You are on page 1of 9

Fales shunday deb yozadi:

Hamma narsaning ibtidosi suvdir.

***
Tangri hamma narsadan ko‘hnaroqdir. Chunki u yaratilmagan.

***
Yer suvda suzadi.

***
Xudoning na ibtidosi, na intihosi bor. U — Koinotning tafakkuri. Koinot jonli va ayni damda
ilohiyotga to‘liqdir.

***
— Eng go‘zal narsa nima?
— Odam. Chunki u Tangrining mahsulidir.
— Eng tez narsa nima?
— Aql. U hamma narsani ortda qoldiradi.
— Hammadan donoroq narsa-chi?
— Vaqt. Chunki yolg‘iz vaqtgina hamma narsani oydin-lashtiradi.
— Hamma uchun eng umumiy narsa nima?
— Umid. Chunki u hech vaqosi yo‘qlarda ham mavjud-dir.
— Eng kuchli narsa nima?
— Zaruriyat. Chunki u hamma narsaning ustidan huk-mronlik qiladi.
— Eng qiyin narsa nima?
— O’zni anglash.
— Eng oson narsa-chi?
— O’zgalarga maslahat berish.
— Kimni baxtli sanash mumkin?
— Jismoniy sog‘lom, ruhiy xotirjam hamda iste’dodini o‘stira olgan kishini.
— Baxtsizlikka dosh berishning oson yo‘li nima?
— G’animlarning sendan-da yomon ahvolga tushib qolganiga guvoh bo‘lish.

***
Men uch narsa uchun taqdirdan minnatdorman: birinchidan, hayvon emas, inson bo‘lib
tug‘ilganim uchun; ikkinchidan, ayol emas, erkak bo‘lib tug‘ilganim uchun; uchinchidan esa
varvar emas, ellinlik bo‘lganim uchun.

Sensan sevarim… (hikoya). Gulnoza


Abulqosim qizi

Mana bir hafta bo‘layaptiki, ishxonadagi ishlar alg‘ov-dalg‘ov bo‘lib ketdi. Sababi, sobik
direktor qing‘ir-qiyshiq ishlari ustida xibsga olinib, ishdan bo‘shatildi.
Ishxonadagi barcha xodimlarni bir savol o‘ylantirishga majbur qilardi: “Endi bizga kim va
qanday odam boshliq bo‘larkan? ” . Shu jumladan, kotiba qiz Ra’noxon ham bu savollarga
tezroq javob topilishini istardi.
Qosh-ko‘zlari tim qora, sochlari misoli sharsharadek bu qizgina o‘ziga qaraganning dilini
yaralardi. Shunday bo‘lsada , ammo haligacha o‘zining munosib juftini topolgani yo‘q.
Ishxonadagi shuv-shuv gaplarning sababchisi yangi direktor o‘z ishini boshladi. U kelgan
kuniyoq o‘zining nimalarga qodir ekanligini ko‘rsatib qo‘ydi: barcha xodimlarga turli vazifalar
yuklab, ularni shoshiltirdi.
Kotibasi Ra’noxonni aytmasayam bo‘laveradi.Hali qarasa u xujjatni so‘rab, unisini topar-
topmas bunisini so‘rab bir zumga tindirmaydi. Qiz tushmagur tuzukroq nafas olishgayam
vaqt topolmay qoldi.
Yoshgina kelishgan direktor juda talabchan edi. Bunday yigitlar kimga ham yoqmaydi
deysiz. Boshlig‘ini bir ko‘rgandayoq yuragi jiz etgan Ra’noxonga nimadir bo‘layotgandi.
Ochiqrog‘i uni sevib qolgandi. Qiz sezib yuribdi: Yigit unga mutlaqo befarq .
Axir kelganiga roppa-rosa bir oy bo‘ldi. Lekin zarracha ham o‘zgarish yo‘q.. Loaqal bir
martayam shirin gaplar gapirmadi-ya, toshbag‘ir! Xatto qizning isminiyam so‘ramadi,
nomard! Ra’noxon bularni hayolidan o‘tkazar ekan, xo‘rligi keldi.
Direktorning xonasida bosilgan tugmacha qabulxonada , kotibaning stuli ustida mayin kuy
taratdi. Ra’noxonning yuzi yorishdi: Nima gapi bor ekan?
Darhol direktorning yoniga shoshildi.
- Chaqiruvmidingiz? – yoqimli ohangda so‘radi qiz.
Lekin boshliqning bir tuki ham qilt etmadi. Faqat:
- Menga tezda o‘tgan yilgi hisobotlarni keltiring! – deya qo‘rslik bilan , xatto ko‘zini stuli
ustidagi qog‘ozlardan uzmagan holda javob qaytardi.
Qizga alam qilib : “Toshbag‘ir to‘nka ekansan! Senda xissiyot degan tuyg‘udan zarracha
ham qolmagan . Mendek qiz senga jonini berishga tayyor-u, sen esa... Ortimdan
ergashganlar qancha?! Kelib-kelib seni tanlabman-a...Naynov ” degisi keldi-yu ammo jur’ati
yetmadi.
Qog‘ozlardan boshini ko‘targan direktor kotibasining haligacha joyidan jilmaganini ko‘rib
asabiylashdi:
- Haliyam shu yerdamisiz, namuncha imillaysiz?!
Qo‘pol muomalani kutmagan qizning boshida qattiq og‘riq turdi. Yuragi simillab og‘riy
boshladi. Mazasi qochdi. Ko‘z oldi qorong‘ulashib, “tap” etib polga yiqildi.

Kun kech bo‘ldi. Ra’noxon endigina o‘ziga kela boshladi.


Qiziq, shifoxonada nimaga yotibdi. Hech nima bo‘lmagandi-yu, kim olib keldiykan bu yerga?
Soppa-sog‘ bo‘lsa...
Shu o‘y bilan palatani ko‘zdan kechirdi. O’zidan bo‘lak hech kim yo‘q..
Eshik ochilib qo‘lida bir dasta qip-qizil atirgul va paket ko‘tarib olgancha boshliq kirib keldi.
- Siz...bu yerda ... – ajablangancha qiz o‘rnidan turishga shoshildi.
- Ra’noxon, o‘zingizga keldingizmi? Qimirlamay yotavering! – u qo‘lidagilarni stulga
qo‘yarkan ilk marotaba tabassum hadya qildi .
Qizning yuragi uvishdi: Ilk bora uning og‘zidan o‘z ismini eshitishi. Kulish unga juda
yarashar ekan. Unga yarashmaydigan narsaning o‘zi bormi?
- Odamni qo‘rqitib yubordingiz-u! Animiya ekansiz, doktorlar aytishdi. O’zingizga ko‘proq
e’tibor bersangiz , hammasi yaxshi bo‘ladi.
Ra’noxon yuzini ters o‘girdi. Hammasi aslida boshliqni deb bo‘ldi. Qiz bechora oxirgi
paytlarda sog‘lig‘i u yoqda tursin, o‘ziga qarashga zo‘rg‘a vaqt topayapdi-yu. Shundayam
barchasini ichiga yutdi.
- Voyy, sizni ovora qildimmi? Ishingiz... – qiz og‘iz juftlagan edi hamki, yigit barmog‘ini
qizning og‘ziga tekizdi.
- Tshsh... Hech nima demang! Bilasanmi, - birdan senlashga o‘tgani qizning yanada
hayratini oshirdi. – Seni ilk bora ko‘rganimdayoq , menga yoqqanding! Bu bora-bora sevgiga
aylandi. Kundan-kunga senga bog‘lanib qolaverdim. Menga turmushga chiqasanmi?
Yigitning so‘ngi gapi qat’iy jarangladi.
Qizning esa yuragi qinidan chiqayozdi. Ishongisi kelmasdi. Tushimi yoki o‘ngi? Ra’noxon
o‘zini chimchilab ko‘rdi.Hayriyatki, tush emas o‘ngi! “Yolg‘onchi, menga achinganidan
shunday deyapdi. Erta-indin hammasini unutadi!” qizning hayoliga kelgan fikr shu bo‘ldi.
Qiz hech nimani bilmasdi. Yigit Ra’noxonni deb onasi topgan barcha qizlarni rad etdi. Yana
bilmaydiki, u ishxonaga rahbarlik qilishga faqat Ra’noxonni deb rozi bo‘lgan edi…
Shunday olijanob muhabbatlar borki, ular rashkka o‘rin qoldirmaydi.
F. LAROSHFUKO

Chinakamiga sevgan odam rashk qilmaydi. Muhabbatning asl mohiyati — ishonch. Bordi-yu,
muhabbatdan shu ishonchni tortib olingchi, unda siz uning o‘z kuchiga bo‘lgan ishonchi,
davomiyligi, jamiki nurafshon tomonlari — binobarin, barcha ulug‘vorligini tortib olgan
bo‘lasiz.
R. STIL

Muhabbatning rashkdan yaqinroq do‘sti bo‘lmaganidek, undan battarroq dushmani ham


yo‘q: bu ayni temirning o‘zida paydo bo‘lib, keyin uning qattor dushmaniga aylanadigan
zangning o‘zginasidir.
J. BRUNO

Eng kuchli nafrat — eng kuchli muhabbat mahsulidir.


T. FULLER

Rashk — bamisoli bir maxluq, u o‘zidan-o‘zi boshlanib,yo‘q gaplarni yuzaga chiqaradi.


V. SHEKSPIR

Rashkchilar bahona axtarib o‘tirishmaydi, ular shu sababsiz kasalga mubtalo bo‘lganliklari
tufayli ham rashkchidirlar.
V. SHEKSPIR
Rashkchilar chumolini — fil, qumursqani — bahaybat maxluq, taxminni — rost qilib
ko‘rsatadigan vahima oynagi orqali qaraydilar.
M. SERVANTES

Rashkka hammasi ravshan — ammo yo‘qdir isboti!


M. Yu. LERMONTOV
Rashk shubhalari qutqusi bilan mutlaqo gunohsiz odamni ham haqoratlab qo‘yish mumkin.
V. SHEKSPIR

Rashk oshiq uchun azob-uqubat, ma’shuqa uchun ranj-iztirob manbaidir.


K. GOLDONI

Rashk o‘zingga boshqalardan ko‘ra ko‘proq yomonlik tilab olish san’atidir.


A. DYUMA (o‘gli)

Jazavali rashk manfaatparastlik va shuhratparastlik qilgandan ham battarroq jinoyatlarni


yuzaga keltiradi.
F. VOLTER

Jazavali sevgidan xuddi nafratdan qo‘rqqanday qo‘rqish kerak. Muhabbatki mustahkammi, u


hamisha beg‘ubor va osoyishtadir.
G. TORO

Kuchli muhabbat bilan yomon shubha murosa qilolmaydi.


P. ABELYAR

Yoqtirmaslik, hadik, shubha hamda rashk hurmat va ishonchning yetishmasligidan kelib


chiqadi.
D. I. PISAREV
Erkaklar rashki ularning qon-qoniga singib ketgan shaxsiyatparastligi, vujudini tuyqusdan
qoplab olgan izzattalabligi va soxta manmanligining qo‘zishidan paydo bo‘ladi.
O. BALZAK

Rashkni muhabbatga xos zarurat deb hisoblash kechirilmas anglashilmovchilikdir.


V. G. BELINSKIY

To‘la asossiz rashk na o‘zini, na o‘z mahbubiga ko‘ngil bog‘lashga doir huquqini hurmat
qilolmagan ojiz odamlarga xos illatdir; bu «meniki» degan hayvoniy instinkt darajasida
turgan jonzotning bachkana hukmronligini ko‘rsatadi.
V. G. BELINSKIY

Rashk — nimanidir yo‘qotishdan qo‘rqadigan ojiz, ochko‘z hayvon ehtirosidir. Bu hissiyot


odamga munosib bo‘lmay, chirigan rasm-rusmlarimiz va mulkdorlik huquqining oqibatidirki,
shu hissiyotni ta’sirchan fikrlovchi, xohishi bor, erkin zotga ham qo‘llamoqchi bo‘ladilar.
D. DIDRO

Rashk sayoz aql illatidir.


I. BENTAM

Rashkning bir foizi muhabbat, to‘qson to‘qqiz foizi esa shaxsiyatparastlikdan iboratdir.
F. LAROSHFUKO

Rashk xususiy mulkchilik tuyg‘usining bir ko‘rinishidir.


P. LAFARG

Qachonki erkak kishi ayolning o‘zi bilan teng huquqligini tan olsa, unga xususiy mulk sifatida
qarashdan voz kechadi.
N. G. CHERNISHEVSKIY

Dunyoda inson yuragini jirkanch manzaralar bilan to‘ldirib, rashk kabi xo‘rlovchi kulfat
bo‘lmasa kerak, deb o‘ylayman.
A. FRANS

Rashkchining muhabbati ko‘proq nafratga o‘xshab ketadi.


J. MOLYER

Rashk muhabbatdan ko‘ra g‘arazgo‘ylikka yaqin turadi.


F. ZANDERS

Ayriliq, rashkdan tug‘iladigan ko‘z yoshini artib qo‘yish shart ham emas, lekin bu ko‘z
yoshlar odamiy bir tarzda bo‘lishi, u na monaxlarcha zahar-zaqqumga ham, yirtqichning
yovvoyiligiga ham, xususiy mulkchining dod-faryodiga ham mutlaqo o‘xshab qolmasligiga
erishish mumkin va kerak.
A. I. GERTSEN

Kimniki sevmay qo‘yishibdimi, o‘zidan ko‘rsin, sababi, bu narsani uning o‘zi vaqtida
payqamagan.
F. LAROSHFUKO

Ayol muhabbatidan judo bo‘lgan odam bu sevgini saqlab qololmagani uchun faqat o‘zinp
ayblashi lozim.
N. A. DOBROLYUBOV

Sevgi erkinlik yo‘lida qurbon bo‘lishga ham tayyor.


F. SHILLER

Muhabbatdangina muhabbat tug‘iladi.

V. G. BELINSKIY

Oshiqning o‘zi uzsin mo‘habbatning gulini,


Axir bu noyob tuyg‘u boshdan-oxir, batamom,
Faqat uning o‘ziga mangu etilgan in’om.

F. SHILLER

Bir boqishda tug‘ilgan muhabbatning davosini topish ayniqsa qiyin.


J. LABRUYER

Oshiq va ma’shuqlar bir-birlari bilan uchrashganlarida mutlaqo zerikmasliklarining boisi


shundaki, ular to‘xtovsiz ravishda o‘zlari haqida gapiradilar.
F. LAROSHFUKO

Olamda sevgilingning siymosidan zeboroq chehra, uning ovozidan ham yoqimliroq musiqa
yo‘q.
J. LABRUYER

Hamma ovozlar ichida eng yoqimlisi — bu biz sevgan ayolning ovozidir.


J. LABRUYER

Oshiqlar visoliga hamisha vaqt yetmaydi.


I. GYOTE

Hayotga muhabbat uyg‘otmoq uchun ozgina umidning o‘zi kifoya. Ikki-uch kundan so‘ng esa
umid yo‘qolishi mumkinu, ammo o‘rtada muhabbat tug‘ilib qoladi.
STENDAL

Boshqa bir odam qalbidagi muhabbatni mahv etishdan ham og‘ir va kechirilmas gunoh yo‘q.
G. IBSEN

Dunyoda dahshatli yovuzliklar ko‘p, ammo hammasidan ham dahshatlirog‘i — muhabbatni


bo‘g‘ish.
B. PRUS

Muhabbat o‘limdek kuchliligini bilamiz, ammo u shishadek mo‘rt hamdir.


G. MOPASSAN

Ko‘ngil savdosida ham yil fasllariga o‘xshab birinchi ayozlar nihoyatda sezilarli bo‘ladi.
P. BUAST
Muhabbat jarohatlari hammavaqt ham o‘ldirmagani bilan baribir hech qachon bitib ham
ketmaydi.
J. BAYRON

Agar sevgini o‘lchab bo‘lsa, u qashshoq sevgidir.


V. SHEKSPIR

O’z muhabbati haqida shovqin-suron ko‘tarishni yaxshi ko‘radigan odamgina seva oladi,
deyish xato; aqlli odamning his-tuyg‘ulari so‘zida ham, ishida ham aks etib turadi, yana
ba’zilarida bu faqat amalda bo‘ladiki, ehtimol, shu indamasligi uchun ham ularnin tuyg‘usi
kuchlidir.
N. G. CHERNISHEVSKIY

O’z muhabbatingni chuchmal maqtovlardan ko‘ra, foydali ish bilan izhor etganing ma’qul.
D. I. PISAREV

Chin muhabbatning tili lol, sababi, haqiqiy his-tuyg‘ular so‘zdan ko‘ra amalda ko‘proq zohir
bo‘ladi.
V. SHEKSPIR

Ma’shuqa turgan joyda har qanday so‘zamol og‘izlar ham gung-soqov bo‘lib qoladi, aytishni
shu qadar xohlaganidan ayni tilning uchida turgan gaplar ayniqsa esdan chiqadi.
M. SERVANTES

Ehtiros aql ishlatib o‘tirmaydi.


O. BALZAK

Yuragi qanchalik kuyayotganini gapirib bera olgan odam u qadar kuymayotgan bo‘ladi.
PETRARKA

Uncha sevmagan odamgina o‘z muhabbatini izohlab bera oladi.


PETRARKA

Muhabbat haqida dono gapirgan erkak u qadar sevmaydi.


J. SAND

Muhabbat haqida hammaga jar solgan odam — ishqsiz odam.


V. SHEKSPIR

O’zing his etmagan muhabbatnigina batafsil gapirib berishing mumkin.


A. KARR

Jamiki oshiqlar o‘zlari uddalay olmaydigan ishlarni qilishga ham qasam ichadilaru aslida
imkoniyatlari doirasidagi ishni ham qilmaydilar.
V. SHEKSPIR

Kimki sadoqat haqida hech vaqt ont ichmagan bo‘lsa, u hech qachon ontini buzmaydi.
AFLOTUN

Ma’lumki, o‘tli tuyg‘ular lo‘nda, ammo kuchli ifoda etiladi.


G.R. DERJAVIN
Sevib qolgan yigitni ayblash, biror kishiga kasalligini yuziga solib, ta’na qilish bilan bab-
baravardir.
Sh. DUKLA

Ilk marta sevib qolgan odamdan bu haqda og‘iz ochmaslikni talab qilib bo‘lmaydi. Ilk
muhabbatga shu qadar toshqin quvonch hamroh bo‘ladiki, u bo‘shalib turishi kerak, aks
holda, oshiqni bo‘g‘ib qo‘yadi.
A. DYUMA

Sevgi yoki do‘stlik bobidagi qo‘rqoqlik bema’nilik va buning ustiga shaxsiyatparastlikdan


iborat bo‘lur edi, eng avvalo o‘zimizdagi, qolaversa, sevganimiz insondagi barcha tuyg‘ularni
mahv etgan bo‘lur edi.
J. SAND

Muhabbatda ham xuddi san’atdagiga o‘xshab boshqalar tomonidan aytilgan gapni


takrorlamaslik kerak; o‘zing his etgannigina so‘zlashing lozim; bo‘lmasa-yu, gapirishga
shoshilsa, o‘zi uchun bir umr gapirolmay o‘tish xavfini tug‘diradi.
R. ROLLAN

Do‘stlik va muhabbatda biz o‘zimiz bilgan narsalardan ko‘ra bilmagan narsalarimizdan


ko‘proq baxtiyorlikka erishamiz.
F. LAROSHFUKO

Muhabbat — shunday bir soxta tanga yasovchiki, u tinim bilmay misni oltinga
aylantiruvchigina bo‘lib qolmay, vaqti-vaqti bilan oltinni misga aylantirib turuvchi hamdir.
O. BALZAK

Sevgi nigohi shundayki, unga mis — oltin bo‘lib, qashshoqlik — boylik bo‘lib, yilt etgan
uchqun — dur bo‘lib ko‘rinadi.
M. SERVANTES

Sen mening qiyofamda sevgan odam, so‘zsiz, mendan yaxshi; men unchalik emasman.
Lekin sen meni sev, shunda men o‘zimdan ko‘ra yaxshiroq bo‘lishga intilaman.
M. M. PRISHVIN

Muhabbat sevikli kishida unda yo‘q fazilatpi ko‘rib ko‘pincha yanglishadi, lekin ba’zan shu
muhabbatning o‘zi unda aql va ko‘z ilg‘ay olmaydigan go‘zallik yoki buyuklikni ham kashf
etadi.
V. G. BELINSKIY

Ko‘pincha, erkak bir holatda-yu, ayol esa suxsurdayligini ko‘ramiz. Demak, biz erkakning
ayol qadrlagan yashirin fazilatlarini bilmaymiz: bu kun«Sevaman» degan so‘z sekin va jo‘n
aytilgandagina ayol bunga ishonadi.
Ya. GALAN

Yuraklar muhabbat bilan limmo-lim bo‘lsa va visol onlaridan hijron chog‘larigacha gupillab
ursa, odam bir-birining dilidagini shunchaki bir ishora bilan ham anglay ola biladi.
R. TAGOR

Sevgi hamisha unga bo‘lgan ishonchdan ko‘ra ustun turadi. Har kuni takrorlanadigan. «Seni
qanday sevishimni bilsang edi!»— degan so‘zlarga naqadar teran va cheksiz-chegarasiz
haqiqat jamlangan.
V. GUMBOLDT

Hech bir narsa muhabbatni qattiq monelikdek alangalata olmaydi.


LOPE DE VEGA

Sevgi yo‘lidagi har qanday g‘ov uni faqat kuchaytiradi.


V. SHEKSPIR

Qarshilikdan qo‘rqqan sevgi — sevgi emas.


J. GOLSUORSI

Hijron tuyg‘ularni o‘chirmay, aksincha, alanga oldiradi.


M. RUSINEK

Ayriliq muhabbat uchun baayni olovga tekkan shamolday gap: u kuchsiz olovni o‘chiradi,
kattasini esa guvillatib yuboradi.
R. BUSSI

Ko‘ngil bog‘lash uchun o‘ta sinchkovlik shart emas, muhabbat esa oshirib ko‘rsatadigan
ko‘zgu yordamida paydo bo‘ladi.
T.BRAUN

Eng dono kishi ham sevib qolgach, endi hech bir narsani asl holatida ko‘ra olmaydi... Uncha
ko‘zga tashlanmay yurgan ayol ham butunlay boshqacha ko‘rinib, bittayu bitta zot bo‘lib
qoladi.
STENDAL

Savdoyi qizni sevib qolgan odam unga benihoya qizg‘in, kuchli ehtiros bilan talpinadi, bu xil
muhabbatning sababi — yo oshiq tabiatidagi g‘alati tantiqlik, yo bo‘lmasa ma’shuqada husn
sehru jodusidan ko‘ra qudratliroq bo‘lgan sirli sehru joduning mavjudligidir.
J. LABRUYER

Sevganimizda hech narsani ko‘rmaymiz.


LOPE DE VEGA

Oshiqqa xunuk narsa ham ko‘pincha chiroyli ko‘rinadi.


FYeOKRIT

Oshiqqa ma’shuqaning qusuri bilinmaydi.


FARRUXIY

O’z sevgilisining kamchiliklarini ham ardoqlamagan odam o‘zini chinakam oshiq deyolmaydi.
P. KALDERON

Ayolning ayolligini o‘sha ayol qanday erkakni sevganida bilsa bo‘ladi.


V. G. BELINSKIY

Agar sevsang, muhabbatingga arziydiganni sev. Sevilgan odam Ptolomey yoki Aflotun
darajasida bo‘lishi shart emas, lekin oz bo‘lsa-da, idrok egasi bo‘lmog‘i kerak.
QOBUS

Erkak kishi tanlagan qayliqqa qarab turib, u odamning kimligi, o‘z qadr-qimmatini biladimi-
yo‘qmi, osongina bilsa bo‘ladi.
I. GYOTE

Hayotni idrok etish va uni boshqa bir zot siymosida sevish — insonning vazifasi ham,
iste’dodi ham mana shundadir: har bir kishi o‘zini boshdan-oxir bitta odamgagina bagishlay
olishi mumkin.
A. BARBYUS

You might also like