You are on page 1of 905

"Musaffo Osmon" jamoasi savollari

December 20, 2021

1-tur

1-savol. [Diqqat keyingi savolda tarqatma material bor]

Afrikaning biroz qoloq bo'lgan hududlarida U kuniga 6-7 marotabaga to'g'ri keladi. Ba'zi bir versiyalarga
ko'ra XIX asr 80-yillarida Markaziy Osiyodagi bir shahar aholisi ko'chaga suv to'la chelak bilan
chiqishlariga ham U sababchi bo'lgan.

Diqqat savol: UNI ikki so'zda ayting.

Javob: Poyezdning kelishi.

Izoh: Qoloq hudud, demak poyezd ham kam, qatnov esa kuniga 6-7 marotaba xolos. Namanganda esa
xalqqa "Temir toychoq" bizga keladi deb aytishganida, u chanqab kelsa kerak deya, suv bilan chiqishgan.
Poyezdning kelishi shuningdek aka-uka Lyumerlarning ilk filmi hisoblanadi.

2-savol. [Diqqat keyingi savolda tarqatma material bor]

Qarshingizda Duayt Eyxenxauerga tegishli bo'lgan pichoq. Mazkur pichoq U deb ataladi.

Diqqat savol: U o'rnidagi italyanchadan kelib chiqqan so'zni ayting.

Javob: Vendetta.

Izoh: II jahon urushi arafasida Eyxenxauerga ushbu pichoq sovg'a qilinadi. "Vendetta" so'zi italyanchadan
"qasos" degan ma'noni anglatadi. Tarqatma sizga V harfini yoki "V demak Vendetta" filmini eslatib
yuborishi ham mumkin edi.

3-savol.
Uning "Vezuviy. Pompey" asari vayron bo'lgan Yevropa shaharlari ta'sirida chizilgan deyishadi.
Shuningdek kartinadagi vulqon uzra yopirilgan tutun tasviri, rasmga qo'shimcha jilo berib turadi.

Diqqat savol: Siz menga bu surat muallifini ayting.

Javob: Uinston Cherchill.

Izoh: Cherchill urushda vayron bo'lgan shaharlarni ko'rib, suratini chizadi. Tabiiyki u suratni sigarasiz
chizmaydi. Demak, vulqon uzra tarqalgan tutun - bu uning sigarasi tutuni edi. Umid qilamizki, bundan
oldingi savolni hali unutmadingiz, undagi tasvirlangan surat Cherchillning mashxur "g'alaba" ishorasini
eslatib yuborishi kerak edi. Shuningdek, tarqatma material parda ko'rinishida tasvirlangan va unda
Cherchillning Fultondagi nutqi berilgan.

4-savol. [Diqqat keyingi savolda tarqatma material bor]

Bir kompyuter o‘yinida, "Pingvin" ismli hushchaqchaq personajga zerikarli bo‘lgan ziyofatni o‘ynoqi va
quvnoq ziyofatga aylantirish vazifasi qo‘yiladi.
Biz oldingi gapda qahramon ismini biroz o‘zgartirdik.

Diqqat savol: Qahramonning asl ismini yozib bering.

Javob: Sangvin.

Izoh: Ehtimol, personaj ismi "Sangvinik" so‘zidan olingan bo‘lsa ajab emas. Sangvinik temperamentidagi
odamlar hayotdan zavqlanuvchi va hushchaqchaq xarakterga ega bo‘lishadi.

5-savol.

Duplet.
1. Bogemiyada tavvalud topgan bu rassom, asosan, kubizm yo'nalishida suratlar chizgan va ko'p suratlari
to'g'ri burchakli tasvirga ega.
Diqqat savol: Siz menga bu "mehnatkash"ni yozib bering.

2. 2017-yil fransuz Bruno Vetzole La-Mansh bo'g'ozi uzra sayr qilgan "Pegas" avtomobilini namoyish
qiladi. BUNDAY avtomobillarning dastlabki versiyasidan birini, XIX asr so'ngida bir necha sud jarayonida
qatnashgan Samuel Langle taqdim etgan. Diqqat savol: Siz Langle kim bilan sudlashganini ayting?

Javoblar:
1. Chapek.
Qabul: Yozef Chapek. Qabul emas: Karl Chapek.
2. Uirvil Rayt.
Qabul: Olvil Rayt. Qabul emas: Milton Rayt.

Izoh:
1. Karl Chapekni akasi bo'lgan shaxs kubizm yo'nalishida suratlar chizgan. "Robot" so'zini ham ilk bor u
o'ylab topgan. Karl esa bu so'zni keyinchalik adabiyotga olib kirgan. "Robota" so'zi chex tilida
"mehnatkash" ma'nosida ishlatiladi.
2. Omadsiz ketgan uchuvchi avtomobillar loyihasini yaratmoqchi bo'lgan Langlega aka-uka Raytlar
mualliflik huquqi talab qilib kelgan. Va ular bilan bir nechta sudda ishtirok etgan.

6-savol [Diqqat keyingi savolda tarqatma material bor]

Savolda "Iks" so'zi almashtirilgan.

IKSning asosiy ajralib turuvchi xususiyati uning yuki 150 kg.gachagina bo'lishi hisoblanadi. 1960-yilgi
filmda esa qahramonlardan biri IKSning hujumiga uchraydi.

Diqqat savol: Iksni 2 so'z bilan aniq yozib bering.

Javob: Yengil kavaleriya.

Izoh: Yengil kavalaeriya otliq qo'shini 150 kg.gacha yuk ko'tarib, asosan tezkor hujumga o'tish kerak
bo'lgan hududda qo'l keladi. "Mahallada duv-duv" gap filmida esa Rahim Pirmuhammedov (Arslon)ga
yengil kavalaeriyalardan biri - Sayyora hujum qilganini eslasangiz kerak.

7. Savol
Ayollarning bilimi, fantaziyasi erkaklardan qolishmasligiga bag'ishlangan bir feministik posterda ushbu
maftunkor aktrisalar ULAR ko'rinishida tasvirlangan.

Diqqat savol: Ular deganda kimlar nazarda tutilmoqda?

Javob: Sherlok Xolms va Doktor Vatson.

Izoh: Siz suratda ko'rib turgan aktrisalar - Keti Xolms va Emma Uotson hisoblanadi.

8-savol.

2014-yilda Sportrbc.ru saytining bir maqolasida Germaniya yetakchisi ayni damda super formada
ekanligi, navbatdagi o'yinda Jazoir terma jamoasi a'zolari BU ISHNI QILISHLARI dargumon ekanligi keltirib
o'tiladi. Nikola Tesla esa, 1894-yilgi "urush"da g'olib chiqish orqali BU ISHNI QILDI deb aytish mumkin.

Diqqat savol: BU ISHNI QILISH deganda nima nazarda tutilganini bir xil harf bilan boshlanuvchi ikki so'zda
yozib bering.

Javob: Tomasni to'xtatish.

Izoh: Nikola Tesla 1894-yilda "Toklar urushida" g'olib bo'ladi va qandaydir ma'noda Tomas Edisonni
to'xtatishga erishadi. 2014-yilgi Jahon chempionati guruh bosqichida Tomas Myuller fantastik o'yin
namoyish etadi. Navbatdagi o'yinda uni Jazoirlik futbolchilar to'xtatishlari qiyin edi.

9-savol. [Diqqat keyingi savolda tarqatma material bor]

Hazil aralash fikrlarga ko'ra, IT [ayti] sohasi vakillari yangi paydo bo'lgan versiyadan nemislar bosh
tortmasliklari uchun UNDAN voz kechadi. UNING la'natini ko'p hollarda nemis va avstriyaliklarga
bog'lashadi.

Diqqat savol: UNI javob blankangizda yozib bering.

Javob: 9.

Izoh: Bu sizning blankangizda bor edi, uni yana bir bor yozish kifoya. 9-simfoniya la'nati ko'plab
kompozitorlarga tekkan, chunki uni yozganlar tez orada vafot etishgan. Hazilda, "Windows" va "IPhone"
o'z qurilmalarining 9-versiyasidan voz kechishi aytilgan. Shuningdek, inglizcha "to'qqiz" so'zi, nemischa
"yo'q" ma'nosida keladi.

10-savol.
Film qahramoni Takesi Ketano kichik ko'ngilsiz vaziyat paydo qilib qo'ygach, uni afv etishlari uchun pul va
UNI beradi. UNI suaxili tilida "mwisho" - ya'ni "so'ngi" deb atashadi.

Diqqat savol: UNI bir so'zda ayting.

Javob: Jimjiloq.

Izoh: Qahramon yakudza bo'lgan. Yakudzilarda "yubetsumi" nomli odat bo'lib, agarda ular qandaydir
xatoga yo'q qo'ysa Jimjiloq kesiladi. Tarqatma materialda siz Bokudagi "Qiz qal'ani" ko'rib turibsiz. Uni
xalq orasida jimjiloq deb atashadi.

11-savol. [Diqqat keyingi savolda tarqatma material bor]

Institutni tugatiboq ishga kirishga bir nechta korxonaga suhbatga borgan savol muallifiga ishga ish
tajribasiga ega odamlar qabul qilinishini ayshitadi, vaholangki ish tajribasiga ega bo‘lish uchun ishlash
kerak. Bunday nayranglardan charchagan savol muallifi, barcha korxonalar XX asrning 60-yillarida
amerikalik yozuvchi tomonidan yozilgan bir asarni o‘qishganini takidlab o‘tadi.

Diqqat savol: O‘sha asarni yozib bering.

Javob: 22-hiyla.

Izoh: 22- hiyla bu bir-birini istisno qiluvchi qoidalar va jarayonlar o‘rtasidagi mantiqiy paradoksdan kelib
chiqadigan vaziyatdir. "22-hiyla" bu amerikalik yozuvchi Djozef Xeller tomonidan 1961-yil yozilgan
roman.

12-savol.
1660-yil qirol Charl II va Katarina Aragonskaya BUNI dastlab boshlab berishgan. Savol muallifi - BU aslida
insonning o'z xohishiga bog'liq ekanligi va shu sababli bir-ikki soat farq qilishi mumkinligini aytib o'tadi.

Diqqat savol: Gap nima haqida ekanligini aniq yozib bering?

Javob: Five o'clock tea.


Qabul: Shu mazmundagi javoblar, soat beshda ichiluvchi choy.

Izoh: Suratga e'tibor bergan bo'lsangiz chashkalar soat beshni ko'rsatib turibdi. Soat beshda choy ichish
udumi Charl II davridan boshlangan.

2-tur

1-savol. [Keyingi savolda tarqatma material bor]

[Tarqatma material]

****, Bender, ***

Ostap Bender rolini eng yaxshi ijro etganlar reytingida ushbu ro'yhatni ko'rishimiz mumkin.

Diqqat savol: Siz menga birinchi va uchinchi o'rindagilarni yozib bering.

Javob: Bend, Bendest.

Izoh: Top aktyorlarni "Bend, Bender, Bendest" deb atashgan.

2-savol. [Keyingi savolda tarqatma material bor]


UNING Hirotcha varianti sonida farqlanib, UNI tayyorlash uchun eng yaxshi vaqt kuz deyiladi. Vasiliy
Vereshagenning 1870-yil chizgan suratida ham U tasvirlangan.

Diqqat savol: UNI yozib bering.

Javob: Dutor.

Izoh: Hirotcha dutor 14 ta torligi bilan farqlanadi. Vereshagenning "Kuylayotgan uyg'ur" suratida ham
dutor tasvirlangan. Siz suratda Kris Hemsvortni ko'rib turibsiz. Uning eng mashhur roli bu - Tor.
Tarqatmada ham ikkita Torni ko'rib turibsiz ya'ni Du-tor.

3-savol.

Vladimir Benedektov 2012-yil UNDA ishtirok etgan 12 kishining har birini oilasiga "Qahramon" unvoni
taqdim etadi. Katta Lukas Kranaxning suratida ham U tasvirlangan.

Diqqat savol: UNI ikki so'zda yozib bering.

Javob: Anteyning qulashi.

Izoh: Savolning birinchi qismida Antey samolyotining qulashi haqida gap ketdi. An-22'ning to'liq nomida
Antey ishlatiladi. Surat esa sizga Antey mifologik personajini Gerakl osmonda muallaq ushlab turib
mag'lub etganligini eslatib yuborishi kerak edi.
4-savol.

Felinous Mekson Gryu BU ISHNI Vektor Perkinsning piranya-pistoleti yordamida amalga oshirgan bo'lsa,
1960-yil Surxondaryoda tavvalud topgan shaxs sevgilisi uchun BU ISHNI qilishini OVOZA qiladi.

Diqqat savol: Bu ishni qilish o'rnini bir xil harf bilan boshlanuvchi bir nechta so'z bilan ayting.

Javob: Osmondagi oyni olish.

Izoh: "Гадкий я" multfilmida Gryu 3 opa singillar yordamida yosh ixtirochi Vektorni "Piranya" yoki
"Kalmar" pistoletini o'g'irlaydi va bu qurol yordamida oyni o'g'irlashga erishadi. Mahmud Namozovning
"Oyni olib beraman" nomli mashxur qo'shig'i bor.

5-savol. [Keyingi savolda tarqatma material bor]

Duplet.

1. Orif Tolibovga ishonadigan bo'lsak, BU SO'Z fors tilida "ikki oyoqlab tepish" degan ma'no anglatadi.
Shuningdek, misgarlikdagi ombirsimon qisqichning nomi ham BU SO'Z.

Diqqat savol: Siz menga bu so'z ishtirok etgan iborani ayting?

2. "Kvest Master" stol o'yinining eng mushkul bosqichlaridan biri IKS deb ataladi. Aytishlaricha, Klarens
va Jon Englinning IKSlari omadli yakunlangan.

Diqqat savol: Iksni 2 so'z bilan ayting.

Javob:

1. Juftakni rostlamoq;
2. Alkatrasdan qochish;

Izoh: Fors tilida mol va ot kabi hayvonlarning orqa oyoqlari ham juftak deyiladi. Klarens va Jonni bazi
versiyalar Alkatrasdan qochgan deydi, ba'zi versiyalar esa ular qirg'oqqacha suzib yeta olishmagan
deyishadi.

6-savol.
Bir mashxur avto-konsernning norasmiy reklama roligida, "Mashina muammolarni paydo bo'lishidan
oldinroq aniqlaydi", - deyiladi.

Diqqat savol: Siz menga rolik so'ngida, avtomobil urib ketishidan vafot etuvchi shaxsni yozib bering.

Javob: Adolf Gitler.

Izoh: Avtomobil Gitlerni yoshligida urib ketadi va u vafot etadi. Bolakayni yotishi sizga balkim svastikani
eslatib yuborgandir.

7-savol. [Keyingi savolda tarqatma material bor]

Motsart, Betxoven va Rossini qila olmagan bir ishni, 1830-yilda bir mashxur fransuz amalga oshirishga
ulgurgan.

Diqqat savol: Siz menga uning familiyasini biron-bir nota ishlatmasdan yozib bering?

Javob: Merime.

Izoh: Seviliya haqida (Don Juan, Fidelio, Seviliyalik sartarosh) opera yozgan boshqa kompozitorlardan
farqli o'laroq, Prosper Merime "Karmen" operasidan so'ng bu shaharda bo'lishga ulgurgan. Merime -
familiyasi notalarga (mi-re-mi) ham tushmaydi.

8-savol. [Keyingi savolda tarqatma material bor]


Bu xushchaqchaq shaxsning ixtirolari orasida oshxona uchun maxsus yog'lar ham mavjud. Bu insonning
tasvirini biz, UNDA ko'rishimiz mumkin.

Diqqat savol: Uni ikki so'zda ayting.

Javob: Pringles bankasi.


Qabul: Pringlis idishi.
Qabul emas: Chips idishi.

Izoh: Silindr bankalarni yaratgan Fred Borni suratini "Pringles" maskotida ko'rishimiz mumkin.

9-savol.

Bir film qahramoni o'z do'stining boshlagan gaplarini tugatib yurishi sababli U deya nom olgan. Savol
muallifi uning biz bilgan nomini o'zgartirib 26 sonini kiritish taklifini beradi. Unga patent 1998-yilda
olingan.

Diqqat savol: Uni yozib bering.

Javob: T9

Izoh: T9 - gap boshlashingiz bilan uni tugatib berish xususiyatiga ega. Uning kelib chiqishi "Text on 9
keys"dan olingan bo'lib, tarqatmada ham huddi shunday 9 tugmaga ega telefonni ko'rib turibsiz. Hozirda
smartfonlarimizda 26 klavishlar mavjud. T9'ning ilk patenti 1998-yili "Tegic Communication" firmasi
tomonidan olingan.
10-savol [22-savol]

Fidel Kastro inqilobiy harakatlari uchun sudlanganida qattiq jazodan qutulib qoladi. Sud jarayonida o‘zini
oqlash uchun u Kuba konstitusiyasiga ishora qilib, undagi ikki moddani keltirib o‘tadi. Ulardan birida
shunday deyilgan — "Vazirlar Kengashi Prezidentni saylaydi", ikkinchisi — "Prezident Vazirlar Kengashini
tayinlaydi".

Diqqat savol: Ushbu ma’lumot keltirib o‘tilgan maqolada biz kimning ism-familiyasini ko‘rishimiz
mumkin?

Javob: Djozef Xeller.

Izoh: Birinchi turda aytib o‘tganimizdek 22-hiyla, bu bir-birini istisno qiluvchi qoidalar va protseduralar
o‘rtasidagi mantiqiy paradoksdan kelib chiqadigan vaziyatdir. Shu nomdagi asar muallifi Djozef Xellerni
edi.

11-savol. [Keyingi savolda tarqatma material bor]

Duplet .

1. Bu qirol taxtni hech kimga berishni istamagan va o'zining davrida ayollarni hokimiyatga kelishini
rasman ta'qiqlagan. Mamlakat ichki ishlarida bir necha reformalar qilishga uringan. Dastlab eski tanga
tizimiga o'tish yoki bir xil o'lchov birliklar joriy etishga harakat qiladi. Biroq bularning barchasi uning
hukmronligi oz vaqt bo'lganligi sababli omadsiz tugaydi. Uning yagona o'g'li go'dakligida vafot etadi va
o'zidan zurriyot qoldirmaydi. Fransuz yozuvchisi Moris Dryuon "La'natlangan qirol" romanini unga
bag'ishlaydi.

Diqqat savol: Gap kim haqida ketmoqda?

2. Aleksandr Dyumaning 1842-yilgi hikoyasi kimga atab yozilganligini ayting?

Javoblar:

1. Fillip V "Uzun".
2. Pipin "Pakana".

Qabul:
1. Filip V Kapeting.
2. Pipin III, Buyuk Pipin.

Izoh: Birinchi savolda gap Filip chiroylining o'g'li haqida ketayotgan edi. Tarixda u la'natlangan deya nom
chiqargan. Birinchi savol juda uzun, ikkinchisi esa ancha qisqa bo'lgani balkim sizga yordam bergandir.

24-savol.
Kompyuterda yangi kombinatsiyani o'rgangan savol muallifi, uni bir musiqa nomi bilan ataydi. Tarqatma
materialda ham qaysidir ma'noda UNI ko'rishingiz mumkin.

Diqqat savol: Siz menga XX asr oxirlarida yangragan ushbu musiqa nomini aniq yozib bering.

Javob: Time to say goodbye.

Izoh: Kompyuterda Alt+F4 kombinasiyasigi bossangiz ekranda kompyuterni o‘chirish to‘g‘risidagi


oynacha paydo bo‘ladi. Tarqatma materialda Jan Pol Belmondo, Fransiyalik akter bilan bo‘lib o‘tayotgan
xayrlashuv vaqtini ko‘rishingiz mumkin edi. Biz ham shu bilan sizlar bilan hayrlashamiz.
"Legion" jamoasi savollari
December 22, 2021

Биринчи тур.

1-савол.

Уни амалда қўллаш ғояси Эдвард исмли АҚШлик резидентга тегишли эди. У билан боғлиқ
дастлабки техник воситаларни IBM компанияси ишлаб чиқарган. Халқаро ташкилотларда у билан
боғлиқ жараён мураккаблигига қараб 20 ёки 30 дақиқа давом этиши кўзда тутилган. Ушбу савол
муаллифи бу саволни тайёрлашда ундан фойдаланмаган.

Савол: Уни алифбода кетма-кет келадиган ҳарфдар билан бошланувчи 2 сўзда ёзиб беринг.

Жавоб: Синхрон таржима.

Изох: Америкалик бизнесмен Эдвард Филлейн ўтган аср 20-йилларида синхрон таржима ғоясини
илгари сурган ва шундан сўнг синхрон таржималар кириб кела бошлаган.

2-савол.

(Кейинги саволга тарқатма материал бор жавоб йиғиб келувчи билимдонлардан уларни олиб
кетишларини сўраймиз)

Бир мини-комикс қаҳрамони орқасига қарар экан, ўз рақибининг янги, ҳозиргина тўқилган
шарфига кўзи тушади ва вазият мушкул эканлигини тушуниб етади.

Савол: Сиз менга ушбу рақибни ёзиб беринг.

Жавоб: Минотавр.

Изоҳ: Минотавр Тесейни орқасидан юриб, лабиринтдан ортга қайтишда адашиб қолмаслик учун
ташлаб кетилган иплардан ўзига шарф тўқиб олади. Тесей эса энди ортга йўл йўқлигини тушуниб
етади.

3-савол.

Тарқатма материал

Сиз суратда гипс минералининг морфологик турларидан бирини кўриб турибсиз. У қумли
жойларда, ўзига хос табиий шароитда вужудга келади. Унинг норасмий номи Х деб номланади.
“Х” номли асар 2000 йилда оммага тақдим этилган.
Савол: Х ни 2 сўзда ёзиб беринг.

Жавоб: Чўл атиргули.

Изоҳ: Кўринишидан атиргулни эслатиб юборадиган ушбу минерал чўлли ҳудудларда вужудга
келади. 2000 йилда Стинг нинг “Desert rose” қўшиғи оммага тақдим этилган.

4-савол.

Немисча сўз бўлган “Rückstoß” икки қисмдан иборат бўлиб, биринчи қисми: «Rück» "орқага",
иккинчи қисми «Stoß» "зарба" деган маъноларни англатади.

Савол: Иш принципи “Rückstoß”га асосланган бирор маҳсулотни ёзиб беринг.

Жавоб: Пистолет, автомат...

Изоҳ: “Rückstoß” –отдача.

5-савол.

Ўзбекчиликда ҳовли кичик ўғилга қолган, катта ўғиллар чиқиб кетиб, бўш ерларни ўзлаштирган.

Савол: Ўша ерларга эса қандай ном қўйилган?

Жавоб: Отабезори.

Изоҳ: Отаси безор бўлиб чиқариб юборган маъносида.

6-савол.

У пойтахтда яшайди. Адолатсизликка қарши курашади. Трубка чекади. Китоб ўқишни яхши кўрса
ҳам, маиший ҳаётда бироз бефаросатроқ... У бир кема лангарини металлоломга топшириб
юборади. Сиз балки унинг манзилини эсингизда сақлаб қолгандирсиз.

Савол: Уни айтинг.

Жавоб: Тимсоҳ Гена.

Изоҳ: Шерлок Холмс ролини ижро этган Василий Ливанов Тимсоҳ Генага ҳам овоз берган. Айрим
ўҳшаш жиҳатлар айтиб ўтилгани қаторида Генанинг лангар билан қилган иши айтиб ўтилди.
Шунингдек, олдинги навбатчиликлардан бирида Генанинг яшаш манзили ҳам айтилган эди.

7-савол.

Бир журналист шундай ёзади: “Муҳандислар ҳисоб-китобларда адашмаган, шу сабабли Биг Бен
худди бир ярим аср аввалгидек шаҳар ичра юксакларга бўй чўзиб турибди”.

Савол: Юқоридаги маълумотда гап қайси муҳандислар ҳақида кетмоқда?

Жавоб: Лондон метрополитени, метро.

Изоҳ: Агар лойиҳачилар хатога йўл қўйишса, тупроқ чўкади ва Биг Бен қулаб тушади деган
шубҳалар бўлган экан.

8-савол.
(Кейинги саволга тарқатма материал бор жавоб йиғиб келувчи билимдонлардан уларни олиб
кетишларини сўраймиз)

Бундан 8-9 йил аввал Янги Зеландияда тилларанг бўёқ етишмовчилиги юзага келади ва ушбу
муаммо Германиядан бўёқ импорт қилиш орқали ҳал қилинади.

Савол: Бўёқ нима учун керак бўлганини аниқ ёзиб беринг.

Жавоб: “Хоббит” трилогияси учун.

Изоҳ: Фильмдаги аждаҳо Смауг саҳнаси учун шу даражада кўп олтин керак бўлганки, бутун
мамлакатдаги тилларанг бўёқ етмай қолган экан.

9-савол.

Дуплет.

Тарқатма материал

1. Калмар ўйини сериалидан олинган ушбу эпизодни тасвирга олишда режиссёр ўзининг классик
асарлар мухлиси эканлигини кўрсатиб берган.

Савол: Уни илҳомлантирган ижодкорни ёзиб беринг.

2. Режиссёрни лабиринт зиналардан иборат ушбу кўринишни сериалнинг нисбатан (нисбатан


сўзига урғу бериш керак) асосий саҳналаридан бирига айлантиришга илҳомлантирган ижодкорни
ёзиб беринг.

Жавоб: 1)Эдвард Мунк. 2)Маурис Корнелиус Эшер.

Изоҳ:

1. Юзига қон сачраган аёл қўли билан юзини ушлаб бор овозида бақиради. Йирик планда бу кадр
Эдвард Мункнинг Қичқириқ асарини эслатиб юборади

2. Голланд рассоми Корнелиус Эшернинг "Нисбийлик" литографиясида гравитацияга тескари бир


нечта зинапоялар тасвирланган. Филм режиссёри ҳам ҳаёт қонунларига тескари бу ўйинда ҳам
шундай зинапоялар бўлиши керак деб ҳисоблаган.

10-савол.
2014-йилги Англия кубоги баҳсларида Суонсидан сенсацион тарзда мағлуб бўлган Манчестер
Юнайтед жамоаси ўз юришини 1/32 босқичдаёқ якунлайди. Савол муаллифининг фикрича, Суонси
ҳужумчиси Бонининг сонгги дақиқаларда киритган голи МЮ учун оптимистик трагедия гап эди.

Савол: Юқоридаги гапда қайси икки сўз бошқа икки сўз билан алмаштирилганини ёзиб беринг.

Жавов: Қора оққуш.

Изоҳ: МЮ сенсацион тарзда оққушлар лақабига эга бўлган Суонси cитйга магубиятга учрайди.
Қора оққуш Нассим Талеб назарияси бўлиб, камдан кам ва башорат қилиниши қийин бўлган
ҳолатларга нисбатан ишлатилинади. Оптимистик трагедия ҳам қора оққушга ўхшаб охйморон
ҳисобланади.

11-савол.

1966 йилдаги бир киноэкранизацияда титрлар экранга чиқарилмаган, балки барча титрлар эсда
қолганича, овоз чиқариб ўқилган.

Савол: Ушбу киноэкранизацияни ёзиб беринг.

Жавоб: "Фаренгейт бўйича 451 даража".

Изоҳ: "Фаренгейт бўйича 451 даража" романида барча китоблар ёқиб юборилиши керак бўлган
оммавий маданиятга ва истеъмолчи тафаккурга асосланган тоталитар жамият тасвирланган. Асар
охирида қаҳрамонлар хотираларида қолган асарларни ёддан айтиб юришади.

12-савол.

Карлос Латуффнинг "араб баҳори"га бағишланган карикатурасида УЛАРДАН биринчисида Тунис


байроғи тасвирланган эди.

Диққат савол: УЛАРНИ икки сўз билан айтинг.

Жавоб: Домино тошлари

Изоҳ: 2010 йилда Тунисда бошланган оммавий чиқиш катталашиб, қўшни давлатларга ҳам таъсир
қилиб "араб баҳори"га сабаб бўлганди.

Иккинчи тур

1-савол.

Ўтган аср 90-йиллар охирларида Қозоғистонда йирик амалдорлар орасида қўшхотинлик


ҳолатлари тез тез учрай бошлади. Бунга эса социологлар ушбу воқеани сабаб қилиб кўрсатишади.

Савол: Ушбу воқеани 2-3 сўзда ёзиб беринг.

Жавоб: Пойтахтнинг Алматадан Акмолага кўчирилиши, ёки шунчаки пойтахтнинг кўчирилиши.

Изоҳ: Бир муддат оиласидан узоқда ишлашга мажбур айрим катта амалдорлар янги шаҳарда янги
оила қуриш ҳолатлари копайган.

2-савол.
(Кейинги саволга тарқатма материал бор жавоб йиғиб келувчи билимдонлардан уларни олиб
кетишларини сўраймиз)

Чукоткага сургун қилинган қулоқлар узоқ шимол шароитига мослашиш учун консерва банкалари
тагида тирқиш қилиб, уларга арқонча улаб олишганди. Савол: Маҳбуслар бу банкалардан нима
кўринишида фойдаланишганди?

Жавоб: Қуёш кўзойнаклари

Изоҳ: Европаликлар кўзлари қорнинг кўзни қамаштирадиган оқлигига унча мослашмаган. Шу


сабабли улар банка тирқишлари ёрдамида кўзларини суний тарзда торайтирадилар.

3-савол.

Тарқатма материал

Қаршингизда мусулмон каллиграфик иллюстратцияларидан бирининг юқори қисми. Ушбу


иллюстрацияда айрим хатолар мавжуд. Сабаби ИКСда ИГРЕКлар бўлмаган.

Савол: ИКС ва Игрекни ёзиб беринг.

Жавоб: ИКС-Нуҳ кемаси Игрек-елкан.

Изоҳ: Ушбу иллюстрацияда Қуроннинг 71-сураси тасвирланган. Бироқ Нух а.с.нинг кемасида елкан
ҳам рул ҳам бўлмаган. У тақдирга ҳукмига рози бўлиб йўлида давом этиб кетаверган.

4-савол.

Рус ёзувчиси ва адабиётшуноси Александр Гениснинг фикрича, самолёт, худди супермаркет каби
УЛАР ни йўққа чиқарган экан.

Савол: XIX асрнинг 2-ярмида УЛАР ни ким яратган?

Жавоб: Чайковский.
Изоҳ: УЛАР-йил фасллари. Тақвим қайси ойни кўрсатмасин, ерда исталган фасл, об-ҳавони топиш
мумкин ва самолётда учиб борса бўлади. Супермаркетда эса ҳар доим ҳамма нарса бор. “Йил
фаслари” Чайковскийнинг фортепиано цикли бўлиб, 1873-1875 йилларда ёзилган.

5-савол.

(Кейинги саволга тарқатма материал бор жавоб йиғиб келувчи билимдонлардан уларни олиб
кетишларини сўраймиз)

Кардинал Вулси саройидаги маскарадга қирол Генрих VIII ташриф буюради. Ушбу ташриф
салютлар билан қарши олинади. Афсуски, ушбу байрам давомида бахтсизлик юз беради.

Савол: Ушбу бахтсизликни аниқ айтинг.

Жавоб: “Глобус” театридаги ёнғин.

Изоҳ: Салютлар отилиши натижасида бино томида ёнғин юз беради. Юқорида таърифланган
воқеалар Шекспирнинг "Генрих VIII" пьесаси асосида ижро этилаётган эди.

6-савол.

(Расм иккига бўлинганини саволга алоқаси йўқлигини айтиб кетиш керак)

Тарқатма материал
Қаршингиздаги фотосуратда Барселона жамоасининг ёш умидли футболчилари тасвирланган.
Барселона расмий Инстаграм саҳифаси ушбу расмни тармоққа жойлаб, ушбу расмн "Dream team"
деб номлади. Юқоридаги гапда биз бир сўзга бироз ўзгартириш кириттик.

Савол: Ушбу сўзни тўғирлаб ёзиб беринг.

Жавоб: "Dream teen"

Изоҳ: Умидли ёшлардан иборат суратни Барселона расмий саҳифаси "Dream teen" деб номлади.
Теен- ўсмирлар деб таржима қилинади.

7-савол.

Википедиядаги битта мақолага кўра, улар биринчи бўлиб 1979-йилда Форд корпорацияси
ишчисини 1981-йилда эса Кавасаки компаниясининг ходимининг ўлимига сабабчи бўлишган.
Ўтган аср 40-йилларида "қабул қилинган" қонунлар билан бундай ҳодисаларнинг олдини олиш
керак бўлганига қарамай, улар иккала ҳолатда ҳам жазосиз қолишди. Биз бу қотиллар ким
бўлганлигини сўрамаймиз.

Савол: Ушбу мақолада қайси икки ёзувчининг фамилясини учратишимиз мумкин?

Жавоб: Чапек ва Азимов

Изоҳ: саволда келтирилган қотиллар роботлар бўлиб, ушбу мақолада робот термини асосчиси
Карел Чапек ҳамда робототехника қонунлари асосчиси Айзек Азимовларга тўхталиб ўтилган

8-савол.

УЛАР Андре Бретонга испан буқаси шохларини эслатиб юборар эди.

Савол: УЛАРНИНГ эгасини ёзиб беринг.

Жавоб: Салвадор Дали (мўйловлари)

Изох: Андре Бретон сюрреализм асосчиси

9-савол.

Дуплет.

1. Мамлакатимиздаги ушбу топоним келиб чиқиши қадимда ўша ҳудуддаги чакалакзор атрофида
пайдо бўлган бир нечта саёз кўллар билан боғлиқ. Вақт ўтиши билан ушу ерлар
унумдорлигиданми ёки тилнинг фонетик табиатига кўрами ҳозирги шаклга келиб қолган.

Савол: Ушбу туман жойлашган вилоятни ёзиб беринг.

2. Ушбу туман номининг аслида ёқимли машғулотга алоқаси йўқ. Унинг номи версиялардан
бирига кўра ушбу ҳудудда яшаган ва бошқа кўплаб шаҳарлар қурилишида ишлаган машҳур
усталар шарафига"шаҳарсоз" сўзидан келиб чиққан.

Савол: Ушбу туман жойлашган вилоятни ёзиб беринг.

Жавоб: 1. Андижон. 2. Андижон.


Изоҳ:

1. Олтинкўл тумани номи аслида "Олти кўл" сўз бирикмасидан келин чиққан деган манбалар
мавжуд.

2. Балиқчи эмас, аслида Балхчи сўзидан келиб чиққан деган манбалар мавжуд.

10-савол.

(Кейинги саволга тарқатма материал бор жавоб йиғиб келувчи билимдонлардан уларни олиб
кетишларини сўраймиз)

Сериал эпизодларидан бирида оила қадриятларига скептик ёндошувчи доктор Хаус "яхши ота-она
бу-юмор" дейди. Саволдаги бир сўзда биз 5 харфни тушириб қолдирдик.

Савол: Шу сўзни аслича ёзиб беринг.

Жавоб: Оксюмарон

Изоҳ: Яхши ота-она бу-оксюмарон. 1-тур 10-саволида ҳам оксюмаронга боғлив савол ўёнаган
эдик.

11-савол.

Тарқатма материал

Биринчи расмда Сиз Огаёлик Адел Нейбор учун аталган Х ни кўриб турибсиз. Иккинчи расмда эса
ажратиб кўрсатилган жой "Х" ҳисобланади.

Савол: Хни 2 сўзда аниқ айтинг.

Жавоб: Нилнинг совғаси.

Изоҳ: 1-расмдаги автограф Нил Армстронгга тегишли.Адел бу имзони туғилган кунида


Армстронгдан олганини эслайди. 2-расмда белгиланган жой албатта Миср.Мисрни тарихдан
"Нилнинг совғаси" деб ҳам аташади.

12-савол.

2000 йилда Тайгер Вудс бир компанияни юзига айланди. Рекламада Тайгер Вудснинг юзи бу
компания белгисига айланганди?
Савол: Қайси компания?

Жавоб: Найк.
“RENESSANS” jamoasi savollari

Zakovat+December 22, 2021

Савол тартиб рақами 1.

Стивен Хокингга бағишланган фильм қахрамонларидан бири ўз фикрларини изоҳлаш мақсадида


очилмаган чипс пакетига бор кучи билан зарба беради. Натижада пакет ёрилиб уни ичидаги
чипслар стол устига сочилиб кетади. Бу билан қахрамон нимага изоҳ берганлигини 2 сўз билан
ёзиб беринг.

Жавоб. Катта портлаш

Савол тартиб рақами 2.

Лев Любимов қадимги Ур шаҳри яқинидаги ғорда 4минг йил аввал яратилган тасвирлар ҳақида
ёзади. Уларда рақс тушаётган айиқ, орқа оёқда туриб қўлида ваза ушлаган арслон, арфа чалаётган
эшакни ҳам кўриш мумкин эди. Бу тасвирларда шумерлар қўллаган усулни бизга маълум кўплаб
муаллифларда, шу жумладан машҳур франсияликда ҳам учратиш мумкин. Шу франсиялик
фамилиясини ёзиб беринг.

Жавоб. Лафонтен

Савол тартиб рақами 3.

Терри Пратчетнинг асарида ИКСларга «қўрғошинни олтинга айлантира олган» дея таъриф
берилган. 17 асрда Францияда ўта машхур бўлган ИКС номини ҳам ИКС дея талаффуз этиш
мумкин. ИКС сўзи билан алмаштирилган сўзни ёзиб беринг.“ВАҚТ КЕТДИ”!

Жавоб. Газета

Савол тартиб рақами 4. Ушбу саволга тўғри жавоблар бўлади деб ният қиламан.

“Аждодлар” ҳужжатли филмида айтилишича Кола яриморолининг қадимдаги аҳолиси Уларни 2та
бирлаштирилган қайиқлардан ясаган экан. Улар деганда нима назарда тутилганлигини 1 сўз билан
ёзиб беринг.

Жавоб. Тобут, саркофаг


Савол тартиб рақами 5.

Капитан Страдлинг бошқарган кема, доим эскадрадан ортда қолиб кетаётганлиги - капитанни
ғазабга келтирар эди. Қолаверса унинг ёрдамчиси кема тезлигини ошириш ҳақидаги буйруққа
бўйсуниш ўрнига, кема трюмида тешик борлигини таъкидлаб капитаннинг жиғига тегарди.
Дарвоқе унчалик кўп муддат ўтмай кема ҳақиқатдан ҳам чўкиб кетади. Бироқ капитан ёрдамчиси
тирик қолади, чунки у бу вақтда кемада эмасди. Шу ёрдамчи фамилиясини ёзиб беринг.

Жавоб. Селкирк

Савол тартиб рақами 6.

Девид Финчер филмининг рус тилига таржимасида персонаж ўзини - кўпроқ пул чиқиши учун
дўппосланаётган бокс грушасига ўхшатади. Эҳтимол таржимонлар аудитория ИКС нима
эканлигини билишида шубҳа қилиб шундай қарор қилишган. ИКС билан алмаштирилган испанча
сўзни ёзиб беринг.

Жавоб. Пинята

Савол тартиб рақами 7.

Ренессанс даври илм-фан ривожи ҳақида ёзар экан, Федерико Андархази уларни “жаррохликнинг
янги навигацион хариталари” деб номлаган. Бўлажак Нобел мукофоти лауреати Сантьяго Рамон-и-
Кахальга уни яратишда болалигидан тасвирий санъатга қизиқиши қўл келган. Уни бир хил
ҳарфлардан бошланувчи 2 сўз билан ёзиб беринг.

Жавоб. Анатомик атлас

Савол тартиб рақами 8.

Бир мақолада ёзилишича УШБУ олим таълимоти аҳоли сони ҳақида эмас, аксинча унинг сифати
ҳақида қайғурар экан. Юртдошлари Уни Наполеондан ҳам хавфлирроқ деб ҳисоблашган.
Танқидчилари эса унда 11та қизи бор деган бўхтонларни тарқатишган. Ушбу олим ким эканлигини
ёзиб беринг.

Жавоб. [Томас] Мальтус

Изоҳ. Мальтузиан таълимотига кўра Ер юзидаги аҳоли сони геометрик прогрессияга кўра кўпайиб
боради, озуқа заҳиралари эса фақатгина арифметик прогрессия бўйича кўпаяди. Охир-оқибат
инсоният очлик сари йўл олади ва озуқа учун қирғин бошланиши башорат қилинган. Бу ғоялар
инглизларга ёқмаган ва Мальтус ҳақида турли ёлғон фикрлар тарқалган.

Савол тартиб рақами 9.

Бир гуруҳ одамлар одатда ҳафта ўрталарида крикет ўйнашган. Спорт формасини сақлаб туриш ва
крикет ўйнидан олдин машғулот мақсадида улар ўзларига яна бир қизиқиш топишади. Вақт ўтиб
бу қизиқиш асосий даражага чиққан ва крикетни четга суриб қўйган. Бу воқеа Англиянинг қайси
шаҳрида бўлган?

Жавоб. Шеффилд
Савол тартиб рақами 10.

Барселонадаги мобил дастурлардан бири йўл кўрсатиш хизматига ихтисослашган бўлиб,


фойдаланувчи учун турли хил тарифларни таклиф этади. Шу каби тарифлардан бирида АЛФА
мавжуд йўналишни ҳам танлаш мумкин. Диққат савол: 1971-йилда нашр этилган роман номига
кўра, АЛФА лар қаерда эди? “ВАҚТ КЕТДИ”!

Жавоб. Жаннатда

Изоҳ: Cool Walks иловаси орқали соя мавжуд йўлни ҳам танлаш мумкин. Эрих Мария Ремаркнинг
ўлимидан сўнг нашр этилган машҳур асар эса — "Жаннатдаги соялар".

Савол тартиб рақами 11.

Сериал қаҳрамони ўз холасидан ҳеч нарсани билмайдиган бир қизни хизматкор қилиб ишга
олишга кўдиришга ҳаракат қилади. Гап орасида у, холаси ўзида Кипр оролидан бўлган афсона
қаҳрамони каби йўқдан бор қилиш маҳоратини очиши кераклигини айтади. Жиян қайси
қаҳрамонни назарда тутган?

Жавоб. Пигмалион

Савол тартиб рақами 12.

Алпинист Алекс Хоннолд БурджҲалифа осмонўпар биносига ташқи томондан кўтарилиш


таклифини рад этади. Бунинг сабаби сифатида алпинист доим уни кўриб туриш , дискомфорт
ҳолатни вужудга келтириши ва кўтарилишига ҳалақит беришини таъкидлайди. Алпинист нима
ҳақида гапирган?

Жавоб. Ўз акси

Савол тартиб рақами 13.

Бир америка сериалида жиноятчи ўз шахсини сир сақлаш мақсадида собиқ аскар исм фамилияси
остида ҳаёт кечиради. Ушбу персонаждан исм фамилиянинг асл эгаси ҳозир қаерда деб
сўрашганида, у бир топонимни тилга олади. Ушбу топонимни ёзиб беринг.

Жавоб. Арлингтон

Савол тартиб рақами 14.

1982 йилги футбол бўйича жаҳон чемпионатида СССР терма жамоасини ўз даврининг энг етуск 3
мураббийи Валерий Лобановский, Константин Бесков ва Нодар Ахалкаци лар бошқаришган. Бироқ
натижалар қониқарсиз бўлган. Ушбу ҳолатни таърифлар экан журналист рус адиби асарини ёдга
олади. Ушбу адиб фамилиясини ёзиб беринг.

Жавоб. Крилов

Савол тартиб рақами 15.

Айтишларича совет шахматчиси Генрих Чепукайтис баъзан рақибига сездирмаган ҳолда ўйин
вақтида ўз филини бир диагоналдан бошқа диагоналга кўчириб ғирромлик қилар экан. “Шахмат
ҳикоялари” асарида бу ўзига хос усулга ИКС дея ном берилган. ИКС илк бор 1884 йили дунё юзини
кўрган. ИКС

Жавоб. Хамелеон

Савол тартиб рақами 16.

Биограф ёзишича маълум бир даврда у денгиздан илҳомланган. Шунингдек шу даврда у


шамларнинг кучсиз ёруғи остида ишлашга мажбур бўлган экан. Гап ким ҳақида кетаётганлигини
ёзиб беринг.

Жавоб. Пикассо

Савол тартиб рақами 17.

Буюк Литва Князлиги амалдори Николай Радзивилл ўз ҳудудларидан калвинистларни бешавқат


ҳайдаб чиқарган. Шунингдек Радзивилл бутун мамлакат бўйича бир неча маротаба ШУ ИШни
қилиш билан ном чиқарган. Ўтган асрнинг ўрталарида ёзилган бир роман ШУ ИШ таърифланиши
билан бошланади. Ушбу роман номини ёзиб беринг.

Жавоб. Фаренгейт бўйича 451 градус

Савол тартиб рақами 18. Ушбу савол иккинчи турнинг ўртасига етиб келганимиздан хабар беради.

Лайош Маштерхази қадимги юнон мифологияси бўйича чуқур изланишлар олиб борган. Унинг
фикрича Уларнинг сони 50 га яқин бўлган, бироқ Уларнинг рўйхати бизгача етиб келмаган.
Улардан фақат бирининг номи бизга аниқ маълум. Шу номни ёзиб беринг.

Жавоб. Арго

Савол тартиб рақами 19.

Википедияда ёзилишича, ўша даврдаги одатий тартибдан фарқли ўлароқ, бу дарсда биринчи
навбатда эътибор қўлга қаратилиши муаллифнинг Везалийга ҳурмати эътирофидир. Сиз ушбу
дарсни ким ўтганлигини эмас, саволда тилга олинган муаллиф кимлигини ёзиб беринг.

Жавоб. Рембрандт.

Савол тартиб рақами 20

Руанда - ҳудуди бўйича Африкадаги кичик мамлакат ҳисоблансада, бошқа бир кўрсаткичга кўра
қитъада етакчилар қаторида туради. Бир мақолада айтилишича, ХХ аср охирларида Руандада
бўлиб ўтган қонхўрликларнинг асосий сабабларидан бири шу кўрстакич билан боғлиқ. Ушбу
мақолада Руанда Унинг тузоғиға тушганлиги таъкидланади. Кимнинг?

Жавоб. Мальтус

Изоҳ. Саволда айтилган кўрсаткич бу аҳоли зичлиги. 1-турнинг 8саволида таъкидланганидек аҳоли
сони мамлакатдаги озуқа ресурсларидан кескин ошиб кетиши аянчли ҳолатларга олиб келиши
мумкин. Бу ҳолат фанда Малтус тузоғи деб ҳам юритилади.

Савол тартиб рақами 21.


Ушбу мевани истеъмол қилгандан сўнг бир муддат алкогол ичимликларни ичиш тавсия
этилмайди. Сабаби унинг таркибидаги олтингугурт - токсинларни организмдан чиқиб кетишини
сезиларли даражада секинлаштиради. Ушбу мева номини ёзиб беринг.

Жавоб. Дуриан

Савол тартиб рақами 22.

Пол де Крюи ёзишича унинг ушбу ватандоши энг олий тоифадаги зодагонлар уйида ҳам таом
тановвул этишдан аввал дастурхондаги анжомларни ва идишларни синчковлик билан текшириб
чиқар экан. Ушбу инсон фамилиясини ёзиб беринг.

Жавоб. Пастер

Савол тартиб рақами 23.

Бир машҳур компаниянинг реклама постерида "Сохта маҳсулот оёғингизни шикастлайди" деб
ёзилган. Постерда компания логотипини 3 та У ифодалайди. Диққат савол: Уни хорижий бир сўз
билан ёзиб беринг

Жавоб. Лейкопластир

Савол тартиб рақами 24.

Бир филм қаҳрамони бўлган ўсмир йигит шеригига уларнинг олдидаги ўйин автоматлардан бири
бўм-бўш, бошқаси эса лиқ тўлалигини аниқ айтиб беради. Ушбу филм номида қайси рангни
кўришимиз мумкин.

Жавоб. Индиго
Farruh Rafiqov jamoasi savollari

Zakovat+December 22, 2021

1-тур

САВОЛ №1: Топишмоқ, жумбоқлар ҳаммага ҳам бирдек ёқавермайди. Мисол учун Аргентинада
католик черков УНИ тақиқлаган. УНИНГ моделларидан бирини Аргентинадан топишган. Уни
топинг.

ЖАВОБ: ЭНИГМА [ENIGMA].

ИЗОҲ: Enigma мусиқа гуруҳининг қўшиқчи Сандра ва григорян хори ҳамкорлигида ижро этган
айрим асарлари черков томонидан хирсни қўзғайдиган деб топилган ва тақиқланган. Аргентина
урушдан кейин фашист жиноятчилари паноҳ топган давлат сифати кўрилади. У ерда немислар
томонидан ишлатилган шифровка машинасининг нусхасини топилиши табиий ҳол.

САВОЛ №2: Комикслардан бирида Бэтмен ва унинг 135 ёшли ҳамроҳи Елизавета II га суиқасд
режасини фош қилишади. Диалог саҳналаридан бирида ҳамроҳи бир иш билан шуғулланар экан,
ҳаётни узайтирадиган субстанция ажратиб олганини айтади. Айтингчи, у қандай иш билан
шуғулланаётган эди?

ЖАВОБ: АСАЛАРИЧИЛИК.

ИЗОҲ: Бу комиксда Бэтмен буюк детектив Шерлок Холмс билан имконият ва кучини
бирлаштиради. Ашаддий асалари боқувчи бўлган Шерлок Бэтменга асалариларнинг она
қироличаси ажратадиган сутдан янги субстанция ажратиб олганини айтган. Олдинги саволдаги
Энигма образини Бэтмен ҳақидаги фильмларда ҳам учратиш мумкин.

САВОЛ №3: ТАРҚАТМА МАТЕРИАЛ.


Суратдаги шахс 1822 йилда туғилган профессор, Лондон қироллик жамияти аъзоси. 1891 йил
баҳорида 68 ёшда бўлган. Ҳаётида ёвузлик қилмаган. У шуғулланган фанни топинг.

ЖАВОБ: МАТЕМАТИКА.

ИЗОҲ: Джеймс Мориарти математика билан шуғулланган. Суратдаги шахс эса француз математиги
Шарль Эрмит, ташқи кўринишидан Виктор Евграфов ижро этган Мориарти образига ўхшаб кетади.
Конан Дойл асарда Мориартини чуқур ботган кўзли, олдинга туртиб чиққан кенг пешонали киши
сифатида таърифлаган.
САВОЛ №4: Венгер математиги Янош фон Нейман Германияда Иоганн эди, Америкада эса Джон
бўлган. Шу сабабли, фон Нейманнинг моделларини уни яратишда фойдаланиш таклиф қилинган.
Уни француз тилидан кириб келган сўз билан айтинг.

ЖАВОБ: КАМУФЛЯЖ.

ИЗОҲ: Нейман хамелеон сингари ҳар қандай муҳит, жамиятга мослашиб кетаверган. Тадқиқотлар
натижасида биология сингари математика фани ҳам ҳайвонларнинг камуфляж рангларини
бошқариши мумкинлиги аниқланган. Фон Нейманнинг айрим ҳужайра автоматлари тузилиши
айрим ҳайвонларнинг табиий доғ ва рангларидан қолишмайди.

САВОЛ №5: Айрим мамлакатларда улар кўнгилли жамиятларга бирлашишган. Одатда уларга
ўлжалари қочиб кета олмаслигидан келиб чиқиб, камуфляждан фойдаланмаслик тавсия
қилинади. Бунинг ўрнига ёрқин кийимларни кийиш кераклиги айтилади. Саволда гап кимлар
ҳақида эканини топинг.

ЖАВОБ: ҚЎЗИҚОРИН ТЕРУВЧИЛАР.

ИЗОҲ: Баъзида қўзоқорин излаб ўрмонга кирган кишилар адашиб қолишади. Уларни қидиришда
дрон ва авиациядан фойдаланишганида, топиш осонроқ бўлиши учун ёрқин кийимлар кийиш
тавсия қилинган. Шу билан бирга, зарядланган телефон, гугурт, компас ва фонарни бирга олиб
юриш ҳам керак экан. Қўзиқорин шинавандалари машғулоти ҳам ов деб аталади.

САВОЛ №6: Биласизлар Қадимги Римда нотиқлик санъат даражасида бўлган. Рим императорлари
ўз нутқларида нозик юмордан жуда ўринли фойдаланишни билишган. Ахлоқ ва этикет
қоидаларига беписанд қараган Нерон бир кун шундай дейди: «Худоларнинг севимли таоми бу
қўзиқорин». Сўзининг давомида, қайси худо унинг айтган сўзларига шубҳасиз далил сифатида
келтирилган?

ЖАВОБ: КЛАВДИЙ.

ИЗОҲ: Нерондан аввал император Клавдий ҳукмдор бўлган. Уни қўзиқорин билан заҳарлаб
ўлдиришган. Ўша вақтдаги одатга кўра, ўлган император Клавдий худо деб эълон қилинган.

САВОЛ №7: КВН жамоаларидан бирининг ҳазилида айтилишича, россиялик олигархлар бир
европа шаҳридаги барча кўчмас мулкни сотиб олишмоқчи бўлишади, лекин ресторанда
паштетдан заҳарланиб қолишади. Бу тарихдаги воқеанинг иккинчи марта содир бўлиши эди.
Қайси воқеа назарда тутилганини аниқ айтинг.

ЖАВОБ: ҒОЗЛАР РИМНИ ҚУТҚАРИБ ҚОЛИШИ.

ИЗОҲ: Олигархлар ғоз жигаридан қилинган паштет ейишганди.


САВОЛ №8: Мин сулоласи даврида XIV аср охирларида япон қароқчиларининг Хитой қирғоқ
шаҳарларига ҳужумлари кўпайиб кетади. Уларга қарши курашиш мақсадида тепалик ва тоғларда
махсус кузатув жойлари ташкил қилинади. Уларда БИРИНЧИ ва ИККИНЧИДАН фойдаланишган.
Шероз фатҳ қилинганидан кейин Самарқандга жўнатилган Мир Саййид Шариф Журжоний ҳам
ўзининг мантиққа оид асарининг хулоса чиқаришга оид қисмида БИРИНЧИ ва ИККИНЧИДАН
мисол сифатида фойдаланган. Саволдаги БИРИНЧИ ва ИККИНЧИНИ топинг.

ЖАВОБ: ТУТУН, ОЛОВ.

ИЗОҲ: Қароқчилар келаётганидан хабар бериши керак бўлган кузатув постларида кундуз куни
тутундан, кечаси эса оловдан фойдаланиб сигнал беришган. Журжоний асарларида ҳам
«тепаликда тутун кўриняпти, демак у ерда олов бор» каби силлогистик хулоса чиқариш мисолини
ишлатган.

САВОЛ №9: Бир илмий журналда чоп этилган карикатурада у қўлида меню билан ўзига таом
танлаётгани тасвирланган бўлиб: «Йўқ, йўқ, ҳа, йўқ, йўқ, ҳа, ҳа, йўқ, йўқ, йўқ, ҳа» деган сўзларни
айтган. Унинг фамилиясини айтинг.

ЖАВОБ: [ДЖОРДЖ] БУЛЬ.

ИЗОҲ: Джордж Буль математик мантиқ асосчиси.

САВОЛ №10: 1960-йил охирларида АҚШ ҳукумати Францияга ядро арсеналини бойитиши бўйича
ёрдам беришга рози бўлади. Лекин АҚШ қонунчилигига кўра ядро тадқиқотлари бўйича ҳамма
маълумотлар маҳфий ҳисобланган. Шу боис америкалик ва француз олимларининг
ҳамкорликдаги фаолияти ўйиндек кўринарди. Қайси ўйиндек?

ЖАВОБ: «ҲА, ЙЎҚ».

ИЗОҲ: Америкалик мутахассисларга маълумотларни айтиш қонунан тақиқланганди. Шу сабабли


французлар уларга қизиқтирган саволларни беришган ва уларга «ҳа» ёки «йўқ» деб жавоб
олишган.

САВОЛ №11: Англияда биринчи бундай «бомба» 1940 йил 18 мартда тест қилинган ва ишлатилган.
Унинг вазни 2,5 тонна ва 1944 йил сентябргача, яъни уларни сонини оширишга эҳтиёж қолмагунча
серияли ишлаб чиқарилган. Кимнинг шарафига номланганини топинг.

ЖАВОБ: [Алан] Тьюринг.

ИЗОҲ: Саволда «криптологик бомба», яъни Энигма шифровкаларини бузишга қаратилган қурилма
назарда тутилган. Иккинчи Жаҳон уруши арафасида поляк математиклари томонидан яратилган
бундай «бомба» асосида Англияда такомиллашган янги қурилма ишлаб чиқилган. Саволда
«синов» сўзи ўрнига «тест» деб айтилиши ҳам бежиз эмас.
САВОЛ №12: Иккинчи Жаҳон уруши даврида Италия самолётлари Сувайш каналига мина
ташлаган. Иттифоқчилар рейд вақтида самолётлардан нечта мина ташланганини санашган ва
ҳужум тугагач трал ёрдамида каналдан уларни териб олишарди. Лекин итальянлар миналарни
ўзидан ташқари, атайлаб муляжларни ҳам ташлашган. Шундай бўлсада, токи охиргача териб
олинмагунча тозаловчилар ишлашаверган. Айтингчи, тозалаш ишларида нимадан тайёрланган
муляж миналарни қидириш кўп вақт олган?

ЖАВОБ: ТУЗДАН.

ИЗОҲ: Ҳақиқий жанговар миналар бир ярим соатлар ичида ҳаммаси аниқланиб, териб олинган.
Лекин туздан қилинган миналар сувда эриб кетиши оқибатида қидирув ишлари суткаларга
чўзилиши мумкин бўлган.

2-тур

САВОЛ №1/13: Катта масалаларни муваффақиятли якунлаш технологияси «ШУ ИШНИ ҚИЛИШ»
деб аталади. Африканинг туб аҳолиси тажрибасидан келиб чиқсак, БУ ИШ учун тўрт мингга яқин
одам керак бўлади. Бир ўйинда сиз бу ишни икки марта қилишиз мумкин. Қандай иш ҳақида гап
кетяпти?

ЖАВОБ: ФИЛНИ ЕЙИШ.

ИЗОҲ: Бир ўтиришда филни еб юбориш қийин ва деярли уддалаб бўлмас вазифа. Бунинг учун уни
майдароқ бўлакларга ажратиб олиш талаб қилинади. Қабила овда филни тутишгудек бўлса, уни
тузлаб сақлаб имкони йўқ пайтларда ҳаммани чақириб бир ўтиришда еб юборишган. Шахматда
ҳар бир тарафда иккитадан фил фигураси бўлади.

САВОЛ №2/14: Жанубий Кореяда лицензияга эга массаж устаси номи фақат уларга берилади.
Кўпчилик ҳукуматнинг бу қарорида адолатсизликни кўришади ва уни бекор қилишни талаб қилиб
келишмоқда. Гаммельнлик каламуш овловчи ҳақидаги расмий сайт маълумотига ишонсак,
сеҳрдан қутулиб қолган уч болакайдан бирига ҳам ана шундай лицензия бериш мумкин. Улардаги
умумийликни топинг.

ЖАВОБ: КЎЗИ ОЖИЗ.

ЗАЧЁТ: СЎҚИР, КЎРМАЙДИГАНЛАР.

ИЗОҲ: Жанубий Корея ҳукумати кўзи ожиз кишиларни иш билан таъминлаш мақсадида ана
шундай чора кўришган. Геммельнлик каламуш овловчи ҳамма болаларни олиб кетаётганида кар
болакай, кўзи ожиз бола ва кийимини кийишга улгурмаган болакайлар қолиб кетишган экан. Кўзи
ожиз гуруҳдан қолиб кетганида, уни кар бола қўлидан етаклаб уйига қайтариб келган. Кийимсиз
кўчага чиққан бола уялганидан ортга қайтиб кетган экан. Аввалги саволдаги фил ва бу саволдаги
кўзи ожизлар ҳақида машҳур афсона бор.

САВОЛ №3/15: ТАРҚАТМА МАТЕРИАЛ.


ДУПЛЕТ САВОЛЛАРИ

1. Қаршингизда юбилей муносабати билан чиқарилган танганинг реверси. Танганинг олд қисмида
машҳур кишининг сурати тасвирланган. Унинг фамилиясини топинг.

2. Қаршингизда машҳур одамнинг кун давомида шуғулланадиган ишларининг инфографикаси.


Унинг фамилиясини топинг.

ЖАВОБЛАР: 1. БОРХЕС; 2. МИЛЬТОН

ИЗОҲ: Эсдалик танга аргентиналик ёзувчи Хорхе Луис Борхеснинг 100 йиллигига бағишлаб
чиқарилган. Унинг ижодида лабиринт ва чексизлик каби мотив доим учрайди. Бундан ташқари
ҳикояларида орқа томони йўқ танга ва медаллар ҳақида ҳам ёзган.

Англиялик Мильтон ҳам Борхес каби кўзи ожиз бўлган. У ўз шеърларини ёзиб борадиган кишига
айтиб турган. Тарқатмада бу ҳақда аниқ ишора берилган.

САВОЛ №4/16: Биламизки, Озодлик ҳайкали фақат АҚШда эмас. Парижда ҳам бу ёдгорлик
фрагментини Эйфель минораси яқинида, Луврга олиб борадиган йўл қисмида кўришимиз мумкин.
Унинг машъала кўтариб турган қўли транспорт гавжум йўл қисми ва кўприк яқинига тўғри келади.
Бу жой кўплаб туристларни жалб қилади. Айтингчи, сиз бу жойга бориш учун йўлни кўрсатиб
юборишларини сўрамоқчи бўлсангиз, бир исмни айтишингиз кифоя. Ўша исмни ёзиб беринг.

ЖАВОБ: ДИАНА.

ИЗОҲ: Париждаги ёдгорлик малика Диана аварияга учраган туннель усти қисмига тўғри келади.

САВОЛ №5/17: Пьер-Мишель Бертраннинг уларга бағишланган китобда ёзишича, Биринчи Жаҳон
урушидан кейин Францияда бутун мамлакат бўйлаб кўплаб махсус курслар ташкил қилинган.
Каролинадан фарқли равишда Кристина ҳам уларга мансуб. Уларни топинг.

ЖАВОБ: ЧАПАҚАЙЛАР.
ИЗОҲ: Урушда иштирок этган аскарлар ўнг қўлидан жароҳат олгани сабабли, Францияда юз
минглаб ветеранларни қайта малака ошириш курсларига юборишган. Шу сабабли, ёзув, иш учун
чап қўлдан фойдаланишни ўргатадиган курслар ташкил қилинади. Каролина ва Кристина
Плишковалар чехиялик машҳур теннисчи-эгизаклар. Эгизаклардан бири чапақай, бошқаси ўнақай
бўлиши ҳолатлари тез-тез учрайди.

САВОЛ №6/18: ТАРҚАТМА МАТЕРИАЛ


XVII асрда француз эркаклари, айниқса ҳарбийлар орасида бир одат тарқалган эди. Ўзлари
ёқтирган, кўнглини олган аёлни ёдга солиб туриши учун уни ўзида эсдаликка олиб қолишган.
Швейцариядаги бир соатсозлик фабрикасининг ўз ишчилари маҳоратини кўрсатиш мақсадида
чиқарган реклама постерида ҳам уни кўриш мумкин. Қайси шаҳарда унга бағишланган арт-объект
ўрнатилган?

ЖАВОБ: ТУЛА.

ИЗОҲ: Севгилиси кийимидан ўз қўли билан бурга тутиб олишни яхши ишора деб ҳисоблашган ва
уни махсус идишда ўзлари билан олиб юришган. Соатсоз усталар маҳорати юқорилигидан ҳатто
бургани ҳам тақалашлари мумкин деган ишора қилинган. Николай Лесковнинг «Тулалик ғилай
Левша ва пўлат бурга ҳақидаги ҳикоя» (Левша) асари асосидаги ёдгорликда Левша қўлида бурга
билан тасвирланган. «Дама с горностаем» картинасидаги ҳайвоннинг асосий вазифаси ҳам
бургалар учун «тузоқ» ҳисобланган.

САВОЛ №7/19: ТАРҚАТМА


__________________________________________________________________

[Овулимиздагилар мени яхши танишарди. Улар менга ёмонликни раво кўришмасди... Аммо,
гоҳида ўз ишим билан кўчаларидан ўтиб бораётган бўлсам ҳам аёллар мени кўриб уввос
солишарди: «Яқинлашма бизникига, йўқол қоранг ўчгур. Қани, даф бўл-чи!» деб қарғашарди.
Чингиз Айтматов]

__________________________________________________________________
Исроил армиясининг «Модиа-нафгаим» махсус бўлинмасига номзодлар танлови ўта қатъий. Энг
биринчи талаб бу эмоционал-руҳий қатъийятли бўлиш. Исроилликлар бу бўлинма номини овоз
чиқариб айтмасликка ҳаракат қилишади. Бу бўлинмадагиларнинг бир нарсадан умуман
фойдаланмаслиги сабабли одамлар уларни шунчаки Х [ИКС] деб аташади. Айтингчи, улар нимадан
фойдаланишмайди?

ЖАВОБ: ЭШИК ҚЎНҒИРОҒИДАН.

ИЗОҲ: Модиа-нафгаим бу аскарнинг ўлими ёки асирга тушганини қариндошларига хабарини


етказадиган хизмат. Улар ҳеч қачон эшик қўнғироғини босишмасдан, доим тақиллатишар экан. Шу
сабабли исроилликлар уларни «эшикни тақиллатувчилар» деб аташаркан. Ёзувчи Чингиз Айтматов
болалигида почтачи бўлиб ишлаган.

САВОЛ №8/20: Исландияда мамлакатдаги отларнинг зотини тоза сақлаш ва турли


эпидемиялардан сақлаш махсус қабул қилинган қонунлар асосида амалга оширилади. Ушбу
сиёсат ҳақидаги материалда халқаро мусобақалар ва кўргазмаларга борган исландиялик отларни
УЛАР деб аташади. Белоруслик Кристина Тимановская, Яна Максимова, Андрей Кравченко ҳам,
Алиназар Эгамназаровнинг қаҳрамонлари ҳам УЛАР. Алмаштирилган сўзни бир ёки икки сўз
билан ёзиб беринг.

ЖАВОБ: ҚАЙТМАГАН, ҚАЙТИБ КЕЛМАГАН.


ИЗОҲ: Исландиядан бир марта ташқарига чиққан отни қайтариб олиб кириш тақиқланган.
Юқорида номлари келтирилган спортчилар Токио олимпиадасидан кейин ватанларига қайтишни
истамасдан, бошқа давлатлардан бошпана сўрашган. Алиназар Эгамназаров «Беш жангчининг
онаси» очеркида Зулфия Зокированинг Иккинчи жаҳон урушидан қайтмаган фарзандлари, фронт
ортидаги меҳнатни ўз зиммасига олган тўрт келини қисмати ҳикоя қилинган.

САВОЛ №9/21: «Учрашув жойини ўзгартириб бўлмайди» фильми охирида «Қора мушук» тўдаси
ўзининг охирги ишига ҳозирлик кўряпти. Фильм давомида жиноятчилар бироздан кейин қўлга
тушишади. Фонда ишлаётган радио орқали Левитаннинг яқинда бўлиб ўтиши керак бўлган
оламшумул бир воқеа ҳақидаги хабари эшитиляпти. Бу воқеа қайси шаҳарда бўлиб ўтган?

ЖАВОБ: НЮРНБЕРГ.

ИЗОҲ: Фильм муаллифлари шу орқали жиноятчилар қўлга тушиб, суд қилинишини маълум
қилишган. Фильм ва романда жиноятчиликка қарши курашиш фронтдаги урушнинг давоми
сифатида бир неча марта айтиб ўтилган. Фильмдаги воқеалар 1945 йил охирида, урушдан кейинги
Москвада бўлиб ўтган.

САВОЛ №10/22: 1898 йил Калькуттада маҳаллий аҳоли вакили Черен исмли шахсни суд
қилишади. Унга чой плантацияси эгасини тунаш ва ўлдириш айби қўйилганди. Ҳозирги замон
нуқтаи назаридан қараганда Череннинг айбдорлиги исботлангандек туюлсада, ўша вақтда суд
фақат шунга асосланиб ҳукм чиқаришга қўрққан. Ўша сабабни айтинг.

ЖАВОБ: БАРМОҚ ИЗЛАРИ.

ИЗОҲ: Иш фақат битта далил – бармоқ излари билан судга оширилган. Бу шу мамлакатдаги
бармоқ излари билан боғлиқ биринчи маҳкама иши бўлган. Суд маслаҳатчилари одамнинг
бармоқ излари индивидуал эканига скептик қарашгани боис, фақат битта далилга асосланиб ҳукм
чиқаришдан қўрқишган.

САВОЛ №11/23: Снукер джентельменлар ўйини. Бу спортда ўзининг ёзилган ва ёзилмаган


қонунлари бор. 2011 йил 26 августда Ронни О’Салливан ўзининг ўн биринчи максимал брейкини
амалга оширган. Унинг бундай ажойиб натижага эришгани билан табриклашдан олдин, ўйинни
бошқараётган ҳакам бир ишни қилади. Қайси иш ҳақида гап кетмоқда?

ЖАВОБ: [ЎНГ ҚЎЛИ] ҚЎЛҚОПИНИ ЕЧИШ.

ИЗОҲ: Одоб ва этикет қоидасига кўра қўлқоп билан бошқа одамнинг қўлини сиқиб бўлмайди. Шу
сабабли, ҳакам қўлқопни ечиб, уни табриклаган. Кейин яна кийиб, ўзининг расмий ҳакамлик
мақомини тиклаб олган.

САВОЛ №12/24: ТАРҚАТМА МАТЕРИАЛ


Суратда сиз кўриб турган инсон француз дворяни, галера қўмондони бўлган. Родосда Усмонли
турк аскарларига қарши жангда жасорат кўрсатган. Асирда ҳам бўлган, маълум бир вақт Триполи
губернатори бўлиб ишлаган. Бу шахс қайси шаҳарга асос солганини топинг.

ЖАВОБ: ЛА-ВАЛЛЕТТА.

ЗАЧЁТ: ВАЛЛЕТТА.

ИЗОҲ: Суратда ионнитлар ордени магистри Жан де Ла Валетт тасвирланган. Биринчи турни «Туз»
билан якунлагандик, иккинчи турни эса «валет» билан тугатяпмиз.
"Milliy" jamoasi savollari

Zakovat+December 22, 2021

1-tur.

1. Bu ibora amerikalik qo‘shiqchi Djodi Uotlining “Yangi sevgini izlab” nomli xit qo‘shig‘ida dastlab
ishlatilgan va Amerikada keng ishlatila boshlagan. Bir filmdan keyin esa ibora butun dunyoga tanildi.
Yevorpadagi ba’zi davlatlarda esa filmda bu ibora o‘rnida yaponcha “sayonara” so‘zi ishlatilgan. Diqqat
savol: gap qaysi ibora haqida ketmoqda?

Javob: Asta la vista, baby.


Qabul: asta la vista

Izoh: Terminator tomonidan aytilgan ispancha asta la vista, baby ya’ni "ko‘rishguncha" iborasi filmdan
keyin mashhur bo‘lib ketgan. Ispaniya va ba’zi ispan tilli davlatlarda esa iboraning hususiyatini
yo‘qotmaslik uchun yaponcha tarjimasi "sayonara" dan foydalanilgan. Espero jamoasi navbatchilikdagi
ohirgi savolda ham Shvarsneggerning I will be back iborasi yangragandi. Bugun esa u asta la vista iborasi
bilan qaytish qildi.

2. Qirol Apopi qanday qilib bo‘lmasin Misr bilan urushga bahona topishga urinardi. Bir kuni u fir’avnga
Fiva yaqinidagi botqoqlikda yashovchi begemotlar qirolga bu ishni qilishga yo‘l qo‘ymayoganini aytib jahl
bilan xat yozadi.‌‌Aslida botqoqlik ancha uzoqlikda joylashgandi. O‘tgan asrda bir fransuz ham boshqa bir
inson sabab bu ishni qila olmaganligidan xabarimiz bor. O‘sha fransuzni ayting?

Javob: Lui Reno. Qabul:Reno

Izoh: qirol begemotlar shovqini unga uxlashga yo‘l qo‘ymaganini aytgan. O‘tgan navbatchilikdan esa
bizga fransuz avtomobilsozi Renoning Efelda joylashgan yorug‘ Sitroyen reklamalari sabab kechasi uxlay
olmagani ma’lum.

3. Fransiyada burjuaziya inqlobi oldidan ko‘plab vatanparvar-targ‘ibotchilar odamlar bir joyga to‘plashga,
ularni ko‘chalarga olib chiqishga urinishardi. Odamlar to‘planishi bilan esa o‘zlarining agitasion nutqlarini
boshlab qolishardi. Hali notanish bo‘lgan ko‘plab targ‘ibotchilar odamlarni jalb qilish uchun Xlardan
foydalanishgan. Xni xorijiy tildan kirib kelgan so‘z bilan ayting?

Javob: Petarda.
Qabul: Feyrverk va shu kabi boshqa nomlar.

4. Luis Kerrol aytishicha Angliyada viktoriyan davrida aholining quyi qatlam vakillari ovqatlariga juda ko‘p
qalampir va ziravorlar qo‘shishni odat qilishgan. Bu narsa uni yashirish uchun amalga oshirilardi. Savol:
Nimani yashirish uchun o‘sha payt kambag‘allar ovqatga ko‘p qalampir qo‘shishgan?

Javob: Aynigan sabzavotlar va go‘sht ta’mini. aholining quyi qatlamida ko‘pincha yangi sabzavotlar
bo‘lmagan. Go‘sht ham tez aynib qolardi. Ularning yoqimsiz ta’mini sezmaslik uchun aholi juda ko‘p
achchiq ziravorlar qo‘shishgan.

5. 2000-2010 yilgi dunyoning eng havfli jonzotlari statistikasida odamlar o‘limiga sabab bo‘luvchi asosiy
jonzotlar keltirilgan. Bunda 1-o‘rinni turli kasalliklar tarqatib yiliga 725 ming kishi o‘limga olib keluvchi
chivinlar egallagan. Birinchi beshtalikda esa faqat bitta sutemizuvchilar turi mavjud bo‘lib, qolganlari
xasharotlar edi. Diqqat savol: O‘sha sutemizuvchilarni yozib bering?

Javob: Odamlar. Bu reytingda ular 2-o‘rinni yiliga 475 ming o‘lim bilan egallagan.

6. Nyu-Yorkda 1953 yilda narx 10 sentdan 15 sentga ko'tarilganda Ularga ehtiyoj paydo bo‘lgan. Bizda
esa endilikda ularga umuman ehtiyoj tug’ilmaydi. Savol: Ularni ikki so'z bilan yozib bering?

Javob: Metropoliten jetonlari.

Izoh: Nyu Yorkda yo'l haqi 5 sent va 10 sent bo'lgan paytlarda, turniketlar shu sentlik tangalarni qabul
qilishga moslashgandi. Ammo yo‘lkira 15sent bo‘lganda bu nominaldagi tangalar bo‘lmagach, metro
jetonlari o‘ylab topilgan. 2021 yil 1 dekabrdan boshlab metropolitenlarda endilikda jetonlar qabul
qilinmaydigan bo’ldi.

7. Blits. Mavzu: Osiyo shaharlari

1. Aslida bu shahar nomining hayvonga aloqasi yo'q. Shahar nomi forscha "qadimgi qal'a" ma'nosini
beruvchi so'zdan hosil bo'lgan. Yordam sifatida aytamiz: "qal'a" so'zi fors tilida "dez" deyiladi. O'sha
shaharni yozib bering.

2. Naqllarga ko'ra bu shaharda Hazrati Alining qabri joylashgan emish. Ammo bu ma'lumotni boshqa
musulmonlar rad etishadi va Hazrati Alining qabri hozirda Iroqda ekanini ta'kidlashadi. Ma'nosi
"muqaddas qabriston" bo'lgan ushbu shaharni yozib bering.

3. Ushbu shahar nomi qadimgi fors tilidagi "spada" - "qo'shin" ma'nosini beruvchi so'zning arablashgan
variantidan kelib chiqqan. Ushbu shaharni yozib bering.Izoh: Bu zotdagi itlar ovchilarga o‘ljani olib kelish
uchun yetishtirilgan. Nomi ham inglizcha qaytarish so‘zidan kelib chiqqan.

Javoblar:

1. Qunduz
2. Mozori sharif
3. Isfaxon

8. Meduza sayti turli zamonaviy texnologik slenglarga ta’rif berib o‘tgan. Masalan, gosting deb siz bilan
ishqiy munosabat o‘rnatgan odamning birdaniga xabarlarga javob bermasligi, qo‘ng‘iroqlarni
ko‘tarmasdan yo‘qolib qolishiga aytiladi. Dip layk esa kimdir sizning eski postlaringizni topib layk bosishi.
X esa xushomadning bir turi bo‘lib bunda odam aynan bir kishining e’tiborini jalb qilish uchun tinmay
postlar yozishi, selfilar qo‘yishi va statuslarini o‘zgartirishiga aytiladi. X so‘zi 1925 yilda chop etilgan asar
bosh qahramoni nomidan olingan. O‘sha bosh qahramonni ayting?

Javob: Getsbi

Izoh: O‘zini tarmoqda bunday tutish holati "getsbing" deyiladi. Fisjeraldning "Buyuk Getsbi" asari
qahramoni Getsbi ham yoqtirgan qizining e’tiborini qozonish, uni tashrif buyurishi uchun uchun har kuni
turli bazmlar va ballar uyushtirardi.

9. Madagaskarda maymunlar uchramaydi. Bu esa orolda ko‘plab mushuksimon lemurlarning yashashiga


olib kelgan. Bu lemurlar orasidagi ay ay turi o‘zgacha hususiyatlari bilan ajralib turadi. Daraxtlarda
yashaydigan bu lemurlarning quloqlari va ko‘zlari juda katta bo‘lib, shuningdek o‘rta barmoqlari
boshqalaridan 3 barobargacha uzunligi bilan farqlanadi. Ay ay lemurlarining mavjudligi esa
Madagaskarda bu jonivorlarning umuman uchramasligi bilan izohlanadi. Savol: Qaysi jonivorlar?

Javob: Qizilishtonlar.

Izoh: Ay ay lemurlari o‘zlarining o‘sha uzun barmoqlari bilan daraxtlarni chertib ko‘rib, kata quloqlari
bilan eshitib bo‘sh joylarni aniqlashadi. Keyin esa u yerni yorib daraxt ichidagi lichinkalarni tortib yeydi.
Bu tarzda oziqlanadigan yana bir jonivor esa qizilishton hisoblanadi.

10. 1959 yilda 22 nafar talaba Xning ichiga joylashib jahon rekordini o'rnatgan. 2002 yilgi filmda esa
reklama agenti ortiqcha shubxa uyg‘otmaslik uchun Nyu Yorkdagi so‘nggi Xlarning biridan foydalanadi va
bu unga qimmatga tushgandi. X ni 2 so‘z bilan ayting?

Javob: Telefon budkasi.

Izoh: 2002 yilda "Telefon budkasi" filmida Kolin Farrel qaxramoni xotini qo‘l telefonidagi qo‘ng‘iroqlarni
bilib qolmasligi uchun telefon budkasidan foydalanadi va snayper nishoniga aylanadi.

11. Tarqatma:

*********** ***** *** ******

Amir Temurning qori bo'lgani va shu bilan bir vaqtda bir toifa xizmatidan foydalanganini o'ziga xos
paradoks deyish mumkin. Temur tuzuklarida Bu toifa davlat asosini tashkil etuvchi 12 ijtimoiy toifadan
biri sifatida keltiriladi.

Diqqat savol: Bu toifa kishilar nima ish bilan shug'ullanganini bir necha so'z bilan aniq yozib bering.
Yordam sifatida aytish mumkinki, hozir siz ham qaysidir ma'noda "Bu ishni qilish"ga ulgurdingiz.

Javob: Yulduzlarga qarab fol ochish (bashorat qilish).

Izoh: Savolda aytilgan toifa munajjimlar edi. Sharofiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma” asarida ham Amir
Temur munajjimlarning kelajak haqidagi bashoratlaridan foydalangani aytiladi. Islom dinida kelajakni
bashorat qilish va bunday bashoratlarga ishonish harom hisoblanadi.

Sizga berilgan tarqatmada "Yulduzlarga qarab fol ochish" jumlasidagi belgilarni yulduzchaga almashtirib
chiqdik va tarqatmani olishingiz bilan qo'shtirnoq ichida yulduzlarga qarab fol ochdingiz.

12. Bu turda bir necha savol bilan ortga – Espero jamoasi savollariga nazar soldik. Hayolingizda bir on
o‘tgan o‘yin hissiyotlari ham lov etib yongan bo‘lsa ne ajab. Endi esa savol, posttravmatik stress
sindromiga chalingan insonlar tez-tez Uni boshidan o‘tkazib turar ekan. Uni inglizcha bir so‘z bilan
ayting?

Javob: Fleshbek.

Izoh: Fleshbek deb film yoki asarlarda ilgari bo‘lib o‘tgan voqealardan kadrlar ko‘rsatilishiga, oldingi
voqealarga qaytishga aytiladi. Bu so‘zning ma’nosi ham ortga lahzalik nazar solishni bildiradi. Biz ham tur
davomida o‘ziga hos fleshbeklar amalga oshirdik. Posttravmatik sindromda esa eski xotiralar odamning
stressga tushishiga olib keladi.

2-tur
1. Bir film qahramoni o'zini g'ayrioddiy qobiliyati bordek ko'rsatuvchi firibgarlarni fosh qilish bilan
shug‘ullanadi. Bir safar navbatdagi firibgarni fosh qilish vaqtida, suhbatdoshi undan "Nega bu insonni
firibgar deb hisoblayapsiz?" deya bergan savoliga, "Xni bilasizmi?" deb savol beradi va Xni tushuntirish
uchun shunday deydi: "Qulog'imga tuyoqlar dupuri eshitilsa, yakkashoxlar emas, otlar yugurib kelyapti,
deb o'ylashga urinaman". Diqqat savol: Xni atoqli ot qatnashgan ikki so'zda ayting.

Javob: Okkam ustarasi (tig‘i).

Izoh: Okkam tig'i biron bir masalani tushunishda iloji boricha haqiqatga yaqin, oddiyroq yo'lni tanlashni
anglatadi.

2. Albatroslar o‘ta vafodor qushlar hisoblanib 90% dan ortigi monogam turmush kechiradi. Kamdan kam
hollarda juftini o‘zgartiradi. Ammo ohirgi yillarda aynan u sababli albatroslar ham poligamlarga aylana
boshlagan. Chunki u sababli nar albatroslar o‘z vaqtida yemish topib qaytishga ulgurmaydi. U bevosita
dengiz toshbaqalari ko‘payishini tushurib yubormasada, baribir ular sonining kamayishiga ham olib
kelishi isbotlangan. Uni ikki so‘z bilan ayting?

Javob: Global isish.


Qabul: Parnik effekti.

Izoh: Global isish sababli albatroslar o‘z vaqtida yemish topolmaydi va ko‘payish davrigacha qaytishga
ulgurmaydi. Oqibatda ko‘payish davrida doimiy juftliklar bir paytda qaytmasligi mumkin. Xaroratning
oshishi esa toshbaqalar jinsini o‘zgartirib ko‘proq urg‘ochi toshbaqalar tuxumdan ochib chiqishiga olib
keladi.

3. Maksim Merzlyakov qanday qilib chgk savollarini tuzish haqidagi maqolasida biron qiziq faktga duch
kelib uni savol qilishdan oldin 2 ta tekshiruv o‘tkazish kerak deydi. Birinchisi, fakt haqiqatdan ham
to‘g‘riligini turli ishonchli manbalardan tekshirish. 2-tekshiruv uchun esa kalitlardan foydalanish tavsiya
qilinadi. O‘ziga ishongan savol muallifi bu savolni 2-tekshiruvdan o‘tkazmadi. Savol: 2-tekshiruv nimadan
iborat?

Javob: Savolning savollar bazasida yo‘qligini tekshirish.


Qabul: db.chgk.info va shu kabi boshqa savollar bazasida yo‘qligiga tekshirish.

Izoh: Savollar bazasida biron savolni qidirishda esa kalit so‘zlardan foydalanish tavsiya qilinadi. Savolning
ilgari biron turnirda foydalanilgani uni boshqa turnirlar uchun ahamiyatini yo‘qotadi.

4. Folklend urushi paytida Britaniya havo kuchlari g‘ayrioddiy qaror qabul qilishiga to‘g‘ri kelgan. Port
Stenliga hujum qilish uchun bombardimonchi samolyot o‘nga yaqin boshqa samolyotlar hamrohligida
parvozga chiqadi. Aniq ayting bu qo‘shimcha samolyotlarining vazifasi nima edi?

Javob: havoda yonilg‘i quyish,. parvoz paytida yonilg‘i quyish.

Izoh: Britaniya harbiy-havo kuchlarining Folklendga eng yaqin bazasi olti ming kilometrdan ko‘proq
masofada - ekvator yaqinidagi Assension orolida joylashgan edi. Bombardimonchilarning yonilg‘i baklari
bunday uzoq masofaga parvoz uchun mo‘ljallanmagan, shuning uchun boshqa samolyotlar havoda
yoqilg‘i quyib ketish uchun birga uchgan.

5. Blits. Mavzu: Yakudza tatulari. Yakudzalar tatulari har biri alohida ramzga ega. Shulardan bir
nechtasini ko'ramiz.
1. X - ulug'vorlik, imperatorlik bilan assotsatsiya qilinadi. Xning tasviri uzoq umr, yetuklik, keksalikni
anglatadi. Xni yozib bering.

2. Y - taqdir va umr, umrning o'tkinchiligini anglatadi. Y ham qachondir uziladi va yerga tushadi. Har bir
jangchi xuddi Y kabi jangda yiqilishi va yer yuzidan yo'q bb ketishi mn. Y ni yozib bering.

3. Z - yapon madaniyatida hayot va adolat uchun kurash ramzi hisoblanadi. Z tushirilgan tatuni kuchli
irodaga ega va hayotda ancha qiynalgan, kurashlar bilan qorong'u quyilikdan yuqoriga, yorug' hayotga
chiqqan insonlar tushirishadi. Xuddi Z kabi. Z ni yozib bering.

Javoblar:

1. X - xrizantema. Yaponiyada xrizantemani imperator guli ham deyishadi.


2. Y - sakura guli. Yoki olcha guli. Sakura guli qanchalik chiroyli bo'lmasin, qachondir u ham daraxt
shoxidan uziladi va yerga tushib, yo'q bb ketadi. Jangchi ham xuddi shunday taqdirni boshidan o'tkazadi
deb hisoblar ekan yakudzalar.
3. Z - nilufar guli botqoqning qorong'u tubidan yorug'lik sari intilib, oxir oqibatda yuqoriga chiqadi. Qaysi
inson shunday taqdirga ega bo'lsa, nilufar tatusini chizdirar ekan.

6. Tarqatma!
Siz ko‘rib turgan surat XIX asr oxirlarida bir Yevropa shaxrida yubiley bayramida tushirilgan. Savol: O‘sha
payt bu insonlar kimning yubileyiga yig‘ilishgandi?

Javob: Qirolicha Viktoriya.

Izoh: 1897 yilda Viktoriya hukmronligining 60 yilligi nishonlangan. Va suratda ko‘rib turganingizdek
barcha britan koloniyalari qo‘mondonlari, turli xalq-elat vakillari ishtirok etishgan.

7. O'rta asr kitoblarida yozilgan afsonalarga ko'ra, Aleksandr Makedonskiyning barcha xalqlar ustidan
g‘alaba qozonishi sababi Makedonskiyning Unga egalik qilgani ekan. Uni Sitsiliya oroli bayrog'ida ham
ko'rishimiz mumkin. Diqqat savol: Biz Uni qaysi italyan familiyasi bn ham birga ko'ramiz?

Javob: Versachi.

Izoh: U - gargona Meduzaning boshi edi. Sitsiliya oroli afsonalarga ko'ra gargonalar yashaydigan va
Persey Meduzani o'ldirgan joy hisoblanadi. Shuning un hali ham uning bayrog'ida Meduzaning boshini
ko'rishimiz mumkin. Afsonalarda esa Aleksandr Makedonskiyning g'alabalari sababi sifatida unda
Meduzaning boshi bo'lgan deb aytilar ekan. Janni Versachi brendi un Meduzaning boshi tasviri
tanlangan.

8. Fransiya Fanlar akademiyasi ayollarni uzoq vaqt davomida qabul qilmagan. Masalan, barcha
kashfiyotlariga qaramay Mariya Kyuri akademiyaga qabul qilinmagan. Ammo Kyurining shogirdi
Margarita Perey 1939 yilda bu ishni qilgach akademiyaga qabul qilingan birinchi ayol bo‘lgan. Diqqat
savol u nima ish qilgandi?

Javob: Fransiy elementini kashf qilgan.

Izoh: U o‘z ustozidek radioaktiv elementlar bilan ishlagan va ulardan birini kashf qilib mamlakati
sharafiga chaqirilgan. Mariya Kyuri esa poloniyga nom berishda o‘zining birinchi davlatini tanlagani
sabab ham Fransuz Akademiyasiga qabul qilinmaganligi aytiladi.

9. "Garri Potter va mahfiy hujra" filmida, doim ko'ngilsizliklarga uchrab yuruvchi Nevill Longbattomni
dars vaqtida kichkina uchar shoʻx mavjudotlar - piksilar qandilga osib qo'yishadi. Shundan keyin Nevill bir
gap aytadi. Diqqat savol: biz xuddi shunday gapni bundan 10 yil avval, ya’ni 2011-yil 23-oktabrda
Yevropaning qaysi shahrida ko'rganmiz?

Javob: Manchester.

Izoh: Nevill Longbattomni doim ko'ngilsizliklarga uchrab yuradi dedik, o'sha epizodda u "Nega doim
men?" deydi. 2011-yil 23-oktabrda Manchester derbisida Balotelli golni nishonlash vaqtida “Why always
me?" yozuvini futbolkasida ko'rsatadi. Savolda ham gapni eshitganmiz emas, ko'rganmiz deb aytdik.

10. "Mortal Kombat" olamidagi jangchi Skarlet, dushmanini jarohatlagach o‘z quvvatni qayta tiklab
borardi. Skarletning kumiri bir tarixiy shaxs bo‘lib u haqidagi Ginnes rekordlarida “650 dan oshiq”
jumlasini o’qish mumkin. Savol bu qaysi tarixiy shaxs edi?

Javob: Elizabet Batori.

Qabul: Erjebet Batori.


Izoh: Skarlet jangchilarni jaroxatlab, qonidan kuch yig‘gan. Qiynoq va qotillik bo'yicha "Ginnes" kitobiga
kirgan Elizabet Batori ham yoshligini saqlab qolish uchun qizlar qonida vanna qabul qilishi, ularni qiynab
o’ldirgani ma’lum. Uning ustidan sudda esa qurbonlar 650 dan oshiq ekani aytilgan va u umrbod qamoq
jazosiga hukm qilingan.

11.(Bu savol nisbatan sekin o‘qiladi)

XIV asrda talabalar dars qoldirmasligi uchun institutlarda bu ishni qilish taqiqlangan edi. Bizda esa
aksincha talabalarni ko‘pincha bu ishni qilishga undashadi. Bu ish nimaligini biri lotinchadan kirib kelgan
so‘z yordamida 2 so‘z bilan ayting?

Javob: Konspekt yozish

Izoh: O'sha paytlarda boy talabalar o'zlari o'rniga ma'ruzaga xizmatkorlarini yuborishlari mumkin edi.
Darsni to‘liq o‘zlari kelib eshitishlari uchun talabblarga konspekt yozishga ruxsat berishmagan. Savol ham
yozishga bemalol ulgurishingiz uchun nisbatan sekin o‘qildi.

12. Bu qo‘shiq 19-asrda Italiyada noqulay sharoitlarda ishlashdan aziyat chekkan ayollar tomonidan
norozilik sifatida aytilgan. 1943-1945 yillarda italyan anti-fashist partizanlari uni o‘zlariga madhiya qilib
olishgan. Gap qaysi qo‘shiq haqida ketyapti?

Javob: Bella Ciao. (Ma'nosi Goodbye beautiful)


"Bingo" jamoasi savollari

Zakovat+December 22, 2021

Биринчи тур

1-савол

Диққат саволда ИКС ўрнида бошқа сўз бор.

Тромбо, кубар каби турлари мавжуд бўлган ИКСнинг биздагиси, ёз фасли ўрталаридан
бошлаб ХАРАКАТИНИ тўхтатди. Бир фильмда эса ИКС нинг тўхтамаслигига гувоҳ бўласиз. Қайси
фильмда?

Жавоб: Ибтидо

Изох: ИКС бу пилдирок. Заковат телеуйни бошка форматга утгани купчиликка сир эмас. Ибтидо
фильмида пилдирок тухтамайди

2-савол

БУ ИШНИ 1420-йилда Венеция ҚИЛГАН. 16-асрга келиб Усмонлилар БУ ИШНИ қисман ҚИЛГАН. БУ
ИШНИ 10-асрда Суронья 16тагина аскар билан амалга оширган. Диққат савол. БУ ИШНИ ҚИЛИШ
ўрнидаги икки сўзни алифбода кетма-кет жойлашган ҳарфлар билан бошланувчи сўзлар билан
ёзиб беринг.

Жавоб: Далмацияни эгаллаш

Изоҳ: Хорватия қироли Светослав Суронья Венеция дожи Петро 2 билан шахмат партияси ўйнаб
Далмацияни ютиб олади. 1420-йилда Далмация яна Венеция ихтиёрига ўтади. 16 асрда
Усмонлилар Далмацияни қисман эггалашади.

3-савол

Ўткир Хошимов асарларидан бири ўзига хос У билан бошлансада, ўқувчи воқеалар ривожини
билиш учун барибир асарни бошидан охиригача ўқийди. Доктор Кто сериалида келажакдан
келган аёл У сўзни бир неча бор ишлатади. Уни инглизча сўзда айтинг.

Жавоб: Спойлер

Изоҳ: Ўткир Хошимовнинг Тушда кечган умрлар асари Рустамнинг ўлими билан бошланади, яъни
бош қаҳрамон ўлими ҳақида маълумот бериб қўйилсада, ўқувчи қандай ўлганлигига қизиқиб ўқиб
чиқади. Доктор Кто сериалида эса келажакдан келган аёл сериал давомида пайдо бўладиган
персонажлар ҳақида айтиб спойлер сўзини ишлатади. Спойлер инглизчадан расво қилиш, расво
қилувчи маъносини англатади.

4-савол (Бешинчи саволга тарқатма бор)

Саволда ИКС ўрнида бошқа сўзлар бор.

АҚШда Хиндулар билан уруш 18-аср охиригача шиддатли кечади. Оқ танлилар хиндуларни
нафақат ўзларини балки уларнинг асосий емиши бўлмиш бизонларни ҳам қиришга тушадилар.
1871 йилда бизонлар ИКСи пайдо бўлади. Айнан шу йилги кимнинг асарида одамлар ИКСини
кўриш мумкин эди?

Жавоб: Василий Верещагин

Изоҳ: Бизонлар шу қадар кўп ўлдирилганки, хатто бир неча мингта бизон бош суягидан ўзига
хос пирамида ясалади. Одамлар бош суягидан ясалган пирамидани рассомнинг «Уруш дахшати»
(Апофеоз войны) асарида кўриш мумкин.

5-савол. Блиц

Tарқатма

1. АЛФА эллик ёшида Катта Пирожний кўчасидаги ўн бешинчи уйда яшаганини кўпчилик билмаса
керак. АЛФА - ?
2. Бир интернет форумида БЕТАни кариесдан азоб чекувчи инсонларга киритишни таклиф қилади.
БЕТА - ?
3. Рус тилидаги ушбу карикатурада мос равишда икки сўз беркитилган. Ушбу икки сўзни ўзбек
тилида айтинг.

Жавоб:

1. Тимсоҳ Гена. 2. Тимсоҳ гени. 3. Гена гени

6-савол

Савол муаллифининг фалсафа муаллими ҳазил тариқасида, уйига боришга қўрқишини


ва безишини таъкидлай туриб, сабабчисини У деб атайди. Қадимги юнон тилидан Уни малла от
деб таржима қилиш мумкин. Уни айтинг

Жавоб: Ксантиппа

Изоҳ: Суқротнинг рафиқаси бўлган ушбу аёл, шаллақи аёллар тимсоли ҳисобланади.

7-савол (Саккизинчи саволга тарқатма бор)

Машхурлардаги У сўрови билан википедияга мурожат қилган савол муаллифи, Зигмунд Фрейд
ҳақидаги мақолага дуч келади. Мақолада Фрейд кексалигида касалликдан анча қийналганини,
Маркс Шур ва морфи дозаси ҳақида ёзилганди. Дастлаб Нобель томонидан яратилган электр
стули У учун эди. Уни юнонча сўз билан айтинг.

Жавоб: Эвтаназия

Изоҳ: Зигмунд Фрейд қаригани сари ундаги касаллик авж олиб бораверади. Бунга
чидолмаганидан сўнг доктор Маркс Шурдан ўлдиришини илтимос қила бошлайди. Қизи эса
дастлаб қаршилик қилади, лекин отасини аҳволини кўриб розилик беради. Морфи дозасини уни
танасига йўналтирганидан сўнг Зигмунд яхши ўлимга эришади. Электр стул дастлаб ўзини
ўлдириш истагилар учун эди, лекин америкаликлар уни қўллашни бошқа йўлини топишган.
Эвтаназия юнончадан яхши ўлим деган маънони беради.

8-савол

Tарқатма

Камеди клабнинг "Бончини оиласи" хақидаги эпизодида, нуфузли мебельчига ДАН ходими унитаз
ясаттиради, буюртмачи аслида кимлигини билган ихтирочи, хатто ўтган аср сўнгги 10 йиллгидаги
ушбу воқеагаям бунчалик ғазабланганмаганлигини таъкидлайди. Диққат савол: Ник Бернлининг
ушбу постери қайси воқеа учун бағишланганлини бир нечта сўзда айтинг.

Жавоб: Баджонинг пенальтида янглишиши

9-савол

Саволда "Улар" ўрнида бошқа сўз бор.

Olx.uz сайти яқинда янги бўлимни ишга туширди, бўлимнинг номи "ШУНДАЙ авто", УЛАР нега
асосан "ШУНДАЙ"лиги бир компаниянинг ҳозирги гендиректори Винкелман қуйидагича фикрни
айтиб ўтади: Чунки компания логотипида "ШУНДАЙ" асосий белгида қўлланилган. Диққат савол:
ШУНДАЙ ўрнидаги сўзни топинг.

Жавоб: Сариқ

Изоҳ: Olx.uz да САРИҚ АВТО бўлими ишга тушди, бу бўлимда фақат сариқ рангга бўялган
автомобиллар сотуви йўлга қўйилган, Нега Ламборгинилар асосан САРИҚ рангда деган мақолада,
гендиректор Винкелманнинг фикрича чунки компания логотипида сариқ буқа тасвири бор.

10-савол (11-саволга тарқатма бор!!!)

Рейндаги провинсиялардан бирининг фуқароси - Фридрих Освалд. Юқоридаги қаторга яна бир
фамилия-тахаллус қўйилса кетма-кетлик одатий тусга киради. Қайси тахаллус ?

Жавоб: Ленин

Изоҳ: Юқоридаги Фридрих ва Освалд мос равишда Маркс ва Энгелснинг тахаллуслари


ҳисобланади.

11-савол
Tарқатма

Дуплет:

1. XVII аср ўрталарида Ян де Витт У ҳақидаги ғояларини актив ҳимоя қилган. Бу хатто иккинчи
англо-голланд урушига олиб келган. Уни икки сўзда айтинг.

2. Карел Рейнирс 17-аср ўрталарида БУнинг директорлар кенгаши томонидан генерал-губернатор


этиб тайинланади. БУни икки сўзда айтинг.
Жавоб:
1. Вест-Индия компания
2. Ост-индия компанияси
Изоҳ: Америка хип-хопида ғарб санъаткорларини Ян де Витт ишораси кўринишда тасвирлашга
ўрганишган. Шарқ санъаткорларини эса худди Карелники сингари.

12-савол

Го ўйинида ушбу 3 атама: фусэки, хираки ва есэ деб аталади. Биздаги фусэки якуни фильм номига
боғлиқ эди, хираки эса немисча сўз. Есэгача эса яна шунча йўл бор. Бизга ушбу 3 атамани
ҳаммасини айтманг, бизга фақат Хиракини немисча сўзда айтинг.

Жавоб: Миттельшпиль

Изоҳ: Бугунги ўйнимиз дебюти Муқаддима фильми билан бошланган бўлса, миттельшпиль эса
миттельшпиль бўлди, энд шпильгача 12та савол ўйнашимиз керак.

Иккинчи тур

13-савол

Ўтган асрларнинг 20-йилларида Жан Батист Дебюсо машхурликка эришган. Бир кун суд
жараёнидаги гувоҳлиги пайтида, судда ўтирган одамларни хайрат ва завқ қамраб олади. Буни
сабаби эса У эди. Яқин кунларда эса ҳар бир У алоҳида кучга эга ва хал қилувчи бўлади. Уни бир
сўзда айтинг.

Жавоб: Овоз

Изоҳ: Дебюсо мим бўлган, судда уни овозини биринчи эшитган одамларда ғалати хислар пайдо
бўлган. 24-октябрда эса президент сайлови ва ҳамма овозлар текширилади

14-савол

1989-йилда чиққан "Колумб тухуми" номли қисқа метражли мултфилмда, сут фабрикасида
сигирлар сут бермай қўйгани сабабли, хаос юзага келади, барча ходимлар янгиларига
алмаштирилади, раҳбарлар турли хил бюрократик усуллардан фойдаланган ҳолда муаммони ҳал
қилишга урунишади. мултфилм якунида бир кампир барча сигирларга овқат тарқатади ва
сигирлар яна сут бера бошлайди. Диққат савол: Саволда алмашган 2 сўзни топинг.

Жавоб: Гордий тугуни

Изоҳ: Гордий тугуни – бирор бир чигал ечимини топиш қийин бўлган холат. Фригия қироли Гордий
томонидан ечиш қийин бўлган тугун кесилганидан сўнг бу атама оммалашиб кетган.

15-савол.

Ўтган йили трендга чиққан видеолардан бирида, Самарқандлик рухий касал бир инсон ўзини
пайғамбар қилиб кўраситишга урунган эди. Унчалик ишониб бўлмайдиган миш мишларга
қараганда, видео чиқишидан бир неча ой олдин ушбу одам айнан У ерда бўлган экан. Қаерда?

Жавоб: Иерусалим(Қуддус)
Изоҳ: Иерусалим синдроми

16-савол (17-саволга тарқатма бор)

Комеди клабнинг рэпперлар тўғрисидаги сонида, Гарик Харламов, Амин Чипинкосни рэп,
гангстерорэп, хип-хоп ва репги ижрочиси эканлигини, 300 дан ортиқ рэп мусиқа муаллифи,
биринчи рэп китоб асосчиси, Май Худ компьютер ўйини асосчиси, Россиядаги биринчи рэп
комикс таҳрирчиси, 200 дан ортиқ клип чиқарган, 100 дан ортиқ картина чизган,30 дан ортиқ
мусиқий альбом чиқарганлиги ҳақида маълумот берар экан, Амин БУ ИШНИ ҚИЛИШНИ устаси
эканлигини ҳам эътироф этар экан. Дастлаб БУ ИШНИ ҚИЛИШ имконсиз эди, ҳозир эса қаламни
устига босишингиз талаб эътилади. БУ ИШНИ ҚИЛИШНИ айтинг.

Жавоб: ВИКИПЕДИЯ маколасини узгартириш(тахрирлаш)

Изох: Чипинкос бунча нарса килиши мумкинмас деб хисоблайди. Википедиянинг исталган
маколасида калам белгиси булиб, у ёрдамида маколани узгартириш киритиш мумкин

17-савол
Tарқатма

Блиц: Джи Ли исмли дизайнер ижодида ёзувлар орқали ёзилган нарса ҳақида тасaввур уйғота
олади. Қаршингиздаги тарқатма материалдаги биринчи ва иккинчи расмларда наъмуналар
келтирилган.
1. Бир машхур одамнинг сўзларига кўра: Аватар фильми фақатгина У туфайли Титаникни ортда
қолдирган экан. 3-рақам билан белгиланган расмдаги сўзни оригинал холатда айтинг.
2. Энг машхур У ҳақидаги мақолада 50 000 атрофидаги сонни кўриш мумкин. Немис тилидан У
рақиб оёғи орасидан тўп ўтказиш маъносини беради. 4-расмдаги сўзни оригинал холатди айтинг.
3. Хуан Карлос 1 томонидан ушбу халоскорга Маркиз унвони берилган экан. Уни кимлигини
айтинг.

Жавоб:

1. Ифлатиооон
2. Тоннел
3. Сальвадор Дали

Изоҳ:
1. Яъни Титаник барибир яхшироқлилигига ишора, расмда эса О лар, яъни ноллар кўпайиб
кетганлигидан тушунишиз мумкин.
2. Ла-Манш Туннели 50 км лиги кўпчиликка маълум шекилли? Оёқ орасидан тўп ҳудди туннелдан
ўтгандек. Расмда эса иккита Н туннелни кириши ва чиқишини ифодаламоқда.
3. Ҳалоскор испан тилида Салвадор. А ҳарфи эса Дали мойлови ўхшаш.

18-савол

Ақлий заиф, хунук бир инглиз болакай, оддий мактабда ўтган биринчи куни хақида отасига
гапирар экан, дастлаб дўстлари уни ИКС деб камситганликлари, математика дарсида сўнг эса
устози уни ИГРЕК деб атагани хақида гапириб беради. Қанчалик ғалати бўлмасин ИКС хам ИГРЕК
хам биринчи марта ИКС томонидан таърифланган. ИКС ва ИГРЕКни айтинг.

Жавоб: Даун, Савант

Изох: Даун синдромига чалинган инсонларнинг ташки кўриниши унчалик чиройли бўлмайди ва
ақлий қобилиятлари суст ривожланган бўлади. Савант Синдромига чалинган одамлар асосан яхши
хотира ва математик салохиятлари ривожланган бўлади, Даун ва Аспергер синдромига
чалинганларнинг аксар қисми аслида Савантга чалинган бўладилар. Бу иккала синдром хам инглиз
олими ДАун томонидан тарифланган.

19-савол

Сальвадор Дали қаламига мансуб ТУШ картинаси , хазилга кўра 1938-йилда БУ ИШНИ ҚИЛГАН
ЭКАН. Аслида эса БУ ИШНИ Маркс исмли шифокор 1939-йилда қилган. БУ ИШНИ ҚИЛИШни
айтинг.

Жавоб: Зигмунд Фрейдни ўлдириш.

Изоҳ: Ҳазилга кўра Фрейд Далининг Туш картинасини анализ қилмоқчи бўлади, лекин уддалай
олмайди. Бу эса Зигмунд Фрейдни ўлдирган Туш деган жумласига мос тушади. Биринчи турда эса
Маркс Шур исмли шифокор Морфин дозаси ёрдамида Зигмунд Фрейдни эвтаназия ёрдамида
ўлдиргани ҳақида айтлиган эди.

20-савол. (21-Саволга тарқатма бор!!!)


Истамбулда бир сафар келин ва куёв ота-оналари бир-бирларини яхши билиб олгач тўйни бекор
қилишди. Шунга ўхшаш вазият бизда деярли учрамайди. Лондон, Мадрид ва Рим каби
шаҳарларда учраши мумкин. Савол, қандай сабаб туфайли тўй бекор қилинган?

Жавоб: Мухлислик қиладиган клублари туфайли.

Изоҳ: Истанбулда куёв ва келин томон Фенербахче ва Бешиктошга мухлислик қилиши туфайли тўй
бекор қилинган. Назарий жиҳатдан шунга ўхшаш ҳолат Лондонда (Челс, Арс, Тотт), Мадридда (РМ,
АТМ) ва Римда (Рома, Лацио) ҳам кузатилиши мумкин.

21-савол.

Tарқатма
Бу касб эгаси Лев Ландауга Нобель мукофотини топширган. 48 йилча илгари эса айнан ушбу
касбдаги бошқа инсон эса талаб қилганди. Диққат савол: Айнан нимани?

Жавоб: Кем волостини

Изоҳ: Ландау Нобель топшириш маросимига автохалокатга учраб бора олмай қолади, шу сабабли
ҳам унга мукофотни Россиядаги швед элчиси беради. “Иван Васильевич ўз касбини ўзгартиради”
фильмида эса швед элчиси Кем волостини талаб қилади.

22-савол.

Тарқатма:

____________________________________________________________

“Бизнинг бўлимда ётганингизда, ҳамма буюмларингизни, хусусан смартфонингиз аёлингизга


берилади”.

____________________________________________________________

Диққат савол: Бу эълон орқали социал реклама нимага тарғиб қилмоқда?

Жавоб: Вакцина олишга

23-савол.

Нью Йорк штатининг Сиракюс шахарчасида Тип перери Хилл номли квартал мавжуд бўлиб,
қанчалик ғалати бўлмасин, бу ердаги Унда учинчини биринчида кўриш мумкин. Бу кварталнинг
асосий қисмини ирландлар ташкил қилганлиги сабабли У биз биладиган холатда бўлса,
кварталдагилар Уни ишдан чиқариб кетаверишган. Уни айтинг.

Жавоб: Светофор

Изох: Яшил ранг тепада ва қизил ранг пастда, Ирландлар ўз рамзлари Британия рамзи бўлмиш
қизил рангдан пастда туришини исташмаган. 3 йил давомида светофор синавергач, хукумат уни
ўзгартиришга қараор чиқаради

24-савол.

Жорий мавсумнинг илк ўйнидаги блиц муаллифи Абдулазиз Султонов Америкадан салом
йўллаганлигини эшитган баъзи бир клуб аъзолари, Абдулазизни БУ ИШНИ ҚИЛГАНЛИГИНИ
таъкидлашади. «БУ ИШНИ ҚИЛИШ» етти йиллик уруш пайтида пайдо бўлган.

Жавоб: Инглизча кетиш

Изох: Клубнинг кўпчилиги билан хайрлашган бўлсада, қизлар кетганидан бехабар қолишганди.
"Espero" jamoasi savollari

Zakovat+December 22, 2021

I-TUR

BIRINCHI TUR, BIRINCHI SAVOL!

[KEYINGI SAVOLGA TARQATMA MATERIAL BOR!]

Diqqat, savolda IKS va IGREK so'zlari almashgan

IKS — dastlab IGREK nomli asarda taxmin qilingan. IGREK ka bo'lgan harakat esa IKS ning ochilishiga
sabab bo'lgan.

Diqqat savol: IKS va IGREK ni to'g'ri ketma-ketlikda yozib bering.

Javob: IKS — Amerika, IGREK — Hindiston

Izoh: Beruniyning “Hindiston” asarida yangi qit’a – Amerikaning mavjudligi ilmiy taxmin qilinadi. Kolumb
esa Hindistonga borishni maqsad qilgan holda, Amerika qit’asini kashf qilgan edi.

BIRINCHI TUR, IKKINCHI SAVOL!

[Tarqatma material]

___________________________________________________

Died in very young age!

She was very beautiful and talented.

___________________________________________________

Qarshingizda bir inson haqidagi videoda qoldirilgan izohdan parcha.

Diqqat savol: U kim?

Javob: Divya [Bharti].

Izoh: 19 yoshida olamdan o’tgan hindistonlik mashhur aktrisaning ismi Divya "Died in very young age"
ya’ni “Juda barvaqt vafot etgan” deya rasshifrovka qilingan.

BIRINCHI TUR, UCHINCHI SAVOL!

[KEYINGI SAVOLGA TARQATMA MATERIAL BOR!]

“Garri Potter va Azkaban mahbusi” filmining epizodlaridan birida "Ravenklav" timsoli burgut va "Slizerin"
timsoli ilon tasvirlangan haykalni ko`rish mumkin.

Diqqat kutilmagan savol: ushbu film rejissyori qaysi davlatda tug`ilgan?

Javob: Meksika.
Izoh: Alfonso Kuaron epizodda ilonni changalda tutib turgan burgutni tasvirlagan. Bu esa Meksika gerbini
esga soladi.

DIQQAT! BIRINCHI TUR, TO`RTINCHI SAVOL!

[Tarqatma material]

Diqqat savol: Ushbu shirinliklarni qaysi film uchun tayyorlashganligini aniq yozib bering.

Javob: “Garri Potter va Azkaban mahbusi”

Izoh: Biroz oldin Meksikalik rejissyor Alfonso Kuaron o’z filmlarida maxfiy ishoralarni yoqtirishi haqida
ma`lumot bergan edik. Skelet shaklidagi shirinliklar Meksikadagi "o’liklar bayrami"ga ishora sifatida
kiritilgan. Biz ham bu savol bilan oldingi savolga ishora qildik).

BIRINCHI TUR, BESHINCHI SAVOL!

O`zingizning juftingizni topishingizga yordam beruvchi "Hinge" ning shiori "Yakunda siz albatta bu ishni
qilasiz" hisoblanadi.

Diqqat savol: nimaga nisbatan bu ishni qilsangiz XON paydo bo`ladi?

Javob: Dasturxon

Izoh: Juftingizni albatta topasiz, shundan so’ng sizga bu dastur kerak bo’lmay qoladi va Siz bu dasturni
o`chirib yuborasiz. Dasturxondan Dasturni o`chirsangiz, xon paydo bo`ladi

Manba: https://zachiska.com/other/top-luchshikh-prilozheniy-dlya-znakomstv/

BIRINCHI TUR, OLTINCHI SAVOL!


“Mening ismim Xon” filmida Shoxrux Xon obrazining bolaligini talqin qilish uchun aktyor Tamay Chedda
taklif qilingan. Ushbu filmdan olgan gonorari haqida gapirar ekan aktyor “endi haqiqiy U bo’ldim” deb
aytib o’tadi.

Diqqat savol: Uni 3 so’z bilan yozib bering.

Javob: “Xarobadan chiqqan millioner”

Izoh: “Mening ismim Xon” filmidan oldin Tamay Chedda “Xarobadan chiqqan millioner” filmida Jamol
Malikning yoshligini ijro etgan edi.

BIRINCHI TUR, YETTINCHI SAVOL!

Kapitalbankning reklamalaridan birida, qo’yilgan omonatlar uchun katta foiz stavkalari haqida gapirilar
ekan, “Ularni biz bilan yetishtiring” deyiladi. Mashhur ertakda esa U asosiy antagonist edi.

Diqqat savol: Uni bir so'z bilan yozib bering.

Javob: Limon

Izoh: Reklamada bu so’z orqali millionlarni ko’paytirish nazarda tutilgan. Janni Rodarining “Chippolino
sarguzashtlari” ertagida Shahzoda Limon obrazi mavjud.

Millioner haqidagi savoldan keyin limonning bo’lishi tabiiy hol)

Manba(lar):

1) https://www.facebook.com/kapitalbank.uz/posts/3929018640516030

2) https://ru.wikipedia.org/wiki/Приключения_Чиполлино

BIRINCHI TUR, SAKKIZINCHI SAVOL!

[KEYINGI SAVOLGA TARQATMA MATERIAL BOR!]

O’tgan asrning 20-30 yillarida mashhur tadbirkor Lui Reno uyqusizlikdan aziyat chekadi. Diqqat savol: Bu
haqidagi maqolada uchraydigan yevreyning familiyasini yozib bering.

Javob: [Andre Gyustav] Sitroen

Izoh: 1925-1934 yillarda Eyfel minorasida Sitroen kompaniyasining yorqin reklamasi osig’liq turgan.
Sitroenning raqibi bo’lmish Reno esa bunga qarshi ekanligini, uyqusizlikdan ko’p aziyat chekayotganini
bot-bot tilga olib turgan.

Darvoqe, “Sitron” so’zi fransuzchada “limon” ma’nosini beradi

Manba(lar):

1) “Gigantlar dueli: Lui Reno va Andre Sitroen” x/f (2007)

2) https://facts.museum/2808
KEYINGI SAVOLGA TARQATMA MATERIAL BOR!

BIRINCHI TUR, TO’QQIZINCHI SAVOL!

[Tarqatma material]

Andre Sitroen o’zining marketing yurishlari bilan ham mashhur bo’lganligini bildingiz. 1922-yilda Citoren
B2 mashinalari guruhi Timbuktu sari yo’l oladi. Bu haqida yozar ekan, Aleksandr Melnik Uni eslab o’tadi.
Uni topishda sizga tarqatmadagi suratni nomlash yordam bersa kerak.

Diqqat savol: Uni aniq yozib bering.

Javob: “Parij – Dakar” [rallisi]

Izoh: Rasmda siz Parijda karning suratini ko’rib turibsiz)

Yangi bozorlarda o’z mashinalarini reklama qilishni xohlagan Andre Sitroen Parijdan Aljirga, Aljirdan
Timbuktuga kolonna tashkil qiladi. Melnik bu sayohatni “Parij-Dakar” rallisining prototipi deb hisoblagan.
Manba: 1) https://artemspec.livejournal.com/514009.html

BIRINCHI TUR, O’NINCHI SAVOL!

[Tarqatma material]

Rasmdagi shaxs Ánjey Golota deb taxmin qilinadi.

Savol: Yaqinda bir guruh shaxslar tomonidan ushbu rasm yaratilishiga sabab bo’lgan ijtimoiy harakatni 3
ta inglizcha so’z bilan yozib bering!

Javob: Black Lives Matter (Hisob: BLM, Qoralar hayoti muxim)

Izoh: Ánjey Golota — faoliyatini Legiya tarkibida futbolchi sifatida boshlagan va keyinchalik boksga o’tib,
to'rt karra chempion bo’lgan inson.

Varshavaning Legiya jamoasi va Lester o'yini oldidan "Zoti oliylariga tiz cho'king" so'zlari tushirilgan
ushbu perfomans hosil qilindi. Bilasizki o'yindan oldin futbolchilar tizza bilan tiz cho'kkan holda, rasizmga
qarshi “Black lives matter” ijtimoiy harakatini amalga oshirishadi.

Manba(lar):

1) https://www.google.com/amp/s/www.sports.ru/amp/post/2970613/

BIRINCHI TUR, O’N BIRINCHI SAVOL!

Har yili Daniyaga Yevropaning turli burchaklaridan qushlar uchib kelib, qorong'u tushishidan oldin
havoda bir joyga doira shaklida to'planadigan marosimni mahalliy aholi "SHUNDAY IKS" deb nomlaydi.
1957-yilda yozib tugallangan asar nomida IKS SHUNDAY BO'LMASLIGI aytiladi.

Diqqat savol: SHUNDAY IKS o'rnidagi so'zlarni ayting!

Javob: Qora quyosh (Aniq javob)

Izoh: Qushlarning aylana bo’lib havoda jam bo’lishi go’yoki qop-qora quyoshni eslatadi. 1957-yilda
Oybekning “Quyosh qoraymas” asari yozilgan edi.
Darvoqe, Black Lives Matter’dan keyin qora rangni axtargan bo’lsangiz, unda ketma-ketlikni yaxshi
payqagansiz.

Manba(lar):

1) https://zonagazona.ru/facts/chjornoe-solnce-danii

2) https://aniq.uz/yangiliklar/muqarrar-ulim-yoxud-quyosh-qoraymas-romanida-urush-va-galaba-
manzaralari

BIRINCHI TUR, O’N IKKINCHI SAVOL!

2012-yilda Avstraliya hukumati eng jirkanch rangni aniqlash bo’yicha ish olib boradi. Xuddi shu
maqsadda yurtimizda Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-dekabrdagi qaroriga asosan, 12 xil rasm
tanlab olindi. Avstraliya va O’zbekiston hukumatlarining ushbu sa’y harakatlari mahsulini ULAR da ko’rish
mumkin.

Diqqat savol: ULAR deganda nima nazarda tutilayotganini 2 so’z bilan yozib bering.

Javob: Sigaret qutilari

Izoh: Avstraliyada panton 448 C rangi eng jirkanch rang deb tanlab olingan edi, bizda esa sigaret
qutilarida turli kasallik tasvirlari mavjud. Bu albatta “perekur” qiluvchilarni kamaytiradi deb o’ylaymiz.
Hozircha 10 daqiqa tanaffus!

II-TUR

DIQQAT! IKKINCHI TUR, BIRINCHI SAVOL!

Viloyatlardan birida faoliyat olib borayotgan "Nil Afshona" firmasi haqidagi kun.uz sayti maqolasida
IKSLIK IKSLAR haqida gap boradi. Boshqa bir IKS esa Ingrid ismli qizga bag'ishlangan ijod mahsuli orqali
mashhur bo'lgan.

Diqqat savol: IKS ni bir so'z bilan toping.

Javob: Baliqchi.

Izoh: Gap Baliqchi tumanining baliqchilari haqida edi. Aleksandr Ribak ning Yevro-2009 da mashhur
bo'lganligini bilasiz, uning mashhur ashulasi sobiq sevgilisi Ingrid Berg Mexusga atalgan. Ingrid — bu
skandinavcha ism.

Manba(lar):

1) https://t.me/kunuzofficial/118416

2) http://ru.wikipedia.org/wiki/Рыбак,_Александр_Игоревич

IKKINCHI TUR, IKKINCHI SAVOL!

Ushbu murakkab tuyuladigan savolga qisqa javob bering.


2012-yilgi London Paraolimpiya o`yinlarining ochilishida yuzlab yulduzlar bilan birgalikda kim nutq
so`zlagan?

Javob: [Stiven] Xoking

Izoh: “Murakkab savollarga qisqa javoblar” deb tarjima qilingan mashhur asar - Stivenning so`nggi kitobi.
Britaniyalik astrofizikka para olimpiadani ochib berish ishonib topshirilgan edi.

IKKINCHI TUR, UCHINCHI SAVOL!

[KEYINGI SAVOLGA TARQATMA MATERIAL BOR!]

Yaqinda olingan fotosuratda Simona Bayls, Mikaila Skinner, Jordan Chayls, Jeyd Keyri, Greys Makkallum
va Sunisa Li ham bor edi. Suratning asosiy qahramoni esa o'zini yaxshi vinoga o'xshatgani haqida izoh
mavjud edi.

Diqqat savol: O'sha asosiy qahramonning ism-familiyasini yozib bering!

Javob: Oksana Chusovitina.

Izoh: Tokio olimpiadasi davomida gimnastika bo'yicha AQSh ayollar terma jamoasi vakillari 8 karra
Olimpiadada qatnashayotgan Oksana Chusovitina bilan suratga tushishadi. Surat ostida Oksana o'zini
huddi yaxshi vino kabi yillar o'tgani sari yaxshilanib borayotgani haqida fikr bildirgani haqida izoh mavjud
edi.

Manba: https://www.instagram.com/p/CRrASsPJVxY/?utm_medium=copy_link

IKKINCHI TUR, TO’RTINCHI SAVOL!

[Tarqatma material]
O’tgan asrning 80-yillaridan boshlab paxta hosilini qancha ko’p olishni xohlaganimiz sari, Orol dengizi
qurib borgan. Bu haqidagi videorolik izohida U eslab o’tiladi.

Diqqat savol: Uni alifboda qo’shni harflar bilan boshlanuvchi 2 so’z bilan yozib bering.

Javob: Sag’ri teri

Izoh: Balzakning asaridagi sag’ri teri inson xohishlariga teskari ravishda qisqarib boradi. Orol dengizi
qisqarishi ham shu holatni eslatadi.

Espero jamoasi navbatchiliklarida sag’ri teri haqida yetarlicha ma’lumotlar olgansiz deb o’ylaymiz))

IKKINCHI TUR, BESHINCHI SAVOL!

Rixard Shtrausning "Moviy Dunay" valsi XIX asr 60-yillarida urushdan keyin krizisga kirib qolgan Avstriya
xalqi ruhiyatini ko'tarish uchun yozilgan.

Diqqat savol: Ushbu musiqani yaqindan boshlab qayerda eshita boshladik?

Javob: "Kalmar o'yini" serialida (Hisob: “Игра в кальмара”, "Squid game")

Izoh: Musiqa har bir o'yinda keyin tushkunlikka tushib qolgan o'yinchilar ruhiyatini ko'tarish uchun qo'yib
berilgan.
Manba(lar):

1) https://ru.wikipedia.org/wiki/На_прекрасном_голубом_Дунае

2) https://www.youtube.com/watch?v=_Dk5ZbSX_vs

IKKINCHI TUR, OLTINCHI SAVOL!

[KEYINGI SAVOLGA TARQATMA MATERIAL BOR!]

“James Bond. O'ladigan vaqti emas” filmida aniq bir odamni o'ldirish uchun mo'ljallangan zaharli gazga
ega qurol yaratiladi. Bu gaz faqatgina nishondagi odam va uning yaqin qarindoshlarinigina o'ldirar edi.

Diqqat savol: Film posterlaridan birida bir necha o'q izlari nimani hosil qilishini abbreviatura ishlatib
yozib bering.

Javob: DNK spiral

Izoh: Filmda ushbu qurol faqatgina DNK ga qarab nishonni o’ldirar edi.

IKKINCHI TUR, YETTINCHI SAVOL!

[Tarqatma material]
Bu kabi pistoletlardan birinchi jahon urushi paytida ULAR foydalanishgan. “Pan Am” (Pen Em) serialining
birinchi seriasi ham U deb ataladi.

Diqqat savol: Uni bir so’z bilan ayting

Javob: Pilot (Hisob: Uchuvchi)

Izoh: U paytlarda hali samolyotlar pulemyot bilan jihozlanmagandi. Shu sababli uchuvchilar bu kabi
qurollardan foydalanishgan. Undagi reshyotka gilzaning kabina poliga tushib, yong’in bo’lishining oldini
olgan.

“Pan Am” – Pan American kompaniyasi nomining qisqartmasi hisoblanadi, serial pilotlar haqida suratga
olingan.

Manba(lar):
1) https://www.facebook.com/istoriyatv/photos/на-первые-военные-самолеты-не-вешали-оружие-
и-пилотам-приходилось-стрелять-друг-/1707923666053256/

2) https://ru.wikipedia.org/wiki/Пан_Американ_(телесериал)

IKKINCHI TUR, SAKKIZINCHI SAVOL!

2003-yilda 34 oylik tanaffusdan so’ng Uning Don King bilan uchrashuvi haqidagi maqola “Panning
qaytishi” deb nomlanadi.

Diqqat savol: Uning ism-familiyasini yozib bering! VAQT KETDI!

Javob: Anjey Golota.

Izoh: Birinchi turning 10-savolida mashhur Polshalik boksyor haqida eslab o’tgan edik. Lennoks Lyuis
bilan mojaroli jangdan so’ng u boksdan ketadi, 2003-yilda esa uni mashhur promoutr Don King ringga
qaytaradi.

Pan bu – polyak tilidan kelib chiqqan murojaat turi bo’lib, “zoti oliylari”, “janob” yoki “xo’jayin”
ma’nosini beradi.

Manba(lar):

1) https://boxanalitika.ru/blog/andzhey-golota-polskiy-pan-istoriya-skandalnogo-boksyera/

2) https://ru.wikipedia.org/wiki/ Пан_(обращение)

IKKINCHI TUR, TO’QQIZINCHI SAVOL!

[KEYINGI SAVOLGA TARQATMA MATERIAL BOR!]

Savol matnidagi so'zlardan biridagi bitta harf almashtirilgan.

O'zining "Mer sifatidagi hayotim" deb nomlanuvchi intervyusida Robert italyancha sirk musiqasini tilga
oladi.

Diqqat savol: Robertning familiyasini yozib bering! VAQT KETDI!

Javob: [Robert B] Weide (Hisob: Uayd, Uayt, Vayd)

Izoh: Mer sifatida emas. Mem sifatidagi hayot. Mashhur memdagi musiqani eslagandursuz)

Manba: 1) https://www.latimes.com/opinion/story/2020-04-05/meme-directed-by-robert-weide

IKKINCHI TUR, O’NINCHI SAVOL!

[Tarqatma material]

__________________________________________________________

***ara
__________________________________________________________

Navbatdagi jang oldidan Amir Temur qo'shinida porox ham mavjud edi. Ibn Arabshohning yozishicha,
dushmanda yuzaga kelgan vahima Amir Temur uchun jangdan oldin SHU ISHNI qilishga teng edi. Siz ham
hozir shu ishni qilmoqdasiz.

Diqqat savol: SHU ISHNI QILISH deganda nima nazarda tutilayotganini aniq yozib bering.

Javob: Anqaraning yarmini [qo'lga] olish.

Izoh: Gap Anqara jangi haqida edi. Siz ham qog'ozda Anqaraning yarmini qo'lga olib turibsiz.

IKKINCHI TUR, O’N BIRINCHI SAVOL!

Bu savolni topsangiz, sizga yana qo'shimcha ball bera olmaymiz.

Hozirgi kunda ko'p bora foydalanilayotgan ushbu terminni eshitgan savol muallifining tanishi, uni Amir
Temur davridagi lavozimlardan biri bo'lsa kerak deb o'ylaydi.

Diqqat savol: Ushbu terminni yozib bering.

Javob: Keshbek (Cash back)

Izoh: Savdoda keshbek bonusidan ko'p joyda foydalanilmoqda. Savol muallifining tanishi esa bu terminni
Kesh shahrida Bek lavozimida ishlagan odam bo'lsa kerak deb talqin qilgan.

Savol boshida o'qilgan jumlalar bevosita keshbeka ishora edi

Manba: 1) https://kun.uz/news/2019/07/04/cash-back-nima-ozi-undan-kimga-foyda

IKKINCHI TUR, O’N IKKINCHI SAVOL!

Dmitriy Medvedev AQSHda mashhur bir shaxs bilan uchrashgach, o’z tvitterida bu shtatga yana tashrif
buyurishni xohlashini bildiradi va yakunda shu jumlani qo’shimcha qiladi.

Diqqat savol: Siz ham o’zbekcha bo’lmagan ushbu jumlani yozib bering!

Javob: Hasta la vista (Hisob: asta la vista)

Izoh: Prezidentlik muddati davrida Kaliforniya gubernatori Arnold Shvarsnegger bilan uchrashgan
Medvedev, o’z tvitida uning mashhur jumlasiga ishora qilgan edi.

Biz ham sizga We’ll come back, hasta la vista deb qolamiz)

Manba: 1) https://ru.wikipedia.org/wiki/Hasta_la_vista,_baby
"Ekspromt" jamoasi savollari

Zakovat+December 27, 2021

1-tur.

1. Jamoa navbatchilik haqida atigi 13 kun avval xabar topdi.

"MacOS X" tizimida livecoding uchun mo'ljallangan dasturlash muhiti nomi USHBU SO'Zni anglatadi.
Savol muallifi USHBU SO'Zni birinchi marta eshitganda gap qandaydir sobiq shaxs haqida ketayotganini
taxmin qilgan. USHBU SO'Zni toping.

Javob: Ekspromt.

Izoh: livecoding – bu dastur ishlab turgan jarayonda kod yozish, ya’ni hech qanday tayyorgarliksiz. “Eks”
prefiksi “sobiq” degan ma’noni bildirishi ham mumkin. Ekspromt jamoasi o’z navbatchiligi haqida
yaqinda xabar topdi, shu tufayli bugungi savollar paketini ham ekspromt deb atash mumkin.

2. Marketing fan sifatida Qo'shma shtatlarda XX asr boshida paydo bo'lgan. Biroq ba'zi manbalar
marketingning eng qadimgi zamonlardan buyon mavjudligini ta’kidlaydi. Taniqli marketolog Filipp Kotler
fikricha, yer yuzidagi eng birinchi marketolog bu ALFA ekan. ALFAni toping.

Javob: Ilon

Izoh: Momo Havoga olmani mohirona “reklama” qilgan ilonni Filipp Kotler marketologga qiyoslaydi.

3. "Katta portlash nazariyasi" seriali bosh qahramoni Sheldon Kuper pedantik perfeksionist inson.
Kuperga yuborilgan "Do'zaxda ko'rishguncha Sheldon" xabari haqida gapirar ekan, undagi eng qo'rqinchli
narsa... Nima ekanligini toping.

Javob: tushirib qoldirilgan vergul


Qabul: Grammatik xato, punktuatsion xato

Izoh: Sheldonni xabarning mazmuni emas, undagi xato ko’proq tashvishga soladi.

4. Ingliz tilidagi bir saytda e’lon qilingan buyuk shafqatsiz hukmdorlar reytingida USHBU INSON tartib
raqamisiz keltirilgan. Shunga qaramay, siz baribir tartib raqamini ilg’ashingiz mumkin. USHBU INSONning
kimligini toping.

Javob: Ivan Grozniy.

Izoh: Ivan IVni inglizlar Ivan The Terrible deb atashadi. Inglizcha yozuvda esa “Ivan” so’zining dastlabki
ikki harfi rim raqami 4 ni tashkil etadi.

5. Savol muallifi prokrastinatsiya vaqti boshqa bir mayda ishlarga chalg'ishi haqida gapirar ekan, ALFAni
esga oladi. Tug'ilgan kuni Rossiya Gran-prisiga to'g'ri kelgan poygachi Maks Verstappenga uning
avtosportdagi karyerasining timsoli sifatida ALFA sovg'a qilishadi. ALFAni toping.

Javob: Matryoshka.
Izoh: prokrastinatsiya vaqtida yana bir prokrastinatsiya, bu xuddi matryoshkaga o’xshaydi. Formula-1
bo’yicha yangi jahon chempioniga qilingan sovg’ada esa uning kartingdan to katta sportgacha bosib
o’tgan yo’lini kuzatish mumkin.

6. Diqqat, savolda IKS so'zi bilan boshqa bir so'z almashtirilgan.

Amerikalik antropolog Rut Benedikt yapon jamiyati boshqalardan ajralib turuvchi taniqli shaxslar uchun
asosiy g'ov ekanligi va ularni barcha bilan barobar qilishga urinishini ta'kidlaydi. So'zi davomida Rut
yapon jamiyatini IKSga o'xshatadi. IKS haqidagi Wikipedia maqolasida Stiven King va bir joy nomi
keltirilgan. Ushbu joyni toping.

Javob: Shoushenk

Izoh: Mamlakatdagi taniqli shaxslar mixga qiyos qilinadi, yog'ochdan chiqib qolgan mixlarni bir tekis
qiluvchi bolg‘a esa yapon jamiyatiga. Kingning Shoushenk qamoqxonasidan qochish haqidagi asarida
bosh qahramonga geologik bolg’a yordam beradi.

7. Talqinlardan biriga ko'ra, IKS etimologiyasi "taqiqlash, man etish" degan ma'noni beruvchi so'z bilan
bog'liq. Boshqa manbada esa IKS "Qadimgi ahd"da keltirilgan "Avaddon" — "o'lim maskani" nomidan
kelib chiqqani ta'kidlanadi. IKSni bir xil unli qatnashgan so'z bilan yozib bering.

Javob: Azkaban

Izoh: Garri Potter olamidagi mashhur qamoq nomi ingliz tilidagi "to ban" so'zidan kelib chiqqani aytiladi.
Bundan tashqari, Alkatras va Avaddon nomlarining qo'shilishidan yuzaga kelgan degan qarashlar ham
mavjud. Biz esa qamoqxonalar mavzusini davom ettirdik.

8. Rubensning “Chaqaloqlar kaltaklanishi” kartinasidagi insonlar yuziga ta’rif berar ekan, ingliz Alan Devis
“menimcha, personajlarning hammasi UNDAN qochishgan” deya fikr bildiradi. Uni 1 so’z bilan aniq
ayting.

Javob: Bedlam.

Izoh: gap Buyuk Britaniyadagi mashhur ruhiy kasalliklar shifoxonasi haqida ketmoqda. Darhaqiqat,
bunday ishga qo’l borishi uchun ruhiy nosog’lom bo’lish kerak. Biz esa ikkita qamoqxonadan keyin
jinnixonaga yo’l oldik.

9. [Tarqatma]

_____________________________________________________
Grafika, menimcha tush bilan ishlangan. Tijoriy qiymati haqida gapirish ma'nosiz, balki tarixiy bahosi
bordir, lekin u ham dastxat bo'lsagina.

_____________________________________________________
Qarshingizdagi ta'rif "San'atshunos BU ISHNI QILMOQDA" nomli hazilomus postdan olingan. BU ISHNI
QILISH so'zlari bilan almashtirilgan atoqli ot qatnashgan 3 so'zni yozib bering.

Javob: Rorshax testini topshirish.

Izoh: tarqatmada Rorshax testi uchun odatiy “Kartinada nima ko’rayapsiz?” savoliga javob keltirilgan.
10. Dastavval "El Dreyk" nomi bilan atalgan Uning Peruda tayyorlanadigan turlariga greypfrut yoki
marakuya qo'shiladi. Ernest Xeminguey Gavanada bo'lgan kezlari "haqiqatni qidirish"da Unga murojaat
etishni xush ko'rgan. Uni chet tilidan kirib kelgan so'z bilan yozib bering.

Javob: Moxito

Izoh: moxito ichimligini birinchilardan bo'lib Frensis Dreyk tsinga kasalligiga qarshi profilaktika
maqsadida tayyorlatgan. Xeminguey haqiqatni nafaqat vinodan, balki moxitodan ham topgan. Moxito
kokteylidagi istalgan ingridient: ichimlik, meva, yalpiz, laym, va xatto muz bo'laklarining ham o'zgarishi
uning yangicha retseptini beradi, shu tufayli moxito ko'plab variatsiyalari bilan mashhur.

11. Duplet.

1. “Farengeyt bo’yicha 451” asari qahramoni kech kuzda Uni topib olganidan ajablanadi. Uni bir so’z
bilan yozib bering.

2. “Farengeyt bo’yicha 451” asari qahramoni yomg’ir ta’mi xuddi Unga o’xshashligini aytadi. Uni bir so’z
bilan yozib bering.

Javob: 1. Momoqaymoq. 2. Vino.

Izoh: Momoqaymoq keck kuz uchun noodatiy flora vakili. Duplet javoblari Rey Bredberining boshqa bir
mashhur asarini tashkil etadi.

12. Ushbu inson vafotining 30 yilligiga bag'ishlangan ko'rgazma "Yoz yakunlanmaydi" deya nomlanadi.
Uning so'zlariga ko'ra, bugungi kunni yaxshi deb hisoblash uchun ALFA bo'lishi yetarli. ALFAni ikki so'z
bilan toping.

Javob: Sigaret pachkasi

Izoh: gap Viktor Tsoy haqida ketmoqda. Galereya uning "Yoz yakunlanmoqda" nomli qo'shig'iga javob
tarzida nomlanadi. "Kino" guruhining boshqa bir qo'shig'ida esa "Но если есть в кармане пачка сигарет
Значит, всё не так уж плохо на сегодняшний день" deya ta'kidlanadi. Avvalgi navbatchi jamoa sizning
hamrohingiz choy boʻlishini istashini ta'kidladi. Biz esa qadrdon an'anaga qaytishni ma'qul ko'rdik. Hozir
esa tanaffus.

2-tur.

1. Amerikalik aktyor Eddi Breken “Jons-Bichlik qiz” filmida va yarim asr o’tib esa “Uyda yolg’iz 2” fimlida
suratga tushgan. “Jons-Bichlik qiz” filmida bosh rolni ijro etgan erkak aktyor kimligini toping.

Javob: Ronald Reygan.

Izoh: Eddi Breken ikkita bo’lajak AQSh prezidentlari bilan bir filmda suratga tushishga muvaffaq bo’lgan:
Reyganning aktyorlik karyerasi davomida va Trampning kameo rollari bilan birga.

2. Diqqat, savolda BU ISHNI QILISH so'zlari bilan boshqa so'zlar almashtirilgan.

Islomda BU ISHni qilmaslik kerakligi aytiladi. Shu bois tahorat jarayonida ohistalik talab etiladi.
Ma'lumotga ko'ra, BU ISH natijasida inson organizmida 300 dan ortiq hujayra o'lar ekan. Bir asar bosh
qahramoni BU ISHni ikkinchi marotaba qilish so'roviga javob sifatida olgan ismni toping.
Javob: Zaynab.

Izoh: Gap yuzga urish haqida ketmoqda. Tahorat qilishda yuzga urishdek bo'lib qolmasligi uchun e'tiborli
bo'lishga chaqiriladi. "O'tkan kunlar" asaridagi epizoddagi "Unisiga Zaynab ursin!" so'zlari yodingizda
bo'lsa kerak.

15. Blits.

1. Bir filmda aytilishicha, u "Ikkinchisiga xunukligi uchun puli yetmagan dutorchi ayol". Uning familiyasini
yozib bering.

2. Bir maslahatga ko'ra, birovning chashkasidan choy ichish yaxshilikka olib kelmaydi, ayniqsa uniki
bo'lsa. Uning familiyasi yozib bering.

8. Uning familiyasini yozib bering.

Javoblar:
1. Paganini
2. Petri
8. Pushkin

Izoh:
1. "Zarb" filmi qahramonlari Paganini kimligi va nega 1 ta torda musiqa chalgani haqida suhbat qurishadi.
2. Petri chashkasi mikroorganizmlarning ko'payishi uchun foydalaniladigan maxsus laboratoriya idishi.
8. Savolda ma'lumot yo'qligidan javobni bilmasligingiz aniq, bilmasangiz Pushkin deng. 8-savolning
Pushkinga atalishi yana bir an'analardan biri.
Barcha javoblar lotin yozuviga asoslangan o'zbek alifbosining 15-harfidan boshlangan.

4. Bir serial qahramonlari o'zlariga yangi do'st izlayotib, quyidagi talablarni aytib o'tishadi: boylik va
hashamatli uy, ilm-fan va texnologiyalarga qiziqish, ayollar nazarida bo'lish. Personajlar ularning yangi
do'sti shunday odam bo'lishi kerak degan xulosaga kelishadi. Qanday?

Javob: Temir
Qabul: Iron Man, Toni Stark.

Izoh: millioner, daho va playboy.

5. Ayovalik Leon Bismark Bayderbek tarixga mohir kornet ijrochisi sifatida kirgan. U o'z hamkasblari
orasida ham katta e'tirofga sazovor bo'lgan. Savol muallifi Bayderbek haqida gapirar ekan, boshqa bir
amerikalik - Marshallni esga oladi. Marshallning taxallusini toping.

Javob: Eminem

Qabul: Slim Shady

Izoh: Bayderbek jazz san’ati ustasi bo’lgan birinchi oq tanli. Jazzda ham xuddi repdagi kabi qora tanli
ijrochilar ustunroq. Biroq Bayderbek Eminemning muvaffaqiyatini takrorlay oladi. Aniqrog’i, Eminem
Bayderbekning muvaffaqiyatini takrorlagan. Eminemning asl ismi – Marshall Bryus Meters III.

6. Remark har qanday xatodan so'ng uzr so'rashning yagona usuli sifatida gullarni keltirar ekan, "Gullar
xatto BU ISHNI ham QILA olishadi" deb ta'kidlaydi. O'tgan yil bahorining oxirlarida sellofanlar yordamida
BU ISH QILINAYOTGANI haqida xabarlar tarqadi. BU ISHNI QILISH so'zlari bilan almashtirilgan so'zlarni
toping.

Javob: Qabr ustini berkitish.

Izoh: "Gullar hamma narsani, hatto qabrlarni ham yopib ketishadi" deydi Remark. Tojikistonda esa
koronavirus sabab vafot etganlarning qabrlarini sellofan bilan berkitib qo'yishni boshlashgan.

7. "Qog'oz uy" serialida jinoyatchilar guruhi Ispaniya bankidagi oltinlarni o'marishga muvaffaq bo'lishadi,
biroq hammaga hech nimaga tegilmagandek, oddiy xalq uchun qahramonlardek ko'rinishadi. Bu
strategiya haqida gapirar ekan, to'da a'zolaridan biri ALFAni esga oladi. ALFA bilan bog'liq afsona
kobraning qafasdagi qushni yutib yuborishidan boshlangan. ALFAni ikki so'zda yozib bering.

Javob: Tutanxamon maqbarasi.

Izoh: Xuddi filmdagidek, Tutanxamon maqbarasini ochgan Karter va Karnarvonni odamlar barcha
xazinani muzeyga topshirib, o'zlari qarg'ishdan vafot etishgan qahramonlar sifatida qabul qilishgan.
Aslida esa ular maqbaradan yashirincha olib chiqib sotgan artefaktlar dunyo muzeylari bo'ylab sochilib
yotibdi. Mashhur qarg'ish haqidagi afsona Karterning qushini "Fir'avn kobra"si yeb qo'ygani haqidagi
xabardan keyin urchigan.

8. [Tarqatma]

_____________________________________________________
** code ** *****

_____________________________________________________

Qarshingizda "Venkon" kompaniyasi tomonidan o'tkazilgan dasturchilar o'rtasidagi xakaton shiori.


Kompaniya ushbu xakatonda yaratilgan dasturlarning keyinchalik foyda keltirishiga umid qiladi. Shiorni
asl holida yozib bering.

Javob: In code we trust

Izoh: xakaton shiori AQSh dollarida keltirilgan devizga o’ziga xos allyuziya.

9. Pol Bryun Vermontdagi 89-shosseda Fransuz tepaligining ajoyib ko’rinishini alohida e’tirof etadi. Gap
shundaki, senator Ted Riel sa’y-harakatlari evaziga shtat hududida IKSlar ta’qiqlangan. IKSlar haqida gap
ketganda esga olinadigan boshqa bir shtatni yozib bering.

Javob: Missuri.

Izoh: tabiat go’zalligini xush ko’ruvchi senator shtat hududida yirik reklama shitlari – bilbordlarni
o’rnatishni ta’qiqlashga muvaffaq bo’ladi. “Missuri, Ebbing chegarasidagi uch bilbord” filmi ko’pchilikka
yaxshi tanish.

10. Sayyoh Aleksandr Belenkiyning "Oshning 50 jilosi" ("50 оттенков плова") maqolasida yurtimizda
tayyorlanadigan palovlardagi har bir masalliq: go'sht, guruch, sabzi, ziravorlar tanlovi taomning yangi bir
ko'rinishini yuzaga keltirishini ta'kidlaydi. Oshga berilgan ta'rifning davomida esa it esga olinadi. Avvalgi
gapdagi so'zlardan birida bir nechta harf tushirib qoldirilgan. Ushbu so'zni asl ko'rinishida yozib bering.
Javob: Moxito

Izoh: xuddi moxito kabi osh ingridientlarini almashtirish yangidan-yangi ta’mlarni yuzaga keltiradi.
Moxitoning ushbu xususiyati haqida 1-turning 10-savolidan bilib oldingiz degan umiddamiz. Aksi bo’lsa,
mana endi aniq eslab qolasiz.

11. “Anor rangi” filmida shoir Sayat-Nova roliga Sofiko Chiaurellini tasdiqlash uchun rejissyor Sergey
Paradjanov Sofiko IKS ekanligi haqida afsona to’qishga majbur bo’ladi. IKS so’zi qaysi ikki ismdan yuzaga
kelgan?

Javob: Germes, Afrodita

Izoh: erkak roliga aktrisa Sofiko Chiaurellining tayinlanishi uchun Paradjanov tanqidchilarga Sofiko
germafrodit ekanligini isbotlashga urinadi.

12. Oddiy sovet jurnalisti Vladislav Matusevich kunlardan birida mehnat safariga yuboriladi. Manzilga
yetib kelganida Matusevichni bosh muharrir deb o’ylab, alohida ehtirom bilan kutib olishadi. Jurnalist
kimning tug’ilib o’sgan joylari haqida maqola tayyorlashi kerak edi?

Javob: N.V.Gogol.

Izoh: Matusevich bilan xuddi Gogolning “Revizor” asaridagi kabi voqealar sodir bo’ladi. Asardan farqli
o’laroq hayotda hammasi yaxshi yakun topadi. Ushbu savol bilan Ekspromt jamoasining bugungi
reviziyasi ham nihoyasiga yetdi. E’tibor uchun tashakkur!
"Bingo" jamoasi savollari

Zakovat+January 10, 2022

1-tur.

1. 1974-yilgi Uotergeyt voqeasidan so‘ng, o‘sha paytdagi bosh prokurorning xotini bo‘lmish Marta
Mitchellni ba’zi siyosatchilar U deb atashadi. Bunga sabab Mitchell oldinroq ba’zi hujjatlarni tegishli
joyga berganligida ekan. Ingliz rassomi Evelin de Morgan kartinasida Uning sochlari yonayotgan shahar
olovi bilan tutashayotganini ko‘rish mumkin.

Diqqat savol. Uni bir so'z bilan yozib bering.

Javob: Kassandra.

Izoh: Marta Mitchell bir safar juda muhum bo'lgan mahfiy hujjat topib oladi va uni tegishli joylarga
ko'rsatadi. Biroq ayolga hech kim ishonmaydi va uni telba deb o'ylab shifoxonaga yotqizishgacha
borishadi. 1974-yil "Uotergayt ishi" bo'lib o'tganidan bir yil o'tgach ayolning olib kelgan o'sha dalillari
aslida to'g'ri ekanligi ommaviy tan olinadi. Kassandra ham Troya falokatini oldindan aytgan bo‘lsa-da,
unga hech kim ishonmaydi.

2. Viktor Kadiba o‘zining «O‘rganilmagan va xayratli dunyo» kitobida hind yogalari haqida yozib
qoldirgan. Unga ko‘ra «logxima siddi» qobiliyatiga egalar havodan yengil bo‘lib qolishadi. Natijada ular
BU ISHNI QILISHlari mumkin bo'ladi. Bu ishni, misol uchun "balik tutuvchi" laqabli o‘rgimchak ham qila
oladi.

Diqqat savol. Muqaddas kitoblardan biriga ishonadigan bo‘lsak BU ISHNI QILGANni toping.

Javob: Iso a.s.

Izoh: BU ISHNI QILISH - suv ustida yurish.

3. U bilan bog'liq rekord 29.2 sekundga teng. U bundan 2000 yil oldin Xitoyda yaratilgan, degan
taxminlar bor. Hozirda Uni bir servisning lоgotipida ham ko'rishimiz mumkin.

Diqqat savol. Qaysi servis?

Javob: Telegram.

Izoh: U – qog'oz samalyot.

4. Hazilga ko'ra, siz bu o'yinda sharmandali tarzda yutqazsangiz, o'yindan keyin sizni yo'lda birorta YPX
hodimi to'xtatmas ekan.

Diqqat savol. Ushbu o'yinni ruscha 1 so'z bilan yozib bering.

Javob: Durak.

Izoh: Ushbu o'yinda sharmandali yutqazsangiz sizga pagon qo'yiladi va hazilga ko'ra ushbu pagonlar sizni
YPX ko'zidan himoya qiladi.

5. [Tarqatma material]
____________________________________________________________________

asos bering kompaniya kompaniyaga nomini solingan ushbu yozib 1943-yil ..

____________________________________________________________________

Savol tarqatma materialda.

Javob: IKEA.

Izoh: Ushbu kompaniya mahsulotlarni bo'laklarga bo'lib sotish bilan shug'ullanadi. Biz ham o'z
"mahsulotimiz" bo'lgan savolni bo'laklarga bo'lib berdik.

6. Uloq o'yinida oyog'i kalta kichik otlarni ham uchratasiz. Ularning uloqda marra yutish imkoniyati
deyarli yo'q. Lekin aynan ular eng kerakli vazifalardan birini amalga oshirishadi va shu tufayli bir nom
bilan ataladi.

Diqqat savol. Ushbu nomni kelib chiqishi niderlandcha bo'lgan 1 so'z bilan yozib bering.

Javob: Domkrat

Izoh: Ularning bo'yi kalta bo'lganligi uchun yerdagi uloqni ko'tarib olish imkoniyati yuqori. Hozirda
uloqlarda asosan guruh bo'lib qatnashish urfga kirgan va domkratlarning vazifasi katta otlar ko'tara
olmayotgan uloqni yerdan ko'tarib, uni o'z guruhidagilarga oshirib berishdan iborat.

7. Bir aforizmga ko'ra X yengiltak ayolga o'xshaydi, hamma Uni xoxlaydi lekin hech kim Uni yoqtirmaydi.
Boshqa bir aforizmga ko'ra, X doim g'alaba qiladi yoki g'alaba qilgan doim X ga aylanadi. Toshkent -
Sirdaryo yo'nalishida Xning tugaganini ko'rishimiz mumkin.

Diqqat savol. X ni ayting?

Javob: Haqiqat.

Izoh: Toshkent - Sirdaryo yo'nalishida "Haqiqat" qishlog'i bor bo'lib, uning tugaganini bildiruvchi joyda
"Haqiqat" so'zi ustiga chizilgan qizil chiziq mavjud.

8. 2021-yilda guglda O'zbekiston hududidan eng ko'p qidirilganlar ro'yhatidagi o'yinlar guruhiga nazar
tashlasangiz, unda birinchi o'rinda turgan Xni ko'rib hayron qolasiz. Keyin gugl shunchaki guruhda
adashganligini tushunasiz. X ni yaratish hozirgacha 21.4 mln dollarga tushgan, lekin X dagi mukofot bu
summadan 80%ga ortiq.

Diqqat savol. Xni topgan holda, undagi so'nggi raqamni yozib bering.

Javob: 456.

Izoh: X - "Kalmar o'yini". Gugl "Kalmar o'yini" serialini uning tarkibida o'yin so'zi bo'lgani uchun
avtomatik tarzda o'yinlar guruhiga kiritgan. "Kalmar o'yini"ning dastlabki fasli hozircha prodyuserlarga
21.4mln dollarga tushgan va serialda uni yutgan ishtirokchiga 38,5mln dollar berilgan.

9. Toshkentdagi bu mahalla shaharning Beshyog‘och darvozasiga olib boradigan katta karvon yo‘lida
joylashganligi uchun ham shunday nomlangan. Nomning tarjimasi "shaharga olib boruvchi yo'l" degan
ma'no anglatadi.
Diqqat savol. Qaysi mahalla?

Javob: Rakat.

Izoh: Forscha roh - yo'l, sug'dcha kat - shahar. Rohikat - shaharga eltuvchi yo'l.

10. [Tarqatma material]

Qarshingizdagi tarqatma materialda, archalarga qarab tasviriy san’at turlarini o‘rganish mumkin.

Biz nomini yashirgan BIRINCHI janrning paydo bo‘lishi 1140-yil Fransiyaga borib taqalsada, o‘tgan asrda,
Grant ismli shaxs tomonidan yaratilgan boshqa davlatga tegishlisi mashxurroq. IKKINCHI janrning tasviriy
san’atdagisining paydo bo‘lishi o‘tgan asrning 60-yillari Nyu-Yorkga borib taqaladi.

Diqqat savol. BIRINCHI va IKKINCHI janrni ayting

Javob: Gotika, minimalizm.

Izoh: Gotikada binolar asosan ingichka va uzun. Amerikancha gotika Grant Vudning asari hisoblanadi.
Tasviriy san’atdagi minimalizm asosan geometrik shakllardan iborat.

11. [Duplet]

1. U 1943-yil Altaydagi Slavgorodda tug'ilgan. 1990-yilda qilgan ishi orqali dunyoni lol qoldirgan.
Keyinchalik 16 yildan so'ng bizga o'zini yana bir bor eslatgan.
Diqqat savol. Uning ismini yozib bering.
2. U 1990-yil Bryanskda tugilgan. 4.5 yoshidan boshlab hozirgi ishi bilan shug’ullanadi. Biz uni 2021-yilda
yaxshiroq tanib oldik.
Diqqat savol. Uning ismini yozib bering.

Javob: 1. Valeriy. 2. Yan.

Izoh: Gap Nepomnyashiylar haqida edi. Valeriy 1990-yilgi mundialda Kamerunni chorak finalga olib
chiqqan, 2006-yilda O'zbekiston terma jamoasi murabbiyiga aylangan. Yan Nepomnyashiy esa 2021-yilda
hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorovga chempionlik uchun baxsda raqiblik qildi.

12. [Tarqatma material]

Shaxmat doskasida ko'rsatilgan holat X deb nomlanadi. Oyning narigi tomonidagi kraterga ham X nomi
berilgan.

Diqqat savol. Xni 1 so'z bilan yozib bering.

Javob: Rentgen.

Izoh: Bu yerda E1 katagidagi ruh E4 katagidagi ruhni ortida turgan E8 katagidagi ruhga xavf tug’dirib
turibdi. Oyning ko’rinmas tomonidagi kraterga ham buni qarangki Rentgen nomi berilgan ekan.

2-tur.

1. O‘zbek xalq og‘zaki ijodidan parcha:


Bir ko‘k bor, ichi qora,
Qora ichra yara bor.
Yara bitarmu ayting,
Unga qandoq chora bor?

Diqqat savol. Parcha nima haqida?

Javob: Qora xat.

Izoh: Ikkinchi jahon urushi davrida ko‘k konvertda o‘lim xabari kelgan. Shum xabar bitilgani bois xalq uni
"qora xat" degan.

2. Teatrga borish haqida gapirilar ekan, avvalo, qulay kiyinish tavsiya qilinadi. Tavsiyalar ichida sherik
ham bo‘lishi, kapeldinerlar xizmatidan foydalanish, "bosqinchilik"ni ma’lum ishoradan keyin qilish
mumkinligi ham ta’kidlanadi.

Diqqat savol. Bu yerda “bosqinchilik” deganda nima nazarda tutilmoqda?

Javob: O‘zgalarning joyiga o‘tirib olish.

Izoh: “Ma’lum ishoradan keyin” deganda 3-signal chalingandan keyin nazarda tutilgan. 3-signaldan keyin
(qoida bo‘yicha) teatrga hech kim kiritilmaydi va bo‘sh o‘rinlarga o‘tirib olish mumkin.

3. Savol qisqa: Zamaxshariy qanday odamlarni "ro‘zador bo‘la turib go‘sht yeydi" deya ta’riflagan?

Javob: G‘iybatchilarni.

Izoh: Hadislarda birovni g‘iybat qilish uning go‘shtini yeyishga tenglashtiriladi.

4. Yapon rassomi Dzingoro chizishdan to'xtashi uchun unga raqobatchilari hujum qilishadi. Lekin ularning
hujumi kutilgan natijani bermaydi. Shu hujumdan keyin ham Dzingoro samarali ijod qilishda davom
etadi. Shundan so'ng rassom xalq orasida X taxallusini oladi.

Diqqat savol. X ni bir so'z bilan yozib bering.

Javob: Chapaqay

Izoh: Afsonalarga ko'ra, yapon rassomi Xidari Dzingoroga dushmanlari hujum qilishib, chizishdan
to'xtashi uchun o'ng qo'liga zarar yetkazishadi. Lekin ular adashishgan edi. Dzingoro chapaqay edi.

5. [Duplet]

1. Rep-battllarning birida bir repper raqibiga battlda yutqizishini ta’kidlar ekan, Unga qo‘shilishni
maslahat beradi. 2008-yilda chiqqan film nomi ham U.
Diqqat savol. Film nomini ayting.
[1-savol uchun tarqatma material]

2. Tarqatmadagi 2-suratni ko‘rgan bo‘lsangiz, biz Uning dastlabki qoidalarini buzgan bo‘lamiz.
Diqqat savol. Uni ayting.

[2-savol uchun tarqatma material]

Javoblar:

1. 27 klubi.
2. Fight club.

Izoh:
1. Rep-battlda yutishiga ishongan repper, raqibi bu battldan so‘ng o‘z joniga qasd qilishi kerakligini
maslaxat berar ekan, 27 klubiga qo‘shilish imkoniyatiga ega bo‘lishini ta’kidlaydi.
2. Qarshingizda Jangchilar klubi ba’zi a’zolari ro‘yxati. Ushbu klubning birinchi ikkita qoidasi Klub haqida
hech kimga aytmaslik, Klub haqida xech kimga va xech qayerda aytmaslik edi. Biz esa Ushbu klubni
boshqa bir klubda esga oldik.
6. Ushbu qurolning prototipi 1-jahon urushi paytida aviatsiyada ishlatilgan. Lekin quroldan foydalanish
jarayonida kutilmagan muammoga – yumshoq tuproqqa duch kelishadi.
Diqqat savol. Ushbu Qurolni yozib bering.

Javob: Molotov kokteyli.

Izoh: Qurolni uloqtirilgan paytda yumshoq tuproqqa tushishi oqibatida shisha sinmagan, natijada qurol
keng tarqalmagan.

7. Kimyogar Klarnet Smit o‘zining bir ma’ruzasida, hamkasblarida xalqaro sistematik nomenklatura
yo‘qligi uchun noliydi.

Diqqat savol. Smit ushbu masala yechimini topish uchun qaysi 1859-yilda tug‘ilgan insondan yordam
so‘ragan edi?

Javob: (Lyudvig Lazar) Zamengof

Izoh: Smit kimyoviy moddalar, elementlar va birikmalarning xalqaro nomenklaturasi yo‘qligidan noliydi.
Sodda qilib aytgandi, u yangi kimyoviy til yaratishni istagan.

8. Savolda o'zgartirishlar mavjud.


2011-yili La Liga doirasidagi o'yinda Real Madrid va Vilyareal to'qnash kelishadi. O'yinda Krishtiano
Ronaldo o'zining navbatdagi golini urganidan so'ng avvaliga futbolkasini yechmoqchi bo'ladi. Lekin bu
fikridan qaytadi. Buni ko'rgan futbol sharhlovchisi "Ronaldo to'g'ri qildi va u OLTIN X dan ko'ra OLTIN Y ka
ko'proq munosib. Darvoqe, OLTIN Y maydonda yetarlicha topiladi" deb aytib o'tadi va gaplariga izoh
sifatida bir jadvalga va boshqa bir sport turiga ishora qiladi.

Diqqat savol. Almashtirilgan OLTIN X va OLTIN Y o'rnidagi so'zlarni toping.

Javob: Sariq kartochka va sariq mayka.

Izoh: Ronaldo futbolkasini yechmaganligi uchun sariq kartochkadan qutilib qoladi va mazkur gol bilan La
Liga to'purarlari jadvalida yetakchiga aylanib oladi. Sharhlovchi nazdida "Tur de-frans"dagi kabi sariq
maykani o'sha payti ro'yhatni birinchi o'riniga chiqib olgan Ronaldoga berish kerak. O'sha payti
maydonda yetarlicha sariq rangdagi maykalar topilar edi.

9. Bir safar German Melvill Polineziya kanniballaridan qochib, xavfsiz Taitiga yetib borishga muvaffaq
bo'ladi hamda u yerda qutqaruvchi kema kelishini kutib yashaydi. Keyinchalik Melvill o'zining Taitidagi
hayotini xronoligik ketma-ketlikda yozar ekan bir necha bor bir arabcha so'zdan foydalanadi.

Diqqat savol. Ushbu so'zni yozib bering.

Javob: Hijrat.

Izoh: Payg'ambarimiz Muhammad s.a.v 622-yilda musulmonlar uchun o'sha paytda xavfli bo'lgan
Makkadan xavsiz bo'lgan Madinga ko'chib o'tadi. O'zining kundaliklarida Melvill vaqtni KO'CHGAN
kundan hisoblagan: "Birinchi hijra oyining yoki Tamaidan qochgan kunimning 4-kuni"...

10. Dietolog Erika Lombardi sog'lom hayot tarzi haqida gapirar ekan, U qanchalik uzun bo'lsa, hayot
shunchalik qisqa bo'ladi, deb ta'kidlaydi.
Diqqat savol. Uni kelib chiqishi fransuzcha so'z bilan yozib bering.

Javob: Etiketka.

Izoh: Etiketka qanchalik qisqa bo'lsa, mahsulotga qo'shilgan narsalar shunchalik kam va tabiiyroq bo'ladi.

11. 2020-yildan boshlab, mahsulot ishlatilinishi, chiqindilarni minimallashtirish va innovatsiyalarni


qo’llash orqali SHUNDAY UNGA ega bo’lish mumkin.

Diqqat savol. SHUNDAY UNI ikki so’z, yo’q yanayam yaxshisi uch so’z bilan yozib bering.

Javob: Mishlen yashil yulduzi.

Izoh: Gap Mishlenning yangi yo’nalishi haqida edi. Mishlenning ikki yulduzi – yaxshi, uchta yulduz esa
yanayam yaxshi ekanligini bildiradi.

12. Blits.

Anekdotga ko'ra, siyosiy rejimlarni sigirlar orqali ifodalash mumkin. Masalan, sizda 2 ta sigir bor,
xo'jayiningiz sizdan sutning bir qismini doimiy olib turadi - bu feodalizm. Sizda 2 ta sigir bor, hukumat
sizdan sigirlaringizni olib qo'yadi, o'zingizni esa armiyaga yuboradi - bu totalitarizm.

Savollar:

1. Sizda 2 ta sigir bor. Davlat sizdan sigirlaringizni olib qo'yadi va birozdan sut berib turadi. Bu qaysi
rejim?

2. Sizda 2 ta sigir bor. Hukumat sizdan sigirlaringizni olib qo'yadi, o'zingizni esa otishga hukm etadi. Sutga
soliq joriy qilinadi.

3. Sizda 2 ta sigir bor. Hukumat sizdan sigirlaringizni olib qo'yadi, bittasini o'ldiradi, bittasini sog'adi va
sutni tashlab yuboradi. Bu qaysi KO'RINISH?

Javoblar:

1. Kommunizm.
2. Diktatura.
3. Byurokratizm.
"Legion" jamoasi savollari

Zakovat +January 23, 2022

1-ТУР

1-савол

Фриди Кало ўз мактубларида АҚШни "Гринландия" деб атаган. Олдинги жумлада биз бир сўзда
2ҳарфни тушуриб қолдирдик.
Диққат савол: Шу 2 ҳарфни ёзиб беринг.

Жавоб: Го.
Изоҳ: Америка қитьасида испан тилида сўзлашмасдан инглиз тилидан фойдаланадиган
одамларни гринго деб аташади.

2-савол [Тарқатма материал]

______________________________________________________

-АВЛ-

______________________________________________________

Бир ўзбек халқ эртагида номард йигит сахийнинг ёнига бориб қарз сўрайди. Хар сафар пулни
чўнтагига солганида, пул йўқолиб қолар эди. Охирги марта келганида эса йигитда У бўлганлиги
учун пул йўқолиб қолмайди. Тарқатма материалда ҳам маълум бир маънода унинг бир ўзбек
маволидаги эквиваленти турибди.
Диққат савол: Уни икки сўзда ёзиб беринг.

Жавоб: Яхши ният.


Изоҳ: тарқатмада биз давлат сўзининг ярмини берган эдик.

3-савол

Диего Марадоннани муҳаббатига эришмоқчи бўлган мухлислар кўп бўлганлиги сабабли футболчи
вафотидан сўнг шундай тарзда кўмишга мажбур бўлишган. 2019-йилда Бахром Назаровнинг
шундай номдаги қўшиғи хит даражасига чиққан.
Диққат савол: шундай ўрнидаги сўзни ёзиб беринг.

Жавоб: Юраксиз.
Изоҳ: Марадоннанинг мухлислари кўплиги ва унинг юрагини ўғирламоқчи бўлганлар ҳақидаги
малумотдан сўнг унинг юраги олиб қўйилади. Баҳром Назоровнинг "юраксиз" таронаси ўз вақтида
жуда машхур бўлди.

4-савол
Тарқатма материал

Одамлар Уни асосан Барселона, Норвегия, Янги Зеландия, Италиянинг жанубий қисми, Калабрия
ва Сицилияда соҳилларида кўришга одатланишган. Сиз эса у ерларга бормасдан туриб қайсидир
маънода Уни кўриб турибсиз.
Диққат савол: У деганда нима назарда тутилганини 2 сўзда ёзиб беринг.

Жавоб: Фата Моргана.

Изоҳ: Оптик саробнинг бир тури бўлган фата моргана асосан юқорида кўрсатилган ҳудудларда
кузатилади. Расмда эса актриса Кети Макграт "Мерлин" сериалидаги Моргана роли билан таниш.
Яъни расмда ҳам сиз Моргананинг фатасини кўриб турибсиз.

5-савол

Баскетбол бўйича Европа чемпионати ташкилотчиларининг айтишича, улар жамоалардаги


ўйинчилар ҳақида антропометрик маълумотни йиғишганидан сўнг бир ишни амалга оширишган
экан. Бу ишни бир машҳур персонаж қилган ишига қарама-қарши ҳаракат деб айтиш мумкин.
Диққат савол: Сиз менга шу персонажни ёзиб беринг.

Жавоб: Прокруст.
Изоҳ: Ташкилотчилар иштирокчиларнинг бўйи ҳақида маълумотларни йиғишган ва мос равишда
узунроқ кроватлар ташкил этилган. Прокруст эса кроватга мос келмаган одамнинг ўзини
узайтирган ёки кичрайтирган.

6-савол
1941 йилда СССР да яратилган "Жирмункадаги зиёфат" номли фильмда шундай эпизод бор:
мезбон аёл фашистлар учун дастурхон тузайди ва ўзи ҳам меҳмондорчиликка қўшилади.
Диққат савол: Режиссёр Сергей Эйзенштейн ушбу аёлни ким билан таққослаган?

Жавоб: Иван Сусанин.


Изоҳ: Дастурхондаги таом заҳарланган эди. Аммо меҳмонларда шубҳа уйғотмаслик учун аёл ўзи
ҳам стулга ўтиради ва таомни тановул қилади. Натижада фашистлар ҳам, аёл ҳам воқеа жойида
вафот этади.

7-савол

Филм режиссёри айтишича бу қаҳрамонда Чарли Чаплин, Князь Мышкин ва албатта Робин Гуд
образларини унда мужассамлаб кўрсатмоқчи бўлган.
Диққат савол бу қаҳрамонни филмдаги номи нима эди?

Жавоб: Юрий Деточкин.


Изоҳ: Эльдар Рязанов режиссёрлигидаги "Автомобилдан сақланинг" фильми

8-савол

АҚШда Полиция олдида ожиз қолган Жорж Флойднинг ўлдирилишининг аламига чидолмаган
Блэк Ливес Маттер (Black lives matter) ҳаракати турли намойишлар ўтказиб, мақолаларда "у
инсон"ни қаламга олиб ўтади. Ушбу шахсни Америкада мустамлакачилик, геноцид, қулдорлик ва
ирқий зулм авж олишига сабабчи сифатида кўришади.
Диққат савол: Кимни юқоридагича айблаб, ҳайкалларини олдириб ташлашади?

Жавоб: Христофор Колумб.

Изоҳ: Америка қитаси очилишига сабабчи бўлган америкаликлар Колумб ҳайкалларини олиб
ташлашади.

(Ожиз қолган, аламига чидолмаган ва қаламга олган жумлалари Абдулла Ориповнинг шеьрига
ишора эканлиги айтиб кетилади)

9-савол: ДУПЛЕТ:

1. Бухоро шахри марказидаги ичимликлар сотиладиган магазин номи "Иванушка" деб номланган.
Биз юқоридаги магазин номидаги бир ҳарфни тушуриб қолдирдик.
Диққат савол: Магазин номини ёзиб беринг.

2. Тошкент шаҳрининг эски шаҳар худудида жойлашган "Эски бар" номли кафеда сиз лотин
америксида машҳур болган ўткир ичимликлардан бирини татиб коришингиз мумкин. Биз
юқоридаги кафе номида кичик ўзгартириш қилганмиз.
Диққат савол: Кафе номини ёзиб беринг.

Жавоблар:

1. Пиванушка.
Фақат пива Маҳсулотлари сотилади магазинда
2. Эско бар.
Эскобар номига номланган барда лотин америкаси ва ҳусусан колумбияда машхур американча
ликёр буюртма беришингиз мумкин.Эскобар колумбиялик наркобарон

10-савол

"www.multipilication.com" интернет сайтида ёзилишича: "Одатда урғочи ўлимидан сўнг бир ҳайвон
тури эркаклари жинсини алмаштиради." Юқоридаги келтириб ўтилган рецензиянинг давомида,
мақола муаллифи Унинг яратувчиларини беъэтиборликда айблайди.

Диққат савол: Гап нима ҳақида кетаётганлигини излаб топган бўлсангиз уни ёзиб беринг

Жавоб: Немони излаб.


Қабул: Немо.
Изоҳ: Немо(лотин тилида ҳеч ким) персонажига онасининг ўлимидан сўнг отаси ғамхўрлик
қилади, гарчи биологик нуқтаи-назардан буни иложиси бўлмасада. Жавобни излаш Немони
излашга ишора эди.

11-савол

Назариялардан бирига кўра ўн олтинчи аср бошларида Франсияда оммалаша борган Клависепс
қўзиқоринлари Икс Игрекининг сабабчиси булган. Ўлим сабаблари эса, версияларга кўра, инсулт
ва бошқа юрак зўриқиши сабаб бўлган касалликлар экан. "Икс" 1910-йилда франсуз рассоми,
"Игрек" эса 1947-йили франсуз ёзувчиси томонидан яратилган.
Диққат савол: Икс ва Игрек ни муаллифларини тўғри кетма-кетликда ёзиб беринг.

Жавоб: Анри Матисс, Альбер Камю.


Изох: Гап ракс вабоси хакида кетмокда.

12-савол [Давом этамиз]

1970-йилларда зўравон “Бронкс” ўсмирлари рақиб гуруҳлар ўртасидаги муносабатларни тартибга


солишнинг янги ва бу сафар жуда инсонпарвар усулини ихтиро қилдилар. Бу усулнинг
шиорларидан бири: "Йиқилиб тушсангиз ҳам, ҳаракат қилишдан тўҳтаманг" эди.

Диққат савол: Бу усул қандай аталиши ёзиб беринг.

Жавоб: Брек денс (break dance)

Изоҳ: рақс мавзусини давом эттирдик ва танаффусни эьлон қиламиз.

2-ТУР

1-савол

Бир ижод маҳсули ҳақида гапирилар экан, танқидчилар Унда бутун инсоният учун мажозий маъно
бор деб ҳисоблашади, чунки бизнинг кичик сайёрамизда мавжуд бўлиш учун мувозанатни сақлаб
туриш муҳим экан. У баъзи инсонлар томонидан ундов белгиси билан таққосланади.
Диққат савол: Уни учта сўз билан ёзиб беринг.

Жавоб: Шар устидаги қиз.


Изоҳ: Пабло Пикассонинг "Шар устидаги қиз" картинаси сайёрамиз устида мувозанатни сақлаётган
инсониятга ўхшайди. Шар ундов белгисининг нуқта қисмига, қизнинг ўзи эса вертикал чизиқ билан
таққосланади.

2-савол

2016-йил Барселонада давлат сиёсатига қарши бўлган омма Франкони унга айлантирди. 1865-
йилда уни бир инглиз оммага тақдим этган бўлса, 1973-йилда бир рус оммага тақдим этган эди.

Диққат савол: Уни икки сўзда ёзиб беринг.

Жавоб: Бошсиз чавандоз.


Изоҳ: 2016-йилда норози омма Франкони отта ўтирган ҳайкалини бошини узиб ташлашади. 1865-
йил Майн Рид "Бошсиз чавандоз" асарини оммага тақдим этади. 1973-йил Владимир Вайншток
"Бошсиз чавандоз" филмини оммага тақдим этади.

3-савол

Тарқатма материал

Фавқулодда иқтидорли саналган Хорхе Валдано 1986-йилда УНДА қолиб кетади. Шунингдек сиз
қаршингизда УНИ кўриб турибсиз.
Диққат савол: У дейилганда нима назарда тутилганини 2 сўзда ёзиб беринг.

Жавоб: Марадонанинг сояси.

Изоҳ: Хорхе Валдано 1986 йилги Жаҳон чемпионатида 4 гол билан тўпурарлар рўйхатида учинчи
бўлади ҳамда Аргентинага чемпионликни қўлга киритишда катта ёрдам беради. Бироқ, шундай
натижаларига қарамасдан у Буюк Диего Армандо Марадонанинг соясида қолиб кетади.
Қаршингиздаги суратда эса Марадонанинг ҳақиқий соясини кўриб турибсиз.
4-савол: Блиц:

Скандинав адабиётидаги метафора-кеннинглар ҳақида. Масалан: "Суяклар боғи" - қабристон.

1. "Қилич суви" дея нимага тариф беришади?


2. "Қиличлар бўронинг илони" бу ерда "қиличлар бўрони" уруш, "урушнинг илони" нима?
3. "Дарахтлар подаси ўлимининг бўриси" бу ерда "Дарахтлар подаси"-ўрмон, "Ўрмонинг ўлими"-
олов, "Оловнинг бўриси"- нима эканлигини хорижий икки ўзакли сўз билан ёзиб беринг.

Жавоблар:
1. Қон
2. Найза
3. Огнетушител

5-савол

1970 йил Москва шаҳрининг гранатний кўчасида яшовчи актёрни уйини тунаб кетишади. Умумий
миқдори 20 минг доллардан ортиқ бўлган мол-мулк ўғирланади.
Диққат савол: ўғри қайси актёрни тунаб кетган эди?

Жавоб: Владимир Этуш (Шпак).

6-савол

Шахматда h2-h4 юриш билан бошлаш, муваффақиятсиз бошлаш ҳисобланади. Чунки бу юришдан
сўнг оқларни ғалаба қила олиш эҳтимоли 33.3 % гина бўлади холос. Бундай юришни "Дюпре
дебюти", "Қадаш дебюти" ёки " Унинг ҳужуми". Унинг сиёсий майдондаги муваффақиятсиз
юришларини сабаби дея деменция билан оғриганлигида кўрсатишади.
Диққат савол: У ким?

Жавоб: Роналд Рейган


Изоҳ: Рейган деменциянинг энг кўп учрайдиган тури-Алцгеймер билан оғриганлиги унинг нотўғри
қарорлар қабул қилишига сабаб бўлган.

7-cавол
Тарқатма материал

Фриборн "Юлдузлар жанги"даги Йодани юз тузилишини шакиллантиришда ўзининг юз кўриниши


ва Унинг юз тузилишини жамлаган. Барселона университети тадқиқотчилари ўз тадқиқотларида
қатнашаётган инсонларга виртуал оламда Унинг ташқи кўринишини беришганда бу инсонларнинг
интеллекти сезиларли ошганини аниқлашди.
Диққат савол: Фриборн яна кимни ташқи кўринишидан фойдаланган эди?

Жавоб: Альберт Эйнштейн.


Изоҳ: Тадқиқотдаги инсонларга виртуалда Эйнштейннинг ташқи кўриниши берилганда улар
когнитив хусусиятлар сезиларли кўтарилганлигини аниқлашган.

8-савол

1914-йил август ойида Британия дорихоналар тармоғи сотаётган маҳсулот аслида ўз номига мос
келмаслиги ҳақида реклама қилишга мажбур бўлди.
Диққат савол: Ушбу маҳсулот қайси шаҳарга тегишли эканлигини ёзиб беринг.

Жавоб: Кёлн.
Изоҳ: Тармоқ товарлар (“одекалон” таржимаси “Кёлн суви”) аслида Кёлндан эмаслигини
аниқлади, чунки ватанпарварлик тўлқинида инглизлар немис товарларини сотиб олишдан бош
тортадилар.

9-савол

Муаллифнинг фикрича, Бу картинага ҳеч ким эътироз билдиролмайди. Ахлоқшунослик фанлари


доктори бўлсангиз ҳам қўлингиздан ҳеч нарса келмайди.Чунки эхтиросни ифодаловчи асосий
элементлар юз, кўз ва лаб ҳисобланади.
Диққат савол: Картина муаллифини ёзиб беринг.

Жавоб: Рене Магрит.


Изоҳ: “Севишганлар” картинасидаги эпизод аҳлоқ қоидаларига зид деб ҳисоблашингиз мумкин,
бироқ ундаги аёл ва эркакнинг юзи ёпиқлиги бу фикрни рад этади.
10-савол

"Қуруқ қонун" пайтида денгиз орқали контрабанда йўли билан олиб келинаётган алкоголли
бочкаларга ҳар эҳтимолга қарши қопда улар боғлаб қўйилган. Бирор ҳавф сезилганда бочкаларни
денгизга улоқтириган.
Диққат савол: Бочкаларга нима боғлаб қўйилган?

Жавоб: Туз (шакар ҳам қабул).


Изоҳ: Сувга ташлаб юборилган бочкаларга боғланган қоплардаги тузлар эриб бўлгач, бочкалар сув
устига қалқиб чиқган. Бу пайтгача текширувчилар кетиб бўлган.

11-cавол

Зараркунандаларга қарши курашувчи яқин шарқдаги Boeker компанияси ўз рекламасида "Зарар


борми, демак у битта эмас" дейди ва рекламада 3D да ишланган Уни суратини тасвирлаган.
Диққат савол: Уни ёзиб беринг.

Жавоб: Матрёшка.

12-савол

Маҳтумқулининг бир шеьрида У – Насимий эди. Сиз ҳам ҳозир У учун ҳаракатни бошлайсиз.

Диққат савол: Уни ёзиб беринг.

Жавоб: Сўнгги жавоб.


Изоҳ: Ул ким эди товонидан сўйдилар саволига берилган жавоб. Бу савол ҳам Легион жамоаси
навбатчилигининг оҳирги жавоби эди.
"Metsenat" jamoasi savollari

Zakovat+January 31, 2022

1-ТУР САВОЛЛАРИ

1. “Culture” сайтида XIX аср охири ва XX аср бошида БУ тоифадаги инсонларнинг машҳур бешлиги
ҳақида мақола эълон қилинган. Улар орасида Савва Мамонтов, Савва Морозов, Алексей
Бахрушин, Мария Тенишова ва сиз-у бизга таниш бўлган яна бир инсон келтирилган.
Савол: бизга у инсонни эмас, Ўзбекистонда 2019 йил 16 октябр куни қабул қилинган қонуннинг
асосий мазмуни нимада иборатлигини ёзиб беринг.

Жавоб: Меценатлик.
Изоҳ: Мақолада Россия тарихидаги машҳур меценатлар ҳақида гап кетган эди. Улар орасида
машҳури Павел Третяков. Бугун сизларга Меценат жамоси ўз саволларини ўқиб эшиттиради,
барчага омад.

2. Дуплет: Мацуо БАСЁдан хокку: (таржима Х.Дўстмуҳаммад)

1-савол:
"Саҳар тушимда
Онам келди… Ҳайдама,
Х, қичқириб."

2-савол:
"Мен ҳасратгарни
Ортиқ ғам ила тўйғаз,
Олис Х фироғи!"

Жавоб: 1. Какку! 2. Какку!

3. Блиц саволлари Фитратнинг "Ўқув" асаридаги маълумотлар асосида тузилган.

1-савол: Фитрат ўзининг "Ўқув" асарида Белжиқо деб қайси мамлакатни айтган ?
2-савол: Фитрат ўзининг "Ўқув" асарида Исвич деб қайси мамлакатни айтган ?
3-савол: Фитрат ўзининг "Ўқув" асарида Исвичра деб қайси мамлакатни айтган?

Жавоблар:
1. Белгия.
2. Швеция.
3. Швейцария.

4. Афсонага кўра Уелс қироли Кадваладр саксларга қарши жангда аскарларига дубулғаларига
ИКСни боғлаб олишни буюрган. Японияда ИКСнинг генетик ўзгартирилган янги турига "
Табассумли тўпча" дея ном берилган бўлиб, энди у сизга ғамгинлик олиб келмайди.
Савол: ИКСни ёзиб беринг ?

Жавоб: Пиёз.
Изоҳ: Бу нав кесилганда кўз ёшларни ҳосил қилмайди. Уелсда эса пиёз миллий рамз , афсонага
кўра у шу жангдан сўнг миллий рамзга айланган.
5. [КЕЙИНГИ САВОЛДА ТАРҚАТМА МАТЕРИАЛ БОР] Паоло Пасолинини режиссёрлигидаги
"Декамерон" филмида ўша давр бозорига бироз ғалати тарзда ИККИНЧИни сотилаётганини
кўрасиз. 1951 йилда яратилган асарда ИККИНЧИ кўз ёшларини яшириб турган БИРИНЧИни
"Болакай" дея атайди. Савол: Сиз шу болакайнинг исмини айтинг ?

Жавоб: Чипполино.
Изоҳ: "Декамерон" асари ёритилган пайтда Италияда помидор йўқ эди. "Чипполинонинг
саргузаштлари" ва асарида Сенор Помидорнинг ўзи Чиполлинони "болакай" деб атайди. Биринчи
бу помидор, иккинчи бу пиёз.

6. [КЕЙИНГИ САВОЛДА ТАРҚАТМА МАТЕРИАЛ БОР]

Тарқатма материал

Саволни топиш учун ўзингизни ўққа-чўғга уришингиз шарт эмас. Алихонтўра Соғунийнинг «Тарихи
Муҳаммадий» асарига кўра У машҳур тўққизликнинг Иккинчиси бўлиб , "Бадр ғазоти"дан ўлжа
эди. Биз ҳам тарқатма орқали сизга Уни тақдим этдик .
Савол: Уни айтинг?

Жавоб: Зулфиқор.
Изоҳ: Дев билан пакана филмида Обид Асомов ижро қилган қаҳрамоннинг исми Зулфиқор эди.
Савол матнида эса қиличга ишора қилдик.

7. Беш йилча олдин тарқаб кетган бу металл жанрида ижод қилувчи гуруҳнинг айтишича, ўтган
йил куз ойида уларнинг почталари таркибида италянча сўз мавжуд бўлган хабарларга тўлиб
кетган. Ҳозирда гуруҳни қайта ташкил қилган йигитлар ўз номларига 2014 сонини қўшиб
олишмоқчи экан.
Савол: Бизга гуруҳ номини айтинг ?
Тарқатма материал

Жавоб: Омикрон.
Изоҳ: Тарқаб кетган гуруҳ 2021 йил 26 ноябрда Омиcрон штампи аниқлангандан сўнг яна омма
эътиборига тушди. Ҳозир қайта йиғилган жамоа , мухлисларда зиддият пайдо қилмаслик учун ўз
номига 2014 (гуруҳ ташкил этилган йил) қўшиб олишмоқчи.

8. Россия Транспорт вазирлиги яқинда таклиф қилган қонун лойиҳасига кўра, энди бу касб
вакиллари иш давомида пластик қўл кишанлари ва мустаҳкам нейлон камарлар билан
қуролланишлари зарур. Шунингдек терини намловчи воситалардан фойдаланиш натижасида
юзага келадиган тери касаллиги бу касб вакиллари орасида кенг тарқалган экан.
Савол: қайси касб вакиллари орасида ?

Жавоб: Стюардессалар (борт кузатувчилари).


Изоҳ: Самолётлардаги қуруқ ҳаво сабаб стюардессалар доим намлантирувчи воситалардан
фойдаланадилар.

9. Диққат саволда алмаштирилган сўзлар бор.Аквалангчи Жорж Басснинг айтишича, 140-170 фут
сув остида, нафас олаётган газ босими наркотикдек таъсир қилиши мумкин. Басснинг фикрича
бундай чуқурликда гўёки "Сув устида юриш" содир бўлгандек туюлади. "Эски Аҳд"га кўра "Сув
устида юриш" Кан Галилейскийнинг никоҳ кунида содир бўлган.
Савол: "Сув устида юриш" сўзлари билан алмаштирилган сўзларни ёзиб беринг?

Жавоб: Cувни шаробга айланиши.


Қабул: Aниқ жавоб.
Изоҳ: Басснинг сўзларига кўра, бундай чуқурликларда нафас олаётганда газлар даражасининг
ошиши бош айланишига олиб келиши мумкин.Бундай ҳолат одатда бир неча стакан шароб
истеъмолидан сўнг кузатилади. Сув устида юриш ва сувни шаробга айлантириш Исо Масиҳнинг
мўъжизаларидандир.

10. Савол муаллифи яқинда бир мақола ўқиб қолганда унда Қуръони каримнинг Рум сураси 41-
ояти эслаб ўтилади: "Одамларнинг қилмишлари сабабли қуруқликда ҳам, денгизда ҳам (турли)
офат-балолар юз берди. (Бу бало ва офатлар одамлар қилаётган гуноҳ-маъсиятларидан)
қайтишлари учун, уларга қилган айрим гуноҳларининг (жазосини) торттириб қўйиш
учундир." Мақола муаллифи бу шаҳар билан боғлиқ ҳолатни таҳлил қилар экан, ўзига хос тарзда
диний далилларни ҳам келтириб ўтади.
Савол: Мақола нима ҳақида бўлганлигини топган бўлсангиз, бизга У билан боғлиқ машҳур
асарнинг муаллифини ёзиб беринг.

Жавоб: Карл Брюллов.


Изоҳ: "Помпейнинг сўнгги куни" асари муаллифи. Мақола фаҳшга ботган Помпей аҳолисининг
нобуд бўлиши ҳақида эди.

11. [КЕЙИНГИ САВОЛДА ТАРҚАТМА МАТЕРИАЛ БОР] Қора қутида ёзувчи Ў`Генри "Санта Клауснинг
ташриф қоғози" деб атаган нарса бор.
Савол: Қора қутида нима бор?

Жавоб: Барг.

12. Кормак Маккарти асари асосида ишланган бу филм 2008 йил бир нечта номинацияларда
тенгсиз дея топилган. Асосий рол ижрочиси иккинчи пландаги актёр сифатида Оскар мукофотига
лойиқ кўрилган.
Савол: Фильм номи нима?

Тарқатма материал

Жавоб: Қарияларга бу ерда жой йўқ.


Қабул: "Старикам тут не место" (англ. No Country for Old Men)
Изоҳ: Савол матнида Жоел ва Итан Коен режиссёрлигидаги машҳур филм ҳақида маълумот
бердик.Тарқатмада эса метрода жой йўқлиги сабаб тик турган қария тақдим этилди.

2-ТУР САВОЛЛАРИ

13. "Дропбокс" тизимида узилишлар пайдо бўлганда бир қанча фойдаланувчилар Тwиттер орқали
компания раҳбариятига таниқли жумлалар билан мурожаат қилдилар.Машҳур юлдузнинг
омадсиз консерти ёритилган мақола сарлавҳасида ҳам ушбу жумлаларни учратасиз.
Савол: Бу жумлаларни ёзиб беринг ?
Жавоб: Хюстон, бизда муаммо бор.
Қабул: Houston, we have a problem, Хьюстон, у нас проблема.
Изоҳ: Дропбокс хизматига Эндрю Хюстон асос солган. Бунда Хюстондаги бошқарув марказига эса
Аполлон 13 дан бортдаги муаммо ҳақида жўнатилган машҳур жумлалар келтирилди. Уитни
Ҳюстон ҳақида эса изоҳ шарт эмас чамамда.

14. Дмитрий Быков айтишига кўра, аёллар билан гаплашишинг 3 боcқичи бор. Якуний босқич 20
асрда яратилган ва яқинда ўзбек тилида ҳам китоб шаклида чиққан машҳур бир асарнинг номи
билан бир хил.
Савол: БИЗ сиздан бу роман номини эмас, унинг муаллифини айтишингизни сўраймиз.

Жавоб: Замятин.
Изоҳ: Гап «Биз» ромни ҳақида.

15. [КЕЙИНГИ САВОЛДА ТАРҚАТМА МАТЕРИАЛ БОР] Москвада шундай бар бор, у ўз мижозларига
турли таомлар билар бирга билярд ва бовлинг ҳам таклиф қилади.
Савол: Юқоридаги бар номи нима эканлигини ёзиб беринг.

Жавоб: БиБаБо.

16. Сиз қўлингизда Италиядаги бир хизмат кўрсатувчи фирманинг логотипини кўриб турибсиз.

Тарқатма материал

Савол: Фирма қандай хизмат кўрсатади?


Жавоб: Дафн маросими хизматини кўрсатади.

17. [КЕЙИНГИ САВОЛДА ТАРҚАТМА МАТЕРИАЛ БОР] Бир хазилга кўра, У астрологларининг
севимли егулиги экан.
Савол: У ҳақида ўйлаган бўлсангиз, бизга унинг асосчисини ёзиб беринг.

Жавоб: Франклин Марс.


Изох: Марс ва Милк Вей шоколадлари асосчиси.

18. Бу креатив реклама орқали нима реклама қилинмоқда?


Тарқатма материал

Жавоб: Суғурта хизматлари.


Изох: Сиз бу суғурта хизмати орқали бемалол экстримал спорт турлари билан шуғулланишингиз
мумкин.

19. Агар сизнинг жавобингиз саволнинг барча фактларига мос келса, демак у тўғри жавоб бўлиши
мумкин. Россияда бу жонзот коррупсияга қарши кураш рамзига айланган, Сербияда эса
намойишчилар Ундан сайланган президентдан норозилигини билдириш учун фойдаланишган.
Савол: Қайси жонзотдан ?

Жавоб: Ўрдак
Изоҳ: Савол бошида сизга машҳур ўрдак тестига оид сўзларни тақдим этдик. Тестнинг моҳияти
қуйидагича ифодаланади: "Агар нимадир ўрдакка ўхшаса, ўрдакдек сузса ва ўрдак каби овоз
чиқарса, демак у — ўрдак".

20. Бир вақтлар Озорбайжондада шундай анъана бўлган: Қизнинг уйига келган совчилар Уйдаги
мушук ва итга этибор билан қарашган. Қизнинг турмушга чиқиши ёки чиқмаслиги мушук ва итга
боғлиқ бўлган.
Савол: Нима уҳун совчиларни мушук ва ит қизиқтирган?

Жавоб: Мушук ориқ, ит семиз бўлиши керак.

Изоҳ: Қиз уйни тоза сақлаши керак, яъни уй атрофида айланиб юрган мушук оч қолиши керак,
чунки ошхонада тартиб бор, овқат ўғирлашнинг иложи йўқ. Ит боғлаб қўйилади ва қиз унга
ғамхўрлик қилиши керак, яъни ит яхши овқатланган бўлиши керак.

21. Ёзувчи Гейл Годвин қайси касбни вакилларини доимий равишда яшаш учун тана излаётган
арвоҳларга ўхшатган?

Жавоб: Актёрлар

22. Дуплет. Мацуо БАСЁдан хокку: (таржима Х.Дўстмуҳаммад)

1-савол:
Эрта баҳор. Қабристон.
Қабр узра ўсган қизғалдоқ
Билан ўйнар рангин Х.

2-савол:
Сукунат ёлғизлиги,
Ёлғизлик сукунати
Аро сарсон Х.

Жавоблар:
1. Капалак.
2. Капалак.

23. Жорий йилнинг январ ойида Орегон штатида тез ёрдам машинаси кўплаб бошқа машиналар
билан бирга катта йўлда қор тиқинида қолиб кетди. Шифокорлар манзилига етиб бора олмаслиги
ёки вақтида қайтиб кела олмаслигини англагач, тирбандликда қолганларга ноодатий таклиф
билан чиқишди.
Савол: Шифокорлар тирбандликда турган одамларга нима таклифни беришди?

Жавоб: Тез ёрдам машинаси тирбандликда турган одамларга эмлашни таклиф қилган.

24. Абу Бакр Қаффол Шоший Айтадики: "Бу ишни" иккинчи марта бажариш, худди уни биринчи
марта бажариш каби суннатдир. Бошқа бир ишни иккинчи марта бажариш эса, худди биринчиси
каби вожибдир. " Жаннатдаги Қироллик" филми қаҳрамонлари Балиян ва Салоҳиддин Айюбий бу
ишни бажаришганини аниқ кўришамиз мумкин.
Савол: Бу ишни бажариш орнидаги 2та ишни аниқ айтинг.

Жавоб: Хайрлашаётганда ҳам салом бериш ва Хайрлашаётганда ҳам алик олиш эди.

Биз ҳам сизларга яна бир бор ассалому алайкум дея соғлик тилаган ҳолда, кейинги ўйинларда
кўришгунча деб қоламиз.
"Espero" jamoasi savollari

mad_max93February 07, 2022

I-TUR

BIRINCHI TUR, BIRINCHI SAVOL!

[Barchadan mobil telefonlarni o’chirib qo’yishni yoki ovozsiz rejimga o’tkazishni so’rab qolamiz]

Pavel Fantozzining “Men bu yozni qanday o’tkazdim” nomli asaridagi personaj hayotiy tashvishlardan
uzoqlashish, ortiqcha aloqalarni vaqtincha kamaytirish maqsadida olis qishloqda vaqt o’tkazadi. Asarning
ushbu bobi IKS deb ataladi. IKS – 1836-yilda ixtiro qilingan.

Diqqat savol: IKS ni 2 so’z bilan yozib bering. VAQT KETDI!

Javob: Faradey qafasi

Izoh: Faradey qafasi – tashqi elektromagnit maydonlardan himoya qilish uchun ixtiro qilingan qurilma.
Unda mobil aloqa vositalari aloqa ushlamaydi. Asar qahramoni olis qishloqni shu sababli Faradey
qafasiga qiyoslagan. Savol boshidagi gaplarni yana bir bor eslatib qo’yamiz)

Manba(lar):

1) Павел Фантоззи “Как я провёл это лето”

2) https://ru.wikipedia.org/wiki/Клетка_Фарадея

BIRINCHI TUR, IKKINCHI SAVOL!

Duplet

1) Maqsuda Tohirova o'z yorini juda sevar va qizg'onar edi. Balki shu sababdan erini IKS deb chaqirgan
bo'lsa ajab emas.

Savol: IKS ni 1 so'z bilan yozib bering. VAQT KETDI!

2) Olga Leonardovna eri bilan atigi 3 yil yashagan bo'lsada, shu vaqt ichida erini qattiq hurmat qilgan.
Balki u ham erini IGREK deb chaqirgan bo'lsa ajab emas.

Savol: IGREK ni 1 so'z bilan yozib bering. VAQT KETDI!

Javob: 1) Omonim 2) Antonim

Izoh: Maqsuda Tohirova — Omon Matjonning, Olga Leonardovna Knipper esa — Chexovning xotini

Manba(lar):

1) https://kh-davron.uz/yangiliklar/muborak-kin/omon-matjon-kolumb.html

2) https://ru.wikipedia.org/wiki/Чехов,_Антон_Павлович

BIRINCHI TUR, UCHINCHI SAVOL!


[Tarqatma material]

2020-yilda fizika bo'yicha Nobel mukofotini qo'lga kiritgan ushbu rasmdagi insonning familiyasini toping.
VAQT KETDI!

Javob: [Rodjer] Penrouz

Izoh: "Penrouz zinasi" termini mavjud bo'lib, u tuganmas, oxiri yo'q zinalarni ifodalaydi. Rasmda ham shu
kabi oxiri ko’rinmas zinani ko’rishingiz mumkin.

Manba(lar):

1) https://ru.wikipedia.org/wiki/Пенроуз,_Роджер

2) https://ru.wikipedia.org/wiki/Лестница_Пенроуза

DIQQAT! BIRINCHI TUR, TO`RTINCHI SAVOL!

Qashqadaryocha shevada ayrim harflar adabiycha talaffuzdan boshqacha yangraydi.

"Intellektual marafon"da savol o'qish uchun tayyorlanayotgan jamoalardan birining a'zosi savollar
barchaga tushunarli bo'lishi uchun xususan BU ISH ni ham qilgan ekan.
1969-yilda yozilgan asar bilan ham BU ISH sodir bo'lgan. Diqqat savol: Ushbu asar muallifini yozib bering.
VAQT KETDI!

Javob: Jorj Perek

Izoh: Gap fransuz yozuvchisi Jorj Perekning "Yo'qolish" (ruschada "Исчезновение" inglizchada "The
Vanishing") nomli asari haqida edi. 300 betdan iborat ushbu asar lipogramma janrida yozilgan bo’lib,
unda birorta "e" harfi uchramaydi. Ushbu asar boshqa tillarga ham shu o'ziga xoslikni saqlab qolgan
holda tarjima qilingan.

Qashqadaryocha shevada "i" va "e" harflarining o'qilishi adabiychadan farq qilgani bois, jamoalardan
birida imkon qadar shu harflar ko'p ishtirok etgan savollar olib tashlangan ekan.

Manba(lar):

1) ЛОАВ

2) https://ru.wikipedia.org/wiki/Исчезание

BIRINCHI TUR, BESHINCHI SAVOL!

1692-yilda pastor Semyuel Perrisning 9 yoshli qizi Elizabet hamda 11 yoshli jiyani Ebigeyl Uilyamsda
g'alati "kasallik" belgilari paydo bo'ldi — ular g'alati ovozda chinqirar, tanalari g'ayrioddiy holatda turar
va kimdir kelishi bilan mebel ostiga berkinardi. Perris duo o'qishni boshlashi bilan ular quloqlarini yopib
olardi.

Diqqat savol: Bu voqealar qaysi shaharda bo'lib o'tgan? VAQT KETDI!

Javob. Salem [Qabul: Seylem]

Izoh: Shundan keyin shaharda jodugarlar paydo bo'lgani haqida gap so'zlar tarqaladi va tez orada 200
dan ortiq odam jodugarlikda ayblanib hibsga olinadi.

Manba(lar):

https://ru.wikipedia.org/wiki/
Процесс_над_салемскими_ведьмами#Причина_и_ход_судебного_процесса

BIRINCHI TUR, OLTINCHI SAVOL!

KEYINGI SAVOLGA TARQATMA MATERIAL BOR!

1941-yilda ishlangan "Fuqaro Keyn" filmining qizlar xor aytishi sahnasi avvaliga bordelda olinishi kerak
edi. Biroq studiya bunga ruxsat bermaydi. Albatta, bu holat Orson Uellsni umuman xafa qilmagan.

Diqqat savol: 1969-yilgi filmda huddi shunday holat qanday sahna orqali amalga oshirilgan? VAQT
KETDI!

Javob: Yadro bombasi portlashi.

Izoh: Orson Uells bu sahnaning boshqa joyda olinishi evaziga ssenariyga filmdan biror sahnani kesib
tashlamasliklariga erishadi. "Brilliant qo'l" filmi oxiriga aynan shunday maqsadda yadro bombasi
portlashi sahnasi joylanadi.
Manba(lar):

1) http://iw.kg/film/331/facts

2) https://www.ng.ru/saturday/2003-01-31/13_gayday.html

BIRINCHI TUR, YETTINCHI SAVOL!

[Tarqatma material]

Ushbu fotoda siz tangodagi IKS ni ko'rib turibsiz.


Diqqat savol: 2021-yildagi kimning IKSI i eng zo'ri deb topildi? VAQT KETDI!

Javob: Erik Lamela.


Izoh: Tango raqsida ham oyoqning bu holatda turishi "rabona" deb nomlanadi. 2021-yilda Erik
Lamelaning rabona uslubidagi goli "Eng chiroyli gol" sifatida Pushkash mukofotiga loyiq ko'rildi.

Manba(lar):
1) https://en.wikipedia.org/wiki/Rabona#Other_uses
2) https://t.me/FUTBOLTV/79185
3) https://www.youtube.com/watch?v=UJhvsaRnSdI

BIRINCHI TUR, SAKKIZINCHI SAVOL!

Zamonaviy karikaturada bir missioner indeysning IKS iga hojni tiqayotgani tasvirlangan. Bu bilan
karikaturist indeyslarning intellektual an’analarini yo’q qilinayotganligini ko’rsatib bergan.

Diqqat savol: IKS ni toping. VAQT KETDI!


Javob: Babbl [Qabul: Spich-babl, matnli bulutcha, so’z yozilgan pufak, bulut]

Izoh: Komikslarda qahramon nimani o’ylayotganligini babbl orqali ko’rsatib beriladi.

Manba: 1) https://www.instagram.com/p/Bar88XWFpMb/
BIRINCHI TUR, TO’QQIZINCHI SAVOL!
Gloriya Xiroko 1978-yilning martida turmushga chiqadi. Ammo umrining katta qismida u erini yiliga 44
soat ko'ra olgan.

Diqqat savol: Uning erining familiyasini yozib bering. VAQT KETDI!

Javob: Chepmen.

Izoh: Mark Chepmen yapon ayolga ham uylangan. Lennon o'ldirilganidan so'ng u qamoqda bo'lgan.

Manba(lar):

1) http://www.kp.by/daily/26320.7/3199305/

BIRINCHI TUR, O’NINCHI SAVOL!

[Tarqatma material]

__________________________________________________
**** bar
__________________________________________________

Ko'pchilik o'ylaganidan farqli ravishda, ushbu aksiomaning kelib chiqishi Edinburg universitetidagi
SHUNDAY nomli barga borib taqaladi. Aytishlaricha, u yerda mijozlarga faqatgina suv bilan aralashtirilgan
pivo yoki tozalangan texnik spirtgina taqdim etilgan.

Diqqat savol. O'sha barning nomi nima? VAQT KETDI!

Javob: Esko.

Izoh: "Eskobar aksiomasi" ko'pchilik o'ylaganidek mashxur narkobaron Pablo Eskobar nomidan emas,
Edinburg universitetidagi "Esko" nomli bar nomidan kelib chiqqan. U o'zida 2 ta yomon alternativ tanlov
orasidagi tanlov erkinligini ifodalaydi.

Manba(lar):

https://absurdopedia.wiki/%D0%90%D0%BA%D1%81%D0%B8%D0%BE%D0%BC%D0%B0_%D0%AD
%D1%81%D0%BA%D0%BE%D0%B1%D0%B0%D1%80%D0%B0

BIRINCHI TUR, O’N BIRINCHI SAVOL!

2001-yilda "Garri Potter va Olov kubigi" asari eng yaxshi roman deb topildi. Keyinchalik "Garri Potter va
o'lim hadyasi" epilogida Ron va Germionaning o'g'li tug'iladi.

Diqqat savol: Uning ismi nima edi? VAQT KETDI!!!

Javob: Hyugo.

Izoh: Kitob eng yaxshi fantastik asarlar uchun beriladigan “Xyugo” mukofotini qo’lga kiritgandi. Shu
sababli Rouling Ron va Germionaning farzandiga shu ismni tanlaydi.

Manba(lar):

1) http://ru.wikipedia.org/wiki/Гарри_Поттер_и_Кубок_огня
2) http://ru.wikipedia.org/wiki/Гарри_Поттер_и_Дары_Смерти

BIRINCHI TUR, O’N IKKINCHI SAVOL!

1979-yilda yozilgan ushbu mashhur asar g’oyasi muallifning Avstriyadan Turkiyaga sayohati davomida
o’ylab topilgan ekan. O’tgan yili ayrim fanatlar ushbu asarning yubileyini nishonlashdi. Diqqat savol:
Ushbu asar muallifini yozib bering. VAQT KETDI!

Javob: [Duglas Noel] Adams

Izoh: Aytishlaricha, Duglas Adamsning avtostop orqali ushbu sayohati natijasida “Galaktika bo’ylab
avtostop” asari uchun g’oya o’ylab topilgan. 2021-yilda asarning 42 yilligi ayrim muxlislar tomonidan
nishonlangan, sababi asarda “42” – kompyuterning hayot, koinot va dunyodagi hamma narsa haqidagi
asosiy savolga yakuniy javobidir.

Manba(lar):

https://ru.wikipedia.org/wiki/Автостопом_по_Галактике_(роман)

II-TUR

DIQQAT! IKKINCHI TUR, BIRINCHI SAVOL!

Ernest Xeminguey qariganida o'zini FQB agenlari kuzatayotgandek tuyulavergan. Shu tufayli yaqinlari uni
jinnixonada yotishga majburlashgan. 1980-yilda FQB Xeminguey rostdan ham kuzatilganini tasdiqlagan.

Bu haqidagi o'qigan savol muallifi UNI esga oladi.

Diqqat savol: UNING nomida uchrovchi ayol ismini bir xil harfdan boshlanuvchi ikki so'z bilan ayting.
VAQT KETDI!

Javob: Marta Mitchell

Izoh: Xeminguey o'zini FQB kuzatayotgani haqida aytgani yaqinlari uni jinni bo'lib qolgan deb o'ylab,
gaplariga ishonmagan. Ushbu holat Marta Mitchell effekti deb ataladi.

Manba(lar):

1.) https://ru.wikipedia.org/wiki/Хемингуэй,_Эрнест

2) https://ru.wikipedia.org/wiki/Эффект_Марты_Митчелл

IKKINCHI TUR, IKKINCHI SAVOL!

AQSh sobiq matbuot kotibi Stefani Grishem o'z kitobida shunday yozgan: "Melaniya Trampni o'z
vazifalariga e'tiborsiz bo'lib, Oq uydan tashqariga deyarli chiqmagani uchun ma'muriyat hodimlari uni U
deb atagan.

2013-yilda Mattel kompaniyasi tomonidan chiqarilgan multfilmda UNING Holly O'Hair va Poppy O'Hair
ismli qizlari borligi ta'kidlanadi.

Diqqat savol: Uning ismini yozib boring. VAQT KETDI!

Javob: Rapunzel.
Manba(lar):

1) https://daryo.uz/2021/10/06/trampning-rafiqasi-va-qizi-oq-uyda-qanday-laqab-bilan-atalgani-malum-
boldi/

2) https://en.wikipedia.org/wiki/Rapunzel

IKKINCHI TUR, UCHINCHI SAVOL!

[Savolda O'N BESHINCHI so'zlari boshqa bir so'z bilan almashtirilgan.]

Aleksandr Padar bir necha yil oldin "O'N BESHINCHI" nomli oftalmologik klinikalar tarmog'ini ochgandi.

Diqqat savol. 2021-yil dekabr oyida u qaysi tashkilotni o'z brendini obro'sizlantirishda ayblab sudga
berdi? VAQT KETDI!

Javob: Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti.

Izoh: Aleksandr Padar sibirdagi "Omikron" nomli yirik oftalmologik klinikalar tarmog'i egasi bo'lgan. JSST
koronavirusning yangi shtampiga "Omikron" nomini bergach uning brendi katta pul yo'qotish xavfi ostida
qolgan. Darvoqe, omikron — grek alifbosidagi 15-harf.

Manba(lar):

1) https://ru.wikipedia.org/wiki/Омикрон

2) https://nsk.rbc.ru/nsk/04/12/2021/61aad9469a79470d47f5c11f

IKKINCHI TUR, TO’RTINCHI SAVOL!

[Tarqatma material]

[U-N aniq talaffuz qilinishi kerak]


16-asrda chizilgan ushbu suratning tepa qismidia Uni ko'rish mumkin. "U-N" ham qaysidir ma'noda u
hisoblanadi. Diqqat savol: Uni bir necha so'zda aniq yozib bering. VAQT KETDI!

Javob: Ikkiga bo'lingan oy

Izoh: Rasmda yuzi berkitilgan Payg'ambar Muhammad SAV tasvirlangan. U islomga ishonmaganlarga
oyni ikkiga bo'ib mo'jiza ko'rsatmoqda. “Un” - Iyun oyining yarmi. Demakki uni ham ikkiga bo'lingan oy
desak bo'ladi.

Manba: 1) https://en.wikipedia.org/wiki/Splitting_of_the_Moon

IKKINCHI TUR, BESHINCHI SAVOL!

2017-yili bir voqeaning sodir bo’lishi sababli qisqa vaqt davomida AQSH elektroenergiyasi sistemasida
defitsit kuzatilgan. Bir necha 10 yilllar avval sodir bo’lgan shunday voqea sabab AQSH elektrenergiya
sistemasida kamchiliklar kuzatilinmagan.

Diqqat savol: Bu voqeani 3 so’z bilan yozib bering. VAQT KETDI!

Javob: Quyoshning to’liq (butunlayin) tutilishi

Izoh: 1991-yili shunday voqea bo’lganda AQSH da 2017-yilgidek katta elektr quvvat bilan ta’minlaydigan
quyosh elektr stansiyalari bo’lmagan, shu sababli elektr energiyasi defitsiti sezilmagan.

Manba(lar):

1) https://www.cnbc.com/2017/08/18/the-total-eclipse-is-going-to-knock-out-a-lot-of-solar-power.html

2) http://en.wikipedia.org/wiki/List_of_solar_eclipses_visible_from_the_United_States

IKKINCHI TUR, OLTINCHI SAVOL!

XX asr boshlarida AQSh ning Vayoming shtatida "WSP Stars" [Dablyu-Es-Pe Stars] nomli o'ziga xos
beysbol jamoasiga asos solinadi. Atigi 14 oygina faoliyat ko'rsatgan bu jamoa nomidagi “W” harfi
Vayomingni, “S” harfi esa shtat so'zini ifodalagan.
Diqqat savol: Nomdagi "P" harfi nimani anglatgan? VAQT KETDI!

Javob: Qamoqxona.
Izoh: Ushbu jamoa qamoqxonadagi o'limga hukm qilingan maxbuslardan tuzilgan va har bir g'alaba
uchun jazoni ijro etish muddati biroz cho'zilgan.

Manba(lar):
1) Sports.ru
2) https://www.sports.ru/tribuna/blogs/greatness/2315275.html

IKKINCHI TUR, YETTINCHI SAVOL!

[Tarqatma material]

__________________________________________________
" had Stadium"
__________________________________________________
Premyer-Ligadagi klublarning muxlislari haqida gapirar ekan, sharxlovchi Jim Beglin, Manchester City
stadioni nomini biroz o'zgartiradi. O'zgarishni topish u darajada ahamiyatga ega emas.

Diqqat savol: Siz ham tushib qolgan harflar mazmunini o'z javob varaqangizda ifodalab bering. VAQT
KETDI!

Javob: [Bo'sh varaqa]

Izoh: Boshqa klublardan farqli ravishda City stadioni doim ham muxlislar bilan to'lavermaydi, ko'pgina
o'yinlarda stadion deyarli bo'sh bo'ladi. Shu sababli Jim Beglin uni "Emptyhad Stadium" deb atagan.
Tarqatmada "Empty"ning o'rni shundoq ham bo'sh turgan edi, ya'ni o'zgarishni topish ahamiyatsiz,
mantiqni tushunish yetarli edi. "Empty"ning mazmunini qog'ozda ifodalash uchun uni shunchaki bo'm-
bo'sh topshirish kifoya.

Manba: 1) https://t.me/Football_Regista/5135

IKKINCHI TUR, SAKKIZINCHI SAVOL!

Polkovnik Jeykob Shik issiq suv muammosi tufayli juda ko'p azob chekadi. Shundan keyin u 1928-yil 6-
noyabrda IKSga patent oladi.

Filipp Dikning qahramoni kundan-kunga qarib borayotganini ko'rmaslik uchun IKS dan foydalanishni
boshlaydi.

Diqqat savol: IKS ni yozib bering. VAQT KETDI!!!

Javob: Elektrobritva [Qabul: Elektron ustara va hkz.]

Manba(lar):

1) https://ru.wikipedia.org/wiki/ Шик,_Джейкоб/

2) http://www.modernlib.ru/books/dik_filip_kinred/labirint_smerti/read_1/

IKKINCHI TUR, TO’QQIZINCHI SAVOL!

Karikaturalardan birida fitness zalidagi mashg’ulot jarayoni tasvirlangan bo’lib, faqatgina IKS bo’ylab
harakatlanayotgan odam zaldagi boshqalarga nisbatan holdan toyib, madorsizlanganini ko’rish mumkin.
Diqqat savol: IKS ni atoqli ot qatnashgan 2 so’z bilan yozib bering. VAQT KETDI!

Javob: Penrouz zinasi

Izoh: Birinchi turda aytganimizdek, “Penrouz zinasi” tugamaydigan zinani ifodalaydi. Bu esa karikatura
qahramoni uchun yugurish yo’lakchasidan ham qiyinroq vazifa edi.

Manba(lar):
IKKINCHI TUR, O’NINCHI SAVOL!

Duglas Adams romanida Bobil balig'i universal IKS vazifasini bajargan. Diqqat savol: 1973-yilda chiqqan
filmda IKS lardan birining taqdiri qanday bo'lgani aytilgan?

Javob: Qaynab turgan qozonga tashlangan. [Qabul: qozonga tashlangan]


Izoh: IKS - bu tarjimon edi. Asarda quloqqa o'rnatib olinadigan Bobil balig'i universal tarjimon sifatida
ta'riflangan. Ivan Vasilevich o'z kasbini o'zgartiradi filmida Fedya tarjimonni qaynab turgan qozonga
tashlaganlarini aytadi.

Manba(lar):

1) Duglas Adams “Galaktika bo’ylab avtostop”

2) https://ru.wikipedia.org/wiki/ Иван_Васильевич_меняет_профессию

IKKINCHI TUR, O’N BIRINCHI SAVOL!

2021-22 yilgi Angliya kubogi 1/16 bahsi Manchester va Midlsbro jamoalari o’yinidan avval Midlsbro bosh
murabbiyi Kris Ualder futbolchilarga Uni olishni ta’qiqlab qo’ydi.

2021 yil 24-dekabrdagi auksionda sotilgan Undan tushgan pullar La Pal'ma orolidagi vulqondan
jabrlanganlarga hayriya etildi. Diqqat savol: Uni 2 so’z bn yozib bering. VAQT KETDI!!!

Javob: Ronaldu futbolkasi.

Izoh: Kris o’yinchilarni Old Traffordga Ronaldu futbolkasini olish uchun kelinmaganini ta'kidlagan.
Portugaliya terma jamoasidagi Ronalduning dastxat tushirilgan futbolkasidan tushgan summa hayriya
qilingan.

1) https://www.sports.ru/tribuna/blogs/unitedtweets/3012106.html

2) https://sport24.ru/news/football/2021-12-20-futbolku-ronaldu-vystavyat-na-auktsion-v-podderzhku-
zhiteley-la-palmy-postradavshikh-ot-vulkana

IKKINCHI TUR, O’N IKKINCHI SAVOL!

Bir onlayn RPG [Er-Pe-Ge] o’yinida har xil harakatlari uchun o’yindan chetlashtirilganlar ishtirokchilarga,
o’yinni qo’llab-quvvatlash xizmati ishchilari yana imkon berishadi va o’yinga qaytishlari uchun to’g’ri
ma’noda UNDAN kechishga chaqirishadi. Bu imkoniyatdan hamma o’yinchilar ham foydalana olmaydi.

Diqqat savol: U ni 3 so’z bilan yozib bering. VAQT KETDI!!!

Javob: Bir qoshiq qon

Izoh: O’yinchilarga ayblarini qon bilan yuvish taklif qilingan va ularni donorlik qilishga chaqirishgan.
Hamma ham sog’lig’i sabab donor bo’la olmaydi. Bir qoshiq qondan kechganlar esa yana o’yinga
qaytishadi.

Bugungi savollar tugadi, kamchiliklar uchun bir qoshiq qonimizdan kechasizlar))

Manba: http://www.playground.ru/news/hochesh_igrat_v_mmorpg_rasplachivajsya_krovyu-16613/
"Renessans" jamoasi savollari

Zakovat+February 14, 2022

I-TUR

Birinchi savol.

1795-yili Robert Hanshelou UNGA birinchi bo'lib patent oladi. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan biri
UNI "buyuk ixtirolarni ochuvchi kalit" deb ataydi.
Diqqat savol: Uni nima ekanligini ayting?

Javob: Shtopor.
Izoh: Hyu Jonson 1681-yil dastlab uni tilga oladi, biroq patentni Hanshelou olgan. Har bir ixtiro
qilingandan so'ng odatiy tarzda shampan vinosi ochilgan, balkim shu sababli shtopor ixtirolar kaliti
nomini olgandir. Demak biz ham bugungi turnirni shtopr bilan ochamiz.

Ikkinchi savol.

Bir versiyaga ko'ra, qadimgi davrlarda bu yunoncha so'z qismlarni birlashtirish, materiallarni qayta
ishlash jarayoni deb nomlangan. Vaqt o'tishi bilan bu so'z ismga aylandi. Ushbu ismni yozib bering

Javob: Gomer.
Izoh: Ko'pchilik Gomerning bir insonligiga shubha qiladi, chunki turli folklor materiallari birgalikda
to'plangan va keyinchalik Gomer nomi bilan qayta ishlangan. Gomerning tug'ilgan joyi haqida ham 7
shahar o`rtasidagi baxs mavjud.

Uchinchi savol.

3204-obyekt uning nomi bilan atalganida, u ismiga ikkita harf qo'shish yetarli bo`lar edi, deya
hazillashadi. Diqqat savol: Uning ismini va familiyasini yozib bering.

Javob: Astrid Lindgren.


Izoh: Agar siz "Astrid" nomiga ikkita harf qo'shsangiz, "Asteroid" so`zini yasaysiz. 3204 bu bo'lganingizdek
ushbu raqamdagi asteroid hisoblanadi.

To'rtinchi savol.

Audionarkotiklar - bu psixoaktiv ta'sirga olib kelishi mumkin bo'lgan ovozli fayllari nomi.
Audionarkotiklarga bag'ishlangan plakatlardan birida siz Uni ko'rishingiz mumkin. Uni ikki so`zda yozib
bering

Javob: Gramofon ignasi.


Izoh: Igna bor joyda narkotik bor.

Beshinchi savol.

ULARNING mashhurligining o'sishi, hatto tinch maqsadlarda ham quroldan foydalanishga qarshi chiqqan
Konfutsiy ta'limoti bilan bog'liq. Diqqat savol: Ular nima ekanligini yozib bering.

Javob: Ovqat uchun tayoqchalar.


Qabul: Xasi tayoqchalari.
Izoh: Faylasuf vegetarian edi va ovqatda pichoqdan foydalanishga har tomonlama norozilik
bildirgan. “Insofli va olijanob odam oshxonani chetlab o‘tadi, dasturxoniga pichoq ham qo‘ymaydi”, -
deyiladi Konfutsiy ta'limotida.

Oltinchi savol.

"Asaxi" jurnali bu INSONNI "XX asr eng buyuklari" qatoriga qo'shgan. Sabunchi shahrida uning
ko'zlarining tasviridan iborat haykal mavjud. Diqqat savol: siz menga bu INSON kim ekanligini ayting?

Javob: [Rixard] Zorge


Izoh: Asaxi bu yaponiya jurnali hisoblanadi, razvedkachi Zorge umrining bir qancha qismini Yaponiyada
o'tkazgan. Sabunchi esa, bu Ozarbayjondagi shahar bo'lib, uning tug'ilgan joyi hisoblanadi. INSON so'zi
bir necha bora takrorlandi, Zorgeni Ramzay, Zonter va INSON degan laqablari bo'lgan.

Ha aytgancha, bu 6-savol edi, ba'zi bir joylar ko'cha slengida razvedkachilarni "шестeрка" deb atash
holatlari ham kuzatilar ekan :))

Yettinchi savol.

Oksifenbutazon artrit bilan og`riganlarga yordam beradigan doridir. Shuningdek, "oksifenbutazon"


ularga ham yordam beradi. ULARNI Inglizcha so`z ishlatgan holda, bir necha so`zda yozib bering

Javob: Scrabble o'yinchilari.


Qabul: Scrabble o'yini ishtirokchilari.
Izoh: "Oksifenbutazon" "Scrabble" o'yinidagi eng daromadli so'z bo'lib, u o'yinchiga 1780 ball keltirishi
mumkin.

Sakkizinchi savol.

Bellini va Rossini bir-birlarini unchalik yoqtirishmagan. Konsertlardan biri haqida muhokama qilar ekan,
Rossini qo`shiqchi “Lya” notasi olganligini tasdiqlaydi. Diqqat savol: Bellini bunga javoban nima deydi?

Javob: Si, ya`ni “Ha”


Izoh: Bellini sherigi bilan bir fikrda bo`lishni hohlamagan ammo sherigi xató qilmaganligini tasdiqlagisi
ham kelmagan.

To'qqizinchi savol.

"Misfits" serialining ikkinchi mavsumida o'lmas qahramon Neytanning IKSidan IGREK kelgan sahna
mavjud. 1962-yilgi yozilgan hikoya nomi ham IKSdan IGREK. Diqqat savol: siz menga o'sha hikoya
muallifini yozib bering.

Javob: Abdulla Qahhor!


Izoh: Iks - bu tobut, IGREK - tovush. Abdulla Qahhorning "Tobutdan tovush" komedik-hikoyasi 1962-
yildan yozilgan.

O'ninchi savol. [KEYINGI SAVOLDA TARQATMA MATERIAL BOR]

Otaturk asrab olgan qizi Sabihaga turkcha "Gok" [gok] - osmondan olingan Gokchen familiyasini beradi.
2009-yildan beri Sabiha Go‘kchen Otaturkga yordam berib keladi. Bu savolda qaysi so'zni ikki marotaba
tushirib qoldirdik?
Javob: Aeroport.
Izoh: Istanbul aeroporti Otaturk nomi bilan atalgan. Nagruzkani tushirish uchun 2009 yilda shahar
yaqinida birinchi turk ayol uchuvchisi bo'lgan Sabiha Go'kchen nomi bilan atalgan yana bir aeroport
qurildi.

O'n birinchi savol.


Tarqatma material:

_____________________________________________

a-ya

_____________________________________________

"Figaro" gazetasining yozishicha 2014-2019 yillar davomida BU ISH tufayli 35000 yaqin insonlar ishsiz
qolgan. 1948-yil Yaponiyada, AQSHning turtkisi bilan BU ISH qilinadi. Diqqat savol: Bu ish o'rnidagi ikki
so'zni yozib bering.

Javob: Armiyani qisqartirish!

Izoh: 2014-yil 35 mingga yaqin fransuzlar armiya soni qisqargach ishsiz qoladi, Yaponiya esa II Jahon
urushidan so'ng armiyani keskin kamaytirgan. Undan tashqari, sizning qo'lingizda ham armiyani
qisqartirilgan shakli tasvirlangan.

O'n ikkinchi savol.

Alber Kamyu kambag`al oilada o`sganligi uchun bolaligida IKS bo`lishni afzal ko`rgan. Eng mashxur IKSlar
qatorida David va Petr ham bor. IKSni yozib bering. Vaqt ketdi.

Javob: Golkiper/ Darvozabon


Izoh: Darvozabonning oyoq kiyimi kamroq yemiriladi, shuning uchun Kamyu darvozada turgan. David De
Xea va Petr Chex mashxur darvozabonlar

II-TUR

O'n uchinchi savol[Keyingi savolda Tarqatma material bor]

Londondagi qirollik san’at kolleji dizayneri yaratgan qurilma qog‘ozdagi yozuvlarning shrifti va rangini
aniqlash uchun mo‘ljallangan. Wired jurnali bu qurilmani IKSga qiyoslaydi. IKS avvalida Kapitan Marvel
nomi ostida ham ma’lum bo‘lgan. IKS so‘zi bilan almashtirilgan, unli harflari bir xil bo‘lgan so‘zni yozib
bering.

Javob. Shazam
Izoh. Qurilma maqolada mashhur musiqani aniqlovchi dastur kabi “ranglar uchun Shazam” deya
nomlanadi. Marvel Comics Kapitan Marvel nomini sotuv markasi ostida ro‘yxatga o‘tkazgach DC Comics
o‘z personajini nomini Shazamga almashtirishga majbur bo‘lgan.

O'n to'rtinchi savol.


Tarqatma material

Siz tarqatmada IKSning IGREGini ko‘rib turibsiz. 1995-yil 30-avgust kuni IGREKning IKSiga asos solingan
bo‘lib, 0,25 mikron qalinlikda tilla qoplangan kumushdan iborat. IKSning o‘zi faqatgina IKSga ega,
IGREKning IKSiga ega emas. Diqqat savol: IKS va IGREKni to‘g‘ri ketma-ketlikda yozib bering.

Javob. IKS - Shuxrat, Igrek- Mehnat.


Izoh: Shuxrat Abbosov “Maxallada duv-duv gap” filmining rejissyori. 1995-yilda “Mehnat shuxrati”
ordeni ta’sis etilgan. Shuxrat Abbosovning o‘zi Shuxrat medalini olgan. "Mehnat shuxrati" ordeni esa
olmagan.

O'n beshinchi savol.

IX asrda Bulg‘or xoni Qurum avarlarni bosib oladi. Bulg‘orlar ularni yerlarida avarlar kabi kuchsiz bo‘lib
qolmasligi uchun Qurum BU ISHni qilishni buyurgan. Arablar Ispaniyani bosib olgandan so‘ng o‘z shaxsiy
ehtiyojlari sabab BU ISH tabiiy ravishda amalga oshgan. BU ISHni bir necha so‘zlar bilan yozib bering.

Javob. Uzumzorlarni yo‘q qilinishi.


Izoh: arablar uzumlardan vino tayyorlanishini oldini olish maqsadida bu ishga qo'l urushgan.

O'n oltinchi savol.[Keyingi savolda Tarqatma material bor]

Sizni qachondir politsiyachi tergov qilganmi? Jon Dikson Kar o`z romanlaridan birida Fransiyadagi
sohilbo`yi shahrlaridan biri bo`lgan La-Bandelett shahrida ishlovchi tergovchi haqida hikoya qiladi.
Tergovchi maxbuslarni tunlari so`roq qilgan. Tergov davomida u maxbusni deraza oldiga o`tqazgan.
Diqqat savol siz menga uni deraza oldiga o'tirg'izganligini ayting.
Javob: Shahar dengiz bo`yida joylashgan. U maxbusni deraza oldiga tunda o`tqazganida vaqti-vaqti
bilan uning yuziga mayoq nuri tushib turga, o`ziga xos qiynoq.
Qabul: shu va shunga yaqin bo'lgan mayoq orqali qiynash so'zlari ishlatilgan javoblar.

O'n yettinchi savol. [Keyingi savolda Tarqatma material bor]

Tarqatma material

Emmanuel Lasker shaxmatdagi bu holat haqida gapirar ekan, holatni huddi raqibni o'rgimchak to'ri bilan
o'rashga qiyoslaydi. Wikepiyada bu holat haqidagi havolada bir inson esga olib o'tilgan. Diqqat savol: Siz
menga o'sha insonning familiyasini ayting. Vaqt ketdi.

Javob: Morton!
Izoh: Zugzvang holati haqida gap ketayotgan edi. Bu holatda har bir yurilgan tosh, zararga ishlatilishi
haqida aytiladi. "Morton sanchqisi" nomli atama mavjud bo'lib, unda qilinishi kerak bo'lgan har bir
tanlov salbiy oqibatlar olib kelishini taqoza etadi.

O'n sakkizinchi savol.


Tarqatma material

Little Big guruhining LollyBomb qo‘shig‘iga ishlangan klip bosh qahramonini savol muallifi o‘tgan asr 60-
yillarida chiqqan kinofilm bosh qahramoniga qiyoslaydi. Bu kinofilmga nom berishda bestseller kitob
nomiga taqlid qilingan. Ushbu bestseller muallifi kim?

Javob. Deyl Karnegi


Izoh. Klip syujetiga ko‘ra Kim Chen Inga o‘xshash shaxs bombani sevib qoladi. Stenli Kubrik “Doktor
Strendjlav yoki Qanday qilib men qo‘rqishni bas qildim va bombani sevib qoldim” kinofilmiga nom
berishda Deyl Karnegi qalamiga mansub “Qanday qilib havotir olishni bas qilish va yashashni boshlash”
asaridan “ilhomlangan”.

O'n to'qqizinchi savol.Keyingi savolda Tarqatma material bor.

18 asrda Angliyada apelsinni nafaqat bozorda, balki teatrda ham xarid qilish mumkin edi. Tomosha
boshlanishidan oldin teatrda bir nechta qizlar savatlarda aplesin sotib yurishgan. Diqqat savol: Nega
ingliz teatrlarida apelsin sotilgan. Vaqt ketdi.

Javob. Past tabaqa vakillari pastki qatorlarda o'tirishgan. Ulardan chiqqan hid yuqoridagi
aristokratlarni bezovta qilmasligi uchun!
Qabul: past tabaqa vakillaridan kelgan hidlarni yo'qotish yoki shu mazmundagi javoblar.

Yigirmanchi savol.
Tarqatma material

Qarshingizda Bogdanov-Belskiyning "Yangi xo'jayinlar" kartinasi. Savol muallifining fikricha stolda


murabbo yetishmayotgan ekan. Diqqat savol: Nimaning murabbosi ekanligini aniq ayting. Vaqt ketdi.

Javob. Olcha
Izoh. Rasm syujeti "Olchazor" syujetiga o'xshash

Yigirma birinchi savol.

Qadimgi Badaviylar tunda isinish uchun olov yoqishganidan xabaringiz bor. Ammo ular ba'zi-ba'zida
kunduzi ham olov yoqishgan ekan. Diqqat savol: ular olovni nima maqsadda yoqishganligini yozib
bering?

Javob: Sahroda sarob ko'p uchraydi. Ko'ringan narsa sarob yoki haqiqat ekanligini aniqlash uchun ular
olov yoqishgan. Tutundan sarob yo'qolar ekan.

Yigirma ikkinchi savol. [Keyingi savolda Tarqatma material bor]

“Ikki” “Besh”dan ustunligi haqida bilasizmi? “Nol” “Ikki”dan ustunligi haqidachi? Diqqat savol: Bu holatni
aynan nimada kuzatishimiz mumkin?
Javob: Tosh,qaychi va qog`oz o`yinida
Izoh: Qaychi, yani ikki qog`oz beshdan ustunroq ammo tosh 0 dan ustun emas

Yigirma uchunchi savol.

Tarqatma material

Siz tarqatma materialda UNI ko'rib turibsiz. Boshqa bir U 2009-yil yaratilgan bo'lib, 12 yillik rekordni
yangilashga erishgan. Diqqat savol: UNI ikki so'zda yozib bering. Vaqt ketdi.

Javob: Jeymsning Avatari

Izoh: Yoshlarning slengida ijtimoiy tarmoq yoki messenger profilidagi asosiy rasm "avatar" deb ham
ataladi. Ya'ni tarqatma materialda siz Jeymsning Avatarini ko'rib turibsiz. 2009-yilda esa mashxur rejissor
Jeyms Kemeronning Avatar filmi ekranlarga chiqqan va Titanikni mablag' to'plashda ortda qoldirgan.

Yigirma to'rtinchi savol. [Bundan keyin navbatdan tashqari savol bor. Bu savolga ball berilmaydi]
Blits!

1. Biz savolni uzunroq qilmoqchi edik, biroq buning iloji bo'lmadi. Shu sababli blitsning birinchi savoli
yo'q, 20 sekund dam olishingiz mumkin.
2. Blitsning ikkinchi savolini tugatib bitira olmadik, shu sababli ikkinchi savolda ham 20 soniya dam
olishingiz mumkin.
3. Dunyodagi yagona, to'liq mayolikadan qurilgan UNING peshtoqida biz nastaʼliq xatidagi fors
yozuvlarini ko'rishimiz mumkin. 1997-yili bu yozuvlar qaytadan yozib chiqildi. Diqqat savol: UNI yozib
bering. Vaqt ketdi.

Javob:
1. -
2. -
3. Kalta Minor
Izoh: Kalta Minor 29 metrdan iborat, lekin uni dastlab 100 metrgacha qurishmoqchi bo'lishadi, 1852-yil
boshlangan imorat qurilishi 1855-yil Muhammad Aminxonning o'limi tufayli to'xtab qolgan. Kalta Minor
faqatgina to'liq italiyan, mayolika usulidan iborat bo'lgan yagona imorat hisoblanar ekan, 1997-yilda Xiva
shahrining 2500 yilligi munosabati bilan undagi yozuvlari qayta yozib chiqilgan.

Navbatdan tashqari savol.

Ijtimoiy tarmoqlarda, 1949-yil Toshkentda tavvalud topgan U haqidagi ma'qola: "Ham buyuk olim, ham
buyuk san'atkor" deya nomlangan. 1972-yilgi film qahramoni UNING durdonalaridan birini baralla madh
etadi. Diqqat savol: siz menga o'sha film qahramonini ism-familiyasini yozib bering.

[MUSIQA QO'YIB BERILADI]

Javob: Alimardon To'rayev!


Izoh: Hojiakbar Hamidov nafaqat san'atkor, balki tarix fakultetini tugatgan, dissertatsiya yoqlab olim
darajasiga chiqqan inson bo'lgan. 1972-yili olingan "Bahor qaytmaydi" filmida Alimardon To'rayev
"Ketmoqdaman" musiqasini maromiga yetqazgan. Madh etish, durdona so'zlari Hojiakbar Hamidovning
musiqalariga ishora edi.
"Milliy" jamoasi savollari

Zakovat+February 21, 2022

1-tur

1. 2019-yilda NASA bu insonning o’limini e’lon qilish va uning xotirasini e’zozlash uchun astronavtlarning
ochiq kosmosga chiqishi haqidagi jonli efirini to’xtatib turgan. Savol: Bu inson kim edi?

Javob: Aleksey Leonov.


Izoh: Leonov ochiq kosmosga chiqqan birinchi kosmonavt edi.

2. Formula-1 “Mersedes” jamoasining 2-poygachisi Valtteri Bottas kelgusi mavsumdan Alfa Romeo
jamoasiga o’tishi haqidagi yangilik ostida “Valtteri nihoyat BIRINCHI bo’lish uchun, IKKINCHI rolidan
ketyapti” izohini ko’rish mumkin.
Savol: BIRINCHI va IKKINCHIni yozib bering?

Javob: Alfa, beta


Izoh: Hayvonot olamida to’daning yetakchi, dominant hayvoni alfa deyiladi, ikkinchi oʻrindagisi beta, eng
quyidagisi esa omega deyiladi. Savol matnida Alfa Romeo tilga olingani ham yordam berishi mumkin edi.

3. 2008-yilda chiqqan Coca-Cola reklamasida Ular shaharda ichimlik trubkalarini yig’ib yurganini ko’rish
mumkin.
Savol: Siz menga Ularni emas, trubkalar nima maqsadda yig’ilganini yozib bering.

Javob: Qush uyasini qurish uchun.


Izoh: Ular - qushlar. Coca-Cola 2008-yilgi Pekin olimpiadasi rasmiy hamkori bo’lgan. Reklama roligida bir
necha qushlar ichimlik trubkalarini yig’ib, Xitoydagi “Qush uyasi” stadioniga taqlidan uy yasashadi.
Darvoqe, 2022-yilgi qishki olimpiada ochilish marosimi ham ayni shu stadionda bo’lib o’tdi.

4. Sci-Hub internet-sayti turli pullik, yopiq ilmiy maqolalarni saytlardan o’g’irlab, foydalanuvchiga bepul
taqdim etuvchi manba. Ko’plab yopiq ilmiy hujjatlarni keng ommaga taqdim etgach, sayt asoschisi
Aleksandra Elbakyanga ayblovlar e’lon qilinadi va u Yevropa davlatlaridan birida yashirinishga urinadi.
Bugungacha uning aniq yashash manzili no’malum va haligacha qo’lga tushmagan.
Diqqat savol: “The New York times” nashri Elbakyanni qiyoslagan shaxsning ism-familiyasini yozib
bering?

Javob: Edvard Snouden.


Izoh: Edvard Snouden ham 2013-yilda AQSh Milliy xavfsizlik agentligining juda katta hajmdagi maxfiy
ma’lumotlarini ommaga taqdim etgan va Rossiyaga qochib ketgan va bugungi kunda uning aniq manzili
no’malum. Elbakyan ham shu tarzda AQSh ayblovlaridan Rossiyaga qochib o’tgan va bugun uning
yashash manzili no’malum va u ham Snouden kabi hali qo’lga tushmagan.

5. Tarqatma material:

Tadbirkor Zafar Hoshimov ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida yangi ko’rinishdagi 100 ming so’mlik kupyura
haqida post qoldirdi. Unda tadbirkor kupyurani ko’rgan o’g’lining juda ham xursand bo’lib ketganini
takidlab, X ni eslab o’tadi va dizaynerlarga tashakkur bildiradi.
Savol: Xni ingliz tilida 2 o’zakli so’z bilan yozib bering.

Javob: Batman
Izoh: Zafar Hoshimovga ko’ra, uning o’g’li kupyura orqa tomonidagi himoya elementi Betmen logosi
ekanligiga ishonchi komil ekan.

6. “Mona Liza” kartinasi o’q o’tkazmaydigan oyna bilan qoplangan. Oyna ustidagi maxsus qoplama esa
kartinani Undan himoya qilish uchun o’rnatilgan.
Diqqat savol: 1940-yillargacha Uning asosiy tarkibiy qismini qaysi metall tashki etgan?

Javob: Magniy.
Izoh: u - fotoapparat chaqnashi (vspishka) bo’lib uning yorqin chaqnashi kartinadagi bo’yoqlarga zarar
yetkazishi mumkin. Suratga olishda yoritib turadigan birinchi elektr foto chiroq 1935-yilda yaratilgan.
Bungacha esa magniyni yondirish orqali yorug’lik hosil qilingan.

7. Tinch Shveytsariyada harbiylarga, ayniqsa, chet elliklarga yodgorlik o’rnatib bo’lmaydi. Shunga
qaramay, yaqinda bir qishloqdan chiqib ketish joyida Suvorov haykali o’rnatildi. Biroq haykal yodgorlik
emas, X sifatida rasmiylashtirildi.
Diqqat savol: Xni ikki so’z bilan yozib bering?

Javob: Yo’l belgisi [yo’l ko’rsatkichi]


Izoh: sayyohlarni jalb qilish maqsadida shu tarzda qonunni aylanib o’tishgan. Odatda qishloqlar hududi
boshlanadigan joyda yo’l ko’rsatkichlari o’rnatiladi.

8. Duplet:

1. Ma’lum bir hududda yer atmosferasi tiniqligining pasayishi holati U deyiladi. Masalan, o’rmon yong’ini
yoki vulqon otilganda havoga ko’tariladigan tutun Unga sabab bo’lishi mumkin.
Savol: Uni ikki so’zda yozib bering?

2. Italyan tilida “notte bianca” jumlasi BU deb tarjima qilinsa ham, aslida ko’chma ma’noda qo’llanib,
uyqusizlikni anglatadi.
Savol: BUni ikki so’zda yozib bering.

Javoblar: 1. Qora kun. 2. Oq tun.


Izoh:
1. Atmosfera tiniqligi pasaygach, kunduzi ham g’ira-shira bo’lib qoladi. Bunday holatni “qora kun"
deyishadi.
2. Italyanlar uyqusiz o’tgan tunni “oq tun” deyishar ekan.

9. Tarqatma material:
Qarshingizdagi detal krivoship deyiladi. U avtomobil dvigatelida SHUNDAY harakatini berish uchun
ishlatiladi. 1937-yilda ilk marta nashr qilingan asar nomida ham SHUNDAY so’zlarini ko’rishimiz mumkin.
Savol: O’sha asar nomini yozib bering?

Javob: Hobbit: borib-qaytish.


Izoh: Krivoship dvigateldagi porshenga ilgarilanma-qaytma, ya’ni borib-qaytish harakatini beradi.
Tolkinning “Hobbit: borib-qaytish” asari nomida ham ushbu so’zlarini uchratish mumkin.

10. Iron Harvest [ayron harvest] strategik video o’yini juda ko’p turli xil jangovar qurol birliklariga ega,
ammo ularning hech biri universal emas, g’alabaga to’liq kafolat bermaydi. G’alaba qozonish uchun
o’yinchi doimo raqibning harakatlariga moslashishi kerak. Bu haqda gapirar ekan, Leonid Moyzes yana
bir o’yinni eslatib o’tadi.
Savol: Qaysi o’yinni?

Javob: Tosh, qaychi, qog’oz.


Izoh: Bu o’yinda barcha qurollarning kuchli va zaif tomonlari bor, shuning uchun o’yinchi raqib qaysi
qurollarni tanlayotganini kuzatib borishi va shu asosda o’z armiyasini rivojlantirishi kerak.

11. Mixail Ozerov bir Shotlandiya shahrini tasvirlar ekan, bu yerda sayyohlar hamma joyda X bilan
yurishini aytadi.
Savol: Xni barcha unlilari bir xil bo’lgan so’z bilan yozib bering?

Javob: Akvalang.
Izoh: Gap ko’pchilik sayyohlar Lox Ness ko’liga boradigan Inverness shahri haqida edi. Ehtimol, Ozerov
familiyasi ham sizni ko’lga yaqinlashtirgandir.

12. Qimmatbaho narsalar sotiladigan do’konlar sotuvchilari ko’pincha qo’lida U bo’lgan odam bu yerda
xarid qila olmaydi, deb hisoblashadi va shuning uchun bunday odamlarga unchalik e’tibor berishmaydi.
Diqqat savol: 1964-yilgi qaysi film nomida Ular tilga olingan?

Javob: Sherbur soyabonlari.


Izoh: sotuvchilar soyabonli xaridor mashinasiz piyoda kelgan, demak uning moddiy ahvoli unchalik emas
deb o’ylashadi. 1964 yilgi “Sherbur soyabonlari” filmi Kann kinofestivali g’olibi bo’lib, Oskarga ham
nomzodi qo’yilgan.

2-tur

13. Ashxoboddagi ko’plab marmar binolar haqida gapirar ekan, Erika Fatland Uning vakillari shaharga
qiziqish bildirishayotganini yozadi.
Savol: Uning nomida qaysi familiyani uchratish mumkin?

Javob: Ginnes.
Izoh: Keyinchalik Ashxobod bir kvadrat metrga qo’yilgan marmar soni bo’yicha dunyoda birinchi shahar
sifatida Ginnesning rekordlar kitobida qayd etilgan.

14. Ijtimoiy tarmoqdagi hazilona postlardan birida agar siz BU KUNda Uni sovg’a qilsangiz “bir o’q bilan
uchta quyonni urgan bo’lasiz” deyiladi. U Ramazon oyida hukmdorlikning egallanishi bilan boshlanadi.
Savol: Uni yozib bering?
Javob: Boburnoma.
Izoh: Agar siz 14-fevralda Boburnomoni sovg’a qilsangiz, sevishganlar kunini, kitob sovg’a qilish kunini va
Boburning tug’ilgan kunini bittada nishonlagan bo’lasiz. Bu savol ham 14-sonli edi.

15. Yaqinda Wildberries xalqaro internet-do’koni O’zbekistonda ham do’kon ochib, mahalliy bozorga
kirib keldi. Bundan avvalroq kompaniya mahalliy tadbirkordan wildberries.uz domenini ham sotib oldi.
Domenning avvalgi egasi bo’lgan tadbirkor Uni ishlab chiqarish bilan shug’ullangan. 1968-yilgi o’zbek
romanida U boshqa bir mahsulot bilan adashtirib yuboriladi.
Savol: Uni yozib bering?

Javob: Kompot
Izoh: "Wild berries" inglizchadan o’rmon mevalari deb tarjima qilinadi. Tadbirkor o’rmon mevalaridan
kompot tayyorlash bilan shug’ullangan. Xudoyberdi To’xtaboyevning “Sariq devni minib” sarguzasht
romanida Hoshimjon Ro’ziyev kompost haqida eshitganida uni kompot deb o’ylaydi.

16. Buqalamunlar va qizilishtonlar Xli Yga ega bo’lgan kam sonli hayvonlardan hisoblanishadi. E’lonlar
saytida esa tamadaga quyidagicha ta’rif beriladi: “So’z ustasi, Y i X siz.
Savol: X va Yni yozib bering?

Javob: Suyak, til.


Izoh: Tamadalar ko’p gapira olishi kerak, tilining suyagi yo’q deb odatda ko’p gapiruvchilarga aytiladi.

17. Ekstremal ob-havo sharoitlariga qarshi kurashish uchun Xitoy hukumati ALFA shaharlar
konsepsiyasini ishlab chiqdi. Yomg’irli mavsumda ALFA shaharlar suvni o’zida saqlashi va issiqlik paytida
sovutish uchun ishlatishi kerak.
Savol: Siz o’zi ALFA bo’lgan qahramonning ismini yozib bering?

Javob: Bob [Spanj Bob], [Gubka Bob].


Izoh: ALFA - bu gubka. Gubka shaharlari yomg’irda suvni “singdib oladi”, keyin esa issiqda chiqarib
ishlatadi. Gubka Bob - mashhur multfilm qahramoni.

18. Biologiyada “endling” atamasi mavjud. Agar bu atama odamlarga nisbatan qo’llanilsa, unda 1826-
yilgi asarning bosh qahramonini ham endling deb atash mumkin. Savol: Ushbu asar muallifini yozib
bering?

Javob: Meri Shelli.


Qabul: Jeyms Fenimor Kuper.
Izoh: Endling (ingliz tilidan end – yakun, oxir) bu biror tur yoki kichik turning oxirgi vakilini anglatuvchi
atama. Meri Shelli “So’nggi odam” asari muallifi. Fenimor Kuper “So’nggi Mogikan” asarining muallifi.
Ikkala roman ham 1826-yilda yozilgan.

19. 1940-yillarda Yevropa shaharlaridan biriga joylashtirilgan Amerika askarlari bu yerda ham o’z
qoidalarini o’rnatishga harakat qila boshlaydi. Shundan so’ng, shaharning barcha barlarida mahalliy aholi
bir ovozdan “Faqat SHUNDAY askarlar uchun” yozuvlarini osib qo’ya boshlashadi.
Savol: Savol matnida SHUNDAY so’zi bilan qaysi so’zlar almashtirildi?

Javob: Qora tanli.


Izoh: Amerikaliklar qora tanli askarlarga oq tanlilar bilan birga barlarga borishni taqiqlashga harakat
qilishadi. Ammo yevropaliklar afro-amerikaliklarning huquqlarini qo’llab-quvvatlab, irqchilarga qarshi
shu tarzda kurashishadi.

20. Shota Arveladze yaqinda Angliya klubida ish boshladi. Sharhlovchi Otabek Jo’rayev shu haqdagi
postini “Sobiq Xning Yga aylanishi” sarlavhasi bilan boshladi.
Savol: X va Yni yozib bering.

Javob: Sher va yo’lbars.


Izoh: Arveladze avvalroq Paxtakor, ya’ni “Sherlar” jamoasini boshqargan, 2022-yil yanvarida esa u laqabi
“Yo’lbarslar” bo’lgan Angliyaning Hall Siti jamoasiga o’tdi.

21. “Budda aytadiki: “Bitta shamdan mingta shamni yoqsang, o’sha shamning umri kamayib qolmaydi.
Baxtni bo’lishish bilan baxt kamayib qolmaydi”. Bu jumlalarni U o’zining sudga yozgan xatida bayon
qilgan edi.
Diqqat savol: Uning ism-familiyasini yozib bering?

Javob: Aleksandra Elbakyan.


Izoh: Shu orqali u o’zining Sci-Hub sayti faoliyati o’g’irlikdan farq qilishini tushuntirgan. U haqida 1-turda
to’xtalgandik.

22. Hayvonlardan josus sifatida foydalanadigan Betmenning bir dushmani Gotem kanalizatsiyasida
yashaydi. Bu yovuz personaj haqidagi Wikipedia maqolasida Yevropadagi bir shahar eslab o’tiladi.
Savol: Qaysi shahar?

Javob: Gammeln
Izoh: U kalamush tutuvchi bo’lib, kemiruvchilar bilan muloqot qilishni biladi va ulardan josus sifatida
foydalanadi. Personaj nomi Gamelnlik kalamush tutuvchi nomidan olingan degan taxminlar ham mavjud.

23. Kongo shimoli-sharqida ko’plab jirafalar yashaydigan Garamba qo’riqxonasi mavjud. Qo’shni
Ugandada esa zebralarning katta populyatsiyasi mavjud. Qizig’i shundaki, Garamba va Uganda o’rtasida
joylashgan Ituri o’rmonida besh mingga yaqin Ular yashaydi.
Savol: Ularni bir so’z bilan yozib bering?

Javob: Okapi.
Izoh: Okapi jirafalar oilasiga kiruvchi ikkinchi vakil hisoblanadi. Uning tashqi ko’rinishi jirafani ham,
zebrani ham eslatib yuboradi. XX asrda kashf etilgan bu hayvonning oyoqlari oq qora rangliligini ko’rib,
dastlab zebralar vakili deb ham o’ylashgan. Okapilar “zebra jirafasi” deb ham ataladi.
24. BU SO’Zning yaratuvchisi sifatida Valter Skott tilga olinadi. Skottning “Ayvengo” asarida “o’rta asr
yollanma askarlari” BU SO’Z bilan atalgan ekan. So’nggi tadqiqotlarga ko’ra, AQShda yoshlarning 42 foizi
bo’sh vaqti ko’proq bo’lishi uchun BU SO’Z bilan ataluvchi toifadan bo’lishni afzal ko’rishadi.
Savol: Bu qaysi so’z?

Javob: Frilanser.
Izoh: O’zini o’zi band qilgan toifa hozirda frilanser deb ham ataladi.
"Nolan kubogi" savollari

Abdulaziz SultonovFebruary 21, 2022

1-savol.

Hanz Zimmer ijrosidagi "Ibtido" filmiga saundtrek u bilan boshlanadi. "Ibtido" ning o'zi esa u bilan
yakunlanadi.
Diqqat savol: Uni yozib bering.

Javob: Do.

2-savol.

Tarqatma material

Qarshingizda "Haqiqiy islandcha taom" deb nomlanuvchi yeguliklar to'plami turibdi. Ushbu taom 20-asr
o'rtalarida Reykyavikda o'tkizilgan festivallar vaqtida yaratilgan. Diqqat savol: Ushbu taom paydo bo`lish
tarixi haqidagi maqolada yana qaysi xalq nomi tilga olingan?

Javob: Shved.

3-savol. [Tarqatma material]


__________________________________________
Ready, Steady, Slow

__________________________________________
Angliyaning Sneyvel shaxrida o'tkiziladigan Ulardan eng mashxurlaridan birining devizi Ready, Steady,
Slow hisoblanadi.
Diqqat savol: Ularni ikki so'zda yozib bering.

Javob: Shilliqurtlar poygasi.


Izoh: Shillqurt poygalari silliq platformada o'tkizilishi kerak.

4-savol.

Fransuz pedagog-novatori Selesten Fren zamonaviy shilliqurt poygalarining asoschisi hisoblanadi.


Diqqat savol: Birinchi poygada trassa sifatida u nimadan foydalangan?

Javob: Maktab doskasi.

5-savol.

Qurol sotish baroni bo'lgan film qahramoni haqidagi afsonalarga ko'ra u Iroq okkupatsiyasi davrida shu
qudar ko'p qurol sotganki, hattoki IKS ni ham u sotgan. Diqqat savol: IKSni ism ishlatgan holda aniq yozib
bering.

Javob: Saddam Husayn osilgan dor.

6-savol.

Rixterning fikricha birinchining ta`siri, ikkinchining ta`siridan ko`ra kattaroq.


Diqqat savol: Birinchi va ikkinchini italyancha so`zlar bilan yozib bering.

Javob: Forte, Piano.

7-savol.

Memuarlarda qayd etilishicha, Gretsiya hukumati ushbu insonning sovg`asini qabul qilishdan qo`rqqan
ekan.
Diqqat savol: Ushbu inson kim?

Javob: Genrih Shliman.

8-savol.

Umid qilamizki, har bir jamoada javobni faqat bir kishi yo`llamoqda. Qaysi asar qahramoni yoshligida
Nyu-Yorkka yo`lga chiqib, yarim yo`lda boshqa yo`ldan ketganligini ko`p eslaydi.

Javob: Biz tanlaydigan yo`llar.


Izoh: O`Genri asari qahramoni g`arbga ketib banditga aylanadi. Savol preambulasidagi so`zlar balki sizga
Bolivar faqat bir kishini ko`tara olishini eslatgandir.

9-savol.

Xitoy imperatori Chu Hojao davlat ishidan ko`ra ko`ngil-xushlikni Afzal ko`rgan. Boshqa bir hukmdordan
farqli ravishda, Hojao bir ishni qovoqxonalarga borish uchun qilgan ekan.
Diqqat savol: O`sha hukmdor kim?

Javob: Horun Ar-Rashid.


10-savol.

Germaniyadagi pitseriyalardan biri ma`lum bir turdagi qo`ziqorinlardan tayyorlanadigan pitsaga nom
berishganidan so`ng, Yevropadagi tashkilotlardan biri pitseriyani mualliflik huquqlarni buzganlikda
ayblab sudga berdi.
Diqqat savol: Ushbu pitsaning nomini ikki so`zda yozib bering.

Javob: Shampinyonlar ligasi.

11-savol.

Forumlardan birida "U avval ham bor edimi?" degan savolga, userlardan biri har kuni 6 km piyoda
qatnaganligini ta'kidlaydi. Bugungi o'yinimiz ham ma'lum bir ma'noda u.
Diqqat savol: Uni 2 so'zda yozib bering.

Javob: Ma`sofaviy ta`lim.

12-savol.

Kitob savdosi bilan shug'ullanuvchi internet-do'konining nomi "Chaarlz" ( o'qiganda ikkita a ga urg'u
berilishi kerak).
Diqqat savol: Savol matnida almashtirilgan so'zni aniq yozib bering.

Javob: Bookovsky.
Izoh: mashxur yozuvchi Chalrz Bukovsky familiyasidagi Buk qismi kitob yani Book ka omonim.

13-savol.

Pyotr Propastin urush vaqtida “granatamyot-odam” laqabini qo`lga kiritgan. Urushgacha esa Pyotr
mutafakkir bo`lgan. Savol matnida ikki so`z bir so`z bilan almashtirilgan.
Diqqat savol: Shu ikki so`zni yozib bering.

Javob: Disk uloqtiruvchi.

14-savol.

Yozuvchi voqealarni bosh qahramonning o`zida eshitganligini aytar ekan, yarim kilogram paxtani tilga
oladi. Diqqat savol: gap qaysi yozuvchi haqida ketmoqda?

Javob: Janni Rodari.

Izoh: Jelsomino sarguzashtlari.

15-savol.

Lin Berberning fikirga ko`ra u xuddiki eng zo`r restoranga emas, balki eng yaqin restoranga borishga
o`xshaydigan dangasalik. Diqqat savol: uni bir xil boshlanuvchi ikki so`zda yozib bering.

Javob: Ishdagi ishq.

16-savol. Duplet
1. AQSH imkoniyatlar davlati va bu yerda o`sish uchun sotsial liftlar ko`pligi haqida gapirar ekan, savol
muallifi AQSHda … ekanligini ta`kidlaydi.
Diqqat savol: Uch nuqtani ikki so`z bilan to`ldiring.

2. AQSHning sharqida kolonial davrda paxta, shakar, va tamaki kabi mahsulotlar plantatsiyalari mavjud
bo`lganligi va hozirgi kunda fermerlarning huquqlari juda yaxshi himoya qilinishi haqida gapirar ekan,
savol muallifi AQSH sharqida … ekanligini ta`kidlaydi.
Diqqat savol: Uch nuqtani ikki so`z bilan to`ldiring.

Javob: Osmon yaqin, yer yumshoq.

17-savol. Bir filmdagi gangster xoinga uni berar ekan “Yo ostida, yo ustida” deya shart qo`yadi. Mashxur
anekdotda Uning mavjudligi xotirjam bo`lish uchun sabab sifatida ko`rsatiladi.
Diqqat savol: Uni ikki so`zda yozib bering.

Javob: Poezd bileti.

18-savol. Bir onlayn-servisning timsoli – kichik ayiqcha. Bu ishni qilishni boshlaganingizda ayiqcha
ko`zlarini yumib turadi.
Diqqat savol: Bu ishni qilishni fransuz tilidan kirib kelgan so`z bilan yozib bering.

Javob: Parol terish.

19-savol. Barselona va Real Madrid o`rtasidagi uchrashuvlar muxlislar uzoq kutadigan, gollarga boy va
qiziqarli voqealarga to`la o`yinlar hisoblanadi.
Diqqat savol: Futbol sharxlovchilardan biri shunday matchlardan birida nimani xayratlanayotgan
ko`zlarga taqqoslagan?

Javob: 0-0.

20-savol.

XIX asr o'rtalarida kambag'allar va uysizlarning hayotini yoritish bilan shug'ullangan Yakob Risning kasbini
aniq yozib bering.

Javob: Fotojurnalist.

21-savol.

Jazoir davlati mustaqillikka osonlikcha erishmagan. Shoir Mufti Zakariya bir necha yil qamoqda
o`tirganligi haqidagi maqolada Jazoir madhiyasi rostan ham …
Diqqat savol: Fikrni yakunlang.

Javob: Qon bilan yozilgan.

22-savol.

Brayan Uilson “Surfin” qo'shig'ini bolaligida yaratgan. Ushbu qo'shiq xitga aylanganidan so'ng esa bir harf
boshqa harfga almashtirilgan.
Diqqat savol: Qaysi harfga almashganini yozib bering
Javob: A.
Izoh: Maktabda bu qo'shiq uchun Brayanga "F", ya'ni eng past bahoni qo'yishgan. Qo'shiq xitga
aylangach esa "F", "A" – yuqori bahoga almashtirilgan.

23-savol. [Tarqatma material]

______________________________________
L - Legend
______________________________________

Vashingtonlik mashxur aktyor haqidagi maqolalardan birida unga "Legend" yani "Afsona" deya ta'rif
beriladi.
Diqqat savol: Ushbu aktyor kim?

Javob: Samuel L. Jackson.

24-savol. Mashxur film qahramonida, jumladan, kunduz kuni yurish uchun mo'ljallangan “Lamborjini
Murseliago” avtomobili ham mavjud edi.
Diqqat savol: "Murseliago" so'zini o'zbek tiliga tarjima qiling.

Javob: Ko'rshapalak.
Izoh: Ushbu qahramon Betmen edi.

___________________________________________________________________________

25-savol. (23-savol almashtirildi)


Syurrealist Remmedios Varaning kartinasida odam va uning soyasi tasvirlangan.
Diqqat savol: savol matnida almashtirilgan ikki so`zni to`g`ri ketma-ketlikda yozib bering.

Javob: Soya, odami.


"Farruh Rafiqov" jamoasi navbatchilik savollari

mad_max93February 28, 2022

САВОЛ №1. Саволда Х [ИКС] сўзи алмаштирилган.

Навбатчиликка тайёргарликда ҳамма саволлар муаллифлик саволлари бўладими ёки саволлар


базасидан ҳам олинадими деган масала бор эди. Турларга етмай қолган бўлса бошқаларнинг
саволини олиш мумкинми дейилганида, олиш мумкиндир, чунки қизиқ факт ҳақидаги савол
билан ана шу маълумотнинг ўзини, қолаверса уни савол шаклига келтирган шахсни машҳур
бўлишига ҳисса қўшган бўламиз деган фикрдан келиб чиқиб аралаштиришга қарор қилдик. Буни
шанба кунги ўйинларда учрайдиган Х [ИКС] дейиш мумкин. Х [ИКС] дастлаб саноат ишлаб
чиқаришга оид бўлган инглизча термин бўлган. Бироқ, ХХ асрда Марсель Дюшан ўзлаштириб, унга
янги мазмун киритган. Бу терминни ёзиб беринг.

ЖАВОБ: РЕДИ-МЕЙД.
ҲИСОБ: READYMADE.
ИЗОҲ: Реди-мейд — санъатдаги услуб бўлиб, унда муаллиф бошқа шахс томонидан яратилган
объект ёки матнни олиб бошқа мазмунда тақдим этади ва уни машҳур бўлишига сабабчи бўлади.
Дастлаб бу термин қўл меҳнати - хэнд-мейдга қарама-қарши маъно англатувчи ҳолатда
қўлланилган.

САВОЛ №2: Бир машҳур АҚШлик инсоннинг асл исми Эдвин эди. Кўпчиликка маълум бўлган исми
эса унинг лақаби бўлган. Гап шундаки, cинглиси ёшлигида «ака» дейишга қийналган ва «ака»
сўзини ҳарф тушириб талаффуз қилган. Кейинчалик сўз талаффузи янада қисқариб бизга маълум
кўринишга келган. Бу лақабни ёзиб беринг.

ЖАВОБ: БАЗЗ [ОЛДРИН].


ИЗОҲ: Синглиси «brother» сўзини айтолмай «buzzer» деб талаффуз қилган. Кейинчалик «Buzz»гача
қисқарган. 1988 йилда исмини расман Эдвиндан Баззга узгартирган.

САВОЛ №3. Алишер Навоий бу образга «Лисон ут-Тайр»дан олдин ҳам, «Фарҳод ва Ширин»
достонида мурожаат қилган. Фаридиддин Аттор уни умр-бўйи хас-хашак йиғувчи, яккаларнинг-
яккаси қилиб тасвирлаган бўлса-да, уни дунёнинг фонийлиги тимсоли деб айтган. Қайси образ
ҳақида гап кетмоқда?

ЖАВОБ: ҚАҚНУС.
ҚАБУЛ: ФЕНИКС
ИЗОҲ: Умр бўйи хас-хашак йиққан қақнус ёлғизлигидан нола чекади ва шунчалик аччиқ дод-вой
солганидан ёниб кетаркан. Навоийда ҳам, Атторда ҳам қушлар образида айтилиши керак бўлган
ҳикмат, ғоя баён қилинган. 1755 йилда Лиссабон зилзиласидан кейин цунами пайдо бўлган. Ер
қимирлаши, сув балосидан омон қолган уйлар бир ҳафта давом этган ёнғинларда вайрон бўлган.
Бу уйларда феникс қуши тасвири бўлишига қарамай, улар қайта бунёдн этилмаган.

САВОЛ №4. Бу термин билан фонд бозоридаги айрим иштирокчиларни ва охирги йилларда
ўқувчилар орасида кўпайиб бораётган ижтимоий муаммони аташади. «Биз ҳаммамиз ўликмиз»
сериалида вирус бошқача таъсир қилган икки қаҳрамондан бири ШУ ИШ билан шуғулланган,
иккинчиси ШУ ИШ қурбони ҳисобланади. Қайси термин ҳақида гап кетмоқда?
ЖАВОБ: БУЛЛИНГ.
ИЗОҲ: Биржа савдоларида биламизки «буқалар» ва «айиқлар» бўлади. «Буқа» инглиз тилида
«bull» дейилади ва «буллинг» термини билан оҳангдош. «Буллинг» мунтазам равишда
такрорланиб турадиган бошқа болага қасддан зарар етказишдир. Корейс сериалида Ким Хён Джу
синфдошлари томонидан доим турткиланган, зуғмга учраган. Гви Нам эса мактабда доим
бошқаларни уриш, камситиш, калака қилиш билан шуғулланиб келган.

САВОЛ №5. Артур Конан Дойл бошқа ёзувчи – Эдгар По ижодидан илҳомлангани ва таъсири
натижасида кўп ғояларни олганини яширмай тан олган. Конан Дойлнинг айтишича, агар По
ижодидан ўзига бирор нарсани ўзлаштирган бошқа муаллифлар ҳар бир олган ғояси учун унга
гонорарининг ўндан бирини берса ҳам бу пулларга бир нечта Холмс ёдгорлигини яратиш мумкин
экан. Юқоридаги саволда бир сўз ҳарфлари бироз ўзгартирилган. Ўша сўзни оригиналида ёзиб
беринг.

ЖАВОБ: ХЕОПС.

САВОЛ №6. DermicVR [дермик ви-ар] компанияси ишлаб чиқарган мультфильм воқеалари виртуал
реалликда бўлади. Мультфильм сюжетига кўра томошабин кучли қалқонга эга бўлади. Қалқонни
активлаштириш учун унга дастлаб муз чанги, кейин эса оловли мева беришади. Бу вақтда болакай
билан реал ҳаётда қандай воқеа содир бўлади?

ЖАВОБ: ВАКЦИНА ОЛАДИ.


ҚАБУЛ: ЭМЛАНАДИ, УНИ ЭМЛАШАДИ, УКОЛ ҚИЛИШАДИ, ШПРИЦДА УКОЛ, УКОЛ ва ҳ.к.
ИЗОҲ: Ушбу илова эмлашга олиб келишган болаларни уколдан қўрқмаслик ва оғриқни ҳис
қилмасликка ўргатади. Виртуал реалликда боланинг қўлига муз чанги текканида унинг терисига
спирт суртилаётган бўлади, оловли мева – игнани терисига кириши.

САВОЛ №7. ТАРҚАТМА МАТЕРИАЛ.


Ҳисобланишича, чамаси 10 йиллардан бери Калифорниядаги электрнинг тахминан 3 фоизи шу
мақсадда сарфланаркан. Бунчалик кўп сарфланиши сабабларидан бири сифатида доимий
вентиляция ва ёритиш зарурлиги айтилади. Қандай мақсадда шунча электр сарф қилинишини
топинг.

ЖАВОБ: МАРИХУАНА ЕТИШТИРИШ.


ҚАБУЛ: НАША ЕТИШТИРИШ, КАННАБИС ЕТИШТИРИШ.
ИЗОҲ: 2012 йилда Калифорнияда тиббиёт мақсадларида марихуанага рухсат берилади. Уни
етиштириш учун теплицани вентиляцияси ва доимий ёруғлиқ учун электр сарфи одатдагидан
кўпроқ талаб қилинади. Биткоин, майнинг-ферма деб жавоб берган бўлсангиз маълумот сифатида
айтмоқчимиз, бу мақсадда электр сарфи бир неча ўн баравар кўп талаб этилади.

САВОЛ №8. ДУПЛЕТ САВОЛЛАРИ [ҳар бир саволни ўйлаш учун 30 сониядан вақт берилади]

1. У маълум бир вақт махсус мактабда ишлаган. Ўша вақтда ҳаётида ёдда қоладиган воқеа, бу узоқ
вақт ўқишни ташлаб қўйиб, яна давом эттиришни истаган умидли ўқувчилардан бирининг
мактабга қайтиши бўлган. Унинг кимлигини ёзиб беринг.

2. Тахминан 50 йиллар олдин Орегон штатининг Стенфорд университети талабалари руҳий


касалхонада кучли таъсир қилувчи психотроп ва гиёҳванд моддаларнинг организмга таъсири
бўйича тажрибаларда иштирок этишган. Ҳукумат аралашуви билан бундай қалтис тажриба дастури
тўхтатилган. Шундан кейин ҳам касалхонада оддий санитар ва қоровул лавозимида ишда қолган
талабани кимлигини ёзиб беринг.

ЖАВОБЛАР: 1. [ДЭНИЕЛ] КИЗ; 2. [КЕН] КИЗИ


ИЗОҲ:
1. Махсус мактабда таълим олган болакай дастлаб яхши натижаларни қайд этишни бошлаган,
кейин бир муддат ўқишни ташлаб қўйган. Дэниелнинг айтишича «болакай мактабга қайтиб
келганида ҳамма нарсани, ҳатто ўқишни ҳам унутган эди. Албатта буни кузатиш жуда қайғули
эди». Мазкур воқеа бўлажак адибнинг «Элжернонга аталган гуллар» романи воқеаларини эсга
солади.
2. Элтон Кен Кизи талабаликда орттирган бу ҳаётий тажрибасидан кейинчалик «Какку уяси узра
парвоз» асарини ёзишда фойдаланган.

САВОЛ №9. Америкада шаҳарликлар учун мўлжалланган стартап мижозлари ҳар ой 15 доллардан
тўлов қилишади. Эвазига эса уларга почта орқали 25 цент қийматдаги тангаларда 10 доллар
қайтариб берилади. Стартап муаллифлари буни ҳеч қандай молиявий фирибгарлик эмаслигини,
майда тангалар бир иш учун мўлжалланганини айтишади. Ўша ишни ёзиб беринг.

ЖАВОБ: КИР ЮВИШ.


ҚАБУЛ: КИР ЮВИШ АВТОМАТИДАН ФОЙДАЛАНИШ, ЛАНДРОМАТ УЧУН, ЖАМОАВИЙ КИРХОНА
УЧУН.
ИЗОҲ: АҚШда жамоатчилик, умумий фойдаланиш учун кир ювиш жойлари тармоғи яхши
ривожланган. Кир мошинадан фойдаланиш учун сиз майда 25 центлик тангадан фойдаланиб
тўлов қиласиз. Бу ерда ҳеч қандай «пул ювиш» операцияси йўқ, шунчаки янги бизнес-модели
йирик пулларни банкка бориб майдалашга эринадиган кишилар учун доимий майда пулларни
юбориб туришга қаратилган.

САВОЛ №10. 2010 йилда Колумбиядаги маҳаллий радиостанцияларда янги мусиқа қўйиш
бошланади. Бу мусиқа туфайли қўзғалончилар томонидан асирликда сақланаётган кишиларда
ўзларини қутқаришларига умид пайдо бўлган. Мақолада ушбу мусиқанинг нақоратидан кейин
келадиган қисми таърифланганида бир инсоннинг фамилиясини кўришимиз мумкин. Қайси
фамилия ҳақида гап кетаётганини топинг.

ЖАВОБ: МОРЗЕ.
ИЗОҲ: Махсус яратилган поп-мусиқа орқали мамлакат ҳарбийлари асирларга шифрланган хабар
юборган. Хабарда «19 киши қутқариб қолинди. Сизлар навбатдасизлар. Умидсиз бўлманг»
дейилган. Хабар мусиқа битига нақоратдан кейин такрорланиши учун синтезаторда махсус морзе
алифбосида шифрланиб қўшиб қўйилган.

САВОЛ №11: ТАРҚАТМА МАТЕРИАЛ.


Мобил алоқа ривожланиб, ҳамма учун қўл телефонлари олиш қулай бўлиб қолгани сабабли
Германиядаги кўплаб эски телефон будкаларидан бошқа мақсадда, унинг ўрнида фойдаланиш
таклиф қилинган. У икки ўзакли инглизча сўз. Ўзимизда ҳам улар жамоат жойларида
оммалашишни бошлаганди, ҳозир эса яна бироз ёддан кўтарилгандек. Эски телефон
будкаларидан қандай мақсадда фойдаланиш таклиф қилинган?

ЖАВОБ: БУККРОССИНГ.

САВОЛ №12. Испан маъмурияти АҚШда таълим олган кубалик ёшлардан қўрққан. Уларни Кубага
қайтиб келгач одамлар қўлига қурол бериб, давлат тўнтариши уюштириши мумкин деган таҳдид
бўлган. Лекин жорий қилинган тақиқ натижа бермаган. Айтингчи, 1939 йилда Куба тарихида
биринчи марта қандай воқеа содир бўлган?

ЖАВОБ: БЕЙСБОЛ БЎЙИЧА ЖАҲОН ЧЕМПИОНИ БЎЛГАН.


ИЗОҲ: Испанлар Кубада бейсбол ўйинини тақиқлашган. Улар ўйин атрибути – бита билан яхши
ишлайдиган ёшлар одамларга уришишни ҳам ўргатиши мумкин деб ҳисоблашган. Бироқ, айнан
тақиқ бу спорт турини оммавийлашиши, машҳурлигига, яъни испанларга қаршилик тимсолига
айланишига сабаб бўлган. Албатта бундай ҳаракат ўз маҳсули берган ва мамлакат жаҳон
чемпионлигини қўлга киритган.

САВОЛ №1/13. Беназир Бхутто Оксфордда ўқиб юрган кезлари талабалар дискотекасида ўзининг
Суссексдан бўлган дугонасини тарих факультети талабаси бўлган Филипп билан таништириб
қўйган. Филиппнинг фамилиясини ёзиб беринг.

ЖАВОБ: МЭЙ.
ҚАБУЛ: МЕЙ, МАУ.
ИЗОҲ: Покистоннинг бўлажак бош вазири ўзининг дугонаси, Буюк Британиянинг бўлажак бош
вазири Тереза Мэй билан талабаликда дўст бўлган ва унга умр йўлдошини топишида сабабчи
бўлган.

САВОЛ №2/14. XIX аср охирида Европанинг айрим ҳудудларида кўмир саноати ривожлангани
боис шиллақуртлар деярли йўқолиб кетган. Бунинг оқибатларини ўрганган олимларнинг
аниқлашича, бу кейинчалик шу ҳудудларда яшовчи турларда унинг қалинлигига салбий таъсир
кўрсатган. Ниманинг қалинлиги юпқалашиб кетган?

ЖАВОБ: ТУХУМ ПЎСТЛОҒИ.


ИЗОҲ: Кўмир ёқиш ёмғирнинг кимёвий таркиби бузилишига сабаб бўлган ва бу шиллақуртларни
йўқолишига олиб келган. Натижада товуқлар ва бошқа қушлар шиллақуртлар билан озиқлана
олишмаган. Рационидан улар чиқиб кетгач, кальций етишмовчилигидан тухуми қалинлиги
камайиб кетган.

САВОЛ №3/15: САВОЛДА СЎЗ ТУШИРИБ ҚОЛДИРИЛГАН.

2015 йилдаги Италия сайлов қонунчилиги иловасида айтилишича маълум бир мақсад билан уч
ойдан ошиқ вақт давомида мамлакатдан ташқарида яшайдиган ёш италияликлар хориждаги овоз
бериш округларида овоз бериш ҳуқуқига эга. Бу иловага «СЎЗ ТУШИРИБ ҚОЛДИРИЛГАН тузатиши»
деб аталади. Тушириб қолдирилган лотин тилидаги исмни ёзиб беринг.

ЖАВОБ: ERASMUS.
ҚАБУЛ: ЭРАЗМУС.
ИЗОҲ: Хорижда бўлишдаги мақсадлардан бири бу таълим. Erasmus — бу Европа иттифоқига аъзо
давлатлар университетлари талабалари ва ўқитувчиларининг алмашиш дастури бўйича ўқитиш
нотижорат дастури.

САВОЛ №4/16. ТАРҚАТМА МАТЕРИАЛ.


Қозоғистон иқтисодий тадқиқотлар институти таҳлилларида мамлакатнинг ҳар бир ҳудуди қандай
иқтисодий имкониятлари ўрганиб чиқилган. Ҳар бир ҳудуднинг импорт ва экспорт имкониятлари
ўрганилганида, Хитойга товар чиқаришда Қизилўрда биринчи ўринда экан. Бу ҳудуд 2021 йилда
асосан қайси икки нарсани экспорт қилган?

ЖАВОБ: БАЛИҚ ВА ҚУМ.

САВОЛ №5/17: Джими Хеселден Британиялик ихтирочи ва тадбиркор, энг бой инсонлардан
бўлган. Унинг ортидан борганлар кўп бўлганми бизга аниқмас. Айтингчи, 2010 йил Хеселден
қандай транспортда бошқарувни йўқотиши натижасида ҳалок бўлган?

ЖАВОБ: СИГВЭЙ
ИЗОҲ: «Segway» (итальянча segue – ортидан бор) итальян мусиқий терминидан олинган.

САВОЛ 6/18: ДУПЛЕТ САВОЛЛАРИ [ҳар бир саволни ўйлаш учун 30 сониядан вақт берилади]

1) Илон Маск ўзига тегишли 49 та спутникни йўқотиши мумкинлиги хақида ёзилган мақолани ўқир
экан, савол муаллифи «Маск пуллар билан ШУ ИШНИ қилмоқда» деб айтади. Нима иш?

2) Karcher компанияси K55 номли янги электр қурилма ишлаб чиққанини эшитган савол муаллифи,
«Унинг эгаси пуллар билан БУ ИШНИ қилмоқда» деб айтади. Нима иш?

ЖАВОБЛАР: 1) ҲАВОГА СОВУРИШ; 2) СУПИРИБ ТОПИШ.


ИЗОҲ: Karcher K55 электр супурги.

САВОЛ 7/19: Бургер ғарб ошхонасига хос егулик ҳисобланади. Корейсларнинг тузланган карам ва
соя соуси қўшиб тайёрланган бургер Кингга бағишланган. Юқоридаги гаплардан биридаги сўздан
учта ҳарф тушириб қолдирилган. Ўша ҳарфларни ёзиб беринг.
ЖАВОБ: ПЛИ
ИЗОҲ: Редьярд Киплинг "Ғарб бу ғарб, шарқ бу шарқ. Ва улар ҳеч қачон бирлашмайди" деган гапи
бор. Ғарб ошхонасига шарқона масаллик билан тайёрланган бургер.

САВОЛ 8/20. ДУПЛЕТ САВОЛЛАРИ [ҳар бир саволни ўйлаш учун 30 сониядан вақт берилади]

1. Муҳокама қилинаётган «Қурол тўғрисида»ги Ўзбекистон Республикаси қонунинининг


фуқаровий, хизмат ва жанговар қуроллар ҳақидаги қисмида уни кўрмаймиз. Лекин қурол ва ўқ-
дорилар муомаласига оид бандида унинг муомаласи бўйича талаблар белгилаб қўйилган.
Карикатурада яширинган четдан кириб келган сўзни топинг.

2. Ҳар бири 400 доллардан бўлган американинг Bullet Blocker компанияси чиқарган маҳсулотда
замонавий гаджетлар учун алоҳида чўнтаклар ҳам қилинган. Уни асосий вазифасидан ташқари яна
қандай мақсадда ишлатиш мумкин?

ЖАВОБЛАР: 1. «ТРАВМАТ»; 2. БРОНЕЖИЛЕТ.


ИЗОҲ:
1. Қонунда чекланган шикаст етказувчи ўқотар қурол ҳеч бир қурол турида алоҳида қайд этиб
кўрсатилмаган бўлсада, у билан муомалага оид талаблар белгилаб қўйилган.
2. Колумбайн кўпайиб бораётгани сабабли ота-оналар ўз фарзандларини максимал ҳимояда
бўлишлари учун махсус мактаб портфеллари сотиб олишмоқда. Портфеллар асосий вазифасидан
ташқари фавқулодда ҳолат вақтида бронежилет нимча каби кийиб олиш мумкин.

САВОЛ 9/21: Уларнинг дастлабки кўринишдагилари 1930 йиллардаёқ бор бўлишига қарамай анча
кечроқ, яъни фуқаро авиацияси самолётларининг рекламасида пилотлар иштирок этишни
бошлашганида оммалашишни бошлаган. Уларни кенг тарқалишини шунингдек, имконияти
чекланган одамлар ҳақидаги алоҳида қонунлар билан боғлиқ дейилади. Уларни 2 та сўз билан
айтинг.

ЖАВОБ: РОЛИКЛИ ЧЕМОДАН.


ҚАБУЛ: ҒИЛДИРАКЛИ ЧЕМОДАН, ҒИЛДИРАКЛИ СУМКА
ИЗОҲ: Роликли чемоданлар анча йиллардан бери бўлса ҳам, 1990-йиллардаги рекламаларда
пилотлар иштирокидаги рекламаларнинг кўпайиб бориши сабабли оммалашган. Имконияти
чекланган одамларни кўча ва жамоат жойларида ҳаракатланиши қулай бўлиши учун қилинган
шароитлар сабабли, роликли сумкани олиб юришга ҳам қулай бўлган.
САВОЛ 10/22: 2016 йилда улар орасида аёллар жуда кам эканини билишганидан кейин буни
адолатсизлик деб айтишган. Чунки улардан 78% аёллар ва фақат 60% эркаклар фойдаланаркан.
Уларни четдан кириб келган сўз билан айтинг.

ЖАВОБ: СМАЙЛИК.
ҚАБУЛ: ЭМОДЖИ.

САВОЛ 11/23: ТАРҚАТМА МАТЕРИАЛ.

Troll.uz саҳифаларида қўйилган бу суратни кўрган савол муаллифи уни эслаб ўтади. Голландияда
петарда ва фейерверк фақат янги йил олди отишга рухсат берилган. Шу сабабли УНИНГ 4-
экпрементида велосипедчиларга эшитиларли тарзда петарда ва фейерверклар отишни
бошлашган. Уни бир неча сўзда ёзиб беринг.

ЖАВОБ: СИНИҚ ОЙНАЛАР НАЗАРИЯСИ


ИЗОҲ: 4-экспрементда қоидаларни бузаётган одамларни эшитган велосипедчилар кўпроқ мусор
ташлаши аниқланган.

САВОЛ №12/24. Огайо штатида битирувчилар шарафига университет оркестри марши ташкил
қилинади. Ҳар йили энг яхши битирувчи ёки йил давомида алоҳида ажралиб турган штат
фуқаросига муҳим топшириқ бажарилади. Бир дақиқадан кейин у қандай ролни бажаришини
ёзиб беринг.
ЖАВОБ: «i» ҲАРФИ УСТИДАГИ НУҚТА.
ИЗОҲ: Марш билан ижро этадига оркестр одатда бирор ёзув ёки фигура шаклида синхрон
ҳаракатланади. Огайо университет оркестри штат номида тизилиб динамик ижро этишади. «Ohio»
[охайо] инглиз тилида ёзилганида ўртадаги ҳарф устида битта нуқтани кўриш мумкин ва уни
таклиф қилинган одам бажариши мумкин. Шу билан биз ҳам турдаги саволларга нуқта қўйдик.
"Nolan Cup 1.1: Dark Knight" savollar paketi

mad_max93March 09, 2022

1-savol.
Sizda javob berish uchun bitta imkoniyat mavjud.
Diqqat savol: Kim haqidagi maqola “Qora tog` ustidagi qor” deya nomlangan.

Javob: Eminem

2-savol.
Eminem har safar yangi tarona yaratar ekan, albomlari ko`p ekanligi tufayli undan foydalanishga majbur
bo`ladi.
Diqqat savol: Undan foydalanmasdan, uni yozib bering.

Javob: Qidiruv tizimi

3-savol. Duplet:

1) 1377-yildan 1395-yilgacha Birinchining IKSI davom etadi. Birinchi va Iksni yozib bering.

2) 1447-yilgacha merosxo`rlik tizimi isloh bo`lmaganligi savol muallifining fikricha Birinchining Igreki.
Birinchi va igrekni yozib bering.

Javob:
1. Shoxrux, bolalik.
2. Shoxrux, xato.
Izox: Temuriy Shoxruxning bolalik davri 1377-yildan 1395-yilgacha davom etgan(18 yil). Temuriylar
imperiyasi vayron bo`lishiga sabab sifatida meros tizimi isloh qilinmagani va 1447-yilda Shoxrux vafot
etgach davlatda ziddiyatlar bo'lganligi aytiladi. Demakki, bu - Shoxruxning xatosi. Shoxrux repperning
“Bolaligim” va “Xato” taronalari balki sizga yordam bergandir.

4-savol.
Britaniyalik ornitolog qushlarni kuzatar ekan, kutilmaganda bu ishni qiladi va boyib ketadi.
Diqqat savol: Voqealari “bu ishni qilmoq” jumlasidan kelib chiqqan toponimda bo`lib o`tuvchi film
nomini yozib bering.

Javob: Tangalik bolalar.


Izoh: Onitolog qushlarni kuzatib Rim davriga oid tanga topib olgan. "Tangatopdi" qishlog`ida "Tangalik
bolalar" filmi voqealari sodir bo`ladi.

5-savol.
Sirojiddinov tomonidan 1983-yilda yaratilgan kitobingiz bor bo`lsa, javob bering. Aks holda, kitobni sotib
oling. Sotib olgandan so`ng, kitobni oching.
Diqqat savol: Ushbu kitob kim haqida?

Javob: Al-Xorazmiy.

6-savol.
Bir yapon romani qahramoni sigaret tutuni bilan to`lgan barni ta`riflar ekan, uni tilga oladi. Ko`plab
yapon ijodkorlari qahramonlari undan foydalanadi.
Diqqat savol: Uni inglizcha so`z bilan yozib bering.

Javob: Speechbubble.

7-savol.
ADIUE

Adiue – ingliz tiliga fransuz tilidan kirib kelgan, xayrlashish ma`nosini beruvchi so`z. Diqqat savol:
Forumlarda nimani "Adiue" bilan boshlashni maslahat berishadi?

Javob: Wordle o`yinini.


Izoh: Adieu – 4 ta unli qatnashadigan yagona 5 xarfli so`z.

8-savol.
Bir asarda bir shahar ta`riflanar ekan, agar mevali daraxtlar bo`lmaganda, ularni farqlashni iloji
bo`lmasligi aytiladi. Ularda xatto pashshalarning ovozini ham eshitish mumkin.
Diqqat savol: Ularni yozib bering.

Javob: Yil fasllari.

9-savol.
Mashxur asar qahramonidan yiqilib tushgan bolani tepib o`tib ketgan odamni kimligini so`rashganda, bu
ismni yashirishning xojati yo`qligini aytadi.
Diqqat savol: Ushbu ismni yozib bering

Javob: Hayd.
Qabul: Mister Hayd.

10-savol.
Anri Matiss fobiyasi tufayli har ehtimolga qarshi skripka chalishni ham o`rganib olgan. Diqqat savol: Anri
nimadan bunchalik qo`rqqan?

Javob: Ko`r bo`lib qolishdan.

11-savol.
Asar qahramoni kosmosda bir soat ekanligini aniqlaydi.
Diqqat savol: Ushbu asar nomida qancha vaqt?

Javob: Bir asr, 100 yil.


Izoh: Bir kun kosmosda yarim soat, yani suniy yoldosh yerni bir marotaba aylanib chiqqunicha bo`lgan
muddat. Chingiz Aytmatovning asari nomi esa Asrga tatigulik kun.

12-savol.
Livanlik fotograf Xassan Ammar Bayrutning go`zal maskanlari bir guruh odamlar uchun unchalik ham
chiroyli ko`rinmasligini ko`rsatish maqsadida, rasmga olishda undan foydalangan.
Diqqat savol: U nima?

Javob: Niqob, burqa, paranji.


13-savol. Van Gog “Kartofel yeyuvchilar” kartinasini chizishda tabiiylik yo`qolmasligi uchun shunday
odamlarni posada turishga chaqirgan. Forumlardan biriga ko`ra, epidemiya tufayli shunday odamlar soni
kamaydi.
Diqqat savol: Qanday odamlar?

Javob: Xunuk odamlar.

14-savol.
Yapon kinemotgrafiyasidagi Tyambara janri – samuraylar haqidagi kinolardan tashkil topadi. Tyambara
bu – IKS.
Diqqat savol: Qaysi serialdagi iks Afzal Rafiqovga tegishli?

Javob: Qashqirlar makoni.


Izoh: IKS bu – qilich ovozi. Qashqirlar makonidagi Qilich personajiga Afzal Rafiqov ovoz bergan.

15-savol.
Mashxur asarning alternativ versiyasida, bosh qahramon qatl qilinar ekan, jallod o`z ko`z yoshlarini tiyib
turolmaydi.
Diqqat savol: Ushbu qahramon ismini yozib bering.

Javob: Chippolino.

16-savol.
Ikkinchi jahon urushida qatnashgan amerikalik pilotlarning aytishi bo`yicha samolyotlardagi uning tasviri
juda yaxshi nishon vazifasini o`tab bergan.
Diqqat savol: Uni ikki so`zda yozib bering.

Javob: Yaponiya bayrog`i.

17-savol.
Serial qahramoni Kongresmen Frensis Andervud tomonidan ishlangan Ta`lim sohasidagi yangi qonunga
qarshi namoyishchilarning plakatlarida U qizil bo`yoqda yozilgan. Vashingtonda U nomli ko`cha tartib
bo`yicha oltinchi hisoblanadi.
Diqqat savol: Uni yozib bering.

Javob: F harfi.
Izoh: F amerikancha baholash tizimida eng past baho. Vashington ko`chalari dastlab alifbo ketma-
ketligida nomlangan: A street, B street va F street oltinchi hisoblanadi.

18-savol.
Nyu-Yorkdagi eng baland binolardan biri bo`lgan Empayr Steyt Building qurilishi haqidagi kitob nomi …
Savol muallifi fikricha, boshqa bir … voqealari ma`lum bir ma`noda 17-asr Yevropada sodir bo`lgan
maniyaga misol bo`la oladi.
Diqqat savol: Uch nuqta o`rnini to`ldiring.

Javob: Osmondagi bolalar.


Izoh: Osmondagi bolalar filmidagi 4 bosh qahramon Lola ismli personajni sevib qolishadi va bu ular
orasida nifoq ham chiqaradi. 1636-1637-yillarda Niderlandiyada lola maniyasi bo`lib o`tgan.
19-savol.
Bir musobaqaning reklama posterida U oy ko`rinishida tasvirlangan. Oy yuzasida ham 2 ta u mavjud.
Diqqat savol: U nima?

Javob: Golf koptokchasi

20-savol.
1981-yilda hali maxsus texnologiya ishlatilmayotganligi tufayli Rim Papasi tizzalab o`tirishga majbur
bo`ladi.
Diqqat savol: Rim Papasi kim bilan suhbat qurayotgan edi?

Javob: Stiven Hoking.

21-savol.
Diqqat savol: Qaysi qo`shiqchida “sol – lya – sol – lya” notalari ketma-ketligi tushirilgan tatuirovka
mavjud?

Javob: Ledi Gaga.


Izoh: Amerikancha nota sistemasida sol – G, lya – A hisoblanadi. Bu esa GAGA so`zini keltirib chiqaradi.

22-savol.
Serjant York Birinchi jahon urushi davrida 132 nemis askarini asirga olgan.
Diqqat savol: Serjant York 1942-yilda qaysi sovrinni qo`lga kiritgan?

Javob: Oskar mukofoti.

23-savol.
O`rta asr asarlaridan birining bosh qahramoni mavritaniyalik hurliqoni sevib qoladi, va qizga yetishish
uchun bir ayyorlik qiladi. Ammo, rejani IKS buzadi. “IKS” 2000-yilda yaratilgan asar.
Diqqat savol: IKS ni yozib bering.

Javob: Yomg`ir.

24-savol.
________________________________________
Tarqatma material

Panjobdagi an`analarga ko`ra kuyovning oilasi kelinga taqdim qiladigan qizil sari - U. Diqqat savol: Uni
ikki so`zda yozib bering.
________________________________________
Vaqt ketdi.

Javob: Rozilik belgisi.


Izoh: Sukut – rozilik belgisi. Biz ham sukut saqladik.
Jobir Ahmedov jamoasi savollari.

mad_max93March 16, 2022

Ўйин бошланишидан аввал барча жамоаларга омад тилаган ҳолда саволларни ва уларнинг
изоҳларини диққат билан эшитишларини тавсия этган бўлардик. Саволлар кирил алифбосида
тузилган.

1-тур.

Савол№1. Улар очиқ, яримочиқ, яримёпиқ, ёпиқ ва қанот бўлиши мумкин. Асосий тамойиллари
тез ривожланиш, хавфсизликни таъминлаш ва қаршилик кўрсатиш.
Савол уларни иккита сўз билан ёзиб беринг!

Жавоб: Шахмат дебютлари, Шахматдаги дебютлар.


Изоҳ: Биринчи саволни дебют билан бошлашга қарор қилдик.

Савол№2. Учинчи саволга тарқатма материал бор, илтимос жавоб олиб келгандан сўнг
тарқатмаларни олиб кетишинггизни сўраймиз.

Турли йилларда уни тайёрлашда давлат стандартлари бўлган. Масалан 1978 йилги стандартга
кўра, 35х90 см, 1983 йилги стандартга кўра — 50х75 см, 1990 йилги стандартга кўра — 35х75 см
бўлиши лозим эди. Юрий Гореловнинг “Руслар уруш истайдими?” номли картинасида ҳам УНИ
кўриш мумкин.
Савол: УНИ, учта ҳарфи бир ҳил унли бўлган, сўз билан ёзиб беринг!

Жавоб: Пайтава.

Савол№3. Дуплет. Тарқатма материал.

1. Ёзувчи Набижон Қодировнинг “Гулетим” асаридан иқтибос:

“...Ҳаром ўлган молнинг гўштини ошхоналар бирлашмасига арзонроқ нархда ўткизиб, пулини
қурутдай қилиб санаб олди. Пихи қайрилган бу машенник отам, шайтонни нўхтасиз минади.

Барибир, яна ТУШИРИБ ҚОЛДИРИЛГАН УЧТА СЎЗ. Ҳозир сени ургани учун сўроқ бериб келди. Ғишт
заводининг бошлиғи билан ишни тинчитишга уриниб, чопиб юрибди. Емаганникини еллар есин,
деганларидай, хасислик билан йиққан пулини энди ўшаларга беради...”

Диққат савол: ТУШИРИБ ҚОЛДИРИЛГАН УЧТА СЎЗни зооморфизм усули орқали, 20 та ҳарф билан
ёзиб беринг!

2. Абдулла Қодирийнинг «Ўткан кунлар» романидан иқтибос:

“...Чаён каби мени заҳарламакда бўлған кампирнинг тўғри сўзини эшитиб туришка ортиқ
тўзалмадим-да, эртагача ўйлаб жавоб беришни айтиб кампирнинг олдидан чиқдим. Чиққач,
ТУШИРИБ ҚОЛДИРИЛГАН УЧТА СЎЗ тўрт томонга югура бошладим...Лекин бутун туни билан
кўзимга уйқу келмай, тиканга ағнаган каби азобланар эдим ва сустлигим учун ўз-ўзимни сўкар
эдим…”
Диққат савол: ТУШИРИБ ҚОЛДИРИЛГАН УЧТА СЎЗни зооморфизм усули орқали, 18 та ҳарф билан
ёзиб беринг!

Жавоб: 1 Пайтавасига қурт тушди. 2 Оёғи куйган товуқдек.

Савол№4. Иборалар мавзусини давом эттирамиз. Уни устига яна дуплет.

1. Бу иборанинг аналоглари сифатида, “илонни ёғини ялаган”, “пихини ёрган”, “тегирмонга солса
бутун чиқади”, “шайтонга дарс беради” каби ибораларни келтириш мумкин. Биз сўраётган
иборада эса, чорвачилик анжоми эслаб ўтилган.
Савол: ушбу иборани учта сўз билан ёзиб беринг!

2. Россияга, Францияга ва яна бир қанча давлатларга олиб кетилган Амир Олимхоннинг катта
миқдордаги бойлиги ҳақидаги видеоматериалга, Ютуб фойдаланувчиси томонидан “Ўзи емайди,
бировга ҳам бермайди” дея изоҳ ёзилган. Дарҳақиқат Амир Олимхон хазинасида катта бойлик
тўпланган бўлса-да, амирлик аҳолиси оч-ночор аҳволда ҳаёт кечирган. Ютубда қолдирилган
изоҳлар орасида яна бир ибора ҳам борки, унда шамол эслаб ўтилади.
Савол: Ушбу иборани битта харф билан бошланадиган, учта сўз билан ёзиб беринг!

Жавоб: 1 Шайтонни нўхтасиз минади. 2 Емаганникини еллар есин.


Изоҳ: Бундан олдинги савол учун берилган тарқатма материалга назар солсанггиз ҳозир айтилган
иккала иборани ҳам топишинггиз мумкин.

Савол№5. Муҳаммад Юсуфнинг “Лаганбардорлар” шеърида Абдулла Қодирий, Чўлпон ва Усмон


Носирлар билан биргаликда ЧИЖИКОВ ҳам эслаб ўтилада. Солженицын химик дўсти Виткевич
Николай Дмитриевичга ёзган ЧИЖИКОВ ҳақидаги мактубларида ЧИЖИКОВ эслаб ўтилмаган.
Версиялардан бирида, ЧИЖИКОВни танланишига Людмила Николаевна сабаб бўлгани айтилади.
Савол: ЧИЖИКОВ билан алмаштирилган битта сўзни ёзиб беринг.

Жавоб: Сталин. Джугашвили, Иосиф, Коба ва бошқа Сталининг лақаблари ёзилган жавоблар қабул
қилинмайди.
Изоҳ: Муҳаммад Юсуф зиёлиларни қатағон қилинишида нафақат Сталинни, балки ёзувчиларни
устидан шикоят ёзиб берган лаганбардорларни ҳам қоралаган. Александр Солженицын дўстига
ёзган Сталин ҳақидаги мактубларида Сталин сўзини умуман ишлатмаган. Уни ўрнига “бошлиқ”,
“хўжайин” каби сўзлар ишлатилган. Солженицын ва Николай Виткевич қатағонга учрашларига
сабаб айнан мактублар бўлган. Сталин тахаллусини келиб чиқиши ҳақида бир қанча версиялар
бўлиб, улардан бирида Иосиф Джугашвили Людмила Николаевна Сталь билан яқин алоқада
бўлгани сабабли, аёлнинг фамилиясини тахаллус қилиб олгани таъкидланади. Саволдаги
алмаштириш ҳам бежиз эмас, ЧИЖИКОВ Сталиннинг лақабларидан бири ҳисобланади. Бугун 5
март Сталин вафот этган кун бўганлиги учун 5-саволни унга аташга қарор қилдик.

Савол№6. "Дивергент" фильмининг қахрамони Биатрикс, оилада альтруизм руҳида тарбияланади.


Ота-онаси фикрича, Биатрикс альтруист бўлиши керак эди, акси эмас. Тарбия тўкис бўлиши учун
Биатриксга У ЕРДА узоқ вақт бўлиш тақиқланган.
Савол: У ЕРНИ иккита сўз билан ёзиб беринг!

Жавоб: Кўзгу олдида, кўзгу қаршисида ва шу каби синоним жавоблар қабул қилинади.
Изоҳ: Альтруист инсон бу бошқа инсонларнинг ҳуқуқ ва манфаатлари учун ўзининг ҳар қандай
қизиқиш ва ҳуқуқларидан воз кечадиган инсон ҳисобланади. Биатриксда эгоизм элементлари
шаклланмаслиги учун унга кўзгу қаршисида узоқ вақт қолиб кетиш мумкин эмас эди.

Савл№7. Кейинги саволга тарқатма бор, илтимос жавобларни йиғиб келадиганлардан


тарқатмаларни олиб кетишларини сўраймиз.

Википедияга ишонадиган бўлсак, Европадаги бу шаҳарда ўзига хос марш бўлиб ўтганига
қарамасдан, аҳолидан муайян вақт фақатгина от солиғи олинган. Савол: Қайси шаҳарда?

Жавоб: Ковентри.
Изоҳ: Манбаларда қайд қилинишича, 11 асрда Ковентри аҳолиси ҳаддан ташқари кўп
солиқлардан жуда қийналган. Солиқлар миқдори кўплигидан аҳоли жуда қашшоқлашиб қолади.
Одамларга раҳми келган Годива хоним эри Леофрикдан уларни солиқлардан озод қилишни
сўрайди. Леофрик эса агар хотини шаҳар бўйлаб ялонғоч сайр қилса аҳолини солиқлардан озод
қилишга ваъда берган. Годива хоним шартни бажарган. Шундан сўнг шаҳар аҳолиси барча
солиқлардан озод қилинган деган маълумотлар бор. Буни қарангки айрим маълумотларга кўра,
барибир от солиғи сақланиб қолган экан.

Савол№8. Тарқатма материал


Диққат қилинг саволда БУТОН сўзи алмаштирилган.

uaportal.com, сайтида эълон қилинган мақолада Леонид қилич ўрнида БУТОН ушлаб турган мемни
кўриш мумкин.
Савол: Ушбу мемнинг матн қисмида тушириб қолдирилган 2 та символни ёзиб беринг!

Жавоб: 8, М.
Изоҳ: 8 Март муносабати билан uaportal.com сайти аёлларга креатив табриклар рукнида Леонид
иштирокидаги This is Sparta номли мемга ўзгартириш киритган ва Леонидга қилич ўрнига букет
тутқазилган. Саволда французча Букет сўзи бошқа бир французча сўз Бутонга алмаштирилган. Уни
устига Бутон Тошкент шаҳридаги гул дўконларидан бирининг номи ҳисобланади.

Савол№9. Диққат саволди битта сўз тушуриб қолдирилган.


Илгари, аристократлар орасида, БУ ИШ дуэлга сабаб бўлган. Ҳозирги кунда эса спортга айланишга
улгурди. Бундай турдаги спорт мусобақаси дастлаб Мексикада ўтказилган бўлса, Биринчи Россия
чемпионати 2018 йили бўлиб ўтган. Қоидага кўра, унда бош иштирок этмаслиги керак.

Диққат савол: 2021 йилнинг Сентябр ойида шов-шув кўтарган ниманинг бошланишида, унинг ҳар
бири, тахминан 84-85 долларга баҳоланган?

Жавоб: Кальмар ўйини сериали.


Изоҳ: Гап тарсаки, ёки шапалоқ ҳақида кетаётганди. Шапалоқ тушуриш спортида тўртта бармоқ
орқали очиқ кафт билан зарба берилади. Тарсаки туширилаётганда бош бармоқ қатнашмаслиги
керак. Кальмар ўйини сериалини бошланишида бошқа қахрамонга ҳар бир тарсаки учун 100 минг
вон – тахминан 84-85 доллар таклиф қилинган.

Савол№10. Луи Наполеон Бонапарт 1852 йили, Франция императори бўлганидан сўнг, жамоат
жойларида, яъни ярмарка майдонларида, гавжум кўчаларда, анъанавий шансон ашулаларни
куйлашни тақиқлайди. Натижада, улар пайдо бўлган. Уларни ичида энг машҳурларидан бири,
Қора мушук эди. Савол: Уларни топинг!

Жавоб: Кабаре
Изоҳ: Луи Наполеоннинг тақиқидан сўнг кўпчилик шансон куйловчилар кичик кафеларда чиқиш
қила бошлашган ва шу тарзда кабарелар вужудга келган. Ўша вақтларда Париждаги энг машҳур
кабарелардан бири «Ша Нуар» (Le Chat Noir) яъни Қора мушук деб номланган.

Савол№11. Машхур манбада, бу ишни қилиш учун, 13 та қурбон берилади. Сенегаллик бу инсон
эса, бу ишни талофатсиз амалга ошириш мумкинлигини, ортиқча гап сўзсиз кўрсатиб берган.
Савол: Ушбу сенегалликнинг исм фамилиясини ёзиб беринг!

Жавоб: Хаби Лейм


Изох: Бу иш шиша кўприкдан ўтиш эди. Кальмар ўйини сериалида шиша кўприкдан ўтишда 13
киши ҳалок бўлган. Биласиз Хаби Лейм турли мураккаб ишлар аслида содда экани ҳақида қисқа
роликлар ва анти лайфхаклар олиш орқали танилган. Аҳамиятлиси у ўз роликларида бирорта сўз
ишлатмайди.

Савол№12. Мусиқачи ва график рассом бўлган бу инсон, катта эҳтимол билан, Испаниядаги
фуқаролар уриши бошланишида ҳалок бўлгани айтилади. Бироқ, унинг мурдаси топилмагани
сабабли, бошқа фаразлар, хусусан мамлакатни тарк этгани ҳақида миш-мишлар ҳам пайдо бўлган.

Савол: Васиятини амалга оширишни имкони бўлмаган ушбу инсоннинг, кимлигини топинг!

Жавоб: Федерико Гарсиа Лорка.


Изоҳ: Гарсиа Лорка ўзининг Моменто шеърида ўлимидан сўнг уни гитара билан, қумлоқдаги
апелсинзорга кўмишларини сўраган. Мурдаси топилмаганидан сўнг табиийки уни васиятини
амалга оширишни иложи йўқ эди.

Савол№13. Бошловчи кўча номини икки марта – иккинчи сафар бўғинлаб ўқиб бериши лозим.

Диққат қилинг саволда ИКС иккита сўз билан алмаштирилган.


Германиянинг Ройтлинген шаҳарчасидаги Шпройерхофштрассе, қайтараман (Шп-ро-йер-хоф-
штрас-се) дунёдаги энг ИКС сифатида, Гиннеснинг рекордлар китобига киритилган. ИКС номли
ашуланинг қахрамони, ўз севгилисига гапини айтолмаган руҳий носоғлом йигит ҳисобланади.
Савол: ИКСни 2 та сўз билан ёзиб беринг!

Жавоб: Тор кўча.


Изоҳ: Бу кўчани энг тор жойи 31 смга тенг экан. Зиёданинг “Тор кўча” қўшиғида шундай мисралар
янграйди.
“Тор кўчанинг тор йўлчасида,
Севганим бор, эй бир кулбасида...
...Қишлоғимдаги битта телбани
Нетай, севаманда?!..
...Эй ёр, менда гапи бор,
Айтолмайди, айтолмайди, айтолмайди ёр......”

Савол№14. Шоир, Тўлан Низомнинг рубоийларидан бирида, дунёнинг айланиши, УНГА


ўхшатилади. Авваллари, УНИ ҳаракатлантирувчи кучлардан бири - сув бўлган. Аҳмад Лутфий
Қозончининг ёзишича, яҳудийлар Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва салламга УНДАН фойдаланган
ҳолда суиъқасд уюштиришмоқчи бўлишган. УНИ, битта ҳарф билан бошланувчи иккита сўз билан
ёзиб беринг!

Жавоб: Тегирмон тоши.


Изоҳ: Авваллари тегирмон тоши, қўл кучи, уй ҳайвонлари, сув ёки шамол ёрдамида ҳаракатга
келтирилган. Яҳудийлар бир пайтлари Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва салламнинг устларидан
тегирмон тошини ташлаб юбормоқчи бўлишган экан.

Савол№15. Режиссёр, Роланд Эммерихнинг “Оқ уйга хужум” фильмида, душманига қурол ўқталиб
турган АҚШ президенти, ўқ узишдан олдин, бу ишни қилади. Конструкцияга путур етиб, шакли
бузилмаслиги учун, мутахассиалар, бу ишни иккита қўл ёрдамида амалга оширишни тавсия
қилишади.
Савол: Хохланг бу ишни хохланг унинг тескарини ёзиб беринг!

Жавоб: Кўзойнак тақиш ёки кўзойнак ечиш.

Изоҳ: АҚШ президенти кўриш билан боғлиқ муаммоси борлиги сабабли, душманига ўқ узишдан
олдин кўзойнагини тақиб олган.

2-тур.

1-савол. Савол№16. Биринчи турдан кейинги очколар билан танишдинггиз. Умид қиламизки, ушбу
саволдан кейин жамоалар ҳисобидаги баллар яна бир очкога бойийди.

Онтарио провинциясининг Митчелл шаҳрида катта бўлган канадалик хоккейчи, Ховард Уильям
Моренц муз устида катта тезликда учишга ва кескин қайрилишларга уста эди. Бундай кўникмага,
ёшлигида музлаган кўл ва кўлмаклар устида машғулот олиб боргани сабаб бўлган. Ховард Уильям
Моренц, музлаган кўлмак устидаги тошчаларни, шоҳ шаббаларни ва УЛАРНИ четлаб ўтиб, турли
манёврларни амалга оширган. Бошқа бир мақолада ҳайдовчиларга УЛАРДАН имкон қадар тезроқ
халос бўлиш тавсия этилган. Савол: УЛАРНИ иккита сўз билан ёзиб беринг!
Жавоб: Қушлар гўнги, (Қуш ахлатлари, Қуш гўнги, Ўрдак ахлати)

Изоҳ: Ховард Уильям Моренц катта бўлган шаҳарча кўчиб юрувчи қушлар учиб ўтадиган ҳудудда
жойлашган. Юз минглаб қушлар бу ҳудуддан учиб ўтиш вақтида кўл ва кўлмакларга қўниб
ўтишган. Айримлар эса учиб ўтиш жараёнида ахлат ташлаб кетишган. Музлаган қуш ахлатларига
туртиниш унчалик ҳам ёқимли эмас эди. Шунинг учун Моренц уларни четлаб ўтишига тўғри
келган. Автомобил краскасига ва металига зарар бермаслик учун ҳайдовчиларга тезроқ қуш
ахлатларидан халос бўлиши тавсия этилади. Одамлар орасида қуш ахлат ташлаб кетган киши
бойиб кетади деган ирим юради. Саволни ўқишдан олдин жамоалар ҳисобидаги баллар яна бир
очкога бойийди деганимизда шунга ишора қилган эдик.

2-тур, 2-савол. Савол№17. Швециянинг Лунд шаҳри маъмурияти, 2020 йилнинг 30 апрель куни,
шаҳардаги истироҳат боғларининг яшил майдонларига товуқ гўнгини сепиб чиқишга қарор қилган.
Бундан иккита мақсад кўзланган бўлиб, улардан бири майсаларни ўғитлаш эди. Кўзланган
иккинчи мақсадга эришиш учун, яқинда Рус православ черкови христианларга сувда чўмилиш
маросимидан воз кечишни тавсия қилди.
Савол: Иккинчи мақсад мазмунини ёзиб беринг!

Жавоб: Одамларни бир жойга тўпланишини олдини олиш. Коронавирус тарқалишини олдиди
олиш ва мазмунан мос келувчи бошқа жавоблар ҳам қабул қилинади.
Изоҳ: Европада, хусусан Швецияда 30 апрелдан 1 майга ўтар тун "Вальпургия кечаси" - бахор
байрами нишонланади. Швецияда карантин чекловлари жорий этилмагани боис ушбу байрамни
нишонлаш учун одамларни истироҳат боғларига тўпланишларидан, коронавирусни тарқалишидан
ҳавотирга тушушган ва боғлардаги яшил майдонларга товуқ гўнгини сепиб чиқишган. Шаҳар
маъмуриятининг фикрича, бадбўй ҳид одамларни тўпланишларига йўл қўймаслиги керак эди.

2-тур, 3-савол. Савол№18. Мавзуни давом эттирган ҳолда, ҳаддимиз сиғиб ушбу саволни беришга
қарор қилдик.

Швецияда, фуқароларни оммавий тўпланишларини олдини олиш учун, майсаларга қушларнинг,


хусусан товуқларнинг ахлатини сепилишига қарши бўлган фаоллар, бунинг табиатга зарари ҳақида
бонг уришган. Қайд этилишича, қушлар ахлатидаги заҳарли моддалар, майсаларни қуриб
қолишига ҳамда яшил ҳудудларни йўқолиб кетишига сабаб бўлади. Катта миқдордаги қуш
ахлатлари сув ҳавзаларидаги экосистемани тўлиқ ўзгартиради. Ҳавога катта миқдордаги метан,
азот диоксиди ва аммиак тарқалишига олиб келади. Ушбу муаммолар ҳақида ёзилган vesti.ru
сайтидаги мақолада “ШВЕД ЭЛЧИСИ” эслаб ўтилган. “ШВЕД ЭЛЧИСИ” 2019 йили қатор унвонлар
билан бирга Белгиянинг Монс университети томонидан фахрий докторлик даражаси билан
мукофотланган. Савол: “ШВЕД ЭЛЧИСИ” сўзлари билан алмаштирилган исм фамилияни ёзиб
беринг!

Жавоб: Гре́та Тинтин Элеонора Э́рнман Ту́нберг. Гре́та Ту́нберг жавоби ҳам қабул қилинади.
Изоҳ: Швециядаги экологик муаммо ҳақидаги мақолада швециялик машҳур экофаол эслаб
ўтилган эди. Гре́та Ту́нберг Швеция фуқароси ҳисобланади. 2019 йили БМТдаги нутқи “Бунга
қандай ҳаддинггиз сиғди” сўзлари билан интернетда резонанс ҳосил қилган. Шу йили Time
журнали томонидан йил одами сифатида эътироф этилган. Шунингдек у эга бўлган унвон ва
мукофотлар орасида Amnesty International ташкилотининг “Виждон элчиси” мукофоти ҳам
мавжуд.
2-тур, 4-савол. Савол№ 19. Дуплет. Тарқатма материал.

1. pikabu.ru сайтида ушбу суратга берилган изоҳда, 1887 йили Венада туғилган Александр
эсланади.
Савол: Александрни фамилиясини ёзиб беринг!

2. ChessMaster (Чэс мастер) телеграм канали ушбу суратни немисча сўз билан изоҳлаган.
Савол: Ушбу сўзни ёзиб беринг!

Жавоб: 1. Шрёдингер, 2. Цугцванг.


Изоҳ: Шрёдингерни тўлиқ исми Э́рвин Ру́дольф Йо́зеф Алекса́ндр Шрёдингер. Уни номи билан
Шрёдингер мушуги парадокси аталади. Ушбу суратга pikabu.ru сайтида Шрёдингер ликопчалари
деб изоҳ берилган. Цугцванг атамаса шахматда ишлатиладиган атама бўлиб, ҳар қандай юриш
яъни ҳаракат позицияни ёмонлашувига олиб келадиган ҳолатга нисбатан ишлатилади.

2-тур, 5-савол. Савол№20. Бронкслик бўлсада, АҚШлик эмас бразилиялик. 9 ёшида юрак шовқини
ва оёқ суяги ревматизми ташхисини қўйишгандан сўнг, 2 йил касалхонада ётган. Бутун умр юра
олмайдиган ногирон бўлиб қолиш эҳтимоли борлиги учун, докторлар спорт билан шуғулланишни
тақиқлашган. Бироқ, спортга бўлган муҳаббат уни яна оёққа туришга ундаган. Биринчи
чемпионликни темирни ютуб қўлга киритган бўлса, кейинчалик қанчалик қаттиқ бўлмасин
бриллиантниям синдиришга эришган.
Диққат савол: Ушбу инсонни исм фамилиясини ёзиб беринг!

Жавоб: Чарльз Оливейра


Изоҳ: Бразилиялик аралаш жанг спортчиси Чарльз Оливейрани лақаби Бронкслик ёки Бронкслик
йигит. UFCда чемпионликни Майкл Чендлерни мағлубиятга учратгандан сўнг қўлга киритган.
Майкл Чендлерни лақаби эса Темир. Ундан сўнг Дастин Порьени ютган. Уни лақаби эса бриллиант.

2-тур, 6-савол. Савол№21. Спортчиларни турли ном ва лақаблар билан аташ одат тусига кирган.
Масалан, Бразилиялик Чарльз Оливейрани Бронкслик, Майкл Чендлерни Темир, Дастин Порьени
бриллиант дейишади.
Диққат савол: Митчеллик метеор лақабига эга бўлган спортчининг исм фамилиясини ёзиб беринг!

Жавоб: Ховард Уильям Моренц.


Изоҳ: Иккинчи турнинг 1-саволида канадалик хоккейчи Ховард Уильям Моренц Онтарио
провинциясининг Митчелл шаҳарчасида туғилгани, муз устида катта тезликда учиши ҳақида
маълумот бериб ўтгандик.

2-тур, 7-савол. Савол№22. Айрим маълумотларга ишонадиган бўлсак, Султон Сулаймоннинг


васиятига кўра, тобутини, то қабргача, улар кўтаришлари керак эди. Уларнинг кичиги 1998 йили
дунё юзини кўрган. Уларни топинг!

Жавоб: Табиблар.
Изоҳ: Султон Сулаймон ҳар қанча кучли табиб бўлса ҳам ўлим олдида ожизлигини кўрсатиш учун
тобутини табиблар кўтаришини васият қилган. 1998 йили Зулфуқор Мусоқовнинг “Кичкина табиб”
фильми экранларга чиққанди.

2-тур, 8-савол. Савол№23. Маълумотларга кўра, 1834 йили туғилган бу рассомни рус проваславь
черкови билан муаммолари бўлган. Унинг асарларида оддий инсонлар билан иши йўқ,
каландимоғ, қорин ғамидаги руҳонийлар акс этган. Шунинг учун черков рассомнинг асарларига
эътироз билдириб келган. Савол: Гап қайси рассом ҳақида кетмоқда.

Жавоб: Василий Перов.


Изоҳ: «Монастырдаги тамадди» (Трапеза) ва «Мытищидаги чойхўрлик» картиналарида
овқатланаётган ва чой ичаётган руҳонийни кўриш мумкин. Саволда қорин ғамидаги руҳонийлар
деганда айнан ушбу картиналарнинг қахрамонлари назарда тутилган эди.
2-тур, 9-савол. Савол№24. 1727 йили содир бўлган ёнғин натижасида, бу шаҳарнинг кўпгина
ҳудудлари вайрон бўлган. Шаҳарни тиклашдаги нўноқ архитекторнинг хатоси туфайли У пайдо
бўлган. Маҳаллий аҳолининг ҳазиломуз фикрича, У келишган қомат этолонининг ўлчови бўлиб
хизмат қилар экан.
Савол: Унинг номини ўзбекча бўлмаган сўз билан ёзиб беринг!

Жавоб: Шпройерхофштрассе.
Изоҳ: Гап Германиянинг Ройтлинген шаҳарчасида жойлашган эни 31 смли дунёдаги энг тор кўча
ҳақида кетаётганди. Маҳаллий аҳоли орасида тарқалган ҳазил фикрга кўра, ушбу кўчага сиғиб,
кўчадан ўта олган кишиларни келишган қоматга эга деб ҳисоблаш мумкин. Биринчи турнинг 13-
саволида ушбу кўча ҳақида сизга маълумот бериб ўтган эдик.

2-тур, 10-савол. Савол№25. Оққонга чалинган Самарқанд давлат тиббиёт институтини тамомлаган
йигит ҳақидаги мақола номида, тазод санъати қўлланилган рубоий мисрасини учратиш мумкин.
Савол: Ушбу мисрани 5 та сўз билан ёзиб беринг!

Жавоб: Нетай, табибимнинг ўзи ҳам бемор. (Умар Хайём)

(Ҳайҳот, табибимнинг ўзи бемор бўлмиш жавоби ҳам қабул қилинади. Шунингдек 5 та сўздан
иборат, бемор ва табиб сўзлари ишлатилган ҳар қандай Рубоий мисраси агар исботи билан
келитирилса қабул қилинади)

Изоҳ:
Дилим бўлган эди битта ёрга зор,
У ўзга бир ерда ғамга гирифтор.
Мен ундан ўзумга дору изласам,
Нетай, табибимнинг ўзи ҳам бемор.

****

Ишқида сулув ёрни дилим зор бўлмиш,


Ул ғамга бўлак ерда гирифтор бўлмиш.
Мен дардима дори истабон этсам саъй,
Ҳайҳот, табибимнинг ўзи бемор бўлмиш.
Дарвоқе, мақола кун.уз нашрида эълон қилинган эди.
2-тур, 11-савол. Савол№26. Француз ёзувчиси, Франк Павлоффнинг антифашистик новелласи,
“ШОКОЛАДЛИ тонг” деб аталади. Википедияга кўра, шакарқамишдан тайёрланадиган махсус
тозаланмаган шакар, ШОКОЛАДЛИ шакар ҳисобланади.
Савол: ШОКОЛАДЛИ сўзи билан алмаштирилган қўшма сўзни ёзиб беринг.

Жавоб: Жигарранг
Изоҳ: Фашизмни европада жигарранг ўлат дейишган. Шунинг учун ҳам Франк Павлофф ўз асарини
“Жигарранг тонг” деб номлаган. Новелла воқеалари содир бўлаётган вақтда ва давлатда
жигаррангдан бошқа ранг тақиқланган эди.

2-тур, 12-савол. Савол№27. Умид қиламизки бу саволни топишинггизда сизга ҳеч нима тўсқинлик
қилмайди ва ҳеч қандай ноқулайлик ҳис қилмайсиз.

Стивен Кингнинг қахрамони Шерлок Холмснинг қайд этишича, Лестрейд ИКСда кайфияти
кўтариладиган ягона инсон эди. Шотландлар фикрича, ИКС аслида йўқ, фақатгина ёмон кийим
бор. ИКСни чизиқча билан ёзиладиган сўз қатнашган иккита сўз билан ёзиб беринг!

Жавоб: Ёмон об-ҳаво.


Изоҳ: Саволнинг биринчи қисмида Стивен Кингнинг “Доктор Ватсон иши” ҳикояси ҳақида гап
кетганди. Саволни ўқишдан аввал ҳеч нима тўсқинлик қилмайди ва ҳеч қандай ноқулайлик ҳис
қилмайсиз деганимизда футболчиларимизнинг мағлубиятига сабаб сифатида доимий тарзда
келтириладиган об-ҳавонинг ноқулайлигига ишора бергандик.

2-тур, 13-савол. Савол№28. Айрим маълумотларга кўра, бу шаҳар бой, аҳолиси ўзига тўқ бўлган.
Ҳатто 1043 йили бу шаҳарда Бенедиктлар монастыри барпо этилган. Монастыр учун катта катта
ерлар ажратилиб, 24 та қишлоқ аҳолисига эгалик қилишлари учун бўлиб берилган. Шаҳар ўша
вақтдаги ривожланган 4 та йирик шаҳардан бири бўлгани ҳам айтилади.
Савол: Википедияга кўра, ушбу маълумотлар қайси воқеани тарихда бўлиб ўтганини шубҳа остига
олиши мумкин?

Жавоб: Годива хонимнинг Ковентри шаҳри бўйлаб ялонғоч сайри.


Изоҳ: Биринчи турнинг 7-саволида Годива хоним ҳақидаги афсона сизга айтиб ўтилганди.
Ковентри шаҳри аҳолисини ўзига тўқ бўлгани ҳақидаги фактлар шаҳар аҳолиси солиқлардан азоб
чеккани ва Годива хоним ҳақидаги афсоналарни тарихий фактлигини савол остига қўйган.

2-тур, 14-савол. Савол№29. Википедиядаги версиялардан бирига кўра, бу ҳолат, бош мияда вақт
тўғрисидаги маълумотларни кодлаш жараёнида юзага келадиган хато ҳисобланади. Саёҳатга кўп
чиқувчилар ва доимий тарзда кино кўриб турувчиларда бу ҳолат бошқаларга нисбатан кўпроқ
бўлиши айтилади. Бугун, сизда ҳам, бу ҳолат, бир неча бор кузатилган бўлиши мумкин.
Савол: Бу ҳолатни хорижий сўз билан ёзиб беринг!

Жавоб: Дежавю
Изоҳ: Бош мияда бирор бир воқеанинг вақти ҳақидаги маълумотлар кодланаётганда ҳам ҳозирги
ҳам ўтган замон кодлари билан сақланиб қоларкан. Натижада айни вақтда содир бўлган воқеа
бизга илгари ҳам бўлиб ўтгандек туюлади. Бугунги саволларда 4 та Мета савол ўйналгани сизда
ўзига хос дежавюни ҳосил қилган бўлиши мумкин.

2-тур 15 савол. Савол№30. Диққат қилинг саволда бир сўз ЗЕТ билан алмаштирилган.
ЗЕТда, қирол ўлим хавфидан қўрқмасдан панадан чиқиши ва бошқалар сингари жангга кириши
мумкин. Мақолалардан бирида ЗЕТ сабрли ва сергак бўлишни, диққат эътиборни жамлашни,
қулай фурсат пойлашни ўргатиши айтилади. ЗЕТ 2015 йили Россияда ташкил топган хип-хоп
дуэтининг номида ҳам учрайди. Савол: ЗЕТ сўзи билан алмаштирилган хорижий сўзни ёзиб
беринг!

Жавоб: Эндшпиль.
Изоҳ: Шахмат партиясининг якуний қисми эндшпиль деб аталади. Эндшпилда устунликка эришиш
учун кўпгина вазиятларда шоҳ мот бўлишдан қўрқмасдан ўйинга фаол қўшилиши мумкин. 2015
йили Владикавказда Азамат Кудзаев ва Сослан Бурнацевлар «MiyaGi & Эндшпиль» номли хип-хоп
дуэтини ташкил этишган. Бугунги ўйинимизни дебют тўғрисидаги савол билан бошлагандик, уни
эндшпиль билан тугатамиз.

Ekspromt jamoasi savollari.

mad_max93March 16, 2022

Barchaga xayrli kech! “Zakovat” intellektual klubi 2021/22-yilgi turnir doirasidagi Bahorgi mavsum
o’yinlarining 1-turini Ekspromt jamoasi olib boradi. Bugungi o'ynaladigan savollar paketini tuzish,
to'plash, tahrir qilish va tekshirishda faol qatnashganliklari uchun Madina Mirzaraxmatova, Nodira
Bahromova, Nazokat Abdusayitova, Nodiraxon Turg’unova, Muazzam Shoumarova, Maysara Ochilova,
Mushtariy Fozilovalarga minnatdorchilik bildiramiz.
Jamoalarga eslatma: savol, uning javobi va izohini e'tibor bilan eshitishingizni so'raymiz. Savoldan oldin
yoki keyin aytiladigan so'zlar ham savolga aloqador bo'lishi mumkin. Agar aloqadorlik bo'lmasa, bu holat
boshlovchi tomonidan ogohlantiriladi.
Barchangizga omad tilagan holda o'yinlarimizni boshlaymiz.

1-tur

1. [Audiotarqatma:]
Jeyms Xaneker ushbu asarga baho berar ekan, uni mujmal, bastakorni esa o'z ishiga vijdonan
yondashmaganlikda, shoshqaloqlikda ayblaydi. Ernst Oster fikricha, asar Betxovenning "Oy sonatasi"dan
ilhomlanib yaratilgan. Asar nomidagi 2-so'zni yozib bering.

Ushbu musiqa 1:10 soniyadan boshlab qo'yib berildi.

Javob: Ekspromt.
Izoh: Ba'zi versiyalarga ko'ra, Frederik Shopen "Fantaziya-ekspromt" asarini Betxoven sonatasini
eshitiboq yaratishga tushib ketadi, hech qanday tayyorgarliklarsiz yaratilgan ushbu asarda esa ayrim
mutaxassislar bir qancha kamchilik ko'radi. Ekspromt jamoasi aynan ushbu kompozitsiyadan ilhomlanib,
o'z nomiga ega bo'lgan.

2. 1950-yilda bergan intervyusida U asarlarini o'zi bilan assotsiatsiya qilishini aytadi hamda hech narsaga
bog'lanmagani va yerda o'z o'rnini topa olmaganini ta'kidlaydi. Uni toping.

Javob: Mark Shagal.


Izoh: aynan shu tufayli Shagal kartinalaridagi personajlar parvoz qilib yuradi.

3. [Tarqatma:]
Til Kolar klassik rassomlar ijodi asosida kollajlar, kartinalar yaratishni yoqtiradi. Siz ko'rib turgan
kartinalar esa bir turkumga oid kartinalardir. Ushbu turkum nomiga kiruvchi italyancha so'zni yozib
bering.

Javob: Karantin.
Izoh: Kartinalarda orginallaridan farqli ravishda insonlar yo’q, hamma lokdaunda.

4. Dramaturg Albert Genrining pyesasi o'z uyidagi xonalardan birida noodatiy o'zgartirish qilgan uy
bekasi haqida so'zlaydi. Pyesa davomida qahramonlar turli xil mistikalarni seza boshlashadi. Pyesa
nomini o'zaro juft undoshlardan boshlanuvchi ikki so'zda yozib bering.

Javob: To’rtinchi devor.


Izoh: pyesa bosh qahramoni mehmonxonasidagi devorlardan birini olib tashlaydi, ochiq devor esa
auditoriyaga qaratilgan bo’ladi. Pyesada aktyor va tomoshabin o’rtasidagi ko’rinmas “to’rtinchi devor”
deb ataluvchi atamani tom ma’noda ochib berishga harakat qilingan. Savol raqami sizga yordam bergan
bo'lsa ajabmas.

5. "Usta va Margarita" asari epizodlaridan birida ixtisoslashgan do'kon ochilishi tasvirlangan.


Xaridorlardan biri sevinch bilan tungi ko'ylak va Uni eslab o'tadi. Marion Kotiyyar Uning ayni damdagi
ambassadori. Uni aniq yozib bering.
Javob: Chanel №5 atiri.
Izoh: Volandning to'dasi tomonidan ochilgan ayollar do'konida turli qimmatbaho mahsulotlar sotilgan.
Qizig'i, Merilin Monro tungi ko'ylak o'rnida ishlatadigan Chanel №5 atirini xaridorlar qiz aynan tungi
ko'ylak bilan bir qatorda eslab o'tadi. Mashhur fransuz aktrisasi 2020-yildan boshlab ushbu atirning
brend-ambassadoriga aylangan. Savol raqami sizga yordam bergan bo'lsa ajabmas.

6. Bernard Shou fikricha, ga velosipeddan yiqilib tushish bilan svilizatsiyaning qulashi o‘rtasidagi farqni
ko‘rmaydi. Savol matnidagi so'zlardan birida harf tushirib qoldirildi. Ushbu so’zni asl holida yozib bering.

Javob: Gazeta.
Izoh: Shou iqtibosida gazetaga ta'rif beradi. Zeta — yunon alifbosidagi 6-harf. Savol raqami sizga yordam
bergan bo'lsa ajabmas.

7. Qarshingizda XIV asr oxirida Karavadjo tomonidan ishlangan "Ud chalayotgan qiz" kartinasi.
San'atshunoslar suratda yigit tasvirlangani haqida bir nechta sabablar keltirishadi: o'sha vaqtlarda udni
erkaklar chalgani, nota daftaridagi Gallus erkaklar ismi ekanligini ta'kidlashadi. Yana bir sabab haqida
gapirar ekan, san'atshunoslar boldni eslab o'tishadi. Savol matnida almashtirilgan so'zni toping.

Javob: Bas.
Izoh: Suratdagi notalar o'rganib chiqilganda bas erkaklar ovoziga moslab yozilgani aniqlanadi. Tabiiyki
ayol kishi bunday qo'shiqni kuylay olmaydi. Bold eng yo'g'on shrift sanaladi. Bas esa eng yo'g'on erkaklar
ovozi. Ushbu savol javobini Jobir Ahmedov jamoasi topgan deb umid qilamiz.

8. Ukrainadagi urushni to'xtatish uchun Rossiyaga e'lon qilingan bir qator sanksiyalar haqida o'qir ekan,
savol muallifi ushbu davlatlar Bu mashxur fikrga ko'ra ish tutishyapti degan xulosaga keldi. Har haftalik
navbatchilik o'yinlarida jamoalar eng yuqori natijaga erishish uchun qidiruv tizimlari, gadjetlardan
foydalanishga urinmasliklari ularning bu fikrning tarafdori emasliklarini ko'rsatadi. Bu fikrni emas, bu
fikrning muallifi sanaladigan insonni yozib bering.

Javob: Nikola Makiavelli.


Izoh: Rossiyaga e'lon qilinayotgan sanksiyalarning ko'pi, urushga qarshi bo'lgan rus xalqiga katta ziyon
keltiradi. Lekin shunday bo'lsa ham, bu hukumat tomonidan urush to'xtatilishiga yordam berishi
mumkin, deb hisoblashyapti. Mashxur 'Maqsad vositani oqlaydi" iborasi muallifi sifatida Nikola
Makiavellini keltirshadi.

9. [Tarqatma:]
Assasin's Creed [Assasins Krid] o'yini missiyalaridan biri Naksos orolida o'tadi. Unda sizdan uchta INSON
talab qilinadi. Tarqatmadagilarning barchasi ushbu o'yindagi INSONlar hisoblanadi. Savol matnida bir
so'z bilan almashtirilgan uchta so'zni aniq yozib bering.

Javob: Sfinks topishmog'ining javobi.


Izoh: Assassin's Creed o'yinining 2018-yilgi versiyasi Odissey deb nomlanadi. Naksos orolida siz Sfinksga
duch kelasiz va uchta topishmoqqa javob berishingiz kerak. Barchamizga mashxur klassik Sfinks
topishmog'ining javobi esa - Inson. Tarqatma ham Sfinks topishmog'iga mos ko'rinishda tayyorlangan
edi.

10. Bir biografik filmda U ma'lum epizoddan boshlab yon tomonga biroz qiyshaytirgan holda beret kiyib
yuradi. Uni toping.

Javob: Vinsent Van Gog.


Izoh: Beret ko’pincha rassomlar kiyib yuradigan bosh kiyimi. Van Gog kesilgan qulog’ini beret ostiga
yashiradi.

11. Psixologiyada insonning hayotidagi turli muammolardan yashirinishga urinish holatini anglatuvchi
effekt nomida ULARni uchratish mumkin. Bazmlardan birida Misr yerlariga hukmronlik qilgan Ptomeley
Filadelfning aravasi ULAR yordamida tortilgan. ULARni 2 o'zakli so'zda yozib bering.
Javob: Tuyaqush.
Izoh: tuyaqushlar aslida chuqurchadagi tuxumlarini o'rnini almashtirish uchun qiladigan ish-harakati
kuzatuvchilar tomonidan noto'g'ri talqin qilinsa-da, hayotidagi muammolardan berkinishga harakat
qiladigan insonlar mana shu qushlarga qiyoslanar ekan.

12. 1945-yil Germaniyaga "katta uchlik" uchrashuvi uchun kelgan Stalin o'zi uchun alohida tayyorlangan
vannadan shoshib xavotir bilan chiqarkan, "U kim?" deya so'raydi. Lillian Morrisonning hazilomuz
she'rida qahramon quvonchdan sakrab, Undan avval kelganini aytadi. Shunda U birdan tepadan qarab,
mashxur iborasini aytadi va "shunchaki qalam sinib qolgandi" deb qo'shib qo'yadi. Siz Uni emas, uning
mashxur iborasini yozib bering.

Javob: Bu yerda Kilroy bo'ldi.


Izoh: Bu graffiti qadimdan ma'lum bo'lsa-da, Ikkinchi Jahon urushi yillarida ancha ommalashgan va odam
oyog'i yetishi qiyin bo'lgan yerlarda, samolyotlar, kemalar bortlarida, qoyatoshlarda, Ozodlik haykali
mayog'ida ham paydo bo'la boshlaydi. Ammo Kilroyning eng dadil yurishi deb, Postdam
konferensiyasidagi voqeani yoqda olishadi. Kilroy bu yerda yanvar oyidagi marafonda ham bo'lgan edi)

2-tur

13. Hazilga koʻra, kimyo boʻyicha oʻtkazilgan Olimpiadada ULARdan tashkil topgan jamoa oltin olishga
muvaffaq boʻladi. "U"ning muallifini toping.

Javob: Paulo Koelyo.

Izoh: Ular – alkimyogarlar.

14. [Boshlovchiga: “emas” so’zi alohida urg’u bilan o’qilsin]

“Yo’qolib qolgan jokey” shaxmat haqidagi asar emas, lekin unda shaxmat figuralarini ko'rish mumkin.
Ushbu asar muallifi kim?

Javob: Rene Magritt.


Izoh: Uning boshqa bir mashhur asarida "Bu trubka emas" so’zlari keltiriladi.

15. Ushbu savolga ingliz tilidagi ikki o’zakli so’z javob bo’ladi.

"Ikki qirolicha" filmi voqealari Maria Styuartning yoqimsiz qatli bilan boshlansada, xronologik syujet
uning erining o'limi, Shotlandiyaga qaytib, mamlakatni boshqarishi hamda fuqarolar o'rtasidagi nizolarni
hal etishi bilan davom etadi. Yuqoridagi parcha qaysi terminga bag'ishlangan maqolada keltirilgan?

Javob: Flashforward.
Izoh: Pyesa, hikoya, roman va shu kabi adabiy, badiiy matnlarda xronologik ketma-ketlikni buzib,
kelajakka ishora qiluvchi voqealardan foydalanish usuli flashforward deya ataladi. Aksincha, o'tmishga
yuzlanish esa flashback ekanligi ko'pchilikka ma'lum. Savol preambulasida biz ham o’ziga xos
flashforwarddan foydalandik.

16. Diqqat, savol matnida IKS so’zi bilan boshqa bir so’z almashtirilgan.

Ba’zida filmdagi mantiqiy yaxlitlik uchun flashforwardlar IKS ko’rinishida keltiriladi. 2010-yilda ishlangan
bir film voqealari IKSlarda bo’lib o’tadi. Ushbu film nomini yozib bering.
Javob: Ibtido.
Izoh: IKS – bu tush. Ba’zida kelajakka ishora qiluvchi voqealar personajning tushiga kiradi. Kristofer Nolan
tomonidan ishlangan filmda qayerda tush tugagan-u, reallik boshlanganini payqash qiyin.

17. [Tarqatma:]

Diqqat, savolda ALFA so'zi bilan boshqa bir so'zlar almashtirilgan.

Qarshingizda lakross nomli sport turi inventari. Jurnalist Mixail Chesalin hazil tariqasida lakrossni ALFAga
qiyoslaydi. Qaysi yozuvchi ALFAni xush ko'rgan?

Javob: Vladimir Nabokov.


Izoh: ALFA – kapalak ovi.

18. Nadejda Teffining do'kondan birgina yoqa sotib olgach hayotida hamma narsa sekin astalik bilan
o'zgarib borgan ayol haqidagi hikoyasini o'qir ekan, savol muallifi IKSni esga oldi. IKSning oldini olish
usullaridan birida ko'proq qora va oq ranglardan foydalanish tavsiya etilgan. IKSni atoqli ot qatnashgan
alifboning qo’shni harflari bilan boshlanadigan ikki so’z yordamida yozib bering.

Javob: Didro effekti


Izoh: Nadejda Teffining "Hayot va yoqa" ("Жизнь и воротник") hikoyasida ayol yoqa sotib olgach, unga
moslab ko'ylak, sumka, aksessuarlar va boshqa narsalar ham sotib olib, boshqacha kiyinishni boshlaydi.
Borgan sari o'zini tutishi ham o'zgarib boradi. Didro effekti biron yangi buyum sotib olinsa va u umumiy
manzaraga mos tushmaganida qolgan buyumlarni ham unga moslab o'zgartirish xohishi paydo bo'lishiga
aytiladi. Oq va qora ranglar boshqa rangdagi buyumlar bilan oson uyg'unlashib ketgani bois Didro
effektidan saqlanishda biroz yordam berar ekan.

19. Oskar Uayldga Dikkens asarlaridagi sentimentallik umuman yoqmagan. Dikkens asarlaridan biri
haqida fikr bildirarkan, Uayld "Qahramonning o'limi haqida o'qiganda kitobxon ko'z yoshlariga g'arq
bo'lmaslik uchun haddan ortiq toshyurak bo'lishi kerak" deb aytadi. Avvalgi gapda tushurib qoldirilgan
so'zni yozib bering.

Javob: Kulgu.
Izoh: Dikkens realist yozuvchi bo'lsa-da, asarlarida sentimentallik va ertakmonandlikka urg'u bergani
Uayldga yoqmagan. "Moziylar do'koni" asari haqida "Kichkintoy Nellining o'limi haqida o'qiganda, kulgu
ko'z yoshlari dengizida g'arq bo'lmaslik uchun odam toshyurak bo'lishi kerak" deb piching qilgan ekan.

20. Qadimgi yunon komediyalarida ULARni Artorog yaʼni "Non kemiruvchi" yoki yani Penikul "Stol
tozalovchi" deb atashgan. Mashxur asardagi ULAR deb katta ehtimol bilan Kim Ki Thek va uning oilasi
nazarda tutilgan. ULARni yozib bering

Javob: Parazitlar

21. [Tarqatma: stulchalar] Blits


1. "Las-igras" korxonasi tomonidan ishlab chiqarilgan bu o'yin shartiga ko'ra, stulchalarning hammasini
bitta stul ustiga yiqilmaydigan qilib o'rnashtirishingiz kerak. O'yinni, shuningdek "ERTALAB" deb ham
nomlashadi. Yuqorida almashtirilgan so'z o'rnidagi ikki so'zni yozib bering.

2. Geraldikada tasvirlangan mushuksimonlar oilasi vakili sher deb tan olinishi uchun KUNDUZI turgan
bo'lishi yetarli. Erik Artur Blerning romanida esa KUNDUZI yuradiganlarning barchasiga salbiy munosabat
bildirilgani ma'lum. Yuqorida almashtirilgan so'z o'rnidagi ikki so'zni yozib bering.
3. Bir asardagi Teo ismli o'qimishli personaj umrining shomiga yetmay o'lishidan xabar topgach, so'nggi
kunlarini KECHASI yashamasligidan quvonadi. Yuqorida almashtirilgan so'z o'rnidagi ikki so'zni yozib
bering.

Javob:
1.To'rt oyoqda.
2. Ikki oyoqda.
3. Uch oyoqda.
Izoh: Stullar bitta stul ustida, ya'ni to'rt oyoqda tik turishi kerak. Geraldikadagi sher esa ikki oyoqda
turishi kerak. Jorj Oruelning "Molxona" asarida "Barcha ikki oyoqda yuruvchilar - dushman" degan ibora
keltiriladi.

Robert Soyerning personaji esa, qadimgi afsonadan yaxshi habardor va uch oyoqda yuradigan paytigacha
yashamasligidan mamnun. Sfinks topishmog'ida keltirilgan sifatlar mos ravishda topishmoqdagi paytlar
bilan almashtirilgan. Birinchi raunddagi savol hali yodingizdan ko'tarilmagandi, degan umiddamiz

22. Shvetsiya bug'ulari asosan o'rmon ichida, ovchilardan yiroqda aqlli hayot kechirishadi, biroq kuz
oylarida achigan mevalar ta'sirida shved politsiyachilari uchun ko'p muammo tug'dirishadi. Bu haqida
hikoya qiluvchi maqolada bug'ular USHBU ASAR bosh qahramoniga qiyoslanadi. "Aqldan ozgan
professor" nomli komediya USHBU ASARga parodiya. USHBU ASAR muallifini toping.

Javob: Robert Lyuis Stivenson.


Izoh: “Doktor Jekil va janob Xaydning g’aroyib hikoyasi” asari bosh qahramoni Genri Jekil yangi narkotik
turini o'ylab topadi, shu narkotikdan unda dissotsiativ buzulish yuzaga kelib, Edvard Xayd degan
jinoyatchiga aylanadi. Bug'ularga ham achigan meva shunday narkotikka o'xshab ta'sir qilib ularni xavfli
qilib qo'yarkan.

23. U xiyonatni eng yomoni deb bilgan, shuning uchun hatto qotillarni ham xiyonatkorlardan yuqoriroq
qo’ygan. Counter-Strike o'yinida de_inferno xaritasidagi ko'chalardan biri Uning nomi bilan ataladi.
Uning kimligini toping.

Javob: Dante Aligeri.


Izoh: Dante xiyonatkorlarni 9 doiraga, eng pastga joylashtirgan. “Inferno” do'zax deb tarjima qilinadi,
xarita esa Dante umri o'tgan Florensiya ko'chalariga o'xshatilgan.

24. Buyuk Britaniya moliya vaziri Norman Lamont siyosati natijasida funt-sterling qiymatining keskin
pasayishi kuzatilgan "Qora chorshanba" sodir bo'ladi. Press-konferensiyalardan birida Lamontdan
qarorlariga izoh so'ralganda sobiq vazir Uning ijodidan parcha keltiradi va kelajakni go'yo pushti rangda
ko'rishini ta'kidlaydi. Uning kimligini toping.

Javob: Edit Piaf


Izoh: Jurnalistlarning sodir bo'lgan vaziyatdan afsuslanish haqidagi savoliga Lamont "Je ne regrette rien"
[jyo nyo g'o' g’ryegret g’ryon] — "Men hech narsadan afsuslanmayman" deya javob beradi. Hamda
kelajakka optimistik ruhda qarashini bayon etadi. "Pushti rangdagi hayot" — Edit Piaf hayoti haqida
hikoya qiluvchi Oskar mukofotiga sazovor bo'lgan film, Shu bilan "Ekspromt" jamoasi navbatchiligi o'z
yakuniga yetdi, biz ushbu navbatchilikni o'tkazganimizdan afsuslanmaymiz, umid qilamiz-ki, siz ham
ishtirokingizdan afsuslanmaysiz.
"Metaverse" jamoasi savollar paketi

mad_max93March 28, 2022

1-tur

1-savol.
Ma'lumotlarga koʻra, bizga maʼlum mashhurlardan birining Iksni yaratishiga Soʻdermalm tumanida
joylashgan zavoddagi baxtsiz hodisa turtki boʻlgan deyiladi. Chunki, hodisada mashhurning ukasi Emil va
bir qancha ishchilar halok boʻlgan edi. Boshqa bir Iks esa 2020-yil 21-avgustda You Tube platformasiga
joylashtirildi va oradan koʻp oʻtmay hamma joyni larzaga sola oldi.
Diqqat savol: IKSni ayting.

Javob: Dinamit (Dynamite).


Izoh: Emil Nobel Alfred Nobelning ukasi boʻlib, zavoddagi portlash natijasida oʻladi va bundan qattiq
ta'sirlangan Alfred keyinchalik xavfsiz portlovchi qurilma, Dinamitni ixtiro qiladi. Shuningdek, 2020-yil
ommaga taqdim etilgan BTS guruhi ijorsidagi "Dynamite" treki rosmana "portlash" qilib, koʻpchilikni
larzaga sola oldi).
Manbalar:
1. https://www.nobelprize.org/alfred-nobel/alfred-nobel-his-life-and-work/
2. https://youtu.be/gdZLi9oWNZg

2-savol.
USHBU sport turi ,,jangovor" va ,,san‘at" so‘zlarini bildiruvchi ikkita ieroglifdan tashkil topgan.
Diqqat savol: Yuqoridagi gapda qo‘shilgan bitta ortiqcha harfni yozib bering.

Javob: B.
Izoh: Ushu sport turi shu ierogliflardan tashkil topgan.

3-savol.
Vikipediyaga koʻra, hozircha Uning eng qadimiysi Kiprdagi Kissonerga-Milutkiya arxeologik yodgorligidan
topilgan ekan. Erkin Vohidovning bir hajviy asarida esa minoralarni teskari turgan Ular deb oʻylashadi.
Diqqat savol: Uni emas, tarkibida U mavjud bo'lgan oʻtgan asr 80-yillarda mashhurlikka erishgan
toponimni ayting.

Javob: Uchquduq.
Izoh: U — quduq edi. Bizga ma'lum va mashhur Yalla ijrosidagi "Uchquduq" shlyageri 1982-yilda
ommaga taqdim etilgan va koʻp oʻtmay katta shuhrat qozongan.
Manbalar:
1. https://en.m.wikipedia.org/wiki/Well
2. Erkin Vohidov — "Donishqishloq latifalari" she'riy asari.
3. https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Uch_kuduk_(Yalla_qo%CA%BBshig%CA%BBi)

4-savol.
Rossiy viloyatlaridan birining sanoat ishlab chiqarishdagi statistikasi bilan tanishing:
•mashina va elektr jihozlari, — 43,5%;
•oziq-ovqat mahsulotlari, ichimliklar —21,8%;
•neftni qayta ishlab chiqarish — 6,7% va hokazo.
Ushbu statistikalar bilan tanishgan savol muallifi, ALFAning Rossiya iqtisodiyotiga ALFAsi deb ta'kidlab
oʻtadi.
Diqqat savol: ALFAni bir soʻzda ayting.

Javob: Samara.
Izoh: Siz berilgan maʼlumotlar orqali Samaraning Rossiya iqtisodiyotiga qoʻshayotgan samarasini bilib
oldingiz.
Manba: https://ru.m.wikipedia.org/wiki/%D0%A1%D0%B0%D0%BC%D0%B0%D1%80%D0%B0

5-savol.
[BLITS] [Har bir savolga 20 soniyadan vaqt]
1. 1963-yil Sergey Mixalkov pyessasi asosida suratga olingan BU filmdagi har bir dubl 2 martadan,
ba'zilarida esa 3 martadan olingan. Shu sabab filmning keng formatli versiyasi oddiy versiyadan 5
daqiqaga uzoqroq davom etgan.
Diqqat savol: Bu film nomini yozib bering.
2. Bu o'ziga xos filosofik, balki matematik, iborani Oruelldan oldin fransuz yozuvchisi Alfons Alleyz
o'zining absurd qisqa hikoyalari to'plami nomi sifatida foydalangan
Diqqat savol: Gap qaysi ibora haqida bormoqda?
3. Bir nechta ingliz bir vaziyatda "Uch sherlar" qo'shig'ini kuylashadi.
Diqqat savol: 1982-yilgi o'zbek filmida shunga o'xshash vaziyatda qaysi iborani eshitishimiz mumkin?

Javoblar:
1. 3+2.
2. 2+2=5.
Qabul: 2x2=5.
3. 5x5=25
Izoh: 3+2 filmi Sergey Mixalkovning "Дикари" ("Yovvoyi") pyessasi asosida suratga olingan. Savol
matnidagi sonlar javob topishda yordam bergan degan umiddamiz. Blitsning uchinchi qismida esa gap
futbol bo'yicha Angliya terma jamoasi va "Suyunchi" haqida gap ketmoqda. "Uch sherlar" - futbol
bo'yicha Angliya termasi ramziy madhiyasi va laqabi hisoblanadi.
Manbalar:
1. https://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%A2%D1%80%D0%B8_%D0%BF%D0%BB%D1%8E%D1%81_
%D0%B4%D0%B2%D0%B0_(%D1%84%D0%B8%D0%BB%D1%8C%D0%BC)
2. https://en.wikipedia.org/wiki/2_%2B_2_%3D_5
3. https://en.wikipedia.org/wiki/Three_Lions

6-savol.
1883-yilda yaratilgan bir asarda kim tasvirlangani hozirgacha noma'lum bo'lib qolmoqda. Keng tarqalgan
versiyalarga ko'ra kartinada rassomning sevgilisi yoki singlisi tasvirlangan.
Diqqat savol: Ushbu kartina muallifini yozib bering

Javob: Ivan Kramskoy.


Izoh: Gap Kramskoyning "Noma'lum ayol portreti" kartinasi haqida bormoqda. Kartinada kim
tasvirlangani hozirgacha muhoma qilib kelinadi va hali bir aniq to'xtamga kelinmagan. Savol matnidagi
"noma'lum" so'zi javob topishga yordam bergan bo'lsa xursandmiz
Manba: https://en.wikipedia.org/wiki/Portrait_of_an_Unknown_Woman
7-savol.
[SAVOL MATNI TARQATMA SIFATIDA BERILADI]
Ssenariy muallifi Endryu Kevin Uoker ssenariyni yozishda o'zi yashagan Nyu-York shahrining shafqatsiz
sharoitlaridan ilhomlangan. Yozuvchi odamlarning turli xil gunohlaridan qayg'uga tushgan.
Filmda rol o'ynash uchun dastlab: Al Pachino va D. Washingtonlar taklif qilinadi.
Film ssenariysi "juda qayg'uli" bo'lgani uchun Gilermo Del Toro filmga rejissyorlik qilishdan bosh tortadi.
Filmdagi intrigani saqlab qolish uchun bosh rol ijrochilaridan birining ismini film reklama titrlari va film
boshlanish qismidagi titrlarda uchratmaysiz.
Film triller janrida bo'lishiga qaramasdan faqat bir epizoddagina qotillik bo'lganini ko'rishingiz mumkin.
Filmdagi "quti ichida nima bor?" sahnasi hozirgicha muhokama qilib kelinadi. Kimlardir unda ayol boshini
ko'rganini ta'kidlasa, boshqa ko'rmaganini ta'kidlashadi. Bu o'ziga xos Mandela effektini yuzaga keltirgan.
"Ei8ht" nomi asosida filmga sikvel suratga olish rejalashtiriladi ammo u amalga oshmaydi.
Diqqat savol: Yuqoridagi ma'lumotlardan kelib chiqib film nomini yozib bering

Javob: Se7en.
Qabul: Yetti.

8-savol.
Aktrisa Ana De Armasning muxlisi bo'lgan ikki yigit Universal Pictures [yuniversal pikchz] studiyasini
yolg'onchilik va firibgarlikda ayblab sudga berishadi. Chunki filmda aktrisa qatnashgan sahna yakuniy
versiyaga kiritilmagan. Muammo shundaki, studiya bu ishni qilishni unutgan.
Diqqat savol: Bu ishni qilish o'rnidagi so'zni bir necha so'zda yozib bering.

Javob: Aktrisani film treyleridan ham kesish.


Izoh: Ananing fanatlari dastlab filmning YouTubeda namoyish qilingan rasmiy treylerini tomosha
qilishadi va unda Ana De Armas qatnashgan epizod ham mavjud bo'lgan. Ammo keyinchalik bu epizod
film g'oyasiga mos emas deb topiladi va butunlay filmdan kesib tashlanadi. Darvoqe, yigitlar suddan 5
million dollar talab qilishmoqda lekin afsuski ular sudda yutgan taqdirida ham atigi 4 dollar
kompensatsiya olishi mumkin chunki sotib olingan disk narxi shuncha.
Manba: https://english.elpais.com/usa/2022-01-27/two-fans-sue-universal-for-5-million-for-cutting-
ana-de-armas-out-of-yesterday.html

9-savol.
"Manchester Yunayted" BU ISHNI QILISH UCHUN o'z ijtimoiy tarmoqlaridagi posterlarda Pogbadan,
"Chelsi" esa Kantedan, "Manchester Siti" esa Riyod Mahrezdan va "Liverpul" esa Muhammad Salahdan
foydalanadi. Biz esa Bu ishni qilish uchun ushbu savoldan foydalanyapmiz.
Diqqat savol: Bu ishni qilish deganda nima nazarda tutilganini uch so'zda yozib bering.

Javob: Ramazon bilan tabriklash.


Izoh: Savolda keltirilgan futbolchilarning barchasi musulmon hisoblanadi. Garchi, hali Ramazon oyiga
biroz vaqt bor bo’lsa ham jamoa klubdagilarni oldindan tabriklashni xohladi.

10-savol.
Meteorologik saytlardan birida, Afrikadagi ULAR vaqtida, hatto Florida osmoni to'q sariq rangga kirishi
aytiladi. O'tgan asr oxirlaridagi boshqa bir U esa 43 kun davom etgan.
Diqqat savol: Uni ikki so'zda yozib bering.
Javob: Cho'l bo'roni (Cho'ldagi bo'ron).
Izoh: Sahroi Kabir cho'lida bo'ladigan qum bo'ronlari Atlantila orqali uchib o'tib, Amerika havosini
yaxshigina zararlar ekan. 1991-yil 17-yanvardan 28-fevralgacha Iroqqa qarshi ,,Chol bo'roni" operatsiyasi
o'tkazilgan

11-savol.
O'tgan yili noyabr oyida Kamala Harris AQSh tarixidagi ilk ayol prezidentga aylandi. To'g'ri bu unchalik
uzoq davom etmadi, atigi 85 daqiqa. Aytish mumkinki, Kamalaning prezident bo'lishiga antey sabab
bo'ldi.
Diqqat savol: Biz savol matnidagi so'zlardan birida bir nechta harflarni tushirib qoldirdik siz esa o'sha
so'zni asl holida yozib bering.

Javob: Anesteziya.
Izoh: AQSH qonunchiligiga ko'ra agar davlat prezidenti anesteziya talab qilinadigan operatsiyani boshdan
o'tkazishiga to'g'ri kelsa unda vakolatini qisqa muddatga vitse-prezidentga rasman topshirishi kerak.
Savol matnidagi qisqa davom etish so'zi ham anesteziyaga ishora edi.
Manba: https://edition.cnn.com/2021/11/19/politics/kamala-harris-presidential-power/index.html

12-savol.
1889-yil fransuzlar tomonidan tashkil etilgan Uning maydoni 67 kvadrat kilometr hisoblanadi. Qayd etish
kerak-ki, 1996-yilda Uning dunyodagi eng xavfli shaharlardan biri deb topilishiga nomining hech qanday
aloqasi yoʻq. Boshqa bir U esa oʻzbek maqoliga koʻra, olovga oʻch ekan.
Diqqat savol: Uni bir soʻzda ayting

Javob: Bangi.
Izoh: Savolning birinchi qismi Markaziy Afrika Respublikasi poytaxti Bangi shahri haqida edi. Oʻzbek
maqoliga koʻra: "Mulla palovga oʻch, Bangi — olovga".
Manbalar:
1. https://en.m.wikipedia.org/wiki/Bangui
2. https://uzbaza.uz/amaldorlar-va-din-vakillari-haqida-maqollar/

2-tur

13-savol. Shunday atama bilan bir necha soniya davom etadigan jarayonlardan biri nomlanadi. Sport
nashrlaridan biri, o‘tgan asr 90-yillarida mashhur sportchining katta turnirlardagi faoliyatini yakunlashi
haqidagi maqolaga Shunday nom bergan.
Diqqat savol: Shunday o’rnidagi so’zni defisdan foydalanib yozib bering.

Javob: Pit-Stop.
Izoh: Mashhur sportchi esa Pit Sampras. Biz ham o’ziga xos pit-stopdan keyin savollar o’ynashni davom
ettiramiz.

14-savol.
Fernandu Santush fikricha, Krishtianu Ronaldu yillar o‘tgani sayin mukammal futbolchiga aylanib
bormoqda. Bu fikr davomida Santush Ronalduni UNGA qiyoslaydi.
Diqqat savol: Uni 2 o'zakli so‘zda maksimal aniqlikda ayting?
Javob: Portveyn
Izoh: Portveyn - Portu va wine so'zlaridan olingan va Portu vinosi degan ma'noni beradi. Ronalduni
Portugaliyaning eng mashhur vinosiga o'xshatish tabiiy hol albatta.
Manba: https://www.google.com/amp/s/rsport.ria.ru/amp/20180620/1138290397.htmlp

15-savol.

Tarqatma material.

Afsuski, bu savol uchun sizga qo'shimcha vaqt berolmaymiz.


Ushbu surat uzoq vaqt davomida bir insonning ish joyida osig'liq turgan. U, bu rasm yoshlarni
ruhlantirish va o'z orzulariga yetishishiga turtki bo'lishiga ishongan
Diqqat savol: Bu rasm kimning xonasi devorida osig'liq turganini yozib bering

Javob: Ser Aleks Ferguson


Izoh: Suratda ko'rib turganingizdek 11 kishi tasvirlangani futbolga va savol boshidagi kirish so'z esa Fergi-
taymga ishora edi. Shuningdek, orzu so'zi esa "Old Trafford"ning" Orzular teatri" deb atalishiga ishora edi
Manba: https://www.redcafe.net/threads/fergusons-inspiration-11-men-in-the-ultimate-team.343798/

16-savol.
Aksariyat ularning og'irligi 30 gramdan kam boʻlib, bu anchayin ixchamlikni ta'minlaydi. Ularning biz
bilgan odatiy shaklidan tashqari choʻntak pichoqlari va lego boʻlaklari koʻrinishidagi turlari ham bor. Bir
hazilda aytilishicha Amerikalik asalarilarni ham U deyishimiz mumkin ekan.
Diqqat savol: Uni abrreviatura orqali yozib bering

Javob: USB
Izoh: Savolning birinchi qismida biz USB flesh-kartalari haqida ma'lumot berdik. Hazilda esa Amerikadagi
mavjud asalarilarni qisqa qilib USB [Yu es bi] ya'ni United States Bee [Yunayted steyts bi] deb atash
kerakligi yumorga olinadi
Manbalar:
1. https://www.engadget.com/2008-02-26-solid-alliance-offers-up-lego-like-usb-flash-drives.html
2. https://www.instructables.com/Swiss-Army-Knife-USB-Flash-Drive/
3. https://worstjokesever.com/america

17-savol.
2021-yil may oyida Edinburg universitetining rasmiy saytida chiqqan maqolalardan birida sinovlardan
muvaffaqiyatli oʻtgan dori vositasi haqida soʻz boradi. Maqolada keltirilishicha, pereparat tanaga
kirgandan soʻng atrofidagi sog'lom hujayralarga zarar yetkazmagan holatda saraton va bakteriya
hujayralari ichiga joylashib olib, ularni nobud qilar ekan. Maqola sarlavhasida ushbu pereparatga Iks
vazifasini bajaruvchi deya nom berilgan.
Diqqat savol: IKSni ikki soʻzda ayting.

Javob: Troya oti.


Izoh: Maqolada pereparat, xuddiki, dushman hujayralari ichiga "Troya oti" singari kirib olib, ularni nobud
qilishi haqida oʻxshatish qilinadi.
Manba: https://www.ed.ac.uk/inflammation-research/news-events/light-sensitive-drug-acts-as-trojan-
horse-to-kill

18-savol.
Bir yozuvchi Iskandariya shahri ma‘daniyat, san'at, arxitektura va boshqa sohalarda rivojlangan va gullab
yashnagan shahar bo‘lganligi haqida yozarkan, so‘zining yakunida USHBU iborani keltiradi.
Diqqat savol: Bu ibora ishlatiladigan marosim so’nggi marta kim uchun tashkillashtirilgan?

Javob: Hozircha so‘nggi Rim papasi - Fransisk uchun.


Izoh: Bu Sit transit Gloria mundi (Hamma narsa o‘tkinchi) iborasi bo‘lib, Rim papasiga toj kiydirish
marosimida foydalaniladi.

19-savol.
Dastlab hamkorlikda ishlagan Spillberg iltimosiga qaramasdan Shon Konneri IKSda qatnashishni rad etadi
va Spillberg uni "o'ldirishga" majbur bo'ladi. Bir trillerning rejalashtirilgan IKSi sakkiz bo'lishi kerak edi.
Qaysidir ma'noda bu savolni ham IKS deyish mumkin.
Diqqat savol: IKSni inglizcha so'zda ayting.

Javob: Sequel [sikvel].


Izoh: Stiven Spillberg va Shon Konneri "Indiana Jons" filmida birgalikda ishlashgan ammo aktyor filmning
keyingi qismida o'z rolini unchalik ahamiyatli deb bilmaydi va rolga qaytishni rad etadi. Savol ikkinchi
qismidagi film nomini bilish uchun 7-savol tarqatmasiga qaralsin. Demak, biz ham bu savolni 7-savolning
sikveli deyishimiz mumkin.
Manbalar:1. https://toofab.com/photos/2021/11/04/12-actors-who-refused-to-return-for-their-movie-
sequels/https://toofab.com/photos/2021/11/04/12-actors-who-refused-to-return-for-their-movie-
sequels/
2. https://screenrant.com/seven-movie-sequel-eight-never-made-why/

20-savol.
Ushbu dastur rossiyalik fitness muxlislari Oleg Fomenko va Anton Derlyatkalar tomonidan yaratilgan
bo'lib unda o'z mehnatingiz orqali pul ishlashingiz mumkin. Dastur o'z "tangalariga" ega bo'lib, siz har bir
yurgan 1000 qadamingiz uchun bir IKSga ega bo'lasiz. IKSlarni bitkoinga va hatto IPhonega ham
almashtirishingiz mumkin faqat buning uchun sizga 20 000 IKS kerak bo'ladi. Ko'rib turganingizdek har bir
IKS uchun ter to'kishingiz kerak bo'ladi.
Diqqat savol: IKSni inglizcha bir so'zda ayting.

Javob: Sweatcoin [swetkoin].


Izoh: Sweat [swet] - ingliz tilidan "ter" (inson tanasidan chiqadigan) deb tarjima qilinadi. Sweatcoinni esa
ter to'kib topilgan tanga deyishimiz mumkin. Darvoqe, ter so'zining inglizcha tarjimasiga yetib borish
uchun sviter so'zi inglicha terlamoq so'zidan olinganligi haqidagi faktni eslash yordam berishi mumkin
edi.
Manba: https://money.cnn.com/2018/03/12/smallbusiness/sweatcoin-fitness-reward-app/index.html

21-savol.
"Manchester Yunayted" tarkibida o'tgan asr oxirlarida Li Sharp ismli himoyachi harakat qilgan va u
o'zining o'tkir uzatmalari bilan ajralib turgan. O'sha davrda hatto ba'zi maktab yoshidagi o'zbek muxlislari
uni jamoaning eng yaxshi o'yinchisi bo'lsa kerak degan hayolga ham borishgan.
Diqqat savol: Yosh muxlislar nega bunday hayolga borishganini yozib bering.

Javob: Sharpning familiyasi jamoa futbolkasining old tarafida yozilganligi.


Qabul: Mazmunan yaqin javoblar.
Izoh: O'sha paytlarda "Manchester Yunayted" klubiga Yaponiyaning Sharp kompaniyasi homiylik qilgan.
Bilasizki, homiy nomi futbolkaning old tomoniga yoziladi va buni ko'rgan hali homiylik shartnomalari
haqida tasavvuri bo'lmagan ba'zi yosh bolakaylar futbolkaning old tomonida jamoaning eng yaxshi
o'yinchisi ismi yoziladi deb o'ylashgan.
Manba: https://bleacherreport.com/articles/1553923-25-worst-club-sponsors-in-world-football

22-savol.
Bir filmning epizodlaridan birida personajlar qotillik bo'lgan uydan qochib ketishadi. Shunda
personajlardan biri sherigiga qarata uyda telba iblisni uchratganini aytadi. Sherigi esa uning gapini biroz
noto'g'ri eshitadi va birdan: Nega shuni ertaroq aytmading axir men UNING ashaddiy muxlisimanku deya
e'tiroz bildiradi.
Diqqat savol: U deganda qaysi aktyor nazarda tutilmoqda?

Javob: Met Deymon.


Izoh: Personaj sherigiga qarata I met mad demon [ay met mad demon] deydi sherigi esa mad demon
so'zini Met Deymon deb eshitadi.
Manba: https://www.youtube.com/watch?v=daXOXx7nw50
23-savol.
Nyu-York shtati Ist Hampton shaharchasidagi uy-muzeyda pol ham muzey eksponati sanaladi shuning
uchun ham muzeyga tashrif buyuruvchilarga polga shikast yetkazmaslik uchun maxsus poyabzallar
beriladi
Diqqat, kutilmagan savol: Bu uyda oldin kim yashagan?

Javob: Jekson Pollok.


Izoh: Ushbu uy-muzey bir paytlar Jekson Pollok hamda Li Krasnerlar yashagan Springs qishlog'ida
joylashgan. Pollok nafaqat qog'ozlarda balki ba'zida polda ham o'z san'at asarlarini yaratib turgan.
Manba: https://en.wikipedia.org/wiki/Pollock-Krasner_House_and_Study_Center

24-savol.
Insatgramdagi postlarning birida Tom Holland o'z kostyumini Marvelning filmlari qahramonlari
kostyumlari orasidagi eng noqulayi deb hisoblashini aytib o'tadi. Shuningdek, u hali yoshligi va telefoniga
juda bog'lanib qolgani sabab biroz noodatiy bo'lmasin BU ISHNI QILISHINI aytib o'tadi. Xuddi o'sha post
tagidagi kommentlarda esa bir ayol odatda idish-tovoq yuvayotganda, boshqa bir erkak esa qishda sovuq
havo sabab BU ISHNI QILISHIGA to’g’ri kelishini qo'shimcha qilishadi. Bir karikaturada esa Pinokkio ham
Bu ishni qilishini ko’rish mumkin.
Diqqat savol: BU ISHNI QILISH deganda nima nazarda tutilayotganini inglizcha so'zdan foydalangan holda
maksimal aniqlikda ayting.

Javob: Burun bilan like bosish.


Izoh: Bilasiz aktyor Marvel filmlarida “O’rgimchak odam” personajini gavdalantiradi shu bois uning butun
tanasi kostyum bilan qoplanadi. Barmoqlar orqali telefon ekranini ishlatish iloji yo’qligi sabab aktyor
shunday noodatiy ishga qo’l urishga aniqrog’ burun urishga majbur bo’larkan.
"Legion" jamoasi navbatchilik savollari paketi.

mad_max93April 05, 2022

I тур

1-савол (Сарвар Аминов / муаллиф)

Диққат, Саволда Альфа иккита сўз билан алмаштирилган.

Замонавий мусиқашунослар аслида хақиқий Альфа деб чехиялик композитор Бедржих


Сметананинг "Влтава" симфоник поемасини хисоблашади. Анчайин машхурроқ Альфа да эса ота
онаси зардуштий бўлган У бир сўзни уч марта такрорлайди.
Диққат савол: Ўша сўзни ёзиб беринг.

Жавоб: Бисмиллах.
Изоҳ: Влтава поемаси ҳақиқий Богема лўлилари ҳаётини акс эттиради. Queen гуруҳининг
Богемская рапсодия таронаси эса экзентрик ва жамият қабул қилмайдиган турмуш тарзида
яшовчилар ҳақида куйланган. / Ота онаси зардуштий бўлган Фредди Меркюри юқорида айтилган
таронада, Бисмиллах сўзини уч марта такрорлаган.

2-савол (Фаррух Ёқубжонов / таржима)


2002 йилда экранга чиққан филмда жанг саҳнасини 2 та турли павилёнда, яъни ҳар бир
персонажни алоҳида суратга олишга тўғри келган экан.
Диққат савол: Ушбу жанг саҳнасида қайси 2 та қаҳрамон урушган?

Жавоб: Ўргимчак одам ва яшил Гоблин.


Изоҳ: Ўргимчак одамни яшил фонда, яшил Гоблинни эса кўк фонда суратга олишга тўғри келган
экан.

3-савол (Азим Мирзабоев / муаллиф)


"Ахимса" сўзи санскрит тилида "зўравонликка қарши" деб таржима қилинади. Бир йирик халқ
ҳаракатини бошлаб берган шахс ҳам "Ахимса" таълимотига асосланган қарашлари билан
танилган. Унинг бир машҳур фразасини ҳам шу таълимотга мос келади.
Диққат савол: Ушбу фразадаги ўгитнинг ярмига амал қилган 1965-йил Жанубий Каролинада
тугилган инсон ким?

Жавоб: Крисс Рок.


Изоҳ: Маҳатма Ганди "Агар кимдир чап юзингга тарсаки урса, индамасдан, ўнг юзингни ҳам тут"
ўгитини кўпчилик эшитган. Оскар Тақдирлаш маросимидаги Уилл Смитнинг тарсакисини табассум
билан қарши олган Крисс Рокни ҳам бу маслаҳат ва тамойилга амал қилди десак болади.
Айтмоқчи ўхшашликни қарангки 1-тарсаки унинг чап юзига тушган

4-савол (Фаррух Ёқубжонов / муаллиф)


Эрих Мария Ремаркнинг “Уч оғайни” романидан парчани эшитинг: “Булутлар ортидан қуёш
кўринди. Тилим-тилим нур ва соя тасмалари пойга йўлини бир зумда Х га ўхшатди қўйди”. Бундан
тахминан 4 ой олдин интернет сайтларининг бирида Х номли рулет рецепти эълон қилинди.
Рецептда қаттиқ пишлоқ, товуқ тухуми ва нори барги каби масаллиқлар бор эди.
Диққат савол: Х ни 2 сўз билан ёзиб беринг.
Жавоб: Йўлбарс териси.
Изоҳ: Ремаркнинг фикрича, пойга йўлидаги қуёш нури ва соя йўлбарс терисига ўхшаб қолган экан.
Янги йил учун тавсия қилинган пишириқлар орасида “Йўлбарс териси” рулети ҳам бор эди.
Юқоридаги масаллиқлар ёрдамида йўлбарс терисини ҳосил қилиш мумкин экан. 2022-йил -
йўлбарс йили.

5-савол (Сарвар Аминов / муаллиф)


1942 чоп этилган "Яхши уй бекасининг кулинария китоби" да ёзилишича, АЛЬФАга зарурат
қолмаслиги учун маҳсулотларни режали харид қилиш керак. АЛЬФА нинг инновацион бир
кўринишида эса кўчага чиқишга эринадиган дангасалар учун музлатиш тизими ҳам ўрнатилган.
Энергетиклар ишлаб чиқарувчи Ред Бул компания эса, Лондон шахридаги АЛФА лардан ўз
маҳсулотини бозорга олиб киришда устомонлик билан фойдаланган.
Диққат савол: Компания қўллаган ушбу тадбирни ёзиб беринг?

Жавоб: Бўш энергетик идишларини ахлат қутиларига ташлаб чиқишган. (Мазмунан қабул)
Изоҳ: АЛЬФА - ахлат қутиси. Маҳсулотлар режали харид қилинса ошхонадан ортиқча ахлат
чиқмайди. Дангасалар учун эса ахлатни музлатиб, сасишини олдини оладиган қутилар ҳам
яратилган экан.
Ред Булл компанияси эса ўз махсулотлари бўш идишларини Лондон ахлат қутиларига кўп
миқдорда ташлаб чиққан ва одамларда Лондонликлар жуда кўп Реб Булл ичаяпти деган таассурот
уйғотишган ва махсулотга бўлган қизиқишни оширишган.

6-савол (Мухаммадамин / таржима)


Анъанага кўра, палов учун зирвак пахта ёғида қовурилади. 20-асрнинг иккинчи ярмида,
Ўзбекистонда УЛАРни қўллаш бошлангач, пиширишга оид китобларда махсус тавсиялар пайдо
бўлди, бир неча дақиқа давомида ёғни доғлашни унутманг. УЛАР ўз номлари учун бошқа
ўсимликдан қарздор.
Диққат савол: УЛАРни русча сўзда ёзиб беринг.

Жавоб: кукурузники / кукурузниклар.


Изоҳ: Урушдан сўнг, Ўзбекистон ССР даги пахта плантациялари авиация ёрдамида дефолиантлар
билан ишлов берила бошланди. Кукурузниклар эса бу вазифани бажарувчи энг кенг қўлланилган
ташувчи ҳисобланади. Ошхона китоблари муаллифларининг фикрига кўра, ёғни узоқ вақт доғлаш,
бошқа зарарли моддалар қатори, пестицидларни хам ўлдиради.

7-савол (Азим Мирзабоев / таржима)


Дуплет:
1) 1895-йилда Дунай қирғоғида истироҳат боғи ташкил этилди, бунинг учун улар ҳатто сунъий
каналлар (!) тармоғини ташкил этишади. Диққат савол: Боғ номини бир хил ҳарфлардан
бошланувчи 2 сўзда ёзиб беринг.
2) Руминияда 7та Юнеско томонидан Бутунжаҳон мероси объектлари мавжуд бўлиб, улардан
6таси маданий ва биттаси табиий. Диққат савол: ушбу табиий объектни бир хил ҳарф билан
бошланувчи 2 сўз билан ёзиб беринг.

Жавоблар:
1) Вена Венецияси.
2) Дунай делтаси.
Изоҳ:
1) Венадаги Дунай қирғоқларида улар ўзларининг Венецияларини сарой ва гандолалар билан
тўлдиришади.
2) 1991-йилда умумий майдонининг тахминан 83 фоизини ташкил этган Руминияга тегишли қисми
Юнеско томонидан Жаҳон табиий мероси объекти сифатида тан олинган.

8-савол (Азим Мирзабоев / таржима)


Илм излаб бутун океанни кесиб ўтиш инсондан катта жасорат талаб қилади албатта. Янги
Зелландиядан Кембриджга келган инсон бу сўзимизга мисол бўлади. Бу инсоннинг биографик
китобида айтилишича 1895 йилда "Х" Кембридж Университетидаги Кевендиш лабараториясининг
остонаси бўлган.
Диққат савол: Х ни бир хил харфдан бошланувчи бири гидроним бўлган 2 сўзда ёзиб беринг.

Жавоб: Резерфорд Рубикони.


Изох: 1985-йилда Янги Зелландиялик Эрнест Резерфорд Кевендиш лабараторияси остонасинидан
ўтади ва Физикадаги ўз йўлини бошлайди. Ортга йўл йўқлигига ишора қилиш мақсадида худди
Цезар - Рубикон дарёсини кечиб ўтганига қиёсий ўхшатиш қилади.

9-савол (Азим Мирзабоев / муаллиф)

Тарқатма материал

Савант синдроми – фавқулодда ноёб қобилиятлиликни англатиб, бир нечта турли соҳаларда юксак
билим эгаллай олиш билан ифодаланади. Касаллик деб қаралишига сабаб эса уларнинг ўз
ҳиссиётларини бошқара олмасдан, эмоционал қийинчиликка дуч келишларидир.
Диққат савол: Ушбу синдромга чалинган 1994 йилги асар қаҳрамонини ёзиб беринг.
Жавоб: Форрест Гамп.
Изоҳ: Ушбу синдромига чалинган Форрест ўзи бажарадиган ҳамма ишни бошқалардан зўрроқ
бажарган. Расмда эса у сиз унинг машхур югуриш траекториясини кўриб турибсиз.

10-савол (Сарвар Аминов / муаллиф)

Тарқатма материал

Шу йил феврал ойида ПСЖ клуби футболчилари мавсум давомида фойдаланиладиган янги Аир
Жордан маҳсулотларининг реклама акциясида суратга тушишди.
Диққат савол: Агар сиз расмлардаги бир умумийликни пайқаган бўлсангиз, 20 аср бошларида
фаолиятини велосипеддан ясалган станокда бошлаган Компания номини ёзиб беринг.

Жаваб: Адидас.
Изоҳ: Аир Жордан Найк компаниясининг маҳсулотлар туркумига киради. Леонель Месси эса
Адидас компаниясининг асосий реклама фигураларидан бири ҳисоблагади. Расмларда айнан
Месси кийиб олган Адидас оёқ кийимлари тўсиб қўйилган.

11-савол (Азим Мирзабоев / муаллиф)

Диққат саволда Х ва У (игрек) бир бирига тескари жумлалар.

Х биринчи марта 1903-йилги дастлаб Брюссел, кейинчалик Лондонда бўлиб ўтган РСДИПнинг
иккинчи сезди лойиҳасини тайёрлаш вақтида ишлатилган. Замонавий сўзлашувда Х ва У ҳазил ва
истеҳзо билан қўлланилади. У (игрек) нинг асл маъносига қарайдиган бўлсак инсон эришмоқчи
бўлган узоқ мақсадлар тушунилади.
Диққат савол: 1985-йилда маълум гуруҳ номидан Х ва У дан ўз нутқида фойдаланган аёл
персонажни ёзиб беринг.

Жавоб: Нигора.
Изоҳ: Бу жумлалар программа минимум ва программа максимум. Келинлар қўзғалонида Нигора
келинлар номидан программа минимум ва программа максимум режаларини маълум қилади.

12-савол (Сарвар Аминов / муаллиф)


Тарқатма материал

ФИФА хафталиги доирасида Гана терма жамоаси футболчиси Кофи Кьере Арсенал футболчиси
бўлган жамоадоши ва унинг нисбатан кичик (!) қиёфадоши суръатини инстаграм сторисига сиз
расмда айрим қисмлари беркитилган сўзлар билан жойлади. Ушбу расм ЖЧ га йўлланма олганлик
шарафига ташкил қилинган зиёфатдан кейин (!) олинган бўлса ажабмас.
Диққат савол: Беркитилган сўзларни тўғри кетма кетликда ёзиб беринг.
Жавоб: Парти / Афте Парти (Partey / After Partey).
Изоҳ: Инглизчада базм парти, базм тугагач ундан кейин кичик даврада ўтказиладиган базмча эса
афте пати дейилади. Расмда эса сиз Тома Парти ва унинг гавдаси кичикроқ қиёфадошини кўриб
турибсиз. Саволда шунингдек “зиёфатдан кейин” жумласини ҳам ишлатдик.

13-савол (Азим Мирзабоев / муаллиф)

Тарқатма материал

Яндекз Зен платформасидаги бир мақолада : Улар сифатида Худога юзланмаслик, Қирол
Саул(Шовул)нинг хизматкорларининг фитналарига ишониш, Малика Мелхолга уйланиш кабилар
келтириб ўтилади.
Диққат савол: Уларни 2 сўзда айтинг.

Жавоб: Давиднинг хатолари.


Изоҳ: Саволда сизга Исроилнинг 2-қироли бўлган Давиднинг қилган хатолари ҳақида маълумот
берилди. Тарқатма материалда эса, Манчестер Унитед жамоаси дарвозобони Давид (урғу) де
Хеанинг хатоларини кўришингиз мумкин.

14-савол (Фаррух Ёқубжонов / муаллиф)


“Бу вақтга келиб фан ўз айбсизлигини йўқотди” дейди тарихчи Эрнст Петер Фишер. Гапига мисол
қилиб кўзларнинг кўрмай қолиши, йўтал, нафас етмай қолиши каби сабабларни келтириб ўтади.
Диққат савол: Бу ерда гап қайси йилдаги воқеа ҳақида кетмоқда?

Жавоб: 1915.
Изоҳ: 1915-йил апрел ойида немислар Белгиянинг Ипр шаҳрида заҳарли газдан ҳарбий қурол
сифатида фойдаланган. Тарихчининг фикрича, ўша пайтгача фандаги тадқиқотлардан мақсад
инсонлар ҳаётини яхшилаш бўлган. Шу воқеадан бошлаб фан инсонларнинг ўлиши учун шароит
яратиб беришни бошлаган экан.

15-савол (Аваз Нўманов / таржима)


Ўтган аср, 20-йиллар. Оддий немис қовоқхонаси. Шиша кружкаларда оддий арифметик амал ўйиб
ёзилган: пивонинг нархи - бир марка, Хлар - бир марка, чизиқ остида жами 2 марка. Биологияда Х
ҳужайраларнинг ДНК молекулаларидаги кимёвий зарарни тиклаш қобилиятини англатади.
Диққат савол: Х ни лотинча сўз билан ёзиб беринг.

Жавоб: Репарация.
Изоҳ: 1-Жаҳон урушидан кейин урушда келтирилган зарарни қоплаш учун Германиянинг бўйнига
жуда катта репарациялар қўйилган эди. Репарацияларни тўлаш учун аҳолидан мана шундай
усулда ҳам пуллар йиғилган.

II тур.

16-савол (Аваз Нўманов / таржима)


Кинотанқидчилик ҳам қилган Питер Вайлнинг ёзишича, режиссорлар Мартин Скорсези ва Френсис
Форд Коппола ўз филлмарида одатда Ню Йоркнинг фақат италианча томонини кўрсатишаркан,
Вуди Аллен бўлса Ню Йоркнинг айрим кварталларинигина кўрсатиш билан чекланаркан. Шу
фикрларни билдира туриб, Вайл режиссорларни Иксларга, Нью-Йоркни эса Игрекка таққослайди.
Диққат савол: Икслар ва Игрекни ёзиб беринг.

Жавоб: Икслар – Кўрлар, Игрек – Фил.


Изоҳ: Нью Йоркни ҳамма режиссорлар фақат ўз нуқтаи назарларидан келиб чиқиб
тасвирлашганини Филнинг турли қисмини ушлаб кўриб у ҳақда ўзича фикр билдирган кўрлар
ҳақидаги масалга таққосланган.

17-савол (Сарвар Аминов / муаллиф)


Тарқатма материал

Ушбу самалёт Боинг компаниясининг АС-130 бомбардимончи самалёти бўлиб, Вьетнам уруши
пайтида кенг қўлланилган. Самалётни бомбардировка пайтида кўрганлар уни Х деб номлашган.
Бошқа бир Х нинг эса ўтган аср ўрталарида Лотин Америкасига қочиб кетгани ва ўша ерда ўз
тажрибаларини давом эттиргани ҳақида маълумотлар бор.
Диққат савол: Х ни икки сўзда ёзиб беринг.

Жавоб: Ўлим фариштаси.


Изоҳ: Самалёт снарядларни отган пайтида ўзидан худди фаришта қанотларига ўхшаш из
қолдиради. Освенцим конслагерида асирлар устида тажрибалар олиб борган ва бир неча 100
минглаб инсонни ўлимига сабабчи бўлган врач Йозеф Менгеле ҳам Ўлим Фариштаси
номини/лақабини олган.

18-савол (Абдуғани Иноятов / муаллиф)


Олимларни айтишича, кўзгу пайдо бўлгач Х га қарши курашиш бошланган. Х га қарши курашишда
Цезарга Клеопатра ҳам ёрдам беришга урингани, Гиппократ эса доимо кабутар тезагидан
фойдаланиб келганлиги ҳақида айрим манбааларда маълумотлар бор. Бироқ самара берганлиги
номаълум. Х нинг Гиппократча тури ҳам мавжуд. Бир тирик Афсона эса Х га қилинган ҳазилни
кўтара олмаганига кўпчилик гувоҳ.
Диққат савол: Х ни лотинча сўзда ёзиб беринг

Жавоб: Алопеция
Изоҳ: Кўзгу пайдо бўлгач инсонлар ўзларидаги тепакаллик билан янада кўпроқ кураша бошлаган
экан. Яқинда Уилл Смит хотинидаги соч тўкилиш касалига қилинган ҳазилга тарсаки билан жавоб
қайтарди. Афсона ғ Я легенда фильмига ишора эди.

19-савол (Сарвар Аминов / муаллиф)


Ушбу компания 1945 йилда Калифорнияда Бурт ва Ирв исмли шахслар томонидан ташкил
этилган. Бугунги кунгача ассортиментини 1300 хилдан оширган бўлишига қарамасдан, ўз
дастлабки анъанларига содиқ қолган ҳолда мижозларига бир кунда фақатгина 31 хил маҳсулотини
тақдим этади холос. Диққат савол: Муассисларнинг фамилияларини ёзиб беринг.

Жавоб: Баскин Робинс.


Изох: 1945 йилда Калифорнияда Бурт Баскин ва Ирв Роббинс томонидан ташкил этилган компания
логотипида 31 рақамини кўриш мумкин. Компания музқаймоқлари таъм ассортименти кўп бўлса-
да, дўконга кирганингизда сизга фақат 31 хил таъм таклиф этилади.

20-савол (Азим Мирзабоев / муаллиф)

Тарқатма материал

Савол муаллифини фикрича ушбу расмда Усейн Болтни рақибидан тахминан АЛФАнинг
БЕТТАси ажратиб турганини кўришимиз мумкин. 2010-йилги кўплаб рейтингларда АЛФАнинг
БЕТТАси юқори ўринни эгаллаган.
Диққат савол: АЛФА ва БЕТТА ни аниқ ёзиб беринг.

Жавоб: Шаҳзода/4 қадам.


Изоҳ: Расмда сиз шаҳзода Гарри бн Усейн Болтни кўриб турибсиз ва улар орасидаги фарқ 4 қадам
чиқади. Қўшиқчи Шаҳзоданинг 4 қадами эса ўз вақтида жуда машхур бўлган.
21-савол (Азим Мирзабоев / муаллиф)
Николай Японияни тарк этишидан аввал император Мейдзи унинг олдига ташриф буюради.
Тарихчиларнинг фикрига кўра, Мейдзи бу ишни қилган биринчи Япония императори ҳисобланади.
Диққат савол: Император нима иш қилганлигини ёзиб беринг.

Жавоб: Ўзга мамлакат ҳудудига ташриф буюрган.


Изоҳ: Николайга суиқасддан кўп ўтмасдан Николай ўз крейсерида Япониядаги қолган вақтини шу
ерда ўткизади. Сиёсий жанжал хавфидан қўрқиб, Россия тахти вориси олдиги совға-саломлар
билан ташриф буюришади. Япония императори мамлакатни тарк этиши мумкин эмас. Мейдзи
Николай кемасига ўтиради ва шундан сўнг Япония императори тарихда илк маротаба ўзга
мамлакат ҳудудига қадам қўяди.

22-савол (Абдуғани Иноятов / муаллиф)


Қадимги Римда ички қисмида турли ёзувлар бўлган идишларда хохловчиларга овқат
тарқатишарди. Бундан амалий мақсад кўзланган. Диққат савол: Қандай муҳим жараёндан олдин
шу каби амалиёт қўлланган?

Жавоб: Сайловлар.
Изоҳ: Идиш ичида номзодларнинг исми ёзилган. Шу орқали номзодлар сайловчиларни ўз
томонига оғдириб олишмоқчи бўлишган.

23-савол (Абдуғани Иноятов / муаллиф)


Тарқатма материал

Бу турдаги автомобилларни 1955-йилдан бошлаб бир немис компанияси томонидан ишлаб


чиқарила бошланган.
Диққат савол: Қайси немис компанияси?
Жавоб: Массершмитт.
Изоҳ: иккинчи жаҳон урушида қирувчи самалёталар ишлаб чиқарган компания, урушдан сўнг
автомобил ишлаб чиқара бошлаган. Автомобилга ҳам самалётдан нусха олишган.

24-савол (Сарвар Аминов / муаллиф)

Саволни сизларга 1937 йилда туғилган Лос Анжелслик беради.

Х га кўра, одам бир марта эшитган матннинг бир неча саҳифасини такрорлаши, кўп хонали
сонларни кўпайтириш натижасини олдиндан билгандек аниқ номлаши ёки ҳар қандай йилнинг 1-
январи ҳафтанинг қайси кунига мос келишини айтиши мумкин. Масалан, 1951 йилда Солт Лейк
ситида туғилган Ким Пик феноменал хотирага эга бўлиб, ўзи эшитган маълумотларнинг 98
фоизини эслаб қолган ва Ким-Пютер лақабини олган. У шунингдек, 1988 йилги фильм бош
қахрамонининг прототипи бўлган.
Диққат савол: Х ни бир хил ҳарф билан бошланувчи икки сўзда ёзиб беринг.

Жавоб: Савант синдроми.


Изох: 1937 йил туғилган Лос Анжелслик бу Дастин Хофман. У “Ёмғир одами” фильмида аутист-
савант Реймонд ролини ижро этади. 1-раунд 9-саволда ушбу синдром ҳақида тўхталган эдик.

25-савол (Мухаммадамин / таржима)


2013 йилда Коунтер Страйк ўйинининг янги модификацияси намойиш этилди, ва бу Буюк
Британияда норозиликларга сабаб бўлди. Жанжалга сабаб модификация номида ИККИНЧИ эмас,
БИРИНЧИ тилга олингани ва етмаганидек, британияликлар террорчи деб кўрсатилганлигида.
Диққат савол: БИРИНЧИ ва ИККИНЧИ ни тўғри кетма кетликда.

Жавоб: Малвин ороллари, Фолкленд ороллари.


Қабул: Малвинс, Фолклендлар; ҳар қандай тартибда.
Изоҳ: Ушбу мод Аргентина студияси томонидан ишлаб чиқарилган, ва табиийки, уни "Cоunter-
strike: Malvinas" деб номлашган, чунки Аргентина нафақат Фолкленд оролларига даъво қилади,
балки уларни Малвиналар деб аташни ҳам талаб қилади.

26-савол (Сарвар Аминов / муаллиф)


1890 йил Қизилордада туғилган Мустафо Ягона Туркистон озодлиги йўлида курашган сиёсий
арбоблардан бири бўлган. Бобоси Хива хонлиги даврида Сирдарё вилоятини бошқарган. Душман
билан тил бириктирилганликда айблангач 1921-1941 йилларда Францияда қўним топади.
Германия нацистлари унга Туркистон легионига қўмондонлик қилишни таклиф қилишган. Тарихий
манбаларда унинг Саид исмли жияни ҳақида эса маълумотлар келтирилмаган.
Диққат савол: 1967 йилда кинопрокатлар етакчиси бўлган фильмни ёзиб беринг?

Жавоб: Йигирма олтинчи отилмасин.


Изох: Фильм бош кахрамони Мустафо Чокайнинг жияни Саид Исломбек исми билан немислар
ишончига кириб СССР га мухим маълумотларни етказиб туради. Фильм кинопрокатларда деярли
33 млн аудитория билан баланд уринларни эгаллаган.

27-савол (Аваз Нўманов Нўманов / муаллиф)


Иккинчи Жаҳон урушидан кейин Ғарбда иқтисодиёт фани ва назарияси жадал ривожлана
бошлаган. Табиийки, илм-фан ривожланган Атлантика океанинг икки томонида бир-бирига
қарама-қарши фикрлар ҳам тез-тез янграб турган. Айниқса 50-60-йилларда Жоан Робинсон ва Пол
Самуелсон каби иқтисодчиларнинг бахси кўпчиликнинг диққатини тортган. Бу бахсни фан
тарихида "икки Х бахси" деб ҳам аташади.
Диққат савол: Географиядаги билимларингизни ишга солган холда бир дақиқадан кейин Х билан
алмаштирилган сўзни ёзиб беринг?

Жавоб: Кембридж.
Изоҳ: Жоан Робинсон Англиядаги Кембридж Университети иқтисодиёт мактаби вакили эди, Пол
Самуелсон эса АҚШнинг Массачуссетс штати, Кембриж шаҳрида жойлашган Массачусетс
Технология Институти иқтисодиёт мактаби етакчиси бўлган. Шунинг учун икки машхур Кембридж
вакиллари иштирокидаги мунозарага шундай ном берилган.

28-савол (Азим Мирзабоев / муаллиф)


Х сўзининг маноси бўш, ғовак, мазмунсиз деган маъноларни англатади. Х қатнашган иборада бир
мева ишлатилади. Барселона ҳамда Осасуна жамоаси ўйинида Ҳайрулла Ҳамидов Х нинг
ҳаракатлари Х бўлгани ҳақида айтиб ўтади. Диққат савол: Х ўрнидаги сўзни ёзиб беринг.

Жавоҳ: Пуч.
Изоҳ: Пуч сўзи мазмунсиз, бўш деган манолани англатади. Пуч ёнғоққа тўлдириш ибора. Рики Пуч
барселонанинг умидли футболчиси.

29-савол (Аваз Нўманов / таржима)


Септимий Север император бўлишга муяссар бўлган, тахт учун курашда бир неча номзодлардан
устун келган ва кўплаб урушларда ғалаба қозонган. 203 йилда Унда ҳам Фортуна Септимий Север
томонда бўлган, бу эса Рим тарихида жуда кам учрайдиган холат эди.
Диққат савол: Уни бир сўзда ёзиб беринг.

Жавоб: Танга.
Изоҳ: Фортуна ва Север танганинг бир томонида тасвирланган. Одатда Фортуна танганинг
реверсида тасвирланган, императорлар эса аверсда.

30-савол (Сарвар Аминов / муаллиф)

Саволда Х иккита сўз билан алмаштирилган.

Дуги Бримсоннинг ёзишича, Челси футбол клубига илк бор қора танли футболчилар келгач,
клубнинг бир гуруҳ рацист мухлислари ўзлари учун махсус Х тайёрлайдилар. 1971 йилги бир
фильм қахрамони эса, янги Х олиб келган фарзандига жавобан ШУНДАЙ дейди.
Диққат савол: ШУНДАЙ ўрнидаги икки сўзни аниқ ёзиб беринг.

Жавоб: Кўтар таблицангни.


Изоҳ: Х - турнир жадвали / Рацист фанатлар ўзлари учун махсус турнир жадвали тайёрлайдилар ва
уни қора танли футболчилар урган голлар ҳисобда олинмаган ҳолда юритадилар. / Учрашув
фильмида Пахтакор мухлиси бўлган ота мағлубият аламини дастлаб девордаги таблицадан кейин
эса янги таблица олиб келган ўғлидан олади.
“RENESSANS” жамоаси навбатчилик саволлари.

mad_max93April 11, 2022

Ассалому алайкум ҳурматли жамоалар. Бугун 9 апрель санасида сизни “RENESSANS” жамоаси
навбатчилиги доирасида 30 савол кутиб турмоқда. Бугунги саволларни тайёрлашда Отабек
Хамзаев, Тимур Мадалимов, Равшан Бахронов, Абдулазиз Султонов ва Саидакром Расулевлар
иштирок этишган.

Жамоаларга эслатма. Бошловчи савол тартиб рақамини эълон қилганидан сўнг айтилган ёки
айтилмаган барча жумлалар бевосита саволга алоқадор. Бошловчи томонидан айтилган жумлалар
саволга алоқаси бўлмаса бу ҳақида алоҳида таъкидлаб ўтилади. Саволлар изоҳларини диққат
қилиб тинглашни унутманг.

Шунингдек аниқ қилиб ёзиб беринг, 2 сўз ёки 1 сўздан иборат жавоб деган ҳолатларга диққат
қилинг. Савол формасига мос келмайдиган жавоб нотўғри ҳисобланади. Савол формасида бир
ҳарфдан бошланувчи, жуфт ундошлар билан бошланувчи, алифбода кетма-кет келувчи ҳарфлар
билан бошланувчи сўзлар сўралганда ва шу каби бошқа ҳолатларда ЎЗБЕК ТИЛИНИНГ ЛОТИН
АЛИФБОСИ назарда тутилади.

Савол тартиб рақами 1.


У яратган қонунга кўра, агар жанг майдонида рақибларнинг шахзодаси бўлса, шахзода қўлга
тушмагунча рақибларни мағлуб қилиб бўлмайди.
Диққат савол. гап ким ҳақида кетмоқда?

Жавоб. Амир Темур.


Изоҳ. Амир Темур шахматида ҳар бир пиёда ўзининг қаторидаги сипоҳга айланади. Маслан, фил
қаторидаги пиёда филга, жирафа қаторидаги пиёда жирафага. Шох қаторидаги пиёда эса
шахзодага айланади. Шахзода қўлга тушмагунча рақибни мот қилиб бўлмайди. Бугун 9-апрел
Амир Темур таваллуд топган сана.
Савол муаллифи: Abdulaziz Sultonov (Kolledj Park)

Савол тартиб рақами 2. (Тарқатма материал)


___________________________________________________________
Ўтган давр мобайнида мен бу ролни 800 мартадан ортиқ ижро этиб кўрган эканман. Тасодиф
орқали менга теккан рол бу асли. Катта иштиёқ билан буни ижро этдим. Умуман олганда бу
кўринишим менга шундай ярашгандики, томошабин бу ролда бошқа кишини тасаввур қилиши
қийин эди. Ростини айтсам бу кўриниш менинг ижодимнинг чўққиларидан бири. Илҳомим келиб
ҳатто сценарийда бўлмаган гапларни хам қўшганман тўғриси. Йиллар ўтибдики мана, халқ ҳали
ҳам мени айнан шу ролда кўради ва севиб томоша килади!
___________________________________________________________
Диққат савол. Гап кайси ўзбек актёри ҳакида кетаётганини эмас, у яратган энг машҳур образни
ёзиб беринг.

Жавоб. Ўткурий.
Изоҳ. Гап Обиджон Юнусов томондан қойилмақом қилиб яратилган Ўткурий роли ҳақида эди.
Тарқатма материалдаги матннинг ҳар бир жумласи бош ҳарфларини бирлаштирсангиз рол номи
келиб чиқади!
Савол муаллифи: Отабек Хамзаев (Тошкент)

Савол тартиб рақами 3. (Тарқатма материал)

Тарқатма материалда Гибли студиясининг илк маҳсули “Лапута осмон қасри” анимацион
фильмидан кадрни кўриб турибсиз. Аниматорлар ўз ижоди давомида илҳомланган бошқа машҳур
тасвирий санъат асарининг муаллифи ўз она шаҳрида келгиндилар кўпайиб кетганидан норози
бўлган.
Диққат савол. Ушбу муаллиф фамилиясини ёзиб беринг.

Жавоб. Брейгель.
Изоҳ. Япон аниматорлари осмон қасри тасвирини яратишда Катта Питер Брейгель нинг машҳур
“Бобил минораси” картинасидан илҳомланишган. Катта Питер Брейгель она шаҳри Антверпенда
турли миллат вакиллари келиб қўним топаётгани ва натижада тиллар, урф-одатлар аралашувидан
норози бўлган.
Манба.
1. https://bit.ly/3NEEKNb
2. https://goo.gl/1KKmTK
Савол муаллифи: Саидакром Расулев(Тошкент)

Савол тартиб рақами 4.


Честертон УНИ денгиздан баландга отилиб чиққан китга ва Лондонни бомбардирмон қилаётган
дирижаблга қиёслаган. Хаяо Миядзаки ўз ижод маҳсулига ном беришда Уни танлаганида испан
тилидаги маъносидан хабари бўлмаганлигини таъкидлайди.
Диққат савол. Уни бир сўз билан ёзиб беринг.
Жавоб. Лапута.
Изоҳ. Лапута – бу Гулливер саргузаштлари ҳақидаги романда тилга олинган учиб юрувчи оролдаги
шаҳар. Унинг номи испан тилида хулқи бузуқ аёлларга таъриф берувчи сўзга ҳамоҳанг. Аввалги
саволда тилга олинган Гибли киностудиясига япон анимацияси даҳоси Хаяо Миядзаки томонидан
асос солинган.
Манба.
1. https://bit.ly/3NEEKNb
2. https://bit.ly/3DsnTIO
Савол муаллифи: Саидакром Расулев(Тошкент)

Савол тартиб рақами 5.


Айтишларича У бир-бирига ҳатто овқатланишда ҳам ёрдам берувчи кўчманчилар номидан келиб
чиққан экан. УНИ тайёрлаш бўйича рекорд Қирғизистонда қайд этилган. Бошқа бир У Лоренс
Малкиннинг 2006-йили экранларга чиққан филми номида учрайди.
Диққат савол. Cиз менга У ўрнидаги алмаштирилган сўзни ёзиб беринг.

Жавоб. Бешбармоқ!
Изоҳ. Қирғизистон миллий таоми бўлган бешмароқ тайёрлаш бўйича Гуиннесснинг рекорди айнан
Қирғизистонда қайд этилган. Малкиннинг шу номдаги филми мавжуд. Ундан ташқари саволимиз
ҳам бешинчи.
Манба.
1. http://ru.wikipedia.org/wiki/Бешбармак
2. https://en.wikipedia.org/wiki/Five_Fingers_(2006_film)
Савол муаллифи: Ravshan Bahronov (Toshkent)

Савол тартиб рақами 6.


Шнобел мукофотини топшириш маросими одатда ҳар йили октябрь ойи бошида бўлиб
ўтади. Маросим кўтаринки руҳда ва ҳазилларга бой ўтади. Масалан 2020 йили совриндорларни
тақдирлаш мақсадида сертификат ва 10 триллион доллари миқдорида мукофот топширилади.
Диққат савол. Савол матнида тушиб қолдирилган, банту тиллари гурухига оид бир сўзни ёзиб
беринг.

Жавоб. Зимбабве
Изоҳ. Шнобел мукофоти одатда рамзий мақомга эга бўлади. 2020 йили 10 триллион Зимбабве
доллари тахминан 10 АҚШ $ тенг келган.
Савол муаллифи: Отабек Хамзаев (Тошкент)

Савол тартиб рақами 7.


Ядровий Ганди – бу машҳур интернет мем бўлиб, унга кўра “Сид Меер Цивилизацияси” ўйини
персонажи, инсонпарвар Ганди маълум бир босқичда ўта агрессив бўлиб қолади ва барча
қўшниларига ядровий ҳужум қила бошлайди. Дастурчиларнинг мемни рад этувчи фактларни
келтиришига қарамай у кенг тарқалиб кетади. Турли форумларда ихлосмандлар Ганди
бошчилигидаги Ҳиндистон уларга ядровий қурол билан таҳдид қилганлигини ёдга ола
бошлайдилар. Бу ҳақидаги Википедия мақоласида яна бир давлат раҳбари фамилиясини учратиш
мумкин.
Диққат савол. Ушбу фамилияни ёзиб беринг.
Жавоб. Мандела.
Изоҳ. Бирор бир воқеа реал ҳаётда рўй бермаган бўлсада, бирор триггер туфайли унинг кўплаб
гувоҳлари пайдо бўлиши Мандела эффекти деб ном олган.
Манба. https://ru.wikipedia.org/wiki/Ядерный_Ганди
Савол муаллифи: Саидакром Расулев(Тошкент)

Савол тартиб рақами 8. (Тарқатма материал)


___________________________________________________________
We shall show you what is what
___________________________________________________________

Мандела эффектига ёрқин мисол сифатида келтириладиган воқеада АЛЬФА ҳам тилга олинади.
Бошқа бир сафар эса, АЛЬФАни тўғри талқин эта олмаган таржимон “We shall show you what is
what” жумласини ишлатган. Жорий йилнинг 7март санасидаги мақола “АЛЬФА қайтяптими?” деб
номланган. Диққат савол. АЛЬФА сўзи билан алмаштирилган икки сўзни исм ишлатган ҳолда ёзиб
беринг.

Жавоб. Кузьканинг онаси.


Қабул. Кузьманинг онаси.
Изоҳ. Никита Хрущев БМТ ассамблеяси трибунасига ботинкаси билан уриб «Биз ҳали сизларнинг
ҳаммангизга Кузьканинг онасини кўрсатамиз» деган воқеалик айнан шу тартибда ҳеч қачон рўй
бермаган. Бироқ буни ўз кўзи билан кўрганлар кўплаб топилади. Никсон билан учрашувларнинг
бирида ҳақиқатдан ҳам СССР генсеки ўзига ҳос рус идиомасидан фойдаланганида таржимон
бироз шошиб қолган.
Манба.
1. https://vz.ru › politics › 2020/10/12
2. https://en.wikipedia.org › wiki› Kuzma's mother
Савол муаллифи: Саидакром Расулев(Тошкент)

Савол тартиб рақами 9.


Сочи олимпиадасидаги омадсиз иштирокларидан сўнг немис бобслеистлари ўз бобларини Унга
қиёслашган. Ўз вақтида У ишончли инвестиция объекти ҳисобланган, чунки узоқ навбатлар
сабабли уни йиллар ўтиб ҳам бошланғич нархга сотиб юбориш имкони бўлган.
Диққат савол. Унинг номини бир сўз билан ёзиб беринг.

Жавоб. Трабант.
Изоҳ. ГДР тимсолларидан бирига айланган Трабант автомобили тезлик ва қулайлик жиҳатидан
юқори натижалар кўрсатмаган. Шундай бўлсада, аҳолида альтернатив вариантлар йўқлиги
сабабли Трабантга талаб жуда юқори бўлган, одамлар ўз навбатини йиллаб кутишган.
Савол муаллифи: Саидакром Расулев(Тошкент)

Савол тартиб рақами 10. Дуплет.

1. Финляндияга кўчиб ўтган бир профессорнинг фикрича энг қўрқинчли У – аслида фин тили экан.
Диққат савол. Уни фамилия ишлатган ҳолда икки сўз билан ёзиб беринг.
2. Ромен Гари қаҳрамонларидан бири фикрича, немис аскарларини “Кўркам бурчак” номли
шинамгина ресторан Ундан кўра узоқроқ ушлаб турган.
Диққат савол. Уни фамилия ишлатган ҳолда икки сўз билан ёзиб беринг.

Жавоблар.
1. Маннергейм чизиғи.
2. Мажино чизиғи.
Изоҳ. Маннергейм чизиғи ва Мажино чизиғига ҳам ўз даврида катта уруш олдидан асосий ҳимоя
қўрғони сифатида қаралган. Бироқ реал ҳаётда уларнинг қудрати анча ошириб кўрсатилган бўлиб
чиққан.
Савол муаллифи: Саидакром Расулев(Тошкент)

Савол тартиб рақами 11. (Тарқатма материал)


Ўз вақтида КАТТА муваффақиятга эришган У "паҳмоқ қирол"нинг невараси номи билан аталиб,
Верден қирғинида минглаб франсузларнинг умрига зомин бўлган. "Учинчи Рейхда Крупп"
ҳужжатли филмининг асосий кадрларида ҳам У гавдаланган.
Диққат савол. УНИ исм ишлатган ҳолда икки сўз билан ёзиб беринг

Жавоб. Катта Берта.


Изоҳ. Алфред Круппнинг невараси номига аталган мортир қуроли Верден ва ундан кейинги
урушларда кенг қўлланилган. Бу қурол Крупп заводининг асосий қирувчиси деб топилган.
Тарқатма материалда Алфреднинг невараси Берта Круппнинг катталигидаги суръатининг каттароқ
шаклда тақдим этилди.
Manba:
1. //ru.wikipedia.org/wiki/Большая_Берта_(орудие)
2. ://www.net-film.ru/film-65916/
3. //de.wikipedia.org/wiki/Bertha_Krupp_von_Bohlen_und_Halbach
Савол муаллифи: Ravshan Bahronov (Toshkent)

Савол тартиб рақами 12.


Ушбу шиор келиб чиқиши Верден олдидаги жангда француз аскарларининг қаҳрамонликларига
бориб тақалади.
Диққат савол. Ушбу шиорга жавобан “Hemos pasado” деган 1892йили таваллуд топган шахсни
фамилиясини ёзиб беринг.

Жавоб. Франко.
Изоҳ. Саволда гап Долорес Ибаурри томонидан айтилган машҳур шиор Но пасаран! -Сизлар ўта
олмайсиз ҳақида кетмоқда. Мадрид қулагач генерал Франко ўз нутқларидан бирида Хемос пасадо
– Биз ўтдик деган.
Савол муаллифи: Саидакром Расулев(Тошкент)

Савол тартиб рақами 13. Савол матнида бир сўз тушириб қолдирилган.
Ёзувчи-эмигрант Хуан Гойтисоло ёзишича, генерал Франко сабабли у СЎЗ ТУШИРИЛГАН бўлиб
қолган экан. Тушуриб қолдирилган сўз инглиз қироли лақаби сифатида ҳам ишлатилади.
Диққат савол. Ўша қирол исмини ёзиб беринг.

Жавоб. Иоанн.
Қабул. Джон.
Изоҳ. Тушуриб қолдирилган сўз – ерсиз. Франко ҳукумат тепасига келгач кўплаб қатлам вакиллари
шу жумладан ўзига тўқ испанлар ҳам мамлакатни тарк этишга мажбур бўлишган. Албатта уларнинг
бор мол-мулки мусодара қилинган. Иоанн Ерсиз XII асрда ҳукмронлик
Савол муаллифи: Саидакром Расулев(Тошкент)

Савол тартиб рақами 14.


Қанчалик қизиқ бўлмасин, интервюларидан бирида Рамзан Қодиров ўзини икс-икс деб атаган. 5-
апрелдан бошлаб Италиянинг ЛА7 телеканали икс-иксни эфирга узатиб келмоқда.
Диққат савол. Икс-икс ўрнидаги икки сўзни ёзиб беринг

Жавоб. Халқ хизматкори.


Изоҳ. Рамзан Қодиров халққа хизмат қилмоқчилигини айтган, лекин бу ном билан Украинадаги
ҳукмрон партия номланишини эсидан чиқарган бўлса керак. Ла7 телеканали эса В. Зеленский бош
ролдаги Халқ Хизматкори телесериалини намойиш қилмоқда.
Савол муаллифи: Abdulaziz Sultonov (Kolledj Park)

Савол тартиб рақами 15.


Голливуддаги аксарият режиссёрлар ундан фойдаланмаган ва фойдаланишни билмаган актёр,
актрисаларга уларнинг сунъийларидан фойдаланишни таклиф килишади. Бунинг учун эса улар
асосан ромашка, чой ёки шунга ўхшаш ўсимликлардан фойдаланишар экан. Бу актёрларга ҳам,
бир неча марта қайта олинадиган кадрлар учун ҳам фойдали эди.
Диққат савол. Режиссёрлар ниманинг сунъий муқобилидан фойдаланишган?

Жавоб. Сигаретлар!
Изоҳ. Сигарет чекишни билмайдиган актёр ва актирисаларга айнан юкоридаги махсулотлардан
тайёрланган сунъий ва соғлик учун зарарли булмаган, никотинсиз сунъий сигареталар тайёрлаб
беришарди. Бундай сигареталарнинг яна бир фойдали томони, сигарет чекувчи актёр
кунгилдагидек чикмаган кадрдарини кайта олиш учун хар сафар сигарет чакиб узини хам
атрофдагиларни хам захарланмаслигини олдини олиш!
Савол муаллифи: Отабек Хамзаев (Тошкент)

Савол тартиб рақами 16.


Қизғин давом этган праймериздан сўнг, Элтон Брукс Паркер медиамагнат Уилям Херстни ортда
қолдирган ва БУ ИШНИ ҚИЛИШи мумкин бўлган ягона номзодга айланган. Википедияга кўра 2008
йилдан бери БУ ИШНИ ҚИЛИШга фақатгина 4 спортчи, жумладан Пекин Олимпиадасида Абдулло
Тангриев эриша олган.
Диққат савол. БУ ИШНИ ҚИЛИШ ўрнидаги сўзларни ёзиб беринг.

Жавоб. Теддини мағлубиятга учратиш.


Қабул. Мазмунан яқин жавоблар.
Изоҳ. АҚШнинг 26-президенти Теодор Рузвелтни эркалаб Тедди деб чақиришган. 2008-йилги
Олимпиада ўйинларида Абдулла Тангриев ҳозирги дзюдо афсонасига айланган Теддй Ринерни
мағлубиятга учратади.
Манба.
1. ru.wikipedia.org › wiki › Паркер,_Элтон_Брукс
2. ru.wikipedia.org › wiki › Ринер,_Тедди
Савол муаллифи: Ravshan Bahronov (Toshkent)

Савол тартиб рақами 17.


Нью-Ёркда БУ касб вакиллари энг кўп ўлдириб кетилаётган касб деб топилмоқда, шу сабабли ҳам
улар махсус текширувдан сўнг ишга олинади. Бу ҳолат Мартин Скорсезе ижоди ихлосмандлари
учун бироз мантиқсиз кўриниши мумкин. 1978 йили яратилган филмда эса бош қаҳрамон
вақтинча БУ касб вакилининг ўрнини босади.
Диққат савол. Сиз менга ушбу қаҳрамон исмини ёзиб беринг.

Жавоб. Юнус.
Изоҳ. Бу касб вакиллари таксистлар эди. "Тўйлар муборак" филми қаҳрамони Юнус мажбуран,
бетоб бўлган таксичини ўрнини босишига тўғри келади. АҚШда эса тунги таксистларга нисбатан
суиқасдлар кўпайиб бормоқда. Мартин Скорсезенинг “Таксист” кинофилми бош қаҳрамони ҳам
айнан шу касб вакили эди, бироқ у ерда барча воқеалар тескари рўй берган. 1-турнинг 2-саволи
ҳам Обид Юнов ҳақида бўлганлиги сизни тўғри жавобга йўналтирган бўлиши керак эди.
Манба.
1.https://uz.wikipedia.org/wiki/To%CA%BBylar_muborak_(film)
2.http://www.runyweb.com/articles/city/ny-news/nyc-taxi-drivers-to-get-bullet-proof-vests.html
Савол муаллифи: Ravshan Bahronov (Toshkent)

Савол тартиб рақами 18.


Набоков таърифига кўра Перри – бу асар қахрамонларини ўзаро танишувига замин яратувчи ва
характерларини китобхонга намаён этиб берувчи махсус қахрамон. Улар орасида ушбу образни
яратиш айнан Меттьюга тоширилиши алоҳида рамзийликни олиб кирган. Улардаги ўз роли учун
Бред Питт гонорар талаб этмаган.
Диққат савол. Улар сўзи билан алмаштирилган сўзни ёзиб беринг.

Жавоб. Дўстлар.
Қабул. Friends, друзья.
Изоҳ. Машҳур сериал илк сериясида бош қахрамонлар айнан Чендлер орқали боғланишади. Росс
у билан бирга колледжда ўқиган. Моника Росснинг синглиси, Фиби эса Моника билан бирга
ижарада турган. Джоуи эса Чендлернинг янги қўшниси эди. Ушбу Сериалда Чендлер образини
Меттью Перри яратган. Сериал эпизодларидан бирида ўша вақтдаги севгилиси Дженнифер
Энистон илтимосини рад эта олмаган Бред Питтни ҳам кўриш мумкин.
Манба. http://telegra.ph/Semejnye-perripetii-ili-CHto-smeshalos-v-dome-Oblonskih-10-26
Савол муаллифи: Саидакром Расулев(Тошкент)

Савол тартиб рақами 19.


Ғофур Ғулом Кавказга ташриф буюрганида, унинг шеьрлари Кавказ тилларидан бирига таржима
қилиниб китоб ҳолига келтирилади. Тақдимотда шоир ҳазиллашиб: Менга бир таржимон қизни
берсангиз ўзим билан олиб кетаман деб УЛАРни ёдга олади. Бошқа бир УЛАРни машҳур бўлишига
Фироғий va Бобур Бобомурод сабабчи бўлган.
Диққат савол. Уларни айтинг.

Жавоб. Фарҳод ва Ширин.


Изоҳ. Шоир шеьрлари арман тилига таржима қилинади. Арман қизни олиб кетаман деган ва
Фарҳод ва Ширинни эсга олган. “Фарҳод ва Ширин” мусиқий гуруҳи Маҳтумқулининг Дурди шоир
билан айтган шеьрий савол- жавоби орқали машҳур бўлган. Фироғий Маҳтумқулининг тахаллуси.
Савол муаллифи: Тимур Мадалимов(Чирчиқ)

Савол тартиб рақами 20.


19 аср охирида Петербургда Александр Ладигин исмли инсон кўча фонарларини намойиш қилади.
Маҳаллий аҳоли фонарнинг устунлик томонини солиштириш учун намойишга ўзлари билан
кўчадан бир предмет сотиб олиб боришади. Диққат савол. Улар нима олиб боришган?

Жавоб. Газета.
Изоҳ. Уйда керосин лампада ва кўча фонарларида газета ўқиш имкониятлари текширилган.
Савол муаллифи: Тимур Мадалимов(Чирчиқ)

Савол тартиб рақами 21.


Топишмоқ. Шар АЛЬФАдан қочади. БЕТА шардан қочади. АЛЬФА ва БЕТА бир-биридан битта
ҳарфга фарқ қилади.
Диққат савол. АЛЬФА ва БЕТА топинг.

Жавоб. Ракетка, Ракета.


Изоҳ. Ракетка теннис тўпига зарба беради ва шар ундан қочади. Ракета эса Ер Шаридан қочади.
Савол муаллифи: Тимур Мадалимов(Чирчиқ)

Савол тартиб рақами 22. (Тарқатма материал)

Эркин Воҳидовнинг туюқларидан бирида “Қалбга дармон топиш учун ёмон гапдан йироқ бўлиб,
АЛЬФА дан фойдаланмаслик , аксинча тарқатмадагидек бўлиш кераклиги айтилган. Алексей
Маркеевичнинг ҳазилига кўра, АЛЬФАнинг сотуви бир неча баробар ошиши сабабчиларидан бири
бу Россия футбол терма жамоаси экан.
Диққат савол. АЛЬФАни битта сўз билан айтинг.

Жавоб. Жавоб: Корвалол.


Изоҳ.
Қалбга истарсан шифо гар, бўл ёмон сўздан йироқ,
Корвалол ичмоқ керакмас, кар ва лол бўлмоқ керак.
Тарқатмада эса кар ва лол(хайрон) бўлган инсонлар тасвирланган.
Савол муаллифи: Тимур Мадалимов(Чирчиқ)

Савол тартиб рақами 23.


Унинг илк кўринишларини Хитой ва Мисрда кўриш мумкин эди. Хитойлик ҳукмдор ёки зодагонлар
одамлар кўп ва гавжум бўлган жойларда ундан фойдаланишни бошлашган. Уларнинг илк
кўринишлари эса дурадгорлар томонидан ёгочдан ясалган. Навоий эса тил ва сўзга таъриф
берганда, тилни унга ўхшатади.
Диққат кутилмаган савол. Агар сиз гап нима ҳакида бораётганлигини топган бўлсангиз, бизда унга
қарши чиққан 20 аср 80 йилларида яратилган персонажни ёзиб беринг.

Жавоб. Анзират буви!


Изоҳ. Гап қулф хакида бормоқда! Навоий эса тилни қулфга, сўзни эса калитга ўхшатган.
Савол муаллифи: Отабек Хамзаев (Тошкент)
Савол тартиб рақами 24.
Эрих Мария Ремаркдан иқтибос: “... Агар уларга ишонадиган бўлсак, инсон – бу мутлоқ комил
мавжудот деб ҳулосага келасан. Ёруғ дунёда, фақат фозил оталар–у, бенуқсон эрлар, ибратли
фарзандлару, беғараз, ўзини қурбон қилишга тайёр оналар...Бир гап билан айтганда,
уларга ишонадиган бўлсак, дунёда қанотсиз фаришталарнинг бутун бошли тўдаси яшар экан...”
Диққат савол. Уларни юнон тилидан кириб келган сўз билан ёзиб беринг.

Жавоб. Некрологлар.
Қабул: Эпитафиялар.
Савол муаллифи: Отабек Хамзаев (Тошкент)

Савол тартиб рақами 25.


Филиппин одатларига кўра уни сотиб олиш мумкин эмас. Светлана Алексеевич асаридаги радист
фронтда немис парашютидан у сифатида фойдаланганлигини сўзлаб беради.
Диққат савол: Уни бир хил харф билан бошланувчи икки сўзда айтинг.

Жавоб. Келин кўйлаги.


Изоҳ. Филиппинликлар фикрича келин тўй учун кийимни ўз қўллари билан тикиши зарур.
Светлана Алексеевичнинг "Уруш аёллар кўзи билан" асаридаги радист қиз фронтда бўлиб ўтган
тўйида немис парашютидан келин кўйлак ясаганлиги айтилади.
Савол муаллифи: Abdulaziz Sultonov (Kolledj Park)

Савол тартиб рақами 26.


Қанчалик ажабланарлик бўлмасин, ушбу аскар шаҳзоданинг тўй маросими, 1964 ёзги олимпиада
ўйинлари ва “иқтисодий мўжиза” ҳақида хабардор бўлган. Вьетнам ва Корея урушларини эса
ўзгача талқин этган.
Диққат савол. 1974 йили ушбу аскар Филлипин президентига нима тақдим этганлигини унли
ҳарфлари бир хил бўлган чет тилдан кириб келган сўз билан ёзиб беринг.

Жавоб. Катана.
Изоҳ. Хироо Онода 2 Жаҳон урушида Япония капитуляциясига қарамасдан 30 йил давомида
Филиппин ўрмонларида партизан урушини олиб борган машҳур шахс. Фақатгина 1974 йил 10 март
санасида у таслим бўлишга рози бўлади ва асл япон ҳарбийлари одатига кўра рақибга шахсий
катанасини топширади.
Манба. https://bit.ly/36Mqu4y
Савол муаллифи: Саидакром Расулев(Тошкент)

Савол тартиб рақами 27. Давом этамиз.


Қадимги юнон афсоналарига кўра ушбу маъбуда ўзининг чаққон ҳаракатлари билан қолган
маъбудаларидан ажралиб турарди. Афродита унинг тезкор ва чаққон ҳаракатларига ҳасад қилиб
уни арслонга айлантириб қўйяди. Ушбу маъбудани А серия клуби ўзининг бош рамзи қилиб олган
ва ўз гербларида унинг расмини жойлашитиради.
Диққат савол. Қайси клуб?

Жавоб. Аталанта
Изоҳ. Аталанта ҳам катана каби унли ҳарфлари бир хил бўлган чет тилдан кириб келган сўз.
Манба. https://ru.wikipedia.org/wiki/ Аталанта_(футбольный_клуб)
Савол муаллифи: Отабек Хамзаев (Тошкент)

Савол тартиб рақами 28.


Ўзининг кичик маъмурий мавқеидан фойдаланган ҳолда бошқаларга нисбатан катта талаблар
қўйиш синдромининг номларидан бирида бир касб тилга олинади. ХХИ аср бошларида яратилган
асарда эса бош қаҳрамон севгилисига иштиёқи шу қадар юқори эканлиги сабабини ушбу касб
вакилларидан сўрайди. Диққат савол. Ушбу касб номини немис тилидан кириб келган сўз билан
ёзиб беринг.

Жавоб. Вахтёр.
Изоҳ. Аслида ваколатлари бир неча банддан иборат вахтёрларнинг бинога кириб-чқишида
бюрократик таъқилар ҳосил қилиши кенг учрайдиган ҳолат. Бумбокс гуруҳи 2006 йили яратган
"Вахтерам" қўшиғи кўпчиликка таниш бўлиши керак.
Савол муаллифи: Abdulaziz Sultonov (Kolledj Park)

Савол тартиб рақами 29. (Тарқатма материал)

Қаршингизда “Ну Погоди” мультcериалининг учинчи эпизодидан кадр.


Диққат савол. Ушбу эпизод билан бир йилда экран юзини кўрган ва совет кинопрокати етакчисига
айланган кинофильм номини ёзиб беринг.
Жавоб. Омадли джентельменлар.
Изоҳ. Тарқатмадаги кадр баъзи танқидчиларнинг фикрича Александр Серый фильмидаги цемент
тўлдирилган цистерна эпизодига чиройли ишланган аллюзия экан.
Манба. 1. https://telegra.ph/Nu-pogodi-ili-50-ottenkov-Serogo-11-13
Савол муаллифи: Саидакром Расулев(Тошкент)

Савол тартиб рақами 30.


Твиттер фойдаланувчиси фикрига кўра, чет элга учиб кетаётган рус сайёхлари энди БУ ИШни
самолёт ердан кўтарилганда қилишар экан. Агар тўп дарвозанинг тўққизлигига йўналтирилса
дарвозабон нима қилиши мумкин деган саволга Йохан Круифф - БУ ИШ дея жавоб берган.
Диққат савол. БУ ИШ сўзлари билан алмаштирилган икки сўзни ёзиб беринг.

Жавоб. Қарсак чалиш.


Изоҳ. Самолёт бирор қийинчиликларсиз ерга қўнганда пассажирлар қарса чалиш одати кенг
тарқалган. Бу савол билан Ренессанс жамоаси ўз навбатчилигига якун ясамоқда ва барча иштирок
этган жамоаларга ташаккур билдирган ҳолда қарса чалиб қўймоқда.
Манба.
1. https://twitter.com/aanechaev/status/1509613194742050821?s=20&t=_jVI-OAQGHFTSQeo_ArqYQ
2. https://readli.net/mne-nravitsya-futbol/
Савол муаллифи: Саидакром Расулев(Тошкент)
Bingo jamoasi savollar paketi
mad_max93April 18, 2022

I TUR
1-savol.
Xning bir komplekti 1 mlrd turk lirasi atrofida baholanadi. Uning
yaratuvchilari uni judayam baland ko'tarilishi bilan faxrlanishadi.
Diqqat savol: 2021-yil 23-iyul kunidagi bizning Xlarimizdan hech
bo'lmasa birining ism-familiyasini yozib bering.
Javob: Bahodir Jalolov va Nigora Tursunqulova.
Qabul: Ikkovidan biri.
Izoh: Gap - Turkiyaning mashxur bayroqdor quroli haqida edi.
2-savol.
Bir guruh britaniyaliklarning manbasiga ishonsak unda zina mavjud.
1980-yilda yaratilgan asarda ikki paysaning qaytarilishi uning ochilishiga
olib keladi.
Diqqat savol: Uni ikki sozda ayting
Javob: Jannatga yo‘l.
Izoh: "Led Zeppelin" guruhing "Stairway to heaven" qo'shigi mavjud.
Abdulla Oripovning asarida esa omonotga olingan 2 paysa tanga
qaytarilishi yigit va do‘stiga jannat yo‘lini ochadi.
3-savol.
"Greyenhouse Games" kompaniyasi o‘zining simulyator o‘yini rasmiy
versiyasidan tashqari qaroqchi versiyasini ham chiqargan. Ammo
o‘yinning qaroqchi versiyasini o‘ynaydiganlar simulyatordagi ular tufayli
o‘yinda tez mag‘lub bo‘lishadi.
Diqqat savol: Ularni bir so‘zda yozib bering.
Javob: Qaroqchilar.
Izoh: Simulyatorda o‘yin ishlab chiqaruvchi kompaniyani boshqarsangiz
bo‘ladi. Va simulyatordagi qaroqchi o‘yin tarqatuvchilar kompaniyani
bankrot bo‘lishga opkeladi.
4-savol.
Amerika hududidagi dastlabki RIM ispan konkistadorlari katta armiya
bilan qit’aga kirib kelganida yaratilgan. Bundan oldingi gapda biz bir ish
qildik.
Diqqat savol: kim bu ishni qilmasligini takidlagan?
Javob: M. Yusuf.
Izoh: savolda Bedapoya Rimga almashtirilgan. Ispan armiyasidsgi
otlarga yemish uchun beda Amerikaga olib kirilgan ekan. Muhammad
Yusufning "Iqror" nomli she'rida "Rimni alishmasman bedapoyangga"
misralarini eshitgan bo‘lsanggiz kerak.
5-savol.
Lautprand Kremonskiy aytishicha, qo‘rqib ketgan quyon shahar devoriga
chiqadi va qochadi. Aytish mumkinki bu quyon Ular qilgan ishni
teskarisini qilgan ekan.
Diqqat savol: Ularni ayting.
Javob: Gʻozlar.
Izoh: Gʻarb Imperatori Arnulf Karintiyskiy askarlarining Rimni qamal
qilayotgan paytida askarlar shovqinidan qo‘rqib ketgan quyon shaxar
devoriga chiqadi va qochadi. Uni tutmoqchi bo‘lgan nemis askarlari
orqasidan devorga ko‘tarilishadi. Rim askarlarining jangovar ruhi
unchalik baland bo‘lmagan, shuning uchun bu voqeani ko‘rgan rimliklar
urush boshlandi deb o‘ylab qochishga tushishgan. Shunday qilib quyon
Rimni “ Nobud qiladi.”
6-savol.
Biz biladigan IKSdan tashqari yana IKS yili ham bor ekan. Unga
ko‘ra odamlar yerni o‘z holiga tashab qo‘yishlari kerak.
Diqqat savol: IKSni qo‘sh undosh ishlatgan holatda ayting.
Javob: Shabbát.
Izoh: Shanba kuni yaxudiylar o‘zlarini ishdan tiyishadi. Yaxudiylarda
har har 7 yilni birida xalq xo‘jaligi ishlarini 1 yilga yig‘ishtirishadi. Bu
shmita deb ataladi. Aynan yaxudiylar xo‘jalik ishlari bilan
shug‘ullanmaydigan holatdan uzoq ta’til ma’nosini anglatadigan
sabbatical termini kelib chiqqan/
7-savol.
Yevropadagi bir qator futbol maydonlarida, jumladan, Tottenhem va
Arsenal stadionlarida SHUNDAY REKLAMALAR paydo bo‘ldi. Shunday
reklamalarni SHUNDAY IKSlarda o‘rnatish tadqiqotlarga ko‘ra reklama
effektini 5 barabargacha oshirar ekan.
Diqqat savol: Shunday ikslarni 3 so‘zda yozib bering.
Javob: Ikki qavatli avtobuslar.
Izoh: Yevropa stadionlarida e’tibor bergan bo’lsangiz, reklamalar
(begushaya dorojka) ikki qavatliga aylanmoqda. Tepadagi jamoalar
London jamoalari, dabldekkerlar Londonda yuradi
(Rasm javobga tarqatma sifatida beriladi)
“Sizga javob sifatida MAKDONALDSni berdik”

8-savol.
"Zakovat-Gambit" turnirida jamoamiz aʼzosi havaskorlar o‘rtasidagi
o‘yinni kuzatadi. Oq donalarda o‘ynayotgan bola ot bilan ikki piyodani
ushlab turishi mumkin bo‘lgan yurish qiladi, lekin uning bu yurishi
oqibatida ushbu donasini yo‘qotgani ko‘rgan jamoadoshimiz otni Unga
o‘xshatadi. 1910 yilgi asarda U ning tashqi ko‘rinishi haqida maʼlumot
berilmagan. Faqatgina qariligi haqida yozilgan.
Diqqat savol: Uni ayting.
Javob: Bolivar.
Izoh: Ot ham Bolivar singari ikki kishini ko‘tarolmadi. O. Genrining "Biz
tanlaydigan yo‘l" asarida Bolivarning qariligi haqida va ikki kishini
ko‘tarolmasligi haqidagi ibora ko‘pchiligingizga maʼlum.
9-savol.
"Burger King" haligacha Rossiya hududida faoliyat yuritayotganligi
tufayli "Anonymous" hakerlar guruhi "Burger King" saytiga hujum
uyushtirishdi. "Burger King" bu hujumga nisbatan "Agar bizga halaqit
qilmoqchi bo'lsangiz, bu ishni qiling" deya javob bergan. Diqqat savol:
Siz ham javob tariqasida agar imkoningiz bo’lsa bu ishni qiling.
Javob: "Mcdonald's" ni qaytarish. (Jamoa yuqoridagi tarqatmani javob
ko'rinishida qaytarishi kerak, jamoa nomini yozib.)
Izoh: Agar halaqit qilmoqchi bo'sangiz, "Mc'donalds"ni qaytaring degan
ekan "Burger King". Biz ham sizdan avvalroq tarqatma sifatida bergan
Makdonaldsni qaytarishingizni so'radik.
10-savol.
"Laibach" guruhi dunyo halokatga yuz tutganiga ishonishadi. Lekin bu
holat guruh konsertlarini to‘xtatishga sabab bo‘lolmas ekan. Guruh
o‘zlarini Unga qiyoslaydi.
Diqqat savol: Uni 2 so‘zda ayting.
Javob: Titanik orkestri.
Izoh: Titanik orketsri kema cho‘kayotgan so‘nggi daqiqalarda ham
musiqa ijro etishni to‘xtashmagan. "Laybach" musiqachilari ham ijoddan
to‘xtamaslikka qaror qilishgan.
11-savol.
Tarixiy davlat arbobi bo‘lgan Li Lyanindan nafratlanadigan xunveybinlar,
arbob qabrini kavlashganda, uning bosh suyagini topishadi. Shundan
so‘ng xunveybinlar bir qancha vaqt BU ISHNI QILADILAR.
Diqqat savol: Aynan nima qilishgan?
Javob: Futbol o‘ynashgan.
Izoh: Xaram og‘asi bo‘lgan Li Linyanni Xitoyda shunchalar yomon
ko‘rishganki, hatto u haqidagi xotiralar yarim asr o‘tib ham esdan
chiqmagan. Xunveybin-talabalar qabrida bosh suyagini topib olishadi va
qirollik uyiga bo‘lgan munosabatni ko‘rsatish maqsadida undan futbol
to‘pi sifatida foydalanishadi. Savol tartib raqami ham boshqa variantlar
ichida futbolni tanlashga turtki berishi mumkin edi.
12-savol.
Liviyalik bastakor yaratgan "UYDAGI GUL" asari Muammar Kaddafi
buyrugiga binoan yaratilgan bo'lib, Muammarning bir siyosatchi ayolga
nisbatan hurmatini ko'rsatib berishi kerak edi. Savol matnida ikki
antonim so'zlar tushirib qoldirilgan.
Diqqat savol: Har ikkisini yozib bering.
Javob: Oq, qora.
Izoh: "Oq uydagi qora gul" qo'shigi Kondoliza Raysga atab yaratilgan.
13-savol.
Garet Myorfining taʼkidlashicha, Irlandiyada musiqa sanoati zaifligi
sababli faqat dunyo miqiyosidagi yulduzlar va andegraund sanatkorlar
bor ekan. Myorfining so‘zlariga ko‘ra, musiqa IKSi industriyasiz paydo
bo‘lmas ekan.
Diqqat savol: IKSni ikki so‘zda ayting.
Javob: O‘rta sinf.
Izoh: Rivojlangan industriya va institutlarsiz iqtisodiy o‘rta qatlam
paydo bo‘lmaganidek, musiqa sanoatisiz o‘rta sinf paydo bo‘limasligi
xaqida gapirgan.
14-savol.
1970-yillarda Fransiya SSSR bilan yaqinlashadi. 90-yillarga kelib esa
yana AQSH bilan hamkorlikka qaytadi. Xavo kuchlari ofitseri Jan-Lu
Kreten dastlab IKS, 15 yil o‘tib esa IGREK bo‘ladi.
Diqqat savol: IKS va IGREKni to‘g‘ri ketma-ketlikda ayting.
Javob: Kosmonavt, astronavt.
Izoh: Kreten kosmosga uchgan birinchi fransuz bo‘lgan. Dastlab
“Soyuz”da, keyin esa “Atlantis”da. Rus kosmik apparatida uchadiganlarni
kosmonavtlar, ingliz apparatida parvoz qiladiganlarni astronavtlar deb
ataladi. Kreten ikkisi bo‘lishga ham ulgurgan.
15-savol.
Tomas Hardining "Bir juft ko'k ko'zlar" asari 1872-1873-yillarda gazetada
bosib chiqarilgan. Asar qahramoni epizodlardan birida bir qizni o'z
hayotini xavfga qo'yib qutqarib qoladi.
Diqqat savol: Gazeta sahifasining so'nggida qahramon nima ish
qilayotganligi tasvirlangan?
Javob: Qoyada osilib turganligi.
Qabul: Kliffhenger.
Izoh: Ko'plab manbalarda "Kliffhenger" atamasi Tomas Hardining
asariga bog'liqligi aytiladi. Qahramon qoyadan qizni qutqarib o'z
hayotini xavf ostiga soladi. Va, "davomini gazetaning keyingi qismida
o'qiysiz" deb aytadi. Siz esa navbatchiligimiz davomini keying turda
eshitasiz.
Kliffxanger - qoyada osilib turmoq ma'nosini beradi.
II TUR
16-savol.
Tarqatmada Uni ko'rib turibsiz, ayni paytda biz Undamiz.
Diqqat savol: U o'rnidagi 2 so'zni ayting?
Javob: Ramazonning yarmi.
Izoh: Suratda shayx Ramazon Butiy rahimahullohning yarmi
tasvirlangan. Bugun 16-aprel, Ramazon oyining 15-kuni ya'ni
Ramazonning yarmi.
17-savol.
O‘zini himoya qilish maqsadida gangster Avgust Vinkler yoqilgan sigaret
va qumqog‘oz(najdak qog‘ozdan) foydalanadi.
Aniq ayting: Nima maqsadda?
Javob: O‘zining barmoq izlarini yo‘q qilish uchun.
Qabul: Barmoq izini terisidan yo‘qotish.
Izoh: Gangsterlar politsiya ularni topa olmasliklarini taʼminlash uchun
hamma narsaga tayyor bo‘ladilar. Viknler barmoqlarni shunchalik
ishqalaydiki, birmoq izlari yo‘q bo‘lib ketadi.
18-savol.
Italo Kalvino chol tog‘oradagi suvni Pinokkioning boshidan quyishi
epizodi ramziy maʼnoga egaligi haqida yozadi. Bir necha bob o‘tgandan
so‘ng Pinokkio qovoqxonda keyinchalik o‘zini o‘marmoqchi bo‘lgan
Mushuk va Tulki bilan ovqatlanadi. Kalvino o‘xshatishni davom
ettirarkan, qovoqxonadagi saxnani Unga qiyoslaydi.
Diqqat savol: Uni ikki so‘zda yozib bering.
Javob: Maxfiy kecha.
Izoh: Pinokkio, Iso kabi duradgor o‘g‘li bo‘ladi. Tog‘orali epizod –
cho‘qintirishga misol bo‘lsa, qovoqxondagi kechgi ovqatdan so‘ng
bo‘ladigan sotqinlik – Maxfiy kechaga o‘xshab ketadi. Mushuk va Tulki –
birgalikda Iuda timsolida tasvirlangan.
19-savol.
Klod Mone kartinalarida hamma narsa mayda detallarigacha o‘ylangan.
Kartinalaridan birini chizar ekan, Mone vaqti-vaqti bilan ULARNI
qaytadan joyiga yopishtirib qo‘yar edi.
Diqqat savol: ULARni aniq ayting.
Javob: Uzilgan barglar.
Izoh: Kuz peyzajini chizish jarayonida, Mone daraxtdagi barglar
tushayotganligini ko‘radi. Rasmga o‘zgartirish kiritishni istamagan
Mone, barglarni qaytada shoxlarga yopishtirib chiqadi.
20-savol.
Qatarda ayollar davlat xududida erkin xarakat qila olish xuquqidan
ayrilishgan. Yaqindagi intervyulardan birida, qatarlik ayollardan biri,
“QATARLIK AYOLLAR DOIMO [so‘z tushurib qoldirilgan].
Diqqat savol: Yuqoridagi gapda tushurib qoldirilgan, italyan tilidan
kirib kelgan so‘zni toping.
Javob: Karantinda.
Izoh: Qatar ayollariga pandemiya davridagi cheklovlar oddiy
turmushdagi cheklovlar bilan o‘xshashligi xaqida aytib o‘tadi.
21-savol.
Ulardan biri eʼtiborni tortmaslik uchun savdoyi xayot tarzini kechirishni
boshlaydi, Uning bu xarakati shunchalik tabiiy bo‘ladiki, xatto unga bir
kuni yo‘lovchi tupuradi. Keyinroq hammasi haqida bilgan yo‘lovchi ham
uyatdan o‘z joniga qasd qiladi.
Diqqat savol: Ularni aniq ayting.
Javob: 47 ronin.
Izoh: Yapon syoguni amaldori ularni xo‘jayinlarini o‘ldirgandan so‘ng,
roninlar qasos olishga ont ichishadi. Amaldor eʼtiborini tortmaslik uchun
Roninlardan biri tushkun holatga tushib, qasos olishni unutganday
ko‘rsatib, xotini bilan ajrashib ichkilikka berilib ketadi. Yo‘lovchilardan
biri nafrat tariqasida unga tupuradi. Keyinroq esa roninlar o‘z rejalarini
amalga oshirib, amaldorni o‘ldiradilar. Syogun ularni o‘limga maxkum
qiladi. Biroq seppuku qilishga ruxsat beradi. Yo‘lovchi ushbu xayrli
ishdan xabar topganidan so‘ng, qilgan ishidan afsuslanib o‘z joniga qasd
qiladi.
22-savol.
Savoldagi bir so‘zda biz ikki xarfni tushurib qoldirdik. Lena ismli misr
qirolichasi o‘limi U bilan bir kunga mos kelib qolgan.
Diqqat savol: Uni ikki so‘zda ayting.
Javob: Oy tutilishi.
Izoh: Qirolichaning ismi oy maʼbudasi bilan bir xil Selena edi. Yunoncha
ismini u Ptolomeylar sulolasidan bo‘lganligi uchun olgan, aytgancha, u
Mark Antoniy hamda Kleopatrani qizi hisoblanadi. Uning o‘limi oy
tutilishi bilan bir kunga mos kelib qolgan.
23-savol.
!!! [Tarqatma material: ( SHISHA so`zi tarqatma bo`laklarga bo`linib
so`z ko`rinmasligi kerak) xullas juda mayda mayda bo`lib ketgan
tarqatma tarqatiladi.]
2020-yilgi AQSH Prezidentligiga saylovdan so`ng, Kamala Harris AQSH
vitse-prezidentiga aylandi. Vashingtonda Kamalaning ulardan yasalgan
portreti o`rnatilgan. Tarqatmani ham ular deb atasak bo`ladi.
Diqqat savol: Ularni yozib bering.
Javob: Parchalangan SHISHA bo`laklari.
Izoh: Bu orqali Kamalaning shisha shiftni sindirib yuqori lavozimga
chiqganligini ko`rsatishmoqchi bo`lishgan.
24-savol.
"Skrillex" guruhining qo'shiqlaridan biriga odamlarning qulog`I
sezmaydigan darajadagi juda past chastotali vibratsiyalari tufayli rep-
qo'shiq deya tarif berishadi. Savol matnida bir so'zda bir necha xarf
tushirib qoldiridi.
Diqqat savol: Shu so'zni yozib bering.
Javob: Repellent.
Izoh: Juda past chastotali vibratsiya pashsha va chivinlarni haydaydi.
25-savol.
Bir film qahramoni Vest Hem futbol klubi maydonidagi o'yinga
tushganidan so'ng raqib jamoa muxlislari bilan tortishib qoladi va UNga
ega chiqishiga bir bahya qoladi. Rasmda ham uni korib turibsiz.
Diqqat savol: Uni 2 sozda yozib bering.
Javob: Chelsi tabassumi.
Izoh: Rasmda Bill va Hillari Klintonning qizi Chelsi Klinton.
26-savol.
Amerikalik futbol yulduzi Lourens Teylor jamoasining 2 karra Superboul
chempioni bo'lishiga katta hissa qo'shgan. Aytish mumkinki, 12 yil
davomida jamoa Lourensning yelkasida turgan.
Diqqat savol: Uning jamoasi nomini yozib bering
Javob: Gigantlar yoki Nyu York gigantlari.
Izoh: Isaak Nyuton o'zining yutuqlariga Gigantlarning yelkasida
turganligi uchun erishganligini takidlagan. Nyu Yorklik Gigantlar futbol
jamoasi esa muvaffaqiyatga Lourens Teylorning yelkasida erishgan.
27-savol.
Go.uz jamoasi hazillaridan birida personajlardan biri stol atrofida
o’tirgan sheriklariga poker o'ynashni taklif qiladi. Lekin, boshqa personaj
poker O'zbekistonda taqiqlanganligini, X esa taqiqlanmaganligini aytadi.
Diqqat savol: Xni grek tilidan kirib kelgan so’z bilan yozib bering.
Javob: Monopoliya.
Izoh. Hazilda gap stoldagi o’yinlar haqida ketayotgan edi. Personaj
O’zbekistonda poker ta’qiqlanganligini, lekin monopoliya
ta’qiqlanmaganligini aytib, stolga monopoliya o’yinini qo’yadi.
28-savol. Sheriy mantiqiy savol:
Xirom aylab jilvakor
Sen qilgan ish betakror
Xumor tanho ko'zingga
Uzoooq termulganim bor
Diqqat savol: She'r nima haqida?
Javob: Igna.
29-savol.
Niderland orkestri konsertlaridan birida ushbu filmda yangragan musiqa
ijro etilayotgan vaqtda asosiy skripkachi qiz Simone Lamsma qizil rangli
kiyimda, orkestrning boshqa azolari esa qora rangli kiyimda bo'lishgan.
Diqqat savol: Ushbu film nomini yozib bering.
Javob: Shindler ro'yxati.
Izoh: Filmning eng mashxur epizodlaridan birida yosh qizaloq qizil
kiyimda chiqadi. Film esa butunlay oq-qora kadrlarda suratga olingan.
Orkestr ham bosh ijrochini qizil kiyimda chiqishini ta'minlab o'sha
epizodni eslagan.
30-savol. Blits:
1. Wikipediada X haqidagi maqolada, Bilyardda qo'llaniladigan "abrikol"
degan atamaga ham havola qilingan edi.
Diqqat savol: Abrikol nimaligini topgan bo'lsangiz Xni fransuzcha so'z
bilan yozib bering?
2. Y ga bag'ishlangan wikipediadagi maqolada, uning yana bir
ma'nolaridan biri rozilik aktini anglatishi va unga validatsiya, vizalash,
Oliy hukm terminlari ham misol bo'la olishi haqida havolalar bor edi.
Diqqat savol: Yni lotincha so'z bilan yozib bering.
3. Uzmetronom.comning Markaziy Bank raisi Mamarizo
Nurmamatovning Rus-Ukrain urushi yurtimizdagi investitsion loyihalar
istiqbolini so’roq ostida qoldirishi haqidagi gaplarini aks ettirgan
maqolasi Y X bilan uradi deb nomlanadi.
Diqqat savol: X Y ni yozib bering.
Javoblar:
1. Rikoshet.
2. Sanksiya.
3. Rikoshet sanksiya.
https://www.uzmetronom.com/2022/04/06/sankcii-bjut-
rikoshetom.html
“Bloomberg" jamoasi savollar paketi.
mad_max93April 28, 2022

Assalomu aleykum, xurmatli bilimdonlar. Bugun sizni "Bloomberg” jamoasi


navbatchiligi doirasida 30 ta savol kutib turibdi. Bugungi savollarni
tayyorlashda Nodira Bahromova, Muhammadxòja Ahmedov, Jaloliddin
O'rozaliyev va Shukurjon Xolmirzayevlar ishtirok etishgan. Jamoalarga
eslatma: Boshlovchi savol tartib raqamini e’lon qilganidan so‘ng aytilgan
barcha jumlalar bevosita savolga aloqador. Boshlovchi tomonidan aytilgan
jumlalar savolga aloqasi bo‘lmasa bu haqida alohida ta’kidlab o‘tiladi.
Savollar izohlarini diqqat qilib tinglashni unutmang. Shuningdek “2 so‘zda
yoki 1 so‘zda yozib bering” deyilgan holatlarga e'tibor berishingizni
so’raymiz. Savol formasiga mos kelmaydigan javoblar noto‘g‘ri hisoblanadi.
Savol formasida bir harfdan boshlanuvchi, juft undoshlar bilan
boshlanuvchi, alifboda ketma-ket keluvchi harflar bilan boshlanuvchi so‘zlar
so‘ralganda va shu kabi boshqa holatlarda O‘ZBEK TILINING LOTIN
ALIFBOSI nazarda tutiladi. Yangi qo'shilgan jamoalarga eslatma. Savolni
muhokama qilish uchun 1 daqiqa beriladi. 1 daqiqa o'tgandan keyin
boshlovchi tomonidan, Vaqt ishorasi aytiladi va 10 dan 1 gacha teskari
sanoq boshlanadi. Shu vaqt ichida javob varaqalari ko'tarilgan bo'lishi
lozim, kechikgan javoblar esa to'g'ri bo'lsa ham qabul qilinmaydi.
Shuningdek, qatorlar oxiridagi jamoalardan bir kishi javoblarni yig’ib kelish
va tarqatma materiallarni ulashishda yordamlashishni so’rab qolardik.
Vaqt tugab, boshlovchi “bir” degandan so’ng o’zingizni qatoringizdagi
jamoalar javob varaqalarini yig’ib kelasiz. Savolga tarqatma bo’lsa,
boshlovchi tomonidan oldindan aytiladi.
Hamma tayyor bo’lsa, demak, boshlaymiz!
I TUR
1-savol:
Diqqat, qarshingizda 2011-yilda "Eng yaxshi badiiy film" yo'nalishida
Oskar mukofotini qo'lga kiritgan bir film uchun tayyorlangan matnni
ko'rib turbisiz.
Diqqat savol: Bu qaysi film?
Javob: "Qirol nutqi".
Izoh: tarqatmada Georg Vl, Germaniya bilan urush boshlanganligini
radio orqali e’lon qilishi uchun tayyorlangan matn. Undagi siz ko'rib
turgan belgilar orqali, nutqida muammosi bo'lgan qirol qayerda to'xtab,
qayerda nafas olishi kerakligi ko'rsatilgan. Shunday qilib, duduqlangan
monarxning nutqidagi kamchiliklar deyarli sezilmagan.
Biz ham, ya’ni Bloomberg jamoasi ham bugungi qaysidir ma'nodagi o'z
nutqini boshlaydi.
2-savol:
Yaqinda Yaponiyalik olimlar, X iste’molini bir necha barobar
kamaytirishga yordam beradigan elektron xasi (ovqat) tayoqchalarini
ixtiro qilishdi. 1984-yilda ekranlarga chiqqan filmda esa, bir
personaj Xdan o'ziga xos o'ch olish vositasi sifatida foydalanadi.
Diqqat savol: bizga o'sha personaj ismini yozib bering.
Javob: Abbos.
izoh: X – bu tuz. "Kelinlar qo'zg'aloni" badiiy filmida, Abbos kichik kelin
oyisining aytgan gaplari uchun tuz yordamida o'ziga xos o'ch oladi. JSST
tavsiya etgan normadan ko'p tuz iste’mol qiladigan yaponlar uchun
elektron tayoqchalar su’niy tarzda taomning tuzini oshirishga yordam
beradi, bu esa o'z navbatida tuz iste’molini kamaytiradi.
3-savol:
Bir hazilga ko'ra, bu davlatda jamoat joylarida umumiy
xojatxonalardan foydalanishda biroz noqulaylik yuzaga kelishi
mumkin ekan.
Diqqat savol: Bu qaysi davlat?
Javob: Shotlandiya.
Izoh: Hazilga ko'ra Shotlandiyada, umumiy xojatxonalarga kirish
chog’ida eshik tepasida tasvirlangan "erkak" va "ayol" ni bildiruvchi belgi
juda o'xshash bo'lishi mumkin.
4-savol:
"Bloomberg" nashriga ko'ra, Tokiodagi DEN restorani bosh oshpazi
o'zining KFC qutisini eslatib yuboradigan idishda tortiladigan qovurilgan
jo'jasi bilan juda mashxur. Oshpazning o'zi bu taomni Kentukki
Qovurilgan Jo'jasi deb ataydi.
Diqqat savol: Yuqoridagi gapdagi bir so'zda biz bir xarfni boshqa bir
xarf bilan almashtirdik. Bizga o'sha almashtirilgan xarfni yozib bering.
Javob: D.
Izoh: Oshpaz ushbu taomini "Dentucky Fried Chicken" deb ataydi.
BloombergBusiness ma’lumotiga ko'ra, Den restorani, yaqindagina
Osiyoning eng yaxshi restorani maqomini qo'lga kiritdi.
5-savol:
Bir karikaturada ikki ibtidoiy odamning suhbati tasvirlangan bo'lib,
ulardan biri ikkinchisiga "Yo'q, X ni tosh maydalash uchun emas, mana
bunday qilib so'zlashish uchun ishlat” deya, yuqorini kòrsatayotgani
tasvirlangan.
Diqqat savol: X ni inglizchada 2 so'z bilan yozib bering.
Javob: Speach Bubble.
6-savol:
BU TERMIN muallifi Gertruda Shteyn bo'lib, adabiyotga ilk bor
E.Heminguey asarlari tufayli kirib kelgan. O'smirlik, yoshlik davrlari 1-
Jaxon urushi yillariga to'g'ri kelgan odamlar BU TERMIN bilan atalgan.
Diqqat savol: BU terminni yozib bering.
Javob: Zavol Topgan Avlod, Yo'qotilgan Avlod.
Izoh: Ayni yoshlik davrlari 1-Jaxon urushiga to'g'ri kelib, urushdan
keyingi odatiy hayotga qaytishda ko'plab qiyinchilik, muammolarga duch
kelgan avlod orasida ichikilikbozlik, o'z joniga qasd qilish holatlari avj
oladi. Adabiyotda esa E.Hemingueyning "Quyosh Baribir
Chiqaveradi" romanida epigraf sifatida ishlatilingan bu jumla tez
orada boshqa yozuvchilar orasida ham ommalashib boradi.
7-savol:

Bir qancha kulinariya kitoblari muallifi bo'lgan Stalik Xankishiyev


tomonidan olingan ushbu ziravorlar surati XAFTA deb nomlanadi.
O'zbek xalqining XAFTAsi tarkibida esa to'rtta jonzot sanab o'tiladi.
Diqqat savol: XAFTA o'rnidagi ikki so'zni yozib bering.
Javob: Yetti xazina.
Izoh: Shafran, badyan, zira, kashnich, murch, oq qalampir va zirkdan
iborat bu kolleksiyani kulinar "Yetti xazina" deb ataydi. Xalqimizda "Yetti
xazina" deb sigir, tovuq, asalari, ipak qurti, objuvoz (moyjuvoz),
tegirmon va o'rmon nazarda tutiladi.
Manbalar:
https://www.ziyouz.com/portal-haqida/xarita/qiziqarli-malumotlar/
yetti-xazina
https://stalic.livejournal.com/813727.html
8-savol:
Xazilomus posterda psixolog qabulida unga e’tibor
berishmayotganidan, U xatto xona o'rtasida bo'lsa ham, Uni huddi yo'q
deb hisoblashayotganidan aziyat chekayotgan Xni ko'rishimiz mumkin.
Diqqat savol: X o'rnida almashgan so'zni toping.
Javob: Fil.
Izoh: Xona ichidagi Fil iborasi, barchaga ayon bo'lib turgan biror
muammo yoki noqulay holatning atayin muhokama qilinmasligi, ya’ni
ko'rib turib ko'rmaganlikka olinishi.
9-savol:
O'ylaymizki, bu savol bizga xech qanday xavf-xatar tu'g'dirmaydi.
Internet manbalarga tayanadigan bo'lsak, Yotani yunon dengizchilari uch
soni bilan, rimliklar esa 10 soni bilan assotsiatsiya qilishgan.
Diqqat savol: Yota bilan almashtirilganni yozib bering.
Javob: 9-val.
Izoh: 9-val – bu adabiyot va san’atda, xavf-xatarni anglatuvchi termin.
Sababi qadimda dengizchilar 9-to'lqinni eng baland va eng xavfli deb
hisoblashgan. Yota esa yunon alifbosidagi 9-xarf va albatta savol raqami
ham sizlarga yordam berishi kerak edi.
10-savol:
Qarshingizda Ivan Razumov tomonidan bir obyekt bilan bog'liq voqeaga
allyuziya sifatida chizilgan surat.
Dastlab bu yerda XVIII asr oxirida Misr uslubidagi favvora quriladi.
Napoleon Bonopart esa 24 metrlik bronza fil haykalini o'rnatmoqchi
bo'lgan ekan.
Turistik saytlaridan birida qoldirilgan fikrda aytilishicha, endi bayram
kunlari, ayniqsa yozning qoq o'rtasida rostdan ham...
Diqqat savol: Fikrni yuqoridagi rasm nomi bilan bir necha so'zda
yakunlang.
Javob: Bu yerda raqs tushishadi.
Izoh: Gap, anglaganingizdek, Bastiliya haqida ketyapti. 1789-yil 14-
iyulda qal'a binosi qo'zg'olonchilar tomonida vayron qilingandan so'ng
"Bu yerda raqsga tushadilar" so'zlari yozilgan taxtacha o'rnatib qo'yiladi.
Ivan Razumov Bastiliya voqealarini Kreml binosi bilan tasvirlaydi va
mashxur ibora bilan nomlaydi. Hozirda Bastiliya maydonida 14-iyul kuni
ballar seriyasi o'tkaziladi.
Manbalar:
https://mi3ch.livejournal.com/5099681.html
https://vladey.net/ru/artwork/3833
https://www.tripadvisor.ru/ShowUserReviews-g187147-d188456-
r233805248-Place_de_la_Bastille-Paris_Ile_de_France.html
11-savol:
Toshkentdagi o'quv markazlardan biri doimo eng yaxshisi bo'lishga
xarakat qilishini o'z nomida ham aks ettirgan . Bu o'quv markaz nomi
shu sohaning cho'qqisiga chiqqan raqobatchisi nomidan bir xarfga
farq qiladi.
Diqqat savol: Bu o'quv markaz nomini yozib bering.
Javob: Everbest.
Izoh: Everbest so'zi doimo yaxshi deb tarjima qilinadi, boshqa bir
markaz esa o'z sohasida cho'qqiga chiqqan Everest o'quv markazi.
12-savol:
Sports.ru saytining bundan bir necha yillar oldin bo'lib o'tgan Yevropa
ligasi finali haqidagi maqolasida yozilishicha, finalga chiqqan ikki
jamoaning kuchi birdek bo'lishiga qaramay, barcha bukmekerlik
idoralarida ko'plab odamlar faqatgina bir jamoaga pul tikishni ma’qul
ko'rishgan. O'yindan so'ng ularning xavotiri bejizga emasligi yana bir
bor o'z isbotini topdi. Suratda siz yuqoridagi ma'lumotlarga bevosita
aloqador bo'lgan insonga qo'yilgan monumentni ko'rib turibsiz.
Diqqat savol: Bu insonni yozib bering.
Javob: Bela Guttmann.
Izoh: 2014-yilgi Yevropa ligasi finaliga Benfika va Sevilya jamoalari
chiqadi. Benfika mavsumni juda ajoyib o'tkazganiga qaramay, finalda
ularga pul tikishga ko'pchilik qo'rqadi. Suratda siz Benfika jamoasining
sobiq murabbiyi Bella Guttmanning monumentini ko'rib turibsiz.
Benfika jamoasi Gutman qarg'ishiga uchraganidan so'ng yevro
kuboklardagi 9 ta finalning barchasida mag'lub bo'lgan.
13-Savol:
(Savollarga noto'g'ri javob berishdan qo'rqmang, zero qo'rqoqlik -
insoniyatning eng yomon illatidir.)
Siz tinglagan musiqiy parcha Iogan Shtraus boshchiligida 1929-yil 3-may
jumadan shanbaga o'tar kechasi bir marosimda ijro etilgan.
Diqqat savol: O'sha marosim bekasining ismini yozib bering.
Javob: Margarita.
Izoh: Bulgakovning "Usta va Margarita" romanidagi mashxur ball 1929-
yil 3-may kechasi sodir bo'ladi. Qirolicha va Iblisning balini Bulgakov
aynan valslar qiroliga ishonib topshirgan. Savolning avvalidagi jumlada
asardagi mashxur iqtibosga sha’ma qilib ketdik.
Manbalar:
https://youtu.be/QracEwdo5Cw?t=21
https://cyclowiki.org › wiki › Бал_у_сатаны
“Usta va Margarita” asari, istalgan nashr.
14-savol: Duplet:
1. 1997-yilda Majid Majidiy tomonidan suratga olingan bu film, 1999-
yilda eng yaxshi chet tilidagi film yo'nalishida Oskar mukofotiga
nominant bo'lgan. Film orzulari OSMON aka singilning xayotidan xikoya
qiladi.
Diqqat savol: Bu film nomini yozib bering
2. Kinopoisk.ru saytining 2003-yilda chiqqan bu filmga bergan ta’rifini
tinglang:
Ilk muhabbat, ilk xiyonat, ulg'ayish va BOLALIK homhayollari bilan
vidolashuv haqidagi lirik kinoqissa.
Diqqat savol: Bu film nomini yozib bering.
Javoblar:
1. Osmon bolalari.
2. Osmondagi bolalar.
Izoh: Dupletning birinchi savolida millionlab muhlislarni yig'latgan
Eron shedevri haqida gap ketayotgan bo'lsa, ikkinchisida esa millionlar
qalbidan joy olgan o'zbek shedevri haqida so'z bormoqda.
15-savol:
"Kruassanli katta tanaffus" hikoyasida, rafiqasining oliy tabaqadan
bo'lgan ota-onasi bilan restoranda o'tirgan oddiy rus yigiti,
noqulaylikdan o'zini Tentak Shlyapachi bilan birinchi marta ko'rishgan
Alisaga qiyoslaydi va asardagi " Soat oltigacha qizishib olsak, keyin
qorin to'qlaymiz" iborasini aytib, o'zini ovutadi.
Diqqat savol: "Katta tanaffus" bilan almashtirilgan inglizcha so'zlarni
yozib bering.
Javob: five o'clock. Five o’clock tea.
Izoh: Fransuz restoranida oliy nasabli qaynona-qaynotasi bilan o'tirgan
yigit tuzukroq tanovul qila olmaydi va kechki ovqatga umid bog'laydi.
"Alisa mo'jizalar mamlakatida", asarida bosh qahramon tentak
Shlyapachi va uning do'stlari choy ichib o'tirgan paytda paydo bo'ladi.
Bizda ham hozir katta tanaffus. Uzoqqa ketib qolmasligingizni
so’raymiz, besh daqiqada ikkinchi tur boshlanadi.
Manbalar:
https://fabulae.ru/prose_b.php?id=36939&page=1
https://citaty.info/character/trulyalya
II tur
16-savol:
Birinchi tur ortda qoldi!
Sharq tomonga yurib, Missuri, g'arbda Kolorado, shimolda Nebraska,
janubda Oklaxoma hududiga o'tsangiz, demak, SIZ ODDIY ODAM
EMASSIZ."Yulduzlar jangi"ning fendomida esa U ODDIY ODAM
EMASLigi haqidagi ibora komandor Shepardga nisbatan ishlatilarkan,
ular kelgan sayyora sexrli ekanligi va yovuz mo'jizalarga to'laligi
aytiladi. Biz yuqorida bir jumlani boshqasiga almashtirdik.
Diqqat savol: O’sha jumlani asl holicha yozib bering.
Javob: "Siz ortiq Kanzasda emassiz", " Kanzas ortda qoldi".
Izoh: Yuqorida Kanzas shtatining chegaralarini sanab o'tdik. Savolda
"Oz saltanati sehrgari" asaridagi bir ibora boshqasi bilan almashtirildi.
Biz ham ortiq birinchi turda emasmiz.
Manbalar:
https://ficbook.net/readfic/5349899
https://states-of-america.ru › kanzas
https://ru.bookmate.com › books › NYyXihci › quotes
17-savol:
Bu savolga javob topishingizda chet tilini bilishingiz sizga yordam beradi
degan umiddamiz.
NATOga ko'ra U Whiskey Hotel deb belgilanadi. Bu, albattaб NATO
ramziy alifbosidagi so'zlar orqali belgilangan.
Diqqat savol: Siz bizga Uning O'zbekistondagi analogini ayting.
Javob: Ko'ksaroy.
Qabul emas: Oqsaroy.
Izoh: NATO ramziy alifbosida Whiskey Hotel WH harflarini anglatadi
va White House, ya'ni Oq Uy shu tarzda ramziy ifodalanadi. Oq Uy AQSH
prezidentining rasmiy qarorgohi bo'lib, O'zbekiston Respublikasi
prezidentining rasmiy qarorgohi Ko'ksaroy hisoblanadi.
Manbalar:
1. https://definithing.com/whiskey-hotel/
2. https://en.wikipedia.org/wiki/Kuksaroy_Presidential_Palace
18-savol:
Britaniya qo'shinining, 18-asrdagi qizil mundiri, Britan askarlarining
KOLIBRI laqabini olishlariga sabab bo'lgan. World of Tanks kabi onlayn
o'yinlarda esa, uquvsiz, foydasiz o'yinchilar KOLIBRI degan laqabni
oladilar.
Diqqat savol: KOLIBRI o'rnidagi so'zni yozib bering.
Javob: Qisqichbaqa.
Izoh: 18-asrda och qizil rangli mundirga ega bo'lgan ingliz piyodalari
"lobsters", ya'ni qisqichbaqalar laqabini oladi. Onlayn o'yinlardagi
foydasiz, aksincha, zararga ishlovchi o'yinchilar "rak" deya laqablanadi.
Kolibri qushi, huddi qisqichbaqa singari yon va orqa tomonlama
harakatlana oladi.
Manba:
https://military-history.fandom.com/wiki/Red_coat_(British_army)
19-savol:
Minikin Holand tomonidan ishlab chiqarilgan mashxur seriyaning
kitobsevarlar uchun tayyorlangan versiyasida, barchamizga tanish
juftlikni emas, yozuvchilar portreti va ularga tegishli jumlalarni
ko'rishingiz mumkin. Masalan:
Fridrix Nitsshe: "tantanali ramz va og'riqli g'ubor";
Erix Fromm: "Insoniyat mavjudligi masalasining javobi”
Frans Kafka: "O'zimni anglash uchun o'zimga san chadigan xanjar";
Anna Axmatova: "Shamolda turma!"
Diqqat savol: Har bir jumla oldidan tushirib qoldirilgan ikkita so'zni
xohlang inglizcha, xohlang o'zbekchada yozib bering.
Javob: Love is… yoki Sevgi bu ...
Manba: http://books.mypage.ru/users/
20-savol:
Bundan bir necha yillar avval "Sputnik Qirg'iziston" nashri Ramazon
oyida tashkil etiladigan odatiy iftorlik isrofgarchilkka aylanib ketayotgani
va AMALDORLAR va DEPUTATLAR orasida urfga kirgan “AVtoritet”ni
tanqid qilib maqola chiqazdi.
Yuqoridagi savolda biz, bir so'zda, 2 xarfni boshqa 2 xarf bilan
almashtirdik.
Diqqat savol: bizga ushbu so'zni original holida yozib bering.
Javob: IFtoritet.
Manba: https://ru.sputnik.kg/20190526/kak-nelzya-provodit-iftar-
razgovenie-dlya-postyashchihsya-v-orozo-1044466738.html
21-savol. Blits:
Savollarni o'ylash uchun 20 soniya beriladi. Blitsning barcha savollariga
javobni bir javob varaqasida berishingiz kerak.
1. Abbos Karimov tomonidan 2019-yil mart oyida asos solingan bu brend
birdaniga katta muvaffaqiyat qozonganiga uning raqobatdoshlari xasad
qilishayotgan bo'lsa ajab emas.
Diqqat savol: Gap qaysi brend haqida ketayapti?
2. Mufarrah, Kislorod, Do'stlar va yana bir qancha loyihalari bilan
mashxur bo'lgan bu brend o'tgan yili o'z nominatsiyasida yil brendi bo'ldi
va aytish mumkinki, uning egasi o'z <maqsadiga> erishdi.
Diqqat savol: Bu brend nomini yozib bering.
3. 1989-yilda Zafar Ro'zmetov tomonidan asos solingan bu brendning
shiori – “Oilamizdan oilangizga".
Diqqat savol: Bu brend nomini yozib bering.
Javoblar:
1. "Havas".
2. "Murad Buildings"
3. "Rozmetov".
22-savol:

Suratda AQShning Vudstok shaxrida suratga olingan filmning mashxur


epizodi tufayli muxlislar tashrifi ko’paygani sabab shaxar ma’muriyati
tomonidan o’rnatilgan yodgorlik.
Suratda AQShning Vudstok shaxrida suratga olingan filmning mashxur
epizodi tufayli muxlislar tashrifi ko’paygani sabab shaxar ma’muriyati
tomonidan o’rnatilgan yodgorlik.
Diqqat savol: Siz menga filmni emas, film voqealari qaysi shaxarda
sodir bo'lganini yozib bering.
Javob: Panksatoni.
Izoh: Gap Sug'ur kuni filmi haqida ketmoqda. Film epizodlaridan birida
Bil Murrey qahramoni doim oyog'i tushib ketadigan ko'lmakni ko'pchilik
kelib tomosha qiladi va uni Vudstok shahri ma'muriyati yodgorlik
sifatida olib qolishadi. Panksatoni shaxri esa sug’ur kuni va bashoratchi
sug’urlar vatani hisoblanishi ma’lum bo’lsa kerak.
23-savol:
BU musiqiy guruh, 30-apreldan start olib, yurtimizda 6-marotaba bo'lib
o'tishi rejalashtirilayotgan, òta QAYNOQ festivalda chiqishi kutilmoqda.
Diqqat savol: Bu musiqiy guruh nomida ko'rishimiz mumkin bo'lgan,
musiqiy yo'nalish nomini yozib bering.
Javob: Jazz.
Izoh: 30-Aprel sanasi bejiz tanlanmagan bo'lib, bu sana xalqaro Jazz
kuni hisoblanadi. BU musiqiy guruh nomi esa "Jazzirama" band.
24-savol:
Bu savol shu hafta chorshanba kuni tuzildi.
Savolni Lyui beradi.
Rossiyalik reper Gufning "Xazina ovi" nomli qo'shig'ida ijrochi bir
xaridni amalga oshirgandan so'ng oq kvadrat qorasidan ko'ra ko'proq
ko'zga tashlanishini payqab qoladi. Bu xaridini o'zi bilan havfsiz usulda
olib yurishini esa "Shunchaki Axilles o'z tovonini davolayapti" deb
izohlaydi. Diqqat, savol: "Xazina ovi" bilan almashtirilgan uch xonali
sonni yozib bering.
Javob: 420.
Izoh: Qo'shiqchi mahsulotni krossovkasi ostida olib yurishini aytarkan,
bu shunchaki Axilles tovonini davolash uchun dori, deb ataydi. 420
atamasi XX asrning 70-yillarida AQShda bir guruh yuqori maktab
o'quvchilari xazina izlash bahonasida Lui Paster haykali oldida aynan
shu vaqtda to'planishlaridan kelib chiqqan bo'lib, "420 Lyui" maxfiy
kodni bildirgan. Chorshanba 20-aprelga – xalqaro marixuana kuniga
to’g’ri kelgani ham sizga yordam berdi, deb umid qilamiz.
Manbalar:
https://g.co/kgs/FyY7HA
https://genius.com › Guf-420-lyrics
25-savol:
1715-yilning 1-sentabr tongida Fransiya xalqi qaysidir ma'noda ham
Xni, ham Yni guvohi bo'lishgan. Biz ham bugun Xni eslab o'tdik. Y ga esa
hali biroz vaqt bor .
Diqqat savol: X va Yni yozib bering.
Javob: X-quyosh chiqishi, Y-quyosh botishi.
Izoh: 1715-yil 1-sentabr tongida, quyosh chiqishidan biroz vaqt o'tib
o'zini quyosh deb atagan Lyudovik XlV olamdan o'tadi. Biz ham 6-
savolda quyosh chiqishini eslab o'tdik, quyosh botishiga esa hali bir
necha daqiqalar bor.
26-savol:
Tarqatma material:
__________________________________________________
__
Bu asar 1983-yilda Jon
Sladek tomonidan nashr
qilingan bo’lib, shu yilda Britaniya
fantastika assotsatsiya mukofotiga sazo-
vor bo’lgan. Asar qahramoni aqlli
robot bo’lib, u dastlab uy
xizmatkori va uy rassomi
bo’lib ishlaydi. Keyincha-
lik esa Azimovning robo totexnika qonunlarini
buzib, odamlarni o’l dira boshlaydi. Diqqat,
kutilmagan sa vol: ByteDance kom-
paniyasining 2014-yil 22-avgust
kuni chiqargan ilovasini yozib bering.
__________________________________________________
__
Bu asar 1983-yilda Jon Sladek tomonidan nashr qilingan bo’lib, shu yilda
Britaniya fantastika assotsatsiya mukofotiga sazovor bo’lgan. Asar
qahramoni aqlli robot bo’lib, u dastlab uy xizmkori va uy rassomi bo’lib
ishlaydi. Keyinchalik esa Azimovning robototexnika qonunlarini buzib
odamlarni o’ldira boshlaydi. Diqqat kutilmagan savol, ByteDance
kompaniyasining, 2014-yil 22-avgust kuni chiqargan ilovasini yozib
bering
Javob: Tik-Tok.
Izoh: Tarqatmada siz Tik-tok asariga qisqacha tarifni ko'rib turibsiz.
Xitoyning ByteDance kompaniyasi 2014-yil Tik-Tok ijtimoiy tarmog'ini
yaratishgan. Tarqatmaning yozilishiga e'tibor bersangiz Tik-Tokning
logosiga o'xshash tarzda qilingan.
27-savol:
Iosif Brodskiyning bir she'rida poytaxtdagi tungi osmon manzarasi
qachondir Moskvada SALIB YURISHI sodir bo'lishini bashorat
qilayotgandek ta'riflangan. Siz suratda ko'rib turgan SALIB YURISHI
joriy yilning fevral oyida sodir bo'ldi.
Diqqat savol: SALIB YURISHI bilan almashtirilgan ikki so’zni yozib
bering.
Javob: Islomning g'alabasi. Brodskiyning she'rida esa Moskva
cherkovlari ustidagi yarim oy Islomning g'alabasidan darak beruvchi
belgidek keltirilgan. 2022-yil 27-fevralda esa Islom Maxachev Bobbi
Grinning ustidan g'alaba qozonadi. Salib yurishlari ham islomning
g’alabasi bilan yakunlangan.
Manbalar:
https://www.culture.ru/poems/30566/vremya-goda-zima
https://www.sports.kz/news/video-polnogo-boya-islam-mahachev-
bobbi-grin-s-jestkim-nokautom-na-ufc-fight-night-202
https://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%9A
%D1%80%D0%B5%D1%81%D1%82%D0%BE%D0%B2%D1%8B
%D0%B5_%D0%BF%D0%BE%D1%85%D0%BE%D0%B4%D1%8B
2-tur 13-savoli:
Janob Jak(1395-1456) - qalbaki pul yasashda tengi yo'q davlat
jinoyatchisi, yaxshigina alkimyogar. Qirolning ma'shuqasini zaharlab
dovruq qozongan.
Graf Robert(1532-1588) - tamomila teskari voqea - qirolichaning jazmani
bo'lib, o'z rafiqasini zaharlab o'ldirgan.
Frida (tahminan 1879) - qahvaxona xo'jayinidan tug'ilgan o'g'lini
o'rmonda o'g'ziga ro'molcha tiqib bo'g'ib o'ldiradi.
Diqqat savol: Bu ro'yxatga Tofana xonim, Imperator Rudolf va
"Faust" muallifi Gyote ham kirishini hisobga olib, ularni bog'lab
turuvchi sanani aniq yozib bering.
Javob: 1929-yil 3-may.
Izoh: Yuqorida "Usta va Margarita" asaridagi Iblis huzuridagi balga
tashrif buyurgan mehmonlar keltirib o'tildi. Ularni biz sizga huddi
Korovyov va Begemot Margaritaga tanishtirganidek ta'riflab berdik.
O'ylaymizki, birinchi tur 13-savoli va "Faust" sizga savol topishga yordam
bergan.
Manbalar:
https://www.masterandmargarita.eu › balgasten
M.Bulgakov “Usta va Margarita” istalgan nashr.
29-savol:
PLATSEBOni birinchi bor sinovdan o'tkazish uchun bir aktyorni aslida
mavjud bo'lmagan olim obrazida ma’ruzalar zaliga kirgizishgan bo'lsa-
da, tinglovchilar, uning asarlarini avval ham o'qishganini, u juda ham
kuchli bilimga ega ekanligini ta’kidlashadi.
Klub o'yinlarida navbatchilik qiluvchi jamoa tomonidan savol o'quvchini
noto'g'ri tanlanishi chiroyli savol va foydali ma'lumotlarning ta'sirini
yo'qqa chiqarishi, natijada navbatchilik ko’pchilikka yoqmay qolishini
kuzatgan savol muallifi bu holatni teskari PLATSEBO deb nomlaydi.
Diqqat savol: PLATSEBO o'rnidagi uch so'zni yozib bering.
Javob: Doktor Foks effekti.
Izoh: Bu effektda matn bo'lmag'ur va qarama-qarshi fikrlardan tashkil
topgan bo'lsa-da, notiqning mashxurligi va chiroyli nutqi sabab,
tinglovchilar o'zlarini muhim ma'lumotlarni, juda aqlli gaplarni
eshitgandek his qilishadi.
Umid qilamanki, bu effektsiz ham o’zingizni bugungi navbatchilikdan
foydali ma’lumotlar olgan, deb hisoblaysiz.
Manba: https://ru.wikipedia.org › wiki › Эффект_доктора_Фокса
30-savol:
1837-yil yanvar oyi voqealariga bag'ishlangan Vikipediya maqolasi "A.
S.Pushkinning dueli va o'limi" deb nomlanadi. Yuqoridagi gapda biz bir
so'zni tushirib qoldirdik.
Diqqat savol: Ushbu so'zni yozib bering.
Javob: So'ngi, oxirgi.
Shu bilan “Bloomberg” jamoasining navbatchiligi ham yakuniga yetdi.
Savollar va navbatchilikdagi boshqa kamchiliklar uchun uzr so’raymiz.
Ishtirok etgan barchaga minnatdorchilik bildiramiz. Jamoalardan
o’tirgan stollarini tozalab, stullarni tepaga ko’tarib ketishlarini so’rab
qolamiz. Besh daqiqada umumiy ballar e’lon qilinadi. Appelyatsiya
uchun boshlovchi tomonidan alohida chaqiriladi.
"Milliy" jamoasi savollar paketi
mad_max93May 05, 2022

1-TUR
1-savol (Muallif: O‘ktam O‘rintoyev)
"Yolg‘izlikning yuz yili" asarida Uni birinchi marta ko‘rgan Aurelio
Buendia Uni yirik olmosga o‘xshatadi. 2012-yil fevralida Chili xukumati
o‘g‘irlangan 5 tonna Uni olib ketayotgan yuk mashinasini to‘xtatib
qolishga muvaffaq bo‘ladi. O‘g‘rilar turli restoranlarga Uni pullashni
niyat qilishgandi. Diqqat savol: Uni toping?
Javob: muz. Muzni o‘g‘rilar Chilidagi Xorxe Mont muzligidan
restoranlar uchun turli kokteyllar tayyorlashga yetkazib bermoqchi
bo‘lishgan.
2-savol (Muallif: O‘ktam O‘rintoyev)
Faxriyor bir she’rida, boshqalar aytishicha, baxtiyor bo‘lishi
mumkinligini, bu peshonasida yozilganini aytadi. Lekin u boshqalar
so‘ziga ishonmaydi. Chunki bu ishni qilganida ular nohaq ekanini
tushunib yetardi. Diqqat savol: nima ishni qilganida?
Javob: ko‘zguga qaraganda.
Izoh: Ko‘zguga qaraganda hamma narsaning aksi ko‘rinadi, go‘yo uning
peshonasidagi yozuv ham aksincha bo‘ladi.
3-savol. (Muallifi: Muhiddin Usmonov)
Karakatitsalar to'dasida eng kuchli erkak karakatitsalar barcha
urg'ochilarga egalik qilib, ko'payish davrida boshqa erkak karakatitsalar
bir-biri bilan jang qilibgina to'daga kirish va ko'payish huquqini qo'lga
kiritishadi. Yosh va kuchsizroq karakatitsalar jang qilishdan qochib bir
hiyla ishlatishadi. Karakatitsalarning ushbu hiylasi haqidagi
YouTubedagi video sarlavhasida o'tgan asr 50-yillarda ishlangan bir film
nomini ko'rish mumkin. O'sha film nomini yozib bering.
Javob: "Jazzda faqat qizlar".
Izoh: karakatitsalar boshqa boshoyoqlilarga o'xshab tusini o'zgartira
oladi. Yosh karakatitsalar ayol karakatitsa ko'rinishga kirib, "haram"ga
kirib olishadi va ko'payishadi. "Jazzda faqat qizlar" filmida ikki erkak
ayollar ko'rinishida ayollar jazz guruhiga qo'shilib olishadi.
4-savol. (Muallif: O‘ktam O‘rintoyev)
Bir mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, U xuddi olmosga o‘xshaydi. Unga
qaysi tomondan qaramang, yangi qirralari ochilaveradi. U 3000 yillik
tarixga ega bo‘lib, hali hanuz odamlar qalbiga titroq solishi aytiladi. Bir
necha yil oldin esa YUNESKO tomonidan nomoddiy meros sifatida
ro‘yxatga olingan. Diqqat savol: Uni toping?
Javob: lazgi.
Izoh: Lazgi so‘zi titrash, qaltirash degan ma’noni bildirar ekan.
Yuqoridagi mutaxassis xoreograf Xulkar Xamroyeva edi. Xozirda Xivada
lazgi xaftaligi o‘tayotganidan xabaringiz bo‘lsa kerak.
5-savol. (Muallif: O‘ktam O‘rintoyev)
Basketbolchi Xoras Grant operatsiyadan keyin ham yosh sportchilarni
qo‘llab-quvvatlash maqsadida Undan foydalanishda davom etgan.
Amerika armiyasining xizmat itlari ham Iroqdagi operasiyalarda Ulardan
foydalanishgan. Diqqat savol: nimadan foydalanishgan?
Javob: ko‘zoynak.
Izoh: Grant ko‘rish qobiliyati past bo‘lgan ko‘plab yosh sportchilarning
kumiri edi va ko‘zoynak bilan ham sport cho‘qqilariga erishish
mumkinligini isbotlash uchun ko‘zlarini operatsiya qildirganidan keyin
ham ulardan foydalanishda davom etgan. Iroqda esa qum bo‘ronlari
ko‘pligi uchun itlar maxsus ko‘zoynakdan foydalangan.
6-savol. (Muallif: O‘ktam O‘rintoyev)
Yangi musiqa formatini ishlab chiqaruvchilar tinglovchilarga misli
ko‘rilmagan sifat va go‘zal ovozni va’da qilgan va buni birinchi navbatda
professionallar his qilishi mumkinligini aytishgan. Biroq, tanqidchilar bu
yangi formatga ishonmaslikni ta’kidlashgan va izohlarda boshqa bir
“yangi narsani” eslab o‘tishgan. Diqqat savol: u narsa haqida deyarli
ikki asr oldin kim yozib qoldirgandi?
Javob: Xans Kristian Andersen.
Izoh: Aslida tekshiruvlar shuni ko‘rsatganki, bu yangi format va eski MP3
formati o‘rtasidagi farq deyarli yo‘q va faqat eshitishni istaganlargina
undagi yangi ohanglarni eshitishgan. Bu voqea esa Andersenning
"Qirolning yangi libosi" ertagiga o‘xshab ketadi.
7-savol. Duplet. (Muallif: O‘ktam O‘rintoyev)
1. Maxsus chang‘ichilar jileti tananing holatini va harakat tezligini
hisobga oladigan sensorlar bilan jihozlangan bo‘lib, muayyan
ko‘rsatkichlar oshib ketganda, sensorlar Uni faollashtiradi. IKSni ikki
so‘z bilan yozib bering?
2. 1913 yildan boshlab Adolf Pegu IGREKni aviasiyada qo‘llay
boshlagan, lekin 30-yillargacha samoletlarda keng ishlatilmagan.
IGREKning ikki, uch va ko‘p nuqtali turlari mavjud. IGREKni ikki so‘z
bilan yozib bering?
Javob: 1. havfsizlik yostiqchasi. 2. havfsizlik kamari
8-savol. (Muallif: O‘ktam O‘rintoyev)
Birinchi marta bu ish 1921-yilda amalga oshirilgan. Uesli Mey ismli odam
“Lincoln Standard” dan “Curtiss Jenny” ga amallab o‘tib oladi. Uning
yelkasida maxsus kanistr bor edi. Shu tarzda bu ish amalga oshirilgan. 2
yil o‘tib endilikda zamonaviy va bundan xavfsizroq tarzda bu ishni
amalga oshirish yo‘lga qo‘yilgan. Diqqat savol: gap qaysi ish haqida
ketayotganini aniq yozib bering?
Javob: Parvoz vaqtida yonilg‘i quyish
Qabul: xavoda yonilg‘i quyish.
Izoh: Savolda tilga olingan “Lincoln Standard” va “Curtiss Jenny”
biplanlar edi. Uesli Mey havoda bir biplandan ikkinchisiga o‘tib benzin
quygan. 1923-yildan esa maxsus shlanglar yordamida xavoda yonilg‘i
quyish amalga oshirilgan.
9-savol. (Muallif: O‘ktam O‘rintoyev)
Missuridagi Leyla Koun muzeyida ushbu materialdan iborat yuzlab
eksponatlar mavjud. Xususan, qirolicha Viktoriya, Elvis Presli, Merilin
Monro va boshqalarga tegishli eksponatlar ham bor. Ko‘plab eksponatlar
gulchambar shaklida san'at darajasiga keltirilgan. Diqqat savol: bu
qanday muzey?
Javob: Sochlar muzeyi.
Izoh: muzeyda mashhurlarning sochlari mavjud. Viktorian davrida esa
sochlar gulchambar shaklida o‘rab olib qo‘yilgan.
10-savol. (Muallif: O‘ktam O‘rintoyev)
Xitoy xayvonot bog‘larida, shu yildan boshlab Ularni omad keltiruvchi
narsa sifatida sota boshlashdi. Bunda Ularning narxi uzunligi va
qalinligiga qarab belgilanib, 4 dollardan 15 AQSH dollarigacha
baxolanmoqda. Ammo Ularni xayvonot bog‘i xodimlari ataylabdan
olishmaydi, faqatgina o‘zi tushib qolganlarini terib olib, shu tarzda
sotishadi. Diqqat savol: Ularni 2 so‘z bilan aniq yozib bering.
Javob: yo‘lbars mo‘ylovlari. Bu yil yo‘lbars yili, shu sababli
xitoyliklar ularning mo‘ylovlari omad keltirishiga ishonishadi.
11-savol. (Muallif: O‘ktam O‘rintoyev)
Moskvada Rossiya va Gruziya o‘rtasidagi xamkorlikni ifodalovchi
“Abadiy do‘stlik” nomli monument mavjud. Unda rus va gruzin
alifbolarida “tinchlik”, “mexnat” va “birlik” so‘zlari yozilgan. Monument
tepasida esa, shu ikki o‘simlikning birlashib ketganini ko‘rish mumkin.
Diqqat savol: qaysi 2 o‘simlik?
Javob: uzum va bug‘doy. Gruziyada uzumzorlar rivojlangani sir emas,
Rossiya esa ancha yillardan beri bug‘doy eksporti bo‘yicha jahonda
liderlardan xisoblanadi.
12-savol. (Muallifi: Behzod Abdupaizov)
Botir Zokirovni 1961-yilda "O'zbekfilm" tomonidan ishlangan "Layli va
Majnun" badiiy filmida Majnun rolini o'ynash uchun sinovga taklif
qilishadi. U sinovdan muvaffaqiyatli o'tganidan so'ng, do‘stiga quvonib
shunday deydi: “Majnunni Navoiy bobomiz qanday yozgan bo'lsalar,
shunday o'ynayman. O'zbek kinochilari filmni Nizomiyning "Layli va
Majnun"i asosida ishlashmoqchi. Lekin men Navoiy yaratgan Majnunni
afzal ko'raman. Shu bois biror so'z yoki harakatda sohtalik bo'lmasligi
kerak”. Diqqat savol: Savol matnida bir so‘z boshqasiga almashtirilgan,
o‘sha almashtirilgan so'zni yozib bering.
Javob: Ozarbayjon
Izoh: Ushbu badiiy film o‘zbek emas, balki Ozarbayjon kinochilari
tomonidan suratga olingan. Ma'lumot o'rnida aytamizki, sinovdan
muvaffaqiyatli o'tgan bo'lsa ham, Botir Zokirovga ushbu filmda ro'l
o'ynash nasib qilmagan.
13-savol. (Muallif: O‘ktam O‘rintoyev)
Uning bosh sabablaridan biri sifatida, rim optimumi o‘rniga kelgan O‘rta
asr boshlaridagi iqlimiy pessimum edi. Uning ijobiy oqibatlaridan biri
esa, Yevropada yagona lotin tili tizimining vujudga kelishi bo‘lgan. Uni 3
so‘z bilan yozib bering.
Javob: xalqlarning buyuk ko‘chishi. Izoh: iqlimning sovishi unumi
tushib ketgan yerda yashovchilarning unumdor yerlarga ko‘chishiga olib
kelgan. Xalqlarning bunday aralashuvchi esa yagona lotin tilining
rivojiga olib kelgan.
14-savol. (Muallif: O‘ktam O‘rintoyev)
Aytishlaricha, 14-asrda o‘rmonda ov paytida, o‘lja ortidan quvayotgan ov
kuchugi issiq suvli bir xavzaga tushib ketadi. Uning ovozi ortidan yetib
kelgan ovchilar itni chiqarib olishadi va suv manbasi haqida bu insonga
xabar berishadi. O‘zining zaif sog‘lig‘i bilan tanilgan bu odam shifokorlar
bilan birga bu yerga yetib kelib, issiq buloq xavzasida cho‘miladi va
o‘zining kasal oyog‘ini tuzatib oladi. Diqqat savol: bu insonning ismini
ayting?
Javob: Karl
Qabul: Karl 4, Vaslav
Izoh: ovchilar bu xaqida imperator Karl 4 ga aytishgan, shundan keyin
bu xududda bugungi kunda “Karlovi Vari” - “Karl cho‘milgan joy”
ma’nosini beruvchi, davolovchi buloqlari bilan tanilgan kurort shahar
vujudga kelgan.
15-savol. (Muallif: O‘ktam O‘rintoyev)
"Uzuklar hukmdori" filmi suratga olinishidan avval mutaxassis Robert
Gilbert aktyorlar bilan mashg‘ulot olib borgan. Gilbert 70-yillarda
"Yulduzlar jangi" filmlari suratga olinishida ham aktyorlar bilan shunday
mashg‘ulot olib borgan edi. Buni eshitgan savol muallifi o‘z ishining
ustasi bo‘lgan Gilbertni shu nom bilan ataydi. Bu nom 1840-yilgi asar
nomi bilan ham bir xil. Diqqat savol: siz o‘sha asar muallifini ayting?
Javob: Aleksandr Dyuma-ota. Bu filmlar qilichbozlik sahnalariga
boy va Robert qilichbozlik bo‘yicha aktyorlarga dars bergan.
“Qilichbozlik murabbiyi” asari muallifi esa Aleksandr Dyuma-ota
hisoblanadi.
2-TUR
16-savol. (Muallif: O‘ktam O‘rintoyev)
Bir kuni polshalik qandolatchi o‘ylab qoladi: agar odamda hamma narsa
bo‘lsa, unga to‘laqonli baxt uchun yana nima berish mumkin? Shu tarzda
U paydo bo‘ldi. Uning yaratilishida qandolatchi qanchalik ter to‘kib
izlangani esa bizga no’malum. Uni ikki so‘zda yozib bering?
Javob: qush suti.
Izoh: qandolatchi Yan Vedel “Qush suti” konfetlari reseptini o‘ylab
topadi, keyinchalik bu shirinliklar mashhur bo‘lib ketadi. Qush sutiga ega
bo‘lish - to‘laqonli baxtli bo‘lish, qush sutini topish esa qiyin narsaga
erishishni bildiradi.
17-savol. (Muallif: O‘ktam O‘rintoyev)
Diqqat savolda X bilan boshqa so‘zlar almashtirilgan.
2006-yilgi filmda X eri undan sirlarni yashirgani uchun tez tez
janjallashib qolar va ba’zan uni umuman tanimay qolishini aytardi.
So‘ngra xiyonatga chiday olmay, o‘zini o‘ldiradi. Bundan yarim asr
oldingi filmda esa X ning bir nechta majburiyatlari sanab o‘tilgan edi.
Diqqat savol: siz o‘sha sanab o‘tilganlardan hech bo‘lmasa bittasini
yozib bering.
Javob: ovqat qilish
Qabul: kir yuvish, tappi qilish. X - bu professorning xotini. Kristofer
Nolanning “Prestij” filmida sahnada Professor tahallusi bilan ijod
qiluvchi ko‘zboylog‘ich aslida egizak aka ukalar bo‘ladi va xotini ham
ularning egizakligini bilmaydi. “Suyunchi” filmida esa Abdulla
professorning xotini bilishi lozim narsalarni sanab o‘tgandi.
18-savol. (Muallifi: Muhiddin Usmonov)
Julio Romanoning Palatsso del Te muzeyidagi "Goliaflar mag‘lubiyati"
nomli asarida, Geya va osmon ilohi Uranning nisbatan kuchsizroq
farzandlari ko'targan isyonning muvaffaqiyatsiz yakuni tasvirlangan.
2016-yilgi yozgi Olimpiada vaqtida Endi Myurrey, Novak Jokovich,
Serena Villiams kabi mashhur sportchilarning turnir boshidayoq
musobaqadan chiqib ketishi haqidagi videomaqola nomi ham "Goliaflar
mag‘lubiyati" edi. Diqqat savol: savol matnida qaysi 2 so‘z “Goliaflar
mag‘lubiyati” so'zlariga almashganini aniq yozib bering.
Javob: Gigantlarning qulashi. Romanoning suratida Geya va osmon
ilohi Uranning titanlardan kuchsizroq bo'lgan boshqa farzandlari -
gigantlar isyoni tasvirlangan bo'lib, unda Uran g'alaba qilayotgani va
gigantlarning osmondan yerga qulayotgani tasvirlangan. Jokovich,
Williams, Myurrey kabi gigant o'yinchilarning turnir boshidayoq
musobaqadan chiqib ketishini jurnalistlar "Gigantlarning qulashi" deb
atashgan
19-savol. (Muallif: O‘ktam O‘rintoyev) (keyingi savol tarqatma)
Lorkaning biroz noto‘g‘ri tarjima qilingan she’rida, bulutlar tuyaga
o‘xshashligi aytiladi. Aslida, originalda Lorka bulutlarni Unga
qiyoslangandi. Yaponiyada Ularni yetishtirish samuraylarning ham
mashg‘uloti bo‘lgan. Ku Kluks Klan vakillari ham Undan o‘z belgisi
sifatida foydalanishgan. Diqqat savol: Uni yozib bering.
Javob: kameliya guli. She’rda “kamello” so‘zini noto‘g‘ri tarzda “tuya”
deb tarjima qilishadi. Oq kameliya esa oqtanlilar ximoyachilari ku kluks
klan belgisi xam bo‘lgan.
20-savol. (Muallifi: Behzod Abdupaizov)

Ushbu tarqatmada my.gov.uz portali orqali bir xizmat turining


statistikasi keltirilgan. Unga ko'ra, ushbu xizmatdan foydalanishni
muvaffaqiyatli tugallagan fuqarolar soni yashil rang bilan, rad etilganlari
esa qizil rang bilan ko'rsatib o‘tilgan. Diqqat savol: Ushbu statistika
qaysi xizmat turiga tegishli ekanligini aniq yozib bering.
Javob: Xorijga chiqish pasporti olishga ariza berish
Qabul: qizil pasport olish
Qabul emas: pasport olish. Bugungi kunda Biometrik pasport berish
amaliyoti to'xtatilgan va uning o'rniga ID karta berilmoqda.
Izoh: Ko'rib turganingizdek, xorijga chiqish pasporti uchun arizalar eng
ko'p oktyabr oyida kelib tushgan. Green Card dasturi uchun registratsiya
qilish oktyabr oyining boshlaridan, noyabr oyining boshlarigacha davom
etadi. Oktyabr oyidagi faollik katta ehtimol bilan, Green Card uchun
xorijga chiqish passporti olish maqsadida kelib tushgan. Statistikadagi
yashil va qizil chiziqlardagi statistikalarni alohida takidlab o'tishimiz
ham javobni topishga yordam berdi degan umiddamiz. May oyining
boshida Green Card javobini kutayotganlarga omad tilab qolamiz ))).
21-savol. Blits. (Muallif: O‘ktam O‘rintoyev)
Shoir Faxriyorning turli o‘xshatishlaridan 3 ta savol.
1. Shoir X ni dor ustida langarsiz tomosha ko‘rsatayotgan dorbozga
o‘xshatadi. Xni toping.
2. Y ga esa shoir buyuklar qamalgan turma, deya ta’rif beradi. Go‘yo
soqchilari chiqarmaydigan siyosiy maxbus saqlanuvchi turmaga. Y ni
toping.
3. Z ni esa shoir pastga qarayotgan dorbozga o‘xshatadi. Z ni toping.
Javob: X - undov belgisi, Y - qo‘shtirnoq, Z - so‘roq belgisi.
22-savol. (Muallif: O‘ktam O‘rintoyev)
1960-yillarda BBC Buyuk Britaniyada radiouzatish bo‘yicha qonuniy
monopoliyaga ega edi. Lekin ulardagi zerikarli efirlar boshqa “qaroqchi
radiostansiyalar” ning paydo bo‘lishiga olib kelgan. Bunday radiolar
qonunni chetlab o‘tishi lozim edi. Shu sababli dastlabki efirlarni Ularda
turib olib borishgan. Diqqat savol: Ularni aniq ayting?
Javob: kemalarda. Qonunni chetlab o‘tish uchun bu radiostansiyalar
Britan hududlarida bo‘lmasligi lozim edi. Shu sababli radiouzattirish
Britan hududlaridan tashqarida bo'lgan suvlarda kemalardan turib
amalga oshirilgan. Savoldagi “qaroqchi radiostansiyalar” so‘zi ham bunga
ishora edi.
23-savol. (Muallifi: Behzod Abdupaizov)
Avitsenna.uz saytida "bu ishni qilish" uchun berilgan tavsiyalar qatorida,
kerosin, sirka, piyoz, dazmol kabi so'zlar ham uchraydi. Bir o'zbek
iborasidan foydalangan holda, yaqinda chizilgan karikaturada ham "bu
ishni qilish" mumkinligi tasvirlangan. Diqqat savol: bu qanday ishligini
emas, karikatura qaysi voqeaga atab chizilganligini aniq yozib bering.
Javob: Andijon polkasiga raqsga tushish.
Qabul emas: raqsga tushish
Izoh: Avitsenna.uz saytida bitlarni ketkazish uchun, tuli xil maslahatlar
berilgan. O'zbek iborasi esa: Tinmay raqsga tushib, bitlari to‘kilmoq yoki
biti to‘kulguncha o‘ynamoq. Habikatura.uz tomonidan Andijon polkasiga
raqsga tushish oyligiga atab chizilgan karikaturani ko‘pchiligingiz
ko‘rgan bo‘lsangiz kerak.
24-savol. (Muallif: O‘ktam O‘rintoyev)
Uning borligi odamni sergaklantiradi, yo‘qligi esa qaysidir ma’noda
xursand qilgan bo‘ladi. Uning o‘tishi munosabatlar buzilganini darak,
tegishi odamni uyaltirib qo‘yishi mumkin. Uning otilishi ham, sotilishi
ham bekorchilikdan bo‘lishi mumkin. Odatda o‘ta so‘zamol, lof uruvchi
kishilar U bilan bir ish qilishadi. Diqqat savol: bu ishni bizda turli
marosimlarda ham qilinishini hisobga olgan holda aniq yozib bering
Javob: to‘n kiygizish. Izoh: savolda u deganda gap nazarda tutilgan.
Gap bor,gap yo‘q, gap o‘tdi,gap tegdi, gap otdi va sotdi iboralari
ma’nolari aytilgan. So‘zamol kishilar haqida esa gapiga to‘n kiygizda
iborasi ishlatiladi.
25-savol. (Muallif: O‘ktam O‘rintoyev)
Ular sifatida o‘z vaqtida shamol tegirmonlari, daraxtlarga o‘rnatilgan
tunuka temir, shovqinli zambaraklardan foydalanilgan. Ularning
dastlabkilari Misrda, Nil atrofida bo‘lgani aytiladi. Yaponlar Uning
effektini oshirish uchun eski teri, baliq suyaklaridan ham foydalanishar
ekan. Diqqat savol: gap nima haqida ketayotganini topgan bo‘lsangiz,
20-asrdagi bir manbaga ko‘ra U qayerga hukmdor bo‘lganligini yozib
bering.
Javob: Zumrad shaharga.
Qabul: Oz mamlakati.
Izoh: Gap dala qo‘riqchilari haqida edi. Frenk Baumning “Oz mamlakati
sehrgari” asarida dala qo‘riqchisi Oz mamlakatiga, Aleksandr Volkovning
“Zumrad shahar sehrgari” asariga ko‘ra esa Zumrad shahar hukmdoriga
aylangan.
26-savol. (Muallif: O‘ktam O‘rintoyev)
Moskva shaxmat muzeyida 300 ga yaqin eksponatlar mavjud. Ular
orasida Gulagda yasab o’ynalgan tikonli shaxmat to'plami, kosmosda
o’ynalgan kosmik shaxmat va ushbu shahardan keltirilgan kartonli
shaxmat to'plamlari mavjud. Diqqat savol: kartonli shaxmat qaysi
shahardan keltirilgan?
Javob: Leningraddan.
Izoh: ma’lumki 1941-44 yillarda Leningrad qamalda bo’lgan va ko’plab
narsalarning yetishmovchiligi kuzatilgan. Ana o’shanda kartondan
shaxmat to’plamini yasashgan ekan.
27-savol. (Muallif: O‘ktam O‘rintoyev)
Uni Xitoyda yangi yil bayramida to‘kin-sochinlik belgisi sifatida bir
biriga tuhfa qilishadi. Ba’zilar Uni ta’mini olmaga, ba’zilar qovunga
o‘xshatadi. Uning urug‘larini dastlab Malay arxipelagidan Vest-Indiyaga
ingliz kapitani Sheddok olib kelgan edi. U nimaligini yozib bering?
Javob: pomelo, ma’nosi pome+melon, ya’ni olma+qovun deb tarjima
qilinadi. Inglizlar esa ko‘pincha pomeloni kapitan sharafiga Sheddok deb
ham atashadi.
28-savol. (Muallif: O‘ktam O‘rintoyev)
XVI asrdagi bir asar qahramoni mushukning bo‘yniga qo‘ng‘iroqni osib
qo‘yish xavfli ish ekanligini tushunadi, shuning uchun tishigacha
qurollangan holda, temirni tishlab turadi. Diqqat savol: bu qaysi asar?
Javob: Flamand maqollari.
Qabul:Niderland maqollari, Umbaloq oshgan dunyo.
Izoh: Katta Piter Breygel bu kartinasida 100 dan oshiq flamand maqollari
va iboralari tasvirlangan. Yuqoridagi qahramonda "tishlarigacha
qurollangan" ya’ni yaxshi tayyorlangan, "mushukga qo‘ng‘iroq osish"
ya’ni xavfli ishni amalga oshirish va "temirni tishlagan" tinmay yolg‘on
gapiruvchi maqollari tasvirlangan.
29-savol. (Muallif: O‘ktam O‘rintoyev)
Agar Yaponiyada shahar ko‘chasida sizning yo‘lingiz yo‘l ishlari sababli
to‘sib qo‘yilgan bo‘lsa, maxsus shaxs oldingizga kelib bu ishni qiladi.
Ko‘plab yaponlar his-tuyg‘ularini omma oldida namoyish etishga moyil
bo‘lmagani sababli maxsus mutaxassislarni yollashadi. Ular hatto yig‘lab
bu ishni amalga oshirishi mumkin. Diqqat savol: bu mutaxassislar
nima ish qilishadi?
Javob: kechirim so‘rash, uzr so‘rash.
Izoh: Mutaxassis piyodalardan noqulayliklar uchun uzr so‘rashadi.
Maxsus "Uzr so‘rash agentliklari" to‘lov evaziga sizning nomingizdan har
qanday darajadagi kamchilik uchun uzr so‘raydi. Biz ham bugungi
savollarda kamchiliklar o‘tgan bo‘lsa, uzr so‘raymiz.
30-savol. (Muallifi: Behzod Abdupaizov)
1987 va 1988-yillarda Toshkentga ko'plab oilalar tomonidan 10 minglar
atrofidagi keramik plitalar yuboriladi. Ushbu keramik plitalardan bir
bog'ni yaratish jarayonidagi dekorativ ishlar uchun foydalanishadi.
Diqqat savol: Ushbu plitalar qaysi shahardan yuborilgan?
Javob: Sietl
Izoh: Bugungi kunda Do'stlik (sobiq Bobur) bog'ida joylashgan Sietl
parki ushbu yillar davomida bunyod etilgan va uni bezashda, AQSH ning
Sietlidan bo'lgan oilalar yuborgan keramik plitalardan foydalanilgan.
Sietl va Toshkent shaharlari esa, 1973-yili AQSH va SSSR shaharlari
o'rtasidagi dastlabki "og'a-ini shaharlar" bo'lgan. Yaqinda bo‘lib o‘tgan
EkoZakovat turniri ham aynan Sietl parkida o‘tkazilgani ham yodingizda
bo‘lsa kerak.
"Espero" jamoasi savollar paketi
mad_max93May 09, 2022

Savol mualliflari: Suxrob Sharipov, Bobur Maksimov, Zafar Raximov,


Sardor Axmedov.
Redaktor: Suxrob Sharipov, Sardor Axmedov
I-TUR
BIRINCHI TUR, BIRINCHI SAVOL!
Diqqat, savolda boshqa ikki so’z U va IKS so’zlari bilan almashtirilgan.
Futbol sharxlovchisi Otabek Jo'rayev o'z kasbini juda yaxshi ko'rishini,
qanday jamoa bo’lishiga qaramasdan barcha o'yinlarni birdek ishtiyoq
bilan sharhlayverishini, chunki sharhlash jarayoni IKS ekanligini
ta’kidlaydi. 1965-yildagi filmda esa U - IKS ekanligi haqida aytilgan.
Diqqat savol: U va IKS bilan almashtirilgan so’zlarni yozib bering. VAQT
KETDI!
Javob: Imtihon, Bayram
Hisob: Ekzamen, Tantana
Izoh: O'z kasbini sevadigan Otabek Jo'rayev sharh u uchun bayram
ekanini ta'kidlaydi. "Operatsiya Ы" filmida kasalligiga qaramay
imtihonga kelgan talaba imtihon u uchun bayram ekanini aytadi.
“Espero” jamoasi uchun xuddi bayramdek o’tadigan navbatdagi
navbatchilikni boshlaymiz!
Manbalar:
1) https://tribuna.uz/news/2022/03/04/shar--men-uchun-bairam-
otabek-zhraev-bilan-sharlovchilik-tanidlar-futbol-va-totalizator-aida-
subat
2) https://www.youtube.com/watch?v=xJ5iHFSdAU4
Muallif: Bobur Maksimov
BIRINCHI TUR, IKKINCHI SAVOL!
Rahim Pirmuhammedov 16 yoshida devorga osilgan matoda UNI ko'rib
hayratda qolganini va kelajak kasbini o’shandayoq tanlaganini
xotiralarida yozgan. 2020-yilda Denis Shiryaev UNING 4K [to’rt Ka]
versiyasini YouTube ga joylagani uchun Lion shaxrida joylashgan bir
institut tomonidan sudga ariza berilgan.
Diqqat savol: UNI ikki so'z bilan yozib bering!
Javob: "Poezdning kelishi"
Hisob: Aniq javob
Izoh: Ilgari kinolar oq mato ustiga proyektorning tushishi orqali
ko'rsatilgan. Bo'lg'usi aktyor esa ilk ko'rgan filmi Lumierlarning filmi
bo’lmasada, unda ham poezdning kelishi tasvirlangan edi, ammo birinchi
filmdan farqli ravishda unda poezdning to’qnashuvini ko'rish mumkin
bo’lgan, va shu tariqa bo’lajak akterda kino san'atiga mehr uyg’ongan
ekan. Filming neyrosetlar yordamida yaratilgan 4K versiyasi ruxsatsiz
tayyorlangani uchun Lyumerlar instituti tomonidan sudga berilgan va
2021-yil martda YouTube'dan o'chirildi.
Manba(lar):
1) Hamidulla Akbarov "Kino san'ati tarixi" 7-b.
2)
https://ru.m.wikipedia.org/wiki/Прибытие_поезда_на_вокзал_Ла-
Сьота
3) https://dtf.ru/life/750227-pribytie-poezda-v-4k-pri-60-fps-pridetsya-
ubrat-s-youtube-iz-za-pretenzii-instituta-lyumer
4) https://en.wikipedia.org/wiki/Institut_Lumi%C3%A8re
Muallif: Suxrob Sharipov
BIRINCHI TUR, UCHINCHI SAVOL! Duplet [Tarqatma
material]
1) Trollfootball.me sayti tarqatma materialdagi suratni “Real Madridning
IKSi” deb ataydi. «IKS» – 1969-yilda yozilgan o’zbek yozuvchisi asari
nomi.
Diqqat savol: IKS ni 2 so'z bilan yozib bering. VAQT KETDI!
2) 2000-yilgi UEFA kubogi yarim finalidagi Galatasaroy va Lids
Yunayted bahsi oldidan, ikki nafar Lids muxlisi pichoqlab o'ldiriladi. Bu
haqida o’qigan savol muallifi, 1985-yilda yozilgan o’zbek yozuvchisi
asarini eslab o'tadi.
Diqqat savol: Asar nomini 2 so’z bilan yozib bering. VAQT KETDI!
Javob: 1) “Oltin devor” 2) “Istanbul fojeasi”
Hisob: Aniq javoblar
Izoh: 1) Suratda Real Madridning o’z davrida eng qimmat
futbolchilardan iborat jonli devorini ko’rish mumkin. Sayt esa bu devorni
“Oltin devor” deb atagan
2) Istanbulda bo’lib o’tgan fojeani savol muallifi tabiiy ravishda “Istanbul
fojeasi” deb atagan.
Har ikkala savolning javobi Erkin Vohidovning mashhur asarlari nomi
edi
Manba(lar):
1) https://www.trollfootball.me/news/view/the-golden-wall-of-real-
madrid
2) https://www.sovsport.ru/football/articles/80641-ubijce-bolelschikov-
lidsa-dali-15-let
Mualliflar: Suxrob Sharipov, Bobur Maksimov
BIRINCHI TUR, TO`RTINCHI SAVOL!
O’ylaymizki, bu savolda kerakli yo’nalishni tanlashda adashmaysiz
Diqqat, savolda boshqa so’zlar REGISTON va RESTORAN so’zlari bilan
almashtirlgan.
Turizmni rivojlantirish maqsadida yurtimizda yaqin yillar ichida
REGISTONda RESTORAN qurish rejalashtirilgan. Ramziy ma'noda,
RESTORAN ichida kun davomida to’lqinlar shovqini jarang sochib turar
ekan.
Diqqat savol: REGISTON va RESTORAN so’zlari bilan almashgan
so’zlarni yozib bering. VAQT KETDI!!!
Javob: Mo'ynoq, mayoq
Hisob: Xohlagan tartibda yozilgan shu 2 so’z.
Izoh: Orol dengizi bo'yiga turistlarni jalb qilish maqsadida Mo'ynoq
mayog'ini qurish rejalashtirilgan. Registon va Restoran so’zlari bir hil
harfdan boshlanib bir hil harf bilan tugashi ham balki siga javob
tanlashda yordam bergan bo’lishi mumkin. Savol avvalida aytilgan
so’zlar ham mayoqqa ishora edi. Registon so’zi “qumli joy” degan
ma’noni anglatadi. Afsuski, Mo’ynoq ham hozirda aksariyat qumdan
iborat.
Manba(lar): https://uz.sputniknews.ru/20170302/Aral-turizm-Muinak-
4895937.html
Muallif: Suxrob Sharipov
BIRINCHI TUR, BESHINCHI SAVOL!
Shu yili yanvar oyida Cinema palace kino saroyida Turizm va sport
vazirligi tomonidan 1886-yilda tug’ilgan inson haqida hujjatli film
taqdimoti bo'lib o'tdi. Taqdimotda Deniel Rozenblum ham ishtirok
etgan. Film haqidagi UzA maqolasida bosh qahramonning hayoti - hatto
chorasizlik paytida, vatandan uzoqda bo'lgan sharoitda ham, sevimli
ishiga bo'lgan sadoqat va fidokorlikning yorqin na'munasi ekani aytilgan.
Diqqat savol: Ushbu hujjatli film qahramonining ISMI va
FAMILIYASINI yozib bering. VAQT KETDI!!!
Javob: Sidney Jekson
Hisob: Sidney Lvovich Jekson; Sidney Jakson
Izoh: Tadbirda AQShning O'zbekistondagi elchisi Deniel Rozenblum
qatnashgani ham sizga qaxramonimiz qayerlik ekanligi haqida yordam
bergan bo'lishi mumkin. Sidney Jekson taqdir taqozosi bilan
O'zbekistonga kelib qolgan va sovet davrining eng taniqli bokschisi va
murabbiylaridan biri bo’lgan. U O’zbekistonda yashab ko’plab
sportchilarga ustozlik qilgan, 1966-yilda Toshkentda vafot etgan va
Botkino qabristoniga dafn qilingan.
Manba(lar):
1) Сидней Джексон ҳаётига бағишланган ҳужжатли фильм суратга
олинди (uza.uz)
2) https://ru.wikipedia.org/wiki/Джексон,_Сидней_Львович
Muallif: Bobur Maksimov
BIRINCHI TUR, OLTINCHI SAVOL!
"Eslab-eslab" - xalqimizning yirik san’at arboblari hayotiga bag’ishlangan
ko’rsatuv hisoblanadi. Ko’rsatuv sonlaridan birida, IKS hatto “juda katta
zallardagi shovqinlarni ham yopib keta olgani” hayrat bilan eslanadi.
Ko’rsatuv mexmonlaridan biri IKS ni bulbulning sayrashiga ham
qiyoslaydi.
Diqqat savol: IKSni bir xil harf bilan boshlanuvchi uchta so'z bilan yozib
bering
Javob: Ortiq Otajonov[ning] ovozi
Hisob: Ortiq Otajonov ohangi
Manba(lar): "Eslab-eslab" ko'rsatuvi 12-son
Muallif: Suxrob Sharipov
BIRINCHI TUR, YETTINCHI SAVOL!
Ma’lumotlarga ko’ra, gujum daraxti Xorazmning quruq va issiq iqlimiga
juda ham mos. Uning soyasida 50C daraja issiqlik 35C darajagacha
tushishi mumkin ekan. Shu sababli Xivaliklar gujumni UNGA
o'xshatishadi. Xorazmiy.uz sayti yozilishicha, ilgari Xorazmda qizning
bo'yi yetganligi UNING yordami bilan tekshirishgan ekan.
Diqqat savol: UNI bir so’z bilan yozib bering
Javob: Cho'girma
Hisob: To’galak; Silkma; Telpek; Papaxa
Hisob emas: Telpak
Izoh: Cho'girmaning ham eng muhim xususiyatlaridan biri boshni yozda
salqin tashlashdir. Qolaversa, gujum daraxti ko'rinishi ham cho'girmani
eslatib yuboradi. Xorazmda qizning bo'yiga yetgani uning otasini
cho'girmasi bilan urish orqali tekshirilgan. Agar qiz yiqilsa, hali voyaga
yetmagan deb hisoblangan. Agar yiqilmasa, u voyaga yetgan deb
baholangan va turmushga uzatilgan.
Manba(lar):
1) http://gazetchi.uz/2022/04/22/hey-voh-jani-hiva-haqida-afsona-
haqiqat-va-qiziq-faktlar-fotosayohat/
2) https://meros.uz/object/chogirma
3) http://xorazmiy.uz/oz/pages/view/482
Muallif: Bobur Maksimov

BIRINCHI TUR, SAKKIZINCHI SAVOL!


2006-yilda Fransiyada Alisher Navoiyning 1485-yilda yozilgan asari
"L’enigme du nom propre" nomi bilan nashr qilinadi. Uni nashr
qilishdan avval mualliflar arab alifbosi hamda abjad hisobiga doir
ma'lumotlarni o'rganib chiqishadi.
Diqqat savol: Navoiyning ushbu asari nomini yozib bering! VAQT
KETDI!
Javob: "Mufradot"
Hisob: "Risolai mufradot", "Risolai muammo", "Fardlar"
Izoh: 2006-yilda bir guruh Navoiyshunos fransuzlar shoirning muammo
janridagi she'rlari jamlangan "Mufradot" asarini fransuz tiliga tarjima
qilishadi. Buning uchun ular muammoni yechishdagi asosiy narsalar —
arab harflari hamda abjad hisobini o'rganib chiqishgan. Mufradot —
muammo yozish qoidalariga bag'ishlangan asar edi. Asar nomidagi
"Enigma" so'zi ham sizga yordam berishi kerak edi. Mufradot (arab. —
bitta, yolgʻiz). Fransiyalik olim Remi Dor hazrat Navoiy merosini,
jumladan, “Mufradot” risolasini tahlil qilib, muammo janriga doir
“Alisher Navoiy muammolari” (Parij, 2006) tadqiqotini nashr ettirdi.
Manba(lar):
1) https://saviya.uz/ijod/adabiyotshunoslik/mufradot-ning-fransuzcha-
talqini/
2) https://uz.wikipedia.org/wiki/Alisher_Navoiy
Muallif: Bobur Maksimov
BIRINCHI TUR, TO’QQIZINCHI SAVOL!
O’zbek dramaturgiyasi tarixida “Maysaraning ishi”, “Ayajonlarim”,
“Kelinlar qo’zg’oloni”, “Temir xotin”, “Qari qiz” kabi asarlar o’chmas iz
qoldirgan. Ushbu sohaning ilk meroslaridan biri bo'lgan Hamzaning
"Paranji sirlari" asari haqida o'qir ekan, savol muallifi mazkur kontekstda
paranjini IKS ga qiyoslaydi. Aytish mumkinki, IKS 1842-yilda chop
etilgan.
Diqqat savol: IKS ni ikki so'z bilan yozib bering. VAQT KETDI!
Javob: Gogol’[ning] shineli
Izoh: Ushbu asar 1926-yilda yaratilgan. Keyinchalik esa o’z nomida
ayollarga ishora qiladigan ko’plab dramalar yaratila boshlangan.
Dostoevskiyga tegishli deb hisoblanadigan (aslida unday emas) “Biz
barchamiz Gogolning “Shinel”idan chiqganmiz” iborasi, Gogolning
mazkur asari keyinchalik ko’plab rus yozuvchilariga va adabiyotiga katta
ta’sir o’tkazganligi haqida aytiladi.
Manba(lar):
1) https://n.ziyouz.com/kutubxona/category/8-o-zbek-dramaturgiyasi?
start=100
2) https://oyina.uz/uz/article/466
Muallif: Suxrob Sharipov
BIRINCHI TUR, O’NINCHI SAVOL! [Tarqatma material]
__________________________________________________
____
Siogmnoan
__________________________________________________
____
Anvar Shukurov asari qahramoni Ikkinchi Jahon Urushida halok bo’lgan
otasi Mishani izlab topishga harakat qiladi. Bu haqida yozrkan yozuvchi
Mishani IKS ga qiyoslaydi. Aytish mumkinki, tarqatma materialda ham
biz sizga IKS taqdim qildik.
Diqqat savol: IKS ni uchta so’z bilan yozib bering. VAQT KETDI!!!
Javob: Somon ichidagi igna
Hisob: Somon orasidagi igna; Somonga berkitilgan igna
Izoh: Asarda aytilishicha, otasining to’liq ism-familiyasini bilmagan asar
qaxramoni, urushda vafot etgan 20 million sovet askari ichidan Misha
ismlisini qidirish, bu xuddiki somon ichidan igna qidirishga teng edi.
Tarqatmada ham “somon” so’zi ichida “igna” so’zi yashirilgan.
Manba(lar):
1) https://proza.ru/2012/04/05/290
Muallif: Suxrob Sharipov
BIRINCHI TUR, O’N BIRINCHI SAVOL!
Ushbu mashxur insonlarning hayoti va taqdiri haqida o’qigan savol
muallifi, bir qadimgi iborani hamda bu iboraning rus adibi Ilya Erenburg
aytgan variantini ham esga oladi va iboradagi toponimni boshqasiga
almashtirgan holda yangi variantini hosil qiladi.
Diqqat savol: Hosil bo'lgan yangi iborani 4 ta bilan yozib bering. VAQT
KETDI!!!
Javob: Toshkentni ko'rmoq va o'lmoq
Hisob: “Toshkent”, “ko’rish” va “o’lish” so’lari va ularning sinonimlari
ishlatilganligiga qarab, ammo to’rtta so’zda yozib berilgan javoblar
Izoh: Rasmlarda umrining oxiri Toshkentda kechgan vas hu yerda vafot
etgan insonlar: Hinsidton sobiq nosh vaziri Lal Bahadur Shastri,
ozarbayjonlik kompozitor Vagif Mustafazade va oldingi savollardan
birida eslab o'tilgan boks murabbiyi Sidney Jekson sur’atlarini ko'rish
mumkin. Sidney Jekson qo’lida boks qo’lqoplarini ko’rish mumkin.
Ilya Erenburgning “Parijni ko’rmoq va o’lmoq” iborasi aslida qadimgi
“Rimni ko’rmoq va o’lmoq” iborasiga alluziya shaklida aytilgan edi. O’z
navbatida “Rimni ko’rmoq va o’lmoq” iborasi “Neapolni ko’rmoq va
o’lmoq” iborasidan olingan. Uning ma’nosi buyuk va go’zal shaxarni
ko’rgandan keyin endi o’lsa ham bo’ladi, ko’chma ma’noda biror
nimaning eng cho’qqisiga erishishni yoki eng buyuk orzusiga yetishishni
bildiradi.
Manba(lar):
1) https://ru.wikipedia.org/wiki/Шастри,_Лал_Бахадур
2) https://ru.wikipedia.org/wiki/Мустафа-заде,_Вагиф_Азиз_оглы
3) https://ru.wikipedia.org/wiki/Джексон,_Сидней_Львович
4)https://zen.yandex.ru/media/litinteres/uvidet-parij-i-umeret-otkuda-
eta-fraza-5d0797f853a8ad0dc67505d0
5) https://skyline-tour.ru/otkuda-vzyato-vyirazhenie-uvidet-parizh-i-
umeret-i-chto-ono-znachit
Muallif: Sardor Axmedov
BIRINCHI TUR, O’N IKKINCHI SAVOL!
Duplet
1) Golland tarixchisi Remko Reydingning aytishicha, har bahorda yuzlab
gollandlar Amersfort shahri yaqinidagi o’rmonga yig’iladi va xuddi shu
joyda natsistlar tomonidan otib tashlangan askarlar xotirasi uchun
shamlar yoqishadi.
Diqqat savol: Otib tashlangan askarlar soni nechta bo’lganligini yozib
bering? VAQT KETDI!
2) Akrom Shoxnazarovning 2020-yilda su’ratga olingan BU filmi
bevosita “Uzbekistan airways” aksionerlik jamiyati bilan hamkorlikda
ishlangan.
Diqqat savol: Ushbu film nomini yozib bering. VAQT KETDI!!!
Javob: 1) 101 2) “101-reys”
Hisob: Aniq javoblar
Izoh:
1) 2-jahon urushida asir tushgan 101 nafar o’zbek askari Gollandiyaning
Amersfort shahrida dafn qilingan.
2) Gap 2001-yil 11-sentyabrda Toshkent – Nyu-York yo’nalishi bo’yicha
uchgan 101-reys haqida edi. Ushbu ekipaj a’zolari o’sha mashhur
teraktning guvohi bo’lishgan.
Manba(lar):
1) https://sof.uz/uz/post/nemislarga-asir-tushgan-101-o-zbek-askari-
haqida-film-olinadi
2)http://www.taronatv.net/news/
101_reys_filmi_rejissori_o_zbekistonda_bitta_ham_montaj_rejissori_
yo_q/2018-04-26-2475
3) https://aniq.uz/uz/yangiliklar/101-reys-filmi-2020-yilda-katta-
ekranlarga-chiqadi
Muallif: Suxrob Sharipov
BIRINCHI TUR, O’N UCHINCHI SAVOL!
2021-yil sentyabrda O'zbekiston bayrog'ini stratosferaga olib chiqqan
o'zbekistonlik Ziyodulla Bo'taxonov keyinchalik "Nazar" nomli loyihaga
asos soladi. Balki boshqa mashxur loixaga xavas qilgandir. Biz loyiha
nomidan UNI olib tashladik.
Diqqat savol: UNI yozib bering! VAQT KETDI!!!
Javob: X
Hisob: X harfi, IKS harfi
Izoh: Ziyodulla Butaxonov o'zi yaratgan mini sputnik yordamida
bayroqni stratosferaga olib chiqqan. Keyinchalik u mashxur olim Ilon
Maskning "SpaceX" loyihasiga o'xshash "NazarX" loyihasiga asos solgan.
Manba(lar):
1) https://kun.uz/83789185
2) https://www.youtube.com/watch?v=drPp70SFriU
Muallif: Bobur Maksimov
BIRINCHI TUR, O’N TO’RTINCHI SAVOL!
Savolda BIR so’z KATTA QISHLOQLIK so’zlariga almashtirilgan.
“Ot kishnagan oqshom” asarida Ziyodulla chavandoz va Qurbonnazar
tabib suhbatlashadi. Ziyodullaning “qora ot yomon bo’ladi, o’jar va
serjaxl bo’ladi” degan firkiga Qurbonnazar “Ha, KATTA QISHLOQLIK
FALONCHI ham xuddi shunaqa degan” deydi.
Diqqat savol: FALONCHI deganda kim nazarda tutilganligini yozib
bering! VAQT KETDI!!!
Javob: [Ernest] Seton-Tompson
Hisob: Familiyaga qarab
Izoh: Kanada so’zi – “Katta qishloq” degan ma’noni anglatadi, otlar
haqidagi eng mashhur asarlardan biri Seton-Tompsonning “Yovvoyi
yo’rg’a” asaridir.
Manba: Tog’ay Murod “Ot kishnagan oqshom” 62-b.
Muallif: Suxrob Sharipov
BIRINCHI TUR, O’N BESHINCHI SAVOL!
Ergash Karimov o'z rollaridan birida BIRINCHI dan ko'ra hech
bo'lmaganda IKKINCHI ni ma'qul ko'rishini aytib o'tadi. Mo’ynoq
shahrida IKKINCHI larni suvenir tarzda sotish reja qilingan.
Diqqat savol: IKKINCHI ni 2 so'z bilan yozib bering! VAQT KETDI!!!
Javob: Konserva bankasi.
Hisob: Konserva idishi, konserva qutisi
Izoh: "Uchrashuv" filmida Ergash Karimov qahramoni Toshkent
piyolasidan ko'ra konserva bankasini ma'qul ko'rgan epizod mavjud.
Mo'ynoqda baliq konservasi zavodi bo'lgan. Shu sababli esdalik uchun
ichi bo'sh konserva bankalarini suvener sifatida sotish reja qilingan.
Manba(lar):
1) https://www.youtube.com/watch?v=mgZeo9cX0Q4
2) https://www.gazeta.uz/ru/2017/03/02/muynak/
3) https://ru.wikipedia.org/wiki/Муйнак
Muallif: Suxrob Sharipov
II-TUR
DIQQAT! IKKINCHI TUR, BIRINCHI SAVOL!
"Sehrli qalpoqcha" filmida boshqa jahon adabiyotlariga allyuziyalar ko'p
uchraydi. Shunday epizodlardan birida, Hoshimjon kepka, ko'zoynak, 2
ta qo'l soati, muzqaymoq, koptok va rogatkaga ega bo'ladi.
Diqqat savol: Bu narsalarga nimaning evaziga ega bo’lganligini aniq
yozib bering. VAQT KETDI!!!
Javob: Devorni oqlatish evaziga
Hisob: Shu mazmundagi javoblar - Devorni yoki panjarani oqqa bo’yash,
bo’yatish kabi
Izoh: Esingizda bo'lsa, Mark Tvenning mashxur qahramoni Tom Soyer
ham devorni oqlatish evaziga ko'plab buyumlarni qo'lga kiritadi.
Manba(lar):
1) “Sehrli qalpoqcha – 2” filmi, 6-7 minutlar
2) “Приключения Тома Сойера и Гекльберри Финна” (1981), 22-27
minutlar
3) https://www.youtube.com/watch?v=uTAVjdj_TW0
Muallif: Suxrob Sharipov
IKKINCHI TUR, IKKINCHI SAVOL!
2018-yilda "Летние дожди" qo'shig'i klipi uchun Shahlo Ahmedovaning
litsenziyasi olib qo'yilgani haqida xabarlar keng tarqaladi. Bu haqida
gapirarkan, davletovuz telegram kanalida boshqa bir amerikalik
qo'shiqchining ism-familiyasi eslab o'tilgan.
Diqqat savol: Ushbu ism va familiyani yozib bering. VAQT KETDI!!!
Javob: Barbra Streyzand
Hisob: Barbra Streisand; Barbara Straysend
Izoh: Shahlo Ahmedovaning ushbu klipi ma'naviy ta'qiqqa uchrashi
klipga qiziquvchilar sonini yanada oshirib yuboradi. Natijada o'ziga xos
Barbara Streyzend effekti yuzaga keladi.
Manbalar(lar):
1) https://t.me/davletovuz/3986
2) https://t.me/davletovuz/3987
3) https://ru.wikipedia.org/wiki/Стрейзанд,_Барбра
Muallif: Bobur Maksimov
IKKINCHI TUR, UCHINCHI SAVOL!
Bloger Xolid Al-Amerining YouTube'dagi videolaridan birida, Buxoroga
tashrif buyurgan sayyoh U yordamida sochini taramoqchi bo’ladi. So'ngi
yillarda U ning maxsus rekvizitlarga ega turlarini ham ko’rish mumkin.
Diqqat savol: Uni 1 so'z bilan yozib bering! VAQT KETDI!!!
Javob: Chakich
Hisob: Nanpar, Nonpar, Tikach
Izoh: Gap non yopishda unga turli naqshlar tushirishga mo'ljallangan
uskuna haqida bormoqda edi. Bilamizki, xaridorni doimiy mijozga
aylantirish uchun nonlarga maxsus telefon raqamlar va ismlar yozish
ommalashdi.
Manba(lar):
1) https://youtu.be/2yHKSF7wld4
Muallif: Suxrob Sharipov
IKKINCHI TUR, TO’RTINCHI SAVOL!
2014-yilda chiqgan biografik filmning o'zbekcha dublyajida filmning
yarmigacha Bosh qahramonga Sanjar Sa'dullayev ovoz bergan. Filmning
davomida ovoz berish ishlari ancha kam bo'lgan. Film yakunida esa
audio effektlarga murojaat qilingan.
Diqqat savol: Ushbu film kim haqida edi? VAQT KETDI!!!
Javob: [Stiven Uilliam] Hoking
Izoh: Bilamizki, Hoking gapirish qobiliyatini yo’qotgach, unga maxsus
robot-ovoz orqali fikrini ifodalovchi qurilma yordam beradi. Film -
“Stiven Hoking koinoti”, yoki “Теория всего”.
Manba(lar):
1) https://uzbeklar.biz/3561-stiven-hoking-koinoti.html
Muallif: Suxrob Sharipov
IKKINCHI TUR, BESHINCHI SAVOL!
Amir Temurning nabirasi Halil Sulton, hunarmandning farzandi
Shodmulkni bir ko'rishda sevib qolgan va unga uylangan. Ziyo.uz
saytidagi Shodmulk Xotun haqidagi maqolada bu holat IKS deb
ta'riflangan.
Diqqat savol: 1862-yilda boshqa “IKS”ni kim yaratgan? VAQT KETDI!!!
Javob: [Vasiliy] Pukirev
Izoh: Maqolada ushbu holat "noteng nikoh" deb ta'riflangan. Rassom
Vasiliy Pukirev 1862-yilda o'zining mashhur kartinasini yaratgan.
Manba(lar):
1) https://ziyouz.uz/ilm-va-fan/tarix/temuriy-malikalar/shodmulk-
xotun/
2) https://ru.wikipedia.org/wiki/Неравный_брак_(картина)
Muallif: Bobur Maksimov
IKKINCHI TUR, OLTINCHI SAVOL!
Otabek Mutalxo'jayevning "Hayotim orzusi" nomli qo'shig'ida, IKS ning
birgina bo'sa ilinjida halok bo'lishi tashbeh qilingan. “IKS” dagi bosh
qahramonning asl ism-familyasi Husniddin Qalandarov ekani ma'lum
bo'ladi.
Diqqat savol: IKS ni bir so’z bilan yozib bering. VAQT KETDI!!!
Javob: Parvona.
Hisob: Aniq javob
Izoh: Qo'shiqda "Sham o'tida parvonalar bitta bo'sa deb kuygaylar"
deyiladi. "Parvona" spektakli oxirida bosh qahramon O'tkirbek
Nodirbekovning asl ismi Husniddin Qalandarov ekani ma'lum bo'ladi.
Tashbeh hozirgi adabiyotshunoslikda oʻxshatish deb yuritiladi. U
shunday sanʼatki, unda soʻzlarda ifodalangan ikki yoki undan ortiq narsa
va hodisa, xususiyatlar oʻrtasida mavjud boʻlgan oʻxshashlik, sifat va
belgidagi umumiylik qiyoslanadi, oʻzaro solishtiriladi, tasvirlanayotgan
narsa-hodisaning ayrim xususiyati yorqin, chuqurroq va taʼsirliroq ochib
beriladi.
Manba(lar):
1) https://youtu.be/QxkXAu4Rp4E
2) https://youtu.be/OFd718j3cU8
Muallif: Bobur Maksimov
IKKINCHI TUR, YETTINCHI SAVOL!
Shoir Faxriyor o'z she'rlaridan birida bir vaqtlar ALFA Humo qushi
bo'lganini, kunlarning birida qushni tutib olishib, uning oyoq va patlarini
charxga urishganini, charx patlarni kukunday to'kib tashlagandan keyin
charxlangan Humo U kabi yaraqlay boshlaganini ta'kidlab o'tadi.
Diqqat savol: Faxriyor U deganda nimani nazarda tutganini ikki o’zakli
so’z bilan yozib bering. VAQT KETDI!!!
Javob: Oybolta.
Hisob: Aniq javob
Izoh: Shoirning boshqa "Oy. Bolta" degan 2 so’zdan iborat o’zbek tilidagi
eng qisqa she'ri ancha mashhur.
Qon oqmadi. Po‘lat patlarni
charx kukunday to‘kib tashladi.
Charxlangan humo
Oyboltaday yaraqlay boshladi
Oybolta — jang quroli; dami (tigʻi) yangi tugʻilgan oyga oʻxshash bolta.
Oʻrta asrlarda oybolta bilan otliq askarlar qurollantirilgan.
Manba(lar): https://forum.ziyouz.com/index.php?topic=5595.0
Muallif: Bobur Maksimov
IKKINCHI TUR, SAKKIZINCHI SAVOL!
IKS ning birinchisida okean, geografik obyektlar va koinot eslab o’tilgan
bo’lib, anchayin jozibador tarzda yozilgan. Ikkinchisi esa motivatsion
ruhda bo’lib, xalq deputatlaridan biriga tegishli.
Diqqat savol: Gap nima haqida borayotganini juft undoshlar bilan
boshlanuvchi 2 so’z bilan yozib bering! VAQT KETDI!!!
Javob: Zakovat soundtreki
Hisob: Aniq javob
Hisob emas: Zakovat madhiyasi
Izoh: Birinchi soundtrek “Joziba” guruhi tomonidan ijro etilgan,
ikkinchisi esa Shoxrux repperning yangi talqindagi qo’shig’i sanaladi
Manba(lar):
1) https://rmuzon.com/uzbekcha/3826-joziba-guruhi-bu-olamda-savol-
cheksiz/
2) https://uz.lyricsus.com/shoxrux/zakovat/
3) https://www.xabar.uz/uz/siyosat/shohrux-reper-deputat-boldi
4) https://ru.wikipedia.org/wiki/Саундтрек
Muallif: Suxrob Sharipov
IKKINCHI TUR, TO’QQIZINCHI SAVOL!
Yozuvchi Temur To'raboyevning "Teorema" nomli tetralogiyasi barcha
so'zlari "T" harfidan boshlanadigan so'zlardan iborat 4 ta asar
hisoblanadi. Asarda "Kechasi osmonga oy chiqdi" gapini "T" yordamida
ifodalash uchun "Tun BU ISHNI QILDI" deya o'xshatish qilingan. Shayx
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf o'z asarlaridan birida BU ISH ni
shirk sifatida keltirib o'tgan.
Diqqat savol: BU ISH ni qilish o'rnidagi 2 so'zni yozib bering! VAQT
KETDI!
Javob: Tumor taqish
Hisob: Aniq javob
Manba(lar):
https://www.bbc.com/uzbek/lotin/
2014/06/140617_latin_uzwebistan_uzbek_writer_turabekov
Muallif: Suxrob Sharipov
IKKINCHI TUR, O’NINCHI SAVOL!
Bir necha yil ilgari suratga olingan "Faryod" filmida Jamila G'ofurova
tomonidan yaratilgan personaj U edi. 2022-yilda eng yaxshi deb
topilganning nomida ham “U”ni va Uning qisqartmasini ham ko’rishingiz
mumkin.
Diqqat savol: Uni bir nechta so'z bilan yozib bering! VAQT KETDI!!!
Javob: Kar ota-onaning farzandi.
Hisob: “Kar-soqov ota-ona bolalari”, “Kar-soqovning farzandi” va shu
mazmundagi javoblar.
Izoh: “Faryod” filmida Jamila G'ofurova personajining ota-onasi kar-
soqov edi. "CODA: Kar ota-onaning farzandi" filmi 2022-yil Oskar
marosimida "Eng yaxshi film" deb topilgan. CODA qisqartmasi child of
deaf adult – ya’ni “Kar ota-onaning farzandi” degan ma’noni anglatadi.
Manba(lar):
1) https://www.youtube.com/watch?v=CaSoNTGlwDg
2) https://ru.wikipedia.org/wiki/Оскар_(кинопремия,_2022)
Muallif: Bobur Maksimov
IKKINCHI TUR, O’N BIRINCHI SAVOL!
Professor Robert Landa Sitsiliya oroliga qilgan sayohati chog'ida u
yerdagi Bukkeri kommunasida ham bo'ladi. Keyinchalik olim ushbu
toponim etimologiyasi bilan qiziqadi va kommunaga IX-X asrlarda ALFA
lar asos slogan degan fikrga keladi. Adiz Rajabov ham, Muxtor Ashrafiy
ham ALFA.
Diqqat savol: ALFA o'rnidagi so'zni toping. VAQT KETDI!!!
Javob: Buxorolik.
Hisob: Buxorolik ekani ifodalangan odamlar guruhi.
Izoh: IX-X asrlarda musulmonlar Sitsiliyani bosib olgan. O'sha vaqtda
Buxorodan borgan bir guruh jamoa orolda yashab qolgan va keyinchalik
Bukkeri nomini kommunaga asos slogan degan fikr bildirilgan.
Manba(lar):
1) https://shosh.uz/sitsiliyada-buhoriy-qishlogi/
2) https://www.kino-teatr.ru/kino/acter/m/post/239849/bio/
3) https://uz.wikipedia.org/wiki/Muxtor_Ashrafiy
Muallif: Bobur Maksimov
IKKINCHI TUR, O’N IKKIINCHI SAVOL!
O'tgan asr boshlarida O'rta Osiyoda bolsheviklarga qarshi qo'rboshilar
kurashi avj olgan. O'shlik Oyim qo'rboshi o'z qo'shini bilan ruslarga ko'p
bosh og'riq bo'lgan. Shu sababli ruslar Oyim qo'rboshini ALFA deb
atashgan.
Diqqat savol: ALFA ni gidronim ishlatgan holda bir yoki ikki so’z bilan
yozib bering. VAQT KETDI!!!
Javob: Amazonka ayol
Hisob: Amazonka
Izoh: U o'z qo'shini bilan ruslarga bir necha marta zarba bergan hamda
ular qo'lga olgan asirlarni ozod qilgan. Uning ayol bo'lishiga qaramay
jasur jangchi ekani uchun ruslar unga boshqa jasur jangchilarga qiyoslab
laqab berishgan.
Manba(lar):
1) https://aniq.uz/uz/yangiliklar/qurboshi-ayollar
2) https://ru.wikipedia.org/wiki/ Гидроним
Muallif: Bobur Maksimov
IKKINCHI TUR, O’N UCHINCHI SAVOL!
BLITS
1) U o'zining so'ngi ijod mahsullaridan birida, qadrdon bo'lib qolgan
Oybek va Chustiyni eslab o'tadi va hazillashib Oybekni "Mening
qoravoyim" deb ataydi.
Diqqat savol: 1889-yilda tug’ilgan BU inson ISMini yozib bering. VAQT
KETDI!!!
2) Savol muallifi BU inson haqidagi savolni blitsning birinchi savoliga
qo’ymoqchi edi, ammo ikkinchi savolga qo’yishni lozim topdi.
Shaxsan Nikita Xrushchevga UNING ismi yoqmaganligi tanlov
sabablaridan biri deb keltiriladi.
Diqqat savol: UNING ismini yozib bering. VAQT KETDI!!!
3) [savoldagi ashula nomlari o'sha tilga xos tarzida o'qilishi lozim]
BU insonning ijod mahsullari orasida "Sevgi aks-sadosi", "Czlowieczy
los" [schloveji los], "Осенняя песня" va "Deutsch Übersetzung" [doych
uberzetcung] kabi nomlarni ham uchratish mumkin.
Diqqat savol: BU insonning ISM va FAMILIYASINI yozib bering. VAQT
KETDI!!!
Javoblar: 1) Anna 2) German 3) Anna German
Hisob: 1) Anna Axmatova 2) German Titov 3) Anna German
Izoh: 1) Anna Axmatova Toshkentda yashagan chog’ida Oybek va Chustiy
bilan juda yaqin bo'lgan
2) Ikkinchi kosmonavt German Titov ning ikkinchi bo’ish sabablaridan
biri deb aytiladi. Uncha ishonchli bo’lmagan versiya albatta.
3) Anna German haqida “tug’ilgan joyi – O’zbekiston, ikkinchi vatani –
Polsha, shuhrat keltirgan ijod maskani – Rossiya, ota yurti – Germaniya”
deyiladi. Sizga uning ashulalari nomlari ham shu 4 ta tilda sanab berildi.
Manba(lar):
1) https://fergana.news/videos/105736/
2) https://mir24.tv/articles/16377335/german-titov-chto-my-znaem-o-
legendarnom-kosmonavte
3) https://en.wikipedia.org/wiki/Anna_German
Muallif: Suxrob Sharipov
IKKINCHI TUR, O’N TO’RTINCHI SAVOL!
Shaytanat asari beshinchi kitobida uzoq yillardan keyin farzandlari topib
kelingan Fazliyadan nima uchun o'g'liga BU ISMni qo'yganini
so'rashganida u USHBU shoirga havas qilganini ta'kidlaydi. Shunda unga
ism inson taqdiriga ta'sir qilib qo'yishi mumkinligi, shuningdek BU ISM
shoirning taxallusi bo'lgani haqida aytishadi. Darhaqiqat, kim ham
yaqinlaridan AYRILGISI kelardi deysiz.
Diqqat savol: Qaysi ISM haqida gap ketmoqda? VAQT KETDI!!!
Javob: Furqat.
Hisob: Aniq javob
Izoh: Furqat so'zi "ayriliq" degan ma'no anglatadi. Mashxur shoir
Zokirjon Xolmuhammad o'g'lining taxallusi Furqat bo'lgan.
Manba(lar):
1) "Shaytanat" asari beshinchi kitobi.
2) https://uz.wikipedia.org/wiki/Furqat
Muallif: Bobur Maksimov
IKKINCHI TUR, O’N BESHINCHI SAVOL!
Marhum muftiy Usmonxon Alimov bir intervyusida Shayx Muhammad
Sodiq Muhammad Yusuf va Birinchi Prezident Islom Karimov
boshchiligidagi delegatsiya Saudiya Arabistoniga borishgandagi voqeani
aytib beradi. Bunda muftiy bir iborani keltirib, bu ibora xalqimiz orasida
salbiy ma'no bildirishini, aslida esa hatto kamdan-kam odamlarga nasib
etadigan katta sharaf ekanligini ta'kidlab o'tadi.
Diqqat savol: Ushbu iborani yozib bering. VAQT KETDI!!!
Javob: To’rt tomoning qibla
Hisob: To’rt tarafing qibla, to’rt yoning qibla
Izoh: Shayx va Karimov delegatsiya bilan Ka'batulloh ichiga kirishgan.
Bu hammaga ham nasib qilavermaydi. Fiqhiy jihattan Ka'ba ichida
hamma taraf qibla hisoblanadi. Ya'ni istalgan tarafiga qarab namoz
o’qish mumkin. Espero jamoasi, sizlarga ham yaxshi ma’noda to’rt
tarafingiz qibla bo’lishini tilab qoladi!
Manba(lar):
1) “Islomga bag’ishlangan umr” Hujjatli film 1-qism, 02:10:15
2) https://www.youtube.com/watch?v=LUlhx4wXyu8
Muallif: Zafar Raximov
«Фаррух Рафиков» жамоаси
навбатчилик учун саволлари
mad_max93May 16, 2022

1-ТУР
Cавол 1. Маълумки муқаддас каъбанинг хар бир бурчагининг ўз
номи бор. Яман томонга қараган бурчаги Яман бурчаги, Ироқ
томонга қарагани Ироқ бурчаги, Сурия томонга қарагани Шом
бурчаги деб номланади. Биз санамаган тўртинчи бурчак қандай
номланади?
Жавоб: Туртинчи бурчак тахминан Миср томонларга караб туради
лекин бу бурчакнинг номи “Хажар-ул асвад” яъни кора тош бурчаги
деб номланади.
Утган сафар навбатчиликни утказган “Эсперо” жамоаси охирги
саволда хаммамизга яхши маънода “турт томонинг кибла” деб
Каъба ичларига киришни тилаб колишган эди. Биз эса яхши ният
билан Кабанинг ичига хозирча савол оркали олиб киришга харакат
килдик.
Савол муаллифи Фаррух Рафиков
Cавол 2. Уруш ҳақидаги сериал эпизодида разведкачини
немисларнинг диверсантлар мактабига юбориш режалаштирилади.
Уни фош бўлиб қолмаслиги учун жиноятчи ролига кириш
буюрилади. Бунинг учун ҳатто ҳақиқий ўғри чақиртирилиб,
разведкачига киссавурликдан дарс беради. Разведкачи ўғридан
«сизга нима деб мурожаат қилишим керак» деб сўраганида
лақабини айтади. «Нега лақабиз бунақа» деган саволига «Мен
ҳамма ишни силлиқ битираман» деб жавоб беради. Айтингчи, унинг
лақаби қандай бўлган?
Жавоб: ДАЗМОЛ.
Изоҳ: «Бешиктебратар» сериалда разведкачини муҳим топшириқ
олдидан ҳақиқий ўғри-рецидивист, авторитет билан
таништиришади ва ундан одамни ўзига сездирмай нарсаларини
ўғирлашни ўрганиши кераклиги айтилади. Дазмол кийимларни
текислаш, силлиқлаш учун ишлатиладиган маиший техника.
Савол муаллифи Азизбек Абдуллаев
Cавол 3.Россияга қўлланилган санкциялар қаторида мамлакатга
ҳашамат предметлари экспортига тақиқ ҳам бор. Нима учундир
тақиқлар рўйхатида БИРИНЧИ ҳам киритилган. Лекин БИРИНЧИ
экспорти бўйича дунёда етакчи бўлган Эрон Россияга қарши
санкцияларга қўшилмаган, ИККИНЧИНИ четдан олиб келишга эса
эҳтиёж йўқ. Бир дақиқадан кейин бир асарда БИРИНЧИ ва
ИККИНЧИ билан биргаликда келган УЧИНЧИНИ ёзиб беринг.
Жавоб: БАҚЛАЖОН ИКРАСИ
Изоҳ: Ҳашаматли предметлар орасида автомобил, заргарлик
буюмлари, аксессуарлар билан бирга қимматбаҳо спиртли
ичимликлар, тамаки маҳсулотлари ва балиқ икраси ҳам бор. Қора
икра экспорти бўйича Эрон бозорда етакчи ҳисобланади, қизил
икра эса Россиянинг ўзида етарлича. «Иван Васильевич касбини
ўзгартиради» фильмида қизил ва қора икра билан бирга, чет элдан
келтирилган бақлажон икраси ҳам санаб ўтилади.
Савол муаллифи Азизбек Абдуллаев
Cавол 4.Яқинда ўзгартириш ва қўшимчалар билан қабул қилинган
йўл ҳаракати қоидалари муҳокамасида ижтимоий тармоқ
фойдаланувчиларидан бири йўл қоидаларини ҳамма иштирокчилар
бузишини, бир хилги ҳайдовчиларни жазолаш қийин бўлишини
айтар экан, Бертран Расселнинг САРТАРОШ ҳақидаги парадоксини
муҳокамага мослаб ўзгартиради. САРТАРОШ сўзи билан
алмаштирилган сўзни топинг.
Жавоб: ЭВАКУАТОР.
Изоҳ: Машиналарни тўхташ ва тўхтаб туришига оид муҳокамада
фойдаланувчилардан бири нотўғри жойда қолдирилган
машиналарни эвакуатор жарима майдончасига олиб кетиши
кераклигини айтади. Бошқа киши эса, «эвакуатор ҳайдовчисининг
ўзи қоидани бузса уни ким олиб кетади» деган саволни ўртага
ташлайди. Файласуф Б.Рассел «Бир шаҳарчада ҳамма эркакларнинг
соқолини сартарош олиши шарт бўлса, сартарош ўзининг соқолини
ўзи олиши мумкинми?» деган парадокси бор.
Савол муаллифи Азизбек Абдуллаев
Cавол 5.Discovery каналида намойиш этилган мозазавр 17 метрлик
сув йиртқичи бўлиб, у сўнгги мел даврида яшаган. Кўрсатувда унга
Х [икс] деб таъриф берилади. XVI асрда бир мамлакат, 2003 йил
Рассел Кроу иштирокидаги фильм, 2004 йилдаги Корейс сериали
ҳам Х [икс]. Қайси икки сўзни Х [икс] билан алмаштирдик.
Жавоб: ДЕНГИЗ ҲУКМДОРИ.
Изоҳ: Қиролича Елизавета даврида Британия «денгиз ҳукмдори»
деган номга сазовор бўлади.
Савол муаллифи Азизбек Абдуллаев
Cавол 6.Тарқатма материал

Савол Х ҳақда экан, савол матни қисқа бўлиши керак. 2017 йилдаги
ўзгаришни кўпчилик бир хил қабул қилмади. Бу қайси компания
эканини топинг.
Жавоб: TWITTER.
Изоҳ: 2017 йил 26 сентябрда Twitter иловасида хабарлар 140 та
символдан 280 тага оширилди. Бу эса кўпчилик томонидан
кутилганидек қабул қилинмаган, ва ижтимоий тармоқдан
фойдаланувчилар ғоя муаллифларини троллинг қилишиб твитлар
қолдиришган. Савол матни ҳам 140 та символдан иборат.
Тарқатмада ёзувларнинг символларини кўриниб туриши ҳам сизга
ёрдам берган бўлса керак.
Савол муаллифи Азизбек Абдуллаев
Cавол 7. Тарқтма материал
Дастлаб бу фактни дуплет савол шаклида бермоқчи бўлдик. Кейин
эса фикрни қисқа ва лўнда ифодалашни маъкул топиб, битта савол
шаклида қолдирдик. Савол қисқа. Бу граффити чизилган шаҳар ва
кўча номини аниқ ёзиб беринг.
Жавоб: ЧЕХОВ ШАҲРИ (МОСКВА ОБЛАСТИ), ЧЕХОВ КЎЧАСИ.
Изоҳ: Дуплет саволлари тузишда жавоблар одатда бир-бирига яқин
мавзуда ёки ҳар бир савол жавоби бир хил сўз билан ифодаланган
бўлиши мумкин.
Савол муаллифи Азизбек Абдуллаев
Савол 8. Катта сахналарга чикишдан олдин бу
инсон паспортида Мурод исми хам булганини айтган. Кизикрок
жаранглаши ва фамилияси билан кофия булиши учун режиссёрлар
унинг исмига узгартириш киритишган. Савол бу инсон ким?
Жавоб: Хожибой Тожибоев.
Изоҳ: Аслида исми Хожимурод Тожибоев булган ва фамилияга
кофия булиши учун исмини Хожибойга узгартирган.
Савол муаллифи Фаррух Рафиков
Савол 9. Кунлардан бир кун амирул муъминин халифа Умар р.а.
узоқроқдаги ноибидан келган номадаги "Шаъбон ойи" ёзувини
кўриб ўйланиб қолади. Шундан кейин Унга асос солинади. Нимага?
Жавоб. Хижрий хисобга. Хижрий йилга.
Изох. Хатни олган халифа Умар ўйланиб қолади, қайси йилнинг
Шаъбон ойи экан деб. Хат энг узоқдаги ноибдан келган эди.
У вақтлар чопарлар манзилга бориш учун анча вақт сарфлашган.
Халифалик худуди катта бўлган.
Савол муаллифи Фаррух Рафиков
Савол 10. Машхур шархловчи ва журналист Ахбор
Имомхужаев 1980-йилда Биродар Абдураимов, Станислав Стадник,
Тулаган Исоковлар билан бирга фахрийлар жамоасини тузади.
Хозирги кунда хам фаолият юритувчи бу жамоада хонанда Козим К
аюмов, Ахбор Имомхужаевнинг узлари, ёзувчи Комил Синдоров ва
бошка машхур фахрийлар туп суришади.
Жамоа ИКСда йигилгани учун ИКС деб номланади.
Савол фахрийлар жамоаси кандай номланади?
Жавоб: Тонг.
Изох. Ёши катта инсонлар яъни фахрийлар асосан тонгда
спорт билан шугулланишгани учун жамоа тонгда йигилган ва ТОНГ
деб номланган.
Савол муаллифи Фаррух Рафиков
Савол 11. Дубай шахрида очилган 250
метрлик энг баланд Феррис ғилдираги (колесообозрения) ни
лойихалаш ва қурилиши жараёнида унинг баландлиги хақида хеч
каерда маълумотлар берилмаган. Нима учун?
Жавоб: Кимдир ундан баланд куриб куймаслиги учун))
Изох. Замонавий Дубай бу турли рекордлар шахри. Хеч ким уларга
тегишли рекордни тортиб олмаслиги керак.
Савол муаллифи Фаррух Рафиков
Савол 12. Эрон Ислом Республикасида тиббиёт ходимларининг
касбий байрам куни 23 август куни нишонланади. Савол нега айнан
23 август куни?
Жавоб: Ибн Синонинг таваллуд куни.
Савол муаллифи Фаррух Рафиков
Савол 13. Людвиг Ван Бетховен 9-
симфониясининг премьераси вақтида, кар бўлиб қолган
композиторга ўз миннаторчилик ва хурсандчиликларини етказиш
учун Вена опера
театри томошабинлари БИРИНЧИ ИШ ўрнига ИККИНЧИ ИШни қ
илишади. Саволга жавоб топган бўлсангизсиз ИККИНЧИ ИШ ни
қилинг биз сиз учун БИРИНЧИ ИШ ни қиламиз.
БИРИНЧИ ИШ ва ИККИНЧИ ИШ сўзлари билан алмаштирилган с
ўзларни топинг?
Жавоб: БИРИНЧИ ИШ- ҚАРСАК ЧАЛИШ
ИККИНЧИ ИШ – БОШ КИЙИМНИ (ДЎППИНИ)
ОСМОНГА ОТИШ
Изох: Кар бўлиб қолган Бетховенга миннатдорчиликни кўрсатиш
учун қарсак ўрнига бош кийимлар тепага отилган. Жавобни топган
булсангиз дуппингизни осмонга отинг. Биздан эса сизга карсаклар.
Савол муаллифи Фаррух Рафиков
Савол 14. Урта Осиё меъморчилигида бино тепа кисмида шундай
ёгочларнинг буртиб чикиб турганига гувох булишингиз мумкин.
Улар хеч качон кесиб ташланмаган.
Бу ёгочлар бино мустахкамлиги учун аник бир вазифани бажарган.
Кандай вазифани?
Жавоб:
Ёгингарчилик вактида намгарчиликни узига тортиб туради.
Савол муаллифи Фаррух Рафиков
Савол 15. Дуплет
1) Ҳазил фикр бўйича,
Х лар бу кечки олтидан кейин овқат еган Yлар. Х ва Y
қуш эканлигини ҳисобга олиб, уларни тўғри кетма-
кетликда айтинг.
2) Хазил фикрга кура бу касб вакили эрталаб будильник
жиринглаганда унга яна 6 дакика кушиб куяди, чунки кечаси 3
мартта хожатхонага катнаган. Касб вакилини топинг
Жавоб:
1) Пингвин ва қалдирғоч
2) Футбол хаками.
Савол муаллифи Шавкат Улугов ва Фаррух Рафиков.
2-TУР
Савол 16. Дигидрогенмонооксид кимёвий бирикмаси,
кислотали ёмғирларнинг асосий компоненти бўлиб,
темирнинг занглаши,
тупроқнинг эррозияси ва бошқа кўплаб ноҳуш ҳолатларни келти
риб чиқариши мумкин. Лекин шу билан бирга уни озиқ-
овқат маҳсулотларига қўшимча сифатида ишлатилиши кенг тар
қалган. 1998 йилда австралия парламенти аъзоси ушбу
“ҳавфли кимёвий бирикмага” қарши курашиб,
уни таъқиқлаш ҳақидаги қонун қабул қилинишини ёқлаб чи
қган. 1 дақиқадан сўнг, Австралиялик депутат нима
учун ҳамкасблари томонидан кулгуга колганини айтинг.
Жавоб: Чунки “дигидрогенмонооксид” кимёвий реагенти бу сув.
Савол муаллифи Шавкат Улугов
Савол 17. 1798 йилда Англияда, ўша даврнинг энг бой
одамларидан бири бўлган Уильям Дженненс вафот этади. Унинг
хотини ва болалари бўлмаганлиги,
шунингдек васиятнома ёзиб қолдирмаганлиги сабаб, бойлигини
бўлиб олиш учун кўплаб узоқ-
яқин қариндошлари пайдо бўла бошлайди.
Бойликларга талабгорлар кўпбўлгани учун, турли хил суд
тортишувлари 117 йил давомэтиб, 1915 йил
айнан шундай якун топади.
Бир дақиқадан кейин айтингчи, Уильям
Дженненснинг бойликлари қандай тақсимланган эди?
Жавоб: Адвокатлар ва суд харажатлари қопланган.
Изоҳ: Уильям Дженненснинг бойликларининг барчаси 117 йил
давом этган
тортишувларда қатнашган адвокатлар ва суд харажатларини
қоплаш учун сарфлаб юборилади
Савол муаллифи Шавкат Улугов
Савол 18. Конфуций айтади, учта йўл билимга олиб келади:
Фикрлаш йўли – бу энг олий жаноб йўл
Тақлидқилиш йўли – бу энг осон йўл
Тажриба йўли – бу энг ШУНДАЙ йўл.
Диққат савол, Конфуций
фикрича билимга олиб келадиган тажриба йўли, бу қандай йўл?
Жавоб: Тажриба йўли – бу энг аччиқ (азобли, оғриқли,
машаққатли) йўл
(рус тилида "самый горький путь" дейилган).
Савол муаллифи Шавкат Улугов
Савол №19.
1. Архимед айтади:
Пули бор одам тажрибаси бор одам билан учрашса, тажрибаси бор
одам “А” билан, пули бор одам эса “Б” билан кетади.
2. Альберт Эйнштейн айтади:
“У” билимдан кўра кўпроқ аҳамиятга эга.
Билим биз ҳозир биладиган ва тушунадиган нарсаларгагина таянад
и. “У” эса бутун оламни ва биз қачонлардир тушанадиган,
билиб оладиган нарсарни ҳам қамрайди. Уни топинг.
3. Маҳмуд аз-Замаҳшарий айтади:
Савдогарнинг шуҳрати ва обрў-эътибори “Х”да,
олимнинг шуҳратию обрў-эътибори “Y”да. Савол Х ва Y ни топинг.
Жавоб:
1 A–пул, B - тажриба
2 Тасаввур
3 Кармон, китоб
Савол муаллифи Шавкат Улугов
Савол №20.
Унинг диаметри 42 фут бўлишини 1768 йилда Филипп Астли жорий
қилган ва бунга сабаб қилиб, югураётган бегемот
тезлиги бир маромда ва белининг марказга нисбатан доим бир хил
бурчакда бўлиши муҳимлигини кўрсатган.
Юқоридаги маълумотда бир сўзга тўртта ҳарф қўшилган,
ўша ҳарфларни ёзиб беринг.
Жавоб: Б Е Г М
Савол муаллифи Шавкат Улугов
Савол 21.
Заковат клубидаги навбатчиликка тайёргарлик
пайтида,жамоамизнинг энг ёш аъзоси юқоридаги саволни беришни
таклиф қилди.Рад жавобини олгач, миллий менталитетимизга
мутлоқ мос келмайдиган бу савол жамоамизга ёқмаслигини
олдиндан тахмин қилгани, мақсади,шунчаки заковат клуби
альфасини кенгайтириш бўлганини айтади.
Диққат савол: Альфани бир хил харфдан бошланувчи, бири
атоқли от бўглан икки сўз билан ёзиб беринг.
Тўғри жавоб: Овертон ойнаси.
Изоҳ: Овертон ойнаси — Америкалик хуқуқшунос Джозеф Овертон
томонидан ўйлаб топилган концепция бўлиб, оммавий нутқларда
янграши мумкин бўлган фикрларнинг жорий оммавий нутқ нуқтаи
назаридан келиб чиқиб белгиланган чегарасини билдиради.
Савол муаллифи Умархон Шариф
Савол № 22
Савол матнида бир сўз қисқартириб ёзилган.
Хоккуни тингланг.
Фудзи чўққисига
Чиқди У.
Энди нима қилсин?
Диққат савол: Юқоридаги хокку кимнингасаридан илхомланиб
ёзилганини топиб беринг.
Тўғри жавоб: Кобаяси Исса.
Изоҳ: Қисқартирилган сўз “шиллиққурт”, эслаб ўтилган асар эса
Кобаяси Иссанинг шиллиққурт ва Фудзи хақидаги машхур хоккуси
эди. Хоккуда бўғинлар сони 17 та бўлиши сизга ёрдам бериши керак
эди.
Савол муаллифи Умархон Шариф
Савол № 23
Nissan Skyline GT-R — япон спорт автомобилларининг ёрқин
намоёндаларидан биридир. Пойгаларда сурган ҳукмронлиги,
шунингдек, двигателнинг ўзига хос товуши ва бурилишларда
чиқадиган шиналарнинг овози туфайли унга "КингКонг" деб лақаб
беришган.
Диққат савол: савол матнида алмаштирилган сўзни аслича ёзиб
беринг.
Тўғри жавоб: Годзилла
Изох: Nissan Skyline GT-R автоспорт ихлосмандлари орасида
Годзилла лақабини олган. Саволда Годзилла номи бошқа бир улкан
махлуқ, сўнгги йиллардаги фильмларда Годзилла рақиби бўлган
КингКонг номи билан алмаштирилди.
Савол муаллифи Умархон Шариф
Савол № 24
Кореялик режисёр Бонг Жун Ҳодан иқтибос:
"Aгар сиз баландлиги икки сантиметр бўлган ушбу тўсиқдан ошиб
ўтсангиз, сиз янада кўпроқ ажойиб фильмлар билан танишасиз"
Диққат савол: Режисёр ушбу тўсиқ деганда нимани назарда
тутган?
Тўғри жавоб: Субтитрлар
Изох: Оскар мукофоти сохиби бўлган “Паразитлар” фильми
режиссёри чет тилидаги фильмларни оригинла тилда, субтитрларга
чалғимасдан кўриш, томошабинга бошқача завқ бағишлашини
айтмоқчи бўлган.
Савол муаллифи Умархон Шариф
Савол № 25
2019-йил Европа Лигаси гуруҳ босқичи ўйинида Лацио мухлислари
томонидан ирқий ҳақоратларга учраган Cелтик ҳужумчиси Оливье
Нтшам 95-дақиқада урган голи жамоасига ғалабани таъминлади.
Нтшам голини нишонлаши пайтида олинган бу кадрга эътибор
қарата туриб,журналистлар, Лацио тарихида алоҳида ўрин
эгаллаган Ушбу етакчини эслашади.
Диққат савол: Журналистлар кимни эсга олишган?
Тўғри жавоб: Бенито Муссолини.
Изох: Нтшам шу тариқа вафотидан сўнг Милан шахрида оёғидан
осиб қўйилган Муссолинини калака қилди деган мақола
чиқарилган. Хаётлик пайтида Лациога мухлислик қилган деган
тахминлар юради.
Савол муаллифи Умархон Шариф
Савол № 26
Заковат клуби шанбалик ўйинларида навбатчи жамоа саволлар
учун кўпчилигимизга маълум бўлган Базага кўп мурожаат қилиши,
ҳар қандай жамоадаги ҳар қандай ўйинчини Aльфага айлантириб
қўйиши мумкин.
Aльфаларга мисол қилиб: Юлдузлар жангидаги Рей Скайуокер,
Марвел фильмларидаги Капитан Марвел, ва яқинда
екранизациялаштирилган Мулан филмининг бош қаҳрамонини
келтириш мумкин.
Диққат савол: Aльфа билан алмаштирилган терминни топинг.
Тўғри жавоб: Мэри Сью
Изоҳ: Ҳаддан ташқари кучли, енгилмас, барча соҳада ўта
муваффақиятли қаҳрамонларга нисбатан ишлатиладиган термин.
Сўнгги йилларда ғарбда феминизм харакати кучайиши оқибатида
фильмларда шундай типдаги аёл қаҳрамонлар кўпайишини кўриш
мумкин. Базада чиққан пакетлардан шанба кунги клуб ўйинларига
кўп савол қўшилиши ушбу пакетни кўрган бошқа жамоалар ва
уларни аъзоларини одатдагидан анча яхши натижалар кўрсатишга
сабаб бўлиши мумкин.
Савол муаллифи Умархон Шариф
Савол № 27
Лу Яоронг, ҳозирда Лос Aнджелесда яшайди ва голливуд
фильмларини ... қилишни ўзига касб қилган.
Джереми Кларксон "Гранд Тур" кўрсатувининг бир епизодида
ҳамёнбоп нархга олган машхур брендлар маҳсулотлари билан
мақтанаётиб, киноя билан айтади "Муаллифлик ҳуқуқлари
бузилиши ибораси унчалик хам ... қилинмайди".
Диққат савол: уч нуқта ўрнида беркитилган 2 ёки 3 сўзли
жумлани ёзиб беринг.
Жавоб: Хитойчага таржима, хитой тилига таржима
Савол № 28

Сиз кўрибтурганингиз - Тинч океаннингғарбийқисмидажойлашган


Немо нуқтаси. Ушбу нуқтадунё океанида
қуруқликданэнгузоқдажойлашгануқтадир. Космик агентликлар
ушбуҳудудданЕр
сунъиййўлдошларқабристонисифатидафойдаланишади. Бунга
сабаб бу худуддаги кучли Х лардир.
Диққат савол: Х лар деганда алмаштирилган сўзларни топинг
Жавоб: Сув ости оқимлари. Қабул: денгиз оқимлари, океан
оқимлари, сув оқимлари ва хоказо
Изох: Энг яқинқуруқлик 2 688 км узоқликда бўлган бу худудда,
кучли оқимлар туфайли нафақат инсонларни, балким денгиз
жонзотларини хам учратиб бўлмайди. Шунинг учун космик
агентликлар етказилиши мумкин бўлган зарарнинг минималлиги
туфайли, хизмат муддати тугаган сунъий йўлдошларни шу нуқта
яқинига қулатиб чўктиришади
Манба: https://www.popmech.ru/science/281602-tochka-nemo-
samaya-udalyennaya-ot-sushi-tochka-planety/
Савол муаллифи Умархон Шариф
Савол 29.
Larinioides sclopetarius ўз тўридан у сифатида фойдаланади. Бунинг
учун унга вибрация ёрдам беради. Қайси бастакор уй музейида
унинг аналогларини кўриш мумкин?
Жавоб: Бетховен
Изох: Гап қулоқ аппарати хақида кетмоқда.
Савол муаллифи Равшан Исмоилов
Савол 30. Дуплет
1. Тошкентдаги бу махалла номининг келиб чикишига COLUBER
RAVERGIERI ни алокаси йук. Аслида махалла номи доно ва аклли
кишилар маъносини беради. Кайси махалла?
2. Тошкентдаги бу мавзе номининг келиб чикиши анхор буйида
жойлашгани учун “ЗАХ ЕРЛАР” маъносини беради. Кайси мавзе?
Жавоблар:
1. Окилон (Окил ва доно кишилар) СOLUBER RAVERGIERI ок
илоннинг (белая змея) илмий номидир. Купчилик махалла номини
ок илон дан келиб чиккан деб уйлайди.
2 Лабзак. (Лаби зах)
Jobir Ahmedov jamoasi navbatchilik
savollari
mad_max93May 23, 2022

I – тур.
Савол№ 1. РБК сайтида эълон қилинган энг катта 5 та ИКС
ҳақидаги мақолада сабаблар сифатида 2005 йили АҚШдаги “Рита”
тўфони, 1980 йил февраль ойида Францияда Альп тоғларидаги
дачалар, 2012 йил 30 ноябрда Россиядаги қор ва ёмғир, 2010 йил 14
августда Хитойдаги қурилиш ишлари, 2013 йил ноябрда
Бразилиянинг Сан-Паулу шаҳридаги Республика куни эсга олинган.
Мақолада ҳар бир давлат номи олдида узунлик ҳамда вақт ўлчов
бирлиги саналган. Агар ушбу мақолага тахминан 2 ҳафта олдинги
Ўзбекистондаги воқеа ҳам киритилганда, қўштирноқда ёзиладиган
топономик жой номи ва немисча сўз қатнашган 4 та сўз сабаб
сифатида эслаб ўтилган бўлар эди. Ўша 4 та сўзни ёзиб беринг.
Жавоб: "Янги Ўзбекистон" боғидаги фейерверк
Қабул: "Янги Ўзбекистон" боғидаги салют.
Изоҳ: Гап дунёдаги энг машҳур автомобил тирбандликлари ва унга
сабаб бўлган воқеалар ҳақида кетаётган эди. Ҳар бир давлат номи
олдида тирбандлик неча км бўлгани ва қанча кун давом этгани
ёзилган. Боз устига Хитой, Россия, АҚШ, Бразилия, Франция энг
кўп машина тирбандликлари бўладиган давлатлар. Тахминан 2
ҳафтача олдин, яъни 9 май куни Ўзбекистонда ҳам «Янги
Ўзбекистон» боғидаги салют сабабли бир неча километрли
тирбандлик ҳосил бўлди. "фейерверк" немисча сўз.
Бугунги ўйинимизни байрам тадбирларининг анъаналарига зид
тарзда фейерверк билан бошлашга қарор қилдик.
Манба: https://www.autonews.ru/news/5bc60ecc9a794708506c83b6
https://t.me/muhrim2022/257
Савол муаллифи: Хушнуд Худойбердиев.
Савол№ 2. Диққат ўзбек ҳикояларидан биридан иқтибос. Иқтибос
матнида бир сўз ўрнига иккита бошқа сўз ишлатилган.
"Буни қаранг-а, бизнинг уйимизга думли одамлар келибди. Бизни
ҳам одам деб ўйлайдиган кишилар бор экан-да дунёда. Эртага
ўртоқларимга тоза мақтанадиган бўлдим-да. "Бизнинг уйга думли
одамлар келди". Ғурур билан айтилса бўлади. Лекин
ишонишармикан?"
Алмаштирилган битта сўзни топинг!
Жавоб: Ўғри
Изоҳ: Юқоридаги иқтибос Ғафур Ғуломнинг “Менинг ўғригина
болам” ҳикоясидан олинганди. Абдулла Қаххорда “Думли одамлар”
номли ҳикоя ҳам мавжуд. Саволда Ғафур Ғуломнинг ҳикоясини
номи Абдулла Қаххорнинг бошқа бир ҳикояси номи билан
алмаштирилди.
Манба: Ғафур Ғуломнинг “Менинг ўғригина болам”
https://ziyouz.uz/ozbek-nasri/gafur-gulom/gafur-gulom-mening-
ogrigina-bolam-hikoya/
Савол муаллифи: Умид Наримов.
Савол№ 3. 2007 йили суратга олинган “Чавандоз” ўзбек
фильмидан иқтибос:
“Яна бир йилдан кейин бўз йигитдек кучга тўласан. Ана унда
Алпомиш ҳам Гўрўғли ҳам сенга тенглаша олмайди”.
Савол: Юқоридаги савол матнида алмаштирилган иккита атоқли
отни ёзиб беринг!
Жавоб: Бойчибор, Ғирот.
Қабул: Чибор, Ғиркўк.
Изоҳ: Иқтибосдаги мурожаат отга айтилган эди. Алпомиш ва
Гўрўғли сўзлари уларнинг отларини номлари билан алмаштирилди.
Фильм номи ва савол шаклидаги “отни ёзиб беринг” жумласи
сизларни отларга етаклаши керак эди.
Манба: “Чавандоз” бадиий фильми. 2007 йил.
Савол муаллифи: Умид Наримов.
Савол№ 4. “Қум тепалик” (Дюна) романининг асосий воқеалари
Аракис сайёрасида бўлиб ўтади. Бу сайёрада бутун коинот учун
қимматбаҳо ҳисобланган зиравор аралашма – меланж
етиштириларди. Душманлардан қочган роман қахрамони Пол,
Аракис сайёрасида саҳро аҳолиси ҳисобланган фременларга
қўшилиб, баҳайбат саҳро чувалчангини эгарлашни уддасидан
чиқади ва уни бошқаришни ўрганади ҳамда ёш қизга кўнгил қўяди.
Фременлар Махдий башоратига асосан уни ўзларига етакчи
сифатида қабул қилишади. Пол бошчилигидаги маҳаллий аҳоли
душманларга қарши курашда ғалаба қозонишга муваффақ
бўлишади. Роман воқеалари савол муаллифига XXI асрда яратилган
ва жараёнлари XXII аср ўрталарида бўлиб ўтадиган асарни эслатган.
Ушбу асарни ёзиб беринг!
Жавоб: Аватар.
Манба: https://ru.wikipedia.org/wiki/Дюна (роман)
https://ru.wikipedia.org/wiki/Аватар (фильм, 2009)
Савол муаллифи: Умид Наримов.
Савол№ 5. Япон мифологиясига кўра, У дунёни чанг ва тутундан
тозалаган. 13 асрда кўрсатган бошқа бир қахрамонлиги сабаб
ҳурматга сазовор бўлган.
Савол: УНИ ёзиб беринг!
Жавоб: Фудзин.
Қабул: Камикадзе, илоҳий шамол, тайфун, шамол маъбуди, шамол
илоҳи, шамол худоси ва бошқа шамол маъбудини ифодаловчи
синоним жавоблар.
Изоҳ: Япон мифологиясига кўра, дунёни тутун ва чанг қоплаганда
шамол маъбуди бўлган Фудзин дунёни ғуборлардан тозалаган. 13
асрда Хубулай бошчилигидаги мўғилларнинг Японияга қарши
иккита хужуми тўфон сабаб йўққа чиққани туфайли, японлар
шамол маъбудига ҳурмат билан қарай бошлашган.
Манба: https://ru.wikipedia.org/wiki/Ветер
https://ru.wikipedia.org/wiki/Фудзин
Савол муаллифи: Умид Наримов
Савол№ 6. Имоми Аъзам тақвоси шу даражада кучлилигидан 7
йил давомида қўй гўшти истеъмол қилмаган. Бунга сабаб У эди.
Ўзларини худо томонидан чорвачилик билан шуғулланишга маҳкум
этилган деб ҳисобловчи африканинг масаи қабиласи учун У оддий
ҳол.
Савол, УНИ бир нечта сўзлар билан ёзиб беринг!
Жавоб: Қўй ўғирланиши.
Қабул: Қўй подасини ўғирланиши, қўйлар галасини ўғирланиши,
подага ўғирланган қўй аралашиши, қўй ўғирлаш, қўй подасини
ўғирлаш ва бошқа қўй ўғирлигини англатувчи синоним жавоблар.
Қабул эмас. Қўй сўзи эслаб ўтилмаган чорва ўғирлиги. (Чорвани
ўғирланиши, молларни ўғирланиши ва ҳакозо)
Изоҳ: Куфа шаҳрида қўй подасига ўғирланган қўй аралашганини
эшитган Имоми Аъзам қўйлар тахминан қанча яшайди деб сўрайди.
Тахминан 6-7 йил дейишгач, билмасдан ўша ўғирланган қўйнинг
гўштини еб қўймай деган мақсадда 7 йил қўй гўшти емайди. Масаи
қабиласи учун бошқа қабилаларнинг қўйларини ўғирлаб келиш
одатий ҳол ҳисобланар экан.
Манба: https://azon.uz/content/views/imom-abu-hanifaning-
shamoyili-va-guzal-t5
https://zarnews.uz/post/zamonaviy-dunyoda-yashovchi-tosh-davri-
odamlari-qanday-hayot-kechirmoqda
Савол муаллифи: Хушнуд Худойбердиев.
Савол №7. Саволда СУПЕРМЭН ва БЕТМЭН сўзлари билан бошқа
сўзлар алмаштирилган.
Квадрат – куб қонунига кўра, объектнинг пропорционал
катталашишида, объектнинг кесими пропорционал тарзда
квадратга, ҳажми эса пропорционал тарзда кубга ошади. Бу эса
СУПЕРМЭН ёки БЭТМЭН сингариларнинг табиатда мавжуд
бўлиши мумкинлигини истисно қилади. СУПЕРМЭН ва БЭТМЭН
илк бор 1962 йили тўқнаш келишган ва унда ғолиб аниқланмаган.
Диққат савол: СУПЕРМЭН ҳамда БЭТМЭН сўзлари билан қайси
сўзлар алмаштирилган?
Жавоб: Годзилла ва Конг
Қабул: Годзилла, Кинг Конг
Изоҳ: бундай хажмдаги жонзотларда мушаклар ва суякларнинг
кесимдаги ҳажми квадратига, массаси эса кубига ошади, натижада
суяклар ва мушаклар бундай вазн ва босимни кўтара олмайди.
Бунинг устига нафас олиш тизимида ҳам қийинчиликлар бўлади.
Алмаштириш эса “Супермэн Бэтмэнга қарши” ва “Годзилла Конгга
қарши” фильмлари номидаги ўхшашлик билан танланди. Кинг-
Конг Годзиллага қарши фильми илк бор 1962 йилнинг 11 августида
Япония кинотеатрларида намойиш этила бошлаган
Манба: https://ru.wikipedia.org/wiki/Закон квадрата куба
https://ru.wikipedia.org/wiki/Годзилла против Кинг Конга
Савол муаллифи: Хаётилла Рахманов.
Савол№ 8. Стивин Кингнинг “Йўлоёқ” ҳикоясида, етти ёшли
қизчага таъриф бериларкан оппоқ танаси ва иккита қизил нуқта
эслаб ўтилади. Ҳикояда беш маротаба учрайдиган ўзбекча бўлмаган
сўзни ёзиб беринг!
Жавоб: Вампир.
Изоҳ: Иккита қизил нуқта қизчанинг бўйнида қолдирилган
вампирнинг тишларини излари эди. Вампир сўз эски славян ёки
поляк тилидан келиб чиққани айтилади.
Манба: https://ziyouz.uz/jahon-nasri/stiven-king/stiven-king-
yuloyoq-hikoya/
Савол муаллифи: Умид Наримов.
Савол№ 9. Дуплет.
Дуплетнинг 1-саволи. Стивен Кингнинг қаҳрамони бирор-бир
предметни ичига ўрнашиб олган иблисни ҳайдаб чиқариш учун
руҳонийга мурожаат қилиш ҳақидаги таклифни қўллаб-
қувватламайди. Унинг фикрича, бундай ғайритабий ҳолатни
эшитган руҳоний, мурожаатчиларга бир даста китоб тутқазиб ўқиб
чиқишни тавсия этади-да, ортингдан БУ ИШНИ ҚИЛАДИ.
БУ ИШНИ Наталья Крачковская яратган образлардан бири ҳам
амалга оширган. Савол: БУ ИШНИ бир нечта сўзлар билан ёзиб
беринг!
Дуплетнинг 2-саволи. ШУ ИШНИ ҚИЛИШ учун Исроилда 100
дан, Бельгияда 101 дан, Сингапурда 999 дан фойдаланилади. ШУ
ИШНИ Владимир Этуш яратган образлардан бири ҳам амалга
оширган. Савол: ШУ ИШНИ бир нечта сўзлар билан ёзиб беринг!
Жавоб: 1. Жиннихонага телефон қилиш. 2. Милицияга телефон
қилиш.
Қабул: 1. Руҳий касалликлар шифохонасига телефон қилиш. 2.
Полицияга телефон қилиш.
Қабул эмас. Фавқулодда хизматларга телефон қилиш.
Манба:
https://ziyouz.uz/jahon-nasri/stiven-king/stiven-king-
gushtqiymalagich-hikoya/
https://ru.wikipedia.org/wiki/Иван Васильевич меняет профессию
https://ru.wikipedia.org/wiki/Номера телефонов экстренных служб
https://www.youtube.com/watch?v=v75Pf8OFK4E
Савол муаллифи: Умид Наримов.
Савол№ 10. Россиянинг кўпгина қишлоқларида қуён гўшти
сотиладиган расталарда қуён оёқларини осиб қўйилганини кўриш
мумкин. Бундан мақсад харидорлар ишончини қозониш
ҳисобланади. Савол: бундай йўл тутилиши нима учун керак?
Жавоб: Гўшт айнан қўён гўшти эканлигини исботалаш учун.
Манба: http://www.bolshoyvopros.ru/questions/337327-kak-pri-
pokupke-na-rynke-ponjat-chto-prodajut-tushku-krolika-ili-koshki.html
Савол муаллифи: Жобир Ахмедов.
Савол№ 11. Жирафа сизларни синаб кўрмоқчи. Диққат қилинг
энди саволни ўқийман.
Чемпионлар лигасининг нимчорак финалидан ўрин олган Реал
Мадрид ва Пари Сен-Жермен ўйинини шарҳлаган Матч
телеканалини мухбири биринчи таймда Килиан Мбаппенинг
ажойиб ҳаракатлари учун унга зудлик билан, ўйин пайтини ўзида
олтин тўпни бериш кераклигини таъкидлайди. Иккинчи таймда
Карим Бензема унданда зўр ўйин кўрсатгани учун шарҳловчи Олтин
тўпни Карим Бенземага бериш лозимлигини айтади. Савол:
Шарҳловчини фикрича, Карим Бенземага Олтин тўпни
топширишдан олдин нима қилиш керак эди?
Жавоб: Олтин тўпни Килиан Мбаппедан тортиб олиш.
Қабул: Олтин тўпни Килиан Мбаппедан олиб қўйиш каби синоним
жавоблар.
Изоҳ: Саволни ўқишдан аввал “Жирафа сизларни синаб кўрмоқчи”
деганимизда машҳур Жирафа тестига ишора қилгандик. Биламизки
ушбу тестга мувофиқ, филни совутгичка жойлаш учун дастлаб,
ундан жирафани чиқариш керак.
Манба: https://mover.uz/watch/Ji4nrute
https://www.facebook.com/prikolniyfutbol/posts/342126471262650
Савол муаллифи: Умид Наримов.
Савол№ 12. Диний уламоларнинг фикрича, киши таҳорат ва намоз
ёки бошқа ибодатларнинг рукнларини тўлиқ бажармаса мутаффиф
бўлади. Анвар Обиджонга ишонадиган бўлсак, бир пайтлари пахта
қабул қилиш пунктида ишлаб, қамалиб чиққан отасини мутаффиф
дейиш мумкин. Савол: мутаффиф ким эканлигини бир нечта сўзлар
билан ёзиб беринг!
Жавоб: Ўлчовда уриб қолувчи шахс.
Қабул: Тарозидан уриб қолувчи киши.
Изоҳ: Агар намоз, таҳорат ёки бошқа ибодатларнинг рукнлари
тўлиқ бажарилмаса уриб қолиш сифатида малакаланаркан. Анвар
Обиджоннинг отаси пахта қабул қилиш пунктида тарозибон бўлиб
ишлаган ва тарозидан уриб қолиб, орттирилган пахтани бошқа
бировларга қўшиб ёзгани учун 1 йилга яқин қамоқда ўтирган.
Манба: http://old.muslim.uz/index.php/quran/item/13543
https://ziyouz.uz/ozbek-nasri/anvar-obidjon/anvar-obidjon-ajinasi-bor-
ollar-qissa/
Савол муаллифи: Умид Наримов.
Савол№ 13. Юртимизда меҳмон бўлган турист Рексуллоҳи
Ансорийни ИКС деб билади ва уни топишга уринади. Шунинг учун
ҳам кўзига ғалатироқ кўринган одамни орқа этагига қарамасдан
ўтмасди. Бранислав Нушичнинг қахрамонларидан бири ҳам ИКС.
Ҳиндистонда ИКСлар Хануманнинг муқаддас элчилари
ҳисобланишган. Савол: ИКСни иккита сўз билан ёзиб беринг!
Жавоб: Думли одам.
Изоҳ: биринчи ҳолатда Абдулла Қаххорнинг “Думли одамлар”
ҳикояси ҳақида гап кетмоқда. Уни юртимизда меҳмон бўлган
туристни думли одамлар қизиқтирган ва шунинг учун ҳам ўтган-
кетганларни орқа этагига қараган. Бранислав Нушичда ҳам “Думли
одам” ҳикояси мавжуд. Ҳиндуизмда Хануман маймунсифат қилиб
тасвирланган. Думли болалар туғилса уни илоҳий деб ҳисоблашган.
2-саволда Абдулла Қаххорнинг “Думли одамлар” ҳикоясини эслаб
ўтган эдик.
Манба: http://www.brend.uz/uzk/adabiyot/dumli_odam_1274
https://mirtayn.ru/lyudi-s-xvostom-tak-li-eto-neobychno/
Савол муаллифи: Умид Наримов.
Савол№ 14. Дуплет.
Тарқатма материал.
Дуплетни 1-саволи: Профессор Баҳодир Каримнинг ёзишича,
БИРИНЧИ ИШ одамни зериктирмайди, бадиий сўзда бетакрор
жозиба мужассам бўлгани боис одам тўймайди, қайта-қайта бу
ишни қилгиси келади. Тарқатмадаги 1-суратда сиз ҳам БИРИНЧИ
ИШНИ қилишингиз мумкин. Диққат савол, БИРИНЧИ ИШНИ 3
ёки 4 та сўз билан ёзиб беринг.
Дуплетни 2-саволи: Тарқатмадаги 2-сурат малика Диана
ИККИНЧИ ИШНИ қилиш учун келганда олинган. ИККИНЧИ
ИШНИ илк марта 1985 йил 3 июль куни Шимолий Американинг
1200 та жойида қилиш мумкин эди. Расмий маълумотларга кўра,
бутун дунёда ИККИНЧИ ИШНИ қилган одамлар ортидан
ташкилотчилар 381 млн доллар маблағ йиғган. Диққат савол,
ИККИНЧИ ИШНИ 3 ёки 4 та сўз билан ёзиб беринг.
Жавоб: 1. "Ўтган кунлар"ни ўқиш 2. "Келажакка қайтиб"ни кўриш
Қабул: 1. "Ўтган кунлар" асарини ўқиш. 2. "Келажакка қайтиб"
фильмини кўриш
Изоҳ: 1. Профессор Баҳодир Карим ўзининг "Ўтган кунлар" ибрати"
мақоласида шу номдаги асарни ўқиш ҳақида фикр билдирган. Бугун
шанба, сиз эса тарқатмада ўтган кунларни ўқишингиз мумкин эди.
2. Иккинчи суратда "Келажакка қайтиб" фильмининг Европадаги
премьераси акс этган. Сана ёзилган шрифт фильмда фойдаланилган
шрифтларни эслатиб юборган бўлса не ажаб.
Манба: https://xs.uz/uzkr/post/otkan-kunlar-ibrati
https://www.pinterest.com/pin/10-dresses-worn-by-princess-diana-
auction-for-13-million--599823244096716455/
Савол муаллифи: Хушнуд Худойбердиев.
Савол№ 15. Биринчи секретарь 1974 йилнинг ноябрида дунёга
келган ва ОТасининг тўнғич фарзанди эди. Кейинчалик ОТа
томондан 600 дан ортиқ укаси бўлган. ОТаси 1989 йили ўлган ва
Клэйборн Фарм қабристонида танаси бутунлигича дафн этилган.
Ушбу ОТа қандай ном билан машҳур бўлганини ёзиб беринг!
Жавоб: Секретариат.
Қабул: Катта малла.
Изох: Биринчи секретарь бу машхур чемпион от –
Секретариатнинг биринчи боласи бўлган отнинг номи. Пойгачи
отларни одатда фақат боши, юраги ва туёқлари кўмилади,
Секретариатни бўлса бутун танаси билан бирга дафн этишган ва бу
от учун шараф.
Манба: https://ru.wikipedia.org/wiki/Секретариат (лошадь)
Савол муаллифи: Хаётилла Рахманов.
II – тур
2-тур, 1-савол, Савол№ 16. Алтай Республикасидаги
қишлоқлардан бири Чемал деб аталиб, версиялардан бирига кўра,
МЕҲНАТКАШ деган маънони билдиради. Бошқа бир версияга кўрса
эса, форс тилидан кириб келган бўлиб, КАМИКАДЗЕ деган маънони
англатади. Савол: МЕҲНАТКАШ ва КАМИКАДЗЕ сўзлари билан
алмаштирилган иккита сўзни топинг!
Жавоб: Чумоли ва Шамол.
Изоҳ: Асарларда чумоли образи меҳнаткашликни ифодалайди.
Камикадзе эса илоҳий шамол дегани. Саволдаги алмаштириш ҳам
ушбу асосларга таянган.
Манба: https://ru.wikipedia.org/wiki/Чемал (село)
Савол муаллифи: Умид Наримов.
2-тур, 2-савол, Савол№ 17. Нодир Норматовнинг ҳикояларидан
бирида ўғлининг ҳаракатсизлигидан, шижоатсизлигидан норози
бўлган она унга бир риторик савол беради. Тоғай Муроднинг
“Юлдузлар манга ёнади” қиссасининг асосий қахрамонлари бу
саволга тўғри маънода ҳам, кўчма маънода ҳам ижобий жавоб
беришган бўларди. Савол: ушбу саволни бир ҳил харф билан
бошланувчи учта сўз билан ёзиб беринг!
Жавоб: Белингда белбоғинг борми?!
Изоҳ: “Юлдузлар мангу ёнади” қиссасини асосий қахрамонлари
полвонлар ҳисобланади.
Манба: https://n.ziyouz.com/portal-haqida/xarita/uzbek-nasri/nodir-
normatov-1950/nodir-normatov-guldurak-dashtlarida-hikoya
https://ziyouz.uz/ozbek-nasri/togay-murod/to-aj-murod-yulduzlar-
mangu-yonadi-is/
Савол муаллифи: Умид Наримов.
2-тур, 3-савол, Савол№ 18. Нодир Норматовнинг персонажи бир
муаммо сабаб нолиётган суҳбатдошига шундай дейди. “Сен ердан
ажраб қоляпсан. Ер тафтини ҳис қилиб турмаган ҳар қандай тирик
жонга осмону фалак ҳам торлик қилади”. Савол: бу муаммога бир
неча бор мурожаат қилган, 1891 йили туғилган врачнинг
фамилясини ёзиб беринг?
Жавоб: Булгаков.
Изоҳ: Нодир Норматовнинг персонажи уч хонали квартираси
торлик қилаётганидан нолиб, квартира муаммосини кўтарганди.
Медецина йўналиши бўйича таҳсил олган Михаил Булгаков ўз
асарларида квартира муаммосига бир неча маротаба мурожаат
қилганди.
Манба: https://ziyouz.uz/ozbek-nasri/nodir-normatov/nodir-
normatov-bir-kuni-chumoli-bolib-hikoya/
https://www.allsoch.ru/sochineniya/14891
https://ru.wikipedia.org/wiki/Булгаков Михаил Афанасьевич
Савол муаллифи: Умид Наримов.
2-тур, 4-савол, Савол№ 19. Кеманинг сузишида ёқилғининг
асосий қисми сув қаршилигини енгиб ўтишга кетади. УНГА
ишонадиган бўлсак, кема қанчалик катта бўлса, ёқилғи шунчалик
эффектив ишлатилади ва катта кемалар узоқроқ масофаларга
саёхат қила олишади. Савол: УНИ чизиқча билан ёзиладиган сўз
қатнашган иккита сўз билан ёзиб беринг.
Жавоб: Квадрат-куб қонуни.
Изоҳ: Квадрат-куб қонунига кўра сув қаршилиги кеманинг олд
кесимига нисбатан квадрат пропорцияда, кеманинг ва ёқилғи
сақлаш бакларининг сиғимлари эса куб пропорцияда ортади.
Квадрат-куб қонуни ҳақида 1-турни 7-саволида маълумот бериб
ўтгандик.
Савол муаллифи: Хаётилла Рахманов.
2-тур, 5-савол, Савол№ 20. Бир воқеадан сўнг Аллоҳ таоло Мусо
алайҳиссаломга "Эй, Мусо, бугундан бошлаб ўзинггизни эҳтиёт
қилинг" деди. Мусо а.с. бунинг сабабини сўраб, “сен билан
гаплашганимда ҳеч қачон бундай демаган эдинг” деганида, Аллоҳ
таолодан "энди сенда ВАТАН ОЛТИНИ йўқ" деган жавобни эшитди.
Охунжон Мадалиевнинг қўшиғида ҳофизнинг қарғишдан
қўрқмаслигига сабаб ВАТАН ОЛТИНИ экани айтилса, Шароф
Муқумовнинг ашуласида эса ВАТАН ОЛТИНИ тумор экани
таъкидланган. Диққат савол, ВАТАН ОЛТИНИ сўзлари билан
алмаштирилган 2 та сўзни ёзиб беринг!
Жавоб: Она дуоси
Изоҳ: Аллоҳ таоло Мусо а.с.га энди мен билан ўйланиб гаплаш,
илгари онанг ортингдан дуо қилиб турар эди, шу сабабли сенга зиён
етмасди, ҳозир энди онанг дуоси йўқ, дейди. Охунжон
Мадалиевнинг "Онамнинг дуоси" қўшиғида эса гўзаллар,
дўстларим, қўшиқларим ва ҳатто ўзим ўзимни қарғасам ҳам
қўрқмайман, чунки онамнинг дуоси мени асрайди, деган гаплар
бор. Шароф Муқумовнинг қўшиғида эса “Она дуоси” тумор экани
таъкидланган. ВАТАН ОЛТИНИ алмаштириши Она ватан ибораси
ва Олтин олма дуо ол мақолларидан келиб чиқиб ўзгартирилганди.
Манба: https://www.youtube.com/watch?v=oVyFAEAilq4
https://www.youtube.com/watch?v=Hc0JT90C7v8
https://www.smule.com/song/sharof-muqimov-ona-duosi-karaoke-
lyrics/4758604_4758604/arrangement
Савол муаллифи: Хушнуд Худойбердиев.
2-тур, 6-савол, Савол№ 21.
Тарқатма материал.
Википедиядаги бир мақолада 1773-йилда Дмитрий Левицкий
томонидан чизилган "УНИНГ қизил либоси" номли портрет эслаб
ўтилган. 1988-йилда эса антрополог Грант МакКракен УНИНГ
Марокашча тери тортилган креслоси ҳақида ёзган. Савол: У ким?
Жавоб: Дени Дидро.
Изоҳ: Дидро эффекти номли Википедия мақоласида юқоридаги
портрет берилган. Дидрога портретда акс этган қимматбаҳо қизил
либос беришган. Шундан кейин унга хонасидаги мебеллар,
нарсалари жуда жўн кўрина бошлаган. Оддий стол ўрнига Марокаш
териси тортилган стол сотиб олган. Дидро кейинчалик “эски
либосим билан хайрлашув” номли эссе ёзган. Шу эссе билан
танишган антрополог Грант МакКракен фанга “Дидро эффекти”
атамасини киритган.
Манба: https://en.wikipedia.org/wiki/Diderot_effect
https://zen.yandex.ru/media/popsci/effekt-didro-kak-liudi-
prevrascaiutsia-iz-vladelcev-svoih-vescei-v-ih-rabov-
5ea7e6584325171a6b4e48fd
Савол муаллифи: Темур Мирзаев.
2-тур, 7-савол, Савол№ 22. Диққат қилинг саволда алмаштириш
бор.
Бугунги кунда бизнес ва мотивацион тренерлар Ўзбекистонда ҳар
доимгидан ҳам кўп ва уларнинг аудиторияси хам кенгайиб
бормоқда. Кўпчилик тренерлар фақатгина муваффақиятга эришган
катта бизнесменларни, уларнинг иқтибосларини, одатларини мисол
қилиб келтиришади. Бу эса тингловчиларнинг илҳомланиб, ўз
“ишини”, бизнесини очишига туртки бўлади. Лекин хамманинг хам
бизнесда, тижоратда омади келавермайди. Бу ҳолат
ДЕЛЬФИНЛАРГА ИШОНИШГА яққол мисол бўлиши мумкин.
Диққат савол: қайси 4 та сўзни ДЕЛЬФИНЛАРГА ИШОНИШ
сўзлари билан алмаштирдик?
Жавоб: Тирик қолганларнинг тизимли хатоси
Қабул: Тирик қолганларнинг систематик хатоси.
Изоҳ: Тирик қолганлар тизимли хатоси – бу статистикани фақат
тирик қолганлар ҳисобига олиб боришдир. Мисол учун дельфинлар
чўкаётган одамларни қирғоқ томон йўналтиргани ҳақида
маълумотлар бор, лекин тескари томонга олиб кетганлар ҳақида
маълумотлар йўқ, чунки тескари томонга олиб кетилган одамлар
тирик қолишмаган.
Манба: https://ru.wikipedia.org/wiki/Систематическая ошибка
выжившего
Савол муаллифи: Хаётилла Рахманов.
2-тур, 8-савол, Савол№ 23. Унинг биринчиси, сизда оддий
вазифаларни мураккаблаштиришга мойиллик бор ёки йўқлигини
аниқлаш учун, иккинчиси қарор қабул қилганинггизда олдинги
ҳаракатларинггизни ҳисобга ола билиш қобилиятингизни билиш
учун, учинчиси хотиранггизни текшириш учун, тўртинчиси ўз
хатоларингиздан хулоса чиқара олиш қобилиятига эга
эканлигингизни аниқлаш учун берилади. Савол: Унда эслаб
ўтиладиган маиший техника воситасини ёзиб беринг!
Жавоб: Совутгич.
Изоҳ: Гап Жирафа тестидаги саволлар ҳақида бораётганди. Тестни
биринчи саволи: Жирафани совутгичга қандай жойлаштириш
мумкин? Иккинчиси филни совутгични қандай жойлаштириш
мумкин? Учинчиси ўрмонда шер мажлис ўтказган, унга барча
ҳайвонлар ташриф буюрган. Фақат битта ҳайвон кела олмаган.
Қайси ҳайвон? Тўртинчиси, сиз тимсоҳлар яшайдиган дарёни кесиб
ўтишинггиз керак, буни қандай уддалайсиз? 1-турни 11-саволида
сизга жирафа тести ҳақида маълумот бериб ўтгандик.
Манба: https://psycho.ru/library/94
https://master-class.spb.ru/humbaiki/07-02-13/
Савол муаллифи: Умид Наримов.
2-тур, 9-савол, Савол№ 24. "Ўзбек мақолларининг изоҳли
луғати" китобининг 440-бетида ИКС ҳақидаги бир мақолга изоҳ
берилар экан, бу қоида халқаро қонун даражасига етгани айтилади.
Луғатдаги мақолада бошқа муқобил мақоллар ҳам тилга олинган.
Масалан, шундай мақоллардан бирида доно кишини ИКС қилиш,
чўпонлардан йўл кўрсатувчи қилиш кераклиги айтилган. Изоҳ
сўнггида ИКСнинг кечикканидан суюн, деган мақол ҳам
келтирилган. Савол: ИКСни бир сўз билан айтинг!
Жавоб: Элчи.
Изоҳ: "Элчига ўлим йўқ" мақолига изоҳ берилар экан, элчини
ўлдирмаслик кераклиги халқаро қонун ҳукмига киргани айтилади.
Шунингдек, ўзбекларда "Донодан элчи қил, чорводан йўлчи қил"
деган мақол ҳам бор экан. "Элчининг кечикканидан суюн" деган
мақолнинг маъноси эса, агар бирор жойга юборилган элчи кўп
қолиб кетса, демак уни қабул қилишган ва маслаҳашишмоқда, агар
элчи дарров ортга қайтса, у қабул қилинмаган бўлади, дегани экан.
440-бет алифбонинг охирроғидан қидиришга ёрдам сифатида
айтилган эди.
Манба: "Ўзбек мақолларининг изоҳли луғати" 440-бет.
Савол муаллифи: Хушнуд Худойбердиев.
2-тур, 10-савол, Савол№ 25. Италиялик мураббий Карло
Анчелотти Реал Мадрид клубини мамлакат чемпионига
айлантиргандан сўнг Анчелотти Европанинг топ ҳисобланган 5 та
лигасида чемпионликни қўлга киритган биринчи мураббийга
айланди. Бу ҳақда ёзган ижтимоий тармоқдаги саҳифалардан бири
мураббийни буюклигини, қўлидан ҳар қандай иш келишини
ифодалаш учун Анчелоттини У билан ифодалайди. УНДА бешта
мамлакатнинг футбол чемпионатлари рамзлари тўпланган бўлиб,
қўшимчасига УНИНГ марказида Европа чемпионлар лигасининг
логосини ҳам учратиш мумкин эди. Савол: УНИ иккита сўз билан
ёзиб беринг!
Жавоб: Танос қўлқопи.
Қабул: Абадийлик қўлқопи.
Манба: https://www.instagram.com/p/Cc-1zgMIOU7/?
igshid=YmMyMTA2M2Y=
Савол муаллифи: Умид Наримов
2-тур, 11-савол, Савол№ 26. Тушлар таъбирига ихтисослашган
"Сонник" сайтига кўра, тушда БУ ИШНИ ҚИЛИШ ёмон белги
бўлиб, қандайдир кўнгилсиз воқеа бўлишини билдиради. Mail.ru
форумида бир фойдаланувчининг "БУ ИШ ҚИЛИНГАНДАН сўнг у
яшаб кета оладими?" дея берган саволи бошқа
фойдаланувчиларнинг ғазабини қўзғатган. Таъмирлашни
ўргатадиган "Кинескоп76" YouTube каналидаги видеода рамзий
маънода БУ ИШ ҚИЛИНГАЧ унинг сезувчанлиги ошади ва
яхшироқ ишлашни бошлайди. 1977 йилги бир асар қаҳрамони БУ
ИШНИ ҚИЛГАНИНИ тан олган. Савол: БУ ИШНИ 3 та сўз билан
ёзиб беринг.
Жавоб: Сичқонни думини кесиш.
Изоҳ: Тушда сичқоннинг думини кесиш ёмонлик белгиси экан.
Mail.ru форумида сичқонни думини кессам, у яшаб кета оладими?
мазмунидаги савол берган фойдаланувчини ҳамма ҳақорат қилиб
ташлаган. Кинескоп76 каналида эса компьютер жиҳозининг сими
калталатилгандан кейин яхшироқ ишлай бошлайди. "Шум бола"
фильмидаги эпизодда Қоравой жуда кўп ишлар қаторида
сичқоннинг ҳам думини кесганини бўйнига олади.
Манба: https://www.sunhome.ru/dreams/Отрезали+хвост+мыши
https://otvet.mail.ru/question/189636149
https://youtu.be/W2rA06aWC6Q
https://youtu.be/IN_YECwjY6g
Савол муаллифи: Хушнуд Худойбердиев.
2-тур, 12-савол, Савол№ 27. Дуплет.
Тарқатма материал.
Дуплетнинг 1-саволи. Ўйинни бир юришда тугатиш учун ЧАП
ОЁҚНИ КЎТАРИШ керак. Савол: ЧАП ОЁҚНИ КЎТАРИШ сўзлари
билан алмаштирилган иккита сўзни топинг!
Дуплетнинг 2-саволи. Жалолиддин Мангубердининг қўшинида
отлиқ лашкарлар қилич ва сўйил билан қуроллантирилган. Жанг
вақтида вазиятдан келиб чиқиб отлиқ қўшинга қарши ЎНГ ОЁҚНИ
КЎТАРИШ талаб қилинган. Шуни кўзлаб улар найза билан ҳам
қуроллантирилган. Савол ЎНГ ОЁҚНИ КЎТАРИШ сўзлари билан
алмаштирилган иккита сўзни ёзиб беринг
Жавоб: 1. Отга чиқиш. 2. Отдан тушуш
Қабул: Отга айланиш ва Пиёдага айланиш.
Изоҳ: Бир юришда ўйинни тугатиш учун B7 катагидаги оқ пиёда
отга чиқиши лозим. Шунда қоралар мот бўлади. Одатда отга чиқиш
учун дастлаб чап оёқ кўтарилади. Отдан тушиш учун эса дастлаб ўнг
оёқни кўтариш лозим.
Манба: http://www.adolatgzt.uz/society/5394
Савол муаллифи: Умид Наримов.
2-тур, 13-савол, Савол№ 28. Бир сербиялик ёзувчининг
қахрамонини фикрича, бойлик – кишига ҳаётда ёпишган ҳар
қандай ТАЛАБАНИНГ ҚАРЗИНИ яшириб кетади.
Диққат савол: ТАЛАБАНИНГ ҚАРЗИ сўзлари билан
алмаштирилган битта сўзни ёзиб беринг!
Жавоб: Дум.
Изоҳ: Сербиялик ёзувчи Бранислав Нушич эди. Унинг қахрамони
эса 1-турнинг 13-саволида эслаб ўтилган “Думли одам” ҳикоясидаги
асосий персонаж. Биламизки олий таълим муассасаларида
талабаларнинг бирор бир фандан вақтида топширмаган
вазифалари, академик қарзлари дум деб аталади.
Манба: http://www.brend.uz/uzk/adabiyot/dumli_odam_1274
https://vg.mfua.ru/news/detail.php?ID=4151
https://kursar.ru/chto-delat-s-hvostami
Савол муаллифи: Умид Наримов.
2-тур, 14-савол, Савол№ 29. Ўзбекистонда ИКСнинг шаҳар,
қишлоқ, тоғ, қирғоқ каби турлари бор. ИКС ҳақидаги афсоналарда
турнанинг қаноти эслаб ўтилади. 2008 йили Эстонияда 100 крона
номиналдаги платина тангаларнинг реверс қисмида 3 та ИКС
тасвирланган. Ишончимиз комилки, ИКСлар хизматидан сиз ҳам
фойдалангансиз.
Диққат савол: Сиз ИКСлар хизматидан қаерда ёки қачон
фойдаланасиз?
Жавоб: Заковат турнирларида
Изоҳ: юртимизда шаҳар қалдирғочи, қишлоқ қалдирғочи, тоғ
қалдирғочи, қирғоқ қалдирғочи каби турлари учрайди. Ота-
боболаримиз афсоналарида жажжи қалдирғочлар узоқ ўлкаларга
турнанинг қанотида бориб келишади, деган қараш мавжуд.
Қалдирғоч қуши Эстония давлати рамзи ҳисобланади. Заковат
турнирларида жавобларни йиғиб келувчиларни ҳам “қалдирғочлар”
(ласточки) дейишади. Шу сабабли ҳам биз аниқ ишонч билан улар
хизматидан фойдалангансиз дедик. Фурсатдан фойдаланиб, бугун
жавоб варақаларини йиғиб келган ходимларимизга
миннатдорчилик билдириб қўямиз.
Манба: https://qomus.info/encyclopedia/cat-q/qaldirgochlar-uz/
https://saviya.uz/ijod/publitsistika/qaldirgoch/
https://www.wikiwand.com/ru/Памятные_монеты_Эстонии
Савол муаллифи: Хушнуд Худойбердиев.
2-тур, 15-савол, Савол№ 30. Кристофер Ноланнинг “Престиж”
фильмида икки кўзбойлоғичнинг ўзаро рақобатини кўриш мумкин.
Улардан бири рақибини батамом йўқ қилиш учун режа тузади.
Режага асосан кўзбойлоғич ўзининг сўнгги концерт дастурида вафот
этиши керак эди. Савол: У ўзининг бу чиқишини қандай
номлаганини қўшма сўз иштирокидаги иккита сўз билан ёзиб
беринг!
Жавоб: Оққуш қўшиғи.
Қабул: Оққуш ашуласи ва бошқа оққуш қатнашган синоним
жавоблар.
Изоҳ: Оққуш қўшиғи ибораси бирор-бир инсоннинг ўлимидан
олдин ёки фаолиятини якунлашдан олдин яратган ижод асарига
нисбатан қўлланилади. Биз ҳам ҳали узоқ умр кўришни ният қилиб,
бугунги ўйиндаги сўнгги саволимизни Оққуш қўшиғи билан
якунлаймиз.
Манба: “Престиж” (The Prestige) https://kinogo-net.la/739-prestizh-
2006.html
Савол муаллифи: Умид Наримов
Ekspromt jamoasi navbatchilik
savollari.
June 13, 2022

Barchaga xayrli kech! “Zakovat” intellektual klubi 2022-yilgi turnir


doirasidagi yozgi mavsum o’yinlarining 2-turini Ekspromt jamoasi olib
boradi. Bugungi o'ynaladigan savollar paketini tuzish, to'plash, tahrir qilish
va tekshirishda faol qatnashganliklari uchun Madina Mirzaraxmatova,
Nodira Bahromova, Nazokat Abdusayitova, Muazzam Shoumarova,
Maysara Ochilova, Abdulaziz Sultonovga minnatdorchilik bildiramiz.
Savollar paketi muharriri: Abdulaziz Sultonov Jamoalarga eslatma: savol,
uning javobi va izohini e'tibor bilan eshitshingizni so'raymiz. Savoldan oldin
yoki keyin aytiladigan so'zlar ham savolga aloqador bo'lishi mumkin. Agar
aloqadorlik bo'lmasa, bu holat boshlovchi tomonidan ogohlantiriladi.
Barchangizga omad tilagan holda o'yinlarimizni boshlaymiz.
[Boshlovchiga: 35-savolgacha bo’lgan istalgan 4 ta tarqatmali materialning
orqa tominiga P, A, Z, L harflari aralash tarzda qo’shib chiqarilsin]

1-tur.
1. Biroz g'alati bo'lsa-da, poytaxtda emas, Sverdlovskda joylashgan BU
INSON ning muzeyida o'rnatilgan sensorli ekranlarda "Chelyuskin"
ekipajini qutqarilishi haqida", "Chkalovning Shimoliy qutb ustidan uchib
o'tishi", "Kosmosdagi ilk inson parvozi haqida" kabi yozuvlarni ko'rish
mumkin. Ma'lumotlarda keltirilishicha, BU INSON mashq qilganda,
assistenti qo'lidagi qog'ozni qiya yoki teskari holda tutib turgan ekan.
Diqqat savol: Siz bizga BU INSONni emas, uning eng mashxur
iborasini yozib bering.
To'g'ri javob: "Moskvadan gapiramiz!".
Izoh: Mashxur "Davlat ovozi" Yuriy Levitan urush voqealaridan tashqari
ko'plab muhim voqealardan ham xalqni birinchi bo'lib xabardor qilgan.
U har qanday vaziyatda matnni o'qiy olishi uchun qog'ozni turli
holatlarda tutgancha bexato o'qishni mashq qilgan. Levitan radio orqali
o'qigan barcha nutqlarini "Diqqat, Moskvadan gapiramiz" deya
boshlagani ma'lum. Biz ham Yoshlik kafesidan gapiramiz, deya bugungi
navbatchilikni boshlaymiz.
2. [audio metrial – A. Vivaldi, “Yil fasllari” simfoniyasi, “Yoz”ning
boshlanishi]
IKS da shimol shamoli Borey kelganidan so`ng, cho`ponning nolishlari
tasvirlangan. Aytish mumkinki, biz ham hozir IKS damiz. D/s: IKS ni 2
so’zda yozib bering.
Javob: Yozning boshlanishi
[apellyatsiya komissiyasi a’zolari tomonidan “yoz fasli” javobi
qabul qilindi]
Izoh: Vivaldining Yil fasllaridagi Yoz qismining boshlanishida kuchli
shamol keladi va bundan cho`pon yigit qiynalayotganligi tasvirlanadi.
Antonio Vivaldi bilan birganlikda biz ham yozgi mavsumni boshladik.
Manba: https://ru.wikipedia.org/wiki/Времена_года_(Вивальди)
3. Diqqat, savolda almashtirish bor! Bir hikoya qahramoni sinfga yangi
kelgan qizning chiroyi va istarasi haqida gapirar ekan, o'zini va
kursdoshlarini SAYYORA larga qiyoslaydi.
Diqqat savol: Pol Gogenning SAYYORALAR tasvirlangan kartinasida
SAYYORALAR dan tashqari yana kim tasvirlangan?
Javob: Vinsent Van Gog
Izoh: Savolda sayyoralar so’zi bilan kungaboqar so’zi almashtirilgan. Qiz
xuddi quyosh kabi hammani o'ziga qaratadi. Yigitlar esa kungaboqar kabi
undan ko'z uza olishmaydi. Gogenning "Kungaboqarlar va rassom"
kartinasida "Kungaboqarlar"ni chizayotgan Van Gog tasvirlangan.
Ma’lumki, sayyoralar harakati ham quyoshga bog’liq.
Manba:https://kulturologia.ru/blogs/141017/36319/
4. [Tarqatma material]
____________________________
Horror Show
Cock dealer
Pale man
Chess Knock
____________________________
Talaba Elua Fuke BU ISHNI QILISHni boshlashiga sabab sifatida
Napoleon urushlarini umumiy tarixiy afsona deb hisoblashini keltiradi.
Tarqatma materialdagi birikmalar ham BU ISHNI QILISHda yordam
beradi. Bu ishni qilish oʻrnidagi soʻzlarni toping.
Javob: Rus tilini oʻrganish.
[apellyatsiya komissiyasi a’zolari tomonidan “ruscha talaffuzni o’rganish
javobi qabul qilindi”]
Izoh: Fuke fransuz va u Napoleon davri tarixini ikkala taraf manbalari
orqali oʻrganishni reja qilgan. Tarqatmadagi jumlalar rus tilidagi
"хорошо", "как дела?", "пельмень", "чеснок" kabi soʻzlarni eslab qolish
va talaffuz qilishda yordam beradi.
5. Falastinlik dehqon Emad Burnat tomonidan suratga olingan real
voqealarga asoslangan xujjatli filmda falastinliklar hayoti tasvirlangan.
Epizodlardan birida bosh qahramonning hayotini otilgan o'qdan U
qutqarib qoladi. UNI bir so'z bilan yozib bering.
Javob: Kamera
Izoh: "5 ta siniq kamera" deb nomlanuvchi filmning kulminatsion
epizodida Emadning kameralariga o'q va toshlar otiladi. Shulardan biri u
tarafga yo'naltirilgan edi va qo'lidagi kamera uning hayotini qutqarib
qoladi.
Manba:
https://ru.m.wikipedia.org/wiki/5_разбитых_камер
6. [preambula] Javob varaqalariga yozayotgan bilimdonlardan
javoblarni tushunarliroq yozishlarini so'raymiz. Siz bizga yordam
bering. Biz sizning hisobingizga balingizni to'g'ri kiritaylik. Keyingi
savol.
Imo haqidagi maqolada qarg'alarning o'lik o'lja ustida uzoq vaqt aylana
bo'lib uchib turishlari va bo'ri izlarini tez payqashlari keltirilgan. Savol
matnidagi bir so'zda harflar tushirib qoldirilgan. Shu so'zni yozib bering.
Javob: Simbioz
Izoh: qarg'alar bo'rilarga, bo'rilar esa qarg'alarga o'lja topishga yordam
berishadi. Bunday holatlar fanda simbioz deb nomlanadi. Savoldan oldin
siz bizga, biz sizga yordam qilishimiz haqida aytib o'tganimiz balki
javobga yo’naltirgandir.
Manba: https://zen.yandex.ru/media/luchik/volki-i-vrony--simbioz-ili-
drujba-narodov-617e6d9ea1b9e1203477d3b1
7. Iren Lentidjini qahramoni bo'lgan ayol aslida hech qachon erini
sevmagani, uning boyligiga uchganini tan olar ekan, muallif bu ayol
bolaligida BU ISHni qilishni yaxshi ko'rganini yozadi. Filippindagi
Borakay orolida qanchalar g'alati bo'lmasin bu ishni qilish mumkin
emas. BU ISH ni bir harfdan boshlanuvchi 3 so'zda yozib bering.
Javob: qumdan qasr qurish
Izoh: ayol aslida muhabbat emas boylik tufayli turmushga chiqqani va
bu vaqt ichida aslida baxtli bo'lmagani, o'zini aldagani haqida o'ylaydi. U
bolaligida qumdan qasr qurishni yaxshi ko'rardi, katta bo'lgach
haqiqiysini xohlaydi. Turistik plyaj shahar bo'lgan Borakayda esa
turistlarning sevimli mashg'uloti bo'lgan qumdan qasr qurish
ta'qiqlangan.
8. Saratovda joylashgan bolalar markazining reklamasida yoʻlbars (r
harfiga urgʻu berib oʻqilsin) tasvirlangan. Ushbu markaz faoliyat olib
boruvchi soha vakillaridan birining ism-sharifi Paula-Iraid
Kleynsistshtotdeln. Ushbu soha nomini kelib chiqishi yunoncha soʻz
bilan ayting.
Javob: Logopediya
Qabul: Defektologiya
Izoh: Bolalarda koʻpincha uchraydigan nutq defekti "r" harfi talaffuzi
bilan bogʻliq, reklamada logipediya markazi farzandingizga "Тигр",
"Yoʻlbars" soʻzini toʻligʻicha talaffuz qila olishga yordam berishi
taʼkidlanadi. Logoped ayolning ism-sharifini talaffuz qilishning oʻzi bir
mashq
9. [Tarqatma dupletning 2-savoliga aloqador]
Diqqat, duplet. Duplet mavzusi: tarjima qiyinchiliklari.
1. XIX asr ikkinchi yarmida ingliz matematigi Dojson tomonidan
yozilgan bu kitobning rus tilidagi tarjimasida bosh qahramon ismi
Sonyaga aylanadi. Ammo kitob nomida qizaloq bahaybat mavjudotlar
makoniga borgani haqida hech qanday ishora yo'q. Asar nomiga ko'ra,
bosh qahramon qayerda bo'lganini ayting?
2. Tarqatmada surati berilgan ko'cha do'konlaridagi qo'rqinchli narxlar
haqida aytar ekan, savol muallifi tashqi manzaradan kelib chiqib, XX
asrning ikkinchi yarmidagi bir detektiv filmni eslab o'tadi. Film nomiga
ko'ra, voqealar qayerda bo'lganini familiya qatnashtirmagan holda o’zbek
tilida ayting.
Javob:
1. Mo’jizalar mamlakatida
2. Qayrag’ochli ko’chada (Qayrag’och ko’chasidagi daxshat).
Izoh: ilk bor rus tiliga "Соня в стране дива" deb tarjima qilingan
mashxur asar nomi o'zbek tilida ko'pincha "Sonya devlar mamlakatida"
qabilida keladi. Aslida esa, "див" - g'aroyibot degan ma'noni
anglatadi. Ko'cha bo'ylab qayrag'och daraxtlari ekilganini ko'rib turibsiz.
Ues Kreyvenning 1984-yilgi filmi ham "A nightmare on Elm street" filmi
rus tilida "Кошмар на улице Вязов" bo'lib kelgani sabab o'zbek tilida
Vyazov ya'ni "qayrag'ochlar" so'zi xato tarzda familiya sifatida olinib,
"Qayrag'och ko'chasidagi daxshat" emas, "Vyazov ko'chasidagi daxshat"
deb tarjima qilib kelinadi.
10. Savolda “Rostdan ham shunday” so`zlari boshqa uch so`zga
almashtirilgan. Mashxur poytaxtda bir maxsulotning kuniga 2 tonnaga
yaqini chiqindiga chiqarilishi haqidagi maqolada “Rostan ham
shundaymi?” deya savol o`rtaga tashlanadi. Diqqat savol: 1886-yil
tavallud topgan qaysi insonning fikricha Rostdan ham shunday?
Javob: Aleksandr Neverov
Izox: Toshkent shaxrida kuniga 2 tonna yaqin non chiqindiga tashlanar
ekan. Aleksandr Neverov “Toshkent non shaxri” asarini yozgan. Rostan
ham shunday sozlari Toshkent Non shaxriga almashtirilgan edi. "Maqola
esa "Toshkent non shahrimi?" deb nomlangan.
11. Qanchalik qiziq bo'lmasin, 1969-yilda Gonduras politsiyasi qo'lga
tushgan asirlarni IKSlarda saqlashga majbur bo'ladi. Asirlar paydo
bo'lishiga ham umuman olganda IKSlar aloqador. IKSni bir so'z bilan
yozib bering.
Javob: Stadion
Izoh: 1969-yilda Salvador va Gonduras o'rtasida Futbol urushi bo'lib
o'tadi. Futbol o'yini natijalaridan so'ng boshlangan urush asirlarini
stadionlarda konslager qilib saqlashgan.
12. Pushkinning "Yevgeniy Onegin" romanida X lar sizni asar g'oyasidan
chalg'itmaydi, aksincha o'sha davr ruslar hayotini yana ham tushunishga
yordam beradi. Adabiyotga oshno bilimdonlarimizda tez orada Xdan 2
harfni tushurib qoldirish imkoni bo'ladi. Xni 2 so'zda yozib bering.
Javob: Lirik chekinish
Izoh: "Yevgeniy Onegin" romanida juda ko'p lirik chekinishlar bo'lib,
unda Pushkin rus qishloqlari hayoti, xalqning turmush tarzi, shahar
hayoti va uning aholisining odatlarini tasvirlab bergan. Lirik chekinishlar
asar yog'asidan tashqariga chiqmagan aksincha uni yana ham ochib
bergan. Adabiyotga ixlosmand ba’zi bilomdonlar ham berilgan
tanaffusda lirik chekishdan bahramand bo’ladilar deb o’ylaymiz.
2-tur.
13. "Aka uka Grimmlar" guruhinig bir qo'shig’ida qizga berilgan ta’rifga
ko’ra qiz BU ISHni qilish orqali parvoz qila oladi. Qisqa metrajli film
“Memorio”ga berilgan ta’rifda BU ISH faqat bir marta qilinilishiaytiladi.
BU ISHni yozib bering.
Javob: kiprik qoqish
Izoh: Qizning kipriklari shu qadar uzunki, kipriklarni qoqib uchadi.
Filmni esa bir kiprik qoqishda ko’z uzmasdan ko’ra olasiz.
14. Bir zamonaviy asar personaji U YERDA koʻngilli boʻlib faoliyat
yuritadi va doimiy ravishda insonlarda oyoqlari tagidagi vulqonli
tuproqqa qaramay oʻsayotgan daraxtlarga qarashni soʻraydi. Personaj
qayerda ishlashini toping.
Javob: Aokigaxara
Qabul: Dzyukay
Izoh: Fudziyama yaqinida joylashgan ushbu oʻrmon oʻz joniga qasd
qiluvchilar orasida "mashhur". Personaj shu oʻrmon boʻylab aylanib
yuradi va insonlarni bu maqsadlaridan qaytarishga harakat qiladi.
Buning uchun esa oʻrmondagi yomon sharoitga qaramay oʻsayotgan
daraxtlar haqida hikoya qiladi va inson ham har qanday qiyinchiliklarni
yengib oʻtishi mumkinligiga ishontiradi.
15. Pavel Yershov ayollar o`rtacha 6 oy umrini lab bo`yog`i surtishga
ishlatishlarini aytar ekan, U ayollardan ham o`tib tushganligini takidlab
o`tadi. Biografik filmda unga "ko`zlar sevinchi" deya ta`rif beriladi. U
kim?
Javob: Da Vinchi
Izoh: Da Vinchi Jakonda labini 12 yil chizgan. Filmdagi shoir so`zlariga
ko`ra Da Vinchi Ko`zlarimiz sevinchi. 1-turning 3-savoli ham
rassomchilik yo’nalishida bo’lganligi yordam berdi deb umid qilamiz.
16. Ananaga ko'ra, Uning yarmi tortiq qilinadi. Javob tariqasida Uning
yoqimsiz yarmini yozib bering.
Javob: FU
Izoh: Mijozlarga odatda fugu balig’ining yarmi beriladi. Bundan maqsad
oshpaz baliqning ikkinchi qismini yeganligi va hali ham tirikligini
bildirish ekan.
17. HNA aviakompaniyasi o`zining eng ko`p foyda keltirishi mumkin
bo`lgan marshrutdan foydalanish o`sishi uchun kichik regional
marshrutlarga e`tibor qaratganligi haqidagi maqolada asosiy marshrut
IKSga, regional marshrutlar IGREKlarga o`xshatiladi. IKS va IGREKni
bir xil harf bilan boshlanmaydigan lotin tilidan kirib kelgan so`zlar bilan
yozib bering.
Javob: Aorta, Kapilyar
Izoh: Asosiy arteriya - bu Aorta. Odam tanasidagi kichik qon tomirlari
esa kapilyar deb ataladi.
18. Yunus paygambarga berilgan tariflardan biri - Zunnun. Diqqat savol:
1962-yil Life International jurnalida chiqqan savolda Zunnun qaysi xalq
vakili edi?
Javob: Nemis/ German
Izoh: Zunnun - Baliq egasi deya tarjima qilinadi. Yunusni ulkan baliq
yutib yuborgani haqida bilsangiz kerak. 1962-yilda esa Eynshteyn
topishmogi deya mashxur bo'lgan jumboq birinchi bor ommaga taqdim
qilingan. Unga ko'ra, baliqning egasi nemis.
19. Shuncha chempionlikka qaramasdan, 2003-yilda Federatsiya
oldidagi qarzlar sabab "Paxtakor"ning boshlanishi sodir bo'ldi. Mark
Tvenning fikricha, agar qarz olishga urunilmasa, Paxtakorning
boshlanishi sodir bo'lmaydi. Diqqat, savol: Paxtakorning boshlanishi
o'rnidagi ikki so'zni yozib bering.
Javob: Do'stlikning tugashi. "Do'stlik" tugatilishi.
Izoh: Mark Tven "Ovsar Vilson" asarida shunday yozadi: "Do'stlik
shunday muqaddas, shirin, mustahkam va mustahkam tuyg'uki, agar pul
qarz olishga urunilmasa, uni umrbod saqlab qolish mumkin". Ikki karra
O'zbekiston chempioni, O'zbekiston kubogi sohibi, SSSR ligasida 3-
o'rinni egallagan Toshkent viloyatining "Do'stlik" futbol klubi 2003-yilda
O'zbekiston Futbol Federatsiyasi oldidagi qarzlari sabab faoliyatiga
yakun yasadi. Toshkent tarafdan yo'lga chiqsangiz, Jizzax viloyatining
Paxtakor tumani boshlanishida Do'stlik tumani tugaydi.
20. Charli Chaplinning "Sarguzasht shinavandasi" filmi aktyorning
"Mutual" kompaniyasi bilan shartnomasidagi so’nggi filmi edi. Film bosh
qahramonining IKS bo`lganligi qiziq holat. 2005-yilgi serial
qahramonlari ham IKS bo`lishgan. IKS ni bir necha so’zda yozib bering.
Javob: Qamoqdan qochuvchilar
Izoh: Chaplin xuddiku uzoq vaqt shartnoma tufayli ozodlikda
bo`lmagandek. Prison Break serialida aka-uka Skofildlar qamoqdan
qochishadi (Bir necha marotaba)
21. Duplet [Tarqatma dupletning 1-savoliga aloqador]
1. Bu Bolgariyada joylashgan Proxodna g'ori bo'lib o'ziga g'ayrioddiy
ko'rinishi tufayli o'ziga xos nom olgan. D/s: qanday?

2. Qadimgi Misrda ulardan biri Oyni bildirib, oy fazalari o'sha bittasining


yaralanishi bilan izohlangan.Afsonaga ko'ra u Osirisni tiriltirishda
yordam bergan ekan. Uni 2 so'zda yozib bering
Javoblar: 1. Xudoning ko’zi 2. Gorning ko’zi
Izoh: Osirisni o'g'li Gor otasini qutqarmoqchi bo'ladi. Set uni ko'zidan
yaralaydi. Tot uni tuzatgach tabobat va oy xudosi bo'ladi. Gorning sog'
ko'zi quyoshni, yaralangan ko'zi oyni, oy fazalari yaralangan ko'zining
tuzalishini ifodalaydi. Osiris Gorning yaradan tuzalgan ko'zini yutib
tirilgan deyishar ekan.
22. Faqatgina xo'jalik ishlari bilan shug'ullanishgan bo'lsa-da,
Amazonkalar qabilasida ham erkaklar bo'lgani haqida o'qir ekan, savol
muallifi Yangi O’zbekiston bog’idagi salyutni esga oladi. 2021-yildan
boshlab YouTube ijtimoiy tarmog'i videolar ostidagi dizlayklar sonini
berkitishi ham Yangi O’zbekiston bog’idagi Salyut ga olib kelishi
mumkin. Diqqat, savol: Savolda Yangi O’zbekiston bog’idagi salyutbilan
almashtirilgan to'rt so'zni yozib bering.
Javob: Tirik qolganlarning tizimli xatosi.
Izoh: Proza.ru saytida keltirilishicha, Amazonkalar tug'ilgan o'g'il
farzandlarining bir nechasini olib qolib, keyinchalik cho'ponlik, oshpazlik
kabi yumushlarni ularga topshirishgan. Ammo jangga faqatgina
ayollardan iborat qo'shin chiqqan. Tabiiyki, raqiblar ham Amazonkalar
qabilasida faqat ayollar yashaydi, deb o'ylashadi va bu fikr hozirgacha
saqlanib qolgan. YouTube tarmog'idagi videolarda dizlayklar soni
ko'rinmasligi sabab video ommaga qanchalik yoqqan-yoqmagani haqida
faqatgina layklar soniga qarab baho berishga to'g'ri keladi. Xolbuki,
dizlayklar soni layklar sonidan ancha ko'p bo'lishi mumkin. Yangi
O’zbekiston bog’idagi Salyut savoli bilan boshlangan navbatchilikdan
bizni bu "xato"bilan tanishtirgan Jobir Axmedov jamoasiga tashakkur
aytamiz.
23. Bundan taxminan yarim asr oldin Tegusigalpa shahri
mehmonxonalaridan biri oldiga yuzlab odamlar armiyasi to'planib butun
tun davomida bo'sh bochkalarga urib musiqa chalib chiqishgan,
feyrverklar otishgan va mashinalarida signal chalishgan. Diqqat savol:
aniq ayting bu kunning ertasiga nima bo'lishi kerak edi?
Javob: San-Salvador va Gonduras o'rtasiga futbol uchrashuvi
Izoh: Tegusigalpa Gondurasning poytaxti. 1969-yil Gonduras va
Salavador o'rtasida Futbol urushi kelib chiqadi. Muhim futbol o'yini
oldidan mehmon jamoa tunaydigan bino yonida kechasi mehmonlarga
uyqu bermaslik uchun baqir chaqir qilish hozirgi kunda ham amalda. 1-
tur 11-savolida bu ikki jamoa o’rtasidagi uchrashuvida eslab o’tgan edik.
24. Nyuton fazo - bu obyektiv reallik ekanini isbotlash davomida chelak
aylantirish bilan bogʻliq tajriba keltiradi. Tajriba davomida ALFA
oʻzgarishini kuzatish mumkin. "ALFA" premyerasi 2017-yil Venetsiyada
boʻlib oʻtgan. ALFAni ikki soʻzda yozib bering.
Javob: Suv shakli.
Izoh: chelak aylanishi vaqtidagi suvning shakl oʻzgarishini Nyuton fazo
va boʻshliq mavjudligiga isbot tariqasida keltirgan. "Suv shakli" filmining
premyerasi suvga toʻla shaharda boʻlib oʻtgani diqqatga sazovor.
3-tur.
25. XX asr o'rtalarida braziliyaliklar milliy tragediyani eslatmasligi
uchun BU ISHNI QILISHADI. Ushbu tragediyaning sababchisini ayting.
Yo'q, yaxshisi BU ISHNI QILISH so'zlari bilan almashtirilgan so'zlarni
yozib bering.
Javob: Formani o'zgartirish
Qabul: Sinonimik javoblar
Izoh: 1950-yilgi futbol bo'yicha Jahon Chempionatidagi mag'lubiyatdan
so'ng Braziliya termasi o'zining oq formasini amaldagisiga o’zgartiradi.
Savol matnida biz ham savol formasini o’zgartirdik.
26. [27-s ga tarqatma] Yozuvchi Oktav Orvi 1946-yil 27-mart kuni
o`lmaslikka yetishishidan bir kun oldin vafot etgan. Diqqat savol: 28-
martda u qayerda bo`lishi kerak edi?
Javob: Fransuz akademiyasi
[apellyatsiya komissiyasi a’zolari tomonidan Parij javobi qabul qilindi]
Izox: Fransuz akademiyasi azolari "o`lmas" degan nom olishadi. U
akademlikka azo bo’lish nutqidan bir kun oldin vafot etgan.
27. [Tarqatma] Tarqatmada siz Vinsent van Gogning "Oq uy tunda"
kartinasini ko'rib turibsiz. Rasmda sana ko'rsatilmagan bo'lsada kartina
rassomning o'limidan 6 hafta oldin chizilgani aniq. Buni aniqlashda
mutaxassislarga MUHABBAT yordam berdi. Savolda bir so'z boshqasiga
almashtirilgan. O'sha so'zni yozib bering.
Javob: (muhabbat o'rnida) Venera
Izoh: Venera muhabbat ilohasi. Osmonda bir yulduzning bunchalik
katta tasvirlanishi bejiz emas edi. Astronomlar 1890 yil iyun oqshomida
Venera juda yorqin obyekt bo'lganini ma'lum qilishgan.
28. Diqqat, savolda qayiq va tobut so'zlari almashgan.
Internet saytlaridan birida, "Qayiq tobutdan nimasi bilan farq qiladi?"
degan savolga tobutdan suvda ham qayiq o'rnida foydalanish
mumkinligi, ammo qayiq yerga tobut kabi osongina kirmasligi aytiladi.
Diqqat, savol: Kimning qayig'i tobut o'rnida qabul qilinganda
sargardonliklariga chek qo'yiladigan yerga borishi bashorat qilingan edi?
Javob: Odissey.
Izoh: Qayiq va tobut o'rnida almashgan so'zlar - eshkak va belkurak.
Sprashivalka.com saytida 'eshkak belkurakdan nimasi bilan farq qiladi?"
degan savolga ko'pchilik foydalanuvchilar "belkurak bilan suv haydash
mumkin, ammo eshkak bilan kartoshka ekish amrimahol" qabilida javob
qaytaradilar. Odisseyga esa odamlar dengizdagi sargardonligi ramzi -
eshkakni quruqlik, yerda qo'nim topish ramzi belkurak deb o'ylashgan
joyda hotirjamlikka erishishi bashorat qilinadi. "Qanday belkurakni
eltmoqdasan, ey, ajnabiy?" savoli Odisseyga Fesprotiyaliklar yoki
epirotiyaliklar tomonidan beriladi.
29. Jonni Deppning Ember Herdgacha va undan keyin bo'lgan
munosabatlaridagi ayollarning hech qaysisi Ember Herd kabi
qiynalganligi haqida bir og'iz ham gapirmaganligini aytishar ekan, Jonni
Depp advokatlari bu holatni IKSsiz IKS deb atashadi. IKSni 6 belgi bilan
yozib bering.
Javob: #metoo
Izoh: advokatning aytishicha Emberd Herd Gollivudda ko'paygan
ayollarga nisbatan shavfqatsizlarcha munosabat qilish haqida
keyslardan, jumladan Vaynshteyn va Kevin Speysi keyslaridan
ilhomlanib Jonni Deppni ham ayblagan. Lekin, bu keysda Ember Herdga
#metoo (men ham) deydigan odam topilmagan. Ayollarga bo’lgan
zulmga qarshi harakat heshtegi 2017-yil oktyabrdan keng qo’llanila
boshlagan.
30. [31-savolga tarqatma]Toshkent kimyo-texnologiya universiteti
talabalari Navruz bayramiga atab yaratgan “Assalom Navruz” nomli
plakatida Mishyak va Natriydan foydalanadi. Diqqat savol: xuddi shunga
o`xshash xolatda mashur serial yaratuvchilari nimalardan foydalanadi?
Diqqat savol: xuddi shunga o`xshash holatda mashur Amerika
kriminal-drama seriali yaratuvchilari qaysi 2 elementdan foydalanadi?
Javob: Brom va Bariy
Izoh: Assalom Navruz so`zlaridagi As - Mishyak va Na - natriy alohida
belgilanib yozilgan. Breaking Bad seriali posterlari esa Br va Ba yani
Brom va Bariy elementlari ajralib yozilishi bilan mashhur.
31. [Tarqatma] Karl Venigning ushbu kartinasida bir haqiqat ma'lum
bo'ganidan keyingi xalq qo’z’goloni vaqti tasvirlangan. Diqqat savol:
1973- yilgi qaysi manbada ham bu haqiqat ma'lum bo'lishi tasvirlangan?
Javob: "Ivan Vasilyevich o'z kasbini o'zgartiradi"
Izoh: Karl Venigning bu suratida o'zini Ivan Grozniyning avlodidan deb
tanishtirib, hukmdorlikni egallagan Ljedmitriyning soxta shohligi
ma'lum bo'lgach, o'lim oldi onlari tasvirlangan. "Ivan Vasilyevich o'z
kasbini o'zgartiradi" filmida ham ziyofatdan keyin boyarlardan biri
tomonidan aytilga "Aytishlaricha, shox soxta ekan" iborasi barchangizga
yaxshi tanish.
32. "Qor orasidan" seriali voqealari eko-katastrofadan so`ng butun
dunyo muzlashi va odamlarning tashqi dunyoga chiqa olmasliklari
haqida. Epizodlardan birida bu ish sodir bo`lganidan so`ng, serial
qahramonlari hayot o`z o`rniga qaytishi mumkinligiga umid qilishni
boshlashadi. Diqqat savol: qaysi san’atkor o’zining qo’shig’ida BU ISH
sodir bo’lgandan so’ng qarindoshiga murojaat qiladi?
Javob: Alisher Fayz
Izoh: Antiutopik serialda havo shu qadar sovuqki hatto qor yog`ishi
uchun ham imkoniyat yo`q. Qor parchalari tushganidan so`ng esa
qahramonlar havo isayotganligini sezishadi. Alisher Fayz o`zining
ashulasida qor yog`ganidan so`ng tog`asiga qorbobo qurib berishini
so`rab murojat qiladi.
33. Kip Tornning bir paradoksni tushuntirishicha, FAMILIYANI
O'ZGARTIRISH uchun vaqt mashinasining muayyan nuqtaga qo'nishi
yetarli ekan. Bir badavlat yozuvchining 85 yillik yubileyi bilan
boshlanadigan detektiv filmda amakivachcha bo'lgan Jeykob, Meg va
Ketrin Trombilar FAMILIYANI O'ZGARTIRISHda ayblanadi. Diqqat,
savol: FAMILIYANI O'ZGARTIRISH o'rnidagi so'zlarni yozib bering.
O'tgan yili Chelyabinskda bir yigit yaxshi niyatda BOLTANI
CHARXLAGANINI tushuntirar ekan, ham qarilik, ham tuzalmas kasallik
bilan yashash azobliroq bo'lishini aytadi. Familiyasi "atirgul maydoni"
ma'nosini beruvchi bir shaxs to'satdan ta'kidlashicha, u tongda
BOLTANI CHARXLAGAN. Boltani charxlash o'rnidagi so'zlarni yozib
bering.
Javoblar:
1) Boboni o'ldirish(o'z bobosini o'ldirish)
2) Buvini o'ldirish (o'z buvisini o'ldirish)
[apellyatsiya komissiyasi a’zolari tomonidan “kampirni
o’ldirish” javobi qabul qilindi]
Izoh: O'ldirilgan bobo paradoksiga ko'ra, o'tmishga qaytib, bobongizni
o'ldirsangiz, siz tug'ilmaysiz. Siz tug'ilmagan bo'lsangiz, bobongizni
o'ldira olmaysiz. Rayan Jonsonning "Qinidan chiqqan pichoqlar" filmida
qariya Xarlan Trombining vafotida barcha oila a'zolari, shuningdek,
nabiralari ham shubha ostiga olinadi.
Chelyabinskda yosh yigit qand kasalligi sabab nogiron bo'lib qolgan
buvisini azoblardan halos qilmoqchi bo'ladi va uni bo'g'ib o'ldiradi.
Franklin Ruzvelt esa hamsuxbatining e'tiborini o'ziga qaytarish uchun
"Men ertalab buvimni o'ldirdim" (i murdered my grandmother this
morning) iborasini ishlatgani mashxur.
34. Fors maqoliga ko‘ra, tog‘ni U bilan teshib bo‘lmas ekan. Bir o‘zbek
maqolida esa U tuya hajmi bilan taqqoslanadi. D.S: U ni topgan
bo‘lsangiz, U nda eng katta boyligini saqlagan personajni ayting.
Javob: O’lmas Koshshey
Izoh: savolda U deya ignaga ishora qilingan. Koshsheyning tuxumda
saqlanadigab ignadagi joni hammamizga ma’lum.
35. Sher yozishda har bir so’zni to’g’ri joylashtirish muhimligini aytar
ekan, zamonaviy shoiralardan biri she’r yozishni bu ishni qilishga
qiyoslaydi. Sizda ham bu ishni qilish imkoni mavjud deb o'ylaymiz. Bu
ishni qilishni yozib bering.
Javob: Pazl yig’ish
Izoh: Shoira she'r yozishni pazl terishga o'xshatgan. Biror element o'z
o'rniga qo'yilmasa pazl tasviri to'g'ri chiqmaydi. She'rda ham har bir so'z
o'z o'rnida qo'llanishi kerak, ortiqcha so'z yoki yetmay qolgan bo'g'in
she'rning badiiy yuksakligiga halal beradi. Oldingi savollarda berilgan
tarqatma materiallarining orqa tarafidagi harflarni birlashitirib sizlar
ham pazl so’zini yig’ishingiz mumkin edi.
36. BTS guruhining bir qo`shig`ida guruhning erishgan yutuqlari va
millionlab muxlislari tilga olingan. Barak Obama ushbu qo`shiqdan
ilhomlanib, Oq Uydagi so`nggi nutqidan so`ng BU ISHni qiladi. Diqqat
savol: BU ISHni yozib bering.
Javob: Mikrafonni yerga tashlash.
Izoh: Mic Drop qo`shig`i BTS guruhining triumfi haqida. So`nggi
vaqtlarda, chiqish so`nggida mikrafonni yerga tashlab yuborish
muvaffaqiyat ma`nosini beradi. Obama ham 2016-yil Oq Uydagi so`nggi
nutqida 8 yil davomida erishgan yutuqlari evaziga Mic Drop qilib saxnani
tark etadi. Ekspromt jamoasi navbatchiligi o’z nihoyasiga yetar ekan,
boshlovchi ham qaysidir ma’no mikrofonni yerga tashladi.
No Comment Jamoasining
navbatchilik savollari
June 22, 2022

I TUR.
1. Negadir Boks hakamlari bu ishni qilishmaydi. Bir katta konsertga
brogan Jenisbek Piyazov yarim hazil, yarim chin ma’noda:” bu ishni
qilishim shartmi?” deb aytadi.
Diqqat savol: Bu ishni qilish deyilganda nima nazarda tutilgan
Javob: Mikrafonni olish.
Izoh: Avvalgi turda, Ekspromt jamoasi oxirgi savolda, “mikrofonni yerga
tashlagan” edi. Biz esa uni qayta oldik va navbatchilikni boshladik.
2. Matematikada alfani kelib chiqishi Buyuk Alloma Al-Xorazmiy
bog’liqdir. U o’zining barcha asarlarida IKS uchun arabcha “shei” so’zi
ifodalagan. Uning asarlari ispan tiliga tarjima qilinganida “shei” so’zi
“xei” ga almashadi vaqt o’tib hozirgi holatga yetib keladi.
Savol: Gap nima haqida ketmoqda
Javob: X.
Izoh: Savolda ham IKS deb deyarli javobga ishora qilgan edik.
3. Qizil g‘ishtdan qurilgan ushbu uy 1920 yilda georgian uslubida
ishlangan bo‘lib, uyda to‘rtta yotoqxona, xar bir yotoqxonada esa o‘z
yuvinish xonasi bor. Bundan tashqari xaqiqiy o‘tin yoqiladigan kamin va
marmar zina mavjud. 2021 yilning dekabr oyida Airbnb saytida ushbu
uyni bir muddat ijaraga olish imkoniyati paydo bulgan. Aytingchi,
bolalaikni eslagan holda bu uyda qaysi mashxur oila istiqomat qilgan?
Javob: Makkalisterlar oilasi
Izoh: “uyda yolg’iz” filmi haqida gapa ketmoqda. Xonadondagi 4 ta
yotoqxona va dekabr oyi hamda yoshlik so’zlari ishora edi.
4. (Tarqatma)
Qarshingizda Tarixiy obidalardagi to’sinlarni ko’rib turibsiz.
Savol: Nega aynan teg qismi shunday ingichka qilib yasalgan
Javob: Zilzilaga bardoshlilikni oshirish maqsadida
5. Oy (Qamar) surasining birinchi oyatidan Qur’on yakunigacha 1389
oyat bor. Bu raqamlar bejizga berilmadi. Ulamolar Buni Quronning
ilohiy kitob ekanligini yana bir isboti o’laroq deb aytishadi.
Diqqat savol: 1389 soni aynan nimani bildiradi?
Javob: Taajubki, inson Oyga ilk qadamini hijriy 1389 yili bosgan.
6. G’ofur G’ulom “Xotin” sheʼridan: So’zda almashtirish bor.
Yuzing hasratida hatto koʻziga
Supurgi ishlatmagan yigitlar ham bor.
Savol: Supurgi ishlatmagan so’zlari o’rniga, 3 ta so’z yozib
bering
Javob: Oʻrgimchak in qoʻygan
7. Mashhur fizik, Nobel Mukofoti sovrindori Albert Eynshteyn aytgan
edi: “Ilm dinsiz X dir. Din ilmsiz Y dir.” Versiyalardan biriga ko’ra
O’zbekistondagi bir hudud nomi Y va X larni birlashishidan kelib
chiqqan ekan.
Savol: SIz bizga X va Y ni emas, balki hudud nomini yozib bering.
Javob: Gurlan.
Izoh: X – bu Cho’loq ya’ni lang, Y – bu ko’r. Y va X esa Ko’rlang yani
Gurlang kelib chiqadi.
8. Bir o'zbek adibi o'zining eng mashhur asari haqida gapirib, unda o'z
onasining timsolini, tashvishlar ostida ham begam hamqishloqlari
timsolini va albatta odamlarning maummosini yengillatishga harakat
qilayotgan ziyoli timsolini gavdalantirganini aytadi.
Savol: Gap qaysi asar haqida bormoqda?
Javob: "Temir xotin"
Izoh: Savol matnida Qumri, Qo'chqor, Olimjon haqida gap ketdi.
9. Birinchi jahon urushi davrida bastakor Igor Stravinskiyga mashhur
rassom sovg`a qilgan bastakorning portreti Bojxonada
musodara qilinadi. Sababi suratdagi tushunarsiz belgilar ba’zi maxfiy
obyektlarning rejasi bo’lsa kerak, degan shubha paydo bo’lgan edi.
Savol: sovg`a kimdan bo’lgan?
Javob: Pablo Pikassodan
Izoh: P. Pikasso rassomchilikdagi “kubizm” yo’nlishining asoschisi
hisoblanadi). Rasmdagi kichik kublar obyekt kabi Shubha tug’dirgan.
10. Bag'dodda Surramanro' degan joyda shialar bir marosim
o'tkazishadi. Ular bir otni bezashadi, tog' oldiga olib borishadi va BU
ISHNI QILISHADI. BU ISHNI QILISH natijasiz tugagach, bir haftadan
keyin yana takrorlashadi.
Savol: BU ISHNI QILISH o'rnidagi bir necha so'zni yozib bering.
Javob: Imom Mahdiyni kutish
11. Portlandda «Shanxaychi» degan so’z bo‘lgan. Bu ko‘chada
zo‘rlavonlar tomonidan mast yoki xech kimi yo‘q insonlarni o‘girlab
ketilardi. Va ular dastlab majburiy kiynoklarga solingan so‘ngra ularni
kemalarga ishchi qilib sotib yuborishgan. Va ishchi qullar kemada ogir
ishlarda ishlatilgan. 1915 yilga kelib bu jinoiy faoliyat tugatilgan. Agar bu
faoliyat polisiya yoki jamoatchilik aralashuvi sabab tugatilmagan bo‘lsa,
nima sababdan tugatilgan.
Javob: Texnika rivojlanishi. Bug’ kemalarini kash qilinishi kabi javoblar
qabul qilinadi.
Izoh: 1915 yilga kelib bug kemalar ommalashib bulgan edi. Endi bu
kemalarga kamrok va bilimli ishchilar talab etilgan. Bu o‘z o‘zidan
«Shanxaychi» qullarga talabni tushirib yuborgan.
12. To'qson o'rtasida... Ovloq ovulda
Xudoyqul hammadan oldin gulladi.
Siz Eshqobil Shukurdan ikki misrani ko'rib turibsiz, She'rdagi "to'qson
o'rtasida" ifodasi voqeaning qish fasli o'rtalarida ro'y berganini, "ovloq
ovulda" ifodasi esa voqea vohaning chekka qishloqlaridan birida ro'y
berganini anglatadi. Ikkinchi satrdan esa Xudoyqul ismli bola vafot
etganini tushunib olamiz.
Diqqat savol: Xudoyqul vafotiga nima sabab bo'lgan?
Javob: qizamiq. Chechak kabi kasalliklar
Izoh: Xalq tilida qizamiq toshsa "gul toshibdi" deyish hali ham uchraydi.
II TUR.
13. Ukrainadagi urush fonida xamda kullanilayotgan sanksiyalar sabab
Rossiyada ko‘plab firmalar moliyaviy kiyinchiliklarga duch kelib o‘z
faoliyatini qisqartirmoqda yoki yakunlamoqda. Ushbu vaziyat musiqa
sanoatini xam chetlab o‘tmadi, xususan Black Star leybli xam xodimlarini
ishdan bo‘shatmoqda. O‘shbu vaziyatdan xabar topgan bir mashxur
telegramdagi yangiliklar aggregatori bu xabarni o‘z obunachilari bilan
bo‘lishar ekan, leybl nomini vaziyatga moslab o‘zgartirganini ko‘rish
mumkin.
Savol: Ikki so‘zdan iborat bo‘lgan o‘shbu so‘zni yozib bering!
Javob: Black Hole (Kabul kilinadi: Kora tuynuk, Chernaya dir
14. “Oyning qulashi” fil'mida Oy uz orbitasini tark yetib sayyoramiz
bilan tuknashib ketish yokasiga kelib koladi. Bu esa ommaviy vaxima
uyg‘otadi, ko‘plab insonlar boshpanasiz qoladi. Savol muallifiga kartina
syujeti yakinda sodir bulgan «Oyning kulashini» eslatib yubordi. OAVda
tarqatilgan mishmishlarga ko‘ra yakindagi xodisaga Gemini ning faoliyati
xam sababchi bulishi mumkin.
Savol: Gap nima xaqida ekanligini 1 daqiqadan sung yozib bering.
Javob: Luna kriptovalyutasining birjadagi kulashi.
Izox: Aprel' oyda xar biri 130$ atrofida savdolangan kriptovalyuta may
oyiga kelib 0.001$ dan xam pastga shungib ketishi birjalarda katta
vaxima uygotadi va investorlarga katta zarar keltiradi. Ayrim insonlar
bor budidan ayrilib, ipoteka karzlarini tulay olmay koladi va boshpanasiz
koladi. Gemini esa xedj-fond bulib, OAVlarda uning chaykovchilik
faoliyati Lunaning kulashiga sabab degan mish-mishlar paydo bulgan.
15. Qadimgi slavyanlarning Drema va Ugomon degan xudolari
bulishgan. Ushbu ilohlarga faqatgina bir kasallikka duchor bulganlargina
iltijo kilib murojaat kilishgan.
Savol: Aytingchi ular nimaning ilohi bo’lishgan?
Javob: Uyqu
Izox: Ruslarda xozir xam «dremat' – mizgib olish» va «ugomonis' –
uzingni bos» degan ibora mavjud va keng ishlatilib kelinadi.
16. Iroq misolida U eng korrupsion deb topilgan. Eron misolida esa eng
fojeali, chunki buning okibatda kuplab samoletlar aviaxalokatga
uchragan. JARga (Janubiy Afrika Respublikasiga) nisbatan esa U eng
uzok davom etgan ekan. Bir dakikadan keyin Uni kelib chikishi lotincha
bulgan suz bilan yozib bering.
Javob: Sanksiya
Izox: BMTning “Neft' evaziga ozik-ovkat” dasturi natijasida Saddam
Xusayn korrupsion sxemalar orkali 4 mlrd dollar ishlab olgani aytiladi.
Eronga nisbatan kullanilgan sanksiyalar esa yukori texnologiyali import
butlovchi kismlar yetishmovchiligiga olib kelgan va okibatta kuplab
nosoz samolyotlarning xalokatiga sabab bulgan ekan.
17. (Tarqatma)
Qarshingizdagi bino Ichanqaladagi xon saroyiga kiraverishdagi yo’lak
ko’rsatilgan. E’tibor bersangiz Chap tomondagi binoda derazalar yo’q.
Savol: Nega chap tarafdagi binoda derazlar yo’q
Javob: Chunki u haram yani ayollar bo’lgan
18. Sovet Ittifoki davrida Leningrad viloyatining bir shaxarchasida,
rezina maxsulotlari ishlab chikaradigan “Polimer” zavodi bulgan. Mazkur
zavodda ishlab chikarilgan poyabzal maxsulotining tag kismiga zavod
joylashgan shaxarcha nomi bosma ravishda tushirilgan bulgan, lekin
odamlar u yozuvni maxsulot nomi deb tushunishgan va bu nom keng
tarkalib ketgan. Usha nomni yozib bering.
Javob: Slansi
19. (Tarqatma)
Siz ko'rib turgan uskunani o'zbekcha qilib ALFAmetr deyish mumkin.
Turli shubha va e'tirozlarning oldini olish maqsadida XX asr o'rtalaridan
boshlab qo'llana boshlangan. Lekin aytish mumkinki, ALFAmetr tanish-
bilishchilik soyasida qolib ketgani bois muomalada uzoq vaqt qola
olmagan.
Savol: ALFA o'rnidagi o'zbekcha so'zni yozib bering.
Javob: qarsak
Izoh: Qarsakmetr turli tanlovlarda tomoshabinlar qarsagi kuchi
yordamida g'olibni aniqlashda qo'llangan. Lekin tomoshabinlar ichida
o'zingnikilar ko'p bo'lgach, bu uskuna ish bermasligi aniq.
20. Bu erkaklar ismini hammangiz bilasiz. Bu ism boshida ism emas,
balki ismlarni farqlovchi so'z bo'lgan. Masalan, bir oila yo urug'da
Ibrohim ismli ikki bola bo'lsa, ulardan kichigining ismi ketiga shu so'z
qo'shib aytilgan. Hozirga kelib shu so'zning o'zi ism qilib qo'yilmoqda.
Sizlarga arabcha sag’ir so’z yordam berishi mumkin.
Savol: Gap qaysi so'z/ism haqida bormoqda?
Javob: Asqar
Izoh: Arabcha "sag'ir", "asg'ar" — "kichik" degani. Bir oilada ikki
Ibrohim yo Mahmud bo'lsa, ulardan kichigi Ibrohim asqar ("kichik
Ibrohim"), Mahmud asqar deyilgan. Hozirga kelib Asqar so'zining o'zi
ism sanaladi.
21. Qadimgi turkiy tillarda "ona" ma'nosidagi "tay" so'zi buguni kunda
onaga bog’liq qaysi so'z tarkibida uchraydi?
Javob: tog'a
Izoh: "Onaning akasi" ma'nosidagi "tay og'a" bugunga kelib "tog'a"
shaklida qo'llanadi.
22. Xurshid Davron uzoq davom etgan Undan so‘ng 70-80 yillarda
adabiyotga Asqad Muxtor, Erkin Voxidov, Omon Matjon, Rauf Parfi va
boshqalarning kirib kelishini qaynoq davrga mengzaydi. ismingiz.uz
saytiga ko‘ra, Ochil ismi "Undan xalos bo‘lsin" degan ma'noni bildirar
ekan.
Savol: Bir daqiqadan so‘ng Uni yozib bering.
Javob: Soqovlik

23. Bir asr muqddam Angliyada bu maqsadda butun bo'lakdan yasalgan


dumaloq taxtadan foydalanilgan, kechasiga esa teshikchalari tortilib
yopilib qolishi uchun u taxtani suvga solib qo'yishgan.
Savol: Bu dumaloq taxtadan nima maqsadda foydalanishgan. Aniq
yozib bering?
Javob: Darts taxtasi.
24. Blits: Yapon xalq maqolini tamomlang:
1. Yapon maqolini davom ettiring: Dard yirtiq libos kabidir, uni ...
(Uyda qoldirmoq lozim, yashirmoq, odamlarga ko’rsatmaslik)
2. Yapon xalq maqoliga ko'ra, Sovuq (sovub qolgan) choyga va sovuq
guruchga chidash mumkin lekin odamlarni ikkita sovuq ... va sovuq ...
chidab bo'lmaydi.
(Nazar/qarash va so'z/muomala)
3. "Tez - bu sekin faqat ...larsiz".
(Tanaffuzlarsiz, dam olislarsiz)
III TUR.
25. Vengriyalik sayohatchi Herman Vamberi bu shahar nomining kelib
chiqishini ushbu hududlarda qadimdan keng tarqalgan o’g`il bolalarning
do’st tutinish odati bilan bog`laydi. Bu marosim bo’yicha do’st tutingan
o’g`il bolalar qarindoshlardan ham yaqin, ta’bir joiz bo’lsa, bir tanu bir
jon hisoblanib, o’lim xavf solib turganida ham, avvalo, do’stini
qutqarishga ont ichishgan. Aytish mumkinki, ushbu do’st tutinish odati
bir termin bilan atalib, hozirda ham qarindoshchilik munosabatlariga oid
so’zlar tarkibida tez-tez qo’llanilib turadi. Siz bu odatning nomini emas,
H. Vamberi fikriga ko’ra, shu odat bilan bog`liq bo’lgan shahar nomini
yozib bering.
Javob: Andijon
Izoh: H. Vamberi yozishicha, Andijon so’zi “ont”, “qasam” va “jonday
inoqlik”ma’nolarini beradi). Qadimda Andijon tomonlarga xos bo’lgan
do’st tutininsh odati “andi tutinish” deb atalaib, u “qondosh birodar”
ma’nosini bildirgan. Hozirgi kundagi “quda-anda” iborasini bir yodga
oling.
26. (Tarqatma)
Shoir Botirjon Ergashevning she'rida biz berkitib qo’ygan uch so’zni
to’g’ri tartibda yozib bering.
Javob: RANGdan, ZANGdan, LANGdan
27. AQSHda Florida shatida joylashgan “Kennedi” kosmodromidan
tashqari Kaliforniya shtatida ham harbiy havo kuchlariga qarshli kosmik
poligon mavjud ekan. Mutaxassislar fikricha, bu kosmik poligon
“Kennedi” kosmodromiga nisbatan bir qancha afzalliklarga ega ekan.
1-dan, u aholi siyrak bo’lgan hududda joylashgan ;
2-dan, bu kosmodrom tabiiy-geografik sharoitlariga ko’ra qutb orbitasiga
yo’ldoshlar uchirish uchun juda qulay;
Kosmodromning uchinchi xususiyati esa xavfsizlik nuqti-nazaridan katta
ahamiyatga ega ekan.
Savol: Siz ushbu uchinchi o’ziga xos xususiyatini ayting.
Javob: undan uchirilgan kosmik apparatlar Yerning aylanishiga qarshi
trayektoriya bo’ylab parvoz qiladi.
Izoh: Kaliforniya shtati AQSHning g`arbiy tomonida ekanligi yodga
olgan bo’lsangiz, undan uchgan har qanday obyektning uchish
trayektoriyasi AQSH havo hududining tashqarisidan o’tadi)
28. Dastlab bu loyixa 1969 yilda boshlanadi. 2007 yillarda yana bu
loyixa tiklanib unga 14 mln $ mablag ajratiladi. Bu 3 turdagi
jonzotlarning, ko‘rish kobiliyati, eshitish qobiliyati xisobga olinib
dushmanni aniqlash, kamikadze usilida yo‘q qilish minalarni aniqlash
mao‘sadlarda ularni o‘rgatish ishlari olib borilgan.
Savol: Bu ishlarga qurolli quchlarning qaysi turi mas'ul bo‘lgan?
Javob: Xarbiy dengiz floti.
Izoh: Bular Delfinlar, Dengiz mushiklari, dengiz yulbarslari.
29. Ushbu orol dastlab 1848 yili leytenant Aleksey Butakov
ekspedisiyasi tomonidan kashf kilingan va “Nikolay I-chi nomi bilan
atalgan orol” deb nom olgan. 216 kv. km. maydonga ega bulgan orol
balikchilik va ov uchun ajoyib maskan bulgani aytiladi. 1988 yili ushbu
orolga SSSRda tuplangan 24 vagon Antraks-836 (kuydirgi patogeni)
keltirilib kumilgan. 1992 yili Boris Yel'sinning farmoni bilan oroldagi
poligon tugatilgan. Bir dakikadan sung ushbu orolning xozirgi nomini
yozib bering.
Javob: Ostrov Vozrojdeniya (Yuksalish, Renaissance). Borsa kelmas
qabul emas. Bu boshqa orol
Izox: Orol dengizida mavjud bulgan ushbu orol xozirgi kunda yarim
orolga aylanib bulgan. SSSR davrida orolda Aral'sk-7 maxfiy shaxarchasi
va kimyoviy laboratoriyalar mavjud bulib, kuplab xavfli moddalar
sinovdan utkazilgan.
30. Savol muallifining aytishicha, Namanganda bir oila bo'lib, ularning
laqabi "parashlar" ekan. "Parash" so'zi Namangan shevasida "yupqa",
"qalin emas" degani. Bu laqab, aslida, oilaning bobosiga tegishli. U
kishiga nojo'ya tejamkorligi bois mahalla erkaklari shunday laqab
qo'yishgan. U kishining "ishi"ni ko'rgan erkaklar darrov "Ha, buni Parash
qilgan" deb sezib qolishar ekan.
Diqqat, savol: "Parash" laqabli kishining kasbi nima bo'lgan?
Javob: oshpaz
Izoh: Savolda erkaklarga urg'u berildi. Demak, faqat erkaklar
payqaydigan narsa bo'lishi kerak edi. Nahorgi oshga chiqqan erkaklar
laganga osh juda yupqa qilib, juda kam solinganini ko'rib "Ha, demak bu
to'yda Parash oshpazlik qilyapti ekan" deb qo'yishar ekan. Oshni yupqa,
ya'ni parash suzgani uchun ham erkaklar bu oshpazga "Parash" deb
laqab qo'yishgan. Hozirda ularning avlodlari ham shu laqab "siylab"
kelinadi.
31. Yozib olish tavsiya qilinadi
Chinnigul - 122 mm., Akasiya - 152 mm., Lola - 240 mm.
Savol: Bir daqiqadan sung ushbu «gayritabiy» gullar odatta qaysi
maydonlarda buy chuzishini yozib bering.
Javob: Jang maydonlari (Qabul qilinadi: poligon).
Izox: Ma'lumki, Rossiya armiyasi uzining ayrim turdagi artilleriya
kurollariga gullarning va tabiyat xodisalarning nomlarini berishgan.
Chinnigul - Gvozdika (kalibr 122 mm.), Akasiya (kalibr 152 mm), Lola -
Tyul'pan (kalibr 240 mm.) uzi yurar artilleriya kurilmalarining yoxud
pushkalarining nomi. Snaryad otilgan maxal stvol uchida xosil buladigan
porox gazlari gulsimon shaklni xosil kiladi. Versiyalarga kura aynan
shuning uchun bu kurilmalarga gullarning nomlari berilgan.
32. Matematik qisqa savol:
Agar men Shanba va Yakshanba kunlarini hisobga olmasa 25 yosh
bo’lsam, aslida necha yoshman.
Javob: 35
Izoh: Bu yerda proporsiya qoidasi ishlaydi. Haftani 5 kuni hisobga
olinsa 25 bo’lsa, 7 kuni hisobga olinganida 35 ga teng bo’ladi.
33. Tramidatorlar o'z hizmatlarini pochtada, teatr kassalari oldida taklif
qiladilar.
Kuz oyida ularga ehtiyoj yanada ortadi.
Savol: Qayerda.
Javob: Apple store oldida
(Navbat olish, yaqinlashganda navbatini sotish/birovning o'rniga navbat
ketib berish)
34. Fransuzlar ishonishadiki, bu narsa abadiyat belgisi bo'lganligi
uchun undan barcha yovuz kuchlar qo'rqadi. Rostdan ham da, u hech
aynimaydida. Shuning uchun o'rta asr Fransiyada U'siz tushlik "shayton
bazmi" deyilgan.
Savol: Gap nima haqida ketmoqda.
Javob: Tuz
35. 1943-yilda yurtimizda misli ko'rilmagan qashshoqlik hukm suradi.
Yaqindagina o'g'lonini frontga jo'natgan 10-15 oila ayollari bir oilaga
yig'ilib o'zlarini biroz ovutgan bo'lishardi. Bu oilalarning yig'inlari doim
bir oila xonadonida bo'lardi.
Diqqat, savol! Doim yig'inlarga mezbon bo'ladigan oila xonadonining
qanday o'ziga xosligi bor edi?
Javob: 10-15 ta oila o'g'lonlari tishlagan non o'sha xonadonda osig'liq
turardi
Izoh: Qashshoqlik hukm surgan deyildi. Hatto urushga otlangan
o'g'longa tishlatish uchun non ham yo'q edi. Qaysi oilada non topilsa,
hamma shu nonni tishlagan va o'sha non saqlanadigan xonadonga
ayollar yig'ilishgan.
36. Siyosatchilarning ushbu sevimli iborasini tugilgan kuni deb 1946
yilning 12 fevrali esga olinar ekan. Uni ilk bor Uinston Cherchil' Ok Uyda,
prezident Garri Trumen bilan uchrashuvdan sung jurnalistlar karshisida
tilga olgan. Cherchil'ning ta'biricha bu ajoyib iborani kup bora kayta va
kayta ishlatgan.
Savol: Gap qaysi ibora xaqida ketmoqda? Yordam sifatida aytish
mumkinki, siz bu oborani bugun eshitdingiz.
Javob: No comment
Izoh: No Comment jamoasi o’z navbatchiligini shu tarzda tugatdi.
Savollardagi xató ca kmachiliklar uchun barchadan uzr so’raymiz.
"Metaverse" jamoasi savollari.
June 22, 2022

Barchaga xayrli kech! “Zakovat” intellektual klubi 2022-yilgi turnir


doirasidagi yozgi mavsum o’yinlarining 3-turini Metavers jamoasi olib
boradi. Bugungi o'ynaladigan savollar paketini tuzish, to'plash, tahrir qilish
va tekshirishda faol qatnashganliklari uchun Maftuna Jo’raboyeva, Javohir
Mavlonov, Shahzodbek Bektursunov, Bunyod Tangriberganov va Abdulaziz
Sultonovga minnatdorchilik bildiramiz. Savollar paketi muharriri:
Abdulaziz Sultonov. Jamoalarga eslatma: savol, uning javobi va izohini
e'tibor bilan eshitshingizni so'raymiz. Savoldan oldin yoki keyin aytiladigan
so'zlar ham savolga aloqador bo'lishi mumkin. Agar aloqadorlik bo'lmasa,
bu holat boshlovchi tomonidan ogohlantiriladi. Barchangizga omad tilagan
holda o'yinlarimizni boshlaymiz.
1-TUR
1. Jo'rabek Ramazon o'zining she'rida kun kelib ayiq o'rnida alla
aytayotgan ayol rasmi qo'yilishi haqida yaxshi niyat qiladi.
Diqqat savol: Aniq ayting qayerda?
Javob: Alifboda A harfidagi rasmda
Izoh: Maktablarda Alifbo o'rgatiladigan plakatlarda asosan Ayiq rasmi
qo'yiladi. Shoir esa u yerda alla aytayotgan ayol rasmi tasvirlanishini
xoxlaydi. Biz ham savollar paketimizni A bilan boshlab oldik
Manba: https://t.me/nazmiy/3261
Savol muallifi: Abdulaziz Sultonov
2. Butteri - Toskaniya va Latsio xududlarida ot va mol yetishtirish bilan
shug`ullanadigan guruh hisoblanadi.
Diqqat savol: Italyanlar 1890-yillarda Rimga gastrol chog`ida kimni
Butteri uyaltirib qo`yishganidan xaligacha fahrlanishadi?
Javob: Baffalo Bill
Izoh: Bizon ovlash va otlar shoulari bilan mashhur Baffalo Bill truppasi
shimoliy Italiyaga sayohatida Butterilar bilan bahslashadi. Baffaloning
truppasi Butteri oldida pista-po`choq bo`lib qolishadi.
Manba: https://en.wikipedia.org/wiki/Buttero
Savol muallifi: Abdulaziz Sultonov
3. Maqolalardan birida, pirimativ shaklda yashovchi Yangi Gvineya
papualari hayotidagi IKS haqida yozilar ekan: ov, daraxtlarni kesish,
dushmandan himoyalanish kabilarda juda ahamiyatli ekani aytiladi.
Maqola davomida IKS 20-asr oʻrtalarida Avstraliya mustamlakachilari
tomonidan poʻlat olib kirilishi bilan ijtimoiy hayotda pasaya boshlagani
keltiriladi.
Diqqat savol: 1965-yilda sahnalashtirilgan mashhur teatr asarida
IKSNI kim ijro etgan?
Javob: Soyib Xoʻjayev
Izoh: IKS — Toshboltaning roli. Yangi Gvineya papualari hayotida 20-
asr oʻrtalariga qadar toshboltaning roli juda ahamiyatli boʻlgan. Hamid
G'ulomov qalamiga mansub "Toshbolta oshiq" musiqali dramasida
Toshboltaning rolini Soyib Xoʻjayev maromiga yetkazib ijro etgan
Manbalar: 1.
https://www.art-pacific.com/artifacts/nuguinea/weapons/axesclub.htm
2. https://youtu.be/BoTwzq5EQyE
Savol muallifi: Shohzodbek Bektursunov
4. To'rtinchi savol! Gandi fikriga ko'ra, Agar biz butun dunyoda tinchlik
o'rnatishni istasak, ishni UNDAN boshlashimiz zarur. Asl kasbi injener
bo'lgan bir yaponiyalik esa UNI o'z holiga tashlab qo'yishni abortga
tenglashtirgan
Diqqat savol: Aynan o'sha yaponiyalikka ishonadigan bo'lsak UNGA
qachon kech qolamiz?
Javob: Uchdan keyin
Qabul: Uch yoshdan keyin
Izoh: U deganda bola tarbiyasi nazarda tutilmoqda. So'nggi yillarda
yurtimizda mashhur bo'lib borayotgan "Uchdan keyin kech" asari
muallifi esa yaponiyalik Masari Ibuka. Asar farzand tarbiyasi haqida.
Darvoqe, savol raqami ham to'rtinchi ya'ni 3 dan keyingi savol)
Manbalar:
1. https://www.peace-ed-campaign.org/growing-peace-gandhi-
montessori-means-begin-children/
2. https://asaxiy.uz/product/knigi/psixologiya/masaru-ibuka-uchdan-
kejin-kech-kirill-alifbosida?language=uz
Savol muallifi: Bunyod Tangriberganov
5. [Keyingi savolga tarqatma material mavjud]
[Boshlovchiga: Savol tartib raqami aytilgandan so'ng, bir necha soniya
sukut saqlansin]
Ushbu asar ijro etilgan videolavha Youtubega joylanganidan so'ng,
foydalanuvchilardan biri Debyussining ,,Musiqa notalarda emas, balki
ular orasidagi bo'shliqlarda" degan so'zlarini komment sifatida yozib
qoldirgan
Diqqat savol: Ushbu asar nomini istalgan ko'rinishda yozib bering?
Javob: 4'33"
Qabul: 4 daqiqa 33 soniya, To'rt daqiqa o'ttiz uch soniya
Izoh: Jon Keyj tomonidan yaratilgan ushbu asar uch qismli sukunatni
o'z ichiga oladi. Nomi ham asar davomiyligini hisobga olib tanlangan
Savol muallifi: Javohir Mavlonov
6. [Tarqatma material]
______________________
The Green Mile [Ze grin mayl]
The Stand [Ze stend]
11/22/63
The Shining [Ze shayning]
______________________
Tarqatmada Goodreads.com [gudrids dot kom] sayti tomonidan reyting
asosida tuzilgan beshtalik ro'yxatni ko’rishingiz mumkin.Bu ro'yxat to'liq
emas, chunki ro'yxatda [BO'SHLIQ]. 16-asrgacha bo'lgan davrda inglizlar
V dan foydalanishgan chunki u paytlar hali [BO'SHLIQ] edi. Biz esa, bu
savol matnida [BO'SHLIQ] deyolmaymiz
Diqqat savol: BO'SHLIQni ikki so'zda to'ldiring
Javob: U yo'q
Izoh: Sizga Goodreads.com [gudrids dot kom] sayti tomonidan tuzilgan
Stiven King asarlari reytingi berildi. Sezganingizdek, ro'yxatda Kingning
"U" nomli asari yo'q edi. 16-asrgacha bo'lgan davrda esa klassik lotin
alifbosida 23 ta harf bo'lgan va u davrlarda inglizlar U harfi o'rniga V
harfidan foydalanishgan
Manbalar:
1. https://www.novelsuspects.com/book-list/highest-rated-stephen-
king-books-according-to-goodreads/
2. https://www.dictionary.com/e/theletteru/
Savol muallifi: Bunyod Tangriberganov
7. Uning oʻlimi hanuz bahslarga sabab boʻlib kelmoqda. Zamondosh
hamkasblaridan biri Uning oʻlimiga munosabat bildirar ekan: "Biz
hayratdamiz, Siz shunchalar ham tez dunyo sahnasidan qabrga yoʻl
oldingizki..." deya taassurotlarini yashira olmaydi. Bir hazilomuz ingliz
illustratsiyasida uning nok mevasini o'ynayotganini ko'rishimiz mumkin
Diqqat, savol: Uning kimligini ayting.
Javob: Uilyam Shekspir
Izoh: Shekspirning "Dunyo sahna, insonlar undagi aktyorlardir" iqtibosi
mashhur. Shuningdek, suratda Uilyam Shakes+pear holatida
tasvirlangan. Sezganingizdek, ingliz tilida "Shakes" bu silkitmoq, "pear"
nok degani.
Manba: https://en.m.wikipedia.org/wiki/William_Shakespeare
Savol Muallifi: Shohzodbek Bektursunov
8. Bishkek shahri 2019-yilgi Shanxay hamkorlik tashkilotining
navbatdagi sammitiga jiddiy tayyorgarlik ko'radi va bunga bir necha
million dollar ajratiladi. Bu pullarga yo'llarni ta'mirlash, yo'ldagi
chiziqlarni qayta chizish, chiroqlarni almashtirish va hatto eski binolar
fasadi rangli bannerlar bilan qoplanishi ham nazarda tutiladi. Bu
haqidagi maqolada U eslab o'tiladi
Diqqat savol: UNI tarkibida familiya bo'lgan ikki so'zda ayting
Javob: Potyomkin qishlog'i
Izoh: "Potyomkin qishlog'i" iborasi qashshoqlikni yashirishga qaratilgan
soxtalikka nisbatan ishlatiladi. Uning tarixi Yekatirina II davridagi knyaz
Potyomkinga borib taqaladi va nomini ushbu knayz sharafiga olgan
Manbalar:
1.https://24.kg/
agent_024/120399_vbishkeke_ksammitu_shos_poyavilis_potemkinski
e_derevni/
2. https://diesel.elcat.kg/index.php?showtopic=37135207&page=1
3. https://en.wikipedia.org/wiki/Potemkin_village
Savol muallifi: Bunyod Tangriberganov
9. Marhum shoirlarimizdan birining she'rlaridan besh qator:
Men ellik beshdaman,
Otam besh yoshda.
Bu ajib holatni chiston etgulik.
Mening umrim kechar tuproqda, toshda.
Otamning dovrug‘i ko‘kka yetgulik...
Diqqat savol: She'r nechanchi yil yozilgan?
Javob: 1996-yil
Izoh: Abdulla Oripovning "Koʻzmunchoq" she'ridagi bu tasvirda
Oʻzbekiston mustaqilligining 5 yilligi aks etgan.
Manba: https://forum.ziyouz.com/index.php?topic=389.240
Savol muallifi: Shahzodbek Bektursunov
10. [Duplet]
1. Aqshlik sobiq darvozabon Tim Hovard butun faoliyatida bir "shved"
sabab o'yin davomida juda yuqori reaksiyaga ega bo'lganini va o'yinga
bo'lgan yuqori fokusni eslab o'tadi
Diqqat savol: U eslab o'tgan "shved"ni yozib bering
2. 2013-yildagi maqolalardan birida sobiq futbolchi Romario Lionel
Messining boshqalardan ajralib turadigan iqtidori haqida gapirar ekan
Messida boshqalardan ko'ra o'yinni o'qish tezligi yuqoriligi va o'yin
davomida diqqatni bir joyga jamlay olishini yozib o'tadi hamda bunga
sabab qilib bir "avstriyalik"ni keltiradi
Diqqat savol: O'sha "avstriyalik"ni yozib bering
Javoblar:
1. Turett
2. Asperger
Izoh: Gap shvetsiyalik Turett va avstriyalik Aspergerlarning nomiga
qo'yilgan sindromlar haqida bormoqda. Bu kabi sindromlardan inson
nafaqat aziyat chekishi mumkin balki undan ustunlik sifatida foydalanish
holatlari ham uchrab turadi
Manbalar: 1. https://offsiderulepodcast.com/2019/10/30/how-
goalkeeper-tim-howard-turned-his-tourettes-syndrome-into-an-
advantage/amp/
2. https://showsport.me/football/team-argentina-la-liga-romario-
barcelona-15792524
Savol muallifi: Bunyod Tangriberganov
11. [Keyingi savolga tarqatma material bor]
Vogue [Vogu] jurnalining 1945-yil oktabr oyidagi muqovasi ikkinchi
jahon urushi yakuniga bag'ishlangan bo'lib "Tinchlik va qayta qurish"
deb nom olgan. Ushbu muqovada siz Shunday Iksni ko'rishingiz mumkin
Diqqat savol: 1936-yilgi bir manbaga ko'ra qaysi davlatda butun davlat
bo'ylab Shunday Iks edi?
Javob: Ispaniya
Izoh: Shunday Iks - Bulutsiz osmon. 1936-yil 18-iyulda Ispaniyada yuz
bergan harbiy to’ntarish uchun ,,Butun Ispaniyada bulutsiz osmon”
so’zlaridan parol sifatida foydalanilgan
Manba:
1. https://globalhappenings.com/entertainment/173839.html?amp=12.
https://kerchtt.ru/en/nad-vsei-ispaniei-bezoblachnoe-nebo-nad-vsei-
ispaniei/
Savol muallifi: Bunyod Tangriberganov
12. [Tarqatma material]
_________________________
... .. the trash, .....!
_______________________
2014-yil illyustrator, rassom Flavio Kampah tomonidan yaratilgan asar
mashhur bir shaxsga atalgan. Asarda mazkur shaxs axlat qutisining
ichida tasvirlanganini koʻrishimiz mumkin. Sizga berilgan tarqatma
materialda rassom tomonidan asarga berilgan nom toʻliqsiz holda
keltirilgan.
Diqqat savol: Tarqatmada tushirib qoldirilgan soʻzlarni toʻgʻri ketma-
ketlikda aniq yozib bering.
Javob: Put in Putin
Qabul: Put in the trash, Putin
Izoh: 2014-yilgi Qrim voqealari fonida ijodkor oʻz nafratini shu tarzda
bildirgan ekan.
Manba: https://artsandculture.google.com/asset/put-in-the-trash-
putin-flavio-kampah/ZAE7jWlpQkAp0Q
Savol muallifi: Shahzodbek Bektursunov
2-TUR.
2.1. [Bu savolga kech javob bermanglar. Qaytadan aytib o’taman,
vaqtdan kechikkanlar qabul qilinmaydi]
ULARNING birinchisi 1958-yil 7-sentabr ya'ni ikkinchi Tayvan
bo'g'ozidagi inqiroz paytiga va to'qqiz yuzinchisi esa 1964-yilga to'g'ri
keladi.
Diqqat savol: ULARNI ikki yoki uch so'zda ayting
Javob: Xitoycha ogohlantirish
Qabul: Oxirgi xitoycha ogohlantirish
Izoh: O'tgan asr 50-70-yillarida Xitoy amalda hech narsa
ko'rsatmaydigan mingga yaqin ogohlantirish xatlarini Aqshga yuboradi.
Va o'shandan beri "oxirgi xitoycha ogohlantirish" ibora sifatida hech
qanday chora ko'rilmaydigan, befoyda, ogohlantirish ma'nosida
qo'llaniladi. Savol preambulasida ham qaysidir ma'noda shunga ishora
qilishga harakat qildik
Manba: https://en.wikipedia.org/wiki/China%27s_final_warning
Savol muallifi: Bunyod Tangriberganov
2.2. Mashhur oʻzbekning gapiga koʻra, chaqaloqlar uchun IKS yoʻqligi
zerikarli tuyulib, juda tez uxlab qolishiga sabab boʻlar ekan. Rus
Wikipediasiga ishonadigan boʻlsak, qaysidir maʼnodagi boshqa bir IKSni
1976-yildan 1990-yillargacha davom etgan deyishimiz mumkin.
Diqqat savol: Iksni bir xil harfdan boshlanuvchi ikki soʻzda ayting.
Javob: Allaning avji
Izoh: Hojiboy Tojiboyev haziliga koʻra, chaqaloqlar allaning avji yoʻqligi
uchun ham zerikkanidan juda tez uxlab qolar ekan. Alla Pugacheva
haqidagi ruscha Wikipedia ma'lumotlariga ishonsak, 1976-yildan 1990-
yilgacha u butunittifoq musiqiy reytinglarida har yili birinchilikni olgan
va qaysidir maʼnoda buni "Allaning avji" deyishimiz mumkin.
Manbalar:
1. https://youtube.com/clip/UgkxtNGBoBD5hmop7wE8x1lpj0vYYjEG-
eid
2. https://ru.m.wikipedia.org/wiki/%D0%9F
%D1%83%D0%B3%D0%B0%D1%87%D1%91%D0%B2%D0%B0,_
%D0%90%D0%BB%D0%BB%D0%B0_%D0%91%D0%BE
%D1%80%D0%B8%D1%81%D0%BE%D0%B2%D0%BD%D0%B0
Savol muallifi: Shahzodbek Bektursunov
2.3. U 2004-yili janubiy afrikalik milliarder tomonidan
moliyalashtirilgach paydo bo'ladi va insoniyat uchun boshqa
raqobatchilariga nisbatan ishonchli, xavfsiz va foydalanishga qulayligi
bilan ajralib turadi. Uning logotipida ramziy ma'no tasvirlangan bo'lib
unda unda bir-birining qo'lini tutib turgan uchta insonni ko'rish mumkin
Diqqat savol: UNI bir so'zda ayting
Javob: Ubuntu
Izoh: Ubuntu - zulu tilidan olingan bo'lib "insoniyat" deya tarjima
qilinadi. Zulu Janubiy Afrika Respublikasining tub aholisi hisoblanadi.
Savolda aytib o'tilgandek, unga Janubiy Afrikalik milliarder tomonidan
asos solingan
Manba: https://www.answertopia.com/ubuntu/the-history-of-linux-
and-ubuntu/
Savol muallifi: Bunyod Tangriberganov
2.4. Norvegiya markazida joylashgan kichik bir shaharchada aynan bir
nomdagi savdo markazi, ovqatlanish shahobchasi va hattoki cherkovni
ham uchratish mumkin. Shaharchaga kiraverishda esa USHBU so‘zlarni
ko‘rish, dindor insonlarning qalbiga daxshat soladi.
Diqqat savol: Yevropa hududidagi qaysi obyekt peshtoqida USHBU
so‘zlarni ko‘rish mumkin?
Javob: Galatasaray stadioni
Qabul: Ali Sami En stadioni
Izoh: Norvegiyada hell ya'ni do‘zax nomli shaharcha bo‘lib, ,,Do‘zaxga
xush kelibsiz" yozuvi sayyohlarni kutib oladi. Galatasaray stadioniga
kiraverishda ham shu so‘zlar yozilgan bo‘lib, mehmon jamoalarga juda
katta bosim o‘tkaziladi
Manbalar:
1. https://www.lifeinnorway.net/hell-norway/
2. https://www.sportbible.com/football/classic-throwback-thursday-
welcome-to-hell-20161103
Savol muallifi: Javohir Mavlonov
2.5. Oʻtgan asr 30-yillarida Kolarado shtatidagi aholi oʻrtasida Elbert va
Massiv balandliklari borasida kuchli bahs kelib chiqadi. Unga koʻra,
ba'zilar Elbertni yoqlab chiqsa, ba'zilari Massiv tarafdori edilar. Aslida
Massiv 12 futga pastroq edi, ammo uning tarafdorlari yutqazganini tan
olmay BU ISHNI qilishadi. Oʻz oʻrnida Elbert tarafdorlari BU ISHNING
aksini qilishadi.
Diqqat savol: Siz bizga BU ISHni emas, BU ISHni doimiy qiluvchining
ismini ayting.
Javob: Sizif
Izoh: Elbert va Massiv sezganingizdek ikki qoʻshni tog'lar edi. Massiv
tarafdorlari yutqazganini tan olmay tog' ustiga Tosh olib chiqib sun'iy
ravishda balandroq ekanliklarini isbotlamoqchi boʻladi. Oʻz oʻrnida
Elbert tog'i tarafdorlari ular qoʻygan toshlarni pastga tushirib
yuborishadi va bu hodisa bir necha bor sodir boʻladi. Toshni doimiy
tarzda pastga tushib ketsa ham tog'ga olib chiqib qoʻyuvchi mifalogik
qahramon bu Sizif edi.
Manba: https://en.m.wikipedia.org/wiki/Mount_Elbert
Savol muallifi: Shahzodbek Bektursunov
2.6. [Duplet]
1. U 1946-yil Toshkent shahrida tavallud topgan. Uning "Zilzila"
kartinasida o'ziga xos og'riq yashirin bo'lib, asar o'zida tragediya va
dramatizmni aks etgan. Keyinchalik, Jazoirga safarida uylarning
arablarga xos turli-xil shaklli tomlari unda katta taassurot qoldiradi va
o'z yo'nalishini tanlashga turtki bo'ladi
Diqqat savol: Uni emas, unga san'atshunoslar tomonidan berilgan
nomni tarkibida atoqli ot qatnashtirib ikki so'zda aniq yozib bering
2. U Chilonzorni san'atzorga aylanishiga hissa qo'shmoqchiligini
intervyularida takidlab o'tgan
Diqqat savol: Uni emas, unga muxlislari tomonidan berilgan nomni
tarkibida atoqli ot qatnashtirib ikki so'zda yozib bering
Javoblar:
1. O'zbek Pikassosi
2. O'zbek Benksisi
Izoh: Dupletning birinchi savolida gap mashhur o'zbek rassomi Javlon
Umarbekov haqida gap ketmoqda. San'atshunoslar tomonidan uning
"Zilzila" asari Pikassoning "Gernika"siga taqqoslanadi. Umarbekov
xuddi Pikasso kabi kubizm yo'nalishida ijod qiladi. Ikkinchi savolda esa
gap street-art [strit art] bilan shug'ullanuvchi Inkuzart psevdonimi
bilan mashhur haqida ketmoqda. Uni ko'pchilik mashhur Benksiga
qiyosan "o'zbek Benksisi" deya nomlashadi
Manbalar:
1. https://sanat.orexca.com/2006/2006-2/javlon/
2. https://www.gazeta.uz/oz/2020/06/20/inkuzart/
Savol muallifi: Bunyod Tangriberganov
2.7. 1996-yil Hindiston hududida Qozog'iston va Saudiya Arabistoni
samolyotlari o'rtasida insoniyat tarixidagi eng yirik avia-
to'qnashuvlardan biri bo'lib o'tadi. Avia-katastrofaga bir necha sabablar
keltirib o'tiladi. Jumladan: uchuvchilarning ingliz tilini yaxshi bilmasligi,
ikkala samalyot ham bir xil yo'lda harakatlanishi va dispetcherlar
ma'lumot berishda IKS va IGREKning farqiga bormaganligi sabab qilib
ko'rsatiladi. O'tgan asr uchinchi choragida esa Robert IKS va IGREKni
farqlay olmasdan jamoadoshi Bostondan 8.90 sonlari qanday ma'no
berishini so'raydi
Diqqat savol: Robertning familiyasini ayting
Javob: Bimon
Izoh: Iks - metr, Igrek - fut. Savolda aytib o'tilgandek, avia-halokat
Hindiston hududida sodir bo'lgan va o'sha paytda Hindistonda
ma'lumotlar futda yetkazilgan va bu metrik tizimdan foydalanuvchi
qozog'istonliklarni adashishiga sabab bo'lgan. Bob Bimon 8.90 metr
bilan uzunlikka sakrash bo'yicha jahon rekordini o'rnatadi. U davrlarda
o'lchov futda bo'lgan. Mexiko olimpiadasidan esa metrik tizimdan
foydalanilgan
Manbalar:
1. https://www.latimes.com/archives/la-xpm-1996-11-13-mn-64227-
story.html
2. https://www.letsrun.com/2018/10/leap-ages-bob-beamons-29-foot-
long-jump-turns-50/
Savol muallifi: Bunyod Tangriberganov
2.8. BU ISHNI QILISH 97 daqiqa davom etgan boʻlib, 2016-yilda
Endryu va uning jamoasiga 1 mlrd. dollardan ortiqroq daromad olib
keldi. Shu yil televidinya va ijtimoiy tarmoqlardagi keng tarqalgan
reklamalarga ishondadigan boʻlsak endi BU ISHNI QILISH juda oson va
bu uchun "Katta akalar"ingizni bezovta qilishingiz shart emas.
Diqqat savol: Bu ishni qilish bilan almashgan soʻzlarni toping?
Javob: Dorini izlash
Izoh: Savolning birinchi qismi "Dorini izlab" multfilmi haqida edi.
Ikkinchi qismda esa gap "Osonapteka" reklamasi haqida boryotgan edi.
Manbalar:
1. https://en.m.wikipedia.org/wiki/Finding_Dory
2. https://t.me/xushnudbek/14370
Savol muallifi: Shahzodbek Bektursunov
2.9. [Keyingi savolga tarqatma material bor]
Internet saytlarining birida bu yilgi chempionlar ligasi pley-off
o'yinlaridan birida qayd etilgan kutilmagan natija haqidagi maqolada
BETTA va ETTA so'zlarini uchratish mumkin. Süddeutsche Zeitung
[Zudo’cht tsaytung] gazetasining xabariga ko'ra, shu yil fevral oyidagi
boshqa bir BETTAdagi ETTA sabab 32 kishi jabr ko'rgan
Diqqat savol: BETTA va ETTAni aniq ayting?
Javob: BETTA - Bavariya, ETTA – Avariya
Izoh: Gap Myunxenning Bavariya klubi va Vilyareal jamoalari
o'rtasidagi o'yin haqida borgan edi va unda Vilyareal kutilmaganda 1-0
hisobida Bavariyani mag'lubiyatga uchratadi. Bu holatni esa, tribuna.uz
sayti o'ziga xos tarzda ta'riflaydi. Savol matnida keltirilgan Süddeutsche
Zeitung [Zudo’cht tsaytung] gazetasi nomi ham nemischa ekaniga e'tibor
qilgan bo'lsangiz kerak
Manbalar:
1. https://tribuna.uz/107806
2. https://ria.ru/20220226/dtp-1775273497.html
Savol muallifi: Bunyod Tangriberganov
2.10. [Duplet]
1. [Tarqatma material]
*z***
Nyu-Yorkdagi ma`lum bir kasbdagi vatandoshlarimizning telegram
guruhi nomidan tushirilib qoldirilgan xarflarni yozib bering?
2. [Tarqatma material]
5431s
Dupletning ikkinchi savoli ham javobi ham U. Uni yozib bering?
Javoblar: 1. UBER 2. REBUS
Izoh: Nyu-yorkda taksichlik bilan shug’ullanadigan vatandoshlarimiz o’z
guruhlariga shunday nom qo’yishgan. Ikkinchi savolda esa siz rebusni
ko’rishingiz mumkin
Manba: ЛОАВ
Savol muallifi: Abdulaziz Sultonov
2.11. [Keyingi savolga tarqatma material bor]
1962-yilgi futbol bo'yicha jahon chempionati finali uchun ob-xavo ham
o'zining ,,syurpriz"ini tayyorlab qo'ygan edi. O'yin sharxlovchisi sharxni
boshlar ekan, ma'lumot uchun ushbu so'zlarni ham aytib o'tadi.
Diqqat savol: Oradan bir necha yillar o'tib, Ushbu so'zlarning
yangrashi kimning hokimiyat tepasiga kelishiga zamin yaratadi?
Javob: Avgusto Pinochet
Izoh: 1962-yilgi JCH Chilida bo'lib o'tadi va Santyago shahridagi final
o'yinidan oldin yomg'ir yog'ib o'tadi. Sharhlovchi ham ma'umot
uchun ,,Santyagoda yomg'ir yog'ayapti" deya sharhni boshlaydi. 1973-
yil 11-sentyabrda esa, ushbu so'zlar radio orqali yangraydi va Augusto
Pinochet tarafdorlari tomonidan to'ntarish bo'lib o'tadi. Bu esa
Pinochetni hokimiyat tepasiga kelishiga sabab bo'ladi
Manbalar:
1. https://www.fifa.com/tournaments/mens/worldcup/1962chile
2. https://en.wikipedia.org/wiki/It%27s_Raining_on_Santiago
Savol muallifi: Javohir Mavlonov
2.12. [Tarqatma material]
[BLITS]
1. Arabiy she'rlardan birida, pichoq oshxonada boʻlishi kerakligi, uning
vazifasi turli mahsulot, sabzavot-u mevalarni kesish ekani tasvirlanadi.
She'rda bu pichoq faqatgina Iksda boʻlsagina odamni jarohatlashi,
oʻldirishi mumkin ekanligi aytiladi.
D.S: Iksni bir xil harfdan boshlanuvchi ikki soʻzda ayting?
2. Sharl Gitoga Igrek ahamiyasiz boʻlgan. Chunki unga, yog'och va fil
suyagidan yasalgan dastalilari sotuvchi tomonidan taklif etilganda, u
ikkinchi variantni tanlaydi. Bunga sabab qilib, rejasi amalga oshgandan
soʻng muzeyda koʻrkam holda saqlanishi kerak degan fikrda boʻlgani
keltiriladi.
Diqqat, savol: Igrekni bir xil harfdan boshlanuvchi ikki soʻzda ayting.
3. Islom tarixiga oid asarda Yarmuk jangi oldidan bir arabiy askar Xolid
ibni Valid r.a.ga Rum askarlari naqadar koʻpligi va arab asakarlari
naqadar ozligini aytib jangdan qaytarmoqchi boʻladi. Xolid ibni Valid r.a.
askarni dovyurak boʻlishga chorlar ekan, asar davomida Iks Igrek yoʻq
deb aytiladi.
Diqqat, savol: Iks Igrekni bir xil harfdan boshlanuvchi toʻrt soʻzda
ayting?
Blits javoblari:
1. Iks — Qoʻrqoqning qoʻli
2. Igrek — Qurolning qiymati
Qabul: Qotillik quroli
[Apellyatsiya komissiyasi a’zolari tomonidan “Qasos quroli” javobi qabul
qilindi]
3. Iks Igrek — Qoʻrqoqning qoʻlidagi qurolning qiymati
Izoh: Arab she'riga koʻra, pichoq qoʻrqoqning qoʻlidagina qotillika yoʻl
qoʻyishi mumkin. Blitsning ikkinchi savolida, AQSh prezidenti
Garfildning qotili Sharl Gito esa keyinchalik muzeyda qotillik quroli
sifatli va chiroyli holatda turishini xohlagani uchun unga qurolning
qiymati farqsiz boʻlgan. Blitsning uchinchi savoliga izoh shart emas
menimcha. Tarqatma materialda qaysidir maʼnoda blitsimizni uchala
javobini ham jamlanmasini koʻrishingiz mumkin. Bu qaysidir maʼnoda
yordam bergan boʻlsa xursandmiz.
Manbalar:
1. https://www.poemhunter.com/poem/a-knife-in-the-coward-s-hand/
2.https://en.m.wikipedia.org/wiki/
Assassination_of_James_A._Garfield#Garfield.27s_suffering_and_deat
h
3. "Toʻrt Xalifa va Ummaviylar davlati tarixi" asari
Savol muallifi: Shahzodbek Bektursunov
3.1 Vafotidan biroz oldin BU inson dafn marosimi haqida bastakor bilan
maslahatlashadi va musiqa ritmi kichik qadamlar uchun mo’ljallangan
bo’lishini aytadi. USHBU inson haykallaridan birining yonida o’rdak
yodgorligini ham ko'rish mumkin.
Diqqat savol: Ushbu inson kimligini yozib bering?
Javob: Hans Kristian Andersen
Izoh: Andersen bastakor bilan maslahatlashayotganda dafn
marosimiga ko’plab bolalar kelishini va musiqa ritmi bolalar
qadamiga mos bo’lishi kerakligini aytadi. Nyu-Yorkdagi haykali
yonidagi o’rdak esa uning mashhur ,,Irkit o’rdakcha” ertagi sharafiga
o’rnatilgan
Manba: https://en.wikipedia.org/wiki/Hans_Christian_Andersen
Savol muallifi: Javohir Mavlonov
3.2. [Keyingi savolga tarqatma material bor]
Mario Balotelli o'zini Super Marioga o'xshatar ekan, Super Marioning
afrikalik kabi sakray olishini va yahudiy kabi tangalarni sanab olishini
aytadi. Bu o'xshatishga sabablardan biri Balotellida ularning mavjudligi.
Diqqat savol: ulari mavjud amerikalik kim?
Javob: Robert Kiyosaki
Izoh: Ular - boy ota va kambag'al ota. Balotelli 3 yoshigacha o'z oilasi
bilan yashagan. Ammo oilasi kambag'al bo'lgani sabab, oilasi Marioni
nisbatan boyroq oilaga berib yuborishga majbur bo'lishadi. Bilamizki,
Kiyosakining "Boy ota, kambag'al o'ta" nomli asari mavjud
Manba: https://en.wikipedia.org/wiki/Mario_Balotelli
Savol muallifi: Abdulaziz Sultonov
3.3 (Tarqatma material)

1996-yilda sur'atga olingan ,,Baskiya" filmida Uning rolini Devid Boui


ijro etgan. Uni kimligini toping?
Javob: Endi Uorxoll
Izoh: Film Endi Uorxolning yaqin do'sti, amerikalik rassom Jan-Mishel
Baskiya hayoti asosida ishlangan. Rol ijro etgan rok qo'shiqchisi Devid
Boui ham xuddi Uorxol kabi serqirra inson bo'lgan. Tarqatma material
esa Uorxolning asarlariga oxshash qilib yaratildi
Manba: https://en.wikipedia.org/wiki/Andy_Warhol
Savol muallifi: Javohir Mavlonov
3.4. [Keyingi savolga tarqatma material bor]
1947-yil Ro'zimuhammad Umurzoqov oilasida dunyoga kelgan bu inson
o'tgan asr oxirlarida o'z tafakkuri sabab ko'pchilikning nazariga tushadi.
Oilasi Amerikaga ko'chib o'tishi oldidan uning o'zbekona ismi SHUNDAY
edi. 1964-yilgi bir o'zbek filmining rus tilidagi nomida ham SHUNDAYni
ko'rish mumkin
Diqqat savol: SHUNDAY o'rnidagi bir so'zni yozib bering
Javob: Zulfiya
Izoh: Gap kelib chiqishi o'zbek bo'lgan Silviya Nazar haqida bormoqda.
Savol matnida uning mashhur asari "Tafakkur o'yinlari"ga ishora qilindi.
"Yor-yor" filmi nomi esa, rus tiliga "Где ты моя, Зулфия" deya tarjima
qilingan
Manbalar:
1. https://www.amerikaovozi.com/a/ruzi-nazar-legacy/2745969.html
2. https://www.kinomania.ru/film/487620
Savol muallifi: Bunyod Tangriberganov
3.5. [Tarqatma material]
Everybody has a story
Qarshingizda "Coroner" [Koroner] nomli triller serialning slogani. Biz
slogandan UNI olib tashladik. Darvoqe, bu savol matnida esa U 19 ta
Diqqat savol: UNI ayting
Javob: Probel
[Apellyatsiya komissiyasi a’zolari tomonidan “bo’shliq”,
“space” , “gap” javoblari ham qabul qilindi]
Izoh: Qotilliklarni tergov qilish bilan shug'ullanuvchi insonlarga
Koroner deyiladi. Serial nomidan bilib olishingiz mumkinki, film aynan
shu kasb vakillari haqida. Ya'ni ular hammaning hikoyasi bilan
qiziqishmaydi balki qotillikdan keyingi har bir tana o'z hikoyasi borligiga
ishonishadi. Savol matnida ham 19 ta o'rinda probeldan foydalandik
Manba: https://corporate.discovery.com/discovery-newsroom/every-
body-has-a-story-in-investigation-discoverys-new-forensic-series-the-
coroner-i-speak-for-the-dead/
Savol muallifi: Bunyod Tangriberganov
3.6 Italyan astronomlarining kuzatishlari natijasida 1979-yilda
aniqlangan Merkuriy sayyorasidagi kraterga UNING nomi berilgan.
Savol muallifining fikricha, UNING nomi boshqa sayyoradagi biror
kraterga berilganda mantiqiyroq bo‘lardi.
Diqqat savol: 1-martda tug‘ilgan va 17-mayda vafot etgan ushbu
insonni yozib bering?
Javob: Sandro Bottichelli
Izoh: Bottichelli o‘zining ,,Veneraning tug‘ilishi", ,,Bahor" kabi
kartinalari bilan mashhur sanaladi. Shundan kelib chiqib, savol
muallifi Bottichelli nomi Merkuriydagi emas, Veneradagi biror
kraterga berilganda mantiqiyroq bo‘lardi deb o‘ylaydi. Uning tug‘ilgan
va vafot etgan sanalari bahor fasliga to‘g‘ri kelgani balki yordam
bergandir
Manba: https://en.wikipedia.org/wiki/Sandro_Botticelli
Savol muallifi: Javohir Mavlonov
3.7 [Ushbu savoldan so'ng, bizni yomon ko'rib qolmaysiz
degan umiddamiz..]
Shahnoza Shamsiyeva Toshkent viloyatidagi qishloqlardan birida suratga
olish ishlari sabab bir qancha vaqt ushbu inson bilan bir xonada
yashaganini quyidagicha eslaydi: ,,U kishi meni o'z nevaralaridek ko'rib
maslahatlar berardilar. Xayolimda qattiqqo'l, tartibli inson bo'lib
muhrlanganlar"
Diqqat savol: Kim haqida fikr bildirganini yozib bering?
Javob: Zaynab Sadriyeva
Izoh: Shahnoza Shamsiyeva filmda Nazira rolini ijro etgan....
Manba: https://m.kun.uz/uz/news/2019/11/02/22-yildan-beri-
afrikadaman-suyunchidagi-nazira-bilan-suhbat
Savol muallifi: Javohir Mavlonov
3.8. Lidiya Libedenskaya Janubiy Uralda ulg'ayib o'sgan rus yozuvchisi.
U kim deb sizdan so'ramaymiz. 1940-yilda yaratilgan manbada unga
qanday ta'rif berilganini ayting.
Javob: Chiroyli qiz, yaxshi qiz Lida.
Izoh: Janubiy ko'chasi balki Janubiy Uralga ishoradir. Smelyakov
o'zining eng mashxur sherini yosh shoira va yozuvchi Lidiya Tolstayaga
atab yozgan.
So'rang uni,qo'shni boladan "Kim?" deb o'sha Lida degan qiz,
Shu nombilan uxlar, u shaydo Shu nombilan uyg'onar hargiz.
Shu uyning ostonasida, Katta qilib yozdi u bir kun, Chiroyli qiz,Yaxshi
qiz Lida!
Manba: https://zen.yandex.ru/media/nochnoe_randevu/pomnite-
kakoe-stihotvorenie-samoe-liubimoe-u-shurika-eto-horoshaia-
devochka-61d690d4cd0c1861c3f8eef8
Savol muallifi: Abdulaziz Sultonov
3.9 [Keyingi savolga tarqatma bor]
NHLdagi debyut davrida Lyuk Robiteylni past baholashgan. Skautlar
fikiricha Lyuk hatto ZAMONdan ham sekinroq harakat qilgan.
Diqqat savol: Savol matnida bir so`zda tushirib qoldirilgan xarflarni
yozib bering:
Javob: B, i
Izoh: Lyuk xattoki zambonidan ham sekinroq harakatlanadi. Zamboni -
muzni silliqlaydigan mashina xisoblanadi. ushbu mashina yaratuvchisi
Frenk Zamboni sharafiga nomlangan. Lyuk esa o`zining qanaqa vinger
ekanligini Shuhrat zaliga kirib ko`rsatib qo`ygan.
Manba: https://www.theglobeandmail.com/sports/hockey/robitaille-
on-fast-track-to-hall-of-fame/article1328666/
Savol muallifi: Abdulaziz Sultonov
3.10. [Duplet]
[Tarqatma]
chguamlan
1.Tarqatmada ma'lum bir ma'noda, 1934-yilda tug'ilgan insonning
mashhur asari nomini ko'rib turibsiz. Shu insonni yozib bering
2. Savol mualifining fikricha, 1898-yil tug’ilgan inson qahramoni dastlab
Siriusga yuzlangan. Shu insonni yozib bering
Javoblar: 1. To’ra Sulaymon 2. Abdulhamid Sulaymon o'g'li Cho’lpon
3.11. Serial qahramoni ayrim mansabini suiste’mol mansabdorlarni
yillar o'tgani sayin KLEOga aylanganlikda ayblaydi. Savol matnidagi bir
so'zdan bir necha harfni olib qo'ydik. Shu so'zni yozib bering
Javob: Kleptoman
Izoh: Kleptoman o'zini boshqarolmasdan og'rilik qiladigan kasal odam.
Mansabdorlarda ham o'g'rilik kasalikka aylanib qolganini aytadi serial
qahramoni. Savol matnidagi harflarni olib qo'yganimiz ham balki
kleptomanlikdir
Manba: https://youtu.be/ZhwYBDy9HNI
Savol muallifi: Abdulaziz Sultonov
3.12. Erkin Vohidov Gyote, Yesenin kabi bir qator shoirlarning
she‘rlarini tarjima qilishdagi qiyinchiliklar haqida yozar ekan, Ushbu
so‘zlarni yodga oladi va tasdiqlaydi.
Diqqat savol: Ushbu so‘zlar muallifini yozib bering
Javob: Redyard Kipling
Izoh: U g‘arb shoirlarining she‘rlarini o‘zbek tiliga o‘girish haqida
gapirayotib, ,,G‘arb bu g‘arb, sharq bu sharq, ular hech qachon
birlashmaydi" so‘zlarini eslaydi va bu gap haqiqat ekanligini yozadi.
Bugungi savollar paketida qaysidir ma’noda g’arb va sharqni
birlashtirgan Metavers jamoasi o’z navbatchiligini yakunlaydi
Manba: https://kh-davron.uz/kutubxona/uzbek/erkin-vohidov-umr-
bekatlari.html
Savol muallifi: Javohir Mavlonov
"Легион" жамоаси саволлар пакети.
mad_max93July 01, 2022

1-тур
1. “Канагавадаги катта тўлқин” гравюрасини У дея оламиз. 1864 йил
АҚШдаги президентлик сайловлари арафасида Делавер штатини
ҳам У дейиш тўғри бўлган.
Савол: “У”ни тартиб сон ишлатган ҳолда ёзиб беринг.
Жавоб: 36 танинг биринчиси.
Изоҳ: “Канагавадаги катта тўлқин” Ҳокусайга тегишли
“Фудзининг 36 кўриниши” туркум картиналари рўйхатидаги
биринчи картина ҳисобланади. Шунинг учун бу контекстда биз
уни “36 танинг биринчиси” дея оламиз. 1864 йилдаги сайлов
вақтида АҚШда 36та штат бўлган. Делавер эса биринчи штат
ҳисобланади. Яъни у ҳам 36танинг биринчиси ҳисобланган
ўшанда.
Сиз ҳозир “Легион” жамоасининг бугунги 36 та саволидан биринчисини
тингладингиз.
2. Биламизки, ҳайкалларнинг баъзи қисмларини силаш ОМАД
келтиради деган ирим бор. Шу иримга ишонувчилар Москвада
ўрнатилган бир ҳайкалнинг иккинчи ва учинчи бармоқларини
силашар экан.
Cавол: Бу ҳайкал кимга ўрнатилган?
Жавоб: Доцент.
Қабул: Евгений Леонов.
Манба: https://shorl.com/kasubejanohe
3. “Мангу саркарда” мобил ўйини яратувчиларидан бир Азамат
Тожиев интервьюларининг бирида шундай дейди: «Барчаси
фактларга асослангани билан биз ўйин давомида Амир Темур
образидан тўғридан тўғри фойдаланмадик, чунки қандайдир
тарихий хатоликка йўл қўйиш мумкин эди. Шу сабабли биз УНИНГ
образидан фойдаланганмиз. Шундай бўлса-да, видеоўйинда ўйин
стратегияси, барча юришлар режасини Амир Темур тузади».
Тарихий манбаларга ишонадиган бўлсак, Карапуш Баҳодир У
бўлган.
Савол: Уни бир хил ҳарф билан бошланувчи икки сўз билан ёзиб
беринг.
Жавоб: Темурнинг тансоқчиси.
Манба: https://tinyurl.com/5e3tmbe7
4. Ўтган асрнинг 90-йилларида ноқонуний алкоголь савдоси гуллаб
яшнаган. Айрим “тадбиркорлар” алкогольни автомобил
багажнигида (юкхона) ҳам сотишган. Бундай автомобилларга халқ
томонидан У деб ном берилган. 1948 йилда Ашхабодда содир бўлган
талафотли ер қимирлашида бир болакай Унинг остига яшириб
тирик қолган.
Савол: Уни италянча бўлмаган бир сўз билан ёзиб беринг.
Жавоб: Рояль.
Қабул эмас: Фортепиано, Пианино.
Изоҳ: Багажникни очиб калтак ёки бирор ёғоч тиргак қилиб
қўйилган ва бемалол спиртли ичимликларни қатор қилиб териб
қўйиб савдо қилинган. Бундай конструкция одамларга қопқоғи
очилиб турган Рояльни эслатган.
5. Бир болалар шеърида шиллиқуртда У борлиги айтилади.
Хонанда Шоҳжаҳон Жўраев репертуарида ҳам “У” номли қўшиқ бор.
Савол: Сиз менга Уни ёзиб беринг.
Жавоб: У.
Изоҳ: Болалар шеърида шиллиқурт шохи У ҳарфига ўхшатилган.
Шоҳжаҳон Жўраев репертуарида “У” номли қўшиқ бор.
Манба: https://abvgdee.ru/bukva/u
6. Диққат саволда ИКС ўрнида икки сўз яширинган.
Шу йилнинг 9 март куни Жанубий Кореяда бўлиб ўтган
президентлик сайловларида “ХАЛҚ КУЧИ” партияси вакили бўлган
Юн Сок Ёл ғолиб чиққан. Номзод кўплаб сайловолди
учрашувларидаги нутқларида “Президент ҳам халқнинг бир вакили
эканлиги, унинг ўз халқидан яширадиган ҳеч қандай сири
бўлмаслиги кераклиги” ҳақида бир неча бор такрорлагани
эътиборлидир. Инаугурациядан кўп ўтмасдан Кореянинг маҳаллий
KakaoMap [какао меп] иловасида ИКСнинг пайдо бўлиши Корейс
халқининг ўз президентига бўлган ҳурматини яна бир бор оширган
бўлса ажаб эмас.
Савол: ИКСнинг биздаги аналогини бир сўзда ёзиб беринг.
Жавоб: Кўксарой.
Изоҳ: Сайлов ўтгач, янги сайланган президент шу пайтгача
омма учун хариталарда кўринмайдиган президент қароргоҳи –
“Мовий уй”ни Корея хариталарида исталган одам қидириб топа
оладиган қилиб қўйган. Ҳаттоки Гугл Мепс орқали сунъий
йўлдошдан “Мовий уй”нинг жонли тасвирини ҳам кўриш
имконияти яратилди.
7. www.livejournal.com сайти Украина воқеаларидан сўнг дунё
бўйлаб нарх-навонинг ошиши энди УЧИНЧИ ҳам ҳужумга
ўтганлиги белгиси бўлиши мумкинлиги қабилидаги мақола эълон
қилган. Кнут Гамсуннинг уйсиз, дайди йигит ҳақидаги романи ҳам
“УЧИНЧИ” деб номланади.
Савол: Сизлар менга БИРИНЧИ ва ИККИНЧИ ни ёзиб беринг.
Жавоб: Ўлат, уруш.
Изоҳ: Биласизки, апокалипсис чавандозлари 4 та бўлган: ўлат,
уруш, очлик ва ўлим. Мақолада ковид пандемияси ўлатга,
Украина воқеалари урушга, нарх-навонинг ошиши эса очликка
тенлаштирилган.
8. Имом Ғаззолийнинг “Уйланиш одоби” китобида Насоий ва Ибн
Можадан ривоят келтирилади. Расулуллоҳ САВ шундай дедилар:
«Ким хотинининг ёмон феълига сабр этса, Аллоҳ таоло унга
БИРИНЧИга берилган даражасида савобни беради. Ким эрининг
ёмон феълига сабр этса, Аллоҳ таоло унга ИККИНЧИГА берилган
савобичалик савоб беради».
Савол: Биринчи ва Иккинчи аниқ ёзиб беринг.
Жавоб: Айюб а.с. ва Хазрати Осиё.
Қабул: Айюб ва Осиё.
Изоҳ:
Айюб алайҳиссалом танасига дард текканида, жамийки яқинлари
юз ўгирганида кўрсатган сабри ва Фиръавннинг хотини Хазрати
Осиянинг қийноқларга қарамасдан иймонидан воз кечмагани
савобининг нақадар улкан эканлигини Расулуллоҳ умматларига
шу ҳадис орқали мисол қилганлар.
Манба: Имом Ғаззолий “Уйланиш Одоби” китоби.
9. “Янги горизонтлар” космик кемаси НАСАнинг бу сайёра томонга
уюштирилган илк дастури бўлган. Космик кемада бу сайёрани кашф
қилган Клайд Томбонинг ҳоки ва 4 доллар қийматга эга танга ҳам
бор эди.
Савол: Космик кема қайси сайёра томонга йўл олган эди?
Жавоб: Плутон.
Изоҳ: Клайд Томбо Плутон сайёрасини кашф қилган.
Плутоннинг йўлдошлари Харон ва Стикс. Харон космик кемада
Клайд Томбони Стиксдан олиб ўтиб қўйиши учун ҳақ – 4 доллар
миқдоридаги танга ҳам қўшиб юборилган эди.
10. Стивен Хилленберг ўз персонажини томошабинлар пишлоқ деб
ўйламасликларига ҳаракат қилган ва юмалоқ шаклини ўзгартириб,
унга ШУНДАЙ ном қўйган.
Савол: Қандай ном қўйган?
Жавоб: Спанж Боб.
Қабул: Гупка Боб.
Изоҳ: Стивен Хилленберг АҚШлик аниматор. У “ГубкаБоб”
мультсериалини яратганлиги билан машҳур. Сариқ, юмалоқ,
илма тешик қаҳрамонни кўриб пишлоқ деб ўйламасликлари учун,
шаклини тўртбурчак қилиб номига губка сўзини қўшади.
11. ДУПЛЕТ.
1. Ўзининг ягона катта асари билан машҳур пруссиялик зобит Карл
фон Клаузевитс АЛЬФАнинг энг катта назариётчиси ҳисобланади.
Савол: АЛЬФАни 2 сўзда ёзиб беринг.
2. 1972 йил Чемпионлар кубоги финалида Миланнинг Интер
жамоаси Аяксдан 0:2 ҳисобида мағлуб бўлгач, газеталарда
“Катеначчо ўлди, БЕТТА ғалаба қозонди” деган сарлавҳалар билан
мақолалар чиққан экан.
Савол: БЕТТАни икки сўзда ёзиб беринг.
Жавоблар:
1) АЛЬФА - Тотал уруш;
2) БЕТТА - Тотал футбол.
12. Диққат саволда алмаштириш бор.
2016 йилда соҳа вазирлигига қайта тайинланган Адҳам Икромов
бир масала юзасидан келиб тушган мурожаатларга жавоб берар
экан, ИКСни мантиқсизлик деб таъкидлайди. Унинг фикрича, ИКС
одамларга халақит қилмайдиган кечки вақтларда
ташкиллаштирилиши керак. Ушбу мавзуга оид www.gazeta.uz
сайтидаги хабар изоҳларида фойдаланувчилардан бири вазирнинг
бу талаби имконсизлигини, ИКС нинг амалдаги вақти айнан
ЭСТАФЕТА (урғу бериб ўқилади) сабаб белгиланганлигини ёзиб
қолдирган.
Савол: ИКСни хоҳ русча, хоҳ ўзбекча ёзиб беринг.
Жавоб: Пятиминутка.
Қабул: Беш дақиқалик / Беш дақиқалик мажлис / Обход
документов.
Изоҳ: Касалхоналарда эрталаб ўтказиладиган
пятиминуткалар одатда номига мос бўлмаган ҳолда ярим
соатга яқин давом этади. Бу эса беморларнинг шифокор ва
ҳамшираларни кутиб қолишларига сабаб бўлади. Ўша пайтдаги
соғлиқни сақлаш Вазири Адҳам Икромов пятиминуткаларни
кечки вақтда ўтказиш таклифини беради. Бироқ мажлислар
айнан эрталаб ўтказилиши тунги сменадаги персоналларнинг
беморлар ҳақидаги маълумотларни эрталабки смена врачларига
топшириб кетишлари билан боғлиқдир. Бизда ҳам
ПЯТИМИНУТКА. Бир соатларда қайтамиз.... Албатта ҳазил )))
Манба: https://www.gazeta.uz/ru/2017/02/09/brief/
2-тур
13. Тарқатма материал:
Режиссиёр Эндрю Хаттон томонидан Ван Гогнинг укаси Теодорнинг
хатларига асосланиб ишланган биографик фильм “Вангогнинг
УЛАР билан чизилган портрети” деб номланган. Қаршингизда ҳам
рассом Хюи Лам ижоди бўлмиш Ван Гогнинг УЛАР билан чизилган
портрети.
Савол: УЛАРни бир сўзда ёзиб беринг.
Жавоб: СЎЗЛАР.
Изоҳ: Теодорнинг сўзлари асосида ишланган биографик фильм
“Ван Гогнинг сўзлар билан чизилган портрети” деб номланган.
Қаршингиздаги Ван Гог портрети ҳам Genius сўзларидан
чизилган.
14. Маълумотларга кўра, табиатдаги У ҳам инсон бармоқ излари
каби ноёб экан, яъни ҳеч қачон бир-бирини такрорламас экан. 2008
йилда экранларга чиққан мультфильмдаги У Анжелина Жолига
тегишли эди.
Савол: Уни 2 сўзда ёзиб беринг.
Жавоб: Йўлбарс овози.
Изоҳ: Йўлбарсларнинг овози ҳеч қачон бир бирини такрорламас
экан. “Кунг - фу панда” мультфильмида Анжелина Жоли
йўлбарсга овоз берган.
Манба: https://www.factroom.ru/facts/24304/
15. Бундан роппа-роса икки йил олдин Амазон тахминан қуйидаги
мазмундаги эълонни тарқатган эди: “Бу имкониятни қўлдан бой
берманг! Бизга минглаб чеҳралар керак. Тарихдаги энг катта
сериалда қатнашиш учун катта бурунли, юзига ажин тушган,
жигарранг ёки оппоқ юзли, тиши йўқ ҳамда суяк билан боғлиқ
нуқсони бор шахсларни кастингда қатнашиш учун таклиф
қиламиз”.
Савол: Гап қайси сериал ҳақида эканлигини аниқ ёзиб беринг.
Жавоб: “Узуклар ҳукмдори: Қудрат узуклари”.
Қабул: “Қудрат узуклари”. Фильмнинг русча ва инглизча номлари
ҳам.
Изоҳ: “Қудрат узуклари” лойиҳасидаги орклар компьютер
графикасисиз яъни фақат табиий грим ёрдамида акс
эттирилмоқда экан. Шу сабабли орклар ролига кўплаб инсонлар
жалб қилинган. Маълумотларга кўра, сериалнинг илк намойиши
2022 йилнинг 2 сентябрь санасига белгиланган.
Манба: https://t.me/insusambil/846
16. Швейцария, Нидерландия, Бельгия, Люксембург ва АҚШнинг
айрим штатларидагина мавжуд бўлган туристик компаниялар
онкологик касалликлар, турли хил депрессив муаммоларга учраган
инсонлар учун ўз хизматларини таклиф этишади. Ушбу фирмалар
авиачипта харид қилиш, меҳмонхона ёки квартира ижараси,
диққатга сазовор жойларни кўриш ва БУ ИШНИ ҚИЛИШда
кўмаклашишади.
Савол: БУ ИШНИ ҚИЛИШни бир сўзда ёзиб беринг.
Жавоб: Суицид.
Қабул: Эвтаназия.
Изоҳ: Қанчалар даҳшатли бўлмасин юқорида санаб ўтилган
давлатларда бу каби хизматларга қонунан рухсат берилган. Бу
каби туризм тури “Суицид туризми” ёки “Эвтаназия туризми”
дейилади.
Манбалар:
1) http://bitly.ws/sqBc
2) http://bitly.ws/sqBa
17. Савол муаллифи Англия премьер лигасининг Манчестер Cити ва
Вулверхэмптон учрашувини кўрар экан, Cитининг рақиблари ўз
жарима майдонида БУ ИШНИ ҚИЛИШИ ўзлари учун жуда хавфли
оқибатларга олиб келиши мумкинлигини таъкидлайди. Ўтган
асрнинг 90-йилларидаги бир фильмда Питер ва Кейтлар ҳам БУ
ИШНИ ҚИЛИШган.
Савол: БУ ИШНИ ҚИЛИШ ўрнидаги 3 сўзни ёзиб беринг.
Жавоб: Кевинни ёлғиз қолдириш.
Жавоб: Кевинни ёлғиз қолдириш.
Изоҳ: Ушбу ўйинда Кевин де Бруйне покер қайд этиб
жамоасининг ғолиб бўлишига ўз ҳиссасини қўшган. Ўтган аср 90-
йилларида суратга олинган “Уйда ёлғиз” фильмларида Питер ва
Кейт Маккаллистерлар фарзандлари Кевинни уйида ёлғиз
қолдиришган.
Манба:
1) https://www.sports.ru/tribuna/blogs/mama4h/3041771.html
2) https://tinyurl.com/2p9h3frp
18. Ибратли ҳиқояни тингланг: Бир юрт подшоҳи дарё ёқалаб кезиб
юраркан, қармоқ ясаб ўтирган ғариб одамни кўрибди. Унга ҳиммат
қилгиси келиб, қармоғингга нима илинса, унинг вазнича олтин
бераман дебди. Қармоқ ташланибди. Қармоққа ўртаси тешик
думалоқ суяк илинибди. Подшоҳ насибанг шу эканда деб кулибди.
Тарозининг бир палласига суяк, иккинчи палласига навбати билан
олтинларни қўя бошлашибди. Қанча олтин қўйилса ҳам суякли
палла хеч кўтарилмабди. Аъёнлар суякни ЯХШИЛАБ КЎЗДАН
КЕЧИРГАЧ (урғу билан), ҳамма олтинлар ўрнига Уни
қўйишганларида, суякли палла кўтарилибди ва ғарибга Унинг
вазнича олтин беришибди.
Савол: Уни уч сўзда ёзиб беринг.
Жавоб: Бир ҳовуч тупроқ.
Қабул: Бир сиқим тупроқ.
Изоҳ: Тешик думалоқ суяк одамнинг кўз чаноғи эканлигини
англаган аъёнлар подшоҳга инсон кўзининг бойликка
тўймаслигини, уни фақат бир ҳовуч тупроқ тўйдиришини
айтадилар ва тарозига тупроқ қўйишни маслаҳат берадилар ва
бу иш беради.
Манба: Хузур тақвими / Хуршид Махсумов / VneshInvest Prom /
Тошкент 2020 / 7-бет.
19. Римликлар бошқа халқ билан уруш қилишларидан олдин
ЭВОКАЦИЯ деб номланувчи жараённи амалга оширишган. Бунда
римликлар душман ИКСларини ўзлари томонга оғдириб олишга
ҳаракат қилишган экан.
Савол: ИКС ўрнидаги сўзни ёзиб беринг.
Жавоб: Худо.
Қабул: Илоҳ, Маъбуд.
Изоҳ: Биламизки, римликларда ҳам кўп Худолик бўлган ва
ғалабада Худолари кучига ишонишган ва душманларга ғалаба
келтирадиган Худоларини ҳам ўзлари томонга оғдириб олишга
ҳаракат қилишган экан.
20. Тарқатма материал:
Гаджетларга тўла замонавий дунёда одамларнинг китоблардан
узоқлашиб бораётгани ва жуда ҳам кам мутолаа қилаётганликлари
жиддий муаммо. Бразилиянинг L&PM [Эл энд ПиЭм] компанияси
ушбу муаммонинг ечимларидан бири бўлиши кутилаётган
лойиҳани тақдим қилди. Лойиҳага бағишланган постерни сиз
тарқатмада кўриб турибсиз.
Савол: Компания қандай маҳсулот ишлаб чиқаришини аниқ ёзиб
беринг.
Жавоб: Чўнтак китоблари.
Қабул: Покет-бук (pocket-book), кармон китоблар, Мини китоблар.
Қабул эмас: Электрон китоб, аудио-китоб.
Изоҳ: Компания мутахассисларининг фикрича, одамлар айнан
олиб юришга ноқулай бўлганлиги сабабидан китоб ўқишдан
узоқлашиб бормоқда ва гаджетлар орқали ўқишга ўрганиб
қолишмоқда экан. Бу каби чўнтак китоблар эса олиб юришга
қулай. Шрифтлар эса хажмга нисбатан катта ва ўқишда
қийинчилик туғдирмайди. Расмда Толстой кичкина жойга
сиғдирилганлигини ва унинг ёнида чўнтак соатини ҳам кўриб
турибсиз.
Манба: http://bitly.ws/soZM
21. Кун давомида Лос-Анжелесда иш қидирган савол муаллифи
Сансет Бульвар кўчасидаги автобус бекатида ўтирар экан, талабалик
даврида кўрган “Сансет Бульвар” фильми ҳақида ўйлайди. Бироздан
кейин бир қизиқ ўхшашлик топади — унинг ҳозирги теварак-
атрофи ва кайфияти ушбу фильм жанрига жуда мос тушар эди.
Савол: Вазиятни тасаввур қила олган бўлсангиз, бир дақиқадан
кейин юқоридаги фильм жанрини грекча бўлмаган сўз билан ёзиб
беринг.
Жавоб: Нуар.
Изоҳ: Кун бўйи шаҳарда иш қидирган савол муаллифи кеч
тушгач автобусда уйда қайтмоқчи бўлади, табиийки, унинг
кайфияти ёмон бўлган. Француз тилидан “нуар” сўзи “қора” деб
таржима қилинади. Ушбу вазиятда теварак атроф қоронғу,
қаҳрамон кайфияти эса тунд.
22. Леонардо да Винчи ўзининг машҳур суратларидан бирини
чизаётган пайтда черков хорида ишлайдиган йигит натуршикли
қилади. Сурат узоқ вақт охиргача чизилмай қолиб кетади, чунки
суратдаги бир образга хоҳлаганидек одамни тополмаётганди. Охир
оқибат керакли образни топади, кўчада маст бўлиб, думалаб ётган
инсон унга натуршикли қилади. Уни суратини чизаётган пайтида да
Винчига “Мен черковда ишлаб юрганимда ҳам суратимни
чизгандинг” дейди.
Савол: Да Винчи бир одамдан қайси икки қаҳрамонини чизишда
фойдаланган?
Жавоб: Исо ва Иуда.
Изоҳ: “Маҳфий кеча” асаридаги Исони чизган да Винчи Иуда учун
узоқ вақт образ тополмайди. Охир оқибат маст одамни топади,
бу одам эса Исога образига натуршикли қилган инсон эди.
Манба: https://klikabol.com/2016/10/interesneyshie-fakty-o-
kartine-taynaya-vecherya.html
23. ДУПЛЕТ.
1. www.odam.uz интернет сайтидаги маълумотга ишонадиган бўлсак,
ушбу кашфиётнинг амалда қўлланилиши туфайли 2-жаҳон урушида
92% британиялик ярадор аскарларнинг ҳаёти сақлаб қолинган экан.
Савол: Бу қандай янгилик эди?
2. Ўзбек тилининг изоҳли луғатида бу сўз маносига қуйидагича изоҳ
берилган: “Эгарнинг олдинга ёки орқага силжиб кетмаслиги учун
эшак ёки отнинг эгарига бириктириб ўрнатилувчи мослама”.
Савол: Бу қайси сўз?
Жавоблар:
1. Қон қуйиш.
2. Қуюшқон.
Изоҳ: 1917 йилдан бошлаб Биринчи жаҳон урушида
қатнашаётган барча мамлакатларнинг ҳарбий госпиталларида
қон қуйиш кенг йўлга қўйилган. Қон қуйиш амалиёти туфайли
Биринчи жаҳон уруши даврида 92% яраланган британиялик
аскарларнинг ҳаёти сақлаб қолинган экан.
Манба: https://odam.uz/amp/news/1779
24. InstaTroll_Football саҳифасида берилган постга кўра, Англиялик
ютуб блогери Марк Голдбриж Манчестер Юнайтеднинг бугунги
кундаги ҳимоя чизиғини GTA ўйинидаги ИКСга ўхшатган. “Мавжуд,
лекин ниҳоятда фойдасиз” дейди блогер хазиллашиб.
Савол: ИКСни максимал аниқликда ёзиб беринг.
Жавоб: Светофорнинг қизил чироғи.
Қабул эмас: Светофор, светофор чироқлари.
Изоҳ: Ўйиндаги светофорнинг қизил чироғи одатда ўйновчилар
автомобиль бошқарганларида деярли фойдасиз. Чунки ўйин айнан
қизил чироқ пайтидаги манёврлари билан қизиқ. Блогер эса асосий
либоси ранги қизил бўлган Манчетер Юнайтед ҳимояси
заифлигини айнан шу светафорларга ўхшатади. Бизда ҳам қизил
чироқ ёнди. Фақат бир неча дақиқага.
Манба: http://bitly.ws/sqB7
3-тур
25. У икки хил маънони англатади. Биринчи маъноси шеър
шаклларидан бирини англатса, иккинчи маъноси эса истеъмол
қилинадиган маҳсулотни билдиради. Ўзбек адабиётидаги бир
қаҳрамон Уни кўп истеъмол қилгани учун бир лақаб олган.
Савол: Сиз менга ушбу лақабни бир сўз билан ёзиб беринг.
Жавоб: Кайфий.
Изоҳ: Юқорида гап мусаллас ҳақида кетаётган эди. Адабиётда
мусаллас шеърий шакл бор. Май, шаробни ҳам англатади. Ғафур
Ғуломнинг "Хасан Кайфий" асари қахрамони Хасан мусалласни
кўп истеъмол қилади. Шу сабабли унга Кайфий лақабини
беришган.
Манба:
1) https://qomus.info/encyclopedia/cat-m/musallas-uz-2/
2) https://www.youtube.com/watch?v=uFhm6Rl67Xc
26. Инглиз тилида Red Herring [Ред Ҳерринг] (Қизил сельд балиғи)
деган ибора бор. Бу ибора “чалғитувчи, тўғри йўлдан адаштирувчи
нарса” маъносини билдиради. Бу иборанинг келиб чиқишига 17-18-
асрларда Англияда бир иш билан шуғулланувчиларнинг машқлар
жараёнидаги ҳаракатлари сабаб бўлган.
Савол: Сиз бизга ушбу жараёндаги чалғитувчиларни эмас,
чалғитилганларни ёзиб беринг.
Жавоб: Овчи итлар.
Қабул: Итлар.
Изоҳ: Овчилар итлар ов пайтида кераксиз нарсаларга
чалғишини текшириш учун ўрмондаги буталар орасига ҳидланиб
ётган қизил сельд балиғидан ташлаб қўйишган. Бошида итлар
чалғиган, лекин бироз вақт ўтиб, улар бегона ҳидларга чалғимай
асосий ўлжа ортидан тушиб таъқиб қилишни ўрганган экан.
27. Пьер Миньяр томонидан 1694 йилда чизилган суратда У
Купидоннинг қанотларини кесиб ташлаётгани тасвирланган.
Савол: У ни ёзиб беринг.
Жавоб: Кронос.
Қабул: Хронос.
Изоҳ: Купидон севги илоҳи, Кронос вақт илоҳи. Севги вақт
тиғларига бардош бера олмаслигини тасвирлаган.
28. Тарқатма материал:
Савол: Тарқатмада берилган шеър 1920-йилда кимга атаб ёзилган?
Жавоб: Маҳмудхўжа Беҳбудий.
Изоҳ: Ушбу шеърни Чўлпон 1919 йилда қатл қилинган Беҳбудий
хотирасига бағишлаб 1920 йилда ёзган. Шеърнинг ҳар бир
қаторида бекитилган ҳарфлар топилса ойна сўзи ҳосил бўлади.
Беҳбудий илк жадид газеталаридан бири бўлган “ойна”
газетасига асос солган.
Манба: Cho’lpon. She’rlar/ Akademnashr 2021/ 30-bet
http://bitly.ws/soGP
29. Бир куни Эдгар Дега дўсти Ренуарга совға қилган картинаси
аукционда сотилаётган жараёнга гувоҳ бўлади. Бу сурат ўша давр
учун рекорд суммага сотилади. Буни кўриб турган Дега Ўзини ғолиб
ИКСга, картинани сотаётган Ренуарнинг меросхўрини ИГРЕКга
қиёслайди. ИКС остида ётган ИГРЕК тасвирланган картина
Деганинг сўнги картиналаридан биридир.
Савол: ИКС ва ИГРЕК ўрнидаги сўзларни ёзиб беринг.
Жавоб: ИКС – от, ИГРЕК – чавандоз.
Изоҳ: Эътибор берган бўлсангиз, от пойгаларида одатда
ғолиблик отга тегишли бўлади, аммо мукофот жокейга, яъни
чавандозга насиб қилади. Меҳнатни қилган бошқа, мукофотни
олган эса бошқа. “Йиқилган чавандоз” картинасида отдан
йиқилиб вафот этган, карьерасини тугатган чавандоз
тасвирланган. Рассом ҳам бу картинадан сўнг оз вақт ўтгач, ўз
карьерасини тугатган.
30. “Легион” жамосининг ўтган сафарги навбатчилигидан сўнг
жамоа томонидан тайёрланган саволлар учун берилган
маблағлардан 12% даромад солиғи ушлаб қолингач, қадимги Рим
легионерларининг даромадлари ҳақида ўқиб кўришга қарор
қилдим. Қарангки, уларда ҳам белгиланган маош беришда кўп
нарсага ушлаб қолинган экан. Қизиғи, овқат, кийим, қурол-аслаҳа
ва легионерларнинг умумий фондидан ташқари БУ учун ҳам
маошдан анча маблағ ушлаб қолинган. Ўзбекистон Республикаси
қонунчилигида ҳозирда БУ учун давлат томонидан 1 миллион 296
минг сўм миқдорида пул берилади.
Савол: БУни бир неча сўз ишлатиб ёзиб беринг.
Жавоб: Дафн қилиш билан боғлиқ харажатлар.
Манба: https://lex.uz/docs/1819051
31. Тарқатма материал:
Маълумотларга кўра, ҳозирда компьютер ўйинларидаги валюталар,
кристаллар каби турли қимматликларни сотиб олиш ва сотиш
орқали БУ ИШ амалга оширилмоқда экан. Қаршингизда эса 1666
йилда БУ ИШни амалга оширишга ёрдам берган мослама турибди.
Савол: БУ ИШ ни икки сўзда ёзиб беринг.
Жавоб: Пул ювиш.
Изоҳ: Бегона одам номидаги ўғирланган картага пул ўтказилади
ва шу пулларга ўйин валютаси ва кристаллар сотиб олинади ва
реал пулларга сотилади. Европада эса ўлат пайтида шундай
мосламалар ичига уксус солиб қўйилган ва аҳоли танга пулларини
ювиб, дезинфекция қилиб олганлар.
Манбалар:
1) https://tinyurl.com/4xuxzx67
2) https://tinyurl.com/48r8scr8
32. “Шаҳзода ва бўри” мультфильмида БУ ИШни амалга ошириш
учун бўрига бир шарт қўйилади. Шартга кўра, бир жойдаги кўлни
топиб, кўлнинг ичига кириши керак эди.
Савол: 1986 йилги бир мультфильмда қаҳрамон қиз БУ ИШни
амалга ошириш учун нима қилишга мажбур бўлган?
Жавоб: Буғдой бошоқларини тўплаш.
Изоҳ: БУ ИШ – ўз аслига қайтиш. “Нонни босган қизалоқ ҳақида
эртак” мультфильмида қизалоқ нонни босгани сабаб шундай
жазога тортилади.
Манба: https://youtu.be/lj6fGIOWfOw
33. Тарқатма материал:
Тарқатмада SteelSeries [СтилСериэс] компаниясининг Sensei 310
[Сенсей 310] деб номланган ўйин учун ишлаб чиқарган
сичқончасини кўриб турибсиз. Ушбу сичқонча номининг давомида
У сўзи ҳам бор. Пол Маккартни, Мария Шарапова, Курт Кобейн,
Том Крузларни ҳам У дейиш мумкин.
Савол: Уни бир сўз билан ёзиб беринг.
Жавоб: Амбидекстер.
Изоҳ: Одатда ўйин сичқончалари ўнақай ёки чапақай геймерлар
учун қулай тарзда ишлаб чиқарилади. Бу сичқончадан эса ҳар
иккала турдаги геймерлар фойдалана олади.
Манба:
1) https://gshop.uz/products/504.html
2) https://tinyurl.com/ycxex7vc
34. Ўтган аср иккинчи ярмидан буён давом этаётган ва
мусулмонлар дунёсида кескин қораланадиган Уларнинг энг
охиргиси шу йилнинг апрель-май ойларида содир бўлди. Мишел
Соро, Френк Рохас, Абилхам Аманкуллар Улардан ўзларини ҳимоя
қилишни эплай олишмаган.
Савол: Улар ўрнидаги 2 сўзни ёзиб беринг.
Жавоб: Исроил зарбалари.
Қабул: Исроил ҳужумлари.
Изоҳ: Боксчимиз Исроил Мадримов ўз фаолиятидаги энг ажойиб
ғалабаларидан бирини юқорида келтирилган боксчилар билан
жангларида қўлга киритган. Ўтган асрдан буён Фаластин
давлатига Исроил давлати томонидан ҳужумлар амалга
оширилиб келмоқда ва бу ҳаракатлар кўпинча Рамазон ойида
амалга оширилади. Ўйлаймизки шу йили содир бўлган ҳужум
сўнггиси бўлиб қолади.
Манба:
1) https://tinyurl.com/yckr5r8r
2) https://www.gazeta.uz/oz/2021/12/19/prof-boxing/
3) https://www.youtube.com/watch?v=JiG9ncCeZ50
35. ДУПЛЕТ.
1. Бир асар қаҳрамони У нарсани илк бора кўрганида Уни “қорда
қолиб кетган гигант тошбақа”га ўхшатган. Уни қуриш ҳақидаги
йўриқнома мақолалардан бирида айтилишича, ишни 70 см
кенглигида ва 60 см чуқурликдаги хандақ қазишдан бошлаш керак.
2100 мм диаметрли чизилган айлана эса сизга ишни аниқликда
бажаришга ёрдам беради.
Савол: Уни хорижий сўз билан ёзиб беринг.
2. Кўпинча баландлиги 2.5-3 метр бўладиган У кўчма ва стационар
тарзда бўлиб, гумбаз ёки конуссимон қилиб қурилади. Кичига 3
кишидан 12 кишигача, каттаси 30 кишигача одамни сиғдира олади.
У алгонкин ёки шарқий абенак тилидан келиб чиққан экан.
Cавол: Уни хорижий сўз билан ёзиб беринг.
Жавоблар:
1) иглу;
2) вигвам.
Изоҳ: Иглу бу эскимосларнинг уйлари бўлиб, асарда уни
кўринишини тошбақага қиёсланади. Ҳиндулар уйи ҳисобланган
вигвам одатда гумбазли ёки конуссимон тарзда қурилади. Вигвам
сўзи 1628 йилда қайд қилинган американча сўз бўлиб, алгонкин
тилидан ёки шарқий абенаклар маҳаллий тилидан келиб чиққан
экан. (Wикеwам).
Манба:
1) https://en.m.wikipedia.org/wiki/Igloo
2) https://tinyurl.com/f8k399bn
36. Охирги йилларда Шимолий Кореяда, хусусан, пойтахт
Пхенянда 20, 30, 50, ҳатто, 80 қаватли турар жой бинолари кўплаб
қурилмоқда. Ушбу турар жой биноларидаги коммунал шарт-шароит
ва инфратузилмадан келиб чиқиб бой инсонлар ИКС лардан воз
кечишмоқда экан.
Савол: ИКСни икки ўзакли хорижий сўз билан ёзиб беринг.
Жавоб: Пентхаус.
Изоҳ: Баланд бинолар қурилгани билан улардаги сув босимининг
пастлиги, иситиш тизими ва лифтнинг доимий ишламаслиги
бойларни Пентхауслардан воз кечиб нисбатан пастки қаватлардан
уй олишга мажбур қилмоқда экан. Википедияга кўра, пентхаус сўзи
французча “пенте” ва инглизча “хаус” сўзларидан ташкил топган
экан.
Манба: Ёшлар телеканали “Давр” дастури http://bitly.ws/soJQ
Renessans

1-ТУР
July 14, 2022

Савол тартиб рақами 1.


Интернетда бу инсон ҳақида маьлумот қидирилганда уни 1980 йил
туғилганлиги, 2003 йил Термиз Давлат университетининг Кимё
факультетини тамомлагани ва “Дўстлик” ордени соҳиби эканлиги
ҳақида маьлумот топилди. Лекин у инсоннинг футболга
қизиқмаслиги, деҳқончиликда нўноқлиги ҳақида маьлумотлар йўқ.
Бу саволни шунчаки биринчи савол бўлгани учун бердик, сизни
ярангизни янгилаш ниятимиз йўқ эди. У инсон ким?
Жавоб. Шодмонқул CАЛОМ
Изоҳ. Шоир Шодмонқул Салом ижоди билан танишган савол
муаллифи унинг биографиясини чуқурроқ ўрганиб чиқишга қарор
қилди. “RENESSANS” жамоаси ушбу савол билан рамзий маънода
сизларга САЛОМ йўлламоқда.
Манба. https://ziyouz.uz/ozbek-nasri/shodmonqul-salom/
Савол муаллифи: Тимур Мадалимов (Чирчиқ)
Савол тартиб рақами 2.
Gourmand World Cookbook Awards мукофоти совриндори Сталик
Ханкишиевнинг бир неча китоблари номида ИКС ни учратиш
мумкин. ИКСнинг номи келиб чиқиши ҳақидаги мақолада ИКС
билан боғлиқ версиялардан ташқари, булғор хони Хасан исми
ҳақидаги вариантни ҳам учратиш мумкин. ИКС сўзи билан
алмаштирилган сўзни топинг.
Жавоб. Қозон
Изоҳ. Сталик Ханкашиев машҳур фуд-блогер, буни сиз мукофот
номидан ҳам тушунишингиз мумкин эди. У одатда ўзбек ошхонаси,
айниқса қозонда тайёрланадиган таомлар ҳақида ёзади. Қозон
шаҳри номи келиб чиқиши одатда турли ҳолатлардаги қозонлар
билан боғлансада, баъзи тарихчилар шахар асосчиси хон Хасан
исмига ўхшашликни кўришган.
Манба.
1. ru.wikipedia.org › wiki ›Ханкишиев,_Сталик
2. ru.wikipedia.org › wiki › История_Казани
Савол муаллифи: Саидакром Расулев (Тошкент)
Савол тартиб рақами 3.
Версиялардан бирига кўра 1903 йили Нью Йорк Трибьюн
газетасида “қора танли паст табақа вакиллари ичимликни
меъёридан ортиқ истеъмол қилиб, оқ танлиларга ҳужум
қилаётгани” ҳақидаги мақоладан сўнг БУ ИШни қилиш
тўхтатилган. Жорий йилнинг 29 апрель куни навбатдаги харид БУ
ИШ ни қилиш учун амалга оширилиши ҳақида ким хабар берди?
Жавоб. Илон Маск
Изоҳ. CocaCola ичимлиги таркибидаги оз миқдорда бўлса ҳам
кокаин моддасининг бўлиши унинг истеъмолчиларига кутилмаган
таъсир кўрсатган. Твиттер ни сотиб олганидан сўнг Илон Маск,
катта эҳтимол ҳазил тариқасида, “энди навбат CocaCola ни сотиб
олиш ва унинг таркибига кокаинни қайтаришга” деган твит
қолдирди.
Манба:
1. https://www.rbc.ru/business/
28/04/2022/626a4b6b9a79475af0c7c670
2. http://www.moya-semya.ru/index.php?
option=com_content&view=article&id=12070&catid=88&Itemid=170
Савол муаллифи: Саидакром Расулев (Тошкент)
Савол тартиб рақами 4.
Таллин шахри операсига ташриф буюрувчилар скрипка смичоги
шаклидаги Уни кўришлари мумкин эди. Уни немис тилидан кириб
келган сўз билан ёзиб беринг.
Жавоб. Шлагбаум
Изоҳ. Таллин шаҳри операси доим ўз биноси қаршисидаги
шлагбаумларини ноодатий тарзда безатишади. Эҳтимол сиз
дирижер таёқчаси шаклидаги шлагбаум ҳақида манбаларда
ўқигандирсиз. Ўша шлагбаум ҳам айнан Таллин шаҳри операсига
тегишли.
Манба. https://sen-semilia.livejournal.com/1676663.html
Савол муаллифи: Саидакром Расулев (Тошкент)
Савол тартиб рақами 5.
(Тарқатма материал)
_________________________________________
Just Wonderful Space Telescope
_________________________________________
Вернер фон Браун ўз даврининг энг етук конструктори
бўлганлигига қарамасдан, унинг II Жаҳон урушида СС қўшинлари
офицери бўлганлиги якуний қарор қабул қилинишида ўз таъсирини
кўрсатади. Ўтган аср 60-йилларида фон Брауннинг расмий раҳбари
исм ва фамилиясини ёзиб беринг.
Жавоб. Жеймс Уэбб
Изоҳ. NASA замонамизнинг энг мукаммал космик телескопига ном
беришда кўп қийинчиликларга дуч келди. Нацизм билан
ассоциациядан қочиб, Апполон дастурининг “отаси” фон Брауннинг
ўрнига танланган, ўша даврдаги NASA раҳбари Жеймс Уэбб
номзоди ҳам олимлар жамоатчилиги томонидан совуқ қабул
қилинди. Уларнинг фикрича бу билан НАСА ўзига хос гомофобияга
ҳайкал ўрнатаётган эмиш. Шу сабабли улар телескоп
аббревиатурасидаги JW ҳарфларини James Webb ўрнига Just
Wonderful каби ўқишга келишиб олишган.
Манба.
1. https://aboutspacejornal.net/ 2021/06/03/мы-
нижеподписавшиеся-требуем-переим/
2. https://ru.wikipedia.org/wiki/ Уэбб,_Джеймс
Савол муаллифи: Саидакром Расулев (Тошкент)
Савол тартиб рақами 6.
Тарқатма материал
Bosch, Hitachi, Husqvarna брендларининг Россиядаги расмий
дилери ҳисобланган БУ номли компания, франчайзи тизими
асосида ишлайди ва ҳозирги кунда 100дан ортиқ шаҳарни ўз
тармоғига улаган. Қўлингиздаги тарқатма материални ҳам БУ ном
билан аташ мумкин. БУ ном ни фамилия ишлатган ҳолда аниқ ёзиб
беринг. “ВАҚТ КЕТДИ”!
Жавоб. 220 Вольт
Изоҳ. Брендлар номлари сизни электр ускуналарига олиб бориши
керак эди. Тармоққа улаш ҳам кичик ёрдам эди.
Манба. 1. https://probusiness.io/markets/1062-eti-fakty-govoryat-
220-volt-povysit-napryazhenie-na-belorusskom-rynke.html
Савол муаллифи: Саидакром Расулев (Тошкент)
Савол тартиб рақами 7.
(Тарқатма материал)
_____________________________________
They have slain the Earl O' Moray,
And laid him on the green.
_____________________________________
Тарқатма материалда қадимги шотланд балладасидан парча
берилган. Сильвия Райт эслашича, болалигида у балладанинг ушбу
парчаси - икки кишининг ўлдирилиши ҳақида эканлигига ишончи
комил бўлган. Бу каби ҳолатлар бошқа тилларда ҳам учраб туради.
Ҳудди шундай ҳолат туфайли трендга айланган ижод маҳсулини
мисол келтиришга ушбу навбатчилик муҳаррири рухсат бермади.
Ўша ижод маҳсули ижрочисини топинг.
Жавоб. [Фотихабегим] Хафизова (қабул қилиш фамилия бўйича)
Қабул эмас. Maneskin. Madcon
Изоҳ. Сильвия Райт болалигида тарқатмадаги парчанинг иккинчи
қаторини and Lady Mondegrin дея эшитган ва Эрл Морай билан
бирга унинг рафиқаси ҳам ўлдирилган деб ўйлаган. Кейинчалик
Мондегрин атамаси ушбу ҳолатга ном сифатида Оксфорд луғатига
ҳам киритилган. Артист шоуси иштирокчиси Фотихабегим
Хафизованинг ижросидаги Beggin қўшиғидаги баъзи жумлаларнинг
ноодатий талқин этилиши мондегринга мисол бўла олади.
Манба.
1. https://en.wikipedia.org/wiki/Mondegreen
2. https://www.youtube.com/watch?v=a2kq1dn-hjE
Савол муаллифи: Саидакром Расулев (Тошкент)
Савол тартиб рақами 8.
Ҳаёти давомида тўғри ёзиш, синтаксис ва пунктуация қоидалари
билан кўп шуғулланган БУ шахс, асосан ўзининг сонетлари билан
машҳур. Қанчалик ҳайратланарли бўлмасин УНИНГ қабртошида
фақатгина КАТТА ҳарфлардан фойдаланилган ва бу унинг
тириклигидаги фаолиятига зиддек гўё. БУ шахс ким эканлигини
ёзиб беринг.
Жавоб. Эдвард [Эстлин] Каммингс
Қабул: Edward Cummings
Изоҳ. Каммингс ўз шеър ва сонетларини ёзишда доимо кичик
ҳарфлардан фойдаланган. Буни қарангки унинг қабртоши
фақатгина катта ҳарфда ёзилган.
Савол муаллифи: Равшан Баҳронов (Тошкент)
Савол тартиб рақами 9.
У илк бора 18-асрда яратилган бўлиб, Жесси Крендалл унга тормоз,
қўшимча соябон ва бошқа қулайликларни қўшади. Қиролича
Виктория “Ҳитчингс Бабй сторе”га ташриф буюрганида УНИ сотиб
олганлиги ҳақида маълумотлар мавжуд. Шу йилнинг март ойида
ёзилган мақолада 109 та УЛАР ва княз Дмитрий Галитский ўғлига
бағишлаб ном олган шаҳар эсга олинган. Ушбу шаҳар номини ёзиб
беринг.
Жавоб. Лвов
Қабул: Лвив
Изоҳ. Улар - болалар аравачаси. Тормоз, қўшимча соябон сизни бу
кичик транспортга олиб бориши керак эди. Лвовда уруш туфайли
вафот этган ёш болалар хотирасига бағишланиб 2022-йил 18-
мартда болалар аравачаси кўчаларга қўйиб чиқилган.
Манба. https://lviv.tsn.ua/ru/v-centre-lvova-vystavili-109-detskih-
kolyasok-imenno-stolko-detey-pogibli-iz-za-voyny-2012698.html
Савол муаллифи: Ravshan Bahronov (Toshkent)
Савол тартиб рақами 10.
Анархист ва революционер Бакуниннинг “Мен - мен бўлишни
истамайман” деган сўзлари мавжуд. Энтони Бёрджесс фикрича бу
сўзлар кимни илҳомлантирганини бизга ёзиб беринг.
Жавоб. Евгений Замятин
Қабул: Аниқ жавоб.
Изоҳ. Цитата тўлиқлигича “Мен мен бўлишни истамайман, мен биз
бўлишни истайман” деб айтилган . Бёрджесс фикрича "Биз” романи
ёзилишига айнан шу сўзлар сабабчи экан.
Савол муаллифи: Абдулазиз Султонов(Колледж парк)
Савол тартиб рақами 11.
1963 йили Колумбия округи полициячилари Клиффорд Нортонни
бошқа эркак билан суҳбатлашаётгани вақтида, аҳлоқсиз ҳатти-
ҳаракатлар айблови асосида ҳибсга олишади. Кейинчалик шу
сабабли у ишдан ҳам бўшатилади. Нортон 1969 йили ноҳақ
бўшатилганлиги ҳақида арз қилиб иш берувчисини судга беради. Бу
воқеа бугунда ҳам катта резонансга сабаб бўлиб келмоқда.
Клиффорд Нортон ўша даврда ишлаган ташкилот номини
аббревиатура билан ёзиб беринг.
Жавоб. NASA
Изоҳ. 60-йиллар АҚШда бесоқолбозликдаги айблов ҳар қайси
шахсни ишдан олиниши ва жиноий жавобгарликка тортилишига
сабаб бўлган. Бундай номақбул шахслар NASA шаънига доғ
туширмаслигини қатъий талаб қилганлиги боис Жеймс Уэббни
ҳозирдаги ўта либерал жамиятчилик ҳар томонлама қоралашга ўтиб
олган. Бу ҳақда 5-саволда ҳам айтиб ўтгандик.
Савол муаллифи: Саидакром Расулев (Тошкент)
Савол тартиб рақами 12.
(Тарқатма материал)
__________________________________
Knowledge is power. France is bacon.
__________________________________
2011 йили Reddit сайтида трендга чиққан воқеа мисолида -
мутахассилар сунъий интеллект томонидан инсон нутқини таниш
жараёнидаги муаммоларни муҳокама қилишган. Павел Ершов шу
каби ҳолат ҳақида ёзар экан, миллиондан кейин келувчи алыхрос
ни келтириб ўтади. Ва ўз навбатида, рус тилида бошқа бир
неологизмнинг ўрнида алыхрос ни ишлатишни таклиф этади.
Қайси нелогизм?
Жавоб. Мондегрин.
Изоҳ. Бироз аввал айтиб ўтилганидек мондегрин турли тилларда
намоён бўлиши мумкин. Куч билимда жумласи муаллифи Френсис
Бекон эканлигини билмаган болакай иқтибосни ўзгача тугатишга
қарор қилган. Масалан Алла Пугачеванинг машҳур қўшиғи туфайли
баъзи болалар миллиондан кейин келувчи саноқ сони алыхрос
бўлади деб ўйлашган экан.
Савол муаллифи: Саидакром Расулев (Тошкент)

2-ТУР
mad_max93July 14, 2022

Савол тартиб рақами 13.


У ҳақидаги илк маълумот 1891-йили Биcйcле Неwс журналида
келтирилган бўлиб, катта ва нисбатан кичикроқ ҳажмдаги тангадан
ўз номини олган. 1884-йили Томас Стивенс дунё бўйлаб саёҳатини
айнан УНДА амалга оширган. УНИ дефис ишлатган ҳолда ёзиб
беринг.
Жавоб. Пенни-фартинг
Қабул: Аниқ жавоб.
Изоҳ. олдинги ғилдираклари анча катта,орқа ғилдираги кичик
бўлган велосипедлар пенни-фартинг деб аталган. Томас Стивенс
қанчалик ноқулай болмасин саёҳатини ушбу велосипедда амалга
оширган. Сизга журнал номи ёрдам бериши лозим эди. Пенни ҳам,
фартинг ҳам тангалар ҳисобланади.
Савол муаллифи: Ravshan Bahronov (Toshkent)
Савол тартиб рақами 14. Турнинг иккинчи саволи.
Филология фанлари доктори Баҳодир Каримга ишонадиган бўлсак
У “уч юз олтин пул” ёки “ўрдадек бир ҳавли, соғиш учун сигир” га
тенг бўлган. Coininvest.com сайтига кўра эса жорий йилнинг июн
ойида У ўтган ойга нисбатан бироз пасайганлиги кузатилди. У
ўрнидаги икки сўзни ёзиб беринг.
Жавоб. Кумушнинг баҳоси
Қабул: Кумушнинг қиймати, Кумушнинг нархи
Изоҳ. Ўткан кунларда Кумушбибининг латиф билагига Отабек
олтин билак узук тақиши айтилган ва буни филолог Баҳодир Карим
ҳозирги қийматга солиб бу Отабек томонидан берилган маҳрнинг
ҳақиқий суммасига мос эмаслигини ёзиб қолдирган. Саволнинг
иккинчи қисмида эса кумушнинг биздаги нархи айтилган.
Саволнинг иккинчи тартибда ўқилганлиги ҳам бежизга эмас.
Савол муаллифи: Равшан Баҳронов (Тошкент)
Савол тартиб рақами 15.
Голфда спорт жиҳозларини олиб юрадиган ва маслаҳат берадиган
инсон У деб аталади. Бошқа бир У эса 2020-йил ёзида Жиззахда
сотила бошланиб, ҳозирда унинг ўртача нархи 180 миллион сўмни
ташкил қилади. У ўрнидаги қўш ундош қатнашган бир сўзни ёзиб
беринг.
Жавоб. Caddy.
Изоҳ. Кедди голфчининг ёрдамчиси бўлиб, унинг вазифаларига
спорт жиҳозларини олиб юриш ва маслаҳат бериш киради.
Жиззахда эса 2020-йил ёзидан Volkswagen Caddy'ни сотиш
бошланди
Манба:
1. https://ru.m.wikipedia.org/wiki/%D0%9A
%D0%B5%D0%B4%D0%B4%D0%B8
2. https://www.gazeta.uz/oz/2020/07/27/caddy/
Савол муаллифи: Равшан Баҳронов (Тошкент)
Савол тартиб рақами 16.
Зарбни янада кучайтириш мақсадида, 2017-йили УНГА бироз
оғирлик қўшилади. УНИНГ нусхасини Babolat.com сайти орқали
25.900 АҚШ доллари эвазига харид қилишингиз мумкин.
Савол:УНИ бир хил ҳарф билан бошланувчи икки сўз билан ёзиб
беринг.
Жавоб. Рафаэлнинг ракеткаси
Изоҳ. 2017-йил Рафаел Надалнинг “Баболат Пуре Аеро”
ракеткасининг бош қисмига 2 грамм қўшилади. Унинг нусхасини
эса корсатилган сайт орқали харид қилишингиз мумкин.
Савол муаллифи: Равшан Баҳронов (Тошкент)
Савол тартиб рақами 17.
У илк бора 1996-йили Рустико Торреcампога қарши жангда рўй
берган. Бошқа бир УНГА эса салкам 31 миллион овоз сабабчи бўлди.
Савол: Уни ёзиб беринг.
Жавоб. [Менни] Пакяонинг мағлубияти.
Изоҳ. Менни Пакяонинг илк мағлубияти 1996-йилда рўй берган
эди, 2022-йилда эса президентликка бўлган сайловда кичик
Фердинанд Маркосга мағлуб бўлди.
Савол муаллифи: Равшан Баҳронов (Тошкент)
Савол тартиб рақами 18.
Блитс. Мавзу: Футбол
1. У БИЛАН бирга тўп сурган футболчиларнинг эслашича, у қийин
вазиятдан ҳам осон чиқиб кетиши туфайли жамоадошлари
томонидан “Президент” тахаллусини олган экан. Савол: 1968-йили
таваллуд топган бу спортчини ёзиб беринг.
2. Чемпионлар лигасида кетма-кет икки бора финалга чиққан энг
ёш футболчи бўлиш, турли хил рекламаларда суратга тушиш,
Барселонадан таклиф. Буларнинг барчаси УШБУ спортчини футбол
ихлосмандлари орасида трендга чиқишига сабаб бўлди деб айтиш
мумкин. Савол: Бу футболчини ёзиб беринг.
3. Шархловчи Ҳайрулла Ҳамидов Жанубий Кореянинг охирги
пайтлардаги ўйини ҳақида гапирар экан, Корея жамоасининг
сифациз ва пала-партиш ўйинини таъкидлаб, биз ишлатадиган бир
иборани тескарисини айтади. Савол:Ўша иборани ёзиб беринг.
Жавоб.
1. [Лоран] Блан
2. Тренд Александр-Арнолд
3. Сон эмас, сифат муҳим.
Изоҳ. Лоран Блан билан бирга ўйнаганлар уни “пресидент” деб
чақиришар экан, Тренд Арнолд эса, охирги пайт трендга чиқмоқда.
Биздаги сон эмас, сифат муҳим ибораси Кореяда бироз бошқача
“Сифат эмас, СОН муҳим”, биласиз Охирги пайтлар Кореянинг
асосий футболчиси Сон ҳёнг Мин.
Савол муаллифи: Равшан Баҳронов (Тошкент)
Савол тартиб рақами 19. Давом этамиз
БУ иншоотга ташриф буюрсангиз, УНИНГ олд тарафида энг яхши
ҳайкаллардан бирини кўришингиз мумкин. 2010-йили иншоотнинг
“100 йиллик юбилейида” журналист Давид Мик ва иншоотнинг
собиқ ходимлари Пет Креранд, Уилф МакГиннеслар ташриф
буюришган. Савол: Ушбу иншоот номини ёзиб беринг.
Жавоб. “Олд Траффорд”
Изоҳ. “Манчестер Юнайтед” жамоасининг стадиони Олд Траффорд
"Орзулар театри" деб юритилади. Саволда ишлатилган ОЛД
ТАРАФИДА сўзлари Олд Траффордга,энг яхши сўзи клуб ёнида
қурилган Жорж Бестнинг ҳайкалига ишора қилинган эди. Ундан
ташқсари биз давом этамиз дедик ва бу билан футбол мавзусини
давом эттирдик.
Савол муаллифи: Равшан Баҳронов (Тошкент)
Савол тартиб рақами 20.
У 1972-йили Камброк компанияси ходими Питер Талбот томонидан
яратилган бўлиб, Европада аксарият уйларда унга босим кўпайиб
кетгач ёнғин содир бўлиш ҳолатлари кўп учрайди. Жумабоев
Максум ҳам УНГА сазовор бўлган. Савол: УНИ ёзиб беринг.
Жавоб. Узайтиргич
Қабул: Удлинитель.
Изоҳ. Узайтиргичлар маиший савдо компанияси ходими
томонидан ишлаб чиқилган, Чимбойда бўлиб ўтган 15-25 ёшлилар
ўртасидаги “IT билимдони” конкурси ғолиби унга эга чиққан эди.
Албатта кейинчалик, бу англашилмовчилик тузатилиб унга ноутбук
тақдим этилган.
Савол муаллифи: Равшан Баҳронов (Тошкент)
Савол тартиб рақами 21.
Тушда БУ ИШНИ қилиш кичик можаро маъносини англатиб, бу
ҳолатда бошқалар билан камроқ мулоқот қилиш, акс ҳолда панд
ейиш мумкинлиги айтилади. Баъзи спорт турларида БУ ишни
қилмаслик учун махсус эпикировкадан фойдаланилади. Савол:
ўтган аср 70-йилларида олинган филмда БУ ишни қилганга нима
насиб этишини икки сўзда ёзиб беринг.
Жавоб. Ароқ заводи.
Изоҳ. Бу иш - тилни тишлаш. Агарда тушда тилни тишласангиз,
демак атрофдагиларга кўп гапириб панд емаслик учун уни тийиш
тавсия қилинади. “Учрашув” телеминатурасида эса қизнинг отасига
“Ароқ заводи” насиб этади.
Савол муаллифи: Равшан Баҳронов (Тошкент)
Савол тартиб рақами 22.
2000-йиллар бошида автопойгачи Кен Шрейдер мусобақаларда
турли хил ранглардаги машиналарда қатнашади: пушти, тўқ қизил,
оч яшил. Кеннинг бу чиқишлари машҳур компаниянинг янги
махсулот бўйича реклама акцияси эди. Ушбу компанияни ёзиб
беринг. “ВАҚТ КЕТДИ”!
Жавоб. m&m's
Изоҳ. бу орқали мухлислар м&мс доначаларининг янгиси қайси
рангда чиқишига овоз беришган
Савол муаллифи: Абдулазиз Султонов (Колледж парк)
Савол тартиб рақами 23.
Елена Сазановичнинг “Ғамнинг куни” асарида тушкунликка тушиб
қолган персонаж бахтли кунларга бир қадам қолганлигига умид
қилади. Савол матнида, биз бир хил ҳарф билан бошланувчи икки
сўзни тушириб қолдирганмиз, сиз ўша икки сўзни ёзиб беринг.
Жавоб. Охиргидан олдинги.
Изоҳ. Элена Сазановичнинг асари “Ғамнинг охиргидан олдинги
куни” деб аталади, персонаж ҳам бахтли кунлар яқин эканлигига
умид қилмоқда, ундан ташқари бу савол ҳам “охиргидан олдингиси”
эди.
Манба: 1. //Terrikon.com 2. https://libking.ru/books/prose-/prose-
contemporary/118273-elena-sazanovich-predposledniy-den-
grusti.html#book
Савол муаллифи: Равшан Баҳронов (Тошкент)
Савол тартиб рақами 24.
2018-йили Белгия-Япония учрашувидан сўнг, япон мухлисларининг
қилган ҳаракатидан кейин УШБУ ёзувчи эслаб ўтилади. “Храни
красиво” Youtube каналида УШБУ ёзувчининг методи энг муқобил
эканлиги айтилган. Савол: БУ осиёлик ёзувчини ёзиб беринг.
Жавоб. КонМари
Қабул: Мари Кондо
Изоҳ. футбол матчидан сўнг мухлислар “Ростов стадиони”ни
тозалаб кетишган, “Храни Красиво” канали номидан тозалашга оид
эканлиги маълум, Кон Марининг “Тозалаш методи”, “Илоҳий
тозалаш йўли” каби асарлари чоп этилган. Нетфлих 2019-йил у
ҳақида сериал ҳам суратга олган. Биз ҳам сизлардан ўзингиздан
сўнг ўрнингизни тозалаб кетишингизни сўраган бўлар эдик.
Савол муаллифи: Равшан Баҳронов (Тошкент)

3-ТУР
July 14, 2022

mad_max93
Савол тартиб рақами 25.
Тан олиб айтиш мумкинки бу саволга жавобни топа оласизлар.
Андре Моруанинг “Атос меҳмонхонаси” асарида ўз жонига қасд
қилмоқчи бўлган одамларга пуллик эвтаназия таклиф қилувчи
ташкилот ҳақида гап кетади. Диққат савол: Савол матнида тушириб
қолдирилган харфларни ёзиб беринг.
Жавоб. ТАН
Изоҳ. Танатос меҳмонхонаси ўз номини ўлим илоҳи Танатос
шарафига олган. Саволдан олдин маълум бир маънода ТАН бериб
бўлинганди.
Манба. https://danishankitab.az/book/54/tanatos-mehmanxanasi
Савол муаллифи: Абдулазиз Султонов (Колледж Парк)
Савол тартиб рақами 26.
Финландиялик 12 ёшли Ског Линнея шу қадар устамонлик билан
автомобил ўғрилайдики, бир неча ойдан сўнг Юссини ҳам қўлга
киритади. Диққат савол: Юссининг 1929-йил яратилган машҳур
аналоги номини ёзиб беринг.
Жавоб. Оскар мукофоти
Қабул: Оскар сўзи билан ортиқча аниқлаштиришларсиз
Изоҳ. Актриса Ског Линнея филмда автомобил ўғрилигини
уддабуронлик билан амалга оширади ва 12 ёшидаёқ Европанинг энг
нуфузли кино мукофотларидан бирига эгалик қилади. Оскар
мукофоти 1929-йил ташкил қилинган.
Манба. https://ru.wikipedia.org/wiki/Ског,_Линнея
Савол муаллифи: Абдулазиз Султонов (Колледж Парк)
Савол тартиб рақами 27.
Турк шоири Жамол Сурея қаҳрамони Биринчини севгилиси келган
кунларни эслаб қолиш учун, иккинчини эса севгилиси келмаган
кунларни унутиш учун ишлатишини айтиб ўтади. Биринчида
мавжуд десак бўладиган иккинчининг аналогини ёзиб беринг.
Жавоб. Май
Изоҳ. Биринчи бу Тақвим/Календар. Иккинчи эса рақи. Рақининг
аналоги бўлган май Календарда ҳам мавжуд.
Манба. https://arkaguverte.com/siirler/bir-takvim-ve-bir-sise-raki-
yeter-bana-cemal-sureyadan-dikkat-fena-siirdir-raki-icirtir-adama-
75378
Савол муаллифи: Абдулазиз Султонов (Колледж Парк)
Савол тартиб рақами 28.
Унинг Ўзбекистонда оммалашиши ҳақидаги мақолада, ўзбек халқи
азалдан кўп болалик халқ эканлиги тилга олинади. Бу холат
нафақат Уни, балки учинчи ва тўртинчиларни пайдо бўлишига
хизмат қилиши мумкинлиги ҳам айтилади. Машҳур нақлда У
нимани билмаслиги кераклиги айтилади?
Жавоб. Ўнг қўл берганини / Биринчи қўл берганини
Изоҳ. Second-handиккинчи қўл товарлар секин секин
оммалашмоқда. Аммо, азалдан ўзбек оилаларида укалар акаларини,
оталарини кийимларини кийиб катта бўлишган. Бу кийим сақлаш
анъанаси иккинчи қўл билан эмас, 3 ёки 4-қўлгача бориб тушиши
мумкин. Нақлга кўра ўнг қўл берганини, чап қўл билмаслиги керак.
Манба. https://kun.uz/news/2022/06/03/kiyimlarga-qanday-qilib-
ikkinchi-hayot-berish-mumkin
Савол муаллифи: Абдулазиз Султонов (Колледж Парк)
Савол тартиб рақами 29.
Элизиер Юдковский томонидан ёзилган “Гарри Поттер ва рационал
фикрлаш методлари” фанфик асари нафақат инглиззабон балки,
русийзабонлар орасидан ҳам қизиқишга сабаб бўлди. Ушбу асар
ҳақидаги мақолада кафан бўйича рекорд ўрнатилгани ҳам айтиб
ўтилган. Аввалги жумланинг бир сўзида ҳарфлар тушиб
қолдирилди. Шу сўзни асл кўринишда ёзиб беринг.
Жавоб. Краудфандинг
Изоҳ. Фанфик асарни нашриётлар шунчаки таржима қилишмаган.
Гарри Поттер асарлари мухлислари ўзлари пул йиғишиб асарни
таржима қилишган. 2018-йил учун ушбу йиғилган сумма Россияда
реcорд эди. 11 миллион рубл.
Манба. https://ru.wikipedia.org/wiki/
Гарри_Поттер_и_методы_рационального_мышления
Савол муаллифи: Абдулазиз Султонов (Колледж Парк)
Савол тартиб рақами 30.
Дмитрий Муратов ўзининг Нобел Медалини 103 миллион АҚШ
долларига сотиб олган шахс ҳақида ошкор қилмаётганлиги ва катта
эҳтимол билан харидор Путин атрофидаги олигархлардан бири
эканлиги ҳақидаги мақолада, Дмитрий Муратов унга ўхшатилади. У
ҳақидаги мақолада ҳинд каста гуруҳи Дҳобилар эслаб ўтилади. Уни
ёзиб беринг.
Жавоб. Кир ювиш машинаси
Изоҳ. Олигарх ўзининг кир пулларини қисман бўлсада ювиш ва
ўзини санкциялардан сақлаш учун Нобел Медалини бунақа
қийматда сотиб олган деган фикр мавжуд. Дҳоби кастаси вакиллари
азалдан кир ювиш билан шугулланишган. Кир ювиш машинаси
уйларда пайдо бўлиши эса уларни ишсиз қолдириши мумкин
Манба. https://nv.ua/opinion/rossiya-yakovina-rasskazal-zachem-
muratov-prodal-nobelevskuyu-medal-poslednie-novosti-50252088.html
https://en.wikipedia.org/wiki/Washing_machine
Савол муаллифи: Абдулазиз Султонов (Колледж Парк)
Савол тартиб рақами 31.
Тарқатма материалдаги суратни савол муаллифи Чикагодаги бир
муассасада олган. Суратда ИКС нима сабабдан йўқ эканлиги бизга
номаълум. ИКС билан алмаштирилиган келиб чиқиши арабча сўзни
ёзиб беринг.
Жавоб. Жирафа
Изоҳ. Оиласи билан Чикаго ҳайвонот боғига ташриф буюрган
савол муаллифи жирафалар волерида ўзига хос овқатланиш жойига
дуч келади. Жирафа қаердалиги сизни машҳур бўлиб улгурган
жирафа тестига йўналтириши керак эди. Жирафа сўзи арабча
“зарафа” сўзидан келиб чиққан.
Манба. Муаллифнинг шахсий тажрибаси.
Савол муаллифи: Бобир Мирзанитдинов (Саидакром Расулев
таҳририда)
Савол тартиб рақами 32. Тарқатма материал.
Бу саволга жавоб тополмасангиз, нима қилишни биласиз. Инглиз
тилидан таржима қилганда "go on" жумласи "давом эттирмоқ"
маъносини англатади. Машҳур филм бош қаҳрамони шеригига хато
қилганлигига қарамасдан давом эттиравериш кераклигини ўргатар
экан ...го он дейди. Аввалги жумлада нима тушириб
қолдирганлигини ёзиб беринг.
Жавоб. ТАН
Изох: Аёл ифори филмида Ал Пачино қаҳрамони қиз қаҳрамонга
тангода хато қилдингми, тўхтама давом этавер маносида "Танго он"
дея маслаҳат беради. Биз ҳам бу савол билан металар мавзусини
давом эттирмоқдамиз.
Савол муаллифи: Абдулазиз Султонов (Колледж Парк)
Савол тартиб рақами 33.
2015-йилда ёзиб тугатилган асар бош қаҳрамони дрилл
тайёрловчини эмас, балки Оксфорд профессорининг оиласида катта
бўлади. Эҳтимол шу сабабли, вундеркинд дугонаси билан
биргаликда рационал қарор қабул қилган ҳолда Уни танлайди.
Унинг тимсоли бургут эканлиги савол муаллифига ажабланарли
туйилган. Унинг номини ёзиб беринг.
Жавоб. Равенcлов ёки Когтевран
Изоҳ. Фанфик асарда Гарри Поттернинг холаси Петуня Вернон
Дадлига эмас, балки Оксфорд Профессорига турмушга чиқади. Шу
сабабдан ҳам Гарри биз билгандек қизиққон эмас балки ақлли ва
рационал фикрлашга ўрганган. Масалан, у квиддич ўйинини
ахмоқлик деб ҳисоблайди. Энг яқин дўсти Гермиона Грейнжер
билан у Гриффиндорни эмас балки ақл ва билимни қадрлайдиган
Равенcлаw факултетини танлайди. Қарға тирноғи номли факултет
тимсоли бургут бўлиши бироз қизиқ ҳолат.
Манба. https://ru.wikipedia.org/wiki/
Гарри_Поттер_и_методы_рационального_мышления
Савол муаллифи: Абдулазиз Султонов (Колледж Парк)
Савол тартиб рақами 34.

Сиздан Бен Ренвалл қайси давлатда туғилганлигини сўрамаймиз.


1944-йилда яратилган Унинг энг машҳур ижод намунаси номини
ёзиб беринг.
Жавоб. Юсси
Изоҳ. Финляндалик Бен Ренвалл Фин киноижодкорларига
бериладиган мукофот статуеткасининг муаллифи ҳисобланади.
Манба. https://ru.wikipedia.org/wiki/ Юсси (премия)
Савол муаллифи: Абдулазиз Султонов (Колледж Парк)
Савол тартиб рақами 35. Блитс [Кейинги саволга тарқатма
материал бор]

1. Хазил расмда У Шимолий Кореялик сифатида тасвирланган. У


ким?
2. Хазил расмда У Бразилиялик сифатида тасвирланган. У ким?
3. Хазил расмда У Нидерландиялик сифатида тасвирланган. У
ким?
Жавоб. 1. Сон 2. Месси. 3. Азар
Изоҳ. Инстаграм фойдаланувчиси машҳур футболчилар
фамилиялари ва миллатларини антонимлари орқали тасвирлаган.
Сон инглиз тилида ўғил дегани бўлса, Даугҳтер қиз дегани. Тидй -
Мессй ва Ҳазард- Сафе антонимлар ҳисобланади.
Манба. https://www.instagram.com/p/CfMORIJoTzF/?
utm_source=ig_web_copy_link
Савол муаллифи: Абдулазиз Султонов (Колледж Парк)
Савол тартиб рақами 36.

1772-йил яратилган ушбу асарни кўпчилик Агата Кристининг 10 та


негр боласи асарига қиёслайди. Ушбу асар номини ёзиб беринг.
Жавоб. Хайрлашув симфонияси
Қабул: Гайдннинг 45-симфонияси.
Изоҳ. Ушбу симфония ижроси давомида оркестр аъзолари бирин
кетин ўз куйларини чалиб бўлганидан сўнг саҳнани тарк этишади.
Тарқатма материалда ҳам ҳарф ва белгилар ўз вазифасини бир
марота бажарганидан сўнг, бошқа ишлатилмаган. Навбатчиликни
Саломдан бошлаган РЕНЕССАНС жамоаси ушбу савол орқали
рамзий маънода Сизлар билан хайрлашмоқда.
Манба. https://www.youtube.com/watch?v=K3g4WtvxnfI
Савол муаллифи: Абдулазиз Султонов (Колледж Парк)
Benom

1-tur
mad_max93July 28, 2022

1-savol. (Muallif - O‘ktam O‘rintoyev).


Britaniyaning Rentokil kompaniyasi yangi, zamonaviy Xlarni ishlab
chiqara boshlagan. Bu Xlarning ishlash prinsipi odatdagilardan farq
qilib, 2 ta teshikdan iborat va tabiiy qiziquvchanlikka asoslangan.
Maxsus elektron tizim va karbonat angidrid gazi bilan jihozlangan. Ijobiy
natijadan keyin egasiga bu haqida elektron xabar jo‘natadi. X ni bir so‘z
bilan yozib bering.
Javob: Qopqon. Sichqonlarni tabiatan turli teshiklar qiziqtiradi va
qopqon ishlash prinsipi ham shunga asoslangan. Unda xo‘rak bo‘lmay,
teshikka qiziqib qopqon ichiga kirgan sichqon 35 soniya ichida karbonat
angidrid gazi yordamida o‘ldiriladi. Va bu haqida uy egasiga xabar
beriladi.
2-savol. (Muallif - Abbos Salaydinov).
1953-yilda tug'ilgan bu bo'lajak diplomatga ism qo'yishga ota-onasi
alohida yondashadi. Ota o'z akasining xotirasiga uning ismini o'g'liga
berishni xohlaydi. Ona esa farzandining olijanob va dovyurak inson
bo'lishini xohlaydi. Savol: yakunda ushbu chaqaloqqa qo'yilgan ismni
yozib bering.
Javob: Qosim-Jo'mart
Izoh: Gap Qozog'istonning amaldagi prezidenti To'qayev haqida
ketayotgandi. Ism qo'yishda ota-onaning ikki xil variantga to'xtalgani,
unga noodatiy qo'shaloq ism qo'yilganiga ishora edi. Qosim-Jo'mart ismi
tarkibidagi Qosim ismi uning amakisi sharafiga qo'yilgan. Uning onasi
esa farzandiga olijanob, dovyurak ma'nolarini beruvchi Jo'mart ismini
bergan. To'qayev mutaxassisligi bo'yicha diplomat hisoblanadi.
Manba: 1. https://e-history.kz/ru/news/show/5326/
2. https://en.wikipedia.org/wiki/Kassym-Jomart_Tokayev
3-savol. (Muallif – Muhiddin Usmonov).
Migel o'z asarida ULAR haqida hech qanday ma'lumotlar qoldirmagan.
Ammo 1966-yilda chiqarilgan "ULAR" nomli filmda qaysidir ma'nodagi
Ularning soni film oxirida 4 taga yetadi. Ularni bir necha so'zda yozib
bering.
Javob: Don Kixot bolalari. Qabul: Don Kixot farzandlari. Migel de
Servantes o'zining "Lamanchlik Don Kixotning sarguzashtlari" asarida
ritsar Don Kixotning xotini va bolalari haqida ma'lumotlar bermagan.
1966-yilda chiqarilgan "Don Kixot bolalari" filmida o'zining qat'iy axloqiy
prinsiplari bn yashovchi va shuning uchun Don Kixot laqabini olgan
tug'ruqxona mudirining farzandlari film oxirida 4 taga yetadi.
Manba: 1. Дон Кихот — Википедия (wikipedia.org)
2. Дети Дон Кихота — Википедия (wikipedia.org)
4-savol. (Muallif - O‘ktam O‘rintoyev).
Bir tajribada olimlar kabutarlar turli kartinalarni, jumladan, Mone va
Pikasso kartinalarini farqlay olishadimi yoki yo‘qligini tekshirishgan.
Dastlab 10 ta kartina bilan o‘rgatilgan kabutarlar keyinchalik Mone va
Pikasso kartinalarini bemalol ajrata olishgan. Keyinchalik tajriba
qiyinlashtirilib boshqa kubist va imperssionistlar kartinalarini ham,
hatto kartinalarning oq qora tasvirlari ko‘rsatilganda ham kabutarlar
kartinalarni ajrata olgan. Ammo kartinalar shunday holatga
keltirilganda, qushlar Mone kartinalarini ajrata olishmay qolishadi. Bu
ma’lumotni o‘qir ekan savol muallifi 1961-yilda Nyu York sa’nat muzeyi
ko‘rgazmasida ushbu rassomning kartinasi bilan bog‘liq ajabtovur
holatni eslab o‘tadi. Savol: qaysi rassomning?
Javob: Anri Matiss. Qabul: Matiss
Izoh: Kabutarlarga kartinalarni teskari ya’ni oyog‘i osmondan holatga
keltirishganida ular mualliflarni farqlay olmay qolishadi. 1961-yilda Nyu
York sa’nat muzeyi ko‘rgazmasida esa 47 kun davomida Anri Matissning
"Qayiq" kartinasi oyog‘i osmondan holatda turib qolgan va buni tashrif
buyuruvchilardan biri bilib qolmaguncha hech kim sezmagan.
5-savol. (Muallif - O‘ktam O‘rintoyev). Tarqatma.
2010-yilda uning esselari, manifesti va yuzlab xatlari asosida "Texnologik
qullik" asari do‘sti Skribin tomonidan nashr qilingan. 2016-yilda esa
uning "Texnologiyalarga qarshi inqilob" kitobi chiqarildi. Shu orqali u
texnologiyalar orqali yuzaga keladigan muammolarga jamoatchilik va
olimlarning diqqatini qaratmoqchi bo‘lgan. Ammo akademik jamiyatlar,
universitet professorlari uning qarashlarini sovuq qarshi olgan. Diqqat
savol: siz uning tahallusini yozib bering?
Javob: Unobomber
Qabul: Unobomb, Universitetlar va avialaynerlar portlatuvchisi,
Chiqindixonadagi portlatuvchi.
Izoh: Gap texnologik rivojlanishga qarshi bo‘lgan neoluddit Ted
Kachinski haqida edi. U protest sifatida texnologiya sohasida xizmat
qiluvchi universitet professorlari va aviyaliniyalarga pochta jo‘natmalar
orqali bomba yuborgan. Shu sababli "unobomber" tahallusini olgan.
Bugungi kunda o‘zining 8 ta umrbod qamoq jazo muddatini o‘tab
kelmoqda. Qamoqdaligida ham turli asarlar yozish bilan band.
Manba: https://batenka.ru/worship/unabomber/
6-savol. (Muallif – Abbos Salaydinov)
Blits. Mavzu: Arman ismlari.
1. Goarvard - "qimmatbaho atirgul" ma’nosini bildiruvchi arman ismi,
Azarvard - "ming atirgul" ma’nosini beruvchi ism. Savol: Alvard ismining
ma’nosini ayting?
2. Bu ism “Fors taronalari” to‘plamida ham bir necha bor uchrashini ham
hisobga olib, armanchada "shohga munosib" ma’nosini anglatuvchi
ismni ayting?
3. Bu ism armanchadan “millat lazzati, xuzuri” deya ma’nosini beradi.
Erkin Voxidov o‘z she’rida bu ism egasiga iltijo qilgani ma’lum. Bu qaysi
ism?
Javoblar:
1. Qizil (alvon) atirgul.
Izoh: Al (Ol) so‘zi turkiy tillarda ham qizil ma’nosini bildiradi. Masalan,
olcha so‘zi «qizilcha» ma’nosini beradi.
2. Shagane
Izoh: O‘zbek va tojiklarda bu ism Shahina variantlarida keladi.
Armanlarda esa bu ism Sergey Yeseninning mashhur she’ridagidek
Shagane ko‘rinishida keladi.
3. Azganush. Shoir arman qiziga yoniga tushishni iltimos qiladi. She’r
asosida esa Sherali Jo‘rayev va Sardor Raximxonlarning qo‘shiqlari ham
yaratilgan.
7-savol. (Muallif – Abbos Salaydinov)
Yevro-2020 matchlari boshlanishida to'p maydon markaziga o'yinchoq
mashinada olib chiqilganini ko'rgan bo'lsangiz kerak. Ushbu
musobaqaga bag'ishlangan hazil videoda Bu futbolchi ana shunday
mashina ichida ketayotgani tasvirlanadi. Savol: Bu futbolchi kimligini
yozib bering?
Javob: Lorenso Insinye.
Qabul: Insinye.
Izoh: O‘yinchoq mashinada tasvirlanish uchun ancha kichik bo‘y va
jussaga ega bo‘lish kerak. O'zining ancha kichik jussasi va 1,63 metr bo'yi
bilan ushbu futbolchi ko'plab trollinglarga uchrab keladi.
Shuningdek, u Yevro-2020da qatnashgan eng past bo‘yli futbolchi
hisoblanadi.
8-savol. (Muallif - O‘ktam O‘rintoyev).
Stend ap chiqishlaridan birida Andrey Beburishvili Moskvadagi bitiruv
oqshomlari haqida gapiradi. Bunday kechalar odatda rosa katta
mablag‘ga tushishi, tadbirga ko‘plab yulduzlarб hatto Nikolay Baskov
ham kelishi mumkinligi aytiladi. Va buni o‘zining qishloqdagi bitiruv
kechasi bilan taqqoslarkan, Andrey uning bitiruv kechasi anchayin sodda
bo‘lgani va unda faqat shu yulduzni ko‘rganini aytadi. Andrey nazarda
tutgan "yulduz" ni o‘tgan asr 70-yillaridagi asar muallifi o‘z muhabbatiga
sabablardan biri bo‘lishi mumkinligini aytgandi. Diqqat savol siz o‘sha
asar muallifini yozib bering?
Javob: Abdulla Oripov. Andrey aslida rostan ham yulduz hisoblangan
Quyoshni nazarda tutgandi. Odatda bitiruv kechalarida tongda quyosh
chiqishi ham kutib olinadi. A.Oripovning "Men nechun sevaman
O‘zbekistonni" she’rida "Yoki quyushimi sevgimga sabab, Ahir quyoshli-
ku butun Osiyo" qatori mavjud.
Manba: https://m.youtube.com/watch?v=I9EF6weqPEQ
9-savol. (Muallif - O‘ktam O‘rintoyev)
Tanqidchi Veniamin Goffenshefer fikrichaб X – badiiy adabiyotning eng
injiq o‘quvchisi va eng makkor talqinchisidir. Boshqa bir "X" esa
"Piligrim" va "6-raqamli palata" lardan shakllangan va keyinchalik o‘ziga
hos Xmaniyaga ham olib kelgan. X ni yozib bering.
Javob: Kino.
Izoh: Goffenshefer kinoga yuqoridagi ta’rifni bergan edi. Viktor Tsoy asos
solgan "Kino" guruhi a’zolari esa "Piligrim" va "6-raqamli palata"
guruhlaridan yig‘ilgan edi. 80-yillarda guruh o‘z ortidan ko‘plab
odamlarni ergashtirib "kinomaniya" ga sabab bo‘lgan edi.
10-savol. (Muallif - O‘ktam O‘rintoyev).
Uni Chexiya, Fransiya, Finlandiya va Rossiyadagi ba’zi hududlar gerbida
ham ko‘rish mumkin. Yaponiya va Xitoyda u sevishganlar ramzi
hisoblanadi. 2010-yilda Djozef Donat 34,6 ga 29,2 sm li uni topib oladi
va keyinchalik yeng yirik u sifatida Ginnesga kiradi. Diqqat savol: Djozef
qaysi davlatdan ekanligini yozib bering.
Javob: Kanada. U zarang bargi edi.
11-savol. (Muallif - O‘ktam O‘rintoyev).
U 1869 yilda “Og‘ir jismlardagi muvozanatning fundamental nazariyasi"
mavzusida dissertasiya ishini himoya qiladi. Keyinroq jamiyat hayoti,
ijtimoiy qatlamlar haqida izlanishlar olib borib, aholining beshdan bir
qismi bo‘lgan amaldorlar, aholining qolgan qismiga nisbatan ancha ko‘p
yer va boylikka egalik qilishini aniqlaydi. Va tabiatda sabab va
oqibatlarning bunday notekis taqsimlanishi haqida izlanishlar olib
borgan. Jamiyatni u piramidal ko‘rinishda tasvirlab, eng yuqoriga elitani
qo‘yadi. Diqqat savol: bu insonning familiyasini yozib bering.
Javob: Pareto.
Izoh: Gap italiyalik iqtisodchi Vilfredo Pareto haqida ketayotgan edi.
Dastlab u og‘ir jismlar o‘rtasidagi muvozanat haqida ish olib borgani
qiziq. Italiyadagi ijtimoiy qatlamlarni o‘rgangan Pareto mamlaktdagi 20
foiz oila 80 foiz boylikka egalik qilishini aniqlagan. Va bu kabi
holatlarning yuzaga kelishi sababi va oqibatlari haqida ham bosh
qotirgan. Bu kabi qonuniyat keyinchalik Pareto qonuni deb atalgan.
12-savol. (Muallif – Muhiddin Usmonov).
"Kamuflyaj va shpionaj" multfimida atmosfera energiyasi bilan
ishlovchi, quvvati o'chmaydigan, nishonni hech qachon ko'zdan
qochirmaydigan dron nomida Uni ko'rish mn. Keng tarqalgan yanglish
fikrga ko'ra, Ularning nomi ular ko'p iste'mol qilgan “gashish” ya’ni
"nasha" so'zidan kelib chiqqan ekan. Ularni bir so'zda yozib bering.
Javob: assassinlar. Multfilmda umuman o'chmasdan, o'z nishonini
umuman ko'zdan qochirmaydigan dron nomi "Assasin M9" bo'lishi
mantiqan to'g'ri. Keng tarqalgan yanglish fikrga ko'ra esa, assasinlarni
tayyorlash uchun ularga nasha, chet tillarida esa Gashish berilgan va
jannat shu deb ta'riflanib, keyinchalik jannatga intilish natijasida ularni
yollanma qotilga aylantirishgan. Aslida esa bu versiya anchagina
ishonchsiz bo'lib, assasinlar boshqa g'oyalar asosida tayyorlangan ekan.
Manba: 1. Камуфляж и шпионаж — Википедия (wikipedia.org)
2. Ассасины — Википедия (wikipedia.org)

2-tur.
mad_max93July 28, 2022

13-savol. (Muallif - O‘ktam O‘rintoyev).


2007-yilda Germaniyaning Nyurnberg universitetida g‘ayrioddiy
ko‘rgazma bo‘lib o‘tadi. Mehmonlar ko‘rgazmada matematika
o‘qituvchisi Gyunter Hessenauyer tomonidan 40 yil davomida to‘plangan
Ulardan iborat ulkan kolleksiyani tomosha qilishlari mumkin edi.
O‘zining g‘ayrioddiy kolleksiyasini to‘ldirish uchun Hessenauyer o‘ta
e’tiborli bo‘lishiga to‘g‘ri kelgan va ba’zan hatto chiqindi qutilarini
tekshirishdan ham tab tortmagan. Vikipediyaga ko‘ra Ularning bomba,
viki, garmoshka, arxivka kabi turlari bor. Diqqat savol: Hessenauyer
nimalarni kolleksiya qilganini xorijiy so‘zda yozib bering.
Javob: shpargalka.
Izoh: Odatda matematika va fizika kabi aniq fanlarda shpargalkalardan
ko‘p foydalaniladi. Hessenauyer ko‘p shporalarni talabalardan tortib
olgan bo‘lsa, ba’zan atay imtixonlardan keyin chiqindi qutilardan ham
yig‘ib chiqqan. Shpargalkalarning turli yozilish uslubi va ma’lumotlarni
qamrab olishiga qarab yuqoridagi turlari mavjud.
14-savol. (Muallif - Abbos Salaydinov).
Maslahat.uz guruhida o'yinchoq ishlab chiqaruvchi bir tadbirkor o'z
korxonasiga nom uchun variant so'raganda, bir odam izohda zaharhanda
qilib X deb variant beradi.
Mustaqil O‘zbekistonda Xlarning eng nufuzli toifasiga dastlab 250, keyin
120, hozir esa 150 soni mos keladi. Savol: Xni lotin tilidan kirib kelgan
so‘z bilan ayting.
Javob: deputat.
Izoh: bu bilan izoh qoldirgan shaxs O‘zbekistondagi ko‘plab
deputatlarning mustaqil fikri yo‘q deya ta’kidlamoqchiday bo‘ladi.
Ma’lumki, deputatlarning bir necha toifalari mavjud bo‘lib, tuman,
viloyat hududiy kengash deputatlari bilan birga eng nufuzlisi Oliy Majlis
deputatlari ham faoliyat yuritadi. Mustaqil O‘zbekiston tarixida Oliy
Majlis deputatlari soni dastlab 250, so‘ng 120 nafarni tashkil etgan, hozir
esa 150 nafar deputat faoliyat olib bormoqda.
15-savol. (Muallif - O‘ktam O‘rintoyev).
Makiavelli "Hukmdor" asarida uni hayqirgan daryoga o‘xshatadi. “U
toshadi, qirg‘oqlarni o‘yib, daraxtlarni qo‘poradi, uylarni yiqadi, yerlarni
yuvib ketadi. Jilovlashni eplolmaydigan odamzot esa uning jo‘shqin
bosqinidan har yoqqa tumtaraqay qochadi. Lekin” - deydi muallif, -
“daryo toshmagan paytda ehtiyot choralari ko‘rishni, dambalar,
to‘g‘onlar qurishni insonga hech kim taqiqlamaydi-ku?! Daryo toshganda
uni kanallarga burib yuboradigan mumkin-ku! U ham shunday. U
o‘zining kuchini jasorat, mardlik tik turmagan yerda ko‘rsatadi,
toshqinini to‘siq bo‘lmagan yerlarga buradi.” Uni ko‘pincha hali ibtidosi
bo‘lmagan zamon, odamzot yaratilmagan payt ma’nosini bildiruvchi so‘z
bilan ham ko‘p qo‘llaymiz. Diqqat savol: uni bir so‘zda yozib bering?
Javob: taqdir.
Qabul: qismat. "Taqdiri azal" deganda esa azal ya’ni hali insoniyat
yaratilmagan, yo‘qlik bo‘lgan paytni bildirib insoniyat taqdiri o‘sha
paytdan belgilangan ma’nosida qo‘llab kelinadi.
Manba:https://oriftolib.uz/dars/tadqiqot/azaldan-azal-nima/
16-savol. (Muallif – Temur Tursunqulov)
X barchasiga o‘zining og‘ir mehnati va qo‘l kuchi yordamida erishgan.
Yoshligida skautlar guruhiga qo‘shilib, eagle scout darajasigacha
ko‘tarilgan. Oilasida kollejga kirgan ikkinchi inson bulgan. Boshqa bir X
esa 20-asrdagi manbada qullar to‘kkan yosh ekani aytiladi. X ni bir
so‘zda yozib bering.
Javob: Nil. Izoh: savoldagi 1-X Nil Armstrong edi. U Oydan 1-bo‘lgan
bo‘lsada, oilada o‘qishga kirgan ikkinchi inson bo‘lgan. Usmon Nosirning
“Nil va Rim” she’rida “Sariq qumlar orasidan qon rangli quyosh,
Ko‘tarilar. Nil oqadir – qullar to‘kan yosh” satrlarini ko‘pchiligingiz
o‘qigan bo‘lsangiz kerak. Savoldagi qo‘l kuchi so‘zi sizni balki
Armstrongga olib borgandir.
17-savol. (Muallif – Muhammadxo‘ja Ahmedov)
Yapon muhandislari tomonidan yaratilgan Da Vinci robot-jarrohining
imkoniyatlarini namoyish qilishda Undan foydalaniladi. Namoyishda 4
ta manipulyator qo'llarga ega robot kichik va murakkab amallarni ham
bajara olishi ko'rish mumkin. Uni bir xorijiy so‘z bilan yozib bering.
Javob: Origami. Robot jarroh qog’ozdan murakkab origami shakllarini
ham yasay oladi.
18-savol. (Muallif - O‘ktam O‘rintoyev).
Bir posterda Big Data siz haqingizda barcha narsani bilishi, ammo hech
narsani tushunmasligi ta’kidlanadi. Masalan, Big Data ning bir
iste’molchi haqidagi ma’lumoti: Sizning sevimli supermarketingiz —
Pyaterochka. Bu yili siz u yerda 144 marta bo‘ldingiz va 33 178 rubl
sarfladingiz. Yildagi sevimli maxsulotingiz esa - X. X ni bir yoki ikki
xorijiy so‘zda yozib bering,
Javob: paket. Polietilen paket, sellofan paket.
Izoh: Big Data shunchaki eng ko‘p sotib olingan narsani sevimli maxsulot
sifatida ko‘rsatgan. Supermarketdarda maxsulotni ko‘tarib ketish uchun
doim paketlarni ham sotib olishga to‘g‘ri keladi.
19-savol. (Muallif – Muhammadxo‘ja Ahmedov)
Urushdan keyin Sobiq Ittifoqda Stalin topshirig‘i bilan ko‘plab majruh
veteranlar, oyoq qo‘li yo‘q nogironlar chekka monastirlar va
pansionatlarga jo‘natilgan. Bunday veteranlarni X lar deb ham atashgan.
"Katta sayohat" multfilmida esa ikki do‘st X ni ham o‘zlari bilan
sayohatga ham olib ketadi. Ammo olib yurishda qiyinchiliklarga duch
keladi. Diqqat savol X ni bir so‘zda yozib bering?
Javob:samovar.
Izoh: Qo‘l, oyoqsiz odamlar ko‘rinishidan samovarga o‘xshatilgan.
Shaharlarda ko‘zga tashlanmasligi uchun chekka xududlarga jo‘natilgan.
Katta sayohat multfilmida esa Tutti do‘sti bn sayohatga samovarini ham
olib ketib,tepalikdan tushurib yuboradi..
20-savol. (Muallif – Muhiddin Usmonov).
Ba'zi olimlarning fikricha, Injildagi bu jumlada ishtirok etuvchilardan
birinchisi aslida yunoncha "kamilos", ya'ni "arqon" so'zi bo'lgan ekan.
Ammo Talmud va Qur'onda ham bu jumlaning borligi bu versiyani inkor
qiladi. Diqqat, savol: siz bizga o'sha jumlada ishtirok etuvchilardan
ikkinchisini ikki so'zda yozib bering.
Javob: Ninaning ko'zi. "Tuyaning ignaning teshigidan o'tishi" bn bog'liq
jumla Injilda ham, Talmudda ham, Qur'onda ham bor. Ba'zi olimlarning
fikricha, aslida jumlada yunoncha "kamelos" ya'ni "tuya" emas, "kamilos"
ya'ni"arqon" so'zi bo'lgan, Injilni qayta ko'chiruvchilar xato ko'chirgan
deyishar ekan. Ammo Talmudda va Qur'onda ham bunday jumla borligi
bu versiyani inkor qilar ekan. Tarqatmadagi Ninaning ko‘zlari balki sizga
yordam bergandir.
Manba: 1. Игольное ушко — Википедия (wikipedia.org)
21-savol. (Muallif - Abbos Salaydinov).
Moskvadagi Adabiyot institutiga kirish uchun o‘tkazilgan ijodiy
tanlovdagi X institutdagi Halima Xudoyberdieva, Murod Muhammad
Doʻst, Sobit Madaliev kabi o‘zbek iqtidorli talabalari safini yana bittaga
to‘ldiradi. Boshqa bir X Lennoks Lyuisga qarshi kuzatilgan, Aleksandr
Povetkin va Vladimir Klichkoga qarshi esa yo‘q. Yana boshqa bir X esa
1999-yil noyabrda 97,6 foizlik natija bilan kuzatilgan.
Savol: X o‘rnida almashtirilgan 2 so‘zni yozib bering.
Javob: Rahmonning g‘alabasi.
Qabul: Rahmonning muvaffaqiyati va shu kabi sinonimlar bilan berilgan
boshqa javoblar.
Izoh: yosh Shavkat Rahmonning Moskva adabiyot institutiga kirish
uchun o‘tkazilgan ijodiy tanlovdagi g‘alabasi uning ushbu oliygoh
talabasi bo‘lishiga imkon beradi. Bokschi Xasim Rahmon Lennoks
Lyuisni mag‘lub etgan, Vladimir Klichko va Povetkinga mag‘lub bo‘lgan.
Imomali Rahmon 1999-yildagi prezidentlik saylovida rasmiy
ma'lumotlarga ko‘ra, 97,6 foiz ovoz to‘plagan va bu hozircha Tojikiston
tarixida rekord bo‘lib turibdi. Saylovda 97,6 foiz ovoz bilan g‘alaba
qozonish holati sizni O‘rta Osiyodan izlashga undagan bo‘lsa ajabmas.
Manba: 1. https://kh-davron.uz/kutubxona/uzbek/shavkat-rahmon-
sherlar.html
2. https://en.wikipedia.org/wiki/Hasim_Rahman
3.
https://ru.wikipedia.org/wiki/Президентские_выборы_в_Таджикист
ане_(1999)
22-savol. (Muallif - O‘ktam O‘rintoyev).
Mo‘g‘ullar hukmronligi davrida rus knyazlari O‘rdaga to‘lanadigan
o‘lponning bir qismi sifatida Xlarni ham berib borishgan. Yaxshi X lar
o‘sha paytdayoq 3 ta zotdor ot qiymatiga teng bo‘lgan. Shoh Aleksey
Mixaylovich esa o‘zining har bir Xni yaxshi bilgan va nom berib chiqqan.
Boshqa bir "X" ning ismi Samyuel bo‘lib, AQSH harbiy havo kuchlarida
xizmat qilgan. Bir terroristik guruh bilan qarama qarshilikdan keyin esa
rasman faxriy nomga ega bo‘lgan. Diqqat savol: qaysi nom ekanligini 2
so‘zda ayting?
Javob: Kapitan Amerika. X bu lochin. Lochinlardan ovda foydalanilgani
uchun narxi qimmat bo‘lgan. Kapitan Amerikaning shogirdi bo‘lgan
"Lochin" laqabli askar Samyuel Uilson esa Stiv Rodjersdan keyin "Bayroq
buzuvchilar" terroristik guruhiga qarshi kurashgach, yangi Kapitan
Amerika sifatida yuzaga chiqadi.
23-savol. (Muallif - O‘ktam O‘rintoyev).
1882-yilda Robert Kox Uning Jenevadagi tantanali yubileyi
nishonlanganidan so‘ng shunday degandi: "Uni ikkinchi Djenner deb
ulug‘lashyapti. Ammo Djennerning kashfiyotlari odamlar uchun
mo‘ljallangan edi, qo‘ylar uchun emas" deb kinoya qiladi. Rostan ham U
o‘sha paytlar asosan epizootiyalar bilan shug‘ullanardi. Diqqat savol
uning kimligini yozib bering.
Javob: Lui Paster. Paster o‘shanda kuydirgi hastaligiga qarshi vaksina
topib, ko‘plab jonivorlar, jumladan, bir necha ming qo‘ylarni qutqarib
qolgandi. Keyinroq u ham hayvonlar, ham odamlarda tarqaladigan
qutirish hastaligiga ham vaksina topgani ma’lum. Epizootiyalar
hayvonlarda tarqaladigan turli infeksion hastaliklarni bildiradi.
24-savol. (Muallif - Abbos Salaydinov).
Bloger Nurbek Alimov "Subyektiv" loyihasida fosh etilgan infolo‘ttiboz va
uning yasama biznesi haqida gapirarkan, 1931-yildagi asarda tilga
olingan bir yuridik shaxs nomini eslaydi. 2006-yilda ishlangan, voqealari
chorvachilik fermasida bo'lib o'tadigan "Barnyard" multfilmining nomi
rus tiliga ushbu yuridik shaxs nomi bilan bir xil qilib tarjima qilingan.
Savol: ushbu yuridik shaxs nomini yozib bering.
Javob: “Shox va tuyoq”.
Qabul: "Рога и копыта"
Izoh: "Shox va tuyoq" Ilf va Petrovning "Oltin buzoq" romanida Ostap
Bender tomonidan tashkil etilgan soxta korxonaning nomi. Keyinchalik
bu nom firibgarlik va boshqa noqonuniy maqsadlarda tuziladigan soxta
korxona ma'nosini anglatadigan iboraga aylangan. Chorvachilik fermasi
haqidagi multfilm sizni shox va tuyoqqa yetaklagan bo'lsa ajab emas.
"Barnyard" so'zi inglizchadan chorvachilik fermasi ma'nosini bersa ham,
multfilm rus tiliga "Рога и копыта", ya'ni “Shox va tuyoq” deb tarjima
qilingan.

3-tur
mad_max93July 28, 2022

25-savol. (Muallif - O‘ktam O‘rintoyev).


2020 yil martida bir mamlakat turizm vazirligi bu ishni onlayn amalga
oshirish bo‘yicha o‘z xizmatlarini taklif qila boshladi. Bu ishni dastlab
qilgan odamlardan biri Munkacher Rebe bo‘lib, bugungi kunda esa bu
ish yiliga million martadan ko‘proq amalga oshirilar ekan. Bu ishni
qilgan chet ellik davlat arboblari orasida esa Papa Ioann Pavel 2, Papa
Benedikt 16, Xillari Klinton va Barak Obamalar bor. Diqqat savol bu ish
nimaligini yozib bering?
Javob: Yig‘i devoriga xat, xabar qoldirish.
Qabul: Gʻarbiy devorga xabar yo‘llash kabi javoblar.
2020-yil karantin cheklovlari bois Isroil turizm vazirligi shunday
xizmatni yo‘lga qo‘ygan edi. Dastlab Yig‘i devorida xat qoldirgan odam
sifatida 18-asrda yashagan Munkacher Rebe tilga olinadi.
26-savol. (Muallif - O‘ktam O‘rintoyev).
16-18 asrlarda Qo‘qon xonligida turli lavozimlar bo‘lgan. Masalan:
mamlakatdagi siyoiy ahvolni yetkazib turuvchi inson ko‘kaldosh, xarbiy
xizmatga boshchilik qilish bilan esa parvonachi shug‘ullangan.
Shuningdek xon tomonidan o‘tkaziladigan ovni tashkil etish, ovga kerakli
narsalar bilan ta’minlovchi lavozim bo’lib, bu shaxs shunday atalgan.
Keyinroq bu lavozimning nufuzi oshib, vakolatlari o‘zgarib ketadi. Diqqat
savol: bu qaysi lavozim?
Javob: Qushbegi. O‘sha paytda ov albatta ovchi qushlar bilan o‘tkazilar
edi. Keyinchalik qushbegi lavozimi davlatda hukmdordan keyin turuvchi
vazir lavozimiga teng lavozimga aylanadi.
Manba: Q.Usmonov-O‘zbekiston tarixi, 2006.
27-savol. (Muallif – Abbos Salaydinov) Tarqatma:
...courtois
Ispan tilida faoliyat olib boruvchi yahoo-deportes sayti Real Madridning
Chempionlar ligasidagi 14-g'alabasiga bag'ishlangan maqolasining
sarlavhasida bir neologizmdan foydalanadi. Sizga berilgan tarqatmada
neologizmning birinchi qismi berkitilgan. Diqqat savol: ushbu
neologizmni to'liq yozib bering.
Javob: decimocourtois
Qabul: decimacourtois, desimokurtua.
Izoh: 14-tartib raqami ispan tilida decimocuarto deyiladi. Sayt Realning
14-g‘alabasini odatiy decimocuarto so‘zi bilan emas, Kurtuaning ulkan
hissasi tufayli decimocourtois [desimokurtua] deb ataydi. Realning
YChLdagi 10, 11 va 12-g‘alabalarini decimo, undecimo va duodecimo deb
atalganini eshitgan bo‘lsangiz kerak.
28-savol. (Muallif – Abbos Salaydinov)
Ro‘yxatni tinglang:
Satirik Volter;
ensiklopediyachi abbat Morel;
pamfletchi Lenge;
markiz de Sad;
fransuz ensiklopediyasi.
Ro‘yxatdagi umumiylikni anglagan bo‘lsangiz, Jan P’yer Uelning shunga
bog‘liq bo‘lgan kartinasi nomini 2 so‘zda yozib bering.
Javob: “Bastiliyaning olinishi”.
Qabul: “Bastiliyaning qulashi”.
Qabul emas: Bastiliya.
Izoh: ro‘yxatda sanalganlar Bastiliyada mahkumlikda bo‘lgan shaxslar
edi. Hattoki, fransuz ensiklopediyasi kabi ba’zi kitoblar ham Bastiliyada
qamoqda saqlangan. Ro‘yxatdagi ayrimlarni satirik va pamfletchi deb
tilga olishimiz ham ularning o‘tkir tanqidiy asarlari tufayli siyosiy
ta’qibga uchraganiga sha’ma edi.
29-savol. (Muallif – Muhiddin Usmonov).
Margaret Etvudning "Xizmatkorning hikoyasi" asariga nisbatan juda
ko'plab ta'qiqlar bo'ladi. Ashaddiy o'ngchilar bu asarni maktab
kutubxonasi uchun umuman mos emas deb hisoblashadi, ba'zi joylarda
kitob haqida keskin bahslar bo'lib, maktablarda ta'qiqlash va hatto
yoqishgacha borishadi. Shundan keyin, senzuraga qarshilik ramzi
sifatida, yaqinda Etvud o'z kitobining SHUNDAY nashrini chiqardi va
auksion savdosiga qo'ydi. Uning bu ishi o'tgan asr 60-yillar oxirida ilk
marta nashr etilgan bir asardagi mashhur jumlaga to'liq mos keladi. Siz
bizga o'sha jumla keltirilgan asarni yozib bering
Javob: "Usta va Margarita". Etvud senzuraga qarshilik ramzi sifatida o'z
kitobini olovda yonmaydigan materiallarga nashr etilgan nusxasini
chiqaradi va auksionga qo'yadi. Bu kitob "Usta va Margarita" asarida
aytilgan "Qo'lyozmalar yonmaydi" jumlasiga juda mos keladi.
Manba: 1.
https://www.theguardian.com/books/2022/may/24/margaret-atwood-
handmaids-tale-unburnable-edition
2. Мастер и Маргарита — Википедия (wikipedia.org)
30-savol. (Muallif – Muhiddin Usmonov).
1914-yilda 1-JU boshlangan vaqtda britan admirali Charlz Fitsjerald
harbiy forma kiymay yurgan har qanday chaqiruv yoshidagi erkakni "X
Ordeni" bilan "taqdirlash" taklifini ilgari suradi va bu bilan eski britan
odatlarini qaysidir ma'noda qayta jonlantirmoqchi bo'ladi. 2002-yilda
chiqqan filmning o'zbekcha nomida ham Xlarni ko'rishimiz mn. O'sha
film nomini yozib bering.
Javob: Ramziy oq patlar.
Izoh: 1-jahon urushi vaqtida Britaniyada harbiy majburiyat yo'q edi,
armiya askarlarni ko'ngilli ravishda qabul qilar edi. Fitsjerald bu yo'l
bilan armiyaga ko'proq odamlarni jalb qilmoqchi bo'lgan. Bu taklif o'zini
oqlagan, oddiy aholi askarlikka bormagan har qanday erkakka agressiv
va masxaromuz munosabatda bo'la boshlagan. Bu taklif asosi harbiylar
orasidagi qo'rqoqlik ramzi sifatida oq pat jo'natish odatiga borib taqaladi.
2002-yilda chiqqan "Ramziy oq patlar" filmida bosh qahramonga
do'stlari qo'rqoqlik qilgani uchun oq patlar jo'natishadi. Filmning
inglizcha nomi ""The four heather" - "To'rt pat" deb nomlanadi, o'zbek
dublyajchilari esa uni "Ramziy oq patlar" deb tarjima qilishgan, bizga
ham aynan shu nomi bilan ko'proq tanish.
Manba: 1. Четыре пера (фильм, 2002) — Википедия (wikipedia.org)
2. Белое перо — Википедия (wikipedia.org)
31-savol. (Muallif – O‘ktam O‘rintoyev) Xokkulardan blits:
1. Tun bo‘yi yoqqan qor,
Tongda yomg‘irga aylandi.
X mikan gunohkor.
X ni yozib bering.
2. Gadoy ketib boradi,
Y yopinchiq unga,
Yer~u osmon barobar.
Y ni yozib bering.
3. Z ning tiniq oqshomi,
Ilgari ko‘rinmasdi
Fudzining bu tog‘lari.
Z ni yozib bering.
Javoblar:
X-Bahor
Y-Yoz
Z-Kuz
32-savol. (Muallif – Abbos Salaydinov).
Ma’lumki, g‘usl qilishda tananing barcha qismiga, tahoratda esa suv
tegizilishi kerak bo‘lgan tana qismlaridan birortasiga ignaning uchiday
joyga suv tegmay qolsa ham g‘usl va tahorat olinmagan hisoblanadi.
Shunga ko‘ra, g‘usl va tahorat vaqtida Bu ishni qilish vojib amal
hisoblanadi. Bu ishni namoz vaqtida davomli qilib turish esa namozdagi
xushu, ya’ni diqqatni buzadi. Ming bir kecha ertaklari asosida ishlangan
“Mag‘rib tunlari” filmida Alouddin Umarning xizmatlariga ehtiyoj
sezganida Bu ishni qiladi. Biz bir daqiqadan so‘ng, sizga Bu ishni qilib
ko‘rsatamiz.
Diqqat savol: Bu ishni qilish o‘rnidagi so‘zlarni yozib bering.
Javob: uzuk qimirlatish [savol o‘quvchi barmog‘idagi uzukni qimirlatib
ko‘rsatadi]
Qabul: uzukni o‘ynatish (o‘ynash) va boshqa “uzuk” hamda qimirlatish
ma’nosini beruvchi so‘zlar qatnashgan javoblar.
Izoh: barmoqqa suv tegishidan to‘smasligi uchun g‘usl va tahorat vaqtida
taqilgan uzuk tor bo‘lsa, uni qimirlatib qo‘yish vojib bo‘ladi. Namoz
vaqtida uzukni qimirlatib o‘tirish esa namozdagi diqqatni buzadi.
Mag‘rib tunlari filmida Alouddin uzukning jini Umarning xizmatlariga
ehtiyoj sezganida uni chaqirish uchun uzukni qimirlatadi.
33-savol. (Muallif – Abbos Salaydinov).
Savol matnida “Ular” so‘zi boshqa so‘zga almashtirilgan.
Liverpul murabbiyi Yurgen Klopp Angliya kubogi finalidagi penaltilar
seriyasini o‘ta asabiy o‘tkazganini aytar ekan, penaltilar seriyasidan so‘ng
o‘zida Ular qolmaganini aytadi. Kloppning bu gapidan Unda bir salbiy
odat borligini bilib olish mumkin. Saytlardan birida bu odatdan qutulish
uchun yoqimsiz hidli bo‘yoq tavsiya etiladi. Diqqat savol: siz savolda so‘z
yuritilgan odat qaysiligini yozib bering.
Javob: tirnoq yeyish. Izoh: Savolda tirnoqlar Ular so‘zi bilan
almashtirilgan edi. «Пенальтилар сериясида асабийлашдим. Энди
менда тирноқлар йўқ» deydi Liverpul murabbiyi. Tirnoq yeyish odati
juda jiddiy kasalliklarni yuqtirib olishga sabab bo‘ladi. Bolalarni bu
odatdan xalos qilish uchun ularning tirnog‘ini yoqimsiz hidli bo‘yoq bilan
bo‘yab qo‘yish tavsiya etiladi.
34-savol. (Muallif - Abbos Salaydinov)
Ko‘pchilik Birinchilar va ikkinchilarni adashtirib yuborsa ham, ular
o‘rtasida jiddiy farqlar mavjud. Birinchilarda proporsionallik bo‘yicha
muammolar kuzatiladi, ikkinchilarda esa bunday muammo bo‘lmaydi.
Birinchilarda gipofizar yetishmovchilik keyinchalik vujudga kelsa,
ikkinchilar bu yetishmovchilikni nasliy qabul qilib olgan bo‘ladi.
“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi qonunda
Birinchilar va ikkinchilarga pensiyaga ertaroq chiqish bo‘yicha imtiyoz
nazarda tutilgan. Diqqat savol: birinchilar va ikkinchilarni to‘g‘ri ketma-
ketlikda yozib bering.
Javob: pakanalar va liliputlar.
Izoh: pakanalar bo‘y o‘sishiga yordam beruvchi gipofiz garmoni
yetishmovchiligiga tug‘ilganidan keyin qaysidir yoshda duch keladi. Shu
tufayli, ularning tana tuzilishida jiddiy nomutanosibliklar kuzatiladi.
Liliputlar esa gipofizar yetishmovchilikni nasliy qabul qilib olgani uchun
ularning tana tuzilishidagi nisbatlar normal bo‘ladi va ular shaklan
bolalarga o‘xshash bo‘ladi. Pensiya to‘g‘risidagi qonunda har ikkala
toifadagi ayollar pensiyaga 20 yil, erkaklar 15 yil ertaroq chiqishlari
mumkinligi belgilangan.
35-savol. (Muallif - O‘ktam O‘rintoyev).
1995-yilda Yaponiyaning Keyo universiteti olimlari psixologiya
yo‘nalishida Shnobel mukofotini qo‘lga kiritishgan. Mukofotga sabab
bo‘lgan tadqiqot tajribasi davomida olimlar maxsus slaydlardan
foydalangan. Rag‘batlantirish sifatida esa don ishlatilgan. Tadqiqot
ularning hulq-atvorini murakkab vizual stimullar yordamida boshqarish
mumkinligini ko‘rsatgan. Diqqat savol: olimlarning bu tadqiqot ishi
nomida qaysi ikki familiyani uchratish mumkin edi?
Javob: Mone, Pikasso.
Qabul: Klod Mone, Pablo Pikasso.
Izoh: bu tadqiqot sizga-savoldan tanish bo‘lib unda kabutarlar Mone va
Pikasso kartinalarini farqlay olishi isbotlangan. Bu tadqiqot keyinchalik
Shnobel mukofotini olib kelgan ekan.
Manba: https://www.ncbi.nlm.nih.gov/pmc/articles/PMC1334394/
https://russian.rt.com/nopolitics/article/328051-135-let-pablo-
pikasso/amp
36-savol. (Muallif – O‘ktam O‘rintoyev)
Ular Quyosh tizimida Koyper kamaridan qochib kelib qolishgani aytiladi.
O‘zlarining yirik o‘lchami bilan kometalarga, chang va gaz bulutlarga
o‘ralgani bilan meteoritlarga o‘xshashadi. Tarkibi, xususiyatlari turlicha
bo‘lganidan olimlar ularni aniq bir sinfga kiritishga qiynalishadi. Diqqat
savol ulardan eng birinchi kashf qilingani kimning sharafiga nomlangan?
Javob: Xiron. Kentavr Xiron. Gap kentavr osmon jismlari haqida
ketayotgan edi. Olimlar ularni yaqqol kometa yoki asteroidlar safiga
kirita olishmagani sababli kentavr deb nom berishgan. Xiron esa
Geraklning do‘sti va ustozi bo‘lgan mashhur kentavr.
Milliy

1-tur
mad_max93July 28, 2022

1-tur.1. (J.O’.)
Diqqat! Savol muharrirlari mualliflik huquqiga oid materiallarning
mazmuni uchun javobgar emas hamda ushbu savollar boshqa manbalar
xususan CHGK bazasida mavjudligi shunchaki tasodifdur.
U ilk bor AQShda paydo bo'lgan va xozirda AQShliklar kundalik hayotida
keng qo'llanilmoqda, Kino reporter sayti esa U qo'llanilishi kerak bo'lgan
eng mashhur filmlar ro'yxatini e'lon qildi, ular orasida: Qo'zichoqlar
sukunati, Forrest Gamp, Indiana Jons kabi filmlarni ko'rish mumkin.
D.s: U ni xorijiy bir so’z bilan yozib bering.
Javob: Diskleymer
Izoh: Diskleymerdan odatda mullif o'zini javobgarlikdan holi qilishda
foydalanadi, Gollivud turli irq va jinsiy orientatsiyaga mansub odamlar,
shuningdek, nogironlar haqidagi eskirgan g‘oyalar haqida tushuntirishga
muhtoj bo‘lgan ko‘plab filmlar yaratgan deya izoh qoldiradi maqola
mualliflari. Biz ham savol boshida o'ziga xos diskleymerdan foydalandik.
Manba:
1. https://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%94%D0%B8%D1%81%D0%BA
%D0%BB%D0%B5%D0%B9%D0%BC%D0%B5%D1%80
2. https://kinoreporter.ru/nazvany-10-kultovyh-filmov-kotorym-
nuzhny-takie-zhe-predisloviya-kak-unesennym-vetrom/
____________________________________
_______________________
1-tur.2. (D.N.)
Gitlerning shaxsiy kotibi, natsistlar partiyasi devonxonasining boshlig’i
va reyxslyayter kabi lavozimlarda ishlagan Martin Bormanni ko’pincha
“U” deb atashgan. Mao Szedunning o'limidan so'ng mamlakat rahbari
emas, balki markaziy harbiy kengash raisi bo'lgan Den Syaopinni ham
“U” deyish mumkin. D.s: “U”ni bir xil harfdan boshlanuvchi ikki so’zda
yozib bering.
Javob: Kulrang Kardinal.
Izoh: Kulrang kardinal atamasi o'zi ko'pchilikka ma'lum bo'lmasada,
amalda hokimyatda katta mavqega ega insonlarga nisbatan ishlatiladi.
Kun.uz saytida chiqqan Xitoy mo'jizasiga oid maqolada Den Syaopin
kulrang kardinal deya ta'riflanadi.
Manba:
1. https://uz.atomiyme.com/kulrang-kardinal-frazeologiya-va-ishlatish-
misollarining-manosi/
2. https://kun.uz/94448595
3. https://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%A1%D0%B5%D1%80%D1%8B
%D0%B9_%D0%BA%D0%B0%D1%80%D0%B4%D0%B8%D0%BD
%D0%B0%D0%BB#:~:text=%D0%92%20%D0%BD%D0%B5%D0%BC
%D0%B5%D1%86%D0%BA%D0%BE
%D0%B9%20%D0%B8%D1%81%D1%82%D0%BE
%D1%80%D0%B8%D0%B8%20%D1%82%D0%B5%D1%80%D0%BC
%D0%B8%D0%BD%20%C2%AB%D1%81%D0%B5%D1%80%D1%8B
%D0%B9,%D0%BD%D0%B0%D0%B7%D1%8B
%D0%B2%D0%B0%D1%8E%D1%82%20%D0%BA%D0%BE
%D1%80%D0%B8%D1%87%D0%BD%D0%B5%D0%B2%D1%8B
%D0%BC%20%D0%BA%D0%B0%D1%80%D0%B4%D0%B8%D0%BD
%D0%B0%D0%BB%D0%BE%D0%BC%20%D0%BD
%D0%B0%D1%86%D0%B8%D1%81%D1%82%D1%81%D0%BA
%D0%BE%D0%B9%20%D0%93%D0%B5%D1%80%D0%BC
%D0%B0%D0%BD%D0%B8%D0%B8.
____________________________________
_______________________
1-tur.3. (M.K.)
Angliya futboli notanish bo’lgan futbol murabbiyi haqidagi serialda,
ushbu murabbiy keyingi raqib jamoa nomini o’qir ekan, o’z
yordamchisiga ajablanib savol beradi. Yordamchi murabbiy esa uni bir
so’z bilan tinchlantirmoqchi bo’ladi. Ushbu so’zni eshitgan bosh
murabbiyning jahli chiqib, 1 haftada 2 marotaba o’ynaymizmi deya
hunob bo’ladi. D.s: ushbu epizod davomida qaysi futbol klubi nomi tilga
olinganligini aniq yozib bering?
Javob: Sheffild Wednesday
Izoh: Ushbu murabbiy Wednesday qo’shimchasiga tushunmasdan savol
bergan edi. Yordamchi murabbiy esa, bu holatni raqib bilan chorshanbi
kuni o’ynaymizmi degan manoda tushunadi va shanba so’zini aytib
o’tadi.
Manba:
1. https://www.youtube.com/watch?v=TQHHIGIWya0
____________________________________
_______________________
1-tur.4. (B.A.)
Diqqat, savolda o'zgartirish bor.
Kun.uz saytida chiqqan maqolada, aktrisalar Jillian Anderson va
Priyanka Chopra, Jeyms Bond rolini ayol kishi gavdalantirishi kerakligini
qo’llab-quvvatlashlari haqida gap boradi. Ushbu maqola sarlavhasida esa
aktrisalar Bondga nisbatan qo'shtirnoq ichida bu ishni qilishni
hohlashlari aytib o’tilgan. Joriy yilning may oyida Chilonzor tumanida
bir insonga nisbatan bu ish qilinadi. D.S: Chilonzorda bu ish kimga
nisbatan qilinganini yozib bering.
Javob: Oksana Chusovitina
Izoh: bu ish yubka kiydirish edi. Joriy (2022) yilning may oyida Inkuzart
tahallusi bilan ijod qiluvchi ko'cha rassomining Chilonzor tumani 2-
dahasida joylashgan Oksana Chusovitina devoriy suratiga yubka chizilib
o'zgartirish kiritiladi.
Manba:
1. https://kun.uz/uz/20557832
2. https://daryo.uz/2022/05/13/chilonzordagi-devorga-chizilgan-
chusovitina-graffitisiga-yubka-kiydirildi-foto/
____________________________________
_______________________
1-tur.5. (D.N.)
Erkin Vohidov she’ridan parcha:
Amal tegmaganlar ichidan bo'zlab,
Martaba zavqini totsam, der ekan.
Amalga minganlar yuksakni ko'zlab,
Qadamni kattaroq otsam der ekan.
Domkom nima istaydi, unga nima kam?
Ulus g'avg'osidan boshi to'la g'am,
Tinch kulba bo'lsa-yu, yovg'on ichsam ham
Biror dam xotirjam yotsam der ekan.
Yuqoridagi she'rda biz bu ishni qildik. O’tgan asrning o’ttizinchi yillarida
yaratilgan bir asarda ham ushbu ish qilingan edi. D.s: Ushbu asar
muallifini yozib bering.
Javob: Mihail Bulgakov.
Izoh: Bu ishni qilish shoxni domkomga almashtirish edi. Mihail
Bulgakov o’zining 1934-1936-yillar davomida yozgan “Ivan Vasilevich”
pyesasida ham shoh ni uy boshqaruvchisi Bunshaga almashtirgan edi.
Manba:
1. https://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%98%D0%B2%D0%B0%D0%BD_
%D0%92%D0%B0%D1%81%D0%B8%D0%BB%D1%8C
%D0%B5%D0%B2%D0%B8%D1%87_(%D0%BF%D1%8C
%D0%B5%D1%81%D0%B0)
____________________________________
_______________________
1-tur.6. (M.K.)
Benedikt Anderson Yan Gus, Jon Uikliff, Pyer Valdo kabi reformatorlar
g'oyalari tanazzulga uchrab, Martin Lyuter esa aksincha muvaffaqiyatga
erishganligi haqida fikrlar ekan 15-asrning birinchi yarmida yaratilgan
ixtironi eslab o'tadi. D.s: Ushbu ixtiro kim tomonidan yaratilganligini
yozib bering.
Javob: Iogan Gutenberg.
Izoh: Menimcha izoh shart emas.
Manba:
1.
https://is.muni.cz/el/1423/jaro2016/SOC757/um/61816961/Benedict_
Anderson_Imagined_Communities.pdf
____________________________________
_______________________
1-tur.7. (J.O’.)
2017-yilda Zilola Musayeva bu ishni qilishni uddalaydi va "e'tirofga"
sazovor bo'ladi. Rejissor Sem Remining bir filmida esa qahramonlar
boshqa olamlarga sayohatini qaysidur ma'noda bu ishni qilish orqali
amalga oshirishadi. D.S: Bu ishni qilish so'zlari bilan qaysi ikki so’z
almashtirilgan?
Javob: Yulduzdan o'tish
Izoh: Xonanda Zilola Musayeva 2017-yilda Yulduz Usmonovadan o'tadi
va E'tirof sovrinini qo'lga kiritadi. Doktor Strenj 2 filmida esa
qahramonlar Amerika Chavez ochadigan yulduzli portal orqali boshqa
olamlarga sayohat qilishadi.
____________________________________
_______________________
1-tur.8. (D.N.)
1958-yil Bryusseldagi ko’rgazmada, Jan Arp ning syurrealizm
yo’nalishidagi “Gulga qarab turgan odam” nomli haykalchasiga nisbatan
bu ishni qilib bo’lmaydi. D.s: 1961-yilda Nyu-Yorkdagi qaysi asarga
nisbatan bu ish qilingan?
Javob: Kema
Izoh: BU ISHNI QILISH - asarni teskari qilib qo'yish. Jan Arpning
haykalchasi har qanday holatda ham to'g'ri turadi deya hisoblanadi,
chunki uning boshi yoki oxiri yo'q. Benom jamoasining navbatchiligida
Anri Matissning Kema kartinasi 1961-yilda 47 kun davomida teskari
holda osilib turgani haqidagi savol o'ynalgani esingizdan chiqmadi deb
umid qilamiz.
Manba:
1. https://t.me/anti_iskusstvo/236
____________________________________
_______________________
1-tur.9. (M.K.)
Tarqatma material:
Yaqinda sodir bo'lgan bir ilmiy voqeadan so'ng, savol muallifi ushbu
tarqatmani yaratadi. D.s: Tarqatmada yashirilgan 2 ta familiyani yozib
bering.
Javob: Habbl va Web
Izoh: Yaqinda James Web teleskopidan olingan ilk suratlar e’lon qilindi.
Ushbu yangi teleskop Habbl teleskopidan ko’proq salohiyatga ega va
kosmik obyektlarni yanada tiniqroq kuzatish imkonini beradi.
Manba: Mirjalol Kattayev
____________________________________
_______________________
1-tur.10. (D.N.)
Savolda bu ishni qilish so’zlari bilan boshqa so’zlar almashtirilgan.
Rossiyaga nisbatan qo’llanilgan sanksiyalarga javoban, RosKosmos
rahbari Dimitriy Rogozin, endilikda butun dunyoga rus dvigatellarining
yetkazib berilmasligini aytib o’tadi. Va shuni ham takidlaydiki: endi
butun dunyo “bu ish”ni qilar ekan. Ispan inkvizitsiyasi davrida, bu ishni
qila oladigan insonlarning parametrlaridan biri 50 dan kam bo’ladi deb
ishonilgan. D.s: Bu ishni qilish so’zlari bilan qaysi so’zlar almashtirilgan.
Javob: Supurgida uchish
Izoh: Rossiya butun dunyoga raketa dvigatellarini yetkazib beradi.
Dimitriy Rogozin endi Rossiya dvigatel yetkazib bermaydi, endi ular
supurgilarida uchishsin deya istehzo qiladi. Ispan Inkvizitsiyasi davrida
vazni 50 kg dan past ayollarga jodugarlikda ayblangan, chunki
supurgining yuk kòtarish qobilyati 50 kg deya hisoblangan.
____________________________________
_______________________
1-tur.11. (D.N)
Rus modernist rassomi Roman Tirtov Erte taxallusini olishiga “til”i
sababchidir. Amerika fojeasi asarida Klayd Griffitsning jinoyati fosh
bo'lishiga sababchilardan biri ham “til”idir.
D.s: Yuqoridagi matnda tushirib qoldirilgan 5 ta harflarni yozib bering.
Javob: I N I S A
Izoh: Rassomning initsiali Erte deya talaffuz qilinadi. Amerika fojiasi
asarida Klayd Griffitsga mehmonxonada ro'yhatdan o'tishda initsialiga
mos ism familiyani tanlashi va ro'molchasida ham initsiali mavjudligi
pand beradi.
Manba: https://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%A2%D1%8B
%D1%80%D1%82%D0%BE%D0%B2,_%D0%A0%D0%BE%D0%BC
%D0%B0%D0%BD_%D0%9F%D0%B5%D1%82%D1%80%D0%BE
%D0%B2%D0%B8%D1%87
____________________________________
_______________________
1-tur.12. (D.N.)
Joriy yilda, “Blue Sky” Studiyasi “Yoz faslining boshlanishi” ni
qahramonning, nihoyat, yong'oq yeyishi orqali tasvirlab berdi. Sònggi
“Yoz faslining boshlanishi” ga 12.5 ming yil avvalgi vulqonlar sababchi
bòlgani aytiladi. D.s: Yuqoridagi gapda almashtirilgan so’zlarni o’z
holida (aniq) yozib bering?
Javob: Muzlik davrining tugashi.
Izoh: Blu Sky Studiyasi Muzlik davri multfilmi bilan juda mashhur bòlib,
joriy yilda Muzlik davrining tugaganini olmaxonning nihoyat yonĝoĝini
yeyishi orqali bildirdi. 12.5 ming yil avval otilgan vulqonlarning kuli
atmosferani qoplab, issiqxona effektini hosil qiladi va nihoyat muzlik
davri tugaydi.
Manba:
1. https://yandex.ru/video/preview/15389882337315399636
2. https://uz.eferrit.com/oxirgi-muzlik/

2-tur
mad_max93July 28, 2022

2-tur.1. (SH.X.)
Savol muallifi Iyul oyining o'tgan oyga nisbatan ancha issiqroq
bo'layotgani, va Iyul oyida mamlakatimiz huddi “alanga” ichida qolgani
haqida gapirar ekan, Frederik Leytonning 1895 yilda yaratilingan asari
nomini bir xarfga o'zgartirib eslab o’tadi.
D.s: Ushbu asar nomini o'zgartirilgan holda yozib bering.
Javob: Yonayotgan iyul.
Izoh: Frederik Leytonning "Yonayotgan Iyun" kartinasini
ko'pchiligingizga tanish bo'lsa ajab emas.
Manba:
1. https://en.wikipedia.org/wiki/Flaming_June
____________________________________
_______________________
2-tur.2. (D.N)
Sulsher Manchester Sity jamoasining yozgi transferiga munosabat
bildirarkan: "Holandni Manchesterning klubiga o'tgani bilan
tabriklayman" – deb takidlab o’tadi. Biz yuqoridagi matnda bir so’zni
tushirib qoldirdik. “Bolalar”ga ishonadigan bo’lsak, ularda, tushirib
qoldirilgan so’zning kattasi bo’lgan. D.s: Tushirib qoldirilgan so’zni yozib
bering.
Javob: Xato
Izoh: Sulsher Holandni Manchesterning xato klubiga o'tgani bilan
tabriklaydi. Bilamizki Sulsher MU murabbiyi edi va tabiiyki Manchester
Sityga raqib. Toxir Sodiqovning Xato taronasida Katta xato bo'lgani
haqida kuylanadi.
Manba:
____________________________________
_______________________
2-tur.3. (B.A.)

Tarqatma material
Shaxmatga atalgan bir YouTube kanalida Nejmiddinov va Chernikov
o’rtasidagi match yoritiladi. Ushbu matchning sarlavhasi shaxmat
tarixidagi eng buyuk “shunday ish” edi. Tarmoq foydalanuvchilaridan
biri ushbu vidyoga bo'lgan izohida Genrix VIII ni eslab o'tadi. D.s:
“Shunday ish” bilan almashtirilgan bir hil harfdan boshlanuvchi 3 ta
so’zni yozib bering.
Javob: Qirolichani qurbonlik qilish.
Qabul: Qirolichani qatl qilish.
Izoh: Ushbu Matchda Najmiddinov qirolichani qurbonlik qilishiga
qaramasdan o’yin yakunida g’alabaga erishadi. Savolning ikkinchi
qismida Genrix VIII ning Anna Boleynning qatl qilishi haqida edi.
Manba:
1. https://www.youtube.com/watch?v=G90SVhxKeig
2. https://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%91%D0%BE%D0%BB
%D0%B5%D0%B9%D0%BD,_%D0%90%D0%BD%D0%BD%D0%B0
____________________________________
_______________________
2-tur.4. (D.N.)
Diqqat, savolda o’zgartirish bor.
1865-yilgi manbaga ko’ra, Robert va Meri “ular” dir. Frederik Dent va
Uliss Simpssonlar 1853 yildan 1861 yilgacha “ular” bo’lgan. D.s: 2019-
yilda yaratilgan qo’shiqqa asoslangan holda, yurtimizdagi “ular”dan
hohlagan birining ismini yozib bering.
Javob: Asal, Rashid
Izoh: Ular kapitanning bolalari edi. Gap Jyul Vernning “Kapitan Grant
bolalari” asari, AQSH ning 18-prezidenti va 1853-yildan 1861-yilgacha
kapitan unvoniga ega bo’lgan Ulis Grantning farzandlari va Via
Maroqand guruhining “Mening dadam Kapitan” qo’shiqlari haqida
ketayotgan edi.
Manba:
1. https://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%93%D1%80%D0%B0%D0%BD
%D1%82,_%D0%A3%D0%BB%D0%B8%D1%81%D1%81
2. https://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%94%D0%B5%D1%82%D0%B8_
%D0%BA%D0%B0%D0%BF%D0%B8%D1%82%D0%B0%D0%BD
%D0%B0_%D0%93%D1%80%D0%B0%D0%BD%D1%82%D0%B0
3. https://www.youtube.com/watch?v=O8DnIcsEc9s
____________________________________
_______________________
2-tur.5. (N.Y.)
Marhum taniqli sport sharhlovchisi Davlat Turdaliyev kunlarning birida
“Paxtakor” klubi nigeriyalik Ilizah Lerpa ismli yangi o’yinchini transfer
qilganini e’lon qiladi. Ko’rsatuvida bu haqida lavha tayyorlar ekan, orada
bir intervyu ham uyushtiradi. Qizig’I, ushbu transfer uchun “Paxtakor”
harakat ham qilmagan edi. D.s: Davlat Turdaliyev ushbu lavhasi
yakunida tayyorlangan materialiga qanday nom berganligini ikki so’zda
yozib bering.
Javob: Aprel hazili
Izoh: Futbolchining ism-familiyasi ILIZAH LERPAni teskari o’qisangiz,
APREL HAZILI javobi kelib chiqar edi. Material originaldek ko’rinishi
uchun Toshkentdagi qora tanli studentlardan biri bilan intervyu
uyushtirilgan. Shu tarzda material yakunida journalist o’z materiali aprel
hazili ekanini tushuntirib o’tgan.
Manba: Zafar Imomxo’jayev
____________________________________
_______________________
2-tur.6. (J.O’.)
Yoham Lyovning 60 yillik yubileyi munosabati bilan Gazeta.ru saytida
chiqqan bir maqolada, Lyovga “U” deya tarif berilgan. 2013-yilda Polning
o'limiga ham qaysidur ma'noda “U” sababchi bo'lgan. “U” o'rnidagi 3
so'zni maksimal aniqlikda yozib bering.
Javob: Nemis mashinasining haydovchisi.
Izoh: Germaniya terma jamoasi laqabi Nemis mashinasi va uning bosh
murabbiyiga ushbu mashina haydovchisi deya tarif berilgan. Aktyor Pol
Uolkerning o'limiga esa Porsh carrera GT rusumidagi mashinani
boshqargan Rojer Rodas sababchi bo'lgan.
Manba:
1. https://www.gazeta.ru/sport/photo/joachim--low--60.shtml
2. https://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%A3%D0%BE%D0%BA
%D0%B5%D1%80,_%D0%9F%D0%BE%D0%BB#%D0%91%D0%BB
%D0%B0%D0%B3%D0%BE%D1%82%D0%B2%D0%BE
%D1%80%D0%B8%D1%82%D0%B5%D0%BB%D1%8C%D0%BD
%D0%B0%D1%8F_%D0%BF%D1%80%D0%BE
%D0%B3%D1%80%D0%B0%D0%BC%D0%BC%D0%B0
____________________________________
_______________________
2-tur.7. (N.Y.)
Norvegiyalik tennischi Casper Rud joriy yilda bir Masters turniridan
so’ng jahon tasnif jadvalida yettinchi o’ringa ko’tarilib oladi.
Musobaqadan so’ng tennischi OAVga bergan intervyusida, hazilomuz
tarzda bir brendga egalik qilishga da’vo qilib chiqadi. D.s: Ushbu brend
nomini yozib bering.
Javob: CR7
Izoh: Casper Rus va Crishtianu Ronaldu initsiallari bir hil va shuning
uchun ham Xasper Rud ushbu gaplarni aytib o’tgan.
Manba: https://www.championat.com/tennis/news-4657287-kasper-
ruud-poshutil-chto-teper-ego-mozhno-nazyvat-novym-cr7.html
____________________________________
_______________________
2-tur.8. (J.O’.)
Diqqat savolda almashtirish bor!
Bir siyosiy karikaturada, bir nechta Tolibon askarlari "inson haq-
huquqlari" deb yozilgan toshlar ustiga arabcha so'zlar yozilgan "qilich”ni
sanchishayotgani tasvirlangan. Ushbu karikatura mualliflari Jo
Rozentaldan ilxomlanishgan. Diqqat kutilmagan savol: 1945-yil 23-fevral
sanasida Jo Rozental qaysi toponimda bo'lganligini aniq yozib bering.
Javob: Ivodzima
Izoh: Savol matnida bayroq o'rnatish, qilich sanchishga o'zgartirilgan.
Karikatura Rozentalning Ivodzimaga bayroqning o'rnatilishi suratidan
ilxomlanib chizilgan.
Manba:
1.
2. https://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%92%D0%BE
%D0%B4%D1%80%D1%83%D0%B6%D0%B5%D0%BD
%D0%B8%D0%B5_%D1%84%D0%BB%D0%B0%D0%B3%D0%B0_
%D0%BD%D0%B0%D0%B4_%D0%98%D0%B2%D0%BE
%D0%B4%D0%B7%D0%B8%D0%BC%D0%BE
%D0%B9#:~:text=Raising%20the%20Flag%20on%20Iwo,
%D0%98%D0%B2%D0%BE%D0%B4%D0%B7%D0%B8%D0%BC
%D1%83%20%D0%B2%D0%BE%20%D0%92%D1%82%D0%BE
%D1%80%D0%BE%D0%B9%20%D0%BC%D0%B8%D1%80%D0%BE
%D0%B2%D0%BE%D0%B9%20%D0%B2%D0%BE%D0%B9%D0%BD
%D0%B5.
____________________________________
_______________________
2-tur.9. (J.O’.)
Tarqatma material:
SANQUO'RTUIGNJONAUCHIXUMDAKYONDIQ
1985-yildagi bir manbaada Ivanga bu ishni qilishda daraxtlar yordam
berganini ko'rish mumkin, tarqatma materialda ham siz qaysidur
ma'noda bu ishni qilishingiz mumkin. D.S: Bu ishni qilish so'zlari bilan
almashtirilgan so'zlarni yozib bering.
Javob: Koshey jonini topish
Qabul: O'lmas Koshey jonini topish
Izoh: Qizil qorlar yoqqanda filmida Koshey joni qutining pastki qismida
ekanligini Ivanga daraxtlar ko'rsatishadi, versialardan biriga ko'ra esa
Koshey joni ignaning uchida, igna tuxumda, tuxum o'rdakda, o'rdak
quyonda, quyon esa sandiqda yashiringan.
Manba:
1. https://youtu.be/4BmDYZNpQKI
2. https://ru.m.wikipedia.org/wiki/%D0%9A%D0%BE
%D1%89%D0%B5%D0%B9
____________________________________
_______________________
2-tur.10. (N.Y.)
Bir necha hafta muqaddam Vengriyada bo’lib o’tgan suv sporti turlari
bo’yicha jahon chempionatining sinxron suzish bahslarida bir qiziq holat
kuzatildi. Ushbu chempionatda “X” lar ko’plab yo’nalishlarda
shoxsupaga ko’tarilishdi. Bazi yo’nalisihlarning har uchala sovrinli
o’rnida ularni ko’rish mumkin edi. Buni esa ilm-fandagi bir farazdan
qanchalik keng foydalanilayotganligiga dalil sifatida izohlash mumkin.
D.s: ushbu farazni yozib bering.
Javob: Egizaklarning bir-birlarini his qilishlari boshqalarga nisbatan
kuchliligi
Qabul: Shu mazmundagi javoblar.
Izoh: Sinxron suzish bahslarida duet dasturidagi barcha yo’nalishlarda
egizak sportchilar shohsupadan joy olishgan. Qolarversa, murabbiylar
jamoaviy dasturlarga ham egizaklarni jalb qilishgan.
Manba:
1.
https://en.wikipedia.org/wiki/Artistic_swimming_at_the_2022_World
_Aquatics_Championships
____________________________________
_______________________
2-tur.11. (D.N.)
Safar Kokilovning hajviy asari qahramoni “X” dan qon to'xtatishda
foydalanadi, ammo ushbu qilgan ishi esidan chiqib ketib, bemor IKS
qurboniga aylanishiga bir bahya qoladi. O'tgan asrning birinchi
choragida yozilgan asar qahramoni esa, chiroyli kiyim va atributlarga
o'chligi sababli qaysidur ma'noda “X” qurboniga aylanadi. X ni bir so’z
bilan yozib bering.
Javob: Ro'molcha
Izoh: Safar Kokilovning Ro'molcha hajviy asarida jarroh Eshonqulov o'z
ro'molchasini bemorning ichida unutib qoldiradi. Birinchi tur 11-savolida
Teodor Dreyzerning asari qahramoni bo'lgan Klayd Griffits o'z initsiali
yozilgan ro'molcha sabab qo'lga tushgani haqida eslatib o'tgan edik.
Manba: https://n.ziyouz.com/portal-haqida/xarita/uzbek-nasri/safar-
kokilov-1952/safar-kokilov-ro-molcha-hajviya
____________________________________
_______________________
2-tur.12. (Sh.X.)
Boris Johnson Britaniya bosh vaziri bo’lishdan istefo berar ekan, o'z
nutqini USHBU jumla bilan yakunlaydi. Amerika Kino Inisituti
tomonidan esa, USHBU jumla, 100 ta eng yaxshi film iqtiboslari
ro'yhatida 76-pog'onani bant etib turibdi.
Ushbu jumlani 2-tur 12-savolligiga chalg’imagan holda, xorijiy tilda aniq
yozib bering.
Javob: Hasta la Vista, Baby
Izoh:
Manba:
1. https://www.reuters.com/world/uk/hasta-la-vista-baby-uks-boris-
johnson-bows-out-lawmakers-applause-2022-07-20/

3-tur
mad_max93July 28, 2022

3-tur.1. (O.N.)
Dog Jon Yudkin 1972-yilda "Toza, oq va o‘lim keltiruvchi" nomli kitob
yozgan. Diqqat savol: Savol matnidagi bir so‘zdan bir nechta harflar
tushirib qoldirilgan, ushbu so‘zni to‘liq holda yozib bering.
Javob: Dietolog
Izoh: Jon Yudkin kasbi bo‘yicha dietolog bo‘lgan. U 1972-yildayoq
shakarning zarari, turli kasalliklarga sabab bo‘lishi mumkinligi haqida
kitob yozgan.
Manba:
1. https://en.wikipedia.org/wiki/John_Yudkin
____________________________________
_______________________
3-tur.2. (D.N.)
Savol muallifi Xitoy mo'jizasining otasi haqidagi ma'lumotlarda, uning
avvaliga Fransiyada, keyin esa SSSRda yashab o'ziga Ivan Dozorov
tahallusini olganini o'qigan. D.s: Yuqorida eslab o'tilgan Ivan
Dozorovning asl ismi nima?
Javob: Den Syaopin
Izoh: 1-tur 2-savolida Mao Szedundan keyin bir necha yil Xitoyni
boshqargan kulrang kardinal Den Syaopin haqida eslab o'tgan edik. U
SSSRda o'qib yurganida o'ziga Ivan Dozorov nomini olgan.
Manba: https://kun.uz/94448595
____________________________________
_______________________
3-tur.3. (M.K.)

Tarqatma material
Kamil Galeyev karib plantatsiya egalari afrikalik qullarning kelib chiqish
hududiga qarab ajratishlari haqidagi postida hozirgi Nigeriya, Kongo va
Angola hududlaridan chiqqan qullar Senegal yoki Janubiy Afrika
hududidan chiqqan qullarga nisbatan katta talabga ega bo'lganligi haqida
aytib o’tadi. Bunga sabab sifatida esa ularning oziqlanish ratsionini va
shundan kelib chiqadigan, qullarni boqish xarajatlaini ko’rsatadi. Ushbu
postda ratsionning farq qilishiga sabab sifatida X keltiriladi. Tarqatmada
X ning tarqalish hududini ko'rib turibsiz. D.s: X nimaligini ikki so’z bilan
yozib bering?
Javob: Setse pashshasi.
Izoh: Setse pashshasining go’sht olinadigan hayvonlarga zarari tufayli
go’sht narxi qimmat bo’lgan, va shu sababli ualrning ratsionida
go’shtning ulushi kam bo’lgan.
Manba:
1. https://t.me/kamil_galeev/2216
____________________________________
_______________________
3-tur.4. (Sh.X.)
Mashhur Gollivud aktyori, yaqindagi ushbu roli uchun 100 milion
dollardan ortiq pul ishlab “topgan”ligi tufayli, Gollivudning eng ko'p
gonorar to'lanadigan “Top” aktyorlaridan biriga aylandi. D.s: Ushbu
aktyor qaysi rolni ijro etganligini yozib bering.
Javob: Maverik
Qabul: Leytenant Pit Mitchel.
Izoh: Film esa hozirda butun jaxon kino kassalarida rekordlarni
yangilayotgan "Top Gun: Maverik" (Moxir Mergan: Maverik).
Manba:
1. https://hypebeast.com/2022/7/tom-cruise-salary-reportedly-100-
million-usd-top-gun-maverick
____________________________________
_______________________
3-tur.5. (O.N.)
Kim Kardashyan Met Gala balida bu ishni qilish uchun 7 kg ozishiga
to‘g'ri kelganini aytib o’tadi. Bu ishni qilishni, atoqli ot qatnashgan va har
ikki so‘zi bir xil harf bilan boshlanadigan 4 ta so‘z bilan yozib bering.
Javob: Merilin Monro ko‘ylagini kiyish.
Izoh: Izoh: Kim Kardashian 5 mln dollar evaziga Merilin Monro Jon
Kennedining tug‘ilgan kunida kiygan ko‘ylagini ijaraga oladi. 7 kg ozgan
bo‘lishiga qaramay Kardashian libosni baribir shikast yetkazgan holda
muzeyga qaytardi.
Manba:
1. https://www.vogue.com/article/kim-kardashian-met-gala-2022
____________________________________
_______________________
3-tur.6. (M.K.)
Ushbu savolimiz futbol haqida. Maurisio Pochettino va Aleks Fergyuson
o’rtasidagi tushlik hisobini Pochettino to’lab yubormoqchi bo’ladi. Lekin
Aleks Fergyuson, Pochettino “ushbu ishni qilsa”gina, unga hisobni
yopishiga ruhsat berishini aytib o’tadi. Sizlar “bu ishni qilish” uchun “bu
ishni qilish”ingiz kerak. D.s: “Bu ishni qilish so’zlari” bilan almashtirilgan
so’zlarni yozib maksimal aniqlikda yozib bering.
Javob: Futbol haqidagi savolga to’g’ri javob berish
Izoh: Aleks Fergyusson 1930-yildagi Jahon CHempionati finalida
Argentinaliklardan kimlar to’p kiritganini so’raydi. Yakunda Pochettino
hisobni to’laydi.
Manba: https://www.sports.ru/amp/post/1477036/
____________________________________
_______________________
3-tur.7. (J.O’.)
Bir sohadagi Finlandiya va AQSh kompaniyalarining Rossiya bozoridan
chiqib ketishi, Rossiyada tezyurar “X”larga bo'lgan talabning keskin
“ko’tarilishiga” sabab bo'ldi. Maishiy “X”larning narxi esa 20-30% gacha
“ko'tarilgan”. Pitsa guruhining 2014-yilda chiqqan “X” nomli qo'shig'i
muhlislar tominidan “yuqori” baholangan. Diqqat savol: “X”ni bir so'z
bilan yozib bering.
Javob: Lift
Izoh: Finlandiyaning Kone va AQShning Otis kompaniyalari Rossiyadan
chiqib ketishi lift muammosini keltirib chiqardi. Savol matnidagi
ko'tarilish so'zlari sizga yordam berishi kerak edi.
Manba:
1. https://www.forbes.ru/biznes/468191-v-rossii-zakancivautsa-
skorostnye-lifty-dla-neboskrebov
____________________________________
_______________________
3-tur.8. (SH.X)
Uning paydo bo'lishi, XlX asr oxirlari va XX asrning boshlari, Luizianiya
shtatidagi bir shaxarga borib taqaladi. 30-aprel sanasi esa, xalqaro U
kuni sifatida butun dunyo bo'ylab keng nishonlanadi. Qaysidir ma'noda,
ushbu savolimiz, o'tgan asr o'rtalarida mashxur bo'lgan filmdan farqli
o'laroq, faqatgina Expromt jamoasi uchun emas. D.s: U ni yozib bering.
Javob: Jazz
Izoh:
Manba:
____________________________________
_______________________
3-tur.9. (J.O’.)
Buyuk Britaniyaning bir kinoteatrlar tarmog'i, 18-19-iyul kunlari, barcha
SHUNDAY mijozlar uchun bepul chiiptalar taqdim qildi, bunga sabab
esa Britaniyadagi anomal harorat ko'tarilishi edi. Otabek
Muhammadzohidning bir qo'shig'i nomida ham SHUNDAYni ko'rish
mumkin. D.s: Shunday o’rnidagi ikki so’zni yozib bering.
Javob: Malla sochli
Izoh: Malla sochli insonlar quyosh nuridan eng ko'p zarar ko'rishadi,
Otabek Muhammadzohidning qo'shig'i esa Malla sochli qizaloq
____________________________________
_______________________
3-tur.10. (B.A.)
Ingliz tilida X dan kelib chiqqan bir qancha frazalar bo’lib, ulardan bir
nechtasini ma’nosi bilan birga yozib oling:
Starting from scratch – biron-bir vazifani eng avvaldan boshlab amalga
oshirish.
Home straight – biron-bir vazifa yoki sayohatning ohiri
Hands down – onson g’alaba qozonish
D.s: X ni “ot” qatnashtirgan holda 2 so’zda yozib bering.
Javob: Ot poygasi.
Izoh: Javobda ot poygasidagi start chizig’idan finishigacha bo’lgan
masofada yaralgan bir qancha frazalarni keltirib o’tdik.
Manba: https://www.greatbritishracing.com/features/11-popular-
phrases-that-come-from-horse-racing/
____________________________________
_______________________
3-tur.11. (M.K.)
Blits
1. O'tgan yili taqdim etilgan ushbu kitob muallifi o'z kitobi haqida gapirar
ekan: "O‘ylaymanki, bizning mamlakatimiz va xalqimiz farovon hamda
rivojlangan mamlakatda yashashga loyiqdir va bu kitob uni qurishda
mening 2 sentimdir" degan so’zlarni aytib o’tadi. D.s: Bu qaysi kitob?
2. 1981-1989-yillarda bir g'arb davlatida amalda bo'lgan bu iqtisodiy
siyosatning nazariy asosi taklifga asoslangan iqtisodiyot edi. D.s: Bu
qaysi siyosat?
3. 2012-yilda boshlangan ushbu iqtisodiy siyosatning asosiy maqsadi
deflyatsiyani jilovlashdir. Uni amalga oshirish uchun suniy devalvatsiya
va pul massasini oshirish kabi usullardan foydalanishadi. Davlat tashqi
qarzi 2021-yilda YaIMning 263%ga yetganligiga qaramasdan bu
siyosatni muvaffaqiyatli deb biluvchi iqtisodchilar anchagina. D.s: Bu
qaysi siyosat?
Javoblar:
1) Mirziyonomika
2) Reyganomika
3) Abenomika
Izoh: Blitsning birinchi savolida gap Behruz Hamzayevning kitobi haqida
ketayotgan edi. Ronald Reygan 1981-1989-yillarda AQSH prezidenti
bo’lgan. 2012-yilda Yaponiya hukumati tepasiga kelgan Sindzo Abening
siyosatiga Abenomika deb ta’rif beriladi.
Manba:
1. https://qalampir.uz/uz/news/uzbekistonda-mirziyenomika-nomli-
kitob-yezildi-45579
2.
https://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%A0%D0%B5%D0%B9%D0%B3%D
0%B0%D0%BD%D0%BE%D0%BC%D0%B8%D0%BA%D0%B0
3. https://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%90%D0%B1%D1%8D%D0%BD
%D0%BE%D0%BC%D0%B8%D0%BA%D0%B0
____________________________________
_______________________
3-tur.12. (D.N.)
Navbatchilikning oxirgi savoli. Jamoalarga eslatma, o’tirgan joyingizni
yig’ishtirib ketishni esdan chiqarmang. Biz esa ushbu savoldan keyin
yakuniy natijalarni hisob kitob qilamiz.
Sa'diy Sheroziydan aforizmni yozib oling:
“… odam uchun eng afzali jim turmoq. Lekin, u buni anglay olganida, …
odam bo'lmas edi.”
Ushbu aforizmda, biz ikki marotaba bir so’zni tashlab ketdik. 1982-yilda
ushbu so’z bir professornning ranjishiga sabab bo’lgan. Ushbu so’zni
maksimal aniqlikda yozib bering.
Javob: Ahmoq
Izoh: Aforizmning asl shakli quyidagicha: Ahmoq odam uchun eng afzali
jim turmoq, u buni anglay olganida, ahmoq odam bo’lmas edi. Suyunchi
filmida esa kelajakda professor bo'lishni orzu qilgan yigitga Nazira ikki
bor Ahmoq deb aytadi. Professorning ukasi esa ushbu so'zlarni eslab
qolishni va to'ydan keyin "raschot" qilishni maslahat beradi.
Manba: https://www.youtube.com/watch?v=fJbCVxFBMiU
Espero
I-TUR
mad_max93August 01, 2022

BIRINCHI TUR, BIRINCHI SAVOL!


Tirnoq bo’yoqlarini sotish bilan shug’ullanadigan internet-do’konlardan
birining nomidan mahsulotning yaxshi ekanligini anglash mumkin.
Shuningdek, so’z o’yinidan foydalanilgan bu nom orqali mijozlarga Uni
tilashadi.
Diqqat savol: 2012-yilgi o’zbek filmida Uning timsolini talqin qilgan
aktyorni yozib bering! VAQT KETDI!!!
Javob: Ubaydulla Omon
[Qabul: Aniq javob]
Izoh: Internet-do’kon nomi “Goodlak” deb nomlanadi va bu nom orqali
lakning yaxshi ekanligini, shuningdek omad tilashni ham anglash
mumkin. “Omad” nomli filmda esa aktyor Bobur Yo’ldoshevning omadi
timsolini Ubaydulla Omon aks ettirgan.
Espero jamoasi bugungi o’yinda ham barcha jamoalarga omad tilab
qoladi!
Manbalar:
1) https://irecommend.ru/content/magazin-ispolnyayushchii-mechty-
otlichnoe-obsluzhivanie-i-skorost
2) https://www.kino-teatr.ru/kino/activist/248824/works/
Muallif: Suhrob Sharipov
BIRINCHI TUR, IKKINCHI SAVOL!
KEYINGI SAVOLDA TARQATMA MATERIAL BOR!
Ko’pgina Shvetsariya soat brendlari nomi fransuz va nemischa so’zlar
bilan nomlangan. Istisno tariqasida, XX asr boshida qo’shni
mamlakatdan kelgan migrantlar oqimidan keyin Shvetsariyada U nomli
soat brendiga asos solinadi. Uning ayrim markalarida Oy fazalarini yoki
moviy ranglarni ko’rish mumkin. Yozuvchi Liz Karlayl asarlaridan birida
qahramon qizning tiniq va tubsiz ko’zlari Unga qiyoslanadi.
Diqqat savol: Uni boshi va oxiri bir xil harf bo’lgan bir so’z bilan yozib
bering! VAQT KETDI!!!
Javob: Adriatika
[Qabul: Aniq javob]
Izoh: Adriatika dengiz orqali Italiyadan migrantlarning kelishi “Soat
vatani” Shvetsariyada yangi brendning paydo bo’lishiga sabab bo’ladi.
Ushbu soat markalarida oy fazalarining ham mavjudligi dengizga
suvning kelish va ketishiga ishora edi.
Manba(lar):
1) https://www.alltime.ru/brand/?ID=325
2) Лиз Карлайл: "Невеста в алом", Глава 9
Muallif: Suhrob Sharipov
BIRINCHI TUR, UCHINCHI SAVOL!
Roma futbol klubi an’analariga ko’ra, mashhur futbolchilarning taqdimot
marosimlarida siz rasmda ko’rib turgan bolalar va shu kabi suratlar katta
ekranlarda ko’rsatiladi. Bunga sabab esa, bu bolalar – SHUNDAY
ekanligi edi.
Diqqat savol: Xalq maqoliga ko’ra, SHUNDAY moslama nimaga ega
ekanligini 2 so’z bilan yozib bering! VAQT KETDI!!!
Javob: Oltin sop
[Qabul: Sopi oltin, oltin dastali]
Izoh: Roma an’analariga ko’ra, yirik o’yinlar yoki taqdimotlarda
yo’qolgan bolalar katta ekranlarda ko’rsatiladi va ularni topishga
ko’maklashiladi. Xalqimizda esa “Yo’qolgan pichoqning sopi oltindan”
degan maqol bor.
Manba(lar):
1) https://www.besoccer.com/new/beyond-proud-as-roma-stunned-
by-success-of-missing-children-s-campaign-782672
2) https://n.ziyouz.com/portal-haqida/xarita/uzbek-xalq-ogzaki-
ijodi/uzbek-xalq-maqollari/qadr-qimmat-va-qadrsizlik-haqida-maqollar
3) https://uz.wikipedia.org/wiki/Pichoq
Muallif: Ulug’bek Solijonov, Suhrob Sharipov
BIRINCHI TUR, TO’RTINCHI SAVOL!
ARPANET - hozirgi internetning prototipi hisoblanib, ilk bor 1969-
yilning 29-oktyabr sanasida sinovdan o’tkazilgan. Bu haqida gapirar ekan
Jim Bolton, ushbu sinov – U ekanligini, lekin kelgusida texnologiyalar
rivoji uchun katta yutuq olib kelishini majoziy ma’noda ta’kidlagan.
Diqqat savol: U deyilganda nima nazarda tutilganini 2 so’z bilan yozib
bering! VAQT KETDI!!!
Javob: Kichik qadam
[Qabul: 2 so’zdan iborat sinonim javoblar]
Izoh: Kosmosga uchish poygalari ta’sirida paydo bo’lgan arpanet
tarmog’i, aynan Armstrong Oyga uchgan yilda ilk bor sinovdan
o’tkazilgan. Armstrong o’z parvozini “inson uchun kichik qadam, lekin
insoniyat uchun katta qadam” deya ta’kidlagani kabi, Jim Bolton ham
arpanet tarmog’ining sinovini “kichik qadam”, ammo tarmoq
texnologiyalari uchun ulkan yutuq deb baholagan.
Manba(lar):
1) Jim Boulton. 100 Ideas that Changed the Web.
2) https://ru.wikipedia.org/wiki/
Управление_перспективных_исследовательских_проектов_Минист
ерства_обороны_США
Muallif: Сергей Лобачёв
BIRINCHI TUR, BESHINCHI SAVOL!
Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida faoliyat olib boradigan “Mritak
sangx” tashkiloti a’zolari bir vaqtning o’zida ham IKS ham IGREK
hisoblanadi. Sababi, bu yerda kimningdir yerini o’zlashtirish uchun yer
egasi haqida soxta hujjat tayyorlash odat tusiga kirgan.
Diqqat savol: 1935-yilda yozilgan maqolaga ko’ra, ham IKS ham
IGREK bo’la oladigan jonzotni yozib bering! VAQT KETDI!!!
Javob: Mushuk
[Qabul: Shryodinger mushugi]
Izoh: “Mritak sangx” – “O’lgan odamlar” tashkiloti bo’lib, u
korruptsionerlar tomonidan sohta hujjat orqali o’lgan deb e’lon qilingan
yer egalarining huquqlarini himoya qiladi. Tashkilot a’zolari yuridik
jihatdan marhum hisoblansa-da, aslida tirik bo’ladi. 1935-yilda olim
Ervin Shryodinger kvant fizikasi haqidagi maqolada radiaktiv yadro
joylangan qutiga solingan mushukning bir vaqtning o’zi ham tirik ham
o’lik holatda bo’lishi haqida yozilgan.
Manba(lar):
1) https://ru.wikipedia.org/wiki/Ассоциация_мёртвых_людей
2) https://t.me/nota_bene1/1571
Muallif: Bobur Maksimov
BIRINCHI TUR, OLTINCHI SAVOL!
Diqqat, savolda ULAR va BU ISHNI QILADI so’zlari boshqa so’zlarga
almashgan.
Spaniel it zoti o’zining sezuvchanlik qobiliyati kuchli ekanligi bilan
mashhur. Bojxona xizmati uchun itlarni tayyorlab beradigan kinolog
Nikolay Sapuxinning intervyusiga ko’ra, ishlatiladigan bo’yoq va boshqa
moddalar sababli ULAR ham BU ISHNI QILADI, bu esa spaniellarga
ULAR ni aniqlashda yordam beradi.
Diqqat savol: Kimning fikricha, ULAR BU ISHNI QILMAYDI? VAQT
KETDI!!!
Javob: [Tit Flaviy] Vespasian
Izoh: Ushbu it zoti bojxonada noqonuniy olib o’tilayotgan narkotik,
psixotrop moddalar bilan birgalikda, bo’yoq va qog’oz xususiyatlariga
qarab pullarni ham aniqlar ekan. Vespasianning mashhur iborasi esa
“Pullar hid taratmaydi”
Manba(lar):
1) https://rostov.aif.ru/society/persona/
chem_pahnut_dengi_istorii_iz_zhizni_kinologa_rostovskoy_tamozhni
2) https://ru.wikipedia.org/wiki/Веспасиан
Muallif: Suhrob Sharipov
BIRINCHI TUR, YETTINCHI SAVOL!
"Tik burilishlar" nomli filmda qanchalik g'alati bo'lmasin, USHBU
SPORT bo'yicha Olimpiadada qatnashishni istagan 4 yamaykalik haqida
so'z boradi. SSSRda USHBU SPORT rivojlanishiga 1980-yilda
Amerikadan trassa chizmalarini o'g'irlab kelgan josuslar yordam bergan.
Diqqat savol: Qaysi sport turi haqida gap ketmoqda? VAQT KETDI!!!
Javob: Bobsley
[Qabul: Aniq javob]
Izoh: Bobsley bo’yicha issiq mamlakat vakillarining musobaqada
qatnashishi hayratlanarli albatta. Ayniqsa Yamayka kabi qor
yog’maydigan davlatda.
Manba(lar):
1) https://betslive.ru/news/bobsleigh-i-skeleton-interesnoe/
Muallif: Bobur Maksimov
BIRINCHI TUR, SAKKIZINCHI SAVOL!
Rabot shahri amiri Yoqub al-Mansur 86 metrlik Xasan masjidini
qurdirmoqchi bo’ladi. Biroq, 1199-yilda yuz bergan hodisa tufayli, ushbu
inshoot taqdiri so’roq ostida qoladi.
Diqqat savol: Bundan 7 asr keyin xuddi shu qismatga duchor bo’lgan
inshoot nomini yozib bering! VAQT KETDI!!!
Javob: Kalta Minor
[Qabul: Aniq javob]
Izoh: Yoqub al Mansur o'sha vaqtda islom olamidagi eng baland
minorani qurdirishni istagan. Biroq, uning o'limidan keyin 44 metri
qurilgan minoraning qurilish ishlari to'xtab qolgan. XIX asr ikkinchi
yarmida Muhammad Amin Xon ham Islom olamidagi eng baland
minorani qurishga buyruq bergan. Biroq, uning o'limi tufayli ushbu
minoraning qurilishi ham 29 metrda to'xtab qolgan.
Manba(lar):
1) https://ru.wikipedia.org/wiki/Минарет_Хасана
2) https://ru.wikipedia.org/wiki/Кальта-Минар
Muallif: Bobur Maksimov
BIRINCHI TUR, TO’QQIZINCHI SAVOL!
Professor Barno Sanoqulova o’z intervyusida, astoydil ilm olishni
xohlagan va o’z oldiga katta maqsadlar qo’ygan inson, boshqalarning
fikriga quloq solmasligi kerakligini ta’kidlar ekan, mashhur masaldagi
SHUNDAY IKS ni misol keltiradi. Shimoliy Amerikadagi ayrim
hududlarda yashovchi IKS larda bir parametr 119 bo’lib, odamni
SHUNDAY qila oladi.
Diqqat savol: SHUNDAY IKS o’rnidagi 2 so’zni yozib bering! VAQT
KETDI!
Javob: Kar qurbaqa
[Qabul: Eshitmaydigan qurbaqa, eshitmaydigan baqa]
Izoh: “Kar qurbaqa” masalida tog’ga chiqish bo’yicha bahs boylanadi.
Ammo ko’pgina boshqa qurbaqalar bu tog’ga chiqib bo’lmasligini
aytishadi va boshqa qurbaqalarni fikridan qaytaradi. Ammo faqat bitta
qurbaqa tog’ tepasiga chiqib boradi, sababi u kar edi va boshqalarning
fikrini eshitmagandi.
Manba(lar):
1) https://www.youtube.com/watch?v=ierHoKjrMKc
2) https://thebiggest.ru/lyudi-i-zhivotnye/15-samyh-gromkih-
zhivotnyh.html
Muallif: Suhrob Sharipov
BIRINCHI TUR, O’NINCHI SAVOL!
1964-yilda Michigan universiteti jamoasi o'yinlari oldidan stadion
to'xtash joyidagi bir necha akr yer, yangi mahsulotni reklama qilish
uchun taniqli kompaniya tomonidan ijaraga olingan. Ijaraga olingan
hudud yaqiniga "ULAR uchun o'tloq" yozuvi tushirilgan ko'rsatgichlar
o'rnatildi.
Diqqat savol: ULAR o'rnidagi so'zni yozib bering! VAQT KETDI!
Javob: Mustanglar
[Qabul: Aniq javob]
Izoh: Ford Mustang avtomobillarining birinchi avlodi ana shunday
reklama qilingan ekan.
Manba(lar):
1) Li Yakokka, “Карьера менеджера”
2) http://www.flibusta.is/b/226621/read
Muallif: Konstantin Kryukov
BIRINCHI TUR, O’N BIRINCHI SAVOL!
Diqqat, savolda almashtirish bor!
Mamlakatlardan birida, o’rta ta’limni tugatgan, lekin oliygohga qabul
qilinmagan abiturientni “Iblis advokati” deb atashadi.
Diqqat savol: “Iblis advokati” so’zlari bilan almashgan bir xorijiy so’zni
yozib bering! VAQT KETDI!!!
Javob: Ronin
[Qabul: Rōnin. Qabul emas: Samuray]
Izoh: Roninlar – bu xo’jayinsiz qolgan samuraylar bo’lib, hozirda ham
Yaponiyada bu so’zni majoziy ma’noda ishlatib turishadi. Ustozsiz qolgan
abiturient yoki ishsiz qolgan xodim shular jumlasidandir.
Savol matnida “47 ronin” filmi aktyori Kianu Rivzning boshqa filmi nomi
berilgan edi.
Manba(lar):
1) https://en.wikipedia.org/wiki/R%C5%8Dnin
2) https://doramakun.ru/interesting/asian-facts/1430976845.html
3) https://ru.wikipedia.org/wiki/ Ривз,_Киану
Muallif: Suhrob Sharipov
BIRINCHI TUR, O’N IKKINCHI SAVOL!
BU ISHNI hech qanday mobil dasturlarsiz bajarishni istagan odam 27-28
may nol meridian vaqti bilan soat 09:18 da va 15-16-iyul kunlari soat
09:27 da istalgan vertikal turgan ustun soyasi yo‘nalishiga qarab qilishi
mumkin.
Diqqat savol: BU ISH so‘zlari o‘rnida bekitilgan ikki so‘zni toping.
VAQT KETDI!!!
Javob: Qiblani aniqlash
Izoh: Yilda ikki marta savolda aytilgan kun va vaqtda Quyosh Kaabaning
qoq tepasiga keladi. Bu degani shu vaqtda dunyoning qaysi yerida
Quyosh chiqib turgan bo‘lsa istalgan ustunning soyasi Kaabaga
qarab turadi.
Manba(lar):
1) https://ru.wikipedia.org/wiki/ Кибла
Muallif: Zafar Raximov

II-TUR
mad_max93August 01, 2022

IKKINCHI TUR, BIRINCHI SAVOL!


KEYINGI SAVOLGA TARQATMA MATERIAL BOR!
CS:GO (Counter strike: Global Offensive) o’yini bo’yicha Kyolndagi
musobaqada mag’lub bo’lib, turnirni tark etayotgan G2 (Ji tu) jamoasi
haqida gapirarkan, “CS GO NEWS” telegram kanali jamoaning
navbatdagi manzili IKS nomli karta (baza) ekanini ta’kidlaydi. 1968-yilgi
asarda IKS ning nomi Linkoln edi.
Diqqat savol: IKS o'rnidagi bir so'zni yozib bering! VAQT KETDI!!!
Javob: Aeroport
[Qabul: Aniq javob. Qabul emas: Tayyoragoh]
Izoh: Jamoa ushbu mag'lubiyatdan keyin uyiga qaytishga majbur bo'ladi
va buning uchun aeroportga yo'l olishi kerak. 1968-yilda nashr qilingan
Artur Xeylining “Aeroport” asaridagi aeroport Linkoln sharafiga
nomlangandi.
Manba(lar):
1) https://t.me/newcsgo/16354
2) https://ru.wikipedia.org/wiki/Аэропорт_(роман)
Muallif: Bobur Maksimov
IKKINCHI TUR, IKKINCHI SAVOL!
Savolda U so’zi bilan 2 so’z almashtirilgan.
Tarqatma materialda siz Uni ko’rib turibsiz. 1971-yilda U bilan bog’liq
savolga berilgan javobda bir xorijiy so’zni ham uchratish mumkin edi.
Diqqat savol: O’sha so’zni yozib bering! VAQT KETDI!!!
Javob: Bomba
[Qabul: Aniq javob, Qabul emas: atom]
Izoh: U – suvdagi atom. Rasmda suv ustidagi DC komiks qahramoni –
Atomni ko’rib turibsiz. “Uchrashuv” filmida “suvda atom bormi?” deya
berilgan savolga, shogird “Atom – bombaku!” deya javob beradi.
Manba(lar):
1) https://ru.wikipedia.org/wiki/Атом_(Рэй_Палмер)
2) https://www.youtube.com/watch?v=5qkqzDm5kxs
Muallif: Suhrob Sharipov
IKKINCHI TUR, UCHINCHI SAVOL!
Uning qurbonlari orasida Yel universiteti professori Devid Jelernter,
Massachusets texnologiya instituti genetigi Fillip Sharp, Kaliforniya
universiteti professori Diogenes Angelakos, shuningdek, №444 reys
bilan qatnovchi “Boing 727” bor edi.
Diqqat savol: Uning kim ekanini yozib bering! VAQT KETDI!!!
Javob: Teodor Kachinskiy
[Qabul: kichik Teodor Kachinskiy, Teodor Jon Kachinskiy, Teodor
Kazinskiy, Unabomber]
Izoh: Avvaliga vunderkind bo’lgan va Garvardda o’qigan juda ham
iqtidorli talaba keyinchalik universitetlar va samolyotlarni portlatishga
uringani sababli “Universitet va aviakompaniyalar portlatuvchisi”, ya’ni
“Unabomber” nomini olgan.
Bu savolning “bomba” haqidagi savoldan keyin kelishi balki sizga yordam
bergandir.
Manba(lar):
1) https://ru.wikipedia.org/wiki/Качинский,_Теодор#Взрывы
Muallif: Bobur Maksimov
IKKINCHI TUR, TO’RTINCHI SAVOL!
“Xarita-hudud munosabati” termini - tasvir va obyekt o’zaro bog’liq
emasligiga asoslanadi. Ushbu termin haqidagi maqolada 1928-29
yillarda yaratilgan mashhur asar mazkur termin mazmunini ochib
beruvchi misol sifatida keltiriladi.
Diqqat savol: Ushbu asar muallifini yozib bering! VAQT KETDI!!!
Javob: [Rene Fransua Gislen] Magritt
Izoh: Rassomning mashxur “Tasvir hiyonati” kartinasida trubka
tasvirlangan, ammo uning ostiga “Bu trubka emas” deb yozib qo’yilgan.
Manba:
1) https://ru.wikipedia.org/wiki/
Соотношение_карты_и_территории
2) https://ru.wikipedia.org/wiki/Вероломство_образов
3) https://ru.wikipedia.org/wiki/Магритт,_Рене
Muallif: Bobur Maksimov
IKKINCHI TUR, BESHINCHI SAVOL!
Ushbu futbol klubi muxlislari 2 qutbga bo’lingan: bir qismi yoshlar
o’rtasida 2021-22 yilgi UEFA ligasi g’oliblariga umid bilan qarayotgan
bo’lsa, qolgan qismi 2062-yilni kutishni ma’qul ko’radi.
Diqqat savol: Nima uchun ikkinchi guruh 2062-yilni kutayotganini ism
familiya qatnashgan holda bir nechta so’z bilan yozib bering! VAQT
KETDI!!!
Javob. Chunki shu yili Bela Guttman qarg’ishi nihoyasiga yetadi.
[Qabul: Bela Guttman yoki Gutman nomi qatnashgan mazmunan
yaqin javoblar]
Izoh: 1962-yilda, garchi Chempionlar ligasida g’alana qozomgan
bo’lsada, “Benfika” klubidan ishdan bo’shatiladi. U klub qarorgohini tark
etayotib, "Keyingi yuz yilda "Benfika" mensiz hech qanday yevrokubok
yutolmaydi" deb aytadi. Klub, haqiqatan ham o’shandan keyin 8 ta
yevrokubok finalini boy bergan. Shu tufayli muxlislarning bir qismi
2062-yilga kelib o’z sevimli jamoalari yevrokubok yutishiga ishonadi.
Qolgan muxlislar bu tavqi la’natni uydirma deb hisoblaydi va jamoalari
yaqin kelajakda yevrokubok yutishiga ishonadi.
Manba(lar):
1) https://t.me/nota_bene1/1784
2) https://ru.wikipedia.org/wiki/
Проклятие_Белы_Гуттманна#Скандал_и_проклятие
Muallif: Bobur Maksimov
IKKINCHI TUR, OLTINCHI SAVOL!
UNI asoslash uchun ayrimlar yondosh olamlar nazariyasiga murojaat
qiladi. Mazkur nazariyaga ko’ra, mashxur inson №A12-olamda 1980-
yilda, №B34-olamda esa 2013-yilda vafot etgan bo'lishi mumkin.
Diqqat savol: Uni 2 so'z bilan yozib bering! VAQT KETDI!!!
Javob: Mandela effekti
[Qabul: Aniq javob]
Izoh: Yuqorida aytib o'tilgan nazariya tarafdorlari avval №A12-olamda,
hozirda esa №B34-olamda yashayotgan odamlar Nelson Mandelaning
o'limi haqida bu olam uchun yolg'on bo'lgan xotirani saqlab qolishgan.
Manba(lar):
1) https://trends.rbc.ru/trends/social/6242bd9d9a79474bd87f03c2
Muallif: Bobur Maksimov
IKKINCHI TUR, YETTINCHI SAVOL!
Romanning ingliz tilidagi asl shaklida bu qahramonning qanday atalgani
bizga ma'lum. Ruscha tarjimalardan birida Klarens Timoti Otto eslab
o'tiladi. Bu qonuniyatga tayansak, bizdagi tarjimasida, misol uchun
Parfiyev Saidovich Tonchi deyish mumkin edi.
Diqqat savol: Bu qahramonning ingliz tilidagi nomini yozib bering!
VAQT KETDI
Javob: A.N. Onim
[Qabul: Anonim, A.N. Onym]
Izoh: “O’nta negr bolasi” asaridagi xatlar muallifi Anonim shaklida
kelgani bois, ularga A.N. Onim deya imzo qo’yilgan edi. Ruslar
tarjimalardan birida uni “Кто-то” shaklida qo’llagan, bizda esa balki P.S.
Tonchi – ya’ni Pistonchi yoki Falonchi bo’lardi.
Manba(lar):
1) https://ru.wikipedia.org/wiki/Десять_негритят
2) A. Kristi. Собрание сочинений в 20 тт. — Харьков: Интербук-
Украина, 1992. — Т. 9.
Muallif: Suhrob Sharipov
IKKINCHI TUR, SAKKIZINCHI SAVOL!
Amerikalik Jerald Nyuport, garchi faqat bakalavr diplomiga ega bo'lsada,
baribir “olim” hisoblanadi. Masalan, u 2010-yil iyunda Magdeburgda
bo'lib o'tgan o’ziga xos chempionatda “Eng serqirra kalkulyator” deb
topilgan.
Diqqat savol: U haqidagi vikipediya maqolasida qaysi bir harfdan
boshlanuvchi ikki so’zni uchratish mumkin? VAQT KETDI!!!
Javob: Savant sindromi
[Qabul: Aniq javob]
Izoh: Jerald Nyuport boshqa savantlar singari hisoblash borasida o'ta
yuqori bilim egasi hisoblanadi. Fransuz tilida “savant” “olim” degan
ma’no anglatadi.
Manbalar:
1) https://ru.wikipedia.org/wiki/Ньюпорт,_Джеральд
2) https://ru.wikipedia.org/wiki/Синдром_саванта
Muallif: Bobur Maksimov
IKKINCHI TUR, TO’QQIZINCHI SAVOL!
O’zbekiston sport federatsiyalaridan biridagi korrupsion holatlar haqida
gapirarkan, telegram kanallardan biri ushbu federatsiya amaldorlari o’z
federatsiyalari nomiga (sport nomiga) teskari ish qilganini ta'kidlaydi.
Diqqat savol: Maqolada qaysi sport federatsiyasi haqida so'z boradi?
VAQT KETDI!!!
Javob: Karate
[Qabul: Aniq javob]
Izoh: Karate yaponchada "bo'sh qo'l" degani. “Federatsiya rahbarlari esa
qo'llarini to'ldirib pullarni o'zlashtirgan” deyiladi o'sha postda.
Manba(lar):
1) https://t.me/chaqir2022/686
2) https://ru.wikipedia.org/wiki/Карате
Muallif: Bobur Maksimov
IKKINCHI TUR, O’NINCHI SAVOL!
KEYINGI SAVOLGA TARQATMA MATERIAL BOR!
Savolda IKS 3 ta so’z bilan almashgan.
1952-yilda yuz bergan “shifokorlar ishi” kardiolog Vladimir Zeleninni
ham chetlab o’tmagan. Shu tufayli IKS da “Yashil qurbaqa” paydo
bo’lgan.
Diqqat savol: 1954-yilda xuddi shunday holat tufayli “kengaygan”
gidronim nomini yozib bering! VAQT KETDI!!!
Javob: Bering bo’g’ozi
[Qabul: Aniq javob]
Izoh: Vladimir Zelenin xalq dushmani sifatida qamoqqa olingani uchun
Katta sovet ensiklopediyasida unga bag’ishlangan maqola o’rniga “Yashil
qurbaqa” (Зелёная лягушка) haqidagi maqola paydo bo’ladi. 1954-yilda
Lavrentiy Beriya hibsga olinishi bilan ensiklopediya mualliflari
o’quvchilardan ensiklopediyadan Beriya haqidagi maqolani qirqib
tashlash va Bering bo’g’ozi haqidagi to’liqroq maqolani yopishtirib
qo’yishni so’ragan.
Manba(lar):
1) https://ru.wikipedia.org/wiki/Зеленин,_Владимир_Филиппович
2) https://t.me/nota_bene1/236
3)
https://ru.wikipedia.org/wiki/Берия,_Лаврентий_Павлович#Арест,_
суд,_казнь
Muallif: Bobur Maksimov
IKKINCHI TUR, O’N BIRINCHI SAVOL – DUPLET!
1) Uning Qadimgi hind tilidagi nomida Indra, nemis tilidagi nomida
Freyya ma’budasi, Argentinada Avliyo Antoniy so’zlari uchraydi. Diqqat
savol: Biz uni qanday ataymiz? VK!!!
2) Qadimgi misrliklar Uni o’liklar dunyosida ham yashay olishadi deb
hisoblashgan, Xitoy madaniyatida esa U – yovuzlik timsoli. Diqqat savol:
Uni toping! VK!!!
Javob: 1) Xonqizi 2) Boyo’g’li
[Qabul: Orfografik xatolar bilan aniq javob]
Izoh:
1) Juda ko’p tillarda xonqizining nomi ilohiy nom bilan yoki biror unvon
nomi aralash holda ishlatiladi. Birinchi rasmda siz Xon qizini
ko’rishingiz mumkin.
2) Ma’lumotlar boyo’g’li haqida edi. Rori Jon Geytsni ham Boy o’g’li
deyish mumkin.
Manba(lar):
1) https://ru.wikipedia.org/wiki/Божьи_коровки
2) https://nash-dvor.livejournal.com/2018264.html
3) https://100-faktov.ru/70-interesnyx-faktov-pro-sov/
Muallif: Suhrob Sharipov
IKKINCHI TUR, O’N IKKINCHI SAVOL!
“Piled Higher and Deeper” komiksida Stenford univertsitetidagi
vaqtinchalik turar-joy krizisini hal qilish uchun o’ylab topilgan “Grill”
nomli hayoliy yechim haqida so’z boradi. Oldingi gapdagi so’zlardan
birida bir nechta harfni tushirib qoldirdik.
Diqqat savol: O’sha so’zni original holda yozib bering. VAQT
KETDI!!!
Javob: Guvervill
[Qabul: Aniq javob]
Izoh: Guvervill – buyuk depressiya vaqtida uyi va ishidan ayrilgan
minglab amerikaliklar yashashga majbur bo'lgan chodir va kulbalardan
iborat kichik aholi punktlariga nisbatan ishlatilgan termin. Universitetda
ham turar-joy muammosini hal qilish uchun ana shunday joy tashkil
qilish haqida so’z boradi.
Manba(lar):
1) https://en.wikipedia.org/wiki/Hooverville
Muallif: Bobur Maksimov

III-TUR
mad_max93August 01, 2022

UCHINCHI TUR, BIRINCHI SAVOL!


Miuchchi Prada uni "Tarjimasiz tushunish mumkin bo'lgan til" deb
atagan. Koko Shanel uni arxitekturaga qiyoslagan, hamda u bilan
shug'ullanmasligini, balki Shanelning o'zi U ekanini ta'kidlagan.
Diqqat savol: Uni bir so'z bilan yozib bering. VAQT KETDI!!!
Javob: Moda
[Qabul: Aniq javob]
Manba(lar):
1) https://fw-daily.com/legendarnyie-tsitatyi-o-mode-ot-velikih-
dizaynerov/
2) https://iledebeaute.ru/style/2013/11/29/39391/
Muallif: Bobur Maksimov
UCHINCHI TUR, IKKINCHI SAVOL!
Nafaqat erkaklar, ayollar ham ro’zg’orda ko’plab tashvishlarni zimmasiga
olishadi. “Krokodil” jurnalida chiqqan ijtimoiy suratlardan birida
kulinariya, bolalar tarbiyasi, uy-ro’zg’or ishlari kabi o’nlab ishlar ayollar
uchun kundalik holat ekanligini ko’rish mumkin. Suratda ayol kishi ARI
qiyofasida tasvirlangan.
Diqqat savol: Savol matnidagi so’zlardan birida 6 ta harfni tushirib
qoldirdik, o’sha so’zni originalida yozib bering! VAQT KETDI!!!
Javob: Kariatida
[Qabul: Aniq javob]
Izoh: Qadimgi grek va italyanlar me’morchiligida binolar uchun ayol
kishi ko’rinishida dekorativ haykallar o’rnatilgan. Ular katta-katta
shiftlarni ko’tarib turgan.
Manba(lar):
1) https://www.livemaster.ru/topic/3401660-article-samye-
interesnye-karikatury-iz-sovetskih-zhurnalov-chto-vysmeivali-i-
osuzhdali
2) https://ru.wikipedia.org/wiki/ Кариатида
Muallif: Suhrob Sharipov
UCHINCHI TUR, UCHINCHI SAVOL!
1981-yilda tug’ilgan bu inson bolaligida multfilmlar uchun komikslar
chizishni yaxshi ko’rgan va dastlab qilgan katta ishi Asteriks
sarguzashtlariga bag’ishlangan multfilm uchun suratlar chizish bo’lgan.
Uning yangi qirrasining ochilishiga va dunyo bo’yicha mashhur bo’lishiga
esa taxminan 10 yil oldin chizilgan Paulning surati sabab bo’lgan edi.
Diqqat savol: Gap kim haqida bormoqda? VAQT KETDI!!!
Javob: [Omar] Momani
Izoh: Iordaniyalik mashhur karikaturachi JCH-2010 paytida sakkizoyoq
Paulning karikaturasini yaratish orqali internet olamida mashhur
bo’lgan.
Manba(lar):
1) https://bombardir.ru/articles/436130
2) https://www.syl.ru/article/315712/momani-omar-otets-vselennoy-
futbolnyih-karikatur#image1789542
Muallif: Suhrob Sharipov
UCHINCHI TUR, TO’RTINCHI SAVOL!
Diqqat savolda Shunday, Bunday va IKS so’zlari almashtirilgan.
1984-yilda hali "ovozsiz" bo'lgan SHUNDAY IKS ning Pinki va Panki
nomli gapira oladigan o'g'illari dunyoga kelgan. 2018-yilda futbolchi
Artyom Ntumba “BUNDAY IKS” tufayli IKS laqabini olgan.
Diqqat savol: IKS o'rnidagi so'zni yozib bering! VAQT KETDI!!!
Javob: Pantera
[Qabul: Aniq javob]
Izoh: Birinchi gap “Pushti pantera” ya’ni “Pink panther” haqida edi.
Uning o’g’illari nomi ham “pink” so’ziga o’xshaydi. Artyom Ntumba esa
“Qora pantera” filmidan so’ng o’z laqabiga ega bo’lgan.
Manba(lar):
1) https://hochu.ua/cat-afisha/novosti/article-101486-rozovaya-
kultovaya-i-milaya-10-faktov-o-samoy-izvestnoy-pantere-v-mire/
2) https://postnews.ru/a/17733
Muallif: Bobur Maksimov
UCHINCHI TUR, BESHINCHI SAVOL!
Men kim - bitta ojiz qul,
avval boshda Xudodir,
ALFA ni ham o‘ldirgan,
menmas, rashki balodir!
Begim, sizga yor bo‘lib,
bir bor bag‘rim to‘lmagan,
Sizni qanday suyganim –
EPSILON ham bilmagan!
Shoira Lobar Aziz tomonidan yozilgan she'rga diqqat qiling. She’rda
ALFA va EPSILON ketma-ketlik jihatdan ahamiyatsiz.
Diqqat savol: ALFA va EPSILON o’rnidagi so’zlarni yozib bering!
VAQT KETDI!!!
Javob: Kumush, Qodiriy
[Qabul: Aniq javob. Qabul emas: Kumush, Otabek]
Izoh: Zaynabning sevgisini hatto Qodiriy ham yetarlicha ta'riflab bera
olmagan, mazmunida.
Manba(lar):
1) https://t.me/s/MoychechagiM_Sh?q=%23nazm_time
Muallif: Suhrob Sharipov
UCHINCHI TUR, OLTINCHI SAVOL!
XVIII asrda tsingaga qarshi kurashish uchun ingliz dengizchilariga
tuzlangan karamdan tashqari UNI ham olib yurish tavsiya qilingan.
Vikipediyaga ishonadigan bo'lsak, hozirgi kunda O'zbekistonda UNING 3
milliondan ortiq foydalanuvchilari bor.
Diqqat savol: UNI bir so'z bilan yozib bering! VAQT KETDI!!!
Javob: Apelsin
[Qabul: Aniq javob]
Izoh: O'sha paytlarda tsinga bilan og'rigan dengizchilar apelsin yegach
kasallikdan tuzalib ketgani aniqlanadi. Shu tufayli dengizchilarga apelsin
olib yurish tavsiya qilina boshlagan. O'zbekistonda hozirgi kunda raqamli
bankka aylangan "Apelsin" bankining "Apelsin" dasturidan 3 mlndan
ortiq odam foydalanmoqda.
Manba(lar):
1) https://ru.wikipedia.org/wiki/Apelsin_(мобильное_приложение)
2) https://cspn-omsk.ru/newsss/1231-18-interesnykh-faktov-ob-
apelsinakh
Muallif: Bobur Maksimov
UCHINCHI TUR, YETTINCHI SAVOL!
Amerikalik askarlar Arden jangi vaqtida qarshisidagi askarning nemis
josusimi yoki amerikalik ekanini aniqlash uchun o'sha askardan UNING
eng sodda qoidalarini so'rashgan. UNDA eng ko'p uchraydigan
jarohatlar: tizza va yelka bo'g'imlari zo'riqishi, paylarning cho'zilishi va
mushak jarohatlari hisoblanadi.
Diqqat savol: Uni bir so'z bilan yozib bering! VAQT KETDI!!!
Javob: Beysbol
[Qabul: Aniq javob]
Manba(lar):
1) https://vesma.today/news/post/14296-desyat-neobychnykh-faktov-
o-beysbole
2) https://factszone.ru/interesnye-fakty-o-beysbole/
Muallif: Bobur Maksimov
UCHINCHI TUR, SAKKIZINCHI SAVOL!
1984-yilda chiqqan "Unsiz chinqiriq" filmida UNI ultratovushli apparat
yordamida amalga oshirayotgan shifokor ovozsiz chinqiriqni ko'rganini
ta'kidlaydi. 2021-yilda Texasda qabul qilingan qonunga ko'ra, U uchun
maksimal vaqt 6 hafta etib belgilandi.
Diqqat savol: U o'rnidagi lotincha so'zni yozib bering! VAQT
KETDI!!!
Javob: Abort
[Qabul: Aniq javob]
Izoh: Shifokor abort qilinayotgan chaqaloqning chinqirig'ini apparat
yordamida ko'rganini aytib bergan. Texasda esa abort qilish uchun
muddat 6 hafta qilib belgilandi. Sababi, 6 haftadan keyin chaqaloqning
yuragi ura boshlaydi.
Manba(lar):
1) https://ru.wikipedia.org/wiki/Безмолвный_крик
2) https://www.amerikaovozi.com/a/6572638.html
Muallif: Bobur Maksimov
UCHINCHI TUR, TO’QQIZINCHI SAVOL!
Diqqat, savolda ikki so’z CHO’LPON va CHO’PON so’zlariga
almashtirilgan.
CHO’LPON 1788-yilda Londonda tug’ilgan va 10 yosh paytida katta
amakisi Jorjning vafoti sababli, avloddan avlodga o’tib keluvchi
CHO’PON unvoniga ega bo’ladi. CHO’LPON haqidagi maqolada uni
mashhur qilgan “Chayld-Garold”ga duch kelish mumkin.
Diqqat savol: CHO’PON so’zi bilan almashgan bir so’zni yozib bering!
VAQT KETDI!!!
Javob: Baron
[Qabul: Aniq javob]
Izoh: Gap mashhur ingliz shoiri Gordon Bayron haqida edi. U Baron
unvoni egasi bo’lgan. 18-asr boshida yaratilgan “Chayld-Garold” asari esa
uni shoir sifatida mashhur qilgan.
Manba(lar):
1) https://ru.wikipedia.org/wiki/Барон_Байрон
2) https://ru.wikipedia.org/wiki/Байрон,_Джордж_Гордон
3) http://xn--80aexocohdp.xn--p1ai/ 20-интересных-фактов-о-
байроне/
Muallif: Suhrob Sharipov
UCHINCHI TUR, O’NINCHI SAVOL!
ULAR ni Gavayi orollarida ko'paytirishga urinish ko'plab qushlarning
qirilib ketishiga olib keladi. Ingliz filmida koloniyalaridan birida bosh
qahramonni o'ldirish rejasi ULARDAN BIRI tufayli barbod bo'ladi.
Diqqat savol: Ularni bir so’z bilan yozib bering! VAQT KETDI!!!
Javob: Mangust
[Qabul: Aniq javob]
Izoh: Mangustlar yirtqich jonivor bo'lgani uchun oroldagi qushlarni
qirib tashlagan. Filmda jinoyatchi qahramonni kobra oldida qoldirib
ketadi. Biroq, kobraning o'z ishini bajarishiga huddi Kipplingning
mashxur asarida bo'lgani kabi mangust halal berib qoladi.
Manba(lar):
1) ftp://ftp.pitt.edu/groups/college-bowl/Questions/ICI94/ICI.corn.txt
(май 1994)
Muallif: Bobur Maksimov
UCHINCHI TUR, O’N BIRINCHI SAVOL!
Kulinariyada va gidronomikada qanday qilib umumiy nom ega bo’lishi
mumkin? Bu haqida gapirar ekan, tilshunos professorlardan biri, turkiy
tillarda ilgari “nozik”, “nafis” va “ingichka” ma’nolarini beruvchi so’z
mavjud bo’lganligini, bu so’zning o’zgarishi natijasida U hosil
bo’lganligini yozadi.
Diqqat savol: Uni yozib bering! VAQT KETDI!!!
Javob: Norin
[Qabul: Aniq javob]
Izoh: Professor To’ra Nafasovning yozishicha, turkiy tilda mavjud
bo’lgan nariyn, narin, nar’n, narhun kabi so’zlar natijasida xamiri
ingichka bo’lib kesiladigan milliy taom va ingichka bo’lib oqadigan Norin
daryosi o’z nomini olgan ekan.
Manba(lar):
1) https://n.ziyouz.com/portal-haqida/xarita/matbuot/hozirgi-davr-
matbuoti/to-ra-nafasov-norin-so-zining-manosi-nima-2009

Muallif: Suhrob Sharipov


DIQQAT! UCHINCHI TUR, O’N IKKINCHI SAVOL!
O’tgan gal barcha savollarni milliycha qilgan Espero jamoasining
bugungi 1-tur va 3-tur savollari anagrammalar ustida qurilgan edi.
Ya’ni 1-turning ilk savoli “Omad” haqida, 3-tur 1-savoli esa “Moda”
haqida, keyin “Adriatika – kariatida”, “Omar va Roma”, “Arpanet va
pantera”, “Mushuk va kumush”, “Spaniel va apelsin”, “Bobsley va
beysbol”, “Rabot va abort”, “Barno va baron”, “Mustang va mangust”
va “Ronin va norin” kabi.
Paketni tuzishda noodatiylik qilishni reja qilganimiz bois, unda
uchraydigan kamchiliklar uchun uzr so’raymiz.
Demak oxirgi savol. Tarqatmaning ikkita joyida ham bitta so’z qizil
bilan berkitilgan.

Anagrammalarni yaxshi ko’ruvchi savol muallifining U nomli o’quv


markaz oldida tushgan suratini ko’rib turibsiz. Markaz egalari, o’z
o’quvchilarining til borasida yaxshi natijalarni egallashini va yaqinlariga
xushxabar yetkazishini xohlagani bois, U nomni tanlagan bo’lsa ajab
emas. U – Qur’oni Karimning sifatlaridan biri.
Diqqat savol: Uni bir so’z bilan yozib bering! VAQT KETDI!!!
Javob: Bushro
[Qabul: Aniq javob]
Izoh: “Bushro” so’zi arabchadan “xushxabar”, “yaxshi yangilik”
ma’nolarini beradi. Rasmda shu nomli o’quv kursi berilgan. Savol
muallifi Suhrob Sharipov esa o’z ismining anagrammasi bo’lgan so’zni
ko’rsatib turibdi.
O’yinimizni omad tilab boshlagan edik, xushxabar va yaxshi yangiliklar
sizlarni tark etmasin deya tugatib qolamiz.
Manba(lar):
1) https://m.facebook.com/bushroacademyuz/
2) https://ismlar.com/name/Bushro
3) https://uz.wikipedia.org/wiki/Qur%CA%BCon
Muallif: Suhrob Sharipov
Farrux Rafiqov
I ТУР
mad_max93August 15, 2022

1-савол.
Бешик ясашда усталар жуда кўп деталларга эътибор қаратадилар.
Масалан, бешик учун хом-ашё сифатида қурти бўлмайдиган тут
дарахти ёки баъзида ёнғоқ дарахтидан фойдаланишади. Бешикни
безатиш учун имкон қадар хиди чиқмайдиган табиий бўёқлар
ишлатилади. Энг мухими, тажрибали уста бешик ясаш жараёнида Х
дан умуман фойдаланмайди.
Диққат савол: Саволда тушириб қолдирилган икки харфни
топинг.
Тўғри жавоб: м, и.
Изох: Тажрибали усталар бешик ясаш жараёнида михлардан
фойдаланмасликка харакат қиладилар.
Биз эса жамоаларга эслатиб ўтамиз, Заковат клуб ўйинлари пайтида
смартфон ва бошқа электрон қурилмалардан фойдаланиш қатъиян
тақиқланади, у хоҳ Айфон бўлсин, хоҳ Ми.
2-савол. Саволли охирида тарқатма бор
2019-йилги УЕФА Чемпионлар Лигаси финалида Англиянинг
иккита клуби ўзаро тўқнаш келган эди: Тоттенхэм Ливерпульга
қарши. Хазилкашлар ушбу учрашувга бағишлаб чиқарган расмда,
бу икки клуб Шарқ давлатларида кенг тарқалган бошқа бир
мусобақа турида жангга тайёр турганини кўриш мумкин эди.
Диққат савол: Гап қандай мусобақа тури ҳақида кетмоқда?
Жавоб: Хўроз жанги
Изоҳ: Тоттенҳем клуби эмблемасида хўрозни, Ливерпул клуби
эмблемасида эса Ливер қушини кўриш мумкин.
3-савол
VICE News канали Шимолий Корея ҳақидаги репортажни суратга
олиш пайтида, жумладан, Ким Ил Сонг университетининг
компьютер лабараториясига ташриф буюради. Талабаларга тўла
компьютер лабараториясидаги Х ташриф буюрувчиларни таасубга
солади ва кўриб турганларининг барчаси кўзбўямачилик эканини
билдириб қўяди.
Машхур бир асар ҳам, бир қарашда, фақат Х дан ташкил топгандай
туйилиши мумкин, аммо, асар муаллифи ғоясига кўра, атрофдаги
товушлар ҳам асарга ҳисса қўшиши керак эди.
Диққат савол: Ўша асар муаллифини топинг.
Тўғри жавоб: Джон Кейдж.
Изоҳ: Талабалардан деярли хеч ким лабараториядаги
компьютерлардан хақиқатдан фойдаланмаётган эди, фақат
жимгина экранга қараб ўтиришарди. Натижада компютер
лабараторияси учун ноодатий сукунат вужудга келганди. Джон
Кейджнинг машҳур “Тўрт дақиқа, ўттиз уч сония” асарида ҳеч
қандай ноталар йўқ, муаллиф ғоясига кўра ушбу асарни тинглашда
атрофдаги товушлар хам роль ўйнаши керак.
4-савол
Версиялардан бирига кўра, У 2008 йилда Ферена Барч томонидан
Эльба ороли якинида тутилган. Орадан икки йил ўтиб эса
Вестфалише Рундшау газетаси уни сотқинликда айблайди. Бунга
жавобан Испания бош вазири Хосе Луис Родригес Сапатеро уни
химоя килиш учун тансоқчилар юборишга ваъда беради.
Диккат савол: У деганда назарда тутилганни топинг.
Тўгри жавоб: саккизоёқ Пауль
Изох: Расмий версияга кўра машхур башоратчи саккизоёқ Пауль
Англиядаги Уэймут денгиз хаёти марказида дунёга келган, аммо
уни Ферена Барч исмли саккизоёқ овчиси Эльба ороли яқинида
денгиздан тутуб келгани хақида версия хам тарқалган. Паульнинг
башорати амалга ошиб, 2010 йилги Футбол бўйича Жахон
Чемпионати ярим финалида Германия Испанияга мағлуб
бўлгандан сўнг, Германиянинг Вестфалише Рундшау газетаси уни
сотқинликда айблайди, Испания Бош Вазири эса уни химоя
қилишга ваъда беради.
5-cавол
Виталий Манский томонидан 2015-йилда суратга олинган “Қуёш
нурларида” фильми 8 ёшли Зин Ми исмли қизча ва унинг яқинлари
билан хаёти мисолида оддий Шимолий Корея оиласи қандай
яшашини тасвирлайди. Шимолий Корея хукумати ушбу фильмнинг
суратга олиш жараёнини жуда қаттиқ назорат қилган. Суратга
олинган барча материал текширувдан ўтказилган. Шунга
қарамасдан, Манский, Шимолий Кореяда одамлар аслида қандай
яшашини, хукумат бошқаруви қай даражада кучли эканлигини
кўрсатиб бера олган. Бунинг учун режиссёр шунчаки Х дан
фойдаланмаган холос.
Диққат савол: Х ни келиб чиқиши французча сўз билан ёзиб
беринг.
Тўғри жавоб: Монтаж.
Изох: Манский монтаждан фойдаланмаган холда суратга олинган
барча материаллардан фильм тайёрлаган. Фильм пайтида
Шимолий Корея хавфсизлик хизмати ходимлари суратга олиш
жараёнини бошқаришини ва оддий одамларнинг асл эмоцияларини
кўриш мумкин.
6-савол.
2016-йилнинг октябрь ойида Лондоннинг Aрсенал клуби
футболчиси Санти Касорла оёғидан қаттиқ жароҳат олади. Жароҳат
шунчалик оғир эдики, докторлар Касорла агар яна юра олса,
шунинг ўзи бир мўжиза бўлишини айтишади. Aммо, 2018-йилнинг
август ойида, деярли 2-йиллик даволанишдан сўнг, футболга
қайтган Касорлани испаниянинг Вильяреал клуби ўз таркибига
қўшиб олади.
Диққат савол: Вилляреал клуби Касорланинг таништириш
маросимини ўтқазишга қайси касб эгасини таклиф қилган.
Тўғри жавоб: Фокусчи.
Изох: Клуб Касорланинг футболга қайтишини бир кичик мўжиза
эканлигига урғу беришмоқчи бўлган.
7-савол. Тарқатма материал
Футбол ва Шимолий Корея мавзусидаги саволлардан ташкил топган
ўзига хос Уни тугатдик.
Қўлингиздаги расмда – Тошкентда жойлашган, У деб номланган
мебель дўкони логотипи тасвирланган.
Диққат савол: ушбу мебель дўкони номини топинг.
Тўғри жавоб: Fullhouse, Фулхаус.
Изох: Футбол - Шимолий Корея – Футбол - Шимолий Корея ва яна
Футбол мавзусидаги кетма-кет келган бешта савол ўзига хос 3 га 2
комбинацияни ташкил қилганини пайқагандирсиз. Покерда бундай
комбинация Фулл-хаус деб номланади. Мебель дўкони логотипида
хам мебелларга тўла уйни, шунингдек Ф ва Х харфларини кўриш
мумкин.
8-савол
Саволда бир сўз бошқасига алмаштирилган.
Абдулла Ориповнинг "Хотирот" шеъридан бир парчани тингланг:
Кўксидан номимни бешафқат, баттар,
Ўчиргани каби оқ бадан малак, -
Бағрига исмимни ёзган бўлса гар,
Ўчирмадимикан бирорта юрак?
Диққат савол: Шеърда ўзгартирилган сўзни топинг.
Тўғри жавоб:
Кўксидан номимни бешафқат, баттар,
Ўчиргани каби оқ бадан терак, -
Бағрига исмимни ёзган бўлса гар,
Ўчирмадимикан бирорта юрак?
Изох: Шоир бир неча йил аввал терак дарахтининг оқ танасига
ёзилган исми ўчиб кетганини кўриб, бирор таниш инсони хам уни
эсдан чиқармадимикан деган хаёлга боради. Шеърда терак сўзи
қофиядош малак сўзига алмаштирилди.
9-савол.
Венгриянинг Мобайл ... (учнуқта) компанияси ўз визиткалари
дизайнига креатив ёндошган. Яъни, визиткада нафақат компания
ва ходим хақида маълумот келтирилган, балким бармоқлар қўйиш
учун икки электрод, натижани кўрсатиш учун кичик экран ва
буларни барчасини қувват билан таъминлаш учун батарейка хам
ўрнатилган.
Диққат савол: Компания номида ... (учнуқта) билан беркитилган
аббревиатурани топинг.
Тўғри жавоб: ЭКГ, ECG
Изох: Ушбу компания электрокардиограмма ускуналарини ишлаб
чиқариш билан шугулланади. Визиткадаги икта электрод танадаги
биоток ёрдамида юрак уриш ритмини ўлчайди, кичик экранда эса
кардиограммани кўриш мумкин.
10-савол. Тарқатма
Бир оз кечиккан бўлсакда, ушбу мавзуда савол беришга қарор
қилдик.
Ушбу махсулот илк бор 1995 йилнинг 15 август санаси кенг оммага
тақдим қилинган бўлиб, ўзидан икки йил олдин чиққан ва турли
протоколлар билан ишлаш имконига эга бўлган "Мозаик" асосида
ишлаб чиқилган. Ушбу махсулот тезлиги хақидаги турли хил
хазилларга қарамасдан, хозирги кунда хам жуда кўп компаниялар
ундан фойдаланишни давом эттирмоқда.
Диққат савол: Гап нима хақида кетмоқда?
Тўғри жавоб: Интернет Эксплорер браузери.
Изох: Тарқатмада сизга жавобни топишга ёрдам берадиган расм
бўлиши керак эди, бироқ Интернет Эксплорер браузеридаги
муаммо туфайли уни чиқаришни иложи бўлмади. Аммо бу холат
сизларга Интернет Эксплорер браузерида вужудга келадиган
ноқулайликларни эсга солган бўлса ажаб эмас.
11-савол. Блиц
Блицимиз умумий мавзули мавзудаги саволлардан ташкил топган.
1-савол) Шотландиядаги Лох Несс кўли ва Россиядаги Байкал
кўлларини маълум маънода ўхшаш дейиш мумкин.
Диққат савол: Уларнинг умумий жихатини топинг.
2-савол) Блицимизга мос келувчи Меконг дарёси номини икки
қисмга ажратиш мумкин. Биринчи қисми – қадимги таиландча Мае
сўзидан, иккинчи қисми – австроосиё тиллар оиласида мавжуд
Кҳонг сўзидан олинган ҳисобланади.
Диққат савол: Меконг дарёси номи ўзбекчага қандай таржима
қилинади.
3-савол) Интернет сарҳадларида Aнглиянинг Камбрия графлигида
жойлашган Торпенҳау тепалиги ҳақида маълумотни учратиш
мумкин. Aсрлар давомида ушбу ҳудудда аввал келтлар, сўнг
саксонлар, сўнг викинглар ҳукмронлик қилган. Бу эса мавзуимизга
мос бўлган уникал холат вужудга келишига сабаб бўлган.
Диққат савол: Тор-пен-хау тепалиги номи ўзбекчага қандай
таржима қилинади?
Тўғри жавоблар изохлари билан:
1) Саволдаги кўлларнинг номини таржима қилса Несс кўли кўли ва
Бой кўл кўли деган маъно чиқади. Яъни уларнинг номида кўл сўзи
икки марта учрайди.
2) Мае — дарё, Кхонг — дарё. Шунда Меконг дарёси номини Дарё
Дарё дарёси деб таржима қилиш мумкин.
3) Саксончада Тор — тепа, кельтчада Пен — тепа, Викинглар тилида
Хоу — тепа. Шунда ушбу тепалик номини Тепа Тепа Тепа Тепалиги
дея таржима қилиш мумкин.
Блиц саволлари топологик тавтологилялар хақида эди, “мавзули
мавзу” ибораси зам шунга ишора эди. Демак, “Кўл кўли”, “Дарё Дарё
Дарёси” ва “Тепа Тепа Тепа Тепалиги”. Шу маънодаги жавоблар
қабул.
12-савол
У, тахминларга кўра, қадимги шумерда пайдо бўлган. Унинг келиб
чиқишини инсон кафти тузилишига боғлшади. Унинг
тарафдорлари хар доим етарлича бўлган, хаттоки ХVIII да
Францияда унга ўтиш таклифи фаол илгари сурилган, аммо
математик Лагранж ўз тарафдорлари билан бунга йўл қўйишмаган.
Уйларимиздаги идиш сервизлардан бошлаб, ҳар бир ўтаётган
кунимизгача, унинг таъсирни кўришимиз мумкин.
Диққат савол: Гап нима ҳақида кетмоқда?
Тўғри жавоб: 12 лик саноқ системаси
Изох: 12 лик саноқ системаси инсон қўл кафтининг 2-5
бармоқларидаги 12 та фалангалари сонидан келиб чиққан
хисобланади. Ушбу қадимги саноқ тизимининг инсоният хаётига
таъсирини кўп жойда кузатиш мумкин. Идиш сервизлар 12 ёки 6
тўплам бўлади, кунда 12 соат бор ва хоказо. Умид қиламизки
саволнинг тартиб рақами сизларга ёрдам берди.

II ТУР
mad_max93August 15, 2022

13-савол
1973 йил чоп этилган, Star-trek франшизасига мансуб бўлган
фанфикнинг Ушбу қахрамони Юлдузли Флот тарихидаги энг ёш
лейтенант хисобланади. Капитан Кирк унинг чиройини этироф
этган, бош илмий офицер Спок эса унинг ақлига хавас қилган.
Миссиялардан бирида ушбу қахрамон барчани асрликдан қутқариб,
Капитан Кирк ўрнига кемани шунчалик мохирлик билан
бошқарадики, Тинчлик учун Нобель мукуфотига, Вулканларнинг
Жасорат орденига ва Тралфамадорликларнинг Яхши Одам
орденига сазовор бўлади.
Диққат савол: Ушбу қахрамон ким?
Тўғри жавоб: Мери Сью
Изох: Жамоамизнинг олдинги навбатчилигида хар сохада ўта
юқори даражада иқтидорли қахрамонларга бериладиган ушбу
эпитет хақида эшитган эдингиз. Юқоридаги саволда Оригинал
Мери Сьюнинг биографиясидан келтирилган баъзи фактлар сизга
жавоб топишга ёрдам берди деган умиддамиз.
14-савол
2022 йилнинг 15 июнь санасидан бошлаб Майкрософт компанияси
Интернет Эксплорер браузери техник таъминотини тўхтатди.
Шундан сўнг, интернет сахифаларида Интернет эксплорер бир
гурух машхур инсонлар билан бир қаторда тасвирланган расм
тарқалди.
Диққат савол: ушбу гурухдаги машхурлардан исталган иткасини
исмини ёзиб беринг.
Тўғри жавоб: Эми Уайнхаус, Курт Кобейн, Джим Моррисон,
Дженис Джоплин, Джими Хендрикс, Брайан Джонс, Роберт
Джонсон. Шулардан камида исталган иктасини ёзиб берган
бўлсангиз жавобингиз тўғри.
Изох: 10-савол ёдингизда бўлса, 1995 йил 15 август куни дунё
юзини кўрган Интернет эксплорер браузери фаолиятига орадан 27
йил ўтиб нуқта қўйилди ва У қайсидир маънода машхур 27 клуби
аъзосига айланди.
15-савол.
1993-йил id Software компанияси Doom видео ўйинини кенг оммага
тақдим қилган. Видеоўйинлар индустрияси ривожланишига катта
хисса қўшган ушбу ўйин ўз даврида геймерлар орасида кенг шуҳрат
қозонган.
Сўнгги йилларда эса ушбу ўйин билан боғлиқ янги бир тренд юзага
келди, яъни видеоўйинлар учун мўлжалланмаган турли қурилмалар
ёрдамида ушбу ўйинни ўйнаш оммалашди. Ҳусусан, рақамли
фотоаппарат, осциллоскоп, график калкулятор, банкомат ва ҳаттоки
бизга таниш ушбу қурилма ҳам.
Диққат савол: савол сўнгида назарда тутилган қурилмани аниқ
ёзиб беринг
Тўғри жавоб: Мобайл ЭКГ компанияси визиткаси
Изох: Ушбу қурилмаларнинг баъзиларига Дум ўйинини ўрнатиб,
улардан ўйин консоли сифатида фойдаланишган, бошқалари эса
шунчаки монитор сифатида қўлланган.
16-савол. Тарқатма материал
Қўлингиздаги суратда "Қўзичоқлар сукути" фильмидаги одамхўр
қотил доктор Ганнибал Лектернинг қамоқдан изоляторга кўчириб
ўтилётгандаги холатини турибсиз. Бир карикатурада, бир жуфт
қундузларни шундай кўринишда олиб кириб кетилётгани
тасвирланган.
Диққат савол: Икки сўз билан айтинг, қайерга?
Тўғри жавоб: Нух кемасига
Изох: Қундузлар ёғочдан ясалган кемага зарар етказмасликлари
учун шундай чора кўрилган.
17-савол
1971-йил Тошкентда сахналаштирилган "Шоҳ Эдип" спектаклида
азасиз кўмилаётган мурдаларга нисбатан, ўзбек тилига таржима
туфайли пайдо бўлган бир анахронизм ишлатилади. Динга қарши
кураш кучайган даврда вужудга келган бу холат савол муаллифи
эътиборни тортади. Бу анахронизмда ИКС эмас ИГРЕК тилга
олингани юртдошларимизни ажаблантириши мумкин. Савол
муаллифи ҳам ўз вақтида "Қўрқма, мен сен биланман" фильмида
Кавказдаги жаноза саҳнасида ИКС эмас ИГРЕКни эшитиб
ажабланган. Аммо, ҳозир аҳолида Исломга эътибор ошиб,
жанозаларда ИКСни ҳам, ундан сўнг маййитларнинг яқинлари
орасида ИГРЕКни ҳам эшитиш мумкин.
Диққат савол: ИКС ва ИГРЕКни тўғри кетма-кетликда ёзиб
беринг.
Тўғри жавоблар: Икс – Мулк (Таборак) сураси, игрек – Ёсин
сураси.
Изох: "Шоҳ Эдип" спектаклида жаносасиз кўмилганларга нисбатан
“Ёсинсиз кўмилганлар” ибораси ишлатилади. Воқеалари қадимги
Юнонистонда бўлувчи спектакльда эрамизнинг 7 асрида нозил
бўлган Ёсин сураси номи эсланиши бу анохронизмдир. Бизда
жанозаларда одатда Мулк (Таборак) сураси ўқилади, Ёсин сураси
эса уйда, ёки майит ерга қўйилгандан кейин яқинлари даврасида
ўқилади.
18-савол. Давом этамиз
Aҳамият берган бўлсангиз, Голливуд фильмларида турли ҳалокат
ёки бахтсиз ҳодисаларни бошидан кечирган одамлар устига
ёпинчиқ беришади. Гап шундаки, қаттиқ психологик стрессга
учраган одамларда шок ҳолати вужудга келади, бунда қон
айланиши бузилиб, тана ҳарорати хавфли даражада пасайиб
кетиши мумкин.
Одам танасининг бу хусусиятидан шарқда эрамизнинг биринчи
минг йиллигидаёқ хабардор бўлишганини тасдиқловчи хужжатлар
бор.
Диққат савол: ушбу хужжатдаги инсонни ва унда стресс холати
вужудга келиши сабабини топинг.
Тўғри жавоб: Бу инсон Муҳаммад С.A.В., сабаб еса Жаброил A.С.
биринчи ваҳий билан келишлари.
Изоҳ: Ойша Р.A.дан ривоят қилинган ҳадисда, Муҳаммад С.A.В.
биринчи ваҳий тушгандан сўнг Ҳиро тоғидан қайтиб келгач, Хадича
Р.A.дан уларни ўраб қўйишларини сўраганлари келтирилган, зеро
пайғамбаримиз С.A.В. Жаброил A.С.ни асл кўринишларида кўриб
қаттиқ қўрқиб кетган эдилар.
19-савол. Тарқатма материал

Тадқиқотчилар ушбу иборанинг келиб чиқишини Пайғамбаримиз


Муҳаммад С.A.В. га ва улар қилган амалларга боғлашади. Яъни, У
зотнинг суннатларини тўғри бажариш учун уларнинг маъносини
билиш ва чуқур илмга эга бўлиш керак. Кенг омма эса Ислом дини
пешволари ва уламолар кўрсатмаларига амал қилиши маъқулдир.
Бироқ, айрим дин вакилларининг номақбул ишлари туфайли бу
ибора вақт ўтгани сари тескари, истеҳзонамо тус олган ва хозирги
холатга келиб қолган.
Гап қайси ибора хақида кетаётганини топинг ва бир
очкони қўлга киритинг. Вақт кетди.
Тўғри жавоб: Изохдан бошлаймиз: Саволдаги ибора –
“Мулла/Домлани айтганини қил, қилганини қилма” эди. Агар биз
савол охирида айтганимиздай бу иборани топган бўлсангиз, савол
ўқишдан олдин қилганимизни такрорламаслигингиз, яъни жавоб
бланкларини бермаслигингиз керак эди. Яъни биз, бу саволда бизга
хеч қандай жавоб бланкаларини юбормаган жамоаларга бир очко
хисоблаймиз.
20-савол
Бу «жигарранг зодагон» фамилияси ҳаётлигидаёқ миллионлаб
одамларга таниш бўлган. «Монарх»нинг фамилиясини эса дунё
фақат унинг ўлимидан кейин билган. Айтишларича, бу иккови бир
заводда бир неча кун мобайнида бир-бирига тўқнаш келишган, шу
билан бошқа ҳеч қачон учрашмаган.
Диққат савол: Бу заводда нима ишлаб чиқарилган?
Жавоб: V2 (фау 2) ракеталари. Қабул: Фэргель-тунгс-ваффе-2
ракеталари, А-4, Агрегат-4
Изоҳ: Королёв Фау-2 ракета ишлаб чиқариладиган заводга
ҳужжатларни олиб кетишга келганида бир-икки кун қолиб кетади.
Шунда у фон Браун билан кўришган. У пайтда Браун
америкаликларга таслим бўлиш ҳаракатида бўлган. Фон қўшимчаси
– зодагонларга хосликни билдиради, Браун – жигарранг дегани.
Королев – қирол яъни монарх. Королёвнинг исми СССРда фақат
ўлимидан кейин очиқланган.
21-савол
Саволда алмаштиришлар бор. Хазил шеърни тингланг:
"Руль қани?" деди Биринчи
"Ношуд!" деди Иккинчи
"Балки жилов сўрарсан?!
Хали "Кетдик!" хам дерсан?!"
Диққат савол: шеър матнидаги биринчи ва иккинчини
кимлигини топинг.
Тўғри жавоб: Биринчи бу Гагарин, иккинчи бу Королёв.
Изох:
"Руль қани?" деди Гагарин.
"Ношуд" деди Королёв,
"Балки жилов сўрарсан?!
Хали "Кетдик!" хам дерсан?!".
Шеърда Гагариннинг машхур Поехали! (Кетдик!) иборасига ишора
қилинган.
22-савол
Спекуляция туфайли вужудга келган иқтисодий пуффакнинг
ёрилиши,
Банклараро кредитлар тизимининг қулаши,
Коронавирус пандемияси туфайли бутун дунёда вужудга келган
инқирознинг авжига чиқиши,
Сиёсий зиддиятларнинг ҳарбий ҳаракатлар кўринишига ўтишига
жавобан иқтисодий муносабатлар тўхтатилиши.
Турли йилларда ва турли жойларда вужудга келган юқоридаги
холатлар ва натижада содир бўлган воқеалар умумлаштириб икки
сўз билан аталади.
Диққат савол: Aлифбода кетма-кет келадиган харфлар билан
бошланувчи шу икки сўзларни ёзиб беринг.
Тўғри жавоб: Қора пайшанба
23-савол
Қадимдан, хариталар одамлар ҳаётида катта роль ўйнаган. Зеро
нима қайерда жойлашганини билиш — тирик қолиш учун энг
муҳим кўникмалардан биридир. Хариталар эса одмаларга бу
билимни бир-бирларига улашишларига ёрдам беради.
Одамларнинг бу ҳусусияти уларни бошқа бир жонзот тури билан
яқин қилади.
Диққат савол: Бу қайси жонзотлар?
Тўғри жавоб: Aсал арилар
Изох: Aсал арилар махсус рақс орқали бир-бирларига янги
топилган гулзорларни жойлашишини тушунтиришади. Буни
аниқлаган олим Карл Фон Фриш Нобель мукофотини қўлга
киритган.
24-савол
Унинг таркибига канцероген қатронлар, углерод оксиди, карбонад
ангидрид, аммиак, цианид кислотаси, қурум, қўрғошин, маргимуш,
тўйинмаган углеводородлар, ацетон каби модда ва бирикмалар
киради. Энг асосийсини, агар шундай айтиш мумкин бўлса энг
"керакли" алкалоид бирикмани айтмадик.
Диққат савол: Уни алифбода кетма-кет келувчи харфлардан
бошланувчи икки сўз билан номланг.
Тўғри жавоб: Сигарет тутуни.

III ТУР
mad_max93August 15, 2022

25-савол
Камина қулингиз нега У ҳақида савол беришни ёқтиришим ҳақида
ўйлаб кўриб шундай хулосага келдимки, саволда Уни эслаб ўтиш,
Ундаги қидирув ижобий натижа бериш эҳтимолини камайтииши
керак. Бу фикрини текшириб кўришга қарор қилганимда 274 та
натижани кўриб ҳайратга тушдим.
Диққат савол: У нима?
Тўғри жавоб: Саволлар базаси. Қабул: база, ЧГК базаси, ЧГК
саволлар базаси, дб.чгк.инфо ва хоказо.
Изох: Саволда ЧГК саволлар базасини эслаб ўтиш, шунга ўхшаш
саволни ЧГК саволлар базасидан топиш эхтимолини камайтиради
деб ўйлардим, аммо базада база хақидаги саволлар бир талай экан.
Савол тузилган пайтда db.chgk.info сайтида “саволлар базаси” (база
вопросов) деб қидирув берилса 274 та савол топилганини кўриш
мумкин эди.
26-савол
Ютуб-блогер Том Скотт табиат қўйнида олган видеосида, аслида
бундай жой мавжуд бўлмаганини таъкидлар экан, Бу ном видео
олинаётган жой яқинидаги қишлоқга тегишлилигини таъкидлайди
ва айтадики “Яхши харита дунёни борича акс эттиради, уни
ўзгартирмайди”.
Диққат савол: гап қайси жой хақида кетаётганини бир харфдан
бошланувчи икки сўз билан айтинг.
Тўғри жавоб: Торпенхау тепалиги
Изох: Том Скотт аслида, тарихдан Торпенхау тепалиги мавжудлиги
аниқ эмаслигини таъкидлар экан, Торпенхау қишлоғи номи келиб
чиқишини тахлил қилган одамлар қишлоқ номида уч хил тилдаги
“тепа” сўзларини кўриб, қишлоқ яқинидаги баландликка шундай
ном беришганини тахмин қилади.
27-савол
Япониялик Такуя Ҳара бу ишни қилаётган пайтида, мижозларга ўз
исм фамилиясидан, ёки тураржойлари, яшаш манзилларидан
фойдаланишни таклиф қилади, зеро мижозлар кўп ишлатадиган бу
сўзлар маҳсулот сифати ҳақида аниқроқ хулоса чиқаришга ёрдам
беради.
Диққат савол: Савдо сотиқ билан боғлиқ лавозимларга
суҳбатларда синов вазифа сифатида кўп бериладиган бу ишни икки
сўз билан ёзиб беринг.
Тўғри жавоб: ручка сотиш, авторучка сотиш
Изох: Сотувчи ручкага бахо бериш учун мижозларга улар кўп
ёзиладиган сўзларни ёзишни маслахат беради. Савдо-сотиқ
сохасида эса “менга шу ручкани сотинг” деган тестлар клишега
айланиб кетган.
28-савол
Болалар (Пацаны) сериали – супер кучга эга одамлар хақида бўлиб
сериал сюжетига кўра уларнинг аксарияти ижобий қахрамонлар
эмас, худбин, қонхўр, оддий одамлар хаётига беписанд
вахшийлардир. Сериалнинг бир эпизодида, қахрамонларидан бири
тасвирланган графитида машхур испан рассоми асарига аллюзияни
кўриш мумкин.
Диққат савол: Ушбу асар қаҳрамонининг лотинчадан келиб
чиққан исмини топинг.
Тўғри жавоб: Сатурн
Изох: Сериал қахрамони Франциско Гойя чизган “Ўз
фарзандларини еяётган Сатурн”га ўхшаб тасвирланган.
29-савол
Саволда бир сўз бошқа бир сўзга алмаштирилган.
А‌ртур Смит, Рэ‌йген Вадасковинич, Уо‌лтер Миллиган ва яна 20 та
шахс бир машхур инсон билан бир уйда яшашган. Уларнинг
баъзилари содир этган жиноятлар учун уйнинг асл эгаси қамоқ
жазосига махкум қилиниши мумкин эди, аммо адвокатлар психолог
экспертлар ёрдамида жиноятларни уй эгаси содир этмагани
исботлангандан сўнг, у жазодан қутулиб қолади.
Диққат савол: Савол матнидаги алмаштирилган сўзлар қайси
хайвон учун синоним бўла олади
Тўғри жавоб: Тошбақа.
Изоҳ: Гап шахсият бўлинишининг ўткир формасига учраган
машхур Билли Миллиган ҳақида кетмоқда. Унда бир танада 24 та
шахс мавжуд бўлган. Aлмаштирилган сўзлар уй ва тана.
Тошбақанинг танасини унинг уйи деб айтиш мумкин.
30-савол
Бу саволда қийинчиликка учрасангизда бу сизга ёрдам бериши
мумкин.
Қисқача мантиқий тахлил ёрдамида машхур бир масала аслида
ечимга эгалигини ва У ўз рақибини 1112-чи қадамда қувиб ўтишини
аниқлаш мумкин.
Диққат савол: У деганда қайси афсонавий қахрамон назарда
тутилмоқда?
Тўғри жавоб: Ахиллес.
Изох: Қадимги юнон файласуфи Зеноннинг Ахиллес ва тошбақа
хақидаги машхур апориясида Ахиллес ўзидан 1000 қадам олдинда
бўлган ва 10 баравар секин харакатланадиган тошбақани хечқачон
қувиб ўта олмаслиги хақида фикр юритилади. Бу фараз масофа ва
вақтнинг чексиз бўлиниши туфайли келиб чиқади, реал хаётда эса,
апория шартларига кўра, Ахиллес Тошбақадан 1112-қадамда ўзиб
кетиши керак. “Апория” сўзи юнончадан таржима қилганда
“Қийинчилик” дегани. Бизнинг бугунги саволларда хам, ушбу
апория каби, Ахиллес тошбақадан кейин келди.
31-савол. Саволда алмаштириш бор
25-26 июль кунлари Тошкентда бўлиб ўтган Афғонистон бўйича
халқаро конференцияда 20 дан ортиқ давлатларнинг Афғонистон
бўйича махсус вакиллари, ўнлаб халқаро ва минтақавий
ташкилотлар раҳбарлари ва мутахассислари хамда Афғонистон
делегацияси иштирок этди. Ушбу тадбирда қатнашган россиялик
эксперт Аркадий Дубнов ўзининг Facebook саҳифасида «ўзбеклар
бугун Джозефни қаттиқ мазах қилишди» деб бошланган пост
жойлаштиради. Албатта, хеч ким хеч кимни мазах қилмаганди,
шунчаки Дубнов Джезефнинг машхур иборасини назарда тутган.
Диққат савол: Саволда алмаштиришни топган бўлсангиз, Дубнов
назарда тутган иборани ёзиб беринг.
ЖАВОБ: «ҒАРБ БУ ҒАРБ, ШАРҚ БУ ШАРҚ, ВА УЛАР ҲЕЧ ҚАЧОН
БИРЛАШМАЙДИ».
ЗАЧЁТ: ШУ ИБОРАНИНГ МАЪНОСИ БУЗИЛМАГАН ҲОЛАТДАГИ
КЎРИНИШИ.
ИЗОҲ: «Ўзбеклар бугун Киплингни қаттиқ мазах қилишди. Шарқ
ва Ғарб ниҳоят Тошкентда катта афғон конференциясида
бирлашди» деб бошланган постда эксперт Тошкентдаги
конференцияда америка, европа ва хитойликлар, руслар, форслар,
афғонлар, ҳинд ва покистонликлар, қисқаси жуда кўп миллат
вакиллари иштирок этганини ва уларнинг барчаси бир мақсад
атрофида бирлаша олишганига ишора қилган эди. Саволда Джозеф
Редьярд Киплингни фамилиясини биринчи исми билан
алмаштирдик.
32-савол.
Бу савол сизларга манзур бўлади деб умид қиламиз.
Ушбу проектга 2021-йил 1-ноябрда асос солинган. Проект
бошловчиси Отахон Юсуповнинг асл касби колорист-
видеомонтажчи. Мамлакатимизда Food ASMR йўналишида
етакчилардан бирига айланган ушбу проект асосчилигига бизнес
тренер Иброҳим Гулямов хам даъво қилиб улгурган.
Диққат савол: Гап қайси проект хақида кетмоқда?
Тўғри жавоб: MAZZA
Қабул: MAZZA WORLD
Изоҳ: Instagram, Youtube ва Telegramda каналлари мавжуд ушбу
проект сонларида Отахон Юсупов турли таомлар тайёрлайди. Бу
саволни топганлар Мазза қилди деган умиддамиз.
33-савол. Блитц.
1) Биз сиздан сўрамоқчи бўлган биринчи атама лотинчадан келиб
чиққан бўлиб, “тушунчалар системаси” деб таржима қилинади. Биз
бугунги ўйинда биринчи бўлишини режа қилмаганмиз.
Диққат савол: Ушбу биринчи атамани ёзиб беринг.
2) Биз сиздан сўрамоқчи бўлган иккинчи атама юнончадан келиб
чиққан бўлиб, унинг таркибида “жой алмаштириш” маъносини
берувчи сўзни учратиш мумкин. Бугунги ўйинда иккинчиларни
учратган бўлсангиз – бу тасодифдир.
Диққат савол: Ушбу иккинчи атамани ёзиб беринг.
3) Биз сиздан сўрамоқчи бўлган учинчи сўз хам юнончадан келиб
чиққан. У аслида префикс хисобланиб таржимаси “кейин”, “кетидан
келувчи” каби маъноларни беради. Бугунги ўйинда
учинчинилардан бир нечта учратишингиз мумкин эди.
Диққат савол: Ушбу учинчи сўзни ёзиб беринг.
Тўғри жавоблар:
1) Концепция
2) Анаграмма
3) Мета
Изох: Эсперо жамоасидан фарқли ўлароқ, бугунги навбатчиликга
саволлар тайёрлаш вақтида бизда аниқ бир концепция йўқ эди,
шунчаки яхшироқ саволлар олиб келишга харакат қилдик.
Уларнинг орасида анаграммалар бўлишини хам назарда
тутмаганмиз, мабодо учраб қолган бўлса бу шунчаки тасодиф. Мета
саволлардан эса атайин бир нечта жойлаштирганмиз.
34-савол
Бошланғич режамиз бўйича ушбу савол Шундай бўлиши керак эди,
аммо биз Ренессанс жамоасига маълум бир маънода хушомад
қилишдан қочдик.
Гроссмейстер Савелий Тартаковернинг фикрича, шундай у ғалаба
олиб келади.
Заковат клуби янги тимсолларидан бирининг ижрочиси
репертуарида хам У бор.
Диққат савол: У нима?
Тўғри жавоб: Хато
Изох: Шахматчи Савелий Тартаковер “Охиргидан битта олдинги
хато ғолиб чиқади” деган. Заковат клубининг янги мадхияси бўлган
Заковат қўшиғи ижрочиси рэппер Шохрурда Хато қўшиги хам бор.
Турдаги охиргидан битта олдинги саволда “охиргидан битта олдин”
иборасини ишлатиб Ренессанс жамоасига тақлид қилишдан қочдик.
Тақлид – хушомаднинг энг юқори кў‌риниши деган иборани
эшитгансиз деган умиддамиз.
35-савол
Бугунги навбатчилигимиз нихоясига етиб борар экан, хато ва
камчиликлар ўтган бўлса жамоалардан узр сўрайман.
Саволларни тайёрлаш, текшириш ва тахрирлашда қатнашган
Фаррух Халилович, Саидкамол Саидахатович, Шавкат Бахтиёрович,
Азизбек Анвар ўғли, Равшан Рустамович, Шероз
Хамидуллаевичларга, шунингдек Сергей Михайлович ва Лоуренс
Эдвард, хамда Павел Валерьевичларга ўз миннатдорчилигимни
билдираман.
Диққат савол: юқорида исмлари келтирилган сўнгги уч киши
кимлигини тушунган бўлсангиз, мен уларга нималар учун
миннатдорлигимни ёзиб беринг.
Тўғри жавоб: Гугл, Телеграм.
Изох: Сергей Михайлович Брин ва Лоуренс Эдвард яни Ларии
Пейдж Гугл қидирув тизимининг, Павел Валерьевич Дуров эса
Телеграм мессенджерининг асосчиларидир. Ушбу технологиялар
жамоамизга саволлар хақида маълумот тўплаш, ва уларни мухокама
қилишда катта ёрдам берди.
36-савол
Археолог Димажав Эрденебатар 1990 йилда Ўнон, Керулен ва Туул
дарёлари оқиб ўтадиган худудда ташкиллаштирилган "Уч дарё"
экспедицияси қатнашчиси бўлган. Бироқ ўша йили мамлакатда
содир бўлган демократик революциядан сўнг, янги хукумат бу
тадқиқотларни тўхтатган. Таъқиқ сабаблари сифатида нафақат ўз
тарихига бўлган хурмат, балки тадқиқотлар объекти билан боғлиқ
турли афсоналар хам кўрсатилган.
Бошқа бир шунга ўхшаш объект билан боғлиқ афсонанинг рўёбга
чиқишига ўтган аср ўрталарида бутун жахон гувох бўлган.
Диққат савол: "Уч дарё" экспедицияси объектини топинг.
Тўғри жавоб: Чингизхон қабри
Изох: Исмидан Монголиялик эканлигини тахмин қилиш мумкин
бўлган Димажав Эрденебатар Чингизхон туғилган худудда унинг
қабрини қидириш бўйича экспедицияда қатнашмоқчи бўлган.
Бироқ 1990 йили мамлакатда содир бўлган демократик революция
туфайли экспедиция тугатилган. Афсоналарга кўра Чингизхон
қабрини очиш бахтсизлик олиб келиши мумкин. Бошқа буюк
саркарда Соҳибқирон Амир Темур қаблари очилгандан 2 кун ўтиб
Германия Совет иттифоқига қарши хужумга ўтган.
Бугунги навбатчиликни бешик хақидаги саволдан бошлаб, қабр
хақидаги савол билан якунлар эканмиз, Фаррух Рафиқов жамоаси
Заковат клуби билимдонларига “Бешикдан то қабргача илм изла”
деган нақлга амал қилган холда, илм излашдан хеч қачон
тўхтамасликларини тилаб қолади.
Эътиборингиз учун рахмат.
Jobir Ahmedov
I ТУР.
mad_max93August 15, 2022

Ассалому алайкум!
“Заковат” ўйинларининг 2022-йилги Ёзги мавсум 11-тур ўйинини
Жобир Ахмедов жамоаси олиб боради. Бугун ўйналадиган саволлар
муаллифлари Жобир Ахмедов, Хаётилла Рахманов, Хушнуд
Худойбердиев, Рушана Ражабова ва Умид Наримов.
Жамоаларга эслатма: савол, унинг жавоби ва изоҳини эътибор билан
эшитишингизни сўраймиз. Саволдан олдин ёки кейин айтиладиган ҳар
қандай сўзлар саволга алоқадор бўлиши мумкин. Агар алоқадорлик
бўлмаса, бу ҳақда бошловчи огоҳлантиради.
Савол№1. Саволда 4 та символ ШУНДАЙ сўзи билан
алмаштирилган.
Яширин мақсадга эришиш ва устунликни қўлга киритиш учун
фойдаланиладиган қадимги Хитой ҳарбий тактик услублар
йиғиндиси “ШУНДАЙ ҳарбий ҳийла” деб аталади. Бугун
ўйналадиган саволлар ҳам ШУНДАЙ. Савол: алмаштирилган 4 та
символни ёзиб беринг!
Жавоб: 3, 6, т, а.
Қабул: рақамлар билан ёзилган “36 та” жавоби.
Изоҳ: Қадимги Хитойнинг 36 та ҳарбий ҳийлаларини ўзида жам
этган ҳарбий трактат “36 та стратагем” ёки “36 та ҳарбий ҳийла” деб
аталади. Унда ишлатиладиган ҳийлалар нафақат душманга қарши,
балки қўйилган мақсадга эришиш учун ўз аскарларига нисбатан ҳам
қўлланилади. Бугун ўйналадиган саволлар ҳам 36 та.
Манба(лар): https://ru.wikipedia.org/wiki/Тридцать шесть стратагем
Савол муаллифи: Умид Наримов.
Савол№2. 1996 йили бошқарувда бўлган партия шаҳарга ном
танлашда Мадрас номидан воз кечиб, бошқа номда тўхтади. Гап
кетаётган шаҳар тарихий обидаларга бой бўлиш билан бирга,
замонавий инфратузилмага ҳам эга. Хусусан, узунлиги 45 кмга
етадиган тезюрар трансорт тизими йўлга қўйилган. Диққат савол:
ушбу шаҳарда бўлиб ўтган машҳур тўқнашувдан сўнг европалик
инсон томонидан берилган ваъдани ёзиб беринг!
Жавоб: Туғиладиган фарзандига Нодирбек исмини қўйиш.
Қабул: ўғлига Нодирбек деб исм қўйиш, қизига Нодирбек деб исм
қўйиш.
Изоҳ: Гап 44-шахмат олимпиадаси бўлиб ўтган Ченнай шаҳри
ҳақида кетганди. Олимпиаданинг 10-туридан ўрин олган Гукеш
Доммараджу ва Нодирбек Абдусатторовнинг ўйинидан сўнг,
Нодирбек иродали ғалабага эришгач польшалик шахмат мухлиси
фарзандига Нодирбекни исмини қўйиши ҳақида маълум қилгани
интернетнинг ўзбек сегментида анча муҳокамаларга сабаб бўлди.
Шаҳарда тезюрар транспорт тизими мавжудлиги сизни машҳур
ҳинд фильми “Ченнай экспрес”га етаклаган бўлса ажаб эмас.
Фурсатдан фойдаланиб, 44-шахмат олимпиадасида олтин медални
қўлга киритган шахматчиларимизга кўрсатган иродали ўйинлари
учун миннатдорчилик билдириб қоламиз.
Манба(лар):
1. https://ru.wikipedia.org/wiki/Ченнаи
2. https://t.me/platformasport/899
Савол муаллифи: Умид Наримов.
Савол№3.
Шахматда "қўл теккиздингми - юр" қоидаси мавжуд. Қоидага кўра,
шахматчи ушлаган фигурасини юришга мажбур. Агар ушланган
фигура рақибники бўлса, унда ўша фигурани олиш, яъни уриш
керак. Бу қоидада бир нечта истисно холатлар бор. Масалан, агар
шахматчи фигурадан қўлини узмаган бўлса, ўша фигурани
юрмаслиги, фигура рақибники бўлса уни олмаслиги мумкин. Бироқ
бу қоида асосан хаваскорлар орасида амал қилади.
Иккинчи ҳолатда агар доскада жойлашган фигурани тўғирлаб
қўйишга зарурат бўлса, олдиндан огохлантириб фигурага тегиши ва
тўғирлаши мумкин. Шахматчи бу ҳолатда ушлаган фигурасини
юришга, агар фигура рақибники бўлса уни юришга мажбур эмас.
Яна шундай ҳолатлар борки, шахматчи ушлаган фигурасини
юришга ёки уришга мажбур бўлмайди.
Савол: ушбу ҳолатларни ёзиб беринг!
Жавоб: қўл теккизилган фигурани шахмат қоидаси бўйича юриш
имконсиз бўлса ёки ушланган фигурани шахмат қоидаси бўйича
уриш имконсиз бўлса.
Қабул: юриш қоидага зид бўлса ва уриш қоидага зид бўлса.
Шунингдек шу мазмундаги синоним жавоблар .
Савол муаллифи: Хушнуд Худойбердиев.
Савол№4. Саволни Александр тўртинчи беради.
Рассом Люси Брауннинг санъат асарида Фердинанд ва Миранда,
Ганс Милихнинг санъат асарида Герцог Альбрехт V ва унинг хотини
Анна, Исаак Оливьенинг санъат асарида Бен Джонсон ва Уильям
Шекспир, Чарльз Уильямснинг санъат асарида Наполеон ва генерал
Корнуоллис бу иш билан шуғулланишаётгани акс этган. Диққат
савол 1907 йили яратилган Григорий Мясоедовнинг картинасида
акс этган кекса мўйсафид бу ишни ким билан амалга
ошираётганини кўриш мумкин?
Жавоб: ўзи билан.
Изоҳ: Александр Алёхин шахмат бўйича тўртинчи жаҳон чемпиони
бўлган. У шахматга муаллифи икки киши бўлган санъат асари деб
таъриф берган. Юқорида ҳар бир картинани санъат асари деб
ўқидик ва уларда акс этган икки кишини эслаб ўтдик. Григорий
Мясоедовнинг картинаси “Ўзим билан ўзим, ёки шахмат ўйини” деб
номланади ва унда фақат бир кишини – ўзи билан шахмат
ўйнаётган қарияни кўриш мумкин.
Манба(лар): https://ru.wikipedia.org/wiki/Шахматы в искусстве
Савол муаллифи: Умид Наримов.
Савол№5. Диққат қилинг савол матнидаги битта сўзга ортиқча бир
ҳарф қўшиб қўйилган.
Газпром компаниясининг Европага газ етказиб беришни тўхтатиши
мумкинлиги ҳақидаги кўплаб баёнотлари сабабли юзага келган
латифада учта сўздан ташкил топган иборадаги бир сўз яқинда
“газпром” ёки “газпромча” сўзи билан алмашиши киноя қилинади.
Сўнги бора бу иборани ишлатилишида Патри́сия
Д’Алеса́ндронинг паровози катта аҳамият касб этган. Диққат савол
ушбу иборани ҳамда савол матнида ўзгартирилган сўзни аслича
ёзиб беринг!
Жавоб: Сўнги хитойча огоҳлантириш, парвоз.
Изоҳ: Газпром Европага газ етказиб беришни тўхтатиш ҳақида
таҳдид қилавергач, копманиянинг бундай баёнотларини “сўнги
хитойча огоҳлаштириш”га қиёслаб ушбу убора яқинда “сўнги
газпромча огоҳлантириш”га ўзгариши мумкинлигига киноя
қилинган. Америкалик сиёсатчи Нэ́нси Патри́сия Д’Алеса́ндро
Пело́сининг Тайванга парвози Хитой ҳукумати томонидан АҚШга
ҳозирча сўнгги бўлиб турган огоҳлантиришни йўлланишига сабаб
бўлган.
Манба(лар):
1. https://vysokovskiy.ru/hotnews/kitaiskoe-preduprezhdenie/
2. https://ru.wikipedia.org/wiki/Пелоси, Нэнси
3. https://lenta.ru/news/2022/08/02/taiwan/
Савол муаллифи: Умид Наримов.
Савол№6. Эслатиб ўтамиз, биз бу савол билан балки кимларгадир
тақлид ёки хушомад қилаётган бўлишимиз мумкин.
Турли рецептларга кўра, бундай номдаги коктейлни тайёрлаш учун
спиртли ичимликлардан вермут, ром, пунш билан бирга, табиий
маҳсулотлар – бедана тухуми ва лайм шарбатини ишлатиш мумкин.
Савол: ушбу коктейль номини топинг!
Жавоб: Фулл Хаус.
Қабул: Full house
Изоҳ: Саволда бу коктейлни тайёрлаш учун 3 та спиртли ичимлик
тури ва иккита табиий маҳсулотдан фойдаланилишини айтиб ўтдик.
Бундан олдин Хитой - Шахмат – Шахмат - Шахмат ва яна Хитой
мавзусидаги кетма-кет келган бешта савол ўзига хос 3 га 2
комбинацияни ташкил қилганини пайқагандирсиз. Покерда бундай
комбинация Фулл-хаус деб номланади. Бу билан биз Ёзги
мавсумнинг 9 турини ўтказган Фаррух Рафиқов жамоасининг
саволларидаги ғояни такрорлашга ҳаракат қилдик.
Манба(лар):
1. https://www.absolutdrinks.com/ru/drinks/full-house/
2. http://cocktailportal.com.ua/cocktails/Fullhouse/
Савол муаллифи: Умид Наримов.
Савол№7. Қорақалпоғистонлик Арзыбек Хожаназаров ёғочларни
кўрмаса ҳам улар қайси бир дарахтдан олинганини фарқлай билиш
қобилиятига эга эди. Бу ҳақдаги мақола нукуслик ИКС деб аталади.
ИКСнинг олтин даври XVIII асрнинг биринчи чорагига тўғри
келган. Савол: ИКСни ёзиб беринг:
Жавоб: Страдивари
Қабул: Антонио Страдивари.
Изоҳ: Арзыбек Хожаназаров ёғочларга тескари ўтирган ҳолда
уларга болғача билан урилганда чиқадиган товушга қараб қайси
дарахтнинг ёғочи эканлигини адашмасдан аниқ айта олган. Ўзидаги
шу қобилияти сабаб кейинчалик скрипкалар ясай бошлаган.
Антонио Страдивари эса ўз скрипкалари учун материал излаб
дарахт ва устунларни таёқ билан уриб юргани ҳақида бир неча
йиллар илгари заковатнинг экран ўйинида савол берилганди. 1700-
1725 йилларда Страдивари томонидан яратилган мусиқий асбоблар
алоҳида қадрланади ва бу давр Страдиварининг олтин даври деб
аталади.
Манба(лар):
1. http://e-nukus.narod.ru/skr.html
2. https://proza.ru/2007/11/01/264
3. https://en.wikipedia.org/wiki/Antonio_Stradivari
Савол муаллифи: Умид Наримов.
Савол№8. Озарбайжон ёзувчиси Анорнинг қиссаларидан бирида
қатлга ҳукм қилинган персонаж билан БУ ИШ ҳукмнинг ижроси
давомида содир бўлган. 2019 йили Озарбайжонда йил одами деб
эътироф этилган шахснинг фикрича эса, халқдан узоқлашган
мутасаддилар билан БУ ИШ содир бўлади. Савол: Бу ишни учта сўз
билан ёзиб беринг!
Жавоб: Оёғи ердан узилиш.
Изоҳ: Исҳоқни зиндондан арқон ёрдамида тепага тортиб олишган
ва табиийки оёғи ердан узилган. Анорнинг персонажини дорга
осиш орқали қатл қилиш керак эди ва ижро давомида уни ҳам оёғи
ердан узилган. Президент Шавкат Мирзиёев 2019 йили
Озарбайжонда йил одами деб эътироф этилган. Биламизки
давлатимиз раҳбари халқдан узоқлашган, ҳаволаниб кетган, манман
мутасаддиларни оёғи ердан узилганлар деб атайди.
Манба(лар):
1. https://n.ziyouz.com/books/jurnallar/jahon_adabiyoti/Jahon
%20adabiyoti%20-%202015-12.pdf
2. https://www.xabar.uz/siyosat/maishatga-berilgan-hokimni-mutlaqo-
kechirib-bolmaydi-prezident
3. https://xs.uz/uzkr/post/ozbekiston-prezidenti-shavkat-mirziyoev-
ozarbajzhonda-jil-odami-deb-etirof-etildi
Савол муаллифи: Умид Наримов.
Савол№9. Хондамирнинг "Макорим-ул ахлоқ" асарида
келтирилишича, Навоий муҳрдорликка тайинлангач, ўтказилган
илк мажлисда фармонга муҳр босиши керак бўлган амирлар муҳр
босишни Навоий бошлаб берсин дея лутф қилишади. Жараён
сўнгида эса Ҳазрат Навоий барчани ўзининг камтарлиги билан лол
қолдиргани маълум бўлади. Диққат савол: Навоий ҳазратлари муҳр
босишда қандай ҳаракатни амалга оширганини сиз ҳам ўз жавоб
варақангизда акс эттириб беринг!
Жавоб: Қоғознинг энг пастки қисмига муҳр босиш.
Қабул: Синоним жавоблар ва қоғознинг энг пастки қисмига
чизилган муҳр тасвири.
Изоҳ: Алишер Навоий гарчи ҳаммадан биринчи бўлиб муҳр босган
бўлса ҳам, қоғознинг шундай жоҳига муҳр босганки, ундан
пастроққа муҳр босишга ҳеч қанча жой қолмаган
Манба(лар): Хондамир "Макорим-ул ахлоқ"
Савол муаллифи: Рушана Ражабова.
Савол№10. Мухитдиннинг қарорини мақсадга мувофиқ
эмаслигини тушунтиришга уринган шоир Элбекнинг фикрича,
америкалик ёзувчи ва журналист Октябрь инқилоби ҳақидаги ўз
асарида Сталинни умуман эслаб ўтмаган ва бу ҳолат кейинчалик
айрим муаммоларни туғилишига олиб келиши мумкин эди. Савол:
1929 йили Элбекнинг ушбу фикрларини инобатга олмаган
Мухитдиннинг фамилиясини ёзиб беринг!
Жавоб: Абдуллаханов.
Изоҳ: Мухитдин Абдуллаханов Жонрид Абдуллаханов номи билан
танилган ёзувчининг отаси ҳисобланади. У америкалик ёзувчи ва
журналист Жон Рид шарафига янги туғилган фарзандига исм
беришга қарор қилганида шоир Элбек унга қарши чиқиб юқоридаги
фикрларни билдириб ўтган. Жон Риднинг “Дунёни титратган ўн
кун” асари Октябрь инқилоби ҳақида китоб ҳисобланади. Савол
рақами ҳам балки сизга ёрдам бергандир.
Манба(лар): https://ru.wikipedia.org/wiki/Абдуллаханов, Джонрид
Мухитдинович
Савол муаллифи: Умид Наримов.
Савол№11. Ота-онаси ногирон бўлган персонаж мусиқа коллежига
кириш имтиҳонини топшираётган вақтда қўшиқни куйлаш билан
бирга лазги рақсига тушади. Ўз вақтида Татьяна Котельская ҳам что
где когда телеўйинида лазги рақсига тушган. Савол лазги рақсига
тушиш сўзлари билан алмаштирилган сўзларни ёзиб беринг!
Жавоб: Кар соқовлар тилига ўгириш.
Қабул: Сурдо таржимонлик қилиш.
Изоҳ: Фильм қахрамонлари бўлган кар ота-оналар фарзанди
имтиҳон топшираётганини кузатиб туриш учун залга киришади.
Қахрамон қўшиқ мазмуни ота оналарига ҳам тушунарли бўлиши
учун ашулани куйлаш билан бирга уни кар соқовлар тилига ҳам
ўгириб кетган. Татьяна Котельская Время кўрсатувида сурдо
таржимонлик қилган аёл ҳисобланади.
Манба(лар): “Ребёнок глухих родителей. 2021 г.” фильми. (01:38:59)
https://ru.wikipedia.org/wiki/Котельская, Татьяна Николаевна
Савол муаллифи: Умид Наримов.
Савол№12. Тарқатма материал.
_______________________________________________
“Schreiber”, “Theodor”,
“Ruby”, “Artot”, “Dancla”,
“Innes”, “Viotti”, “Aranyi”,
“Rutson”, “Il Mio Preferito”
_______________________________________________
Қаршинггизда УЛАРНИНГ номларини кўриб турибсиз.
Савол: УЛАРНИ битта ҳарф билан бошланувчи иккита сўз билан
ёзиб беринг!
Жавоб: Страдивари скрипкалари.
Изоҳ: Скрипкалар шу тартибда жойлаштирилдики, уларнинг
номларини бош ҳарфларидан Страдивари сўзини ясаш мумкин эди.
Бизда биринчи тур тугади. Ўзига хос мусиқий танаффус))
Манба(лар):
https://en.wikipedia.org/wiki/List_of_Stradivarius_instruments
Савол муаллифи: Умид Наримов.

II ТУР.
mad_max93August 15, 2022

2-Тур, 1-савол, савол№13. Тарқатма материал.


___________________________________________
3. Бегона пичоқ билан ўлдириш;
5. Ёнғин пайтида талончилик қилиш;
6. Ғарбга хужум қилиш учун шарқда шовқин кўтариш;
11. Шафтолини қутқариш учун олхўрини қурбон қилиш;
13. Илонни қўрқитиш учун майсани уриш;
20. Лойқа сувда балиқ овлаш;
22. Ўғрини ушлаш учун эшикни ёпиш;
28. Томга олиб чиқиб, нарвонни олиб қўйиш;
___________________________________________
Қаршингизда УНДАН айримларини кўриб турибсиз. УНИ келиб
чиқиши ҳақидаги версиялар орасида нумерологик версия ҳам
мавжуд.
Савол: Уни грекча сўз ишлатган ҳолда ёзиб беринг!
Жавоб: “36 та стратагема”.
Изоҳ: Биринчи турнинг биринчи саволи ва изоҳига қаралсин.
Манба(лар): https://ru.wikipedia.org/wiki/Тридцать шесть стратагем
Савол муаллифи: Умид Наримов.
2-Тур, 2-савол, савол№14.
Ёзувчи Ватару Цурумининг 1993 йили нашр қилинган китобида
ФОРМАНИ ЎЗГАРТИРИШНИНГ усуллари ҳақида сўз боради.
Усуллар таққосланар экан, оғриқлилик даражаси, тез таъсирчанлик,
олинадиган тан жараҳотлар каби тушунчалар ФОРМАНИ
ЎЗГАРТИРИШДАГИ асосий кўрсаткичлар сифатида келтириб
ўтилади. Нашр шу даражада оммалашганидан, АЛЬФАда
ФОРМАНИ ЎЗГАРТИРГАНЛАР ёнидан ушбу китобни топишган.
Савол: АЛЬФА билан алмаштирилган топонимни ёзиб беринг
Жавоб: Аокигахара
Қабул: Дзюкай
Изоҳ: Китоб номи “Ўз жонига қасд қилиш бўйича тўлиқ йўриқнома”
деб аталган ва унда ўз жонига қасд қилишнинг усуллари келтириб
ўтилган. Ёзувчининг исм фамилияси сизни Японияга етаклаган
бўлиши керак. Японияда Аокигахара ўрмони ўз жонига қасд
қилувчилар билан машҳур экани ҳақида ёзги мавсумнинг биринчи
турида “Экспромт” жамоаси томонидан маълумот бериб ўтилганди.
Таъкидлаб ўтамиз, суициднинг ҳар қандай кўриниши катта гуноҳ
ҳисобланади.
Манба(лар):
1. https://ru.wikipedia.org/wiki/Аокигахара
2. https://ru.wikipedia.org/wiki/Полное руководство по самоубийству
Савол муаллифи: Умид Наримов
2-Тур, 3-савол, савол№15.
Топонимлар мавзусини давом эттирамиз. Википедия
маълумотларига кўра, бу топоним совет даврида "КПСС нинг XXII
съезди" деб номланган. Кейинчалик ўз соҳасида энг юқори
чўққиларга эришган машхур тарихий шахснинг мақомига мос
тарзда номланган. Савол: ушбу тарихий шахс ким эди?
Жавоб: Хўжа Аҳмад Яссавий.
Изоҳ: Хўжа Аҳмад Яссавийнинг мақоми "Ҳазрати Султон" бўлган.
Ўзбекистоннинг энг баланд чўққиси унинг мақоми шарафига
номланган.
Манба(лар): https://ru.wikipedia.org/wiki/Хазрет-Султан (пик)
Савол муаллифи: Жобир Ахмедов.
2-Тур, 4-савол, савол№16.
Арсенал футбол жамоаси мураббийи Ливерпул майдонида бўлиб
ўтадиган баҳсга ўз жамоасини нафақат жисмоний, балки руҳий
жиҳатдан ҳам тайёрлаб бормоқда. Айниқса руҳий тайёргарликни
кучайтириш учун майдонда улардан фойдаланилмоқда. Бугун ҳам
уларнинг бир нечтасидан фойдаланилади. Савол: Уларни ёзиб
беринг!
Жавоб: Овоз кучайтирувчи воситалар.
Қабул: Колонка, усилитель ва овоз кучайтирувчи қурилмаларни
ифодаловчи синоним жавоблар.
Қабул эмас: Микрафон.
Изоҳ: Ливерпулнинг уй майдони ҳисобланган “Энфилд Роуд”да
мухлислар томонидан “You’ll Never Walk Alone” (Сен ҳеч қачон ёлғиз
қолмайсан) қўшиғи доимий равишда ва баланд овозда ижро
этилади. Бу ҳолат эса рақиб жамоага руҳий босим ўтказади. Арсенал
жамоаси бош мураббийи Микель Артета ушбу ҳолатни имитация
қилиш учун машғулот ўтказиладиган майдон бўйлаб овоз
кучайтирувчи қурилмаларни жойлаштириб чиққан ва машғулот
пайтида Ливерпул мадхияси жаранглаб турган. Шу тарзда Арсенал
жамоаси Ливерпулга қарши нафақат жисмоний балки руҳий тарзда
тайёргарлик кўрмоқда.
Манба(лар): https://fb.watch/eG6DzSJKGx/
Савол муаллифи: Умид Наримов.
2-Тур, 5-савол, савол№17.
Мультфильм персонажи бўлган тухум ёқимсиз товуш туфайли умри
қисқарганини таъкидлайди. Юқоридаги савол матнида бир сўз
иккита сўз билан алмаштирилган. Савол: алмаштирилган иккита
сўзни ёзиб беринг
Жавоб: Сақлаш муддатим.
Қабул: Яроқлилик муддатим.
Манба(лар): Jasur parrandalar- multfilm uz tilida 2018. (16:07)
https://www.youtube.com/watch?v=tuiEZbHYIHU
Савол муаллифи: Умид Наримов.
2-Тур, 6-савол, савол№18.
Стивен Кингнинг қахрамони бирор-бир предметни ичига ўрнашиб
олган иблисни ҳайдаб чиқариш маросимининг хавфлилиги ҳақида
гапирар экан, бу жараённи ИКСНИ назорат қилишга қиёслайди.
ИКСНИ биринчи бўлиб, 1917 йили Резерфорд кузатган. Савол:
ИКСНИ иккита сўз билан ёзиб беринг!
Жавоб: Ядро реакцияси.
Манба(лар):
1. https://ziyouz.uz/jahon-nasri/stiven-king/stiven-king-
gushtqiymalagich-hikoya/
2. https://ru.wikipedia.org/wiki/Ядерная реакция
Савол муаллифи: Умид Наримов
2-Тур, 7-савол, савол№19. Тарқатма материал. (Бошловчи
иқтибосни ўқимаслиги лозим)
___________________________________________
“Ҳар бир ара ўз овозига эга. Ҳеч бир аранинг овози бошқа бир
аранинг овозига ўхшамайди ва бир-бирини такрорламайди”.
___________________________________________
Қаршингизда сизга таниш бўлган инсоннинг фикрлари акс этган
иқтибос. Ушбу иқтибосда учта ундош ҳарф бир неча маротаба
ташлаб кетилган. Ушбу ҳарфларни ёзиб беринг!
Жавоб: Д, Х, Т.
Изоҳ: Иқтибосда дарахт сўзидаги Д, Х, Т ҳарфлари ташлаб
кетилганди. Иқтибос муаллифи биринчи турни еттинчи саволида
айтиб ўтилган қорақалпоғистонлик Арзыбек Хожаназаров эди.
Унинг ёғочларни товушига қараб қайси дарахтдан олингани билиш
қобилияти эсинггиздан чиқмаган деб умид қиламиз.
Манба(лар): http://e-nukus.narod.ru/skr.html
Савол муаллифи: Умид Наримов.
2-Тур, 8-савол, савол№20.
Усмон Азим ижодидан парча тингланг!
Ташқарига қара,
Баҳор ҳавосига юзини босиб
беланчак учмоқда эрка майсалар.
(Ичкарида мувозанатини йўқотгандай қийшайиб турар,
уч қишдан омон қолган меҳнаткаш ботинканг).
Америкалик танқидчи Мейер Шапиронинг айтишича, аслида бу
предмет оддий меҳнаткаш аёлга тегишли буюм эмас, балки асар
муаллифининг ўзи ва нотинч ҳаётига бағишланган
"автопортрет"дир.
Диққат савол: Усмон Азимнинг юқоридаги шеърининг сарлавҳасида
эслаб ўтилган инсонни топинг.
Жавоб: Ван Гог
Изоҳ: Шеърда эслаб ўтилган бир жуфт ботинка рассомнинг
картиналаридан бири “Пойабзал” картинасига ишора ҳисобланади.
Манба(лар):
1. https://t.me/usmon_azim
2. https://ru.m.wikipedia.org/wiki/Башмаки (картина Ван Гога)
Савол муаллифи: Рушана Ражабова.
2-Тур, 9-савол, савол№21. Дуплет.
Дуплетнинг биринчи саволи. Саудия Арабистонида катта миқёсда
қурилиш ишлари кетаётгани сабабли Австралиядан ИКСНИ импорт
қилишади. Чунки Австралияники Саудияникидан фарқли равишда
ўткир қиррага эга. Савол: ИКСНИ ёзиб беринг!
Дуплетнинг иккинчи саволи. Австралиядаги ИГРЕКНИНГ гўшти
серсув ва мазали бўлгани учун Саудия Арабистони ИГРЕКНИ
Австралиядан импорт қилади. 2020 йилги маълумотга кўра
Австралияда ИГРЕКЛАРНИНГ сони бир миллион икки юз мингдан
ортиқ. Савол: ИГРЕКНИ топинг
Жавоб: 1 – Қум. 2 – Туя.
Изоҳ: Қурилишнинг асосий материали бўлган бетонни ҳосил қилиш
учун қум жуда зарур. Саудия Арабистонидаги қум зарралари силлиқ
бўлгани учун мустаҳкам бетон ҳосил қилиш учун яроқсиз
ҳисобланади. Австралиядаги қум зарралари эса ўткир қиррали
бўлгани учун бетон мустаҳкам бўлар экан.
Манба(лар):
1. https://zen.yandex.ru/media/nauka/saudovskaia-araviia-importiruet-
pesok-iz-avstralii-zachem-ona-eto-delaet-ved-vokrug-i-tak-pustynia-
61cf4aed004cbf668516c580
2. https://www.quora.com/Is-it-true-that-Saudi-Arabia-imports-sands-
from-Australia-If-so-why
3. https://medialeaks.ru/1602atyan-na-reddit-obsuzhdayut-samyie-
neveroyatnyie-faktyi-mir-nikogda-ne-budet-prezhnim/
Савол муаллифи: Умид Наримов.
2-Тур, 10-савол, савол№22. Тарқатма материал.
Фарзандларни ўқиш, ишлаш ёки алоҳида яшаш учун уйни тарк
этишида ота-онада юзага келадиган ҳолат “ТОМОШАБИНСИЗ
ФУТБОЛ МАЙДОНИ” дейилади. Қаршингиздаги суратда ҳам
“ТОМОШАБИНСИЗ ФУТБОЛ МАЙДОНИНИ” кўриб турибсиз.
Савол: Қайси учта ёки тўртта сўзни “ТОМОШАБИНСИЗ ФУТБОЛ
МАЙДОНИ” сўзлари билан алмаштирдик?
Жавоб: Бўш қуш уяси.
Қабул: бўш қолган қуш уяси, бўшаб қолган қуш уяси ва бўш қуш
уясини англатувчи 3 ёки 4 сўзда ифодаланган жавоблар.
Изоҳ: Суратда Пекин шаҳридаги бўм-бўш турган “Қуш уяси” номли
футбол майдонини кўриб турибсиз.
Манба(лар): https://en.wikipedia.org/wiki/Empty_nest_syndrome
Савол муаллифи: Умид Наримов.
2-Тур, 11-савол, савол№23. Эслатиб ўтамиз, агар сизда ушбу
саволимизга жавоб бўлмаса, жавоб варақангизни бўш ҳолда
топширишингиз ҳам мумкин.
Сиз уни апельсин, лимон, личи, грейпфрут, олма, бананлисини
танлаб олишингиз мумкин. Айтиб ўтилганларнинг ҳаммаси уни
тайёрлашда ишлатилиши мумкин ва ишлатилади. Ҳозирча
авокадодан тайёрланадиган кўриниши йўқ. Пулингиз бўлса ҳам
авокадоли вариантини сотиб ололмайсиз. Агар сиз юқорида
ниманинг таърифи берилганини тушунган бўлсангиз, уни бошқа
сўзга адаштириб юбормасдан битта хорижий сўз билан ёзиб беринг.
Жавоб: Миринда.
Қабул эмас: Миранда.
Изох: Юкоридаги таърифлар PepsiCo компаниясига тегишли
Mirinda ичимлигига берилган. Таъриф кетма-кетлиги Миранда
коидаси кўринишида берилган эди. Биламизки, миранда қоидаси
АҚШда ҳуқуқ тартибот органлари томонидан жиноятда
гумонланаётган шахс қўлга олинганда ўқиб эшиттирилади. Саволни
ўқишдан олдинги кириш сўзи эса, Миранда қоидасидаги сизда сукут
сақлаш ҳуқуқи бор иборасига ишора эди.
Манба(лар): https://ru.m.wikipedia.org/wiki/Mirinda
Савол муаллифи: Жобир Ахмедов.
2-Тур, 12-савол, савол№24. Тарқатма материал.
__________________________________________________
___
У ясси, қисқа, бироқ бир тарафи етарлича кенг бўлиб, бошқа
тарафига қараб ингичкалашиб кетадиган гулни эслатади.
__________________________________________________
___
Қаршинггизда балиқ тутиш учун мўлжалланган аборигенлар
қуролига берилган таърифни кўриб турибсиз. Ушбу матнда учта
ҳарф тушириб қолдирилган бўлсада, улар ҳосил қиладиганни
қаршингиздаги тарқатмада кўриб турибсиз.
Савол ушбу ҳарфларни ёзиб беринг!
Жавоб: В, Е, Р.
Изоҳ: Вергул. Гап бумеранг ҳақида кетаётганди. Бундай бумерангни
шакли дарҳақиқат вергулни эслатади.
Иккинчи туримиз тугади. Бизда ўзига хос вергул. 5 дақиқа
танаффусдан сўнг ўйинимизни давом эттирамиз.
Манба(лар): https://ru.wikipedia.org/wiki/Бумеранг
Савол муаллифи: Умид Наримов.

III ТУР.
mad_max93August 15, 2022

3-Тур, 1-савол, савол№25.


Мирзакарим Норбековни ёзишича, биринчи марта очилган
ташкилот ҳар доим реал тажрибага эга бўлмаган ҳолда фантазиялар
асосига қурилади. Шунинг учун ҳам узоқ вақтга бормасдан қулайди.
Норбеков бундай ташкилотни Совун кўпигига қиёслайди. 2017 йили
яратилиб гиннеснинг рекордлар китобига киритилган Дуйсбург
шаҳридаги совун кўпигининг баландлиги 17 метрга яқин эди. Савол:
Совун кўпиги сўзлари билан алмаштирилган, бир ҳил ҳарфлар
билан бошланувчи учта сўзни ёзиб беринг!
Жавоб: Қумдан қурилган қаср.
Манба(лар):
1. Мирзакарим Норбеков: Тентакнинг тажрибаси 2, 92 бет.
http://library.samdu.uz/files/Тентакнинг тажрибаси
2. https://m.kun.uz/news/2017/09/01/germaniadagi-17-metrlik-kum-
kasri-ginnes-rekordlar-kitobiga-kirdi
Савол муаллифи: Умид Наримов
3-Тур, 2-савол, савол№26.
Диққат, саволда “Қиёмат кечаси” – алмаштириш.
“Қиёмат кечаси”да доим ғолиб аниқланади. Ҳаттоки дурранг ҳам,
томонлардан бирининг ғалабасини англатади. 1998 – йили дунё
юзини кўрган бошқа “Қиёмат кечаси”да ер “Қиёмат кечаси”га юз
тутишига бир баҳя қолган.
Диққат савол: Савол матнида қайси сўзни “Қиёмат кечаси”
сўзларига алмаштирдик?
Жавоб Армагеддон
Изоҳ: Саволнинг биринчи қисмида гап шахматдаги армагеддон
ҳақида кетмоқда. Иккинчи қисмида эса Майкл Бэйнинг
“Армагеддон” фильми ҳақида. Алмаштиришда фойдаланилган
“Қиёмат кечаси” эса Майкл Бэйнинг продюсерлик бошқа фильми.
Манба(лар):
1. https://ru.wikipedia.org/wiki/Армагеддон (шахматы)
2. https://ru.wikipedia.org/wiki/Бэй, Майкл
Савол муаллифи: Хаётилла Рахманов.
3-Тур, 3-савол, савол№27.
У биз учун ҳам бошқалар учун ҳам Таниш. Унинг машҳур асари XVI
асрда яратилган бўлсада, ўтган асрнинг эллигинчи йилларидан
бошлаб таржима қилиниб халққа таништирила бошланган.
Қуръонни ёддан билган деб кўриладиган бу инсон Наҳлий
тахаллуси остида девон ёзгани билан ҳам танилган. Савол: Бу
инсоннинг исмини ёзиб беринг!
Жавоб: Таниш
Қабул: Ҳофиз Таниш ал-Бухорий
Изоҳ: Унинг машҳур асари ҳисобланган “Абдулланома” ўтган
асрнинг эллигинчи йилларидан бошлаб таржима қилинган ва нашр
қилина бошланган. Савол матнида ишлатилган таниш,
таништирила бошланган, танилган каби сўзлар сизни ёзувчини
исмига етаклаши лозим эди. Уни устига Қуръонни ёддан билган
кишиларга нисбатан Ҳофиз сўзи ишлатилиши ҳам сизга ёрдам
берган деган умиддамиз.
Манба(лар):
1. Ҳофиз Таниш ал-Бухорий. “Абдулланома”
https://n.ziyouz.com/books/tarixiy/Hofiz%20Tanish%20al-Buxoriy.
%20Abdullanoma%20(Sharafnomayi%20shohiy).%201-kitob.pdf
2. https://ru.wikipedia.org/wiki/Хафиз-и Таныш Бухари
Савол муаллифи: Умид Наримов.
3-Тур, 4-савол, савол№28.
Армияси билан Ла-Маншни кесиб ўтиб, Британия ҳудудига қадам
босган Юлий Цезарь ўз кемаларини ёқиб юборишни буюрган.
Цезарнинг бу ҳаракати унга мисол бўла олади. У йигирма
саккизинчи. УНИ қандай аталашини бир нечта сўзлар билан ёзиб
беринг!
Жавоб: Томга олиб чиқиб, нарвонни олиб қўйиш;
Қабул: Аниқ жавоб.
Изоҳ: “36 та стратагем” ёки “36 та ҳарбий ҳийла”нинг 28-ҳийласи
“Томга олиб чиқиб, нарвонни олиб қўйиш” деб номланади ва бу усул
душманга эмас, ўз одамларига нисбатан қўлланилади. Бу усулнинг
ўзига хослиги шундаки, ҳар қандай қийин вазиятда қаршингиздаги
муаммони ечишдан бошқа йўл йўқ эканлигини кўрсатишдир. Қисқа
қилиб айтганда ё ғалаба қозонасан ёки ўласан. Ортга йўл йўқ.
Иккинчи турни биринчи саволида сизларга берилган тарқатма
материал жавобни тўғри ёзиб беришинггизда ас қотиши лозим эди.
Манба(лар):
1. https://ru.wikipedia.org/wiki/Тридцать шесть стратагем
2. http://www.orator.ru/cezar.html
Савол муаллифи: Умид Наримов
3-Тур, 5-савол, савол№29. Блиц. Блиц мавзуси Вьетнам
халқ мақоллари.
Блицнинг биринчи саволи. Вьетнам халқ мақолларидан бирида тўр
ва қармоқ айтиб ўтилади. Ушбу мақолнинг ўзбекча муқобилида
эслаб ўтиладиган атмосфера ҳодисаларини ёзиб беринг!
Блицнинг иккинчи саволи. Вьетнам халқ мақолларидан бирининг
иккинчи қисмида соч ўсиши таъкидланади. Ушбу мақолнинг
ўзбекча муқобилида эслаб ўтиладиган предметни ёзиб беринг!
Блицнинг учинчи саволи. Вьетнам халқ мақолларидан бирида
бонзалар, яъни будда динининг руҳонийлари ва сасиган майит
эслаб ўтилади. Ушбу мақолнинг ўзбекча муқобилида эслаб
ўтиладиган касб ва сутэмизувчини ёзиб беринг!
Жавоблар: 1. Ёмғир, дўл. 2. Дўппи. 3. Чўпон, қўй.
Изоҳ: 1. Тўрдан қочиб қармоққа илинди. Ёмғирдан қочиб, дўлга
тутилди.
2. Бош омон бўлса, соч ўсади. Бош омон бўлса, дўппи топилади.
3. Бонза кўп бўлса, маййит сасиб қолади (яъни, жаноза чўзилади.
Бонза — Будда динининг руҳонийси). Чўпон кўп бўлса, қўй ҳаром
ўлади.
Манба(лар): http://davronbek.ziyouz.com/?p=1633
Савол муаллифи: Умид Наримов
3-Тур, 6-савол, савол№30.
1995 йили чоп этилган асарда "Маданий моллар" дўкони эгаси учун
ИКС 38 минг сўмга тушган. 1908 йили Бельведер Галереяси
иштирокида тузилган олди-сотди шартномасида ИКС 25 минг
Австрия кронасини ташкил қилган. Савол ИКСНИ бир ҳил ҳарф
билан бошланувчи иккита сўз билан ёзиб беринг!
Жавоб: Бўсанинг баҳоси.
Изоҳ: Саволнинг биринчи қисмида гап 1995 йилда чоп этилган Саид
Аҳмаднинг "Бир ўпичнинг баҳоси" ҳикояси ҳақида кетмоқда.
Ҳикояда "Маданий моллар" дўкони эгаси бўлган аёл бегона эркак
билан ўпишганини эри билмаслиги учун ўзини шантаж қилган
болага 38 минг сўмлик товар молларни бепул беришга мажбур
бўлган. Густав Климтнинг "Бўса" картинасини 1908 йили Бельведер
Галереяси 25 минг Австрия кронаси эвазига сотиб олган.
Манба(лар):
1. https://ziyouz.uz/ozbek-nasri/said-ahmad/said-ahmad-bir-
opichning-bahosi-hajviya/
2. https://kulturologia.ru/blogs/011215/27401/
3. https://ru.wikipedia.org/wiki/Поцелуй (картина Климта)
Савол муаллифи: Рушана Ражабова.
3-Тур, 7-савол, савол№31.
“Ички бармоқ” номли аксессуар конструкциянинг ташқарисида
бўлса ҳам, ичкаридаги муаммони ҳал қилади. Савол: ушбу аксессуар
учрайдиган конструкцияларнинг умумий номланишини ёзиб
беринг!
Жавоб: “шоҳли” противогазлар.
Қабул: Противогаз “Яккашоҳ”, Противогаз Ш-1 ва “шоҳли”
противогазларнинг бошқа турлари.
Қабул эмас: Противогаз ва шоҳли противогаз ҳисобланмайдиган
бошқа противогаз турлари.
Изоҳ: Ш-1 противогазлари одамлар орасида “Единарог” яъни
“Якшоҳ” номини олган. Шунингдек бу каби противогазлар шоҳли
противогазлар ҳам дейилади. Улардаги шоҳчани номи “ички
бармоқ”. Ўйлаймизки Заковат экран ўйинларининг ёзги мавсуми 3-
ўйинида иштирок этган Нодира Турғунова ёки Экспромт жамоаси
бу саволга тўғри жавоб топа олган.
Манба(лар): https://udachnyj-enot.com.ua/dlya-chego-u-protivogaza-
sh-1-rog-na-lbu/
Савол муаллифи: Умид Наримов
3-Тур, 8-савол, савол№32. (Бошловчи жавобни айтаётганда
“Дунё сени тоғангмас” қўшиғини қўйиб эшиттириши мақсадга
мувофиқ)
Саволда Осиё сўзи алмаштирилган.
ismlar.com сайтидаги маълумотларга кўра, арабча сўздан келиб
чиққан ОСИЁ исми асосан қизларга қўйилади. ОСИЁ бир нечта
маънолар билан бирга, катта, бағри кенг инсон каби маъноларни
ҳам билдиради. Ўзбек сериалларидан бирида доим ўгай
фарзандларининг кўнглига қарайдиган она ҳам ОСИЁ эди. Савол:
бу каби қариндошлик алоқалари бўлишини инкор қилган инсон
ким эди?
Жавоб: Java.
Қабул: Жавоҳир Абдухолиқов Икром ўғли, Жавоҳир Абдухолиқов,
Ж.Абдухолиқов, Rouzi.
Қабул эмас: “Дунё сени тоғангмас” қўшиғини муаллифи.
Изоҳ: Осиё сўзи Дунё исмига алмаштирилганди. Яқинда Java
ижодига мансуб “Дунё сени тоғангмас” қўшиғи ҳит даражасига
кўтарилди. Қўшиқ матнида дунё нафақат инсонни тоғасимаслиги,
балки, амакиваччаси, отаси ва онаси ҳам эмаслиги, унинг кўнглиги
қарамаслиги айтилади. “Журналист” сериалида Дунё образини
яратган аёл ўзининг ўгай фарзандларини кўнглиги доимо қараб
келган.
Манба(лар):
1. https://ismlar.com/uz/name/Dunyo
2. “Журналист” сериали, иккинчи фасли сериялари.
3. https://daryo.uz/k/2022/07/24/dunyo-sening-togangmas-deb-
internetni-portlatayotgan-java-kim-ozi-u-nega-yuziga-niqob-taqib-
yuradi-video/
Савол муаллифи: Умид Наримов
3-Тур, 9-савол, савол№33.
Санъатшуноснинг фикрича, 1834 йили Тула губерниясида туғилган
бу инсон турмуш ўртоғининг вафоти ва ўғли билан
муносабатларини ёмонлашувидан сўнг ўзи билан ўзи овора бўлиб
қолади. Ёлғизлиги сабаб умрининг сўнги йилларини чуқур руҳий
тушкунликда ўтказган. Савол: Ким бу инсон?
Жавоб: Григорий Мясоедов.
Изоҳ: Биринчи турнинг 5-саволида Григорий Мясоедовнинг “Ўзим
билан ўзим, ёки шахмат ўйини” картинасида ўзи билан ўзи шахмат
ўйнаётган кекса мўйсафид акс этгани ҳақида маълумот берилганди.
Санъатшуноснинг фикрича, картинада Григорий Мясоедов ўзини
акс эттирган. Савол матнида ўзи билан ўзи овора бўлиб қолгани ва
ёлғизлиги юқоридаги картинага ишора эди. Умид қиламизки, ўша
саволда жавоб сифатида тарқатилган картинанинг нафақат номига,
балки муаллифига ҳам эътибор бергансиз.
Манба(лар):
1. https://ru.wikipedia.org/wiki/Сам с собою, или Игра в шахматы
2. https://ru.wikipedia.org/wiki/Мясоедов, Григорий Григорьевич
Савол муаллифи: Умид Наримов
3-Тур, 10-савол, савол№34.
Халқ табобатида ИКС кенг қўлланилади. Рассом Омид Асади ИКС
ларда ажойиб санъат асарларини яратиши билан машҳур бўлган.
Бугунги кунда ИКС билан ифодаланувчи термин ҳам мавжуд бўлиб,
унинг моҳиятини Магнус эффекти билан тушунтириб бериш
мумкин. ИКСнинг илк ижрочиси Рубенс Салес ҳисобланади. Диққат
савол: ИКСни иккита сўз билан ёзиб беринг.
Жавоб: Қуруқ барг.
Изоҳ: Айрим ўсимликларнинг қуритилган барглари табобатда
қўлланилади. Рассом қуруқ баргга суратлар чизади. Футболдаги
қуруқ баргнинг илк ижрочиси аргентиналик Рубенс Салес бўлган
экан. Магнус эффекти — айланаётган жисмга хаво оқимининг
ҳаракати натижасида пайдо бўлувчи физик ҳодиса. Бунда жисмга
таъсир этувчи ва оқим йўналишига перепендикуляр куч ҳосил
бўлади.
Манба(лар):
1. https://instagram.com/omidasadiart?igshid=YmMyMTA2M2Y=
2. https://ru.wikipedia.org/wiki/Сухой лист
Савол муаллифи: Жобир Ахмедов
3-Тур, 11-савол, савол№35.
Бир фильмда машинистсиз катта тезликда ҳаракатланаётган
поездни тўхтатиш учун бошқа бир локоматив поездни орқасидан
қувиб етади ва сўнгги вагонга уланиб тормоз босиш орқали
ҳаракатланаётган поездни тўхтатишга уринади. Фильм персонажи
ушбу ҳолатни УНГА қиёслайди. Молиячи Тони Тернернинг
ўхшатиш қилишича, биржада ҳар куни У бўлиб ўтади. УНИ иккита
сўз билан ёзиб беринг!
Жавоб: Арқон тортиш.
Изоҳ: Молиячи Тони Тернер биржада кузатиладиган нархларнинг
ўзгаришини айиқ ва буқа ўртасидаги арқон тортишга ўхшатган.
Манба(лар):
1. “Неуправляемый (2010)” (01:15:10-01:15:20)
https://kinogo.io/8597-neupravljaemyj-2010.html
2. https://kartaslov.ru/Синонимы к словосочетанию «перетягивание
каната»
Савол муаллифи: Умид Наримов.
3-Тур, 12-савол, савол№36.
Стивен Кингнинг қахрамонлари бўлган эр-хотин Гремлар Вилло
шаҳарчасига олиб келадиган йўлни топишга қийналишади.
Виллони тарк этаётган Жон Грем шаҳарчага қайтиб келиш учун БУ
ИШНИ ҚИЛАДИ. Савол: 1812 йили нашр қилинган тўпламда ким
БУ ИШНИ ҚИЛГАНИНИ ёзиб беринг!
Жавоб: Гензель
Қабул эмас: Гретель
Изоҳ: Жон Грем Вилло шаҳарчасига олиб борадиган йўлни унутиб
қўймаслик учун юрган йўлига нон ушоқларини ташлаб кетган. Ака-
ука Гриммларнинг эртагида Гензель ўрмонга кетаётганда уйига
олиб борувчи йўлни топиш учун юрган йўлига нон ушоқларини
ташлаб кетган.
Биз жамоалардан стол устидаги нон ушоқларини, егулик
қолдиқларини, тарқатма материалларни, қоғоз ва бошқа
кўринишдаги предметларни ташлаб кетмасликларини сўраймиз.
Бугунги ўйинимиз тугади.
Манба(лар):
1. https://ziyouz.uz/jahon-nasri/stiven-king/stiven-king-dahshatli-
yomgir-hikoya/
2. https://www.grimmstories.com/ru/grimm_skazki/genzel_i_gretel
3. https://ru.wikipedia.org/wiki/Гензель и Гретель
Савол муаллифи: Умид Наримов

Farg’ona
I tur
mad_max93August 22, 2022

Farg’ona jamoasi garchi 1-ligada ishtirok etsada prof ligada navbatchilik


berilgani uchun minnatdorchilik bildiradi!
1-savol
Buyuk Britaniya qiroli Georg VI 1952-yil 6-fevralida vafot etadi. Shundan
so’ng ko’plab davlat rahbarlari qatori Qirol Xokon VII Londonga Georg
VIning so’nggi yo’lga kuzatish marosimiga ketadi va bu ishni Qirol Xokon
VII o’rniga uning nabirasi Rangxilda amalga oshiradi.
Diqqat savol: BU ish o’rnidagi bir xil harf bilan boshlanuvchi uch so’zni
yozib bering?
Javob: Oslo olimpiadasini ochish
Izoh: Ma’lumki olimpiada o’yinlarini olimpiada o’tkazilayotgan
mamlakat rahbari ochib beradi. 1952 yilgi qishki olimpiada o’yinlari esa
Osloda bo’lib o’tgan. Qirol Georg VIning dafn marosimiga ketgan Xoqon
VIIning o’rniga bu ishni nabirasi Ranghilda amalga oshirgan. Odatda
bilamizki qishki olimpiada o’yinlari fevral oyida bo’lib o’tadi
Manba: https://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%97%D0%B8%D0%BC
%D0%BD%D0%B8%D0%B5_%D0%9E%D0%BB%D0%B8%D0%BC
%D0%BF%D0%B8%D0%B9%D1%81%D0%BA%D0%B8%D0%B5_
%D0%B8%D0%B3%D1%80%D1%8B_1952
2-savol
Savolda almashtirish bor
Internet saytlaridan biriga joylashtirilgan " Mashhur insonlar Starbucks
[Starbaks] ga qahva harid qilgani kirganida" nomli hazillar toʻplamida
quyidagicha izohni oʻqishimiz mumkin: "BIRINCHI qaynoq qahvani
ataylab IKKINCHI ustidan quyib yuboradi. IKKINCHI esa bunga parvo
qilmay, qahvasini ichishda davom etadi". Diqqat savol: BIRINCHI va
IKKINCHI oʻrnidagi insonlarni toʻgʻri ketma-ketlikda yozib bering.
Javob: de Sad va Mazox
Qabul: "Sad" va "Mazox" soʻzlari bor boʻlgan javoblar.
Izoh: de Sad — Sadizm ya'ni "birovlarni qiynashdan rohatlanish"
tushunchasiga, Mazox esa — Mazoxizm "oʻzini qiynashdan rohatlanish"
tushunchasiga asos solgan.
Manba:
1) http://slatestarcodex.com/2015/01/25/a-philosopher-walks-into-a-
coffee-shop/
2)
https://ru.m.wikipedia.org/wiki/%D0%A1%D0%B0%D0%B4%D0%B8
%D0%B7%D0%BC
3)
https://ru.m.wikipedia.org/wiki/%D0%9C%D0%B0%D0%B7%D0%BE
%D1%85%D0%B8%D0%B7%D0%BC
3-savol
Iqtisodga oid bir blog muallifi, yurtimizdagi soʻngi yillarda kimoʻzarga
qilinayotgan toʻylar haqida yozar ekan buni UNGA misol qilib keltiradi.
U haqidagi maqolalardan birida Elvis Preslining gamburger yeyish
uchun 5000 gallon yoqilgʻi sarflab Memfisdan Denverga shaxsiy
samalyotida uchgani, Bruney Sultoni Xassanal Bolkiax oʻzining 50 yillik
yubileyi uchun 17 million dollar sarflab Maykl Jeksonni olib kelgani eslab
oʻtiladi. Diqqat savol: UNI atoqli ot ishlatgan holda ikki soʻzda yozib
bering.
Javob: Veblen effekti
Izoh: Torsteyn Bunde Veblen tomonidan 1899-yilgi kitobida keltirib
oʻtilgan atama. Biror bir inson biror bir tovar yoki hizmat uchun ehtiyoji
boʻlmasada, lekin, oʻzining iqtisodiy imkoniyatlarini koʻrsatish istagi
Veblen effektiga misollardan biri.
Manba(lar):
1)
https://ru.m.wikipedia.org/wiki/%D0%AD
%D1%84%D1%84%D0%B5%D0%BA%D1%82_
%D0%92%D0%B5%D0%B1%D0%BB%D0%B5%D0%BD%D0%B0
2)
https://healthy-food-near-me.com/veblen-consumer-effect-why-do-we-
spend-so-much-money/
3)
https://t.me/Iqtisodplus/1206
4-savol | Bundan keying savolga tarqatma material bor
Toshkentda joylashgan USHBU kafe nomiga nazar solar ekansiz, kafeni
JAZirama havo butunlay tark etganini emas aksincha bir musiqiy
yo'nalishni ko'rishingiz mumkin. Aslida nomi tinchlanish, orom olish
degan ma'noni beruvchi bu kafe nomini yozib bering.
Javob: Chillout
Izoh: Kafe nomi huddi Chilla out so'zlarini eslatib yuborsada bu aslida
musiqa janrining nomi. Savol matnida Jazirama so'zi bekorga
foydalanilmadi.
Manba:
https://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%A7%D0%B8%D0%BB
%D0%B0%D1%83%D1%82
5-savol | Bundan keying savolga tarqatma material bor
Tarqatma material
Yoshlar telekanali orqali efirga uzatiluvchi, mashhur san'atkor va
ijodkorlar bilan, ularning hayoti, boshidan kechirganlari haqida suhbat
olib boriluvchi ko'rsatuv X deb nomlanadi. Qo'lingizdagi suratda ham
qaysidir ma'noda X ni ko'rib turibsiz.
Diqqat savol: X ni bir xil harf bilan boshlanuvchi 3 ta so'zda yozib bering.
Javob: Yulduzlar yurgan yo’l
Izoh: Yoshlar TVda mashhur ijodkorlarni hayot yóli va muvaffaqiyat
erishish yóllari haqida suhbat qilinadi va ramziy manoda yulduzlar
yurgan yol deb ataladi. Tarqatmada esa siz oskar mukofoti
topshiriladigan binodagi qizil yólakni korib turibsiz. Bu yólakni esa
albatta yulduzlar turgan yól deb atash mumkin.
6-savol | Bundan keying savolga tarqatma material bor
Tarqatma material
__________________________________
That was a real --------
__________________________________
Oskar mukofoti topshirish marosimida stendap-komik Kris Rok Uill
Smitni rafiqasi haqida qilgan hazil QATORlari uchun Uillning
ZARBAsini qabul qilib olganini yaxshi bilsangiz kerak. Ushbu voqea
tasvirlangan video ostiga bir YouTube foydalanuvchisi tomonidan
qo'lingizdagi tarqatma materialdagi komment yozib qoldirilgan.
Diqqat savol: Biz tarqatmada yashirgan, ikki o'zakdan tashkil topgan
bitta inglizcha so'zni yozib bering.
Javob: Punchline
Izoh: Stendap komiklarda, reperlarda va ko'pgina zamonaviy so'z
ustalarida mo'ljaliga aniq yetib boradigan yorqin, kuchli satirik hazillar
qatori Punchline deyiladi. Punch line so'zi inglizcha punch-zarba va line-
qator so'zlaridan kelib chiqqan. Savoldagi zarba va qator so'zlari ham
sizga yordam berishi kerak edi.
7-savol
Tarqatma material
Bu mukofot rus tilidagi adabiy asarlar uchun ta’sis etilgan tanlov bo'lib,
2000 yildan 2016 yilgacha o'tkazilib kelingan. 2011 yilgacha yosh
chegarasi 25 yoshni tashkil etgan bo’lsa, 2011 yildan 35 yoshgacha etib
belgilangan. Diqqat savol: mukofot nomini o’zbekcha bo’lmagan bir
so’zda yozib bering!
Javob: Debyut
Izoh: Mukofot nomi Debyut mukofoti, Suratda ham Siz Ronalduning
MYudagi debyutini ko'rib turibsiz.
8-savol
Biz sizdan so'ramoqchi bo'lgan termin asrimizning so'nggi 10 yilligida
o'zining aktualligiga erishgan bo'lib, ostrasizmni zamonaviy ko'rinishi
hisoblanadi. Joan Roullingni transfob ekanligi, Lana Del Reyning
antifeministligi yoki videoblogger Jennu Marblsning gender tengligi
haqidagi noodatiy fikrlari uchun internetda va hayotda ko'plab insonlar
tomonidan RAD ETILGANI ushbu terminga yaqqol misol bo'la oladi.
Diqqat savol: siz shu terminni bir xil harfdan boshlanuvchi ikkita
inglizcha so'z bilan yozib bering.
Javob: Cancel Culture
Izoh: cancel culture- (культура отмены) Yevropa va AQShda paydo
bo'lgan ijtimoiy-siyosiy termin bo'lib, qadimgi Afinadagi ostrakonlar
orqali ovoz berib, biror fuqaroni jamiyatdan quvg'in qilishga o'xshab
ketadi. Cancel Cultureda biror shaxs (odatda mashhurlar) ommaviy
fikrlashlardan farq qiluvchi, noodatiy va ko'pincha negativ effektga ega
bo'lgan nuqtai nazarlari uchun internetda va hayotda ko'pchilik tarafidan
"rad etiladi". Ushbu atama odatda so'z erkinligi va senzura haqidagi
debatlarda negativ konnotatsiyaga ega bo'ladi.
9-savol
Diqqat savolda BU ISHNI QILISH so'zlari boshqa so'zlar bilan
almashtirilgan.
Aslida buyuruq bo'yicha bu ish 1941-yil 8-dekabrda amalga oshirilishi
lozim edi. Lekin bu ishni qilish 1941-yil 7 - dekabr, soat 7:48 da
boshlanadi. Buyuruqni bunday chetlab o'tilishiga asosiy sabab esa yo'lda
UNI joylashganligi edi. Diqqat savol: UNI 3 so'z bilan aniq yozib bering.
Javob: Kun almashinuv liniyasi
Qabul: sana o'zgaradigan chiziq
Izoh: Sezganingizdek, bu ishni qilish-Perl Xarborga hujum qilish edi.
Yapon dengiz kuchlari komandirlari hujumni 8-dekabrda amalga
oshirishga buyuruq bergan. Yaponiya va Gavayi orollari orasida
joylashgan Kun almashinuv liniyasi esa buyuruqni chetlab o'tilishiga
asosiy sabab edi. Xujum vaqtida Yaponiyada 8- dekabr edi.
Manba:
1. https://en.m.wikipedia.org/wiki/Attack_on_Pearl_Harbor
2. https://oceanservice.noaa.gov/facts/international-date-
line.html#:~:text=The%20international%20date%20line%2C
%20established,longitude%20line%20in%20Greenwich%2C
%20England.
10-savol
2009-yilda Bob Peter rejissyorligidagi animatsion filmda bir
personajning maʼlum bir toifadagi kishilarga yordam berishi va himoya
qilishi, lekin personajni hech kim himoyasiga olmaganligini kuzata turib
savol muallifiga uning ismi ramziy maʼnoga egadek tuyiladi.
Diqqat savol: Personaj ismini yozib bering?
Javob: Rassel
Izoh: Bu "Tepaga" multfilmidagi qariyalarga yordam berish uchun yorliq
olishga uringan Rassel edi. Mashhur Rassel paradoksidagi sartarosh
hammaning sochini oladi, lekin sartaroshning sochini kim oladi?
Manbalar:
1. https://g.co/kgs/ybp28Z
2. https://g.co/kgs/eVgvAx
11-savol | Bundan keyingi savolda tarqatma material bor
1992-yilgi yozgan kitobida U ayollarga ehtiyotkorlik bilan gapirish
kerakligini, ayollar qalbi dengizdek o'zgaruvchan ekanligini ta'kidlaydi.
1999-yili esa "Bolalar – Osmondan" kitobini chop ettiradi.
Diqqat savol: Uni kimligini yozib bering.
Javob: Jon Grey.
Izoh: U o'zining "Erkaklar Marsdan, ayollar Veneradan" asarida ayollar
psixologiyasiga alohida to'xtalib o'tgan. Venera ham dengiz ko'pigidan
paydo bo'lganini bilasiz. 1999-yili esa o'zining mashxur asarini mantiqiy
davomini chop ettiradi.
Manba: "Erkaklar Marsdan, ayollar Veneradan" Jon Grey; "Bolalar –
Osmondan" Jon Grey.
12-savol
Tarqatma material
_______________________________________
donya iki dudu pamane,
utawa dudu ponakanmu.
_______________________________________
2019-yilgi ma'lumotlarga ko'ra, U o'z toifasida dunyoda eng keng
qo'llanilayotganlaridan biri bo'lib, tahminan 9 millonta foydalanuvchisi
bor. Boshqa bir UNDAN esa bugungi kunda dunyoda 82 milliondan ortiq
odam kundalik turmushda foydalanadi. Siz-u bizni dunyomizda yaxshi
tanilib ulgurgan boshqa bir UNDAN ijro etilgan ijod maxsuli esa sizni
qo'lingizda turibdi. Diqqat savol: U bilan almashgan ikki so'zni yozib
bering.
Javob: Java tili
Izoh: Java dasturlash tili Indoneziyadagi Yava oroli eksport qiladigan
mashhur Java kofelari sharafiga nomlangan. Yava-inglizchada Java
bo'ladi. Java oroli aholisi esa mahalliy Java tilidan foydalanadi. Siz
qo'lingizdagi tarqatma materialda Java ijrosidagi mashhur qo'shiqni
Indoneziyadagi Java tiliga tarjimasini ko'rib turibsiz. Savolda va
tarqatma materialdagi qayta-qayta takrorlangan dunyo so'zi sizga
yordam berdi deb o'ylaymiz. Savolni topa olmagan jamoalar uchun
tarqatma materialdagi so'zlarni o'zbekchasini aytib o’taman: "dunyo
sening tog'angmas yo amakivachchangmas". :)

II tur
mad_max93August 22, 2022

13-savol
Blits.
1. 1940-yilda tug'ilgan bu shaxs "Казахстанский путь", "Стальной
профиль Казахстана" va "Кремлёвский тупик" asarlari muallifidir. Bu
shaxsning ism-familiyasini yozib bering.
2. Oʻzbek milliy musiqa sanʼati instituti rektori sifatida ham faoliyat
yuritadigan bu shaxs 2014-yilda "El yurt hurmati" ordeni bilan
mukofotlangan. Bu shaxsning ism familiyasini yozib bering.
3. 1976-yil Asakada tavallud topgan bu shaxsning familiyasi haqida hech
qayerda aniq ma'lumot keltirilmagan, ammo otasining ismi Anvarjonligi
haqida ma'lumot bor. Bu shaxsni biz qaysi nom ostida tanishimizni yozib
bering.
Javoblar:
1. Nursulton Nazarboyev
2. Ozodbek Nazarbekov
3. Sevara Nazarxon
Manba:
https://uz.wikipedia.org/wiki/Nursulton_Nazarboyev
https://uzmmsi.uz/rahbariat.html
https://uz.wikipedia.org/wiki/Sevara_Nazarxon
14-savol
"Yigit kishiga 40 hunar oz" iborasini eshitgan savol muallifi MINGni esga
oladi. MING haqidagi maqolada rulda telefonda gaplashish oqibatidagi
avtohalokatlar statistikasi ham keltirilgan. Biz yuqoridagi bir so'zda ikki
marta bir nechta harflarni tushurib qoldirdik, siz o'sha so'zni asl holida
yozib bering.
Javob: Multitasking
Izoh: Multitasking atamasi - bir vaqtning o'zida bir nechta vazifani rasvo
bajarishni anglatadi.
Manba: https://en.m.wikipedia.org/wiki/Human_multitasking,
SMSHT
15-savol
ALFA paradoksining mohiyati shundaki ALFA qanchalik uzoqlashgani
sari shunchalik yaqinlashaveradi. Versiyalardan biriga ko'ra ALFA
paradoksi dangasa insonlar tomonidan o'ylab topilgan. Diqqat savol:
ALFA o’rnida bir so’zni yozib bering!
Javob: Dushanba
Izoh: Dushanba paradoksining mohiyati shundaki sutkalar o’tib borishi
tufayli dushanbaning uzoqlashishi Dushanbaning yaqinlashishiga olib
keladi.
16-savol
Tori Telferning "Qotil Xonimlar: Tarixdagi eng halokatli ayollar" kitobi
haqidagi maqola sarlavhasi BU ISHNI QILISHga chorlaydi. Bu ishni
qilishga chorlov ilk marotaba 1854-yilda Fransiyada yangragan edi. Siz
ham bu ishni qiling va bizga istalgan birini ismini yozib bering.
Javob: Istalgan qiz yoki ayolning ismi
Izoh: Kitob tarixdagi eng ashaddiy qotil ayollar haqida. Maqola nomida
Cherchez la Femme (shershe lya fam) iborasini ko'rishimiz mumkin.
"Ayolni qidiring" deb tarjima qilinuvchi bu ibora ilk marotaba 1854-yilda
Aleksandr Dyuma (Ota) tomonidan ishlatilgan va shundan keyin detektiv
asarlarda klishega aylanib ketgan. Biz ham sizdan ayolni qidirishni
so'radik, umid qilamizki qiynalmay topdingiz.
Manba:
https://www.npr.org/2017/10/14/555690824/lady-killers-cherchez-la-
femme-fatale
17-savol
2020-yil yozida Championat.asia saytida chiqqan maqolada Shalkening
murabbiyi bo'lishi kutilayotgan Raul haqida, Bavariyaning o'smirlar
jamoasi murabbbiyi Miroslav Kloze, Frenk Lempard, Mikel Arteta, Xavi,
Patrik Viera va yana bir nechta ana shu avlodga tegishli bo'lgan
futbolchilar haqida eslab o'tilgan. Maqola nomida esa bu yo'lni
allaqachon bosib o'tishga ulgurgan shaxs familiyasi uchraydi. Diqqat
savol: maqola nomini biri ikkinchisidan bitta harfga ko'pligi bilangina
farq qiluvchi 2 ta so'zda yozib bering!
Javob: Zidan izidan
Izoh: Maqola futbolchilik faoliyatini yakunlab murabbiylikka qadam
qo'ygan sobiq yulduzlar haqida edi. Barchangizga ma'lumki ular orasida
murabbiylikda eng tez omadi chopib yutuqlarga erishgani shubxasiz
Zayniddin Zidan.
Manba:
https://championat.asia/uz/news/zidan-izidan
18-savol
2018-yil "Flamengo" futbol jamoasida BU ISH sodir boʻladi. BU ISH
2021-yilda Disneyda ham sodir boʻldi. Diqqat savol: BU ISH oʻrnidagi
ikki soʻzni yozib bering!
Javob: Vinnining ketishi
Izoh: Viniciuc Junior 2018-yilda Flemengodan ketib Real Madrid
jamoasiga oʻtadi. Oʻtgan yili esa Disney Vinni Puxga boʻlgan mualliflik
huquqidan ayrildi.
Manbalar:
1. https://g.co/kgs/3i4hJq
2. https://uz.wikieto.ru/wiki/winnie_the_pooh_(disney_character)
19-savol| Bundan keying savolda tarqatma material bor
Savdo flotiga tegishli bo'lgan "Sintiya Olson" yuk tashuvchi kemasi
cho'ka boshlaganida kema kapitani barcha ekipaj azolarini qutqaruv
qayiqlariga olib o'tishga va halokat signallarini yuborishga muvaffaq
bo'ladi. Lekin yordamga hech kim yetib kelmaydi. Ekipajning barcha 35
a’zosi dom-daraksiz ketadi. Diqqat savol: siz bizga bu voqea bo'lib o'tgan
vaqtni maksimal aniqlikda yozib bering.
Javob: 1941-yil, 7-dekabr, soat 7-8 lar atrofida.
Izoh: Halokat signalini birinchi bo'lib eshitgan boshqa bir kema Lurline
bir vaqtni o'zida Perl Xarbordga xujum signallarini ham qabul qilib oladi.
Barcha e'tibor Pearl Xarborga qaratilib, Sintiya Olson ekipaji
qutqarilmay qoladi. Shuningdek, qutqaruvga yapon suv osti kemalarini
xujum qilish ehtimoli ham halaqit beradi.
Manba:
1. https://www.west-point.org/users/usma1955/20315/PH_1.htm
2. https://en.m.wikipedia.org/wiki/SS_Cynthia_Olson
20-savol| Bundan keyingi savolga tarqatma material bor
Tarqatma material

Savol matnida almashtirish bor.


Kolumbiya milliy jamoasi bosh murabbiyi Karlush Keyrush Kopa
Amerikaning chorak finalida Chiliga qarshi kechgan o‘yin hakamlarini
tanqid ostiga olib intervyusida "Futbol ma’budlari SHUNDAY BO'LIB
QOLGAN" deb fikr bildiradi. Tarqatma materialda esa SHUNDAY
BO'LIB QOLGAN Sherozni ko'rib turibsiz. Diqqat savol: SHUNDAY
BO'LIB QOLGAN o'rnidagi 3 so'zni aniq yozib bering.
Javob: Esi og'ib qolgan.
Qabul: Faqat aniq javob.
Izoh: Keyrus Chiliga uchralgan mag'lubiyatdan so'ng matbuot
anjumanida "Futbol ma’budlari esdan og‘ib qolgan. Darvozadan 40 metr
narida ofsayd qayd etilgan bo‘lsa, o‘yinni davom ettirishga yo‘l qo‘yib
bo‘lmaydi. Biz o‘ynashda davom etishimiz kerakmi-yo‘qmi, buni
bilmaymiz. Agar himoyachi qizil kartochkaga tortadigan fol ishlatishga
qaror qilsa nima bo‘ladi?" - deb aytib o'tgan. Tarqatma materialda esa
"E"si ya'ni E harfi og'ib qolgan Sherozni ko'rib turibsiz.
Manba: https://m.tribuna.uz/oz/news/2019/06/30/karlush-keyrush-
futbol-mabudlarining-esi-oib-olgan?q=%2Fnews
%2F2019%2F06%2F30%2Fkarlush-keyrush-futbol-mabudlarining-esi-
oib-olgan
21-savol Tarqatma material
Tarqatmadagi moʻylov oʻstirish uslubining nomi IKS. 1971-yilgi bir
filmda qahramon, DO’STI bilan suhbatda IKS bilan birga qofiyadosh
ismni ham eslab oʻtadi. Diqqat savol: Qaysi ismni?
Javob: Jorj
Izoh: Uchrashuv kinokomediyasida qishloqdoshining yangi ismini eslay
olmay "Morjmiye Jorjmiye" jumlasini ishlatadi. Morjlarda ham suratdagi
kabi moʻylov mavjud.
Manba:
1. https://bbarber.ru/stati/vidy-modnykh-muzhskikh-usov-2018/
2. Uchrashuv filmi 12-15 daqiqalar
22-savol Tarqatma material

Aytish mumkinki, siz birinchi rasmda koʻrayotgan inson SHUNDAY


DELTA. Savol muallifining fikricha ikkinchi rasmda honaga koʻrk
qoʻshib turgan BETAni "BUNDAY" deb hisoblash mumkin. "Oʻtgan
kunlar" asaridagi bir dialogda Mirzakarim Qutidorning Otabekka “chin
savdogar ekansiz, oʻrisning shamayigacha borgan ekansizda” deb aytgan
gaplariga Akram xoji SHUNDAY DELTA, BUNDAY BETTA deb javob
beradi. Diqqat savol: SHUNAY DELTA va BUNDAY BETA oʻrnidagi toʻrt
soʻzni yozib bering.
Javob: Yurgan Daryo, Oʻtirgan bo’yra.
Izoh: Birinchi rasmda yurib ketayotgan Shuhrat Daryoni, ikkinchi
rasmda esa qamishdan toʻqiladigan gilam–bo‘yrani ko’rib turibsiz. U esa
xonaga "oʻtirgan" deb hisoblash mumkin. Darvoqe, Delta shuningdek
geografik atama ham.
23-savol| Keyingi savolga tarqatma bor
Savolda almashtirish bor
Gomerning qaydlariga ko'ra, Yelenaning eri Menelay, Atridlarni
obro'sizlantirish, tahqirlash maqsadida BU ISHNI QILISHni taqiqlaydi.
Spursarmy.com futbol blogidagi bir maqola ostiga Lukas Moura 2019 yil
may oyida "BU ISHNI QILGAN" deya izoh qoldirilgan. Diqqat savol: BU
ISHNI QILISH deganda nima nazarda tutilmoqda?
Javob: AYAKSNI KO'MISH
Izoh: Menelay Ayaksni jasadi xor bo'lishini xoxlagan. Tottenham
hujumchisi Lukas Moura Yevropa chempionlar ligasi yarim final javob
uchrashuvida Ayaks darvozasiga 3 ta to'p kiritiib "Ayaksni ko'mib" qo'ya
qolgan edi.
24-savol
Tarqatma material

Umid qilamizki navbatdagi savolimiz sizni stresssga tushurib qo'ymaydi.


Yaqinda bergan intervyusida Jozef, yangi suratga olinayotgan Top Gun
Maverick filmi ustida ishlashdan shaxsan Tom Kruzni o'zi ozod qilganini
aytib o'tadi. Diqqat savol: Biz sizdan Jozefni to'liq ismi sharifini
so'ramaymiz, bizga uni o'zi tanlagan va uni dunyoga mashhur qilgan 3 ta
inglizcha so'zni aniq yozib bering.
Javob: Twenty One Pilots
Qabul: faqat aniq javob.
Izoh: Jozef Teylor, mashhur Twenty One Pilots musiqiy guruhini
asoschisi hisoblanadi. Ingliz tilidan 21 ta uchuvchi deb tarjima qilinuvchi
bu guruhni topishda balki sizga Jozefni davrimizning uchuvchilar
haqidagi eng kassabop filmi ustida ishlayotgani yoki qo'lingizdagi
tarqatma materialda siz ushlab turgan 21 ta uchuvchi surati yordam
bergandir. Darvoqe, guruhning eng xit qo'shiqlaridan biri Stressed out
hisoblanadi. Biz ham sizlarga stresslarni yoyib kelish imkoniyatini
bermoqchimiz)

III tur
mad_max93August 22, 2022

25-savol
Yaqinda Texasdagi maktabda bo'lib o'tgan navbatdagi qurolli voqeadan
keyin, AQSH maxsus xizmatlarining juda sust harakat qilishi omma
tanqidlariga sabab bo'ldi. Bir Reddit tarmog'i foydalanuvchisi kinoya
bilan Texasda bu abbreviatura "kutib o'tirib shavqatsiz harakatlanish"
deb rasshifrovka qilinishi mumkinligini aytadi. Siz bizga shu
abbreviaturani yozib bering.
Javob: SWAT
Izoh: Maxsus guruhni va politsiyani juda sekin xarakatini tanqid qilar
ekan, foydalanuvchi Special Weapons Attack Team ya’ni SWAT
abberiaturasini "sit wait act tough " deb yoyib beradi.
26-savol| Keyingi savolga tarqatma bor
BU ISHNI rimliklardan oldin birinchi bo'lib Ligurlar, Etrusklar, Keltlar,
Veneti, Umbri va boshqa xalqlar qilishgan. 2008-yilda premyerasi
boʻlgan bir animatsiyada esa BU ISHNI qoplon amalga oshiradi. Diqqat
savol: BU ISH oʻrnidagi uch soʻzni yozib bering?
Javob: Poga hujum qilish
Izoh: Rimliklardan oldin yuqoridagi qabilalar Po daryosiga hujum
qilishgan. "Kungfu panda" multfilmida esa qoplon Taylung Poga hujum
qiladi.
Manbalar: 1. https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Po
2. https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Kung_Fu_Panda
27-savol
Tarqatma material

Savolda bir so'zda bir necha harf tushirib qoldirilgan.


Aleks Kolvilning USHBU kartinasi insonlarda qo'rquv uyg'otmasada,
biroz tahlikada ushlab turadi. Shu sababli ham kartinani SAS deyish
mumkin. Kinomotagrafiyada esa Alfred Hichkok "mohir SAS" sifatida
tilga olinadi. Diqqat savol: savol matnidagi so’zda tushirib qoldirilgan
harflarni joyiga qo'yib so'zni to'liq yozib bering.
Javob: Saspens
Izoh: Insonda qo'rquv va doimiy tahlikani uyg'otuvchi holatlar saspens
deyiladi. Tarqatmagi Kolvilning "Avgust" kartinasi, shuningdek
Xichkokning aksariyat filmlari insonda shu kabi holatni paydo qiladi.
28-savol | Keying savolga tarqatma material bor
slatestarcodex.com [sleyt star kodeks nuqta kom] saytida yozilgan
"Mashur faylasuf va olimlar starbaksga qahva harid qilgani kirganida"
nomli hazillar toʻplami izohlaridan birida U garchi qahvani yoqtirmasada
qahvaxonaga kiradi va barcha eshitadigan ovozda baristadan eng
qimmatdan qahvadan berishini soʻraydi. Diqqat savol: U kim ekanligini
yozib bering.
Javob: [Torsteyn Bunde] Veblen
Izoh: 1-tur 3-savolda oʻynalgan "Veblen effekti" haqidagi savol
esingizdan chiqmadi degan umiddamiz.
Manba:
1) http://slatestarcodex.com/2015/01/25/a-philosopher-walks-into-a-
coffee-shop/
29-savol

Professional liga jamoalarining sof raqobati va o'z jamoasi manfaatlari


uchun xarakat qilishi kelgusida nafaqat o'sha jamoaning balki, butun
klub va xatto jamiyatimiz yoshlari uchun ham juda foydali natijalarga
olib kelishi shubxasiz. Yuqoridagi fikrlarni yozar ekan, savol muallifi X ni
yodga oladi. Qanchalik parodaksal bo'lmasin, tarqatma materialda siz X
ni ko'rib turibsiz. Diqqat savol: Agar siz X ni topgan bo'lsangiz, 18 asrda
Fayf okrugi, Kerkoldi shahrida tug'ilgan shaxsni yozib bering.
Javob: Adam Smith
Izoh: X- bu ko'rinmas qo'l edi. Siz tarqatma materialda 2020-yilgi
"Ko'rinmas odam" filmidan epizodni ko'rib turibsiz. Unda siz ko'rinmas
odamni ko'rinmas qo'lini ham ko'rishingiz mumkin. Savolni birinchi
qismida esa sizga Adam Smithning mashhur "ko'rinmas qo'l" metafrasini
ta'rifini keltirib o'tdik. Ya'ni, sof raqobatli bozor iqtisodiyotida, har bir
insonni o'z manfaatlari uchun qilgan harakati vaqt o'tgach, butun jamiyat
manfaati uchun xizmat qiladi.
30-savol
Savolda almashtirish bor
Amir Nasrullo davrida Rossiyaga yuborilgan elchilar talablari orasida BU
ISHNI QILISH talabi ham boʻlgan. 2019-yilda chiqarilgan bir coverda
esa personaj oʻz davrida zoʻr boʻlish uchun BU ISHNI qiladi. Diqqat
savol. BU ISHNI QILISH oʻrnidagi uch soʻzni yozib bering?
Javob: Eronda savdo qilish
Izoh: Amir Nasrullo elchilari talablari orasida Eronda savdo qilish talabi
ham boʻlgan. Doston Ergashevning mashhur coverida esa personaj zoʻr
bo’lay deb zamonlarda hatto Eronlarda ham savdo qiladi.
Manbalar:
1. https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Amir_Nasrulloh
2. https://uzhub.net/uzbekskie-hity/858-doston-ergashev-zor-bolay-
deb-zamonlarda.html
31-savol
1964 yilgi filmda Razzoq Hamroyev Ra’no Hamroyevaga X bo’lgan. 2014
yilgi filmda Abbos Nigmonov Bobur Yo‘ldashevga Y bo’lgan. Diqqat
savol: 1967 yil 1-aprelda premyerasi bo’lgan sovet filmida kimlar X-Y
bo’lganligini yozib bering.
Javob: Frunzik Mkrtchyan va Natalya Varley
Qabul: Jabroil va Nina
Izoh: 1964 yilgi Yor-yor filmida Razzoq Hamroyev (yo’lda mashinasi
buzilib qolgan inson) to’yi bo’layotgan qiz rolini ijro qilayotgan Ra’no
Hamroyevaga tog’a edi. 2014 yilgi tog’a filmida Abbos Nigmonov Bobur
Yoʻldashevga jiyan bo’lgan. 1967 yilgi Kavkaz asirasi filmida Jabroil
rolini ijro etgan Frunzik Mkrtchyan Nina, ya’ni Natalya Varleyga tog’a,
Natalya Varley Frunzik Mkrtchyanga jiyan edi.
Manba:Yor-yor filmi, Tog’a filmi, Kavkaz asirasi filmi
https://www.kino-teatr.ru/kino/movie/sov/16439/titr/
https://api.mediabay.uz/uz/videos/movie/53083-Toga
https://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%9A%D0%B0%D0%B2%D0%BA
%D0%B0%D0%B7%D1%81%D0%BA%D0%B0%D1%8F_%D0%BF
%D0%BB%D0%B5%D0%BD%D0%BD%D0%B8%D1%86%D0%B0,_
%D0%B8%D0%BB%D0%B8_%D0%9D%D0%BE%D0%B2%D1%8B
%D0%B5_%D0%BF%D1%80%D0%B8%D0%BA%D0%BB%D1%8E
%D1%87%D0%B5%D0%BD%D0%B8%D1%8F_
%D0%A8%D1%83%D1%80%D0%B8%D0%BA%D0%B0
3-round 8-savol
Biz sizdan so'ramoqchi bo'lgan termin, so'nggi yillarda o'z aktualligiga
erishib borayotgan bo'lib, odamlarni (odatda mashhurlarni) o'z
pozitsiyasini va fikrini erkin bildira olishi kabi eng oliy huquqdan
mahrum qilishni qoralash maqsadida ishlatish mumkin. Londonlik
Ravvin Lazer Gurkow o'z maqolasida jamiyatni ICHIDAN YEMIRIB, fikr
erkinligini O'LDIRAYOTGAN boshqa bir termindagi bir xarfni olib,
boshqasiga almashtirish orqali ushbu terminni yaratgan edi.
Diqqat savol: bizga shu terminni bir xil xarfdan boshlanuvchi ikki
inglizcha so'z bilan yozib bering.
Javob: Cancer Culture
Qabul: faqat aniq javob
Izoh: 1-roundning 8-savolida cancel culture termini yodingizda bo'lsa
kerak, jamiyatdagi noodatiy va amoral fikrlarni ommaviy rad etish so'z
erkinligi va jamiyatning umumiy atmosferasiga juda salbiy ta'sir
ko'rsatishi mumkin ekanligini aytib o'tgan edik. Ba'zi olimlarni fikriga
ko'ra cancel culture huddi cancer yani rak kasalligi kabi jamiyatni o'ldirib
boradi. Cancel so'zidagi l o'rniga r ni yozib, cancer yani rak so'zini hozil
qilish mumkin. Savol tartib raqami ham 32 emas 3-tur 8-savoli deb
aytilishi sizga yordam tariqasida edi.
33-savol
Musiqali material
(Boshlanish qismi qo'yib eshittiladi)
"Bugun onam o'ldi. Kechamikan yoki? Bilmayman. G'arib xonadan: -
"onangiz vafot qildi ko'mishi ertaga, chuqur hamdarlik bildiramiz" degan
telegramma oldim". Ushbu matnda U tasvirlangan. Uni bir xil harf bilan
boshlanuvchi ikki so'z bilan yozib bering
Javob: Begonaning boshlanishi
Izoh: Matnda Alber Kamyuning "Begona" asarining boshlanish qismi
yozilgan. Savoldan oldin esa Maksimning "Чужой" qo'shig'i
boshlanishini tingladingiz.
34-savol | Keyingi savolga tarqatma bor
Blits
1. Uels mifalogiyasiga ko'ra, shaxzoda Livelinu ovdan qaytib kelgach,
ag'darilgan belanchakni va yerdagi qon izlarini ko'radi lekin uni yonidagi
o'lib yotgan bo'rini ko'rmay BIRINCHI ISHni qiladi. AQSHning ba'zi
shtatlarida jumladan Jorjiyada agar inson hayoti havf ostida bo'lsa,
BIRINCHI ISHNi qilish qonuniy hisoblanadi. Diqqat savol: Bu ishni
qilish bilan almashgan ikki so'zni yozib bering.
2. IKKINCHI ISHni qilga tarixdagi birinchi inson Berta Benz bo'lib, u eri
uxlab yotganda ikki o'g'li bilan 90 km uzoqlikdagi Forzeim shahriga
ketayotgani haqida xat qoldirgan. Agar siz bu ishni Florida shtatida
adashib qilib qo'ysangiz unda siz qonunan javobgar deb hisoblanmasligiz
mumkin ekan. Diqqat savol: IKINCHI ISHNI qilish bilan almashgan ikki
so'zni yozib bering.
3. 2014-yilgi bir ekshn film senariy mualliflaridan biri Derek Kolstadni
aytishicha, BU PERSONAJga nisbatan birinchi ishni qilinganini o'ziyoq
uni barcha qilgan ishlarini oqlashga sabab bo'lishi mumkin ekan. Lekin
filmda biz birinchiga qo'shib, ikkinchi ishni ham qilinganini ko'rishimiz
mumkin. Shubxasiz New York shtatida bu personajga nisbatan, birinchi
va ikkinchi ishni qilish juda yomon oqibatlarga olib keladi. Diqqat savol:
siz bizga shu personaj kim ekanligini aniq yozib bering.
Blits javoblari:
1. Itni o'ldirish/ Itini o'ldirish
2. Mashina o'g'irlash
3. John Wick
Izoh: Uels afsonasiga ko'ra shaxzoda Livenlu o'z chaqqlog'ini iti Gelert
yonida qoldirib, ovga ketadi. U ovga ketgach chaqaloqqa hujum qilgan
bo'rini Geleret o'ldiradi. Livenlu yeqilgan belanchakda uxlab yotgan
chaqaloqni va qon izlarini ko'radi lekin bo'ri o'ligini ko'rmaydi va Geleret
chaqaloqni o'ldirdi deb o'ylab itni o'ldiradi. Jorjiya shtatida esa agar it
odamni hayotiga real havf solib turgan bo'lsa, uni o'ldirish qonuniy
hisoblanadi.
Germaniya avtomobillar tarixi jurnaliga ko'ra, tarixdagi birinchi mashina
o'g'irlagan inson bu Berta Benz ekan. U eridan ruhsat so'ramasdan ilk
Mersedes Benz avtomobilini minib ketadi. Qari aholi ko'p yashovchi
Florida shtatida esa agar siz olib ketgan mashinangizni o'zingizniki deb
o'ylab, adashib haydab ketgan bo'lsangiz, javobgarlikdan ozod etilishiz
mumkin ekan.
Vafot etgan ayoli tomonidan sovg'a qilingan itini o'ldirilishi va sevimli
mashinasini o'g'irlanishi John Wickni film davomida juda ko'plab
insonlarni o'ldirishiga sabab bo'lgan. Senariy mualliflarini juda uzoq vaqt
"it o'limi yetarli sababmi" degan savol qiynagan lekin Derek Kolstad buni
keragidan ortiq deb hisoblagan ekan.
Manba:
1. https://www.historic-uk.com/HistoryUK/HistoryofWales/The-
legend-of-brave-Gelert/
2. https://law.justia.com/codes/georgia/2020/title-4/chapter-8/article-
1/section-4-8-5/#:~:text=Rev.,180%20(2012).&text=Conditions
%20justifying%20killing.,not%20otherwise%20have%20been
%20prevented.
3. https://www.annmarieackermann.com/bertha-benz-worlds-first-car-
theft/
4. https://carlsonmeissner.com/what-is-the-legal-defense-for-grand-
theft-auto-in-florida/
5. https://lithub.com/actually-killing-a-dog-was-more-than-enough-to-
justify-john-wicks-revenge-quest/
35-savol
Tarqatma material
Uning alohida turlariga omograflar va omofonlar kiradi. U asosan askiya
va payrovlarda, shuningdek mumtoz adabiyotda ham keng qo'llanilgan.
Diqqat savol: Uni bitta so'zda yozib bering!
Javob: Omonim
Izoh: Omonimlar mumtoz adabiyotda tajnis san'ati va tuyuq janrini
yaratishda, askiya payrovlarida esa so'z o'yini sifatida ishlatiladi.
Tarqatma materialda esa xushnud Xushnudni ko'rib turibsiz.
Manba: https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Omonimlar
36-savol
Savolda BU ISHNI QILISH so'zlari bilan boshqa so'zlar
almashtirilgan.
Online jadvalga qaraydigan bo'lsak Andijon II, Navbahor Farm va
Paxtakor 79 jamoalaridan farqli ravishda Aral, Shahrixonchi, Yunired,
Bunyodkor-Farm, Do'stlik Oltiariq, Qumqo'rg'on-1977, Chig'atoy,
Do'stlik Toshkent, Nasaf-Farm va Lokomotiv-BFK bu mavsumda BU
ISHNIQ QILISHI mumkin. Ayni vaqtda sizlardan farqli ravishda
qaysidur ma'noda bugun BU ISHni Farg'ona jamoasi QILADI. Diqqat
savol: BU ISHNI QILISH deganda nima nazarda tutilayotganini aniq
yozib bering!
Javob: 1-ligada qolish.
Izoh: 1-liga jadvali bo'yicha Andijon II, Navbahor Farm va Paxtakor 79
jamoalarida Pro liga yo'llanmasini qo'lga kiritish imkoniyati yuqori.
Qolgan sanab o'tilgan jamoalar esa 1-ligada qolib ketishi mumkin, biz esa
1-ligadan tushib ketishi mumkin bo'lgan Neftgazomontaj va Lochin
jamoalarini aytib o'tmadik. Zakovat klubi Proliga bahslarida navbatchilik
o'tkazgan Farg'ona jamoasi tabiiyki bir necha daqiqadan keyin
boshlanadigan 1-liga o'yinlarida qoladi.
Rahmat hammaga!
Eksprompt
1-tur.
mad_max93September 22, 2022

Paket muallifi hamda muharrirlari: Nodira Bahromova, Madina


Mirzaraxmatova, Muazzam Shoumarova, Nazokat Abdusayitova, Maysara
Ochilova, Nodiraxon Turg’unova va Abdulaziz Sultonov
1. [tarqatma material]
Savol barcha topishi va hech kim topmasligi uchun tuzilgan.

Bu asarning asosiy g'oyasi qarshingizdagi tarqatma materialda berilgan.


Qaysi asar ekanini anglagan bo'lsangiz, uni ko'pincha qayerda
eshtishimizni yozib bering.
Javob: zakovat ko'rsatuvi boshlanishida
Qabul: Chgk ko'rsatuvuda
Gap Nitshening "Zardusht shunday degan edi" (yoki "Zardusht
tavallosi") asari asosida yaratilgan Shtrausning shu nomli simfoniyasi
haqida ketayotgan edi. Nitshe bu asarda birinchi bor "Yuksak inson"
haqidagi g'oyasini ilgari surgan va unda maymun zamonaviy odamdan
qanchalar farq qilsa, "Yuksak inson" ham shunchalik farq qilishi kerak
degan edi. Nitshe asarining to'liq nomi "Zardusht shunday degan
edi. Barcha uchun va hech kim uchun atalgan kitob".
Manba:
1. Книга "Так говорил Заратустра" - Ницше Фридрих Вильгельм
скачать бесплатно, читать онлайн https://avidreaders.ru/book/tak-
govoril-zaratustra.html
2. Так говорил Заратустра — Википедия
https://ru.m.wikipedia.org/wiki/%D0%A2%D0%B0%D0%BA_
%D0%B3%D0%BE%D0%B2%D0%BE%D1%80%D0%B8%D0%BB_
%D0%97%D0%B0%D1%80%D0%B0%D1%82%D1%83%D1%81%D1%8
2%D1%80%D0%B0
3. Так говорил Заратустра (Штраус) — Википедия
https://ru.m.wikipedia.org/wiki/%D0%A2%D0%B0%D0%BA_
%D0%B3%D0%BE%D0%B2%D0%BE%D1%80%D0%B8%D0%BB_
%D0%97%D0%B0%D1%80%D0%B0%D1%82%D1%83%D1%81%D1%8
2%D1%80%D0%B0_(%D0%A8%D1%82%D1%80%D0%B0%D1%83%D1
%81)
Muallif: Nazokat Abdusayitova
2. Ukraina-Rossiya urushiga bag'ishlangan maqolalardan birida ushbu
ikki davlat tarixan bir asosga ega ekanligi, ruslar va ukrainlar qardosh
xalq ekanligi, ikkalasi ham pravoslav, ikkalasi ham slavyan ekanligi eslab
o'tiladi. Maqolaga Yakov Palma kichkinaning Bibliyadagi syujetga
asoslangan kartinasiga ilova qilinadi.
Diqqat savol: ushbu ilova qilingan kartina nomidagi 2 atoqli ismni yozib
bering.
Javob: Qobil va Hobil
Qabul: Каин ва Авель
Izoh: Gap Yakov Palma kichkina qalamiga mansub "Qobil Hobilni
o'ldirishi"(Каин убивает Авеля) kartinasi haqida ketayotgan edi
Manba:
1. https://m.facebook.com/story.php?
story_fbid=pfbid02xMfqmcQSkd2rSwqiFTarK3GbFCou6TV9i5zuV9tu5
FqgWcUGy4wYRZ4ZiMPWj2FNl&id=1126099520&sfnsn=mo
2. https://gallerix.ru/album/KHM/pic/glrx-1002322509
Muallif: Muazzam Shoumarova
3. Rossiyalik repper Smoki Mo bir qo'shig'ida o'zining bir qator
shovqinli, qo'rqinchli ishlarini sanab, istagan odamini ko'rinmasdan
kuzata olishini aytarkan, o'zini "Rojdestvo ismli bola"ga qiyoslaydi.
"Garri Potter"dagi "Rojdestvo ismli bola" bizga Pivz ismi bilan tanish.
Diqqat, savol: "Rojdestvo ismli bola" o'rnidagi bitta nemischa so'zni
ayting.
Javob: Poltergeyst.
Izoh: Poltergeyst nemischadan "shovqinli ruh" degan ma'noni beradi.
"Poltergeyst" va "Rojdestvo ismli bola" Gil Kinanning filmlari nomi.
Manba: 1, https://www.kinopoisk.ru/film/313523/
2. https://genius.com/Smoky-mo-mosiarty-lyrics
3. https://harrypotter.fandom.com/ru/wiki/%D0%9F%D0%BE
%D0%BB
%D1%82%D0%B5%D1%80%D0%B3%D0%B5%D0%B9%D1%81%D1%8
2
Muallif: Nodira Bahromova
4. Nikolay Gogol o'zining "Revizor" komediyasida bosh qahramon - Alfa
ekanligini aytarkan, Alfa - butun pyesa davomida o'quvchilarga hamroh
bo'lgan yagona odil personaj ekanligini ta'kidlaydi. 1981-yilgi filmda Alfa
bilan savdo qilgan personaj esa o'z qalbini Iblisga sotgan doktor Faust
ta'sirida dunyoga kelgan, deb hisoblanadi. Diqqat, savol: siz bizga Alfani
emas, o'sha personaj kimligini bir xil harfdan boshlanuvchi ikki so'z bilan
yozib bering.
Javob: Tim Taler.
Izoh: Alfa - bu kulgu. Gogol kulguni o'z komediyasidagi yagona
oliyjanob qahramon deb ataydi. Jeyms Kryusning asari asosida suratga
olingan "Sotilgan kulgu" filmida bosh qahramon Tim Taler ismli bolakay
har qanday garovni yutish qobiliyati evaziga o'z kulgisini baron
Chezarega sotadi.
Manba: 1. https://resoch.ru/smex-blagorodnoe-lico-v-komedii-
gogolya-revizor/
2. https://ru.m.wikipedia.org/wiki/%D0%A2%D0%B8%D0%BC_
%D0%A2%D0%B0%D0%BB%D0%B5%D1%80,_%D0%B8%D0%BB
%D0%B8_%D0%9F%D1%80%D0%BE%D0%B4%D0%B0%D0%BD
%D0%BD%D1%8B%D0%B9_%D1%81%D0%BC%D0%B5%D1%85
Muallif: Nodira Bahromova
5. Lyuis Ueyn kartinalarida mushuklarni turli mashgʻulotlar bilan band
holatda tasvirlagan. Bu haqidagi maqolada Lyuis U ning oʻziga xos
ekvivalenti deb ataladi. Savol matnidagi soʻzlardan birida bir nechta harf
tushurib qoldirilgan. Ushbu soʻzni asl holida yozib bering. [D/s:
Kimning?]
Javob: Kulidj
Izoh: Ueynning kartinalaridan birida mushuklar karta oʻynashayotgani
tasvirlangan. Karta oʻyini bilan mashgʻul boshqa bir jonzotlar - itlar
rasmlarini esa Kassius Kulidj chizgan.
Manba: 1. https://www.avclub.com/benedict-cumberbatch-and-claire-
foy-do-their-best-to-el-1847893240
Muallif: Madina Mirzaraxmatova
6. [tarqatma material]
Savolda qo'qqisdan hujum qilish boshqa so'zlar bilan almashtirilgan.
Qarshingizda 1532-yilda yaratilgan "Shaxmat oʻyinida" kartinasi. Kartina
taqdim etilgan saytdagi hazilga koʻra, orqa fondagi qiz xonimga tinmay
qo'qqisdan hujum qilishni maslahat bermoqda. Diqqat savol: 1971-yilgi
filmda aynan shunday maslahatdan soʻng nima boy berilganini ayting!
Javob: Pidjak.
Qabul: Aniq javob.
Izoh: "Ot bilan yurish" iborasi kutilmagan qaror qilish yoki qo'qqisdan
hujum qilib raqibni esankiratib qo'yishni bildiradi. O'ziga xos
traektoriyasi sabab otning yurishini oldindan tahmin qilishda ko'pchilik
chalg'ir ekan. Omadli jentelmenlar filmida Otni yurish kerakligi maslahat
beriladi. Ammo bunday xato yurishdan soʻng professor oʻz pidjagini
qayta yutib oladi.
Manba: 1. https://t.me/artsedu/1601
2. https://youtu.be/8tJPKSz6Gaw
3. premudrosty.ru
4. https://premudrosty.ru/sdelat-hod-konem.html
Muallif: Maysara Ochilova
7. Rahim Sterling “Chelsi”ga o‘tgach “Manchester Siti” tarkibida Pep
Gvardiola tashrifiga qadar bo‘lgan o‘yinchilardan faqat Kevin de Bryuyne
qoldi. Ushbu holat haqidagi maqola nomi SHUNDAY U. “SHUNDAY U”
Kuperga tegishli. SHUNDAY U so‘zlari bilan almashtirilgan so‘zlarni
toping.
Javob: So‘nggi mogikan.
Izoh: "So'nggi mogikan" jumlasi ma'lum bir yo'qolib ketayotgan
mashhur guruhning so'nggi vakiliga nisbatan qo'llaniladi. Shu nomli asar
1826-yilda Jeyms Fenimor Kuper tomonidan yaratilgan.
Muallif: Madina Mirzaraxmatova
Manbalar:
1. https://t.me/Futgol_uz/21055
2.
https://en.wikipedia.org/wiki/The_Last_of_the_Mohicans_(disambigu
ation)
3. https://en.wikipedia.org/wiki/The_Last_of_the_Mohicans
8. 31-asadora 1983-yil aprelidan namoyish etila boshlanadi. Asarda Shin
Tanokuraning Meydzi davridagi hayoti aks etadi. 31-asadora ssenariysi
Sugako Hashida tomonidan ayollarning anonim xatlari asosida ishlab
chiqilgan.
Diqqat savol: 31-asadoraga almashtirilgan so'zni yozib bering.
Javob: Oshin
Izoh: Asadora bu yaponlarning tonggi qisqa dramalari bo'lib, 15
daqiqalik parcha tarzida berib boriladi. Oshin seriali yapon
ijodkorlarining 31-asadorasi hisoblanadi. Unda Oshin timsolida Meydzi
davridagi yapon ayollarining hayoti ko'rsatib beriladi
Manba: https://en.m.wikipedia.org/wiki/Oshin
Muallif: Muazzam Shoumarova
9. Duplet
1. Birinchi savolga tezroq javob berishga harakat qiling! U birinchi marta
Qadimgi Rimda "termopoliya" nomi ostida paydo bo'lgan. Uzum
barglariga o'ralgan issiq non yoki yong'oq bilan mol go'shtidan
tayyorlangan yassi non Uning ilk prototipi edi.
Diqqat savol: U ni o’zbekcha bo’lmagan 2 ta so’zda toping.
2. Joriy yil iyul oyi oxiri avgust oyi boshlarida Toshkent
shahrining Buyuk Turon, Zarafshon, J.Neru ko'chalarining qisman yopib
qo'yilishiga U sabab bo'ldi deyishimiz mumkin.
Diqqat savol: uni bir 2 bir xil harfdan boshlanuvchi chet tilidan kirgan
so’zlarda yozib bering.
Javoblar: 1. Fast-food
Manba: https://mg.uz/publish/doc/text110405_fast-
fud_priduman_v_drevnem_rime
2. Javob: Food fest
Qabul: Food festival
Manba: https://daryo.uz/k/2022/07/28/toshkentda-food-fest-2022-
otkazilishi-munosabati-bilan-ayrim-kochalar-yopiladi/
Izoh: yo’q
Muallif: Muazzam Shoumarova
10. Diqqat, savolda BU ISHNI QILADI soʻzlari boshqa bir ikki soʻzni
almashtirib keladi.
Statistik hisob-kitoblar muhim maʼlumotlar manbai boʻlishi, koʻplab
muammolarni hal qilishda yordam berishi va hayotlarni saqlab qolishi
mumkin. Bu haqida hikoya qiluvchi maʼruza nomi "Maʼlumotlar
vizualizatsiyasi BU ISHNI QILADI" deb nomlanadi. 1868-yilda nashr
etilgan asarda keltirilicha nima BU ISHNI QILADI?
Javob: go'zallik
Izoh: statistika orqali qo'lga kiritilgan ma'lumotlar foydaliligi haqida
gapirarkan, ma'ruzachi ular dunyoni qutqarishi mumkinligini ta'kidlaydi.
F.Dostoyevskiyning "Telba" asariga ko'ra, dunyoni go'zallik qutqaradi.
Manbalar: 1. https://www.youtube.com/watch?v=J2v23amv-IA
2. https://ru.wikipedia.org/wiki/Красота_спасёт_мир
Muallif: Madina Mirzaraxmatova
11. Maʼlumotlar vizualizatsiyasi tarixi haqidagi bir maqola boshida
UNING "atirgul"i esga olinadi. U tufayli lampa soha vakillarining
ramziga aylangan. Uning kimligini toping.
Javob: Florens Naytingeyl
Izoh: statistika pioneri deya ta'riflanadigan hamshira Florens
Naytingeyl bemorlar bo'yicha ma'lumotlarni rangli diagrammalarda aks
ettirgan, bu diagrammalar Naytingeyl "atirgul"i nomini olgan. Florensni
shifoxonalarni muntazam ravishda kechasi lampa ko’tarib aylanib
tekshirib yurganligi sababli "The Lady with the Lamp" — "Lampa
ko'targan xonim" degan ta'rifi ham mashhur.
Manba: 1. https://www.datacamp.com/blog/florence-nightingale-
pioneer-of-data-visualization
2. https://thenerdynurse.com/nurse-symbols-origin-history/
Muallif: Madina Mirzaraxmatova
12. Florens Naytingeyl hisob-kitoblariga ko'ra, 1863-64-yillarda kamida
630 nafar ayol kino tufayli kuchli kuyishlar natijasida halok bo'ladi. Savol
matnidagi so'zlardan birida bir nechta harf tushurib qoldirilgan. Ushbu
soʻzni asl holida yozib bering.
Javob: Krinolin
Izoh: yirik karkasga ega ayollar yubkasi tez o't oluvchi matolardan
tayyorlangan, unda harakatlanish va undan qutulish bir muncha qiyin
bo'lgani tufayli ayollar krinolin yonishidan kuyib halok bo'lishgan.
Manba: 1. https://rarehistoricalphotos.com/crinoline-historical-
photos/
Muallif: Madina Mirzaraxmatova
2-tur.
mad_max93September 22, 2022

1. Odam depressiyaga tushishining faktorlaridan biri o'zining va


boshqalarning yuzidagi negativ emotsiyalarni ko'rishi xisoblanadi.
Olimlarning aniqlashicha X depressia alomatlarini kamaytiradi. X
o'rnidagi ikki so'z birlashishidan kelib chiqqan so'zni ayting.
Javob: botoks
Izoh: botoks - botulinium toxin.
Manba: 1. https://www.etymonline.com/word/botox
2. https://edition.cnn.com/2020/07/30/health/botox-for-depression-
treatment-wellness/index.html
Muallif: Abdulaziz Sultonov
2. [tarqatma]

Savolda bir so'z birikmasi atoqli ot bilan almashtirilgan.


Mandelshtam bir she'rida sadoqat haqida yozar ekan Popni "halokatli
go'zallik"dan ustun qo'yadi. Tarqatma materialda siz ko'rib turgan
installyatsiyaga ham Pop nomi berilgan. Harflar tushirib qoldirilgan
so'zni asl holida yozib bering.
Javob: Penelopa
Izoh: "Halokatli go'zallik" deganda Sohibjamol Yelena nazarda tutilgan.
Odissey esa dastlab Yelenaga uylanmoqchi bo'lib musobaqaga boradi,
lekin keyin fikridan qaytib Penelopani tanlaydi. Penelopa esa Odissey
urushda vaqti va urush tugagach 20 yil kutadi. Kuyovlikka da'vogarlarni
esa gilamni bitirguncha erini kutishini aytadi va har kecha to'qiganlarini
yechib yuboradi.
Manba:
1. https://www.culture.ru/poems/41622/zolotistogo-meda-struya
2. https://cherdakova.ru/publication/self-development/printsipy-
samorazvitiya-ot-drevnikh-grekov/penelopa-primer-schastlivogo-braka/
Muallif: Nazokat Abdusayitova
3. Lakuna — bu biror tildagi ma'lum tushunchani nomlash uchun
so'zning mavjud emasligi. Filolog Shohista Hakimovaning ta'kidlashicha,
lingvist Stepanov dastavval "xaritadagi oq dog'lar"dan foydalangan.
Nimaning o'rniga?
Javob: Lakuna atamasi
Qabul: Lakuna / so'zi
Izoh: shu kabi holatlarni Yuriy Stepanov "bo'shliq", "xaritadagi oq
dog'lar" deya ataydi, keyinchalik esa aynan u "lakuna" atamasini fanga
kiritadi.
Manba: https://moluch.ru/archive/81/14614/
Muallif: Madina Mirzaraxmatova
4. Rejissor Mark Zaxarovning televideniyedagi birinchi ishi Bertolt
Brextning "Ikkinchi jahon urushi davrida Shveyk" pyesasi asosida
suratga olingan film edi. Tomoshabinlar filmni hech qachon ko'rmagan.
Kartina Shveykning quyidagi so'zlari bilan boshlandi: "Xo'sh, men sizga
nima dedim?! Nemislar allaqachon U YERDA!". Diqqat savol: film
qayerda va nechanchi yili suratga olingan?
Javob: Pragada, 1968-yil
Qabul: Praga, 1969
Izoh: Film 1968-yil suratga olinishni boshlab, 1969-yilda yakunlangan.
Aynan shu yili sovet qo`shinlari Pragaga bostirib kiradi. Bu kartinani
ommaga taqdim qilish esa Sovetlarnig ikkiyuzlamachiligini ko`rsatib
qoyishi mumkin edi.
Manba: 1. Бертольд Брехт. Швейк во Второй мировой воине
http://lib.ru/INPROZ/BREHT/breht4_3.txt
2. Швейк во Второй мировой войне (телеспектакль)
https://ru.wikipedia.org/
wiki/%D0%A8%D0%B2%D0%B5%D0%B9%D0%BA_
%D0%B2%D0%BE_%D0%92%D1%82%D0%BE%D1%80%D0%BE
%D0%B9_%D0%BC%D0%B8%D1%80%D0%BE%D0%B2%D0%BE
%D0%B9_%D0%B2%D0%BE%D0%B9%D0%BD%D0%B5_
%28%D1%82%D0%B5%D0%BB%D0%B5%D1%81%D0%BF
%D0%B5%D0%BA%D1%82%D0%B0%D0%BA%D0%BB%D1%8C%29?
wprov=sfla1
Muallif: Abdulaziz Sultonov
5. [Tarqatma material]
_____________________________
Tommy Atkins
_____________________________
Rassom Lyuis Ueyn I Jahon urushi vaqtida armiya propagandasi uchun
bir nechta asarlarini yaratadi. Bu rasmlar bolalar orasida ham askarlik
tuygʻusini kuchaytirishga qaratilgan boʻlsa ajabmas. Tarqatmadagi
ushbu asarlar qahramonining ismida bir harf tushurib qoldirilgan.
Ushbu harfni yozib bering.
Javob: C
Izoh: Lyuis Ueyn "mushuklarni chizuvchi inson" nomi bilan mashhur,
urush mavzusidagi asarlari ham bu xususiyatdan chetda qolmagan,
qahramonini Tommy Catkins deya nomlagan. "Tommy" ismi balki sizga
boshqa bir mushuk personajni esga solgandir.
Manba: 1. https://simon-hitchman.com/2020/04/21/lost-in-catland-
the-life-of-louis-wain/
Muallif: Madina Mirzaraxmatova
6. Chak Palanik qahramoni aytishicha "Og'zingga pistolet tiralganda
faqat ularni aytish mumkin". Bir maqolaga ko'ra Artyur Remboning
"Ular"i grafema-colorli Sinesteziya oqibati bo'lishi mumkin ekan.
Javob: Unlilar
Simvolist, "La'nati shoirlar"dan biri bo'lgan Artyur Rembo o'zining
"Unlilar" she'rida har bir unli tovushni ranglar bilan tasvirlagan.
Bu shoirona ramziy tashbehlar emas, sinesteziya degan tahminlar bor.
Sinesteziya lotinchadan "syn" - "birga", "umumiy", "aisthēsis" – his
qilmoq ma'nosini bildirib, bir xissiyotning uyg'onishi beixtiyor unga
aloqasi bo'lmagan boshqa xissiyotning ham uyg'onishiga aytiladi.
Manba: 1. Книга "Бойцовский клуб" - Чак Паланик.
https://avidreaders.ru/book/boycovskiy-klub.html
2. Проявление синестезии в сонете А. Рембо «Гласные» - 19.07.2017
https://liubavyshka.ru/blog/
projavlenie_sinestezii_v_sonete_a_rembo_glasnye/2017-07-19-1571
Muallif: Nazokat Abdusayitova
7. "Oskar" haykalchasida Misr ilohi Ptaxning tasvirlangan ekanligi
haqida o'qigan LiveJournal foydalanuvchisi "Oskar" marosimi BIR
QAVATLI AMERIKAga sig'inish bayrami ekanligi haqida yozadi. Misrlik
yahudiylarning BIR QAVATLI AMERIKAga sig'inish voqeasi Qur'onning
Niso, A'rof, Toxa va Baqara suralarida keltirilgan. Diqqat, savol: BIR
QAVATLI AMERIKA o'rnidagi ikki so'zni yozib bering.
Javob: Oltin buzoq.
Izoh: Ptaxning ramzi oltin buzoq bo'lgan. Bani Isroilning Oltin buzoqqa
topingani haqida esa Qur'oni karimdagi bir necha suralar hikoya qiladi.
Savolda Ilf va Petrovning bir asari nomi boshqasiga almashtirildi.
Manba: 1. https://ortheos.livejournal.com/308851.html
2. https://ru.m.wikipedia.org/wiki/%D0%97%D0%BE%D0%BB
%D0%BE%D1%82%D0%BE%D0%B9_%D1%82%D0%B5%D0%BB
%D0%B5%D1%86
3. https://syg.ma/@iuliia-ienkina/simvolizm-zolotogho-bogha-ili-chto-
kakiie-tainy-khranit-priemiia-oskar
Muallif: Nodira Bahromova
8. Vasiliy Petrov tajribalarini hali ampermetr va voltmetr bo'lmagan
vaqtlarda o'tkazgani sabab BU ISH ni qilgan. BU ISH ni qilish holati
rasman 1934-yilda Chikago politsiyasi tomonidan qayd etilgan. Bu ishni
qilishni bir necha so'zda aniq yozib bering.
Javob: barmoq uchidagi terini kesish.
Izoh: V. Petrov elektr bilan bog'liq tajribalarini o'tkazgan vaqtda
ampermetr va voltmetr bo'lmagan, past kuchlanishli toklarni ham
barmoq bilan sezish uchun olim barmoq uchidagi terisini kesgan ekan.
Papillyar chiziqlarni yo'q qilib jinoyat izlarini yashirish maqsadida
barmoq uchi terisini kesish ilk bor Chikago politsiyasi tomonidan rasman
qayd etilgan.
Manba: 1. https://1001fact.ru/dlya-chego-uchyonyj-vasilij-petrov-
srezal-kozhu-so-svoix-palcev/
2. https://autogear.ru/article/410/827/kak-izmenit-otpechatki-paltsev-
i-vozmojno-li-eto/
Muallif: Nazokat Abdusayitova
9. O'rta asr Yaponiyasida jang san'atini egallagan ona-bugeysyalarning
asosiy vazifasi uyni qo'riqlash bo'lgan. Wikipedianing ona-bugeysyalarga
bag'ishlangan sahifasida amazonkalarga ham havolani uchratish
mumkin. Savol matnidagi bir so'zda bir harf tushirib qoldirdik. Shu
harfni yozib bering.
Javob: N
Izoh: erkak samuraylardan farqli ravishda ayol samuraylar jangda
deyarli qatnashmaganlar, shunday bo'lsa ham qurol va jang
mahoratlarini egallaganlar. Ona hamda amazonka so'zlari ayol
jangchilariga ishora edi. Termin "onna" - ayol hamda "bugeysya" - jang
san'atini egallagan inson iyerogliflaridan tashkil topgan.
Manba: 1. https://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%9E%D0%BD%D0%BD
%D0%B0-%D0%B1%D1%83%D0%B3%D1%8D
%D0%B9%D1%81%D1%8F?wprov=sfla1
2. https://t.me/c/1432673334/394
Muallif: Nodira Turg`unova
10. Anri Russo primitivist bo'lsa ham o'zini realist deb hisoblagan va shu
sabab Ularga katta ahamiyat bergan. Ko'plab xalqlar mifologiyasida U
Vudi qo'g'irchog'ining o'rnini bosishi mukin ekan. Uni yozib bering
Javob: soyalar
Izoh: Primitivizmda odatda bunday detallarga ahamiyat berilmaydi,
soya chizilmaydi. Russo kartinalarini kuzatsangiz rassom soyani ham
ifodalashga harakat qilgan.
Ko'plab xalqlar mifologiyasida inson soyasiga nisbatan turli amallar
qilish orqali unga ziyon berish yoki davolash mumkin deb qaralgan ekan.
1. https://www.arts-dnevnik.ru/spyaschaya-zyiganka/
2. https://lifeglobe.net/entry/3022
3. https://ru.m.wikipedia.org/wiki/%D0%9A%D1%83%D0%BA
%D0%BB%D0%B0_%D0%B2%D1%83%D0%B4%D1%83
11. Diqqat, savolda almashtirishlar mavjud.
Qadimgi Misrning haqiqat va tartib ma'budasi Maat SPEKTR
RANGLARINI yaratishga qaror qilganida, u Misrning o'ziga xosligi
tufayli SPEKTRni uch qismga ajratdi. "SPEKTR RANGLARI" ni yaratib,
umumiy qabul qilingan qonunlarga rioya qilgan holda SPEKTRni
ko'proq qismlarga ajratgan yevropalik kim?
Javob: Antonio Vivaldi.
Izoh: SPEKTR RANGLARI bu Yil fasllardir. Misrda uch fasl bor edi - suv
toshqini vaqti, kurtaklar vaqti, o'rim-yig'im vaqti. Vivali esa Yil fasllarida
4 ta konsert va 12 qismga ajratgan
Manba: 1. https://alphapedia.ru/w/Maat
2. https://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%92%D1%80%D0%B5%D0%BC
%D0%B5%D0%BD%D0%B0_%D0%B3%D0%BE%D0%B4%D0%B0_
%28%D0%92%D0%B8%D0%B2%D0%B0%D0%BB%D1%8C
%D0%B4%D0%B8%29?wprov=sfla1
Muallif: Abdulaziz Sultonov
12. [tarqatma material]
Mashxur qo'shiqchining Gregori bilan tanishuvi va do'stligi yigitcha
2004-yili, "Yulduzlar fabrikasi"da uning USHBU mashxur qo'shig'ini ijro
etishi bilan boshlanadi. 2007-yil Gregori kasallik sabab vafot etganida
esa, xonandaga dalda bo'lgan muxlislar tomonidan qo'shiq nomidagi
"men" so'zi "biz" so'ziga o'zgartirib kuylanadi. Diqqat, savol: qo'shiq
nomini yozib bering.
Javob: Je t'eime
Izoh: 2007-yilgi Gregori Lemarshal o'limidan keyingi birinchi konsertda
muxlislar Lara Fabianga hamdardlik bildirib, "Je t'aime" emas, "on
t'aime" ya'ni, "biz seni sevamiz" deb kuylashadi. Tarqatmada esa qo'shiq
naqorotining tarjimasi berilgan bo'lib, "seni sevaman" so'zlari tushurib
qoldirilgan.
Manba: 1. https://youtu.be/Vf-uChZXptw?t=148
2. https://mohitto.ru/persona/istoriya-lyubvi-i-druzhby-lary-fabian-i-
gregori-lemarshalya-18825/
3. https://www.youtube.com/watch?v=Vf-uChZXptw
Muallif: Nodira Bahromova

3-tur.
mad_max93September 22, 2022

1. Umid qilamizgi bu savolning javobini kimdir topadi.


Chexovning "G'ilofdagi odam" hikoyasida Belikov barcha buyumlarini
g'ilofga o'rab yuradi. Asar oxirida esa o'zi uchun ideal g'ilof topadi. D.s
o'sha g'ilofni yozib bering.
Javob: tobut
Izoh: Savol boshida savol grob bo'lmasligiga umid bildirgan edik. Asar
oxirida odamovi Belikov vafot etadi. Hayot va odamlardan berkinish
uchun ideal g'ilof tobut edi.
Manba: https://ilibrary.ru/text/438/p.1/index.html
Muallif: Nazokat Abdusayitova
2. Bulon o`rmonini ALkesandr Dyuma orqali, Shervud o`rmonini Robin
Gud orqali, Birnam o`rmonini esa Makbet orqali tanishingiz mumkin.
DIqqat savol: Sharqiy o`rmonni bizga tanitgan italiyalik kim?
Javob: Serjio Leone
Izoh: Sharqiy o`rmon ingliz tilida Eastwood deyiladi. Klint Istvud esa
eng avvalo Serjio Leonening vesternlari orqali mashhur.
Manba: 1. Серджио Леоне (Sergio Leone ) (Режиссер, Люди за
кадром): фото, биография, фильмография, новости - Вокруг ТВ.
https://www.vokrug.tv/person/show/serdzho_leone/
2. Clint Eastwood and Sergio Leone's wild West - Los Angeles Times
https://www.latimes.com/archives/la-xpm-2010-may-30-la-ca-second-
20100530-story.html
Muallif: Abdulaziz Sultonov
3. 2022-yilgi penaltilar seriyasida omadsizlikka uchraganidan so`ng,
unga "inson hayotini saqlab qolganligi uchun rahmat" aytishgan. Diqqat
savol: U kim?
Javob: Aaron Remzi
Izoh: Reynjers penaltilar seriyasida aynan Remzi gol urolmaganidan
so`ng mag`lub bo`ladi. Remzi la`natiga ko`ra xar safar Remzi gol
urganda qaysidir mashxur inson vafot etadi.
Manba: 1. https://zen.yandex.ru/media/fifa_as/gol-cenoi-jizni-
prokliatie-futbolista-aarona-remzi-6002a2fef8011c4a01a61268
2. https://www.kp.ru/sports/futbol/proklyatie-remzi-ne-srabotalo-s-
ajntrahtom/
3. https://twitter.com/trollfootball/status/1527045313613398016
Muallif: Abdulaziz Sultonov
4. Davom etamiz! Bundan bir oy oldin 8-avgustda britaniyalik
qo`shiqchi Olivia Nyuton-Jon rak kassaligidan vafot etadi. Diqqat savol:
yaqinda chiqqan maqolada Olivia bilan birgalikda qaysi fransuz shahri
eslab o`tiladi?
Javob: Nitsa
Qabul: Tuluza
Izoh: Olivia ham Remzi lanati qurbonlaridan biri sifatida ko’riladi.
Remzi Tuluzaga qarshi debyut o`yinida gol kiritgan edi.
Manba: 1. https://kino.24tv.ua/ru/umerla-olivija-njuton-dzhon-
sygravshaja-dzhonom-travoltoj-filme_n2120747
2. https://sport24.ru/news/football/2022-08-07-gol-remzi-spas-
nitstsu-ot-porazheniya-v-matche-s-tuluzoy
Muallif: Abdulaziz Sultonov
5. Luis Ueyn oʻz gonorarlarini kerosin lampasi ishlab chiqarish biznesiga
tikadi, biroq yakunda kasodga uchraydi. 1984-yilda ishlangan triller
qahramoni ham butunlay kasodga uchragan. Kasodga uchramoq soʻzlari
bilan almashtirilgan bir xil harfdan boshlanuvchi ikkita soʻzni yozib
bering.
Javob: kuyib ketmoq
Izoh: maqola muallifi kerosin lampasi biznesi haqida gapira turib,
"kuyib ketgan" jumlasini ishlatgani oʻziga xos ramziy maʼnoga ega.
"Qaragʻay koʻchasidagi daxshat" filmi bosh qahramoni Freddi Kryuger
tanasi toʻligʻicha kuyib ketgan. Savolda bir sinonimik jumla boshqasi
bilan almashtirildi.
Manba: 1. https://lumos.art/cinema/the-electrical-life-of-louis-wain/
2. https://en.m.wikipedia.org/wiki/A_Nightmare_on_Elm_Street
Muallif: Madina Mirzaraxmatova
6. Bir filmda Gustav Solomonga shveytsar-avstriya chegarasi haqidagi
tushi haqida aytib beradi. Diqqat savol: Gustav va Solomonning
familiyalarini yozib bering
Javob: Yung, Freyd
Izoh: filmda tush va psixoanlitika boyicha ekspertlar Karl Gustav Yung
va Zigmund Shlomo Freydlar tasvirlangan. Freyd avstriyalik, Karl esa
shveytsariyalik.
Manba: Фильм “Опасный метод”, 2011
Muallif: Abdulaziz Sultonov
7. Formula 1 poygachisi Viktor Al Pliz 1969-yilgi Grand Prida juda tez
xaydaganligi sababli xosil qilgan avariyalari tufayli chetlatilgan. Diqqat
savol: savol matnida almashtirilgan 1 ta so'zni yozib bering.
Javob: sekin
Izoh: U juda sekin haydagan va oqibatda uning raqiblari unga urilib
ketaverishgan.
Manba: https://www.bosshunting.com.au/sport/f1/formula-1-victor-
al-pease-disqualified-too-slow/
Muallif: Abdulaziz Sultonov
8. Uning nabirasining xotiralariga ko'ra, Bukingemshirda unga haqiqiy
Vikinglardek dafn marosimini qilib berishgan: u qalam va shokolad bilan
dafn etilgan. U kim?.
Javob: Roald Dal
Izoh: "Villi Vonka va shokolad fabrikasi" asari muallifi asli norveg
bo`lgan.
Manba: https://kulturologia.ru/blogs/220218/37945/
Muallif: Abdulaziz Sultonov
9. [tarqatma material]
Sizga taqdim etilgan amfora suratida Axill va Ayaks BU ISHNI
qilayotganlarini ko'rish mumkin. "Mahabharata" dostonida Pandav va
Kaurav qirollik oilalarining katta kurashi oila vakillarining BU ISHNI
qilishidan boshlanadi. Diqqat, savol: o'tgan asr 40-yillarida yozilgan
asarga ishonadigan bo'lsak, kim BU ISHNI qilmaydi?
Javob: Xudo.
Izoh: BU ISHNI QILISH so'zlari "oshiq o'ynash" so'zlari bilan
almashtirilgan edi. Eskekiyga tegishli amfora nomi ham "oshiq
o'ynayotgan Axilles va Ayaks" deb nomlanadi. Albert Eynshteynning
1942-1944-yillarda yozilgan kitobi nomi "Xudo oshiq o'ynamaydi.
Mening nisbiylik nazariyam" deb nomlanadi.
Manbalar:
1. https://www.fergananews.com/articles/4123
2. https://cyberleninka.ru/article/n/igra-ahilla-i-ayaksa-v-kosti-
problema-opredeleniya-silneyshego-geroya/viewer
3.
https://www.labirint.ru/books/751599/#:~:text=12%20%D0%B8%D1%
8E%D0%BD%D1%8F%201942%20%D0%B3%D0%BE
%D0%B4%D0%B0%20%2D
%201%20%D0%B0%D0%B2%D0%B3%D1%83%D1%81%D1%82%D0%
B0%201944%20%D0%B3%D0%BE
%D0%B4%D0%B0%207%20%D1%80%D0%B5%D1%86.
Muallif: Nodira Bahromova
10. Bu savol aslida paketning oxirgi savoli bo’lishi kerak edi!
A.P. Chexovning shu nomli hikoyasida U o'z vasifasidan tashqari ko'p
ishni bajarar, Unda hazillar, suratlar va hatto dil izhorlarini ko'rish
mumkin edi. Sovet davrida uddaburon va ayyor rahbari bor ba'zi
muassasalarda U 2 bo'lishi ham mumkin edi. Uni 2 so'zda yozib bering.
Javob: Shikoyat daftari
Qabul: Shikoyat kitobi
Izoh: Chexovning "Жалобная книга" hikoyasida shikoyat daftarida har
o'tgan- ketgan turli yozuvlar qoldirgan, ba'zilar shunchaki unga
shunchaki shu yerda bo'lganini yozgan, kimlardir anonim xabar
yuborish, kimlardir sevgi izhor qilish maqsadida foydalangan. Sovet
davrida har bir muassasada shikoyat daftar bo'lishi shart bo'lgan.
Ayyorroq rahbarlar mijozlarga boshqa, tekshiruvchilarga boshqa, ya'ni
bo'm-bo'sh daftarni berib jazodan qutulib qolgan. Sizda ham savollar
borasida shikoyat bo'lsa o’yin so’nggida yozma tarzda bayon etishingiz
mumkin.
Manba: 1. https://otevalm.livejournal.com/6823337.html
2. https://ilibrary.ru/text/1072/p.1/index.html
Muallif: Nazokat Abdusayitova
11. Kunlarning birida aktrisa Florens Desmond boshqa bir aktrisalarga
hech qanday tayyorgarliksiz taqlid qila boshlaydi. Desmond taqlidlarini
esa rejissyor Uillyam Makgann sezib qoladi, natijada esa BU ISH sodir
bo'ladi. Bundan roppa-rosa bir yil oldan Yoshlik kafesida ham BU ISH
sodir bo'lgan. BU ISH so'zlari bilan almashtirilgan so'zlarni toping.
Javob: Ekspromtning yaratilishi
Qabul: Ekspromtning tug'ilishi, Ekspromtning paydo bo'lishi etc.
Izoh: aktrisa birdaniga, hech qanaqa tayyorgarliksiz taqlid qilish
boshlaydi, rejissyor esa buni shu zahotiyoq kameraga muxrlaydi va
qisqametrajli filmga mos ravishda "Ekspromt" deya nom beradi. Bugungi
navbatchilik turini o'tkazayotgan jamoa 11-sentyabrda "yaratilgan".
Manba: 1. https://www.imdb.com/title/tt0174774/
Muallif: Madina Mirzaraxmatova
12. Bizga mashxur multfilm orqali tanish "Bunday qilish" iborasi aslida
ilk bor "Qirol Georgning tentakligi" filmida qirolicha Sharlotta qirol oilasi
xalq oldida o'zini qanday tutishi kerakligi haqida aytganda ishlatilgan.
Aleksandr Pushnoyning "Bunday qilish" nomli qo'shig'ida murakkab
hayotiy vaziyatlar ifodalangan bo'lib, faqatgina "Bunday qilish" qoldi,
deyiladi. Diqqat, savol: "Bunday qilish" o'rnidagi iborani yozib bering.
Javob: Tabassum qilib, qo'l siltash.
Izoh: Filmda qirolicha o'z oila a'zolariga xalq oldiga chiqqanda tabassum
qilib qo'l siltashni uqtiradi. Shoumen A. Pushnoy esa o'ta murakkab
holatlarda tabassum qilib, qo'l siltashdan boshqa chora yo'q ekanligini
kuylaydi. Biz ham navbatchilik yakunida yo'l qo'yilgan xatolar uchun uzr
so'ragan holda, sizlarga tabassum qilib, qo'l siltaymiz.
Manba: 1. Фильм "Безумие короля Георга".
2. А. Пушной " Улыбаемся и машем"
3. Multfilm "Madagaskar pingvinglari", 1-qism
Muallif: Nodira Bahromova
Metaverse
Birinchi tur!
mad_max93September 29, 2022

1. O'ylashimizcha, bu yaxshi navbatchilikning boshlanishi!


"Oq uy"ning sobiq xodimi Ben Rodez fikricha, aktyor Hamfris Bogart
tomonidan ijro etilgan Rik obrazi eng ideal josus obrazi ekan. Diqqat
savol Rik qaysi film bosh qahramoni?
Javob: Kasablanka. Izoh: Kasablanka shahri o'tgan asr o'rtalarida
AQSH siyosatida muhim ahamiyatga ega bo'lgan. Qiziqarli tasodifni
qarangki, "Oq uy" sobiq xodimi nomi "Oq uy" deya tarjima qilinuvchi
"Kasablanka" filmi muxlisi bo'ladi. Shuningdek, savol preambulasi esa
sizga filmdagi eng mashhur "O'ylashimcha, bu yaxshi do'stlikning
boshlanishi" iborasini eslatgan bo'lishi kerak.
Manba: https://www.avclub.com/former-white-house-staffer-explains-
why-casablanca-s-ri-1819650428/amp
2. Garovdagilar-2 filmida, bosh qahramon Brayan Mills Istanbulda
asirga olinadi. Ko‘zi boylangan Mills, mashinada ketar ekan, qayerda
ketayatganini tahminan aniqlash uchun bozor shovqini, kemalar ovozi va
Alfani eslab qoladi. Agar tadqiqot natijalariga ishonadigan bo‘lsak, ayni
vaqtda ham Alfa qayerdadir yangrayapdi. Diqqat savol alfani bir yoki ikki
so’zda yozib bering.
Javob: Azon ovozi! 2006-yilgi arab olimlarning tadqiqotiga ko‘ra,
azon butun dunyo bo‘yicha 24 soat davomida uzluksiz yangraydi.
Bizning sayyoramiz 360 meridianlik masofada tashkil topib, har bir
meridian 4 minutlik masofada farq qiladi. Azonning o‘rtacha uzunligi 4
minutni tashkil etar ekan, bu umumiy 1440 minut yoki 24 soatdan
iborat. Film qahramoni esa Istanbulda qo‘lga tushgan edi va maschit
yonidan o‘tishgan payt azon yangragan
3. Diqqat, savol matnida SUVNI SHAROBGA AYLANTIRGAN so'zlari
boshqa so'zlar bilan almashgan!
Gilad Sukerman isroillik professor lingvist hisoblanadi. U o'zining
"Revivalistics" [Revayvalistika] loyihasiga asos solgan bo'lib, shu lohiya
doirasida Avstraliyaning turli xil kichik-kichik qabilalari bilan
suhbatlashishga va ularning ajdodlaridan eshitgan hikoyalar bo'yicha
lug'atlar tuzishga harakat qiladi. U haqida yozilgan maqolada Giladga
SUVNI SHAROBGA AYLANTIRGAN ODAM deb nom berishgan. Diqqat
savol: Savol matnidagi SUVNI SHAROBGA AYLANTIRGAN ODAM
o'rnidagi to'rt so'zni yozib bering
Javob: O'lik tilni tiriltirgan odam. Izoh: Savolda aytib o'tilgan
"Revayvalistika" loyihasi nomini "qayta tirilishtirish" deb tarjima qilish
mumkin. Savolda Iso a.s.ning bir mo'jizasi boshqa bir mo'jizasiga
almashtirildi va Giladning kasbi lingvist ekanligidan kelib chiqish unga
o'lik tillarni tiriltiruvchi odam deyish to'g'ri bo'ladi, albatta.
4. Finlyandiya harbiy polkining Vasilivskiydagi arenasi ko'plab sud
jarayonlariga qaramasdan buzib tashlangani, va hali hanuz sud davom
etayotgani haqidagi maqola nomida USHBU iborani ko'rish mumkin.
Manbalarga ko'ra, bu ibora ilk marotaba Vaterloo jangida fransuz
generali tomonidan aytilgan. Diqqat savol: Ushbu iborani yozib bering?
Javob: Gvardiya o'ladi, lekin taslim bo'lmaydi. Izoh: Garchi
harbiy arena buzib tashlangan bo'lsada, sud jarayonlari to'xtamayotgan
ya'ni taslim bo'lishni istashmayotgan edi. Bu ibora ilk marta general Pyer
Kambronn tomonidan Vaterloo jangida, inglizlarning taslim bo'l degan
so'zlariga nisbatan aytilgan
Manbalar:
1. https://www.fontanka.ru/2022/04/08/71242952/
2.https://ru.wikipedia.org/wiki/
%D0%93%D0%B2%D0%B0%D1%80%D0%B4%D0%B8%D1%8F_
%D1%83%D0%BC%D0%B8%D1%80%D0%B0%D0%B5%D1%82,_
%D0%BD%D0%BE_%D0%BD%D0%B5_
%D1%81%D0%B4%D0%B0%D1%91%D1%82%D1%81%D1%8F
5. Frens Listning 1855-56 yillarda yozilgan simfoniyasini, uning nomi
bilan ataydi. Lekin, simfoniya 3 qismdan emas balki 2 qismdan iborat
edi. U italyaning Ravenna shahrida vafot etgan. Simfoniya nomini yozib
bering?
Javob: Dante. Bu simfoniya Ilohiy komediya asari tasirida yozilgan
bo’lib, 2 qismdan iborat. Simfoniyaga esa Dante deb nom berilgan.
6. Sergey Kondratiyevning ,,Santexnika xizmatlari" monologida,
mijozning ,,Bu kasbni qayerda o'rgandingiz?" deb bergan savoliga
nisbatan santexnik ,,Qarag'andada" deya javob beradi. Bizda esa shunday
xolatda bir qarindosh eslab o'tiladi. Diqqat savol: O'sha qarindoshni ikki
so'zda yozib bering?
Javob: Katta xola. Izoh: Rus fraziologizmiga ko'ra, Qarag'andada deya
javob berilishi, aniq javob berishni istamayotganligini bildiradi. Bizda
shunday xolatda ,,Katta xolangnikida" deya javob berilishi xalq orasida
ko'p uchraydi
Manba: https://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%93%D0%B4%D0%B5-
%D0%B3%D0%B4%D0%B5%3F_%D0%92_%D0%9A
%D0%B0%D1%80%D0%B0%D0%B3%D0%B0%D0%BD
%D0%B4%D0%B5
7. Duplet. Tarqatma
1. Arm
2. Gun
1.Noodatiy qon plazma egasi bo'lgan Jeyms Harrison 1173 marotaba qon
donorligini topshirgan. Uning laqabini 3 so'zda ayting.
2. Kristofer Li yoshligida Fleming ning golf o'ynash bo'yicha sherigi
bo'lgan. Balki shuning uchun ham 1974-yilda Kristofer Fransisko
Skaramanga rolini o'ynagadir. Diqqat savol: Skaramanganing laqabini 3
so'zda yozib bering
Javob: 1. Oltin qo'lli odam 2. Oltin pistoletli odam
Izox. 1. Qon tarkibi o‘ziga xos va maxsus, kam uchraydigan
immunoglobulinga ega Harrison 1173 marta donorlik amaliyotida
qatnashib 2 mln yaqin bolalar xayotini saqlab qolgani bilan Ginnes
rekordlari kitobiga kirgan.
2. Yan Flemingning shu nomli asarida Jeyms Bond Fransisko
Skaramangaga qarshi kurashadi.
Manba:
https://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%A5%D0%B0%D1%80%D1%80%D
0%B8%D1%81%D0%BE%D0%BD%2C_
%D0%94%D0%B6%D0%B5%D0%B9%D0%BC%D1%81_
%28%D0%B4%D0%BE%D0%BD%D0%BE%D1%80%29?wprov=sfla1
8. Ukraina fuqarosi bu ishni qilayotgan vaqtda yaqiniga snaryad kelib
tushgani tasvirlangan video izohlaridan birida asablarini tinchlantirishga
kelib, aksincha yanada vaxima bilan qaytib ketgan insonga
achinishganini yozishgan.
Bu ishni qilish pandemiya paytida judayam avj olib, bunda turli mashxur
brend nomlaridan, turli xizmatlarni taklif qilishdan, shuningdek,
koronavirus xaqidagi yangi xabarlar kabi dolzarb mavzulardan
foydalanishgan edi. Diqqat savol, bu ishni qilish o‘rnidagi bitta inglizcha
so‘zni yozib bering.
Javob: Fishing. Baliq tutishga kelganda ko‘lga snaryad tushadi,
albatta bundan keyin baliq tutishni iloji yo‘q. Baliq tutishga kelib, sokin
joyda yakka qolish asablarni tinchlantirishi aytiladi. Savol 2-qismida
internet firibgarligining bir turi xaqida gap bormoqda. Fishing
atamasi bilan ataladigan ushbu firibgarlikda turli soxta saytlar
yaratiladi, unga ishonib kirib shaxsiy ma’lumotlaringizni berib
qo‘ysangiz sizni tunashadi)
9. Rixard Vagner 1839-yilda Rigadagi kreditorlardan qochib, Londonga
yelkanli qayiqda suzib ketadi. Yo'lda kuchli bo'ronga duch kelishi, X
nomli operasini yaratishiga ilhom bag'ishlaydi. KLM kompaniyasi
mijozlarining katta qismini ham Xlar deyishimiz mumkin.Diqqat savol:
X ni ikki so'zda yozib bering?
Javob: Uchar golland. Izoh: Ilk marotaba bo'ronga duch kelgan
Vagner undan kuchli taassurot oladi va o'zining uchar golland
operasini yaratadi. Gollandiyaning KLM aviakompaniyasi xizmatidan
foydalanuvchi mahalliy aholini ham uchar gollandlar deyish mumkin
10. Yevropa chempionlar ligasi madhiyasi Gendelning "Rohib Zadok"
operasiga asoslangan bo'lib, bu hafta ingliz klublari uyida bo'lib o'tgan
o'yinlarda yangramadi. Bunga asosiy sabab qilib UNI keltirishadi. Diqqat
savol: UNI tarkibida lotincha so'z bo'lgan bir necha so'zda yozib bering.
Javob: Qirolicha Yelizavetta 2 koronatsiyasi. Izoh: Savolda aytib
o'tilganidek, Chempionlar ligasi madhiyasi Gendelning "Rohib Zadok"
operasiga asoslangan bo'lib, ushbu musiqiy asardan ingliz qirollik
oilasi a'zolari koronatsiya marosimida foydalanishadi. Shu sabab ham
bu hafta Yelizavetta 2 vafoti uchun motam davomida ushbu musiqa
yangrashiga qarshilik qilishdi.
Manba:https://www.express.co.uk/sport/football/1668366/
Champions-League-anthem-dropped-Queen-death-fans-left-saying-
same-thing/amp
11. Savolda BU ISH SODIR BO'LISHI boshqa uch so'z bilan
almashtirilgan!
Ingliz bolalari orasida "London ko'prigi" nomli o'yin mashhur bo'lib, bu
o'yinda ikkita bola qo'llarini bir-biriga uzatgan holda o'ziga xos ko'prik
hosil qiladi. O'yin bilan parallel ravishda qo'shiq kuylanadi va qo'shiq
to'xtaganda qaysidir ma'noda BU ISH SODIR BO'LADI. Afsonalarga
ko'ra, Vikinglar hujumi davrida Meri ismli "farishta" BU ISH SODIR
BO'LISHINING oldini oladi. Diqqat savol: Kutilmagan savol Vikinglar
qaysi sanada hujum qilishgan?
Javob: 8-sentabr. Izoh: BU ISH SODIR BO'LISHI - London ko'prigi
qulashi. Qiziqarli tasodifni qarangki, "London ko'prigi" nomli
operatsiyaga ko'ra, Yelizavetta 2 vafot etganida "London ko'prigi
quladi" deya signal berilishi kerak edi va va ushbu signal shu yilning 8-
sentabrida sodir bo'ldi. Afsuski, bu safar hech bir farishta Londonni
ko'prik qulashidan saqlab qololmadi.
Manba: https://allthatsinteresting.com/london-bridge-is-falling-down
12. Ukrainadagi press-konferinsiyada Qrimlik qochoq siyosatchi yaqin
orada yarim orolni etno-demografik tozalash kerakligini aytadi. Lekin
dekommunizatsiya va dekolonizatsiya qilish juda og'ir ish ekanligini
garipa turib, Qrimni IKS bilan taqqoslaydi.
Diqqat savol: IKSni unli harflar bilan boshlanuvchi ikki so'zda yozib
bering?
Javob: Avgiy otxonasi. Izoh: Qrimni etnik tozalash juda ham qiyin
ish deya turib, Geraklning 6-jasoratini, ya'ni Avgey otxonasini
tozalashni keltirib o'tadi
Manba: https://arctus.livejournal.com/2107499.html

Ikkinchi tur!
mad_max93September 29, 2022

1. Eslatma, bu ish hech qanday sovg‘a yoki xizmatlar


almashinuvi emas.
1972-yil chiqqan filmda, bosh qahramon aktyor El Martinoga bu ishni
qilishini aytadi va shu bilan hammasi hal bo‘ladi. Shuningdek ushbu
filmda, bosh qahramonning o‘g‘li aktrisa Dayan Kitonga, bu ishni qilish
orqali yana bir bor aktyor El Martinoning muammosini hal qilinganini
takidlaydi. Diqqat savol, bu ishni bir necha so‘zda yozib bering.
Javob: Rad etib bo‘lmas taklifni berish! 1972-yil ekranlarga
chiqqan Cho‘qintirgan ota filmida, Djonni Fonteyn (aktyor El Martino)
don Vito Korleone oldiga kelib, filmda bosh rolni ijro etishini, rejissyor
esa rad qilgani aytgach, Carleone rejissyorga rad etib bo‘lmas taklifni
berishini aytadi. Shuningdek film boshida Maykl, do‘sti Kay Adamsga
(aktrisa Dayan Kiton) Fonteyn musiqa guruhi shartnomasidan chiqishi
uchun, guruh esagiga yana bir bor rad etib bo‘lmas taklifni berganini
eslatadi Rad etib bo‘lmas taklif esa, bu qandaydir sovg‘a yoki yoki
xizmatlar almashinuvi emas, balkim o‘limga tahdid edi.
2. Savolda almashtirish bor.
"Simpsonlar" multserialining bir epizodida xomiylardan biri Tuyani
dumi yerga tekkanda kompaniyaga million dollar tikishini aytadi. "Pink
Floyd" guruxi "Animals" nomli albomi muqovasi uchun fotos’yomka
qilayotgan vaqtda Tuyani dumi yerga tegishi sodir bo‘ladi va shu sababli
Londondagi Xitrou aeroportidagi reyslar biroz kechiktiriladi. Diqqat
savol almashtirilgan so’zlarni ikki yoki uch so’zda yozib bering.
Javob: Cho‘chqaning uchishi(Cho‘chqaning parvoz qilishi).
Inglizlarda "qachonki cho‘chqa uchganda" nomli ibora bo‘lib, bizdagi
Tuyani dumi yerga tekkanda iborasiga analog va xech qachon sodir
bo‘lmaydigan ishlarni ifodalashda qo‘llanadi. Xomiy shu orqali xech
qachon bunchalik katta pul tikmasligini bildiradi. Pink Floyd guruxi
fotos’yomkasi vaqtida shishirilgan yirik Cho‘chqa ko‘rinishidagi shar
yechilib uchib ketadi, Aeroport yaqinida bo‘lgan shu voqea sababli
reyslar biroz kechiktiriladi.
Manba;1.https://en.wikipedia.org/wiki/When_pigs_fly#%3A%7E
%3Atext%3D%22When_pigs_fly%22_is_an%2Cto_see_a_flying_pig.?
wprov=sfla1
2. https://t.me/hist_facto/5386
3. Garchi ushbu savoldagi faktga isbot keltira olmasakda, lekin bu
ma‘lumot to‘g‘ri ekanligiga ishonamiz.
Portda hisobchining ish jarayonini kuzatgan ingliz muhojirlari,
unga ,,kalkulyator yigitcha" deya laqab berishadi.
Diqqat savol: Uning faqatgina familiyasini yozib berishingiz kifoya?
Javob: (Srinivasa) Ramanudjan. Izoh: Buyuk hind matematigi
Srinivasa Ramanudjan Kembrijga ketguniga qadar, Madrasdagi
portda hisobchi bo‘lib ishlaydi. U har qanday katta sondagi hisob
kitoblarni xayolida hisoblar edi va shu sabab kalkulator yigitcha
laqabini olgan.
Kembrijga taklif qilinganidan so‘ng, u matematik sifatida yanada
o‘sishga erishadi, lekin o‘ylab topgan formulalarini isboti bilan
shug‘ullanishni istamasdi. Savol boshida aytib o‘tilgan so‘zlar ham,
Ramanudjanning aynan ushbu jihatiga o‘xshatish edi. Uning hayoti
haqida suratga olingan ,,Cheksizlikni anglagan inson" filmida ham
bular haqida batafsil ko‘rishingiz mumkin
4. Tarqatma: Jack The Ripper
Rassom Jekson Pollok o'zining mashhur tomchilab bo'yash texnikasini
yaratadi va matolar yuzasiga teginmasdan o'z asarlarini yaratadi. Shu
sabab, unga tarqatmadagi laqabni berishadi. Diqqat savol: Biz
tarqatmada bir so'zdan bir harfni tushirib qoldirdik o'sha harfni yozib
bering
Javob: D. Izoh: Savolda aytib o'tilganidek Jekson asarlarni qo'l
tekkizmasdan balki qaysidir ma'noda matoga bo'yoqlarni purkash
orqali yaratgan. Dripper esa ingliz tilidan "purkovchi" deya tarjima
qilinadi. Darvoqe, Pollokning Jek chavaqlovchiga hech qanday aloqasi
yo'q.
Manba:https://www.google.com/url?
sa=t&source=web&rct=j&url=https://www.albanymuseum.com/kids-
staying-inspired/jack-the-
dripper&ved=2ahUKEwjqk_vyoJn6AhWQxIsKHSxCAOQQFnoECCkQB
Q&usg=AOvVaw35o3zLxzba8dJvKlfMaikU
5. Bu savolga javob topish uchun ingliz tilini bilishingiz shart emas.
Shunchaki biroz e'tiborli bo'lishning o'zi yetarli
Viktoriya davridagi London shimolida bir qancha ijobiy ijtimoiy
o'zgarishlar sodir bo'ladi. Xususan, ko'chalarga yangi chiroqlar qo'yish va
xarobalarning keyinchalik yashash uchun yaroqli holatga kelishini aytish
mumkin. Bu o'zgarishlarga sabab qilib UNI ko'rsatishadi. U haqidagi
maqolada jarrohlikka qiziquvchi o'qituvchi Montagua Druitt, rus
kriminali va fizigi Maykl Ostrog hamda ayollarni uncha xushlamagan
Aaron Kosminski eslab o'tiladi. Diqqat savol: UNI kimligini inglizcha uch
so'zda yozib bering.
Javob: Jack The Ripper [Jek Z riper]
Izoh: Gap mashhur va sirli seriyali qotil Uaytchepellik Jek
chavaqlovchi haqida bormoqda. Uning qotilliklari sabab London
shimolidagi hududlarga jurnalistlar qiziqishi ortib ketadi hamda ular
qotillik haqida material tayyorlash jarayonida uyerdagi yomon
ijtimoiy holat bilan tanishishadi va bu keyinchalik uyerdagi ijobiy
o'zgarishlarga sabab bo'ladi. Jek chavaqlovchi haqidagi ma'lumotlarda
uning tibbiy bilimga ega ekanligi haqidagi farazlar ilgari suriladi. Shu
sabab ham Jek sifatida gumonlanuvchilar asosan tibbiyotga
qiziquvchilar va olimlar ekanligi bejiz emas. Darvoqe, savol
preambulasida aytib o'tilganidek javobni yozib berish uchun ingliz
tilini bilishingiz shart emas shunchaki bundan oldingi savol
tarqatmasiga jamoa nomini yozib berishning o'zi yetarli edi
Manba: https://www.britannica.com/biography/Jack-the-Ripper
6. Damashq shahridan 50 km janubda joylashgan shia musulmonlar
masjidida U joylashgan, va ziyoratchilar ko‘p kelishining asosiy
sababidir.
Diqqat savol: Uni bir xil harfdan boshlanmaydigan ikki so‘zda yozib
bering?
Javob: Hobilning qabri. Izoh: Suriyada joylashgan Nabi Habil
masjididagi 7 metrli qabr Hobilga tegishli ekanligi aytilgan
Manba:https://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%9C
%D0%B5%D1%87%D0%B5%D1%82%D1%8C_%D0%9D
%D0%B0%D0%B1%D0%B8_
%D0%A5%D0%B0%D0%B1%D0%B8%D0%BB%D1%8C
7. U 1914-yil Bremmerga yozgan maktubida go'zallikni eng sodda
ko'rinishga namoyon qilish uchun, gorizontal va vertikal chiziqlar,
shuningdek ranglar kombinatsiyalaridan foydalanishini yozib qoldiradi.
Diqqat savol: 1872-yil Amersfortda tug'ilgan bu inson kimligini toping?
Javob: Pit Mondrian. Izoh: Pit Mondrian o'zining to'g'ri
to'rtburchak shakllar va ranglar kombinatsiyalaridan iborat
kompozitsiyalari bilan mashhur
Manba:https://kulturologia.ru/blogs/090316/28743/#:~:text=
%D0%9F%D0%B8%D1%82%D0%B0%20%D0%9C%D0%BE%D0%BD
%D0%B4%D1%80%D0%B8%D0%B0%D0%BD%20%2D
%20%D1%85%D1%83%D0%B4%D0%BE%D0%B6%D0%BD
%D0%B8%D0%BA%2C%20%D0%BE%D0%BA
%D0%B0%D0%B7%D0%B0%D0%B2%D1%88%D0%B8%D0%B9%20%
D0%B2%D0%BB%D0%B8%D1%8F%D0%BD
%D0%B8%D0%B5,%D0%BF%D1%80%D1%8F%D0%BC%D0%BE
%D1%83%D0%B3%D0%BE%D0%BB%D1%8C%D0%BD
%D0%B8%D0%BA%D0%B0%D0%BC
%D0%B8%20%D0%B8%20%D0%BA
%D0%B2%D0%B0%D0%B4%D1%80%D0%B0%D1%82%D0%B0%D0%
BC%D0%B8%20%D1%87%D0%B8%D1%81%D1%82%D1%8B
%D1%85%20%D1%86%D0%B2%D0%B5%D1%82%D0%BE%D0%B2.
8. Bir amerikancha film qahramoni bo'lgan ota bo'lajak qora tanli
kuyoviga o'zini irqchi emasligini isbotlash maqsadida agar iloji bo'lsa BU
ISHNI 3-marta qilishga tayyor ekanligini aytadi. Aytish mumkinki, 2012-
yilda 66 millionga yaqin kishi BU ISHNI QILGAN. Diqqat savol: BU
ISHNI QILISH deganda nima nazarda tutilayotganini dastlabki ikki so'zi
bir xil harfdan boshlanuvchi 3 so'zda yozib bering
Javob: Obamaga ovoz berish. Izoh: Film personaji shu orqali o'zini
irqchi emasligini qaysidir ma'noda isbtolamoqchi bo'ladi. 2012-yil esa
qariyb 66 million AQSh fuqarosi Obama nomzodiga ovoz berishadi
Manbalar: 1. https://www.avclub.com/bradley-whitford-didnt-
realize-get-outs-obama-line-was-1835163054
2.https://en.wikipedia.org/wiki/
List_of_United_States_presidential_candidates_by_number_of_votes
_received
9. Keyingi savolda tarqatma material bor!
Blits.
1. Xolila ismli bolakay maktabga borib, inglizcha ism oladi. U buyuk flot
rahbari bo’lishni orzu qilgan, ammo keyinchalik davlat rahbari bolishni
uddaladi. Diqqat savol u kim?
2. Ma'lum bir manbadan ajratilgan va zamonaviy tasniflash testlari bilan
aniqlangan bakteriyalar, zamburug'lar va boshqa mikroorganizmlar
umumiy shu nemischa so’z bilan ataladi.
3. U 1891yilda Varshavada yevreylar oilasida dunyoga kelgan. Yozuvchi,
shoir, adabiy tanqidchi va tarjimon sifatida nom qozongan. Ko’plab
olimlar singari u ham surgunda 1938 yilda vafot etadi. Diqqat savol u
kim?
Javob: 1.Mandela 2.Shtamm 3.Mandelshtam. Bu yerda gap
Nelson Mandela haqiada bormoqda. U JARdagi odatga ko’ra Nelson
ismini oladi. Shtam zamonaviy fanda yangi aniqlangan bakteriya va
boshqa mikroorganizmlarni ifodalaydi. Masalan omicron shtammi.
Osip Mandelshtam ham ko’plab ijodkorlar singari surgunda vafot
etgan.
10. Tarqatma material.
1780-yilda yaratilgan ushbu surat, Pushkinning uy-muzeyiga
joylashtirilgan. Bir versiyaga ko‘ra suratdagi shaxs baron Meller-
Zakomelskiy. Diqqat savol, yana bir versiyaga ko‘ra suratdagi inson kim?
Javob: Abram Petrovich Gannibal. Qabul Gannibal. Gannibal
afrikalik knyazning o‘g‘li va Pushkinning katta bobosidir. Biroz baxsli
bo‘lganligi uchun xam(baron Meller-Zakomelskiy ekanligi yoki
Ganniballigi) Pushkinning uy muzeyiga joylashtirilgan. Suratdagi qora
tanli inson va suratning Pushkin uy-muzeyiga joylashtirilgani javobni
osongina topishingizga yordam bergandir.
11. AQSH tarixida kemalar bilan bog‘liq eng dahshatli falokat 1865-yil,
27-aprelda sodir bo‘lgan. Missisipi daryosida "Sultana" kemasi yonib
ketadi va umumiy xisobda 1653 ta odam halok bo‘ladi. Gazetalarda bu
voqea deyarli yoritilmagan, shuningdek, omma e’tiboriga xam deyarli
tushmagan. Diqqat savol ushbu kema halokatiga kam e’tibor berilishiga
sabab bo‘lgan ikki insonni yozib bering.
Javob: Avraam Linkoln, Djon Uilks But. Izoh: o‘sha yil 15-aprelda
Djon But Avraam Linkoln joniga qasd qiladi va barcha pressa shu
voqea haqida, sabablar, tavsilotlar xaqida yozish bilan band edi.
Titanikdan ancha kichkina bo‘lsada o‘lim soni bo‘yicha ushbu kema
falokatida Titanik falokatidan ko‘ra ko‘proq odam o‘lgan.
Prezidentning o‘limi ushbu voqeani e’tiborsiz qolinishiga olib keladi.
Manba:1.https://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%A1%D1%83%D0%BB
%D1%82%D0%B0%D0%BD%D1%88%D0%B0?wprov=sfla1
2. https://t.me/hist_facto/5466
12. Marifat.uz saytida IKS uchun quyidagi talablar keltirilgan: Notiq,
Xattot, Lug'atshunos, Ssenarist, Aktyor, Kitobxon va hokazo.
Diqqat savol: 1937-yilda yozilgan IKS kimga tegishli?
Javob: Abdulla Qahhor. Izoh: IKS - Adabiyot muallimi. Saytda
adabiyot muallimi personajlar rolini o'ynab bera olishi, turli tadbirlar
ssenariysini yoza olishi va yana ko'plab sifatlar egasi bo'lishi keltirib
o'tilgan
Manbalar:1.http://marifat.uz/marifat/v_pomosh_uchitelu-marifat/
5190.htm

Uchinchi tur.
mad_max93September 29, 2022

1. IKS Toshkent shahrining Govkush mahallasida o‘tgan. 1963-yilda chop


etilgan boshqa bir IKS esa, avtobiografik asar bo‘lib, ko‘plab o‘g‘il
bolalarning boshidan kechiradigan psixologik kechinmalari va 20-asr 10-
yillaridagi voqealarni o‘z ichiga oladi. Diqqat savol: IKSni ikki so‘zda
yozib bering?
Javob: Oybekning bolaligi. Izoh: Savolning birinchi qismi yozuvchi
Oybekning bolalik yillari haqida. Ikkinchi qismi esa uning ,,Bolalik"
qissasi haqida edi
2. 8-sentabr kuni Yelizavetta 2 vafoti e'lon qilingandan keyin ingliz
tilidagi Wikipedia 15 daqiqa ichida 50 martadan ortiq tahrirlanadi.
Foydalanuvchilar kiritgan o'zgarishlarning katta qismi U bilan bog'liq
edi. Ingliz tilida ULAR soni 12 ta. Diqqat savol: ULARNI ikki so'zda yozib
bering
Javob: Fe'l zamonlari. Izoh: Yelizavetta 2 o'limidan keyin tabiiyki, U
bilan bog'liq hozirgi zamondagi fe'llar barchasi o'tgan zamonga
o'zgartirib chiqiladi. Ingliz tilida esa 12 ta asosiy Fe'l zamonlari mavjud
Manba:https://metro.co.uk/2022/09/09/how-wikipedia-responded-
when-news-of-the-queens-death-broke-17335549/
3. Keyingi savolda tarqatma material bor.
2021-yil, auksionda, Djekning, 2006-yil 21-martdagi “ilk ijod namunasi”,
2,9 mln $ sotildi. Diqqat savol, bu “ijod namunasi” qayerda yaratilgan
edi?
Javob: Twitterda! 2006-yil 21-martda Tvitter asosichilaridan biri
Djek Dorsi tvitterdagi ilk tvitini e’lon qiladi. Unda «just setting up my
twttr» (Men shunchaki o‘z tvitimni sozlayapman) yozuvi yozilgan edi.
2021-yil esa bu tvitt auksionda 2,9 mln $ sotildi. Shuningdek savolning
qisqaligi ham sizga qandaydir yordam bergan bo‘lsa ajab emas.
Manba: https://3dnews.ru/1035499/perviy-tvit-glavi-twitter-prodali-za-
29-mln-v-kachestve-nft
4. Tarqatma material
Tarqatmadagi kartina Pavl Fedotov tomonidan yaratilgan "Nozik tabiat
kelin” kartinasi. Ushbu kartinadagi ayol kambag‘al yoki biror nuqsonga
ega emas, aksincha chiroyli va kelishgan. Kuyovlikka nomzod esa
unchalik chiroyli emas, xattoki bukri.
Lekin suratdagi ayol juda mamnun va xursand. Diqqat savol ushbu
kartinadagi holatga mos tushuvchi iborani birinchi uch so’zi bir harfdan
boshlanuvchi to’rt so’zda yozib bering.
Javob:Tanlab, tanlab tozisiga uchrabdi. Surat nomida aytib
o‘tganimizdek bu ayol injiq, u o‘ziga kelgan juda ko‘p sovchilarni,
yigitlarni qaytargan. Shu sababli ancha vaqt sovchi kelmay, qari qiz
bo‘lib qolgan, va nixoyat kuyovlikka nomzod chiqqanidan xursand.
5. Kuyovning ,,meni yomon ko‘rasizmi? "deb bergan savoliga Anna ,,
yo‘q" deb javob berdi va yugurib xonadan chiqib ketdi. Ushbu syujet A.S.
Pushkinning asarlaridan birida tasvirlangan.
Artifex.ru saytidagi UNGA atalgan maqolada yuqoridagi syujet eslab
o‘tiladi. Diqqat savol: Uni yozib bering?
Javob: ,,Noteng nikoh" kartinasi. Izoh: Pushkinning asarida qiz
o‘zidan ancha katta bo‘lgan erkakka majburan turmushga beriladi.
Kuyovning savolidan so‘ng, yig‘lab xonadam chiqib ketadi. Vasiliy
Pukiryovning ,,Noteng nikoh" kartinasi haqidagi maqolada ushbu
syujet ham eslab o‘tilgan. Sayt nomi balki sizga yordam bergandir
Manba:https://artifex.ru/%D0%B6%D0%B8%D0%B2%D0%BE
%D0%BF%D0%B8%D1%81%D1%8C/%D0%BD
%D0%B5%D1%80%D0%B0%D0%B2%D0%BD%D1%8B%D0%B9-
%D0%B1%D1%80%D0%B0%D0%BA/
6. Valentin Katayevninig “Polk o’g’li” asarida 14 yoshli bola nemis
askarlarining bazasi joylashgan yerni xaritaga tushiradi. Bolani ushlab
olgan nemis askarlari uni yaxshilab tekshirishganidan keyin xaritani
aynan bola chizganini Xdan aniqlashadi. X nomli bololalar ko’rsatuvi
Milliy telekanalida efirga uzatib kelinmoqda. Diqqat savol, X o’rnidagi 2
so’zni yozib bering?
Javob – Bola tilidan. Bola xarita chizish vaqtida qalamni doimiy
namlab turib chizgan natijada tili ham rang bo’lib qolgan. Bola tilidan
nomli ko’rsatuvni bilasiz albatta.
7. Milliy balalaykalarini dunyoga tanitishni istagan savdogar Vasiliy
Andreev yordam so'rab Semyon Nalimovga murojaat qiladi.
2020-yilda premyera qilingan Semyon Nalimov haqidagi xujjatli
film ,,Rus Sirisi" deya nomlanadi.
Yuqoridagi gapda, bir so'zda bir nechta harflar tushirib qoldirildi. O'sha
so'zni asl holida yozib bering?
Javob: Stradivari. Izoh: Semyon Nalimov yasagan balalaykalar
xuddi Stradivari skripkalari singari o'ziga xos edi. Keyinchalik ushbu
balalaylalar kolleksionerlarning asosiy nishoniga aylanadi.
Manba:1.https://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%9D%D0%B0%D0%BB
%D0%B8%D0%BC%D0%BE%D0%B2%2C_
%D0%A1%D0%B5%D0%BC%D1%91%D0%BD_
%D0%98%D0%B2%D0%B0%D0%BD%D0%BE
%D0%B2%D0%B8%D1%87?wprov=sfla1
2.https://andreyev-orchestra.ru/novosti/film-russkij-stradivari.html
8. Yuriy Bondaryevning 1970 yilda yozilgan asari nomi oksyumoron
deyishimiz mumkin. Bu asarda Stalingrad qamali vaqtida askarlar
boshidan kechirgan qiyinchiliklar haqida hikoya qilinadi. Issiq uyi va
oilasida kechib, sovuqda jang qilgan askarlar uchun eng issiq narsa balki
haqiqatdan ham X bo’lgandir. Diqqat savol bizga Xni emas asar nomini
sifat qatnashtirib ikki so’zda yozib bering?
Javob: Issiq qor. Qorning issiq bo’lishi aslida oksyumoron chunki u
issiqda eriydi. Bu asar 2-jahon urushiga bag’ishlangan asarlar orasida
ancha mashhur. Hattoki 2013 yilda Rossiya talim vazirligi tomonidan
o’qilishi shart bo’lgan 100 kitob ro’yxatiga ham kiritilgan.
9. Stanislav Lemning "Janob Jons, siz mavjudmisiz?" nomli pyessasida
doimiy ravishda jarohat oluvchi poygachi haqida gap boradi va asar U
haqida. Aytish mumkinki, qaysidir ma'noda Zakovat klubidagi kuzgi
mavsum o'yinlarida ham bir nechta UNI ko'rish mumkin. Diqqat savol:
UNI imlo xatolarisiz atoqli ot qatnashgan ikki so'zda yozib bering
Javob: Tesey kemasi. Izoh: Asarda poygachining butun organizmi
protez tizimiga ulanadi va bu haqiqiy Jonsligi yoki emasligi haqida
bahs boradi. Klub o'yinidagi ba'zi jamoalar tarkibining tanish qiyin
bo'lgan darajada o'zgarganini ko'rib qaysidir ma'noda ularga nisbatan
Tesey kemasi atamasini qo'llash mumkin, albatta.
Manba: https://www.goodreads.com/book/show/18631289-do-you-
exist-mr-jones
10. Amerikaning Emori instituti olimlari sichqonlarda bir genni
aniqlashgan. Ushbu genni olib tashlanishi sichqonning aqliy qobilyatlari
oshishiga olib keldi. Olimlar ushbu genni rasmiy ravishda "axmoqlik
geni" deb nomlashgan va ushbu personaj nomini berishgan. Bu
personajning qadimgi Gretsiyadagi Ioniya shahrida tug’ilgan insonga
aloqasi yo’q. Diqqat savol: ushbu genning norasmiy nomi qaysi personaj
nomi bilan atalishini yozib bering?
Javob: Gomer Simpson. Izoh: Gomer Simpson o‘zining o‘ta
axmoqligi va fikrlashi pastligi bilan mashxur bo‘lgan, shu sababli kulguli
voqealarga sabab bo‘lib yuruvchi personaj.
Manba:1.https://www.rbc.ru/society/
20/09/2010/5703de539a79470ab50250dd
2.https://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%93%D0%BE%D0%BC
%D0%B5%D1%80_%D0%A1%D0%B8%D0%BC%D0%BF
%D1%81%D0%BE%D0%BD?wprov=sfla1

11. Keyingi savolda tarqatma material bor.


Savolda Alfa va Betta so'zlari imlo qoidasiga ko'ra bir simvolgagina farq
qiladi!
Arablar tomonidan 710-yilda Ispaniya yerlariga yurish boshlanadi va bu
yurishga Tarif Ibn Malik ismli inson boshchilik qiladi. U egallagan hudud
Gibraltar bo'g'ozi yonida edi va aynan o'sha yerdan kemalarda
savdogarlar o'tishgan. Ibn Malik aynan o'sha yerdan o'tgan kemalar
uchun ilk bora o'z solig'ini joriy qiladi. Buni Alfaning qisqacha Bettasi
deyish mumkin. Diqqat savol: Alfaning Bettasini ayting
Javob: Tarifning ta'rifi. Izoh: Biz sizga hozirgi kunda soliq
ma'nosida ishlatiladigan tarif so'ziga ta'rif berishga harakat qildik.
Tarif tarixi shu tariqa paydo bo'lgan ekan
Manba: https://t.me/Iqtisodplus/49
12. Tarqatma:

Uning asl ismi Florian bo'lib, bu ism nemischada o'g'il bolalar ismi
bo'lgani uchun maktabda o'rtoqlari tomonidan ko'plab zo'ravonliklarga
duch keladi. Biz bilgan taxallusini esa, Karfagen malikasi sharafiga olgan.
U o'z o'g'liga Stan ismini bergan. Diqqat savol: UNING kimligini emas
o'tgan asr oxirlarida UNI mashhur qilgan asar nomini xohlang ingliz,
xohlang o'zbek tilida yozib bering
Javob: Thank you [Senk yu] Qabul: Rahmat
Izoh: Gap mashhur ingliz xonandasi Daydo haqida bormoqda. U o'z
taxallusini Karfagen malikasi Daydona sharafiga olgan. Uning Thank
you [Senk yu] nomli qo'shig'idan ilhomlangan holda Eminem "Stan"
nomli mashhur taronasini yaratadi. Tarqatmada esa, siz Eldido
guruhinining Eldor Xushvaqtovsiz ya'ni faqat DiDo bo'lib qolgan
variantini ko'rishingiz mumkin. Biz ham Daydo singari bugungi
navbatchilikda qatnashgan barcha jamoalarga rahmat aytgan holda
o'z navbatchiligimizni yakunlaymiz
Manba: https://en.wikipedia.org/wiki/Dido_(singer)
Navi
1-tur.
mad_max93October 05, 2022

Barchaga xayrli kech! “Zakovat” intellektual klubi Professional va Birinchi


liga Kuzgi mavsum o’yinlarining 3-turini “NaVi” jamoasi olib boradi.
Bugungi o'ynaladigan savollar paketini tuzish, to'plash, tahrir qilish va
tekshirishda faol qatnashganliklari uchun Abdunayim Abdushukurov,
Shoxzodbek Bektursunov, Farruh Adhamjonov, Ozoda Begmatova, Shoxrux
Xasanov, Shuxratjon Babayev, Lazizbek Azimov va Mushtariy Fozilovalarga
minnatdorchilik bildiramiz.
Jamoalarga eslatma: savol, uning javobi va izohini e'tibor bilan
eshitishingizni so'raymiz. Savoldan oldin yoki keyin aytiladigan so'zlar ham
savolga aloqador bo'lishi mumkin. Agar aloqadorlik bo'lmasa, bu holat
boshlovchi tomonidan ogohlantiriladi.
Barchangizga omad tilagan holda o'yinlarimizni boshlaymiz.
1. Diqqat, savolda U boshqa ikki so'zni almashtirib keladi.
Bo'ladigan bola boshidan ma'lum. Aytishlaricha, Pablo Pikassoda U
"qalam" bo'lgan. Ushbu savoldagi Uni yozib bering.
Javob: Bo’ladigan
Qabul: Diqqat
Izoh: U – birinchi so’z. Pikassoning tili chiqa boshlaganda aytgan
birinchi so’zi “qalam” bo’lgani ramziy ma’noga ega. Ushbu savol
matnidagi birinchi so’z esa “bo’ladigan” edi. Preambulani hisobga
olmasa. Ushbu savol bilan biz ham birinchi so’zimizni aytdik.
Manba:
1. https://bit.ly/3E7TmCs
2. Amerikalik ssenarist va prodyuser Don Simpson turli dorilarga ruju
qoʻygan edi. Vafotidan soʻng uning uyidan 2200 ta dori vositalari topildi
va ular qulaylik tarafidan SHUNDAY taxlangan edi. 1936-yil nashr
etilgan asar nomida ham SHUNDAY so'zlari bor. Ushbu asar muallifini
ayting.
Javob: Agata Kristi
Izoh: Dorilar alifbo boʻyicha taxlangan edi. Kristining Alifbo boʻyicha
qotillik asari 1936-yil nashr etilgan.
Manbalar:
1. https://www.latimes.com/archives/la-xpm-1996-08-18-mn-35445-
story.html
2.
https://en.m.wikipedia.org/wiki/Agatha_Christie:_The_ABC_Murders
_(2016_video_game)
3. Singapur ekvatorial iqlimga ega. Finlyandiyalik poygachi Valtteri
Bottas Singapur Gran-Prisiga tayyorgarlik jarayonini unda o'tkazdi.
Savol matnidagi so'zlardan birida bir nechta harf tushirib qoldirilgan.
Ushbu so'zni asl holida yozib bering.
Javob: Saunada
Izoh: Singapur issiq va nam havo iqlimida joylashgan. Fin poygachisi esa
shunday sharoitga moslashish uchun saunada tayyorgarlik qiladi.
Manbalar:
1. https://www.f1news.ru/news/f1-163228.html
2. https://en.wikipedia.org/wiki/Singapore#Climate
4. Diqqat, savolda BU ISHNI QILISH soʻzlari bilan boshqa bir
nechta soʻz almashgan.
BU ISHNI QILISHga islomda faqatgina bir necha oʻrinlardagina ruhsat
berilgan. Xususan, oila ahilligini saqlab qolish kabilarda. AQSHlik
olimlar xulosasiga koʻra, BU ISHNI QILISH yurak xastaliklarining asosiy
sabablaridan biri ekan. Bir asar personaji BU ISHNI QILGANDAN soʻng
nima roʻy beradi?
Javob: Burni uzayadi
Izoh: BU ISHNI QILISH – yolg’on gapirish. Islom dinida odamlar orasini
isloh qilishda, urushda gʻalaba qilish uchun va oila ahilligini saqlab
qolish uchun yolg’on gapirishga ruxsat bor. Ammo boshqa oʻrinlarda bu
ishni qilish harom hisoblanadi. Pinokkio har safar yolg’on gapirganda
burni uzayadi.
Manbalar:
1. https://xs.uz/uz/post/yolgon-gapirish-yurak-khastaliklarini-keltirib-
chiqaradi
2. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Yolgʻon kitobi
3. https://en.wikipedia.org/wiki/Pinocchio
5. 1997-yilda chiqqan eng yaxshi filmlar roʻyxatidagi IMDb reytingi 20
taligida fransuz kinorejissyoriga tegishli [ Boʻshliq ]. 13-14-yoshingizdan
buyon tanish bir manbada ham [ Boʻshliq ]. [ Boʻshliq ] ni uch soʻzda
aniq ayting.
Javob: "Beshinchi element" — Bor.
Izoh: 1997-yil katta ekranlarga chiqqan eng yaxshi filmlar reytingida
Lyuk Besson rejissorligidagi "Beshinchi element" bor. 7-sinf vaqtingizdan
buyon tanish boʻlgan Mendeleyev davriy sistemasida ham beshinchi
element BOR.
Manbalar:
1. https://m.imdb.com/list/ls058519420/
2.
https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Kimyoviy_elementlar_davriy_sistemas
i
6. Bir serial qahramoni bo’lgan qiz shahar meri hisoblangan otasiga
norozilik belgisi sifatida Nyu-York Markaziy hiyobonida Ledi obrazida
sayr qiladi. Savol matnida tushirib qoldirilgan so’zni yozib bering.
Javob: Godiva
Izoh: afsonaga ko’ra, Ledi Godiva eri, gersog Leofrikdan xalqni
qiynayotgan soliqlarni pasaytirishni so’raydi, Leofrik esa agar ayoli
Koventri bo’ylab ot ustida yalang’och holda sayr qilsa, so’rov bajarilishi
aytadi. Godiva esa shartni amalga oshiradi. Serial qahramoni ham o’z
noroziligini Ledi Godiva kabi namoyish etadi.
Manbalar:
1. “Spic City” seriali epizodlaridan biri
2. https://en.wikipedia.org/wiki/Lady_Godiva
7. Lars fon Trier hayot sinovlari va adolatsizliklarini olib chiqqan filmida
doim baxtli yakunlanuvchi ALFAni zamonaviy ertakdan boshqa narsa
emasligini koʼrsatishga urinadi. “ALFA” jumlasini ilk bor 1931-yil Jeyms
Truslou Аdams ishlatgan. ALFAni unli harflardan boshlanuvchi ikki
soʼzda yozib bering.
Javob: Аmerika orzusi
Qabul: Amerikacha orzu
Manbalar:
1. Аdamsning “The epic of America” kitobida ilk bor ishlangan Аmerika
orzusi frazasi.
2. Lars fon Trierning “Dancer in the dark” filmi.
https://www.flickeringmyth.com/2013/05/lars-von-trier-bfi-
retrospective-dancer/
8. Savol muallifi Otajon Iskandarov emas!
1862-yilda nashr etilgan asar nomi izohida, liberalizm hamda nigilizm
oʻrtasidagi tafovut eskicha dunyoqarashli va kelajakka intilib
yashovchilar oʻrtasidagi konflikt orqali yoritib berilgani keltiriladi. Asar
muallifini ayting.
Javob: Ivan Turgenev
Izoh: Gap Turgenevning "Otalar va bolalar" asari haqida edi. Bunda
otalar eskicha dunyoqarashli liberallar, bolalar esa nigilizm ruhidagi
kelajakka intilib yashovchilar sifatida gavdalantiriladi. Shuningdek,
Otajonning "Otalar va bolalar" asariga ishlangan savol g’oyasiga hech
qanday daxli yoʻq, oʻxshashliklar tasodif.
Manbalar:
1. https://en.m.wikipedia.org/wiki/Fathers_and_Sons_(novel)
2. https://minikar.ru/uz/zdorove-i-krasota/sochinenie-na-temu-otcy-i-
deti-v-romane-turgeneva-otcy-i-deti-chitat/
9. IKSning ilk toʻliq tavsifini Arastu "Hayvonot tarixi" asarida keltirib
oʻtgan. "Etika" asariga koʻra birda baxtli, birda baxtsiz odam IKSga
qiyoslanadi. 1996-yil nashr etilgan asarda qayerga bormasin barcha
yerning tillarini tez oʻzlashtirib oladigan IKSning asl ismi Itolmas edi.
IKSni bir soʻzda ayting.
Javob: Buqalamun
Izoh: savolning 1-qismida buqalamun jonzotiga ta’rif keltirilgan, 2-
qismida esa Abdulla Oripovning “Sohibqiron” dramasida Amir
Temurning hufyasi Buqalamun esga olindi.
Manbalar:
1. Savol matnida keltirilgan asarlar
2. "Mangu hamrohlar" 57-bet
3. https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Sohibqiron_(she%CA
%BCriy_drama)
10. “Xaki rangidagi final” nomi bilan mashhur 1915-yilgi Angliya Kubogi
finali 24-aprel kuni bo‘lib o‘tadi. Aslida inglizlarning katta qismi ushbu
match o‘tkazilishiga qarshi bo‘lishgan. Bunday qarshilikka ko‘rsatilgan
sababda esga olingan shaharni yozib bering.
Javob: Ipr
Izoh: finaldan 2 kun avval Ipr shahrida ilk marotaba kimyoviy qurol
qo‘llaniladi va ingliz armiyasi katta talofatlarga uchraydi, inglizlar ayni
damda futbol ko‘ngilga sig‘masligini aytishsa ham FA matchni o‘tkazadi.
Unga judayam ko‘p harbiy formadagi insonlar tashrif buyuradi, shu
tufayli final xaki rangi nomini oladi.
Manba:
1. https://en.wikipedia.org/wiki/1915_FA_Cup_Final
2. https://dzen.ru/media/wordnews/iz-istorii-futbola-final-cveta-haki-
5bd71afca6560100aaad5929
11. [Tarqatma]
Siz tarqatmada koʼrib turganni Saymon Uaytli yaratgan unda ham
koʼrishingiz mumkin. Uni bir nechta soʼzda ayting.
Javob: Matritsadagi (filmidagi) kod.
Izoh: Matritsa filmidagi kodni yaratishda dizayner Saymon Uaytli turli
raqam va sonlar aralashmasi bilan birga, yaponchada yozilgan sushi
retseptidan ham foydalangan. Tarqatmada esa sushi retseptini
matritsadagi kodlar koʼrinishida yozib berganmiz.
Мanba:
1. https://www.wired.com/story/the-matrix-code-sushi-recipe/amp
12. Umid qilamiz-ki, tur davomida birorta savolga to’g’ri javob
berolmagan jamoalar ushbu savolda hech bo’lmasa bir ochko
olishadi.
Ushbu film nomi lotinchadan “hiyla” yoki “nayrang” degan maʼnolarni
anglatadi. Filmdagi bosh qahramonlarga tanlangan ismlarning
initsiallaridan АBRА soʼzi kelib chiqadi. Ushbu film nomini toping.
Javob: Prestij
Izoh: ko’zbo’ylag’ichlar haqidagi film nomining bunday tarjimasi hamda
Alfred Borden va Robert Enjier (Angier) ning initsiallari “abracadabra”
so’ziga ishora qilish ramziy ma’noga ega. Balki siz ushbu savolga javob
topib, 1-turdagi prestij ochkosini qo’lga kiritgandirsiz.
Manba:
1. Nolanning Prestij filmi.
https://en.m.wikipedia.org/wiki/The_Prestige_(film)
2. Lotincha lugʼat. http://www.perseus.tufts.edu/hopper/text?
doc=Perseus:text:1999.04.0059:entry=praestigium

2-tur.
mad_max93October 05, 2022

13. Diqqat, savolda IKS boshqa bir ikki so'zni almashtirib


keladi.
Xirurg va detektiv yordamchisi Richard Kurtsning tibbiyot kollejida sodir
etilgan qotillikni o'rganishi va fosh etishi haqidagi asar "IKS" deb
nomlanadi. XVII asr 30-yillarida yaratilgan boshqa asar nomida IKS
bilan birga keltirilgan shaxsning kimligini toping.
Javob: Doktor Tulp
Qabul: Nikolas Tulp
Izoh: IKS - bu anatomiya darsi. Savolning 1-qismidagi asarni topishda
xirurg, tibbiyot kolleji va o'rganish so'zlari sizga yordam bergan deb umid
qilamiz. Rembrandtning "Doktor Tulpning anatomiya darsi" kartinasi
esa ancha mashhur.
Manbalar:
1. https://www.amazon.com/Anatomy-Lesson-Barent-Mystery-
Mysteries-ebook/dp/B01N7SUY9T
2.
https://en.wikipedia.org/wiki/The_Anatomy_Lesson_of_Dr._Nicolaes
_Tulp
14. Erik Vaynerning aytishicha, Butan yo'llarida harakatlanish
birmuncha xavfli. Bunga sabab qilib keskin burilishlar, hech qanaqa
to'siq o'rnatilmagan jarliklar va mahalliy haydovchilarning ALFAga
ishonishlari keltiriladi. ALFAni lotin tilidan kirib kelgan so'z bilan yozib
bering.
Javob: Reinkarnatsiya
Izoh: Butan aholisining katta qismi buddaviylik dini vakillari, shu tufayli
ular qayta tug'ilishga ishonishadi va avtohalokatlardan unchalik ham
cho'chishmaydi.
Manbalar:
1. https://klex.ru/p46
2. https://en.wikipedia.org/wiki/Reincarnation
15. Tim Taler o'z kulgusini pullagan bolakay. Tim haqidagi asar
bo'limlaridan biri IKS deya nomlanadi. Bir o'zbek qiziqchilari guruhining
oligarxlar farzandlari uchun mo'ljallangan bog'cha haqidagi chiqishi ham
IKS deb ataladi. IKSni bir xil boshlanuvchi ikki so'zda yozib bering.
Javob: Mitti millioner
Izoh: Tim o'z kulgusini har qanaqa garovda yutish qobiliyatiga almashadi
va boyib ketadi. "Million" jamoasining chiqishiga ramziy ma'noga ega
nom berilgan.
Manbalar:
1.
https://ru.wikipedia.org/wiki/Тим_Талер,_или_Проданный_смех#С
одержание
2. https://www.youtube.com/watch?v=Mrn0TzGnjYI
16. Bir viktorinadagi savolga noto'g'ri javob sifatida USHBU asar bosh
qahramonining har doim tonggi beshlarga yaqin uyg'ongani keltiriladi.
Ushbu asarni toping.
Javob: Farengeyt bo'yicha 451
Izoh: savolda nima uchun Gay Montegning kaskasida aynan 451 soni
keltirilgani so'raladi. Javoblardan biri esa qahramon har kuni 4:51 da
uy'gongan edi.
Manbalar:
1.
https://quizizz.com/admin/quiz/5973bc435416431100366df8/fahrenhei
t-451-content-quiz
2. https://en.wikipedia.org/wiki/Fahrenheit_451
17. Solresol bu — musiqiy notalardan tashkil topgan sunʼiy til
hisoblanadi. Solresolga koʻra "Domisol — Xudo" degani boʻlsa, shayton
qanday ataladi?
Javob: Solmido
Izoh: shayton so’zi xuddi shu notalardan, faqat teskarisiga tuziladi.
Manba:
1. https://en.m.wikipedia.org/wiki/Solresol
2. https://tmh.conlang.org/solresol/dictionary.html
18. Diqqat, savolda BO'SHLIQ so'zi boshqa bir so'zlarni
almashtirib keladi.
Okrestrning instrumentlar ovozini sozlash jarayoni BO'SHLIQ. 2-tur
savollari konsepsiyasini inobatga olgan holda, ushbu savol javobi ham
BO'SHLIQ. BO'SHLIQ o'rnidagi so'zlarni yozib bering.
Javob: Lya bilan boshlanadi.
Izoh: Orkestr ovoz sozlash jarayonida odatda dastavval goboy "lya"
notasini berib turadi, qolgan instrumentlar shunga qarab sozlanadi. 2-
turdagi javoblar mos ravishda do, re, mi, fa, sol notalari bilan
boshlanayotgan edi, bu konsepsiya ushbu savolda ham davom etdi.
Manba:
1. https://en.wikipedia.org/wiki/A_(musical_note)
19. Nyu-Delida joylashgan Lotos ibodatxonasi oq marmardan ishlangan.
Inshoot me'mori Fariborz Saxba ibodatxonani loyihalashtirishda qaysi
obyektdan ilhomlangan?
Javob: Sidney Opera uyi
Izoh: tashqi ko'rinishidan lotos gulini eslatuvchi bu inshoot shaklan
Sidneydagi boshqa bir mashhur binoga judayam o'xshash. Biz ushbu
savol bilan turdagi mini-konsepsiyani nihoyasiga yetkazdik.
Manbalar:
1. https://uz.wikipedia.org/wiki/Lotus_ibodatxonasi
2. https://en.wikipedia.org/wiki/Lotus_Temple
3. https://en.wikipedia.org/wiki/Sydney_Opera_House
20. Filarmoniya ijrochisi Liliya Ishemyarova Italiya shaharlaridan
biridagi gastroli haqida eslar ekan, har gal chiqishlarini bir xil qo'shiq
bilan yakunlaganini aytib o'tadi. Safaridan mamnun bo'lgan Liliya
intervyusi yakunida albatta bu shaharga hali yana qaytishini ta'kidlaydi.
Gap qaysi shahar haqida ketmoqda?
Javob: Sorrento
Izoh: Italiyadagi kurort shahar "Torna a Surriento" — "Sorrentoga qayt"
nomli qo'shiq bilan tanilgan. Konsertlari yakunida Liliya Ishemyarova
ham mahalliy xalq uchun sevimli kuyga aylangan qo'shiqni ijro etadi.
Intervyusini ham "Sorrentoga qaytaman" so'zlari bilan yakunlaydi.
Manbalar:
1. http://vechufa.ru/culture/12789-vernus-v-sorrento.html
2. https://en.wikipedia.org/wiki/Torna_a_Surriento
2-tur, 9-savol. [21]. Xalqimizning qadimda farzandiga USHBU ismni
qoʻyishi negizida bolani koʻz tegishi, bevaqt oʻlimdan asrab qolishiga
ishongani yotadi. Ba'zi manbalarda USHBU ismning maʼnosi bola hech
kimga keragi yoʻq shaklida keltirilgan. Sizga tanish bo'lgan USHBU
ismni yozib bering.
Javob: Itolmas
Izoh: turkiy xalqlar bolaga bunday hunuk ism qoʻyilishi ularni ins-
jinslarning nazaridan saqlaydi deb ishonishgan. Ushbu ism 1-turning 9-
savolida eslab o’tilgandi.
22. Filmlardagi oʼzgaruvchan yoki nisbatan past boʼlgan ALFAda
aktrisalar kalta yoki yigʼishtirilgan sochlar orqali tasvirlanadi. Bunga
asosiy sabab, vizual effektlar har qancha kuchli boʼlmasin uzun soch
tolalarining turli ALFAlardagi harakatini aniq tasvirlay olmasligidir.
ALFAni lotin tilidan kirib kelgan so’z bilan ayting.
Javob: Gravitatsiya
Izoh: Gravitatsiyada soch harakatlarini tasvirlash qiyin, shu tufayli ayol
ijrochilardan iloji boricha kalta turmak talab etiladi.
Manba:
1.
https://www.reddit.com/r/MovieDetails/comments/i4sxmk/females_in
_low_gravity_space_movies_tend_to_have/?
utm_source=share&utm_medium=ios_app&utm_name=iossmf
23. "Garri Potter va Azkaban mahbusi" filmida Germiona
Makgonagaldan bir vaqtning oʻzida bir necha darslarda boʻlish imkonini
beruvchi "Time Turner"ni olgani keltiriladi. Film boshidagi kichik
epizodlardan birida UNING kitobi mutolaa qilinyotganini koʻrish
mumkin. U bir nechta kameo rollariga ega ekanligi e’tiborga molik.
Uning kimligini toping.
Javob: Stiven Xoking
Izoh: Ramziy maʼnoda Xokingning "Vaqtning qisqacha tarixi" asari
mutolaasi epizodda aks etgan. Xokingning vaqtlar aro sayohat haqidagi
nazariyalari sizga yaxshi tanish deb umid qilamiz.
Manba:
1. "Garri Potter va Azkaban mahbusi" filmidagi epizod.
2. https://tjournal.ru/science/67617-samye-izvestnye-kameo-stivena-
hokinga
24. Duplet.
1. "Alfa-Tauri" poygachisi Yuki Tsunoda o'zining agressiv boshqaruv
uslubi bilan ajralib turadi. Poygalardan biridagi Tsunoda ishtirokidagi
to'qnashuv haqida gapirar ekan, jurnalist bir chet tilidan kirib kelgan
so'zni esga oladi. Ushbu so'zni yozib bering.
2. "Alfa-Tauri" poygachisi Yuki Tsunoda o'zining agressiv boshqaruv
uslubi bilan ajralib turadi. Poygalardan biridagi Tsunoda ishtirokidagi
to'qnashuv haqida gapirar ekan, sharxlovchi ALFAni esga oladi. ALFAni
qo'sh undosh qatnashgan so'z bilan yozib bering.
Javob:
1. Kamikadze
2. Korrida
Izoh: agressiv yapon poygachisini o'zini ham ayamay to'qnashib ketgani
uchun kamikadzega qiyoslashadi. "Alfa-Tauri" jamoasi nomidagi "Tauri"
buqa degan ma'noni anglatadi. Buqaning agressiv va to'qnashuvlarga
intiluvchi harakatlarini korridada ko'rish mumkin.
Manbalar:
1. https://f1.dziel-pasje.pl/f1_news-36017-Tsunoda-przyznaje-ze-mogl-
lepiej-przygotowac-atak-na-zespolowego-kolege.html
2. Buyuk Britaniya Gran-Prisi, asosiy poyga translyatsiyasidagi Tsunoda
ishtirokidagi to’qnashuv epizodi

3-TUR
mad_max93October 05, 2022

25. 1890-yillar boshida Hindiston safarida boʻlib qaytgan Britaniya


muzeyi sobiq kuratori va arxeologi Ormonde Maddok Dalton 1905-yilda
"Iks xazinasi" nomli asar yozadi. Avvalgi gapdagi soʻzlardan birida bir
harf almashtirilgan. Ushbu soʻzni asl holida yozib bering.
Javob: Oks
Izoh: 1897-yil Hindiston orqali Oks ya'ni Amudaryo xazinasi Britaniya
muzeyiga olib ketilgan. Yunonlar Amudaryoni Oks deb atashgan va
Yevropada ham shu nomda mashhur boʻlgan.
Manbalar:
1.
https://archive.org/details/TheTreasureOfTheOxusWithOtherObjectsFr
omAncientPersiaAndIndia
2. https://dewiki.de/Lexikon/Ormonde_Maddock_Dalton
26. Google Uni tavsiya qilar ekan, mutaxassislari past tezlikdagi
internetda ham optimallashtirilgani, shuningdek HD format
ustunliklarini keltiradi. Bir oʻzbek maqolida U tanlov jarayonida
qimmatbaho metaldan ustun koʻriladi. Savol matnining ikki joyida bir
nechta harflar tushirib qoldirilgan. Ushbu soʻzni asl holida yozib bering.
Javob: Duo
Izoh: Savolning birinchi qismida gap Google Duo videochat ilovasi
haqida ketyotgan edi va HD format ham qaysidir maʼnoda yordam
bergandir. Shuningdek, oʻzbek xalq maqoli: "Oltin olma duo ol, duo oltin
emasmi" edi.
Manba:
1. https://www.airdroid.com/screen-mirror/use-google-duo-on-pc/
27. Afsonalarga koʻra, Yada toshi yordamida duo qilinib qurg'oqchil
yerlarga qor va yomg'ir yog'dirish mumkin ekan. Bu toshni Abuturk oʻz
otasidan olgan. Abuturkning otasi kim?
Javob: Nuh alayhissalom
Izoh: Abuturk bu — Nuh a.s. ning oʻg'li Yofasning nomlaridan biri
hisoblanadi. Nuh alayhissalom Yada toshi orqali yog'ingarchilik ilmini
egallagan, keyin buni oʻg'liga oʻrgatgan.
Manbalar:
1. https://kh-davron.uz/kutubxona/jahon/turk/tuvaning-bosh-shomoni-
kara-ool-dopchun-ool-nasihatlaridan.html
2. https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Yofas
28. Kompyuter protsessorlarining kuchini aniqlovchi stress testda
Undan foydalaniladi. Savol muallifi Uni eslarkan, maktab vaqti
geometriya imtihonida suflyor doʻstining yordamini toʻg'ri anglolmay
javobga sabzavot nomini yozib chiqqanini xotirlaydi. Uni ayting.
Javob: Pi
Izoh: Kompyuter protsessorlari pi sonini hisoblatish orqali stress testing
qilinadi. Suflyor doʻstining javobga "pi yoz" deya qilgan yordamini savol
muallifi piyoz deb tushunadi.
Manba:
1. https://letstalkhealth.in/stress/why-computing-pi-is-considered-a-
stress-test-for-computers/
2. Savol muallifishing shaxsiy tajribasi
29. Rossiya prezidenti Vladimir Putin talabalar bilan uchrashuv
davomida siyosiy faoliyatini yakunlagach, o'zini agrar sanoatga
bag'ishlash xohishi borligini aytib o'tadi. Nikolay Fyodorov o'z
maqolasida Putinni unga qiyoslaydi. Uning kimligini toping.
Javob: Diokletian
Izoh: Rim imperatori Diokletian taxtdan voz kechib, karam yetishtirish
bilan mashg'ul bo'lgani bilan mashhur. Fyodorov Putinni zamonaviy
Diokletian sifatida keltiradi.
Manbalar:
1. http://council.gov.ru/services/discussions/blogs/131354/
2. https://en.wikipedia.org/wiki/Diocletian
30. Diqqat, savolda almashtirilgan soʻz bor.
"Feldmarshal — fransuzcha "oʻrinni egallash, oʻrinbosar" soʻzidan kelib
chiqqan boʻlib, SSSR qurolli kuchlarida 1935-yildan joriy etilgan".
Avvalgi gapda biz BU ISHNI qildik. Oʻtgan asr oʻrtalarida BU ISHNI
qilmagan insonni ayting.
Javob: Iosif Vissarionovich Stalin
Qabul: Stalin
Izoh: Savolda biz Leytenantni Feldmarshal bilan almashtirdik. 2-jahon
urushi vaqtida nemislar ruslarga Stalinning oʻg'li Leytenant Yakov
Jugashvili oʻrniga Feldmarshal Paulyusni almashishni taklif qiladi. Bu
taklifiga javoban, Stalinning "Feldmarshalni Leytenantga
almashmayman" soʻzlari mashhur.
Manbalar:
1. https://www.warhistoryonline.com/instant-articles/nazi-forces-
captured-stalins-son.html/amp
2. https://uz.m.wikipedia.org/w/index.php?
title=Leytenant&variant=uz-cyrl
3. https://en.m.wikipedia.org/wiki/Lieutenant
31. Savolda almashtirishlar bor.
“Fight club” filmida bosh qahramonning uy manzili Potyomkin
qishlog’ida joylashadi. Potyomkin qishlog’i esa aslida mavjud boʼlmagan
qishloqlarga nisbatan ishlatiladi. Potyomkin qishlog’i oʼrnidagi soʼzlarni
toping.
Javob: Qogʼoz koʼcha.
Izoh: Xaritada yozilgan, lekin aslida mavjud boʼlmagan koʼchalar qogʼoz
koʼcha, yaʼni Paper Street deb ataladi. Bunday ko’chada istiqomat
qiluvchi Tayler Derden ham aslida mavjud emasligiga o’ziga xos ishora
ko’cha nomida ham mavjud.
Manbalar:
1. https://fightclub.fandom.com/wiki/Paper_Street_House
2. https://en.wikipedia.org/wiki/Paper_street
32. Klodett Kolvin intervyularidan birida univermaglarda kiyim kiyib
ko’rish imkoniyati ham bo’lmaganini ta’kidlaydi. Masalan, oyoq kiyimi
xarid qilish uchun jigarrang qog’oz paketga o’z oyog’i o’lchami sxemasini
chizib, do’konga yo’l olish kerak bo’lganini eslaydi. 16 yoshli qizaloq
bo’lgan kezlari Klodett ma’lum bir ishni 9 oy avval bajaradi. Kimdan
avval?
Javob: Roza Parks
Izoh: Klodett Kolvin Montgomeridagi avtobusda oq tanli yo’lovchiga joy
berishdan bosh tortadi, biroq usha yerning o’zida hibsga olinadi. Ba’zi
manbalar Roza Parks aynan Klodettdan ilhomlangan desa, boshqalari
fikricha Klodettning ijtimoiy statusi ancha past bo’lgani uchun uning
jasorati e’tiborsiz qolgan.
Manbalar:
1. https://www.npr.org/2009/03/15/101719889/before-rosa-parks-
there-was-claudette-colvin
2. https://en.wikipedia.org/wiki/Rosa_Parks
3. https://en.wikipedia.org/wiki/Claudette_Colvin
33. 1167-yilda tug'ilgan ingliz qiroli Ioann muayyan merosga ega
boʻlmagani uchun SHUNDAY laqabi bilan atalgan. 1949-yil SHUNDAY
boʻlib qolgandan soʻng yanada mashhur boʻlgan obyektni ikki soʻzda
ayting.
Javob: Gollivud belgisi
Qabul: Hollywood yozuvi
Izoh: Ioann muayyan merosga ega boʻlmagani uchun "Yersiz" laqabini
olgan. 1923-yil dastlab HOLLYWOODLAND yozuvi bilan paydo boʻlgan
belgi 1949-yil "Yersiz" qoladi va yanada mashhurlikka erishadi.
Manbalar:
1. https://www.worldhistory.org/King_John_of_England/
2. https://en.m.wikipedia.org/wiki/Hollywood_Sign
34. Sharafiddin Ali Yazdiyning "Zafarnomasida" keltirilishicha, Amir
Temurga halol jangda kuchi yetmasligini bilgan Ilyosxoʻja Uning
yordamidan foydalangan ekan. Uni ayting.
Javob: Yada toshi
Izoh: Yada toshi haqida turning 3-savolida ma’lumot berilgan edi.
Manbada Ilyosxoʻja shu orqali kuchli yomg'ir chaqirgani va natijada
bizga ma'lum "Loy jangi" boʻlib oʻtgani keltiriladi. Jang maydoni
loylangach, Amir Temur qoʻshini kiyim-kechak, qurol-yarogʻlari shu
darajada namiqib ketadiki, otliqning ham, piyodaning ham qimirlashga
majoli yetmaydi va mushkul ahvolda qoladi, Ilyosxoʻja lashkari esa kigiz
yopinib, oʻzlarini yomgʻirdan pana qiladilar.
Manba:
1. "Zafarnoma" asari, Sharofiddin Ali Yazdiy.
35. Bir qiz lablarini mustaqil shishirish uchun Undan foydalanib salbiy
natijaga erishadi. Olimlar haziliga koʻra, juda yuqori magnit maydoni
sababli Yupiter quyosh sistemasidagi U. Uni ikki o’zakli soʻzda ayting.
Javob: Changyutgich
Izoh: Oʻsmir qiz lablarini mustaqil boteks qilish uchun changyutgichdan
foydalanib, oʻziga zarar yetkazadi. Olimlar Yupiterni koʻplab asteroid va
boshqa xavflarni oʻziga tortib olishidan hazil aralash quyosh
sistemasidagi changyutgich deb nomlashadi.
Manbalar:
1. https://www.thevoicemag.ru/lifestyle/news/15-02-2017/19-letnyaya-
rostovchanka-popytalas-uvelichit-guby-pylesosom/amp/
2. https://www.missionjuno.swri.edu/origin?
show=hs_origin_story_jupiters-influence
36. Retba ko’liga kirishdan oldin mahalliy aholi tanasiga maxsus yog’
surtib chiqadi. Gap shundaki, Retba ma’lum bir ko’rsatkich bo’yicha
xatto Uni ortda qoldiradi. Uni ikki so’zda yozib bering.
Javob: O’lik dengiz
Izoh: Retba ko’li suvi tarkibidagi tuz konsentratsiyasi eng sho’r deya
ataluvchi O’lik dengizidan bir yarim barobar ko’p ekan. Mahalliy aholi bu
ko’ldan tuz ajratib oladi va shu jarayonda terisi kuyishini oldini olishga
harakat qiladi. Shu bilan, NaVi jamoasi navbatchiligi o’z nihoyasiga
yetdi. Ishonamiz-ki, bunday savollardan hech qaysi biringiz o’lib
qolmadingiz. Hammaga rahmat!
Manba:
1. https://dzen.ru/media/id/5aec5bed77d0e6504bcea6c1/5-samyh-
interesnyh-faktov-o-samom-rozovom-ozere-5aeea8ae55876b07fb2567b7
Farg’ona
1-tur.
mad_max93October 20, 2022

1-savol
Savolda BU ISHNI QILISH boshqa ikki so'zni almashtirib keladi.
Quora.com saytida agar sizni hayotingizga X orqali suyiqasd qilinayotgan
bo'lsa, avval havoni so'rib tashlab keyin tishlaringiz bilan BU ISHNI
QILISH tavsiya qilingan. Bugun sizlar BU ISHNI QILISHINGIZ uchun
muallifni fikriga ko'ra ushbu savollar PAKETidan kamida 80% savollarga
to'g'ri javob berishingiz kerak bo'ladi. Diqqat savol: Bu ishni qilish
o'rnidagi 2 so'zni yozib bering!
Javob: Paketni yirtish
Qabul: Paketni yorish. [2 so'zda ifodalangan sinonimik javoblar]
Izoh: X- selofan paket, quoradagi savol javobga ko'ra, agar kimdir sizni
selofan paket bilan bo'g'ib o'ldormoqchi bo'lsa, siz paketdagi havoni
so'rib olib, tishlaringiz bilan paketni yirtib nafas olishingiz mumkin ekan.
Bugungi biz tayyorlab kelgan savollar paketini "yirtvorish" uchun esa siz
kamida 80% savollarni to'g'ri topishingiz kerak bo'ladi. Savol matinidagi
paket so'zi balki sizga yordam bergandir.
2-savol
"Yoshlik" jurnalida chop etilgan bir maqolada OIVni yuqtirgan insondan
atrofdagilarga xohlagan payt yuqish ehtimoli mavjudligi aytiladi. Diqqat
savol: maqolada OIV infeksiyasi qaysi qurolga o'xshatiladi?
Javob: Domokl qilichi
3-savol
Tarqatma material
Ijtimoiy tarmoqlardan birida, mashxur sa'nat asarlardan ilhomlangan
holda yaratilingan filmlardagi sahnalar joylashtirilgan. Qarshingizda
ham, 1819-1823-yillar mobaynida dunyo yuzini ko'rgan ASARdan
ilhomlangan holda yaratilingan, "Favn Labirinti" filmidan parcha. Diqqat
savol: Ushbu asar mualifini yozib bering.
Javob: Fransick Goya
Izoh: Ushbu film epizodi, rassomning "O'z o'g'lini yeyayotgan Saturn"
kartinkasidan ilhomlangan holda yratilingan.
4-savol
2015-yilda Tailand hukumati anchayin eskirib, xarbiy harakatlarda
effektsiz bo'lib qolgan xar biri 12 milliard bat turadigan 3 ta xarbiy suv
osti kemasini cho'ktirib yuborishni keng muhokama qiladi. Bangkok Post
nashri bu haqidagi xabarda UNI takidlab o'tadi. Diqqat savol: Uni ikki
so'z bilan yozib bering.
Javob: Oq fil
Izoh: Bu suv osti kemalari xech qanday amaliy effektga ega bo'lmasdan,
soliq to'lovchilarni juda katta mablag'ini havoga sovurishga sabab
bo'layotgan edi.
Manba: https://www.bangkokpost.com/opinion/opinion/609172/sink-
these-submarines
5-savol
Tarqatma material

"Chakrulo" bu gruzin milliy xor qo'shig'i, tarqatmada Tbilisi yaqinida


"Chakrulo" qo'shig'i va NASA ning quyosh sistemasidagi sayyoralarni
o'rganish dasturiga bag'ishlangan yodgorlikni ko'rib turibsiz. Tarqatmaga
e'tibor qaratgan holda, ushbu yodgorlik NASAning aynan qaysi dasturiga
atalganini yozib bering.
Javob: Voyager
Izoh: Yodgorlikning ko'rinishi Voyager fazo kemasini esga soladi
shuningdek tarqatmada yodgorlikning pastki qismida "oltin plastinka"ni
ko'rishingiz mumkin. 1977-yilda Voyager bilan birgalikda yerdagi hayot
va xilma-xillikni tasvirlash uchun rasmlar hamda tovushlar mavjud
bo'lgan ikkita fonograf fazoga olib chiqiladi va ular Voyager's Golden
Record (Voyager Oltin Plastinkasi) deb nomlanadi. Ushbu plastinkalar
yerdan tashqarida uchrovchi har qanday ongli hayot shakllariga
mo'ljallangan. Chakrulo ham ushbu plastinkadan joy olgandi.
Manba:
1. https://t.me/nlevshitstelegram/5752
2. https://en.wikipedia.org/wiki/Voyager_Golden_Record
6-savol
Savol matnida harflar tushirib qoldirilgan
"Tolli" Teluga tilida mahsulot ishlab chiqaradi, "Dolli" esa Tamil tilida.
Lekin biz odatda yuqoridagi mahsulotlarni boshqa bir mashhur
raqobatchi nomi bilan bilamiz. Savol matinida biz qaysi 3 ta xarfni 2
martta tashlab ketganimizni topgan bo'lsangiz bizga mashhur
raqibatchini yozib bering.
Javob: Bollyvud
7-savol
2003-yilda AQSh Iroqqa qarshi 2-Fors qo'ltig'i urushini boshlaydi. Bu
xarbiy operatsiyaga dastlab "Operation Iraqi Liberation" ya'ni Iroqni
ozod qilish degan kodli nom beriladi. Keyinroq, bu operatsiyani nomi
"Operation Iraqi Freedom" deb o'zgartirilgan. Diqqat savol: Xarbiy
operatsiya nomini o'zgartirilishiga sababchi bo'lgan, qisqa inglizcha
so'zni yozib bering.
Javob: Oil
Izoh: Dastlab Operation Iraqi Liberation deb kodlangan operatsiyani
abbreviaturasi Oil yani inglizcha neft deb o'qilishi mumkin edi. Shunda
ko'pchilikda bu operatsiya shunchaki neft uchun bo'lmoqda degan
"yolg'on" (juda kinoya bilan, mantiqli urg'u berib o'qilsin shu so'z)
tasavvur uyg'onishi mumkin edi. Pentagon liberation so'zini unga
sinonim bo'lgan freedom bilan o'zgartiradi.
Manba:
1. https://www.urbandictionary.com/define.php?term=Operation
%20Iraqi%20Liberation
2. https://www.quora.com/What-are-some-cool-military-operation-
names
8-savol
Tarqatma material
____________________________
I had a home but I ....
I had a home but I .... ..... ....
____________________________
Tom Waitsning "Hell Broke Luce" qo'shig'i urushga jo'nab ketgan askar
tilidan ijro etilgan. Tarqatma materialda biz 4 va 5 nuqta bilan yashirgan
ikki so'zni yozib bering.
Javob: left, right
Izoh: I had a home but I left,
I had a home but I left, right, left.
Urushga uyini TASHLAB ketgan soldat, qo'shiqni ikkinchi qismi esa
soldatcha saf tortishga ishora edi.
Manba: https://youtu.be/Hepu9QL4gKo
9-savol
Bir karikaturada Kolumb tuxumi ichidan U chiqadi. "Alpomish
education" oʻquv markazining ingliz tilini OSON oʻrganish uchun
yaratgan afishasida ham Uni koʻrishimiz mumkin. Diqqat savol: Uni
kimligini yozib bering!
Javob: Haby Lame
Izoh: Kolumb tuxumi murakkab ishlarni oson hal qilish. Haby ham
shunday videolari bilan mashhur. Savoldagi oson soʻzi ishora boʻldi deb
oʻylaymiz.
10-savol
Tarqatma material
_____________________
DILER
_____________________
Farg'ona shevasiga allergiyangiz yo'q degan umiddamiz.
Ushbu atama dastlab huquq sohasida qo'llanilgan bo'lib, "qonunni
bilmaslik uni buzganlik uchun javobgarlikdan ozod qilmaydi" umumiy
huquqiy tamoyilning ma'lum darajada "to'sib qo'yishi" bilan izohlanadi.
Kinematografiyada uning qo'llanishi, MGM kinostudiyasining "Rasputin
va Qirolicha" filmi bilan bog'liq sudda yutqazishidan so'ng ommalashib
ketgan edi. Tarqatma materialda biz atamadan bir nechta harflarni
tushirib qoldirdik. Siz esa tushirib qoldirilgan harflarni o'z o'rniga qo'yib
atamani yozib bering.
Javob: Diskleymer
Izoh: Bu atam diskleymer bo'lib biz ham sizga Subyektiv loyihasidagi
diskleymer kabi jumla ishlatdik, o'ylaymizki shevamiz sizni jazavaga
tushurmayapti)
11-savol
Vietnam urushi davrida asirga olingan AQSh xarbiy havo kuchlari
askarlari yashash sharoitlari juda og'ir bo'lgan, sanitariya va oziq-ovqat
achinarli xolatda bo'lgan Vietnam qamoqxonalariga kinoyali tarzda ikki
so'zdan iborat bir nom berishgan. Bu nomni topishda sizga sizdan 3.4 km
g'arbda joylashgan obyekt yordam berishi mumkin. Diqqat savol: Siz
amerikalik qo'ygan shu nomni bir xil xarfdan boshlanuvchi ikki so'zda
yozib bering.
Javob: Hanoi Hilton
Izoh: O'ta og'ir ahvoldagi, Hanoyda joylashgan qamoqxonalarni
amerikaliklar kinoya bilan Hilton mehmonxonalariga qiyoslashgan.
Manba: https://www.wcia.com/news/local-news/american-pilot-
remembers-captivity-torture-in-vietnams-hanoi-hilton/
12-savol
Blits.
Mavzu Koreyscha xazillar.
1. Koreyschada yomg'ir "Bi" (비) degani, xazilga ko'ra, AQShda yomg'ir
yog'ishini bir gadjetni nomini aytish bilan ifodalasa bo'ladi. Siz shu
gadjet nomini abbreviatura bilan yozib bering.
2. Koreys tilida qon "Pi" (피) degani, burun esa "ko" (코), xazilga ko'ra
burun qonini erta tongda ichishni kim yoqtirishini ba'zi manbalarga
ko'ra kelib chiqishi serbcha bo'lgan 1ta so'zda yozib bering.
3. Koreys tilida bodom "amondi" (아몬드) deb talaffuz qilinadi. Xazilga
ko'ra bodom o'lgach, nimaga aylanishini bir inglizcha so'z bilan yozib
bering.
Javob: 1. USB | 2. VAMPIR | 3. DIAMOND
Manba: https://instagram.com/koreanstudyjunkie?
igshid=YmMyMTA2M2Y=

2-tur.
mad_max93October 20, 2022

13-savol
iPhone 14 smartfoni sotuvga chiqarilganidan keyin bir twitter
foydalanuvchisi endi BUNING narxi tushib ketishi mumkinligi haqida
kinoyali twit qoldiradi. Internet ma'lumotlariga ishonadigan bo'lsak
hozirda BUNING eng past narxi Hindistonda bo'lib o'rtacha 1500-2000
$ atrofida ekan. Biz savol matnidagi bir so'zda 2 marta harflar tushirib
qoldirganmiz, siz o'sha harflarni topib so'zni to'liq yozib bering!
Javob: Buyrak
Izoh: iPhone 14 chiqishi bilan yana odamlar o'z buyragini sotib puliga
iPhone sotib olishning avj olishi mumkinligini kinoyali tarzda eslab
o'tilgan. Eng arzon buyraklar Hindistondaligi bizni unchalik
hayratlantirmasa kerak.
14-savol
Tetrablits
1. Bu shaxs Qur'onda nomi zikr etilgan payg'ambarlardan biri bo'lib,
ma'lumotlarga ko'ra vaziyat taqozosiga ko'ra Misrdan qochib ketib arab
qiziga uylangani aytiladi. Bu shaxsni yozib bering.
2. Qur'onda nomiz zikr etilgan bu shaxs tarixiy ma'lumotlarga ko'ra Isroil
va Iudeyani birlashtirib yagona yaxudiy davlatni tuzgan. Bu shaxsni
yozib bering.
3. Qur'onda nomi zikr etilgan bu shaxsni manbalarga ko'ra Ruxulloh,
Abdulloh degan sifatlari ham bor. Bu shaxsni yozib bering.
4. Ma'lumotlarga ko'ra bu shaxsning Qosim, Tohir, Tayyib, Ibrohim ismli
o'g'illari ham bo'lib yoshlik chog'larida vafot etishgan. Bu shaxsni yozib
bering.
Javob:
1. Muso a.s.
2. Dovud a.s.
3. Iso a.s.
4. Muhammad s.a.v.
Izoh: Tetrablits muqaddas kitoblar Tavrot, Zabur, Injil va Qur'oni karim
nozil qilingan 4 payg'ambar haqida edi.
15-savol
Leeds jamoasining Argentinalik murabbiyi Marselo Bielsa Angliyaga
ishga kelgach jurnalistlar bilan muloqotdan iloji boricha qochishga
xarakat qiladi. Intervyu berishi kerak bo'lgan vaziyatlarda ham xech
qachon yolg'iz bo'lmaydi. Shunga qaramasdan, 2 yil avval Bielsani BU
ISHni qilgani ingliz matbuotida keng muhokami qilindi. Sizga BU ISHni
qilish imkoniyatini Google 2010-yilda taqdim etgan edi. Diqqat savol: bu
ishni qilish nima ekanini ikki so'z bilan yozib bering.
Javob: Tarjimonni tuzatish/ tarjimani tuzatish
Izoh: Marselo Bielsa Angliyaga kelganida uni ingliz tilini umuman
bilmaydi deb o'ylagan jurnalistlar, press konferensiylarni birida
tarjimonni xatosini tuzatganidan so'ng unga qarshi turli tanqidlarni
yog'dirishgan edi. Google esa 2010-yilda google tarjimonga tarjimani
tuzatish funksiyasini qo'shgan.
16-savol
Tarqatma material
Hawkwind (havkvaynd) nomli Ingliz Rok guruhining 1985 yil chiqarilgan
albomi "Bu ishni qiling" deb nomlangan. Siz qo'lingizda bu ishni qilish
"obyekti" ni ko'rib turibsiz. Diqqat, Siz ham ball olish uchun 1 daqiqadan
so'ng "bu ishni qiling".
Izoh: Albom "Gagarinni boshini menga keltiring" deb nomlangan,
tarqatmada esa Gagarinni boshini ko'rib turibsiz.
Javob: Siz bir ball olish uchun tarqatma materialga jamoangiz nomini
yozib keltirishingiz kerak edi.
17-savol
Duplet
1. B.S Halden tomonidan 1924-yilda yozilgan, insoniyatning aql-zakovati
va ixtirochilik qobiliyati uni YUQORI MARRALARNI zabt etishiga turtki
bo'lib, YUKSALISHGA yetaklashi aytilgan maqola nomida birinchini
ismini ko'rishimiz mumkin. Shu ismni yozib bering.
2. B.S.Haldenning 1924-yilda yozilgan maqolasiga tanqidiy tahlil berib,
insoniyatni aql-zakovati alal oqibat uni JARLIKKA QULASHIGA sabab
bo'lishi mumkinligi aytilgan Bertran Rasselning maqolasi nomida
ikkinchini ismini ko'rishimiz mumkin. Shu ismni yozib bering.
Javob:
1. Dedal
2. Ikar
Manbalar:
1.
https://en.m.wikipedia.org/wiki/Daedalus;_or,_Science_and_the_Futu
re
2.
https://www.marxists.org/reference/subject/philosophy/works/en/russ
ell2.htm
3. @leyamakasi
18-savol
Tarqatma material
Savol matnidagi U boshqa ikki so'zni almashtirib keladi.
Tarqatma materialda siz turli yillardagi UNI koʻrib turibsiz. U haqidagi
bir manbada esa Fuzuliy va Arshin Molchi eslab o'tiladi. Diqqat savol:
o‘sha manba kimga tegishli ekanini yozib bering.
Javob: Alisher Fayz
Qabul: Alisher Turdiyev
Izoh: Tarqatma materialda siz 2020,2021,2022-yillarda "Ozarbayjon
go’zali" nominatsiyasini yutgan qizlarni koʻrib turibsiz. Alisher Fayzning
"Ozarbayjon goʻzali" qoshigʻini esa tinglagan bo'lsangiz kerak.
Manbalar:
1. https://images.app.goo.gl/uNADtWb6Yy5JY2ydA
2. http://muz.uz/music/883-alisher-fayz-ozarbayjon-gozali.html
19-savol
Bir internet nashri 2008-2012 yillarda Rossiyada ro'y bergan siyosiy
o'zgarishlar haqida yozar ekan bu jarayonlarni demokratiya deb ataydi.
Shunigdek ushbu maqolada Samuel L. Jekson va Kventin Tarantino,
Djoel va Itan Koeni, Ze Xisiasi va Xayao Miyazaki kabi ismlarni ham
uchratish mumkin. Diqqat savol: Savol matnida biz bir so'zda 3 ta harfni
tashlab ketdik, siz shu harflarni joyiga qo'yib shu so'zni to'liq yozib
bering.
Javob: Tandemokratiya
Izoh: 2008-yilda Vladimir Putin o'rniga prezidentlik lavozimini Dimitriy
Medvedov egallaydi, Putin esa hukumat rahbari bo'lib qoladi. Bu o'ziga
hos tandemni rus jurnalistlari tandemokratiya deb atashadi.
Tandemokratiyani shuningdek savolda nomlari qayd etilgan ijodkorlar
ijodida ham kuzatishimiz mumkin.
Manba: https://theoryandpractice.ru/posts/19609-odin-v-pole-ne-
voin-chto-takoe-tandemokratiya
20-savol
Buyuk Britaniyani Brexit tufayli ko'plab muammolar girdobida
qolishi mumkinligi, jumladan Yevropolning ma'lumotlar ba'zasidan
foydalana olmaslik oqibatida jinoyatchilik oshib ketishiga bag'ishlangan
"The Economist" jurnalidagi maqola Brexit Britaniyani X ga aylantirib
qo'yishi mumkinligiga ishora qiladi va maqola ham X nomi ostida chop
etiladi. Boshqa bir X esa, 1995-yilda yaratilgan bo'lib, 2022-yil 28-
sentyabr kuni Britaniyada Top-5 likka qaytadi. Diqqat savol: Siz X
o'rnidagi ikki so'zni istasangiz orginalida, istasangiz o'zbekcha yozib
bering.
Javob: Gangsta's Paradise/ Gangsterlar jannati
Izoh: Yevropol tarmog'idan uzilib qolish, Britaniyani jinoyatchilar
uchun o'ziga xos jannatga aylantirib qo'yishi mumkinligi maqolada
ta'kidlab o'tilgan edi.
Barchamizga yahshi ma'lum bo'lgan Coolio ijrosidagi mahshur Gangsta's
Paradise qo'shig'i esa o'tkan oyda Coolioni o'limi tufayli yana Britaniya
chartlarida Top-5 likka qaytdi.
Manba:
1. https://en.m.wikipedia.org/wiki/Gangsta%27s_Paradise
2. https://www.economist.com/britain/2018/01/24/brexit-presents-
new-opportunities-for-organised-crime
21-savol
Britan yozuvchisi Endryu Xodjesning fikricha, ushbu insonning eng
sevimli multfilmi bu Uolt Disneyning "Oppog'oy"i edi. Shu sababli u
multfilmdagi eng asosiy sahnalardan birini o'z hayotida "qayta
sahnalashtirgan" edi.
Diqqat savol : Ushbu insonni yozib bering?
Javob: Alan Tyuring
Izoh: Mashxur ingliz matematigi Alan Tyuringning o'limi bilan bog'liq
versiyalardan biriga ko'ra u olma tarkibidagi sianid moddasining nojo'ya
ta'siri oqibatida vafot etgan. "Oppog'oy" multfilmida esa yovuz
qirolichaning olmani zaharlashi va zaharlangan olmani Oppog'oy yeyishi
oqibatida chuqur uyquga ketish sahnasi mavjud. Endryu Xodjesning
fikricha ushbu sahnadan Alan Tyuring ayniqsa ta'sirlangan edi.
Manba:
1. https://ru.m.wikipedia.org/wiki/%D0%A2%D1%8C%D1%8E
%D1%80%D0%B8%D0%BD%D0%B3,_%D0%90%D0%BB
%D0%B0%D0%BD
2. https://ru.m.wikipedia.org/wiki/%D0%91%D0%B5%D0%BB
%D0%BE%D1%81%D0%BD%D0%B5%D0%B6%D0%BA%D0%B0_
22-savol
Bu davlatdagi so'ngi yillardagi siyosiy tangliklar, nepotizm va ayniqsa
byurokratizm sabab yuzaga kelgan tartibsizliklar aks etgan videoga izoh
qoldirarkan bir ijtimoiy tarmoq foydalanuvchisi bu davlat nomidagi
harflarning o'rnini almashtirib yozadi. Diqqat savol: o'sha davlat nomini
yozib bering!
Javob: Qozog'iston
Izoh: Izohda Qozog'istonning harflar joyi o'zgartirilib Qog'ozistonga
aylantirilgan edi.
23-savol
Ispaniya bayrogʻidagi sariq rang Gabsburglar sulolasini ifodalaydi.
Bayroq markazidagi doira ichida "ordem e progresso" yozuvi joylashgan.
Yuqoridagi savol matnida biz bu ishni qildik. Diqqat savol: 2013-yilda bu
ishni qilgan Lugartolikni ism familiyasini yozib bering.
Javob: Diego Kosta
Izoh: Biz savolda Braziliyani Ispaniyaga almashtirdik. 2013-yilda
Braziliyalik Diego Kosta Braziliya terma jamoasini Ispaniyaga
almashtirgan.
24-savol
1974-yilgi, El-klassiko o'yinidan avval Barselona murabbiyi Rinus Mixels
Amsterdamga qo'ng'iroq qiladi. Unga Yoxan Kroyfni o'yin kuni
maydonda bo'lishi juda zarur edi. Rinus BU ISHni qilishni bir xafta
orqaga surishga muvaffaq bo'ladi. Diqqat savol: 11-asrda Al-Beruniy
tomonidan illustratsiya qilingan, Rinus telefonda orqaga surishga
kelishib olgan bu ishni nima ekanini bir xil xarf bilan boshlanuvchi ikki
so'zda aniq yozib bering.
Javob: Kesarcha kesish
Izoh: O'sha paytda Kroyfni xotini farzand kutayotgan edi. Rinus Kroyfni
o'yinga chaqirish uchun kesarcha kesish operatsiya vaqtini bir xaftaga
ortga surishga ko'ndiradi. Al-Beruniy esa 11-asrdayoq kesarcha kesishni
tasvirlab bergan.
Manba: https://eponym.ru/Object/115

3-TUR.
mad_max93October 20, 2022

25-savol
Aristotel bu qisqa savolga javob berish uchun sizni ideal dunyoga olib
ketgan bo'lar edi, Kant esa isbotlari bilan o'ylashga majbur qilar edi.
Savol muallifi umid qiladiki, sizda bu savolga javob topish jarayonida bu
qisqa savol paydo bo'ladi. Diqqat savol: shu savolni ikki so'z bilan yozib
bering.
Javob: Mantiq qayerda?
Izoh: Aristotelni fikriga ko'ra dunyoda absolyut mantiq mavjud emas
shuning uchun ideal jamiyat kerak uni tushinish uchun. Kant esa,
mantiqni sistematik o'rgangan.
26-savol
Tetrablits
1. Bu insonning yana bir ismi Abulbashar bo'lib, Qur’oni Karimning
ko‘pgina o‘rinlarida, jumladan Hijr, Sod, A’rof, Kahf, Baqara suralarida
keltirilgan. Bu insonni yozib bering.
2. Rivoyatlarga ko'ra bu shaxs mashhur 2 aka-ukadan keyin tug'ilgan
o'g'il. Makka yaqinidagi Abu Qubays togʻining gʻorida dafn etilgan. Bu
shaxsni yozib bering.
3. Qur'onda nomi zikr etilgan bu shaxs rivoyatlarga ko'ra xat va yozuvni,
kiyim tikishni boshlab bergan shaxs sifatida ko'riladi. Bu shaxsni yozib
bering.
4. Qur'onda nomi zikr etilgan bu shaxs oʻzidan keyin oʻtgan barcha
paygʻambarlarning bobokaloni, arablar va yahudiylarning umumiy
ajdodi hisoblanadi. Rivoyatlarga ko'ra Bobilda tavallud topgan. Bu
shaxsni yozib bering.
Javob:
1. Odam a.s.
2. Shis a.s.
3. Idris a.s.
4. Ibrohim a.s.
Izoh: Tetrablits 4 muqaddas kitobdan tashqari 100 sahifa nozil qilingan
4 payg'ambar haqida edi. 100 sahifadan 10 sahifa Odam a.s.ga, 50 sahifa
Shis a.s.ga, 30 sahifa Idris a.s.ga, 10 sahifa Ibrohim a.s.ga yuborilgan.
27-savol
Savol matnidagi Zed boshqa ikki so'zni almashtirib keladi
ZED loyihasi doirasida yoshlarga zamonaviy bilimlarni egallash, axborot
texnologiyalarini o‘rganishi va ularni xorijiy tillarga o‘qitish bo‘yicha 6
oygacha muddatli o‘quv kurslari uchun har oyda BHMning 4
baravarigacha miqdorda subsidiya ajratiladi. Mazkur imkoniyatdan
foydalanishni istagan yoshlar yoki loyihada ishtirok etish istagidagi o‘quv
markazlar yoshlardaftari.uz platformasi orqali ZED loyihasiga ariza
qoldirishlari mumkin. Diqqat savol: ZED o'rnidagi bir xil harfdan
boshlanuvchi ikki so'zni yozib bering.
Javob: Kelajak kasblari
28-savol
"Wall Street Journal"dagi maqolada hindistonlik tilanchi X lardan
foydalanishni boshlagandan so'ng o'z daromadini ikki barobargacha
oshirgani aytiladi, X ixtirochisi Masahiro Hara uni dizaynini yaratishda
go taxtasidagi qora va oq toshlardan ilhomlangan. Diqqat savol: Xni
abbreveatura qatnashtirgan holda yozib bering.
Javob: QR kod
Manba:
1. https://www.wsj.com/articles/in-indias-mobile-payments-boom-
even-beggars-get-qr-codes-11653653383?mod=hp_lista_pos1
2. https://en.wikipedia.org/wiki/QR_code
29-savol
2012-yilda chiqqan bir filmda, bosh qahramon maskarad-balda
barchadan farqli ravishda niqob taqmaydi. Sababi u X ni o'zining haqiqiy
shaxsi, Y ni esa omma oldidagi o'zini niqobi deb hisoblaydi. Undan
kimga o'xshashga urinayotgani haqida so'rashganida, Y, ekssentrik
(g'alati) milliarder deb javob beradi.
Istasangiz Xni, istasangiz Yni o'rnidagini yozib bering.
Javob: X — Betmen, Y — Bryus Ueyn
Manba:
1. https://bit.ly/3ee3vmO
30-savol
Tarqatma material

Siz qo'lingizda 2018-yil yozidagi Yevropa bo'ylab X ni ko'rib turibsiz.


Boshqa bir X esa, o'tkan asr o'rtalarida G'arbiy Yevropada jami 13
milliard dollar ko'rsatkichiga ega bo'lgan edi. Diqqat savol: Xni atoqli ot
ishtirok etgan 2 so'z bilan yozib bering.
Javob: Marshal rejasi/ Marshalning rejasi/ Marshall Plan/ Marshalning
plani vhk..
Izoh: Siz qo'lingizda, 2018-yil uchun Eminemni Yevropa bo'ylab
o'tkazadigam gastrol turini rejasini (planini) ko'rib turibsiz. Eminemning
asl ismi esa Marshall Bryus Mazers hisoblanishini bilsangiz kerak.
Manba:
1. https://www.archives.gov/milestone-documents/marshall-
plan#:~:text=On%20April%203%2C%201948%2C
%20President,economic%20infrastructure%20of%20postwar
%20Europe.
2. https://en.m.wikipedia.org/wiki/Eminem
3. https://twitter.com/ShadyFansite/status/1001693192092254209?
t=kRJSdlyyCdarwzxFoWkw4g&s=19
31-savol
O'tgan hafta bo'lib o'tgan Manchester derbisida, mezbonlar himoyachisi
Joau Kanselu hamyurti Bruno Fernandeshga fint ishlatish orqali noqulay
ahvolga solib qo'ygani haqidagi video ostiga bir foydalanuvchi mashxur
videoo'yinda ishlatiladigan bir harbiy terminni izoh sifatida qoldiradi.
Zamonaviy tajribalar shuni ko'rsatmoqdaki, hatto eng so'nggi
texnologiyalar ham bu harbiy termin bilan ataluvchi muammoni to'liq
hal qila olmaydi.
Diqqat savol: Ushbu terminni bir xil harf bilan boshlanuvchi ikki
inglizcha so'zda yozib bering.
Javob: Friendly fire
Izoh: Joau Kanselu va Bruno Fernandesh ikkalasi ham Portugaliyalik
bo'lib qaysidir ma'noda do'st hisoblanadi. O'yin paytida Kanselu chiroyli
fint orqali do'stini noqulay ahvolga solib qo'yganini kuzatgan
foydalanuvchi "Friendly fire" deb koment qoldirgan edi.
Counter strike o'yinida "Friendly fire" kodi faollashtirilganda o'yinchi o'z
jamoadoashi (do'sti)ga zarar yetkazishi mumkin. Zamonaviy jang
san'atida askar yoki bo'linma tomonidan o'z qo'shinlari (kuchlari) yoki
ittifoqchining qo'shinlari (kuchlari) bo'linmalariga noto'g'ri o'q otish yoki
hujumni bildiruvchi harbiy atama ham aynan "Friendly fire" hisoblanadi.
Biroq jang paytida ushbu muammoni to'la hal qilish imkonsizligicha
qolmoqda.
32-savol
Savol matnida U boshqa uch so’zni almashtirib keladi.
U o'sha vaqtdagi BMT bosh kotibi Kurt Valdhaymning ovozi va yana ellik
besh tildagi salomlar bilan boshlanadi. AQSH prezidenti Jimmi Karter
Unga ilova qilingan xatida ilm-fan, musiqa, galaktik sivilizatsiyalar
hamjamiyati haqida ta’kidlab o‘tadi. Diqqat savol: Uni uch so'zda yozib
bering.
Javob: Voyager Golden Record
Qabul: Voyager Oltin Plastinkasi, Золотая пластинка «Вояджера»
Izoh: Voyagerning oltin plastinkasi haqida ma’lumotga ega ekanligingiz
aniq, chunki 1-turda biz bu haqida savol o’ynadik.
Manba:
1. https://twistedsifter.com/2017/01/jimmy-carter-voyager-spacecraft-
letter/
2. https://en.wikipedia.org/wiki/Voyager_Golden_Record
33-savol
Bu yil 70 yoshni qarshilagan SHIRIN OVOZLI bu inson kelib chiqishi
Arab va Kurdlarga borib taqaladi. U haqidagi wikipediya ma'lumotlarida
unga nisbatan 3 marotaba suiqasd uyushtirilgani yozilgan. Diqqat savol:
Bu insonni yozib bering!
Javob: Ibrohim Totlisas
Izoh: Shirin ovoz jumlasi balki sizga yordam berdi degan umiddamiz.
34-savol
"Siz o'lasiz, yo'qsa pulingizni qaytarib beramiz" deb nomlangan filmda
qotillar gildiyasi o'z mijozlarini X dan qidirishadi. X ni ingliz tiliga
tarjimasi bir o'yin nomi bilan bir xil. Shu o'yinni nomini bir so'z bilan
yozib bering.
Javob: Bridj
Qabul: Ko'prik
Qabul emas: 36
Izoh: Qotillar o'z joniga suyiqasd qilmoqchi bo'lgan mijozlarini
ko'priklar ustidan qidirishadi, ko'prikni ingliz tiliga tarjimasi esa Bridge
o'yini bilan bir hil.
Manba: https://www.kinopoisk.ru/film/829659/
35-savol
Diqqat quyidagi shaxslarni ismlarini yozib oling:
Vlasov, Aderkas, Baranov, Obermayer. Yuqoridagilar ALFAdan jabr
chekkanlar hisoblanadi. Diqqat savol: 1947-yilda kim o'z ALFAsini
ommaga taqdim etgan.
Javob: Alber Kamyu
Izoh: Alfa bu vabo. Yuqoridagi odamlar vabodan vafot etgan insonlar.
Ularning har birini bosh harfini oladigan boʻlsak "Vabo" soʻzi kelib
chiqadi. Alber Kamyuning "Vabo" romani esa juda mashhur.
36-savol
IMBD ga ko'ra 8.2 reytinga ega bo'lgan Vladlen Baxnov
hammuallifligidagi bu film syujetini tom ma'noda O'tkir Hoshimovning
bir asari nomiga o'xshatish mumkin. Diqqat savol: filmning so'ngi
kadrida qanday voqea ro'y berishini bir necha so'zda aniq yozib bering.
Javob: [Qora] mushuk chao deydi.
Izoh: "Ivan Vasilevich kasbini o'zgartiradi" filmi voqealari Muhandis
Aleksandr Timofeyev (Shurik)ning tushida kechadi. O'tkir
Hoshimovning "Tushda kechgan umrlar" asarini bilasiz. Film so'ngida
esa Shurikning mushugi Chao deydi. Biz ham bugungi savollar
tugaganini e'lon qilib ishtirok uchun rahmat aytamiz.
Renessans
1-tur.
mad_max93October 31, 2022

1. Tarqatma material.

Tarqatma materialda, sizga Uni taqdim etdik. 1720-yilgacha yaratilingan


Adagio molto, Ubriachi Dormienti, ham U hisoblanadi. Aytish mumkin-
ki, u ham U.
Savol: Uni ikki so‘zda yozib bering.
Javob:Kuzning o‘rtasi.
Izoh:Tarqatmada siz Archimboldoning Kuz kartinasining o'rta qismini
ko'rib turibsiz. Vivaldining 3 ta qismdan iborat "Kuz"ining ikkinchi
qismining nomi "Uxlayotgan mastlar". U harfi ham Kuz so'zining
o'rtasida joylashgan. Bugun 15-oktabr kuzning qoq markazi.
Muallif: Valixonov Muhammad Ali
2. RPL [-Er-Pi-El-] 2014/15 yilgi mavsumini bu futbol klubi ketma-ket
ikki gʻalaba bilan boshlaydi. Keyingi turda jamoa Krasnodar jamoasiga
yirik hisobda magʻlub boʻlgach, uchrashuv sharhlovchisi gʻolib jamoani
KRASNODAR deb ataydi. Biz oldingi gapdagi soʻzlarning biridan bir
harfni tushirib qoldirdik.
Savol: Tushirib qoldirilgan harfni yozib bering.
Javob: S [Es]
Izoh: Spartak jamoasi ketma-ket gʻalabalardan soʻng Krasnodar
klubidan yirik hisobda magʻlub boʻlgach, Sharhlovchi Spartak
qoʻzgʻolonini bostirgan sarkarda Mark Krassga ishora qilib, jamoa
nomini KraSSnodar deb aytadi.
Muallif: Abdullayev Abdulvohid
3. “Aqlsiz yigitning xotiralari” asari bosh qahramoni Mark Merroniye,
jurnalist bo'lib, dofamin gormonining inson organizmidagi faollik
muddati haqida o'qigach, biroz xavotirlanadi. Qizig'i Mark Merroniye
1997-yili chop etilgan boshqa asarning ham bosh qahramoni.
Savol: Qaysi asarning?
Javob:Sevgi 3 yil yashaydi.
Izoh: Dofamin – sevgi, quvonch gormoni hisoblanib, Merroniyening
fikricha uning faollik muddati tugagach ikki inson orasidagi sevgi ham
tugaydi.
Muallif: Valixonov Muhammad Ali
4. Komik Ozod Shukrulloyev, intervyularining birida komik uchun eng
muhim narsa bu oʻz chiqishi davomidagi birinchi yoki ikkinchi hazil eng
kuchli boʻlishi kerakligini aytadi. Bu komik uchun BOSIMDAN XALOS
BOʻLISHga teng ekanligini aytadi. “Qartali uy” seriali epizodlaridan
birida bosh qahramon Frenk Andervud kameraga qarab “Nima uchun
tikilyapsan?” deydi va BOSIMDAN XALOS BOʻLADI.
Savol: BOSIMDAN XALOS BOʻLISH oʻrnidagi javobni birinchi ikki
soʻzi juft undoshlardan boshlanuvchi uch yoki toʻrt soʻzda yozib bering.
Javob: Toʻrtinchi devorni buzish
Qabul: Toʻrtinchi devorni olib tashlash; Toʻrtinchi devorni buzib
tashlash va shu mazmundagi javoblar.
Izoh: Tomoshabin va boshlovchi o‘rtasidagi devor huddi shu nom bilan
ataladi. Savol raqami ham sizda yordam berishi lozim edi.
Muallif: Abdullayev Abdulvohid
5. Duplet:
1. Ushbu nemischa soʻz bilan dastlab 19-asrda savdogarlar mavsumda
eng koʻp sotiladigan, talabgor mahsulotlarni va qisqa vaqt ichida
mashhurlikka erishgan biron mahsulotni atashgan.
Savol: Ushbu nemischa soʻzni toping.
2. Millatlar ligasi 5-turi doirasida boʻlib oʻtgan Fransiya va Avstriya
terma jamoalari oʻrtasidagi oʻyinda, Sharhlovchi Xayrulla Hamidov
Avstriya tarkibida harakat qilayotgan bir futbolchining oʻxshamagan
zarbasidan soʻng. Uni hali familiyasiga mos boʻlmganini, balki kelajakda
yaxshi futbolchi boʻlib ketsa futbolchini uzoq vaqt eslashimiz
mumkinligini aytadi.
Savol: Oʻsha Avstriyalik futbolchining familiyasini toping.
Javob: 1. Shlager 2. Shlager
Izoh: Mashhurlikka erishgan mahsulotni shlager deyishgan, Ksaver
Shlager esa hali shlager bo‘lishiga erta deb aytadi Xayrulla Hamidov.
Muallif: Abdullayev Abdulvohid
6. Tarqatma material.
Fransuz revolutsiyasi eng GULLAGAN davrida mashhurlikka erishgan
matematik Lazar Karno termodinamika asoschilaridan biri bo'lmish
o'g'liga UNING nomini bergan. UNING haqiqiy ismi Muslihiddin ibn
Abdulloh edi.
Savol: uni kimligini toping.
Javob: Sa'diy Sheroziy
Qabul: Sa'diy; Sheroziy.
Izoh: Lazar Karnoni o'g'li bo'lmish Sadi Karno Sa'diydan o'z ismini
olgan. Savol matnida gullagan so'zini ishlatilganligi shuningdek,
tarqatmadagi gullarga to'la bo'lgan diyor Sa'diyning "Guliston"
asariga ishora edi.
Muallif: Bahronov Ravshan
7. Umid qilamizki, navbatdagi savolimizga javob topish orqali qiyin
vaziyatga tushib qolgan jamoalar o'ziga kelib olishadi.
Livemint.com sahifasidagi ma'lumotlarga ko'ra, bu so'zni kelib chiqishi
1920-yillar Angliyaga borib taqaladi. Lekin so'zni o'zi fransuzcha
"m'aider" so'zidan kelib chiqqan. Xalqaro konvensiyaga ko'ra, bu so'z o'z
vazifasini to'liq ado etishi uchun 1 marotaba ishlatish kamlik qiladi.
Savol: Siz bizga shu so'zni xalqaro talablarga mos ravishda yozib bering.
Javob: mayday, mayday, mayday
Qabul: 3 tadan ko‘p yozilgan javoblar.
Qabul emas: 3 tadan kam yozilgan javoblar.
Izoh: Dengizchilar va uchuvchilar orasida keng tarqalgan va xalqaro
tan olingan halokat signali "mayday" so'zi, asli kelib chiqishiga ko'ra
fransuzcha m'aider - ya'ni "yordam" so'zidan kelib chiqqan bo'lib,
konvensiyaga ko'ra turli tushunmovchiliklarni oldini olish uchun
xalokat vaqtida bu so'z radio orqali kamida 3 marotaba takrorlanishi
lozim.
Manba:1. https://www.livemint.com/companies/news/how-did-
mayday-come-to-be-used-as-a-distress-call-1564079662417.html
2. https://en.m.wikipedia.org/wiki/Mayday
Muallif: Abdulvohid Abdullayev
8. Oxxxymiron oʻzining "Горгород" albomi chiqishi kechiktirilishi
sabablaridan biri sifatida, Prodyuseri Porchining rus tilini
tushunmasligini ta'kidlagan. Oxxxymiron ushbu albomni tinglashni
oxirigacha yetkazish uchun, tushunib tinglashni tavsiya qiladi. Qizigʻi,
ushbu albom muqovasida 16-asrda yaratilgan U tasvirlangan.
Savol: UNING muallifi kim?
Javob: Katta Piter Breygel.
Izoh: Ushbu albom muqovasida tasvirlangan "Bobil minorasi" ham
quruvchilar bir-birini tilini tushunmagani sababidan oxiriga yetmay
qoladi. Breygel "Bobil minorasi" kartinasi muallifi hisoblanadi.
Manba(lar):1)https://ru.m.wikipedia.org/wiki/%D0%93%D0%BE
%D1%80%D0%B3%D0%BE%D1%80%D0%BE%D0%B4
Muallif: Abdullayev Abdulvohid
9. “Уральский пельмени” ning miniatyuralaridan birida mashhur
voleybol murabbiyi Nikolay Karpol kutubxonaga tashrif buyuradi va
unga Pushkin, shuningdek Dobrolyubovning asarlarini tavsiya qilishadi.
Ammo Nikolay boshqa bir yozuvchining asarlariga qiziqishini aytadi.
Savol: o'sha yozuvchini toping.
Javob: Aleksandr Blok
Izoh: Karpol doimo kuchli ehtiros bilan "Blok qani", ya'ni himoya qani
deya baqiradi. Blok esa voleybol sportidagi terminlardan biri.
Muallif: Bahronov Ravshan
10. Diqqat, savolda bo‘shliq!
2009-yilda ommaga taqdim etilgan Alisher Rahmatullayev va Setora
guruhi ijrosidagi duet [BO‘SHLIQ]. Daryo.uz saytida berilgan
ma'lumotga ko'ra, 1957-yilda Alber Kamyuning adabiyot bo'yicha Nobel
mukofoti olishiga sabab [BO‘SHLIQ].
Savol: Bo‘shliq o‘rnidagi ikki so'zni yozib bering.
Javob: Begona emas
Qabul: “Begona” emas.
Izoh: Alisher Rahmatullayev va Setora guruhi o'zining "Begona emas"
taronasini 2009-yilda keng ommaga taqdim qilishgan. Ko'p
manbalarda Alber Kamyuga Nobel mukofoti "Begona" asari uchun
berilgan deb qayd etilgan. Daryo.uz saytida esa "inson vijdoni oldida
turgan muammolarni adabiyotda yuksak ruhda yoritib bergani uchun"
Kamyu Nobel mukofotiga loyiq ko'rilgani aytiladi.
Manbalar:1.https://iia-rf.ru/uz/mittens/analiz-proizvedeniya-
postoronnii-kamyu-analiz-proizvedeniya/
2.https://daryo.uz/2021/11/07/garb-vijdoni-oz-sanatidan-
tashqaridan-yashay-olmagan-buyuk-yozuvchi-alber-kamyu-taqdiri/
3. https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Laylo_Galiyeva
4. http://mp3ritm.top/song/55197/
5. http://pod-muzyku.club/music/55197/
Muallif: Bahronov Ravshan
11. Frederik Begbeder asarlaridan birida ziyofatiga kelgan kishilarni bir
qiziqishi sabab kuzatib yuradigan aristokrat xonim USHBU neologizm
bilan atalgan. Sur’atkash Dilruh Isomiddinova ham oʻz telegram kanaliga
USHBU kreativ neologizm bilan nom qoʻygan.
Savol: Oʻsha neologizmni yozib bering.
Javob: Fotografinya
Izoh: Aristokrat ayol grafinya hisoblanib suratga olishga qiziqadi. Shu
sababdan unga shunday nom berishgan. Kasbi Fotograf hisoblangan
Dilruh Isomiddinova oʻz kanaliga fotografinya deb nom bergan.
Muallif: Abdullayev Abdulvohid
12. Versiyalarga ko‘ra Akkad tilidan “olovli osmon” deb tarjima
qilinuvchi so‘z, biz “sovuq shimoliy shamol” deb tarjima qiladigan IKSga
borib taqaladi. Bir hajviy asarda esa IKSning ayni pallasida bozorga
chiquvchi hamqishloqlarning nayrangi haqida gap ketgan.
Savol: IKSni bir so'zda yozib bering.
Javob: Shom
Izoh: Shom shahri, shamayindan olinib samu - osmon, isatu - olov
ma'nosini anglatadi. Anvar Obidjonning "Oltiariq hangomalari"
asarida dehqonlar kech kirib narsalarini tez-tez sotib ketadi deb, aynan
shom paytida bozorga chiqishgan. Biz esa 10 daqiqa tanaffus qilamiz,
shom namozini o'qib olishingiz mumkin.
Muallif: Bahronov Ravshan/Abdulvohid Abdullayev

2-tur.
mad_max93October 31, 2022

1. U 1550-yilning mart oylarida Milan soborida o'z san'atini boshladi.


1562-yili iyulda Pragaga, imperator huzuriga ko'chib o'tdi. 1582-yili
sentabrga yaqin Germaniya o'simliklar va hayvonlarni o'rganishga
jo'natildi. So'ngra, 1592-yil oxirida Muqaddas Rim imperiyasining
pfalsgraf unvoniga sazovor bo'ldi.
Savol: gap kim haqida ketmoqda?
Javob: [Juzeppe] Archimboldo
Izoh: dastlab Milanga bahorda, Pragaga yoz oylarida, keyinchaliklik
Germaniyaga kuzga yaqin va qishda unvon qabul qilib olgan bu
rassomning "Yer fasllari" nomli asari mavjud. Birinchi turni birinchi
savolida ham bu shaxs haqida esla o‘tgan edik.
Muallif: Bahronov Ravshan
[Diqqat savoldagi ikki so‘zda bir necha harf tushirib qoldirilgan]
2. Frenk Tattlning barcha hamkasblariga suiqasd qilib, ularni tahlikada
ushlab turuvchi filmi AS. 1899-yili Leytonstounda tug'ilgan ser AS
bo'yicha as.
Savol: yuqoridagi savol matnida tushirib qoldirilgan harflarni to'g'ri
ketma-ketlikda yozib bering.
Javob: S, P, E, N, S
Qabul: Aniq javob
Izoh: Tattlning barcha hamkasblarini tahlikada ushlab turgan filmi
"Saspens" deb ataladi. Leytonstounda esa saspens yaratish bo'yicha as
bo'lgan Alfred Hitchok tavallud topgan. Savol matnida ikki bora as
so'zlarida harflar tushirib qoldirildi.
Muallif: Bahronov Ravshan
[Keyingi savolda tarqatma material bor]
[Savolning ikkinchi qismidagi SHUNDAY IKS bir so‘z]
3. 19-asr boshlarida Guatavita sohillaridan chibcha-muisk qabilasiga
tegishli bir qancha qimmatbaho taqinchoqlarni topishadi. Qizig'i
bungacha ham Guatavita mahalliy xalq orasida SHUNDAY IKS nomi
bilan mashhur edi. Yurtimizdagi SHUNDAY IKS nomli hudud esa,
versiyalardan biriga ishonadigan bo'lsak, aslida raqamga borib taqaladi.
Savol: Ushbu hudud nomini yozib bering.
Javob: Oltinko‘l
Izoh: Guatavita – Kolumbiyada joylashgan ko'l. Versiyalarda birida,
Guatavita ko'li Eldorado shahrining bir qismi bo'lgan va mahalliy xalq
orasida Oltin Ko'l nomi bilan mashhur bo'lgan. Oltinko'l tumanining
nomi esa, ko'p manbalarda Olti ko'l qishlog'i nomidan kelib chiqqanligi
haqida yozilgan.
Manba:https://gursesintour.com/world/glavnoe-sokrovishhe-
kolumbii-eldorado-i-zolotoe-ozero/428190/
2. https://t.me/iHistorii/1736
Muallif: Valixonov Muhammad Ali
4. Tarqatma material:
Dohaeras - xizmat qil
Lykiri - tinchlan
Umbas- kutib tur
Rybas- Tayyorlan
Mazis- Yonimga kel
Naejot- Oldinga
Soves - parvoz qil
Biz sizni qo‘lingizdagi tarqatma materialda Essos materigida asrlar
davomida foydalanib kelingan bir tildagi buyruqlardan misollar keltirdik.
Savol: Siz bizga xoh tarqatmada tushirib qoldirilgan eng mashhurini,
xoh uning ma'nosini yozib bering.
Javob: Dracarys – ajdar olovi/olov purka/ yondir/ kuydir
Izoh: Biz tarqatmada sizga yuqori Valerian tilida ajdarlarga
beriladigan buyuruqlarni keltirdik. Essos mashhur Taxtlar o'yini
sagasidagi materik.
Manba: 1. https://gameofthrones.fandom.com/wiki/High_Valyrian
Muallif: Abdullayev Abdulvohid
5. O‘zining “Fin dietasi” asari haqida gapirar ekan, Tom Kerrij dieta baxt
xissini yo'qolishiga sababchi bolishi kerak emas deb aytib òtadi. Biz
savolda bir sòzdan bir qancha harf tushirib qoldirdik, o‘sha sòzni asl
holicha yozib bering.
Javob: Dofamin
Izoh: Yuqorida aytib òtkanimizdek Dofamin gormoni sevgi, baxt
tuyĝusini uyĝotadi.
Muallif: Valixonov Muhammad Ali
6. Animator Mark Devis, ALFAning ko‘rinishi haqida gapirar ekan,
ALFAni yaratishda Vampir va Ko'rshapalak sifatlarini qo'shishga harakat
qilganini yozadi. Qizig‘i, ALFA ilk ruscha dublyajlarda “Shayton ayol” deb
tarjima qilingan. Aytish mumkinki, ALFAdan alfani olish mumkin.
Savol: ALFAni yozib bering.
Javob:Malefisenta.
Izoh: Animator Mark Devis Disney kompaniyasi uchun ishlagan.
Malefisenta haqidagi eng mashhur filmlardan birida bosh rolni
Anjelina(farishta) Joli ijro etgan. Malefisenta sòzidan Alfani olsa
bòladi.
Muallif: Valixonov Muhammad Ali
[Keyingi savolda tarqatma material bor]
7. Blits. [Ushbu savolga bir ball qo'lga kiritish uchun, Blitsga to'g'ri
javob bering]
1. 1940-yili U dastlab Londondan boshlanib, 57 kun davom etgan va 40
mingga yaqin insonni umriga zomin bo'lgan. 1914-yili tashkil etilgan
boshqa bir U musobaqasining so'ngida ukrain va kubalik ishtirok
etishgan.
Savol: UNI o'zbekcha bo'lmagan so'z bilan toping.
2. Bir guruhning 2015-yilgi taronasidagi dastlabki 3 IKS ekin, ilon va
baliq bo'lgan. Savoldagi IKS bu IKS.
Savol: IKSni ikki so'zda yozib bering.
3. 1681-yil tug'ulgan bu shaxs rus flotida ofitser bo'lgan bo'lsada, asli
kelib chiqishi Daniya hisoblanadi.
Savol: siz bizga uni istasangiz rus familiyasining yozib BERING,
istasangiz datcha familiyasini yozib BERING.
Javob: 1. Blitz 2. To‘g‘ri javob 3. Bering
Izoh: Blits bombardirovkasi aynan Londondan boshlangan, blits
shaxmat turnirida esa Kapablanka va ukrain Evensonlar ishtirok
etishgan. Farhod va Shirin guruhining taronasidagi dastlabki uch
javob aynan yuqoridagilar edi. Bering aslida datchandir, undan
tashqari savolda bering so'zi ikki bora o'qib berildi va bu sizlarga
yordam berishi zarur edi. Savol boshida bir ball olish uchun blitsga
to'g'ri javob berish lozim ekanligini aytgan edik, chindan ham Blits,
to'g'ri javob, Bering so'zlari sizga bir ball taqdim etdi.
Manba: 1. //ru.wikipedia.org/wiki/Блиц_(бомбардировка)
2. //ru.wikipedia.org/wiki/Блиц_(шахматы)
Muallif:Bahronov Ravshan
8. Diqqat savolda bo‘shliq

Gazeta.ru saytida chiqqan bir maqolada ATP reytingida peshqadam


hisoblangan 19 yoshli Karlos Alkarazni [BO‘SHLIQ] deb atashadi. Aytish
mumkinki tarqatma materialda ham siz [BO‘SHLIQ]ni koʻrib turibsiz.
Savol: Bo‘shliqni ikki soʻzda toping.
Javob: Ispan olmosi.
Qabul: Ispan Olmosi
Izoh: Tarqatma materialda Ispaniyalik Dani Olmoni koʻrib turibsiz.
Manba: https://www.gazeta.ru/sport/2022/05/29/14919038.shtml
Muallif: Abdullayev Abdulvohid
9. OʻZ SOCHINI OLMAYDIGAN SARTAROSH haqidagi ma'lumotda
Dina Rubinaning “Venetsiyaliklarning baland suvi havzalari” asari bosh
qahramoni boʻlgan onkologning, saraton kasalligiga chalinganini
uchratish mumkin.
Savol: OʻZ SOCHINI OLMAYDIGAN SARTAROSH bilan almashgan
so‘zlarni yozib bering.
Javob: Etikdoʻz etikka yolchimaydi.
Qabul: poyabzalsiz etikdo‘z; Сапожник без сапог
Izoh: shifokorning o‘z sohasiga yaqin bo‘lgan og‘riq bilan vafot etishi
“poyabzalsiz etikdo‘z” termini haqidagi maqolada berilgan. Biz savolda
bir terminni boshqasi bilan almashtirdik.
Manba://www.litres.ru/dina-rubina/vysokaya-voda-veneciancev/
chitat-onlayn/
Muallif: Abdullayev Abdulvohid
10. Yaqinda Deymon Targarian rolini maromiga yetkazib ijro etgan Matt
Smithni ismini o'zgartirish haqidagi petitsiya Reddit tarmog'ida paydo
bo'lgan edi. Shunigdek, katta mashhurlikka erishayotgan va media
e'tiboridan chiqmay qolgan aktyor o'z intervyusida “Agar aktyor
bo'lmaganingizda kim bo'lar edingiz?”, - deb berilgan savolga Futbolchi
bo'lishni xohlashini aytadi.
Savol: Yuqoridagi intervyu videosi ostida eng ko'p kimni nomi eslab
o'tilganini yozib bering.
Javob: [Erling] Haaland
Izoh:“Ajdar uyasi” serialini birinchi epizodi chiqishi bilanoq, asosiy
qahramonlardan biri Deamon Targaryanni tashqi ko'rinish jihatidan
Erling Haalandga juda o'xshab ketishi internetda shov-shuvga sabab
bo'ldi. Personaj Deymon ham huddi maydondagi Haalandga o'xshab
kutilmagan vaziyatlarni yuzaga keltirishi bilan mashhur. Hattoki
ManCity o'yinchilari Haalandga Deamon deb laqab ham qo'yib
olishgani The Sun nashri tomonidan ta’kidlab o'tildi.
Manba:1.https://www.thesun.co.uk/sport/19681956/erling-haaland-
nickname-daemon-house-of-the-dragon/
2.https://www.reddit.com/r/freefolk/comments/wv686g/
matt_smith_playing_daemon_petition_to_call_him/?
utm_source=share&utm_medium=android_app&utm_name=android
css&utm_term=1&utm_content=share_button
3. https://youtu.be/khRyB5q_Z5M
Muallif: Abdullayev Abdulvohid
11. Bu Ishni qilish – boshqa so'zlar bilan almashtirilgan.
Vest Hemning APLdagi 2019-2020 -yilgi mavsumdagi omadsiz o'yinlari
haqida gapirarkan, Vest Hem fan klubi sayti, muhlislar endi stadionga
kirishdan oldin BU ISHNI qilayotganligini ta'kidlagan. Savol
muallifining hazil fikricha, BU ISHNI, muhlislar Ali Sami Yen stadioniga
kirishdan oldin qilishlari mumkin.
Savol: qaysi asarda BU ISHNI qilish haqida yozilgan.
Javob: Ilohiy komediya.
Izoh:Bu Ish – kirish darvozasi ostiga umidni tashlab ketish. Dante
Aligyerining “Ilohiy Komediya” asarida, Dòzaxga kirish darvozasi
tepasida "Umidingni shuyerga tashlab ket" frazasi yozilgani aytiladi.
Vest Hem fan klubi, bu bilan mavsumdan umid qolmaganini
takidlagan. Ali Sami En stadioni esa Galatasarayning uy stadioni
hisoblanadi, kòpchilik bu stadionni dòzax deb ataydi.
Muallif: Valixonov Muhammad Ali
12. ["Come back to Sorrento" musiqasi qo‘yib beriladi]
Jack Jezzroning bu musiqasi nomi BU ISHNI QILISH. Svetlana
Bogdanovaning she’rida kuchukcha, qarag'ay xoh sonet ko'rinishida
bo'lsa ham BU ISHNI QILISH aytilgan.
Savol: Bu ishni qilishni yozib bering.
Javob: Sorrentoga qaytish
Izoh: Svetlananing she'rida qanday ko'rinishda bo'lsa ham Sorrentoga
qaytish haqida aytilgan. Musiqachi Jezzro esa Sorrentoga qaytish
musiqasining muallifi. Biz 2 hafta oldingi "Navi" jamoasining Sorrento
savoliga qaytdik, siz esa 10 daqiqadan so'ng o'yinga qaytasiz degan
umiddamiz.
Manba:1.https://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%A1%D0%BE
%D1%80%D1%80%D0%B5%D0%BD%D1%82%D0%BE
2. https://stihi.ru/2020/02/28/10416
Muallif: Bahronov Ravshan

3-tur.
mad_max93October 31, 2022

1. Italiya A seriyasining 5-turida Udineza -Roma ustidan 4-0 hisobda


g'alaba qozongandan so'ng, Jamoa murabbiyi Joze jurnalistlarga
quyidagicha izoh beradi: “4 ta o'yinda 1-0 yutqazgandan ko'ra bitta
o'yinda 0-4 yutqazgan ma'qul” Bu haqida fikr bildirar ekan jurnalist Orif
Tolipov: “Joze haq. Chunki u Chempionlar ligasi, Yevropa ligasi va
Konferensiyalar kubogi g‘olibi”.
Savol: biz savol matnida 6 ta belgini qoldirib ketdik, bu belgilarni yozib
bering.
Javob: PRESS-
Izoh: Joze press-konferensiyalarni ham gapga chechanligi hisobiga
doimo yutib chiqadi deb aytiladi maqolada.
Muallif: Madalimov Timur
2. Syurrealist Siril Rolandoning bir illyustratsiyasida bir-biriga aylana
shaklda uzviy bogʻlangan sakkiz xil soatni koʻrish mumkin. Kartina
markazida esa uroboros shaklida yotgan uni koʻrish mumkin.
Savol: Uni bir soʻzda yozib bering.
Javob: Mushuk
Izoh: Mushukni toʻqqizta joni borligi haqida eshitgansiz. Afsonaga
koʻra uroboros oʻlim va tugʻilishni bogʻlovchi hisoblanadi.
Manba:
Muallif: Abdullayev Abdulvohid

3. Mazzali taomlari bilan mashhur Uralikklar IKS aslida Ural shahri


ekanligini, chunki bu yerda un mahsulotlari ko'p ekanligini aytishadi.
Keniyaning luo xalqi esa, boshqa bir IKS aslida Keniya ekanligini
aytishsada, aslida IKS Gavayaning Gonalolu shahri hisoblanadi.
Savol: IKS o'rnidagi ikki so'zni yozib bering.
Javob: Barakning Vatani
Izoh: biz bilgan chuchvara taomini, barak deb ham atashadi va bu
adabiyotlarda lug‘atlarda keltirib o‘tilgan. Boshqa bir Barak esa bu
prezident Barak Obama.
Muallif: Bahronov Ravshan
[Keyingi savolda tarqatma material bor]
4. Angliyalik komik Mark Vatson tomonidan twitter tarmog'ida
Qatardagi Jahon chempionatida xar bir jamoaga turnir davomida bir
marotaba Erling Haalandni o'ynatish imkoniyatini berish va Haaland
o'sha zahotiyoq maydonga parashyutda tushib kelishi haqidagi hazil
twitiga bir foydalanuvchi tomonida Haalandga parashyutni kerak
emasligi, uni o'zininh IKSi borligi javob sifatida yozib qoldirilgan.
Savol: Haaland maydonga kelib tushgach, maydonda o'yin
boshlanishiga sharoit yaratish uchun aytishi lozim bo'lgan bir ajnabiycha
so'zni yozib bering.
Javob: Soves
Izoh: IKS - ajdar. Yuqoridagi savolda internetda Haalandni Deymon
Targariyanga o'xshatilishi haqida to'xtab o'tgan edik. Twitterdagi
ushbu twitda ham, Haalandga parashyutni kerak emasligi, uni o'z
Ajdari borligi nazarda tutilayotgan edi. Avvalgi savolimizdan yuqori
valerian tilida ajdarni uchib ketishi uchun qanday so'z ishlatilinishini
bilib oldingiz deb o'ylaymiz. Axir ajdar turgan maydonda futbol o'ynab
bo'ladimi?
Manba:1.https://twitter.com/watsoncomedian/status/
1576634028182028289?t=CJST53HuVpRSe_KksBPTcQ&s=19
2.https://m.facebook.com/story.php?
story_fbid=pfbid02fAcBS8R3GhRfqAeSimbAGdvSS69A85Rp13rGqW1
QBbqV2GTfizT2KAKuQgwMhDi8l&id=100044464418177
Muallif: Abdullayev Abdulvohid
5. Tarqatma material:
“Vi veri veniversum vivus vici”
1980-yillarda nashr etilgan asar asosida suratga olingan bu filmda soat 11
dan 5 daqiqa o'tayotgani ko'rsatilgan epizod ham mavjud. Qo'lingizdagi
tarqatmada esa, film bosh qahramoni ko'p ishlatgan bir iborani
lotinchaga tarjimasini ko'rib turibsiz.
Savol: bizga film nomini emas, filmda qaysi musiqiy kompozitsiyasi
yangraganligini aniq yozib bering.
Javob: 5-simfoniya
Izoh: Gap V Vendetta degani (V for Vendetta) filmi haqida borayotgan
edi. Film ham, orginal asarga o'xshab simvolizmga to'la. Unda
soatlarda, dekoratsiyalarda rejissor V harfini tasvirlashga harakat
qilgan. Tarqatma materialda ham siz hammasi V harfidan
boshlanuvchi jami 5 ta so'zdan iborat bosh qahramon Vga tegishli
iborani ko'rib turibsiz. V shuningdek, 5 raqamini ham anglatadi.
Filmda Bethovenning 5-simfoniyasi ham yangragan. Bu savolimiz ham
uchunchi roundni 5-savoli ekani balki sizga yordam bergandir.
Manba: 1. https://en.m.wikipedia.org/wiki/V_for_Vendetta
2. https://www.litcharts.com/lit/v-for-vendetta/symbols
Muallif: Abdullayev Abdulvohid
6. Hech qanday tragedik holat bo'lmasada shuni aytishimiz kerakki, Le
Mirage golf klubi 13 yil davomida USHBU san'atkorning qo‘l ostida
bo'lgan.
Savol: ushbu Kanadalik kimligini toping.
Javob: [Selen] Dion
Izoh: Kvebeklik bu qo'shiqchi “Titanik” filmi uchun soundtrack
kuylagan. Versiyalarg ko'ra Titanik kemasining aysbergga urilishiga
miraj deyiladi. Titanik kemasining cho'kishiga miraj sababchi bo'lsada,
filmda soundtrackni Selena kuylagani juda qiziq holat.
Muallif: Bahronov Ravshan
[Keyingi savolda tarqatma material bor]
7. Xitoy mandarini haqidagi paradoks – etik paradoks bo'lib, bunda biror
bir yomon ishni, u haqida hech kim BILMASLIGI va KO‘RMASLIGI aniq
bilgan holda qilish mumkin yoki yo'qligini muhokama qilinadi. Paradoks
haqidagi Vikipediya maqolasida UNGA ilova berilgan. U haqidagi
afsonalardan Tolkin hamda Uells ilhomlangani ma'lum.
Savol: Uni ikki so‘zda yozib bering.
Javob:Gig uzugi.
Izoh:Paradoks, sizni bu ishni qilganingizni hech kim bilmasligi haqida,
va qaysidir manoda siz ko'rinmassiz. Tolkinning asarida uzuk taqqach
personaj ko'rinmas bo'lib qoladi. Uellsda esa "Ko'rinmas odam" asari
bor. Manba:1.https://ru.m.wikipedia.org/wiki/%D0%9A%D0%BE
%D0%BB%D1%8C%D1%86%D0%BE_
%D0%93%D0%B8%D0%B3%D0%B0
2.https://ru.m.wikipedia.org/wiki/%D0%9F
%D0%B0%D1%80%D0%B0%D0%B4%D0%BE%D0%BA%D1%81_
%D0%BA%D0%B8%D1%82%D0%B0%D0%B9%D1%81%D0%BA
%D0%BE%D0%B3%D0%BE_%D0%BC%D0%B0%D0%BD
%D0%B4%D0%B0%D1%80%D0%B8%D0%BD%D0%B0
Muallif: Valixonov Muhammad Ali
[Keyingi savolda tarqatma material bor]
8. Tarqatma material.
Siz suratda ko'rib turgan yodgorlik BU shaharning ot tasvirda bo‘lmagan
kamdan-kam haykallaridan biri. “Jil Vilnyov: Aviator” filmi premyerasi
ham Bu shaharda bolib òtgan.
Savol: Shaharni toping.
Javob: Maranello
Izoh:Siz kòrib turgan yodgorlik Entso Ferrariga atalgan bòlib,
shahardagi asosiy figura ot bòlmagan kamyob yodgorliklardan biri.
Maranello shahrida Ferrari kompaniyasi shtab kvartirasi joylashgan.
Jil Vilnyov ham Ferrarining mashhur poygachisi edi.
Muallif: Valixonov Muhammad Ali
9. Tarqatma material [savol o‘qib berilmaydi]
Donald Fisherning ovoza bo'lgan kiyim do'koni [...]. Poytaxtimizda
ayollar uchun tashkil etilgan IT klubi [...].
Savol: bo'shliqni bir so'z bilan toping.
Javob: Gap
Izoh: Gap do'koni kiyimi sotuvi bilan shug'ullanadi. Ayollar uchun
mo'ljallangan IT klubi "Gap" deb atalishi hayratlanarli emas. Undan
tashqari ingliz tilida bo'shliq joy gap deb ataladi.
Muallif: Valixonov Muhammad Ali/Ravshan Bahronov
10. Dmitriy Pegovning aytishiga ko'ra Moskva metrosi harakatida ko'plab
uzilishlar sodir bo'lishiga, asosan ULAR sabab bo'ladi. Bir paradoksal
hazilda esa ULAR qancha ko'p bo'lsa, shuncha kam bo'lishi haqida
aytiladi.
Savol: 1878-yilda ilk marta nashrdan chiqqan va nomida ULAR ishtirok
etgan asar muallifini toping.
Javob: Robert Lui Stivenson
Izoh: ULAR - suitsidnik, ya'ni o'z joniga qasd qiluvchilar. R.L.
Stivensonning "O'z joniga qasd qiluvchilar klubi" nomli asari
barchangizga tanish bo'lsa kerak.
Muallif: Ravshan Bahronov
11. Wikipediaga ishonadigan bòlsak, ALFAning paydo bòlishi Sovet
Ittifoqida yangicha harakatni yuzaga keltirgan. ALFAni birinchi
volontyorlar deyish mumkin. Bugungi savollar paketi ham ALFAning
mahsuli hisoblanadi.
Savol: ALFAni biri atoqli ot bo‘lgan to‘rt sòzda yozib bering.
Javob. Timur va uning jamoasi.
Qabul: Тимур и его команда.
Izoh: Timur va uning jamoasi bu Gaydarning asari hisobanadi.
Bugungi savollarni esa Timur Madalimov, Isroil Zohidjonov, Otabek
Hamzayev, Abdulvohid Abdullayev, Muhammad Ali Valixonov va
Ravshan Bahronovlar tayyorlashdi.
Muallif: Madalimov Timur
12. Kattalar uchun eng yaxshi IKSlar sifatida asosan Tovarlarni A
nuqtadan B nuqtaga yetkazib beruvchi yuk mashinasini haydash oʻyini
keltiriladi. 1996-yil Black Pearl Software tomonidan ishlab chiqarilgan
IKSlar nomli jangovar oʻyini shu qadar qiziqarliki, oʻyin IKS emas.
Savol: IKS oʻrnidagi ikki inglizcha soʻzni yozib bering.
Javob: Time killer
Izoh: Time killer atamasi odatda siz shunchaki "vaqtni oʻldirish" uchun
oʻynaydigan oson, unchalik qiyin boʻlmagan vazifalarga ega
oʻyinlarga yoki sizga foydali boʻlmagan biror bir ish bilan shunchaki
foydalanishga nisbatan qoʻllaniladi. Yuqorida aytilgan Time killers
oʻyinini Time killer oʻyinlar qatoriga kiritib boʻlmaydi. Oʻylaymizki
bugungi oʻyin ham sizlar uchun "Time killer" boʻlmadi.
Muallif: Abdullayev Abdulvohid
Benom
1-tur.
mad_max93November 03, 2022

1. Leshek Kumor Unga shunday ta’rif beradi: “U takroran kasallanishdan


saqlovchi o’ziga xos vaksina”. Maykl Jekson esa klassik musiqani o’zi
uchun U deb bilishini aytgan. Fikrini izohlar ekan, qo’shiqchi
go’dakligida bog’chada har kuni Chaykovskiyni eshitganini aytadi. Savol:
Uni 2 so’z bilan ayting.
Javob: birinchi muhabbat.
Izoh: Paketning birinchi savolini birinchi muhabbat bilan boshlash zarar
qilmaydi.
Manba: 1. https://aforisimo.ru/pro-lubov/pervaya/
2. https://citaty.info/topic/pervaya-lyubov
Muallif: Abbos Salaydinov
2. Yaratilish texnologiyasi Naska geogliflari kabi bo‘lgan, Kanada
kandelyabrini mahalliy aholi Las Tres Kruses deb ataydi. Savol matnidagi
bir so‘zga biz bir necha harf qo‘shdik. Savol: Shu so‘zni asl holda yozib
bering.
Javob: And
Izoh: Ma’lumki Naska geogliflari Peru hududida joylashgan. Qadimiy
yodgorlikning mahalliy nomi ispancha ekanligi sizni Shimoliy
Amerikadan Janubiyga yo‘naltirishi kerak edi.
Manba: 1. https://ru.wikipedia.org/wiki/Андский канделябр
Muallif: Saidakrom Rasulev
3. Frederik Begbeder fikricha, insoniyat 2000 yil o‘tib Unga o‘z oyog‘i
bilan kirib keldi. Uning zamonaviy ko‘rinishi televideniye bo‘lib, zah
devorlardagi Logos o‘rnini Logotiplar egallagan. Speleologlar
ekspedisiyasi haqidagi hujjatli film muxlislarini tanqidchi Undagi
odamlarga qiyoslaydi. Savol: Uni ikki so‘z bilan ayting.
Javob: Aflotun g‘ori
Qabul. Platon g‘ori
Izoh: Zamonaviy jamiyat qanchalik rivojlangan bo‘lsa-da, odamlar ko‘p
hollarda marketologlar hiylalariga uchib qolmoqdalar va xuddi Aflotun
g‘orida yashovchilar kabi tashqi dunyo haqida asl voqealarga qarab emas,
devordagi soyalar bo‘yicha xulosa chiqarishmoqda. Speleologlar odatda
g‘orlarni o‘rganishadi.
Manba: 1. Андрей Ульяновский. Корпоративный имидж: Технологии
формирования для максимального роста бизнеса
2. https://meduza.io/feature/2021/09/06/dyra-film-snyatyy-v-
glubochayshey-peschere-italii
Muallif: Saidakrom Rasulev
4. Shu kunlarda Gaagada 89 yoshli Felisyen Kabuga ustidan sud jarayoni
bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqidagi maqolada, Kabuga o‘z vaqtida mamlakatda
yo‘lga qo‘yilgan o‘ta radikal tashviqot qurolining g‘oyaviy asoschisi va
bosh homiysi bo‘lganligi aytiladi. Shuningdek, tropik o‘rmonlari
umuman bo‘lmagan mamlakat aholisi uchun yarim milliondan ortiq BU
qishloq xo‘jaligi qurolini sotib olgan. Ushbu qishloq xo‘jaligi quroli
nomini o‘zbekcha bo‘lmagan so‘z bilan yozib bering?
Javob: Machete
Izoh: Savolda gap 1993-yili Ruanda davlatida mahalliy xutu va tutsi
xalqlari orasida bo‘lib o‘tgan xunrezlik haqida ketmoqda. Felisyen
Kabuga o‘sha vaqtda mamlakatning eng boy insonlaridan bo‘lgan va OAV
orqali tashviqot uyushtirib, oddiy xalq orasida genotsidga asos yaratgan.
Keyinchalik har uchinchi xutu qo‘liga qurol olishi uchun mamlakatga
juda ko‘p machete va boshqa o‘tkir tig‘li qurollar olib kelgan. Machete
asosan tropik mamlakatlar qishloq xo‘jaligida ishlatiladi, Ruanda esa
dashtsimon va tepalik relyefga ega.
Manba: 1. https://snob.ru/selected/entry/106780/
2. https://meduza.io/feature/2022/10/11/v-gaage-sudyat-glavnogo-
propagandista-chie-radio-tysyachi-holmov-prizyvalo-k-massovym-
ubiystvam-v-ruande
3. https://ru.wikipedia.org/wiki/ Геноцид в Руанде
Muallif: Saidakrom Rasulev
5. “Sen qorong‘u tushgandagina o‘z uyingni tark etasan, xuddi
kalamushlar, mushuklar va maxluqlar kabi”. Jorj Perek asaridan
iqtibosni, bir zamonaviy film taqrizida uchratish mumkin. Ushbu film
bosh qahramoni nomi bilan, ma’lum muddat PSV klubida Aryen Robben
bilan juftlikda o‘ynagan Mateya Kejmanni nomlashgan. Savol:
Qahramonni yozib bering.
Javob: Betmen.
Izoh: Iqtibosdagi holat Robert Pattinson ijrosidagi Gotem qo‘riqchisi
haqida navbatdagi film ruhiyatini to‘liq ifodalab beradi. Robben kelgach,
Kejman tez orada muxlislar orasida Betmenga aylangan.
Manba: 1.https://kg-portal.ru/movies/thebatman/reviews/6104/
2.https://www.sports.ru/football/29454879.html
Muallif: Saidakrom Rasulev
6. O‘rta asrlarda vikinglar ishlatgan quyosh toshi - “solstenen” o‘ziga xos
U bo‘lgan. Barglarining alohida bir xususiyati sababli silfiya o‘simligidan
qadimda odamlar U sifatida foydalanishgan. Uni kelib chiqishi
italyancha so‘z bilan yozib bering.
Javob: Kompas
Izoh: “Solstenen” ko‘plab skandinav afsonalarida vikinglarga dengiz
sarguzashtlari vaqtida yo‘lni aniqlashda yordam bergan maxsus tosh
bo‘lib, yaqin yillarda olimlar uning haqiqatdan ham mavjud bo‘lganligini
tasdiqlashdi. Kompas o‘simliklar deb nomlanuvchi o‘t va butalarning
barglari, issiq iqlimga moslashgan holda quyosh nurlariga nisbatan doim
ko‘ndalang o‘sadi. Bu o‘simliklarga qarab dunyo tomonlarini deyarli
bexato aniqlash mumkin.
Manba: 1. https://naked-science.ru/article/sci/uchenye-dokazali-chto-
legendarnyy
2. https://ru.wikipedia.org/wiki/Компасные растения
Muallif: Saidakrom Rasulev
7. Tarqatma material
… of … gave battle in vain
Ehtimol har qaysi bilimdon ham Oq va Qizil atirgullar urushi doirasidagi
Ueykfild jangi tafsilotlarini bilishni istamas. Shunga qaramasdan, ushbu
jangda mag‘lub bo‘lgan va qatl etilgan sobiq Angliya regentini yozib
bering.
Javob: Richard York.
Qabul: Richard Plantagenet, Yorkning 3-gersogi.
Izoh: Oq va Qizil atirgullar urushi sababchilaridan bo‘lgan Richard, York
partiyasi rahbari bo‘lgan. Tarqatma materialda berilgan ingliz tilida
kamalak ranglarini eslab qolish uchun yodga olinadigan mnemonik
qoidada aynan Richard York red (qizil) va yellow (sariq) ranglarini
ifodalaydi. Bizga ma’lum bo‘lgan boshqa shunday qoidada “har bir ovchi
tustovuq qayerda o‘tirishini bilishni istashi” aytiladi.
Manba: 1. https://skyeng.ru/articles/vse-tsveta-radugi-v-anglijskom/
2. https://ru.wikipedia.org/wiki/ Ричард Плантагенет, 3-й герцог
Йоркский
Muallif: Saidakrom Rasulev
8. Ma’lumki, Richard Plantagenetning taxt uchun da’vo qilishi
Lankasterlar va Yorklar orasidagi uzoq yillik urushni boshlab yuborgan.
Biroq oliyjanob Richard xoinlik sababli vafot etadi. Uning boshi
tanasidan uzilib, omma oldiga nayzaga kiydirilgan holda taqdim etilgan.
O‘z ijodida namuna sifatida Tomas Kosteynning “Plantagenetlar
tarixi”dan foydalanganligini ta’kidlagan yozuvchini toping.
Javob: Jorj Martin.
Izoh: Taxtlar o‘yini romanining syujet chiziqlaridan biri Lannisterlar va
Starklarning to‘qnashuvi va uning avvalidagi oliyjanob Ned Starkning
ayanchli taqdiriga asoslangan. Bularning barchasi savolda ta’kidlab
o‘tilgan tarixiy voqealardan ilhomlanib yozilganligini muallif ko‘p
marotaba tasdiqlagan.
Manba: 1. https://ampravda.ru/2017/10/26/078002.html
2. https://ru.wikipedia.org/wiki/Игра престолов (роман)
Muallif: Saidakrom Rasulev
9. 1716-yilda Vittenburgga tashrif buyurgan Pyotr I ni shahar ruhoniylari
xonadon devoridagi dog‘ni o‘z ko‘zi bilan ko‘rishni va faxriy mehmon
sifatida uning yonida nimadir yozib qoldirishni taklif qiladilar. Dog‘ni
yaxshilab ko‘zdan kechirgan shoh, “Dog‘ hali ham nam va yangi,
bularning barchasi safsata” deb yozib qo‘yadi. Ruhoniylar ta’kidlashicha
bu xonadonda o‘z vaqtida kim istiqomat qilgan?
Javob: Martin Lyuter.
Izoh: Keng tarqalgan afsonaga ko‘ra, Martin Lyuter o‘z xonasida ishlab
o‘tirganda uning ko‘ziga shayton ko‘rinadi. Lyuter qo‘l ostiga birinchi
uchragan narsa - siyohdonni olib unga uloqtiradi va devorda siyohdan
dog‘ qolgan. Qizig‘i, bu dog‘ni o‘sha davrda kamida 3ta turli shahardagi
xonalarda namoyish etishar edi.
Manba: 1. https://culture.wikireading.ru/58444
Muallif: Saidakrom Rasulev
10. Yevgeniy Savveteyevning tashviqot tarixiga bag‘ishlangan “Yovuz
diktor” nomli podkastining ilk soni “Ming tepalik radiosi” haqida bo‘lib,
o‘z nomini ushbu radioda ishlagan yagona ayol - Valeri Bemeriki
laqabidan olgan. “Suvaraklarga qarshi o‘q ketkazish shart emas, yaxshisi
sovuq qurol ishlating” kabi chaqiriqlar aynan Valeri uchun xos bo‘lgan.
Savol: “Ming tepalik radiosi”ning translyatsiyalarini eshitish mumkin
bo‘lgan 2004-yilgi kinofilm nomini yozib bering.
Javob: “Ruanda” mehmonxonasi.
Qabul. Hotel Rwanda.
Izoh: Tadqiqotchilar hisob-kitobiga ko‘ra, Ruandadagi xunrezliklarning
asosiy g‘oyaviy sababchisi sifatida qaraladigan Felisyen Kabuga asos
solgan “Ming tepalik radiosi” translyasiyalari bo‘lmaganda, kamida 50
ming kishi tirik qolgan bo‘lar edi. Valeri Bemeriki tutsilar qirg‘inida
mamlakatga olib kelingan machetelardan keng foydalanishni targ‘ib
qilgan. Ruandada haqiqatdan ham tepaliklar juda ko‘p. Oskar
mukofotining 3 nominatsiyasiga qo‘yilgan “Ruanda mehmonxonasi”
kinofilmi o‘sha mash’um voqealar haqida hikoya qiladi.
Manba: 1. https://hromadske.radio/ru/podcasts/dyktor-zlo/1064646
2. https://ru.wikipedia.org/wiki/Свободное радио и телевидение
тысячи холмов
3. https://ru.wikipedia.org/wiki/ Отель «Руанда»
Muallif: Saidakrom Rasulev
11. Bir maqolada “BU ISHNI” qilganlar qatorida ma’naviyatchilar,
boshqa kafe egalari, epidemiya va jahon urushlari ko‘rsatiladi. Yong‘in
esa BU ISHda deyarli muvaffaqiyatga erishgan. Faoliyati ko‘plab
qushlarning o‘limiga olib kelishi va tebranishlari chuvalchanglarni yer
yuzasiga olib chiqishini ta’kidlagan Vladimir Putin, savol muallifi fikriga
ko‘ra, BU ISHni nafaqat ko‘chma ma’noda, balki to‘g‘ri ma’noda ham
qilgan. Savol: BU ISHni qilganligi bilan mashhur bo‘lgan qahramonni
yozib bering.
Javob: Don Kixot
Qabul. Alonso Kexana
Izoh: BU ISH – shamol tegirmoni bilan kurashish. Mashhur Mulen Ruj
kabaresi faoliyati boshida ko‘plab qiyinchiliklarni kechirgan, yong‘in
tufayli bir muddat umuman ishlamagan. Asosiy daromad manbai
noekologik energiya manbalari bo‘lgan davlat rahbari tomonidan shamol
elektrogeneratorlariga qarshi fikr bildirilishi shunchaki tasodif emas.
Manba: 1. https://trendymen.ru/lifestyle/art/121116
2. https://meduza.io/feature/2019/07/11/putin-skazal-chto-vetryanye-
elektrostantsii-izgonyayut-chervey-iz-zemli-i-ubivayut-ptits-eto-pravda
3. https://ru.wikipedia.org/wiki/Дон_Кихот
Muallif: Saidakrom Rasulev
12. Astronom Alexandra Rechio-Blanko ta’kidlashicha, Somon yo‘li
galaktikasida turli xil yulduzlar migratsiyasini o‘rganish orqali olimlar
Quyosh sistemasi doim o‘zgarib boruvchi tizimning bir qismi ekanligini
tushunib boradilar. Shu bois Alexandra galaktikamizni yulduzlar IKSi
deb ataydi. Tanqidchilar odatda IKSning o‘rniga oshxona idishlaridan
foydalanishadi. Savol: IKSni ikki so‘z bilan yozib bering.
Javob: Erituvchi qozon
Qabul. Melting pot
Manba: 1. https://www.ixbt.com/news/2022/06/14/prekrasnyj-
plavilnyj-kotjol-zvjozd-opublikovana-samaja-podrobnaja-na-
segodnjashnij-den-karta-mlechnogo-puti.html
2. https://en.wikipedia.org/wiki/Melting_pot
Muallif: Saidakrom Rasulev

2-tur.
mad_max93November 03, 2022

1. Konstantin Pobedonostsev imperator Aleksandr III ning ustozi va


asosiy ideologlaridan bo‘lgan. Mazkur yirik amaldor XIX asr oxirida
Cherkov vaziri bo‘lsa-da, lekin unvoni yo‘q edi. Xotini Yekaterina undan
20 yoshlar kichik bo‘lib, o‘zgacha uslubdagi qora dekolteli kiyimlar kiyib
yurishi bilan tanilgan. Shuningdek, odamlar orasida Yekaterina eriga
xiyonat qilishi haqida ham gap-so‘zlar yurardi. Shu sababli,
Pobedonostsevning o‘sha paytlarda U bilan munosabati ancha
yomonlashgan. Diqqat savol: Pobedonostsevning kim bilan aloqalari
yomonlashgan edi?
Javob: Lev Tolstoy.
Izoh: Yuqoridagi barcha holatlar Pobedonostsevni Tolstoyning o‘sha
paytda mashhurlikka erishgan asari Anna Karenina asari voqealarini
yodga solgan va Pobedonostsevni asardagi Kareninga qiyoslashgan.
Ikkalovi ham yirik amaldor bo‘lsa-da, unvonlari bo‘lmagan. Anna ham
eri Karenindan ancha yoshi kichik bo‘lib, eriga xiyonat qilgani ma’lum.
Manba: 1. https://www.zoom-journal.ru/pobedonoscev
2. М. Зыгар-Империя должна умереть, ст 35.
Muallif: O’ktam O’rintoyev
2. 1901-yilda Imperatritsa Aleksandra Fyodorovnaning homilador
ekanligi hamma yoqqa jar solingan bo‘lsa-da, yakunda bu soxta
xomiladorlik alomatlari bo‘lib chiqadi. Saroy ahli bu holatni xalqqa
qanday tushuntirishga boshi qotadi va keyinroq gazetada imperatritsa
ahvoli yomonlashgani sababli homila olib tashlanganini e’lon qilishadi.
Ammo bu battar gap so‘zlarni kuchaytiradi. Shu darajaga boradiki, hatto
Rimskiy-Korsakovning o‘sha paytdagi bir operasining boshidagi bir
nechta qatorlar ham senzuraga tushib, olib tashlanadi. Diqqat savol: bu
opera qaysi asar asosida tayyorlangan edi?
Javob: Shoh Saltan haqida ertak.
Qabul: Saltan so‘zi bilan.
Izoh: Xalq orasida imperatritsa “shoxli, badbashara maxluq” tug’gani
haqida gap-so‘zlar chiqadi. Shu sababli, Pushkinning o‘sha mashhur
“Shoh Saltan haqida ertak” asari asosidagi operadagi “malika na o‘g‘il-
qiz, na sichqon, na qurbaqa, noma’lum bir mavjudotni tug‘di” so‘zlari
tushirib qoldirilgan edi.
Manba: 1. М. Зыгар-Империя должна умереть, ст 253.
Muallif: O’ktam O’rintoyev
3. Yaqindan Emirates aviakompaniyasining yangi ambassadori Jerri
laqabli U bo‘ldi. Reklama roliklariga ko‘ra, U tajribali sayohatchi bo‘lib,
sayohat qulay va hashamatli bo‘lishi tarafdori. Emirates samolyotida
uchar ekan, U yo‘l-yo‘lakay do‘stlaridan anchayin yaxshi sharoitda
uchayotganidan mamnun bo‘ladi. Boshqa bir Uning sayohati Skone
provinsiyasidan boshlangan bo‘lib, Laplandiyagacha davom etgan. Savol:
o‘sha boshqa Uning laqabini yozib bering.
Javob: Martin
Izoh: Emirates ambassadori Jerri laqabli g‘oz bo‘lgan. Selma
Lagerlyofning mashhur "Nilsning yovvoyi g‘ozlar bilan sayohati" asarida
esa Martin laqabli g‘oz yovvoyi g‘ozlar bilan Laplandiyaga sayohatga
uchadi va unga kichrayib qolgan egasi Nils hamrohlik qiladi.
Manba: 1. https://mixnews.lv/v-mire/2022/09/11/aviakompaniyu-
emirates-budet-reklamirovat-gus-dzherri/
2. Удивительное путешествие Нильса Хольгерссона с дикими гусями
по Швеции — Википедия (wikipedia.org)
Muallif: O’ktam O’rintoyev
4. Apofis asteroidi bo‘yicha dastlabki tadqiqotlar u 2029-yilning 13-
aprelida Yer bilan to‘qnashishi kerakligini ko‘rsatgan. Ammo, 2014-yilgi
radar bilan kuzatuvlarda ko‘rsatkichlar yanada aniqlashdi va asteroid Yer
bilan to‘qnashmasdan yonidan o‘tib ketishi ma’lum bo‘ldi. Bu paytda
asteroidni teleskopsiz ham yerdan ko‘rishingiz mumkin bo‘ladi. Bu
ma’lumot haqida gapirarkan, Dug Makdugal BIR HOLATni tilga oladi.
Bu HOLAT haqidagi bir maqolada esa Tupak Shakur, Kosta Konkordiya
layneri va Parijdagi 2015-yilgi voqealar ham tilga olingan. Diqqat savol:
gap qaysi holat haqida ketmoqda?
Javob: 13-juma, 13-sanadagi juma.
Izoh: Gap shundaki, asteroid yerga 2029-yilning 13-apreli juma kuni
to‘qnashishi kerak edi. Turli yillarning 13-juma kunida esa Tupak Shakur
o‘ldirilgan, Kosta Konkordiya layneri hakolatga uchragan va Parijda
teraktlar ro‘y bergan.
Manba: 1. Дуг Макдугал-Зачем нужна геология.
2. Пятница, 13 — Википедия (wikipedia.org)
Muallif: O’ktam O’rintoyev
5. “Safsataboz” seriali bosh qahramonining serial davomida atrofidagi
ko‘plab yaqinlari, do‘stlari aslida boshqa odamlar ekani ma’lum bo‘la
boshlaydi. Ularning asl yuzlari ochila boshlagach, bosh qahramon o‘ziga
o‘zi “nima, bu X mi?” deya ritorik savol beradi. Xda voqealar 10909-
10913-kunlarda ro‘y beradi. Diqqat savol: X ni 2 so‘zda yozib bering.
Javob: Trumen shousi.
Izoh: “Trumen shousi” filmida ham bosh qahramon realiti shou
ishtirokchisi bo‘lib, atrofdagi barcha yaqinlari aslida aktyorlar bo‘ladi.
Film bosh qahramon hayotining 10909-10913-kunlarida yuz beradi.
Manba: 1. https://m.vk.com/@kino_maximum-15-interesnyh-faktov-o-
filme-shou-trumana
2. Сериал "Болтун”, 15 серия.
Muallif: O’ktam O’rintoyev
6. Britaniyalik jarroh Saymon Bremell 2013-yilda o‘zi operatsiya qilgan
mijozlarida Uni qoldirgani uchun aybdor deb topilgan va sudga berilgan.
Bir adibning Amerika bo‘ylab sayohati ta’sirida yozilgan asarida esa U
jinoyatning fosh bo‘lishida katta ahamiyat kasb etgan. Diqqat savol: uni
lotin tilidan kirib kelgan so‘z bilan yozib bering.
Javob: initsial.
Izoh: Jarroh lazer yordamida mijozlar jigarida initsialini yozib qoldirgan.
Mayn Rid asarida esa boshsiz chavandoz tanasidan topilgan o‘qdagi
Kapitan Kassiy Kolxaunning initsiali qotillikni kim qilganini fosh etgan.
Manba: 1. Всадник без головы (роман) — Википедия (wikipedia.org)
2. https://www.bbc.com/russian/news-42660929
Muallif: O’ktam O’rintoyev
7. 1950-yillarda ishlab chiqaruvchilar tortlar uchun kukunsimon
qorishmalar savdosi tushib ketayotganini sezishgan. Aslida bu
qorishmalardan tort tayyorlash juda oson bo‘lib, uy bekalari kukunga bor
yo‘g‘i kerakli miqdorda suv qo‘shishlari kifoya edi. Ammo, shunga
qaramay savdolar tusha boshlagach, ishlab chiqaruvchilar qorishmadan
tuxum kukunini chiqarib tashlashgan. Endilikda tort tayyorlash uchun
ham suv, ham tuxum qo‘shish kerak edi. Shundan keyin savdolar yana
oshib keta boshlagan. Bir maqolada bu holat X effektiga misol bo‘lishi
aytiladi. Diqqat savol: X ni brend nomi bilan yozib bering.
Javob: IKEA.
Izoh: IKEA effektiga ko‘ra, odamlarga o‘zlari yasagan mahsulotlar qadrli
va qimmatliroq bo‘ladi. Tort pishirishda odamlar ham suv, ham tuxum
qo‘shishgach, ko‘proq o‘z hissalari qo‘shilayotganidan mamnun
bo‘lishgan va yangi qorishma savdosi ortgan.
Manba: https://rb.ru/story/ikea-psychology/
Muallif: O’ktam O’rintoyev
8. Bu hodisa haqida dastlab Edvard Mitchelning 1877-yilda nashr etilgan
"Tanasiz odam" hikoyasida tilga olingan. Zamonaviy olimlar 2080-2100-
yillarga kelib, hodisa odatiy holga aylanishi mumkinligini
ta’kidlashmoqda. Bu hodisa haqidagi ““Kamalak” loyihasi” maqolasida
esa "Elrij" esminetsi tilga olinadi. Diqqat savol: “Kamalak” loyihasi yana
qaysi nom bilan tanish ekanligini 2 so‘z bilan yozib bering.
Javob: Filadelfiya eksperimenti.
Izoh: Gap bir joydan ikkinchi joyga ko‘chish (teleportatsiya) hodisasi
haqida edi. Filadelfiya eksperimenti nomi orqali tanish loyihada esa Elrij
esminetsi bir necha o‘nlab km ga teleportatsiya qilingani aytiladi.
Manba: 1. Mitio Kaku — Imkonsizlik fizikasi, Teleportatsiya.
2. Филадельфийский эксперимент — Википедия (wikipedia.org)
Muallif: O’ktam O’rintoyev
9. Stiven Kingning “Kerri” romani bosh qahramoni Kerri sinfdoshlari va
onasi tomonidan tahqirlanib, mazah qilib kelinadi. Bu tahqirlarga chidab
kelgan Kerrining bitiruv kechasida toqati toq bo‘ladi va o‘zidagi noodatiy
kuch yordamida barchadan qasos olishni boshlaydi. U elektr toklarini
uzib, butun maktabni o‘quvchilar bilan birga yoqib yuboradi. Hatto
shahar bo‘ylab benzokolonkalarni ham portlatib tashlaydi. Bu voqealar
butun shahar aholisini qo‘rqitib yuboradi, aholi uydan chiqishga ham
qo‘rqib qoladi. Stiven King Kerrini BU qahramonga qiyoslaydi. BU
qahramon ham o‘z vaqtida butun Ashkelon aholisini qo‘rquvda ushlab
turgani ma’lum. Diqqat savol: bu qaysi qahramon?
Javob: Samson.
Izoh: Samson ham filistimyanliklar tomonidan yolg‘onga uchragach,
ulardan qasos olishni boshlaydi. Sochi orqali noodatiy kuchga ega bo‘lib,
filistimyanliklarni qira boshlaydi, dalalarga o‘t qo‘yadi va Ashkelon
aholisi undan qo‘rqib, uyidan ham chiqa olmay qoladi.
Manba: 1. https://ru.wikipedia.org/wiki/Кэрри_роман.
2. https://ru.wikipedia.org/wiki/Самсон
Muallif: O’ktam O’rintoyev
10. Jorj Zeydanning “Ingrediyentlar” kitobida yozilishicha, o‘simliklar
tomonidan ishlab chiqariladigan glyukoza ular tomonidan turli
maqsadlarda sarflanadi. Masalan, glyukoza yondirilishi evaziga energiya
olinadi. Sellyulozaga aylanib, o‘simliklar tuzilishida foydalaniladi.
Kraxmalga aylanib esa qishga saqlanadi va saxarozaga ham aylanib,
foyda keltirishi mumkin. Kitobda glyukozaga o‘simlik dunyosining X i
deya ta’rif beriladi. X ning haqiqiysini soxtasidan o‘ziga xos ovoziga
qarab ham ajratish mumkin ekan. Diqqat savol: X ni 2 yo 3 so‘z bilan
yozib bering.
Javob: Shveysar armiya pichog‘i.
Qabul: shveysar pichog‘i.
Izoh: Glyukoza ham shveysar armiya pichog‘i kabi turli maqsadlarda
ishlatilishi mumkin. Uning turli qurilmalari ochilishi payti chiquvchi
ovoziga qarab pichoq haqiqiyligini bilib olish mumkin.
Manba: 1. Jorj Zeydan - “Ingrediyentlar”.
2. http://www.victorinox-knife.ru/Msg.aspx?id=139
Muallif: O’ktam O’rintoyev
11. 2015-yilda Rossiyada Uning nomidagi mukofot joriy etilib, o‘zida
paranormal qobiliyat borligini maxsus tajribalarda ilmiy jihatdan
isbotlab bera olgan istalgan kishiga 1 mln rubl berilishi belgilangan.
Masalan, turli rasmlarga qarab rasmdagi shaxs hozirda tirik yoki
o‘likligini aniqlash, konvert ichida berkitilgan so‘zlarni topish, bir qancha
shirma ortida ayol yoki erkak borligini topib tajribadan o‘tganlarga
mukofot berilishi mumkin. Tabiiyki, shu kungacha hali hech kim bu
mukofotga sazovor bo‘lmagan. Mukofotga nomi berilgan shaxs esa o‘z
vaqtida AQSH prezidentidan ham ikki barobar ko‘p daromad qilishi
aytilgan va o‘limidan so‘ng maxsus bronza qutida dafn qilingan.
Diqqat savol: Mukofotga kimning nomi berilgan?
Javob: Garri Gudini.
Izoh: Mashhur ko‘zboylog‘ich ham o‘zini sehrgar, medium deb atovchi
turli sharlatanlarni fosh qilib yurgani bilan tanilgan. Ko‘plab spiristik
seanslar sirini ochgan. Tomoshalari orqali esa ancha mablag‘ jamg‘argan
Gudini o‘zi fokuslarida ishlatgan bronza qutida dafn qilingan.
Manba: 1. https://ru.m.wikipedia.org/wiki/Гарри_Гудини
2. Топ-10 интересных фактов о Гарри Гудини (faktoved.ru)
Muallif: O’ktam O’rintoyev
12. Bu savolni topishga juda ko‘p vaqt va kuch sarflamaysiz, degan
umiddamiz. Intervyulardan birida Elizabetdan Xlar nomini aytib berish
so‘ralganida u sariq, ko‘k, qizil, yashil, oltinrang va pushti degan
javoblarni bergan edi. Diqqat savol: X lardan istalgan 2 tasining nomini
yozib bering.
Javob: Qalb, kuch[qudrat], vaqt[zamon], makon, reallik, tafakkur va Ego
toshlari.
Izoh: Gap Marvel kinoolamidagi Abadiylik toshlari haqida edi. Intervyu
Marvel kinolarida Vanda rolini ijro etgan aktrisa Elizabet Olsendan
olingan. Savol remarkasida ham biz 2 ta toshni sanagan edik.
Manba: 1. Камни Бесконечности — Википедия (wikipedia.org)
2. https://t.me/c/1431696736/13359
Muallif: O’ktam O’rintoyev

3-TUR
mad_max93November 03, 2022

1. Shu yilning may oyi oxirlarida U amerikalik qo‘shiqchi Tupak Shakur


va qo‘shiqchiga keyinchalik xiyonat qilgan do‘stining birgalikda tushgan
suratini o‘zining instagram sahifasiga joyladi. Bu orqali U bundan sal
avval o‘z vatandoshi tomonidan qilingan bir ishni ham xiyonat deb
hisoblashiga o‘ziga xos ishora qildi.
Savol: savol matnida U deb kim nazarda tutildi?
Javob: Karim Benzema.
Izoh: Mbappening Real Madridga o'tish ehtimoli yuqori bo'lib turgan
vaziyatda kutilmaganda uning PSJ bilan shartnomasini uzaytirishi
Realdagilarga og'ir botdi, ayniqsa uning vatandoshi Benzemaga. Real
prezidenti Florentino Peres esa: "Endi bu men olib kelmoqchi bo‘lgan
Mbappe emas. U orzusiga xiyonat qildi" deya ta'kidlagandi.
Manba: 1. https://sportsbrief.com/football/paris-saint-germain/17201-
karim-benzema-reacts-kylian-mbappe-signing-a-contract-psg/
2. https://tribuna.uz/112591
Muallif: Abbos Salaydinov
2. O‘tgan mavsumni sermahsul o‘tkazgan Karim Benzema milliy
chempionat yakunlanishi bilan twitterdagi shaxsiy lentasiga bir nechta
twit va retwitlar joyladi. Diqqat savol: Ushbu twitlarning barchasida
uchratish mumkin bo‘lgan, barcha unlilari bir xil bo‘lgan xorijiy so‘zni
yozib bering.
Javob: Pichichi.
Izoh: Ispaniya chempionatida sermahsullik ko'rsatib, bir mavsum
davomida eng ko'p gol urgan futbolchiga Marca nashri tomonidan
Pichichi mukofoti beriladi.
Manba:
1. https://twitter.com/realmadrid/status/1528640892797689858?
s=20&t=3D9ppXHUBgdaDSeS8sfLPA
2. https://twitter.com/Benzema/status/1528652349568339968?
s=20&t=3D9ppXHUBgdaDSeS8sfLPA
3. https://twitter.com/adidasFR/status/1528657714834026496?
s=20&t=3D9ppXHUBgdaDSeS8sfLPA
4. https://twitter.com/realmadrid/status/1528722426288300035?
s=20&t=3D9ppXHUBgdaDSeS8sfLPA
5. Трофей Пичичи — Википедия (wikipedia.org)
Muallif: Abbos Salaydinov
3. Shu yilning sentabr oyida Rossiyada safarbarlik e’lon qilingach,
ko‘plab erkaklar mamlakatni tark etishni boshladi. Rossiyani tark etishda
odatiy usullardan chekingan bir erkak Estoniyaga Narva daryosi orqali
sodda bordi.
Yuqoridagi savol matnida bir so‘zda bir necha harflar tushirib qoldirildi.
Diqqat savol: siz o'sha so‘zni to‘liq holida yozib bering.
Javob: sapbordda.
Izoh: rossiyalik erkak mamlakatni tark etishda avtomobil yoki samolyot
emas, uncha keng tarqalmagan sapborddan foydalandi. Sapbord -
ko'rinishi syorfing taxtasini eslatib yuboradigan, shishiriladigan yassi
qayiq. U tik turgan holda, bir dona uzun eshkak yordamida harakatga
keltiriladi.
Manba:
https://www.google.com/amp/s/www.vesti.ru/v/s/www.vesti.ru/amp/a
rticle/2961778%3famp_js_v=0.1&usqp=mq331AQKKAFQArABIIACAw
%253D%253D#ampf=
Muallif: Abbos Salaydinov
4. Tarqatma material:
Yel bilan o‘ynashib yongan sham nuri qizlarni allaqanday ajib holatka
qo‘ymoqda, majlis ersa “Alf laylo” hikoyalaridagi “parilar” bazmini
xotirlatmoqda edi.
Tarqatmada “O‘tkan kunlar” romanidan parcha keltirilgan. Savol:
parchadagi “Alf laylo”ni bugungi kunda biz qanday ataymiz?
Javob: Ming bir kecha.
Izoh: alf - arabchadan ming degani, laylo esa Layli ismining ma’nosidan
ko‘pchilik bilsa kerak, tun, kecha ma’nolarini anglatadi.
Manba: 1. https://e-library.namdu.uz/84%20Badiy%20adabyot
%20asarlar/a_qodiriyt_utgan_kunlar_namdu_uz.pdf
2. https://uz.wikipedia.org/wiki/Alf_layla_va_layla
Muallif: Abbos Salaydinov
5. work.ua saytidagi ma'lumotga ko'ra, Ukrainada Ularga taklif
qilinadigan o'rtacha ish haqi 11300 grivna (307 AQSH dollari) miqdorida
ekan. Ushbu saytda Ular uchun zarur bo'lgan malakalar qatorida
javobgarlik, mehr, stressga chidamlilik, qayishqoqlik, tartiblilik, tibbiy
yoki pedagogik ma'lumotga ega bo'lish kabilar sanalgan. Diqqat savol:
1977-yilgi o’zbek filmida Ulardan biri nimadan o'lim topgani aytiladi?
Javob: ichburug'.
Qabul: dizenteriya.
Izoh: gap enagalik kasbi haqida ketayotgandi. 1977-yilda chiqqan "Shum
bola" filmida bozorda odamlarga turli rasmlarni ko'rsatayotgan odam
oqposhshoning enagasi Valentina Fyodorovnaning suratini ko'rsata
turib, uning ichburug'dan qazo qilganini aytadi.
Manba: 1. https://www.work.ua/ru/career-guide/childminder/
2. https://www.youtube.com/watch?v=IN_YECwjY6g
Muallif: Abbos Salaydinov
6. Tarqatma material:
Qur’oni karimdan: «Sizlardan qaysi biringiz o‘z dinidan qaytsa va shu
kofirligicha o‘lsa, bas, ana o‘shalarning (qilgan savobli) amallari xabata
(bekor) bo‘lur, ular do‘zax ahlidurlar va u yerda mangu qolurlar».
(«Baqara» surasi, 217-oyat)
Hadisi sharifdan: «Jannatga kiradigan o‘n nafar hayvondan biri bu
«As’hobi kahfning vafodor itidir».
(«Al-Jome al-Kabir»)
Tarqatmada bir asardagi epigraflarni ko‘rib turibsiz. Savol: bu qaysi asar
epigraflari?
Javob: Qorako'z Majnun.
Izoh: Said Ahmadning ushbu hikoyasida Saodat ayaning Rossiyaga
harbiy xizmatga ketib, o‘sha yerda yashab qolgan o‘g‘li Bo‘rixon dinini
o‘zgartiradi. Kampirning Qorako‘z Majnun laqabli iti esa uning oqibatsiz
o‘g‘lining aksi o‘laroq kampirga sadoqatli va mehrli bo‘ladi. Shu tufayli
muallif 2-epigraf orqali uni As’hobi Kahfdagi itga qiyoslaydi.
Manba: https://n.ziyouz.com/portal-haqida/xarita/uzbek-nasri/said-
ahmad-1920-2007/said-ahmad-qorako-z-majnun-hikoya
Muallif: Abbos Salaydinov
7. Yaqinda France Football nashri tomonidan "o‘tgan mavsumning eng
yaxshi klubi" nominatsiyasida Manchester Siti g'olib deb topildi.
Chempionlar Ligasi, La Liga, UEFA Superkubogi va Ispaniya
Superkubogida g‘olib bo‘lgan Real Madrid emas, faqatgina APL g'olibligi
bilan cheklangan Manchester Sitining bunday nominatsiyaga munosib
ko'rilishiga munosabat bildirar ekan, sharhlovchi Xayrulla Hamidov
o'tgan asrda bo'lib o'tgani aytiladigan boshqa bir tanlovni esga oladi.
Diqqat savol: gap qaysi tanlov haqida ketayotganini aniq yozib bering.
Javob: Charli Chaplinning qiyofadoshlari tanlovi.
Qabul: Charli Chaplin ismi qatnashgan shu mazmundagi boshqa
javoblar.
Izoh: Xayrulla Hamidov Klublar o'rtasida Yevropadagi eng nufuzli turnir
Chempionlar ligasida hamda boshqa bir qator nufuzli musobaqalarda
g'alaba qozongan Real Madridning mavsumning eng yaxshi klubi deb
topilmaganini, Charli Chaplin qiyofadoshlari tanlovida Charli
Chaplinning o'zi g'olib bo'lolmagani aytiladigan tanlovga o'xshatadi.
O'rganishlar shuni ko'rsatmoqdaki, Charli Chaplin qiyofadoshlari
tanlovida Charli Chaplin bilan bunday voqea haqiqatan ham bo'lganmi
yoki yo'qmi, buni tasdiqlaydigan ishonchli dalillar mavjud emas.
Manba: 1. https://t.me/xayrulla_hamidov/9867
2. https://provereno.media/2021/04/19/pravda-li-chto-chaplin-zanyal-
3-e-mesto-na-konkurse-svoih-dvoynikov/
Muallif: Abbos Salaydinov
8. Savol matnida Alfa va Betta so‘zlari boshqa ikkitadan so‘zlarga
almashtirilgan.
Chingiz Aytmatovda Alfa bor, Betta yo‘q. Avloniyda Alfa ham, Betta ham
bor.
Diqqat savol: Nomini Alfa va Betta deb tarjima qilish mumkin bo‘lgan
darsliklar yaratgan, 1868-yilda Qozon guberniyasida tug‘ilgan
ma’rifatparvarni yozib bering.
Javob: Ahmad Hodi Maqsudiy.
Qabul: Ahmadhoji Maqsudiy, Ahmad Hoji Maqsudiy, Ahmad Maqsudiy,
Maqsudiy.
Izoh: Alfa - birinchi muallim, betta - ikkinchi muallim so‘zlariga
almashtirilgandi. Chingiz Aytmatovda “Birinchi muallim” qissasi,
Avloniyda “Birinchi muallim” va “Ikkinchi muallim” darsliklari mavjud.
Tatar ma’rifatparvari Ahmad Hodi Maqsudiy esa arab alifbosiga
asoslangan tatar yozuvini takomillashtirib, “Muallimi avval” darsligini
chiqaradi. Keyinroq arab yozuvini o‘qishni o‘rgatadigan “Muallimi soniy”
darsligini nashr etadi. Muallifning aynan shu yangiligi O‘zbekistonda
ham bugungacha arab yozuvi va Qur’oni Karimni o‘qishni o‘rganishda
eng ommabop darsliklardan biri bo‘lib kelmoqda.
Manba: 1. http://library.navoiy-uni.uz/files/chingiz%20aytmatov
%20birinchi%20muallim%20qissa.pdf
2. https://uz.wikipedia.org/wiki/Abdulla_Avloniy
3. https://telegra.ph/MUALLIM-SONIY-KITOBINING-MUALLIFI-
AHMAD-HODIY-MAQSUDIY-02-07
Muallif: Abbos Salaydinov
9. 1968-yilda yozilgan asar boshida bosh qahramon o‘zini tanishtirarkan,
ismining erkalatib chaqirish variantini ham keltiradi. Diqqat savol:
mazkur qahramon ismini qaysi davlatning rasmiy nomida uchratishimiz
mumkin?
Javob: Iordaniya Hoshimiylar Qirolligi.
Qabul: Iordaniya.
Izoh: Savolda tilga olingan asar "Sariq devni minib" romani edi. Asar
quyidagi jumla bilan boshlanadi: "Tanishib qo'yaylik: otim Hoshim,
erkalatib chaqirmoqchi bo'lsangiz Hoshimjon deb aytasiz”. Biz Iordaniya
deb biladigan davlatning rasmiy (to’liq) nomi - Iordaniya Hoshimiylar
Qirolligi deb yuritiladi.
Manba: 1. http://www.ferlibrary.uz/f/sariq_devni_minib_roman.pdf
2. https://uz.wikipedia.org/wiki/Iordaniya
Muallif: Abbos Salaydinov
10. Tadqiqotchilar fikriga ko‘ra, zumerlar orasida U “kinoya”,“qo‘pollik”
va hatto passiv agressivlik timsoliga aylanib ulgurgan. Muammoning
sababi - Undan odatda faqat milleniallar foydalanishi va yosh avlod u
bilan faqat ish joyida to‘qnashishida deyiladi. Bu zalda yig‘ilganlar
orasida Uni ko‘rsatishni moveton deb hisoblaydiganlar ham bor. Savol:
Uni bir harfdan boshlanuvchi ikki so‘z bilan yozib bering.
Javob: Bosh barmoq.
Izoh: Perspectus Global agentligi tomonidan 16 yoshdan 29 yoshgacha
bo‘lganlar orasida o‘tkazilgan so‘rovnomaga ko‘ra, bosh barmoq smayligi
bugungi kunda eng eskirgan smaylik ekan. Zakovatning sportcha
variantida bosh barmoq sizga qo‘shimcha daqiqa olib kelmaydi, aksincha
ko‘p vaziyatlarda u jamoani chalg‘itishi kuzatiladi.
Manba: 1. https://culture.wikireading.ru/58444
2. Savol muallifining shaxsiy tajribasi.
Muallif: Saidakrom Rasulev
11. Bu sport turi o‘tgan asr 30-50 yillarida Kaliforniyada to‘lqinlar kam
bo‘lgan paytda o‘ylab topilgan ekan. 2020-yilgi Tokio Olimpiadasida 13
yoshli Momidzi Nisiya bu sportning strit yo‘nalishida chempion bo‘lgan,
2-o‘rinni esa 13 yoshli braziliyalik Raisa Leal qo‘lga kiritgan. Savol: bu
qaysi sport turi?
Javob: skeytbording
Kaliforniyalik syorferlar dengizda yetarlicha to‘lqinlar bo‘lmagan paytda,
shug‘ullanish uchun skeytlarda uchishni o‘ylab topishgan. Sport turi
asosan bolalar o‘yini ham bo‘lgani uchun Olimpiyada g‘oliblari asosan
yosh bolalar bo‘lganini tushunish mumkin.
Manba: 1. Скейтбординг на летних Олимпийских играх 2020 —
Википедия (wikipedia.org)
2. Скейтбординг — Википедия (wikipedia.org)
Muallif: O’ktam O’rintoyev
12.Tarqatma material

Tarqatmadagi bu anjom bilan ilgarilari BU ishni amalga oshirishgan. Bu


anjom orqali jarayon anchayin xavfsiz bo‘lgan va ortiqcha yoqimsizlikdan
ham saqlagan. 18-asrda yaratilgan bir asarda ham bu ishni amalga
oshirilishi ma'lum. VII asrda esa bir mezbon tomonidan avval BU
ishning, so‘ngra qarama-qarshi ishning amalga oshirilishi esa
mehmonning e'tirofiga sabab bo‘lgan edi. Mazkur voqea ortidan 2009-
yilda toshkentlik Farhodbek Ortiqov 75 ming rubl ishlab olganini
ko’pchiligingiz ko’rgansiz. Diqqat savol: savol matnida tilga olingan
mezbonning ismini yozib bering.
Javob: Umar.
Qabul: Xalifa Umar roziyallohu anhu.
Izoh: Bu anjom orqali ilgari shamlar o‘chirilgan. Sham ustidan bosib
o‘chirilganda, puflab o‘chirilganidan ko‘ra mum uchib ketmagan va
yoqimsiz hid ham chiqmagan. Gaydnning “Xayrlashuv simfoniyasi” da
ham ijrochilar asar yakunlana boshlagach shamlarni o‘chirib birma bir
orkestrni tark etishgan. Xalifa Umarning esa yoniga kelgan mehmon
oldida davlat shamini o‘chirib, shaxsiy shamini yoqishi e'tirofga sabab
bo‘lgani ma'lum. 2009-yilda toshkentlik Farhodbek Ortiqov Rossiyaning
«Что? Где? Когда?» teleo’yinida mazkur voqea haqidagi savoli ortidan
75 ming rubl ishlab olganini ko’rgan bo’lsangiz kerak.
Ushbu savol orqali biz ham “Xayrlashuv simfoniyasi”ni ijro etdik va
shamlarni o’chirdik.
Manba: 1. Симфония № 45 (Гайдн) — Википедия (wikipedia.org)
2. https://xutba.uz/21/01/2022/7492/
3. https://www.youtube.com/watch?v=eK7hNGU7ZdQ
Muallif: O’ktam O’rintoyev, Abbos Salaydinov.

Bingo
1-tur.
mad_max93November 09, 2022

Assalomu alaykum, hurmatli bilimdonlar!


Qoidalarni eslatib o’tamiz.
Boshlovchi savol tartib raqamini e’lon qilganidan so’ng aytilgan yoki
aytilmagan barcha jumlalar bevosita savolga aloqador. Savollar izohlarini
diqqat qilib tinglashni unutmang.
Shuningdek aniq qilib yozib bering, 2 so’z yoki 1 so’zdan iborat javob degan
holatlarga diqqat qiling. Savol formasiga mos kelmaydigan javob noto’g’ri
hisoblanadi. Savol formasida bir harfdan boshlanuvchi, juft undoshlar bilan
boshlanuvchi, alifboda ketma-ket keluvchi harflar bilan boshlanuvchi so’zlar
so’ralganda va shu kabi boshqa holatlarda O’ZBEK TILINING LOTIN
ALIFBOSI nazarda tutiladi.
1-savol: Aleksandr III bayram munosabati bilan xotini Mariya
Fyodorovna uchun ajoyib sovg`a hozirlashga qaror qiladi. Daniya qiroli
xazinasidagi qimmatbaho bir buyum unga maqul kelgandi va Karldan
xuddi shunday sovg`a yasashni so`raydi. Matryoshka uslubida
tayyorlangan bu sovg`a keyinchalik boshqa hukmdorlar tomonidan ham
iliq qabul qilinadi. Diqqat savol: Karlning familiyasini toping!
Javob: Faberje!
Izoh: Aleksandr III Pasxa bayrami munosabati bilan tuxumsimon sovg`a
yasashni zargar Karl Faberjedan so`raydi. Imperator bunday sovg`ani
Daniya qiroli xazinasida ko`rgandi. Faberje tomonidan yangiliklar
qo`shilgan bu sovg`ada po`stloq ichiga qimmatbaho narsalar berkitiladi
va bu Matryoshkani esga soladi. Karl keyingi hukmdorlar uchun ham har
yili shunday tuxumlar yasab bergan.
Qadimgi Rim odati bo`yicha, birinchi bo`lib dasturxonga TUXUM
tortdik!
Manba: https://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%AF
%D0%B9%D1%86%D0%B0_
%D0%A4%D0%B0%D0%B1%D0%B5%D1%80%D0%B6%D0%B5
Muallif: Anorov Bahodir
2-savol: Bu savol javobini juda kuchli jamoalar topishi kutilayotgan
bo`lsa-da, kuchsiz bironta jamoa topib qo`ysa, ajablanmayman!
Barchamizga tanish bo'lgan va uzoq vaqt rekordchi bo'lib kelgan ushbu
manba muallifning o'limidan keyin bir muddat ko'zdan yo'qoladi. 1690-
1717-yillarda unga rassom Juzeppe Gettsi egalik qiladi. 1717-yilda uni
graf Tomas Kuk o'zining sayohati paytida xarid qiladi. Diqqat savol:
Tomas Kuk qaysi hududning 1-grafi hisoblanadi?
Javob: Lester.
Izoh: Leonardo da Vinchi tomonidan yaratilgan ilm-fanga oid qaydlar
daftari muallif o'limidan so'ng qayerda bo'lgani noma'lum. Uning
egalaridan biri Gettsi Lester grafi Tomas Kukka manbani sotadi va shu
tufayli manbaga "Lester kodeksi" nomi beriladi. Bu qo'lyozma 1994-yilda
Bill Geyts tomonidan 30,8 million dollarga sotib olingach, eng qimmat
sotilgan kitobga aylangan. 2017-yilda esa "Mormon kitoblari" 35 million
dollar bilan rekordni yangiladi.
Savol preambulasida kuchli jamoalar yutishi kutilgan APL chempionligi
autsayderlardan biri deb hisoblangan “Lester” ga nasib etganiga ishora
qilindi!
Manba: https://ru.m.wikipedia.org/wiki/%D0%9B
%D0%B5%D1%81%D1%82%D0%B5%D1%80%D1%81%D0%BA
%D0%B8%D0%B9_%D0%BA%D0%BE%D0%B4%D0%B5%D0%BA
%D1%81
Muallif: Anorov Bahodir
3-savol: Internet ma'lumotlariga ishonadigan bo'lsak, bir kun davomida
BU ISHNI QILISH sizga va bir qancha sheriklaringizga taxminan 2
milliondan 6 milliongacha tushishi mumkin. "Na qurbaqa na baliq" deya
ta'riflangan qahramon esa BU ISHNI QILGAN. Diqqat savol: Biroz
xatolik bo'lsa-da, taxminan 2434 yil oldin BU ISHNI QILGAN inson
kim?
Javob: Diogen!
Izoh: Xalq orasida Bochka nomini olgan Chorvoq atrofidagi dachalar
joylashgan hududda yashash anchagina qimmat turadi. "Shoh Saltan
haqida ertak" asari bosh qahramoni Knyaz Gvidon onasi bilan birga
bochkada dengizga uloqtiriladi. Xatda chaqaloq Gvidonni jodugar
Babarixa "na qurbaqa, na baliq" deya yolg'on ishlatadi. Bochkada
yashash borasida eng mashhur inson esa Diogen bo'lib, u miloddan
avvalgi 412-yilda tug'ilgan. Aslida u bochkaga o'xshash idish pifosda
yashaganini eshitgandirsiz.
Manba: 1. https://dachatop.uz/area/bochka/
2. https://youtu.be/yqhdbWoOq-k
3. https://ru.m.wikipedia.org/wiki/%D0%94%D0%B8%D0%BE
%D0%B3%D0%B5%D0%BD
Muallif: Anorov Bahodir
4-savol: BU ISH kamida 3 marta sodir bo'lgan: birinchisi Rimda yuz
bergan. Ikkinchi holatda judayam qattiqqo'l xo'jayin nasib qilgan. 3-holat
yuz berishiga qochishga bo'lgan urinishlar sabab bo'lgan. Tarixiy
manbalarda BU ISH ko'chma ma'noda ham sodir bo'lgani aytiladi.
Leonid esa BU ISHNI bir necha marta amalga oshirish fikridan qaytgan
va: Sevgi sotilmaydi - deya izoh bergan. Diqqat savol: BU ISHNI QILISH
o'rnidagi 2 ta bir xil harfdan boshlanuvchi so'zlarni yozib bering!
Javob: Spartakni sotish ("Spartak" ni sotish)!
Izoh: Spartak qul sifatida 3 marta sotib yuborilgan. Oxirida uni
gladiatorlar safiga qo'shib yuborishadi. U avvaldanoq qochishga ko'p
uringan. Tarix kitoblarida yozilishicha Spartak qo'zg'olon rejasini
tuzayotganda qullardan biri uni sotib qo'yadi va Rimni tark etib Vezuviy
tog'iga ketishiga to'g'ri keladi. Leonid Fedun bir necha takliflar bo'lishiga
qaramay "Spartak" ni sotmasdan kelmoqda.
Manba: 1.https://ru.m.wikipedia.org/wiki/%D0%A1%D0%BF
%D0%B0%D1%80%D1%82%D0%B0%D0%BA
2.
https://www.google.com/amp/s/amp.championat.com/football/article-
4677597-fedun-mozhet-prodat-spartak-podrobnosti-reakciya-komu-on-
mog-ego-prodat-aven-boguslavskij-prohorov-shejhi.html
Muallif: Anorov Bahodir
5-savol: Bu yevropalik inson o`smirlik paytida naynov, uzun qo`l-oyoqli,
ozg`in bo`yinli, beo`xshov burunli ko`rinishga ega edi. O`zining bunday
xunuk ko`rinishiga qaramasdan keyinchalik Qirollik teatriga qabul
qilindi va ikkinchi darajali rollarni ijro eta boshladi. Hatto qirol Frederik
VI unga davlat hisobidan Elsinyordagi maktabda o`qish imkoniyatini
taqdim etgan. Diqqat savol: Bu inson kimligini yozib bering!
Javob: Hans Kristian Andersen!
Izoh: Ajablanarlisi Hans Kristian Andersenning hayot yo`li uning
mashhur asari “Irkit o`rdakcha” ni esga soladi. U xunuk ko`rinishi bilan
dastlab hammaning e`tiborini tortgandi. Lekin keyinchalik hayot yo`lida
yorqin yutuqlarga erisha boshlaydi. Savol matnida kelgan Elsinyor
toponimi Daniyaga ishora qilgandi, shahzoda Gamlet ham aynan shu
yerlik bo`lganini bilasiz.
Manba: https://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%90%D0%BD
%D0%B4%D0%B5%D1%80%D1%81%D0%B5%D0%BD,_
%D0%A5%D0%B0%D0%BD%D1%81_%D0%9A
%D1%80%D0%B8%D1%81%D1%82%D0%B8%D0%B0%D0%BD
Muallif: Anorov Bahodir
6-savol: Birinchi Jahon Urushi paytida AQSh flotida Yudjin Makdonald
ismli inson radist sifatida faoliyat ko`rsatgan va dushman kemalarini
yo`q qilishda faol qatnashgan. Keyinchalik u nurning imkoniyatlaridan
to`g`ri foydalangan va insonlarning hayotini osonlashtirgan bir ixtiroga
ham sababchi bo`lgan. Diqqat kutilmagan savol: Yudjin qaysi shahardan
ekanligini ba`zi harflarni xato qilib bo`lsa-da yozib bering!
Javob: Sirakyus!
Qabul: Sirakuza va shunga judayam yaqin javoblar!
Izoh: Tasodifni qarangki, u yashagan shahar nomini esga soluvchi
Sirakuzada bir paytlar Arximed ham nurdan foydalangan, dushman
kemalarini cho`ktirib yuborgan edi. Yudjin Makdonald tashabbusi bilan
televizor pulti o`ylab topilgan!
Manba: https://vk.com/wall-7511026_388997
Muallif: Anorov Bahodir
7-savol: Aytishlaricha, bir ayol qiynoqqa solinayotgan mahkumning
dahshatli qichqiriqlarini eshitgach, qornidagi bolasini muddatidan avval
dunyoga keltirib qo`ygan. Tug`ilgan chaqaloq voyaga yetkach bunday
dahshatli qiynoqlardan foydalanish noto`g`ri ekanligini ko`p
ta`kidlagan va o`ziga xos yechim ham taklif etgan. Diqqat savol: Bu
qo`shtirnoq ichidagi insonparvar shaxs kim?
Javob: Jozef Ignas Giloten!
Qabul: Giloten!
Izoh: Onasi bilan yuz bergan voqea Jozefga ta`sir o`tkazgan va
insonlarga nisbatan qilinayotgan bunday dahshatli qiynoqlarga salbiy
ko`z bilan qaragan. Jinoyatning jazosiz qolishi ham uning qarashlariga
mos emasdi va shundan keyin aybdorni osongina o`limga yetaklovchi
qurilmasini o`ylab topgan!
Manba: https://www.factroom.ru/izvestnye-lyudi/izobretateli/10-
neozhidannyh-faktov-ob-izobretatelyah
Muallif: Anorov Bahodir
8-savol: Ma`nosi qayg`uli bo`lgan qo`shiqlarga shaytonlab raqsga
tushish holatlari to`ylarimizda kuzatilib turadi. 90-yillarda xit-
paradlarni titratgan ispan guruhi tomonidan kuylangan bu taronada
aslida nima deyilayotgani butun dunyodagi odamlar u qadar
fahmlashmagan ekan. Qo`shiq matnida bir qiz sevgilisi armiyaga
ketganidan keyin boshqa bir yigit bilan munosabatlarni bog`laydi.
Ma`nosi qayg`uli, ammo ohangi sho`x ushbu tarona bosh qahramoni
bo`lgan qizning ismi nima edi?
Javob: Makarena!
Izoh: Los del Rio guruhi tomonidan 1993-yilda kuylangan ushbu tarona
1996-1997-yillarda xalqaro xit darajasiga chiqadi. Unda Macarena ismli
qizning xiyonati haqida so`z boradi.
Manba: 1. https://ru.wikipedia.org/wiki/Macarena
2. https://www.kinoafisha.info/articles/rossiyane-udivyatsya-o-chem-
poetsya-v-pesne-makarena-gremevshey-v-90-h_id38702_a14986701/
Muallif: Anorov Bahodir
9-savol: 2009-yilda ishlab chiqarilgan "O'simliklar zombilarga qarshi"
o'yinida yelkasida kichik farzandini olib yuradigan ochko'z bahaybatning
nomi Iks. Shuningdek Iks 1532-1564 yillarda chop etilgan satirik roman
pentalogiyaning qahramoni bo'lib romanda u Renessans ramzi, o'rta
asrning eski qoidalaridan chetlashishni ifodalagan xuddi o'g'li kabi.
Diqqat savol. O'sha roman muallifi kim?
Javob: Fransua Rable
Qabul: Rable
Izoh: Iks bu Gargantyua uning farzandi esa Pantagruel
10-savol: MA`LUMOTDA ALMASHTIRISH BOR!
Dengiz otlarining uzunligi jinsiga qarab anchagina farq qiladi: erkaklari
6,5 metr, ayollari 3,5 metrga yetadi. Dengiz otining vazni o`rtacha 4
tonnani tashkil etadi.
Yuqoridagi ma`lumotda BIZ BIR ISHNI QILDIK!
BU ISHNI QILISH kerakmi yoki yo`qmi degan savolga bir soha vakillari
“agarda faollik imkoniyati cheklangan bo`lsa unda amalga oshirish
mumkin” deb javob berishadi. Diqqat savol: Gap qaysi ish haqida
ketayotganligini bir necha so`zda yozib bering!
Javob: Otni filga almashtirish!
Qabul: Filni otga almashtirish!
Izoh: Yuqoridagi ma`lumotda gap dengiz oti haqida emas, dengiz fili
haqida ketmoqda. Berilgan parametrlar dengiz oti uchun ancha kattalik
qilishi o`z-o`zidan tushunarli. Shaxmatchilar otni filga almashtirish
masalasida yakuniy qarorga ega emas, lekin ko`pchilik agar fil yoki
otning turgan pozitsiyasi uning faolligiga imkon bermayotgan bo`lsa,
raqibning faol figurasiga almashtirish foydali deyishadi.
Manba: 1. https://ru.m.wikipedia.org/wiki/%D0%9C%D0%BE
%D1%80%D1%81%D0%BA%D0%B8%D0%B5_%D1%81%D0%BB
%D0%BE%D0%BD%D1%8B
2. https://schoolchess.ru/uroki/dlya-4-2-razryada/urok-61-konya-na-
slona-stoit-li-meniat.html
Muallif: Anorov Bahodir
11-savol: Bu kichik shahardagi mehmonxonalar jahon standartlariga
javob bera oladi. Shaharning ko`zga ko`ringan joylarining ko`pchiligi
Tepla nomli daryo yoqasida joylashgan. Sotsializm yillarida shahar
markazida Thermal (Termal) nomli mehmonxona qurilgan.
Birodarlashgan shaharlari orasida Baden-Baden shahri ham mavjud.
Diqqat savol: Bu qaysi shahar?
Javob: Karlovy Vary!
Izoh: Chexiyaning olamga mashhur bu shahri o`zining shifobaxsh issiq
buloqlari bilan mashhur. U yerda daryo nomi Tepla, mehmonxona nomi
Termal ekanligi ham ancha mantiqiy. Birodarlashgan shaharlari orasida
cho`milish ma`nosini anglatuvchi Baden-Baden shahridan tashqari
AQShdagi Karlsbad shahri ham bor!
Manba: https://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%9A
%D0%B0%D1%80%D0%BB%D0%BE%D0%B2%D1%8B_
%D0%92%D0%B0%D1%80%D1%8B
Muallif: Anorov Bahodir
12-savol: Lev Platonovich talabalik yillarida inqilob jarayonlarida faol
qatnashgan va qo`lga olingan. 1887-yilda ona qishlog`i Mlievga qaytish
imkoni berilgan. Bu yerda ham 12 yil politsiya nazorati ostida edi. Lev
bor e`tiborini meros qolgan bog`lar rivojiga qaratishga majbur bo`lgan.
U Rossiyadagi bog`dorchilik ahvoliga tanqidiy ko`z bilan qarar,
sohaning juda ortda qolishiga sabab bilim yetishmovchiligi deb
hisoblardi. Turli olimlar va turli davlatlar bilan o`rnatilgan aloqa ortidan
yuksak natijalarga erishildi. Diqqat savol: Lev Platonovichning
familiyasini toping!
Javob: Simirenko!
Qabul: Semirenko, Simerenko kabi javoblar!
Izoh: Bog`dorchilik sohasida katta inqilob qilgan olim past haroratda
ham meva beruvchi navlar ustida jiddiy bosh qotirgan. Uning “Renet
Simirenko” navli olmasi yurtimizda ham haligacha mashhur.
Shu bilan jamoamiz a`zosi Bahodir Anorov tomonidan yozilgan
dasturxon OLMA bilan o`z nihoyasiga yetdi! Tanaffus!
Manba: https://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%A1%D0%B8%D0%BC
%D0%B8%D1%80%D0%B5%D0%BD%D0%BA%D0%BE,_%D0%9B
%D0%B5%D0%B2_%D0%9F%D0%BB%D0%B0%D1%82%D0%BE
%D0%BD%D0%BE%D0%B2%D0%B8%D1%87
Muallif: Anorov Bahodir

2-tur.
mad_max93November 09, 2022

13 (1). Reno kompaniyasning 10 yillar oldin chiqargan reklamada


pomada, ketchup va o`t o`chiruvchi mashina qizil emas, Renaultning
an’anaviy sariq rangida tasvirlangan. Diqqat savol: ushbu reklama
kampaniyasi nima munosabat bilan chiqarilganini aniqroq yozib bering.
J: F1da Renaultning (Ferrari va Mclaren ustidan) g`alabasi
Izoh: F1da bir necha bor ketma-ket Ferrari jamoasi Shumaxer orqali
g`alaba qozonishgan edi. Fernando Alonso va Sebastian Fettelning
g`alabasi Renoni ruxlantirgan.
14 (2). Joriy yilning mart oyida rossiyalik deputat Aleksey Gorinov
bolalar chizgan rasmlar konkursini o'tkazilishini Unga o'xshatgan. U
1832-yilda ilk bor nashr qilingan. Uni 3 so'zda ayting.
Javob : O'lat vaqtidagi ziyofat
Pushkinning "O'lat vaqtidagi ziyofat" asari ilk bor 1832-yilda nashr
qilingan.
Rossiyaning Ukrainadagi urushi va bolalarning nobud bo'layotganini
aytgan deputat, konkursni "O'lat vaqtidagi ziyofat" deb atagan
15 (3). Tarqatma material
... de Kan Planes
Qarshingizda Kataloniyada joylashgan eski fermerlik uyi nomining bir
qismi. 1957-yilda ushbu joy qayta rekonstruksiya qilingan va umumturar
joyga aylantirilgan.
Wikipediada keltirilgan mazkur maqolada eslab o'tilgan familiyalardan
xohlagan bittasini yozib bering
Javob : Messi
Qabul : Fabregas, Pike, Pedro
1702-yilda qurilgan ushbu joy La Masiya de Kan Planes yoki qisqacha La
Masiya. 1957-yilda Kamp Nouning ochilishi tufayli ushbu joy klub
yoshlar akademiyasi uchun turar joyga aylantirilgan.
Ma'lumki Messi, Fabregas, Pedro, Pike va boshqalar La Masiya
tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.
16 (4). Tarqatma material.
1715-yilda Pyotr I poyabzallarga temir-po'lat mixlardan foydalanishni
taqiqlab qo'yadi. Bunga sababni biz Aleksandr Benuaning kartinasida
ko'rishimiz mumkin.
Savol : Nega Pyotr I bunday taqiqni joriy qilgan?
Javob : Chunki o'sha paytlar shahar ko'chalari va ko'priklar asosan
yog'ochdan yasalgan. Yo'llarni buzmaslik uchun shu taqiq joriy qilingan.
17 (5). Blits:
1. Diqqat savoldagi bir so‘zda bir necha harf tushirib qoldirilgan.
Yunon draxmasi qotili sifatida e’tirof etiladigan YERga nomni 1995-yilda
Ispaniyada o‘ylab topishgan bo‘lsada 1999 yilda ishlatila boshlangan.
Xarflar tushurib qoldirilgan so‘zni originalida yozib bering.
2. Pi hayoti romani qahramoni bir necha dinlarga bir vaqtda qiziqadi.
Asar voqealari davomida qahramonning akasi hazil tariqasida bu
ketishda yoki Xadjga borasan, yoki 13- Unga aylanasan deydi. Uni yozib
bering.
3. Bir pul birligining himoyalash mexanizmlaridan biri hisoblanadigan
ultrabinafsha nurlarida aks qaytarish xususiyatini aynan ushbu metall
berar ekan. Qaysi metall?
Javob:
1. Yevro
2. Piy
3. Yevropiy
Izoh: 1. Yevro pul birligi 1999 yildan virtual ko‘rinishda ishlatila
boshlangan. 2002 yilda naqd ko‘rishda tarqalgan. Ungacha eng uzoq
vaqt ishlatilgan yunon draxmasining muomaladan chiqishi sababchisi
sifatida ham e’tirof etiladi.
2. Bir vaqtda bir nechta dinga e’tiqod qilayapti. Yoki musulmon bo‘lib
Xadjga borasan, yoki nasroniy bo‘lib 13-Piyga aylanasan deya ta’kidlaydi.
3. Yevro valyutasiga yevropiy ishlatilishi bu shunchaki ta’sodif)
18 (6). Boris Akunin "Xujum qilish uchun odam tanlashda adashishdi"
maqolasida amerikalik 107 yoshlik skluptor haqida yozar ekan, "San'at
energiyasi va hayot kuchi orasida sirli bir rishta bor" ekanligini
ta’kidlaydi. Diqqat savol: Xujum qilganlarning har ikkisini yozib bering.
Javob: Ispanka, Kovid
107 yoshlik amerikalik Ispanka bilan ham, Kovid bilan ham kasallangan,
lekin ikkisi ham uni o`ldira olmagan.
19 (7). Qirolicha Yelizavettaning oxirgi marta jamoatchilikka ko'rinish
berishi va o‘limi, reytingning tarixiy minimumgacha tushib ketishi,
iqtisodiy rivojlantirishning yangi strategiyasi tufayli Angliya bankining
shoshilinch ravishda obligatsiyalar sotib olishi. Bularning bari Liz Trass
bosh vazirlik MUDDATIDA ro‘y bergan voqealar. Bu voqealar haqida
o‘qir ekan, savol muallifi 1919-yilda chop etilgan asar nomidagi sonni
o‘zgartiradi va Trass ning vazirlik faoliyatini o‘ta qoniqarsiz deb
baholaydi. Diqqat savol o'sha asar muallifi kim?
Javob: Jon Rid
Izoh: Muallif bu davrni “Dunyoni titratgan 45 kun” deb nomlaydi
(Asar nomi “Dunyoni titratgan 10 kun” edi)
20 (8). Duplet:
1. BIRINCHIning uzunligi 236,6 metr, diametri 30,5 m gacha yetgan.
Ekipajlar soni 40-45 taga mo'ljallangan edi. BIRINCHI o'rnidagini yozib
bering.
2. IKKINCHI 1968-yili Londonda tashkil topgan. "Ekipaj"lari soni 4 ta
edi. IKKINCHI ham xuddi BIRINCHI kabi "og'ir metall" edi. IKKINCHI
ni yozib bering.
Javob :
1. Graf Zeppelin
2. Led Zeppelin.
Led Zeppelin guruhining asosiy janrlaridan biri heavy-metal yo'nalishi
bo'lgan.
Manba :
1. https://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%93%D1%80%D0%B0%D1%84_
%D0%A6%D0%B5%D0%BF%D0%BF%D0%B5%D0%BB
%D0%B8%D0%BD_(%D0%B4%D0%B8%D1%80%D0%B8%D0%B6%D
0%B0%D0%B1%D0%BB%D1%8C
2. https://ru.wikipedia.org/wiki/Led_Zeppelin#%D0%A1_2007
21 (9). Boris Nemtsovning qizi bolaligida Birinchi haqida bilmaganligi
tufayli, o‘zi yashaydigan shahar nomini shaharda yashash qiyinligidan
olgan, deya fikrlaydi. Balki shu sababdan ham bu shaharga surgun
qilingan Ikkinchi bilan tanishishni ham xohlaydi. Diqqat savol: birinchi
va ikkinchi kim ekanliklarini yozib bering.
Javob: Maksim Gorkiy, Andrey Saxarov.
Izoh: Gorkiy shahri nomi bu yerda hayot achchiq bo‘lganligi uchun, deya
fikrlagan ekan Janna Nemtsova. Shuning uchun ham Nobel mukofoti
laureati, Saxarov familiyasi "shakar" ma’nosini beruvchi odam haqida
eshitganda, u bilan tanishgisi kelgandir.
22 (10). Vikipediyaga ishonadigan bo‘lsak, 2008-yilgi filmda U hal
qiluvchi bo‘lib, fransuz asari qahramonlari haqida edi. Zakovatdagi Unda
hozircha faqat ikki kishi minimal maqsadiga erishdi. Uni ikki so‘zda
yozib bering.
Javob: O‘ninchi savol. Qabul: 10-savol.
Izoh: “Xarobadan chiqqan millioner” filmida jami 10 ta savol bo‘lib, 10-
savol Atos, Partos va Aramis haqida edi. Zakovat NNT tomonidan tashkil
etilayotgan 10-savol loyihasida hozircha minimal miqdordagi summani
Umid Yorqulov va Muhammadali Valixonovlar yutib olishdi.
23 (11). Savolda harflar tushirib qoldirilgan
Xitoydagi "bir oila - bir farzand" siyosati yuzaga keltirgan ijtimoiy
muammolar haqida yozilgan trendda o‘rta yoshlilarning bolalar yoki
qariyalarga qarash va ularni ta'minlashga qiynalishayotgani aytib o‘tiladi
va bundaylar End avlod ekanligi deb aytib o‘tiladi. End ingliz tilidan
“o‘rtaga joylashtirish” deb tarjima qilinadi. Diqqat savol: Savolda tushirib
qoldirilgan bir necha hafrlarni yozib bering.
Javob: S,V, I,Ch
Izoh: Twitterda yozilgan "Sendvich avlod" trendida ijtimoiy muammolar,
ta'lim qimmatligi, farzandli bo‘lish ipoteka narxidek qimmat ekanligi
aytiladi, bunda tashqari sharq an'analariga ko‘ra qari ota-onani tashlab
qo‘ymaslik kerakligi moliyaviy ahvoli zo‘r bo‘lmagan o‘rta avlodni qiynab
qo‘yayotganligi aytiladi. Sendvich ingliz tilidan - o‘rtaga joylashtirish deb
tarjima qilinadi.
Manba: 1. https://twitter.com/inmon2022/status/
1584817158512840704?s=20&t=5eilq_1fmpHqVgyks67HxA
2. https://ru.wikipedia.org/wiki/Сэндвич
24 (12). 1962-yilda chiqqan “Bu ishni qilish” filmi bosh qahramoni
bolalariga bu ishni qilish gunohligini aytadi. Bu ishni qilish Eminemning
qo‘shig‘ida bo‘yinni sindirish orqali amalga oshirilishi aytiladi.
Diqqat savol: Bu ishni qilish o'rnidagi so'zlarni yozib bering.
Javob: Mazaxchi qushni o‘ldirish
Qabul: to kill mockingbird, ubit peresmeshnika.
Izoh: Eminemning Mockingbird qo‘shig‘ida agar mazaxchiqush
kuylamasa uning bo‘ynini sindirishini aytadi.
Manba:
1. To kill a mockingbird - 1962-yil.
2. https://www.amalgama-lab.com/songs/e/eminem/mockingbird.html

3-tur.
mad_max93November 09, 2022

25 (1). Marsel Marso rus adabiyotiga qanchalik qiziqqani bizga qorong‘u.


Lekin Marselga “U”ndagi chiqishi ilk mashhurlikni olib kelgan. U
haqidagi iboraning muallifi aslida Ejen Vogue hisoblanadi. Uni yozib
bering
Javob: Gogolning “Shinel”i
izoh: Buyuk mimning dastlabki sahna ko‘rinishlaridan birining nomi
Gogolning “Shinel”i edi. Chiqishi so‘zi yordam bergan bo‘lsa xursandmiz
26 (2). Duplet:
1. Versiyalardan biriga ko`ra bu so`z qadimgi turkiy tildagi "yonidagi,
keyingisi" degan ma`noni anglatuvchi so`zdan kelib chiqqan. Bu so`zni
yozib bering.
2. Versiyalardan biriga ko`ra unda dastlab xursandchilik tasvirlanishi
rejalashtirilgan bo`lgan. Ammo, muallif prototipning reaksiyasini
ko`rgach, o‘z fikridan qaytadi. Uni yozib bering.
Javob: 1. Ikki. 2. Yana ikki
Izoh: ik so‘zi "yon" degan manoni beradi. Ikki - birinchidan keyingi
miqdor ma’nosida qo‘llanilgan.
Fyodor Reshetnikov darsda ikki olgan bolani ko‘rgach, rasmda
xursandchilik tasvirlash xatolini tushunib yetgan.
27 (3). Shu yildan boshlab "Chelsi" futbol klubi rahbariga aylangan
amerikalik Tod Bouli APLga yangi o'yin taklifi bilan chiqdi. Unga ko'ra,
APL yulduzlari bir jamoaga birlashib, bir biriga qarshi o'ynaydi. Bir
tomonda"Manchester United", "Manchester City", "Liverpul" kabi
jamoalar yulduzlaridan tuzilgan jamoa bo'lsa, ikkinchi tomonda
"Arsenal", "Chelsi", "Tottenham" va "Vest Ham" kabi jamoa
o'yinchilaridan tuzilgan jamoa qatnashadi. Bu yangi o'yin nomi 1887-
yilda nashrdan chiqarilgan, voqealari Floridada, Fuqarolik urushi
davrida kechuvchi sarguzasht roman nomi bilan bir xil. Savol: o'sha
roman muallifini yozib bering
Javob: Jyul Vern. Izoh: Roman nomi va o'yin nomi "Shimol janubga
qarshi" deb nomlanadi. E'tibor bergan bo'lsangiz MCity, Liverpul, MYu
jamoalari Angliyaning shimolida joylashgan, Arsenal, Tottenhem, Chelsi
jamoalari esa Angliyaning janubida joylashgan. Bu ikki tomonning o'zaro
kurashini "Shimol janubga qarshi" deb nomlashni taklif qilgan Bouli.
"Shimol janubga qarshi" sarguzasht romani voqealari Floridada,
Fuqarolik urushi avj olgan paytlarda yuz beradi. Fuqarolik urushida ham
shimolliklar janubliklarga qarshi jang qilishgan.
28 (4). Masha Gessenning yozishicha, sovet o‘quv yurtlarida yahudiy
talabalariga nisbatan nohaqliklar ko‘p bo'lgan. Masalan, imtixon vaqtida,
yahudiy talabalariga atayin yiqitish maqsadida qo‘shimcha savollar
berilganligi haqida gapirar ekan, Gessen Uni esga oladi. Biz esa hali uni
esga olmadik. Uni yozib bering.
Javob: tobut
Yiqitish uchun berilgan savollarni Masha Gessen "tobut" - "grob" deya
ta’riflaydi. Chgk va zakovat olamida ham topilmaydigan savollar shunday
nomlanadi.
29 (5). Afsonalarga ko'ra, Uning ekipaji 181 odamdan tashkil topgan
bo'lib, 21 nafari tirik qaytgan, 27 nafari to'g'ri ma'noda konstruksiya
bilan qorishib ketgan, 13 nafari radiatsiya, tok urushi va qo'rquvdan vafot
etgan. Qolganlar haqida ma'lumot yo'q. Diqqat savol: Uning nomi nima?
Javob: Eldridj
Qabul: Eldridj kemasi, Eldridj esminetsi
Izoh: 1943-yilning 28-oktabrida o'tkazilgan Filadelfiya eksperimentida
qo'llanilgan Eldridj kemasidagi ekipaj haqida ma'lumotlar aytib o'tildi.
Kecha ushbu tajriba "o'tkazilganiga" 79 yil to'ldi.
30 (6). Koka-Kola nomi va emblemasini o`ylab topgan Frenk Robinson
Koka-Kola kompaniyasining marketologi sifatida ishlashdan oldin
Buxgalterlik qilgan. Diqqat savol: Grek tilidan kirib kelgan so`z bilan
javob bering: 19-asrda AQSH Buxgalterlari nimani o`rganishlari
majburiy bo`lgan?
Javob: Kalligrafiya
Koka-Kolaning shrifti noodatiyligi haqida bilasiz. Frenk uni aynan
buxgalterlar ishlatadigan shriftda yozgan.
31 (7). 2014-yilgi mavsumda Yuventusning Olimpiakos ustidan 3-2
hisobida qiyinchilik bilan bor resurslarini ishlatgan holda yutgan o'yini
haqidagi maqolada bir ibora biroz o'zgartirilib aytiladi. Chunki o'yindagi
burilish vaziyati jamoa afsonasi jarima zarbasidan kiritgan goldan keyin
boshlangan edi. Diqqat savol: ushbu o'zgargan iborani yozib bering
Javob: Pirlocha g'alaba
Qabul: Pirlo g'alabasi
Izoh: Jamoa afsonasi Andrea Pirlo golidan song hisob 2-2 bo'ladi va
yakunda Yuventus g'alabani qo'lga kiritadi. Pirrcha g'alaba - juda katta
qurbonliklar evaziga qozonilgan g'alabaga aytiladigan ibora. Yuventus
muxlislari esa 3-2 hisobidagi kambekni Pirlocha g'alaba deb atashgan
32 (8). "Interstellar" filmida uchuvchilar Miller sayyorasiga borganida,
to'lqin ko'tarilgan vaqtda professor Doylning BU ISHNI QILISHI oxir
oqibat uning halok bo'lishiga olib keladi. Savol: Injilga ko'ra, kim BU
ISHNI QILISHI oqibatida halok bo'lganini ikki so'zda yozib bering.
Javob: Lutning xotini. Injilda yozilishicha, Xudo Sodom va Gomorra
xalqlarini jazolash va Lut payg'ambarni omon qoldirishga qaror qilgach,
Lut, uning xotini va ikki qizini qutqarish uchun farishtalarni jo'natadi.
Ammo Lutning xotini farishtalar qo'ygan shartni esidan chiqaradi va
ortga qaraydi, shundan keyin tuzli ustunga aylanib qoladi. Interstellar"
filmida Miller sayyorasida ulkan to'lqin yaqinlashib kelayotganda, kema
yonida turgan Doyl bir on orqaga, to'lqinga qaraydi va kemaga chiqaman
deganida suv tortib ketib qoladi.
33 (9). Youtube bloger Kaxa u taomni tayyorlashni o'rgatadigan
videosida pepperoni pitsa ustidagi kolbasa bo'laklarini olib tashlaydi va
taom tayyor deb aytadi. Diqqat savol: u nima tayyorlashni o'rgatmoqda?
Javob: Xachapuri
34 (10). O‘rta asr kartinalarini sohtalashtiruvchi bir rassom kartinasini
moy bilan ishlov berganidan so‘ng unda KALni hosil qiladi. Antikvar
mashinalarning o‘ziga hos ishqibozi mashinadagi kraska yangi ekanligi
emas, balki KALning naqshinkorligi ko‘proq e’tiborini tortar ekan. Savol
matnida biz ikki marotaba bir fransuz tilidagi so‘zdan bir nechta harf
tushurib qoldirdik. So‘zni asl holatida ayting.
Javob: Krakelyur
Izoh: vaqt o‘tishi bilan san’at asarlarida yoki lakkraska qilingan biror bir
jismda hosil bo‘ladigan yoriqlar shunday ataladi. Soxtalashtiruvchi o‘z
maqsadiga erishishi uchun sur’atda krakelyur hosil qilishi ancha foyda
olib keladi deb o‘ylaydi. Nodir mashinalar ishqibozi esa mashinaning
yangidek turgani emas, balki uning kraskasidagi o‘ziga hos naqshlar
e’tibor tortar emish.
35 (11). Duplet
Tarqatma material:
Le moustachu
1. Gabriel Garsia Markes o'zining 1957-yilgi sayohati haqida Keyinchalik
yozgan esse sida mahalliy ayolning yangi rahbariyat juda yaxshi ammo
ularning juda ko'p vaqti eski rahbarlarning xatosini tuzatish bilan
o'tmoqda shuningdek hozirgidek festivallar oldinlari bo'lmasdi deb
aytganini keltiradi. Hamrohining bularga kim aybdor deb bergan
savoliga esa mahalliy ayol siz ko'rib turgan javobni bergan. Diqqat savol:
Ayol aniq kimni nazarda tutgan?
2. Markes o'zining essesi davomida bu davlatda detektiv romanlar yozish
mumkin yo mumkin emasligi haqidagi so'roviga inkor javob olar ekan,
o'ziga qachonlardir aytilgan “bu davlatda jinoyatchilar yo'q, eng katta
ganster bu inson edi, lekin xayriyatki, biz insonni hattoki, undan ham
chiqarib tashladik” kabi so'zlarni eslaydi. Birinchi U 1926-yilda
yaratilgan. Diqqat savol uni 2 yoki 3 so'zda ayting
Javob:1. Stalin.
2. Bu inson Beriya, chiqarib tashlangani Katta sovet ensiklopediyasi
Qabul: Sovet ensiklopediyasi
36. Epic Rap Battles in History korsatuvining navbatdagi sonida komiks
personaji o'zini xech kim o'ldirolmasligini tushunib qoladi, chunki uni
BO'SHLIQ. Shu jumladan, Isoni ham BO'SHLIQ. DS: Boshliqni 2 yoki 3
sozda toldiring.
Javob: Feniks oynagan. Xoakin Feniks oynagan
Izoh: bu personaj - Joker edi. Uning songgi obrazini Xoakin Feniks
oynagan. Qiziq tomoni, Feniks boshqa bir o'limdan tirilgan personaj
Isoni ham rolini o‘ynagan.
Espero
1-tur.
mad_max93November 17, 2022

Assalomu alaykum, hurmatli jamoalar!!!


Boshlovchi savol tartib raqamini e’lon qilganidan so’ng aytilgan
barcha jumlalar bevosita savolga aloqador bo’lishi mumkin. Savollar
izohlarini diqqat qilib tinglashni unutmang. Shuningdek aniq qilib
yozib bering, 2 so’z yoki 1 so’zdan iborat javob degan holatlarga diqqat
qiling. Savol formasiga mos kelmaydigan javob noto’g’ri hisoblanadi.
Savol formasida bir harfdan boshlanuvchi, juft undoshlar bilan
boshlanuvchi, alifboda ketma-ket keluvchi harflar bilan boshlanuvchi
so’zlar so’ralganda va shu kabi boshqa holatlarda O’ZBEK TILINING
LOTIN ALIFBOSI nazarda tutiladi.
Yana bir e’lon. Esperoning bugungi savollar paketi hech qanday
konseptsiyaga asoslanmagan))
Barchaga omad tilaymiz va boshlaymiz!
1-savol. 1970-yillardan boshlab har yili “Pasporta Servo” nomli
ma’lumotnoma nashr qilinadi. Ushbu to’plamda UNI biladigan
insonlarni bepul qabul qiladigan manzillar ko’rsatiladi. Vikipediya
ma’lumotlariga ishonadigan bo’lsak, 2015-yilda UNI biladiganlar soni 2
mlndan ortiq bo’lgan.
Diqqat savol: UNING nomidagi 1,2,3,4,5 va 9-harflarni to’g’ri ketma-
ketlikda yozib bering.
Javob. E, S, P, E, R, O
Qabul: Aniq javob.
Izoh: “Pasparto Servo” esperanto tilida “pasport xizmati” degani. Ushbu
xizmat orqali Esperanto tilini biladigan odamlar butun dunyo bo’ylab
bepul turar joylar haqida ma’lumot olishlari mumkin. Esperanto
so’zidagi harflardan ESPERO so’zini hosil qilish mumkin. O’yinning
birinchi savolining javobi jamoa nomi bo’lib chiqishi bilan bog’liq
savollar odatiy uslublardan biri ekanligini bilasiz.
Manba(lar):
1. https://ru.wikipedia.org/wiki/Эсперанто
2. https://ru.wikipedia.org/wiki/Pasporta_Servo
Muallif: Bobur Maksimov
2-savol. Rahmatli adibimiz Tohir Malikka tegishi ko‘p kitoblarning
kirish-muqaddima qismi “Bismillahir Rohmanir Rohiym” jumlasi bilan
boshlanishini ko‘rishimiz mumkin. Adib o‘z intervyularidan birida, bu
jumlalar bilan boshlangan kitob chiqarish ta’qiqlangan davrlarda ham,
buni amalga oshira olganini aytib o‘tgan.
Diqqat savol: Adib bu ta’qiqlarga qaramasdan, qanday qilib kitoblar
boshida “Bismilloh” kalimasidan foydalangan?
Javob: Asar boshida biror qahramon o‘z jumlasida “bismilloh”
kalimasini aytgan.
Izoh: Asar kirish muqaddima qismi odatta muallifning o‘z so‘zlari
bo‘ladi. Uni senzura oldirib tashlashi mumkin, lekin asardagi biron
jumlani olib tashlash asar voqealariga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Misol uchun biror asar qahramoni “Bismillahir Rohmanir Rohiym” deb
otga minish sahnasi bilan kitobni boshlash mumkin. Shu tariqa bu ta’qiq
o’ziga xos tarzda aylanib o’tilgan desa bo’ladi.
Manba: https://youtu.be/c-MAUZ3M5IM 01:06:55
Muallif: Zafar Rahimov
3-savol. O'tgan asr ikkinchi yarmida Men shtatidagi uncha katta
bo’lmagan Bangor shahrida bir mashhur inson yashagan. Oradan biroz
muddat o'tgach “U” yaratilgan.
Diqqat savol: “U”ning bosh qahramoni nomini yozib bering.
Javob. Pennivayz
Qabul: U; Pennywise the Dancing Clown; Pennivayz – raqsga tushuvchi
kloun
Izoh: Yozuvchi Stiven King Bangor shahrida yashaganida ushbu
shaharchani o'zining U romanidagi Derri shahri prototipiga aylantirgan.
Savoldagi “U” almashtirish emas balki roman nomi edi. Ingliz tilida
roman nomi “It”.
Manba(lar):
1. https://ru.wikipedia.org/wiki/Оно_(роман)
2. https://ru.wikipedia.org/wiki/Бангор_(Мэн)
Muallif: Bobur Maksimov
4-savol. 1902-yilda Tailand qiroli Rama V poytaxt yaqinidan uzoq yilga
ozodlikdan mahrum qilinganlarni saqlash uchun joy qurishga yer
ajratadi. U yer keyinchalik o’zining o’ta qattiq rejimi tufayli mahalliy
xalq orasida “Bangkvang” nomini olgan. Biroq, 1989-yilda rejissyor Ken
Kemeron tomonidan suratgan olingan serialdan keyin boshqa nom bilan
mashhur bo’lib ketadi.
Diqqat savol: Ikki so’zdan iborat o’sha nomni ANIQ yozib bering.
Javob: Bangkok Hilton.
Qabul: Aniq javob.
Izoh: Mehmonxonadagi rejim huddi Xanoy Hilton qamoqxonasidek
juda ham daxshatli bo’lgani sababli serialda unga anologik nom berilgan.
Xanoy Hilton deb nomlangan Vyetnamdagi qamoqxona haqida oldingi
o’yinlardan birida eshitgan edingiz.
Manba(lar): https://ru.wikipedia.org/wiki/Бангкок_Хилтон
Muallif: Bobur Maksimov
5-savol. [Tarqatma material]

Diqqat, savoldagi ПРОПУСК so’zi bilan almashtirilgan so’zlar faqat


kapitalizatsiyasi bilan farq qiladi.
Su’ratdagi yigitlar ijtimoiy tarmoqlardagi roliklari bilan mashhur. Shu
sababli bu ikki ovlonni ПРОПУСК deb atasak bo’ladi. Boshqa bir
ПРОПУСК o’zlarining ilk qadamlarini “Sovet Militsiyasi” jurnalida
boshlashgan ekan.
Diqqat savol: ПРОПУСК so’zi bilan almashtirilgan so’zlarni yozib
bering.
Javob: Aka-uka Vaynerlar / aka-uka vaynerlar.
Izoh: Tarqatmada o’zlarining vaynlari (ya’ni qisqa hajviy videoroliklar)
bilan mashhur Timur hamda Axror Alixanovlarni ko’rib turibsiz. Ular
aka-uka ekanini tashqi ko’rinishlaridan ham taxmin qilish mumkin.
Mashhur yozuvchi aka-uka Arkadiy ava Georgiy Vaynerlar dastavval
“Sovet militsiyasi” jurnalida qisqa detektiv janridagi qissalar bilan chiqa
boshlashgan, bunga ularga mashhur yozuvchi Yulian Semenov ham
ko’mak bergan ekan.
Manba(lar):
1. https://ru.wikipedia.org/wiki/Вайнер,_Аркадий_Александрович
2. https://ru.wikipedia.org/wiki/Вайнер,_Георгий_Александрович
3. https://instagram.com/alixonov__timur?igshid=YmMyMTA2M2Y=
4. https://instagram.com/alixonov_axror?igshid=YmMyMTA2M2Y=
5. https://24smi.org/celebrity/106937-bratia-vainery.html
Muallif: Bobur Maksimov, Sardor Axmedov
6-savol. 1940-yilda Britaniya ekspeditsiyasi vakillari Nikumaroro
orolidan bir poy etik, navigator va inson suyaklarini topishadi.
Keyinchalik sud-tibbiy ekspertlar suyaklar UNGA tegishli ekanini taxmin
qilishadi. “Amerika daxshatlar tarixi: Ikki karra seans” serialida U Duayt
Eyzenxauer tomonidan tirik holda topiladi, biroq biroz o’tib, o’zga
sayyoralik farzand dunyoga keltirgach vafot etadi.
Diqqat savol: Uning kim ekanini yozib bering.
Javob: Ameliya Erxart.
Izoh: Olimlar Ameliya Erxardt va Fred Nunen o’tirgan samolyot shu
orol yaqinida halokatga uchraganini taxmin qilishadi. Ayolllar etigi va
navigator buni tasdiqlashi ham mumkin edi. Shuningdek, u yerdan
topilgan Benediktin likyori ham jasad Ameliyaniki bo’lgani haqidagi
taxminlar kuchayishiga sabab bo’lgan. Bundan tashqari, ba’zilar
Ameliyani o’zga sayyoraliklar olib qochganiga ham ishonishadi.
Manba(lar):
1. https://www.bbc.com/russian/features-49310638
2. https://en.wikipedia.org/wiki/Amelia_Earhart
Muallif: Bobur Maksimov
7-savol. “Viking Vik” multfilmi qahramonlari dengizda uch opa-singil
deb ataluvchi to'fonlarga duch kelishadi. Kenja to'fonning nomi
Qo’rqinchli Agnetta, o’rtancha opa hisoblangan yirik to’fonning nomi
esa SHUNDAY U edi. XX asr boshlarida esa, boshqa bir SHUNDAY U
normanlarning avlodlariga ulkan talofatlar yetkazgani ma’lum.
Diqqat savol: SHUNDAY U so’zlari o'rnidagi IKKI so’zni yozib bering.
Javob: Katta Berta
Qabul: Baxaybat Berta; Ulkan Berta; Baqaloq Berta; «Dicke Bertha»
Izoh: Sizga ma’lumki, to’fonlarga alifbo tartibida ayollar ismlari bilan
nom beriladi. Shuning uchun ikkinchi to’fonga Katta Berta nomi
berilgan. Agnetta ismi Berta ismi kabi skandinav va german xalqlariga
xos ism. Savoldagi “yirik” va “ulkan” so'zlari ham sizga yordam berdi deb
o’ylaymiz. 1914-yilda Germaniyadagi Krupp zavodida “Katta Berta”
nomli yirik, 420 mm kolibrga ega mortiralar ishlab chiqarila boshlagan.
Normanlarning avlodlari yashovchi hisoblangan Belgiya va Shimoliy
Fransiya hududlari mazkur mortiralar yordamida Birinchi Jaxon urushi
davrida o’qqa turilgan.
Manba(lar):
1. https://kinogo.biz/43340-viking-vik-2019.html; 50 minut 20
sekundadan
2. https://ru.wikipedia.org/wiki/Большая_Берта_(орудие)
3.https://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%9D%D0%BE%D1%80%D0%BC
%D0%B0%D0%BD%D0%BD%D1%8B
Muallif: Bobur Maksimov
8-savol. AQSH lik Merilin ismli ayol olim bo’lmasada, yozuvchi,
dramaturg va jurnalist hisoblanadi. U “Ginnes rekordlar kitobi”ga eng
yuqori IQ sohibasi sifatida kiritilgan. Shu sababli ko’pchilik uning
familiyasini taxallus deb hisoblaydi.
Diqqat savol: Merilinning familiyasi yozib bering.
Javob: vos Savant
Qabul: Savant; Max (Mach)
Izoh: O’ziga xos aqliy qobiliyat egalarida ba’zan “Savant sindromi”
borligi aytiladi. “Savant” so’zining o’zi ham fransuzchadan “olim, dono”
degan ma’nolarni anglatadi.
Manba(lar):
1. https://kun.uz/37918596
2. https://ru.wikipedia.org/wiki/Савант,_Мэрилин_вос
3. https://ru.wikipedia.org/wiki/Синдром_саванта
4. https://homsk.com/martin/merilin-vos-savant-kak-tysyachi-
muzhchin-razoblachali-zhenshchinu-s-samym-vysokim-iq
Muallif: Bobur Maksimov
9-savol. Savolda SHUNDAY IKS so’zlari bilan bir hil harfdan
boshlanuvchi ikki so'z almashtirilgan.
Zulfiya Qurolboy qizining bir hikoyasida, avtohalokatdan so’ng dardga
chalingan bolaning sovuq tushishi bilan qiynala boshlashi, aksiga olib
kuzning erta kelgani, bahorning esa cho’zilib ketgani haqida hikoya
qilinadi. Muallif ushbu holatni SHUNDAY IKS deya ta’riflaydi.
Diqqat savol: XIX asr birinchi choragida Evropada kuzatilgan bir holat
sababli ANIQ QAYSI IKS ga SHUNDAY IKS laqabi berilgan?
Javob: 1816-yilga.
Izoh: Hikoyada kuz erta kelishi va bahorning cho’zilishi go’yoki yozsiz
yilni eslatib yuboradi. Yevropada 1816-yilda Indoneziya orollaridan
biridagi Tambora vulqonidan atmosferaga katta miqdorda vulqon kuli
ajralib chiqishi natijasida o’sha yil juda sovuq keladi va turli
yilnomalarda “Yozsiz yil” nomi bilan qayd qilinadi. AQSH da unga
“eighteen hundred and froze to death”, ya’ni “bir ming sakkiz yuz
o’lguday muzlagan” deb nom berishgan.
Manba(lar):
1. https://ru.wikipedia.org/wiki/Год_без_лета
2. http://uzsmart.ru/kutubxona/asarlar/4136-yozsiz-yil-hikoya-zulfiya-
qurolboy-qizi.html
Muallif: Bobur Maksimov
10-savol. Tarqatma material:

BLITS.
Entoni Byordjessning “Murvatli apelsin” (“Заводной апельсин”) asarida
“Nadsat” nomli o’ylab topilgan til mavjud. Bu tildagi so’zlarni tuzishda
muallif leksik tomondan rus, sintaktik tomondan esa ingliz tiliga
murojaat qilgan. Masalan, yozilishi “horrorshow” bo’lgan so’z “yaxshi”
degan ma’no angalatadi.
Savollar:
1) Diqqat, blitsning birinchi savoli! Tarqatmada yozilgan birinchi so’z
nadsat tilidan qanday ma’no anglatadi?
2) Diqqat, blitsning ikkinchi savoli!Tarqatmada yozilgan ikkinchi so’z
nadsat tilidan qanday ma’no anglatadi?
3) Diqqat, blitsning uchinchi savoli! Tarqatmada yozilgan uchinchi so’z
nadsat tilidan qanday ma’no anglatadi?
Javoblar: 1. Boy. 2. Bosh. 3. Odam
Qabul:
1) “boy” so’ziga sinonimik so’zlar, misol uchun “badavlat”.
2) “bosh” so’ziga sinonimik so’zlar, misol uchun “kalla”.
3) “odamlar” so’ziga sinonimik so’zlar, misol uchun “insonlar”; inson;
odam
Izoh: Aytib o’tganimizdek, muallif til lug’atini yaratishda rus va
inglizcha so’zlardan foydalangan. Yuqoridagi so’zlarni ham inglizcha
transkriptsiya bilan o’qisangiz “богатый”, “голова” yoki “люди”
so’zlariga yaqin talaffuz qilinadigan so’zlar eshitilishiga guvoh bo’lasiz.
Manba(lar):
1. https://en.wiktionary.org/wiki/Appendix:A_Clockwork_Orange
2. https://ru.wikipedia.org/wiki/Надсат
Muallif: Bobur Maksimov
11-savol. Ara Yeretsyan 1944-yilda Budapeshtda klinika ochib, 40 dan
ortiq shifokorni ishga oladi. Keyinroq 400 ga yaqin “bemor” klinikaga
qabul qilingan. Mazkur faoliyati sababli savol muallifi Ara Yeretsyanni
1908-yilda Svi’tavi shahrida tug’ilgan insonga qiyoslaydi.
Diqqat savol: Bu insonning familiyasini yozib bering.
Javob. [Oskar] Shindler.
Izoh: Yeretsyan tomonidan berkitilgan odamlarning hammasi
yahudiylar bo’lgan. Bu ish orqali u yahudiylarning bir qismini jonini
saqlab qolgan. Shu tufayli uni anologik faoliyat bilan mashhur bo’lgan,
Chexiyaning Svi’tavi shaxrida tug’ilgan tadbirkor Oskar Shindlerga
qiyoslash mumkin.
Manba(lar):
1. https://ru.wikipedia.org/wiki/Ерецян,_Ара
2. https://ru.wikipedia.org/wiki/Шиндлер,_Оскар
3. https://www.armmuseum.ru/news-blog/ara-jeretzian-righteous-
among-the-nations
Muallif: Bobur Maksimov
12-savol. 1923-yilda ilk bor chop etilgan asar nomining o'zbek tiliga
tarjimasida qo'llanilgan sifat turkumidagi so’z O'zbek tilining izohli
lug'atiga ko’ra arabchadan “ranglar, ranglar majmui” ma’nosini berar
ekan. Bu ma’lumotga tayanadigan bo’lsak, asar nomidagi IKSlar aslida
aniq qanday ekanligi noma’lum deyishimiz mumkin bo’lar edi.
Diqqat savol: IKS bilan almashtirilgan bir so’zni yozib bering!
Javob: Yelkanlar
Qabul: Yelkan
Izoh: Gap Aleksandr Grinning "Алые паруса" asari haqida bo'lib, o’zbek
tiliga “Alvon rangli yelkanlar” deb tarjima qilingan. Bunda "alvon" so'zi
etimologik jihatdan “ranglar” ma'nosini berar ekan. Lekin, tushunarliki
Alvon so’zini qizil rangning tuslaridan biri ma’nosida ishlatamiz. Qizig’i
shundaki, versiyaga ko’ra ruscha “алый” so’zi ham arabcha “olov”
ma’nosini beruvchi “a’lav” soz’idan kelib chiqqan ekan.
Manba(lar):
1. https://ru.wikipedia.org/wiki/Алые_паруса
2. https://n.ziyouz.com/books/uzbek_tilining_izohli_lugati/O'zbek
%20tilining%20izohli%20lug'ati%20-%20A.pdf
3. https://uz.wikipedia.org/wiki/Alvon
4. https://kartaslov.ru/ значение-слова/алый
Muallif: Suhrob Sharipov

2-tur.
mad_max93November 17, 2022

13-savol. Savolda ikki so’z BU ISHNI QILISH so’zlari bilan


almashtirilgan.
Eduard Tsa’re hokkusini yozib oling:
Qishki tun
Oxirgi tramvay
Faqatgina BU ISHNI QILMOQDA
Diqqat savol: Qaysi kimyoviy element nomi BU ISHNI QILUVCHI
so’zlaridan hosil bo’lgan?
Javob: Fosfor.
Qabul: Aniq javob
Izoh: Hokku “... yorug’lik (nur) tashimoqda” so’zlari bilan yakunlanadi.
Darhaqiqat, bo’m-bo’sh tramvay qorong’u tunda huddi faqatgina
yorug’likni tashib yurgandek ko’rinadi. Fosfor so’zi yunoncha “nur” va
“tashiyman” so’zlaridan hosil bo’lgan.
Manba(lar): https://t.me/haiku_poetry/550
Muallif: Sardor Ahmedov
14-savol. Savolda boshqa so’z “beshinchi” so’zi bilan almashtirilgan.
Koson tumanida “Annabozor” qishlog’i mavjud. Aytishlaricha, qishloq
nomidagi “anna” so’zi “beshinchi”ning fonetik o’zgarishga uchragan
shakli ekan.
Diqqat savol: Kim 1927-yilda “Beshinchi” nomli qissa yozgan?
Javob: [Sadriddin] Ayniy
Qabul: Sadriddin Said-Murodzoda.
Izoh: Toponimning etimologiyasi bu yerda juma kuni bozor bo’lishi
bilan bog’lanadi. Arab tilida juma – odina deyiladi. “Odina” fonetik
o’zgarish tufayli “anna”ga aylangan ekan.
Manba(lar): To’ra Nafasov, Vazira Nafasova, “O’zbek tili
toponimlarining o’quv-izohli lug’ati”.
Muallif: Bobur Maksimov
15-savol. Tarqatma material.
Tarqatmada siz mashhur guruhga bag’ishlangan o’ziga xos karikaturani
ko’rib turibsiz. Karikatura muallifi unga guruh nomini o’zgartirish
orqali yangi nom bergan.
Diqqat savol: O’sha yangi nomni yozib bering.
Javob: Italica
Qabul: Itallica
Izoh: Karikatura mashhur “Metalliсa” guruhiga bag’ishlangan. Ular
nishab ostida tasvirlangani sababli muallif guruhga “Itallika” nomini
bergan.
Manba(lar):
1. https://pikabu.ru/tag/%D0%9A
%D1%83%D1%80%D1%81%D0%B8%D0%B2
2. https://ru.wikipedia.org/wiki/Metallica
3. https://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%9A
%D1%83%D1%80%D1%81%D0%B8%D0%B2#
%D0%98%D1%81%D1%82%D0%BE%D1%80%D0%B8%D1%8F
Muallif: Bobur Maksimov

16-savol. 1969-yilda yozilgan romanda 26 ta bob ichidan beshinchisi


ham yo’q ekanligiga guvoh bo’lishmiz mumkin.
Diqqat savol: Uning muallifi familiyasini asar uslubiyatiga mos
ravishda yozib bering.
Javob: Prk
Qabul: Jorj Prk
Izoh: Jorj Perekning mashhur “Yo’qolish” asari lipogramma usulida
yozilgan bo’lib, unda fransuz tilida eng ko’p ishlatiladigan “e” harfi biror
marta ham ishlatilmagan. “E” harfi 26 harfdan iborat fransuz
alifbosining 5-harfi bo’lgani uchun 5-bob ham “yo’qolgan” ekan. Perek
familiyasidan barcha “e” harflarini olib tashlab yozsak “prk” so’zi hosil
bo’ladi.
Manba(lar):
1. https://ru.wikipedia.org/wiki/Исчезание
2. http://irgol.ru/frantsuzskij-alfavit/
3. https://ru.wikipedia.org/wiki/Липограмма
Muallif: Bobur Maksimov
17-savol. Savol matnida IKS bilan uchta so'z almashgan.
Buxoro shahrida sayohat qilayotgan savol muallifi, milliy mahsulotlar va
buyumlar sotilayotgan rastani tomosha qilarkan, turistlarga qulay
bo'lishi uchun har bir buyum ostiga inglizcha ta'rif va izohlar
yozilganligini ko'radi. Xususan, sumak yonida yozilgan ta’rifni IKS deb
tarjima qilish mumkin edi.
Diqqat savol: Kimning asarida IKS yozuvini ko’rish mumkin?
Javob: [Rene] Magritt.
Qabul: Aniq javob.
Izoh: Sumak yonida "Bu trubka emas" (This is not a pipe) so'zlari
yozilgan edi. Ko'p hollarda turistlar uni trubka deb o'ylashlarini bilasiz.
Rene Magrittning “Aldamchi timsollar” (Вероломство_образов )
kartinasida “Ceci n’est pas une pipe” ya’ni “Bu trubka emas deb
yozilgan”.
Manba(lar):
1. ЛОАВ
2. https://ru.wikipedia.org/wiki/Вероломство_образов
Muallif: Suhrob Sharipov
18-savol. “The New York Times” jurnalisti Bill Berklining “Qabrlar hali
to’lmagan” nomli romanida o’tgan asr 90-yillari o’rtalarida radiodan
yozib olingan quyidagi jumlalarni o’qish mumkin: “Ba’zi dushmanlardan
o’tib ketdingiz. Qayting va ularni o’ldiring. Qabrlar hali to’lmagan.”
Diqqat savol: Ushbu radio QAYSI mamlakatda faoliyat olib borgan?
Javob. Ruanda Respublikasi
Qabul: Ruanda
Izoh: 1994-yilda Ruandada yuz bergan tutsilar genotsidi uchun asosiy
tashviqot quroli “Ming tepalik erkin radio va televideniyasi” nomli radio
bo’lgan.
Manba(lar):
1. https://ru.wikipedia.org/wiki/
Свободное_радио_и_телевидение_тысячи_холмов
2. https://ru.wikipedia.org/wiki/Геноцид_в_Руанде
Muallif: Bobur Maksimov
19-savol. A’ka Ma’nto – yapon mahalliy afsonalariga ko’ra
hojatxonadagi odamlarga ko’rinadigan hamda qizil yoki ko’k xojatxona
qog’ozidan birini tanlashni taklif qiladigan yovuz ruh. Qiziq tomoni, har
ikki tanlovning ham oxiri o’lim. UNING epizodlaridan birida
personajlardan biri boshqalarga Aka Mantoga o’xshash taklif bilan
chiqadi.
Diqqat savol: UNING nomini ikki so’z bilan yozib bering.
Javob: “Kalmar o’yini”
Qabul: Ojino Geim; Ojing-eo Geim
Izoh: Mashhur serialda qahramonlarni o’yinga jalb qiluvchi personaj
odamlarga qizil va ko’k kartochkani tanlab, o’yin o’ynab ko’rishni taklif
qilardi. Masalan, bosh qahramon bilan ham ular metroda ana shunday
o’yin o’ynashgani esingizdadir. Xvan Don Xyok bu holatni aynan Aka
Mantoga ishora sifatida filmga qo’shgan.
Manba(lar):
1) https://ru.wikipedia.org/wiki/Ака_Манто
2) https://ru.wikipedia.org/wiki/Игра_в_кальмара
Muallif: Bobur Maksimov
Keyingi savolga tarqatma material bor.
20-savol. 1980-yillarda Germaniyada namoyish etilgan “Talabaning
o’limi” serialining har bir qismi boshida, biror talaba o’zini poyezd ostiga
tashlab joniga qasd qilishi tasvirlangan. Bu esa keyinchalik real hayotda
mudxish statistikaning oshishiga sabab bo’lgan.
Diqqat savol: Bu ma’lumot keltirilgan Wikipediya maqolasi nomida
sarlavhasida qaysi personaj nomini uchratish mumkin?
Javob: Verter
Qabul: Aniq javob
Izoh: Verter effekti – televizor yoki boshqa ommaviy axborot
vositalarida keng yoritilgan o'z joniga qasd qilish holatlaridan keyin sodir
bo'ladigan o'z joniga qasd qilish to'lqinini ifodalaydi. Effekt nomi Iogann
Gyo’tening “Yosh Verterning iztiroblari” nomli sentimental romanining
qaxramoni nomidan olingan.
Manba(lar): https://ru.wikipedia.org/wiki/Эффект_Вертера
Muallif: Bobur Maksimov
21-savol. Tarqatma material

“Japan spam” telegram kanali muallifi mazkur suratdagi uysizlar haqida


gapirar ekan UNI esga oladi.
Diqqat savol: Uni ikki so’z bilan yozib bering?
Javob: Toshlar bog’i.
Qabul: Ryo’andzi bog’i
Izoh: Toshlar bog’i (карэсансуй; сэкитэй) Yapon madaniyatiga xos
estetik majmua bo’lib, asosan qumloq yerga yotqizilgan toshlardan
iborat ansambl hisoblanadi. Undagi toshlarga qaysi nuqtadan qaramang,
bittasidan tashqari barcha toshlarni ko'rishingiz mumkin. Kanal
muallifining fikriga ko’ra Shibuya stantsiyasida uysizlar ham huddiki ana
shunday prinsip asosida joylashgandek go’yo.
Manba(lar):
1. https://t.me/bjapan/1462
2. https://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%A1%D0%B0%D0%B4_
%D0%BA%D0%B0%D0%BC%D0%BD%D0%B5%D0%B9
Muallif: Sardor Ahmedov
22-savol. XIX asr o’rtalarida, boshi og’riyotganidan shikoyat qilib
kelgan bir odamni Antonio elektroshok bilan davolashga qaror qiladi.
Kontakning bir uchini tiliga qo’yib turgan bemor og’riqdan baqirib
yuboradi. Bu paytda Antonio batareyalar joylashgan boshqa xonada edi.
Bu voqeadan hayratlangan Antonio holatni yaxshiroq o’rganishga BEL
bog’laydi.
Diqqat savol: Antonioning familiyasini yozib bering?
Javob: Meuchchi.
Qabul: Meucci
Izoh: Bemorning ovozi Antonio o’tirgan xonaga sim orqali yetib kelgan.
Shundan keyin u ovozni masofadan-masofaga sim orqali yuborish ustida
tajribalar o’tkaza boshlagan va keyinchalik telefonni ixtiro qilgan. AQSh
kongressi 2002-yil 11-iyunda rezolyutsiya qabul qilib, tarixiy haqiqatni
tiklagan hamda Antonio Meuchchini telefon ixtirochisi sifatida tan olgan.
Ma’lumot uchun, rezolyutsiyani senat imzolamagani uchun telefon
ixtirochisi kim ekani haliyam baxsli hisoblanadi. Savoldagi BEL bog’laydi
so’zlari boshqa ixtirochi haqida eslatgan bo’lsa ajab emas.
Manba(lar): https://ru.wikipedia.org/wiki/Меуччи,_Антонио
Muallif: Bobur Maksimov
23-savol. Ergotizm – tarkibida zamburug’ bo’lgan mahsulotlarning,
misol uchun javdarni iste’mol qilish natijasida organizmga toksinlar
tushishi bilan kechadigan kasallik hisoblanadi. Uning oqibatida odamda
ko’ngil aynishi, gallyutsinatsiya va ichak sanchiqlari kuzatilishi
mumkin. Linda Kaporaelning ilmiy maqolasida aytilishicha, XVII asr
oxirlarida BU SHAHARDA yuz bergan voqealarga ham shu kabi
zaharlanish sabab bo'lgan bo'lishi mumkin.
Diqqat savol. U yer deganda qayer nazarda tutilmoqda?
Javob. Salem
Qabul: Seylem
Izoh: Salem shahrida yuz bergan jodugarlar qirg’ini esingizda bo’lsa
kerak. U yerda jodugarlar paydo bo’lgani haqidagi gaplar yosh
qizaloqlarning o’zini g’alati tuta boshlashidan boshlangan. Buni hamma
ularning jodulanganiga yoygan. Biroq, Kaporael o’z tadqiqotida o’sha
qizchalarning ergotizm bilan zaharlangan bo’lishi mumkinligi haqidagi
g’oyani ilgari surgan. Mantiqan olib qaralsa ham, o’sha paytda
ovqatlanishda gigiyena qoidalariga rioya qilinmagani bu versiyaning
haqiqatga yaqin bo’lganini tasdiqlashi mumkin.
Manba(lar):
1. https://en.wikipedia.org/wiki/Ergotism
2. https://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%A1%D0%B5%D0%B9%
D0%BB%D0%B5%D0%BC_(%D0%9C
%D0%B0%D1%81%D1%81%D0%B0%D1%87%D1%83%D1%81%D0%B5
%D1%82%D1%81)
Muallif: Bobur Maksimov
24-savol. Den Braunning “Da Vinchi kodi” asarida yepiskop Aringarosa
avvaliga cherkov fitnalari tashkilotchisidek tuyuladi. Biroq oxir-oqibat
haqiqiy antagonist boshqa personaj ekani ma’lum bo’ladi. Yepiskop
ismidagi “rosa” – “qizil” degan ma’noni anglatadi.
Diqqat savol. “Aringa” qanday tarjima qilinishini bir so’z bilan yozib
bering.
Javob. Seld
Qabul: Aniq javob.
Izoh: Qizil seld (red herring) iborasi aniq bir muammodan
chalg'itadigan hamda badiiy asar yoki filmlarda o'quvchi yoki
tomoshabinni syujet borishi haqida noto'g'ri tasavvurga kelishga majbur
qiladigan manyovr. Aringarosa ham butun syujet davomida odamlarni
ana shunday chalg’itadi.
Manba(lar):
1. https://en.wikipedia.org/wiki/Red_herring
2. https://t.me/nota_bene1/1860
3. https://translate.google.com/?
hl=ru&sl=it&tl=uz&text=Aringaop=translate
Muallif: Bobur Maksimov

3-tur.
mad_max93November 18, 2022

25-savol. Stigler qonuniga ko’ra, “Hech qanday ilmiy kashfiyot uni


kashf etgan inson nomi bilan atalmagan”. Masalan, Amerika - Kolumb
emas, balki Amerigo Vespuchchi sharafiga nomlangan va hokazo. Stigler
qonuniga keltirilgan misollar orasida 1980-yilgi maqolada ta’rif berilgan
bir qonunni ham ko’rish mumkin.
Diqqat savol: USHBU nomini yozib bering
Javob: Stigler qonuni.
Qabul: Eponomiya haqidagi Stigler qonunni; Stigler's law of eponymy
Izoh: Gap shundaki, aslida bu qonunning o’zi ham bir necha yil oldin
Robert Merton tomonidan ilgari surilgan. Buni Stiven Stiglerning o’zi
ham tan olgan.
Manba(lar): https://ru.wikipedia.org/wiki/Закон_Стиглера
Muallif: Bobur Maksimov
26-savol. Ko’pchiligingiz 1989-yilning 5-iyunda Pekindagi
T’yan’an’men’ maydonida norozilik bildirib, tanklarning yo’lini to’sgan
inson fotosu’ratini ko’rgan bo’lsangiz kerak. Keyin nima sodir bo’lgani
esingizda bo’lsa kerak, qayg’uli holat albatta… yo’q aslida hech qanday
ko’ngilsiz hodisa yuz bermagan.
Mazkur holat “UNGA 50 ta misol” nomli maqolada keltirilgan.
Diqqat savol: UNI ikki so’zni yozib bering?
Javob: Mandela effekti.
Qabul: Aniq javob.
Izoh: Ko’pchilik xotirasida biror voqea haqida noto’g’ri xulosa
shakllanishi Mandela effekti termini bilan izohlanadi.
Manba(lar):
1. https://parade.com/1054775/marynliles/mandela-effect-examples/
2. https://ru.wikipedia.org/wiki/Эффект_Манделы
Muallif: Bobur Maksimov
27-savol.

Qarshingizda 1940-yilda Fransiyaning janubi-g'arbidan topilgan Lasko


g’ori qoyatosh rasmlari sur’ati. G’orni shu sababli “Ibtidoiy IKS” deb ham
atashadi.
Diqqat savol: IKS o’rnidagi ikki so’zni yozib bering?
Javob: Sikstin kapellasi
Qabul: Aniq javob
Izoh: G’orning ko’rinishi va ayniqsa, yuqori qismdagi tasvirlari rostdan
ham Sikstin kapellasini eslatib yuboradi.
Manba(lar):
1. https://planetofhotels.com/guide/ru/italiya/rim/sikstinskaya-kapella
2. https://ru.wikipedia.org/wiki/Сикстинская_капелла
Muallif: Bobur Maksimov
28-savol. Diqqat savolda BIRINCHI va IKKINCHI so’zlari
almashtirilgan.
Aleksandr ismli zamonaviy rus rassomi o'zining nega BIRINCHI-
IKKINCHI tahallusi ostida ijod qilishi haqida aytarkan, BIRINCHIdan
tabiatga bo’lgan mexrini, IKKINCHIdan esa inson xarakterini turli
nuqtalardan ochib bera olish hususiyatini olganini ta’kidlaydi. Toshkent
san’at muzeyida BIRINCHIning "O'rmon tegirmoni" asari saqlanadi.
IKKINCHI esa o'z shedevrlarini yaratish uchun Miura yarimorolidagi
Uragi hududida yashashga majbur bo'lgan.
Diqqat savol: BIRINCHI va IKKINCHI so’zlari bilan almashtirilgan
so’zlarni yozib bering.
Javob: Shishkin, Hokusay.
Qabul: Hokusay, Shishkin
Izoh: Aleksandr Shishkin-Hokusay mazkur rassomlar ijodiga mexri
sabab o’ziga tahallus tanlagan.
Manba(lar):
1. https://ru.wikipedia.org/wiki/Шишкин-Хокусай,_Александр
2. https://www.gisich.com/ru/artists/shishkin-hokusaj-aleksandr/
Muallif: Bobur Maksimov
29-savol. Idal’go shtatida joylashgan parkda “Caminata Nocturna”
nomli o’yingoh mavjud. U yerda siz chakalakzorlar va tog’ yo’llaridan
o’tishingiz, tikanlar ostida emaklashingiz, yugurushingiz, shuningdek
maxsus nazoratchilardan yashirinishingiz mumkin. Shu tufayli ko’pchilik
tanqidchilar o’yingohni odamlarga BU ISHNI QILISHNI o’rgatishni
targ’ib qilishda ayblaydi.
Diqqat savol: BU ISHNI QILISH so’zlari bilan almashtirilgan so’zlarni
maksimal aniqlikda yozib bering.
Javob: Meksika va AQSh chegarasini noqonuniy kesib o’tish
Qabul: AQSh chegarasini noqonuniy o’tish ifodalangan, AQSh yoki
Amerika so’zlari ishlatilgan javoblar
Izoh: Meksika AQSh bilan chegaradosh bo’lgani uchun u yerdan
AQShga har yili minglab odamlar noqonuniy kirib boradi. Idalgo shtati
nomi Meksika ozodligi uchun kurashgan Migel’ Idalgo sharafiga
nomlangan. Meksika ma’muriy birligi shtat hisoblanadi.
Manba:
1. https://vk.com/wall-50943531_1550437
2. https://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%98%D0%B4%D0
%B0%D0%BB%D1%8C
%D0%B3%D0%BE_(%D1%88%D1%82%D0%B0%D1%82)
Muallif: Bobur Maksimov
30-savol. O’tgan asr 60-yillarda Erkin Vohidov "O'zbegim" qasidasini
chop etish uchun nashriyotga beradi. Nashriyot muharriri Ibrohim
Rahim esa she'rni chop etishdan oldin, shoirga kepka kiygan su’ratini
olib kelishini so’raydi, bunga sabab qilib mabodo Moskvadan she'rga
e'tiroz bildirilsa, shoirning su’rati ko'rsatilib, boshida do'ppi emas, kepka
borligini ayta olishini ta'kidlaydi. Bunda uning fikricha, kepka o’ziga xos
IKS vazifasini bajarishi kerak edi. IKS haqidagi maqolada ixtirochi Jak
Romning varraklari ham tilga olingan.
Diqqat savol: IKS ni 2 so'z bilan yozib bering.
Javob: Yashin qaytargich
Qabul: Aniq javob
Izoh: Yashin qaytargichlar ham binolarning tomlariga o’rnatilgani kabi,
shoirning boshidagi kepkasi ham shunga qiyoslangan va huddiki
raxbariyat g’azabidan saqlab qolishi kerak edi. Yashin qaytargich
haqidagi maqolada Misrdagi ibodatxonalar oldiga o’rnatilgan, mis bilan
qoplanga baland machtalar, shunga o’xshash Quddusdagi Sulaymon
podshoning ibodatxonasi oldidagi qurilma, Nevyan minorasi va fizik Jak
Romning varraklar bilan o’tkazgan tadqiqotlari tilga olingan.
Manba(lar):
1. Shodmon Otabek "Erkin Vohidov bir kuni", 16-bet
2. https://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%9C%D0%BE
%D0%BB%D0%BD%D0%B8%D0%B5%D0%BE
%D1%82%D0%B2%D0%BE%D0%B4
3. https://uz.wikipedia.org/wiki/Yashin_qaytargich
Muallif: Suhrob Sharipov
31-savol. Taniqli bilimdon Rustam Jabborov tomonidan yozilgan "100
jumboqli hikoya" kitobi muqovasida, muallif ism-sharifi va kitob
nomidan tashqari yana 3 ta SO’ZNI ham ko'rish mumkin.
Diqqat savol: ushbu uchta so’zni yozib bering.
Javob: Nima? Qayerda? Qachon?
Qabul: istalgan tartibda
Izoh: No comment
Manba:
Muallif: Suhrob Sharipov

32-savol.
Sarguzasht, teoriyalar, ayriliq, yillar…
2014-yilda BU nemisga to'liq mazmun emas, balki yuqorida sanalgani
kabi ayrim tushunchalar aytiladi va shu asosida asar yaratishga
buyurtma beriladi.
Diqqat savol: Ushbu nemisning ism-familiyasini yozib bering.
Javob: Hans Zimmer
Qabul: Hans Florian Zimmer
Izoh: "Interstellar" filmiga soundtrek uchun Zimmerning yoniga kelgan
rejisser Kristofer Nolan, to'liq ssenariyni tanishtirmaydi va falsafa,
fantastika, ayriliq va shu kabi terminlarni aytib, ularni ifodalaydigan kuy
yaratib berishini so'raydi. Darvoqe, savolda sanalgan terminlarning bosh
harflari "STAY" so'zini beradi, bu "Interstellar" filmining eng mashhur
soundtreklaridan biri hisoblanadi.
Manba(lar):
1) https://www.hollywoodreporter.com/news/general-news/
composer-hans-zimmer-talks-interstellar-745891/
2) https://www.youtube.com/watch?v=N4o0qnSeVQQ
3) https://en.wikipedia.org/wiki/Hans_Zimmer
Muallif: Suhrob Sharipov
33-savol. [Musiqiy parcha qo’yib eshittiriladi]
Siz ushbu audioda "Interstellar" filmining "Mountains" nomli
soundtrekini tingladingiz.
Bu soundtrekdan filmdagi Suv sayyorasi va Miller sayyorasidagi
epizodlarda foydalaniladi. Bir xil takrorlanuvchi ritm intervali 1,25 [bir
butun yuzda yigirma besh] sekund bo'lib, Nolan g'oyasi bo'yicha har bir
takrorlanish UNI ifodalashi kerak edi.
Diqqat savol: UNI bir necha so'zlar bilan yozib bering
Javob: Yer sayyorasidagi bir sutka.
Qabul: Yerdagi 24 soat; yerdagi kun
Izoh: Suv sayyorasi va Miller sayyorlari bizning galaktikamizda
bo'lmagan, shu sababli u sayyoralardagi 1,25 [bir butun yuzda yigirma
besh] soniya bu Yer sayyorasidagi 1 kunga to'g'ri kelishi mumkin ekan.
Manba(lar): 1) https://www.koimoi.com/hollywood-news/this-
interstellar-fan-theory-about-water-planet-the-ticking-sound-in-
background-proves-christopher-nolans-sheer-brilliance/
Muallif: Suhrob Sharipov
34-savol.
[Boshlovchi uchun: savoldagi kvant gravitatsiyasi so’zlariga biroz
urg’u berilsin]
"Interstellar" filmidagi qora tuynuk bilan bog'liq jarayonlar kvant
gravitatsiyasi nazariyasi bo'yicha su’ratga olingan bo'lib, unda
elementlar yoki ularning zarralari o'zaro reaksiyaga kirishganda hosil
bo'ladigan bug'lanish jarayoni aks etadi. Ushbu nazariya haqidagi
maqolalardan birida IKKITA BREND nomi ham eslab o'tiladi.
Diqqat savol: Har ikkala brend nomini yozib bering.
Javob: Coca-Cola va Mentos.
Qabul: Cola va Mentos; Kola va Mentos
Izoh: Kvant gravitatsiyasi bo'yicha qora tuynukdagi hodisalar ham
xuddiki coca-colaga aralashtirilgan Mentos kabi reaksiya beradi va
bug'lanish tuynukning ichki qismiga yo'naladi.
Manba(lar):
1) https://islam.kz/ru/news/nauka/jstor-daily-ssha-chto-
nahoditsya-po-tu-storonu-chernoi-dyry-9237/#gsc.tab=0
2) https://ru.wikipedia.org/wiki/Квантовая_гравитация
3) https://en.m.wikipedia.org/wiki/
Diet_Coke_and_Mentos_eruption
Muallif: Suhrob Sharipov
35-savol.
2007-yilda shveytsariyalik ayol bojxona rasmiylashtiruvidan o’tish va
AQShga kirishda muammoga duch keladi. Chunki, ayolda g’ayrioddiy
mutatsiya tufayli U bo’lmagan. 1997-yilda chiqqan “Qora kiyingan
erkaklar” (“Men in Black”) filmida agent J (Jey) o’zidagi 10 ta UNDAN
qutilmoqchi bo’ladi, biroq agentlik uning iltimosini rad etadi.
Diqqat savol: U o’rnidagi ikki so’zni yozib bering.
Javob: Barmoq izi.
Izoh: Ayolda mutatsiya tufayli barmoq izlari bo’lmagan. Shu sababli
uning shaxsini aniqlashda muammolar yuzaga kelgan. Filmda esa Jey
barmoq izlarini olib tashlashni so’raydi, biroq agentlik o’z agentlari
shaxsini aniqlash zarurati tug’ilib qolishi ehtimoli tufayli uning iltimosini
rad etadi.
Manba(lar):
1. https://en.wikipedia.org/wiki/Adermatoglyphia
2. https://en.wikipedia.org/wiki/Fingerprint
Muallif: Bobur Maksimov
36-savol.
U bilan bog'liq holatlarning har soniyasi uchun o'rtacha 100 soat vaqt
sarflangan. Nil Degrass Tayson va Stiven Xoking U haqida fikr bildirar
ekan, tarixdagi eng futuristik kadrlar deya fikr bildirishgan.
Diqqat savol: UNI juft undoshlar bilan boshlanuvchi 2 so'zda yozib
bering.
Javob: Kvant gravitatsiyasi.
Izoh: Bu "Interstellar" filmidagi shu holat bilan bog'liq kadrlar haqida
edi. Filmda qora tuynuk bilan bog'liq sahnalarning har soniyasini suratga
olish uchun o'rtacha 100 soat vaqt sarflangan.
Manba(lar): https://t.me/UzIMDb/603
Muallif: Suhrob Sharipov
Farrux Rafiqov
1-ТУР.
mad_max93November 24, 2022

Таништиришни кейинроққа қолдирамиз.


САВОЛ №1. БЛИЦ. Учта савол, ўйлаш учун 20 сониядан вақт, 3 та
тўғри жавоб учун 1 бал берилади.
1. 2018-йил июнида Google компанияси веганларни қўллаб
қувватлаш белгиси сифатида "Салат" эмоджисидан Уни олиб
ташлайди. Жамоамиз аъзолари ҳам, саволлар пакетини тест қилиб
бошлаганида, клишедан қочиш мақсадида Уни олиб ташлашни
таклиф қилдилар, бироқ...
Диққат савол: шундай ўзгартириш деганда нима назарда
тутилган?
2. Наум Белог қиссаси қаҳрамони ҳеч қачон аёл кишидан бўса
олмагани ҳақида гапирар экан, ўзининг Х да дудланган лаблари
хидига хеч бир аёл чидай олмаслигини айтади.
Диққат савол: бундан таҳминан уч ой аввал, Х панд берган
одамлар гуруҳини топинг.
3. 2022 йил мавсумида иштирок этаётган Москва авиация
институтининг КВН жамоаси ҳазиллари муҳандисларнинг оддий
одамларга ўхшамаган ҳаёт тарзи, ташқи кўриниши ҳақидаги кулги
асосига қурилган. Жамоа Саломлашиш шартида миниатюраларга
ўтишдан олдин «Ҳамма, бизга ишонмаганлар! БУ ИШНИ ҚИЛИНГ.
Биз учяпмиз» сўзлари билан бошлайди.
Диққат савол: БУ ИШ дейилганда нима назарда тутилганини
топинг.
ЖАВОБЛАР:
1. ТУХУМ.
ИЗОҲ: Веганлар хайвонлардан олинадиган хеч қандай махсулот
истеъмол қилишмайди, шу жумладан тухум хам. Саволлар пакетини
қадимги рим анъаналарига ўхшаб тухум хақидаги саволдан болшаш
эса кўп қўлланиладиган услубдир.
Манба: https://mashable.com/article/google-salad-emoji
2. ФАРРУХ РАФИҚОВ ЖАМОАСИ.
ИЗОҲ: Наум Белог қиссаси қаҳрамони кўп сигарет чекади, ва унинг
оғзидан доим сигарет тутуни ҳиди келиб турарди, гўёки лаблари
сигарет тутунида дудлангандек. Бундан 3 ойча аввалги
навбатчилигимизда, сигарет тутуни хақидаги савол кўп этирозларга
сабаб бўлиб, апелляция жюриси томонидан олиб ташланган эди.
Дарвоқе, ваъда қилинган таништириш: бугунги навбатчиликни хам
айнан Фаррух Рафиқов жамоаси ўтқазади.
МАНБА: https://www.chayka.org/node/12630
3. КАМАРНИ ТАҚИШ
ИЗОҲ: Авиацияга ихтисослашган институт жамоаси чиқишини
бошлашдан аввал самолёт парвозга кўтарилаётганида айтиладиган
одатий «камарларни тақиб олинг» деган огоҳлантиришдан
фойдаланади. Самолёт парвозга кўтарилишдан олдин
йўловчиларни камарларни тақиш, мобил ва бошқа қурилмаларини
ўчириб қўйиш ва салонда чекмаслик ҳақида огоҳлантиради. Бизлар
ҳам сизларни санаб ўтилган қоидаларга риоя қилишларингизни
сўраб қоламиз.
МАНБА: https://youtu.be/SGTI_TsKQLk?t=3351
https://www.bbc.com/uzbek/world-43856409
САВОЛ № 2. Қалдирғочлар диққатига, бундан кейинги
саволга тарқатма бор
Везувий вулқони отилиши сабабли йўқ бўлиб кетган Геркуланум
кутубхонасининг қолдиқлари ўрганилиб, 25 метрлик кул остида
қолиб кетган ва тош ҳолатига келиб қолган топилмалар махсус
компьютер орқали текширувдан ўтказилмоқда. Кентукки
университети профессори Брент Силс чорак аср давомида ишлаб
чиққан дастур папирусларни томография қилиб, символларни
мантиқий боғлаб, уларда нима ёзилганини ўқиш имконини беради.
Бу ҳақда ёзилган мақола номи икки сўздан ташкил топган машхур
ибора билан бир хил.
Диққат савол: Мақола номини ёзиб беринг.
ЖАВОБ: Қўлёзмалар ёнмайди.
МАНБА: https://www.facebook.com/kotosch/posts/545573330911722
САВОЛ № 3. ТАРҚАТМА МАТЕРИАЛ №1
_________________________________________________
Тарқатма: “Бас, ё мени у билан ғалабалар ва гуллар кутар акс ҳолда
ўлажакман”
_________________________________________________
Word хужжатда Times New Roman шрифтини қўллаган ҳолда, Alt
тугмасини босиб туриб 960 сонини терсангиз айнан шу ҳарф пайдо
бўлади.
Диққат савол: Ўша ҳафрни ёзиб беринг.
ЖАВОБ: π (пи)
ИЗОҲ: тарқатма материалда Пи сонини вергулдан кейинги
биринчи 11 сонини эслаб қолишнинг ўзига хос мнемоник қоидаси
келтирилган. Хар бир сўздаги ҳарфлар сони Пи сонидаги сонлар
кетма-кетлигида берилган. (3,14159265359).
САВОЛ №4.
Ўзбекистонда жойлашган ушбу шаҳар номи арабча “оқиллар, тўғри
йўлдан юрувчилар” маъносини ангалатувчи сўздан келиб чиққан.
Гап қайси шаҳар ҳақида кетмоқда?
ЖАВОБ: РИШТОН
ИЗОҲ: Ислом оламидаги тўрт халифа Хулафои Рошид дейилади,
яъни “тўғри йўлдан юрувчи халифалар”. Шаҳар номи ҳам
РОШИДОН “оқиллар, тўғри йўлдан юрувчилар” сўзидан келиб
чиққан.
https://ru.wikipedia.org/
wiki/%D0%A0%D0%B8%D1%88%D1%82%D0%B0%D0%BD
САВОЛ № 5.
1914 йилда Норисугу Хаякава Лондонга саёҳат қилади. Ватанига
қайтиб келганидан кейин геологияни ўрганишни бошлайди,
вақтини кўп қисмини Токионинг серҳаракат чорраҳаларида
ўтказади.
Диққат савол: Хаякава Японияда ниманинг асосчиси
ҳисобланади?
ЖАВОБ: МЕТРОНИНГ
ИЗОҲ: Дунёдаги биринчи метрони кўрганидан кейин Хаякава
Токиода ҳам ана шундай жамоат транспорти бўлишини истайди.
Мустақил равишда шаҳар геологиясини ўрганишни бошлайди ва
қазиш ишлари учун хомаки режалар тузади. Йўловчилар оқимини
ҳисобга олиш учун шахсан ўзи одамлар гавжум бўлган
чорраҳаларни кузатган ва бўлажак маршрутларни ана шу
йўналишларда қуришни режалаштирган.
МАНБА: https://youtu.be/lU1kGrqPVM4?
list=RDQMABDK4rnwCQw&t=769
САВОЛ № 6.
Ўтган аср ўрталарида Москванинг «Динамо» футбол клуби Буюк
Британия миллий термасини, финалда эса маҳаллий «Дорий»
жамоасини енгишга муваффақ бўлган.
Диққат савол: Мусобақа қайси шаҳарда бўлиб ўтган?
ЖАВОБ: ТЕҲРОН.
ИЗОҲ: Иккинчи Жаҳон урушида муҳим аҳамият касб этган Теҳрон
конференцияси вақтида фақат сиёсий, ҳарбий масалалар муҳокама
қилинмасдан, бошқа маданий, спорт тадбирлари ҳам ташкил
қилинган эди. Иштирокчи давлатлар СССР, Буюк Британия, АҚШ
ва маҳаллий Эрон жамоаларидан бири иштирокида футбол
мусобақаси ҳам бўлиб ўтган. Жамоанинг «Дорий» деб номлангани
сизни Эронга олиб борган бўлса керак.
МАНБА: https://www.sports.ru/tribuna/blogs/dindin/2762262.html?
sl=1
САВОЛ №7. Қалдирғочлар диққатига, бундан кейинги
саволга тарқатма бор
Диққат, Саволда алмаштиришлар бор
Нажиб Маҳфузнинг «Қора мушук қовоқхонаси» асарида бир аёл
вақти-вақти билан маҳаллий журналистлардан бирига қўнғироқ
қилиб ўз ҳаёти ҳақида маълумотлар бериб боради. Суҳбатдошлар бу
мулоқотда бир-бирларини БИРИНЧИ ва ИККИНЧИ деб аташади.
Диққат савол: Саволдаги БИРИНЧИ ва ИККИНЧИНИ топинг.
ЖАВОБ: ШАХРИЗОДА, ШАХРИЁР
Қабул: аниқ жавоб.
ИЗОҲ: Асарда аноним қўнғироқ орқали аёл ўз ҳаёти ҳақида бўлиб-
бўлиб ҳикоя қилиб бериши журналистга «1001 кеча» асари
сюжетини ёдга солган. Шу сабабли у аёлни Шахризода, ўзини эса
шох Шахриёр деб атаган
МАНБА: Нажиб Маҳфуз, «Қора мушук қовоқхонаси», 1968 йил.
САВОЛ №8. ТАРҚАТМА МАТЕРИАЛ №2
Сиз Настасья Захарова чизган суратни кўриб турибсиз ва у ўзига хос
тарихга эга. Суратда тасвирланган қизил иштон Захарованинг
ховлисида яшаган ва ўз хаёт фаолияти ўлароқ Настасьяга жуда кўп
халақит берган. Кунларнинг бирида қизил иштон вафот этади, ва
буни кўрган Захарова қўшнисини шу холатида тасвирлашга қарор
қилади.
Суратга берилган ном эса 1997 йилда экранларга чиққан
германиялик режиссёр Томас Яннинг энг машхур фильми номи
билан бир хил.
Диққат савол: Ушбу фильм номини топинг
Тўғри жавоб: Осмон Эшигини Тақиллатиб (Достучаться До Небес,
Knockin' On Heavens Door).
ИЗОҲ: Қизилиштон дарахтларни тақиллатиб Захаровани асабига
тегар эди. 1997 йилда чиққан "Осмон эшигини тақиллатиб" фильми
германиялик режиссёр Томас Янга машҳурлик олиб келган.
САВОЛ №9.
Бир янги технологияни дастлаб автомобил ишлаб чиқарувчиларга
таклиф қилишади. Лекин краш-тестларда бош чаноқларнинг
бирортаси тўқнашувга дош беролмайди. Фақат мобил телефонлар
оммалашишидан кейин бу технологиядан кенг фойдаланишга
ўтишади.
Диқққат савол: Технлогия номини икки сўз билан ёзиб беринг.
ЖАВОБ: GORILLA GLASS [ГОРИЛЛА ГЛАСС]
ИЗОҲ: «Корнинг» компаниясининг ойналарни мустаҳкамловчи
технологияни автомобил ишлаб чиқарувчиларига 1960-йилларда
таклиф қилади. Бироқ, автомобил олд ойналари қаттиқлигидан
тўқнашувда одамларнинг бошлари жиддий жароҳат олганидан
ундан воз кечишади. 2000-йилларда мобил телефонлар
оммалашганидан кейин уларнинг экранларини мустаҳкамлаш учун
унутилган технологиядан яна фойдалана бошланади.
МАНБА: Brian Merchant, The One Device: The Secret History of the
iPhone.
САВОЛ № 10.
XIX асрнинг 90-йилларида Огюст Роденга Оноре де Бальзак
ёдгорлигини тайёрлаш учун буюртма тушади. Бу вақтда ёзувчининг
вафот этганига 40 йилдан ошиқ вақт ўтганди. Ҳайкалтарош Бальзак
портретларини қидиришга тушади ва Ашил Девериа, Луи
Буланжелар чизган суратлардан фойдаланмоқчи бўлади. Ҳар икки
рассом ёзувчини ўзича тасвирлаган эди ва бу маълумотлар ёдгорлик
учун кам, прототипга тортмасди. Ёзувчи ҳақида қўшимча маълумот
олиш учун у қайси касб эгасининг олдига борган?
ЖАВОБ: ТИКУВЧИ [ЧЕВАР]
ИЗОҲ: Рассомларнинг суратида Бальзакнинг фақат юзи
тасвирланган эди. Роден ёзувчини тўлиқ гавдаси билан
тасвирлашни режа қилганди. Шу сабабли унинг тана тузилиши
қандай бўлганини билиш учун тикувчилар олдига боран. Уларда
Бальзакнинг кийим тиктирганда олинган ўлчамлари сақланиб
қолган экан.
САВОЛ № 11. Қалдирғочлар диққатига, бундан кейинги
саволга тарқатма бор
Фудзивара сулоласи кўп йиллар давомида Япония императорларига
таъсири кучли оила мақомини сақлаб келган. Фудзивара оиласида
бу воқеа содир бўлиши тўхтаганидан кейингина улар сиёсий
майдонда ўз таъсирини йўқотишни бошлашади.
Диққат савол: Бир фильмда бу воқеа қандай орзуни амалга ошмай
қолишига сабаб бўлган?
ЖАВОБ: Оилавий футбол жамоасини тузиш.
Зачёт: Футбол жамоасини тузиш сўзлари қатнашган барча
жавоблар.
ИЗОҲ: Фудзивара оиласи ўз қизларини ёш императорларга
никоҳлаб хотин қилишган. Шу орқали улар давлат сиёсатига таъсир
кўрсатиш имкониятига эга бўлишган. Қиз фарзанд туғилиши
"Суюнчи" фильмида оилавий футбол жамоаси тузиш орзусини
барбод қилган.
МАНБА: http://ru.wikipedia.org/wiki/Минамото-но_Ёритомо
САВОЛ № 12. ТАРҚАТМА МАТЕРИАЛ №3
Диққат савол: Бу сурат қахрамони қайси машхур иборани
айтмоқда. Истасангиз инглиз тилида истасангиз ўзбек тилида ёзиб
беринг.
ЖАВОБ: I`ILL BE BACK (МЕН ҚАЙТАМАН)
Изоҳ: Ҳозирча танаффус узоқлашманг. Биз тез орада қайтамиз!

2-TУР.
mad_max93November 24, 2022

САВОЛ № 13. Қалдирғочлар диққатига, бундан кейинги


саволга тарқатма бор
«Сопранолар клани» сериалида бош қаҳрамон Тони Сопранонинг
хотини Кармела эрининг жиноий ишларидан хабар топганидан
кейин эри билан жанжаллашиб қолади. Кейинроқ Тони хотинининг
туғилган кунига сапфир кўзли узук совға қилганида Кармела
совғани қабул қилади ва шу билан ярашиб олишади. Фильмда
совғалар орасида ушбу фильмнинг DVD диски ҳам борлиги
эътиборли.
Диққат савол: Қайси фильм.
ЖАВОБ: «МАТРИЦА»
ИЗОҲ: Сапфир – кўк рангдаги тош. Кармела совғани қабул қилиши
турмуш ўртоғининг жиноий фаолияти билан кўникишга, қабул
қилишга розилигини билдиради. «Матрица» фильмида қизил
рангли таблеткани танлаш орқали ҳақиқатни билиш, ўз ҳаётини
ўзгартириш ёки кўк кўк рангли таблеткани танлаб ҳаммасини
ўзгаришсиз қолдиришни танлаш имкони берилган.
САВОЛ № 14. ТАРҚАТМА МАТЕРИАЛ №4
Қаршингизда кўриб турган қуролнинг тепкиси устига қўшимча
махсус темир ўрнатилган. Бу модификация, Турк армиясидаги
кўнгилсиз ҳолат, йўқотишларни камайтириш учун қилинган.
Диққат савол: Нима сабабдан қуролга бундай ўзгартириш
киритилган?
ЖАВОБ: Ўз жонига қасд қилишни олдини олиш учун
ИЗОҲ: Турк армиясида аскарлар, ҳарбий хизматчилар орасида ўқ
отар қуролдан фойдаланиб ўз жонига қасд қилиш ҳолатлари кўп
учрайди. Шу сабабли, G3 қуролнинг туркча вариантида тепкини
босиш қўшимча сақловчи детал билан чиқарилган. Бу металл
пластина милтиқ тўғри ушланган ҳолатдагина тепкини босиш
имконини беради.
МАНБА: https://vpk-news.ru/news/56747
САВОЛ № 15.
Иккинчи Жаҳон уруши тугаши билан Францияда самосуд
холатларининг кўпайиб кетиши оқибатида УНИНГ нархи кескин
ошиб кетади. Версиялардан бирига ишонадиган бўлсак У сафардан
соғлиғи ёмонлашиб қайтган қирол учун махсус ўйлаб топилган
бўлган.
Диққат савол: УНИ нималигини бир сўз билан айтинг.
ЖАВОБ: ПАРИК
ИЗОҲ: Урушдан кейин французлар фашистик Германия вакиллари
билан алоқада бўлган аёлларни самосуд қилишни бошлашади ва
уларнинг сочларини олиб ташлашади. Парикнинг пайдо бўлиши
ҳақида гап кетганида Людовик IX нинг онаси Кастильялик Бланка
томонидан ўйлаб топилгани айтилади.
САВОЛ № 16. Қалдирғочлар диққатига, бундан кейинги
саволга тарқатма бор
Асли ўзбекистонлик бўлган бир одам Россиядаги воқеалар сабабли
яна Ўзбекистонга қайтишга мажбур бўлди. Тошкент, бу ердаги
шароитлар, нарх-наво, одамлар ҳақидаги лайф видеода «оддий
самимий одамлар... мен кетаётганимдаги одамлардан унчалик
ўзгаришмаган» деган гапларни айтади. Одамларни фақат бир нарса
ўзгартирганини қўшимча қилиб, ўтган аср иккинчи ярмида нашр
этилган рус ёзувчиси асаридан иқтибосни ўзгартириб келтириб
ўтади. Ўша иқтибосни асарда айтган қаҳрамон исмини топинг
ЖАВОБ: ВОЛАНД
ИЗОҲ: Маълум сабаблар билан Ўзбекистонга келаётганлар учун
асосий муаммолардан бири бу вақтинчалик иш топиш ва бошпана
масаласи. Тошкентдаги релокантлардан бири «Уста ва Маргарита»
асаридаги Воланднинг театрдаги томошада одамларга қарата
«шаҳар аҳолиси зоҳиран жуда ўзгариб кетипти, айни пайтда,
менимча, шаҳарнинг ўзи ҳам. Кийим-бошлар тўғрисида-ку
гапирмаса ҳам бўлади... ҳудди аввалги одамлардек...
москваликларни фақат квартира масаласи айнитипти» деган
гапларини «тошкентликлар» деб ўзгартириб айтади. Дарҳақиқат
пойтахтда ижара ва турар-жой нархлари кўтарилиб кетганини
эътироф этмасдан бўлмайди.
МАНБА: https://ru.wikipedia.org/wiki/Мастер_и_Маргарита
https://www.youtube.com/watch?v=7rIt14ah0nQ
https://t.me/relocationuz
САВОЛ № 17. ТАРҚАТМА МАТЕРИАЛ №5

Аксолотльлар — бу амбистома деб номланувчи амфибиялар


личинкаси хисобланади. Аксолотльнинг ажойиб тарафи — қулай
шароитда яшар экан, исталганча вақт давомида Амбистомага
айланмай қолаверади. Ушбу жонзотлар хақида ёзилган мақола
номида Х деган иборани учратиш мумкин. Сиз кўриб турган
тарқатмада эса Х деб номланган ўйинчоқлар дўконининг логотипи
бир қисми тасвирланган.
Диққат савол: Х деганда беркитилган, алифбода кетма-кет
келувчи харфлар билан бошланувчи икки сўзни топинг.
ЖАВОБ: АБАДИЙ БОЛАЛИК
ИЗОҲ: Аксолотльлар қулай шароитда исталганча биологик
жихатдан улғаймай яшайверадилар. Болалар ўйинчоқлари дўкони
номи хам "Абадий болалик" бўлиши мантиққа зид эмас.
Манба:
1) https://www.vokrugsveta.ru/article/220836/
2) https://vechnoedetstvo.ru/
САВОЛ № 18.
Х – Apple компаниясига 400 млн долларга тушган. Х – DC
компаниясига 100 млн долларга тушган. 2002
йил Х нинг хизматларидан фойдаланиш учун аввал қисқа рақамга
қўнғироқ қилишингиз керак бўлар эди. Диққат савол: Х ни унли
харфлари бир хил бўлган сўз билан ёзиб беринг.
ЖАВОБ: ШАЗАМ
ИЗОҲ: Биринчи қисмда Шазам дастури ҳақида, иккинчи қисмда
Шазам фильми хақида гап кетмоқда. 2002 йили мусиқа муаллифи
ёки номини билиш учун қисқа рақамга қўнғироқ қилиб мусиқани
қўйиб бериш керак бўлган. Шунда жавоб смс тарзида келган.
МАНБА: 1. https://ru.wikipedia.org/wiki/Shazam
2. https://www.kinopoisk.ru/film/840372/
САВОЛ № 19. Қалдирғочлар диққатига, бундан кейинги
саволга тарқатма бор
XIV аср охирида Ҳиндистоннинг айрим ҳудудларини қўлга киритган
Амир Темур ўлжа сифатида Ўрта Осиёга 100та фил олиб келади.
Диққат савол: Филлардан жанглардан ташқари яна нима
мақсадда фойдаланишган?
ЖАВОБ: Қурилишда кран вазифасида.
Манбаси. “Дунёни тебратган 7 буюк”.
САВОЛ № 20. ТАРҚАТМА МАТЕРИАЛ №6
Қаршингиздаги суратда сизга таниш "Осмон ешигини тақиллатиб"
филми сўнгидаги кадрлардан бирини кўриб турибсиз.
Версиялардан бирига кўра, режиссёр Томас Ян ушбу кадрни
яратишда 18-19 асрларда яшаган ватандоши ижодидан
илҳомланган.
Диққат савол: Ўша ижодкорни топинг
Тўғри жавоб: Каспар (Давид) Фридрих
Изоҳ: Германиялик рассом, романтизм ёрқин намоёндаси Каспар
Фридрих õз ижодида денгизга қараб турган одамлар образига кõп
мурожаат қилган.
Манба:
https://www.kinopoisk.ru/media/article/4006249/comment/
2493219
САВОЛ № 21.
Сохибқирон Амир Темур нафақат кучли жангчи балки, асов отларни
жиловлашда ҳам беназир бўлган. Бошқа инсонлар соатлаб
жиловлай олмаган отни Амир Темур қисқа фурсат ичида оддий бир
ҳийла ёрдамида жиловлаган. Амир Темур қандай ҳийла ишлатган?
ЖАВОБ: Бошқа отни кетидан қувиб асосий отни эътиборсизлик
билан чалғитган.
Қабул: шу маънодаги жавоблар.
Манба. “Дунёни тебратган 7 буюк”
САВОЛ № 22.
Борис Акунин қаҳрамонларидан бири биринчи курсда тикувчилик
тўгарагига, иккинчи курсда эса Брайл шрифтини ўрганишга
ёзилади.
Диққат савол: Айтингчи бу қаҳрамон қайси касбга ўқиётган эди?
ЖАВОБ: ХИРУРГ.
САВОЛ № 23. Дуплет
1. Эрготизм – таркибида замбуруғ бўлган маҳсулотларни, мисол
учун жавдарни истеъмол қилиш натижасида организмга токсинлар
тушиши билан кечадиган касаллик ҳисобланади. Унинг оқибатида
одамда кўнгил айниши, галлюцинация ва ичак санчиқлари
кузатилиши мумкин. Патриция Бауэрнинг илмий мақоласида
айтилишича, 16-аср бошларида БУ ШАҲАРДА юз берган воқеаларга
ҳам шу каби заҳарланиш сабаб бўлган бўлиши мумкин.
Диққат савол: Қайси шаҳар назарда тутилмоқда.
2. "Х хақидаги сизга таниш туюлиши мумкин бўлган 25 та факт" деб
номланган мақолада, кўп саёхат қиладиган инсонлар Х га кўп дуч
келишлари хақида ёзилган.
Диққат савол: Х ни топинг.
Тўғри жавоблар:
1. Страсбург.
Изоҳ: Страсбург шаҳрида юз берган рақс ўлати ҳақида эшитган
бўлсангиз керак. У ерда 1518 йилда июль ойидан бошлаб бир неча
ҳафта давомида одамлар тўхтовсиз рақсга тушишган ва натижада
уларнинг аксарияти ҳолсизлик ва хуружлардан вафот этган. Ўша
даврда бу воқеалар сабаби сифатида одамларнинг ичига шайтон
кириб олган деган тахминлар бўлган. Бироқ, Бауэр ўз мақоласида
ўша одамларнинг эрготизм билан оғриган бўлиши мумкинлиги
ҳақида ғояни келтириб ўтган. Мантиқан олиб қаралса ҳам, ўша
пайтларда овқатланишда гигиена қоидаларига риоя қилинмагани
бу версиянинг ҳақиқатга яқин бўлганини тасдиқлаши мумкин.
Бу савол билан Фаррух Рафиқов жамоаси биздан олдин
навбатчилик қилган Эсперо жамоасига салом йўллаймиз.
Манба: https://www.britannica.com/event/dancing-plague-of-1518
2. Дежавю.
Изох: Мақолада кўп саёхат қиладиган одамлар бошқаларга
қарагнда кўпроқ жойларда бўлишлари сабабли бошқалардан
кўпроқ дежавюга учрашлари ёзилган. Мақола номи хам дежавю
феноменига ишора қилади. Дуплетнинг биринчи саволи сизда
дежавю хиссини уйғотган бўлса ажаб эмас.
Манба: https://bugaga.ru/interesting/1146764940-top-25-fakty-o-
dezhavyu-kotorye-mogut-pokazatsya-znakomymi.html
САВОЛ № 24.
Бастакор Густав Холст пасайиб борадиган мусиқа эффектини
қўллаган биринчи ижодкорлардан ҳисобланади. Бундай эффектга
эришиш учун куйлаётган хор алоҳида хонага жойлаштирилган ва
бир киши секин БУ ИШНИ қилган.
Диққат савол: БУ ИШ сўзлари билан алмашган икки сўзни
топинг.
ЖАВОБ: ЭШИКНИ ЁПИШ.
ИЗОҲ: Мусиқада овозни секин пасайиб боришини махсус
техникаларсиз ана шундай усулда амалга оширишган. Бу савол
билан биз ҳам 2 тур эшигини ёпамиз.

3-ТУР.
mad_max93November 24, 2022
САВОЛ № 25. Қалдирғочлар диққатига, бундан кейинги
саволга тарқатма бор
Қадимги инкларда чопарликка болаликдан тайёрлашган.
Номзодларни саралашда тез ва узоқ масофага югириш талаб
қилингани учун жисмоний кўрсаткичларига алоҳида эътибор
қаратилган.
Диққат савол: Яна қайси қобилият болаларни саралашда ҳал
қилувчи роль ўйнаган?
ЖАВОБ: КУЧЛИ ХОТИРА.
Зачёт: хотира, хотираси яхши бўлиши, эслаб қолиш ва шу каби
маънодаги жавоблар.
ИЗОҲ: Чопарлар хабарларни оғзаги етказишгани учун ундан
айтилиши керак бўлган маълумотни тўлиқ етказиш, ёдлаб олиш
талаб қилинган.
САВОЛ № 26. ТАРҚАТМА МАТЕРАЛ № 7
Сиз тарқатмада кўриб турган инсон: Хосе Андраде — Уругвайлик
футбол устаси, футбол бўйича биринчи Жахон чемпиони. Ўз
вақтида дунёнинг энг кучли футболчиларидан бири бўлган ва
Уругвайнинг 1920-йиллардаги муваффақиятларига катта ҳисса
қўшган Андраде Х деб лақаб олган биринчи футболчи ҳисобланади.
Кейинроқ ушбу лақабни Пеле ва Эйсебиоларга нисбатан ҳам
қўллашган.
Сўнгги йилларда машҳурликка эришган бошқа Х эса, бош
роллардаги актёрлар билан бир қаторда франшиза юлдузларидан
бирига айланди.
Диққат савол: ўша франшизада Х га ким эгалик қилганини
топинг.
ЖАВОБ: КАПИТАН ДЖЕК СПАРРОУ.
Қабул: Капитан (Гектор) Барбосса
ИЗОҲ: Кўриб турганингиздек қора танли бўлган Андрадега Қора
Марварид деб лақаб беришган. Кейинчалик бу эпитет Пеле ва
Эусебиога нисбатан хам ишлатилган.
Кариб денгизи қароқчилари франшизасида эса Қора Марварид
кемасига аввал Капитан Джек Спарроу, кейинчалик Гектор
Барбосса эгалик қилган.
САВОЛ № 27.
Пандемия вақтида шу қўшиқдаги рақсни эслатиб юборадиган
ҳаракатлар ёрдамида одамларга қўлларни қандай қилиб ювиш
кераклиги техникаси тушунтирилган. Долзарб бўлишига қарамай,
ушбу ролик кўришлар сони бўйича рекорд ўрнатмади.
Диққат савол: Қайси қўшиқ ҳақида гап кетяпти?
ЖАВОБ: GANGNAM STYLE.
ИЗОҲ: Қўшиқчи PSY машҳур қилган рақс ва қўшиқда қўлларни
олдинга қилиб чавандозлар ҳаракати имитация қилинади. Ўз
вақтида бу қўшиқ Интернетда кўришлар сони бўйича рекорд
ўрнатган.
САВОЛ № 28. Қалдирғочлар диққатига, бундан кейинги
саволга тарқатма бор
Борис Акуниннинг фалаж бўлиб қолган қаҳрамони мустақил
равишда зинадан кўтарилишига тўғри келади. Шу вақтда у ўзини
XVIII асрда туғилган муаллифнинг қаҳрамонидек ҳис қилади.
Диққат савол: Ўша бошқа асардаги қаҳрамонни топинг.
ЖАВОБ: ШИЛЛИҚҚУРТ (ШИЛЛАҚУРТ)
ИЗОҲ: Акунин қаҳрамони ўзини Фудзига кўтарилаётган
шиллақуртга ўхшатади. Кобаяси Иссанинг Фудзига кўтарилаётган
шиллақурт ҳақидаги машҳур хоккуси бор. Япон шоири XVIII–XIX
асрларда яшаган. Акунин ўзининг япон мавзусига қизиқиши билан
ном чиқарган.
МАНБА: Б.Акунин, «Не прощаюсь»
https://ru.wikipedia.org/wiki/Кобаяси_Исса
САВОЛ № 29. ТАРҚАТМА МАТЕРИАЛ №8

Инстаграмда ушбу суратни кўрган фойдаланувчилардан бири ўзи


ҳақида бир маълумотни билиб олган.
Диққат савол: Қайси машҳур XVIII асрда ўзи ҳақида шундай
маълумотни билиб олган?
ЖАВОБ: [ДЖОН] ДАЛЬТОН.
ИЗОҲ: Аслида фойдаланувчи Нидерландия байроғи ранглари
қандайлигини билади, лекин постни саҳифасига
жойлаштираётганида керакли эмоджини танлаётиб рангларни
ажрата олмаслигини сабаб хато қилади. 1794 йилда Джон Дальтон
ўзидаги бу ҳодиса ҳақида илмий мақоласини чиқаради.
САВОЛ № 30. Диққат, саволда бир сўз бошқа сўзга
алмашган
“Назардан четда” фильмида ўғриликни ўзига касб қилган бош
қаҳрамон бойвачча бизнесменни тунамоқчи бўлади. Ўлжа эса –
бизнесменнинг ўзи бехосдан айтиб қўйган, офисида майфий жойда
сақланадиган ишлов берилмаган олмослар эди. Ўғриликка тушган
бош қахрамон, аввалига махфий жой қаерда эканлиги била
олмайди, лекин бир оз эътибор билан қараб, ишлов берилмаган
олмослар оддий тошлар билан сувлоқ тубида аралашиб ётганини
пайқайди.
Диққат савол: Саволда алмаштирилган келиб чиқиши лотинча
сўзни ёзиб беринг
Тўғри жавоб: Аквариум
Изох: олмослар аквариум тубига декорация сифатида солиб
қўйилган эди. Аквариум сўзи лотинчадан сувлоқ деган маънони
беради.
САВОЛ № 31.
Яқинда Фарғона вилоятида ноодатий хом ашёдан тайёрланадиган
қоғоз ишлаб чиқариш йўлга қўйилгани ҳақида ҳабар тарқалди.
Савол муаллифи ҳазил аралаш, болаликдан кўпчиликка таниш
ушбу ўйиннинг барча элементлари қатнашиши учун, ушбу қоғоздан
тайёрланган блокнотларнинг темир пружиналари учун бир турдаги
анжомларни эритиб қайта ишлатишни таклиф беради.
Диққат савол: бу қандай анжомлар?
ЖАВОБ: Қайчи.
ИЗОҲ: Фарғона вилоятида тошдан қоғоз ишлаб чиқаришни
бошлашганмиш. Бундай қоғоздан тайёрланган блокнотларни
қайчидан эритилган темир элементлар билан бириктирса, ушбу
блокнотларни ишлаб чиқаришда кўпчиликка маълум “тош, қайчи,
қоғоз” ўйинининг барча элементлари қатнашган бўлади деб айтиш
мумкин.
Манба: https://www.youtube.com/watch?v=BzevNcb-H2w
САВОЛ № 32.
Боб Дилан 1973 йилда «Пет Гаррет ва Билли Кид» вестерни учун
саундтрек яратади. Отишмалардан бирида о-ир жароҳат олган
шериф Бейкер дарё томон сўнгги қадамларини ташлаб бораётиб
аёли билан сўзсиз видолашиш саҳнасида янграган қўшиқ катта
муваффақиятга эришади.
Диққат савол: Ушбу қўшиқ номини оригинал кўринишда ёзиб
беринг.
Тўғри жавоб: 20-чи саволдаги тарқатмани ташлаб
юбормаганмидила? "Knockin' on Heaven's door".
Изоҳ: Сизларга жуда яхши таниш бўлган "Осмон эшигини
тақиллатиб" фильми ўз номини айнан шу қўшиқдан олган бўлиб,
шунингдек ушбу қўшиқ филмнинг ўзида ҳам янграйди.
САВОЛ № 33.
Жавоб варағингизда 1879-йил 15-мартида Париж префектура
полициясига мирзо лавозимига ишга жойлашган кишининг
фамилиясини ёзиб беринг. Юқоридаги буйруқ шаклидаги гап
бўлиб, унда 17 та сўз ва 2 та сон иштирок этган.
Берилган маълумотлар жавобни топишингизга ёрдам беришига
умид қиламиз.
ЖАВОБ: [Альфонс] Бертильон
ИЗОҲ: Альфонс Бертильон жиноятчиларни антропометрик
маълумотлари асосида идентификация қилиш системасини
яратган. Бу маълумотлар алоҳида карточкаларда қайд этиб
борилган. Саволни қўйилишида ҳам сизларга унга тегишли барча
аниқ маълумотлар тақдим этилди.
САВОЛ № 34.
Шекспир пьесасидаги Тит Андроник ўзининг душмани бўлган
Таморанинг ўғилларини ўлдиради. Кейин Таморани зиёфатга
чақиради.
Диққат савол: 1999 йил экранларга чиққан фильмда Тит
Андроник ролини қайси актёр ижро этган?
ЖАВОБ: [ЭНТОНИ] ХОПКИНС
ИЗОҲ: Шекспирнинг «Тит Андроник» пьесасида Тит Андроник
Таморанинг ўғилларини ўлдиради ва уларни бошидан пирог
тайёрлайди. Зиёфат вақтида Таморани шу билан меҳмон қилади.
Энтони Хопкинс Оскар мукофотига лойиқ кўрилган Ганнибал
Лектор фильми билан ҳам танилган.
МАНБА: http://az.lib.ru/s/shekspir_w/text_1390.shtml
https://ru.wikipedia.org/wiki/Хопкинс,_Энтони
САВОЛ №35. Қалдирғочлар диққатига, бундан кейинги
саволга тарқатма бор
Портодаги Каса-Де-Чада-Боа-Нова ресторанида хўрандаларга
тортиладиган таомлар орасида мидия ва гулкаром таёрланган
муссли эклер бор. Тушлик сўнгида эса дессертга малина ва личи
меваларидан тайёрланган француз пишириғи тортиқ қилинади.
Диққат савол: Ўша дессерт номини француз тилидаги сўз билан
айтинг.
ЖАВОБ: ДЕЖАВЮ
ЗАЧЕТ: ДЕЖА ВЮ
ИЗОҲ: Ташқи кўриниши бир хил бўлган икки таомни кўрган
хўрандада Дежавю хисси ўйғониши керак. Сизларда хам Дежавю
хақидаги 2-турнинг 11-саволини эслаб дежавю хисси уйғонган бўлса
ажаб эмас.
МАНБА: https://youtu.be/0X_7HfjfSUk?t=872
САВОЛ №36. Блиц. ТАРҚАТМА МАТЕРИАЛ №9 Тарқама
блицнинг биринчи саволи учун
1. Сиз кўриб турган бино, Калифорния штатининг Купертино
шахрида жойлашган. Бинода жойлашган компаниянинг асосчиси
2011 йил 7 июн санасида шахар хокимиятига бино лойихасини
тақдим этади, аммо лойиха тасдиқланишини кўриб улгурмайди.
Диққат савол: ушбу бинода жойлашган компанияни топинг.
2. 2018 йилги маълумотга кўра, 1831-йилда қирол Луи-Филипп 1
асос солган ушбу ташкилотда ҳизмат қилаётганларнинг 40 фоизини
болқонликлар, 20 фоизини араблар ва африкаликлар, 16 фоизини
осиёликлар ва 14 фоизини жанубий америкаликлар ташкил қилган.
Диққат савол: Бу қайси ташкилот.
3. 2022 йил мавсумида иштирок этаётган Москва авиация
институтининг КВН жамоаси ҳазиллари муҳандисларнинг оддий
одамларга ўхшамаган ҳаёт тарзи, ташқи кўриниши ҳақидаги кулги
асосига қурилган. Жамоа финалдаги мусиқий чиқишларини
якунлагач «Ҳамма, бизга ишонмаганлар! Энди БУ ИШНИ
ҚИЛИНГЛАР» деган иборани айтади. Аслида БУ ИШ Собиқ
Иттифоқ давлатларида кенг тарқалган ва уятли деб ҳисоблансада,
биринчи бўлиб АҚШда 1948 йилда бўлган дейишади.
Диққат савол: Қайси иш ҳақида гап кетаётганини топинг.
ЖАВОБЛАР:
1) APPLE (компанияси)
Изох: Стив Джобс 2011 йил 7 июнида лойихани шахар хукуматига
тақдим қилади, аммо 5 октябрь санасида вафот этади. Биз эса
бугнги саволлар пакетини тухум хақидаги саволдан бошлаб Олма
(эппл) хақидаги савол билан тугатишга қарор қилдик.
2) (ФРАНЦУЗ) (ХОРИЖИЙ) ЛЕГИОНИ.
Изох: Хорижий легионга 1831 йилда франция қироли Луи-Филипп
1 асос солган бўлиб, унинг таркибида турли хорижий давлат
вакиллари хизмат қилади. Бу савол билан Фаррух Рафиқов жамоаси
биздан кейин навбатчилик қиладиган Легион жамоасига салом
йўллаймиз.
3) [САМОЛЁТ ҚЎНГАНИДА] ҚАРСАК ЧАЛИШ.
Қабул: ҚАРСАК ЧАЛИШ, ЧАПАК ЧАЛИШ, АПЛОДИСМЕНТ
ИЗОҲ: Самолёт ерга қўнганида қарсак чалиш сабаблари ҳалигача
аниқмас. 1948 йилда Цинцинатига самолёт шоссисидаги авария
билан қўнган самолёт йўловчилари соғ-омон қўнганларига қарсак
чалишгани айтилади. Бу одатни Собиқ Иттифоқдан бошқа давлатга
қочиб етиб олган эмигрантлар томонидан ўйлаб топилган деган
қараш ҳам бор.
Бугунги саволлар манзур бўлган бўлса қарсак чалиб қўясиз деган
умиддамиз.
МАНБА: https://youtu.be/SGTI_TsKQLk?t=4593
https://graziamagazine.ru/lifestyle/kak-poyavilas-tradiciya-aplodirovat-
pilotu-pri-posadke-samoleta
https://www.frequentflyers.ru/2018/10/17/clap
Legion
1-tur.
mad_max93December 01, 2022

-Assalomu alaykum hurmatli klubdoshlar!


-Bugungi navbatchilikikni “LEGION” jamoasi olib boradi.
-Savollar mualliflari – jamoa a’zolari.
-Savol oldidan boshlovchi tomonidan aytilgan va aytilmagan jumlalar
bevosita savolga aloqador bo’lishi mumkin. -Savollar matni o’zbek tilining
LOTIN ALIFBOSIda tayyorlangan. Qoidalarni tanishtirmayman.
1-savol
Diqqat savolda ULAR so'zi bir nechta so'zni almashtirib
keladi.
Buyuk depressiya davrida Nyu-York shahrida ham bir nechta guvervillar
paydo bo'lgan. Aksariyat guvervillarda faqat erkaklar yashashi mumkin
bo'lgan bo'lsa, "Tomas Peyn qarorgohi" nomlisida bu mezon yanada
kuchaytirilib, faqat ULARning istiqomat qilishiga ruxsat etilgan. Shu
sababdan, bu guvervillda tartib-intizom boshqa joylardan ko'ra qattiqroq
bo'lgan. ULARni belkurakdan juda ko'p foydalanganini bilamiz. Hampfri
Bogart, Erwin Shryodinger, Skot F. Fitsjerald ham ULAR bo'lishgan.
2011 yil 5-may sanasida BBC.com saytida SHUNDAY U haqida xabar
e'lon qilindi.
Savol: SHUNDAY o'rnidagi so'zni yozib bering.
Javob: So'nggi (oxirgi)
Izoh: ULAR - Birinchi jahon urushi
qatnashchilari/faxriylari/veteranlari. Tomas Peyn qarorgohida faqat
birnchi jahon urushi fahriylari yashashlari mumkin bo'lgan, shu sabab
u yerda harbiycha tartib-intizom sezilib turgan. Birinchi jahon urushini
yana Okoplar urushi deb ham ataladi, okoplarni esa tabiiyki
askarlar belkuraklarda qazishgan. 2011-may 5-may sanasida 1-Jahon
urushining SO'NGGI tirik qolgan qatnashchisi - Buyuk britaniyalik
Klod Stenli Chulz 110 yoshida vafot etgan. Odatiy an’analardan
qochgan holda, birinchi savolni so’nggi so’zi bilan boshladik, bu sizni
chalg’itmadi degan umiddamiz.
2-savol
2007 yildagi Futbolga ixtisoslashgan bir saytdagi maqolada Real Madrid
va Real Sosyedad jamoalari o'rtasidagi baxs "qaymoqrang"larning o'sha
paytlardagi ustozi Fabio Kapello uchun muhimligi eslab o'tilgan holda,
Kapelloga IKS xavf solayotganligi keltirib o'tiladi. "Bovari xonim" asarida
axmoqona qonunlar ham IKS"day xavfli ekanligi aytib o'tilgan.
Savol: IKSni 2 sozda yozib bering
Javob: Damokl qilichi
Izoh: Marca nashri chiqargan maqolada agarda Kapello ushbu o'yinda
mag'lubiyatga uchragan taqdirda unga chiqish eshiklari ko'rsatilishi
mumkinligi haqida yozadi. Real Sosedad bilan o'yin Kapelloning
Realdagi taqdiriga huddi Damokl qilichidek havf tug'dirayotgan edi.
Manbalar:
1) %D1%87
2) https://www.ua-football.com/foreign/spain/1171021744-damoklov-
mech-nad-kapello.html
3-savol
Facebookdagi Geosiyosat va Siyosiy Geografiya sahifasi joylagan bir
xaritada quyidagi ma'lumotlar keltirib o'tilgan:
AQSHda - Nyu York
Avstraliyada- Sidney
Turkiyada - Istanbul
Kanadada- Montreal yoki Toronto
Braziliyada - Rio de Janeyro
JAR da - Yoxanesburg
Savol: Agar siz bu xarita nima haqida ekanini topgan bo'lsangiz, ikki
yildan so’ng, ushbu ro'yxatdan joy olish ehtimoli juda yuqori bo'lgan
Janubiy-sharqiy Osiyodagi shahar nomini yozib bering.
Javob: Jakarta
Izoh: Yuqoridagi ma'lumotlar, odamlar orasida mamlakat poytaxti
bilan eng ko'p adashtirib yuboriladigan shaxarlar haqida edi.
Indoneziya hukumati esa, 2024-yilda poytaxtni Jakartadan
NUNSANTARA (urg'u bn) ko'chirishga qaror qilgan.
Manbalar:
1)https://m.facebook.com/story.php?
story_fbid=pfbid022si4fKEuTfw5ZnN4wCpKnYYoWD5dxirg6Trv9BDu
Y5Tgbcd5vLTqwDVUEjA1twNWl&id=100067020307147

4-savol
Diqqat X ikki so’zni almashtirib keladi
Versiyalardan biriga ko'ra, IKSning mashhur bo'lishiga Smith & Wesson
baraban sistemali revolverlari sababchi bo'lgan. 1870 - yillarda
navbatdagi rus-turk urushida silasi qurigan zobitlar IKSda taqdirlarini
sinab ko'rishgan.
Savol: 1930 - yil 14 - aprelda IKS qurboni bo'lgan mashhur shaxs
familiyasini yozib bering.
Javob: Mayakovskiy
Izoh: IKS bu rus ruletkasi. Shoir V.Mayakovskiy o‘z joniga aynan rus
ruletkasi orqali qasd qilgan. Aytishlaricha, 14-aprel 1930-yili u
barabanga bitta patron qo‘yib aylantiradi va o‘zini otadi. Qiziq tomoni,
shoir oldin ham ikki marta shu tarzda o‘zini sinab ko‘rgan lekin omon
qolgandi.
Manba(lar):
1. https://tinyurl.com/4ns3jf4p;
2. https://www.vesti.ru/article/2032019.
5-savol:
Kristofer Nolan "Intersteller" filmi uchun 500 gektar jo‘xori ekkan degan
ma’lumotlar mavjud. Aslida, Nolan do‘sti Zakari bir muddat oldin bir
maqsadda yaratgan jo‘xori maydoni o‘rtasiga uy qurish bilan cheklangan
ekan xolos.
Savol: Nolanning do’sti bu jo‘xori maydonni nima maqsadda tashkil
qilganini maksimal aniqlikda ayting?
Javob: “Po’lat odam” filmini suratga olish uchun
Qabul: “Supermen” filmi uchun
Izoh: Zakari Edward Snayder – ya’ni Zak Snayder 2013 yilda taqdim
qilgan filmi “Po’lat odam” filmidagi sahnalardan birini suratga olishda
foydalanish uchun makkajo’xori maydoni tashkil qiladi. Biroz keyinroq
esa bu maydondan Nolan ham foydalanadi
6-savol
Diqqat savolda bir nechta joyda bir so’z tushib qolgan
“Plyushki” KVN jamoasining hazillaridan birida jamoa a’zolaridan biri
Bogdan jarohat olgan otni tuzatishga uringanida u o’lib qolganini
sheriklariga aytib beradi. Sheriklari undan otni qanday qilib tuzatmoqchi
bo’lganini so’rashganida, plastir bilan yarasini yopganini aytadi. Ozon.ru
sayti ma’lumotiga ishonadigan bo’lsak plastirdagi bir parametr
Bogdanning gaplari haqiqatga mos kelmasligini ko’rsatadi.
Savol: tushirib qoldirilgan fransuzcha so’zni yozib bering.
Javob: Nikotin
Izoh: U otga Leykoplastir emas, chekishni tashlash uchun
ishlatiladigan Nikotin plastir yopishtirgan. Bunday plastirlarda odatiy
dozalarda taxminan 37 mg nikotin bo’ladi. 500 kgl lik otni o’ldirish
uchun esa kamida 8 tomchi ya’ni 400 mg nikotin kerak bo’lar ekan.
Manbalar:
1) http://bitly.ws/wHcb;
2) http://bitly.ws/wHch;
3) http://bitly.ws/wHcm.
7-savol: KEYINGI SAVOLGA TARQATMA MATERIAL BOR
1973-yilda 55 yoshni qarshilagan Bobbi, 29 yoshli Billie ga qarata
quyidagi so'zlarni aytib o'tadi: u ayol kishi va ularda ruhiy barqarorlik
yetishmaydi. Ayollarning joyi oshxona va yotoqxonada.
Savol: Ushbu ma'lumotlar Britannica ensiklopediyasida qaysi voqeaga
atalgan sahifada keltirilganligini o'zbek tilida ikkita bir hil harflar bilan
boshlanuvchi so'zlar bilan yozib bering.
Javob: Jinslar jangi.
Izoh: Tarixga jinslar jangi (Battle of the sex) nomi bilan kirgan eng
mashhur tennis matchi 1973 yilda nafaqadagi Bobbi Riggs va ana shu
vaqtda o'z faoliyatini davom ettirayotgan Billie Jean King o'rtasida
bo'lib o'tadi. Ushbu matchda Billie Jean King uch setda 6:4, 6:3, 6:3
hisoblarida g'olib bo'ladi.
Manba:
1) https://tinyurl.com/2m4nhr2y
8-savol:
Tarqatma material
Tianhe
Wentian
Mengtian
Xuntian
Tarqatmada Xitoy tomonidan amalga oshirilgan va oshirilishi
moʻljallangan baland inshootlar loyihalarni koʻrib turibsiz. Loyihalar
nomini tian soʻzi birlashtirib turganini sezgandirsiz.
Savol: oʻzbek maqolida tian soʻzini bildiruvchi soʻzga qarama-qarshi
qoʻyiluvchining sifatini yozib bering.
Javob: QATTIQ
Izoh: maqol: osmon - uzoq, yer - qattiq
9-savol
19 asrda yashagan ayollar huquqi kurashchisi Syuzan Entoni nega u
yerda ayollar yo‘qligidan shikoyat qiladi. Buni kongress ham ko‘rib
chiqadi. Birinchi xonim Eleonora ham arxitektor Borglumga Syuzanning
talabini qo’yadi. Biroq Borglum bu talabni rad etadi.
Savol: Syuzan Entoni qayerda paydo bo‘lishi kerak edi?
Javob: Rashmor monumenti
Izoh: Rashmorda faqat erkaklarni tasvirlanayotganini ko‘rgan ayollar
huquqi himoyachisi u yerda ayyollar ham bo‘lishi kerak deydi. Bunga
hatto prezident ayyoli Eleonora Ruzvelt ham aralashadi. Ammo,
arxitektor Borglum bunga rozi bo‘lmaydi.
Manba:
http://bitly.ws/wSfa
10-savol:
Indoneziyaning Sumbava orolida Tambora vulqoni otilishi natijasida yer
shari yuzasini bulut qoplab, yog‘ingarchilik ko‘payishiga sabab bo‘lgan.
Doktor Metyu Dendja tadqiqotlari natijasida UNING mag‘lubiyatiga
Tamboro vulqoni sabab bo‘lganini aytadi.
Savol: Kimning mag‘lubiyatiga sabab bo‘lgan?
Javob: Napoleon Bonapart
Izoh: Tambora vulqoni 1815 yilning aprelida otiladi, shu yilning iyun
oyida Napoleon Vaterlo jangiga kirishadi va mag‘lub bo‘ladi.
Mag‘lubiyatning asosiy sabablaridan biri kuchli jala natijasida
Belgiyaga yo‘lni yuvilib ketishi va yordamchi kavaleriyani loyga botib,
o‘z vaqtida yetib kelolmaganligi deb qaraladi.
11-savol:
Qatar 2022 mundiali uchun Amerika qit’asi terma jamoalaridan birining
asosiy tarkibi qanday bo'lishi haqidagi so'rovnomali postga o'z taklifini
kiritgan bir muxlis chap qanotga bu yilgi A seriya kashfiyotini
joylashtiradi.
Savol: bu tarkib ostidagi kommentlarda qaysi ikki toponim eng ko'p eslab
o'tilganini yozib bering.
Javob: Gruziya va Jorjiya shtati
Izoh: Foydalanuvchi AQSh tarkibiga Xvicha Kvaratsxeliyani uni Jorjia
shtatidan deb o’ylab kiritib qo’yadi. Bilamizki, Gruziya va Jorjiya nomlri
ingliz tilida bir xil yoziladi.
12-savol:
Diqqat savol matnidagi bir so‘zda harflar soni keragidan
ortiq!
Yevropa Chempionlar Ligasi 2012-2013 yilgi mavsum guruh bosqichidan
o’rin olgan Real Madrid va Borrusiya Dortmund jamoalari o‘rtasidagi
baxsda, yon chiziqdan to‘pni maydonga kiritayotgan Marseloning yoniga
Joze Mourinyo kelib, unga ko’rsatma bera boshlaydi: “O’zilga borib ayt,
markazdan oldinroqqa borsin”. Futbolchi Mourinyoga hayrat bilan
qaraydi, lekin baribir O’zilga ko’rsatmani yetkazadi. Ko’rsatmani olgan
O’zil Mourinyoga hayron bo’lib qaraganida esa, Joze ko’rsatmani ishora
bilan tasdiqlaydi.
Savol: Mourinyoning bu ko’rsatmasi nega ikkala futbolchini ham
hayron qoldirgan?
Javob: Chunki bu Dortmund futbolchisi edi.
Qabul: Mazmunan yaqin javoblar
Izoh: Gap Marsel Shmeltzer haqida edi. “The Special One” O’zilga
tezkor ko’rsatmani yetkazish uchun eng yaqin turgan raqib futbolchisi
Marsel Shmeltzerdan foydalangan. Buni qarangki, Marsel ham
ko’rsatmani O’zilga yetkazgan. Savol matnida Marsel ismi Marselo
shaklida o’qildi. Real futbolchisi Marselo esa o’sha o’yinda maydonga
tushmagan.
2-tur.
mad_max93December 01, 2022

13-savol
Har yili MTV telekanali tomonidan kino sohasida erishilgan yutuqlar
uchun mukofot sifatida "Oltin IKS" statuetkasi topshiriladi.. X
kinoteatrlarga ovozli kino paydo bo‘lgandan keyingina kirib kela olgan.
Savol: X ni bir so‘z bilan yozib bering.
Javob: X-popkorn
Izoh: MTV telekanalidan topshiriluvchi mukofot oltin popkorn
ko‘rinishida. Avvallari tomoshabinlarga xalaqit beradi deb kinotetrga
hech qanady yegulik olib kirish mumkin bo‘lmagan. Ovozli kino paydo
bo‘lgandan keyin, popkorn yeyayotgandagi ovozni kinoning ovozi
yopib ketgan.
Manbalar:
1) https://www.soyuz.ru/articles/534;
2) https://www.kinopoisk.ru/awards/mtv/
14-savol: KEYINGI SAVOLGA TARQATMA BOR
1994 yilda chiqarilgan "Doom 2" o‘yinining yigirma birinchi kartasida
sochma o‘q otadigan miltiqni, ya’ni drobovikni topishingiz mumkin edi.
Savol: Ushbu kartasida qaysi yetti harfli so‘z bilan nomlangan?
Javob: Nirvana.
Izoh: 1994 yilda "Nirvana" guruhi lideri Kurt Kobeyn o‘z joniga qasd
qilgan. Versiyalardan biriga ko‘ra, u bosh qismiga drobovik bilan o‘q
uzgan.
Manbalar:
1) https://doom.fandom.com/wiki/MAP21:_Nirvana_(Doom_II)
2) https://ru.wikipedia.org/wiki/Смерть_Курта_Кобейна
15-savol:

Tarqatmada ko'rib turganingiz - zamonaviy rus rassmoni - Valentina


Krushininaning kartinasida falokatdan keyin ishsiz qolgach, tilamchlik
qilib o'tirgan "ULAR" tasvirlangan. Biror sohada katta umid va ishonch
bildirilgan, biroq o'z no'noqligi va mas'uliyatsizligi natijasida favqulodda
sharmandali tarzda hammaning hafsalasini pir qilgan insonlarga
nisbatan ham "ULAR" iborasi ishlatiladi.
Savol: Ular o'rnidagi uch yoki to'rt so'zni yozib bering.
Javob: Yonib ketgan teatr artistlari
Qabul” Yongan teatr artistlari
Izoh: Ushbu iboraning kelib chiqishi aktyorlarining o'z rollarini juda
soxta, uquvsiz ijro etishlari natijasida teatrning kasodga uchrashi bilan
ifodalanadi. Xohlagan sohada ishning orqaga ketishiga sabab bo'lgan
bilimsiz, uquvsiz insonlarga ham xuddi shu ibora qo'llaniladi.
Manba:
1) http://bitly.ws/wQHA;
2) http://bitly.ws/wQHE
16-savol
2007-yili Britaniyaning "Genri Eldridj va uning o‘g‘illari" auksion uyi 95
yillik kichik bir kalitni katta summa - 180 ming AQSH dollariga sotdi. Bir
effekt haqidagi maqolada ham bu kalitga havola mavjud.
Savol: Maqola qaysi effekt haqida?
Javob: Kapalak effekti
Javob: Kapalak effekti
Izoh: Bu Titanikdagi binokl saqlangan seyf kaliti edi. Binokl yo‘qligi
sabab kuzatuvchi aysbergni uzoqdan ko‘ra olmaydi va minglar odamlar
o‘limiga sabab bo‘ladi. Bir gina kichik kalit sabab bunday katta falokat
bo‘lganligi haqida kapalak effekti haqidagi maqolada ham aytib o‘tiladi.
Манба: https://radiosputnik.ria.ru/amp/20220414/1783438875.html
17-savol:
Ko‘p murojaatlarga qaramay u takliflarni qabul qilmaydi va Stiven hali
bunga loyiq emasligini aytadi. Ammo Stivenning kasalligi haqida
bilganidan keyingina rozi bo‘ladi.
Savol: U kim?
Javob: Uolter Ayzekson.
Izoh: Ayzekson mashxur insonlar haqida biografik kitoblar yozgan. Stiv
Jobs haqida kitob yozish taklifini qabul qilmaydi, ammo Jobsning
kasalini eshitgandan so‘ng u haqida kitob yozishga rozi bo‘lgan.
18-savol: KEYINGI SAVOLGA TARQATMA MATERIAL BOR
20-asrning 2-yarmida paydo bo’lgan ko'plab yangi kinojanrlar qatorida
“buddy-movie” ya’ni "og'aynilar filmi" janri ham paydo bo’lgan. Bu
turdagi filmlarda asosiy rollarda ikki do'st bo'ladi va film voqealari
davomida ularning do'stligi turli etaplardan o'tadi. Kinojurnalist Filippa
Geytsning fikricha, bu janr o'tgan asr 70-yillarida juda kuchaygan bir
harakatga javoban vujudga kelgan va rivojlanib borgan. New York Times
gazetasining 1986 yildan boshlab, ko’pchilikka ma'lum bo'lgan bir
turdagi murojaat usulini faqatgina ikki harfli variantidan foydalanishga
qaror qilishi ham ushbu harakat natijasi sifatida qaraladi.
Savol: Gap qanday harakat haqida ketmoqda.
Javob: Feminstlar harakati
Izoh: Nomidan ham ko'rinib turganidek Buddy-movieda bosh rollarda
ikki erkak ishtirok etgan. Ungacha esa filmlarda asosan erkak va ayol
juftliga bosh rolda bo'lgan. Bu mashhur versiyaga ko'ra ushbu turdagi
film yaratuvchilari atayin ayollardan asosiy ishtirokchi rolini olib
qo'yishgan va ularni ikkinchi, uchinchi darajali rollarga tushirib
qo'yishgan. Feministlar harakati natijasida, New York Times nashri
1986 yildan boshlab hammamizga ma'lum bo'lgan va ayollarga
nisbatan qo'llaniladigan "Miss" yoki "Missis" murojaatlari o'rniga ikki
harfda iborat "Ms" qisqartmasidan foydalanishni boshlagan, bundan
maqsad ayolning oilaviy holatiga e'tibor qaratmaslik, ya'ni unga
muhim omil sifatida qaralmaslik bo'lgan. Shuningdek, bu yo'l bilan
ayollar erkaklar bilan tenglashtirilgan, ya'ni biz "MR" deb barcha
erkaklarga murojaat qilamiz va ular haqida qo'shimcha ma'lumot
bermaymiz.
19-savol:
Tarqatmadagi havaskor shoir tomonidan yozilgan she’r ALFANING
BETTASI ga qiyosan yozilgan va BETTA 2 deb nomlanadi.
Savol: Biz Toshkentning aynan qayerida ALFA va BETTA ni birga
ko’rishimiz mumkinligini aniq yozib bering?
Javob: “Muqimiy” ko’chasida
Izoh: Alfa – Abdulla Qodiriy, Betta – “Ahvolimiz” she’ri. Ko’cha rassomi
Inkuzart Qodiriy va uning Ahvolimiz sh’erini “Muqimiy” va “Chilonzor”
ko’chalari chorrahasidagi uy devorida chizgan. Tarqatmadagi she’r
“Ahvolimiz” 2 deb nomlanadi va bu she’r Inkuzartning Instagram
sahifasidan olindi
20-savol:
Kutai Kartanegara va Shimoliy Penajam Naser hududlarida amalga
oshirilayotgan NARA loyihasi uchun davlat 32.7 milliard AQSH dollari
miqdorida mablag' ajratgan. Shunigdek, Wikipediya ma'lumotlariga
ko'ra, loyiha ustida 200.000 mingga yaqin odam ish olib bormoqda
ekan. Biz savol matinida bir so'zda bir necha harflarni tushirib qoldirdik.
Savol: Shu so’zni to’liq yozib bering.
Javob: Nusantara
Izoh: Indoneziyaning 2024-yildan boshlab poytaxti bo'lishi
kutilayotgan Nusantara shahrida katta qurilish ishlari olib
borilmoqda. Shuningdek, bunday katta loyixa arzon bo'lmasligi tabiiy
hol.
Manbalar:
1) https://en.m.wikipedia.org/wiki/Nusantara_(planned_city)
21-savol:
10 yillik muvaffaqiyatli namoyishlardan keyin “Вечерный Ургант”
shousining Birinchi kanal efirlaridan olinishi ko’plab e’tirozlarga sabab
bo’ldi. Xususan ijtimoiy tarmoqlardagi shu mavzudagi post izohlaridan
birida shouning eng oxirgi soni aynan fevral oyida efirga uzatilgani
bekorga emasligini, endi hamma BU ISHNI QILISHIni kinoya qilishgan.
1967 yilgi film qahramoni o’z ta’biri bilan aytganda “o’rta asr vaxshiyligi”
qurboni bo’lganida ham BU ISHNI QILAYOTGAN edi.
Savol: Bu ishni qilish o’rnidagi so’zlarni maksimal aniqlikda yozib
bering.
Javob: “Oqqush ko’li” baletini tomosha qilish
Qabul: “Oqqush ko’li” nomi bo’yicha mazmunan aniq javoblar
Izoh: Shou aynan fevral oyida olinishi Rossiyaning Ukraina hududiga
bostirib kirishi bilan bog’liq deb kinoya qilgan foydalanuvchi, SSSR
davrida biror mudhish holat ro’y berganda televizorda “Oqqush ko’li”
baleti namoyish etilganligiga ishora qilgan. “Kavkaz asirasi” filmida
esa Saaxov uyiga uni sud qilgani kelishganida shu baletni tomosha
qilayotgan edi.
22-savol: KEYINGI SAVOLGA TARQATMA MATERIAL BOR
Uolter Ayzekson o‘zining Stiv Jobs haqidagi biografik kitobini o‘qib
chiqqandan so‘ng kitobxonlarda Jobs haqida ham ijobiy, ham salbiy fikr
paydo bo‘lishini ta’kidlar ekan, Uni eslab o‘tadi. Yaponiyada 50-yillarda
ishlangan bir film Uning paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan.
Savol: Film nomini yozib bering.
Javob: “Rasyomon”.
Qabul: “Rasyomon darvozasi”.
Izoh: Ayzeksonning aytishicha, Jobs haqida o‘qigan har bir kishi
Rasyomon effektiga nima sabab bo‘lganini o‘zi tushunib yetadi.
Rasyomon effekti ishonchsizlik bilan bog‘liq bo‘lgan atama bo‘lib, bo‘lib
o‘tgan voqea ishtirok etgan shaxslar yoki guvohlar tomonidan
sub’yektiv tarzda turlicha talqin qilinadi. “Rasyomon” filmida bir
jinoyatga 4 nafar personaj turlicha ta’rif berishadi. Shundan so‘ng
Rasyomon effekti atamasi payodo bo‘lgan.
Manbalar:
1 https://www.litres.ru/uolter-ayzekson/stiv-dzhobs/chitat-onlayn/
2. https://ru.wikipedia.org/wiki/ Rasyomon_(film)
3. https://ru.wikipedia.org/wiki/Эффект_Расёмона
23-savol:
Diqqat Savolda KOBE BRAYAN so’zlari boshqa ikki soz’ni
almashtirib keladi
Al-Qoida terroristik tashkiloti 2002-yilda bu ishni qilishga urinib ko'radi.
Tarqatma materialda esa bu ishni qilishni 2004-yilda KOBE BRAYAN
amalga oshirgan uslubi ifodalangan.
Savol: bu ishni qilish o’rnidagi ikki so’zni yozib bering.
Javob: Billni o'ldirish
Izoh: 2004-yilda suratga olingan Kill Bill 2 filmida Billni o'ldirishda
Beatrix (Uma Turman) 5 ta kaft zarbasidan yurakni yorish texnikasi
orqali Billni o'ldirishga erishadi. Filmda Beatrixni qora mamba degan
nom olgan edi. KOBE BRAYAN ning laqabi ham QORA MAMBA
Tarqatma materialda esa, shu zarba tehnikasi tasvirlangan.
Manbalar:
1) https://youtu.be/NL7nLSSSWjw
24-savol: BLITS
Ba’zi dori vositalari nomiga qarab uning nima maqsadda qabul
qilinishini bilish mumkin ekan. Shulardan 3 tasini sizlar topishiningiz
kerak bo’ladi. Diqqat savol:
1. "Ekvator" dori vositasi qanday xususiyatga ega?
2. "Tabeks" tabletkalari nimadan qutilishga qiynalayotranlarga yordam
beradi?
3. "Sunami" dori vositasi shunday hususiyatga ega. Savol: Qanday?
Javob:
1. Qon bosimini normaga keltiradi.
2. Chekish
3. Peshob haydovchi
Izoh: Bizda tanaffus. Kimdir asabni tinchlantirishi mumkin,
kimdir chekishi mumkin. Qolganlar nima qilsa qilar))

3-tur.
mad_max93December 01, 2022

25-savol:
Bir tajribada bozor savdogarlariga ma’lum miqdorda pul berib, uni yo
o‘zlari uchun olib qolishni yoki xayriya ishlariga berishni taklif qilishgan.
Bu tajriba garnizon fonida o‘tkazilganida, ishtirokchilar butun summani
xayriya ishlariga o‘tkazishga qaror qilishgan.
Savol: Yuqoridagi ma’lumotda o‘zgartirilgan so‘zning asl holida yozib
bering.
Javob: Azon.
Izoh: Azon musulmonlarni namozga chaqirishdir. Marokashdagi
bozorda o‘tkazilgan tajribada savdogarlarning hech biri azon paytida
o‘zlari uchun pul olib qolishga jur’at eta olmaganlar.
26-savol:
Britaniyalik yozuvchi Meri Virjiniya Kerining “Kuylayotgan ilon tilsimi”
detektivida qallob firibgar fosh etiladi va qo’lga olinadi. Biroq firibgardan
jabr ko’rgan, detektivga yordam bergan ayol firibgarning sehrli kuchi
borligiga haddan ortiq ishonib, uning bir kun qasos olishidan qo’rqardi.
Qo'rquv natijasida ayolning sogligi yomonlashib qoladi. Yuqoridagi
asardan parcha X haqidagi maqolada keltirilgan.
Savol: X ni 2 so’zda yozib bering.
Javob: Notsebo effekti
Izoh: Platsebo effektiga teskari bo’lgan notsebo effekti ham mavjud
bo’lib, bunda inson salbiy ma’lumotlar natijasida sog’lig’I yoki ruhiy
holati yomonlashishi nazarda tutiladi. Masalan qabul qilayotgan
doringizning yo’riqnomasida uning salbiy ta’siri haqidagi punktini
o’qiganingizda, dorining sizga ko’rsatayotgan ta’siri yomonlashishi
mumkin. Xuddi shuningdek, ayol ham hali ro’y bermagan, lekin o’zi
ishonadigan salbiy holat natijasida sog’lig’I yomonlashgan.
Manbalar: 1) https://www.klinikaexpert.ru/articles/14
27-savol:
2005 yilda yoshlar bilan uchrashuv vaqtida Garri Kasparovning boshiga
shaxmat taxtasi bilan urishadi. Shundan so‘ng Kasparov "Yaxshiyam
Rossiyada beysbol emas shaxmat mashhur, omadim keldi" deb hazil
qiladi. Bunga javoban ayrim insonlar Lotin Amerikasida U ham unchalik
mashhur emas edi deb javob berishadi.
Savol: Uni yozib bering.
Javob: Alpinizm.
Izoh: Eng keng tarqalgan versiyaga ko‘ra, Rossiyalik revolyusioner Lev
Troskiy Meksikada alpinistlarning bolg‘asi, ya’ni ledorub bilan
o‘ldirilgan. Ma'lumki, Garri Kasparov ham dissident va amaldagi
hukumatga nisbatan muxolif kayfiyatidagi siyosatchi hisoblanadi
28-savol:
2018 yilda Yaponiyalik 35 yoshlik erkak Akixiko Kondo ogr ayolga
uylandi. Yuqorida biz bir so‘zda bir necha harfni tushirib qoldirdik.
Savol: O‘sha so‘zni to‘liq yozib bering.
Javob: gologramma
29-savol:
Diqqat savolda, BU ISHNI QILISH so’zlari bir nechta so’zni almashtirib
keladi.
1970-80 yillarda Yaponiyada Kutisake-Onna ismli yosh bolalarni pichoq
bilan o’ldiradigan yovuz ayol ruhi haqida afsonalar ommalashadi.
Aytishlaricha, u xiyonatda gumon qilinib yuzi badbashara qilingan va eri
tomonidan o’ldirilgan, endi esa qasosga shaylangan ayol ruhi ekan. U
odatda, ko’chada bolalarni to’xtatar, ulardan chiroylimanmi deb so’rar,
yo’q degan javob olsa o’ldirar ekan. Agar ha degan javob olsa, u holda
yuzidagi niqobni yechar va savolni takrorlar ekan. Salbiy javob olsa
o’ldirar, ijobiy javob olsa BU ISHNI QILAR ekan. 1869 yilgi romanda esa
BU ISH komprachikoslar tomonidan qilinadi. X haqidagi Wikipedia
maqolasida Kutisake-Onna va yuqorida aytilgan romanga havola
berilgan. Diqqat savol: X ni toponim qatnashgan ikki so’zda yozib bering.
Javob: Glazgo tabassumi
Qabul: Chelsi tabassumi
Izoh: Ayolning eri uning og’zini qulog’igacha yirtib tashlagan va natijada
xuddi Glazgo tabassumiga o’xshash chandiq qolgan. Savolga ha deb
javob bergan bolalarning og’zini ham xuddi o’zinikiday qilib kesar ekan.
1869-yili Viktor Hyugoning “Kulayotgan odam” romanida bolakayning
og’zi komprachikos deb ataluvchi bola savdosi bilan shug’ullanadigan
to’da tomonidan yirtilgan.
Manba: http://bitly.ws/wM4B
http://bitly.ws/wM4C
http://bitly.ws/wM4E
30-savol:
Futbolchi Otabek Shukurov 5 yillik faoliyatidan keyin BAA ning “Sharja”
klubidan Turkiyaning “Fotih” klubiga transfer qilindi. Bu haqida intervyu
berarkan Shukurov turk klubida o‘zini ko‘rsatib, Yevropaning boshqa
kuchli klublariga o‘tishni maqsad qilganini ta’kidlaydi. Ushbu intervyuga
bag‘ishlangan Tribuna.uz ning YouTube dagi videosi posterida bir xil
harfdan boshlanuvchi ikki so‘z yozilgan.
Savol: shu so‘zlarni tire qatnashgan biri atoqli ot bo‘lgan so‘zlarda yozib
bering.
Javob: “Turkiya – tramplin”
Izoh: Boshqa kuchliroq ligaga o‘tish uchun Turk klubini Tramplin
sifatida ko‘rishini ta’kidlagan.
31-savol:
Dori vositasi reklamasida bir qo‘li yo‘q yigit timsohga go‘sht tutib turgani
tasvirlangan.
Savol: qanday dori vositasi reklama qilingan?
Javob: xotira yo`qolishiga qarshi
Qabuk: shu mazmundagi javoblar
32-savol:
Koreyalik kinochilar tomonidan suratga olingan “Yaksha” filmida asirga
olingan qiz ma’lumotlarni aytmagani uchun Yapon razvedkasi
tomonidan qiynoqqa solinadi. Qiynoq vositasi sifatida esa quloqchindan
foydalanishadi. 2007 yil ekranlarga chiqqan boshqa bir filmda esa
shunga o’xshash qiynoqda Jak Brel yordam beradi.
Savol: O’sha filmda qiynoqqa solingan insonning kasbini fransuzcha
so’z bilan yozib bering.
Javob: Attashe
Izoh: Yaksha filmida qizning qulog’iga quloqchin yordamida juda katta
chastotali ovoz yuboriladi. Taksi 4 filmida esa Belgiya elchixonasida
Attashe bo’lib ishlaydigan xodimni o’zi qilmagan jinoyatlarni bo’yniga
ilishda komissar Jiber belgiyalik xonanda Jak Brelning musiqasini
buzib eshittiradi. Bunga chiday olmagan attashe bor jinoyatni bo’yniga
oladi.
Manba:
1) “Yaksha” filmi, “Taksi 4” filmi
33-savol: SAVOLGA TARQATMA MATERIAL BOR
IKSlar qo‘llanilishdan avval bir necha sinovlardan o‘tadi. Sinov
jarayonida belgilab qo‘yilgan punkilardan biri: IKSlar "oy yuzasida" ham
bo‘lishlari kerak edi.
2007-yilda "Oy yuzasidagi IKS" deb nomlangan hujjaili film ekranlarga
chiqgandi.
Diqqat savol: ularni inglizcha so‘z bilan yozib bering.
Javob: Tank
Izoh: Tanklarni jangga chmqarishdan avval ular bir necha sinovdan
o‘tishadi. Ulardan biri snaryadalardan paydo bo‘lgan kraterli
yuzalarda ham harakatlanishini tekshirish bo‘lgan va bu tekshiriuv oy
yuzasiga o‘xshash joyda o‘tkazilgani sabab "Oy yuzasida" harakat deb
nomlangan.
2007-yildagi "Oy yuzasidagi tank" hujjatli filmi Lunoxodlarga
bag‘ishlangan edi.
Tank ingliz tilidan o‘zlashgan so‘z
34-savol: BLITS

1. Ushbu kartina "Maysa ustidagi nonushta" deb nomlanib, 1866 yilda


chizilgan. Hozirda Moskvadagi Pushkin nomli muzeyda saqlanadi.
Diqqat savol: Kartina muallifini toping.
2. "Marshrut 66" teleserialida harbiy Linkoln Keys do'sti Toddga
armiyadan ketishni istayotgani, yoki ishidan ta'til olishni xohlayotganligi
haqida aytar ekan UNI eslab o'tadi.
Savol: Uni ikki so'zda yozib bering.
3. Ushbu kartina "Maysa ustidagi nonushta" deb nomlanib, 1863 yilda
chizilgan. Hozirda Parijdagi Orse muzeyida saqlanadi. Diqqat savol:
Kartina muallifini toping.
Javoblar: 1. Klod MONE 2. Buridan eshagi 3. Eduard MANE
Izoh: Tanlovda imkoniyati teng ikki variantdan birini tanlashga
qiynalish holatida Buridan eshagi termini ishlatiladi. Biz ham ijodi va
familiyalari o’xshash ikki rassomning bir xil nomli kartianlarini keltirib,
sizni tanlovda qiynalishingizga sabab bo’ldik.
Manba:
1. https://tinyurl.com/2buvsdkc;
http://bitly.ws/wSkt
http://bitly.ws/wSkv
2. //en.wikipedia.org/wiki/Buridan%27s_ass#In_popular_culture
35-savol: KEYINGI SAVOLGA TARQATMA BOR
Mao Szedun hokimiyat tepasiga kelganidan so‘ng ko‘pchilik xitoyliklar
yangi tuzumga moslasha olmaydilar. Shu sababli bir qancha vaqt
Shanxay aholisi Ularni aylanib o‘tishlariga to‘g‘ri kelgan.
Savol: Ularni 2 so‘z bilan yozib bering.
Javob: Osmono‘par binolar.
Qabul: Baland binolar.
Izoh: Kommunistlar hokimiyat tepasiga kelganidan so‘ng jamiyatda
keskin o‘zgarishlar yuz bergan. Ko‘plab xitoyliklar yangi davlatda
o‘zlariga joy yo‘q deb hisoblashgan. Shu sababli Shanxayda baland
binolardan sakrab o‘z joniga qasd qilishlar soni juda ko‘payib ketgan.
Aholi navbatdagi o‘z joniga qasd qilgan odam ustiga tushmasligi uchun
baland binolardan uzoqroq yurishgan.
36-savol:
Savol: Biz ushbu reclama posterida qaysi xorijiy so'zni yashirib qo'ydik?
Javob: Offline
Izoh: posterda tasvirlangan dinozavr, internet ishlamay qolganida
google chrome brauzerida paydo bo'ladi, ya'ni siz OFFLINE
bo'lganingizda.
Manbalar:
Jobir Ahmedov
1-tur.
mad_max93December 12, 2022

Ассалому алайкум!
“Заковат” ўйинларининг 2022-йилги Кузги мавсум 11-тур ўйинини
Жобир Ахмедов жамоаси олиб боради.
Жамоаларга эслатма: савол, унинг жавоби ва изоҳини эътибор билан
эшитишингизни сўраймиз. Саволдан олдин ёки кейин айтиладиган ҳар
қандай сўзлар саволга алоқадор бўлиши мумкин. Агар алоқадорлик
бўлмаса, бу ҳақда бошловчи огоҳлантиради.
Саволларни тузишда ўзбек тилининг кирилл алифбосидан
фойдаланилган.
Савол№ 1. Ислом дини манбаларида таомни нон билан бошлаб,
нон билан тугатиш суннат экани айтилади. Зеро нон, тиш оғриғи
каби касалликларга даъво бўлибгина қолмасдан очлик шиддатини
пасайтириб, камроқ ейишга сабаб бўлади.
Савол: Юқоридаги савол матнида алмаштирилган бир бўғинли
сўзни ёзиб беринг!
Жавоб: Туз.
Изоҳ: Савол матнида туз сўзи нон сўзи билан алмаштирилганди.
Славян халқларидаги анъанага кўра меҳмонларни нон ва туз билан
кутиб олишади. Саволдаги алмаштириш ҳам шу одатдан олинган.
Биз ҳам бугунги ўйинимизни нон ва туз билан бошладик.
Манба(лар): https://savollar.muslimaat.uz/maqola/1054
Савол муаллифи: Умид Наримов.
Савол№ 2. Тарқатма материал
Бу қиролнинг исмини келиб чиқиши қадимги скандинав
худоларидан бирининг номига бориб тақалиб, жасур, мард деган
маъноларни англатади. Қаршингиздаги ёғочдан ясалган анжом
жанглардан бирида ушбу қиролнинг ҳаётини асраб қолган ва унинг
аслаҳалари қаторидан жой олган. Савол: Ушбу қиролнинг исмини
ёзиб беринг!
Жавоб: Торин Эманқалқон.
Қабул: Торин. Торин Дубощит, Thorin II Oakenshield.
Изоҳ: Торин Эманқалқон Джон Толкиннинг “Хоббит бориш ва
қайтиш” асаридаги асосий персонажлардан бири, гномларнинг
асосий клани бўлган “Дурин халқи” қироли ҳисобланади.
Жанглардан бирида тасодифан дуч келган ёғоч бўлагидан
фойдаланиб ўзини ҳимоя қилган. Шундан сўнг ушбу ёғоч бўлагини
ўзига қалқон қилиб олган ва исмига Эманқалқон лақаби ҳам
қўшилган. Торин исмини ўзи эса скандинавларнинг яшин маъбуди
Тор номидан келиб чиққан.
Манба(лар): 1. https://en.wikipedia.org/wiki/Thorin_Oakenshield
2. https://ru.wikipedia.org/wiki/Торин Дубощит
3. https://ru.wikipedia.org/wiki/Короли народа Дурина
4. https://ok.ru/tolkienists/topic/62504407179405
Савол муаллифи: Умид Наримов.
Савол№ 3. Тарқатма материал.

Дуплет.
Дуплетнинг биринчи саволи. Жамоаларга эслатма. Бу
саволда фақатгина максимал аниқ жавобларга балл берилади.
Қаршингизда АЛЬФАНИ танлаб олиш учун юборилган суратлардан
бирини кўриб турибсиз. АЛЬФАГА прототип бўлган шахслар
орасида графиня Александра Дмитриевна Толстая, княгиня Вера
Максимилиановна Кудашева ва София Петровналар тилга олинади.
Савол: АЛЬФА максимал аниқликда ёзиб беринг!
Дуплетнинг иккинчи саволи.
Ушбу фотосурат Троя уруши, хусусан урушдаги Гекторнинг роли
ҳақидаги мақоладан олинган.
Википедиядаги бошқа бир мақолада Гектор ИКСНИНГ прототипи
экани айтилади. Шунингдек, ИКСГА буюк князь Андрей
Владимирович ҳам прототип бўлгани айтилади.
Савол: ИКСНИ максимал аниқликда ёзиб беринг!
Жавоб: 1. Дама ғишт. 2. Валет ғишт.
Қабул: 1. Айнан дама ғиштни ифодаловчи турли тиллардаги
жавоблар. (Дама бубен, Дама квадрат, Дама олмос, Дама бриллиант,
Дама ромб ва ҳкз)
2. Айнан валет ғиштни ифодаловчи турли тиллардаги жавоблар.
(Валет бубен, Валет квадрат, Валет олмос, Валет бриллиант, Валет
ромб ва ҳкз)
Қабул эмас: 1. Ўйин картасидаги дама. 2. Ўйин картасидаги валет.
Изоҳ: 1. Расмдаги аёлнинг тақинчоғида ғишт мастининг белгисини
кўриб турибсиз. Юқорида санаб ўтилган аёллар эса рус стилида
яратилган ўйин карталарида Дама ғиштда акс этган аёлнинг
прототипи деб ҳисобланишади.
2. Расмдаги қизил ранг ва жангчининг қўлидаги ромб шаклидаги
найза учи сизни ўйин картасидаги ғишт мастига етаклаши лозим
эди. Юқорида номи зикр қилинган князь эса рус стилида яратилган
ўйин карталарида Валет ғиштда акс этган эркакнинг прототипи деб
ҳисобланади.
Манба(лар):
1. https://illustrators.ru/posts/vybiraem-bubnovaya-dama-ot-
konstantina-starooskolskogo-artkon
2. https://ru.wikipedia.org/wiki/Колода «Русский стиль»
3. https://www.allsoch.ru/zhirodu/troyanskoj_vojni_nenbspbudet/
4. https://ru.wikipedia.org/wiki/Валет
5. https://ru.wikipedia.org/wiki/Колода «Русский стиль»
Савол муаллифи: Умид Наримов.
Савол№ 4. Иккинчи жаҳон уруши пайтида британиялик мактаб
ўқувчилари ва ҳарбийлари орасида бир нечта немис
бомбардимончи самолётларини бирин-кетин қулаши ҳақидаги
қўшиқ оммалашган. Савол: Қўшиқ нечта куплетдан иборат эди?
Жавоб: 10 та.
Қабул: 11.
Изоҳ: Бу қўшиқ Агата Кристининг “Ўнта негр боласи” асаридаги
деворга осилиб турган шеърнинг муқобил варианти ҳисобланади.
Қўшиқ матни тахминан шундай: “Ҳавода ўнта немис
бамбордимончиси бор эди. Англия ҳарбий ҳаво кучлари биттасини
уриб тушуришди. Ҳавода тўққизта немис бамбордимончиси бор эди.
Англия ҳарбий ҳаво кучлари биттасини уриб тушурди” ва ҳакозо.
Қўшиқ ҳавода немис барбордимончиларидан ҳеч ким қолмагунча
давом этади ва “Ҳавода немис барбордимончилари йўқ эди. Чунки
Англия ҳарбий ҳаво кучлари уларни уриб тушурди” жумласи билан
тугайди.
Манба(лар): https://en.wikipedia.org/wiki/Ten_German_Bombers
Савол муаллифи: Умид Наримов.
Савол№ 5. Барбара Картленднинг персонажи қўлида УНИ
кўрганида ўзидан қониқиш ҳосил қилган. Унчалик ҳам жиддий
бўлмаган манбага кўра, инсонни яшин уриш эҳтимоли деярли УНИ
йиғиш эҳтимолига тенг. Бизга эса тўртта уринишнинг ўзи етарли
бўлди, кўчма маънода албатта.
Савол: УНИ французча сўз қатнаштириб, чизиқча иштирок
этадиган сўз билан ёзиб беринг!
Жавоб: Флеш-рояль.
Изоҳ: Покерда Туз, Қирол, Дама, Валет ва Ўндан иборат бўлган бир
хил мастдаги карталар комбинацияси Флеш-рояль деб аталади.
Ўйин давомида бундай комбинацияни йиғиш эҳтимоли жуда паст.
Биз эса, биринчи саволда Туз, иккинчи саволда Қирол Торин,
учунчи саволда Дама ва Валет ҳамда тўртинчи саволда 10 рақами
орқали бўлсаям кўчма маънода Флеш-рояль комбинациясини
тўртта уринишда йиғдик.
Манба(лар): 1. http://atkritka.com/161664/
2. https://academypoker.ru/combination.html
3. http://loveread.ec/read_book.php?id=70104&p=29
Савол муаллифи: Умид Наримов.
Савол№ 6. Диққат қилинг савол матнида бир сўз бошқа иккита сўз
билан алмаштирилган.
Анвар Обиджоннинг “Холтўра даллол балетни мундоқ
англамишдир” номли шеърида дирижёрга “чолғирлар аҳлининг
олдинда турувчиси” деб таъриф берилган.
Савол: Матннинг аслидаги алмашган бир сўзни ёзиб беринг!
Жавоб: Имом.
Изоҳ: шеърда дирижёрга “чолғирлар аҳлининг имоми” деб таъриф
берилганди. Савол матнида имом сўзини олдинда турувчиси
сўзлари билан алмаштирдик. Дирижёр ҳам имом намозга
йиғилганларнинг олдида тургани каби мусиқа чалувчиларнинг
олдида туради, фақат имомдан фарқли равишда мусиқачиларга
юзланиб туради. Имом сўзи арабчадан олдинда турувчи деб
таржима қилиниши ҳам балки сизга жавобни топишда қўл келган
бўлиши мумкин.
Манба(лар): 1.
https://n.ziyouz.com/books/uzbek_zamonaviy_sheriyati/
2. https://qomus.info/encyclopedia/cat-i/imom-uz/
Савол муаллифи: Умид Наримов.
Савол№ 7. Саволда “ЎТИН ЧОПИШ КЕРАКМАС” сўзлари бошқа
учта сўздан иборат бўлган риторик савол билан алмаштирилган.
Клаудиа Кэрроллнинг нуфузли иши, ҳашаматли уйи, замонавий
либослари ва садоқатли дугоналари бўлган аёл ҳақидаги китобини
номи “ЎТИН ЧОПИШ КЕРАКМАС” деб аталади. 2022 йилнинг
бошларида GIZA марказининг ходими “ЎТИН ЧОПИШ
КЕРАКМАС” сўзлари сабабли интернет фойдаланувчилари орасида
турли баҳс-мунозараларга сабаб бўлди.
Савол: “ЎТИН ЧОПИШ КЕРАКМАС” сўзлари билан
алмаштирилган уч сўзли риторик саволни ёзиб беринг!
Жавоб: “Эр нимага керак?”.
Қабул: Эркак нимага керак ва синоним жавоблар.
Изоҳ: 2022 йилнинг бошларида GIZA психология марказининг
ходими Наргиз Саттарова ҳозирги шароитда эркак ва аёлларнинг
биргаликдаги ҳаёти ҳақида гапира туриб, “аёл киши учун эр нимага
керак” дея берган саволи турли талқинларга ва баҳсларга сабаб
бўлганди. Саволдаги алмаштириш ҳам бежизга эмас. Зеро, илгари
куёвларни ўтин чоптириш орқали синаб кўришган.
Наргиза Саттарова ҳам “эр нимага керак?” деган риторик саволни
ўртага ташларкан, ҳозирги кунда ўтин чопиш керакмаслигини
таъкидлаб ўтган.
Манба(лар):
1. https://libking.ru/books/love-/love-contemporary/470332-klaudia-
kerroll-zachem-nuzhen-muzh.html
2. https://www.youtube.com/watch?v=o3Zpkybck00
Савол муаллифи: Умид Наримов.
Савол№ 8. Россия банки 5 ва 10 рубллик танга пуллар ўрнига шу
номиналдаги қоғоз пулларни қайта чиқаришга қарор қилганининг
сабаблардан бири металл нархининг ошиши эди. Сабаблардан яна
бири пулларнинг муомалага кам қайтишидир. Ушбу фикрни
билдирган Россия марказий банки вакили Сергей Белов АЛЬФАНИ
эслаб ўтган.
Савол: АЛЬФАНИ ўзбекча бўлмаган сўз билан ёзиб беринг!
Жавоб: Копилка.
Изоҳ: Одамлар майда номиналдаги танга пулларни копилкаларда
йиғишга одатланишган. Шу сабабли кўпгина танга пуллар
мумомалага қайтмаган.
Манба(лар): https://lenta.ru/news/2022/07/25/money/
Савол муаллифи: Умид Наримов.
Савол№ 9. Япониядаги бир компания пул йиғишга мўлжалланган
копилка ишлаб чиқарган. Копилканинг ўзига хослиги шунда эдики,
агар копилкага вақтида пул солиб турилмаса бир нечта қисмларга
ажралиб кетиши ва ишдан чиқиши мумкин эди.
Савол: ўтган асрнинг охирларида ушбу компания томонидан
ишлаб чиқарилган қурилма қандай номланишини ўзбекча бўлмаган
битта сўз билан ёзиб беринг!
Жавоб: Тамагочи.
Изоҳ: Япониянинг ўйинчоқлар ишлаб чиқаришга ихтисослашган
Bandai компанияси 1996 йили Тамагочи электрон ўйинчоғини
яратган. Ўйинчоқ ғоясига кўра, виртуал кучукчага доимий эътибор
қаратиб, белгиланган вақтларда уни овқатлантириб туриш керак.
Агар вақтида овқат берилмаса кучукча вафот этади. Компания
томонидан ишлаб чиқарилган Тамагочи-копилкаларининг ишлаш
тамойили ҳам айнан шундай эди – вақтида пул солиб турилмаса
ишдан чиқади.
Манба(лар): 1. https://i-fakt.ru/interesnye-fakty-o-kopilkax/
2. https://ru.wikipedia.org/wiki/Тамагочи
Савол муаллифи: Умид Наримов.
Савол№ 10. Европа космик агентлиги (ESA) томонидан ишлаб
чиқилган “Аврора” лойиҳасига кўра, БУ ИШ 2033 йили содир
бўлиши керак.
Савол: 1997 йилги бир манбада БУ ИШ ким томонидан амалга
оширилган эди?
Жавоб: Содиқжон Қурбонов.
Қабул: Содиқжон. Агар 1997 йили бирорта асар ёки фильм олинган
бўлсаю, ушбу манбада марсга чиқадиган персонаж бўлса, уям қабул
қилинади. Башарти шундай жавоб берган жамоа томонидан манба
кўрсатилган тақдирда.
Изоҳ: Гап марс сайёрасига инсоннинг қадам босиши ҳақида
кетмоқда. 1997 йили яратилган “Яратганга шукур” фильмида
Ўзқурилишмонтаж ташкилотининг катта бухгалтери Содиқжон
Қурбонов марсга қадам босганини таъкидлаган.
Манба(лар): 1. https://ru.wikipedia.org/wiki/Пилотируемый полёт
на Марс
2. https://www.youtube.com/watch?v=94LEQiyhaIE (01:31:30-
01:32:30)
Савол муаллифи: Умид Наримов.
Савол№ 11. Амстердем метрополитенининг янги йўналиши
лойиҳаси 1996 йили ишлаб чиқилган. Янги йўналиш 7 та бекатдан
иборат бўлиб, унинг 5 таси ер остидан ўтган. Йўналишда
ҳаракатланувчи метро бир-неча бора сувости туннели орқали
ҳаракатланади. Йўналишнинг қурилиши вақтида БУ ИШ
ҚИЛИНГАН.
Савол: Афсоналарга кўра, милоддан аввалги даврларда КИМНИНГ
буйруғи билан БУ ИШ амалга оширилган?
Жавоб: Кир II
Қабул: Куруш, Гефест. (Гефест троя уруши вақтида ёнаётган олов
билан дарёни қуритгани ҳақида афсона мавжуд.)
Қабул эмас: Кир ва айнан Кир II ва Гефестни англатмийдиган
бошқа жавоблар.
Изоҳ: БУ ИШНИ ҚИЛИШ – ДАРЁНИ ҚУРУТИШ эди. Амстердам
метрополитенининг янги йўналишини айрим қисмлари Амстел
дарёси бўйлаб ўтган. Шунинг учун қурилиш вақтида дарёни
қуритиб туришга тўғри келган. Кир II Диала дарёсида оти чўкиб
кетгандан сўнг дарёни ўлим жазосига яъни қуритишга ҳукм қилган.
Шундан сўнг дарёга туташган 360 та канал қазилган ва дарё суви
қуритилган эмиш.
Манба(лар): 1. https://mydiscoveries.ru/vse-eti-predmetyi-udalos-
nayti-na-dne-reki
2. https://pragmatika.media/ru/artefakty-iz-metro-novaja-linija-
amsterdamskogo-metropolitena/
3. https://facts.museum/3142
4. http://loveread.ec/read_book.php?id=67272&p=226
Савол муаллифи: Умид Наримов.
Савол№ 12. Блиц.
Блицнинг биринчи саволи. АҚШнинг 36 – президенти Линдон
Джонсоннинг сайловолди кампаниясида «Қизалоқ Дейзи» ёки
“Қизалоқ мойчечак” реклама ролигидан фойдаланилган. Реклама
ролиги ИКСДАН иборат эди. Оддий савол муҳокамаси ҳам ИКСдан
иборат.
Савол: ИКСНИ иккита сўз билан ёзиб беринг!
Блицнинг иккинчи саволи. АҚШнинг 36 – президенти Линдон
Джонсоннинг сайловолди кампаниясида «Қизалоқ Дейзи» ёки
“Қизалоқ мойчечак”реклама ролигидан фойдаланилган. Реклама
давомида мойчечакнинг гулбаргларини узиб олаётган қизалоқ БУ
ИШНИ ҚИЛАДИ. Майк Тайсон, Эвандер Холифилд, Оскар Де Ла
Хойя, Леннокс Льюис каби боксчилар иштирокидаги бокс
учрашувларини бошқарган рефери Ми́ллс Ле́йн ҳам фаолияти
давомида БУ ИШНИ ҚИЛГАН.
Савол: БУ ИШНИ иккита сўз билан ёзиб беринг!
Блицнинг учунчи саволи. АҚШнинг 36 – президенти Линдон
Джонсоннинг сайловолди кампаниясида «Қизалоқ Дейзи» ёки
“Қизалоқ мойчечак”реклама ролигидан фойдаланилган. Реклама
давомида ядро бомбасини портлашидан олдин, эркак кишининг
овози ШУ ИШНИ ҚИЛАДИ. Бугун бошловчи ҳам бир неча маротаба
ШУ ИШНИ ҚИЛДИ.
Савол: ШУ ИШНИ иккита ёки учта сўз билан ёзиб беринг!
Жавоблар: 1. Бир дақиқа. Қабул: Олтмиш сония. 2. Ўнгача санаш.
Қабул: Тўққизгача санаш. (Чунки қизча тўққиз дегандан кейин ўнни
айтолмай тўхтаб қолган.) 3. Ўндан нолгача санаш. Қабул: Нолгача
санаш, тескари санаш.
Изоҳ: «Қизалоқ Дейзи» ёки “Қизалоқ мойчечак”реклама ролиги
гарчи телевидениеда бир маротабагина эфирга берилган бўлсада
сиёсий рекламалар тарихида бурилиш ясаган реклама ҳисобланади.
Рекламадан мақсад Линдон Джонсоннинг ядровий урушга қарши
позициясини акс эттириш эди. Шу билан бирга, реклама орқали
Джонсоннинг рақиблари яширин равишда ядровий урушни қўллаб-
қувватлашда айбланган.
Манба(лар): 1. https://ru.wikipedia.org/wiki/Дейзи (видео)
2. https://ru.wikipedia.org/wiki/Лейн, Миллс
Савол муаллифи: Умид Наримов.

2-tur.
mad_max93December 12, 2022

II-Тур 1-савол. Савол№ 13. Диққат қилинг саволда иккита сўз


бошқа иккита сўз билан алмаштирилган.
1964 йили АҚШнинг 36 – президенти Линдон Джонсоннинг
сайловолди кампаниясида «Қизалоқ Дейзи» ёки “Қизалоқ
мойчечак” реклама ролигидан фойдаланилган. Реклама ролигида
Линдон Джонсоннинг уришга, хусусан Вьетнам урушига қарши
позицияси акс этган. Реклама сўнгида агар сиз Джонсонга овоз
берсангиз НИҚОБ ТАҚИШ имкониятинггиз катта бўлиши
айтилади.
Савол: Матннинг аслидаги иккита сўзни ёзиб беринг!
Жавоб: Уйда қолиш.
Изоҳ: Савол матнида ниқоб тақиш сўзлари уйда қолиш сўзлари
билан алмашганди. Биламизки коронавирусга қарши чоралар
давомида Уйда қолиш ва ниқоб тақиш касалликка қарши
курашнинг асосий чораларидан бири ҳисобланган. 1964 йили АҚШ
Вьетнам уришида фаол тарзда иштирок этаётган вақт эди. Роликда
агар америкаликлар Линдон Джонсон овоз беришса, урушга
бормасликларига ва ўз уйларида қолишларига ишора қилиниб,
“Джонсонга овоз беринг ва уйда қолиш имкониятингиз жуда юқори
бўлади” чақириғидан фойдаланилган. Биз тинчлик тарафдоримиз!
Манба(лар): https://ru.wikipedia.org/wiki/Дейзи (видео)
Савол муаллифи: Умид Наримов.
II-Тур 2-савол. Савол№ 14. Тарқатма материал.

Қаршингизда Гиднеллум Пека номли қўзиқоринни кўриб турибсиз.


Қўзиқорин америкалик олим Чарльз Хортон Пека шарафига айнан
шундай номланган. Қўзиқоринни бу номидан ташқари қулупнай,
қаймоқ каби норасмий номлари ҳам бор. Шундай номлардан бири
қонаётган ИКС деб аталади. Аслини олганда ИКС қонамайди.
Савол: ИКСНИ топинг!
Жавоб: Тиш.
Изоҳ: Тиш қонади дейилганда аслида тишлар эмас, балки милк
қонайди.
Манба(лар): https://ru.wikipedia.org/wiki/Гиднеллум Пека
Савол муаллифи: Умид Наримов.
II-Тур 3-савол. Савол№ 15. Тарқатма материал.

Саволда ИКС ва ИГРЕК алмаштириш.


Қаршинггиздаги ўсимлик илмий тилда Actaea alba ёки Actaea
pachypoda деб номланади ва асосан Шимолий Америкада ўсади.
Шунингдек ўсимлик ташқи кўриниши туфайли ИКСНИНГ ИГРЕКИ
деб аталади. Уй шароитида қўлбола усулда тайёрланадиган ИКСлар
учун тугмалар, нозмунчоқлар яъни бисерлар ва таблеткалар ИГРЕК
бўлиб хизмат қилиши мумкин. ИКС жонсиз от. Савол: ИКС ва
ИГРЕК билан алмаштирилган иккита сўзни ёзиб беринг.
Жавоб: Қўғирчоқ кўзлари.
Қабул: Ўйинчоқ кўзлари. Қўғирчоқ ва кўз.
Изоҳ: Ўсимлик илмий номидан ташқари “Қўғирчоқ кўзлари” ҳам
деб аталади.
Манба(лар): https://en.wikipedia.org/wiki/Actaea_pachypoda
Савол муаллифи: Умид Наримов.
II-Тур 4-савол. Савол№ 16. Тарқатма материал. Давом
этамиз.
Ушбу ўсимлик ўзида сув сақловчи танага эга бўлган Суккулент
ўсимлик ҳисобланади. trollno.com сайти ушбу ўсимликка гулчамбар
тақиб олган У деб таъриф берган. Сицилия байроғида ҳам УНИ
кўриш мумкин. Савол: Уни ёзиб беринг!
Жавоб: Медуза Горгона.
Изоҳ: Сицилия Горгоналар яшаган ва Медуза Горгона ўлдирилган
ҳудуд ҳисобланади. Шунинг учун ҳам унинг байроғида Медуза
Горгонани акс эттиришган. Саволни ўқишдан олдин давом этамиз
деганимизда нафақат ўсимлик мавзусини, балки кўз билан боғлиқ
мавзуни ҳам давом эттиришни назарда тутган эдик.
Манба(лар): 1. https://trollno.com/20-primerov-chto-sukkulenty-
pryamo-taki-kopii-prisheltsy-iz-inyh-mirov/
2. https://ru.wikipedia.org/wiki/Горгона Медуза
Савол муаллифи: Умид Наримов.
II-Тур 5-савол. Савол№ 17. Нодир Норматовнинг
персонажларидан бири эрта баҳорда ҳўкизини бозорга олиб бориб
сотмоқчи бўлади. Йўлга чиқиб сой бўйига етганида катта сел
келганлиги сабабли сойдан ўта олмайди. Ортга қайтишни истамай
шу ерда буқани сўйиб гўштини сотади. 10 кг гўштни эса бир гуруҳ
ҳашарчиларни овқатлантириш учун ажратади. Шундан сўнг унга
сиёсий айб қўйилиб, 3 йилга сибирга сургун қилинади.
Савол: Воқеа қайси йили бўлиб ўтганди?
Жавоб: 1953 йил.
Изоҳ: Унга Сталин ўлган куни базму жамшид уюштириш айби
қўйилган. Савол матнида воқеа эрта баҳорда бўлаётганини айтиб
ўтдик. Сталин 1953 йили 5 март куни вафот этган.
Манба: Нодир Норматов. “Кўзгудаги иккавлон” 21 бет.
Савол муаллифи: Умид Наримов.
II-Тур 6-савол. Савол№ 18. Саволда Рене Маггрит ва У сўзлари
алмаштирилган.
Нодир Норматовнинг “Ойтош” ҳикоясида ўттиз йилдан буён сақлаб
келаётган журналини ташлаб кетиб ундан ажралишни истамаган
муаллиф, ўзини Рене Магриттга, журнални эса УНГА ўхшатади.
УНДАН ажралишни истамаган Рене Магритт душманлар қўлига
тушиб ҳалок бўлган.
Савол: Рене Магритт ва У билан алмаштирилган учта сўзни ёзиб
беринг!
Жавоб: Тарас Бульба, трубка.
Изоҳ: Тарас Бульба душманлардан қочаётганда трубкаси тушиб
кетади. Уни топаман деб тўхташга мажбур бўлган ва душманларини
қўлига тушган. Рене Магриттнинг машҳур асарларидан бири
“Образларнинг алдамчилиги” картинасида трубка тасвирлангани
балки сизга ёрдам бергандир.
Манба(лар): https://ziyouz.uz/ozbek-nasri/nodir-normatov/nodir-
normatov-ojtosh-ikoya/
Савол муаллифи: Умид Наримов.
II-Тур 7-савол. Савол№ 19. Нодир Норматовнинг ҳикояларидан
бирининг қахрамони бу ишни қилишдан олдин ҳовлида ўсган янтоқ
олдига бориб уй эгасидан янтоқ қачондан буён ўсишини, гуллаш-
гулламаслигини сўрайди. Biiks.ru сайти Россияда бу ишни қилиш
учун энг қулай пайт сифатида ёз фасли охирларини, кузни ва
қишнинг сўнги кунларини келтиради. Сайт баҳор фаслида бу ишни
қилишни тавсия қилмаган. Ўзбекистон қонунчилигида жисмоний
шахслар томонидан бу ишни рухсатсиз қилишнинг чегараси 25 га
тенг.
Савол: Бу ишни бир ҳил ҳарф билан бошланувчи иккита сўз билан
ёзиб беринг!
Жавоб: Қудуқ қазиш.
Изоҳ: Сайтга кўра, баҳор ойида қудуқ қазиш мақсадга мувофиқ
эмас. Чунки эриган қорлар, ёғингарчиликлар натижасида грунт
сувлар максимал кўтарилади ва қазиш ишларига ҳалақит қилиши,
қудуқ учун етарли чуқурлик олинмай қолиши мумкин.
Манба(лар):
1. https://ziyouz.uz/ozbek-nasri/nodir-normatov/nodir-normatov-
kucha-eshikning-na-shin-g/
2. https://www.biiks.ru/stati/kak-vykopat-kolodets-svoimi-rukami/
Савол муаллифи: Умид Наримов.
II-Тур 8-савол. Савол№ 20.
Америка фожиаси романининг қахрамонларидан бири бўлган
Сэмюэл Грифтс Ликург шаҳрида ҳашамдор уйга, каттагина ёқа ва
кўйлак фабрикасига эга бўлган бой инсон эди. Шу сабабли жияни
Клайд Грифтс амакисини Шарқда роҳат фароғатда яшаётган УНГА
ўхшатади. УНИ қатл қилингани инобатга олинса, бу дунёда унчалик
ҳам бахтли бўлмаган деб ҳисоблаш мумкин. Савол: УНИ бир
бўғинли сўз билан ёзиб беринг!
Жавоб: Крез.
Изоҳ: Лидия шоҳи Крез шунчалик бой бўлганидан “ҳудди Крездек
бой” ибораси келиб чиққан. Крез Эрон шоҳи Кир II томонидан қатл
қилинган. Шунингдек бахтли инсон масаласида Крез ва Солон
ўртасида бўлиб ўтган суҳбатда, Солон Крезни бахтли инсон деб
ҳисобламаслигини, зеро ҳали тирик кишини бахтли деб ҳисоблаш
нотўғрилигини айтиб ўтган.
Манба(лар): 1. “Америка фожиаси”. Ғофир Ғулом номидаги
Адабиёт ва санъат нашриёти 1976 йил. 13 бет.
2. https://www.fraze.ru/index.php/aforizm/aforizmy-na-bukvu-
b/bogat-kak-krjoz
3. https://ru.wikipedia.org/wiki/Крёз (царь Лидии)
Савол муаллифи: Умид Наримов.
II-Тур 9-савол. Савол№ 21. Тарқатма материал.
Иқтибос:
“...Чиндан ҳам яхши еб-ичиб, кийиниб юриш деган нарсаларни
ўйлаганда Клайднинг кўзлари ёнар, шундай дақиқаларда у
шаробни кўриб қолган саҳро қурбони – ташна йўловчига ўхшаб
кетарди...”
Қаршингизда “Америка фожиаси” романининг қахрамони Клайд
Грифтс башанг кийинган, олифта йигит ва қизларни кўрганида
ҳаёлидан ўтган фикрларни кўриб турибсиз. Клайд учун башанг ҳаёт
тарзи эришиб бўлмайдигандек туюлган. Юқоридаги иқтибосдаги
бир сўзда бир ҳарф бошқа бир ҳарф билан алмаштирилган.
Савол: ҳарф алмашган сўзни аслича ёзиб беринг!
Жавоб: Сароб.
Изоҳ: Сароб сўзидаги С ҳарфи Ш ҳарфи билан алмашганди.
Манба(лар): Теодор Драйзер. “Америка фожиаси”. Ўқитувчи
нашриёти. 2018 й. 32 бет.
Савол муаллифи: Умид Наримов.
II-Тур 10-савол. Савол№ 22. Мутахассисларнинг фикрича, бу
ишни қилиш учун ҳаво ҳарорати 20 даражадан баланд бўлиши,
жараённи давомийлиги эса 10-15 дақиқа бўлиши лозим.
Шунингдек, мутахассислар бу ишни ИКСнинг қорни тўқлигида ва
қизиб турган вақтда амалга оширмаслик кераклигини
таъкидлашади.
Савол: 1912 йили яратилган асар номида қандай ИКСга нисбатан
бу иш амалга оширилган?
Жавоб: Қизил.
Қабул: Қизил от.
Изоҳ: Гап отни чўмилтириш ҳақида кетаётганди. 1912 йили Кузьма
Петров-Водкин “Қизил отнинг чўмилтирилиши”
Манба(лар): 1. http://fourhoofs.ru/?r=careness&id=228
2. https://ru.wikipedia.org/wiki/Купание красного коня
Савол муаллифи: Умид Наримов.
II-Тур 11-савол. Савол№ 23. Тарихчи Сайид Мухаммад
Латифнинг ёзишича, Абдуллахон II Акбаршоҳнинг ИКСидан кўра,
унинг вазири Абул-Фазл ибн Муборакнинг ИГРЕКидан кўпроқ
қўрққан экан.
Савол: 1964-1970 йилларда яратилган адабий манбада ИКС ва
ИГРЕК билан бирга эсланадиган ўрта осиёлик икки кишини ёзиб
беринг!
Жавоб: Темур ва Алишер.
Қабул: Амир Темур ва Алишер Навоий.
Изоҳ: ИКС - қилич, ИГРЕК - патқалам эди. Абдулла Ориповнинг
“Ўзбекистон” шеъри 1964-70 йилларда яратилган бўлиб, ундаги
“Темур тиғи етмаган жойни, Қалам билан олди Алишер” мисралар
эсингизда бўлса керак.
Манба(лар): 1.
https://en.wikipedia.org/wiki/The_pen_is_mightier_than_the_sword
2. https://uza.uz/uz/posts/sen-udrat-manbai-saodat-maskani-
zhonazhon-zbekistonim-27-08-2020
Савол муаллифи Умид Наримов.
II-Тур 12-савол. Савол№ 24. АЛЬФА учун эрталаб соат 7:30 дан
9:30 гача, кечқурун 18:00 дан 20:00 гача бўлган пайт энг мақбул
вақт сифатида қаралади. Ўзбекистон қонунчилигига кўра, сутка
давомида АЛЬФАНИНГ максимал кўрсаткичи 216 дан ошмаслиги
лозим. Истиснолар бор албатта.
Савол: АЛЬФАНИ бир ҳил ҳарф билан бошланувчи иккита сўз
билан ёзиб беринг!
Жавоб: Радиодаги реклама.
Изоҳ: Инсонлар радиони асосан ишга кетаётганда ва қайтаётганда
шахсий автомобилларида ёки жамоат транспортларида эшитишади.
Шу сабабли радиодаги реклама учун энг мақбул вақт эрталаб соат
7:30 дан 9:30 гача, кечқурун эса 18:00 дан 20:00 гача бўлган пайт
ҳисобланади. Қонунчиликка кўра, сутка давомида радиода эфирга
бериладиган рекламалар ҳажми умумий радиоэшиттиришларнинг
15 фоизидан ошиб кетмаслиги керак. Яъни 24 соат фаолият олиб
борадиган радио учун реклама ҳажми 216 дақиқадан ошмаслиги
лозим. Рекламага ихтисослашган радиостанцияларга бу қоида
тадбиқ этилмайди. Бизда рекламасиз танаффус))
Манба(лар): 1. https://www.audio-reclama.ru/blog/luchshee-vremya-
dlya-translyatsii.html
2. https://fayllar.org/samostoyatelenaya-rabota-po-predmetu-teoriya-i-
praktika-reklam.html
3. https://lex.uz/docs/6052631
Савол муаллифи: Умид Наримов.

3-tur.
mad_max93December 12, 2022

III-Тур 1-савол. Савол№ 25. 1996 йили яратилган “Таҳдид”


номли реклама ролигида кадр ортидан шундай овоз эшитилади:
“Ўттиз йил олдин УНГА энг катта таҳдид Ядро уруши эди. Бугунги
таҳдид – бу наркотик”. У аслида Моника Корзилиус. Савол: УНИ
бир ёки икки сўз билан ёзиб беринг!
Жавоб: Дейзи.
Қабул: Қизалоқ Дейзи, Қизалоқ мойчечак.
Изоҳ: 1964 йили АҚШнинг 36 – президенти Линдон Джонсоннинг
сайловолди кампаниясида «Қизалоқ Дейзи» ёки “Қизалоқ
мойчечак” реклама ролигидан фойдаланилган. Реклама ролигида
Линдон Джонсоннинг уришга, хусусан ядро урушига қарши
позицияси акс этган. Реклама давомида мойчечакнинг
гулбаргларини узиб олаётган қизалоқ Дейзи акс этган. Қизалоқ
мойчечак гулларини бирма-бир узиб бўлганидан сўнг, эркак овози
тескари санашни бошлайди ва ядро бомбаси портлагани акс этади.
Манба(лар): https://en.wikipedia.org/wiki/Daisy_(advertisement)
Савол муаллифи: Умид Наримов.
III-Тур 2-савол. Савол№ 26. 2016 йилги маълумотга кўра,
аҳолиси 1800 га яқин кишини ташкил этадиган бу шаҳарчанинг об-
ҳавоси жуда ноқулай. Кундуз куни ҳарорат жуда иссиқ, уни устига
қум бўронлари ҳам кузатилади. Шунга қарамасдан бу шаҳарда
барпо этилган аксарият анъанавий уйларда кондиционерлар
ўрнатилмаган бўлсада мўтадил ҳарорат сақланиб туриши мумкин.
Шаҳарчада бир нечта фильмлар билан бирга, “Жек лақабли
кенгури” фильми ҳам суратга олинган. Савол: ушбу шаҳарча
номини ёзиб беринг!
Жавоб: Кубер-Педи.
Изоҳ: шаҳарча саҳрони ўртасида жойлашган бўлиб, кундузи
бўладиган жуда иссиқ ҳарорат ва қум бўронлари сабабли аҳоли ўз
уйларини ер остида барпо этишган. 1849 йили шаҳарчада
заргарликда фойдаланиладиган минераллар топилган. XX аср
бошларидан бошлаб минерал изловчилар бу ерга кўчиб кела
бошлашган. Минерал қидириб шахта қазишлари ер остида уйлар,
ўзига хос кўчалар барпо этиш учун жуда қўл келган. Ҳатто ишга
бориш учун уйларидан очиқ ҳавога чиқиб ўтирмасдан тўғри
конларга қараб йўл олишган. Кубер-Педи шаҳарчаси дунё бўйича
заргарликда фойдаланиладиган қимматбаҳо минерал тошларнинг
пойтахти деб эътироф этилади.
Манба(лар): 1. https://en.wikipedia.org/wiki/Coober_Pedy
2. https://ru.wikipedia.org/wiki/Кубер-Педи
Савол муаллифи: Умид Наримов.
III-Тур 3-савол. Савол№ 27. Кубер-Педи номи 1920 йили
шаҳарчада У очилгандан сўнг тасдиқланган. XIX асрда АҚШдаги
қоидага кўра, муайян штат ичидаги УЛАРНИНГ номлари бир-
бирини такрорламаслиги талаб қилинган. УНИ иккита сўз билан
ёзиб беринг!
Жавоб: Почта бўлими.
Изоҳ: Кубер-Педида почта бўлими очилгандан сўнг шаҳарчага
юбориладиган почта жўнатмалари аниқ манзилга етиб келишини
таъминлаш, адашиб бошқа жойга юборилишини олдини олиш
мақсадида шаҳарчага расман ном бериш талаб қилинганди.
Манба(лар): 1. https://en.wikipedia.org/wiki/Coober_Pedy
2. https://en.wikipedia.org/wiki/Post_office
Савол муаллифи: Умид Наримов.
III-Тур 4-савол. Савол№ 28. Диққат қилинг саволда ИККИ
ТОМОНЛАМА ЧИПТА сўзлари алмаштирилган.
goodhotels.ru сайтига кўра, 1927 йили Британияда чоп этилган
Австралиядаги Кубер-Педи шаҳарчаси ҳақидаги мақола УНГА ўз
асарини яратишга туртки бўлган. Орадан 10 йил ўтиб, “ИККИ
ТОМОНЛАМА ЧИПТА” яратилди. Савол: У ким?
Жавоб: Жон Ро́нальд Ру́эл То́лкин.
Қабул: Жон Толкин, Ж.Толкин, Рональд Руэл Толкин, Р.Р.Толкин,
Толкин.
Изоҳ: Кубер-Педи шаҳарчасидаги ер остида жойлашган уйлар
ҳақида ўқиган Жон Толкин кейинчалик бу маълумотлардан “Хоббит
ёхуд бориш ва қайтиш” асарида хоббитларнинг уйларини ифодалаш
учун фойдаланган. Саволда алмашган ИККИ ТОМОНЛАМА ЧИПТА
сўзлари “Хоббит”нинг тўлиқ номидаги бориш ва қайтиш сўзларига
ишора эди.
Манба(лар): 1. https://goodhotels.ru/podzemnyi-gorod-kuber-pedi-
opalovyi-podzemnyi-gorod-kuber-pedi/
2. https://ru.wikipedia.org/wiki/Хоббит, или Туда и обратно
Савол муаллифи: Умид Наримов.
III-Тур 5-савол. Савол№ 29. Уилки Коллинзнинг “Ойтош”
романида изқувар тергов жараёнида кичик деталлар жуда
аҳамиятли эканини, арзимас майда ҳолатлар жиноятни очишда
катта воситага айланишини қайд этиб, “БУ ИШНИ ҚИЛИШ”
осонлигини таъкидлайди. Маша Лукашкинанинг шеърида “БУ
ИШНИ ҚИЛИШ” тўғри маънода талқин қилиниб, унинг оқибати
ортиқча харажат ва оворагарчилик экани таъкидланади.
Савол: “БУ ИШНИ ҚИЛИШ” жумласи билан алмаштирилган
иборани 15 та ҳарф билан ёзиб беринг!
Жавоб: Пашшадан фил ясаш.
Изоҳ: Маша Лукашкинанинг “Пашшадан филга” номли шеърида
пашша учун бир томчи сув етиши, фил учун эса челаклаб сув
зарурлиги, пашша озгина емишга қаноатланиши филни қорнини
тўйдириш учун эса кўп нарса кераклиги каби ҳолатлар айтиб
ўтилиб, пашшадан фил ясашни кейинроққа қолдириш кераклиги
таъкидланган.
Манба(лар): 1. Жаҳон адабиёти 2004 йил октябрь. Уилки
Коллинзнинг “Ойтош” романи 152 бет. Jahon adabiyoti - 2004_10.pdf
2. https://stihi.ru/2012/06/21/3311
Савол муаллифи: Умид Наримов.
III-Тур 6-савол. Савол№ 30. Гоголнинг “Вий” асарида
ёзилишича, диншуносликка ўқийдиган талабаларнинг аксарияти
жуда қашшоқ бўлган. Диншунослар бойроқ кўринган хонадонлар
олдида қўшиқ куйлашиб, улардан бирор нарса ундиришни
ўйлашарди. Шу тариқа бошқалар текинга берган егуликлар билан
қорин тўйдириб кун кўришган.
Савол: Асарнинг қахрамонларидан бири бўлган диншуноснинг
исмини ёзиб беринг!
Жавоб: Халява.
Изоҳ: Нутқда текинга тақдим этиладиган бирор-бир буюм халява
дейилади.
Манба(лар): Гоголь “Вий”.
Савол муаллифи: Умид Наримов.
III-Тур 7-савол. Савол№ 31. Леонид Яхниннинг шеърий
топишмоғида осмонда сузиб юрувчи булутлар УЛАР эди. Ким 1970
йили У номли асарни яратган?
Жавоб: Чингиз Айтматов.
Изоҳ: Топишмоқда булутлар оқ кемаларга қиёсланган. 1970 йили
Чингиз Айтматовнинг “Оқ кема” асари чоп этилган. Савол
матнидаги сузиб юрувчи жумласи кемага ишора эди.
Манба(лар): 1. https://childrens-songs.ru/slova-detskix-pesen/belye-
korabliki.html
2. https://ru.wikipedia.org/wiki/Айтматов, Чингиз Торекулович
Савол муаллифи: Умид Наримов.
III-Тур 8-савол. Савол№ 32. Гарсиа Лорканинг шеърини
тингланг.
Улар учта эдилар
Иккита қолди
Қанотлар ёғдуси ёрди кўлкани
Биттаси фақат.
Кейин.
Ялонғоч сокин булоқ.
Ушбу шеър бағишланган мавзу бугунги кунда ҳам долзарб
ҳисобланади.
Савол: Ўзбекистон Республикасининг Маъмурий жавобгарлик
тўғрисидаги кодексининг 79-моддаси нимани тақиқлайди.
Жавоб: Дарахтларни ноқонуний кесиш.
Қабул: Дарахтларни кесиш. Дарахтларни, буталарни, бошқа
ўсимликларни ва ниҳолларни қонунга хилоф равишда кесиш,
кундаков қилиш, шикастлантириш, йўқ қилиш ёки бошқа жойга
кўчириб ўтказиш.
Изоҳ: Шеър “Уч дарахтни кесдилар” деб номланади.
Манба(лар): 1. Федерико Гарсиа Лорка. Сайланма. Шавкат Раҳмон
таржимаси. Ғофур Ғулом номидаги адабиёт ва санъат нашриёти.
1979 йил. 66 бет.
2. https://lex.uz/acts/97664
Савол муаллифи: Умид Наримов.
III-Тур 9-савол. Савол№ 33. Диққат қилинг савол матнида бир
сўз тушириб қолдирилган.
Иккинчи жаҳон уриши вақтида снайпер Зебо Ғаниева оғир жароҳат
олади. Кейинчалик Зебо Ғаниевани ўз оиласига қабул қилган Мария
Федоровна 11 ой давомида ҳарбий касалхонада ётган Зебога
ғамхўрлик қилиб, соғайиб кетгунча ёнидан узоқлашмаган. Мария
Федоровна бу ҳолат ҳақида гапираркан, ўзини муддати ўтиб кетган
УНГА ўхшатади.
Савол: УНИ иккита сўз билан ёзиб беринг!
Жавоб: Ҳомиладор аёл.
Изоҳ: Савол матнида туғиш сўзи тушуриб қолдирилган эди. Тўлиқ
жумла: Мария Федоровна бу ҳолат ҳақида гапираркан, ўзини туғиш
муддати ўтиб кетган ҳомиладор аёлга ўхшатади.
Манба(лар): https://ru.wikipedia.org/wiki/Ганиева, Зиба Паша
кызы
Савол муаллифи: Умид Наримов.
III-Тур 10-савол. Савол№ 34. Вячеслав Камединнинг шеърида
бу ҳукмдор чўққида дам олаётган ҳолда тасвирланган. Бу
ҳукмдорнинг қабри Истмада эканлиги ҳақидаги афсоналар
кўпчиликка маълум эмас.
Савол: Ушбу ҳукмдор ким?
Жавоб: Сизиф.
Изоҳ: Афсонага кўра, Коринф шоҳи Сизиф бир умр қояга тошни
думалатиб олиб чиқишга маҳкум этилган. Энди етдим деганида эса
тош пастга думалаб кетади ва Сизиф қайтадан уни тепаликка олиб
чиқишга уринади.
Манба(лар): 1. https://books.google.co.uz/books?id=Вячеслав
Камедин на вершине стих
2. https://ru.wikipedia.org/wiki/Сизиф
Савол муаллифи: Умид Наримов.
III-Тур 11-савол. Савол№ 35. Бобурий ҳукмдор Акбаршоҳ
ҳукмронлигининг бошланишида португаллар Ҳиндистоннинг
ғарбий соҳилларида ва ҳинд океанида денгиз навигацияси ва денгиз
орқали олиб бориладиган савдо-сотиқни назорат қилишган.
Албатта, бу ҳолат Акбаршоҳга ёқмаган ва ҳинд океанида
португалларнинг ҳукмронлигига чек қўйишга интилган. Ҳарбий ва
ички ресурслари етишмаслиги сабабли олти маротаба БУ ИШНИ
ҚИЛГАН.
Савол: XIX асрнинг охирларида яратилган бир асарда БУ ИШНИ
кимлар қилганини топинг!
Жавоб: Запорожликлар.
Қабул: Запорожлик казаклар.
Изоҳ: Акбаршоҳ ҳинд океанида португалларнинг ҳукмронлигига
чек қўйиш учун Усмоний турклар Султони Сулаймонга 6 маротаба
хат йўллаган. Илья Репиннинг “Запорожликлар турк султонига хат
ёзмоқда” картинасида бир гуруҳ запорож казакларининг хат
ёзаётганини кўриш мумкин.
Манба(лар): 1. https://ru.wikipedia.org/wiki/Акбар I Великий
2. https://ru.wikipedia.org/wiki/Запорожцы (картина)
Савол муаллифи: Умид Наримов.
III-Тур 12-савол. Савол№ 36. Акбаршоҳ даврида ҳиндларнинг
кемалари ҳар қандай мақсадда портлардан денгизга чиқишларидан
олдин португаллардан рухсат олишлари лозим бўлган. Ҳаттоки БУ
ИШНИ ҚИЛИШ учун отланган кемалар учун ҳам рухсат олинган.
Камбағал кишилар БУ ИШНИ ҚИЛИШЛАРИ учун Акбаршоҳ
томонидан молиявий маблағлар ажратилган. 2020 йилнинг саккиз
ойи давомида хорижликларга БУ ИШНИ ҚИЛИШГА рухсат
берилмаган.
Савол: БУ ИШНИ ёзиб беринг!
Жавоб: Маккани зиёрат қилиш.
Қабул: Ҳаж зиёрати ва Умра зиёрати.
Қабул эмас: Саудия Арабистонига бориш. Зеро Акбаршоҳ камбағал
кишиларнинг Арабистонга сафарини эмас, балки айнан ҳаж
зиёратларини молиялаштирган.
Изоҳ: Коронавирус пандемияси даврида Саудия Арабистони 27
февралдан 1 ноябрга қадар мамлакатга хорижликларни киришини
тақиқлаб қўйди. Жумладан бу вақтда хорижликларга Ҳаж ва Умра
зиёратларини амалга оширишга рухсат берилмади.
Биз ҳам бугунги ўйинни якунлар эканмиз, ҳаммага Маккани зиёрат
қилиш насиб этишини тилаб қоламиз!
Манба(лар): 1. https://ru.wikipedia.org/wiki/Акбар I Великий
2. http://old.muslim.uz/index.php/maqolalar/item/21595-saudiya-
arabistoni-podsho-ligi-azh-va-umra-vazirligining-arori-yuzasidan-
rasmij-bajonot
3. https://uznews.uz/posts/9597
Савол муаллифи: Умид Наримов.
2023
Ekspromt
1-tur.
mad_max93December 22, 2022

Paket muallifi hamda muharrirlari: Nodira Raxmonova, Madina


Mirzaraxmatova, Muazzam Shoumarova, Nazokat Abdusayitova.
Boshlovchiga: [ ] = boshlovchiga eslatmalar, chet tilidan kirgan so’zlar va
ismlar talaffuzi.
Qoraytirilgan so’zlar = urg’u bila o’qiladi.
1. Bir asarda telefon go'shagi har safar jiringlab, o'rnidan qo'zg'alganda
xo'jayinning kal boshi xonaning u burchagidan bu burchagiga tezlik
bilan yumalab borib, keyin boshqa burchagiga qaytishini pastak
devor ortidan kuzatgan xodim xo'jayin boshini Unga o'xshatadi.
Wikipediyaga ko'ra, tasodifan yutib olingan U Fuks deb ataladi.
D/s: Uni 2 so'zda toping.
Javob: bilyard shari
Izoh: asar qahramoni boshlig'ining silliq kal boshini bilyard shariga
o'xshatadi. Telefon qo'ng'irog'i esa kiy kabi uni joyidan qo'shg'alishga
turtki bo'ladi. Bilyardda omadli rikoshet sabab sharni tasodifiy yutib
olish holatlari ham bo'ladi.
Mualllif: Nazokat Abdusayitova
Manba: 1. http://lib.ru/ANEKDOTY/pelewin.txt
2.https://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%A1%D0%BB%D0%BE
%D0%B2%D0%B0%D1%80%D1%8C_%D0%B1%D0%B8%D0%BB
%D1%8C%D1%8F%D1%80%D0%B4%D0%BD%D1%8B%D1%85_
%D1%82%D0%B5%D1%80%D0%BC%D0%B8%D0%BD%D0%BE
%D0%B2
2. Ingliz aktirsasi Keyt Uinslet intervyusida aktrisa bo'lish uchun doim
kastinglarga borgani, ammo har safar o'z iqtidorini namoyish qilishga
kira olmay qaytib ketgani, vaqti bekor o'tganini eslar ekan bunga Alfasi
sabab ekanini aytadi. D/s: Alfani yozib bering.
Javob: familiya
Qabul: aktrisa familiyasi, Winslet familiyasi etc.
Izoh: ingliz tilida aktrisaning familiyasi alifboning deyarli oxiridagi "W"
harfidan boshlangani sabab kasting ishtirokchilari ro'yxatida ko'pincha
oxirida bo'lgan va navbati yetib kelmay qaytib ketishga to'g'ri kelgan
ekan.
Muallif: Nazokat Abdusayitova
Manba: https://youtu.be/iCdmjPfH0hI
3. [keyingi savolda tarqatma] Charlz Bukovskiyning 1994-yilda
nashr etilgan eng oxirgi "ALFA" nomli asarida muallif "Yomon
adabiyotga bag'ishlanadi" jumlasini keltiradi. Ushbu romanning baʼzi
nusxalari allaqachon ALFAga aylangan bo'lsa ajab emas.
D/s: ALFAni lotin tilidan kirib kelgan soʻz bilan toping.
Javob: Makulatura
Izoh: muallif romanni past sortdagi adabiyot sifatida ko'radi, aslida esa
asar o'z janrining eng yaxshi namunalaridan sanaladi. Balki bu janrdagi
kitoblarni xush ko'rmaydiganlar uning nusxalarini makulaturaga
topshirib yuborgandir.
Muallif: Madina Mirzaraxmatova
Manbalar:
1. https://ru.wikipedia.org/wiki/Макулатура_(роман)
2. https://polenova.livejournal.com/175839.html
3. https://ru.wiktionary.org/wiki/макулатура#Этимология
4. [tarqatma material]
Mashxur manbaga ko'ra, qaysi shoxning bu she'rni eshitishi ayollarga
bo'lgan ishonchsizlikka, buning oqibatida mamlakatda ularning soni
keskin kamayishiga olib kelgan?
Javob: Shaxriyor.
Izoh: She'r devning asirasi tomonidan aytilgan bo’lib dev uni yetti
sandiqqa yetti qulf bilan berkitib olib yursa ham, xiyonatdan saqlay
olmasligini ko'rgan Shaxriyorda ayollarga butunlay ishonchsizlik
uyg'onib, har kecha bir qizga uylanib, ertasiga uni o'ldirishni odat qiladi.
Muallif: Nodira Raxmonova
Manba: "1001 kecha" asari.
5. "Men kimman?" nomli bir filmda dastlab omadsiz bo'lgan, ammo
keyinchalik o'ziga sheriklar topib, maxfiy hakerlik bilan shug'ullangan
yigit haqida hikoya qilinadi. Yigitcha hukumat bilan bitim tuzarkan, to'da
xavfsizligini ta'minlash uchun tergovchida o'zining ruhiy xastaligi va
to'dani o'zi o'ylab chiqargani haqidagi fikr uyg'otuvchi reja tuzadi.
Diqqat, kutilmagan savol: yigitning xonasida qaysi film posteri ilinib
turganini ayting?
Javob: Jangchilar klubi
Izoh: Yigit raqibini tutish uchun hukumat bilan shartnoma tuzarkan,
FQB hodimlari unda onasidan o'tgan ko'p shaxslilik kasalligi borligi va
to'da a'zolarini o'zi o'ylab chiqargani haqidagi fikrga kelishlariga erishadi
va sheriklari xavfsizligini ta'minlab beradi.
Muallif: Nodira Raxmonova
Manba: "Men kimman?" filmi. https://t.me/UzMovieMania/1238
6. "Men kimman?" filmida haker yigit raqibiga hukumatning kuchli
qo'riqlanadigan tizimni buzib kira oladigan xo'rak yasab berish orqali
uning ishonchiga kirib, kompyuteriga ulanmoqchi bo'ladi. Bu usul
xomilador U deb nomlangan. D/s: Uni toponim qatnashgan holda yozib
bering.
Javob: Troya oti. Bu xo'rak tizimga kirganda, raqibi hukumat tizimiga,
yigitcha esa raqibining kompyuteriga ulana olishi kerak edi.
Muallif: Nodira Raxmonova
Manba: "Men kimman?" filmi. https://t.me/UzMovieMania/1238
7. Duplet. Duplet mavzusi: Margarita Fadeyeva va Anatoliy
Smirnovning voqealari qo'g'irchoqlar mamlakatida bo'lib o'tuvchi
"Petrushkaning sarguzashtlari" qissasi Petrushka haqidagi xalq
dostonlariga asoslangan bo'lib, asarning boshqa qahramonlarini ham
xalqqa tanish personajlar yoki qo'g'irchoqlar tashkil etadi.
Dupletimiz asar personajlari haqida.
D1: Asarda beshta qiz bo'lib, ularning onasi ip yigirish bilan kun
kechiradi. Ip sotishga chiqqanda mobodo sudyaga duch kelib qolishsa,
soliqqa tortilmaslik uchun qizlar chiqib, savatdagi iplarni olib qochib
ketishadi. D/s: Ularning onasi kim edi?
D2: Asarda beshta qiz bo'lib, ularning otasi jangda oyoqlarini yo'qotib,
yaradorlar omboriga tashlanadi. Do'stlari uni qutqarib olib kelgach,
uyiga kelgan askarlar uni kaltaklab yiqitmoqchi bo'lishadi, lekin u hech
yiqilmaydi. Otaning ismini yozib bering.
Duplet javoblari:
1. Matryoshka. Uning beshta qizi borligi va kerak payti yordamga
chiqishlari sizga ham yordam bergan bo'lsa kerak.
2. Ivan / Vanka-Vstanka/Nevolyashka. Uning oyoqlari yo'qligi va hech
yiqilmasligi to'g'ri javobga olib bordi, deb umid qilamiz.
Muallif: Nodira Rahmonova
Manba: M. Fadeyeva, Anatoliy Smirnov "Petrushkaning sarguzashtlari".
Istalgan nashr.
8. [keyingi savolda tarqatma] 1964-yilda yaratilgan bu asarda urush
o'z yuzini go'zal kelajak haqidagi va'dalar bilan berkitib, o'ziga rom
etishi ko'rsatilgan degan farazlar bor. Bundan tashqari, violet [viole] so'zi
"zo'ravonlik" ma'nosini beruvchi "violence" [violons] so'zi bilan
ohangdosh. D/s: Bu asar muallifini yozib bering.
Javob: Rene Magritt
Izoh: Rene Magritt rasmlarida ko'pincha inson qiyofasini biror predmet
bilan yashirishi sizga ma'lum. "Buyuk urush" kartinasida kelin libosidagi
ayol yuzi binafshalar bilan to'silgan.
Muallif: Nazokat Abdusayitova
Manba:
https://artchive.ru/renemagritte/works/333434~Velikaja_vojna
9. Blits! [tarqatma material blitsning 2-savoliga aloqador]

1. Ular avvaliga silindrni aristokratlar ramzi sifatida kinoya, hazil


uchungina kiyishgan. Lekin silindrning ular uchun foydali tomonlaridan
biri, tepadan turli buyumlar tushganda amortizator vazifasini ham
bajarishi edi. D/s: Ular deya qaysi kasb vakillari nazarda tutilgan?
2. [tarqatma material] Qarshingizda “Uning jazosi” nomli kartinaning
bir qismi. D/s: Qaysi kasb vakili U so'zi bilan almashtirilgan?
3.Enn Xetueyning hayotiga oid oldin noma’lum bo'lgan ma'lumotlar
haqidagi bir maqolada, uning qallig'i firibgarlikda gumonlangani sabab
politsiya aktrisaning o’ta shaxsiy buyumlarini ham tekshirgani
yozilgan. Maqola "Uning Xi" deb nomlangan. D/s: Uni 1 so’zda yozib
bering.
Javoblar:
1. Mo'ri tozalovchilar
Izoh: mo'ri tozalovchilar doim ustida kul hamda chang bilan yurgani va
doim past tabaqadan chiqqanligi sabab ularga past nazar bilan
qarashgan. Bunga javoban kinoya tarzida ular aristokratlar ramzi bo'lgan
silindr kiyib yurishgan. Keyinchalik uning foydali jihatlari tufayl silindr
kiyish doimiy holatga aylangan. Ish jarayonida mo'riga tiqilib qolgan
turli buyumlar boshga tushganda silindr jarohat xavfini kamaytirgan.
2. Ovchi
Izoh: Bu Paulyus Potterning "Ovchining jazosi" kartinasidan parcha. Itlar
ovchilarning asosiy yordamchisi ekani ma'lum.
3. Malika
Izoh: Maqola nomi aktrisaning mashxur filmlaridan birining nomi bilan
bir xil, ya'ni "Malikaning kundaligi" deb nomlanadi. Qallig'i firibgarlikda
gumonlanganda politsiya aktrisani uning ishlariga aloqasi bor yoki
yo'qligini tekshirish uchun xatto kundaligini ham tekshirgan ekan.
Blitsni birlashtirib turgan mavzu esa Zolushkaning 3 ta topishmog'i edi!
"Sizga topishmoq aytaman... 1-si: yuzi kuldan kir bo'lgan, ammo mo'ri
tozalovchi emas. 2-si: patli qalpoq, kamzul kiygan, qo'lida kamoni bor,
ammo ovchi emas. 3-si etagi uzun, kumush ip bilan tikilgan ko'ylakda,
ammo malika emas. Topishmoqni javobini topmaguningizcha xayr"
degan edi.
Muallif: Nazokat Abdusayitova
Manba: 1. https://trubochist-yuga.ru/article/trubochist-istoriya-
professii-traditsii-primety-i-khronologiya
2. https://art-assorty.ru/4587-nakazanie-ohotnika.html
3. Энн Хэтэуэй: дневник принцессы
https://www.fashiontime.ru/cinema/stars/9270.html
10. BU ISH ni qilishni bildiradigan ingliz tilidagi iborani to'g'ridan-to'g'ri
tarjima qilganda "Fil suyagini qitiqlash" ma'nosini bildirar ekan.
Yamaha.com saytida BU ISH ni qilish bilan bog'liq maqolada avvalo
qomatni to'g'ri tutish va tuxum ushlash eslab o'tilgan.
D/s: BU ISH ni yozib bering.
Javob: pianino chalish
Qabul: royal chalish
Izoh: avvalari pianino klavishlari fil suyagidan tayyorlangan. Bu ibora
ham shundan qolgan ekan. Pianino qarshisida qomatni tik tutib o'tirish
va qo'lni panjada tuxum ushlab turgan kabi tutish tavsiya etiladi. Sayt
nomi ham sizni musiqa mavzusiga yetaklagan bo'lsa kerak
Muallif: Nazokat Abdusayitova
Manba: 1. https://magazine.skyeng.ru/musician-slang/
2. http://www.bolshoyvopros.ru/questions/3232798-znachenie-i-
proishozhdenie-slovosochetanija-tickle-the-ivories.html
3.
https://ru.yamaha.com/ru/products/contents/musical_instrument_gui
de/piano/play/play002.html
11. Bu savolni tuzishda 2 ta elektron manbaaga murojat qilindi. Savolni
test qilishda 5 kishi ishtirok etdi.
Bu filmning ishchi nomi "Boshqaruvchi Zolushka haqida ertak" edi. Bosh
qahramonning uyida "Dengizchilar kiyimidagi qiz" kartinasi osilganini
ko’rish mumkin. D/s: Bu filmning biz bilgan nomini yozib bering.
Javob: "Ishdagi ishq"
Izoh: Film syujetiga ko'ra statistika qo'mitasining mehnatkash rahbari
bo'lgan, o'ziga e’tibor bermaydigan ayol Zolushka kabi yakunda go'zal va
latofatli ayolga aylangani esingizda bo'lsa kerak. Bosh qahramonning
uyida erkaklar kiyimidagi qiz surati bo'lishi qaysidir ma'noda uning
xarakterini ochib beradi. Preambuladagi statistika qo’mitaga ishora edi.
Muallif: Nazokat Abdusayitova
Manba: 1. https://dzen.ru/a/XvTP6TZutGoo6hB7
2. https://youtu.be/hR-1QGMK75c
3. https://www.wikiart.org/ru/amedeo-modilyani/devushka-v-
matroske-1918
12. Jojo Moyes asari qahramoni umurtqa sohasidagi jarohat tufayli
falaj bo'lib qolgan kelishgan yigit haqida gapirar ekan, jarohat bu yigitni
USHBU PERSONAJga aylantirib qo'ymaganligini aytib hazil qiladi.
USHBU PERSONAJni toping.
Javob: Kvazimodo
Izoh: "To seni topgunimcha" asari qahramoni Luiza Klark tanasidagi
jarohatga qaramay Uil Treynor hecham Kvazimodoga aylanib
qolmaganini ta'kidlaydi.
Muallif: Madina Mirzaraxmatova
Manba: https://vk.com/@bookunited-do-vstrechi-s-toboi7

2-tur.
mad_max93December 22, 2022

1. K-pop [key-pop] xonandasi IU [Ay-Yu] ning "U" nomli qo'shig'i


ijrosida tuvakda gul ko'targan raqqoslar qatnashadi. Fallout: New
Vegas [Follaut: Nyu-Vegas] o'yinidagi istalgan o'qotar quroldan
mohirona foydalanish qobiliyati ham UNGA allyuziya hisoblanadi. D/s:
Uning kimligini toping.
Javob: Leon
Izoh: Lyuk Bessonning "Leon: Professional" filmi bosh qahramoni
tuvakda o'sadigan gulni eng yaqin do'sti deb biladigan va turli
qurollardan ustalik bilan foydalanigan yollanma qotil.
Manbalar: 1. https://www.youtube.com/watch?v=pm9DebgJMi4
2. https://fallout.fandom.com/wiki/The_Professional
3. https://en.wikipedia.org/wiki/Léon:_The_Professional
2. Bir komiksdagi barqaror va vakillari soni doimiy ko'payib boradigan
tashkilot shiorini "Birini yo'q qilsang, o'rnini boshqa ikkisi
egallaydi" deya tarjima qilish mumkin. Ushbu tashkilotning 5 harfdan
iborat nomini yozib bering.
Javob: Gidra
Izoh: Marvel komikslaridagi ushbu tashkilot mifologik jonzot nomiga
atalgan va uning shiori shu jonzot boshining xususiyatini eslatadi.
Manbalar: 1. https://en.wikipedia.org/wiki/Hydra_(comics)
2. https://en.wikipedia.org/wiki/Lernaean_Hydra
3. Andersenning "Irkit o'rdakcha"sidan ilhomlangan Robert Lyuis Mey
asar yaratilishida Rollo, Romeo, Redjinald kabi ismlardan iborat uzun
ro'yxatga ega edi. D/s: Yakunda Mey qaysi ismda to'xtaladi?
Javob: Rudolf
Izoh: Robert Lyuis Mey Santa-Klausning qizil burunli bug'usi Rudolfni
yaratadi. Bunda u boshqalardan ajralib turgani uchun masxara qilingan,
biroq yakunda ushbu xususiyati evaziga e'tiborga tushgan personaj
haqida asar yozishga qaror qiladi. Ism tanlashda esa R harfidan
boshlanuvchi bir qancha variantlar bor edi.
Manbalar: 1. Ronald D. Lankford, Jr. Rudolph the Red-Nosed Reindeer:
An American Hero
2. https://ru.wikipedia.org/wiki/Рудольф_(олень)
4. Erkak vaznining to'ygacha va to'ydan keyingi holatiga ba'gishlangan
hazilomus suratda bir brend nomi va undan bir harfga uzunroq personaj
ismi keltiriladi. D/s: Ushbu personajni yozib bering.
Javob: Pumba
Izoh: hazilda Puma brendi Pumbaga aylangani ko'rsatilgan.
Manba: 1. https://pikabu.ru/story/do_i_posle_7019426
5. Istanbulda joylashgan Sulton Ahmad xiyobonining bir qismi dastavval
Rim imperatori Septimiy Sever tomonidan 203-yilda qurilgan. Bu yerda
o'z vaqtida turli musobaqalar, tomoshalar va yarmarkalar o'tkazilgan.
Qizig'i, hozirgi kunda xiyobon yaqinida yirik bozor joylashgan. D/s:
Sulton Ahmad xiyoboni haqidagi maqolada qaysi qo'sh undoshli so'zni
uchratish mumkin?
Javob: Ippodrom
Izoh: ushbu xiyobon qadimiy ippodrom hududida barpo etilgan, bu
ippodromda esa ot aravalarda poygalar va boshqa tadbirlar o'tkazilgan.
Xuddi Toshkentdagi "Ippodrom" kabi Istanbul Ippodromi ham bozor
bilan assotsiatsiyaga ega.
Manbalar: 1.https://en.wikipedia.org/wiki/Sultanahmet_Square
2. https://istanbul-life.info/dostoprimechatelnosti/rynki/4219-grand-
bazaar-kapalicarsi
6. Aleksandra GoryAshkoning qayd etishicha, tog'chumchuq, qorabo'yin
chittak, sariq Yevropa chumchug'i kabi turlarning aniqlanishida IKS
muhim rol o'ynagan. IKS bilan shug'ullanish uchun binokl, bloknot va
qalam yetarli. D/s: IKS o'rnidagi ingliz tilidan kirib kelgan atamani yozib
bering.
Javob: birdwatching [byordvotching]
Qabul: birding [byording]
Izoh: birdwatching — qushlarni kuzatish va o'rganishdan iborat xobbi.
Xobbi bo'lishiga qaramay, ko'p hollarda xavaskor ornitologlar turli
kamyob qushlarni aniqlashda yordam berishadi. Ushbu xobbi sabr,
shijoat va o’ziga xos jasorat talab etadi. Rostini aytganda, ushbu savolga
javob topishni ham qaysidir ma’noda jasorat desak bo'ladi.
Manbalar: 1.
https://www.alexandra-goryashko.net/goryashko_articles/goryashko_b
irdwotching.pdf
2. https://www.nkj.ru/archive/articles/23119/
3. https://en.wikipedia.org/wiki/Birdwatching
7. Diqqat, savol IKS boshqa bir so'zni almashtirib keladi.
Bir asar qahramonining bolaligidagi yomon va chigal xotiralaridan
qutilish sahnasi IKSda kechadi. Ushbu epizodda qahramonga
muammolardan chiqib ketishning to'g'ri yo'lini unga ko'ngil qo'ygan
boshqa personaj ko'rsatadi. D/s: O'zining IKSi bilan mashhur orolni
toping.
Javob: Krit
Izoh: "To seni topgunimcha" asari qahramoni Luiza Klarkning
bolaligidagi noxush xotiralari labirint bilan bog'liq, asar davomida u
labirint ichida adashib qoladi va tahlikaga tushadi. Uill Treynor esa
Luizaga chiqish yo'lini topib beradi va qo'rquvini yengishga yordam
beradi. Bu holat Tesey va Ariadna juftligini esga solishi mumkin.
Manbalar: 1. https://dzen.ru/a/XBDTvn_nlACrNot1
2. https://en.wikipedia.org/wiki/Crete
8. Tohir Malikning "Ov" qissasida tuhmat va g'iybat BU ISHNI
QILISHga tenglashtiriladi. "Mazali" sensatsiya ortidan quvgan
reportyor Uilyam Sibruk BU ISHNI QILISH uchun bir talaba-vrachga
pora beradi. BU ISHNI QILISH o'rnidagi so'zlarni yozib bering.
Javob: odam go'shtini yeyish.
Izoh: Qur’oni karimdagi Hujurot surasining 12-oyatida g'iybat qilish
odam go'shtini yeyishga qiyoslanadi, Tohir Malik o'z asarida shu
qiyosdan foydalangan bo'lsa ajabmas. Uilyam Sibruk morgda ishlaydigan
talaba-vrach orqali odam go'shtini qo'lga kiritadi va uni tanovvul qilib
ko'radi.
Manbalar: 1. http://uzsmart.ru/kutubxona/asarlar/3363-ov-qissa-tohir-
malik.html
2.
https://musthaveforyou.mediasole.ru/o_chem_molchat_yagnyata_kuli
narnaya_kritika_ot_sovremennyh_kannibalov
9. Toshkent halqa avtomobil yo‘li atrofida yaproq va igna bargli
daraxt ko‘chatlarini ekish loyihasi "IKS" nomini oladi. Boshqa bir IKSni
qo'lga kiritish uchun esa kamida 1 yil-u 3 oy kerak bo'ladi. D/s: IKSni ikki
so'zda yozib bering.
Javob: Yashil belbog'
Izoh: Halqa yo'li atrofida yashil hudud barpo etish loyihasi mos ravishda
"Yashil belbog'" deb ataladi. Karateda esa sportchi yashil belbog'ga
erishishi uchun kamida ko'rsatilgan muddatdagi tajribaga ega bo'lishi
kerak.
Manbalar: 1. https://www.gazeta.uz/oz/2019/02/20/yashil-belbog
2. https://sportscentaur.com/how-long-does-it-take-to-get-a-black-belt-
in-karate/
10. Pandemiya davrida koronavirusga qarshi kurashishga chorlovchi
agitatsion rolikda bir guruh ALFAlarni "Covidni birgalikda yengamiz"
lozungi bilan ko'rish mumkin. Bir maqolada Edvard Jenner Zorka
[Зорька] laqabli ALFAdan minnatdor bo'lishi kerakligi aytiladi. D/s:
ALFA o'rnidagi unlilari bir xil so'zni toping.
Javob: Sigir
Izoh: Rolikda vaksina olish targ’ib qilinadi. Dastlabki vaksina vrach
Edvard Jenner tomonidan sigir chechagi bilan og’rib tuzalgan ayol
ko’rsatmalari yordamida yaratiladi va lotincha “sigirga oid” – “vaksina”
termini fanga kiritiladi.
Manbalar: 1. https://www.abc10.com/embeds/video/responsive/103-
93f4a04c-fe51-47b9-af2b-e54c19cb2ffe/iframe
2. https://www.zakonia.ru/analytics/57/57068
3. https://uz.wiktionary.org/wiki/vaksina
11. Ilk marotaba behini ta’tib ko'rgan Sheron Arnoga uning mazasi
judayam yoqadi hamda Sheron behiga BO'SHLIQ deya ta'rif beradi. Sizni
moddiyatdan voz kechib, ma'naviy ozuqlanishga undovchi maqol
BO'SHLIQ bilan boshlanadi. D/s: BO'SHLIQ o'rnidagi bir xil harfdan
boshlanuvchi ikki so'zni yozib bering.
Javob: Oltin olma
Izoh: Sheron Arno behi ta'mini olmaga qiyoslaydi, biroq behi unga shu
qadar yoqadi-ki, unga "oltin" epitetini beradi. "Oltin olma, duo ol, Duo
oltin emasmi?" maqoli ham "Oltin olma" so'zlari bilan boshlanadi.
Manba: 1. https://www.saucemagazine.com/a/890
12. Ikkinchi jahon urushida Germaniya flotining Sharnxorst, Gneyzenau
va Shahzoda Oygen nomli kemalari Fransiyadan Germaniyaga
koʻchirildi, doimiy bombardimon sharoitilariga qaramay uchta kema
topshiriqni muvafaqqiyatli bajaradi. D/s: Ushbu operatsiyaga qaysi
afsonaviy mavjudotning nomi berilgan?
Javob: Serber [Цербер]
Qabul: Kerber
Izoh: tarixdagi eng mardonavor operatsiyalardan biri bo’lgan “Serber”
operatsiyasiga afsonaviy uch boshli maxluq nomi beriladi, bunda
kemalar soni asosiy rol o’ynagan bo’lsa ajabmas.
Shu bilan 2-tur savollari nihoyasiga yetdi, ushbu birmuncha qiyin turni
yakunlab olganingiz qahramonlik. Aytgancha, tur savollari yunon
afsonalari qahramoni Geraklning jasoratlariga bag’ishlangan edi: Leon,
ya’ni sher – Nemeya sheri, Gidra – Lerna Gidrasi, Rudolf – bug’u, ya’ni
Kerineya bug’usi, Pumba laqabli to’ng’iz – Erimanf to’ng’izi, ippodrom –
otxona, ya’ni Avgiy otxonasi, birdwatching, ya’ni qushlar – Stimfaliya
qushlari, Krit – Krit buqasi, odam go’shtini yeyish – Diomed otlari,
yashil belbog’ – Ippolita belbog’i, sigir – Gerion sigirlari, oltin olma –
Gesperid olmalari hamda Serber. Ushbu konsepsiyani biz e’lon
qilgunimizcha anglab olgan bo’lsangiz, xursandmiz.
Manbalar: 1. https://de.wikipedia.org/wiki/Unternehmen_Cerberus
2. https://en.wikipedia.org/wiki/Cerberus
3. https://en.wikipedia.org/wiki/Labours_of_Hercules
*2-tur savollari muallifi – Madina Mirzaraxmatova
3-tur.
mad_max93December 22, 2022

1. [tarqatma material]
Twitter tarmog'ida bu suratga IKS deb ta'rif berilgan. Boshqa bir IKSni
Xayao Miyadzaki ijodida ko'rishimiz mumkin. IKS o'rnidagi ikki so'zni
yozib bering.
Javob: Yurar qasr
Qabul: oyoqli qasr, yuradigan qasr.
Izoh: Yaponalik animator-rejissyor hamda yozuvchi Hayao Miyadzaki
“Haulning yuradigan qasri” asari1986-yilda yozilgan va 2004-yilda
ekranizatsiyalashtirilgan.
Muallif: Nodira Raxmonova
Manba: 1. https://t.me/twitt_ota/12986
2. https://en.wikipedia.org/wiki/Howl%27s_Moving_Castle
2. "Petrushkaning sarguzashtlari" qissasida xo'ppa-semiz pomeshik
bo'lib, iloji boricha ko'proq pul yig'ishga intiladi va pullarini doim o'zi
bilan olib yuradi. Qirolning oldiga borganda, oddiy xalqdan qancha
ko'p pul yig'sa, shuncha yaxshi ekanligini aytib, boshidagi yoriqni
ko'rsatadi. D/s: Bu personaj kimligini O'ZBEKCHAda ayting.
Javob: Puldon.
Qabul: Aqchadon.
Izoh: u ham huddi Aqchadon kabi pulni boshidagi teshikdan ichiga solib
yuradi. Pulsiz esa bo'shab qoladi.
Muallif: Nodira Rahmonova
Manba: M. Fadeyeva, Anatoliy Smirnov "Petrushkaning sarguzashtlari".
Istalgan nashr.
3. [keyingi savolda tarqatma] "Petrushkaning sarguzashtlari"
qissasida general Birikki askarlarini Chudo-Yudo maxluqi bilan
kurashgani dengiz bo'yiga boshlab boradi. Ammo askarlar qo'zg'olon
ko'tarib, uylariga ketishlarini, u uchun jang qilmasliklarini aytishadi .
Faqatgina general BU ISH ni qila olsa, qaytishga rozi bo'lishadi. BU ISH
ni bir xil xarf bilan boshlanuvchi uch so'zda yozib bering.
Javob: qumdan qasr qurish.
Izoh: Askarlar hech qachon qo'shin safiga qaytmasliklarini bildirish
uchun generalga ilojsiz ishni bildiruvchi qumdan qasr qurishini
aytishadi.
Muallif: Nodira Rahmonova
Manba: M. Fadeyeva, Anatoliy Smirnov "Petrushkaning sarguzashtlari".
Istalgan nashr.
4. Davom etamiz! [tarqatma material javob sifatida tarqatiladi,
PS. majburiy emas]
Qatarda bo'lib o'tayotgan futbol bo'yicha jahon chempionatini ajoyib
reklama afishalari ham chetlab o'tmayapti. Shulardan biri Adidas
kompaniyasiga tegishli reklama afishasi Messi, Pedri va Hakimining
IKSda aks etgan suratlaridan hamda "Impossible is nothing" shioridan
tashkil topgan. IKS - Maynkraft o'yinida eng ko'p tarqalgan
materiallardan biri. D/s: IKS o'rnidagi qisqa so'zni yozib bering.
Javob: Qum
Izoh: Reklama afishasi aynan qumda aks etgan. Qumdan qasr qurish
iborasi esa iloji yo'q narsalarni ifodalashi sizga ma'lum. Adidas fikricha
esa "Impossible is nothing ")
Muallif: Muazzam Shoumarova
Manba: 1. https://t.me/FUTBOL_KARIKATURALAR_MEMLARI/7926
2. https://www.sportskeeda.com/minecraft/5-common-blocks-
minecraft
5. Ushbu "Qirol" o'zining "FourFourTwo" [fo-fo-tu] jurnaliga bergan
intervyusida Bu odati shunchaki o'yinga shoshilib chiqib ketgani va kun
sovuqligi sababli boshlanganini aytadi. Odamlar esa "Qirol" ning Bu
odati Elvisdan o'zlashtirilgan deb hisoblashgan hamda "Qirol"ni ham
Elvisning qismati kutayapti deyishgan.
D/s: Sizdan "Qirol" ning kimligini emas, balki uni bo'yin va bel
og'rig'idan xalos bo'lishiga ma'lum ma'noda yordam bergan Bu odatini
yozib berishingizni so'raymiz.
Javob: Yoqasini ko'tarib yurish
Izoh: Gap "Qirol Erik" laqabi bilan mashhur ErIk KantonA haqida
ketmoqda edi. U odatda o'yinlarga futbolkasining yoqalarini ko'targan
holda tushar edi. Ma'lumotlarga ko'ra, u do'stlariga aynan yoqasini
ko'tarib o'ynashni boshlagandan keyin bo'yin va bel og'rig'i tark etganini
aytadi. Elvis esa yana bir mashhur Qirol Elvis Presly edi. Ma'lumki u ham
yoqalarini ko'tarib yurishni odat qilgan edi.
Muallif: Muazzam Shoumarova
Manba: https://t.me/iHistorii/1663
6. BloodRayne [Bladreyn] o'yini personajlaridan biri — qonxo'r qassob
ayol. O'yin syujetiga ko'ra, ushbu personaj UNING avlodi sanaladi.
"Viper Kiss" [Vayper kis] guruhining "Lady Liz" [Ledi Liz] nomli
kompozitsiyasi ham aynan UNGA bag'ishlangan. D/s: Uning kimligini
toping.
Javob: Elizabet Batori
Qabul: Erjebet Batori
Izoh: o'yin personaji Batori ismli ayol. Mashhur grafinya o'zining qonli
qiynoqlari va qotilliklari bilan tanilgan. Liz - Elizabet ismining
qisqartirilgan shakli.
Muallif: Madina Mirzaraxmatova
Manbalar: 1. https://bloodrayne.fandom.com/wiki/Báthory_Mengele
2. https://en.wikipedia.org/wiki/Elizabeth_Báthory
3. https://www.youtube.com/watch?v=EqXgJ7f79uU
7. Elizabet Batori o'ziga abadiy yoshlik va go'zallikni ta'minlash
uchun yosh qizlar qonidan noodatiy tarzda foydalangan. Batori haqidagi
bir taqrizda boshqa bir mashhur ayol va mahsulot esga olinadi. D/s:
Ushbu ayol va mahsulotni yozib bering.
Javob: Kleopatra, sut
Izoh: Batori yosh qizlar qoni to'ldirilgan vannada cho'milgan, boshqa bir
mashhur ayol - Misr imperatori Kleopatra esa shu maqsadda sut
to'ldirilgan hovuz qabul qilgan deyishadi.
Manbalar: 1. https://en.wikipedia.org/wiki/Elizabeth_Báthory
2. https://www.kinopoisk.ru/user/2174595/comment/2256124/
3. https://naturatermospa.com/product/milk-bath-cleopatra/
8. Ro'zador inson ma'lum vaqt davomida ovqatdan o'zini tiyishi kerak,
keyinchalik bu farzi uchun u katta savob bilan rag'batlantiriladi.
Bloger Muhammad Al Dib ro'za tutishni IKSga qiyoslaydi. D/s: IKSni
ikki so'zda yozib bering.
Javob: Marshmellou eksperimenti
Qabul: Zefir eksperimenti, Marshmellou/Zefir testi/tajribasi
Izoh: Stenford Universiteti professori Uolter Mishel tomonidan
o'tkazilgan tajribada bolalarga hoziroq shirinlik olish yoki bir qancha
muddat sabr qilib, keyin yanada ko'proq qiymatdagi shirinlikka ega
chiqish taklif etiladi. Tajribalarda shirinlik sifatida marshmelloudan ham
foydalaniladi. Ro'zador inson ham foniy dunyo noz-ne'matlaridan voz
kechib, boqiy dunyodagi bundanda ziyodrog'iga erishishni niyat qiladi.
Manbalar:
1. https://www.allthingsdibo.com/articles/marshmallows-and-ramadan-
why-i-still-fast
2. https://en.wikipedia.org/wiki/Stanford_marshmallow_experiment
9. Blits! Ochko olishni istagan har bir jamoa blitsning 3 ta savoliga
javob topishi lozim!
B1. Diqqat, savolda BU ISHNI QILADI so'zlari boshqa bir nechta so'zni
almashtirib keladi. Agata Kristining 1939-yilda yaratilgan asarida Vera
Elizabet Kleytorn [Kleytrn] BU ISHNI QILADI. D/s: Bir mashhur
jumlaga ko'ra, nima BU ISHNI QILADI?
B2. Matador tomonidan ishlatiladigan maxsus mato - muletaning rangi
aslida buqaning jahlini chiqarish uchun emas, balki U bilinmasligi uchun
tanlangan. Uni qisqa so'zda yozib bering.
B3. Fors tilidagi "doxtar" - "qizi" so'zi ba'zida "doxt" shaklida
qisqartiriladi. Shunga qaramay USHBU PERSONAJ Nizomiyda Rus
diyoridan, Gottsida esa Chin yurtidan. Gap kim haqida ketmoqda?
Javoblar:
1. Umid
2. Qon
3. Turandot
Izoh:
1. "10 ta negr bolasi"dan biri bo'lgan Vera Kleytorn [Kleytrn] hammadan
keyin, oxirida o'ladi.
2. Qizil rangdagi mato qon sezilmasligi uchun tanlangan.
3. Malika Turandot ismi aslida "Turon qizi" ma'nosini bersa ham
Nizomiyning "Haft Paykar" asarida Rus malikasi, Karlo Gottsining
"Turandot" nomli pyesasida esa Xitoy imperatori qizi sifatida
gavdalanadi.
Malika Turandot o'ziga uylanishni istagan har qanday inson uning 3 ta
topishmog'iga javob topishi kerak deya shart qo'yadi, aks holda talabgor
qatl etilardi, topishmoqlarining javoblari esa umid, qon va Turandot edi.
Siz 3 ta savolga javob topib 1 ochkolik bo'ldingiz, topolmagan
taqdiringizda ham sizga rahm qilamiz.
Manbalar: 1.
https://en.wikipedia.org/wiki/And_Then_There_Were_None
2. https://ru.wiktionary.org/wiki/надежда_умирает_последней
3. https://cynepnupam.livejournal.com/57035.html
4.
https://en.wikipedia.org/wiki/Turandot#Origin_and_pronunciation_of
_the_name
5. https://it.wikipedia.org/wiki/Turandot_(Carlo_Gozzi)
10. Aviadispetcher kasbi bir necha samolyotlarni ketma-ketlik bilan
san'atkorona qo'ndira olishni talab qilishi aytar ekan o'zini osmon Xi
deb ataydi. Birinchi marta 1922- yilda SSSR da X dan voz kechilishiga
davlatning kollektiv mehnatni ulug'lovchi idealogiyasi sabab bo'ldi.
D/s: X ni 1 so’zda yozib bering.
Javob: dirijor
Izoh: kollektivizatisiyalashish g'oyasini ilgari surish maqsadida SSSRda
Persimfans 1- bo'lib dirijordan voz kechgan ekan.
Muallif: Nazokat Abdusayitova
1. https://youtu.be/g8a_9rrl2ZI
2. https://facts.museum/conductors
11. [keying savolda tarqatma material] Bu inson 1752 yildan
boshlab umrimi o'z mulkida qo'shnilariga Rossiyaga qilgan sayohati va
boshqa sarguzashtlari haqida hikoya qilib o'tkazgan. Turli
hayvon boshlari va tulumlar bilan bezatilgan bu joy "Yolg'on pavilyoni"
deb atalgan ekan. Bu insonning familiyasini yozib bering.
Javob: Myungxauzen
Izoh: Rudolf Rapye asaridagi Baron Myunxauzen hayotda bo'lgan va
asardagidek Rossiyaga ham borgan, ov qilishni ham yoqtirgan. Ishonib
bo'lmas hikoyalar tufayli uning uyi "Yolg'on pavilyoni" deb nom olgan.
Muallif: Nazokat Abdusayitova
Manba: https://m.nkj.ru/archive/articles/30845/#bounce
12. [tarqatma material]
_______________________________
“Plata o plomo?”
_______________________________
Bir qo'shiqda xalqiga qarshi jang qilgan ofitser oxir-oqibat 9 gramm U
sabab haqiqiy sudga yo'l olgani kuylanadi."Xazinalar oroli" multfilmiga
ko'ra, or-nomus 6 gramm Unga baholanadi. D/s: Pulga sotilmagan
amaldorlarga Uni taklif qilgan amerikalikni yozib bering.
Javob: Pablo Eskobar.
Izoh: U - qo'rg'oshin bo'lib, yuqoridagi ikkala holatda ham o'q og'irligi
nazarda tutilgan. Mashxur narkobaron esa biror davlat hodimlarini sotib
olish uchun shu tanlovni qo'ygan.
Muallif: Nodira Raxmonova
Manba: 1. Talkov, Igor. "Бывший подъесаул" qo'shig'i.
2. "Xazinalar oroli" multfilmi.
3.https://ru.m.wikipedia.org/wiki/%D0%AD%D1%81%D0%BA
%D0%BE%D0%B1%D0%B0%D1%80,_%D0%9F
%D0%B0%D0%B1%D0%BB%D0%BE#:~:text=%D0%9F
%D0%B0%D0%B1%D0%BB%D0%BE%20%D0%AD%D1%81%D0%BA
%D0%BE
%D0%B1%D0%B0%D1%80%20%D1%81%D1%82%D0%B0%D0%BB
%20%D0%BD%D0%B5%D0%BF
%D1%80%D0%B5%D1%80%D0%B5%D0%BA
%D0%B0%D0%B5%D0%BC%D1%8B%D0%BC
%20%D0%B0%D0%B2%D1%82%D0%BE
%D1%80%D0%B8%D1%82%D0%B5%D1%82%D0%BE%D0%BC,
%C2%AB
%D1%81%D0%B5%D1%80%D0%B5%D0%B1%D1%80%D0%BE
%20%D0%B8%D0%BB
%D0%B8%20%D1%81%D0%B2%D0%B8%D0%BD
%D0%B5%D1%86%C2%BB)
Navi
1-tur.
mad_max93January 20, 2023

Barchaga xayrli kech! “Zakovat” intellektual klubi Professional va Birinchi


liga Qishki mavsum o’yinlarining 2-turini “Na’Vi” jamoasi olib boradi.
Bugungi o'ynaladigan savollar paketini tuzish, to'plash, tahrir qilish va
tekshirishda faol qatnashganliklari uchun Abdunayim Abdushukurov,
Shohzodbek Bektursunov, Farruh Adhamjonov, Ozoda Begmatova, Shoxrux
Xasanov, Shuxratjon Babayev, Lazizbek Azimov va Mushtariy Fozilovalarga
minnatdorchilik bildiramiz.
Jamoalarga eslatma: savol, uning javobi va izohini e'tibor bilan
eshitishingizni so'raymiz. Savoldan oldin yoki keyin aytiladigan so'zlar ham
savolga aloqador bo'lishi mumkin. Agar aloqadorlik bo'lmasa, bu holat
boshlovchi tomonidan ogohlantiriladi.
Barchangizga omad tilagan holda o'yinlarimizni boshlaymiz.
[1-savolga tarqatma mavjud]
1-TUR
1-tur 1-savol. [Savol uchun tarqatma mavjud]
Tarqatma material:
[kaltxì kewong]
Pol Frommer ALFAni 2005-yildan yaratishni boshlagan. ALFA ilk bor
2009-yilda ishlatilgan va 2020-yilga kelib deyarli to‘liq holatga
keltirilgan. Tarqatmada biz ALFA yordamida siz bilan salomlashdik.
Dekabr oyining ikkinchi yarmidan boshlab ALFA yana ommalashganini
hisobga olib, ALFA nima ekanini toping.
Javob: Na’vi tili
Izoh: Gap Avatar filmidagi tub axoli gaplashadigan Na’vi tili haqida edi.
Jeyms Kemeron 2009-yilgi filmi uchun alohida yangi tilni yaratish
uchun linguist Pol Frommerga murojat qiladi. 2022-yil 15-dekabrdan
boshlab esa Avatar 2 filmi namoyish etilishni boshladi. Tarqatmada biz
Na’vi tilida yozilgan "Salom o‘zga sayyoralik" so‘zlariniyozgan edik.
Qiziqarli fakt, Na’vi so‘zi Na’vi tilida “Odamlar” yoki “tub xalq” deb
tarjima qilinadi
Manbalar:
1. https://usoproject.blogspot.com/2009/11/interview-with-paul-
frommer-alien.html
2. https://dict-navi.com/
3. https://en.wikipedia.org/wiki/Na%CA%BCvi_language
4. https://en.wikipedia.org/wiki/Avatar:_The_Way_of_Water
Muallif: Farruh Adhamjonov
2-savol. [Boshlovchiga: Keyingi savolga tarqatma mavjud]
Nemis ijodkori Hans Himmert urushlarga qarshi ekanini bildirish uchun
ULARdan tank yasaydi. Haruki Murakami esa, biror kishi bilan
suhbatlashayotganda hayoli turli joylarda uchib yurishini bog'ichsiz U
deydi. Uni bir soʻzda ayting.
Javob: Shar
Izoh: Hans Himmert sharlardan tank yasaydi va tabiiyki maʼlum vaqt
oʻtgach “tank” oʻz-oʻzidan yoʻq boʻla boshlaydi. Murakami esa, suhbatda
hayoli umuman boshqa joylarda uchib yurishini bog'ichi yechilib ketgan
sharga qiyoslaydi.
Manbalar:
1. http://www.robotspacebrain.com/balloon-tank-from-hans-
hemmert/
2. https://www.goodreads.com/quotes/tag/balloon
Muallif: Shohzodbek Bektursunov
3-savol [Savol uchun tarqatma mavjud]
[Tarqatma material:]
Inglizchada
Qor – Snow
O'zbekchada
Qor – ...
Dekabr oxirlarida yurtimizda yoqqan qor ko'plab noqulayliklarni yuzaga
keltirdi. Ushbu holatga izoh berilgan tarqatmada keltirilgan postda uch
nuqta o'rnida ishlatilgan so'zni toping.
Javob: sinov
Izoh: qor tufayli yuzaga kelgan tirbandlik, harakatlanish qiyinligi va shu
kabi noqulayliklar o'ziga xos sinovga qiyoslanadi. "Snow" va "sinov"
so'zlari talaffuzi birmuncha o'xshashligi muallif e'tiborini tortgan.
Manba:
1. https://bit.ly/3jZqOmV
Muallif: Otajon Iskandarov
4-savol
USHBU IBORA “Doimo xushyor boʻl, har qanday xavf-xatarga,
mudofaaga tayyor tur” degan maʼnoda qoʻllaniladi. Shotlandlarga qarshi
urushga kira turib, daryoni kechib oʻtayotgan askarlariga qarata Oliver
Kromvel tomonidan ilk bor USHBU IBORA qoʻllanilgan. USHBU
IBORANI yozib bering.
Javob: Poroxni quruq tut
Izoh: O.Kromvel "Yigitlar Xudodan marhamat kuting-u, ammo poroxni
quruq tuting" deb askarlarini hushyor boʻlishga chorlagan.
Manbalar:
1. https://bit.ly/3vKp17z
2. https://fraze.ru/index.php/frazeologizm/na-bukvu-d/derjati-poroh-
suhim
Muallif: Abdunayim Abdushukurov
5-savol
Odatda HR [eych-ar] xodimlari sifatida qizlar faoliyat yuritadi,
dasturchilarning katta qismini esa yigitlar tashkil etadi. Shu tufayli bir
hazilda LinkedIn tarmog'i IKS deb ataladi. "Rednit" — bu IKS. IKSni bir
xil harfdan boshlanuvchi ikki so'zda yozib bering.
Javob: teskari Tinder
Izoh: Tinder – bu tanishuvlar uchun mo’ljallangan maxsus ilova bo’lib,
unda asosan birinchi bo’lib yigitlar qizlarga xabar yozadi, LinkedInda esa
aksincha, xodim qidirayotgan qizlar dasturchi yigitlarga xabar
qoldirishadi. Rednit bu Tinder so’zining teskari ko’rinishi.
Manba:
1. https://vc.ru/hr/266595-snyat-ili-nanyat-obratnaya-storona-it-
rekrutinga
Muallif: Otajon Iskandarov
6-savol
O’smirlar orasida ommabop bo'lgan ochiq osmon ostida non-stop
rejimidagi film namoyishlari posterida "So'nggi qo'ng'iroq" so'zlarini
ko'rish mumkin. Boshqa bir "So'nggi qo'ng'iroq" yosh kuyov
sarguzashtlari haqida hikoya qiladi. Savol matnida almashtirilgan
so'zlarni toping.
Javob: Tundan tonggacha
Izoh: filmlar tuni bilan to'xtovsiz namoyish etilgan. "So'nggi qo'ng'iroq"
va "Tundan tonggacha" rejissyor va ssenarist Jahongir Ahmedov filmlari.
Manbalar:
1. https://olympiafilmsociety.org/dusk-til-dawn/
2. https://allevents.in/mobile/amp-event.php?
event_id=200022353896437
3. https://uz.wikipedia.org/wiki/Jahongir_Ahmedov
Muallif: Otajon Iskandarov
7-savol [Boshlovchiga: Keyingi savolga tarqatma mavjud]
"Tundan tonggacha" filmi bosh qahramoni homilador ayoli uchun banan
izlab turli sarguzashtlarni boshidan kechiradi. Savol muallifi fikricha,
banan o'rnida istalgan boshqa sitrus meva ham bo'lishi mumkin edi, shu
tufayli film syujetidagi banan — bu IKS. IKS o'rnidagi so'zni yozib bering.
Javob: Makgaffin
Izoh: biror asardagi e'tibor markazida bo'lgan, voqealari uning atrofida
quriladigan, aslida esa ma'no jihatdan ma'lum rol o'ynamaydigan obyekt
makgaffin deb ataladi. Asardagi biror obyekt makgaffinligini aniqlash
uchun uning o'rniga boshqa narsalarni qo'yib ko'rish tavsiya etiladi, agar
bu o'zgarish syujetga ta'sir ko'rsatmasa, demak shu obyekt makgaffin
hisoblanadi.
Manbalar:
1. https://en.wikipedia.org/wiki/MacGuffin
2. Savol muallifining shaxsiy fikri.
Muallif: Otajon Iskandarov
8-savol
[Tarqatma:]

Qarshingizda "Kalmar o'yini" serialidagi maxsus belgilar. Ushbu


belgilarni oroldagi o'yin xodimlarining niqoblarida ko'rish mumkin va bu
belgilar mos ravishda oddiy ishchi, askar hamda menedjerni anglatgan.
Talqinlardan biriga ko'ra, bunday yondashuv USHBU ASARdan
o'zlashtirilgan. Qaysi asar?
Javob: Flatlandiya
Qabul: Flatlend
Izoh: Edvin Ebbottning 1884-yilda yaratilgan shu nomli asari voqealari
ikki o'lchamli dunyoda bo'lib o'tadi, asar personajlari geometrik jismlar
bo'lib, ular o'rtasidagi ierarxiya jismdagi burchaklar soniga asoslanadi,
misol uchun, uchburchak to'rtburchakdan pastda turadi. Xvan Don Xyok
ham o'z asarida ushbu uslubdan ilhomlangan bo'lsa ajabmas.
Manbalar:
1. https://etinkerbell.wordpress.com/tag/flatland/
2. https://en.wikipedia.org/wiki/Flatland
Muallif: Otajon Iskandarov
9-savol
Diqqat, savolda IKS boshqa bir ikki so'zni almashtirib keladi.
Edvin Ebbott asari haqida gapirar ekan, Andrey Chudesnikov
Flatlandiyani IKS deya ataydi. 1983-yilda yaratila boshlangan "IKS"
kimga mashhurlik olib keladi?
Javob: Terri Pratchett
Izoh: IKS — bu yassi olam, плоский мир. Flatlandiya ikki o'lchamli
dunyo, shu tufayli undagi barcha jismlar yassi ko'rinishda. "Yassi olam"
fentezi seriyasi Buyuk Britaniyalik yozuvchining bestselleri.
Manbalar:
1. https://bit.ly/3ZgvnsS
2. https://ru.wikipedia.org/wiki/Плоский_мир
Muallif: Otajon Iskandarov
10-savol
Terri Pratchett o'zining tugallanmagan avtobiografiyasida hayotining
oxirlari tuman ichida o'tgani haqida, kunlardan birida yordamchisiga
klaviaturasidagi "S" harfi yo'qolib qolganidan noligani haqida yozadi.
Gap shunda-ki, 2007-yilda Pratchettda ALFA aniqlangan. ALFAni ikki
so'zda yozib bering.
Javob: Altsgeymer kasalligi
Manba:
1. https://www.theguardian.com/books/2017/feb/03/terry-pratchett-
docudrama-author-dead-alzheimers
Muallif: Otajon Iskandarov
11-savol
Arab olamida gender notenglik nisbatan kamligini ta’kidlar ekan,
filologinya Alfiya Xabibullina “Qur’on”da ham ULARni uchratish
mumkinligini keltiradi. Ushbu savol matnida ham UNDAN
foydalanilgan. ULARni lotin tilidan kirib kelgan so'z yordamida toping.
Javob: feminitiv so'zlar
Qabul: feminitivlar
Izoh: odatda erkaklarni anglatuvchi kasb nomlari bilan bir qatorda aynan
ayollar uchun qo'llaniladigan analoglar feminitiv hisoblanadi, misol
uchun, shoir-shoira, muallim-muallima. Arab tilida ham feminitiv so'zlar
mavjud bo'lib, ularni "Qur'on" matnida ham topish mumkin. Savol
matnidagi "filologinya" so'zi ham feminitiv.
Manbalar:
1. https://www.wonderzine.com/wonderzine/life/life/222195-autorka
2. https://ru.wikipedia.org/wiki/Феминитив
Muallif: Otajon Iskandarov
12-savol
Faylasuf Jon Roulz fikricha qonunlar adolatli qabul qilinishi uchun
qonun qabul qiluvchilar oʻzlarini noma’lum IKSda deb tasavvur qilishlari
kerak. Shunda barchaga teng qarash mumkin boʻlar edi, zero qonun
qabul qiluvchilar har qanday toifa vakili boʻlib qolishi mumkin. IKSni
ikki soʻzda yozib bering.
Javob: ona qornida
Manba:
1. https://bit.ly/3GnSjhj
Muallif: Shuxratjon Babayev

2-tur.
mad_max93January 20, 2023

2-TUR
[Boshlovchiga: tur avvalida savollar muallifini aytib o’ting]
NaVi jamoasi navbatchiligi 2-tur savollari muallifi:
Shohzodbek Bektursunov
13-savol
Yunon mifologiyasiga koʻra, Dolon ismli qahramon troyalik boʻlib, Troya
urushi vaqtida boʻri terisini yopinib oladi va fosh boʻlmaguncha yunonlar
orasida yashirinib yuradi.
Savol: Asrimiz boshida epizodlaridan birida Dolon tasviri tushirilgan
qadimiy artefakt koʻrsatib oʻtilgan filmni maksimal aniqlikda ayting.
Javob: Garri Potter va Azkaban Mahbusi
Qabul emas: Garri Potterning boshqa filmlari
Izoh: Filmda Remus Lupin oy toʻlganda boʻriga aylanishi va Hogwartsda
buni koʻpchilikdan sir tutib yurishi maʼlum. Dolon tasviri bilan bog'liq
sahna ham voqealarga qisman ishoradek keltirilgani tasodifmasdir.
Manba: https://en.wikipedia.org/wiki/Dolon_(mythology)
Muallif: Shohzodbek Bektursunov
14-savol
Futbol boʻyicha JCh finali taqdirlash marosimida Qatar amiri Messiga
qoidalarga zid boʻlsada, arab dunyosida aristokratlarga xos boʻlgan kiyim
— Bishtni kiydiradi. Mazkur holat qaysidir maʼnoda oʻziga xos
mantiqiylik hosil qilgandek edi.
Savol: Zodagonlarga xos mazkur kiyim, asosan, nimadan tayyorlanishini
ikki so`zda ayting.
Javob: Echki junidan
Izoh: Bishtning asosan echki junidan qilinishi va Messining The G.O.A.T
ekanligi oʻziga xos mantiqiylikni yuzaga keltiradi nazarimizda.
Manba: https://en.wikipedia.org/wiki/Bisht_(clothing)
Muallif: Shohzodbek Bektursunov
15-savol
Rassomchilikka ancha uquvi boʻlgan Julia, ENDI pasxa bayrami
arafasida slavyanlarning anʼanasiga muvofiq, BIR XIL turdagi
tuxumlarni TURLI ranglarda boʻyashga, naqshlar chizishga va
bezatishga qiziqib qolgan edi.
Savol: Julianing familiyasini toping.
Javob: Uorxoll(a)
Izoh: Julia Uorxola — mashhur Endi Uorxolning onasi hisoblanadi.
Savoldagi "Endi" soʻzi balki Sizga yordam bergandir. Endi Uorxol ham
bir turdagi suratni turli ranglarda yaratishi bilan mashhur hisoblanadi.
Manba: https://en.m.wikipedia.org/wiki/Julia_Warhola
Muallif: Shohzodbek Bektursunov
16-savol
Tasmaniyada bunyod etilayotgan ulkan poʻlat monolit, yer inqirozini,
xususan atmosferadagi karbonat angidrid miqdori, iqlimning qanday
oʻzgarib boryotgani haqidagi maʼlumotlarni qayd etib borishga
moʻljallangan. Bu loyiha "Yer IKSI" deb nomlanadi.
Savol: IKSni bir xil harflar bilan boshlanuvchi ikki so`zda yozing.
Javob: Qora quti
Manba: https://futurism.com/the-byte/earth-black-box-civilization
Muallif: Shohzodbek Bektursunov
17-savol
Maʼlumotlarga koʻra, kommandir Pravikning jigarrang koʻzlari bir
oqshomda QORAga emas, koʻkka oʻzgargan ekan.
Savol: Pravik tug'ilib oʻsgan shaharni toping.
Javob: Chernobil
Izoh: Vladimiri Pravik oʻt oʻchirish xizmati 3-kuzatuv kommandiri
boʻlgan va Chernobil avariyasiga eng birinchi yetib borgan oʻt
oʻchiruvchilar tarkibida boʻlgan. Kuchli radiatsiya natijasida uning
koʻzlari jigarrangdan koʻkka oʻzgargan. Savoldagi qoraga emas soʻzlari
Sizni shahar nomi tarkibidagi "Cherno" soʻziga yetaklashi kerak edi.
Manbalar:
1. https://en.m.wikipedia.org/wiki/Volodymyr_Pravyk
2. https://amp.theguardian.com/world/2006/mar/26/nuclear.russia
Muallif: Shohzodbek Bektursunov
18-savol
De Bruyne, Modrich kabilarni qoʻshimcha qilish mumkin boʻlgan IKS
deb nomlanuvchi maqolada, Devid Bekhem, Xabi Alonso va boshqa bir
qancha futbolchilarning sermahsulliklari xotirlanadi. IKS bundan 8 asr
oldin tuzilgan davlatdan bir harfga farq qiladi.
Savol: IKSni ikki soʻzda toping.
Javob: Oltin oʻrta
Qabul emas: Oltin Oʻrda
Izoh: Yuqorida futbol olamining eng kuchli yarim himoyachilaridan bir
qanchasi keltirilganligini sezdingiz nazarimizda. Bularga atalgan maqola
"Oltin oʻrta" deb nomlagan boʻlib, bundan 8 asr avval esa, 1240-yillarda,
Botuxon tomonidan "Oltin Oʻrda" davlati tuzilgani tarixdan maʼlum.
Manba: https://m.sport-express.ru/football/reviews/823395/amp/
Muallif: Shohzodbek Bektursunov
19-savol
19-asr oxirlariga tegishli bo‘lgan [BOʻSHLIQ-1] nomli ilmiy-fantastik
roman asosida suratga olingan 1996-yilgi filmda [BOʻSHLIQ-2] Marlon
Brandoga nasib etadi. Savol matnidagi bo'shliqlar bir-biridan bitta
harfga farq qiladi.
Savol: BOʻSHLIQLARDAN istalgan birini uch soʻzda ayting.
Javob: Doktor Moro oroli
Qabul: Doktor Moro roli
Izoh: [BOʻSHLIQ-1] - "Doktor Moro oroli" asari boʻlsa, [BOʻSHLIQ-2] -
"Doktor Moro roli" edi. 1896-yil nashr etilgan Gerbert Uells qalamiga
mansub "Doktor Moro oroli" ilmiy-fantastik romani 1996-yil
ekranlashtirilgan va unda "Doktor Moro roli" Marlon Brandoga nasib
etgan.
Manbalar:
1. https://en.wikipedia.org/wiki/The_Island_of_Doctor_Moreau
2. https://en.wikipedia.org/wiki/
The_Island_of_Dr._Moreau_(1996_film)
Muallif: Shohzodbek Bektursunov
20-savol
Edvard Hikmanning 8-avlodi boʻlmish Stenli Ennga atalgan maqolada,
Stenli Ennga 1961-yil ancha BARAKALI kelib, uning oʻsha yili Sietldagi
VASHINGTON universitetiga qabul qilingani, oʻz sevgani bilan turmush
qurgani va undan farzandli boʻlgani keltiriladi.
Savol: Stenli Enning farzandi kim?
Javob: Barak Obama
Izoh: Savol matnidagi BARAKALI soʻzi Sizni Barakka olib borishiga
yordam bergandir, Barak ismi etimologiyasi ham "Baraka" soʻzidan kelib
chiqqan. Shuningdek, Vashington nomi Sizni AQSh prezidentlariga olib
borishiga turtki bergan boʻlsa mamnunmiz.
Manbalar:
1. https://www.theguardian.com/world/2009/mar/10/brad-pitt-
barack-obama
2. https://en.wikipedia.org/wiki/Barack_Obama
Muallif: Shohzodbek Bektursunov
21-savol
Edvard Hikmanning 8-avlodi boʻlmish Jeynning oʻg'li Uilyamga atalgan
maqolada, Uilyamning BIR PAYTLAR GOLLIVUDga oʻz oʻqishini
tashlab kelgani, ism-familiyasi JARANGLI va QISQA TOʻXTAMga ega
boʻlishi uchun biroz oʻzgartirgani keltiriladi.
Savol: Jeyning farzandi kim?
Javob: Bred Pitt
Izoh: Savol matnidagi "Bir paytlar Gollivudga" jumlalari sizni "Bir
paytlar Golivudda" filmiga olib borishi kerak edi. Bred Pit shu filmdagi
eng yaxshi 2-plandagi aktyor uchun Oskar olgani maʼlum. Shuningdek,
jarangdor ism Bredga va qisqa toʻxtam Sizni Pit-stopga yetaklagan boʻlsa
xursandmiz. Bred Pitt va Barak Obama esa, uzoq tarixdan yaqin
qarindoshlar hisoblanadi.
Manbalar:
1. https://www.popsugar.com/celebrity/Brad-Pitt-Facts-26291730/
amp
2. https://en.wikipedia.org/wiki/Brad_Pitt
Muallif: Shohzodbek Bektursunov
22-savol
Savolda IKS ikki soʻzni almashtirib keladi
"The Police" guruhi qoʻshiqlaridan birining muqovasida oʻz joniga
sekinlik bilan qasd qilyotgan oʻsmir, boʻyniga sirtmoq solingan holda,
IKSda turganini koʻrish mumkin.
Savol: IKSda boʻlish 13-asr oʻrtalarida kimga foyda keltirgan.
Javob: Aleksandr Nevskiyga
Izoh: IKS — muz usti edi. Musiqiy muqovada oʻz joniga qasd qilyotgan
oʻsmir muz ustida turgan holda boʻyniga sirtmoq solib, muz erishini
kutyotgani tasvirlanadi. Aleksandr Nevskiy esa, 1242-yilda "Muz ustidagi
jang" nomini olgan urushda nemislar ustidan muhim g'alabaga erishgani
tarixdan maʼlum.
Manbalar:
1. https://en.wikipedia.org/wiki/Can%27t_Stand_Losing_You
2. https://en.wikipedia.org/wiki/Battle_on_the_Ice
Muallif: Shohzodbek Bektursunov
23-savol
Kapurlar oilasining kelini boʻlmish Babita vaqtida AKTRISAlik faoliyati
bilan ham shug'ullangan. Shuningdek, Babitaning RUS ADABIYOTIga
ham oʻzgacha qiziqishi boʻlganini aytish mumkin.
Savol: Oʻtgan asr 80-yillari homiladorlik davrida Babita qaysi asarni
sevib oʻqiganini toping.
Javob: Anna Karenina
Izoh: Babita qizi Karina Kapurga homilador vaqti Anna Kareninani oʻqib
juda taʼsirlangan ekan, shu bois qiziga Karina deb ism qoʻyishi
keltiriladi.
Manba: https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Kareena_Kapoor
Muallif: Shohzodbek Bektursunov
24-savol
Savolda "BU ISHNI QILISH" ikki soʻzni almashtirib keladi
Qolip yasashda tajribali stomatologlar harorat oʻzgarishiga sezgirligi bois
BU ISHNI QILISHni tavsiya qilmaydi. Savol muhokamasida BU ISHNI
QILISH ochkosiz qolishingizga sabab boʻlishi mumkin.
Savol: BU ISHNI QILISH oʻrnidagini toping.
Javob: Mum tishlash
Izoh: Mum harortaga sezgir modda boʻlganidan protezlarga qolip
yasashda mum tishlash tavsiya qilinmaydi. Mum tishlash iborasi esa,
og'ziga talqon solib oʻtirgandek gapirmaslikni ifodalaydi.
Manba: https://magazine.zhermack.com/en/laboratory-en/bite-
registration-wax-vs-silicone/
Muallif: Shohzodbek Bektursunov
3-TUR
[Boshlovchiga: tur avvalida savollar muallifini aytib o’ting]
NaVi jamoasi navbatchiligi 3-tur savollari muallifi: Farruh
Adhamjonov
25-savol [Keyingi savolga tarqatma mavjud]
Ksenolingvistlar - IKSlar haqida o’rganuvchi olimlar hisoblanadi.
USHBU IKS haqida gapira turib, ksenolingvist olim yo'qolib borayotgan
maorilardagi o'xshashliklarni ta'kidlaydi. Biz USHBU IKS yordamida
BIR ISHNI qildik. Oleksandr Kostilyev haqidagi juda ko'plab
maqolalarda ham BIR ISHNI QILISH eslanadi. 2154-yili Jeyk ham BIR
ISHNI QILADI. BIR ISHNI QILISH o'rnidagi 2 so'zni toping.
Javob: Na'viga Qaytish
Izoh: IKS – o’zga sayyoraliklarning tillari, USHBU IKS esa Na'vi tili edi.
Linguist olim Pol Frommer Na'vi tilini yaratishda Maorilar tilidan
foydalangan. Oleksandr Kostilyev bu kibersportdagi Na'vi jamoasi a'zosi
Simple. Avatar filmida ham Jeyk Na'vilarga qaytadi. Biz ham 3-tur
boshida Na'vi haqidagi 1-tur 1-savolga qaytdik.
Qiziqarli fakt, maori so‘zi maori tilida “Odamlar” yoki “tub xalq” deb
tarjima qilinadi
Manba:
1. https://james-camerons-avatar.fandom.com/wiki/Xenolinguist
2. https://www.newshub.co.nz/entertainment/avatar-navi-language-
based-on-nz-maori-2010012118
3. https://escorenews.com/en/csgo/news/37479-s1mple-returns-to-
navi-will-play-in-blast-fall-groups-playoffs
4. https://en.wikipedia.org/wiki/Avatar_(2009_film)
Muallif: Farruh Adhamjonov
26-savol
[Tarqatma]
Ayven Olbraytga U haqidagi filmga ssenariy yozishlarini so‘rab
kelishganida, tarqatmadagi kartinani yaratadi va o‘z filmiga poster
tariqasida ishlatadi. U haqidagi ilk film 1910-yili, hozircha so‘nggisi esa
2018-yili chiqarilgan. Internetdagi "UNGA o‘xshash qahramonlarni
yaratgan insonlar" nomli maqolada siz Jan-Pol Sartr, Skott Fitzjerald,
Meri Shelli kabi yozuvchilarni uchratasiz.
Savol oddiy, Uning kimligini toping.
Javob: Dorian Grey
Manba:
1)https://medium.com/coffee-time-reviews/12-disturbing-books-like-
the-picture-of-dorian-gray-ca5897943e7d
2)https://ru.wikipedia.org/wiki/Портрет_Дориана_Грея
3)https://artifex.ru/живопись/айвен-олбрайт/
Muallif: Farruh Adhamjonov
27-savol Blits [Keyingi savolga tarqatma mavjud]
Blitsning 1-savoli. USHBU so'zning kelib chiqishi lotin va fransuz
tillariga borib taqaladi. 2006-yil chiqarilgan BU nomdagi film esa 19-asr
oxirlarida faoliyat yuritgan ko’zboylig’ichlar haqida hikoya qiladi. 1995-
yilgi asar asosida ishlangan, "Diqqat bilan kuzatyapsanmi?" teglayni
ostida chiqarilgan USHBU filmni toping.
Blitsning 2-savoli. USHBU so'z fransuz tiidan kelib chiqqan bo'lib. ilk
bor Emil Buarak tomonidan ishlatilgan. 2006-yil chiqarilgan BU
nomdagi filmda bosh qahramon bir necha bor tarixni qayta ko'rishga
muvaffaq bo'ladi. Intuitsiyangizga tayangan holda, USHBU filmni
toping.
Blitsning 3-savoli. USHBU so'zning kelib chiqishi lotin va fransuz
tillariga borib taqaladi. 2006-yil chiqarilgan BU nomdagi film esa 19-asr
oxirlarida faoliyat yuritgan ko’zboylig’ichlar haqida hikoya qiladi. 1990-
yilgi qisqa hikoya asosida ishlangan, "Sen ko'rib turgan barcha
narsa bu hiyla" teglayni ostida chiqarilgan USHBU filmni toping.
Javoblar: 1) Prestij
2) Deja Vyu
3) Illyuzionist
Izoh: Prestij va Illyuzionist filmlari "Egizak filmlar" qatoriga kiradi. Savol
matnining asosiy qismi bir xil bo'lishi sizni to'g'ri javobga yetaklay oldi
deb o'ylaymiz. O'tgan galgi navbatchilikda o"ynalgan Prestij haqidagi
savol esa ko'pchilikda Deja Vyu uyg'ata oldi deb umid qilamiz.
Manba:
1. https://naked-science.ru/article/psy/uchenye-obyasnili-pochemu-
chelovek
2. https://everythingbutpopcorn.weebly.com/blog/are-you-watching-
closely-the-prestige-vs-the-illusionist
3. https://en.wikipedia.org/wiki/Twin_films#cite_note-dnminns-10
4. https://en.wikipedia.org/wiki/D%C3%A9j%C3%A0_Vu_(2006_film)
Muallif: Farruh Adhamjonov
28-savol
[Tarqatma]
Wikipedia ma’lumotlariga ko’ra, tarqatmada siz IKS ilk bor tasvirlangan
mozaikani ko’rib turibsiz. IKS esa aslida 1858-yilga kelibgina yaratilgan.
IKS o’zidagi xususiyati bilan, ko’plab filmlarda vaqtlararo sayohat va
taqdir determinizmi bilan bog’lanadi. Google Drive [Gugl drayv]
ilovasida ham siz IKSni ko’rishingiz mumkin ekanini hisobga olib, IKSni
atoqli ot qatnashgan ikki so’zda toping
Javob: Mobius tasmasi.
Izoh: Tarqatmada 3-asrda rimliklar tomonidan yaratilgan mozaika
bo’lib, unda qadimgi yunonlarning vaqt ma’budi bo’lgan Eon
tasvirlangan. Ko’plab asar va kino kahramonlari Mobius tasmasi
yordamida vaqtlararo sayohatni amalga oshirishadi.
Manba:
1. https://en.m.wikipedia.org/wiki/Möbius_strip
2. https://science.howstuffworks.com/math-concepts/mobius-
strips.htm
3. https://www.smithsonianmag.com/science-nature/mathematical-
madness-mobius-strips-and-other-one-sided-objects-180970394/
4. https://www.scientificamerican.com/article/the-timeless-journey-of-
the-moebius-strip/
Muallif: Farruh Adhamjonov
29-savol. [Keyingi savolga tarqatma mavjud]
Diqqat, sizga bir nechta filmlardan iqtiboslar o‘qiladi.
"Qolganlar sening gaplaringni menikidan ko‘ra ustun qo‘yadi deb
o‘ylaysanmi?" - Nonushta klubi filmidan.
"Rohibning motivlari sirliligicha qoladi" Billni O‘ldirish 2 filmidan.
"Meni o‘lgan deb o‘ylashlaridan juda ham baxtliman" Yo‘qolgan ayol
filmidan.
Yuqorida siz ALFAga misollarni eshitdingiz.
ALFA akademik kontentda murakkab va noaniq vaziyatlarni tushunish
uchun zarur bo'lgan epistomologik qarash, fikrlash, bilish va eslash
usullarini nomlanishi deb ta'riflanadi.
ALFA nima ekanini ikki so'zda toping.
Javob: Rasyomon effekti.
Izoh: O’tgan mavsum Legion navbatchiligida eslangan Rasyomon filmi
va effekti hali yodingizda deb o‘ylaymiz.
Manba:
1. https://youtu.be/M33BC3ZLFG4
2. https://www.allposters.com/-sp/Old-Picture-of-the-Rashomon-Gate-
from-the-Series-Scenes-of-Famous-Places-Posters_i16352989_.htm
3. https://telegra.ph/2-tur-12-01
Muallif: Farruh Adhamjonov
30-savol [Keyingi savolga tarqatma mavjud]
Tarqatma

Tarqatmada 1940-yili yaratilgan USHBU kartinaning neyroset


yordamida yaratilgan tasvirini ko’rib turibsiz. 1968-yili chiqarilgan
USHBU hujjatli filmda esa Vyetnamdagi oddiy insonlarning hayoti
ko’rsatilgan.
USHBU so’zi o’rnidagi boshqa ikki so’zni toping.
Javob: Urushning yuzi
Izoh: Tarqatmada Salvador Dalining kartinasi neyroset yordamida
chizilgan. Urushning yuzi nomli hujjatli film esa Vyetnam urushiga
qarshi chiqarilgan.
Manba:
1. https://www.dalipaintings.com/the-face-of-war.jsp
2. https://t.me/AiArts21/34
3. https://en.m.wikipedia.org/wiki/A_Face_of_War
Muallif: Farruh Adhamjonov
31-savol (3-tur 7-savol) [Keyingi savolga tarqatma mavjud]
Tarqatma
Tarqatmada siz ULARni ko'rib turibsiz. ULARning kelib chiqishi
xristianlik dini bilan bog'lansada, aslida ancha oldinroq,
Aristotelning axloq haqidagi fikrlaridan so'ng shakllangan. Dante esa
ULARni ifodalash uchun "Peccatum" so'zidan foydalangan. 1995-yilgi
mashxur film ham ULARga bag’ishlanadi.
D/S: ULAR nima ekanini 3 so’zda toping
Javob: Yetti o’limli gunohlar
Izoh: Tarqatmadagi Yetti o’limli gunohlar kartinasi 1933-yili Otto Diks
tomonidan chizilgan. Dantening “Ilohiy Komediya” asarida “Peccatum” -
lotincha gunoh so’zi bilan bu gunohlarni sodir qilganlarga P harfi
tamg’asi bosilgan. Devid Fincherning “Yetti” filmi esa Yetti o’limli
gunohlar haqida ishlangan.
Manba:
1. https://muzei-mira.com/kartini_germania/3104-sem-smertnyh-
grehov-otto-diks-opisanie-kartiny.html
2. https://christianhistoryinstitute.org/magazine/article/dante-divine-
comedy-did-you-know
3. https://en.m.wikipedia.org/wiki/Seven_deadly_sins
4. https://m.imdb.com/title/tt0114369/
Muallif: Farruh Adhamjonov
32-savol Tarqatma
___________________________________
(1 soat 9 daqiqa 2 soniya 500 millisoniya)
___________________________________
Bir maqolada hazil tariqasida UNGA quyidagi ta'rif beriladi:
"ota-onalarning sevimli farzandi mavjud emasligi, barcha
farzandlarini bir xilda yoqtirishlari aslida yolg'on ekanligi haqida
hikoya".
Salkam Sakson soniya ilgargi Florian, Tog'lar va Nil ham UNGA
bag'ishlangan edi. UNI toping.
Javob: Interstellar filmi
Izoh: Tarqatmada film premyerasidan buyon (26-oktyabr 2014)
hozirgacha Miller sayyorasida o'tgan vaqt yozilgan. 63 kun avval
o'tkazilgan Espero navbatchiligidan buyon Miller sayyorasida 78 soniya
750 millisoniya o'tdi. Florian, Tog'lar va Nil esa bu navbatchilikdagi
Interstellar filmiga bag'ishlangan savollarning kalit so'zlari edi.
Manba:
1. https://telegra.ph/3-tur-11-18
2. https://www.koimoi.com/hollywood-news/this-interstellar-fan-
theory-about-water-planet-the-ticking-sound-in-background-proves-
christopher-nolans-sheer-brilliance/amp/
3. https://thefilmitself.com/the-misunderstood-interstellar/
Muallif: Farruh Adhamjonov
33-savol
Interstellar filmi bosh qahramoni Myorf Kuper bajarish imkonsiz deb
qaralgan nisbiylik nazariyasi va kvant mexanikasini birlashtirgan holda,
ALFAni isbotlaydi.
Boshqa bir serial qahramoni bo'lgan Kuper esa ALFAni isbotlab
bo'lmaydi deya bir umrlik izlanishlaridan voz kechadi.
Nazariy fizik Brayan Grin esa ALFAni tushuntirish uchun skripkani
misol keltiradi.
D/S: ALFA nima ekanini ikki so'zda aniq toping.
Javob: Torlar nazariyasi
Qabul emas: kvant gravitatsiyasi
Izoh: Serial - Katta Portlash Nazariyasi.
Torlar nazariyasini hozirda isbotlash ham mavjudligini rad etish ham
imkonsiz deya baholanadi. Savol matnida siz imkonsiz deya baholangan
va ikki teskari ishni qilgan Kuperlar haqida eshitdingiz.
Manba:
1. https://inference-review.com/article/interstellar-science
2. https://www.nytimes.com/2014/11/18/science/interstellar-the-
cinema-of-physicists.html
3. https://youtu.be/TI6sY0kCPpk
4.
https://medium.com/paul-austin-murphys-essays-on-philosophy/why-
the-big-bang-theorys-sheldon-cooper-gave-up-on-string-theory-
1663a17c13f5
Muallif: Farruh Adhamjonov
34-savol
Filmlari o'ta haqiqiy chiqishini xohlovchi Kristofer Nolan hattoki BU
ISH QILINGAN sahnani ham kompyuter grafikasisiz suratga olishga
erishgan. 1969-yilgi mashhur filmda esa BU ISH QILINGAN sahna
to'lig'icha senzuraga uchraydi. Tarixda hozircha eng so'nggi bor 2017-yil
sentyabr oyida BU ISH QILINGAN.
BU ISH QILINGAN o'rnidagi boshqa 3 so'zni toping.
Javob: Yadro bombasi portlatilgan.
Izoh: Nolanning kutilayotgan Oppengeymer filmi Yadro bombasi ilk
marotaba ishlatilgan Triniti testini ham o'z ichiga oladi va ajablanarlisi
bu sahnalarda kompyuter grafikalari ishlatilmagan. Brilliant qo'l
filmining yakunida mavjud bo'lgan Yadro bombasining portlatilishi
senzuraga uchragan. Shimoliy Koreya esa Yadro bombasini sinov uchun
portlatgan eng so'nggi davlat bo'lib qolmoqda.
Manbalar:
1. https://variety.com/2022/film/news/christopher-nolan-
oppenheimer-atomic-bomb-explosion-no-vfx-1235457979/
2. https://www.ng.ru/saturday/2003-01-31/13_gayday.html
3. https://en.m.wikipedia.org/wiki/Nuclear_weapons_testing
Muallif: Farruh Adhamjonov
35-savol
Diqqat qiling, sizga raqamlar o’qib beriladi:
528491
Ushbu raqamlarni siz UNDA ko’rishingiz mumkin edi. UNDAgi
obyektning harakati sabab esa, hozirgacha UNING ikki xil
versiyasi saqlanib qolmoqda.
UNI nima ekanligini bir xil harf bilan boshlanuvchi ikki so’zda
toping
Javob: “Ibtido”ning intihosi.
Izoh: Ibtido filmining yakuniy sahnalarida 528491 raqamlarini Fisher
seyfga kiritadi va barcha palladagi tushlar o’z yakuniga yetishni
boshlaydi. Film yakunidagi pildiroqning harakati sabab esa muxlislar
hali-hanuzgacha yakunning tushda yoki o’ngda bo’lganligi bo’yicha ikki
xil versiyani taqdim qilishadi.
Intixosiga yetayotgan navbatchiligimizni ham “Ibtido” filmi kabi uzoq
eslab yurasiz deb umid qilamiz.
Manba: https://m.imdb.com/title/tt1375666/
Muallif: Farruh Adhamjonov
36-savol
Ernest Klaynning 2011-yilgi asari asosida ishlangan BU FILMda siz
"Kelajakka qaytib", "Indiana Jons", "Betmen", "Monti Payton", "Telba
Maks", "King-Kong" va yana yuzga yaqin mashxur kinolarga va
hattoki "Maynkraft" o'yiniga havolalarni ko'rishingiz mumkin edi.
Diqqat kutilmagan savol, siz bizga film nomini emas, balki filmning
asosiy voqealari qayerda davom etishini ayting.
Javob: Meta olamda
Qabul: Metavers
Izoh: Gap "Birinchi o'yinchi tayyorlansin" filmi haqida ketayotgan edi.
Biz esa shu bilan o'z navbatchiligimizga yakun yasaymiz va
navbatchilikni Metavers jamoasiga topshiramiz.
Manba: https://www.vulture.com/2018/03/here-are-all-the-references-
in-ready-player-one.html
Muallif: Farruh Adhamjonov
Metaverse
1-tur.
mad_max93February 03, 2023

Bugungi savollar mualliflari Javohir Mavlonov, SHerzod Rashidov,


Akmal Bo’riyev, Nurmuhammad Nizomov, Doston Imomov va
Mirshod Ochilov. Savollar redaktori Mirshod Ochilov. Agar savollarda
qandaydir xato yoki kamchilik uchrasa bu uchun bu oldindan uzr so’raymiz.
Umid qilamizki bunday holatlar kuzatilmaydi.
Eslatma: boshlovchi tomonidan savol tartib raqami e’lon qilingan
keyin aytiladigan yoki aytilmaydigan har qanday so’z bevosita
savolga aloqador. Agar savolga aloqasi bo’lmasa boshlovchi
tomonidan ogohlantiriladi. Jamoalardan Savol formasini,
savolning javobini va izohlarini diqqat bilan tinglashlarini
so’raymiz. Agar savollarda Alifbo bilan bog’liq holatlar uchrasa, bunday
holatlarda o’zbek tilining LOTIN alifbosi nazarda tutiladi.
Barcha jamoaga omad tilagan holda navbatchiligimizni boshlaymiz!
1. Shunday Delta 19-asrda avstryalik Karl Gampe tomonidan o’ylab
topilgan bo’lib, zamonaviy musoboqalarda juda kam uchraydi.
Panteleymon Beskoyning 2005 yilda nashr etilgan Shunday Delta nomli
asari or-nomus, jasorat, qahramonlik va Vatanga muhabbat haqida bo’lib
umuman shaxmat haqida emas. Diqqat savol: Shunday Delta o’rnidagi
ikki so’zni yozib bering!
Javob: Venacha debyut! Qabul Venskiy Debyut.
Izoh: Venacha debyut ochiq partiya hisoblanib o’yin boshidan piyodalar
oldinga surilib hujumga o’tiladi, shu sababli ham zamonaviy
musoboqalarda undan ko’p foydalanilmaydi.
Manba: 1. https://ru.wikipedia.org/wiki/Венская_партия
2. https://www.livelib.ru/book/1001343573-venskij-debyut-
pantelejmon-betskoj
2. Ushbu reklama agentligi 1873 yilda Chikagoda Lord & Thomas nomi
ostida tashkil etiladi. Hozirda dunyoning 90dan ortiq mamlakatida o’z
xizmatlarini ko’rsatadigan reklama agetnligining barcha xodimlari
Barselona klubiga muxlislik qiladimi yo’qmi aniq bilmaymiz! Diqqat
savol: Ushbu reklama agentligi nomini abreviatura shaklida yozib bering!
Javob: FCB
Manba:https://en.m.wikipedia.org/wiki/FCB_(advertising_agency)
3. Agar oyda geliy bilan to‘ldirilgan shar tepaga otilsa tezda qaytib pastga
tushadi. Bunga sabab esa Oyda shunday.
Bir o‘zbek filmida Jaxongir Poziljonovning til bilmasligi Shunday degan
tarjimaga sabab bo‘ladi. Diqqat savol: Shunday o‘rnidagi 2 so‘zni yozib
bering.
Javob: Havo yo‘q.
Izoh: Havoning massasi taxminan 29, Geliyniki 4. Shu sababli geliy
bilan to’ldirilgan sahr Yerda osongina uchadi, Oyda esa havo yo‘q.
"Boyvachcha" filmida How are you savolni havo yo‘q deyobdi deb tarjima
qilib beradi)
4. ,,Persi Jekson va chaqmoq o'g'risi” filmida yunon madaniyati
zamonaviy talqinda aks ettirilgan. Haykallar bilan bezatilgan bog'dagi
epizodda bosh qahramon uni boshini tanasidan judo qiladi. Diqqat savol:
U kim?
Javob: Meduza Gorgona
Izoh: Yunon mifologiyasida Persey Meduza Gorgonaning boshini uzib
tashlaydi. Bog’dagi haykallar esa shaxsan Gorgonaning o’zi
tomonidan ,,tayyorlangan”.
Manba: https://www.kinopoisk.ru/film/403986/
5. Xaruki Murakami ,,Dance, dance, dance” asarida dzen ta’limoti va jazz
improvizatsiyasini uyg’unlashtira olgan. Asar haqidagi wikipedia
maqolasida Murakami BU ISHni qildi deya tarif berilgan. Diqqat savol:
BU ISHni inkor qilgan insonni yozib bering
Javob: Redyard Kipling
Izoh: Bu ish sharq va g’arbni birlashishi. Ridyard Kiplingning ,,G’arb bu
g’arb, sharq bu sharq, ular hech qachon birlashmaydi” degan so’zlari
mashhur iboraga aylanib ketgan
Manba: 1. https://ru.wikipedia.org/wiki/Дэнс,_дэнс,_дэнс
2. https://en.wikipedia.org/wiki/Rudyard_Kipling
6. Savolda bir so’zdan bir necha harf tushirib qoldirilgan.
Yevrion yulduz turkumi bu- Omron kompaniyasi tomonidan yaratilgan
mahsus halqalar bo‘lib, bu turkum 5 ta yashil-oq Omron halqalaridan
iboratdir. Halqalarning bo‘lishi U bilan bu ishni qilishni oldini olishda
juda muhim. Ya’ni Unda Yevrion yulduz turkumi mavjud bo‘lsa jarayon
o‘z-o‘zidan to‘xtaydi yoki natija qop-qora bo‘ladi. Diqqat savol: Bu ish
nima ekanini yozib bering.
Javob: Pulni soxtalashtirish.
Izoh: Omron kompaniyasi pullarni sohtalashtirishni oldini olish uchun
banknotalarga mahsus xalqalar kiritishni taklif qiladi va bu uchun 5 ta
mahsus xalqa yaratadi. Bu xalqalar joylashuvi Orion yulduz turkumini
eslatgani uchun Yevropada Yevrion yulduz turkumi nomi bilan atala
boshlangan. Banknotada bu xalqalar bo‘lganda printer puldan nusxa
olish jarayonni avtomatik to‘xtatadi yoki qop-qora qilib chiqarib beradi.
Manba: 1. https://ru.wikipedia.org/wiki/Созвездие_Евриона
7. Ushbu YORQIN (urg‘u berib o‘qilsin) sochli fransuz Niagara darasi
uzra amalga oshirgan bir jarayonda hatto velosipeddan foydalangani
haqida ma’lumotlar bor. Qo‘shimcha ma’lumot sifatida aytish mumkinki,
uning akrofobiya bilan muammosi yo‘qligi aniq. Diqqat savol: Ushbu
inson familyasini yozib bering.
Javob: Blonden
Izoh: Sharl Blonden Niagara darasi uzra birinchi bo‘lib dorda o‘tgan
inson sifatida tarixda qolgan. "Buyuk blondin" laqabini yorqin sochlari
va familyasi tufayli olgan ekan. Dorbozda balandlikdan qo‘rqish ya’ni
Akrofobiya bo‘lmasligi aniq.
Manba:https://en.wikipedia.org/wiki/Charles_Blondin?wprov=sfla1
8. Ushbu asar Xokusayning "Kanagavadagi katta to‘lqin" asaridan
ilhomlanib yaratilgani haqida ma’lumotlar bor. Asar yaratilish vaqtida
muallifning holati nokturnal ishlashga to‘g‘ri kelmasligi, shu sababli asar
tong otishi oldidan yoki muallif xotirasiga tayanib yaratilgani haqida
aytiladi. Ushbu asardan fizikada turbulentlikni tushuntirishda
foydalaniladi. Diqqat savol: asar nomini yozib bering.
Javob: Yulduzli tun(yulduzli kecha,).
Izoh: Van Gog ruhiy xolati ayni buzilgan vaqt yaratilgan asar bo’lib, bu
vaqtda Van Gog kechasi ijod qilolmasligi tibbiy va psixologik taxlillarda
aytib o‘tilgan. Van Gog bu asarni yaratishda Xokusay asari ko‘rinishi va
ranglaridan ilhomlanganligi takidlanadi. Asardagi osmon ko‘rinishidan
turbulentlikni tushuntirishda foydalanishadi.
Manba: 1.https://youtu.be/PMerSm2ToFY
2. https://youtu.be/wk9L1N9bRRE
9. Keyingi savolda tarqatma material bor.
Aslida savol ikki qismdan iborat edi, lekin siz savolni yaxshi eslab
qolishingiz uchun biz uni oxrigacha o’qimaslikka qaror qildik.
wordsmith.hk saytining “Cliffhanger sizning marketingingizni qanday
yaxshilashi mumkin” nomli maqolasida ushbu litvalik inson eslab
o’tiladi. Diqqat savol: Ushbu litvalik insonni familyasini yozib bering.
Javob: Zeygarnik
Izoh: Zeygarnik effektiga ko’ra oxrigacha tugatilmagan ishlar inson
xotirasida tugatilganlarga nisbatan yaxshiroq saqlanib qoladi. Savol
preambula qismida biz shunga ishora qilgan edik.
Cliffhanger - adabiyot va kinoda qo‘llaniladigan o‘ziga xos uslub bo‘lib,
bunda hikoya eng qiziqarli joyida tugaydi. Bu holatda tomoshabin
keyingi qismni intizorlik bilan kutadi va jarayon tomoshabin xotirasida
yaxshiroq qoladi.
Manba: 1. http://wordsmith.hk/wordwise-blog/2022/2/14/how-
cliffhangers-can-improve-your-content-marketing
2. https://en.wikipedia.org/wiki/Zeigarnik_effect
10. Tarqatma material

VA
Biz sizga tarqatma materialning 2/7 [yettidan ikki] qismini taqdim
qildik. Lekin BU ISHni qilmadik.
Hadisi sharifda, “Qachonki insonlar BU ISHni to’xtatsalar, Olloh taolo
ulardan barakotli yomg’irni to’xtatadi” deya keltirilgan. Diqqat savol: BU
ISH o'rnidagi 2 so'zni yozib bering?
Javob: Zakot berish
Izoh: Biz ZAKOVAT so'zini yetti qismga bo'ldik, sizlarga esa V hamda A
harflarini taqdim etdik. Z A K O T ni esa bermadik. Hadisda esa, Zakot
berish inson uchun baraka ekanligi aytiladi.
Manba: https://kh-davron.uz/kutubxona/jahon/mavlono-
masnaviydan-01.html
11. 2020-yilgi prezidentlik saylovlari oldidan Donald Trampning o'g'li o'z
twitida Bayden haqida fikr bildirar ekan: Baydenning so'ngi 50 yilda
qayerlardadir tentirab yurgani, saylovlarga boshini suqib, keyin yana
umuman ko'rinish bermayotgani haqida yozadi. Ushbu Twitda U
Baydenni X deb ataydi. Diqqat savol: bu twitga demokratlardan ham
ko’proq kimlar etiroz bildirganini yozib bering.
Javob: Shotlandlar.
Izoh: U Baydenni Lox-Nees maxluqi deb ataydi. Shu sabab Shtlandlar
undan juda xafa bo’lishadi.
Manba: 1. https://daryo.uz/2020/08/25/shotlandlar-donald-
trampning-oglidan-lox-ness-maxluqi-sabab-hafa-boldi/
2. https://usa.one/2020/08/shotlandcy-obidelis-na-syna-donalda-
trampa-iz-za-lox-nesskogo-chudovishha/
12. To‘g‘ridan-to‘g‘ri, xech qanday o‘zgartirishsiz bu ishni qilish tezroq
muskul massa to‘plashga yordam bersada, salmonelloz kasalligiga olib
kelishi mumkin.
Yaqin o‘tgan kunlarda Rosariolik mashhur ham qaysidir ma’noda bu
ishni qilishni uddaladi.Diqqat savol: Bu ishni qilish o’rnidagi ikki so’zni
yozib bering.
Javob: Tuxumni yutish.
Izoh: Agar siz xom tuxumni o‘zgartirmay ya’ni qaynatib yoki qovurmay
to‘g‘ridan to‘g‘ri yutsangiz muskul massa tezroq to‘playsiz lekin bu
salmonelloz kasalligiga olib kelishi mumkin. Messining JCh kubogi bilan
tushgan surati instagramda layklar soni bo’yicha tuxumni yutdi)
Manba: 1. https://zira.uz/uz/2018/04/12/__trashed/
2. https://sport.24tv.ua/ru/messi-ustanovil-rekord-instagram-skolko-
lajkov-nabralo-foto-kubkom_n2221251

2-tur.
mad_max93February 03, 2023

1. Savol muallifining do‘sti yoz faslida "Work and Travel" (vork end
Trevel" dasturi bo‘yicha Germaniyaga ishga boradi. Yevropaning ko‘plab
ko‘zga ko‘ringan shaharlariga borishga ulgurmasligini sezgach, Bu ishni
qilishiga sabab sifatida Xundertvasser uyi, Shyonburen saroyi va bir
vunderkindning uy muzeyi kabilarni keltiradi.
medplatforma.com. saytida Bu ishni qilishda aniq vizualizatsiyaga ega
bo‘lganlik, inson yoshi, bajaruvchiga qulaylik kabi faktorlarni inobatga
olish kerakligi aytiladi. Diqqat savol: Bu ishni qilish o‘rnidagi so‘zlarni
yozib bering.
Javob: Venani tanlash.
Izoh: 3 oy muddat ish vaqtida barcha shaharlarga borishni iloji yo‘q, shu
sababli tanlov ichida Vena shahri ham bor. Xundertvasser uyi o‘ziga hos
shaklli va xar biri turli rangdan iborat kvartiralardan iborat antiqa uydir.
Mosart uy muzeyiga borish san’atga qiziquvchilarni befarq qoldirmaydi
albatta. Vena qon tomiriga in’yeksiya qilishdan avval to‘g‘ri venani
tanlash kerak.
Manba: 1. https://www.sputnik8.com/ru/vienna/pages/chto-
posmotret-v-vene
2. https://medplatforma.com.ua/article/ru/2209-perifericheskie-
venoznye-katetery-postanovka-i-uhod-za-mestom-vvedeniya-rus
2. Savolda bir so’zda 6ta harf tushirib qoldirilgan.
GALning paydo bo‘lishi haqidagi afsona ko’ra qadimgi Rimda shavqatsiz
bir hukmdor 2 yigitni tutib keltirtiradi. Ularga qilich tutqazib jang
qilishlarini, kim yutsa ozodlikka erishishi va qiziga uylanishini aytadi.
Lekin yaqin do‘stlar bo‘lgan bu ikki yigit jangdan bosh tortib qilichlarni
yerga uloqtirishadi va qilichlar tushgan joyda GAL paydo bo‘ladi.
Shundan beri GAL do‘stlik, ro‘stgo‘ylik, hurmat ramzi sifatida ko‘rilib
kelinmoqda. Diqqat savol: tushirib qoldirilgan harflarni o’z o’rniga qo’yib
bitta lotincha so’zni yozib bering.
Javob: Gladiolus
Izoh: Kichik qilich ma’nosini beruvchi bu gul afsonaga ko‘ra qilichlar
tushgan joydan o‘sib chiqqan ekan.
Manba: http://www.florets.ru/legendy-o-tsvetah/gladiolusy.html
3. Savol matnida bir so’z tushirib qoldirilgan!
Antropogenez.ru saytidagi bir maqola erkaklar va shimpanzening genetik
o‘xshashligi haqidagi tahlilga bag‘ishlangan. Maqolada aytilishicha
genetik o‘xshashlik 94-98 % atrofida ekan. Ushbu manbada aytilishicha
agar Y ni hisobga olsak shimpanze ayollardan ko‘ra erkaklarga genetik
o‘xshash. Diqqat savol: savolda tushirib qoldirilgan bir grekcha so’zni
yozib bering.
Javob: Xromosoma
Izoh: Agar Y Xromosoma hisobga olinsa ayollar bilan o‘xshashlik foizi
yanada pastroq chiqadi.
Manba: https://antropogenez.ru/zveno-single/25/
4. 17. Blits. Savolni Agata Meri Klarissa Miller beradi.
1. Fikrda manfaat bor, oʻyda ham, xayolda ham, tushda ham... hisda
manfaat yoʻq, chunki uning oʻzi soʻnggi manzil. Ushbu fikrlar 1970 yil
30-yanvarida Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida tug‘ilgan muallifning
asaridan olingan. Qaysi asar?
2. Qatarda o’tgan jahon chempionati guruh bahslarida Janubiy Koreya
terma jamoasida himoyasida kimlar o’ynaganligini aniq bilmasangizda
ulardan xoxlagan birining familyasini yozib bering.
3. Mashrabning 1665-1672 yillar orasida yozilgan shu radifli muxammasi
adabiyotchilar tomonidan Mashrab ijodidagi eng yaxshi 3 asardan biri
sifatida e’tirof etiladi. Qaysi Muxammas?
Javob: 1.Hech 2.Kim 3.Qolmadi
Izoh: Agata Meri Klarissa Miller Agata Kristining to’liq ismi. Agata
Kristining eng mashhur asarlaridan biri O’nta negr bolasi aslida Hech
kim qolmadi deb nomlanganidan xabardorsiz albatta. Hech asari Murod
Chovushga tegishli bo’lib, U Kitob tumanida tug’ilgan.
5. 1791 yilda tug’ilgan ushbu fransuz 1818 yilda injener geograf Aleksandr
Korrear va vrach Anri Savin bilan shaxsan uchrashib, afrikadagi voqea
haqida batafsil ma’lumot oladi. Asari tabiiy chiqishi uchun bir necha bor
morgga ham tashrif buyuradi. Diqqat savol: Ushbu fransuzning ism
familyasini yozib bering?
Javob: Teodor Jeriko.
Izoh: Jerikoning Meduza soli kartinasi real voqelikka asoslangan bo'lib,
unda 1816-yil 2-iyulda Senegal qirg'oqlarida sodir bo'lgan halokat
tasvirlangan. Korrear va Savin ushbu halokatni o’z ko’zlari bilan ko’rgan
kam sonli insonlardan edi.
Manba:https://ru.wikipedia.org/wiki/
Жерико,_Теодор#«Плот_„Медузы“»
6. 1999-yilda kompozitor Edvard Elgar surati bosib chiqarilgan 20 Funt
sterlingda, Ular nota belgilari rolini bajarib beradi. Diqqat savol: Ularni
o‘rnidagi ikki yoki uch so‘zni yozib bering.
Javob: Yevrion yulduz turkumi. Qabul: Omron halqalari
Izoh: Birinchi tur 6- savolida omron halqalari haqida savol o’ynaganimiz
esingizda bo’lsa kerak!
Manba: https://ru.wikipedia.org/wiki/Созвездие_Евриона
7. X haqidagi dastlabki ishonchli manbalardan biri Aleksandr
Makedonskiy qo'shiniga me'mor sifatida jalb qilingan va yurish
davomida ko'rgan bilganlarini yozib qoldirgan Aristobulning qaydlaridir.
Aristobul fikricha Xning joriy qilinishidan maqsad: Erkaklarning o'z
xotinlari tomonidan o'ldirilish holatlarini kamaytirish bo'lgan. Diqqat
savol: Xni bir sanskritcha so’zda yozib bering.
Javob: Sati
Izoh: Sati odatiga ko’ra agar erkak vafot etsa uning xotini ham birga
yoqilishi kerak edi. Erini o’ldirishni maqsad qilgan ayol o’zi ham birga
yoqlishini bilgach bu ishdan o’zini tiygan.
Manba: https://ru.wikipedia.org/wiki/Сати_(ритуал)
8. Minnesota shtati aholisining 17%ini norveglar, 9,5 foizini shvedlar
tashkil qiladi. Shuningdek 100 000 ga yaqin daniyaliklar va finlar ham
istiqomat qilishadi. Diqqat kutilmagan savol: NFLda Minnesota sharafini
himoya qiluvchi amerikancha futbol jamoasini nomini aniq yozib bering.
Javob: Minnesota Vikings
Izoh: Minnesota shtati AQShning skandinav madaniyati markazi
hisoblanadi. Aholisining ham asosiy qismi skandinavlardan tashkil
topgan.
Manba: https://ru.wikipedia.org/wiki/Миннесота_Вайкингс
9. Patsorki – turli ranglardagi shisha bo’laklaridan tayyorlanadigan
ukrain milliy taqinchog’i hisoblanadi. Bir bayram arafasida
Patsorkilardan U sifatida foydalanish odatga aylangan. Diqqat savol: Uni
unli harflardan boshlanuvchi ikki so’zda yozib bering.
Javob: Archa o’yinchoqlari
Izoh: Yaltirab turuvchi ushbu taqinchoqlardan yangi yil arafasida archa
o’yinchog’i sifatida foydalanishadi.
Manba: https://ru.wikipedia.org/wiki/Пацьорки
10. Erta tongdan yugurishni yoqtiruvchi Erik Alstryom kichik
shaharchadan Stokgolmga ko’chib o’tadi. Yugurish vaqtidagi mashg’uloti
esa ommaviy harakatga aylangan. Hozirda, bu harakat Shvetsiyada sport
darajasiga ko’tarilgan bo’lib, plogging deya nomlanadi. Diqqat savol:
Ular yugurish davomida yana nima bilan mashg’ul bo’lishlarini yozib
bering?
Javob: Chiqindilarni yig’ish
Izoh: Alstryom Stokgolmga ko’chib o’tgandan so’ng, shaharda juda ko’p
chiqindi yig’ilishini ko’radi va yugurish davomida chiqindilarni ham
yig’ib ketaveradi. Keyinchlik bu ish sport darajasiga chiqadi.
Manba: https://ru.wikipedia.org/wiki/Плоггинг
11. Kappa haqida gapirganda ko'pchilik bir biriga bog’liq bo’lmagan 3 ta
sababni keltirishadi. Birinchidan Sviney stansiyasidan olingan
ko'rsatgich 3/10 okta emas, balki 7/10 oktaligi bo'lsa. Ikkinchisi, Yahata
shahridagi yong'in.
2014-yilda 85-yoshli po'lat quyuvchi Saturo Miyoshiro barchasi o’zining
xizmati ekanligini aytib chiqdi. Aytishicha u o'sha kun zavodda katta
miqdorda ko'mir yoqqan ekan. Diqqat savol: Kappani toponim
qatnashtirib ikki so’zda yozib bering.
Javob: Kokura omadi
Izoh: Aslida Atom bombasi tashlanishi kerak bo’lgan shaharlar orasida
Kokura oldinda bo’lsada turli sabablar bilan unga atom bombasi
tashlanmagan. Shundan Yaponlardan Kokura kabi omadli iborasi paydo
bo’lgan.
Manba: https://www.warhistoryonline.com/world-war-ii/kokura-
atomic-bomb.html
12. Uning asl muallifi kimligini aniq aytish mushkul, parijlik Petio ham
amerikalik Djessel ham uni o‘ziniki sanaydi. Lekin shunisi aniqki unga
berilgan nom o‘zini to‘liq oqlaydi. Aytishlaricha uni tatib ko‘rganda
polyaklarda milliy g‘urur hissi paydo bo‘larkan. Bizningcha zakovat
klubida uning ta’midan baxramand bo‘lganlar juda ozchilik bo‘lishi
mumkin, lekin juda ko‘pchilik uning 10 yilcha oldin yaratilgan "resepti"
ni o‘tgan yildan boshlab deyarli yoddan ayta boshlashdi. Diqqat savol:
So‘nggi resept muallifini yozib bering.
Javob: Ledy Gaga
Izoh: U Bloody Mary ichimligi. Bloody Mary kokteli yaratilishi tarixida
Fernand Petio va Jorje Jessellar eslab o’tiladi. Yoddan ayta boshladi
so’zlari ham sizga yordam berdi deb o’ylaymiz albatta!
Manba: 1. https://en.wikipedia.org/wiki/Bloody_Mary_(cocktail)
2. https://en.wikipedia.org/wiki/Bloody_Mary_(song)

3-tur.
mad_max93February 03, 2023

1. Fenimor Kuperning ,,Bravo yoki U YERDA" nomli romani epigrafida


shunday satr bor: ,,Men turibman, O'ngda saroy, chapda qamoqxona".
Diqqat savol: U YER so'zi bilan almashtirilgan Yevropadagi shaharni
yozib bering?
Javob: Venetsiya
Izoh: ,,Bravo yoki Venetsiyada" romani epigrafida Venetsiyadagi ,,Ohlar
ko'prigi (Мост Вздохов)" eslab o‘tiladi. Ohlar ko‘prigi - mahkumlarning
hukm e‘lon qilingan sud zalidan qamoqxonagacha bo‘lgan so‘nggi yo‘li
bo‘lgan
Manba: https://ru.wikipedia.org/wiki/Мост_Вздохов
2. Ruanda mamlakatidagi mehmonxonada menedjer bo'lib ishlagan Pol
Rusesabagina 1000 dan ortiq tutsilarni garchi o'ziga xatarli bo'lishiga
qaramay, o'z mehmonxonasiga joylashtiradi. 2004-yilda suratga
olingan ,,Ruanda mehmonxonasi" filmi yuqoridagi voqea asosida
yaratilgan. Diqqat savol: ,,Ruanda mehmonxonasi" filmi haqidagi
wikipedia maqolasida 1993-yilda ishlangan qaysi filmga havola
mavjudligini yozib bering?
Javob: Shindler ro'yxati
Izoh: Rusesabagina Ruandadagi genotsid vaqtida ko'plab tutsilarni
hayotini asrab qolgan, xuddi Oskar Shindler yaxudiylarni qutqargan kabi
Manba: 1. https://ru.wikipedia.org/wiki/Отель_«Руанда»
2. https://ru.wikipedia.org/wiki/Список_Шиндлера
3. U 1814-yil tabiiy sabablarga ko'ra vafot etgan, turli mish-mishlarda
aytilganidek qatl qilinmagan.
Biz redaktura vaqtida savolning preambula qismini olib tashlashga qaror
qildik. Diqqat savol: Bu inson kim?
Javob: Jozef Gilotin
Izoh: JOzef Gilotinning boshi gilotinada uzib tashlangan va shu tariqa
o'lim topgan degan versiyalar mavjud, lekin u tabiiy sabablar bilan vafot
etgan. Biz ham savol boshi bo'lgan preambula qismini olib tashladik
Manba: https://ru.wikipedia.org/wiki/Гильотен,_Жозеф_Игнас
4. 19. Borxes Turkistonda paydo bo‘lgan ertaklarni o‘qib, “ Turkiston
ertaklari” deya nomlangan hikoyasifat esse yozadi. Uni Turkiston ruhi
qiziqtiradi, va unga tomon kalit izlagani seziladi, kalit esa so‘zlar-
iboralar.
Borxes Beruniy, Ibn Sino, Forobiy va ulardan keyin 2-3 asr o‘tib, 14 ta
risola yozgan Muhammad Porso asarlarini o‘qimagan - o‘qiganda edi
Turkiston bilan bog‘liq yana bir turkum hikoyalar yozilishini go‘yoki
bilgandekmiz. Diqqat savol: Borxes haqidagi ushbu maqola muallifi
haqida Hech Narsa bilmasangizda maqola muallifi kimligini yozib
bering?
Javob: Murod Karim o’gli. Qabul: Murod Chovush
Izoh: Murod Chovushning Hech narsaga bag’ishlanmagan Hech asari
ancha mashhur bo’lganidan xabardorsiz. 2-tur Blits savolida ham Hech
asari haqida ma’lumot bergan edik!
Manba: https://m.facebook.com/Chovush/photos/маҳмуд-
шабустарий-зоҳир-атиргул-кўланкасихорхе-луис-борхеснинг-
китобини-рус-тили/3061684900551020/
5. Bibliaga ko'ra U osmon va yerni bog'lovchi vosita. Agata Kristining
Katta to’rtlik romanida Puaro Gastingsning jinoyat haqidagi fikrini
tinglagach, agar jinoyatchi UNDAN foydalanmagan bo'lsa sizning
taxminingiz mantiqqa zid deya rad qiladi. Diqqat savol: Uni atoqli ot
qatnashtirib ikki so’zda yozib bering!
Javob: Yakov zinasi.
Izoh: Katta to’rtlik asarida Puaro Gastingsning fikriga qarshi chiqib qotil
Yakov zinasidan foydalanmagan bo’lsa albatta izi qolgan bo’lishi kerak
deya fikr bildiradi.
Manba: https://ru.m.wikipedia.org/wiki/Лестница_Иакова
6. Tarqatma.
1- Isak Nyuton.
10- Florens Naytingel, Charlz Dikkens, Charlz Darvin, Jeyn Ostin
20- Uilyam Shekspir, Maykl Faradey, …, Adam Smit, Uilyam Tyorner
Diqqat savol: Nuqtalar o’rnidagi ism familyani yozib bering?
Javob: Edvard Elgar
Izoh: Bu ingliz funt sterlingining turli seriyalaridagi nominallarda
tasvirlangan insonlar. 1 funt sterling faqat ilk seriyada chiqqani sababli
ham 1 soni oldida Nyuton yolg’iz yozilgan. Oldingi tur 6- savolida ham
Elgar tasvirlangan 20 funt sterling haqida savol o’ynagan edik!
Manba: https://ru.wikipedia.org/wiki/Фунт_стерлингов#Банкноты
7. Savolda Roxand Chand so’zlari boshqa bir so’z o’rnida qo’llanilgan.
Xayrulla Hamidov ijodidan sher!
Roxan Chand, hurmatim senga beqiyos,
Sen Inson o‘g‘lisan, sen Inson o‘g‘li.
Hayvonot olami chorlasa-da boz,
Mukarram zotliging bilding, Roxan Chand!
Diqqat savol: Almashtirilgan so’zni yozib bering!
Javob: Maugli.
Izoh: Savolda Maugli obrazi orqali tanilgan Roxan Chand Maugliga
almashtirilgan edi!
8. Entomolog va tabiiy changlantirish mutaxassisi Robbin Torp
o‘rganishlariga ko‘ra Ular odatiylariga qaraganda ancha tezkor va
chidamliroq ekan.
Boshqa bir "U"ning to‘liq ismida Persifal Vulfrik Brayan nomlarini ham
uchratish mumkin. Bu inson 1945-yilda Grin-de-Valdni yengadi. Diqqat
savol: U o‘rnidagi 2 so‘zni sifat qatnashtirib yozib bering.
Javob: Oq asalari
Izoh: Oq asalarilar kamdan kam uchrasada oddiylariga qaraganda
foydali ish koyefsiyenti balandroq. Garri Potter seriyasidagi kitoblar
qahramoni bo‘lgan Albus Dambldorning ism familyasi Albus-lotincha
"oq" va Dambldor qadimgi ingliz tilidan "asalari" so’zlaridan olingan. U
1945-yilda Volandemortgacha bo‘lgan eng kuchli qora kuchlar sehrgari
Grin-de-Valdni yengadi.
Manba:1.https://ucanr.edu/blogs/blogcore/postdetail.cfm?
postnum=5228 2. https://www.dictionary.com/browse/dumbledore
3. https://en.wikipedia.org/wiki/Albus_Dumbledore?wprov=sfla1
9. Bu ishni qilish so‘zlari bilan boshqa ikki so’z o’rnida ishlatildi.
Frensis Skott Fisjeraldning "Buyuk Getsbi" romani qahramoni Jey Getsbi
o‘zining sobiq sevgilisi Deyzini e’tiborini jalb qilish uchun har kecha
katta ziyofat uyushtirar va hududdagi barcha oilani taklif qilardi,
shunday davomiy ziyofatlarning biriga va nihoyat Deyzi tashrif buyuradi.
Bir zamonaviy termin nomi kelib chiqishi ushbu syujet bilan bog‘liq. Bu
termin bilan ataladiganlar tez-tez bu ishni qilib turishadi.
Aytish mumkinki, bir necha oy oldin 13 yil deganda mashhur kanadalik
ham bu ishni qildi. Diqqat savol: ushbu kanadalik kimligini yozib bering.
Javob: Jeyms Kemeron.
Izoh: Bu ishni qilish Avatarini yangilash. Getsbing termini bu - aynan
ma’lum bir kishi e’tiborini jalb qilish uchun ijtimoiy tarmoqlarga post,
surat, videolar, va hkz.larni joylash, avatarini yangilab turish, biror
asardan matnlar kiritib turadiganlarga nisbatan qo‘llanadi.
Zamonaviy dunyoda ham xuddi shunday, post, surat joylansa buni
hamma ko‘radi, aslida esa aynan ma’lum bir inson uchun qo‘yilgan
bo‘ladi va bu xolatda Getsbing atamasi ishlatiladi(albatta shu maqsadni
ko‘zlab qo‘yilgan postlarga nisbatan). Jeyms Kemeron ham 2009-yildan
beri endi avatarini yangiladi)
Manba: 1.
https://www.maximonline.ru/guide/maximir/_article/getsbing-novyj-
trend-otnoshenij-iz-soczsetej/
2. https://en.wikipedia.org/wiki/James_Cameron?wprov=sfla1
10. Mish-mishlarga ko’ra, kimyogar olim Iogann Konrad Dippel bo’sh
vaqtlarida jasadlarni qazib olib, ularni hayotga qaytarish ustida tajribalar
o’tkazgan. Germaniyaning Gernsxaym shahriga tashrif buyurgan
yozuvchi bu xabardan ilhomlangani aniq. Diqqat savol: Ushbu
yozuvchini yozib bering.
Javob: Meri Shelli
Izoh: Meri Shelli oilasi bilan Frankenshteyn qal’asi yaqinidagi
Gernsxaym shahriga sayohat qiladi va ushbu olim haqida eshitadi. Bu
keyinchalik ,,Frankenshteyn yoki zamonaviy Prometey” asarini
yozilishiga ilhom beradi.
Manba: https://art-facts.com/facts-about-frankenstein-and-mary-
shelley/
11. Addamslar oilasi serialidagi qahramonlardan biri ko’p hollarda yonib
turgan sigaretasini cho’ntagiga solib qo’yadi. Dizaynerlar uning
cho’ntagini yaratishda bestdan foydalanishgan. Yuqorida savol matnidagi
so’zlardan birida Uni tushirib qoldirdik. Diqqat savol: Ular yashaydigan
joy nomini yozib bering.
Javob: Asgard
Izoh: Cho’ntakni yaratishda olovga chidamli material bo’lgan asbestdan
foydalanilgan. Skandinav mifologiyasiga ko’ra aslar, Asgardda
yashashadi.
Manba: 1. https://www.imdb.com/title/tt0057729/trivia
2. https://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%90%D1%81%D1%8B
12. Savolda Heppy End (Happy end) so‘zlari boshqa ikki so‘z bilan
almashtirilgan.
Heppy end aynan ushbu tilda va ushbu xalq orasida qo‘llanadigan
frazadir.
Ushbu xalq Heppy End frazasini 2008-yil, 29-iyunda faqatgina to‘g‘ri
ma’noda qo‘llashi mumkin edi. Diqqat savol: Heppy End bilan
almashtirilgan ikki so‘zni yozib bering.
Javob: Vena finali. Qabul: Vena yakuni
Izoh: Bu ibora nemislarda baxtli yakunni bildiradi.
XVIII asrning ikkinchi yarmida hukmronlik qilgan imperator Iosif II
fuqarolarining kayfiyatini tushirishni istamaganligi bois fojiali voqealarni
hikoya qiluvchi, hattoki, bilvosita tragedik sahnalarga ishora qiluvchi
spektakllarning teatrda namoyish etilishini ta'qiqlagan. Natijada ko'plab
spektakllarga o'zgartirish kiritishga to'g'ri kelgan. Hattoki "Gamlet"
hamda "Romeo va Juletta" ham qayta yozilgan ijobiy yakun bilan
ommaga namoyish etilgan.
2008-yil Venada bo’lib o’tgan Yevro-2008 finalida nemislar Ispanlarga
yutqazib qo‘yadi. Finaldagi mag’lubiyatdan keyin Vena finali iborasini
nemislarga nisbatan faqatgina to‘g‘ri ma’noda qo‘llash mumkin.
Manba: 1. https://facts.museum/vienne
2.https://en.wikipedia.org/wiki/UEFA_Euro_2008_final?wprov=sfla1
Renessans
1-tur.
mad_max93February 20, 2023

1-tur (Easy)
1. 1941-yilda tavallud topgan bu shaxs tub mohiyati bilan o’zini
Yasavviyning davomchisi deb hisoblagan. Ne ko’z bilan ko’raylikki U o’z
KITOBida Qo’ng’irtovning KO‘K DALAlari, qizg’aldoqlari, manzarasi
xususida MADH etar edi.
Savol: U kim?
Javob: Abdulla Oripov
Izoh: Savolda qo’llangan ko’plab so’zlar Oripovga olib boradi.
Avvalambor, Oripov Neko’z qishlog’ida tavallud topgan. Kitob, Ko’k
dala uni Qashqadaryodan ekanligiga, undan tashqari o’z hududining
yam-yashil ekanligini madh etgan bu shaxs madhiyamizni yozganligi
bilan ham mashhur.
Manba: 1. https://uz.wikipedia.org/wiki/Abdulla_Oripov
Muallif: Ravshan Bahronov
2. IKKINCHI SAVOL.
Ingliz topishmogʻini tinglang:
“Mening bir ayigʻim bor edi, shu ayiqning qulogʻini olib tashladim”.
Siz tinglagan topishmoqning javobi REAB. Savol matnidagi bir so‘zga bir
necha harf qo’shdik.
Savol:o’sha harflarni yozib bering.
Javob: REA
Izoh: Topishmoqning javobi B harfi edi. Bear so‘zidan quloqni ya’ni
earni olib tashlasa B harfi qoladi. Reab so‘zi bearni anagrammasi
bo‘lishdan tashqari undan b harfini olib tashlasa Rea so‘zi qoladi va bu
so‘z maori tilida ayiq deb tarjima qilinadi.
Manba: 1. https://translated-into.com/ru/bear
Muallif: Abdulvohid Abdullayev
3. Etsy.com onlayn do'konining sharflar, sviterlar va boshqa qalin
kiyimlardan iborat kollektsiyasi nomi [TUSHIRIB QOLDIRILGAN
SO‘ZLAR]. 2011-yil namoyishi striming tarzida boshlangan mashhur
teleserialning ilk epizodi nomi ham [TUSHIRIB QOLDIRILGAN
SO‘ZLAR].
Savol: Tushirib qoldirilgan ikki yoki uch so‘zni toping.
Javob: Qish yaqin
Qabul:Winter is coming; Зима близко
Izoh: Etsy.com sayti bu bilan qishki kiyimlarni olishni boshlash
kerakligini ta'kidlaydi. HBOda strimingi boshlangan “Taxtlar O'yini”
teleseriali ilk epizodi nomi ham Qish yaqin(Winter Is Coming) va
chindan ham qish yaqin…
Manbalar:
1. https://www.etsy.com/market/winter_is_coming
2.https://ru.m.wikipedia.org/wiki/%D0%97%D0%B8%D0%BC
%D0%B0_%D0%B1%D0%BB%D0%B8%D0%B7%D0%BA%D0%BE
Muallif: Muhammad Ali Valixonov
4. Tefrux (tefrux) xokkularidan birida BU VOQEADAN SO'NG dunyo o'z
gulqog'ozlarini devorlardan yechgani haqida aytiladi. Abdulla Po'latov
bolalar uchun she'rlaridan birida Bu voqea dalalarda ish susaygach sodir
bo'lishini ta'kidlaydi.
Savol: Bu voqeani ikki so'zda yozib bering.
Javob:Qishning kelishi.
Qabul:Ma'nodosh javoblar.
Izoh:Qishda rostdan ham gulga aloqador ko'p narsa g'oyib bo'ladi.
O'tkan savolda biz Qish yaqin deb sizni ogohlantirgan edik, bu
savolimizda esa u chindanam keldi. Bizning qishki mavsumimiz esa
endigina o‘rtasiga yetib keldi.
Manbalar:1. https://stihi.ru/2005/04/19-701
2.https://qwert.uz/2020/08/28/%D0%BA%D1%83%D0%BC
%D1%83%D1%88-%D2%9B%D0%B8%D1%88-
%D1%88%D0%B5%D1%8A%D1%80/
Muallif: Muhammad Ali Valixonov
5. Tarqatma material

[savoldagi ikkinchi IU so'zi tezroq talaffuz qilinsin]


Siz suratda k-pop yulduzlaridan biri IU [ay-yu] va uning tan soqchisini
ko'rib turibsiz. Doimo turli muammolar keltirib chiqarib yuruvchi IU
[ay-yu] ga tan soqchisi katta e'tibor bilan qarab yurishi muhlislar
e'tiboriga tushgan. Youtubedagi ular tasvirlangan videolar ostida esa
koreyscha 곰 [kom] so'ziga ko'zingiz tushishi mumkin.
Savol: “kom” koreyschadan qanday tarjima qilinishini adabiy tilda yozib
bering.
Javob: Ayiq
Izoh: IU ni o'zidan ancha katta tan soqchisi bilan yurishi, IU
tadbirlarda ko'p yiqilishi yoki boshqa tomonga yurib ketayotganda tan
soqchisi uni xatolarini doim tuzatib kuzatib yurishi natijasida fanatlar
orasida bu ikki juftlik "Qizaloq va maymoq" ya'ni koreyschada
“Mashava kom” deb nom chiqargan. Suratda ham qizni ancha sho’x va
kichik jussali ekanligini, yigitni esa katta gavda ekanligi ham yordam
berishi zarur edi. Savolda IU guruhining nomini o’qilishi shevadagi
ayiq so’zining talaffuziga o’xshab ketishi shunchaki tasodif.
Muallif: Abdulvohid Abdullayev
6. Yozuvchi Nargiza Asadning "Bolalik" she’ridan parchani tinglang.
Murg‘ak edi, musaffo edi,
O‘tar edi kunlar kinodek.
Ko'mar edim tangalarimni
Bog‘ poyiga
U dek.
Savol matnida biz bir so'zdan bir necha harf tushirib qoldirdik. O'sha
so‘zni to‘liq yozib bering.
Javob: Buratino
Qabul: Aniq javob
Izoh:"Buratinoning sarguzashtlari" ertagini ko'pchilik o'qigan bo'lsa
kerak.
Murg'ak edi, musaffo edi,
O'tar edi kunlar kinodek.
Ko'mar edi tangalarini
Bog' poyiga
Buratinodek.
Manba:https://kh-davron.uz/kutubxona/uzbek/nargiza-asad-
sherlar.html
Muallif: Ravshan Bahronov
7. Italyan Dino Rizining filmiga remeyk bo‘lgan BU film uchun Martin
hatto maxsus hassa va linza tayyorashga buyurtma bergan. Bosh rolni
ijro etgan aktyorning mohir roli uni keyinchalik mukofot tomon
YETAKLAGAN. Aktyorning sayi-harakatlari oxir oqibat filmga misli
KO‘RILMAGAN shuxrat olib keladi.
Savol: Bu filmni yozib bering.
Javob: “Ayol ifori”
Qabul: boshqa tillardagi analogi.
Izoh: Film rejissori Martin Brest ko‘zi ojiz personaji uchun hassa va
linza oladi, filmda bosh rolni asli italyanlar oilasidan bo‘lmish Al
Pachino ijro etgan. Savoldagi mukofot tomon yetklashi personajni
doimo yonida kimdir ushlab yurishiga, misli ko‘rilmagan shuxrati esa
uning ko‘zi ojizligiga olib boruvchi yo‘l edi.
Manba: 1. https://ru.wikipedia.org/wiki/Пачино,_Аль#Биография
2.
https://ru.wikipedia.org/wiki/Запах_женщины_(фильм,_1992)#Съё
мочная_группа
3. https://ru.wikipedia.org/wiki/Брест,_Мартин
Muallif:Muhammad Ali Valixonov/Ravshan Baxronov
8. Tarqatma material:

Artur Uinn "New York World"da ish olib borgan. 20-asr boshlarida "New
York World" sotuvlari kamayishni boshlaganidan so‘ng Artur Uni o‘ylab
topadi.
Savol: Uni tarqatma materialga yozib bering.
Javob:Krossvord.
Izoh:New York World – mashhur gazeta. Sizga berilgan krossvordning
javobi xam krossvord.
Muallif: Muhammad Ali Valixonov
9. Oddiygina shifokor oilasida tug'ilib KEYINCHALIK Iordaniya
Qirolichasi darajasiga erishgan Raniyaning hayoti ERTAKLARDAGIDAY
kechgan desak mubolag'a bo'lmaydi. Daryo internet nashrining qirolicha
Raniyaga bag'ishlangan maqolasi bir xil harf bilan boshlanuvchi ikki
so'zdan iborat.
Savol: Shu ikki so‘zni yozib bering.
Javob: Zamonamiz zolushkasi
Qabul: Zamonaviy zolushka
Izoh: U dastlab oddiy oiladan bo‘lishi keyinchalik esa qirollik oilasiga
o‘tishi va ertaklardagidek hayoti sizni zolushkaga olib borishi zarur edi.
Manba: http://dy.uz/mGRkB
Muallif: Abdulvohid Abdullayev
10. Savolda Ular ikki so‘z bilan almashtirilgan
Wednesday teleseriali epizodlaridan birida Nevermore akademiyasi
direktori Miss Uims bosh qahramon Wednesdayga hayot faqat oq va
qoradan iborat emasligini tushuntirar ekan, inson baʼzida ULARGA ham
duch kelishini aytadi.
Savol: 2015-yilgi film nomida ular nechta edi?
Javob:50.
Izoh:Ular kulrang jilolari. Direktor Wednesdayga narsalarni faqat oq
va qora deb ajratish noto‘g‘riligini aytadi va "oq" va "qora " niyatdagi
insonlardan tashqari kulrang niyatga ega bo‘lgan mo‘tadil insonlar
ham bor deyiladi.
Muallif: Muhammad Ali Valixonov
11. Duplet.
1. 2005-yili butun dunyoda 2-o’rinda bo’lgan U 1994-yilgi Moskva
Olimpiadasidan so‘ng Mixail Chigorin klubiga a’zo bo’lishga imkon TOPA
OLADI.
Savol: u kim?
2. “Belarus o’rmonlari sheri” nomiga ega bo’lgan UNI “ikki xalq o’g’loni”
nomi bilan atashgan. Rakurs.uz kanalidagi qisqa videoda Smirnovada
UNING qizi Kozlovskaya Nikolaevnani TOPIB OLISHADI.
Savol: U kim?
Javob: 1. [Veselin] Topalov
2. [Mamadali] Topiboldiyev
Izoh:Topalov dunyoda eng yuqori o’rini 2-edi. Mixail Chigorin klubi
esa chempionni yutagnligi uchun kiritiladigan klubdir, Topalov
Kasparovni ustidan g’alaba qozongan. Kazbek laqabiga ega
Topiboldiyev esa Belarus ostonasida jang-u jadallarda qatnashgan.
Manba: 1. https://ru.wikipedia.org/wiki/Топалов,_Веселин
2.https://www.google.com/search?
q=topiboldiyev&oq=topiboldiyev&aqs=chrome..69i57j0i546l2j0i30i546
j0i546l2.13519j0j15&sourceid=chrome&ie=UTF-
8#fpstate=ive&vld=cid:ec3cddb7,vid:Q3A7
Muallif: Ravshan Bahronov
12. Oli Imron surasida “Hammangiz Allohning arqonini mahkam tuting”
deb yozilgandir. Bu surada arqon aslida U edi. Sharqshunos tarjimon
Andre Dyu Re haqidagi Wikipedia maqolasida ham U bor.
Savol: Uni yozib bering.
Javob: Qur’oni Karim
Qabul: Qur’on.
Izoh: Andre tarjimon u Qur’onni tarjimasi bilan ham shug’ullangan.
Manba: 1. https://ru.wikipedia.org/wiki/Дю_Рье,_Андре
Muallif: Ravshan Bahronov

2-tur.
mad_max93February 20, 2023

2-tur (Normal)
1. Tarqatma material.
Qarshingizda Amerika rassomchiligi asoschilaridan biri hisoblangan
Gilbert Styuartga tegishli kartina. Styuart ushbu kartinada tasvirlangan
insonning bir nechra portretlarini chizgan. Internet saytlaridan birida
oʻsha portretlarni aynan shunchaga harid qilish mumkin.
Savol: Aniq ayting qanchaga?
Javob: 1 dollar
Qabul: bir dollar 1$, 100 sent.
Izoh: Ushbu rasmda AQShning 1-prezidenti Jorj Vashington
tasvirlangan. Vashingtonning bir dollarlik kupyurada tasvirlangan
suratini aynan Gilbert Styuartning ushbu kartinasidan olishgan.
Muallif: Abdulvohid Abdullayev
2. Tarqatma material:
ss nach Großbritannien geflogen
Ikkinchi savol. Tarqatma materialda biz ikki harfni tushirib
qoldirganmiz.
Germaniyaning 2 jahon urushidagi g’alabasidan so’ng Alfred Misrning
general-gubernatori etib tayinlanishi rejalashtirilgan edi. Biroq 1941-yil
may oyidagi hodisa uning karyerasiga chek qo’yadi.
Savol: siz bizga Alfreddning familiyasini yozib bering.
Javob: Ge
Qabul: He
Izoh: Alfred Adolf Gitlerning eng yaqin do’stlaridan biri bo’lgan Rudolf
Gessning ukasi edi. 1941-yil 10-mayda Rudolf Gess o’zboshimchalik
bilan Buyuk Britaniyaga uchib ketganidan so’ng Alfredni ham egallab
turgan lavozimlaridan chetlatishadi va hibsga olishadi, tarqatmada
Germaniya eski hukumati nomi ss berilgan va unda ss Buyuk Britaniya
tomon uchdi emas, aslida Gess Britaniya tomon uchdi so'zlari yozilgan.
Unda tashqari bu savolimiz ikkinchi edi, Mendeleev davriy jadvalining
ikkinchi elementi Geliyning qisqartma shakli Ge yoki He hisoblanadi.
Muallif: Aziz Xannazarov
3. [Sportchi Familiyasi – Mùzatti iloji boricha tiniq o'qilsin]
Sportchi Jeyson Mùzattining ota-onasi Kanadaga ko'chib kelishgan.
Mùzattining aytishicha, o'g'li talaffuz qilgan birinchi so'z ZOMBI bo'lgan.
Biz savol matnida bir so'zni almashtirdik.
Savol: almashtirilgan so‘zni yozib bering.
Javob: Zamboni.
Izoh:Italyan ildizlariga ega Jeyson Muzatti Kanadada tug'iladi va
xokkey sport turiga mehr qo'yadi. Zamboni esa hokkeyning ajralmas
qismi. Sportchining familiyasi – Muzatti – kichik yordam.
Manbalar:1. http://m.quoteaway.com/quotes-about/zamboni.html
2. Jason Muzzatti – Vikipediya
https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Jason_Muzzatti
Muallif: Muhammad Ali Valixonov
4. Xorvatiya terma jamoasi himoyachisi Yosip Yuranovich,
jamoadoshlari Modirch, Kovachich va Brozovichlarning yarim
himoyadagi ishonchli o'yinini maqtay turib, ularga to'pni berish BU
ISHNI QILISHDAN ham xavfsizroq deb ataydi.
Savol: Qaysi sovet filmida fuqarolarga BU ISHNI QILISH maslahat
beriladi?
Javob: “Ivan Vasilevich o‘z kasbini o’zgartiradi”
Izoh: To’pni Modrich, Kovachich va Brozovichga berish “pulni omonat
kassalarida saqlash”dan ko‘ra xavfsizroq.
Muallif: Abdulvohid Abdullayev
5. Beshinchi savol. Qadimgi skandinav afsonalariga ko‘ra, Freya sevgi,
urushdan tashqari qasos maʼbudasi ham bo‘lgan.
Savol: Qaysi kimyoviy element Freya sharafiga nomlanganini toping.
Javob: Vannadiy
Izoh: Skandinav afsonalariga ko'ra Freyya Vanlardan biri va uning
Ikkinchi ismi Vanadis. Vendetta qasos deb tarjima qilinishini
Renessansning oldingi navbatchiliklari orqali aytib o‘tgan edik, V
demak – Vannadiy. Undan tashqari savol tartib raqami 5-edi va bu
ham javobga olib boruvchi bir yo‘l hisoblanadi.
Manba: 1. https://ru.wikipedia.org/wiki/Ванадий#Названия
Muallif: Muhammad Ali Valixonov
6. Franklin Patrik junior, bir necha marotaba arab va Yaqin sharqlik
do'stlari borligini ta’kidlab o'tgan. Reddit tarmog'idagi Franklin Patrik
Arabistonga tashrif buyurganmi degan savolga u Yaqin sharqqa oid
ko'plab terminlarni faqat kitoblardan o'qib o'rgangani haqida javob
berilgan. Biz sizdan Franklin Patrik juniorni familiyasini so'ramaymiz,
uning faoliyatiga katta ta’sir o’tkazgan versiyalardan biriga ko'ra, eski
golland tilidan “Tepalik” deb tarjima qilinuvchi bir so'zni yozib bering.
Javob: Dyuna
Qabul: Dune
Izoh: Franklin Patrik juniorni familiyasi Gerbert. U o'zining mashhur
Dyuna asarida ko'plab Yaqin sharq mamlakatlari va Arab
madaniyatiga oid terminlardan foydalangan. Asarni nomi esa,
versiyalardan biriga ko'ra eski golland tilidan kelib chiqqan.
Muallif: Abdulvohid Abdullayev
7. Trepsy.net saytida yoritilgan bir o’yinda qatnashish uchun
ishtirokchilarga himoyalovchi ko‘zoynak, kompas, cho‘ntak fonari va
boshqa predmetlar taqdim etiladi. O’yin haqidagi izohlardan birida bo‘lib
o‘tuvchi issiq hududdan kelib chiqib U eslab o‘tiladi. UNDA 150 ga yaqin
amerikalik askarlar vafot etishgan.
Savol: UNI ikki so‘zda yozib bering.
Javob: Sahrodagi bo‘ron
Izoh: “Sahrodagi katastrofa” o‘yini voqealari issiq sahro hududida
bo‘lishi ko‘zda tutilgan. Ko‘zoynak bo‘rondan ko‘zlarni
himoylash,kompas oldingi joyni topish, fonar esa qorong‘u hududlarda
as qotadi. Sahrodagi bo‘ron operatsiyasida 148 ta amerikalik askarlar
vafot etishgan.
Manba: 1. https://trepsy.net/world/?stat=219
2. https://ru.wikipedia.org/wiki/Операция_«Буря_в_пустыне»
Muallif: Abdulvohid Abdullayev
8. Savolda IKS boshqa bir so’z bilan almashtirilgan.
Bir fantastik serial syujeti uzoq kelajakda kechadi va insoniyat
sivilizatsiyasi o’zga sayyoralik bosqinchilarga qarshi kurashadi.
Insoniyatning umidi bu yoshligidan tanlab olingan, O’TA OG’IR VA
YASHASH QIYIN BO’LGAN SHAROITLARDA tarbiyalangan eng sara
JANGCHILAR hisoblanadi. Bu jangchilarni IKS deb atashadi. 2006-yili
suratga olingan film nomida ham IKS bor.
Savol: Ushbu filmdagi agiad urug’idan bo‘lgan bosh qahramonni yozib
bering.
Javob: Shox Leonid
Qabul: Leonid
Izoh: IKS – bu spartaliklar. “Halo” deb nomlangan mashhur o‘yin
syujeti asosida yaratilgan serialda spartaliklar bosqinchi o’zga
sayyoraliklarga qarshi kurashadilar. 2006-yilda Zak Snayderning
“300 spartaliklar” filmi yaratilgan va tabiiyki bosh qahramon bu shox
Leonid. O’ta o’gir va yashash qiyin bo’lgan sharoitlar spartan
sharoitlari deb atalishi sizga yordam berdi deb umid qilamiz.
Muallif: Aziz Xannazarov
9. AQSH va Sharqiy Osiyo dengiz YO'Lining O'RTASida joylashgan bu
joy nomini Yapon imperializimining mag'lubiyati sabablari haqidagi
maqola nomida ko'rish mumkin.
Savol: BU toponimni yozib bering.
Javob: Midway
Izoh: 1942-yilda Midwey oroli yaqinida Yapon floti 2-jahon
urushidagi eng yirik mag'lubiyatga uchraydi. Savoldagi yo'l va o'rta
so'zlari sizga yordam berdi deb o'ylemiz.
Muallif: Abdulvohid Abdullayev
10. Duplet
1. Qaroqchilar quloqni yumshoq suprasiga bosim ko'rsatish UNI oldini
oladi deb ishonishgan va doim quloqqa sirg'a yoki zirak taqib yurishgan.
Savol: Uni ikki so'z bilan yozib bering.
2. Filmdagi Kapitan Jek Chittakni quruqlikda qadam tashlashi haqida
yozar ekan, bir internet nashri aslida bu alkagol ta'siri emas balki UNI
natijasi deb ataydi.
Savol: UNI ikki so'z bilan yozib bering.
Javoblar:1. Dengiz kasalligi (Sea sickness)
2. Yer Kasalligi (Land sickness)
Izoh:Uzoq vaqt davomida ochiq dengizda kema chayqalishi natijasida
dengizchi va yo'lovchilarda nafaqat dengiz balki yer kasalligi ham
uchrashi mumkin. Bunda quruqlikdagi odam miyyasi huddi kemada
turgandek reaksiya bildiradi va ma'lum vaqt davomida Kapitan
Jekdek qadam tashlashga harakat qiladi.
Izoh:1.https://www.shortpedia.com/en-in/did-you-know/did-you-
know-facts/pirates-wore-earrings-to-ward-off-seasickness-
1650430569#:~:text=According%20to%20National%20Geographic
%2C%20sailors,by%20putting%20on%20an%20earring.
2. https://screenrant.com/pirates-caribbean-jack-sparrow-drunk-sea-
legs/
Muallif: Abdulvohid Abdullayev
11. Diqqat savolda bir so'zga uch harf qo'shilgan.
Chingiz Aytmatovning otasi To'raqul Aytmatov KOMMUNISTIK
PARTIYA a'zosi va Qirg'izistonSSR davlat arbobi edi. 1934 yilda u o'gil va
qizdan iborat egizak farzand ko'radi. O'g'liga YEREVAN deb ism beradi.
Savol: qiziga qanday ism bergan?
Javob: Lyutsiya.
Izoh: Otasi kommunist bo'lgani uchun o'g'liga Reva va qiziga Lyutsiya
deb ism qo'yadi va bu bilan revolutsiya so‘zini yaxlitlaydi. Afsuski Reva
6 oyligida vafot etadi
Muallif: Timur Madalimov
12. Yevropaliklar tomonidan Xitoyda ilk bora suratga olingan bu filmda
akasi bilan “Ta’qiqlangan shahar”da istiqomat qilga Pu tze o‘z
maslahatlari bilan filmda ishtirok etgan. Gap shundaki Pu tzening akasi
U edi.
Savol: 1976-yili tug’ilgan qaysi sportchining laqabi U bo‘lgan.
Javob: Fyodor Emielenko
Izoh: U – so’ngi imperator. Bernardo Bertoluchchining filmi 9 ta
oskarga ega chiqqan. Unda Pu I eng so’ngi imperator bo’lgan,filmga
unda yaqindan yordam bergan Pu tze Xitoydagi Sin sulolasining ukasi
bo’lgan va fil uchun yaqindan konsultatsiya berib borgan. MMAda
faoliyat yurituvchi Fyodorning laqabi ham So’ngi imperator.
Manba: 1. https://ru.wikipedia.org/wiki/Пуцзе
2. https://okko.tv/movie/the-last-emperor
3.https://ru.wikipedia.org/wiki/
Емельяненко,_Фёдор_Владимирович#Бой_против_Силвы
Muallif: Ravshan Bahronov
3-tur.
mad_max93February 20, 2023

3-tur (Hard)
1. Yaqinda Xitoy va AQSh harbiy havo kuchlari o'rtasida Janubiy Xitoy
dengizi ustida yuz bergan radio almashinuvda xitoylik uchuvchini aqshlik
hamkasbiga "miyov"lab javob bergan radio yozuvi internetda keng
tarqaldi. Ushbu voqeaga xazil izoh berar ekan foydalanuvchilar
xitoyliklar "miyovlash" orqali BU ISHNI ro'y berishini oldini olishgani
tahmin qilingan. XX asr boshlaridagi bir asarda esa Buck va Spitz
o'rtasida BU ISH sodir bo'ladi.
Savol: Bu ish bilan almashtirilgan ikki o'zakli bir inglizcha so'zni yozib
bering.
Javob: Dogfight
Qabul: dog-fight
Izoh: Havoda ikki yoki undan ortiq raqib uchuvchilar o'rtasida sodir
bo'luvchi ayovsiz va qaqshatqich janglar dogfight deb ataladi.
Dogfight- ingliz tilidan itlar jangi deb tarjima qilinadi. 1903-yilda
nashr etilgan Jek Londonning "Call of The Wild" (o'zbechasi) asarida
Bulk va Spitz laqabli itlar o'rtasida ham itlar jangi bo'lib o'tadi.
Xitoylik uchuvchi aqshlik hamkasibiga "akkilash" o'rniga 'miyovlab"
javob berishi esa uni dogfighting dan ochiqdan - ochiq qochishini
bildirishi mumkin ekan.
Manba:
1. https://youtu.be/49bgnaY2nd8
2. https://en.m.wikipedia.org/wiki/The_Call_of_the_Wild
2. Duplet
1. Lyuse 1948-yili tug’ilgan va 60 yilgacha umr ko‘radi. Leonid Lyusi
bibliyada keltirilganlar qatorida ekanligi va shu sababli unga nisbatan
yumshoqroq munosabatda bo‘lishni talab qiladi.
Savol: 1967-yili premyera qilingan filmda Lyusi qaysi roli bilan
mashhurligini ikki so‘zda yozib bering.
2. Katerina Deyli UNI eng quvnoq personaj deb atab,u SHERIGI bilan
tanasi almashib qolganida ETIK noqulay kelganligi eng kulminatsion
epziod deb ataydi.
Savol: 2001-yili chiqqan media-franshizada u qaysi roli bilan mashhur
ekanligini ikki so‘zda yozib bering.
Javob: 1. Shurikning eshagi 2. Shrekning eshagi
Izoh:Kavkaz asirasi filmidagi eshak rolini bir necha filmlarda ishitirok
etgan Lyusi laqablieshak o‘ynaydi. Uilyam Steyg tomonidan yaratilib,
Eddi Myorfi tomonidan ovoz berilgan Shrek filmidagi eshak eng
quvnoq personajladan biri deb topilgan. Uni boshqa bir sherigi etik
kiygan mushuk bilan tanasi almashib qolgach ancha noqulayliklarga
duch keladi.
Manba: 1.
https://ru.wikipedia.org/wiki/Кавказская_пленница,_или_Новые_
приключения_Шурика
2. https://www.kp.ru/daily/23021/3339/
3. https://ru.wikipedia.org/wiki/Осёл_(Шрек)
Muallif: Ravshan Bahronov
3. Tarqatma material.
1948-yilda Gottvald hukumatidagi yagona nosotsialist vazir – Yan
Masarik oʻlik holda topiladi. Bu voqea, norasmiy tarzda Uchinchi U deb
nomlangan.
Savol: Uni toponim qatnashgan ikki soʻzda toping.
Javob: Praga defenestratsiyasi
Izoh: Chexoslovakiya tashqi ishlar vaziri Masarikni o'limi praga
defenestratsiyasi nomini olgan. Suratda esa Karl Svobodaga tegishli
"Praga defenestratsiyasi" kartinasidir.
Manba: 1. https://ru.wikipedia.org/wiki/Пражские_дефенестрации
2.
https://ru.m.wikipedia.org/wiki/Файл:Karel_Svoboda_Defenestrace.j
pg
Muallif: Otabek Hamzayev
4. Bir videorolikda U bolaligida samodagi yulduzlarni sanashga urungani
aytilgan. U o'zga sayyoraliklar bilan ALOQA o'rnatish maqsadida
radioteleskoplardan foydalanish taklifini ilgari surgan.
Savol: 1934-yil Nyu Yorkda tug'ilgan BU INSONNI ayting.
Javob: Karl Sagan
Qabul: aniq javob
Izoh: Ushbu video Yulduz changi Karl Saganning tarixi deb nomlanadi.
Mashhur astrofizik boshqa sayyoralarda hayot borligini aniqlash
boyicha ko’plab izlanishlar olib borgan. Uning Voyadjerga
mahkamlangan oltin plastinkasi haqida bilsangiz kerak. Voyadjer bu
sayohatchi.
Manba: 1. https://www.youtube.com/watch?v=QovQV3jDaXs
Muallif: Aziz Xannazarov
5. Wednesday teleseriali antagonistlaridan biri xisoblangan Tayler vaqti-
vaqti bilan ulkan qo‘rqinchli maxluqqa aylanadi. Bunday turdagi
maxluqning nomi IKS. Versiyalardan biriga ko‘ra, boshqa bir Taylerning
ham prototipi IKS bo‘lgan.
Savol: IKSni bir bo‘g‘inli so‘zda toping.
Javob: Xayd.
Izoh:Teleserial qaxramoni Tayler huddi Doktor Djekil kabi ora orada
maxluq shaxsiyatiga o‘tadi. Teleserialda bu turdagi mahluqlar Xayd
deb ataladi. Jangchilar klubi(boysovskiy klub) filmi personaji Tayler
Dyorden prototipi xam, baʼzi versiyalarga ko‘ra – Xayd.
Muallif: Muhammad Ali Valixonov
6. Bir asar muqovasida, asar nomidagi uch so'zdan ikkitasini yozishda
makaron pastalari va tasbehdan foydalanilgan. 2021-yilda, hazillashib bu
asar nomiga "va, albatta, vaktsina ol" so'zlari qo'shilgan.
Savol: Qaysi asar?
Javob:“Eat, pray, love”
Qabul: "Ye, ibodat qil, sev"; “Ешь, молись, люби”.
Izoh:Elizabet Gilbertning asari muqovasida asar nomidagi "ovqatlan"
so'zi pasta yordamida, "ibodat qil" so'zi esa tasbeh yordamida
yozilgan. 2021-yilga kelib asar nomi hazil tariqasida "ovqatlan, ibodat
qil, sev va, albatta, vaktsina ol" deb talqin qilindi.
Manba: https://ru.wikipedia.org/wiki/Ешь,_молись,_люби
Muallif: Muhammad Ali Valixonov
7. "Lyutsifer" nomli filmda Gourdxon nomli jurnalist boʻlib, u yuqori
lavozimdagi shaxslarni sirlarini fosh qilish bilan shugʻullanadi. Film
epizodlaridan birida Gourdxonning kitoblari orasida UNING
"Cypherpunks"[ sʌɪfəpʌŋk] kitobini ham koʻrish mumkin. U yoshlik
paytida oʻzining kompyuterdan foydalanish mahorati evaziga bolalar
zoʻravonligi haqida nashr qilayotgan nashriyotni fosh qilishga yordam
berganligidan tashqari “kopromat qiroli” nomiga ham egadir.
Savol: Uning kimligini toping.
Javob: [Julian] Assanj
Izoh: "Cypherpunks"[ sʌɪfəpʌŋk] muallifi Wikileaks yaratuvchisi
bo‘lmish Assanj ham ko‘plab siyosiy sirlarni fosh etganligi bilan
mashhur. Assanjning “kopromat qiroli” laqabi Madagaskar
multfilmidagi qirol Julian nomidan kelib chiqib tanlangan.
Manba: 1. https://lenta.ru/articles/2014/06/18/assange/
2. https://en.wikipedia.org/wiki/Cypherpunks_(book)
3. https://www.kinopoisk.ru/film/1167622/
Muallif: Abdulvohid Abdullayev
8. Tarqatma material.
Mortol Combat o'yinidagi bu personaj nega bu rangda ekanligi va nega
aynan Reyn laqabini olganligi haqida gapirar ekan muallif Ed Bun
UNING taronasini eslab o'tadi.
Savol: Uni ism familiyasini yoki o‘zbekcha bo‘lmagan taxallusini toping.
Javob: Prince
Qabul: Prince Nelson; Rodjer Nelson.
Qabul emas: Shaxzoda.
Izoh: Princening "Purple rain" nomli taronasi mavjud. Uning sharafiga
qirmiz rang tuslaridan biri unga atab qo'yilgan, undan tashqari
Mortal Kombatdagi bu personaj laqabi va ko'rinishini Prince ning
taronasidan olgan.
Manba:1. https://ru.wikipedia.org/wiki/Рейн_(Mortal_Kombat)
2. https://ru.wikipedia.org/wiki/Рейн_(Mortal_Kombat)
Muallif: Ravshan Bahronov
9. Davom etamiz. Bu savolni topishda tasavvuringizga quloq tuting.
Lenin tanqidlarga javob berar ekan shunday deydi: “Tasavvur qiling,
hech qanday din, hech qanday siyosat va hech qanday davlat endi
mavjud emas. Bu kommunist manifestining o'zginasi. Lekin men aniq
kommunistman deya olmayman”.
Savol matnida biz bir so'zni biroz o'zgartirdik siz o'sha so'zni asl holicha
yozib bering.
Javob: Lennon
Izoh: Lennonning mashhur "Imagine" qo'shig'i mashhurlikka
erishgach, juda ko'pchilik uni kommunizmga bag'ishlov sifatida qabul
qilgan. Lennon esa tanqidlarga qo'shiq matni rostan ham kommunist
manifestoga yaqin ekanini lekin o'zini kommunist hisoblay olmasligini
aytadi. Savol preambulasida tasavvuringizga quloq tuting so‘zlari
shunchaki tasavvur qilish emas balki uni eshitishga yo‘naltirilgan edi.
Biz davom etdik, ya’ni bundan oldingi javobda ham musiqaga
yuzlangan edik bu savolda ham undan uzoqlashmadik.
Manba:1. https://faroutmagazine.co.uk/john-lennon-imagine-real-
meaning-communism/
Muallif: Abdulvohid Abdullayev
10. "Wednesday" teleseriali syujeti bir qator OCHILMAGAN sirli va
vaxshiyona qotilliklar atrofiga qurilgan. Epizodlardan birida,
Wednesdayga, botanika ustozi SHUNDAY U nomli o‘simlikni sovg‘a
qilishi juda qiziq holat.
Savol: shunday uni toping.
Javob:Qora Georgina.
Qabul:Chernaya Georgina; Black Dahlia; Qora orxideya.
Qabul emas: Qora pista
Izoh:AKSH tarixidagi eng sirli ochilmagan jinoyatlardan biri Qora
Georgina nomi bilan maʼlum Elizabet Shortning vaxshiyona o‘ldirilishi.
Qora Georgina tabiatda uchramaydi. Uenzdey esa fantastik teleserial.
Muallif: Muhammad Ali Valixonov
11. Oxirgi yillarda dolzarb mavzuga aylangan o’zbek to’ylari hozirda
asosiy muammoga aylangan, chunki ba’zi insonlar yillarda davomida
yig’gan, terib tejagan boyliklarini odamlarga ko’z ko’z qilish maqsadida
bir kunlik dabdabali to’ylarga sarflab yuborishadi va ko’p
isrofgarchiliklar yuzaga keladi. Natijada keyinchalik iqtisodiy tang
ahvolga tushib qolinadi. Bu holatlarga parallel ravishda Shimoliy
Amerikada 20 asrgacha keng tarqalgan UNI ham keltirish mumkin.
Kanadada “Hindular to’g’risidagi qonun” bilan 1884-yildan U rasman
man etildi.
Savol:UNI nutka tilidagi bir so’z bilan yozib bering.
Javob: Potlach
Qabul: aniq javob
Izoh: Potlach bu Shimoliy Amerika tub aholisi Ichida keng tarqalgan
odat bo’lib unda bir qabila o’zining bor boyliklarini hammaga
tarqatadi yoki namoyishkorona yo’q qiladi. Keyinchalik bu odat
oqibatida iqtisodiy inqiroz yuzaga keladi.
Manba: 1. https://ru.wikipedia.org/wiki/Потлач
2. https://en.wikipedia.org/wiki/Potlatch
Muallif: Aziz Xannazarov
12. Vadim Sidorovning aytishicha U o’z vaqtida yoshlar uchun
kommunikatsiya hududi va “tsigan pochtasi” vazifasini o‘tagan. Undagi
GUF O‘LDI jumlasi san’atkorni hali-hanuz muxlislarinining qalbida
ekanligidan dalolat.
Savol: GUF O‘LDI so‘zlari bilan almashgan ikki so‘zni toping.
Javob: Tsoy tirik
Izoh: Arbatda joylashgan Kino guruhiga atalgan devorga yoshlar o‘z
sevgilisiga xat yozishgan va shu yo‘ bilan kommunikatsiya qilishgan.
Undan tashqari bir inson tomonidan aytilgan gap boshqa odam
orqalib yana tarqalib borishi tsigan pochtasi deyiladi. Savol matnida
bir san’atkorning boshqa san’atkorga o‘zgartirildi.
Manba:1.http://www.bolshoyvopros.ru/questions/2871842-chto-
takoe-cyganskaja-pochta.html
2. https://ru.wikipedia.org/wiki/Стена_Цоя
3. https://ru.wiktionary.org/wiki/Цой_жив
Muallif: Abdulvohid Abdullayev
Benom
1-tur
mad_max93February 27, 2023

“BENOM” jamoasi navbatchiligi


Assalomu alaykum hurmatli jamoalar. Bugun sizni “BENOM” jamoasi
navbatchiligi doirasida 36 savol kutib turibdi. Bugungi savollarni
tayyorlashda Umarxon Sharif, O’ktam O’rintoyev, Abbos Salaydinov,
Bunyod Xamroyev, Muhammadxo’ja Ahmedov, Sohib Jontoyev va
Saidakrom Rasulev ishtirok etdilar.
Jamoalarga eslatma. Boshlovchi savol tartib raqamini elon qilganidan
so’ng aytilgan yoki aytilmagan barcha jumlalar bevosita savolga aloqador.
Boshlovchi tomonidan aytilgan jumlalar savolga aloqasi bo’lmasa bu haqida
alohida ta’kidlab o’tiladi. Savollar izohlarini diqqat qilib tinglashni
unutmang.
Shuningdek aniq qilib yozib bering, 2 so’z yoki 1 so’zdan iborat javob degan
holatlarga diqqat qiling. Savol formasiga mos kelmaydigan javob noto’g’ri
hisoblanadi. Savol formasida bir harfdan boshlanuvchi, juft undoshlar bilan
boshlanuvchi, alifboda ketma-ket keluvchi harflar bilan boshlanuvchi so’zlar
so’ralganda va shu kabi boshqa holatlarda O’ZBEK TILINING LOTIN
ALIFBOSI nazarda tutiladi.
Qolgan barcha holatlarda qaror qabul qilishda o’yin hay’ati Zakovat
intellektual o’yini kodeksiga asoslanadi. Ushbu remarka va kirish matni 1
savolga hech qanday aloqasi yo’q.
1-savol.
Otasi musulmon boʻlishiga qaramay, yoshligidan reggiga qiziqqan Seydu
Kone maktab davrida musiqiy guruh tuzadi. Balki shu tarzda tanilib
ketishni xohlagan Koneni esa yomon baholari uchun maktabdan haydab
yuborishadi. Kone o‘zining mashhur qo‘shig‘iga klipni Quddus shahrida
olgan.
Diqqat savol: Ushbu qo‘shiqning so‘nggi yillarda trend bo‘lgan qismida
yangraydigan ikki soʻzni toping.
Toʻgʻri javob: Salam aleikum.
Izoh: Internetda memga aylangan ushbu qoʻshiqning asl nomi
“Jerusalem” (Ierusalim) boʻlib, Alpha Blondy tahallusi bilan tanilgan
Seydu Konening eng taniqli qoʻshiqlaridan biri hisoblanadi.
Benom jamoasi ham sizlarga Assalomu alaykum deb bugungi
navbatchilikni boshlaydi.
Manba:
1) https://youtu.be/WcqK9Ls7Eos
2) https://en.m.wikipedia.org/wiki/Alpha_Blondy
Savol muallifi: Umarxon Sharif
2-savol. Eski vaqtlarda ular deb mayit qabristonga olib ketilayotganda
tobut oldida yo‘l boshlab boruvchi odamlar nazarda tutilgan. Tadqiqotchi
Gulmira Shukurovaning fikricha ular deganda ruhiy-ma’naviy jihatdan
suyansa bo‘ladigan kishilarni ham tushunish mumkin.
Diqqat savol: Ular kimligini qo'sh undosh qatnashgan bir so‘z bilan
ayting.
Toʻgʻri javob: hassakash.
Qabul emas: o’rtakash, dasturxonchi
Izoh: Tadqiqotchi fikricha hassakashlarga huddi hassaga suyangandan
ma’naviy jihatdan suyanish mumkin.
Manba:
https://www.gazeta.uz/uz/2023/02/07/dasturxonchi/?
utm_source=push&utm_medium=telegram
Savol muallifi: O‘ktam O‘rintoyev
3-savol. Keyingi savolga tarqatma material mavjud.
Yaponiya hayvonot bog‘ida tug‘ilgan Kanako laqabli shimpanzeda tug‘ma
yurak yetishmovchiligi, tishlarning rivojlanmaganligi va g‘ilaylik
kuzatilgan. O‘tkazilgan chuqur tahlillar shimpanzeda u borligini
ko’rsatgan. Nuqson 22-da aniqlangan bo‘lib bunday holat maymunlarda
ikkinchi marotaba kuzatilishi edi. Nature[neyche] jurnalida
yozilishicha, kelajakda inaktivasiya usuli orqali insonlarda uning
rivojlanishining butkul oldi olinishi mumkin.
Diqqat savol: Uni 2 so‘zda ayting.
Toʻgʻri javob: Daun sindromi.
Izoh: Yuqoridagi simptomlar Daun sindromiga chalingan odamlarda
ham kuzatiladi. Insonlarda odatda 21-xromosomada trisomiya ya’ni
ortiqcha xromosoma kuzatilsa, shimpanzelarda bu 22-xromosomada
kuzatilgan. Xist geni bilan esa ortiqcha xromosoma inaktivasiya qilinib
o‘chiriladi.
Manba: 1. https://22century.ru/medicine-and-health/44664
2.https://ru.m.wikipedia.org/wiki/%D0%A1%D0%B8%D0%BD
%D0%B4%D1%80%D0%BE%D0%BC_
%D0%94%D0%B0%D1%83%D0%BD%D0%B0
Savol muallifi: O‘ktam O‘rintoyev
4-savol.
Tarqatma material

Murabbiy Milovan Rayevats 2010-yil kuzida bergan intervyusida, Luis


Suarez haqida gapira turib: "Qanaqa Alfa?! Bu Omega edi!" deya achchiq
qiladi. Alfa iborasi boshqa lotin amerikalik tufayli vujudga kelgan.
Qoʻlingizdagi suratda esa Omega deb ataluvchi gulni koʻrib turibsiz.
Diqqat savol: Alfa va Omega ni toʻgʻri ketma-ketlikda yozib bering.
Toʻgʻri javob: Xudoning qoʻli, Shaytonning qoʻli.
Izoh: 2010 yilgi Jahon chempionatida Gana terma jamoasi murabbiyi
boʻlgan Rayevats turnir yarim finalida Urugvayga qarshi kechgan
oʻyindagi Luis Suarezning "seyviga" nisbatan shu fikrni aytgan. Suratdagi
gulni uzun tirnoqli qizil qoʻlga oʻxshatish mumkin, shuning uchun bu
gulga Shayton qoʻli deb nom berishgan. Xudoning qoʻli iborasi esa 1986-
yilgi jahon chempionatida Diego Maradonaning qoʻl bilan urgan goli
tufayli keng ommaga tarqalgan. Odatda qarama-qarshi tushunchalarga
nisbatan ishlatiladigan Alfa va Omega so‘zlari sizga yordam berdi deb
umid qilamiz.
Manba:
1) https://cyberleninka.org/article/n/709187
2) https://ru.m.wikipedia.org/wiki/хирантодендрон
3) https://ru.m.wikipedia.org/wiki/рука_бога_(футбол)
Savol muallifi: Umarxon Sharif
5-savol.
Diqqat, savolda almashtirishlar bor.
X ham Y ham ijobiy tushunchalardir. Bir irland maqolida X lar, topish
qiyin bo‘lgan va yaxshilik olib keladigan to‘rt bargli bedaga qiyoslanadi. Y
haqida esa yozuvchi Bernard Shou esa kinoya aralash "Mening hazil
qilish usulim — Y ni aytishdir. Y dunyodagi eng kulguli narsa" degan. Biz
bulardan qaysi biri muhimroqligimi so‘ramaymiz.
Diqqat savol: Mashhur iborada X va Y bilan birga eslanadigan insonni
toping.
Toʻgʻri javob: Aflotun yoki Platon. Qabul: Suqrot yoki Sokrat.
Izoh: X bu doʻst yoki doʻstlik, Y bu haqiqat. Ibora esa "Aflotun mening
doʻstim, lekin haqiqat azizroqdir". Iboraning ba’zi versiylarida Aflotun
oʻrniga Suqrot eslanadi.
Manba:
1) http://gettyquotes.com/best-friendship-quotes/a-good-friend-is-like-
a-four-leaf-clover/
2) https://quotar.org/quotes/themes/true
3) https://dic.academic.ru/dic.nsf/dic_wingwords/2082/Платон
Savol muallifi: Umarxon Sharif
6-savol.
Angliyada XX-asrgacha amal qilgan qoidalarga koʻra, pomeshik ya'ni
zodagonlarda toʻngʻich oʻgʻil shahar chetidagi oilaviy yer-mulkni
boshqarishi kerak boʻlgan. Shu sababdan, bir adabiy qahramon
biografiyasiga bagʻishlangan kitobda, bu ikkovlonning Sherrinford ismli
akasi boʻlgani aytiladi. Zero, original manbalarga koʻra bu ikkоvlon
poytaxtning Westminster dahasida istiqomat qilishardi.
Diqqat savol: Sherrinfordning ikki ukasi ismlarini toping.
Toʻgʻri javob: Maykroft va Sherlok.
Izoh: Artur Konan Doyl asarlariga koʻra Maykroft va Sherlok Holmeslar
zodagonlar avlodidan boʻlishgan. Garchi Konan-Doyl asarlarida ularning
katta akasi haqida ma'lumot uchramasada, William Baring-Gould
muallifligidagi 1962-yilda chop etilgan Sherlok Holmes biografiyasiga
bagʻishlangan kitobda aytilishicha Sherrinfordning mavjudligi nega
Maykroft Londonda istiqomat qilishini va hukumat lavozimida ishlashini
izohlagan boʻlar edi.
Manba:
https://en.wikipedia.org/wiki/Minor_Sherlock_Holmes_characters#Sh
errinford_Holmes
Savol muallifi: Umarxon Sharif
7-savol.
1990-yillar boshlarida UNING yaratuvchilari «Doʻzax darvozasi» milliy
bogʻiga tashrif buyurishadi. Qizig’i shundaki, tabiatda UNDAGI
qahramonlarni bir joyda uchratib bo‘lmas ekan. U eng yaxshi qoʻshiq va
eng yaxshi musiqa uchun Oskar mukofotiga ega chiqqan.
Diqqat savol: Uni ayting.
Toʻgʻri javob: Qirol sher [multfilmi].
Izoh: Ijodkodlar multfilm yaratishda Keniyadagi Doʻzax darvozasi milliy
bogʻi peyzajlaridan ilhomlanishgan. Real hayotda esa, multfilmdagi turli
jonzotlarni bir hududda uchratish qiyin.
Manba:https://en.m.wikipedia.org/wiki/The_Lion_King
https://www.beano.com/wp-content/uploads/2021/06/17-
naturalish.jpg?w=461&strip=all&quality=85
Savol muallifi: Umarxon Sharif
8-savol.
Bu insonning otasi oʻgʻlini Pennsilvaniyadagi Krozer diniy seminariya-
maktabiga berayotganida oʻgʻli, qanchalik ajablanarli boʻlmasin, notiqlik
fanidan 3 baxo olishini orzu qilmagan boʻlsa kerak.
Diqqat savol: 1963-yilda Time jurnali yil odami deb e’lon qilgan bu
inson kim?
Toʻgʻri javob: Martin Lyuter King.
Izoh: Kuchli nutqlari bilan tanilgan Martin Lyuter King seminariyaning
birinchi yilida notiqlik fanidan uch baxo olgan. Savoldagi "orzu
qilmagan" soʻzlari sizga Martin Lyuter Kingning mashhur "I have a
dream" - "mening orzuyim bor" degan soʻzlarini eslatdi deb umid
qilamiz.
Manba:
1) https://constitutioncenter.org/blog/five-interesting-facts-about-dr-
martin-luther-king-jr-2
2) https://ru.wikipedia.org/wiki/Кинг,_Мартин_Лютер
Savol muallifi: Umarxon Sharif
9-savol.
Oʻrta asrlarda yaratilgan "Propositiones ad Acuendos Juvenes" ya'ni
"Yosh Aqlni Charxlash uchun masalalar" toʻplami ushbu boshqotirma
esga olingan ilk yozma manba hisoblanadi. Boshqotirmaning turli
versiyalarida, uchta elementdan biri boʻlgan, Alfa oʻrniga quyon, qoʻy,
choʻchqa, gʻoz, tovuq kabi jonzotlar keltiriladi.
Diqqat savol: Alfa oʻrnidagi bir soʻzni toping.
Toʻgʻri javob: Echki.
Izoh: Koʻpchilikka ma'lum boʻri echki va karam haqidagi boshqotirmani
tahminan 8-9 asrda yaratilgan yozma manbayoq uchratish mumkin.
Turli variantlarda echkini oʻrniga quyon, qoʻy, choʻchqa, gʻoz, tovuq kabi
jonzotlar keltiriladi.
Manba: https://ru.wikipedia.org/wiki/Волк,_коза_и_капуста
Savol muallifi: Umarxon Sharif
10-raqam ostidagi savol.
Akira Toriyama tomonidan yaratilgan Dragon Ball mangasida Ajdar
Marvaridlari deb atalgan 7 ta afsonaviy tilsimlar mavjud boʻlib, Sehrli
Ajdar ularning barchasini toʻplay olgan har kimning istagan tilagini bajo
keltiradi.
Diqqat savol: O’tgan yil ohirlarida bir internet sahifasi joylagan
suratda, oʻsha sehrli ajdar oldida tasvirlangan insonni toping.
Toʻgʻri javob: Bu inson futbol qiroli Lionel Messi edi.
Izoh: 2021-yilda 7-chi oltin toʻpni qoʻlga kiritgan Lionel Messi 2022-
yilning 18-dekabr sanasida Futbol Boʻyicha Jahon Chempionati gʻolibiga
aylandi. Suratga esa yetti oltin toʻpni qoʻlga kiritgan Messi Sehrli
Ajdardan jahon chempionatida gʻoliblikni soʻragan deb izoh berilgan.
Javobni topishda sizlarga savol raqami yordam bergan boʻlsa ajab emas.
Qolaversa soʻnggi paytlarda Echki va Messi soʻzlari koʻp birga
eslanadigan boʻlib qolgan.
Manba:
1)фhttps://m.facebook.com/Bolavip.soccer/photos/a.309372609121661
/6282453735146822/?
type=3&source=48&paipv=0&eav=AfaXlsGKj8KuHXQ0mz8VbwVnW7
mSOSTSUJcEICWPHSlrJMSFAuYFtABkLd5FFz0VjdY
2) https://ru.m.wikipedia.org/wiki/жемчуг_дракона
3) https://en.wikipedia.org/wiki/Lionel_Messi
Savol muallifi: Umarxon Sharif
11-savol.
Sizlarga tanish Dragon Ball mangasining bosh qahramoni Son Goku
ismli jangchi boʻlib, u sayanlar deb ataluvchi oʻzga sayyoraliklar irqiga
mansubdir. Kuchli jangchilar hisoblanuvchi Sayanlar bir muncha yovvoyi
fe'llari va maymunsimon dumlari borligi bilan ajralib turishadi.
Diqqat savol: Manga muallifi Son Gokuni yaratishda ilhomlangan uzoq
sharq adabiyoti qahramoni ismini toping.
Toʻgʻri javob: Ukun
Qabul: Sun Ukun, Sinchje
Izoh: Akira Toriyama Son Goku uchun prototip qilib Xitoy
adabiyotining klassik asari boʻlmish "Gʻarbga sayohat" romani
qahramoni, Maymunlar qiroli Sun Ukunni olgan. Ismlari oʻxshashligidan
tashqari (Son Goku - Sun Ukun), ikkala qahramon ham kuchli ammo fe'li
ogʻir jangchilardir va ikkala qahramonda ham maymunga oʻxshash
qirralar mavjud.
Manba:
1) https://ru.m.wikipedia.org/wiki/Сунь_Укун
2) https://ru.m.wikipedia.org/wiki/Сон_Гоку
Savol muallifi: Umarxon Sharif
12-savol.
XIX-asrda yashagan firibgar William Jones fikricha, koʻpchilik
versiyalarda kuch boʻyicha uchinchi oʻrinda turuvchi bu toʻrtlikni Smith
va Wesson juftligi bemalol yenga oladi.
Diqqat savol: Bizda bu toʻrtlik yigʻilishiga halal berganni toping.
Toʻgʻri javob: Echki
Izoh: Savolda gap pokerdagi Kare kombinatsiyasi haqida ketmoqda edi.
Jones fikricha raqibda qanchalik kuchli kombinatsiya boʻlmasin, sizda
Smith & Wesson revolveri boʻlsa “gʻalabaga” imkoniyatingiz koʻproq
boʻladi. Biz ham bugungi paketda toʻrt qirolni: Qirol sher, Martin Lyuter
King, futbol qiroli Messi va Maymunlar qiroli Sun Ukunni birlashtirib
Kare kombinatsiyani yigʻishimiz mumkin edi, agar echki halaqit qilmasa.
Manba:
1) https://truewestmagazine.com/article/in-the-black/
2) https://ru.wikipedia.org/wiki/Покер
Savol muallifi: Umarxon Sharif
2-tur
mad_max93February 27, 2023

13-savol
1983-yilda ekranlarga chiqqan “Kutilmagan zarba” filmi epizodlaridan
birida kafega kirgan shafqatsiz politsiyachi Garri Kallaxan qurolli talon-
tarojni ustidan chiqib qoladi. Kallaxan oʻgʻrilardan taslim boʻlishni talab
qila turib “biz sizlarga bu yerdan shunchaki chiqib ketishga yoʻl
qoʻymaymiz” deydi. Oʻgʻrilardan biri yolgʻiz turgan Kallaxandan “biz”
deb kimni nazarda tutganini soʻraganida, ikkita familiyani eshitadi.
Diqqat savol: Shu ikki familiyani yozib bering.
Toʻgʻri javob: Smit va Vesson.
Izoh: Klint Istvud ijrosidagi qahramon oʻgʻrilar undan biz deb kimni
nazarda tutganini soʻrashganda “Smit, Vesson va men” deya oʻzining 44-
chi kalibrli Smith & Wesson Magnum revolverini chiqarib oʻq uza
boshlaydi. Siz bu marka haqida 1-turning 12-savolida eshitgan edingiz.
Manba: https://www.youtube.com/watch?v=qoXDzsuqXFg
Savol muallifi: Umarxon Sharif
14-savol.
Bu hodisa bir koʻrsatkich boʻyicha "Titanik" bilan tenglashgan. Bu
hodisaning soʻngida, uyiga qaytgan Samwise[сэмвайз] mashhur
doʻstining mashhur amakisi boshlagan kitobni oxiriga yetkazib
qoʻyishini koʻrish mumkin.
Diqqat savol: Bu hodisa soʻzlari bilan almashgan, bir xil xarfdan
boshlanuvchi ikki soʻzni yozib bering.
Toʻgʻri javob: Qirolning qaytishi.
Izoh: Yangi Zelandiyalik Piter Jekson rejissyorlik qilgan Uzuklar
Hukmdori trilogiyasining uchinchi qismi bo‘lmish “Qirolning qaytishi”
filmi 11 ta Oskar mukofotini olib Titanik rekordini takrorlagan. Film
finalida Sem doʻsti Frodo Begginsning amakisi Bilbo Beggins tomonidan
yozib boshlangan kitobni oxiriga yetkazib qoʻyishi tasvirlangan.
Manba:
https://ru.m.wikipedia.org/wiki/Властелин_колец:_Возвращение_ко
роля
Savol muallifi: Umarxon Sharif
15-savol. Keyingi savolga tarqatma material mavjud.
XIX-XX asrda yashagan amerikalik metsenat Rodman Wanamakerning
kolleksiyasida 60 dan ortiq torli cholgʻu asboblari boʻlgan. Ularning
orasida e'tiborga sazavor ekzemplyardan biri "Oqqush qoʻshigʻi" deb
ataladi.
Diqqat savol: Ushbu ekzemplyar qaysi jihati bilan ajralib turishini bir
xil xarfdan boshlanuvchi uchta soʻz qatnashgan holda yozib bering.
Toʻgʻri javob: Bu Stradivarining soʻnggi skripkasi.
Qabul: “Stradivari soʻnggi skripkasi” soʻzlari qatnashgan barcha
javoblar
Izoh: Manbalarga koʻra Stradivarining soʻnggi skripkasi hisoblanuvchi
boʻlgan ushbu cholgʻu asbobini "Oqqush qoʻshigʻi" deb atashadi.
Manba:
1) https://en.wikipedia.org/wiki/Antonio_Stradivari
2) https://tarisio.com/cozio-archive/property/?ID=40540
Savol muallifi: Umarxon Sharif
16-savol
Tarqatma material:
nem. Rasen – chim
Bir turdagi ta’qiq mavjudligi tufayli, 2009-yilda bir avstriyalik
kompaniya rahbariyati navbatdagi loyihada X dan foydalanishga qaror
qiladi. Natijada an'anaviy variantlar oʻrniga "chim ustida toʻpli sport"
so‘zlari tanlanadi.
Diqqat savol: X bilan almashtirilgan, inglizchadan kelgan bir xil
xarfdan boshlanuvchi ikkita soʻzni yozib bering.
Toʻgʻri javob: Product placement.
Izoh: Nemis Futbol Federatsiyasi jamoa nomlarida to‘g‘ridan to‘g‘ri
reklamani ta'qiqlanganligi tufayli, Red Bull kompaniyasi Bundesligada
qatnashish uchun tuzilgan jamoa nomida, boshqa davlatlardan farqli
oʻlaroq, "Red Bull" soʻzlarini ishlata olmas edi. Shuning uchun klub
nomida odatiy, masalan "Football club" kabi soʻzlar oʻrniga
"RasenBallSport" ya'ni "chim ustida toʻpli sport" soʻzlari ishlatilgan.
Natijada o‘ziga xos "product placement" vujudga kelib, klub nomi RB
Leipzig deya oʻqilishi mumkin edi.
Manba:
1) https://ru.wikipedia.org/wiki/РБ_Лейпциг#cite_ref-
DFBSatzung15§2_23-1
2) https://ru.wikipedia.org/wiki/Продакт-плейсмент
Savol muallifi: Umarxon Sharif
17-savol
Bu film bosh qahramoni ijrochisi asar senariysini o‘qishdan oldin
shuningdek evolyusion psixolgiya va mashinalarning ta’siri haqidagi
“Boshqarib bo‘lmas” kitobini o‘qib chiqishi majburiy bo‘lgan. Hozirda
keng qo‘llaniluvchi bullet time[буллет тайм]effekti esa filmning tashrif
qog‘oziga aylangan.
Diqqat savol: gap qaysi film haqida ketmoqda?
Toʻgʻri javob: Matritsa.
Izoh: Filmdagi barcha aktyorlar jamoasi syomka oldidan film
ijodkorlariga ilhom bergan Jan Bodriyarning "Simulyakrlar va
simulyatsiya" asarini o‘qishi majburiy bo‘lgan. Bu kitobni film
kadrlaridan birida Neo qo‘liga ham oladi. Shuningdek bosh qahramon
yana qo‘shimcha adbiyotlarni ham o‘qishi kerak bo‘lgan. Matrisa filmida
ham mashinalarning evolyusiyasi va xukmronligi, xayot tarsi esa
simulyatsiyaga aylangani tasvirlangan. Bullet taym esa bu kadrda
vaqtning go‘yoki qotib qolish sahanasi bo‘lib dastlab "Matrisa" filmida
keng qo‘llanilgan.
Manba: https://inteatr.ru/interesnye-fakty-i-detali-filma-matritsa/
Savol muallifi: O‘ktam O‘rintoyev
18-savol
Ammiakni sintezlash kengaya boshlagach 60-70-yillarga kelib ammiak
ishlab chiqarish sakkiz martaga oshib yiliga 30 mln tonna ishlab
chiqarila boshlagan. Bu o‘sha paytdagi Shunday Uning sababchilaridan
biri bo‘lgani aytiladi. Eronda Mir Xusayn Musaviy tarafdorlari
tomonidan uyushtirilgan norozilik harakatlarini ham Shunday U deb
atashadi.
Diqqat savol: Shunday U o‘rnidagi ikki so‘zni yozib bering?
Toʻgʻri javob: Yashil inqilob.
Izoh:Ammiakdan turli mineral o‘g‘itlar olishda ishlatilgan. O‘tgan asr
60-yillarida yaratilgan guruch va bug‘doyning yangi navlari, kerakli azot,
mineral o‘g‘itlar yordamida o‘ta yuqori hosil bergan. Bu tarixga "yashil
inqilob" nomi bilan kirgan. Erondagi 2009 yilgi qarshilik harakatlari
ham sayyidlardan bo‘lgan Musaviy tomonidan uyushtirilgan harakatlar
ham yashil ramzlari tufayli "yashil inqilob" nomi bilan eslanadi. Bu
voqealar keyinchalik "Arab bahori" ga olib kelgan.
Manba: Vaslav Smil—Kak ustroyen mir na samom dele. Glava 3.
https://urokiistorii.ru/history_days/zeljonaja-revoljucija-v-irane
Savol muallifi: O‘ktam O‘rintoyev
19-savol
Bir intervyuda bu kasb egalari o‘zlarini minali hududda aylanib yurgan
odamlarga o‘xshatadi. Sir tutish qoidasini buzishlari bilan kelajaklariga
putur yetishini ta’kidlaydi. Shuningdek, ba’zida turli yozgan qaydlari,
bloknotlarini ham shrederdan o‘tkazishga to‘g‘ri kelishini aytishadi.
Kovid pandemiyasi paytida Yevropa Ittifoqi idoralaridagi 1200 dan ziyod
bu kasb vakillari ishsiz qolgan.
Diqqat savol: bu qaysi kasb vakillari?
Toʻgʻri javob: Tarjimonlar.
Izoh: Gazeta.uz saytiga intervyusida elchilar va prezidentning
professional tarjimonlari shu fikrlarni bildirgan. Yevroittifoqda turli
davlatlar ko‘pligi sabab ko‘plab tarjimonlarga ehtiyoj mavjud.
Manba: https://www.gazeta.uz/uz/2022/12/27/interpreters/?
utm_source=push&utm_medium=telegram
https://azon.uz/content/views/ishsiz-qolgan-tarjimonlar
Savol muallifi: O‘ktam O‘rintoyev
20-savol.
Ushbu amerika filmi byudjeti cheklangani bois, filmning suratga olish
guruhiga ko'plab mahalliy mutaxassislar ham taklif qilingan. Bu esa
filmni suratga olish jarayonida turli tushunmovchiliklar kelib chiqishiga
sabab bo‘ladi. Biroq rejissyor yordamchisi ko‘p vaziyatlarda ikkala tomon
bir-birini tushunib ketishiga yordam bergan.
Diqqat savol: Eng yaxshi ssenariy uchun Oskar mukofotini olgan
ushbu filmni yozib bering?
Toʻgʻri javob: Tarjima qiyinchiliklari.
Qabul: Tarjimadagi yo‘qotishlar, Trudnosti perevoda, Lost in
translation.
Izoh: Yaponiyada suratga olingan filmni surtga olish jarayonida ham
amerikalik va yaponlar o‘rtasida tarjimada tushunmovchiliklar yuzaga
kelgani qiziq holat. Ikkala tilni biladigan rejisser yordamchisigina
ko‘pincha tarjimonlik qilib turgan.
Manba:https://ru.m.wikipedia.org/wiki/
%D0%A2%D1%80%D1%83%D0%B4%D0%BD%D0%BE
%D1%81%D1%82%D0%B8_%D0%BF
%D0%B5%D1%80%D0%B5%D0%B2%D0%BE%D0%B4%D0%B0
Savol muallifi: O‘ktam O‘rintoyev
21-savol. Keyingi savolga tarqatma material mavjud.
Tarqatma material
В больничном дворе стоит небольшой флигель, окруженный целым
лесом репейника, крапивы и дикой конопли.
Qurilish shaharchasining yangi kasalxonasi juda qulay joyga tushgan —
tog‘ning kungay etagi, bir tomoni yosh terakzor, katta yo'ldan uzoqda.
Diqqat, savolda Birinchi va Ikkinchi so'zlari almashtirish hisoblanadi.
Tarqatmadagi ruscha jumla Birinchining asaridan olingan. Tarqatmadagi
o'zbekcha jumla esa Ikkinchining asaridan olingan. Ikkinchi o'z asarini
nomlashda Birinchining asaridan ilhomlanganmi yo‘qmi, bunisi savol
muallifiga noma’lum.
Diqqat savol: Birinchi va Ikkinchining asarlarini to‘g‘ri ketma-ketlikda
yozib bering.
Toʻgʻri javob: "Oltinchi palata", "To‘qqizinchi palata".
Izoh: Birinchi - bu Chexov, Ikkinchi - Asqad Muxtor. Tarqatmadagi
birinchi jumlaning ruscha ekanligi hamda unda kasalxona tilga olingani
sizni Chexov va uning "Oltinchi palata" qissasiga olib borishi kerak edi.
Asqad Muxtorning "To'qqizinchi palata" hikoyasi nomi esa beixtiyor
Chexovning "Oltinchi palata" qissasini esga solib yuboradi. Darvoqe, bu
asardagi parchada ham kasalxona so'zi tilga olingan.
Manba: 1. https://ilibrary.ru/text/989/p.1/index.html
2. http://library.navoiy-uni.uz/files/adabiyot%20(majmua).pdf
Savol muallifi: Abbos Salaydinov
22-savol
Bastakor Leroy Anderson, ushbu klavishli uskuna uchun hazilomus
musiqiy asar yozgan. Siyoh savdosi bilan shugʻullangan insonning oʻgʻli
ushbu uskunaning keng tarqalgan brendlaridan biriga asos solgan.
Diqqat savol: 1895-yilda mashhur raqobatchilari ostidan ajralib
chiqqan ushbu brendni toping.
Toʻgʻri javob: Underwood.
Izoh: Savolda gap yozuv mashinkasi haqida ketmoqda. Dunyoga
mashhur boʻlgan Underwood yozuv mashinkasi brendi asoschisi John
Underwoodning otasi Londonda siyoh savdosi bilan shugʻullangan.
Avvaliga Remington kompaniyasiga ishlagan Underwood 1895-yilda oʻz
kompaniyasiga asos solgan. Savoldagi “ostidan” soʻzi biznesmen
familiyasiga ishora edi.
Manba:
1) https://en.wikipedia.org/wiki/John_Thomas_Underwood
2) https://en.wikipedia.org/wiki/Underwood_Typewriter_Company
3)
https://ru.wikipedia.org/wiki/Пьеса_для_пишущей_машинки_с_ор
кестром
Savol muallifi: Umarxon Sharif
23-savol.
2018-yilda Birinchi jahon urushida qatnashgan askarlar haqidagi Yangi
Zelandiyalik ijodkor tomonidan olingan hujjatli film ommaga namoyish
etiladi. Film nomi Lourens Binyonning “Qurbonlar uchun” she’ridan
olingan bo‘lib, savol muallifiga 1902-yilda chop etilgan asar qahramonni
eslatib yubordi.
Diqqat savol: Film rejissyorining adashi boʻlgan bu qahramon kim?
Toʻgʻri javob: Piter pen.
Izoh: 2018-yilda, birinchi jahon urushi tugashining 100 yilligiga
ba‘gishlab Piter Jekson rejissyorligidagi “Ular hech qachon
keksayishmaydi” hujjatli filmi ommaga taqdim qilinadi. Film nomi savol
muallifiga ulg‘ayishni istamagan bolakay Piter Penni esga slogan. Tur
avvalidagi savol izohidan siz Piter Jekson Yangi Zelandiyalik ekanligini
bilishingiz mumkin edi.
Manba:
1) https://en.wikipedia.org/wiki/They_Shall_Not_Grow_Old
2)
https://ru.wikipedia.org/wiki/Питер_Пэн_в_Кенсингтонском_саду
Savol muallifi: Umarxon Sharif
24-savol
Savolda X bilan boshqa so‘z almashgan. Bu kitobga Ekkleziastning
quyidagi iborasi epigraf bo‘lgan: X haqiqatni yashiradigan narsa emas,
balki uning mavjud emasligini yashiradigan haqiqatdir. Lekin aslida
Ekkleziast kitobida bu ibora uchramaydi. Kitob Borxes hikoyasi asosidagi
Buyuk Imperiya va uning xaritasi haqidagi metafora bilan boshlanadi.
Diqqat savol: siz kitob nomini yoki uning muallifini ayting?
Toʻgʻri javob: Jan Bodriyar — "Simulyakrlar va simulyasiya".
Izoh: X bu simulyakr edi. Asarda real hayot o‘rnida uning nusxalari
simulyakrlarning qorishib ketgani aytiladi. Bu asardan ilhomlanib
Matrisa filmi yaratilgani haqida aytgan edik. Filmda ham reallik o‘rnini
virtual reallik, simulyaklar egallaydi.
Manba: https://ru.m.wikipedia.org/wiki/%D0%A1%D0%B8%D0%BC
%D1%83%D0%BB%D1%8F%D0%BA%D1%80%D1%8B_%D0%B8_
%D1%81%D0%B8%D0%BC%D1%83%D0%BB%D1%8F
%D1%86%D0%B8%D1%8F
Savol muallifi: O‘ktam O‘rintoyev

3-tur
mad_max93February 27, 2023
25-savol
1993-yilda Professional shaxmat assotsiatsiyasi doirasida chempionlik
matchini o‘tkazish uchun Londonga kelgan Garri Kasparov muxlislarni
va raqibini juda hurmat qilishini ammo match "shunday" bo‘lishini
ta'kidlaydi.
Diqqat savol: shunday o'rnidagi so‘zni emas Garrining raqibining
familyasini yozib bering?
Toʻgʻri javob: Short.
Izoh: 93-yilgi matchni Kasparov mezbon shaxmatchi Naydjel Shortga
qarshi o‘tkazadi. Va muddatidan oldin g‘alaba qozonadi
Manba: Мой шахматный путь. 1985-1993, Том 2, Гарри Каспаров.
ЛитРес, 2017
Savol muallifi: Bunyod Hamroyev
26-savol
Ushbu olim oʻzining eng mashhur mehnat mahsulini yaratish ustida
qattiq bosh qotirmagan boʻlsa kerak. Zero eramizning 77-yilidayoq Katta
Pliniy "Tabiiy Tarix" qoʻlyozmasida olmos va kvartsning fizik
xususiyatlarini solishtirgan.
Diqqat savol: 1798-yilda Frayberg Tog‘-konchilik Akademiyasiga qabul
qilingan bu olim kim?
Toʻgʻri javob: Karl Fridrix Moos.
Izoh: O‘zbekiston chempionatidan ko‘pchiligimizga tanish, minerallar
qattiqligini oʻlchashda qoʻllaniladigan shkalani oʻylab topishda Karl
Moos qadimgi yunon olimlarining izlanishlaridan ilhomlangan boʻlsa
ajab emas. Savoldagi “qattiq bosh qotirmagan” soʻzlari toʻgʻri javobga
ishora edi.
Manba:
1) https://en.m.wikipedia.org/wiki/Friedrich_Mohs
2) https://blogs.egu.eu/geolog/2020/09/25/freidrich-mohs-and-the-
mineral-scale-of-hardness/
Savol muallifi: Umarxon Sharif
27-savol
Savolda X boshqa so‘z bilan almashtiilgan. 1991 yildan AQSHda
amerikalik askarlarga tegishli X lar rasmini chop etish ta’qiqlangan. Bu
askarlarning shahsiy ishiga aralashish deb baholangan. O‘z vaqtida
Quvaytda suratga olingan X lar tasviri shov shuvga sabab bo‘lgan edi.
1962 yilda yozilgan bir o‘zbek asari nomida ham Xni uchratish mumkin.
Diqqat savol: shu asar nomini bir xil xarf bilan boshlanadigan ikki
so‘zda ayting?
Toʻgʻri javob: Tobutdan tovush.
Izoh: X bilan tobut so‘zi almashtirilgan edi. 1962 yilda Abdulla
Qahhorning “Tobutdan tovush” hikoyasi yozilgan.
Manba: 1.https://ru.m.wikipedia.org/wiki/%D0%9A
%D0%B0%D1%85%D1%85%D0%B0%D1%80,_
%D0%90%D0%B1%D0%B4%D1%83%D0%BB%D0%BB%D0%B0
2. https://t.me/hist_facto/6978
Savol muallifi: O‘ktam O‘rintoyev
28-savol
Tarqatmada siz Hamana Kalili haykalni koʻryapsiz. Shakar fabrikasida
boʻlgan baxtsiz hodisadan soʻng, Kalilini fabrikadan o'tadigan poezd
vagonlarini qoʻriqlashga tayinlashadi. Ushbu vagonlarni minib oladigan
bolalar Kaliliga taqlid qilib, suratda berkitilganni ishlata boshlashgan.
Diqqat savol: siz hozir nimaning kelib chiqish tarixini eshitdingiz?
Toʻgʻri javob: Shaka ishorasi.
Izoh: Kalili fabrikada boʻlgan baxtsiz hodisada koʻrsatkich, oʻrta va
nomsiz barmoqlarini yoʻqotadi, shundan keyin uning qoʻli shaka belgisi
koʻrinishiga kelib qoladi. Savol qahramoninig ismi va tarqatmadagi
“Polineziya madaniyati” so‘zlari sizni Shaka ishorasi vatani bo‘lgan Gavai
orollariga olib borishi kerak edi.
Manba: https://polynesia.com/blog/shaka
Savol muallifi: Umarxon Sharif
29-savol
Diqqat savolda Zed 3 ta soʻzni almashtirib keladi.
Sheila Macgill-Callahan yozgan bolalar kitobida Lox Ness koʻli maxluqi
qachonlardir Zed boʻlgani aytiladi. Bir video-oʻyinda, Dublin yaqinidagi
tashlandiq cherkov xonalaridan biridagi xum ichiga berkingan Zedni
oʻldirsangiz "U haqida afsona" degan maxsus yutuqqa erishasiz.
Diqqat savol: U kimligini ikki soʻzda yozib bering.
Toʻgʻri javob: Avliyo Patrik
Izoh: Zed – Irlandiyadagi soʻnggi ilon. Sheila Macgill-Callahan yozgan
ertakda Avliyo Patrik Irlandiyadagi soʻnggi ilonni Lox Ness koʻliga
tashlaydi, ilon u yerda kattalashib dunyoga mashhur Lox Ness maxluqiga
aylanadi. Assasins's Creed Valhalla oʻyinida Irlandiya poytaxti Dublin
yaqinida joylashgan tashlandiq cherkovda berkingan ilonni oʻldirsangiz
Avliyo Patrik haqidagi afsona degan maxsus yutuqqa erishasiz.
Manba:
1)
https://books.google.co.uz/books/about/The_Last_Snake_in_Ireland.h
tml?id=gtlhekTXphcC&redir_esc=y
2)
https://www.ign.com/wikis/assassins-creed-valhalla/Where_to_Find_t
he_Only_Snake_in_Ireland
Savol muallifi: Umarxon Sharif
30-savol
Internet saytlaridan biridagi 2018-yilda Merilenddagi metropoliten
eskalatorida sodir bo'lgan g‘ayrioddiy baxtsiz hodisa tafsilotlarini o‘qir
ekan savol mualllifi 1964-yilda chop etilgan asar nomini esga oladi. Bu
avtobiografik asar o‘z muallifiga oddiy o‘qituvchilikdan yuqori
mashxurlikka erishishiga sabab bo‘lgan.
Diqqat savol: o'sha asar nomini yozib bering?
Toʻgʻri javob: Pastga yo‘nalgan zinadan tepaga.
Qabul. Вверх по лестнице ведущей вниз, Up the Down staircase
Izoh: Erkak pastga harakatlanayotgan eskalatordan tepaga chiqishga
uringan. Oddiy o‘qituvchi bo’lgan Bel Kaufman ham “Pastga yo‘nalgan
zinadan tepaga” romanidan keyin mashxurlikka erishgan. Savoldagi
“yuqori mashxurlikka erishgan” jumlasi ham sizga yordam berishi kerak
edi.
Manba: 1.
https://ru.m.wikipedia.org/wiki/Вверх_по_лестнице,_ведущей_вниз
_(роман)
2.
https://pikabu.ru/story/10_volshebnyikh_idiotov_poluchivshikh_prem
iyu_darvina_6717250
Savol muallifi: Bunyod Hamroyev
31-savol
2004 yil 21 aprelda Imola shaxrida maxsus futbol matchi o‘tkazilgan. Bu
matchda bir mamlaktning faxriy chempion futbolchilari boshqa bir
mashhur sportchilardan iborat jamoaga qarshi maydonga tushgan.
Matchdan tushgan mablag‘ esa bir fondga hayriya qilingan.
Diqqat savol: bu fond kimning nomida edi?
Toʻgʻri javob: Ayrton Senna.
Izoh: Bu matchdan o‘n yil oldin 1994 yil Imoladagi San Marino gran
prisida braziliyalik poygachi vafot etgan edi. O‘sha yilgi jahon
chempionlaridan iborat Braziliya termasi faxriylari bu matchda F1
poygachilaridan iborat sportchilarga qarshi maydonga chiqqan va
tushgan mablag‘ A.Senna fondiga o‘tkazilgan.
Manba: https://ru.m.wikipedia.org/wiki/%D0%A1%D0%B5%D0%BD
%D0%BD%D0%B0,_%D0%90%D0%B9%D1%80%D1%82%D0%BE
%D0%BD
Savol muallifi: O‘ktam O‘rintoyev
32-savol
Vikipediyada bu baxtsiz voqealar Djozef Patrik va Rozaning avlodlari
bilan yuz bergani aytiladi.
Jumladan, 1941-yilda Rozmari jarrohlik operatsiyasidan so‘ng nogiron
bo‘lib qoladi. Kichik Djozef xarbiy operatsiya paytida vafot etgan. 1944
yilda Ketlin aviahalokatda o‘lgan. 1963 yil Patrik Buvye tug‘ilganidan 39
soat o‘tib vafot etgan bo’lsa 1999 yilda Djon xotini va uning opasi bilan
aviahalokatda vafot etishgan. Bu albatta to‘liq ro‘yhat emas. Bir necha
holatlar tushurib qoldirildi.
Diqqat savol: shu ma’lumotlar keltirilgan Vikipediya maqolasi nomini
alifboda ketma ket kelgan xarflar bilan boshlanuvchi ikki so‘z bilan
ayting?
Toʻgʻri javob: Kennedilar la’nati.
Izoh: Yuqorida Kennedilar oilasi va ularga yaqin insonlar bilan yuz
bergan ko‘plab baxtsiz hodisalarga misol keltirildi. Bunda AQSH
prezidenti Djon Kennedining 1963 yildagi o‘limi va akasi Robert Kennedi
o‘limlari keltirilmagan edi.
Manba: https://ru.m.wikipedia.org/wiki/%D0%9F%D1%80%D0%BE
%D0%BA%D0%BB%D1%8F%D1%82%D0%B8%D0%B5_%D0%9A
%D0%B5%D0%BD%D0%BD%D0%B5%D0%B4%D0%B8
Savol muallifi: O‘ktam O‘rintoyev
33-savol
Bir marta San-Diegodagi Comic-Con festivalida fantast yozuvchining
android-robot koʻrinishdagi nusxasi ommaga namoyish qilingan.
Koʻrgazmaga tashrif buyuruvchilar androidga turli savollar berib
koʻrishlari mumkin edi.
Ushbu android gʻoyasi ilmiy-fantastika janridagi mashhur filmlar
dilogiyasiga asos boʻlgan asardan olingan.
Diqqat savol: ushbu asar nomini yozib bering.
Toʻgʻri javob: Androidlar tushlarida elektro-qoʻylarni koʻradilarmi?
Qabul: Do androids dream of electric sheep?
Izoh: Bu yozuvchi Filip Kindred Dik. Odamsimon androidlar uning
asarlarida koʻp uchraydi. “Androidga savol berish” soʻzlari, asar asosida
suratga olingan "Tigʻ ustida yuguruvchi" ("Бегущий по лезвию") filmida
androidlarni aniqlashda qoʻllaniladigan Voyt-Kampf testiga ishora edi.
Manba:
1) https://www.cracked.com/article_34757_comic-con-once-hosted-
philip-k-dick-as-a-robot-post-death.html
2) https://en.wikipedia.org/wiki/Philip_K._Dick
Savol muallifi: Umarxon Sharif
34-savol
Diqqat, savolda “suv onasi” jumlasi bilan boshqa so‘z almashtirilgan.
Bir filmda tadbirkor yangi energiya manbai sifatida barcha joylarda,
aholi uylarida "suv onasi" dan foydalanishni yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘ladi.
Buni eshitgan film qahramoni xavotirlanib “nima u barcha uylarni X ga
aylantirmoqchimi” deydi. Xning ba’zi qoldiqlari hozirda Vashington
milliy aviasiya va kosmonavtika muzeyida saqlanadi.
Diqqat savol: Xni ayting?
Toʻgʻri javob: Gindenburg.
Qabul: Gindenburg dirijabli.
Izoh: “Suv onasi” so‘zlari bilan shu ma’noga ega bo‘lgan "vodorod" so‘zi
almashtirilgan. Gindenburg dirijablida geliy tanqisligi sababli xavfli,
yonuvchan vodoroddan foydalanilgan va 1937 yilda u Nyu Yorkka qo‘nish
paytida katta talofotga uchrab, yonib ketgan.
Manba: https://diletant.media/articles/45271696/
https://kinohit.me/russian-film-kino-tasix/kriminal/23718-dostat-
nozhi-steklyannaya-lukovica.html
Savol muallifi: O‘ktam O‘rintoyev
35-savol
Yaqinda noshir Metyu Batterik uch nafar rassom va yuridik firma bilan
birgalikda Midjourney va Stable Diffusion neyrotarmoq yaratuvchilarini
sudga berishdi. 2022 yilda esa yirik ArtStation illyustratorlar portalida
ham ko‘plab rassomlar, sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan rasmlarni
portaldan o‘chirishni talab qilib chiqishgan. Bu haqidagi maqolada ular
tilga olingan. 19-asr boshida ularning ko‘pchiligi Avstraliyaga surgun
qilingan, ba’zilari qatl qilingan.
Diqqat savol: ularni bir so‘z bilan ayting?
Toʻgʻri javob: ludditlar.
Izoh: 19-asr boshida Angliyada oddiy ishchilar-ludditlar zamonaviy
texnologiya, stanoklarga qarshi chiqishgan va ularni buzib tashlashgan.
Shundan texnologiyalarga qarshilar ham ludditlar deb yuritila
boshlagan. Zamonaviy rassomlarning sun’iy intellektga qarshi kurashi
ham ludditlar harakatiga o‘xshatilgan.
Manba: https://aif.ru/dontknows/eternal/1464482
https://kun.uz/ru/48925932
Savol muallifi: O‘ktam O‘rintoyev
36-savol
Bir insonning eslashicha, u bir safar mashhur shoirning oldiga borib, o‘z
loyihasi uchun she’r yozib berishni so‘raydi. Shoirga buyurtma berarkan,
u ilmning cheksizligiga urg‘u berishni, ammo she’rda loyiha nomini
ishlatmaslikni so‘raydi. Diqqat savol: Savol matnida tilga olingan
buyurtmachi va shoir kimlar ekanini yozib bering?
Toʻgʻri javob: Abdurasul Abdullayev, Anvar Obidjon.
Izoh: gap Zakovatning avvalgi madhiyasi matnining yaratilish tarixi
haqida ketayotgan edi. Ushbu qo‘shiq matni Anvar Obidjon qalamiga
mansub.
Manba: https://youtu.be/GMMxi1QHFTU
Savol muallifi: Abbos Salaydinov
Bingo
1-tur.
mad_max93March 03, 2023

Assalomu aleykum, hurmatli klub a’zolari!


Boshlovchi savol tartib raqamini e’lon qilganidan so’ng aytilgan barcha
jumlalar bevosita savolga aloqador bo’lishi mumkin. Savollar izohlarini
diqqat qilib tinglashni unutmang. Shuningdek aniq qilib yozib bering, 2 so’z
yoki 1 so’zdan iborat javob degan holatlarga diqqat qiling. Savol formasiga
mos kelmaydigan javob noto’g’ri hisoblanadi. Savol formasida bir harfdan
boshlanuvchi, juft undoshlar bilan boshlanuvchi, alifboda ketma-ket keluvchi
harflar bilan boshlanuvchi so’zlar so’ralganda va shu kabi boshqa
holatlarda O’ZBEK TILINING LOTIN ALIFBOSI nazarda tutiladi.
Oldindan ogohlantiramiz, Bu paketimiz uchun meta savollar tuza olmadik.
Demak hamma tayyor bo’lsa, barchangizga omad tilaymiz va
boshlaymiz!
1-TUR
1-savol. "Call of Antia" o'yini turli xalqlar mifologiyasi asosida ishlangan
bo'lib, o'yin personajlari orasida turli xalqlar mifologik qahramonlari
ham uchraydi. O'yin davomida olishuvlar bo'lib o'tadi va har bir olishuv
yakunida jangda g'alaba qozonilgani yoki mag'lubiyat haqida xabar
beruvchi e'lon chiqadi. Ushbu e'lon ustida Ular tasvirlangan.
O'rta asr kartinalarida Ular kimning yelkasida tasvirlangan ekanligini
BIR (i xarfiga urgu berib) so'z bilan yozib bering.
Javob: Odin.
Izoh: Ular - qarg'alar edi. Odinning Xugin va Munin nomli 2 ta
qarg'alari bo'lgan, ular Odinga dunyoda bo'layotgan voqealar haqida
xabar berib turishgan. O'yinda ham yutuq yoki mag'lubiyat haqidagi
xabarni qarg'alar beradi. Savol formasidagi BIR so'ziga urg'u berilgani
ruscha один, ya'ni bir so'ziga yetaklashi kerak edi.
2-savol. BLITS
1. Ushbu stomatolog personajiga Bill Xanter ovoz bergan. Ushbu
personajning originaldagi ismi birinchi harfi va familiyasini yozib bering
2. Bu jonivor Avstraliya, Yangi Gvineya va Yangi Zellandiyada
tarqalgan. Bir manbada aytilishicha Avstraliya shaharlarining birida
uning yo'li mavjud. DS: Jonivor nomini tushungan holda aniq yozib
bering
3. Blistning dastlabki 2 savoliga javob topgan bolsangiz, demak siz
deyarli Uning vazifasini uddaladingiz. DS: Uni toping
Javob:
1. P.Shermann. Qabul: F.Shermann
2. Vallabi Qabul emas: Kenguru.
3. Dori
Izoh: Blits "Nemoni izlab" multfilmi haqida edi. Multfilmda
vodolazlar maskasida stomatolog Filip Shermanning manzili
P.Shermann Wallaby way 42 Sidney yozuvi yozilgan bo'ladi. Xotirasi past
Dori esa bu yozuvni o'qigandan so'ng, undagi yozuvlarni esida saqlab
qolishi kerak edi. Aslida Vallabi yo'li ko'chasi Sidneyda yo'q. Vallabi bu
kengurudoshlar oilasida mansub jonivor. Lekin kenguru emas.
O'ylaymizki tushundingiz
Manba: https://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%92_%D0%BF%D0%BE
%D0%B8%D1%81%D0%BA%D0%B0%D1%85_%D0%9D
%D0%B5%D0%BC%D0%BE
https://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%92%D0%B0%D0%BB%D0%BB
%D0%B0%D0%B1%D0%B8
3-savol : 1529-yil u Monpelyedagi universitetga o’qishga kiradi.
Darhaqiqat, bu paytda ilk fransuz revolyutsiyasi boshlanishiga hali 260
yil, London yong’iniga 137 yil Yaponiyaga atom bombasi tashlanishiga
416 yil bor edi.
Diqqat savol: U kim?
Javob. Nostradamus
Izoh. Yuqoridagi voqealar Nostradamus bashorat qilgan voqealarning
bazilari edi.
Manba: https://ru.m.wikipedia.org/wiki/Нострадамус
4-savol : Ekzyuperini urib tushirgan Robert Heyshel manbalardan
birida boshqa bir fransuzga tenglashtiriladi. Ekzyuperi ham shunda
boshqa bir “fransuz”ga tenglashtiriladi.
Diqqat savol: Yuqorida eslab o’tilgan Birinchi va Ikkinchi fransuzlar
kimlar?
Javob: Dantes va Pushkin
Izoh: Adabiyotchini o`ldirgan odamni albatta Dantesga
tenglashtirishadi. Pushkinning laqabi fransuz bo`lgan.
Manba: http://flibusta.site/b/586874/read
5-savol. Qirolicha Elizavetta II malika Diananing kiyinishini ko`p bora
tanqid qilgan. Jumladan, tanqidlaridan biriga Diananing o’zi "Graf
qarshisiga chiqishda bundan boshqa kiyim tanlovi yo`q edi" deya javob
qaytargan.
Savol: Ushbu voqea haqidagi maqoladagi fotografiyada Diananing
qo`lida nima bor edi?
Javob: Tennis raketkasi
Izoh: Diana tennisni juda yoqtirgan. Hayriya matchlaridan birida u
Uimbldon go`libi Shteffi Grafga qarshi kortga chiqqan. Uning kalta
yubkasi esa qirollik oilasida mavzu bo`lgan
Manba :
https://www.sports.ru/tribuna/blogs/glaz_naroda/2806438.html
6-savol. Sagrada Familiya sobori qurilishi 1882-yildan boshlangan
bo'lib, haligacha tugamagan. Studio Drift ijodiy dueti 2022-yilda Ular
yordamida Sagrada Familiyani yakuniy ko'rinishini ommaga namoyish
qildi. Bolalar uchun chiqarilgan Ulardan biri asalari ko'rinishida.
Savol: Uni yozib bering.
Javob: dron.
Izoh : Studio Drift dueti tech art yo'nalishida ijod qiladi, ya'ni tabiatdagi
narsalarni zamonaviy texnologiyalar yordamida imitatsiya qilishadi.
Barselonaning eng taniqli obyektlaridan bir bo'lgan Sagrada Familiya
soborining bitmagan qismini Studio Drift ijodkorlari dronlar yordamida
tiklashgan. "Drone" so'zi inglizchada "erkak asalari" degan ma'noni ham
anglatadi.
Manba:
1.https://brat-bg.com/ru/news-ru/europe/13610-svetyashtiesya-dron-
dostroili-hram
2.https://russian.alibaba.com/product-detail/Mini-Remote-Control-
Bee-Drone-for-1600396892169.html
7-savol. “Menu” filmi qahramoni restoran mehmoni bo`lsa ham, juda
ham och ekanligini takrorlaydi.
Savol: Filmdagi oshpazning restoranlaridan biri qaysi qadimgi yunon
qahramoni sharafiga nomlangan?
Javob: Tantal
Izoh: Tantalga berilgan jazo ovqatni va suvni ko`rib turgan bo`lsa ham
unga yetisholmaslik edi. Xuddi shunday, oshpaz mehmoni bo`lib turib
qorni och qahramon borligi va oshpazning avval ishlagan joyi “Tantal”
restorani ekanligi qiziq holat.
Manba:
1. https://en.wikipedia.org/wiki/The_Menu_(2022_film)
2. https://www.reddit.com/r/MovieDetails/comments/menu
8-savol. 1983-yil suratga olingan film posterida ayol qahramon erkak
qahramonning bo`yinbog`ini to`g’rilayotgani, sochidan ushlayotgani,
ryumkani tutib turgani, pichoq ushlayotganligini, pidjakning tugmasini
tutib turgani, erkakning ko`kragini ushlayotganligini, pistoletga
teginayotgaligini va qo`lida qimmatbaho buyum bor ekanligini ko`rish
mumkin.
Savol: Ushbu film nomini yozib bering
Javob: Sakkizoyoq
Qabul: Octopussy/ Осьминожка
Izoh: E’tibor bergan bolsangiz qahramon ayolning 8 ta qo'li
tasvirlangan. Bu esa sizga Jeyms Bond haqidagi Octopussy filmini
eslatishi kerak edi.
9-savol. Ernesto Moneta 15 yoshidayoq Milandagi "Besh kunlik
urushda" ishtirok etgan. Keyin harbiy akademiyani tugatib,
Garibaldining yurishlarida qatnashgan. Moneta Avstriya-Italiya urushida
jonbozlik ko'rsatgan. Buni qarangki, Moneta 1907-yilning oxirida
Yevropa shimolidagi shaharga tashrif buyurgan.
Savol: Qaysi shahar?
Javob: Oslo
Izoh: Butun umri urushlarda o'tgan Moneta urushning qanchalik
jirkanch ekanini tushunib yetgandi va tinchlik bo'yicha aktivistga
aylangan. U bu sohada bir qancha muhim ishlar qilgan. Shu boisdan
1907-yilda Lui Reno bilan Tinchlik bo'yicha Nobel mukofotiga sazovor
bo'lgan. Tinchlik bo'yicha Nobel mukofoti patsifizm harakati ilk bora
vujudga kelgani uchun Osloda topshirilishini bilasiz, albatta.
Manba: https://ru.wikipedia.org/wiki/Ernesto_Moneta
10. Tarqatma material.

Qarshingizda Federiko Ximenesning kartinasi. Diqqat savol: Kartinada


xo’roz ramziy ma’noda kimni ifodalagan?
Javob : Paris
Izoh: Kartina "Paris sudi" deb nomlanadi. Fitna xudosi Erida Afrodita,
Afina va Gera o'rtasiga "Eng go'zal" yozuvi tushirilgan olmani tashlab
qo'yadi, Bu olmaga uchchalasi ham egalik qilmoqchi bo'lib Zevsga
murojaat qilishganida shahzoda Parisdan borib bu masalani so'rashlarini
aytadi. Shunda ilohalar turli tuxfalarni Parisga va'da qilishganda Afrodita
bir umrlik istalgan ayol sevgisini taqdim qilishini aytganda Paris
Afroditaga olmani berib Yelenani sevib qolishini tanlaydi va uni o‘g‘irlab
ketadi.
Manba:
1. https://ru.wikipedia.org/wiki/Суд_Париса
2. https://histograf.ru/legends/content-74/
11-savol. Duplet.
1-savol. Dalining ijod namunalariga virtual sayohat "Dalining orzulari"
deb nomlanadi. Diqqat savol: savolda bir so‘zni boshqa so‘zga
o‘zgartirdik. Shu harfni yozib bering.
2-savol. Ekspertlar fikriga ko‘ra, Unda Dalining o‘z vatandoshiga
nisbatan qarama-qarshiligi tasvirlangan.
Diqqat savol: Uni bosh harflari bir xil harflar bilan boshlanuvchi 3
so‘zda yozib bering.
Javoblar:
1. tushlari
Izoh: ushbu virtual sayohat "Dalining tushlari" deb nomlanadi. Dali
ko‘plab ijod namunalari g‘oyalarini tushlarida ko‘rgani haqida
ma'lumotlar bor.
2. Pablo Pikasso portreti
Manba:
https://ru.wikipedia.org/wiki/Портрет_Пабло_Пикассо_в_XXI_веке
Manba:
https://look-journal.ru/news/virtualnoe-putesestvie-vo-vselennuu-
snov-salvadora-dali
12-savol. Robert bir filmda suratga tushish uchun qattiq tayyorlangan.
U har kuni faqat burundan nafas olgan holda uzoq masofaga yugurardi.
Yugurib kelib, nafasni bir maromda ushlagan holda hech qanday
emotsiyasiz quroldan o'q uzishni ham mashq qiladi. Diqqat savol: U
o’ynagan personajni 6ta simvol yordamida yozib bering
Javob : T-1000
Izoh : Bu aktyor Robert Patrik edi. Filmda mashina yoki motosiklda
qochayotgan Jon Konorni ortidan yugurish sahnalari ko'p edi.
Manba : https://forumkinopoisk.ru/showthread.php?t=316&page=405

2-tur.
mad_max93March 03, 2023

13-savol : (o’quvchiga eslatma: BU so’zi alohida o’qilishi kerak)


Shvetsiyada innovator sifatida tanilgan Uppsala yepiskopi Yakob Ulfsson
15-asrda Rim Papasi Sikst IV tomonidan maxsus hujjat qabul qilib oladi.
Hujjat jumladan BUda mavjud strukturani model qilib olishga ruhsat
bergan.
Savol: BUni 2 so`zda yozib bering.
Javob: Bolonya universiteti
Izoh: Skandinaviyadagi birinchi universitet va hozirgi kundagi
Yevropadagi eng mashhur universitetlardan biri bu Uppsala universiteti
hisoblanadi. Bu universitetda jumladan Karl Linney, Andre Selsiuslar
ta`lim olishgan. Universitet ochilishiga va unga Bolonya universiteti
modeli qo`llanishilishiga Rim Papasi ruhsat bergan.
Manba: https://en.wikipedia.org/wiki/Uppsala_University
14-savol : Versiyalardan biriga ko`ra, Qadimgi yunon shahri Mikena
nomining kelib chiqishi o`sha davrdagi shoh Perseyning tushiga borib
taqaladi.
Diqqat savol: Persey tush ko`rishdan oldin nima tanovul qilganligini
ayting?
Javob: qo`ziqorin (galyutsogen)
Izoh: Aytishlaricha, gallyutsinatsiya qo`zg`atuvchi qo`ziqorin
yeganidan so`ng, Persey noodatiy tush ko`radi va keyinchalik shaharga
asos soladi. Mikena so`zi ham Mikos – qo`ziqorin so`zidan olingan.
Bunda sizga mikologiya - qo`ziqorin o`rganish fani ekanligi yordam
berishi mumkin edi.
Manba: https://en.wikipedia.org/wiki/Mycenae
15-savol. Narkotik moddalar iste’moli ko’plab mamlakatlarda
ta’qiqlangan. Sinaolo shahri Meksikaning giyohvandchilik va turli xil
narkoboronlar tavallud topgan shahar hisoblanadi. Narko serialida bu
shahar IKS ga qiyoslanadi. Versiyalardan biriga ko'ra, IKS so'zining
ma'nosi qadimgi yahudiy tilidan "rohatlanish" deya tarjima qilinadi.
Diqqat savol : Iks o’rnidagi so'zini yozib bering
Javob: Edem
Izoh: Edem bog'ida injil va tavrotga ko'ra Odam ato va Momo Havo
yashashgan va u yerda ta’qiqlangan yegulik o’sadi. Sinaola ham Edem
kabi boshlanish hisoblanadi.
Manba: Narko seriali
16-savol. AQSHdagi fuqarolik urushida qatnashgan janublik Jessi
Jeyms keyinchalik qaroqchilik bilan shug`ullangan. Jessi poyezd
yo`lovchilarini tunashdan oldin, X ni aniqlash uchun ular bilan
suhbatlashishga harakat qilgan. Boshqa bir X 1999-yilda Buxarestda o`z
faoliyatini boshlagan. X o‘rnidagi so‘zni yozib bering
Javob: Aksent
Izoh: Jessi Jeyms janubliklarni o`marmagan. Shimolliklarning
aksentini aniqlash uchun ular bilan suhbatlashgan. Mashhur Aksent
guruhi Ruminiyada yaratilgan.
Manba: http://flibusta.site/b/361768/read
17-savol. Olga Buzovaning "Platon g‘ori" qo‘shig‘ida, qizning ilk
sevgisi uni tashlab ketganidan so‘ng "Platon g‘ori" ichidan darz ketgani
haqida kuylanadi.
Diqqat savol: Savolda almashtirilgan ikkita so‘zni yozib bering.
Javob: Pushti ko‘zoynak.
Izoh: Immanuil Kantning "dunyoga pushti ko‘zoynak bilan qarash"
haqidagi fikrlari Platon g‘ori iborasi kabi o‘xshash ma'noni bildiradi.
Ya'ni inson yoki hayotni boricha qabul qilish, birovning kamchiliklarini
pushti ko‘zoynak ortidan qarab yo‘q deb tasavvur qilmaslik haqida
qarashlarni anglatadi.
Manba:
1. https://www.youtube.com/watch?v=Fjnrafax07k
2. https://medium.com/@farisbouzid2/the-cave-and-the-spectacles
18-savol. Diqqat savolda ULAR o‘rnida bir nechta so‘z bor.
"Etik kiygan mushuk. So‘nggi istak" animatsion filmida mushuk 8 ta
jonidan qanday ayrilgani haqida eslaydi. Mushuk barda g‘irrom
qilganligi uchun Ular mushuk jonlaridan biriga zomin bo‘lishadi. 1903-
yilgi Ular nomli asar muallifi kim?
Javob: Kassius Kullidj
Izoh: Ular POKER O‘YNAYOTGAN ITLAR edi.
Manba: https://gidonline.io/film/kot-v-sapogax-2-poslednee-zhelanie/
19-savol. Savolda BU ISH QILINADI so'zlari bilan bir nechta so'zlar
almashtirilgan.
1939-yilda yaratilgan "Oz mamlakati sehrgari" filmini suratga olish
mobaynida plyonkada yaxshi ko'rinmagani uchun bog'dagi yashil
olmalarni BU ISH QILINADI. 1892-yilda Polshada tug'ilgan inson
o'zining kelib chiqishi va transportini BU ISH QILGANIdan keyin
mashhur laqabini oladi. Albatta bunda eng katta rolni uning o'z ishining
ustasi ekanligi o'ynagan.
Savol: bu insonning ism familiyasini yozib bering.
Javob : Manfred fon Rixtgofen
Izoh : Plyonkada yaxshi ko'rinmagani uchun bog'dagi yashil olmalarni
qizil rangga bo'yashadi. Fon Rixtgofenning kelib chiqishi baronlarga
borib taqaladi. U o'z samolyotlarini yorqin qizil rangga bo'yab olgan.
Tarixdagi eng yaxshi uchuvchilardan bo'lgani uchun uni "Aslar ichida as"
deb ham atashadi.
20-savol. BLITS
Blitsning 1-savoli:
2009-yilda Nelson Mandela hayotiga bagishlangan “Zabt etib bolmas”
filmida butun umr ERKIN ODAM bolib qolgan siyosatchi taqdiri
yoritiladi.
Savol: Filmda Nelsonning rolini kim ijro etgan?
Blitsning 2-savoli:
2013-yilda Nelson Mandela hayotiga bagishlangan “Ozodlikka uzun yol”
filmida Vatani uchun hayotini TIKKAN siyosatchining umr DARYOSIGA
nazar tashlanadi.
Savol: Filmda Nelsonning rolini kim ijro etgan?
Blitsning 3-savoli:
2017-yilda Nelson Mandela hayotiga bagishlangan “Madiba” serialida
qamoqqa tushganida ham ozini suvdagi BALIQDEK his qilavergan
tugma ozod inson haqida hikoya qilinadi.
Savol: Serialda Nelsonning rolini kim ijro etgan?
1-Javob: Morgan Friman!
Izoh: Erkin odam sozlari Friman soziga ishora edi.
2-Javob: Idris Elba!
Izoh: Tikkan sozi – Idris alayhissalomga ishora edi, chunki bu
paygambarning tikuvchi bolgani haqida manbalar bor. Daryo sozi
aktyorning familiyasi Elbaga ishora edi.
3-Javob: Lourens Fishborn!
Izoh: Savoldagi baliq so`zi aktyorning familiyasiga ishora edi.
Manba: https://ru.wikipedia.org/wiki/Mandela
21-savol. O`zbekistonda geliotexnika – quyosh texnologiyalari asoschisi
G`iyos Umarov haqidagi maqolada aytilishicha, Umarovlar oilasining
yodgorligida “palak” deb nomlanuvchi ana tasvirlangan. Savol matnida
so`z tushirib qoldirilgan
Savol: tushirib qoldirilgan so`zni yozib bering.
Javob: so'z
Izoh: Yodgorlikda so'zana tasvirlangan. Ana’naviy so'zanalarda quyosh
va oyning tasviri tushiriladi. Savol matnida ham so'zana so'zidan so'z
qismi rostdan ham tushirib qoldirilgan edi.
Manba : https://qvant.uz/uz/news/g-iyos-umarov/
22-savol. Savol matnida bir necha harflar tushirib qoldirilgan.
Gamburg universitetini har yili 5000 nafar menejerlar, operatorlar
bitirib chiqadi. Bu universitetda o'qish orqali talabalar o'z sohalarida
ancha tez tayyor bo'lishadi va aksariyat hollarda ushbu yirik brendning
boshqaruvchi xodimlariga aylanishadi. Savol: 1940-yili asos solingan
qaysi brend haqida gap ketmoqda?
Javob: McDonald's!
Izoh: Universitet nomi Gamburgerologiya universiteti. Illinoysdagi bu
o'quv dargohida keyinchalik McDonald's brendining boshqaruvchi
xodimlariga aylanuvchi kadrlar tayyorlanadi. Ular darslarda restoranda
ishlash, rahbarlik qobiliyati, mijozlarga xizmat qilish kabi masalalarni
o'rganishadi. Universitet logotipida esa qovurilgan kartoshkalar
tasvirlangan.
Manba: https://en.m.wikipedia.org/wiki/Hamburger_University
23-savol. "Abdulhamidxon" serialida muxolifatga moyilligi bor
Mahmud poshsho Abdulhamidxon bilan uchrashganida, hukmdor
poshshoning qo'llaridagi qora dog'larni payqaydi va "Meshveret" dagi
turli bo'hton xabarlardan noroziligini aytadi.
Savol: Hukmdor suhbat davomida poshshoga tavsiya beraturib, qaysi
ixtironi esga oladi?
Javob: Dazmol!
Izoh: Yangi chiqqan gazetani dazmollasa, undagi siyoh qo'lga chaplanib
qolmasligi haqida ekranda ham Zakovat savollari o'ynalgan. "Meshveret"
kabi muxolifat gazetalarni o'qiyotgani fosh bo'lib qolmasligi uchun
Abdulhamidxon Mahmud poshshoga o'zi sinagan usulni, gazetani
dazmollashni tavsiya qiladi.
Manba: "Abdulhamidxon" seriali, 1-qism
24-savol. Savol matnida ULAR so'zi boshqa bir so'zga almashgan.
Katta plantator oilasida dunyoga kelgan Jorj Vashington oilasining
qistovi bilan o'ziga qulay bir kasbni egallagan. Avraam Linkoln esa bu
kasbni egallash uchun Flintning "Geometriya, trigonometriya va
topografiya kursi" kitobini o'qib chiqqan. Umumiy aytganda, Vashington
va Linkoln ULAR bo'lishgan.
Savol: ULAR ning muallifini toping.
Javob : Muhammad Aminxo’ja Muqimiy.
Izoh : ULAR – tanobchilar edi. J.Vashington va A.Linkolnlarning
biografiyasida ularning bir muddat yer o’lchovchi ya’ni tanobchilar
bo’lganligi bo’yicha ma’lumotlar mavjud. “Tanobchilar” satirasi Muqimiy
tomonidan yozilgan.
Manba :
1. https://ru.wikipedia.org/wiki/Linkoln_Abraham
2. https://diletant.media/articles/45336578/

3-tur.
mad_max93March 03, 2023

25-savol. Valeriy Maksim "Shon-shuxrat orzusi" asarida Aristotel,


Buyuk Aleksandr, Femistokllar haqida yozar ekan, BU ISHNI
QILMAYDI. Qanchalik parodoksal bo‘lmasin BU ISHNI QILISH, birinchi
bor surgunlik paytida Efesda yashagan Feopomp asarida yozilgan.
Diqqat savol: BU ISHNI QILISHNI yozib bering
Javob: Gerostratni unutish
Izoh: Valeriy sanalgan odamlarni yozar ekan, Gerostratni ham
unutmaydi. Avlodlar uni eslab yurishlari uchun Artemida ibodatxonasini
yoqib yuboradi. Bu o‘ziga yarasha mashxurlikka erishish orzusi edi va
shunaqa ham bo‘ldi. Efesliklar uni ismini tarixdan o‘chirishga xukm
qilishadi. Feopomp esa asarida Uni ismini abadiy tarixda qolishini
ta’minlab qo‘yadi.
Manba : https://tinyurl.com/49wynaf8
BUNDAN KEYINGI SAVOLGA TARQATMA MATERIAL BOR
26-sacol. 2016-yilda chiqqan filmda bryunet va blondin ayollarning
o'zaro qarama-qarshiliklari tasvirlangan. Kino davomida ikkalasi jiqqa
musht bo‘lib bir birini tirnab jarohatlar yetkazadi. Kino U deb
nomlanadi.
1786-yilda Fransisko Goya tomonidan chizilgan kartina ham U deb
nomlanadi. Diqqat savol: Uni o‘zagi ikkita so‘zdan iborat bir inglizcha
so'z bilan yozib bering.
Javob: Catfight
Izoh: bryunet va blondin ayollar urushib janjallashishi va natijada jang
qilishiga "catfight" iborasi qo‘llanadi. Bu ibora asosan 40-yillarda
AQSHda mass-mediada keng ommalashadi va buning natijasida hoqarat
ma'nosini ham anglatib boshlagan. 1786-yilda Goya tomonidan chizilgan
kartina ham "Catfight" deb nomlanadi.
Manba:
1. https://en.wikipedia.org/wiki/Catfight_(film)
2. https://educalingo.com/ru/dic-en/catfight
3. http://mistertristan.blogspot.com/2016/05/cats-in-art-catfight-in-
pantry-de-vos.html
27-savol. Tarqatma material

Scrabble o'yinida ko'p ishlatiladigan xarflarning qiymati past bo'ladi, va


kam ishlatilinadigan xarflarning qiymati aksincha baland. Masalan, A, E,
I, T xarflari 1 balldan bo'lsa, K ning qiymati 5 ball, Z ning qiymati 10 ball
xisoblanadi. Scrabbleda uning qiymati 25 ga teng.
Diqqat savol: mashxur she'rda u nimaga tenglashtirilgan?
Javob: Uzbekistan
28-savol: Diqqat! Savol matnida 10 ta harf tushirib qoldirilgan!
Fransuz Bernar Luazo 2003-yilda o'z joniga qasd qilgan. Bunga sabab
Bernar bir paytning o'zida ikkita ISHIDAN ayrilishi haqidagi MISH-
MISHLARNI eshitgani edi.
Savol: Yuqoridagi faktni mantiqiy ko'rinishga keltirish uchun ikki so'zni
to'liq yozib bering!
Javob: Mishlen yulduzi!
Izoh: Bu voqeadan keyin bir yilda faqat bir yulduz olinishi mumkinligi
haqida qoida kiritilgan. Oshpaz Bernar Luazo soxta mish-mish tufayli
o'lgani Mishlen yulduzi ma'sul xodimlarini o'ylantirib qo'ygan!
29-savol: Hozir 4 ta faktni yig'ib, akronim yasab ko'ramiz. 3-fakt:
Elmtaryd - oilaviy fermaning nomi. 4-fakt: Agunnaryd - eng yaqin
qishloqning nomi. Savol: 1-faktda keladigan ismni va 2-faktda keladigan
familiyani yozib bering!
Javob: Ingvar va Kamprad.
Izoh: Savolda yig'ish va yasash so'zlari IKEA mebellariga ishora edi.
Akronim bu - abbreviaturaning turlaridan biri. IKEA brendi nomidagi E
harfi Elmtaryddan, A harfi Agunnaryddan olingan. Dastlabki ikki harf
esa bu brend asoschisi Ingvar Kampradning initsiallari hisoblanadi.
Manba: https://ru.m.wikipedia.org/wiki/ Кампрад,_Ингвар_Феодор
30-savol: 1897-yilda kanzasslik advokat oilasida dunyoga kelgan bu
inson judayam faol edi - daraxtlarga tirmashib chiqib ketishni odat
qilgandi. Bu insonning biograflari yozishicha, yetti yoshida amakisi bilan
omborxonada tramplin yo'lagi qurgan.
Savol: Bu insonning ism va familiyasini unli harflar bilan boshlanuvchi
so'zlarda yozib bering!
Javob: Ameliya Erxart!
Izoh: Ilk uchuvchi ayol Ameliya Erxart bolalikdanoq tepaga qarab
intilgan. Tramplin yo'lagiga yog'och aravani o'rnatib, tezlikda tepaga
uchib ko'rgan va jarohatlar olganiga qaramasdan uchish hissi unga
yoqqan.
Manba: https://daryo.uz/2023/01/11/tinch-okeani-ustidan-yolgiz-
uchib-otgan-amerikalik-ayol-prezident-nikson-impichmentiga-sabab-
bolgan-uotergeyt-ishi-va-rossiyada-poyezdni-toxtatis
31-savol. Duplet. Duplet noodatiy. Dupletning 1-savoliga
o’ylash uchun 57soniya, 2-savoliga esa 3soniya vaqt beriladi.
Dupletning ikkala savolining javobi bir xil.
1. 2017-yilda suratga olingan film nomini yozib bering.
2. 57 soniya vaqt otdi. Savolning ikkinchi qismi. Ushbu filmda rus tilidan
tashqari gruzin, litva va ingliz tillarida suhbat boladi. Film posterida
“USA” (yu es ey) yozuvini oqish mumkin. Film nomini yozib bering
Javob: Tepaga harakat Qabul: 3 soniya
Izoh: Rus ijodkorlari tomonidan suratga olingan Tepaga harakat filmi
1972-yilgi olimpidaada rus basketbolchilarining mojizaviy galabasi
haqida. Oyin davomida songgi uch soniyada ruslar galabani ilib
ketishadi. Savolda sizga songgi uch soniyada kerakli malumotni berdik
va umid qilamizki Sobiq Ittifoq jamoasi kabi sizga ham oxirgi 3soniya
g’alaba keltirdi. Filmning inglizcha nomi ham 3 soniya.
https://ru.wikipedia.org/wiki/Движение_вверх
BUNDAN KEYINGI SAVOLGA TARQATMA MATERIAL BOR
32-savol. "Olg'a" ("Onward", "Вперёд") multfilmi qahramonlari fantasy
janri personajlari, ya'ni elflar, kentavrlar, afsungarlar va hkz bo'lib,
voqealar zamonaviy dunyoda kechadi, ammo multfilmda shu janrdagi
boshqa mashhur asarlarga ishoralar juda ko'p. Misol uchun, shahardagi
burger markaz bilbordida "Bizda 2-nonushta beriladi" deb yozilgan.
Savol: burger markaz nomidagi toponimni qisqa so'z bn yozib bering.
Javob: Shir.
Izoh : Shir - J. R. Tolkien asarlaridagi Hobbitlar yashaydigan joy.
Hobbitlar tamaki chekish va ovqatlanishni juda xush ko'rishadi va ularda
nonushta, 2-nonushta, lanch, tushlikdan oldingi choy, tushlik va shu kabi
ko'plab ovqatlanish vaqtlari bor. "Onward" multfilmi ijodkorlari ham
burger markaz orqali Tolkin asarlariga ishora qilgan.
33-savol. Tarqatma material
Tarqatmada keltirilgan itlar zoti nomlarini bilmasligingiz mumkin, lekin
kim shundayligida chap tomondagisi, bundayligida o‘ng tomondagisi
bo‘lgan?
Javob: sinoplik Diogen
Izoh: Shunday - bu ochlik, bunday esa to'qlik. Aleksandr
Makedonskiyga o'zini Kinik(it) deya tanishtirgan Diogendan sarkarda
"Nega aynan it?" deb savol beradi. shunda Diogen: "menga kim suyak
tashlasa dumimni likkilataman, kim suyak bermasa qattiq vovillayman."
- deydi. Makedonskiy hazillashib qaysi it zoti deb yana savol berganda:
"Qornim ochganda malta zoti(tarqatmada chapda, yuvosh), qornim
to'qligida moloss (tarqatmada o‘ngda, jahldor, )", deya javob beradi.
Jamiyatdagi normalarni buzadigan odamlarga nisbatan ishlatiladigan
Sinizm(kinizm) iborasi ham aynan Diogenning laqabidan kelib chiqqan.
Manba:
1. https://24smi.org/celebrity/19508-diogen.html
2. https://ru.wikipedia.org/wiki/Мальтийская_болонка
3. https://bigenc.ru/agriculture/text/2225203
34-savol. O‘tgan asr ikkinchi yarmi voqealarini o‘z ichiga olgan bir
filmda, kinoindustriyasidagi o‘zgarishlar sabab ancha payt til topishib
ishlab kelgan odamlar orasida kelishmovchiliklar vujudga keladi va ular
o‘z yo‘llarini tanlaydi. Film nomini yozib bering.
Javob: Vavilon
Izoh: Qahramonlar bir-birini tushunmay tarqab ketishganligi yordam
berdi deb o‘ylaymiz
Вавилон (2022).
35-savol : Suvorovga tegishli Xni o'rganib chiqishgan tadqiqotchilar,
Suvorovning bo'yi tahminan 177 cm ekanligini aniqlashdi. Koreyaning
Primpo kompaniyasi 2 metr diapazondagi to'siqlarni aniqlay oladigan
Xni yaratgan.
Diqqat savol: Xni bir so'z bilan yozib bering
Javob. Hassa
Izoh. Suvorovning hassasi 89 sm bo'lib, og'irligi 589 grammni tashkil
etgan. Bundan kelib chiqib, Suvorovning bo'yi 177 cm, bu o'sha davr
uchun ancha baland ko'rsatkich hisoblanadi.
Manba:
1. https://ria.ru/20210204/suvorov-1595957207.html
2. https://ru.m.wikipedia.org/wiki/Трость
36-savol. Kompyuter o'yini qahramoni bo'lgan rosomaxa maksimal
darajadagi energiyani yig'ib olganidan so'ng, rosomaxa atrofida himoya
qalqoni paydo bo'ladi. Bu qalqon buzilmaguncha, rosomaxa bu ishni
qiladi. Aslida, tabiatan rosomaxalar bu ishni qilmaydi. Shunchaki, 4
soatdan almashinib turuvchu sikl bo’yicha kun kechiradi. Bu ishni
qilishni bir nechta so’zda yozib bering
Javob: qishki uyquga ketish.
Izoh: Rosomaxa himoya qalqoni ostida qishki uyquga ketadi, qalqon
buzilgach, yana jangga kiradi. Aslida haqiqiy rosomaxalar qishki uyquga
ketmaydi, qishda 4 soatdan uyqu va uyg'oqlikni almashtirib kun
kechirishadi.
Manba: https://tinyurl.com/9rxtrvm7

Espero
1-tur.
mad_max93March 13, 2023

1. Кўчага чиққан инсонлар қизиқ ҳодисанинг гувоҳи бўлганлар.


Деярли барча йирик кўча соатлари 05:23 ҳолатида тўхтаб қолган
эди.
Савол: Бу воқеа қайси йилда кузатилган?
Жавоб: 1966-йилда
Қабул: Аниқ жавоб
Изоҳ: Ўша пайтда Тошкентдаги зилзила айнан соат неччида юз
берганини англолмаган аҳоли кўчадаги соатларнинг деярли
барчаси 05:23 да тўхтаб қолганига гувоҳ бўлишган.
Манба: https://shosh.uz/palatkada-yozilgan-doston/
Муаллиф: Сухроб Шарипов
2. Халқ достонига кўра, ўлганига 3 ой, тўққиз кун ва тўққиз соат
бўлган Биби Ҳилолнинг ёнига Момо Ҳаво келгач, мурдада бу
жараён содир бўлади. “Қўрқма” романида бу жараёнга “Онанинг
ўлимни эрмак қилиши” дея таъриф берилади. Ёзувчи Дадахон
Нурий ижодкор одамнинг янги асар ёзиш учун ҳаракат бошлашини
бу жараёнга қиёслайди.
Савол: Ушбу жараённи 2 сўзда ёзиб беринг.
Жавоб: Тўлғоқ тутиши
Қабул: Дард келиши
Изоҳ: Достонда Биби Ҳилол вафот этган бўлсада, мўжиза
туфайли фарзанди дунёга келади ва Гўрўғли номини олади.
Ёзувчи Дадахон Нурий эса ҳар қандай ижод маҳсулини
фарзандга қиёслайди ва унинг яратилишини тўлғоқ тутишига
ўхшатган.
Манба(лар):
1. Адабиёт дарслиги. 11-синф. Тошкент-2018. 22-23 бетлар
2. Жавлон Жавлиев “Қўрқма” Тошкент-2020 5-бет
3. https://n.ziyouz.com/books/uzbek_nasri/Dadaxon%20Nuriy.
%20Osmon%20ustuni%20(roman).pdf
Муаллиф: Сухроб Шарипов
3. Amulya Malladining 2002-yilda nashr etilgan "Toza havodan olingan
nafas" romanida adiba o'zi tug'ilgan Sagar shahri yaqinidagi shahar
haqidagi xotiralarini yozgan. Romanda sog'ligida muammolar paydo
bo'lgan ona va o'g'il haqida hikoya qilinadi. Ayanan shu voqealar haqida
2014-yilda rejisser Ravi Kumar esa “Yomg’ir so’rab iltijo” nomli film
su’artga olgan.
Diqqat savol! Qaysi shaxar haqida so’z bormoqda?
Javob: Bxopal
Qabul: Aniq javob
Izoh: Yozuvchi va rejisserning ham ismidan hind ekanligini tahmin
qilgan bo'lsangiz kerak. 1984-yilda ushbu Bxopal shahrida yirik texnogen
halokat yuz bergan va ko’plab insonlar halok bo’lishgan.
Manba:
1. https://en.wikipedia.org/wiki/Bhopal_disaster
2. https://en.wikipedia.org/wiki/Amulya_Malladi
3.
https://ru.wikipedia.org/wiki/Бхопальская_катастрофа#В_искусстве
Муаллиф: Бобур Максимов
4. Узбекистонлик шоир Тўлан Низомнинг сунгги йилларда нашр
килинган китобларидан бири "Пўлат белбоғ" деб номланган. Асар
муқовасида эса “осиё”ни кўриш мумкин. Олдинги жумлада бир
сўзда 4 та ҳарфни тушириб қолдирдик.
Савол: ўша сўзни асл ҳолида ёзиб беринг
Жавоб: Афросиёб
Қабул: Аниқ жавоб
Изоҳ: Асар –– ер куррасининг пўлат белбоғига ўхшатилган
темир йўллар ҳақида эди. Муқовада Узбекистондаги энг тез юрар
поезд булган “Афросиёбни” куриш мумкин.
Муаллиф: Сухроб Шарипов
5. 2019 йилда ушбу компания томонидан "Нью-Йорк" номли ўзига
хос ўтиш даври шрифти ишлаб чиқарилган.
Савол: Ушбу компания номини ёзиб беринг.
Жавоб: Apple Inc.
Қабул: Эппл, Apple
Изоҳ: Нью-Йорк шаҳрининг лақаби — "Катта олма".
Манба: https://ru.wikipedia.org/wiki/Нью-
Йорк_(гарнитура,_2019)
Муаллиф: Бобур Максимов
6. "Сплит" номли фильмнинг бош қаҳрамони — бир нечта қизни
ўғирлаб кетган жиноятчи бўлиб, у қизларга ҳар куни турлича
муносабатда бўларди. Бунга сабаб — қаҳрамонда 24 та У бор эди.
Савол: 1955-йилда Флоридада туғилган қайси инсонда ҳам УЛАР
сони 24 та?
Жавоб: [Билли] Миллиган
Қабул: Уи́льям Стэ́нли Ми́ллиган
Изоҳ: Унинг қизларга турлича муомала қилиш сабаби — унда 24
та шахсият бор эди. Яъни қаҳрамон шахсиятнинг иккиланишидан
азият чеккан. Шахсият иккиланиши бўйича энг машхур инсон эса
— Билли Миллиган. Унда ҳам 24 та шахс яшаган.
Манба(лар):
1. https://ru.wikipedia.org/wiki/Сплит_(фильм)
2. https://ru.wikipedia.org/wiki/Миллиган,_Билли
Муаллиф: Бобур Максимов
7. [Тарқатма материал]
Тарқатмада УНИНГ қайси босқичлари турли операцион
системаларда бор ёки йўқлиги ҳақидаги жадвални кўриб турибсиз.
Савол: Уни алифбода кетма-кет келувчи ҳарфлар билан
бошланадиган 2 та инглизча сўз билан ёзиб беринг.
Жавоб: Angry birds
Қабул: Аниқ жавоб
Изоҳ: Ўйиннинг барча босқичлари ҳамма операцион тизимларда
ҳам мавжуд бўлмаган. Бу ҳақидаги жадвал ўйиннинг икки асосий
қаҳрамонлари — чўчқалар ҳамда Реднинг рангларида берилгани
қизиқ.
Манба: https://ru.wikipedia.org/wiki/Angry_Birds_(игра)
Муаллиф: Бобур Максимов
8. “Qora ko’zlar” romani qahramonlaridan biri Sanam xola endigina xalq
orasida tarqala boshlagan UNI “xalojingir” deb ataydi. Xalojingir –
ertaklarda hammani adashtirib, o’zi bilan ergashtirib ketuvchi jin
hisoblanadi. Boshqa bir qissada U bolakayga yopishgan edi.
Savol: Mazkur qissa muallifi kimligini yozib bering?
Javob: Xudoyberdi To’xtaboyev
Izoh: Sanam xola televizorni xalojingir deb atagan va uni hammani
adashtirib, o’zi bilan ergashtirib ketuvchi jin deb hisoblagan. Bolalar
adibi Xudoyberdi To’xtaboyevda esa “Peshonasiga televizor yopishgan
bolaning sarguzashtlari” nomli asar mavjud.
Manba(lar):
1. “Qora ko’zlar” romani
2. https://kitobxon.com/oz/kitob/
peshonasina_televizor_yopishgan_bolaning_sarguzashtlari
Muallif: Zafar Raximov
9. “фан” ҳақидаги мақолада Ўрта Осиё ҳудудидаги кўплаб шахар
харобаларидан топилган, нақш ва безаксиз бўлган конуссимон
идишлар эслаб ўтилган. Мисол учун, археолог Вяткин Афросиёб
харобасидан топган идиш устига "фатх" сўзи ёзилган эди.
Саволнинг биринчи жумласидаги бир сўзда биз олтита ҳарфни
тушуриб қолдирдик.
Савол: Ўша сўзни асл ҳолида ёзиб беринг.
Жавоб: Нафтандоз
Қабул: Аниқ жавоб
Изоҳ: "Нафт" - нефт ва "андоз" - отмоқ сўзларидан ҳосил бўлган,
нефт тўдирилган идишларни улоқтириш учун фойдаланилган
ҳарбий қурол тури ҳақида сўз бормоқда.
Манба:
https://n.ziyouz.com/books/uzbekiston_milliy_ensiklopediyasi/O'zbek
iston%20Milliy%20Ensiklopediyasi%20-%20N%20harfi.pdf
Муаллиф: Сардор Ахмедов
10. Agar 1939-yilda qura tashlash Devidning foydasiga hal bo’lganda edi,
hozir biz ko'rsatkich nomi bilan bir hil nomni ishlatayotgan bo’lar edik.
Savol: Mazkur ko’rsatkich bilan nima aniqlanadi?
Javob: [suyuqlikdagi] vodorod ko’rsatkichi
Qabul: [suyuqlikdagi] kislotalilik ko’rsatkichi;
Izoh: Hewlett-Packard ya’ni HP kompaniyasi asoschilari Uilyam
Hyullett va Devid Pakkardlar qura tashlab kimning familiyasi kompaniya
nomida birinchi turishini aniqlashgan. Agar Pakkard g’olib chiqganda
kompaniy PH [pi eych] deb atalgan bo’lardi. Bu esa suvli eritmalarning
kislotaliligini aniqlash uchun qo’llaniladigan vodorod ko’rsatkichi, ya’ni
PH bilan bir hil bo’lgan bo’lardi. PH qisqartmasi aslida lotincha “pondus
Hydrogenii” ya’ni “vodorodning og’irligi” degan so’zlardan hosil bo’ladi
va “pe ash” deb o’qiladi.
Manba(lar):
1) https://ru.wikipedia.org/wiki/Hewlett-Packard
2) https://ru.wikipedia.org/wiki/Водородный_показатель
Muallif: Sardor Axmedov
11. 2016 йилда Панжоб губернатори Салмон Таъсир куфрга қарши
қонунни танқид қилгани ва насроний аёлни қўллаб-қувватлагани
учун тан соқчиси Мумтоз Қадрий томонидан ўлдирилади. Суд
Мумтоз Қадрийни ўлимга ҳукм қилади. Мумтознинг тарафдорлари
эса "ҳукумат Мумтозни камроқ хотирлашимизни истамоқда" деб
айблов билан чикишади.
Савол: Мумтознинг тарафдорлари АНИК нима сабабдан шундай
норозилик билдиришган?
Жавоб: [Мумтоз Қадрийнинг] Қатл куни 29-февралга
белгилангани
Қабул: Шу мазмундаги жавоблар, 29-феврал сўзлари билан.
Изоҳ: 2016-йил — кабиса йили эди. Шу сабаб қатл 29-февралга
белгиланади. Бу эса Мумтознинг тарафдорлари норозилигига
сабаб бўлади — чунки бу сана 4 йилда бир марта такрорлар
ҳамда Мумтозни ҳар йили хотирлашга тўсқинлик қиларди.
Манба: https://ru.wikipedia.org/wiki/Кадри,_Мумтаз
Муаллиф: Бобур Максимов
12. Саид Аҳмад эсдаликларида бир куни Абдулла Қаҳҳорнинг боғига
– қовун узишга борганини ёзади. Қовун узиш вақтида Абдулла
Қаҳҳор Саид Аҳмадга “Бир чеккадан узиб кетаверинг, ширини
сизники, бемазаси меники” деб айтади.
Савол: Абдулла Қаҳҳорнинг бемаза қовунларни ўзига олишига
сабабини 2 сўзда ёзиб беринг.
Жавоб: Қандли диабет.
Қабул: Қанд касаллиги; Диабет касаллиги
Изоҳ: Абдулла Қаҳҳорнинг қанд (диабет) касали бўлган. Қанд
касали бор одамга ширин ейиш мумкин эмас.
Манба: Саид Аҳмад. “Йўқотганларим ва топганларим” 115-бет
Муаллиф: Зафар Рахимов

2-tur
mad_max93March 13, 2023

13. Суҳбатларнинг бирида доим ватанини мадҳ этишни


хоҳлайдиган Бу инсонни, шериги “Эл виждони” деб атаган. Бу инсон
эса шеригининг бировга қўшилмай, одамови юришига ишора
қилиб, уни “Автоном округ” деб ҳазил қилган экан.
Савол: Ҳар иккала тумандошни ёзиб беринг.
Жавоб: Эркин Воҳидов ва Анвар Обиджон.
Қабул: Ихтиёрий тартибдаги аниқ жавоб
Изоҳ: Шоирлар ўз инициалларига шу тарзда ҳазил изоҳ беришган
эди. Эркин Воҳидов ҳам, Анвар Обиджон ҳам Фаргона вилоятининг
Олтиариқ туманида туғилишган.
Манба:
1. Шодмон Отабек. “Эркин Воҳидов бир куни...” 53-бет.
2. https://uz.wikipedia.org/wiki/Erkin_Vohidov
3. https://saviya.uz/hayot/tarjimai-hol/anvar-obidjon-1947-2/
Муаллиф: Сухроб Шарипов
14. Эркин Воҳидов бир сафар асари учун гонорар олгач, қураётган
иморати учун ишлатишни режа қилади. Аммо айрим ижодкорлар
бу пулни ўша пайтда шошилинч тузилган жамғармага ўтказишишга
даъват қилишади. Сўзга чечан шоир “Хўп, унда кейинги асарим
“ИККИ” бўларкан” дея ҳаммани кулдиради.
Савол: Шоирнинг хазил гапида тушириб қолдирилган 3 та сўзни
ёзиб беринг.
Жавоб: Палаткада ёзилган достон.
Қабул: Аниқ жавоб
Изоҳ: Шоир гонорарини “Палаткада ёзилган достон” асари учун
олган эди. “Бу пулни “Зилзила жамғармаси”га ўтказиб,
иморатини тугата олмасам, унда аниқки кейинги асарим
“Палаткада ёзилган достон 2” бўлади “дейди шоир.
Манба: Шодмон Отабек. “Эркин Воҳидов бир куни...” 41-бет.
Муаллиф: Сухроб Шарипов
15. Ютуб платформасидаги "Ауылдан келген Eaglez [иглз]"
интерактив шоусида "Ninety One" бойзбенди ҳам қатнашган. Чунки
"Ninety One" энг машхур K-pop [Кей поп] вакилларидан бири. Биз
савол матнида бир ҳарфни бошқасига алмаштирдик.
Савол: Ўша алмаштирилган ҳарфни ёзиб беринг.
Жавоб: Q
Қабул: Кю
Изоҳ: "Ninety One " бойзбенди K-pop [Кей поп] эмас, Q-pop [Кю
поп] (Қозоқ попи) оламидаги энг машхур гурухлардан бири
саналади. Ютубдаги проект номидаги "Аулдан келген" сўзлари
қозоқча эканига аҳамият қилдингиз деб умид қиламиз.
Манба: https://ru.wikipedia.org/wiki/Q-pop
Муаллиф: Бобур Максимов
16. Ветнам уруши тугаганидан кейин, маҳаллий аҳоли Америка
самолётларининг чўзинчоқ ёнилғи бакларига ишлов бериб, У
сифатида фойдалана бошлаган. "У" сўзи 1889-йилда ёзилган асар
номида ҳам бор. Асар номидаги БУ СЎЗНИ ва артиклни ҳисобга
олмаганда, асарнинг оригинал номида яна 3 та сўзни кўриш
мумкин.
Савол: БУ СЎЗНИ эмас, балки тилга олинган асар муаллифини
ёзиб беринг.
Жавоб: [Жером Клапка] Жером
Қабул: Жером К. Жером; Жером Жером
Изоҳ: Мазкур ёнилғи бакларига ишлов берилиб, улардан қайиқлар
(каноелар) ясалган. "Итни ҳисобга олмаганда қайиқда уч киши"
номли юмористик повестнинг муаллифи Жером К. Жером
ҳисобланади. Савол матнидаги "ҳисобга олмаганда" ва "3 та"
сўзлари асар номига ишора эди. Асарнинг ингилизча номи «Three
Men in a Boat».
Манба:
1. https://bugaga.ru/interesting/1146742120-samodelnye-
kanoe-iz-toplivnyh-bakov-4-foto.html
2. https://ru.wikipedia.org/wiki/
Подвесной_топливный_бак#/media/Файл:Drop_tank.jpg
3. https://ru.wikipedia.org/wiki/
Трое_в_лодке,_не_считая_собаки
Муаллиф: Сардор Ахмедов
17. [Бошловчига: кичкина ҳарфлар билан ёзилган сўзлар
одатий, ҳотиржам оҳанга ўқилиши керак. Улар орасида катта
ҳарфлар билан ёзилган, мазмунан савол матнига тўғри
келмайдиган сўзлар эса, тезкорлик билан, имкон қадар нооадатий
ва бошқача интонация билан ўқилиши керак, ва шу тарзда
нормал ўқиш билан тез ўқиш кетма-кетлиги бўлиши керак.
Бунда катта ҳарфда ёзилган сўзлар ғалати эштилишига
ҳаракат қилиш керак]
Савол: 1904-йилда …ЭЭ ТОВУКМИЯ… Лозанна шахрида вафот
этган …КОКА-КОЛА… Жан Мартен Шарконинг …Ц-Ц…[хуштак]…
шогирди фамилиясини ёзиб беринг. …БЕРИНГ… Вакт Кетди!
Жавоб: Туретт
Қабул: де ла Туретт; Сезиларли имловий хатоларсиз ёзилган ҳолда
Изоҳ: Туретт синдроми - марказий асаб тизимининг бузилиши
бўлиб, бунда беморда кун давомида кўп марта пайдо бўладиган
бир нечта "ҳаракатли тиклардан" ва камида битта овозли
("товуш") тикдан иборат бўлади. Яъни, бемор ўз-ўзидан бирор
овоз чиқариши, тушунарсиз ёки сухбат контекстига боғлиқ
бўлмаган сўзларни айтиши, сўкиниши ва бу ҳолатлар турли
тана ҳаракатлари билан бирга кузатилиши ҳам мумкин. Ушбу
касалликни машхур психолог Жан Мартен Шарко ўзининг
шогирди, француз шифокори ва неврологи Жоржъ Жилъ де ла
Туретт шарафига номлашни таклиф қилган. Туретт 1885-йилда
ушбу синдром билан касалланган 9 бемор ҳақида ҳисоботни нашр
этган. Саволни ўқиш чоғидаги айтилган тушунарсиз ва ғалати
сўзлар айнан шу синдромга ишора эди.
Манба(лар):
1. https://ru.wikipedia.org/wiki/Синдром_Туретта
2. https://ru.wikipedia.org/wiki/
Туретт,_Жорж_Жиль_де_ла
Муаллиф: Сардор Ахмедов
18. “Илиада” достонида Троя уруши учун 1186 та кема йўлга
чиққани ҳақида маълумот берилган. Шу маълумотдандан келиб
чиқиб айтадиган бўлсак, УНИНГ ўзи 1,186 УНГА тенг бўлган.
Савол: УНИ ёзиб беринг.
Жавоб: Елена
Қабул: Helena
Изоҳ: "Елена" – даставвал 1000 та кемани харакатга келтира
оладиган гўзаллик деб баҳоланган. Кейинчалик эса кемалар сони
1186 та экани маълум бўлган. Шунинг учун хазилга кура бугунги
кунда Еленанинг ўзи 1,186 еленага тенг.
Манба:
https://facts.museum/2437
https://en.wikipedia.org/wiki/Helen_(unit)
Муаллиф: Бобур Максимов
19. Умберто Эко асарларидан биридаги кафедрада "кўчманчилар
урбанистикаси", "халқ олигархияси", "новаторлик анъаналари" ва
"тавтология диалектикаси" бўлимларини учратиш мумкин эди. Бу
бўлим "юмор"ни ўрганиш билан шуғулланади.
Савол: Савол матнидаги 5 та ҳарфи тушиб қолган сўзни асл холида
ёзиб беринг
Жавоб: Оксюморон
Қабул: Аниқ жавоб
Изоҳ: Юқорида санаб ўтилган жумлаларнинг барчаси —
оксюморонлар яъни мазмунан зид сўзлардан ташкил топган
жумлалар ҳисобланади.
Манба: https://ru.wikipedia.org/wiki/Оксюморон
Муаллиф: Бобур Максимов
20. [Тарқатма материал]
Get out
19-asr o’rtalarida U Nyu-Yorkdagi Onayda kommunasiga qo’shiladi.
Lekin shu yerda ham uni hush ko’rishmagan va kommuna ayollari UNGA
“Yo’qol” so’ziga o’xshash laqab berishgan. Balki shu ham UNGA
psixologik ta’sir o’tkazgan bo’lsa ajab emas.
Савол: Ушбу инсон кимлигини ёзиб беринг.
Жавоб: [Шарль] Гито
Қабул: Шарл Жулиус Гито.
Изоҳ: Яна бир АКШ президенти Жеймс Гарфилднинг қотили
бўлган Шарл Гитонинг фамилияси ёзилиши ингилизча Get out
сузига ухшаш ёзилади ва укилади. Шу сабабли унга " Gitout"
лақаби берилган.
Манба: https://ru.wikipedia.org/wiki/Гито,_Шарль
Муаллиф: Сардор Ахмедов, Бобур Максимов
21. Ирландиялик жаллод Джек Кетч доим жазони ижро этиш учун
ўтмас нарсаларни танлар, баъзан эса маҳкумга ноаниқ зарба бериб
қўярди. Шу сабабли унинг биографияси ҳақидаги Wikipedia
мақоласида бир француз фамилиясидан хосил булган сўзни бир
неча бор учратиш мумкин.
Савол: Ўша французнинг ФАМИЛИЯСИНИ ёзиб беринг.
Жавоб: [Донасье́н Альфо́нс Франсуа́] де Сад
Қабул: Сад
Изоҳ: Жаллода садистларга хос психик бузилиш кузатилган, шу
сабабли ҳам ўтмас қурол танлаган ёки маҳкумни бир уринишда
ўлдирмаган.
Манба: https://ru.wikipedia.org/wiki/Кетч,_Джек
Муаллиф: Бобур Максимов
22. 1970-yillarning boshlarida Fransiyaning "Matra SA" kompaniyasi
tomonidan BETONNI ham teshib o'ta oladigan BOMBA yaratiladi.
Bomba nomida UNING nomini ham ko'rish mumkin edi.
Diqqat savol! Afsonaga ko’ra U kimga tegishli bo’lgan?
Javob: Roland
Qabul: Buyuk Karl; Karl (chunki Karl qilichni Rolandga sovg’a
qilgan); старофр. Hruodland, нем. Hruotland или Ruotland, итал.
Orlando или Rolando, исп. Roldán или Rolando, баск. Errolan,
порт. Roldão или Rolando, кат. Rotllan или Rotllà, нидерл.
Roeland)
Izoh: Bomba ko’plab o’rta asr fransuz afsonalari (shu jumladan "Roland
qo'shig'i") qaxramoni Rolandning toshni ham teshgan qilichi Dyurandal’
sharafiga Matra Durandalruen deb nomlangan. Qilich unga Karl Buyuk
tomonidan berilgan edi.
Manba:
https://ru.wikipedia.org/wiki/Дюрандаль
https://ru.wikipedia.org/wiki/Роланд
Муаллиф: Сардор Ахмедов
23. Мусо алайҳиссаломнинг Қуръонда номи келтирилган бошқа
пайғамбарлардан алоҳида ажралиб турувчи белгиси бу унинг Аллоҳ
билан бевосита мулоқот қилганлиги ҳисобланади. Шайх Мухаммад
Содиқ Мухаммад Юсуф маърузаларидан бирида айтишларича:
Қуръон тафсирчилари Мусо алайҳиссалом билан боғлиқ яна бир
алоҳида ҳолатни мисол келтиришиб, Уни инсоният тарихидаги энг
сахий инсон сифатида
таъриф беришади.
Савол: Мусо алайҳиссаломнинг қайси иши туфайли у кишига - энг
сахий инсон таъриф берилган?
Жавоб: Пайғамбарликда акаси [Хорун] ни шерик бўлишини
сўраган
Қабул: акасини ёрдамчи бўлишини сўраган, акасини ҳам
пайғамбар бўлишини сўраган каби мазмундаги жавоблар
Изоҳ: Мусо алайҳиссалом Аллоҳдан акаси Хорунни ҳам ёрдамчи
қилиб беришини сўрайди. Қуръонда номи келтирилган
пайғамбарлардан биронтасида бундай холатни учратмайсиз.
Манба:
1. Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф. Мусо ва Ҳорун
алайҳиссаломлар 2-қисм Анбиёлар қиссаси,
2. https://www.youtube.com/watch?
v=GWbZAzYpW2w&list=PLys356tU5j5SHDFV3hsXo_Q8HXAD8EiNa&
index=15 27-28-минутлар
Муаллиф: Зафар Рахимов
24. Ҳаётий ҳикоядаги бир отахон бир дона қўйини йўқотгач, унинг
ҳеч бўлмаса ўлигини топиб берганлар учун яна битта қўйни сўйиб
зиёфат қилиб беради. Отахоннинг бу ишидан ҳайратланганлар учун
у "Ҳовлимдаги барча жонзот учун Аллоҳ олдида мен жавобгарман"
дейди.
Савол: Сайтларнинг бирида келтирилган ушбу ҳикоя якунида 20-
аср биринчи ярмида ёзилган қайси асар хам эслаб ўтилади?
Жавоб: «Кичкина шаҳзода»
Қабул: Аниқ жавоб
Изоҳ: "Яшаган сайёрангни тоза тут. Ўтқазган Ҳар бир кўчат,
боқиб олган ҳар бир жониворинг учун сен жавобгарсан". Асардаги
ушбу жумлалар кўпчиликка яхши таниш.
Манба: https://kun.uz/81854336

3-tur
mad_max93March 13, 2023

25. 1863 йилдаги қўзғолон ташкилотчиларидан бири бўлган Павел


Жовгусь кейинчалик Полшани ташлаб океан ортига кетишга
мажбур бўлган. Бироқ, божхона хизматидаги когозбозлик ва
ЧАЛКАШлик сабабли мигрант Жовгусьни «миллати» графасида
венгр сифатида расмийлаштиришади ва фамилиясини хам мос
равишда узгартириб юборишади. Балки Павелнинг фарзандида
хукуматга булган нафрат шундан пайдо бўлгандир.
Савол: Павелнинг узгарган фамилиясини ёзиб беринг.
Жавоб: Чолгош.
Қабул: Czolgosz
Изоҳ: Павел Жовгус шахсиятини расмийлаштириш вақтида
фамилиясини Чолгошга ўзгартиришади. Унинг ўғли Леон эса
кейинчалик анархист бўлиб етишади. Ва 1901-йилда АКШ
президенти Уилям Мак Кинлини отиб ўлдиради.
Ahamiyat bergan bo’lsangiz AQSHning 20-prezidenti Garfildning qotili
haqidagi savol 20-raqam ostida o’qildi. AQSHning 25-prezidenti
MakKinli haqidagi savol esa mos ravishda 25-raqam ostida
o’qilmoqda.
Манба: https://ru.wikipedia.org/wiki/Чолгош,_Леон
Муаллиф: Бобур Максимов
26. [Тарқатма материал]
Икки космонавт бор осмонга учган,
Яшил сайёрани она деб қучган.
Ракетада чиққан Армстронг Нил,
Газетада чиққан Ёқубов Одил.
Ушбу шеър Эркин Воҳидов томонидан 1943 йилда туғилган инсон
ижодини эътироф этиб ёзилган.
Савол: Шеър матнида Нил Армстронг ва Одил Ёқубов номлари
билан алмаштирилган 2 инсонни ёзиб беринг.
Жавоб: [Юрий] Гагарин ва [Дадахон[ Нурий.
Қабул: Аниқ жавоб
Изоҳ:
Икки космонавт бор осмонга учган,
Яшал сайёрани она деб қучган.
Ракетада чиққан Гагарин Юрий,
Газетада чиққан Дадахон Нурий.
Манба: Шодмон Отабек. “Эркин Воҳидов бир куни...” 61-бет.
Муаллиф: Сухроб Шарипов
27. Саволда “У” сузи билан 2 та сўз алмаштирилган.
2021 йилда УНИНГ 50 йиллиги муносабати билан бир спорт тури
бўйича ўтказилган мусобақада иштирок этган жуфтликларнинг ҳар
бирида биттадан АҚШлик ва хитойлик ўйинчи бор эди.
Савол: Ушбу мусобақа қайси спорт тури бўйича ўтказилганини
ёзиб беринг.
Жавоб: Стол тенниси
Қабул: Пинг-понг
Қабул эмас: Теннис
Изоҳ: Мусобақа 1971-йилда юз берган ва тарихга "Пинг-понг
дипломатияси" номи билан кирган ҳодисанинг 50 йиллиги
муносабати билан ўтказилган. Ўшанда Японияда бўлиб
ўтаётган стол тенниси бўйича мусобақа вақтида анча
йиллардан бери дипломатик алоқалар узилиб қолган Хитой
делегацияси АҚШликларни Хитойга таклиф қилади. Шундан
кейин бир қанча АҚШлик дипломатлар пинг-понгчи ниқоби
остида Никсоннинг ташрифига тайёрланиш учун Хитойга
ташриф буюради.
Манба: https://ru.wikipedia.org/wiki/Пинг-
понговая_дипломатия
Муаллиф: Бобур Максимов
28. Унинг шотландча версияси хом теридан тайёрланган бўлиб,
оловда қиздириш натижасида аста-секин сиқилиб борган. 2015
йилда суратга олинган "Инсон-қирқоёқ" фильмида қамоқхона
бошлиғи Уильям Босс ўрта асрдаги гайриинсоний амалиётни
қайтариш ҳақида гапираркан, методлардан бири сифатида УНИ
таклиф қилади.
Савол: Уни унли харфлардан бошланувчи 2 та сўз билан
ёзиб беринг.
Жавоб: Испан этиги
Қабул: Аник жавоб
Изоҳ: Хом терили оёқ кийим ўрта асрларда шотланд
инквизицияси томонидан қўлланилган.
Манба: https://en.wikipedia.org/wiki/Boot_(torture)
Муаллиф: Бобур Максимов
29. [Тарқатма материал]

Эслатма: Тарқатма материалнинг ўзини жавоб варақаси


сифатида топшириш керак
Машхур французнинг 1919-йилда қилган иши кўпчилик
санъатшуносларнинг жиғига теккан бўлса ажабмас, аммо
баъзиларда табассум уйғотгандир.
Савол: Сиз ҳам тарқатма материалда шу ишни қилиб беринг.
Javob: [tarqatma materialda tasvirlangan insonga mo’ylov va/yoki
soqol chizib berish kerak]
Izoh: Tarqatma materialda tasvirlangan inson mashxur fransuz rassomi,
dadaizm va surrelaizm asoschilaridan biri Marsel Dyushan. 1919-yilda u
Da Vinchining shedevrlaridan biri “Mona liza”ning replikasiga mo’ylov
va soqol chizib qo’yadi va “L.H.O.O.Q.” nomli san’at asari sifatida
namoyish qiladi. Tarqatmada uning yana bir mashxur ready-made [redi-
meyd] ishi bo’lgan “Velosiped g’ildiragi” asarini ko’rish mumkin.
Savoldagi boshidagi “tayyor javob varaqasi” jumlasi “ready-made” [redi-
meyd] terminiga, matnidagi “tabassum” so’zi Mona Liza tabassumiga
ishora edi.
Manba(lar):
1) https://ru.wikipedia.org/wiki/Дюшан,_Марсель
2)
https://en.wikipedia.org/wiki/L.H.O.O.Q.#/media/File:Marcel_Ducha
mp,_1919,_L.H.O.O.Q.jpg
3) https://ru.wikipedia.org/wiki/Велосипедное_колесо_(Дюшан)
4) https://www.rma.ru/art/news/37277/
Муаллиф: Сардор Ахмедов
30. 2016 йилги ҳисоб китобларга кўра, нисбатан ёмон
ривожлангани учун Бровар, Вишгород, Бориспол каби шаҳарлардан
ҳар куни Киевга 300 минг киши келиб кетади. Бу — УНГА
келтирилган мисолларнинг бири.
Савол: УНИ бир ҳарфдан бошланувчи ўзбекча бўлмаган икки сўз
билан ёзиб беринг.
Жавоб: Маятник миграцияси
Қабул: Маятникли миграция
Изоҳ: Маятник миграцияси — аҳолининг бир пунктдан
бошқасида ишлаш учун мунтазам равишда бориб-қайтишини
ифодаловчи термин. Унинг юзага келишига шаҳарларнинг бирдек
ривожланмаслиги сабаб бўлади ва одатда пойтахт ва унинг
атрофидаги шаҳарлар билан юз беради.
Манба: https://ru.wikipedia.org/wiki/Маятниковая_миграция
Муаллиф: Бобур Максимов
31. Версиялардан бирига кўра, немис ёзувчиси, Бакулик нефть
магнатининг ўғли Лео Нуссимбаум бошқа бир тахаллус остида бу
романни ёзган дейилади.
Савол: Роман номини ёзиб беринг.
Жавоб: «Али ва Нино»
Қабул: Аниқ жавоб
Изоҳ: Ушбу роман 1918-йилда немис тилида ёзилган. Унинг
муаллифи Қурбон Саид деб келтирилсада, бу шахснинг аслида ким
эканлиги номаълум. Асар воқеалари Озарбайжонда бўлиб ўтади
ва унда 2 хил дин вакили — Али ва Нино ўртасидаги муҳаббат акс
эттирилган.
Манба: https://ru.wikipedia.org/wiki/Али_и_Нино
Муаллиф: Сухроб Шарипов
32. Психоаналитик Хаяо Каваининг айтишича, япон тилида "фука"
— "тескари", "ка" эса "Худо" дегани. Шу туфайли 15 ёшда уйидан
қочиб кетадиган УШБУ ПЕРСОНАЖнинг исми лиминал томондан
ундаги ўтиш даврини ифодалаши мумкин экан.
Савол: Ушбу персонажни ёзиб беринг.
Жавоб: Кафка Тамура.
Қабул: Тамура, Кафка.
Изоҳ: Психоаналитик Харуки Муракамининг "Пляждаги Кафка"
асари персонажи Кафка Тамуранинг исми машхур адибга эмас,
унинг ўтиш давридаги ҳолатига ишора деб тушунтиришга
ҳаракат қилган.
Манба: https://ru.wikipedia.org/wiki/Кафка_на_пляже
33. [Тарқатма материал]
Савол: 1865 йилда АҚШ да туғилган ушбу кимёгар ва
фармацевтнинг фамилиясини ёзиб беринг.
Жавоб: [Уилбур] Сковилл
Қабул: Аниқ жавоб
Изоҳ: Сковилл шкаласи ёки "Аччиқлик" шкаласи гармдорининг қай
даражада аччиқлилигини ўлчайдиган шкала ҳисобланади. Унда
гамрдорининг ранги қанчалик тўқлашиб борса, у шунча аччиқ
бўлади. Расм ҳам гармдорининг 9 хил рангида ифодаланган.
Манба:
1. https://ru.wikipedia.org/wiki/Сковилл,_Уилбур
2. https://hitsauce.ru/scovillescale/
Муаллиф: Сухроб Шарипов
34. Даволовчи шифокор Ирина Мейке ва нур бўлими мудираси
Лидия Дунаева 1950-йилларда ўз беморига меҳр билан
муносабатда бўлишган.
Савол: Бу мутахассислар қаерда ишлаганини 2 сўз билан аниқ
ёзиб беринг
Жавоб: Саратон корпусида
Қабул: Саратон бўлими, Рак корпуси
Изоҳ: 50-йилларда Тошкентда яшаган Нобел мукофоти
лауреати Александр Солженицин ТошМИ да даволанган.
Юқоридаги 2 инсон эса "Саратон корпуси" романи қаҳрамонлари
учун прототип қилиб олинган, яъни Людмила Донтсова образи
нур бўлими мудираси Лидия Александровна Дунаева, Вера
Гангарт эса даволовчи шифокор Ирина Емеляновна Мейке
образидан олинган.
Манба:
1. https://ru.wikipedia.org/wiki/Раковый_корпус
2. https://www.gazeta.uz/oz/2022/12/13/cancer-ward/
Муаллиф: Сухроб Шарипов
35. Саид Аҳмаднинг ёзишича ёзувчи ва шоир Шухрат қамалишидан
олдин душманлари унинг асарларидан ташқари ўзидан ҳам айб
топиш мақсадида партиядан 2 та вакилни Шухратнинг уйига
юборишади. Улар Шухрат оиласини “яхшилаб” текшириб,
фарзандларининг биридан “жиноят” аломатларини топишади ва
партияга хабар қилишади.
Савол: Кандай "жиноят" хакида суз бораётганлигини бир суз
билан ёзиб беринг.
Жавоб: Хатна
Қабул: Суннат, чипрон
Изоҳ: Шухрат – Саид Аҳмад, Мақсуд Шайхзодалар билан бирга
1951 йилда турли айблар билан қатағон қилинган. Ўша даврдаги
вазиятда ҳатто ўғлини хатна қилинганлиги хабари ҳам
партиядан четлатиш, қатағон қилиш учун бир баҳона бўла
олган.
Манба: Саид Аҳмад. “Йўқотганларим ва топганларим” 115-бет
Муаллиф: Зафар Рахимов
36. [Тарқатма материал]

Савол муаллифининг танишининг айтишича, сўнги 2 йил ичида


сизга тақдим қилинган купюрага бонистларнинг қизиқиши
бирмунча ошибди.
Савол: Бунинг сабабини АНИК ёзиб беринг
Жавоб: [Алишер] Навоий [ҳайкали] нинг қиблага қаратилганлиги
Кабул: Хайкал хозир бошка ерга каратиб куйилган (синонимик
жавоблар)
Изоҳ: Адиблар ҳиёбонига Давлат раҳбарининг ташрифидан сўнг,
ҳайкал қибла тарафга қаратилган. Сиздаги 5 сумлик
купюраларда тасвирланган объектлар реал ҳаётда
ўзгартирилгач, бу купюранинг нархи ва қадри бонистикага
кизикувчилар орасида ошиши мумкин, худди хато билан
чикарилган почта маркаларига талаб сингари. Таркатма
материални кайтариб бериш шарт эмас, у Эсперо
жамоасидан эсдалик булсин. Shu bilan birga stol ustini
tozalab ketishni ham iltimos qilamiz, lekin pulni olish esdan
chiqmasin.
Манба:
1. ЛОАВ
2. https://bugun.uz/2021/08/30/navoiy-bobomizning-
haykalini-qiblaga-qaratib-ozgartirdim-buning-tagida-ilohiy-kuch-bor-
prezident/
Муаллиф: Сардор Ахмедов, Сухроб Шарипов

You might also like