You are on page 1of 3

1.

1977 yilgi ALFAni suratga olishda John Travolta dublyor bilan ishlashni xoxlamagan, va ko’proq
vaqtini Nyu York tungi klublarida o’tkazgan. Bizning ham bu yerga yig’ilishimiz biz uchun o’ziga
xos ALFA. ALFA o’rnidagi 3 so’zni yozib bering. Javob: Shanba oqshomi vasvasasi. Qabul:
Saturday Night Fever. Johnga mashhur olib kelgan ilk rolini aynan shu filmda tansor bo’lib ijro
etgan. Dublyor bilan ishlashni xoxlamagan Travolta diskotekalarga ko’proq tashrif buyurib turli
xil o’yin uslublarini o’rgangan. Bizning ham har shanba yig’ilishimiz biz uchun intelektual shanba
vasvasasi desak adashmaymiz.
2. O’zbek tilining izohli lug’atida bu iboraga ‘og’rig’ini tarqatish’ tarifi berilgan. Darbozaga qarata
tepilgan kuchsiz zarbalarni futbol kommentatorlari ko’pincha shu ibora bilan ifodalashadi. Bizga
esa sizning zarbalaringiz natijasi nomalum. Diqqat savol: Biz so’ragan iborani yozib bering. Javob:
Chigal yozmoq. Izoh: Darbozabonlar uchun kuchsiz zarbalar chigal yozdi mashqlarga qiyoslanadi.
Biz esa jamoalarning chigal yozdi savoliga to’g’ri yoki noto’g’ri javob berganini bilmaymiz.
3. Buxoroda ilk jome masjidi qurilganida, masjidga islomni qabul qilmagan mulkdorlarning qasr
eshiklari olib kelib o’rnatilgan. Narshaxiyning yozishicha eshiklar avvaliga taroshlanib keyin
o’rnatilgan. Diqqat savol: Nima sababdan eshiklar taroshlangan? Javob: Butlarni o’chirish uchun.
Mulkdorlar qasr eshiklariga o’zlari sig’inadigan butlarning suratlarini chizdirshgan, masjidga
o’rnatishdan oldin eshiklardagi butlarning suratlari taroshlanib, o’chirilgan va keyin o’rnatishgan.
Manba: Narshaxiyning Buxoro Tarixi asaridan. 21-bob Masjidi Jomening barpo etilishi.
4. Shomurodovning Jenoa jamoasidan Turinning Yuventusiga o’tishi haqida xabarlar tarqalgach,
Eldorning ketishini xoxlamagan Genuyalik fanatlardan biri Eldorning bir kasallik bilan og’rishiga
tilak bildiradi. Qanday kasallik? Javob: Bo’qoq, Qabul: Zob, Yod tanqisligi. Izoh: Genuya dengiz
bo’yida joylashgan shahar, Turin esa aksincha dengizdan ancha uzoqda. Jenoa fanati hazillashib
Eldorda kuchli yod yetishmovchiligi bo’lishi va dengiz bo’yidan uzoqlashmasligiga umid bildirgan.
5. Pandemiya paytida karantinga bo’y sunmagan yahudiylarni majburlab ko’chaga chiqmaslikni
talab qilishganida, yahudiylar Izroil politsiyasiga nisbatan “natsitlar” so’zini ishlatishadi. Bunga
sabab ularning yaqin o’tmishi bilan bog’liq voqealar. Diqqat savol: Yuqorida nazarda tutilgan
voqealarning eng kattasiga aloqador toponimni yozib bering. Javob: Varshava. Izoh: Gettolar
tashkil etishdagi bahonalardan biri bu yahudiylarning yuqumli kasalliklar tarqatishiga moyilligi
sabab qilingan, va ularga nisbatan karantinlar joriy qilingan. Varshava gettosi maydon va son
jihatdan natsistlar tomonidan joriy etilgan eng katta yahudiylar gettosi.

6.
Duplet. Dupletning birinchi savoli. Savol muallifining hazilomuz fikricha tarqatma materiyalidagi
vinoni 1882 yilgi Parijning aynan qayerida tatib ko’rsa bo’lardi ?
Tarqatmada siz “Klub27” azolariga atab chizilgan graffitini ko’rib turibsiz. Diqqat savol: Klub
azolaridan kimning suratini berkitilgan?
Dupletning javoblari: 1) Foli Berjer barida. Izoh: Rassom Mane o’zining eng so’ngi va mashhur
Foli Berjerdagi bar kartinasiga avtografni kartinadagi butilkalardan birining etiketkasiga qo’ygan.
2) Jan Michel Baskya. Baskya o’tgan asrning 2-yarmi street art va graffiti yo’nalishida eng yirik
namoyondalaridan biri hisoblanadi. 1987 yilda esa narkotik moddalar istemoli tufayli 27 yoshida
vafot etgan.
7. [He came, . . . . . ., he conquered the trophy.] Polshada o’tkazilgan Rapid va Blitz chempionatida
Nodirbek Abdusattorovning g’alabasi elon qilingan postga, bir twitter foydalanuvchisi siz
tarqatmada ko’rib turgan jumlalar bilan izoh qoldirgan. Nuqtalar o’rniga moslab tushirib
qoldirilgan so’zni originalida yozib bering. Javob: Warsaw. Varshava shahri inglizchada warsaw.
Agar so’zni bo’g’inlarga ajratilsa war-jang saw ko’rdi. U keldi, jang ko’rdi, trofini qo’lga kiritdi
manolarini anglatadi. Bu bilan Nodirbekning g’alabasini Yuliy Sezarchasiga izohlangan.
8. Nodirbekdan jurnalistning Nepomnieshiga qarshi tie-break oldidan qisqa muddatli tanaffusda
nima qilganini so’raganida, Nodirbek tie-breakga tayyorlanganini ya’ni BU ISHNI QILGANINI
aytadi. BU ISHNI QILISHDA Bet Harmonga trankvilizatorlar yordam beradi. BU ISHNI QILISH
o’rnidagi so’zlarni yozib bering. Javob: Xayolida shaxmat o’ynash. Miyasida yoki tasavvurida
shaxmat o’ynash javoblari ham qabul. Queen’s Gambit seriali qahramoni Bet Harmon
tasavvurida shaxmat o’ynashi uchun tinchlantiruchi psixik trankvilizatorlarni istemol qiladi. Biz
esa Nodirbekni g’alabasi bilan tabriklaymiz.
9. Silbo - Kanar orollarida cho'ponlari yaratgan noodatiy til. Kanarliklar orasida bu til ancha
mashhur bo'lib, tez tez aloqa vositasida foydalaniladi, ammo so'ngi yillarda X sababli bu tildan
foydalanish kamayib ketgan. Diqqat savol: Xning kelib chiqishi kimning nomi bilan bog’liq? Javob:
Iloha Gigeya. X- bu gigiena. Silbo esa hushtak orqali gaplashiladigan til hisoblanadi. Coronavirus
tufayli gigienaga qattiq amal qilish oqibatida qo’l bilan hushtak chaluvchilar orasida bu tildan
foydalanish kamayib qolgan.
10. Blitz. BLITZ:
1. U indoxitoy urushidan fransiyaga qaytgacha, aktyorlik qilish maqsadida ko'plab kastinglarda
ishtirok etadi. Ammo film rahbarlari unga juda ham chiroyli ekanligi va filmlarga to'g'ri
kemasligini aytishgan. Ds: U kim
2. Rossiyada UNGA talab quruq qonun joriy etilgach juda ham oshib ketgan. Bunga sabab uning
tarkibidagi apelsin va limon emas, balki Xdir. U nima?
3. Uni ko'pchilik Fransiya bilan bog'liq deb o'ylashsa ham, uning vatani A.Q.SH va uning
o'zgachaligi amerikada makkajo'xori ko'pligidan. U nima?
Javoblar: 1) Alan Delon 2) Odekalon 3) Burbon Izoh: Alan Delon 60 70 yillar kino sanatida o’z
taqshi ko’rinish bilan o’ziga xos simvoliga ega aktyor. Odekolon tarkibi 75 foiz spirtga egaligi
tufayli quruq qonun paytida aholi tomonidan istemol qilingan. Burbonning vatani A.Q.SH va
yevropa viskilaridan farqli o’laroq Burbon makkajo’xoridan tayyorlanadi. Burbon so’zining kelib
chiqishi esa A.Q.SHdagi fransuz regioni bilan bog’liq. Mazkur blitz savollari Nautilus
Pompiliusning muxlisi tomonidan tuzildi.
11. No Time to Die filmining Italiyadagi moshinalar poygasi sahnasini suratga olishda ALFAdan
foydalanilgan. Alfa avtomobil shinalarining sirpanishini pasaytirib, suratga olish yakunlangach
tozalash uchun ham samarali bo'lgan. Savolda ALFA bn almashtirilganni yozib bering.? Javob:
Koka Kola. Izoh: Kola tarkibida shakar miqdorining balandligi sirpanishlarning oldini olgan, Kola
yo'llardagi ancha oldingi kirlarni va yog'li dog'larni yemirish xususiyati tufayli ancha samarli
hisoblangan.yo'llardagi ancha oldingi kirlarni va yog'li dog'larni yemirish xususiyati tufayli ancha
samarli hisoblangan.
12. A.Q.SHdagi restoran franshizalardan birida fondyu bn birga birga bir qancha xalqlarning milliy
taomlarini tanovul qilsa bo’ladi. Diqqat savol: Franshiza nomini 2 so’zda yozib bering. Javob:
Eriyotgan qozon. Qabul: Melting pot. Izoh: Eriyotgn qozon termini amerikada barcha millat
vakillarini amerikancha madaniyatga qorishib ketishiga nisbatan ishlatiladi. Fondyu esa
fransuzchda “eriyotgan” degani, erib turgan pishloqli fondyu odatda kichkina qozoncha bn
suziladi.

You might also like