Project - Gov.uz 15.12.2023

You might also like

You are on page 1of 9

project.gov.uz 15.12.

2023

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKАSI SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI


HUZURIDAGI SАNITАRIYA-EPIDEMIOLOGIK OSOYISHTАLIK
VА JАMOАT SАLOMАTLIGI QO‘MITASINING

QАRORI

Idishlarda qadoqlangan ichimlik va tabiiy mineral suvlarni qayta ishlash va quyish


bilan shug‘ullanuvchi korxonalar uchun sanitariya qoidalarini
(0058-23-son SanQvaN) tasdiqlash to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasining “Аholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi Qonuni


va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-iyuldagi PF–6035-son “Koronavirus pandemiyasini
yumshatish, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va salomatligini saqlash tizimini tubdan
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni
saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi qaror qiladi:

1. Idishlarda qadoqlangan ichimlik va tabiiy mineral suvlarni qayta ishlash va quyish bilan
shug‘ullanuvchi korxonalar uchun sanitariya qoidalari (0058-23-son SanQvaN) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi tomonidan 2016-yil 25-fevralda


tasdiqlangan “Idishlarda qadoqlangan ichimlik va mineral suvlarni qayta ishlash, quyish korxonalari uchun
sanitariya qoidalari (0328-16-son SanQvaN) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.

3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining


huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi, Suv
xo‘jaligi vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Tog‘-kon sanoati va
geologiya vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan kelishilgan.

4. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Раис

Тошкент ш. Yusupaliyev B. K.

2023 йил 21 ноябрь,

1
project.gov.uz 15.12.2023

Келишилди:
Вазир

Islamov B. F
Тошкент ш.
2023 йил 24 октябръ,

Сув хўжалиги вазири

Xamrayev Sh.
Тошкент ш.
2023 йил 17 ноябрь,
Ўзбекистон Савдо-саноат
палатаси Раиси

Vaxabov D. A.
Тошкент ш.
2023 йил 21 октябрь,

Vakil

Kasimov D. S.
Тошкент ш.
2023 йил 31 октябрь,

Инвестициялар ва ташқи
савдо вазири Л.Кудратов

Тошкент ш.
2023 йил 14 ноябрь,

Вазирнинг биринчи
ўринбосари
O. Qudratov

Тошкент ш.
2023 йил 24 октябрь,

2
project.gov.uz 15.12.2023

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash


vazirligi huzuridagi Sanitariya-
epidemiologik osoyishtalik va jamoat
salomatligi qo‘mitasining 2023-yil
21- noyabrdagi 25-son qaroriga
ILOVА

Idishlarda qadoqlangan ichimlik va tabiiy mineral suvlarni qayta ishlash


va quyish bilan shug‘ullanuvchi korxonalar uchun sanitariya qoidalari
(0058-23-son SanQvaN)

Mazkur sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari (bundan buyon matnda sanitariya
qoidalari deb yuritiladi) idishlarda qadoqlangan ichimlik va tabiiy mineral suvlarni qayta ishlash va quyish bilan
shug‘ullanuvchi korxonalarning sanitariya-texnik holati, ishlab chiqarishni tashkil etish, shuningdek ishlab
chiqarishda mehnat sharoitlariga qo‘yiladigan sanitariya-gigiyena talablarini belgilaydi.

Mazkur sanitariya qoidalari Kodeks Аlimentarius Komissiyasining “Oziq-ovqat mahsulotlari gigiyenasi.


Asosiy matnlar” (3-nashr, 2006-yil), “Ichimlik suvlari” (2007-yil) va “Jarayon bo‘yicha qo‘llanma”(21-nashr,
2013-yil) asosida ishlab chiqilgan.

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Ushbu sanitariya qoidalarida quyidagi atama va tushunchalar qo‘llaniladi:

idishlarda qadoqlangan ichimlik suvi – suv manbasiga bog‘liq bo‘lmagan karbonat angidrid miqdori
kamida 0,2 g/dm3 bo‘lgan, temirli tabiiy mineral ichimlik suvlar uchun temir miqdori kamida 0,4 g/dm3,
kimyoviy xavfsizlik ko‘rsatkichlari texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda nazarda
tutilgan me’yorlardan yuqori bo‘lmagan, realizatsiya qilinadigan birlamchi qadoqlash idishlariga quyilgan
ichimlik suvi;

ishlov berish – suvni tozalash bilan bog‘liq jarayon bo‘lib, suvni tozalash yoki qayta tozalash (filtrlash,
ionsizlantirish, mikroblarga qarshi ishlov berish va boshqalar), karbonat angidrid bilan to‘yintirish yoki muhim
makro va (yoki) mikrokomponentlar bilan boyitishni o‘z ichiga olgan jarayon;

tabiiy mineral ichimlik suvi – antropogen ta’sirlardan himoyalangan suvli qatlamlardan yoki suvli
komplekslardan olinadigan, tabiiy kimyoviy tarkibini saqlab qolgan, alohida biologik faol komponentlari (brom,
bor, mishyak, umumiy temir, yod, kremniy, organik moddalar, erkin karbonat angidrid) yoki minerallashuvi
ko‘p miqdorda bo‘lgan, davolovchi va profilaktik ta’sirga ega bo‘lgan yer osti suvlari;

trigalometanlar – tarkibida galogenlar boʻlgan zararli organik moddalarning (xloroform, bromoform,


dibromoxlorid, bromodixlorometan) umumiy miqdori;

xavf - oziq-ovqat mahsulotida mavjud bo‘lgan potensial xavf-xatarlarning (biologik, kimyoviy, fizikaviy
va boshqa omillar) iste’molchilar hayoti va sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatish ehtimoli;

xavfni baholash - ilmiy ma’lumotlar va usullarga asoslangan holda xavfli omillarning xususiyatlarini

3
project.gov.uz 15.12.2023

aniqlash, ta’sirini baholash va xavfni tavsiflash bosqichlaridan iborat bo‘lgan jarayon;

xavfni boshqarish - xavf-xatarlarni va boshqa omillarni baholash natijasida ularni bartaraf qilish
maqsadida ogohlantiruvchi choralarni ishlab chiqish va qo‘llash jarayoni;

yer osti suvlari - yer sathidan pastda yer qobig‘ining tog‘ jinslari qatlamlarida joylashgan suvlar;

yer usti suvlari - yer qobig‘ining ustida joylashgan suvlar.

2. Xavfni baholashda ishlab chiqarish jarayonining barcha zanjirlaridagi quyish, tashish va saqlash
inson salomatligida noxush oqibatlar kelib chiqishining oldini olishga qaratilgan bo‘lishi kerak.

3. Idishlarga qadoqlangan ichimlik suvini ishlab chiqarish, saqlash, tashish, sotish va utilizatsiya qilishga
oid majburiy talablar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 10-oktabrdagi 861- son qarori
bilan tasdiqlangan Idishda qadoqlangan ichimlik suvining xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentga
muvofiq belgilanadi.

2-bob. Korxonalar hududini saqlash, suv


ta’minoti va kanalizatsiyasiga qo‘yiladigan sanitariya talablari

4. Suv ta’minoti manbasini tanlash va uning sanitariya jihatdan ishonchliligi SanQvaN 0200-06-son
“O‘zbekiston aholisini markazlashtirilgan xo‘jalik ichimlik suvi bilan ta’minlash uchun yer usti va yer osti suv
manbalari sinflarini aniqlash, gigiyenik baholashning sanitariya qoidalari va normalari” talablariga muvofiq
sifatli ichimlik suvi olish imkoniyatini hisobga olgan holda amalga oshirilishi lozim.

5. Suv obyektlarining sanitariya-muhofaza zonasi va sanitariya-himoya mintaqasi O‘zbekiston


Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-dekabrdagi 981-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston
Respublikasi hududidagi suv obyektlarining suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarini belgilash
tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.

6. Korxona ikkita kanalizatsiya quvurlari tizimi (sanoat chiqindilari uchun va ichki maishiy oqava suvlari
(hojatxonalar va dush xonalaridan chiqqan suv uchun) bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. Bunda sanoat
chiqindilarini to‘plash alohida tizimlar tomonidan amalga oshirilishi va shundan so‘ng markazlashtirilgan
tarmoqqa chiqarilishi lozim.

7. Ifloslangan sanoat va maishiy chiqindilarning mexanik va biologik tozalash, zararsizlantirish hamda


cho‘kmaga ishlov berish usullari asosida tozalanmagan holda ochiq suv havzalariga chiqarilishi, shuningdek
markazlashtirilgan kanalizatsiya tizimi bo‘lmagan hududlarda chiqindilarni yig‘ish quduqlarining o‘rnatilishi
qat’iyan man etiladi.

8. Korxonalarni kanalizatsiya o‘rnatilmagan hududlarga joylashtirishda sanoat va maishiy oqava


suvlarning alohida-alohida oqimi uchun mahalliy kanalizatsiya tizimi nazarda tutilishi lozim. Korxonada hosil
bo‘luvchi sanoat oqava suvlarini yig‘ish uchun majburiy ravishda gidravlik nasosga ega beton o‘ra bo‘lishi
lozim.

9. Korxonalarda taralar, qurilish va xo‘jalik buyumlari maxsus jihozlangan shiyponli omborlarda asfalt
yoki betonlangan maydonlarda saqlanishi kerak.

10. Korxona hududida yaroqsiz idishlarni, singan shisha va chiqindilarni yig‘ish va vaqtincha saqlash
uchun asfaltlangan yoki betonlangan joylarga chiqindi qutilari yoki konteynerlari o‘rnatilishi zarur.

Bunda polimer, metall, qog‘oz, shisha, tetrapak va boshqa turdagi yaroqsiz idishlarni alohida-alohida

4
project.gov.uz 15.12.2023

qutilarda yig‘ish (boshqa turdagi maishiy chiqindilar bilan aralashtirmaslik) talab etiladi.

11. Chiqindi qutilari to‘lishi bilan tozalanishi kerak. Dezinfeksiyalash sovuq mavsumda oyiga kamida bir
marta, issiq mavsumda haftasiga kamida bir marta dezinfeksiyalovchi eritma vositasida amalga oshirilishi kerak.

12. Korxona hovlisida joylashgan hojatxonalar doimo toza saqlanishi, har kuni dezinfeksiyalovchi
vositalar bilan zararsizlantirilishi kerak. Hovlida joylashgan hojatxonalarga quruq kukun bilan ishlov berish
taqiqlanadi. Hovli hojatxonalari ishlab chiqarish binolaridan kamida 25 metr masofada joylashgan bo‘lishi zarur.

3-bob. Ishlab chiqarish obyektlari, xonalar va uskunalarga


qo‘yiladigan sanitariya-gigiyena talablari

13. Issiq mavsumda ishlab chiqarish obyektlari va xonalardagi barcha ochiladigan oyna va derazalar
hasharotlar kirishidan himoyalash maqsadida metall va polimer to‘rlar bilan himoyalanishi lozim.

14. Umumiy dezinfeksiya suvlarni saqlash uchun rezervuarlardan boshlanib, texnologik jarayon liniyasi
bo'ylab suvlarni qadoqlarga quyish joylarigacha yiliga kamida bir marta amalga oshiriladi. Agar bakterial
ifloslanish aniqlansa, ifloslanish aniqlangan bo‘limlarda navbatdan tashqari dezinfeksiya ishlari amalga
oshiriladi.

15. Dezinfeksiya, dezinseksiya va deratizatsiya tadbirlarini o‘tkazishdan oldin asbob-uskunalarni


yaxshilab mexanik tozalash amalga oshiriladi. Dezinfeksiya, dezinseksiya va deratizatsiya uchun faqat yangi
tayyorlangan eritmalar qo‘llanilishi kerak, uning konsentratsiyasi tegishli ishchilar va laboratoriyalar tomonidan
nazorat qilinishi lozim.

16. Dezinfeksiya, dezinseksiya va deratizatsiyalash vositalari alohida yopiq xonada saqlanishi zarur.

17. Har bir dezinfeksiyalashdan so‘ng, foydalanilgan suvning oxirgi qismi bakteriologik nazorat uchun
olinishi lozim.

18. Kronenprobkalarni (metal tunukadan yasalgan, idishlarni yopish uchun mo‘ljallangan tiqin) saqlash
va korxona ichida tashish uchun ishlatiladigan inventar va qutilar gigiyenik qoplamaga ega bo‘lishi va har
hafta 0,5 foizli kalsiylangan soda yoki boshqa dezinfeksiyalovchi vositalarning eritmasi bilan yuvilishi va toza
suv bilan chayilishi kerak.

19. Xavfni boshqarish uchun barcha ishlab chiqarish obyektlari va xonalar, shuningdek inventarlar
smenadan-smenaga toza holda va tartib bilan o‘tkazilishi lozim.

20. Barcha ishlab chiqarish obyektlari va xonalar, jihozlar va inventarlar ish oxirida nam usulda
tozalanishi zarur.

21. Tozalash tugagandan so‘ng, barcha tozalash inventarlari suv bilan yuvilishi va dezinfeksiyalovchi
eritma bilan zararsizlantirilishi kerak. Ishlab chiqarish obyektlarining tozalash inventarlari tamg‘alanishi va
alohida javonlarda saqlanishi kerak. Ulardan boshqa maqsadlarda foydalanish taqiqlanadi.

22. Toza va kir kiyimlar alohida xonalarda saqlanishi lozim.

23. Rakovinalar oldida va hojatxonalarda sovun, qog‘oz sochiq yoki qo‘llarni quritish moslamasi va
xalatlar uchun ilgaklar bo‘lishi kerak.

24. Unitazlar va pissuarlarni har haftada kamida bir marta texnik xlorid kislota bilan urat kislotasi

5
project.gov.uz 15.12.2023

tuzlaridan tozalash zarur. Hojatxonaga kirishdan oldin oyoq kiyimlarni dezinfeksiyalash uchun
dezinfeksiyalovchi eritmada namlangan latta (mato) bo‘lishi lozim.

25. Hojatxonalarni tozalash va dezinfeksiya qilish uchun alohida tamg‘alangan maxsus inventarlar
(chelak, xokandoz, latta, cho‘tkalar va boshqalar) bo‘lishi lozim. Hojatxonalarni tozalash inventarlari boshqa
maishiy binolarni tozalash inventarlaridan alohida saqlanishi kerak.

26. Turli mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalarda ichimlik va tabiiy mineral suvlarni boshqa turdagi
mahsulotlarni quyish uchun mo‘ljallangan uskunalar jamlanmasida quyish taqiqlanadi.

4-bob. Tabiiy mineral ichimlik suvi va idishlarda qadoqlangan


ichimlik suvi uchun sanitariya-gigiyena talablari

27. Tabiiy mineral ichimlik suvi va idishlarda qadoqlangan ichimlik suvini ishlab chiqarish uchun
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va
jamoat salomatligi qo‘mitasi va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan belgilangan tartibda foydalanishga
yaroqliligi haqida xulosa berilgan markazlashtirilgan, markazlashtirilmagan va avtonom ichimlik suvi manbalari
yoki tizimlaridan foydalanish kerak.

28. Qadoqlangan ichimlik suvining ion-tuz, gaz, mikrokomponent tarkibining sifati, xavfsizligi,
barqarorligi va o‘ziga xos xususiyatlarini (radioaktivlik, harorat, pH qiymati va boshqalar) tekshirish davomida
ko‘rsatkichlarning mavsumiy o‘zgarishi inobatga olinishi lozim.

29. Qadoqlangan ichimlik suvini qadoqlashdan oldin suv olish punktlarida suvning ion-tuz, gaz,
mikrokomponent tarkibi va o‘ziga xos xususiyatlarining barqarorligini baholash kamida bir yil muddatga har bir
manba uchun alohida o‘tkazilishi kerak.

30. Qadoqlangan ichimlik suvi uchun xom ashyo sifatida foydalaniladigan yer osti va yer usti
manbalaridan olinadigan tabiiy suv hamda ichimlik suvi ta’minoti tizimidagi suvlar SanQvaN 0211-06-son
“O‘zbekiston aholisining xo‘jalik-ichimlik suv ta’minoti markazlashtirilgan tizimi suvining gigiyenik mezonlari
va ular sifatinining nazorati” talablariga muvofiq bo‘lishi zarur.

31. Yer osti va yer usti manbalaridan olinadigan tabiiy suvni qadoqlash uchun boshqa hududlarga
tashishda inson salomatligiga zarar yetkazmaydigan tashuvchi materiallardan foydalanish lozim.

32. Qadoqlangan ichimlik suvini ishlab chiqarishda suvni tozalash yoki qayta tozalash SanQvaN 0200-
06-son “O‘zbekiston aholisini markazlashtirilgan xo‘jalik ichimlik suvi bilan ta’minlash uchun yer usti va yer
osti suv manbalari sinflarini aniqlash, gigiyenik baholashning sanitariya qoidalari va normalari” talablarida
belgilangan texnologiyalardan (reagent, reaktivsiz, aralash) foydalaniladi.

33. Qadoqlangan ichimlik suvini qadoqlashdan oldin mikroorganizmlardan tozalash uchun ozonlashdan
foydalanish, shuningdek havo va kislorod qo‘shish mumkin. Bunda qoldiq ozonning konsentratsiyasi 0,1
mg/dm3 dan oshmasligi kerak.

34. Qadoqlashdan oldin ichimlik suviga qayta ishlov beriladi. Qayta ishlov berish jarayonida paydo
bo‘luvchi uchuvchi fenol birikmalarining (xlorfenollar) miqdori bolalar ovqati uchun mo‘ljallangan suvda
0,0005 mg/dm3 dan, boshqa barcha turdagi qadoqlangan suvlar uchun esa 0,001 mg/dm3 dan oshmasligi zarur.

35. Qadoqlangan ichimlik suvida qoldiq bog‘langan va erkin xlor, xloroform, formaldegid,
trigalometanlar (xloroform, bromoform, dibromoxlorid, bromodixlorometan) bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

36. Bolalar ovqatini tayyorlash uchun qadoqlangan ichimlik suvida kumushdan konservant sifatida

6
project.gov.uz 15.12.2023

foydalanish taqiqlanadi.

37. Qadoqlangan ichimlik suvining umumiy qattiqligi kamida 1,5 mmol/dm3 bo‘lishi zarur.

38. Qadoqlangan ichimlik suvini qadoqlashdan oldin uning tarkibidagi temir, marganes, margimush va
oltingugurt birikmalari kabi beqaror tarkibiy qismlardan suvni aeratsiyalash, cho‘ktirish va/yoki filtrlash yo‘li
bilan cheklangan miqdorda tozalashga ruxsat beriladi, bunda suv tarkibidagi asosiy moddalar saqlanib qolishi
kerak.

39. Qadoqlangan ichimlik suvining sifati uni qadoqlash, tashish, saqlash vaqtida ham O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 10-oktabrdagi 861-son qarori bilan tasdiqlangan Idishda
qadoqlangan ichimlik suvining xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglament talablariga mos kelishikerak.

40. Xavfni baholash hamda suvda mavjud bo‘lgan barcha komponentlarni aniqlash uchun ishlab
chiqaruvchi korxona tomonidan to‘liq kimyoviy va mikrobiologik hamda radiologik tahlil o‘tkazilishi lozim.
Mazkur tahlillar davomida suvdagi mavjud me’yoriy ko‘rsatkichlar SanQvaN 0211-06-son “O‘zbekiston
aholisining xo‘jalik-ichimlik suv ta’minoti markazlashtirilgan tizimi suvining gigiyenik mezonlari va ular
sifatinining nazorati” talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.

41. Qisqartirilgan kimyoviy tahlil quyidagi hollarda o‘tkaziladi:

quduqlarni qidirish va burg‘ulash jarayonida, yer usti manbalarini tanlashda, ichimlik suvini dastlabki
baholash uchun va manbalarni monitoring qilishda;

ichimlik suvi sifati va xavfsizligini nazorat qilishda;

qadoqlangan ichimlik suvining asosiy ko‘rsatkichlarining barqarorligini aniqlash maqsadida.

42. To‘liq va qisqartirilgan kimyoviy tahlilni o‘tkazish davriyligi suv manbalarini tadqiq qilish
qadoqlangan ichimlik suvini idishlarga quyish bilan shug‘ullanuvchi korxonalar tomonidan belgilanadi.

43. Mikrobiologik tahlil suvdagi mikroorganizmlarni miqdor va sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash uchun
o‘tkaziladi. Mikrobiologik tahlilning salbiy natijalari olinganda tayyor mahsulotlar karantinga o‘tkaziladi.
Karantin davrining davomiyligi mikrobiologik tahlil natijalariga qarab belgilanadi. Agar namunalarning birida
koli-indeks (1 litr suyuqlikda aniqlanuvchi ichak tayoqchasi mikroorganizmlari miqdori) 6 dan ortiq yoki ikki
va undan ortiq namunalarda 3-6 oralig‘ida bo‘lsa, tayyor mahsulot karatinda 5 kun davomida saqlanadi.
Karantinga olingan mahsulotlarning takroriy tahlillari kamida 3 kundan keyin amalga oshiriladi. Namunalarning
koli-indeks qiymati 3 va undan past bo‘lganda tahlillar to‘xtatiladi. Mikrobiologik tahlilning salbiy natijalari
olinganda tayyor mahsulot 90 kun davomida karantinda boʻlishi lozim.

44. Barcha turdagi qadoqlangan ichimlik suvlarida faol xlor, uchuvchi xlorfenollarning xloroformi
(uchuvchi fenollar), formaldegid mavjudligi suvlarni quyishda foydalaniluvchi uskunalarni tozalash va yuvish
jarayonidan keyin aniqlanadi.

45. Qadoqlangan ichimlik suvlari quruq, ventilyatsiyalanuvchi, qorong‘i omborlarda namlikning


tushishini istisno qiladigan sharoitlarda, 5°C dan 20°C gacha bo‘lgan haroratda saqlanishi kerak. Qadoqlangan
ichimlik suvini o‘tkir hidli mahsulotlar (neft mahsulotlari, kir yuvish kukunlari, bo‘yoqlar, pigmentlar, aromatik
moddalar) bilan birgalikda saqlashga yo‘l qo‘yilmaydi.

5-bob. Mehnat sharoiti va shaxsiy gigiyenaga qo‘yiladigan talablar

7
project.gov.uz 15.12.2023

46. Korxonalardagi mikroiqlim SanQvaN 0324-16-son “Ishlab chiqarish korxonalari mikroiqlimining


sanitariya-gigiyenik normalari” talablariga hamda jihozlar, mashinalar va uskunalarning tebranish darajasi
SanQvaN 0326-16-son “Ish joylaridagi umumiy va lokal tebranishlarning sanitariya normalari” talablariga
muvofiq bo‘lishi lozim.

47. Ishchi xodimlarni ishga kirishdan oldin dastlabki va keyinchalik davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish
Xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust)
muvofiq amalga oshiriladi.

48. Xavfni oldini olish maqsadida ishchi xodimlar shaxsiy gigiyenaga rioya qilishlari lozim, xususan:

ochiq yaralar, tirnalgan, kesilgan yoki boshqa teri jarohati bo‘lganda, jarohatni plastir bilan berkitish;

ish joyida zargarlik buyumlari taqib yurmaslik;

ish joyida maxsus himoya kiyimlari, bosh kiyim, poyabzal va baxillalar kiyish.

49. Ishlab chiqarish jarayonlarida ishtirok etuvchi ishchi xodimlarning ish boshlanishidan avval tana
harorati o‘lchanishi lozim. Tana harorati yuqori bo‘lgan, shamollash, o‘tkir respirator kasalliklar alomatlari
bo‘lgan, burun, og‘iz bo‘shlig‘i, tomoqda, yiringli kasalliklari bo‘lgan, qo‘llarida va tananing ochiq yuzalarida
yaralari bo‘lgan xodimlarni ishlab chiqarish jarayonlariga jalb qilish taqiqlanadi.

50. Ishlab chiqarish jarayonlari bilan bog‘liq xonalarda chekish, tupurish, ovqatlanish, ochiq mahsulotlar
ustida aksirish yoki yo‘talish kabi ishlarni amalga oshirish taqiqlanadi.

51. Mazkur sanitariya qoidalarini ishlab chiquvchilar ro‘yxati ilovada keltirilgan.

8
project.gov.uz 15.12.2023

Idishlarda qadoqlangan ichimlik va tabiiy


mineral suvlarni qayta ishlash va quyish
bilan shug‘ullanuvchi korxonalar uchun
sanitariya qoidalariga (0058-23-son
SanQvaN)
ILOVA

Ishlab chiqaruvchilar ro‘yxati:

Tuzuvchilar:

Elinskaya O.L. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi


huzuridagi Tibbiyot bosh boshqarmasi Sanitariya-
epidemiologik nazorat boshqarmasi laboratoriya mudiri,
t.f.d., katta ilmiy xodim

Voronina N.V. Toshkent Farmatsevtika instituti bosh mutaxassisi, t.f.d.,


dotsent, katta ilmiy xodim

Mirshina O.P. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat


salomatligi qo‘mitasi bosh mutaxаssisi, t.f.n.

Ismailov A.D. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat


salomatligi qo‘mitasi bosh mutaxаssisi, t.f.n.

Sagdullayeva B.O. Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot


instituti katta ilmiy xodim

Taqrizchilar:

Mirzakarimova M.A. Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari


ilmiy-tadqiqot instituti katta ilmiy xodimi, b.f.d.

Israilova G.M. Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish


markazi gigiyena kafedrasi dotsenti, t.f.n.

Shukurov A. N. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat


salomatligi qo‘mitasi Jahon savdo tashkiloti masalalari
bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i, t.f.n.

You might also like