You are on page 1of 12

Ukraina, 2011-yil.

Yigit va qiz mashinada


ketib borishardi. Havo öta sovuq, kuchli qor yog'ardi. Shahardan
qishloq tomon ketayotgan mashina tun chökishi bilan yölni yoritishga ojizlik
qila boshladi. Aksiga olib bir hafta töxtamay yoqqan qor yölni qoplab olgandi.
Manzilga yaqin
qolganida mashina qiyaliklarning
birida sirpanib ketadi va yöl chetidagi daraxtga borib uriladi.
Yigit va qiz jarohatlanishmaydi.
Faqat ular qolgan 7-8 km masofani qanday bosib ötish mumkinligi haqida
öylashardi. Yaqin atrofda boshqa boshpana yöq. Bu chetki yöldan bunaqa
havoda ötkinchi mashinalar ham
ötmasdi. Avvaliga ular mashina ichida ötirib kutadilar. Lekin havo
harorati -40 gradus atrofida sovuq edi. Sovuq asta-sekin ularni azoblay
boshladi. Ustiga-ustak
hadeganda najot uchqunlari
körinavermasdi. Ular sovuqda kutish befoyda ekanligini
tushundilar va qolgan yölni piyoda bosib ötishga qaror
qildilar. Yarim tunga yaqin vaqtda yigit va qiz qorli yöl uzra oldinma-ketin ketib
borisharkan, bir-necha daqiqa ichida oldindan urayotgan öta dahshatli izg'irin
ta'sirida oyoq va
qöllari butkul sovuqdan qotib
qoladi. Bir soatcha yurishgach ularning tanalarida sovuq
ta'sirida qon aylanishi ham sustlashib, holsizlana boshlaydilar. Xatto ular öz
tanalarini sezmay qoladilar.
Nihoyat qiz xushini yöqotadi....
Xushiga kelganida u qishloqda, issiq uylarning birida yotardi. Yigitni söragan
qizga u 2 kun
oldin vafot etganligini aytishadi. Ösha tunning ertasiga yöldan ötayotgan yuk
mashinasi haydovchisi qor ustida chözilib yotgan odam tanasini köradi.
Yaqin kelganida u yerda 2 kishi ekanligini payqaydi. Qor ustida yupqagina
kiyingan yigit, uning
köksiga bosh qöygan holda yigitning paltosiga örab qöyilgan qiz bexush
yotardi. Ösha vaqtda
yigitning yuragi muzlab urishdan
töxtab bölgandi... Yigit paltosini yechib bexush qizni örayotganida özining
ölishi mumkinligini
bilardi. Bu ishni u qahramonlik uchun emas, shunchaki tabiiy bir harakat
sifatida ongli ravishda
bajargandi. Ehtimol ösha ongli harakatni insonlar sevgi deb
atashar.. (Manba: ***Taqdir*** gr. Avtor: Zarif Ayubov)
Bir yigit hizmatga ketiw oldidan
sevgan qiziga men senga 100
dona atirgul yuboraman bu
degani meni kutgin deganim
agar 100 tadan oz gul kelsa
turmuwga 4iqaver deganm deb
hizmatga j6nab ketibdi qizni
uyuga sov4i keliwaveribdi qiz
hammasiga rad javobini beribdi
nihoyat yigitdan kanvert b/n gul
kelibdi qiz gulni sanasa 99 ta
ekan qiz sov4idan biriga rozi
b6libdi yigit hizmatdan
qaytayotib wum habarni ewitib
qizni oldiga borib 1 yil
kutolmadimi debdi qiz yuborgan
guliz 99 ta edi desa yigit k6zida
yow b/n hatni 6qimadinmi deb
ketibdi qiz wowib hatni 6qisa
100 4i gulim sensan deb
yozilgan ekan!

Yigitlar haqida 13
ta haqiqat,o'qib
ko'ring: 1.Yigitlar
kunu bo'yi
hoxlagan qizlarga
gap otib,
ko'ngilarini
chog'laydi, lekin
uxlashdan oldin,
albatta o'zi
qayg'uradigan va
chin ko'ngildan
yoqtiradigan qizi
to'g'risida o'ylaydi.
2. Yigitlar
yoqtiradigan qizini
kulgisi ko'rish
uchun nima bo'lsa
ham qilishga
tayordir. 3.
Yigitlarni rashqi
tez chiqadi,va ular
yoqtirgan qizlarini
boshqa yigitlar
bilan gaplashishini
hoxlamaydi. 4.
Yigitlarda his
tuyg'u yo'q
deysanmi? yo'q
ularni his
tuyg'udan juda
ko'p bo'ladi, lekin
ular odatda buni
ko'rshatishmaydi.
5. Yigitlar gap
otishga juda ham
usta lekin
qachonki ular chin
dildan yoqtirgan
qizlari bilan
gaplashayotgand
a hayajondan
o'zlarini yo'qotib
qo'yishadi. 6. Agar
bir yigit senga o'z
moamolarni aytsa,
bilginki unga seni
maslahating kerak
emas, unga bor
yo'g'i dardini
kimgadir aytgisi
kelgan holos. 7.
Yigitlar sevgi
muxabbat
to'g'risida o'z
hayotdagi
tajribasidan
o'rganadi, qizlarga
o'xshab romantik
filmlardan emas. 8.
Agar yigit qiz
to'g'risida 'men uni
deb o'z aqli
hushimni yo'qotim'
desa,
aldamayotgan
bo'ladi, chunki
yigitlar bu so'zni
juda kam
ishlatishadi. 9.
Agar senga yigit
sen chiroylisan
desa, yo'q unday
emas deya ko'rma,
buni ular
yoqtirishmaydi.
10. Agar biror yigit
senga bir
sekuntdan ortiq
qarasa, u nimanidir
o'ylayotkan
bo'ladi. 11.
Yigitlarga o'ziga
bino qo'ygan va
katta ketadigan
qizlar yoqmaydi.
12. Agar yigit
kasal yoki
holsizligiga
qaramasdan sen
bilan vaqtni
o'tqazgisi kelsa
bilginki u seni
chinakamiga
yoqtiradi.
13.Yigitlar
ko'chada ko'rgan
har qanday o'ziga
qaragan ochiq
sochiq kiyingan
qizga qarashlari
yoki gap otishi
mumkin, lekin
uylanishga
kelganda bunday
qizlardan o'zlariga
yor izlamaydilar

Bilasizmi azizim, sizni qanchalik sevishimni? Esizdami sevgimiz tarixi qanaqa


boshlangani? Avtobusda ketayotganimizda, tik qolganimni körib menga joy
bergandiz. O'shanda qattiq sovuq qotganimdan sizga rahmat ham
aytolmaganman. Ehtimol hayajonlangandirman, ehtimol ötkir nigohlariz
qarshisida hayajonlangandirman. Uyga kelib negadir kalendarda o'sha sanani
katta qilib qizil marker bilan belgilab qo'ydim. Keyin yana sizni tasodifan
uchratib qolganimda meni qahvaga taklif qildiz. Bu qahva men hayotimda
ichgan eng betakrori edi. Sizga juda yarashardi ösha tabassumingiz. Telefon
raqamimni oldiz. Har safar uchrashganimizda bag'rimni gullarga
to'ldirardiz. Bir oydan keyin menga uzuk sovg'a qilib qo'limmi
so'radiz. Men dunyodagi eng baxtli qiz edim. Ayniqsa o't
o'chiradigan mashina bilan kelib, tug'ilgan kunim kuni katta,
oppoq ayiq sovg'a qilganizni sira unutolmayman. Uni asrab avaylayman,
qizimiz uchun. Hayolan ayiqcha bilan siz haqizda gaplashaman.
Töyimizdagi voqealar esizdami? Men hali ham to'yimizdagi
voqealarni hayajon bilan eslayman. Salonga meni olib
ketish uchun kelganizda, do'stlariz meni ko'rmasligi uchun ularni ichkariga
kiritmagandiz. Sezganman, rashk qilgandiz. To'yimizdan keyin har kuni
azonda qiynalmasligim uchun hovlilarga suv sepib
berardiz, keyin oyijonim ko'rib
qolmasliklari uchun kirib yana uxlardiz. Qizimiz tug'ilganida
xursandligizdan hovuzga sakraganizni eslasam hali ham
kulgim keladi. Qaniydi ösha qora kunni hayotimizdan butunlay öchirib
tashlashning imkoni bölsa... Siz ikki bolani olov ichidan qutqarib oldingiz,
ularga hayot ato etdingiz. Ammo buning badali katta böldi... Qancha köz yosh
tökdim ekan? Yodizdami? Jonimga qasd qilmoqchi bölgandim. Tushimga
kirib, unaqa qilma, qizimiz uchun yasha degandiz. Mana Zarinamiz ham 6
yoshga to'ldi. Hozir uni maktabdan olib uyga qaytaman, xuddi o'ziz bo'lgan
qiziz ham. Xo'p azizim, men uyga qaytdim. Ertaga yana kelaman, sovuq
qotmasdan yoting. Ertalab yangi gullar olib kelaman. Ha, siz yaxshi körgan
gullardan. Meni
duolarim sizni isitadi. Bilasizmi bugun tanishganimizga 7 yil
bo'ldi. Xursandmisiz? Xursandsiz a? Xotirjam yoting, xöpmi... Yo'q, men
yig'lamayapman. Axir sizga va'da berdimku yig'lamayman deb? Ha,
közimdagimi? Bu yosh emas. Hm, tög'risi... Shamol kuchli esyapti... Sizni
taqdir hukmi mendan ajratgandir, lekin shuni bilamanki hali hammasi yaxshi
bo'ladi, siz har doim qalbimdasiz. Bu sevgimiz tarixi...bizning sevgimiz tarixi...
U hech qachon o'lmaydi, manguga yashaydi...
(Manba: ***Armon*** gr.)

Bir yigit chiroyli bir qizni sevardi.


Qiz ham unga befarq emasdi.
Faqat qizda yigitning sevgisiga
nisbatan ozgina shubha bor edi.
Ular anhor yoqalab ketib
borishardi. Yigit odatdagidek
qizga uni sevishini, uning uchun
hamma narsaga tayyor ekanligini
aytdi. Qiz bölsa yuzini anhor
tomonga burdi va u ham
odatdagidek istehzoli jilmaydi.
Shu onda miyasiga kelgan fikrdan
qizning özi ham quvonib ketdi.
Qiz yigitning sevgisini sinab
körish uchun özini chökayotgan
qilib körsatishga qaror qilgandi.
Qölini yuvish uchun anhor
chetiga kelgan qiz göyoki "oyog'i
sirg'anib" suvga tushib ketdi. U
ustalik bilan hovuz örtasiga yaqin
joyga ötib oldi va xuddi özini
chökayotgan qilib körsata
boshladi. Buni kuzatib turgan
yigit avvaliga nima qilishni
bilmasdan jim turib qoldi. Keyin
sevgilisini qutqarish uchun hech
ikkilanmay özini suvga otdi. Qiz
buni zimdan kuzatib turardi. Yigit
özini suvga tashlagan mahalda u
sevinib jilmaydi va sekingina
pichirladi: "Sevarkan..." Qiz rol
öynashda davom etdi va
"qahramoni"ning yoniga kelishini
kuta boshladi. Lekin qizning
chökayotganligini körib hech
ikkilanmasdan, Xudoga tavakkal
qilib özini suvga tashlagan ösha
"qahramon" suzishni bilmasdi va
allaqachon anhor tubiga chökib
ketgandi...
(Manba: "O'qish uchun istoriyalar" gr. Avtor: Zarif Ayubov)

Temir yöl vokzalidan bir otaxon bilan 25 yoshlar chamasi yoshgina yigit
poyezdga chiqib, vagondagi öz joylariga ötirishdi. Yigit oyna yoniga ötirdi.
Poyezd örnidan siljishi bilan yigit qölini yarim ochiq oynadan chiqarib oldi. U
havo oqimiga qarshi qölini qimirlatib, yosh boladek qiyqirib kulardi: "Dada
qarang, daraxtlar orqaga yurayapti, qarang bulutlar biz bilan teppa-teng
ketyapti",- deb baqirardi. Otaxon uning qiyqiriqlariga indamay kulib javob
berdi. Shu payt yomg'ir yog'a boshladi va yigitning yuziga sachradi. U yana
qichqirdi: Dada qarang, yomg'ir menga sachrayapti... Vagonda ular bilan birga
yosh er-xotin ketishardi. Ular halitdan beri yigitga achinish hissi bilan qarab
turardi. Nihoyat ular otaxonga yuzlanib shunday deyishdi: "Ög'lizni shunday
olib yuravermay biror psixolog yoki klinikaga körsatsangiz bölmaydimi?"
Otaxon ularga bir qarab qöydida keyin mahzun ovozda javob berdi:
"Shundog'am hozir tög'ri klinikadan chiqib kelyapmiz, ög'lim shu bugun
birinchi marta bu yorug' dunyoni körib turibdi...."
(Manba: "Поучительние истории" гр.)

9-sinf. U qiz partasini oldida tushkun kayfiyatda turgandi. Men uni yoniga borib
nima böldi deb
söradim. U matematikadan qiynalayotgani haqida aytdi. Men unga yordam
taklif etdim. Uning yuziga tabassum yugurdi,
yuzimdan öpib, dunyoda eng yaxshi döst ekanligimni aytdi. Men bölsam uni
sevaman, lekin unga sevishimni aytishdan qörqaman...
10-sinf. U menga qöng'iroq qildi va yoniga borishimni söradi. U sevgani b-n
urushib qolganini va bir özi siqilib ketayotganini aytdi. Biz u b-n kinoga tushdik.
Va uni
uyiga kuzatib qöydim. Yetib kelganimizda
yuzimdan bir marotaba öpib, dunyoda eng yaxshi döst ekanligimni aytdi. Men
bölsam uni sevaman, lekin öziga bu haqda aytishga
negadir qörqaman. 11- sinf. U meni yonimga kelib sevgani kasal bölib
qolganini, bitiruv oqshomiga bir özi borgisi kelmayotganini va
meni u b-n birga borishimni söradi. Men rozilik bildirdim. U sevinib ketdi va
meni yuzimdan öpib, dunyodagi eng yaxshi döst ekanimni aytdi. Men bölsam
uni
sevaman, sevgimni izhor etishga
qörqaman...
5-avgust. U meni
yonimga yugurib kelib, yuzimdan
doimgidek bir marta öpib, dunyodagi eng yaxshi döst ekanimni aytdi... Mana
u
yaqinlashib kelmoqda. Nikoh köylagida u naqadar gözal...
Umid qilamanki, kuyov uni sevadi, men u-n eng muhimi u baxtli bölsa böldi.
Chunki men uni sevaman, lekin sevgimni izhor
etishdan qörqaman, chunki uni yöqotib qöyishim mumkin...
Bugun esa... Men janozada turibman. Oradan köp yillar
ötgan, lekin men uni hamon sevaman... Men uni buyumlarini
yig'ayotganimda shaxsiy kundalik
topib oldim va bir sahifadagi yozuvlarga közim tushib öqiy
boshladim: "U dunyodagi eng yaxshi döst, uchalik hech kim
meni tushuna olmaydi. Necha
marotaba u meni qöllab-quvvatladi. Meni tashlab ketishganida dardkashim
böldi,
men b-n bitiruv oqshomiga bordi. Men uni shu qadar
sevamanki, lekin öziga aytishga juda qörqaman, chunki uni
yöqotib qöyishim mumkin!" (baxtga yetishish uchun ulardan bittasi atiga uchta
sözni aytsa yetarli edi...)
(Manba: www.sevdimseni.com )

"Buni taqdir deydilar" Poyezdga yetolmagach yigit yugurishdan töxtadi. "Jin


ursin ösha svetaforni,- hayolidan ötkazardi u,- ertaroq harakatlanish kerak edi.
Qayerdanam ösha betayinning mashinasiga ötirdim!" U asabi tarang holda
ortga ögirildi. Shu vaqtda xuddi özi kabi poyezd ortidan afsuslanish bilan
qarab qolgan qizga közi tushdi. Qizning uzun sochlarini shamol öynab,
xafaqon yuzlariga tushirarkan, yigit undan közlarini uzolmay qoldi. Haqiqatda,
qarshisida judayam sohibjamol 21-22 yoshlar atrofidagi qiz turardi. Qiz ham
yurishdan töxtadi. Uning shaxlo közlari anchagina olislab ketgan poyezdga
termulgan köyi yig'lab yuborishga tayyor turardi. Yigitga qizning bu holati
judayam g'alati, özgacha jozibali tuyulardi. Ayni damda yigit poezdni unutib
ham yuborgandi. "Yaxshiyam shu svetafor bor ekan", - tabassum qildi u. Qiz
ham taqdirga tan berdi shekilli, yigit tomonga qaradi. - Salom, -dedi yigit. - ... -
Poezdda ketadigan odam bunday ertaroq harakat qilishi kerakda. - Sizga
öxshabmi,- kuldi qiz. - Yöq, men poezddan sizni körib tushib qoldim. Qiz javob
bermay vokzal ichi tomon yöl oldi. Yigit unga yetib oldi va gapirishda davom
etdi: - Bu shaharda hamma shoshadi, xatto poezdlar ham. - Sizchi? - Menmi?
Shoshib qayerga ham borardim. Taqdirimda nima yozilgan bölsa shu.
Kechirasiz, siz taqdirga ishonasizmi? - Yöq. - Bekor qilasiz. Qiz kassaga borib
keyingi poezd qachon bölishini söradi. 8 soatdan keyin degan javobni
eshitgach, juda xafa böldi. Yigitni esa ushbu javob mutlaqo xursand qilib
yuborgandi. Chunki bu gözal qiz tobora uni maftun qilib borardi

"Eh insonlar..." Bir odam yangi mashina sotib olibdi. Ertalab turib garajga
chiqsa, 7 yoshli qizalog'i mashina eshigiga xafsala bilan qanaqadir yozuvlarni
chizardi. Jahli chiqqan ota zarb bilan qizchaning nozik barmoqlariga urdi. U
shu qadar alamzadalik bilan urgan ediki, qizchaning qöli sinib ketganini ham
bilmasdi. Bir oz vaqtdan söng, g'azabidan tushgach qizchaning qöli shishib
ketganini körgan ota qizchani doktorga olib bordi. Rentgan xulosasi suyaklar
maydalanib ketganini, va darhol kesib tashlash lozimligini körsatdi.
Operatsiyadan söng ota qizining yoniga kirdi. Mitti nigohlar otasiga qarab dedi:
"Dada, agar barmoqlarim ösib chiqsa mashinangizga boshqa chizmayman..."
Ota alamini mashinadan olish niyatida kasalxona hovlisida turgan mashinasini
teparkan eshigiga qizi yozgan yozuvlarni kördi: "Dadajonim, men sizni yaxshi
köraman".... (Manba: "Voqea" gr.)

Ösha kuni telefonim juda ko'p va uzoq jiringladi. Kechasi bilan uxlamasdan
odnoklassnikida o'tirganim uchun közimni ochishga erinib, uxlashda davom
etdim. Lekin telefon qayta-qayta
bezovtalanaverardi. Uyqisirab telefon ekraniga qaradim, eng yaqin
do'stim - Shahruz. Göshakni ko'tarib javob berdim:
"Allo, qalaysan?" Jimlik. U javob bermasdi. "Allo, Shahruz, tinchlikmi? Allo!"
Yana jimlik. U mening eng qadrli do'stim bo'lganligi uchun xavotir ola
boshladim. "Allo.. allo ..." Uzoq jimlikdan keyin uning qayerdasan og'ayni,
degan ovozini eshitdim. "Uydaman, tinchmisan? Nima gap?" "Ha, tinchlik.
Hozir ko'chaga chiqa olasanmi?" "Ha, albatta qayerga borishim kerak?"
Uyimdan 150 km uzoqlikdagi adressni berdi. "Men shu yerdaman, kelolsang
kel, kutaman",- dedi. Bosh qotdi, uning ovozi boshqacha eshitildi. Nimadir
bölganinini könglim sezardi. Dadamning mashinasini olib qochishga to'g'ri
keldi. Garaj darvozasini ochdim, mashinani xolostoy qilib ko'chamizning
boshigacha itarib bordim. O'sha yerda o't oldirdim va aytilgan manzilga yo'l
oldim. Roppa-rosa bir yarim soatlarda aytilgan joyga bordim. Lekin u yerda
Shahruz yo'q edi. Uning mashinasini ta'mirlab bo'lmaydigan darajada
pachoqlanib ketgan holda ko'rib qo'rqib ketdim va unga qöng'iroq qila
boshladim. Telefonga javob bermasdi. Qayta-qayta telefon qildim. Özimni
koyirdim. Tongda telefonni vaqtliroq kötarmaganim uchun. U javob bermasdi.
Nima qilishni bilmay qolgandim. "Sog'mikan? Menga telefon qildiku! Biror
kasalxonada bölsa kerak",- deb öylardim. Nihoyat akasiga telefon qilishga
qaror qildim: "Aka tinchmisiz? Shahruz qayerda? Nega jimsiz? Allo... allo
javob bering..." Yig'i ovozi eshitildi: "Shahruzning umri qisqa ekan, uni
topshirib qo'ydik..."
Nima???!!! Telefonim qölimdan tushib ketib sochilib ketdi. Butun vujudimni
titroq bosdi. Yuragim tez urib, tomog'imga achchiq bir nima tiqildi. Közimga
yosh quyilib kelardi. "Bo'lishi mumkinmas! U nega meni
kasalxonagamas, bu yerga chaqirdi? Nega yoniga chaqirmadi? Nega?" Keyin
darhol telefonimni yig'ib oldim, har tugul yondi. Sms
kelgan ekan, ochdim: "Do'stim, seni juda juda yaxshi ko'raman,
senga omonatim bor, mashinani bardachokini qara, uni asrab qöy, uzr,
shunaqa bo'lib qoldi,meni unutma..." Dodlavordim: "Yo'o'o'o'q!!!" Tel ni endi
özim yerga urib chil-chil qildim. Mashinasining yoniga
borib bardachokni ochdim va yana yig'ladim: suratlar... Ikkalamizning maktab
davrimizda tushgan rasmlarimiz. Yana tilla tross (uni tug'ilgan kuniga men
sovg'a qilgandim). Ortga qanday qaytdim, bilmayman. Do'stimni sönggi bor
quchdim. Faqat endi u jonsiz edi... Akasi umrining so'nggi daqiqalarida ham
qo'lidagi telefonini mahkam ushlab olganligi haqida aytib berdi. Shahruz,
og'ayni seni hech qachon unutmayman. Ohirating obod bölsin! ("Voqealar"
gr.dan olindi)

"Nomusga chidolmagan qizdan


maktub..." Rassomlik kollejida öqib
yurganimda bir g'alati voqea röy bergan... O'qituvchimiz tabiat
manzarasini chizib topshirishga bir hafta muxlat bergach, nima
chizishni o'ylab qoldim. Ijara uyim
ortida qabriston bo'lib, undagi
majnuntollar ularga har safar ko'zim tushganida ko'nglimga ma'yuslik
solardi. Shu manzarani qog'ozga
tushirishga ahd qildim. Darsdan
keyin dastgohlarimni kötarib qabristonga bordim. Ishga
qiziqib ketganimdan kimdir yelkamga qo'lini qo'yganida
seskanib tushdim. Ortimda o'zim
tengi bir qiz jilmayib turardi.
-Chiroyli chizarkansan, -dedi u rasmga tikilib. O'sha kuni o'zini
Lola deb tanishtirgan qiz bilan anchagacha gaplashib o'tirdik. U
shu atrofda yashashini va rasm
chizishga qiziqishini aytdi. Shundan keyin bir hafta davomida u bilan har kuni
qabristonda uchrashib turdik. Rasmni tugatar paytim u menga
bir iltimosi borligini aytdi.
-"Gulzor" köchasi, 19-uyda yashovchi yigitga mana shu maktubni berib qo'ya
olasanmi? - dedi u yerga qarab. Men rozi böldim. Shoshib turganim uchun
ertaga gaplashamiz deb xayrlashdim va Lola aytgan uy darvozasidan
maktubni tashlab ijara uyimga
yugurdim. Ertasi kuni darsdan qaytsam, uy egasi vahimali xabar
bilan kutib oldi. 19-uyda yashovchi yigit, aqldan ozib, o'zini
osib qo'yganmish. Qo'rqib ketdim. Negadir o'z- o'zidan oyoqlarim qabriston
qabriston tomonga
yetakladi. Lola bilan
uchrashadigan o'rindiqda ancha
o'tirdim, lekin undan
darak bölmadi. Qaytayotganimda
ko'zim yo'ldagi qabr toshiga tushdi va dahshatdan qotib
qoldim: ''Lola Sultonova. 1981-1997 yillar''... Yugurib uyga
keldim va uy egasidan Lolani surushtirdim. Ma'lum bo'lishicha,
19-uyda yashovchi yigit bir paytlar qo'shni mahallada
yashovchi Lola degan qizni aldab uylanmagan, nomusga
chidolmagan qiz joniga qasd qilgan ekan... ( Avtor: Abilqosim Bozorov)

Yarim tun. Qiz telefon ovozidan chöchib, uyg'onib ketdi va göshakni kötardi.
"Allo?" dedi qiz. Örtada jimlik. . . . "Allo" dedi takroran va "Salom, yolg'izim"
degan javobni oldi. Ohhh. . . Bu jarangdor va qadrdon ovozni eshitganidan u
juda hayratda va quvonchda edi.
Qiz na javob berishini, na jim turishini bilardi.
-Qalaysan, yolg'izim? Sog'lig'ing yaxshimi?
Meni sog'indingmi? Men seni juda sog'indim.
-Unda nega qöng'iroq qilmadingiz? Men sizni kutdim. . .
-Meni kechir. Men
baxtimdan qochdim.
Mas'uliyatsizligimdan köp qiynaldim. Jonim, kel boshqatdan
hammasini boshlaymiz.
Yodingdami, biz kezgan xiyobonlar? Birga qöl ushlashib
yurgan damlarimiz? Seni doim katta hovuz oldida kutar edim.
Kelganingda, hovuzga termulib, niyat qilardik. Nega jimsan?
Uzoqroqdan qizning unsiz yig'lashlari eshtilardi.
-Qöy yig'lama Azizam. Kel boshidan
boshlaymiz barchasini. Yoki
köngling mendan qoldimi?
-Yöööq. . .
-Mendan xafamisan,
tashlab ketganim uchun?
-Yöööq. . .
-Meni endi sevmay
qöydingmi? Qiz javobni aytganini
özi ham bilmay qoldi. -Yöq unday
emas.
-Unda hayotimizni
boshqatdan boshlaymiz.
Yodingdami, seni "Yurakcham" derdim. Yurakcham, endi seni
hech qachon tashlab ketmayman.
-Iltimooos. . . Yigit qizni gapini
böladi.
- Doim oldingda bölaman, Hayotim.
-Meni eshiting!
Yigit uning gapini yana böldi:
-Senga faqat baxtli
onlarni taqdim etaman. Kel Yurakcham, faqat yöq dema. . . !
-Ilojim yöq meni.
-Nega?
- Endi kech! - Nima uchun Farishtam? ? ? - Men turmushga
chiqdim....
Yana jimlik chökdi örtaga. Endi har ikki tarafdan unsiz yig'i eshitilardi...
Yigitning "yurakcha"si endi boshqa birovga tegishli edi.
(Manba: "Voqea" gr.)

Mag`rur sevgi… Shunaqasi ham bo`larkan dunyoda. Sevasanu, lek oshkor qilishga g`ururing yo`l
qo`ymaydi. Ichingda sevging deb kuyib-pishasanu, ammo tashqariga hatto tututnini ham
chiqarolmaysan. Eng yaqin sirdoshing ham kimni sevishingni bilolmaydi. Avvallari hatto o`zingdan ham
qizg`angan nigohing bugun unga, ha, ha, o`sha insonga qadalgan. Avvallari hech kimga aytilmagan,
qalbing tubidagi sirlaringni unga oshkor etging keladi. O`sha inson sening orzuingdagi shahzoda,
tushlaring farishtasi, sen bir umr kutgan yor. U bilan baxtli bo`lishga, u bilan hayot yo`lingni
bog`lashingga ko`zing yetadi. Lekin yana mag`rurlik qilasan… Sen tushingda ko`rgan, orzu qilgan
xayollar ro`yobga chiqa boshladi. Ich-ichingdan quvonasan, dunyoga jar solging keladi: "Sevib qoldim”
deya. Ammo yana o`sha qizlik g`ururing halal beradi… U senga nigoh tashlaganida bor badaning titrab
ketadi-yu, ammo atrofdagilarga sezdirmaysan. Yuzing hayajondan qizarsa, kun issiqligini bahona qilasan.
Sevganing dugonalaring bilan uzoq gaplashib qolsa, yuraging yorligudek bo`ladi. Shu choq uni
hammadan, hatto o`zingdan ham rashk qilib, qizg`anib ketasan. Lekin uni yoniga borib: "Sizni sevaman”
deyolmaysan. Seningcha, bu gapni aytsang, o`sha on g`ururing o`ladi, qat`iyating sinadi… Kutilmaganda
u yoningga kelib seni sevishini aytadi. Quvonching ichingga sig`may turibdi- ku, lekin yana mag`rurlik
qilib, uning sevgisini sinovdan o`tkazasan. Bunchalar beshafqatsan-a? "Sevdim” deb ko`zlaringga
termulib turgan sevgilingga rahming ham kelmaydi-ya?! U hatto sen bilan hayot yo`lini
birlashtirmoqchiligini aytdi. Axir bu sening umrbod Ollohdan tilagan baxting-ku! Yo`q, shunda ham
mag`rursan… Eh, yurak! Buncha mag`rur bo`lmasang. Nahot, sen sevgan yor biro g`iz "sevdim” degan
so`zingga arzimasa? Shunchalar mag`rursanki, o`z his- tuyg`ularingni oshkora aytolmaysan… Biroq…
Biroq muhabbat shunday kuch ekan- ki… Hatto mag`rurlik ham uning oldida tiz cho`kar ekan. Chin sevgi
mag`rurlikni yengadi… Bir kun kelib mag`rur sevgi oshkor bo`ladi…

You might also like