You are on page 1of 6

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS)

Google Scholar Universal Impact Factor: 7,1 ISSN:2181-2454


www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-1-29-34 VOLUME 2 | ISSUE 1 | 2021

KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI O‘QUVCHILAR SHAXSLARARO


MUNOSABATLARIDA EMPATIYANI SHAKILLANTIRISH

Yulduzhon Muxiddin qizi Zufarova


Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika unversiteti
yulduzkhon1990@mail.ru

ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada kichik maktab yosh davri va yoshga doir psixologik xususiyatlar,
kichik maktab yoshi shaxslararo munosabatlarida empatiyani shakillantirish va
shaxslararo munosabatlarga empatiyani ta‟siriy oritib berilgan.
Kalit so’zlar: shaxs, shaxs, kichik maktab yoshi empatiya, emotsiya, ijtimoiy
empatiya, muloqot.

FORMATION OF EMPATHY IN INTER-PERSONAL RELATIONSHIPS WITH


PRIMARY SCHOOL STUDENTS

ABSTRACT
This article discusses the psychological characteristics of small school age and age,
the formation of empathy in interpersonal relationships in small school age, and the
impact of empathy on interpersonal relationships.
Keywords: person, person, small school age empathy, emotion, social empathy,
communication.

KIRISH
O„zaro munosabatlarga kirishayotgan tomonlar munosabatdan ko„zlaydigan asosiy
maqsadlari – o„zaro til topishish, bir-birini tushunishdir. Bu jarayonning murakkabligi,
kerak bo„lsa, “jozibasi”, betakrorligi shundaki, o„zaro bir xil til topishish yoki
tomonlarning aynan bir xil o„ylashlari va gapirishlari mumkin emas. Agar ana shunday
vaziyatni tasavvur qiladigan bo„lsak, bunday muloqot eng samarasiz, eng beta‟sir
bo„lgan bo„lar edi. Masalan, tasavvur qiling, uzoq vaqt ko„rishmay qolgan do„stingizni
ko„rib qoldingiz. Siz undan hol-ahvol so„radingiz, lekin u tashabbusni sizga berib,
nimaiki demang, sizni ma‟qullab, gapingizni qaytarib turibdi. Bunday muloqot juda
bemaza bo„lgan va siz ikkinchi marta o„sha odam bilan iloji boricha rasman salom-alikni
bajo keltirib o„tib ketavergan bo„lardingiz. Ya‟ni, muloqot faoliyati shunday shart-
Tashkent, Uzbekistan 29 E-mail: carjisor@carjis.org
CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS)
Google Scholar Universal Impact Factor: 7,1 ISSN:2181-2454
www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-1-29-34 VOLUME 2 | ISSUE 1 | 2021

sharoit-ki, unda har bir shaxsning individualligi, betakrorligi, bilimlar va tasavvurlarning


xilma-xilligi namoyon bo„ladi va shunisi bilan u insoniyatni asrlar davomida o„ziga jalb
etadi. Amerikalik olim Uolter Lippman har bir inson qalbining o„ziga xosligi va buning
muloqotda namoyon bo„lishiga ishora qilib shunday yozgan edi: “Hamma bir xil fikr
yuritgan еrda, hech kim ko„p o„ylamaydi”, ya‟ni, odamlarning muloqotga intilishlarining
asosida yotgan birlamchi motiv ham aynan suhbatlar mobaynida turlicha qarashlarga ega
bo„lish, o„z fikrlarini takomillashtirishdir.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA


Psixologiya ilmiga empatiya terminini birinchi bo„lib E.Titchener kiritgan.
Psixologik lug„atda empatiya birovning kechinmalariga kirishish emotsional holatni
anglash sifatida talqin qilinadi. Empatiya fenomenini talqin etuvchi yo„nalishlar uning
qanchalar ko„p qirraliligini va murakkabligini ko„rsatadi. Empatiya birinchidan idrok
etilayotgan odamning kechinmalari ichki olamini modellashtirishga yo„naltirilgan psixik
jarayon sifatida tushuniladi. Empatiyaga bo„lgan bunday yondoshuvda uning dinamik
protsessual xarakteri e‟tirof etiladi. G. Barret-Lennard, V.Aykes psixik jarayon sifatidagi
empatiyaga xos 3 ta bosqichlarni farqlagan.
A.P.Sopikov va T.P.Gavrilovalar ham empatik jarayonning bosqichlarini
farqlashgan va ularga izoh berishgan. Ularning fikricha:
 Empatiya ob‟ektining turfa oshkora o„zgaruvchilarini idrok etish, uning
kechinmalari mazmuni va sifatlari to„g„risida ma‟lumot olish;
 Ichki loyihada empatiya ob‟ektining oshkora va latent faoliyati modelini
qurish va o„zining xususiy qadriyatlari va ehtiyojlariga qiyoslash;
 Ikkinchidan, empatiya stimulga nisbatan vujudga kelgan psixik, empatik
reaksiya sifatida ko„zdan kechiriladi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR
Psixologiya fanida keng ko„lamli, ko„p qirrali, majmuaviy xususiyatga ega
bo„lgan kategoriyalardan (kognitiv, konativ, affektiv) biri ekanligidan kelib chiqqan
holda, shuningdek, affektiv (emotsional-hissiy) holatlarning bir ko„rinishi (shakli,
jarayoni) tariqasida empatiya tushunchasiga, definitsiyasiga yondashiladi. Ko„pincha
empatiya (hamdardlik, ichdan his qilishlik) deganda aniq shaxsni boshqa odamlarning
emotsional-hissiy holatlarini mazkur davrda anglash (tushunish), ularning ichki va tashqi
kechinmalarini (favquloddagi vaziyatini) shaxsan o„zida aks ettirish qobiliyati
(uquvchanligi), aynan shu voqelikni o„zida sinab ko„rish tushuniladi. Boshqa odamga
Tashkent, Uzbekistan 30 E-mail: carjisor@carjis.org
CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS)
Google Scholar Universal Impact Factor: 7,1 ISSN:2181-2454
www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-1-29-34 VOLUME 2 | ISSUE 1 | 2021

hamdardlik bildirish, hissiyotida namoyon etish, shu vaziyatga bevosita kirish (tushish)
ijtimoiy-psixologik nuqtai nazaridan shuni o„zida mujassamlashtiradiki, ko„pincha unga
(quvonch yoki iztirob sub‟ektiga) rahmi kelish yoki uning xatti-harakatlaridan qoniqish
bilan cheklanibgina qolmasdan, balki u bilan shaxs emotsiyasining quvonch, azoblanish,
g„azab va boshqa hislarini chuqur iztirob chekish bilan umumiy ruhiy kechinmalar
orqali birdamlikni namoyish etishning fenomeni sifatida yakunini topadi. Agar shunga
o„xshash emotsional-hissiy holatlar, kechinmalar insonni ruhan qiynoqqa solsa (unga
ruhan azob bersa), u holda bizda yoki muayyan shaxsda ulardan (iztiroblardan)
forig„ bo„lishga yordam beruvchi harakatga (vositaga) nisbatan kuchli ehtiyoj uyg„onadi
va u haqiqatga aylana boradi.
Shuni alohida ta‟kidlash joizki, psixologiya tarixi fanida empatik alturizm
nazariyasi bo„lib, u odam (shaxs) altruizmini iztiroblarining ikkiyoqlamaligini (goho
salbiy, goho ijobiy ko„rinishini) aks ettiruvchi terminlar orqali tushuntirib keladi.
Mazkur psixologik nazariyaga binoan, biz hamdardlik his-tuyg„usi ro„yobga chiqargan
shaxsiy (o„z) iztiroblaridan halos bo„lishga muhtojlik sezgan odamlarga ko„mak
(yordam) beramiz. Buning uchun esa trening, maxsus mashg„ulotlar, psixoterapevtik
seanslar, psixodrama, artterapiya, psixokorreksiya vositalaridan unumli foydalanish
maqsadga muvofiq. Bu o„rinda hamdardlik (qayg„udoshlik), quvonchdoshlik (o„zgalar
sevinchi yoki quvonchiga sheriklik), xush kechinma (ijobiy), noxush kechinma (salbiy)
kabi psixologik terminlarni tatbiq etish ayni muddaodir.
Bundan tashqari, psixologiya fanida “ijtimoiy empatiya” tushunchasi (so„z
birikmasi) ham qo„llanilib kelinadi va u o„ziga xos xususiyatlari, mohiyati, ta‟rifi bilan
boshqa ko„rinishlardan tafovutlanadi. Bizningcha, ijtimoiy empatiya deganda boshqa
odamga emotsional kechinmani namoyon etuvchi ijtimoiy idrokning mexanizmi
tushuniladi. Empatiya bir odamning boshqa bir shaxs hamdardligiga aks-sado shaklida
ro„yobga chiqishidir. Boshqacha so„z bilan aytganda, emotsional-hissiy ichki aks-sado
orqali odamlar boshqalarning ichki holatini bilishga intiladilar. Empatiya tevarak-atrofni
shaxs qanday baholayotganini o„zida bevosita aks ettirish (his qilish), unda boshqa inson
ichki kechinmasining vujudga kelishi, o„zini (o„zligini) to„g„ri tasavvur qilish
ko„nikmasiga asoslanadi.
Empatiyaning ifodalanishi va uning shakllari (his qilish, sezish, hamdardlik,
qayg„udoshlik, quvonchga oshnolik, quvonchdoshlik) ko„pincha shaxsning tabiiy (irsiy,
genetik) xususiyatlari, jumladan, uning zehniga, iste‟dodiga, talantiga, tarbiya (muhit)
shart-sharoitlariga, insonning hayot va faoliyatiga, uning emotsional-hissiy tajribasiga

Tashkent, Uzbekistan 31 E-mail: carjisor@carjis.org


CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS)
Google Scholar Universal Impact Factor: 7,1 ISSN:2181-2454
www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-1-29-34 VOLUME 2 | ISSUE 1 | 2021

bog„liq. Xuddi shu bois, empatiya o„zaro ta‟sir o„tkazish jarayonida muomalada vujudga
keladi, kechadi, shakllanadi va rivojlanadi (takomillashadi).
Tinglovchini idrok etish va unga moslashish, empatik tushunish bosqichi, bunda
sub‟ekt boshqa odamning o„y-fikrlari va hissiyotlariga nisbatan aniq xulosalar chiqaradi.
Ushbu holatni vujudga kelishi to„g„risidagi ekspressiv ma‟lumot berish, bunda
sub‟ekt o„zga birovning kechinmalari xususidagi o„z mulohazalarini ifoda etadi.
Empatik kommunikatsiya bosqichi bunda empatik tushunish dialogik
yo„nalishdagi o„zaro muloqot jarayonida shakllanadi va tekshiriladi.
Kichik maktab yoshidagi o„quvchilarning rivojlanishidagi eng muhim
vazifalardan biri bu tengdoshlar guruhi bilan ijtimoiy o„zaro ta‟sir ko„nikmalarini
egallash va do„stlarni orttira olish hisoblanadi. Yangi ijtimoiy vaziyat va yangi xulq-
atvor qoidalari shunga olib keladiki, o„qishning birinchi yilida bolalarning konformlik
darajasi ortadi.
Bu esa yangi guruhga kirishning qonuniyatli natijasi hisoblanadi. Tengdoshlar
bilan muloqot qilish mazkur yoshda muhim rol o„ynaydi. U nafaqat o„z-o„ziga bo„lgan
adekvat bahoni beradi, balki bolalarga yangi sharoitlarga ijtimoiylashuviga yordam
beradi hamda ularnin go„qishini rag„batlantiradi.
Odatda bolalar simpatiyalarga ko„ra, qandaydir qiziqishlarning umumiyligiga
qarab muloqot qila boshlaydilar. Shuningdek, ular yashaydigan turar joy manzili va jins
belgilari ham sezilarli ahamiyatga ega. Kichik maktab yoshidagi bolalarning o„zaro
munosabatlaridagi o„ziga xos xususiyat shuki, ularning do„stligi odatda tashqi hayotiy
shart- sharoitlarga va tasodifiy qiziqishlarning umumiyligiga asoslanadi: masalan, ular
bir parta ortida o„tirishadi, yonma-yon yashashadi, o„qish yoki yozishga qiziqishadi.
Kichik maktab yoshidagi o„quvchilarning ongi shaxsning biron-bir alohida xislatiga
ko„ra do„stlarni tanlay olish darajasiga еtmagan bo„ladi. Biroq, umuman olganda 3-4
sinf bolalari shaxsning, xarakterning u yoki bu xususiyatlarini chuqurroq anglay
boshlaydilar. 3- sinfning o„zidayoq bir zarur bo„lib qolganida, o„quvchilarning 75%
yaqini o„z tanlovini boshqa bolalardagi ma‟lum bir axloqiy xislatlari bilan motivlashadi.
Kichik maktab yoshi – bu bolaning shaxsida yuz beruvchi ijobiy o„zgarishlar va
yangiliklar davridir. Shuning uchun ham, mazkur yosh bosqichida har bir bola
tomonidan amalga oshiriladigan muvaffaqiyatlar darajasi ancha muhim hisoblanadi.
Agarda bola bu davrda yangi qiziqishlarning quvonchini his qilmasa, o„z imkoniyatlari
va qobiliyatlarida o„ziga bo„lgan ishonchga ega bo„la olmasa , u holda keyinchalik buni
o„z tengdoshlari bilan shaxsiy o„zaro munosabatlar tuzilmasidagi o„rinni to„g„rilash ham
qiyin bo„ladi. Bola tomonidan o„zlashtiriladigan va qo„llaniladigan samarali muloqot
Tashkent, Uzbekistan 32 E-mail: carjisor@carjis.org
CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS)
Google Scholar Universal Impact Factor: 7,1 ISSN:2181-2454
www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-1-29-34 VOLUME 2 | ISSUE 1 | 2021

vositalari birinchi navbatda atrofdagi insonlarning unga bo„lgan munosabatini belgilaydi.


Muloqot ijtimoiy munosabatlarning o„ziga xos maktabi bo„lib boradi. Turli-tuman
uslublarini turli xil uslublarini o„rgana boradi.
Har qanday jamoada bo„lgani kabi, o„quvchilar jamoasida ham jamoa a‟zolari
ob‟ektiv ravishda umumiy jamoaviy maqsad, vazifalar, qiziqish va ehtiyojlardan
tashqari mavjud shaxsiy qiziqishlari zamirida jamoada norasmiy munosabatlar tizimini
vujudga keltiradilar. Guruhdagi norasmiy munosabatlar guruh kayfiyatiga o„ta kuchli
ta‟sir ko„rsatuvchi omillardan biridir. Bunday munosabatlarning ta‟sir doirasdan ancha
kengdir, ularning barqarorligi ham odatda yuqori bo„ladi. Shuning uchun o„qituvchi
o„quvchilar jamoasidagi norasmiy munosabatlarni boshqarish muammosiga alohida
e‟tibor bilan yondashishi kerak.
O„quvchilar jamoasidagi norasmiy munosabatlarni boshqarishda o„qituvchining
asosiy vazifasi bu munosabatlarda ahloqiy me‟yorlarning buzilishiga yo„l qo„ymaslikdan
iborat. O„qituvchi o„quvchilar jamoasidagi norasmiy munosabatlarda hech qaysi
o„quvchining huquqlari kamsitilmasligiga, jamoaning boshqa a‟zolari tomonidan qo„pol
hazil nishoniga aylantirilmasligiga e‟tiborli bo„lmog„i kerak.
Jamoadagi, shu jumladan o„quvchilar jamoasidagi shaxslararo munosabatlar
uchun xos bo„lgan ijtimoiy-psixologik hodisalardan biri nizoli vaziyatlardir. Jamoada
turlicha nuqtai – nazarga, ideallarga, ehtiyojlarga ega bo„lgan insonlar bor ekan, bu еrda
nizoli vaziyatlarning vujudga kelishita biiydir. Albatta, o„qituvchi o„quvchilar
jamoasidgi ijobiy ijtimoiy – psixologik muhitni saqlab turish uchun bu еrda yuzaga
keladigan nizoli vaziyatlarni o„z vaqtida bartaraf etishi lozim bo„ladi.

XULOSA
Shunday qilib, empatiya juda murakkab va ko„p qirrali tushuncha bo„lib, juda
chuqur qayg„urishni belgilaydi. Empatiya еtakchi ijtimoiy tuyg„u bo„lib, individning
boshqa odamlar kechinmalariga emotsional javob bera olish qobiliyati sifatida ko„riladi.
U boshqa odamni sub‟ektiv qabul qilish, uning kechinmalarini, xayollari va tuyg„ularini
tushunishni o„zichiga oladi.
Shunga muvofiq, quyidagi xulosalarni keltrib o‟tish maqsadga muvofiq:
-shaxsda empatiyaning namoyon bo‟lishida atrofdagi insonlar jamoasi muhim ro‟l
o‟ynashi mumkin;
-empatiya insonlarning bir-birini tushunishi va qo‟llab-quvvatlashi natijasida
yuzaga kelishi kuzatiladi;

Tashkent, Uzbekistan 33 E-mail: carjisor@carjis.org


CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS)
Google Scholar Universal Impact Factor: 7,1 ISSN:2181-2454
www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-1-29-34 VOLUME 2 | ISSUE 1 | 2021

-kichik maktab yoshidagi o‟quvchilarning ta‟limiy faoliyatlarining negizida


empatiya hissi qaror topishi mumkin;
-kichik maktab yoshidagi o‟quvchilarda jamoa munosabatlarini qaror topishi
ularda empatiyaning kuchayishiga olib kelishi ehtimol.

REFERENCES
1. Мясищев В.Н. Психология отношений: Избр. психол. труды. Воронеж, 2005.
2. Немов Р.С. Психология. В 3-х томах. Т.2. -М.: Гуманит. изд. центр ВЛАДОС.
2000г.
3. Коломинский, Я.Л. Социальная психология школьного класса: научно-метод.
Пособие для педагогов и психологов / Я.Л. Коломинский. - Минск: ООО «ФУА
информ», 2003
4. https://uz.unistica.com/psixologiyada-empatiya-va-uni-qanday-rivojlantirish-
mumkin/
5. https://rf-gk.ru/uz/vidy-empatii-v-psihologii-urovni-empatii/
6. Umarova, N. (2020). The Theoretical And Practical Model Of Making A Person
Socializing Economically. The American Journal of Social Science and Education
Innovations, 2(08), 62-68.
7. Ҳайитов, О., & Умарова, Н. (2001). Ёшларда профессионал ўсишга интилишни
ривожлантиришнинг назарий-амалий асослари (шажаралар негизи
мисолида). Т.:“TURОN-IQBOL, 187.

Tashkent, Uzbekistan 34 E-mail: carjisor@carjis.org

You might also like