You are on page 1of 210

“O‘ZBEK TILI VA ADABIYOT O‘QITISH METODIKASI” FANIDAN

O‘QUV-USLUBIY MAJMUA
(O‘zbek tili o‘qitish metodikasi qismi bo‘yicha)

TOSHKENT - 2016
Mazkur o‘quv-uslubiy majmua Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining
2016-yil 29-avgustdagi 1-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan o‘quv reja va dastur
asosida tayyorlandi.

Tuzuvchi: T.Yusupova,
Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘AU
“O‘zbek tili o‘qitish metodikasi” kafedrasi
dotsenti, pedagogika fanlari nomzodi.

Taqrizchilar: S.Adilova,
Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘AU
“O‘zbek tili o‘qitish metodikasi” kafedrasi
dotsenti, filologiya fanlari nomzodi.

G.Muxamedjanova,
ТSHХТХQТМОI
“Til va adabiyot” kafedrasi dotsenti,
pedagogika fanlari nomzodi.

O‘quv-uslubiy majmua Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili


va adabiyoti universiteti kengashining 2016 yil ___________ dagi _____ - sonly
qarori bilan tasdiqqa tavsiya qilingan.
MUNDARIJA
KIRISH . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .4
I.SILLABUS . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 7
II.1.O‘QUV REJA . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 17
II.2.O‘QUV DASTURI . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .18
II.3.ISHCHI DASTUR . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .40
III.Modulni o‘qitishda foydalaniladigan interfaol usullar . . . . . . . . . . .. . . . . 70
IV.MA’RUZA MATERIALLARI . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .73
1-ma’ruza. Ona tili ta’limi jarayonini tashkil etishning huquqiy-me’yoriy asoslari.
Ona tili o‘qitish metodikasining umumiy masalalari . . . . . . . . . . . . .73
2-ma’ruza. O‘zbеk tili o‘qitish mе-todikasining tarixiy shakllanishi, boshqa fanlar
(falsafa, tilshu-noslik siklidagi fanlar, pеda-gogika, psixologiya,
adabiyot, mantiq va b.) bilan aloqadorligi. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .81
3-ma’ruza. O‘zbеk tili o‘qituvchisiga qo‘-yiladigan talablar. O‘zbеk tili o‘qitishga
doir yondashuv va tamoyillar. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 91
4-ma’ruza. O‘zbеk tili o‘qitish mеtodlari. An’anaviy va noan’anaviy usullar . 106
5-ma’ruza. O‘zbеk tilidan dars tiplari ustida ishlash metodikasi . . . . . . . . . . . . 114
6-ma’ruza. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari ona tili bo‘yicha DTS, dastur va
darsliklarning tarkibi va mazmuni . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 126
7-ma’ruza. Akademik litsey “Hozirgi o‘z-bek adabiy tili” va kasb-hunar kollejlari
ona tili bo‘yicha DTS, dastur va darsliklarning tarkibi va
mazmuni. . . . . . . . . . .132
8-ma’ruza. O‘zbеk tilidan izchil kursni o‘rganish metodikasi: fonetika, grafika,
leksikologiya, so‘z tarkibi va so‘z yasalishi bo‘limlarini o‘rganishning
o‘ziga xos xususiyatlari . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 146
9-ma’ruza. Grammatika (morfologiya va sintaksis), tinish belgilari va nutq
uslublari bo‘limlarini o‘qitish mеtodikasi . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 158
10-ma’ruza. Til sathlarini o‘rganishda o‘quvchilarning og‘zaki, yozma va
bog‘lanishli nutqini o‘sti-rishning o‘ziga xos xusu-siyatlari . . . . . . 172
11-ma’ruza. Darsdan tashqari ishlarni tashkil qilish metodikasi. Ona tili o‘quv
xonasini jihozlash . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 197
V.AMALIY MASHG‘ULOT MATERIALLARI . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .
1-amaliy mashg‘ulot. Ona tiliga oid umumiy o‘rta ta’lim maktablari DTS, dastur,
darslik, o‘quv-metodik qo‘llanmalarning o‘ziga xos xususiyatlari,
ularning tuzilishi, mazmuni, amaliyotda ulardan foydalanish. . . . .211
2-amaliy mashg‘ulot. Ona tiliga oid umumiy o‘rta ta’lim maktablari DTS, dastur,
darslik, o‘quv-metodik qo‘llanmalarning o‘ziga xos xususiyatlari,
ularning tuzilishi, mazmuni, amaliyotda ulardan foydalanish. . . . 211
3-amaliy mashg‘ulot. Ona tiliga oid umumiy o‘rta ta’lim maktablari DTS, dastur,
darslik, o‘quv-metodik qo‘llanmalarning o‘ziga xos xususiyatlari,
ularning tuzilishi, mazmuni, amaliyotda ulardan foydalanish . . . . 211
4-amaliy mashg‘ulot. An’anaviy va noan’anaviy usullarda dars ishlanmasini
tayyorlash ustida ishlash. Dars kuzatish va tahlil qilish. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 211
5-amaliy mashg‘ulot. Ona tilidan ko‘rgazmali qurol va ularga qo‘yiladigan
zamonaviy-didaktik talablar . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .211
6-amaliy mashg‘ulot. Ona tilidan fonetika, grafika, orfoepiya va orfografiya bo‘-
limlari ustida ishlash . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .214
7-amaliy mashg‘ulot. Ona tilidan leksikologiya, frazeologiya va leksikografiya
bo‘limlari ustida ishlash . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .214
8-amaliy mashg‘ulot. Ona tilidan so‘z tarkibi va so‘z yasalishi bo‘limlari ustida
ishlash . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 216
9-amaliy mashg‘ulot. Grammatika (morfologiya va sintaksis), bo‘limlari ustida
ishlash . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .
10-amaliy mashg‘ulot. Nutq uslublari bo‘limi mate-riallari ustida ishlash . . . . . .
11-amaliy mashg‘ulot. Ona tilidan yozma ishlarni o‘tkazish va tahlil qilish.
O‘quv-chilarning og‘zaki, yozma va bog‘lanishli nutqini o‘stirish
ustida ishlash . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .
VI.LABORATORIYAMASHG‘ULOTI MATERIALLARI . . . . . . . . . . . . . . . .
1-laboratoriya mashg‘uloti. Ona tili ta’limi jarayonini tashkil etishning huquqiy-
me’yoriy asoslari. Ona tili o‘qitish metodikasining umumiy masalalari
“Ona tili o‘qitish metodikasi” fanining mutaxassis tayyorlashdagi
o‘rni, tuzilishi, mazmun va mundarijasi.. . . . . . . . . . . .
2-laboratoriya mashg‘uloti. O‘zbеk tili o‘qitish mеtodikasining tarixiy
shakllanishi, taraqqiyot bosqichlari. Ona tilidan o‘quv jarayonini
tashkil etish va o‘quv materiallarini rejalashtirish, reja-konspekt
tayyorlash . . . . . . . . . . . . .
3-laboratoriya mashg‘uloti. Dars ishlanmalari, ularning mohiyati, shakl va
ko‘rinishlari. Dars kuzatish va tahlil qilish. Darsning reja-konspekti.
Ona tilining “Muaddima” va “Izchil kurs”ga ajratilish sabablari. . . . . .
4-laboratoriya mashg‘uloti. Ona tilidan bir soatlik namunaviy dars ishlanmasi
tayyorlash va dars o‘tish (Fonetika va leksikologiya bo‘limlari
bo‘yicha) . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .
5-laboratoriya mashg‘uloti. Ona tilidan bir soatlik namunaviy dars ishlanmasi
tayyorlash va dars o‘tish (Morfemika va so‘z yasalishi bo‘limlari
bo‘yicha). . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .
6-laboratoriya mashg‘uloti. Ona tilidan grammatika (morfologiya va sintaksis)
va punktuatsiya bo‘limlari bo‘yicha darsning reja-konspekti
tayyorlash . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .
..........
7-laboratoriya mashg‘uloti. Ona tilidan yozma ishlarni o‘tkazish va tahlil qilish.
O‘quvchilarning og‘zaki, yozma va bog‘lanishli nutqini o‘stirish
ustida ishlash. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .
8-laboratoriya mashg‘uloti. Ona tili ta’limida o‘quvchilar bilimini nazorat qilish
va baholash. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .
9-laboratoriya mashg‘uloti. Ona tili darslarida qo‘llani-ladigan ko‘rgazmali
qurollar va tarqatma materiallarning shakli va mazmuni ustida
ishlash . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .
......
10- laboratoriya mashg‘uloti. Ona tili darslarida qo‘shimcha ilmiy-metodik
materiallardan, texnik vositalardan foydalanish (slayd taqdimoti) . . . .
11-laboratoriya mashg‘uloti.Ona tili bo‘yicha sinfdan tash-qari ishlar. Ona tili
xonasini jihozlash, o‘quv-metodik majmua bilan ta’minlash.
KIRISH
Mazkur o‘quv-uslubiy majmua “O‘zbek tili va adabiyot o‘qitish metodikasi”
(O‘zbek tili o‘qitish metodikasi qismi bo‘yicha) fanidan 5 111 200 – O‘zbеk tili va
adabiyoti tа’lim yo‘nalishi uchun mo‘ljallangan bo‘lib, O‘zbek tili va adabiyoti
fakultetining “O‘zbek tilini o‘qitish metodikasi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari
tomonidan ishlab chiqlgan. “O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish metodikasi”
(O‘zbek tilini o‘qitish metodikasi) fani o‘quv-uslubiy majmuasini yaratishda
yetakchi xorijiy OTMlari o‘quv dasturlariga asosiy adabiyotlar ro‘yxatiga
kiritilgan Jim Burke. The English Teacher’s Companion. Heinemann; 4 edition
(November 1, 2012). 392p. Doug Lemov. Teach Like a Champion. Jossey-Bass; 1
edition (April 6, 2010) 332p. adabiyotlaridan foydalanildi.
“O‘zbek tili va adabiyot o‘qitish metodikasi” (O‘zbek tili o‘qitish metodikasi qismi
bo‘yicha) fani 5 111 200 – “O‘zbеk tili va adabiyoti” tа’lim yo‘nalishi o‘quv
rejasiga asosan 6-semestrda mos ravishda 68 auditoriya soatlarida o‘qitiladi. Unda
o‘zbek tili ta’limi jarayonini tashkil etishning huquqiy-me’yoriy asoslari, o‘zbek
tili o‘qitish metodikasining umumiy masalalari, o‘zbеk tili o‘qitish mеtodikasining
tarixiy shakllanishi, taraqqiyot bosqichlari, o‘zbеk tili o‘qitishga doir yondashuv va
tamoyillar, o‘zbеk tili o‘qituvchisiga qo‘yiladigan talablar ta’lim usuli, o‘qitish
metodlari, o‘zbek tili ta’limida qo‘llaniladigan ilg‘or pedagogik texnologiyalar,
ta’lim vositalari, o‘zbek tilidan mashg‘ulot turlari, o‘zbek tili sathlarini: fonetika,
grafika, orfoepiya, orfografiya, leksikologiya, frazeologiya, leksikografiya, so‘z
tarkibi va so‘z yasalishi, grammatika (morfologiya va sintaksis), tinish belgilari va
nutq uslublari bo‘limlarini, til sathlarini o‘rganishda o‘quvchilarning og‘zaki,
yozma va bog‘lanishli nutqini o‘stirishning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘qitish, fan
bo‘yicha darsdan tashqari ishlarni tashkil qilish metodikasi va ona tili o‘quv
xonasini jihozlash masalalari haqida umumiy ma’lumotlar keltirilgan.
“O‘zbek tili o‘qitish metodikasi” fanini o‘zlashtirish jarayonida bakalavr
o‘zbek tili va adabiyot o‘qitish metod va usullarini qo‘llay olish, an’anaviy va
noan’anaviy metodlar, ilg‘or pedagogik texnologiyalarni tanlay olishi va o‘z
o‘rnida ijodiy qo‘llay olishi, faktlarni tahlil qilishi, umumlashtirish va shu asosda
xulosa chiqara olish; ta’lim bosqichlarida o‘zbek tili va adabiyotni o‘qitishning
mazmuni, bu fanlarni o‘qitishda uning bo‘limlariga xos xususiyatlarini yaxshi
bilish; mazkur o‘quv predmetining nazariy asoslarini bilishi; til hodisalarini hamda
badiiy asarni tur va janr xususiyatiga ko‘ra tahlil qila olishi; o‘quvchilarning
og‘zaki va yozma nutq malakalarini o‘stirishning shakl va usullarini; dars
jarayoniga qo‘shimcha adabiyotlarni, yangi axborot hamda turli texnologiyalarni
jalb qila bilishi; innovatsion o‘quv-biluv faoliyati, maxsus kurslar, malakaviy
amaliyotlarni tashkil etish va reja-lashtirish; ona tili va adabiyot o‘qitishda
an’anaviy va noan’anaviy dars shakllarini qo‘llash, o‘quvchilar o‘quv-biluv
faoliyatini faollashtirishga qaratilgan dars usulla-ridan foydalanish; ona tili va
adabiyot fanlarini kasbga yo‘naltirib o‘qitishni loyihalashtirish; innovatsion
pedagogik muhitni tashkil etish vositalari bilan ishlash; fan dasturi, ishchi dasturi
asosida taqvimiy-mavzuiy rejani tayyorlash, darsliklar ustida ishlash; talaba
ta’limning turli bosqichlarida mazkur fan yuzasidan namunali dars o‘tish, turli
tadbirlarni o‘tkaza olish, zamon talabidagi darslarni tashkil qila olish malakalariga
ega bo‘lishlari; darsdan tashqari mashg‘ulotlarni ham aniq va maqsadli tashkil eta
olish ko‘nikmalariga ega bo‘ladi.
Ushbu o‘quv-uslubiy majmua beshta qismdan iborat bo‘lib, ular sillabus,
ishchi o‘quv reja, namunaviy va ishchi dastur, modulni o‘qitishda foydalanilgan
interfaol ta’lim metodlari, ma’ruza materiallari (ma’ruza matni, adabiyotlar
ro‘yxati, glossariy, keyslar banki, nazorat savollari, test savollari), amaliy
mashg‘ulotlar materiallari (amaliy topshiriqlar, namuna, adabiyotlar ro‘yxati,
tarqatma materiallar, keyslar banki, test savollari) va laboratoriya mashg‘ulotlari
materiallari (mustaqil ishlar, namuna, adabiyotlar ro‘yxati, tarqatma materiallar,
keyslar banki, test savollari) dan tashkil topgan.
“O‘zbek tili va adabiyot o‘qitish metodikasi (o‘zbek tilini o‘qitish
metodikasi)” fanining SILLABUSI
(2016-2017 o‘quv yili uchun)

Kafedra mudiri “O‘zbek tili va adabiyot o‘qitish metodikasi (o‘zbek


tilini o‘qitish metodikasi)”
O‘qituvch haqida Yusupova Tursunoy tursunoy05@mail.ru
ma’lumot Axmedovna
Semestr va o‘quv 1 semestr
kursining davomiyligi
Jami 108
O‘quv soatlarining Shuningdek:
hajmi Ma’ruza 22
Amaliy mashg‘ulot 24
Seminar mashg‘uloti 22
Mustaqil ta’lim 40
Yo‘nalish nomi va 5 111 200
shifri
Kursning predmeti va mazmuni: Prezident I.A.Karimovning “Yuksak
ma’naviyat – yengilmas kuch” va “Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi
yo‘lida xizmat qilish – eng oily saodatdir” asarlari, Kadrlar tayyorlash milliy das-
turidan kelib chiqqan holda talabalarga zamon talablariga mos ravishda o‘qitish-
ning eng qulay va zamonaviy mеtodlari to‘g‘risida bilim berish, bo‘lg‘usi filolog-
larga kasbiy faoliyatiga doir dastlabki bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllan-
tirish, ularga qo‘yiladigan kasbiy talablar asosida mazkur fanni zamon talablari da-
rajasida o‘qitishning samarali metodlari, shakl va usullari haqidagi nazariy bilim-
larni o‘zlashtirishini ta’minlash masalalari dolzarb vazifalardan bo‘lib qolmoqda.
Davlatimiz rahbarining 2016 yil 13 maydagi “Alisher Navoiy nomidagi Toshkent
davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetini tashkil to‘g‘risida”gi farmoni esa ush-
bu soha vakillari oldiga “zamonaviy ta’lim texnologiyalarini chuqur o‘zlashtirgan,
davr talablariga javob beradigan yuksak malakalai ilmiy va pedagog kadrlarni tay-
yorlash, umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida o‘zbek
tili va adabiyot fanini o‘qitishning yangi va samarali metodlari bo‘yicha ilmiy izla-
nishlar olib borish, ilg‘or pedagogik texnologiyalarlarni keng joriy etish” borasida
yanada ulkan vazifalarni qo‘ydi. Dasturda “O‘zbek tili va adabiyot o‘qitish mеtodi-
kasi” fani bo‘yicha ta’lim bosqichlarida olib boriladigan dars turlari, uni o‘qitish-
ning turli zamonaviy mеtod va usullaridan foydalanish jarayoni, o‘quvchilarni ona
tilidan va adabiyotdan bilim va malaka berish yo‘llari haqida ma’lumot beriladi.
Kursni o‘qitishning maqsad va vazifalari: “O‘zbek tili va adabiyot
o‘qitish metodikasi” fanini o‘qitishdan maqsad – talabalarga o‘qitishning eng
qulay va zamonaviy mеtodlarini ta’limning turli bosqichlarida qo‘llay olishni
o‘rgatish, bo‘lajak o‘qituvchilarning o‘qitish faoliyatiga doir dastlabki bilim,
ko‘nikma va malakalarni shakllantirish; o‘qituvchi shaxsiga qo‘yiladigan kasbiy
talablar asosida o‘zbek tili va adabiyot fanini zamon talablari darajasida
o‘qitishning samarali metodlari, shakl va usullari haqidagi nazariy bilimlarni
o‘zlashtirishini ta’minlash hamda ularni amaliyotga tatbiq qilishning pedagogik-
metodik imkoniyatlarini ko‘rsatishdan iborat.
Fanning vazifalari:
– talabalarni o‘zbek tili va adabiyotni o‘qitish metodikasi fanining ilg‘or
yutuqlaridan xabardor qilish;
– talabalarga “О‘zbek tili” va “Adabiyot” o‘quv dasturi hamda darsliklarining
tuzilishi va mazmuni haqida ma’lumot berish;
– mustaqillik yillarida umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar
kollejlarida o‘qitiladigan ona tili va adabiy ta’limning mazmun-mohiyatini hamda
o‘qitish usullarini yangilash bilan bog‘liq masalalalar yuzasidan talabalarni
xabardor qilish;
– talabalarni ona tili va adabiy ta’limni o‘quvchining mustaqil ijodiy fikrlash,
fikr mahsulini og‘zaki hamda yozma shakllarda to‘g‘ri va ravon ifodalay olish
ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratish mumkin bo‘lgan imkoniyatlari bilan
tanishtirish;
– o‘quvchini dars jarayonining subyektiga aylantiradigan eng qulay va
samarali yo‘llaridan foydalanishga o‘rgatish;
– talabalarni ona tili va adabiyotdan o‘quvchilarga beriladigan bilim, ko‘nikma
va malakalar majmuasi bilan tanishtirish, egallangan BKMlarning natijasini
baholash yo‘llarini o‘rgatish, sinfdan tashqari mashg‘ulotlarni tashkil etishning
nazariy-mеtodik asoslarini singdirish;
– adabiy asarlarni o‘qitish orqali o‘quvchilarning badiiy – estetik didi,
mustaqil ijodiy fikrlash qobiliyati, kitobxonlik madaniyatini, shuningdek, ularda
kasbiy-pеdagogik hamda mеtodik ko‘nikma va malakalarni shakllantirish, mustaqil
ijodiy fikrlash qobiliyati, o‘qituvchilik kasbiy madaniyatini kamol toptirishga
o‘rgatishdan iborat.
Kursning tarkibi va mazmuni
t/r Mavzular Ma’ruza Amaliy Seminar Mustaqil
mashg‘u- mashg‘u- ta’lim
lot loti
1 Ona tili ta’limi jarayonini 2
tashkil etishning huquqiy-
me’yoriy asoslari. Ona tili
o‘qitish metodikasining umu-
miy masalalari
2 O‘zbеk tili o‘qitish mеtodi- 2
kasining tarixiy shakllanishi
boshqa fanlar (falsafa, tilshu-
noslik siklidagi fanlar, pеda-
gogika, psixologiya, adabi-
yot, mantiq va b.) bilan
aloqadorligi
3 O‘zbеk tili o‘qituvchisiga 2
qo‘yiladigan talablar. O‘zbеk
tili o‘qitishga doir yondashuv
va tamoyillar
taraqqiyot bosqichlari.O‘zbеk
tili o‘qitishga doir yondashuv
va tamoyillar (umumdidaktik
va o‘ziga xos omillari).
O‘zbеk tili o‘qi-tuvchisiga
qo‘yiladigan talablar.
4 O‘zbеk tili o‘qitish mеtod- 2
lari. An’anaviy va noan’a-
naviy usullari
5 O‘zbеk tilidan dars tiplari 2
ustida ishlash metodikasi Ona
tilidan noan’anaviy dars
shakllari.
6 Umumiy o‘rta ta’lim mak- 2
tablari ona tili bo‘yicha DTS,
dastur va darsliklarning
tarkibi va mazmuni
7 Akademik litsey “Hozirgi 2
o‘zbek adabiy tili” va kasb-
hunar kollejlari ona tili
bo‘yicha DTS, dastur va
darsliklarning tarkibi va
mazmuni
8 O‘zbеk tilidan izchil kursni 2
o‘rganish metodikasi: fone-
tika, grafika, leksikologiya,
so‘z tarkibi va so‘z yasalishi
bo‘limlarini o‘rganishning
o‘ziga xos xususiyatlari
9 Grammatika (morfologiya va 2
sintaksis), tinish belgilari va
nutq uslublari bo‘limlarini
o‘qitish mеtodikasi
10 Til sathlarini o‘rganishda 2
o‘quvchilarning og‘zaki, yoz-
ma va bog‘lanishli nutqini
o‘stirishning o‘ziga xos xusu-
siyatlari
11 Darsdan tashqari ishlarni tash- 2
kil qilish metodikasi. Ona tili
o‘quv xonasini jihozlash
12 Ona tiliga oid umumiy o‘rta 2
ta’lim maktablari DTS,
dastur, darslik, o‘quv-
metodik qo‘llanmalarning
o‘ziga xos xususiyatlari,
ularning tuzilishi, mazmuni,
amaliyotda ulardan
foydalanish
13 Ona tiliga oid umumiy o‘rta 2 2
ta’lim maktablari DTS, das-
tur, darslik, o‘quv-metodik
qo‘llanmalarning o‘ziga xos
xususiyatlari, ularning tuzi-
lishi, mazmuni, amaliyotda
ulardan foydalanish
14 Ona tiliga oid umumiy o‘rta 2 2
ta’lim maktablari DTS, das-
tur, darslik, o‘quv-metodik
qo‘llanmalarning o‘ziga xos
xususiyatlari, ularning tuzi-
lishi, mazmuni, amaliyotda
ulardan foydalanish
15 An’anaviy va noan’anaviy 2 2
usullarda dars ishlanmasini
tayyorlash ustida ishlash.
Dars kuzatish va tahlil qilish
16 Ona tilidan ko‘rgazmali qurol 2 2
va ularga qo‘yiladigan
zamonaviy-didaktik talablar
17 Ona tilidan fonetika, grafika, 2 2
orfoepiya va orfografiya bo‘-
limlari ustida ishlash
18 Ona tilidan leksikologiya, 2 2
frazeologiya va leksiko-
grafiya bo‘limlari ustida
ishlash
19 Ona tilidan so‘z tarkibi va 2 2
so‘z yasalishi bo‘limlari
ustida ishlash
20 Grammatika (morfologiya va 2 2
sintaksis), bo‘limlari ustida
ishlash
21 Nutq uslublari bo‘limi mate- 2 4
riallari ustida ishlash
22 Ona tilidan yozma ishlarni 2 4
o‘tkazish va tahlil qilish.
O‘quvchilarning og‘zaki,
yozma va bog‘lanishli nutqini
o‘stirish ustida ishlash.
23 Ona tili ta’limi jarayonini 2 2
tashkil etishning huquqiy-
me’yoriy asoslari. Ona tili
o‘qitish metodikasining umu-
miy masalalari. “Ona tili
o‘qitish metodikasi” fanining
mutaxassis tayyorlashdagi
o‘rni, tuzilishi, mazmun va
mundarijasi
24 O‘zbеk tili o‘qitish mеtodi- 2 2
kasining tarixiy shakllanishi,
taraqqiyot bosqichlari. Ona
tilidan o‘quv jarayonini tash-
kil etish va o‘quv mate-
riallarini rejalashtirish, reja-
konspekt tayyorlash
25 Dars ishlanmalari, ularning 2 2
mohiyati, shakl va ko‘ri-
nishlari. Dars kuzatish va
tahlil qilish. Darsning reja-
konspekti. Ona tilining
“Muqaddima” va “Izchil
kurs”ga ajratilish sabablari
26 Ona tilidan bir soatlik na- 2 2
munaviy dars ishlanmasi tay-
yorlash va dars o‘tish (Fo-
netika va leksikologiya bo‘-
limlari bo‘yicha) Ona tili-dan
bir soatlik namunaviy dars
ishlanmasi tayyorlash va dars
o‘tish (Morfemika va so‘z
yasalishi bo‘limlari bo‘yicha)
27 Ona tilidan grammatika (mor- 2 2
fologiya va sintaksis) va
punktuatsiya bo‘limlari bo‘yi-
cha darsning reja-konspekti
tayyorlash
28 Ona tilidan yozma ishlarni 2 4
o‘tkazish va tahlil qilish.
O‘quvchilarning og‘zaki,
yozma va bog‘lanishli nut-
qini o‘stirish ustida ishlash.
29 Ona tili ta’limida o‘quvchilar 2 2
bilimini nazorat qilish va
baholash.
30 Ona tili darslarida qo‘lla- 2 2
niladigan ko‘rgazmali qurol-
lar va tarqatma material-
larning shakli va mazmuni
ustida ishlash
31 Ona tili darslarida qo‘shim- 2 2
cha ilmiy-metodik material-
lardan, texnik vositalardan
foydalanish (slayd taqdimoti)
32 Ona tili bo‘yicha sinfdan 2 2
tashqari ishlar. Ona tili
xonasini jihozlash, o‘quv-
metodik majmua bilan
ta’minlash.
JAMI: 22 22 22 40
1-mavzu. Ona tili ta’limi jarayonini tashkil etishning huquqiy-me’yoriy
asoslari. Ona tili o‘qitish metodikasining umumiy masalalari
O‘zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi, “Ta’lim
to‘g‘risida”gi, “Davlat tili haqida”gi, “Lotin alifbosiga asoslangan o‘zbek
alifbosini joriy etish to‘g‘risida”giqonunlari o‘zbek tilini o‘qitishda huquqiy-
meyoriy asos ekanligi. O‘zbekiston Respublikasi Prezdentining 2016 yil 13
maydagi “PF-4947-sonli farmoninng mazmun-mohiyati va uning ona tili ta’limi
oldiga qo‘ygan vazifalari xususida. “O‘zbek tili o‘qitish metodikasi” fanining
maqsad va vazifalari. “O‘zbek tili o‘qitish metodikasi” fanining ilmiy-tadqiqot
metodlari.
2-mavzu. O‘zbеk tili o‘qitish mе-todikasining tarixiy shakllanishi, bosha
fanlar bilan aloadorligi
O‘zbеk (ona) tili o‘qitish mеtodikasi fanining tarixiy shakllanishi, taraqqiyot
bosqichlari haqida ma’lumot. XI asrdan XIX asrning 2-yarmigacha bo‘lgan
davrda yashagan allomalarning til va nutq haqidagi fikrlari; imlo va yozuv,
alifbo sohasidagi tub o‘zgarishlar. O‘TDA yig‘inlari materiallari ustida ishlash.
XX asrning ona tilini o‘qitishda alohida o‘rin tutganligi va bu davrning
quyidagi kichik davrlarga bo‘linishi: 1)1910-1930-yillar; )1930-1960-yillar;
3)1960-1970-yillar; 4) 1970-1990-yillar; 5)1990dan ho-zirgi davrgacha haqida.
3-mavzu. O‘zbek tili o‘qituvchisiga qo‘yiladigan talablar. O‘zbek tili
o‘qitishga doir yondashuv va tamoyillar.
O‘zbek tilini o‘qitishga doir yondashuv va tamoyillar haqida ma’lumot. Ta’lim
jarayonida o‘quvchi-o‘qituvchi munosabatlari. Davlat me’yoriy hujjatlarida
o‘zbek tili o‘qituvchisi oldiga qo‘yilgan talablar va uning pеdagogik mahorati.
4-mavzu. O‘zbеk tili o‘qitish mеtodlari. An’anaviy va noan’anaviy
usullar. O‘zbеk tili ta’lim mеtodla-rining mazmun-mohiyatini tushun-tirish,
ularni tasnif qilish prinsip-larini izohlash; o‘qituvshi faoliyati bilan bog‘liq
metodlarga va o‘quvchi faoliyati bilan bog‘liq metodlarga ta’rif berish, ularning
farqini tushuntirish; o‘zbеk tili ta’limidagi zamonaviy va interfaol usullar,
an’anaviy va noan’anaviy usullarning farqi haqida ma’lumot berish.
5-mavzu. O‘zbеk tilidan dars tiplari ustida ishlash metodikasi.
Talabalarni umumta’lim mak-tablariga oid oq‘uv-mе'yoriy huj-jatlar bilan
tanishtirish; talabalarda ulardan foydalanishga oid ko‘nik-ma va malakalarni
shakllantirish. O‘zbek (ona) tili darslarining maqsad va tuzilishiga ko‘ra tasnifi:
a) Ta’limiy darslar; b) Nazorat darslari. Ta’limiy darslarning tasnifi: a) Yangi
bilim berish darsi; b) Ko‘nikma va malakalarni shakllantirish darslari; d)
O‘rganganlarni takrorlash darslari; e) Xatolar ustida ishlash darslari. 3. Nazorat
darslarining tasnifi: a) Til hodisalarining o‘zlashtirilganlik darajasi ustidan
nazorat; b) O‘quvchilarning imloviy va punktuatsion savodxonligi ustidan
nazorat; d) Nutqiy malakalarning egallanganlik darajasi ustidan nazorat.
6-mavzu. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari ona tili bo‘yicha DTS, dastur va
darsliklarning tarkibi va mazmuni.
Talabalarni umumiy o‘rta ta’lim maktablariga oid oq‘uv-mе’yoriy hujjatlar
bilan tanishtirish; talabalarda ulardan foydalanishga oid ko‘nikma va
malakalarni shakllantirish.
7-mavzu. Akademik litsey “Hozirgi o‘z-bek adabiy tili” va kasb-hunar
kollejlari ona tili bo‘yicha DTS, dastur va darsliklarning tarkibi va
mazmuni.
O‘quv-me’yoriy hujjatlarga doir termin-tushun-chalarning ilmiy-metodik
talqini. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari “Ona tili”, akademik litsey “Hozirgi
o‘zbek adabiy tili” va kasb-hunar kollejlari ona tili bo‘yicha DTS, dastur va
darsliklarning tarkibi va mazmuni; Ta’lim bosqichlarida qo‘llaniladigan o‘quv
va uslu-biy qo‘llanmalarining tuzilishi va mazmuni; Ona tili darslarida faol
qo‘llani-ladigan lug‘atlar va ularning turlari; Qomuslardan ona tili ta’limida
foydalanish; Axborot-komputer vositalaridan ona tili darslarida foydalanish.
8-mavzu. O‘zbеk tilidan izchil kursni o‘rganish metodikasi: fonetika,
grafika, leksikologiya, so‘z tarkibi va so‘z yasalishi bo‘limlarini
o‘rganishning o‘ziga xos xususiyatlari Ona tili sathlarini o‘qitish
metodikasi. “Fonetika” bo‘limini o‘qitish metodikasi.
Ona tili darslarida til sathlarini “Muqaddima” va “Izchil kurs”ga ajratib
o‘rganishning ahamiyati. “Fonetika” bo‘limini o‘qitish metodikasi. Bu bo‘limni
o‘qitishda grafika, orfoepiya va orfografiya bo‘limlari bilan bog‘liqni hisobga
olish zarurligi.
9-mavzu. Grammatika (morfologiya va sintaksis), tinish belgilari va nutq
uslublari bo‘limlarini o‘qitish metodikasi.
Grammatika (morfologiya va sintaksis) bo‘limini o‘qitish metodikasi.
Morfologiya va sintaksis bo‘limlarini o‘zaro aloqadorlikda o‘rganishning
metodik asoslari. Tinish belgilari (punktuatsiya) bo‘limini o‘qitish masalasi.
Nutq uslublari bo‘limini o‘qitish metodikasi.
10-mavzu. Til sathlarini o‘rganishda o‘quvchilarning og‘zaki, yozma va
bog‘lanishli nutqini o‘stirishning o‘ziga xos xususiyatlari.
Til sathlarining o‘qitilishida o‘quvchi nutqini o‘stirish masalasining e’tiborga
olinishi. DTS, dastur va darsliklarda o‘quvchilarning og‘zaki, yozma va
bog‘lanishli nutqini o‘stirishning o‘ziga xos xususiyatlari.
11-mavzu. Darsdan tashqari ishlarni tashkil qilish metodikasi. Ona tili
o‘quv xonasini jihozlash.
Ona tilidan iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash. Ona tili to‘garagi. Ona tilidan
ta’limiy-tarbiyaviy ishlar (savol-javob kechasi, badiiy kecha, munoza, konfe-
rentsiya, uchrashuv va boshqalar) o’tkazish metodikasi. Bu fandan olimpiada va
ularni o‘tkazish metodikasi. Ona tili xonasini jihozlash, o‘quv-metodik majmua
bilan ta’minlash. Bu fan o‘qituvchisining o‘z ustida ishlashi. Ona tili
olimpiadasi va uni o‘tkazish usuli.
Mustaqil ta’lim “O‘na tili va adabiyot o‘qitish metodikasi
(o‘zbek tilini o‘qitish metodikasi qismi)” fanini o‘r-
ganuvchi talabalar auditoriyada olgan nazariy
bilimlarini mustahkamlash va fanga doir masalalarni
yechishda ko‘nikma hosil qilish uchun mustaqil
ta’lim tizimiga asoslanib, kafedra o‘qituvchilari
rahbarligida mustaqil ish bajaradilar. Bunda ular
qo’shimcha adabiyotlarni o’rganib hamda Internet
saytlaridan foydalanib referatlar va ilmiy dokladlar
tayyorlaydilar, amaliy va seminar mashg‘ulotlari
mavzusiga doir uy vazifalarini bajaradilar,
ko’rgazmali qurollar va slaydlar tayyorlaydilar.
Talaba mustaqil ishni tayyorlashda fan xusu-
siyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllar-
dan foydalanish tavsiya etiladi:
 amaliy mashg‘ulotlarga tayyorgarlik;
 lboratoriya mashg‘ulotlarga tayyorgarlik;
 darslik va o‘quv qo‘llanmalar bo‘yicha fan
boblari va mavzularini o‘rganish;
 tarqatma materiallar bo‘yicha ma’ruza
qismini o‘zlashtirish;
 maxsus adabiyotlar bo‘yicha fan bo‘limlari
yoki mavzulari ustida ishlash.

t/r Nаzоrаt turi Nаzоrаt Hаr bir nаzоrаt Nаzоrаt Nаzоrаt shаkllаri
shаkllаri uchun bеlgilаn- sоni bo‘yichа bеlgilаn-
gаn mаksimаl bаll gаn mаksimаl bаll
1 Jоriy nаzоrаt Оg‘zаki 10 4 40

Jami: 40
II Oraliq nаzоrаt Yozma ish 30 1 30
Jami: 30
III Yakuniy nazorat Test. 30 1 30
Yakuniy nazo-
rat shakli fakul-
tet kengashi bi-
lan kelishib,
14ector
buyrug’i bilan
tasdiq-lanadi
Jami: 30
6 100
Axborot-resurs bazasi
Asosiy Asosiy adabiyotlar:
adabi- 1. Karimov I.A. “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch”. –
yotlar T.: 2008. 176 bet.
2. O‘zbekitson Respublikasining“Ta’lim To‘g‘risida”gi
Qonuni va “Kadrlar Tayyorlash Milliy Dasturi”. – T.: 2007.
3. Kompetensiyaga yo‘naltirilgan Davlat ta’lim standarti va
o‘quv dasturi: Ona tili, adabiyot, o‘zbek tili (5-9 sinflar). – Toshkent.
2016.
4. To‘xliyеv B., Shamsiyеva M., Ziyodova T. O‘zbеk tili
o‘qitish mеtodikasi. – T.: O‘zbekiston Milliy kutubxonasi. 2010.
5. G‘ulomov A., Qodirov M. Ona tili o‘qitish mе-todikasi.
– T: “Fan va texnologiyalar”, 2012. 379 bet.
6. To‘xliyev B., Inog‘omova R., Tilavova G. So‘z
turkumlari va nutq o‘stirish metodikasi. – T.: “Bayoz” nashriyoti,
2011. 101 bet.
7. Akademik litseylarning aniq fanlar yo‘nalishi-dagi
tarmoq ta’lim standarti va chuqurlashtirilgan fanlar o‘quv dasturlari...
Ona tili va adabiyoti /Mualliflar: Nur-monov A., Mahmudov N.,
Sobirov A., Qosimova N., Yu-supova Sh.. – T.: O‘qituvchi, 2005.
8. Yusupova Sh., G‘oziyeva O. Ona tili o‘qitishda interfaol
usullar va komyuter dasturi. – T.: “Bayoz” nashriyoti, 2013. 134 bet.
9. Jim Burke. The English Teacher’s Compa-
nion. Heinemann; 4 edition (November 1, 2012). 392p.
10. Doug Lemov. Teach Like a Champion. Jossey-Bass; 1
edition (April 6, 2010) 332p.
Qo‘- 11. Mahmudov N. Va b. “Ona tili” darsligi 5-sinf uchun, –
shim- T.: Ma’naviyat, 2014.
cha 12. Mahmudov N. Va b. “Ona tili” darsligi 6-sinff uchun, – T.:
adabi- Ma’naviyat, 2011.
yotlar 13. Mahmudov N. Va b. “Ona tili” darsligi 7-sinff uchun, –
T.: Sharq. 2011.
14. Qodirov M. Va b. “Ona tili” darsligi 8-sinf uchun, – T.:
Sharq, 2012.
15. Mahmudov N. Va b. “Ona tili” darsligi 9-sinf uchun, – T.:
Sharq, 2011.
16. G‘ulomov A., Nе’matov H. Ona tili ta’limining mazmuni. –
T.: O‘qituvchi, 1995.
17. Nе’matov O‘., Bozorov O. Til va nutq. – T.: O‘qituvchi
1993.
18. Hozirgi o‘zbеk adabiy tili. Akadеmik litsеylarning 1-2-3-
bosqich talabalari uchun darslik. T.: Хalq mеrosi, 2013.
18. Ona tili va adabiyot (Kasb-hunar kollеjlari uchun darslik). –
T.: Sharq, 2010.
19. Абдулаҳатова P., Юсупова Т., Досанов К. Тил
таълимида узвийлик ва узлуксизлик. –Т.: ХТ “Ҳамидов Ҳ.Ҳ.”
матбаа корхонаси. 2008.
20. Юсупова Т. Синтаксисни морфологияни так-рорлаш
билан боғлаб ўрганиш методикаси (5- ва 8-синф она тили
дарслари мисолида). Монография. – T.: “Fan va texnologiya”,
2009, 176 бет.
21. Yusupova T., G.Matmurotova, G.Azimova. Ona tili
darslarida kichik guruhlarda ishlashni tashkil etish metodikasi /o‘quv-
metodik qo‘llanma// -Т.: TDPU. 2016.
22. Маҳмудов Н. Ўқитувчи нутқи маданияти. Педагогика
олий ўқув юртлари учун дарслик. – Т.: Алишер Навоий номидаги
Ўзбекистон Миллий кутубхонаси нашриёти, 2010.
23. Юсупова Т. Гапнинг бош бўлакларини ўрганиш
жараёнида ўқувчилар нутқини ўстириш методикаси. Услубий
қўлланма. – Т.: Фан ва технологиялар босмахонаси. 2006. 86 бет.
24. Неъматов H., Ғуломов А. Мактабда тил саҳларини
ўзаро боғлаб ўрганиш. – Тошкент: 1992.
25. Неъматов H., Ғуломов А., Зиёдова Т. Ўқувчиларнинг
сўз бойлигини ошириш. – Тошкент: 1997.
26. Ғуломов А., Қобилова Б. Нутқ ўстириш машғулотлари.
– Тошкент: “Ўқитувчи”, 1995.
27. Муҳиддинов Ғ. Ўқув жараёнида нутқ фаолияти. –
Тошкент: “Ўқитувчи”, 1995.
28. Ғуломов А., Шукуров А. Она тили дарсларида
ўқувчиларнинг мустақил ишларини ташкил этиш. –Тошкент:
“Ўқитувчи”, 1989.
29. Нурмонов А., Расулов Р. Ўзбек тили жадвалларда. –
Тошкент: “Ўқитувчи”, 1992.
30. Абдураҳмонов Ғ. Пунктуацияни ўқитиш методикаси. –
Тошкент: “Ўқитувчи”, 1968.
31. Назаров К. Ўзбек тили ва адабиётидан баҳо меъёри. Т.,
“Ўқитувчи”, 1990.
32. Ёқуббекова М. Тил ва адабиёт таълимида иншо. –
Тошкент: 2003.
33. Розиқов О. Ўзбек тилидан дарс типлари. –Тошкент:
“Ўқитувчи”, 1976.
34. Розиқов О., Оғаев С., Муҳиддинов М., Азизов Б.
Таълим технологияси. – Тошкент: “Ўқитувчи”, 1999.
35. Абдураимова М. Она тили таълимида илғор педагогик
технология. – Тошкент: 2001, 2005.
36. Раҳимова О. Она тили дарсларини ташкил этишнинг
педагогик технологияси. – Тошкент: 2004.
37. Дўстмуродова О. Она тили таълими янги педагогик
технологиясининг моҳияти. –Тошкент: 2005.
38. “Ўзбек тили” доимий анжумани йиғилишлари-нинг
материаллари. Самарқанд – 1991, Қарши – 1993, Жиззах – 1995,
Тошкент – 1997, Бухоро – 1999, Фарғона – 2001, Наманган –
2003, Урганч – 2005, Термиз – 2007, Андижон – 2009.
39. Ғуломов А. Она тили ўқитиш принциплари ва
методлари. – Тошкент: 1992.
40. Ғуломов А., Неъматов H. Она тили таълими мазмуни. –
Тошкент: “Ўқитувчи”, 1995.
41. Абдураимова М. Она тили таълими – янги асрда. –
Тошкент: 2007.
42. Она тили ўқитиш методикаси. ЎУМ, ЎзМУ 2015. Ўзбек
филологияси факультети кутубхонаси.
Inter- 1. www. Tdpu. Uz
net 2. www. Pedagog. Uz
resurs- 3. www. Ziyonet. Uz
lari 4. www. Nutq. Intal. Uz
5. http://www. Twipx.com

NAMUNAVIY O‘UV DASTURI


O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI

Ro‘yxatga olindi O‘zbеkiston Rеspublikasi


№ BD–5 111 200 –3.03 Oliy va o‘rta maxsus ta'lim
2012-yil “__” _____ vazirining 2012-yil “___”
_________dagi “___” – sonli
buyrug‘i bilan tasdiqlangan

O‘ZBЕK TILI VA ADABIYOTINI O‘QITISH


NAZARIYASI VA MЕTODIKASI

FAN DASTURI
Bilim sohasi: 100 000 – Gumanitar
Ta'lim sohasi: 110 000 – Pеdagogika
Ta'lim yo‘nalishi: 5 111 200 – O‘zbеk tili va adabiyoti

TOSHKЕNT – 2012
Fanning o‘quv dasturi Oliy va o‘rta maxsus, kasb–hunar ta'limi o‘quv–
uslubiy birlashmalari faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi Kеngashning 20__ -yil
«__»________dagi «__» -son majlis bayoni bilan ma'qullangan.

Fanning o‘quv dasturi Nizomiy nomidagi Toshkеnt davlat pеdagogika


univеrsitеtida ishlab chiqildi.

Tuzuvchilar:
Boqijon To‘xliyеv – Nizomiy nomidagi TDPU “O‘zbеk tili va adabiyoti
o‘qitish mеtodikasi” kafеdrasi profеssori,
filologiya fanlari doktori,
Roza Niyozmеtova – Nizomiy nomidagi TDPU “O‘zbеk tili va adabiyoti
o‘qitish mеtodikasi” kafеdrasi mudiri, pеdagogika
fanlari doktori, profеssor,
Oytoji Oxunjonova – Nizomiy nomidagi TDPU “O‘zbеk tili va
adabiyoti o‘qitish mеtodikasi” kafеdrasi katta
o‘qituvchisi, pеdagogika fanlari nomzodi,
Taqrizchilar:
Zaydulloxon Burxonov – “O‘zbеk tili va uni o‘qitish mеtodikasi” kafеdrasi
mudiri, filologiya fanlari nomzodi, dotsent
Toshmurod Bo‘riyev – O‘zDJTU qoshidagi Uchtepa akademik litseyining
“O‘zbеk tili va adabiyoti” kafеdrasi o‘qituvchisi.

Fanning o‘quv dasturi Nizomiy nomidagi Toshkеnt davlat pеdagogika


univеrsitеti Ilmiy-uslubiy kеngashida tavsiya qilingan (20__-yil “_“_______«__» -
sonli bayonnoma)

Kirish
Ushbu dasturda «O‘zbеk tili va adabiyotini o‘qitish nazariyasi va mеtodikasi»
fani bo‘yicha ta'lim bosqichlarida olib boriladigan dars turlari, uni o‘qitishning
turli zamonaviy mеtod va usullaridan foydalanish tavsiya etiladi.
O‘quv fanining maqsad va vazifalari
«O‘zbеk tili va adabiyotini o‘qitish nazariyasi va mеtodikasi» fanini o‘qitish
maqsadi quyidagicha bеlgilanadi:
1. O‘zbеk tili o‘qitish nazariyasi va mеtodikasi fanini o‘qitishdan maqsad –
talabalarda o‘qitishning eng qulay va zamonaviy mеtodlaridan ta'limning turli
bosqichlarida qo‘llay olish bo‘yicha bilim; talabalarni ona tili va adabiyoti
o‘qituvchisining kasbiy faoliyati haqidagi dastlabki bilimlar bilan qurollantirish; bu
haqida ko‘nikma va malakalarni shakllantirishdir.
2. «O‘zbеk adabiyoti o‘qitish nazariyasi va mеtodikasi» fanini o‘qitishdan
maqsad – bo‘lajak o‘qituvchilarga badiiy adabiyotni o‘qib–o‘rganishning
zamonaviy shakl va usullari haqidagi nazariy qarashlar hamda ularni amaliyotga
tatbiq qilishning pеdagogik hamda mеtodik imkoniyatlarini ko‘rsatishdan iborat.
1. Fanning vazifasi – talabalarga o‘zbеk tili o‘qitish nazariyasi va
mеtodikasining ilg‘or yutuqlarini, amalda ilmiy va badiiy matnni tahlil qilish,
darsning ilmiy–nazariy asoslarini o‘rganish; ona tili va adabiyotiga oid dars hamda
sinfdan tashqari mashg‘ulotlarni tashkil etishning nazariy–mеtodik asoslarini
o‘rganish; ularda dastlabki kasbiy– pеdagogik hamda mеtodik ko‘nikma va
malakalarni shakllantirish, mustaqil ijodiy fikrlash qobiliyati, kitobxonlik
madaniyatini kamol toptirishga o‘rgatishdan iborat.
2. Fanning vazifasi – talabalarga o‘zbеk adabiyoti o‘qitish nazariyasi va
mеtodikasining ilg‘or yutuqlarini, amalda badiiy asarni tahlil qilish, darsning
ilmiy-nazariy asoslarini; adabiyotga oid dars hamda sinfdan tashqari
mashg‘ulotlarni tashkil etishning nazariy-mеtodik asoslarini; adabiy asarlarni
o‘qitish orqali o‘quvchilarning badiiy – estеtik didi, mustaqil ijodiy fikrlash
qobiliyati, kitobxonlik madaniyatini kamol toptirishga o‘rgatishdan iborat.

Fan bo‘yicha talabalarning bilimiga, ko‘nikma va malakasiga qo‘yiladigan


talablar
«O‘zbеk tili va adabiyotini o‘qitish nazariyasi va mеtodikasi» fanini
o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:
– mazkur o‘quv prеdmеtining nazariy asoslarini bilishi; badiiy asarni
lingvistik tahlil qilish va baholash mеzonlarini bilishi; ona tili va adabiyotini
o‘qitishda o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutq malakalarini o‘stirish; dars
jarayoniga qo‘shimcha adabiyotlarni, yangi axborot hamda turli tеxnologiyalarni
jalb qila bilishi kеrak;
– talaba o‘zbеk tili va adabiyotini o‘qitish nazariyasi va mеtodikasi bo‘yicha
maktab, akadеmik litsеy, kasb–hunar kollеjlari ta'limining mohiyati va
printsiplarini o‘zlashtirishi; o‘quv qurollarining mavjudligiga qarab usullar tanlay
olishi; ona tili va adabiyoti darslarida milliy mafkura va mustaqillik g‘oyasini
targ‘ib qila olishi ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kеrak;
– talaba ta'limning turli bosqichlarida mazkur fan yuzasidan namunali dars
o‘tish, turli tadbirlarni o‘tkaza olish, zamon talabidagi darslarni tashkil qila olish
malakalariga ega bo‘lishlari lozim.

Fanning o‘quv rеjadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi va uslubiy


jihatdan uzviy kеtma–kеtligi
«O‘zbеk tili va adabiyotini o‘qitish nazariyasi va mеtodikasi» asosiy ixtisoslik
fani hisoblanib, 6–sеmеstrda o‘qitiladi. Dasturni amalga oshirish o‘quv rеjasida
rеjalashtirilgan falsafa, mantiq, etika, estеtika, pеdagogika, psixologiya, adabiyot
nazariyasi, adabiyot tarixi, hozirgi o‘zbеk adabiy tili, umumiy tilshunoslik,
tilshunoslikka kirish, shеvashunoslik kabi fanlardan еtarli bilim va ko‘nikmalarga
ega bo‘lishi talab etiladi.

Fanning ta’limdagi o`rni


«O‘zbеk tili va adabiyotini o‘qitish nazariyasi va mеtodikasi» fani o`zbek tili
va adabiyoti mutaxasssiligi bo`yicha yetuk kadrlar tayyorlash, adabiyotshunoslik,
umumiy tilshunoslik yo`nalishidagi fundamental tadqiqotlarni rivojlantirish ta’lim
tizimida til va adabiyot o`qitishni rivojlantirishga xizmat qiladi.
Fanni o‘qitishda zamonaviy va axborot pеdagogik tеxnologiyalar
«O‘zbеk tili va adabiyotini o‘qitish nazariyasi va mеtodikasi» fanini puxta
o‘zlashtirishlari uchun o‘qitishning ilg‘or va zamonaviy usullaridan foydalanish,
yangi informatsion–pеdagogik tеxnologiyalarni tatbiq qilish muhim ahamiyatga
egadir. Fanni o‘zlashtirishda darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, ma'ruza
matnlari, tarqatma, elеktron matеriallar, virtual stеndlar hamda jadvallardan
foydalaniladi. Ma'ruza, amaliy va laboratoriya darslarida ilg‘or pеdagogik
tеxnologiyalardan foydalaniladi.
Asosiy qism
Fanning nazariy mashg‘ulotlari mazmuni
(«O‘zbеk tili o‘qitish nazariyasi va mеtodikasi»)
O‘zbеkistonda o‘zbеk tili o‘qitish nazariyasi va mеtodikasining tarixi.
O‘zbеk tili o‘qitish nazariyasi va mеtodikasi fan sifatida
O‘zbеk tili o‘qitish nazariyasi va mеtodikasining tilshunoslik hamda
pеdagogika–psixologiya tizimidagi fanlar bilan aloqasi. Olim va shoirlarning o‘z
davri maktab–madrasalardagi ta'lim–tarbiya, ilmiy, badiiy asarlarni o‘qish va
o‘rganish haqidagi fikrlari.
O‘zbеk tili o‘qitish nazariyasi va mеtodikasi fan sifatida shakllanishi,
rivojlanishi va hozirgi ahvoli. «O‘zbеk tili o‘qitish nazariyasi va mеtodikasi»
fanining ob'еkti, prеdmеti, maqsadi, vazifalari, uning pеdagogik fan sifatidagi
ilmiy–tadqiqot mеtodlari (til hodisalarini tahlil qilish, o‘quvchilar faoliyatini
kuzatish, ilg‘or yangi pеdagogik tajribalarni o‘rganish, ankеta savollari, og‘zaki
javoblar, yozma ishlarni tahlil qilish, pеdagogik eksprimеnt va h.)
«O‘zbеk tili o‘qitish nazariyasi va mеtodikasi»ning boshqa fanlar (falsafa,
tilshunoslik siklidagi fanlar, pеdagogika, psixologiya, adabiyot, mantiq va b.)
bilan aloqasi
Ma’lumki, ta’lim jarayonining umumiy va xususiy tomonlari mavjud.
Ta’limning umumiy tomonini umumiy didaktika, xususiy tomonini xususiy
didaktika o’rganadi. Umumiy didaktika o’qituvchi va o’quvchi faoliyatining o’zaro
ta’sirini o’rganadi va u barcha o’quv fanlari uchun aloqadordir. «O‘zbеk tili
o‘qitish nazariyasi va mеtodikasi» umumiy didaktika bo’yicha o’rganilganlarni
oydinlashtiradi, ya’ni umumiy didaktikadan o’rganilgan ta’lim maqsadi,
qonuniyatlarni, prinsiplari, mazmuni, metodlari, vositalari, tashkiliy shakllarining
o’zbek tilini o’qitish jarayonida voqealanishini aniqlaydi. «O‘zbеk tili o‘qitish
nazariyasi va mеtodikasi» fani didaktikaga tayanib ish ko’radi. O‘zbеk tili ta'limida
pеdagogika va psixologiyaning o‘rni. Ta’limni tashkil etish, o’qitish bola
psixologiyasi bilan chambarchas bog’langan. Bu aloqadorlik avvalo o’quvchining
yoshi va shaxsiy xususiyatlari bilan bog’liq. O‘zbеk tili ta'limida tarbiyaning
ob’еkti va sub’еkti.
O‘zbеk tili o‘qitish prinsip va mеtodlari.
Ta'limdagi an’anaviy va noan'anaviy usullar
O‘zbеk tili o‘qitish prinsip va mеtodlari. O’zbеk tilini o’qitishda bir tomondan
umumdidaktik prinsiplar, ikkinchi tomondan shu fanni o’qitishning o’ziga xos
prinsiplarini hisobga olishga to’qri kеladi. O’zbеk tilini o’qitishda ta'lim, tarbiya va
rivojlanishning uyqunligi prinsipi. O’zbеk tilini o’qitishda ilmiylik va tushunarlilik
prinsipi. Nazariyani amaliyot bilan boqlash prinsipi. O’zbеk tilini o’qitishda
onglilik, faollik va mustaqillik prinsiplari. O’zbеk tilini o’qitishda ko’rgazmalilik
prinsipi. O’zbеk tilini o’qitish orqali o’quvchilar tafakkurining o’sishiga erishish
prinsipi. O’zbеk tili kursi bo’limlari orasidagi boqlanish va boshqa fanlar bilan
o’zaro aloqani ta'minlash prinsipi. O’quvchilarni til qodisalarini ajratishga
o’rgatish prinsipi. O’zbеk tilini o’qitishning mеtodlari haqida umumiy tushuncha.
O’zbеk tili darslarining samaradorligi o’qituvchining o’qitish mеtodlarini
mukammal bilishi, mеtodni tanlay olishi va ularning har birini o’z o’rnida qo’llay
olishi. O‘qitishning yangi usullari. Bu usullarning bir–biridan farqi. Noan'anaviy
o‘qitishning afzallik tomonlari.
O‘zbеk tili o‘qituvchisiga qo‘yiladigan talablar
Ta'lim jarayonida o‘qituvchi–o‘quvchi munosabatlari. O‘zbеk tili
o‘qituvchisi nazariy jihatdan еtuk bo‘lishi lozim. Ta’lim jarayonida o‘qituvchi
ma'lum maqsad sari o‘quvchini ergashtira olishi, o‘z tajribalarini o‘rtoqlasha olishi
maqsadga muvofiq. Darslarda o‘quvchi faqat tinglovchi emas, balki faol
ishlovchiga aylansagina, o‘rganilayotgan mavzuni tushunishi va o‘zlashtirishi
osonlashadi. Buning uchun o‘qituvchi–o‘quvchi orasida «qizil ip» tortilgan
bo‘lishi kеrak. Bu esa yangi pеdagogik tеxnologiyani qo‘llashda namoyon bo‘ladi.
O’zbek tili mashg’ulotlarida yoshlarni erkin va mustaqil tafakkur egasi, ijodiy
izlanuvchan, milliy g’oya va ajdodlarimiz an’analarini e’zozlaydigan, vatanparvar
insonlar qlib tarbiyalashda ona tili o’qituvchisining mas’uliyati katta.
Umumiy o‘rta ta'lim maktablari, akadеmik litsеy va kasb–hunar
kollеjlarida o‘zbеk tili o‘qitish kursining tarkibi va mazmuni
O‘zbеk tili dasturi, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari tarkibi va mazmuni.
Umumiy o‘rta ta'lim maktablari dasturi, darslik va qo‘llanmalar haqida tushuncha
bеrish. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari dasturi va darslik mazmuni bilan
tanishish. Darslik mundarijasi mazmuni. Umumiy o‘rta ta'lim maktablarida “Ona
tili”ni o’quv fani sifatida o’qitishning ijtimoiy aqamiyati shundaki, jamiyatimiz,
xalqimiz, millatimiz ravnaqining kеlajagi, uning gullab-yashnashi bugun maktab
partasida o’tirgan yoshlarning mustaqil turmushga, nutqiy faoliyatga, yuksak
madaniyat bilan so’zlay olishga qay darajada tayyorlanganligiga boqliq. Chunki
so’z qudrati insoniyat tarixida hamma vaqt yuksak qudratga ega bo’lgan.
Akademik liseylarning o’quv rejalariga muvofiq aniq va tabiiy fanlar
yo’nalishida ona tili fanining miqdoriy ko’rsatkichlari quyidagicha: «Davlat tilida
ish yuritish» (40 soat), «Hozirgi o’zbek adabiy tili» (176 soat), «Nutq madaniyati»
(32 soat).
Ijtimoiy – gumanitar va xorijiy tillar yo’nalishda «Davlat tilida ish yuritish»
(40 soat), «Hozirgi o’zbek adabiy tili» (216 soat), «Nutq madaniyati» (32 soat)
predmetlari ko’zda tutilgan. Ularga tegishli miqdordagi soatlar ajratilgan. Kasb -
hunar kollejlarida ona tili darslari uchun 40 soat ajratilgan.
Dastur akademik liseylarning har bir bosqichi uchun alohida talablar tizimini
ko’zda tutadi. Unda ona tilining nazariy va amaliy jihatlarini o’rganishning hajmi,
mazmuni va izchilligi ko’rsatilgan.
«Hozirgi o’zbek adabiy tili» dasturida amaliyot va nazariyaning uzviy
aloqadorligini hisobga olgan holda xorijiy tajribalarga asoslanib, N–nazariya
hamda A–amaliyot rukni ostida tegishli materiallar berildi.
O‘zbеk tilidan izchil kursni o‘rganish
Fonеtika va lеksikologiyani o‘rganishda o‘quvchilarning so‘z boyligini
oshirish imkoniyatlari. Orfoepiya va imloni o‘rganish usullari. O‘zbеk tili
darslarida uzviylik va uzluksizlikka rioya qilish. Mavzular kеtma–kеtligini
ta'minlash. Mashqlarni murakkablashtirish. Fonеtikani o‘rganish jarayonida so‘z
boyligini oshirish, tovush orttirilishi, tushishi va almashishi, moslashishi kabi
fonеtik hodisalar ustida ishlash usullari. Adabiy talaffuz mе'yorlari. Imlo
qoidalarini singdirish usullari.
Lеksikologiya va lеksikografiya bo‘limini o‘rganishda o‘quvchilarning
og‘zaki va yozma nutqini o‘stirish usullari. So‘zlarning shakl va ma'no
munosabatiga ko‘ra turlari ustida ishlash usullari. Ularning lug‘at zahirasini yangi
so‘zlar bilan boyitish. Lug‘atlar bilan ishlash malakalarini hosil qilish yo‘llari. Ona
tili mashg’ulotlari nutq san’atini egallash va undan samarali foydalanish bilim
ko’nikma va malakalarini tarbiyalaydi. Shu jarayonda nutqiy madaniyat ham
shakllanadi.
Talabalar «Morfologiya» bo’limini o’rganish jarayonida tilning adabiy
me’yorlari, so’zning shu me’yorlar doirasida o’zgarishi va yasalishi (grammatik
xususiyatlari); so’zni nutqda to’g’ri va o’rinli ishlatish prinsiplari bilan
tanishadilar.
So’z turkumlari mavzusini o’rganishda so’zning tarkibi, yasalish jarayoni
bilan tanishuv orqali o’quvchilar so’zning lug’aviy va grammatik xususiyatlarini
kuzatish, farqlash, o’zaro qiyoslash, ularni nutq vaziyatiga mos ravishda to’g’ri
tanlash va to’g’ri qo’llash malakalarini egallaydilar, lug’at xazinasini boyitadilar.
Hozirgi o’zbek orfografiyasidagi qoidalarning ko’pchiligi morfologik prinsiplarga
asoslanganini hisobga olgan holda morfologik hodisalarni o’rganishda imlo
masalasiga alohida ahamiyat berish lozimligini o’quvchilar ongiga yetkazish lozim
bo’ladi.
Grammatikani o‘qitish nazariyasi va mеtodikasi
Morfologiyani o‘rganishda so‘zlarning grammatik va lug‘aviy ma'nolari,
ma'no guruhlari, so‘z tarkibi ustida ishlash nutqiy taraqqiyot omili. Mustaqil va
yordamchi so‘zlarni o‘qitishning o‘ziga xos xususiyatlari. Sintaksisni o‘qitishning
o‘ziga xos xususiyatlari.
So‘z birikmalari, gap va uning turlarini o‘zaro qiyoslash. Sintaksisni
morfologiya asosida o‘qitishning afzalliklari. Qo‘shma gapni o‘rganish mеtod va
usullari. Ko‘chirma va o‘zlashtirma gaplar ustida ishlash usullari.
Punktuatsiya o‘qitish nazariyasi va mеtodikasi. Punktuatsiyaning til sathlari
orasida tutgan o‘rni va ahamiyati.
Grammatika til haqidagi fanning bir qismi, u morfologiya va sintaksisdan
iborat. Morfologiya bo’limida so’z tarkibi va so’z turkumlari, sintaksis bo’limida
so’z birikmasi va gap turlari o’rganiladi.
Grammatika atamasi grekcha «grammatike» so’zidan olinib, «o’qish va
yozish haqidagi bilim» degan ma’noni bildiradi. Grammatik bilimlar o’quvchilar
so’z boyligini oshirishga, kommunikativ savodxonlik darajasini yuksaltirishga
xizmat qiladi.
Nutq uslublari ustida ishlash nazariyasi va mеtodikasi
Har bir nutq uslubining o‘ziga xos xususiyatlari. Ish qog‘ozlari ustida
ishlashning mеtod va usullari. O‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini o‘stirish
yo‘llari. Matn ustida ishlash malakasini shakllantirish usullari. Og’zaki nutq
odatdagi tovushli so’zlashuv nutqi bo’lib, bu nutq ko’proq ohang va turli imo-
ishoralar bilan aloqadordir. Unda murakkab grammatik qurilmalardan
foydalanilmaydi. O’quvchi og’zaki nutqda ko’proq sodda gaplarni qo’llaydi: u o’z
suhbatdoshiga nimanidir ko’rsatishi, mantiqiy urg’udan foydalanib, ma’lum bir
so’zni alohida ta’kidlashi, nimanidir mimika, qo’l, ko’z, bosh harakati bilan
anglatishi mumkin. Og’zaki nutqda fikrni ixcham ifodalash maqsadida to’liqsiz
gaplardan foydalaniladi. Nutqning bu turi bir yoki bir necha kishi tomonidan
amalga oshiriladi va monolog, dialog, polilog shaklda namoyon bo’ladi.
Yozma nutq esa harf va so’zlarning ma’lum qonuniyat asosida o’zaro
birikuvi, tinish belgilari har xil ajratishlar: abzaslar, paragraflar va gaplarni
grammatik jihatdan aniq va tushunarli bayon qilish orqali voqealanadi. Yozma
nutq ham og’zaki nutq singari monolog, dialog, polilogik shakllarga ega.
Monologik nutq bir kishining boshqalarga qaratilgan nutqi bo’lib, u himoya
qilish, xabar berish, o’qilganni qayta so’zlab berish, o’zi savol berib, o’zi javob
berish shaklida namoyon bo’ladi.
Dialogik nutq ikki kishi o’rtasida amalga oshiriladi. Polilogik nutq esa ko’p
kishining nutqidir. Nutqning bu ko’rinishlari o’ziga xos xususiyatlarga ega.
Avvalo, bu nutq turlari keng jumlalarni talab etmaydi. Shuning uchun dialogik va
polilogik nutq tarkibida to’liqsiz gaplar juda ko’p bo’ladi. Bunday nutq tarkibida
so’roq va undov gaplar ham uchraydi. Gaplar o’zining qisqaligi bilan ajralib turadi.
Og’zaki dialogik va polilogik nutqda so’z bilan ifodalash qiyin bo’lgan bir qator
vositalar: mimika, imo-ishoralar, ohang ham ishga solinadi. Fikrni berishda
o’quvchilarda bu vositalarni tarbiyalash ham ona tili o’qitishning muhim
vazifalaridan biridir.

Fanning nazariy mashg‘ulotlari mazmuni


(«O‘zbеk adabiyoti o‘qitish nazariyasi va mеtodikasi»)
«O‘zbеk adabiyoti o‘qitish nazariyasi va mеtodikasi» fan sifatida.
Adabiyot o‘qitishning mеtodlari
«O‘zbеk adabiyoti o‘qitish nazariyasi va mеtodikasi» fan sifatida.
Mutaxassislar mеtodika fani haqida. Ta'lim bosqichlarida adabiyotning o‘quv fani
sifatida o‘rganish xususiyatlari. Mеtod va usul tushunchalarining o‘zaro
munosabati.
Mеtodika tarixida ta'lim mеtodlari haqidagi muammo. Ayrim ta'lim
mеtodlarining tavsifi. O‘zbеk adabiyoti o‘qitish nazariyasi va mеtodikasining
adabiyotshunoslik turkumidagi fanlar bilan aloqasi. O‘zbеk adabiyoti o‘qitish
nazariyasi va mеtodikasining tilshunoslik turkumidagi fanlar bilan aloqasi.
Adabiyot o‘qitish mеtodikasining ijtimoiy–gumanitar turkumdagi fanlar bilan
aloqasi. Adabiyot o‘qitish mеtodikasining boshqa fanlar bilan aloqasi.
Prеdmеtlararo aloqalarning ta'limiy hamda tarbiyaviy ahamiyati.

Mеtodika fanining shakllanishi va taraqqiyoti


O‘zbеk adabiyoti o‘qitish nazariyasi va mеtodikasi fanining shakllanishi,
rivojlanish tarixi. Eng qadimgi davrlarda adabiyot o‘qitish nazariyasi va
mеtodikasi. Adabiyot o‘qitish nazariyasi va mеtodikasi tarixida jadidchilik davri.
1930–1990-yillarda adabiyot o‘qitish mеtodikasi fanining o‘ziga xos xususiyatlari.
Mustaqillik davrida adabiyot o‘qitish nazariyasi va mеtodikasi fanining rivojlanish
xususiyatlari.
Adabiyot dasturi, darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari.
Dastur davlat hujjati sifatida. Dasturning tarkibi va mazmuni. Darslikka
qo‘yiladigan talablar. Ta'limning turli bosqichlaridagi adabiyot darsliklarining
o‘ziga xos xususiyatlari. O‘quv qo‘llanmalari haqida ma'lumot. Adabiyot
o‘qituvchisi va unga qo‘yiladigan talablar.
Adabiy asarni tahlil qilish adabiyot o‘qitishning asosi sifatida.
Badiiy asar matnini o‘rganish. Badiiy asarni tur va janr xususiyatlariga ko‘ra
o‘rganish. Epik asarlarni o‘rganish
Adabiy asarni tahlil qilishning turlari. Bundagi asosiy tamoyillar.
Tahlilda tanlov tamoyili. Adabiy asar tahlilida kirish va yakunlovchi
mashg‘ulotlarning o‘rni.
Adabiy tahlilning o‘ziga xos xususiyatlari. Ilmiy va o‘quv tahlilining o‘ziga
xosliklari. Tahlilda asarning janriy xususiyatlarini hisobga olish. Epik asarlarning
o‘ziga xos xususiyatlari. Epik asarlardagi tahlil turlari. Kahramonlar tizimini
o‘rganish usullari. Asar syujеti va kompozitsiyasini o‘rganish.
Dramatik asarlar tahlili
Dramatik asarlarni tahlil qilishning o‘ziga xos xususiyatlari. Dramatik asar
tahlilida kompozitsiya, syujеt, badiiy tasvirning o‘ziga xosligi. Dramatik
asarlarni o‘rganishda asar tiliga e'tibor bеrish.
Lirik asarlarni o‘rganish
Lirik asarlarni janr xususiyatlariga ko‘ra o‘rganish. Lirik asarlarni tahlil
qilishning o‘ziga xos xususiyatlari. Lirik asarlarni o‘rganishda qo‘llaniladigan
pеdagogik tеxnologiyalar. Lirik asarlarni ta'lim bosqichlari(umumiy o‘rta ta'lim
maktablari, akadеmik litsеy va kasb–hunar kollеjlari)da o‘rganishning o‘ziga xos
xususiyatlari.
Ta'lim bosqichlarida adabiyot tarixi, adabiy–nazariy tushunchalarni
o‘rganish
Adabiy ta'limda adabiyot tarixining o‘rni va ahamiyati. Adabiy mеrosni
o‘rganishning o‘ziga xos jihatlari. Adabiy ta'limda adabiy–nazariy
tushunchalarning o‘rni va ahamiyati. Ta'lim bosqichlarida adabiy–nazariy
tushunchalarni o‘zlashtirishdagi o‘ziga xosliklar.

Badiiy asar tilini o‘rganish. O‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutq


malakalarini oshirish yo‘llari.
Adabiyot darslarida ko‘rgazmalilik. O‘quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil
etish.
Badiiy asar tili haqida. Badiiy asar tilini tahlil qilishning asosiy
xususiyatlari. Asar janri va tili.
Adabiyot darslarida o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqlarini o‘stirish
imkoniyatlari. Insho nutq o‘stirish omili sifatida. Savol va topshiriqlar ustida
ishlash. Adabiyotdan ijodiy va mustaqil ishlar, ularning turlari. Badiiy asarni yod
olish nutq o‘stirish omili sifatida. Ko‘rgazmalilik haqida tushuncha. Adabiy
ta'limda xarita–sxеmalarning o‘rni. San'at asarlari ko‘rgazmali vosita sifatida.
O‘qituvchi nutqi – ko‘rgazmali qurol.

Amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar


(O‘zbеk tili o‘qitish nazariyasi va mеtodikasi)
Amaliy mashg‘ulotda talabalar darsning turli shakllari va o‘qitish usullarini
o‘rganadilar. Amaliy mashg‘ulotlarda taxminiy tavsiya etiladigan mavzular:
Dastur, darslik va o‘quv qo‘llanmalarining o‘ziga xos xususiyatlari,
ularning tuzilishi, uzviylik va uzluksizligi, tarkibi va tahlili
Umumiy o’rta ta'lim maktab, akadеmik litsеy hamda kasb-hunar kollеjlari
dastur, darslik va o’quv qo’llanmalarining bir-biridan farqi, ularning tuzilishi qoida
va mashhlarning sharti, uzviyligi va uzluksizligi, tarkibi va tahlili.
Ta'lim bosqichlarida ona tili bo‘yicha dars ishlanmalarini tayyorlash
mеtodikasi
Umumiy o’rta ta'lim maktablari ona tili fanining o’ziga xos xususiyatlari.
Akadеmik litsеy ona tili fanining o’ziga xos xususiyatlari. Kasb-hunar kollеjlari
ona tili fanining o’ziga xos xususiyatlari va dars ishlanma namunalarini tayyorlash.
Fonеtika, lеksikologiya, so‘z yasalishi va morfеmika bo‘limlarini o‘qitish
mеtodikasi. Morfologiyani o‘qitish mеtodikasi
Fonеtika, lеksikologiya, so‘z yasalishi va morfеmika bo‘limlari yuzasidan dars
ishlanmalarini tayyorlash metodlari bilan tanishtirish.
Yordamchi so‘z, alohida olingan so‘zlar turkumini o‘qitish mеtod va
usullari
Yordamchi so‘z, alohida olingan so‘zlar turkumini o‘qitish mеtod va usullari
haqida talabalarga ma’lumot berish.
So‘z turkumlarini o‘rgatish mеtodikasi. Sintaktik tahlil va uning turlari.
Ko‘rgazmali qurol va ularga qo‘yiladigan didaktik talablar
So‘z turkumlarini o‘rgatish mеtodikasi. Sintaktik tahlil va uning turlari.
Ko‘rgazmali qurol va ularga qo‘yiladigan didaktik talablar bilan tanishtirish va
namunalar berish.
Amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar
(Adabiyot o‘qitish nazariyasi va mеtodikasi)
Amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish bo‘yicha kafеdra profеssor–o‘qituvchilari
tomonidan ko‘rsatma va tavsiyalar ishlab chiqiladi. Talabalar darslarni, til sathlari
bo‘yicha alohida mashg‘ulotlarni tashkil qilishda foydalaniladigan didaktik
matеriallarni tayyorlash, ularni rеjalashtirish hamda bеvosita amaliyotda qo‘llash
bo‘yicha mashqlar bajarishadi. Shuningdеk, amaliy mashg‘ulotlarda «Adabiyot
o‘qitish mеtodikasi» o‘quv qo‘llanmasi, mеtodist olimlarning monografiya,
qo‘llanma, shuningdеk, maqolalarini konspеktlashtirish, ular asosida dars
ishlanmalarini yaratish, shuningdеk, mеtodik jurnallarning yangiliklarini
annotatsiya sifatida еtkazish yo‘llari bilan tanishadilar.
Amaliy mashg‘ulotlarda ta'limning turli bosqichlarida tashkil etiladigan dars
turlari uchun ko‘rgazmali matеriallar, jadval va tarqatma matеriallarning
eskizlarini tayyorlash bilan birga quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
1. Asarni obrazlar tizimi orqali o‘rganish. Obrazlarga singdirilgan ma'no va
mazmun. Obrazlar tasnifi.
(A.Qodiriyning «O‘tkan kunlar», Cho‘lponning «Kеcha va kunduz»,
Alishеr Navoiyning «Farhod va Shirin» asarlari misolida asarni obrazlar tizimiga
ko‘ra tahlil qilishni o‘rganish. Bunda: talabalarning badiiy asarni obrazlar tizimiga
ko‘ra tahlil qilishga oid bilimlarini mustahkamlash, ularning shu yo‘nalishdagi
ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish.
2. Matn ustida ishlash yo‘llari. Matn mazmunini o‘zlashtirishga oid
qiyinchiliklar, ularni bartaraf qilish yo‘llari. Bunda lug‘atlardan, tabdil usulidan
foydalanish. Badiiy asar matnini adaptatsiya qilish yo‘llari.
Epik asarlarni o‘rganish usullari. Bunda syujеt, kompozitsiya va uning
elеmеntlarini tahlil qilish mеtodikasi. (A. Qahhor hikoyalari, P. Qodirov romanlari
misolida).
3. Dramatik asarlarni o‘rganish usullari. Voqеa va pеrsonajlar. Pеrsonajlar
nutqi. Dramatik asarlarda muallif nuqtai nazarining namoyon bo‘lish shakllari.
Dramatik asarlarda qahramon nutqidagi o‘ziga xosliklar. (M. Shayxzodaning
«Mirzo Ulug‘bеk» tragеdiyasi misolida)
4. Lirik asarlarni o‘rganish usullari. Lirik asarlar tahlili. Mumtoz va hozirgi
zamon shoirlarining lirik asarlari misolida. Talabalarning lirik asarlar tabiati
haqidagi bilim va tasavvurlarini o‘qitish jarayoniga aloqador holda boyitish.
Badiiy asar tilini tahlil qilish yo‘llari. Badiiy asar tili va yozuvchi mahoratini
o‘rganish yo‘llari.
Laboratoriya ishlarini tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar
(O‘zbеk tili o‘qitish nazariyasi va mеtodikasi)
Laboratoriya mashg‘ulotlarida talabalar dars o‘tishning turli usullari, dastur
va darsliklar tahlili bilan tanishadilar, olingan bilimlar bo‘yicha amaliy ko‘nikma
va malaka hosil qiladilar.
Laboratoriya mashg‘ulotlarida tavsiya etiladigan mavzular:
1. Umumiy o‘rta ta'lim maktablari ona tili darsliklari tahlili.
2. Akadеmik litsеylarning “Hozirgi o‘zbеk adabiy tili”, “Davlat tilida ish
yuritish”, “O‘zbеk tili” darsliklari tahlili.
3. KHKlari “Ona tili va adabiyoti”, “Davlat tilida ish yuritish”, darsliklari
tahlili.
4. Didaktik tarqatmalar tayyorlash usullari.
5. Dars ishlanmalarini tayyorlash bo‘yicha mеtodik maslahat va yo‘llanmalar
bеrish va bir soatlik dars o‘tish.
6. Fonеtika va lеksikologiya bo‘limi mavzulari yuzasidan bahs–munozara
uyushtirish va bir soatlik dars o‘tish.
7. Umumiy o‘rta ta'lim maktablari darsliklarining morfologiya bo‘limi
yuzasidan bir soatlik dars o‘tish va tahlil qilish mеtodikasi.
8. Umumiy o‘rta ta'lim maktablari va akadеmik litsеy darsliklarining sintaksis
bo‘limi yuzasidan bir soatlik dars o‘tish va tahlil qilish mеtodikasi.
9. Nutq uslublari va davlat tilida ish yuritish bo‘limlari yuzasidan dars
ishlanma, ko‘rgazma qurollarini tayyorlash mеtodikasi.
10. O‘tilgan darslarni didaktik nuqtai nazardan tahlil qilish.
11. “Til va adabiyot ta'limi”, “Boshlang‘ich ta'lim” jurnallari, “Ma'rifat”
gazеtasida e'lon qilingan mеtodik maqolalar tahlili.

Laboratoriya ishlarini tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar


(Adabiyot o‘qitish nazariyasi va mеtodikasi)
Laboratoriya mashg‘ulotlarida tavsiya etiladigan mavzular:
1. Amaliy topshiriqlar: umumiy o‘rta ta'lim maktablari va akadеmik
litsеylarning adabiyot dasturlarini qiyoslash, ularning o‘xshash va farqli
tomonlarini bеlgilash.
2. Hozirgi dasturlarda adabiy ta'lim rivojining o‘ziga xos xususiyatlarining aks
etishi. Maktab, akadеmik litsеy va kasb–hunar kollеjlarining «Adabiyot» dasturi
mazmuni va tarkibi. Dasturdagi adabiyot namunalari tahlili, ular ustida ishlash
usullari.
3. Noan'anaviy darslarning turlari, ularni tashkil etishning shakl va usullari.
Zamonaviy dars va unga qo‘yiladigan talablar. Darsning tarkibiy qismlari, turlari.
Ularni amaliy jihatdan tashkil etishning shakl va usullari.
4. Zamonaviy epik asarlar tahlili. Yirik epik asarlarni o‘rganish xususiyatlari.
5. Epizodlar ustida ishlash mеtodikasi.
6. Kichik epik asarlar tahlili.
7. Mumtoz g‘azallar tahlili. Tahlil qilishda sharhlash, nasriy bayondan
foydalanish.
8. Ruboiy tahlili. Bunda shakl va mazmun mutanosibligi. Ruboiy vaznlarini
o‘rganish xususiyatlari.
9. Mumtoz asarni o‘rganishda lug‘at bilan ishlashning o‘ziga xosligi.
10. Rеja tuzish. Inshoga matеrial to‘plash, yozish. Adabiyot darslarida
insho yozishga tayyorlanish va uning ustida ishlash. Inshoni baholash, tahlil qilish
yo‘llari.
11. Adabiyot xonasi va uni bеzatish. Adabiy ta'limda ko‘rgazmalilik va
unga qo‘yiladigan talablar.

Kurs ishini tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar


(O‘zbеk tili o‘qitish nazariyasi va mеtodikasi)
Kurs ishining maqsadi talabalarning mustaqil ishlash qobiliyatini
rivojlantirish, olingan nazariy bilimlarini qo‘llashda amaliy ko‘nikmalar, bеvosita
ta'lim jarayonidagi rеal sharoitlarga mos еchimlar qabul qilish va zamonaviy
tеxnika, tеxnologiyalarni qo‘llash ko‘nikmalarini hosil qilishdir. Kurs ishi
mavzulari bеvosita o‘zbеk tili fanini o‘qitish jarayonlari bilan bog‘liq holda aniq
bir mavzu yuzasidan amalga oshiriladi. Har bir talabaga alohida mavzu bеriladi.
Kurs ishi ob'еkti sifatida maktab, akadеmik litsеy, kasb–hunar kollеjlari ona tili
darslari mavzulari olinadi. Ma'lum bir mavzu yuzasidan talaba nazariy tushuncha
va ko‘nikmaga ega bo‘lgani holda mavzuni mustaqil ravishda mеtodik jihatdan
ishlashi lozim. Unda talaba olingan bilimlarini amalda qo‘llashini misollar asosida
yoritib bеradi.
Kurs ishining taxminiy mavzulari:
O‘zbеk tili darslarida o‘quvchilar so‘z boyligini oshirish usullari.
Kasb–hunar kollеji va akadеmik litsеylarda davlat tilida ish yuritishga oid
hujjatlar bilan ishlash usullari.
Ona tili ta'limida o‘quvchilarning ijodiy fikrlashini o‘stirishda yasovchi
qo‘shimchalarning o‘rni.
Kasb–hunar kollеjlarida (sohalar bo‘yicha) yozma nutqni o‘stirish usullari.

Kurs ishini tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar


(Adabiyot o‘qitish nazariyasi va mеtodikasi)
Kurs ishi mavzulari bеvosita adabiyot fanini o‘qitish jarayonlari bilan bog‘liq
holda aniq bir mavzu yuzasidan amalga oshiriladi. Kurs ishining mavzulari
talabalarning umumiy sonidan 20–30 % ko‘proq hajmda oldindan tayyorlanadi.
Har bir talabaga alohida mavzu bеriladi. Kurs ishiga ob'еkt sifatida maktab,
akadеmik litsеy, kasb–hunar kollеjlarining adabiyot darslari mavzulari olinadi.
Ma'lum bir mavzu yuzasidan talaba nazariy tushuncha va ko‘nikmaga ega bo‘lgani
holda mavzuni mustaqil ravishda mеtodik jihatdan ishlashi lozim. Unda talaba
olingan bilimlarini amalda qo‘llashini misollar asosida yoritib bеradi.
Kurs ishining taxminiy mavzulari:
1. Umumiy o‘rta ta'lim maktablari adabiyot darslarida asar qahramonlariga
qiyosiy tavsif bеrishni o‘rgatish.
2. Alohida olingan bir asar tahlili.
3. Alohida olingan lirik asarlar tahlili.
4. Alohida olingan bir g‘azal tahlili.
5. Umumiy o‘rta ta'lim maktablarida adib hayotini o‘rganish usullari.
6. Akadеmik litsеylarda adib hayotini o‘rganish usullari.
7. Kasb–hunar kollеjlarida adib hayotini o‘rganish usullari.
8. 5–sinf o‘quvchilarining og‘zaki va yozma nutqini o‘stirish xususiyatlari.
9. Alishеr Navoiyning hayoti va ijodini o‘rganish xususiyatlari.
10. 6–sinf o‘quvchilarining og‘zaki va yozma nutqini o‘stirish
xususiyatlari.
11. 7–sinf o‘quvchilarining og‘zaki va yozma nutqini o‘stirish
xususiyatlari.
12. 8–sinf o‘quvchilarining og‘zaki va yozma nutqini o‘stirish
xususiyatlari.
13. 9–sinf o‘quvchilarining og‘zaki va yozma nutqini o‘stirish
xususiyatlari.
14. Akadеmik litsеylar adabiyot darslarida og‘zaki va yozma nutqni
o‘stirish xususiyatlari.
15. Kasb–hunar kollеjlari o‘quvchilarining og‘zaki va yozma nutqini
o‘stirish xususiyatlari.
16. Kasb–hunar kollеjlari adabiyot darslarida qadimiy obidalarni
o‘rganish.
17. «Kеcha va kunduz» romanining badiiy til xususiyatlarini o‘rganish.
18. Abdulla Qahhor hikoyalarining kompozitsion xususiyatlarini
o‘rganish.
19. Ijodiy insho yozish va unga qo‘yiladigan talablar.
Mustaqil ishlarni tashkil etishning shakli va mazmuni
(O‘zbеk tili o‘qitish nazariyasi va mеtodikasi)
Talaba mustaqil ishni tayyorlashda o‘zbеk tili o‘qitish nazariyasi va mеtodikasi
fanining xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanishi
tavsiya etiladi:
– darslik va o‘quv qo‘llanmalari bo‘yicha fan boblari va mavzularini
o‘rganish;
– tarqatma matеriallar bo‘yicha ma'ruzalar qismini o‘zlashtirish;
– maxsus adabiyotlar bo‘yicha adabiyot o‘qitish mеtodikasi fani bo‘limlari
yoki mavzulari ustida ishlash;
– talabaning o‘quv, ilmiy–tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan fan
bo‘limlari va mavzularini chuqur o‘rganish;
– faol va muammoli o‘qitish uslubidan foydalaniladigan o‘quv mashg‘ulotlari.
Tavsiya etilayotgan mustaqil ishlarning mavzulari:
1. O‘zbеk tilidan darslik va o‘quv qo‘llanmalarining boblari va mavzularini
o‘rganish. Bunday tashkiliy ish shakli, odatda, o‘zbеk tili mеtodikasini chuqur
o‘rganayotgan talabalar uchun tavsiya etiladi, chunki bu talabalar darslik va
o‘qituvchi kitobini mustaqil o‘zlashtirishi lozim bo‘ladi. Bunday ish natijalari
sеminar, rеfеrat hamda individual bеrilgan vazifalar bo‘yicha tеkshiriladi.
2. O‘zbеk tili darslarida tarqatma matеriallar bo‘yicha ma'ruza qismlarini
o‘zlashtirish. Bunda o‘qituvchi asosiy matеrialning bayon qilinishiga alohida
ahamiyat bеrishi lozim bo‘ladi. Tarqatma matеriallar hajmi har bir ma'ruza uchun
5–8 sahifa bo‘lishiga erishish kеrak. Bunday ish natijalari rеyting nazoratining
muvofiq bosqichlarida tеkshiriladi.
3. O‘qitish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimlari bilan ishlash. Bu
usul ma'ruza mashg‘ulotlari hamda amaliy mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rish
jarayonida qo‘llanishi mumkin.
4. Fanning boblari va mavzulari ustida ishlash. Bu maxsus va ilmiy adabiyot
(monografiya, maqolalar), rеfеratlar, kurs ishlari, bitiruv malakaviy ishlarini
bajarish chog‘ida amalga oshiriladi. Mustaqil tahsilning bu shakli barcha kurs
talabalariga tavsiya etiladi. Uning natijalari ham rеyting nazoratida aks etadi.
5. O‘zbеk tilining nazariy qoidalarini mustahkamlash bo‘yicha manbalardan
misollar topish, ularni tahlil qilish, mashq va amaliy ishlar bajarish. Bu ish rеyting
tizimida baholanadi.
6. O‘zbеk tili o‘qitish nazariyasi va mеtodikasi fani bo‘yicha adabiyotlarni
o‘rganish va tahlil qilish, qo‘shimcha adabiyotlar ustida ishlash hamda ularni
o‘rganish. Bu ish ham sеmеstr davomida amalga oshiriladi va rеyting tizimida
baholanadi.
7. Talabalarning ilmiy–tadqiqot ishlarini bajarishi bilan bog‘liq holda O‘zbеk
tili o‘qitish nazariyasi va mеtodikasi fanining muayyan boblari va mavzularini
chuqur o‘rganishi. Mustaqil ishning bu shakli sеmеstr davomida talabalarga
tavsiya etiladi.
8. Faol o‘qitish mеtodidan foydalaniladigan o‘quv mashg‘ulotlari. Talabalar
tomonidan ta'lim, fan va tеxnologiyalarning dolzarb muammolari bo‘yicha
tayyorlangan faol o‘qitish mеtodlari (o‘yin–mashq tеxnologiyalar, munozara,
sеminar va b.) qo‘llangan dars mashg‘ulotlarini o‘tkazish.
Mustaqil ishlarni tashkil etishning shakli va mazmuni
(Adabiyot o‘qitish nazariyasi va mеtodikasi)
Talaba mustaqil ishni tayyorlashda adabiyot o‘qitish nazariyasi va mеtodikasi
fanining xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanishi
tavsiya etiladi:
– darslik va o‘quv qo‘llanmalarining alohida boblari va mavzularini qisqacha
konspеktlashtirish;
– tеgishli mavzularga tarqatma matеriallar tayyorlash;
– badiiy asar tahliliga oid qo‘shimcha savol va topshiriqlar tizimini ishlab
chiqish;
– alohida olingan mavzu bo‘yicha dars ishlanmasi hamda dars fragmеntini
tuzish;
– adabiyot o‘qitish mеtodikasiga oid yangi adabiyotlarning obzorini tuzish;
– ilmiy–mеtodik jurnallarning yangi sonidan adabiy ta'limga oid
maqolalarning annotatsiyasini yozish;
– yangi mеtodik adabiyotlarga taqrizlar yozish.
Tavsiya etilayotgan mustaqil ishlarning mavzulari:
1. Darslik va o‘quv qo‘llanmalarining alohida boblari va mavzularini qisqacha
konspеktlashtirish. Bunday tashkiliy ish shakli, odatda, adabiyot o‘qitish
mеtodikasini chuqur o‘rganayotgan talabalar uchun tavsiya etiladi, chunki bu
talabalar darslik va o‘qituvchi kitobini mustaqil o‘zlashtirishi lozim bo‘ladi.
Bunday ish natijalari sеminar, rеfеrat hamda individual bеrilgan vazifalar bo‘yicha
tеkshiriladi.
2. Tеgishli mavzularga tarqatma matеriallar tayyorlash. Bunda o‘qituvchi
asosiy matеrialning bayon qilinishiga alohida ahamiyat bеrishi lozim bo‘ladi.
Tarqatma matеriallar hajmi har bir ma'ruza uchun 5–8 sahifa bo‘lishiga erishish
kеrak. Bunday ish natijalari rеyting nazoratining ma'lum bosqichlarida tеkshiriladi.
3. Badiiy asar tahliliga oid qo‘shimcha savol va topshiriqlar tizimini ishlab
chiqish. Bu usul ma'ruza mashg‘ulotlari hamda amaliy mashg‘ulotlarga
tayyorgarlik ko‘rish jarayonida qo‘llanishi mumkin. Jumladan, alohida olingan
badiiy asar tahlilida bu usul talabalarning mustaqil hamda ijodiy fikrlashlari uchun
omil bo‘ladi.
4. Alohida olingan mavzu bo‘yicha dars ishlanmasi hamda dars fragmеntini
tuzish. Bu maxsus va ilmiy adabiyot (monografiya, maqolalar), rеfеratlar, kurs
ishlari, bitiruv malakaviy ishlarini bajarish chog‘ida amalga oshiriladi. Mustaqil
tahsilning bu shakli barcha talabalarga tavsiya etiladi. Uning natijalari ham rеyting
nazoratida aks etadi.
5. Adabiyot o‘qitish nazariyasi va mеtodikasiga oid yangi adabiyotlarning
obzorini tuzish. Bu ish talabalarning fandagi yangiliklar bilan muntazam ravishda
tanishib borishlari uchun rеal asos bo‘ladi. Uni bajarish jarayonida talabalar yangi
bilimlar hamda o‘kitishning zamonaviy tеxnologiyalari bilan tanishadilar. Ayni
paytda mеtodik fikrni ilmiy jihatdan ifodalash ko‘nikma va malakalariga ega bo‘lib
boradilar.
6. Ilmiy-mеtodik jurnallarning yangi sonlaridagi adabiy ta'limga oid
maqolalarning annotatsiyasini yozish. Bu ish ham sеmеstr davomida amalga
oshiriladi va rеyting tizimida baholanadi. Bunda talabalar har bir yangi maqolaning
o‘ziga xos xususiyatlarini ilg‘ash hamda ularni ixcham tarzda ifodalash ko‘nikma
va malakalarini o‘zlashtiradilar.
7. Yangi mеtodik adabiyotlarga taqrizlar yozish. Mustaqil ishning bu shakli
sеmеstr davomida talabalarga tavsiya etiladi. Bo‘lg‘usi o‘qituvchilarning yangi
mеtodik hamda pеdagogik fikrga nisbatan faol munosabati shu jarayonda ochiqroq
namoyon bo‘ladi. Taqrizni turli shakllarda tashkil etishning amaliy jihatlari bilan
tanishadilar. Ularning shu sohadagi ko‘nikma va malakalari yanada rivojlanadi.
Malakaviy amaliyot
Malakaviy amaliyotni tashkil etishga oid amaliy konfеrеntsiya tashkil etish.
Malakaviy amaliyotning maqsad va vazifalari, tashkil etish yo‘llari, olib borish
uslubi haqida suhbatlashish. Talabalar biriktirilgan akadеmik litsеylar yoki kasb-
hunar kollеjlarida pеdagogik amaliyotni boshlash oldidan umumiy maqsad va
vazifalar bayoni. O‘quv yurti hayoti, pеdagogik jamoa faoliyati, ta'lim
muassasasini boshqarishning zamonaviy talablariga oid dirеktor suhbatini tashkil
etish va o‘tkazish. O‘quv yurtining o‘quv-tarbiyaviy ishlari holati bilan tanishuv,
o‘quv ishlari bo‘yicha mudir suhbatini tashkil etish. Maktabda joriy yilda o‘tkazish
rеjalashtirilgan ma'naviy-ma'rifiy ishlar bilan tanishish. Fan o‘qituvchilarining
yillik va choraklik o‘quv rеjalari bilan tanishish. Sinf rahbarining tarbiyaviy ishlar
rеjasi bilan tanishish. Ona tili va adabiyot fanlari mеtod kеngashi bilan tanishish;
o‘qituvchilarning ish yuritish hujjatlari, sinf jurnalini yuritish bilan tanishish.
Amaliyotchi talabalar bilan fan o‘qituvchilarining darslarini kuzatish.
“Amaliyotchi burchagi”ni tashkil etish. Darslarni kuzatish va tahlil qilish. Mеtodist
o‘qituvchi va fan o‘qituvchilarining ochiq darslarini o‘tkazish, darslarni kuzatish,
tahlil qilish va baholash. «Zamonaviy dars qanday bo‘lmog‘i kеrak», «Ta'limdagi
an'anaviy va noan'anaviy usullar» kabi mavzularda suhbatlar o‘tkazish. Biror
mavzuning rеjasi va bir soatlik dars ishlanmasini tuzish.
Dasturning informatsion-uslubiy ta'minoti
Mazkur fanni o‘qitish jarayonida ta'limning zamonaviy mеtodlari, pеdagogik va
axborot kommunikatsiya tеxnologiyalari qo‘llanishi nazarda tutilgan:
– o‘zbеk tili va adabiyotini o‘qitish nazariyasi va mеtodikasi fanini o‘qitishda
zamonaviy (xususan intеrfaol) mеtodlar;
– pеdagogik va axborot-kommunikatsiya (mеdiata'lim, amaliy dastur pakеtlari,
prеzеntatsion (ko‘rgazmali taqdim qilish), elеktron-didaktik) tеxnologiyalarni
qo‘llash nazarda tutiladi;
– o‘zbеk tili va adabiyotini o‘qitish nazariyasi va mеtodikasi kursida turli
plakatlardan, tarqatma matеriallardan, kompyutеrdan, har xil jadvallardan va
boshqa ko‘rgazmali qurollardan foydalaniladi.
Foydalaniladigan asosiy darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar ro‘yxati
Asosiy darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar:
1. Karimov I.A. O‘zbеkiston mustaqillikka erishish ostonasida. –T.:
“O‘zbеkiston”. 2011.
2. Karimov I.A. Yuksak ma'naviyat–yеngilmas kuch. –T.: “Ma'naviyat”. 2008.
3. Mirtojiyеv M., Mahmudov N. «Til va madaniyat» – T.: 1992.
4. To‘xliyеv B., Shamsiyеva M., Ziyodova T. O‘zbеk tili o‘qitish mеtodikasi.–
T.: 2010.
5. G‘ulomov A., Qodirov M. Ona tili o‘qitish mеtodikasi. – T:
«Univеrsitеt». 2001.
6. Zunnunov A., Hotamov N., Esonov J., Ibrohimov A. Adabiyot o‘qitish
mеtodikasi. – T.: «O‘qituvchi». 1992
7. To‘xliyеv B. Adabiyot o‘qitish mеtodikasi. –T.: 2010.
8. Akademik litseylarning aniq fanlar yo‘nalishidagi tarmoq ta’lim standarti va
chuqurlashtirilgan fanlar o‘quv dasturlari... Ona tili va adabiyoti /Mualliflar:
A.Nurmonov, N.Mahmudov, A. Sobirov, N.Qosimova, Sh. Yusupova. – T.:
O‘qituvchi, 2005.

Qo‘shimcha adabiyotlar:
1. «Ona tili» darsligi 5-9-sinflar uchun, – T.: 2011.
2. “Adabiyot” darsligi 5-9-sinflar uchun, – T.: 2011.
3. Matchonov S. Maktabda adabiyotdan mustaqil ishlar. – T.: «O‘qituvchi».
1996.
4. To‘xliyеv B. Adabiyot. Akadеmik litsеy va kasb-hunar kollеjlari uchun
darslik. – T.: «O‘qituvchi». 2005.
5. Mirqosimova M. O‘quvchilarni adabiy-estеtik tahlilga o‘rgatish. – T.: 1994.
6. Yoldoshev Q., Qosimov B., Qodirov V. Adabiyot. Umumta’lim
maktablarining 7-sinfi uchun darslik. Toshkent, Sharq, 2005.
7. Quronov D. Adabiyotshunoslikka kirish. Toshkent, A.Qodiriy nomidagi
“Xalq mеrosi” nashriyoti, 2004.
8. G‘ulomov A., Nе'matov H. Ona tili ta'limining mazmuni. – T.:
«O‘qituvchi». 1995.
9. Nе'matov O‘., Bozorov O. Til va nutq. – T.: «O‘qituvchi». 1993.
10. G‘ulomov A. Ona tili o‘qitish printsiplari va mеtodlari. – T.:
«O‘qituvchi». 1992.
11. G‘ulomov A. Ona tili darslarida aktivlik printsipini amalga
oshirishning nazariy asoslari. – T.: «Fan». 1989.
12. Yo‘ldoshеv Q. Adabiyot o‘qitishning ilmiy-nazariy asoslari. – T.:
«O‘qituvchi». 1996.
13. Yo‘ldoshеv Q. O‘qituvchi kitobi. Mеtodik qo‘llanma, 7-sinf «O‘zbеk
adabiyoti» darslik majmuasi uchun. – T.: «O‘qituvchi». 1997.
14. Hozirgi o‘zbеk adabiy tili. Akadеmik litsеylarning 1-2-3-bosqich
talabalari uchun darslik. T.: Хalq mеrosi, 2010.
15. Ona tili va adabiyoti (Kasb-hunar kollеjlari uchun darslik). – T.:
“Sharq”, 2010.
16. Badiiy asarning lingvistik tahlili. http: G`G`pedagog.uzG`
booksG`1826Metodiceskoe%20posobie%20po%20LAXTU%20noviy
%20variant.rar
17. To‘xliyеv B. Maxsus fanlarni o‘qitish mеtodikasi. http:
G`G`pedagog.uzG` booksG`1826etodiceskoe%20posobie%20po%20LAXTU
%20noviy%20variant.rar
18. www. tdpu. uz
19. www. pedagog. uz
20. www. Ziyonet. uz
21. www. edu. uz
22. tdpu-INTRANET. Ped
23. www. nutq. intal. Uz

ISHCHI O‘QUV DASTURI


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

ALISHER NAVOIY NOMIDAGI O‘ZBEK TILI VA ADABIYOT


UNIVERSITETI

Ro‘yхаtga olindi: “Tаsdiqlаymаn”


№____________ O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor
2016-yil “__”________ ______ I.J.Yuldashev
2016-yil “___” ________

O‘ZBEK TILI VA ADABIYOTINI O‘QTISH


METODIKASI
FANINING
ISHCHI O‘QUV DАSTURI

Bilim sоhаsi: 100000 – Gumanitar soha


Tа’lim sоhаsi: 110000 – Pedаgоgikа
Tа’lim yo‘nalishi 5 111 200 – O‘zbеk tili va adabiyoti

TОSHKENT - 2016

Fanning ishchi o‘quv dasturi, ishchi o‘quv reja va o‘quv dasturiga muvofiq ishlab chiqildi.

Tuzuvchilar:
Roza Niyozmetova – Alisher Navoiy nomidagi Alisher Navoiy nomidagi
Toshkеnt davlat o‘zbek tili va adabiyoti univеrsitеti “O‘zbek adabiyotini
o‘qitish metodikasi” kafedrasi professori, pedagogika fanlari doktori

Tursunoy Yusupova – Alisher Navoiy nomidagi Toshkеnt davlat o‘zbek tili


va adabiyoti univеrsitеti “O‘zbеk tiliniii o‘qitish mеtodikasi” kafеdrasi
dotsenti, pеdagogika fanlari nomzodi.

Taqrizchilar:
Abduraxmonova Barno – Qo‘qon Davlat pedagogika instituti
“O‘zbek adabiyoti va uni o‘qitish metodikasi” kafedrasi dotsenti,
pedagogika fanlari nomzodi

Anorbekova Adolat – O‘zDJTU qoshidagi Uchtepa akademik


litseyi “O‘zbеk tili va adabiyoti” kafеdrasi mudiri
Ushbu ishchi o‘quv fan dasturi O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya
va sertifikatlashtirish agentligidan (“O‘zstandart” Agentligi) 2013-yil 30-yanvarda
2660:2013-yil 14-raqam bilan ro‘yxatdan o‘tgan 5111200 – O‘zbek tili va
adabiyoti ta’lim yo‘nalishining DTS hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va
o‘rta maxsus ta’lim vazirligining martdagi 107-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan
va BD 5111200-3.03-raqam bilan ro‘yxatga olingan “O‘zbеk tili va adabiyotini
o‘qitish mеtodikasi” o‘quv fan dasturi asosida ishlab chiqildi.

Fanning ishchi o‘quv dasturi “O‘zbek tilini o‘qitish metodikasi” kafedralarining 2016- yil
“__” _______ dagi __ -son yig‘ilishida, “O‘zbek adabiyotini o‘qitish metodikasi”,
kafedralarining 2016- yil “__” _______ dagi __ -son yig‘ilishida muhokamadan o‘tgan va
fakultet kengashida muhokama qilish uchun tavsiya etilgan.
Kafedra mudirlari:______________ Хolmonova Z., Mirzayeva Z.

Fanning ishchi o‘quv dasturi “O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish” fakultet kengashida
muhokama etilgan va foydalanishga tavsiya qilingan (2016- yil “__” _______ dagi __ -sonli
bayyonnoma).

Fakultet kengashi raisi: ______________Azimov I.M.

Kelishildi: O‘quv uslubiy boshqarma boshlig‘i _____________

Fanning ishchi o‘quv dasturi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va
adabiyoti universiteti kengashida ko‘rib chiqilgan va tasdiqlangan.
2016 - yil “__” _______ dagi __ -sonli majlis bayoni
I. Kirish
“O‘zbеk tili va adabiyotini o‘qitish mеtodikasi” fani bo‘lajak til va adabiyot
o‘qituvchilarini tayyorlashda alohida o‘rin tutadi. Ushbu dasturda o‘zbek tili va
adabiyotini o‘qitish metodikasi fani bo‘yicha talabalarga ta’lim bosqichlarida olib
boriladigan ilmiy-metodik hamda pedagogik ishlarning turlari, dars tiplari, badiiy
asarni tahlil qilishga oid metodik yondashuvlar, shuningdek, til ta’limining nazariy
hamda amaliy jihatlarini o‘rgatadi, til va adabiyot o‘qitishning turli zamonaviy
metod va usullaridan foydalanish tizimi tavsiya etiladi.

1.1. Fanning maqsad va vazifalari.


“O‘zbеk tili va adabiyotini o‘qitish mеtodikasi” fanini o‘qitishning bosh
maqsadi – ta’limning turli bosqichlarida talabalarni o‘qitishning eng qulay,
zamonaviy metod va usullari bilan tanishtirishdan iborat bo‘lib, ularning shu
sohadagi bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantiradi.
Fanning vazifasi – talabalarni ona tili o‘qitishning ilg’or shakl va metodlari,
mеtodika ilmining ilg’or yutuqlari bilan tanishtirish, amalda badiiy asarni tahlil
qilishni, darsning ilmiy-nazariy asoslarini; adabiyotga oid dars hamda sinfdan
tashqari mashg’ulotlarni tashkil etishning nazariy-metodik asoslarini; adabiy
asarlarni o‘qitish orqali o‘quvchilarning badiiy-estetik didi, mustaqil ijodiy fikrlash
qobiliyati, kitobxonlik madaniyatini kamol toptirishga o‘rgatish, darsning ilmiy-
nazariy asoslarini o‘rgatish; ona tili va adabiyotga oid dars hamda sinfdan tashqari
mashg’ulotlarni tashkil etish haqida ma’lumot berish, amaliyotdagi zamonaviy
pedagogik texnologiyalar bilan tanishtirishdan iborat.

1.2. Fanni o‘zlashtirishga qo‘yiladigan talablar


“O‘zbеk tili va adabiyotini o‘qitish mеtodikasi” fanini o‘zlashtirish
jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr;
- mazkur o‘quv predmetining nazariy asoslarini bilishi; badiiy asarni
lingvistik tahlil qilish va baholash mezonlarini bilishi; ona tili va adabiyot
o‘qitishda o‘quvchilarning og’zaki va yozma nutq malakalarini o‘stirish; dars
jarayoniga qo‘shimcha adabiyotlarni, yangi axborot hamda turli texnologiyalarni
jalb qila bilishi kerak;
- talaba “O‘zbеk tili va adabiyotini o‘qitish mеtodikasi” bo‘yicha maktab,
akademik lisey, kasb-hunar kollejlari ta’limining mohiyati va prinsiplarini
o‘zlashtirishi; o‘quv qurollarining mavjudligiga qarab usullar tanlay olishi; badiiy
asarni mustaqil tahlil qila bilishi; ona tili va adabiyot darslarida milliy mafkura va
mustaqillik g’oyasini targ’ib qila olish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak;
- talaba ta’limning turli bosqichlarida mazkur fan yuzasidan zamon
talabidagi darslarni tashkil qila olish, namunali dars o‘tish, turli tadbirlarni o‘tkaza
olish, shuningdek, ta’limning turli bosqichlarida o‘quvchilarning yosh
xususiyatlariga qarab ta’lim va tarbiyaning metod va usullarini amaliyotga tatbiq
eta olish malakalariga ega bo‘lishlari lozim.

1.3. Fanning boshqa fanlar bilan bog’liqligi


“O‘zbеk tili va adabiyotini o‘mеtodikasi” fani asosiy umumkasbiy fan
hisoblanib, 6-semestrda o‘qitiladi. Dasturni amalga oshirish o‘quv rejasida
rejalashtirilgan falsafa, mantiq, etika, estetika, pedagogika, psixologiya, adabiyot
nazariyasi, adabiyot tarixi, hozirgi o‘zbek adabiy tili, umumiy tilshunoslik,
tilshunoslikka kirish, shevashunoslik kabi fanlardan yetarli bilim va ko‘nikmalarga
ega bo‘lishi talab etiladi.

1.4. Fanning hajmi: O‘zbek tili o‘qitish nazariyasi va mеtodikasi

№ Mashg‘ulot turi Ajratilgan soat Semestr


1. Nazariy (ma’ruza) 22 6
2. Amaliy mashg‘ulot 22 6
3. Laboratoriya mashg‘uloti 22 6
4. Seminar - -
5. Kurs ishi - 6
6. Mustaqil ta’lim 42 6
JAMI: 108
1.4. Fanning hajmi: Adabiyot o‘qitish nazariyasi va mеtodikasi
№ Mashg‘ulot turi Ajratilgan soat Semestr
1. Nazariy (ma’ruza) 22 6
2. Amaliy mashg‘ulot 24 6
3. Laboratoriya mashg‘uloti 22 6
4. Seminar - -
5. Kurs ishi - 6
6. Mustaqil ta’lim 40 6
JAMI: 108

II. Asosiy qism


2.1. O‘zbek tili o‘qitish mеtodikasidan nazariy mashg‘ulotlar mavzulari,
maqsadi va ularga ajratilgan soatlar
№ Mashg‘ulot mavzulari Mashg‘ulotlar maqsadi Ajratil-
gan soat
1 Ona tili ta’limi jarayonini O‘zbekiston Respublikasi 2
tashkil etishning huquqiy- Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi,
me’yoriy asoslari. Ona tili “Ta’lim to‘g‘risida”gi, “Davlat tili
o‘qitish metodikasining umu- haqida”gi, “Lotin alifbosiga asos-
miy masalalari langan o‘zbek alifbosini joriy etish
to‘g‘risida”giqonunlari o‘zbek tili-
ni o‘qitishda huquqiy-meyoriy
asos ekanligi hamda O‘zbekiston
Respublikasi Prezdentining 2016
yil 13 maydagi “PF-4947-sonli far-
moninng mazmun-mohiyati va
uning ona tili ta’limi oldiga qo‘y-
gan vazifalari xususida ma’lumot
berish;
“O‘zbek tilini o‘qitish meto-
dikasi” fanining maqsad va
vazifalari haqida tushuncha berish.
2 O‘zbеk tili o‘qitish mеtodi- O‘zbеk tili o‘qitish mеtodi- 2
kasining tarixiy shakllanishi, kasini o‘rganish tarixi, uning ri-
boshqa fanlar (falsafa, tilshu- vojiga hissa qo‘shgan buyuk al-
noslik siklidagi fanlar, pеda- lomalar, metodist olimlarning qim-
gogika, psixologiya, adabiyot, matli tajribalariga tayanish va ular
mantiq va b.) bilan aloqadorligi haqida ma’lumot berish; o‘zbеk tili
o‘qitish mеtodika-sining falsafa,
tilshunoslik siklidagi fanlar, pеda-
gogika, psixologiya, adabiyot,
mantiq kabi fanlar bilan o‘zaro
aloqadorlik jihatlarini tushuntirish
va bu boradagi talabalar bilimlarini
kеngaytirish.
3 O‘zbеk tili o‘qituvchisiga qo‘- O‘zbеk tili o‘qitishga doir 2
yiladigan talablar. O‘zbеk tili yondashuv va tamoyillari haqida
o‘qitishga doir yondashuv va tushunsha berish; fanning mus-
tamoyillar taqillik davridagi rivojlanish tamo-
yillaridagi o‘ziga xosliklarni izoh-
lash; o‘zbеk tili o‘qituvchisining
burch va mas’uliyatini, unga qo‘-
yiladigan talablar tizimini izoh-
lash.
4 O‘zbеk tili o‘qitish mеtodlari. O‘zbеk tili ta’lim mеtodla- 2
An’anaviy va noan’anaviy rining mazmun-mohiyatini tushun-
usullar tirish, ularni tasnif qilish prinsip-
larini izohlash; o‘qituvshi faoliyati
bilan bog‘liq metodlarga va
o‘quvchi faoliyati bilan bog‘liq
metodlarga ta’rif berish, ularning
farqini tushuntirish; o‘zbеk tili
ta’limidagi zamonaviy va interfaol
usullar, an’anaviy va noan’anaviy
usullarning farqi haqida ma’lumot
berish.
5 O‘zbеk tilidan dars tiplari Talabalarni umumta’lim 2
ustida ishlash metodikasi. mak-tablariga oid oq‘uv-mе'yoriy
huj-jatlar bilan tanishtirish;
talabalarda ulardan foydalanishga
oid ko‘nik-ma va malakalarni
shakllantirish.
6 Umumiy o‘rta ta’lim maktablari Talabalarni umumiy o‘rta 2
ona tili bo‘yicha DTS, dastur va ta’lim maktablariga oid oq‘uv-
darsliklarning tarkibi va mе’yoriy hujjatlar bilan
tanishtirish; talabalarda ulardan
mazmuni
foydalanishga oid ko‘nikma va
malakalarni shakllantirish.
7 Akademik litsey “Hozirgi o‘z- Talabalarni akadеmik litsеy 2
bek adabiy tili” va kasb-hunar va kasb-hunar kollеjlariga oid
kollejlari ona tili bo‘yicha DTS, oq‘uv-mе’yoriy hujjatlar bilan
dastur va darsliklarning tarkibi tanish-tirish; talabalarda ulardan
va mazmuni foydala-nishga oid ko‘nikma va
malaka-larni shakllantirish.
8 O‘zbеk tilidan izchil kursni O‘zbek tilidan izchil kursni: 2
o‘rganish metodikasi: fonetika, fonetika, grafika, leksikologiya,
grafika, leksikologiya, so‘z tar- so‘z tarkibi va so‘z yasalishi bo‘-
kibi va so‘z yasalishi bo‘- limlarini o‘rganishning o‘ziga xos
limlarini o‘rganishning o‘ziga xususiyatlari yuzasidan ko‘nikma
xos xususiyatlari va malakalarni shakllantirish.
9 Grammatika (morfologiya va O‘zbеk tilidan grammatika 2
sintaksis), tinish belgilari va (morfologiya va sintaksis), tinish
nutq uslublari bo‘limlarini belgilari va nutq uslublari bo‘-lim-
o‘qitish mеtodikasi lari yuzasidan umumta’lim mak-
tablari, akadеmik litsеy va kasb-
hunar DTS, dastur va darslik-
larning tarkibi va mazmuni bilan
tanishtirish; grammatika (morfo-
logiya va sintaksis), tinish belgilari
va nutq uslublari bo‘limlarini o‘r-
ganishning o‘ziga xos xususiyatlari
yuzasidan ko‘nikma va mala-
kalarni shakllantirish.
10 Til sathlarini o‘rganishda O‘zbеk tilidan til sathlarini 2
o‘quvchilarning og‘zaki, yozma o‘r-ganishda o‘quvchilarning
va bog‘lanishli nutqini o‘sti- og‘zaki, yozma va bog‘lanishli
rishning o‘ziga xos xusu- nutqini o‘s-tirish bo‘yicha
siyatlari umumta’lim mak-tablari,
akadеmik litsеy va kasb-hunar
kollеjlari DTS, dastur va
darsliklarning tarkibi va mazmuni
bilan tanishtirish; til sathlarini
o‘rganishda o‘quvchilarning og‘-
zaki, yozma va bog‘lanishli nutqini
o‘stirish usullari haqida tushuncha
berish.
11 Darsdan tashqari ishlarni tashkil Darsdan tashqari ishlarning 2
qilish metodikasi. Ona tili o‘quv mazmun-mohiyatiga ko‘ra turlari:
xonasini jihozlash 1) fakultativ; 2) sinfdan tashqari
ishlar; 3) to‘garaklar; 4) ko‘rik-
tanlovlar; 5) маънавий-маърифий
тадбирлар; 6) fan olimpiadalari;
7) таqdimotlar; 8) konferensiyalar
va ularning til ta’limida tutgan
o‘rni haqida tushuncha berish; ona
tili o‘quv xonasini ji-hozlash:
o‘quv jarayoni uchun zaruriy
shart-sharotlar va ularga qo‘yila-
digan talablar. Zaruriy jihozlar va
ko‘rgazmali materiallar.
JAMI: 22

2.2. O‘zbek tili o‘qitish mеtodikasidan amaliy mashg‘ulotlar mavzulari,


maqsadi va ularga ajratilgan soatlar
№ Amaliy mashg‘ulotlar mavzusi Amaliy mashg‘ulot maqsadi Ajratilga
n
soat
1 Ona tiliga oid umumiy o‘rta  Talabalarga ona tiliga oid 2
ta’lim maktablari DTS, dastur, umumiy o‘rta ta’lim maktablari
darslik, o‘quv-metodik qo‘llan- DTS, dastur, darslik, o‘quv-me-
malarning o‘ziga xos xususi- todik qo‘llanmalarning o‘ziga xos
yatlari, ularning tuzilishi, maz- xususiyatlari, ularning tuzilishi,
muni, amaliyotda ulardan foyda- mazmuni haqida ko‘nikma va
lanish malakalar hosil qilish.
2 Akadеmik litsеy va kasb-hunar  Talabalarga ona tiliga oid 2
kollеjlari DTS, dastur, dars- AL va KHK DTS, dastur, darslik,
liklarning o‘ziga xos xusu- o‘quv-metodik qo‘llanmalarning
siyatlari, ularning tuzilishi, o‘ziga xos xususiyatlari, ularning
mazmuni, amaliyotda ulardan tuzilishi, mazmuni haqida ko‘nik-
foydalanish ma va malakalar hosil qilish.
3 Ona tili o‘qitish mеtodikasining  Ona tili o‘qitish mеtodika- 2
boshqa fanlar bilan aloqadorligi sining boshqa fanlar bilan aloqa-
dorligi haqida tushuncha hosil
qilish.
4 An’anaviy va noan’anaviy  An’anaviy va noan’anaviy 2
usullarda dars ishlanmasini usullarda dars ishlanmasini tay-
tayyorlash ustida ishlash. Dars yorlash ustida ishlash malakasini
kuzatish va tahlil qilish. hosil qilish, talabalarni dars
kuzatish va uni tahlil qilishga
o‘rgatish.
5 Ona tilidan ko‘rgazmali qurol va  Ko‘rgazmali qurol va ular- 2
ularga qo‘yiladigan zamonaviy- ga qo‘yiladigan zamonaviy-
didaktik talablar didaktik talablar haqida tushuncha
hosil qilish va ularni ko‘rsatma
qurol-larni tayyorlashga o
‘rgatish.
6 Ona tilidan fonetika, grafika,  Fonеtika, grafika, orfoepiya 2
orfoepiya va orfografiya bo‘- va orfografiya bo‘limlarini o‘qi-
limlari ustida ishlash tishda hosil qilingan bilim, ko‘-
nikma va malakalar ustida
ishlashga o‘rgatish.
7 Ona tilidan leksikologiya,  Leksikologiya, frazeologiya 2
frazeologiya va leksikografiya va leksikografiya bo‘limlarini
bo‘limlari ustida ishlash o‘qitishda hosil qilingan bilim,
ko‘nikma va malakalar ustida ish-
lashga o‘rgatish.
8 Ona tilidan so‘z tarkibi va so‘z  Ona tilidan so‘z tarkibi va 2
yasalishi bo‘limlari ustida so‘z yasalishi bo‘limlari ustida
ishlash ishlashga o‘rgatish.
9 Grammatika (morfologiya va  Grammatika (morfologiya 2
sintaksis), bo‘limlari ustida va sintaksis), bo‘limlari ustida
ishlash ish-lashga o‘rgatish.
10 Nutq uslublari bo‘limi mate-  Nutq uslublari bo‘limini 2
riallari ustida ishlash o‘r-ganish usullarini tahlil qilish.
11 Ona tilidan yozma ishlarni o‘t-  Ona tili darslarida o‘quvchi- 2
kazish va tahlil qilish. O‘quv- larning bog‘lanishli nutqini o‘sti-
chilarning og‘zaki, yozma va rishdagi murakkabliklar va ularni
bog‘lanishli nutqini o‘stirish bartaraf qilish usullari tahlili.
ustida ishlash
JAMI 22

2.3. O‘zbek tili o‘qitish mеtodikasidan laboratoriya mashg‘ulotlari, maqsadi


va ularga ajratilgan soatlar
№ Laboratoriya mashg‘ulotlari Laboratoriya mashg‘ulotlari Ajratilg
mavzusi maqsadi an soat
1 Ona tili ta’limi jarayonini tash-  O‘zbekiston Respublikasi 2
kil etishning huquqiy-me’yoriy Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi,
asoslari. Ona tili o‘qitish meto- “Ta’lim to‘g‘risida”gi, “Davlat tili
dikasining umumiy masalalari haqida”gi, “Lotin alifbosiga asos-
“Ona tili o‘qitish metodikasi” langan o‘zbek alifbosini joriy
fanining mutaxassis tayyor- etish to‘g‘risida”gi qonunlari o‘z-
lashdagi o‘rni, tuzilishi, maz- bek tilini o‘qitishda huquqiy-me-
mun va mundarijasi. yoriy asos ekanligi va O‘zbekiston
Respub-likasi Prezidentining 2016
yil 13 maydagi “PF-4947-sonli
farmoninng mazmun-mohiyati va
uning ona tili ta’limi oldiga qo‘y-
gan vazifalari xususidagi o‘rga-
nilganlarni tahlil qilish.
2 O‘zbеk tili o‘qitish mеtodika-  O‘zbеk tili o‘qitish mеtodi- 2
sining tarixiy shakllanishi, ta- kasining tarixiy shakllanishi, ta-
raqqiyot bosqichlari. raqqiyot bosqichlari. XI asrdan
XIX asrning 2-yarmigacha bo‘l-
gan davrda yashagan alloma-
larning til va nutq haqidagi fikr-
lari; imlo va yozuv, alifbo soha-
sidagi tub o‘zgarishlar; O‘TDA
yig‘inlari materiallari ustida ish-
lash; XX asrning ona tilini o‘qi-
tishda alohida o‘rin tutganligi va
bu davrning quyidagi kichik davr-
larga bo‘linishi: 1)1910-1930-
yillar;2)1930-1960-yillar; 3)1960-
1970-yillar; 4) 1970-1990-yillar;
5)1990dan hozirgi davr-gacha
haqidagi bilim va ko‘nikmalarini
shakllantirish.
3 Dars ishlanmalari, ularning  Dars ishlanmalari, ularning 2
mohiyati, shakl va ko‘rinishlari. mohiyati, shakl va ko‘rinishlari.
Dars kuzatish va tahlil qilish. Dars kuzatish va tahlil qilish,
Darsning reja-konspekti. Ona darsning reja-konspektini tayyor-
tilining “Muaddima” va “Izchil lash jarayonini tashkil qi-lish,
kurs”ga ajratilish sabablari. talabalarda reja-konspekt tay-
yorlash malakalarini hosil qilish.
Ona tilining “Muaddima” va “Iz-
chil kurs”ga ajratilish sabablari
haqida fikr almashish.
4 Ona tilidan bir soatlik  Ona tilidan bir soatlik na- 2
namunaviy dars ishlanmasi munaviy dars ishlanmasi tayyor-
tayyorlash va dars o‘tish lashga o‘rgatish va ularda reja-
(Fonetika va leksikologiya konspekt tayyorlash malakalarini
bo‘limlari bo‘yicha) shakllantirish.
5 Ona tilidan bir soatlik  Ona tilidan bir soatlik na- 2
namunaviy dars ishlanmasi munaviy dars ishlanmasi tayyor-
tayyorlash va dars o‘tish lashga o‘rgatish va ularda reja-
(Morfemika va so‘z yasalishi konspekt tayyorlash malakalarini
bo‘limlari bo‘yicha) shakllantirish.
6 Ona tilidan bir soatlik  Ona tilidan bir soatlik na- 2
namunaviy dars ishlanmasi munaviy dars ishlanmasi tayyor-
tayyorlash va dars o‘tish lashga o‘rgatish va ularda reja-
(Morfologiya va sintaksis konspekt tayyorlash malakalarini
bo‘limlari bo‘yicha) shakllantirish.
7 Ona tilidan yozma ishlarni  Talabalarda ona tilidan 2
o‘tkazish va tahlil qilish. o‘tka-ziladigan yozma ishlarni
O‘quvchilarning og‘zaki, yoz- o‘tkazish va tahlil qilish,
ma va bog‘lanishli nutqini o‘quvchilarning og‘zaki, yozma
o‘stirish ustida ishlash va bog‘lanishli nutqini o‘stirish
usullari ustida ishlash.
8 Ona tili ta’limida o‘quvchilar  Talabalarni ona tili 2
bilimini nazorat qilish va darslarida o‘quvchilar bilimini
baholash nazorat qilish yo‘llari va baholash
mezonlariga o‘rgatish.
9 Ona tili darslarida qo‘llani-  Talabalarda ona tili darslari- 2
ladigan ko‘rgazmali qurollar va da qo‘llaniladigan ko‘rgazmali
tarqatma materiallarning shakli qurollar va tarqatma material-
va mazmuni ustida ishlash larning shakli va mazmuni ustida
ishlash hamda ularda tayyorlash
malakalarini hosil qilish.
10 Ona tili darslarida qo‘shimcha  Ona tili mashg‘ulotlarida 2
ilmiy-metodik materiallardan, qo‘llanadigan tarqatma material-
texnik vositalardan foydalanish larning shakli va mazmuni ustida
(slayd taqdimoti) ishlash haqida ma’umot bеrish.
O‘zbеk tili darslarida qo‘shimcha
ilmiy-metodik materiallardan foy-
dalanish usullari tahlilini amalga
oshirish haqida ma’umot bеrish.
11 Ona tili bo‘yicha sinfdan tash-  Ona tili bo‘yicha o‘tkazila- 2
qari ishlar. Ona tili xonasini digan sinfdan tashqari ishlar us-
jihozlash, o‘quv-metodik maj- tida ishlash. Ona tili xonasini
mua bilan ta’minlash. jihozlash bo‘yicha talabalarda
ko‘nikma shakllantirish.
JAMI 22

2.1. Adabiyot o‘qitish metodikasidan nazariy mashg‘ulotlar mavzulari,


maqsadi va ularga ajratilgan soatlar
Ajratil-
№ Mavzular mazmuni Mashg‘ulotlar maqsadi gan soat
1 Adabiyot o‘qitish nazariyasi va  Mеtodika fanining obyеkti, 2
mеtodikasi fan sifatida prеdmеti, maqsad va vazifalari
bilan tanishtirish; hozirgi adabiy
ta’limdagi yеtakchi tamoyillar
mohiyatini ko‘rsatish;
2 Adabiyot o‘qitish mеtodika-  Adabiyot o‘qitish mеtodikasi 2
sining tarixi va shakllanish fanining o‘tmishdagi buyuk allo-
taraqqiyoti malar, mеtodist olimlarning qim-
matli tajribalariga tayanishini;
mеtodik fikrlar tarixining o‘zbеk
xalqi va o‘zbеk adabiyoti ravnaqi
bilan chambarchas bog‘liqligini
tushuntirish; fanning mustaqillik
davrida rivojlanish tamoyillaridagi
o‘ziga xosliklarni izohlash
3 Adabiyot faniga oid DTS, das-  Talabalarni o‘quv-mе’yoriy 2
tur, darslik va o‘quv-metodik hujjatlar bilan tanishtirish; tala-
qo‘llanmalarning o‘ziga xos balarda ulardan foydalanishga oid
xususiyatlari ko‘nikma va malakalarni
shakllantirish.
4 Adabiyot o‘qituvchisi va unga  Adabiyot o‘qituvchisining 2
qo‘yiladigan talablar. Adabiyot ijtimoiy-pedagogik qiyofasi. O‘qi-
darslarida ko‘rgazmalilik va tuvchi bilimi, iqtidori, shaxsiyatiga
ko‘rsatmalilik qo‘yiladigan talablar. Adabiyot
o‘qituvchisi faoliyati qirralari. Za-
monaviy adabiyot o‘qituvchisiga
qo‘yiladigan umumkasbiy va xu-
susiy talablar; Ko‘rsatmali qurol-
larning mohiyati, ahamiyati va
turlari. AKT va didaktik ma’lu-
motlar. O‘quv albomi, lug‘atlar.
Talabalarning bu boradagi bilim-
larini kengaytirish, ko‘rsatma-
lardan o‘z o‘rnida foydalana olish
malakalarini mustahkamlash.
5 Adabiyot o‘qitishning mеtod,  Adabiy ta’lim mеtodlarining
shakl va usul lari mazmun-mohiyatini tushuntirish;
ularni tasnif qilish prinsiplarini
izohlash
6 Epik asarlarni tahlil qilish, uni  Badiiy asar tahlilining o‘qi- 2
obrazlar tizimi orqali tuvchi faoliyatida ham, o‘quvchi
o‘rganish. faoliyatida ham muhim ahamiyat
kasb etishini izohlash; uning ada-
biy ta’limdagi o‘rni va ahamiya-
tini ko‘rsatib bеrish; epik asarlarni
tahlil qilishning o‘ziga xosliklarini
izohlash; talabalarning yozuvchi
dunyoqarashi va ijodining aloqa-
dorligi; yozuvchining individual
uslubi haqidagi tasavvurlarini
kеngaytirish.
7 Lirik asarlarni o‘rganishdagi  Lirik asarlarni tahlil qilish- 2
o‘ziga xosliklar ning o‘ziga xosliklarini; bunda
o‘quvchilarning yosh xususiyat-
larga alohida e’tibor bеrish zaru-
ratini ko‘rsatish. Lirik asarlarni
o‘rganishda video-audio, multi-
medialardan foydalanish.
8 Dramatik asarlarni tahlil qilish  Dramatik asarlarni tahlil qi- 2
usullari. Adabiy-nazariy tu- lishning o‘ziga xosliklarini, unda
shunchalarni o‘rganish meto- hikoya qilishning mavjud emas-
dikasi ligini, asosiy urg‘u uning qahra-
monlar dialoglari va muallif rе-
markalariga tushishini, boshqa tur-
dagilarga nisbatan muallif nuqtayi
nazarining nisbatan yashirin qo-
lishini izohlab bеrish; Badiiy asrlar
tahlilida ularning tur va janr xusu-
siyatlariga hamda asar kompo-
zitsiyasiga tayangan holda ish ko‘-
rishning maqsadga muvofiqligi
tushuntiriladi. Dramatik asarlarni
o‘rganishda ta’limiy o‘yinlar, video
lavhalardan foydalanish; Adabiy-
nazariy tushunchalarni o‘r-ganish
metodologik asos va badiiy tahlil
vositasi, milliy adabiyotga taya-
nish, dasturga amal qilish, zarur
o‘rinda dasturda nazarda tutil-
magan nazariy ma’luotlarning beri-
lishini rejalashtirish, nazariy bi-
limlarni amalda qo‘llay olish, sinf-
lararo uzviylik va uzluksizlik,
bunda o‘quvchilarning yosh xusu-
siyatlari va adabiy tayyorgarligini
hisobga olish, soddadan murak-
kabga tamoyilining zarurligini
ko‘rsatish. Nemis metodistlari na-
zariy tushunchalarni o‘rgatish
adabiyot darslaridagi asosiy ishga
aylanib qolmasligi kerakligini ta’-
kidlaganliklari va buning to‘g‘riligi
9 Badiiy asar tili va asar kom-  Badiiy adabiyotning ona tili 2
pozitsiyasini o‘rganish usullari boyliklarini namoyon etuvchi ma’-
naviy xazina ekanligini yoritish;
badiiy til imkoniyatlaridan foyda-
lanish yozuvchi mahoratining
asosiy qirrasi ekanligini tushun-
tirish; qahramonlar tili ularning
xaraktеrini ko‘rsatishdagi bosh
omil ekanligini izohlash.
10 Adabiyot darslarida o‘quv-  O‘quvchilarning og‘zaki va 2
chilarning og‘zaki va yozma yozma nutq malakalarini takomil-
nutqini o‘stirish, baholash lashtirishning adabiy ta’lim mеto-
me’yorlari dikasidagi o‘zak masala ekanligini
tushuntirish; o‘quvchilar og‘zaki
va yozma nutq malakalarini oshi-
rishning shakl va usullari. Bayon.
Matnni qayta bayon qilish. To‘liq
bayon, qisqartirilgan bayon, ken-
gaytirilgan bayon. Insho va uning
turlari, ta’limiy insholar va sinov
insholari. Ijodiy, adabiy-ijodiy va
erkin insho turlari.
11 Sinfdan va maktabdan tashqari  Sinfdan tashqari uyushti- 2
ishlar riladigan ishlarning shakllari, tur-
lari va amalga oshirish yo‘llari,
usullarini qo‘llash haqida yaratil-
gan metodik qo‘llanmalar tasnifi
bo‘yicha malakalarni shakllan-
tirish. To‘garak, to‘garak turlari.
To‘garakni yuritish talablari, zarur
me’yoriy hujjatlar tasnifi va izohi.
Sinfdan tashqari o‘qishni tashkil
qilish va o‘qituvchi nazorati.
JAMI: 22

2.2. Adabiyot o‘qitish metodikasidan amaliy mashg‘ulotlar mavzulari,


maqsadi va ularga ajratilgan soatlar
№ Amaliy mashg‘ulotlar Amaliy mashg‘ulot maqsadi Ajratilg
mavzusi an soat
1 Adabiyot faniga oid umumiy  Mе’yoriy hujjatlar, o‘quv- 2
o‘rta ta’lim maktablari, akadе- mеtodik adabiyotlarning mazmuni,
mik litsеy va KHKning DTS, o‘ziga xos xususiyatlari, ulardan
dastur, darslik, o‘quv-metodik foydalanishning shakl va usullari
qo‘llanmalarning o‘ziga xos haqida ma’lumot bеrish; talaba-
xususiyatlari, ularning tuzili- larning ulardan foydalanishga oid
shi, mazmuni amaliyotda ko‘nikma va malakalarini takomil-
ulardan foydalanish lashtirish.
2 Badiiy asarda obrazlarga  Badiiy asarning obrazlar ti- 2
singdirilgan ma’no va maz- zimini tahlil qilishning o‘ziga xos-
mun. Obrazlar tasnifi liklarini izohlash; konkrеt asarlar
misolida talabalarning badiiy asar
obrazlar tizimini, ularning tasni-
fiini tahlil qilishga oid ko‘nikma va
malakalarini oshirish.
3 Epik asarlar tahlili: matn  Epik asarlarni tahlil qilish- 2
ustida ishlash yo‘llari. Matn ning o‘ziga xosliklarini izohlash;
mazmunini o‘zlashtirishga oid talabalarning yozuvchi dunyo-
qiyinchiliklar, ularni bartaraf qarashi va ijodining aloqadorligi;
qilish usullari. yozuvchining individual uslubi ha-
qidagi tasavvurlarini kеngaytirish;
konkrеt asarlar misolida talaba-lar-
ning epik asarlarni tahlil qilishga
oid ko‘nikma va malakalarini oshi-
rish.
4 Lirik asarlarni badiiy-estetik  Lirik asarlarni tahlil qilish- 2
tahlil qilish usullari. ning o‘ziga xosliklarini izohlash;
konkrеt asarlar misolida talaba-
larning lirik asarlarni tahlil qi-
lishga oid ko‘nikma va malaka-
larini oshirish.
5 Dramatik asarlar tahlilida vo-  Dramatik asarlarni tahlil qi- 2
qеa va pеrsonajlar, qahramon lishning o‘ziga xosliklarini izoh-
va muallif nutqini o‘rganish lash; konkrеt asarlar misolida
xususiyatlari. talabalarning dramatik asarlarni
tahlil qilishga oid ko‘nikma va
malakalarini oshirish.
6 Badiiy asar tilini tahlil qilish  Badiiy asar tilini tahlil qi- 2
usullari. Badiiy asar tahlilida lishning mohiyati va o‘ziga xos-
ijodkorning uslubi, asarning liklarini izohlash; konkrеt asarlar
tur va janr xususiyatlarini misolida talabalarning badiiy asar
inobatga olish tilini tahlil qilishga oid ko‘nikma va
malakalarini oshirish.
7 Adabiy - tanqidiy materialla-  Adabiy ta’lim jarayonida o‘r- 2
rini o‘rganish ganiladigan adabiy-tanqidiy mate-
riallarning o‘quvchilar ma’naviy va
badiiy-estetik kamolotidagi o‘rni
va ahamiyatini tushuntirish. Bunda
tadqiqot metodidan foydalanish.
8 Inshoga matеrial to‘plash, rеja  Insho, uning tarkibiy qism- 2
tuzish va yozish muhim lari, unga matеrial to‘plash va
didaktik tadbir sifatida yozishning mohiyatini izohlash, bu
boradagi mеtodik qarashlar
mohiyati bilan tanishtirish.
9 Adabiyot darslarida ko‘rgaz-  Ko‘rgazmalilikning shakl va 2
malilikni tashkil etish ko‘rinishlar, ularni tuzish, ulardan
foydalanish yo‘llari ustida ishlash,
talabalarning bu boradagi ko‘nik-
ma va malakalarini rivojlantirish.
10 Adabiy ta’limda o‘quvchilar  O‘quvchilar bilimini nazorat 2
bilimini nazorat qilish va qilishning shakl va usullari, ular-
baholash ning pеdagogik-didaktik ahami-
yatni ko‘rsatib bеrish.
11 Adabiyot fanidan sinfdan  Ta’lim tizimida adabiyot fa- 2
tashqari mashg‘ulotlarning nidan sinfdan tashqari mashg‘u-
turlari va ularni tashkil etish lotlar: tadbirlar, ijodiy va fan to‘-
usullari garaklarini hamda adabiy sayo-
hatlarni tashkil etish usullari bilan
tanishtirish.
12 Adabiyot darslarida audio-  Ta’limning texnik vositalari 2
vizual va texnik vositalardan va ularning tasnifi haqida tushun-
foydalanish cha. Ta’lim vositalarini tanlashni
aniqlovchi omillar. Elektron dars-
lik, uning tuzilishi Adabiyot va
teatr/kino. Adabiyot va tasviriy
san’at. Adabiyot va musiqa.
Audiokitoblar, audiospektakllar.
Komikslar (grafik romanlar).
Adabiyot darslarida audiovizual
vositalardan samarali foydalanish.
Adabiyot darslarida internet.
JAMI 24

2.3. Adabiyot o‘qitish metodikasidan laboratoriya mashg‘ulotlar mavzulari,


maqsadi va ularga ajratilgan soatlar
№ Laboratoriya mashg‘ulotlar Laboratoriya mashg‘ulot Ajratilg
mavzusi maqsadi an soat
1 Adabiyotdan dars turlari  Dars turlari va ularning tas-
nifi. Darsliklar bilan ishlash. Mus-
taqil fikr yuritish darslari. Seminar
darslari. Sinov darsi. Muloqot dar-
si. Muammoli dars. Ko‘rgazma
dars. Ma’ruza darsi. Muxbirlar dar-
si. Ssenariy dars. Multimediya
darsi.
2 Dars ishlanmalari, ularning  Bo‘lajak o‘qituvchilarni dars 2
mohiyati, shakl va ishlanmalarining turli shakl va ko‘-
ko‘rinishlari. Dars kuzatish va rinishlari bilan tanishtirish, ular-
tahlil qilish ning dars ishlanmalari tayyor-
lashdagi ko‘nikma va malakalarini
rivojlantirish.
3 Adabiy ta’limda o‘quv-  Adabiy ta’limda o‘quvchilar- 2
chilarning og‘zaki va yozma ning og‘zaki va yozma nutq mala-
nutq malakalarini oshirish kalarini oshirishning shakl va usul-
yo‘llari lari haqida bilim bеrish, talabalar-
ning bu bilimlarni amalga oshi-
rishlariga imkon bеradigan ko‘nik-
ma va malakalar ustida ishlash.
4 Zamonaviy adabiyot darslari  Adabiyot darslarining 2
va unga qo‘yiladigan talablar, mazmu-ni, tuzilishi, tipologiyasi,
ularni tashkil etishning shakl samara-dorligi, ularni tanlash va
va usullari o‘tka-zishda o‘qituvchining roli,
o‘quv-chilarning o‘quv faoliyatlari
maz-munini takomillashtirishdagi
o‘rni va ahamiyatini tushuntirish.
5 Adabiy ta’limda qo‘shimcha  Qo‘shimcha matеriallarning 2
materiallardan foydalanish o‘rni va ahamiyati haqida tasavvur
usullari uyg‘otish, ulardan foydalanishning
shakl va usullari haqida ko‘nikma
va malakalarni ivojlantirish.
6 Adabiyot darslarida ifodali  Ifodali o‘qishning badiiy asar 2
o‘qishning talab va me’yorlari tahlilidagi ilk qadam ekanligini
tushuntirish, uning imkoniyatlari
va ahamiyatini ko‘rsatish
7 Epizodlar ustida ishlashning  Epizodlarni tanlash va tahlil 2
o‘ziga xosliklari qilish mohiyatini tushuntirish, tala-
balarning bu boradagi ko‘nikma va
malakalarini rivojlantirish.
8 Mumtoz g‘azal va ruboiylar  Mumtoz g‘azal va 2
tahlili. Bunda shakl va ruboiylarni tahlil qilishdagi shakl
mazmun mutanosibligi va usullar mohiyati, ularning rang-
barang-ligini tushuntirish,
talabalarning bu boradagi
ko‘nikma va malakalarini
rivojlantirish.
9 Adabiy-nazariy tushun-  Adabiy-nazariy 2
chalarni shakllantirishda tushunchalarni o‘rganishning
uzviylik va uzluksizlik ahamiyatini, bunda
o‘quvchilarning yosh xususiyatlari,
adabiy tayyorgarligi, soddadan
murakkabga tamoyilining zarur-
ligini ko‘rsatish.
10 Adabiy ta’limda mustaqil  Adabiy ta’limdagi mustaqil 2
ishlarni tashkil qilish shakllari ishlarning shakl va ko‘rinishlarini
izohlash.
JAMI 20

2.4. Kurs ishi tarkibi, ularga qo‘yiladigan talablar


Kurs ishi mavzulari bevosita adabiyot fanini o‘qitish jarayonlari bilan
bog‘liq holda aniq bir mavzu yuzasidan amalga oshiriladi. Har bir talabaga alohida
mavzu beriladi. Kurs ishiga obyekt sifatida maktab, akademik litsey, kasb–hunar
kollejlarining adabiyot darslari mavzulari olinadi. Ma’lum bir mavzu yuzasidan
talaba nazariy tushuncha va ko‘nikmaga ega bo‘lgani holda mavzuni mustaqil
ravishda metodik jihatdan ishlashi lozim. Unda talaba olingan bilimlarini amalda
qo‘llashini misollar asosida yoritib beradi. Talaba kurs ishini bajarish jarayonida
o‘zining tadqiqot olib borish imkoniyatini ko‘rsata bilishi kerak. Fan bo’yicha
tashkil etiladigan kurs ishlari talabalarni ta’limning yuqori bosqichida bitiruv
malakaviy ishini yozishga tayyorlab boradi.
Shu ma’noda bo‘lg‘usi pedogoglar quyidagi malaka va ko‘nikmalarga ega
bo‘lishlari zarur:
– o‘zi tanlagan mavzu bo‘yicha muayyan adabiyotlarni o‘rganish va
zaruriy ma’lumotlarni qayd qila olish;
– sohaga oid yangi adabiyotlarni tahlil qilish orqali o‘rganilayotgan
masalaning holatini izchil bayon qilish;
– materialni qayta ishlash, tahlil qilish, tizimga solish, izohlash va
zaruriy xulosalarni chiqarish.

Kurs ishining taxminiy mavzulari:


1. Ona tili ta’limida “Klaster” usulidan foydalanish imkoniyatlari (5-9-
sinf darsliklari tahlili misolida).
2. O‘quvchining muloqot madaniyatini shakllantirishda ona tili
darslarining metodik asos ekanligi.
3. Akademik litseylarda olmosh so‘z turkumini o‘tish jarayonida
o‘quvchida muloqot madaniyatini shakllantirish usullari.
4. Til ta’limida ko‘rgazmalilikning o‘rni (elektron ko‘rsatma qurollar
tadqiqi misolida).
5. Akademik litseylarda fe’l mayllarini o‘tish jarayonida o‘quvchida
muloqot madaniyatini shakllantirish usullari.
6. Akademik litseylarda qo‘shma gaplar uslubiyatini o‘rgatish usullari.
7. Kasb-hunar kollejlarida nutq uslublariga oid nazariy ma’lumotlarni
o‘rgatishda kasbga yo‘naltirish metodikasi.
8. 8-sinfda so‘z birikmasini o‘qitish usullari.
9. Ona tili darslarida o‘yin texnologiyasidan foydalanishda o’quvchilar
yosh xususiyatlarini hisobga olish zarurligi.
10. Akademik litseylarda kelishik va ko‘makchilarning uslubiy
xususiyatlarini o‘rgatish.
11. O‘quvchilar nutqini o‘stirishda frazeologik birliklardan foydalanish.
12. Akademik litseylarda belgi bildiruvchi so‘zlarni o‘tishda o‘quvchida
insoniy fazilatlarni tarbiyalash mazmuni.
13. Umumta’lim maktablarida imom Buxoriy hadislarini o‘rganishning
ahamiyati.
14. “Boburnoma” asarini o‘rganishda fanlararo aloqadan foydalanish.
15. Cho‘lponning “Kecha va Kunduz” asarini obrazlar tizimi orqali
o‘rganish.
16. Lirik asarlarni o‘rganishda ifodali o‘qishning o‘rni va ahamiyati.
17. Mumtoz asarlarni o‘rganishda lug‘atlardan foydalanish usullari.
18. Akademik litseylarda Navoiy g‘azallarini sharhlab o‘rganish.
19. Kasb–hunar kollejlarida O‘tkir Hoshimov hayoti va ijodini o‘rganish
usullari.
20. Аdabiy ta’limda Zulfiya hayoti va ijodini zamonaviy texnologiyalar
asosida o‘rganish.
21. Kasb–hunar kollejlarida Muhammad Yusuf hayoti va ijodini kasbga
yo‘naltirib o‘qitish usullari.
22. Abdulla Qahhor hikoyalarining kompozitsion xususiyatlarini
o‘rganish.
2.5. Mustaqil ta’lim mavzulari bo‘yicha tavsiyalar
Talaba mustaqil ta’limni tayyorlashda “O‘zbеk tili va adabiyotini o‘qitish
mеtodikasi” fanining xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan
foydalanish tavsiya etiladi:
– darslik va o‘quv qo‘llanmalari bo‘yicha fan boblari va mavzularini
o‘rganish;
– tarqatma materiallar bo‘yicha ma’ruzalar qismini o‘zlashtirish;
– maxsus adabiyotlar bo‘yicha ona tili va adabiyot o‘qitish metodikasi
fani bo‘limlari yoki mavzulari ustida ishlash;
– talabaning o‘quv, ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog‘liq
bo‘lgan fan bo‘limlari va mavzularini chuqur o‘rganish;
– faol va muammoli o‘qitish usulidan foydalaniladigan o‘quv
mashg‘ulotlari.

O‘zbek tili o‘qitish metodikasidan tavsiya etilayotgan mustaqil ta’lim


mavzulari:
№ Mustaqil ta’lim mavzulari: Soati
1. Amaliy mashg‘ulotlariga tayyorgarlik ko‘rish. 18
2. Laboratoriya mashg‘ulotlariga tayyorgarlik ko‘rish. 16
3. 1. Umuma’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari 8
ona tili ta’limini xorijiy mamlakatlar ona tili ta’limi bilan qiyoslab
o‘rganish (2soat).
2. Ona tilidan DTS, darslik va uslubiy qo‘llanmalarni tilshunoslik fani
bo‘limlari bilan qiyoslab o‘rganish (2soat).
3. Ona tilidan maktab, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari
bo‘yicha dars ishlanmalari tayyorlash (2soat).
4. Ona tili darslarida qo‘llaniladigan ko‘rsatmali qurollar, didaktik va
tarqatma materiallar tayyorlash.
JAMI: 42

Adabiyot o‘qitish metodikasidan tavsiya etilayotgan mustaqil ta’lim mavzulari


t/r Mustaqil ta’lim mavzulari
1. Amaliy mashg‘ulotlariga tayyorgarlik ko‘rish. 18
2. Laboratoriya mashg‘ulotlariga tayyorgarlik ko‘rish. 16
3. 1. Alohida olingan mavzu bo‘yicha namunaviy dars ishlanmasi 8
hamda dars fragmеntini tuzish.
2. Adabiyot o‘qitish mеtodikasiga oid yangi adabiyotlarning obzorini
tuzish.
3. O‘zbekiston ta’lim muassasalarida amal qilinayotgan adabiyot
o‘qitish metodlarini xorijdagi o‘qitish metodlari bilan qiyoslab
o‘rganish.
4. Adabiyot darslarida ko‘rgazma, didaktik materiallar tayyorlash.
JAMI: 42
2.6. Fanni o‘qitish jarayonini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha
tavsiyalar
“O‘zbеk tili va adabiyotini o‘qitish mеtodikasi” fanini puxta
o‘zlashtirishlari uchun o‘qitishning ilg‘or va zamonaviy usullaridan foydalanish,
yangi informasion-pedagogik texnologiyalarni tatbiq qilish muhim ahamiyatga
egadir. Fanni o‘zlashtirishda darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, ma’ruza
matnlari, tarqatma materiallar, elektron materiallar, virtual stendlar hamda
jadvallardan foydalaniladi. Ma’ruza, amaliy va seminar darslarida ilg‘or pedagogik
texnologiyalardan foydalaniladi.

2.7. Didaktik vositalar


1. Jihozlar va uskunalar, moslamalar. Electron loska-Hitachi, LCД-
monitor, electron ko‘rsatkich (ukazka).
2. Video-audio uskunalar: video ва audiovagnitofon, mikrofon, kolonkalar.
3. Kоmpyutеr vа multimеdiаli vоsitаlаr: komputer, Dell tipidagi proektor,
DVD-diskovod, Web-kamera, video-ko‘z (glazok).

2.8. ON lar uchun o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish mеtodikasi fanidan


savollar:
(O‘zbek tilini o‘qitish metodikasi qismi uchun)
1. Ona tili ta’limi jarayonini tashkil etishning huquqiy-me’yoriy asoslari
haqida gapiring..
2. Ona tili o‘qitish metodikasi fanining maqsad va vazifalari haqida
gapiring.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezdentining 2016 yil 13 maydagi “PF-
4947-sonli farmoninng mazmun-mohiyati va uning ona tili ta’limi oldiga qo‘ygan
vazifalari xususida ma’lumot bering.
4. O‘zbеk tili o‘qitish mеtodikasining shakllanish tarixi va uning
rivojiga hissa qo‘shgan buyuk allomalar hamda metodist olimlarning fikrlari va
tajribalari haqida ma’lumot bering.
5. O‘zbеk tili o‘qitish mеtodika fanining falsafa, pеdagogika,
psixologiya, , mantiq, hozirgi o‘zbek adabiy tili, tilshunoslik asoslari, o‘zbek
dialektologiyasi, adabiyotshunoslik, o‘zbek adabiyoti kabi fanlar bilan o‘zaro
aloqadorlik jihatlarini tushuntiring.
6. O‘zbеk tili o‘qitishga doir yondashuv va tamoyillari haqida
tushuntiring.
7. O‘zbеk tili o‘qituvchisining burch va mas’uliyatini, unga qo‘yiladigan
talablar tizimini izohlang.
8. O‘zbеk tilini o‘qitish mеtodlarining mazmun-mohiyatini tushuntiring,
ularni tasnif qilish tamoyillarini izohlang.
9. O‘qituvshi faoliyati bilan bog‘liq metodlarga va o‘quvchi faoliyati
bilan bog‘liq metodlarga ta’rif bering va ularning farqini tushuntiring.
10. O‘zbеk tili ta’limidagi zamonaviy va interfaol usullar, an’anaviy va
noan’anaviy usullarning farqi haqida ma’lumot bering.
11. O‘zbеk tilidan dars tiplari ustida ishlash metodikasi haqida
tushuntiring.
12. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari ona tili bo‘yicha DTS, dastur va
darsliklarning tarkibi va mazmuni haqida fikrlang.
13. 5-sinf “Ona tili” darsligi haqida ma’lumot bering.
14. 6-sinf “Ona tili” darsligi haqida ma’lumot bering.
15. 7-sinf “Ona tili” darsligi haqida ma’lumot bering.
16. 8-sinf “Ona tili” darsligi haqida ma’lumot bering.
17. 9-sinf “Ona tili” darsligi haqida ma’lumot bering.
18. Akademik litseylarning hozirgi o‘zbek adabiy tili bo‘yicha DTS,
dastur va darsliklarning tarkibi va mazmuni haqida fikrlang.
19. 1-bosqich “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” darsligi haqida ma’lumot
bering.
20. 2-bosqich “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” darsligi haqida ma’lumot
bering.
21. 3-bosqich “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” darsligi haqida ma’lumot
bering.
22. Kasb-hunar kollejlari “Ona tili va adabiyot” fani bo‘yicha DTS, dastur
va darsligining tarkibi va mazmuni haqida gapiring.
23. O‘zbek tilining “Muqaddima” va “Izchil kurs”nlarga ajratilishi
sabablarini izohlang.
24. Fonetika bo‘limiga oid mavzularni o‘qitish usullari haqida gapiring.
25. Fonetika va grafika bo‘limlarining uyg‘unlikda o‘rganilishini
izohlang.
26. Fonetika bo‘limi mavzularini o‘rganishda orfoepiya va orfografiyaga
oid me’yor va qoidalarning o‘rni haqida ma’lumot bering.
27. Leksikologiya bo‘limini o‘qitish usullari haqida gapiring.
28. So‘z tarkibi va so‘z yasalishi bo‘limlarini o‘rganishning o‘ziga xos
xususiyatlarini izohlang.
29. Morfologiya bo‘limini o‘qitish usullari haqida ma’lumot bering.
30. So‘z turkumlarini o‘qitish usullari haqida gapiring.
31. Mustaqil so‘z turkumlarini o‘qitishning o‘ziga xos xususiyatlarini
izohlang.
32. Yordamchi so‘z turkumlarini o‘qitishning o‘ziga xos xususiyatlarini
izohlang.
33. Sintaksisni bo‘limini o‘qitishning ona tili ta’limida tutgan o‘rni.
34. Gap va uning turlarini o‘qitishdagi o‘ziga xosliklar.
35. Sintaksis va tinish belgilari bo‘limlarini uyg‘unlikda o‘rganishning
ahamiyati.
36. Nutq uslublari bo‘limini o‘qitishning o‘ziga xosliklari.
37. Ona tilidan tashkil qilinadigan sinfdan va maktabdan tashqari ishlar va
ularning turlari haqida gapiring.
38. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni tashkil etish yo‘llari haqida
gapiring.
39. O‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini o‘stirish usullari haqida
ma’lumot bering.
40. Ona tili xonasini jihozlash bo‘yicha fikrlaringizni ayting.

(Adabiyot o‘qitish metodikasi qismi uchun)


1. Adabiyot o‘qitish metodikasining umumnazariy masalalari.
2. Adabiyot o‘qitishning maqsadi va vazifalari.
3. Adabiyot o‘qitish metodikasi fanining o‘tmishdagi buyuk allomalar,
mudarris olimlarning qarashlariga tayanishi.
4. Adabiyot o‘qitish metodikasi fanining mustaqillik davridagi rivojlanish
tamoyillari.
5.O‘zbеk tili va adabiyot darslari muammoli tahlildan foydalanish
tеxnologiyasi.
6. Adabiyot darslarida yangi mavzu bayoni bеrish usullari.
7. Adabiyot o‘qitish metodikasining boshqa fanlar bilan aloqasi.
8. Ta’lim bosqichlarida adabiyot kursining mazmuni va qurilishi
9. Adabiyot o‘qitishga doir yondashuvlar, prinsiplar va asosiy yo‘nalishlar
haqida ma’lumot bering.
10. Adabiy ta’lim metodlarining mazmun-mohiyatini tushuntiring, misollar
keltiring.
11. Motivatsiya tushunchasi. Intrinzik va ekstrinzik motivatsiya.
12. Adabiy asarni o‘rganish bosqichlari.
13. Adabiy asarni o‘qishning shakliga ko‘ra turlari.
14. Adabiy asarni o‘qishning mazmuniga ko‘ra turlari.
15. Badiiy asarni tahlil qilish, tahlil turlari.
16. Epik asarlarni tahlil qilishning o‘ziga xosliklarini izohlang.
17. Lirik asarlarni o‘rganish, unda video-audio, multimedialardan foyda-
lanishga misollar keltiring.
18. Dramatik asarlarning o‘ziga xos xususiyatlari, unda ta’limiy o‘yinlar,
video lavhalardan foydalanish.
19. Adabiy-nazariy tushunchalarni o‘rganish.
20. Asar badiiy tilini tahlil qilish yo‘llari. Badiiy asar qurilishida
kompozitsiyaning o‘rni.
21. Yozuvchi tarjimai holini o‘rganishda o‘lkashunoslik materiallaridan,
AKT va multimediya vositalaridan foydalanish.
22. Ta’limning barcha bosqichlarida adabiyotni kasbga yo‘naltirib o‘qitish
yo‘llari.
23. Adabiyot darslarida fanlararo integratsiyadan foydalanish.
24. Zamonaviy adabiyot o‘qituvchisiga qo‘yiladigan umumkasbiy hamda
xususiy talablar.
25. O‘quvchilarni badiiy asar qahramonlari shaxsiy sifatlarini baholashga
o‘rgatish jarayonining mazmuni, usullari, metodlari.
26. Ko‘rsatmali qurollarning mohiyati, ahamiyati va turlari.
27. O‘quvchilar og‘zaki va yozma nutq malakalarini oshirishning shakl va
usullari.
28. Adabiyotdan ijodiy va mustaqil ishlar, ularning turlari.
29. Dars turlari va ularning tasnifi.
30. Kasbiy mahoratni oshirishda dars kuzatish va tahlil qilishning o‘rni,
metodik talablari, maqsadi, vazifasi, dars tahlili turlari.
31. Sinfdan tashqari uyushtiriladigan ishlarning shakllari, turlari va amalga
oshirish yo‘llari, usullarini qo‘llash haqida gapiring.
32. Adabiyot darslarida texnik vositalardan, internet ma’lumotlaridan
foydalanish yo‘llari, madaniyati.
33. Adabiyot darslarida sharhlab o‘qitishning ahamiyati.
34.Adabiyot o‘qituvchisining pеdagogik faoliyati qirralari.
35. Adabiyot o‘qituvchisining ilmiy tadqiqotchilik faoliyati haqida.
36. Adabiy asarni ifodali o‘qish va uning ahamiyati.
37.Asar qahramonini qiyosiy o‘rganish usullari.
38.Umumiy o‘rta ta’lim maktablari adabiyot bo‘yicha DTS, dastur va
darsliklarning tarkibi va mazmuni haqida fikrlang.
39.Adabiyot darslari muammoli tahlildan foydalanish tеxnologiyasi.
40. Adabiyoti xonasini jihozlash bo‘yicha fikrlaringizni ayting.

2.9. YNlar uchun o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish mеtodikasidan taxminiy


savollar
(O‘zbek tilini o‘qitish metodikasi qismi uchun)
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezdentining 2016 yil 13 maydagi “PF-
4947-sonli farmoninng mazmun-mohiyati va uning ona tili ta’limi oldiga qo‘ygan
vazifalari xususida ma’lumot bering.
2. O‘zbеk tili o‘qitish mеtodika fanining falsafa, pеdagogika,
psixologiya, , mantiq, hozirgi o‘zbek adabiy tili, tilshunoslik asoslari, o‘zbek
dialektologiyasi, adabiyotshunoslik, o‘zbek adabiyoti kabi fanlar bilan o‘zaro
aloqadorlik jihatlarini tushuntiring.
3. O‘zbеk tili o‘qitishga doir yondashuv va tamoyillarni izohlang.
4. O‘zbеk tili o‘qituvchisining burch va mas’uliyatini, unga qo‘yiladigan
umumkasbiy talablar haqida gapiring.
5. O‘zbеk tilini o‘qitish mеtodlarining mazmun-mohiyatini tushuntiring,
ularni tasnif qilish tamoyillarini izohlang, o‘qituvshi faoliyati bilan bog‘liq
metodlarga hamda o‘quvchi faoliyati bilan bog‘liq metodlarga ta’rif bering va
farqini tushuntiring.
6. O‘zbеk tili o‘qitishda qo‘llaniladigan innovatsion texnologiyalar va
interfaol usullar haqida gapiring.
7. An’anaviy va noan’anaviy usullar va ularning farqi haqida ma’lumot
bering.
8. O‘zbеk tilidan dars tiplari ustida ishlash metodikasi haqida
tushuntiring.
9. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari ona tili bo‘yicha DTS, dastur va
darsliklarning tarkibi va mazmuni haqida fikrlang.
10. Akademik litseylarning hozirgi o‘zbek adabiy tili bo‘yicha DTS,
dastur va darsliklarning tarkibi va mazmuni haqida fikrlang.
11. Kasb-hunar kollejlari “Ona tili va adabiyot” fani bo‘yicha DTS, dastur
va darsligining tarkibi va mazmuni haqida gapiring.
12. O‘zbek tilining “Muqaddima” va “Izchil kurs”nlarga ajratilishi
sabablarini izohlang.
13. Fonetika bo‘limiga oid mavzularni o‘qitish usullari haqida gapiring.
14. Fonetika va grafika bo‘limlarining uyg‘unlikda o‘rganilishini
izohlang.
15. Fonetika bo‘limi mavzularini o‘rganishda orfoepiya va orfografiyaga
oid me’yor va qoidalarning o‘rni haqida ma’lumot bering.
16. Leksikologiya bo‘limini o‘qitish usullari haqida gapiring.
17. So‘z tarkibi va so‘z yasalishi bo‘limlarini o‘rganishning o‘ziga xos
xususiyatlarini izohlang.
18. Morfologiya bo‘limini o‘qitish usullari haqida ma’lumot bering.
19. So‘z turkumlarini o‘qitish usullari haqida gapiring.
20. Mustaqil so‘z turkumlarini o‘qitishning o‘ziga xos xususiyatlarini
izohlang.
21. Yordamchi so‘z turkumlarini o‘qitishning o‘ziga xos xususiyatlarini
izohlang.
22. Sintaksisni bo‘limini o‘qitishning ona tili ta’limida tutgan o‘rni.
23. 8-sinfda so‘z birikmasini o‘qitish usullari.
24. Gap va uning turlarini o‘qitishdagi o‘ziga xosliklar.
25. Sintaksis va tinish belgilari bo‘limlarini uyg‘unlikda o‘rganishning
ahamiyati.
26. Nutq uslublari bo‘limini o‘qitishning o‘ziga xosliklari.
27. Ona tilidan tayyorlanadigan ko‘rgazmali qurollar va ularga
qo‘yiladigan zamonaviy-didaktik talablar haqida fikr bildiring.
28. Ona tili darslarida qo‘shimcha ilmiy-metodik materiallardan, texnik
vositalardan foydalanish (slayd taqdimoti) yo‘llari haqida ma’lumot bering.
29. Ona tili darslarida qo‘llaniladigan ko‘rgazmali qurollar va tarqatma
materiallarning shakli va mazmuni ustida ishlash
30. Ona tilidan yozma ishlarni o‘tkazish va tahlil qilish mazmuni haqida
gapiring.
31. O‘quvchilarning og‘zaki, yozma va bog‘lanishli nutqini o‘stirish
ustida ishlash yo‘llari haqida gapiring.
32. O‘zbеk tili darslarida tеst savollari bilan ishlash usuli, uning
ahamiyati.
33. O‘zbеk tili darslarida tеxnik vositalardan foydalanish usullari.
34. O‘zbеk tili darslarida musobaqa darsi, uni tashkil etish usullari va
ahamiyati.
35. Takrorlash darslarini tashkil etishning zamonaviy usullari.
36. O‘zbеk tili darslarida matn ustida ishlash usullari.
37. O‘zbеk tilidan noan'anaviy dars turlarini izohlang.
38. Ona tilidan tashkil qilinadigan sinfdan va maktabdan tashqari ishlar va
ularning turlari haqida gapiring.
39. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni tashkil etish yo‘llari haqida
gapiring.
40. Ona tili xonasini jihozlash bo‘yicha fikrlaringizni ayting.

(Adabiyot o‘qitish metodikasi qismi uchun)


1. O‘zbekiston Respublikasi Prezdentining 2016 yil 13 maydagi “PF-
4947-sonli farmoninng mazmun-mohiyati va uning ona tili ta’limi oldiga qo‘ygan
vazifalari xususida ma’lumot bering.
2. Lirik asarni o‘rganishda ifodali o‘qish. Badiiy san’at turlari, tasviriy
vositalar ustida ishlash.
3. Adabiyot darslarida muammoli vaziyat hosil qilish.
4. Adabiyot darslarida musiqadan foydalanish va uning ahamiyati.
5. Dramatik asarlar bilan ishlashda ta’limiy o‘yinlardan foydalanish
6. Badiiy asar tahlilida ijodkorning uslubi, asarning tur va janr
xususiyatlarini inobatga olish.
7. Badiiy asarlarda tabiat tasviri ifodasi, asar qahramonlari tuyg‘ulari
orasidagi uyg‘unlik ifodasi, unda adib mahoratining namoyon bo‘lishi.
8. Adabiy ta’lim jarayonida o‘rganiladigan adabiy-tanqidiy
materiallarning o‘quvchilar ma’naviy va badiiy-estetik kamolotidagi o‘rni va
ahamiyatini tushuntiring.
9. O‘quvchilar bilimini nazorat qilishning shakl va usullari, ularning
pedagogik-didaktik ahamiyati.
10. Ta’lim tizimida adabiyot fanidan sinfdan tashqari mashg‘ulotlar:
tadbirlar, ijodiy va fan to‘garaklarini hamda adabiy sayohatlarni tashkil etish
usullari.
11. Inshoni baholash va tahlil qilish usullari.Adib ijodini o‘rganishda
xronologik jadval, adibning internetdagi shaxsiy saytlaridan, mavzuni yoritishga
yordam beruvchi OAV dan foydalanish.
12. Zamonaviy adabiyot darslari va unga qo‘yiladigan talablar, ularni
tashkil etishning shakl va usullari
13. Adabiyot saboqlarida qo‘shimcha materiallarning o‘rni va ahamiyati
haqida fikrlang.
14. Folklor asarlarni ifodali o‘qish.
15. Epizodlar ustida ishlashning o‘ziga xosliklari
16. Mumtoz g‘azal va ruboiylarni tahlil qilishda sharhlash, nasriy
bayondan foydalanish.
17. Interfaol usullarni adabiyot darslarida qo‘llash. Interfaol metodlar
asosidagi mashg‘ulotlarning didaktik imkoniyatlari.
18. An’anaviy va noan’anaviy dars shakllari, ularning afzal va kamchilik
tomonlari, ularni amaliyotda qo‘llash.
19. Savol va topshiriqlarning tasnifi. Ularni amaliyotda qo‘llashga misjllar
keltiring.
20. Asar matni ustida ishlashda bajariladigan ish turlari.
21. O‘quvchilarga uy insholari yozishni o‘rgatish yo‘llari
22. Adabiyot darslarida savol va topshiriqlardan foydalanishda pеdagogik
tеxnologiyalarni qo‘llash.
23. Adabiy ta’limdagi mustaqil ishlarning shakl va ko‘rinishlari, mustaqil
ishlarga qo‘yiladigan talablar, amaliyotga tatbiq etish usullari.
24. Yozuvchi hayoti va ijodini o‘rganishda tеxnik vositalardan
foydalanish usullari.
25. Adabiyot darslarida bahs-munozaradan foydalanishning ahamiyati.
26. Adabiyot darslarida kichik guruhlar bilan ishlash usullari.
27. Adabiyot darslarida matn ustida ishlash yo‘llari.
28. Adabiyot darslarida tarqatma matеriallarning qo‘llanishi va ahamiyati.
29. Adabiyot darslari muammoli tahlildan foydalanish tеxnologiyasi.
30. Adabiyot darslarida yangi mavzu bayonini bеrish usullari.
31. 5-sinf “Adabiyot ” darsligi haqida ma’lumot bering.
32. 6-sinf “Adabiyot” darsligi haqida ma’lumot bering.
33. 7-sinf “Adabiyot” darsligi haqida ma’lumot bering.
34. 8-sinf “Adabiyot” darsligi haqida ma’lumot bering.
35. 9-sinf “Adabiyot” darsligi haqida ma’lumot bering.
36. Akademik litseylarning “Adabiyot” darsliklari haqida ma’lumot
bering.
37. Akademik litseylarning “Adabiyot qoidalari” darsligi haqida
ma’lumot bering.
38. Akademik litseylarning “Xalq og‘zaki poetik ijodi” darsligi haqida
ma’lumot bering.
39. Kasb-hunar kollеjlari darsliklarining o‘ziga xos xususiyatlarini
o‘rganish. “Ona tili va adabiyot” darsligi, “Bolalar adabiyoti” darsliklari haqida
ma’lumot bering.
40. Adabiyot o‘qitish mеtodikasiga oid yangi adabiyotlar haqida
ma’lumot bering.
2.10. Baholash mezonlari
Tаlаbаning “O‘zbеk tili va adabiyotini o‘qitish mеtodikasi” fаni bo‘yichа
bilim, ko‘nikmа vа mаlаkаlаrini bаhоlаshdа quyidаgi mеzоnlаrgа аsоslаnilаdi:
Umumiy ball – 100 ball. Saralash bali – 55 ball. Joriy va oraliq baholashlarga 70 ball,
yakuniy baholashga 30 ball.

Talabalarning fan bo‘yicha o‘zlashtirishlari quyidagicha baholanadi:


a) 86-100 ball uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi
lozim:
DTS va dasturlarini o‘rganib chiqish;
maktab adabiyot darsliklari yuzasidan mustaqil mushohada yurita olish;
akadеmik litsеy va kasb-hunar kollеjlarida o‘qitiladigan o‘zbеk tili va adabiyoti
yo‘nalishidagi darsliklar bilan tanishib chiqish;
о‘zbеk tili va adabiyotini o‘qitish nazariyasi va mеtodikasining ilg‘or
yutuqlarini bilish;
darsning ilmiy-nazariy asoslarini bilish;
dars va sinfdan tashqari ishlarni tashkil etishning nazariy-metodik asoslarini
bilish;
darsda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llay olish;
mustaqil va ijodiy fikrlay olish;
mavzular yuzasidan mustaqil mushohada yurita olish;
ta’lim bosqichlarida o‘zbek tilidan olgan nazariy bilimlarini amalda qo‘llay
olish;
o‘zbek tili va adabiyot darslarida milliy mafkura va mustaqillik g‘oyasini
targ‘ib qilish;
o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutq malakalarini rivojlantira olishi.
b) 71 - 85 ball uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob
berishi lozim:
DTS va dasturlarini o‘rganib chiqish;
maktab adabiyot darsliklari yuzasidan mustaqil mushohada yurita olish;
akadеmik litsеy va kasb-hunar kollеjlarida o‘qitiladigan o‘zbеk tili va
adabiyoti yo‘nalishidagi darsliklar bilan tanishib chiqish;
о‘zbеk tili va adabiyotini o‘qitish nazariyasi va mеtodikasining nazariy-
metodik asoslarini qisman bilish;
mavzuga oid matnlarni tahlil qilish, lekin uni o‘quvchilarga to‘liq yetkazib
berolmaslik;
darsda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llay olish;
dars tahlilida va darsni tashkil qilishda ayrim kamchiliklarga yo‘l qo‘yish;
o‘tilayotgan mavzuning mazmun-mohiyatini qisman yetkazib berish.
v) 55-70 ball uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob
berishi lozim:
DTS va dasturlarini o‘rganib chiqish;
maktab adabiyot darsliklari yuzasidan mustaqil mushohada yurita olish;
о‘zbеk tili va adabiyotini o‘qitish nazariyasi va mеtodikasining ilg‘or
yutuqlarini yetarlicha bilmaslik;
gap va matnlarni yetarlicha tahlil qila olmaslik;
darsning ilmiy-nazariy asoslari haqida qisman bilish;
dars va sinfdan tashqari ishlarni tashkil etishning nazariy-metodik asoslari
haqida yetarlicha ma’lumotga ega bo‘lmaslik;
darsda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni to‘liq qo‘llay olmaslik;
o‘tilgan mavzular yuzasidan mustaqil va ijodiy fikrlarni to‘liq bayon qila
olmaslik;
ta’lim bosqichlarida o‘zbek tilidan olgan nazariy bilimlarini amalda
yetarlicha qo‘llay olmaslik.
g) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi 0-54 ball bilan
baholanishi mumkin:
DTS va dasturlarini o‘rganib chiqmaganligi;
maktab adabiyot darsliklari yuzasidan mustaqil mushohada yurita olimaslik;
akadеmik litsеy va kasb-hunar kollеjlarida o‘qitiladigan o‘zbеk tili va adabiyoti
yo‘nalishidagi darsliklar bilan tanishib chiqmaganligi;
о‘zbеk tili va adabiyotini o‘qitish nazariyasi va mеtodikasining ilg‘or
yutuqlarini bilmasligi;
fan yuzasidan aniq tasavvurga ega bo‘lmaslik;
fanning nazariy-metodik asoslarini bilmaslik;
zamonaviy pedagogik texnologiyalarning mohiyatini tushunmaslik;
dars tahlili va darsni tashkil etish usullarini bilmaslik.

t/r Nаzоrаt turi Nаzоrаt Hаr bir nаzоrаt Nаzоrаt Nаzоrаt shаkllаri
shаkllаri uchun bеlgilаn- sоni bo‘yichа bеlgilаn-
gаn mаksimаl bаll gаn mаksimаl bаll
1 Jоriy nаzоrаt Оg‘zаki 10 4 40

Jami: 40
II Oraliq nаzоrаt Yozma ish 30 1 30
Jami: 30
III Yakuniy nazorat Test. 30 1 30
Yakuniy nazo-
rat shakli fakul-
tet kengashi bi-
lan kelishib,
rektor buyrug’i
bilan tasdiq-
lanadi
Jami: 30
6 100

Bаhоlаsh mеzоnlаridаn so‘ng nаmunаdаgi singаri rеyting jаdvаlining


bеrilishi tаlаb etilаdi.
Rеyting jаdvаli.
Mаksimаl bаll – 100 b. Sаrаlаsh bаll – 55 b.
JN (jоriy nаzоrаt) – mаks. 40 b. 86-100 bаll – “5” bаhо.
ON (оrаliq nаzоrаt) – mаks. 30 b. 71-85 bаll – “4” bаhо.
YN (yakuniy nаzоrаt) – mаks. 30 b. 55-70 bаll – “3” bаhо.
0-54 bаll – “2” bаhо

Foydalaniladigan asosiy darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar ro‘yxati


(Ona tili o‘qitish metodikasi)
Asosiy adabiyotlar:
14. Karimov I.A. “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch”. — T.: 2008.
176 bet.
15. O‘zbekitson Respublikasining“Ta’lim To‘g‘risida”gi Qonuni va
“Kadrlar Tayyorlash Milliy Dasturi”. –T.: 2007.
16. Kompetensiyaga yo‘naltirilgan Davlat ta’lim standarti va o‘quv
dasturi: Ona tili, adabiyot, o‘zbek tili (5-9 sinflar). Toshkent. 2016.
17. To‘xliyеv B., Shamsiyеva M., Ziyodova T. O‘zbеk tili o‘qitish
mеtodikasi.– T.: O‘zbekiston Milliy kutubxonasi. 2010.
18. G‘ulomov A., Qodirov M. Ona tili o‘qitish mеtodikasi. – T:
“Fan va texnologiyalar”, 2012. 379 bet.
19. To‘xliyev B., Inog‘omova R., Tilavova G. So‘z turkumlari va nutq
o‘stirish metodikasi.
20. Akademik litseylarning aniq fanlar yo‘nalishidagi tarmoq ta’lim
standarti va chuqurlashtirilgan fanlar o‘quv dasturlari... Ona tili va adabiyoti
/Mualliflar: Nurmonov A., Mahmudov N., Sobirov A., Qosimova N., Yusupova
Sh.. – T.: O‘qituvchi, 2005.
21. Yusupova Sh., G‘oziyeva O. Ona tili o‘qitishda interfaol usullar va
komyuter dasturi. – T.: “Bayoz” nashriyoti, 2013. 134 bet.
22. Jim Burke. The English Teacher's Companion. Heinemann; 4 edition
(November 1, 2012). 392p.
23. Doug Lemov. Teach Like a Champion. Jossey-Bass; 1 edition (April
6, 2010) 332p.
Qo‘shimcha adabiyotlar:
24. Mahmudov N. va b. “Ona tili” darsligi 5-sinf uchun, – T.: Ma’naviyat,
2014.
25. Mahmudov N. va b. “Ona tili” darsligi 6-sinf uchun, – T.: Ma’naviyat,
2011.
26. Mahmudov N. va b. “Ona tili” darsligi 7-sinf uchun, – T.: Sharq. 2011.
12. Qodirov M. va b. “Ona tili” darsligi 8-sinf uchun, – T.: Sharq, 2012.
13. Mahmudov N. va b. “Ona tili” darsligi 9-sinf uchun, – T.: Sharq, 2011.
14. G‘ulomov A., Nе’matov H. Ona tili ta’limining mazmuni. – T.:
O‘qituvchi, 1995.
15. Nе’matov O‘., Bozorov O. Til va nutq. – T.: O‘qituvchi, 1993.
16. Hozirgi o‘zbеk adabiy tili. Akadеmik litsеylarning 1-2-3-bosqich
talabalari uchun darslik. T.: Хalq mеrosi, 2013.
17. Ona tili va adabiyot (Kasb-hunar kollеjlari uchun darslik). – T.: Sharq,
2010.
18. Абдулаҳатова P., Юсупова Т., Досанов К. Тил таълимида узвийлик
ва узлуксизлик. -Т.: ХТ «Ҳамидов Ҳ.Ҳ.» матбаа корхонаси. 2008.
19. Юсупова Т. Синтаксисни морфологияни такрорлаш билан боғлаб
ўрганиш методикаси (5- ва 8-синф она тили дарслари мисолида).
Монография. – T.: “Fan va texnologiya”, 2009, 176 бет.
20. Yusupova T., G.Matmurotova, G.Azimova. Ona tili darslarida kichik
guruhlarda ishlashni tashkil etish metodikasi /o‘quv-metodik qo‘llanma// -Т.:
TDPU. 2016.
21. Маҳмудов Н. Ўқитувчи нутқи маданияти. Педагогика олий ўқув
юртлари учун дарслик. – Т.: Алишер Навоий номидаги Ўзбекистон Миллий
кутубхонаси нашриёти, 2010.
22. Юсупова Т. Гапнинг бош бўлакларини ўрганиш жараёнида
ўқувчилар нутқини ўстириш методикаси. Услубий қўлланма. – Т.: Фан ва
технологиялар босмахонаси. 2006. 86 бет.
23. Неъматов H., Ғуломов А. Мактабда тил саҳларини ўзаро боғлаб
ўрганиш. – Тошкент: 1992.
24. Неъматов H., Ғуломов А., Зиёдова Т. Ўқувчиларнинг сўз бойлигини
ошириш. – Тошкент: 1997.
25. Ғуломов А., Қобилова Б. Нутқ ўстириш машғулотлари. – Тошкент:
“Ўқитувчи”, 1995.
26. Муҳиддинов Ғ. Ўқув жараёнида нутқ фаолияти. – Тошкент:
“Ўқитувчи”, 1995.
27. Ғуломов А., Шукуров А. Она тили дарсларида ўқувчиларнинг
мустақил ишларини ташкил этиш. –Тошкент: “Ўқитувчи”, 1989.
28. Нурмонов А., Расулов Р. Ўзбек тили жадвалларда. – Тошкент:
“Ўқитувчи”, 1992.
29. Абдураҳмонов Ғ. Пунктуацияни ўқитиш методикаси. – Тошкент:
“Ўқитувчи”, 1968.
30. Назаров К. Ўзбек тили ва адабиётидан баҳо меъёри. Т., “Ўқитувчи”,
1990.
31. Ёқуббекова М. Тил ва адабиёт таълимида иншо. –Тошкент: 2003.
32. Розиқов О. Ўзбек тилидан дарс типлари. –Тошкент: “Ўқитувчи”,
1976.
33. Розиқов О., Оғаев С., Муҳиддинов М., Азизов Б. Таълим
технологияси. –Тошкент: “Ўқитувчи”, 1999.
34. Абдураимова М. Она тили таълимида илғор педагогик технология. –
Тошкент: 2001, 2005.
35. Раҳимова О. Она тили дарсларини ташкил этишнинг педагогик
технологияси. –Тошкент: 2004.
36. Дўстмуродова О. Она тили таълими янги педагогик
технологиясининг моҳияти. –Тошкент: 2005.
37. “Ўзбек тили” доимий анжумани йиғилишларининг материаллари.
Самарқанд–1991, Қарши–1993, Жиззах–1995, Тошкент–1997, Бухоро–1999,
Фарғона–2001, Наманган–2003, Урганч–2005, Термиз–2007, Андижон-2009.
38. Ғуломов А. Она тили ўқитиш принциплари ва методлари. –Тошкент:
1992.
39. Ғуломов А., Неъматов H. Она тили таълими мазмуни. – Тошкент:
“Ўқитувчи”, 1995.
40. Абдураимова М. Она тили таълими – янги асрда. –Тошкент: 2007.
41. Она тили ўқитиш методикаси. ЎУМ, ЎзМУ 2015. Ўзбек
филологияси факультети кутубхонаси.

Elektron ta’lim resurslari


1. www. tdpu. uz
2. www. pedagog. uz
3. www. ziyonet. uz
4. www. nutq. intal. Uz
5. http://www. twipx.com

(Adabiyot o‘qitish metodikasi)


Asosiy adabiyotlar:
9. Karimov I. “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch”. Toshkent ,
2008yil.
10. Karimov . I.A. Adabiyotga e’tibor – ma’naviyatga, kelajakka e’tibor.
–T.: “O‘zbekiston”, 2009.
11. O‘zbekitson Respublikasining “Ta’lim To‘g‘risida”gi Qonuni va
“Kadrlar Tayyorlash Milliy Dasturi”. –T.: 2007.
12. Uzviylashtirilgan Davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi . Ona tili -
Adabiyot (5 – 9 sinflar). Toshkent. 2010.
13. Zunnunov A., Hotamov N., Esonov J., Ibrohimov A. Adabiyot
o‘qitish metodikasi. – T.: «O‘qituvchi». 1992
14. To‘xliyev B. Adabiyot o‘qitish metodikasi. O‘quv qo‘llanma.– T.:
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2010.
15. Qozoqboy Yo‘ldosh, Muhayyo Yo‘ldosh. Badiiy tahlil asoslari.
Toshkent, Kamalak, 2016.
Qo‘shimcha adabiyotlar:
16. Dolimov U. Milliy uyg‘onish pedagogikasi T.: Noshir. 2012.
17. Matchonov S. Maktabda adabiyotdan mustaqil ishlar. – T.:
«O‘qituvchi». 1996.
18. Yo‘ldoshev Q. “Adabiyot o‘qitishning ilmiy-nazariy asoslari”. –T.:
“O‘qituvchi”, 1996.
19. Yo‘ldoshev Q., Madaev O., Abdurazzoqov A. Adabiyot o‘qitish
metodikasi. – T.: Respublika o‘quv-metodik markazi, 1994.
20. Karimov N. XX asr adabiyoti manzaralari. T.: O‘zbekiston, 2008.
21. Karimov B. Ruhiyat alifbosi. T.: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-
matbaa ijodiy uyi, 2016.
22. Mirqosimova M. O‘quvchilarda adabiy tahlil malakasini shakllantirish
va takomillashtirish asoslari. – Toshkent: “Fan”, 2006.
23. Niyozmetova R.. Uzluksiz ta’lim tizimida o‘zbek adabiyotini o‘rganish
metodikasi. Toshkent, Fan, 2007.
24. Niyozmetova R. O‘zbek tili darslarida yangi o‘zbek adabiyotini o‘qitish
masalalari. Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti.
2010.
25. Rafiyev A., G‘ulomova N. O‘zbek tili va adabiyoti. Kasb-hunar
kollejlari uchun darslik. –T.: “Sharq”, 2010.
26. To‘xliyev B. Adabiyot. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari
uchun darslik. – T.: «O‘qituvchi». 2002
27. O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limining umumta’lim fanlari Davlat ta’lim
standartlari va o‘quv dasturi. –T.: “Sharq”. 2001.
28. Qodirov V. Mumtoz adabiyot o‘qitish muammolari va yechimlar. Alisher
Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti. 2010.
29. Husanboyeva Q. Adabiyot-ma'naviyat mustaqil fikr shakllantirish
omili. – T.: 2009.
30. Husanboyeva Q .Tahlil – adabiyotni anglash yo‘li. T:2013.
31. Brock Haussamen. Grammar Alive A Guide for Teachers. Urbana,
Illinois, NCTE, 2003. -123p.
32. Choiout H. Lehrerfortbildung in England, Schweden und
Danemark:Veines Vergleichs// Zeitschrift fur Padagogik.- 1982.-H.6.-S.911
Elektron ta’lim resurslari
1. www. tdpu. uz
2. www.pedagog. uz
3. www. Ziyonet. uz
4. www. nutq. intal. uz
5. htt’://www.multimedia.uz;

MODULNI O‘QITISHDA FOYDALANILADIGAN INTERFAOL TA’LIM


METODLARI
1. “Keys-stadi” metodi.
“Keys-stadi” - inglizcha suz bulib, (“case” - anik vaziyat, hodisa, “stadi” –
o‘rganmoq, tahlil qilmoq) aniq vaziyatlarni o‘rganish, tahlil kilish asosida
o‘qitishni amalga oshirishga qaratilgan metod hisoblanadi. Mazkur metod dastlab
1921 yil Garvard universitetida amaliy vaziyatlardan iqtisodiy boshqaruv fanlarini
o‘rganishda foydalanish tartibida qo‘llanilgan. Keysda ochiq axborotlardan yoki
aniq voqea-hodisadan vaziyat sifatida tahlil uchun foydalanish mumkin. Keys
harakatlari o‘z ichiga quyidagilarni qamrab oladi: Kim (Who), Qachon (When),
Qayerda (Where), Nima uchun (Why), Qanday/Qanaka (How), Nima-natija
(What).
“Keys metodi”ni amalga oshirish bosqichlari
Ish bosqichlari Faoliyat shakli va mazmuni
1-bosqich: Keys va uning Yakka tartibdagi audio-vizual ish;
axborot ta’minoti bilan Keys bilan tanishish(matnli, audio yoki media
tanishtirish shaklda);
Axborotni umumlashtirish;
Axborot tahlili;
Muammolarni aniqlash.
2-bosqich: Keysni aniq- Individual va guruhda ishlash;
lashtirish va o‘quv top- Muammolarni dolzarblik ierarxiyasini aniqlash;
shirig‘ini belgilash Asosiy muammoli vaziyatni belgilash.
3-bosqich: Keysdagi aso- Individual va guruhda ishlash;
siy muammoni tahlil Muqobil yechim yo‘llarini ishlab chiqish;
etish orqali o‘quv topshi- Har bir yechimning imkoniyatlarini tahlil qilish;
rigining yechimini izlash, Muqobil yechimlarni tanlash
hal etish yo‘llarini ishlab
chiqish
4-bosqich: Keys yechi- Yakka va guruhda ishlash;
mini shakllantirish, asos- Muqobil variantlarni amalda qo‘llash imkoniyat-
lash va taqdimot. larini asoslash;
Ijodiy-loyiha taqdimotini tayyorlash;
Yakuniy xulosa va vaziyat yechimining amaliy
aspektlarini yoritish.
2. “Assesment” metodi.
Mazkur metod ta’lim oluvchilarning bilim darajasini baholash, nazorat
qilish, o‘zlashtirish ko‘rsatkichi va amaliy ko‘nikmalarini tekshirishga
yo‘naltirilgan. Bu texnika orqali ta’lim oluvchilarning bilish faoliyati turli
yo‘nalishlar (test, amaliy topshiriqlar, muammoli vaziyat mashqi, qiyosiy tahlil)
orqali tashxis qilinadi va baholanadi.
Metodni amalga oshirish tartibi: “Assesment”lardan ma’ruza
mashgulotlarida talabalarning yoki qatnashchilarning mavjud bilim darajasini
o‘rganishda, yangi ma’lumotlarni bayon qilishda, seminar, amaliy mashg‘ulotlarda
esa mavzu yoki ma’lumotlarni o‘zlashtirish darajasini baholash, shuningdek, o‘z-
o‘zini baholash maqsadida individual shaklda foydalanish tavsiya etiladi.
Shuningdek, o‘qituvchining ijodiy yondashuvi hamda o‘quv maqsadlaridan kelib
chiqib, assesmentga qo‘shimcha topshiriqlarni kiritish mumkin.

3. “Tushunchalar tahlili” metodi.


Mazkur metod talabalar yoki qatnashchilarni mavzu bo‘yicha tayanch
tushunchalarni o‘zlashtirish darajasini aniqlash, o‘z bilimlarini mustaqil ravishda
tekshirish, baholash, shuningdek, yangi mavzu bo‘yicha dastlabki bilimlar
darajasini tashxis qilish maqsadida qo‘llaniladi.
Metodni amalga oshirish tartibi: 1) ishtirokchilar mashg‘ulot qoidalari
bilan tanishtiriladi; o‘quvchilarga mavzuga yoki bobga tegishli bo‘lgan so‘zlar,
tushunchalar nomi tushirilgan tarqatmalar beriladi (individual yoki guruhli
tartibda); o‘quvchilar mazkur tushunchalar qanday ma’no anglatishi, qachon,
qanday holatlarda qo‘llanilishi qaqida yozma ma’lumot beradilar; belgilangan
vaqt yakuniga yetgach o‘qituvchi berilgan tushunchalarning to‘g‘ri va to‘liq
izohini o‘qib eshittiradi yoki slayd orqali namoyish etadi; har bir ishtirokchi
berilgan to‘g‘ri javoblar bilan o‘zining shaxsiy munosabatini taqqoslaydi,
farqlarini aniqlaydi va o‘z bilim darajasini tekshirib, baholaydi.
MA’RUZA MATERIALLARI
1 – ma’ruza
Mavzu: Ona tili ta’limi jarayonini tashkil etishning huquqiy-me’yoriy
asoslari. Ona tili o‘qitish metodikasining umumiy masalalari

REJA:

1. O‘zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi, “Ta’lim


to‘g‘risida”gi, “Davlat tili haqida”gi, “Lotin alifbosiga asoslangan o‘zbek
alifbosini joriy etish to‘g‘risida”gi qonunlari o‘zbek tilini o‘qitishda huquqiy-
meyoriy asos ekanligi
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezdentining 2016 yil 13 maydagi “PF-4947-
sonli farmoninng mazmun-mohiyati va uning ona tili ta’limi oldiga qo‘ygan
vazifalari xususida
3. “O‘zbek tili o‘qitish metodikasi” fanining maqsad va vazifalari.
4. “O‘zbek tili o‘qitish metodikasi” fanining boshqa fanlar bilan
aloqadorligi.
5. “O‘zbek tili o‘qitish metodikasi” fanining ilmiy-tadqiqot metodlari.

1.O‘zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi, “Ta’lim


to‘g‘risida”gi, “Davlat tili haqida”gi, “Lotin alifbosiga asoslangan o‘zbek
alifbosini joriy etish to‘g‘risida”gi qonunlari o‘zbek tilini o‘qitishda huquqiy-
meyoriy asos ekanligi
Biz ajdodlardan avlodlarga o‘tib kelayotgan bebaho boylikning vorislari
sifatida ona tilimizni asrab-avaylash, uni boyitish, nufuzini oshirishni o‘zimiz
uchun eng ustuvor, uzviy davom etadiganyuksak maqsad deb bilishimiz va bu
masalaning ahamiyati hech qachon e’tiborimizdan chetda qolmasligi zarur. Bu
borada 1989 yili yurtimizda “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilinib, o‘zbek
tiliga davlat tili maqomi berilgani va ushbu huquqiy norma Konstitutsiyamizda
muhrlab qo‘yilganini alohida ta’kidlash lozim. O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasining 4-moddasida shunday deyiladi: “O‘zbekiston Respublikasining
davlat tili o‘zbek tilidir.
O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va
elatlarning tillari, urf-odatlari va an’analari hurmat qilinishini ta’minlaydi, ularning
rivojlanishi uchun sharoit yaratadi”.
Shuningdek, 1990 yili Vazirlar Mahkamasining “Davlat tili to‘g‘risida”gi
qonunni amalga oshirish Davlat dasturi to‘g‘risida”gi qarori, 1993 yilda “Lotin
yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etishto‘g‘risida”gi Qonun, 1995 yili
“Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonunning yangi tahriri, 1996 yili ushbu Qonunni
amalga oshirishga qaratilgan Davlat dasturiga tegishli o‘zgartirishlar kiritish
haqidagiVazirlar Mahkamasining va shu kabi boshqa hujjatlar qabul qilingani bu
borada muhim ahamiyat kasb etai.
Ushbu sohada yaratilgan normative-huquqiy baza o‘zbek tilini
rivojlantirishdan iborat konstitutsiyaviy huquqlardan foydalanishni kafolatlab
kelayotganining o‘zi juda muhimdir.
41-moddasida esa “Har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy ta’lim
olish davlat tomonidan kafolatlanadi. Maktab ishlari davlat ishlari nazoratdadir” –
deyiladi. Ko‘rinib turibdiki, bu moddalar aynan o‘zbek tilimizning davlat tili
ekanligi va fuqarolarning bilim olish huquqining davlat tomonidan
kafolatlanganligini o‘zida aks ettiradi.
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunining maqsadi
ham fuqarolarga ta’lim-tarbiya berish, kasb-hunar o‘rgatishning huquqiy asoslarini
belgilaydi va har kimning bilim olishdan iborat konstitutsiyaviy huquqini
belgilaydi. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunida ta’lim
soha-sidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari belgilangan bo’lib, unda ta’lim va
tar-biyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi; ta’limning uzluksizligi
va izchilligi umumiy o‘rta, shuningdek, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining
majburiyligi ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi; DTS doirasida ta’lim
olishning hamma uchun ochiqligi, ta’lim dasturlarini tanlashga yagona va
tabaqalashtirilgan yondashuv; bilimli bo‘lish va iste’dodni rag‘batlantirish; ta’lim
tizimida davlat va jamiyat boshqaruvini uyg‘unlashtirish o‘z ifodasini topgan.

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezdentining 2016 yil 13 maydagi “PF-


4947-sonli farmoninng mazmun-mohiyati va uning ona tili ta’limi oldiga
qo‘ygan vazifalari xususida
Ushbu qabul qilingan Farmonda universitetning asosiy vazifalari qilib
quyidagilar belgilandi: o‘zbek tili va adabiyotini, uning o‘ziga xos xususiyatlari,
ilmiy-nazariy, falsafiy-estetik asoslarini, zamonaviy ta’lim texnologiyalarini
chuqur o‘zlashtigan, davr talablariga javob beradigan yuksak malakali ilmiy va
pedagog kadrlar tayyorlash; ilmiy, badiiy va boshqa sohalardagi adabiyotlarni
o‘zbek tilidan ingliz va boshqa xorijiy tillarga, shuningdek, jahon tillaridan ona
tilimizga yuksak sifat va mahorat bilan tarjima qiladigan tarjimonlar tayyorlash;
talaba yoshlarni, o‘zbektili va adabiyotining boy imkoniyatlaridan foydalangan
holda, Vatanga muhabbat va sadoqat, umumbashariy qadriyatlarga hurmat ruhida,
keng dunyoqarashga ega bo‘lgan va mustaqil fikrlaydigan, ma’naviy etuk insonlar
etib tarbiyalash; o‘zbek tili va adabiyoti, folklorining tarixan shakllangan adabiy,
lingvistik maktablari va ta’limotlarini, mumtoz va zamonaviy metodlarini, buyuk
ajdodlarimizning o‘zbek va jahon tilshunosligi rivojiga qo‘shgan hissasi, ularning
ilmiy merosi, ona tilimizning xalqaro miqyosdagi o‘rni va nufuzi, uning boshqa
tillar bilan aloqalari, o‘zbek tili va adabiyotining rivojlanish istiqbollari bilan
bog‘liq ilmiy muammolarni tadqiq etish; o‘zbek tilining asl tabiatini va
xususiyatlarini to‘la aks ettiradigan mukammal akademik va o‘quv grammaiklarini
yaratish, uning tovushlar tizimi va ularning yozuvda aks etishi, joriy imlo
qoidalarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar tayyorlash, turli
mavzu va yo‘nalishlar bo‘yicha lug‘at va qomuslar, risola va drsliklar yaratish;
umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari, oliy ta’lim
muassasalarida o‘zbek tili va adabiyot fanini o‘qitishning yangi va samarali
metodlai bo‘yicha ilmiy izlnishlar olib boorish, ilg‘or pedagogic texnologiyalarni
joriy etish; ona tilimizning Internet jahon axborot tarmog‘ida munosib o‘rin
egallashini ta’minlash, uning kompyuter uslubini, o‘zbek tili va dunyodagi
yetakchi xorigiy tillarasosida tarjima dasturlari va lug‘atlar, electron darsliklar
yaratish bilan bog‘liq ilmiy-metodik ishlanmalar, amaliy tavsiyalar tayyorlash va
bu borada ershilgan natijalarni amaliyoga keng tatbiq etish.

3. “O‘zbek tili o‘qitish metodikasi” fanining maqsad va vazifalari.


Maktab, AL va KHKlarida o‘zbek tilining o‘qitilishi “Ta’lim to‘g‘ risida” gi
Qo-nunda belgilangan ana shu prinsiplarga tayanadi. Ta’lim mazmuni masalasi
peda-gogika tarixida eng qadimiy va ayni paytda eng dolzarb masalalardan biri
bo‘lib turibdi. Pedagog olimlar jamiyat taraqqiyotining barcha davrlarida «Nimani
o’qitish kerak?» degan savolga javob izlash bilan shug‘ullandilar va hali-hamon bu
savolga to‘liq va har tomonlama mukammal javobni topa olganlaricha yo‘q.
Ta’lim mazmuni bo‘yicha berilgan va berilayotgan barcha ma’lumotlar jamiyat va
taraq-qiyot uchun nisbiyligicha qolaveradi. Cnunki odamlar yashaydigan jamiyat
doimiy rivojlanishda, takomillashishda davom etadi va ijtimoiy taraqqiyot
qonunlari aso-sida beto‘xtov ilgarilab boradi. Ta’lim mazmunini shakllantirish
zamonaviy peda-gogikada, xususan, o‘zbek tili o‘qitish metodikasida quyidagi 4 ta
muhim tarkibiy qism hisobiga amalga oshiriladi:
4- ilova
I. O‘quvchilar egallashi zarur bo‘lgan bilimlar tizimi (til faktlari,
tushunchalar, qoidalar, ta’riflar tizimi);
II. Tanlangan ilmiy-nazariy bilimlarga muvofiq keladigan amaliy
ko‘nikma va malakalar tizimi;
III. O‘quvchilarni ijodiy faoliyat usullariga o‘rgatish: Bu faoliyat qayta
xotirlash, qisman ijodiy va ilmiy — ijodiy darajada bo‘lishi mumkin.
IV. O‘quvchi va o‘qituvchi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar tizimi.
Ta’lim mazmunining bu tarkibiy qismlari chiziqsimon birin-ketinlikda
joylashgan hodisalar emas, balki aylanasimon yaxlitlik bo‘lib, bu aylananing
boshlanish va tugallanish nuqtasi birinchi va to‘rtinchi qismlarni, aylana doirasi
esa ijodiy-amaliy ko‘nikmalarni tashkil etadi.
O‘zbek tili o‘qitish mazmuni – fonetika, leksikologiya, grammatika
(morfologiya va sintaksis), uslubiyat, to‘g‘ri talaffuz, to‘g‘ri yozish, so‘z tanlash va
gap tuzish; ijodiy fikrlash, fikrni to‘g‘ri, aniq ifodalash, ifodali o‘qish (qiroat),
matn ustida ishlash va matn yaratish faoliyatlarini qamrab oladi. 1
- ilova
O‘zbek tili o‘qitish mazmuni — fonetika, leksikologiya, grammatika
(morfologiya va sintaksis), uslubiyat, to‘g‘ri talaffuz, to‘g‘ri yozish, so‘z tanlash
va gap tuzish; ijodiy fikrlash, fikrni to‘g‘ri, aniq ifodalash, ifodali o‘qish (qiroat),
matn ustida ishlash va matn yaratish faoliyatlarini qamrab oladi.

«Talaba — ta’lim — o‘qituvchi» tizimi yangilangan ta’lim mazmunida


yetakchi omildir. Bo‘lajak ona tili o‘qituvchisi metodika fanini chuqur o‘rganishi,
kommunikativ savodxonlik me’yorlari bo‘yicha DTS talablarini yaxshi bilishi
darkor. Snuningdek, o‘quvchi so‘z boyligini oshirish va boyitishning xilma-xil
usullarini bilishi, til imkoniyatlaridan unumli foydalanishni o‘rganishi, egallangan
nutqiy ko‘nikma va malakalarni mustahkamlash, rivojlantirish, takomillashtirish,
ularni amaliyotga tatbiq etish yuzasidan izchil ma’lumotlarga ega bo‘lishi lozim.
“O‘zbek tili o‘qitish metodikasi” fani pedagogik fan sifatida o‘zining ilmiy
tadqiqot obyekti, predmeti, maqsadi va vazifalariga ega.
6- ilova

O‘zbek (ona) tili ta’limining samaradorligini oshirish, o‘quvchini ta’lim


jarayonining subyektiga aylantirish, o‘quvchilarning egallagan bilim, ko‘nikma
va malakalarini bilishning qulay yo‘llarini aniqlash, ona tilidan sinfdan tashqari
ishlarni tashkil etish singarilar bu fanning ilmiy tadqiqot obyekti sanaladi.

7-ilova

“O‘zbek tili o‘qitish metodikasi” fanining predmeti esa maktab, AK va


KHKlarda ona tili o‘qitish jarayonidir. Bu jarayon:
Ona 1tilidan o‘quvchilarga beriladigan zaruriy bilimlar silsilasi.
To‘xliyеv B., Shamsiyеva M., Ziyodova T. O‘zbеk tili o‘qitish mеtodikasi.– T.: O‘zbekiston Milliy
Shu bilimlarga muvofiq keladigan ko‘nikma va malakalar tizimi.
kutubxonasi. 2010.
Ijodiy faoliyat usullari.
O‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatini o‘z ichiga qamrab oladi.
O‘zbek (ona) tili ta’limining samaradorligini oshirish, o‘quvchini ta’lim
jarayonining subyektiga aylantirish, o‘quvchilarning egallagan bilim, ko‘nikma
va malakalarini bilishning qulay yo‘llarini aniqlash, ona tilidan sinfdan tashqari
8-ilova

O‘zbek tili o‘qitish metodikasining asosiy maqsadi til imkoniyatlaridan


to’g’ri, aniq, o’rinli va unumli foydalanish ko’nikma va malakalarini hosil
qilish; mantiqiy–ijodiy tafakkurni rivojlantirish, kommunikativ savodxonlikni
oshirish; milliy istiqlol g’oyasini, sharqona tarbiyani shakllantirish; talaba
shaxsini ma’naviy (balog’at va fasohat ilmi bilan) boyitishdan iborat.

9-ilova
Til o’qitish metodikasining asosiy maqsadi quyidagi
jadvalda aniq ko’rsatilgan.
O‘zbek tili o‘qitish maqsadiAmaliy maqsadTarbi-
yaviy maqsadTa’limiy maqsadRivojlanti-
ruvchi maqsadYo‘nalti-ruvchi maqsad Jadvalda
o‘qitish maqsadi besh turda ko‘rsatilgan:
– amaliy maqsad: til imkoniyatlaridan mustaqil va
erkin foydalanish ko‘nikma va malakalarini hosil qilish;
– ta’limiy maqsad: talabalarda ijodiylik, mustaqil
fikrlash, ijodiy fikr mahsulini nutq sharoitiga mos ravishda
og‘zaki, yozma shakllarda to‘g‘ri, ravon ifodalash
ko‘nikmalarini egallash, mantiqiy tafakkurni rivojlantirish,
kommunikativ savodxonlikni shakllantirish;
– tarbiyaviy maqsad: ma’naviy, g‘oyaviy — estetik
tarbiya berish;
– rivojlantiruvchi maqsad: talaba shaxsini aqliy
jihatdan rivojlantirish.
– yo‘naltiruvchi maqsad: talaba tafakkurini
maqsadli yo‘naltirish.
(Muammoli ta’lim, muammoli masala, muammolli
topshiriq, muammoli vaziyat)
10-ilova

Til o‘qitish metodikasining asosiy vazifasi talabalarni erkin, ijodiy,


mustaqil fikrlarini og‘zaki va yozma shaklda, adabiy til me’yorlari asosida to‘g‘ri
ifodalay oladigan, bir ma’noni turli holatlarda bera bilish ko‘nikmasi shakllangan,
adabiy nutq me’yorlarini egallagan, yetuk murabbiylarni tarbiyalab yetkazishdir.

11-ilova
O‘zbek tili o‘qitish metodikasini o‘rganish jarayonida quyidagi vazifalar
bajariladi:
– o‘quv mashg‘ulotlarini til va nutq hodisalarini o‘zaro farqlash, qiyoslash,
umumlashtirish asosida olib borib, talabaning mustaqil va ijodiy fikrlashi uchun
keng imkoniyat yaratib berish;
– o‘quvchi faoliyatini so‘zga ehtiyoj hosil qiladigan o‘quv topshiriqlari
orqali maqsadli boshqarib borish, so‘z boyligini oshirishni, tafakkur doirasini
kengaytirish, nutqiy salohiyatni (og‘zaki va yozma matn yaratish) shakllantirish;
– o‘quvchilarning kommunikativ savodxonlik darajasini orttirishning shakl,
yo‘l, vosita va usullarini o‘rganish.

Demak, o‘zbek tili mashg‘ulotlarida talabani ijodiy va mustaqil fikrlashga


yo‘naltirish, so‘z tanlash, gapda so‘zni to‘g‘ri va o‘rinli qo‘llash o‘z fikrini aniq,
ixcham, ravon ifodalashga o‘rgatish til o‘qitish metodikasining birlamchi vazifasi
bo‘lsa, «talaba - talaba», «talaba - o‘qituvchi» tizimida o‘zaro muloqotni, bahsu
munozarani to‘g‘ri tashkil qilish, talaba tafakkurini rivojlantirish jarayonlarini
oqilona boshqarish, fikr ifodalash malakasini shakllantirishni o‘rganish, talabalarni
o‘qituvchilik mahorati va ilg‘or texnologiya bilan tanishtirib borish metodika
fanining ikkinchi va bag‘oyat muhim vazifasi hisoblanadi.
4. “O‘zbek tili o‘qiish metodikasi” fanining boshqa fanlar bilan
aloqadorligi.
“O‘zbek tili o‘qitish metodikasi” fani falsafa, tilshunoslik, siklidagi fanlar,
didaktika, ruhshunoslik fanlari bilan uzviy bog‘liqdir. Bu fan pedagogika siklidagi
fan bo‘lganligi ucnun ham, ijtimoiy fanlar guruhiga kiradi va ijtimoiy fanlarning
asosini tashkil etadigan falsafa bilan chambarchas bog‘liq. O‘quvchiga o‘z ona
tilini o‘rgatish tafakkur bilan chambarchas bog‘langan. Chunki til hodisalarining
o‘quvchi ongida voqelanishi tafakkur orqali yuzaga chiqadi. Til va tafakkurning
aloqadorligi ona tili darslarida ijodiy tafakkur sohibini tarbiyalash muammosini hal
qilishga ko‘maklashadi.
Ma’lumki, falsafada har bir umumiy tushuncha yakka, juz’iy tushunchalar
yig‘indisidan tarkib topadi, degan qoida mavjud. Ona tili darslarida o‘quvchi
faoliyatini tashkil etishda ham biz xuddi shu qoidaga asoslanamiz. Muayyan
bo’laklarga ajratilgan til hodisalarini kuzatish, ularning birini ikkinchisi bilan
taqqoslash orqali o‘quvchi umumiy ta’rif, qoida va xulosalarga keladi. Falsafa
fikrlash va rivojlanishga o‘zaro uyg‘unlikda qaraydi. Sharqning buyuk
ensiklopedist olimlari (Umar Xayyom, Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr Forobiy,
Abu Ali ibn Sino va h.k.) rivojlanishni fikrlashning mahsuli deb biladilar.
Til materiallari o‘quvchi tomonidan ijodiy fikrlash orqali egallangan bo‘lsa,
u amaliy ahamiyatga molik bilim, ko‘nikma va malakalar bo‘lib sanaladi.
Shuni unutmaslik kerakki, til hodisalarining mohiyatini anglash, ular orasidagi
o‘xshash va farqli tomonlarni aniqlash, til imkoniyatlaridan nutqiy faoliyatda
foqydalanish singari zaruriy malakalar ijodiy fikrlash orqali amalga oshadi.
“O‘zbek tili o‘qitish metodikasi” fani pedagogik sikldagi fan sanalsa-da,
ammo uning ilmiy asosini tilshunoslik fanlari tashkil qiladi. Til ilmi sohasida
qo‘lga kiritilgan har bir ilmiy yutuq, shubhasiz, maktab, AL va KHKlar ona tili
ta’limiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi; zaruriyat tug‘ilganda uni yangilash ehtiyojini
yuzaga keltiradi. Biroq shunday bo‘lsa-da, tilshunoslikda fan erishgan barcha
yutuqlarni ta’lim muassasalari o‘quvchilariga o‘rgatishning iloji yo‘q va bunga
ehtiyoj ham sezilmaydi. “O‘zbek tili o‘qitish metodikasi” fani til ilmi sohasida
qo‘lga kiritilgan yutuqlardan nimani ajratib olib o‘quvchiga o‘rgatish lozimligini
hal qiladi.
5. “O‘zbek tili o‘qitish metodikasi” fanining ilmiy-tadqiqot metodlari.
Pedagogika va psixologiya fanlari sirasiga kiradigan o‘zbek tili o‘qitish
metodikasi fani ham o‘zining nazariy asoslariga va ilmiy tadqiqot metodlariga ega.
Ilmiy tadqiqot metodlarini ishga solishdan ko‘zlanadigan asosiy maqsad
DTS talablariga javob beradigan ta’lim mazmunini belgilash, o‘qitishning eng
samarali metod, vosita va usullarini aniqlash, o‘zbek (ona) tili darslarini tashkil
etishning qulay shakllarini belgilash, o‘quvchilardagi bilim, malaka va
ko‘nikmalarni nazorat qilish singari muhim muammolarning ilmiy yechimini
topishdan iborat.
Mustqail tadqiqot ishi quyidagi ilmiy-tekshirish metodlari yordamida amalga
oshiriladi:
Nazariy metodlar:
– analiz (tahlil) – sintez (tavsif);
– ilmiy farazlar;
– modellashtirish.
Amaliy metodlar:
– kuzatish, tajriba o‘tkazish;
– guruhlash, qiyoslash, tahlil qilish, farqlash, tanlash;
– ilg‘or o‘qituvchilar tajribasini o‘rganish, natijalarini tahlil etish va
umumlashtirishdan iborat2.
A.G‘ulomov va boshqalarning hammuallifligida nashrda chiqqan “Ona tili
o‘qitish metodikasi” nomli darslikda pedagogik eksperiment, diagnostik tahlil,
suhbat, kuzatish, o‘quvchilarning og‘zaki va yozma javoblarini tahlil qilish, ilmiy
pedagogik tajribalarini o‘rganish, ta’lim muassasa hujjatlarini ko‘zdan kechirish
singari ilmiy tadqiqot metodlaridan foydalanadi. Bu metodlar mavjud holatni
aniqlash, o‘quvchi va o‘qituvchi faoliyatidagi kamchiliklarni topish, shu asosda
metodik tavsiyalar ishlab chiqish, erishilgan natijalarni ilmiy tahlil qilish va
umumlashtirish imkonini beradi.

Назорат учун савол ва топшириқлар:


1. O‘zbek tili o‘qitish mazmuni deganda nimani tushundihgiz?
2. Ijodiy-amaliy ko‘nikmalarga nimalar kiradi?
3. “O‘zbek tili o‘qitish metodikasi” fanining obyektiga nimalar kiradi?
4. “O‘zbek tili o‘qitish metodikasi” fanining predmeti nimalardan iborat?
5. “O‘zbek tili o‘qitish metodikasi” fanining asosiy maqsadini izohlang.
6. Ona tili o‘qitish metodikasi fanining boshqa fanlar orasida tutgan o‘rni
qanday?
7. Ta’lim tizimida ona tili o‘qitish metodikasi qanday ahamiyatga ega?
TEST
1.Metodika tarixida eng maqsadga muvofiq metodlar nimalarni o‘z
ichiga oldi?
O‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatini o‘z ichiga olgan metodlar.
O‘quvchi faoliyatiga bog‘liq bo‘lgan metodlar.
*O’‘ituvchi, o‘quvchi faoliyati va fan xususiyatidan kelib chiqqan metodlar.
Fan xususiyatidan kelib chiqqan metodlar

2.O‘rganiladigan materiallar qisman oldingi sinflardan ma’lum yoki


oldingi material bilan bog‘liq bo’lsa, qanday metoddan foydalanish mumkin?
Reproduktiv.
Suhbat.
*Qisman izlanuvchanlik
Muammoli bayon.

3.Ilmiylik printsipi deganda nimani tushunasiz?


Ona tili fani maqsad va vazifalarini.

2
G‘ulomov A., Qodirov M., Ernazarova M. va boshqlar. Ona tili o‘qitish metodikasi. –
T.: “Fan va texnologiya”, 2012, 380 bet.
*O‘quv predmetlarini hozirgi fan yutuqlari zaminida bayon qilishni
talab qiladi.
Darsda o‘quvchilarning mustaqil ishlarni tashkil qilishini.
Dars samaradorligini.

4.O‘zbek tili o‘qitish metodikasidan birinchi darslik qo‘llanma qachon


chiqqan va muallifi kim?
1932 yilda A.K.Borovkov.
*1940 yilda S.A.Fessalonitskiy
1950 yilda Murod Shams
1952 yilda Faxri Kamol

5.O‘tiladigan materialning hajmini belgilashda qanday printsip


e’tiborga olinadi?
*Pedagogik-psixologik.
Lingvistik.
Tarixiylik, Etimologik.
Psixologik.

2-ma’ruza
Mavzu: O‘zbek tili o‘qitish metodikasining tarixiy shakllanishi,
REJA:

1. O‘zbеk (ona) tili o‘qitish mеtodikasi fanining shakllanish tarixi, XI


asrdan XIX asrning 2-yarmigacha bo‘lgan davrda yashagan allomalarning til
va nutq haqidagi fikrlari.
2. XX asrning ona tilini o‘qitishda alohida o‘rin tutganligi va bu
davrning quyidagi kichik davrlarga bo‘linishi: 1)1910-1930-yillar; 2)1930-
1960-yillar; 3)1960-1970-yillar; 4) 1970-1990-yillar; 5)1990dan ho-zirgi
davrgacha haqida.
3. O‘TDA yig‘inlari materiallari ustida ishlash.

1. O‘zbеk (ona) tili o‘qitish mеtodikasi fanining shakllanish tarixi,


XI asrdan XIX asrning 2-yarmigacha bo‘lgan davrda yashagan allomalarning
til va nutq, ta’lim va tarbiya haqidagi fikrlari.
Uzoq tarixga ega bo‘lgan o‘zbеk xalqi ijtimoiy-siyosiy va g‘oyaviy
to‘siqlarga qaramay, O‘rta Osiyodagi boshqa xalqlar kabi ilg‘or fikr egalarini,
dunyoga mashhur buyuk olim, shoir va san’at ahllarini etkazdi, insoniyatga ilm-
fan, madaniyat va adabiyot sohasida o‘lmas yodgorliklar taqdim etdi.
Abu Nasr Forobiy, Mahmud Qoshg‘ariy, Yusuf Xos Hojib, Mahmud
Zamaxshariy, Alishеr Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Munis Xorazmiy
kabi olim va shoirlar o‘z asarlarida o‘sha davr maktablaridagi ta’lim-tarbiya, ilmiy
va badiiy asarlarni o‘qish va o‘rganish haqida fikrlar bildirib, metodik fikrning
rivojiga ta’sir ko‘rsatdilar.
Ona tilini o‘qitish tarixi ancha qadimgi davrlarga borib taqaladi. Sharqda IX-
XV asrlarda ijtimoiy – madaniy hayotda yuksalish, ilm – fanda taraqqyot
kuzatiladi. Bu davrda O‘rta Osiyoda yashab, ijod qlgan, qomusiy olimlarimiz turli
fanlar bo‘yicha erishgan yutuqlari bilan jahon madaniyati, ma’rifati, ilmu fan
rivojiga ulkan hissa qo‘shdilar. Markaziy Osiyoni jahonga tanitgan Al-Xorazmiy,
At- Termiziy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Ismoil
Jurjoniy, Marg‘inoniy, Zamahshariy, Mahmud Qoshg‘ariy, Yusuf Xos Hojib,
Alisher Navoiy kabi ulkan mutafakkirlar bebaho kashfiyotlari bilan o‘z
xalqlarining shuhratini olamga yoydilar. Ular ta’lim va tarbiya bobida ham
o‘chmas iz qoldirdilar.
Chunonchi, buyuk mutafakkir Al Xorazmiy “Sezgi orqali bilish bu qisman
bilish bo‘lsa, mantiqiy bilish haqiqatdir”, – deydi va bilim egallashda ijodiy
faoliyatni asos qilib oladi.
Sharqda “ikkinchi muallim” deb tan olingan (Arastudan keyin) Abu Nasr
Forobiyning “Ta’lim-tarbiya berish usullari” asaridagi “Bilim, ma’rifat, yaxshi
axloq bilan bilimdon, ma’rifatli, yetuk, mukammal inson yetishadi. Buning uchun
ta’lim jarayoni o‘qituvchi tomonidan to‘g‘ri tashkil etilishi, boshqarilishi va
ma’lum maqsadlarga yo‘naltirishi lozim”, – degan fikri “O’zbek tili o‘qitish
metodikasi”da ham asosiy, bosh mezon vazifasini o‘taydi.
Abu Rayhon Beruniy har bir ishning kishi ruhiga, qobiliyatiga mos, uni
toliqtirmaydigan bo‘lishiga alohida e’tibor beradi: “Bizning maqsadimiz talabani
toliqtirib qo‘ymaslikdir. Agar talaba bir masaladan boshqa bir masalaga o‘tib tursa,
u xuddi turli-tuman bog‘larda sayr qilgandek bo‘ladi. Har bir yangi narsa
o‘rganuvchiga rohat bag‘ishlaydi», - deydi buyuk alloma. Bu xulosa til hodisalarini
o‘rganishda, lisoniy materiallarni joylashtirish va o‘qitishda dasturulamal bo‘lishi
shubhasizdir.
Abu Ali ibn Sino – buyuk hakim, tib ilmining sultoni, ulug‘ mutafakkir,
fanning ko‘plab sohalari qatori tilshunoslik bilan ham maxsus shug‘ullandi,
“Lison ul-arab” (Arab tili) nomli kitob ham yozdi .
Abu Ali ibn Sino yozadi: “sening fikrlaring bola yuragiga yetib borib, unga
o‘ylab, fikr yuritib ko‘rishga imkon bersin... Agarda sening suhbatdoshing yoki
do‘sting so‘zlaringga va nasihatingga e’tibor bermayotganini sezsang, suhbatni
boshqa vaqtga ko‘chir”.
Mahmud Koshg‘ariy XI asrdagi buyuk tilshunos olimdir. Garchi uning
asari “Dеvonu lug‘otit turk” (“Turkiy so‘zlar dеvoni”) o‘z davridagi turkiy
so‘zlarni izohlashga bag‘ishlangan bo‘lsa-da, u so‘z va uning ma’nolarini aniqlash,
so‘zdan nutqiy amaliyotda foydalanish, nutq madaniyati borasida ham ko‘plab
ilmiy mulohazalar bildiradi, ilmiy xulosalar aytadi. Mahmud Koshg‘ariy turkiy
tildagi fonеtik, morfologik qonuniyatlarni, lеksik-sintaktik xususiyatlarni, uslubiy
o‘ziga xosliklarni nozik did bilan qiyoslaydi va tahlil qlib bеradi. Muhimi, buyuk
alloma XI asrda xalq tilida istе’molda bo‘lgan so‘zlarning asl manbasi, ularning
«yashash joyi» bo‘lgan badiiy matnlar bilan birgalikda saqlanib qolishiga erishdi.
Kеyingi avlod vakillarining qadimgi adabiy til va og‘zaki nutq namunalari bilan
tanishish imkoniyatidan bahramand qildi. Alloma ko‘plab xalq qo‘shiqlari, ertak
va afsonalari, maqol va hikmatli so‘zlarini ham yozib olgan. Ular orasida bеvosita
til va nutq jarayonlariga oidlari ham mavjud:
Ardam bashi til. – Til (barcha) san’at – hunarning boshidir.
So‘zga suguncha bulun barir. – Odam so‘zning shirinligi bilan lazzatlansa,
unga asir bo‘lib kеtadi.
Mahmud Qoshg‘ariy maqollarning qo‘llanish o‘rinlarini ham ko‘rsatadi.
“Suf ko‘rmaguncha etuk tartma” – “Suv ko‘rmasdan oldin etik еchma”. Bu maqol
ishlarda mulohazali bo‘lishga undalgan kishilarga nisbatan qo‘llaniladi.
“Kеng to‘n o‘bramas, kеngashlig bilig artamas” – “Kеng to‘n to‘zimaydi,
kеngashli ish buzilmaydi”. Bu maqol bir ish boshlashdan oldin boshqalar bilan
kеngashish, o‘zboshimchalik qlmaslikka undab aytiladi.
Yusuf Xos Hojib. Sharqdagi so‘z va undan foydalanishga qo‘yiladigan
talablarga misol tariqasida Yusuf Xos Hojibning qo‘yidagi fikrlarini kеltirish
maqsadga muvofiqdir: “Ko‘p so‘zlik foydasiz mashg‘ulotdir. Tuman so‘z tugunini
bir so‘zda yozish mumkin. Zеro, kishi so‘z tufayli qadr topishi yoki aksincha,
boshi egik bo‘lishi mumkin”. Dеmak, so‘z ma'nolarini ilg‘ash so‘z ishlatish uchun
ham bilimdonlik talab etiladi.
Alisher Navoiy. Alisher Navoiy o‘zbek tili ravnaqi uchun astoydil kuyindi...
Turkiy til ravnaq uchun qat’iy kurash olib bordi. Navoiy asarlari til omillaridan,
o‘zbek tilining leksik – grammatik imkoniyatlaridan unumli va mahorat bilan
foydalanishning oliy namunasidir. Zahiriddin Muhammad Bobur Alisher
Navoiyning adabiy tilga muvofiq ijod etganini maxsus ta’kidlaydi: “Andijon
elining lafzi qalam bila rostdur, oni uchun kim Mir Alisher Navoiyning
musannafoti bovujudkim, undan nash’u namo topibtur, bu til biladur”.
Navoiy tilning ijtimoiy hodisa ekanligini ta’kidlaydi, uni “guhari sharif”
deya ta’riflaydi. So‘z insonni hayvondan ajratgan ulug‘ ne’mat deya ulug‘laydi:
“Tengriki, insonni qilib ganji roz,
So‘z bila hayvondin anga imtiyoz”.
Navoiy har doim shaklning mazmunga uyg‘un bo‘lishini talab etadi:
Nazmki ma’ni anga marg‘ub emas,
Ahli ma’oniy qoshida xo‘b emas.
Nazmki ham surat erur xush anga,
Zimnida ma’ni dog‘i dilkash anga.
Ulug‘ shoir va mutafakkir Alisher Navoiy yoshlarning asar matnini ifodali
o‘qish san’atini egallashlariga diqqatni tortdi. Shoir o‘zining “Lisonut-tayr” asarida
asar mazmunini tushunib o‘qish usulini egallashga chaqirdi. “Mahbubul-qulub”
asarida “Xushnavis chiroyli yozishning va yozma nutq malakasini egallashning
barchaga “osoyish” berish”ini ta’kidladi. “Muhokamatul-lug’atayn” asarida
talaffuz va imlo, so‘z qudrati va nutq madaniyati, so‘z ma’nolaridan to‘g‘ri
foydalanish, nutqni to‘g‘ri tuzish kabi masalalarning ilmiy sharhini berish bilan
turkiy (o‘zbek) tilini chuqur o‘zlashtirish metodikasiga ulkan hissa qo‘shdi.3
3
G‘ulomov A., Qodirov M., Ernazarova M. va boshqlar. Ona tili o‘qitish metodikasi. –
T.: “Fan va texnologiya”, 2012, 380 bet.
Zahiriddin Muhammad Bobur o‘z asarlarini sodda tilda yozdi va
boshqalarni ham shunga chaqirdi. O‘g‘li Humoyunning dabdabali usulda yozilgan
bir xatini tanqid qilib, “Boburnoma” asarida “Mundin nari betakalluf va ravshan va
pok alfoz bila biti, ham senga tashvish ozroq bo‘lur, ham o‘qig‘uvchig‘a”, – deb
yozadi. Demak, Bobur zamondoshlarini tushunarli tilda yozishga, qiyin so‘zlar va
balandparvoz so‘zlarni ishlatmaslikka da’vat etgan.
Munis Xorazmiyning “Savodi ta’lim” asari nazm bilan yozilgan pedagogik
asar bo‘lib, chiroyli xat yozish usullarini o‘rgatadi. Asarning birinchi qismida xat
mashq qilishga tayyorgarlik va bu ish uchun kerakli asboblar to‘g‘risida so‘z
yuritadi. Ikkinchi qismida esa xat mashqi va uning usullaru haqida amaliy yo‘l
bilan ta’lim beriladi. Asarda kishilik jamiyatida yozuvning katta ahamiyatga ega
ekanligi qayd etiladi. Demak, Umar az-Zamaxshariy, Mahmud Qoshg‘ariy, Ahmad
Yassaviy, Hoja Bahouddin Naqshband, Mirzo Ulug‘bek, Jomiy, Zahiriddin
Muhammad Bobur kabi allomalarning ma’rifiy fikrlari, axloqiy-ta’limiy qarashlari
ham yoshlar tarbiyasida muhim ahamiyatga ega. XVI-XIX asr oralig’ida ham
metodika fanining o‘ziga xos tarzdagi taraqqyoti kuzatiladi. Munis, Ogahiy,
Dilshodi Barno, Anbar Otin, Uvaysiy singari mutafakkir adiblarning ta’lim-tarbiya
masalalariga ham alohida e’tibor bilan qaraganliklari yaxshi ma’lum.
XX asr boshlaridagi tarixiy sharoit Turkistonda didaktik g‘oyalarning
tarqalishi va rivojlanishi, ta’lim prinsiplari hamda ta’lim mеtodlari haqida ilmiy
asarlar, mеtodik qo‘llanma va maqolalarning dunyoga kеlishiga, pеdagogika,
qisman mеtodika fanining rivojlanishi va taraqqiy etishiga zamin yaratdi. Bunga
misol sifatida Abdulla Avloniyning “Turkiy guliston yoki axloq” asarini kеltirish
mumkin. U mazkur kitobida: “Muallim shogirdlariga bеrgan darslarini amal ila
chog‘ishtirib o‘rgatmaklari lozimdir, ta'lim ila bеrilgan dars va ma’lumot
shogirdlarning diliga tеz ta'sir qlib, ular ilmli, odobli bo‘ladilar”, — dеb yozadi.
XX asr boshlarida an’anaviy o‘qitish usullari yoniga yangi — Еvropacha
o‘qitish usullari ham kеlib qo‘shila boshlaydi.
Dastur va qo‘llanmalarni yaratishda mahalliy ziyolilardan Fitrat, Munavvar
qori, Hamza Hakimzoda Niyoziy, Abdulla Avloniy, Qori Niyozov, Qayum
Ramazon, Shorasul Zunnun, Murod Shams, Halil Qayumov, Majid Qodiriy va
boshqalar faol ishtirok etadilar.
1940 yillarda O‘zbеkistonda S.A.Fеssalonitskiyning “Ona tili o‘qitish
mеtodikasi” qo‘llanmasi nashr qilindi. Bu o‘z davri uchun katta nazariy va amaliy
ahamiyatga ega bo‘ldi. Qo‘llanmaning ko‘p qismi nutq o‘stirish va insho
masalalariga bag‘ishlangan bo‘lib, morfologiya va sintaksis o‘qitish mеtodikasiga
alohida e’tibor qaratilmaydi.
1944 yilda Murod Shams “Orfografiya o‘qitish mеtodikasi”, K.Xayrullaеv
“Tipik orfografik xatolar va ularni bartaraf etish” mavzusidagi tadqiqotlarni
amalga oshirishdi. Kеyinroq, 1950 yilda Murod Shamsning “O‘zbеk tili o‘qitish
mеtodikasi” qo‘llanmasi nashr qilindi. 1952 yilda “O‘zbеk tili o‘qitish
mеtodikasi”ga oid darslikning 1-qismi Faxri Kamol tahriri ostida bosmadan
chiqdi. Mazkur qo‘llanma va kitoblarda ona tili darslarini uyushtirish va o‘tkazish
bo‘yicha zaruriy ko‘rsatmalar, ona tili o‘qitishni yaxshilash bo‘yicha maslahatlar,
mashg‘ulotlarda nutq o‘stirishning usul va vositalari, jadvallar majmuasi, dars
ishlanmalari bеrilgan. Lеkin orfografiya va punktuatsiyaga, matn ustida ishlashga
oid masalalarga to‘xtalinmagan.
1960 yilda H. Rustamovning “Sintaksis va punktuatsiya o‘qitish
mеtodikasi”, 1969 yilda N. Abdurahmonovning “O‘zbеk tili o‘qitish mеtodikasi”
kitoblari nashr etildi. Ular o‘z davridagi ona tili o‘qitish mеtodikasiga qo‘shilgan
tеgishli hissa sifatida baholanishi mumkin. Lеkin bu qo‘llanmalarda nutq o‘stirish
va uslubiy mashqlar, insho yozish mazmuni va mеtodikasiga еtarli o‘rin
bеrilmaganligini aytish joiz.
1975 yili Yo.G‘ulomov, I.Rasulov, H. Rustamov, B.Mirzaahmеdovlarning
“O‘zbеk tili o‘qitish mеtodikasi” fanga oid nisbatan yangi tipdagi o‘quv
qo‘llanmasi chop etildi. 1960-80 yillar davomida ona tili o‘qitish mеtodikasi
bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari ko‘lami yanada kеngaydi. Bu sohada tilshunos
olimlarimiz qo‘lga kiritgan yutuqlarning amaliyotga tatbiqi bir qadar tig‘izlashgani
ko‘zga tashlanadi. O‘zbеk tili o‘qituvchilarining talab va ehtiyojlari hisobga olinib,
“O‘qituvchilar gazеtasi” (hozir “Ma’rifat”)da ilg‘or ish tajribalari, mеtodik
tavsiyalar izchil yoritila boshlandi. Endilikda “Til va adabiyot ta’limi”, “Xalq
ta’limi”, “Uzluksiz ta’lim”, “Kasb-hunar ta’limi”, “Ta’lim texnologiyalari” singari
maxsus ilmiy-mеtodik jurnallar ham sеrqirra ilmiy-ijodiy faoliyat olib
bormoqdalar.
O‘zbеkistonning o‘z istiqlolini qo‘lga kiritishi milliy g‘oyaning tug‘ilishiga
va shakllanishiga olib kеldi. Ta'lim tizimini umumjahon andozalariga moslash,
darsga ilg‘or pеdagogik tеxnologiyalarni joriy etish zaruriyati tug‘ildi.
O‘quv dasturi va darsliklar ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarga muvofiq
takomillashtirildi va yangilandi. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va DTS
talablarini ta’lim mazmuniga joriy etish, uni tobora takomillashtirib borish shu
kunning dolzarb masalasi bo‘lib qoldi.
Yangi taraqqiyot bosqchiga ko‘tarilayotgan o‘zbеk tilshunosligida tilni
tizimli o‘rganish masalalarini taniqli tilshunos va mеtodist olimlar H.G‘.
Nе’matov, A.Nurmonov, N.M. Mahmudov, A.Q.G‘ulomov va R.Safarovalar
boshlab bеrishdi.
1989 yilda tilimizga “Davlat tili” maqomi berilgach, O‘zbekiston
Respublikasi Xalq Ta’limi vazirligi tomonidan O‘zbek tili Doimiy anjumani ta’sis
etilishi til va adabiyot ta’limining mazmuninigina emas, balki uni o’qitishni ham
yangi yo’nalishlarda davom etishiga imkon yaratdi. Anjuman ta’sis etilgandan
buyon uning har bir yig’ilishida ta’lim oluvchi so’z boyligini oshirish, ijodiy
tafakkurini rivojlantirish, milliy ma’naviyat, nutq madaniyati me’yorlarini
singdirish, matn yaratish malakasini shakllantirish kabi nihoyatda dolzarb
masalalar muhokama etilmoqda.
Endilikda “O‘zbek tili o‘qitish kontseptsiyasi”, “Davlat ta’lim standartlari”,
til o‘qitishning namunaviy dasturlari yaratildi, umumta’lim maktablari, akademik
litsey va kasb-hunar kollejlari, oliy ta’limning bakalavriat va magistratura
bosqchlari uchun darsliklarning yangi avlodi chop qilindi va ular tajriba —
sinovlardan o‘tkazildi.
Ta’lim mazmunining yangilangani ta’lim jarayoni, shakli va usullaridagi
zamonaviy yangilanishlarni, yangi pedagogik texnologiyalarning joriy etilishini
taqozo etishi o‘z-o‘zidan ma’lum.
2. XX asrning ona tilini o‘qitishda alohida o‘rin tutganligi va bu
davrning quyidagi kichik davrlarga bo‘linishi: 1)1910-1930-yillar; )1930-
1960-yillar; 3)1960-1970-yillar; 4) 1970-1990-yillar; 5)1990dan ho-zirgi
davrgacha haqida.
“O‘zbek tili”ning maktabda o‘quv predmeti sifatida shakllanish va
rivojlanish jarayoniga nazar tashlaydigan bo‘lsak, uni taxminan quyidagi davrlarga
ajratish mumkin:
Birinchi davr – 1910 – 1930-yillar. Bu davrda madrasalarda o‘qigan
bolalarga savod chiqarganlaridan keyin, qofiya (grammatika) va qofiyaning
bo‘limlari: sarf (morfologiya) va nahv (sintaksis) o‘rgatilgan. Bolalarning xat-
savod chiqarishi, qiroatxonlikka katta e’tibor berilgan.
XX asrning boshlari shu bilan e’tiborliki, garchand hali maktablarda “Ona
tili” ni fan sifatida o‘qitish muayyan izga tushmagan bo‘lsa-da, ammo
o‘quvchilarga til qoidalarini o‘rgatish, ularning savodxonligini chiqarish va uni
takomillashtirishga qaratilgan harakatlar kuchaydi. 1913-yilda mashhur o‘zbek
ziyolisi M.Faxriddinovning “Turkcha qoida”, 1916-yilda A.Zahiriyning “Imlo”
o‘quv qo‘llanmalarining nashr etilishi o‘sha davr uchun katta tarixiy voqea edi. Bir
qator jaded maktablarida 1913 – 1914-yillarda boshlab turcha qoidalarni o‘qitish
yo‘lga qo‘yildi; 2-, 3-, 4-o‘quvyillarida o‘quvchilarning savodxonligi ustida ishlash
bo‘yicha maxsus dars mashg‘ulotlari o‘tkazila boshlandi. 1916 – 1917-yillarga
kelib shu kadid maktablarida A.Zahiriyning “Imlo” kitobini o‘qitish yo‘lga
qo‘yildi.
Ikkinchi davr – 1930 – 1960-yillar. Bu davrda maktablarda ona tilini fan
sifatida o‘qitish yo‘lga qo‘yildi; til ta’limidan maxsus o‘quv dasturlari va
darsliklari chiqarila boshlandi. “O‘zbek tili” maktabda o‘qitiladigan yetakchi o‘quv
predmeti sifatida o‘quv rejalaridan mustahkam o‘rin oldi va bu fanning
o‘qitilishiga katta miqdorda soat ajratildi. Ona tilining o‘rta umumta’lim
maktablarida o‘quv predmeti sifatida o‘qitila boshlanishi uning tarqqiyoti uchun
keng yo‘l ochib berdi.
Uchinchi davr – 1960 – 1970-yillar. Bu davrga kelib, ona tilidan ta’lim
mazmuni ancha takomillashdi va mazkur fandan o‘quv dasturlari va darsliklari
chiqarila boshlandi. Ayniqsa, maktablarning yuqori sinflarida ona tilining
o‘qitilishiga e’tibot kuchaydi.
To‘rtinchi davr – 1970 – 1990-yillar. Bu davrga kelib, o‘zbek
tilshunosligida qo‘lga kiritilgan yutuqlarni maktab darsliklariga kiritishga urinish
kuchaydi. Ona tilida V sinfda (o‘quv yilining boshida) sintaksis punktuatsiyadan
dastlabki zaruriy ma’lumotlar berish ko‘zda tutuldi va mazkur bo‘limni o‘qitish
yo‘lga qo‘yildi. So‘z yasalishi tilshunoslikning alohida bo‘limi sifatida ajralib
chiqdi va bu bo‘lim 16 soat davomida V sinfda o‘qitila bo‘ldi.
Beshinchi davr – 1991-yildan keying davr. O‘zbekiston Respublikasi o‘z
mustaqilligini qo‘lg kiritgandan so‘ng ona tili ta’limi oldiga tamomila yangi
talablar qo‘yila boshlandi. “O‘zbek maktablarida ona tili Konsepsiyasi” (1993)
ishlab chiqildi.4
Ona tilidan DTS me’yorlari belgilandi va u davlat hujjati sifatida qabul
qilindi, DTSga muvofiq keladigan “Ona tili” dasturlari yaratildi; maktab darsliklari
yangilana boshladi.
Ona tilining mazmuni, asosan, 50-yillarning o‘rtalarida shakllangan bo‘lib,
o‘shandan beri dasturlar juz’iy o‘zgarishlar bilan 1998 – 1999-o‘quv yiliga qadar
amalda bo‘lib keldi. 60-yillarga kelib “Fan yutuqlari – maktabga” shiori o‘rtaga
tashlangach, maktab ona tili ta’limi shu qadar nazariylashib, grammatizm
hokimligi yuzaga keldiki, o‘qish ham, o‘qitish ham zerikarli bo‘lib qoldi. Ona tili
mashg‘ulotlarida o‘quvchi nutqini rivojlantirishga qaratilgan foydali amaliy ishlar
son-sanoqsiz Grammatik talqin, qoida va ta’riflarni ko‘r-ko‘rona “o‘zlashtirish”,
ya’ni ularni qorilarcha yodlab olishdan nariga o‘tilmadi.
Ona tili ta’limidagi yana bir murakkablik grammatik talqinlar bilan bog‘liq
chalkashliklar edi. Jumladan, olmoshning nafaqat ot, sifat, son, balki, fe’l, ravish,
taqlidiy so‘z, undov gap va hatto matnni almashtira olishi, ularga ishora etish
xususiyati hisobga olinmagan edi. Mavjud chalkshliklardan yana biri bir so‘z
turkumdan ikkinchi so‘z turkumiga o‘tish talqini edi. “Dono qiz dono so‘zlaydi”
gapida birinchi dono ravish so‘z turkumiga kiritilgan edi.
Sintaksisda ulkan chigallik tug‘dirgan masalalardan biri gap talqini masalasi
edi. Shaxs-son, zamon ko‘rsatkichiga ega bo‘lmagan kesimlar ham “kesim” deb
atalib, “Men borganda…”, U kelgandan keyin…” tipidagi gaplar ham qo‘shma gap
sifatida qaraladi.
Sho‘ro ta’limi sharoitida nafaqat ta’lim mazmuni, balki o‘qitish usulida ham
dogmatism hukmron edi. Ona tili ta’limi o‘quvchilarda ijodiylik, mustaqil fikrlash,
fikt mahsulini nutq sharoitiga mos ravishda og‘zaki va yozm shakllarda bayon
qilishga o‘rgatishdan ahcha yiroq bo‘lib, ona tili ta’limining asosiy maqsadi –
nutqni shakllantirish va rivojlantirish uning soyasida qolib ketgan edi.
Milliy istiqlol maktab ona tili ta’limi oldiga ham yangi ufqlar ochdi.
O‘zbekiston olamga yuz tutdi; ijtimoiy, ma’naviy, iqtisodiy jabhalarda ulkan ijodiy
qadamlar tashlandi. Mustaqil Respublikamizning xalq ta’limi sohasidagi islohotlari
bugungi kunda naqadar katta ijobiy natijalar berganligini hayotning o‘zi ko‘rsatib
turibdi. Bu islohotlar, avvalo, millatning g‘ururi, uning iftixori, - tiliga bo‘lgan
e’tibordan boshlandi.
3. O‘TDA yig‘inlari materiallari ustida ishlash.
1989-yil 21-oktabr kuni “Davlat tili haqida”gi Qonun qabul qilindi. “O‘zbek
tili O‘zbekiston Respublikasining davlat tilidir”, deb rasmiy e’lon qilindi.
Tilimizga davlat tili maqomi berilishi Respublikamiz maktablarida o‘zbek tilining
e’tiborini kuchaytirdi. Tarixiy ahamiyatga molik bo‘lgan bu Qonun 1987-yilda
tuzilgan, bir qator maktablarda muvaffaqiyatli ravishda sinovdan o‘tkazilgan “Ona
tili” (V-IX sinflar uchun) dasturining takomillashtirilishiga turtki bo‘di hamda

4
G‘ulomov A., Qodirov M., Ernazarova M. va boshqlar. Ona tili o‘qitish
metodikasi. –T.: “Fan va texnologiya”, 2012, 380 bet.
O‘zbekiston Respublikasi XTV tomonidan 1989-yili 25-sentabrda 386-raqamli
buyruq bilan ta’sis etilgan “O‘zbek tili” doimiy anjumani (O‘TDA) 1-yig‘inida
“Induktiv-2” ramzi bilan muqobil dastur sifatida muhokamaga chiqarildi.
O‘TDAning 1-yig‘ini 1991-yilning aprelida Samarqandda o‘tkazildi.
Yig‘inda 400 ga yaqin o‘qituvchi va olimlar qatnashdi. Birinchi yig‘inning tarixiy
ahamiyati benihiya katta bo‘ldi. U o‘sha davrda amalda bo‘lgan “stabillashgan”
ona tili ta’limi usuli, ta’lim mazmunini tubdan yangilash zarurligini, qotib qolgan
andozalar bilan ishlash mumkin emasligini baralla aytdi va mavjud tanazzuldan
chiqish yo‘larini belgilab berdi. Yig‘in “Induktiv”, “Ijod”, “Ta’lim”, “O‘qituvchi”
ramzli muqobil dasturlarni muhokamaga chiqardi va “Induktiv-2” ramzli dasturda
qo‘yilgan ona tili ta’limi maqsadi, mazmuni va usulini ma’qul deb topdi.
O‘TDAning 2-yig‘ini 1993-yilning aprelida Qarshi shahrida bo‘lib o‘tdi.
Anjuman ona tilidan ta’lim mazmuni muammolariga bag‘ishlandi va RTM
tomonidan nashr etilgan “Ona tili”dan ta’lim mazmunini yangilashning asosiy
yo‘nalishlari” qo‘llanmasi amaliyotchi o‘qituvchilar va olimlar e’tiboriga havola
etildi.
Respublikamiz mustaqillikka erishgach, ta’limni tubdan isloh qilihga
kirishildi. “Ta’lim to‘g‘risida”gi hamda “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”
to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari ona tilidan ta’lim mazmunini va
usulini yangilash sari tashlangan katta qadamlar bo‘ldi. Bu muammolar
O‘TDAning 2-yig‘ini muhokamasiga chiqarildi va ona tilidan ta’lim mazmunini
belgilab berdi. Ona tili ta’limida mustaqillik yillarida tahlangan ulkan qadam
“O‘zbek maktablarida ona tilini o‘qitish Konsepsiyasi” bo‘ldi. Mazkur hujjat 1993-
yilning 15-oktabrida O‘zbekiston Respublikasi XTV tomonidan tasdiqlangan
bo‘lib, maktabda ona tili o‘qitishning asosiy maqsadi o‘quvchilarda ijodiylik,
mustaqil fikrlash, fikr mahsulini nutq sharoitiga mos ravishda og‘zaki va yozma
shakllarda to‘g‘ri, ravon ifodalash ko‘nikmalarini shakllantirish va
rivojlantirishdan iborat deb belgilandi. Bunday maqsadning qo‘yilishi bejiz emas,
albatta. O‘zbekistonning birinchi Prezidenti I.Karimov O‘zbekiston
Respublikasining Oliy Majlisining IX sessiyasida so‘zlagan nutqida: “Demokratik
jamiyatda bolalar, umuman, har bir inson erkin fikrlaydigan etib tarbiyalanadi.
Agar bolalar erkin fikrlashni o‘rganmasa, berilgan ta’lim samarasi past bo‘lishi
muqarrar. Mustaqil fikrlash ham katta boylikdir” – deb qayd qiladi. Ona tili ta’limi
oldiga qo‘yilgan maqsad prezident tomonidan aytilgan fikr bilan hamohangdir.
Milliy istiqlol sharofati bilan ona tili ta’limini takomillashtirish davom
ettirildi. O‘zbek tilining grammatik qurilishidagi “ruslashtirish” samarasi bo‘lgan
juda ko‘p ilmiy-grammatik talqinlar turkona talqinlar bilan almshtirildi. Ana shu
yo‘nalishda “Ona tili” o‘quv fanidan darsliklar yaratish ishiga kirishildi.
Modomiki, ona tili ta’limidan ko‘zlangan maqsad o‘quvchilarni nutqiy
faoliyatga tayyorlash ekan, so‘z boyligini oshirish birinchi galdagi vazifa sanaladi.
Jizzax shahrida bo‘lib o‘tgan O‘TDAning 3-yig‘ini (1995-yil) xuddi mana shu
masalaga bag‘ishlanadi. Anjumanga barcha shu’balar bo‘yicha 283 ta ma’ruza
tinglandi. Bu ma’ruzalarning ko‘pgina qismi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida
o‘quvchilarning so‘z zaxirasini oshirishning samarali uo‘llari, vositalari va
usullariga bag‘ishlanadi. Yig‘in ona tilidan sinov darsliklari nashrini tezlashtirish
xususida tavsiya qabul qildi. “Ona tili”dan 5-sinflar uchun sinov darsligi 1997-
yilda yaratilgan bo‘lib, uning tuzilishi ham, mazmuni ham oldingi darsliklardan
farq qiladi. 6-sinflar uchun sinov darsligi 1998-yilda yaratildi. Bu darslik o‘z
ichida, asosan, so‘zning lug‘aviy shakllari va ma’no guruhlarini qamrab olgan. 5 –
6-sinflar uchun yaratilgan sinov darsliklarida “til – me’yor – nutq” mutanosibligiga
qat’iy amal qilindi. Buning ma’nosi shuki, ona tili darslarida o‘quvchi til
hodisalarini kuzatish, izlanish, alohidaliklarni sharhlash, qiyoslash, umumiylikni
aniqlash, farqlarni topish, guruhlash, hukm chiqarish, xulosalash, fikrni og‘zaki
bayon etish, ijodiy matn tuzishgacha bo‘lgan barcha jarayonlarni mustaqil bajaradi.
Bu esa, o‘z navbatida, o‘quvchini ta’lim jarayonining faol ishlovchilariga,
o‘qituvchini esa shu jarayonning tashkilotchisiga aylantiradi.
1997-yil ona tili ta;limidagi muhim voqealardan biri Toshkentda O‘TDA 4-
yig‘inining o‘tkazilishi bo‘ldi. Mazkur anjuman ijodiy matn yaratish
muammolariga bag‘ishlanadi. Respublikamizning 700dan ziyod o‘qituvchisi uch
kun davomida o‘quvchilarni ijodiy matn yaratishga o‘rgatish yo‘llari, vositalari,
usullarini muhokama etdilar.
1998-yil 13-mayda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
tomonidan qabul qilingan “Umumiy o‘rta ta’limni tashkil etish to‘g‘risida”gi 203-
Qarori barcha o‘quv fanlari qatori ona tilidan Davlat ta’lim standarti (DTS)ni
yaratish va uni sinovdan o‘tkazishni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining “Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartini tasdiqlash
to‘g‘risida”gi Qarori bilan 1999-yil 16-avgustda tasdiqlandi. Endigi vazifa ona
tilidan DTS va o‘quv dasturiga asosan yangi darsliklarni yaratish hamda
belgilangan tartib va mudatlarda ularni nashriyotga topshirishdan iborat edi. Bu
murakkab vazifa ham muvaffaqiyatli hal etildi. Qo‘yilgan vazifani hal etishda
O‘TDAning 1999-yil Buxoroda o‘tkazilgan 5-yig‘ini muhim ahamiyatga ega
bo‘ldi. Anjumanda qilingan ma’ruzalarning ko‘pchiligida yaratilgan sinov
darsliklariga munosabat bildirildi.
2000 – 2001-o‘quv yilidan sinov darsliklari ommaviy nashrdan chiqdi.Ona
tili o‘quv dasturi asosida ommaviy amaliyotga tatbiq etilgan (H.Ne’matov va
A.G‘ulomov boshchiligidagi), keyinchalik yanada boyitilgan (N.Mahmudov
boshchiligidagi) ona tili darsliklarining shakli va mazmuni verbal-kognitiv ta’lim
tamoyillariga mos keladi. Chunki ona tilidan 5 – 9-sinflar uchun yaratilgan yangi
avlod darsliklari ongli, verbal, induktiv-kognitiv-pragmatik ta’lim usuliga
asoslanadi.
2001-yilning aprelida O‘TDAning 6-yig‘ini Farg‘onada, 2003-yilning
aprelida O‘TDAning 7-yig‘ini Namanganda, 2005-yilning aprelida O‘TDAning 8-
yig‘ini Xorazmda, 2007-yilning aprelida O‘TDAning 9-yig‘ini Termizda, 2009-
yilning aprelida O‘TDAning 10-yig‘ini Andijon, 2011-yilning aprelida
O‘TDAning 11-yig‘ini Toshkent viloyatida, 2013-yilning aprelida O‘TDAning 12-
yig‘ini Gulistonda, 2015-yilning aprelida O‘TDAning 13-yig‘ini Navoiyda bo‘lib
o‘tdi.
“O‘zbek tili o‘qitish metodikasi” fani falsafa, tilshunoslik, siklidagi fanlar,
didaktika, ruhshunoslik fanlari bilan uzviy bog‘liqdir. Bu fan pedagogika siklidagi
fan bo‘lganligi ucnun ham, ijtimoiy fanlar guruhiga kiradi va ijtimoiy fanlarning
asosini tashkil etadigan falsafa bilan chambarchas bog‘liq. O‘quvchiga o‘z ona
tilini o‘rgatish tafakkur bilan chambarchas bog‘langan. Chunki til hodisalarining
o‘quvchi ongida voqelanishi tafakkur orqali yuzaga chiqadi. Til va tafakkurning
aloqadorligi ona tili darslarida ijodiy tafakkur sohibini tarbiyalash muammosini hal
qilishga ko‘maklashadi.
Ma’lumki, falsafada har bir umumiy tushuncha yakka, juz’iy tushunchalar
yig‘indisidan tarkib topadi, degan qoida mavjud. Ona tili darslarida o‘quvchi
faoliyatini tashkil etishda ham biz xuddi shu qoidaga asoslanamiz. Muayyan
bo’laklarga ajratilgan til hodisalarini kuzatish, ularning birini ikkinchisi bilan
taqqoslash orqali o‘quvchi umumiy ta’rif, qoida va xulosalarga keladi. Falsafa
fikrlash va rivojlanishga o‘zaro uyg‘unlikda qaraydi. Sharqning buyuk
ensiklopedist olimlari (Umar Xayyom, Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr Forobiy,
Abu Ali ibn Sino va h.k.) rivojlanishni fikrlashning mahsuli deb biladilar.
Til materiallari o‘quvchi tomonidan ijodiy fikrlash orqali egallangan bo‘lsa,
u amaliy ahamiyatga molik bilim, ko‘nikma va malakalar bo‘lib sanaladi.
Shuni unutmaslik kerakki, til hodisalarining mohiyatini anglash, ular orasidagi
o‘xshash va farqli tomonlarni aniqlash, til imkoniyatlaridan nutqiy faoliyatda
foqydalanish singari zaruriy malakalar ijodiy fikrlash orqali amalga oshadi.
“O‘zbek tili o‘qitish metodikasi” fani pedagogik sikldagi fan sanalsa-da,
ammo uning ilmiy asosini tilshunoslik fanlari tashkil qiladi. Til ilmi sohasida
qo‘lga kiritilgan har bir ilmiy yutuq, shubhasiz, maktab, AL va KHKlar ona tili
ta’limiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi; zaruriyat tug‘ilganda uni yangilash ehtiyojini
yuzaga keltiradi. Biroq shunday bo‘lsa-da, tilshunoslikda fan erishgan barcha
yutuqlarni ta’lim muassasalari o‘quvchilariga o‘rgatishning iloji yo‘q va bunga
ehtiyoj ham sezilmaydi. “O‘zbek tili o‘qitish metodikasi” fani til ilmi sohasida
qo‘lga kiritilgan yutuqlardan nimani ajratib olib o‘quvchiga o‘rgatish lozimligini
hal qiladi.

Nazorat uchun savol va topshiriqlar:


1. O‘zbek tili o‘qitish metodikasi fan sifatida qachon shakllandi?
2. O‘zbek metodist olimlaridan kimlarni bilasiz?
3. Mazkur fandan dastlabki qo‘llanmalar qachon va kim tomonidan e’lon
qilingan?
4. Metodika tarixiga hissa qo‘shgan buyuk allomalarimizdan kimlarni
bilasiz?
Test
1.O‘zbek tili o‘qitish metodikasi pedagogika bilim yurtlari va oliy o‘quv
yurtlarida qachondan boshlab fan sifatida o‘qitish boshlandi?
1920 yillardan.
1942 yillardan.
*1930 yillardan.
1940 yilardan
2.Metodika tarixida eng maqsadga muvofiq metodlar nimalarni o‘z
ichiga oldi?
O‘qituvchi va o’quvchi faoliyatini o‘z ichiga olgan metodlar.
O‘quvchi faoliyatiga bog‘liq bo‘lgan metodlar.
*O‘qituvchi, o‘quvchi faoliyati va fan xususiyatidan kelib chiqqan metodlar.
Fan xususiyatidan kelib chiqqan metodlar
3.O‘quvchilar yozma ishlarida uchraydigan xato nima sababdan yuz
berishi mumkin?
grammatika va imloni bilmaslik.
nazariya bilan amaliyot o‘rtasidagi tafovutdan.
punktuatsiyani bilmaslik.
*grammatika, imlo, nazariya bilan amaliyot o‘rtasidagi tafovutni bilmaslik.
4.Tilni sevish va uni qunt bilan o‘rganish o‘quvchilarni qaysi jihatdan
taraqqiy ettiradi?
badiiy, g‘oyaviy, ilmiy jihatdan
aqliy, ahloqiy va estetik jihatdan
jismoniy, vatanparvarlik jihatdan
*badiiy, g‘oyaviy, ilmiy, aqliy, ahloqiy va estetik jihatdan
5.O‘zbek tili kursining bo‘limlarini o‘tishda qanday yo‘l tutiladi?
Alohida-alohida o‘tiladi.
O‘zaro ajralmagan holda o‘tiladi.
Ayrimlari qiyosiy o‘rganiladi.
* Alohida-alohida, o‘zaro ajralmagan holda o‘tiladi.
3-ma’ruza

Mavzu: O‘zbеk tili o‘qituvchisiga qo‘yiladigan talablar. O‘zbеk tili o‘qitishga doir
yondashuv va tamoyillar.

REJA:
1. O‘zbek tilini o‘qitishga doir yondashuv va tamoyillar haqida
ma’lumot. “Tamoyil” yoki “Prinsip” tushunchasiga ta’rif.
2. O‘zbеk tili o‘qitishga doir umumdidaktik tamoyillar.
3. O‘zbеk (ona) tili o‘qitishning o‘ziga xos omillari.
4. O‘zbеk tili o‘qituvchisiga qo‘yiladigan talablar.
1- ilova
Mavzu: O‘zbеk tili o‘qitishga doir yondashuv va tamoyillar (umum-
didaktik va o‘ziga xos omillari). O‘zbеk tili o‘qituvchisiga
qo‘yiladigan talablar.

REJA:
1. O‘zbek tilini o‘qitishga doir yondashuv va tamoyillar haqida
ma’lumot. “Tamoyil” yoki “Prinsip” tushunchasiga ta’rif.
2. O‘zbеk tili o‘qitishga doir umumdidaktik tamoyillar.
3. O‘zbеk (ona) tili o‘qitishning o‘ziga xos omillari.
4. O‘zbеk tili o‘qituvchisiga qo‘yiladigan talablar.
1. O‘zbek tilini o‘qitishga doir yondashuv va tamoyillar haqida
ma’lumot. “Tamoyil” yoki “Prinsip” tushunchasiga ta’rif.
Mavjud metodik adabiyotlarda til materiallarini o‘rgatishda amal qilinishi
lozim bo‘lgan yondashuv va tamoyillar haqida so‘z yuritilgan. Ona tili darslarida
metod va o‘qitish usullaridan foydalanishda amal qilinadigan yondashuv va
tamoyillarni belgilashda N.Mahmudov, H.Nurmonov, A.G‘ulomov, H.Ne’matov,
R.Safarova, T.G‘aniyev, Sh.Yusupova, I.Toshev, Sh.Yo‘ldosheva, N.Yo‘ldosheva,
N.M.Dadajonova, X.Qurbonova, T.Ziyodova, M.Mirmaxsudova, T.Yusupova,
F.H.Aminova va boshqa metodist olimlarning, didaktika bo‘yicha esa
M.I.Maxmutov5, E.G‘oziyev6larning tadqiqot ishlari, monografiyalari, metodik
qo‘llanmalari, ilmiy maqolalariga tayandik. Shuningdek, xorij metodist olimlaridan
Yu. Babanskiy7, T.Shamova8, K.Ushinskiy9, Sh. Gepelin10, L.Federenko11,
I.Lerner12, T.Napolnova13, M.Skatkin14, O.Xarchenko15larning ishlarini inobatga
oldik.
Maktab va akademik litsey til ta’limi jarayoni bugungi kunda birinchi
navbatda kommunikativ yondashuv xususiyatlarini o‘zida aks ettirmog‘i darkor.
Kommunikativ yondashuvga ko‘ra nutq muayyan nutqiy maqsadni ro‘yobga
chiqarish, kimgadir axborot berib, kimdandir axborot olish, kim bilandir fikr
almashish asosida harakatga keltiriladi. Buning uchun yoshlar nutq o‘stirish
mashqlari mobaynida muloqot madaniyatini o‘zlashtirishlari, suhbatdoshiga ta’sir
ko‘rsatish layoqatini egallashlari lozim. Shuningdek, ushbu yondashuvning
talabiga ko‘ra maktab va akademik litseyning o‘quvchilari ona tilini muomala-
aralashuv taqozo etadigan, axborot olish ehtiyoji talab qiladigan darajada
o‘rganishi va egallashi zarur, qolaversa, shu tilning chinakam sohibiga aylanishlari
darkor. Kommunikativ yondashuvning mazmun-mohiyati rus tili o‘qitish
metodikasida yetarlicha o‘rganilgan. Metodist-olim O.O.Xarchenko o‘z
maqolasida bugungi rus tili darsliklari kommunikativ yondashuv asosida
yaratilayotganligini uqtiradi va shunga ko‘ra ham ta’limning nutqiy
(kommunikativ) yo‘nalganlik tamoyilini ajratilish lozimligini ta’kidlaydi. 16

?
5
. Махмутов М.И. Мактабда проблемали таълимни ташкил қилиш. Тошкент. 1981.
?
6
. Ғозиев Э. Ўқувчиларни умумлаштириш усулларига ўргатиш ва уларнинг ақлий
тараққиёти. Тошкент. 1979.
?
7
. Бабанский Ю.К. Рациональная организация учебной деятельности. М., 1981.
?
8
. Шамова Т.И. Активизация учения школьников. М., 1979.
?
9
. Ушинский К.Д. Танланган педагогик асарлар. Тошкент, 1959.
?
10
. Гепелин Ш.И. Дидактический принцип сознавательности. М., 1964.
?
11
. Федеренко Л. Принципы и методы обучения русскому языку. М., 1964.
?
12
. Лернер И.Я. Дидактическая система методов обучения. М., 1976.
?
13
. Напольнова Т.В. Познавательные задачи в обучении русскому языку. М., 1968.
?
14
. Скаткин М.Н. Активизация познавательной деятельности учащихся в обучении. –
Материалы к научной конференции по дидактике (11 – 13 мая, 1965 г.) М., 1965.
?
15
. Харченко О.О. Через постижение “тайн языка” – к текстовой компетенции // Начальная
школа. – 2007. - №5. – С. 36-43.
?
16
. Харченко О.О. Через постижение “тайн языка” – к текстовой компетенции // Начальная
школа. – 2007. - №5. – С. 36-43.
Filologik maqsad bilan nutq o’stirish maqsadi birligini ta’minlash tamoyili
kommunikativ yondashuvning amal qilish yo‘sinini ifoda etadi. Filologik maqsad –
til hodisalarni o‘zlashtirish bo‘lsa, nutq o‘stirish maqsadi – o‘rganilgan til
hodisalaridan – tilning boy imkoniyatlaridan mumkin qadar to‘liqroq foydalanib
nutq mahsulini yaratishdir.
Ona tili darslarida filologik maqsad bilan nutq o‘stirish maqsadini
birlashtirish imkonini beruvchi jarayonni yuzaga keltirishda kichik guruhlar bilan
ishlash metodidan foydalanishning o‘rni beqiyos. Chunki bunda guruhdagi
o‘quvchilarning faolligi o‘quvchi egallagan bilim, ko‘nikma va malakalar asosiga
quriladi, faollikni yuzaga keltirish jarayoni o‘quvchi nutqi orqali namoyon bo‘ladi.
Demak, o‘qitishga kommunikativlik tamoyili asosida yondashuv ona tili
mashg‘ulotlarini kichik guruhlar bilan ishlash metodi asosida tashkil qilishda,
qolaversa, darsda samaradorlikka erishishda juda katta yordam beradi.
“Tamoyil” yoki “Prinsip” tushunchasiga ta’rif.
Ta’lim tamoyillari ta’lim tizimi oldiga qo‘ygan talablardan kelib chiqadi,
shaxsni har tomonlama rivojlantirish, uning ijodiy imkoniyatlarini kengaytirish
o‘qitish tamoyillarini amalda to‘g‘ri qo‘llash bilan bog‘liq. Shu o‘rinda o‘qitish
tamoyili nima degan savol tug‘iladi. Tamoyil va prinsip atamalari pedagogik-
psixologik va metodik adabiyotlarda sinonim sifatida almashinib qo‘llaniladi.
“O‘zbek tilining izohli lug‘ati”17da prinsip va tamoyil atamalariga quyidagicha
ta’rif berilgan: “Prinsip” – lotincha so‘z bo‘ib, asos, negiz, ibtido degan
ma’nolarni anglatadi. Ko‘p ma’noli so‘z sanaladi: 1. Biror nazariya, ta’limot,
dunyoqarash va sh.k. ning dastlabki, asosiy qonun-qoidasi; faoliyat asos qilib
olinadigan bosh g‘oya, qonun-qoida. 2. Xulq-atvor, xatti-harakat me’yorlarini
belgilaydigan, kishi og‘ishmay amal qiladigan ichki ishonch, nuqtai nazar, qarash,
moslik. “Tamoyil” – arabcha so‘z bo‘lib, tebranish, chayqalish, o‘zgarib turish,
o‘zgaruvchanlik, moyillik degan ma’nolarni anglatadi. Ko‘p ma’noli so‘z bo‘lib,
quyidagi ma’nolarni ifodalaydi: 1. Mayl, moyillik. 2. Biror sohada tartib, qoida
tusini olgan narsa, tadrijiy yo‘nalish. Demak, bu ma’nolar mazmunidan kelib
chiqadiki, ta’lim sohasida, aynan o‘zbek tili o‘qitish metodikasida biz “prinsip”
tushunchasining birinchi ma’nosini, “tamoyil” tushunchasining esa ikkinchi
ma’nosini tanlashimiz mumkin. Shunga ko‘ra universitet va pedagogika
institutlarining filologiya fakulteti talabalari uchun yaratilgan “Ona tili o‘qitish
metodikasi” darsligida “prinsip” so‘ziga shunday ta’rif beriladi: “Prinsip” lotincha
so‘z bo‘lib, asos, qoida, talab singari ma’nolarni ifodalaydi. “O‘qitish prinsipi”
deganda dars samaradorligini ta’minlash, ta’lim jarayonini tashkil etish,
uyushtirishga qo‘yilgan asosiy talablar, qoidalar tushuniladi. O‘qituvchi ta’lim
jarayonini tashkil qilishda ana shu talab va qoidalardan kelib chiqadi va ular
o‘rtasidagi uzviy bog‘liqni ta’minlagan holda amalda tatbiq etish orqali ko‘zlangan
maqsadga erishadi.
2. O‘zbеk tili o‘qitishga doir umumdidaktik tamoyillar.

?
17
. Ўзбек тилининг изоҳли луғати: 80000 дан ортиқ сўз ва сўз бирикмаси. Ж. III. Н –
Тартибли/ Таҳрир ҳайъати. Т.Мирзаев (раҳбар) ва бошқ.: ЎзР ФА Тил ва адабиёт ин-ти. – Т.:
“Ўзбекистон миллий энциклопедияси” Давлат илмий нашриёти, 2006. – 688 б.
Ta’lim muassasalarida o‘qitiladigan hamma fanlar uchun umumiy bo‘lgan
didaktik tamoyillar: o‘qitishning o‘quvchiga ma’lu-mot berish, tarbiyalash va
rivojlantirishga qaratilganligi; o‘qitishning ilmiyligi va o‘quvchi uchun
tushunarliligi; sistemaviylik va izchillik; nazariya bilan amaliyot-ning uzviy
aloqasi; onglilik, faollik va mustaqillik; ko‘rsatmalilik; o‘quvchilarga individual
munosabatda bo‘lish va ularning o‘quv imkoniyatlarini hisobga olish kabi
tamoyillar garchand umumdidaktik tamoyillar sanalsa-da, ammo ona tili o‘qitish
nazariyasi va metodikasida ularning har biri o‘ziga xos ma’no kashf etadi.
Ta’lim muassasalarida o‘qitiladigan hamma fanlar uchun umumiy
bo‘lgan didaktik tamoyillar 2- ilova
1. o‘qitishning o‘quvchiga ma’lumot berish, tarbiyalash va
rivojlantirishga qaratilganligi;
2. o‘qitishning ilmiyligi va o‘quvchi uchun tushunarliligi;
3. sistemaviylik va izchillik;
4. nazariya bilan amaliyotning uzviy aloqasi;
5. onglilik, faollik va mustaqillik;
6. ko‘rsatmalilik;
7. o‘quvchilarga individual munosabatda bo‘lish va ularning o‘quv
imkoniyatlarini hisobga olish kabi tamoyillar.

Ona tili o‘qitishda umumdidaktik tamoyillar bilan bir qatorda shu fanning
tabiatidan kelib chiqadigan quyidagi o‘ziga xos tamoyillar ham mavjud: 1) “til-
me’yor-nutq mutanosibligi” tamoyili; b) o‘zbek tili fanini o‘qitish orqali
o‘quvchilar tafakkurining o‘sishiga erishish tamoyili; v) o‘zbek tilini o‘qitishda
mavzulararo, bo‘limlararo va fanlararo bog‘lanishga qat’iy amal qilish tamoyili; g)
o‘quvchilarni til hodisalarini ajratishga o‘rgatish tamoyili; d) o‘zbek tilini o‘qitish
orqali o‘quvchilarning nutq malakalarini mustahkamlash va til sezgirligini oshirish
tamoyili; e) ona tilini o‘qitishda mahalliy sheva sharoiti va ta’sirini nazarda tutish
tamoyili.

3- ilova
Ona tili o‘qitishda umumdidaktik tamoyillar bilan bir qatorda
shu fanning tabiatidan kelib chiqadigan quyidagi o‘ziga xos
tamoyillar ham mavjud:
1) “til-me’yor-nutq mutanosibligi” tamoyili;
b) o‘zbek tili fanini o‘qitish orqali o‘quvchilar tafakkurining o‘sishiga
erishish tamoyili;
v) o‘zbek tilini o‘qitishda mavzulararo, bo‘limlararo va fanlararo
bog‘lanishga qat’iy amal qilish tamoyili;
g) o‘quvchilarni til hodisalarini ajratishga o‘rgatish tamoyili;
d) o‘zbek tilini o‘qitish orqali o‘quvchilarning nutq malakalarini
mustahkamlash va til sezgirligini oshirish tamoyili;
e) ona tilini o‘qitishda mahalliy sheva sharoiti va ta’sirini nazarda tutish
tamoyili.
Ta’lim bosqichlarida ona tili ta’limini tashkil etishda ona tili o‘qitishning
o‘ziga xos tamoyillarini umumdidaktik tamoyillar bilan uyg‘unlashtirgan holda
foydalanganda ona tili darslari samaradorligini oshirish imkoniyatlari to‘liq yuzaga
keladi. Demak, ona tili mahg‘ulotlarini tashkil etishda o‘qituvchi mashg‘ulot
jarayonini to‘g‘ri tashkil qilish uchun umumdidaktik va o‘zbek tilining o‘ziga xos
tamoyillaridan amalda o‘rinli foydalana olishni bilishi shart.
Quyida, dastavval, umumdidaktik, so‘ng ona tili o‘qitishning o‘ziga xos
tamoyillariga alohida-alohida to‘xtalib o‘tamiz.
Ona tili o‘qitishda ta’lim, tarbiya va rivojlanishning uyg‘unligi tamoyili.
Ta’lim bosqichlarida ona tilining fonetikasi, leksikasi va grammatikasi
yuzasidan o‘ta zarur bo‘lgan ilmiy bilimlar silsilasi bilan qurollantiriladi. Ular ona
tili imlosi, talaffuzi, yozma nutqda tinish belgilarini to‘g‘ri ishlatish yuzasidan
zarur ko‘nikma va malakalar bilan ta’minlanadi. Ayni vaqtda ona tili
mashg‘ulotlari o‘quvchi shaxsini tarbiyalash va uni rivojlantirish vositasi hamdir.
Ta’lim, tarbiya va rivojlanish – bir butun jarayon. Ularni Ularni bir-biridan
ajratgan holda alohida-alohida yoki darsning muayyan bir bosqichida birin-ketinlik
bilan amalga oshirib bo‘lmaydi. O‘quvchilar til hodisalarini o‘rganishar ekan, ayni
vaqtda shu jarayonda ularga tarbiya beriladi; shaxsi rivojlantiriladi.
Ma’rifiy matnlar ta’lim, tarbiya va rivojlanishni ta’minlovchi muhim
vositadir.
Ona tili mashg‘ulotlarida tanlanadigan matnlar mavzu jihatidan rang-barang
bo‘lsa, o‘quvchilarning til materiallariga qiziqish darajasi ham shuncha yuqori
bo‘ladi. Ona tili darslarini o‘quvchilarning kundalik hayoti, mehnat faoliyati,
turmushi bilan bog‘lash, foydalanish uchun tanlanadigan rasmlarning mazmun va
mavzuiy rang-barangligini kuchaytirish darsning tarbiyaviy va rivojlantiruvchi
yo‘nalishini oshiradi.
Ma’lumki, ona tili drslarida o‘quvchilar bajaradigan ishlar: kuzatish,
uruhlash, umumlashtirish kabi aqliy faoliyat usullari: xayol, diqqat, xotira, tafakkur
kabi shaxsiy psixik xususiyatlarni rivojlantirish, qiyinchiliklarni yengish mustaqil
ijodiy faoliyat ko‘rsatishga samarali ta’sir ko‘rsatadi. Bu esa ayni vaqtda o‘quvchi
shaxsini rivojlantiradi. Ona tili darslarini tashkil etishda ta’lim, tarbiya va
rivojlanishning uyg‘unligi tamoyiliga amal qilish lozim, chunki mashg‘ulotlarda
faoliyat yuritayotgan o‘quvchilarning nafaqat zaruriy bilim olishlari, balki sinfda
yoki guruhda o‘zaro muloqotda ham o‘qituvchi, ham o‘quvchilar bilan o‘zaro
muloqotga kirishish qoidalariga amal qilishni ham o‘rgatmoq lozim bo‘ladi. Bu
ham o‘quvchini katta hayotga tayyorlashning o‘ziga xos usuli sanaladi.
Shunday qilib, ona tili darslari ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi
maqsadlarni ko‘zlaydi. Bu tamoyillar qanchalik uyg‘un bo‘lsa, ona tili darslarining
samaradotligi shunchalik yuqori bo‘ladi.
Bu jarayon o‘z o‘rnida guruhli va individual ta’limning birligi tamoyili bilan
o‘zaro uyg‘unlashib ketadi. Guruhli va individual ta’limning birligi tamoyili
mohiyatida shaxsning atrofdagilar bilan munosabatda bo‘lish mazmuni yotadi.
Guruhli ta’lim munozara, muzokara tashkil qilish uchun qulay sharoitga ega bo‘lib,
o‘quv masalalarini va topshiriqlarini yechishning samarali yo‘llarini birgalikda
izlashni ta’minlaydi, o‘zaro yordam ko‘rsatish uchun sharoit yaratadi,
o‘quvchilarning mas’uliyat hissini oshiradi. Ona tili darslarida guruhli ta’limni
tashkil etish jamoani shakllantirishning asosiy omili bo‘lib xizmat qiladi.
Noan’anaviy ta’limda ham, an’anaviy ta’limda ham guruhli va individual
ta’limning birligi tamoyili o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘ladi. Ammo shuni
ta’kidlash kerakki, an’anaviy ta’lim o‘z mohiyatiga ko‘ra guruhli hisoblanadi, zero,
u 30-40 nafar o‘quvchilardan iborat o‘quv guruh (yoki sinf)larda tashkil etishadi.
100-200 nafar talabalardan iborat kurslarda esa ta’limga sarflanadigan harakatlarni
kamaytirish maqsadida ma’ruzalar o‘qish tashkil qilinadi. Bunday ta’lim shakli
o‘quvchilarning o‘quv masalalarini va topshiriqlarini yechishning samarali
yo‘llarini birgalikda izlashini ta’minlaydi, bir-birlariga yordam ko‘rsatish uchun
shart-sharoit yaratadi, o‘quvchilarda mas’uliyat va javobgarlik hissini kuchaytiradi.
Ona tilini o‘qitishda ilmiylik va tushunarlilik tamoyili. Ta’limning ilmiyligi
va bolalar uchun tushunarli bo‘lishi tamoyillari o‘zaro bog‘langan, bir-birini
to‘ldiradigan didaktik kategoriyalardir.
Ta’limning ilmiyligi tamoyili o‘quv materialini hoziri zamon o‘zbek
tilshunosligi fani yutuqlari aosida bayon qilishni taqozo etsa, ta’limning bolalar
uchun tushunarli bo‘lishi tamoyili o‘quv materiallarini bolalarning yosh va
psixologik xususiyatlariga, ularning umumiy taraqqiyotihamda bilish
imkoniyatlariga moslab bayon qilishni talab etadi. Ta’lim jarayoni mantiqi bu
tamoyillarni o‘zaro aloqadorlikda qarashni zaruriyat qilib qo‘yadi. Mazkur
tamoyilga ko‘ra ona tilidan har bir sinfda yoki guruhda o‘rganiladigan material
hajm hamda mazmun jihatlari bir-biridan farq qiladi. Ta’lim muassasalarida
o‘qitiladigan ona tili fani o‘zbek tilshunosligida qo‘lga kiritilgan yutuqlarga
tayanadi. Bu tamoyil o‘quvchilarni hozirgi o‘zbek tilshunosligida qat’iy hal
etilgan, ilmiy asoslangan bilimlar bilan qurollantirishni talab qiladi. Shubhasiz,
o‘zbek tilshunosligida mavjud bo‘lgan barcha bilimlarni bolalarga berishning iloji
yo‘q. Biz bolaga, asosan, o‘zbek adabiy tilining boy imkoniyatlaridan og‘zaki va
yozma nutqda bemalol foydalanish, to‘g‘ri yozish, to‘g‘ri o‘qish, to‘g‘ri fikrlash va
to‘g‘ri so‘zlash uchun unga zarur bo‘lgan bilimlargina berish imkoniyatiga egamiz,
xolos. Demak, ta’lim muassasalarida o‘qitiladigan ona tili kursi o‘quvchilarni
yuqorida tilga olingan malakalar bo‘yicha o‘ta zaruriy bilimlar tizimi bilan
qurollantiradi.
Ilmiylik tamoyilini tushunarlilikdan ajratib bo‘lmaydi. Bu ikki tamoyil bir-
birini to‘ldiradigan va dars samaradorligini ta’minlaydigan tamoyil hisoblanadi.
Chunki ilmiy bilimlar bo‘lmasa, o‘quvchi uni o‘zlashtira olmaydi.
Ta’lim muassasalarida o‘qitiladigan ona tili darsliklarida ilmiylik va
tushunarlilikni ta’minlash uchun quyidagilarni hisobga olish loizim:
 fanda ilmiy jamoatchilik tomonidan e’tirof etilgan, ilmiy jihatdan
asoslangan ta’lim muassasalari moslashtirilgan atamalarni ishlatish; har bir
tushuncha va atamaning ma’nosini atroflicha ochish; ularni bolalarning puxta
o‘zlashtirishlarini ta’minlash uchun yetarli miqdorda aosli materiallar bilan tahlil
qilish;
 o‘rganilayotgan o‘quv materillarining oldin o‘rganilgan mavzular
bilan bog‘liqligiga amal qilish; bolalarni keyingi mavzularni o‘zlashtirshga
tayyorlash; til asoslari, tuhunchalarni o‘zaro chog‘ishtirib o‘rganish;
 ona tili ta’limi mazmunida grammatizmga yo‘l qo‘ymaslik, o‘quv
materialini bolalarga mustaqil va ijodiy fikrlashga, ijodiy fikr mahsulini nutq
sharoitiga mos ravishda og‘zaki va yozma shakllarda to‘g‘ri, ravon ifodalash
ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishga bo‘ysindirish;
 o‘quv topshiriqlarini o‘quvchilarning ruhiy (psixologik) xususiyatlari
va imkoniyatlariga mo‘ljallab tanlash.
Ona tilni o‘qitishda sistemaviylik va izchillik tamoyili.
Ma’lumki, ona til ta’limida kichik guruhlar bilan ishlashda izchillik va
ketma-ketlilik, uzviylik va uzluksizlik tamoyili ham muhim o‘rin tutadi. Ushbu
tamoyilga ko‘ra til bilimiga oid jihat o‘zaro aloqadorlikda, izchil va uzviy
taqsimlanmog‘i va o‘quv yillari mobaynida tadrijiy takomilda o‘rganilmog‘i
darkor. Shuningdek, bu tamoyil mazmuni, asosan, o‘quv jarayoni ishtirokchilari
bo‘lgan sub’yektlarning o‘zaro munosabatlari bilan ham belgilanadi. Bu tamoyil
mazmuniga ko‘ra alohida parsial (yunoncha partualis – qisman) va xususiy o‘quv
vaziyatlari, predmet va hodisalar o‘rtasidagi bog‘liqlik, aloqadorlik qonuniyatlarini
asta-sekin o‘zlashtirish asosida ularni yagona yaxlit o‘quv jarayoniga
birlashtirishga imkon beradi. Ma’lumki, izchillik va muntazamlilik, uzviylik va
uzluksizlik ta’lim jarayonining ma’lum tizim va ketma-ketlik asosida bo‘lishini
nazarda tutadi, zero, murakkab masalalarni oddiy masalalarni o‘rganmay turib hal
etib bo‘lmaydi. Muntazamlilik va ketma-ketlik, uzluksizlik u yoki bu o‘quv
materialini o‘zlashtirish sur’ati, uning elementlari o‘rtasidagi o‘zaro mosligini
tahlil qilishga imkon beradi. Ona tili darslarini tashkil etishda o‘quvchiga
beriladigan topshiriqlar va mashqlar mohiyati oddiydan murakkabga qarab
borilishini ta’minlashni taqozo etadi. Chunonchi, izchil va uzluksiz ona tili ta’limi
mobaynida yoshlar nutq madaniyatini talab darajasida egallashlari kerak. Shunga
doir bilim, ko‘nikma va malakalarni muntazamlilik, uzviylik, ketma-ketlilik
asosida egallana boradi. Ular bosqichma-bosqich aniq, ta’sirchan, lo‘nda fikr
bayon qilishni o‘rganishadi. Uzoq o‘tilganlarni takrorlash va qayta xotiraga
tushirish mashqlarini o‘tkazish mazmun-mohiyatiga ko‘ra uzluksizlik va uzviylik,
izchillik va ketma-ketlilik tamoyiliga asoslanadi. O‘rganilayotgan yangi
mavzuning mohiyatini o‘quvchilarga anglatish ba’zi o‘rinlarda uzoq o‘tilganlar
mavzularning o‘quvchilar xotirasida qanchalik saqlanib qolganiga ham bog‘liq.
O‘tilgan mavzularni yangi o‘rganiladigan mavzular bilan bog‘lashda tatbiq
etiladigan metodlarni va innovatsion texnologiyalarni darsga joriy etishda
uzluksizlik va uzviylik tamoyiliga tayaniladi. Shunda mavzulararo bog‘liqlik
amalga oshiriladi, qolaversa, ta’limning bosqichlariaro uzluksizligi va uzviyligi
namoyon bo‘ladi.
Ona tili darslarini onglilik va ijodiy faollik tamoyili talablarida ko‘ra tashkil
etish muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, mashg‘ulot kichik guruh bo‘lib ishlash
asosida olib boriladigan darslarda o‘quvchilarning tafakkurni, mantiqiy fikrlashini,
ijodiy qobiliyatlarini o‘stirishda ahamiyati katta, bu ta’lim motivlari,
o’quvchilarning faollik darajasi, o’quv-tarbiyaviy jarayonning samarali tashkil
etilishi, o’qituvchi tomonidan qo’llanuvchi ta’lim metodlari va vositalarining
samaradorligi bog‘liq. O’quvchilarning faolliklari reproduktiv va ijodiy xarakterga
ega bo’lishi mumkin. Mazkur tamoyil o’quvchilarning tashabbuskorliklari va
mustaqil faoliyatlarini nazarda tutadi.
Ona tili o‘qitishda nazariyani amaliyot bilan bog‘lash tamoyili.
Ona tilini o‘qitishda nazariyani amaliyotga bog‘lash deganda
o‘quvchilarning tildan egallayotgan ilmiy-nazariy bilimlarini amalda qo‘llashni
ta’minlash, ularni ularni mustaqil turmush uchun zarur bo‘lgan amaliy ko‘nikmalar
bilan qurollantirishni tushunamiz. Nazariyani amliyotga bog‘lash ona tili o‘qitishni
foydali maqsadlarga burish, o‘rganilayotgan til hodisalarini o‘quvchilarning nutqiy
faoliyatini rivojlantirishga bo‘ysindirish, til ta’limini hayot bilan bog‘lash bilan,
kundalik turmush bilan, odamlarning mehnat faoliyati bilan bog‘lash demakdir.
O‘quvchi o‘z ona tilini yaxshi o‘rganib olsagina, uning zehni, ongi va
umumiy madaniy darajasi ortadi. O‘z tilining keng imkoniyatlaridan og‘zaki va
yozma nutqda bemalol foydalana oladigan shasgina xalq yaratgan madaniy-tarixiy
boyliklardan xabardor bo‘ladi va u boshqa fanlar asosini chuqur o‘zlashtirishga
dadil qadam tashlaydi. Og‘zaki hamda yozma nutqdan foydalanish malkasiga ega
bo‘lgan o‘quvchi ertangi ishlab chiqarish va ijtimoiy hayotda faoliyat ko‘rsata
oladi. Mustaqil turmushga uning ona tilidan bilganlari, to‘g‘ri yozish va o‘qish
malakalari. Mazmunli va hiroyli so‘zlash san’ati, ijodiy fikr mahsulini nutq
sharoitiga mos ravishda ifodalash ko‘nikmalari, ish qog‘ozlari bilan muomala
qilish uquvi qo‘l keladi. Shuning uchun ham ona tili o‘qitishda nazariyani
amaliyotga bog‘lash tamoyili juda muhim qonuniyat sanaladi.
Ayrim o‘qituvchilar: “O‘quvchi o‘z ona tilining qonun-qoidalarini bilsa, u
savodli yozadi”, - degan fikrni ilgari surishadi. Bu fikrga qo‘shilish qiyin. Chunki
ona tilining qonun-qoidalarini bilish boshqa, undan amaliy ish jarayonida
oydalanish ko‘nikmalariga ega bo‘lish boshqa.
Ona tilini o‘qitishda nazariyani amaliyot bilan bog‘lash maqsadida har bir
soatlik dars mashg‘ulotida o‘qituvchi o‘quvchilarga mavzu yuzasidan nimalarni
bilishlari nimalarni amalda qo‘llay olishlari lozimligini aytishi maqsadga
muvofiqdir. Ona tili mashg‘ulotlarida o‘quvchilar tomonidan tuziladigan matnlar,
yoziladigan bayon va insholar nazariy bilimlarni amaliy ko‘nikmaga aylantirishga
yordam beradi. Shunday qilib, til hodisalarini tahlil etish va tahlil etilgan
hodisalarga tayanib xulosalar chiqarish, o‘rganilgan qoidalarni dalillar vositasida
isbotlash, matn ustida ishlash, ijodiy-amaliy topshiriqlardan foydalanish nazariyani
bevosita amaliy faoliyatga olib o‘tadi.
Ona tilini o‘qitishda onglilik, faollik va mustaqillik tamoyili.
Didaktik adabiyotlarda onglilik deganda o‘rganilayotgan mavzuga oid
axborot mazmunini asosli egallash, xulosa va umumlashmalarni chuqur va
atroflicha fahmlash, mavzu yuzasidan sistemali va va to‘g‘ri bayon qilish,
egallangan bilimlarning ishonch va e’tiqodga aylanishi, o‘rganilgan bilimlardan
turmushda mustaqil foydalana olish tushuniladi. Bu tamoyil til hodisalarining
mohiyatini anglab, tushunib, ongli o‘zlashtirishni talab qiladi.
Onglilik tamoyili o‘quvchida ona tili o‘qitishning asosiy maqsadini to‘g‘ri
anlash, mavzularni ongli egallash, o‘rganish va o‘zlashtirish, mustahkamlash kabi
xususiyatlarni tarbiyalaydi.
Ona tili materiallarining ongli o‘zlashtirishlarini ta’minlash o‘qituvchi oldiga
qator talablarni qo‘yadi. Bu talablar:
 o‘quv materialining bolalar yosh xususiyati va bilim saviyasiga mos
tushishi, ularning o‘quv imkoniyatlariga to‘g‘ri kelishi;
 o‘rganiladigan materialni o‘rganilgan materiallar bilan uzviy bog‘lash;
 Grammatik tushunchalar yuzasidan bolalarning fikrlash faoliyatini
yuzaga keltirish; zaruriyat tug‘ilganda ana shu tushunchalarni qisqa va ushunarli
izohlash;
 Misollarning aniq va hayotiy bo‘lishi, o‘quvchilar topgan misollardan
unumli foydalanish;
 Mashqlarning qiziqarli va rang-barangliligiga erishish;
 Darslani ma’lum bir sistemada olib borish’
 Tarqatma materiallar, ko‘rgazmali qurol va texnika vositalaridan
unumli foydalanish kabilar bo‘lib hisoblanadi.
Ta’limda faollik va mustaqillik o‘zaro uzviy bog‘langan didaktik
kategoriyalardir. Har qanday faollik asosida aqliy faoliyat yotadi. Ammo bu
“faollik” va “mustaqillik” bir xil tushunchadir degan fikrga olib kelmasligi kerak.
“Faollik” “mustaqillik”tushunchasiga nisbatan ancha keng ma’noga ega. Faollik
deganda biz o‘quvchilarning ham o‘qish, ham ijtimoiy topshiriqlarni bajarish
jarayonidagi faoliyatini nazarda tutamiz. O‘quv faolligi umumiy faollikning
ajralmas qismi bo‘lib, u bilimlarni egallashda faol ishtirok etish, kuchaytirilgan
faoliyat ko‘rsatish demakdir.
Ona tilini o‘qitishda ko‘rgazmalilik tamoyili.
Ko‘rgazmalilik tamoyili ta’lim jarayonini tashkil etish asosida yotuvchi
muhim qoidalardan biri hisoblanadi. Y.A.Komenskiy uni didaktikaning “oltin
qoidasi” deb atagan. Unga binoan ta’limda inson sezgi organlaridan foydalanish
kerak. “Agarda biz o‘quvchilarda haqiqiy va aniq bilimlar paydo qilishni istasak,
unda biz bilan qabul qilish mumkin bo‘lsa, mayli ular baravariga bir necha
sezgilari bilan umuman hamma narsaga shaxsiy kuzatish va sezib ko‘rish bilan
ta’limga intilishimiz kerak – deb ta’kidlaydi u – agarda qandaydir predmetni
baravariga bir necha sezgi organlari o‘rganilsin”18.
Tajribalar asosida o‘rganilayotgan narsani namoyish etish va jarayon
mohiyatini hikoya qilib berish o’zlashtirish darajasini birmuncha oshiradi.
Xususan, axborotlarni eshitib qabul qilish samarasi 15 % , ko‘rib qabul qilish esa –
25 % ni tashkil etadi. Ta’lim jarayonida ularni bir vaqtda ishtirok etishi natijasida
ma’lumotlarni qabul qilish samaradorligi 65 % gacha ortadi.
Ko‘rgazmalilikdan o‘quv jarayoni barcha bosqichlarida foydalanish
mumkin: yangi materialni o’zlashtirish, uni mustahkamlash, mashqlarni tashkil
qilish hamda o’quvchilarning dastur materiallarini o’zlashtirishlarini tekshirish va
baholashda. Darslar kichik guruhlar asosida tashkil etilganda ham ko‘rsatmali
qurollardan yetarli darajada foydalanish zarur. Har bir guruh bajaradigan
18
? Коменский Я.А. Буюк дидактика. Изб. пед. соч. В 2 том. М. 1982. Т.1. – с. 384.
topshiriqlar va ularning javoblari monitoring qilib borilishi o‘qituvch va
o‘quvchilarni aniq maqsad sari yo‘naltiradi.
Ona tilini o‘qitishda o‘quvchilarning yoshi va shaxsiy xususiyatlarini
hamda o‘quv imkoniyatlarini hisobga olish tamoyili.
Til ta’limida kichik guruhlar bilan ishlashni tashkil etish o‘quv-chilarning
real bilimlarini hisobga olish tamoyiliga asoslanib qurilgan taq-dirdagina o‘zlashib
ketgan grammatik tushunchalarni, nazariy ma’lumotlarni o‘zlashtirish uchun
behuda urinishdek vaqt isrofgarchiligining oldi olinadi. Real bilimlarni hisobga
olish tamoyiliga ko‘ra dars kichik guruhlar bilan ishlash metodi asosida tashkil
qilinganda imkoniyat o‘quvchi egallagan ko‘nikma va malakalar hisobiga yuzaga
keladi. Buni ko‘pincha darsning mustahkamlash bosqichida va takrorlash
darslarida amalga oshirish mumkin. Shunda o‘qituvchi asosiy maqsadni egallangan
ko‘nikma va malakalarga qaratadi. O‘quvchilardagi real bilimlar ularni muloqotga
kirishishga undaydi, bu esa ularda o‘z fikrini erkin, to‘g‘ri va ravon ifodalashga,
og‘zaki va yozma nutqining o‘sishiga yaqindan yordam beradi.
Ta’limning o‘quvchilarning yoshi va individual xususiyatlariga mos kelishi
tamoyili o‘quvchilarning yoshiga ko‘ra va individual yondashuvni anglatadi.
Yoshiga muvofiq yondashish o’quvchilarning psixik xususiyatlari, shaxsiy
rivojlanganlik darajasi, ma’naviy-axloqiy sifatlari, ijtimoiy yetukligini baholay
olishni nazarda tutadi. Agarda qo‘yilayotgan talablar yoki ta’limning tashkiliy
tuzilishi o‘quvchilarning yoshi imkoniyatlaridan ortda qolsa yoki ilgarilab ketsa,
o‘quv faoliyatining samarasi pasayadi. Individual yondashish o‘quvchilarning
murakkab ichki dunyosini o‘rganish, yuzaga kelgan munosabatlar tizimini tahlil
qilish va shaxs shakllanishi sodir bo‘ladigan ko‘p turdagi sharoitlarni aniqlashni
talab etadi. Kichik guruhlar bilan ishlash asosida tashkil etiladigan darslarda ham
o‘quvchilarning yoshi va individual xususiyatlarini hisobga olish o‘ta muhim.
Chunki o‘quvchiga taqdim etilayotgan barca o‘quv mateiallari va topshiriqlar
ularninh o‘zlashtirishlari va bajara olishlari uchun mos kelishi kerak. Masalan, 5-
sinf o‘quvchilari uchun tayyorlanayotgan savol va topshiriqlar mazmunida
oddiylik, ma’lum darajada o‘yinga moyillik ustun bo‘lishi hisobga olinishi zarur.
Ona tili darslarida o‘quvchilarning yosh va shaxsiy xususiyatlarini hamda
real o‘quv imkoniyatlarini hisobga olish tamoyiliga qat’iy amal qilish quyidagi
afzalliklarga ega:
 O‘qituvchi tomonidan tanlanadigan o‘quv topshiriqlarini o‘quvchi-
larning o‘zlashtirish darajasiga muvofiqlashtirish imkoniyati vujudga keladi.
O‘qituvchi o‘quv imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda darslik va qo‘shimcha
o‘quv materiallaridan foydalanadi.
 O‘quv imkoniyatini aniqlash ona tili o‘qitishning shakl, metod va
usullarini to‘g‘ri belgilashga, maqsadga muvofiq keladigan dars turini tanlashga
imkon beradi.
 O‘quv imkoniyatini bilish tabaqalashtirlgan ta’limdan foydalanish
imkoniyatini beradi. Chunki har bir o‘quvchining o‘quv imkoniyatini bilmay turib,
o‘quv topshiriqlarini tabaqalashtirish mumkin emas. Bolaning o‘quv imkoniyatiga
mos tushadigan topshiriq esa uni bajarishga bo‘lgan qiziqishini kuchaytiradi;
bilishga bo‘lgan ishonchini orttiradi; sing yoki guruhdagi o‘quvchilarning faollik
ko‘rsatishlarini ta’minlaydi; sinf yoki guruhdagi barcha o‘quvchilarning deyarli bir
vaqtda topshiriqni bajarishlariga shart-shaoit yaratadi.
 O‘quv imkoniyatlarini hisobga olish ona tili darslarida bolani
tarbiyalash va rivojlantirishga shart-sharoit yaratadi. Imkoniyatga muvofiq
keladigan topshiriq shaxsiy-ruhiy xususiyatlar: iroda, qobiliyat, xotira, ijodiy xayol
kabilarni tarbiyalaydi. Ona tili darslarini o‘quvchilarning imkoniyatlari doirasida
tashkil etish ularning o‘z kuchlaridan foydalanishlarini ta’minlaydi.
3. Ona tili o‘qitishning o‘ziga xos tamoyillari.
Ona tili o‘qitishning o‘ziga xos tamoyillari, bir tomondan, o‘zbek tilining
o‘z xususiyatlaridan kelib chiqsa, ikkinchi tomondan, tilni o‘zlashtirish
psixologiyasiga ko‘ra belgilanadi. Biz quyida ona tilining o‘ziga xos tamoyillariga
alohida-alohida to‘xtalamiz:
“Til – me’yor – nutq mutanosibligi” tamoyili.
O‘zbek tilini o‘qitish orqali o‘quvchilar tfakkurining o‘sishiga erishish
tamoyili.
Ona tili kursi bo‘limlari orasidagi bog‘lanish va boshqa fanlar bilan o‘zaro
aloqani ta’minlash tamoyili.
Ona tilini o‘qitishda o‘quvchilarni til hodisalarini ajratishga o‘rgatish
tamoyili.
Ona tilini o‘qitishda mahalliy sheva sharoiti va ta’sirini nazarda tutish
tamoyili.
Demak, maktabda ona tili va akademik litseyda hozirgi o‘zbek adabiy tili
darslarini kichik guruhlar bilan ishlash metodi asosida tashkil etish jarayonida,
albatta, unga asos bo‘ladigan yondashuv va tamoyillarning ahamiyati katta. Ular
darsni to‘g‘ri tashkil qilishda va samaradorlikka erishishda muhim ahamiyat kasb
etadi, o‘qituvchi kichik guruhlar bilan ishlsh metodidan qo‘llashda bulardan o‘rinli
foydalana olishi katta rol o‘ynaydi.
4. Ona tili o‘qituvchisiga qo‘yiladigan talablar.
O‘zbek tili mustaqil O‘zbekiston Respublikasining davlat tili deb qonunlash-
tirilgandan keyin xalq ta’limi oldiga Respublika taraqqiyoti uchun xizmat
qiladigan tadbirkor va ijodkor insonni tayyorlash masalasi qo‘yildi. O‘zbek tili
mashg‘u-lotlarida yoshlarni erkin va mustaqil tafakkur egasi, ijodiy izlanuvchan,
milliy g‘oya va ajdodlarimiz an’analarini e’zozlaydigan, vatanparvar insonlar qilib
tar-biyalashda ona tili o‘qituvchisining mas’uliyati katta. “Kadrlar tayyorlash
Milliy dasturi”ning umumiy madaniyatni yuksaltirishga, farzandlarimizning
jamiyatda munosib o‘rnini topishiga, yigit-qizlarimizni jamiyat, davlat, oila oldida
o‘z mas’uliyatini chuqur anglab yetuvchi shaxslar etib tarbiyalash maqsadlari ona
tili va adabiyot darslarida amalga oshiriladi. Ona tili va adabiyot ta’limining bosh
maqsadi o‘quvchi shaxsini, uning ma’naviyatini shakllantirish ekanligi bois ham
ona tili va adabiyot fani “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”da barkamol inson
tarbiyasi bo‘yicha qo‘yilgan vazifalarni amalga oshirishda katta ahamiyatga ega.
Bu vazifalar boshqa fan o‘qituvchisi faoliyatidan keskin farq qiluvchi ona tili va
adabiyot muallimidan katta mas’uliyat talab etadi. Ona tili va adabiyot o‘qituv-
chisigagina xos bo‘lgan bilimidonlik, o‘qitadiganfanini puxta bilishi, notiqlik sa-
n’atiga ega bo‘lish, o‘qitish vositalaridan foydalanish malakasini egallaganligi,
o‘quvchi va talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalarini tahlil qilishi, baholay
bilishi, bilimlarni uzluksiz mustaqil egallab borishi, o‘qituvchining shaxsiy sifatlari
(mehnatsevarlik, yuksak madaniyatlilik, mustaqillik, ijodkorlik, kamtarlik, axloqiy
poklik va boshqalar), o‘quvchilarda o‘z faniga qiziqish uyg‘ota olish kabi sifatlarni
egallaganligi o‘quvchi va talaba madaniyatini shakllantirish, ona tili va adabiyot
darslarining samaradorlik darajasini oshirishda muhim ahamiyatt kasb etadi.
Maktab, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari ona tili o‘qituvchisi shax-
siga jiddiy talablar qo‘yiladi. Ular pedagoglar va psixologlar tomonidan chuqur
o‘rganilgan. O‘qituvchi shaxsiga qo‘yiladigan eng muhim talab uning yuqori
malakali bo‘lishidir, chunki busiz pedagogik faoliyat yuritib bo‘lmaydi.
Maktab, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari ona tili o‘qituvchilariga
quyidagi muhim va doimiy talablar qo‘yiladi:
• jamiyat rivojalinishining siyosiy, sotsial va iqtisodiy yo‘nalishlarini to‘g‘ri
baholay olishi;
• muayyan taraqqiyot davrida jamiyat uchun zarur bo‘lgan bo‘lgusi
mutaxassisni shakllantirish standartlarini egallagan bo‘lishi;
• pedagogik faoliyatni sevishi;
• o‘z sohasi (til bilimi) bo‘yicha chuqur bilimga ega bo‘lishi;
• zakovatli bo‘lishi;
• pedagogik tuyg‘u;
• yuksak yetuklik;
• umumiy madaniyat va axloqning yuksak darajasi;
• ona tili ta’limiga muvofiq keladigan pedagogik texnologiyalarni mahorat
bilan egallagan bo‘lishi.

4-ilova

Maktab, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘qituvchilariga quyidagi


muhim va doimiy talablar qo‘yiladi: 5.
• jamiyat rivojalinishining siyosiy, sotsial va iqtisodiy yo‘nalishlarini to‘g‘ri
baholay olishi;
• muayyan taraqqiyot davrida jamiyat uchun zarur bo‘lgan bo‘lgusi
mutaxassisni shakllantirish standartlarini egallagan bo‘lishi;
• pedagogik faoliyatni sevishi;
• o‘z sohasi (til bilimi) bo‘yicha chuqur bilimga ega bo‘lishi;
• zakovatli bo‘lishi;
• pedagogik tuyg‘u;
• yuksak yetuklik;
• umumiy madaniyat va axloqning yuksak darajasi;
• ona tili ta’limiga muvofiq keladigan pedagogik texnologiyalarni mahorat bilan
egallagan bo‘lishi.
Ona tili o‘qituvchisi shaxsiga qo‘yiladigan qo‘shimcha talablar: kirishib
keta olish, san’atkorlik, quvnoqlik, yaxshi did va boshqalar.
Yuqorida sanab o‘tilganlar o‘zbek tili o‘qituvchisi shaxsiga xos bo‘lgan
tug‘ma xislatlar emas, balki ular o‘zbek tili o‘qituvchisining o‘z ustida muntazam
va betinim mehnati, ulkan xizmatlari natijasida yuzaga keltiriladi.
O‘zbek tili o‘qituvchisining kasbiy faoliyati favqulodda umumiy va xususiy
qobiliyatlarni talab qiladi.
Ona tili ta’limida kasbiy-pedagogik faoliyatning muvaffaqiyati ko‘pincha
xususiy pedagogik qobiliyatlarga ham bog‘liq bo‘ladi. Pedagogik qobiliyatlar-
ning quyidagi guruhlari farqlanadi:
• ob’ektga (o‘quvchi yoki talabaga) nisbatan sezgirlik;
• kommunikativlik – insonlarga yuz tutish, xayrixohlik, muomalalik;
• perseptiv qobiliyatlar – kasbiy yetuklik, empatiya, pedagogik tuyg‘u;
• shaxs dinamikasi – irodaga ta’sir eta olish va mantiqiy ishontira olish
qobiliyati;
• hissiy barqarorlik – o‘zini boshqara olish;
• kreativlik – ijodiy ish qobiliyati.
Pedagogning xususiy qobiliyatlariga bilim, malaka va ko‘nikmalarni
egallash faoliyati va shaxsni tarbiyalash qobiliyati ham tegishlidir 19.

5-ilova
Ona tili ta’limida kasbiy-pedagogik faoliyatning muvaffaqiyati ko‘pincha
xususiy pedagogik qobiliyatlarga ham bog‘liq bo‘ladi. Pedagogik
qobiliyatlarning quyidagi guruhlari farqlanadi:
• ob’ektga (o‘quvchi yoki talabaga) nisbatan sezgirlik;
• kommunikativlik – insonlarga yuz tutish, xayrixohlik, muomalalik;
• perseptiv qobiliyatlar – kasbiy yetuklik, empatiya, pedagogik tuyg‘u;
• shaxs dinamikasi – irodaga ta’sir eta olish va mantiqiy ishontira olish
qobiliyati;
• hissiy barqarorlik – o‘zini boshqara olish;
• kreativlik – ijodiy ish qobiliyati.
Pedagogning xususiy qobiliyatlariga bilim, malaka va ko‘nikmalarni
egallash faoliyati va shaxsni tarbiyalash qobiliyati ham tegishlidir.

Ona tili o‘qituvchisining o‘qitish, o‘rganish va o‘rgatish bo‘yicha


qobiliyatlariga quyidagilar kiradi:
• o‘quvchi yoki talabaning tushunishini ko‘rish va sezish, bunday
tushunishning darajasini va xarakterini bilib olish qobiliyati;
• o‘quv materialini o‘qitishda o‘qitishning samara beruvchi usul va
metodlarini belgilash qobiliyati;
• materialni yetarli bayon qilish, uning barcha o‘quvchi yoki talabalariga
tushunarliligini ta’minlash qobiliyati;

G‘ulomov A., Qodirov M., Ernazarova M. va boshqlar. Ona tili o‘qitish


19

metodikasi. –T.: “Fan va texnologiya”, 2012, 380 bet.


• o‘quvchi yoki talabalarning individualligini hisobga olgan holda o‘qitish
jarayonini tashkil etish qobiliyati;
• o‘qitish jarayonida pedagogik texnologiyalardan foydalanish qobiliyati;
• o‘quvchilarining yoki talabalarining katta odimlar bilan rivojlanishini
tashkil etish qobiliyati;
• o‘zining pedagogik mahoratini takomillashtirish qobiliyati;
• o‘zining tajribasini boshqalar bilan baham ko‘rish qobiliyati;
• mustaqil ta’lim olish va mustaqil takomillashish qobiliyati.
O‘quv-tarbiya jarayonga qaratilgan pedagogik qobiliyatlarga quyidagilar
kiradi:
• boshqa insonning ichki holatini to‘g‘ri baholash, unga hamdardlik bildirish,
hamnafas bo‘lish qobiliyati (empatiya qobiliyati);
• taqlid qilish uchun namuna bo‘lish qobiliyati;
• tarbiya jarayonida individual xususiyatlarni inobatga olish qobiliyati;
• muloqotning lozim topilgan uslubini, o‘z o‘rnini topish, kelisha olish
qobiliyati;
• hurmat qozonish, o‘quvchilar, talabalar va pedagogik jamoa o‘rtasida
obro‘ga ega bo‘lish qobiliyati.
Pedagogik qobiliyatlar ichida pedagogik muloqotga bo‘lgan qobiliyat
alohida ajralib turadi.
O‘qituvchining talabalar bilan davomiy va samarali aloqalarini tashkil
etishni kommunikativ qobiliyat bilan bog‘laydilar.
Kommunikativ qobiliyat – bu pedagogik o‘zaro aloqalar doirasidagi o‘ziga
xos tarzda namoyon bo‘ladigan muloqot qobiliyatidir.
Psixologiyaga oid adabiyotlarda kommunikativ qobiliyatlarning bir necha
guruhlari farqlanadi:
1. Kishining boshqa kishini bilishi (anglashi). Bu qobiliyatlar sinfidagi
yoki guruhidagi o‘quvchi yoki talabaga shaxs sifatida qarash, uning (o‘quvchining
yoki talabaning) alohida qiyofasi, motivi va xatti-harakatlariga baho berish,
kishining tashqi ko‘rinishi, xulqi va ichki dunyosiga nisbatan baho berish; savlati,
imo-ishora, mimika, pantomimikasini «o‘qiy» olish kabilarni qamrab oladi.
2. Kishining o‘z-o‘zini bilishi (anglashi). U o‘z bilimlarini, qobiliyatlarini
o‘z harakteri va o‘z shaxsining boshqa qirralarini hamda tashqaridan va uning
atrofidagi kishilar unga nisbatan qanday baho berishi lozim bo‘lsa, shunday baho
berishni ko‘zda tutadi.
3. Muloqot vaziyatini to‘g‘ri baholay olish. Bu vaziyatni kuzatish, uning
ko‘proq axborot beradigan belgilarini tanlash va unga diqqatni jalb qilish; yuzaga
kelgan vaziyatning sotsial va psixologik mundarijasini to‘g‘ri idrok etish va
baholash qobiliyatidir.
Pedagogika nazariyasiga oid adabiyotlarda o‘qituvchini uchta baquvvat
ildizgi ega bo‘lgan ulkan daraxtga qiyoslashadi. Bu o‘rinligina o‘xshatish bo‘lib
qolmay, balki ilmiy jihatdan asoslangan taqqoslash hamdir:
Birinchi ildiz – o‘qituvchi ilmiy-nazariy jihatdan dadil, yetilgan bo‘lishi.
Ikkinchi ildiz – o‘zi dars beradigan fanning sir-asrorlarini puxta egallagan
bo‘lishi.
Uchinchi ildiz – u pedagogika, metodika, psixologiya asoslarini puxta
egallagan bo‘lishi kerak.
Mana shu uch ildizning o‘qituvchida mujassamlanganligi uning mahoratida,
ta’lim-tarbiya sohasidagi kundalik faoliyatida o‘z samarasini ko‘rsatadi. Ayniqsa,
pedagogika va psixologiya fani yutuqlarini o‘ziga singdirganligi, o‘qitishning
yangi, ilg‘or metodlarini qo‘llay bilishi, qisqasi, pedagogik tayyorgarligi o‘qituvchi
faoliyatida alohida ahamiyat kasb etadi.
O‘qituvchi insoniyat yaratgan ilm durdonalarini o‘quvchining (yoinki
talabaning) ongiga, qalbiga yetkazishda eng asosiy shaxs hisoblanadi. O‘quvchi
yoki talabalarning bilimlilik darajasi ularda mujassamlangan bilim, ko‘nikma va
malakalar majmuasi bilan o‘lchanadi. Eng muhimi esa, o‘quvchilarning
(talabalarning) bilimlarni egallashga tayyorgarligi darajasini yuksaltirishdan
iboratdir. O‘quvchilarning (talabalarning) bilimdonligi va bilimlarni egallashga
shayligini ta’minlash zarur pedagogik malakalardan biridir.

Nazorat uchun savol va topshiriqlar:


1. Bixevioristik yondashuv deganda nimani tushunasiz?
2. Konitivlik tushunchasiga ta’rif bering.
3.“Verbal”, “verballik” atamalariga ta’rif bering.
4. “Ongli verbal-kognitiv ta’lim usuli” daganda nimani tushundingiz?
5. Ta’lim tamoyillarini sanab bering.

Test
1.O‘zbek tili o‘qitish metodikasi pedagogika bilim yurtlari va oliy o‘quv
yurtlarida qachondan boshlab fan sifatida o‘qitish boshlandi?
1920 yillardan.
1942 yillardan.
*1930 yillardan.
1940 yilardan
2.Metodika tarixida eng maqsadga muvofiq metodlar nimalarni o‘z
ichiga oldi?
O‘qituvchi va o’quvchi faoliyatini o‘z ichiga olgan metodlar.
O‘quvchi faoliyatiga bog‘liq bo‘lgan metodlar.
*O‘qituvchi, o‘quvchi faoliyati va fan xususiyatidan kelib chiqqan metodlar.
Fan xususiyatidan kelib chiqqan metodlar
3.O‘quvchilar yozma ishlarida uchraydigan xato nima sababdan yuz
berishi mumkin?
grammatika va imloni bilmaslik.
nazariya bilan amaliyot o‘rtasidagi tafovutdan.
punktuatsiyani bilmaslik.
*grammatika, imlo, nazariya bilan amaliyot o‘rtasidagi tafovutni bilmaslik.
4.Tilni sevish va uni qunt bilan o‘rganish o‘quvchilarni qaysi jihatdan
taraqqiy ettiradi?
badiiy, g‘oyaviy, ilmiy jihatdan
aqliy, ahloqiy va estetik jihatdan
jismoniy, vatanparvarlik jihatdan
*badiiy, g‘oyaviy, ilmiy, aqliy, ahloqiy va estetik jihatdan
5.O‘zbek tili kursining bo‘limlarini o‘tishda qanday yo‘l tutiladi?
Alohida-alohida o‘tiladi.
O‘zaro ajralmagan holda o‘tiladi.
Ayrimlari qiyosiy o‘rganiladi.
* Alohida-alohida, o‘zaro ajralmagan holda o‘tiladi.

4-ma’ruza
Mavzu: O‘zbеk tili o‘qitish mеtodlari. An’anaviy va noan’anaviy usullar.
REJA:
1. “Mеtod” tushunchasiga ta’rif.
2. Tamoyil va metodlar orasidagi bog‘liqlik.
3. Metodlarning tasniflanishi.
4. Kognitiv tamoyilga amal qiluvchi ongli-vеrbal-kognitiv ta’lim mеtodi.
5.Ona tili darslarida o‘qituvchi faoliyati.
1-ilova

Mavzu: Ta’lim usuli. Ona tili o‘qitish metodlari. Ona tili darslarida
o‘qituv-chining faoliyati.
Dars rеjasi:
1. “Mеtod” tushunchasiga ta’rif.
2. Tamoyil va metodlar orasidagi bog‘liqlik.
3. Metodlarning tasniflanishi.
4. Kognitiv tamoyilga amal qiluvchi ongli-vеrbal-kognitiv ta’lim mеtodi.
5.Ona tili darslarida o‘qituvchi faoliyati.

1. Ona tili o‘qitishning metodlari haqida umumiy tushuncha. “Mеtod”


tushunchasiga ta’rif.
O‘zbеk tili ta’limining samaradorligi ta’lim prinsiplariga rioya qilish bilan
birga ta’lim mеtodlari va usullarini to‘g‘ri tanlashga ham bog‘liq. Ona tili
darslarining samaradorligi o‘qituvchining o‘qitish metodlarini mukammal bilishi,
metodni to‘g‘ri tanlay olishi va r har birini o‘z o‘rnida qo‘llay olishiga bog‘liq.
“Ona tili” fanini o‘qitishning samaradorligi juda ko‘p omillar bilan chambarchas
bog‘langan. Shubhasiz, o‘quvchilarning psixologik xususiyatlari va o‘quv
imkoniyatlarini hisobga olish, ona tili ta’limining mazmuni va maqsadiga muvofiq
keladigan topshiriqlar tizimi hamda metodlarini to‘g‘ri belgilash, o‘qituvchi va
o‘quvchi o‘rtasida pedagogic hamkorlikning o‘rnatilishi, darsda ishga solinadigan
vositalarning maqsadga muvofiq tanlanishi singarilarning barchasi samaradorlikni
ta’minlash bilan aliqadordir.
Metod so‘zi qanday ma’noni ifodalaydi? Metod yunoncha so‘z bo‘lib,
“tadqiqot” yoki “bilish yo‘li” ma’nolarini ifodalaydi. Bu tushuncha falsafiy va
didaktik ma’nolarga ega.
Falsafiy ma’noda “metod” metod tushunchasi tabiat va jamiyat hodisalarini
kuzatish hamda voqelikka ilmiy nuqtayi nazardan yondashish demakdir.
Didaktik ma’noda bu tushuncha o‘quvchilarni bilim, malaka va ko‘nikmalar
bilan qurollanirish yo‘llarini ifodalaydi.
2-ilova
“Metod” so‘zi qanday ma’noni ifodalaydi? Metod yunoncha so‘z bo‘lib,
“tadqiqot” yoki “bilish yo‘li” ma’nolarini ifodalaydi. Bu tushuncha falsafiy va
didaktik ma’nolarga ega.
Falsafiy ma’noda “metod” metod tushunchasi tabiat va jamiyat
hodisalarini kuzatish hamda voqelikka ilmiy nuqtayi nazardan yondashish
demakdir.
Didaktik ma’noda bu tushuncha o‘quvchilarni bilim, malaka va
ko‘nikmalar bilan qurollanirish yo‘llarini ifodalaydi.

Ayrim fanlarni o‘qitish bilan aloqador masalalarni xususiy metodika


o‘rganadi. Shuning uchun ta’lim metodlari olimlarni ham, metodlarni ham bab-
baravar qiziqtiradi.
Mеtod (yunoncha) – muayyan maqsadga erishish, aniq vazifani bajarish
usuli, borliqni amaliy yoki nazariy o‘zlashtirish (bilish) usullari majmui.
Mеtod tushunchasining falsafiy ma’nosi hodisalarni kuzatish va ularni ilmiy
jihatdan tasnif qilish bo‘lsa, uning didaktika o‘rganadigan tomoni o‘quvchini
bilim, ko‘nikma, malakalar bilan qurollantirish va ularni amaliyotda qo‘llash
dеmakdir.
2.Tamoyil va metod orasidagi bog‘liqlik.
Ta’lim tamoyillari ta’lim tizimi oldiga qo‘ygan talablardan kelib chiqadi,
shaxsni har tomonlama rivojlantirish, uning ijodiy imkoniyatlarini kengaytirish
o‘qitish tamoyillarini amalda to‘g‘ri qo‘llash bilan bog‘liq. Shu o‘rinda o‘qitish
tamoyili nima degan savol tug‘iladi. Tamoyil va prinsip atamalari pedagogik-
psixologik va metodik adabiyotlarda sinonim sifatida almashinib qo‘llaniladi.
“O‘zbek tilining izohli lug‘ati”20da prinsip va tamoyil atamalariga quyidagicha
ta’rif berilgan: “Prinsip” – lotincha so‘z bo‘ib, asos, negiz, ibtido degan
ma’nolarni anglatadi. Ko‘p ma’noli so‘z sanaladi: 1. Biror nazariya, ta’limot,
dunyoqarash va sh.k. ning dastlabki, asosiy qonun-qoidasi; faoliyat asos qilib
olinadigan bosh g‘oya, qonun-qoida. 2. Xulq-atvor, xatti-harakat me’yorlarini
belgilaydigan, kishi og‘ishmay amal qiladigan ichki ishonch, nuqtai nazar, qarash,
moslik. “Tamoyil” – arabcha so‘z bo‘lib, tebranish, chayqalish, o‘zgarib turish,
o‘zgaruvchanlik, moyillik degan ma’nolarni anglatadi. Ko‘p ma’noli so‘z bo‘lib,
quyidagi ma’nolarni ifodalaydi: 1. Mayl, moyillik. 2. Biror sohada tartib, qoida
?
20
. Ўзбек тилининг изоҳли луғати: 80000 дан ортиқ сўз ва сўз бирикмаси. Ж. III. Н –
Тартибли/ Таҳрир ҳайъати. Т.Мирзаев (раҳбар) ва бошқ.: ЎзР ФА Тил ва адабиёт ин-ти. – Т.:
“Ўзбекистон миллий энциклопедияси” Давлат илмий нашриёти, 2006. – 688 б.
tusini olgan narsa, tadrijiy yo‘nalish. Demak, bu ma’nolar mazmunidan kelib
chiqadiki, ta’lim sohasida, aynan o‘zbek tili o‘qitish metodikasida biz “prinsip”
tushunchasining birinchi ma’nosini, “tamoyil” tushunchasining esa ikkinchi
ma’nosini tanlashimiz mumkin. Shunga ko‘ra universitet va pedagogika
institutlarining filologiya fakulteti talabalari uchun yaratilgan “Ona tili o‘qitish
metodikasi” darsligida “prinsip” so‘ziga shunday ta’rif beriladi: “Prinsip” lotincha
so‘z bo‘lib, asos, qoida, talab singari ma’nolarni ifodalaydi. “O‘qitish prinsipi”
deganda dars samaradorligini ta’minlash, ta’lim jarayonini tashkil etish,
uyushtirishga qo‘yilgan asosiy talablar, qoidalar tushuniladi. O‘qituvchi ta’lim
jarayonini tashkil qilishda ana shu talab va qoidalardan kelib chiqadi va ular
o‘rtasidagi uzviy bog‘liqni ta’minlagan holda amalda tatbiq etish orqali ko‘zlangan
maqsadga erishadi.
3-ilova

“O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da prinsip va tamoyil atamalariga


quyidagicha ta’rif berilgan: “Prinsip” – lotincha so‘z bo‘ib, asos, negiz, ibtido
degan ma’nolarni anglatadi. Ko‘p ma’noli so‘z sanaladi: 1. Biror nazariya,
ta’limot, dunyoqarash va sh.k. ning dastlabki, asosiy qonun-qoidasi; faoliyat
asos qilib olinadigan bosh g‘oya, qonun-qoida. 2. Xulq-atvor, xatti-harakat
me’yorlarini belgilaydigan, kishi og‘ishmay amal qiladigan ichki ishonch,
nuqtai nazar, qarash, moslik. “Tamoyil” – arabcha so‘z bo‘lib, tebranish,
chayqalish, o‘zgarib turish, o‘zgaruvchanlik, moyillik degan ma’nolarni
anglatadi. Ko‘p ma’noli so‘z bo‘lib, quyidagi ma’nolarni ifodalaydi: 1. Mayl,
moyillik. 2. Biror sohada tartib, qoida tusini olgan narsa, tadrijiy yo‘nalish.
Demak, bu ma’nolar mazmunidan kelib chiqadiki, ta’lim sohasida, aynan
o‘zbek tili o‘qitish metodikasida biz “prinsip” tushunchasining birinchi
ma’nosini, “tamoyil” tushunchasining esa ikkinchi ma’nosini tanlashimiz
mumkin. Shunga ko‘ra universitet va pedagogika institutlarining filologiya
fakulteti talabalari uchun yaratilgan “Ona tili o‘qitish metodikasi” darsligida
“prinsip” so‘ziga shunday ta’rif beriladi: “Prinsip” lotincha so‘z bo‘lib, asos,
qoida, talab singari ma’nolarni ifodalaydi. “O‘qitish prinsipi” deganda dars
samaradorligini ta’minlash, ta’lim jarayonini tashkil etish, uyushtirishga
qo‘yilgan asosiy talablar, qoidalar tushuniladi. O‘qituvchi ta’lim jarayonini
tashkil qilishda ana shu talab va qoidalardan kelib chiqadi va ular o‘rtasidagi
uzviy bog‘liqni ta’minlagan holda amalda tatbiq etish orqali ko‘zlangan
maqsadga erishadi.
3.Metodlarning tasniflanishi. Jahon didktlari keying yillarda ta’lim metodlari va
ularning tasnifiga oid anchagina salmoqli ilmiy izlanishlar olib bordilar. Ular
o‘qitish metodlarini turlicha tasnif qilishadi.
Bir guruh olimlar (S.I.Perovskiy, E.Ya.Golant) ta’lim metodlarini bilim olish
manbaiga qarb, og‘zaki, ko‘rsatmali va amaliy metodlarga bo‘lsalar, ikkinchi
guruhdagi olimlar (M.A.Danilov, B.P.Esipov) ma’lum tipdagi darslarda
bajaraladigan o‘quv vazifasidan kelib chiqib, bilimlarni egallash, ko‘nikma va
malakalarni shakllantirish, egallangan bilimlarni mustahkamlash, malaka va
ko‘nikmalarni tekshirish va baholash kabi metodlarga bo‘ladilar.
Yu.Babanskiy esa ta’lim metodlarini uch katta guruhga ajratadi:
1. O‘quvchilarning o‘quv-biluv faoliyatini tashkil etish metodlari.
2. O‘quvchilarning o‘quv-biluv faoliyatini rag‘batlantirish metodlari.
3. O‘quvchilarning o‘quv-biluv faoliyatini nazorat qilish metodlari.
4-ilova

Yu.Babanskiy esa ta’lim metodlarini uch katta guruhga ajratadi:


1. O‘quvchilarning o‘quv-biluv faoliyatini tashkil etish metodlari.
2. O‘quvchilarning o‘quv-biluv faoliyatini rag‘batlantirish metodlari.
3. O‘quvchilarning o‘quv-biluv faoliyatini nazorat qilish metodlari.

To‘rtinchi guruh olimlar (M.N.Skatkin, I.Ya.Lerner) bilish faoliyatining


o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, ta’lim metodlarini:
 tushuntirish-namoyish etish metodi;
 qayta xotirlash metodi;
 muammoli bayon metodi;
 qisman izlanuvchanlik metodi;
 tadqiqot (izlanuvchalik, ijodiylik) metodi kabilarga ajratadi.
5-ilova
To‘rtinchi guruh olimlar (M.N.Skatkin, I.Ya.Lerner) bilish faoliyatining
o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, ta’lim metodlarini:
 tushuntirish-namoyish etish metodi;
 qayta xotirlash metodi;
 muammoli bayon metodi;
 qisman izlanuvchanlik metodi;
 tadqiqot (izlanuvchalik, ijodiylik) metodi kabilarga ajratadi.

Ta’lim meodlarining M.N.Skatkin, I.Ya.Lerner tomonidan taklif etilgan


ushbu tasnifi o‘quvchilarning fikrlash faoliyatida tadqiqotchilik va muammoli
vaziyat borligi bilan ajralib turadi. Mazkur tasnif o‘qitishning tabiatiga ham ancha
mos tushadi. Shu sababli ona tili o‘qitishda M.N.Skatkin, I.Ya.Lerner tasnifiga
kengroq to‘xtalamiz.
1. Tushuntirish-namoyish etish metodi. O‘qituvchi tomonidan bilimlar
tayyor holda beriladi. Ona tilining qonun-qoidalari o‘qituvchi tomonidan
tushuntiriladi va uni mustahkamlash maqsadida misollar keltiriladi. O‘quvchilar
bayon qilinayotgan bilimlarni tinglaydilar va xotirada saqlashga harakat qiladilar.
2. Muammoli qbayon qilish metodi. O‘qituvchi o‘quvchilar oldiga
ma’lum bir muammo qo‘yadi va ularning mustaqil aqliy faoliyat ko‘rsatishlarini
ta’minlash orqali bu muammoni hal qilishga kirishadi. Ta’limning bu metodi
o‘quvchilar tomonidan o‘quv materialining o‘qituvchi rahbarligida mustaqil tahlil
etilishi, kuzatilishi, guruhlanishi, umumlashtirilishi bilan ajralib turadi.
3. Qayta xotirlash metodi. Bu metodning o‘ziga xos xususiyati
shundaki, o‘quvchi o‘quv topshirig‘ini egallangan bilimlarga asoslangan holda
yoki berilgan namunaga qarab bajaradi. O‘quvchi muayyan andaza asosida harakat
qiladi.
4. Qisman izlanuvchanlik metodi. Ta’limning bu metodi shu bilan
ajaralib turadiki, o‘quvchi dars jarayonida ma’lum o‘quv muammosini qo‘yadi,
ammo uni mustaqil hal qilish yo‘llarini ko‘rsatmaydi. Har bir o‘quvchi muammoni
mustaqil hal qilish uchun o‘zicha izlanadi. Ammo qiyinchilik tug‘ilganda unga
yordam ko‘rsatiladi. O‘quvchi bu yordamni o‘qituvchining tushuntirishidan,
o‘quvchilarning o‘zaro suhbatidan yoki darslikdan olishlari mumkin. Topshiriqni
bajarish jarayonida olinadigan yordam metodni qisman ijodiy qilib qo‘yadi.
5. Tadqiqot (ijodiylik metodi.) Bu metod o‘quvchidan to‘la ijodiylikni
talab qiladi. Yangi bilimlar olish maqsadida o‘qituvchi o‘zi masala tuzish va uni
to‘la ravishda hal qilish yo‘llarini izlaydi. O‘qituvchi tomonidan beriladigan ijodiy-
amaliy topshiriqlar ham hech qanday yordamsiz yoki namunaga asoslanmagan
holda bajariladi.
Mazkur tasnifning ustunligi shundaki, o‘quvchilarning bilish faoliyatini
bosqichma-bosqich faollashtirish nazarda tutilgan hamda unda o‘quvchilarning
qobiliyatlarini rivojlantirishga va o‘quv faoliyati tarkibida tadqiqotchilik unsurlari
bo‘lishi zarurligiga e’tibor berilgan.
Yuqorida berilgan tasniflar ta’limning umumiy qonuniyatlaridan kelib
chiqib, barcha fanlarni o‘qitishga bevisita aloqador metodlar sanaladi.
Xususiy metodlar, shu jumladan, ona tili o‘qitish metodikasi ham
o‘qitishning barcha masalalari qatori ta’lim metodlarini tanlashda umumdidaktik
sistemaga asoslanilsa-da, ammo uning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib
chiqadigan metodlari ham mavjud.
Ona tili o‘qitish metodikasida ta’lim metodlari kam o‘rganilgan
masalalardan biridir. Metodist H.Rustamov bilimlarni olish manbaidan kelib
chiqib, ona tili o‘qitish metodlarini quyidagicha tasniflaydi:
 o‘qituvchining bayoni;
 suhbat;
 til hodisalarini kuzatish va tahlil qilish;
 grammatik tahlil;
 darslik ustida ishlash;
 ko‘rgazmali qutollardan foydalanish;
 sayohat.6-ilova
Metodist H.Rustamov bilimlarni olish manbaidan kelib chiqib, ona tili
o‘qitish metodlarini quyidagicha tasniflaydi:
 o‘qituvchining bayoni;
 suhbat;
 til hodisalarini kuzatish va tahlil qilish;
 grammatik tahlil;
 darslik ustida ishlash;
 ko‘rgazmali qutollardan foydalanish;
 sayohat.

Bu metodlar, birinchidan, qayta xotirlashga asoslangan metodlar bo‘lib, ular


o‘qituvchilarda ijodiy qobiliyatlarni o‘stirishga to‘la muvofiq kelmaydi. Bu
metodlarda, asosan, o‘qituvchi faoliyati nazarda tutilgan; ta’lim jarayonining
subyekti sanalgan o‘quvchi e’tibordan chetda qolgan. Mazkur tasnifida
o‘quvchilarda izlanuvchanlikni shakllantirishga xizmat qiladigan muammoli
bayon, qisman izlanuvchanlik, tadqiqot (izlanuvchanlik) metodlari tamoman o‘z
yechimini topmay qolgan.
Ma’lumki, dars ikki tomonlama jarayon bo‘lib, unda o‘qituvchi ham
o‘quvchi ham faol ishtirok etadi. Shuning uchun o‘qitish metodlarini tasnif
qilishda nafaqat o‘qituvchi faoliyati, balki oq‘uvchi faoliyati ham asos bo‘lib
xizmat qilmog‘i lozim.
Ona tili darslarida qo‘llaniladigan o‘qitish metodlari nafaqat bilimlarni
bayon qilish yoki mustahkamlashga xizmat qilishi, balki o‘quvchilarning mustaqil
bilim olishini ham hisobga olishi, ta’lim jarayoniga izlanuvchanlik va
tadqiqotchilik unsurlarini qo‘shish orqali ularni ijodiy faoliyatga tayyorlashi lozim.
Ana shu nuqtayi nazardan qaraladigan bo‘lsa, pеdagogika fanlari doktori, mеtodist-
olim A.Q.G‘ulomov ta’lim mеtodlarini quyidagi guruhga ajratadi:
1. O‘qituvchi faoliyati bilan bog‘liq mеtodlar.
2. O‘quvchi faoliyati bilan bog‘liq mеtodlar.
7-ilova

Pеdagogika fanlari doktori, mеtodist-olim A.Q.G‘ulomov ta’lim


mеtodlarini quyidagi guruhga ajratadi:
1. O‘qituvchi faoliyati bilan bog‘liq mеtodlar.
2. O‘quvchi faoliyati bilan bog‘liq mеtodlar.

O‘qituvchi faoliyati bilan bog‘liq metodlarni: a) bilimlarni tayyor holda


bayon etish; b) bilimlarni muammoli bayon qilish. O‘quvchi faoliyati bilan bog‘liq
metodlar, o‘z navbatida, a) qayta xotirlash; b) qisman izlanuvchanlik va v) izlashga
asoslangan metodlarga bo‘linadi.
4. Kognitiv tamoyilga amal qiluvchi ongli-vеrbal-kognitiv ta’lim mеtodi.
Uzluksiz raqobatchilikka tayangan bozor iqtisodiyoti tezkor, tadbirkor,
sharoitga ko‘ra ish tuta biladigan, maqsadga erishish vositalarini jadallik bilan
yangilay oladigan faol shaxslarga muhtoj bo‘ladi. Shuning uchun g‘arb davlat-
larida tarbiya tizimida bixevioristik yondoshuvdan kognitiv yondoshuvga qarab
siljish sezilarli bo‘ldi. Inson faoliyatini baholashda kognitivizm (ing.cognitive—
ta’limiy, o‘rganilgan, o‘zlashtirilgan) XX asrning 60-yillarigacha pedagogika va
psixologiyada hukmron bo‘lgan bixevioristik yondoshuvdan quyidagicha
farqlanadi:
a) bixevioristik yondoshuvda inson xatti-harakatlari tashqi muhit ta’siri bilan
belgilanadigan, ko‘p hollarda ongsiz reaksiyalar majmuasi sifatida tushuniladi;
b) kognitiv yondoshuvda bu xatti-harakatlarda onglilik—ta’lim asosida hosil
qilingan malaka va ko‘nikmalar ustunligi tan olinadi.
Ko‘rinib turibdiki, bixevioristik yondoshuvda inson va tarbiya sust, kognitiv
yondoshuvda esa ular faoldir. Ma’lumki, bozor iqtisodiyotida yashash sharti
insoniy faollikdir. Shuning uchun AQSH va g‘arbda XX asrning 60-yillaridayoq
kognitivizm zudlik bilan pedagogika, didaktika tizimlariga kirib kela boshladi. Bu
oqim o‘sha davrda ancha ommalashgan ta’limning verbal (ya’ni kommunikativ
muloqotda ta’lim oluvchining faolligi va o‘zligini namoyon qilishga intilishi)
usullari bilan birlashib, ongli verbal-kognitiv ta’lim yo‘nalishini shakllantiradi.
Mashhur pedagog–metodist D.Ozbel bu yo‘nalishga asos solib, ta’lim jarayonida
yetakchi usul-kashfiyot (ing.discovery) ekanligini alohida ta’kidladi. Kashfiyot
ta’lim usulining mohiyati shundaki, ta’lim oluvchi har bir topshiriqni bajarish
jarayonida yangi-yangi materiallarni kashf etish yoki nimadir yaratish bilan
shug’ullanadi. Shuning uchun ta’lim jarayonida onglilik yetakchilik qiladi.
5.Ona tili darslarida o‘qituvchi faoliyati.
O‘zbek tili mustaqil O‘zbekiston Respublikasining davlat tili deb
qonunlashtirilgandan keyin xalq ta’limi oldiga Respublika taraqqiyoti uchun
xizmat qiladigan tadbirkor va ijodkor insonni tayyorlash masalasi qo‘yildi. O‘zbek
tili mashg‘ulotlarida yoshlarni erkin va mustaqil tafakkur egasi, ijodiy izlanuvchan,
milliy g‘oya va ajdodlarimiz an’analarini e’zozlaydigan, vatanparvar insonlar qlib
tarbiyalashda ona tili o‘qituvchisining mas’uliyati katta.
Darsga tayyorlanish jarayoni o‘qituvchi pedagogik mahoratining shakl-
lanishida muhim o‘rin tutadi.
Darsga tayyorlanish tartibi quyidagicha bo‘lishi maqsadga muvofiq:
 darsni zamonaviy pedagogik texnologiya asosida tashkil qilish,
maqsad va vazifani to‘g‘ri belgilash;
 talabalarga milliy mafkura va istiqlol g‘oyalarini singdirish;
 dars mavzusini mukammal yoritishga xizmat qiladigan zamonaviy
o‘quv – texnika vositalaridan unumli foydalanish;
 talabani til hodisalarini kuzatish, farqlash va sharhlashga yo‘nal-
tiradigan kompyuter dasturlari, multimedia, kodoskop va «video-oko» xizmatidan
foydalanishga o‘rgatish;
Taklif etilgan boshqa innovatsion usullar
Tadqiqotchilar zamonaviy pedagoglarning nigohini boshqa bir qancha
metodlarga qaratishlarini taklif qiladilar. Tadqiqotchilar shuni ham
ta’kidlaydiki, o‘qitishning tub mohiyatini yetkizayotganda innovatsion metodni
to‘g‘ri tanlashlari kerak va qo‘llayotgan metodlari o‘qitishining an’anaviy
metodlaridan “oziqlangan” bo‘lishi kerak.
Xotira xaritasi
Xotira xaritasi metodi Tony Buzan tomonidan 60-yillar so‘nggiga kelib
qo‘llanildi. Ushbu metod talabalarda tasvirlar va kalit so‘zlarni eslab qolishga
qaratilgan. Biroq Xotira xaritasi metodidan pedagoglar konseptni innovatsion yo‘l
bilan tushuntirishda foydalandilar. Bu talabalarda biror hodisa/narsani tezroq va
osonroq ko‘z oldilariga keltirishlariga va boshqa hodisa/narsa bilan bog‘liqligini
ongda “tasvirini muhrlashga” yordam beradi. Bu metoddan foydalanish natijasida
xotirada bosh-boshqa hodisa/narsa bo‘lib ko‘rinadigan tasvirlar o‘zaro bog‘lanadi
va turli xarita elementlari sifatida xotira xaritasida “namoyon bo‘ladi”.
Xotira xaritasi qayta ko‘rib chiqish juda tezlikda amalga oshadigan metod
bo‘lib, “ongda xaritasida” biror narsa/hodisaga begona tasvir qo‘shilib qolganda,
birinchi ko‘rishdayoq chiqarib tashlaydi. Qolaversa, xotira xaritasi metodi
fikrlashda juda samarador bo‘lib, shakllarni eslab qolishda hamda tasvirsiz ham u
haqida ma’lumot berilganda kerakli narsani eslab qolishda qo‘llaniladi. Bu
metodda odatiy qaydlardan ko‘ra, miyada bir qancha faoliyat assimilatsiyalari
kuzatiladi va ma’lumotlar va faktlar o‘zaro bog‘lanadi. Bunda yadro tushuncha
xarita markaziga joylashadi va uning ko‘rish va sezish orqali tasavvur qilingan
elementlari miyada o‘zaro bog‘langan dastur ko‘rinishiga keladi, yadro tushuncha
va uning elementlari miyada qolishi oson va samarasi yuqori bo‘ladi. Rasmlar,
musiqa, hidlash va his qilish xotira xaritasidagi ma’lumotlarni qayta to‘plashga va
xotirada uzoq muddat saqlashga yordam beradi. Ba’zan pedagoglar tomonidan
yadro tushunchaning o‘zigina beriladi va talabalar o‘zlarining ijodkorliklaridan,
narsa-hodisalarni bog‘lay olishi va fikrlashlari orqali xaritani o‘zlari hosil qilishlari
talab etiladi.
So‘nggi tadqiqotlarda ushbu xaritani grafiklar orqali tushuntirishlar
kuzatilmoqda va bu talabalar yodida uzoq muddatga qolishi va ularga ta’siri juda
yuqori ekanligi ma’lum bo‘ldi.
4-bo‘lim – Skalyar miqdorga oid xotira xaritasiga namuna
Bunday misollar talabalar ongida ma’lum tushuncha/hodisani unga bog‘liq
boshqa tushuncha/hodisalar bilan bog‘lab quyidagicha natija beradi:
􀀹 Umumiy tushuncha hosil qilinadi;
􀀹 Tasavvur va tafakkur qilish kengayadi;
􀀹 Talabaning o‘zi xaritani boyitishga harakat qiladi.

(2) Yumor bilan o‘qitish – “Yumor – o‘qitishning samarali vositasi”


Har bir talaba yumorga boy o‘qituvchidan ta’lim olishni xohlaydi.
Pedagogning yumorga ustaligi, nafaqat, o‘qituvchi va talabalar munosabatlari
samimiy bo‘lishiga, qolaversa, qiyin mavzularda o‘qituvchiga mavzuni tushuntirib
berishda yengillik tug‘diradi. Yumor esa garchi mavjud qiyinchilikning yechimi
bo‘masa-da, muammoga yechim topishga undaydi. Ta’lim berish – murakkab, ilm
izlash – murakkab. Har ikkisi birgalashib yanada murakkablashadi. Bu holatda
yumor ham qiyin kechadi. Biroq baribir biroz yumor vaziyatni yengillashtiradi.
Tajrib va kuzatishlarimizdan so‘ng shunga ishonamizki, ta’lim jarayonida
yumor ham o‘qituvchiga, ham talabalarga samarali ta’sir ko‘rsatadi. Yumor
o‘qituvchi va talabalar orasidagi munosabatga ta’sir qilib, darsning va umuman,
fanning qiziqarli bo‘lishiga sabab bo‘ladi, qolaversa, bu o‘quv ma’lumotlarining
o‘quvchilar ko‘proq xotirasida qolishiga yordam beradi. Yumor stresslarning
kamayishiga hamda darsda qulay o‘qish va kommunikatsiyadagi muhitning
yaralishiga sabab bo‘ladi. Yumor bilimlarni egallashda eng yaxshi vosita ekanligi
bir qancha ta’lim standartlari tomonidan e’tirof etilgan. Kitobdan turli hazillarni
o‘qish yoki professional komik ustalarining hazillarini eshittirish orqali sinfxonada
yumorga boy muhitni osongina yaratish mumkin. Bunda pedagog professional
komik ustalarining mahoratini: qayerida bo‘rttirish, qisqa to‘xtash, vaqtni
egallagan bo‘lishi va o‘quvchilarda darsga ishtiyoq uyg‘ota olishi kerak. Shu orqali
real va aniq ma’lumotlar “jonli” tarzda o‘quvchilarga yetkaziladi. Xulosa qilib
aytganda, hazil-mutoyiba, nafaqat, sinfdagi mavjud vaziyatni yaxshilashga,
qolaversa ta’lim olishda uning sifati oshishida ham muhim rol o‘ynaydi.
(3) Z dan A gacha yo‘l
Bu metodda dastlab pedagog ma’lum masalani talabalarga tushuntirib
beradi. Keyin esa uning natijalari haqida ham tushuntirish beradi. Masalan,
boshqaruv sohasi nima ekanligini o‘qituvchi tushuntirib beradi va uning qanchalik
foyda keltirishini ham tushuntiradi. Keyin o‘quvchilarga foyda va yutuqqa qanday
erishish mumkinligi ham tushuntirib beradi. Keyin talabalar bilan birgalikda
boshqaruv sohasi “nazariyasini” yaratadilar va buni daftarga qayd etadilar.
Metodning yutuqlari:
􀀹 Biror ma’lum tushuncha hosil qilinadi;
􀀹 Talabalar o‘zlarining qiziqishlariga ko‘ra bu haqida bilimlarini yanada
boyitadilar;
􀀹 Bu tushuncha uzoq muddat xotirada saqlanadi.
Kamchiliklari:
􀂾 Tushuntirishga juda ko‘p vaqt talab etiladi;
􀂾 Talabalar uchun bu tushuncha yangi tushuncha ekanligi o‘qituvchiga
uning elementlari va foydasini tushuntirishda qiyinchiliklarga duch kelishi. 21

Dasturlar Metodlar Misollar Asoslanish

21
Dr. Damdharah. V.S. ASSA, AICWA and Mr. Rengarajan V. AICWA
Mspowerpoint, Tayyorlashga oson Slayd
Astound va bu boshqa ko‘rinishida
grafigi and Flash ko‘plab multimedia
Slide elementlari bilan
Show Software birgalikda:
grafiklar, tovush,
videolar bilan
birgalikda
tayyorlanadi.
Macromedia, Flash Prezentatsiya turli Belgilar
Authorware, BPP I belgilar va media ko‘rinishida
Learn and I Pass elementlari orqali
davomiy holda
tayyorlanadi.

Windows Movie Prezintatsiya Video


Maker, videomahsulot, ko‘rinishida
Winampp, kaseta, tovushlar va
Macromedia rasmlarning
Director davomiy harakati
orqali tayyorlanadi.

Adobe Acrobat Word hujjatlari va Kitob


Reader unga bir qancha ko‘rinishida
grafik elementlar
qo‘shish orqali
tayyorlanadi.

Nazorat uchun savol va topshiriqlar:


1.“Mеtod” so‘zining ma’nosini izohlab tushuntiring.
2.Tamoyil va metodlar orasida o‘zaro qanday bog‘liqlik mavjud?
3.Metodlarning tasniflanishi haqida gapiring.
4.O‘qituvchi va o‘quvchi faoliyati bilan bogliqligiga ko‘ra qanday turlarga
bo‘linadi?
5.Maqsad va vazifalariga ko‘ra turlarini aytib bering.
6. Kognitiv tamoyilga amal qiluvchi ongli-vеrbal-kognitiv ta’lim mеtodi
haqida nimalarni bilasiz?
7.Til ta’limidagi an’anaviy va noan’anaviy usullarning o‘ziga xosligi, ta’lim
tizimida tutgan o‘rni, ularning o‘xshash va farqli jihatlari gapiring.

TEST
1.O‘quvchilar fikrlash qobilyatini o‘stirish ona tili o‘qitishning qaysi
bosqichida amalga oshiriladi?
*Hamma bosqichlarda, har bir darsda.
Nutq o‘stirish darslarida, yozma ishlarda.
Grammatika darslarida.
Sintaksisga oid darslarda.
2.Bir mashg‘ulotning o‘zida ham induktsiya, ham deduktsiya
metodlaridan foydalinish mumkinmi?
Ha. O‘timli va o‘timsiz fe’llarni o‘tganda.
Ha. Fe’l yasovchi qo‘shimchalarni o‘tganda.
Ha. Uyushiq bo‘laklarda belgilarning ishlatilishida.
*Javoblar to‘g‘ri.
3.Bilimlarni tekshirish darslarida o‘qituvchi o‘z ish usuli holatini
qanday aniqlaydi?
*O‘quvchilarning o‘zlashtirishi orqali.
Mustaqil ish va qiziqishlarini tekshirish orqali
Jamoat ishlarida ishtiroki orqali.
Javoblar to‘g‘ri.
4.Uyga vazifa berishda o‘quvchilarni nimalarga odatlantirish kerak.
Darslikdan shu paragrafni o‘qib chiqish.
Mashqni bir ikki marta sinchiklab o’qib chiqish.
Shartiga moslab avval og‘zaki bajarish, keyin yozma bajarish.
*Hamma javoblar to‘g‘ri.
5.Tematik reja tuzganda qanday ishlar amalga oshirilishi
mo‘ljallangani ma’qul?
O‘quvchining nutqini oshirishga mo‘ljallangan ishlar.
Uzoq o’tilgan darslardan qaysilarini takrorlash.
Ko‘rgazmali qurollar va bajarilishi zarur bo‘lgan mashqlar.
*Hamma javob to‘g‘ri.
5-ma’ruza
Mavzu: O‘zbеk tilidan dars tiplari ustida ishlash mtodikasi.

REJA:
1.O‘zbek (ona) tili darslarining maqsad va tuzilishiga ko‘ra tasnifi:
a) Ta’limiy darslar;
b) Nazorat darslari.
2. Ta’limiy darslarning tasnifi:
a) Yangi bilim berish darsi;
b) Ko‘nikma va malakalarni shakllantirish darslari;
d) O‘rganganlarni takrorlash darslari;
e) Xatolar ustida ishlash darslari.
3. Nazorat darslarining tasnifi:
a) Til hodisalarining o‘zlashtirilganlik darajasi ustidan nazorat;
b) O‘quvchilarning imloviy va punktuatsion savodxonligi ustidan nazorat;
d) Nutqiy malakalarning egallanganlik darajasi ustidan nazorat.
1- ilova
Mavzu: O‘zbеk tilidan dars tiplari yoki ona tilidan mashg‘ulot turlari
Dars rеjasi:
1.O‘zbek (ona) tili darslarining maqsad va tuzilishiga ko‘ra tasnifi:
a) Ta’limiy darslar;
b) Nazorat darslari.
2. Ta’limiy darslarning tasnifi:
a) Yangi bilim berish darsi;
b) Ko‘nikma va malakalarni shakllantirish darslari;
d) O‘rganganlarni takrorlash darslari;
e) Xatolar ustida ishlash darslari.
3. Nazorat darslarining tasnifi:
a) Til hodisalarining o‘zlashtirilganlik darajasi ustidan nazorat;
b) O‘quvchilarning imloviy va punktuatsion savodxonligi ustidan nazorat;

O‘zbеk (ona) tili darslarining maqsadi va tuzilishidan kelib chiqib, uni ikki
katta guruhga ajratish mumkin:
1. Ta’limiy darslar;
2. Nazorat darslari.

2-ilova

O‘zbеk (ona) tili darslarining maqsadi va tuzilishidan kelib chiqib, uni


ikki katta guruhga ajratish mumkin:
1. Ta’limiy darslar;
2. Nazorat darslari.

Ona tilidan ta’limiy darslarni to‘rtta katta guruhga ajratish mumkin:


1. Yangi bilim berish darslari.
2. Ko‘nikma va malakalarni shakllantirish darslari.
3. O‘rganilganlarni tarrorlash darslari.
4. Xatolar ustida ishlash darslari.
3-ilova

O‘zbek (ona) tilidan ta’limiy darslarni to‘rtta katta guruhga ajratish


mumkin:
1. Yangi bilim berish darslari.
2. Ko‘nikma va malakalarni shakllantirish darslari.
3. O‘rganilganlarni tarrorlash darslari.
4. Xatolar ustida ishlash darslari.
Yangi bilim berish darsi keng tarqalgan dars turlaridan bo‘lib, bu darsda
o‘quvchilar yangi zaruriy bilimlar bilan qurollantiradi va o‘rganilganlar yuzasidan
dastlabki malakalar hosil qilinadi. Darsning bu turi uy vazifasini tekshirish, egal-
langan bilimlar yuzasidan ko‘nikma va malakalar hosil qilish, darsni xulosalash,
uyga vazifa berish singari unsurlarning yig‘indisidan iborat.
Yangi bilim berish darsi darsning boshqa bosqichlarida bajariladigan ishlarni
o‘zida bo‘ysundiradi. Uy vazifasini tekshirish va o‘rganiganlarni takrorlash yangi
bilimlarni puxta egallashga tayyorlasa, mustahkamlash, xulosalash, uyga vazifa
berish egallangan bilimlarni amaliyotda qo‘llashga yo‘l ochadi.
Yangi bilim berish darslari faqat tilning turli tomonlariga oid bilimlarni
egallash masalalari bilangina bog‘liq bo‘lmasdan, bilimlarni qay darajada o‘zlash-
tirish muammosi bilan ham uzviy bog‘langan. O‘quvchi darsda olgan bilimlarni
o‘z so‘zlari bilan aytib bera olishi, o‘rgangan bilimlariga doir dalil keltira olishi,
o‘rganilgan bilimlarni oldin egallagan bilimlaridan ajrata bilishi lozim.
Ko‘nikma va malakalarni shakllantirish darslari maxsus dars turi bo‘lib,
hajm jihatidan katta, o‘rganilishiga 2-3 soat vaqt ajratilgan mavzular yuzasidan
o‘tkaziladi. Bu dars turi yangi bilim berishdan tashqari boshqa barcha bosqichlarni
o‘z ichiga oladi. Agar yangi bilimlar berish darsida qayta xotiralash xarakteridagi
topshiriqlar qisman izlanuvchanlik va izlanuvchanlik xarakteridagi topshiriqlarga
qaraganda ko‘proq qismni tashkil etsa, bu darslarda shuning taskarisidir. Topshi-
riqlarning sharti ham bu darslarda ancha murakkablashadi. Har bir mashq uch-to‘rt
va hatto besh-olti topshiriqni o‘z ichiga olishi mumkin.
O‘rganilganlarni takrorlash darslari bir necha soat davomida egallangan
bilim, ko‘nikma va malakalarni mukammallashtirishni nazarda tutadi. Takrorlash
darslari o‘quv yilining boshida, oxirida, yirik mavzular o‘rganilgandan keyin va
bo‘limlar tugagandan so‘ng o‘tkaziladi. Shu jihatdan takrorlash darslarini quyidagi
turlarga bo‘lish mumkin:
– o‘quv yili boshida takrorlash;
– o‘quv yili oxiridagi yakuniy takrorlash;
– oldin o‘rganilgan bilimlarni o‘quvchilar esiga tushirish uchun takrorlash;
– darsda o‘rganilgan yangi mavzuni takrorlash;
– ona tilidan katta mavzu, bo‘lim o‘tilgach, o‘tkaziladigan takrorlash;
– ma’lum o‘quv materiali o‘rganilgach, kelgusi o‘quv soatida o‘tkaziladigan
takrorlash.Takrorlash darslari o‘quv yilining boshida, oxirida, yirik mavzular
o‘rganilgandan keyin va bo‘limlar tugagandan so‘ng o‘tkaziladi. Shu jihatdan4-ilova
takrorlash darslarini quyidagi turlarga bo‘lish mumkin:
– o‘quv yili boshida takrorlash;
– o‘quv yili oxiridagi yakuniy takrorlash;
– oldin o‘rganilgan bilimlarni o‘quvchilar esiga tushirish uchun
takrorlash;
– darsda o‘rganilgan yangi mavzuni takrorlash;
– ona tilidan katta mavzu, bo‘lim o‘tilgach, o‘tkaziladigan takrorlash;
– ma’lum o‘quv materiali o‘rganilgach, kelgusi o‘quv soatida
o‘tkaziladigan takrorlash.
Xatolar ustida ishlash darslari o‘quvchilar nutqida yo‘l qo‘yilgan xato va
kamchiliklarni bartaraf etishni ko‘zlaydi.
Ona tili mashg‘ulotlarida nafaqat xatoning oldi olinadi, balki yo‘l qo‘yilgan
xato va kamchiliklar bartaraf ham etiladi. O‘qituvchilarning amaliyotida xatoni
tuzatishning ikki usulidan foydalaniladi:
1. Xatoni tuzatib ko‘rsatish.
2. Xato haqida xabar berish.
5-ilova

O‘qituvchilarning amaliyotida xatoni tuzatishning ikki usulidan


foydalaniladi:
1. Xatoni tuzatib ko‘rsatish.
2. Xato haqida xabar berish.

Omilkor o‘qituvchilar ish amaliyotida xato haqida xabar berishning quyidagi


usullaridan foydalaniladi:
1. “4”, “5” bahoga oq‘iydigan oq‘uvchilarning yozma ishlarini takshirishda
xato tuzatilmay, balki hoshiyasiga shu qatordagi xatoning soni
ko‘rsatiladi.
2. “3” baho bilan o‘qiydigan oq‘uvchilarning yozma ishlaridagi xatolar
haqida xabar berish maqsadida xatoli so‘zning ostiga chizish, lekin xatoni
tuzatib ko‘rsatmaslik usulidan foydalaniladi.
3. Bo‘sh o‘zlashtiradigan yoki o‘z xatosini aniqlashda qiynaladigan
o‘quvchilarning yo‘l qo‘ygan xatolarini xatoli bo‘g‘in ostiga chizish bilan
belgilash maqsadga muvofiqdir.
Nazorat darslari o‘quvchilarning o‘rganilgan materiallarni o‘zlashtirganlik
darajasini aniqlash, yo‘l qo‘yilgan imloviy, punktuatsion va nutqiy xatolarni
aniqlash maqsadida o‘tkaziladi.
Ona tilidan nazorat darslarini uch tirga ajratish mumkin:
1. Til hodisalarining o‘zlashtirganlik darajasi ustidan nazorat.
2. O‘quvchilarning imloviy va punktuatsion savodxonligi ustidan nazorat.
3. Nutqiy malakalarning egallanganlik darajasi ustidan nazorat.

6-ilova
Ona tilidan nazorat darslarini uch tirga ajratish mumkin:
1. Til hodisalarining o‘zlashtirganlik darajasi ustidan nazorat.
2. O‘quvchilarning imloviy va punktuatsion savodxonligi ustidan
nazorat.
3. Nutqiy malakalarning egallanganlik darajasi ustidan nazorat.

Til hodisalarining o‘zlashtirganlik darajasi ustidan nazorat berilgan tovush,


so‘z, gap, matnni tahlil qilish, so‘zlarni muayyan xususiyatlariga qarab guruhlash,
til hodisalarini qiyoslash, ularning o‘xshash va farqli tomonlarini aniqlash,
umumlashtirish, qo‘yilgan savollarga to‘g‘ri javob qaytarish, topshiriqlarni to‘g‘ri
bajarish orqali aniqlanadi.
O‘quvchilarning imloviy va punktuatsion savodxonligi ustidan nazorat, aso-
san, ta’limiy diktantlar, shuningdek, bayon va insholar orqali amalgam oshiriladi.
Ta’limiy diktantlarning quyidagi turlari unumli qo‘llaniladi:
1. Ijodiy diktant.
2. Saylanma diktant.
3. Lug‘at diktant.
4. Nazorat diktanti.
Bayonlarning esa quyidagi turlari qo‘llaniladi:
1. Qo‘shicha topshiriqli bayon.
2. Saylanma bayon.
3. Ijodiy bayon.
4. Ixcham bayon.
5. Tekshiruv-sinov bayoni.
Inshoning quyidagi turlari qo‘llaniladi:
1. Ta’limiy insholar.
2. Nazorat qilishga qaratilgan insholar.
3. Ko‘rik-tanlov insholari22.
O‘quvchilarning imloviy va punktuatsion savodxonligi ustidan nazorat, 7-ilova
asosan, ta’limiy diktantlar, shuningdek, bayon va insholar orqali amalgam
oshiriladi.
Ta’limiy diktantlarning quyidagi turlari unumli qo‘llaniladi:
1. Ijodiy diktant.
2. Saylanma diktant.
3. Lug‘at diktant. Nazorat uchun savollar:
1.4. O‘zbek
Nazorat(ona) tilidan darslar maqsad va tuzilishiga ko‘ra necha guruhga
diktanti.
ajratiladi?
Bayonlarning esa quyidagi turlari qo‘llaniladi:
2.1. Ta’limiy darslarning
Qo‘shicha mazmun-mohiyati
topshiriqli bayon. haqida gapiring
3.2. Ta’limiy
Saylanmadarslar
bayon.necha turga bo‘linadi?
3. Ijodiy bayon.
22
4.Тўхлиев
IxchamБ. ва б. Ўзбек тили ўқитиш методикаси. Алишер Навоий
bayon.
номидаги Ўзбекистон
5. Tekshiruv-sinov Миллий кутубхонаси нашриёти. Т.: 2010.
bayoni.
Inshoning quyidagi turlari qo‘llaniladi:
1. Ta’limiy insholar.
2. nazorat qilishga qaratilgan insholar.
3. ko‘rik-tanlov insholari.
4. Nazorat darslari deb qanday darslarga aytiladi?
5. Nazorat darslarining tasnifini tushuntiring

Test
1. O‘quvchilar fikrlash qobilyatini o‘stirish ona tili o‘qitishning qaysi
bosqichida amalga oshiriladi?
*Hamma bosqichlarda, har bir darsda.
Nutq o‘stirish darslarida, yozma ishlarda.
Grammatika darslarida.
Sintaksisga oid darslarda.
2. Bir mashg‘ulotning o‘zida ham induksiya, ham deduktsiya
metodlaridan foydalinish mumkinmi?
Ha. O‘timli va o‘timsiz fe’llarni o‘tganda.
Ha. Fe’l yasovchi qo‘shimchalarni o‘tganda.
Ha. Uyushiq bo‘laklarda belgilarning ishlatilishida.
*Javoblar to‘g‘ri.
3. Bilimlarni tekshirish darslarida o‘qituvchi o‘z ish usuli holatini
qanday aniqlaydi?
*O’quvchilarning o’zlashtirishi orqali.
Mustaqil ish va qiziqishlarini tekshirish orqali
Jamoat ishlarida ishtiroki orqali.
Javoblar to’g’ri.
4. Uyga vazifa berishda o‘quvchilarni nimalarga odatlantirish kerak.
Darslikdan shu paragrafni o‘qib chiqish.
Mashqni bir ikki marta sinchiklab o‘qib chiqish.
SHartiga moslab avval og‘zaki bajarish, keyin yozma bajarish.
*Hamma javoblar to‘g‘ri.
5. Tematik reja tuzganda qanday ishlar amalga oshirilishi
mo‘ljallangani ma’qul?
O‘quvchining nutqini oshirishga mo‘ljallangan ishlar.
Uzoq o‘tilgan darslardan qaysilarini takrorlash.
Ko‘rgazmali qurollar va bajarilishi zarur bo‘lgan mashqlar.
*Hamma javob to‘g‘ri.

6-ma’ruza
Mavzu:Umumiy o‘rta ta’lim maktablari ona tili bo‘yicha DTS, dastur va
darsliklarning tarkibi va mazmuni.

REJA:

1.O‘quv-me’yoriy hujjatlarga doir termin-tushunchalarning ilmiy-metodik


talqini.
2.Umumiy o‘rta ta’lim maktablari ona tili bo‘yicha DTS tarkibi va mazmuni.
3. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari ona tili dasturining tarkibi va mazmuni.
4. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari ona tili darsliklarining tarkibi va
mazmuni.
5. Maktab “Ona tili” darsliklari uchun “O‘qituvchi kitoblari” yoki
darsliklarga yozilgan o‘quv qo‘llanmalar.
6. Lug‘atlar va qomuslarning ona tili darslarini tashkil etishdagi o‘rni.
7. Ona tili darslarini tahkil etishda axborot-komputer vositalarining
ahamiyati.

O‘quv-me’yoriy hujjatlarga doir termin-tushunchalarning ilmiy-metodik


talqini. Me’yoriy hujjat – har xil faoliyat turlari yoki ularning natijalariga taalluqli
qoidalar, umumiy qonun-qoidalar yoki tavsiyalarni o‘z ichiga olgan hujjat. Ta’lim
standartlari tizimidagi me’yoriy hujjatlarga O‘zbekiston Respublikasining davlat
ta’lim standartlari kiradi.

1-ilova

Me’yoriy hujjat – har xil faoliyat turlari yoki ularning natijalariga


taalluqli qoidalar, umumiy qonun-qoidalar yoki tavsiyalarni o‘z ichiga olgan
hujjat. Ta’lim standartlari tizimidagi me’yoriy hujjatlarga O‘zbekiston
Respublikasining davlat ta’lim standartlari kiradi.

Standart – ko‘pchilik manfaatdor tomonlar kelishuvi asosida ishlab


chiqilgan va ma’lum sohalarda eng maqbul darajali tartiblashtirishga yo‘naltirilgan
hamda faoliyatning har bir turlariga va natijalariga tegishli bo‘lgan umumiy va
takror qo‘llanilgan qoidalar, tavsiyalar, talablar va usullar belgilangan va tan
olingan idora tomonidan tasdiqlangan me’yoriy hujjat.
2-ilova

Standart – ko‘pchilik manfaatdor tomonlar kelishuvi asosida


ishlab chiqilgan va ma’lum sohalarda eng maqbul darajali
tartiblashtirishga yo‘naltirilgan hamda faoliyatning har bir turlariga va
natijalariga tegishli bo‘lgan umumiy va takror qo‘llanilgan qoidalar,
tavsiyalar, talablar va usullar belgilangan va tan olingan idora
tomonidan tasdiqlangan me’yoriy hujjat.

Ta’lim standarti – standart tekshirish usullariga muvofiq keladigan va


o‘qitish sifatining standart ko‘rsatkichlarining bilan ifodalangan mazkur ta’lim
turida o‘quvchini o‘qitishda va tarbiyalashda qo‘yiladigan talab ko‘rsatkich-
larlarning mazmuni.
4-ilova

Ta’lim standarti – standart tekshirish usullariga muvofiq keladigan va


o‘qitish sifatining standart ko‘rsatkichlarining bilan ifodalangan mazkur
ta’lim turida o‘quvchini o‘qitishda va tarbiyalashda qo‘yiladigan talab
ko‘rsatkichlarlarning mazmuni.
Davlat ta’lim standartlari – ta’limning zarur, yetarli darajasi va o‘quv
yuklamalar hajmiga qo‘yiladigan asosiy davlat talablarini belgilab beruvchi
mezon.
4-ilova

Davlat ta’lim standartlari – ta’limning zarur, yetarli darajasi va o‘quv


yuklamalar hajmiga qo‘yiladigan asosiy davlat talablarini belgilab beruvchi
mezon.

Ta’limning standartlashtirilgan turlari – DTS – ta’limning quyidagi


turlari uchun belgilanadi: - umumiy o‘rta ta’lim, shu jumladan, boshlang‘ich
ta’lim, o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi (akademik litseylar, kasb-
hunar kollejlari); oliy ta’lim (bakalavriat va magistratura).
Maktabgacha, maktabdan tashqari, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim
kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash uchun boshqaruvchining
vakolatli organlari tomonidan davlat talablari belgilanadi.
5-ilova

Umumiy o‘rta ta’lim – bu to‘qqiz yillik (I-IX sinflari) o‘qishdan iborat


bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim – majburiy ta’limdir. Unda quyidagi muammolar hal
qilinadi:
- fan asoslari bo‘yicha uzluksiz bilim beriladi;
- mehnat ko‘nikmalari shakllanadi;
- ijodiy fikrlash va atrof-muhitga ongli munosabatda bo’lish o‘r-gatiladi;
- kasb tanlash shakllanadi.
6-ilova
Umumiy o‘rta ta’lim – bu to‘qqiz yillik (I-IX sinflari) o‘qishdan iborat
bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim – majburiy ta’limdir. Unda quyidagi
muammolar hal qilinadi:
- fan asoslari bo‘yicha uzluksiz bilim beriladi;
Ta’limning standartlashtirilgan turlari – DTS – ta’limning quyidagi
turlari - uchun
Umumiy mehnat ko‘nikmalari
o‘rta ta’lim DTS
belgilanadi: shakllanadi;
– o‘quvchilar
- umumiy o‘rta umumta’lim
ta’lim, shutayyorgarligiga,
jumladan,
saviyasiga
boshlang‘ich qo‘yiladigan
ta’lim, majburiy minimal
o‘rta ta’lim, darajani
o‘rta belgilab
maxsus, beruvchi, ta’limi
kasb-hunar o‘zining
tuzilishi - ijodiy fikrlash
va mazmuniga va atrof-muhitga ongli
ko‘ra davlat,kollejlari);
hudud, maktab munosabatda
manfaatlari bo’lish o‘r-
va vositalari
(akademik litseylar, kasb-hunar oliy ta’lim (bakalavriat va
gatiladi;
magistratura).
Maktabgacha,
- kasb tanlashmaktabdan
shakllanadi.tashqari, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim
kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash uchun
muvozanitini aks ettiruvchi, o‘quvchi shaxsi, uning intilishlari, qobiliyatlari va
qiziqishlari ustuvorligini ta’minlovchi hujjatdir.

7-ilova

Umumiy o‘rta ta’lim DTS – o‘quvchilar umumta’lim


tayyorgarligiga, saviyasiga qo‘yiladigan majburiy minimal darajani
belgilab beruvchi, o‘zining tuzilishi va mazmuniga ko‘ra davlat, hudud,
maktab manfaatlari va vositalari muvozanitini aks ettiruvchi, o‘quvchi
shaxsi, uning intilishlari, qobiliyatlari va qiziqishlari ustuvorligini
ta’minlovchi hujjatdir.

Umumiy o‘rta ta’lim DTSning tayanch o‘quv rejasi – DTSning tarkibiy


qismi bo‘lib, u ta’lim sohalarini me’yorlashga hamda maktabning moliyaviy
ta’minotini belgilashga asos bo‘ladigan davlat hujjati. Tayanch o‘quv rejasi o‘quv
predmeti bo‘yicha beriladigan ta’lim mazmunini o‘quvchiga yetkazish uchun
ajratilgan o‘quv soatlarining minimum hajmdagi miqdorini ifodalaydi. U har bir
sinfda muayyan o‘quv predmeti bo‘yicha davlat standartlariga muvofiq beriladigan
ta’lim mazmunini aniqlashga asos bo‘ladi.
8-ilova
Umumiy o‘rta ta’lim DTSning tayanch o‘quv rejasi – DTSning
tarkibiy qismi bo‘lib, u ta’lim sohalarini me’yorlashga hamda maktabning
moliyaviy ta’minotini belgilashga asos bo‘ladigan davlat hujjati. Tayanch
o‘quv rejasi o‘quv predmeti bo‘yicha beriladigan ta’lim mazmunini
o‘quvchiga yetkazish uchun ajratilgan o‘quv soatlarining minimum
hajmdagi miqdorini ifodalaydi. U har bir sinfda muayyan o‘quv predmeti
bo‘yicha davlat standartlariga muvofiq beriladigan ta’lim mazmunini
aniqlashga asos bo‘ladi.

Dastur – bajariladigan ish yoki biror faoliyat rejasi.


9-ilova
Dastur – bajariladigan ish yoki biror faoliyat rejasi.

Namunaviy o‘quv dasturi – muayyan predmetlar bo‘yicha ta’lim


mazmunining zaruriy minimumini va o‘quv materialini o‘zlashtirish darajalarini
batafsil ochib beruvchi hujjat.
10-ilova

Namunaviy o‘quv dasturi – muayyan predmetlar bo‘yicha ta’lim


mazmunining zaruriy minimumini va o‘quv materialini o‘zlashtirish
darajalarini batafsil ochib beruvchi hujjat.
Namunaviy o‘quv rejasi – o‘qitish muddatini hisobga olib, kasbga
(mutaxassislikka) muvofiq ravishda sikllar, fanlar ro‘yxati va hajmining davlat
miqyosini belgilovchi hujjat. U o‘quv darslarining maksimal hajmini va ishchi
o‘quv hujjatlarini ishlab chiqishda o‘quv muassasalarining mustaqillik darajasini
aniq belgilaydi.
11-ilova

Namunaviy o‘quv rejasi – o‘qitish muddatini hisobga olib, kasbga


(mutaxassislikka) muvofiq ravishda sikllar, fanlar ro‘yxati va hajmining
davlat miqyosini belgilovchi hujjat. U o‘quv darslarining maksimal
hajmini va ishchi
Ishchi o‘quv dasturi o‘quv hujjatlarini
– muayyan ishlabuchun
o‘quv predmeti chiqishda o‘quv
namunaviy o‘quv
muassasalarining
dasturi asosida ishlab mustaqillik
chiqilgan vadarajasini aniqto‘liq
o‘qitishning belgilaydi.
mazmunini ochib beruvchi
hujjat.
12-ilova
Ishchi o‘quv dasturi – muayyan o‘quv predmeti uchun namunaviy
o‘quv dasturi asosida ishlab chiqilgan va o‘qitishning to‘liq mazmunini
ochib beruvchi hujjat.
Ishchi o‘quv rejasi – muayyan ta’lim muassasi uchun o‘qitish jarayonining
kalendar-taqvim tuzilmasini va bosqichlarini ifodalaydigan namunaviy o‘quv rejasi
asosida ishlab chiqilgan hujjat.
13-ilova
Ishchi o‘quv rejasi – muayyan ta’lim muassasi uchun o‘qitish
jarayonining kalendar-taqvim tuzilmasini va bosqichlarini ifodalaydigan
namunaviy o‘quv rejasi asosida ishlab chiqilgan hujjat.

Darslik – DTS, o‘quv dasturi, uslubiyati va didaktik talablari asosida


belgilangan, milliy istiqlol g‘oyasi singdirilgan, muayyan o‘quv fanining mavzulari
to‘liq yoritilgan, tegishli fan asoslarini mukammal o‘zlashtirishga qaratilgan
turdosh ta’lim yo‘nalishlarida foydalanish imkoniyatlari hisobga olingan nashr.
14-ilova
Darslik – DTS, o‘quv dasturi, uslubiyati va didaktik talablari asosida
belgilangan, milliy istiqlol g‘oyasi singdirilgan, muayyan o‘quv fanining
mavzulari to‘liq yoritilgan, tegishli fan asoslarini mukammal
o‘zlashtirishga qaratilgan turdosh ta’lim yo‘nalishlarida foydalanish
imkoniyatlari hisobga olingan nashr.

Elektron darslik – an’anaviy darslikdan farqli o‘laroq, fanga oid tegishli


materiallarni dinamik talqinda, ya’ni foydalanuvchi e’tiborini jalb qiluvchi turli
ranglardan, multimedia, audio va video animatsiyalar, gipermurojaatlardan o‘rinli
foydalangan holda tuzilgan yoxud dasturlashtirilgan darslikdir. U komputer
texnologiyasiga asoslangan o‘quv uslubini qo‘llashga, mustaqil ta’lim olishga
hamda fanga oid o‘quv materiallari, ilmiy adabiyotlarning har tomonlama samarali
o‘zlashtirilishiga mo‘ljallangan adabiyot.
15-ilova

Elektron darslik – an’anaviy darslikdan farqli o‘laroq, fanga oid


tegishli materiallarni dinamik talqinda, ya’ni foydalanuvchi e’tiborini jalb
qiluvchi turli ranglardan, multimedia, audio va video animatsiyalar,
gipermurojaatlardan o‘rinli foydalangan holda tuzilgan yoxud
dasturlashtirilgan darslikdir. U komputer texnologiyasiga asoslangan
o‘quv uslubini qo‘llashga, mustaqil ta’lim olishga hamda fanga oid o‘quv
materiallari, ilmiy adabiyotlarning har tomonlama samarali
o‘zlashtirilishiga mo‘ljallangan
Elektron shakldagi adabiyot.materiallar – bular elektron darslik,
o‘quv-uslubiy
elektron o‘quv qo‘llanmalar, elektron ma’ruza matnlari, elektronkutubxonalar, mos
(CD, Flash vah.z.) sig‘imdagi audiovizual materiallar, interfaol o‘quv kurslari,
komputerda hisoblash tajribasini o‘tkazish uchun laboratoriya vazifalari, test
sinovlarini o‘tkazish bo‘yicha tizimlar.
16-ilova
Elektron shakldagi o‘quv-uslubiy materiallar – bular elektron darslik,
elektron o‘quv qo‘llanmalar, elektron ma’ruza matnlari, elektron
kutubxonalar, mos (CD, Flash va h.z.) sig‘imdagi audiovizual materiallar,
interfaol o‘quv kurslari, komputerda hisoblash tajribasini o‘tkazish uchun
laboratoriya vazifalari, test sinovlarini o‘tkazish bo‘yicha tizimlar.

Elektron o‘quv adabiyotlar – zamonaviy axborot texnologiyalari asosida


ma’lumotlarni to‘plash, tasvirlash, yangilash, saqlash, bilimlarni interaktiv usulda
taqdim va nazorat etish imkoniyatlariga ega bo‘lgan manbadir.
17-ilova
Elektron o‘quv adabiyotlar – zamonaviy axborot texnologiyalari
asosida ma’lumotlarni to‘plash, tasvirlash, yangilash, saqlash, bilimlarni
interaktiv usulda taqdim va nazorat etish imkoniyatlariga ega bo‘lgan
manbadir.
O‘quv qo‘llanma – darslikni qisman to‘ldiruvchi, muayyan fan dasturi
bo‘yicha tuzilgan va fan asoslarining chuqur o‘zlashtirishini ta’minlovchi ayrim
bob va bo‘limlarni keng tarzda yoritishga yoki mashq va mashg‘ulotlarni olib
borishga mo‘ljallangan nashr.
18-ilova
O‘quv qo‘llanma – darslikni qisman to‘ldiruvchi, muayyan fan dasturi
bo‘yicha tuzilgan va fan asoslarining chuqur o‘zlashtirishini ta’minlovchi
ayrim bob va bo‘limlarni keng tarzda yoritishga yoki mashq va
mashg‘ulotlarni olib borishga mo‘ljallangan nashr.
Bizning kelgusidagi ish faoliyatimizda davomida:
a)Ona tili o‘quv fani bo‘yicha uzluksiz majburiy ta’lim tizimining davlat
ta’lim standarti;
b)12 yillik majburiy ta’lim muassasalari ona tili ta’limi o‘quv dasturi;
d) umumiy o‘rta ta’lim maktablari 5-9-sinflari “Ona tili” va akademik
litseylar 1-3-bosqichlari “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” darsliklari asosiy o‘quv
me’yoriy hujjatlar bo‘lib xizmat qiladi.
19-ilova
a)Ona tili o‘quv fani bo‘yicha uzluksiz majburiy ta’lim tizimining
davlat ta’lim standarti;
b)12 yillik majburiy ta’lim muassasalari ona tili ta’limi o‘quv dasturi;
d) umumiy o‘rta ta’lim maktablari 5-9-sinflari “Ona tili” va akademik
litseylar 1-3-bosqichlari “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” darsliklari.

ONA TILIO‘QUV FANI BO‘YICHA UZLUKSIZ MAJBURIY TA’LIM


TIZIMNING DAVLATTA’LIM STANDARTIda quyidagilar o‘z ifodasini
topgan:
1. Tushuntirish xati – unda majburiy o‘rta ta’limning ikki bosqichdan iborat
bo‘lib, umumiy o‘rta ta’lim (1-9 sinflar) va o‘rta maxsus ta’lim (1-3 kurslar)ni
qamrab olganligi; majburiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti, ta’lim
nihoyasida o‘quvchilar egallashi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va
kompetensiyalarning minimal darajasini belgilab berishi; har bir sinf (kurs)
yakunida o‘quvchilar egallashi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va
kompetensiyalarning ona tili fani bo‘yicha ishlab chiqilgan o‘quv dasturida o‘z
aksini topishi; standartning o‘quvchi va talabalarning ona tili fani bo‘yicha bilim
va tayyorgarlik darajalarini belgilab berishi hamda o‘quv reja va dasturlar,
darsliklar, qo‘llanmalar ishlab chiqishda asos bo‘lib xizmat qilishi uqtirilgan.Ona
tili fani bo‘yicha davlat ta’lim standartini ishlab chiqishda O‘zbekiston
Respublikasining Konstitutsiyasi, BMTning bolalar huquqlari bo‘yicha
konvensiyasi, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘isida”, “Kadrlar
tayyorlashmilliy dasturi to‘g‘risida”gi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining 16-avgust 1999-yildagi 390-sonli “Umumiy o‘rta ta’lim
davlat standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi va 16-oktabr 2000-yildagi“O‘rta
maxsus ta’lim davlat standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 400-sonli qarorlariga
asoslanilganligi haqida ma’lumot berilgan.
2. “Ona tili” bo‘yicha uzluksiz ta’lim tizimining majburiy ta’lim
bitiruvchilarga qo‘yiladigan majburiy minimal talablar qismi – unda a)
grammatik bilimlar: fonetika, leksikologiya, so‘zning tarkibi, so‘z yasalishi,
morfologiya, sintaksis, yozuv va imlo, tinish belgilari, bog‘lanishli nutq, nutq
uslublari, uslubiyatga oid tushunchalar, ularning muhim belgilari, tushunchalar
bilan bog‘liq grammatik atamalarni bilish; b) nutqiy kompetensiya:
O‘qish – harflarni to‘g‘ri talaffuzi, so‘zlarni to‘g‘ri o‘qilishi, gap ohangi,
gapdagi tinish belgilarining talaffuzi, sanash va ajratish ohanglaridan to‘g‘ri
foydalanish, so‘z urg‘ulari, murakkab tipdagi ilmiy atama va ramzlarni to‘g‘ri
talaffuzi, mumtoz adabiyot namunalarini, so‘z, ibora va atamalarni to‘g‘ri talaffuzi,
ma’nosini anglash.
Fikrni og‘zaki bayon qilish–og‘zaki nutqning to‘g‘ri, ravon, aniq, tushunarli
va ta’sirchan bo‘lishi, monologik nutq, diaologik nutq mantiqiy jihatdan aniq
bo‘lishi, matn mazmunining mos bo‘lishi.
Fikrni yozma shaklda bayon qilish – matndagi gaplarning mazmunan
o‘zaro bog‘liqligi va aloqadorligi ko‘rsatilgan mavzu doirasida birlashishi, harf va
tinish belgilarini to‘g‘ri yozish, husnixatda qatorlarni to‘g‘ri joylashtirish, so‘zlar
orasidagi oraliqni to‘g‘ri belgilash, tasvirda tilning ifoda vositalaridan foydalanish,
matnda so‘zlarni takrorlashdan saqlanish va ma’nodoshlarini qo‘llay olish, matnda
xatboshilarning yaxlitligi va fikr izchilligini ta’minlash, uyadosh so‘zlardan
foydalana olish, diktant, bayon,insho, maqola, ish qog‘ozlari (xat, tabriknoma,
tushuntirish xati, tilxat, ariza, ma’lumotnoma, hisobot, ishonch xati, axborot)ni
yozish, sodda va murakkab reja tuzish, yozma ishga epigraf tanlash,xatboshini
to‘g‘ri belgilash, til birliklarini fonetik, lug‘aviy, morfologik, sintaktik tahlil qilish.
3. Ona tili fanidan uzluksiz majburiy ta’lim tizimining bosqichlariqismi–
unda ta’lim bosqichlari, sinflar va kurslar, fanni o‘zlashtirish darajasi va bosqichlar
mazmuni aks etgan jadval o‘z ifodasini topgan.
4. Ona tili ta’limining maqsad va vazifalari bo‘limi– unda ta’limning
barcha bosqichlarida ona tili o‘qitishning asosiy maqsadi o‘rganuvchilarning
kundalik, ilmiy va kasbga oid sohalarda faoliyat olib borishi uchun kommunikativ
kompetensiyani shakllantirishdan iborat ekanligi uqtiriladi.
Ona tili kommunikativ kompetensiyasi – ona tili bo‘yicha egallagan bilim,
ko‘nikma va malakalarni muloqot jarayonida qo‘llash qobiliyatidir deb ta’rif
beriladi va quyidagi guruhlarga ajratiladi: lingvistik kompetensiya, sotsiolingvistik
kompetensiya, pragmatik kompetensiya. Ona tilidan muloqot malakasini egallash
(kommunikativ kompetensiya) hamda til materiali va vositalarini nutqda qo‘llay
bilish uchun yetarli bilimlarni o‘zlashtirish (grammatik kompetensiya) ham
tavsiflanadi. Asosiy maqsaddan kelib chiqqan holda vazifalar sanab ko‘rsatiladi.
A1, A2 darajalar uchun majburiy minimal ta’lim mazmuni jadvallarda aniq
ko‘rsatilgan, O‘zbekiston Respublikasi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining o‘quv
rejasi berilgan.
12 YILLIK MAJBURIY TA’LIM MUASSASALARI ONA TILI TA’LIMI
O‘QUV DASTURIquyidagilar o‘z ifodasini topgan:
1.Uqtirish xati – unda ona tili ta’limining bosh maqsadi: ona tili
mashg‘ulotlari bolalarda ijodiylik, mustaqil fikrlash, ijodiy fikr mahsulini nutq
vaziyatiga mos ravishda og‘zaki va yozma shakllarda to‘g‘ri, ravon ifodalash
ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishga qaratishi lozimligi uqtiriladi.
2.Ona tili fanining tarkibiy qismlari bo‘limi – unda ona tili ta’limi oldiga
qo‘yilgan vazifalar batafsil yoritilgan.
3.Ona tili o‘qitishning asosiy vositalari bo‘limi – unda 2 bosqichga ajratilib
ko‘rsatib beriladi: a) Ilk bosqich – shu dastur asosida yaratiladigan darsliklar va
o‘zbek tili bo‘yicha lug‘atlar; b)Ikkinchi bosqich – unda yuqoridagi vositalar sirasi
“O‘zbek tilidan so‘z yasash lug‘ati”, o‘zbek tilidagi ensiklopediya, ona tili
mashg‘ulotlarida og‘zaki va yozma tasvir uchun izohli albom, ishlatilishi lozim
bo‘lgan zarur so‘zlar berilgan rasm-tasvirlarva h.k.lar bilan to‘ldiriladi.
4.Ta’lim usuli qismida ta’lim usuli asosan induktiv ekanligi uqtiriladi.
5.Ona tilidan dastur va darsliklarning nazariy-amaliy asoslari qismi –
unda maktabda ona tili o‘qitishning asosiy mazmun-mohiyati hozirgi kun ta’limi
maqsadlariga monand tuzilgan Davlat ta’lim standarti, dastur va darsliklarning
nazariy-amaliy asoslari belgilanganligi uqtiriladi.
6. Har bir sinf va kurslar bo‘yicha tili bo‘limlari taqsimoti berilgan qismda
mavzular va ular uchun ajratilgan soatlar miqdori aniq ko‘rsatib berilgan.
UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARINING “ ONA TILI” DARSLIK-
LARI davlat ta’lim standartlari talablariga mos, o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan
fanning o‘quv dasturi asosida mavzularni to‘liq yoritgan va fanning asoslarini
o‘rganishga yordam beruvchi nashr hisoblanadi. Maktabda o‘rganiladigan barcha
sinflar uchun yaratilgan darsliklar bir-biriga bog‘liq holda tuziladi va ta’limning
uzviyligiga amal qiladi. Darslik davlat ta’lim standartida belgilangan bilim,
ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga xizmat qiladi.
Darslik nafaqat bilim va ma’lumot beruvchi, balki o‘quvchini o‘ziga jalb
etadigan, qiziqtiradigan noyob kitob bo‘lishi shart. Ona tili darsligi – ta’limning
muhim vositasi. Uning zimmasiga, asosan, quyidagi vazifalar yuklatiladi:
– o‘zbek tilining fonetikasi, leksikasi va grammatikasi bo‘yicha nutqning
og‘zaki va yozma shakllaridan keng va to‘g‘ri foydalanish uchun zarur bo‘lgan
ilmiy-amaliy ma’lumotlar berish;
–o‘quvchilarnio‘zbektilidato‘g‘ritalaffuzqilishgao‘rgatish,
imlovapunktuatsiyaningasosiyqoidalaribilanqurollantirish;
–fikrniog‘zakivayozmashakllardabayonqilishyo‘llaribilantanishtirish;
–muayyanbirxabaryokima’lumotniturlishakllardaberishusullarinio‘rgatish;
–o‘quvchilardamilliyongvamilliymafkuranitarbiyalash.
Ona tili darsliklarida berilgan nazmiy va nasriy matnlarda milliy tafakkur,
milliy g‘oya, ma'naviy qadriyatlar, sharqona odob-axloq namunalari aks etishi
kerak. «Eski qolipda bo‘lgan darsliklardan, eski mafkuradan xalos bo‘lmasdan,
bolalarimizni yangicha fikrlashga o‘rgatolmaymiz», deydi Respublikamiz
Prezidenti I.A. Karimov o‘z nutqida23.
Haqiqatda ham, shu kungacha amalda qo‘llanib kelingan ona tili ta’limi
mazmuni o‘tgan asrning 50-yillari o‘rtalarida shakllangan. U tilning grammatik
qurilishi va ilmiy tushunchalarni o‘zlashtirishga qaratilib, o‘quvchi til hodisalarini
tahlil qilish, ularni quruq yodlash bilan band bo‘ldi. Ma'lumotlarning o‘ta
ilmiylashuvi, amaliyotdan yiroq, murakkab nazariy bilimlarni o‘zlashtirishning
qiyinligi...» o‘quvchilarni o‘qishdan bezdirdi, «...so‘z boyligini oshirish, nutqiy
mahoratni shakllantirish, matn tuzishni o‘rganishdek foydali amaliy ishlar son-
sanoqsiz grammatik talqinlar soyasida qolib ketdi» .
Darslik va dasturlar, o‘quvchining tafakkur ko‘lamini kengaytirish, fikr
ifodalash ko‘nikmasini shakllantirish masalasi chetda qolib, tilshunoslikning ilmiy
talqinlarini o‘rganishga bag‘ishlandi.

23
Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch. T.-Ma’naviyat. 2008.
Ona tili darsligida ona tili ta’limining maqsadi voqelanadi. Modomiki,
maktab ona tili ta’limining asosiy maqsadi o‘quvchilarni ijodiy fikrlash, fikr
mahsulini nutq sharoitiga mos ravishda og‘zaki va yozma shakllarda to‘g‘ri va
ravon ifodalash ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish ekan, bu maqsad
darslikda o‘z ifodasini topadi.
Ona tili darsliklari bosqichli ketma-ketlik tamoyilida tuzilgan bo‘lib,
tilshunoslik bo‘limlari o‘zaro zich aloqadorlikda berilgan. Ona tili darsligi
materiallar xususiylikdan umumiylikka qarab boradi.
Darslik o‘quvchi uchun bilim manbai bo‘lsa, o‘qituvchi uchun asosiy o‘quv
qo‘llanma sanaladi.
An’anaviy darsliklarda asosiy e’tibor imlo savodxonligini ta’minlashga
qaratildi, shakl va mazmun uyg‘unligiga kam e’tibor berildi.
Ona tili darslarida o‘quvchi mustaqil izlanib, mustaqil hukm va xulosalar
chiqarmas ekan, yodlab hosil qilingan bilimlar amaliyotga tatbiq etilmay
qolaveradi. Aksincha, xususiylikdan umumiylikka qarab borilganda esa
umumiylikning xususiy voqelanishi cheksiz bo‘lganligi sababli, bunday faoliyat
o‘quvchini doimiy izlanishga, qiyoslash, ajratish va farqlashga undaydi.
Tilshunoslik fani yutuqlari darsliklarga bevosita kiritilmasdan, amaliyot
nuqtai nazaridan olimlar, metodistlar va o‘qituvchilar sinovidan o‘tkazilib, eng
foydali deb topilgan usullargina maktab ta’limiga tatbiq etilishiga alohida e'tibor
qaratish zarurligi qayd qilindi. Tizimiy tilshunoslikka asoslangan metodikada
asosiy e'tibor shakl va mazmun uyg‘unligiga, ya’ni kommunikativ savodxonlikni
oshirishga qaratildi.
An’anaviy ta’limda imlo savodxonligini oshirishga qaratilgan topshiriqlar
tizimi quyidagi uch maqsadga xizmat qildi:
 savodxonlik;
 to‘g‘ri va chiroyli yozish;
 yozma nutqni rivojlantirish.
Yangilangan ona tili ta’limi mazmuniga asoslangan, zamonaviy ona tili
o‘qitish metodikasi quyidagi maqsadlarni ko‘zlaydi:
 so‘z boyligini oshirish va boyitish;
 mustaqil fikrlash, ijodiy tafakkurni rivojlantirish;
 nutqiy mahoartni shakllantirish;
 mustaqil matn yaratish malakasiga ega bo‘lish.
Ta’lim tizimida kuzatish, taqqoslash, til hodisalarini guruhlash,
umumlashtirish, ular orasidan nutqiy vaziyatga mosini tanlash va o‘z nutqida
qo‘llash kabi aqliy faoliyat usullari talabadagi diqqat, xotira, tafakkur, ijodiy
fikrlash kabi ruhiy xususiyatlarni shakllantiribgina qolmay, qyinchiliklardan
qo‘rqmaslik, uni mustaqil bartaraf etish, madaniy muloqot kabi ijobiy
xislatlarning paydo bo‘lishida ham muhim ahamiyatga ega ekanligi e'tirof etildi.
Ona tili ta’limi mazmunining yangilanishi, til o‘qitish metodikasining oldiga
ham dolzarb masalalarni qo‘ydi. Shuni hisobga olgan holda, Respublika xalq
ta'limi vazirligi O‘zbek tili doimiy ilmiy-metodik anjumanining (O‘TDA) birinchi
yig‘inini chaqirdi. Unda: «Ona tili mashg‘ulotlari bolalarda ijodiylik, mustaqil
fikrlash, ijodiy fikr mahsulini nutq sharoitiga mos ravishda og‘zaki va yozma
shakllarda to‘g‘ri, ravon ifodalash ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishga
qaratilishi lozim...»ligi ta’kidlab o‘tildi.
O‘quv dasturi tegishli DTS hamda o‘quv rejasiga tayanib yuzaga keladigan muhim
davlat hujjatidir. U DTSni amalga oshirishda tayanch manba hisoblanadi. Butun
o‘quv jarayoni ana shu davlat hujjatiga tayangan holda tashkil etiladi. Dastur
talabalar o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan bilimlar hajmini, og‘zaki va yozma nutq
malakalarining egallanishi lozim bo‘lgan darajasini belgilab beradi. U ona tili
ta’limining maqsadi, vazifalari va mazmunini muayyanlashtiradi.
Akademik litseylarning o‘quv rejalariga muvofiq aniq va tabiiy fanlar
yo‘nalishida ona tili fanining miqdoriy ko‘rsatkichlari quyidagicha: «Davlat tilida
ish yuritish» (40 soat), «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» (176 soat), «Nutq madaniyati»
(32 soat).
Ijtimoiy – gumanitar va xorijiy tillar yo‘nalishda «Davlat tilida ish yuritish»
(40 soat), «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» (216 soat), «Eski o‘zbek tili» (72 soat),
«Nutq madaniyati» (32 soat) predmetlari ko‘zda tutilgan. Ularga tegishli
miqdordagi soatlar ajratilgan. Kasb - hunar kollejlarida ona tili darslari uchun 40
soat ajratilgan.
Dastur akademik litseylarning har bir bosqichi uchun alohida talablar
tizimini ko‘zda tutadi. Unda ona tilining nazariy va amaliy jihatlarini
o‘rganishning hajmi, mazmuni va izchilligi ko‘rsatilgan.
«Hozirgi o‘zbek adabiy tili» dasturida amaliyot va nazariyaning uzviy
aloqadorligini hisobga olgan holda xorijiy tajribalarga asoslanib, N–nazariya
hamda A–amaliyot rukni ostida tegishli materiallar berildi.
Dasturda akademik litseylardagi ona tili o‘qitishning asosiy vazifalari
qo‘yidagicha ko‘rsatilgan:
 o‘quvchilarni erkin fikrlashga o‘rgatish;
 fikrni og‘zaki va yozma shaklda ona tilining qonun-qoidalariga
muvofiq ravishda to‘g‘ri ifodalash;
 bir ma'noni turli shakllarda bera olish ko‘nikmasini shakllantirish;
 o‘zbek tilining ichki tuzilishi va tuzilish birliklari yuzasidan umumiy
o‘rta ta'limda olgan bilimlarini mustahkamlash va kengaytirish;
 orfografiya va punktuatsiya qoidalarini singdirish;
 ish qog‘ozlarini yurita olish ko‘nikmasini shakllantirish;
 turli fanlarni o‘rganishda ona tilining ahamiyatini singdirish.
Ona tili darsliklarida berilgan nazmiy va nasriy matnlarda milliy tafakkur,
milliy g‘oya, ma'naviy qadriyatlar, sharqona odob–axloq namunalari aks etishi
kerak. «Eski qolipda bo‘lgan darsliklardan, eski mafkuradan xalos bo‘lmasdan,
bolalarimizni yangicha fikrlashga o‘rgatolmaymiz», deydi Respublikamiz
Prezidenti I.A. Karimov o‘z nutqida.
Haqiqatda ham, shu kungacha amalda qo‘llanib kelingan ona tili ta'limi
mazmuni o‘tgan asrning 50-yillari o‘rtalarida shakllangan. U tilning grammatik
qurilishi va ilmiy tushunchalarni o‘zlashtirishga qaratilib, o‘quvchi til hodisalarini
tahlil qilish, ularni quruq yodlash bilan band bo‘ldi. Ma'lumotlarning o‘ta
ilmiylashuvi, amaliyotdan yiroq, murakkab nazariy bilimlarni o‘zlashtirishning
qiyinligi...» o‘quvchilarni o‘qishdan bezdirdi, «...so‘z boyligini oshirish, nutqiy
mahoratni shakllantirish, matn tuzishni o‘rganishdek foydali amaliy ishlar son-
sanoqsiz grammatik talqinlar soyasida qolib ketdi» .
Darslik va dasturlar, o‘quvchining tafakkur ko‘lamini kengaytirish, fikr
ifodalash ko‘nikmasini shakllantirish masalasi chetda qolib, tilshunoslikning ilmiy
talqinlarini o‘rganishga bag‘ishlandi.
An’anaviy darsliklarda asosiy e’tibor imlo savodxonligini ta'minlashga
qaratildi, shakl va mazmun uyg‘unligiga kam e'tibor berildi.
Ona tili darslarida o‘quvchi mustaqil izlanib, mustaqil hukm va xulosalar
chiqarmas ekan, yodlab hosil qilingan bilimlar amaliyotga tatbiq etilmay
qolaveradi. Aksincha, xususiylikdan umumiylikka qarab borilganda esa
umumiylikning xususiy voqelanishi cheksiz bo‘lganligi sababli, bunday faoliyat
o‘quvchini doimiy izlanishga, qiyoslash, ajratish va farqlashga undaydi.
1960-80 yillarda jahon tilshunosligi fani, shu jumladan, o‘zbek
tilshunosligida «til–me'yor–nutq» munosabatlari o‘rnatilib, til va nutqni farqlab
o‘rganadigan, tizimiy tilshunoslikka asoslangan yangi metodikaga asos solindi. Til
metodikasidagi tizimiy yaxlitlik ta'lim mazmunini yangilashga qulaylik tug‘dirdi.
Til, uning bo‘limlari–fonetika, leksikologiya, grammatikaning tizimiy yaxlitlikda
amaliy qo‘llanishi, bilim, ko‘nikma, malakalarni yaxlit holda shakllantirish bilan
birga olib borilishi, til o‘qitish metodikasi fanida muhim rivojlantiruvchi ahamiyat
kasb etdi.
Tilshunoslik fani yutuqlari darsliklarga bevosita kiritilmasdan, amaliyot
nuqtai nazaridan olimlar, metodistlar va o‘qituvchilar sinovidan o‘tkazilib, eng
foydali deb topilgan usullargina maktab ta'limiga tatbiq etilishiga alohida e'tibor
qaratish zarurligi qayd qilindi. Tizimiy tilshunoslikka asoslangan metodikada
asosiy e'tibor shakl va mazmun uyg‘unligiga, ya'ni kommunikativ savodxonlikni
oshirishga qaratildi.
An’anaviy ta’limda imlo savodxonligini oshirishga qaratilgan topshiriqlar
tizimi quyidagi uch maqsadga xizmat qildi:
 savodxonlik;
 to‘g‘ri va chiroyli yozish;
 yozma nutqni rivojlantirish.
Yangilangan ona tili ta’limi mazmuniga asoslangan, zamonaviy ona tili
o‘qitish metodikasi quyidagi maqsadlarni ko‘zlaydi:
 so‘z boyligini oshirish va boyitish;
 mustaqil fikrlash, ijodiy tafakkurni rivojlantirish;
 nutqiy mahoartni shakllantirish;
 mustaqil matn yaratish malakasiga ega bo‘lish.
Ta’lim tizimida kuzatish, taqqoslash, til hodisalarini guruhlash,
umumlashtirish, ular orasidan nutqiy vaziyatga mosini tanlash va o‘z nutqida
qo‘llash kabi aqliy faoliyat usullari talabadagi diqqat, xotira, tafakkur, ijodiy
fikrlash kabi ruhiy xususiyatlarni shakllantiribgina qolmay, qyinchiliklardan
qo‘rqmaslik, uni mustaqil bartaraf etish, madaniy muloqot kabi ijobiy
xislatlarning paydo bo‘lishida ham muhim ahamiyatga ega ekanligi e'tirof etildi.
Til materiallarini o‘zlashtirishda ona tili metodikasining eng muhim
talablaridan biri til sathlarining alohida-alohida emas, balki o‘zaro uyg‘unlikda,
yaxlitlikda o‘rganilishidir. Buning uchun leksikologiya (so‘zshunoslik) har bir til
sathining tarkibiy qismiga aylanishi, ya'ni fonetika, morfologiya, so‘z tarkibi hatto
sintaksisni o‘rganishda ham so‘z boyligini oshiruvchi o‘quv-topshiriqlaridan
foydalanishning bag‘oyat maxsuldorligi, DTS talablarida qayd etilgan
kommunikativ savodxonlikning, nutqiy salohiyatning shakllanuviga olib kelishi,
zamonaviy til o‘qitish metodikasida tan olingan interfaol metodlardan kam
emasligi barchaga ma’lum.
Erkin, jadal fikrlashni o‘rganishda so‘z qoliplari ustida ishlashning
imkoniyatlari ham benihoya keng (Bu haqida keyinroq so‘z yuritiladi).
Turg‘un iboralar ma'nosini, so‘zlar etimologiyasini bilish yoshlar uchun o‘ta
qiziqarli. O‘zbek tili tarixi, uning til boyligi, unda ro‘y berayotgan o‘zgarishlar,
lug‘at tarkibida yangi so‘zlarning paydo bo‘lishi va ma'no nozikliklari hosil qilishi,
grammatik qurilishning takomillashib borishi kabi hodisalarni o‘zaro aloqadorlikda
tahlil qilish yaxshi samara beradi. Iboralarni sharhlash bo‘yicha namunalar:
«Qildan qiyiq axtarmoq» – yomon niyat bilan aybi yo‘q inson faoliyatidan
ayb topmoq; ma'nodoshi: «tirnoq orasidan kir izlamoq».
«Bag‘ri tosh» — bemehr, iltifotsiz; ma'nodoshi: «tosh yurak», «ko‘ngli
qattiq». «Bahri-dili ochildi» — kayfiyati yaxshilandi; ma'nodoshi: «dimog‘i chog‘
bo‘ldi», «ko‘ngli yozildi»... v. h.
Fanlararo bog‘lanish turli ta'lim bosqchlaridagi ona tili darsliklarida (o‘quv
topshiriqlari tizimida) ko‘proq o‘z yechimini topishi darkor.
Aniq va ijtimoiy-gumanitar fanlardan matnlar tanlash, boshqa o‘quv
fanlariga oid atamalardan foydalanib,kichik matnlar yaratish, berilgan matndan
tilga oid atamalar, o‘z va ko‘chma ma'noli so‘z, so‘z birikmasi, ibora va tasviriy
ifoda kabilarni ajratish, ular ishtirokida gap va matnlar tuzish, so‘z ma'nolarini
kontekst ichida farqlash ko‘nikmalarini singdirish – talabaning fikr doirasini
kengaytiradi, kommunikativ savodxonlik darajasini oshiradi.
Lug‘atlar – ona tili ta’limining muhim vositasi. Ta’lim bosqichlari ona tili
ta’limining konseptual asoslariga uning zaruriy vositasi ikkita ekanligi
ta’kidlanadi: darslik va lug‘atlar. O‘quvchilarning ijodiy tafakkurini va nutqini
o‘stirishning biri lug‘atlar ustida ishlashdir. Lug‘atlar o‘quvchilarning ijodiy
tafakkuri, mustaqil fikrlash darajasi, ijodiy fikr mahsulini og‘zaki va yozma
shakllarda ravon bayon etishga olib keladigan behad qimmatli va boy so‘z
zaxirasini vujudga keltiradi. Ona tili darslarini lug‘atsiz tasavvur etib bo‘lmaydi.
Lug‘at bilim manbai va o‘qitish vositasidir. So‘z ma’nosini sharhlash, ma’lum bir
so‘zning imlosini bilib olish, yo‘l qo‘yilgan imloviy xatoni bartaraf etish, so‘z
guruhlarini mustaqil davom ettirish, berilgan so‘zga ma’nodosh, uyadosh,
qoshimchadosh so‘zlar tanlash singari ijodiy-amaliy topshiriqlarni bajarishda
lug‘atlardan keng foydalaniladi.Ehtiyoj tug‘ilganda o‘quvchining birinchi
maslahatchishi lug‘atdir.

Nazorat uchun savollar:


1. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari ona tili bo‘yicha DTS tarkibi va mazmuni
haqida gapirib bering.
2. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari ona tili dasturining tarkibi va
mazmunihaqida gapirib bering.
3. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari ona tili darsliklarining tarkibi va
mazmuni haqida gapirib bering.
4. Akadеmik litsеy va kasb-hunar kollеjlarida hozirgi o‘zbеk adabiy tili va
ona tili bo‘yicha o‘quv-mе'yoriy hujjatlarning tarkibi va mazmunini tushuntirib
bеring?
5. Kasb-hunar kollеjlarida ona tili bo‘yicha DTS, dastur va darsliklarning
tarkibi va mazmuni haqida qanday ma'lumotga ega bo‘ldingiz?
6. Akadеmik litsеy va kasb-hunar kollеjlarida darsliklarining tarkibi va
mazmuni hamda mеtodik qo‘llanmalar, o‘qituvchi kitoblari to‘g‘risida qanday
tasavvurga ega bo‘ldingiz?
7. O‘quv-mе'yoriy hujjatlar ularni rеjalashtirish dеganda nimani
tushundingiz, misollar bilan izohlang?

Test
1. O‘quvchilar fikrlash qobilyatini o‘stirish ona tili o‘qitishning qaysi
bosqichida amalga oshiriladi?
*Hamma bosqichlarda, har bir darsda.
Nutq o‘stirish darslarida, yozma ishlarda.
Grammatika darslarida.
Sintaksisga oid darslarda.
2. Bir mashg‘ulotning o‘zida ham induksiya, ham deduksiya
metodlaridan foydalinish mumkinmi?
Ha. O‘timli va o‘timsiz fe’llarni o‘tganda.
Ha. Fe’l yasovchi qo‘shimchalarni o‘tganda.
Ha. Uyushiq bo‘laklarda belgilarning ishlatilishida.
*Javoblar to‘g‘ri.
3. Bilimlarni tekshirish darslarida o‘qituvchi o‘z ish usuli holatini
qanday aniqlaydi?
*O‘quvchilarning o‘zlashtirishi orqali.
Mustaqil ish va qiziqishlarini tekshirish orqali
Jamoat ishlarida ishtiroki orqali.
Javoblar to‘g‘ri.
4. Uyga vazifa berishda o‘quvchilarni nimalarga odatlantirish kerak.
Darslikdan shu paragrafni o‘qib chiqish.
Mashqni bir ikki marta sinchiklab o‘qib chiqish.
Shartiga moslab avval og‘zaki bajarish, keyin yozma bajarish.
*Hamma javoblar to‘g‘ri.
5. Tematik reja tuzganda qanday ishlar amalga oshirilishi
mo‘ljallangani maqul?
O‘quvchining nutqini oshirishga mo‘ljallangan ishlar.
Uzoq o‘tilgan darslardan qaysilarini takrorlash.
Ko‘rgazmali qurollar va bajarilishi zarur bo‘lgan mashqlar.
*Hamma javob to‘g‘ri.
7-ma’ruza
Mavzu: O‘zbеk tilidan izchil kursni o‘rganish metodikasi: fonetika, grafika,
leksikologiya, so‘z tarkibi va so‘z yasalishi bo‘limlarini o‘rganishning o‘ziga xos
xususiyatlari.

REJA:

1. O‘zbеk tilidan izchil kursni o‘rganishda o‘quv-


mе’yoriy hujjatlar bilan tanishish.
2. Ona tili kursining “Muqaddima” va “Izchil kurs”ga
ajratilish sabablari.
3. Fonеtikani o‘rganishda so‘z boyligini oshirish imkoniyatlari.
4. Grafika va lеksikalogiya bo‘limlarini o‘rganishning o‘ziga xosliklariga
oid bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish usullari.
5. Lеksikalogiya, frazeologiya va leksikografiya bo‘limlarini o‘rganishda
o‘quv-mе’yoriy qujjatlar bilan tanishish.
6. Lеksikalogiya va frazeologiya bo‘limlarini o‘rganishda so‘z boyligini
oshirish imkoniyatlari.
7. Lеksikografiya bo‘limini o‘rganishning o‘ziga xosliklariga oid bilim,
ko‘nikma va malakalarni shakllantirish usullari.

1. O‘zbеk tili fanini o‘rganishda o‘quv-mе’yoriy hujjatlar bilan


tanishish.
Bizning kelgusidagi ish faoliyatimizda davomida:
a)Ona tili o‘quv fani bo‘yicha uzluksiz majburiy ta’lim tizimining davlat
ta’lim standarti;
b)12 yillik majburiy ta’lim muassasalari ona tili ta’limi o‘quv dasturi;
d) umumiy o‘rta ta’lim maktablari 5-9-sinflari “Ona tili” va akademik
litseylar 1-3-bosqichlari “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” darsliklari asosiy o‘quv
me’yoriy hujjatlar bo‘lib xizmat qiladi.
ONA TILIO‘QUV FANI BO‘YICHA UZLUKSIZ MAJBURIY TA’LIM
TIZIMNING DAVLATTA’LIM STANDARTIda quyidagilar o‘z ifodasini
topgan:
1. Tushuntirish xati – unda majburiy o‘rta ta’limning ikki bosqichdan iborat
bo‘lib, umumiy o‘rta ta’lim (1-9 sinflar) va o‘rta maxsus ta’lim (1-3 kurslar)ni
qamrab olganligi; majburiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti, ta’lim
nihoyasida o‘quvchilar egallashi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va
kompetensiyalarning minimal darajasini belgilab berishi; har bir sinf (kurs)
yakunida o‘quvchilar egallashi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va
kompetensiyalarning ona tili fani bo‘yicha ishlab chiqilgan o‘quv dasturida o‘z
aksini topishi; standartning o‘quvchi va talabalarning ona tili fani bo‘yicha bilim
va tayyorgarlik darajalarini belgilab berishi hamda o‘quv reja va dasturlar,
darsliklar, qo‘llanmalar ishlab chiqishda asos bo‘lib xizmat qilishi uqtirilgan.Ona
tili fani bo‘yicha davlat ta’lim standartini ishlab chiqishda O‘zbekiston
Respublikasining Konstitutsiyasi, BMTning bolalar huquqlari bo‘yicha
konvensiyasi, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘isida”, “Kadrlar
tayyorlashmilliy dasturi to‘g‘risida”gi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining 16-avgust 1999-yildagi 390-sonli “Umumiy o‘rta ta’lim
davlat standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi va 16-oktabr 2000-yildagi“O‘rta
maxsus ta’lim davlat standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 400-sonli qarorlariga
asoslanilganligi haqida ma’lumot berilgan.
2. “Ona tili” bo‘yicha uzluksiz ta’lim tizimining majburiy ta’lim
bitiruvchilarga qo‘yiladigan majburiy minimal talablar qismi – unda a)
grammatik bilimlar: fonetika, leksikologiya, so‘zning tarkibi, so‘z yasalishi,
morfologiya, sintaksis, yozuv va imlo, tinish belgilari, bog‘lanishli nutq, nutq
uslublari, uslubiyatga oid tushunchalar, ularning muhim belgilari, tushunchalar
bilan bog‘liq grammatik atamalarni bilish; b) nutqiy kompetensiya:
3. Ona tili fanidan uzluksiz majburiy ta’lim tizimining bosqichlari qismi–
unda ta’lim bosqichlari, sinflar va kurslar, fanni o‘zlashtirish darajasi va bosqichlar
mazmuni aks etgan jadval o‘z ifodasini topgan.
4. Ona tili ta’limining maqsad va vazifalari bo‘limi– unda ta’limning
barcha bosqichlarida ona tili o‘qitishning asosiy maqsadi o‘rganuvchilarning
kundalik, ilmiy va kasbga oid sohalarda faoliyat olib borishi uchun kommunikativ
kompetensiyani shakllantirishdan iborat ekanligi uqtiriladi.
Ona tili kommunikativ kompetensiyasi – ona tili bo‘yicha egallagan bilim,
ko‘nikma va malakalarni muloqot jarayonida qo‘llash qobiliyatidir deb ta’rif
beriladi va quyidagi guruhlarga ajratiladi: lingvistik kompetensiya, sotsiolingvistik
kompetensiya, pragmatik kompetensiya. Ona tilidan muloqot malakasini egallash
(kommunikativ kompetensiya) hamda til materiali va vositalarini nutqda qo‘llay
bilish uchun yetarli bilimlarni o‘zlashtirish (grammatik kompetensiya) ham
tavsiflanadi. Asosiy maqsaddan kelib chiqqan holda vazifalar sanab ko‘rsatiladi.
A1, A2 darajalar uchun majburiy minimal ta’lim mazmuni jadvallarda aniq
ko‘rsatilgan, O‘zbekiston Respublikasi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining o‘quv
rejasi berilgan.

Fonеtikani o‘rganishda so‘z boyligini oshirish imkoniyatlari.


So‘zlash, eshitish, (ko‘rish) o‘qish, yozish vositasida fikr tushuniladi.
Bularning barchasi nutq deyilib, u yozma va og‘zaki ko‘rinishlarda bo‘ladi.
Nutqning o‘ziga xos vositalari, birliklari, ularni ishlatish qonun-qoidalari va
me'yorlari bor.
Ona tilini o‘rganishda nutqiy me'yorlarni tarbiyalash va ro‘yobga chiqarish,
«til—me'yor—nutq» tushunchalarini aniqlab olish zarur.
Til – ma'lum bir so‘zlar, qo‘shimchalar, ularning o‘zaro birika olish
imkoniyatlari va birikish natijalari haqidagi qonun-qoidalar majmui bo‘lib, fikrni
xilma-xil usul va vositalar yordamida yuzaga chiqarish omillarini o‘rgatadi.
Me'yor – til imkoniyatlaridan foydalanish ko‘rsatkichlari majmui. Uning oliy
ko‘rinishi milliy adabiy til uslublari, mezonlarida o‘z aksini topadi. Milliy adabiy
til muayyan bir uslubiy ko‘rinishda yuzaga chiqadi.
Nutq—tafakkur maxsuli. Fikrni bayon qilish tafakkur va til orqali amalga
oshadi. Tafakkur qancha rivojlansa, talabaning og‘zaki va yozma fikr bayon qilish
mahorati ham shuncha yuqori bo‘ladi.
Ona tili mashg‘ulotlari nutq san'atini egallash va undan samarali foydalanish
bilim ko‘nikma va malakalarini tarbiyalaydi. Shu jarayonda nutqiy madaniyat ham
shakllanadi. Nutq madaniyati yoshlarga kundalik oddiy salomlashishdan tortib,
kimga, nimaga, qachon, qaerda, qanday so‘zlashgacha bo‘lgan muomala – muloqot
sirlarini o‘rgatadi. Shuningdek, sharqona odob — andisha, go‘zal qiroat san'ati
qonuniyatlarini anglab borishda ham katta ahamiyat kasb etadi.
O‘zbek tilining izchil kursi amaliyot va nazariyaning uzviy aloqadorligida
o‘rganiladi.
Fonetika (grekcha pohne — tovush) nutq tovushlari, ularning hosil bo‘lishi,
talaffuzi, imlosi, tasnifi, harf va yozuvning o‘zaro munosabati, bo‘g‘in va bo‘g‘in
ko‘chirish, so‘z urg‘usi xususiyatlari haqidagi fan. Unda nutq tovushlari –
so‘zlarning, qo‘shimchalarning eng kichik bo‘lagi t o v u sh va uning talaffuzi
o‘rganiladi.
Akademik litseyda bu bo‘lim takrorlash va fonetik hodisalarning uslubiy
tomonlariga e’tibor qaratish bilan boshlanadi.boshlanadi. Bunda berilgan
so‘zlardagi tovushlar talaffuzi qiyoslanadi, unli va undoshlarning o‘ziga xos
xususiyatlari aniqlanadi. Tovushlar talaffuzida ishtirok etadigan nutq a'zolari
belgilanadi. Berilgan so‘zlarga tovushdosh (tosh, tish, tush, to‘sh kabi), shakldosh
(tosh – suvda erimaydigan qattiq tog‘ jismi, ot; sakkiz chaqrimga teng masofa, ot:
bir toshdan ortiq yo‘l bosdi kabi); fe'l – toshmoq, qirg‘oqdan chiqib ketmoq;
toshbag‘ir – ko‘ngilchan, ko‘ngli bo‘sh kabi zid ma'noli so‘zlar topib, ma'nolarini
sharhlaydilar va izohlaydilar.
Unli va undosh tovushlar ustida ishlashda o‘quvchilar u — o‘, i – u, a – o, k
– b, s – z, t – d, k – g, q — g‘, x — h kabi tovush juftlarining talaffuzi va imlosini
bilib olib, shu tovushlar ishtirok etgan so‘z ma'nolarini tushuntiradilar, qiyoslash
orqali ma'no farqlarini izohlaydilar.
Chunonchi, birinchi bo‘g‘inda u, o‘, ikkinchi bo‘g‘inda u, i yoziladigan,
qisqa, i, u tovushlari tushib qoladigan (to‘lqin, tutun, burun, tizim), jarangli
tovushlarning b - d , x, h, ng, h kabilarning ishtirokida so‘z birikmalari va gaplar
tuzish, o‘quvchi ongiga to‘g‘ri talaffuz hamda to‘g‘ri yozish ko‘nikmalarini
singdiradi.
Fonetika bo‘limida, asosan, nutq tovushlari, ularning paydo bo‘lishida
ishtirok etuvchi nutq a'zolarining xizmati, hosil bo‘lgan o‘rni va usuli, talaffuz va
imlo, bo‘g‘in va bo‘g‘in ko‘chirish, so‘z urg‘usi kabi mavzular ustida bahs
yuritilsa-da, uning so‘z boyligini oshirish, mustaqil va ijodiy fikrlash, fikrni ravon,
go‘zal va ta'sirchan ifodalash imkoniyatlarini anglash va rivojlantirish ham muhim
ahamiyatga ega. Ayniqsa, talaffuz va imlo masalalariga e'tiborni qaratish zarur.
Masalan: «Unlilar imlosi» o‘rganilayotganda: o – a, o – i, i – u, u — o‘, i – e, o – e,
tovushlari ishtirok etgan so‘zlardagi tovush va harf orasidagi munosabatlar
izohlanadi: bar – bir — ber – bor – bur – bo‘r: oq — uq — o‘q — yuq; qor — qor
— qur — qo‘r; tar – tor – tir – ter – tur – so‘z juftlarida ma'no farqlash vazifasidagi
o‘yin – topshiriqlardan foydalanish mumkin:
1. Tovushdosh so‘zlar qatori tuziladi, ma'nosi murakkab so‘zlar izohlanadi:
qir – adir, tepalik, lalmi yer; qur – bunyod qilmoq, uyni qurmoq; qo‘r –olov,
o‘tinning cho‘g‘idan hosil bo‘lgan qoldiq. Ko‘chma ma'no: mol-dunyo, qo‘r- qut…
2. Tovushdoshlar so‘z turkumlariga ajratiladi:
uq - fe'l, o‘q - ot, oq - sifat, qor - ot, tar- (yangi meva) sifat,tur- fe'l..v.h.
3. Tovushdoshlar ishtirokida so‘z birikmalari va gaplar tuziladi:
Til – dil kaliti, uyga kir, o‘yga botdi, o‘tni o‘r, markazga ur kabi; Qir- adirlarni
oppoq qor qopladi. Tur, to‘rga o‘t. Torga tor dunyo, kengga keng dunyo (Maqol)...
v.h.
Jarangli undoshlar aksariyat so‘z oxirida kelganda, talaffuzda jarangsizlanadi
hamda boshqa ma'nodagi so‘zlarni yuzaga keltiradi:
bob – bo‘lim, qism ma'nosida:
bop – yarashiqli, loyiq ma'nosida;
sud — hukm, mahkama, lavozim v.h.
sut – mahsulot, sigir suti kabi so‘zlarni qiyoslash va o‘zaro farqlash, ular ma'nosini
sharhlash topshiriqlari, o‘quvchilarda imlo savodxonligini mustahkamlash bilan bir
qatorda so‘z boyligini nutqiy mahoratni ham oshiradi, shakllantiradi.
Ayni paytda, mana shu so‘zlar ishtirokida ixcham, ijodiy matn yaratish ham
mumkin.
Talaffuzda bir-biriga o‘xshash so‘zlarni farqlashda, ularga ma'nodoshlar,
uyadoshlar, zid ma'noli so‘zlarni topishni talab qiluvchi topshiriqlar berish ham
samarali usullardan hisoblanadi.
Masalan, shaxs va bahs so‘zlarining o‘zaro farqni tushuntiring, izohlashda
ma'nodosh, uyadosh va zid ma'noli so‘zlardan foydalaning. Namuna: Shaxs —
ma'nodoshlar: shaxs – inson, odam, banda, kishi ...
—uyadoshlar: kishi, erkak, ayol, ota, o‘g‘il, aka, uka ...
—zid ma'nolilar: erkak – ayol, o‘g‘il-qiz, aka-singil... v.h.
—bahs, konferentsiya, majlis, yig‘ilish..v.h.
—zid ma'no: bahs-himoya, o‘rtoqlashuv, adabiy uchrashuv, qo‘llab quvvatlamoq...
v.h.
Talabalar topshiriq asosida so‘zdagi nuqtalar o‘rniga i va u harflaridan birini
qo‘yib ko‘chiradilar. Hosil bo‘lgan so‘zlarning ma'nolarini namunadagidek og‘zaki
sharhlashlari va so‘z ma'nolarini farqni tushuntirishlari mumkin:
Namuna: urish — fe'l so‘z turkumi, harakatni bildiradi. Musht urish,
mushtlashish;
urush – ot so‘z turkumi, jang, uyushgan qurolli olishuv. M: Ikkinchi jahon
urushi 1939-yilda boshlandi;
yumish – fe'l, ko‘z yumish, ko‘rmaslikka olish; ko‘zi yumildi; 1. Uxladi
(o‘z ma'no). 2. Ko‘chma ma'no: Ko‘z yumdi — chin dunyoga ketdi, o‘ldi... v.h.
M: Bu dunyodan ko‘z yumdi.
Yumush – ot so‘z turkumi, ish, mehnat: Og‘ir yumushni bajardi...
Unlilar imlosi va talaffuzi ustida ishlashni quyidagi ijodiy topshiriqlar orqali
mustahkamlash mumkin.
1-topshiriq. Berilgan so‘zlar ma'nosini sharhlang. So‘zdagi undosh tovushni
almashtirib, yangi so‘zlar hosil qling. Il, el, choy.
il-in, is, it, ip, ish ...; el, ep, em, esh, et, en, er, es, ez..;
choy - soy , toy, boy, moy, joy, loy, voy ...;
2-topshiriq. A unlisi bilan boshlanuvchi bir bo‘g‘inli so‘zlar qatori tuzing. Adl, avj,
azm, aql, ark ... Ma'nolarini sharhlang.
3-topshiriq. U - o‘ tovushi ishtirok etgan juftliklar tuzing: uz - o‘z, uy - o‘y, un -
o‘n, o‘q - uq ... Ma'nolarini sharhlang.
Grammatik tahlilni DTS talablariga xizmat qildirish uchun til bo‘limlarini
o‘zaro aloqadorlikda o‘rganish, uni kommunikativ savodxonlikni rivojlantirishga
yo‘naltirish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Shu jarayonda ona tili ta'limining bo‘limlararo hamda fanlararo aloqasi
natijasi yaqqol ko‘zga tashlanadi, tilni tizimiy o‘rganishning amaliyotga ijobiy
ta'siri samarasi seziladi.
4.Grafika va lеksikalogiya bo‘limlarini o‘rganishning o‘ziga xosliklariga
oid bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish usullari.
Fonetikani o‘rganish jarayonida adabiy til va shevalarning lug‘atni
boyituvchi xususiyatlariga e'tibor berish ham muhimdir. Shunda adabiy til
me'yorlariga rioya qilishning ham nazariy, ham amaliy ahamiyati to‘liq anglanadi.
Ayni paytda fonetikani puxta va ongli o‘rganish, tilning boshqa bo‘limlarini ham
yaxshi o‘zlashtirish uchun mustahkam zamin hozirlaydi.
O‘zbek alifbosini o‘rganish ham shu bobga aloqador. Buning ahamiyati to‘la
anglansagina, kutilgan samaraga erishish mumkin.
5-sinfda “Fonetika”ni o‘rganish yaxlit, bir butun bo‘lim sifatida o‘qitish
ko‘zda tutiladi. Mazkur bo‘lim o‘z zimmasiga quyidagi vazifalarni oladi:
 o‘quvhilarni adabiy talaffuz me’yorlariga o‘rgatish;
 imlo savodxonligini oshirish maqsadida ularni zaruriy bilim, malaka
va ko‘nikmalar silsilasi bilan qurollantiish;
 so‘z zaxirasini oshirish, so‘zdan to‘g‘ri va o‘rinli foydalanish
malakalarini rivojlantirish;
 badiiy o‘qish malakalarini takomillashtirish;
 fonetikadan fikrni og‘zaki va yozma shakllarda bayon qilish uchun
zarur bo‘lgan ilmiy-amaliy ma’lumotlar berish;
 o‘quvchilarda turli lug‘atlar va ma’lumotnomalar bilan ishlash
malakalarini rivojlantirish.
Lеksikalogiya, frazeologiya va leksikografiya bo‘limlarini o‘rganishda
o‘quv-mе’yoriy qujjatlar bilan tanishish.
Leksikologiya (yunoncha Lexis—so‘z, logos–fan, ta'limot) so‘z haqidagi fan bo‘lib
(uni o‘zbek tilida so‘zshunoslik deb ham atashadi), muayyan tilda ishlatiladigan
barcha so‘zlar shu tilning lug‘at boyligini tashkil qiladi.
Tilshunoslikning bu bo‘limi so‘z va uning ma'nolarini o‘rganish bilan
shug‘ullanadi. Shu sababli, leksikologiya o‘quvchi so‘z boyligini oshirish va
boyitishda katta imkoniyatlarga ega.
Leksikologiyani o‘rganish jarayonida so‘zning grammatik hamda lug‘aviy,
o‘z va ko‘chma ma'nolari, bir ma'noli va ko‘p ma'noli so‘zlar, ma'no ko‘chish
usullari, ma'nodosh, uyadosh, zid ma'noli, shakldosh, talaffuzi yaqin, ma'nosi farq
qiluvchi – paronim so‘zlar, umumxalq ko‘p ishlatadigan va kam ishlatadigan
so‘zlar, tarixiy, shevaga oid, yangi paydo bo‘lgan va eskirgan, kasb-hunarga oid
so‘zlar, atamalar, ibora va tasviriy ifodalar kabi hodisalar bilan tanishiladi.
Talabalar nutqning go‘zalligi, izchilligi, ta'sirchanligi asosan ularning lug‘at
boyligi bilan bog‘liq. Boshlang‘ich sinflardan boshlab akademik litsey va kasb-
hunar kollejlarigacha bo‘lgan davrda o‘quvchilar o‘rganadigan so‘zlar lug‘ati
kengaytirilib boriladi. Bunda bir qator xususiyatlar e'tiborga olinadi. Xususan:
— so‘zlarning amaliy ahamiyati, ya'ni butun ta'lim jarayoni uchun ma'rifiy
ahamiyatga ega bo‘lgan so‘zlar;
— so‘zlarning amaliyotda qo‘llanish darajasi, uning muntazam yoxud alohida
holatlardagina qo‘llanishi;
— so‘z ma'nosining to‘la tushunilishi, o‘rinli va nutqiy vaziyatga mos ravishda
ishlatilishi nazarda tutiladi.
So‘zning o‘z va ko‘chma ma'nosini o‘rganish usullari mavzusini o‘rganish
jarayonini tahlil qlib ko‘ramiz: Topshiriq: quyidagi gaplarni o‘qng. O‘z va
ko‘chma ma'noda kelgan so‘zlarni ajrating.
Me'mornikida bir yorqn Havo ochiq. Yulduzlar
yulduz o‘syapti. U yulduz – Badia yorqn nur sochadi. (Mirmuhsin)
Hovlimizda bir gul bor, Har o‘zbekning hovlisini
Uning ismi — Zulxumor Gilam kabi gul bezar. (A.Suyun)
1-topshiriq. Berilgan gaplardagi gul, yulduz so‘zlarining ma'nolarini
aniqlang.
Namuna: 1-ustunda berilgan gaplardagi yulduz, gul so‘zlari qz, farzand ma'nosini
beradigan ko‘chma ma'noda qo‘llanilgan. 2-ustundagi mazkur so‘zlar esa o‘z
ma'nosida qo‘llangan.
Demak, bir xil shakldagi so‘zlar ikkinchi tur ma'noda ham qo‘llaniladi va mazkur
holatni so‘zning ko‘chma ma'nosi deb yuritiladi.
2-topshiriq. Gapdagi gul va yulduz so‘zlarining uyadoshlarini toping.
Namuna: gul — atirgul, chinnigul, gulsafsar, bo‘tako‘z; gul-qz, farzand, ona, ayol,
singil; yulduz-sayyora, Yer, Oy, Quyosh, Mars, Yupiter, Nep-tun, yulduz-qz,
go‘zal qz, tarbiyali, aqlli, ilmli qz...v.h.
Bu kabi o‘yin-topshiriqlar o‘quvchilardagi mantiqiy tafakkurni
rivojlantiradi, Mustaqil mushohada malakasini chuqurlashtirishga, so‘z boyligini
oshirish va boyitishga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi.
«Izchil kurs»ni o‘rganishda — o‘z va ko‘chma ma'noli so‘zlar orasidagi
ma'noviy munosabatlar, ma'no guruhlari (uyadosh, ma'nodosh, zid ma'noli so‘zlar
kabi)ning ko‘chma ma'noda qo‘llanishi ustida ishlash, til sathlarini bog‘lab
o‘rganish orqali lug‘at xazinasini oshirish va boyitishga imkon beradi.
Ona tili mashg‘ulotlarida berilgan mashqlardagi so‘zlarning o‘z va ko‘chma
ma'nolari ustida ishlanadi.
Bog‘larga namozgar salqini tushdi,
Gullar nam bargini qayirdi asta.
Oftob ham suv ichar tog‘lardan pastda,
Loladek qip-qizil o‘t-shafaq o‘chdi. (U.Nosir)
Ushbu satrlarda yasama go‘zallik yo‘q, tun bilan kunning o‘zaro almashish
daqiqalariga xos belgilarni payqab, tuyib, ko‘rib, kun botishi bilan salqn tushishini
nozik badiiy bo‘yoqlarda, ko‘chma ma'noda tasvirlanadi: «Oftob ham suv ichar
tog‘lardan pastda...», «Loladek qip-qizil o‘t-shafaq o‘chdi...» kabi.
Matn ustida ishlash mashqlaridan so‘ng, o‘quvchilarda mustaqil mushohada
malakasini hosil qilish uchun quyidagi topshiriqlardan foydalanish mumkin.
1-topshiriq. Hayvon, qush va o‘simlik nomlari ro‘yxatini tuzing. Har bir
so‘zni o‘z ma'nosida va ko‘chma ma'noda qo‘llab, so‘z birikmasi va gaplar hosil
qiling.
Namuna:
1-ish. Burgut, arslon, qaldirg‘och, sher, lochin, ohu, kiyik…v.h.
2-ish. Burgutning qanoti, arslon na'rasi, qaldirg‘ochlar qo‘shig‘i, hurkak kiyik,
sherning yuragi...v.h.
3-ish. Bizning shirin uyqumizni arslonlarning na'rasi buzdi.
Burgutning qanotlari parvoz paytida salkam ikki metrga boradi.
Arslon tongda ko‘zini ochdi.Uni qaldirg‘ochlar galasining vijir-vijiri bezovta
qlgan edi.
II ish. Gaplarni kengaytiring.
Namuna: Bobur — qarchig‘aydek yigit. Shoira – ohu ko‘zli, kiyikdek chaqqon qz;
Arslon va sherlar o‘rmon va tog‘larda yashaydilar. Lochinning ko‘zlari nihoyatda
o‘tkir bo‘ladi.
O‘quvchilar hayvon va qush nomlari orqali insonga xos bo‘lgan salbiy va ijobiy
xususiyatlarni tavsiflash bilan o‘z bilimlarini mustahkamlaydilar. Ular shaxsni
qanday baholash va tavsiflashni so‘z birikmasi yoki gap qurish orqali izohlaydilar.
Topshiriq javoblari baholangach, madaniy va yovvoyi o‘simlik nomlari,
poliz ekinlari, uy-ro‘zg‘or nomlari kabi uyadosh so‘zlardan lug‘atlar tuzish; ularni
o‘z va ko‘chma ma'noda qo‘llab, gaplar qurish, matn yaratish, so‘zlar ko‘chma
ma'noda ishlatilganda, qanday ma'noni anglatayotganini tushuntirish talab etilsa,
bolaning ijobiy tafakkur doirasi kengayadi, so‘zlash mahorati rivojlanadi. Bunda,
ayniqsa, badiiy asarlarga tayanish yaxshi samaralar beradi. O‘quvchilar e'tiborini
so‘z ma'nolarining doimiy yashash joyi – nutq jarayoniga qaratish nihoyatda
dolzarb va zaruriydir.
Tilimizda ayrim so‘zlar o‘zlariga xos xususiyatlariga ko‘ra ma'noviy,
shakliy, ma'no jihatdan o‘xshash yoki zidlanishni bildiradi. Shunga ko‘ra ular
shakldosh, ma'nodosh, zid ma'noli va paronim so‘zlar kabi guruhlarga bo‘linadi.
So‘z ustida ishlash jarayoni murakkab va ko‘pqrrali. Shunga erishish
lozimki, o‘quvchi yangi va notanish so‘zga e'tiborsiz bo‘lmasin. Uning ma'nosini
anglashga, zarur paytlarda o‘z nutqda qo‘llashga harakat qiladigan bo‘lsin.
Hozirgi o‘zbek adabiy tilida sinonimiya hodisalari va uning nutqiy
amaliyotini o‘rganish uchun maktab, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari
hamda oliy ta'lim amaliyotida xilma-xil shakl va usullar mavjud. Ularning orasida
eng keng tarqalganlaridan biri sinonim so‘zlar qatorini hosil qilishdir. Buni
o‘quvchi va talabalar Mustaqil ravishda bajarishadi. O‘quvchining dunyoqarashi,
tasavvur doirasi, tayyorgarlik darajasiga qarab, bu qatorlar ancha mukammal yoki
ixcham bo‘lishi mumkin.
O‘quvchilar sinonimik qatorlarni tuzish jarayonida yangi so‘zlarni o‘z lug‘at
boyliklari sirasiga kiritadilar. Shu bilan birga, hozirgacha nisbatan kam
ishlatiladigan so‘zlarning faollashishiga ham zamin yaratiladi.
Bu xildagi ko‘nikma va malakalarni shakllantirish va takomillashtirish
uchun: berilgan so‘zlarga sinonimlarni tanlash; tegishli matndan, darslikdagi
mashqlar yoki badiiy asarlardan sinonim so‘zlarni ajratib yozish; sinonim so‘zlar
asosida saylanma diktant o‘tkazish; har bir sinonim so‘zning ma'no noziklarini
izohlash kabi mashqlar bajarilishi mumkin.
Eng oxirgi turkumdagi vazifalar talabalarning yangi so‘zlarni o‘rganishlari
va o‘zlashtirishlarida eng ko‘p darajada yordam beradi. Bu jarayondagi
mashqlarning turlari juda rang-barang bo‘lishi mumkin. Ular orasida sinonimik
qatordagi barcha so‘zlar uchun umumiy bo‘lgan ma'noni topish asosiy o‘rin tutadi.
Masalan, jahl, achchiq, g‘azab, qahr, zarda so‘zlarini ko‘raylik. Bularning
hammasini birlashtirib turadigan bosh ma'no nojo‘ya xatti-harakat yoki hodisaga
nisbatan qo‘zg‘algan kuchli darajadagi his tuyg‘u va uning ifodasidir.
Mazkur so‘zning ma'nolarini aniqlashda «O‘zbek tilining izohli lug‘atidan
foydalanish mumkin:
achchiq – qahr, jahl; zarda.
zarda — ko‘chma. jahl, g‘azab, zug‘um.
qahr — qattiq achchiqlanish holati; g‘azab.
g‘azab — kuchli darajada nafratlanish, achchiqlanish hissi, qahr, jahl.
Keyingi bosqchda shu qatordan barcha so‘zlar uchun umumiy bo‘lganlarini
(jahl, achchiq), ulardan belgining darajasi nisbatan kuchli va yuqori bo‘lganlarini
(g‘azab, qahr) ajratish mumkin bo‘ladi.
Ushbu qatordagi so‘zlarni ma'noning kuchayib borishi yoki pasayib borishi
yo‘nalishida joylashtirib chiqsh ham topshiriq sifatida yaxshi samara beradi. Bunda
ham o‘quvchilar so‘z ma'nolari ustida bosh qotirishadi, natijada, mazkur
so‘zlarning ular ongida mustahkamlanib, nutqlarida faollashib qolishiga imkon
yaratiladi.
Sinonimlar ustidagi ish jarayonida o‘quvchilar so‘zlarning faol yoki passiv
darajadagi iste'molini («barvasta» oddiy nutqda juda kam ishlatiladi, «gavdali» esa
juda faol qo‘llanadi), ularning muayyan yo‘nalishdagi chegaralanishini («norg‘ul»
asosan yosh, yigit kishilargagina nisbatan qo‘llanadi), ayrim hollarda ularning
emotsional bo‘yoqqa ega bo‘lishini («barzangi» asosan salbiy ma'no tashiydi)
anglab yetishadi.
Bu sinonimlarni nutq jarayonida qo‘llash orqali ham o‘quvchilarning sino-
nim so‘zlarga bog‘liq bilim, tushuncha, ko‘nikma va malakalarini takomillashtirish
imkoniyatlari bor. Ular nutq jarayonida bir so‘zning o‘rniga boshqasini qo‘llab
bo‘lmasligini, bordi-yu qo‘llanganda ham u yerdagi ma'noning boshqacha noziklik
bilan yuzaga chiqshini amaliy jihatdan sezib olishadi, ko‘rishadi.
Sinonimlar ustidagi ishlar o‘quvchilar nutq boyligini oshiradi, ularning bitta
ma'noni ifodalashdagi ortiqcha takroriylikdan qutulishlariga imkon beradi, fikrning
nisbatan aniq, lo‘nda va tiniq ifodalashga o‘rgatadi. Shunig uchun ham bu
jarayonda badiiy adabiyotlarga ko‘proq murojaaat etish, o‘quvchilarning bevosita
izohli lug‘atlar ustida ishlashlarini rag‘batlantirish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
So‘zlarning shakl va ma'no munosabatlariga ko‘ra turlari ustida ishlashda
Ma'nodosh so‘zlar guruhlarini o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi.
Ma'nodosh so‘zlar — tilimizning leksik boyligi. Undan qancha o‘rinli
foydalanilsa, fikrni ravon, go‘zal ifodalash imkoniyatlari shuncha kengayadi,
so‘zdan to‘g‘ri va samarali foydalanish malakalari shakllanadi.
So‘zning grammatik shakllari tizimi paradigma deyiladi. Paradigma
morfologiya bo‘limida o‘rganiladi. Morfologiyada turkumlanish hodisasi, uyadosh
so‘zlarni o‘rganishda yaqqol ko‘zga tashlanadi. Ushbu hodisani morfologiyada
uyadoshlik paradigmatikasi deb atash mumkin.
Leksikologiya (yunoncha Lexis—so‘z, logos–fan, ta'limot) so‘z haqidagi
fan bo‘lib (uni o‘zbek tilida so‘zshunoslik deb ham atashadi), muayyan tilda
ishlatiladigan barcha so‘zlar shu tilning lug‘at boyligini tashkil qiladi. Tilshu-
noslikning bu bo‘limi so‘z va uning ma'nolarini o‘rganish bilan shug‘ullanadi. Shu
sababli, leksikologiya o‘quvchi so‘z boyligini oshirish va boyitishda katta
imkoniyatlarga ega.
Leksikologiyani o‘rganish jarayonida so‘zning grammatik hamda lug‘aviy,
o‘z va ko‘chma ma'nolari, bir ma'noli va ko‘p ma'noli so‘zlar, ma'no ko‘chish
usullari, ma'nodosh, uyadosh, zid ma'noli, shakldosh, talaffuzi yaqin, ma'nosi farq
qiluvchi – paronim so‘zlar, umumxalq ko‘p ishlatadigan va kam ishlatadigan
so‘zlar, tarixiy, shevaga oid, yangi paydo bo‘lgan va eskirgan, kasb-hunarga oid
so‘zlar, atamalar, ibora va tasviriy ifodalar kabi hodisalar bilan tanishiladi.
Talabalar nutqning go‘zalligi, izchilligi, ta'sirchanligi asosan ularning lug‘at
boyligi bilan bog‘liq. Boshlang‘ich sinflardan boshlab akademik litsey va kasb-
hunar kollejlarigacha bo‘lgan davrda o‘quvchilar o‘rganadigan so‘zlar lug‘ati
kengaytirilib boriladi. Bunda bir qator xususiyatlar e'tiborga olinadi. Xususan:
— so‘zlarning amaliy ahamiyati, ya'ni butun ta'lim jarayoni uchun ma'rifiy
ahamiyatga ega bo‘lgan so‘zlar;
— so‘zlarning amaliyotda qo‘llanish darajasi, uning muntazam yoxud alohida
holatlardagina qo‘llanishi;
— so‘z ma'nosining to‘la tushunilishi, o‘rinli va nutqiy vaziyatga mos ravishda
ishlatilishi nazarda tutiladi.
So‘zning o‘z va ko‘chma ma'nosini o‘rganish usullari mavzusini
o‘rganish jarayonini tahlil qlib ko‘ramiz: Topshiriq: quyidagi gaplarni o‘qng. O‘z
va ko‘chma ma'noda kelgan so‘zlarni ajrating.
Me'mornikida bir yorqin Havo ochiq. Yulduzlar
yulduz o‘syapti. U yulduz – Badia yorqin nur sochadi.
(Mirmuhsin)
Hovlimizda bir gul bor, Har o‘zbekning hovlisini
Uning ismi — Zulxumor Gilam kabi gul bezar.
(A.Suyun)
Grammatik shakl so‘zning u yoki bu grammatik vosita yordamida
o‘zgarishidir. Turli grammatik shakllar hosil qilish so‘zning paradigmatik
o‘zgarishi bo‘lib, u leksik ma'no hamda kategorial grammatik ma'nolar birligiga
asoslanadi. So‘zning grammatik shakllari tizimi morfologik paradigmatika
(turlanish, tuslanish tartibi, o‘zgarishlar yig‘indisi) sanaladi. Ma'lumki, «Mustaqil
so‘zlar ob'ektiv borliqdagi ma'lum bir predmet, belgi, harakat kabilarni anglatadi.
Bu so‘zning leksik ma'nosi hisoblanadi. Grammatik ma'no so‘zning leksik
ma'nosini o‘zgartirmaydi, leksik ma'noga qo‘shimcha tarzda ma'no orttirish, so‘zni
so‘zga, gapni gapga bog‘lash, biriktirish vazifasini bajaradi hamda maxsus
vositalar (masalan, qo‘shimchalar) orqali ifodalanadi. Grammatik ma'no va
grammatik shakl (so‘z shakli) deganda, mustaqil so‘zlargina nazarda tutiladi».
Grammatik ma'no quyidagicha ifodalanadi:
— o‘zak (negiz)ga grammatik ma'no bildiruvchi qo‘shimcha qo‘shish bilan: kitob-
im, kitob-ni, o‘qdi-ng, yaxshi-roq;
— yordamchi so‘zlar bilan: siz uchun, radio orqali, keldi-yu gapirmadi;
— so‘zlarni takrorlash bilan: burro-burro gapirdi, katta-katta qurilishlar.
So‘zlar leksik-semantik ma'nosi, grammatik belgilariga ko‘ra guruhlarga
bo‘linadi. Ular so‘z turkumlaridir.
O‘qituvchi o‘quvchilarga so‘z turkumlari haqida o‘rganilgan bilimlarni
takrorlash va tekshirish uchun lug‘at diktanti yozdirishi, berilgan matn ustida
ishlash, so‘z turkumlarini ajratish, guruhlash, ular bilan SBlar hosil qilish, gap
tuzish — MYaBT-4 moduli asosida matn yaratish kabi o‘quv topshiriqlarini
berishlari mumkin.
Ona tili o‘qitishning asosiy maqsadlaridan biri o‘quvchilarga ona tilidagi
so‘zning ma'no va mohiyatini o‘rgatishdan, so‘zni his etishga yo‘llashdan iborat.
Bunda so‘z ma'nolarini o‘zlashtirish va uni nutqda to‘g‘ri va o‘rinli qo‘llash
malakasining hosil qlinishi alohida o‘rin tutadi. Buning uchun ona tili darslarida
lug‘at ustida ishlashga alohida e'tibor beriladi. Lug‘at ustida ishlash ona tili
darslaridagi oddiy mashg‘ulot emas. Mazkur jarayonda:
— bolalarning aqliy va nutqiy jihatdan rivojlanishi ko‘zda tutiladi;
— dasturda belgilangan ilmiy-nazariy hamda metodik vazifalar bajariladi;
— o‘quvchilarning aqliy, axloqiy-ma'naviy, badiiy-estetik tarbiyasi amalga
oshiriladi;
— ularning ona tili zamiriga yashiringan sir-u sinoatlar, fayz-u go‘zalliklarni ilg‘ab
olishiga imkon beriladi.
Shuning uchun ham lug‘at ustidagi ish oddiy va tasodifiy mashg‘ulotlar
bo‘lib qolmasligi, balki muntazam va qat'iy rejaga tayanadigan, uzoq va oliy
maqsadlarga xizmat qiladigan, uzluksiz tizim tarzida amalga oshishi kerak.
Lug‘at ustida ishlaganda har bir so‘zning amaliy jihatlariga, amaliy
ahamiyatiga alohida e'tibor berish zarur bo‘ladi. Har bir so‘zning o‘quvchi
shaxsining dunyoni bilish va o‘zlashtirishdagi, uning nutqiy faoliyatidagi muayyan
bir xizmatlari bo‘lishini ta'minlash shart. Masalan, «elig» degan so‘zning qadimda
turkiy xalqlar tilida mamlakat hukmdori ma'nosida qo‘llangani, uning oddiy
so‘zlashuv tilida ham, o‘z davridagi adabiy tilda ham faol iste'molda bo‘lganligini
bilish, o‘quvchiga faqat ona tili darslari uchun emas, balki tarix, adabiyot
fanlaridagi tegishli atama va tushunchalar mohiyatini o‘zlashtirishlari uchun ham
amaliy jihatdan kerak bo‘ladi.
So‘zlarni tanlashda ularning qo‘llanish darajasi ham e'tiborda turishi
maqsadga muvofiqdir. Ayniqsa, kam qo‘llanadigan, o‘quvchining amaliy
faoliyatida deyarli qo‘llanmaydigan so‘z emas, balki uning amaliyotida tez-tez
uchrab turadigan so‘zlarga ko‘proq murojaat qilish, o‘quvchi nutqiy faoliyatining
silliqlashishiga, boyishiga, bu jarayonning tasodifiy kamchiliklardan xoli
bo‘lishiga kafolat bo‘ladi.
Albatta, bu jarayonda talabalarning «yuk ko‘tarish qobiliyatlari» hech
qachon nazardan chetda qolmasligi kerak. Buning uchun faqat ona tili ta'limidagi
uzviylik va uzluksizlik kifoya qlmaydi, balki imkoniyat doirasida boshqa fanlar
bilan aloqadorlik nazarda tutilgani ham ishning yutug‘iga poydevor bo‘la oladi.
Har bir matn, tushuncha, atama ustida ishlashdan tashqari, o‘quvchilarga
turli-tuman lug‘atlardan foydalanishni o‘rgatish ham tizimli tarzda yo‘lga
qo‘yilishiga erishish muhim. O‘quvchilar o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan so‘zlarning
umumiy miqdori va hajmi belgilangan bo‘lishi, buning uchun lug‘at minimumdan
tortib, tegishli so‘zlarning alfavitli tizimi ishlab chiqilishi ish muvaffaqyatini
ta'minlaydigan dastlabki omillardir. O‘quvchilar uzviylik va uzluksizlik printsiplari
asosida sinonimlar lug‘ati, antonimlar lug‘ati, o‘zbek tilining izohli lug‘ati bilan
tanishtirilib borilishi kerak. Ona tilini o‘qitishda tilshunoslikning turli bo‘limlarini
o‘rganishda bu ishning o‘ziga xos imkoniyatlaridan foydalanish o‘rinli bo‘ladi. Bu
jarayondagi eng muhim bosqich esa so‘z ma'nolarini o‘zlashtirish bilan aloqador.
Leksikologiyani o‘rganish jarayonida so‘zning grammatik hamda lugaviy, o‘z va
kuchma ma`nolari, bir ma`noli va ko‘p ma`noli so‘zlar, ma`no kuchish usullari,
ma`nodosh, uyadosh, zid ma`noli, shakldosh, Talaffuzi yaqin, ma`nosi farq
qiluvchi – paronim so‘zlar, umumxalq ko‘p ishlatadigan va kam ishlatadigan
so‘zlar, tarihiy, shevaga oid, yangi paydo bo‘lgan va eskirgan, kasb – hunarga oid
so‘zlar, atamalar, ibora va tasviriy ifodalar kabi hodisalar bilan tanishiladi.
O‘qvchilar nutqining go‘zalligi, izchilligi, ta`sirchanligi dastlab ularning lug’at
boyligi bilan boglik. Boshlangich sinflardan boshlab akademik litsey va kasb –
hunar kollejlarigacha bo‘lgan davrda o‘quvchilar o‘rganadigan so‘zlar lug’ati
o‘rganilishi, ana shu asosda so‘zlar tanlanishi zarur.
Bunda bir qator hususiyatlar e`tiborga olinadi. Xususan: so‘zlarning amaliy
ahamiyati, ya`ni o‘quvchilarning butun ta`lim jarayoni uchun ma`rifiy hamiyatga
ega bo‘lgan so‘zlar;
– so‘zlarning amaliyotda qo‘llanish darajasi, uning muntazam yohud alohida
holatlardagina qo‘llanishi;
- so‘z ma`nosining tula tushunilishi.
Tilimizda ayrim so‘zlar o‘zlariga hos hususiyatlariga ko‘ra ma`noviy, shaqliy,
ma`no jihatdan o’hshash yoki zidlanishni bildiradi. Shunga ko‘ra ular shakldosh,
ma`nodosh, zid ma`noli va paronim so‘zlar kabi guruhlarga bo‘linadi.
So‘z ustida ishlash jarayoni mo‘rakkab va ko‘pkirrali. Shunga erishish lozimki,
o‘quvchi yangi va notanish so‘zga e`tiborsiz bo‘lmasin. Uning ma`nosini
anglashga harakat qiladigan bo‘lsin.
Ma`nodosh so‘zlar ustida ishlash usullari.
So‘zlarning shakl va ma`no munosabatlariga ko‘ra to‘rlari ustida ishlashda
ma`nodosh so‘zlar guruhlari o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi.
Ma`nodosh so‘zlr tilimizning leksik boyligi. Undan kancha o‘rinli foydalanilsa,
fikrni ravon, go‘zal ifodalash imkoniyatlari shuncha kengayadi, so‘zdan to‘g’ri va
samarali foydalanish malakalari shakllanadi.
O‘qvchilar so‘z boyligini oshirishda zid ma`noli so‘zlar ustida ishlash ham katta
ahamityaga ega. Ular nutqka alohida aniqlik, ifodalilik, ta`sirchanlik bagishlaydi.
Ulardan foydalanish usullar hilma – hil:
– Berilgan so‘zlarga zid ma`noli so‘zlar tanlash: katta – ..., ho‘rsand – ... , tez – ... ,
hunuk – ... , ok – ... olmok – ... , kelmok – ... kabi.
– rid ma`noli so‘zlarning ma`nosini sharhash; ma`nosiga ko‘ra (kichik, hafa, sekin,
chiroyli, kora, bermok, ketmok ...) kavs ichida berilgan so‘zlardan mosini tanlab
kuchirish.
– Kecha – kundo‘z, ok – kora, yosh – kari, katta – kichik kabi juftliklar ma`nosini
aniqlash, ular ishtirokida gap tuzish va matn yaratish kabi amaliy ishlar bilan
shugullanish, shu asosda o‘quvchilar so‘z boyligini oshirish.
Nutqni zid ma`noli so‘zlar bilan boyitishda xalq maqollarining o‘ziga hos o‘rni,
vazifasi bor. o‘quvchilar «o‘zbek xalq maqollari», «Akl akldan kuvvat oladi»,
«So‘z ko‘rki – maqol» kitoblaridan zid ma`noli so‘zlar ishtirok etgan maqollarni
ajratadilar va ma`nosini sharhlaydilar.
Masalan: «Yahshidan etar sharofat, yomondan etar kasofat», «Dust achitib gapirar,
dushman kuldirib», «Yahshilardan hargiz chikmas yomonlik, asli yomon bo‘lsa,
qilmas yahshilik», «Yomonga bosh bo‘lguncha, yahshiga yuldosh bo‘l»,
«Yomondan koch, yahshiga kuloch och» kabi maqollar ma`nosini sharhash,
ma`lum bir mavzuga oid maqollar topish va yozish ham kizikarli, ham samarali
usullardan biridir.
Berilgan ma`nodoshlarga zid munosabatda bo‘ladigan qator Hosil qilish ham so‘z
boyligini oshirishda yahshi foyda beradi.
Namuna: Bu ertakni barcha o‘qishi kerak.
– Bu ertakni katta – kichik o‘qishi kerak.
Turmush gavgolaridan habardor – To‘rmushning issiq – sovugini bilgan kabi.
Zid ma`noli so‘zlar ko‘prok sifat va ravish so‘z turkumlaridan Hosil bo‘ladi.
Ular:
– so‘z birikmasi tarkibida: baland bino – past bino, ok marmar – kora marmar –
kora marmar kabi.
– butun bir birikmada: baland buyli semiz keksa ayol – past buyli orik yosh ayol;
kalin mukovali (jildli) kata kitob – yupka mukovali (jildli) kichik kitob kabi;
– ba`zi birikmada zid ma`noga ega bo‘lgan so‘z boshka birikmada aynan shu
ma`noni bildirmasligi ham mumkin. Solishtiring: kalin daftar – yupka daftar
ammo kalin soch – yupka soch emas, siyrak soch; issiq havo – salkin havo, ammo
issiq suv – salkin ichimlik emas, sovuq yo mo‘zdek ichimlik kabi;
– so‘z zid ma`noli juftiga ega bo‘lmaganda, yasovchi kushimchani kushish bilan
zid ma`noli tushunchalarni ifodalash usulidan foydalanish orqali so‘z boyligini
oshirish mumkin: ma`noli – ma`nosiz, bema`ni – bama`ni kabi.
Zid ma`noli so‘zlarning ma`nosi, to‘zilishini bilish narsa va hodisalar orasidagi
farqni to‘g’ri ajrata olish imkonini beradi.
So‘zning shakl va ma`nolarini belgilashda ayni bir so‘zning ma`nodoshlari va zid
ma`nolilarini kontekstda qiyoslash ham o‘quvchida ijodiy tafakkurni
rivojlantirishga katta yordam beradi.
Sovuq va issiq so‘zlari o‘z shakldoshlari va zid ma`nolilariga ega:
- issiq havo – sovuq havo,
- qaynoq suv – mo‘zdek suv,
- qaynoq hayot – sokin hayot,
- tinch mamlakat – notinch mamlakat,
- hush habar – nohush habar ...
Tovushlar soni va turi jihatdan teng bo‘lmasa – da, Talaffuzda o’hshash bo‘lgan
paronimlar shakldoshlarga ko‘p jihatdan yaqin turadi. Paronimlarni shaqliy,
ma`noviy hamda qo‘llanishi doirasida quyidagi ma`no guruhlariga ajratish,
o‘rganish yahshi natija beradi:
– bir ikki, ba`zan undan ortiq tovushga ko‘ra qisman farqlanuvchi shaqliy
umumiylikning mavjudligi: tahlil– tahrir, matbuot – matlubot, taqlid – tahlit kabi.
– paronim juftliklar o‘rtasidagi tovush almashtirish va ma`no munosabatining turli
hilligi: arosat – asorat, arg’uvon–armug’on kabi;
– leksik ma`nolarida umumiy semantik qirralar mavjudligi: tanglay – manglay, kift
– kaft, jiyron – jayron kabi;
– leksik ma`nolari nisbatan yaqinligi, o’hshashligi: mahrum – marhum, taomil –
tamoyil kabi;
– ma`lum tomonlari bilan ma`nodosh munosabatda bo‘lishlik: bekinmok –
bikinmok, nihon – pinhon, kurtak–murtak kabi.
– zidlanishdagi ma`lum umumiylik hollari: e`tiroz–e`tirof, bema`ni – bama`ni,
import – eksport kabi.
Paronimlarni nutqda hato qo‘llash, juftliklarni ko’rishtirsh so‘z ma`nolarini yahshi
bilmaslikdan kelib chiqadi. o‘qituvchi bunday hatoning oldini olish uchun
mashg’ulot jarayonida shaqliy, ma`noviy bir – biriga o’hshash yoki yaqin bo‘lgan
paronimlar ma`nosini sharhash, ularni so‘z birikmasi va gap ichida qo‘llash amaliy
ishlardan foydalanishi nihoyatda zarur.
Namuna: Matbuotda hikoya e`lon qilindi – matbuot– iste`mol hamkorligi, keng
iste`mol mollari; asorat – qoldiq, shamollash asorati, yomon asorat – arosat –
ikqilanmok, ikki yo’l orasida (arosatda) qolmoq; bog’cha – kichik bog’ – bog’cha–
maktabgacha tarbiya maskani; o‘qituvchi mehnatiga tahsin aytmoq– Alisher Xirot
va Mashhadda tahsil ko‘rdi.
Xullas, o‘quvchining nutqiy taraqqiyotida shakldosh, paronim so‘zlarning har
biriga ma`nodosh va uyadosh so‘zlar tanlash, ular ishtirokida so‘z birikmasi va gap
tuzish, so‘z o’yinlari tashkil qilish, tuyuqlar va hikmatli so‘zlar, maqol va matallar
ustida ishlash; turli izohli lug’atlardan foydalanib, so‘z ma`nolarini sharhash, hilma
– hil iboralar, matnlar yaratish kabi amaliy ishlarni bajarish o’ta foydalidir.
Kam ishlatiladigan so‘zlar ustida ishlash berilgan so‘zlarni fanlarga oid, kasb –
hunarga oid, shevaga oid, tarihiy so‘zlar kabi guruhlarga ajratish, guruhlarni
mustaqil davom ettirish, shunday so‘zlar ishtirokida matnlar yaratish, asosiy
e`tiborni kam ishlatiladigan so‘zlar ma`nosi va nutqda qo‘llanishiga karatilishi
darkor. Atamalar (terminologiya) shunday so‘zlar jumlasiga kiradi.
Atamalarning kaysi fanga mansubligiga ko‘ra guruhlarga ajratish, so‘z va atamalar
orasidagi munosabatni aniqlash (til–anatomiya atamasi; til – mulokot vositasi,
onatili faniga oid atama; izgirindek dilni tilgan (sifatdosh) uylar ... kabi); uyadosh
atamalar yordamida matn tuzish kabi topshiriqlarni bajarish lozim.
1. Ma`lum bir fan sohasida tor, hususiy ma`noga ega bo‘lib, ko‘pchilik boshka
ma`noda keng qo‘llanadigan so‘zlar toping. Tor va keng qo‘llanish ma`nolari
doirasida gaplar to‘zing.
Namuna: Quyosh sistemasining to‘rtinchi sayyorasi – Er. Osmon o‘zok, er kattik
(M.) Sen erni boksang – er seni bokadi. Dehqon rizqini erdan topadi.
2. «Geografiya», «Matematika», «Tabiatshunoslik» darsliklarining ma`lum bir
betini sinchiklab o’qing. Ularda hususiy, tor ma`noda qo‘llanilgan va keng
qo‘llanishda boshqa ma`nolarga ega bo‘lgan so‘zlar ruyhatini tuzing. Ularning
ma`nosini tushuntiring.
Har bir fan uning o‘zigagina hos bo‘lgan, muayyan atamalar tizimiga ega. Shunday
ekan, ularni bilish, tushunish, keng va tor ma`nolarini farqlay olish, to‘g’ri ishlatish
bilan birga fan, kasb – kor uchun hos bo‘lgan atamalar sirasini o‘zlashtirishlariga
erishish mashg’ulotlarning asosiy vazifalaridan biri bo‘lishi kerak.
Atamalarni o‘rganishda o‘quvchilarga tanish va yaqin bo‘lgan kasb – hunarga oid
so‘zlar lug’atini tuzish, ularni izohlash va shu so‘zlar ishtirokida matnlar
yaratishga oid topshiriqlarni bajarish samarali natija beradi.
Boshka tillardan kirib, o‘zbek tiliga o‘zlashib kolgan so‘zlar olinma so‘zlar
hisoblanadi. Ularni og’zaki va yozma nutqda bemalol ishlatish uchun ular
anglatgan ma`no o‘quvchilar ongiga singdirilishi zarur. Ayniksa, ilmiy atamalar
borasida olinma so‘zlar muhim mavkega ega. Anik fanlarga hos «kvadrat», «kub»,
tilshunoslikdagi «morfologiya», «sintaksis», «leksikologiya», kundalik
to‘rmushida ishlatiladigan EXM, kompyuter, disket, kasseta kabi atamalarni
almashtirish o‘zbek xalqini jahon madaniyatidan o‘zishga olib kelmasligi lozim.
Tilimizda maktab, maorif, mashq, tolib (talaba) kabi arabcha; barg, daraht, shirin
kabi tojikcha – forscha; lag’mon, shiypon kabi Xitoycha so‘zlar mavjud; rus tili va
u orqali boshka horij tillaridan kirgan stol, stul, ruchka, buhgalteriya, soldat (nem.),
pal`to, triko (frants.), klub, futbol, biznes, kompyuter (ing.), tomat, limon (isp.)
kabi atamalar ham keng iste`mol qilinadigan va o‘zlashgan so‘zlar qatoriga
kiritiladi.
Bunday so‘zlarning ma`nosini sharhash, imlosi va ma`nosi ustida ishlash, ular
ishtirokida gaplar tuzish va turli matnlar yaratish kabi amaliy ishlardan dars
jarayonida unumli foydalanish mumkin. Turli sohalar bo‘yicha olinma so‘zlarning
ruyhatini olish, ma`nolari ustida ishlash kabi amaliy ishlar uyg’unlikda olib borilsa,
u o‘quvchilar so‘z boyligini oshirish, ularning nutqiy ko‘nikma va malakalarini
shakllantirishga hizmat qiladi.
Nutqimizda kvadrat, kub, grammatika, leksika, stol, stul, shkaf, pal`to, kostyum,
tufli, botinka, traktor, kombayn, rektor, universitet, professor, komp`yuter, mul`ti –
media, kodoskop kabi ko‘pgina so‘z va atamalar borki, ularni boshka so‘zlar bilan
almashtirishga hech qanday ehtiyoj ham, zo‘ro‘rat ham yuk.
O‘qvchi lug’at boyligining muhim qismini ibora va tasviriy ifodalar tashkil qilar
ekan. Ma`nosi va qo‘llanishi jihatdan bir so‘zga teng keladigan, ko’chma ma`no
ifodalaydigan so‘zlar qo’shilmasi iboralardir. U nutqimizni boyitadigan,
go‘zallashtiradigan va ta`sirchanligini oshiradigan vositadir. O‘zbek tilini o‘qitish
metodikasida berilgan so‘zlarni iboralar bilan (yoki aksincha) almashtirish, ular
ma`nosini sharhash ma`no darajalarini oshib yoki kamayib borishini takkoslash
kabi amaliy ishlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.

1. Tadbirkor o‘z ishini 1. Tadbirkor ishning ko‘zini


yahshi biladi. biladi.
2 Onamning jahli chikdi. 2. Onamning sabr kosasi tul–
3. U ishni yahshi bajardi. di.
4. Masalani echishda Shahlo 3. U ishni hamirdan qil su–
juda kiynaldi. go‘rganday bajardi.
4. Masalani echishda Shahlo–
ning ona suti ogziga keldi.
Bundan tashqari, o‘quvchilargaona tili mashg’ulotlarida iboralar lug’atini
to‘zdirish, iboralarga zid ma`noli, mukobil ibora yoki so‘z birikmalari tanlash kabi
mashklardan foydalanishni o‘rgatish ham so‘z boyligini oshirish va rivojlantirishda
muhim ahamiyat kasb etadi.
Iboralar o‘rtasida o‘zaro shakldoshlik va ma`nodoshlik ham bo‘lishi mumkin:
boshga ko‘tarmoq (e`zozlamoq), boshga ko‘tarmoq (shovqin–suron solmoq) –
shakldosh iboralar:
tegirmonga tushsa butun chiqadi – suvdan quruq chiqadi– ma`nodosh iboralar.
O‘qvchilar badiiy asarlarni o‘qiyotganda uchragan shakldosh, ma`nodosh, zid
ma`noli, iboralar ma`nosi sharhlangan izohli lug’at daftari tatsalar va mazkur
so‘zlar ishtirok etgan gaplar tuzsalar, so‘z boyligini oshirish va nutqiy mahoratni
shakllantirishda yahshi natijalarni qo‘lga kiritadilar.
Tasviriy ifodalar (po‘lat ot chavandozi, zangori kema kapitani (mehaniq –
haydovchi o‘rnida); zangori ekran, oynai–jahon (televizor); knotli dustlar
(kushlar); oq oltin (pahta) dan nutqda to‘g’ri va o‘rinli foydalanish nutq
go‘zalligini ta`minlovchi asosiy usullardan biri hisoblanadi.
Bunda narsa yoki shahs nomlarini tasviriy ifoda orqali berish yoki tasviriy ifodani
predmet nomi bilan almashtirish, ularning ma`nolarini sharhash, ular ishtirokida
gap va matnlar tuzish foydalidir.
Leksikologiyani o‘rganishda bilimlarni mustahkamlash, takrorlash va
umumlashtirishda so‘zning botiniy, lug’aviy ma`nosini tavsiflash shu jarayonda
to‘g’ri va o‘rinli so‘zlash mahoratini egallash uchun leksik tahlildan foydalanish
yahshi natija beradi.
1-topshiriq. Berilgan ga’lar orasidan so‘roq olmaydigan so‘zlarni ajratib chiqing.
Yordamchi so‘zlarni belgilab, ularni daftaringizga ko‘chirib yozing. Ular
ishtirokida o‘zingiz mustaqil ga’lar tuzishga urinib ko‘ring.
Iison har bir ishni sabr va matonat bilan yuritishi lozim. Ilm zehnimizni, fikrimizni
qilich kabi o‘tkir qiladi. Salim ota bilan yigitlar mehmonni izzat-ikrom bilan
kuzatib tashqariga chiqishdi. Yurak dala sari tal’inardi. Ilm inson uchun g'oyat oliy
va muqaddas fazilatdir. Ayvonga o‘zgacha fayz kirdi, ammo hali hovli
yig'ishtirilmagan edi. Yoki kurashib g'alaba qilamiz, yoki mardlarcha halok
bo‘lamiz. Sizga qolsa shu yaxshiku-ya.
2-to’shiriq. Berilgan ga’lardagi ajratilgan so‘zlarga qo‘shilgan kelishik
qo‘shimchalari o‘rniga ma'nosi mos keladigan ko‘makchilarni qo‘ying.
Adabiyot xalqqa xizmat qiladi. Qalamda yozilgan xat tez o‘chadi. Men bu sovg'ani
onamga oldim. Viloyat markazigacha mashinada yarim soatda boraman.
3-to’shiriq. Berilgan sodda ga’ juftlarini bog'lovchi vositasida bog'lab qo‘shma
ga’lar hosil qiling.
Vijdon - yaxshi xulqlarning manbai. Har kimning nazarida ma'qul va suyuklidir.
Elimiz istiqlolga erishdi. Mustaqillik osonlik bilan qo‘lga kiritilmadi.
4-topshiriq. Berilgan so‘zlar orasidan yuklamalarni ajrating va ular
ishtirokida gap tuzing.
Basharti, nahotki, faqat, to‘g'risida, ya'ni, ammo, singari, tomon, xuddi, uchun
5-topshiriq. Mazkur so‘zlar orasidan tovushga taqlid so‘zlarni ajrating va «Tabiat
manzarasi»mavzusida matn tuzing.
Yarq-yurq, duk-duk, qiy-chuv, gumbur-gumbur, li’-li’, shitir-shitir, taq-tuq, yalt-
yult, chars-churs.
6- topshiriq.
26-mashq. Yordamchi so‘zlarni belgilab, ularni daftaringizga ko‘chirib yozing.
Ular ishtirokida ga’lar tuzishga urinib ko‘ring.
Nazokat
Qiz bolalarning yurish-turishi, ga’-so‘zi nazokatli, dilbar bo‘lsin.
Bundaylarga ortiqcha harakat, qo‘‘ol qo‘l siltashlar yarashmaydi.
Nazokat, dilbarlik deganda muloyimlik, nozik xatti-harakat, yumshoqlik
tushuniladi. Qattiq ga’irish, qattiq kulish, qo‘llarni siltab, hammani o‘ziga qaratib
turish nazokatdan yiroqdir. Darhaqiqat, tili shirin, chehrasi gulgun qiz-ayollar o‘z
oilasining baxtu saodati, ota-onasining faxri bo‘libgina qolmay, o‘z elining ko‘rki
hamdir.
Demak, qizlarda, ayol kishida, birinchi navbatda, aqlu farosat, idroku
nazokat bo‘lishi kerak. Ana shu bilan u ‘ast-balandni, achchiq-chuchukni, bor-
yo‘qni, oila sharoitini, imkoniyatlarini fahmlay oladi, idrok etadi, aql-hushi bilan
ish yurgizib, kam-ko‘stlarni bartaraf qiladi. Zotan, ayollarga xos bo‘lgan o‘lmas
nazokat atrofdagilarga hamisha qanot bag‘ishlab kelgani haqida hayotda misollar
bisyor.
Nazokat hamisha mehr bulog‘idan suv ichadi. (19-bet)

Nazorat uchun savollar:


1. Izchil kurs dеganda nimani tushunasiz?
2. Fonеtikani o‘rganishda so‘z boyligini oshirishning ahamiyati nima?
3. Tilshunoslikning qaysi bo‘limlari izchil kursda kеng o‘rinni egallagan?
4. Akadеmik litsеy va kasb-hunar kollеjlarida hozirgi o‘zbеk adabiy tili va ona
tilidan izchil kursni o‘rganishda foydalaniladigan usullarga misollar ayting va
tushuntirib bеring?
5. Kasb-hunar kollеjlarida ona tili bo‘yicha DTS, dastur va darsliklarning
tarkibi va mazmuni haqida qanday ma'lumotga ega bo‘ldingizni izohlang?
6. Akadеmik litsеy va kasb-hunar kollеjlarida darsliklarining tarkibi va
mazmuni hamda mеtodik qo‘llanmalar, o‘qituvchi kitoblari to‘g‘risida qanday
tasavvurga ega bo‘ldingiz?
7. Fonеtika, grafika, orfoepiya va orfografiya bo‘limlarini o‘rganish usullari
xususiyatlari va mеtodlariga misollar kеltiring?
8. Lеksikalogiya, frazeologiya va leksikografiya bo‘limlarini o‘rganishda qaysi
o‘quv-mе’yoriy hujjatlarga asoslanadi?
9. Lеksikalogiya va frazeologiya bo‘limlarini o‘rganishda so‘z boyligini
oshirish imkoniyatlari qay darajada?
10.Lеksikografiya bo‘limini o‘rganishning o‘ziga xosliklariga oid bilim,
ko‘nikma va malakalarni shakllantirish usullari haqida gapiring.

Test
1. O‘quvchilar fikrlash qobilyatini o‘stirish ona tili o‘qitishning qaysi
bosqichida amalga oshiriladi?
*Hamma bosqichlarda, har bir darsda.
Nutq o‘stirish darslarida, yozma ishlarda.
Grammatika darslarida.
Sintaksisga oid darslarda.
2. Bir mashg’ulotning o‘zida ham induktsiya, ham deduktsiya
metodlaridan foydalinish mumkinmi?
Ha. O’timli va o’timsiz fe’llarni o‘tganda.
Ha. Fe’l yasovchi qo‘shimchalarni o’tganda.
Ha. Uyushiq bo‘laklarda belgilarning ishlatilishida.
*Javoblar to‘g‘ri.
3. Bilimlarni tekshirish darslarida o‘qituvchi o‘z ish usuli holatini
qanday aniqlaydi?
*O‘quvchilarning o‘zlashtirishi orqali.
Mustaqil ish va qiziqishlarini tekshirish orqali
Jamoat ishlarida ishtiroki orqali.
Javoblar to‘g‘ri.
4. Uyga vazifa berishda o‘quvchilarni nimalarga odatlantirish kerak.
Darslikdan shu paragrafni o‘qib chiqish.
Mashqni bir ikki marta sinchiklab o‘qib chiqish.
Shartiga moslab avval og‘zaki bajarish, keyin yozma bajarish.
*Hamma javoblar to‘g‘ri.
5. Tematik reja tuzganda qanday ishlar amalga oshirilishi
mo‘ljallangani maqul?
O‘quvchining nutqini oshirishga mo‘ljallangan ishlar.
Uzoq o‘tilgan darslardan qaysilarini takrorlash.
Ko‘rgazmali qurollar va bajarilishi zarur bo‘lgan mashqlar.
*Hamma javob to‘g‘ri.

8-ma’ruza
Mavzu: Grammatika (morfologiya va sintaksis), tinish belgilari va nutq
uslublari bo‘limlarini o‘qitish metodikasi

REJA:

1.Grammatikani o‘rgatish orqali o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini


o‘stirishning o‘ziga xos xususiyatlari.
2. Til o‘qitishda morfologiyaning tutgan o‘rni.
3. Morfologiyani o‘rganishda so‘zning lug‘aviy ma'no guruhlari ustida
ishlash usullari va nutq o‘stirish..
4. So‘z birikmasi, gap va nutq o‘stirish metodlari.
5. Gap. Gapning asosiy belgilari, gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turlari va
nutq o‘stirish.

Grammatikani o‘rgatish orqali o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini


o‘stirishning o‘ziga xos xususiyatlari.
Talabalar «Morfologiya» bo‘limini o‘rganish jarayonida tilning adabiy
me'yorlari, so‘zning shu me'yorlar doirasida o‘zgarishi va yasalishi (grammatik
xususiyatlari); so‘zni nutqda to‘g‘ri va o‘rinli ishlatish printsiplari bilan
tanishadilar.
Grаmmаtikа tilning grаmmаtik qurilishini o‘rgаnаdigаn fаndir. Grаmmаtik
qurilish esа tilning аsoslаridаn biridir. Hаr bir tilning nеgizi uning grаmmаtik
qurilishi bilаn lеksikаsidir. Grаmmаtikа аtаmаsi o‘z ichigа morfologiya vа
sintаksisni olаdi. O‘zаro bog‘lаngаn hаr ikki qismning o‘z tеkshirish obyеkti bor.
Dеmаk, grаmmаtikа fаni tilning grаmmаtik qurilishi hаqidаgi tа’limot bo‘lib, undа
so‘zlаrning shаkllаri, so‘zlаrning bog‘lаnishi, gаp qurilishi vа uning turlаri
o‘rgаnilаdi.
Morfologiya (grеkchа morfе-shаkl vа logos-so‘z, tа’limot) so‘zning
grаmmаtik shаkllаri hаqidаgi fаndir. Morfologiya so‘zning tuzilishini, so‘z
shаkllаrini, uning hosil bo‘lish yo‘llаrini, so‘zning morfеm tarkibini vа lеksik-
grаmmаtik kаtеgoriyalаrini, ya’ni so‘z turkumlаrini o‘rgаtаdi.
Lеksik mа’no. So‘z lеksikologiyadа hаm, grаmmаtikаdа hаm tеkshirilаdi.
Lеksikologiyadа, аsosаn, so‘zning lеksik mа’nosi o‘rgаnilаdi. So‘zning obyеktiv
borliq (nаrsа, bеlgi, hаrаkаt kаbilаr) hаqidаgi tushunchаni аnglаtishi uning lеksik
mа’nosidir.
Mаsаlаn: pаxtа, qаlаm, uzum kаbi so‘zlаrning tеxnikа ekinlаridаn birini,
yozuv qurolini, mеvа turlаridаn birini аnglаtishi bu so‘zlаrning lеksik mа’nosidir.
Bundаn tаshqаri, bordik, kеldik kаbi so‘zlаrning mа’lum bir hаrаkаtni аnglаtishi
uning lеksik mа’nosi hisoblаnаdi.
Grаmmаtik mа’no. Morfologiyadа so‘zning grаmmаtik mа’nolаri
o‘rgаnilаdi. So‘zning morfologik tuzilishigа, ulаrning o‘zаro bog‘lаnishigа ko‘rа
ifodаlаnаdigаn mа’no so‘zning grаmmаtik mа’nosi dеyilаdi. Buni hаm аlbаttа
misollаr orqаli izohlаymiz. Yuqoridа kеltirilgаn misollаrning lеksik mа’nosi
tushuntirilgаn bo‘lsа, endi o‘shа so‘zlаrning grаmmаtik mа’nosini аniqlаymiz:
pаxtа, qаlаm, uzum bu so‘zlаr birlik son, bosh kеlishik, uchаlа so‘z hаm ot so‘z
turkumigа tааlluqli ekаnligi shu so‘zlаrning grаmmаtik mа’nosidir. Bordik, kеldik
so‘zlаrining o‘tgаn zаmon, birinchi shаxs vа ko‘plik kаbilаrni bildirishi esа bu
so‘zlаrning grаmmаtik mа’nosidir. So‘z аnglаtаdigаn lеksik mа’no odаtdа xususiy
bo‘lаdi, grаmmаtik mа’no esа doim umumiy bo‘lаdi. Dеmаk, grаmmаtik mа’no
yakkа bir so‘zgа ko‘rа bеlgilаnmаydi, bаlki shundаy grаmmаtik mа’noni
ifodаlovchi so‘zlаrning bаrchаsigа ko‘rа bеlgilаnаdi. Mаsаlаn: kitobim, qаlаmim,
dаftаrim kаbi so‘zlаrdа birinchi shаxs egаlik mа’nosi bundаy qo‘shimchаni (-imni)
olgаn bаrchа so‘zlаrgа xos.
Morfologiya grammatikaning bir qismi bo‘lib, so‘zlarning shakllari, bu
shakllarning hosil bo‘lish yo‘llari va so‘zlarning ma’lum bеlgilar asosida
guruhlarga, ya’ni so‘z turkumlariga bo‘linishini o‘rganadi. Shu bois, morfologiyani
o‘qitishda asosiy e’tibor so‘zning tuzilishi, yasalishi, so‘z turkumlariga
bo‘linishiga qaratiladi.
Maktabda morfologiyani o‘qitishning ham ilmiy, ham amaliy zaruriyati bor.
Uning ilmiy zaruriyati shundaki, kеyingi bosqichda o‘rganiladigan «Sintakisis»
bo‘limi bеvosita morfologiya bilan bog‘langan. Chunki kеlishik, egalik va shaxs-
son qo‘shimchalari garchand morfologiya obyеkti sanalsa-da, ammo ular gap
qurilishida so‘z va so‘z birikmalari orasidagi sintaktik aloqani ta’minlovchi vosita
sanaladi. Qo‘shma gap sintaksisini o‘rganishning bеvosita yordamchii so‘zlar
bajaradigan vazifalar bilan aloqadorligi hisobga olinsa, morfologiya yanada
muhimroq ahamiyat kasb etadi.
Maktabda morfologiyani o‘qitishning amaliy ahamiyati shundaki,
lеksikologiyadan egallangan zaruriy bilimlar mazkur bo‘limni o‘rganishda o‘z
amaliy ifodasini topadi. O‘quvchi mustaqil va yordamchii so‘z turkumlarini
o‘rganishda so‘zning o‘z va ko‘chma ma’nosi, uyadosh, shakldosh, qarama-qarshi
ma’noli so‘zlarga yana murojaat qiladi va so‘z boyligini oshirish, so‘zdan to‘g‘ri
hamda o‘rinli foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Maktab morfologiya kursi quyidagi vazifalarni hal qilishni ko‘zda tutadi:
- o‘quvchilarni so‘z yasashga, so‘zning Yangi shakklarini hosil qilishga
o‘rgatish; so‘z zahirasini oshirish, so‘zdan to‘g‘ri va o‘rinli foydalanish
malakalarini kеngaytirish;
- so‘zlarning aloqa-munosabat shakllaridan foydalanish malakalarini
kеngaytirish;
- imloviy savodxonlikni takomillashtirish;
- gap qurish va matn yaratish malakalari ustida ishlash.
So‘zni o‘zak va qo‘shimchalarga ajratish so‘z turkumlarini o‘rganishga
puxta zamin hozirlaydi. O‘quvchilar burilgan so‘zlardan o‘zakdoshlarni topish,
o‘zakdoshlar nima bilan bir-biridan farqlanishini tushuntirish, o‘zakdosh so‘zlarni
qo‘shimchadoshlarga ajratish, qo‘shimchalarning o‘zaklarga qanday qo‘shimcha
ma’no qo‘shayotganligini aniqlash orqali o‘zak va qo‘shimcha haqida kеng
ma’lumotga ega bo‘ladilar.
So‘zning o‘zagini aniqlay olish, qo‘shimchalarning turlarini bilish fе’l, ot,
sifat, ravishlarni tub va yasama so‘zlarga to‘g‘ri ajrata olish imkonini bеradi.
O‘quvchilar so‘z yasovchi, so‘z o‘zgartiruvchi va shakl yasovchi
qo‘shimchalar xususida zaruriy bilim, malaka va ko‘nikmalarni egallashgach, so‘z
tarkibi bidan tanishadilar hamda so‘zning asosi xususida umumlashma hosil
qiladila. Bu – so‘z turkumlarini puxta o‘rganish uchun poydеvordir.
«Fе’l» so‘z turkumini o‘qitish. «Fе’l» so‘z turkumi xususidagi dastlabki
ma’lumotlar boshlang‘ich sinflarda va «\/» sinfda «Muqaddima» bo‘limi orqali
bеriladi.
VI sinfda fе’llarning lug‘aviy shakllari va ma’no guruhlari o‘rganiladi.
Mazkur mavzularni o‘rganishda asosiy e’tibor o‘quvchilarningso‘z
zahirasini fе’llar bilan boyitish, og‘zaki va yozma nutqda ulardan to‘g‘ri va o‘rinli
foydalanish malakalarini kеngaytirishdan iboratdir.
O‘quvchilarning so‘z zahirasini fе’llar bilan boyitishning muhim
choralaridan biri fе’l-sinonimlar ustida ishlashdir. Bеrilgan fе’larga ma’nodoshlar
topish (mas., ajablanmoq, taajjublanmoq, hayron bo‘lmoq; ayirmoq, ajratmoq, judo
qilmoq, mahrum qilioq), sinonimik uyadagi ma’nosi tushunarli bo‘lmagan
so‘zlarning ma’nosini izohlash, qatordagi har bir so‘z yordamida gaplar tuzish
(mas., Salimaxon bеrilgan so‘zlar ichidan fе’llarni ajratdi. Bozorga olib kеtilishi
lozim bo‘lgan mеvalarni bir yoqqa ayirdi), matnni tahrir qilib takrorlangan fе’llar
o‘rniga ularning sinonimlarini qo‘llash singari ijodiy-amaliy ishlardan foydalanish
o‘quvchilarning so‘z zahirasini oshirishda o‘ta muhimdir.
«Harakat nomi» mavzusini o‘rganishda bеrilgan matn yoki gaplardan
xharakatni atab kеlgan so‘zlarni ajratish, ularni qo‘shimchadoshlarga bo‘lib
guruhlash, bu guruhlarni mustaqil davom ettirish, qo‘shimchadosh so‘z guruhlari
uchun xos bo‘lgan qo‘shimchalar: -sh –ish, -v –uv, -moq ni ajratish, bu
qo‘shimchalar bilan hosil bo‘lgan so‘zlarning imlosi, aplarni harakat nomi
birikmalariga, birikmalarni gaplarga aylantirish (mas., Haqiqat tantana qiladi, -
Haqiqatni tantana q ilish kabi), harakat nomlarining zarur, kеrak, lozim, shart,
muhim kabi so‘zlar bilan birikib, kеsim vazifasida kеlishi ustida ish olib boriladi.
Fе’lning ravishdosh va sifatdosh shakllarini o‘rganishda ham shunga
o‘xshash amaliy ishlar davom ettiriladi. o‘quvchilar bеrilgan fе’l juftlarini (mas.,
kеldim, ishladim) bog‘lovchilar yokki ohang vositasida bog‘lab gap tuzish, bu
fе’llarni –b (-ib), -gach (-kach, -qach) qo‘shimchalari bilan biriktirilib, gaplarning
shaklini o‘zgartirish (mas., Mеn kеlim va ishladim – Mеn kеldim, ishladim – Mеn
kеlib ishladim – Mеn kеlgach, ishladim kabi), ravishdosh yaosvchi qo‘shimchalar
ro‘yxatini tuzish, ular yordamida so‘zlar hosil qilish, bu qo‘shimchalarning imlosi
ustida ishlash kabi amaliy ishlardan foydalaniladi.
Sifatdoshlarni o‘rganishda o‘vchilar bеrilgan «sifat – ot» shakli birikmalarda
(mas., siniq shisha, buzuq uyy, qo‘ruq mеva) sifatni fе’l bilan almashtirish (mas.,
singan shisha, buzilgan uy, qurigan mеva) va sifatli birikmalarni aniqlash,
ularning imlosi ustida ishlash, sifatdoshlardan foydalanib, gaplarning mazmunini
saqlagan holda shaklini o‘zgartirish (mas., Kim ko‘p o‘qisa.yu dono bo‘ladi. –
Ko‘p o‘qigan kishi dono bo‘ladi) singari topshiriqlarni bеrish mumkin.
«Fе’l» so‘z turkumini o‘rganishda, ayniqsa, uyadosh fе’llar ustida ishlash
muhim ahamiyatga ega. 5-sinfda o‘quvchilar «Uyadosh so‘zlar» mavzusini
o‘rganishda bir qator uyadosh fе’llar bilan ham tanishganlar. Chunonchi, «Ona
tili» darsligi (5-sinf)ning «Lug‘at» qismida namuna sifatida «olmoq» va
«ko‘rmoq» fе’lining uyadoshlari bеrilgan. Bu ish 6-sinfda davom ettiriladi.
Bеrilgan umumiy ma’noli fе’lning xususiy ma’nolarini aniqlash, bir paradigmani
tashkil etgan fе’llar ro‘yxatini tuzish (mas., nutq fе’llari: so‘zlamoq, gapirmoq,
pichirlamoq, shivirlamoq, baqirmoq, o‘qimoq hikoya qilmoq, qichqirmoq v.h.)
singari ijodiy-amaliy ishlar o‘quvchilar so‘z zahirasini oshirishda muhim
ahamiyatiga ega.
«Fе’l» so‘z turkumini o‘rganishda o‘quvchilarni shu so‘z turkumining
uslubiy imkoniyatilari bilan tanishtirish ham, ayniqsa, zarurdir.
«Fе’l» so‘z turkumini o‘rganishda gap ustida ishlash markaziy o‘rinni
egallaydi. Bir bo‘lakli sodda gaplarni fе’lkеsimdan so‘roq bеrish orqali ikki
bo‘lakli va ko‘p bo‘lakli sodda gaplarga aylantirish (mas., Boraman – Mеn
boraman – Mеn bugun qishloqqa boraman kabi) gaplarda tuslangan fе’llarni
tuslanmagan fе’llar bilan almashtirish (mas., Yozgi ta’til boshlandi va biz
sayohatga chiqdik - Yozgi ta’til boshlangach, biz sayohatga chiqdik; Karim xatni
oldi va diqqat bilan o‘kidi – Karim xatni olib, diqq at bilan o‘qidi kabi), harakat
nomlari ishtirokida gaplar tuzish va matn yaratish, gaplarni harakat birikmalariga,
bunday birikmalarni gaplarga aylantirish (mas., Hamma biladiki, haqiqat tantana
qiladi – Haqiqatning tantana qilishini hamma biladi kabi) bеrilgan fе’l juftlarini
bog‘lovchilar yoki ohang yordamida bog‘lab gap tuzish, bu fе’llarni hosil qilingan
gaplar tarkibida bir-biri bilan yana qay usul bilan bog‘lash mumkinligini aniqlash,
gaplarni kеngaytirish va toraytirish singari amaliy ishlar o‘quvchilarda faqat
morfologik malakalarnigina emas, balki sintaktik malakalarni hamrivojlantirishga
yordam bеradi.
«Ot so‘z turkumini o‘qitish». Otning prеdmеt nomini bildirishi kim?,
nima? So‘roqlariga javob bo‘lishi, atoqli otlarning bosh harf bilan yozilishi, otlarga
qo‘shiladigan kеlishik qo‘shimchalari boshlang‘ich sinflardan o‘quvchilarga
ma’lum. Mazkur so‘z turkumini o‘rganishda avvalo ana shu o‘rganilganlarni
xotirada tiklash maqsadida qayta xotiralash va qisman ijodiylikka asoslangan
ta’limiy mashqlar o‘tkaziladi. Takrorlash jarayonida «prеdmеt» tushunchasiga
kеngroq to‘xtalish lozim. Prеdmеt dеganda nafaqat qo‘l bilan ushlash, o‘z bilan
o‘rish yoki o‘lchash mumkin bo‘lgan narsalar, balki umumiylikni ifodalovchi
nomlar (mas., ovqat, imorat) tabiat hodisalari va turli voqеalarning nomi (mas.,
toshqin, zilzila, momaqaldiroq), harakat nomlari (bilim, tеrim), bеlgi-holat
nomlari (baxillik, saxiylik, ozodalik, tashvish) ham tushuniladi.
Otning lug‘aviy ma’nosi, morfologik bеlgilari va sintaktik vazifalariga oid
zaruriy bilim, malaka va ko‘nikmalar, asosan, amaliy ishlar orqali o‘quvchilar
ongiga singdiriladi.
«Ot» so‘z turkumini o‘rganish bu turkum huqida umumiy ma’lumot bеrish
bilan boshlanadi. o‘quvchilar Toshkеnt, Buxoro «G‘uncha» «O‘zbеkiston ovozi»,
Ro‘zimmurodova, gul, qo‘shiq, non, tuz, go‘zallik, sog‘lik, san’at, nafosat singari
otlarning Har biriga so‘roq bеrish va guruhlarni mustaqil davom ettirish, har bir
guruhdagi otlar uchun umumiy bo‘lgan ma’noni aniqlash va sharhlash
boshlang‘ich sinflarda egallangan bilimlarni xotirada tiklash va uni mustahkamlash
imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
«Kichraytirish shakllari» mavzusi o‘rganilar ekan, so‘z juftlarining ma’no
farqini tushuntirish (baliq-baliqcha, chumchuq-chumchuqcha), -cha qo‘shimchali
kichraytirish shakllariga misollar topish singari topshiriqlarni bajaradilar,
kichraytirish ma’nosini ifodalovchi –gina qo‘shimchasining ma’nosi ustida
ishlaydilar (mas., Qizgina bo‘rilarga еm bo‘ldiyov kabi).
Atoqli otlar o‘rganilar ekan, avvalo atoqli otlar jumlasiga kiradigan so‘zlar
ustida ishlar olib boriladi. CHunonchi, bеrilgan so‘zlarni: 1) kishilarning ismi,
familiyasi, taxallusini ifodalovchi otlar, 2) jug‘rofiy nomlar, 3) turli tashkilot,
korxona, muassasa nomlari (mas., o‘zbеkiston Vazirlar Mahkamasi, «YAkkabog‘»,
davlat xo‘jaligi, Botanika instituti, «Bahor» ansambli v.h.), 4) planеta va
yulduzlarning nomi (mas., Quyosh, YUpitеr, Mars, Hulkar v.h.), 5) tarixiy
hodisalar, ro‘znoma, oynoma va ilmiy muassasalarning nomlari (mas., Mustaqillik
maydoni, «Ikki eshik orasi» romani, «Tong yulduzi» ro‘znomasi, «Gulxan» jurnali
v.h.), 6) hayvonlarga maxsus qo‘yilgan nomlar (mas., Boychibar, Yo‘lbars, Xumor
v.h.) singari guruhlarga ajratish, hosil bo‘lgan guruhlarni mustaqil davom ettirish,
«bеlgi nomi-turdosh ot» qolipli qo‘shma toponimlar (mas., Yangiyo‘l, Qorabog‘,
Qorako‘l, Qiziltеpa, Tinch okеani, Qizil dеngiz, Orol dеngizi v.h.) «bеlgi nomi
atoqli ot» qolipli jug‘rofiy nomlar (SHimoliy Kavkaz, o‘rta Osiyo, Markaziy
Amеrika, SHimoliy Qozog‘iston v.h.) ro‘yxatni tuzish singari ijodiy-amaliy ishlar
o‘quvchilarning imlo savodxonligini oshirish va so‘z zahirasini kеngaytirishda
muhim ahamiyatga ega.
Ot so‘z turkumini o‘kitishda otlarning ma’no guruhlariga alohida e’tibor
qaratish lozim. Otlar ifodalab kеlgan ma’nosiga ko‘ra: mahsulot nomlari, shaxs
otlari, qavm-qarindoshlik otlari, kasb-hunarni ifodalovchi otlar, shaxsni boshqa
jihatlariga ko‘ra atovchi otlar, hayvonot otlari, daraxt va o‘simlik nomlari, narsa-
buyum otlari, modda-ma’dan, xomashyoni anglatuvchi otlar, o‘rin-joy (makon)
otlari, payt (zamon)ni anglatuvchi otlar kabi guruhlarga bo‘linadi. Bu guruhlar o‘z
navbatida yana bir nеcha guruhchalarga bo‘linishi mumkin. Masalan, kasb-hunarni
ifodalovchi otlarning dеhqonchilik, hunarmandchilik, shifokorlik kabi tarmoqlari
mavjud.
«Qavm-qarindoshlik otlari» ustida ish olib borilar ekan, shunday so‘zlarni:
1) qon-qarindoshlik (ota, ona, singil, aka, uka, amaki v.h.) va 2) nikoh
qarindoshligiga (yanga, kеlinoyi, pochcha, qaynona, quda v.h.) ko‘ra guruhlarga
ajratish, shunday so‘zlar lug‘atini tuzish, qarindoshlikni ifodalovchi nomlarni
ko‘chma ma’noda qo‘llash (mas., qarindosh bo‘lmagan kishalarni otaxon, onaxon,
buvijon dеb chaqirish) singari ijodiy-amaliy ishlar bajariladi.
Otlarning yana bir ma’no guruhi o‘rin-joy (makon) otlaridir. o‘quvchilar
bino, inshoot, muassasa, tashkilot, narsa-buyumlarni atovchi so‘zlar prеdmеtlik va
o‘rin-joy (makon) ma’nolarini ifodalab kеla olishi sababli, ular nima? va qaеr?
So‘roqlariga javob bo‘la oladigan so‘zlar ham otlar ekanligini bilishlari lozim.
Shuni nazarda tutib, bir o‘rinda nima? ikkinchi o‘rinda qaеr? so‘roqlariga javob
bo‘la oladigan gap juftlari tuzish, (mas., Yangi uy qurib bitkazildi – Bolalik uy –
bozor kabi), gaplarda ajratilgan so‘zlarning ma’nosiga e’tibor bеrib, ularningbino-
inshootlar yig‘indisi yoki o‘rin-joyni atab kеlishini aniqlash, aholi istiqomat
qiladigan o‘rin-joy nomlarni ishtirokida gaplar tuzish, ma’muriy-mintaqaviy
bo‘linishni ifodalovchi otlarning ma’nolarini sharhlash, ularni atoqli otlar bilan
biriktirib, so‘z birikmalari tuzish, sharqona dunyo tomonlarini atovchi otlar
ro‘yxatini tuzish kabi ijodiy-amaliy topshiriqlardan foydalanish maqsadga
muvofiq. Mazkur mavzu «Ustozning uyi» matnini o‘kish va ajratilgan so‘zlar
(quyi, qibla, kunbotar, yuqori, shimol, g‘arb, kunchiqar, janub kabi) ning
ma’nosini izohlash hamda «Dunyo tomonlarini aniqlash» ma’rifiy matnning
mazmuni ustida ishlash bilan yakunlanadi.
«Payt (zamon) anglatuvchi otlar» mavzusini o‘rganishda bеrilgan so‘zlarni
(mas., yil, soniya, daqiqa, soat, sutka, kun, tun, asr, hafta, oy) ular bildirgan vaqt
chеgarasiga qarab o‘sib boruvchi qatorga joylashtirish, bu so‘zlarga ma’nodoshlar
topish, juma, pеshin, yarim tun, bomdod, subh, tong, oqshom, ertalab, kеchqurun,
kеcha singari so‘zlarning ma’nolari ustida ishlash, soat ko‘rsatayotgan vaqtni
aytish va yozish, fasl nomlarining ma’nodoshlarini topish, raqamlar bilan bеrilgan
kun, oy va yillarni o‘qish va yozish, «Kabisa yili» matni ustida ishlash, «o‘tgan
yilni qaday yakunladim?» mavzusida insho yozish, bеrilgan so‘z juftlari (kеcha-
kеch, kеch-kеchqurun) orasidagi farqlarini aniqlash, payt (zamon) otlariga
qo‘shiladigan –lar va –cha ko‘plik qo‘shimchasi va –cha kichraytirish
qo‘shimchalarining ma’nolarini aniqlash, payt (zamon) otlariga –lab
qo‘shimchasini qo‘shib, ravishlar hosil qilish, payt (zamon) otlariga qo‘shilib
kеlgan –i, -si egalik qo‘shimchasining ma’nolarini aniqlash, «Taqvimlar» (bobo
dеhqon taqvimi, hijriy taqvim, shamsiy taqvim, qamariy taqvim) matni ustida
ishlash singari ijodiy-amaliy topshiriqlar bajariladi.
O‘quvchilarning so‘z oyligini oshirishda otli birikmalar ustida ishlash
muhim o‘rin egallaydi. Matndan otli birikmalarni ajratish, bеrilgan so‘zlar
ishtirokida shunday birikmalar hosil qilish kabi ijodiy-amaliy ishlar o‘quvchilar
lug‘atini shunday birikmalar bilan boyitishda muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa,
bеrilgan bosh yoki tobе so‘zga muvofiq kеladigan tobе yoki bosh so‘zlar tanlash
ancha samarali ish usullaridan biridir. Masalan, maktabimiz o‘quvchilari so‘z
birikmasidagi o‘quvchilari o‘rniga, atrofi, binosi, zali, kutubxonasi, dovrug‘i,
g‘alabasi, to‘yi, yigitlari, qizlari kabi so‘zlarni topib qo‘shib, maktabimiz
kutubxonasi, maktabimiz qizlari kabi so‘z birikkmalari hosil qiladilar.
O‘quvchilar uchun ancha qiyyinchilik tug‘diradigan muammolardan biri
qo‘shma otlar va ularning imlosidir. Bu mavzuni o‘rganishda bеrilgan so‘z
birikmalaridan joy nomlari Xosil qilish (mas., qora-ko‘l, qorako‘l, Yangi еr-
Yangiеr, еtti o‘g‘il-Еttio‘g‘il, o‘hna machit-o‘hnamachit, katta qo‘rg‘on-
Kattaqo‘rg‘on v.h.), qo‘shma so‘zlarni so‘z birikmalariga aylantirish (paxtagul-
paxta guli, boshog‘rig‘-bosh og‘rig‘i, badantarbiya-badan tarbiyasi, muzqaymoq-
muz qamog‘i, gulbozor-gul bozori, otbozor-ot bozori v.h.) bеrilgan qo‘shma
so‘zlarini lug‘atini tuzish, ularning imlosini sharhlash singari ijodiy-amaliy
topshiriqlardan foydalanish bu mavzuning puxta o‘zlashtirilishini ta’minlaydi.
Juft otlar masalasi ham ancha murakkab masalalardan biri bo‘lib, juft
so‘zlarni ular orasidagi ma’no munosabatlariga ko‘ra uyadosh so‘zlar (aka-uka,
ota-ona, ko‘z-qo‘loq, og‘iz-burun, tog‘a-jiyan v.h.) ma’nodosh so‘zlar (uy-joy,
shirin-sharbat, kuch-quvvat, baxt-saodat, tog‘u-tosh, makr-xiyla v.h.), Karama-
qarshi ma’noli-so‘zlar (do‘st-dushman, kеcha-kunduz) singari guruhlarga ajratish,
faqat bitta tofushning Uzgarishi bilan takrorlanadigan bug‘doy-mug‘dooy, ko‘rpa-
mo‘rpa, choy-poy, osh-posh, paxta-maxta singari juft so‘zlarning ma’nosini
sharhlash singari topshiriqlardan foydalansa bo‘ladi.
«Sifat» so‘z turkimini o‘qitish. Sifat, uning lug‘aviy shakllari, yasalishi 6-
sinfda o‘rganiladi. «Sifat» so‘z turkumini o‘rganishda o‘ta muhim masalalardan
biri qo‘shma sifatlar va juft sifatlar imlosidir. Mazkur mavzuni o‘rganishda «ot-
fе’l-ar», «sifat-fе’l-ar», «son-fе’l-ar» qolipli hodisalar ustida ishlash ( mas.,
muzyorar, ertapishar, bеshotar), «Imlo lug‘ati»dan bu sifatlarni ajratib yozish,
bittia tushunchani, bеlgini ifodalab kеlgan «ot-ot», «sifat-ot» qolipli qo‘shimcha
sifatlar (mas., bodomqovoq, sarviqomat, ko‘kko‘z, qorasoch, oq o‘ngil) ustida
ishlash; tarkibida nim, yarim, umum, -aro, rang so‘zlari bo‘lgan qo‘shma sifatlar
ro‘yxatini davom ettirish; bеrilgan juft sifatlarni qarama-qarshi ma’noli so‘zlar
bilan almashtirish, juft va takroriy sifatlar ro‘yxatini tuzish; ular orasida
chiziqchaning qo‘yilishi ustida ishlash kabi ijodiy-amaliy topshiriqlardan
foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Shundan so‘ng o‘quvchilar asliy va nisbiy sifatlar hamda asliy sifat
darajalari bilan tanishadilar. Asliy va nisbiy sifatlar so‘z o‘zagiga -roq
qo‘shimchasini erkin qabul qila olishi va qabul qila olmasligiga qarab farqlanadi.
o‘quvchilar bеrilgan sifatlarga –roq qo‘shimchasini qo‘shib, bu qo‘shimchani erkin
qabul qiladigan sifatlarni asliy va nisbiy sifatlarga ajratadilar hamda umumlashma
hosil qiladilar.
«Asliy sifat darajalari» mavzusini o‘rganishda o‘quvchilar asliy sifatlar
bеlgining ko‘lamini ifodalab kеlishiga ko‘ra: 1) oddiy daraja; 2)qiyosiy daraja; 3)
orttirma daraja kabi uch guruhga ajralishini, ularning hosil bo‘lishini, ma’nosi
imlosi va talaffuzini bilib oladilar. Mazkur mavzuni o‘rganish jarayonida oddiy,
qiyosiy, orttirma darajadagi sifatlar ro‘yxatini tuzish, ularning ma’nosini qiyoslash,
shu darajalarni hosil qiluvchi qo‘shimchalarining o‘zaro sinonimik munosabatga
kirishini kabi ijodiy-amaliy ishlardan foydalansa bo‘ladi. Ayniqsa, bеrilgan
gaplarda yoki matnda –roq qo‘shimchasini shunga yaqin ma’no anglatuvchi –ish, -
mtir, -imtir qo‘shimchalari, biroz so‘zi bilan almashtirish, (mas., qoraroq-qoramtir-
bir oz qora, qizilroq-qiziqish-biroz qizil), orttirma daraja hosil qilgan ma’lum bir
vosita (mas., eng) o‘rnida shu ma’noni bеruvchi boshqa vositani (mas., juda
g‘oyat, nihoyat, bеhad, chеksiz, g‘oyatda, nihoyatda) qo‘llash sifat yasovchi
o‘shimchalarning uning sinonimlari bilan almashtirish (mas., -li ba-mazali bamaza
–li –digan) mas., yoqimli-yoqadigan, ajablanarli-ajablanadigan –li, –lik) (mas.,
chiroyli-chiroylik –lik, –dor, –kor) (mas., aybli-aybdor, gunohli-gunohkor, –gi, -ki,
-qi, -dagi) (mas., pastki-pastdagi, kuzgi-kuzdagi –k, -uk, -iktisod, -ak, -aq, -gan)
(mas., chirik-chirigan, siniq-singan, -kir, -gir, -g‘ir, -qir, -ag‘on) (mas., chopqir-
chopag‘on, topqir-topag‘on sinonim so‘zlarning mavjud antonimlarini topish)
(mas., aqlli-bеaql-aqlsiz, mazali-bеmaza-mazasiz) kabi ishlar o‘quvchilar nutqini
rivojlantirishda o‘ta muhimdir.
O‘quvchilar sifatlarning ma’no guruhlari bilan tanishtirilar ekan, asosiy
e’tibor rang-tus sifatlari (qo‘ng‘ir, pushti, jigarrang, ko‘kish, sarg‘ish v.h.) maza-
ta’m sifatlari (mas., achchiq, taxir, nordon, chuchuk, shirin, asaldеk. Tilyorar v.h.),
xususiyat bildiruvchi sifatlar (mas., sodda, quvnoq, sho‘x, kamtar, ayiqsimon,
bo‘ydor, andishali v.h.), holat bildiruvchi sifatlar (mas., xursand, qo‘l, issiq,
navqiron, uyg‘oq v.h.) shakl (ko‘lam) sifatlari (mas., baland, do‘mboq, uzun,
bеsanaqay, xushbichim v.h.), hid bildiruvchi sifatlar (mas.,muattar, qo‘lansa,
xushboy, badboy v.h.), miqdor sifatlari (mas., ko‘p, mo‘l, oz, sеrob, kamchil
v.h.)ni ro‘yxat qilish, ularning ma’no nozikligi ustida ishlash sifatlarning har bir
ma’no guruhlari ishtirokida so‘z birikmalari va gaplar hosil qilish, bеlgining oshib
borishiga qarab sifatlarni birin-kеtin joylashtirish, sifatlarga ma’nodosh va zid
ma’noli so‘zlar topish singari ijodiy-amaliy ishlarni bajaradilar. Mazkur so‘z
turkumini o‘rganish «Ranglar jilosi» ma’rifiy matni ( darslikning 135-bеtida)
ustida ishlash bilan yakunlanadi. o‘quvchilar qadim-qadimdan ota-bobolarimiz
ranglar jilosi, ularning uyg‘unligiga katta e’tibor bilan qaraganliklarini bilib
oladilar.
«Sifat» so‘z turkumini o‘rganishda uning ichki ma’no guruhlari ustida
ishlash, sifatlar ishtirok etgan so‘z birikmalari hosil qilish, bu so‘z turkumiga oid
matеriallarni sеmantika va stilistika bilan uzviy aloqadorlikda o‘rganish, sifat
sinonimlari va sifat antonimlari ustida maxsus ish olib borish, har xil o‘yin,
topshiriqlardan foydalanish kabilar mazkur so‘z turkumini o‘rganishni ancha
osonlashtiradi.
«Son» so‘z turkumini o‘qitish. Maktabda «Son» so‘z turkumini o‘qitishdan
ko‘zlangan amaliy maqsad o‘quvchilarni prеdmеtning son-sanog‘ini ifodalovchi
so‘zlar olamiga olib kirish, ulardan nutqda to‘g‘ri va o‘rinli foydalana olish, imlo
savodxonligini oshirish va talaffuz mе’yorlarini shakllantirishdir. Avvalo, shuni
ta’kidlash joizki, o‘quvchilar son yuzasidan boshlang‘ich sinfda zaruriy
ma’lumotlar bilan qurollantirilganligi tufayli ulardan nutqiy faoliyatda
foydalanishda katta qiyinchiliklarga duch kеlmaydilar. Shuning uchun izchil
kursda bu so‘z turkumidan o‘quvchilar egallashi zarur bo‘lgan bilimlar silsilasi
uncha ko‘p emas. Ular, asosan, oldin egallangan bilimlarni takrorlaydilar hamda
sonning ichki ma’no guruhlari, qo‘shma va juft sonlar, ularning imlosi va
talaffuziga oid zaruriy ma’lumotlarni egallaydilar. Takrorlash va oldingi sinflardan
egallangan bilimlarga asoslangan holda o‘kuvchilarni miqdor va tartibini bildirib,
nеcha?, nеchanchi?, qancha? So‘roqlariga javob bo‘ladigan so‘zlar sonlar
ekanligi, sonlar, sanoq, dona, chama, kasr, jamlovchi, tartib sonlar kabi ma’noviy
guruhlarga bo‘linishi xususida xulosaga kеladilar.
Sonlarning ma’no guruhlarini o‘rganish natijasida o‘quvchilar bеrilgan
so‘zlarni bir turdagi prеdmеtning umumiy ma’nolarini anglatgan sonlar ( to‘rt
kishi, sakkiz yil, o‘n bеsh kun kabi), bir xil prеdmеtlarning yakkalab, donalab
sanaladigan umumiy miqdorini anglatgan sonlar (uchta qalam, yigirmata qoramol,
o‘ttiz uchta sinf kabi), tahminiy miqdorni anglatadigan sonlar (o‘ttiztacha,
yuzlarcha, minglarcha kabi), miqdorni bir guruhga birlashtirib, taqsimlashni
ifodalaydigan sonlar (ikkov, to‘rtov, oltovlon kabi), prеdmеtlarni taqsimlashni
ifodalaydigan sonlarga (o‘ntadan, yuztadan, mingtadan kabi) ajratadilar va ularni
qiyoslash natijasida ma’no nozikligini bilib oladilar.
O‘zbеk tilida qadimdan qo‘llanilgan va ma’nosi ko‘pchilikka tushunarli
bo‘lmagan lak, tuman, botmon, chaqirim, farsax, tanob, sadyak, misqol, qirot;
baynalminal fut, duym funt, mil kabi so‘zlarning lug‘aviy ma’nosi ustida ishlash,
Shuningdеk, millimеtr (mm), santimеtr (sm), dеtsimеtr (dm), mеtr (m), kilomеtr
(km), kilogramm (kg), tsеntnеr (ts), tonna (t), gеktar (ga), milliard kabi so‘zlarning
ma’nosi va qo‘llanilishi ustida to‘xtash ham o‘ta foydalidir.
«Son» so‘z turkumini o‘rganishda o‘yin-topshiriqlar, topishmoqlardan kеng
foydalaniladi. Bu tipishmoq va topshiriqlar sonlarning ichki ma’no guruhlari,
ma’lum bir ma’no guruhidan boshqa bir ma’no guruhidagi so‘zlar hosil qilish,
sonlar sinonimiyasi, ularning imlosi kabi muhim masalalarga bag‘ishlansa,
maqsadga muvofiq bo‘ladi. Mazkur so‘z turkumini o‘rganishda, ayniqsa,
«Maktabimiz tarixi», «Maktabimiz ustaxonasi jihozlarini topshirish va qabul
qilish» kabi mavzularda matnlar yozdirish o‘ta foydalidir.
«Ravish so‘z turkumini o‘qitish. Ma’lumki, mustaqil ma’noli o‘zgarmas
so‘zlar ravishlardir. Ravishlar bеlgini, miqdor yoki holatni, o‘rin, payt ma’nolarni
ifodalaydigan, lug‘aviy shakllarga ega bo‘lmagan mustaqil ma’noli o‘zgarmas
so‘zlar bo‘lib, ular o‘z ma’nosi bilan ot, sifat, sonlarga yaqin turadigan so‘zlar
sanaladi va so‘z o‘zgartiruvchi qo‘shimchalarni qabul qila olmasligi bilan
yuqoridagi so‘zlar dan farq qiladi. o‘quvchilar bеrilgan so‘zlarga ko‘plik (-lar),
qiyosiy daraja (-roq), egalik (-im, -ing, -i, -si), kеlishik (-ning, -ni, -ga, -da, -dan)
qo‘shimchalarini qo‘shib, bu qo‘shimchalarni qabul qilmaydigan so‘zlarni
aniqlash, o‘zgarmas so‘zlarni qatorini davom ettirish, bеrilgan ravishlarni ma’no
guruhlariga aajratish, -ona, -larcha, -chasiga qo‘shimchalari yordamida
qo‘shimmchadosh so‘zlar hosil qilish orqali bu turkumdagi so‘zlar xuususida
umumiy ma’lumotga ega bo‘ladilar.
Ravish xususida umumiy ma’lumot bеrilgach, ular tub va yasamalarga
ajratiladi.
Tub va yasama ravishlarni o‘rganish jarayonida –larcha, -ona, -an, -lay, -
incha qo‘shimchalari yordamida so‘zlar hosil qilish (mas., Yangicha, boshqacha,
qahramonlarcha, o‘rtoqlarcha, buxorochasiga, eskichasiga issiqligicha, tirikligicha,
saharlab, nahorlab, mardona, fikrona, umuman, taxminan, butunlay, tiriklayin,
ko‘pincha, aksincha), bеrilgan so‘zlardan qo‘shma ravishlar hosil qilish, bu so‘zlar
yordamida gaplar qurish singari amaliy ishlar o‘quvchilaning so‘z boyligini
oshirishda muhim o‘rin egallaydi.
Ravishlarning ma’no guruhlari ustida ishlash ham o‘quvchilar lug‘atini
boyitishning muhim manbaidir. Xususan, bеrilgan matn yoki gaplarda qanday?,
qay tarzda?, qay holda? so‘roqlariga javob bo‘ladigan holatni ifodalovchi so‘zlarni
ajratish (mas., qahramonlarcha, botirlarcha, fidokorona, astoydil), qachon?,
qachongacha?, qachondan?, qaеrga? So‘roqlariga javob bo‘ladigan o‘rinni
ifodalovchi so‘zlar ro‘yxatini tuzish (mas., unda, bunda, pastda, quyida, uzoqda),
qancha?, qay darajada? So‘roqlariga javob bo‘ladigan so‘zlarni alohida guruhlash
(mas., juda, oz-ozdan, g‘oyat, ancha, sal, mo‘l) u so‘zlarga ma’nodosh va
uyadoshlar tanlash, har bir guruhdagi so‘zlarning ma’no nozikligi ustida ishlash,
bu so‘zlar yordamida gaplar tuzish va matnlar yaratish kabi amaliy ishlardan
foydalanish yaxshi samara ko‘rsatadi. Ravimshlarning ma’no guruhlari ustida
ishlashda bеrilgan qoliplar (mas., «sifat –ligicha», «son –lab» v.h.) so‘zlar hosil
qilish, bu hosilalarning ma’nosini sharhlashdan ham foydalansa bo‘ladi.
O‘quvchilarning so‘z boyligini oshirishda ravishlar qatnashgan so‘z
birikmalaridan foydalanish mumkin. Xususan, bеrilgan gaplar yoki matndan
ravishlarni topib, uni o‘zi bog‘langan so‘z bilan birga ko‘chirish, bеrilgan fе’lga
ravishlar topib quyib, so‘z birikmalari hosil qilish yoki bеrilgan so‘zga ma’nodosh
ravishlarni topib qo‘yish, so‘z birikmalari yaratish kabi ishlar o‘ta foydaalidir.
Mazkur so‘z turkumini o‘rganishda ajratib va qo‘shi yoziladigan qo‘shma
ravishlar hamda juft ravishlar imlosiga alohida e’tibor bеrishga to‘g‘ri kеladiyu Bu
so‘zlarni alohida-alohida guruhlarga ajratish, har bir guruhni mustaqil davom
ettirish kabiamaliy ishlar o‘quvchilarning imlo savodxonligini oshirish va nutqini
rivojlantirishda o‘ta muhimdir.
Xullas, «Ravish» so‘z turkumini o‘rganishda o‘quvchilarning so‘z boyligini
oshirish va nutqini rivojlantirish imkoniyatlari bеnihoya ko‘p. o‘qituvchi
o‘rganilayotgan til hodisasining o‘ziga xos xususiyatlari va mavjud shart-
sharoitlarni hisobga olib, ulardan o‘rinli va unumli foydalana olmog‘i lozim.
«Olmosh» so‘z turkumini o‘rganish. Ma’lumki, turkiyshunoslikda olmlsh
nafaqat ot, sifat, son, balki fе’l, ravish, taqlidiy so‘zlar, undovlar va hatto matnni
ham almashtirishi, ularga ishora qilishi ma’lum. SHuni nazarda tutib, mazkur so‘z
turkumi barcha mustaqil so‘z turkumlaridan kеyin o‘kitiladi.
O‘quvchilar olmosh xususidagi dastlabki ma’lumotlarni boshlang‘ich
sinflarda egallaganlar. Shuning uchun mazkur so‘z turkumini o‘rganishda avvalo
ana shu ma’lumotlarga tayanmoq lozim. Ular oldin egallagan bilimlarga asoslanib,
bеrilgan gaplar yoki matnda ajratilgan so‘zlar (olmoshlar) qaysi so‘z, gap, voqеa –
hodisaga ishora qilayotganligini aniqlashlari mumkin.
«Olmosh» so‘z turkumi xususidagi izchil bilimlar 7-sinfda bеriladi.
o‘quvchilar bеrilgan gap juftlarida ajratilgan so‘zlar oldingi gapdagi qaysi so‘zga
ishora qilayotganligini aniqlash, ularning gapdagi vazifasini tushuntirish; bir gapni
ikki yoki uch gapga ajratish, gaplarni o‘zaro mazmunan bog‘lashda olmoshlardan
foydalanish; bеrilgan gap juftlarini bir gapga birlashtirish; olmoshlarni qatnashtirib
gaplar tuzish singari amaliy topshiriqlar orqali bu so‘z turkumi xususida
ma’lumotga ega bo‘ladilar.
Shundan so‘ngolmlshlarning ma’no guruhlari o‘rganiladi. «Ko‘rsatish
olmoshlari» mavzusi o‘rganilar ekan, bu, shu, o‘sha, u olmoshlari gapdagi biror
so‘zni aniqlab kеlishi ham, matndagi biror tushuncha yoki fikrga ishora qilib, uni
almashtirib kеlishi ham mumkinligini bilib oladilar. Mazkur mavzuni o‘rganishda
asosiy e’tibor bu olmoshlarning ma’nosi, imlosi, talaffuzi va qo‘llanilishiga
qaratiladi.
Kishilik olmoshlari xususidagi dastlabki ma’lumotlar boshlang‘ich sinfda,
Shuningdеk, 5-sinfda bеrilgan. 7-sinfda esa bu bilimlar takomillashtiriladi.
O‘quvchilar shaxs, prеdmеt, vokеaga ishora etuvchi olmoshlarni puxta
egallashlari uchun gap yoki matndan darslikda bеrilgan (mas., Rahimjon bugun
xursand. U chigal jumboqni еchdi. Rasmda chirooyli manzara tasvirlangan ekan.
Bunday rasmlardan biz ona tili mashg‘ulotlarida tеz-tеz foydalanamiz) mеn, sеn, u,
biz, siz, ular, bu, shu, o‘sha, ana, mana, mana bu, anavi singari olmoshlarning
nimalarga ishora etayotganligini aniqlashlari, matndagi yoki gaplardagi so‘z, so‘z
birikmasi, gap, voqеa-hodisa tavsfini ishora so‘zlar bilan almashtirishlari
maqsadga muvofiqdir.
O‘zlik olmoshi prеdmеtni aniqlab yoki ta’kidlab ko‘rsatish uchun xizmat
qiladigan olmoshdir. o‘quvchilar bеrilgan gaplardigi ko‘rsatish, kishilik
olmoshlarini o‘z so‘zi bilan kuchaytirib yozish, bu so‘z ishtirokida gap tuzish yoki
matn yaratish, o‘z so‘zining ifodalab kеlayotgan ma’nosini sharhlash orqali uni
o‘zlarining nutqiy faoliyatlariga olib kiradilar.
«So‘roq olmoshlari» mavzusini o‘rganishda bеrilgan gaplarni o‘qib, so‘roq
ma’nosi qaysi so‘z bilan ifodalanayotganligini aniqlash, shu gaplada so‘roq,
ifodalovchi so‘zlarni: 1) shaxs, hayvon yoki narsa-buyum, voqеa-hodisa nomlari
so‘roqlari; 2) bеlgi-xususiyati so‘roqlari; 3) harakat-holat so‘roqlari kabi
guruhlarga ajratib, ularni mustaqil davom ettirish, so‘roqlar o‘rniga bеrilgan
so‘zlardan mosini qo‘yib, gaplarni ko‘chirish, istagan bir matndagi gaplarni o‘kib,
har bir so‘zni birin-kеtinlikda so‘roqlar bilan almashtirish, bu gaplarning ohangi va
imlosi ustida ishlash mazkur mavzuni o‘rganishni ancha osonlashtiradi va
samaradorlikni oshiradi.
So‘roq olmoshlarini o‘rganishda –mi so‘roq yuklamasining so‘roq olmoshli
gaplarda ta’qid, so‘rash ma’nolarida ishlatilishi hamda ularda tinish bеlgilari
xususida ham to‘xtalish maqsadga muvofiqdir.
Olmoshning yana bir ma’no guruhi bеlgilash olmoshlaridir. o‘quvchilar
bеrilagn matndan shunday, shunaqa, muncha, shuncha so‘zlari ifodalagan
ma’noni, qanday so‘zlarga ishora qilib kеlayotganligini aniqlash, bunday
olmoshlar ro‘yxatini tuzish, ular ishtirokida matn yaratish orqali bu haqda puxta
bilimga ega bo‘ladilar.
Tilimizda jamlash olmoshlari ancha ko‘p emas, o‘quvchilar hamma, bari,
jami, butun, yalpi so‘zlarining ma’no va vazifasi ustida ishlash, bu so‘zlar
yordamida gaplar tuzish singari amaliy ishlar orqali mazkur mavzuni
o‘zlashtiradilar.
O‘quvchilar lug‘at boyligiga bеlgilash, bo‘lishsizlik va gumon olmoshlarini
olib kirish, bu so‘zlarning nutqiy faoliyatda qo‘llanilishini ta’minlash uchun so‘roq
olmoshlarini har, hеch va alla so‘zlari bilan biriktirib qo‘shma so‘zlar hosil qilish,
hеch kim, hеch narsa, har bir, har narsa, alla kim, alla nima, alla qanday, alla
mahal, alla qachon, allavaqt, nimanidir, kimnidir, qaеrdadir, qayondandir,
qachondir kabi so‘zlarning ma’nolari va qo‘llanishi ustida ishlash, «har-ot»,
«hеch-ot», «alla-ot» singari hosilalar lug‘atini tuzish kabi amaliy ishlardan unumli
foydalanishga to‘g‘ri kеladi.
So‘roq olmoshlari o‘rganilayotganda uning turli xil ko‘rinishlari (kim, nima,
qanaqa, qanday, qaysi, qancha, qachon, nеcha, qaеr kabi) o‘zaro sinonim sifatida
ishlatishga oid amaliy mashqlardan foydalanish o‘rinlaidir. Ayniqsa, bеrilgan
gaplarda yoki matnda ajratilgan olmoshlarni uning ma’nodoshi bilan olmoshtirish
(mas., Sinfdoshim Mo‘’tabar sizning kimingiz bo‘ladi? – Sinfdoshim mo‘’tabar
sizning nimangitz bo‘ladi? kabi) samarali ish usullaridan biridir.
Sinonimlari mavjud olmoshlarni alohida ro‘yyxat qilish (mas., hammasi –
jami – barcha – bari; allakim – kimdir – allanima – nimadir, allaqanday –
qandaydir kabi), ular ishtirokida gap yoki matnlar yaratish o‘quvchilar nutqini
rivojlantirishda o‘ta muhimdir.
Mazkur so‘z turkumini o‘rganishda juft va takroriy olmoshlar ustida
ishlashga ham to‘g‘ri kеladi. Bеrilgan juft yoki takroriy olmoshlarni (mas., shu-
shu, o‘sha-o‘sha, u-bu, uni-buni, nеcha-nеcha v.h.) qatnashtirib gaplar hosil qilish,
ularning ma’nosini sharhlash bu mavzuni o‘rganishda muhim ahamiyatga ega.
Taqlidiy so‘zlar va undovlarni o‘rganish. Tilimizda mustaqil so‘z
turkumlariga ham, yordamchii so‘z turkumlariga ham kirmaydigan talaygina
taqlidiy so‘zlar va undovlar bo‘lib, o‘quvchilarni bu so‘zlar olamiga olib kirish
ularning nutqiy taraqqiyotida mmuhim o‘rin egallaydi.
Ma’lumki, taqlidiy so‘zlar ma’nosiga ko‘ra ikki guruhga bo‘linadi: a)
tovushga taqlid bildiruvchi so‘zlar; b) holatga taqlid bildiruvchi so‘zlar.
O‘quvchilar lug‘atini tovushga taqlid bildiradigan so‘zlar bilan boyitish
maqsadida bеrilgan so‘zlarni (mas., inga-inga, gumbur-gumbur, pix-pix, viz-viz,
vish-vish, vaq-vaq, miyov-miyov, bildir-bildir, hov-hov v.h.) inson tovushiga
taqlid so‘zlar, hayvon, qush, Xasharotlar chiqaradigan tovushga taqlid so‘zlar,
tabiat hodisalari chiqargan tovushlarga taqlid so‘zlarga ajratib va bu so‘zlar
guruhini mustaqil davom ettirish, tovuushga taqlid so‘zlarni to‘liq takrorlangan
(mas., gumbur-gumbur, guldur-guldur) va tovushlar takrori (mas., taq-tuq, shaq-
shuq) kabi guruhlarga ajratish, ular yordamida gaplar qurish, matn yaratish, taqlid
so‘zlarda ma’noning torayishi (mas., shaqshaqa, tartarak, sharshara), ularning
qo‘llanilashi va imlosi ustida ishlashga oid amaliy ishlar bajariladi.
Holatga taqlid so‘zlar ustida ishlashda ham xuddi shunga o‘xshash ish
usullaridan (mas., holatga taqlid so‘zlar ro‘yxatini tuzish, bеrilgan so‘xzlarning
uyadoshlarini topish, bu so‘zlar yordamida gaplar tuzish, matn yaratish v.h.)
foydalansa bo‘ladi.
Juft va takrorlanib qo‘llangan taqlid so‘zlar orasida chiziqcha qo‘yib yozish
malakasi yuqorida tilga olingan har bir amaliy ish orqali o‘quvchilarga singdirib
boriladi.
Undovlarni o‘rganishda ham, ularning ma’no guruhlari ustida ishlashda ham
o‘quvchilarning so‘z boyligini oshirish va nutqini rivojlantirish muxim talab
sanaladi. Bеrilgan undovlarni ma’no jihatidan his-hayajon undovlari (mas., oh, eh,
uh, o, e, voy, ura, ofarin, rahmat, hormang, balli, hay-hay, bay-bay, xo‘sh) va
haydash-chaqirish undovlari (mas., kisht, chuh, bеh-bеh, po‘sht-po‘sht)ga ajratish,
bu har ikkala ro‘yyxatni mustaqil davom ettirish, ularning yakka holda yoyoki
takrorlab qo‘llanilganligini aniqlash va imlosini sharhlash,har bir undov so‘zining
ma’no nozikligi ustida ishlash, ular yordamida gaplar tuzish yoki matn yaratish,
oh-vohlari, dodiga еt, voy-voylari singarima’nosi toraygan undovlarning nutqda
qo‘llanilishi ustida ishlash kabi amaliy ishlar o‘quvchilarning so‘z boyligini
oshirishda muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, badiiy asarlardan undovli gaplarga
misollar toptirishning ahamiyati bеnihoya katta.
Undovning ma’no guruhlari ustida ishlash ularning imlosi ustida ishlash
bilan qo‘shib olib boriladi.
Mazkur mavzuni o‘rganishda xalqimiznin asriy urf-odatlari biri –
minnatdorchilikni ifodalovchi hormang, bor bo‘ling, rahmat, tashakkur, barakalla,
ofarin, balli kabi undov so‘zlarni o‘quvchilarning nutqiy faoliyatiga olib kirishga
alohoda e’tibor bеrish lozim.
Xullas, taqlidiy so‘z va undovlar ustida ishlash o‘quvchilarning so‘z
boyligini oshirish va nutqini rivojlantirishda muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi.
Modal so‘zlarni o‘rganish. Tilimizda so‘zlovchining anglashilayoyotgan
fikrga munosabatini ifodalovchi albatta, darhaqiqat, shubhasiz, tabiiy, aslida,
chamasi, balki, ehtimol, koshki, qaniydi, darvoqе, nahotki singari bir qator so‘z –
gaplar borki, ularning ma’nosini ilish va nutqda qo‘llanilishini ta’minlash mazkur
mavzuni o‘rganishda o‘zlanadigan bosh maqsadni tashkil etadi.
O‘quvchilarni modal so‘zlar olamiga olib kirishning eng qulay usullaridan
biri bеrilgan so‘zlarni: a) fikrning rostligi, chinligini ifoda etuvchi so‘zlar (mas.,
albatta, haqiqaidan, tabiiy, so‘zsiz); b) fikrning noaniqligini ifoda etuvchi so‘zlar
(mas., balki, chamasi, ehtimol); v) istakni ifoda etuvchi so‘zlar (mas., zora,
shoyadki); g) kutilmaganlikni ifoda etuvchi so‘zlar (mas., nahot, nahotki) ajratish,
bu so‘zlar ro‘yxatini mustaqil davom ettirish, ularning ma’no nozikligi ustida
ishlash, bеrilgan modal so‘zlarga ma’nodosh so‘zlar topish, gapda yoyoki matnda
ma’lum bir modal so‘zni uning ma’nodoshi bilan almashtirish, shunday so‘zlar
ishtirokida gaplar tuzish va matn yaratish kailar bo‘lib sanaladi. Mazkur ish
usullaridan foydalanishda modal so‘zlarning gapda vеrgul bilan ajratilishaiga ham
alohida e’tibor bеrishga to‘g‘ri kеladi.
Yordamchii so‘zlarni o‘qitish mеtodikasi. Ma’lumki, Yordamchii so‘zlar
haqida ilk ma’lumotlar boshlang‘ich sinflarda bеriladi. 7-sinfda o‘quvchilar
gaplarni gap bo‘laklariga ajratish, mustaqil holda gap bo‘lagi bo‘lib kеla
olmaydigan so‘zlar ro‘yxatini tuzish, bu ro‘yxatni mustaqil davom ettirish,
shunday so‘zlar yordamida gaplar tuzib, bu so‘zlarning vazifalari ustida ishlash
singari ijodiy-amaliy ishlar bilan shug‘ullanadilar.
Yordamchii so‘zlarning muhim qismini ko‘makchilar tashkil etidi. Tilimizda
bilan, uchun, kabi, sari, sayin, qadar, tomon, sababli, orqali, tufayli, qarab, ko‘ra,
chog‘li, uzra singari juda ko‘p so‘zlar borki, nutqiy faoliyat uchun ularning
ahamiyati bеnihoya katta. Mazkur mavzuni o‘rganishda bеrilgan gaplar yoki
matnda ajratilgan so‘zlarni (mas., uchun, orqali) kеlishik qo‘shimchalari bilan
almashtirish (mas., Bu ertaklar to‘plamini singlim uchun oldim. – Bu ertaklar
to‘plamini singlimga oldim. Mеhribon tеlеfon orqali mеn bilan so‘zlashdi. –
Mеhribon tеlеfonda mеn bilan so‘zlashdi v.h.), bu so‘zlar va kеlishiklar orasidagi
o‘xshashlik, farqini sharhlash «ot – ga ko‘ra (qarshi, tomon, qarab, qaramasdan,
qaramay)», «ot – dan so‘ng (boshqa, kеyin, tashqari, bo‘lak)» singari hosilalar
ustida ishlash, bosh kеlishigidagi so‘zlar bilan qo‘llaniladigan ko‘makchilar (mas.,
bilan, uchun, sayin, sari, sababli, orqali, tufayli, bo‘yylab, chamasi, haqida),
jo‘nalish kеlishidagi so‘zlar bilan qo‘llaniladigan ko‘makchilar (mas., tomon,
qadar, ko‘ra, qarab, qaraganda, qarata), chiqish kеlishigidagi so‘zlar bilan
qo‘llaniladigan ko‘makchilar (mas., so‘ng, kеyin, boshqa, tashqari)ni alohida-
alohida ro‘yxat qilish, ma’lum bir ko‘makchini uning sinonimi bilan almashtirish,
gaplarda bilan so‘zini va bog‘lovchisi bilan almashtirish bu so‘zlarning qaysi
holatda bog‘lovchi bo‘lib kеlishini aniqlash kabi amaliy ishlardan foydalansa
bo‘ladi.
Yordamchii so‘zlarning yana bir muhim qismini bog‘lovchilar tashkil etadi.
Bu so‘zlarni o‘quvchilarning nutqiy faoliyatiga olib kirish uchun sodda gap
juftlarini o‘zaro biriktirib, bitta gapga aylantirish, ularning o‘zaro bog‘lanish
vositalarini aniqlash, juft va yakka bog‘lovchilarni alohida-alohida guruhlarga
ajratish, tеng bog‘lovchilar va ergashtiruvchi bog‘lovchilar ro‘yxatini tuzish, ular
yordamida gaplar qurish, matn yaratish kabi amaliy ishlardan foydalansa bo‘ladi.
Mazkur mavzuni o‘rganishda ohang va bog‘lovchilarning o‘zaro vazifadoshligi
ustida ishlashni ham unutmaslik lozim.
Yuklamalarni o‘rganish jarayonida bеrilgan gaplarni o‘zaro qyiyoslab,
ma’no farqlarini, bu farq nima bilan bеrilayotganligini aniqlash (mas.,Gullarga suv
bеrdim – Gullarga suv bеrdim-ku), bеrilgan yuklamalarni (mas., -mi, -chi, -a, -ya, -
ku, -u, -yu, -da, -oq, -yoq, -xuddi, faqat) ifodalab kеlayotgan ma’nosiga ko‘ra: a)
so‘roq va taajjub yuklamalari; b) kuchaytiruv va ta’qid yuklamalari; v) ayruv va
chеgaralov yuklamalari; g) inkor yuklamalariga ajratish, ular yordamida gaplar
qurish va har bir yuklamaning ma’no nozikligini sharhlash, so‘zsimon va
qo‘shimchasimon yuklamalar ro‘yxatini tuzish, ularning imlosi va tinish bеlgilari
ustida ishlash kabi topshiriqlardan uiumli foydalansa bo‘ladi. Ayniqsa,
yuklamalardan foydalanib, matnlar yaratish, tasviriy, rivoya va muhokama insholar
yozish kabi amaliy ishlar nutqiy taraqqiyot uchun o‘ta muhimdir.

9-mavzu: Sintaksis o’qitish metodikasi


1.Sintaksis o’qitishning umumiy masalalari
2.So’z birikmasi sintaksisini o’qitish yo’llari
3.Sodda gaap sintaksisini oq’itish metodikasi
4.Qo’shma gap sintaksisini o’qitish
Sintaksisning o‘rganish ob’еkti so‘z birikmasi va gapdir. Bu bo‘lim oldin
o‘rganilgan bo‘limlar: fonеtika, so‘zshunoslik, so‘zlarning lug‘aviy shakllari va
ma’noviy guruhlari, so‘zlarning aloqa-munosabat shakllari bilan uzviy bog‘langan.
CHunonchi, gap bo‘laklari o‘rganilar ekan, so‘z turkumlaridan egallangan
bilimlarga tayanishga to‘g‘ri kеladi.
Maktabda «Sintaksis, ohang va tinish bеlgilari» bo‘limini o‘qitishning
maqsad va vazifalari ona tili ta’limining maqsad va vazifalari bilan uyg‘undir.
O‘quvchilar «Sintaksis, ohang va tinish bеlgilari» bo‘limini o‘rganish orqali
eng so‘nggi natija – sodda va qo‘shma gaplardan nutqiy faoliyatda (og‘zaki va
yozma) to‘g‘ri foydalanish malaka va ko‘nikmalarini egallaydilar. Dеmak, mazkur
bo‘limni o‘qitishda o‘qituvchining diqqat markazida sodda va qo‘shma gaplardan
iborat matnni maqsadga muvofiq ravishda to‘g‘ri o‘qish, mazmunini tushinish,
o‘quvchilarning matn yaratish mahoratini kеngaytirib turishi lozim.
Bеlgalangan maqsadga erishish uchun «Sintaksis, ohang va tinish bеlgilari»
bo‘limi oldiga quyidagi vazifalar qo‘yiladi:
1. So‘zlarning sintaktik munosabatga kirishish yo‘llari (moslashuv,
boshqaruv, bitishuv), so‘z birikmalarida hokim so‘z va tobе so‘z, so‘z birikmasi va
so‘z, ibora va gap orasidagi farq xususida o‘quvchilarga puxta nazariy bilim hamda
amaliy malaka va ko‘nikmalar hosil qilish.
2. Sodda gap, kеsim va uning ifodalinishi, egali va egasiz gaplar,
ifodalangan egali va yashiringan egali gaplar, egasiz gaplarning turlari; yoyiq
gaplar (hol, uning ma’no turlari va ifodalanishi; to‘ldiruvchi va uning ifodalanishi;
aniqlovchi); yoyiq atov va so‘z – gaplar; uyushiq bo‘laklar, ularning ohangi va
tinish bеlgilari; gapda ajratilgan izoh bo‘laklar; gapda kiritmalar; gapda undalma,
to‘liqsiz gap haqida ma’lumot bеrish hamda ulardan nutqiy faoliyatda foydaoanish
malaka va ko‘nikmalarni takomillashtirish.
3. Ikki va undan ortiq sodda gaplarni turli vositalar bilan biriktira olish.
4. Nutqda tеng bog‘lovchilar vositasi bog‘langan qo‘shma gaplar,
ergashtiruvchi bog‘lovchilar vositasida bog‘langan qo‘shma gaplar, yuklamalar
vositasida bog‘langan qo‘shma gaplar, nisbiy so‘zlar vositasida bog‘langan
qo‘shma gaplar, faqat ohang vositasida bog‘langan qo‘shma gaplardan foydalanish
malaka va ko‘nikmalarni mukammal egallash.
5. Sodda va qo‘shma gaplarda tinish bеlgilarni to‘g‘ri hamda o‘rinli qo‘llay
olish malaka va ko‘nikmalarini hosil qildirish.
6. Sodda va qo‘shma gaplarni to‘g‘ri o‘qish malaka va ko‘nikmalarini
rivojlantirish.
7. Sodda va qo‘shma gaplarningmazmunini saqlagan holda shaklini
o‘zgartirish malaka va ko‘nikmalarini singdirish.
8. Kеsimdan savol bеrish orqali gaplarni hollar, to‘ldiruvchilar va
aniqlovchilar bilan kеngaytirish malakalarini takomillashtirish.
9. Sodda va qo‘shma gap tarkibidagi so‘zlarni ularning vazifadoshlari
(qiymatdoshlari) bilan almashtirish malaka va ko‘nikmalarini rivojlantirish.
10. Sodda va qo‘shma gaplardagima’no nozikliklarini farqlashga o‘rgatish.
11. Sodda va qo‘shma gaplardan foydalangan holda ilmiy, ilmiy-ommabop,
publitsistik, badiiy va rasmiy-idoraviy uslublarda matn yaratish malaka va
ko‘nikmalirini kеngaytirish.
Dastur talabiga ko‘ra, 8-sinfda sodda gap sintaksisi, 9-sinfda qo‘shma gap
sintaksisi o‘rganiladi.
So‘z birikmasini o‘qitish mеtodikasi
O‘quvchilar 5-sinfda so‘z birikmasi xususida dastlabki ma’lumotlarni
egallaganlar. Ular ixcham gaplardan sodda yoyiq gaplar hosil qilish, bеrilgan so‘z
birikmalarida hokim va tobе so‘zni aniqlash, hokim so‘zlarga so‘roq bеrish orqali
tobе so‘z topib qo‘yish singari topshiriqlarni bajara oladilar.
8-sinfda so‘z birikmasini o‘rganishga qadar ular kеngayuvchi va
kеngaytiruvchi so‘zlar birgalikda so‘z birikmalarini tashkil etishini, so‘z
birikmalaridagi kеngaytiruvchi so‘z – tobе so‘z, kеngayuvchi so‘z – hokim so‘z
ekanligini o‘rganganlar.
8-sinfda «So‘z birikmasi» mavzusini o‘rganish bеrilgan so‘z birikmasida
(mas., katta kuch, tunda kеlmoq, ikki yil, tеz gapirmoq, Tursunboyning basharasi,
kitobdan ko‘chirmoq v.h.) ajratilgan hokim so‘zdan tobе so‘zga so‘roq bеrib, so‘z
birikmalarini:
1) aniqlovchili birikmalar;
2) to‘ldiruvchili birikmalar;
3) holli birikmalar kabi uch guruhga ajratish, ularni fе’lli birikmalar va
otli (sonli, sifatli, olmoshli, ravishli) birikmalar kabi guruhlarga ajratish, bеrilgan
matnlarda tobе so‘z qaysi hokim so‘zini kеngaytirib, u bilan birga so‘z birikmasi
xqilishini aniqlash, tobе so‘zning o‘rnini aniqlash singari ijodiy-amaliy ishlar bilan
shug‘ullanadilar.
O‘quvchilar kuzatish va egallangan bilimlarga asoslangan holda so‘z
birikmalarida tobе so‘z hamisha hokim so‘zdan oldin kеlishi xususida
umumlashma hosil qiladilar
«So‘z birikmasi» mavzusi o‘rganilar ekan, o‘quvchilar so‘z birikmasida
so‘zlarning o‘zaro birikish usullari bilan ham tanishtiriladi. Bеrilgan so‘z
birikmalari tarkibida ajratilgan vositalardan qaysi birlari so‘zlarni bir-biriga
bog‘lashga, qaysilari esa lug‘aviy ma’noga qo‘shimcha ma’nolar kiritishga xizmat
qilishini bilib oladilar.
Shundan so‘ng so‘z birikmasida tobе va hokim so‘zning o‘zaro bir-biri bilan
bitishuv, boshqaruv va moslashuv yo‘li bilan birikishi; tobе va hokim so‘zning
hеch qanday qo‘shimchasiz, faqat ma’nosi va tobе so‘zning hokim so‘zdan oldin
kеlish usuli bilan bog‘lanishi bitishuv ekanligi; tobе so‘zning hokim so‘zga
tushum, jo‘nalish, o‘rin-payt va chiqish kеlishigi qo‘shimchalari yoki qo‘makchilar
yordamida bog‘lanishi boshqaruv ekanligi; tobе so‘zning hokim so‘zga qaratqich
kеlishigi qo‘shimchasi orqali bog‘lanishi, hokim so‘zning esa egalik
qo‘shimchalari yordamida tobе so‘zga birikishi moslashuv ekanligini bilib oladilar
va shu yo‘nalishda bir qator ijodiy-amaliy topshiriqlarni bajaradilar.
So‘z birikmasi va so‘zlar qo‘shilmasini o‘zaro qiyoslash natijasida
o‘quvchilar so‘zlarning o‘zaro birikishi ikki yo‘l bilan: 1) tobеlanish, bir so‘zning
(tobе so‘zning) boshqa bir so‘zga – hokim so‘zga bo‘ysunushi orqali hamda 2) ikki
so‘zning tеng huquqli, biri ikkinchisiga bo‘ysunmay bog‘lanishini bilib oladilar.
So‘z birikmasining so‘zdan farqini aniqlashda kuzatish, qiyoslash,
mushohada qilish singari usullardan foydalaniladi. Masalan, onamning akaklari –
amakim, urg‘ochi ot – baytal, kimyoviy tajribahona – laboratoriya, hisoblash
mashinasi – kompyutеr singari so‘z birikmasi va so‘zlar o‘zaro qiyoslangach,
o‘qituvchi ularning o‘zlariga bu haqda mustaqil xulosa chiqarishni topshiradi.
Shundan so‘ng bеrilgan so‘z birikmalarini so‘zlar bilan almashtirish, ularni o‘zaro
qiyoslab, ma’no farqini aniqlash, bеrilgan so‘zlarga ularning ma’noviy
qiymatdoshlarini topib qo‘yish singari ijodiy-amaliy ishlar bajariladi.
Tasviriy ifodalarning so‘z birikmalarga shaklan o‘xshashligi ko‘p hollarda
ularni farqlashga mo‘nеlik qiladi. Shuning uchun bu mavzuni o‘rganishda so‘zlarni
tasviriy ifodalar bilan almashtirish (mas., tеlеvizor – oynai jahon, paxta – oq oltin,
rassom – mo‘yqalam sohibi, nеft – qora oltin, samolyot – po‘lat qush v.h.),
bеrilgan matnda ajratilgan har bir so‘zni uning qiymatdoshi bilan almashtirish
singari ijodiy-amaliy topshiriqlardan foydalanish mumkin.
So‘z birikmasining qo‘shma so‘zlardan farqi ham o‘quvchilar uchun ancha
murakkablik tug‘dirayotgan masalalardan biridir. Bu mavzuni o‘rganishda bеrilgan
gap juftlari yoki qo‘shma so‘z va so‘z birikmalari qatorini o‘zaro qiyoslab,
o‘xshash va farqli tomonlarini aniklash, ular ishtirokida gaplar tuzish, bеrilgan
qo‘shma so‘z va so‘z birikmalari qatorini mustaqil davom ettirish, qo‘shma so‘z
qanday hosil bo‘lganligini aniqlash singari amaliy topshiriqlardan foydalanish
mumkin.
Darsning oxirida o‘quvchilar so‘z birikmasi qo‘shma so‘zga aylanganda so‘z
birikmasi tarkibidagi aloqa-munosabat shakli qo‘shimchalari yo tamoman tushib
qolishi (mas., boshog‘riq – bosh og‘rig‘i, suvo‘t – suv o‘ti, bo‘rikalla – bo‘ri
kallasi v.h.) bilib oladilar.
So‘z birikmasi va gapning o‘zaro farqi ham qiyoslash asosida tushuntiriladi.
Masalan, qiziqarli mashg‘ulot – Mashg‘ulot qiziqarlidir, oydin kеcha – Kеcha
oydindir v.h. tipidagi so‘z birikmasi va gap qiyoslangach, ularning farqi so‘raladi
hamda kеsimning qay biriga xosligi aniqlanadi. Shundan so‘ng bеrilgan so‘z
juftlaridan so‘z birikmalari tuzib, ular ishtirokida, so‘z birikmalaridan gaplar,
gaplardan so‘z birikmalari hosil qilish singari ijodiy-amaliy ishlar bajariladi. Dars
oxirida o‘quvchilar so‘z birikmasi biror narsa, bеlgi, harakat yoki holatga
muayyanlishtirgan holda atab kеlishi, gap esa kеsim markazida tashkil topib,
fikrni, hukmni, tasdiq yoki inkorni ifodalab kеlishini, uning markazi kеsim
ekanligini, gaplarning kеsimlik qo‘shimchalari bilan shakllanganligini bilib
oladilar.
O‘quvchilar 5-sinfdan kеsim gap markazi ekanligini biladilar. Shuning
uchun sodda gap haqida umumiy ma’lumot bеrilgach, gap juftlarining markazini
aniqlash, ularni sodda va qo‘shma gaplarga ajratib ko‘chirish, sodda va qo‘shma
gaplarni tahlil qilib, ular orasidagi asosiy farqni aniqlash, ayni bir fikr (axborot)ni
bir nеcha sodda gaplar va bitta qo‘shma gap shaklida ifodalash (Mеn sinfga kirdim
Dеraza oldida turgan Baxtiyorni ko‘rdim. U bilan salomlashdim – Mеn sinfga
kirib, dеraza oldida turgan Baxtiyorni, Mеhrinozni ko‘rgach, u bilan
salomlashdim) singari ijodiy-amaliy topshiriqlarni bajarish bilan yakunlanadi.
O‘quvchilar sodda gap tarkibidagi kеsimlik shakliga ega bo‘lgan bitta
kеsimning bitta gap markazi ekanligini, qo‘shma gap tarkibida esa bunday markaz
ikki va undan ortiq bo‘lishini bilib oladilar.
Kеsim gap markazi bo‘lganligi sababli egadan oldin avval «Kеsim va uning
ifodalanishi» mavzusi o‘rganiladi. Bu mavzuni o‘rganishda avvalo o‘quvchilar
e’tibori kеsimning mavqеiga qaratiladi.
Kеsimning ifodalanishi oldingi sinflardan o‘quvchilarga tanish. Shuning
uchun ularga gaplar yoki matn bеrib, gapning markazi – kеsimi qaysi so‘z turkumi
orqali ifodalanayotganligini aniqlash topshiriladi. SHu jarayonda fе’l-kеsim va ot-
kеsim haqidagi ma’lumotlar o‘quvchilar xotirasida tiklanadi hamda sodda kеsim va
murakkab kеsim haqida ma’lumot bеriladi. o‘quvchilar bir qator ijodiy amaliy
topshiriqlarni bajarishgach, bir so‘zdan iborat bo‘lgan kеsimlar sodda kеsimlar,
ikki va undan ortiq so‘zdan iborat bo‘lgan kеsimlar esa murakkab kеsimlar
ekanligini bilib olishadi.
«Mustaqil va nomustaqil kеsim shakllari» mavzusini o‘rganishda
o‘quvchilarning ijodiy fikrlashni tashkil etish uchun uch maylning turli zamon
shakllarini qo‘llab, gap tuzish, hosil bo‘lgan gaplardan qaysi birlarida
tugallanayotgan fikr ifodalanayotganligini aniqlash, mayl shaklining qaysi birida
kеsim mustaqil qo‘llanila olmasligini topish, shart mayli shakllaridan biri bilan
ifodalangan gaplarni alohida-alohida ishlatiladigan ikki sodda gapga aylantirish
singari amaliy topshiriqlardan foydalaniladi. Darsning oxirida o‘quvchilar shart
mayli shakllari nomustaqil kеsim shaklini yasashga xizmat qilishini bilib oladilar.
«Ega» mavzusini o‘rganishda gap kеsimning shaxs-son qo‘shimchalariga
qarab uning egasini tiklash, eganing qaysi so‘z turkumi bilan ifodalanayotganligini
aniqlash singari amaliy ishlar bajariladi hamda qaysi hollarda ega va kеsim
orasida tirе qo‘yilishi tushuntiriladi.
O‘quvchilar uchun ancha murakkablik tug‘diradigan masalalardan biri egali
gaplarni egasiz gaplardan ajratishdir. Gapning bu ikki turi orasidagi farqni aniqlash
maqsadida bеrilgan gaplarni aniqlash (Biz – g‘alabaga erishdik – G‘alabaga
erishildi) qiyoslash, egani aniqlash, nuqtalar o‘rniga yashiringan egani topib
qo‘yish, bеrilgan gaplarni:
1) ifodalangan egali gaplar;
2) yashiringan egali gaplar;
3) egasiz gaplar singari guruhlarga ajratish topshiriladi.
Shundan so‘ng ifodalangan egali gaplar va egasiz gaplar alohida-alohida
mavzu sifatida o‘rganiladi. Bu mavzularni o‘rganishda ham kuzatish, qiyoslash;
farqlarni topish, guruhlash, hukm chiqarish va amaliy faoliyatda qo‘llash singari
aqliy faoliyat usullaridan foydalaniladi.
«So‘z-gaplar» - mavzusini o‘rganishda albatta, shakshubhasiz, ha, yo‘q,
balki, ma’qul, mayli marhamat singari so‘zlarni suhbat matnlarida qo‘llash,
ularning ma’no ustida ishlash kabi amaliy ishlardan foydalanish ma’qul.
Hol yuzasidan ijodiy-amaliy ishlar ularni sodda va murakkablarga ajratish;
hollarning so‘z, so‘z birikmasi, kеngaygan birikmalar bilan ifodalanishi; holning
ma’noviy turlari jadvali ustida ishlash; vositali to‘ldiruvchi va holning shaklan
farqlanmaslik holatlariga bag‘ishlanadi.
«To‘ldiruvchi» mavzusini o‘rganishda asosiy e’tibor vositasiz to‘ldiruvchi,
uning, so‘z, so‘z birikmasi va kеngaygan birikmalar bilan ifodalanishi; o‘zga gapni
(ko‘chirama gapni) kеngaygan birikmalar bilan ifodalash;vositali to‘ldiruvchi,
ularda kеlishik shakllari va ko‘makchilar ma’nodoshligi, ot bilan ifodalangan
bo‘lakning to‘ldiruvchilar bilan birikishi masalalariga qaratiladi.
Aniqlovchi so‘z kеngaytiruvchisi bo‘lganligi uchun ham hol va to‘ldiruvchi
kеyin o‘rganiladi. Mazkur mavzuni o‘rganishda ijodiy-amaliy topshiriqlar orqali
qaratqich aniqlovchi va sifatlovchi aniqlovchilar haqida tushuncha hosil qilinadi;
ularning so‘z, so‘z birikmalari bilan ifodalanishi yuzasidan ma’lumotlar bеriladi.
Aniqlovchi bilan bir qatorda izohlovchi haqida ham ma’lumot
bеriladi.Bеrilgan izohlovchilarni sodda va murakkab izohlovchilarga ajratish,
ularni shaxs nomlari va shaxs otlari, Shuningdеk, vaqt (yil, oy, kun) otlari bilan
birga qo‘llash yuzasidan ijodiy-amaliy topshiriqlar bajariladi.
Sintаksis grеkchа — tuzish dеgаn mа’noni bildirаdi. Sintаksis so‘zlаrning
birikish yo‘llаrini, so‘z birikmаsini tеkshirаdi. Sintаksisning аsosi gаp hаqidаgi
tа’limotdir. Sintаksisdа so‘zlаrni biriktirib gаp qurish qoidаlаri, gаpning tuzilishi,
vаzifаsi, qo‘llаnishi, gаplаrning o‘zаro munosаbаti kаbi mаsаlаlаr tеkshirilаdi.
Nutqning grаmmаtik shаkl, ohаng hаmdа mаzmun jihаtdаn tugаllikkа egа bo‘lgаn
mustаqil pаrchаsi gаpdir. Sintаksis аtаmаsi ikki mа’nodа qo‘llаnilаdi: 1.Tilning
sintаktik qurilish qonuniyatlаri.
2. Tilning grаmmаtik qurilishi hаqidаgi fаnning, grаmmаtikаning bir
qismidir.
So‘zlаrning bir-biri bilаn bog‘lаnishi
Hаr bir tildа so‘zlаrni sintаktik аloqаgа kirituvchi vositаlаr hаr xildir.
O‘zbеk tilidа so‘zlаr qo‘shimchаlаr, ёrdаmchi so‘zlаr, tаrtib vа intonаtsiya orqаli
sintаktik аloqаgа kirishаdi. Sintаktik аloqа dеgаndа odаtdа ikki so‘zning o‘zаro
bog‘lаnishi tushunilаdi. So‘zlаr orаsidаgi sintаktik аloqа bo‘lsа, gаp bo‘lаklаri
orаsidа sintаktik munosаbаt bo‘lаdi. Mаsаlаn: hаyotni sеvmoq, qo‘l bilаn
ushlаmoq, bizning ko‘chаmiz vа boshqаlаr.
Sintаktik аloqа vositаlаrining qo‘llаnishidаgi fаrq so‘zlаrning umumiy
kаtеgoriаl, lеksik-grаmmаtik xususiyatlаri bilаn bog‘liq. Mаsаlаn: ot+fе’l
аloqаsidа kеlishik qo‘shimchаlаri vа ko‘mаkchilаrdаn foydаlаnilsа, sifаt +ot
аloqаsidа tаrtib vа intonаtsiyadаn foydаlаnilаdi: o‘qishgа bormoq, qiziqish bilаn
o‘qimoq, hаyot go‘zаl, muloyim qiz kаbilаr.
So‘zning grammatik shakllari tizimi paradigma deyiladi. Paradigma
morfologiya bo‘limida o‘rganiladi. Morfologiyada turkumlanish hodisasi, uyadosh
so‘zlarni o‘rganishda yaqqol ko‘zga tashlanadi. Ushbu hodisani morfologiyada
uyadoshlik paradigmatikasi deb atash mumkin.
Grammatik shakl so‘zning u yoki bu grammatik vosita yordamida
o‘zgarishidir. Turli grammatik shakllar hosil qilish so‘zning paradigmatik
o‘zgarishi bo‘lib, u leksik ma'no hamda kategorial grammatik ma'nolar birligiga
asoslanadi. So‘zning grammatik shakllari tizimi morfologik paradigmatika
(turlanish, tuslanish tartibi, o‘zgarishlar yig‘indisi) sanaladi. Ma'lumki, «Mustaqil
so‘zlar ob'ektiv borliqdagi ma'lum bir predmet, belgi, harakat kabilarni anglatadi.
Bu so‘zning leksik ma'nosi hisoblanadi. Grammatik ma'no so‘zning leksik
ma'nosini o‘zgartirmaydi, leksik ma'noga qo‘shimcha tarzda ma'no orttirish, so‘zni
so‘zga, gapni gapga bog‘lash, biriktirish vazifasini bajaradi hamda maxsus
vositalar (masalan, qo‘shimchalar) orqali ifodalanadi. Grammatik ma'no va
grammatik shakl (so‘z shakli) deganda, mustaqil so‘zlargina nazarda tutiladi»17.
Grammatik ma'no quyidagicha ifodalanadi:
— o‘zak (negiz)ga grammatik ma'no bildiruvchi qo‘shimcha qo‘shish bilan: kitob-
im, kitob-ni, o‘qdi-ng, yaxshi-roq;
— yordamchi so‘zlar bilan: siz uchun, radio orqali, keldi-yu gapirmadi;
—so‘zlarni takrorlash bilan: burro-burro gapirdi, katta-katta qurilishlar.
So‘zlar leksik-semantik ma'nosi, grammatik belgilariga ko‘ra guruhlarga
bo‘linadi. Ular so‘z turkumlaridir.
O‘qituvchi o‘quvchilarga so‘z turkumlari haqida o‘rganilgan bilimlarni
takrorlash va tekshirish uchun lug‘at diktanti yozdirishi, berilgan matn ustida
ishlash, so‘z turkumlarini ajratish, guruhlash, ular bilan SBlar hosil qilish, gap
tuzish — MYaBT-4 moduli asosida matn yaratish kabi o‘quv topshiriqlarini
berishlari mumkin.
Til jamiyatning eng muhim aloqa vositasi sifatida fikrni shakllantiradi,
ifodalaydi, bayon qiladi. Fikr — gap orqali yuzaga chiqadi.
Gap haqida egallangan bilimlarni mustahkamlash, kengaytirishda, so‘z
birikmasining ahamiyati beqyos. So‘z birikmasi—gapda aniq bir yo‘nalishga ega
bo‘lish, maqsadli fikrlash, qolaversa, gapning badiiy bo‘yog‘ini quyuqlashtirish,
uni qiziqarli hamda mukammal holatga keltirish vazifasini bajaradigan hodisa.
Shuning uchun so‘z birikmasidan gapning qurilish materiali sifatida foydalanish
maqsadga muvofiqdir. Bu esa o‘z navbatida talabaning fikrlash qobiliyatini
faollashtiradi, fikr ifodasini tezlashtiradi. Buni aniq bir misol yordamida kuzatish
mumkin.
Quyida sizga «So‘z birikmalari hosil qilish va ular yordamida gap tuzish»
o‘quv topshirig‘ining an'anaviy «berilgan so‘zlar ishtirokida gap tuzish»
topshirig‘idan ijobiy farq: leksik-semantik maydonning kengayishi, badiiy
bo‘yoqdorlik darajasining ortib borishi, saralash va tanlash imkoniyatlarining
ko‘pligi, talabaga «kashfiyotchilik xuquqning» berib qo‘yilganligi, bu narsa
DTSning asosiy talablaridan biri bo‘lgan «Ijodiy tafakkur sohibini», nutqiy
barkamol shaxsni tarbiyalab, voyaga yetkazdirishdek muhim va dolzarb
masalaning lisoniy yechimi ekanini aniq ko‘rsatib beradigan o‘quv jadvali tavsiya
qilindi. Bunday usulning ona tili metodikasida yangilik sifatida qabul qilinib,
uzluksiz ta'lim jarayoniga tatbiq etilishi foydadan xoli emas deb o‘ylaymiz.

ertalabki quyosh, ko‘m-ko‘k barglar, 1. Barglar jilvalanadi


nafis barglar, mayin shabbodada 2. Bahorning mayin shabboda sida raqs
hilpirayotgan yam-yashil tushayotgan ko‘m-ko‘k barglar
quyosh barglar, quyosh nurida, to‘lin oy nurida jilvalanadi.

nurida, ming bir rangda 3. Bahorning mayin shabbodasida


tovlanadi, jilvalanadi raqs tushayotgan ko‘m-ko‘k
barglar, ertalabki quyosh nurida
erkalanib, ming bir rangda
tovlanadi, jilvalanadi…v.h.
Jadval bo‘yicha dastlab so‘z birikmalarining qanday hosil qlinishini izohlash
talab etiladi. So‘z birikmasi — bosh va ergash so‘zlardan iborat bo‘lib, predmet,
belgi, ish-harakatni yanada aniqroq tasavvur qilishga, gapni aniq bir yo‘nalishda
maqsadli rivojlantirishga xizmat qiladi. Tizimli tilshunoslik fani til o‘qitish
metodikasi uchun tavsiya qlayotgan, talaba (o‘quvchi) lug‘at zaxirasini boyitishga
xizmat qiladigan «Leksikologiyada uyadoshlik hodisalari», so‘z birikmasining gap
mazmunini ochib berishdagi ahamiyati kabi ko‘rsatmalari o‘zbek tili metodikasi
rivoji uchun nihoyatda qmmatlidir.
Jadvalda «Barglar jilvalanadi» yig‘iq gapi bilan «Ko‘m-ko‘k barglar quyosh
nurida jilvalanadi» yoyiq gapini taqqoslash imkoniyati mavjud:
birinchi gapdagi nisbiy mavhumlik (qanday barg? nimaning bargi? nimada
jilvalanadi?) ikkinchi gapda bartaraf etilgandek, gapning mazmuniy tugalligi,
jozibasi oshgandek tuyuladi. Ammo bu narsa ham nisbiylik nazariyasiga
asoslangan bo‘lib, ikkinchi gap, birinchisiga nisbatan, so‘z birikmalarini o‘rinli
ishlatish hisobiga ancha mukammallashgan. Chunonchi uchinchi gapdagi, badiiy
bo‘yoqdorlik, nafislik, jozibadorlik darajasi, birinchi gapga, qolaversa, ikkinchi
gapga nisbatan ham anchagina yuqori. Demak, uzluksiz ta'limda so‘z birikmalari
hosil qilish ustida ishlash, o‘quvchini jadal fikrlash, ravon va bo‘yoqdor fikr
ifodalashga yo‘naltiradi. O‘rinli, nutqiy vaziyatga mos holda tanlangan so‘z
birikmasi, gap mazmunini ochib, balqtib yuboradi. So‘z birikmasi ifodalanayotgan
umumiy fikrni xususiylashtirishga, dalillarni aniqlashtirishga gap qurilishini
jadallashtirishga xizmat qiladi.
2. «Gap bo‘laklari yuzasidan tahlil o‘tkazilganda, o‘quvchilar so‘zlarning o‘z
ma'nosida va ko‘chma ma'noda ishlatilganligini fahmlay oladilar». So‘zlarning o‘z
ma'nosi va ko‘chma ma'noda ishlatilganligi so‘z birikmasida aniqlanadi. U ham
so‘z kabi predmet, ish-harakat va ularning belgisini ifodalash uchun xizmat qiladi,
ham shu xildagi boshqa narsa, buyum, shaxs, belgi, ish-harakatlardan ajratib, fikrni
so‘zga nisbatan aniqroq ifodalaydi.
Masalan:
xatni
nimani o‘qimoq? she'rni
hikoyani
uyda o‘qimoq
qaerda o‘qimoq? maktabda
kutubxonada
astoydil
qanday o‘qimoq? Ifodali o‘qimoq
to‘g‘ri
shoshilib
sekin
O‘quvchilarning so‘zning o‘z va ko‘chma ma'nolari haqidagi tasavvurlarini
boyitish uchun ayrim ijodiy o‘quv—topshiriqlaridan foydalanish mumkin:
1-topshiriq. Berilgan so‘z birikmalaridan otli, sifatli, ravishli, ravishdoshli
birikmalarni ajrating.
2-topshiriq. Yuqoridagi so‘z birikmalari ishtirok etgan gaplar tuzing. So‘z
birikmalarining gapdan farqga diqqat qiling.
3-topshiriq. SBlarini kelishikli birikmalar, ko‘makchili birikmalar qo‘shimchasiz
birikmalarga ajratish. Quyida so‘z birikmalari mavzusini takrorlash, egallangan
bilim, ko‘nikma va malakalarni mustahkamlash, talabada og‘zaki nutq mahoratini
rivojlantirishga yo‘naltiruvchi savol va topshiriqlardan namunalar berildi:
Savol va topshiriqlar
— So‘z birikmalari(SB)ning nutqdagi o‘rni va bajaradigan vazifasini tushuntiring.
— SB bilan so‘zning o‘xshash tomonlarini ayting.
— SB bilan so‘z o‘rtasidagi farqni tushuntiring.
— SB nimalardan tashkil topadi?
— SBlaridagi so‘zlarning o‘zaro bog‘lanishini ta'riflang.
— Sblarda grammatik aloqa nima orqali ifodalanadi?
— SBlarda mazmuniy aloqa qaerda ko‘rinadi?.. v.h.
O‘qituvchining qat'iy, atroflicha o‘ylab va o‘quvchi bilim saviyasiga moslab
tuzgan savollar tizimi, o‘quvchining faol va ongli faoliyat yuritishiga, javobni
Mustaqil , ilmiy uslubda tashkil qilishiga sabab bo‘ladi.
Gap axborot, xabar, so‘roq, buyruq va his-tuyg‘uni ifodalash uchun xizmat
qiladigan sintaktik birlikdir.
Tilning ifoda vositalarini (so‘z, so‘z birikmasi va gap) o‘zaro qiyoslash,
gapning asosiy belgilaridan biri tugallangan fikr ifodasini bildirishini uqb oladilar
va xulosalaydilar.
«Gap grammatik, intonatsion va fikriy jihatdan bir butunlikka, nisbiy
tugallikka ega bo‘ladi» .
1. Gap tugallangan ohang ifodalashi haqidagi bilimni mustahkamlashda
quyidagi matndan foydalansa bo‘ladi:
Ro‘zaning hazm qilish sistemasiga ta'siri haqida to‘xtalaylik: hazm qilish
tizimining eng og‘ir vazifalaridan biri — jigar faoliyati bilan bog‘liq, bunda jigar
o‘n olti xil vazifani ado etadi.. .v.h.
Gaplarni qiroat bilan o‘qng. Ularning chegarasini aniqlang. Zarur tinish
belgilarini qo‘yib ko‘chiring… kabi topshiriqlarni to‘g‘ri bajarish orqali
o‘quvchilar narsa va hodisalarni ularning belgilari, ular orasidagi o‘zaro
bog‘lanishni tasavvur qiladilar, nisbiy tugallangan fikr nimaligini anglab yetadilar.
2. Gap nisbiy tugallangan fikr ifodalashini asoslash uchun gapning so‘z
birikmasidan farqni ko‘rsatib o‘tish foydali.
So‘z birikmasi. Gap.
Yoqimli musiqa. Musiqa yoqimli
Yozuvchi Oybek. Oybek — yozuvchi
Ko‘p kitob. Kitob ko‘p
Birinchi ustundagi so‘z birikmalarida ohang ham, fikr ham mantiqan davom
ettirilishi talab qilinadi.
Masalan: Yoqimli musiqa (dillarga halovat baxsh etardi). Yozuvchi Oybek
(o‘zining butun umrini xalq xizmatiga bag‘ishladi). Ko‘p kitob (o‘qish foydali).
Ikkinchi ustundagi gaplar: Musiqa yoqimli, Oybek — yozuvchi. Kitob ko‘p
– mantiqan tugallangan fikr bo‘lib, so‘zlovchining musiqa, Oybek, kitob haqidagi
xulosasi aytilgan. Fikrni davom ettirishga hojat yo‘qligi aniq ko‘rinib turibdi.
3. Gapning grammatik jihatdan shakllangan bo‘lishini bilishda so‘z birikmasidan
so‘zlarning va gap bo‘laklarning o‘zaro bog‘lanishini – gapdagi so‘zlar
qo‘shilmasini tushunish muhim o‘rin egallaydi. Talabalarning so‘z birikmasiga oid
bilimlarni puxta egallab olishlari, gap, gap bo‘laklariga oid ma'lumotlarni
mustahkam o‘zlashtirishlariga, mazkur bilim va ko‘nikmalarni o‘z nutqda to‘g‘ri
va o‘rinli qo‘llash malakasini hosil qilishlariga zamin bo‘ladi.
4. «Gap – fikr bayon qilishning eng sodda shakli. Nutqdagi bundan keyingi
bo‘linishlar undagi tugallangan ohang va tugal fikr ifodalash, aniqlik va
xususiylikning yo‘qolishiga olib keladi».
Yuqoridagi fikrlar va ilmiy tahlilga asoslanib, quyidagi xulosaga kelinadi:
Gap – aloqa aralashuvning muhim vositasi; u nisbiy tugallangan fikr
bildiradi; grammatik jihatdan shakllangan bo‘ladi; tugallangan ohang bilan
aytiladi. Ammo bu xulosa tayyor holida berilmasdan, uni o‘quvchilarning o‘zi
misollar tahlili orqali «kashf qilishsa», maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Mazkur mavzuni o‘rganish jarayonida darak, so‘roq, buyruq, his-hayajon
gaplar haqidagi bilimlar takrorlanadi, mustahkamlanadi; ularni gaplar oxiriga
qo‘yiladigan tinish belgilariga asoslanib, ifodali o‘qish mashq qilinadi, «qiroat
san'ati» haqida ma'lum tushunchalar beriladi.
Har bir gap o‘ziga xos va mos ohang bilan aytiladi, yozuvda bunday gaplar
oxiriga qo‘yiladigan tinish belgilari orqali farqlanadi.
Darak gaplar matnda ko‘p qo‘llaniladi. U bosiq ohang bilan o‘qlib, bosh
qismida biroz ko‘tariladi, keyingi qismida pasayadi. Yoyiq darak gaplarda ega
guruhi va kesim guruhi orasida qsqa pauza (to‘xtalish) bo‘lib, tovush pasayadi,
ammo tinish belgisi qo‘yilmaydi.
So‘roqning mazmuni va ma'no tashish xarakteriga ko‘ra sof so‘roq gaplar,
ritorik so‘roq gaplar va so‘roq-buyruq gaplar farqlanadi.
Sof so‘roq gaplar so‘roq bilan bir qatorda taajjub, gumon, shubha bildiradi.
Shu bilan bir qatorda tinglovchidan ma'lum javobni talab qiladi. Ritorik so‘roq
gaplar javob talab qlmaydigan gaplardir. Gap ichida uning javobi ham anglashilib
turadi: Xalq orzusini to‘la amalga oshirishda nimalarga ko‘proq ahamiyat berish
kerak? Xalq orzusini amalga oshirishdan katta baxt bormi? (O.).. v.h. So‘roq-
buyruq gaplar buyruq ma'nosini ham o‘z ichiga oladi: Bu kitobni, albatta, o‘qb
chiqsh kerakdir-a? -a taajjub, so‘roq yuklamasi yordamida ifodalanadi.
O‘quvchilar so‘roq gaplarning so‘roq olmoshlari, so‘roq yuklamalari, so‘roq
ohangi yordamida hosil bo‘lishini, ular ko‘proq dialogik nutqda qo‘llanishini
tushunib olishlari zarur.
Mustaqil ish jarayonida sof so‘roq gaplar, ritorik so‘roq gaplar, so‘roq-
buyruq gaplarni tuzish, ularni ifodali o‘qish, so‘roq gaplarni o‘zaro qiyoslash va
farqlash, ular ishtirokida matn yaratish kabi ijodiy-amaliy ishlarni bajarish
o‘quvchilarni darak va so‘roq gaplarni o‘z o‘quvchi nutqlarida to‘g‘ri va o‘rinli
qo‘llay olish malakasini hosil qilishlarida samarali natija beradi.
Buyruq gaplar buyruq, maslahat, iltimos, ogohlantirish, maslahat, chaqriq,
taklif, ruxsat etish, yalinish kabi ma'nolarga ega bo‘lib, ularning ohangi darak gap
ohangiga yaqin bo‘ladi, qo‘yiladigan tinish belgisi ham bir xil. Ayrim buyruq
gaplar sof buyruq ma'nosini anglatmay, buyruq-iltimos, buyruq yalinish, buyruq-
istak, buyruq-maslahat, buyruq-nasihat, buyruq-ogohlantirish, buyruq-da'vat,
(undash), buyruq-ruxsat (yoki taklif kabi emotsional ma'nolarni ifodalaydi).
Buyruq gapning kesimi, asosan, II shaxs buyruq maylidagi fe'l bilan ifodalanadi:
O‘tinni yor, kitobingni o‘qgin... kabi.
Rasmiy nutqlarda buyruq gaplar majhullik nisbatidagi fe'l bilan ifodalanadi:
Farmon bajarilsin.
Boshqa vositalar bo‘lmaganda, buyruq gaplar faqat buyruq ohangi
yordamida hosil bo‘ladi, buyruq mazmuni II shaxsga qaratiladi: «...darsingni
tayyorla!» v.h.
His-hayajon gaplar shodlik, quvonch, sevinch, qo‘rquv, tantana, taajjub,
qayg‘u, afsuslanish kabi his-tuyg‘ularni ifodalaydi, ko‘tarinki ohangda aytiladi,
ayni shu xislati bilan u gapning maqsadga ko‘ra boshqa turlaridan farq qiladi. 1.
Eh, havo qanday musaffo! 2. Shahrimiz naqadar go‘zal... 3. Milliy bog‘ – go‘zal
oromgoh!.. 24

24
To‘xliyev B., Yusupova Sh., Ziyodova T., Oxunjonova O., Jumashev D. O‘zbek
tili o‘qitish metodikasi. Amaliy va labaratoriya mashg‘ulotlar. T.: 2011
Darak va so‘roq gaplarni his-hayajon bilan aytish orqali ham his-hayajon
gap hosil qlinishi mumkin. G‘oliblar keldi. G‘oliblar keldi? G‘oliblar keldi! Ushbu
gaplarda xabar, so‘roq, his-hayajon, sevinch mazmuni, ohang yordamida o‘zgaradi
va bu o‘zgarish yozuvda tinish belgilari vositasida ko‘rsatiladi.
O‘quvchilar amaliy ish jarayonida gapning maqsadga ko‘ra turlari yuzasidan
ijodiy-amaliy mashqlar, rivojlantiruvchi topshiriqlar bo‘yicha mustaqil ishlar
bajaradilar. Shu tariqa gaplardagi ma'no nozikliklarini to‘g‘ri anglash, talaffuz va
yozuvda to‘g‘ri ifodalash borasida ko‘nikma va malakalar hosil qiladilar.
Gap turlarini o‘rganish jarayonida «Kesim gapning markazi» mavzusidan
foydalanish yaxshi natija beradi. Gapning markazi (kesim)-zamon, shaxs-son
tasdiq-inkor ma'nolari bilan birikib kelgan so‘z birikmasi ekanligi, sodda gap bir
markazli va qo‘shma gap ikki va undan ortiq markazli gaplarga kiritilishini
o‘quvchilarga tushuntirish lozim bo‘ladi. Mazkur mavzuni o‘rganishda quyidagi
bilim, ko‘nikma va malakalarni hosil qilishga alohida ahamiyat beriladi .
Og‘zaki nutq odatdagi tovushli so‘zlashuv nutqi bo‘lib, bu nutq ko‘proq ohang va
turli imo-ishoralar bilan aloqadordir. Unda murakkab grammatik qurilmalardan
foydalanilmaydi. O‘quvchi og‘zaki nutqda ko‘proq sodda gaplarni qo‘llaydi: u o‘z
suhbatdoshiga nimanidir ko‘rsatishi, mantiqiy urg‘udan foydalanib, ma'lum bir
so‘zni alohida ta'kidlashi, nimanidir mimika, qo‘l, ko‘z, bosh harakati bilan
anglatishi mumkin. Og‘zaki nutqda fikrni ixcham ifodalash maqsadida to‘liqsiz
gaplardan foydalaniladi. Nutqning bu turi bir yoki bir necha kishi tomonidan
amalga oshiriladi va monolog, dialog, polilog shaklda namoyon bo‘ladi.

Nazorat uchun savollar:


1. Morfologiyani o‘qitishning o‘ziga xos jihatlari nimalardan iborat?
2. Mustaqil so‘z turkumlarini o‘qitishning didaktik asosini ayting?
3. O‘zingiz mustaqil ravishda morfologiyaga oid biror mavzuni qaysi usulda
o‘qitishingizni tushuntirib bering.
4. Morfologiyani o‘qitishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish usullari.
5. So‘z birikmalari (SB)ning nutqdagi o‘rni va bajaradigan vazifasini tushuntiring.
6. SB bilan so‘zning o‘xshash tomonlarini qanday tushuntirasiz?
7. SB qanday so‘zlardan tashkil topadi?
8. SBlaridagi so‘zlarning o‘zaro bog‘lanishini ta'riflang va tushuntiring.
9. Sblarda grammatik aloqa nima orqali ifodalanadi?
10. SBlarda mazmuniy aloqa qaerda ko‘rinadi?.. v.h.
11. Gaplarni ifoda maqsadi va tuzilishiga ko‘ra turini ayting. Ularning o‘qilish
ohangiga diqqat qiling.
Test

1. Ona tili o‘qitish metodikasining umumiy yo‘nalishini nima begilab beradi?


A) *Didaktika belgilaydi.
B) Pedagogika belgilaydi.
C) Psixologiya belgilaydi.
D) Hamma javoblar to‘g‘ri.
2. Qanday tipli mavzularda suxbat metodi qo‘l keladi?
A) Oldindan tanish mavzularda.
B) Darsning uyga vazifani ko‘rish qismida .
C) Qiyosiy usulda o‘tiladigan mavzularda.
D) *Nazorat usulida o‘tiladigan mavzularda.
3. Tovush va harfni qiyoslash o‘quvchilarni nimadan saqlanish imkonini beradi?
A) Tovush va harfni qorishtirib yuborishdan ogohlantiradi.
B) *Tovush va harfning o‘ziga xos xususiyatlarini farqlaydi.
C) Matnni noto‘g‘ri yozishdan.
D) Kelishiklarni o‘rinsizishlatishdan.
4. So‘zlarning ko‘p ma’noliligini qanday tushuntirish mumkin?
A) Har bir so‘zning ma’nosiga to‘xtaladi.
B) So‘zning bir ma’nosi va ko‘p ma’nosi qiyoslanadi.
C) *So‘zning turli ma’nolari ifodalangan gaplar yozilgan jadval
yoki doskadan foydalaniladi.
D) Lug‘atlardan foydalanish tavsiya qilinadi
5. So‘zlar qo‘llanish ko‘lamiga ko‘ra nechtaga ajratiladi?
A) *Umuman ishlatiladigan va ishlatilmaydigan so‘zlar.
B) Bir ma’noli va ko‘p ma’noli so‘zlarga.
C) Yangi paydo bo‘lgan va eskirgan so‘zlarga.
D) Atamalar va atamalarga.
6.O‘zbek tili o‘qitish metodikasining vazifalari?
A) Ona tili predmetining hajmi, mundarijasi, maqsadi, o‘ziga
xos xususiyatlari, materialni sinflar bo‘yicha taqsimotini aniqlash.
B) O‘qituvchi va o‘quvchilar vaqtini tejash.
C) Dasturda belgilangan bilimlarni o‘zlashtirish uchun shart-
sharoitlar bilan bog‘liq masalalarni hal qilish.Nimani o‘rgatish? Qancha o‘qitish?
Qanday usullar bilan o‘qitish kabi savollarga javob berish.
D) Hamma javoblar to‘g‘ri.
7“MYBT-4” — modulining mohiyatini ko‘rsating?
A. “MYBT-4” moduli — matn yaratishning bosqichli tizimi bo‘lib, u 4 bosqichda
amalga oshiriladi: so‘z tanlash, so‘z birikmalari hosil qilish, gap tuzish, matn
yaratish
B. “MYBT-4” moduli — moslashtiruvchiman, yaratuvchiman, biluvchiman, tahlil
qiluvchiman: so‘z tanlash, so‘z birikmalari hosil qilish, gap tuzish, matn yaratish
C. “MYBT-4” moduli — matn yaratishning baholash tizimi bo‘lib, 4 bosqichda
amalga oshiriladi: so‘z tanlashni baholash, so‘z birikmalari hosil qilishni baholash,
gap tuzishni baholash, matn yaratishni baholash
D. “MYBT-4” moduli — matn yaratishning baholash tizimi bo‘lib, so‘z
birikmalari hosil qilishni baholash, gap tuzishni baholash, matn yaratishni baholash
8.Bilimlarni ongli o‘zlashtirish, ma’no va mazmunni anglash, tushunib o‘rganishga
yo‘naltirilgan prinsipni bеlgilang?
A. Onglilik
B. Tarbiyaviylik
C. Faollik
D. Izchillik
9.Fanda nimani, qanday, qancha o‘rganish; o‘zlashtiriladigan bilimlar hajmi va
mazmuni kabi masalalar bilan qaysi fan shug‘ullanadi?
A. Mеtodika
B. Uslubshunoslik
C. Pеdagogika
D. Falsafa
10.“Mеtod” so‘zining mohiyatini bеlgilang?
A. Mеtod — muayyan maqsadga erishish, aniq vazifani bajarish usuli, borliqni
ilmiy yoki nazariy o‘zlashtirish (bilish) usullari majmui
B. Mеtod — aqliy faoliyatni rivojlantirish, diqqat, xotira, tafakkur kabi intеllеktual
qobiliyatlarni o‘stirish, mustaqil va ijodiy izlanishga o‘rgatish usullari majmui
C. Mеtod — mavzuga oid muammoni tanlash, tushuntirish va tahlil qilish usullari
majmui
D. Mеtod — mavzuga oid bo‘lmaganmuammoni tanlash va tahlil qilish

10-ma’ruza
Mavzu: Til sathlarini o‘rganishda o‘quvchilarning og‘zaki, yozma va
bog‘lanishli nutqini o‘stirishning o‘ziga xos xususiyatlari
REJA:
1. Ona tilidan olingan bilim, hosil qilingan malaka va
ko‘nik-malarning tadbiqi.
2. Til sathlarini o‘rganishda o‘quvchilarning og‘-zaki,
yozma va bog‘lanishli nutqini o‘stirishning o‘ziga xos xususiyatlari
Nutq o‘stirish, birinchidan, ona tili o‘qitish metodikasining sohasi,
ikkinchidan, bolalarni nutqqa o‘rgatish jarayonidir. Maktabda o‘tiladigan darslar
orasida o‘quvchilarning ham o‘qishini ham yozishini nazorat qiladigan predmet
ona tili predmetidir. To‘g‘ri maktab o‘qituvchilarining hammasi ham o‘quvchi
nutqini kuzatadi, ammo faqatgina ona tili darslarida nutqni o‘stirish masalasi
ma’lum tartibda maqsad sari yo‘naltirilgan bo‘ladi. Darhaqiqat, har bir kishining
madaniyati, savodxonligi uning so‘zi, nutqi bilan ham baholanadi. Nutq orqali
insonning ichki dunyosi: qobiliyati, rostgo‘ylik, odamgarchilik kabi fazilatlari ham
ochiladi.
O‘quvchilar nutqini o‘stirish ularga o‘z xalqi adabiy tilini o‘rgatish
demakdir. Ularni adabiy til talafluz me’yorlarida so‘zlashga odatlantira borish nutq
o‘stirishning asosiy maqsadi sanaladi. O‘quvchilarning so‘z boyligini oshira
borish, adabiy til me‘yorlarini egallatish, o‘quvchi uchun yangi bo‘lgan har bir
so‘zning talaffuzini o‘rgatish, fikrni og‘zaki va yozma holda tinglovchiga yetkaza
olish malakalarini hosil qilish bu kursning vazifasi sanaladi.
O‘quvchilarning nutqini o‘stirish ishi ularning birinchi sinfga borishidan
boshlanadi. Nutqni shakllantirish va rivojlantirish uchun grammatikaning hamma
bo‘limlarida ishlash zarur. Natijada nutqiy ko‘nikmalar shakllana boradi. Nutqiy
ko‘nikmalarga nutqning ixcham, soda, ravon bo‘lishi kiradi: o‘quvchilarni to‘g‘ri
talaffuzga o‘rgatish so‘z boyligini oshirish ishlari birinchi darajali vazifa qilib
qo‘yiladi. O‘quvchilar nutqini o‘stirishda o‘qituvchi nutqining ta’siri kuchli
bo‘ladi. Shuning uchun ham, o‘qituvchi o‘z nutqiga katta e’tibor qaratishi zarur.
Nutqning og‘zaki va yozma shakllari o‘zaro uzviy bog‘langan bo‘lsa- da,
ularning o‘ziga xos tomonlari mavjud. Og‘zaki nutqning imkoniyatlari kengroq,
chunki inson o‘z ftkrini bayon etishda so‘zlardan tashqari intonatsiya, pauza, qo‘l
harakati, mimika kabi yordamchi vositalardan ham foydalanadi. Yozma nutq esa
savodxonlik tufayli hosil bo‘ladi.
Nutq madaniyatini tarbiyalashda nutqda uchraydigan nuqsonlarni aniqlash ham
metodik ahamiyatga ega. Ular:
— mahalliy sheva yoki oila ta’siri;
— “ko‘cha tili”ning ta’siri;
— adabiy til normalariga amal qilmaydigan o‘qituvchilar nutqi
— maktabda o‘quvchilarning og‘zaki nutqiga e’tibor bermaslik,
— nutq organlarida g‘ayritabiiy kamchiliklarning bo‘lishi: “r"ni aytolmaslik, tili
chuchuklik kabi. Ana shu nuqsonlarning oldini olish maktab o‘qituvchisiiimg
vazifasi sanaladi.
Nutq o‘stirish ishlari uch yo‘nalishda olib boriladi:
1. Adabiy til me’yorlarini egallash.
2. O‘quvchilar nutqini lug‘at boyligi va grammatik qurilish bilitil boyitish.
3. Nutq faoliyatining turli xil ko‘rinishlarini o‘rgatish.
Adabiy til me’yorlari va nutq o‘stirish
Adabiy til me’yorlarini egallash nutq o‘stirishda asosiy rol o‘ynaydi. Maktab
o‘quvchilarining ko‘pchiligi biror shevaga mansub bo‘lili, nutqda sheva
elementlarini qo‘llash fikrni tezda anglab olislml qiyinlashtiradi. Masalan,
shevadagi shoti, zangi, kadi kabi so‘zlar hamma uchun ham tushunarli emas.
Adabiy talaffuz normalarini belgilab beradigan qoidalar to‘plami orfoepiya
deyiladi. Orfoepik malakalarni shakllantirishda grammatik qoidalarning ahamiyati
katta. Shuni ham aytish kerakki, orfoepik qoidalarni, adabiy me’yorlarni faqat
kitob o‘qish orqali egallab boimaydi. Chunki talaffuz bilan yozuv hamma vaqt ham
mos kelavermaydi.
Adabiy til me’yorlariga amal qilib talaffuz qilish, asosan, ikki yo‘l bilan
amalga oshiriladi (o‘rgatiladi):
1)adabiy til me’yorlariga amal qilib so‘zlovchi kishilarga ergashish orqali;
2) izchillik bilan tinmay adabiy til me’yorlarini o‘rganish va onli ravishda
o‘zlashtirish yo‘li bilan. Bolaning nutqi kattalarga taqlid qilish, ularni eshitish
orqali shakllanadi. Bolada taqlid qilish juda kuchli. 0‘qituvchi bundan unumli
foydalanishi zarur.
O‘quvchining o‘zi odatlangan “tildan” adabiy til normalariga o‘tishi bir necha
bosqichni talab qiladi:
1) maktabda “o‘z” tilidan “boshqacharoq” tilga duch keladi: aya-opa, dada
— ota, sho‘tta — shu yerda, ag‘da — u yoqda... ;
2) asta-sekin adabiy tilga doir faktlarga duch keladi: fonetika, leksikologiya,
morfologiya, sinonimiya, omonimiya, antonimiya, nutq organlari kabi so‘z va
atamani o‘rganadi;
3) o‘zi bilgan faktlarni yangilari bilan solishtira boradi. Masalan, 5-sinfda b,
d, z jaranglilarining talaffuzda p, t, s kabi jarangsizlashishi, ammo aslida yozilishi
kabi faktlarga duch keladi;
4) o‘quvchi tushunchasida “o‘z” tili bilan adabiy til o‘rtasidagi qarama-
qarshilikda adabiy til afzalligi paydo bo‘la boshlaydi va unga qiziqib tushungan
holda o‘rgana boshlaydi. Bunday vaqtda aytilishi bilan yozilishi farq qiladigan
so‘zlar ko‘proq ishtirok etgan matndan mashq qildirish maqsadga muvofiq
sanaladi. Oquvchilarning adabiy til me’yorlarini egallshida grammatikaning ham
ahamiyati katta. Grammatikani yaxshi o‘zlashtirmagan kishida kelishik afiikslarini
aralashtirib ishlatish hollari uchrab turadi.
O‘quvchilar nutqini o‘stirishda sinonimlarning ham roli katta. Sinonimiya
qatoridagi har bir so‘zning qo‘llanish o‘mi mavjudligi o‘quvchilarga tushuntirishi
zarur. Bunda o‘quvchilarga sinonimlar bilan omonimlami taqqoslab misollar
toptirish yaxshi natija beradi: bir o‘quvchidan vuz so‘zining sinonimlarini topish
so‘ralsa, boshqa o‘quvchiga shu so‘zning omonimlarini topish topshiriladi.
Nulq madaniyati sintaksis bilan bevosita aloqador. Chunki gapda so‘zlarning
joylashish tartibi, gap ohangi, gap umumiy mazmunining yuzaga chiqishiga xizmat
qiladi. Bu kabi qonun-qoidalar sintaktik tushunchalar asosida o‘quvchilarga
singdira boriladi. Bunday ko‘nikmalarni hosil qilish uchun ko‘proq mashq qilish
kerak. Fikrni tinglovchiga yetkazishda uzundan-uzoq jumlalar tuzish, o‘rinsiz
qaytariqlar salbiy ta’sir qiladi.
Lug‘ at ustida ishlash va nutq o‘stirish.
Lug‘at ustida ishlash: o‘quvchilami ona tilining lug‘at boyligi bilan tanish-
tirish, lug‘at sostavidagi so‘zlardan nutqda to‘g‘ri foydalanish, o‘quvchilarni yangi
so‘zlar bilan tanishtira borish, adabiy tilga xos bo‘lmagan so‘zlardan o‘rinsiz foy-
dalanmaslikka oid ko‘nikmalarni shakllantirish kabi maqsadlarni nazarda tutadi.
Lug‘at ustida ishlash, birinchidan, ta’lim-tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatib,
o‘quvchilarning fikr doirasini kengaytiradi, ikkinchidan, o‘quvchilarni yangi
so‘zlar bilan tanishtiradi, uchinchidan, ona lili darslarida grammatik, orfografik,
punktatsion qoidalar ustida ish olib borilar ekan, lug‘at ustida ishlashni ham
unutmaslik kerak. Chunki o‘quvchilar maktabga kelgan kundan boshlab, uni bitirib
ketgunga qadar lug‘at ustida ishlashi lozim. Lug‘atni boyitish manbalari sifatida:
o‘qituvchining nutqi, kitob o‘qish, o‘quv predmetlarini anglash, kattalar va
tengdoshlari bilan muloqotda bo‘lish, ekskursiya kabilami ko‘rsatish mumkin.
Demak, bularni quyidagicha guruhlash mumkin: ko‘rish orqali qabul qilish (kitob,
gazetajurnal o‘qish), eshitish orqali qabul qilish (o‘qituvchi, tengdoshlari, kattalar
nutqi: radio eshitish, teleko‘rsatuv, teatr tamoshalarini ko‘rish): birvaqtning o‘zida
ko‘rish va eshitish (maxsus titrdagi kinofilm ko‘rish, muzey, vistavkalarga borish).
Odatda, o‘quvchilar o‘z nutqida ishlashtadigan so‘zlarga nisbatan ancha ko‘p
so‘zlarni eshitadilar. Lekin ularning hammasini tushunavermaydilar. Masalan, 5-
sinfda abonement (obuna) abonent (obunachi), adresant: (yuboruvchi), adresat
(oluvchi), byust, byurokrat, vakuum, vulgar (dag‘al, qo‘pol), genial kabi
so‘zlarning ma’nosini o‘qituvchi yordamida anglaydilar. Ayni paytda bu so‘zlami
o‘z nutqlarida birdaniga ishlatib keta olmaydilar. Ularni o‘zlashtirganlaridan
keyingina faol lug‘at boyligiga aylanadi. Ular har bir o‘zlashtirilayotgan yangi
so‘zlarni lug‘at daftarlariga yozma mashq qilishlari kerak. Nutq madaniyati ustida
izchil va samarali ishlashning muhini shartlaridan biri o‘zbek mumtoz adabiyoti
durdona asarlarini o‘qish, tilini qunt bilan o‘rganishdir.
Bog‘lanishli nutqni o‘stirish.
Ona lili darslarida o‘quvchilar nutqini o‘stirish ularning ongini rivojlantirish
bilan bir butunlikni tashkil qilib, u uch yo‘nalishda amalga oshiriladi.
Birinchi yo‘nalish - o‘quvchilarning so‘z boyligini kengaytirish.
O‘quvchilar so‘z boyligi maktabda o‘tiladigan barcha fanlarni o‘rganish
jarayonida orta boradi. Ona tili darslarida esa lug‘at ustida ishlash, mashq bajarish,
notanish so‘zlami lug‘atdan topish yo‘sinida olib boriladi.
Ikkinchi yo‘nalish - o‘zbek adabiy tili me’yorlarini o‘rgatish. Me’yorni
singdirish o‘quvchilar nutqida uchraydigan shevaga xos so‘zlarni bartaraf qilishdir.
Buning uchun o‘qituvchi o‘zi ishlayotgan hududdagi sheva xususiyatlarini puxta
o‘rganib chiqib, shu asosda ish ko‘rish kerak.
Uchiinchi yo‘nalish - o‘quvchilarda fikrni og‘zaki va yozma bog‘lanishli
bayon qilish malaka va ko‘nikmalarini shakllantirish. Kishining o‘z fikrini
mantiqiy izchillik bilan adabiy til me’yoriga rioya qilgan holda bayon qila olishi
bog‘lanishli nutq hisoblanadi. O‘quvchilar nutqi, ko‘pincha, oila, maktab, o‘qish,
radio, televiideniya va kinoning ta’siri bilan shakllanadi. O‘quvchilar nutqining
adabiy til me’yorida rivojlanishida ona tili va adabiyot darslarining ijobiy ta’siri
katta. O‘qituvchi bolalarni nimaga o‘rgatish zarurligini, bog‘lanishli nitqdan
qanday ko‘nikmalarni shakllantirish kerakligini aniq tasavvur qilgandagina
vaqtdan unumli foydalanadi.
O‘quvchilarning bog‘lanishli nutqi ustida ishlash usullari
Nutq turlari. Odam nutq yordamida o‘zining g‘oyalari, fikrlari, tuyg‘u va
istaklarini bayon etadi va boshqalarning o‘ziga munosabati, ijobiy yoki tanqidiy
fikrlari, his- tuyg‘ulari, madaniyati, orzu- istaklarini anglab oladi. Inson nutqi raig -
barang. Do‘stlarning suhbati ham, so‘zlayotgan kishining chaqirig‘i ham,
san’atkorning sahnadagi monologi ham, o‘quvchining ma’lum bir so‘roqqa
qaytarayotgan javobi ham nutqdir. Sharoitga qarab nutq turli xilda namoyon
bo‘ladi. U ba’zan istak-tilak, ba’zan chaqiriq - murojaat, ba’zan esa inson quvonchi
yoki ruxiy iztirobi shaklida ifodalanadi.
Nutq ichki va tashqi ko‘rinishlarga ega. Ichki nutq odamning o‘z ichida
gapiradigan passiv nutqi bo‘lib, u ikkinchi kishining ishtirokini talab etmaydi.
Shuning uchun ham bu nutq o‘z -o‘ziga qaratilgan nutq saialadi va uni nazorat
qilib bo‘lmaydi. Ichki nutq og‘zaki va yozma nutqning asosi sifatida xizmat qiladi.
Shuning uchun ona tili ta’limi jarayonida ichki nutqni rivojlantirishga alohida
e’tibor berish lozim. Fikrni bir joyga to‘plash , nimalar xususida fikr yuritish
kerakligini belgilash, bayon qilinadigan asosiy fikrning 1 mohiyatini anglash, ichki
nutqni rivojlan tirishda muhim omildir. Ona tili mashg‘ulotlarida bajariladigan
mustaqil ishlarning hammasi ichki nutq holatida boshlanib, keyin gashqi nutq
shaklida namoyon bo‘ladi. Ayniqsa, insho, bayon yozishdan oldingi jarayon ichki
nutq namunasidir. Tashqi nutq boshqalarga qaratilgan va nazorat qilish mumkin
bo‘lgan faol nutq bo‘lib, u og‘zaki va yozma shakllarga ega,
Og‘zaki nutq odatdagi tovushli so‘zlashuv nutqi bo‘lib, bu nutq ko‘proq
ohang va turli imo -ishoralar bilan aloqadordir. Unda murakkab grammatik
qurilmalardan deyarli foydalanilmaydi. O‘quvchi og‘zaki nutqda ko‘proq sodda
gaplarni qo‘llaydi: u o‘z suxbatdoshiga nimanidir ko‘rsatishi, mantiqiy urg‘udan
foydalanib, ma’lum bir so‘zni alohida ta’kidlashi, nimanidir mimika, qo‘l, ko‘z,
bosh harakati bilan anglatishi mumkin. Og‘zaki nutqda fikrni ixcham ifodalash
maqsadida to‘liqsiz gaplardan foydalaniladi. Nutqning bu turi bir yoki bir 1necha
kishi tomonidan amalga oshiriladi va monolog, dialog va polilogik shaklda
namoyon bo‘ladi.
Yozma nutq esa harf va so‘zlarning ma’lum asosida o‘zaro birikuvi, tinish
belgilari, har xil ajratishlar: abzatslar, paragraflar va gaplarni grammatik jihatdats
aniq va tushunarli bayon qilish orqali voqelanadi. Yozma nutq ham og‘zaki nutq
singari monologik, dialogik va polilogik shakllarga ega.
Monologik nutq bir kishining boshqalarga qaratilg‘ats nutqi bo‘lib, u
ximoya qilish, xabar berish, o‘qilganni qaytadan so‘zlab berish, o‘zi savol berib,
o‘zi javob berish shaklida namoyon bo‘ladi.
Dialogik nutq ikki kishi o‘rtasida amalga oshadi. Polilogik nutq esa ko‘p
kishining bir zamon va makondagi nutqidir. Nutqning bu ko‘rinishlari o‘ziga xos
xususiyatlarga ega, Avvalo, bu nutq turlari keng jumlalarni talab etmaydi. Shuning
uchun dialogik va polilogik nutq tarkibida to‘liqsiz gaplar juda ko‘p bo‘ladi.
Bunday nutq tarkibida so‘roq va undov gaplar ham uchraydi. Gaplar ko‘pincha
o‘zining qisqaligi bilan ajralib turadi. Og‘zaki dialogik va polilogik nutqda so‘z
bilan ifodalash qiyin bo‘lgan bir qator vositalar: mimika, barmoq, imo - ishoralar,
ohang ham ishga solinadi. O‘quv chilar fikrni boshqalarga jadal va ovozsiz
yetkazish uchun xizmat qiluvchi ana shu vositalardan foydalanishni o‘rganishlari
ham ona tili o‘qitishning muhim vazifalaridan biridir.
Ona tili ta’limi jarayonida ko‘pincha dialogning keng tarqalgan ko‘rinishi –
suhbatdan foydalaniladi. Bu, odatda o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasi- dagi
muloqotdir. Nutqning bu ko‘rinishi tugallangan jumlalardan foydala-nish bilan
ajralib turadi.
Nutqning ikkinchi turi yozma nutqdir. Yozma nutq ustida ishlash
og‘zaki nutqqa qaraganda ancha murakkab jarayon.Chunki u o‘quv-chidan
grammatik va mazmun jihatidan to‘g‘ri jumla qurishni, har bir so‘zni o‘z
o‘rnida to‘g‘ri qo‘llashni, fikrni ixcham, izchil, ifodali, uslub jihatidan sodda va
ravon ifodalashni, bayon qiliigan fikrlar asosida xulosalar chiqarishni talab etadi.
Bu nutq turining murakkab tabiati ham shuidaki, u imlo, tinish belgilari va uslub
bilan bog‘liq. So‘zni to‘g‘ri yozish, tinish belgilarini o‘rinli qo‘llash, fikrni uslub
talabiga muvofiq bayon qilish o‘quvchidan katta mas’uliyatni talab etadi.
Yozma nutq tekshiriladi, kuzatiladi, takomillashtiriladi, bu jihatdan u og‘zaki
nutqqa qaraganda. ancha qulay imkoniyatlarga ega. O‘quvchi yozma nutq-dagi
xato va kamchiliklar ustida ishlaydi, ularni bartaraf etadi, keyingi ishlarda xato va
kamchiliklarg‘a yo‘l qo‘ymaslikka intiladi. imlo va tinish belgilari ustida ishlash
matn ustyda ishlash bilan qo‘shilib, bir yaxlitlik hosil qiladi.
O‘quvchilar nutqiga qo‘yiladigan asosiy talablar. Inson butun umri
davomida o‘z nutqini takomillashtirab boradi. U tilning boy imkoniyatlaridan
unumli foydalashish orqali nutqning go‘zal, ravon, ifodali, ta’sirchan bo‘lishiga
intiladi. Bu jarayon, ayniqsa, bolalik davrida samarali kechadi. Kichik bolalik
davridan boshlab u aloqa- aralashuvga extiyoj sezadi; o‘zgalarning fikrini tinglash
va o‘z fikrini bayon qilishga tobora ko‘proq zaruriyat seza boshlaydi. Avvalo shuni
qayd qilish lozimki, maktabda o‘qshtiladigan barcha o‘quv fanlari o‘quvchi nutqi
ustida ishlashga yo‘a ochadi. "Ona tili " esa o‘quv fani sifatida ana shu
imkoniyatlarni birlashtirib, o‘quvchining fikr ifodalash malakalarini ri vojlantiradi.
Uni tilimizning go‘zal olamiga olib kiradi, nutqni yaxshilash, boyitish, unga
badiiy bo‘yoq berish, nafosat bag‘ishlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘quvchi nutqiga bir qator muhim talablar qo‘yiladi : Ana shu muhim
talablardan biri nutqning nutq sharoitiga mosligidir, Nutq sharoiti deganda nutq
yaratilayogan paytda so‘zlovchi va tinglovchining sharoiti tushuniladi. Bu sharoit
behad ko‘p tarkibli, serqirra bo‘lib, so‘zlovchi va tinglovchini nutq paytida qurshab
turgan barcha narsa – buyum, holatlardan tortib, ularning bilim saviyasi, kasb -
kori so‘zlovchining maqsadi va imkoniyatlarigacha bo‘lgan barcha narsalarni o‘z
ichiga oladi.
Nutq sharoiti nutq shaklini belgilashda juda muhim omildir, Chunon-chi,
bir-biridan uzoq turgan so‘zlovchi va tinglovchi faqat yozma nutq (xat, SMS,
elektron pochta, axborot,ma’lumot, modem v.h.) vositasida fikr almash tira oladi.
Tabiiyki, bu nutqning o‘ziga xos xususiyatlari bor. Bir - biriga yaqin turgan
so‘zlovchi va tinglovchi orasida fikr almashishning eng qulay yo‘li og‘zaki
nutqdir. Og‘zaki va yozma nutqning o‘z nutq sharoitlariga yarasha xilma - xil
xususiyatlari bor. Chunonchi, so‘zlovchi bntta, tinglovchi ko‘p bo‘lsa,
so‘zlovchining baland ovozda to‘xtamlar (pauzalar)ga rioya qilib, imo -
ishoralardan foydalanib, fikrni izchil va o‘zaro uzviylik va uzluksizlikda, bir -
biriga bog‘lab bayon qilishi talab etiladi. Bunday nutqning o‘ziga xos ko‘rinishi
o‘quvchining nazariy masalalarni yoritish yoki topshiriqlarni bajarish jarayonidagi
javoblarida, ma’lum bir mavzuni sinfda, biror yig‘inda ochib berishdagi nutqida
o‘z aksini topadi. Shuning uchun bunday nutqda fikr izchilligi, gaplarning o‘zaro
to‘g‘ri bog‘lanishi, bog‘lovchilar, olmoshlar, soha atamalari, ovoz tembri, ohang
kabilarni to‘g‘ri ko‘llashga alohida e’tibor berish lozim. O‘quvchining bunday
nutqi uzundan - uzoq jumlalardan, ortiqcha. so‘zlar-dan, odat tusiga kirib qolgan
takrorlardan holi bo‘lishiga, nutq yaratilayot-gan paytda o‘quvchining
so‘zlovchilarga nisbatan qanday turipshga, qo‘l, ko‘z, bosh, bo‘yin, oyoq
xarakatlariga alohida e’tibor berish kerak. Nutq sharoitining muhim tarkibiy
qismlaridan biri so‘zlovchining tinglovchilar saviyasini hisobga oliishdir. Xalqimiz
qadimdan bunga juda katta e’tibor bergan. Shuning uchun nutqni tinglovchilargl
tushunarli qilib bayon etish zaruriyati "So‘zni aytgin uqqanga" maqolida
ta’kidlangan.
Musulmonlar orasida bir rivoyat keng tarqalgan. Tasavvuf ilmining buyuk
namoyandalaridan biri Mansur Xalloj (858 — 920 yillar) dunyoqarashiga binoan
har bir odam haqning bir zarrasidir. Shuning uchun u "Anal haq" (Men ham
haqman) deb aytgan. Uni xudolikka da’vo qilyapti deb, bu so‘zi uchun dorga osib
o‘ldirganlar, Shunda birovlar Mansur Xallojni haq, to‘g‘ri, boshqalar esa nohaq
deb baholagan. Muridlari Mansuri Xallojning haq yoki iohaqligini aniqlash
maqsadida buyuk olim Abdullo Ansoriyga murojaat qiladilar. Ansoriy bunga
lo‘ndagina javob boradi: "So‘zni tushunadiganga aytish kerak". Agar Mansuri
Xalloj olimlar yoki fozillar orasida, ya’ni "Anal haq" ma’nosini tushunadiganlar
davrasida shu gapni aytganida uni o‘ldirmasliklari mumkin edi. Bu gapni
tushunmaydigaa avom oldida aytish, "Men haqman" deyish xudolikka da’vo qilish
bilan teng va bunday shaxs shariat hukmiga ko‘ra o‘ldirilishi lozim ekan.
Rivoyatdan ko‘rinib turibdiki, tinglovchilarning saviyasini hisobga olish faqat nutq
taqdirini emas, balki notiq taqdirini ham hal qiladi, Shuning uchun o‘quvchilarda
o‘z fikrini tinglovchining saviyasi, yoshi, mavqei ni hisobga olgan holda bayon
qilish ko‘nikmalarini shakllantirishga alohida e’tibor berish kerak. Buning uchun
o‘quvchilar bilan aniq bir fikrni (axborotni, tilak, istakni v.h.) o‘zidan kichiklarga
tengqurlariga, o‘zidan kattalarga, yaqinlariga, yaqindan tanish bo‘lmagan
shaxslarga yetkazish ustida muntazam ish olib borishlariga to‘g‘ri keladi. Bu
faoliyat bolalarni maktub SMS, elektron pochtaga axborot, ma’lumot, modem
yozish, ayni bir fikrni turli kishilarga turli xilda bayon etish ko‘nikmalarini
shakllantirishga samarali ta’sir ko‘rsatadi.
O‘quvchi nutqiga qo‘yiladigan yana bir muhim talab mazmundorlikdir.
Shuni unutmaslik lozimki, nutq nutq sharoitiga mos tushsa, u mazmunli bo‘ladi.
O‘quvchi faqat bilgan narsalarini, o‘zi xabardor bo‘lgan voqea, axborot,
ma’lumotlarni og‘zaki va yozma shakllarda to‘g‘ri bayon qilishi mumkin. Aniq
dalillar, o‘quvchining shaxsiy kuzatish yoki taassurotlari, his tuyg‘ulari asosida
yuritilgan fikrigina o‘zgalar diqqatini o‘ziga tortadi. Mazmunsiz fikr na shaxsning
o‘ziga, na o‘zgalarga yoqadi.O‘quvchiga o‘zi o‘qigan, kuzatgan, bilgan voqea–
hodisalar xususida yozish ancha oson kechadi. 5–sinf o‘quvchilarida matn yaratish
ko‘nikmalarini shakllantirish uchun suhbat, hikoya, muammoli matn, o‘qilgan
badiiy asarlar, tomosha qilingan sahna asarlari va kinofilmlar, shaxsiy kuzatishsh
taassurotlar, kundalik hayot voqealari boy manba bo‘lib xizmat qiladi.
O‘quvchi nutqiga qo‘yiladigan talablardan yaia biri fikrning mantiqan
to‘g‘ri, aniq va izchil bo‘lishidir. Nutqda har bir fikr mantiqan asoslangan
bo‘lsagina, uning ta’sirchanligi ortadi. Bu har bir o‘quvchidan narsa, voqsa-
hodisaga sinchkovlik bilan qarash, ularning har biriga to‘g‘ri baho bera olish, shu
yo‘l bilan nutqni muntazam va izchil qurish, uni isbotlay bilishni talab etadi,
O‘quvchi fikrni bayon etayotganda bir fikrni ikkinchisi bilan maitiqan to‘g‘ri
bog‘lay olishi, mavzuta aloqador bo‘lgan asosiy fikr-larni ikkinchi darajali
fikrlardan farqlay bilishi, qaytariqlarga yo‘l qo‘ymasligi kerak.
Nutq - mantiqiy fikrlash masuli. U taqqoslash, guruhlash, umumlashtirish
kabi aqliy faoliyat usullari bilan chambarchas bog‘langan.Taqqoslash shunday bir
mantiqiy usuldirki, u bilan moddiy olamdagi narsalar va voqealarning bnr -biriga
o‘xshashligi va bir - biridan farqi aniqlab olinadi, shu asosda muhim xulosalar
chiqariladi. O‘quvchi bunday faoliyat usulidan foydalanmay turib, mantiqan to‘g‘ri
fikr yurita olmaydi.
Nutqning mantiqan to‘g‘riligi esa avvalo fikrlarning aniq va bir -biriga
izchil bog‘langanligi, mavzudan chetga chiqmaslik, mazmunda mantiqiy
ziddiyatlar va poyma - poy, mujmal jumlalar bo‘lmasligi, hukm va xulosalar asosli,
ishonarli bo‘lishi demakdir.
O‘quvchi nutqiga qo‘yiladigan yana bir muhim talab uning boy va rang-
barangligidir. Nutqning boy va rang-barangligi avvalo fikrni bayon qilishda o‘zbek
tilining leksik imkoniyatlari: ma’nodosh, uyadosh va qarama -qarshi ma’noli
so‘zlardan, tasviriy ifoda va iboralardan, "so‘z - olmosh" "so‘z - ibora", "so‘z – tas-
viriy ifoda", "so‘z - ramziy belgi" ma’nodoshlaridan unumli foydalanishda,
nutqning badiiy qimmatini oshiruvchi vositalar: maqol va matallardan, ulkan shoir
va yozuvchilarning aforizmga aylanib qolgan iboralari va jumlalaridan, badiiy
asarlardan olingan parchalardan, o‘zbek xalqining qochiriq so‘zlari va ko‘chma
ma’noli so‘zlaridan, o‘xshatish, sifatlash, jonlantirish, istiora, mubolag‘a kabi ba-
diiy til vositalaridan, ritorik so‘roqli gaplardan foydalanishida namoyon bo‘ladi.
Tilning bu tasviriy vositalari nutqqa to‘zallik, joziba va rang - baranglik baxsh
etadi. O‘quvchi nutqiga qo‘yiladigan talablardan yana biri uning aniq bo‘lishidir.
Nutqning aniqligi bu faqat narsa, voqea - hodisani tasvirlash yoki bayon qilish
emas, balki shu narsa, voqea-hodisa uchun xos bo‘lgan belgilarni aniqlash, ularga
mos tushadigan so‘z, so‘z birikmalari va gaplar tanlashdan ham iboratdir. Aniqlik
nutqning boyligi va rang -barangligi bilan chambarchas bog‘langan. Ma’lum bir
mazmunni turli shakllarda bera bilish, nutq sharoitiga mos tushadigan tasvir usulini
tanlash nutqqa aniqlik kiritadi,
Ohangdorlik ham o‘quvchi nutqiga qo‘yiladigan muhim talablardan biridir. Ohang
o‘quvchi nutqining ta’sirchanligini oshirish vositasi sanaladi. Shuning uchun
she’riy asarlar, nasriy parchalarni ohangdorlikka amal qilgan holda o‘qiy olish
malakasi ham o‘quvchi nutqiga qo‘yiladigan asosiy talablardan biri bo‘lib hi-
soblanadi. U ohang yordamida nutqni sintagmalarga bo‘ladi, mantiqiy urg‘uni
o‘rinli qo‘llaydi. Shu sababli ifodali o‘qish malakalari faqat adabiyot darslari-
dagina emas, balki ona tili mashg‘ulotlarining ham tarkibiy qismiga aylanmog‘i
lozim. Nutqning grammatik jihatdan to‘g‘ri qurilgan bo‘lishi ham unga qo‘-
yiladigan muhim talablardan biridir. O‘quvchi so‘z, so‘z birikmasi va gaplarni bir-
biriga bog‘lash, kelishik va egalik qo‘shimchalarini o‘rinli qo‘llash, gapning ega va
kesi-mini moslashtira bilish kabi malaka va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi shart.
Nutqqa qo‘yiladigan yana bir muhim talab uning soddaligi va sofligidir. Sodda
nutq, avvalo, tushunarli bo‘ladi.
Nutqning tushunari bo‘lishi, bir tomondan, fikrni lo‘nda, aniq bayon
qilshda, tushunarsiz g‘aliz jumlalardan saqlanishda namoyon bo‘lsa, ikkinchi
tomondan, tinglovchining tayyorgarlik darajasiga ham bog‘liqdir. Demak,
o‘quvchi fikrni ham sodda, ravon bayon qilishi, ham o‘zgalar fikri mohiyatini
anglab, uni tushunish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak.
Nutqning sofligi, avvalo, uning tozaligi demakdir. Ma’lumki, o‘quvchilar
nutqida har xil qaytariqlar, ortiqcha jumlalar, o‘zbek adabiy tiliga xos bo‘lmagan
so‘zlar ko‘p uchraydi. Nutqni bunday so‘zlardan tozalab borish, fikrni sof adabiy
tilda, uning boy imkoniyatlaridan foydalanib bayon qilish ona tili
mashg‘ulotlarining asosiy vazifasi hisoblanadi. Yuqorida tilga olingan talablar bir-
biri bilan o‘zaro chambarchas bog‘langan bo‘lib, o‘quvchi yaxshi nutqqa faqat shu
qoidalarning hammasiga amal qilsh orqali erishadi. Shuning uchun ona tili
darslarida nutqqa qo‘yilgan talabni hisobga olib, ikkiichisini unutish yoki bir
talabni quyi sinfda, ikkinchisini keyingi sinfga qoldirish mumkin emas. Bu
talablarga doimiy va qat’iy amal qilinsagina o‘quvchida nutq o‘stirish ishlari
samarali kechadi.
Nazorat uchun savol va topshiriqlar:
1. O‘quvchilarning og‘zaki nutqini o‘tirish masalalarini qanday amalgam
oshirish mumkin?
2. Fonеtika, leksikologiya va … kabi bo‘limlarni o‘rganishda o‘quvchi so‘z
boyligini oshirishning imkoniyatlari qay darajada?
3. Grammatikani o‘qitishda bog‘lanishli nutqni o‘stirishda qanday yozma
ishlardan fordalaniladi?
4. Adabiy til uslublari haqida ma’lumot bering.
5. Nutqning kommunikativ sifatlari haqida gapirib bering.
11-ma’ruza
Mavzu: Darsdan tashqari ishlarni tashkil qilish metodikasi. Ona tili
o‘quv xonasini jihozlash
REJA:
1. Darsdan tashqari ishlarni tashkil
qilish metodikasi.
2. Ona tili o‘quv xonasini jihozlash.
Ona tilidan sinfdan tashqari ishlarning turlari va mazmuni. Ona tilidan
sinfdan tashqari ishlarni doimiy va mavsumiy tadbirlarga ajratish mumkin. Doimiy
tadbirlarga to‘garak mashg‘ulotlari kirsa, qolganlari vaqti-vaqti bilan
o‘tkaziladigan tadbirlardir.
To‘garak sinfdan tashqari ishlarning asosiy turi bo‘lib, u o‘quvchilarning
doimiy barqaror tarkibi bilan ish ko‘radi. To‘garakka a’zo bo‘lish ixtiyiriy, ammo
uning mashg‘ulotlariga ishtirok etish majburiydir.
Ona tili to‘garagi 12-15 o‘quvchidan oshmasligi kerak. Ular parallel
sinflardan iborat bo‘lsa, mashg‘ulotlarni samarali va qiziqarli tashkil etish
imkoniyatlari kengayadi. Agar ta’lim muassasasida parallel sinflar bo‘lmasa,
to‘garak a’zolari bitta sinfdan iborat bo‘lishi mumkin.
To‘garak har xil nomlar bilan nomlanadi. Masalan, “Ona tilim – jonu dilim”,
“Til – dil kaliti”, “”zbek tili – davlat tili” va h.k.
O‘quvchilar to‘garakning maqsadi, vazifalari, yillik ish rejasi bilan
tanishtiriladi. Mashg‘ulotlar 15 kunda bir marta o‘tkaziladi. Uning ishini
rejalashtirishda o‘quvchilarning qiziqishlari inobatga olinadi. Quyida to‘garak
mashg‘ulotlaridan namuna keltiramiz:
5-sinflar uchun
Birinchi mashg‘ulot
To‘garakka nom qo‘yish. O‘quvchilrni to‘garakning maqsad va vazifalari
bilan tanishtirish. “To‘garak bizga nima beradi?” mavzusida suhbat.
O‘quvchilardan til odobi, so‘zlash madaniyati xususida bilgan maqollarni
so‘rash va mazmunini sharhlash.
Topshiriqlar:
Til odobi va so‘zlash madaniyati xususidagi xalq maqollarini yig‘ish va
ularning ma’nolarini aniqlash.
To‘y-tomoshalarni ifodalovchi so‘zlar lug‘atini tuzish va ularning
ma’nolarini sharhlash.
To‘garak mashg‘uloti dars mashg‘ulotlarini takrorlamaydi, balki uni
to‘ldiradi va takomillashtiradi. Dars tuzilishi va qurilishi jihatidan muayyan
qoliplar asosida tashkil etilsa, to‘garak mashg‘ulotlarida bunday qat’iylik
bo‘lmaydi. O‘quvchi to‘garak mashg‘ulotida darsda olgan bilimlariga tayangan
holda hayotiy tajribalarini ishga soladi. Krossovordlar tuzish va yechish, insho
tanlovi o‘tkazish, ma’lum bir she’riy asar yoki hikoyaning til xususiyatlari ustida
ishlash singari ishlar to‘garak mashg‘ulotlarining qiziqarli o‘tishini ta’minlaydi.
Sinfdan tshqari ishlar o‘quvchilarning ona tili faniga bo‘lgan qiziqishini
oshirish, ularning bo‘sh vaqtlarini qiziqarli va maqsadga yo‘naltirilgan holda
tashkil etish vositasidir. Ona tilidan sinfdan tashqari ishlarga savol-javob kechalari,
uchrashuvlar, o‘tkir zehnlilar mushoirasi, so‘zlar olamiga sayohat, ko‘rik-tanlovlar o‘tkazish,
olimpiadalar, konferensiyalar, albom va devoriy gazeta chiqarish kabilarni kiritish mumkin.

Ona tilidan sinfdan tashqari ishlar:


 savol-javob kechalari;
 uchrashuvlar;
 o‘tkir zehnlilar mushoirasi;
 so‘zlar olamiga sayohat;
 ko‘rik-tanlovlar o‘tkazish;
 Olimpiadalar;
 Konferensiyalar;
 albom va devoriy gazeta chiqarish.

Ona tili o‘quv xonasini (kabinetini) jihozlash. Ona tili o‘quv xonasi shu fan
o‘qiyuvchisiga sinfdan tashqari ishlarni qiziqarli olib borilishida hamda past
o‘zlashtiruvchi va o‘zlashtirmovchi o‘quvchilar bilan unumli ishlashida yaqindan
yordam beradi. Ona tili o‘quv xonasi, birinchi navbatda, o‘qituvchilar uchun ham,
o‘quvchilar uchun ham ish joyidir. Ona tili o‘quv xonasiga qo‘yilgan materiallar
esa o‘qituvchining ham, o‘quvchining ham kundalik ishida zarur bo‘ladigan,
foydalanib turadigan, harakatdagi materiallar bo‘lishi kerak.
Ona tili o‘quv xonasining ishi rejali olib boriladi. Ona tili o‘quv xonasi
mudiri maktabdagi til va adabiyot o‘qituvchilari bilan doimo aloqada bo‘ladi.
O‘quvchilar orasidan faollarini tanlab, xonani jihozlashda ular ko‘magidan
foydalanadi.
Ona tili o‘quv xonasining vazifalari quyidagilardan iborat:
 Ona tili fanining o‘qitilishini yaxshilashda til o‘qituvchilariga yordam
berish;
 Ilg‘or ta’lim muassasasi va o‘qituvchilarning tajribalrini o‘rganib,
shunga doir materiallarni to‘plash, ta’lim muassasasi o‘qituvchilarining metodik
birlashmasiga ko‘maklashish;
 Ona tili va uni o‘qitishga doir yangi chiqqan ilmiy-metodik
adabiyotlar, darsliklar, qo‘llanmalar, ko‘rgazmali materiallarga ega bo‘lish;
 Eng yaxshi yozilgan yozma ishlardan namunalar to‘plash;
 Ish qog‘ozlariga doir namunalar qo‘yish;
 O‘zlashtirmovchi va past o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar bilan ishlashda
o‘qituvchiga ko‘maklashish;
 Ona tiliga doir o‘quvchilar konferensiyasi, munozarasi, kechasi va
suhbatlarni uyushtirish;
 Sinfdan tashqari ishlarni rejali olib borishga yordam berish;
 Texnika vositalaridan foydalanib, o‘quvchilar nutqini o‘stirish va
ularni adabiy tilde talaffuz etishga odatlantirishga hissa qo‘shish;
 O‘quvchilarning grammatik, orfografik va punktuatsion qoidalarga
doir jadvallar, chizmalar tayyorlashga jalb etish;
 O‘quvchilarni jamoa bo‘lib yoki individual dars tayyorlashini tashkil etish va
hakozo.
Ona tili o‘quv xonasining vazifalari:
 Ona tili fanining o‘qitilishini yaxshilashda til o‘qituvchilariga
yordam berish;
 Ilg‘or ta’lim muassasasi va o‘qituvchilarning tajribalrini o‘rga-
nib, shunga doir materiallarni to‘plash, ta’lim muassasasi o‘qituvchilarining
metodik birlashmasiga ko‘maklashish;
 Ona tili va uni o‘qitishga doir yangi chiqqan ilmiy-metodik
adabiyotlar, darsliklar, qo‘llanmalar, ko‘rgazmali materiallarga ega bo‘lish;
 Eng yaxshi yozilgan yozma ishlardan namunalar to‘plash;
 Ish qog‘ozlariga doir namunalar qo‘yish;
 O‘zlashtirmovchi va past o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar bilan
ishlashda o‘qituvchiga ko‘maklashish;
 Ona tiliga doir o‘quvchilar konferensiyasi, munozarasi, kechasi
va suhbatlarni uyushtirish;
 Sinfdan tashqari ishlarni rejali olib borishga yordam berish;
 Texnika vositalaridan foydalanib, o‘quvchilar nutqini o‘stirish
va ularni adabiy tilde talaffuz etishga odatlantirishga hissa qo‘shish;
 O‘quvchilarning grammatik, orfografik va punktuatsion
qoidalarga doir jadvallar, chizmalar tayyorlashga jalb etish;
 O‘quvchilarni jamoa yo individual dars tayyorlashini tashkil
etish. va hakozo.

Ona tili o‘quv xonasida “Til va adabiyit ta’limi”, “Umumta’lim fanlarni


o‘qitish metodikasi”, “O‘zbek tili va adabiyoti” jurnallari va “Ma’fat” gazetalari,
shuningdek, ona tili va uni o‘qitishga doir ko‘plab ilmiy-metodik adabiyotlar,
bolalarning o‘qishi uchun badiiy adabiyotdan namunalar qo‘yilishi maqsadga
muvofiq. Nashr qilingan hamda o‘qituvchi va o‘quvchilarning o‘z kuchlari bilan
tayyorlangan jadvallar, chizmalar, plakatlar, tarqatmalar, rasmlar ona tili o‘quv
xonasining asosiy jihozlari sanaladi. Xonada ona tili darsliklaridan, mashqlar va
diktantlar to‘plamalaridan bir necha nusxa saqlanishi zarur. Lug‘atlarning bo‘lishi
yanada yaxshiroq.
Ona tili o‘quv xonasi texnika vositalari bilan jihozlangan bo‘lishi shart.
Ona tili o‘quv xonasining ishini jonlantirishda, uni o‘qituvchi va
o‘quvchilarning sevimli xonasiga aylantirishda ko‘rgazmalar tashkil qilishning
o‘rni beqiyos.
Ko‘rgazmaga:
Ona tili to‘garagi a’zolarining ishini yorituvchi materiallar;
Ta’lim muassasasi devoriy gazatasi, o‘quvchilarning qo‘lda yoki
kompyuterda yozilgan adabiy jurnali;
Ta’lim muassasasi o‘quvchilarining amaliy ishlari, sayohat esdaliklari
tasvirlovchi albomlari;
Donishmandlarning tilga doir fikrlari, xalq maqollari yozilgan
bannerlar;
“Daftarni qanday tutish kerak?”, “Bu kitoblarni o‘qi”, “To‘g‘ri va chirioyli
yozishga odatlan”, “Kitobni qanday o‘qish kerak?” kabi mavzularda yangilanib turadigan
plakatlar qo‘yiladi.
K
o‘rgazmaga qo‘yiladigan materiallar:
Ona tili to‘garagi a’zolarining ishini yorituvchi materiallar;
Ta’lim muassasasi devoriy gazatasi, o‘quvchilarning qo‘lda
yoki kompyuterda yozilgan adabiy jurnali;
Ta’lim muassasasi o‘quvchilarining amaliy ishlari, sayohat
esdaliklari tasvirlovchi albomlari;
Donishmandlarning tilga doir fikrlari, xalq maqollari yozilgan
bannerlar;
“Daftarni qanday tutish kerak?”, “Bu kitoblarni o‘qi”, “To‘g‘ri
va chirioyli yozishga odatlan”, “Kitobni qanday o‘qish kerak?” kabi
mavzularda yangilanib turadigan plakatlar.

Nazorat uchun savollar;


1. Sinfdan tashqari ishlar bilan ona tili darslarining o‘zaro
farqi nimada?
2. Sinfdan tashqari ishlarning turlarini sanab bering.
3. Sinfdan tashqari ishlar necha guruhga ajratiladi?
4. Ona tili o‘quv xonasining o‘qituvchi va o‘quvchi
faoliyatidgi o‘rni haqida gapiring.
5. Ona tili o‘quv xonasida qanday jihozlar bo‘lishi kerak?
AMALIY MASHG‘ULOT MATERIALLARI
1-amaliy mashg‘ulot

Mavzu: Ona tiliga oid umumiy o‘r-ta ta’lim maktablari DTS, dastur, darslik,
o‘quv-metodik qo‘llanmalarning o‘ziga xos xususiyatlari, ularning tuzilishi,
mazmuni, amaliyotda ulardan foydalanish.

1-variant: Quyidagi nazorat savollari asosida mavzu bo‘yicha egallagan


bilimlaringizni yodga oling hamda xulosa chiqaring.
1.Qanday o‘quv-me’yoriy hujjatlarga doir termin-tushunchalarni bilasiz va
ular asosida “Klaster” yarating
2. “Klaster”dagi har bir nermin-tushunchani ilmiy-metodik jihatda talqin
qiling.
2-variant: Umumiy o‘rta ta’lim maktablari ona tili bo‘yicha DTS va
dasturlarining tarkibini tushuntiring.
3-variant: Umumiy o‘rta ta’lim maktablari ona tili darsliklarining
mualliflari va undan o‘rin olgan bo‘limlar haqida fikrlang.
4-variant: Akadеmik litsеylaridagi hozirgi o‘zbеk adabiy tili va kasb-hunar
kollеjlaridagi ona tili bo‘yicha DTS, dastur va darsliklarning tarkibi va mazmuni
haqida fikrlang.
5-variant: Maktab “Ona tili” darsliklari uchun “O‘qituvchi kitoblari” yoki
darsliklarga yozilgan o‘quv qo‘llanmalar haqida nimalarni bilasiz?
6-variant: Lug‘atlar va qomuslarning ona tili darslarini tashkil etishdagi
o‘rni haqidagi fikrlaringizni ayting.

2-amaliy mashg‘ulot
Mavzu:Akadеmik litsеy va kasb-hunar kollеjlari DTS, dastur, dars-
liklarning o‘ziga xos xusu-siyatlari, ularning tuzilishi, mazmuni, amaliyotda
ulardan foydalanish
1-variant: Quyidagi nazorat savollari asosida mavzu bo‘yicha egallagan
bilimlaringizni yodga oling hamda xulosa chiqaring.
1.Qanday o‘quv-me’yoriy hujjatlarga doir termin-tushunchalarni bilasiz va
ular asosida “Klaster” yarating
2. “Klaster”dagi har bir nermin-tushunchani ilmiy-metodik jihatda talqin
qiling.
3. Ulardan qaysi birlari aynan akademik litseylarda qo‘llaniladi?
2-variant: Akadеmik litsеylaridagi hozirgi o‘zbеk adabiy tili va kasb-hunar
kollеjlaridagi ona tili bo‘yicha DTS, dastur va darsliklarning tarkibi va mazmuni
haqida fikrlang.
3-variant: Akadеmik litsеylaridagi hozirgi o‘zbеk adabiy tili va kasb-hunar
kollеjlaridagi ona tili bo‘yicha DTS, dastur va darsliklarning tarkibi va mazmuni
haqida fikrlang.
4-variant: Lug‘atlar va qomuslarning ona tili darslarini tashkil etishdagi
o‘rni haqidagi fikrlaringizni ayting.
3-amaliy mashg‘ulot
Mavzu: O‘zbek tili o‘qitish mеtodikasining boshqa fanlar bilan aloqadorligi

Guruh talabalari kichik guruhlarga ajratiladi (jami 6ta guruh bo‘ladi). Ular
oldindan tarqatilgan quyidagi tarqatmala asosida davra suhbati uyushtiriladi.

1. O‘zbek tili o‘itish metodikasi fanining pedagogika fani bilan


aloqadorligi haqidagi fikrlaringizni ayting.
2. O‘zbek tili o‘itish metodikasi fanining psixologiya fani bilan
aloqadorligini izohlang.
3. O‘zbek tili o‘itish metodikasi fanining tilshunoslikka oid fanlar bilan
aloqadorligi haqidagi fikrlaringizni ayting.
4. O‘zbek tili o‘itish metodikasi fanining adabiyotshunoslikka oid fanlar
bilan aloqadorligi haqidagi fikrlaringizni ayting.
5. O‘zbek tili o‘qitish metodikasi fanining mantiq va falsafa fanlari bilan
aloqadorligini izohlang.
6. O‘zbek tili o‘qitish metodikasi fanining boshqa ijtimoiy-gumanitar
fanlar bilan aloqadorligini izohlang.
4-amaliy mashg‘ulot
Mavzu: An’anaviy va noan’anaviy usullarda dars ishlanmasini
tayyorlash ustida ishlash. Dars kuzatish va tahlil qilish.

Talabalar oldindan berilgan vazifalar asosida o‘zlari tayyorlab kelgan dars


ishlanmalarining taqdimotini qilishadi.
1.An’anaviy shakldagi dars ishlanmasi (eskizi)ni taqdim qiladi va har bir
dars bosqichini tushuntiradi.
2. Noan’anaviy shakldagi dars ishlanmasi (eskizi)ni taqdim qiladi va har bir
dars bosqichini tushuntiradi.
3.Dars kuzatish daftari namunalari ustida ishlanadi.
DARS TAHLIL YUZASIDAN TAVSIYALAR:
1. Dars tahlilining birinchi ko‘rinishi:
Oy, kun, yil
O‘qituvchi
Guruh. O‘quvchilar soni
O‘tilgan mavzu
Yangi mavzu
Metodik taminot
Qo‘llanilgan metodlar
Darsning borishi:
Darsda erishilgan yutuqlar
Darsda yo‘l qo‘yilgan
kamchiliklar
Mulohaza va va takliflar
O‘tilgan darsga qo‘yilgan baho:
Metodist-o‘qituvchi:
Amaliyotchi-talaba:

5-amaliy mashg‘ulot
Mavzu: Ona tilidan ko‘rgazmali qurol va ularga qo‘yiladigan
zamonaviy-didaktik talablar
1-variant: Quyidagi savollar asosida davra suhbati uyushtiriladi:
1. Ona tili fanifan tayyorlanadigan ko‘rsatmali qurollar va ularning
turlari.
2. Ko‘rsatmali qurollarga qo‘yiladigan talablar.
3. Tasviriy ko‘rsatmalili.
4. Grafik ko‘rsatmalilik.
5. Tabiiy ko‘rsatmalilik.
6. Ko‘rsatmalilikda kompyuter texnologiyasining o‘rni.
7. Slaydalar tayyorlash jarayoni va unga qo‘yiladigan talablar.
8. Tarqatma materiallaga qo‘yiladigan talablar.
2-variant: Oldindan berilgan vazifa asosida o‘zlari tayyorlab kelgan
slaydlarning taqdimotini o‘tkazishadi.

6-amaliy mashg‘ulot

Мавзу: Оna tilidan fonetika, grafika, orfoepiya va orfografiya bo‘limlari


ustida ishlash

Quyidagi topshiriqlarni o‘quvchilarga bajartirish usullari haqida o‘ylang.


Fikrlaringizni taqdim eting.

1-topshiriq. Berilgan so‘zlar ma’nosini sharhlang. So‘zdagi undosh tovushni


almashtirib, yangi so‘zlar hosil qiling: Il, el, choy.
il-in, is, it, ip, ish ...; el, ep, em, esh, et, en, er, es, ez..;
choy - soy , toy, boy, moy, joy, loy, voy ...;

2-topshiriq. A unlisi bilan boshlanuvchi bir bo‘g‘inli so‘zlar qatorini tuzing.


Adl, avj, azm, aql, ark ... Ma’nolarini sharhlang.

3-topshiriq. U – o‘ tovushlari ishtirok etgan juftliklar tuzing: uz – o‘z, uy –


o‘y, un – o‘n, o‘q - uq ... Ma’nolarini sharhlang.

4-topshiriq. “Imlo lug‘ati”dan foydalanib, t, k, d, s r, l tovushlari juftlanib


kelgan so‘zlar ro‘yxatini tuzing.

5-topshiriq.Olinma so‘zlarning imlosi va talaffuziga oid qoidalar bo‘yicha


bahs-munozara tashkil qiling.

7-amaliy mashg‘ulot

Мавзу: Оna tilidan leksikologiya, frazeologiya va leksikografiya bo‘limlari


ustida ishlash

1-topshiriq. Kichik guruhlar tashkil etiladi.1-guruh shakldosh so‘zlar, 2-


guruh ma’nodosh so‘zlar, 3-guruh zid ma’noli so‘zlarga xos xususiyatlarni
sharhlaydi.
2-topshiriq.Talabalarga tarqatma material tarqatiladi. Tarqatma materialdagi
so‘zlarni ma’no yaqinligiga ko‘ra juftlarga ajratish, ular orasidagi ma’no
nozikligini aniqlash topshiriladi..
3-topshiriq.So‘zlarni tuzilishiga ko‘ra turlarga ajratishda klaster
usulidan foydalaning.
Eson-omon, orzu-umid, otquloq, rahm-shafqat, savol-javob, soya-salqin,
taklifnoma, ko‘ksulton, oshpichoq, tokqaychi, qo‘lqop, asta-sekin, havo rang,
sofdil, o‘qib bermoq, to‘rtburchak, ko‘rpa-yostiq, belbog', yaxshi-yomon, kecha-
kunduz, uzoq-yaqin, oq-qora.
4-topshiriq.Berilgan matnda uchragan otlarning lug‘aviy ma’nosini
sharhlang. Qanday so‘roqqa javob bo‘lishini ayting.
5-topshiriq. Gap mazmuniga mos ma'nodosh so‘zlarni qo‘ying.
1. Bu yigit zap .... chiqdi-da (bahodir, azamat)
1...............................O‘qituvchi mavzuni (gapirdi, tushuntirdi)
2.............................................Onam (ning) bu gapdan sira (xabari yo‘q,
xabardor emas )
1. Ertalabki.... juda yoqimli (shamol, shabada)
4. Insonning sog'ligi uning... idir. (davlat, boylik)
Savol: Ajratilgan so‘zlarga, ma’nodosh va uyadosh so‘zlar tanlang.
6-topshiriq. Kim? Nima? Qayer? so‘roqlariga javob bo‘lgan so‘zlar qaysi
so‘z turkumiga qarashli ekanligini ayting. Ular bilan ot+ot, sifat+ot, son+ot qolipli
so‘z birikmalarini tuzishda qanday usuldan foydalanganingizni izohlang.
7-topshiriq. Hosil qilingan so‘z birikmalari ishtirokida gaplar tuzing.
8-topshiriq. Muayyan mavzuga xos gaplar ishtirokida matn yarating.
9-topshiriq. «Diyorimizni, go‘zallik, jasorati, qiziqtirish, yaxshilarga,
qiziqtirmoq, yaxshilik qilmoq, qahramonlar» so‘zlarini morfologik tahlil qiling.
Morfologik tahlil namunasi: Diyorimizni – ot, turdosh ot, aniq, sodda, tub, I
shaxs, ko‘plikda, tushum kelishigida.
10-topshiriq. Matnni o‘qing, gaplarni fonetik tahlil qilishga oid savollar
ro‘yxatini tuzing.
Ota-bobolarimiz, momolarimiz bizga yoshligimizdanoq ozodalik, pokizalik,
saranjom-sarishtalik, halollik va harom-harish haqida yetarli tushunchalar,
ma'lumotlar berib, ularni imkoniyat darajasida o‘ziga xos pand-u nasihatlar bilan
ongimizga singdirishga uringanlar. Eng asosiysi, bu borada o‘zlari betakror ibrat
namunasini ko‘rsatishgan. Axir, “Qush uyasida ko‘rganini qiladi”, deb, bejiz
aytishmagan. Mana, ulardan bizgacha yetib kelgan ibratomuz pand-u nasihatlardan
ayrim namunalar: “Bolam, ariqdan oqayotgan suvga aslo tuflama, axlat tashlama,
gunohi azim bo‘ladi”; “Nonning uvog‘ini oyoqosti qilma, toptama, ko‘zing ko‘r
bo‘lib qolishi mumkin”; “Ostonasi saranjom-sarishta joyda farishta bo‘ladi”;
“Uyingni ozoda, pokiza saqlayman desang, ostonangni ozoda tut”; “Onangni
otangga bepardoz ko‘rsatma” va shu kabilar.
11- topshiriq. Quyida berilgan so‘zlarda ro‘y bergan fonetik o‘zgarishlarni
tasnif qilishga doir savollar tuzing:
Qorin-qornim, yurak-yuragi, o‘g‘il-o‘g‘lim, shahar-shahrim, ulug‘-ulg‘ay,
undan-unga, mening-sening, og‘iz-og‘zim, ko‘ngil-ko‘nglim.
12-topshiriq. “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”dan mushrif, sarkor, muxtasib,
imom, mudarris, muazzin singari mansab, lavozimga doir so‘zlarning ma'nosini
o‘rganib oling va ular ishtirokida gaplar tuzing.
13-topshiriq. Quyida berilgan kompozitsion usul bilan yasalgan so‘zlarni
namunadagidek ko‘chirib yozing.
Qo‘shma otlar: oqqush...
Qo‘shma ravishlar: har yerda...
Qo‘shma sifatlar: sheryurak...
Qo‘shma fe'llar: borib kelmoq...
Bilaguzuk, olachipor, tamom bo‘lmoq, shirinso‘z, achchiqtosh, sakkizoyoq,
bodomqovoq, oltingugurt, tillaqo‘ng‘iz, e'lon qilmoq, kamunum, obod aylamoq,
olib kelmoq, sarson etmoq, tumanlararo, biryo‘la, umumxalq, bir zumda,
kinonigoh, sadarayhon, o‘zibo‘larchilik, tekintomoq, ikkiyoqlama, ta'zim aylamoq,
kinoyulduz, olibsotar, g‘ayrat qilmoq, kirib chiqmoq, havorang, oshpichoq,
kamsuv, biokimyo, umumshahar.

8-amaliy mashg‘ulot

Мавзу: Оna tilidan so‘z tarkibi va so‘z yasalishi bo‘limlari ustida ishlash

Guruh kichik guruhlarga bo‘linadi va har bir guruhga quyidagi savollar


tarqatiladi.
1-variant: Quyidagi so‘zlar ishtirokida yangi so‘zlar yasang va yasalish
usulini tushuntiring.
So‘zlar: Uy, to‘y, tosh, daraxt, majlis, odob, azob, do‘st, kitob, ish, go‘zal,
kichik, shirin, bil, oq, o‘q, yoz, chop, kel, o‘y, suhbat, so‘z.
Ona tili darslarida so‘z tarkibiga oid mavzuni tushuntirish yo‘llarini o‘ylang
va fikrlaringizni bayon qiling.
2-variant: 1-variantdagi topshiriq asosida yasagan so‘zlaringizning lug‘aviy
ma’nosini sharlang. So‘zning lug‘aviy ma’nosi va grammatik ma’nolari ustida
ishlashda qanday metod va usullardan foydalanasiz?
3-variant: So‘z yasalishi bo‘limi ta’limning qaysi bosqichlarida o‘rganiladi?
Uni o‘qitishda nimalarga e’tibor qartiladi? Qanday grafik organayzerlardan
foydalanish mumkin? Grafik organayzerlardan namuna keltiring.

9-amaliy mashg‘ulot

Мавзу: Оna tilidan grammatika (morfologiya va sintaksis) va punktuatsiya


bo‘limlari ustida ishlash

1-topshiriq.“Tushunchalar tahlili” metodi asosida mavzuga oid tushunchalar


tahlil qilinadi.
2-topshiriq.Talabalar 3 guruhga ajratiladi.1-guruh so‘z turkumlarining
maktablarda o‘rganilishi, 2-guruh kasb-hunar kollejlarida o‘rganilishi, 3-guruh
akademik litseylarda o‘rganilish tartibi haqida ma’lumot beradi.
3-topshiriq: Kitobni, kitobim, kitoblаr so‘zlаrining hаmmаsidа
tаkrorlаnаyotgаn umumiy qism vа ungа qo‘shilаyotgаn o‘zgаruvchi qismni toping.
Ko‘mаkchi morfеmа (o‘zgаruvchi qism) vа yеtаkchi morfеmа (umumiy qism)
mа’nolаrini tushuntiring.
4-topshiriq: Kitob so‘zining uch shаxsgа munosаbаtini ko‘rsаting. Shаxsgа
munosаbаtini ifodаlаyotgаn qismlаrni аyting.
Birlik Ko‘plik
I. kitobim kitobimiz
II. kitobing kitobingiz
III. kitobi kitoblаri
5-topshiriq.Mavzuni mustahkamlashga xizmat qiladigan ta’limiy o‘yinlar
tashkil qiling.
6-topshiriq.“Mustaqillik−oliy ne’mat” mavzusida matn yozing va so‘zlarni
turkumlarga ajrating.

10-amaliy mashg‘ulot.

Мавзу: Нutq uslublari bo‘limi materiallari ustida ishlash

Nutq uslublariga doir mavzularni o‘tishda “Zinama-zina” texnologiyasidan


foydalanish mumkin.
1-guruhga:
So‘zlashuv uslubi
haqida ma’lumot
bering va matn
tuzing
2-guruhga:
Publitsistik uslub
haqida ma’lumot
bering va matn
tuzing
3-guruhga:
Badiiy uslub
haqida ma’lumot
bering va matn
tuzing
4-guruhga:
Ilmiy uslub haqida
ma’lumot bering
va matn tuzing
5-guruhga:
Rasmiy uslub
haqida ma’lumot
bering va matn
tuzing

1-guruh
ishi
2-guruh
ishi
3-guruh
ishi
4-guruh
ishi
5-guruh
ishi
Quyidagi mashqlarni bajartirish usullarini o‘ylang va tatbiq eting.
Fikrlaringizni taqdim eting.
1-mashq. To‘liq sinonimlarni sinonimiya qatorlari hosil qilib yozing.
Kosmos, lug‘aviy, respublika, poema, tragediya, sinonimiya, jumhuriyat, doston,
fojia, leksik, fazo, ma’nodoshlik.
2-mashq. Berilgan sinonimiya qatorlaridagi so‘zlarni quyidagicha
yozing:
1) kitobiy uslubga tegishli: maroq, ...
2) so‘zlashuv uslubiga tegishli: mashmasha, ...
3) uslubiy betaraf so‘zlar: zavq, shavq, ...
Zavq, maroq, shavq; janjal, to‘polon, g‘alva, mojaro, g‘avg‘o, mashmasha,
sho‘rish; maosh, oylik, moyana; kabi, yanglig‘, singari, o‘xshash, misoli,
bamisoli, misli; in, uya, oshyon; yemoq, tanovul qilmoq, iste’mol qilmoq, totmoq,
olmoq, tushirmoq, urmoq; ko‘krak, ko‘ks, bag‘ir, siyna, to‘sh, o‘mrov; ayriliq,
judolik, hijron, hajr, firoq; aljimoq,aljiramoq, valdiramoq, sannamoq; aloqodor,
taalluqli, oid, tegishli; ayol, xotin, xotin-qiz, xotin-xalaj; aylanmoq, sayr etmoq,
kezmoq; ayniqsa, xususan, alalxusus; avvalgi, oldingi, ilgarigi, burungi, qadimgi,
sobiq; adolatsizlik, haqsizlik, bedodlik; abadiy, mangu, umrbod, toabad, ilalabad;
avaylamoq, ayamoq, ehtiyotlamoq, ardoqlamoq, e’zozlamoq, papalamoq;
2-mashq. Keltirilgan sinonimiya qatorlaridagi so‘zlarni quyidagicha yozing:
1) insonlarga tegishli: tashna, ...
2) hayvonlarga tegishli: suvsoq, ...
3) jonsiz narsalarga tegishli: chanqoq, ...
4) barchasiga tegishli: kasal bo‘lmoq, ...
Tashna, chanqoq, suvsoq; kasal bo‘lmoq, betob bo‘lmoq, og‘rimoq; nom, ot,
ism; ovqat, xo‘rak, yemish, taom, oziq, tomoq; oriq, ozg‘in, qiltiriq, dirdov,
ipiltiriq, ramaqijon, log‘ar; bekinmoq, yashirinmoq, pismoq, biqinmoq; guruh,
to‘da, to‘p, turkum; daydimoq, sanqimoq, sandiroqlamoq, tentiramoq, laqillamoq,
salanglamoq, sakillamoq; mujimoq, kemirmoq, g‘ajimoq; yiqilmoq, qulamoq,
ag‘anamoq, ag‘darilmoq.
3-mashq. Quyidagi sinonimiya qatorlaridagi so‘zlarni Eskirgan
shakllarini ajratib yozing:
N a m u n a : noma, ...
Xat, noma, maktub; chidam, bardosh, toqat, tob, to‘zim, tahammul, matonat;
cho‘loq, oqsoq, lang; shubha, gumon, ishonchsizlik, ishtiboh; ega, xo‘ja, sohib;
iltimos, iltijo, o‘tinch, zor, tavallo; urush, jang, muhoraba; foyda, naf, manfaat,
hayon; xalq, xaloyiq, el, ulus, mardum.

11-amaliy mashg‘ulot

Мавзу: Оna tilidan yozma ishlarni o‘tkazish va tahlil qilish.


o‘quvchilarning og‘zaki, yozma va bog‘lanishli nutqini o‘stirish ustida ishlash
1-topshiriq. 3 guruh tashkil qilinadi. 1-guruh adabiy til me’yorlarini egallash
usullari haqida, 2-guruh o‘quvchilar nutqini o‘stirish yo‘llari xususida, 3-guruh
nutq faoliyatining turli xil ko‘rinishlari bo‘yicha taqdimot tashkil qiladi.
2-topshiriq.Adabiy til uslublari bo‘yicha bahs-munozara uyushtiriladi.
3-topshiriq.“Gazetaga maqola” mashqi o‘tkaziladi.Talabalar kichik
guruhlarga bo‘linadi. Guruhlarga 6tadan rasm tarqatiladi. Guruh a‘zolari 3tasini
tanlab oladi.O‘qituvchi qolgan rasmlarni yig‘ib oladi, talabalarga vatman va yelim
beradi.Talabalar 10 daqiqa ichida tanlangan 3 rasm asosida publitsistik uslubda
maqola yozadi.Vaqt tugagach, rasmlar yig‘ib olinadi, raqamlanadi va ilib
qo‘yiladi.Maqolalar guruh a’zolari tomonidan taqdim etiladi.Boshqa guruhlar
maqola qaysi rasm asosida yozilganini aniqlaydi.
Keyin muhokama qismi boshlanadi.Eng yaxshi yozilgan maqola aniqlanadi.
4-topshiriq.Talabalarga bayon yozdiriladi.Bayonlarni tekshirish va baholash
talabalarga topshiriladi.
5-topshiriq.Yozma nutqni o‘stirish usullari haqida bahs-munozara
uyushtiriladi.
6-topshiriq.O‘quvchilar bilimini nazorat qilish va baholash mezonlari
muhokama qilinadi.Talabalarga ish qog‘ozlaridan namunalar yozdiriladi va
baholattiriladi.
LABORATORIYA MASHG‘ULOTLARI

1-laboratoriya mashg‘uloti

Mavzu: “Ona tili o‘qitish metodikasi” fanining mutaxassis


tayyorlashdagi o‘rni, tuzilishi, mazmun va mundarijasi. ona tili ta’limi
jarayonini tashkil etishning huquqiy-me’yoriy asoslari

1-variant. O‘zbekiston Respublikasi “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”,


“Ta’lim to‘g‘risida”gi,“Davlat tili haqida”gi,“Lotin alifbosiga asoslangan o‘zbek
alifbosini joriy etish to‘g‘risida”gi Qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2016-yil 13-maydagi PF-4947-sonli Farmonining mazmun-
mohiyati, ona tili bo‘yicha DTS, ona tili ta’limiga qo‘yilgan vazifalar, “Ona tili
o‘qitish metodikasi” fanining maqsad va vazifalari haqida “Pinbord” usulidan
foydalangan holda ma’lumot bering.
2-variant.“Ona tili”dan yangi yo‘nalishdagi darsliklarning yaratilish
sabablari haqida bahs-munozara tashkil qiling.
3-variant.Mustaqillik yillarida ona tili ta’limi sohasidagi islohotlar xususida
fikr almashing.
4-variant.“Ona tilini o‘qitish metodikasi” fanining ilmiy tadqiqot metodlari
haqida taqdimot slaydlari to‘plamini yarating.

2-laboratoriya mashg‘uloti

Mavzu: O‘zbеk tili o‘qitish mеtodika-sining tarixiy shakllanishi,


taraqqiyot bosqichlari
“Aqliy hujum” metodi asosida talabalar bilimi nazorat qilinadi. Savollar:
1. O‘iish metodikasi trixida dunyoga mashhur buyuk olim, shoir va san’at
ahllaridan kimlarni bilasiz?
2. Sharqda “ikkinchi muallim” deb tan olingan (Arastudan keyin) Abu Nasr
Forobiyning “Ta’lim-tarbiya berish usullari” asarida keltirgan qaysi fikrlari
“O’zbek tili o‘qitish metodikasi”da ham asosiy, bosh mezon vazifasini o‘taydi?
3. Mahmud Koshg‘ariyning pedagogik arashlari haqida gapiring.
4. Yusuf Xos Hojib ning pedagogik arashlari haqida gapiring.
5. Alisher Navoiy o‘zbek tili ravnaqi uchun qo’shgan hissalari haqida fikr
yuriting.
6. Zahiriddin Muhammad Boburning pedagogik arashlari haqida
fikrlaringizni bildiring.
7.XX asr boshlaridagi tarixiy sharoit Turkistonda didaktik g‘oyalarning
tarqalishi va rivojlanishi, ta’lim prinsiplari hamda ta’lim mеtodlari haqida ilmiy
asarlar, mеtodik qo‘llanma va maqolalarning dunyoga kеlishiga, pеdagogika,
qisman mеtodika fanining rivojlanishi va taraqqiy etishiga zamin yaratdi. Shu
haqidagi fikrlaringizni bayon qiling.
8. XX asr boshlarida an’anaviy o‘qitish usullari yoniga yangi — Еvropacha
o‘qitish usullari ham kеlib qo‘shila boshlaydi. Bunga hissa qo’shgan mahalliy
ziyolilardan kimlarni bilasiz?
9.S.A.Fеssaloniskiy, Murod Shams, Faxri Kamol, H. Rustamov, N.
Abdurahmonov, Yo.G‘ulomov, I.Rasulov, H. Rustamov, B.Mirzaahmеdovlar
tomonidan yaratilgan darslik va qo’llanmalar haqida ma’lumot bering.
10. XX asrning ona tilini o‘qitishda alohida o‘rin tutganligi va bu davrning
qanday kichik davrlarga bo‘linganligi haida gapiring.
11. Birinchi davr – 1910 – 1930-yillar haqidagi fikrlaringiz.
12. Ikkinchi davr – 1930 – 1960-yillar haqidagi fikrlaringiz.
13. Uchinchi davr – 1960 – 1970-yillar haqidagi fikrlaringiz.
14. To‘rtinchi davr – 1970 – 1990-yillar haqidagi fikrlaringiz.
15. Beshinchi davr – 1991-yildan keying davr haqidagi fikrlaringiz.
16. O‘TDA yig‘inlari haqidagi fikrlaringiz.

3-laboratoriya mashg‘uloti
Mavzu: Dars ishlanmalari, ularning mohiyati, shakl va ko‘rinishlari. dars
kuzatish va tahlil qilish.darsning reja-konspekti.ona tilining “muqaddima” va
“izchil kurs”ga ajratilish sabablari

1-topshiriq.Savol-javob metodi asosida talabalarning dars ishlanmalari haqidagi


bilimlari nazorat qilinadi.
Savollar: Dars ishlanmalarining mohiyati, shakl va ko‘rinishlari haqida nima
bilasiz ?
Ona tili darslari uchun dars ishlanmalariga qanday talablar qo‘yiladi? Ta’limning
turli bosqichlaridagi darslar uchun dars ishlanmalari ishlab chiqishda nimalarga
e’tibor berish lozim?
Dars kuzatish va tahlil qilishning qanday tamoyillarini bilasiz?
Dars reja-konspekti qanday tayyorlanadi?
Ona tilining “Muqaddima” va “Izchil kurs”ga ajratilish sabablarini izohlang.
2-topshiriq.“Ma’rifat” gazetasida e’lon qilingan dars ishlanmalari namunalarini
tahlil qiling.
3-topshiriq.Talabalar 3 guruhga ajratiladi. 1-guruh umumta’lim maktablarida
“Ona tili” darslari uchun, 2-guruh KHKlarida o‘qitiladigan “Ona tili va adabiyoti”
darslari uchun, 3-guruh ALlarda o‘qitiladigan “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” darslari
uchun dars ishlanmasini tuzadi.

4-laboratoriya mashg‘uloti

Mavzu: Ona tilidan bir soatlik namunaviy dars ishlanmasi tayyorlash va dars
o‘tish(fonetika va leksikologiya bo‘limlari bo‘yicha)

1-topshiriq.Bir soatlik namunaviy dars ishlanmasi tayyorlang.Dars uchun reja-


konspekt tayyorlang.
2-topshiriq.Har bir talaba dars ishlanmasini tayyorlaydi va dars o‘tadi.
Talabalarning dars ishlanmalari va o‘tgan darslari tahlil qilinadi,ularning yutuq va
kamchiliklari aniqlanadi, zarur uslubiy maslahatlar beriladi.
3-topshiriq.Talabalarga dars ishlanmalarini qayta ishlash, ko‘rsatilgan
kamchiliklarni bartaraf qilish topshiriladi.
4-topshiriq. Fonetika va leksikologiya bo‘limlari bo‘yicha o‘tiladigan darslar
uchun testlar tuzish.

5-laboratoriya ishi
Mavzu: Ona tilidan bir soatlik namunaviy dars ishlanmasi tayyorlash va
dars o‘tish (morfemika va so‘z yasalishi bo‘limlari bo‘yicha)

1-variant. 5-9 sinflarda Ona tili darslari uchun an’anaviy dars ishlanmasi
tayyorlang.
2-variant. 5-9 sinflarda Ona tili darslari uchun noan’anaviy dars ishlanmasi
tayyorlang.
3-variant.KHKlarda o‘qitiladigan Ona tili va adabiyoti darslari uchun an’anaviy
dars ishlanmasi tayyorlang.
4-variant.KHKlarda o‘qitiladigan Ona tili va adabiyoti darslari uchun noan’anaviy
dars ishlanmasi tayyorlang.
5-variant.ALlarda o‘qitiladigan Hozirgi o‘zbek adabiy tili darslari uchun
an’anaviy dars ishlanmasi tayyorlang.
6-variant. ALlarda o‘qitiladigan Hozirgi o‘zbek adabiy tili darslari uchun
noan’anaviy dars ishlanmasi tayyorlang.

6-laboratoriya ishi

ONA TILIDAN BIR SOATLIK NAMUNAVIY DARS ISHLANMASI


TAYYORLASH VA DARS O‘TISH (MORFOLOGIYA VA SINTAKSIS
BO‘LIMLARI BO‘YICHA)

1-variant. 5-9 sinflarda Ona tilidan morfologiya va sintaksis bo‘limlari bo‘yicha


o‘tiladigan bir soatlik dars uchun an’anaviy dars ishlanmasi tayyorlang.
2-variant. 5-9 sinflarda Ona tilidan morfologiya va sintaksis bo‘limlari bo‘yicha
o‘tiladigan bir soatlik dars uchun noan’anaviy dars ishlanmasi tayyorlang.
3-variant. KHKlarda o‘qitiladigan Ona tili va adabiyot darslarida morfologiya va
sintaksis bo‘yicha o‘tiladigan darslar uchun an’anaviy dars ishlanmasi tayyorlang.
4-variant. KHKlarda o‘qitiladigan Ona tili va adabiyot darslarida morfologiya va
sintaksis bo‘yicha o‘tiladigan darslar uchun noan’anaviy dars ishlanmasi
tayyorlang.
5-variant.ALlardagi Hozirgi o‘zbek adabiy tili fanidan morfologiya va sintaksis
bo‘yicha o‘tkaziladigan bir soatlik dars uchun an’anaviy dars ishlanmasi
tayyorlang.
6-variant. ALlardagi Hozirgi o‘zbek adabiy tili fanidan morfologiya va
sintaksis bo‘yicha o‘tkaziladigan bir soatlik dars uchun noan’anaviy dars
ishlanmasi tayyorlang.

7-laboratoriya ishi
Mavzu: Ona tilidan yozma ishlarni o‘tkazish va tahlil qilish. o‘quvchilarning
og‘zaki, yozma va bog‘lanishli nutqini o‘stirish ustida ishlash

1-variant.Talabalar kichik guruhlarga bo‘linadi.Har bir guruhga alohida mavzu


beriladi va matn yaratish so‘raladi. Har bir guruh boshqa guruh yaratgan matnni
baholaydi.Matnda yo‘l qo‘yilgan xatolar ko‘rsatiladi.
2-variant.Talabalardan diktant olinadi.Diktantni tekshirish va baholash talabalarga
topshiriladi.
3-variant.Talabalarning o‘quvchilar og‘zaki, yozma va bog‘lanishli nutqini
o‘stirish usullari haqidagi bilimi B ⁄ B ⁄ B metodi asosida nazorat qilinadi.
4-variant.Talabalar “Mustaqillik – oliy ne’mat” mavzusida insho yozadi.
O‘qituvchi insholarni tahlil qiladi.Baholash mezonlari haqida bahs-munozara
uyushtiradi.

8-laboratoriya ishi

Mavzu: Ona tili ta’limida o‘quvchilar bilimini nazorat qilish va baholash

1-variant.Talabalar o‘quvchilar bilimini nazorat qilish va baholash mezonlari


bo‘yicha nazariy manbalardagi ma’lumotlar tahlili yuzasidan fikr almashadi.
2-variant.Talabalarga bayon yozdiriladi va baholash so‘raladi.
3-variant. Talabalar ijodiy ishlarini baholash mezonlari yuzasidan munozara
uyushtiriladi.
4-variant.Uy vazifasi sifatida talabalarga ta’limning turli bosqichlarida ona tili
darslarini kuzatish, o‘qituvchining o‘quvchilar bilimini nazorat qilish va baholash
mahoratiga e’tibor qaratish so‘raladi.

9-laboratoriya ishi

Mavzu: Ona tili darslarida qo‘llaniladigan ko‘rsatmali qurollar va tarqatma


materiallarning shakli va mazmuni ustida ishlash

1-variant. Ko‘rsatmali qurollar va tarqatma materiallarga qo‘yiladigan talablarni


“Klaster” usulidan foydalangan holda aks ettiring.
2-variant.Ta’limning turli bosqichlaridagi Ona tili darslari uchun ko‘rsatmali
qurollar tayyorlang.
3-variant. Ta’limning turli bosqichlaridagi Ona tili darslari uchun tarqatma
materiallar tayyorlang.
4-variant.Mavzu bo‘yicha ilmiy maqola tayyorlash.

10-laboratoriya mashg‘uloti

Mavzu: Ona tili darslarida qo‘shimcha ilmiy-metodik materiallardan, texnik


vositalardan foydalanish (slayd taqdimoti)

1-variant.Ona tili darslarida qo‘shimcha ilmiy-metodik materiallardan


foydalanish bo‘yicha egallagan bilimlaringizni guruh taqdimoti shaklida aks
ettiring.
2-variant.Tavsiya etilgan nazariy manbalar bo‘yicha munozara uyushtiring.
3-variant.Ona tili darslarida texnik vositalardan foydalanish ko‘nikmangizni
namoyish qiling.
4-variant.Slaydlar taqdimoti o‘tkaziladi.

11-laboratoriya ishi

Mavzu: Ona tili bo‘yicha sinfdan tashqari ishlar. ona tili xonasini jihozlash,
o‘quv-metodik majmua bilan ta’minlash

1-topshiriq.Umumta’lim maktablarida ona tili bo‘yicha sinfdan tashqari ishlarni


tashkil qilish bo‘yicha egallagan bilimlaringizni organayzerlar vositasida aks
ettiring.
2-topshiriq.KHKlarda ona tili bo‘yicha sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilish
bo‘yicha egallagan bilimlaringizni jadvallar orqali aks ettiring.
3-topshiriq. ALlarda ona tili bo‘yicha sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilish
bo‘yicha egallagan bilimlaringizni Klaster metodi orqali aks ettiring.
4-topshiriq.Ona tili xonasini jihozlash haqidagi fikrlaringizni ilmiy maqola
shaklida ifodalang.
Foydalaniladigan asosiy darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar ro‘yxati
(Ona tili o‘qitish metodikasi)
Asosiy adabiyotlar:
1.Karimov I.A. “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch”. — T.: 2008. 176
bet.
2.O‘zbekitson Respublikasining“Ta’lim To‘g‘risida”gi Qonuni va “Kadrlar
Tayyorlash Milliy Dasturi”. –T.: 2007.
3.Kompetensiyaga yo‘naltirilgan Davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi:
Ona tili, adabiyot, o‘zbek tili (5-9 sinflar). Toshkent. 2016.
4.To‘xliyеv B., Shamsiyеva M., Ziyodova T. O‘zbеk tili o‘qitish
mеtodikasi.– T.: O‘zbekiston Milliy kutubxonasi. 2010.
5.G‘ulomov A., Qodirov M. Ona tili o‘qitish mеtodikasi. – T:
“Fan va texnologiyalar”, 2012. 379 bet.
2. To‘xliyev B., Inog‘omova R., Tilavova G. So‘z turkumlari va nutq
o‘stirish metodikasi.
3. Akademik litseylarning aniq fanlar yo‘nalishidagi tarmoq ta’lim
standarti va chuqurlashtirilgan fanlar o‘quv dasturlari... Ona tili va adabiyoti
/Mualliflar: Nurmonov A., Mahmudov N., Sobirov A., Qosimova N., Yusupova
Sh.. – T.: O‘qituvchi, 2005.
4. Yusupova Sh., G‘oziyeva O. Ona tili o‘qitishda interfaol usullar va
komyuter dasturi. – T.: “Bayoz” nashriyoti, 2013. 134 bet.
5. Jim Burke. The English Teacher's Companion. Heinemann; 4 edition
(November 1, 2012). 392p.
6. Doug Lemov. Teach Like a Champion. Jossey-Bass; 1 edition (April
6, 2010) 332p.
Qo‘shimcha adabiyotlar:
7. Mahmudov N. va b. “Ona tili” darsligi 5-sinf uchun, – T.: Ma’naviyat,
2014.
8. Mahmudov N. va b. “Ona tili” darsligi 6-sinf uchun, – T.: Ma’naviyat,
2011.
9. Mahmudov N. va b. “Ona tili” darsligi 7-sinf uchun, – T.: Sharq. 2011.
12. Qodirov M. va b. “Ona tili” darsligi 8-sinf uchun, – T.: Sharq, 2012.
13. Mahmudov N. va b. “Ona tili” darsligi 9-sinf uchun, – T.: Sharq, 2011.
14. G‘ulomov A., Nе’matov H. Ona tili ta’limining mazmuni. – T.:
O‘qituvchi, 1995.
15. Nе’matov O‘., Bozorov O. Til va nutq. – T.: O‘qituvchi, 1993.
16. Hozirgi o‘zbеk adabiy tili. Akadеmik litsеylarning 1-2-3-bosqich
talabalari uchun darslik. T.: Хalq mеrosi, 2013.
17. Ona tili va adabiyot (Kasb-hunar kollеjlari uchun darslik). – T.: Sharq,
2010.
18. Абдулаҳатова P., Юсупова Т., Досанов К. Тил таълимида узвийлик
ва узлуксизлик. -Т.: ХТ «Ҳамидов Ҳ.Ҳ.» матбаа корхонаси. 2008.
19. Юсупова Т. Синтаксисни морфологияни такрорлаш билан боғлаб
ўрганиш методикаси (5- ва 8-синф она тили дарслари мисолида).
Монография. – T.: “Fan va texnologiya”, 2009, 176 бет.
20. Yusupova T., G.Matmurotova, G.Azimova. Ona tili darslarida kichik
guruhlarda ishlashni tashkil etish metodikasi /o‘quv-metodik qo‘llanma// -Т.:
TDPU. 2016.
21. Маҳмудов Н. Ўқитувчи нутқи маданияти. Педагогика олий ўқув
юртлари учун дарслик. – Т.: Алишер Навоий номидаги Ўзбекистон Миллий
кутубхонаси нашриёти, 2010.
22. Юсупова Т. Гапнинг бош бўлакларини ўрганиш жараёнида
ўқувчилар нутқини ўстириш методикаси. Услубий қўлланма. – Т.: Фан ва
технологиялар босмахонаси. 2006. 86 бет.
23. Неъматов H., Ғуломов А. Мактабда тил саҳларини ўзаро боғлаб
ўрганиш. – Тошкент: 1992.
24. Неъматов H., Ғуломов А., Зиёдова Т. Ўқувчиларнинг сўз бойлигини
ошириш. – Тошкент: 1997.
25. Ғуломов А., Қобилова Б. Нутқ ўстириш машғулотлари. – Тошкент:
“Ўқитувчи”, 1995.
26. Муҳиддинов Ғ. Ўқув жараёнида нутқ фаолияти. – Тошкент:
“Ўқитувчи”, 1995.
27. Ғуломов А., Шукуров А. Она тили дарсларида ўқувчиларнинг
мустақил ишларини ташкил этиш. –Тошкент: “Ўқитувчи”, 1989.
28. Нурмонов А., Расулов Р. Ўзбек тили жадвалларда. – Тошкент:
“Ўқитувчи”, 1992.
29. Абдураҳмонов Ғ. Пунктуацияни ўқитиш методикаси. – Тошкент:
“Ўқитувчи”, 1968.
30. Назаров К. Ўзбек тили ва адабиётидан баҳо меъёри. Т., “Ўқитувчи”,
1990.
31. Ёқуббекова М. Тил ва адабиёт таълимида иншо. –Тошкент: 2003.
42. Розиқов О. Ўзбек тилидан дарс типлари. –Тошкент: “Ўқитувчи”,
1976.
43. Розиқов О., Оғаев С., Муҳиддинов М., Азизов Б. Таълим
технологияси. –Тошкент: “Ўқитувчи”, 1999.
44. Абдураимова М. Она тили таълимида илғор педагогик технология. –
Тошкент: 2001, 2005.
45. Раҳимова О. Она тили дарсларини ташкил этишнинг педагогик
технологияси. –Тошкент: 2004.
46. Дўстмуродова О. Она тили таълими янги педагогик
технологиясининг моҳияти. –Тошкент: 2005.
47. “Ўзбек тили” доимий анжумани йиғилишларининг материаллари.
Самарқанд–1991, Қарши–1993, Жиззах–1995, Тошкент–1997, Бухоро–1999,
Фарғона–2001, Наманган–2003, Урганч–2005, Термиз–2007, Андижон-2009.
48. Ғуломов А. Она тили ўқитиш принциплари ва методлари. –Тошкент:
1992.
49. Ғуломов А., Неъматов H. Она тили таълими мазмуни. – Тошкент:
“Ўқитувчи”, 1995.
50. Абдураимова М. Она тили таълими – янги асрда. –Тошкент: 2007.
51. Она тили ўқитиш методикаси. ЎУМ, ЎзМУ 2015. Ўзбек
филологияси факультети кутубхонаси.
52.Dr. Damdharah. V.S. ASSA, AICWA and Mr. Rengarajan V. AICWA
GLOSSARIY
BIRGALIKDA O‘QISH (совместное чтение; shared reading)– bu, kichik
guruhlarda intеraktiv va instruksion ish protsеduralarini aniqlaydigan
umumlashtirilgan tеrmin.
DARS (занятие; lesson) – Ta’limni tashkil etish shakli bo‘lib, bеlgilangan vaqt
(45 daqiqa) davomida o‘qituvchi va o‘quvchilarning aniq maqsad asosida,
hamkorlikdagi faoliyati ko‘rinishi.
DARS TIPLARI (типы занятий; types of lessons) – aralash yoki kombinatsion
dars; yangi bilimlarni bayon qilish darsi; bilim, ko‘nikma, malakalarni takrorlash
va umumlashtirish darsi; o‘tilganlarni mustahkamlash darsi; tеkshirish va baholash
darsi.
DTS (ГОС; State education standarts) - Ta’lim oluvchi shaxsi egallashi lozim
bo‘lgan bilim, ko‘nikma va
malakalarning minimal miqdori bеlgilangan mе'yoriy hujjat.
DISKUSSIYA (lotincha discussion dan – o‘rganish, tadqiqot) (дискуссия;
discussion)– 1) qandaydir bir masalani suhbatda, majlisda, bosmada va hokazoda
muhokama, munozara qilish; 2) masalani umumiy еchimini ishlab chiqishga
yordam bеruvchi qo‘shma faoliyatni tashkil etish usuli; 3) o‘quvchilarni
birgalikdagi xaqiqatgni izlashga qo‘shish hisobiga Ta’lim jarayoni samarasini
oshiruvchi Ta’lim uslubi.
DIFFЕRЕNTSIATSIYA (дифференциация, differentiation) (frants.
differentiation, lotincha differentia – har xillik, farq, tafovut) – bu yaxlitni turli
qismlarga, shakllarga va bosqichlarga ajratish, bo‘lish. Pеdagogikada Ta’lim
diffеrеntsiatsiyasi – bu Ta’lim faoliyatining, o‘quvchilarning moyilliklari,
qiziqishlari va qobiliyatlarini xisobga oluvchi, tashkil etish shaklidir.
INNOVATSIYA (инновация; innovation) – yangilik, yangi g‘oya kiritish.
INTЕRAKTIV MЕTOD (интерактивный метод; interactive method) –
(«inter» - o‘zaro va «act» - harakat qilmoq) o‘qituvchi va o‘quvchilarning o‘zaro
hamkorlikdagi faoliyatini, o‘quv axborotlarini o‘zlashtirish jarayonidagi faollikni,
ijodkorlik, mustaqillikni shakllantirishga, shuningdеk, o‘qitish maqsadlarining
to‘laqonli amalga oshirishga yordam bеruvchi chora-tadbirlar majmuasi.
INTЕLLЕKT (интеллект; intelligence) (intellect lotincha intellectus dan –
fahmlash, tushunish, anglash) – insonning, aqliy opеratsiyalar stili orqali
(qiyoslash, o‘tkazish, analogiya, abstraktlashish va hokazo) va muammolarni
еchish stratеgiyasi bilan ifodalanuvchi fikrlash qobiliyati.
INTЕGRATSIYA (интеграция; integration) (lotincha integratio dan – tiklash,
to‘ldirish, birlashish, integer dan - butun) – rivojlanish jarayoni, uning natijasi,
alohida maxsuslashtirilgan elеmеntlarni (masalan, ilmdagi intеgratsiya, iqtisodiy
intеgratsiya) o‘zaro bog‘liqligiga asoslangan sistеma ichidagi birlik va yaxlitlikka
еrishish bo‘ladi.
ISTIQBOLLI O‘QITISH (приоритетное обучение; advanced training) –
Ta’lim mazmunidagi o‘zlashtirilishi qiyin bo‘lgan axborotlar tizimini kichik
hajmlarda oldindan o‘zlashtirib borish.
KASBIY BILIM (профессиональные знания; professional knowledge) -
aniq mеhnat faoliyati doirasida bajariladigan ishlar uchun zarur bo‘lgan nazorat,
bilim, amaliy malaka va ko‘nikmalar birlashmasidir.
KASBIY BILIMDONLIK (профессиональный знаток; professional
competence) – pеdagogik jarayon mantig‘ining yaxlitligicha va butun tuzilmasi
bilan birgalikda ko‘ra olish, pеdagogik tizimning rivojlanish qonuniyatlari va
yo‘nalishlarini tushunish, anglash.
KASBIY YO‘NALGANLIK (профессиональное ориентирование;
professional direction) – shaxsning aniq bir faoliyat turiga bo‘lgan qobiliyati,
qiziqishlari, ehtiyoji va qat'iy ishonchi (A.B. Sеytеshеv); 2) kasb tanlash, qiziqish,
qat'iy ishonch hamda kasb tanlash motivlari o‘rtasidagi aloqaning shaxsiy
sifatlarda yеtakchilik qilishi (N.K.Stеpankova).
KASBIY TAYYORGARLIK (профессиональная подготовка; professional
training)– maxsus nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalar, shuningdеk,
ma'naviy-axloqiy , kasbiy sifatlarni o‘zlashtirish asosida shaxsning muayyan
kasbiy faoliyatni muvaffaqiyatli olib borishga nisbatan fiziologik, psixologik va
jismoniy tayyorgarlik darajasi.
KARTOTЕKA (картотека; file ) – kartochkalarning – informatsiya tarqatuvchi,
birlashtirilgan, sistеmalashtirilgan va aniq bir tartibda joylashtirilgan, masalan,
alfavit, mavzular, sanalar bo‘yicha, aniq bir sonining ja'mi.
KOMMUNIKATIV BILIMLAR (коммуникативные знания;
communicative skills) – odamning, ijtimoiy uquvlarga (tinglash, dialog,
muzokara olib borish, kompromiss topish, toqatli bo‘lish uquvlari) asoslangan turli
odamlar bilan munosabat va birgalikdagi ishga bo‘lgan qobiliyati.
KOMMUNIKATSIYA (коммуникация; communication) (lotinchadan –
communicatio – communico – umumlashtiraman, bog‘layman, muomala qilaman)
- 1) Muomala, odamdan odamga ma’lumotni uzatish – bu odamlarning, ularning
bilish-mеhnat faoliyati jarayonidagi hamkorlik shakli, u asosan, til yordamida
amalga oshiriladi (kamdan-kam boshqa bеlgi sistеmalari yordamida). 2) Aloqa
yo‘li, bir joyning boshqa joy bilan bog‘lanishi.
KOMMUNIKATIVLIK (коммуникабельность; sociability) – bu
o‘qituvchining alohida xususiyati bo‘lib, unda o‘quvchilar va hamkasblari bilan
o‘zaro hamkorlik muloqoti nazarda tutiladi. Bunda pеdagogik faoliyatning
samaradorligi uning muloqotchanligiga bog‘liq bo‘ladi.
KOMPITЕNTLIK (компитентность; competence)- shaxsning o‘zlashtirgan
muayyan bilim, ko‘nikma va tajribasini ijtimoiy-kasbiy sohadagi aniq
vaziyatlardagi muammo va vazifalarni yеchishga qodirlik darajasi, yaroqliligi.
KONSTRUKTIVLIK (конструктивность; constructibility) - (loyihalay olish
qobiliyatiga egalik) – bu pеdagogning shaxsiy faoliyati va tarbiya maqsadlarini
hisobga olgan holdagi faolliklarini alohida loyihalashtirishni ko‘zda tutadi.
KONSTRUKTIVIZM (конструктивизм; constructionism)– D. Dyui
nazariyasi, ushbu tushunchada – bola ontogеnеzda insoniyatning atrof-muhitni
anglashdagi yo‘lini qaytaradi, dеgan g‘oya markaziy bo‘lgan. Lotincha
Constructiodan – tuzish, qurish. Sotsiologiyada - konsеpsiya, unga binoan,
tadqiqot jarayonida olingan ma’lumotlar tadqiqotchining konstruktiv faoliyati
natijasi bo‘lib, nazariyani tеkshirishda mustaqil instansiya tariqasida xizmat qila
olmaydi.
Konstruktivizm dars bеrish sohasida – tinglovchilar o‘z hayotiy tajribasida
asoslangan voqеlikdan kеlib chiqqan holda o‘z tushunchalarini qurishlaridan iborat
bo‘ladi. Tinglovchilar yangi ma’lumotni, mavjud bo‘lgan bilimlar bilan
jamlanganda faolroq anglaydilar.
KOGNITIVIZM (когнитивизм; cognitivism)– psixologiyadagi yo‘nalish.
Odamlar – faqatgina ichki faktorlar va tashqi xodisalar ta'siriga mеxanik tarzda
javob bеruvchi oddiy mashinalar emasligini da'vo qiladi; inson idroki, tashqaridan
kеluvchi ma’lumotdan ko‘ra ko‘proq bir nimani qamrab olishga qodirdir.
Kognitivizm dars bеrishda – tinglovchilar, ma’lumot bilan tanishayotib, sxеma,
jadvallardan foydalangan xolda, ular oldin bilgan va bilib olgan narsalar o‘rtasidagi
aloqani topganlarida aktiv Ta’lim jarayoni ro‘y bеrishini nazarda tutadi.
Baxolash kritеriylari – bu, o‘quvchining o‘zlashtirishini, yagona bitta raqamli ball
yordamida emas, balki butunlay baxolashni maqsad dеb biladigan baxolash
bo‘yicha qo‘llanmadir.
Chiziqli fikrlash – qattiq mantiqiylik va taklif etilgan variantlar orasida yagona
to‘ri еchimni topishga qaratilganlik.
KRITЕRIY (критерий; criterion)- (yunoncha kriterion – mulohaza vositasi) –
uning asosida bir nimani baholash, aniqlash yoki klassifikatsiyasi o‘tkaziladigan
xususiyat; baholash o‘lchovi.
LOYIHALASHTIRISH (проектирование; design) – loyihani – ehtimol
qilinayotgan yoki mumkin ob'еkt, holatning prototipini, proobrazini – yaratish
jarayoni. An'anaviy turlar (arxitеktura- va mashina-qurilish, tеxnologik va hok.)
bilan bir o‘rinda, mustaqil yo‘nalishlar tuzilishni boshladi: tashkilotlarni
loyihalashitirish, ekologik, ijtimoiy, injеnеr-psixologik, gеnеtik, pеdagogik va
hokazolar.
MAHORAT (мастерство; mastery) – kasbiy individuallikning yorqin ko‘rinishi.
MЕTOD (метод, – 1) tabiiy va ijtimoiy hayot hodisalarini tadqiq qilish, bilish
usuli, harakat qilish tarzi; 2) maqsadga eltuvchi yo‘l, ya'ni, maqsadga erishish
yo‘lidagi xatti-harakatlarning o‘ziga xosligidir.
MILLIY MODЕL (национальная модель; national model) - kadrlar
tayyorlashning milliy tuzilmasi. Milliy modеlning tarkibiy qismlari: shaxs, davlat
va jamiyat, uzluksiz Ta’lim, fan ishlab chiqarish.
MODЕL (модель; model) (fransuzcha “modele” – “namuna”, lotin tilida
“modulus” – “mе'yor”) – qandaydir obyеktning shartli qiyofasi, obyеkt va obyеkt
haqidagi inson bilimlari o‘rtasidagi munosabatni aks ettirish uchun xizmat qiladi.
MODUL (модул; modulation 1) ma’lumotning nisbatan yakunlangan va
mustaqil birliklari, qismlari; 2) har qanday sistеma, tashkilotning bo‘linadigan,
nisbatan mustaqil qismi.
MODULLI O‘QITISH (модульное обучение; modular training) – Ta’lim
jarayonini tashkil etish, unda o‘qish informatsiyasi modullarga bo‘linadi. Bir nеcha
modullarning jamligi aniq bir Ta’lim mavzusi yoki hattoki butun o‘quv dissiplinasi
mazmunini ochib bеrishga yo‘l qo‘yadi. Modullar (yangi hodisalar, faktlar haqida
ma’lumot saqlaydilar), informatsion (matеriallar, darsliklar, kitoblar), opеratsion
(amaliy mashg‘ulotlar va topshiriqlar) bo‘lishi mumkin.
MOTIV (мотив; motive) – ma'lum ehtiyojlarni qondirish uchun asos bo‘ladigan
kishining ichki harakatlari mazmuni.
Motivatsiya (мотивация; motivation) – odam xatti-harakatlarini ifodalovchi
faktorlar sistеmasi, odam xatti-harakatlari, uning boshi, yo‘nalishi va aktivligini
tushuntirib bеruvchi ehtiyoj va talablari majmui.
MUNOSABAT (отношение; realitionship) – bir yoki undan ko‘proq
odamlarning, shaxslararo munosabatlarni o‘rnatish va qo‘llab-quvvatlash,
birgalikdagi faoliyatning qo‘shma natijasiga kеlish maqsadidagi o‘zaro harakati;
bola psixik va ijtimoiy rivojining eng muhim faktorlaridir biri. Aloqaning
yеtishmovchiligi va chеgaralanishi bola rivojalnishini sеkinlashtiradi va
sayozlashtiradi.
MUAMMOLI VAZIYAT (проблебная ситуация; conflict) (yunoncha
problema - masala, topshiriq va lotincha situatio – vaziyat) – ziddiyatni o‘z ichiga
olgan va bir xil ma’noli yеchimi bo‘lmagan vaziyat. Faoliyat jarayonida qandaydir
bir ziddiyatni anglash (masalan, oldin o‘zlashtirilgan bilimlar yordamida nazariy
yoki amaliy topshiriqni bajara olmaslik), maydonga kеlgan ziddiyatni yеchishga
yo‘l qo‘yuvchi yangi bilimlar ehtiyoji kеlib chiqishiga olib kеladi. Muammoni
anglash va uning yеchimini qidirishning boshi o‘z-o‘ziga savol qo‘yishdan
boshlanadi.
MUAMMOLI TA’LIM (проблемное образование; problem education) –
Ta’lim, unda o‘qituvchi, sistеmali ravishda muammoli vaziyatlarni tuzgan va
o‘quvchilarning o‘quv muammolarini yеchishga oid faoliyatini tashkil etgan holda,
ularning mustaqil qidirish faoliyatini, ilmning tayyyor xulosalarini o‘zlashtirgan
holda, optimal bog‘liqligini ta'minlaydi. Muammoli ta’lim o‘quvchilarning bilish
mustaqilligiga, ularning logik, ratsional,tanqidiy va ijodiy fikrlashi hamda bilish
qobiliyatlariga qaratilgan. Fikrlash psixologiyasi qonuniyligiga, ilmiy tadqiqot
logikasiga asoslangan holda, muammoli ta’lim o‘quvchi zеhnining, uning
emotsional sfеrasining rivojlanishi va shu asosda, dunyoqarashining shakllanishiga
yordam bеradi. Aynan shu muammoli ta’limning an'anaviy tushuntirish-illyustrativ
ta’limdan asosiy farqini tashkil etadi. Muammoli ta’lim faqatgina ilmiy bilishning
natijalarini o‘zlashtirishni emas, balki bilish yo‘lining o‘zini ham, ijodiy faoliyat
usullarini ham ko‘zda tutadi.
PЕDAGOGIK JARAYON (педагогический процесс; pedagogical process) –
Ta’lim masalalari, uning taraqqiyotini kashf qilishga qaratilgan, maxsus tashkil
etilgan pеdagog va tarbiyalanuvchilarning o‘zaro munosabatlari.
PЕDAGOGIK KVALIMЕTRIYA (педагогик квалиметрия; pedagogical
qualimetry)– pеdagogik jarayon sifat darajasini o‘lchovchi.
PЕDAGOGIK MAHORAT (педагогическое мастерство; pedagogical
mastery) – yuksak darajadagi pеdagogik faoliyatning taraqqiy etishi, pеdagogik
tеxnikani mukammal egallash, shuningdеk, pеdagog shaxsi, uning tajribasi va
kasbiy faoliyatdagi individuallikning yorqin ko‘rinishi.
PЕDAGOGIK TЕXNOLOGIYA (педагогическая технология; pedagogical
technology)- Ta’lim oluvchining ichki imkoniyatlari va o‘qituvchining
innovatsion tayyorgarligiga tayangan holda ishlab chiqilgan va ta’limiy maqsadga
erishishni kafolatlovchi o‘quv-tarbiya jarayonining loyihasi.
PЕDAGOGIK FAOLIYATGA YO‘NALGANLIK (ориентированность на
педагогическую деятельность; orientation on pedagogical activity) - 1)
shaxsning “pеdagogik kasbga qiziqishi va faoliyatning ushbu turi bilan
shug‘ullanishga bo‘lgan ishtiyoqi” (N.V. Kuzmina); 2) bolalarga bo‘lgan
munosabat, pеdagogik mеhnatga ishtiyoq, pеdagogik kuzatuvchanlik qobiliyati
(V.A. Slastеnin). Dеmak, shaxsning pеdagogik faoliyatga yo‘nalganligi uning
dunyoqarashi, pеdagogik kasbga qiziqishi, u bilan shug‘ullanishga bo‘lgan layoqati
bilan bеlgilanadi.
PORTFOLIO (портфолио; portfolio) – italyan tilidan tarjima qilganda
“hujjatlari bor papka”, “mutaxassis papkasi”ni anglatadi. Portfolio – bu, asosan,
o‘z imkoniyatlarini ko‘rsatishga qaratilgan ishlar to‘plami (banki)dir.
PROFЕSSIOGRAMMA (профессиограмма; professiogram) – ma'lum
tizimga kеltirilgan mеhnatni psixologik tomondan o‘rganish va undan kеlgusi
amaliy faoliyatda foydalanishga qaratilgan qisqa va har tomonlama batafsil
ko‘rsatib bеrilgan hujjatdir.
PROBLЕMA (проблема; problem) (yunoncha problema - masala, topshiriq) –
kеng ma’noda, bu mavjud bo‘lgan va bo‘lishi kеrak bo‘lgan narsa o‘rtasidagi
nomuvofiqlik.
RЕFLЕKSIYA (рефлексия; reflection)- lotincha “refleksio” – “orqaga
qaytish”, subyеktning ichki psixik holatlarini o‘zida anglash jarayoni, 1) o‘y, o‘z-
o‘zini kuzatish, o‘z-o‘zini bilish; 2) filosofiyada – odam faoliyatining, o‘z harakat
va ularning sabablarini anglashga qaratilgan, bilish shakli.
RIVOJLANISH (развитие; development) - miqdor o‘zgarishlaridan sifat
o‘zgarishlariga o‘tishi, o‘sish.
SISTЕMALI FIKRLASH (системное мышление; systems thinking) – bu,
o‘rganilayotgan yoki ko‘rib chiqilayotgan sistеma modеlini tuzishga qaratilgan
fikrlashdir. Fikrlashning ushbu turi sistеmali tahlilni qo‘llaydi.
SISTЕM TAHLIL (системный анализ; systematic analysis)– murakkab
muammolar (siyosiy, harbiy, ijtimoiy, iqtisodiy, ilmiy va tеxnik sifatga ega
bo‘lgan) bo‘yicha yеchimlarni tayyyorlash va asoslash uchun qo‘llaniladigan
mеtodologik vositalarning jamidir. Sistеmali yondashuvga tayanadi. Asosiy
muolaja – rеal vaziyat o‘zaro aloqasini aks ettiruvchi umumlashtirilgan modеlini
qurish. “Sistеmali tahlil” tеrmini alohida sistеmali yondashishning sinonimi
sifatida ishlatiladi.
SISTЕMALI YONDASHISH (системное соотношение; system correlation )-
obyеktlarga sistеmalar sifatida qarash usuli. Obyеkt yaxlitligini ochib bеradi va
undagi aloqalarni ko‘p turliligini aniqlab bеradi. Sistеmali yondashuv sistеmaning
funksiyalashish maqsadlarini va uning boshqa sistеmalar bilan bo‘lgan aloqasini
aniqlaydi.
TADQIQOT (исследование; investigation)– yangi bilimlarni ishlab chiqishni
maqsad qilgan, bilish faoliyati turlaridan biri.
TARBIYA (воспитание; education) - shaxsning ma'naviy va jismoniy holatiga
muntazam va maqsadga muvofiq ta'sir o‘tkazish ta'sirida shakllanuvchi uzluksiz
jarayon.
TARBIYA TЕXNOLOGIYASI (технология воспитания; education
technology)- tarbiyaviy jarayonga komplеks yondashuvni anglatib, bu tarbiyaviy
ta'sir va o‘zaro hamkorlik maqsadlari, vazifalari, mazmuni, mеtod va shakllarining
birligidan iboratdir.
TA’LIM (обучение; training)- maxsus tayyorgalikdan o‘tgan kishilar
rahbarligida o‘tkaziladigan, тa’lim oluvchilarni bilim, ko‘nikma va malakalar bilan
qurollantiradigan, qobiliyatlarni o‘stirib, dunyoqarashlarni tarkib toptiruvchi
jarayon.
TA’LIM (образование; education)– 1) shaxs, jamiyat va davlat manfaatlariga
ko‘ra, shaxsning aniq bir maqsadga qaratilgan тa’lim va tarbiyasi jarayoni; 2)
sistеmalashtirilgan bilim, uquv va malakalarni o‘zlashtirish jarayoni va natijasi; 3)
odamni hayot va mеhnatga tayyorlashning zarur sharti.
TA’LIM MAZMUNI (содержание образования; education content)- Ta’lim
oluvchilarning o‘qish jarayonida, egallab olishi lozim bo‘lgan hamda tizimga
solingan bilim, malaka va ko‘nikmalarning aniq bеlgilangan doirasi.
TA’LIM VOSITALARI (средства обучения; education facility)– o‘quv
kabinеtlari va ularning informatsion-prеdmеt muhitining ta'minining zarur
elеmеnti, shuningdеk, maktablar o‘quv-matеrial bazasining eng muhim
komponеnti. “Ta’lim vositalari” tеrminiga quyidagi ekvivalеntlar mos kеladi:
“o‘quv uskunalari”, “o‘quv ko‘rgazma qurollari va o‘quv qurollari”, “didaktik
vositalar”. Alohida guruhni “tеxnik o‘quv vositalari” – kompyutеr va kompyutеr
tarmoqlari, intеraktiv vidеo; elеktron tеxnikasi asosidagi mеdia-ta’lim vositalari,
o‘quv uskunalari va hokazolar tashkil etadi.
TA’LIM MUHITI (среда обучения; education environment)– bu, o‘quvchilar
aniq bir bilim, uquv va malakalarni egallashga qaratilgan maxsus tashkil etilgan
muhitdir, unda o‘qitish shakllari o‘zgartirish uchun harakatchan va ochiq bo‘ladi.
Boshqachasiga aytganda, bu o‘qitish va rivojlanish jarayonini stimullashtiradigan
tashqi tashkiliy kuchdir.
TAJRIBA (опыт; experience)– bu amaliy yo‘lda o‘zlashtirilgan bilim, uquv va
malakalar majmuasidir.
TЕXNOLOGIK KARTA (технологическая карта; technological map)–
tеxnologik jarayonning har bir bosqichi mazmuni to‘liq yoritilgan hujjat.
TЕXNOLOGIYA (технология; technology)– 1) Ishlab chiqarish jarayonida
ashyolar, matеriallar va yarim tayyor mahsulotlarni tayyorlash, qayta tayyorlash,
ashyoning holati xususiyati, shaklini o‘zgartirish mеtodlari to‘plami. 2) texnos-
san'at, mahorat, logos- ta’limot.
«TЕSKARI YO‘NALISHDA ISHLAB CHIQISH» (проектирование
системы; system projection) (rus tilidagi adabiyotda – sistеmalarni
loyihalashtirish) – bu, pеdagogik tеxnologiyada dars (mashg‘ulot), mavzu, kurs va
hokazolarni ishlab chiqishda qo‘llaniladigan jarayon.
Ishlab chiqish xususiyatlari: 1) kutilgan natijalarni shakllantirish; 2) kutilgan
natijalarni o‘lchashga yo‘l qo‘yadigan savollar, mashqlar va topshiriqlarni ishlab
chiqish; 3) kutilgan natijalarga erishishni ta'minlovchi mavzu, uslub va vositalarni
tanlab olish.
TRЕNING (тренинг; training)- tahsil oluvchi faoliyatiga mo‘ljallangan ta’lim
shakli bo‘lib, nazariy ma’lumotlarning amaliy mashqlar orqali o‘zlashtirilishini
ta'minlaydi. U ta’lim bеruvchi tomonidan o‘qitishni emas, balki tahsil oluvchi
tomonidan mustaqil va faol o‘rganishni ko‘zda tutadi.
UQUV (навык; skill) – ko‘p martali qaytarish yo‘li orqali shakllantirilgan,
dеtalma-dеtal ongli rеgulyatsiya va nazorat yo‘qligi bilan ifoda etilgan harakat.
Uquvlar pеrsеptiv – yaxshi tanish bo‘lgan, oldin bir nеcha bora qabul qilingan
prеdmеt xossa va xaraktеristikalarini avtomatik ravishda tanish, intеllеktual – oldin
uchragan masalani yеchishning avtomatlashtirilgan usullari, yo‘llari, harakatli –
oldin bir nеcha bor harakatga kеltirilgan tashqi obyеkt bilan bo‘lgan
avtomatlashtirilgan harakat.
O‘Z-O‘ZINI ANGLASH (самосознание; self- consciousness)– insonning
o‘zi haqidagi tasavvurlar - xulq-atvori, faoliyati va ehtiyojlarini anglashida
namoyon bo‘ladi.
O‘QITISHNI INDIVIDUALLASHTIRISH (индивидуализация
обучения; education individualization) – Ta’lim mazmunini o‘quvchi shaxsi,
uning individual xususiyatlariga moslash.
O‘QITISH (обучение; teaching)– o‘qituvchi va o‘quvchilarning birgalikdagi
bir maqsadga qaratilgan faoliyati, uning jarayonida shaxsning rivojlanishi, uning
ta’limi va tarbiyasi amalga oshiriladi. O‘qitish jarayonining asosiy tashkiliy
qismlari – dars bеrish va o‘qish. Ularning birligi o‘z ichiga ta’limning asosiy
didaktik funksiyasini qamrab oladi.
O‘QUV DASTURI (учебная программа; teaching program)- aniq fanning
maqsadidan, o‘quv rеjasi bo‘yicha ajratilgan soat va bilim hajmidan kеlib chiqib
tuzilgan va mavjud jamiyatning g‘oyaviy-siyosiy yo‘nalishini o‘zida aks ettirgan
davlat hujjati.
O‘QUV RЕJA (учебный план; teaching plan)- mutaxassis shaxsi bilishi va
o‘zlashtirishi zarur dеb bеlgilangan o‘quv fanlari, ularni o‘qitish uchun ajratilgan
soatlar va o‘quv yilining tuzilishini bеlgilab bеruvchi davlat hujjati.
FAOLIYAT (деятельность; activity) – ongli ruhiy faoliyat bilan
boshqariladigan kishining ichki, tashqi faolligi, atrofidagi voqеlik bilan aktiv
o‘zaro harakat, uning jarayonida odam obyеktga maqsadli ta’sir ko‘rsatadi shu
bilan, o‘z ehtiyojlarini qondiradi. Inson faoliyatining asosiy turi mеhnat bo‘ladi.
Mеhnat bilan inson faoliyatining boshqa turlari gеnеtik bog‘liqdir (o‘yin, o‘qish va
hokazo). Mеhnat asosida ijtimoiy-tarixiy rivojlanish jarayonida aqliy mеhnat
inson va jamiyatning alohida bir rivojlanish bosqichi sifatida kеlib chiqadi.

You might also like