You are on page 1of 2

2023 - yil “26” yanvar

20/1-11695 - son
"Kogon Metall Savdo Servis" MCHJga
(STIR 301651804)

Kameral soliq tekshiruvini o‘tkazish to‘g‘risida xabarnoma

Buxoro viloyati davlat soliq boshqarmasi shuni ma’lum qiladiki, soliq to‘lovchilarni
tanlab olish natijasida olingan xavf omillarini tahlil qilish natijalariga ko‘ra Sizning
korxonangiz soliq havfi mavjud bo‘lgan soliq to‘lovchi sifatida tavsiflandi.
Kameral soliq tekshiruvi soliq to‘lovchi tomonidan taqdim etilgan soliq hisobotlarini,
moliyaviy hisobotlarni, shuningdek soliq to‘lovchining faoliyati to‘g‘risidagi soliq organida
mavjud bo‘lgan boshqa hujjatlar hamda ma’lumotlarni taxlil qilish asosida soliq va
yig‘imlarni to‘g‘ri hisoblanishi yuzasidan o‘tkaziladi.
Kameral soliq tekshiruvi ushbu xabarnoma yuborilgan sanadan o‘n kun o‘tgach
boshlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 138-moddasi talablariga muvofiq
kameral soliq tekshiruvi boshlangandan keyin besh kun ichida soliq organining
so‘rovnomasi asosida tekshirish predmeti bilan bog‘liq hisobga olish hujjatlari hamda soliq
va yig‘imlarni hisoblab chiqarish va to‘lash bilan bog‘liq boshqa axborotlar taqdim qilinishi
lozim bo‘ladi.
Shunga ko‘ra, soliq to‘lovchi kameral soliq tekshiruvi boshlanguniga qadar hisobga
olish hujjatlari hamda soliq va yig‘imlarni hisoblab chiqarish va to‘lash bilan bog‘liq
hujjatlar qayta ko‘rib chiqish va tayyorlab qo‘yish tavsiya qilinadi.
(Soliq kodeksining 111-moddasiga asosan kameral tekshirish jarayonida soliq to‘lovchi tomonidan
soliq organi talab qilgan hujjatlar belgilangan muddatida taqdim etilmaganida bankdagi hisobvaraqlar
bo‘yicha chiqim operatsiyalari to‘xtatib turiladi.)
Soliq to‘lovchi ro‘yxatga olingan manzilida joylashmagan taqdirda, xabarnoma
yuborilgan kundan e’tiboran besh ish kuni mobaynida soliq to‘lovchi haqiqatda joylashgan
joyi bo‘yicha tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari ilova qilingan holda xabarnoma yuborgan
soliq organiga ma’lumot berishi lozim.

Boshqarma boshlig‘ining
S.Fayziyev
birinchi o‘rinbosari
Ijrochi: B.Ahtamov
Tel.: 03-221, 95 600-46-76
ID: 35165405
Sana: 26.01.2023

You might also like