yirigi qaysi?

Javob: Terili dengiz toshbaqasi. Uning og’irligi 544 kg, zirhining uzunligi 183 sm, panjalari
uchlari o’rtasidagi kengligi 274 sm. U Yangi Zellandiya sohillarida, Atlantika, Tinch va Hind
okeanlari kengliklarida uchraydi.

62. Quruqlikda yashaydigan eng kichik toshbaqa qaysi?

Javob: Madagaskarda yashaydigan o’rgimchak toshbaqa.


63. Yer yuzidagi eng katta timsoh qaysi?

Javob: Gvial. Uzunligi 7m dan oshadi.

64. 1999 yili "Oltin to'p" sohibi bo'lgan futbolchini aniqlang.

Javob: Rivaldo.

65. Germaniyaning "Bavariya" klubida o'ynayotgan gollandiyalik xujumchini aniqlang.

Javob: Roy Makaay.

66. 1994 yilgi Jahon chempionatida Rossiya-Kamerun o'yinida qanday natija qayd etilgan?

Javob: Rossiya 6:1 hisobida g'alaba qozongan.

67. Chexiya terma jamoasi xujumchisi Milan Barosh hozirda qaysi klub sharafini himoya
qilmoqda?

Javob: "Aston Villa".

68. Kim Xitoy terma jamoasiga 2002 yilgi Jahon Chempionatida bosh murabbiylik qilgan?

Javob: Serbiyalik Bora Milutinovich.

69. Mahatma Gandining Hindiston ozodligi yo'lidagi kurashda qo'llagan mashhur g'oyaviy usuli
qanday edi?

Javob: "Kuch ishlatmaslik - e'tiqodimning birinchi ustunidir!" ("Non-Violence Is the First


Article of My Faith").

70. Inson baliqdan dunyoga kelgan degan evolyustsion nazariya asoschisi bo'lgan qadimgi yunon
faylasufi kim?

Javob: Anaksimandr.

72. Geografiya atamasini birinchi bo'lib qo'llagan qadimgi yunon mutafakkiiri kim?

Javob: Eratosfen.

73. AQSh tarixida muddati tugamay iste'fo bergan birinchi prezident kim?

Javob: Richard Nikson (1968-1974 yillar mobaynida prezidentlik qilgan).

74. 1865-1869 yillarda AQSh prezidenti bo'lgan Andryu Jonson siyosatga kirmasdan oldin qaysi
kasb bilan shug'ullangan?

Javob: Tikuvchi bo'lgan.

75. Oq uyda birinchi bo'lib avtomobili bo'lgan prezident kim?

Javob: Teodor Ruzvelt.


76. Birinch bo`lib qo`l ushlashib ko`rishishni joriy qilgan AQSh prezidenti kim? Undan oldin
erkaklar egilib ko`rishishar edi.

Javob: Tomas Jeferson.

77. Angliya terma jamoasi xujumchisi Maykl Ouen hozir qaysi klub libosida harakat qilmoqda?

Javob: Nyukasl.

78. Argentina tarixida eng qimmatli futbolchi Xavier Saviolaning ayni paytdagi klubini aniqlang.

Javob: Sevilla.

79. "Chelsi" (Angliya) xujumchisi Didie Drogba qaysi terma jamoa sharafini himoya qiladi?

Javob: Kot d'Ivuar

80. Angliyaning eng qari futbol jamoasini aniqlang.

Javob: Angliyaning eng qari jamoasi "Sheffild Yunayted". Bu jamoa nafaqat Angliyada, balki
butun dunyoda eng qari hisoblanadi.

81. Argentinalik Ariel Orteganing muxlislar o'rtasidagi laqabi nima?

Javob: El Burrito.

84. Shekspir yozgan 5 ta tragediyani sanang.

Javob: "Hamlet" ("Gamlet"), "Othello" ("Otello"), "King Lear" ("Qirol Lir"), "Macbeth"
("Makbet"), "Timon of Athens" ("Afinalik Timon").

85. Qaysi Angliya qirolichasi "Yevropaning momosi" ("Grandmother of Europe") nomi bilan
mashhur bo'lgan va nima uchun?

Javob: Qirolicha Viktoriya. Uning bolalari va nevaralari boshqa Yevropa qirollari farzandlari
bilan oila qurishgani uchun.

86. 2004 yil, Afinada o'tkazilgan yozgi olimpiada o'yinlarida yurtimiz sportchilari nechta medal
bilan taqdirlandilar (nechta oltin, kumush, bronza)?

Javob: 5 ta: 2 ta oltin, 1 ta kumush, 2 ta bronza medali bilan umumiy hisobda 34-o'rin. Manba:
Xalqaro Olimpia Qo'mitasi (International Olympic Committee (IOC).

87. Feruza: Gavay orollari AQSH tomonidan olinishidan oldin uning qirolichasi kim bo'lgan?

Javob: Qiqolicha Liliuokalani.

88. Mashhur italiyalik futbolchi Dino Badjoni butun dunyoda xushlashmaydi. Sababini
bilasizmi?

Javob: Dino Badjo o'z singlisiga uylangan va shu tufayli uni butun dunyoda yoqtirishmaydi.

89. Gollandiya terma jamoasi yarimhimoyachisi Edgar Davids asli qaysi davlatda tug'ilgan?
Javob: Surinam.

90. Ispaniyada "Valensiya" nomli futbol klubi bor. Osiyoning qaysi davlatida aynan shu nomdagi
futbol jamoasi bor?

Javob: Maldiv orollari.

91. Jahon tarixida birinchi yollanib o'dirilgan prezident kim?

Javob: Avraam Linkoln (1861-1865 yillarda AQSh prezidenti bo'lgan).

92. Rim raqamidagi MMMCCLXXVIII sonini arab raqamiga o'giring.

Javob: 3278 (MMM-3000; CC-200; LXX-70; VIII-8;) Bekmirzo 5 ball;

93. Xiyonati, zino bilan qo'lga tushgani uchun o'z qizi Juliani surgun qilgan Rim imperatori kim
edi?

Javob: Oktavian Avgust.

94. Qadimda Lyutetsiya deb nomlangan shahar qaysi?

Javob: Parij.

95. Qishda uyda nima yaxlaydiyu, ko’chada yoq?

Javob: Deraza.

96. Ikkita qo’y-biri boshi bilan shimolga, ikkinchisi esa janubga qarab turibdi. Ular boshini
aylantirmasdan bir- birini ko’ra oladimi?

Javob: Ha, agar boshi bilan bir biriga qarab turgan bo’lsa.

97. Mixail Bullgakovning “Usta va Margarita” asaridagi mushukning nomi?

Javob: Begemot.

98. 1961 oldin, y’ani eramizning 40 yilida barpo etilgan Evropaning yirik shaharlaridan biri?

Javob: Bu London shahri, dastavval bu shahrning nomi Lodinium bo'lgan.

99. “Maysaraning ishi” operasini kim yaratgan?

Javob: Sergey Yudakov.

100. Shekspirning “Romeo va Julietta” asaridagi voqealar qaysi shaharda bo’lib o’tadi?

Javob: Verona.

101. “Alvido qurol” asari muallifi kim?

Javob: Ernest Xeminguey.

102. Torli kvartet musiqa asbobining otasi hisoblanadigan kompozitor kim?


Javob: Frans Yozef Gaydn

103. Lyudvig Van Betxovenning “Qahramonlik simfoniyasi” asari kimga bag‘ishlangan?

Javob: Napoleon Banopartga bag‘ishlangan.

104. Fransiyaning eng qari futbol klubi qaysi?

Javob: Gavr shahrining "Gavr" futbol klubi. Hozirda ikkinchi divizionda o‘ynaydi. 1872 yilda
tashkil etilgan.

105. "Kattanachio" deb nima ataladi? (futbolda)

Javob: Bu umumlashgan himoya bilan, gol urish bilan kontaratakaga o‘tishdir. Buni Italiyaliklar
ishlab chiqqan.

106. "Buxoro yoxud Movaraunnahr tarixi" asari muallifi kim?

Javob: Herman Vamberi.

107. "...1970-yili kosmosda qora yulduz paydo bo‘ldi..." Gap nima haqida bormoqda? (Ba’zi
tinish belgilarini ishlatmadim, yo‘qsa javobi oson bilinib qoladi)

Javob: Gap futbol qiroli Pelening AQShning "Kosmos" jamoasiga o‘tishi haqida bormoqda.

108. Dunyoda birinchi imperiyaga asos solgan podsho kim?

Javob: Doro II.

109. "Moskva - Osiyoning go‘zal poytaxti" deb ta’kidlagan mashhur shaxs kim?

Javob: Fransiya imperatori Napaleon Banopart.

110. O‘zining so‘nggi kunlarini Muqaddas Yelena orolida o‘tkazgan buyuk imperator kim?

Javob: Napoleon Bonapart.

111. Zamonaviy matematika asoschilari kimlar?

Javob: Ingliz olimi Isaak Nyuton va nemis olimi Leybnits.

112. O‘zbekiston Oliy Ligasidagi "To‘palang" jamoasi qaysi viloyat sharafini himoya qiladi?

Javob: Sariosiyo, Surxondaryo viloyati.

113. "Kal'cho"... Ushbu so‘z qaysi davlat chempionatiga nisbatan ishlatiladi?

Javob: Italiya.

114. Karlos Valderrama o‘z vaqtida qaysi terma jamoada to‘p surgan?

Javob: Kolumbiya.

115. Chekuvchilar soni bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda turadigan davlat qaysi?
Javob: Nauru davlati bo‘lib, aholisning 54 %i kashandadir (61 % erkaklar, 47 % ayollar).
Manba: Jahon sog‘likni saqlash tashkiloti (World Health Organization).

116. Dendrologiya fani nimani o‘rganadi?

Javob: Qadimiy o‘simliklarni.

117. Choose the appropriate name for animal young. For ex. cat-kitten; dog-pup, puppy, whelp;
sheep lamb;bear-...; camel-...; goat-...; kangaroo-...; rabbit-...?

Javob: bear-cub; camel-calf, colt; goat-kid; kangaroo-joey; rabbit-bunny.

118. 1995-2003-yillarda eng yaxshi film nominatsiyasi bo‘yicha Oskar mukofotini qo‘lgan
kiritgan filmlar qaysi?

Javob: 1995 - "Sheryurak" ("Braveheart"). 1996 - "Inglizcha qanoat" ("The English Patient").
1997- "Titanik" ("Titanic"). 1998 - "Shekspir sevgisi" ("Shakespeare in Love"). 1999 -
"Amerikacha go‘zallik" ("American Beauty"). 2000 - "Gladiator" ("Gladiator"). 2001 -
"Tafakkur o‘yinlari" ("A Beautiful Mind"). 2002 - "Chikago" ("Chicago"). 2003 - "Uzuklar
qiroli: Qirolning qaytishi" ("The Lord of the Rings: The Return of the King").

119. 1960-yil 4-aprel kuni "Paxtakor" jamoasi SSSR chempionatlari tarixidagi ajoyib rekord
sohibi bo‘ldi. Gap nima haqida bormoqda?

Javob: 1960-yil, 4-aprel kuni "Paxtakor" jamoasi SSSR Chempionatlari tarixidagi ajoyib
antirekordni qayd etishgan. Ular bir uchrashuvda o‘z darvozalariga uch bor gol urib qoyishgan.

120. “Saksafon” musiqiy asbobini o‘ylab topgan shaxs?

Javob: Belgiyalik Adolf Saks tomonidan 1840-yilda kashf qilingan.

121. Respublikamizda eng birinchi tashkil etilgan xiyobonning nomi va u nechanchi yilda tashkil
etilgan?

Javob: O‘zbekiston xalq xiyoboni. 1977 yilda barpo qilingan.

122. Sayyoramizdagi eng keng ko‘cha qayerda joylashgan?

Javob: Monumental Axis ko‘chasi (Brazilia). Bu ko‘chaning eni 250 metr, uzunligi esa 2,4
kilometr, 160 ta automashina yonma-yon yurishi mumkin.

123. “O‘zbek maqomchilar ansambli” ning asoschisi kim?

Javob: Yunus Rajabiy.

124. Vaqtni to‘g‘ri ko‘rsatadigan soat?

Javob: Xronometr.

125. Nurfologiya nima?

Javob: Buyrak xastaligini o‘rganuvchi fan.


126. “Gulliver”dagi uchuvchi orol nomi?

Javob: Laputa.

127. “Sigaretalar poytaxti” nomini olgan shahar?

Javob: Binegen.

128. Ilk plastik operatsiya qachon va qaerda o‘tkazilgan?

Javob: 1814 yilda londonlik xirurg Jozef Karpyu tomonidan birinchi plastik operatsiya
o‘tkazilgan.

129. Amur Temurning 4 farzandi?

Javob: Amir Temurning 4 ta o‘g‘li bo‘lgan: 1. Muhammad Jahongir. 2. Umarshayx mirzo. 3.


Mironshoh. 4. Shohruh mirzo.

130. 90-yillarning oxirlarida qaysi terma jamoada Oliver ismli uch nafar futbolchi to‘p surgan?

Javob: Germaniya.

131. Inglizchada ayollarga nisbatan qo‘llanadigan Mrs. qaysi so‘zning qisqartma formasi?

Javob: Mistress.

132. Ingliz tilida bitta so‘z bor - barcha harflari alfavit tartibida izma-iz kelib yoziladigan eng
uzun inglizcha so‘z. Bu qaysi so‘z?

Javob: Almost so‘zi yozilganida harflari alfavit tartibi bo‘yicha ketma-ket keladigan eng uzun
Inglizcha so‘z hisoblanadi.

133. Prezident bo‘lmasidan avval yaxshigina TV va kino aktyori bo‘lga Amerika prezidenti kim?

Javob: Ronald Reygan. 50 dan ortiq filmda rol o‘ynagan.

135. Rustamning sevgilisi ismi nima? (“Shohnoma”)

Javob: Taxmina.

136. Neptun sayyorasini kashf etgan olim?

Javob: Neptun sayyorasi 1845 yili fransiyalik olim Jan Jozef Laverye tomonidan kashf qilingan.
137. Zelinskiyning olamshumul ixtirosi.

Javob: Gazniqob.

138. AQSH tarixida eng yosh prezident kim?

Javob: Teodor Ruzvelt. 42 yoshida prezident bo‘lgan.

139. Yulduzlarning halokatli to‘qnashishi nima deb ataladi?

Javob: Kollaps.
140. Eng mustahkam modda?

Javob: Tellur.

151. Galileo Galileyning mashhur ixtirosi.

Javob: Teleskop.

152. Rossiya Romanovlar sulolasining oxirgi vakili kim?

Javob: Nikolay II.

155. “Shum bola” qissasi 1936 yili “Mushtum” jurnalida qanday nom bilan bosilgan edi?

Javob: “Dovdirash”.

156. Hozirgi kunda qochoqlarga eng ko‘p boshpana bergan davlat qaysi?

Javob: Eron. Afg‘oniston va Iroqlik 1 868 000 kishiga boshpana bergan. Manba: BMTning
qochoqlar bo‘yicha oliy komissarligi (UN High Commissioner for Refugees (UNHCR).

157. Qadimgi greklarning uyqu xudosi kim? Uni rimliklar qanday atashar edi?

Javob: Gipnoz (rimliklarda Somnus).

158. 22 yoshida "O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist", 27 yoshida "Xalq artisti" unvonini
olgan buyuk o‘zbek san'atkori kim?

Javob: Botir Zokirov.

159. Butan davlatining pul birligi?

Javob: Ngultrum.

160. Musulmonlar eng ko‘p yashaydigan davlat qaysi?

Javob: Indoneziya. 182,2 million musulmon istiqomat qiladi. Manba: Britannica Encyclopedia.

161. Germaniya, Kanada, Hindistonning eng boy kishilari kim?

Javob: Germaniyaning eng boy kishisi - Karl Albrecht, 18.5 mlrd.$ mablag‘i bor; Kanadaning
eng boy kishisi - Kenneth Thomson va oilasi, 17.9 mlrd. $; Hindistonning eng boy kishisi -
Lakshmi Mittal, 25 mlrd $. Manba: Forbes jurnali.

162. Jahonning eng yosh milliarderi kim?

Javob: Germaniyalik Albert von Thurn und Taxis 21 yoshda. Uning mablag‘i: 2 mlrd. $. Manba:
Forbes jurnali.

163. Birinchi olimpiada o‘yinlari qachon va qayerda o‘tkazilgan?

Javob: Eramizdan avvalgi 776 yilda Gretsiyaning Olimp tog‘ida o‘tkazilgan. 3 ball;

164. Berlin xalqaro film festivalida 2000-2004 yillarda g‘olib bo‘lgan filmlarni toping.
Javob: 2000 - Magnolia (United States); 2001 - Intimite (Intimacy) (France); 2002 - Sen To
Chihiro No Kamikakushi (Spirited Away) (Japan) (cowinners) Bloody Sunday (United
Kingdom); 2003 - In This World (United Kingdom); 2004 - Gegen Die Wand (Germany).

165. Bill Klintonning ijro etadigan sevimli musiqa asbobi?

Javob: Bill Klinton AQSh prezidentlari ichida yagona - saksafon chala oladigan san'atkordir.

166. Quyoshga eng yaqin sayyora qaysi? Uni Sharqda qanday nomlar bilan atashadi?

Javob: Merkuriy. Uni Atorud, Hulkar, Surayyo, Orzu deb atashgan.

167. Choose the appropriate collective names for animals. For ex. Cats-clowder, clutter; Dogs -
litter, kennel.

Foxes-? Horses-? Lions-? Monkeys-? Sheep-?

Javob: Foxes - leash, skulk; Horses - pair, team, herd, stable; Lions - pride; Monkeys - troop;
Sheep - drove, flock.

168. Xristianlikka o‘tgan birinchi Rim imperatori?

Javob: Konstantin (274-337).

169. Televideniyeda chiqish qilgan birinchi AQSh prezidenti kim?

Javob: Franklin Delano Ruzvelt 1939 yil aprelda TVda chiqqan.

170. Misrdagi Asvon to‘g‘oni va Nil daryosini bog‘laydigan Nasser ko‘li kimning nomiga
qo‘yilgan?

Javob: 1956-1970 yillarda Misr prezidenti bo‘lgan Jamol Abdul Nosir.

171. Aniq soatlar mamlakati qaysi?

Javob: Shveysariya.

172. 16-asrda mikroskopni yaratgan olim kim?

Javob: Mikroskop 1590 yili daniyalik Zaharias Jannsen tomonidan kashf qilingan.

173. Boburiylar sulolasidan bo‘lgan bu shoh davrida imperiya inqirozga yuz tutgan, bu
shaxsning qilgan ishlari oldin yuritilgan siyosatga "bolta urgan". Gap kim haqida ketmoqda?

Javob: Avrangzeb.

174. Dante Aligyerining "Ilohiy komediya" asarining asl nomi nima edi?

Javob: "La commedia" ("Komediya") bo‘lgan. 1555 yili nashr qilinganda unga "ilohiy" so‘zi
qo‘shib qo‘yilgan.

175. Dunyodagi eng chuqur botiq - O‘lik dengizligini bilamiz. Bu dengiz dengiz sathidan 408
metr pastda joylashgan. Savol: O‘lik dengizidan keyin qaysi botiq eng chuqur hisoblanadi?
Javob: Turfon botig‘i (Shinjon, Xitoy). Dengiz sathidan 154 metr pastda joylashgan.

176. 1940-yili maktab yoshidagi bola AQSh prezidenti Franklin Ruzveltga 10 dollar so‘rab xat
yo‘llaydi. U keyin mashhur siyosatchi bo‘lib yetishadi. Gap kim haqida ketmoqda?

Javob: Kuba yetakchisi Fidel Kastro (1926 yilda tug‘ilgan).

177. Rim imperatori Gay Yuliy Sezar o‘zining mashhur "Keldim. Ko‘rdim. G‘alaba qozondim!"
iqtibosini qachon va nima munosabat bilan aytgan?

Javob: Eramizdan avvalgi 47 yili Kichik Osiyo hukmdori Pontiy ustidan qozongan tezkor
g‘alabasi munosabati bilan aytgan.

178. Sharqda Jolinus nomi bilan mashhur bo‘lgan qadimgi yunon fizigi, tabibi kim?

Javob: Galen (129-199).

179. O‘z vaqtida Sevardning "Muz qutisi" deb atalgan joy qayer?

Javob: Alyaska.

180. Rim katolik cherkovi tomonidan o‘ldirilgan mashhur italian fizigi va astronomi? Birinchi
termometrni yasagan olim?

Javob: Galileo Galiley (1564-1642).

182. Dunyodagi eng baland sharshara qaysi davlatda joylashgan. Uning balandligi qancha?

Javob: Ahxel sharsharasi Venesuelada, 979 metr.

183. Sobiq AQSh prezidenting xotini Hillari Klintonning yoshlikdagi orzusi ... bo‘lish edi. U bu
haqda yordam so‘rab, shu soha tashkilotiga yozganda, ular "qizlardan ... chiqmaydi" deb javob
qilishadi. Gap qaysi soha haqida ketmoqda?

Javob: Hillari Klinton yoshligida NASAga "qanday qilib astronavt bo‘lish mumkin?" deb xat
yozadi. Ular esa "qizlardan astronavt chiqmaydi", deb javob berishadi.

184. "Biologiya" so‘zini birinchi bo‘lib qo‘llagan va fanga kiritgan olim kim?

Javob: Fransuz botanigi Jan-Batist Lamark (1744-1829).

185. 20 ta farzandning otasi bo‘lgan (birinchi xotinidan 7 ta, ikkinchisidan 13 ta) mashhur
mumtoz bastakor (kompozitor) kim?

Javob: Iogann Sebastyan Bax (1685-1750).

186. Sobiq SSSR yetakchisi Yozef Stalinning yoshlikdagi laqabi nima bo‘lgan?

Javob: Koba. Koba - Gruziya mustaqilligi uchun kurashgan xalq qahramoni bo‘lib, Stalin
maktab davrida u haqda qiziqib o‘qiydi. Keyinchalik o‘z tengqurlaridan uni Koba deb atashlarini
talab qiladi.

187. Yupiterning eng katta yo‘ldoshi qaysi? Uning diametri qancha?


Javob: Ganimed. 1610 yilda kashf qilingan, diametri 5262 km ni tashkil etadi.

189. Balandligi bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinda turadigan cho‘qqi qaysi?

Javob: K2 (Godvin Osten tog‘i), Xitoy - Jammu va Kashmirda joylashgan, balandligi 8611 metr.

190. Ovqat qilayotganda qozonga birinchi nima tushadi?

Javob: Nazar.

191. Uning huzurida hamma boshini egadi. Hoh u gado bo‘lsin, hoh shoh. Gap qaysi kasb egalari
haqida ketyapti?

Javob: Sartarosh.

192. Afrika, Antarktida, Osiyo, Evropa, Shimoliy Amerika, Okeaniya va Janubiy Amerikaning
eng baland cho‘qqilarini aniqlang.

Javob: Kilimanjaro, 5895 metr (Afrika); Vinson Massif, 4897 metr (Antarktida); Everest, 8850
metr (Osiyo); Elbrus, 5642 metr (Evropa); Mak Kinli, 6194 metr (Shimoliy Amerika); Jaya,
5030 metr (Okeaniya); Cierro Akonkagua, 6960 metr (Janubiy Amerika).

193. Muz hokkeyi bo‘yicha birinchi jahon chempionati qachon o‘tkazilgan? Unda qaysi davlatlar
medallar sovrindori bo‘lishgan?

Javob: 1920 yilda Belgiyaning Antwerpen sharida o‘tkazilgan. Unda Kanada - oltin, AQSh -
kumush, Chexoslavakiya - bronza medalini qo‘lga kiritgan.

194. AQShning yollanib o‘ldirilgan ikkinchi prezidenti kim?

Javob: Jeyms Garfild. 1881 yil, 4 mart kuni prezident bo‘ladi. 1881 yil, 19 sentabr kuni
o‘ldiriladi.

195. Kanada tarixidagi eng yosh bosh vazir kim?

Javob: Jo Klark, 39 yoshida bosh vazir bo‘lgan.

196. Oq Uyda yashagan birinchi AQSh prezidenti kim?

Javob: Jon Adams (1797-1801 yillarda prezidentlik qilgan).

197. Dunyodagi eng tez yurar poezd qaerda?

Javob: Dunyodagi eng tez yurar poezd Frantsiyada . u TGV deb ataladi, 200 km ni 1 soatda
bosib o‘tadi.

198. Sayyoralar orasida bir sayyora bor, uning yo‘ldoshlari shu sayyoraga juda yaqinligi bilan
mashhur. U qaysi sayyora?

Javob: Marsning 2 yo‘ldoshi - Fobos va Demos.

199. Quyoshning yerdagi yo‘ldoshi deb nom olgan o‘simlik?

Javob: Kungaboqar.
200. Birinchi tramvay liniyasi nechanchi yili tashkil topgan?

Javob: Dunyoning Elektr tarmog‘iga ulangan eng birinchi tramvay liniyasi 1881 yil 16 mayda
Berlin shahridagi Lichterfelde degan rayonda ishga tushiriladi. Unda Werner von Siemens (shu
nomli firmaning asoschisi) tomonidan qurilgan, uzunligi 4,3 metr bo‘lgan vagonlar 2,5 kilometr
bo‘lgan masofada 20 km/h tezlikda yurishadi. Bu tramvaylar 5 PS - 5 ot kuchiga ega bo‘lishgan.

201. “Toshkent kurant soati” nechanchi yilda qurilgan?

Javob: Toshkent kurant soati 1947 yili qurilgan.

202. Ucha olmaydigan qush qaysi?

Javob: Pingvin.

203. Payg‘ambarimiz Muhammad s.a.v.ning nechta o‘g‘illari bor? Ularni sanang.

Javob: 3 ta. Ibrohim, Qosim, Abdulloh.

204. O‘zbekiston Fanlar akademiyasining birinchi prezidenti kim?

Javob: T.N. Qori-Niyoziy.

205. Dunyoda eng ko‘p gaplashiladigan 5 ta tilni tartib (unda gaplashuvchilar soni bo‘yicha)
bilan yozing.

Javob: 1. Xitoy tili - 1,212,560,000; 2. Arab tili - 422,039,637; 3. Hind tili - 366,000,000; 4.
Ingliz tili - 341,000,000; 5. Ispan tili - 322,200,000. Manba: Summer Institute of Linguistics.

206. Dunyoda maydoni bo‘yicha Sahroi kabirdan keyin ikkinchi o‘rinda turuvchi cho‘l qaysi?

Javob: Gobi.

207. Dunyoda kattaligi jihatdan Kaspiy dengizidan keyin ikkinchi o‘rinda turuvchi ko‘l qaysi?

Javob: Yuqori ko‘l.

208. Saturn sayyorasining eng katta yo‘ldoshi qaysi? Uning diametri qancha?

Javob: Titan. 5150 km.

209. AQShdagi eng katta kutubxona qaysi?

Javob: Kongress kutubxonasi.

210. Alisher Navoiyning so‘nggi asari qaysi?

Javob: Mahbubul-qulub.

211. Mahmudho‘ja Behbudiy qaysi shaharda tug‘ilgan?

Javob: Samarqand.
212. Mavlono Lutfiy Navoiyning qaysi g‘azali uchun butun umrlik ijodini almashmoqchi
bo‘lgan?

Javob: "Orazin yopqoch ko‘zimdin...".

213. "O‘tkan kunlar"da Usta Olimning qaynisi, Saodatning ukasi ismi nima edi?

Javob: Sayfi.

214. Bobur necha yoshida taxtga o‘tirgan?

Javob: 12 yoshida.

215. Yangi ixtirolar odatda patentlashtiriladi. Bizning kundalik hayotimizda asosiy aloqa
vositasiga aylangan Telefon patenti uchun 1876-yilda 2 amerikalik ixtirochi bir-biriga nisbatan 2
soatlik oraliqda ariza topshirishadi. Patent kimga va Telefon apparatiga qanaqa nomer berilgan?

Javob: 1876-yilning 7-mart kuni amerikalik Alexander Graham Bell telefon kashfiyotini patent
ofisiga jo‘natadi. 10-mart kuni esa sinab ko‘radi. Belldan ikki soat keyin Elisha Gray ham
tekefonga patent uchun ariza topshiradi. Telefon 174465 raqamli patent bilan ro‘yxatdan
o‘tkazilgan.

216. Dunyodagi eng qimmat 3 ta rasmni (kartina) tartib bo‘yicha sanang!

Javob: 1. Pikasso "Trubkali bola" - 102.2 mln $. 2. Vinsent van Gog "Doktor Gashe portreti" -
82.5 mln $. 3. Renuar "Mulen de la Gallet" - 78.1 mln $.

217. Amerikalik yozuvchi Mark Tvenning asl ismi nima?

Javob: Samuel Klemens.

218. "Time" jurnali tomonidan "yil odami"ni qo‘lga kiritgan birinchi amerikalik qora tanli kim?

Javob: Martin Lyuter King (1929-1968).

219. "Little Magician" va "Red Fox of Kinderhook" nomi bilan mashhur bo‘lgan AQSh
prezidenti kim?

Javob: Martin Van Buren, 1837-1841 yillarda AQSh prezidenti bo‘lgan.

220. Pokiston davlatining tashilotchisi va birinchi lideri kim?

Javob: Muhammad Ali Jinnah (1876-1948).

221. Birinchi qishki olimpiada o‘yinlari qachon va qayerda o‘tkazilgan?

Javob: 1924 yilda Fransiyaning Chamonix sharida o‘tkazilgan.

222. Mashhur irland millatparvari va shoirasi Speranza qaysi masshur shoirning onasi edi?

Javob: Oskar Uayld (1854-1900).

223. Fransiyaning eng birinchi prezidenti va ayni paytda 3-imperatori bo‘lgan shaxs kim?
Javob: Napoleon III.

224. Chingiz Aytmatovning qaysi asari qahramoni Ona Yer bilan suhbatlashadi?

Javob: "Somon yo‘li".

225. “Jamila” qissasida Jamilaning sevgan yori? (Ch. Aytmatov)

Javob: Doniyor.

226. “Ali bobo va 40 qaroqchi” ertagini tarjima qilgan adib?

Javob: Abdulla Qahhor.

227. O‘zbek adabiyotidagi birinchi “roman” deb atalgan, ammo roman nuqtai nazariga to‘g‘ri
kelmaydigan asar qaysi edi?

Javob: "Zaharli hayot", Hamza Hakimzoda Niyoziy.

228. Adib Ahmad Yugnakiyning “Hibatul-haqoyiq” (“Haqiqat sovg‘alari”) asari kimga


bag‘ishlanadi?

Javob: Farg‘ona hokimi Dod Sipohsolorbekka.

229. Gitler bilan Napoleon Bonapart o‘rtasida qanday bog‘liqlik bor?

Javob: Ularning dunyoga kelishi vaqti orasi 100 yil va ikkalasi ham dunyoni bosib olishni havas
qilgan.

230. Dunyo joylashishiga qarab oldin ikki hil nazaryaga bo‘lingan. Ular qaysilar?

Javob: 1. Yer - olam markazi. 2. Quyosh - olam markazi.

231. "Il milione" nomi bilan mashhur sayyoh kim?

Javob: Marko Polo. 1254-1324.

232. Nobel mukofotini olgan birinchi ayol kim?

Javob: Mariya Kyuri. 1867-1934.

233. Qaysi buyuk mumtoz bastakor umuman uylanmagan?

Javob: Lyudvig van Betxoven.

234. Adabiyot yo‘nalishida Nobel mukofoti sohibi bo‘lgan rus yozuvchilarini sanang.

Javob: Ivan Alekseyevich Bunin 1933-yili, Boris Pasternak 1958-yili, Mixail Sholoxov - 1965-
yili, Aleksandr Soljenitsin - 1970-yili Nobel mukofotini olishgan.

235. Hind millatparvari Mohandas Gandi Janubiy Afrikadan Hindistonga qaytganida uni
"Mahatma" deb atay boshlashgan. "Mahatma" so‘zining ma'nosi nima?

Javob: Sanskrit tilidan "Buyuk qalb" degan ma'noni anglatadi.


236. 5-oy - May atamasi qayerdan kelib chiqqan?

Javob: Maya - Qadimgi rimliklarning bahor xudosi nomidan.

237. Ilk turk dostonnavisi bo‘lgan adib kim?

Javob: Yusuf Xos Hojib.

238. Bizga ma'lumki Nosiruddin Rabg‘uziy “Qisasul-Rabg‘uziy” degan asar yozgan. Yana qaysi
adib “Qisasul-anbiyo” degan asar yozgan?

Javob: Abu Is'hoq Nishopuriy.

239. "Suhayl va Guldursun" dostoni muallifi kim?

Javob: Sayfi Saroyi.

240. Alisher Navoiy tomonidan "Malikul-kalom" deya ta'riflangan shoir kim?

Javob: Mavlono Lutfiy.

241. Oltin O‘rda hukmdorlaridan Muhammad Xo‘jabekka bag‘sihlangan asar qaysi va uning
muallifi kim?

Javob: "Muhabbatnoma", Xorazmiy.

242. AQShning 9 ta "millioner" shaharlarini tartib bilan sanang.

Javob: 1. New York City (NY) - 8,008,278; 2. Los Angeles (CA) - 3,694,820; 3. Chicago (IL) -
2,896,016; 4. Houston (TX) - 1,953,631; 5. Philadelphia (PA) - 1,517,550; 6. Phoenix (AZ) -
1,321,045; 7. San Diego (CA) - 1,223,400; 8. Dallas (TX) - 1,188,580; 9. San Antonio (TX) -
1,144,646;

243. Qaysi sobiq Fransiya prezidenti sharafiga zebra turi nomi berilgan? (XIX asr)

Javob: Jules Grevi. (1879-1887 yillarda prezident bo‘lgan.)

244. Yuriy Gagarinning kosmosga birinchi safari qancha minut davom etgan?

Javob: 108 minut.


245. Alisher Navoiy lirik merosining umumiy hajmi qancha misrani tashkil etadi?

Javob: 50000 misradan ortiq.

246. Navoiyni "G‘azal mulkining sultoni" deb kim ta'riflagan?

Javob: Maqsud Shayxzoda.

247. "Bobur - yo‘lbars" romanini kim yozgan?

Javob: Harold Lemb. Nyu-York, 1961-yilda chop etilgan.

248. Birinchi bug‘ temir yo‘li qaysi shaharlar o‘rtasida qurilgan?

Javob: 1825 yilda Angliyaning Stokton va Darlington shaharlari o‘rtasida (39 km masofa)
qurilgan. Paravozning tezligi soatiga 15-17 km ni tashkil etgan.

249. Angliya va Niderlandiyada dengiz ilmini o‘rganib, kemasozlik ustaxonalarida ishlagan rus
shohi kim?

Javob: Buyuk Pyotr I.

250. "Defitsit xonim" deb laqab olgan fransuz malikasi

Javob:251. XX asrda "Xamsa" yozgan o‘zbek adibi kim?

Javob: Barot Boyqobilov.

252. Alisher Navoiyning ustozi Jomiyga bag‘ishlab yozgan asari qaysi?

Javob: “Xamsatul-mutahayyirin” (“Besh hayrat”, 1494).

253. "Boburnoma"ni rus tiliga kim tarjima qilgan?

Javob: Mixail Salye.


254. “Hazrati imomuz-zamon xalifatur-rahmon” (zamona imomi va xalifasi) unvoniga erishgan
taniqli o‘zbek shoiri, davlat arbobi kim?

Javob: Shayboniy.

255. Bilamizki, Muhammad Solih "Shayboniynoma" dostoni muallifi hisoblanadi. Yana qaysi
adiblar "Shayboniynoma" asarini yozishgan?

Javob: Binoiy va Muhammad Haydar.

256. Ma'lumki, Paulo Koeloning "Alximik" asari o‘zbek adabiyotida 3 marta tarjima qilindi.
Ushbu tarjimalar qaysi adiblar tomonidan amalga oshirilgan?

Javob: Ozod Sharafiddinov, Aziz Said, Ahmad Otaboy. Ahmad Otaboy va Aziz Sad tarjimalari
kitob holida bosilib chiqdi. Ozod Sharafiddinov tarjimasi esa "Jahon adabiyoti" jurnalida bosildi.

257. Imom Buxoriy va Imom Muslimlardan rivoyat qilingan "isro va me'roj" haqidagi hadislarda
payg‘ambarimiz Muhammad s.a.v.ning Masjidul aqsodan osmonga ko‘tarilganliklari haqida
rivoyat qilinadi. Ushbu hadisga ko‘ra, Rasululloh s.a.v. yettita osmondan o‘tadilar va har bir
osmonda qaysi payg‘ambarlar bilan uchrashadilar?

Javob: 1. Birinchi osmon - Odam alayhissalom

2. Ikkinchi osmon - Iso va Yahyo alayhissalomlar

3. Uchinchi osmon - Yusuf alayhissalom

4. To‘rtinchi osmon - Idris alayhissalom

5. Beshinchi osmon - Horun alayhissalom

6. Oltinchi osmon - Muso alayhissalom

7. Yettinchi osmon - Ibrohim alayhissalom.

257. Mahalliy aholi “Abul Havl — dahshat otasi” deb ataydigam Misrdagi mashhur obida qaysi?

Javob: Bosh qismi odam boshiga о'xshatib ishlangan sher shaklini eslatuvchi Sfinks haykali.

258. Ikkinchi jahon urushi qaysi yili, qaysi kun, qaysi voqea bilan boshlandi?

Javob: Ikkinchi jahon urushi 1939 yil 1 sentabrda nemis qo‘shinlarining Polshaga bostirib kirishi
bilan boshlangan.
259. Fashist vahshiylari tomonidan 4 milliondan ortiq kishining yostig‘i quritgan konslager qaysi
edi?

Javob: Osvensim (Polsha).

260. Ikkinchi jahon urushida:

a) qancha davlat qatnashgan?

b) qurolli kuchlarga qancha odam safarbar qilingan?

c) qancha odam o‘ldirilgan, yarador bo‘lib o‘lgan?

d) qancha odam yarador va mayib bo‘lgan?

e) qancha moddiy talofat yetkazilgan?

Javob: a) 60 dan ortiq;

b) 110 milliondan ortiq kishi;

c) 50 milliondan ortiq kishi;

d) 90 milliondan ortiq kishi;

e) 4000 milliard $;

261. Jahonotin Uvaysiy Marg‘ilonning qaysi mahallasida tug‘ilgan?

Javob: Childuxtaron.

262. Amir Umarxon yozgan doston qaysi?

Javob: "Umarnoma".

263. Mohlaroyim Nodira kim tomonidan qatl etiladi?

Javob: Buxoro amiri - Nasrulloxon.

264. O‘zbek adabiyotida "XIX asr Navoiysi" deb kimni atashadi?

Javob: Ogahiy.
265. “Zaynul-arab”, “Yusuf va Zulayho”, “Layli va Majnun”, “O‘g‘uznoma”, “Sayyid Nasimiy”,
“Sa’d Vaqqos” dostonlari muallifi kim?

Javob: Nurmuhammad Andalib.

266. Ma'lumki tabiatdagi moddalar yetti holatda bo‘ladi. Ular qaysilar?

Javob: 1. Qattiq holati

2. Suyuq holati

3. Gazsimon holati

4. Plazma holati

5. Neytron holati

6. Epiplazma holati

7. Fizik vakuum holati.

267. Qadimgi va o‘rta asr ta'lim tizimida ongni va mantiqni yuksaltiruvchi yetti fan mavjud edi.
Ushbu fanlarni qadimgi yunon mutafakkirlari komillika eltuvchi yo‘l deya ta'riflaganlar. Bu
fanlar qaysilar?

Javob: 1. Grammatika

2. Mantiq

3. Ritorika

4. Geometriya

5. Arifmetika

6. Astronomiya

7. Musiqa.

268. Qadimda yaponlar baxt, boylik va uzoq umr keltirishi uchun 7 ta xudoni o‘ylab topishdi.
Bunga e'tiqod qilish 15 asrga kelib judayam kuchaydi. Ular qaysilar va vazifasi qanday?

Javob: 1. Ebisu - baliq ovlash va savdo xudosi

2. Daikoku - boylik va qishloq ho‘jaligi xudosi

3. Bishamonten - omad xudosi

4. Benzaiten - suv va musiqa xudosi


5. Hotei - moy xudosi

6. Fukurokuju - Abadiyat xudosi

7. Jurojin - Uzoq umr xudosi.

269. Eng birinchi Atom bombasi qachon va qayerda portlatilgan?

Javob: Qo‘ziqorin holatidagi bulutni eslatuvcjhi birinchi atom bombasi sinovi 1945 yil, 16 iyul
kuni Alamagordo (New Mexico) yaqinida o‘tkazilgan edi. Sinov sifatida portlatilgan ilk atom
bombasi tarixda Trinity-Test nomi bilan mashhur bo‘lib, unung portlash kuchi 20 KiloTonnani
tashkil etgan... (Hiroshimani yakson etgan "Little Boy" 13 KiloTonna, Nagasakini kul qilgan
"Fat man" esa 20 KiloTonna portlash kuchiga ega bo‘lishgan...)

270. Dunyoning eng baland nuqtada joylashgan rasmiy chegara posti qayerda va u dengiz
sathidan qancha balandlikda joylashgan?

Javob: Bu chegara posti Pokiston va Xitoy o‘rtasidagi Khunjerab dovonida joylashgan bo‘lib,
dengiz sathidan 4740 metr balandlikda joylashgan.

271. AQSh davlat bayrog‘ida 13 ta hoshiya bor (7 ta qizil va 6 ta oq rangli). Bu hoshiyalar


nimani anglatadi?

Javob: AQSH bayrog‘idagi 13 hoshiya Qo‘shma Shtatlarda dastlab tashkil topgan koloniyalar
ramzi hisoblanadi. 50 yulduz esa hozirdagi shtatlar ramzidir.

272. Dunyoda ikkita davlatning bayrog‘ida old va teskari taraflarida farq bor. Bu qaysi
davlatlarning bayroqlari va ulardagi farq nimadan iborat?

Javob: a) Paragvay davlatining bayrog‘i. Bayroqning o‘ng va teskari tarafidagi farq: bayroqning
o‘ng tarafida davlat gerbi, teskari tarafida esa Paragvay Moliya Vazirligining emblemasi
tasvirlangan.

b) G‘arbiy Sahro [Westsahara] davlatining bayrog‘i. Bayroqning o‘ng tarafida Yarim oy va


Yulduz tasvirlangan, teskari tarafida esa yo‘q. Bayroqdagi uchburchak ham odatdagiga
qaraganda bayroqning o‘ng burchagiga joylashtirilgan...

273. "Buyuk Temur tarixi", "Temur qarorgohi", "Samarqandga saforot kundaligi" asarlarining
muallifi.

Javob: Klavixo.

274. "Aflotuni zamon" deb nom qozongan mashhur matematik va astronom kim?
Javob: Qozizoda Rumiy.

275. Kim Alisher Navoiyning hassaga tayangan, qomati bir muncha bukchaygan holatidagi
rasmini chizgan?

Javob: Mahmud Muzahhib.

276. Sohibqiron Amir Temur kimni hayotlik chog‘ida o‘ziga valiahd qilib tayinlagan?

Javob: Jahongir mirzoning o‘g‘li Pirmuhammadni.

277. G‘arbda "katolik dinining himoyachisi" deb nom qozongan temuriyzoda kim?

Javob: Mironshoh.

278. XVII asrning ikkinchi yarmi buyuk fransuz dramaturgi, komediya teatrining asoschisi kim?

Javob: Jan Batist Molyer.

279. II-jahon urushida Germaniya kommunistlari yetakchisi kim edi?

Javob: Ernst Telman.

280. Fashist qo‘shinlaridan ozod etilgan Polshaning birinchi shahri qaysi?

Javob: Xelme.

281. Ma'lumki Natsistlar Adolf Gitlerni "Fuhrer" deb atar edilar. Shu so‘zning ma'nosi nima?

Javob: Mutloq hokim (absolute leader).

282. Solih va Rahima qaysi asarning bosh qahramonlari?

Javob: Abdulla Qodiriyning "Baxtsiz kuyov" dramasi.

283. "Agar bizning hayotimiz hurriyat va xalq baxt-saodati uchun qurbonlik sifatida kerak
bo‘lsa, biz o‘limni ham xursandchilik bilan kutib olamiz!" deb o‘z vasiyatini qoldirgan buyuk
o‘zbek millatparvari kim edi?
Javob: Mahmudxo‘ja Behbudiy (1875-1919).

284. Abdulla Avloniy o‘zbek pedagogikasiga qanday yangiliklar kiritdi?

Javob: Turkistonda birinchilardan bo‘lib maktabga geografiya, kimyo, handasa, fizika fanlarini
kiritdi. Bir dars bilan ikkinchisi o‘rtasida muayyan tanaffusni, bir sinfdan ikkinchisiga o‘tishdagi
imtihonni joriy etdi.

285. "Yashasin Xalq jumhuriyati!" shiori bilan chop etilgan XX asr boshlaridagi gazeta qaysi.
Uning tashkilotchisi va muharriri kim edi?

Javob: "Turon". Abdulla Avloniy.

286. “Jahon yo‘qsullari, Yer kurrasining ishchi-dehqoni, yashaylik, birlashaylik, yashnataylik


shonli Sho‘roni” deya hayqirgan shoir kim edi?

Javob: deb yozgan edi oktyabr to‘ntarishlaridan keyin, shoir

Ammo hayotdagi norasoliklar, "qizil saltanat"ning adolatsiz siyosati, xalq hayotidagi


parokandalik yuqoridagi umidalarni chilparchin qilib tashladi. Xususan, Muhammadsharif
So‘fizoda, keyinchalik ushbu jamiyat ravnaqiga gumon bilan qarab asarlar yaratdi. Oqibatda
qatag‘on yillarining avj pallasida xasta ekanligiga, salkam 70 ga kirganiga qaramay So‘fizoda
qamoqqa olinadi va qurbon bo‘ladi.

287. XIX asrda ijod qilgan qaysi xorazmlik adib mohir bastakor va musiqashunos bo‘lgan?

Javob: Komil Xorazmiy.

288. "Hijron" taxallusi bilan ijod qilgan shoir kim?

Javob: Abdulla Avloniy.

289. Gorkiyning "Ona" romanini o‘zbekchaga tarjima qilgan adib kim?

Javob: Abdulhamid Cho‘lpon.

290. Abdulla Qahhor "O‘g‘ri" hikoyasiga qanday epigraf qo‘llagan?

Javob: Otning o‘limi - itning bayrami.


291. Eng yorqin yulduz qaysi?

Javob: Xabbl teleskopi yordamida kashf etilgan bu yulduz Yerdan ko‘rinmaydi. Pistol yulduzi
Quyoshdan 10 mln. baravar katta bo‘lib, Quyosh bir yilda chiqaradigan energiyani u atigi 6
sekundda chiqaradi. Astronomlarning aniqlashicha, bu yulduz Yerdan 25000 yorug‘lik yili
uzoqda joylashgan (Quyoshdan 325 baravar ko‘p).

292. Yerdan ko‘rinadigan eng yorqin yulduz qaysi?

Javob: Yerdan 8,64 yorug‘lik yili (1 yorug‘lik yili - 9,5 trln. km ga yaqin) masofada joylashgan
Sirius yulduzi Yerdan ko‘rinadigan eng yorqin yulduz hisoblanadi. Yer bilan Sirius o‘rtasidagi
masofa taxminan 80 trln. km.ni tashkil etadi. Siriusning og‘irligi Quyoshnikidan 2,14 baravar,
yorug‘ligi esa 24 baravar kuchli hisoblanadi.

293. Quyosh sistemasiga kirmaydigan eng katta sayyora qaysi?

Javob: 2001 yil yanvarida ochilgan HD168443 sayyorasi Yerdan 123 yorug‘lik yili uzoqda
bo‘lib, u Quyosh sistemasiga kirmaydigan eng katta sayyora hisoblanadi. HD168443 Quyosh
sistemasidagi eng katta sayyora - Yupiterdan ham 17 baravar kattadir.

294. Yerga eng yaqin yulduz qaysi?

Javob: Quyoshni hisobga olmaganda Yerga eng yaqin yulduz Proksima Sentavra (Alfa Sentavra
C) bo‘lib, u 1915 yilda kashf etilgan. Bu yulduz bizdan 4,23 yorug‘lik yili masofada joylashgan.

295. Quyosh atrofida eng tez aylanadigan sayyora qaysi?

Javob: Merkuriy - Quyosh sistemasidagi eng tez sayyora hisoblanadi, u quyosh atrofida soatiga
172248 km tezlikda aylanib chiqadi (Yernikidan qariyb ikki barabar tezroq). Yana shu narsa
aniqki, Merkuriy Yerga qaraganda Quyoshga yaqinroq joylashgan. Merkuriyning 1 yili - 87,99
kun yoki qariyb 3 oyni tashkil etadi.

296. Suvsiz daryo, daraxtsiz o‘rmon qayerda bo‘ladi?

Javob: Xaritada.

297. 830 000 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan (bu zilziladan halok bo‘lgan soni bo‘yicha eng
katta holatdir) kuchli tarixiy zilzila qachon va qayerda sodir bo‘lgan?

Javob: Bu tarixiy zilzila 1556 yilning fevral oyida Xitoyning Shensi va Henan provinsiyalarida
ro‘y bergan.
298. Inson yashaydigan eng sovuq joy qayer?

Javob: Yer yuzidagi inson yashaydigan eng sovuq joy - Yakutiyaning Oymyakon shahri (Sharqiy
Sibir, Rossiya) hisoblanadi. Bu yerda havo harorati -70°C gacha pasayishi kuzatilgan. Yanvar
oyining o‘rtacha harorati esa -50°C ni tashkil etadi.

299. Yer yuzidagi eng sovuq harorat qayerda qayd etilgan va qancha gradusni tashkil etgan?

Javob: Yer yuzidagi eng past harorat Antarktidaning "Vostok" ilmiy stansiyasida 1983 yil, 21
iyulda qayd etilgan bo‘lib, o‘shanda havo harorati -89,2°C ni tashkil etgan edi.

300. J.Bokkachchonning “Dekameron” asari nomi qanday ma’no anglatadi?

Javob: "O‘n kun kundaligi".

301. 1851 yilda qaysi olim tomonidan benzol topilgan?

Javob: Bertlo.

302. Qadimiy turkiy manbalarda “Xonbaliq” nomini olgan shahar qaysi?

Javob: Pekin.

303. 3 ijrochi - trio; 4 ijrochi - kvartet; 5 ijrochi - ?

Javob: Kvintet.

304. Rus adabiyotining ilk realistik she’riy romani qaysi va uning muallifi kim?

Javob: Pushkinning "Yevgeniy Onegin" romani.

305. Buyuk adib Usmon Nosir rus adabiyotidagi qaysi poemalarni o‘zbekchaga mohirlik bilan
tarjima qilgan? Qaysi poema tarjimasini yo‘qotib qo‘yib, tahririyatda yoddan aytib beradi?

Javob: Lermontovning "Iblis" ("Demon") poemasi. Pushkinning "Boqchasaroy fontani"


dostonini tarjima qilib bo‘lib, tahririyatga olib borayotganda uni yo‘qotib qo‘yadi. Tahririyatga
kelib esa dostonni boshdan oyoq yoddan aytib beradi.
306. Buyuk hind eposi "Ramayana"ni o‘zbek tiliga o‘girgan adib kim? Bu adib 2004-yilda
"Abadiy sog‘inchlar" nomli roman-xronikani ham yaratdi.

Javob: Muhammad Ali.

307. 1966-67 yillarda ToshDUning filologiya fakultetiga ketma-ket ikki yil hujjat topshirib
o‘tolmagan, keyinchalik Moskvadagi Adabiyot institutiga tanlov asosida qabul qilingan
o‘zbekning buyuk shoiri kim edi?

Javob: Shavkat Rahmon.

308. Shukur Xolmirzayevning "Qora kamar" dramasi qaysi mavzuga bag‘ishlangan va uning
bosh qahramoni kim?

Javob: Milliy ozodlik harakati. Bosh qahramon - Xurrambek.

309. Ma'lumki Rauf Parfi 1965 yili ToshDUni bitiradi, lekin diplom ololmaydi. Diplom
ololmasligiga sabab nima edi?

Javob: "Markscha-lenincha falsafa" fanidan qayta imtihonni topshirishdan bosh tortadi.

310. Qondagi zararli moddalarni zararsizlantiradigan inson a'zosi qaysi?

Javob: Jigar.

311. Qaysi o‘simlik "oltin olma' deyiladi va vatani qayer?

Javob: Pomidor. Vatani - Braziliya.

312. Qaysi o‘simlik hayoti davomida bir marta gullaydi?

Javob: Bambuk.

313. Eng katta vulqon krateri qaysi va qayerda joylashgan?

Javob: Dunyodagi eng katta vulqon krateri - Toba bo‘lib, Sumatra oroli markazida joylashgan
(Indoneziya). Uning maydoni 1775 km2dir. Bu so‘ngan vulqon bo‘lib, oxirgi marta bundan
75000 yil avval otilgan.
314. Dunyodagi eng katta harakatdagi vulqon qaysi?

Javob: Gavayi orollaridagi (AQSh) Mauna-Loa vulqoni uzunasiga 120 km, eniga 50 km ni
tashkil etadi. Lava irmoqlari esa 5125 km2dir. Vulqonning umumiy hajmi 42500 km bo‘lib,
uning 84,2%i dengiz ostida joylashgan. Mauna-Loa vulqoni 1843 yildan boshlab, o‘rtacha 3,6
yilda harakatlandi, lekin 1984 yildan beri hali harakatlanmadi.

315. Suvda va quruqlikda joylashgan dunyodagi eng baland tog‘ qaysi?

Javob: Gavayi orollaridagi (AQSh) Mauna-Kea ("Oq tog‘") - Yer yuzidagi eng baland tog‘
hisoblanadi. Tinch okeanidan boshlanadigan ushbu tog‘ning cho‘qqigacha bo‘lgan masofa -
10250 metrni tashkil etadi. Gap shundaki, tog‘ning 6000 metrdan ko‘prog‘i suv ostida, faqatgina
4205 metrlik qismi esa dengiz sathidan balandda joylashgan. Hammasi bo‘lib bu tog‘ Everest
cho‘qqisidan 1347 metr balanddir.

316. Dunyodagi eng katta toshuvchi (suv toshqini) daryo qaysi?

Javob: Xitoydagi Xuanxe daryosi har yili 130-140 kunlab o‘zaniga sig‘mas ekan. Natijada har
yili qishloq ho‘jaligiga katta zarar yetadi.

317. Dunyodagi eng katta muzosti ko‘li qaysi?

Javob: Antarktidadagi 1994 yilda ochilgan Vostok ko‘li dunyodagi eng keksa va eng toza ko‘l
hisoblanadi. Uning maydoni qariyb 14 ming km2dir.

318. Dunyoda birinchi marta odam qonini odamga quyish qachon va qayerda amalga oshirilgan?

Javob: 1818-yil 1-sentyabrda London shahridagi St. Guy kasalxonasida Dr. Blundell tomonidan
o‘tkazilgan. Har xil odamlardan olingan yarim liter qon bemorga quyilgan, ammo bemor
operaciyadan tirik chiqmagan.

319. Odam tanasi hujayralarining yadrosida nechta xromosoma bor?

Javob: 46 ta.

320. Hujayrada qanday modda eng ko‘p bo‘ladi?

Javob: Oqsil.
321. Umar Xayyom ruboiylarini birinchi bo‘lib aruz vaznida tarjima qilgan adib kim? Tarjimon
ruboiylarni aruzning qaysi tarmog‘ida bo‘yicha tarjima qilgan?

Javob: Jamol Kamol. Aruz vaznining "ahram" va "ahrab" tarmog‘ida tarjima qilingan.

322. Go‘ro‘g‘lining o‘g‘illari Hasanxon va Avazxonlarning turmush o‘rtog‘i kim edi?

Javob: Hasanxonning xotini - xon Dalli, Avazxonning xotini - Gulqiz.

323. Go‘ro‘g‘libek Ravshanbekka kim qalliq qilib olib bermoqchi bo‘ladi? U kimning qizi edi?

Javob: Avazxonning qizi - Gulanorni.

324. Ravshanbekning tulpori ismi nima edi?

Javob: Jiyronqush.

325. Ravshanbek Zulxumorning xabarini qayerdan topadi?

Javob: Yunus parining uzugida Qoraxon podshoning qizi - Zulxumorning ismi, ham surati bor
edi. Shuni ko‘rib oshiq bo‘lib qoladi.

326. Musulmon Sharqida "devon" tuzish an'analariga ko‘ra:

a) g‘azallar qaysi tartibga ko‘ra joylanadi?

b) devondagi g‘azallar uchun qaysi shart bo‘lmasa devon hisoblanmaydi.

Javob: a) g‘azallar alifbo tartibida joylashtiriladi. Alifboni belgilashda misraning boshidagi


emas, balki oxiridagi harf hisobga olinadi.

b) devonda arab alifbosi tartibi bo‘yicha barcha harflarga tugaydigan g‘azallar bo‘lishi shart.
Yo‘qsa, u dev hisoblanmaydi.

327. G‘azalning birinchi va oxirgi baytlari nima deb ataladi?

Javob: G‘azalning birinchi bayti - matlaa (arabcha "boshlanma"), oxirgi bayti - maqta' (arabcha
"tugallanma") deb ataladi.

328. Ikki mahbubni ko‘rdim, sabzto‘nlik, yoz yog‘ochning boshida,


Qish yalang‘och aylagay barcha xaloyiq qoshida.

Barcha qushlarning so‘ngoki ichida,

Ul na qushdurkim, so‘ngoki toshida.

Uvaysiyning ushbu chistoni javobini toping.

Javob: Yong‘oq.

329. Chiston janri yana qanday ataladi?

Javob: Lug‘z.

330. Har kishikim birovga qozg‘oy choh,

Tushgay ul choh aro o‘zi nogoh.

Alisher Navoiyning ushbu baytida qanday badiiy san'at qo‘llanilgan?

Javob: Irsoli masal ("maqol kiritish" ma'nosini bildirib, badiiy adabiyotda fikr isboti uchun xalq
maqollaridan foydalanish san'ati).

331. Ravshanning Qoraxon tomonidan qamoqqa olinishiga sabab nima edi? Bu fitnani amalga
oshirgan shaxs kim edi?

Javob: Zulxumor Ravshanbekni o‘z bog‘ida rosa mehmon qiladi. Zulxumorning kanizlaridan
Oyqiz ravshanga ko‘p iltifot qilsa-da, uning iltifotini qozona olmagach, bu sirdan xonni ogoh
etadi. Qoraxonning mirshablari Ravshanni Zulxumor bilan uxlab yotishgan joyidan bandi
qiladilar.

332. Ravshanbekni Shirvon elida asrab olgan kampirning katta o‘g‘lining kal shogirdlari kimlar
edi va ular qaysi sohalarda mohir edilar?

Javob: Aynoq kal - nonxo‘r, polvon;

Jaynoq kal - masxaraboz;

Ersak kal - mergan;

Tersak kal – sinchi.


333. Ravshanbekning qamoqdan yozgan maktubini Chambil eliga qaysi qush eltib beradi?

Javob: Mayna.

334. "Ravshan" dostoni qachon, kim tomonidan, qaysi baxshi tilidan yozib olingan?

Javob: "Ravshan" dostoni birinchi marta folklorshunos olim Hodi Zarif tomonidan, 1928-yili
Ergash Jumanbulbul baxshi og‘zidan yozib olingan va 1941-yilda nashr etilgan.

335. Ravshanbek Zulxumorni izlab chiqqanda necha yoshda bo‘ladi?

Javob: 15-16 yoshda.

336. 1848-1849 yillar Yevropadagi qo‘zg‘olonlar natijasida iste'foga chiqarilgan va o‘z jonini
saqlab qolish maqsadida ayollar kiyimida qochib ketgan hukumat boshlig‘i kim?

Javob: Avstriya kanzleri Klemens Wenzel Lothar von Metternich.

337. XIX asrda "Yevropa jandarmi" deb atalgan davlat va nima uchun?

Javob: Rossiya.

338. 1870-yilda Italiyaning milliy davlar bo‘lib birlashishida xizmatlari katta bo‘lgan 3 shaxs.

Javob: Giuseppe Garibaldi, Giuseppe Mazzini, Graf Camillo Benso di Cavour.

339. Kim 5 soat ichida konstitutsiya ishlab chiqqan?

Javob: Otto fon Bismark.

340. Birinchi rus bosma gazetasining nomi nima va qachondan boshlab chiqarila boshlangan?

Javob: Vedomosti, 1703 yildan chiqa boshlagan.

341. Neva daryosining quyilish yerida bir shahar bor. Bu shahar qaysi va kim tomonidan
qurdirilgan?

Javob: Sankt Petersburg shahri, Buyuk Pyotr tomonidan qurdirilgan.


342. "Oskar"ni yutgan birinchi film qaysi?

Javob: 1927-1828 yillarda birinchi "Oskar" mukofoti g‘oliblari e'lon qilingan. Unga ko‘ra:

Eng yaxshi film - "Wings" ("Shamollar").

343. O‘g‘lining prezidentlik inaguratsiyasida qatnashgan birinchi amerikalik ona kim?

Javob: Garfildning onasi Eliza Ballou Garfild.

344. Maktabga umuman bormagan, lekin bo‘lajak rafiqasi tomonidan 17 yoshida yozish va
o‘qishni o‘rgangan Amerika Prezidenti kim?

Javob: Andryu Jonson.

345. O‘zbekistondagi eng uzun kanal qaysi?

Javob: Eski Angor kanali 1955 yili foydalanishga topshirilgan bo‘lib, uzunligi 300 km.ni tashkil
etadi. Kanal suvni Zarafshon daryosidan oladi.

346. O‘zbekistondagi eng katta qo‘riqxona qaysi?

Javob: Hisor tog‘larining g‘arbiy yonbag‘irlarida, 1750-4350 metr balandliklarda joylashgan


Hisor tog‘-o‘rmon qo‘riqxonasi O‘zbekistondagi eng katta qo‘riqxona bo‘lib, uning maydoni
873995 gektarni tashkil etadi.

347. O‘zbekistondagi eng yirik suv ombori qaysi?

Javob: Chordara suv omborining maydoni - 900,0 kv.km bo‘lib, suv hajmi 5700,0 mln. kub
metrni tashkil etadi.

348. O‘zbekistondagi eng baland cho‘qqi qaysi va uning balandligi qancha?

Javob: Hisor tog‘laridagi Hazrati Sulton cho‘qqisining balandligi 4643 metrni tashkil etadi.

349. O‘zbekistondagi eng chuqur botiq qaysi?

Javob: Qizilqum cho‘lidagi Mingbuloq botig‘i dengiz sathidan -12 metr pastda joylashgan.
350. Birinchi globusni kim yasagan?

Javob: Abu Rayhon Beruniy XI asr boshida birinchi globusni yasagan. XV asrda nemis olimi
Bexaym tomonidan Yevropada ham globus yaratilgan.

351. Kofe va kakaoning vatani qayer?

Javob: Kofening vatani - Efiopiya, kakaoning vatani - Markaziy Amerika.

352. Abdulla Qahhorning "Dahshat" hikoyasidagi dodhohning ismi nima edi?

Javob: Olimbek dodhoh.

353. Yerga eng yaqin tumanlik qaysi?

Javob: Andromeda tumanligi Yerga eng yaqin bo‘lib, u Quyoshga nisbatan 1 500 000 000 marta
ko‘p yorug‘lik ajratib chiqaradi.

354. O‘zbekistonda 1994-yil qanday atalgan?

Javob: Mirzo Ulug‘bek yili.

355. Ayni paytda O‘zbekistondagi eng kam ish haqi (minimal oklad) qancha?

Javob: 9400 so‘m.

356. "Mehrobdan chayon" romanida Anvar kim sababli saroyga ishga kiradi?

Javob: Sinfdoshi Nasim va uning dadasi tufayli.

357. "Mehrobdan chayon" romanining so‘nggida "Barimta" degan qism mavjud. Bu so‘zning
ma'nosi nima?

Javob: Garovga, kafilga olish. Anvar mirzo saroydan ketgani uchun Sultonali Mirzoni garovga
olishadi. Shu saabli bu qism "Barimta" deb ataladi.

358. Jahonotin Uvaysiy taxallusining ma'nosi nima va qayerdan kelib chiqqan.


Javob: O‘tmishda Uvays al-Qaroniy nomli valiy zot o‘tgan. Bu zot payg‘ambarimiz Muhammad
s.a.v.dan ancha oldin yashagan bo‘lib, u zotning kelishlarini kitoblardan o‘qib, muhabbat
bog‘laydi. Payg‘ambarimiz ham uning cheksiz mehri haqida sahobalarga aytib beradilar.
Uvaysiy ham shundan kelib chiqqan.

359. Odamiy, ersang, demagil odami

Onikim yo‘q xalq g‘amidin g‘ami.

Ushbu misralar Alisher Navoiyning qaysi asaridan olingan?

Javob: "Hayratul abror" dostonidan.

360. "Xamsa"dagi "Shoh G‘oziy" hikoyati kimga bag‘ishlanadi?

Javob: Husayn Boyqaroga.

361. "O‘tkan kunlar" filmining yangi versiyasi qachon ishlangan va rejissori kim?

Javob: 1998-yili ishlangan, rejissori Melis Abzalov.

362. "O‘tkan kunlar" filmining yangi versiyasida Otabek va Kumush rollarini kimlar talqin
etgan?

Javob: Otabek - Behzod Muhammadkarimov, Kumushbibi - Shahrizoda Dilmurod qizi.

363. Qaysi yil genetikaga asos solingan yil deya ta'rif etiladi va nima uchun?

Javob: Genetikaning asosiy qonuniyatlari dastlab, chex olimi Gregor Mendel tomonidan 1895
yilda e'lon qilingan edi. Uning tadqiqotlari uzoq vaqtgacha to‘g‘ri baholanmay keldi. 1900 yilda
Mendel tadqiqotlari uch yirik olim G.De Friz, E.Chermak va K.Jorrenslar tomonidan qayta kashf
etildi va tasdiqlandi. Shuning uchun 1900 yil genetikaga asos solingan yil hisoblanadi.

364. Amudaryoni qadimda arablar Sayhun, yunonlar Oks deb ataganlar. mahalliy xalqlar qanday
ataganlar?

Javob: Omul.

365. Abdulla Qahhorning "O‘g‘ri" hikoyasidagi sigirini yo‘qotgan cholning ismi nima edi?
Javob: Qobil bobo.

366. Makkajo‘xorining asl vatani?

Javob: Markaziy Amerika, Meksika.

367. L. Kerollaning “Alisa mo‘jizalar mamlakatida” kitobi kimga bag‘ishlab yozilgan?

Javob: Henry George Liddellning qizi Alisa Liddelga bag‘ishlangan.

368. Mars sayyorasini qadimda Arabistonda nima deb atashgan?

Javob: Mirrix.

369. 1868 yilda Yaponiya poytaxti deb e’lon qilingan shahar?

Javob: 1868 yildan beri Yaponiya poytaxti - Tokio. Undan oldin Kioto poytaxt bo‘lgan.

370. Shved erkaklar yubkasi nima deb ataladi?

Javob: Kvilt.

371. “Turon” teatr-truppasini kim tashkil etgan?

Javob: Abdulla Avloniy.

372. Viruslar kim tomonidan, qachon kashf etilgan?

Javob: 1892 yilda rus olimi D.I.Ivanovskiy tamaki o‘simligida uchraydigan tamaki mozaikasi
deb ataluvchi kasallik qo‘zg‘atuvchi virusni kashf etdi.

373. Namangan viloyatidagi Mingbuloq neft koni qachon ochilgan?

Javob: 1992 yili.

374. Mashhur avar shoiri Rasul Hamzatning qanday she'riy kitoblarini bilasiz? (3 tasini sanang)
Javob: "Tog‘ qo‘shig‘i", "Mening qalbim tog‘larda", "Tog‘ qizi", "Dog‘istonim", "Yuksak
yulduzlar", "Tug‘ilgan kunim", "Tog‘likning vatani", "Ovuldan xat".

375. Teleskopsiz nechta yulduzni ko‘rish mumkin?

Javob: Teleskopsiz 6000 yulduzni ko‘rish mumkin. Ulardan 1500 tasi Janubiy yarimshar
ustidadir.

376. Ko‘pchilik mamlakatlarda “ikkinchi non” deb ataladigan o‘simlik?

Javob: Kartoshka.

377. 1953 yillarda “Saodat” jurnalida bosh muharrir bo‘lib ishlagan shoira?

Javob: Zulfiya.

378. “Kitob ul-musiqa al-kabir” (“Musiqa haqida katta kitob”) asari muallifi?

Javob: Abu Nasr Farobiy.

379. Azotni birinchi bo‘lib kashf etgan olim ?

Javob: 1772 yilda ingliz olimi D.Rezerford tomonidan kashf qilingan.

380. Botanika faninig suvo‘tlarni o‘rganuvchi bo‘limi nima deb ataladi?

Javob: Algologiya.

381. Qaysi daryo Oqshiyroq va Terskay Olatovi tizmalaridan boshlanadi?

Javob: Sirdaryo.

382. Orol dengizining eng chuqur joyi necha metr?

Javob: 50 metr.

383. Yevrosiyoning tabiiy-geografik o‘rniga ko‘ra Markaziy Osiyo mintaqasiga qayerlar kiradi?
Javob: Sharqiy Qozog‘iston, Shimoliy Hindiston, G‘arbiy Xitoy, Mo‘g‘uliston, Shimoliy Xitoy.

384. O‘rta Osiyo geografiyasiga kim asos solgan?

Javob: Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy (IX asr) "Yer tasviri" asari bilan O‘rta Osiyo
geografiyasini tadqiq etgan.

385. "Atlas" atamasini fanga kim kiritgan?

Javob: Flamand xaritashunosi Merkator o‘zi tuzgan xaritalar to‘plamini (1595-yili) Lviyaning
afsonaviy qiroli Atlas nomi bilan ataydi.

386. Mashhur seleksioner olim Vavilov madaniy o‘simliklarning kelib chiqishini qanday 7
markazga bo‘ladi?

Javob: 1. Janubiy Osiyo. 2. Sharqiy Osiyo. 3. Janubi-G‘arbiy Osiyo. 4. O‘rta Yer dengizi. 5.
Abissiya (Efiopiya). 6. Markaziy Amerika. 7. Janubiy Amerika.

387. Qaysi madaniy o‘simliklar Markaziy Amerikadan tarqagan? (5 tasini sanang).

Javob: Oshqovoq, makkajo‘xori, qalampir, loviya, kakao.

388. O‘zbekistondagi eng katta toshko‘mir koni qaysi?

Javob: Surxondaryo viloyatidagi Sharg‘un koni.

389. O‘zbekistonning janubida yoz necha kungacha davom etadi?

Javob: 160 kungacha.

390. Koinotda nechta burj bor? Yunon olimi Ptolomey qancha burjni qayd etgan?

Javob: Yunon olimi Ptolomey 48 ta burjning ro‘yxatini tuzgan. Hozirgi kunda esa 88 ta burj
ma'lum.

391. Artezan atamasi qayerdan kelib chiqqan?


Javob: Artezan Fransiyaning Artua degan joyi bilan bog‘liq. U yerda bundan 800 yil burun
qazilgan.

392. 1933-34 yillarda “O‘tkan kunlar”ni kino qilisharkan degan gaplar chiqadi. Abdulla Qodiriy
bosh qahramon - Otabek rolini kim talqin etishini xohlagan edilar?

Javob: - Artist bo‘lganimda edi, Otabek rolini o‘zim o‘ynardim. Negaki Otabek xarakterini
mendan ortiq biluvchi yo‘q, - degandilar Abdulla Qodiriy. (Habibulla Qodiriy “Otam haqida”).

393. “Otkan kunlar”ning dastlabki variantida Abdulla Qodiriy Kumush qabriga qaysi baytni
tanlagan edilar?

Javob: Hamrohim eding bu yo‘lda ey, moh,

Hamrohini tashlab ketarmi hamroh. (Fuzuliy).

394. 20-yillarda “Sharq haqiqati” gazetasida “O‘tkan kunlar” ham “o‘tgan kunlar” nomli turkum
tanqidiy maqolalar e’lon qilgan tanqidchi kim edi?

Javob: Sotti Husayn.

395. "O‘tkan kunlar" romani nemis tiliga qanday nom bilan tarjima qilingan? (Original nom
qolib boshqa nom tanlashgan).

Javob: "Toshkentlik oshiq-ma'shuqlar".

396. "O‘tkan kunlar"ni rus tiliga kimlar tarjima qilgan?

Javob: “O‘tkan kunlar” yozuvchi L.Bat va V.Smirnovalar tarafidan tarjima qilinib, 1958-yilda
rus tilida chop etilgan.

397. 1909 yilning 12 dekabrida Jizzahda tug‘ilgan adib?

Javob: Hamid Olimjon.

398. “Muqaddas” qissasi muallifi kim?

Javob: Odil Yoqubov.


399. Grekchada “hayotga yaroqsiz” deb nom olgan modda?

Javob: Azot.

400. Greklar o‘z mamlakatlarini nima deb atashadi?

Javob: Ellada.

401. Sharqda o‘simliklar dunyosi nima deb atalgan?

Javob: Nabotat.

402. "Arsenal" (Angliya) dan tashqari yana qaysi MDH mamlakatida shu nomdagi jamoa bor?

Javob: Ukraina.

403. "Barselona" (Ispaniya) ning shvetsiyalik xujumchisi?

Javob: Larssen.

404. Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanining 1-ligaga o‘tish turnirida qatnashgan jamoasi
qaysi?

Javob: "Akmal".

405. Qaysi rangdagi yulduzlar eng yorqin va issiq bo‘ladi?

Javob: Ko‘k yulduzlar yuzasidagi harorat 400 000 C° ni tashkil etadi. Quyosh yuzasidagi harorat
esa 6000 C°.

406. Hujayra kim tomonidan va qachon kashf etilgan?

Javob: 1665 yilda ingliz olimi Robert Guk daraxt po‘stlog‘idagi po‘kak to‘qimadan yupqa
kesmalar tayyorlab, mikroskop yordamida kuzatganda, hujayrani kashf etdi.

407. Shamol kuchini o‘lchovchi 12 ballik shkala qanday ataladi?

Javob: Bofort shkalasi.


408. Suvning tiniqligi qaysi asbob yordamida aniqlanadi?

Javob: Suvning tiniqligi Sekki gardishi orqali aniqlanadi (diametri 30 sm).

409. Quyoshning diametri qancha? Quyosh va Yer o‘rtasidagi masofa necha km.ni tashkil etadi?

Javob: Quyoshning diametri - 1 400 000 km. Quyosh va Yer o‘rtasidagi masofa - 150 000 000
km.

410. O‘rta Osiyodagi eng chuqur botiq qaysi?

Javob: Mang‘ishloq yarim oroli (Qozog‘iston)dagi Qoragiyo (Botir) botig‘i dengiz sathidan -132
metr pastda joylashgan.

411. O‘rta Osiyodagi eng baland cho‘qqi qaysi?

Javob: Hindiqush tog‘laridagi Tirichmir cho‘qqisining balandligi 7690 metrni tashkil etadi.

412. O‘rta Osiyodagi a) eng uzun va b) havzasining maydoniga ko‘ra eng katta daryo qaysi?

Javob: a) Eng uzun daryo Sirdaryo - 3019 km, b) havzasining maydoniga ko‘ra eng katta daryo -
Amudaryo (309 ming kv.km)

413. O‘rta Osiyodagi Orol dengizidan keyin eng katta ko‘l qaysi?

Javob: Balxash ko‘li, maydoni - 18,3 ming kv.km.

414. O‘rta Osiyodagi eng katta suv ombori qaysi?

Javob: Buxtarma suv omborining maydoni - 5500 kv.km, suv hajmi esa - 53000 mln. kub metrni
tashkil etadi.

415. 154 ta davlat rahbari ishtirok etgan eng yirik sammit qachon bo‘lib o‘tgan?

Javob: 2005 yil 14-16 sentyabr kunlari New York shahrida BMTning 60-yillik yubileyiga
bag‘ishlangan va tashkilot tarixidagi eng katta yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan va unda 154 ta Davlat va
Hukumat rahbarlari ishtirok etishgan.
416. Dunyoda bosh vazirlarning eng yirik sulolasi qaysi?

Javob: Hindiston 1947 yilning avgust oyida o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritganidan keyin mashhur
siyosatchi Javoharla'l Neru mamlakat bosh vaziri etib tayinlangan edi. U bu mansabni o‘limiga
qadar, ya'ni 1964 yilgacha egallab turgan. 1966-1977 va 1980-1984 yillarda esa mamlakatni
uning qizi Indira Gandi boshqardi. gandi xonim tansoqchilari tomonidan otib o‘ldirilganidan
keyin uning to‘ng‘ich o‘g‘li Rajiv Gandi 1984 yilgi saylovlarda g‘olib chiqib, besh yil davomida
bosh vazir lavozimini egallab turgan. 1989 yilda uning ham joniga qasd qilishgan.

417. Buyuk Britaniya tarixidagi eng uzoq hukmronlik muddati kimga tegishli?

Javob: Qirolicha Viktoriya 1837 yildan 1901 yilga qadar, ya'ni 63 yilu, 216 kun mobaynida
mamlakatni boshqargan.

418. Hozirgi kunda hayot bo‘lgan monarxlardan eng uzoq hukmronlik muddati kimga tegishli?

Javob: Thailand qiroli Bhumibol Adulyadej Rama IX. U 1946 yil 9-iyunda 19 yoshligida taxtga
o‘tirgan.

419. Salomlashish bo‘yicha rekordchi prezident kim?

Javob: 1907 yil, 1 yanvar kuni AQSh prezidenti Teodor Ruzvelt o‘ziga xos rekord o‘rnatdi. U
Oq uyga to‘plangan 8513 nafar odam bilan qo‘l berib salomlashib chiqqan.

420. Dunyo tarixidagi eng yosh mer kim?

Javob: 1988 yilning 3 mayida Sheyn Mak AQShning Janubiy Dakota shtatidagi Kestlvud
shahrining meri etib saylangan. O‘shanda u endigina 18 yoshni qarshilagandi. Bu lavozimni u 8
yil egallab turgan.

421. Dunyodagi eng semiz monarx kim?

Javob: Tongo qiroli Taufa'axau Tupouning vaznini 1976 yili mamlakatdagi yagona yirik va
ishonchli aeroport tarozisida o‘lcha ko‘rishgan edi: qirolning vazni 209,5 kg ekan. Shundan
so‘ng qirol tinmay sport bilan shug‘ullanib turgan. 1985 yilda uning vazni 139,7 kg. tosh bosdi.
1993 yilda esa 127 kg.ga ozgan.

422. Qayerda va nima sabab bilan 3 hafta ichida 5 ta prezident almashgan?

Javob: 2001 yil dekabr oyida Argentina iqtisodiy inqirozga uchraganini e'lon qilgan edi.
O‘shanda uch hafta mobaynida roppa-rosa 5 ta prezident almashgan.
423. Mamlakat ayollariga saylov huquqini bergan dunyodagi birinchi davlat qaysi?

Javob: Yangi Zelandiyada 1883 yil 19 sentyabrida ayollar ham saylovda qatnashishgan.

424. Eng ko‘p suiqasd uyushtirilgan davlat rahbari kim?

Javob: XX asrda Fransiya tarixida ulkan o‘rin tutgan prezident Sharl de Gollga qarshi 1944-1966
yillar ichida 31 marotaba suiqasd uyushtirilgan.

425. Yaqinda Rossiyaning "Zenit" klubi bilan shartnoma imzolagan janubiy korealik
futbolchining ismi-sharifi nima?

Javob: Xyon Yon Min.

426. Terma jamoamiz bosh murabbiyi Valeriy Nepomnyashiy Koreyaning qaysi jamoasini
Koreya Kubogi g‘olibligiga olib kelgan?

Javob: Koreyaning "Yukong" Jamoasi.

427. Koreyaning Chunnam viloyati sharafini himoya qiladigan jamoa?

Javob: "Chunnam Dragons" jamoasi.

428. "Qassob amir" laqabini olgan Buxoro amiri kim?

Javob: Amir Nasrullo.

429. Qang‘ tepaligi yodgorligi qayerda joylashgan?

Javob: Toshkent viloyati, Oqqo‘rg‘on tumani.

430. Buxoro amiri Said Olimxon qaysi yillarda hukmronlik qilgan?

Javob: 1910-1920 yillar.

431. Abdurauf Fitratning mashhur asari qahramoni, Buxoro hukmdori?


Javob: Abulfayzxon.

432. “Al-madhad ilm miaat al musiqiy” (“Musiqa san’atiga kirish”) asari muallifi?

Javob: Abu Ali ibn Sino.

433. Xitoy olmasi?

Javob: Apelsin (ma'nosi "Xitoy olmasi").

434. “Abdullajon” filmi nechanchi yilda suratga olingan?

Javob: Rejissyor Zulfiqor Musoqov tomonidan 1991-yilda suratga olingan.

435. Gidrostatikaga asos solgan olim?

Javob: Arximed.

436. Erkaklarning ton bilan bas orasidagi ovozi nima deb ataladi?

Javob: Erkaklarning Bass va Tenor oralig‘idagi ovozi bariton deb ataladi.

437. Pomir va Tyanshan tog‘larining eng baland cho‘qqisi qaysi?

Javob: Pomir tog‘larining eng baland cho‘qqisi - Ismoil Somoniy (7495 metr), Tyanshan
tog‘ining eng baland cho‘qqisi - G‘alaba (7439 metr).

438. Dunyodagi eng chuqur ko‘l qaysi?

Javob: Baykal. Eng chuqur joyi - 1637 metr.

439. Dunyodagi eng uzun g‘or qaysi?

Javob: AQShning Kentukki shtatidagi Flint-Mamont g‘orining uzunligi - 345 km.ni tashkil etadi.

440. Dunyodagi eng chuqur g‘or qaysi?

Javob: Fransiyadagi Jan-Bernar g‘orining chuqurligi 1,5 km.ni tashkil etadi.


441. Ilk shamol tezligini o‘lchovchi asbobni kim kashf qilgan?

Javob: 1667 yili angliyalik Robert Kuk anemometrni kashf etgan.

442. 1514 yilda yozilgan “Xattotlar va musavvirlar haqida risola” asari muallifi?

Javob: Sultonali Mashhadiy.

443. Ilk “Organik kimyo” haqidagi kitob qachon kim tomonidan yozilgan?

Javob: I. Bertseluis, 1827 yili.

444. H2O, H2S, H2Se, H2Te- kislorod gruppachasidagi elementlarning vodorodli birikmalari.
Ularning umumiy nomi nima deb ataladi?

Javob: Xal'kovodorodlar.

445. Kartoshkaning vatani qayer?

Javob: Janubiy Amerika.

446. 300 yil muqaddam mikroblarni mikroskop ostida birinchi bo‘lib ko‘rgan olim?

Javob: Gollandiyalik olim A. Levenguk.

447. Dunyoning eng yosh qirolichasi kim?

Javob: Iordaniya qirolichasi Raniya al-Abdulla (1970 yil, 31 avgustda tug‘ilgan) dunyodagi eng
yosh qirolichadir. U mamlakat qiroli Abdulla Bin Husaynga 1993 yilning 10 iyunida turmushga
chiqqan. 199 yil 7 fevral kuni Iordaniya qirolichasi deb e'lon qilinganida esa endigina 28 yoshda
edi.

448. Mashhur "Sprut" filmida Komissar Kattani rolini ijro etgan italiyalik mashhur aktyor kim?

Javob: Mikele Plachido (1946-yilda tug‘ilgan).


449. "O‘zbekiston" kanali orqali namoyish etilgan ajoyib koreys seriali "Saroy javohiri"ning asli
nomi nima?

Javob: "Buyuk Tangem"

450. a) Arpa va bananning

b) Soya va tariqning

c) 50% madaniy o‘simliklar, jumladan sholi, shakarqamish va sabzavot ekinlarining

d) Bug‘doy, suli, dukkaklilar, zig‘ir, sabzining

e) Go‘zaning

f) Ananasning

g) Karam, qand lavlagi, bedaning

vatani qayer?

Javob: a) Efiopiya.

b) Sharqiy Osiyo.

c) Janubiy Osiyo.

d) G‘arbiy Osiyo.

e) Markaziy Amerika.

f) Janubiy Amerika.

g) O‘rta Yer dengizi.

451. Qaysi sayyora yashil tusda?

Javob: Uran.

452. Amir Temur kimni o‘zining piri deb hisoblagan?

Javob: Sayyid Baraka.

453. Bog‘ibihishtni Amir Temur qaysi o‘g‘lining farzandiga in'om qilagan?

Javob: Mironshohning farzandiga.


454. Kimga uylanib, Mirzo Ulug‘bek "Ko‘ragon" unvoniga sazovor bo‘lgan?

Javob: Og‘obegim.

455. Ulug‘bekning rasadxonasidagi birinchi darsni kim o‘qigan?

Javob: Shamsiddin Muhammad Havofiy.

456. Birinchi mustaqil Afg‘on davlatining hukmdori kim bo‘lgan?

Javob: Ahmad Shoh Durroniy - 1747 yilda Xuroson hududida mustaqil qirollikka asos soladi va
shu tufayli Afg‘oniston davlatchiligi asoschisi hisoblanadi.

457. "Don Kixot" romanida Don Kixotning asli ismi nima edi?

Javob: Alonso Kihano.

458. "Don Kixot"ning oti nomi nima edi?

Javob: Rossinant.

459. Don Kixotning sevgan yori Syulsineyaning kasbi nima edi?

Javob: Cho‘chqaboqar.

460. Dantening "Ilohiy komediya" asarining "Do‘zax" qismini o‘zbek tiliga kim tarjima qilgan?

Javob: Abdulla Oripov.

461. "Ilohiy komediya"da Danteni safarga undagan Rim adibi kim edi?

Javob: Vergiliy.

462. "Ilohiy komediya"dagi shaytonning nomi nima?

Javob: Lyutsifer.

463. "Ilohiy komediya"da Dante izlagan qiz kim?


Javob: Beatriche.

464. Gyotening "Faust" tragediyasida hayotdan rozilik ramzi bo‘lgan shoir qanday edi?

Javob: "Bir dam to‘xta, bu dam go‘zal dam, bu dam o‘tib ketmasin!"

465. "Faust"dagi shaytonning nomi nima?

Javob: Mefistofel.

466. "Faust" tragediyasida Faustga shayton tanishtirgan ruhoniyning qizi kim edi?

Javob: Margarita.

467. "Faust" tragediyasida Faust bilan Yelenadan tug‘ilgan o‘gil kim edi?

Javob: Evffarion.

468. O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olish qachon bo‘lib o‘tgan. Unda O‘zbekiston aholisi
qanchani tashkil etgan?

Javob: 1865 yili, shu paytda O‘zbekiston aholisi soni 3 320 000 kishini tashkil etgan.

469. 1983 yili 1200 yilligi nishonlangan buyuk alloma kim?

Javob: Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy.

470. Janni Rodarining piyozboshli qahramoni kim?

Javob: Chippolino.

471. "Doktor Voyjonim" (Doktor Aybolit) muallifi kim?

Javob: Chukovskiy.

472. Bir necha marta shashka bo‘yicha jahon chempioni bo‘lgan kiyevlik sportchi kim?

Javob: Kuperman.
473. Alber Kamyuning "Begona" povestining bosh qahramoni kim?

Javob: Merso.

474. Antik dunyo afsonasiga ko‘ra o‘zi barobar toshni qoyaga olib chiqishdek og‘ir jazo berilgan
qahramon kim edi?

Javob: Sizif.

475. Gabriel Garsia Markesning "Tanholikning yuz yili" romani qahramoni Ursula kampir necha
yil yashaydi?

Javob: 115 yil.

476. "Islom qo‘zg‘oloni" dramatik poemasi muallifi kim?

Javob: Persi Bishi Shelli.

477. Emil Zolyaning "Hamal" romani asli nomi nim?

Javob: Jerminal.

478. II jahon urushida 14 ta yetim bolani o‘z tarbiyasiga olgan toshkentlik oila?

Javob: Shomahmudov Shoahmad va Shomahmudova Bahri oilasi.

479. Birinchi mexanik hisoblash mashinasi ixtirochisi kim va qachon kashf qilgan?

Javob: 1641 yili fransiyalik olim Blez Paskal mexanik hisoblash mashinasini kashf qildi.

480. Rossiyadagi eng katta muzey qaysi?

Javob: Ermitaj muzeyi. 1764 yili tashkil etilgan. Bu yerda 3 milliondan ortiq madaniyat va san'at
yodgorligi mavjud.

481. II jahon urushining 13 ta "qahramon shahar"larini sanang.


Javob: Moskva, Leningrad, Kiyev, Minsk, Volgograd, Sevastopol, Odessa, Novorossiysk, Tula,
Kerch, Smolensk, Murmansk, Brest qal'asi.

482. Amir Temur davlatining bayrog‘i rangi qanday edi?

Javob: Moviy rangda.

483. "O‘tkan kunlar" romani voqealari nechanchi hijriy yildan boshlanadi?

Javob: 1264-hijriya, dalv oyining 17-nchisi qishki kunlarning birida Marg‘ilon shahri...

484. "O‘tkan kunlar"da Ziyo shohichining o‘gli?

Javob: Rahmat.

485. "O‘tkan kunlar"da Hasanali otani Otabekning bobosi kimdan va qanchaga sotib olgan?

Javob: Erondan kishi o‘g‘irlab keluvchi bir turkmandan 15 tillo barobariga.

486. Ziyo shohichining uyidagi suhbatda Otabek o‘ris shaharlaridan qaysi biriga borganligini
gapiradi? U hozir qaysi shaharga to‘g‘ri keladi? ("O‘tkan kunlar")

Javob: Shamay, hozirgi Semipalatinsk.

487. Azizbekdan oldin Toshkent hokimi kim edi? ("O‘tkan kunlar")

Javob: Salimsoqbek.

488. Yusufbek hoji xonadonining cho‘risi kim edi? ("O‘tkan kunlar")

Javob: Oybodoq va Hanifa.

489. Kumushbibi Otabekni ariq bo‘yida uchratganda necha yosh edi?

Javob: O‘n yettini qo‘yib, o‘n sakkizga qadam bosgan edi.

490. "O‘tkan kunlar"da Marg‘ilon hokimi kim edi?


Javob: O‘tabboy qushbegi.

491. Kumushni turmushga uzatish marosimi - qizlar majlisi qayerda bo‘ladi? ("O‘tkan kunlar")

Javob: Kumushning tog‘asinikida.

492. Otabek nikoh marosimida domlaning "Kumushbibi Mirzakarim qizini shar'iy xotinliqg‘a
qabul qilasizmi?" savoliga nechanchi so‘roqda "Qabul qilaman" deb javob beradi? ("O‘tkan
kunlar")

Javob: Ul birinchi so‘roqdayoq — “uchib, qo‘nib qabul qilamiz” deb javob bermakchi bo‘lsa
ham biroq xalqning— “ulib turg‘an ekan” deb qiladirg‘an ta'nasidan cho‘chib, javob bermaydir.
Yana bir qayta yuqoridag‘i “siz kim falonchi...” jumlasi domla tarafidan takrorlanadir.
Kuyavlarga uchunchi so‘roqda javob berish odat hukmida bo‘lsa ham, Otabek bu takallufka
chidalmaydir. Go‘yo uchunchi so‘roq o‘rnig‘a “Endi olmas ekansiz Kumushbibini...” deb majlis
buziladirg‘andek seziladir-da, hamma tovshi-ni qo‘yib, barchag‘a eshitdirib “Qabul qildik!” deb
yuboradir.

493. Toshkandni muhosara qilg‘uchi qo‘qonliklar - qipchoqlar lashkari amiri kim edi? ("O‘tkan
kunlar")

Javob: Normuhammad qushbegi.

494. Xonlik zamonida hudaychining vazifasi nima edi?

Javob: Adyutant ma'nosida, xon kelishi oldidan xalqni ogohlantirib o‘tadigan bek.

495. Otabek va qutidorni Marg‘ilonda dordan kim va nima asrab qoladi?

Javob: Kumush olib kelgan xat. Uni Otabekning Yusufbek hoji yozgan edi.

496. Zaynab kimning qizi edi? ("O‘tkan kunlar")

Javob: Olim ponsadning.

497. Otabek Usta Olimga o‘zini kim deb tanishtiradi? ("O‘tkan kunlar")

Javob: Shokirbek.
498. Kumushbibini ikkinchi nikohga kimga uzatishmoqchi bo‘ladi. Kuyov kimning o‘g‘li edi?

Javob: Komilbek, Salim sharbatdorning o‘g‘li edi.

499. "O‘tkan kunlar"da Otabek, Abdulla Qodiriyning o‘zlari ham bir necha marta tungan
Marg‘ilondagi ziyoratgoh-mozor qaysi?

Javob: Xo‘ja Ma'oz.

500. Tarixda "Xattotlar sultoni" nomini olgan xattot kim?

Javob: Sultonali Mashhadiy.

501. Eski O‘zbekiston Musulmonlar Idorasi qaysi madrasada joylashgan?

Javob: Baroqxon madrasasi.

502. Buxoro xonligida yorliqlarni topshiruvchi mansab egasi kim?

Javob: Parvonachi.

503. Chernyayev Toshkent shahriga hujumni qaysi tomondan va qaysi darvozadan boshlaydi?

Javob: Janubdan, Kamolon darvozasidan.

504. Trestlarning noqonuniy operatsiyalarini o‘z kitob va maqolalarida yoritgan Teodor Drayzer,
Enton Sinkler va Linkoln Steffansni AQSh prezidenti Ruzvelt nima deb ataydi?

Javob: "Axlat to‘plovchilar".

505. Abbosiylarning eng odil halifalaridan biri Horun ar-Rashid qaysi shaharda tug‘ilgan? Bu
shahar hozirda qaysi davlatga qarashli?

Javob: Ray shahri, Eron.

506. Ummaviylar halifaligining birinchi xalifasi kim? U qaysi mashhur sahobaning o‘g‘li edi?

Javob: Muoviya. Abu Sufyon roziyallohu anhuning o‘g‘li


507. Ispaniyaga xalifalikni olib kirgan ummaviy amiri kim edi?

Javob: Abdurrahmon.

508. Horun ar-Rashidning o‘g‘li, ilm-fan xomiysi bo‘lgan xalifa kim edi?

Javob: Ma'mun Abul-Abbos.

509. Bag‘dod shahri qachon va kim tomonidan barpo qilingan?

Javob: Abbosiy xalifa Mansur tomonidan, 762-yilda.

510. Bag‘dod sharining dastlabki nomi nima bo‘lgan?

Javob: Madinatus-salom (Tinchlik shahri).

511. Koroplastika nima?

Javob: Koroplastika, qadimgi Gretsiyada gips va sopoldan yasalgan ayol tasviri.

512. Abdulla Qodiriyning "Mehrobdan chayon" romanida Solih mahdumning singlisi ismi nima
edi?

Javob: Na'ima.

513. Solih maxdum hush ko‘radigan "habba" so‘zining "abbreviatura"si qanday bo‘ladi?
("Mehrobdan chayon")

Javob: Ha, barakalla.

514. "Mehrobdan chayon"da Ra'noning uch ukalarining ismi nima edi?

Javob: Mahmud, Mansur, Mas'ud.

515. Mirzo Anvar Qo‘qonning qaysi mahallasida tug‘iladi? ("Mehrobdan chayon")

Javob: Baxmalbof.
516. Anvarning onasi ismi nima edi? ("Mehrobdan chayon")

Javob: Anorbibi.

517. “Kitobul-mazid” (“Ilmni ziyoda qiluvchi kitob”) asari muallifi?

Javob: Burhonuddin al-Marg‘iloniy.

518. Sharqda astronomik (trigonometrik) jadvallar nima deb atalgan?

Javob: Zij.

519. Hamburglik olim X.Brandt bir moddani kashf qildi va uni “falsafa toshi” deb atadi? Bu
modda qaysi?

Javob: Fosfor.

520. Algebra faniga ratsional ko‘rsatkichli daraja qaysi olimlar tomonidan kiritilgan?

Javob: Isaak Nyuton, Simon Stevin, John Wallis.

521. “Galogenlar” tarjimasi nima ma’noni anglatadi?

Javob: Yunonchadan, hals - tuz, genes - tug‘ilish, ko‘payish. “Tuz xosil qiluvchilar”.

522. "Mehrobdan chayon" romanining "Iflos bir moziy" bobida asar qahramonlarining qaysi biri
bolaligi haqida ma'lumot beriladi?

Javob: Mahalla imomi Abdurahmon.

523. Xudoyorxonning eng suyukli xotini kim edi? ("Mehrobdan chayon")

Javob: Og‘acha oyim.

524. O‘zbek adabiyotidagi birinchi tarixiy roman qaysi?

Javob: "Navoiy" romani, Oybek.


525. Qadimgi grek mifologiyalaridagi uch ayol xudo qaysi edi?

Javob: Gera (Zevsning xotini), Afina (Zevsning qizi, urush xudosi), Afrodita (sevgi va donolik,
go‘zallik xudosi).

526. Qadimgi yunon dramaturgiyasining mashhur asari - "Zarjindband Prometey" muallifi kim?

Javob: Esxil (eramizdan avvalgi 525-456).

527. Qadimgi yunon mifologiyasiga ko‘ra, insonlarga olov olib kelgan Prometeyni Zevs
zanjirband qiladi. Prometeyni kim ozod qiladi?

Javob: Gerkules.

528. Qadimgi yunon dramaturgi Sofokl o‘zining "Shoh Edip" tragediyasini kimga atab yozadi?

Javob: Davlat arbobi, do‘sti Periklning o‘limiga bag‘ishlab yozadi.

529. Yunon afsonalaridagi "argonavt"lar nomi qayerdan olingan?

Javob: Yunon qahramoni Yason va uning birodarlari "Argo" kemasida Kavkazdagi "oltin
mo‘yna"ni olib kelishga chiqishadi. Argonavtlar so‘zi kema nomidan olingan.

530. Qadimgi yunon komediyalaridan "Bulutlar", "Arilar", "Qurbaqalar", "Qushlar" muallifi


kim?

Javob: Aristofan (eramizdan avvalgi 450-384).

531. Qadimgi Rim adabiyotida "Oltin devor" (Erkin Vohidov)ga o‘xshab ketadigan komediya
qaysi va uning muallifi kim?

Javob: "Ko‘milgan xazina". Tit Maksiy Plaft.

532. Oktavian Avgustning safdoshi, Rimda adabiy to‘garak tashkil qilgan shaxs kim edi?

Javob: Metsenat.
533. Ovidiy asaridagi o‘zi yasagan haykalni sevib qolgan qahramon kim edi?

Javob: Pigmalion.

534. Asrimiz boshlarida "Hurriyat" gazetasini kim chiqargan?

Javob: Abdurauf Fitrat.

535. To‘rt marta "Sovet Ittifoqi Qahramoni" bo‘lgan marshall kim edi?

Javob: Marshall Jukov.

536. Ulug‘ Vatan urushi qancha kun davom etgan?

Javob: 1418 kun.

537. Yoqut tilidan tarjima qilganda "o‘rmon" ma'nosini anglatuvchi so‘z qaysi?

Javob: Tayga.

538. Mirzo Ulug‘bek necha yoshida taxtga chiqadi?

Javob: 15 yoshida.

539. Eng baland daraxt qaysi?

Javob: Sekvoyya. Gumbolt milliy bog‘idagi sekvoyyaning balandligi 110 metr.

540. Qadimgi yunonlar olimpiada o‘yinlari g‘oliblariga gulchambarlarni qaysi o‘simlikdan


yasaganlar?

Javob: Zaytun va yovvoyi petrushka.

541. Miloddan avvalgi 7-asrning 70-yillarida Midiya, Suriya, Mesopotamiya, Falastinni istilo
etib, Old Osiyoda hukmronlik qilgan xalqlarni kim deb atashardi.

Javob: Skiflar.
542. Nemischadan "qulfsoz usta" ma'nosini bildiruvchi kasb egalari kim?

Javob: Slesarlar (nemischa, "shlosser" - qulfsoz usta).

543. Suvda va quruqda yashovchi hayvonlarni yana nima deb ataladi?

Javob: Amfibiyalar.

544. Tarixdan ma'lum bo‘lgan Toshkent shahridagi 4 ta dahani sanang.

Javob: Beshyog‘och, Ko‘kcha, Sebzor, Shayxontohur.

545. Hindularning turar joyi nima deb ataladi?

Javob: Vigvam.

546. MDHdagi eng uzun kanal qaysi?

Javob: Turkmanistondagi Qoraqum kanali. Uzunligi 1400 km.

547. Eng katta o‘simlik urug‘i qaysi?

Javob: Kokos palmasi mevasi. 2,5 kilogramgacha kelishi mumkin.

548. "Sharq Arastusi" nomini olgan alloma kim?

Javob: Abu Nasr Forobiy.

549. Butun Islom olamida mashhur bo‘lgan Al-Marg‘inoniy tomonidan 1178 yilda Samarqandda
yozilgan asar nomi?

Javob: "Al-Hidoya".

550. Grekchada “binafsha” ma’nosini beruvchi modda?

Javob: Yod.
551. Aby Rayhon Beruniyning qaysi asarida argument va funksiyaning o‘zgarish oraliqlari,
funksiyaning ishoralari va eng katta, eng kichik qiymatlarini tariflangan?

Javob: “Qonuni Ma’sudiy”.

552. Mirzo Ulug‘bekning “Zij” asari so‘zboshisida “farzandi arjumand” deya tilga olingan olim
kim?

Javob: Ali Qushchi (Alouddin Ali ibn Muhammad Qushchi).

553. Metallar orasida eng qadimiysi qaysi?

Javob: Oltin.

554. Yunon afsonalariga ko‘ra Sfinks Shoh Edipga bir murakkab topishmoq aytadi.
Topishmoqning javobidan darg‘azab bo‘lgan mag‘lub Sfinks o‘zini qoyadan tashlab nobud
bo‘ladi. Bu qaysi topishmoq edi va uning javobi nima?

Javob: Topishmoq: "Ertalab to‘rt, tushda ikki va kechqurun uch oyoqda. Bu kim?" Javob: Inson -
emaklaydigan go‘dak, kamolga yetgan odam, xassali chol.

555. Algebra faniga natural logorifmlar va o‘nli logorifmlar qaysi olimlar tomonidan kiritilgan?

Javob: D.Neper va G.Briggs.

556. Ximiyada “bo‘linmas” ma’nosini beruvchi atama (so‘z)?

Javob: Yunon tilidan atom - bo‘linmas degan ma'noni bildiradi.

557. “Tarkibning doimiyligi” haqidagi dastlabki tushunchalarni bayon etilgan asar va uning
muallifi?

Javob: “Tarkibning doimiyligi” haqidagi dastlabki tushunchalarni Abu Ali ibn Sino o‘zining
“Tib qonunlari” asarida bayon etilgan.

558. Biror dinga e’tiqod qiluvchi xalqlar orasida boshqa bir dinni targ‘ib etuvchilar qanday
ataladi?

Javob: Missioner.
559. Bir element atomlaridan turli oddiy moddalar hosil bo‘lishi qanday hodisa deyiladi?

Javob: Bir element atomlaridan turli oddiy moddalar hosil bo‘lishi hodisasi - Allotropiya
deyiladi.

560. Tarixda qolgan 1966-yildagi Toshkent zilzilasi qaysi kuni (oy, kun) bo‘lib o‘tgan va unda
Rixter shkalasi bo‘yicha qancha ball qayd etilgan?

Javob: 26 aprel, 8 ball bo‘lgan.

561. O‘zbekiston Milliy Universitetiga qachon asos solingan?

Javob: 1920-yili.

562. O‘lkamiz tabiati haqida ilk ma'lumotlarni qoldirgan uchta qadimgi yunon mutafakkirini
sanang.

Javob: Strabon, Ptolomet, Gerodot.

563. Qoraqalpog‘iston Respublikasi poytaxti qachon va nima sababdan Nukus shahriga


ko‘chirildi?

Javob: 1932-yili Amudaryo suvi toshishi natijasida.

564. Qaysi qush asalarilarning kushandasi hisoblanadi?

Javob: Chug‘urchuq.

565. Gegemonlik nima?

Javob: Gegemonlik - Hukmron bo‘lishga intilish.

566. Aniq tarkibga ega bo‘lmagan gomogen (bir xil) uyushma nima deyiladi?

Javob: Eritma.
567. Yer yuzasining kichik qismini tasvirlovchi yirik masshtabli (1:200000 va kattaroq) xaritalar
qanday xaritalar deb ataladi?

Javob: Yer yuzasining kichik qismini tasvirlovchi yirik masshtabli (1:200000 va kattaroq)
xaritalar - Topografik xaritalar deb ataladi.

568. Sirdaryoning eng katta va sersuv irmog‘i qaysi?

Javob: Chirchiq.

569. O‘zbekistonning qaysi shahrida xalqaro kenglik stansiyasi joylashgan?

Javob: Kitob.

570. Samarqand jadidlarining eng muhim nashri bo‘lgan "Samarqand" gazetasini kim tashkil
etgan edi?

Javob: Mahmudxo‘ja Behbudiy.

571. “Jafokash shoir Behbudiyning nomini musulmon Sharqi hurmat bilan tilga oladi, chunki u
20 yil mobaynida o‘zining ongi va insoniy qadru qimmatini bilgan barcha mavjudotni erkin
hayot, nur va ma’rifat uchun kurashga chorlab keldi”.

Ushbu fikr muallifi kim?

Javob: Sadriddin Ayniy.

572. “Surayyo”, “Abulfayz”, “Indamas” taxalluslari bilan ijod qilgan shoir kim?

Javob: Abdulla Avloniy.

573. Qadimda qaysi shahar “g‘oyat katta zebu-ziynat ustahonasi” deb atalgan?

Javob: Konstantinopol (Istanbul).

574. Feodal faqirlik nima?

Javob: Mamlakatlarning kichik-kichik davlatlarga bo‘linib ketishi.


575. 962 yilda tashkil topgan asoschisi Otton I bo‘lgan Germaniya imperiyasi nima deb atalgan?

Javob: Buyuk Rim imperiyasi yoki Muqaddas Rim imperiyasi deb ataladi. Otton I 962-yilda
Rimni bosib olgach, bu imperiya vujudga keladi.

576. O‘zbekistonning tekislik qismi 3 ta tabiiy-geografik o‘lkaga bo‘linadi. Ular qaysilar?

Javob: Ustyurt, Quyi Amudaryo, Qizilqum.

577. Nechanchi yilda buyuk Karl imperiyasi tashkil topdi?

Javob: Buyuk Karl imperiyasi 768-814 yillarda hukm surgan. Buyuk laqabi esa unga 53 ta
jangda qatnashgani uchun berilgan.

578. Respublikamiz hududidagi eng dahshatli zilzila qachon va qayerda bo‘lgan.

Javob: 1902-yili, Andijonda.

579. Kamikadzelar dastlab qaysi urushda qatnashganlar?

Javob: Leyte qultig‘ida bo‘lgan urushda qatnashganlar.

580. Hind okeanini birinchi bo‘lib kesib o‘tgan sayyoh kim?

Javob: Vasko da Gama.

581. Afrika savannalarida yashovchi va yuqumli uyqu kasalligini tarqatuvchi pashsha qaysi?

Javob: Tsetse (цеце).

582. Amazonka daryosida yashovchi yirtqich baliq?

Javob: Piranya.

583. Kofe nomi qayerdan kelib chiqqan?

Javob: Habashistonning Kaffa biloyati nomidan. Eramizning 9-asrida Efiopiya hududlarida ilk
bor tilga olingan kofe 14-asrda qul savdogarlari orqali Arabiston hududlariga keladi.
584. Yangi Zelandiyaning tub-joy aholisi kimlar?

Javob: Maorilar.

585. Amerikani kashf etgan vikinglar asli qayerlik?

Javob: Skandinaviyalik.

586. "And" (And tog‘i) so‘zi qaysi tildan kelib chiqqan va ma'nosi nima?

Javob: Inklar tilida "mis" degan ma'noni bildiradi.

587. Qaysi daryoda chuchuk suv delfinlari uchraydi?

Javob: Amazonka.

588. Yer yuzidagi eng katta kemiruvchi hayvon qaysi?

Javob: Kapibara.

589. Janubiy Amerikada yashovchi, butun umrini daraxtga osilib o‘tkazuvchi hayvon qaysi?

Javob: Yalqov (пенивец).

590. Janubiy Amerikada yashovchi tuyaqush?

Javob: Nandu.

591. "Suvlar otasi" ta'rifi qaysi daryoga tegishli?

Javob: Missisipi daryosi, indeyetslar tilida shu ma'noni beradi.

592. Amudaryodan shimolda joylashgan yerlarni arablar nima deb atashgan?

Javob: Movarounnahr.
593. Kanada davlat bayrog‘ida qaysi daraxtning bargi tasvirlangan?

Javob: Zarang.

594. Jasadini Issiqko‘l bo‘yiga, Tyanshan tizmalariga dafn qilishlarini vasiyat qilgan olim va
sayyoh kim?

Javob: Prejevalskiy.

595. "Yashil o‘tloqlar mamlakati" deb qaysi davlatni ataydilar?

Javob: Buyuk Britaniya.

596. AQSHning 1 $ lik qog‘oz pulida birinchi 13ta birlashgan shtatlarni anglatuvchi nechta belgi
bor?

Javob: 13ta kamon o‘qlari, 13ta barg, piramidaning qavati.

597. Kudungarlik bu nima?

Javob: Matolarga oxor berish.

598. Pokiston davlati nomining etimologik-lug‘aviy ma'nosi nima?

Javob: Pokiston so‘zining forscha ma'nosi pak - pokiza so‘zidan olingan bo‘lib pokiza o‘lka
ma'nosini anglatadi.

P=Punjab, A=Afghania, K=Kashmir, I=Iran, S=Sindh, T=Turkharistan, A=Afghanistan,


N=Balochistan.

599. "Shaytanat"dagi Asadbekning yoshligida o‘lib ketgan ukasining ismi nima edi?

Javob: Samandar.

600. Asadbekning xizmatkorlaridan "Bo‘tqa"ning asl ismi nima edi? ("Shaytanat")

Javob: Kenja.

601. Elchin qimorda yutqazib qo‘ygan Jalolning laqabi nima edi? ("Shaytanat")

Javob: Shilimshiq.
602. Anvar o‘ziga ustoz bilgan shoir kim edi? ("Shaytanat")

Javob: Asqar Qosim.

603. Asadbekning o‘g‘illari ismi nima edi? ("Shaytanat")

Javob: Abdusamad, Abdulhamid.

604. Anvar ishlab chiqqan dunyo formulasi qanaqa edi? ("Shaytanat")

Javob: H (Haqiqat) = xiyonat + riyo + hasad + ochko‘zlik + adovat + g‘iybat + nifoq +


shuhratparastlik + mansabparastlik - vijdon + iymon + hayo = 0.

605. Abu Muslim boshchiligidagi qo‘zg‘olochilarning ramziy rangi qaysi?

Javob: Abu-Muslimning kiyimi Qora rangda bo‘lgan. Abbosiylar sulolasi o‘zlariga ramziy rang
sifatida asosan Qora rangini tanlashgan.

606. Abbosiylar davlatining birinchi hukmdori.

Javob: Abu-al Abbos (as-Saffah).

607. Sarrojlik nima?

Javob: Ot asboblarini yasovchi hunarmandchilik.

608. Muqannaning asl ismi?

Javob: Hoshim ibn Hakim.

609. Zaynabga "qaragan" hamshiraning ismi. ("Shaytanat")

Javob: Mardona.

610. Asadbekning gruzin qadrdonlari kim edi? ("Shaytanat")

Javob: Suliko va Iliko.


611. Elchinning birinchi turmush o‘rtog‘i. ("Shaytanat")

Javob: Noila.

612. Xongireyning asl ismi. ("Shaytanat")

Javob: Aftandil.

613. Manzuraning rolini qaysi aktrisamiz ijro etganlar? ("Shaytanat")

Javob: Gulchehra Jamilova.

613. Amerikaning yagona katolik prezidenti kim bo‘lgan?

Javob: Jon Kennedi.

615. Qur'oni karimdagi "bismilloh"siz boshlanuvchi yagona sura qaysi?

Javob: "Tavba" surasi.

616. Qur'oni karimdagi eng uzun oyat qaysi?

Javob: Qur'oni karimdagi eng uzun oyat "Baqara" surasining 282-oyatidir.

617. Qur'oni karimning oxirgi oyati qaysi?

Javob: Qur'oni karimdagi eng oxirgi kalomi "Baqara" surasining 281-oyatidir: “Va (barchangiz)
Allohga qaytariladigan kundan qo‘rqingiz! So‘ngra har bir jonga qilgan amali uchun to‘la jazo
beriladi va hech kimga zulm qilinmaydi”.

618. “Eslang, Yusuf otasiga degan edi: «Ey ota, men tushimda o‘n bir yulduzni, yana quyosh va
oyni ko‘ribman. Hammalari menga sajda qilishayotgan emish». (Yusuf surasidan)

Savol: Yusuf alayhissalom ushbu tushni ko‘rganda necha yoshda edilar?

Javob: 12 yoshda.
619. Yusuf surasida ishtirok etgan shaxslarning soni nechta? Surada nechta xislat ta'riflangan?

Javob: 19 ta.

620. Qur'oni karimning eng o‘rtasidagi so‘z qaysi? U qaysi surada?

Javob: "Kahf" surasi, 19-oyatdagi "valyatalattaf" kalimasi.

621. Yusuf qissasidagi Misr shohi kim edi?

Javob: Rayyon binni Valid.

622. (Kunlarning birida Misr mamlakatining) shohi: «Men tushimda yettita oriq sigir yettita
semiz sigirni yeyayotganini va yettita yashil boshoq bilan birga boshqa qurigan (etti boshoq) ni
ko‘rdim. A’yonlarim, agar tushlarning tabirini ayta oluvchi bo‘lsangizlar, bu tushimning ta’birini
(menga) aytinglar-chi», dedi. (Yusuf surasidan)

Ushbu tushga ta'rifni hech kim topa olmadi. Keyin Yusuf alayhissalomga murojaat qilishdi.
Hazrat Yusuf tushni qanday ta'rif qildilar?

Javob: (Yusuf dedi):" Sizlar paydar-pay yetti yil don ekinglar. Keyin o‘rib olgan hosilingizni o‘z
boshog‘ida qoldiringlar, magar yeydigan ozgina ozuqalaringizni yanchib olinglar. So‘ngra o‘sha
serhosil yetti yildan keyin yetti yil qahatchilik bo‘lib, ular uchun tayyorlab-asrab qo‘ygan bor
hosilingizni yeb ketar. Magar ozgina urug‘lik uchun asrab qo‘ygan donlaringizgina qolur. (Yusuf
surasi, 47-48).

623. Qur'oni karimda nechta payg‘ambarning nomlari kelgan?

Javob: Muqaddas Qur'oni Karimda 25 ta payg‘ambarlarning ismlari kelgan. Bular: Odam, Idris,
Ibrohim, Ismoil, Isxoq, Nuh, Hud, Shuayb, Solih, Lut, Yoqub, Yusuf, Yunus, Ilyos,
Alyasa,Zulkifl, Ayyub, Dovud, Sulaymon, Zakariyo, Yahyo, Muso, Horun, Iyso va Muhammad
alayhis salamlardir.

624. Qur'oni karimning dastlabki tushirilgan oyatlari necha kalimadan iborat edi?

Javob: 18 kalimadan iborat edi ("Alaq" surasi, 1-5 oyatlar).

625. Abu Bakr Siddiqning Qur'on mushaflarini jamlashda bosh bo‘lgan Rasululloh sallollohu
alayhi vasallamning kotiblari kim edi?

Javob: Zayd ibn Sobit.


626. Xalifa Usmon ibn Affon Qur'oni karimni 7 nusxa ko‘chirib qaysi yurtlarga yuborgandilar?

Javob: Makka, Shom, Yaman, Bahrayn, Basra, Kufaga, bir nusxasi Madinada qolgan.

627. 40 yoshida kar bo‘lib qolgan mashhur kompozitor kim?

Javob: Betxoven.

628. Janubiy Afrikaning tub-joy aholisi bo‘lgan qabilalar qaysi?

Javob: Koykoy (gottentot) va san (bushmen).

629. Qohira shahri qachon va kim tomonidan asos solingan?

Javob: 969 yili Fotimiylar amirlaridan Javhar as-Saqaliy tomonidan asos solingan.

630. Hududining ko‘p qismi kanallar bilan tutashgani uchun "Sharq Venetsiyasi" deb ataladigan
shahar?

Javob: Basra.

631. Zamonaviy optika faniga asos solgan, g‘arb olami ko‘z sohasida amaliyot boshlashidan rosa
1000 yil ilgari ignalar yordamida ko‘z pardasini almashtrib, katoraktani davolagan arab olimi
kim edi?

Javob: Ibn al-Xaysam.

632. Ko‘chalari Yevropa qit'asida birinchi marta yorug‘lik bilan ta'minlangan shahar qaysi?

Javob: Ispaniyaning Kordoba shahri. Arab xalifaligining katta shaharlaridan biri bo‘lgan.

633. 1009 yili Quddusdagi nasroniylar cherkovini yoqib yuborgan misrlik xalifa kim edi?

Javob: Xalifa al-Hakim.

634. Quddus shahri salibchilar tomonidan qachon olindi?


Javob: 1099 yil, 15 iyul kuni salibchilar Quddusga bostirib kirishdi. Butun shahar aholisi
qilichdan o‘tkazildi.

635. Quddus shahrini birinchi marta fath qilgan xalifa kim edi?

Javob: Hazrati Umar roziyallohu anhu.

636. Xorazmshohlar davlatining asoschisi kim?

Javob: Otsiz.

637. "Buxoro davlatining devori o‘zim bo‘laman" degan Buxoro hukmdori kim?

Javob: Ismoil Somoniy.

638. "Hurriyat" gazetasi qachondan chiqa boshladi? (yili, oyi)

Javob: 1996 yil, dekabr.

639. O‘zbekiston internet tarmog‘iga qachon ulangan? (yili va oyi)

Javob: 1996 yil, may.

640. Basra shahri qachon va kim tomonidan asos solingan?

Javob: 637 yili xalifa Umar r.a. tomonidan asos solingan.

641. Quddus shahrini salibchilardan ozod qilgan va ikkinchi marta fath qilgan Islom sarkardasi
kim edi?

Javob: Salohiddin Ayyubiy.

642. Jahon tarixida eng ko‘p muddat hukmronlik qilgan imperiya qaysi?

Javob: Usmoniylar imperiyasi. Qariyb 7 asr hukmronlik qilishgan.

643. Chingizxonning o‘g‘illarining ismi?


Javob: Jo‘ji, O‘qtoy, Chig‘atoy, Tulu.

644. Chingizxon vafotidan keyin kim ulug‘ xoqon deb e'lon qilinadi?

Javob: O‘qtoy.

645. Chingizxon qaysi o‘g‘liga Eron, Hindiston va Xurosonni beradi?

Javob: Tulu.

646. Mahmud Torobiyning kasbi nima edi?

Javob: G‘alvir yasovchi.

647. Mo‘g‘ullar Rusiyani bosib olib, qaysi davlatga asos soladilar?

Javob: Oltin O‘rda.

648. Qarshi shahriga kim asos soladi?

Javob: Mo‘g‘ul xoni Kebekxon.

649. Jangi loy kimlar o‘rtasida bo‘lib o‘tadi?

Javob: Ushbu jangda bir tomondan Amir Temur va Amir Husayn va ikkinchi tomondan
Ilyosxo‘ja ishtirok etgan. Jangi loy 1365 yil 22 mayda bo‘lib o‘tadi. O‘sha jangda kuchli jala
quyib, janggoh botqoqqa aylanib ketadi. Shuning uchun shunday nomni olgan. 3 ball;

650. Sarbadorlar harakatining shiori nima edi?

Javob: Maqsadga erishish yo‘lida haqiqat uchun boshimizni dorga osishga ham tayyormiz.

651. Sarbadorlar harakatiga boshchilik qilgan uch shaxs kimlar?

Javob: Mavlonzoda Samarqandiy, Xirdaki Buxoriy va Abu Bakr.

652. Mo‘g‘ullar humronligi davrida yer solig‘i qanday atalgan?


Javob: Kalon.

653. Hazrati Umarning iymonga kelishlariga sababchi bo‘lgan ayol kim?

Javob: Singillari Fotima binti Hattob.

654. Rafael qalamiga mansub "Ga'rbning buyuk olimlari" kartinasida Platon va Aristotellar bilan
birga tasvirlangan Averroes qaysi Sharq olimining yevropacha ismi?

Javob: Mashhur islomiy faylasuf Ibn Rushd.

655. Konstantinopolni fath qilgan turk sultoni kim edi?

Javob: 1453 yili Sulton Mehmet Fotih tomonidan Konstantinopol fath etildi.

656. Turk sultoni Sulaymonning asli kelib chiqishi polshalik bo‘lgan sevimli xotini kim edi?

Javob: Roksalana (Hurram).

657. Payg‘ambarimiz Muhammad s.a.v.dan eng ko‘p hadis rivoyat qilgan sahoba kim?

Javob: Abu Hurayra raziyallohu anhu.

658. Mashhur adiblar Shekspir va Servantes hayotida qanday bog‘liklik va bir xillik mavjud.

Javob: Ikkalasi ham bir kunda - 1616 yilning 23 aprelida vafot etishgan.

659. Qaysi Amerika prezidenti tomorqasida marixuana yetishtirgan?

Javob: Jorj Vashington.

660. Telefon kashfiyotchisi Aleksandr Bell biron marta ham onasi va xotiniga qo‘ng‘iroq
qilmagan. Nima uchun?

Javob: Chunki ular gung bo‘lishgan.

661. Napoleon qaysi hayvondan qo‘rqish dardiga mubtalo bo‘lgan?


Javob: Aylurofobiya - mushuklardan qo‘rqish.

662. Dunyodagi eng katta muzlik qaysi?

Javob: Dunyodagi eng katta muzlik Antarktidadagi - Lambert muzligi bo‘lib, uning maydoni
qariyb 1 mln km2ni tashkil etadi. Lambert muzligining kengligi 64 km, uzunligi esa 700 km dan
ziyoddir. 3 ball;

663. Qaysi sayyora boshqalariga nisbatan tezroq o‘z o‘qi atrofida aylanadi?

Javob: Yupiter.

664. Buyuk Britaniyadagi eng katta ko‘l qaysi?

Javob: Buyuk Biritaniyadagi eng katta ko‘l - Lox-Ney (Lough Neagh) bo‘lib, Shimoliy
Irlandiyada joylashgan. maydoni - 396 km kv.

665. Dunyodagi eng katta g‘or qaysi va qaerda joylashgan?

Javob: Dunyodagi eng katta g‘or Saravak-Cheymber (malaychasi Lubang-Nasib-Bagus) bo‘lib, u


Malayziyaning Saravak shtatidagi Gunung-Mulu milliy parkida joylashgan. G‘orning uzunligi -
700 km, o‘rtacha kengligi - 300 m.

666. Maydoni Yevropadan 4 marta kichik bo‘lgan kosmik jism?

Javob: Oy. Diametri 3476km.

667. Islom dushmani - Abu Jahlning asl ismi nima edi?

Javob: Amr ibn Hishom.

668. Hadicha raziyallohu anhuning oldingi erlaridan qolgan farzandlari kim edi?

Javob: Hola.

669. Dunyodagi eng iflos daryo qaysi?

Javob: Dunay.
670. Chingiz Aytmatovning "Asrga tatigulik kun" romanida Qozongap qayerga dafn etiladi?

Javob: Mallaqumdichop tepaligiga.

671. Kemadagi eng yoshi kichik matros nima deyiladi?

Javob: Yunga.

672. Qaysi yunon faylasufi faylasuflar maktabi eshigiga "Geometriyadan xabarsiz kishining bu
ostonadan o‘tishi man etiladi" deb yozib qo‘ygan?

Javob: Platon.

673. "Har ishni qilmish odamizod

Tafakkur birla bilmish odamizod"

Ushbu parcha Alisher Navoiyning qaysi dostonidan olingan?

Javob: "Farhod va Shirin".

674. Alisher Navoiyning "Sab'ai sayyor" dostonida Bahrom Dilorom haqida kimdan eshitgan
edi?

Javob: Jahongashta Moniydan.

675. Alisher Navoiyning "Layli va Majnun" dostonida Majnun kimning qiziga nikohlangan edi?

Javob: Navfalning qiziga.

676. 1865 yil Toshkentni bosib olgan rus qo‘shinlariga qaysi general boshchilik qilgan?

Javob: General Chernyayev.

677. Manqurt(qul) so‘zini qaysi adib birinchi bo‘lib o‘z asarlarida ishlatgan?

Javob: Mahmudxo‘ja Behbudiy.


678. Basketbol savatchasining balandligi qancha?

Javob: 3.05 metr.

679. Dengiz karamining fandagi nomi?

Javob: Laminariya.

680. Mexanik soatda mayatnik ishlatishni kim taklif qilgan?

Javob: Galileo Galiley.

681. Birinchi choyxona qayerda paydo bo‘lgan?

Javob: Yaponiyada.

682. Qachon va nechanchi yilda AQSH da ilk marotaba saylov natijalarini oldindan bilishda
kompyuterdan foydalanilgan?

Javob: 4 noyabr 1952 yilda.

683. Yevropadagi ilk qo‘riqxona nechanchi yilda qaerda tashkil topgan?

Javob: 1909 yilda Shvetsiyada.

684. Qaysi sayyorada eng uzun kun va eng qisqa yil bo‘ladi?

Javob: Merkuriy (Merkuriydagi 1 kun yerning 176 kuniga teng).

685. Ulug‘bek rasadxonasini kim qazib o‘rganib, sekstantni topishga muyassar bo‘lgan?

Javob: Vyatkin.

686. Kim Mirzo Ulug‘bekning voyaga yetganiga qadar otalig‘i bo‘lgan?

Javob: Amir Shohmalik.

687. Amir Temur vafotidan keyin Movarounnnahr va Xurosonni birlashtira olgan temuriyzoda
Javob: Shohruh Mirzo.

688. Ilk o‘rta asrlarda "dehqon" so‘zi qanday ma'noni anglatgan?

Javob: "Qishloq hokimi".

689. "Qubbatul ilm val adab" unvoniga sazovor bo‘lgan shahar?

Javob: Shahrisabz.

690. Hech qanday o‘lchamga ega bo‘lmagan eng sodda geometrik shakl?

Javob: Nuqta.

691. Napoleon oilada nechanchi farzand bo‘lgan?

Javob: Ikkinchi.

692. Xristian ruhoniylarining ibodat vaqti kiyadigan libosi nima deyladi?

Javob: Riza.

693. Shayboniylar sulolasidan chiqqan eng oxirgi hukmdor kim?

Javob: Pirmuhammad.

694. "Abdullanoma" asarining muallifi kim va bu asarning boshqacha nomi.

Javob: "Sharafnomai shohiy", Hofiz Tanish Buxoriy.

695. Mir Arab madrasasi qaysi hukmdorning davrida qurilgan?

Javob: Ubaydullaxon.

696. Eng uzoq vaqt suvsiz yura oladigan hayvon qaysi?

Javob: Kalamush.
697. Umrining 75 %ini uyquda o‘tkazadigan hayvon qaysi?

Javob: Yalqov.

698. "Tushunmaymiz" ma'nosini anglatuvchi hayvon qaysi?

Javob: Kenguru.

699. Ucha oladigan yagona sut emizuvchi hayvon qaysi?

Javob: Ko‘rshapalak.

700. O‘zini ko‘zguda taniy oladigan yagona hayvon qaysi?

Javob: Shimpanze.

701. Afrikadagi ba'zi qabilalar tilida "Junglidan kelgan odam" ma'nosini bildiradigan hayvon
qaysi?

Javob: Orangutang.

702. Odamdan tashqari boshi bilan tura oladigan yagona sut emizuvchi qaysi?

Javob: Fil.

703. “Men sen uchun tug‘ildim, sen uchun yasharman, sening uchun o‘larman, ey turkning
muqaddas o‘chog‘i!”

Ushbu fikrlar muallifi kim?

Javob: Abdurauf Fitrat.

704. Ma’lum muddat Afg‘oniston xalq maorifi vaziri, so‘ng Sho‘rolar ittifoqining
Afg‘onistondagi konsuli — elchisi vazifalarida xizmat qilgan adib kim edi?

Javob: Abdulla Avloniy.

705. “Buxoro jallodlari” (1922) qissasi muallifi kim?


Javob: Sadriddin Ayniy.

706. Fitratga bu taxallusni kim beradi? Fitratning ma’nosi nima?

Javob: Turkiyada o‘qib yurgan kezlarida domlalari shu nomni berishadi. Fitratning ma'nosi -
Donishmand.

707. Sadriddin Ayniy qaysi tuman, qaysi qishloqda tug‘ilgan?

Javob: G‘ijduvon tumani, Soktare qishlog‘i.

708. Abdulla Oripov "Jannatga yo‘l" asarini kimdan ta'sirlanib yaratgan?

Javob: Dante Aligyerining "Ilohiy komediya"sidan.

709. Kaykovus necha yoshida “Qobusnoma”ni yozgan?

Javob: 63 yoshida.

710. “Kometa” so‘zining ma’nosi nima?

Javob: Daydi yulduz.

711. Katolik cherkovida rim papasidan keyin turuvchi mansab qaysi?

Javob: Kardinal.

712. Birinchi Nobel mukofoti sovrindori kim?

Javob: Rentgen.

713. Gugurtning ixtirochisi kim?

Javob: Mark Sorio.

714. Ustoz adib Abdulla Qahhor kunlardan bir kuni "... tovuqni haydasam yonimga mushuk
yugurib kelyapti" deb aytgan. Nega?
Javob: Adib yoshi keksayib qolgani sabab, buning bir alomati sifatida, tovuqlarini haydamoqchi
bo‘lib "kisht, kisht" demoqchi bo‘lsalar, buning o‘rniga "kis-kis" degan tovush chiqadi...

715. Nega O‘tkir Hoshimov 1 ta telbani 100 ta donishmanddan ustun qo‘yadi?

Javob: Telbalarga ta'zim qiling! Zero, yuzta donishmand aytmagan haqiqatni bitta devona aytadi.

716. "Sinchalak" ruschaga kim tomonidan o‘girilgan va tarjima qanday nomlangan?

Javob: Konstantin Simonov. "Ptichka-nevelichka".

717. Tolstoyning "Urush va tinchlik" romanini kim o‘zbekchaga o‘girgan?

Javob: Abdulla Qahhor va Kibriyo Qahhorova.

718. Gyotening "Faust" asari o‘zbek tiliga qaysi adib tomonidan tarjima qilindi?

Javob: Erkin Vohidov.

719. Dante Aligyerining "Ilohiy komediya"si o‘zbekchaka qaysi adib tomonidan tarjima qilindi?

Javob: Abdulla Oripov.

720. Ernest Seton-Tompsonning "Yovvoyi yo‘rg‘a" sini qaysi yozuvchi o‘zbekchaga o‘girdi?

Javob: Tog‘ay Murod.

721. Angliyadagi qirollar saroyi nima deyiladi?

Javob: 1837 yildan beri Angliya qirol va qirolichalari asosan Buckingham saroyida istiqomat
qilishadi.

722. Kemadagi yo‘lboshlovchi nima deb aytiladi?

Javob: Lotsman.

723. Xayyom so‘zining ma'nosi nima?


Javob: Chodir tikuvchi.

724. G‘oziy so‘zining ma'nosi nima?

Javob: O‘zi musulmon haq dini uchun kurashchi degan ma'noni bildiradi. Xiva xoni Elbarsxon
mamlakatdan Eron safaviylarini quvib chiqargach, o‘g‘illarining ismiga "g‘ozi" degan so‘zni
qo‘shib aytishni buyuradi.

725. Fuqarolarning arz va shikoyatlarini tinglovchi, ularni hal etuvchi amaldor.

Javob: Dodhoh.

726. Xalq tomonidan "Amiri Mas'um" deb chaqirilgan mang‘it hukmdori

Javob: Amir Shohmurod.

727. “Titanik” kemasi qaysi qaysi shahardan yo‘lga chiqqan edi?

Javob: Angliyaning Liverpul shahridan.

728. Qaysi ko‘l “Avstraliyaning jonsiz yuragi” nomini olgan?

Javob: Eyr ko‘li.

729. Tomas Mor qaysi universitetda tahsil olgan?

Javob: Oksford.

730. Tafakkur qonuniyatlari haqidagi fan qaysi?

Javob: Logika.

731. “Makr va muhabbat” asarining muallifi kim?

Javob: Fridrix Shiller.


732. Zaharli tsetse pashshasi chaqsa ham o‘lmaydigan hayvon qaysi?

Javob: Zebra.

733. Afrikadagi eng chuqur ko‘l qaysi?

Javob: Tanganika.

734. 1908 yil yer shariga urilgan meteorit qaysi?

Javob: Tungus.

735. Tayson qaysi bokschining qulog‘ini tishlab olgan?

Javob: Evander Xolifild.

736. Atmosferaning eng yuqori qatlami qaysi?

Javob: Ekzosfera.

737. "Tarzan" asarining muallifi kim?

Javob: Berrauz.

738. Rassom Rafael Santining ustozi kim?

Javob: Petro Perudjino.

739. Besh kitobdan iborat bo‘lgan asar qanday ataladi?

Javob: Pentalogiya.

740. Birinchi jo‘g‘rofiy atlasni kim kashf etgan?

Javob: Ptolomey.

741. Tabiat manzaralari tasvirlangan rasm nima deyiladi?


Javob: Peyzaj.

742. Mariya Kyuri qaysi metallni kashf qilgani uchun Nobel mukofotini olgan?

Javob: Radiy.

743. "Jannat qidirganlar" asarining mallifi kim?

Javob: Shuhrat.

744. "Parvona" kimning qalamiga mansub va sahnada O‘tkuriy obrazini kim yaratgan?

Javob: Uyg‘un. Obid Yunusov ijro etgan.

745. "Otoyining tug‘ilgan yili" qissasi kimning qalamiga mansub?

Javob: Erkin A'zam.

746. XX asrning 1-yarmida yashab ijod etgan birinchi o‘zbek shoirasi. Bu yil tavalludining 90
yilligi nishonlanadi.

Javob: Ra'no Uzoqova (1916-1947)

747. Aytsam - o‘ldirurlar,

Aytmasam - o‘lam...

Ushbu satrlar qaysi asardan olingan?

Javob: "Oshiq G‘arib va Shoxsanam" dostonidan.

748. "Filosofiya" so‘zining ma'nosi nima?

Javob: Falsafani sevaman.

749. Yusuf Xos Hojib "Qutadg‘u bilig" asarini kimga atab yozgan?

Javob: Tabg‘ach Bug‘roxon.


750. Finlandiyaning qadimiy nomi nima?

Javob: Suvomi.

751. Ma’lumki sport o‘yinlarida muhim rolni hakamlar emas, balki sportchilarning o‘zlari
bajarishadi. Ammo qaysi sport turida bitta o‘yinchiga naq 6,5 hakam to‘g‘ri keladi. Bu qaysi
sport?

Javob: 2-kishilik Kort Tennisi

752. U og‘ir tanazzul vaqtida tug‘ilgan. Oilasini erta tark etishga to‘g‘ri kelgan. Tirik qolish
uchun konsertlar qo‘ya boshlagan. So‘ngi konserti u uchun fojiali yakunlangan. Menga bosh
qahramon va uning qotilini ayting.

Javob: Bo‘g‘irsoq va Tulki

753. Har birimiz yoshligimizda juda ko‘p ertaklar eshitganmiz. Yalmog‘iz kampir, ko‘rinmas
odam va h.k. Siz esa menga olti oyoqli, bir boshli, ikki ko‘zli va dumi bor mavjudot muallifini
ayting.

Javob: Mayn Rid (“Boshsiz chavandoz”)

754. Ma’lumki urushlar hech qaysi bir davlat yoki mamlakatga yaxshilik olib kelmagan.
Umuman insoniyat uchun katta zarar. Ammo XX asrda Yevropadagi bir davlatda bo‘lib o‘tgan
urush Yevropadagi boshqa bir davlatga quvonchli damlarni hadya etgan. Sizlar esa menga o‘sha
ikkita davlatni ham ayting.

Javob: Daniya - Yugoslaviya. Daniya 1992 yil Futbol bo‘yicha Yevropa Chempioni bo‘lgan.

755. Miloddan avvalgi 47 yilda Rim Senatiga bir insondan xat keladi. Yaxshilab o‘ylab ko‘ring-
chi,o‘sha xatda qaysi 3 ta so‘z yozilgan bo‘lishi mumkin.

Javob: Vini Vidi Vichi (Keldim, ko‘rdim, g‘alaba qildim)

756. Antik zamonlarda Hind va Ganga daryolari faunalari o‘rganilgach Nil daryosining manbasi
Hindistondan boshlanadi degan fikrga kelishgan. Nimalar bu fikrni vujudga kelishiga sabab
bo‘lgan?

Javob: Timsohlar
757. Rim imperatori Filipp Arab milodiy 248 yil 6 aprel kuni juda dabdabali bayramlar
o‘tkazadi. Savol u nimani nishonlagan edi?

Javob: Rimning 1000 yilligini

758. Uning asarlari nomida besh, o‘n besh, sakson, yigirma ming va hatto besh yuz million
raqamlarini uchratish mumkin. U kim?

Javob: J.Vern

759. AQSH Indiana Shtati Universitetining asosiy kutubxonasi har yili 1 dyumga (2.54 sm.ga)
yer ostiga kirib ketmoqda. Sababi esa arxitektor va quruvchilar qilgan xatodir. Diqqat savol:
loyihalashtirilayotganda ular nimani hisobga olishmagan?

Javob: Kitoblar og‘irligini

760. Bu “mashina” umuman harakatlanish uchun mo‘ljallanmagan. Ammo agar biz yil bo‘yi
butun dunyodagi ularning yurgan “yo‘li”ni hisoblab chiqsak, ular avtomobil va samolyotlar
bosgan masofadan ortib ketadi. Hammamiz ko‘rgan va ba’zilarimizda bor bu “mashina” nima
ekanligini toping.

Javob: Soat.

761. Kastor va Polidevk, Gerakl va Meleagr, Orfey, Peley va Telamon. Ularning boshqaruvchisi
kim?

Javob: Yason

762. Nima uchun oshxonamizdagi rakvina tagidagi truba “S” shaklida bo‘ladi? Bu holatni biz
hammom vannasi tagida ham kuzatishimiz mumkin.

Javob: Kanalizatsiyadagi yoqimsiz hidlarni xonaga kirishdan saqlaydi

763. Stalin, Brejnev, Andropov, Chernenko va Gorbachyov u mansab egasi bo‘lishgan. Lenin va
Xrushyov esa bo‘lmagan. Bu qaysi mansab?

Javob: Bosh kotib (Gen. Sekretar)

764. A, K, Q, J, ..... qatorni davom ettiring.


Javob: 10, 9, 8, .....(O‘yin kartalari A - Tuz(Ace), K-Qirol (King), Q-Dama (Queen), J-Valet
(Jack))

765. Ma’lumki 19 asrda dunyodagi ko‘pgina kuchli kapitalistik davlatlar singari Rossiyada ham
temir rudasi qazib olish va temir quyish juda rivojlangan. Rossiyada ishlab chiqarilgan temirning
4 dan 3 qismi bitta narsa uchun ishlatilgan. Nima uchun?

Javob: Temir yo‘l qurishga

766. “Transamerikan ekspress” da sayohat qilayotgan bir fransuz shunday eslaydi, ya’ni vagon
restoranida u qo‘shni stolda o‘tirgan kishi bilan bir xil ovqat buyurgan bo‘lsada, u sal keyinroq
ovqatlanib bo‘lgani uchun arzonroq to‘laydi. Buni sababini so‘raganda ofitsiant tushuntirib
beradi. Xo‘sh ofitsiant qanday javob bergan?

Javob: Biz hozir boshqa shtatga kirib keldik, bu yerda soliqlar arzonroq. Shuning uchun sizning
ovqatingiz arzon bo‘ldi.

767. Ba’zi fransuzlar xitoyliklar haqida shunday hazillashishadi. Xitoyliklarda: 3 ta armon bor:
ular poroxni ixtiro qilishgan, ammo pushkani emas, ular yozuvni chop qilishni(pechat)
ochishgan, ammo gazetani emas, ular komposni ixtiro qilishgan, ammo .....ni emas. Xo‘sh
xitoyliklar nima qilishmagan?

Javob: Amerikani ochishmagan

768. Stokgolmdagi moliyaviy Boshqarmada ishlaydigan Elfrid Karlson 20 dan ortiq kuchukcha
hurushni biladi. Bu nimaga kerak?

Javob: U kuchuklarga soliq soladi.

769. Buni qarangki sizni chalmoqchi bo‘lgan shaxs sizga qurbonlik ham bermoqchi. Lekin siz
uni qabul qilmasligingiz ham mumkin. Aytingchi sizni chalmoqchi bo‘lgan shaxs kim?

Javob: shaxmatchi (Gambit - bu “chalmoq” degani. Bunda bir sipoh qurbon qilib yakunda
g‘alabaga erishiladi)

770. O‘zbekistonning ikkinchi eng katta shahri qaysi?

Javob: Samarqand.
771. Hech nimaga hayron qolmaydigan odamdan olim chiqadi.

Hamma narsaga hayratlanadigan odamdan...

davomini to‘ldiring.

Javob: Hamma narsaga hayratlanadigan odamdan ........ shoir chiqadi.

772. Dunyodagi eng aqlli jonivor - baliq. Birinchidan - soqov, ikkinchidan....

davomini to‘ldiring.

Javob: doimo dumini likkillatadi

773. Odam qancha ko‘p qiziqsa, shuncha ko‘p o‘qiydi. Qancha ko‘p o‘qisa, shuncha ko‘p biladi.
Qancha ko‘p bilsa, .... davomini to‘ldiring.

Javob: Shuncha yashashi qiyin bo‘ladi

774. 1 Nyu York, AQSh 468

2 Parij, Fransiya 368

3 London, Buyuk Britaniya 270

4 Tokio Yaponiya 217

5 Moskva, Rossiya 171

Bu qator qanday qator?

Javob: Metropolitenlar bekatlari soni

775. U haqda nomdor mashshoqlar shunday derdilar: “Bu bolakay hammamizning shuhrat
yulduzlarimizni xiralashtiradi”. Uning tinimsiz mehnati tufayli dunyo san'at olami 700 ga yaqin
betakror san’at namunalari bilan boyidi. U kim?

Javob: Motsart

776. Bu hayvon tilining uzunligi qariyb 50 sm. ekan. Shu sabab ham u o‘z quloqlarini tili bilan
tozalaydi. Yana bir jihat - ko‘pchilikning nazdida tuya suvsiz eng ko‘p vaqt yura oladigan
hayvon. Biroq yaqinda olimlar uning tuyaga nisbatan ko‘proq muddat suvsiz yura olishi
mumkinligini isbotlashdi. Bu qaysi hayvon?
Javob: Buqalamun

777. Vena qon tomirlarini emlash XVII asr o‘rtalaridan boshlangan bo‘lishiga qaramasdan, U
Charlz Gabriel Pravaz va Aleksandr Vud tomonidan 1853 yilda, ya’ni ikki asr keyin ixtiro
qilingan. U nima?

Javob: Shprits

778. Aleksandr Makedonskiyning onasining ismi?

Javob: Olimpiyada

779. Dunyodagi tillarning aksariyatida u “M” harfi bilan boshlanadi. Bu qaysi so‘z bo‘lishi
mumkin?

Javob: Ona

780. Telefon kashfiyotchisi Aleksandr Bell onasi va xotiniga biron marta ham qo‘ng‘iroq
qilmagan. Nima uchun?

Javob: Ular kar bo‘ishgan.

781. Uning nomi ixtirochisi nomidan kelib chiqqan ekan. 1841 yil Belgiyalik Entoni ____
yaratgan bu cholg‘u asbobi keyinchalik ___ning ovozi-______ deyila boshlangan. Bu nima?

Javob: Entoni Saks - Saksofon.

782. Jeyms Naysmit tomonidan u 2 ta olma savatini tepaga ilib qo‘yish natijasida paydo bo‘lgan.
U nimani ixtiro qilgan?

Javob: Basketbol

783. Uni 1839 yil Shotlandiyalik Kirkpatrik Makmillan yaratgan. U bu qilgan ishi uchun
ruhoniylar tomonidan tanqidga uchrab 1 hafta qamoqqa ham tushib chiqqan. U nimani yaratgan?

Javob: Velosiped

784. Bu mashina 1846 yil AQShlik Elias Xou tomonidan ixtiro qilingan. Bu qanday "mashina" ?
Javob: Ayollar yaxshi ko‘radigan mashina - tikuv mashinasi.

785. Gvadelupa, Gibraltar, Monako, Nauri, Singapur va Bermud. Bu maskanlar 100 foiz _____
talabiga javob beradigan dunyodagi sanoqli joylardir. Qaysi talabga?

Javob: 100 % shahar talabiga javob beradi

786. Inson tarqatishi mumkin bo‘lgan eng baland tovush qichqiriq emas, balki u ekan. U
ayrimlarda naq 69 detsibelga yetar ekan. U nima?

Javob: Xurrak

787. Har yili bir paytda Yerning bu qismi 10 trillion tonnaga og‘irlashadi. Nima uchun, qachon
va bu yerning qaysi qismi?

Javob: Antarktida muzlaganda

788. Aniqlanishicha, bu ro‘yxatning ikkinchi o‘rnida burgutlar, undan keyin otlar, sigir va fillar
tasvirlanar ekan. Birinchi o‘rinda nima tasvirlanadi va bu qanday ro‘yxat?

Javob: Birinchi o‘rinda sher. Bu gerbda tasvirlangan hayvonlar

789. Bir rivoyatga ko‘ra, xoqon ovga chiqdi va odamlarga vahshiy hayvonlarni Ila daryosi tomon
quvishni buyurdi, bu juda katta suv. Odamlar ov qilib hayvonlarni suv tomon hayday
boshladilar, shunda .... nechta hayvon suvdan o‘tdi va ular nimani atab berishdi?

Javob: Ular shaharga nom bergan

790. Eng keng tarqalgan yuqadigan kasallik shamollash, eng keng tarqalgan yuqmaydigan
kasallik-chi?

Javob: Karies.

791. Asosan kompyuter mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bu kompaniya butun


dunyoda yuqori sifat ramzi deb tan olingan. 2007 yili kompaniya nomidan «computer»
(kompyuter) atamasi olib tashlandi. Buni muassasa faoliyat ko‘lamini kengaytirib, yangi
mahsulotlar ishlab chiqarishga kirishgani bilan izohlash mumkin. Bu qaysi kompaniya?

Javob: IBM
792. Bir rivoyatga ko‘ra, xoqon ovga chiqdi va odamlarga vahshiy hayvonlarni Ila daryosi tomon
quvishni buyurdi, bu juda katta suv. Odamlar ov qilib hayvonlarni suv tomon hayday
boshladilar, shunda .... nechta hayvon suvdan o‘tdi va ular nimani atab berishdi?

Javob: Muchal, 12 ta hayvon suvdan o‘tgan.

793. Sahroi Kabir cho‘llarida yiliga 160 ming muqim, vertikal va gorizontal nimalar kuzatiladi?

Javob: Sarob

794. Uylarni raqamlash ilk marta XVIII asrda Londonla paydo bo‘lgan. Ungacha nima bilan
aniqlanardi?

Javob: Ungacha uy egasining ismi bilan atalgan. Masalan, Janob Smit xonadoni....

795. Benjamin Franklin uni shunday ta’riflagan: “U - o‘choqqa o‘tin, qozonga - go‘sht,
dasturxonga - non, davlatga - daromad, hamyonga - pul, tanaga - kuch, ustga - kiyim-bosh,
miyaga - aql, oilaga - farovonlik baxsh etadi”. Bu ta’rif insonning irodasiga bog‘liq qaysi
xislatga tegishli?

Izoh: buni zamonaviy muammolarning oldini olishdagi eng yaxshi xislat deb atash ham mumkin.
Yana bir yordam: musulmonlarga bu xislatning keragi yo‘q.

Javob: Hushyorlik (mast emaslik)

796. XVIII asrda yashagan Rossiya malikasi Yekaterina II o‘zini tanqid qilgani uchun o‘sha
davrdagi mashhur rus tarixchisi Nikolay Novikovni 1792 yil 1 avgustda 15 yilga qamoqqa hukm
qildi. Ammo bir tabiiy sababga ko‘ra, Novikov 4 yildan keyin ozodlikka chiqdi. Bu qanday
sabab edi?

Javob: Yekaterina II 1796 yil vafot etgan. O‘rniga imperator Pavel I kelgan. Keyin u Novikovni
ozod qilgan.

797. Gi de Mopassan, Aleksandr Dyuma, Sharl Gunolar unga qarshi edi. Hattoki Mopassan
uning “badbashara” qomatini ko‘rmaslik uchun Eyfel minorasining doimiy mijoziga aylandi.
Chunki u Eyfel minorasidan ko‘rinmas edi. U nima?

Javob: Eyfel
798. “U ahmoq uchun og‘ir yuk, johil uchun qish, ilm ahli uchun ayni hosil davridir”. Fransua
Volter inson hayotining qaysi davrini shunday ta’riflagan?

Javob: Keksalik davrini

799. 1856-1860 yillarda AQShning 15-prezidenti bo‘lgan Jeyms Byukenen shu kungacha
bo‘lgan barcha 44 prezident ichida nimasi bilan farq qilgan? Ushbu farq uning shaxsiy hayotiga
tegishli bo‘lgan.

Izoh: Shaxsiy hayotiga tegishli farq uning oilaviy holati bilan bog‘liq bo‘lgan.

Javob: Bu yerda gap shundaki, u bir umr bo‘ydoq o‘tgan yagona prezident sanaladi, ya'ni
uylanmagan.

800. Qur'oni karimni tafsir qilishni qaysi sahoba boshlab berganlar?

Javob: Abdulloh ibn Abbos.

801. Dinimiz ilm o‘rganishni musulmonlarga nima uchun farz qilgan?

Javob: Chunki Islomning martabasi ilm yuksakligi bilan namoyon bo‘ladi.

802. "Zamon o‘tishi bilan Qur’on yosharaveradi" so‘zlari kimga tegishli?

Javob: Badiuzzamon Said Nursiy.

803. Payg‘ambar SAV tug‘ilgan kechada qanday tarxiy voqealar yuz bergan?

Javob: Rasuli akram SAV tug‘ilgan kechda Kisroning saroyidagi 14 ta ustun yiqilgan,
ma’jusiylrning otashlari so‘ngan va Savo ko‘li qurigan.

804. Qamariy oylarni tartib bilan sanang.

Javob: Muharram, Safar, Rabiul-avval, Rabiul-ohir, Jumodul-avval, Jumodul-oxir, Rajab,


Sha’bon, Ramazon, Shavvol, Zulqa’da. Zulhijja.

805. "Hasbunalloh va ni’mal vakil" nima degani?

Javob: Alloh bizga yetar. U naqadar go‘zal vakildir.


806. Rasululloh SAVning hadislariga ko‘ra, kimlarning duoasi Alloh huzurida rad etilmaydi?

Javob: Ota va onaning farzadi haqiga qilgan duosi, bir musulmonning boshqa birodariga qilgan
duosi, iftor qilgunga qadar ro‘zadorning duosi, adolatli hukmdorning duosi.

807. Ulamolar unga bog‘liq masalalarda eng ko‘p ixtilof qilgan fan qaysi?

Javob: Fiqh

808. Sutra nima?

Javob: Sutra - bu namozhonning oldidan biror narsa o‘tmasligi uchun qo‘yilgan to‘siqdir.Sutrani
Hanafiy va Molikiy mazhablari mandub, Shofe’iy va Hanbaliy mazhabalari mustahab deganlar.

809. Men o’n olti yildan beri to’yib ovqatlanmadim. Zero, to’yib ovqatlanish badanni
og’irlashtiradi, qalbni qoraytiradi, zakovatni ketkazadi, uyquni jalb etadi va kishini ibodatga zaif
qiladi. Bu ibratli so‘zlar kim tamonidan aytilgan?

Javob: Imom Shofeiy rahmatullohi alayh.

810. Fiqh ilmining peshvolari va odob-axloq namoyondalari, tobe’lari ko’p bo’lgan zotlar beshta
deyiladi. Bular kimlar, nomlarini sanab o‘ting.

Javob: Imom Abu Hanifa, Imom Shofeiy, Ahmad ibn Hanbal, Imom Molik, Sufyon Savriy.

811. Zardusht so‘zining lug‘aviy ma’nosi nima?

Javob: "Sariq tuya mingan kishi" degan ma’noni bildiradi.

812. Hadislarni ilk bor yozib olgan sahobiy kim?

Javob: Abu Hurayra r.a.

813. Madinaliklardan birinchi bo‘lib kim musulmon bo‘lgan?

Javob: As’ad ibn Zurora r.a.

814. Siroti Mustaqim nima degani?


Javob: Eng to‘g‘ri yo‘l - Islomiyat yo‘li.

815. Hasanot va shayyiot nima degani?

Javob: Hasanot: yaxshi amallar, yaxshiliklar; shayyiot: yomonliklar, gunohlar, jinoyatlar.

816. G‘animat nima?

Javob: Jangda dushmandan olingan mol.

817. Islomda ilk g‘animat va asir qachon olingan?

Javob: Ilk g‘animat Abdulloh ibn Jahsh tomonidan olingan.

818. "Adolat davlatning tamal toshidir" so‘zi kimga tegishli?

Javob: Hazrati Umar.

819. Qur’oni karimning boshqa ismlari qaysilar?

Javob: Kitob, Furqon, Mushaf, Burhon, Hablulloh, Hablul matin, Kalomulloh, Zikr, Hudo, Nur,
Shifo.

820. Hadisi qudsiy deb nimaga aytiladi?

Javob: Rasululloh SAVning Qur’oni karimdan boshqa Allohdan rivoyat etgan so‘zlari. Ma’nosi,
so‘z va ifoda Rasulullohga tegishlidir.

821. Hazrati Odam a.s.ning 10-o‘g‘li va ikkinchi payg‘ambar kim?

Javob: Shis alayhissalom.

822. Qaysi sunnatni bajarish bilan qaysi farzni ado etishdan ko‘p savob olinadi?

Javob: salom berish sunnat, javob berish farz bo‘lgani holda, salom berishning savobi katta
bo‘ladi.
823. Imom Abu Mansur Muhammad Moturidiy qayerlik va qachon vafot etgan?

Javob: Samarqandning Moturid degan qishlog‘idan, turkiy edi. Hijriy 333 yili vafot etgan.

824. Abul Hasanil Ashariy hazratlari qayerlik va qachon vafot etgan?

Javob: Basralik bo‘lib, hijriy 324 yili vafot etgan.

825. Namozning qazo qilinishiga shar’iy sabablar qaysidir?

Javob: Uyqu, urush paytida dushman hujumidan biron fursat topa olmaslik, unutish.

826. Ko‘p qabilalar payg‘ambarimizga elchilar jo‘natib, o‘zlarining Islomga kirganliklarini e’lon
qilardilar. Shu sababdan bu yil Elchilar yili deyildi. Bu yil hijratning nechanchi yili edi?

Javob: Hijratning 9-yili.

827. Badr g‘azoti ramazon oyining nechanchi va haftaning qaysi kuni boshlandi?

Javob: Ramazonning 17-chisida, seshanba kuni boshlandi.

828. Badr g‘azotida ansorlardan necha kishi qatnashdi?

Javob: 231 kishi.

829. Payg‘ambarimiz SAVning amrlari bilan 10 kun ichida Madinani tark etishlari, aks holda
o‘ldirilishlari hukm qilingan yahudiy qabilasi qaysi?

Javob: Banu Nazr.

830. Yahudiylarning yordami bilan Makka musriklari madinaga hujum qilish maqsadida 10000
kishilik qo‘shin hozirladilar. Bu qo‘shinning qo‘mondoni kim edi?

Javob: Abu Sufyon.

831. Qaysi butning olib kelinishi natijasida Saudiya Arabistonida butparastlik boshlandi?

Javob: Hubal.
832. Handaq g‘azotining boshqa ismi nima? Bu ga’zot qaysi hijriy yilda bo‘lgan?

Javob: Ahzob g‘azoti. Hijratning 5-yilida bo‘lgan.

833. Makka mushriklari Qusay tarafidan hukumat qarorgohi bo‘lib qurilgan binoda to‘planib,
masalalarni hal etishardi. Bu binoni qanday ism bilan atalardi?

Javob: Dorun-nadva.

834. Quddusning rimliklar tomonidan bosib olinishidan so‘ng Madinaga kelgan yahudiy
qabilalarining nomi nima?

Javob: Nadr, Qurayza, Qaynuqo‘.

835. Islomda bandaning amali necha qismga bo‘linadi?

Javob: Ular sakkiz qismga bo‘linadi: Farz, Vojib, Sunnat, Mustahab, muboh, xarom, makruh va
mustakrah.

836. Mustakrah qanday amal?

Javob: Islomda mustakrah amalini qilishlik bilan banda gunohkor bo‘lmasa ham u odobsizlikka
kiradi.

837. Mustakrahga qanday amallar kiradi?

Javob: unga asosan taomni kotta kotta yeyish, baland ovoz bilan kekirish, esnash bundan tashqari
ko‘chada ovqatlanish kabilar.

838. Qiblamizning Masjidul Aqsodan Ka’baga o‘zgartirilishini amr etgan oyat Qur’oni
karimning qaysi surasida?

Javob: Baqara surasi, 144-oyat.

839. Aqoba bay’atini qilgan musulmonlar qayerlik edi?

Javob: Madinalik.
840. Madinada qurilgan va chegaralari belgilangan va boshqaruviga Payg‘ambarimiz SAV
kelgan davlatga qanday nom berilgan?

Javob: Madina shahar davlati.

841. Islomiyat davrida ilk mustaqil masjidning nomi nima?

Javob: Qubo masjidi.

842. Payg‘ambarimiz SAV yozishmalarida yahudiylarga ishonmaganliklari uchun ashoblardan


birini yahudiy tilini o‘rganish vazifasini berdilar. Bu sahoba kim?

Javob: Zayd ibn Sobit.

843. Payg‘ambarimiz SAV Madinaga kelganlarida bu shaharda ikkita katta qabila bor edi. Bu
ikki katta qabilaning nomlari nima?

Javob: Avs va Hazraj qabilalari.

844. Hazrati Abu Bakr, Usmon, Zubayr, Abdurahmon ibn Avf kabi insonlar ilk musulmon
bo‘lganlardandir. Bularning hammasiga nima deb nom berilgan?

Javob: As-sabiqul-avvaliyn.

845. Hazrati Oyisha onamizga munofiqlar tomonidan qilingan tuhmat voqeasi qaysi jang paytida
bo‘lgan edi?

Javob: Muraysa jangida

846. Suv topilmagani bois tayammumning farz qilinishi qaysi g‘azot paytida bo‘lgan edi?

Javob: Muraysi g‘azotida.

847. Makkaning fath etilishiga nima sabab bo‘lgan edi?

Javob: Hudaybiya sulhining buzilishi.


848. E’tikof nima?

Javob: E’tikof - ma’lum muddatni niyat qilib mazjid yoki uydan chiqmay ro‘za tutib, ibodat
qilish.

849. Imronning qizi Maryamga kim kafil qilingan?

Javob: Qur’oni Karimning "Oli - Imron" surasida shunday yozilgan ekan. Kafil menimcha,
kafolatchi degani. Ya’ni Maryamni Zakariyo o‘z himoyasiga olgan ma’nosida.

850. Al - masihning ma’nosi nima?

Javob: Tiriltiruvchi.

851. Havoriylar kimlar?

Javob: Iso alayhissalomga ergashganlar.

852. An’omning ma’nosi nima?

Javob: Chorvalar. Makkada nozil qilingan va bir yuz oltmish besh oyatdan iborat Qur’oni karim
surasi An’om deb nomlanadi.

853. Nyu-yorkda o‘tkazilgan so‘rovnomaga ko‘ra AQSH aholisi telefonda gaplashayotganda eng
ko‘p ishlatiladigan so‘zni toping.

Javob: "I" yani "Men"

854. 1891-yil Kanadalik jismoniy tarbiya o‘qituvchisi Neysmit qaysi sport turiga asos solgan?

Javob: Basketbol

855. 1499-yil Ispanlar ummon osha Janubiy Amerika qirg‘og‘iga yaqinlashgach, ushbu
makonning tabiatini Venetsiyaga qiyoslaydilar. Va uni erkalab kichik Venetsiya deb atashadi. Bu
davlat hozirda qanday nomlanadi?

Javob: Venesuela
856. Uganda, Ekvador, Kolumbiya, Indoneziya, Somali, Keniya, Braziliya, Kongo, Zair. Bu
davlatlarni bir narsa birlashtirib turadi. U nima?

Javob: Barcha mamlakatlar ekvatorda joylashgan.

857. 2006 yil Angliyada maktab o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomada "Kimni Buyuk
Britaniya Bosh vaziri bo‘lishini xohlaysiz degan savolga eng ko‘p ovoz Manchester Yunayted
jamoasi o‘yinchisi Ueyn Runiga beriladi. Ikkinchi o‘rinni egallagan inson real shaxs emas.U
kim?

Javob: Garri Potter

858. Angliyada S, AQShda U. Xo‘sh Toshkentdachi?

Javob: M (metro). S - Subway U - Underground

859. O‘zbekiston, Urugvay, BAA, AQSh, Ukraina, Uganda. Bu davlatlarni ingliz tilini ishlatgan
xolda bog‘liqligini toping.

Javob: Barchasi U harfidan boshlanadi.

860. U dunyoda 3996 ta. Har yili ularning 14 tasi yo‘qolib ketmoqda. Savol gap nima haqida
ketmoqda?

Javob: Til

861. Beloruslar uni qadimda Lelya, Syotsya, Jiten va Zyuzya deb atashgan. Ular hech qachon
birga yig‘ilishmagan va o‘z navbatini o‘zgartirishmagan. Biz hozir ularni o‘zbekchada njima deb
ataymiz?

Javob: 4 fasl: Bahor, yoz, kuz va qish

862. Mashhur Encarta-98 ensiklopediyasida “Mashhur juftliklar” katalogi mavjud. Bu


katalogdan Romeo va Julyetta, Piter va Mariya Kyuri, Aka-uka Raytlar, Ishoq Rabin va Yosir
Arofat kabi maqolalar o‘rin olgan. Savol, bu katalogdagi eng birinchi maqola qaysi juftlik
haqida?

Javob: Odam Ato va Momo Havo


863. Uni qora, yashil, qizil, sariq turlari bor. U deyarli barcha xonadonda mavjud. O‘zbekistonda
uni qora va yashil turlarini ko‘p iste’mol qilishadi.

Javob: Choy

864. U qush o‘z qanotlari yordamida suv tagida suza oladi. Tezligi esa 10 m/s. Eng qizig‘i u
qush shuncha tez suzsa ham ucha olmaydi. U qaysi qush?

Javob: Pingvin

865. O‘zbekiston Respublikasining 1 so‘mlik pulida nechta “bir so‘m” degan yozuv bor?

Javob: 2 ta

866. Sizga ma’lumki qadimda qo‘shinlarda o‘nboshi, yuzboshi, mingboshi degan unvonlar
bo‘lgan. Yunon tilida o‘nboshi degan so‘z bor. U so‘z hozir ham ishlatiladi. Faqat harbiy sohada
emas, ta’lim sohasida. U qaysi so‘z?

Javob: Dekan

867. Qadimda ko‘p davlatlarni shohlar boshqargan. Hozir ular yo‘q. Lekin Osiyodagi bir
shaharda biz tirik shohni uchratamiz. Albatta bu so‘zni tarjima qiling va qaysi shaharligini
ayting.

Javob: Shohi Zinda - Samarqand

868. Yunonchaga "Kiyimlarni qo‘riqlayman" so‘zini tarjima qiling.

Javob: Garderop

869. Qaysi fanning ma’nosi "Donolikni sevaman" degani?

Javob: Donolikni sevaman - Filosofiya - Falsafa

870. Lotinchada bir mamlakatning ma’nosi "Janubiy yer" degani. U davlat haqiqatan ancha
janub tomonda joylashgan. Bu qaysi davlat?

Javob: Avstraliya
871. Menga 2 ta qit’a nomini ayting, qaysiki 1-ma’nosi quyoshning chiqishi; 2-ma’nosi
quyoshning botishi bo‘lsin.

Javob: Osiyo va Yevropa

872. Suaxili tilini bilmaysiz. Lekin u tildagi 1 so‘zni mashhur multfilmdan ko‘p eshitganmiz va
ishlatganmiz. U so‘zning ma’nosi "xavotirsiz yaxshi yashash" degani. Qaysi so‘z?

Javob: Akuna matata

873. Bu sport turi rus tilidan "o‘z o‘zini himoya qilish" degan ma’noni beradi. Bu qaysi sport?

Javob: Sambo - samooborona bez orujiya

874. Koreys tiliga "poytaxt" so‘zini tarjima qiling.

Javob: Seul

875. Bu poytaxt 2 ta shahar qo‘shilishidan tashkil topgan. Uning nomi ana shu 2 ta shahar nomi
qo‘shilgandan so‘ng paydo bo‘lgan. Bu qaysi shahar?

Javob: Budapesht

876. Bu shaharga mo‘gullar asos solishgan. Uning ma’nosi "Saroy" degani. Siz menga bu qaysi
shahar ekanligini emas, u qaysi viloyat poytaxti ekanligini ayting.

Javob: Qarshi - Qashqadaryo viloyati markazi

877. Bu poytaxt shaharga o‘sha davlatning 1 Prezidentining nomi berilgan. Bu qaysi poytaxt
shahar?

Javob: AQSH poytaxti Washington

878. Nauru davlatini ko‘pchilik eshitmagan bo‘lsa kerak. U davlatning aytarli tomoni ham yo‘q.
Lekin 1 sababga ko‘ra u dunyodagi yagona davlat xisoblanadi. O‘sha sababni aniq ayting.

Javob: Bu mitti davlatning poytaxti yo‘q


879. Aynan mana shu poytaxt shaharning ichida boshqa bir davlat joylashagan. Bu qaysi shahar
va davlat?

Javob: Italiya poytaxti Rim va unda joylashgan Vatikan

880. Mersedes kompaniyasi yangi rusumdagi jamoat avtobuslarni chiqara boshladi. Uning
salonida maxsus tablo o‘rnatilgan bo‘lib, unda 3 raqam yo‘lovchilarga ko‘rsatilib turadi.

1. Aniq vaqt – ya’ni soat

2. Salondagi harorat – ya’ni temperatura.

Xo‘sh 3-raqam nimani ko‘rsatib turadi?

Javob: Spidometr tezligi

881. Yevropa Ittifoqiga kirib keladigan qalbaki maxsulotlarning foiz ko‘rsatkichi bo‘yicha

1-o‘rin: Segareta maxsulotlari

2-o‘rin: Kiyim-kechak

Xo‘sh 3-o‘rinda qaysi maxsulot turadi?

Javob: Qalbaki CD va DVD disklar

882. Filipp Morris kompaniyasi o‘z xodimlarining 40% iga aynan bir oyda mehnat ta’tili berar
ekan. Sabab bu oyda savdo hajmi keskin kamayarkan. Qaysi oyda?

Javob: Ramazonda. Bu oyda sigaret kam sotiladi.

883. Tailand qonunlariga ko‘ra pul va tangalarni oyoq bilan bosish mumkin emas. Bunday ishni
qilgan shaxslarga jarima solinadi. Bu qonun o‘ziga xos chuqur ma’noga ega. Savol nima uchun
Tailandda pul va tangalarni oyoq bilan bosish mumkin emas?

Javob: Imperator tasviri tushirilganligi uchun.

884. 2002 yil Angola hayvonot bog‘idan Botsvanaga 200 ta fil, tuyaqush, maymun, sher,
antilopa, zebra, jirafa, to‘tiqush, timsoh kabi hayvonlar kemada olib kelindi. Sizga savol, bu
operatsiya qanday nomlanagan?

Javob: Nuh kemasi


885. Eng birinchi uning yorug‘ligi ko‘rinadi. So‘ng ovozi eshitiladi. So‘ng shamolini xis qilasiz.
Ana undan keyingina o‘zi kirib keladi. Gap nima haqida ketmoqda?

Javob: Metrodagi poyezdning kelishi.

886. Undan qancha olsangiz kattalashadi, qancha qo‘shsangiz kichrayadi. Nima u?

Javob: Chuqur

887. Bir podshoh qadimda oshpazlar tanlovini o‘tkazgan. U oshpazlarga quyidagicha shart
qo‘ygan: Siz shunday bir ovqat pishiringki, boshida 1 chelak tuz soling, pishayotganda 1 chelak
tuz soling, va men yana unga tuz sepib yey. U qaysi ovqatni nazarda tutgan?

Javob: Tuxum

888. Karate Yaponiyada paydo bo‘lganini bilasiz. Uning ma’nosi "Bo‘sh qo‘l" degani. Xo‘sh
unda yaponchasiga "Bo‘sh ovoz" nima ekanligini toping.

Javob: Karaoke

889. Yunon tiliga "Sakkizinchi oy" degan so‘zni tarjima qiling.

Javob: Oktyabr - "okta" - sakkiz

890. Bu ro‘yxatdan faqat 3 ta Yevropa davlatlari poytaxti o‘rin olgan. Shveytsiya poytaxti 67-
o‘rinda, Fransiyaniki 71-o‘rinda, Daniya poytaxti 72-o‘rinda. Yordam sifatida aytishim mumkin
bu ro‘yxatda insonlar nomi ham uchraydi.Bu qaysi ro‘yxat?

Javob: Mendeleyev davriy jadvali. Unda 3 davlat poytaxtining eski nomiga qo‘yilgan elementlar
bor: Golmiy(Stokgolm), Lyutetsiy(Parij), Gafniy(Kopengagen)

891. Bu poytaxt shaharda San-Fernando akademiyasi joylashgan. Bu akademiyada 1924-1926


yillarda mashhur rassom Salvador Dali o‘qigan. Gap qaysi poytaxt haqida bormoqda?

Javob: Madrid

892. 1896 yil bu shahar poytaxt deb e’lon qilindi va uning nomi ham o‘zgardi. Uning nomini
ma’nosi "Sharq poytaxti". Bu qaysi shahar?

Javob: Tokio
893. Bu poytaxt dunyoga ancha mashhur va yirik shahar hisoblanadi. Qizig‘i bu shaharga qo‘li
uzun inson asos solgan deyishadi. Menga poytaxtni emas, asos solgan insonni ayting.

Javob: Yuriy Dolgorukiy. Bu shahar Moskva edi.

894. 1 daraxt, daraxtda 12 shox, 12 shoxda 30 ta barg. Siz esa menga bu narsalar nima ekanligini
aytishingizni hojati yo‘q. Faqat menga o‘sha daraxtdagi 5 meva nima ekanligini ayting. U 5
mevaning 3 tasi quyoshda, 2 tasi soyada turibdi.

Javob: 5 vaqt namoz.

895. Islom taraqqiyotiga oid so‘ngi statistikaga ko‘ra so‘ngi vaqtlarda Muhammad ismi borgan
sari ko‘payotgan emish. Siz albatta bunga sabab musulmonlarning o‘z farzandiga ixlos qilib
shunday ism qo‘ysa kerak deb o‘ylayotgandirsiz. Yo‘q. Bunga aniq boshqa sabab bor. Siz menga
o‘sha sababni ayting.

Javob: Islom dinini qabul qilgan boshqa din vakillari o‘zlariga ko‘proq shu ismni qo‘yishmoqda.

896. AQSHlik stomatolog Djozef Berkovskining fikricha bu ayolning yuz tuzilishi insonlar
uchun eng tipik ko‘rinishi ekan. Bunday fikrga kelishiga unga u ayolning oldingi tishlari sabab
bo‘lgan ekan. Savol, bu dunyoga mashhur ayol kim?

Javob: Jakonda

897. Donetsklik shifokor Andrey Mazur o‘zining Kesha laqabli to‘tiqushiga 3 xil tilda bir necha
so‘z va raqmdan iborat bo‘lgan bir jumlani yodlatgan. U har doim bu jumlani takrorlashga
o‘zining to‘tiqushini o‘rgatgan. Bir kun kelib buni foydasi tegib qolishiga Mazur ishonadi. Savol
quyidagicha, u to‘tiqushiga bir necha so‘z va raqamdan iborat bo‘lgan qanday jumlani
yodlatgan?

Javob: Uy manzili (mabodo yo‘qolib qolsa).

898. 1898 yili Ispaniya AQShdan mag‘lubiyatga uchragandan so‘ng Kubaga bo‘lgan
xukmronligidan voz kechishi va orolni tark etishi kerak edi. Lekin ular Kubani tark etishdan
oldin o‘zlari bilan ispaniya-amerika madaniyatiga taaluqli katta qimmatga ega (balki uncha katta
emasdir) bo‘lgan tarixiy yodgorlikni, ya’ni bir shaxsning tobutini Sevilyadagi soborga ko‘chirib
ketishini aytishadi. Bu kim edi?

Javob: Xristofor Kolumb


899. Dunyoga mashhur Metro Golden Mayer kinokompaniyasining emblemasi o‘kirayotgan sher
ekanligidan xabaringiz bor. Buning ma’nosi nima? Nega aynan o‘kirayotgan sher?

Javob: 1-ovozli kinoga va rangli lentaga ishora edi

900. "Ko‘zlarim yo‘lingda" filmining bosh qahramonini kim o‘ynagan va uning filmdagi kasbi
nima edi?

Javob: Mirzabek Holmedov, kinochi.

901. Men sizdan qanday adabiy qahramon kinoekranlarda eng ko‘p paydo bo‘lganini
so‘ramayman, faqat uning mashhur muallifini ayting.

Javob: Artur Konan Doyl. Gap Sherlok Xolms haqida ketayotgan edi. Uni 1200 dan ortiq
aktyorlar o‘ynagan.

902. 2007 yilda eng ko‘p foyda olgan 5 ta film ro‘yxatida bu multfilm ham o‘rin olgan. Qaysi
multfilmligini aniq ayting.

Javob: Shrek 3 (to‘rtinchi o‘rinda)

903. Bu kinokompaniya emblemasi Pegas oti.

Javob: Tristar Pictures

904. Gulchehra Jamilova, "Quruvchi" Futbol klubi, 40 soni, fasllardan biri va Rossiya estrada
guruhi. Bularni qaysi so‘z birlashtirib turibdi?

Javob: Kumush. Izoh: Gulchehra Jamilova Kumush rolini o‘ynagan, Quruvchi kumush
medallarni qo‘lga kiritgan, Fasl-kumush qish, Estrada guruhi Serebro

905. Dominikana Respublikasi aholisining 15 foizni oq tanlilar va yana 15 %ini qora tanlilar
tashkil etadi. Qolgan 70 foizinichi?

Javob: Mulatlar

906. Tulin, Petrov, Karpov, Ivanov, Silin... Bu ro‘yxatda yana kim yetishmayapti?

Javob: Lenin (Bu Leninning taxalluslari...)


907. Polinezida, Maorida, Azorida, Oxotiya, Nipponida, Sunda, Lemuriya. Yetishmayotgan
so‘zni toping.

Javob: Atlantida

908. U 21-bobosi bilan Aleksandr Nevskiyga ulanadi. Uning qarindoshlari orasida Yaroslav
Mudriy, Yuriy Dolgorukiy, Dmitriy Pojarskiy, Mixail Kutuzov, Modest Musorgskiy, Sergey
Raxmaninov ham bor. Bu mashhur kishi kim?

Javob: Pushkin

909. Eynshteynga ko‘ra bilimdan yuqori turuvchi narsa nima?

Javob: Fantaziya

910. Grek yong‘og‘ining mazasini ko‘pchilik yaxshi biladi. Brazil yong‘og‘i ham mashhur.
Qiziq, amerikaliklar rus yong‘og‘ini nima deb atashadi?

Javob: Semichka

911. Qachonlardir ular Yevropada juda ko‘p bo‘lgan. Hozirda esa faqatgina Buyuk Britaniya,
Irlandiya va AQShdagina saqlanib qolingan. Gap nima haqida ketyapti?

Javob: Grafliklar

912. Ularning nechta bo‘lgani - noaniq. Ular qanday halok bo‘lgani ham aniq emas, lekin ularni
yeb qo‘yishgan degan gaplar ham yuradi. Ular qayerni saqlab qolishgan edi?

Javob: Rim

913. Bu inson 1646 yili tug‘ilgan. U diplomat, tarixchi, faylasuf, kimyogar, tibbiyotchi, mexanik
va lingvist bo‘lgan. U matematikada differensial hisoblash taraqqiyotiga katta hissa qo‘shgan.
Norbert Viner u haqda yozarkan, agar kibernetikaning otasi kim deb atash mumkin bo‘lsa, aynan
uni shunday atash kerak, degan. Bu kim?

Javob: Leybnits.
914. Bu hayvonning tili eng uzun hisoblanadi. Uning bu a’zosi og‘izga ham emas, tomoqqa ham
emas, ko‘krak suyagiga yopishgan. Bu qaysi hayvon?

Javob: Chumolixo‘r.

915. Bu inson Filippinda general-gubernator, AQShda mudofaa vaziri bo‘lgan va soprtga


judayam qiziqqan. Bu kim?

Javob: Duayt Filipp Devis.

916. XVIII asrgacha bu narsa faqatgina boylar xonadonida bo‘lgan. Kardinal Reshelye undan
saroyning aziz narsasi sifatida foydalangan. Hatto Parijdan tashqariga chiqsa ham uni o‘zi bilan
birga olib yurgan. Amerikada esa bu narsaga haykal qo‘yilgan. Bu narsa ko‘pchiliginizning
uyimizda bor va inson hayotining ko‘p qismi shunda o‘tadi. Bu nima?

Javob: Karavot

917. Fransiyaning yirik reklama agentligi mutaxassisi Jak Segal shunday degan edi: Bundan bir
necha o‘n yil oldin o‘rtamiyona xavaskor rassom va yetuk reklama agentining uchrashganligini
unutib bo‘lmaydi. Ular birgalikda butun dunyoni egallashga bir bahya qolgan. Menga ularning
ikkalasini ham ayting.

Javob: Gitler va Gibbels. Izoh: Gitler havaskor rassom, Gibbels esa reklama agenti bo‘lgan

918. Qoraqalpog‘istondan Toshkent viloyatini ayirsak qaysi viloyat qoladi? Izohini ham ayting.

Javob: Sirdaryo. Izoh: Bunda viloyatlarning avtomobil davlat raqamiga e’tibor berish kerak edi.
Qoraqalpog‘istonniki 23, Toshkent viloyatiniki 11. Ularni ayirsak 11 ya’ni Toshkent viloyati
qoladi.

919. Gruzinlarda "ore" - ikki, "ture" - qalb degan ma’noni beradi. Xo‘sh unda "oreturat" nima
degani?

Javob: Oreturat - ikki qalb degani. Bu so‘z homilador ayollarga nisbatn ishlatiladi.

920. "Taqdir hazili" va "O‘tgan kunlar". Bular safiga yana bir necha filmni qo‘shsa bo‘ladi.
Xo‘sh, ularda qanday bog‘liqlik bor.

Javob: Bu filmlarning zamonaviy nusxalari ham suratga olingan.


921. Bu tarixiy shaxs hayoti haqida eng ko‘p film ishlangan ekan. Bu kim?

Javob: Napaleon Bonapart

922. Men sizdan qaysi syujet eng ko‘p ekranlashtirilganini so‘ramayman, faqatgina unda mavjud
bo‘lgan poliz ekinini ayting.

Javob: Bu syujet Zolushka ertagidan olingan ekan. Ya’ni yigit qizning tuflisi yoki biror
kiyimidan o‘z sevgilisini topishi("Zumrad va Qimmat" filmini ham eslang). Undagi poliz ekini
esa qovoq. U Zolushkaga foytun vazifasini bajargan.

923. Uning qabriga "Sening o‘liming bizga ilhom bag‘ishlaydi" deb yozilgan. Savol, u kim?

Javob: Bryus Li.

924. Uning haqiqiy ismi Kong Sung. 6 yoshida Avstraliyaga ko‘chib ketadi. Uning menga qora
tanli sherigini ayting.

Javob: Kris Takker. Gap Jeki CHAN haqida ketmoqda edi. Uning "Tig‘iz payt" filmidagi sherigi
esa Kris Takker

925. Xitoyliklarning bir gapi bor - Har bir qishloqda knyaz bor. Bu nimaga ishora?

Javob: Ism tanlash

926. 250 yil avval Yekaterina II bu narsani qidirib topishga buyruq bergan. Rossiya hududidan
esa ulardan 180 tasi topilgan. Ulardan so‘nggisi 1990 yilda topilgan bo‘lib, "Sterlitamak" deb
nomlangan. Bu narsa O‘zbekistondan ham topilgan. Bu nima?

Javob: Meteorit

927. Qaysi davlatga birinchi avtomobil 1965 yili 40 ta odam tomonidan bambukdan yasalgan
tashigichda olib kirilgan?

Javob: Nepal

928. Xitoylar har bir inson farzandi tug‘ilarkan, bu san’atdan foydalanishi mumkin, deyishadi.
Bu qaysi san’at bo‘lishi mumkin?
Javob: Xiyoychasiga knyaz so‘zi - "Von" bo‘ladi. Har bir qishloqda Von degan ism uchrashiga
ishora.

929. Ion dengizidagi kichik bir orol shohi, Jyul Vernning mashhur qahramoni, Alisher Navoiy,
yozuvchi Innokentiy Annenskiy. Bularni bitta so‘z bog‘lab turibdi. Shu so‘zni toping va
izohlang.

Javob: Odissey, kapitan Nemo, Foniy, Nik TO (Annenskiy taxallusi) - ularning hammasi nomi
"hech kim, yo‘qlik" ma’nosini beradi.

930. Dunyoda qaysi millat eng ko‘p baliq va baliq mahsulotlarini iste’mol qiladi?

Javob: Yaponiya

931. Quro‘ni Karimga 6000 betlik katta tafsir yozga bo‘lishiga qaramay, o‘z zamonasi ulamolari
u haqida: "Uning tafsirida Qir’on tafsiridan boshqa hamma narsa bor" deyishgan. Bu tafsir
muallifi kim?

Javob: Farididdin Attor

932. Kim islom tarixida "islomni bid’atlardan qutqaruvchi" degan nom olgan?

Javob: Ahmad ibn Hanbal

933. Toshkent shahrining qadimiy nomlaridan biri Choch va Shosh. Nima sababdan Choch nomi
7-8 asrlarda Shosh nomiga o‘zgargan?

Javob: Sababi arablar egallagandan so‘ng, ularning alifbosiga monand ravishda "Ch" harfi "Sh"
ga o‘zgargan.

934. IX asrgacha Grenladiyada makon topgan vikinglar nima uchun XIV asrda u yerni tark
etganlar.

Javob: Iqlimning keskin o‘zgarishi sababidan (sovuqlashishi).

935. Qadimgi yunon mifologiyasida Quyosh bilan bog‘liq bir necha qahramonlar mavjud. Ular
Gelios, Apollon, Faeton. Yana bir qahramon borki, u avval quyosh aylanasini harakatga
keltiruvchi iloh bo‘lgan. U bizga hozir qaysi ism bilan ma’lum va Quyosh doirasi nima bilan
almashgan?
Javob: "Men - tinchlik fuqarosiman".

936. Indoneziya 1945 yili mustaqillikni qo‘lga kiritgan. Bu tarixiy voqeadan bir necha kun keyin
bu yosh davlat hali u paytda davlat deb e’lon qilinmagan Monako knyazligidan rasmiy norozilik
maktubi oldi. Bu norozilik sababi nima edi?

Javob: Bayrog‘i aynan bir xil bo‘lgan.

937. Bu fransuz rassomi 1822 yili bitta kartinada ko‘p rasm ko‘rsa bo‘ladigan dioramani ixtiro
qildi. Bu fransuz 17 yil keyin nimani ixtiro qilgan?

Javob: 1836 yili Lui Dagerr fotografiyani kashf etdi.

938. Antonio Xose Sukre Amerikadagi ispan koloniyalarining mustaqillikka uchun kurashi
qahramonlaridan biri edi. Boliviya poytaxti, Venesuelada shtat uning sharafiga qo‘yildi.
Ekvadorda uning sharafiga nima nomlandi?

Javob: Pul birligini

939. 1781 yili Parij operasi yong‘in ichida qoladi. Arxitektor Lenuar yangi opera binosini barcha
xavfsizlik choralarini qo‘llab qurib bitkazadi. Lekin avvalgi yong‘indan qo‘rqib qolgan
parijliklar yangi binodagi birinchi operaga borishni istamaydilar. Qanday qilib qirol Lyudovik
XVI muxlislarni spektaklga yig‘a olgan?

Javob: Bepul spektakl namoyish etgan.

940. Nitssa shahrida eng ko‘p sigaret chekish bo‘yicha konkurs o‘tkzildi. Bir ishtirokchi yangi
rekordni o‘rnatib, birdaniga 60 ta sigaretni chekib yubordi. Lekin unga sovrini berishmadi. Nima
uchun?

Javob: U o‘lib qolgan.

941. Akatsiya barglari tanin zaharli moddasini ishlab chiqaradi. Odatda barglarda uning miqdori
juda kam bo‘ladi, lekin agar bu yoki hatto qo‘shni daraxt barglarining soni me’yordan kamayib
ketsa, barglardagi tanin miqdori keskin oshib ketadi. Nima uchun bunday bo‘ladi?

Javob: Ushbu barglarni yeyayotgan antilopalarni zaharlash uchun

Izoh: Shundan keyin ular barglarni yemay qo‘yishadi va tabiiyki, akatsiya o‘z barglarining sonini
me’yorigacha tiklab oladi.
942. Odatda qadimgi yunonlar bosh kiyimsiz yurishgan. Lekin ba’zida ular boshlariga atayin
qalpoq kiyib yurishgan. Qanday holatlarda ular bu ishni qilishgan?

Javob: Agarda ular kasal bo‘lsalar.

Izoh: Shunday yo‘l bilan ular o‘zlarini betobliklarini atrofdagilarga ko‘rsatishgan.

943. U har safar boshini pastga tushirganda qon bosimining keskin tushib ketishi xisobiga u
hushini yo‘qotishi kerak edi. Lekin bunday bo‘lmaydi: maxsus mayda qon tomirlari to‘ri yordam
beradi. Uni ayting.

Javob: Jirafa.

944. Armaniston va Eronda yashovchi yazidlar - o‘ziga xos dinning tarafdorlari hisoblanishadi.
Ularning dini zardo‘shtiylik diniga borib taqaladi, biroq nasroniylik va islomning ta’siriga
uchragan. Yazidlar turmushida ta’qiqlar ko‘p. Ular xo‘roz, g‘azol, baliq go‘shti, qovoqni yeya
olmaydilar. Ularga yo‘talish, tupurish, xushtak chalish, chanqovuz va tor chalish, ko‘k rangdagi
kiyimlarni kiyish mumkin emas. Yazidlar birinchi bo‘g‘inida “sh”, ikkinchi bo‘g‘inida esa “t”
tovushlari bo‘lgan so‘zlarni aytish mumkin emas. Nima uchun ular bunday so‘zlardan
qo‘rqadilar?

Javob: Ular “shayton” so‘ziga o‘xshagani uchun.

945. 1853 yil tashkil etilgan ushbu kompaniyaning eng oxirgi ishlab chiqarilgan mahsulotida
balandlikni o‘lchash qurilmasi, kompas, barometr, termometr kabi qo‘shimcha qurilmalari bor.
Uning asosiy qurilmasining vazifasi nima?

Javob: Vaqtni ko‘rsatish

Izoh: Gap “TISSOT” kompaniyasi soatlari haqida bormoqda.

946. Britaniyalik haykaltarosh Entoni Gormli cho‘yandan inson figuralarini yasash bilan
shug‘ullanadi. Uning eng yaxshi haykallari Britaniyaning ko‘pgina shahrlarini bezab turibdi. U
o‘zining cho‘yan figuralarini ko‘pincha bir insonga o‘xshatib yasaydi. Siz menga u insonning
kim ekanligini emas, balki uning kasbini ayting.

Javob: Haykaltarosh.

Izoh: U o‘z haykallarini o‘zidan olib yasaydi.


947. Unga anchadan buyon haykal o‘rnatish niyatida edilar, lekin buning hech uddasidan chiqa
olmayotgan edilar. Lekin 1999 yil Yekaterinburgda nihoyat unga dunyodagi birinchi haykal
yodgorlik o‘rnatildi. Bronzadan quyilgan unchalik katta bo‘lmagan postamentda faqatgina bir
juft yalang oyoq izi turibdi. Bu haykal kimga o‘rnatilgan?

Javob: G.Uelsning “Ko‘rinmas odam”iga.

948. Dastlab Napaleon I o‘z jasoratini abadiylashtirish uchun Triumfal arkasini qurdirmoqchi
emas edi. U o‘sha yerda bir hayvonning haykalini o‘rnatmoqchi bo‘lgan. Chunki bu hayvonlarni
ko‘rganida u hayratga tushar edi. Lekin ushbu maqsad amalga oshmadi. Baribir Triumfal arka
qurildi. U qaysi hayvonning haykalini o‘rnatmoqchi edi?

Javob: Fil.

949. Frantsuz adabiyotining klassigi Onore de Balzak o‘zining bir qo‘llanmasida “Erkak kishi
o‘zining o‘sha narsasiga qarab hurmat topadi – bu uning o‘zi, buning yordamida u o‘zining asl
ko‘rinishini berkitadi, bu narsada uning aqli namoyon bo‘ladi” degan. Agar “Zakovat”
bilimdonlari bir necha yil avval u narsadan voz kechgan bo‘lsa, u nima bo‘lishi mumkin?

Javob: Galstuk

Izoh: “Zakovat” bilimdonlari o‘yinlarda anchadan buyon galstuk emas kapalaknusxa (babochka)
taqishmoqda.

950. Ushbu mahsulotning reklamalaridan birida unga shunday ta’rif berilgan: Unga musiqiy
asarlar bag‘ishlangan, uni to‘lov vositasi sifatida ishlatilgan, uning yordamida sevgi izhori
qilishgan, u turli dindagi insonlarni yaqinlashtirishga yordam bergan, uni ko‘pgina illatlarga
qarshi dori sifatida yozib berishgan”. Bu qaysi mahsulotning reklamasi?

Javob: Kofe

Izoh: Gap NESCAFE kofesi haqida bormoqda.

951. Malayziyada “Sen qayerga ketyapsan?” deyishadi, bu savolga “Aylangani” deb javob
berishadi. Yahudiylar “Sizga tinchlik” desa, fors “Quvnoq bo‘l” deydi, Grenlandiyaliklar esa
“Yaxshi ob-havo” deyishadi. Biz bunday holatda nima deymiz?

Javob: Assalomu Alaykum-Vaalaykum Assalom.

952. Kalamushlar bilasiz har doim insonga zarar yetkazib kelgan. Lekin yaqinda Tanzaniyada
ushbu hayvonlarga yangi bir vazifani o‘rgatishdi va ular o‘z ishlarini juda yaxshi bajara olishlari
mumkinligini isbotlashmoqda va inson kasbdoshlaridan farqli o‘laroq hattoki bir marta ham xato
qilishmayapti. Ularni qaysi kasbga o‘rgatishgan?

Javob: Sapyor.

953. XVI asr ispan yozuvchisi Fransisko Kavedo-i-Vilegos o‘z asarlaridan birida quyidagicha
fikrni aytadi:

“Sinor Dinero shubhasiz o‘ta qudratlidir”

Kavedo “Sinor Dinero” deganda kimni nazarda tutgan?

Javob: Pul (Dinor).

954. Rivoyatlarga ko‘ra, Alloh Odamatoni yaratish uchun farishtalarni yerdan tuproq olib
kelishga yuboradi. Yer qarshilik ko‘rsatadi va farishtalar undan tuproq olishmaydi. Bu ishni
faqat ugina bajarganligi sababli, u ustun turuvchi deb hisoblanadi. Savol, nimadan ustun
turuvchi?

Javob: O‘limdan.

Izoh: Bu Azroil farishta edi.

955. Bu xalq o‘zini inuit deb ataydilar, hammasi bo‘lib ularning soni 115 ming kishini tashkil
etadi. Bizda bu xalqning nomini xatto yosh bolalar ham yaxshi bilishadi. Savol bu qaysi xalq?

Javob: Eskimoslar.

956. Ushbu mashxur qo‘shiq 1992 yil dunyo yuzini ko‘rdi, kompozitori Toni Britten ismli shaxs
bo‘lgan bu qo‘shiq Londondagi avliyo Martin cherkovi xori tomonidan kuylangan. Qo‘shiq
matni 3 xil tilda (ingliz, nemis ,frantsuz) yozilgan. Mazkur qo‘shiqda siz “eng kuchlilar”, “buyuk
voqea”, “hammasi erkaklar” kabi so‘zlarni eshitishingiz mumkin. Gap qaysi qo‘shiq haqida
ketmoqda?

Javob: Yevropa Chempionlar Ligasi gimni

957. Frantsiyada Stendal davrida ushbu protsess boshlanishidan oldin 3ta sham yoqib qo‘yilgan
va bu jarayon ushbu shamlar o‘chguncha davom etgan.Hozirda bizda ham ushbu jarayonning
nihoyasiga yetishi 3 soni bilan bog‘liq. Gap qanday jarayon to‘g‘risida ketmoqda?

Javob: Auktsion (bolg‘achani 3 marotaba zarb bilan urish orqali tugatiladi)


958. O‘zbekiston Respublikasida u ko‘pi bilan 45 gradus burchak ostida va yerdan kamida 2,5
metr balandlikda turishi kerak. U nima?

Javob: O‘zbekiston bayrog‘i.(Bayroq to‘g‘risidagi qonunga muvofiq)

959. Yangi Gvineyaning papuas qabilasi aholisida yaqin qarindoshining o‘lganligiga motam
ishorasi sifatida o‘z qo‘l barmoqlaridan birini kesib tashlanganliklarini eshitgansiz.Yigirmanchi
asrning 50-yillarigacha papuaslar orasida barcha barmoqlari yo‘q insonlarni ko‘plab topish
mumkin edi.(ko‘pgina qarindoshlari o‘lganligi sababli).50-yillardan keyin papuaslar orasida 6-7
ta barmog‘i kesilganlarini uchratishimiz mumkin ediyu lekin barcha barmoqlari yo‘qlari deyarli
uchramay qoldi. Bunga sabab nima bo‘lgan edi?

Javob: 50-yy dan keyin papuaslar xristian dinini qabul qila boshladi va tabiiyki cho‘qinish
ritualini ijro etish uchun kamida 3 ta barmoq bo‘lishi talab etilardi.

960. Zurab Seritelining Ulug‘ vatan urishiga (1941-45yy) bag‘ishlab qurgan Moskvadagi
monumentining balandligi rosa 142 metr chiqadi. Nimaga Seriteli aynan shuncha balandlikni
tanlagan?

Javob: Monumentning har 10 sm urushning bir kunini timsoli.

961. Nima uchun vino, shampanlarni uzoq vaqt saqlash uchun tik holatda emas balki yotiq
holatda saqlashlarini aniq sababibini ayting?

Javob: yog‘och tiqinlar qurib qoladi va ichiga havo kirib vino buziladi.

962. Bill Xyulett va Deyv Pakkard o‘zlarining elektoritexnika sohasidagi kompaniyalariga asos
solishgach, bir masala bo‘yicha qur’a tashlashgan. Qur’ada kim yutgan?

Javob: Xyulett

Izoh: Shundan so‘ng kompaniya nomida Xyulett nomi birinchi ishlatiladi

963. Qo‘shiqqa ko‘ra bir rassom bir aktrisani sevib qoladi va o‘z uyini, kartinalarini sotib, unga
atab juda ko‘p miqdorda bir narsa sotib oladi.Endi siz o‘sha rassom nima sotib olganligini aniq
qilib ayting?

Javob: Million million pushti atirgul


964. Yoz oylardan birida Moskva yaqinidagi pivo do‘konining tomiga osmondan katta bir jism
qulab tushgan.Hozirgi kunda ushbu katta shov-shuvga sabab bo‘lgan jism muzeyda
saqlanmoqda.Endi siz ushbu jismni toping?

Javob: Olimpiada 80 ayig‘i.

Izoh: Katta ayiq shaklidagi havo shari osmonga uchirilgan edi

965. U 19 asrda paydo bo‘lgan va 20 asrdan yevropaga tarqalgan.Uning “andalus”, “kreol”,


“argentina” kabi turlari mashhur.Yaxshilab o‘ylab uning arabchasini kim mashhur qilganini
toping?

Javob: B.Zokirov. (tango)

966. Piterdagi dastlabki ajraluvchi mostlardan biri A.D.Menshikov tomonidan qurilgan


bo‘lib,undan o‘tish pullik edi.Piyodalardan 1 tanga, otliqlardan 2 tanga, aravalardan 5 tanga
olingan.Eng baland narx bir rubl nimalardan olingan?

Javob: Kemalardan

967. “Argumenti i fakti” gazetasida bir cherepitsa ishlab chiqaruvchi firma reklamasi
chiqqan.Ushbu reklamada cherepitsalar surati bilan birgalikda bir mult qaxramonning xam rasmi
bor. Qaysi qaxramon?

Javob: Karlson

968. 1888 yili AQShning Jeynsvill maktabi o‘qituvchisi o‘zining ishonchsiz va noqulay ish
qurolidan voz kechib, uning yangi turini yaratadi. Endi ushbu insonnig familiyasini ayting?

Javob: Parker

969. 1760-y Strasburgda Mari ismli qizcha tug‘iladi.Yoshligidan haykaltaroshlikka qiziqqan


Mari, keyinchalik Angliyaga ko‘chib ketadi va u yerda bir mashxur muassaga asos soladi.Endi
manga ushbu frantsuz xonimining familiyasini ayting?

Javob: Madam Tyusso (Londagi mashxur muzeyga asos solgan)

970. 1940 y.y.da Shvetsiyada yangi metall qotishmali relsga ega bo‘lgan o‘sha davrda dunyodagi
eng tez yurar poezd liniyasi ishga tushadi.Ko‘p o‘tmay bir mashhur inson shunday relslardan 3-4
km. uzunlikdagisiga buyurtma berib, sotib oladi. Yaxshilab o‘ylab ko‘ringda ushbu insonning
familiyasini ayting?
Javob: Uold Disney (Disneylend uchun)

971. Chester Karlson o‘zining nusxa ko‘chiruvchi ixtirosini nima uchun XEROX, ya’ni
o‘zbekchasiga “quruq” deb nomlagan?

Javob: O‘sha davrda faqat namlik orqali nusxa ko‘chiruvchi apparatlar bo‘lgan xolos.

972. Har yili Gannibal shahrida bir festival bo‘lib o‘tadi,u yerda o‘tadigan devor bo‘yash
bo‘yicha musobaqa ayniqsa qatnashchilar o‘rtasida katta qiziqishga sabab bo‘ladi.Endi o‘ylab
ko‘rib aytingchi bu festival kimning nomi bilan ataladi?

Javob: Mark Tven

973. 1ta Yaguar, 2ta it, 1ta qunduz, 4ta ayiq, 1ta burgut, 4ta boyqush, 1ta o‘rdak, 1ta
o‘rdakburun, 1ta yexidna, 1ta yenot, bir bola va bir qiz, 1ta quyon,1ta koyot 1ta bo‘ri hamda 2ta
yunon ma’budi. Ushbu qatordagi bog‘liqlikni toping?

Javob: Olimpiada talismanlari.

974. Aynan shu sport inventarining mustahkamligi 120 mil/soat tezlikda yadro otish qudratiga
ega bo‘lgan pnevmatik pushka orqali sinaladi.Qaysi inventar?

Javob: Xokkey darvozaboni shlemi.

975. Farer orollaridagi mahalliy aholi Jyul Vernni yozishicha oroldagi juda yog‘li bir qushning
o‘ligidan tayyor ro‘zg‘orda kerakli bir narsa sifatida foydalanishgan.Nima sifatida?

Javob: Sham sifatida.

976. Nepalliklar tilida u "Samarmatxa" - "Olamlar onasi" degan ma'noni anglatadi. Ular nimani
shunday nomlashadi?

Javob: Jamalungma cho'qqisi

977. Qadimgi yunon faylasufi Diogen savollarga antiqa javob bergani bilan mashhurdir. Unda
sen qaysi davlatga tegishlisan deya so'raganlarida, u o'zidan keyin ko'pchilik foydalangan
mashhur javobni beradi. U javob qanday edi?

Javob: "Men - tinchlik fuqarosiman".


978. Qadimgi Rusda bir g'aroyib odat bo'lgan ekan. O'z qarzini to'lamagan odamni katta
maydonga odamlarni chaqirib, bog'lab qo'yib, uni yaxshilab chirmashar ekan. Nima uchun qarz
egalari uning bu azoblardan qattiqroq baqirishini xohlashgan?

Javob: Uning yaqinlari yoki qarindoshlaridan biri bu hayqiriqni eshitib uning qarzini to'lashi
uchun.

979. XVIII asrda bu mahsulot saroyda desert sifatida dasturxonga tortilardi. Uni iste'mol
qilishdan avval qaynatib, so'ng shakar qo'shib yeyishardi. Hozirda esa uni biz juda ko'p iste'mol
qilamiz. Bu qaysi mahsulot?

Javob: Kartoshka

980. Nikolay Lobachevskiy, Konstantin Siolkovskiy, Lev Tolstoy, Bulat Okudjava, Aleksandr
Soljenitsin, Yuliy Kim, Stiven King. Ularni qanday qilib hamkasb deb atashimiz mumkin?

Javob: Ular hammasi maktab o'qituvchisi bo'lishgan.

981. Aleksandr Pushkinga graf Zavadovskiy o'zining doimiy daromadlari haqida gapirganda,
shoir: "Men sizdan boyroqman, menda 36 ta doimiy daromad manbai mavjud". Ulardan
birinchisini ayting.

Javob: "A". U harflarni aytgan

982. Mashhur angliyalik yozuvchi Grem Grin "dunyoning eng yaxshi turistik tashkiloti" deya
nimani nomlagandi?

Javob: MI-6 Britaniya razvedka xizmatini.

983. Rasululloh SAVning uzuklarida qaysi yozuv bor edi?

Javob: Alloh, Rosul, Muhammad

984. To'rt xalifaning kumush uzuklarida qanday yozuv bor edi?

Javob: Hazrati Abu Bakrning uzuklarida "Alloh naqadar go'zal qudrat sohibidir",

Hazrati Umarning uzuklarida "Yo Umar, senga voiz va nasihatchi bo'lgan o'lim bordir",

Hazrati Usmonning uzuklarida "Yo balo va musibatlarga sabr etasan va yo nadomat etasan",
Hazrati Alining uzuklarida "Mulk Allohnikidir" degan yozuv bor edi.

985. Yevropaliklardan uch asr avval kichik qon aylanish sistemasini kashf etgan musulmon olimi
kim?

Javob: Ibnun Nafis

986. Astronom, matematik, fizik, geograf, botanik; dunyoning shar shaklida ekanligini va
Quyosh atrofida aylanishini Kopernikdan 500 yil avval isbot etgan buyuk musulmon turkiy olimi
kim?

Javob: Abu Rayhon Beruniy

987. Dunyoning eng mashhur 20 ta astronomidan biri, trigonometriyaning asoschisi, sinus va


kosinusni ilk marta qo'llagan musulmon olimi kim?

Javob: Battoniy (858-929)

988. Nyutondan ancha avval differensial hisobni kashf etgan, algebraik geometriyaga asos solib,
Yerning diametri va ikki meridian orasini aniq hisoblab chiqqan musulmon olimi kim?

Javob: Sobit ibn Kurra

989. 88 yil Franklarning qo'lida qolgan Quddusni ishg'ol etib, saliblarga qarshi eng katta zarbani
bergan musulmon hukmdori kim?

Javob: Salohiddin Ayyubiy

990. Qodisiya jangi qaysi xalifa zamonida bo'lgan? Bu jangda musulmonlarning qo'mondoni kim
bo'lgan? Bu jangda musulmonlar kimlarga qarshi urush qilganlar.

Javob: Hazrati Umar zamonida, hazrati Payg'ambarimiz SAVning tog'alari Sa'd ibn Abu Vaqqos
qo'mondonligida, Rustam qo'l ostidagi Eronga qarshi urush qilganlar.

991. Qur’oni karimda 114 ta sura, 6236 ta oyat borligi ma’lum. Suralarning ba’zilari Makkai
mukarramada va ba’zilari Madinai munavvarada nozil qilingan Makkada nechta sura va nechta
oyat va Madinada nechta sura va nechta oyat nozil qilingan?

Javob: Makkada 91 ta sura, 478 ta oyat; Madinada 23 ta sura, 1456 ta oyt nozil qilingan.
992. Janob Rasululloh sallallohu alayhi vassallam nozil bo‘lgan oyatlarni o‘z vaqtida yozib
borib, kelgusida bir mukammal Mushafi Sharif sifatiga keltirish uchun sahobai kiromlardan to‘rt
kishini kotib qilib olgan ekanlar. Bu ulug‘ ishni bajarish bahtiga muyassar bo‘lgan sahobalar
kimlar?

Javob: Ali ibn Abu Tolib; Muoviya ibn Abu Sufyon; Ubay ibn Kayb; Zayd ibn Sobit (Alloh ul
zotlardan rozi bo‘lsin).

993. Hazrati Umar roziyallohu anhu qancha vaqt halifalik qilganlar?

Javob: O‘n yarim yil

994. Hazrati Usmon roziyallohu anhu qancha vaqt halifalik qilganlar?

Javob: 12 yil

995. Hazrat Ali karamullohu vajhahu hijratning nechanchi yili vafot etganlar?

Javob: hijratning 45 yili shahid bo‘ganlar

996. Shekspirning "Antoniy va Kleopatra" degan dramasi borligini bilamiz. Antoniyning ismi
nima edi va Kleopatra nechanchi edi?

Javob: Mark, Kleopatra VII

997. 3 mlrd 100 mln. funtsterling turadigan "Qirol Xolid" 1983 yili Ar-Riyod yaqinida ochilgan.
221 kv.km joy egallagan "Qirol Xolid" nimaning nomi?

Javob: Aeroport

998. Bu orolni ingliz kapitani Metyu Flinders 1802 yili ochib, uni bir jonivor nomi bilan ataydi.
Bu jonivor mashhur bir davlat gerbida ham tasvirlangan. orol nomi nima?

Javob: Kenguru oroli (Avstraliya gerbida rasmi bor)

999. 1936 yili jahonda 3 ta milliarder mavjud edi. Ular: Endryu Uilyam Mellon, Genri Ford...
Uchinchisi kim?
Javob: Rokfeller

1000. 387 yilning 18 iyul kuni rimliklar qo'shini Alliya daryosi bo'yida keltlardan mag'lub
bo'ladi. Shundan keyin bu kunni ular nima deb nomlashgan?

Javob: Qora kun

1001. 17.987.547 - bu yorug'likning vakuumdagi tezligi. Uning o'lchovini belgilang.

Javob: Km/min.

1002. Vay Ale-Ale tog'i, Kauai oroli, Gavai, 350 kun. Mana shu faktlarni bir-biriga qo'shsa nima
hosil bo'ladi?

Javob: Vay Ale-Ale tog'i, Kauai oroli, Gavaida yiliga 350 kun yomg'ir yog'adi.

1003. Qadimgi skandinavlarda agar shoh yoki harbiy qo'mondon o'lsa, uning hamma boyliklari
va ... si bilan birgalikda dahmalarga ko'mishgan. Nuqta o'rnini to'ldiring.

Javob: Kema

1004. AQShlik Don Badj, Morin Konnoli, Avstraliyalik Rod Leyver, Margaret Smit Kort,
Germaniyalik Shteffi Graff. Yuqoridagi insonlarni nima birlashtirib turadi?

Javob: Bu tennischilar "Grand Slam" unvoni sazovorlari bo'lishgan.

1005. Mashhur sport kiyimlari va buyumlari ishlab chiqaruvchi Adidas kompaniyasi


emblemalarisi bu "Uch barg" hisoblanadi. Bu uch bargli emblema nimani ifodalaydi?

Javob: Uch barg ma'nosi, "Adidas"ning uch qit'ada o'z kompaniyalari borligini aks ettiradi.

1006. Autfild, Bol, Ketcher, Pitcher, Xoum-ran atamalari qaysi sport turida ishlatiladi?

Javob: Baseball sportida bu atamalar keng ishlatiladi


1007. Rossiyalik "Tarzan" laqabli sportchi kim?

Javob: A. Popov

1008. 1974 yil Kuba poytaxti Gavanada bo'lib o'tgan boks bo'yicha Jahon Chempionati finalida
hamyurtimiz Rufat Risqiyev kimni mag'lub mag'lub etgan?

Javob: Bunda vatandoshimiz Luis Felipe Martinez ni mag'lubiyatga uchratib jaxon


chempionligini qo'lga kiritgan

1009. Boksni hamma yaxshi bladi. Lekin boks tushunchasi nafaqat sport turi, balki bir sport
turidagi shu sport jihozlari turuvchi joyni ham anglatadi. Bu qaysi sport turi?

Javob: Formula 1

1010. Futbolda "La-ola" degan atama bor. Bu qanday tushuncha?

Javob: La ola - To'lqin degan ma'noda keladi. Bu muxlisalarning o'ziga xos to'lqinsimon
ko'rinish xosil qilishi

1011. 2008 - yil MDHda qanaqa yil deb e'lon qilindi?

Javob: "Adabiyot va kitobxonlik yili"

1012. Qubbatul ilm va adab nomi bilan mashhur bo'lgan shahar?

Javob: Shahrisabz

1013. "Chog'ir va Bang munozarasi", "Dahnoma" asarlari muallifi kim?

Javob: Yusuf Amiriy

1014. Rossiyada 2008 yil qanday yil deb e'lon qilindi?

Javob: Oila yili

1015. Qadimda Balx, Vahsh nomlari bilan atalgan daryo?

Javob: Amudaryo.
1016. Salibchilarning Yaqin Sharqdagi oxirgi qarorgohini yo'q qilgan sarkarda kim?

Javob: Amir Temur. Izmir (Turkiya) shahrini egallashi bilan, Yaqin Sharqdagi eng so'nngi salib
qarorgohini yo'q qilgan.

1017. Andijon davlat Universiteti kimning nomida?

Javob: Zahiriddin Muhammad Bobur

1018. Bu narsani biz deyarli har kuni o'z uyimizda, balki o'zimizga tegishli buyumda ham
ko'rishimiz mumkin. Bu narsani lotinchadan tarjima qilsa, "hasharot mo'ylovi" degan ma'noni
bildiradi. Gap nima haqida ketmoqda?

Javob: Antenna

1019. Chingizxon va Xorazmshohlar urushiga turtki bo'lgan qabix ishni amalga oshirgan
shoxning ismi.

Javob: Dastlab 1216-yilda Chingizxon huzuriga Xorazmshoh Bahruddin Roziy boshchiligida o‘z
elchilarini yuboradi. Bunga javoban Chingizxon o‘z elchilarini xorazmlik savdogar Mahmud
Yalovoch boshchiligida Xorazmga yuboradi. 1218-yili Chingizxon savdo va elchi karvonlarini
tayyorlab Xorazmshohga yuboradi, lekin O‘tror shahriga yetganda Muhammadning roziligi
bilan, O‘tror shahrining noibi Inalxon farmoniga binoan karvon talanadi va odamlari qirib
tashlanadi. Chingizxon Sulton Muhammaddan aybdorlarni jazolashni va Inalxonni tuttirib, uning
ixtiyoriga jo‘natishni talab qilib, Ibn Kafroj Bug‘roni ikki ishonchli mulozimi kuzatuvchilari
bilan Xorazmshoh huzuriga elchi qilib yuboradi. Xorazmshoh Chingizxon talabiga javoban
elchini o‘ldirishni va u bilan kelgan ikkita mulozimning soqol-mo‘ylovlarini qirib, sharmanda
qilib qaytarib yuborishni buyuradi. Bu voqealar Chingizxon va Xorazmshoh davlatlari o‘rtasida
savdo aloqalari va elchilik munosablari tamomila uzilganini bildirar edi.

1020. Bular Qadimgi Bobilda 6 ta, Misrda 10 ta, Mayyalarda 5 ta, bizda esa 7 ta bo'lsa,
ko'pchilikka yoqadigan oxirgisini toping.

Javob: Hafta kunlari, oxirgisi Yakshanba.

1021. 1950-1955 yillarda Buyuk Britaniya bosh vaziri bo'lgan Uinston Cherchil nomiga taniqli
dramaturg Bernard Shou nomidan o'zining yangi spektakliga taklifnoma bordi. Taklifnomalar 2
ta bo'lib, Shou "Do'stingiz bilan premyeraga keling, agar bo'lsa" deb xat yozib yubordi. Shunda
Cherchil javob qaytardi: "Hozir vaqtim yo'q. Spektaklga bora olmayman. Lekin keyingi
premyeraga albatta boraman, agar......."

Nuqtalar o'rnini to'ldiring.

Javob: Lekin keyingi premyeraga albatta boraman, agar yana pyesangiz bo'lsa. (Ya'ni yana
premera bo'lsa)

Izoh: Uinston Cherchil ancha kibrli inson bo'lib, yaqin do'stlari bo'lmagan. Bernard Shou esa
uning ustidan kulish uchun shu gaplarni yozgan. Cherchill ham gapga usta bo'lib, unga ajoyib
javob qaytargan. Shouning pyesalari soni kam bo'lgani uchun shunday javob qaytargan.

1022. 1821 yili Taleyranga bu haqida aytishganida, "Bu endi e'tiborga molik voqea emas,
shunchaki bir xabar" deb, nimani nazarda tutgan edi?

Javob: Napaleonning vafot etgani haqidagi xabar

1023. 1978 yil noyabrda Tokiodagi ko'p qavatli binolardan birining yuqori qavatidan bir dona
tuxum tashlab yuborildi. Ko'pchilik guvohi bo'lgan bu voqeadagi tuxumning oddiy tuxumlardan
qanday farqi bo'lgan?

Javob: U pastga tushganda sinib ketmagan

1024. Andijon davlat Tillar pedagogika instituti kimning nomida?

Javob: Abdulhamid Sulaymon o'g'li Cho'lpon.

1025. Shtutgartda noodatiy antiqa darslik chop etildi. Bu darslikni o‘qish vaqtida o‘quvchilar
o‘zlarini o‘qituvchi o‘rniga qo‘yib ko‘rishlari va hatto darslik chop etuvchilarga baho qo‘yishlari
ham mumkin. Siz menga 1 daqiqadan keyin, ushbu darslikning boshqalaridan farqli jixatini
ayting.

Javob: U atayin xatolar bilan chop etilgan

1026. Mallarang bo‘yoq, ya’ni sepiya, xozir asosan sintetik(sun’iy) yo‘l bilan olinadi. Ammo
tabiiy bo‘yoq ancha taniqroq va sifatliroq. Bu bo‘yoq tabiiy usulda bir jonzotdan olinadi. Siz uni
topishingiz uchun mashhur bir musobaqani esga olishingiz kifoya. Menga o‘sha bo‘yoqning
tabiiy manbasini yozib bering.

Javob: Karakatitsa. Izoh: "Kapitan Vrungel sarguzashtlari"da Vrangelning raqibini kemasi "Qora
Karakatitsa" bo'lgan
1027. Fiat, Pejo, Reno va Shevrole. Bu so‘zlarni avtomobil markalari ekanligidan tashqari ham
bir umumiylik birlashtirib turibdi. Siz menga bu so‘zlardagi o‘sha umumiylikni topib aytasiz.

Javob: Oxirgi xarfi "T" bilan tugaydi: FIAT, PEGOUT, RENAULT, CHEVROLET

1028. Dunyoda juda ko‘plab dori xillari mavjud. Ularning funksiyasi ham xar xil. Xususan, Bir
qancha dorilar qon ta’minotini yaxshilashga xizmat qilar ekan. Ya’ni ular qon bilan yaxshi
to‘yingan hujayra va to‘qimalardan qon donachalarini olib, ularni kamqon bo‘lgan hujayra va
to‘qimalarga yetkazib berar ekan. Endi savol quyidagicha, shifokorlar bunday funksiyali dorilar
turkumini hazillashib qanday nomlashadi?

Javob: Robin Gud

1029. Hududi kattaligi jihatidan - 110 o‘rin, aholi soni bo‘yicha - 73-o‘rin, Xalqaro savdo hajmi
bo‘yicha - 15-o‘rin, Valyuta zahirasi bo‘yicha - 6-o‘rin, aholisining kishi boshiga daromadi
bo‘yicha - 4-o‘rin. Va faqatgina travmatizm darajasiga ko‘ra dunyoda 1-o‘rin. Siz bu qaysi
davlat ekanligini yozib bering.

Javob: Shveytsariya

1030. Qaysi qurol o‘z nomini inglizcha “aylantirmoq” so‘zidan olgan?

Javob: Revolver

1031. Vatikanda joylashgan mashhur Avliyo Pyotr sobori ajoyib arxitektura mo‘jizasi bilan
qurilgan ekan. Uning gumbazi o‘rtasida dumaloq teshik bor.Bu joydan soborga quyosh nuri
tushib turadi. Ammo, qanchalik g‘alati tuyilmasin, u yerdan bironta ham yomg‘ir yoki qor
tomchisi ichkariga tushmas ekan. Bunga sabab nima?

Javob: Sababi o'sha teshikdan doimiy ravishda issiq xavo chiqib turadi. Shuning uchun u yomg'ir
va qor tomchilarini qaytaradi va bug'lantirib yuboradi.

1032. Uni tekshirish natijasida har xil diagnozlar qo‘yilgan:

Mikroxirurglar Kurte va Grippo tananing o‘ng qismi atrofeyasi deb tashxis qo‘ygan. Doktor Bent
Kristianson faqat yuzi falaj bo‘lgan deb hisoblaydi. Doktor Nakamura esa unda astma borligini
aniqlagan. 1961 yil Leo Valla kuchli texnologiyalar asosida tekshirib, uni mongoloid irqiga
mansub degan xulosaga kelgan. Ushbu olimlarning “mijozi” kim edi?

Javob: Mona Liza - Jakonda


1033. Yaqinda TNT kanali orqali efirga uzatilgan “Taksi” ko‘rsatuvining 1 sonida “Qiyin
savollar” toifasi bo‘yicha berilgan savoldan na’muna:

Savol quyidagicha: “Ishonish qiyin bo‘lsa ham uning ko‘zi ko‘rmas bo‘lgan ekan. Bu to‘g‘rimi?”

Yo‘lovchilar esa uzoq o‘ylab “Ha” deb javob berishdi. Shunda boshlovchi ham “U qanaqasiga
ko‘r bo‘lishi mumkin?” deb javob noto‘g‘riligini e’tirof etdi. Agar savolda aytilgan shaxsning
millati yapon bo‘lsa, unda menga uning to‘liq ismini va kasbini ayting.

Javob: Akiro Kurasava, rejissyor. ("Dersu Uzala" filmini eslang)

1034. Shveytsariyada nodir va eski kitoblar sotiluvchi magazin mavjud.(bukinistlar magazini)


Uning boshqalaridan farqli tomoni kitoblar og‘irligiga qarab sotiladi va narxlanadi. Siz endi
menga aytingchi, xaridorlar qanday mahsulotlarni bu magazindan chegirma asosida xarid qilishi
mumkin?

Javob: Poetik va she'riy dostonlarni. Sababi ular katta hajmda bo'ladi.

1035. Qilingan ixtirolarning asosiy amaliy maqsadi ko‘pincha tor doirada bo‘ladi. Masalan:
Xronometr ixtiro qilinganda dengizchilar faqat aniq uzoqlikni bilish uchun foydalanishgan.
Xuddi shunga o‘xshab qanday maqsad uchun ingliz shifokori Jon Flouer sekundni ko‘rsatuvchi
strelka ixtiro qilgan?

Javob: Yurak pulsni o'lchash uchun

1036. Xitoyda u boylik ramzi, Misrda o‘lim va ruh ramzi sifatida qarashgan. Gretsiyada esa uni
o‘lchov asboblariga tasvirlashgan va u savdoda halollik belgisi bo‘lgan. U xozir bir o‘yinning
ramzi. Xo‘sh bu qaysi o‘yin?

Javob: "Nima? Qayerda? Qachon?" o'yinining ramzi. Gap Boyo'g'li haqida ketmoqda.

1037. Mashhur siyosatchi Otto fon Bismark shunday gap aytgan: Odamlar ovdan keyin, sayr
vaqtida va undan oldin ko‘proq yolg‘on gapirishga moyil bo‘ladilar. Savol, nimadan oldin?

Javob: Saylovdan oldin

1038. O O T T F F S S ........

Bu xarflar ro‘yxatida qaysi xarf ortiqcha va nima uchun?

Javob: Birinchi O harfi ortiqcha. Sababi bu ro'yxat ingliz raqamlarining bosh harflari edi. One,
Two,Thre, Four, Fife......
1039. Olimpiyada tarixida 100 metrga yugurish bo‘yicha chempionlar ko‘p. Lekin ular orasida
1900 yili chempion bo‘lgan Tomas Berk nomi alohida qayd etilgan. U boshqa sportchilardan
farqli o‘laroq u narsani birinchi bo‘lib qo‘llagan va chempion bo‘lgan. Aytingchi Tomas
Berkning alohida qayd etilishiga sabab nima?

Javob: U ilk bor quyi startni boshlab bergan, ya'ni tizzalab yugurgan

1040. 1970 yillari SSSRda ishlab chiqarilayotgan konservalarning ustiga ma’lum bir harflar
yozib qo‘yilgan. Masalan: “A”, “D‘“ va h.k. Mantiqiy o‘ylagan holda bu harflarning eng oxirgisi
qaysi va bu qanday ma’noni bildirishini ayting

Javob: "D" harfi. Bu harflar u konservaning qaysi oyda chiqqanligini bildirgan. 12-harf esa bu
"D" harfi.

1041. Bu narsa 1895 yili Syurixlik bir kishi tomonidan ixtiro qilingan. Lekin uning
ommaviylashishi sekin davom etgan. Faqatgina I jahon urushiga kelib uning targ‘iboti keng
ko‘lamda bo‘lgan va uning qulayligi urushda o‘z isbotini topgan. Menga gap nima haqida
ketayotganligini emas, balki o‘sha ixtirochining ismini ayting.

Javob: King Kemp Jillet. Xavfsiz ustara ixtirochisi

1042. Ularning soni hozirgi zamon olimlari tomonidan 54-58 deb aytiladi. Gap shundaki
ularning ko‘rinishlari har xil, hatto ba’zilarining chegarasi yo‘q. Ulug‘ bobomiz Abu Rayxon
Beruniy ularning nechtasini bilganini bilmadiku, lekin qadimgi yunonlarga ularning 7 tasi
ma’lum bo‘lgan. Gap nima haqida ketmoqda?

Javob: Dengizlar. Sargossa dengizining chegarasi yo'q.

1043. Yaponlarda “be” o‘tirmoq degani. Xo‘sh unda “teribe” qanday tarjima qilinadi?

Javob: Televizor

1044. Sovet haykaltaroshi Kuratov 1 kishining yubileyi uchun uning haykalini yasaydi. Unda
o‘sha inson yoniga kuchuk, mushuk, maymun, g‘oz kabi bir necha hayvonlarning ham
haykallarini joylashtiradi. Diqqat savol, u kimning haykalini yasagan edi?

Javob: Mashhur masalchi Krilovning haykali


1045. Shimoliy Amerika hindulari uchun u uy, idish-tovoq, qurol, oziq-ovqat, kiyim-kechak
vazifani o‘tagan. Savol, u nima?

Javob: Bizon.

1046. 25 litr suvni atigi bir tomchi u bilan bulg‘ash mumkin. U nima?

Javob: Neft

1047. AQShda u o.k.y., Yaponiyada y.o.k., bizda esa k.o.y. ko‘rinishida. Savol, gap nima
haqida ketmoqda?

Javob: Sanalarning yozilishi edi. Bizda kun, oy, yil yoziladi. Ularda esa aksincha

1048. 1958 yili Shvetsiyada bo‘lgan futbol bo‘yicha Jahon chempionatida 16 jamoani guruhlarga
bo‘lish uchun qur’a tortish marosimi bo‘lgan. Unda barcha jamoalar hududiy yaqinligidan kelib
chiqib 4 guruhga bo‘lingan. Bunda 1-guruh “G‘arbiy Yevropa”, 2-guruh “Sharqiy Yevropa”, 3-
guruh “Amerika” deb nomlangan. Xo‘sh unda oxirgi 4-guruhga qanday nom berilgan edi?

Javob: Buyuk Britaniya. Sababi o'sha yili B.Britaniyaning 4 ta davlati ham chiqishgan edi.

1049. Yunon faylasufi Demokritning bir gapi bor: Agarda kimga yaxshi kuyov uchrasa unda u
o‘g‘illi bo‘ladi. Agar yomon kuyov uchrasa… Jumlani to‘diring.

Javob: Qizingdan ayrilasan

1050. Sigir - 4, cho‘chqa - 8, tipratikan - 10, yaguar - 11, ko‘rshapalak - 20. Xo‘sh, bu
ko‘rsatkich insonda o‘rtacha nechaga teng?

Javob: 7-8 soat. Gap uxlash haqida ketmoqda

1051. Bu ro‘yxat boshida Indoneziya turadi. 2-o‘rinda Yaponiya. 3-o‘rinda 2000 yilgacha
Buyuk Britaniya turgan. Xozir Filippin 3-o‘ringa ko‘tarilib olgan. Savol, bu ro‘yxat nimaga
qarab tuzilgan?

Javob: Orollar soni bo'yicha


1052. Narshaxiyning ma’lumotiga ko‘ra arablar istilo qilgan hudud aholisi arablardan moddiy
manfaatdor bo‘lishgan. Arablar mazkur hudud aholisiga bir ishlari uchun 2 dirxamdan berishgan.
Qanday ish evaziga?

Javob: Namoz o'qigani kelgani uchun.

1053. Turklar uni “shayton ovozi”, nemis dengizchilari “musson shamoli”, inglizlar “eng baxtsiz
kishilar ovozi” deya ta’riflashgan. Bizda ham bu narsa yaxshilikka olib kelmaydi degan aqida
bor. Gap nima haqida ketmoqda?

Javob: Hushtak

1054. Ularning birinchisi yevrey, keyingilari yunon, italyan, fransuz, ingliz, portugal, ispan.
Menga bularning xozirgisi va undan oldingisini nomma-nom ayting.

Javob: Gap Rim Papalari haqida edi. Xozirgisi Benidikt XVI, oldingisi Ioan Pavel II

1055. 1751 yili Angliyadagi bir reformadan ko‘chilik norozi bo‘lgan. Ular mazkur islohat
tashkilotchisi bo‘lgan lordning uyiga borib “Bizning 2,5 …mizni qaytaring” deya aytishgan.
Ular nimasini qaytarishni talab qilishgan va bu qanday islohat edi?

Javob: Ular Grigoriy kalendariga o'tgan va o'shanda sana 17 fevraldan 1 mayga o'tgan.

1056. AQShda har bir shtatning o‘z “Tayms”i bor. Masal, “New York Tayms”, “Los-Angeles
Tayms” va h.k. Unda aytingchi “Tundra Tayms” gazetasi qayerdan chiqadi?

Javob: Alyaska

1057. Yevropa politsiyasi bronjeletni ekstremestik harakatlarda, ish tashlashlar vaqtida va har
hafta bir joyga borganda kiyishadi. Savol, yana qayerga borganda ular bronjelet kiyib olishadi?

Javob: Futbol uchrashuvlariga

1058. XV asrda Parij shahri 3 qismga bo‘lingan. 1 - Sobor, 2 - Luvr. 3-qism qanday nomlangan?

Javob: Sarbonna
1059. 85 yoshdagi mashhur Akademik uylanmoqda. U o‘z to‘yida qadah so‘zi aytmoqda: “Sevgi
misoli ummon. Men uningsiz yasholmayman. Uni sevdim va bundan uyalmayman”. Bu kimning
to‘yi edi?

Javob: Jak Iv Kusto

1060. Amerika shifokorlari televizorning insonlarga salbiy ta’siri to‘g‘risida tajribalar o‘tkazdi.
Ularning aniqlashicha televizor yonida ko‘p o‘tirish ko‘z kasalliklarini keltirib chiqara ekan.
Ular bu holat yana bir mintaqaga xos bo‘lgan kasallikni keltirib chiqarmoqda deya ma’lumot
berishdi. Bu qanday kasallik?

Javob: Semizlik

1061. 1996-yilning Fevral oyida "USA Today" degan gazeta bir insonni portretini "Insoniyat
uchun turib bera oladimi?" degan sarlavha bilan bosib chiqardi. Savol, kimning portreti chop
etilgan edi?

Javob: Garri Kasparov. U o'sha yili kompyuterga qarshi o'ynagan

1062. Bu kompaniya Toyota, Adidas, Microsoft kabi uzoq tarihga ega bo'lmasada dunyo
bozorining 70% ini egalladi. U faoliyatini 15000 dan ortiq ishchi yordamida 115 tilda va hozirga
kelib 8 mlrd. hamkor bilan olib boradi. Uning mahsuloti butun sayyorani ko'rishga yordam
beradi. Qaysi kompaniya to'g'risida gap ketayapti?

Javob: Google

1063. Stiven Frayning bir hazili bor, 50 yoshda vafot etgan Gabriel, o'zini 122 yoshda deb
hisoblagan, :-)) savol, Gabrielning familiyasi nima edi?

Javob: Farengeyt. Sababi Farengeyt shkalasi bo'yicha 50 Selsiy daraja (C) 122 ga teng.

1064. Fransuz yozuvchisi Viktor Gyugo, bir kitob yozdi va ingliz tiliga tarjima qildirib
Britaniyaga sotuvga qo'ydi, biroz vaqt o‘tgach, sotuv qanday ketayotganini tekshirish maqsadida
kitob sotuvchiga xat yozdi va o'z xatida sotuvchining intellektual salohiyatini ham tekshirib
ko‘rmoqchi bo'ldi, xatni kod orqali yozdi, shundan keyin kitob sotuvchi ham Viktor Gyugodan
qolishmagan holda, kitobning juda yaxshi sotilayotganini aytib javobini kodli tarzda qaytardi,
uning xati birgina "!" belgisidan iborat edi. Viktor Gyugoning xati qanday bo‘lgan?

Javob: "?"
1065. Dunyoning turli shaharlarida har xil adabiy qahramonlarga o‘rnatilgan haykallarni
uchratish mumkin. Mamlakatimizdagi bir shaharda esa Alisher Navoiyning “Hamsa” sidagi
qahramonlardan biriga o‘rnatilgan haykalni ko‘rish mumkin. Men sizdan u qaysi shahar
ekanligini so‘ramayman, siz menga o‘sha adabiy qahramonning ismini ayting.

Javob: Farhod.

1066. Dunyoda hech qaysi “botqoqlik” uchalik mashhur bo‘lmagan. Uning uzunligi 74 km, 1300
m gacha, havzasining maydoni 5 ming km2. Ushbu “botqoqlik”dagi 42 ta orolda dunyodagi eng
go‘zal shaharlardan biri joylashgan. Qaysi shahar?

Javob: Sankt-Peterburg. Neva-fincha botqoqlik degani.

1067. O‘zbek tilida turli boshqa tillardan kirib kelgan so‘zlar ko‘p ishlatiladi. Shulardan biri
frantsuz tilidagi abonner ya’ni yozilmoq so‘zidan olingan. Bu so‘zni yilda bir marta eslanishini
nazarda tutgan holda u nimaga nisbatan amalga oshirilishini ayting.

Javob: Gazeta va jurnallarga.

1068. 1921 yilgacha ishonchli bo‘lgan shahar birdaniga nomini o‘zgartiradi. 1997 yilga kelib o‘z
o‘rnini oq qabrga bo‘shatib berdi. Bu voqealarning barchasi qaysi davlatda sodir bo‘ldi?

Javob: Qozog‘iston.

1069. Diqqat savolda tushirib qoldirilgan so‘z bor. 19 asrlarda yashagan qozi Abdunabi
Hotifning tamomlanmay qolgan voqeaband dostonida: “Asar yozishdan maqsadim uning oqila,
fahmli, ilm va so‘zning qadriga yetadigan donishmand ayol ekanligini ko‘rsatishdir... Tushirib
qoldirilgan so‘z vafotidan so‘ng bu iffat sadafining injusi kunlarni hasratu firoq bilan shu tariqa
o‘tishini noshukurlik deb bildi.”. Tushirib qoldirilgan so‘zni bitta so‘z bilan yozib bering.

Javob: Umarxon.

1070. Odatda biror narsaning sinishi yoki sindirilishi baxtsizlikka yo‘yiladi. Lekin uni sindirish
albatta rozilikka, yaxshilikka olib keladi. Nimaning sinishi yaxshi belgi hisoblanadi?

Javob: Non.

1071. Fransiyaning Bezanson shahrida fotografiya bilan qiziquvchi rassomning oilasida 1862 yili
birinchi o‘g‘il tug‘ilganida unga Ogyust deb ism berishadi, oradan ikki yil o‘tib ikkinchi o‘g‘il
Lui dunyoga keladi. Ular ulg‘aygach o‘z otalarining familiyasini butun dunyoga mashhur
qilishadi. Siz menga o‘sha rassomning familiyasi qanday bo‘lganini ayting.

Javob: Lyumer.

1072. O‘zining san’atdagi ilk qadamlarini u kabutarlarni tasvirlashdan boshlagan, aniqrog‘i o‘z
otasi chizgan kabutarlarga oyoqchalar chizib qo‘yishdan boshlagan. Keyinchalik esa mashhur
rassom bo‘lib yetishgach, u o‘zining bu qushga bo‘lgan muhabbatini yana bir bor namoyish
qildi. Siz gap kim haqida ketayotganini anglagan bo‘lsangiz, u asosan rassomchilikning qaysi
yo‘nalishida ijod qilganini yozib bering.

Javob: Kubizm.

1073. Mashhur yunon haykaltaroshining ismiga hukmdorlik titullaridan birining nomini


qo‘shadigan bo‘lsak, mashhur hukmdorning uchinchi o‘g‘lining nomi kelib chiqadi. Siz menga
o‘sha mashhur hukmdorning kim ekanligini ayting.

Javob: Amir Temur. (Miron - shoh)

1074. Balxning janubiy tarafidagi shahar yonida joylashgan otashparastlarning qadimiy


butxonasi, 1972 yilda mamlakatimizda vujudga kelgan shaharcha, 1980 yilda tashkil etilgan
tuman, Farg‘ona viloyati Furqat qishlog‘idagi qishloq va oliy liga futbol jamoasi aynan bir hil
ataladi. Qanday ataladi?

Javob: Navbahor.

1075. O‘z mahsulotini jahon bozoriga chiqarib sotish oson ish emas va bu ishni hamma ham
eplayvermaydi. Lekin bir shaharning aholisi hohlagan paytida o‘z mahsulotini u sifatli bo‘ladimi,
sifatsiz bo‘ladimi, jahon standartlariga javob beradimi yo‘qmi baribir jahon bozoriga olib chiqib
sotaveradi. Bu qaysi shahar?

Javob: Namangan.

1076. Abumuhammad Ilyos ibn Yusuf ibn Zakiy Muyyad boshlab bergani an’anani keyinchalik
boshqalar ham davom ettirganlar. Siz menga uning boshlab bergan an’anasi bilan bog‘liq sonni
ayting.

Javob: 5. Yuqoridagi shaxs Nizomiy Ganjaviy.


1077. Mashhur sayyoh D. Livingston uni to‘ntarib qo‘yilgan ulkan sabziga o‘xshatgan.
Afrikaliklardagi bir rivoyatda: “Kunlardan birida qudratli tangri undan g‘azablanib, uni sug‘urib
olganu, ildizini yuqoriga, shoxini pastga qaratib to‘ntarib yana yerga tiqib qo‘ygan” deyiladi. Bu
nima?

Javob: Baobab daraxti.

1078. “Deyli telegraf” gazetasining 1976 yil 29 iyul sonida “Qanday qilib omadsiz bo‘lib, xech
narsa qilmaganlik uchun pul olinadi?” sarlavxasi ostida material chop etilgan. Bu maqola kimlar
xaqida edi?

Javob: Tilanchilar xaqida.

1079. Hindistonda har oyda ularga ma’lum miqdorda pul to‘lab boriladi. Bundan tashqari, ular
bepul tibbiy xizmatdan foydalanishlari mumkin. Ular qarigan paytida ham davlat qaramog‘ida
bo‘lishadi. Ular buning uchun davlat bilan shartnoma tuzishadi. Agar ular shartnomani
buzishsa,ularni qamoq va jarima jazosi kutadi. Ular kimlar?

Javob: Hech qachon turmush qurmaslikka qaror qilgan insonlar.

1080. Qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor Z. Tursunxo‘jayevning yozishicha, agar ushbu
maqolga amal qilinsa, xosildorlik gektariga 3 tsentnerdan 6 tsentnergacha yuqori bo‘ladi. Bir
daqiqadan keyin shu maqolni aytib bering.

Javob: “Yer xaydasang kuz xayda, kuz xaydamasang yuz xayda”.

1081. Kongoda aholi uning 500 tasidan, Indoneziyada 250 tasidan, Sudanda esa 117 tasidan
foydalanishadi. U nima?

Javob: Til.

1082. Tijortda raqobatga qarshi uchta qudratli qurol bor: 1. Sifat. 2. Narx. 3-nima?

Javob: Reklama.

1083. U daraxt Markaziy Osiyoda hosiyatli daraxt hisoblangan. Ocharchilik yillarida ham uning
pishig‘iga yetganlar tirik qolishgan. U daraxtni kesish baxtsizlik sanalgan. U qanday daraxt?

Javob: Tut daraxti.


1084. O‘tkir Hoshimovning “Daftar hoshiyasidagi bitiklar” ida shunday yozilgan: “Ikkita eng
holis hakam sinovidan o‘tgan asar haqiqiy asardir. Birinchisi tabiiyki, kitobxon. Ikkinchisi nima?

Javob: Vaqt.

1085. Ozod Sharofiddinov aytgan: “Tanqidchi ijod bog‘iga bolta emas, uni ko‘tarib kirishi
kerak”. Nimani?

Javob: Tokqaychi.

1086. Ulug‘ mutafakkir Mir Alisher Navoiy bu so‘zning har bir harfiga bir ma’no berganlar. Bu
so‘zda ittifoqlik, saodat, latofat, oqibat va muhabbat mujassamlashgandir. Bu qaysi so‘z?

Javob: Islom.

1087. Islandiya poytahti Reykyavikdan 112 km janubi-sharqda Surtsey degan vulkan bor. Bu
vulkanning boshqa vulkanlardan farqi bor. Bu farq nimada?

Javob: Bu vulkan dengiz ostidan otilib chiqadi.

1088. Bu daraxt Afrika shimolida shu yerlik xalqning ozuqaga, qurilish materiallariga, qisqasi,
kun ko‘rish uchun zarur narsalarga bo‘lgan ehtiyojini qondiradi. Sahroi kabirning ayrim
viloyatlarida uning mevasi hamon pul vazifasini o‘tab kelmoqda. Bu qaysi meva?

Javob: Xurmo.

1089. Bu ovozni eshitgan qoplon irillashdan, sirtlon uvillashdan to‘xtaydi, maymunlar


ayuhannos solib daraxtlarning eng baland shohlariga chiqib ketadi, kiyiklar, ohular yashin
tezligida ko‘zdan g‘oyib bo‘ladi, podada ma’rayotgan qo‘y, echkilarning ovozi o‘chadi, tuyalar
arqonini uzib qochadi, otlar oldingi ikki oyog‘ini tik ko‘tarib, og‘ir hansirab, kishnay boshlaydi
va zo‘r berib orqasiga tisariladi, itlar dumini qisib egasining pinjiga kiradi. Bu ovozni eshitganda
hatto odam ham bezgak tutgandek qaltirab, bekinish uchun joy axtaradi. Bu qanday ovoz?

Javob: Sher na’rasi.

1090. Polineziya orollarida ularga cho‘chqa va toshbaqa go‘shti, tunets balig‘i, tovuq kabi
lazzatli taomlar iste’mol qilish man etiladi. Kimlarga nisbatan bunday ta’qiq qo‘llaniladi?

Javob: Ayollarga.
1091. Bu hayvon nomining tarjimasi mahalliy qabilalardan birining tilida “ichmaydi” degan
ma’noni bildiradi. Bu hayvon haqiqatdan ham suv ichmaydi. Evkalipt barglari tarkibidagi suv
uning uchun kifoya. Bu qaysi hayvon?

Javob: Koala.

1092. Indoneziyaning Bali orolida yashovchi har bir inson umrida uch marotaba ibodatxonaga
zambilda keltiriladi: birinchi marta-yigit yoki qiz balog‘atga yetganida, ikkinchi marta-nikoh
to‘yida. Uchinchi marta qachon?

Javob: Birinchi o‘g‘il ko‘rganda.

1093. Vengriyada yangi yilda bayram dasturxoniga turli-tuman taomlar, tamaddilar, ko‘katlar,
ko‘p hil noz-ne’matlar tortiladi. Mehmonlar oldiga cho‘chqa bolasi butunligicha keltirib
qo‘yiladi. Lekin dasturxonga bir turkum taomlargina qo‘yilmaydi. Qanday taomlar?

Javob: Parranda go‘shti.

1094. Bu moslamani ilk bor 1670 yilda nemis ustasi Erxard Veygel Ienada turar joy binosida
qurgan edi. Keyinchalik uni rivojlantirishda amerikalik muhandis Elishey Otis o‘z hissasini
qo‘shdi. Mana salkam 340 yilki u insoniyatga beminnat xizmat qilib kelmoqda. U nima?

Javob: Lift.

1095. Bu daho yaratgan ixtirosini stol ustiga qo‘yib o‘rinbosari Jon Kruezining diqqatini jalb
qiladi va ixtirosining “shoxchasi”ga qarab “Merining qo‘zichoqlari bor edi” deb qichqiradi.
Keyin nima ro‘y berganini bilgan bo‘lsangiz, menga kashfiyotchini emas, uning ixtirosi nima
ekanligini ayting.

Javob: Fonograf (Tomas Edison ovozini yozib olgach apparat uni qaytaradi)

1096. 1912 yil 13 noyabr Namanganning Chuqur ko‘cha dahasida yashovchi Mamatxo‘ja va
Xolambibilarning oilasida dunyoga kelgan o‘gil farzandga tegishli Kemerova viloyati ichki
ishlar boshqarmasida saqlanayotgan “delo”ning 91-betini o‘qiyman:

“Mahbus 1944 yil 9 mart kuni soat 14:00 da o‘pka sili 2-darajali pellogra va yurak quvvatsizligi
natijasida 3-statsionarda vafot etdi.”

Bu kim edi?

Javob: Usmon Nosir


1097. Rossiya, Qozog‘iston, Mug‘uliston, Qirg‘iziston, Shimoliy Koreya, Tojikiston, Vetnam,
Afg‘oniston, Makao, Pokiston, Laos, Nepal, Myanma, Butan. Agar bu davlatlarni nima
birlashtirib turganini aniqlagan bo‘lsangiz men aytmagan yana bir davlatni topishingiz kerak.

Javob: Hindiston (Barchasi Xitoy bilan chegaradosh)

1098. Qo‘l yozmadan na’muna keltiraman:

“Agar kraxmallangan matodan tikilgan vintli qurilma ish bersa v tez aylansa, u havoda tirgak
xosil qiladi hamda bulutlar orasiga ko‘tariladi.”

Menga qo‘l yozma muallifini va ta’riflangan chizma nimaning ajdodi ekanligini ayting.

Javob: Leonardo Da Vinchi, vertalyot

1099. Dunyoda uning 600 dan ortiq turi mavjud. Nima uchundir uni ishlab chiqaruvchi dastlabki
fabrika Italiyada emas, balki 1848 yili Nyu-Yorkdagi Bruklin shahrida Antoini Segera
tomonidan ochilgan. Gap nima haqida ketayotganligini topgan bo‘lsangiz, u sifatli bo‘lishi uchun
tarkibida nima kamida 5.5% ni tashkil etishi kerak?

Javob: Tuxum (Gap Makaron haqida bormoqda)

1100. Qo‘lsiz oyoqsiz eshik ochar. Bu shamol ekanligi hammamizga yoshlikdan ma’lum. Ammo
Ginnesning Rekordlar kitobiga kirgan Litvalik Antanas Kontrimas 2001 yili 11 martida 59 kg.li
qizchani 10,93 soniya qo‘l-oyoqsiz qanday qilib ko‘tarib turganligini aytinchi?

Javob: Soqoli bilan.

1101. Kufa shahrini qurgan sahobiy kim?

Javob: Sa’d ibn Abu Vaqqos

1102. Bir ulug’ sahobiy shahodat kalimasini keltirganlarida Rasululloh s.a.v: "Sening aqlingni
ko’rib ,buaql faqat yahshilikka olib boradi, deb umid qilgan edim", deganlar. Rasululloh s.a.v. bu
muborak lafzlarini qaysi sahobiyga qarata aytganlar?

Javob: Xolid ibn Valid

1103. Rasulullohning s.a.v. onalari vafot etganlarida bir dodaklarini (cho’rilarini) qo’lida
qolganlar. Bu cho’rilarini ismi nima edi?

Javob: Ummu Ayman r.a.


1104. Rasulullohni s.a.v. emizgan ayol(Halima) qaysi qabiladan edilar?

Javob: Bani Sa’d.

1105.Rasululloh s.a.v. Shom safariga kelganlarida muborak oyoq izlari bir toshga tushib qolgan
ekan. Bu tosh bir masjidda saqlanadi. Bu masjid joylashgan qishloqni nomi nima?

Javob: Qadamun Nabiy

1106. Tarix kitoblarida keltirilishicha Baytulloh juda ko’p marta buzib qayta qurilgan.
Baytullohni 7-marta qayta qurilishini Rasulullohning s.a.v. qaysi bobolari amalga oshirgan?

Javob: Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallamning beshinchi bobolari Qusay ibn Kilob

1107. Baytullohni 8-marta qayta qurilishini qaysi qabila amalga oshirgan va bunda Rasululloh
s.a.v. necha yoshda bo’lganlar?

Javob: Quraysh qabilasi, 35 yoshda edilar.

1108. Islom nuri yer yuzini charog’on qilganidan keyin ilk marta to’kilgan qon qaysi sahobiy
tomonidan to’kilgan?(Musulmonlar va mushriklar o’rtasida chiqqan birinchi va kichik urush)

Javob: Bu kichik urush qurolsiz bo’lgan. Bunda ilk qon Hazrati Sa’d ibn Vaqqos tomonidan
to’kilgan.

1109. Yahyoning (a.s.) qabrlari qaysi shaharning qaysi jome’ida joylashgan?(Shaharning eski
nomini keltirishnigiz mumkin)

Javob: Damashq, Shomi sharif shahrining Bani Umayya jome’sida

1110. Alloh taoloning qudrati bois ikki dunyoda va yer osmon oralig’idagi jamiki narsa paydo
bo’ldi. Bir narsa borki Alloh taolo bilmaydi. Bu nima?

Javob: Alloh taolo O’ziga o’hshash narsani bilmaydi!

1111. Yana bir narsa borki, bu narsa faqat Alloh taoloda yo’q. Bu narsa nima?

Javob: Alloh taoloda uyqu yo’q.


1112. Joni va boshi yo’q,lekin yemish yeydi. Bu narsa nima edi?

Javob: Hazrati Muso a.s.ning asolari.

1113. Bu dunyoda asosiy hisoblangan ikkiliklar bor(Isnayn) Bular nechta va qaysilar?

Javob: Erkak va ayol, yer va osmon, tun va kun, quyosh va oy, jannat va do’zah, Iymon va kufr,
hayot va o’lim, yahshilik va yomonlik, Arsh va Kursi, Lavh va Qalam, ilm va amal, Husn va
ishq.

1114. Namozi Vitrni birinchi bo’lib kim va qayerda o’qigan?

Javob: Namozi Vitrni birinchi bo’lib Rasululloh s.a.v. Me’rojga chiqqanlarida o’qiganlar.
(Rasululloh s.a.v. Me’rojga chiqqanlarida jamki farishtalar u kishiga:"Yo,Rasululloh s.a.v. siz
jami payg’ambarlarni Hotamidirsiz",-deyishgan. Shunda Rasululloh s.a.v. buning shukronasiga
Uch rakat namoz o’qidilar.Bu namoz barcha ummatlariga Vojib bo’lib qoldi).

1115. Bu dunyoda ikki narsa bor. To qiyomatgacha biri qochadi, biri esa quvadi. Bu narsa nima?

Javob: Tun va Kun.

1116. Bir kecha kunduzda necha rakat namoz bor?Necha rakat Farz,sunnta va vitr ekanligini
aniqlang?

Javob: 32 rakaat: 17 rakaat farz, 12 rakaat sunnat, 3 rakaat vitr.

1117. Bu namozlarda esa nechta ruku’, sujud, takbir va tasbeh bor?

Javob: 32 ta ruku, 64 ta sajda, 160 ta takbir, 165 ta tasbeh bor.

1118. Mayyitga o’qiladigan janoza namozida nima uchun azon va takbir aytilmaydi?

Javob: Inson dunyoga kelganida sunnatga muvofiq o’ng qulog’iga azon va chap qulog’iga takbir
aytiladi.Shu azon va takbir o’lim namozinikidir.

1119. Boshqa namozlarda ruku’ va sujud bor? Nima uchun janoza namozida yo’q?
Javob: Alloh taolo Qiyomatda kofirlarga: "Nima uchun mendan boshqaga sajda qildinglar?"
deya so’raydi. Shuning uchun murdaga sajda qilishlikni man qilishgan.

1120. Tarixdagi Bobil imperiyasi qaysi hududda joylashgan edi?

Javob: Mesopatamiya

1121. Qadimgi grek xalqlarining "Illiada" va "Odissey" dostonlarini kim yozgan?

Javob: Gomer

1122. "Muxosara" so’zining ma’nosi nima?

Javob: Qamal

1123. Samud qavmining Payg’ambari Solih a.s. Quroni Karimning necha joyida zikr qilingan?

Javob: To’qqiz joyida zikr qilingan.

1124. Bu dunyoda Alloh taolo yaratgan ikki narsa bor. Ular hech qachon dam olmay yurishadi.
Bu ikki narsa nima?

Javob: Bu ikki narsa - Oy ila Kundir.

1125. Bu dunyoda bir daraxt bor. Bu daraxtni mevasini Jannatda ham payg’ambarlar yeb do’st
tutishadi. Bu daraxt nima?

Javob: Bu daraxt - Xurmo.

1126. Alloh taolo tomonidan payg’ambarlarga necha noma tushgan? Va bu nomalar qaysi
payg’ambarlarga tushgan?

Javob: Alloh taolo tomonidan nomalar Hazrati Odam a.s. Hazrati Shis a.s. Ibrohim a.s. va
Hazrati Idris a.s. larga tushgan.

1127. Qur’oni Karimni nima uchun "Furqon" deya atashadi?


Javob: Bu muqaddas kirobning "Furqon" deb atalishiga uning bo’lim-bo’lim, ajralib - ajralib
nozil bo’lgani sabab bo’lgan. Chunki boshqa Ilohiy kitoblar birdaniga nozil qilingan.

1128. So’fiylik qaysi payg’ambardan qolgan? Shokirlik qaysi payg’ambardan qolgan? Zokirlik
qaysi payg’ambardan qolgan? Oriflik-chi?

Javob: So’fiylik - Odam Safiyullohdan. Shokirlik(Shukr qilish) Nuh a.s.dan. Zokirlik Zakariyo
a.s. dan. Oriflik esa - Hazrati Ayyub a.s.dan qolgan.

1129. Nechta payg’ambar podshohlik qildilar? Mag’ribdan mashriqqacha necha kishi podshohlik
qilgan? Ulardan nechasi mo’min, nechasi kofur bo’lgan?

Javob: To’rtta payg’ambar podshohlik qildi: 1. Sulaymon a.s. 2.Hazrati Yusuf a.s. 3. Hazrati
Iskandar Zulqarnayn. 4. Hazrati Muhammad s.a.v. Mag’ribdan Mashriqqacha to’rt kishi
podshohlik qilgan. Ikki mo’min, ikkisi kofir. Mo’min: 1. Hazrati Sulaymon a.s. 2. Hazrati
Iskandar. Kofir: 1. Shaddod. 2. Namrud.

1130. Fil voqeasida Paygambarimizning bobolari Abdulmuttolib bilan Abrahaning urtasida bir
ajoyib suhbat bulgan. Bu suhbatda Abdulmuttolib Abrahadan uz ehtiyojini suragan. Abraha...
seninig dek viqorli insondan buning dek mayda narsani surashingni kutmagan edim dedi shunda
Abdulmuttolib Abrahaga qanday javob bergan edi?

Javob: Tuyalarini so’ragan. Nega Ka’bani so’ramaysan deganda, Ka’ba Allohniki, uni o’zi
saqlab oladi degan.

1131. Paygambarimizning (s.a.v) azvoji muhtaramalari orasida bir ayol bulganki doimiy bir
sifati bilan boshqalari orasida maqtangan u ayolning ismi nima? Va maqtanishiga sabab bulgan
sifatlari nima edi?

Javob: Zaynab onamiz hammangizning nikohingizni insonlar o’qigan. Mening nikohimni Alloh
o’qigan deb maqtanar edilar.

1132. Dunyodagi eng katta zulm nima?

Javob: Bizni yaratgan va rizqlantirgan ALLOHga shirk keltirishdan kattaroq zulm yo’q.

1133. Eng katta omonatni bilasizmi?

Javob: Eng katta omonat ahdga vafo qilmoqlik.


1134. Kechirilmas xiyonat qaysi?

Javob: Omonatga qilingan xiyonat eng katta hamda kechirilmas xiyonat.

1135. Oilada farzand tugildi ... ota-onaning dunyo va ohiratda qarzdor bulishiga sabab bulgan
birinchi ish? U nima?

Javob: Qulog’iga azon aytib, ism berish.

1136. Sud zalida ulimga hukm qilingan bir mahkum: "Men harbiy bulganman umrimning songgi
daqiqasida ojiz gunohkorga uhshab osilishimni istamayman balki harbiylarga hos tarzda otib
o’ldirilishimni surayman" degan. Bu so’zlar qaysi taniqli shaxsga tegishli?

Javob: Saddam Husayn

1137. "Hech birovga xolis hizmat qilganmisiz" bu sozlar qaysi mashhur ozbek yozuvchisining
mashhur asaridan olingan?

Javob: G’afur G’ulomning "Yodgor" qissasidan olingan.

1138. Paygambarimiz (s.a.v) ning davrlarida paygambarlik da’vo qilgan kishi kim? Va uning
da’vosiga nima sabab bulgan?

Javob: Musaylama kazzob

1139. U 7 yoshida qur’onni komil yod oldi, 8 yoshida odamlarga imomlik qildi, 9 yoshidan
boshlab hadis yig’di. Kunlardan bir kun otasi tushida uni payg’ambar alayhissalomning qo’llari
orasida qo’lidagi idishdan toshchalar olib payg’ambar qo’llariga tashlayotganini ko’rdi. Shunda
payg’ambarimiz unga qarab o’g’ling tez orada islomdan ko’p narsalarni o’rganadi islom
shariatidan dars beradi dedilar. U qaysi olim?

Javob: Abu Ja’far Muhammad ibn Jariyr At-Tobariy

1140. Hajjul mabrurning jazosi nima?

Javob: Paygambarimiz sollaallohu alayhi vasallam: {va hajjul mabrur laysa lahu jazaun illa
aljannah} ya’ni qabul bo’lgan hajning jannatdan uzga jazosi yo’qdir, deb marhamat qildilar.

1141. Imom Muslim tug’ilgan shaharning nomi?


Javob: Nishopur

1142. Olam yaralganidan beri payg’ambarlardan boshqa uch insonga siddiqlik sifati berilgan ular
kimlar?

Javob: Abu Bakr Siddiq, Oisha siddiqa, Maryam binti Imron

1143. O’zbekistonda 1993 yil qanday nom bilan atalgan edi?

Javob: Ahmad Yassaviy yili

1144. YUNESKO tomonidan butun dunyoda 2007 yil qanday yil deb e’lon qilindi?

Javob: Jaloliddin Rumiy yili

1145. Turkmanboshi Saparmurod Niyozov qaysi shaharga dafn etildi?

Javob: O’zi tug’ilib o’sgan Qipchoq shahrida qurdirgan masjid yaqiniga dafn etildi.

1146. Gazeta so’zining asl ma’nosi nima? Qaysi tildan olingan?

Javob: Tanga, italyan tilidan.

1147. Gomerning "Illiada" dostonida Sparta va Troya urushiga sababchi bo’lgan go’zal kim edi?

Javob: Yelena

1148. Ma’lumki Payg’ambarimiz ayollarni uyda o’qilgan namozlarini afzal deb marhamat
qilganlar lekin bir namozda ayollarni erkaklar orqasida turib o’qishlikka buyurganlar. Bu qaysi
namoz?

Javob: Hayit namozlari.

1149. O’zbekiston BMTga qachon a’zo bo’lgan?

Javob: 1992 yil 2-mart


1150. Yolbars terisini yopingan pahlavon dostoni muallifi kim?

Javob: Shota Rustaveli

1151. Konstantinopol (Istanbul)ni fath qilgan musulmon fotihi kim?

Javob: Turk sultoni Fotih Mehmet Ikkinchi

1152. Eng birinchi SMS qaysi davlatdan jo’natilgan?

Javob: Finlandiya

1153. Rasululloh SAVni ilk dafa emizgan ayol kim edi?

Javob: Rasululloh s.a.v.ni birinchi bo’lib uch kun onalari Omina, keyin esa amakilari Abu
Lahabning joriyasi Suvayba ismlik ayol emizgan.

1154. Rasulullohga Abu Tolibning uyida enagalik qilgan ayol kim edi?

Javob: Ummu Ayman.

1155. Imom Buxoriyning "Sahihul Buxoriy" kitobidagi bir hadisda bayon etilishicha,
paygambarlarning hammalari qaysi hunar(kasb) bilan shug’ullanishgan?

Javob: Cho’ponlik.

1156. Qalam surasining 10-16-oyatlarida ta’riflangan qasamxor, past, tuhmatchi, giybatchi,


baxil, haddidan oshgan, gumroh, qopol, ustiga-ustak otasi nomalum odam kim edi?

Javob: Holid ibni Validning otasi mushrik Valid ibni Mug’ira

1157. Asadulloh (Allohniung sheri) laqabli paxlavon sahobiy kim edi?

Javob: Amir Hamza

1158. Madinaga birinchi bo’lib hijrat qilishga chiqqan sahoba kim?

Javob: Abu Salama


1159. Muhojirlar orasida Madinada tug’ilgan birinchi chaqaloq kim?

Javob: Abdulloh ibn Zubayr r.a.

1160. Badr g’azotida muslmonlar bayrog’ini kim ko’targan edi?

Javob: Musab ibn Umayr

1161. Badr g’azotida musulmonlardan necha kishi shahid bo’lgan edi?

Javob: 14 kishi

1162. Badr g’azoti qaysi oyda bo’lgan edi?

Javob: Ramazon

1163. Sahoba Abdulloh ibn Mas’ud "Men payg’ambarimiz Muhammad alayhissalomninig


ashoblari orasida dunyoga mehr qo’ygan inson yo’q deb o’ylardim hattoki uhud jangidagi bir
oyat tushgunicha degan ekanlar. U qaysi suraning qaysi oyati?

Javob: Oli-Imron surasining 152-oyati, vallohi a’lam:

152. Alloh oz vadasining ustidan chiqdi sizlar Uning izni bilan kofirlarni qira boshladingiz. To
sustkashlik qilib, (paygambar alayhis-salomning) amru farmonlari borasida talashib-tortishgan
va Alloh sizlar yaxshi korgan narsani (yani galabani) kozingizga korsatib qoyganidan keyin
paygambarning amridan bosh tortgan paytingizgacha (bu ustunliklaringiz davom etdi).
Orangizda dunyo istagan kishilar ham, oxirat istagan kishilar ham bor edi. Songra sizlarni
imtihon qilish uchun ularning (ustidan galaba qilish orniga maglubiyat tomonta) burib yubordi.
Endi gunohlaringizni afv qildi. Alloh iymon egalariga fazlu marhamat sohibi bolgan zotdir.

1164. Rasululloh s.a.v. bir sahobiyga: "Ummatim orasida halol va haromni eng yahshi biluvchi
inson’,-deya ta’rif berganlar. Bu sahobiy kim edi?

Javob: Muoz ibn Jabal

1165. Rasululloh s.a.v:"... qiyomat kuni ulamolarning imomi bo’ladi’, deganlar. Bu sahobiy
kim?

Javob: Muoz ibn Jabal


1166. Birinchi hijriy yilning ilk kuni nechanchi melodiy yil,oy va kuniga to’g’ri keladi?

Javob: Milodiy 622 yilning 16 iyul juma kuniga to’g’ri keladi.

1167. Oyisha r.a. ta’rifi bilan "oz qavmi uchun goyat sharofatli ayol" bo’lgan, Rasulullohga
turmnushga chiqqanidan keyin butun qavmi musulmon bo’lgan mo’minlar onasi kim edi?

Javob: Juvayriya binti Horis

1168. Habashistonga hijrat qilgan, biroq kop otmay gumrohlashib nasroniy diniga kirgan murtad
kim edi?

Javob: Ubaydulloh ibn Jahsh

1169. Xaybar g’zaotida Rasululloh SAV: "Ertaga bayroqni shunday bir odamga tutqazamanki, u
xudo bilan paygambarni jon-dildan sevadi. Bunday odamni Olloh bilan paygambar ham yaxshi
koradi", dedilar. Muhojirlar bilan ansorlar osha suyukli kishi ozlari bolib chiqishini orzu qildilar.
Ertasi kuni Rasululloh bayroqni kimga topshiradilar?

Javob: Ali ibn Abu Tolib

1170. Payg’ambar alayhissalom: "Sening aqlli odamligingni bilardim, fahmu farosating seni
hidoyatga yetaklashidan umidvor edim", deb kimga marhamat qilganlar?

Javob: Xolid ibn Valid r.a.

1171. Payg’ambar alayhissalomga bag’ishlangan mashhur "Qasidai burda"ning muallifi kim?

Javob: Ka’b ibn Zuhayr

1172. Rasululloh s.a.v.ga farz hisoblangan, biz ummatlariga esa sunnat hisoblangan namoz
qaysi?

Javob: Tahajjud namozi

1173. Rasululloh s.a.v.ga farz bo’lgan, ummatlariga esa sunnat bo’lgan amal qaysi?

Javob: Misvok ishlatish.


1174. Rasululloh SAV qatnashgan eng so’nggi g’azot qaysi edi?

Javob: Tabuk g’azoti.

1175. Rasululloh SAV qatnashgan eng so’nggi g’azotda bayroqni kimga tutkazgan edilar?

Javob: Rasululloh SAV qatnashgan eng so’nggi Tabuk g’azotida bayroqni Abu Bakr Siddiq
r.a.ga topshirgan edilar. Bu xalifalikni Abu Bakrga o’tkazilishiga dalolat edi.

1176. Rasululloh SAV mol-mulki ko’payishjini duo qilib, bashorat bergan, vafot etganda, tort
xotinining har biriga sakson ming dinordan meros tekkan sahoba kim edi?

Javob: Abdurahmon ibn Avf

1177. Payg’ambarimizning sirlari deb nom olgan sahoba kim nima uchun shunday nom olgan?

Javob: Huzayfa ibn Yamon - "Sirrun nabiy" (ya’ni payg’ambarimiz u zotga bir sirni aytganlar)

1178. Avval juda faqir bo’lib, keyin badavlat bo’lib ketgan, bir kunda 30ta qulni ozod qilgan
sahobiy kim?

Javob: Abdurahmon ibn Avf

1179. O’z ta’limoti bilan shialik imomatiga asos solgan, halifalik faqat Ali r.a. avlodlariga
tegishli, degan g’oyani ilgari surgan sahobiy kim?

Javob: Abu Zarr G’iforiy

1180. Malumki, musulmon kishi uchun eng kerakli ilmlardan biri bu aqoid ilmidir. Agar
insoning aqidasi to’g’ri bo’lsa u hech qachon adashmaydi, inshaalloh. "Aqida" so’zining manosi
nima?

Javob: Bu so’z arabcha "aqd" - bir narsani ikkinchisiga mahkam boglash degan ma’noni
bildiradi.

1181. Qur’oni Karim tafsiri bo’yicha katta bilimga ega bo’lganliklari uchun "tarjimanul Qur’on"
laqabini olgan sahobiy kim?
Javob: Abdulloh ibn Abbos

1182. Rasululloh s.a.v: "Kim jang qilmoqchi bo’lsa ... kabi jang qilsin", deganlar. Bu sahobiy
kim?

Javob: Osim ibn Sobit

1183. Rasululloh s.a.v. bir sahobiyga "Muborak honadonni muborak kishisi" deya tarif
berganlar. Bu sahobiy kim?

Javob: Sobit ibn Qays al-Ansoriy

1184. Qur’onda har bir surani o’qishdan avval Allohni ismi zikr qilinadi lekin bir sura bor uni
o’qishdan avval Allohning Rahmon va Rahimlik sifatlari tilga olinmaslik kerak bu qaysi sura?

Javob: Tavba surasi.

1185. Alloh bizni nima uchun yaratdi? Bunga Quroni Karimdan dalil keltiring.

Javob: Bismillahir rohmanir rohiym. "Men jin va insni faqat Ozimga ibodat qilishlari uchungina
yaratdim" (Vaz-zoriyot, 56).

1186. Rasululloh SAV "Olloh senga najot bersin, badaningdagi soch va tuklaringni barokatli
qilsin", deya duo qilgan, duoning sharofati bilan yetmish yil umr korib, dunyodan xuddi on besh
yashar boladek navqiron bolib otgan sahoba kim edi?

Javob: Abu Qatoda

1187. Muhammadning s.a.v. eng sevimli nabiralari, Hazrati Ali va Hazrati Fotimalarning r.a.
farzandi arjumandlari Imom Hasaning qotili kim? Va bu qotil qaysi sahobiy tomonidan
yollangan?

Javob: Tarixiy asarlarda kelishicha, Imom Hasanning r.a. qotili o’zining ayoli Qays ibn Eshyos
qizi Jiyda bo’lgan. Va buni Muoviya ibn Abu So’fyon yollagan.

1188. Imom Husayn r.a. va u zotning qarindoshlarini qatl qilish uchun yuborilgan lashkar
orasidan Imom Husayn tomonga bir ksihi o’tadi. Bu kishi ushbu fojeada birinchi shahidlikka
erishadi. Bu kishini ismi nima?
Javob: Bu zot Riyoh o’g’li Huyur.

1189. Islom olamida pochtani tashkil qilgan sahobiy kim?

Javob: Hazrati Umar.

1190. Bizga ma’lumki inson avvali tuproqdan yaratilgan va yana tuproqqa aylanadi. "Tuproq"
so’zi bilan tugaydigan sura qaysi???

Javob: Bu sura "Naba’" surasi bo’lib, uning so’nggi oyati shunday: 40. (Ey Makka kofirlari),
darhaqiqat, Biz sizlarni yaqin(da voqe boladigan) azobdan ogohlantirdik. U Kunda (har bir) kishi
ozi qilib otgan narsani (yani barcha yaxshi-yomon amallarini) korur va kofir kimsa: Eh, koshki
edi (qaytadan) tuproqqa aylanib ketsam-(u muhaqqaq boshimga tushadigan azobdan qutulsam),
deb qolur.

1191. Rasululloh s.a.v. shunday deganlar:"Bu surani avvalgi o’n oyatiga, kimda kim to’la holda
rioya qilib umr o’tkazsa, u shubhasiz jannatning eng ulug’i sanalgan Jannatul Firdavs merosh’ori
bo’ladi....". Bu sura qaysi?

Javob: Mo’minun surasi.

1192. Qaysi sura "Ummul qur’on" deya sharaflanadi?

Javob: "Fotiha" surasi.

1193. Yahudiylar kim birinchi bo’lib Islom dinini qabul qilgan?

Javob: Abdulloh ibn Salom.

1194. Uhud jangida ko’pgina ashoblar shahid bo’lganlar.Uhud jangidan keyin makkalik Sulofa
sahobiylardan birining boshi uchun yuzta tuya va’da qilgan bu sahobiy kim edi?

Javob: Osim ibn Sobit.

1195. Boshi uchun yuzta tuya va’da qilingan sahobiyni Alloh o’z fazlu marhamati bilan go’zal
tarzda boshini mushriklar qo’liga tushishdan saqlaydi bu "muhofza" sababi bo’lgan jonzotlar
qaysi jonzotlar?

Javob: Osim ibn Sobit.


1196. Maqomi Ibrohimda Rahmon surasini ochiq-oshkor oqigan, Qur’oni karimni Makkada
qurayshlar orasida eng avval yoygan buyuk sahobiy kim edi?

Javob: Abdulloh ibn Mas’ud.

1197. Rasululloh SAV hayotlarida oxirgi marta uylangan mo’minlar onasi kim?

Javob: Hazrati Maymuna.

1198. Rasululloh SAV:"Meni Yaratgan Rabbimga qasamki, undan boshqa hech birlarining
yotoqlarida menga vahiy kelmaydi’, dedilar. Rasululloh s.a.v. bu muborak so’zlarida qaysi
mo’minlar onasini nazarda tutganlar?

Javob: Payg’ambarimiz bu so’zlarida ummul mu’minin Oishani (Roziyallohu anho) nazarda


tutganlar.

1199. Fir’avnning ayoli, hazrati Osiyo r.a.ni Allohga bo’lgan iymonlari uchun Fir’avn juda og’ir
jazolar bilan jazolaydi. Shunda Osiyo onamiz Allohga bir ulug’ duo qilib yolboradilar. Alloh
taolo u zotning duolarini ijobat qiladi. Bu muborak duo Qur’oni Karimning qaysi surasining
nechanchi oyatida kelgan?

Javob: Bu muborak duo Tahrim surasining 11 oyatida kelgan. 11. Alloh iymon keltirgan zotlar
(va ular ozlari haqiqiy momin bolsalar, yaqin odamlarining kofir holda bolishi ularga ziyon
qilmasligi) haqida Firavnning ayolini misol keltirdi. Oshanda (yani, Firavn u ayolning Muso
paygambarga iymon keltirganini bilib qolgach, azoblagan chogida) u: Parvardigorim, Ozing men
uchun huzuringda jannatda bir uy bino qilgin, menga Firavn va uning qilmishidan najot bergin
va menga bu zolim qavmdan najot bergin, dedi.

1200. Birinchi shohlardan bo’lgan sahoba?

Javob: Muoviya r.a.

1201. Mo’minlar onalarining eng yoshi ulug’i kim edi?

Javob: Savda onamiz.

1202. Shunday amal borki insonlar uchun juda qiyin ko’rinadi lekin Ibn Sirriyn uni juda oson
deb tariflagan osonligi shundaki shubhani tark etish bilan u amalga erishish mumkin u qanday
amal?

Javob: Taqvo.
1203. "Harsanglarni toshlarni ko’tardim lekin.....ko’ra og’irroq narsani ko’rmadim" Ali ibn abu
Tolib. Ali raziyallohuga ogirlik qilgan narsa nima?

Javob: Qarz.

1204. Bir g’azotdan qaytishayotganida Mo’minlar onasi Oyisha r.a.ni badnom qilish va
Rasululloh s.a.v.ga g’amginlik yetkazish uchun munofiqlar Oyisha r.a.ga tuhmat qiladilar.
Allohning sinovi tugagach, Oyisha r.a. Qur’oni Karim, Allohning ulug’ kalomlarining
guvohligida oqlanadilar. Bu oyatlar qaysi suraning nechanchi oyatlari?

Javob: Nur surasining 11-21-oyatlari.

1205. Rasululloh S.A.V vafot etganlariga Oysha r.a necha yoshda bo’lganlar?

Javob: Hijratning ikkinchi yili Hz. Oyisha 9 yoshlarida Rasulullohga nikohlangan bo’lsalar,
demak, Rasululloh SAV vafotlarida 17-18 yosh bo’ladilar.

1206. Rasululloh s.a.v.ning eng sevikli farzandlari, Ali r.a. zavjalari, Imom Hasan va Shahidlar
Sultoni deb ta’riflangan Imom Husaynning onasi bo’lgan Forima r.a. necha yoshlarida vafot
etganlar?

Javob: 29 yosh.

1207. Bizga ma’lumki Qiyomatda barcha bandalardan birinchi so’raladigan narsa bu amallarning
eng buyugi NAMOZ dir. Savol shunday:Qiyomatda insonlarning (birinchi inson bilan ikkinchi
inson) o’rtasidagi birinchi bo’lib ajrim qilinadigan narsa nima?

Javob: Qiyomat kunida bir inson bilan ikkinchi inson o’rtasidagi birinchi ajrim qilinadigan narsa,
bu - QONdir,ya’ni nohaq to’kilgan qonlardir.

1208. Payg’ambarimiz Muhammad SAV hadislarida ta’kidlangan "Ozi halol-u, lekin Allohga
eng yomon korilgan narsa" nima?

Javob: Taloq.

1209. Rasululloh davrlarida yashab u zotni umuman ko’rmagan inson kim deb ataladi?

Javob: Tobein.
1210. Nuh payg’ambar kemasi to’xtagan tog’ nomi nima?

Javob: Ju’di.

1211. Payg’ambarimiz Muhammad SAVning o’gillari Abdullohning yana qanday ismlari


bo’lgan?

Javob: Tohir, Toyyib.

1212. Islom olamida Andalusiya deb qayerni aytishadi?

Javob: Portugaliya va Ispaniya.

1213. Islomiy ramz sifatida hiloldan foydalanish kimdan va qachondan boshlangan?

Javob: Usmoniy imperiyasidan boshlangan.

1214. Abdulloh ismi bilan ataluvchi mashhur 5 ta sahobani sanang.

Javob: 1. Abdulloh ibn Umar.r.a. 2. Abdulloh ibn Abu Bakr. r.a. 3. Abdulloh ibn Mas’ud r.a. 4.
Abdulloh ibn Abbos.r.a. 5. Abdulloh ibn Amr ibn Os r.a.

1215. Masjidul haromni ilk bor kengaytirib ta’mirlagan shaxs kim?

Javob: Masjid ul-Haromni ilk bor ikkinchi xalifa Umar ibn Xattob roziyallohu anhu Ka’batulloh
atrofidagi uylarni sotib olib, buzdirib kengaytirganlar. Ka’baga sahn qoldirib, atrofidan devor
oldirganlar. Shundan keyin ham u bir necha marta ta’mirlanib, kengaytirildi. Hozirgi kunda
masjidning toqqizta mezonasi (minorasi), tortta bosh darvozasi, qirq bitta eshigi bor.

1216. Hazrati Umar ibn Hattob r.a. bir kishi haqida so’z ketganda doimo shunday
deganlar:"Bizning sayyidimiz va sayyidimizni ozod qilgan inson". Savol: Bu so’zlarda kelgan
ikki sayyid - sahobiyni toping?

Javob: Bilol Habashiy.

1217. "Mukotaba" so’zining ma’nosi nima?

Javob: Fiqhda ozini ozi sotib olishi haqida yozma bitim tuzgan qul (chori).
1218. Islomda birinchi kamon otgan sahobiy kim?

Javob: Sa’d ibn Abu Vaqqos ra.

1219. Usmon ibn Affon r.a. shahid ketganlaridan keyin, musulmonlar halifa bo’lishni taklif
qilishgan, u rad qilgandan keyin:"Agar sen halifa bo’lishga rozi bo’lmasang, seni qatl
qilamiz",deyishganida ham halifalikka rozi bo’lmagan sahobiy kim?

Javob: Abdulloh ibn Umar.

1220. Sahobalar bir sahobiyga:"Changalida arslonni tutgan inson", deya ta’rif berishgan. Bu
ta’rif sohibi bo’lgan sahobiy kim?

Javob: Sa’d ibn Abu Vaqqos.

1221. Salaflarning eng so’nggi vakili kim?

Javob: Ahmad ibn Hanbal

1222. Turkiya hukumati muslima qizlarga hijob bilan darslarga kirishlik huquqini nechanchi yil
qaysi kundan boshlab qonuniy tarzda tasdiqlagan?

Javob: 1990 yil 25 oktabr.

1223. Hozirgi paytda Masjidul haramda bir vaqtning o’zida qancha musulmon namoz o’qiy
oladi?

Javob: Hozirgi paytda Masjidul haramda bir vaqtning o’zida 1 milyon 120 mingga yaqin
namozxon ibodat qila oladi.

1224. Islom olamining mashhur dorilfununi Al-azhar qachon va kim tomonidan tashkil etilgan?

Javob: Islom olamining mashhur dorilfununi Al-azhar fotimiylar sarkardasi Javhar Saqaliy
tomonidan hijriy 358 (milodiy 969) yili Qohira bilan baravar qurila boshlangan.

1225. Islom konferensiyasi tashkiloti qachon va qayerda tuzilgan?


Javob: Islom Konferensasi tashkiloti (IKT) - hukumatlararo xalqaro Islom tashkiloti hisoblanadi.
Unga 1969 yili Islom mamlakatlari davlat va hukumat boshliqlarining Rabot (Marokash)
shahrida bolgan birinchi uchrashuvida asos solingan.

1226. Amir Temur Misrga yurish qilgan paytda uning eng yaqin insonlaridan biri xiyonat qilib,
dushman tomonga o’tib ketadi. U kim edi?

Javob: Sarkardaning nevarasi Amir Husayn.

1227. Islom olamida ushbu insonning janozasiga eng ko’p odam yig’ilgan(1.000.000 dan
ziyod).Ushbu buyuk inson kim?

Javob: Ahmad ibn Hanbal.

1228. Bir g’azotda bu sahobiy 7 ta qilichni sindirgan. U kim?

Javob: Abu Dujona.

1229. Braziliya terma jamoasi va "Barselona" yarimhimoyachisi Ronaldinoning asl ismi nima?

Javob: Ronaldinoning asl ismi Ronaldo de Assis Moreira dir va u vatanida Ronaldinho Gaucho
ismi bilan mashxurdir.

1230. Duo qilganda Omiyn qaysi payg’ambardan qolgan?

Javob: Muso a.s. duo qilganlarida Horun a.s. Amiyyn deb turganlar.

1231. Tohir Malik o’ziga ustoz deb bilgan buyuk o’zbek yozuvchisi u kishining yaqin
qarindoshlari bo’lgan. Bu ustoz adib kim?

Javob: Mirzakalon Ismoiliy.

1232. Jamoat namozi kishilar uchun yolg’iz o’qilgan namozdan necha barobar darajada ustun?

Javob: 27 baravar.

1233. Qaysi daryo qadimgi mashhur ayollar qabilasi nomi bilan ataladi?
Javob: Amazonka.

1234. Alloh taolo Lutning (alayhis salom) qavmini azoblash uchun ikki farishtani yosh yigitlar
shaklida tushirdi ular qavmning hamma erkaklari bilan qo’shib Lut alayhis salomning ayolini
ham jazolashdi. Bunga sabab nima edi?

Javob: Lut paygambarlik darajasiga erishgach, o’z aholisini turli yollar bilan, pand-nasihat qilib,
Allohning birligiga iymon keltirishga chaqirdi. Ular mubtalo bolgan yaramas odatlarini tark
etishga buyurdi. Lekin qavm Lutning nasihatlarini qabul qilismadi. Bu qavmning hidoyat yoliga
yurmasligi aniq bolgach, Alloh taolo oz farishtalari orqali munosib jazo yubordi. Farishtalar
Allohning amri bilan, Lut xonadoniga mehmon bolib kelishdi, shahar aholisi Lutning xotinidan
uylariga chiroyli yigitlar kelishganini eshitib, unikiga bostirib boradilar. Chunki, ular
bachchabozlik kasaliga mubtalo bolganlar, oz maqsadlarini amalgam oshirmoq uchun
xonadonga bostirib kiradilar. Lut uyida otirgan farishtalar Allohning amri bilan ularning
badniyatlarini ozlariga daf etdi. Kuchli shamol turib, ularni tashqariga uloqtirdi. Lut darhol oz
oilasi va oziga iymon keltirgan kishilar bilan (xotinidan tashqari, chunki xotini farishtalar
habarini dinsiz qavmga yetkazganligi uchun Allohning azobiga uchradi) shahardan chiqib ketdi.
Lut malum masofaga yetgach, shahar aholisiga Allohning muqarrar azobi keldi. Hijr surasidagi
74-oyatda bu haqida habar berilib: Bas, Biz u shaharni ostin-ustun qilib yubodik va ularning
ustiga sopoldan bolgan tosh yogdirdik, deyiladi.

1235. Rasululloh s.a.v. faqat bir sahobiyga ota-onam senga fido bo’lsin, deganlar. Bu sahobiy
kim va Rasululloh s.a.v. unga buni qaysi g’azotda aytganlar?

Javob: Sa’d ibn Abu Vaqqos, Uhud g’azotida.

1236. Islomning eng birinchi elchisi kim? Va bu sahobiy qaysi shaharga elchi bo’lib borgan?

Javob: Mus’ab ibn Umayr. Bu zot birinchi elchi bo’lib, dastlab, Madinaga va madinaliklarga
Islomni yoyish va yetkazish uchun madinaga elchi bo’lib borganlar.

1237. "Agar qodir bo’lsang, tuproqni yeyishga majbur bo’lsang ham ikki kishiga amir bo’lma".
Bu so’zlarni aytgan sahobiy kim?

Javob: Salmon Forsiy.

1238. Salmon Forsiy r.a. qaysi halifa davrida vafot etganlar?

Javob: Usmon (r.a) davrida.


1239. Rasululloh s.a.v.ning duolari sabab o’qi hech qahcon hato ketmagan va duosi doimo ijobat
bo’lgan sahobiy kim?

Javob: Sa’d ibn Abu Vaqqos.

1240. Islomning birinchi chavandozi, Alloh yo’lida ot choptirgan sahobiylarning birinchisi kim?

Javob: Miqdod ibn Amr.

1241. Usmon r.a. halifalik davrida bir sahobiyga qozi bo’lishni taklif qilganlar, lekin u sahobiy
o’zining kuchli taqvosi tufayli bu amaldan voz kechgan. Bu sahobiy kim?

Javob: Abdulloh inb Umar.

1242. Har qanday insonni rozi qilishga qurbim yetadi, biroq ...ni rozi qila olmayman. Chunki ,
uni ne’matning zavoligina rozi qiladi. Muoviya qanday insonni rozi qila olmaydi?

Javob: Hasadchi.

1243. ... sherdir. Sher o’limtik yemaydi. U tojdir, tojni ishchi kiymaydi. U qilichdirki uni
qo’rqoq ko’tarmaydi. U minbardir, unga tili ojizlar chiqmaydi. Gap nima haqida ketayapti?

Javob: Kulfat.

1244. Ikki qulog’ing va og’zingga bo’lgan munosabatda ehtiyot insof qil. Gapirmog’ingdan k’ra
tinglamog’ing ko’p bo’lishi lozimligi uchun ham senga quloqni ikkita , og’izni esa bitta qilib
berildi. Bu so’zlar qaysi sahobaga tegishli?

Javob: Abu Dardo.

1245. Rasululloh s.a.v.dedilar: "Bu yigit menga tog’a bo’ladi, yana kim menga o’z tog’asini
ko’rsatadi?" Rasululloh s.a.v.ga "tog’a" bo’lgan sahobiy kim?

Javob: Sa’d Ibn Abu Vaqqos.

1246. Umar r.a.ga suyiqasd qilishgandan keyin, halifa to o’zlarini o’rnilariga yangi halifa tayin
qilingunicha musulmonlarga namozda imomlik qilishni qaysi sahobiyga topshirganlar?

Javob: Suhayb ibn Sinon r.a.ga.


1247. Umar r.a. halifalik davrilarida bir sahobiyning rayi va fiqh ilmidan juda ko’p
foydalanganlar. Hatto Umar r.a. bu sahobiy haqida:"Agar .... bo’lmganida men shubhasiz halok
bo’lgan bo’lardim", deganlar. Umar r.a. nazarda tutgan sahobiy kim?

Javob: Umar r.a. bu gapni Muoz ibn Jabal r.a. haqlarida aytganlar.

1248. Abu Bakr siddiqning birinchi zavjalari kim? Undan qaysi farzandlari tug’ilgan?

Javob: Abu Bakr Siddiqning birinchi ayollari Qutayla bo’lib, ul zotdan Abdulloh va Asmolar
tug’ilishgan.

1249. Abu Bakr siddiq hayotlari davomida nechta zavjalari bo’lgan. Nechta farzandlari bo’lgan?
Nechtasi o’g’il, nechtasi qiz farzand bo’lgan?

Javob: To’rtta zavjalari (Qutayla, Ummu Rumon, Habiba, Asmo); 6 farzandlari: 3 o’g’il
(Abdurrahmon, Abdulloh, Muhammad) va 3 qizlari (Asmo, Oyisha, Ummu Kulsum) bo’lgan.

1250. Abu Bakr siddiqning otalari laqabi Abu Quhofa bo’lgan, haqiqiy ismlari nima edi?

Javob: Usmon.

1251. Abu Bakr Siddiqning onalari ismi nima edi?

Javob: Ummul Xayr Salmo binti Saxr ibn Omir.

1252. Abu Bakr r.a. tomonidan da’vat qilinib, islomga kirgan 10 ta buyuk sahobiyni sanang.

Javob: Usmon ibn Affon, Talha ibn Ubaydulloh, Sa’d ibn Abu Vaqqos, Zubayr ibn Avvom,
Abdurahmon ibn Avf, Abu Ubayda, Abdulloh ibn Abdul Asad, Abu Salama, Xolid ibn Said,
Abu Huzayfa.

1253. Abu Bakr r.a. ozod qilgan qilgan musulmon qul va asiralarni sanang.

Javob: Bilol ibn Raboh, Ammor ibn Yosir, Abu Faqih, Abu Fuhayra, Lubayya, Nabdiya (Hazrati
Umar r.a. asiralari bo’lishgan), Ummu Ubays, Zinnura.

1254. Abu Bakr siddiq Rumning g’alabasi haqida kim bilan garov boylashganlar?
Javob: Ubay ibn Xalaf.

1255. Bu ayol avval Allohning buyrug’i bilan Zayd ibn Horisa r.a.ga nikohlangan. Keyin
qaysidir hikmatlar yuzasidan Zayd r.a. uni taloq qiladilar. Alloh taoloni amri bilan Rasululloh
s.a.v. uni o’z nikohlariga oladilar. Bu ayol qaysi mo’minlar onasi?

Javob: Zaynab binti Jahsh.

1256. Bir ayol g’azotda asir tushdi. Rasululloh s.a.v. uni ozod qilib o’z nikohlariga oldilar. Buni
ko’rgan ayolning qavmining hammasi Islomni qabul qilishdi. Bu ayol qaysi mo’minlar onasi? Va
shu sabab bo’lib Islomni qabul qilgan qavm qaysi qavm???

Javob: Juvayriya binti-al Horis. Otalari Bani Mustaliq qabilasini raisi bo’lganlar va bu onamiz
hazrati payg’ambarimiz S.A.V.ga nikohlanganlaridan keyin qabilalari islomni qabul qilgan
ekanligi haqida hadis rivoyat qilingan.

1257. Qaysi sahobiyni "Tasavvuf otasi" deb atashadi?

Javob: Abu Bakr Siddiq.

1258. Rasululloh s.a.v. sahobiylariga bir so’zni aytishni ma’n qilganlar. Va bu so’zga ojizlik
belgisi deya ta’rif berganlar. Bu so’z qaysi?

Javob: Agar.

1259. Hazrat Umarning shajaralari qaysi bobolariga kelganda Payg’ambar SAV shajaralari bilan
bog’lanadi?

Javob: Adiy ibn Ka’b.

1260. Islom tarixida birinchi Armiyani tuzgan va harbiy xizmatdagilarga maosh belgilagan shaxs
kim?

Javob: Umar ibn Hattob.

1261. Islom tarixida aholini birinchi marta ro’yxatga olgan shaxs kim?

Javob: Umar ibn Hattob.


1262. Islom tarixida birinchi pul zarb qilgan shaxs kim?

Javob: Umar ibn Hattob.

1263. Islom tarixida birinchi kanal qurgan shaxs kim?

Javob: Umar ibn Hattob.

1264. Islom tarixida birinchi shahar qurgan shaxs kim?

Javob: Umar ibn Hattob.

1265. Islom tarixida birinchi marta mamlakatni uluslarga, viloyatlarga bo’lgan shaxs kim?

Javob: Umar ibn Hattob.

1266. Islom tarixida birinchi bojxonani tashkil etgan shaxs kim?

Javob: Umar ibn Hattob.

1267. Islom tarixida birinchi mirshablik bo’limini tashkil qilgan shaxs kim?

Javob: Umar ibn Hattob.

1268. Islom tarixida birinchi tarovih namozini boshlab bergan shaxs kim?

Javob: Umar ibn Hattob.

1269. Islom tarixida birinchi marta Qiyos ilmini boshlab bergan shaxs kim?

Javob: Umar ibn Hattob.

1270. Islom tarixida birinchi marta masjidlarda tunlari chiroq yoqishni joriy qilgan shaxs kim?

Javob: Umar ibn Hattob.

1271. Islom tarixida birinchi marta imom va muazzinlarga maosh belgilagan shaxs kim?
Javob: Umar ibn Hattob.

1272. Islom tarixida birinchi marta qattiq hajviya yozganlarni jazolagan shaxs kim?

Javob: Umar ibn Hattob.

1273. Islom tarixida birinchi marta ayollar ismini she’rlarda madh etishni ta’qiqlagan shaxs kim?

Javob: Umar ibn Hattob.

1274. Islom tarixida birinchi marta "Nikohi mu’ta"ni ta’qiqlagan shaxs kim?

Javob: Umar ibn Hattob.

1275. Islom tarixida birinchi ayol qullarni sotishni ta’qiqlagan shaxs kim?

Javob: Umar ibn Hattob.

1276. Islom tarixida birinchi marta Madinadagi Rasululloh masjidlarini kengaytirgan shaxs kim?

Javob: Umar ibn Hattob.

1277. Halifalar ichida eng ko’p halifalik qilgani kim?

Javob: Hazrati Usmon ra.

1278. Halifalar ichida eng boyi kim edi?

Javob: Hazrati Usmon r.a.

1279. Islom tarixida birinchi marta Alloh yo’lida hijrat qilgan sahoba kim?

Javob: Hazrati Usmon r.a.

1280. Islom tarixida birinchi bo’lib "Amiral-muslimiyn" nomiga sazovor bo’lgan sahoba kim?

Javob: Abdulloh ibn Jahsh r.a.


1281. Yaqinda sport statistikasi bilan shugullanuvchi mutaxassislar antiqa malumotlarga kora,
shu bugunga qadar otkazilgan barcha qishki Olimpiada oyinlarida qaysi qita davlatlaridan hech
bir sportchi golib bolmagan?

Javob: Afrika.

1282. Ushbu mamlakatda 706 million ishchi kuchi mavjud. Bu esa butun Yevropa ahlidan uch,
Shimoliy va Janubiy Amerika qitalari aholisidan ikki barobar kop demakdir. Gap qaysi
mamlakat haqida ketyapti?

Javob: Xitoy.

1283. Aholi soniga hisoblaganda, jahondagi eng boy odamlar qaysi davlatda yashaydilar?

Javob: Olimlar lyuksemburgliklarni, aholi soniga hisoblaganda, jahondagi eng boy odamlar deb
topishdi. Qiziqarlisi, sayyoramizdagi eng saxiy kishilar ham mazkur davlat fuqarolari sanalarkan.

1284. Dunyodagi eng istedodli kishilar qaysi yurt fuqarolari? Bu yurtning har million fuqarosiga
uch nafar Nobel mukofoti sovrindori togri kelishi bunga yaqqol misol bola olar ekan.

Javob: Irlandiya.

1285. Tili eng uzun hayvon qaysi?

Javob: Jirafa nafaqat boyi, balki tili ham eng uzun hayvonlardan biri bolib, tilining uzunligi
qariyb 50 sm. ekan. Shu sabab ham u oz quloqlarini tili bilan tozalaydi. Yana bir jihat -
kopchilikning nazdida tuya suvsiz eng kop vaqt yura oladigan hayvon. Biroq yaqinda olimlar
jirafaning tuyaga nisbatan koproq muddat suvsiz yura olishi mumkinligini isbotlashdi.

1286. Qish va yoz chillalari qaysi oydan boshlanadi va qancha davom etadi?

Javob: Qish chillasi 25 dekabrdan 6 fevralgacha. Yoz chillasi 25 iyundan 6 avgustgacha.

1287. Abu Nasr Forobiy Arastuning qaysi mashhur asariga sharh yozgan?

Javob: Metafizika. Ma’lumotlarga ko’ra, Ibn Sino bu asarni 11 marta o’qib tushunmagan,
keyinchalik esa Forobiyning sharhidan so’ng hammasiga tushungan.
1288. Dunyo tarixida birinchi bosh vazir ayol kim?

Javob: Sirimavo Bandrananke 1960 yilda Shri Lankada bosh vazir bo’lgan.

1289. Yilning eng uzun va qisqa kunlari qaysi kunga to’g’ri keladi?

Javob: Eng uzun kun 21-22 mart. Eng qisqa kun 22 dekabr.

1290. Ularning har ikkisi ham hokimiyat tepasiga 44 yoshda kelgan. 52 yoshida Rossiyaga
hujum qilgan. Ularning tug’ilishi va hokimiyat tepasiga kelishida 129 yil farq bor. Har ikkalasi
ham Rossiyadan mag’lub bo’lgan. Gap kimlar haqida ketyapti?

Javob: Napoleon va Gitler.

1291. Hijriy-qamariy yil hisobining birinchi oyi qaysi?

Javob: Muharram.

1292. Islom konferensiyasi tashkilotining ta’lim, fan va madaniyat masalalari qo’mitasi


(ISESCO) tomonidan 2007 yilda jahonning 4 ta shahri Islom madaniyati poytaxti deb e’lon
qilindi. Bular orasida Toshkent ham bor. Qolgan 3 ta shahar qaysi?

Javob: Liviya poytahti Tripoli shahri, Senegal poytahti Dakar va Marokashning uchunchi yirik
shahri bo’lgan Fez shaharlari bu nomga sazovor bo’lishdi.

1293. Yurtimizning 3 ta shahrida Ulug’bek madrasasi mavjud. Ular qaysilar?

Javob: Samarqand, G’ijduvon, Buxoro.

1294. Yurtimizning 2 ta shahrida Ko’kaldosh madrasasi mavjud. Ular qaysilar?

Javob: Toshkent va Buxoroda.

1295. Samarqanddagi Registon maydoniga kim asos solgan?

Javob: Mirzo Ulug’bek.

1296. Alisher Navoiy qaysi shaharda dunyoga kelgan?


Javob: Hirotda.

1297. Toshkent metrosining nechta stansiyasi mavjud va qaysilar?

Javob: Hozirda 3 liniyada 29 ta stansiya ishlayapti.

1298. Dunyodagi eng baland teleminora qaysi?

Javob: Kanadadagi CN Tower teleminorasi. Balandligi 553 metr.

1299. Angliyada kutubxonalardan eng ko’p o’g’irlanadigan kitob qaysi?

Javob: Ginnessning rekordlar kitobi.

1300. BMT tomonidan yashash uchun eng qulay mamlakat deya tan olingan davlat qaysi?

Javob: Kanada

1301. Adolf Gitler yozgan mashhur kitob qaysi?

Javob: Mein kampf (Mening kurashim).

1302. "Junglidan kelgan odam" degan ma’noni anglatuvchi hayvon nomi?

Javob: Orangutan.

1303. Qaysi AQSh prezidenti o’zini mudofaa qilishlaridan (ohrana) voz kechgan edi?

Javob: Richard Nikson.

1304. Telefon kashfiyotchisi Aleksandr Bell nima uchun o’z onasi va xotiniga biron marta ham
telefon qilmagan?

Javob: Bellning onasi va xotini tug’ma kar bo’lishgan.

1305. Dastlab o’z onasini, ona o’limidan 3 yil so’ng o’z xotini o’ldirishga buyurgan, Rimga o’t
qo’ygan va oxir-oqibat o’zini o’ldirgan Rim imperatori kim edi?

Javob: Neron.
1306. Abort qilishga va fohishaxonalarga rasman ruxsat berilgan yagona musulmon davlati
qaysi?

Javob: Tunis.

1307. 1983 yilda bironta ham odam tug’ilmagan dunyodagi yagona davlat qaysi?

Javob: Vatikan.

1308. Leonardo da Vinchi aslida hayotda qaysi kasb bilan shug’ullangan?

Javob: Harbiy-injener.

1309. 1979 yil 18 fevralda Sahroi kabir tarixida bo’lmagan voqea yuz berdi. O’shanda qanday
hodisa yuz bergandi?

Javob: Qor yoqqan.

1310. Bu sayyoraning ekvatorial diametri 143884 km ni tashkil etadi. Uning massasi Yernikidan
318 baravar og’ir. Gap qaysi sayyora haqida ketyapti?

Javob: Yupiter.

1311. 1799 yili Napoleon Bonapart tomonidan 10 kunlik motam e’lon qilingan va butun
Fransiya motam tutgan edi. O’shanda qaysi mashhur shaxs vafot etgan edi?

Javob: Jorj Vashington.

1312. Undan foydalanishni arablar 7 asrning ikkinchi yarmida boshladilar. Yevropaliklarga bu


g’aroyib mahsulot 13-14 asrlarda ma’lum bo’ldi. 17 asrda Yevropada uni keng iste’mol qila
boshlashdi. Gap nima haqda ketayapti?

Javob: Kofe.

1313. "Liliput" so’zi qayerdan kelib chiqqan?

Javob: Jonatan Sviftning Gulliverning sayoxatlari asarida asar qahramoni Liliputiya mamlakatiga
borib qoladi. U yerning aholisi mitti odamlar bo’ladi.
1314. AQSh prezidentlari ichida eng kam muddat hokimiyatni boshqargani kim?

Javob: Villiam Garrison. U innaguratsiyadan 1 oy o’tib, pnevmaniyadan vafot etadi.

1315. Bu hayvonni yevropaliklar birinchi marta ko’rganda "tuyapard" deyishgan, ya’ni tuya va
leopardning gibridi. Aslida bu hayvon qaysi edi?

Javob: Jirafa.

1316. 4 yoshida Qur’oni karimni to’la yod olgan olim kim?

Javob: Ibn Sino.

1317. Yaponlar bu ichmlikni zaharga tenglashtirishgan. Bu ichimlik qaysi?

Javob: Sovuq choy, yaponlarni tekshiruvlariga ko’ra, issiq choydagi foydali moddalar, sovib
qolganida inson uchun zararli bo’lgan moddaga aylanarkan.

1318. Bu rus adibi 6 yoshida fransuz, nemis, ingliz tillarida gaplashgan. Bu kim?

Javob: Tolstoy.

1319. Oliv’ye salati qaerdan kelib chiqqan?

Javob: Olive salatini XIX asrning 60-yillarida frantsuz oshpazi Lyusen Olive kashf qilgan.
Lyusen Parijdagi eng obroli restoranlardan birining xojayini edi. Restoranning eng mashhur
taomi ham aynan Olive salati edi. Salat retseptini Lyusen Olive to olimiga qadar sir saqladi.
Shunga qaramasdan, 1904 yili salatning retsepti qayta kashf etildi. Salatning tarkibi quyidagicha
edi: 2 ta bulduruq qushi, buzoq tili, tuzlangan qora ikra, salat bargi, 25 ta qaynatilgan
qisqichbaqa, yarim banka pikuli sabzavoti, yarim banka soya, 2 ta bodring, kavar, 5 ta tuxum.

1320. Napoleon torti tarixini bilasizmi?

Javob: 1912 yili Moskvada Napoleon Bonapartning Rossiyadan quvilishi katta tantana bilan
nishonlandi. Bu yubiley munosabati bilan turli pishiriqlar dasturxonga taqdim etildi. Bu yerda
yangi pishiriq ham paydo bolgandi. Krem bilan bezatilgan, Napoleonning mashhur shlyapasini
eslatuvchi, uchburchak korinishli tort kopchilikning etiborini tortgandi. Oshanda hamma bu
tortni Napoleon nomi bilan atagandi. Garchi hozirda bu pishiriq togri tortburchak korinishiga ega
bolsa-da, hamon Napoleon nomi bilan ataladi.
1321. Birinchi marta Umid burnini kim aylanib otgan?

Javob: Bartolomeo Dias.

1322. Nima uchun AQSh prezidenti Vilyam Taftni Katta Bill deb atashgan?

Javob: AQSh prezidentlari ichida eng ogir vaznlisi Shtatlarning 27-prezidenti V.Taft edi. Uning
ogirligi 352 funt bolganligi bois uni Katta Bill deb atashardi. Shuning uchun ham prezident
uchun Oq Uyga katta narsalar buyurtma qilingandi: katta vanna, katta kreslo, avtomobil uchun
mazsus eshik, ogir yuk tashishga moljallangan ot va h. Shunga qaramasdan Taft yaxshigina
tennis oynardi va qoyilmaqom tarzda raqsga tushardi. Va yana: V. Taft songgi prezident
sigirining va birinchi prezident avtomobilining egasi sifatida tarixga kirgan.

1323. Birinchi marta Qahramon ona ordenini kimga berishgan?

Javob: Qahramon ona fahriy unvoni SSSR Oliy Sovetining prezidiumi tomonidan 1944 yilning
27 oktyabrida tasdiqlangan. 14 nafar Qahramon onalar ichida 1-raqamli orden Moskva
viloyatining Mamontoka qishlogida yashovchi, 12 farzandni tarbiyalagan Anna Aleksaxinaga
topshirilgan. Urush paytida uning 8 farzandi fronga ketib, 4 nafari halok bolishgan. 1-raqamli
orden 1944 yil 1 noyabr kuni Kremlda topshirilgan. Aslida 1-raqamli orden kommunist ayolga
topshirilishi kerak bolgan. Ammo nomzodlar ichida kommunistik partiya azolari topilmagan.
Shundan keyingina ordenni partiyasiz Anna Aleksaxinaga topshirishga majbur bolishgan. Anna
ona qishloqdagi xarob kulba (barak)lardan birida yashagan. Kopfarzandli onani Moskvadan
qutlash uchun hukumat vakillari kelishi munosabati bilan kulbaga raykomdan mebel keltirilgan.
Yuqoridan kelgan mehmonlar ketishi bilan esa mebel yana raykomga olib ketilgan.

1324. Pomidorning vatani qayer?

Javob: Braziliya.

1325. Kofening vatani qayer?

Javob: Efiopiya.

1326. Qaysi golland dengizchisi Avstraliya va Okeaniyani, Tasmaniyaning janubiy va sharqiy


qirgoqlarini kashf qilgan va Yangi Zelandiyaga yetib borgan?

Javob: Abel Tasman.


1327. Prezidentligi vaqtida jinoiy jazoga tortilgan yagona AQSh prezidenti kim?

Javob: Prezidendlik muddati paytida jinoiy jazoga tortilgan yagona AQSh prezidenti Uliss
Grantdir. AQShning 17-prezidenti oz otida tezlikni oshirgani uchun 20 dollar miqdorida
jarimaga tortilgan.

1328. 1913 yili avtomobilsozlikda konveyerlar paydo boldi. Uning kashfiyotchisi kim?

Javob: Genry Ford.

1329. Asl ismi Lesli Lanch King bolgan AQSh prezidenti kim?

Javob: AQShning 38-prezidenti Gerald R. Ford.

1330. Eng uzun mo’ylov, eng uzun tirnoq kabi bema’ni rekordlar mualliflari qaysi davlat
fuqarolaridir?

Javob: Hindiston.

1331. Eng uzoq umr korish boyicha qaysi davlat aholisi birinchi orinda turadi?

Javob: Andorra.

1332. Ozbekistonda aholini royxatga olish birinchi marta qaysi yili amalga oshirilgan?

Javob: 1865 yili.

1333. Grekchadan binafsha degan manoni anglatuvchi modda?

Javob: Yod.

1334. Birinchi Nobel mukofoti sovrindori kim?

Javob: Rentgen nurini kashf qilgan olim - Rentgen.

1335. Professor unvonini olgan birinchi ozbek olimi kim?

Javob: Abdurauf Fitrat.


1336. Pashshada 19 ta, olmaxonda 22 ta, borida 42 ta, kitda 60, quyonda 28ta, shilliqqurtda 25
000 ta. Bu nima?

Javob: Tish.

1337. Dunyoda eng birinchi tramvay qaerda paydo bolgan?

Javob: 1832 yili Nyu yorkda ot qo’sgilgan tramvaylar paydo bo’lgan.

1338. Interpolga kim asos solgan?

Javob: Monako shahzodasi Albert.

1339. Otgan asrlarda bolta Rossiyada qaysi kasb egalarini ramzi hisoblangan?

Javob: O’t o’chiruvchilar.

1340. Norma Jin Bekker qaysi mashhur aktrisaning haqiqiy ismi?

Javob: Merilin Monro.

1341. Odam organizmidagi eng kuchli muskul qaysi muskil hisoblanadi?

Javob: Til.

1342. Ozbek maqomchilar ansamblining asoshisci kim?

Javob: Yunus Rajabiy.

1343. Komila taxallusi bilan ijod qilgan shoira kim?

Javob: Nodirabegim.

1344. 22 yoshida Ozbekistonda hizmat korsatgan artist, 27 yoshida Xalq artisti nomini olgan
buyuk ozbek sanatkori kim?

Javob: Botir Zokirov.


1345. Yagona saksafon chala oladigan AQSH prezidenti kim?

Javob: Bill Klinton.

1346. Hijron tahallusi bilan ijod qilgan shoir kim?

Javob: Abdulla Avloniy.

1347. Spartada bu turdagi erkaklar eng past toifa erkak sifatida qaralgan. Bular qanday erkaklar
edi?

Javob: Bo’ydoqlar.

1348. Eng uzoq vaqt suvsiz yashay oladigan jonzot?

Javob: Kalamush.

1349. Yura olmaydigan qush qaysi?

Javob: Kolibri.

1350. Injilda faqatgina bitta uy hayvoni haqida aytilmagan, bu qaysi hayvon?

Javob: Mushuk.

1351. Kenguru qanday qilib bu nomni olganini tarixini bilasizmi?

Javob: Avstraliyaga kelgan yevropaliklar mahalliy qabilalardan Mana bu sakrab-sakrab yuruvchi


galati hayvon nima? deb sorashgan, ular esa Kenguru deya javob berishgan. Bu soz
Tushunmaymiz, degan manoni anglatadi.

1352. Boshqa davlatlar bilan eng ko’p chegaradosh mamlakat qaysi?

Javob: Xitoy.

1353. Dunyodagi barcha mamlakatlar orasida reklama uchun mablag’ sarflaydigan davlat qaysi?
Javob: AQSh.

1354. Xitoyda 90 millionta kishini boglab turuvchi narsa bor. Bu narsa nima?

Javob: Li familiya egalari.

1355. AQSh prezidentlari orasida eng boyi pasi va eng novchasi kim bolgan?

Javob: Eng bo’yi uzuni Linkoln, pasti Medison.

1356. Servantes bilan Shekspirni hayotida bir kunda bir yilda bir hil voqea bolib otgan. Bu
qanday voqea?

Javob: Ikkalasi ham bir kunda 1616 yil 23 aprelda vafot etishgan.

1357. Nobel mukofoti har yili qaysi kuni topshiriladi va marosimning aynan shu kuni
otkazilishining sababi bilasizmi?

Javob: 10 dekabr, Nobel vafot etgan kun.

1358. Dunyodagi 1-chi afisha qartda paydo bolgan?

Javob: Fransiya.

1359. Billiard oyini qaerda kashf etilgan?

Javob: Xitoy.

1360. Futbol boyicha I-chi Jahon chemoionati qachon va qaerda bolib otgan?

Javob: 1930 yil 13-30 iyulda Urugvayda.

1361. Silvio Gazzani jahon futboliga bir ish qilib katta hissa qoshgan. U nima ish qilgan?

Javob: Italiyalik zargar jaxon chempionati kubogi oltin mabudani yaratgan.

1362. Eng mitti davlat qaysi?


Javob: Vatikan.

1363. Dunyodagi eng tez (minutiga 350 ta so‘z) gapiradigan millat qaysi?

Javob: Fransuzlar.

1364. Suvdan qo’rqish kasalligi qanday nomlanadi?

Javob: Gidrofobiya.

1365. Dunyoda eng ko’p tarqalgan ism qaysi?

Javob: Muhammad.

1366. Koala ayig’i kuniga necha soat uxlaydi?

Javob: 22 soat.

1367. Oyga inson qadami nechanchi yilda qo’yildi?

Javob: 1969 yil, Nil Armstrong.

1368. Insondan tashqari boshi bilan tura oladigan yagona sut emizuvchi hayvon qaysi?

Javob: Fil.

1369. Qondagi zararli moddalarni tozalaydigan inson a’zosi qaysi?

Javob: Jigar.

1370. Qadimgi Rimda agar bemor operatsiya paytida o’lsa, shifokorga qanday jazo berilgan?

Javob: Qo’lini kesib tashlashgan.

1371. Pivo ichish bo’yicha qaysi davlat birinchi o’rinda turadi?

Javob: Chexiya.
1372. Fransiyada qanday tasvirli qo’g’irchoqlar sotilishi taqiqlangan?

Javob: O’zga sayyoraliklar tasvirli qo’g’irchoqlar.

1373. Qaysi shaharda Pinokkioga haykal o’rnatilgan?

Javob: Italiyaning Kollodi shahrida.

1374. Qaysi hayvonlar ko’zi ochiq holda uxlaydilar?

Javob: Bo’ri va delfinlar.

1375. Dunyo davlatlari bayroqlarida eng ko’p tasvirlangan hayvon qaysi?

Javob: Sher.

1376. Italiya milliy bayrog’i kim tomonidan yaratilgan?

Javob: Napoleon.

1377. Birinchi bo’lib qaysi davlatda jamoat joylarida sigaret chekish taqiqlangan?

Javob: Irlandiyada.

1378. Samo jismlarining ellips orbita boylab harakat qilishini Keplerdan ancha oldin kim
aytgan?

Javob: Beruniy.

1379. Qonun asari olti asr mobaynida Fransiya va Italiya universitetlari tibbiyot fakultetlarida
asosiy darslik bolib hizmat qilgan. Bu asar muallifi kim?

Javob: Abu Ali ibn Sino.

1380. Bluetooth moslamasi qayerda ilk bor ishlab chiqarilgan?

Javob: Daniyada.
1381. Inson yuragi bir yilda necha marta uradi?

Javob: 42 000 000 marta uradi.

1382. Inson terisi har yili necha marta yangilanadi?

Javob: 3 marta.

1383. Qaysi fransuz qiroli Quyoshli qirol nomi bilan mashhur bo’lgan?

Javob: Lyudovik 14.

1384. Albert Eyshteynning vafoti paytida aytgan so’zlari u bilan birga qabrga ketgan. Nima
uchun uning so’nggi so’zlarin saqlanib qolmagan?

Javob: Chunki Enshteyn nemis bo’lgan. Uni gapini tushunishmagan.

1385. AQShning qaysi mashhur kishisi mamlakatning milliy ramzi sifatida kurka tovuq
tayinlanishifa tarafdor bo’lgan?

Javob: Benjamin Franklin.

1386. Insonning qaysi a’zosi kuniga 2 tonnaga yaqin qonni haydaydi?

Javob: Yurak.

1387. Dunyodagi eng birinchi dorixona qachon va qayerda ochilgan?

Javob: Bag’dodda. 1000 yilda.

1388. Rus knyazlari orasida birinchi bo’lib podshoh unvoniga ega bo’lgan shaxs kim?

Javob: Ivan Grozniy.

1389. U Italiyada - qirol, Ispaniyada - qirolning akasi, Germaniyada - protektor (homiy,


himoyachi), Shveytsariyada - mediator (vositachi) va Frantsiyada imperator bolgan. gap kim
haqida ketayapti?
Javob: Napoleon.

1390. Viktor Gyugoning fikricha, qaroqchi va halol inson o’rtasida tinchlik o’rnatishning buyuk
vositasi bor. Bu nima?

Javob: Pul.

1391. Kishi boshiga hisoblanganda, eng ko’p qahva iste’mol qiladiganlar kimlar?

Javob: Shvedlar.

1392. Kembrij universiteti talabalari dastlab bu o’yinni o’ynash uchun sigar qutisi va shampan
vinasi qopqoqlaridan foydalanishgan. Bunday antiqa usulda paydo bo’lgan o’yin qaysi?

Javob: Stol tennisi.

1393. Samuraylarning o’zini tutish kodeksi (qonun-qoidasi) nima deb ataladi?

Javob: Busido.

1394. Yer sayyorasidan 330 marotaba katta. Gap nima haqida ketayapti?

Javob: Quyosh.

1395. Mendeleyev oilada nechanchi farzand bo’lgan?

Javob: 17-chi.

1396. Dunyoda bolalar salmog’i eng kam va eng ko’p bo’lgan mamlakatlar qaysi?

Javob: Germaniya-Keniya.

1397. Dunyoda qariyalar salmog’i eng kam va eng ko’p bo’lgan mamlakatlar qaysi?

Javob: Qariyalar soni Shvesiyada esa eng ko’p (24 foiz) va Quvaytda eng kam (2 foiz) dir.

1398. Dunyoning qaysi davlatlarida aholini ro’yxatga olish o’tkazilmagan?


Javob: Yaman va Qatar

1399. 1918-1919 yildagi bu epidemiyadan AQSH va Yevropada 20 mln odam nobud bolgan.
Gap qaysi kasallik haqida ketayapti?

Javob: Gripp.

1400. Mamuriy markazi Littl york bolgan bu AQSH shtati 1836-yil 15-iyunda 25-shtat deb elon
qilindi?

Javob: Arkanzas.

1401. 1945-yil 15-iyunda ingliz xarbiylari ushbu xind siyosatchisini ozod qilishdi?

Javob: Javaharla’l Neru.

1402. 1999-yil 15-iyun Belgiyada kimyoviy moddalari kopligi uchun bu salqin ichimlikni sotish
taqiqlab qoyildi?

Javob: Coca-cola.

1403. San-fransiskodagi Oltin darvozalar kopigini olim koprigi deb xam atashadi. Buning sababi
nimada?

Javob: Ko’prikdan ko’pchilik o’zini tashlab vafot etadi.

1404. 1885-yil 17-iyulda Fransiya sovgasi sifatida AQSHga uni olib kelishdi?

Javob: Ozodlik haykali.

1405. Yunon mifologiyasida aks sado mabudasi?

Javob: Exo.

1406. Yer shari iqlimlari tavsifini organuvchi fan?

Javob: Klimatologiya.

1407. Teador Ruzveltning xotini va onasi olgan kuni biz qaysi avliyoni yodga olamiz?
Javob: Avliyo Valentin.

1408. Ozbekfilm kinostuditosi oldin qanday nomlangan?

Javob: 1925 yili "Sharq Yulduzi" nomi bilan tashkil etilgan.

1409. Titanik filmida eng kop ishlatilgan soz qaysi?

Javob: Rouz (Rose) so’zi.

1410. Vashingtonda joylashgan bu bino 1800-yil 4-iyunda qurib bitkazildi?

Javob: Oq Uy.

1411. 2007-yil 7-oyning 7-kunida ularning yangi talqini aniqlandi?

Javob: Dunyoning yangi yetti mo’jizasi.

1412. Marakaybo koli qaysi davlat xududida joylashgan?

Javob: Venesuelada.

1413. Asl isni Abu Muhammad Ilyos ibn Yusuf Ibn Zakiy Muayyad bo’lgan xamsanavis shoir
kim?

Javob: Nizomiy Ganjaviy.

1414. 1703-yil 27-mayda u Sankt-Peterburgga asos soldi?

Javob: Pyotr I.

1415. Mashxurligi bo’yicha Pepsi va Koladan keyin 3-o’rinda turuvchi salqin ichimlik qaysi?

Javob: Fanta.

1416. Bu so’z lotincha "vita" so’zidan olingan bo’lib, hayot degan ma’noni bildiradi?

Javob: Vitamin.
1417. Bu so’zni lotinchadan tarjima qilsak "zaxar" degan ma’noni bildiradi?

Javob: Virus.

1418. Hozirgacha eng ko’p saxnalashtirilgan personaj kim?

Javob: Sherlok Xolms.

1419. U olimpiada chempioni va olimpiadaning eri bo’lgan?

Javob: Filipp II.

1420. Amerikaliklar xazillashib krestdan ko’ra sariq rangdagi bir xarfni ko’proq ko’rganmiz
deyishadi. Bu lotin alifbosidagi qaysi xarf va u nimani bildiradi?

Javob: M (MacDonalds).

1421. Ispaniya La-ligasining 1-chempioni qaysi jamoa bo’lgan?

Javob: Barselona.

1422. Dunyodagi rangli dengizlarning soni nechta?

Javob: 4 ta: Qizil dengiz, Oq dengiz, Sariq dengiz, Qora dengiz.

1423. Serra-Leone davlati bilan O’zbekiston bayrog’i deyarli bir xil. Bu bayroqlarni qaysi rang
ajratib turadi?

Javob: Syerra Leone bayrog’ida ko’k rang tepada, qizil chiqiq, Oy, yulduzlar yo’q.

1424. Daltoniklar asosan qaysi 2ta rangni ajrata olishmaydi?

Javob: Yashil va Qizil.

1425. Quruqlikda yashovchi eng yirik yirtqich xayvon qaysi?

Javob: Oq ayiq.
1426. AQSHning ushbu prezidenti "Derringer" rusumli to’pponchadan otib o’ldirilgan. Bu qaysi
president?

Javob: Avraam Linkoln.

1427. AQSHning Nebraska shtatining markaziga qaysi prezidentning nomi berilgan?

Javob: Linkoln.

1428. Qaysi osmon jismi "adashib qo’lgan yulduz" degan ma’noni bildiradi?

Javob: Planeta.

1429. Yangi yilni 1-bo’lib, qaysi arxipelagda kutib olishadi?

Javob: Fiji.

1430. Bu so’zni arabchadan tarjima qilsak "shirinlik" degan ma’no kelib chiqadi?

Javob: Holva.

1431. Qaysi oyga Rim imperatori Oktavianning nomi berilgan?

Javob: Avgust.

1432. Sezar boshiga Lavr gulchambarini taqib yurishining sababi nimada?

Javob: Sochi to’kilayotganini yashirish uchun.

1433. Bu davlatda sportga juda katta e’tibor beriladi. Mamlakatda148ta stadion, 4700ta sport
zali, 128ta suv kompleksi,1842ta TIR, 21000ta o’yin maydoni mavjud. Bu davlatning poytaxti
qaysi shaxar?

Javob: Toshkent.

1434. Dunyodagi eng keng sharshara Kon sharsharasi xisoblanadi. Ushbu sharshara Osiyo
qit’asidagi qaysi davlatda joylashgan?
Javob: Laos.

1435. Rasululloh s.a.v. uch xil narsadan bosh tortmaslikni buyurganlar. Ya’ni sizlarga taqdim
yoki hadya qilingan uch narsadan. Bular nima?

Javob: Sut, mushk, yostiq.

1436. Rasululloh s.a.v. insonning tanasini nimaga va uning boshini nimaga o’xshatganlar?

Javob: nsonning tanasini Iymonga, uning boshini esa sabrga o’hshatganlar.

1437. Irlandiyada asosan pivo ishlab chiqaruvchi korhona direktori bo’lgan H’yu Biveru
dunyoga mashhur kitobga asos solgan bu qaysi kitob?

Javob: Ginnesning rekordlar kitobi.

1438. Musulmonlar orasidan eng birinchi ko’tariladigan narsa va oxiri qoladigan narsa nima?

Javob: Qiyomat yaqinlashgan sari mo’minlar orasida hush’u yo’qoladi namozni esa surati
qoladi.Hushusiz namoz faqat suratdagina namoz bo’ladi.

1439. Allohning yakkaligiga va Muhammad s.a.v. Allohning rasuli ekanliklariga maxfiy


ravishda iymon keltirgan inson kim edi?

Javob: Najoshiy.

1440. Qur’oni karimning bir surasining har bir oyati arab alifbosidagi "Yo"(Y) harfi bilan
tugagan. Bu surani nomini toping.

Javob: "Al-Layl" surasi.

1441. Qur’oni karimning bir surasining har bir oyatida "Alloh" lafzi kelgan. Bu sura qaysi?

Javob: Mujodala surasi.

1442. Manbalardan bizga ma’lumki, Umar ibn Xattob r.a. halifalik davrilarida va keyingi
halifalar zamonida Ko’fa shahri fuqorolari noroziliklar va shikoyatlar qilishda birinchi o’rinda
bo’lishgan. Umar ibn Xattob r.a. davrlarida shikoyat va norozilikar bo’yicha "Ikkinchi Ko’fa"
degan nomni olgan shahar qaysi?

Javob: Shom viloyatining Xims shahri.

1443. "Tirik shahid" laqabini olgan sahobiy kim? Bu sahobiy ushbu laqabni qaysi g’azotda
olganlar?

Javob: Kim olganidan keayin xam yerda yurgan kishini kormoqligi xursand qilsa, bas u Talha
ibn Ubaydullohga qarasin. (Muhammad Rasululloh (sallallohu alayhi va sallam)dan. "Tirik
shahid "qissasi esa Uhud jangida bo’lgan.

1444. Abu Hurayra r.a.ning johiliyat davrida ismlari nima bo’lgan?

Javob: Abdurahmon ibn Sahr al-Davsiy.

1445. Rasululloh s.a.v.ning ham amakilari, ham emikdoshlari bo’lgan sahobiy kim?

Javob: Hamza ibn Abdulmuttalib.

1446. Rasululloh s.a.v. kimga, u iymon keltirganidan keyin ham,"meni ko’zimga


ko’rinma",deganlar. Va o’zlari vafot etgunlaricha uning yuziga qaramaganlar. Bu kishi kim?

Javob: Hamza ibn Abdulmuttalibni qotili Vahshiy.

1447. Shuhadolarning sayyidi, nomini olgan sahobiy kim?

Javob: Hamza ibn Abdulmuttalib.

1448. Hamza ibn Abdumutallibning r.a. qotili kim bo’lgan? U kimning quli bo’lgan?

Javob: Hamza ibn Abdulmuttolibni qotillari ismi Vaxshiy bo’lib u Quraysh raislaridan biri
Jubayr ibn Mut’imning quli edi.

1449. Umar ibn Xattob r.a:"Ilmga liq to’la ko’zacha", degan ta’rifni qaysi sahobiyga nisbatan
aytganlar?

Javob: Abdulloh ibn Mas’ud.


1450. Abu Bakr Siddiq r.a.ning qizlari Ummu Gulsum qaysi sahobiyning zavjasi bo’lgan?

Javob: Talha ibn Ubaydullohning.

1451. Rasululloh s.a.v. bir sahobiy shahid bo’lganida, unga 70 marta janoza o’qiganlar. Bu
sahobiy kim?

Javob: Hamza ibn Abdulmuttalib.

1452. Hamza ibn Abdumutallibning r.a. kunyalari nima bo’lgan?

Javob: Abu Umora.

1453. Rasululloh s.a.v.ning ashoblari orasidagi Qur’on hofizlari, bir hofizi Qur’onga:"Ichimizda
Allohga eng yaqin bo’lgan hofizi Qur’on", deya ta’rif berishgan. Bu ulug’ baxtning sohibi qaysi
sahobiy bo’lgan?

Javob: Abdulloh ibn Mas’ud.

1454. "Uning Islomi fath, hijrati nusrat va amirligi rahmat bo’ldi". Bu so’zlarni bir sahobiy
boshqa bir sahobiyga nisbatan aytganlar. Bu ikki sahobiyni toping.

Javob: Bu so’zlar Umar r.a.ga nisbatan aytilgan.

1455. Abu Hurayra r.a. kimni qo’llarida Islomni qabul qilganlar?

Javob: Tufayl ibn Amr.

1456. AQShning 16- va 25-prezidentlari orasida qanday sirli bogliqlik bor?

Javob: AQShning 16-prezidenti Avraam Linkoln 1860 yili prezident boldi. 25-prezident Jon
Kennedi esa 1960 yili prezidentlik vakolatini oldi. Bular orasi 100 yil, ularni oldirgan
qotillarning ham tugilishi orasi 100 yildir. Ikala prezident ham juma kuni xotinlari koz ongida
oldirilgan. Kennedi va Linkolnning kotiblari ismi ham bir xil edi: Jonson. Qiziqarlisi ikala
Jonsonning tugilishi orasi ham 100 yil edi. Ikala kotib ham prezidentga olimi oldidan shu
tadbirni qoldirishni maslahat borgan edi.

1457. U katta plantator va quldor bolgan edi. Filadelfiya Assambleyasi vaqtida (1787 yil) uning
qolida 216 nafar qul mavjud edi. Gap qaysi mashhur shaxs haqida ketayapti?
Javob: Jorj Vashington.

1458. Qaysi Respublika 11ta davlat tilliga ega?

Javob: Janubiy Afrika Respublikasi davlat tillarining soni roppa-rosa 11 ta! Bular: ingliz,
afrikaans, zulu, kosa, sesoto, setsvana, sepedi, ksisonga, svati, ndebele va chivenda tillari.

1459. Sayyoramizda eng kop mehnat qiluvchi halq kimlar?

Javob: Ma’lum bo’lishicha yaponliklar sayyoramizda eng ko’p mexnat qiluvchi xalqdir. Statistik
ma’lumotlarga ko’ra har bir yaponlik yiliga o’rtacha 2096 soat ishlab chiqarishda band bo’lar
ekan. Ikkinchi o’rinda - Shveysariya - 1966 soat, amerikalialar esa yiliga o’rtacha - 1909 soat ish
bilan shug’illanib, dunyoda uchinchi o’rinni egallab turibdi.

1460. Dunyoda eng kop ijro qilinadigan qoshiq qaysi?

Javob: Happy birthday to you.

1461. Qaysi Respublika 11ta davlat tilliga ega?

Javob: Janubiy Afrika Respublikasi davlat tillarining soni roppa-rosa 11 ta! Bular: ingliz,
afrikaans, zulu, kosa, sesoto, setsvana, sepedi, ksisonga, svati, ndebele va chivenda tillari.

1462. Togo davlatida ayol kishiga qap otgan erkakka qanday jazo beriladi?

Javob: Togo davlatida ayol kishiga qap otgan erkak unga uylanishga majbur boladi.

1463. Grek tilidan aqlsizlikni yomon koraman degan manoni anglatuvchi soz?

Javob: Filosof (Faylasuf) so’zi.

1464. Dunyodagi birinchi ovozli badiy film qaerda yaratilgan?

Javob: 1893 yil Amerikada Don Juan filmi.

1465. Dunyodagi birinchi kinoteatr qaerda ochilgan?

Javob: 1895 yil Parijda Konutsinov hiyobonidagi Grankafe ertolasida.


1466. Ilk bor velopoygalar musobaqasi qaerda otkazilgan?

Javob: 1868 yil Parijda.

1467. Mashhur yozuvchi Tohir Malikning "Murdalar gapirmaydilar" asarida keltirilgan


futbolsevar insonning ismi nima?

Javob: Sarvar.

1468. Bolalar adibi Hudoyberdi To’htaboyevni avtobiografik asari qaysi?

Javob: Besh bolali yigitcha.

1469. Otasidan qolgan singillarini kelajagini o’ylab turmush ko’rgan ayolga uylangan sahobiy
kim?

Javob: Jobir ibn Abdulloh.

1470. Dunyoda Islom dinnidan so’ng ko’p insonlarni o’ziga ergashtirgan ikki din bor ular
Nasoro dini hamda yahud dini bu ikki din vakillarining ham o’ziga hos musulmonlarnikidan
ajralib turadigan salomlashish odatlari bor shu ularning o’zaro salomlashish odatlari qanday
ekanligini bilasizmi?

Javob: Amr ibn Shuayb otasi orqali bobosidan rivoyat qiladi: Rosulullah sollallohu alayhi va
sallam dedilar" "Bizdan boshqalarga o’zini o’xshatga bizdan emasdir. Yahud va
nasoro(hristian)larga o’xshamanglar, yahudiylarning salomlashishi barmoqlar bilan ishora qilish,
nasorolarning salomlashishi kaftlar bilan ishora qilish."

1471. Dunyoda shunday davlat borki aholisi spirtli ichimliklarni isitib ichishadi. bu qaysi davlat?

Javob: Sake.

1472. Lotin alifbosi xarflari: A,K,Q,J... Bu harflarni qayerda ko’rganingiz esingizga tushsa, yana
5ta yoki 9tasini yozing?

Javob: Bu xarflarni karta o’yinida ko’rgansiz. Qolgan 9 tasi 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10.


1473. AQSh gazetalaridan birida shunday maqola chiqadi: Marsga uchib kelgan fazogirlar yerga
qaytib kelishdi. Gazeta qaysi sanada chiqarilgan?

Javob: Bu gazeta 1-aprel kunida chiqarilgandi. Jurnalistlar hazillashib yozishgan.

1474. Bu yunon olimi ilk bor yerning radiusini hisoblagan?

Javob: Eratosfen Kirenskiy.

1475. Bu orollarning yarmi AQSHga, yarmi esa Buyuk Britaniyaga tegishli?

Javob: Virginiya orollari.

1476. AQSHda 14-mart kuni qaysi bayram nishonlanadi?

Javob: AQSHda shu kun PI(3.14) kuni deb e’lon qilingan.

1477. Jon Lennonga Politsiyachilar sirenasi qaysi qo’shig’ini yaratishiga ilxom bergan?

Javob: Qo’shiqning nomi "Men Morjman" deb nomlanadi.

1478. Bu mashxur yozuvchi 56-yoshida o’zining tu’g’ilgan kunida vafot etgan?

Javob: Uilyam Shekspir.

1479. 1995-yil Yaponiya tarixida bu maxsulot guruchdan ko’ra ko’proq iste’mol qilingan?

Javob: Go’sht.

1480. Oddiy askar Finipid qaysi sport turiga asos solgan?

Javob: Marafon.

1481. Dunyodagi eng sovuq poytaxt shaxar qaysi?

Javob: Mo’g’iliston poytaxti Ulan-Bator.


1482. Ulan-Batorda-Chingizxon, Varshavada-Shopen, Parijda-Sharl de Goll, Vashingtonda-
Ronald Reygan. Gap nima xaqida ketayotganini bolgan bo’lsangiz RIMda kim ekanligini
toping?

Javob: Bu shahardagi aeroportlarga mana shu insonlarning nomi berilgan. Rimda Leonardo Da
Vinchi nomidagi aeroport mavjud.

1483. Islomda eng birinchi tug’ilgan chaqaloq kim?

Javob: Ja’far ibn Abu Tolibning o’g’li.

1484. AQSh prezidentlari qanday hayvonlarni boqishgan?

Jorj Vashington ...

Jon Adams ...

Abraxam Linkoln ...

V.Garrison ...

Teodor Ruzvelt ...

Franklin Ruzveltdan keyingi prezidentlar ...?

Javob: AQShning kop prezidentlari hayvonlarni boqishgan. Jorj Vashington totiqush, Jon
Adams alligator, Abraxam Linkoln kurka, V.Garrison echki, Teodor Ruzvelt suvilon, Franklin
Ruzveltdan keyingi prezidentlar esa zotdor itlar boqishgan.

1485. AQSh tarixidagi yagona xorijlik birinchi xonim kim?

Javob: AQSh prezidentligi tarixida muxojirlardan ilk marta prezident Jon Adamsning xotini, asli
angliyalik Luiza Jonson AQShning birinchi xonimi unvoniga sazovor bolgan.

1486. Dunyoda birinchi terish mashinkasini kim yasagan?

Javob: Peter Mitterxofer.

1487. Elektr batareyasini kim kashf qilgan?

Javob: Alessandro Volta.


1488. AQSh milliy bayramlaridan qaysi biri mamlakat tarixida qora kun bolib saqlanib qolgan
va nima uchun?

Javob: Amerikadagi eng katta milliy bayram 4 iyul - Mustaqillik kunida mamlakatning ikkinchi,
uchinchi va beshinchi prezidentlari (J.Adams, T.Jefferson, J.Monro) vafot etgan.

1489. Birinchi marta qaerda plastik operatsiya otkazilgan?

Javob: Qadimiy Misrda firavn chap oyogi barmogini ulash uchun momiyodan foydalanishgani
haqida arxeologik malumotlar mavjud. Ushbu plastik operatsiyada suyak va yogoch bir-biriga
ulangan. Firavn olimidan song uning suniy barmogi bilan birgalikda momiyolangan va bu
bizning davrimizgacha yaxshi saqlangan. Bu topilma jahon ilm maydonida katta sensatsiya
boldi. Olimlar qadimiy Misrda hatto kosmetik operatsiyalyaar ham otkazilmagan, deb
hisoblardilar.

1490. 13 yoshli Juletta Sara Berner necha yoshida oynagandi?

Javob: 13 yashar Juletta rolini aktrisa Sara Berner 70 yoshida ijro etgandi.

1491. AQSh prezidentlari royxatida yagona katolik kim edi?

Javob: AQShning 35-prezidenti Jon Kennedi AQSh prezidentlari ichida yagona katolikdir.
AQShning boshqa prezidentlari protestantdir. Yana Jon Kennedi eng yosh AQSh
prezidentlaridan biri sifatida ham mashhurdir. U 42 yoshida Qoshma Shtatlarni boshqargan.

1492. O’zbekiston Respublikasining 3 so’mlik pulida qaysi obidaning rasmi bor?

Javob: Buxorodagi Chashmai Ayub maqbarasi.

1493. Rasululloh s.a.v. faqat bir sahobiyga:"Kunu tun, hohlagan vaqtingda mening xuzurimga
kirishga senga ruxsat beraman", deb marhamat qilganlar. Bu gapni qaysi sahobiyga aytganlar?

Javob: Abdulloh ibn Mas’ud.

1494. Rasululloh s.a.v.ning vafotlaridan payg’ambarlikni da’vo qilgan Musaylama kazzobni kim
o’ldirgan?

Javob: Musaylama kazzobni Hamza ibn Abdumutallibni qotili Vahshiy o’ldirgan.


1495. Futbol chempionati Italiyada "A" seriya,Angliyada -primer-liga,Ispaniyada - primero,
Germaniyada - bundesliga, Gollandiyada - eredivizion, O’zbekistonda - oliy liga deb ataladi.
Futbol chempionati Belgiyada qanday nomlanadi?

Javob: Jupiler League.

1496. Futbol bo’yicha 1996 yilgi Osiyo Kubogi qaysi davlatda o’tkazilgan va finalda qaysi
jamoalar to’qnash kelishgan?

Javob: BAA davlatida.F inalda Saudiya Arabistoni ve mezbonlar o’ynashgan. S.Arabistoni


g’alaba qozongan.

1497. Hozirda Angliyaning "Fulxem" klbida o’ynayotgan Rossiya terma jamoasi


yarimhimoyachisi?

Javob: Aleksey Smertin.

1498. “Terek” futbol klubi qaysi davlat chempionatida qatnashadi?

Javob: Rossiya 1-ligasi.

1499. Lui Xennepen qaysi sharsharani kashf qilgan?

Javob: Niagara.

1500. AQShning eng kichik va eng katta shtatlari qaysi?

Javob: Eng kichik shtat - Rod Aylend. Eng katta shtat - Alyaska

1501. Tizza bo’g’imlari 4 ta bo’lgan yagona sut emizuvchi hayvon qaysi?

Javob: Fil.

1502. Tomas Edison kolleksiyasida qaysi qushlardan 5000tasi bo’lgan?

Javob: To’tiqush.

1503. Ekvador davlatinnig eng g’arbiy provinsiyasi qaysi hayvon nomi bilan ataladi?

Javob: Galapagos, toshbaqa.


1504. Bulemiya qanday kasallik?

Javob: Ochofatlik kasalligi.

1505. Futbol bo’yicha 2002 yilgi JCHda eng tezkor gol gol muallifi?

Javob: Bu gol Hakan Shukur tomonidan jahon chempionatida Koreya-Turkiya uchrashuvida


Koreya darvozasiga 11 sekundda kiritilgan.

1506. Tanasiga nisbatan eng katta miya qaysi jonivorga tegishli?

Javob: Chumoli.

1507. Qaysi jonivorda rakka nisbatan immunitet mavjud?

Javob: Akula.

1508. Ucha oladigan yagona sut emizuvchi hayvon qaysi?

Javob: Ko’rshapalak.

1509. Oynada o’zini taniy oladigan yagona hayvon qaysi?

Javob: Shimpanze.

1510. Miyaning 80 foizi nimadan tashkil topgan?

Javob: Suv.

1511. Janoza namozi necha rakaat?

Javob: Janoza namozi tikka turib o’qiladi. 4 takbirlidir.

1512. Islomning shartlari nechta?

Javob: 5 ta: Kalimai shahodat, namoz, ro’za, haj va zakot.


1513. Tahoratning farzlari qaysilar?

Javob: 4 ta: Qo’lini tirsaklarigacha yuvish, yuzini yuvish, boshning to’rtdan biriga mash tortish,
oyoqni topuqlarigacha yuvish.

1514. G’uslning farzlari nimalar?

Javob: 3 ta: Mazmaza (o’g’izga suv olib chayish), istinshoq (burunga suv olib chayish),
badanning hamma joyiga suv tegizish.

1515. Payg’ambarimiz Muhammad SAVning ikkita qizlariga uylangan kim?

Javob: Hazrati usmon r.a.

1516. Rasululloh SAVga hijrat payti cho’lda yo’l ko’rsatuvchi bo’lgan shaxs kim?

Javob: Suroqa ibn Molik.

1517. Me’roj nima va bu kechada Payg’ambarimiz SAVning markablari nima edi?

Javob: Payg’ambarimiznng bir kechada uylaridan Masjidul aqsoga, so’ng samoga chiqqan
kunlari. Markablari Buroq otidir.

1518. Azonni tushida o’rgangan sahoba kim?

Javob: Abdulloh ibn Zayd.

1519. Badr g’azotida musulmonlar qo’shini nechta edi va necha kishi shahid bo’lgan?

Javob: Musulmonlar qo’shini 300 ta edi, 14 kishi shahid bo’lgan.

1520. Badr g’azotida mushriklar qo’shini qancha edi va qancha kofir o’ldirilgan?

Javob: Mushriklar qo’shini 1000 nafar edi, 70 kofir o’ldirilgan.

1521. Islomda nechta mazhab bor va qaysilar?

Javob: 2 ta: E’tiqodda va amalda mazhab.


1522. E’tiqodda mazhab imomlari kimlar?

Javob: Imom Abu Mansur Moturidiy va Imom Abul Hasanil Ashariy.

1523. Amalda mazhab nechta va ular qaysilar?

Javob: 4 ta: Hanafiy, Shofeiy, Molikiy, Hanbaliy.

1524. E’tiqodda mazhabi nima?

Javob: Ahli sunna val jamoa mazhablari.

1525. Amalda mazhab imomlari ismlari nima?

Javob: Imomi A’zam Abu Hanifa, Imom Molik, Imom Shofeiy, Imom Ahmad ibn Hanbal.

1526. Ilk juma namozi qayerda o’qilgan?

Javob: Raruna vodiysida o’qilgan.

1527. Musofirlik paytida va undan tashqari mashning muddati qancha?

Javob: Musofir holida uch kun, boshqa paytda bir kun.

1528. Imomi A’zam Abu Hanifaning asl ismlari nima?

Javob: No’mon ibn Sobit.

1529. Sahoba va tobeinlar kimlar?

Javob: Sahobalar Rasululloh SAVni ko’rib, suhbatda bo’lgan mo’minlar. Tabeinlar sahobalarni
ko’rgan va ularning suhbatlaridan bo’lganlar.

1530. Rasululloh SAV davrlarida chiqqan yolg’onchi payg’ambar kim?

Javob: Musaylama kazzob.


1531. "Daloili shariyya" (shar’iy dalillar) nechta?

Javob: 4 ta: Kitob, sunnat, ijmo’ va qiyos.

1532. Rasul deb kimga aytiladi?

Javob: Alloh huzuridan yangi bir din keltirgan zotga rasul deyiladi.

1533. Payg’ambarlarning vasflari qaysilar?

Javob: Sidq (to’g’rilik), omonat (ishonch), fatonat (zako va yuksak aql), ismat (gunohsizlik),
tablig’.

1534. Qaysi kitoblar qaysi payg’ambarlarga tushgan?

Javob: Muso a.s.ga Tavrot, Dovud a.s.ga Zabur, Iso a.s.ga Injil, Muhammad a.s.ga Qur’oni
karim nozil bo’lgan.

1535. Hazrati Osiyo kimning xotini edi?

Javob: Kofir Fir’avnning xotini.

1536. O’zi ilk rasul bo’lgan va og’illaridan biri iymonga kelmagan payg’ambar kim? Bu
payg’ambar qavmini necha yil da’vat qilgan?

Javob: Nuh a.s. Qavmini 950 yil da’vat qilgan.

1537. Qaysi payg’ambarlarning xotinlari iymonga kelmay halok bo’ladi?

Javob: Lut va Nuh a.s.ning xotinlari.

1538. Tug’iliboq gapirgan va ko’rlarning ko’zini ochish mo’jizasi berilgan payg’ambar kim?

Javob: Iso a.s.

1539. Tupuklaridan zamzam otilib chiqqan, o’zini pichoq kesmagan bola kim?

Javob: Ismoil a.s.


1540. Fir’avn saroyida o’sgan Payg’ambar kim va u kim bilan musofir bo’lgan?

Javob: Muso a.s. Hizr a.s. bilan safarga chiqqanlar.

1541. Umri davomida bir kun ro’za tutib, bir kun iftor qilgan payg’ambar kim va bu
payg’ambarning kasbi nima edi?

Javob: Dovud a.s. kasblari temirchilik edi.

1542. Nuh alayhissalomning qavmi qanday halok bo’lgan?

Javob: To’fondan halok bo’lgan.

1543. Jannatdan kelgan toshning nomi nima?

Javob: Hajarul asvad.

1544. Yer yuzidagi ilk masjid qaysi va u kim tomonidan qurilgan?

Javob: Ka’ba. Allohning amri bilan Ibrohim va Ismoil a.s.lar qurganlar.

1545. Yer yuzidagi ikkinchi masjid qaysi, uni kim qurgan va u qayerda?

Javob: Masjidul Aqso. Ya’qub alayhissalom qurganlar. Quddusda joylashgan.

1546. Qaysi tepalar rasida hojilar say qiladilar. Ilk bor bu tepada kim say qilgan?

Javob: Safo va Marva orasida. Ilk bor hazrati Hojar onamiz say qilganlar.

1547. Ulul-azm deyilgan payg’ambarlar kim?

Javob: Nuh, Ibrohim, Muso, Iso, Muhammad alayhissalomlar.

1548. Ashobi kahf necha yil uxlashgan?

Javob: 309 yil.


1549. Abbosiylar davlati qachon tashkil topdi, qachon barham topdi. Bu davlatni kim yiqitdi?

Javob: Hijriy 132 yili tashkil topdi. Hijriy 656 yili barham topdi. Bu davlatni mo’g’ullar yiqitdi.

1550. Ispaniyada qurilgan musulmon davlatining nomi nima edi?

Javob: Andalus ummaviy davlati.

1551. Tarixdagi ilk musulmon turk davlati qaysi, qayerda va qachon tashkil topgan?

Javob: Qoraxoniylar davlati. Melodiy 840 yili Turkistonda tashkil topgan.

1552. Rasululloh SAVning shoiri va muazzini kim?

Javob: Shoirlari: Hasan ibn Sobit. Muazzinlari: Hazrati Bilol.

1553. Hazrati Abu Bakr (r.a.) necha yil halifalik qildilar?

Javob: 2 yil, 3 oy, sakkiz kun.

1554. G’azotga qatnashmagani uchun ular haqda oyat tushgan uch sahoba kim?

Javob: Ka’b ibn Molik, Murora ibn Robi’, Hilol ibn Umayya.

1555. Madinada ilk qurilgan masjid qaysi?

Javob: Qubo masjidi.

1556. Qur’oni karim necha yilda nozil bo’ldi? Qur’oni karimda necha juz’ va sura bor?

Javob: 23 yilda nozil bo’ldi. Qur’oni karimda 30 ju’z va 114 sura bor.

1557. Qur’onda eng ko’p zikr etilgan kalima qaysi? Bu kalima qaysi suraning har oyatida
kelgan? Bu kalima Qur’oni karimda necha marta zikr etilgan?

Javob: Alloh kalimasi "Mujodala" surasining har oyatida keladi, 2697 marta zikr etilgan.

1558. Qur’oni karimning necha joyida tilovat sajdasi bor?


Javob: 14 joyida bor.

1559. Makkada qur’oni karimni ilk marta oshkora o’qigan sahoba kim?

Javob: Abdulloh ibn Mas’ud.

1560. Qaysi oyatlar makkiy va qaysilari madaniy deyiladi? Hukm oyatlari makkiymi yo
madaniymi?

Javob: Hijratdan oldin nozil bo’lgan oyatlar makkiy, keyingilari madaniy deyiladi. Hukm
oyatlari Madinada nozil bo’lgani uchun madaniy oyatlardir.

1561. Qur’oni karimga ko’ra insonlar va jinlar nima uchun yaratildi? Yer yuzida inson Allohning
nimasidir?

Javob: Insonlar va jinlar yolg’iz Allohga qulliq qilmoq uchun yaratilgan va inson Allohning
yerdagi halifasidir.

1562. Qaysi suraning boshida basmala yo’q va qaysi surada ikkita basmala bor?

Javob: Tavba surasida yo’q, Naml surasida 2 ta.

1563. Sanad va matiniya nima?

Javob: Hadis rivoyat etgan kishilar zanjiri sanad deyiladi, sanaddan keyingi payg’ambarimizning
so’zlarini matin deyiladi.

1564. Roviy kimdir?

Javob: Payg’ambarimiz s.a.v.ning so’zlari yoki fe’llarini rivoyat etgan kishilar roviy deyiladi.

1565. Sahobalardan eng ko’p hadis rivoyat qilgan erkak va ayol sahoba kim?

Javob: Ayol sahoba Hazrati Oyisha, erkak sahoba Abu Hurayra r.a.

1566. Muttafaqun alayh nima degani. Ikki buyuk hadis kitobi qaysilar?
Javob: Buxoriy va Muslimning bir hadisdagi ittifoqi. Ikki buyuk hadis kitobi, Sahihi Buxoriy va
Sahihi Muslimdir.

1567. Mavzu hadis nima degani?

Javob: Payg’ambarimiz tillaridan deb to’qilgan va haqiqat bo’lmagan hadislar.

1568. Muhammad SAV necha yoshda uylandilar va necha yoshda payg’ambar bo’ldilar?

Javob: 25 yoshlarida uylandilar, 40 yoshlarida payg’ambar bo’ldilar.

1569. Payg’ambarimiz SAVga ilk vahiy qayerda kelgan? Muhammad alayhissalom da’vatni
necha yil yashirin olib bordilar va ilk marta qachon va qayerda payg’ambarliklarini ochiqcha
aytdilar?

Javob: Ilk vahiy Hiro tog’ida kelgan. 3 yil islomni yashirin da’vat qildilar va Safo tepasida
payg’ambarliklarini e’lon qildilar.

1570. Hazrati Bilolni dindan qaytarish uchun qizigan tosh bilan bosgan kim? Uni kim, qayerda
o’ldirdi?

Javob: Umayya ibn Halaf. Uni Badr g’azotida Hazrati Bilol o’ldirgan.

1571. Ko’rgan qiyinchiliklari sabab musulmonlar qayerlarga hijrat qilganlar?

Javob: Habashiston va Madinaga.

1572. Madinaga hijrat qachon amalga oshirildi? Ilk hijrat qilgan sahoba kim?

Javob: 622 yili. Ilk hijrat qilgan Abu Salama ibn Abdul Asad.

1573. Payg’ambarimiz Muhammad SAV Madinaga kim bilan birga hijrat etdilar? Ular
yashiringan g’orning nomi nima edi? Ularga yashirincha taom tashigan va kofirlarning
harakatlari haqida xabar bergan kim edi?

Javob: Abu Bakr siddiq bilan birgalikda hijrat etdilar. Ular yashiringan g’orning nomi Savr
g’otidir. Ularga taom keltirgan shu yerda qo’ylarini o’tlatadigan Amir ibn Fyhayra edi. Abu Bakr
siddiqning o’g’li Abdulloh xabar yetkazar edi.
1574. Rasululloh SAV Madinada ilk marta kimning uyida mehmon bo’ldilar va u yerda qancha
qoldilar?

Javob: Abu Ayyub al-Ansoriyning uyida mehmon bo’ldilar va u yerda 7 oyga yaqin qoldilar.

1575. Payg’ambarimiz SAVning so’nggi g’azotlari qaysi edi va u qachon bo’lgan?

Javob: Tabuk g’azoti. Milodiy 630 yili bo’lgan.

1576. Hazrati Payg’ambarimizning nechta farzandlari bo’lgan? Ularning ismlari nima edi?

Javob: 7 ta: Qosim, Ibrohim, Ruqiya, Zaynab, Ummu Gulsum, Fotima, Abdulloh.

1577. Payg’ambarimiz SAV ning sut onalari va sut qardoshlarining ismi nima edi?

Javob: Sut onalari ismi - Halima. Sut qardoshlari ismi - Shayma.

1578. Payg’ambarimiz SAV tomonidan jannatga necha kishi bashorat qilindi? Ularni kimlar
deyiladi? Ular kimlar?

Javob: 10 kishi. Ash’arai mubashshara deb nom;anadi. Ular: Abu Bakr siddiq, Umar ibn Hattob,
Usmon ibn Affon, Ali ibn Abu Tolib, Zubayr ibn Avvom, Abdurahmon ibn Avf, Sa’d ibn Abu
Vaqqos, Sa’d ibn Zayd, Abu Ubayda, Talha ibn Ubaydulloh raziyallohu anhular.

1579. Aqoba bay’ati nima? 1- va 2-Aqoba bay’atida necha kishi bo’lgan?

Javob: Payg’ambarimiz bilan madinaliklarning hijratdan avval qilgan kelishuvlari. 1-sida 12


kishi, 2-chisida 75 kishi bay’at qilgan.

1580. G’azot va sariyya nima?

Javob: G’azot - payg’ambarimiz o’zlari ishtirok etgan urush, sariyya - Rasululloh s.a.v. amri
bilan,lekin payg’ambarimiz o’zlari ishtorok etmagan urush.

1581. Handaq g’azoti qachon bo’lgan va bu g’azotda handaq qazishni kim taklif qilgan?

Javob: Hijriy 5-yili bo’lgan. Handaq qazishni Salmon Forsiy taklif qilgan.
1582. Ahli suffa kimlar?

Javob: Hijratdan so’ng rasululloh SAVning hovlisda qolib, ilm o’rgangan kambag’al
musulmonlar.

1583. Ravzai mutahhara qayer?

Javob: Payg’ambarimizning qabrlari va minbarlari orasidagi joy.

1584. Saodat asri nima degani?

Javob: Rasulullog SAV yashagan davr, ya’ni saodat, baxtiyorlik davri.

1585. Mehrob va minbar nima?

Javob: Mehrob - masjidda imom namoz o’qiydigan joy, Minbar - jome’ masjidda xutba
o’qiladigan joy.

1586. Yahudiylarga qarshi eng katta g’azot qaysi edi va bu qachon bo’lgan?

Javob: Haybar g’azoti. Hijratning 7-yilida bo’lgan.

1587. Bu dunyoga kelib ketgan eng xayrli 4 ayol kim?

Javob: Hazrati Maryam, Hazrati Osiyo, Hazrati Hadicha, Hazrati Fotima.

1588. Islomda muqaddas sanalgan uch masjid qaysi?

Javob: Masjidul haram, Masjidun nabaviy, Masjidul aqso.

1589. Xulafoi roshidiyn kimlar va bulardan qaysilari vahiy kotibi bo’lganlar?

Javob: Abu Bakr, Umar, Usmon va Ali r.a.lar. Ularning hammasi vahiy kotibligi qilganlar.

1590. Ummaviy davlati qachon tashkil topgan va qachon barham topgan? Musulmonlarning 5-
halifasi nomini olgan ummaviy halifasi kim?

Javob: Hijriy 41 yilda tashkil topdi, 132 yili barham topdi. Ummaviy halifasi Umar ibn
Abdulaziz.
1591. Fotiha surasida bayon qilingan g’azabga uchragan va adashganlar kimlar?

Javob: G’azabga uchraganlar - yahudiylar, adashganlar - xristianlardir.

1592. Lut alayhissalom payg’ambar qilib yuborilgan shahar qaysi?

Javob: Sadum.

1593. Nechta muqaddas kecha bor va ular qaysilar?

Javob: 5 ta: Qadr kechasi, Mavlud kechasi, Rajab kechasi, Meroj kechasi, Baroat kechasi.

1594. Qadr kechasida nima bo’lgan?

Javob: Qur’oni karim Alloh dargohidan Payg’ambarimiz SAVga tushirila boshlangan kecha.

1595. Mavlud kechasi nima?

Javob: Payg’ambarimiz SAV tug’ilgan kecha.

1596. Rajab kechasi nima va u qachon?

Javob: Omina onamizning payg’ambarimizga homilador bo’lgan kecha. Rajab oyining ilk juma
kechasi.

1597. Me’roj nima? Me’roj kechasi qachon bo’ladi?

Javob: Payg’ambarimiznng bir kechada uylaridan Masjidul aqsoga, so’ng samoga chiqqan
kecha. Rajab oyining 27-kechasi.

1598. Baroat nima va bu kecha qachon?

Javob: Qur’oni karimning Lavhul mahfuzdan dunyo samosiga tushirilgan kecha. Bu kecha
sh’abon oyining 14-chidan 15-chisiga o’tar kechasidir.

1599. Mukallaf nima degani?


Javob: Bolalikdan o’tib, erkaklik va ayollik davriga o’tgan har bir musulmon mukallafdir.

1600. Af’oli mukallafiyn nechta va qaysilar?

Javob: 8 ta: Farz, vojib, sunnat, mustahab, muboh, harom, makruh, mufsid

1601. Farz nima degani va necha qismdir?

Javob: Qat’iy dalillar bilan sobit bo’lgan ilohiy amrlar farz deyiladi. Farz ikki xil bo’ladi: farzi
ayn va farzi kifoya.

1602. Farzi ayn va farzi kifoya qanday ishlardir?

Javob: Farzi ayn: har oqil va bolig’ bo’lgan musulmon qilishi shart bo’lgan farzlar - 5 vaqt
namoz o’qish, ramazon oyida ro’za tutish, muhtojlarga zakot berish, qudrati bo’lganda Hajga
borish. Farzi kifoya: ba’zi musulmonlarning bajarishi boshqa musulmonlarga bog’liq bo’lgan
ishlar - janoza namozi, salom berish va olish kabi.

1603. Vojib nima degani?

Javob: Alloh taolo amr etgan, olimlarning dalillarida shubhali ishlardir. Hanafiy mazhabida
shubhali dalil bilan sobit bo’lgan ishlar. Bular: vitr namozini o’qish, Ramazonda Fitr sadaqasini
berish, qurbonlik qilish, hayit namozlarini o’qish.

1604. Sunnat nima?

Javob: Farz va vojib bo’lmay, Payg’ambar alayhissalom har doim tark etmagan amallardir. Bular
- misvok ishlatish, Tarovih namozini o’qish, jamoat bilan namoz o’qish, yosh bolallarni sunnat
qilish kabilardir.

1605. Sunnat necha qism va qaysilar?

Javob: Sunnat 2 qismdir: 1. Sunnati muakkada. 2. Sunnati g’ayri muakkada. Sunnati muakkada
Payg’ambarimiz SAV har doim amal qilgan va ba’zi uzrli sabablarga ko’ra bajarolmay qolgan
amallar. Bular: bomdod, peshin, xufton namozlarining sunnatlari, juma namozining avvalgi va
so’nggi sunnatlari kabilar. Sunnati g’ayri muakkada Payg’ambarimiz SAV ba’zan qilib, ba’zan
tark etgan amallardir. Bular: asr namozining sunnatini o’qish, muborak kunlarda ro’za tutish
kabilardir.

1606. Mustahab nima?


Javob: Qilinsa savob, tark etilsa gunoh bo’lmaydigan amallar. Bular: nafl sadaqa berish, nafl
namoz o’qish va hok.

1607. Muboh nima degani?

Javob: Qilinishi savob, tark etilishi gunoh bo’lmaydigan amallar. Masalan: o’tisrish, turish,
yeyish, ichish, uxlash kabilar.

1608. Harom nima degani?

Javob: Qat’iy dalil bilan qilinishi ma’n etilgan amallar. Bular: odam o’ldirish, aroq ichish,
nomusga tajovuz qilish, yer yuzida fasod ishlarni qilish kabilardir.

1609. Makruh nima?

Javob: Amalning savobini ketgazadigan amallar. Masalan, quyosh chiqish va botishida namoz
o’qish, namozda ko’zini yumish kabilar.

1610. Necha xil makruh bor? Har birini ta’rif eting.

Javob: 2 xil: 1. Tahriman makruh - haromga juda yaqin bo’lgan makruh (Quyosh botishida
namoz o’qish kabi). 2. Tanzihan makruh - halolga yaqin bo’lgan makruh (o’ng qo’l bilan burun
tortish) kabi.

1611. O’z-o’zini qayta tiklay olmaydigan yagona inson organizmi qaysi?

Javob: Tish.

1612. Umar ibn Xattob xalifalik davrlarida Ko’faga baytulmolga bir sahobiyni boshliq qilib
yuboradilar. Bizga ma’lumki, Ko’fa xalqi juda sarkash va besabr bo’lgan, lekin bu sahobiyga
hech kimga ko’rtishmagan mehr-muhabbatni ko’rsatishadi. Ularni muhabbatiga erishga sahobiy
kim?

Javob: Abdulloh ibn Mas’ud r.a.

1613. Rasululloh s.a.v. Madinaga hijrat qilganlaridan keyin qaysi sahobiyni o’zlariga hitobchi
qilib olganlar. Va bir sahobiyni o’zlarining shoirlari deb ataganlar. Bu ikki sahobiy kim?

Javob: Xitobchilari - Sobit ibn Qays r.a. Shoirlari - Hasson ibn Sobit r.a.
1614. Shunday mamlakat borki o’zining er maydonining uchdan bir qismini suniy holda o’zlari
yaratgan. Bu qaysi mamlakat?

Javob: Niderlandiya.

1615. U yerda o’zlari uchun yig’lashmas,

U yerda yig’latar birovning g’ami.

U yerda birovning g’ami muqaddas,

U yerda tabarruk o’zganing qadri.

(U.Azim)

Shoir ta’kidlagan joy qayer?

Javob: Teatr.

1616. Qaysi mamlakat nomi o’zbekchaga tarjima qilinsa,"Buzoqlar mamlakati" deyiladi?

Javob: Italiya (Apennin yarim oroli)

1617. Antarktidadan boshqa hamma materikni birinchi bo’lib kezib chiqqan sayyoh kim?

Javob: Jeyms Kuk.

1618. Tokio hayvonot bog’i har yili 2 oyga yopib qo’yladi. Bunga sabab nima?

Javob: Shu ikki oyda hayvonlar dam oladi.

1619. Bir kechada 76 metrli tunnel qaziy oladigan hayvon qaysi?

Javob: Krot.

1620. Inson organizmidagi eng kichik hujayra qaysi?

Javob: Spermatazoid.

1621. "Muqaddas kishi" unvoniga ega bo’lgan qadimgi Rim imperatori?


Javob: Oktavian Avgust

1622. 1998 yilgi futbol bo’yicha JCHda Shotlandiya terma jamoasi sardori bo’lgan futbolchi va
uning klubi?

Javob: Colin Hendry, Blackpool Clyde

1623. Rasululloh aytdilar: Har bir din o’ziga xos xususiyatga ega. Islomning o’ziga xos
hususiyati ...dir dedilar. Payg’ambarimiz islomning hususiyati deb nimaga aytganlar?

Javob: Hayo

1624. Alloh taolo Qur’oni Karimda uning jazosi odam o’ldirgan kishining jazosidan ham
og’irroq deb zikr qilgan narsa nima?

Javob: Fitnaga sabab bo’lguvchi insonni jazosi qotilni jasodidan qattiq.

1625. Turk futboli afsonasi Hoqon Shukur ayni paytda qaysi jamoa sharafini himoya qilmoqda?
(2007)

Javob: Galatasaray

1626. Bir necha yil Ispaniyaning ‘Real Sosiedad’ klubida o’ynagan va bu mavsum ‘Villyareal’ga
o’tgan turkiyalik xujumchi?

Javob: Nihat Kahveci.

1627. "Navoiy" romanini kim yozgan?

Javob: 12.

1628. Bobur necha yoshida taxtga o’tirgan?

Javob: Oybek.

1629. Kryeg Bellami qaysi terma jamoa sharafini himoya qiladi?


Javob: Kreyg Bellami Angliyani "West ham United" klubi va Uels terma jamoasi sharafini
himoya qiladi.

1630. G.G.Markesning "Oshkora qotillik qissasi" asariga qaysi hikmat epigraf qilib olingan?

Javob: Takabburlik bilan ham mehr-muhabbat qozonish mumkin. Jil Visenti.

1631. Lui Aragon qaysi asarni "Muhabbat haqida yozilgan jahondagi eng ajoyib qissa" deb
atagan?

Javob: Chingiz Aytmatovning "Jamila" qissasi.

1632. Pablo Nerudaning asl ismi nima?

Javob: Neftali Rikardo Reyes.

1633. T.Murod qaysi asari haqida "Men o’zbek xalqiga haykal qo’yaman!" degan?

Javob: "Otamdan qolgan dalalar".

1634. T.Malik "Falak" qissasida kimni "Batlimusi davron" deb atagan?

Javob: Ali Qushchini.

1635. U nimadir, darvozasiz qal’adir

U nimadir, derazasiz binodir

U nimadir, odamlarga ko’rinmas

U nimadir, yemadilar to’ydilar

U nimadir, ulug’ kunga qo’ydilar

Shoir bo’lsang,shundan bizga ber xabar.

Javob: U kongildir - darvozasiz qaladir,

U qabrdir - derazasiz binodir,

Ubalodir - kelsa kozga korinmas,

U diydordir - yemadilar, toydilar,


U namozdir - qiyomatga qoydilar.

Bizdan salom bolsin, javobimiz shu.

1636. Tarjimanul Quron(Quron tarjimoni) nomiga sazovor bolgan sahoba kim?

Javob: Abdulloh ibn Abbos

1637. Internet kashfiyotchisi kim?

Javob: Tim Berners - Li.

1638. Uyali telefonni kim kashf etgan?

Javob: Martin Kuper.

1639. Rasuli-Akram S.A.V.ning hadislari bilan ogohlantirilganimiz 7 halok qilguvchi narsalar


qaysilar ?

Javob: Abu Hurayra roziyallohu anhu aytadilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: Yettita
halok qiluvchi gunohdan saqlaninglar, dedilar. Yo Rasululloh, ular qaysilar? deb sorashgan edi,
Allohga shirk keltirish, sehr, Alloh (oldirishni) harom qilgan jonni nohaq oldirish, yetim molini
yeyish, dushman bostirib kelgan kunda (jangdan) qochish va pokdomon momina ayollarni
badnom qilish, deya javob berdilar (Mutaffaqun alayh).

1640. Islom jihodlarida jangdan avval eng kop tilovat qilinadigan qur’oniy sura qaysi?

Javob: Anfol surasi.

1641. Har bir jon o’lim sharbatini tortguvchidir. Allohni huzurida go’zal o’lim bor u qanaday
o’lim?

Javob: Shahidning o’limi.

1642. Allohning huzurida maqbul bo’lgan olimga erishgan insonni barcha gunohi
kechiriladi,ammo bir ishi kechirilmaydi deyilgan bu Alloh kechirmas bo’lgan ish qaysi ish?

Javob: Alloh huzurida eng maqbul o’lim shahidlikdur,shahidni barcha gunohlari kechiriladi lekin
birovdan qarzi kechirilmaydi zero qarz bergan kishi kechmagunicha.
1643. Orqaga qarab yura olmaydigan jonivor qaysi?

Javob: Kenguru.

1644. Qaysi davlatning bayrog’ida 22 marta "Allohu akbar" deb yozilgan?

Javob: Eron.

1645. Kishi boshiga hisoblanganda, eng ko’p qahva iste’mol qiladigan xali qaysi?

Javob: Shevdlar.

1646. 1980 yillarning ohirlarigacha ham Butan davlatida shu narsa bo’lmagan, bunga ishonish
qiyin, lekin bu haqiqat. Bu narsa nima?

Javob: Telefon bo’lmagan.

1647. Bu kolga 336 ta daryo kelib quyiladi va faqat bir daryo- Angara bu koldan oqib chiqadi?
Bu qaysi ko’l?

Javob: Baykal ko’li.

1648. Italiyada- qirol, Ispaniyada- qirolning akasi, Germaniyada- protektor (homiy, himoyachi),
Shveytsariyada- mediator (vositachi) va Frantsiyada imperator bolgan mashxur shaxs kim?

Javob: Napoleon Bonopart.

1649. Kembrij universiteti talabalari dastlab bu o’yinni o’ynash uchun sigar qutisi va shampan
vinasi qopqoqlaridan foydalanishgan. Bunday antiqa usulda paydo bo’lgan o’yin nomini toping?

Javob: Stol tennisi.

1650. Ipak qurtida 4000 dan ziyod, odamda esa 639 ta? Bu nima?

Javob: Mushak.

1651. Yerdan eng uzoq sayyora qaysi?


Javob: Pluton.

1652. Rasululohning sav ismlari bir nechta. Buni hammamiz bilamiz. Lekin ularni eng birinchisi
va eng mashhuri Muhammad. "Muhammad"ning ma’nosi nima?

Javob: "Muhammad" so’zi arab tilidagi "Hammada" (to’xtovsiz maqtadi) fe’lidan olingan.
"Muhammad" - To’xtovsiz maqtaladigan ma’noni anglatadi.

1653. Ulamolar Rasulullohning sav amakilari nechta ekanligiga ijmo’ qilishgan?

Javob: Ularmolar Rasulullohning sav amakilari 9 ta ekanligiga ijmo’ qilishgan. "Ar-Rohiyqul


maxtum" kitobidan.

Rasulullohning sav bobolari Abdumutallibning 10ta o’g’li bo’lgan.

1.Horis.

2. Zubayr.

3.Abu Tolib.

4. Abdulloh.

5.Hamza.

6.Abu Lahab.

7.G’aydoq.

8. Miqvam yoki Muqavvim.

9. Safor.

10. Abbos.

1654. Rasulullohning sav ammalari nechta bo’lgan?

Javob: 6 ta: Ummu Hakim Bayzo, Barra, Otika, Safiya, Arvo, Umayma.

1655. Rasululloh sav yilning qaysi faslida tug’ilganlar?

Javob: Bahor faslida.

1656. Ispaniyaning "Barselona" klubi qachon tashkil etilgan?


Javob: 1899 yilda tashkil etilgan.

1657. YUNESKO xalqaro tashkiloti tomonidan qaysi shahar 2007 yilning dunyo kitob poytaxti
sifatida e’tirof etildi?

Javob: Kolumbiya poytaxsti - Bogota.

1658. Alloh taolo "Ahzob" surasining 56-oyatida Rasulullohga sav salovat aytishni buyurgan.
Rasulullohga sav salovat aytishning ma’nosi nima?

Javob: Bunga ko’chilik ulamolar har xil ta’rif berishgan. Ularning ulamolar ijmo’ qilishgan
ta’rif, ulug’ tobe’in Abul Oliya aytgan ta’rif: "Sollallohu alauhi vasallam" degani "ALloh taolo
O’z payg’ambarini farishtalari huzurida maqtasin va salom yuborsin" deganidir. Imom Buxoriy
"Al-jome’us sahih".

1659. Rasulullohning sav ismlari Qur’oni karimning necha joyida zikr qilingan? Va qaysi ismlari
necha martdan zikr qilingan?

Javob: Rasulullohning sav muborak ismlari Qur’oni Karimda besh marta zikr qilingan. To’rt
marta "Muhammad" va bir marta "Ahmad".

1660. Bizga ma’lumki, Qur’on oyatlari ikkiga bo’linadi. Madaniy va Makkiy. Rasulullohning
sav ismlari qaysi suralarda kelgan? Suralarning nomini ham toping.

Javob: Rasulullohning sav ismlari Madaniy suralarda kelgan. "Oli - Imron", "Ahzob",
"Muhammad", "Fath" va "Saf".

1661. Ulamolar sahihligiga ijmo’ qilishgan va "mutavotir" darajasiga yetgan shajaradan


Rasulullohning sav nechta ota-bobolari joy olgan?

Javob: Yigirma bitta ota - bobolari joy olgan: Abdulloh, Abdumutallib,Hoshim,


Abdumannof,Qusay, Kilob, Murra, Ka’b, Luay, G’olib, Fihr, Molik, Nazr, Kinona, Xuzayma,
Mudrika, Ilayos, Muzar, Nizor, Ma’add, Adnon.

1662. Muhaqqiq olimlarni tadqiqlariga ko’ra Rasulullohning sav bobolari Adnon bilan Ismoil
a.s. ortasida nechta avlod o’tgan?

Javob: O’ttiz to’qqizta.


1663. Rasulullohning sav otalari Abdulloh Abdulmutallibning nechanchi o’g’li bo’lgan?

Javob: To’rtinchi.

1664. 1996 yili qaysi futbolchi "Ozbekistonning eng yaxshi futbolchisi" deya topilgan?

Javob: Pavel Bugalo.

1665. 15-16 asrlardan boshlab qaysi davlatda "Odamlar qo’ylarga yem bo’lyapti" degan gap
tarqala boshlagan?

Javob: Angliya.

1666. Tekshiruv natijasida dunyoda eng ko’p va baland gapiradiganlar Italiyaliklar


hisoblanarkan. Eng kam gapiradiganlar qaysi millat vakillari?

Javob: Finlar.

1667. Yer yuzida qaysi orolning atigi 1% da odam yashaydi?

Javob: Karib oroli.

1668. Dunyodagi yagona tishlamaydigan it turi qaysi?

Javob: Basenji.

1669. Qaysi qushning ko’zlari miyasidan kattaroq bo’ladi?

Javob: Tuyaqush.

1670. Qaysi davlatning davlat madhiyasi 158 xil ko’rinishga ega?

Javob: Gretsiya.

1671. Erkak kishi hayoti davomida, o’zi bilmagan holda bu mahsulotdan o’rtacha 5 kg iste’mol
qilar ekan. Bu qaysi mahsulot?

Javob: Lab bo’yog’i.


1672. Aflotuni zamon kim?

Javob: Qozizoda Rumiy.

1673. Sharq Arastusi kim?

Javob: Forobiy.

1674. Sharq Rafeli kim?

Javob: Kamoliddin Behzod.

1675. Otasi, onasi, bobosi, buvisi, tog’asi va xolasi tomonidan insonlarning eng sharaflisi
bo’lgan ikki aka-uka kim?

Javob: Imom Hasan va Imom Husayn. Otalari - Ali r.a., onalari - Fotima r.a., bobolari - Hazrati
Muhammad SAV, buvilari - Hazrati Hadicha r.a., xolallari esa Payg’ambar SAVning qizlari
Zaynab r.a.

1676. Islomiy tablig’ uchun Rasululloh SAV qaysi o’lkalarga elchi jo’natganlar?

Javob: Eron, Rum, Habashiston, Misr, Bahrayn, Ummon.

1677. Kitob nozil bo’lmay, sahifa tushirilgan payg’ambarlar qaysi? Ularga necha sahifa
tushirilgan?

Javob: Odam a.s.ga 10 sahifa, Shis a.s.ga 50 sahifa, Idris a.s.ga 30 sahifa, Ibrohim a.s.ga 10
sahifa.

1678. Uhud jangida payg’ambarimiz S.A.V.ni himoya qilib orqalariga sanchilgan nayza o’qlari
tipratikan tikani singari bo’lgan sahobiyni ismi shariflari kim?

Javob: Anas ibn Nazr roziyallohu anhu.

1679. Sahobalar tomonidan jihodlarda kamonni o’qidek uchib yurardi degan guvohlik qaysi
sahobaga berilgan?

Javob: Qa’qo roziyallohu anhu haqida shunday guvohlik berishgan sahobalar.


1680. Payg’ambarimiz Muhammad s.a.v.dan rivoyat qilingan hadisda 70 ming kishi soroq
savolsiz jannatga kiradilar deyilgan.Bu jannat sohiblari ikki kasallikda davolanmak vaqtlarida
parhezkor bolganlari sabab soroqsiz jannatga kiradilar.Bu qanday kasalliklar?

Javob: Bu ikki toifa insonlar kasallik vaqtlarida dam soldirmagan va kuydirib davolatmagan
insonlardir.

1681. Jihod maydonida eng birinchi shahid bo’lgan sahoba kim?

Javob: Mihja r.a.

1682. Uhud g’azotida ilk shahid bo’lgan sahoba kim?

Javob: Abdulloh ibn Amr r.a.

1683. Alloh yo’lida ilk qilich ko’targan sahoba kim?

Javob: Abu Zarr G’iforiy

1684. Alloh yo’lida ilk o’q otgan sahoba kim?

Javob: Sa’d ibn Abu Vaqqos r.a.

1685. Ansorlardan ilk shahid bo’lgan sahoba kim?

Javob: Horis ibn Suroqa r.a.

1686. Rasululloh sav Makkada Bani Hoshim mahallasida tug’ilganlar. Ammo kimning uyida
tug’ilganlar?

Javob: Muhammad (saw) Abutolib xonadonida dunyoga keldilar.

1687. Rasululloh sav tug’ilayotganlarida kim doyalik qilgan?

Javob: Abdurahmon ibn Avfning onasi Shaffo doyalik qildi.

1688. Rasulullohga sav kim "Muhammad" deb ism qo’ygan?


Javob: Payg’ambarimiz(saw)ning Bobolari Abdul Muttolib "Muhammad" deb nom qo’ygan.

1689. "Shaqqi sadr" voqeasi Rasulullohning sav hayotlari davomida necha marotaba sodir
bo’lgan?

Javob: 2 marta: 1-chisi 4 yoshlarida, 2-chisi merojda.

1690. Rasululloh sav yetim bo’lib qolganlari u kishiga ulkan mehribonlik ko’rsatgan bobolari
Abdumutallib vafot etganlarida bu ulug’ zot sav necha yoshda bo’lganlar?

Javob: 8 yoshga kirgandilar.

1691. Rasululloh sav necha yoshlarigacha amakilari Abu Tolibning qaramog’ida bo’lganlar? Va
necha yoshlarigacha amakilarini himoyalarida bo’lganlar?

Javob: Rasululloh sav 25 yoshlarigach amakilari Abu Tolbni qaramog’ida, 50 yoshlarigach


himoyalarida bo’ldilar.

1692. Rasululloh sav Hadichaga r.a. uylanganlarida mahriga nima berganlar?

Javob: 20 ta urg’ochi bo’taloq. Manba: "Ar-Rahiyqul maxtum’, As-Siyratun nabaviya" (Ibn


Hishom), "Nurul basar".

1693. Rasululloh sav uzukni aynan qaysi barmoqlariga taqar edilar?

Javob: Imom Muslim va Nasoiy rivoyatlariga ko’ra va "Shamoili Muhammadiya" da kelishicha,


Rasululloh sav uzukni jimjiloqlariga taqqan ekanlar.

1694. Rasululloh sav tashqi ko’rinishda qaysi payg’ambarga o’hshardilar?

Javob: Ibrohim alayhissalomga.

1695. Rasulullohga sav ilk vahiy nozil bo’lgan, Hiro g’ori joylashgan tog’ kechinchalik qanday
nomlangan?

Javob: Nur tog’i deb nomlangan.

1696. Ilk vahiy nozil bo’lganida Jabroil a.s. Rasulullohga sav qanday suratda ko’ringanlar?
Javob: Odam suratida.

1697. Bizga ma’lumki birinchi vahiy bilan ikkinchi vahiy orasida bir oz uzilish bo’lgan. Ikkinchi
vahiyda qaysi suraning, qaysi oyatlari nozil bo’lgan?

Javob: "Mudassir" surasining 1-7-oyatlari.

1698. Qullardan kim birinchi bo’lib Islomni qabul qilgan?

Javob: Zayd ibn Horisa r.a.

1699. Bizga ma’lumki namoz farz bo’lgunicha musulmonlar ertalab va kechqurun namoz
o’qishgan. Rasululloh sav bilan birinchi bo’lib namoz o’qigan inson kim?

Javob: Hadicha r.a.

1700. Rasululloh sav oshkor da’vat qilish uchun Alloh taolodan buyruq olganlaridan keyin Safo
tepaligida da’vatni boshlaganlar. SHunda amakilari Abu Lahab u kishini qattiq haoqat qiladi va
hatto urish uchun qo’liga tosh ham oladi. Shundan keyin "Masad" surasi nozil bo’lgan. Bu
hodisa Nubuvvatning nechanchi yili sodir bo’lgan?

Javob: 4-yili

1701. Muhammad (SAW) Hadicha r.a ga kimni sovchi qilib yuborgan? Va Hadicha binti
Xuvaylid r.a o’sha paytda nech yosh bo’lganlar?

Javob: Bu nikohni barpo bo’lishida birinchi bo’lib Hadicha r.a. dugonalari Nafisa ishtirok etgan
va sababchi bo’lgan. Rasululloh sav Hadicha r.a. amakilari Abu Tolibni sovchilikka yuboradilar.
U payt Hadicha r.a. 40yoshda bo’lganlar.

1702. Rasululloh sav qo’shnilarining aziyatlaridan uzoq bo’lish uchun Arqam r.a. uyiga
Nubuvvatning nechanchi yili ko’chib o’tganlar?

Javob: Nubuvvatning 5-yili.

1703. "Ey Muhammad sav! Biz seni kimligingni, doimo rost so’zlashing, hech qachon yolg’oz
gapirmasligingni bilamiz. Biz seni emas, balki sen keltirgan dinni yolg’oz deb hisoblaymiz..."
Bu soz’larni Rasulullohga sav Allohning g’azabiga uchragan qaysi shaxs aytgan?

Javob: Abu Jahl


1704. Rasulullohga sav juda ko’p ozor bergan qo’shnilaridan qaysi biri keyinchalik Islomni
qabul qilgan?

Javob: Hakam ibn Abul Os.

1705. Rasululloh sav oshkor da’vat boshlaganlari keyin, har xil bozorlarda, odam gavjum
joylarda buni amalga oshirishni boshlaganlar. Shunda u zotni orqalaridan yurib:"Unga quloq
solmanglar, u ota-bobolarining yolidan voz kechgan, yolg’onchi der edi. Bu badbaxt kishi kim?

Javob: Abu Lahab

1706. Rasululloh sav nubuvvatning 4-yili oshkor da’vatni boshlaganlaridan keyin, quraysh xalqi
haj mavsumi kelyotganidan tashvishga tushadilar. Hajga keluvchilarni Islom da’vatiga quloq
solishdan to’sish uchun "Dorun-Nadva" maslahatchilari u zot to’g’risida bir bo’xton so’zni
tarqatishga kelishib oladilar. U so’z qaysi edi?

Javob: Ular u Zotni sehrgar, deb gap tarqatamiz, deb kelishib olishgan.

1707. Rasululloh SAVni boshqa payg’ambarlardan ustun qilgan uchta jihat bor. Bular qaysilar?

Javob: 1. Eng oxirgi payg’ambar bo’lganliklari.

2. Jinlarga ham payg’ambar bo’lganliklari.

3. Shariat va keltirgan yo’lllarining dunyoning so’nggiga qadar davom etmog’i.

1708. Paygambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam aytgan Alloh taolo Arshning
soyasida soyalantiradigan 7 toifa kimlar?

Javob: 1. Odil boshliqni;(podsho).

2. Yoshlikdan Allohning ibodati bilan o’tgan kishini;

3. Yolg’iz holida Allohni eslab ko’z yosh to’kkan kishini;

4. Qalbi doim masjid bilan bog’langan kishini;

5. O’ng qo’li bilan bergan sadaqani chap qo’li bilmagan (ya’ni, maxfiy sadaqa qilgan) kishini;

6. Alloh yo’lida do’stlashgan ikki kishini;

7. Chiroyli ayol fahshga chorlaganda Alloh taolodan qo’rqaman, deb bosh tortgan kishini.
1709. Otasi, bobosi va katta bososi payg’ambar bo’lgan poayg’ambar kim?

Javob: Ibrohim A.S-Ismoil A.S-Ishoq A.S-Yaqub A.S-Yusuf A.S

1710. Hazrati Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu qancha vaqt halifalik qilganlar?

Javob: 2 yil 3 oyu 8 kun.

1711. Hazrati Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu hijratning nechanchi yili vafot etganlar?

Javob: Hijratning 12 yili Yamanda vafot etganlar.

1712. Hazrati Umar roziyallohu anhu hijratning nechanchi yili vafot etganlar?

Javob: Hijratning 23 yilida shahid bolganlar.

1713. Hazrati Usmon roziyallohu anhu hijratning nechanchi yili vafot etganlar?

Javob: Hijratning 35 yili shahid bolganlar.

1714. Hazrat Ali karamullohu vajhahu qancha vaqt halifalik qilganlar?

Javob: 5 yil halifa bolganlar.

1715. Ali karamullohu vajhahuning ikki tigli, yani ayri qilichlari islom tarixida qanday nom
olgan?

Javob: Zulfiqor

1716. O’z ichida eng ibratli qissalardan uchtasini jamlagan Qur’oni karimdagi sura qaysi? Bu
sura mushrikalrni payg’ambarimizni tang holga solish uchun topgan savollariga javob o’laroq
nozil bo’lgan. Va bu sura nubuvvatning nechanchi yili nozil bo’lgan.

Javob: Kahf surasi, bu sura ham Makkiy suralardan va 110 oyatdan iborat. Ashobul-Kahf qissasi,
Muso bilan Xizr (a.s.)larning ibratli qissalari va Zulqarnayn qissalari ham o’z ifodasini topgan.

1717. Islom tarixidagi birinchi shahidlikka erishga Sumayya r.a. kim o’ldirgan?

Javob: Abu Jahl


1718. Habashistonga qilingan birinchi hijratda nechta sahobiy, nechta ayol va nechta erkak
ishtirok etgan?

Javob: 12 ta erkak va 4 ta ayol hijrat qilishgan. Ularga Usmon r.a. rais bo’lganlar. Manba: "Ar-
Rahiyqul maxtum", Ibn Qayyim Javziya, "Zodul ma’od", "Rahmatun lil-olamiyn" 1-kitob.

1719. Mushriklarning rahbarlari Abu tolibni oldiga kelib:"Ey Abu Tolib! Yo Muhammadning
faoliyatini to’xtatasan yoki uni bizga topshirasan", deb tahdid solishgan. Bu voqea Makka
davrining, ya’ni nubuvvatning nechanchi yili sodir bo’lgan?

Javob: Bu voqea nubuvvatning 6-yili bo’lgan.

1720. Rasululloh sav oldilariga bir mushrik kelib:"Men Qur’oningga ham, Jaroil farishtangga
ham ishonmayman", deb U muborak Zotga qo’l ko’taradi. Ko’ylaklarini yirtadi va yuzlariga
tupuradi. Lekin tupuk u Zotning muborak yulariga tegmaydi. Shunda Rasululloh sav:"Ey Alloh!
Uning ustiga itlaringdan birini yuborgin", deb uni duoyibad qiladilar. O’sha mal’un kim edi? Va
u qanday o’lim topgan?

Javob: Bi mal’un Utayba ibn Abu Lahab. Bu duoyibaddan keyin bu inson bir guruh qurayshlar
bilan Shom safariga boradi. U yerda "Zarqo" degan joyga qo’nadi. O’sha kecha ularning atrofida
sher aylanib yuradi. Buni ko’rgan Utayba:"Allohga qasamki,Muhammad meni duoyibad
qilgandi,shuning uchun shu sher meni yeydi. Men Shomda bo’lsam ham, Muhammad Makkada
turib meni o’ldirdi-ya", dedyi....Ertalabga yaqin sher odamlar orasidan aynan unga tashlanib
boshini g’ajib tashlaydi.

1721. Vafot etganda Rahmonning Arshi titragan sahobiy kim?

Javob: Sa’d ibn Muoz. r.a.

1722. Shahid bo’lgandang so’ng farishtalar yuvgan sahobiy kim?

Javob: Hanzala r.a.

1723. Payg’ambarimiz SAV qaysi sahobalarning orqasida namoz o’qiganlar?

Javob: Abu-Bakr Siddiq. Yana Abdurahmon ibn Avf r.a.ning ham orqalarida namoz o’qigan
ekanlar.
1724. Sahobalar bir-birlari bilan ko’rishganlarida va hayrlashayotganlarida qaysi surani
o’qirdilar? Yordam: Imom Shofeiy bu sura haqida shunday degandilar: "Insonlarga dunyo va
oxirat baxti uchun faqatgina ... surasi nozil etilganida ham yetardi."

Javob: Asr surasi.

1725. Qubo masjidining Qur’ondagi nomi nima? Qaysi surada bu haqda bahs etiladi?

Javob: Munofiqlardan on ikki kishi Abu Omir degan bir kofir kimsaning buyrugi bilan mominlar
orasini buzish niyatida masjid quradilar va musulmonlarga qarshi urushish uchun boshqa
davlatlardan lashkar olib kelishga ketgan Abu Omirning yoliga koz tutadilar. Ularning bu
maqsadlari musulmonlarga malum bolib qolganidan keyin esa oz qilmishlaridan tonib, qasam
ichadilar. Quyidagi oyatda Alloh paygambariga bunday amr qiladi: 108. (Ey Muhammad), hech
qachon u masjidda namozga turmang! Birinchi kundan taqvo asosiga qurilgan masjid borki, siz
oshanda turishingiz loyiqroq. Unda poklikni sevadigan kishilar bordir. Alloh esa ozlarini mudom
pok tutguvchi zotlarni sevar.

Taqvo asosiga qurilgan masjiddan murod Qubo masjidi ekan. Bu masjidni shuning uchun taqvo
masjidi deyilar ekan.

1726. Rasululloh SAV qaysi sahobiyga sir sifatida baz’i kimlarning munofiq ekanini
bildirganlar?

Javob: Huzayfa ibn Yamoniy

1727. Payg’amabarimiz salollohu alayhi vasallam tomonlaridan bizlarga qoldirilgan ikki omonat
nima?

Javob: Qur’on va sunnat.

1728. Yo hayot yo mamot, yo sharafli o’lim. Ushbu gapni qaysi tariqat asoschisi janga kirish
oldidan aytgan?

Javob: Najmiddin Kubro, mo’g’ullarga qarshi jang oldidan.

1729. Makkadan Madinaga eng birinchi hijrat qilgan sahobiy kim?

Javob: Abu Salama ibn Abdulasad r.a.


1730. Qaysi tariqat asoschisi 63 yoshga to’lganda payg’ambar yoshiga yetdim, endi menga
yashash gunoh deb er tagiga ya’ni g’orga kirib ketgan va aytishlaricha er tagida ham 30 yildan
ortiq yashagan?

Javob: Ahmad Yassaviy

1731. Hazrati Hamza bilan Hazrati Umar r.a.lar nubuvvatning nechanchi yili, qaysi oyda Islomni
qabul qilishgan? Va ularning Islomni qabul qilishlari orasida qancha vaqt o’tgan?

Javob: Bu ikki ulug’ sahobiy Nubuvvatning oltinchi yili, Zulhijja oyida Islomni qabul qilganlar.
Va ularning Islomga kirishlari orasida uch kun vaqt o’tgan.

1732. Rasululloh sav arablar ichida yelkasi yerga tegmagan tengi yo’q pahlavonni ketma-ket uch
marta yengganlar. Bu pahlavonni ismi nima edi?

Javob: Rukona ibn Abu Yazid.

1733. Rasululloh sav,ning himoyalari uchun Abu Tolib Bani Hoshim va Bani Mutallib
urug’larini yig’ib jiyanlari Muhammad sav himoya qilishga chaqirganida, ularni orasidagi
mushriki ham, musulmoni ham jonu dillari bilan rozi bo’lishadi. Faqat bir kishi rozi bo’lmay
Quraysh tomonga o’tib ketadi. Bu kim?

Javob: Abu Lahab.

1734. Musulmonlarning Habashistonga ikkinchi hijratlari nubuvvatning nechanchi yili bo’lgan?

Javob: 7-yili.

1735. Habashistonga qilingan ikkinchi hijratda necha sahobiylar ishtirok etgan?

Javob: 83 ta erkak va 18 ta ayol sahbiylar ishtirok etishgan. Jami 101 ta sahobiy. Manba: "Ar-
rahiyqul maxtum’, "Nurul yaqin", "Nurul basar".

1736. Habashistonga ikkinchi marta hijrat qilgan musulmonlarni orqaga qaytarib olib kelish
uchun qurayshiylar sovg’a salomlar bilan ikki kishini Najoshiy huzuriga jo’natishadi. Bu ikki
kishi kim edi?

Javob: Abdulloh ibn Robi’a va Amr ibn Os.


1737. "Shaqqul qamar", ya’ni oy bo’linishi hodisasi nubuvvatning nechanchi yili bo’lgan?

Javob: 8-yili.

1738. Bizga ma’lumki, Rasululloh savga va sahobiylarga ozor berish uchun ularni mushriklar
uch yil qamal qilishgan. Amakilari Abu Tolib shu qamaldan qutulganlaridan keyin qancha vaqt
o’tib vafot etgan?

Javob: Olti oy o’tgandan keyin.

1739. Hazrati Hadicha r.a. bu qamaldan qutlganlaridan keyin qancha vaqt o’tib vafot etganlar?

Javob: Hazrati Hadicha r.a. uch yillik qamal tugagandan so’ng, 8 oy o’tib vafot etganlar.

1740. Rasululloh sav Hazrati Hadicha r.a. vafotlaridan so’ng qancha vaqt o’tiganidan keyin,
nubuvvatning nechanchi yili, qaysi oyida va kimga uylanganlar?

Javob: 1 oydan keyin, Nubuvvatning 10-yili, Shavvol oyida, Savda binti Zam’aga r.a.
uylanganlar.

1741. Do’zah necha qavatdan va har bir qavatning nomlari?

Javob: Hoviya, Jahm, Saqar, Lazo, Xutama, Sair, Jahannam

1742. Jannat nechta va ularning nomlari?

Javob: 8 ta: Dorus - salom, Dorul - xuld, Jannat un -na’im, Jannat ul - a’din, Jannat ul - ma’vo,
Jannat - Dorul Jalol, Jannat ul - Firdavs, Bog’i Eram.

1743. "Marakana" stadionida to’p surgan birinchi o’zbek futbolchisi kim?

Javob: Birodar Abduraimov

1744. Ashobi kirom orasida fiqhdagi ilm va darajalari bilan shuhrat topgan yetti sahobiy kim
edi?

Javob: Hazrati Umar raziyallohu anhu, Ali raziyallohu anhu, Ibn Mas’ud raziyallohu anhu,
Hazrati Oyisha raziyallohu anho, Zayd ibn Sobit raziyallohu anhu, Abdulloh ibn Abbos
raziyallohu anhu, Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu.
1745. U avvaliga Rasululloh SAV haqida hajviyalar yozdi. Keyin pushaymon bo’lib, Madinaga
avf umidida keldi. Rasululloh s.a.v. huzurida musulmonlikni qabul etdi va Payg’ambar
alayhissalomga atalgan mashhur "Burda" qasidasini o’qidi. Rasululloh s.a.v. mamnun bo’lib,
egnilaridagi hirqani unga kiydirdilar. Bu mashhur shoir sahobiy kim?

Javob: Shoir Kab ibn Zuhayr

1746. U hasta onasining yonidan jilmagani sababli Payg’ambar alayhissalom bilan ko’risha
olmadi. Shunday bo’lsa-da, Rasululloh SAV unga o’z hirqai saodatlarini vasiyat etdilar.
Keyinroq hazrati Umar va hazrati Ali r.a. bu vasiyatni amalga oshirdilar. Hayotini zuhd va ibodat
bilan o’tkazgan bu muborak zot kim?

Javob: Uvays Al Qaroniy

1747. Katta Badr g’azotida jang boshlanishida yakkama-yakka olishuvga mushriklardan Utba
ibn Robia, Shayba hamda ogli Validlar maydonga chiqishadi. Mahammad (SAV) ularga qarshi
kimlarni maydonga chiqaradila?

Javob: Bu sahobiylar: Ubayda, Hamza va Ali rodiyallohu anhumlar edi

1748. Ahli bayt deb kimlarga aytiladi?

Javob: Payg’ambarimiz SAVning oila a’zolariga nisbatan aytiladi.

1749. Muallafai qulub deb kimlarga aytiladi?

Javob: Musulmon bo’lmasdan, qalblari islomga moil kimsalarga aytiladi.

1750. Fosiq deb kimga aytiladi?

Javob: Kabira gunohni qilgan va sag’ira gunohlarni qilishda davom etayotgan kishiga.

1751. Karomat nima?

Javob: Alloh taoloning payg’ambaralardan boshqa valiy qullariga bergan marhamati, ularning
qo’llari bilan amalga oshirilgan ishlar.
1752. Dunyoda xalqi musulmon bo’lgan nechta davlat bor? Dunyodagi musulmonlarning soni
qancha?

Javob: 46 ta davlat bor. Musulmonlar soni 1,5 milliarddan ortiqdir.

1753. Zakot nima?

Javob: Boy bo’lgan musulmonning har yil o’z molidan 40/1 ini musuulmon yo’qsillarga berishi.

1754. Zakot qachon farz bo’ldi? Zakot kimlarga berilmaydi?

Javob: Hijratning ikkijnchi yili (ro’zadan so’ng) farz qilindi. Zakot, ota, ona, bobo, buvilarga;
o’g’il, qiz va nevaralarga, er va xotinga; zakot berishi shart bo’lgan kimsalarga, musulmon
bo’lmagan faqirlarga, masjid, madrasa va shunga o’xsahagan inshootlar qurdirish va ta’mirtlash
uchun zakot berilmaydi.

1755. Necha gram oltin va kumushga zakot beriladi?

Javob: 80,18 gram oltinga va 661 gram kumushga zakot beriladi.

1756. Dinimizga ko’ra musofir deb kimga aytiladi va musofirlikda farz namozlari qanday
o’qiladi?

Javob: 15 kundan kop’roq kunga niyat qilib 90 kmdan ortiq joyga ketgan kishiga musofir
deyiladi. Musofirlikda 4 rakaatlik farz namozlari ikki rakaat o’qiladi.

1757. Qazo namozlari nima? Qaysi vaqtda qazo namozlari o’qilmaydi?

Javob: Vatida o’qilmagan besh vaqt namozni boshqa paytda o’qimoq. Qusyosh chiqishi, quyosh
tikkaga kelishi, quyosh botishi paytida qazo namoz o’qilmaydi.

1758. Janoza namozi kimlarga o’qilmaydi?

Javob: Chala va o’lik tug’ilgan chaqaloqlarga, bilib turib ota va onasini o’ldirgan qotillarga,
qaroqchilarga, Allohga, Hazrati Payg’ambar SAVga, Qur’onga, Islomga qarshi chiqqanlarga
janoza nakozi o’qilmaydi.

1759. Tavakkul nima degani?


Javob: Bir ishni qilish uchun kerak bo’lgan moddiy va ma’naviy vasilalarning hammasini
Allohga ishonib, unga topshirishdir.

1760. Qarzi hasana nima?

Javob: Alloh rizosi uchun qarz berish.

1761. Ma’lum vaqt ichida sunnati ham qazo bo’ladigan namoz qaysi?

Javob: Bomdod namozi kun chiqishi bilan sunnati bilan birgalikda qazo bo’ladi.

1762. Makka bilan Madina o’rtasidagi vodiyga nima deyiladi? Yasrib qaysi shaharning eski
nomidir?

Javob: Makka bilan Madina o’rtasidagi vodiyga Hijoz deyiladi. Yasrib Madinaning avvalgi
nomidir.

1763. Tayyamum nima va u qachon buziladi?

Javob: Suv topilmagan paytda tahorat va g’usl uchun payg’ambara alayhissalom o’rgatgan tarzda
tuproq bilan mash qilish tayammum deyiladi. Tayammum tahorat buzilganda, suv topilganda
buziladi.

1764. Rasuluoh SAV va u zotning do’stlari Makkada kimning uyida yashirincha to’planardilar?

Javob: Arqam r.a.ning uyida.

1765. Qur’oni karim qaysi halifa davrida Mushaf holida to’plandi va qaysi halifa davrida
ko’paytirilib taqatildi?

Javob: Hazrati Abu Bakr zamonida Mushaf holida to’plandi va hazrati Usmon davrida
ko’paytirilib taqatildi.

1766. Hijriy birinchi yil melodiydagi qaysi yilga to’g’ri keladi? Hijriy yil qaysi oydan
boshlanadai va u necha kun?

Javob: Hijriy birinchi yil milodiy yil hisobida 622 yilga to’g’ri keladi. Hijriy yil Muharram
oyidan boshlanadi, 354 kun.
1767. Amali solih nima degani?

Javob: Allohning rizosi uchun qilingan hayrli amal, gunohlardan uzoq bo’lgan ish.

1768. Jihod nima?

Javob: Musulmonlarning holati va imkoniyatiga ko’ra, Alloh yo’lida joni, moli, ilmi va kalomi
bilan qilinadigan g’ayrat.

1769. Makkadagi o’rtasida Ka’bai muazzama joylashgan jome’ qaysi? Madinadagi


rasulullohning qabri saodati joylashgan jomei sharifning nomi nima?

Javob: Makkadagi Masjidul Haramdir, Harami Sharif ham deyiladi. Madinadagi Masjidunn
nabiydir. Harami Sharif va Masjidi Saodat ham deyiladi.

1770. Payga’mbar SAV ilk bino etgan masjid qaysi?

Javob: Qubo masjidi.

1771. Farishtalarning Allohga eng yaqin va buyuklari qaysilar?

Javob: Jabroil alayhissalom, Azroil alayhissalom, Mikoil alayhissalom, Isrofil alayhissalom.

1772. Kiromin kotibin, Munkar va Nakir farishtalarining maqomi nima?

Javob: Kiromin kotibin farishtalari insonlarning savob va gunohlarini yozadilar. Munkar va


Nakir qabrda savol-javob qiladigan farishtalardir.

1773. Munofiq deb kimga aytiladi? Munofiqning alomatlari qaysi?

Javob: Musulmon ko’ringani holda kufrini va dushmanligini yashirgan kimsaga munofiq


deyiladi. Alomatlari: so’zlasa yolg’on so’zlaydi, va’dasida turmaydi, omonatga xiyonat qiladi.

1774. Madinada munofiqlarning boshlig’i kim edi?

Javob: Madina munofiqlarining boshlig’i Abdulloh ibn Ubay ibn Salul edi.

1775. Islom va shariat nima degani?


Javob: Islom Allohning hukmiga va irodasiga taslim bo’lish degani. Shariat Haq yo’lidir, Islom
nizomidir. Islom dinining bir-biridan ayrilmas qonunlari va prinsiplari shariat deyiladi.

1776. Payg’ambarimiz SAV madinaga hijrat qilganlarida kimning uyiga tushdilar va u yerda
qancha qoldilar?

Javob: Abu Ayyub Ansoriyning uyida 7 oyga yaqin qoldilar.

1777. Rasululloh SAVga payg’ambarlik kelganining o’ninchi yili nima uchun huzun yili deb
ataladi?

Javob: Chunki bu yili payg’ambarimiz SAVni himoya qilgan amakilari Abu Tolib vafot etdi.
Uch kundan so’ng esa hazrati Hadicha oxirat diyoriga rixlat qildilar. Ikkalarining vafoti
payg’ambarimiz SAVni qayg’uga soldi. Shuning uchun bu yil huzun (qayg’u) yili deb ataldi.

1778. Fiqh nima degani?

Javob: Islom dini hukmlarini dalillar bilan o’rganadigan ilmdir.

1779. Ka’ba atrofida yetti marta aylanib, ibodat qilishga nima deyiladi?

Javob: Tavof.

1780. Matof va Maso deb nimaga aytiladi?

Javob: Matof: tavof etiladigan yer. Maso: Safo bilan Marva orasidagi say etiladigan yer.

1781. Istilom nima degani?

Javob: Hajarul Asvadga har kelishda qo’lni quloq barobarida ko’tarib, Allohu akbar deya salom
berish.

1782. Tilovat sajdasi qachon va qanday qilinadi?

Javob: Sajda o’yati o’qilganida yoki eshitilganida tilovat sajdasi qilinadi. Turib, takbir aytilib,
sajdaga ketiladi, sajdada 3 marta subhana robbiyal a’lo deyilganidan so’ng, yana Allohu akbar
deyilib, turiladi.
1783. Bir musulmon boshqa bir musulmonning vafotini bilgan zamon nima deyishi kerak?

Javob: Inna lillahi va inna ilayhi rojiuun. (Albatta, biz Allohnikimiz va unga qaytajakmiz)

1784. Musulmonning boshqa bir musulmondagi 5 ta haqi qaysilar?

Javob: 1. Salomga alik olish. 2. Bemor bo’lsa, ziyoratiga borish. 3. Aksirsa, yarhamukalloh
deyish. 4. Shar’iy bo’lgan da’vatiga quloq solish. 5. Vafot etganda janozasida qatnashish.

1785. Aksirgan musulmon "Alhamdulillah" deyishi kerak. Yonidagi kimsa, bunga qanday javob
beradi?

Javob: Yarhamukalloh (Alloh senga rahmati bilan muomala qilsin).

1786. Hazrati Odam va Hazrati Havvo jannatdan haydalganlaridan so’ng Yer yuzida uchrashgan
joylari qayer?

Javob: Arafotdagi Rahmat tog’i.

1787. Yoqub alayhissalomning laqabi nima edi? Payg’ambarlarga qarshi eng katta zulmni qaysi
qavm qilgan edi?

Javob: Yoqub alayhissalomning laqabi Isroil edi. Shu tufayli uz otning avlodlari "Bani Isroil"
(Isroil o’g’illari) deyildi. payg’ambarlarga qarshi eng katta zulmni shu qavm qilgan edilar.

1788. Hud payg’ambar qaysi qavmga yuborilgan va janobi Haq bu qavmni qanday jazolagan?

Javob: Hud alayhissalom Od qavmiga yuborilgan. Bu qavm shunday jazolangan: Avval qora
bulut ko’rindi, so’ngra shiddatli bo’ron bo’ldi. Daraxtlarni ildizidan qo’porib, devorlarni yiqitib,
qumlarni havoda uchirib, kofirlarni ko’ziga qum kirib ko’r qilib, hammasini yo’q qilgan edi.
Ular qurgan ustunlar Irem shahrida bir tush bo’lib yo’q bo’ldi.

1789. Rasululloh s.a.v. Ka’b ibn Zuhayr r.a. ga sovg’a qilgan hirqa hozirda qayerda saqlanadi?

Javob: Istambulning To’pqopi saroyida muhofaza qilinadi.

1790. Rasulluoh SAV Uvays al-Qaroniyga hadiya etgan hirqai saodat hozirda qayerda
saqlanadi?

Javob: Istambuldagi Hirqai sharif jomesida.


1791. Musulmonnning boshqa musulmon oldida 5 ta haqi bor. Shular qaysilar?

Javob: 1. Salomga alik olish. 2. Bemor bo’lsa, ziyoratiga borish. 3. Aksirsa, yarhamukalloh
deyish. 4. Shar’iy bo’lgan da’vatiga quloq solish. 5. Vafot etganda janozasida qatnashish.

1792. Qaysi payg’ambar payg’ambar bo’lmasidan avval Shuayb alayhissalomning qizlariga


uylangan?

Javob: Muso a.s.

1793. Nuh alayhissalomning iymon keltirib, kemasiga mingan o’g’illarining ismlari nima?

Javob: Som, Xom, Yofas.

1794. Samud qavmini qaysi payg’ambar hidoyatga chaqirgan. Bu qavmning oqibati nima
bo’lgan?

Javob: Solih alayhissalom Samud qavmiga yuborilgan edi. Shahar xalqi mudhish bir sayha
(ovoz) bilan sarosimaga tushdi. Qo’rquv va dahshat ichida hammalari o’ldilar. Faqatgina
ularning tog’larni o’yib ishlagan uylari qoldi, xolos.

1795. Madyan va Ayka xalqiga qaysi payg’ambar jo’natildi? Bu qavmning oxiri nima bo’ldi?

Javob: Shuayba alayhissalom yuborildi. Havoning issiqligidan nafas ololmay qoldilar. So’ngra
quyoshga parda bo’lgan bir tuman ko’rindi, orqasidan qo’rqinchli zilzila bo’ldi. Binolari
boshqalriga yiqildi. Yiqilgan joylarida hammalari o’ldilar. Ayka ahlining ustiga esa bu qora
tumandan chaqmoqlar chaqdi va ular yonib kul bo’lib ketdilar.

1796. Shis alayhissalomdan so’ng u zotga payg’ambarlik keldi. Ilm marta kalom bilan maktub
yozgan va kiyim tikkan shu zotdir. So’nggida Janobi Haq tomonidan osmonda qoldirilgan bu
payga’mbar kim?

Javob: Idris alayhissalom.

1797. Islom odatiga ko’ra chaqaloq tug’ilganida nima ish qilinadi?

Javob: Chaqaloqning o’ng qulog’iga azon va chap qulog’iga qomat aytiladi va duo qilinadi.
1798. Sadaqai Fitr nima?

Javob: Musulmonlarning o’zlari, bolalari va xizmatchilari uchun yo’qsillarga yordam qilish


maqsadida, ramazon hayitidan avval beradigan sadaqadir.

1799. Qurbonlik qachon va qanday qilinadi?

Javob: Qurbonlikni so’yish Qurbon hayiti namozidan so’ng boshlanib, hayitning uchinchi kuni
quyosh botishiga qadar davom etadi (Shofeiy mazhabiga ko’ra, 4-kuni ham so’yilsa bo’ladi).
Qurbonlik qibla tomonga yotkilzilib, niyat qilinadi, takbir aytiladi va "Bismillahi. Allohu akbar"
deb so’yiladi. Qasddan "bismillah"ni tark etilsa, bu qurbonlik go’shti yeyilmaydi.

1800. Bid’at nima? U necha xil bo’ladi?

Javob: Payg’ambarimizdan so’ng qo’llanilgan odat bo’lib, yaxshi va yomon bid’at bo’ladi.

1801. Qaysi asar epigrafida "Takabburlik bilan ham mehr-muhabbat qozonish mumkin" deya
aytilgan?

Javob: Gabriel Garsia Markesning "Oshkora qotillik qissasi" asari

1802. "Alpomish" dostonida Ko’kaldosh mingan ot?

Javob: Ko’kdo’nan

1803. Kim o’zini "birinchi faylasuf" deb e’lon qilgan?

Javob: Pifagor

1804. Eng tez uchadigan hasharot qaysi?

Javob: Ninachi eng tez uchuvchi hasharot hisoblanadi. Uning harakati tezligi 57 km/soatga
yetadi.

1805. Eng katta kapalak qaysi?

Javob: Dunyodagi eng yirik kapalak Attacus Altas. Qanotlari yoyilganda 30 sm.ga yetishi bois
ko’pincha ko’rganlar uni qush deb o’ylaydi.
1806. Ma’lumki, Abdulloh ibn Mas’ud Ka’batullohda birinchi bo’lib qur’on tilovat qilgan
sahoba hisoblanadi. O’shanda u qaysi surani tilovat qilgan edi?

Javob: Abdulloh ibn Mas’ud r.a. Ka’batullohda birnchi bo’lib Qur’on tilovat qilganida, "Ar-
Rohman" surasini o’qigan.

1807. "Fath" surasi nozil bo’lganda uni Rasululloh SAV birinchi bo’lib kimga o’qib berganlar?

Javob: Hazrati Umar r.a.ga

1808. Sahoba Mus’ab ibn Umayrning islomiyatga qo’shgan ulug’ hissasi nimadan iborat?

Javob: Madina ahliga Qur’oni karimni o’rgatganlar.

1809. Qur’oni Karimning eng ohirgi nozil bo’lgan oyati qaysi suraning nechanchi oyati? Va
uning ma’nosi qanday? (tarjimasi)

Javob: Qur’oni karimdagi eng oxirgi kalomi "Baqara" surasining 281-oyatidir:

Va (barchangiz) Allohga qaytariladigan kundan qorqingiz! Songra har bir jonga qilgan amali
uchun tola jazo beriladi va hech kimga zulm qilinmaydi. (Manba: "Qur’on, tafsir va mufassirlar"
kitobi)

Yana boshqa manbalarga ko’ra, Moida surasining 3-oyati:

"Bugun men sizlarga diningizni komil, ne`matlarimni to‘la qildim va Islomni din deb ixtiyor
etdim"

1810. Istedodli yozuvchi Ulugbek Hamdamning Isyon va itoat romanidan savol:

Bu kuchli va ojizning it-mushuk boladigan joyi ekan. U yerda insoniyat yaratgan madaniyatdan
asar ham yoq edi. Inson uning eshigini ochib kirar ekan, tugilgandan shu yoshgacha oziga
yuqtira olgan neki ezgulik bor hammasini yechib tashlab, ichkariga yalangoch badan, qaynoq
qon oqib turuvchi vujud bilan kirar edi.

Savol: Asarda tasvirlangan joy qayer?

Javob: Qamoqxona.

1811. Jeki Chan sozining manosi nima?

Javob: Gong-Konglik degan ma’noni bildiradi.


1812. Gorogli turkumiga kiruvchi oxirgi doston qaysi?

Javob: "Ero’gli" dostoni

1813. Abu Bakr raziyallohu anhuning "Siddiq"dan tashqari yana qanday kunyalari bor edi?

Javob: Abu Bakrni "Atiq" (saqlangan) degan nom bilan ham chaqirishgan. Oisha r.a. rivoyat
qiladilar: "Rasululloh s.a.v.: "Abu Bakr Allohning dozaxdan saqlagan bandasidir" - dedilar. Ana
shu kundan boshlab u "Atiq" nomini oldi. (Termiziy rivoyati) Bu hususda yana: "Nasabida
aybsitadigan kamchlik bolmagani uchun uni "Atiq" deyishadi", degan qavl ham bor. Lekin ulug
imomlar u zotni "Siddiq" deb nomlashga qaror qilishgan. Alloh rozi bolsin.

Ali ibn Abu Tolib deydi: "Alloh taolo Abu Bakrni Ozining rasuli tilida "Siddiq" deb nomladi".

1814. Abu Bakr raziyallohu anhudan jami nechta hadis rivoyat qilingan?

Javob: Abu Bakr Siddiq r.a. nihoyatda kamgap, kop sukutli inson edilar. Shuning uchun ham u
zotndan atiga 42 ta hadis rivoyat qilingan.

1815. Sulaymon a.s. vafotlaridan keyin jinlar U Zotni sehrgar deyishgan. Bunga sabab nima edi?
Va buni rad qilib Qur’oni Karimni qaysi surasidagi, qaysi oyatlar nozil bo’lgan?

Javob: Sulaymon a.s. davrida jinlar odamlarga sehr o’rgatib, qog’ozga yozib tarqatganlar.
Sulaymon a.s. buni bilgach, hamma qog’ozlarni yig’ib tahtlari ostiga ko’mdirib qo’yadilar. U
Zotning vafotlaridan keyin, jinlar uni kavlab olib:" Mana Sulaymon a.s. o’z tahtini sehr bilan
boshqargan deyishadi. Shuning sababida yahudiylar u kishini payg’ambar deb tan olmaganlar.
Muhammad s.a.v. Sulaymon a.s.ni payg’ambarlar qatorida tilga olganliklaridan keyin:"Agar
Muhammad s.a.v. haq payg’ambar bo’lganida Sulaymonni payg’ambar demas edi. Sulaymon a.s.
sehrgar, uni payg’ambar degan Muhammad s.a.v. ham sehrgar deyishadi. Shunda keyin Qur’oni
Karimning ushbu go’zal oyatlari nozil bo’ladi:

Bas, qachonki, Biz (Sulaymonga) o’limni hukm qilganimizda, uning o’limiga faqat asosini
yeyayotgan kemiruvchi qurtgina dalolat qildi. Bas, qachonki, u qulab tushgach, jinlarga aniq
bo’ldiki, agar ular g’aybni biluvchi bo’lganlarida bu xor qiluvchi azobda (mehnatda) qolmagan
bo’lur edilar. (Saba’ surasi, 14-oyat)

Shundan keyin esa ular Sulaymon payg’ambarni sehrgarga chiqardilar.

Buni rad qilib Qur’oni karimning ushbu oyati nozil bo’lgan:

Va Sulaymon davridagi shaytonlar (jinlar) aytgan narsalarga ergashadilar. Sulaymon kofir emas
edi, balki odamlarga sehr orgatadigan shaytonlar kofir edilar. Va Bobildagi Horut va Morut
nomli farishtalarga tushirilgan narsalarga ergashadilar. Holbuki, u farishtalar: Biz faqatgina
fitnamiz (yani odamlarni aldab imtihon qilish uchun yuborilganmiz), bas, (biz aytgan narsalarni
qilib) kofir bolib qolma, demasdan turib hech kimga hech narsa orgatmas edilar. Va oshalardan
(Horut va Morutdan) er-xotinning ortasini buzadigan narsalar organadilar. (Lekin) ular
(yahudiylar) Allohning iznisiz hech kimga zarar yetkaza olmaydilar. Va hech foydasiz, bilaks
zararli narsalarni organadilar. Axir (Allohning kitobi orniga sehrni) almashgan kimsalarga
oxiratda hech qanday nasiba yoq ekanini bilgan edilar-ku. Jonlarini naqadar yomon narsaga (yani
oxiratdagi mahrumlikka) sotganlarini bilsalar edi. (Baqara, 102-oyat)

1816. Rasululloh s.a.v: "Sening oxirgi nasibang sut bo’ladi", - deya bashorat bergan sahobiy kim
edi?

Javob: Ammor ibn Yosirga Rasululloh SAV "Seni yo’ldan adashgan bir guruh o’ldiradi. Oxirgi
nasibang sut bo’ladi" deya marhamat qilganlar.

1817. Qur’oni Karimning eng mashhur va oyatlarda ko’p kelgan sakkiz sifati va uning
ma’nolarini keltiring.

Javob: Alloh taolo Qur’oni karimni bir necha sifatlar bilan zikr etgan. Jumladan:

1. Arabiy. Arab tilida, arabcha.

2. Mubin. Aniq. Bu sifat sifatlanuvchining sifatini yanada ta’kidlash uchun keladi.

3. Ajab. Odamlarni taajjubga soluvchi.

4. Muborak. Barakotli, tabarruk.

5. Zu zikr. Zikr qilinadigan, sharafli.

6. Musaddiq. O’zidan oldin nozil etilgan ilohiy kitoblarni ham tasdiqlovchi.

7. Hakim. Hikmatli.

8. Aziz. G’olib, quvvat va qudratli.

9. Karim. Karamli, karomatli, mukarram.

10. Majid. Ulug’.

11. Shifo. Hissiy va ruhiy shifobaxsh.

12. Rahmat. Qur’on Allohning rahmatidir.

13. Mav’iza. Nasihat.

14. Bushro. Xushxabar.

15. Bashir. Bashorat beruvchi.

16. Nazir. Ogohlantiruvchi.

17. Furqon. Haq bilan botilni ajratuvchi.


18. Burxon. Qiyomat kuni hujjat bo’luvchi. (Foydamizga yoki zararimizga)

19. Mushaf. Sahifalangan.

20. Tanzil. Nozil qilingan.

1818. Qur’oni Karimda Qiyomat kunida qabrdan turguvchi kofirlar chigirtkalarga o’hshatilgan.
Bu oyat qaysi suraning nechanchi oyati? Va ular nima uchun chigirtkalarga o’hshatilgan?

Javob: Bu xabar "Qamar" surasining 7-oyatida kelgan:

6-7. (Ey Muhammad), endi siz ulardan yuz ogiring! Chorlaguvchi (Isrofil farishta) notanish
bolgan bir narsaga (yani Qiyomatdagi kofirlar uchun dahshatli hisob-kitobga) chorlaydigan
Kunda ular (kofirlar) kozlari (qorquvdan) quyiga boqqan hollarida goyo yoyilgan chigirtkalar
kabi, qabrlaridan chiqib kelurlar!

Bu oyati karimaning mo’jizakorligini olimlar yana bir tasdiqlashdi. Aniqlanishicha, chigirtkalar


bir joydan bir joyga kochishda juda ko’p sonli, gala-gala bo’lib borishar ekan. Ular hatto bir nech
milliardlab yurishar ekan. Ularning uzunligi 38km, balandligi bir necha metrgacha yetar ekan.
Bunadan tashqari chigirtkalar o’z tuhumlarini tuproq orasiga urug’ singari joylashtiradilar va
vaqti yetgach, bir vaqtni o’zida tuproq orasidan millionlab chigirtkalar chiqishar ekan. Huddi,
Ulug’ Kunda insonlarning qabrdan birdaniga ko’tarilgani kabi.

1819. Ashobi Badr 313 kishidan iborat edi. Ularning qanchasi muhojir va qanchasi ansoriy edi?
Abu Jahl lashkari necha kishidan iborat edi?

Javob: Musulmonlarning ikki yuz o’ttiz oltitasi ansorlar, yetmish yettitasi muhojirlar edi. Abu
Jahl qoshinida toqqiz yuz ellik kishi bolib, yetti yuz tuya, yuztacha sovutlangan yugurik otlari
bor edi.

1820. Dajjol haqidagi sahih hadislarda uning qaysi sahobiyga o’xshab ketishi aytilgan?

Javob: Ibn Qatan r.a. Bu zot payg’ambarimizdan so’radilar:

- Dajjolning menga o’xshashi zarar qilmaydimi?

Rasululloh:

- Yo’q, sen musulmonsan, Dajjol esa kofirdir, dedilar.

1821. Ikkinchisi yo’q ne bor?

Javob: Alloh taolo. "Ayting,"U - Alloh bittadir". (Ixlos,1)


1822. Uchinchisi yo’q ikki narsa ne?

Javob: Kecha va kunduz. "Biz kecha va kunduzni ikki belgi alomat qildik". (Isro,12)

1823. To’rtinchisi yo’q uch narsa ne?

Javob: Muso a.s.ning Hizrga aytgan uchta uzri.

1824. Beshinchisi yo’q to’rt narsa ne?

Javob: Zabur, Tavrot, Injil va Qur’on.

1825. Oltinchisi yo’q besh narsa nima?

Javob: Mo’minlarga farz qilingan besh vaqt namoz.

1826. Yetinchisi yo’q olti narsa nima?

Javob: Alloh taolo yeru osmonlarni yaratgan olti kun. "Biz osmonlar va yerni hamda ularning
o’rtasidagi bor narsani olti kunda yaratdik". (Qof,38)

1827. Sakkizinchisi yo’q yetti narsa nima?

Javob: Yetti qavat osmon. "(Alloh)Yetti qavat osmonni ustma-ust qilib yaratgan Zotdir".
(Mulk,3)

1828.To’qqizinchisi yo’q sakkiz narsa nima?

Javob: Qiyomatda Alloh taoloning Arshini ko’tarib turuvchi sakkiz farishta.

1829. To’qqiz mo’jiza sohibi kim va bu mo’jizalar nima?

Javob: Muso a.s. ning to’qqiz mo’jizasi. (qo’l, aso, sahro, qadirg’och, to’fon, chigirtka, bit,
qurbaqa va qon)

1830. O’ntaga ziyoda qilingan narsa nima?

Javob: Bir yaxshilikka qaytariladiga o’n yaxshilik. "Kim bir yaxshilik qilsa, unga o’nta qilib
qaytarilur". (An’om,160)
1831. O’n bir kishi kim?

Javob: Yusuf a.s. o’n bir aka - ukasi.

1832. O’n ikkita mo’jiza nima?

Javob: Muso a.s.ning qavmi uchun otilib chiqqan o’n ikki chashma. "Eslang, Muso qavmi uchun
suv tilaganida: "Asoyingni toshga urgin", dedik. Bas, unda o’n ikki chashma otilib chiqdi".
(Baqara,60)

1833. O’n uch nafar kishi kim?

Javob: Yusuf a.s. ota-onasi va o’n bir aka-ukasi. "Men tushimda o’n bir yulduzni, yana quyosh
va oyni ko’ribman". (Yusuf,4)

1834. Nafas oladi, lekin joni yo’q. U nima?

Javob: Tong. "Va nafas olayotgan tongga qasam ichurmanki... (Takvir, 18.)

1835. O’z sohibini olib yurgan qabr?

Javob: Yunus a.s.ning "qabrlari" baliq.

1836. Yolg’on gapirib jannatga kirgan kim?

Javob: Yusuf a.s.ning aka-ukalari.

1837. Ota-onasiz yaratilganlar?

Javob: Farishtalar, Odam a.s. Iyso a.s. Ismoil a.s.ning qo’chqorlari va Solih a.s.ning tuyalari.

1838. Bir daraxt, o’n ikki shohi bor, Har shohida o’ttizta barg, har birida behsta meva, uchtasi
soyada, ikkitasi oftobda. U nima?

Javob: Bir daraxt - bir yil.

O’n ikki shohi - o’n ikki oy.

O’ttizta barg - o’ttiz kun.(oy kunlari)


Har birida beshta meva - har kungi besh vaqt namoz.

Uchtasi soyada - bomdod, shom va hufton.

Ikkitasi oftobda - peshin va asr.

1839. Payg’ambarimiz Muhammad SAVning nechta qiz va o’g’illari bo’lgan? Ularni yoshiga
qarab ketma-ket sanang.

Javob: Rasululloh s.a.v.ning to’rt o’g’il va to’rt qizlari bo’lgan,

Qizlari: 1. Ruqiya. 2. Zaynab. 3. Ummu Gulsum. 4. Fotima (r.a.)

O’g’illari: 1. Qosim. 2. Tohir. 3. Tayyib. 4. Ibrohim.(Ibrohim cho’rilari Moriyadan tug’ilgan.)

1840. Qaysi davlatning 3 ta poytaxti bor?

Javob: Janubiy Afrika Respublikasi.

Pretoria (administrative); Cape Town (legislative); Bloemfontein (judicial)

1841. Umar ibn Hattob r.a. Fil voqeasidan necha yil keyin tug’ilganlar?

Javob: Hazrati Umar r.a. fil yilidan 13 yil keyin tug’ilganlar. Ya’ni payg’ambarimiz SAVdan 13
yosh kichiklar.

1842. Umar ibn Hattob r.a. Rasululloh s.a.v.dan necha yil keyin vafot etganlar?

Javob: Rasululloh SAV favotlaridan 13 yil keyin 63 yoshlarida vafot qilganlar.

1843. Umar ibn Hattob r.a.ning to’qqiz otalarini sanang.

Javob: Hattob - Nufayl - Abduluzzo - Riyoh - Qurt - Raziy - Adiy - Ka’b

1844. Umar ibn Hattob r.a. qaysi qabiladan edilar?

Javob: Umar ibn Hattob r.a. Quraysh qabilasidan bo’lganlar. Onalari tomonidan esa Bani
Mahzum naslidan.

1845. Umar ibn Hattob r.a.ning onalrini ismi nima, qaysi qabilaning qaysi naslidan bolganlar?
Javob: Onalari Hontama binti Hoshim. Quraysh qabilasining Bani Mahzum naslidan.

1846. Umar ibn Hattob r.a.ning kunyalari va laqablari nima edi?

Javob: Kunyalari Abu Hafsa, laqablari Al-Foruq.

1847. Umar ibn Hattob r.a.ning nechanchi otalarida ularning sulolasi Rasululloh s.a.v.ning
sulolalari bilan birlashadi?

Javob: To’qqizinchi otalari - Ka’bda Payg’ambarimiz SAVning sulolalariga birlashadi.

1848. Gitler qaysi shaharda tug’ilgan?

Javob: Avstriyaning Branau shaharchasida.

1849. Futbol bo’yicha so’nggi jahon chempionatida "eng yaxshi yosh o’yinchi" kim bo’ldi?

Javob: 2006 yilgi Jahon Chempionatida Germaniya terma jamoasi xujumchisi, kelib chiqishi
polyak bo’lgan Lukas Podolski "eng yaxshi yosh o’yinchi" bo’ldi.

1850. Rasululloh SAVning vahiy kotiblari kim edi?

Javob: Muoviya va Zayd ibn Sobir r.a.

1851. AQSH bilan Rossiya o’rtasidagi eng qisqa masofa necha km tashkil qiladi? Va bu masofa
AQSHning qaysi shahridan hisoblanadi?

Javob: AQSH va Rossiyaning o’rtasidagi eng yaqin masofa 4km tashkil qiladi. Bu masofa
Alyaskadan hisoblanadi.

1852. Azonning hozirgi tartibda aytilishi birinchi bo’lib qaysi sahobiyga bashorat qilingan? Va
bu qay tarzda bashorat qilingan?

Javob: Bu tushda bashorat qilingan,lekin buni birinchi bo’lib Madinalik sahoba Abdulloh ibn
Zayd r.a. ko’rganlar. Keyinchalik esa Hazrati Umar r.a. ham bu tushni ko’rganlarini aytadilar.

1853. O’zbek tiliga "Yuraklar" deb tarjima qilinadigan ("Hearts") futbol klubi qaysi davlat
ligasida ishtirok etadi?
Javob: "Hearts" futbol klubi Shotlandiya primer-ligasida ishtirok etadi.

1854. Kelib chiqishi ganalik bo’lgan, lekin AQSH terma jamoasi a’zosi bo’lgan vunderkind?

Javob: Kelib chiqishi ganalik bo’lgan, lekin AQSH sharafini himoya qilayotgan futbolchi Freddi
Adu

1855. "Diningizni yarmini bu ...dan o’rganinglar". Rasululloh s.a.v. bu hadislarida kim haqida
aytganlar?

Javob: "Diningizni yarmini bu Humayrodan o’rganinglar" (Hadisi sharif). Bu savolning javobi


Humayro, ya’ni Oisha r.a.

1856. "Ko’zoynakli kobra" laqabli futbolchi kim?

Javob: Edgar Davids

1857. Hazrati Umar r.a: "Ayollar buningdek pahalavonni tug’ishdan ojizdirlar", - deganlarida
qaysi sahobiyni nazarda tutganlar?

Javob: Xolid ibn Valid r.a.

1858. Namozning eng afzal rukni qaysi?

Javob: Qiyom. Chunki unda ikkita farz bor: 1.Qiyom. 2.Qiroat.

1859. Muborak Qur’oni Karimning to’rtdan biriga qaysi suralar tenglashtirilgan? Uchdan
birigachi?

Javob: Qur’oni Karimni uchdan biriga "Ixlos" surasi tenglashtirilgan. To’rtdan biriga esa
"Zalzala" va "Nasr" suralari tenglashtirilgan.

1860. Rasululloh s.a.v. qaysi oyatni "oyatlar sayyidasi",- deganlar? Bu oyat qaysi surada va
nechanchi oyat?

Javob: Oyatal kursiy. Bu oyat "Baqara"surasining 255-oyati.

1861. Qur’oni Karimda "Bismillahir rohmanir rohiym" kalimasi necha marta kelgan?
Javob: Sura boshlarida 113 marta va "Naml" surasining ichida yana bir marta.

1862. Rasululloh s.a.v. qaysi sahobiyning boldirlari qiyomat kunida Uhud tog’idan ham og’irroq
tosh bosishini aytganlar?

Javob: Bizga ma’lumki, Abdulloh ibn Mas’ud juda ham kichik, ozg’in, bo’yi past edi. Bir kuni
Rasululloh s.a.v.ga meva terish uchun daraxtga chiqqanida sahobalar uning ingichka boldirlarini
ko’rib kulib yuborishdi. SHunda Rasululloh s.a.v. ularga:"Ibn Mas’udning boldirlaridan
kulyapsizlarmi, xolbuki, bu boldirlar Allohning xuzuridagi mazonda Uhud tog’idan ham
vazminroqdir", dedilar.

1863. "Sihohi sitta" hadis kitoblari sohiblari kimlar?

Javob: Imom al-Buxoriy, Imom at-Termiziy, Imom Abu Dovud, Imom Muslim, Ibn Moja, Imom
Nasaiy.

1864. Qur’oni Karimda eng katta so’z, ya’ni eng ko’p harf ishtirok etgan so’z qaysi?

Javob: Bu so’z Hijr surasining 22-oyatidagi "Faasqoynakumuhu" so’zidir.

1865. Ikki oyatda arab alifbosining hamma harflari ishtirok etgan. Bu oyatlar qaysi surada va
nechanchi oyatlari?

Javob: 1. Oli-Imron, 154-oyat. 2. Fath, 29-oyat.

1866. Saudiya Arabistoni terma jamoasi tarkibida eng ko’p o’yin o’tkazgan futbolchi kim?

Javob: Muhammad Al-Deaya

1867. Hadisi sharifda:

"... Dajjol chiqishidan uch yil oldin qahatchilik bo’ladi... Birorta ko’kat unib chiqmaydi. Birorta
uy hayvoni ham, yovvoyi hayvon ham qolmaydi. Alloh hohlagani bundan mustasno."

"Odamlar uz zamonda nimani iste’mol qilishadi?" deb so’rashdi.

Nabiy sallollohu alayhi vasallam nima deb javob berganlar?

Javob: Bu paytda tahlil, takbir, tahmid ovqat o’rniga o’tadi, deganlar Rasululloh SAV.
1868. Shar’iy hukmlarning 4/1 qismi u zotning rivoyatlariga tayangan, Rasululloh SAVdan 2210
ta hadis rivoyat qilgan sahoba kim?

Javob: Payg’ambarimiz Muhammad SAVning suyukli ayollari Oyisha raziyallohu anho.

1869. Qaysi hijriy oy Allohning oyi deb ta’riflanadi?

Javob: Hadis: Ramazon oyidan keyingi eng afzal ro’za Allohning oyi - Muharramdadir. (Imom
Muslim rivoyati)

1870. Hijriyda harom oylar qaysilar?

Javob: Harom oylar (urush harom qilingan oylar): zulqa’da, zulhijja, muharram va rajab.

1871. Qisqalik - istedodning singlisi. Ushbu sozlar kimga tegishli?

Javob: Anton Pavlovich Chexov

1872. Shayboniyxonning ismi "Boburnoma" da nima deb berilgan va uning ma’nosi nima?

Javob: Shayboqxon

1873. Qaysi hukmdor XIX asrda Xiva shahrini devor bilan o’ratgan?

Javob: Ollohqulixon (1825-1842)

1874. Imom al-Buxoriyning "Al-adab al-mufrad" kitoblarida Abu Hurayra r.a.dan rivoyat
qilingan hadisga ko’ra, Alloh taolo huzuridagi eng uyatli ismlar qaysilar?

Javob: Malikul - amlok". Bu ismning ma’nosi "Shahanshoh - shohlar shohi".

1875. Rasulullohning s.a.v. eng yovuz dushmanlaridan biri,lekin u yilda bir marta do’zax
azobidan ozod qilinadi. Bu dushmanlari kim, qaysi kuni va nima uchun azobdan halos etiladi?

Javob: Rasulullohning s.a.v. yovuz dushmanlaridan biri Abu Lahab (o’z amakilari). Muhammad
s.a.v. tug’ilganlarida bu amakilari bu hushhabarni eshitib, hursandligidan bir cho’rini ozod
qiladi. Shu sababdan Alloh taolo Rasululloh s.a.v. tug’ilgan kunlarida uni do’zax azobidan ozod
qiladi.
1876. Savol: Qur’oni Karimdagi oyatlar, harflar va so’zlar soni nechtani tashkil qiladi?

Javob: Oyatlar - 6236. Harflar - 340740. So’zlar - 77277 . Manba: Solih Jabriy

1877. Savol: Mushafda "Dunyo" va "Ohirat" so’zi nechchi joyda zikr qilingan?

Javob: Dunyo so‘zi 115 marta, Oxirat so‘zi ham 115 marta

1878. Islom diniga 7 chi bo’lib kirgan sahobiyning ismlari nima?

Javob: Utva ibn G’azvon

1879. Taqdir suronlari olam sahrolarini ostin - ustun qildi. Vujudlar to’lg’onib qalblar o’zgardi.
Bo’ron tindi. Abu Tolib halokat girdobida halok bo’ldi. ....... omonlik sohilida najot topdi. Abu
Tolibdan ismi so’ralganda, ota-bobolari ila fahr etib,"Abdu mannof"dedi. Mol-dunyo tilga
olinganida tuyalar sanaldi. .......dan ismi so’ralganida "Abdulloh"(Allohning quli) dedi. Nasabi
so’ralganida, "Ibnul Islam" (Islom farzandi) dedi. Mol-dunyosi so’ralganida "Muhtojlik",
do’koni so’ralganida "masjid", kasbi so’ralganida "Sabr", Libosini "Taqvo va tavoze’",
bolishini "Bedorlik", - dedi. "Nimangdan fahrlanasan?"degan savolga esa: "....... bizdan, ahli
Islomdan..."degan so’zlardan, deya javob berdi.

Gap qaysi sahoba haqida ketayapti?

Javob: Salmon Forsiy r.a.

1880. Alisher Navoiygacha qaysi adiblar "Xamsa" bitishgan?

Javob: Nizomiy, Dehlaviy, Jomiy

1881. Fransuz adibi Lui Aragon: "Muhabbat haqida yozilgan dunyodagi eng ajoyib qissa" deya
ta’riflagan asar qaysi va uning muallifi kim?

Javob: Chingiz Aytmatovning "Jamila" qissasi

1882. Mashhur ozarbayjon shoiri Muhammad Fuzuliy qayerda tug’ilgan?

Javob: Iroqning Karbalo shahrida

1883. Ilk marta "Arba’in hadis" kitobini kim yozgan?


Javob: Abdulloh ibn Muborak al-Marvaziy

1884. "Habral umma" ("jamoa donishmandi") laqabiga sazovor bo’lgan buyuk sahoba kim?

Javob: Abdulloh ibn Abbos r.a.

1885. Hijrat chog’ida Payg’ambarimiz Muhammad sallollohu alayhi va sallam va Abu Bakr
Siddiq tunagan g’orning nomi nima?

Javob: Savr g’ori.

1886. Abu Abdurahmon kunyasi qaysi buyuk sahobiylarga tegishli?

Javob: Abdulloh ibn Mas’ud va Abdulloh ibn Umar r.a.

1887. Anas ibn Molikning ukalari va shahidlik maqomini olgan sahobiy kim bolgan?

Javob: Baro’ ibn Molik

1888. Paygambarimiz (S.A.V.) nechta muazzinlari bolgan va ular qaysi sahobiylar?

Javob: Bilol ibn Ravoh, Abdulloh ibn Ummi Maktum

1889. Abu Hurayra raziyallohu anhudan so’ng eng ko’p hadis rivoyat qilgan sahoba kim? Va
qancha hadis rivoyat qilgan?

Javob: Abdulloh ibn Umar r.a. 2630 ta hadis rivoyat qilganlar.

1890. Hazrati Umar r.a.dan so’ng xalifa bo’lishni istamagan istamagan, hakamlik qilgan, Usmon
(ra)ni xalifa etib saylagan va hammadan oldin unga bayat qilgan sahoba kim?

Javob: Abdurahmon ibn Avf r.a.

1891. Abu Bakr Siddiqning Islomdan avvalgi ismlari nima edi?

Javob: AbdulKa’ba
1892. Abu Dardo r.a.ning asl ismlari nima edi?

Javob: Uvaymir

1893. Hazrat Ali r.a.ning qotili kim edi?

Javob: Abdurahmon ibn Muljim Murodiy.

1894. Islomda birinchi bo’lib masjid qurgan sahobiy kim?

Javob: Ammor ibn Yosir "Masjidul-Qabo"ni qurganlar.

1895. Hazrati Qusam ibn Abbos r.a.ning qabrlari qayerda?

Javob: Samarqand shahrida, Shohizinda qabristonida

1896. Misrni fath etgan Islom sarkardasi kim?

Javob: Amr ibn al-Os

1897. Hazrati Bilolning qabrlari qayerda?

Javob: Damashqda.

1898. Xalifa Usmon ibn Affon (ra) davrida 4 shaxsga Quronning rasmiy yozma matnini tuzish
topshirilgan edi. O’sha 4 sahobiy kim edi?

Javob: Zayd ibn Sobit, Abdulloh ibn az-Zubayr, Sad ibn al-Asom, Abdurahmon ibn al-Horis.

1899. Rasuli Akram SAVning bojalari kim edi? (Abu Bakr r.a.ning qizini nikohiga olgan)

Javob: Rasulullohning s.a.v. bojalari Asharayi Mubashsharadan bo’lgan, buyuk sahobiy Zubayr
ibn Avvom r.a. Bu zot Abu Bakr Siddiqning r.a. qizlari Asmo Binti Abu Bakrga uylanganlar.

1900. Hazrati Oisha r.a.ning laqablari nima edi?

Javob: Humayro

1901. Andalusiyani fath qilgan buyuk fotih, musulmon sarkarda kim?


Javob: Jabal ibn Toriq.

1902. Quddusni fath qilgfan Salohiddin Ayyubiyning millati nima edi?

Javob: Kurd.

1903. Dunyodagi eng keng tarqalgan yuqmaydigan kasallik qaysi?

Javob: Karies.

1904. Dunyodagi eng keng tarqalgan yuqadigan kasallik qaysi?

Javob: Gripp.

1905. Ma'lumki Abu Bakr Siddiq r.a.ning laqablaridan biri - Atiqdir. Abu Bakr Siddiq nima
uchun bu laqabni olganlar?

Javob: Abu Bakr (roziyallohu anhu) yuzlarining go'zalligi va avvaldan yaxshi ishlarni yaxshi
ko'rganlari uchun "atiq" deb nomlanganlar.

1906. Hazrati Umarning "Foruq" laqabini olishlariga sabab bo'lgan voqea qaysi edi?

Javob: Umar (roziyallohu anhu)ni birinchi islomga kirgan kunlarida Payg'ambarimiz (sollalohu
alayhi va sallam) "al-Foruq" deb nomladilar. Chunki Alloh taolo Umar (roziyyallohu anhu) bilan
kufr va iymon orasini ajratdi.

1907. Qaysi shahar haqida quyidagicha gap aytiladi?

Agar sen ....ga kelmagan bo'lsang, to'nkasan. Agar kelgan bo'lsangu, zavqlanmagan bo'lsang,
eshaksan. Agar u yerdan o'z ixtiyoring bilan ketgan bo'lsang, tuyasan.

Javob: Afina.

1908. Uning balandligi 34sm, vazni 3,85kg. U qora marmarga o'rnatilgan bo'lib, tilla suvi bilan
qoplangan. Uning eskizini Sedrik Gibbons bir yig'ilish paytida yon daftarchasiga zerikkanidan
chizib o'tirgan. U nima?

Javob:Oskar mukofoti
1909. "... qorachadan kelgan, o'rta bo'yli, turk lafzli odam edi. Fors tilini yaxshi bilar edi. Sulton
arslonlar orasida eng kuchli sher edi. Bir so'zli, kek saqlamaydigan, ochiqko'ngil, to'g'ri odam
bo'lgan. U jiddiy shaxs edi. Hech qachon kulmasdi" deb yozib qoldiradi, shu savolda berkingan
buyuk shaxsning shaxsiy kotibi, tarixchi Nasaviy. U kim?

Javob: Jaloliddin Manguberdi.

1910. Tumanning tutun bilan aralashmasi nima deb ataladi?

Javob: Smog.

1911. Dunyoda ikkita davlat bor. Bu davlatlarning xususiyati shuki, ular dengiz yo'liga chiqish
uchun har tarafdan ikkita davlatni kesib o'tishi kerak. Shubhasiz bu davlatlarning biri
O'zbekiston. Sizlarga savol, shu ikkinchi davlatni toping.

Javob: Lixtenshteyn.

1912. Qachon biz 2 sonini ko`rib 10 deb aytamiz?

Javob: Soatda.

1913. Kimda-kim yomon ko'rsa uni "taqadi", agar yaxshi ko'rsa, "taqmaydi". U nima?

Javob: Ko'zoynak.

1914. Yevropada shunday mubolag'a ishlatiladi. Ahillesning ...dek ojiz bu gap ojiz zaif narsaga
nisbat berib aytiladi. Qadimgi rim antik shoiri Gomerning Iliada asari qahramoni Axillesning
qaysi a'zosi ojiz va bunga sabab nima?

Javob: Afsonalarga ko'ra onasi Axillesni tanasiga jarohat yetkazmaydigan o'q o'tmas muqaddas
suvda cho'miltiradi lekin uni tovonidan ushlab turgani uchun suv tovoniga tegmay qoladi. Shu
sababli ham Axilles tovonidan jarohat olib halok bo'ladi.

1915. 18-asr oxirlarida Vengriya imperatori bo'lgan Leopoldning o'gli valiahd shahzoda didiga
munosib ot xarid qilish uchun otasidan pul so'rabdi. So'ngra to'rt ot xarid qilibdi: bittasi juda
semiz bo'lib, zo'rg'a yurarkan; ikkinchisi asov baytal; uchinchisi ozib to'zib ketgan qari ot,
oyog'ini zo'rg'a sudrab bosadigan holdan toygan qirchang'i; to'rtinchisi bir ko'zi ko'r harbiy ot
ekan.

Bu otlarni ko'rib imperator o'g'lidan: "Esingni yedingmi, nega bunaqa otlar xarid qilding" -
debdi.
Shunda o'g'li: "Aziz otajonim, sizga shu otlar orqali bo'layotgan ishlarni anglatmoqchi edim.
Birinchisi semiz, og'ir ot - venger ruhoniylari, ikkinchi asov, jilovlab qo'yish lozim bo'lgan ot -
venger dvoryanlari..."

Shahzoda uchinchi va to'rtinchi otni kimga qiyoslaganini bir o'ylab ko'ring-chi?

Javob: Uchinchi ot - oddiy xalq; to'rtinchi ot - imperator.

1916. U bundan bir necha yillar oldin dunyoga keldi. Uch yildan keyin uning ukasi tug'ildi lekin
undan ikki baravar katta. Ikki yil o'tib yana yangisi tug'ildi. Yangisi ham oldingilaridan kattaroq.
Yana ikki yil o'tgach eng kenjasi amalda esa hammasidan kattasi tug'ildi. Ulardan oldin dunyoga
kelganlari esa kichkinaliklari bois ko'rinmay qo'yishgan.

Bularni bizning milliy tayanchimiz deyishimiz mumkin. Bu g'alati "chaqaloqlar" kimlar?

Javob: Bu O'zbekiston so'mi

1917. Inson tanasidagi qaysi a'zo mustahkamligiga ko'ra misdan keyinda, temirdan oldinda
turadi?

Javob: Soch

1918. Qaysi hasharotning eshitish a'zosi - "qulog'i" oldingi oyoqlarining tizzasida joylashgan?

Javob: Chigirtka

1919. Yunon tilidan ekologiya so‘zi qanday ma’noni anglatadi?

Javob: Ekologiya (yunoncha oikos «uy» + logos «fan»).

1920. 1917 yilgacha Hindistonning poytaxti qayer bo‘lgan?

Javob: Kalkutta.

1921. Samuraylarning axloq kodeksi nima deb ataladi?

Javob: Busido.

1922. Qadimgi dunyoda Tavriya deb qaerni aytishgan?


Javob: Qrim yarim oroli

1923. Qadigi rimliklar qaysi tilda gaplashganlar?

Javob: Qadimgi yunon tilida.

1924. Amasofobiya nima?

Javob: Avtomobildan qo‘rqish.

1925. Qaysi jonzot yeolalarini eng uzoq muddat ko‘tarib katta qiladi?

Javob: Qora buqalamun.

1926. Rus aviatsiyatsining otasi Jukovskiy injener diplomini necha yilda qo‘lga kiritgan?

Javob: 40 yilda

1927. Monako qiroli Albert asos solgan mashhur xalqaro tashkilot?

Javob: Interpolga asos solgan.

1928. "Bir marta g‘alaba qozonish uchun 100 marta mag‘lub bo‘lish kerak". Bu so‘zlar kimga
tegishli?

Javob: Mao Sze-dun

1929. Ma’lumki, pochta markalarini yig‘ish - filoteliya deyiladi. Temiryo‘l chiptalarini yig‘ish
nima deb ataladi?

Javob: Peridromofiliya

1930. Burkina-Faso degan davlat mavjud. Uning lug‘aviy ma’nosini bilasizmi?

Javob: "Burkina Faso" - to'g'ri, haqiqatguy odamlar yurti.

1934. Qaysi yilgi Olimpiya o‘yinlari oltin medallariga 1 gramm ham oltin qo‘shilmagan?
Javob: 1992 yil Barselona

1935. Birinchi pulemetni kim kashf qilgan?

Javob: Birinchi pulemyot Xiram Maksim tomonidan kashf qilingan.

1936. Qadimgi Rimda "kalendar" so‘zi qanday ma’noni anglatgan?

Javob: Qarz kitobchasi (yoki oyning birinchi kuni). Qadimgi Rimda qarzdorlar oyning 1 kuni
qarzlarini to'laganlar va to'laganlari haqidagi ma'lumot shu kitobchaga yozilgan

1937. Janubiy Amerikaning eng baland cho‘qqisi qaysi? Uning balandligi qancha? U qaysi
davlatda joylashgan?

Javob: Argentinadagi Akonkagua cho’qqisi (6969 m)

1938. Panama kanali rasmiy ravishda qachon ochilgan?

Javob: 12 iyun 1920 yili

1939. Plakofobiya nima?

Javob: Qabrga qo'yilgan toshdan qo'rqish

1940. Bob-al-mandob qo‘ltig‘i qanday ma’noni anglatadi?

Javob: Arab tilidan "o'lim darvozasi"

1941. Algebra atamasiga kim asos solgan?

Javob: Al-Xorazmiy

1942. Uolt Disney Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabasi sharafiga SSSRga qaysi multfilmni
sovg‘a qilgan?

Javob: Bembi
1943. Viktor va Nikita ismlarini bir-biriga bog‘lab turuvchi ma’no nima?

Javob: Ikkalasining ham ma'nosi qadimgi grekchadan "g‘olib" degani.

1944. Birinchi termometrni kim kashf qilgan?

Javob: Galileo Galiley (1564-1642)

1945. Istanbuldagi Moviy masjidning minoralari nechta?

Javob: Istambuldagi Sulton Ahmad Masjidi asosan Yevropaliklar tarafidan "Moviy masjid" deb
ataladi. Sababi quyosh botgandan keyin Masjidning oq rangli marmarlari moviy rang olishi ekan.
Jome-Masjid 1606-1616 yillarda Usmonli Podshohi Sulton 1 chi Ahmad tarafidan qurdirilgan.
Masjidning 6 minorasi bor. Minoralar shunday qurilganki, hamma tarafdan qarasangiz minoralar
bir-birini to'smaydi, yani hamma tarafdan 6 minorani ko'rishingiz mumkin.

1946. Napoleon qasi orolda tug‘ilgan?

Javob: Korsika orolida

1947. Asli Sayyid bo'lib, Buxorodan Bursaga (Turkiyaning viloyati) kelib bu yerga dafn etilgan
Amir kim?

Javob: Amir Sulton

1948. Bursadan Ulug'bekning madrasasiga borgan va bizning tuproqlarda vafot etgan olim kim?

Javob: Qozizoda Rumiy

1949. Amerikadagi Atlantik Recordsning sohibi kim edi?

Javob: Ahmet Ertegun

1950. Hayotimizning "voz kechib bo'lmasi" internetni kim kashf etdi?

Javob: Tim Berners-Li (Tim Berners-Lee), Larri Roberts (Larry Roberts), Vinton Serf (Vinton
Cerf) va Robert Kan (Robert Kahn)
1951. "Damskie palchiki" uzum navini ko‘pchilik yaxshi biladi. Uning asl nomi nima?

Javob: Husayni.

1952. Inson asab tolalarining umumiy uzunligi qancha?

Javob: 70 km.

1953. "Rus shaharlarining onasi" nomiga sazovor bo‘lgan shahar qaysi?

Javob: Kiyev

1954. Ucha oladigan eng og'ir qushning maskani va massasi?

Javob: Ucha oladigan eng og‘ir qush Otis tarda bo‘lib, og‘irligi 21 kg dir.

1955. Yuragimiz hayotimiz davomida qancha litr qon haydaydi?

Javob: 227 million litr qon haydaydi.

1956. Ilk sharikli ruchka qachon, kim tomondan ishlab chiqarilgan?

Javob: Sharikli ruchkaning ishlash printsipi 1888 yil AQShda Jon Laud tomonidan ishlab
chiqilgan. Ilk sharikli ruchka Laslo Biro tomonidan 1943 yili ishlab chiqarilgan.

1957. Plevra - nima degani?

Javob: Bu so'z nunonchadan kus tiliga o'tgan bo'lib, o‘'pkani va ko'krak qafasining ichki
tomonini o'rab turuvchi yupqa pardaga aytiladi.

1958. Amir Temur bilan Yildirim Boyazid o'rtasida bo'lgan muhoraba qancha davom etgan?

Javob: Bu muhoraba 28 iyul, 1402 sanasida Ankara yaqinlaridagi Chubuk vohasida bo'lgan.
Muhorabaning 14 soatga yaqin davom etganligi haqida xotiranomalarda yozilgan.

1959. 10 yil ichida 35 marotaba vunyo chemioni bo'lgan sportsmen kim?


Javob: SSSRning (asli ukrainalik) eng mashhur sportsmeni Sergey Nazarovich Bubka 10 yil
ichida ham ochiq, ham yopiq makonlarda 35 marotaba Yengil Atletika (tayoq bilan yuksaklikdan
sakrash) bo'yicha dunyo chempioni bo'lgan. Ginnes Rekordlar kitobiga ham kirgan.

1960. Qonun musiqa asbobini kim ijod etgan?

Javob: Qonun musiqa asbobini Abu Nasr Farobiy ijod etgan.

1961. Yangi Zelandiyaning ramzi bo‘lgan qush qaysi?

Javob: Kivi.

1962. Lotin Amerikasining qaysi davlati prezidenti yapon bo‘lgan?

Javob: Alberto Fuximori

1963. Rasululloh sav: "... - jannat yigitlarining sayyididir", deb ta'rif bergan, Ul zot bilan bir
paytda, bir oilada tug'ilgan sahoba?

Javob: Abu Sufyon ibn Horis r.a

1964. "Payg‘ambar sirining sohibi" deya ta'riflangan sahoba?

Javob: Huzayfa ibn Yaman roziyallohu 'anhu.

1965. Isfahonning Jabbon deb ataladigan qishlog‘ida tug'ilgan sahoba?

Javob: Salmon Forsiy roziyallohu 'anhu.

1966. Rasululloh "Senda Alloh va Rasulu yoqtiradigan ikki xislat bor: vazminlik va halimlik"
deb kimga qarata aytganlar.

Javob: Zaydul xoyr.

1967. Rasululloh "... o‘lganida (uni ruh’i kelayotganini farishtalarga ma’lum qilish uchun) Arsh
(shodiyona) bir tebranib qo‘ydi" deb qaysi sahoba haqida aytganlar?

Javob: Sa'd ibn Muoz.


1968. Rasululloh qaysi ummul mo‘minin haqida: "... ning bo‘lak ayollardan afzalligi sariydning
(boshqa) taom(lar)dan afzalligi kabidur" "‘њ deb aytganlar?

Javob: Bu ta'rifni Rasululloh Oysha r.a. haqlarida aytganlar

1969. Uhud tuprog’idagi ilk shahid bo'lgan sahobiy kim?

Javob: Abdulloh ibn Amr (Jobir r.a.ning otalari)

1970. Uhud g'azotida Rasululloh "Ollohim, ularni jannatda menga hamrox qil!" deb kimni duo
qilganlar?

Javob: Hazrati Nasiba raziyallohu anho.

1980. Rasululloh u sahobiyni juda yaxshi ko‘rganlaridan, u sahobiy "Rasulullohning mahbubi"


laqabini olgan edi. U kim?

Javob: Zayd ibn Horisa

1981. E’tikof o‘tirishda Rasululloh ga birinchi ergashgan inson kim?

Javob: Zaynab binti Jahsh roziyallohu anhu.

1982. Qur’ondagi eng uzun oyat qaysi surada va nechinchi oyatida kelgan? Bu oyatda qaysi
masala hususida so‘z boradi?

Javob: Baqara surasi 282-oyat. Qarz, oldi-berdi, guvohlik haqida.

1983. Qur’oni karimda qaysi payg‘ambar haqidagi qissa faqat bitta surada hikoya qilinadi va
boshqa suralarda uchramaydi?

Javob: Yusuf alayhissalom

1984. «Napoleon» torti tarixini bilasizmi?

Javob: 1912 yili Moskvada Napoleon Bonapartning Rossiyadan quvilishi katta tantana bilan
nishonlandi. Bu yubiley munosabati bilan turli pishiriqlar dasturxonga taqdim etildi. Bu yerda
yangi pishiriq ham paydo bo‘lgandi. Krem bilan bezatilgan, Napoleonning mashhur shlyapasini
eslatuvchi, uchburchak ko‘rinishli tort ko‘pchilikning e’tiborini tortgandi. o‘shanda hamma bu
tortni Napoleon nomi bilan atagandi. Garchi hozirda bu pishiriq to‘g‘ri to‘rtburchak ko‘rinishiga
ega bo‘lsa-da, hamon «Napoleon» nomi bilan ataladi.

1985. «Olive» salati qaerdan kelib chiqqan?

Javob: «Olive» salatini XIX asrning 60-yillarida frantsuz oshpazi Lyusen Olive kashf qilgan.
Lyusen Parijdagi eng obro‘li restoranlardan birining xo‘jayini edi. Restoranning eng mashhur
taomi ham aynan «Olive» salati edi. Salat retseptini Lyusen Olive to o‘limiga qadar sir saqladi.
Shunga qaramasdan, 1904 yili salatning retsepti qayta kashf etildi. Salatning tarkibi quyidagicha
edi: 2 ta bulduruq qushi, buzoq tili, tuzlangan qora ikra, salat bargi, 25 ta qaynatilgan
qisqichbaqa, yarim banka pikuli sabzavoti, yarim banka soya, 2 ta bodring, kavar, 5 ta tuxum.

1986. Birinchi marta kofedan qachon foydalana boshlashgan?

Javob: 7 asrning ikkinchi yarmida Arabistonda birinchi marta kofedan foydalana boshlashgan.
Yevropaga esa kofe 13-14 asrlarda yetib kelgan. 17 asrda esa kofe yevropaliklarning sevimli
ichimligiga aylangan. Dunyoda kofening arabika va robusta navlari keng tarqalgan.

1987. Kimning mo‘ylovi eng uzun?

Javob: Dunyodagi eng uzun mo‘ylov egasi Hindistonning Suandarearx shahrilik Kalyan Saindir.
1993 yil iyulida uning mo‘ylovi umumiy uzunligi 3 metru 39 santimetrni tashkil etgan edi.
Kalyan sohib 1976 yildan beri mo‘yloviga tig‘ tegizmagan ekan.

1988. Birinchi marta Umid burnini kim aylanib o‘tgan?

Javob: Bartolomeo Dias.

1989. Nima uchun AQSh prezidenti Vilyam Taftni «Katta Bill» deb atashgan?

Javob: AQSh prezidentlari ichida eng og‘ir vaznlisi Shtatlarning 27-prezidenti V.Taft edi. Uning
og‘irligi 352 funt bo‘lganligi bois uni «Katta Bill» deb atashardi. Shuning uchun ham prezident
uchun Oq Uyga katta narsalar buyurtma qilingandi: katta vanna, katta kreslo, avtomobil uchun
maxsus eshik, og‘ir yuk tashishga mo‘ljallangan ot va h. Shunga qaramasdan Taft yaxshigina
tennis o‘ynardi va qoyilmaqom tarzda raqsga tushardi. Va yana: V. Taft so‘nggi prezident
sigirining va birinchi prezident avtomobilining egasi sifatida tarixga kirgan.

1990. AQSh tarixidagi yagona xorijlik birinchi xonim kim?


Javob: AQSh prezidentligi tarixida muxojirlardan ilk marta prezident Jon Adamsning xotini, asli
angliyalik Luiza Jonson AQShning birinchi xonimi unvoniga sazovor bo‘lgan.

1991. Birinchi marta «Qahramon ona» ordenini kimga berishgan?

Javob: «Qahramon ona» fahriy unvoni SSSR Oliy Sovetining prezidiumi tomonidan 1944
yilning 27 oktyabrida tasdiqlangan. 14 nafar «Qahramon ona»lar ichida 1-raqamli orden Moskva
viloyatining Mamontoka qishlog‘ida yashovchi, 12 farzandni tarbiyalagan Anna Aleksaxinaga
topshirilgan. Urush paytida uning 8 farzandi fronga ketib, 4 nafari halok bo‘lishgan. 1-raqamli
orden 1944 yil 1 noyabr kuni Kremlda topshirilgan. Aslida 1-raqamli orden kommunist ayolga
topshirilishi kerak bo‘lgan. Ammo nomzodlar ichida kommunistik partiya a’zolari topilmagan.
Shundan keyingina ordenni partiyasiz Anna Aleksaxinaga topshirishga majbur bo‘lishgan. Anna
ona qishloqdagi xarob kulba (barak)lardan birida yashagan. Ko‘pfarzandli onani Moskvadan
qutlash uchun hukumat vakillari kelishi munosabati bilan kulbaga raykomdan mebel keltirilgan.
Yuqoridan kelgan mehmonlar ketishi bilan esa mebel yana raykomga olib ketilgan.

1992. Prezidentligi vaqtida jinoiy jazoga tortilgan yagona AQSh prezidenti kim?

Javob: Prezidendlik muddati paytida jinoiy jazoga tortilgan yagona AQSh prezidenti Uliss
Grantdir. AQShning 17-prezidenti o‘z otida tezlikni oshirgani uchun 20 dollar miqdorida
jarimaga tortilgan.

1993. Qaysi golland dengizchisi Avstraliya va Okeaniyani, Tasmaniyaning janubiy va sharqiy


qirg‘oqlarini kashf qilgan va Yangi Zelandiyaga yetib borgan?

Javob: Abel Tasman.

1994. 1913 yili avtomobilsozlikda konveyerlar paydo bo‘ldi. Uning kashfiyotchisi kim?

Javob: Genri Ford.

1995. Asl ismi Lesli Lanch King bo‘lgan AQSh prezidenti kim?

Javob: AQShning 38-prezidenti Jerald Fordning asl ismi Lesli Lanch King bo‘lgan.

1996. AQSh prezidentlari qanday hayvonlarni boqishgan?

Javob: AQShning ko‘p prezidentlari hayvonlarni boqishgan. Jorj Vashington - to‘tiqush, Jon
Adams - alligator, Abraxam Linkoln - kurka, V.Garrison - echki, Teodor Ruzvelt - suvilon,
Franklin Ruzveltdan keyingi prezidentlar esa - zotdor itlar boqishgan.

1997. Dunyoda birinchi terish mashinkasini kim yasagan?

Javob: Peter Mitterxofer.

1998. Elektr batareyasini kim kashf qilgan?

Javob: Alessandro Volta.


1999. AQSh milliy bayramlaridan qaysi biri mamlakat tarixida «qora kun» bo‘lib saqlanib
qolgan va nima uchun?

Javob: Amerikadagi eng katta milliy bayram - 4 iyul - Mustaqillik kunida mamlakatning
ikkinchi, uchinchi va beshinchi prezidentlari (J.Adams, T.Jefferson, J.Monro) vafot etgan.

2000. «Liliput» so‘zi qaerdan paydo bo‘lgan?

Javob: Jonatan Sviftning «Gulliverning sayohatlari» romanida bosh qahramon mitti odamlar
yurti - Liliputiyaga tashrif buyuradi. U yerdagi odamlar «liliputlar» deb atalardi. o‘z davrida
judayam mashhur bo‘lgan bu asar tufayli «liliput» so‘zi jahon xalqlari tiliga singib ketgan.

2329. Dunyoni birinchi marta aylanib chiqqan dengizchi kim?

Javob: Fernando Magellan.

2330. Birinchi marta qaerda plastik operatsiya o‘tkazilgan?

Javob: Qadimiy Misrda fir’avn chap oyog‘i barmog‘ini ulash uchun mo‘miyodan
foydalanishgani haqida arxeologik ma’lumotlar mavjud. Ushbu plastik operatsiyada suyak va
yog‘och bir-biriga ulangan. Fir’avn o‘limidan so‘ng uning sun’iy barmog‘i bilan birgalikda
mo‘miyolangan va bu bizning davrimizgacha yaxshi saqlangan. Bu topilma jahon ilm
maydonida katta sensatsiya bo‘ldi. Olimlar qadimiy Misrda hatto kosmetik operatsiyalyaar ham
o‘tkazilmagan, deb hisoblardilar.

2331. 59 yili o‘z onasini, uch yildan keyin esa xotinini o‘limga hukm qilgan, Rim shahrini yoqib
yuborgan, oxir oqibat o‘z joniga qasd qilgan Rim imperatori kim edi?

Javob: Tiberiy Klavdiy Neron.

2332. AQShning 16- va 25-prezidentlari orasida qanday bog‘liqlik bor?

Javob: AQShning 16-prezidenti Avraam Linkoln 1860 yili prezident bo‘ldi. 25-prezident Jon
Kennedi esa 1960 yili prezidentlik vakolatini oldi. Bular orasi 100 yil, ularni o‘ldirgan
qotillarning ham tug‘ilishi orasi 100 yildir. Ikala prezident ham juma kuni xotinlari ko‘z o‘ngida
o‘ldirilgan. Kennedi va Linkolnning kotiblari ismi ham bir xil edi: Jonson. Qiziqarlisi ikala
Jonsonning tug‘ilishi orasi ham 100 yil edi. Ikala kotib ham prezidentga o‘limi oldidan shu
tadbirni qoldirishni maslahat bo‘rgan edi.

2333. 13 yoshli Juletta rolini Sara Berner necha yoshida o‘ynagandi?

Javob: 13 yashar Juletta rolini aktrisa Sara Berner 70 yoshida ijro etgandi.
2334. U katta plantator va quldor bo‘lgan edi. Filadelfiya Assambleyasi vaqtida (1787 yil) uning
qo‘lida 216 nafar qul mavjud edi. Gap qaysi mashhur shaxs haqida ketayapti?

Javob: AQShning birinchi prezidenti - Jorj Vashington.

2335. AQSh prezidentlari ro‘yxatida yagona katolik kim edi?

Javob: AQShning 35-prezidenti Jon Kennedi AQSh prezidentlari ichida yagona katolikdir.
AQShning boshqa prezidentlari protestantdir. Yana Jon Kennedi eng yosh AQSh
prezidentlaridan biri sifatida ham mashhurdir. U 42 yoshida Qo‘shma Shtatlarni boshqargan.

2336. o‘z ixtirolari uchun eng ko‘p patent olgan olim kim?

Javob: Tomas Edison.

2337. Birdaniga 5 ta davlatni mustaqillikka erishtirgan shaxs kim?

Javob: Simon Bolivar 1810-1911 yillarda Janubiy Amerikadagi ispan koloniyalarida ko‘tarilgan
qo‘zg‘olon rahbari edi. U birdaniga 5 ta davlatni ozod qildi: Kolumbiya, Ekvador, Peru,
Venesuela, Yuqori Peru (Keyinchalik uning sharafiga Boliviya deb atalgan).

2338. Shekspir va Servantes uchun umumiy bo‘lgan jihat qaysi?

Javob: Ikkalasi ham bir kunda - 1616 yil 23 aprelda vafot etishgan.

2339. Birinchi ulkan samolyotning konstruktori kim bo‘lgan?

Javob: I.I.Sikorskiy.

2340. Italiyaning birlashishi uchun kurashgan va bunga 1879 yili erishgan shaxs kim edi?

Javob: Juzeppe Garibaldi - Italiyaning birlashuvi uchun kurashgan xalq qahramoni. 1879 yili
uning harakatlari bilan Italiya birlashadi.

2341. Qaysi Nobel mukofoti sohibi futbolchi ham bo‘lgan?

Javob: Nobel mukofoti sohibi Nils Bor yaxshigina futbol o‘qnagan. U akasi bilan mamlakat
milliy terma jamoasida ham to‘p surgan.
2342. 1931 yili elektr soqoltaroshni kim kashf qilgan?

Javob: Yakob Shik.

2343. Yevropaliklardan Afrikani birinchi bo‘lib tadqiq etgan olim kim?

Javob: Devid Livingston.

2344. Qaysi AQSh prezidenti yaxshigina pianist bo‘lgan?

Javob: G.Trumen mohir pianist bo‘lgan.

2345. Eramizdan 2000 yil avval yozilgan kimning qonunlari bizgacha yetib kelgan?

Javob: Katta tosh ustunga yozilgan Bobil shohi Xamurappi (eramizdan avvalgi 1728-1686 yillar)
qonunlari bizning davrimizgacha yetib kelgan.

2346. Qaysi prezident umuman ta’lim olmagan?

Javob: AQShning 17-prezidenti Endryu Jonson hech qanday ta’lim olmagan. Uni o‘qish va
yozishga xotini o‘rgatgan.

2347. Uning asl ismi Xaraoke Kimitake. Eng mashhur yapon yozuvchisi bo‘lgan bu shaxs 40 ta
roman, 15 pesa, birqancha esselar yozgan. U rejissyor, aktyor bo‘lgan, uch marta Nobel
mukofotiga nomzod bo‘lgan. Gap kim haqida ketayapti?

Javob: Yukio Misima.

2348. Eng ko‘p muddat davlatni boshqargan AQSh prezidenti kim?

Javob: AQShning 32-prezidenti Franklin Delano Ruzvelt 1933 yilda 1945 yilgacha prezident
bo‘lgan.

2349. Tamakining birinchi targ‘ibotchisi kim bo‘lgan?

Javob: 1588 yili virjiniyalik Tomas Xarriet tamakini organizmni tozalaydigan eng yaxshi vosita
sifatida targ‘ibot qila boshladi. Lekin tez orada uning o‘zi rakdan vafot etdi.
2350. Amundsendan keyin qaysi ingliz olimi Janubiy Qutbni tadqiq etgan?

Javob: Robert Falkon Skott.

2351. Birinchi aerofotos’emkani kim olgan?

Javob: Feliks Turnaxon.

2352. Qaysi yurt qizlari eng xunuk?

Javob: Buyuk Britaniyada chop etilayotgan jurnal so‘roviga ko‘ra, dunyodagi eng xunuk ayollar
- afg‘onlar, inlizlar va nemislardir. Rus ayollari esa oltinchi o‘rinni band etishgan. Inglizlar eng
xunuk nigohli ayollar yashaydigan mamlakatlar sifatida quyidagi to‘xtamga kelishdi: 1.
Afg‘oniston. 2. Buyuk Britaniya. 3. Germaniya. 4. AQSh. 5. Xitoy. 6. Rossiya. o‘rta yoshdagi
inglizlarning fikriga ko‘ra dunyodagi eng chiroyli nigoh sohibalari - alban, turk, frantsuz va hind
ayollaridir.

2353. U 1949 yilgi fuqarolar urushi g‘alabasidan to o‘limiga qadar (1976) xalq Respublikasini
boshqargan. Kommunistik partiya rahbari, diktator bo‘lgan. Gap kim haqida ketayapti?

Javob: Xitoy xalq Respublikasi dohiysi Mao Szedun.

2354. Uning asl ismi Tenchin Gyamcho. Tibetni ozod qilish uchun bel bog‘lagan ruhoniy. 1959
yili Xitoydan quvilgan. 1990 yili unga Nobel mukofoti berilgan. Gap kim haqida ketayapti?

Javob: Dalay lama XVI.

2355. Prezident bo‘lmasidan avval mast holda mashina boshqargani uchun uning haydovchilik
guvohnomasini olib qo‘yishadi. 2000 yilgi saylovlarda uning sha’niga shu so‘zlar yangraydi:
«hatto avtomobilni boshqara olmaydigan shaxs qanday qilib katta davlatni boshqara oladi?» Gap
kim haqida ketmoqda?

Javob: AQSh prezidenti Jorj Bush.

2356. Telegraf apparatini kim kashf qilgan?

Javob: Samyuel Morze.


2357. AQSh prezidentlari tarixida Bushdan avval yana ikki prezident bir-biriga qarindosh edi.
Ular kim?

Javob: AQShning 9- va 23-prezidentlari Vilyam va Ben Garrisonlar bobo-nevaradirlar.

2358. 8-10 asrlardagi rus afsonalarida xalqni yovuz ilon (ajdaho)dan qutqargan uch bahodir kim
edi?

Javob: Ilya Muromets, Dobrinya Nikitich, Alyosha Popovich.

2359. Sovet Respublikasining birinchi prezidenti kim?

Javob: Mixail Gorbachev - SSSR kompartiyasining bosh kotibib Sovet davlatining birinchi
prezidenti. Gorbachev davrida Sharqiy va g‘arbiy Germaniyaning birlashuvi va Berlin
devorining yiqitilishi amalga oshirilgan.

2360. Betxovenni nima uchun hibsga olishgan?

Javob: Betxovenni daydi (sayoq) bo‘lgani uchun hibsga olishgan.

2361. AQSh prezidentlaridan qaysi biri urushda jarohat olgan?

Javob: AQShning 35-prezidenti Jon Kennedi urush paytida jarohat olgan va butun umri
davomida umurtqa suyagida og‘riq sezib yurgan. Lekin buni atrofdagilardan sir saqlagan.

2362. Bu ko‘rsatuv ilk bora O'zbekiston telekanalida 1961 yil 16 fevralda namoyish etilgan.
Yaqin yillargacha ham berib borilgan, hozir ham onda sonda berib boriladi. Bu ko‘rsatuvning ilk
boshlovchisi Javob: Karim Qonkeldiyev bo‘lgan. Gap qaysi ko‘rsatuv haqida ketyapti?

"Otalar so‘zi - aqlning ko‘zi".

2363. Dollar banknotlarida qaysi prezidentlar rasmlari mavjud?

Javob: 500$ - Villiam MakKinli; 1000$ - Grover Klivlend; 5000$ - Jeyms Medison; 100000$ -
Vudrov Vilson.

2364. AQSh prezidentlari ichida eng kam va ko‘p oylik olgan davlat rahbari kim?
Javob: AQShning 42-prezidenti Bill Klinton eng kam oylik olgan prezidentdir. Uning yillik
okladi 219 ming dollar bo‘lgan. Eng ko‘p haq to‘langan prezident esa Vilm Taftdir. Uning yillik
oyligi 75 ming dollar (1,5 mln. dollar)ni tashkil etgan.

2365. Uning asl ismi Vilyam Sidney Porter. U 34627 raqam bilan qamoqxonalaridan birida
mahbus edi. Ozodlikda uning kichik qizi qolib, uni Rojdestvo bilan tabriklab, sovg‘a jo‘natishga
mahbusning puli yo‘q edi. U bir hikoya yozib, mahalliy jurnallardan biriga jo‘natadi. Baxtiga
jurnalning Rojdestvo sonida uning hikoyasi chop etiladi. Gonorarga mahbus o‘z qizchasiga
sovg‘a jo‘natadi. Keyinchalik u katta yozuvchi sifatida shuhrat qozonadi. Gap kim haqida
ketayapti?

Javob: 1862 yil Grinsboroda tug‘ilgan, 280 ga yaqin hikoyalar muallifi - O’Genri

2366. Birinchi nafaqa sug‘urtasi haqidagi qonunni kim taqdim etgan?

Javob: Birinchi marta Bismark 60 yoshdan keyin nafaqa joriy etish haqidagi qonunni taqdim
etganda uning ustidan kulishgan edi.

2367. Avstraliya tuprog‘iga qadam qo‘ygan birinchi yevropalik kim?

Javob: Gollandiyalik Billem Yanszon.

2368. Eramizdan avvalgi 218 yili 100 minglik qo‘shin bilan Ispaniya va Italiyani kezib o‘tgan
Karfagen sarkardasi kim?

Javob: Gannibal.

2369. Janubiy Qutbni kim kashf qilgan?

Javob: 1911 yilning 14 dekabrida norvegiyalik Rual Amundsen.

2370. Birinchi vertolyotning konstruktori kim bo‘lgan?

Javob: Igor Sikorskiy.

2371. Roden «Mutafakkir»i kimning portreti?

Javob: Dante
2372. U AQShdagi fuqarolar urushida eng yosh general bo‘lgan. Lotin va grek tillarida bir
vaqtning o‘zida ikki qo‘lida turli matnlar yoza olgan. Gap kim haqida ketmoqda?

Javob: AQShning 20-prezidenti Jeyms Garfild.

2373. Birlashgan Arab Respublikasining birinchi prezidenti kim?

Javob: Zayd ibn Sulton al-Nahayon.

2374. Qaysi AQSh prezidenti uylanmagan?

Javob: James Buxanan

2375. Poliomielitga qarshi vaksinaning ixtirochisi kim?

Javob: Djonas Solk

2376. Dunyodagi eng qimmat pochta markasi qaysi davlatga tegishli va u nech pul turadi?

Javob: Dunyodagi eng kamyob va eng qimmat pochta markasi Shvetsiyaga tegishli «Sariq
treskilling»dir. Uning taxminiy narhi - $ 2.300.000.

2377. AQSh tangalarida qaysi prezidentlarning tasvirlari mavjud?

Javob: 1 sent - Linkoln; 5 sent - T.Jefferson; 25 sent - J.Vashington; 50 sent - J.Kennedi; 1


dollarlik tanga - Farzandini yelkalab olgan hindu ayoli.

2378. Yevropaga tamakini kim keltirgan?

Javob: 1492 yil 15 oktyabrda Xristofor Kolumbga amerikalik hindular tomonidan birinchi marta
tamaki hadya qilingan. Uni Yevropaga birinchi marta Kolumb keltirgan.

2379. Nima uchun Uolt Disney jonivorlarni suratga olgan?

Javob: U yoshdigida boyo‘g‘li qushini qiynab o‘ldirib qo‘ygan. o‘sha ishdan keyin hayvonlarni
multfilm orqali jonlantirish(animatsiya) bilan shug‘ullangan.
2380. AQSh tangalarida "In God we trust" (Biz Xudoga ishonamiz!) degan yozuv qachon paydo
bo‘lgan?

Javob: 1864 yilda.

2381. AQSh qog‘oz pullarida "In God we trust" (Biz Xudoga ishonamiz!) degan yozuv qachon
paydo bo‘lgan?

Javob: 1954 yilda.

2382. Teodor Ruzvelt nima uchun Nobel mukofotini olgan?

Javob: 1906 yil Portsmut shartnomasi imzolanishiga qilgan fidokorona harakatlari uchun.

2383. Amerikaning mashhur brendlaridan biri "Mcdonald's"ning asoschisi kim?

Javob: Aka ukalar Dik va Mak Donaldslar. 1940 yili ochilgan ilk restoranlari Kaliforniyada
joylashgan edi.

2384. Nima uchun telefon kashfiyotchisi Aleksandir Grexem Bell biron marta ham onasi va
xotiniga qo‘ng‘iroq qilmagan?

Javob: Ular kar bo‘lishgan.

2385. Napoleon qaysi jonivordan judayam qo‘rqqan edi?

Javob: Mushukdan

2386. Qaysi AQSh prezidentlari qotil qo‘lidan vafot etgan?

Javob: Avraam Linkoln, Jeyms Garfild, Uilyam Mak-Kinli, Jon Fitsjerald Kennedi

2387. Xalifa Umar ibn Xattob roziyallohu anhu u kishining ilmlarini qanchalik qadrlashlarini
Sa’d ibn Abu Vaqqos roziyallohu anhu o‘zlarining quyidagi gaplari bilan bayon qiladilar: « .....
dan ko‘ra fahmi daqiq, aqli o‘tkir, ilmi ko‘p va hilmi keng odamni ko‘rmaganman. Umar uni
qiyin masalalarni yechishga chaqirganini o‘zim ko‘rganman. Holbuki, uning atrofida muhojir va
ansor, Badr ahllari ko‘p edi. Agar ..... gapirsa, Umar uning gapidan nariga o‘tmas edi». Gap kim
haqda ketmoqda?

Javob: Abdulloh ibn Abbos.


2388. Molning bolasini buzoqcha, qo‘yning bolasi qo‘zichoq, tuyaning bolasi bo‘taloq,
eshakning bolasi xo‘tikcha‘¦ Mushukning bolasi nima deyiladi?

Javob: Xumpar.

2389. Ohuning bolasi nima deyiladi?

Javob: Quralay.

2390. Chaturanga o‘yini qaysi sport turining kelib chiqishiga muhim omil bo‘lgan?

Javob: Shaxmat sport turining kelib chiqishiga sabab bo‘lgan.

2391. Shaxsey-vaxsey qanday marosim? Nima uchun shunday ataladi?

Javob: Ashuro kuni bilan bog‘liq so‘z. Shoh Husayn, voh Husayn so‘zi bilan bog‘liq. Shialar
ashuro kuni o‘zlarini badanlarini urib shaxsey-vaxsey marosimi qilishadi.

2392. Qadimgi turkiy tilda arava g‘ildiragining tagligi ma’nosida ishlatilgan turmaz so‘zi ayni
paytda biz ham ishlatayotgan qaysi rusiy so‘zning kelib chiqishiga sabab bo‘lgan?

Javob: Tormoz

2393. Qadimgi turkiy tilda aralashtirmoq, qorishtirmoq ma’nolarini ifodalovchi «jo‘g‘urmaq»


so‘zidan olinib, suyuq qatiq ma’nosini anglatadigan qaysi ingliz so‘zini biz hozir ham
ishlatamiz?

Javob: Yogurt

2394. Qadimgi turkiylarda suv yoki suyuqlik to‘ldirilib, ot va boshqa ulovlar egariga qo‘shib
bog‘lanadigan charm idish «baqlaq» deyilgan. Hozirda biz uning o‘rniga asli turkiydan
o‘zlashib, so‘ng rus tili orqali qaytib kelgan qaysi so‘zni ko‘p bora ishlatamiz?

Javob: Baqlaq» so‘zi rus tiliga «baklak» tarzida o‘tgan, so‘ng kichraytirish qo‘shimchalari
qo‘shilib, «baklajka» yuzaga kelgan. «Baqaloq» so‘zining o‘zagi ham «baqlaq» bilan bog‘liq
ekan. Odatda o‘sha paytdagi mesh-idishlar xuppa semiz bo‘lgan ekan, shunga semiz odamlarni
baqloqqa o‘xshatib, «baqaloq» deyishgan ekan.
2395. Qadimgi turkiylarning katta harbiy bo‘linmasi «bo‘luk» deyilgan. Bu so‘z turkiy tildan rus
tiliga, rus tilidan yana o‘zimizga qaytib qanday ko‘rinish oldi?

Javob: Polk

2396. Qadimgi turkiylarning «tamg‘achi» (muhrdor) kasbi nomidan qaysi rus so‘zi olingan?

Javob: Tamojnya

2397. Qadimgi turkiydan rus tiliga o‘tgan bu so‘z «bag‘» (bog‘) so‘zi bilan bog‘liq, «bag‘ash»
(«bog‘langan») so‘zidan yasalgan rusiy so‘z qaysi?

Javob: Bagaj.

2398. Qadimgi turkiydan rus tiliga o‘tgan bu so‘z «qora tosh» birikmasidan olingan. Bu so‘z
qaysi?

Javob: Karandash

2399. Ushbu so‘zni ba’zi olimlar arab tilidagi «dor as-sino» (ustaxona) so‘zidan olingan desa,
ba’zi olimlar turkiy tildagi qurol-yarog‘ ustaxonasi ma’nosini anglatuvchi «tarsana» so‘zidan
olingan deydilar. Bu so‘z qaysi?

Javob: Arsenal

2400. Rus tilidagi bu so‘z turkiy tildagi «bilbes» (bilmas) so‘zidan olingan. Bu so‘z qaysi?

Javob: Balbes.

2401. Bu sport turining nomi arab tilidan tarjima qilganda «naqsh tosh» degan ma’noni bildiradi.
Miloddan avvalgi 2700 yilda Misrda ma’lum bo‘lgan ushbu sport turi qaysi?

Javob: Shashka

2402. Ushbu so‘z forsiycha band va turkiy et so‘zlaridan, ya’ni, band et - qama birikmasidan
olingan. Bu mashhur so‘z qaysi?

Javob: Bandit

2403. Ushbu rusiy so‘z turkiydagi «ber yaq» (berigi yoq, narigi tomon) birikmalaridan olingan.
Bu so‘z qaysi?

Javob: Bereg.

2404. Turkiy tildagi "o‘tlug‘" so‘zidan rus tilida bir so‘z paydo bo‘lgan. Bu...?

Javob: Utyug.

2405. Ushbu rusiy so‘z turkiydagi «bala igez» (egiz bola) birikmalaridan olingan. Bu so‘z
qaysi?

Javob: Bliznets

2406. Ushbu rusiy so‘z turkiydagi «burd» (mo‘ylov, murt) so‘zidan olingan. Bu so‘z qaysi?
Javob: Boroda

2407. Ushbu rusiy so‘z turkiydagi «belУ™zek» (bilarzik, bilaguzuk) so‘zidan olingan. Bu so‘z
qaysi?

Javob: Braslet.

2408. Ushbu rusiy so‘z turkiydagi «ber atadan» (bir otadan) birikmalaridan olingan. Bu so‘z
qaysi?

Javob: Brat.

2409. Tilmoch so‘zidan qaysi rus so‘zi kelib chiqqan?

Javob: Tolmach

2410. Ushbu rusiy so‘z turkiydagi «berek oek» (oyoqni biriktiruvchi) birikmalaridan olingan.
Bu so‘z qaysi?

Javob: Bryuki

2411. Kayvon uyning qaysi qismi?

Javob: Ayvonga kiraverishdagi ko‘tarilib qurilgan joy.

2412. Qaysi joyda osmon pastda bo‘ladi?

Javob: Suvda

2413. Qanday idishning og`zi yo`q, tagi esa teshik bo`ladi?

Javob: To‘ntarilgan (teskari turgan) idish.

2414. Biz deyarli har kuni ishlatadigan uy, ishxona telefonlarida eshitiladigan tovush(gudok)
qaysi notada jaranglaydi?

Javob: Lya

2415. Qadimda Iberiya, Avzoniya, Gelvetsiya nomlari bilan atalgan davlatlar qaysi?

Javob: Italiya, Ispaniya, Shvetsariya


2416. Turk qal’asi Hojibey asosiga qurilgan, 1789 yili italyan Ribas tomonidan yangi nom bilan
atalgan shahar qaysi?

Javob: Adashmasam, Odessa

2417. Rus yozuvchisi va aerodinamika asoschisi bo‘lgan olimning familiyalari bir xil. Ular
kimlar?

Javob: Nikolay Jukovskiy va Jukovskiy Vasiliy Andreevich

2418. Xitoychada «katta shamol» ma’nosini anglatadigan xalqaro so‘z qaysi?

Javob: Tayfun

2419. Xalqaro meteorologlar kuni qaysi sanada nishonlanadi?

Javob: 23 mart

2420. Uch xil vertikal holatdagi ranglardan iborat Fransiya bayrog‘ini xamma taniydi. o‘sha
bayroqda chiziqlar (yo‘llar)ning eni teng proporsional emas. Ya’ni o‘lchamlari xar xil. Bunga
nima sabab deb o‘ylaysizlar???

Javob: Fransiya milliy bayrog‘i ko‘k, oq, qizil ranglarda teng proportsionaldir. Faqatgina dengiz
bayrog‘i 30:33:37 tarzda proporsional emas. Bunga sabab, shamol esganda va harakat paytida
bayroq hilpiraganda teng proportsional turishi uchundir.

2421. Bu dengiz hayvoni portugalchadan tarjima qilganda «katta boshli baliq» ma’nosini
anglatadi. Bu qaysi hayvon?

Javob: Kashalot.

2422. Bir tanob yer nechi gektar?

Javob: Tanob (arab. ‘” chilvir, arqon) ‘” 1) o‘rta Osiyo, xususan, o‘zbekiston hududida
qo‘llanilgan uzunlik o‘lchov birligi. 17-a.da qiymati 39,9 m ga teng bo‘lgan; 2) o‘rta Osiyo
xonliklarida tomonlari 60 gaz dan iborat bo‘lgan maydonga teng, ya’ni ekin maydonini o‘lchash
uchun qo‘llanilgan yuza birligi. 1 T. 60x60 kv. gaz =3600 kv. gaz =0,08194 ga=900 kv. m (1
ga=12 tanob); (o‘zME)
2423. Qaysi SSSR oliy rahbarlarining otasi ismi (ochestvo) bir xil bo‘lgan?

Javob: Leonid Ilich Brejnev bilan Vladimir Ilich Lenin.

2424. Butun dunyoga mashhur Microsoft - Windows Welcome Music musiqasi muallifi kim?

Javob: Brian Eno

2425. Qaysi "Yashil" mamlakatda "Muzlik" mamlakatidagidan xam sovuqroq?

Javob: Grenlandiya Islandiyadan ham sovuqroq. Greenland va Island dan kelib chiqqan.

2426. Eng qimmat metall?

Javob: Rodiy. 225,1$/1 gr

2427. "Klizma" so‘zining o‘zbekchasi qanday bo‘ladi?

Javob: Huqna

2428. Teplitsa, parnik, issiqxona. Ushbu so‘zlarga eng mos tushuvchi o‘zbekcha so‘z qaysi?

Javob: Parvarishxona

2429. "Prilavka" so‘zining o‘zbekchasi qanday bo‘ladi?

Javob: Peshtaxta

2430. "Pritsep" so‘zining o‘zbekchasi qanday bo‘ladi?

Javob: Shatak

2431. Germaniya, Koreya, Albaniya, Vengriya. Ushbu davlatlar uchun ularning nomlanishiga
aloqador qanday umumiylik bor?

Javob: Germaniya, Koreya, Albaniya va Vengriyalarning xalqaro nomlanishi ularning o‘z milliy
konstitutsiyaviy nomlanishidan butunlay farq qiladi: Germaniya - haqiqiy nemis tilida Doych;
Koreya - asl koreys tilida Choson; Albaniya - alban tilida Shkiptaryusi; Vengriya - vengerlarning
o‘z tilida Majyarzarzag.
2432. Oyoq, qo‘l, bel jo‘rligida, qo‘ng‘iroqlar taqib tushiladigan raqs turi?

Javob: Zang

2433. Ikki qiz, ikki ona-yu yana buvi bilan nevara. Bular necha kishi?

Javob: Uch kishi

2434. Bolaligimizda ko‘pchiligimiz sovun pufakchalari o‘ynaganmiz. Shu sovun pufakchalari


orqali 1801 yilda qaysi fizika hodisasi kashf etilgan?

Javob: Sovun pufakchalari orqali interferentsiya hodisasi kashf etilgan.

2435. Polkovnikning otasini o‘g‘li bilan polkovnikning o‘g‘lini dadasi gaplashishyapti.


Polkovnik ketib qoldi. 2 kishi haliyam gaplashyapti. Ular kimlar?

Javob: Polkovnikning eri bilan ukasi qolgan. Pochcha bilan qaynog‘a qolgan.

2436. Nomlanishi Qadimgi ovro‘poning "Amon" xudosi nomidan kelib chiqqan, birinchi marta
esa 1801 yilda Liviya hududidan keltirilgan kimyoviy modda (birikma)?

Javob: Ammiak.

2437. Davriy jadvaldagi 67-elementni kashf etgan olim Kleeme ning millati qanday bo‘lgan?

Javob: Kleeme Golmiy elementini Stokogolm shahri sharafiga qo‘ygan, ya’ni uning millati
shved.

2438. Kalhasan qaysi poliz ekinining nomi?

Javob: Qovun

2439. Butun dunyoga tanishtirilganiga 100 yildan oshgan bo‘lgan bo‘lsa ham bu elementlar sirli
va notanishligicha qolmoqda. Agar fanda biror revolyutsion radikal o‘zgarish yuz bermasa, ular
doimo shundayligicha qolishi aniq. Ular qaysi elementlar?

Javob: 1898 yilda londonlik olimlar U.Ramzay va Trevers spektral analiz yo‘li bilan Ksenon va
Kripton elementlarini ochishgan va fanga ma’lum qilishgan. Bu elementlarning nomlanishi -
"Ksenon" grekchada Xenon "notanish" va "Kripton" Cripton - "sirli" deb nomlashgan. Agar
qaysidir mukofot orzuidagi olimlar chiqib elementlar nomini o‘zgartirishni tavsiya etib qolmasa,
endi bu elementlar doimiy "sirli" va "notanishligicha" qolaveradi...

2440. Saudiya Arabistoni nomlanishi jixatidan dunyodagi yagona davlat xisoblanadi. Uning
noyobligi nimada?

Javob: Saudiya Arabistoni davlatning rasmiy nomi boshqaruvchi sulola nom bilan ataladian
dunyodagi yagona davlatdir. Bunaqa davlatlardan yana biri Iordaniya Hoshimiylar qirolligi
(payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning to‘g‘ridan to‘g‘ri avlodlari u yerda hukmron), lekin rasmiy
nomlanishda bu davlat Hoshimiylar qirolligi emas, balki Iordaniya qirolligi deyiladi.

2441. O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligini birinchi bo‘lib tan olgan davlat?

Javob: 1991 yil 16 dekabrda rasmiy ravishda birinchi bo‘lib tan olgan davlat - Turkiya.

2442. Per de-Kuberten bu sport turini Olimpiada dasturiga qo‘shishni istamagan. Lekin bir
afsona qahramonining mardonavor jasorati haqidagi hikoya uning fikrini o‘zgartirdi va bu sport
ham Olimpiya dasutriga kiritildi. Bu qaysi sport turi?

Javob: Marafon

2443. 16-asrdayoq Ispan qiroli Filipp II bu g‘oyaga ijobiy xayrixoh munosabatda edi. Lekin u bir
nasoro yepiskopning "Xudoning o‘zi ajratgan narsani birlashtirish durust emas" degan fikri bilan
bu g‘oyadan voz kechadi. Bu qaysi g‘oya edi? Bu g‘oya 20-asrda amalga oshirildi va jahon
iqtisodiyotida judayam katta ahamiyatga ega. Uning egizagi ham bor... Gap qaysi g‘oya haqida
ketyapti?

Javob: Panama kanali. Egizagi Misrdagi Suvaysh kanali. Ikkalasiyam jahon iqtisodiyotida
judayam katta ahamiyatga ega strategik obyektlar hisoblanadi.

2444. Bolalarni beshikdayoq unashtirib qo‘yish odati?

Javob: "Beshikkerti"

2445. Bolalar uchun ishlangan birinchi o‘zbek filmi?

Javob: 1943 yilda Yo‘ldosh A’zamov tomonidan ishlangan "Qilich" filmi.


2446. Zumrad qaysi poliz mahsuloti (sabzavoti)ning nomi?

Javob: Shirin qalampir.

2447. Soqoldan qo‘rqish kasali?

Javob: Barbofobiya

2448. "Dunyo okeani" terminining boshqacha talqini "Galosfera" deyiladi, bu yer sharining suv
qobig‘i qismining uning eng asosiy xususiyati bilan birlashtirlgan so‘zlar kombinatsiyasidan
kelib chiqqan. Aynan qaysi xususiyat?

Javob: Galo - tuz; sfera - shar.

2449. Faqat turkiy she’riyatda yuzaga kelgan vazn?

Javob: Barmoq vazni

2450. Stadionlari ustida burgutlar uchib yurishi odatiy xol bo‘lgan davlat?

Javob: Boliviya

2451. Dunyoning eng tez o‘sadigan o‘simligini nomi nima?

Javob: Bambuk. Sutkasiga 75 santimetr o‘sadi.

2452. Qur'ondagi eng katta qissa qaysi va u qissa nechta surada nechta o‘rinda zikr qilingan ?

Javob: Muso alayhissalom qissasi, 24 yoki 25 surada, 73 o‘rinda kelgan.

2453. Payg‘ambarlardan to‘rttasining millati arab bo‘lgan. Bular qaysi payg‘ambarlar?

Javob: Hud , Solih , Shuayb va Muhammad (s.a.v.)lar

2454. Muso alayhissalomdan keyin Bani Isroil qavmiga yuborilgan payg‘ambarning ismi?

Javob: Yusha alayhisalom.


2455. Makkalik sahobalar umumlashtirib "muhojirlar", madinaliklar esa "ansorlar" deyilgan.
Makkalik ham, madinalik ham bo‘lmagan sahobalarning umumlashtiruvchi nomlanishi qanday
bo‘lgan?

Javob: Boshqa yurtlarda tug‘ilib o‘sgan sahobai kiromlarning umumiy nomi "Axyorlar" bo‘ladi.

2456. Oy sayyorasida kunduzi necha gradus havo harorati kuzatiladi?

Javob: +125Вє

2457. Leonid Ilich Brejnev SSSR oliy kengashi bosh kotibiligi vaqtida sochi to‘kilayotganidan
shikoyat qilib shaxsiy vrachidan shu sohadagi eng yaxshi olim mutaxassislarni to‘plashni
so‘raydi. Soch to‘kilishi va uning muammolari bilan ilmiy shug‘ullanuvchi 12 ta olimdan iborat
shifokorlar guruhi Brejnev xizmatiga hozir bo‘lishadi. Ammo Brejnev ularni hayron qoldirib,
birinchi - tanishuv uchrashuvini o‘zidayoq ularning xizmatidan voz kechdi. o‘ylab ko‘ringchi
bunga nima sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin?

Javob: Olimlarning o‘zlari ham kal ekanligini ko‘rib, Brejnev ularning xizmatidan voz kechgan.

2458. Murakkab reflektor holat: ixtiyoriy yoki ixtiyorsiz tez nafas olish?

Javob: Yo‘talish.

2459. Eng yirtqich baliq?

Javob: Piranya.

2460. Alloh taolo u inson haqida o‘n oltita oyat nozil qilgan. U inson kim edi?

Javob: Abdulloh ibn Ummu Maktum (r.a)

2461. Surxondaryo viloyati sharqidagi tog‘ tizmasi?

Javob: Bobotog‘

2462. Qur'oni karimdagi qaysi suralar payg‘ambarlar ismlari bilan atalgan?

Javob: "Yunus", "Hud", "Yusuf", "Ibrohim", "Muhammad", «Nuh».


2463. Vizantiya imperatorlaridan biri otlarni juda ham yaxshi ko‘rar ekan. O'zining otlariga
qarash uchun yangi otboqar yollabdi. Oradan bir oy vaqt o‘tgach imperator otlarini tomosha
qilish uchun otxonasiga tashrif buyuribdi. Shu payt otxonadagi barcha otlar baravariga kishnab
yuboribdi, imperator bundan juda ham xursand bo‘libdi. Otboqar yigit bunga qanday erishgan?

Javob: Tarixdan ma'lumki imperatorlar o‘zlarining ananaviy liboslariga ega bo‘lganlar.


Vizantiya imperatori ham hamisha qizil rangdagi libos kiygan. Imperatorning otboqari esa
otlarga bir oy davomida faqat qizil rangdagi idishlarda yem bergan va imperator otlarini tomosha
qilish uchun keladigan kunda otlarga yem bermagan. Shunday qilib otxonaga imperator qizil
rangli kiyimda kirib kelgan vaqtda otlar yem beriladi deb o‘ylab baravariga kishnab yuborgan.

2464. Yaponiyaning Tokiodan avvalgi poytaxti nomi?

Javob: Kioto

2465. Turpning vatani?

Javob: Turpning asl vatani Yaponiya bo‘lib, taqriban 300 yil muqaddam O`rta Osiyoga keltirib
ekilgan.

2466. Eng ko‘p it boqadigan davlat?

Javob: Italiya

2467. o‘zi suvda tug‘iladi, ammo suvdan qo‘rqadi?

Javob: Tuz

2468. Qaysi shaharni "Mangu bahor" deb atashadi?

Javob: Addis Abeba

2469. Ko‘p shaharlar nomlari qandaydir sonlar yoki raqamlar bilan bog‘liq: Yettisuv,
Uchko‘prik, Pyatigorsk, Semipalatinsk. Savol: Rus shaharlari orasidagi nomi eng katta sonli
ifodalanuvchi shahar qaysi?

Javob: Tyumen - turkiy tillardagi Tuman so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, ming ma’nosini
anglatadi.
2470. Qayerda sudralib yuruvchilar (ilon, echkiemar va h.z.) umuman bo‘lmaydi?

Javob: Antarktidada

2471. Qaysi jonivor uhlamaydi?

Javob: Delfin

2472. 22 sentyabr qanday kun?

Javob: Kuzgi tengkunlik kuni.

2473. Qovun necha soatda hazm bo‘ladi?

Javob: Qovun 18 soatda hazm bo`ladi

2474. Insonning eng katta ichki a’zosi?

Javob: Jigar

2475. Birinchi temir yo‘l qayerda paydo bo‘lgan?

Javob: Birinchi temir yo‘l Angliyada paydo bo‘lgan.

2476. Butun bir qit’ani egallagan yagona davlat?

Javob: Avstraliya

2477. «Kamol qozi» madrasasi qayerda joylashgan?

Javob: Qo‘qonda

2478. Eng ko‘p shakarqamish yetishtiradigan davlat?

Javob: Braziliya

2479. Kulgu haqidagi fan?


Javob: Gelotologiya

2480. Shimoldan janubgacha eng uzun cho‘zilgan davlat qaysi?

Javob: Chili

2481. Mashhur aktyor Abbos Bakirov qayerda tug‘ilgan?

Javob: Andijonda

2482. Marokash davlatida birichni orden 1910 yilda ta’sis etilgan. "Xalif" ordeni deb
nomlanuvchi bu nishonlar olti qirrali yulduz shaklida namoyon bo‘ladi va uning har bir qirrasiga
dunyoda eng ko‘p takrorlanadigan, mashhur so‘zlar bitilgan. Savol: Orden qirralariga qaysi
so‘zlar bitilgan?

Javob: Kalimai tavhid.

2483. Eng ko‘p yomg‘ir yog‘adigan davlat?

Javob: Paragvay

2484. o‘zbekistondagi eng birinchi FM diapazonidagi radiolardan biri «Vodiy Sadosi» qachon
ochilgan?

Javob: 1998 yil, oktyabrda

2485. Kalibri qushining vazni qancha?

Javob: 2 gr.

2486. Qaysi maymun turi o‘zini oynada taniydi?

Javob: Shimpanze, makaka.

2487. Yumronqoziq bir kechada necha metr chuqur kavlaydi?

Javob: Yumronqoziq bir kunda 76 metr chuqur(er) kavlashi mumkin.


2488. Chuvalchangda nechta tish bo‘ladi?

Javob: Chuvalchangning tishi 25 mingta.

2489. Italiyaning Rim shahri tumanlarining birida yurtimizda yashab o‘tgan bobokalonimiz nomi
qo‘yilgan bir katta ko‘cha bor. Sharafiga ko‘cha nomiga qo‘yilgan bobokalonimiz kim?

Javob: Ibn Sino (Avitsenna)

2490. Ish beruvchilar bilan tuzilgan shartnoma asosida o‘z ishini uyida bajaradigan hizmatchilar
toifasi?

Javob: Kasanachi

2491. Turk sultonligi va Rus imperiyasi o‘rtasidagi o‘zaro chetki (neytral) hududlar bo‘lgan
yerlarda tashkil topgan davlat nomini ayting?

Javob: Ukraina. "Okraina" so‘zining rus tilidagi qadimgi varianti, "Chetki" degan ma’noni
anglatadi, Usmoniy turklar imperiyasi va Rossiya imperiyasi o‘rtasidagi rus-turk urushi
davrigacha o‘zaro chetki chegara hududi.

2492. Eshakning erkagi qanday nomlanadi?

Javob: Xangi

2493. Tovuq kamalakning nechta rangini ko‘ra oladi?

Javob: Tovuq kamalakning barcha ranglarini ko‘ra olarkan.

2494. Tuyaqushning tuxumini qaynatib pishirganda necha soatda pishadi?

Javob: Tuyaqushning tuxumini qaynatganda 4 soatda pishar ekan.

2495. "Yorug‘lik kuchining majburiy nurlanish yordamida ortishi" so‘zini bitta so‘z bilan
ifodalang.

Javob: Lazer
2496. Sichqon 1 daqiqada necha marta nafas oladi?

Javob: Sichqon bir daqiqada 200 marta nafas oladi.

2497. Hazrati Umar r.a. ning vafotlaridan keyin xalifalikka bay’at berilayotgan vaqtda hakam
(saylov komissiyasi raisi)likni o‘z zimmasiga olib, o‘z nomzodini xalifalikdan qaytib olgan
sahobai kirom kim?

Javob: Abdurahmon ibni Avf r.a.

2498. Unga onasi: "Erkaklarday kurasha olmading, mana endi ayollarday yig‘la, -degandan
keyin sulton yig‘laydi, u yig‘lagan tepalik esa hozirgi kunda juda mashur. So‘z kim haqida
ketyapti...

Javob: G'arnota (Grenada - Andalus)ning so‘ngi hukmdori - sulton Abdulloh.

2499. Atmosfera bosimi o‘zgarishlarini trend ko‘rinishida qayd etib boradigan asbob qanday
ataladi?

Javob: Barograf.

2500. "Oyog‘ida chang‘isi bilan tug‘ilgan" millat?

Javob: Norvegiyaliklarni shunday atashadi.

You might also like