You are on page 1of 125

Shohruh-Mirzo RAHMANOV

Iskandar SATTIBAEV

SO'Z
YODLASH
SIRLARI
Ingliz tilidagi so'zlarni
tezkor yodlash bo'yicha qo'llanma

"Istiqlol Nuri" — nashriyoti

1
So‘z yodlash sirlari

UO'K: 811.111 (076.3)


81.2 Ingl
A-15
KBK 81.2 Ingl
Shohruh-Mirzo RAHMANOV va Iskandar SATTIBAEV
So'z yodlash sirlari, Toshkent - 2015 yil, "Istiqlol Nuri"-nashriyoti,
124 bet.
KBK 81.2 Ingl

Taqdim etilayotgan kitob ingliz tilini o'rganuvchilarning oldida


turgan eng katta muammolardan biri - so'z yodlash sir-sinoatlari
to'g'risida yozilgan. Bu kitobni o'qib siz ingliz tilida o'zingiz uchun
noma'lum bo'lgan so'zlarni oson, tez va unumli tarzda yodlash
hamda ularni uzoqroq muddat esingizda saqlab qolish usullarini
o'rganasiz. Kitobda ingliz tilini o'rganuvchilar uchun qiziqarli
bo'lgan test savollariga to'g'ri javob berish va ingliz tiliga tarjima
qilish kabi masalalar haqida ham so'z boradi.
Shuningdek, qo'llanmada mualliflarning shaxsiy tajribalari, keng
foydalaniladigan usullar, hozirda ommalashayotgan mnemonik
texnikalar, hayotiy misollar, test yechishga tatbiqlari, so'zlarni
yodlash bo'yicha mashqlar hamda umumiy ravishda chet-tilini
o'rganish bo'yicha tavsiyalar o'rin olgan. Kitob nafaqat abiturientlar
balkim ingliz tili o'rganuvchilari, o'quvchilar, talabalar va xattoki
boshqa chet-tillarini o'rganuvchilar uchun so'z yodlash bo'yicha
qo'llanma sifatida ishlatilishi mumkin.
To'g'ri yo'nalish va qattiq xoxish orqali ingliz tilidagi yangi
so'zlarni yodlash endi siz uchun oson kechadi va ushbu kitob bu
yo'lda katta foyda beradi degan umiddamiz.

Sizga omad va zafarlar tilaymiz!

ISBN: 978-9943-4178-3-0

© Shohruh-Mirzo RAHMANOV va Iskandar SATTIBAEV

2
MUNDARIJA

Kirish....................................................................................4

Kitobdan qanday foydalanish kerak................................7

1-bob. Mnemonika nima o'zi?...........................................8

2-bob. Mato — mnemonikaning asosiy,


fundamental qonuni............................................12

3-bob. Makon usuli.………………………………..........17

4-bob. Yangi tilni o'rganish - so'z boyligini


oshirish demakdir………........................………. 22

5-bob. Lug'at daftarini tutish san'ati……....……….......32


6-bob. So'zlarni takrorlash orqali xotirada saqlash..........40

7-bob. Turli xil yodlash usullari..........................................50

8-bob. 36 ta testga moslashgan lug'at yodlash .............70

9-bob. Birdaniga 14 000 ta so'zni o'rganing!................83

10-bob. Aqliy munosabat (Mental set) .........……… .108

11-bob. Taxmin qilish hissini rivojlantiring......…… .113

Xulosa o'rnida................................................................119

Ilova..................................................................................120

3
So‘z yodlash sirlari

KIRISH
O'quvchi ingliz tilida kitob o'qimoqda. Uning nigohi
kitobga qadalgan, lekin xayoli parishon. Nega? Chunki
kitobdagi juda ko'p so'zlar unga notanish bo'ladi. Lug'atni
qo'lga olib, har bir yangi so'zning tarjimasini topguncha
toliqib, zerikib ham ketadi.Yangi so'zlarni e'tiborsiz qoldirsa,
kerakli ma'lumot e'tibordan chetda qolib ketishi
mumkin.Oqibatda, na yangi so'zlarni samarali o'rganadi,
na o'qiyotgan kitobini yaxshi tushunadi.
Mualliflar ham bir paytlar aynan shu muammolarga duch
kelishgan va ularning maqsadi - bugungi kunda ingliz tilini
o'rganayotgan o'quvchilar yangi so'zlarni o'rganishlarida
to'g'ri yo'lni tanlashlariga ko'maklashishdir. Qo'lingizdagi
kitob aynan ingliz tilini o'rganish jarayonida uchraydigan
yangi so'zlarni qanday qilib osonlik bilan yodlash
mumkinligi haqida turli usullar va tavsiyalarni taqdim etadi.
Darhaqiqat, har qanday xorijiy tilni o'rganishdagi eng
katta muammo bu so'z yodlashdir. Negaki, bu jarayonda
siz o'nlab yoki yuzlab emas, balki minglab yangi so'zlarni
o'rganishingiz talab etiladi. Sizning so'z boyligingiz tilni qay
darajada bilishingiz bilan chambarchas bog'liq bo'lib,
kelajakda boshqa sohalardagi muvaffaqiyatlaringizga yo'l
ochuvchi kalit hamdir.
Shu o'rinda ingliz tilini o'rganayotgan kishi uchun nechta
so'zni yoddan bilish kerakligini ham aytib o'tish lozim.
Ma'lumotlarga ko'ra, qaysi tilda bo'lishidan qat'i nazar,
kundalik muloqot uchun 1200-2000 ta so'zni bilish talab
qilinadi. Demak, ingliz tilida ham muloqot qilish uchun
shuncha so'zni bilish kifoya bo'ladi. Pedagogik
tajribamizdan kelib chiqib shuni aytishimiz mumkinki,
O'zbekiston Respublikasidagi oliy o'quv yurtlariga kirish
imtihonlarini topshirish jarayonida ingliz tili fanidan test
savollarini muvaffaqiyatli yechish uchun 4500-5000 ta so'z
bilish talab qilinadi.
4
Xorij oliygohlariga kirish uchun topshiriladigan IELTS
imtihonida yuqori ball olishni xohlagan o'quvchi kamida
7000 ta so'zni mukammal bilishi kerak. Ingliz tilida faoliyat
ko'rsatuvchi olimlar, yozuvchilar va shoirlar 12 000-15 000
ta so'zdan foydalana olishlari aniqlangan.
Shunisi aniqki, ingliz tilini qaysi maqsadda va qancha
muddat davomida o'rganishingizdan qat'iy nazar, siz
albatta bir necha ming so'zni mustahkam o'zlashtirishingiz
shart. Bu esa o'z-o'zidan bo'lavermaydi. Hech o'ylab
ko'rganmisiz, nima uchun chet tilini o'rganayotgan
o'quvchilar ko'pincha so'z yodlashni qiyin va zerikarli ish
deb biladi? Bizningcha, bunga sabab ilk chet tillarini
o'rganish davridagi so'z yodlash uslublarining unchalik
ilg'or va qulay bo'lmaganligidir.
Shaxsiy til o'rganish tajribamizdan kelib chiqib shuni
aytishimiz mumkinki, asosan, maktabda yoki boshqa ta'lim
muassasalarida chet tilini o'rganayotgan o'quvchilardan
yangi so'zlarni inglizcha-o'zbekcha yoki o'zbekcha-inglizcha
tarzida yodlash talab qilinadi. Bunday holatda o'quvchida
yangi so'zni his qila olish, ta'bir joiz bo'lsa, uning "ta'mini
totish" imkoniyati bo'lmaydi.
Bizning o'z oldimizga qo'ygan vazifamiz esa, aynan shu
yo'nalishda o'quvchilarga yordam qo'lini cho'zish va yangi
so'zlarni jonli va rangbarang tarzda yodlash, o'rganish
yo'llarini ko'rsatishdir.
Chet tilida yangi so'zlarni o'rganish bo'yicha yuzlab
uslublar va qoidalar mavjud desak, mubolag'a bo'lmaydi.
Biroq o'rganish jarayoniga endi kirishgan o'quvchi
birinchidan, bu usullarning hammasini bilishga qodir emas.
Agar ushbu usullarning hammasi jamlangan biror kitob
uning qo'liga tushib qolsa ham, ularning aynan qaysi birini
tanlash va undan unumli foydalanish u uchun jiddiy
muammoga aylanishi mumkin.
O'quvchi bunday vaziyatda nima ham qilardi?
Odatdagidek, barcha singari yodlashda qo'llarini qo'yib

5
So‘z yodlash sirlari
ro'yxatni ketma-ket takrorlaydi. Bu - juda achinarli holat.
Negaki, o'quvchi eng eski, zerikarli va UNUMSIZ usuldan
foydalanmoqda! Bunday usul miyamizning ishlash tarziga
zid hisoblanadi.
Ma'lumki, zamonaviy ta'lim jarayonida noan'anaviy
usullardan foydalangan holda dars berish va shunday usullar
yordamida o'rganish keng qo'llanilmoqda. Mualliflar ham
sizga o'quvchilar uchun ingliz tilini o'rganishning yanada
rang-barangligini ta'minlash maqsadida o'zlari anchadan beri
qo'llab, tajribadan o'tkazgan turli usullarni taqdim
qilmoqdalar. Mazkur uslublar orasida mnemonikaga ham
alohida e'tibor berilgan.
O'quvchi! Shuni unutmangki, biz sizga o'rgatmoqchi
bo'lgan so'z yodlash, xotirani rivojlantirish uslublari har
qancha samarador bo'lmasin, baribir, muvaffaqiyatning eng
muhim omili bu - sizning tirishqoqligingiz va
mehnatkashligingiz bo'lib qolaveradi! Bilingki, sizning
miyangiz ajoyibdir! U juda ham katta miqdordagi
axborotlarni eslab qola oladi. Asosiysi, o'sha axborotni qay
tarzda qabul qilishdadir!

Mualliflar

6
Kitobdan qanday foydalanish kerak

KITOBDAN QANDAY
FOYDALANISH KERAK

Kitobning ilk uch bobi asosan xotirani rivojlantirishga oid


turli nazariyalarga bag'ishlangan bo'lib, har bir nazariyani
tushunarli tarzda yetkazib berilishi uchun kerakli misollar
berilgan. Ushbu boblarni tez o'zlashtirish sizga keying
boblardagi yodlash usullarini amaliyotda qo'llashda katta
yordam beradi. Bu uch bobni tez ko'z yugurtirib, nazariya
bilan tanishib chiqish eng maqbul tanlov.
4-bob turli mnemonic texnikalar haqida bo'lib, unda siz
so'zlarni oson yodlashning xilma-xil usullarini o'rganasiz.
Mazkur bob kitobning eng asosiy bobi hisoblanadi. Uni iloji
boricha yaxshilab, qunt bilan o'qib chiqishga harakat qiling.
Shuningdek, 4- bobda berilgan mnemonic texnikalarga
qo'shimcha tarzda berilgan 7-8 - bobda ham o'ziga xos so'z
yodlash usullari berilgan bo'lib, ular sizning yangi so'zlarni
yanada samarali yodlashingizga albatta hissa qo'shadi.
So'z yodlash usullari bilan yaqindan tanishib chiqqach 5-
bobda lug'at tutish san'ati bo'yicha kerakli ko'nikmalarni
qo'lga kiritishingiz mumkin.
9-bobni yaxshi o'zlashtirish juda katta ahamiyatga ega.
Chunki, shu bobda olgan bilimlaringiz yordamida siz qisqa
muddat ichida 14 000 (o'n to'rt ming) dona so'zni yodlab
olishingiz mumkin!!
6-bob, 10 bob, 11-boblar ushbu kitobda o'rgangan bilim-
laringizga yanada mustahkamlash garovi bo'ladi. Ularni
mutola’angizni oxiriga, desert uchun saqlab qo'yishni
tavsiya qilamiz.

7
So‘z yodlash sirlari

1-bob.
MNEMONIKA NIMA O'ZI?
Mnemonika - o'xshashlik va bog'liqlik asosida xotira
hajmini kengaytirish va kerakli ma'lumotlarni eslab qolish
uchun ishlab chiqilgan maxsus uslublar to'plamidir. Bunda
yangi noma'lum bo'lgan tushunchalar inson ongida
allaqachon ma'lum bo'lgan ma'lumotlar bilan bog'lanadi va
natijada yangi ma'lumotni eslab qolish osonlashadi.
Keling, bir misolni ko'rib chiqamiz: yilning qaysi oylari 31
kun, va qaysilari 30 kun ekanligi har doim ham insonning
yodida turavermaydi. Bu dalilni biz quyidagi inglizcha she'r
yordamida osonlik bilan o'rganib olishimiz mumkin.

Thirty days have September,


April, June and November,
All the rest have thirty-one;
February has twenty-eight alone,

Ingliz tilida shunga o'xshash misollarni yana ko'plab


uchratish mumkin.
Masalan: "I" before "E" except after "C" ("E" harfidan oldin
"I" harfi keladi, agar "E" harfi "C" harfidan keyin kelsa, "I" harfi
undan keyin keladi) degan mnemonik qoida. Bu qoida
yordamida ba'zi so'zlarning yozilishidagi xatoliklarning oldini
olish mumkin.
Quyidagi so'zlar ushbu qoida asosida yoziladi: believe,
convenient, experience, mischievous, piece, relieve, sufficient,
yield.
Bu misollarda esa "E" harfi "C" harfidan keyin kelganligi
tufayli, "I" harfi undan keyin yoziladi: deceive, receipt,
receive.
Lekin shuni doim yodda tutingki, Ingliz tili istisnolarga juda

8
Mnemonika nima o‘zi?

boy til hisoblanadi. Hattoki ingliz tilida "The exception proves


the rule" ("Istisno qoidaning to'g'ri ekanligini isbotlaydi") degan
maqol ham bor. Juda ko'p holatlarda istisnolar mavjud bo'lib,
ularni yodlash kerak bo'ladi. Yuqoridagi qoidaga istisno
sifatida quyidagi so'zlarni keltirishimiz mumkin:
either
foreign
height
leisure
neighbo(u)r
seize
their
weigh
weird
Bundan tashqari mnemonika jism yoki tushunchalarni
vizualizatsiya qilish (ularni manzara shaklida tasavvur qilish)
ma'nosida ham ishlatiladi. Yangi ma'lumotni ko'rgazmali
tarzda tasavvur qilish uni eslab qolishni osonlashtiradi.
Mnemonikaning asosiy uslublari:
A) Eslab qolinayotgan ma'lumotning bosh harflaridan
mazmunga ega so'z va iboralar hosil qilish. Bunga qofiyalash
hamda uzun so'z va ilmiy atamalarni ohangdosh so'zlar
yordamida yodlash kiradi.
Masalan, Angliya qirollik sulolalarining tarixda qay
tartibda hukmronlik qilganini yodda saqlash uchun quyidagi
gapni yodda saqlash kifoya:
No Plan Like Yours To Study History Wisely.
(Norman, Plantagenet, Lancaster, York, Tudor, Stuart,
Hanover, Windsor)
B) Yodlanayotgan so'zlar bilan bog'liq yorqin tasvir,
manzalarni topish. Masalan, "to doze off" - uxlab qolmoq degan
so'zni yodlayotganizda darsda o'tirib uxlab qolganingizni va
keyin o'zingizga "Oh God! I keep dozing off!" deb tanbeh
9
So‘z yodlash sirlari

berayotganingizni tasavvur qiling. Boshqa holatlarda o'zingiz


uchun qiziqarli bo'lgan biror qahramonni tanlab olishingiz
mumkin. (aytaylik, Mikki Mausni).
D) Qolaversa, mnemonika ba'zi ma'lumotlarni eslab
qolishni osonlashtirish uchun o'zingizning topqirligingizdan
foydalanishga ham imkon beradi.
Masalan, Ingliz tilida soat, aniq vaqt aytilganda, birinchi
30 daqiqada past (o'tdi) so'zi ishlatiladi: 05:20 ' twenty past
five — beshdan yigirma daqiqa o'tdi. Endi, agar mexanik qo'l
soatiga qarasangiz, har soatning birinchi yarmida strelkalarni
pastga qarab harakatlanayotganini ko'rasiz. Demak ingliz
tilida past so'zi ishlatilganda, soat strelkalari pastga qarab
harakatlanadi.
Soatning ikkinchi yarmida esa ingliz tilida to (ta kam)
predlogi ishlatiladi: 08:43 — seventeen to nine — o'n yettita
kam to'qqiz. Bu holatda 30-daqiqaga qadar pastga tushgan
strelkaning endi to 60-daqiqagacha tepaga ko'tarilishini
tasavvur qilamiz. Vaqtni aytishni bunday usulda o'rgangan
odam uni hech unutmasa kerak.
E) Mavhum ma'noga ega bo'lgan so'zlarni eslab qolish
ko'pchilik uchun qiyinchilik tug'diradi. Bunday so'zni
yodlagan bilan, bir necha kundan keyin u unutilib ketadi.
So'zni mustahkam hamda oson yodlab qolish uchun uni
mnemonika uslublari yordamida yangi mazmun bilan
to'ldirish lozim va yangi so'zni yorqin tasavvur yoki ma'lum
his tuyg'ular bilan bog'lash lozim. Masalan, "To be all ears" -
"Butun borlig'i bilan tinglash" degan iborani eslab qolishda,
tasavvur qilingki siz gaplashayotgan insonning quloqlari
ulkan quloqqa aylanadi va sizni tinglaydi. Bu tasvir orqali siz
iboraning asosiy g'oyasini va ma'nosini oson eslab qolasiz.
Mnemonika uslubi chet tillarini o'rganayotgan o'quvchilar
uchun juda qo'l keladi. Zero, bugungi kunga kelib,

10
Mnemonika nima o‘zi?
o'quvchilarning oldida turgan eng katta muammolar - yangi
so'zlarni yodlashning zerikarli ekanligi, katta miqdordagi
so'zlarni qisqa muddat ichida yodlashga to'g'ri kelishi va
allaqachon yodlangan so'zlarning xotirada uzoq muddat
saqlanmasligidir.
Shuni ishonch bilan aytish mumkin, agar mnemonika
usullari qunt bilan o'rganilib, muntazam amaliyotga tatbiq
qilib borilsa, yuqoridagi barcha muammolarga yechim
topiladi. Yana bir narsani alohida ta'kidlash lozimki,
mnemonika usullarini puxta egallash - so'zlarni hech qanday
qiyinchiliksiz osongina yodlab olish degani emas. Albatta,
o'quvchidan aqliy mehnat talab qilinadi. Mnemonika esa
so'zlarni yodlash jarayonini zerikarli emas, qiziqarli bo'lishiga,
yodlangan so'zlarning qisqa muddat emas, balki butun umr
xotirada qolishiga ko'maklashadi.
Mnemonikaning asosiy g'oyasi murakkab bo'lgan
ma'lumotning miyamizda osongina yodlanish yo'lini topishga
qaratilgan. Miyamiz rasm, rang, struktura, ovozlarni, turli
hissiyot va tillarni eslab qolishga moslashgan. Ko'pchilik
mnemonikani xotiraga yordam beruvchi uslub sifatida biladi.
Lekin bir qator adabiyotlarda mnemonika - ma'nosi
bo'lmagan, tartibga solinmagan axborotga ma'no berib,
tartibga solib yodlash uslubi sifatida ta'riflanadi. Shuningdek,
o'qilayotgan materialga qo'shimcha ma'no qo'yishga ham
mnemonika deyiladi. Natijada, yodlanayotgan ma'lumot
ma'noli va mantiqiy tus oladi.

11
So‘z yodlash sirlari

2-bob.
MATO - MNEMONIKANING ASOSIY,
FUNDAMENTAL QONUNI

1-rasm
Bu bobda mnemonikaning va xotiramizning asosiy
qoidalari haqida nazariy tushunchalarga ega bo‘lasiz.
Xotiramizning 4 ta asosiy xususiyati bor. Agar bu
fundamental qonunlarning bosh harflarini olib birlashtirsak,
"MATO" so'zi kelib chiqadi. Endi siz bularni o‘zlashtiriish
uchun MATO (1-rasm), ya'ni, gazlama so'zlarini eslab
qolsangiz, ularni osonroq yodda saqlaysiz. MATO so'zini
kengaytirilgan shaklda ko'rib chiqamiz:

1. Makon
2. Assotsiatsiya (Aloqadorlik)
3. Tasavvur
4. Oraliqli takrorlash

Makon - ilmiy tadqiqotlarga ko'ra, agarda kishi nimanidir

12
Mato — mnemonikaning asosiy, fundamental qonuni
eslayotib qaysidir aloqador makonni yodga olsa, ma'lumotni
eslab qolish nisbatan oson bo'larkan. Shuning uchun keyingi
boblarda mnemonik texnikalarni ishlatayotganingizda sizga
shunday makonlardan foydalanishingiz mumkin. Negaki,
xotirani rivojlantirishdagi mashhur "loki" - "makon"
usulining asosida ham aynan sizga tanish bo'lgan
makonlardan foydalanib, yangi axborotni o'sha makonlarga
tasavvuriy sayohat davomida qo'yib chiqish yotadi. Bu
haqida keyingi boblarda yana to'xtalamiz. Makon
tushunchasi haqida tasavvurga ega bo'lishingiz uchun bir
misol: siz biror bir qo'shiq tinglayotganingizda, uni dastlab
qayerda eshitganingiz yodingizga tushadi. Bu holat xotiramiz
makonlarga nechog'lik bog'liqligini ko'rsatadi.
Assotsiatsiya (Aloqadorlik) — bu xotiraning ikkinchi
asosiy xususiyati hisoblanadi. Miyamiz doimo bir narsani
boshqa narsa bilan bog'lab oluvchi mashinadir. Agar men
sizga Muhammad Ali desam, siz darhol uni boks bilan bog'liq
holda anglaysiz. Ijodkorlik yoki kreativlik ham eski bilimni
yangi bilim bilan bog'lash orqali sodir bo'ladi. Qisqa qilib
aytganda, biror ma'lumotni eslab qolishingiz uchun
tasavvuringizni ishlatib o'zingizga ma'lum bo'lgan boshqa bir
ma'lumot bilan assotsiatsiya qilasiz (bog'laysiz).
Deyarli barcha mavzuni qanchalik yaxshi tushunishingiz
ham aynan o'sha mavzu bo'yicha qancha assotsiatsiyaga
(aloqador tushunchalarga) egaligingizga bog'liq ekan. Buni
o'zingiz ham sinab ko'rishingiz mumkin. Avvalgi bobdagi
mavzuni olib, u bo'yicha aloqador tushunchalardan turli
tomonlarga ketib assotsiatsiyalarni hosil qilishga harakat
qiling. Kim ko'p assotsiatsiya so'zlarni paydo qila olsa, u
mavzuni chuqurroq va yaxshiroq o'zlashtirgan bo'ladi.
Tasavvur — Toni Buzanning tili bilan aytganda,
miyamizning tili hisoblanadi. Miyamiz shu tilda fikrlaydi va
ishlaydi. Agarda sizga "telefon" so'zi aytilsa, miyangizga
birinchi bo'lib qandaydir telefon tasviri keladi. Bu tasvir yoki
rasm o'zingizning telefoningiz yoki yaqinda ko'rgan boshqa
13
So‘z yodlash sirlari
biror telefon apparati bo'lishi mumkin. Inson xotirasining
ishlash tarzini kompyuterning ma'lumot saqlab qolish
jarayoniga qiyoslash mumkin. Garchi biz ma'lumotlarni
kompyuter xotirasiga rasm, video, matn, ovoz va shunga
o'xshash boshqa shakllarda joylasakda, kompyuter har
qanday turdagi ma'lumotni oxir oqibatda 0 va 1 raqamidan
tashkil topgan ikki sonli kodlar shaklida eslab qoladi, xolos.
Shunga o'xshash, inson ham eslab qolayotgan turli bilimlar
va ko'nikmalarni o'z ongidagi biror tasavvurga bog'lagan
holda eslab qolishi, juda yaxshi samara beradi. Demak, agar
biror yangi bilim borasida tasavvur paydo bo'lmas ekan, uni
mustahkam yodlab qolish mushkul bo'ladi.
Rasm bilan ishlash — eslab qolish uchun juda foydali va
rasmni eslatadigan so'zlar ikki barobar tez xotiraga
muhrlanadi. Tasavvurga tortadigan har bir rasm bizga
o'rganish jarayonini unumli va qiziqarli qiladi, aksincha,
notasavvuriy axborot juda zerikarli hisoblanadi.
So'zlar bilan emas, tasvir va rasmlar vositasida fikrlang.Ona
tilingizdagi muloqot jarayoniga e'tibor qilib ko'ring.
Gapirayotganingizda so'zlarni o'ylamaysiz, balki, tasvir orqali
fikrlaysiz va ongingizdagi tasavvurni ifodalovchi so'zlar o'z-
o'zidan kelaveradi. Bu muloqotda faqatgina ongimizdagi
tasvirlar emas, balki, hissiyot, ohang, va tana harakatlari ham
faol ishtirok etadi. Qolaversa, inson 80 foiz axborotni ko'z
orqali qabul qilganligi bois, ko'proq ongimiz tasavvur qilishga
moslashgan. Misol uchun, agar sizdan bugun soat nechada
uyg'onganligingiz so'rashsa, javob berishdan oldin,tongda
jiringlagan soat yoki uyg'onish holatingizni ko'z oldingizga
keltirasiz. E'tiborlisi, bunday holatda jumla, ega yoki kesimlar
haqida umuman o'ylamaysiz. Lekin ongingizda shakllangan
tasavvur bugun soat 7 da uyg'onganligingizni aytish imkonini
beradi.
Yuqoridagi fikrga tayanib aytadigan bo'lsak, yangi so'zlarni
yodlash paytida ularni muayyan tasavvur bilan bog'lash orqali
miyangizga yordam berishingiz mumkin. Aks holda, so'z
14
Mato — mnemonikaning asosiy, fundamental qonuni
yodlash jarayoni juda uzoq va zerikarli ishga aylanadi. Har
qanday yangi so'zni ongimizdagi biror shakl yoki tasvir bilan
bog'lash, yodlashni ancha osonlashtiradi. Hattoki, ko'pchilik
mavhum so'zlarni ham bemalol tasavvur qilish mumkin.
Buning uchun o'sha so'zga nisbatan ongingizda paydo bo'lgan
har qanday tasavvurni yaxshilab eslab qoling. Bu tasavvur
ovoz, hid yoki biror musiqa sadosi bo'lishi mumkin. Keyinroq,
shu yangi so'zga yana duch kelganingizda, o'sha holatni eslab
ko'ring. Foydasini albatta sezasiz.
Keling kichik bir misolni ko'rib chiqaylik. Aytaylik, "enemy"
so'zini yodlashingiz kerak. Lug'atda bu so'zning tarjimasi
"dushman" deb berilgan. Bu so'zga biror tasavvurni bog'lash
uchun balki o'zingizga dushman deb bilgan biror shaxsni
tasavvur qilarsiz. Agar birovni o'ziga dushman deb
bilmaydigan baxtli insonlardan bo'lsangiz, sizga o'zingiz
ko'rgan biror film tasavvur hosil qilishda yordam beradi.
Bilasiz, ko'p filmlarda dushmanlik, muhabbat, nafrat va
boshqa tushunchalar yorqin tasvirlanadi. O'zingiz yoqtirgan
biror filmdagi bosh qahramonga dushman bo'lgan obrazni
tasavvur qiling. Va shu obrazni "enemy" so'ziga bog'lang. Siz
endi bu so'zni hech qachon unutmaysiz!
Oraliqli takrorlash. Takrorlangan ma'lumot xotirada
saqlanib qoladi. Bu hammaga ma'lum bo'lgan uslubdir.
Maktab davrida she'r yodlash uchun ertalab turib, she'rni yuz
martalab takrorlashga to'g'ri kelardi. Shuningdek, Xullas,
takrorlash nima sababdan miyamiz foydasiga ishlashini bilish
uchun miyaning qanday tuzilganini eslash kerak bo'ladi.
Miyamiz neyronlardan tashkil topgan. Axborot o'sha
neyronlardagi sinapslar orqali harakat qiladi. Agarda shu
yo'laklardan axborot o'taversa, neyronlar shishib kattalashadi
va bu eslab qolishga olib keladi.
"Takrorlash — o'rganishning onasi", deb bejiz aytishmagan.
Takrorlash asosan, fundamental bilimlarni egallashda va tezda

15
So‘z yodlash sirlari
qayta eslash kerak bo'lgan xabarlar uchun juda foydalidir.
Masalan, karra jadvalini takrorlab-takrorlab fundamental
bilimlarni olganimizdan so'ng boshqa ko'paytirish amallari
biz uchun osonlashadi. Lekin ko'p o'rganish faqatgina
takrorlashga bog‘liq emas, boshqa uslublar bilan
uyg'unlashtirib ishlatilsa, yanada foydali bo'ladi. Faqat
takrorlangan axborot quruq yodlash hisoblanadi va bunga
odatlangan o'quvchi tanqidiy fikrlash, ijodiy yondashish,
nostandart qarash kabi o'ta zarur bo'lgan ko'nikmalardan
bexabar qoladi. Tahlil takrorlash orqali amalga oshirilmaydi
va o'quvchilarga takrorlashnigina o'rgatish ularni eng muhim
qobiliyatlardan mahrum qilishga olib kelishi mumkin.
Ko'p takrorlash juda foydali hisoblanadi, bunda ma'lumotni
shunchalik ko'p o'qiysizki, uni qayta eslash juda tez sodir
bo'ladi. Ba'zida oramizdagi bilimli insonlarga "kitob odam"
yoki "tirik ensiklopediya" deb ta'rif beramiz.Ular kitoblarni
betma-bet eslab qoladi va kuchli xotirasi bilan bizni hayratga
soladi. Ulardagi shunday qobiliyatning siri ham ma'lumotlarni
ko'p takrorlab turishi bilan izohlanadi.
Xulosa qilib aytsak, ushbu bobdagi asosiy tushunchalar
sizning keyingi boblarda mavzularni oson tushunishingizga
olib keladi.

16
Makon usuli

3-bob.
MAKON USULI

2-rasm
Oldingi bobda ta'kidlangan xotiramizning asosiy 4 ta
qoidalaridan eng muhimi Makon qoidasi hisoblanadi. Ushbu
bobda aynan Makon usuli bilan tanishasiz va ushbu usul
mnemonika texnikalarining eng kerakli ustuni ekanligini bilib
olasiz.
Yunon mutafakkiri Simonides bundan 2500 yil ilgari "Xotira
Saroyi" uslubini kashf qilgan. Bu uslub xotirani rivojlantirish
va uning imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan. U "Loki"
nomi bilan ham mashhurdir. Loki so'zining lug'aviy ma'nosi
"makon", "joy" deganidir. Demak, makon uslubi degan nom
bizning maqsadimiz uchun ham juda mos keladi.
Makon usuli asosiy ikki g'oyani ilgari suradi:
1. Siz eslab qolishingiz uchun kerak bo'lgan tartibda,
o'zingizga ma'lum makonlarni (joylarni) tanlab chiqing, ularni
hammasini yaxshilab o'rganing, uni o'rni-o'rni bilan yaxshi
eslab qolishingiz kerak. Tanlangan makon sizga juda yaxshi
tanish bo'lishi maqsadga muvofiqdir.
2. Eslab qolishingiz uchun kerakli dalillarni o'sha makonar
17
So‘z yodlash sirlari
bilan bog'lang. (2-rasmda siz so‘z yodlashda foydalanishingiz
mumkin bo‘lgan makondan namuna ko‘rsatilgan).
Eplay olishingizga shubha qilayapsizmi? Bir harakat qilib
ko'ring, harakat qilmay turib, qo'lingizdan kelish-
kelmasligini bila olmaysizku axir. Masalan, makon sifatida
o'z uyingizni olaylik. Negaki uy sizga tanish bo'lgan eng
oson makonlardan tashkil topgan. Uyingizning xonalari
misolida makon tuzib chiqing: oshxona, mehmonxona,
dahliz, hovli, mahalladagi inshoot yoki bino, uyingizdan
o'qish yoki ishxonangizga boradigan yo'ldagi joylar.
Muhimi, ular ketma-ket kelsin va har birining orasidagi
masofani bir xil qilishga harakat qiling. Quyidagi 10 ta
raqam ro'parasiga o'zingiz tanlagan makonlarni yozib
chiqing.

1.
2.
3.
4.
5.
6.
7.
8.
9.
10.

Agar 10 ta tanish makonni tanlab, yozib bo'lgan


bo'lsangiz, unda siz yangi so'zlarni yodlashga tayyorsiz.
Agar xohlasangiz, 2-rasmda ko'rsatilganidek bir xonaning
ichida turli makonlarni tanlashingiz mumkin. Yoki alohida
xonalarni ro'yxatga kiritsangiz bo'ladi. Bularning hammasi
tasavvuringizga bog'liq.
18
Makon usuli
Deylik, siz bozorga ketmoqdasiz. bozordan quyidagi
mahsulotlarni olib kelishingiz kerak va aynan xotirani
sinash uchun ularning yozma ro'yxatini tuzmay, faqat
xotirangizga suyanishingiz lozim:
kartoshka
sabzi
pomidor
karam
disk
Koka-Kola
olma
o'rik
gazeta
yog'
Birinchidan, uyingiz bu - MAKON. Oshxonadan
boshlaymiz. Oshxonaga kirasiz va u yerda kartoshka o'sib
chiqqanini ko'rasiz (sal g'alatiroq misol bo'lsada, zarari yo'q!
Aynan shunday g'ayrioddiy fikrlar xotirada yaxshiroq
qoladi). Keyin mehmonxonaga kirsangiz, u yerda dasturxon
ustida sabzilardan gul yasalganini ko'rib hayron qolasiz.
So‘ng, hovliga chiqsangiz hamma joyga pomidor qip-qizil
bo'lib yoyilib yotibdi, hoynahoy, shumtaka bolalar o'yin
o'ynashgan. Ozgina yurib, tomorqada bahaybat karam o'sib
chiqqanidan ajablanasiz va shu karamni tortib-sug'urib
ko'rishga urinasiz, lekin hech ham iloji bo'lmaydi. Keyin
esa, darvoza yoniga borasiz, osmondan yog'ayotgan disklar
yomg'iriga duchor bo'lasiz. Yo'lingizdagi darvozani ko'rib,
yana bir bor hayron qolasiz, chunki darvoza Koka-
Kolaning rangidek to'q rangga kirib qolgan. Undan so'ng
shu darvozangizdan tashqariga chiqishga uringaningizda,
bilasizki, olma va o'rik daraxtlari birlashmasidan hosil
qilingan antiqa daraxt o'sib chiqib, darvozadan
19
So‘z yodlash sirlari
chiqishingizga xalaqit beradi. Vo ajabo, deb amallab
ko'chaga chiqasiz va har kuni kelib sut sotadigan ayolning
bugun sutning o'rniga yog' sotayotganini ko'rasiz. "Kelib
qolinglar, yog'lar bor" deya hammani oldiga chorlayotgan
ayolning oldiga borsangiz, hamma yog' idishlari gazetalar
bilan o'ralib chiqqanini ko'rib, yog' olish fikridan qaytasiz.
(3-rasm, 65 - betga qarang)
Ana endi, bozorga borib nimalar olib kelishingiz
kerakligini hech qayerga yozmasdan bir eslab ko'ringchi!
Bu juda oson, shunday emasmi?
Umuman olganda, makon tizimi xuddi javonga
o'xshaydi, siz o'zingizga kerakli bo'lgan ma'lumotni javon
tortmalariga birma-bir joylashtirib chiqasiz va shu orqali
so'zlarni tartibga keltirasiz. Agar qayta eslash kerak bo'lsa,
u holda tortmaga borasiz va yana qayta eslayverasiz. Bir
marta foydalanilgan makon esdan chiqib tozalanadi va uni
yana boshqa tasavvur va obyektlar bilan to'ldirsa bo'ladi.
Shuningdek, aytish mumkinki, kundalik hayot uchun
odatda 100 ta makon yaratishning o'zi kifoya. Masalan,
uyingizdan tortib to o'qish yoki ishxonagacha bo'lgan
yo'ldagi 100 ta makonni qayta-qayta ishlataverasiz.
Yana shuni bilish kerakki, so'z yodlaganda, bir makonda
yangi so'zni yozasiz va uni bir ikki takrorlaganingizda, o'sha
makondagi tasavvur ish berishi mumkin va o'sha so'z qisqa
muddatli xotiradan uzoq muddatli xotiraga o'tganidan
keyingina siz makoningizni tozalab, tasavvurni
ishlatmasangiz bo'laveradi. Bilingki, tasavvur va makonni
ishlatish so'zni dastlabki hazm qilishni tezlatishga xizmat
qiladi. (4-rasm. 65 - betga qarang).

20
Makon usuli

1-Mashq.
Keyingi darslarda so'z yodlash uchun makonning
zarur ekanligini hisobga olsak, o'zingiz uchun qog'oz va
ruchka oling-da, uyingizdan boshlab to o'qishingizga
qadar 30 ta makonni tanlab chiqing. Makon
tanlayotganingizda har biri tasavvur qilish va bog'lashga
oson joylarni tanglang. Iloji bo'lsa, makonlar oralig'ini
bir xil qilib oling.

Masalan:
1. Yotoqxonadagi deraza tokchasi;
2. Yotoqxonadagi kompyuter stoli;
3. Koridordagi kiyim ilgich;
4. Zaldagi katta stol;
5. Xonaning eshigi;
6. Oshxonadagi gaz plitasi;
7. Muzlatgich;
8…..
9……
10. Mahalladagi do'kon;
…….
……
30.

A gar h am ma ke rakli m akonl ar n i tu zib c h iq qan


bo'lsangiz, ko'zingizni yumib bu makonlarni hayolan
kezib chiqing. Bu sizga ketma-ketlikni to'g'ri eslab
qolishga yordam beradi.
Agar shu makonlarni tayyorlagan bo'lsangiz, ana
endi siz asosiy usulni o'rganishga tayyor bo'lasiz.

21
So‘z yodlash sirlari

4-bob.
YANGI TILNI O'RGANISH —
SO'Z BOYLIGINI OSHIRISH DEMAKDIR

"Those who know nothing of foreign languages know


nothing of their own."
— Johann Wolfgang von Goethe
"Chet tillar haqida hech narsa bilmaydigan odam o'z
tili haqida ham hech narsa bilmaydi."
— Iogann Volfgang fon Gyote
Chet tilini o'rganishning eng qulay usuli bu - o'sha tilda
gaplashayotganlar bilan yaqin muloqot o'rnatishdir.
Xorijliklar bilan suhbat sizni til o'rganishga yanada kuchliroq
undaydi. Chet tilini puxta o'rganishdagi keyingi muhim omil
bu — o'quvchining o'z oldiga aniq bir maqsadni qo'ya olishidir.
Bu ikki omil chet tilini o'rganishni yanada osonlashtiradi.
Odatda, yangi tilni o'rganayotgan inson uchun chet tilidagi
so'zlar dastlab notanish ohangda jaranglaydi va o'quvchi uchun
umuman tushunarsiz bo'ladi. Bu xuddi o'zga sayyoralikning
oldingizga kelib gapirishi, siz esa uni tushunmaganingizga
o'xshaydi. Biz quyida tasvirlaydigan usul esa, so'zlarni qisqa
muddatda unumli yodlashga yordam beradi. To'xtang, bizni
aslo noto'g'ri tushunmang! So'zlarni unumli yodlash deganda
biz Garri Potterning sehrli tayoqchasi haqida gapirmayapmiz
yoki "Sariq devni minib" asari qahramoni Hoshimjon singari
hammasiga mehnatsiz erishasiz degani emas. Aksincha, bu usul
sizning takrorlashingiz miqdorini kamaytirib, yodlash
jarayonini faol bo'lishiga hamda yangi yodlangan so'zlarni
gaplarda ko'proq ishlatishga yordam beradi. Agar bu usulni
tushunib, yangi so'zlarni yodlasangiz, tilni yaxshi
tushunishingizga ko'mak beradi.
Buning qisqacha mazmuni shundan iboratki, yangi so'zning
talaffuziga e'tibor berib uni o'zingiz biladigan so'z bilan
bog'lagan holda eslab qolasiz.

22
Yangi tilni o‘tganish — so‘z boyligini oshirish demakdir
KALIT SO'Z USULI YOKI FONETIKAGA E'TIBOR

Bu o'rinda asosiy texnika "kalit so'z" texnikasi bo'lib, buni


talaffuz uslubi deb ham atashadi. Aytaylik, qaysidir so'zni
o'yladingiz, misol uchun, "a dish" (ingliz tilida "idish"
degani) endi siz uning qanday talaffuz qilinishiga e’tibor
berasiz va uni o'zingizga ma'lum bo'lgan ohangdosh
tushuncha bilan bog'laysiz.So'ng esa shular asosida
g'ayrioddiy tasavvur o'ylab topib, tanish makonga
joylashtirasiz, va paydo bo'lgan yangi tushunchaga doir gap
tuzib qo'yasiz. Yangi so'z bilan hamohang gap tuzish bu
yerda alohida qo'shimcha bo'lib, bunday gap tuzilganda,
yangi so'zning xotirangizda saqlanishi va undan faol
suhbatda foydalanish darajasi ortadi.

So‘zni mukammal eslab qolish

Yangi so‘z Ma’nosi Kalit so‘z Antiqa tasavvurni Ohangdosh gap


makonda joylash o‘ylab topish

5-rasm
Nazariyadan aniq misollarni tushuntirishga o'tsak.
Inglizcha yangi so‘z uchun a dish so'zini oladigan bo'lsak,
so'zning eshitilishiga e'tibor bering: a dish, a diiish /e-dish/
… Bu sizga ma'lum bo'lgan qaysi so'zga ohangdosh?
Kimgadir u tish so'zi bilan o'xshash ko'rinishi mumkin.
Bizningcha, idish so'zini a dish so'ziga ohangdosh va kalit
so‘z sifatida olsak, yaxshi bo‘ladi. Qolaversa, a dish so'zining
ma'nosi aynan "idish"dir. Keyingi bosqich bu idish so'zi
hamda a dish so'zlarini antiqa tasavvur orqali bog'lashdir.
Tasavvur qilingki, idishni bir do'stingizga
berayotganingizda, do'stingiz sizga "Idish so'zining
inglizchasi a dish bo'ladi" deb aytdi. "A dishning o'zbekchasi
idish bo'ladi"deb gap tuzib olamiz. E'tibor bering, yangi so'z
va kalit so'zlar ishtirok etgan ohangdosh gap yodlashni

23
So‘z yodlash sirlari
tezlashtiradi. Qanchalik kulgili va g'ayriodatiy holatlarni
tasavvuringizda jonlantirsangiz, yangi so'z miyangizda
shunchalik ko'p esda qoladi. Bu orqali yangi so'zni hech
qanday qat'iy takrorlashlarsiz eslab qolishingiz mumkin. Bu
so'zni mustahkam eslab qolish uchun uni oz-oz takrorlab,
so'zlashuv nutqida ishlatish ham juda foydali bo'ladi.
Hozir esa bu metodikani yanada yaxshi tushunishingiz uchun
9 ta misolni 9 ta makonda keltirib, bu so'zlarni hozirning o'zida
sizning miyangizga joylasak. Quyidagi so'zlarda dastlab yangi
so'z berilib, keyin uning ma'nosi, so'ng o'sha so'zga kalit so'z,
antiqa tasavvur hamda ohangdosh gaplar keltirilgan.
Biz nazarda tutgan 9 ta so'zni yodlashdan oldin, biror
kengroq makon tanlab oling yoki avvalgi bobda tuzib chiqqan
tanish makondan foydalaning. Masalan, katta bozor, mahalla
guzari, maydon yoki shunchaki dars qilib o'tirgan xonangizni
tanlash mumkin. Demak, so'zlarni yodlashni boshladik!
Bizarre /biza:/- g'alati. Bu so'zni o'zbek tilidagi bozor
so'ziga bog'laymiz. Shundan tasavvur qilamizki, chetellik
mehmon uchun bizning bozor g'alatidek tuyuldida, u "bizarre
bu - bozor" deb, bozordan narsalar xarid qilaveradi.
Push /push/
- itarmoq. Bu
(6-rasm) so'z uchun o'z-
bekcha "Po'sh-
po'sh!"ni tanlay-
miz. Yana bo-
zorni eslaymiz-
da u yerda ara-
vakash "po'sh-
po'sh" deb ara-
vani itarib keta-
yotganini tasav-
vur qilamiz.
(6-rasm).

24
Yangi tilni o‘tganish — so‘z boyligini oshirish demakdir
Grin/grin/- kulmoq. Bu so'zni ingliz tilida hammaga
tanish bo'lgan Green "yashil" so'ziga assotsiatsiya qilamiz.
Ko'p kulgan odam ko'karib yoki qizarib emas, balki yashil
rangga kirib ketadi. Ohangdosh gap: Odam Grindan Green
rangiga kirib ketdi.
Rigorous/rigori:s/ - qattiqqo'l. Bu so'zga esa Tiger-
yo'lbars so'zini bog'laymiz. Rigorous tiger tashqariga
chiqishingizga to'sqinlik qiladi.
Fiasco /fiaskou/ (italyan tilidan ingliz tiliga kirib kelgan) -
muvaffaqiyatsizlik. Fiaskoga maska ohangdosh bo'ladi.
Ballga borganingizda boshqalarni hayron qoldirish uchun
maska (niqob) taqib borasiz-u, ammo sizga maska hech
qanday yordam bermay, butunlay fiaskoga uchraysiz.
Ohangdosh gap: Maska - fiaskoga sababchi.
Eminent/eminent/ - mashhur. Bu so'zga esa o'zingiz bilgan
qofiyadoshini topish muammo bo'lmasa kerak - qo'shiqchi
Eminem. Tasavvur qilamizki, Mashhur rep qo'shiqchisi
Eminem kuylayotganda, qo'qqisdan chiroq o'chib qolib,
fonogrammada kuylayotgani ma'lum bo'lib qoladi. Bir gap
bilan aytganda, Eminent Eminem couldn't sing very well.
Pull /pul/- tort-
moq. Yuqoridagi
push so'zining anto-
nimi. Bu so'zga o'zbek
tilidan qofiyadosh
so'z topish ham mush-
kul ish emas. Keling,
o'zbekcha pul so'zini
tanlaylik. Endi pulni
biz pull qilayotga-
nimizni, ya'ni torta-
(7-rasm)
yotganimizni tasav-
vur qilamiz. Bozordagi savdogarlar xaridorlardan pulni pull
qilmoqda. They are pulling the "pul-so'm" from the people.

25
So‘z yodlash sirlari
Pool /pu:l/- basseyn, havza. Bunda ham kalit so'z qilib
pulni - o'zbek so'miniolamiz va tasavvurimizda basseyn ya'ni
pool to'la pul ekanligidan hayron qolamiz. There is much
money or "pul" in the pool.
Nearly /nieli/ - deyarli degan so'zning shunchaki o'zbek
tilidagi tarjimasidan ham ma'nosini va qofiyadoshini
topishingiz mumkin. Nearly bu - deyarli.
Ana endi yuqorida tushuntirilgan texnikalarni quyida 3 xil
holat bo'yicha ko'rib chiqamiz!
1. O'zbek tiliga moslashtirish.
2. Yodlash qiyin bo'lgan so'zlarga nisbatan qo'llash.
3. Umuman aloqadorlik bo'lmagan hollarda ham
eslab qolish.

O'ZBEK TILIGA MOSLASHTIRISH USULI

Ingliz tilida so'z yodlayotgan o'quvchi yana bir qiziq holatga


duch kelishi mumkin. U ham bo'lsa, ba'zi inglizcha so'zlarning
o'zbekcha so'zlar bilan nafaqat ohangdosh, balki ma'nodosh
ekanligi hamdir. Albatta, bunga o'xshagan so'zlar sanoqli,
lekin harakat va izlanishlar orqali bunday so'zlarni ko'plab
topishingiz va so'z boyligingizni yanada boyitishingiz
mumkin.
Quyida shunday so'zlardan misollar keltiramiz:
Inglizcha - O'zbekcha
a dish - idish
to chop - chopmoq
the wall - devor
daddy - dada
a voice - ovoz
asphalt - asfalt
galosh - kalish
pistachio - pista

26
Yangi tilni o‘tganish — so‘z boyligini oshirish demakdir

candy - qand
candle - qandil/shag'am
drill - drel asbobi

Bu usulda asosiysi - so'zlarni mantiqiy bog'lashga


urinishdir. So'zni yodlash paytida "nima uchun?" va "qanday
qilib?" degan savollarni o'zingizga berib ko'ring. Har bir
so'zning o'ziga xos jihati bo'lib, ularni shaxslarga o'xshatish
mumkin. Qancha ko'p so'z yodlasangiz, shuncha ko'p tanish
orttirasiz. Yanada ko'p mashq qilishingiz uchun ingliz tilidagi
so'zlarning o'zbek tiliga qofiyadoshlari bilan ko'proq misollar
bilan keltirganmiz (1- ilova, 13-mashq). Ularni ko'rib chiqib
o'zingiz ham bu ro'yxatni yanada boyitishingiz mumkin.
Xo'sh, so'zlarni osonlik bilan yodlash qo'lingizdan
kelarmikan? Misollarni taqdim qilishdan maqsad - turli
murakkablikdagi so'zlarni mnemonik usul orqali osonlik bilan
yodlab qolish mumkinligini ko'rsatib berishdir.
2. Yanada murakkabroq so'zlarni yodda saqlash.
Xotiramizning yana bir ajoyib usuli bu uzun yoki ko'p
bo'g'inli bo'lgan so'zlarni mayda-mayda bo'laklarga ajratib,
har biri alohida yodlansa, yaxshiroq saqlanib qoladi. Aynan
shuni biz yodlash murakkab bo'lgan so'zlarga tatbiq qilamiz.
Unda ko'p bo'g'indan tashkil topgan so'zlarni bir qancha
bo'g'inlarga bo'lib, har biri bo'yicha assotsatsiyalarni
yaratamiz.
Yodlash jarayonida so'zlarni 3 ta guruhga ajratish maqsadga
muvofiq, negaki har bitta so'zni yodlashda bir xil usulni
qo'llash to'g'ri emas: Nisbatan tanish so'zlar - bularga odatda,
ongingizda bog'liqlikni tez hosil qiluvchi so'zlarni kiritish
mumkin. Masalan, push va pull. Nisbatan notanish va
umuman notanish so'zlar deganda birinchi o'qishdanoq
ongimizda o'xshash tushuncha hosil qilmaydigan so'zlar
tushuniladi.
Odatda, nisbatan tanish va nisbatan notanish bo'lgan so'zlar
ongingizda o'xshash tushuncha hosil qila oladi. Umuman,

27
So‘z yodlash sirlari
notanish va murakkab bo'lgan so'zlarning o'qilishini qayta
takrorlab va ikki-uch guruhga bo'lib yodlash ijobiy natija
beradi. Bunday so'z bilan bir marta gap tuzilgandan keyin
qolganlari bilan ham gap tuzib chiqish mumkin bo'ladi.
c vc
Masalan, ingliz tilidagi comfortable [k mf t bl] so'zini olaylik.
Uni osonroq eslab qolish uchun ingliz tilidan bizga ma'lum
bo'lgan uchta ma'noli bo'lakka ajratamiz: 1) come [k?m] -
c
kelmoq; 2) for [f :] - uchun; 3) table [teibl] - stol. Endi, garchi
ingliz tili nuqtai nazaridan juda to'g'ri bo'lmasa ham, so'zni
yodlash uchun shu uchala tarkibiy qismdan gap tuzamiz:
Come for table, it is very comfortable - stolni (olish) uchun
kel, u juda qulay. Natijada, bunday gap tuzilgandan keyin,
comfortable so'zi xotirada juda oson saqlanib qoladi.
Yana bir murakkab so'z bu - martyrdom (mertirdom) -
qiyinchilik, azob chekishdegan ma'nolarga ega. Uni 3 ga
bo'lamiz: mar- tir - dom, mar bu yerda mer (shahar meri), tir
bu miltiq/qurol, dom esa uy degani va bularni bir tasavvurda
birlashtirib, Mer o'z uyida tirni rosa qidirib juda qiyinchilikka
duchor bo'ladi.
2-mashq.
Sizning yanada yaxshi tasavvur qilish qobilyatingizni
rivojlatnrish maqsadida TARVUZ va PIANINO
so'zlarini o'zingizga ma'lum bo'lgan makonda quyidagi
texnikalar yordamida bir-biriga bog'lashga urining.
Bunda quyidagi noodatiy tasavvur qilish qoidalarini
qo'llashingiz mumkin.
1. Tarvuz va pianinoning hajmini oshirib yuborish;
2. Ularning sonini ko'paytirib yuborish;
3. Ikki jismni bir-biri bilan to'qnashtirish yoki
portlatib yuborish;
4. Ularning xususiyatlarini o'ta bo'rttirish;
5. Tarvuz va pianino yordamida biror hissiyotni
ifodalash;
6. Ularga nisbatan rang-baranglikni qo'llash;

28
Yangi tilni o‘tganish — so‘z boyligini oshirish demakdir

3-mashq.
Mayday, sittervaammunition so'zlari uchun o'zingiz
biladigan so'zlardan aloqadorlarini toping. Aloqador
so'zni topishda esa quyidagi usullardan birini
ishlatibko'ring.
1. Har bir so'zning talaffuzini biroz o'zgartirib
ko'ring.
2. Bir undosh yoki unli tovushni boshqa tovush bilan
almashtiring.
3. So'zdan oldin va keyin boshqa so'z va
qo'shimchalarni qo'shing.

3. Umuman so'zni yodlashga assotsatsiya kelmasachi?


Agarda yuqoridagi usulni qo'llab hech qanday
aloqadorlik hosil qila olmasangiz, ingliz tilini mukammal
biladigan insondan yordam so'rab, topishga qiynalayotgan
aloqador so'zlarni hosil qilishingiz mumkin.
Aytaylik, ingliz tilida murakkab va yodlash qiyin bo'lgan
yangi so'zlarga duch keldingiz, masalan: to leave [li:v] -
ketmoq. Agar siz shu so'zga aloqador hech qanday so'z topa
olmasangiz, so'zni assotsiatsiyalar beradigan qismlarga
bo'lib chiqing. Bu so'zni esa ikkiga bo'lamiz (LI-V): Li - bu Jet
Li - mashhur aktyor, V esa V harfi. Siz endi Jet Lining qo'lida
V harfini ushlab ketib qolayotganini tasavvur qiling.
Agar shunda ham aloqador so'z topa olmasangiz,
qo'shimcha yordamchi usullardan foydalanib, xohlasangiz
ichingizda so'zni bir necha bor takrorlab ko'ring. Ko'zni yumib
yangi so'zni olov bilan harfma-harf yozib chiqing. Yoki ichki
ovozingiz bilan baqiring va so'zni takrorlang - bu ham yaxshi
natija beradigan usul hisoblanadi.

29
So‘z yodlash sirlari

So'zni ovoz chiqarib takrorlashga urining. Bu orqali


eshitish xotirangizni faollashtirasiz. So'zga e'tibor berib,
miyangizga qanday tasvir kelgan bo'lsa o'sha tasvirni so'z
bilan eslashga urining. Nevrologlarning ta'kidlashicha, agar
yangi so'zning tasvirini nimani eslatishi bilan eslab qolsangiz,
u kuchliroq va tezroq xotirada qoladi. Misol uchun,
GARGANTUAN - juda katta degani bo'lib, gigant, ulkan
so'zlariga ham sinonimdir. Bu so'zga Godzilla, Gerakl yoki
bahaybat va juda katta Gorilla maymunini tasavvur qilishimiz
kerak. Paydo bo'lgan tasvirni iloji boricha kuchli hissiyotlar
bilan boyitishimiz lozim. GARGANTUAN Godzilla sizga
hujum qiladi va qo'rqib ketasiz.

4-Mashq
Insonning ma'lum mavzu bo'yicha salohiyatini bilish
uchuno'sha mavzuga oid so'z bo'yicha ko'pi bilan nechta
assotsiatsiya keltira olishini aniqlash kifoya bo'ladi.
Shuning uchun siz hozir Mukammal Xotira so'ziga bir
daqiqa davomida nechta assotsiatsiya so'zni keltira
olishingizni hisoblang. Assotsiatsiyada miyangizga
kelgan har qanday so'zlarni yozib qolishga harakat qiling.
Natijangizni esa do'stingizning natijasi bilan
solishtirsangiz, mavzu yuzasidan kim ko'proq bilimga
ega ekanligi ayon bo'ladi.
Iloji boricha tasavvur qilish qobilyatingizni va
assotsiatsiya qobilyatlaringizni rivojlantirishga
qaratilgan mashqlar bilan ko'proq ishlang.

Quyida esa kitobimizda ta'riflangan usullarni o'zida tatbiq


qilgan o'quvchining fikrlarini keltiramiz. Agar texnika to'g'ri
qo'llanilsa, u albatta yordam beradi.

30
Yangi tilni o‘tganish — so‘z boyligini oshirish demakdir

Kitobda berilgan usullardan menga eng ko'p foyda


bergani bu tasavvur qilish usulidir. Ba'zi oson so'zlar ham
esimdan chiqib ketaveradi.

"Misol uchun, to confuse so'zi. Bu so'z nima uchundir,


doim esimdan chiqib qolar edi. Men bu so'zni yodlashda
conf use - ch alkashti rmoq, ar alashtir moq so'zlarini
tasavvur qilishga urindim. Xayolimga uyimning ostonasi
keldi va u yerda chalkashib ketgan oyoq kiyimlari turar edi.
Nat ijada, bu so'zni es hitis him yoki o'qis him bilan oq,
c h al k as h i b ke t g a n o y oq ki y i m l ar i k o' z o l d i m g a ke l a
b os h l ad i . B u u s u l d a n f o y d a l a n i b v a q t g a q ar ab s o' z
yodladim. 1 soatda 70 ta so'zni yodlay oldim."

Sharipova Nodira, talaba.

31
So‘z yodlash sirlari

5-bob.
LUG'AT DAFTARI TUTISH SAN'ATI
"Learning another language is not only learning
different words for the same things, but learning
another way to think about things."
— Flora Lewis
"Boshqa tilni o'rganish faqatgina boshqa so'zlarni
o'rganish emas, balki narsalar haqida boshqacha
fikrlashni o'rganish hamdir."
— Flora Lyuis
Har bir inson hayotida eng muhim lahzalar, insonlar,
hodisalarni imkon boricha saqlab qolishga urinadi. Ular haqidagi
ma'lumotlarni kundaligiga yozadi, ijtimoiy tarmoqlarda e'lon
qiladi, fotoapparat yordamida rasmga oladi. Bu urinishlarning
hammasi nimaga qaratilgan? Albatta, ular hayotdagi eng muhim
ma'lumotlarni uzoq vaqt, balki, butun umr saqlab qolishga
intilishidir. Axir, har biringizning xotirangiz parchalari
saqlanuvchi daftarlar, suratlar, video tasvirlar bor-ku, shunday
emasmi?
Endi, yangi so'zlar yodlash masalasiga kelsak, ular ham
o'quvchi uchun juda muhim. Chunki, aynan ular tufayli o'quvchi
bilim oladi, shu bilgan so'zlari va olgan bilimlari tufayli oddiy
o'quvchidan o'qituvchiga, kuchli mutaxassisga va yana buyuk
olimga aylanadi. Demak, har bir o'rganayotgan yangi so'zimiz
qunt bilan o'rganilish va xotiramizga muhrlanishga munosib
ekan.
Lug'at tutishning ahamiyati shundaki, siz yangi so'zlarni bir
joyga to'plab borasiz va ularni takrorlash kerak bo'lganda
so'zlarni qayerdan topish kerakligini bilasiz. Ba'zilar ingliz tili
o'rganayotganda, lug'at daftari tutish shart emas deb o'ylaydi,
ammo ular qattiq adashadi. Chunki kichkina bo'lsa ham lug'at
daftari o'rganilgan barcha yangi so'zlarni bir joyga jamlab,
takrorlash va keyinchalik ularni yanada mustahkamlash uchun
juda qo'l keladi. Shunday ekan, lug'at daftarini tutish va uni to'g'ri
yuritib borish ingliz tilini o'rganishdagi asosiy omillardan biri
32
Lug‘at daftari tutish sana’ti
bo'lib qoladi.
Ma'lumki, yaxshi mutaxassis yoki ingliz tilining bilimdoni
bo'lib yetishishingiz uchun siz minglab so'zlar yodlashingiz
kerak. Bu haqda yuqorida so'z yuritdik. Keyingi masala, shu
maqsadga aynan qanday qilib yetishish mumkin? Sizga yangi
so'zlarni ko'plab va samarali yodlay olishingiz uchun asosiy
yordamchi bu - lug'at dafatingizdir.
Lug'at daftari - har bir inson tutishi lozim bo'lgan
yordamchidir. Ko'pchilikning lug'at daftari zerikarli, bee'tibor,
pala-partish bo'ladi. O'quvchilar bunday tartibsizlik yangi
so'zlarni eslab qolishga salbiy ta'sir ko'rsatishi haqida o'ylab
ham ko'rmaydilar. Quyida biz ideal lug'at daftari qanday
ko'rinishda bo'lishi mumkinligi haqida so'z yuritamiz:
1) Lug'at daftaringizda turli xil rangdagi ruchkalardan
foydalaning. Lug'at tutishdagi eng katta xato -bir xil rangli
ruchka ishlatishdir. Tasavvur qiling, lug'atdagi hamma so'zlar
ko'k rangda yozilgan, ularni bir-biridan ajratib bo'lmaydi,
manzara naqadar zerikarli! Aynan shundan keyin bola
o'qishdan zerikadi-da! O'quvchining ijodkorlik, kreativlik
xususiyati pasayib ketadi. Nega aynan ko'k ruchka? Bu
savolga javob o'qitish metodikasiga singib ketgan odatga borib
taqaladi. Unda bilamizki, o'qituvchi - asosiy bilim beruvchi,
o'quvchi tinglovchi-o'rganuvchi - o'rganish esa bir tomonlama
bo'lgan. O'qituvchi daftarlarni tekshirganda,o'ziga oson
bo'lishi uchun qizil ruchkadan foydalangan. Demak, o'z-
o'zidan qizil - o'qituvchining ruchkasi, ko'k - o'quvchining
ruchkasi bo'lib qolgan. Bu narsa bizning miyamizga o'rnashib
qolgan. Oqibatda, haligi o'qituvchilar o'quvchilarga qizil
ruchkalardan foydalanishni ta'qiqlab, bolaning asl qobiliyatini
beixtiyor so'ndiradi. Endi tanganing boshqa tarafiga qarasak,
tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, bir xillik - monotonlik va
monoranglik miyamiz uchun judayam zerikarli ekan. Shu
asnoda, miyamiz zerikkan narsaga e'tibor qaratmaydi. Rang-
baranglik miyamizda uxlayotgan ajdarhoni uyg'otib yuboradi
va esda qolish jarayonini yanada oshiradi.
33
So‘z yodlash sirlari
2) So'zlar oldiga rasmlar chizish. Tadqiqotlar shuni
ko'rsatadiki, agar so'zlarning oldiga rasm qo'yib yodlasangiz,
eslab qolish ehtimoli oshar ekan. Ayniqsa, lug'at
daftaringizdagi qiyin va yaqqol tasavvurga moyil yangi
yodlanadigan so'zlarga rasm chizish kerak. Eng muhimi,
chiroyli chizish emas, balki, yangi so'zga moslab chizish kerak.
Bundan uyalmaslik ham kerak. Axir, qachongacha uyalib,
foydali ishlardan o'zingizni tiyib yurasiz?! Undan tashqari
rasm sizning fotografik xotirangizni biroz bo'lsa ham
jonlantiradi.
3) Qo'shimcha aloqador so'zlarni yangi so'zga qo'shib
boring. Lug'atda faqat so'zlar va ularning tarjimasinini emas,
balki ular bilan birgalikda sinonim va antonimlarini ham
yozib borish juda muhim hisoblanadi. Lug'atdagi so'zlar
o'rtasida qanchalik ko'p aloqadorlik bo'lsa, shunchalik yaxshi
esda qoladi.
Doimo inglizcha-o'zbekcha, inglizcha-inglizcha hamda
o'zbekcha-inglizcha lug'atlarga ega bo'ling. Thesaurus deb
nomlangan sinonim va antonimlar lug'ati - ish qurollaringiz
bo'lsin. Lug'at kitoblaridan ko'ra hozirda elektron lug'atlarni
ishlatish urf bo'lmoqda. Sababi ular ancha qulay hamda
foydalanish nisbatan kamroq vaqt talab qiladi.
4) Ijodiy qobilyatingizni ishga soling. Turli xil naqshlardan
foydalaning va daftarignizni bezang. Keyinchalik,unga
qaraganingizda havas bilan qaraydigan bo'ling. Shu bilan
birga, lug'at yodlanganda,o'zingiz uchun qonun-qoidalar
yaratish va shu qonun-qoidalar bo'yicha lug'at daftarini
yodlashingiz yaxshi natijalar beradi. Shunday
qonuniyatlardan biri bu so'zlarni guruhlarga ajratish va ularni
turli xil ruchkalar bilan yozib borishdir. Qora ruchka bilan
fe'llarni, ko'k ruchka bilan otlarni, va qizil ruchka bilan
sifatlarni yozish mumkin. Albatta, qaysi guruhdagi so'zlarni
qaysi rang bilan yozish sizning mustaqil tanlovingizdir.
Yoki lug'at daftari yozishga erkinlik berib, o'z ustingizga
ishlashga harakat qiling, yangi so'z haqidagi ilk
34
Lug‘at daftari tutish sana’ti
taasurotlaringiz va so'z bo'yicha shaxsiy fikrlaringizni
yozing. Inson odatda bir mavzu yuzasidan o'z shaxsiy
fikrini yaxshi eslab qoladi.
Yana bir muhim masala bu - biror so'zni allaqachon lug'at
daftariga yozilgani va uning yodlanganini unutib qo'yishdir.
Ba'zida lug'atda bor so'zni yana ikkinchi yoki uchunchi marta
qayta yozish mumkin. Bunga sabab, o'sha so'zning yaxshi
yodlanmaganligi va uning unutilganligidir. Shunday holatni
sezgan o'quvchi tezkorlik bilan ish ko'rishi darkor. Masalan,
ikkinchi marta yozgan so'ziga 2X belgisini qo'yishi tavsiya
etiladi. Keyinchalik bu so'zni ko'rganida yaxshiroq yodlashga
urinadi. 3X yoki 4X belgisiga ega bo'lgan so'zlarni esa astoydil
qaytadan ko'rib chiqish darkor bo'ladi.
Tajribamizda bir til o'rganuvchi shuni alohida ta'kidladiki,
o'zini tekshirish uchun u doim so'zni yopib qo'yib, so'z haqida
yozgan eslatmalarini o'qish, uning tarjimasini aytishga harakat
qilar ekan. Agar so'zni bilsayu lekin tarjimasini chiqara olmasa,
so'zning oldiga qizil nuqta qo'yar ekan. Agar qaysidir so'z
oldida uchta qizil nuqta qo'yilgan bo'lsa, demak u so'zga
ko'proq e'tibor berilishi kerak. Agar yozgan so'zini eslashga
qiynalsa, uni siyohrang yozuv bilan ajratib qo'yar ekan va bu
bilan shu so'z haqida yanada ko'proq axborot qabul qilish
kerakligini anglab olar ekan. Garchi,xuddi siz kabi
o'quvchining tajribasi haqida so'z borayotgan bo'lsada, undan
lug'at daftarini yuritishda ko'p o'rnak olish mumkin, deb
o'ylaymiz.
Umuman, ijodiy qobilyatingizni ishga solish degani,
noodatiy uslublardan foydalanib, har bir yozadigan
so'zingizni o'ziga xos tarzda qayd etish deganidir. Buning
natijasida o'ziga xos so'zlar o'ziga mos usulda yodlanadi.
5) So'zlarni oldiga gaplar tuzib ham keting. Gaplar tuzib
ketish so'zni faol ravishda yodlashga olib keladi va uni
keyinchalik boshqa gaplarda ishlatilishiga olib keladi.Agar
sizga qiyin bo'lmasa, yana bir qo'shimcha: o'zingiz yodlab va
kundaligingizga kiritib borayotgan yangi so'zlar joylashgan
35
So‘z yodlash sirlari
gaplar, matn, she'r va boshqalardan parchalarni ham yozib
borsangiz, natija yana ham yaxshi bo'ladi.

5-mashq. O'zingizning eng yaxshi ko'rgan


so'zlaringizdan yangi so'zlarni o'rganishda foydalaning.
O'zingiz eng yaxshi ko'rgan 10 ta va 100 ta so'zlarning
ro'yxatini tuzing. Avvalo, ularning ma'nolarini aniqlash
uchun lug'atdan foydalaning. Ikkinchi navbatda eng
yaxshi ko'rgan so'zlaringizning sinonimlarini topib
yozing. Bu jarayonda siz juda ko'p yangi so'zlarga duch
kelasiz va ularning ko'pchiligi sizning sevimli
so'zlaringizga aylanadi.

6) So'z bo'yicha qancha ko'p ma'lumot olib kirsangiz uni


eslab qolish ham osonlashadi. Lug'atda yozgan so'zingiz
bo'yicha keyinchalik yangi ma'lumot topsangiz, darhol uni
tegishli joyga yozib qo'ying. Bu takrorlash ham miyamizdagi
neyronlarning qayta qalinlashib, ma'lumotning yaxshi esda
qolishiga sabab bo'ladi. Undan tashqari siz bir so'z haqida
qanchalik ko'p ma'lumotga ega bo'lsangiz, u qayta eslab qolish
shunchalik yaxshi bo'laveradi. Kelajakda nutqingiz va
yozuvlaringizda ham uni ishlatish imkoniyatingiz kengayadi.
Yangi so'zning oldiga uni qachon va qanday yodlaganingiz
yoki eslashga yordam beradigan har qanday ma'lumotni yozib
borish uni tez qayta eslashga yordam beradi.
Kelinglar shu yerda ozgina nafasni rostlab olaylikda, lug'at
daftaridan namunaga bir nazar solaylik. Bu namunada siz
so'z yodlash borasidagi urinish va o'quvchining ijodiy
qobiliyatini ro'yobga chiqarishning uyg'unlashganini
ko'rishingiz mumkin. (8-rasm. 66-betdagi rasmga qarang!)
Rasmda ko'rsatilgan lug'at daftaridan shuni anglash
mumkinki, biz tavsiya qilgan usullarning hammasini
birdaniga har bir so'z uchun tatbiq qilish yaramaydi. Masalan,

36
Lug‘at daftari tutish sana’ti
ba'zi so'zlarni rasmda ifodalash oddiy o'quvchi uchun biroz
mushkul bo'lishi mumkin. Biz lug'at daftari tutishni sizga
o'rgatar ekanmiz, har bir qoidani qo'llash eng oson va samarali
bo'lgan so'zga nisbatan ishlatishni aytib o'tmoqchimiz.
Hamma so'zga rasm chizish yoki sinonimlarini yozish kerak
degan qat'iy qonundan yiroqmiz. Aksincha, moslashuvchan
bo'lish lozim. Chunki, qaysidir o'rinda rasmni chizish, qaysidir
o'rinda sinonimlarni yozish, va yana qaysidir o'rinda gap tuzib
ketish - ijodiy qobilyatingiz hamda so'zni murakkabligiga
bog'liq omillardir. Eng muhimi o'z aqliy imkoniyatlaringizni
to'g'ri tomonga yo'naltira olishingizdadir!
Bu qoidalardan tashqari lug'at daftarni tutganda quyidagi
holatlarga ham e'tibor berish lozim:
Katta hajmli lug'at daftarini tutish muhim hisoblanadi,
negaki payti kelganida eski so'zlarni qayta takrorlashga
majbur bo'lib qolish mumkin. Eng katta xatolardan biri bu
o'quvchining har yili yangidan lug'at daftari tutishidir. Har
yili yangi lug'at daftari ishlatish bu xuddi har safar kompyuter
xotirasida mavjud axborotni o'chirib, uning o'rniga yangi
ma'lumotni yozishdek gap. Shuningdek, yagona lug'at
tutishning boshqa bir sababi ham bor, yagona lug'at
tutganingizda, qaysi so'z qayerda borligini bilasiz va shu so'zni
qayerdaligini bilishingiz ham eslab qolishga yordam
beradi.Yakka lug'at daftari fotografik xotirani rivojlantiradi.
Ba'zi insonlar lug'at daftarini mavzular bo'yicha
yodlashni foydali deb biladi. Agarda siz ham shunday fikrda
bo'lsangiz, bemalol buni amalga oshiring. Bir qoida hammaga
barobar emasligini hamma biladi, shuning uchun lug'atni
hamma o'z ehtiyojlariga moslab ishlatishga harakat qiladi.
Lug'atingizning bir varag'i kasblar bilan bog'liq, yana biri
frazeologik fe'llar bilan to'la bo'lishi mumkin. Yana, lug'at
daftarining oxiriga o'zingizga yoqqan va yaxshi taassurot
qoldirgan so'zlarni yozib turishingiz mumkin.

37
So‘z yodlash sirlari

So'zga aloqador grammatik holatlarni yozib boring. Har


kuni bir nechta yangi so'z yodlaysiz. Kezi kelganda noodatiy
qoidani uchratib qolsangiz, yangi so'zning oldiga yozib qo'yish
ham grammatik qoidani va yangi so'zni mustahkam eslashga
olib keladi. Bunga ko'p vaqt sarflaysiz. Albatta, bu
mehnatlaringiz natijasiz qolmasligi kerak. Aksincha, siz
o'zingiz o'rganayotgan yangi so'zlarni kerak bo'lsa, umrbod
saqlab qolishingiz lozim.

5-mashq.
Ana endi ushbu bobda berilgan tavsiyalar yordamida,
o'zingizning lug'at daftaringizni yana bir pog'ona
balandroqqa ko'taring. Bobda aytilgan tavsiyalarni
birma-bir tatbiq qiling va o'zingizning lug'at tutish
san'atingizni rivojlantiring. Bilib qo'yingki, hech qachon
ijodiy qobilyatingizni cheklamasdan, uni erkin qilib,
lug'at daftaringizni o'zingiz uchun yodlashga yanada
osonlashtirib moslashtiring.

UCH XIL LUG'AT TARKIBI


Ko'pchiligimiz bittadan ko'proq lug'at tarkibidan
foydalanamiz. Aslida, hammaning kamida 3 xil lug'at tarkibi
mavjud. Birinchi lug'at tarkibidan suhbatda foydalanamiz va
bu lug'at taxminan 1000 ta so'z atrofida bo'ladi. (Ingliz tilida
milliondan ortiq so'z mavjudligi haqida taxminlar bor).
Ikkinchi lug'at tarkibini biz yozma nutqda ishlatamiz.
Undagi so'zlar so'zlashuvdagi lug'at tarkibidan kengroqdir
chunki jumlaning tuzilishi va mazmunini shakllantirish
uchun ko'proq vaqt sarflanadi va yozayotgan shaxs kamroq
bosim his qiladi.
Eng katta lug'at tarkibi bu bizning ma'lumotni tushunish,
anglashda ishlatiladigan lug'at tarkibidir. Biz ko'p so'zlarni

38
Lug‘at daftari tutish sana’ti
suhbatda eshitganimizda yoki o'qiganda tushunamiz, biroq
o'zimiz ularni o'qimaymiz. Aslida so'zlashuvda va yozma nutqda
ishlatiladigan lug'at tarkibimiz ma'lumotni tushunishda
ishlatiladigan lug'at tarkibimizday boy bo'lganida yaxshi bo'lardi,
biroq har doim ham bunday bo'lavermaydi. Shunga qaramasdan
uchala lug'at tarkibini ham keskin kengaytirish imkoniyati mavjud.
Ko'proq kitob o'qing, yoki o'zingizga eng qiziqarli mavzu
yuzasidan gazeta va jurnallar o'qish, yodlagan so'zlaringizni
ishlatishning asosiy qismi bo'ladi.
Bu kitobda, umumiy aytganda, o‘quvchiga ikki xil lug'at
yodlash tamoyilini singdirishga harakat qilamiz. Bular: qabul
qiluvchi va qayta ishlab chiqaruvchi tamoyillardir. Bularning
bir biridan asosiy farqi shundaki, qabul qilish bu axborotni
miyamizda saqlashdan iborat, uni yo o'qiymiz yo ko'chiramiz,
yoki eshitamiz. Qayta ishlab chiqarish esa o'zimizda mavjud
ma'lumotdan foydalanib yangi gap tuzib gapirish yoki yozish,
yangi nutq materialini hosil qilishdan iborat. Odatda bu ikki
tizim ikki xil ishlaydi, qabul qilish boshqa bir dunyo, qabul
bo'lgan axborotni chiqarish ham boshqa bir dunyo.Lekin bu
ikkalasi bir-biriga bog'liq va ularni o'rganib, rivojlantirsangiz
bo'ladi. Ko'pchilikning muammosi, quruq qabul qilish, ya'ni
faqat takrorlash bilan ko'p vaqti sarflaydi.Vaholanki, ikki
tizimdan o'tgan so'zlargina bizning uzoq muddatli xotiramizda
saqlanadi. Shuning uchun qabul qilishdan tashqari qayta ishlab
chiqarish bilan ham mashg'ul bo'ling. Bunda asosan,
takrorlanayotgan lug'at so'zlariga oldingi takrorlash
bobida ta'kidlaganimizdek, o'zingizning so'zlaringiz bilan
o'qib ko'ring, misollarni o'ylab ko'ring va o'zingizga bog'lashga
urining. MINDMAP - takrorlash uskunasi, test yechish, doim
savollar berish, to be at other's shoes - ya'ni boshqa insonning
tuflisini kiyib ko'ring. Hissiyotni aralashtiring, buni
boshqalarga ham o'rgating.

39
So‘z yodlash sirlari

6-bob.
SO'ZLARNI TAKRORLASH ORQALI XOTIRADA
SAQLASH

"Repetition is the mother of learning."


— Proverb
"Takrorlash o'rganishning onasidir."
— Maqol
Biz insonmiz, aql sohiblarimiz. Aqlimiz tinmay yangi
ma'lumotlarni qabul qilib boradi. Bilimimiz doimiy ortib
boradi. Bu jarayon turli jabhalarda ro'y beraveradi. Lekin,
aynan insonligimiz tufayli unutishimiz ham mumkin. Ya'ni,
bilimlarimizning ortib borishi barobarida, ma'lum muddat
takrorlamagan yoki ishlatilmagan bilim va ko'nikmalarimizni
unutib boramiz. Bunday unutish bizning chet tili bo'yicha
bilimlarimizga ham taalluqlidir. Unutish jarayonining qanday
tezlikda ro'y berishini unutish yoyi yordamida tasvirlash
mumkin. (9-rasmga qarang).
1850-yil, nemis psixologi German Ebbinhaus birinchilardan
bo'lib, inson xotirasini laboratoriya sharoitida tekshirib, unga
unutishning naqadar xos ekanligini ilmiy asoslab berdi.
Ebbinhaus o'z tadqiqotlarini ilmiy jurnalda e'lon qilib,
xotiramizning "Unutish yoyi"ni matematik hisoblab chiqdi.
Ebbinhaus qanchalik ko'p sinov o'tkazmasin, natijalar
doimo deyarli bir xil chiqavergan. O'rganishning birinchi
soatidan so'ng, ma'lumotlarning 50 foizidan ko'pi inson
xotirasidan o'chib ketadi. Birinchi kundan keyin esa yana 10
foiz ma'lumot yo'qotilgan, go'yoki miyamiz o'sha ma'lumotni
keraksiz chiqindi deb bilib, tashlab yuborgandek. Bir oydan
so'ng keyingi 14 foiz ma'lumot yo'q bo'lgan. Shundan so'ng
qolgan xotiradagi ma'lumotlar qaysidir miqdorda barqaror
holatga kela boshlagan - ular uzoq muddatli xotirada
saqlangan va unutish tezligi ham me'yorga tushgan.
Unutish yoyi grafigidagi (9-rasmda) vertikal ustun

40
So‘zlarni takrorlash orqali xotirada saqlash

eslab qolish foizi 9-rasm

Vaqt, muddat
ma'lumotlarning yodlanish darajasini, gorizontal ustun esa
o'tgan vaqtni bildiradi. Olimlarning aniqlashicha, agarda
bir marta o'qigan axborotingizni faqatgina o'qisangiz va u
haqida fikr yuritmasangiz, o'qiganlaringizning 90% ni bir
oy ichida unutib yuborar ekansiz. Rasmga e'tibor bilan
qaralsa, shu narsa aniq bo'ladiki, hatto bir kundan keyin
ham siz ma'lumotlarning deyarli 60 foizini unutib bo'lasiz.
Bu - ilmiy fakt!
Beixtiyor savol tug'iladi. Yodlash yangi so'zlarning qancha
muddat xotirada saqlanishiga kafolat bo'ladi? Tajriba
natijalariga ko'ra, bu muddat - bir hafta.
Qolaversa, xotirangizdagi har qanday ma'lumot sekinlik
bilan unutila boshlaydi. Shuning uchun doimo takrorlab
turish juda ham muhim va ko'p marta takrorlaganingizdan
so'ng yangi so'z sizning bir bo'lagingizga aylanib, ancha
muddatgacha xotirangizdan chiqmaydi. Yana ta'kidlaymiz,
siz takrorlanmagan ma'lumotlarning 90 foizini 30 kun
ichida unutasiz.
Birinchi va ikkinchi takrorlashingiz orasida iloji boricha kam
vaqt o'tishiga erishing. So'zlarni soatlab takrorlash ham juda

41
So‘z yodlash sirlari
foydali emas. Bu sizni zeriktiradi, xolos. Yaxshisi avval 25
daqiqa takrorlash bilan shug'ullaning va 10 daqiqa dam olib
keyin yana 10daqiqa so'zlarni qaytaring.
Bundan tashqari, yuqoridagi grafadan kelib chiqqan holda
shuni aytish mumkinki, bir kunni o'quvchi takrorlash kuni
etib tayinlashi lozim. Tajribadan kelib chiqib shuni ta'kidlash
mumkinki, har yakshanba kuni buning uchun ayni muddao
bo'ladi. Bir haftada bir marta bir soatlik takrorlash sizning
unuta boshlayotgan so'zlaringizni qaytadan yana 100 foiz
eslashga olib keladi. Aks holda, so'zlarni takrorlamaslik ularni
unutish bilan tugaydi.
Takrorlaganingizda ham sust emas, aksincha, faol
takrorlash usullaridan foydalaning. Aksar abiturientlar va
o'quvchilar yo'l qo'yadigan xato - ular yangi so'zlarni
shunchaki qaytarish orqali yodlashga urinishadi, xolos. Ular
o'qigan ma'lumotlarini tahlil qilishga yoki amalda qo'llashga
urinmaydilar ham. Bu xatoni deyarli hammamiz ham
qilganmiz.Keyin esa uning noto'g'ri ekanligini tushunib
yetganmiz. Demak, bunday qilmaslik uchun avvalo
yodlangan so'zlarni faol ravishda takrorlash kerak. Faol
takrorlashni quyidagilar tashkil qiladi:
O'qish mobaynida fikrni bir joyga jamlash, alohida
e'tiborli bo'lish;
O'qilgan materialni ovoz chiqarib qaytarish;
O'rganilgan materiallar bo'yicha qisqacha bayon
yozish;
O'rganilgan so'zlar qatnashgan iboralar, gaplar
tuzish;
O'rganilgan so'zlarga aloqador/ma'nodosh boshqa
so'zlarni qidirib topish;
O'rganilgan so'zlarning tarixi, kelib chiqishi haqidagi

42
So‘zlarni takrorlash orqali xotirada saqlash
ma'lumotni lug'at, ensiklopedia yoki internet tarmog'idan
topish;
Yodlangan so'zlarni monitoring qilish, ya'ni, ulardan
nechtasi unutilganligi, qanday so'zlar unutilganligini
nazorat va tahlil qilish;
Unutilgan so'zlarni alohida takrorlab borish;

Albatta, ishtiyoqi baland va tasavvuri keng o'quvchi bu


ro'yxatni yanada kengaytirishi va berilgan tavsiyalarga
qo'shimchalar kiritishi mumkin. So'zlarni faol takrorlash va
ko'p so'zlarning unutilishini oldini olish uchun bir xillikdan
qochish va tasavvurga erk berish lozim. Tinmay yangi
uslublarni qo'llashga urinish maqsadga muvofiqdir.

ORALIQLI TAKRORLASH USULI

Bu uslubga ko'ra, ma'lumotni ma'lum bir vaqt oralig'ida


bir necha marta takrorlash natijasida uzoq muddatga
xotirangizda saqlab qolasiz. Imtihonlarga 1-2 oy vaqt
qolganda, ma'lumotlarni asta-asta, lekin muntazam
oraliqlarda takrorlash orqali tayyorgarlik ko'rib borasiz.
Ebbinhaus bunday muntazam takrorlashning foydasi juda
katta ekanligini ta'kidlagan. Oz-oz, tez-tez muntazam
takrorlash yoki o'rganish deganda, qisqa vaqtlarda takrorlab
tez-tez oraliq muddatlarda takrorlashni nazarda tutmoqdamiz.
Bu degani yodlanishi kerak bo'lgan bir kitobni bir yoki ikki
soatlab takrorlash kerak degani emas. Maqsad - miyamizning
zo'riqib ishlashini oldini olish. Yarim soatlik o'qishdan so'ng 5
daqiqa dam olib, yana 5 daqiqa oldin o'rganilgan ma'lumotlarni
takrorlab, keyin yangi mavzuga o'tilsa, ma'lumotni miyada
oson saqlab qolish mumkin bo'ladi. Bu usul yangi ma'lumotni
muttasil 2 soat takrorlagandan ko'ra ancha unumliroq bo'ladi.

43
So‘z yodlash sirlari
Nega miyaga tanaffus berish kerak, degan savolga olimlar
turlicha javob berishadi. Miyangiz dam olayotgan paytda aslida
endigina o'rganilgan ma'lumot sizning xohishingizga
bo'ysunmagan holda miyangiz tomonidan takrorlanadi va shu
ma'lumot saqlanib qolgan neyronlar qalinlashadi. Ma'lumotni
yana qaytib takrorlasangiz, u yanada mustahkamlashadi.
Qiziqarlisi shuki, oraliqli takrorlash allaqachon boshqa
sohalarga keng tatbiq qilinmoqda. Masalan, nomdor Garvard
Tibbiyot Maktabi professori Pris Kerfut tibbiyot talabalarini
aynan shu usul orqali ko'p ma'lumotlarni eslab qolishga
majbur qilgan. Bilamizki, tibbiyotda ko'p ma'lumotlarni qabul
qilish, dorilar va kasalliklarning nomlarini juda qisqa fursatda
yodlash kerak bo'ladi. Xullas, professor talabalarning xotirasi
sustligidan toqati toq bo'lib, imtihonlardan avval faqat imtihon
uchun yodlab, keyin darsni esidan chiqarib qo'ygan talabalarni
mukofotlamoqchi ham bo'ldi. Kerfut o'z faniga oid savol-
javoblarni ishlab chiqqan va har haftada talabalarning
pochtasiga faktlarni jo'natgan. Har hafta yangi mavzuni eski
mavzu bilan aralashtirib so'rab turgan. Yil oxirida esa pochta
orqali xatlarni olgan talabalar xat olmaganlariga qaraganda,
sezilarli darajada yuqori ko'rsatkichni ko'rsatishgan.
Dunyoga dong'i ketgan institutlardan yana biri - Jon Hopkins
Tibbiyot Institutida flesh-karta uslubidan keng foydalaniladi.
Bunda yana takrorlash asosiy o'rinni egallab, turli xil cho'ntakbop
qog'ozlarga kasallikning nomi yozilsa, qog'oz orqasiga uning
nima va qanaqa kasallik ekanligiga ta'rif beriladi: Gallyutsinatsiya
oldiga yozilsa, orqasiga miyamizning mavjud bo'lmagan tovush
va tasvirlarni hosil qilishi qayd etilgan.
Quyidagi grafada (10-rasm) unutish yoyini qanday qilib
yengish bo'yicha takrorlash tartibi ko'rsatilgan. So'zlarni aynan
shu grafada berilgan tartibda yodlash shart emas, lekin so'z
yodlashda ma'lum vaqt oralig'ini qoldirib yodlash yaxshi
samara beradi.
44
Takrorlash So‘zlarni takrorlash orqali xotirada saqlash
1.Takrorlash 2. Takrorlash 3. Takrorlash 4. Takror 5. Takror Muhtojlik sezilsa
10-min. keyin 24 soatdan keyin 1 haftadan 1 oyda 6 oyda keyingi takrorlar

Uzoq muddatli xotiraga


Oraliqli takrorlashdan
keyin qayta eslab qolingan
ma’lumotlar

10-rasm
Siz yangi ma'lumot olganingizdan keyin ozgina dam olib,
10 daqiqadan keyin bir takrorlab oling, shunda ma'lumotni
bir kungacha yaxshi eslab qolasiz. Ertasi kuni ham bir marta
takrorlasangiz endi ma'lumot xotirangizda bir haftagacha
o'rnashib turadi. Mana shu oraliqlarni tashlab,
yodlayotganingizda xotirangizdagi ma'lumot yana
qaytadan 100 foiz eslanishiga erishiladi va unitish ehtimoli
kamayadi (10-rasm). Bir haftadan keyin yana bir takror-
lasangiz, endi bir hafta emas, bir oygacha ma'lumotni eslab
qolishga erishishingiz mumkin. Bu xotirangizdan ma'lumot
shundoqqina o'chib ketayotganda uni eslab qolishda yaxshi
natija berishiga sabab bo'ladi. Takrorlash ma'lumotni hech
qanday texnikalarsiz, mnemonikani aralashtirmagan holda
mukammal xotiraga o'tishiga osongina erishishga olib
keladi.
Ko'pchilik tilga va so'z yodlashga jiddiy yondashmaydi.
O'tilgan so'zlarni soatlab takrorlayveradi va ular til
o'rganishning qiziqarli jarayon ekanini xayoliga ham
keltirmaydi. Shuning uchun har qanday so'zni
yodlaganingizdan so'ng uni o'zingiz uchun qiziqarli va
mazmunli bo'lgan holatda takrorlashga harakat qiling.

45
So‘z yodlash sirlari
Masalan, yaqin do'stingiz bilan ingliz tilida so'zlashayot-
ganingizda sinab ko'ring.
Agar so'zni yodlasangizu uni shunchaki takrorlayversangiz,
bu so'z so'zlashuv lug'atingizga aylanmaydi. Shuning uchun
ham eng yaxshi usul bu o'sha so'z bilan o'zingiz gap
tuzishingiz, o'z harakatingizdagi misollarda qo'llashingizdir.
Bundan tashqari, ko'pchilik o'quvchilar so'zlarni yodlagan
paytda ularni alohida yodlashga harakat qiladi. Kato Lomb
16 ta tilda bemalol gaplashadigan olim. Uning aytishicha,
so'zlarni kontekstda, ya'ni matnning umumiy mazmunidan
kelib chiqib, boshqa so'zlar bilan birga yodlash ancha foydali.
Yodlangan so'zning xotirada saqlanishida muhim rol
o'ynaydigan omil o'sha so'zni 6 marotaba matnda yoki
boshqa so'zlar bilan bog'liq holatda qo'llash bo'lib, bu usul
juda katta foyda beradi. Har bir so'zni yodlash jarayonida
hayotdan misollar keltirib chiqarish yaxshi natija beradi.
Masalan, philantropist (filantrop) - "ko'p pulini hadya
qiluvchi inson" so'zini ko'rib chiqaylik. Bunday shaxs
sifatida siz Bill Geytsni tasavvur qilib, u haqda gap tuzib
ko'ring. Bu yerda ham tasavvur va ham assotsiatsiya/
aloqadorlik birga kelmoqda.
Ko'pgina kitoblar yodlangan yoki o'rganilgan
ma'lumotlarni xotirada uzoq muddat saqlash bo'yicha turli
usullarni tavsiya qiladi. Biroq, ularning hammasini ham
o'zingizning ta'lim jarayoningizga nisbatan tatbiq qilishingiz
juda qiyin masala. Sizdan talab qilingan narsa yangi so'zlarni
takrorlashning o'zingizga ma'qul usulini tanlab, uni o'zingizda
rivojlantirishdir.
Shunday uslublardan biri - yodlanadigan so'zlarni yozib,
devorning doimo ko'z tushib turadigan qismiga ilib qo'yishdir.
Bu usuldan foydalanishda bir nechta omillarga e'tibor berish
tavsiya qilinadi:

46
So‘zlarni takrorlash orqali xotirada saqlash
1) Qog'ozga yozilayotgan har bir so'zni imkon boricha turli
ranglarda yozing;
2) Kunlik so'zlar miqdorini kunning uch qismiga teng
bo'ling (ertalab 5 dona yangi so'z, tushlikda 5 dona yangi so'z,
kechki payt 5 dona yangi so'z);
3) Yangi so'zlar yozilgan qog'ozlarni o'zingiz uchun qulay
va doim ko'rishingiz mumkin bo'lgan joyga joylashtiring
(televizor yoniga, ovqat stolining ustiga, idish yuviladigan
rakovina yonidagi devorga, v.h.k);
4) Muhimi, oldinroq so'zlar yozib yod olingan qog'ozlarni
saqlab qo'ying va ularni muntazam takrorlab boring.

6 - mashq.
THE RULE OF FIVE - BESH QOIDA
Yuqorida aytilgan uslubga muvofiq o'zingizga kerakli
bo'lgan so'zlarni takrorlashning besh qoidasi, aniqrog'i
besh payt oralig'i quyida ifodalangan. Shu qoida asosida
lug'at boyligingizdagi so'zlarni takrorlab turing.

Birinchi takrorlash: O'qib bo'lishingiz bilanoq;


Ikkinchi takrorlash: 24 soatdan keyin;
Uchinchi takrorlash: Bir haftadan keyin;
To'rtinchi takrorlash: Bir oydan keyin;
Beshinchi takrorlash: Uch oydan keyin;

47
So‘z yodlash sirlari

UNUTISH YOYINI YENGISHNING BOSHQA


USULLARI
Agar o'quvchi yetarlicha qiziqish ko'rsata olsa, unutish
yoyini yengishi, va yangi olingan bilimlarning unutilish
darajasini ancha kamaytirishi ham mumkin.
Unutish yoyini 7 ta asosiy tamoyil asosida yengib,
malumotlarni uzoqroq muddat davomida xotirada saqlash
imkoniyati mavjud.
1. Birinchilar. O'rganish jarayonidagi eng birinchi ma'lumot
yaxshi yodda qoladi va esga keladi. Masalan, lug'at
daftaringizga birinchi yozilgan so'zlar yoki birinchi eslab
qolgan so'zlaringiz boshqalariga nisbatan ko‘proq eslab
qolinadi.
2. Oxirgilar ham birinchi. O'rganish jarayonidagi eng oxirgi
ma'lumotning esda qolishi ham nisbatan oson. Negaki, uni
yaqinda o'rgangansiz. Aytaylik, eng oxirgi yodlagan inglizcha
so'zingizni eslash, qolganlarini eslashdan osonroq.
3. Siz allaqachon bilgan ma'lumotlarga bog'langan va
ularga aloqador bo'lgan so'z va tushunchalar. Masalan:
"baby" so'zi "go'dak", "sit" fe'li esa "o'tirmoq" ma'nolariga
ega ekanligini bilasiz. Natijada "babysit" fe'lini "go'dak bilan
o'tirish", "yosh bolaga qarash" ma'nosiga ega ekanligini
bemalol bilib olasiz.
4. Urg'u berilgan va boshqalaridan ajratilgan so'zlar
yaxshi esda qoladi. Shuning uchun ingliz tilida matn
o'qiyotganda undagi boshqalardan ajralib turuvchi so'zlarni
e'tibor bilan o'qisangiz ularni eslab qolish osonlashadi. Bunday
ajralib turuvchi so'zlarni ingliz tilining izohli lug'atlarida
ko'plab uchratish mumkin. Bu lug'atlarda izohi berilayotgan
so'z o'zi qatnashgan gaplarda boshqalaridan ajratib yoziladi.
5. Qiziqish ta'siri. Qiziqish uyqudagi ajdarhoga o'xshaydi.
Agar u uyg'onib qolsa, miyangizda go'yoki alohida ma'lumot
kanali ochilib, barcha axborot, xotira, fikrlash va boshqalar
ongingizga quyilib kelaveradi. Nimaga chindan qiziqsangiz,

48
So‘zlarni takrorlash orqali xotirada saqlash

u haqida yaxshiroq ma'lumot to'playsiz va olgan


bilimlaringizni uzoqroq xotirangizda saqlay olasiz. Shuning
uchun qiziqqan mavzuingizga oid ko'p so'zlar xotirangizda
uzoq saqlanadi garchi unutish yoyi qoidasi bor bo'lsa ham.
6. Besh hissiyotga yaqin bo'lgan xabarlar. Bizda mavjud
besh xil tuyg'u: hid bilish, ta'm bilish, eshitish, ko'rish, badan
bilan sezish kabi tuyg'ulardan birortasini qo'zg'ata oladigan
so'zlar xotiramizga osonroq muhrlanadi. Bunga "cold" -
"sovuq", yoki "hot" - "issiq" so'zlarini misol qilish mumkin. Bu
so'zlar bizda aniq hissiy tasavvur paydo qila oladi.
7. Talaffuzda juda g'ayrioddiy tuyulgan so'zning ma'noli
qismi yoki mantiqiy jihatdan ma'nodor bo'lgan bo'g'ini oson
esda qoladi. "Housatonic" (AQSh dagi daryo) so'zini olaylik.
Albatta notanish bo'lgan so'z. Biroq uning birinchi bo'gini
bizga ma'lum "House" - "Uy" so'zidan iborat va oxirgi
bo'g'inlari g'ayrioddiy talaffuz qilingani uchun ham ikki karra
bu so'zni eslab qolishingiz oshadi. Aynan shu bo'g'in
yordamida keyinchalik biz butun so'zni eslay olishimiz
mumkin.
Yuqoridagi 7 ta tamoyilni unitish yoyiga ta'sirini 11-rasmda
ko'rsatibo'tildi va e'tibor bersangiz, unda har bir effekt ijobiy
tomondan unitish yoyiga ta'sir qilmoqda. (11-rasm. 66-betga
qarang).
Lekin, bu yettita tamoyildan qaysidir biriga to'g'ri kelmagan
qismlar unutish yoyi bo'yicha harakat qiladi va vaqt o'tgan
sari unutiladi. Vaqt shu darajada kuchliki, bu 7 ta tamoyilga
muvofiq axborot esda qolsa-da, alohida takrorlanmasa,
unutish yoyi ularga ham ta'sir qiladi va oqibatda unutishga
olib keladi.
Oraliqli takrorlash hamda 7 ta tamoyilni ishlatish unutish
yoyini yengishga yordam beradi. Bundan tashqari, keyingi
boblarda tavsiya qilingan texnikalarni ishlatish hamda
shunchaki takrorlashlar orqali xotirangizni yanada
mukammallashtira olasiz.

49
So‘z yodlash sirlari

7-bob.
TURLI XIL YODLASH USULLARI
"Learn everything you can, anytime you can, from
anyone you can; there will always come a time
when you will be grateful you did."
— Sarah Caldwell
"Qo'lingizdan kelgan hamma narsani hamma vaqt har
kimdan o'rganavering; siz bunday qilganingizda
xursand bo'ladigan payt albatta keladi."
— Sara Kolduel
Yangi ma'lumotni oson va qiziqarli usulda yodlash borasida
yuzlab usullar va tavsiyalar bor desak, adashmaymiz. Albatta,
ularning barchasi bilan tanishib chiqish, ularni o'rganish
mumkin. Lekin o'quvchi bu tavsiya va uslublarning
hammasidan bir xil unumli tarzda foydalana olishi deyarli
mumkin emas.
Biz bu bobda turli uslublarni taqdim etsakda, ularning
barchasini to'laqonli ishlata olmasligingiz mumkinligini
yaxshi tushunamiz. Biroq, ushbu usullar bilan yaqindan
tanishib chiqishingiz lozim. Chunki bu usullar bilan yaxshi
tanish bo'lmay turib, ularni amalda qo'llamay turib, ularning
aynan qaysilari sizga mos kelishini aniq bila olmaysiz.
Bir narsa aniqki, so'z yodlashing turli xil usullari mavjud
va ularning hammasi o'quvchilarga mos kelmasligi mumkin.
Eng muhimi esa hammasini birdaniga ishlatish emas balki
o'zingizga qulay usulni tanlab o'rganishda davom etishingiz
kerak.
Quyida o'zbek o'quvchilar uchun eng yaxshi samara berishi
mumkin bo'lgan usullar tasvirlangan.
1. Siz allaqachon ingliz tilida anchagina so'z bilasiz!
"Qanaqasiga? Axir men umrimda ingliz tilini o'rgan -
maganmanku?" deyishingiz mumkin. Biroq, ishoning,

50
Turli xil yodlash usullari

ingliz tili bo'yicha so'z boyligingiz ancha keng. Keling


allaqachon biladigan inglizcha so'zlaringiz ro'yxatini
ko'rib chiqaylik:
Albatta bu ro'yxatni yanada kengaytirish va oldindan
biladigan inglizcha so'zlarning soni 100 tadan oshiq
ekanligini ko'rish mumkin. Birinchi usulga ko'ra, o'zbek va
ingliz tilida bir xil jaranglab, bir ma'no beradigan so'zlarni
ro'yxatga jamlash lozim. Shunda o'quvchi ingliz tilida
avvaldan nechta so'z bilishini bilib oladi.
1. 1 Internet Internet
2. 2 Wi-fi Vay-fay
3. 3 Router Router
4. 4 Server Server
5. 5 Domain Domen
6. 6 Computer Kompyuter
7. 7 Printer Printer
8. 8 Monitor Monitor
9. 9 Scanner Skaner
10.10 Smart-phone Smartfon
11.11 Gadget Gadjet
12. Sms Sms
13. Flash-card Flesh-karta
14. Business Biznes
15. Director Direktor
16. Manager Menedjer
17. Office Ofis
18. Conference Konferensiya
19. File Fayl
20. Sergeant Serjant
21. Lieutenant Leytenant
22. Captain Kapitan
23. Major Mayor
24. General General
25. Marshal Marshal

51
So‘z yodlash sirlari
2. Yangi so'zlar ishtirokida gaplar tuzish. Ushbu
usulda gapda ifodalangan holat va ish-harakatlarni
o'quvchi o'zining tasavvurida jonlantirishi va yangi
so'z ni yodla yotgand a uni t asavvurd agi mua yyan
manzara bilan bog'lash muhimdir.
Masalan: — The picture was particularly beautiful.
— Rasm g'oyat go'zal edi.
Ushbu gapdagi ajratilgan so'zni yodlayotgan o'quvchi ko'z
oldiga chiroyli suratni keltirishi va shu suratning qanchalik
go'zal ekanligini ajratilgan so'z yordamida ifodalashi lozim.
Bu gapni qachon ishlatish mumkinligini va o'sha holatni
tasavvuriga keltirib, xayolan shu gapni aytishi bu gapni
haqiqiy hayotda o'rinli ishlatishiga sabab bo'ladi.
Faqatgina gap emas balki frazalar, iboralarni ham yodlash
foydali bo'ladi. Yoki doimo birga "sayohat" qiluvchi so'zlar
bilan ham o'rganing. Flock so'zini yodlashni o'rniga, flock
of sheeps deb yodlang, yoki occur fe'lini yodlamoqchi
bo'lsangiz "If any problems occur" iborasini yodlash, sizga
hech bo'lmasa o'sha so'zni hayotda birgina holatda bo‘lsa ham
ishlatishga ko'maklashadi.
________________________________________________
3. Kartochkalardan foydalanish (Flesh-karta usuli).
Bu ham eng ommabop va ishlatish uchun qulay yodlash
usuli hisoblanadi.

12 - rasm

52
Turli xil yodlash usullari
Buning uchun kichik hajmdagi kartochkalar tayyor-
laysiz va ularning bir tarafiga o'zbekcha, ikkinchi tarafiga
inglizcha so'zlar yozasiz. O'quvchi qulay fursat topganda
kartochkalarni ko'zdan kechiradi va so'zlarni yodlashga
harakat qiladi. Bu usulning afzalligi kartalarni o'zingiz
bilan (cho'ntakka solgan holda ham) xohlagan joyda
takrorlashingiz mumkin. Qiynalgan so'zlaringizni alohida
olib takrorlash imkoni ham bor. Kartochkalar bilan turli
o'yinlar o'ynab yodlash jarayonini yanada qiziqarli qilsa
bo'ladi.
Shunchaki so'zlarni yozishning o'zi katta foyda berishi
uchun takrorlayotgan paytda topa olmagan so'zlaringizni X
bilan belgilashingiz yoki bo'lmasa alohida daftarga yozib
borishingiz mumkin.
________________________________________________
4. Inson his tuyg'ular bilan yashaydi. Shuning uchun
ham til va so'zni o'rganganda o'sha so'zlarga his-
tuyg'ularni qo'shib yodlash ham katta foyda beradigan
usullardan biri hisoblanadi.
Olimlarning ta'kidlashicha, gaplashganimizda 15 foiz
so'zlardan foydalanamiz, qolgan 85 foiz holatda esa mimika,
qo'l va tana harakatlariga, hissiyot, tuyg'ular va ovozning
ohangiga qarab gapning asosiy mazmunini tushunamiz.
Tanamiz tilimizga, tilimiz esa tana va tuyg'ularimizga
chambarchas bog'liq. Shuning uchun so'z yodlashda his tuyg'u
va obrazlarga alohida e'tibor berish kerak. Iloji bo'lsa, qaysidir
aktyorga monand gapirishga, biror mashhur insonga taqlid
qilib, yodlagan so'zlarini o'sha insonning obraziga kirib gapirib
ko'rish foydaliroq bo'ladi. Hissiyot bilan yodlangan so'zlar
xotiraga chuqur muhrlanadi va haqiqiy nutq holatiga ham
osonlik bilan ko'cha oladi.
Misol uchun: Stiv Jobsning mashxur 2005 yildagi Stenford
Universitetida bergan nutqiga qarab courage - mardlik degan

53
So‘z yodlash sirlari

so'zni boshqacha ehtiros bilan aytganiga e'tibor berib, aynan


siz ham o'sha intonatsiya va hissiyotni jo qilib va aynan Stiv
Jobs aytganidek gapirishga urunish orqali yodlashingiz
mumkin.
"Your time is limited, so don't waste it living someone
else's life. Don't be trapped by dogma - which is living with
the results of other people's thinking. Don't let the noise of
others' opinions drown out your own inner voice. And most
important, have the courage to follow your heart and
intuition. They somehow already know what you truly want
to become. Everything else is secondary."
_________________________________________________
5. Etimologiyani o'rganish. Etimologiya so'zlarning kelib
chiqish tarixini o'rganuvchi fandir. U tufayli biz so'zning
qayerdan, qaysi tildagi qaysi so'zdan qachon kelib chiqqani
haqida ma'lumotga ega bo'lamiz. Tan olib aytish kerakki, agar
bir so'z haqida shuncha ma'lumotga ega bo'la olsak, bu juda
katta yutuq bo'ladi. Misol uchun, "Rubicon" so'zining
etimologiyasi, ya'ni kelib chiqishi quyidagicha: "Rubicon"
iborasi asosan, qilinishi mumkin bo'lmagan narsalarni amalga
oshirish ma'nosini bildiradi. U tarixda Yuliy Sezarning bunga
huquqi bo'lmagan holda Rubikon daryosini kesib o'tgani va
shu tufayli Rim Senati bilan qarama qarshilikka duch kelganligi
bilan bog'liq." Mazkur so'zni ushbu tarixiy voqeaga bog'lab
o'rgangan o'quvchi uni bir umrga eslab qolishi aniq.
_________________________________________________
6. Bir-biriga bo'gliq so'zlarni birgalikda yodlash bu eng
mashhur va foydali lug'at yodlash usuli hisoblanadi.
Yangi so'zning o'zini shunchaki yodlash katta foyda
bermaydi. U bilan birgalikda uning sinonimlari, qaysi
holatlarda ishlatilishi, uning artikl va ba'zi predloglar bilan
ishlatilishi, talaffuzi, qanday so'zlar bilan ishlatilishi haqidagi
54
Turli xil yodlash usullari
ma'lumotlarni bilib borish muhim hisoblanadi.
Misol uchun quyidagicha tarmoqlangan aloqador so'zlar
tizimini yaratishingiz mumkin. Bu yerda "market" - "bozor"
so'zi bilan birgalikda "sell" - "sotmoq", "store, shop" -
"do'kon" sinonimlari, "demand, supply" - "talab va taklif"
aloqador so'zlar, "grocery" - "oziq ovqatlar rastasi", "sale" -
"chegirma", "clothes" - "kiyimlar do'kon" kabi so'zlarni birga
yozish, "market" so'zini eslab qolishga va shu bilan bir qatorda
qo'shimcha so'zlarni o'rganishga yordam beradi.

O'zingiz ham shunday aloqadorlikni hosil qilib ko'ring,


yangi so'zni o'rtaga yozing, keyin esa undan shoxchalar
chiqarib aloqador so'zlarni yozishniboshlang.
_________________________________________________
7. Aql xaritasidan foydalanish.Aql xaritasi Ingliz tilida
"Mindmapping" deb ataladi va u Toni Buzan tomonidan
xotiramiz uchun yordamchi usul sifatida kashf qilingan. Aql
xaritasidan foydalanish miyamizning ishlash tamoyiliga mos
bo'lib, unda asosiy g'oya markazga qo'yilib, unga bog'liq
boshqa g'oyalar markazdan tarmoqlar vositasida chiqariladi.
Bunda markaziy g'oyaga aloqador tushunchalar yoziladi,
ularning rasmlari chiziladi va umumiy manzara shu tarzda
eslab qolinadi. (13-rasm). (13-rasm. 67-betga qarang).

55
So‘z yodlash sirlari

Aql xaritasi hayotimizning ko'plab jabhalarida ishlatilishi


mumkin: nutqni tartibga solish, qaror qabul qilish, biznes
tahlili kabilar. Aql xaritasidan foydalanish so'z yodlashda
yaxshi samara berishi mumkin. Bunday xaritaga e'tibor
bersangiz, rasmni umumiy tarzda bir qarashda ko'rasiz va
bu usulda rasmlar chizib, ongingizga erk berasiz, so'zlarning
boshqa so'zlar bilan aloqasini ko'rasiz, rang-baranglik va
qiziqarli o'rganish jarayoni miyangizning ikkala
yarimsharining ishlashiga olib keladi. Hozirgi zamonaviy
tadqiqotlar rang-baranglik miyamizga yoqishini ko'rsat-
moqda. Shuning uchun turli xil rangdagi ruchkalardan
foydalanish tavsiya qilinadi.
Miyamiz ro'yxat bilan kelgan lug'at so'zlarini yaxshi eslab
qolmaydi, aql xaritasidan foydalangan inson uchun esa
bunday muammoning o'zi bo'lmaydi. Agarda rasmlardan
foydalanilsa, eslab qolish darajasini yanada yaxshilanadi.
Hatto, buyuk olimlar ham o'z kundalik daftarlariga rasmlarni
chizib konspektlar tuzish bilan band bo'lishgan.
Aql xaritasi usuli orqali yodda saqlab qolishning yaxshi
tomonlari shundaki, u turli ranglar, turfa rasmlar va kerakli
ma'lumotning kalit so'zlarini qamrab oladi. U nafaqat yaxshi
eslab qolishga, balki miyamizning chap va o'ng
yarimsharlarini ranglar va rasmlar orqali bir me'yorda
ishlashiga yordam beradi.
_________________________________________________
8. So'zlarni guruhlarga bo'lib yodlash va ularni tartibga
solish tufayli qayta eslash oson kechadi. Bunda bizga
ma'lum bo'lgan biror so'z va undan yasalgan boshqa
so'zlar bir guruhga jamlanadi. Misol uchun, "achieve" -
"erishmoq" so'zini bilish orqali, "achievement" - "yutuq",
"achieving" - "erishayotgan", "achieved" - "erishilgan",
"achievable" - "erishsa bo'ladigan".

56
Turli xil yodlash usullari
Lug'at daftari tutish haqidagi bobda ta'kidlaganimizdek,
so'zlarni guruhlarga ajratishda har bir guruhni alohida rangli
ruchkalarda yozib borish foydali bo'ladi. Qora ruchka bilan
fe'llarni, ko'k ruchka bilan otlarni, va qizil ruchka bilan
sifatlarni va ba'zida iboralar duch kelsa, ularni yashil ruchka
bilan yozish tavsiya etiladi.
Undan tashqari shu tarzda yozib borish bir so'z turkumidagi
so'zni boshqa turkumlardan farqlab olish va bir turkumdan
boshqa turkumga o'tish kabi ko'nikmalarni rivojlantiri-
shingizga yordam beradi.
_________________________________________________
9. O'quvchilar qo'shiq tinglaganda so'zlarni yaxshiroq
eslab qoladi, bu juda oddiy hol. Bu usulni o'z foydangizga
ishlatishingiz darkor. Bunday so'z yodlash ijodiy fikrlashni
oshiradi va so'zlarning ma'nosini yaxshiroq anglash imkonini
beradi. Shuningdek, qo'shiqlarda bo'lgani kabi, bir so'zga
qancha takror duch kelsangiz, uni shuncha yaxshi eslab
qolasiz. Qo'shiqni his etib, uning mazmunini tushunib, keyin
esa uni o'zingiz aytishingiz so'zlarni yodlashning juda ajoyib
va unumli usullaridan biri hisoblanadi.
_________________________________________________
10. Sherik topib u bilan yangi so'zlarni ishlatish bo'yicha
musobaqa o'ynab, har bir gapda bitta yangi so'z ishlatishni
amalda sinab ko'rishingiz mumkin. Yana, kimdir yangi
so'zni tushuntirib gap tuzib bersa, o'sha so'zni eslab qolish
ehtimoli ortadi. Demak, yangi so'zni yaxshi biladigan
insondan so'rasangiz, albatta bu foydali bo'ladi.
So'z bilmaslikni tan olish va uni o'rganishga bo'lgan
qiziqishni so'ndirmaslik lozim. Hatto juda tajribali
o'qituvchilar ham payti kelganda qaysidir inglizcha so'zni
bilmay qoladi va xatoni tan olib, tirik lug'at emasliklarini
eslatib, so'zni lug'atdan ko'rib tushuntirib berishi mumkin.

57
So‘z yodlash sirlari

7-mashq. Har soniyada lug'at boyligini oshirish.


Atrofingizga nazar soling.Atrof-muhitni tasvirlashga
va so'zlarni aytishga harakat qiling. Doimiy bu mashq
bilan shug'ullanish so'z boyligingizdagi kamchiliklar,
bo'shliqlarni topib beradi va bularni rivojlantirish bilan
lug'at boyligingizni yanada oshirasiz.
Masalan: ko'chada yo'lni kesib o'tayotgan insonni nima
kiyib olganini ta'riflashga uruning va bunda o'zingizga
savol bering - bu inson kiyib olgan hamma kiyimlarini
nomini bilamanmi? Ranglarinichi? Harakatarini ingliz
tilida qanday aytaman?
Qaysi holatda ingliz tilidagi so'zni bilmasangiz o'sha
so'zni qidirib topishga odatlaning va shu orqali lug'at
boyligingizdagi kemtiklar ustida ishlab borasiz.

_________________________________________________
11. Aslida, til o'rganishda eng muhim narsa bu so'z
boyligi. Grammatikani o'rganishingiz mumkin, lekin yangi
so'zlarni yodlamasdan grammatikani chuqur o'rganish
yaxshi natija bermaydi. Grammatikada eng asosiy qonun-
larni o'rganganingizdan keyin ham ular yordamida gaplashib,
amaliyotda shug'ullanish darkor. Yangi til o'rganuvchilarga
Dmitriy Petrovning videolarini tomosha qilishni tavsiya
qilgan bo'lardik. Petrovning til o'rganish uslublari aynan
miyamizning faoliyat prinsiplari bilan hamohang tarzda
ishlaydi. Uning ayrim fikrlarini e'tiboringizga havola qilamiz:
Doimiylik hajmdan ko'ra muhimroq, so'zlarni yakkama-
yakka emas, balki so'z birikmalarida yodlash kerak."
Tildan foydalanishni avtomatizmgacha olib borilish
kerak. Bolaligingizda velosiped minishni yoki keyinchalik
mashina boshqarishni qanday qilib o'rgangansiz? Boshida
hamma narsani nazorat qilib turasiz, keyin sekin-asta
58
Turli xil yodlash usullari
avtomatik tarzga o'tasiz. Gapirishda ham aynan shunday
qilish kerak."
Tayyor iboralardan kengroq foydalanish kerak."
Erkinlik to'g'rilikdan muhimroq. 500 ta so'z va siz gapira
boshlaysiz."
_________________________________________________
12. Ko'proq o'qishga va eshitishga odatlaning. Agar siz
faqat so'z yodlab yuraversangiz tilning asosiy vazifasi bo'lmish
ma'lumotni tushunish va bor axborotni yetkazib berish kabi
imkoniyatlaridan chetda qolasiz.
Shuning uchun, imkoniyat doirasida ingliz tilida olib
boriluvchi ko'rsatuvlarni tomosha qiling. Bugunga kelib,
bunday ko'rsatuvlar O'zbekiston telekanallarida talaygina.
Yana, raqamli televideniya orqali Yevropa va Amerikaning
ingliz tilida olib boriluvchi dasturlarini tomosha qilish lozim.
Subtitrli, ya'ni ostki yozuvli filmlarni tomosha qilish ham
juda katta foyda beradi. Bir tarafdan, qiziqarli film ko'rib,
vaqtingizni maroqli o'tkazasiz. Ikkinchidan, ko'plab inglizcha
so'zlarni yodlaysiz. Bunday filmlarning so'z yodlashdagi
qulayligi shuki, so'zlarni filmdagi aniq voqealarga bog'lab
yodlab borasiz. Talaffuzini aniq ilg'ay olmagan so'zlaringizni
film subtitralaridan bemalol o'qib olasiz.
_________________________________________________
13. O'ziga xos va yangicha so'z yodlash usullarini
o'rganing. Bir o'quvchi so'z yodlashda telefonidan foydalanib,
yangi so'zlarni tarjimalari bilan eshitish uchun audio shaklida
yozib olgan. Keyinroq esa bo'sh vaqtida o'sha ovoz yozuvlarini
qayta eshitishga uringan. Bu usulning afzalligi shundaki,
audio yozuvni eshitish bilan bir qatorda boshqa ishlar bilan
bemalol shug'ullanish mumkin.
So'z yodlashda telefondan foydalanishning yana bir usuli,

59
So‘z yodlash sirlari

inson telefoniga lug'at daftari tutib oladida va shu lug'atda


ko'rgan barcha so'zlarni telefonning o'zida rasmga olib, telefon
xotirasida so'zlarni to'plab boradi va har gal telefonini qo'lga
olganda bu rasmlar yoki so'zlarni takrorlayveradi.
_________________________________________________
14. Sinonimlar lug'ati (tezaurus) ishlatishni boshlang.
Ingliz tilidagi so'zlarni o'rganish bo'yicha eng katta urinishni
amalga oshirgan shaxs bu Doktor Samuel Jonsondir. U XVIII
asrda ingliz tilida ma'lum bo'lgan barcha so'zlarni bir kitobga
jamalashga qaror qildi. Jonson bu so'zlarning ma'nolari, qaysi
so'z turkumiga oidligi, asosiy ishlatilish holatlari va tarixiy
kelib chiqishi haqidagi ma'lumotlarni ushbu kitobga kiritdi.
Doktor Samuel Jonson yaratgan «The Dictionary of the English
Language» («Ingliz tilining lug'ati») barcha zamonaviy ingliz
tili lug'atlariga asos bo'lib xizmat qildi.
Bir necha yillardan so'ng yana bir olim Rojet ingliz tilida
mavjud bo'lgan barcha so'zlarni bitta kitobga jamlashga qaror
qildi, lekin bu kitob Jonsonning kitobidan farq qilardi. Rojet
barcha so'zlarning ma'nolarini berish o'rniga, ularning
sinonimlarini lug'atga jamladi.
Demak, agar siz ingliz tilida kitob yozayotgan, nutq
so'zlayotgan yoki she'r yozayotgan bo'lsangiz va ularda
rangbaranglik bo'lishini xohlasangiz, bu lug'at sizga kerak
bo'lgan har bir ma'nodosh so'zni bera oladi. Muallif bu kitobni
"Roget'sThesaurus" ("RojetningSinonimlarLug'ati") deb
nomlagan. Bu kitob yozilganda beri ingliz tilida ijod qiluvchi
har bir buyuk mutafakkir yoki ijodkor undan foydalangan
va bu kitob barcha til o'rganuvchilar uchun ham ajoyib ish
quroli hisoblanadi.
Keling, yaxshisi Roget's Thesaurus lug'atidagi ba'zi so'zlarga
nazar solaylik.
60
Turli xil yodlash usullari
Intelligence, wisdom: Mental Capacity. NOUNS (aqliy
qobiliyat, bilimdonlik)
1. intelligence, understanding, Verstand [Ger.], compre-
hension, apprehension; savvy [slang, US]; sense, wit, mother
wit, natural or native wit; intellect; intellectuality,
intellectualism; mentality, rationality, intellectual power;
capacity, caliber, reach or compass of mind;I.Q., intelligence
quotient, mental ratio, mental age; sanity- knowledge.
2. smartness, braininess [coll.], brightness, brilliance,
cleverness, aptness, aptitude, native cleverness; sharpness,
keenness, acuteness; quickness, nimbleness.
3. sagacity, sagaciousness, astuteness, acumen, gumption
[coll. & dial.], flair; long head [coll.], longheadedness,
hardheadedness
4. wisdom, wiseness, sageness, sapience, good or sound
understanding; erudition
5. sensibleness, reasonableness, reason, rationality,
sanity, saneness, soundness; sense, good ~ common or plain
sense
6. genius, Geist [Ger.], spirit, soul; inspiration, afflatus,
divine afflatus; fire of genius, lambent flame of intellect, coal
from off the altar; talent; creative thought
Yuqorida berilgan so'zlarning barchasi insonning aqliy
qoliyati va uning donolik hamda tafakkur quvvatini
ta'riflovchi so'zlardir. Demak, o'zaro ma'nodosh va sinonim
bo'la oladi. Qarang, bir tushunchani qanchalik rangbarang
so'zlar bilan ifodalash mumkin.
Agar sinonimlar lug'atidan foydalanishni boshlasangiz, bu
nafaqat so'z boyligingizni kengaytiradi, balki turli so'zlarni
turli nutq holatlarida o'rinli ishlata olishingizga imkon
yaratadi.

61
So‘z yodlash sirlari

Xulosa qilib aytish mumkinki, so'z yodlash usullaridan


unumli foydalanmoqchi bo'lgan o'quvchi avvalo ular bilan
yaxshilab tanishib chiqishi va ularni amalda qo'llashi kerak.
Shundagina bu usullarning aynan qaysi birlari uning
ehtiyojlari va qobiliyatlariga mos kelishini aniqlay oladi.
Albatta, bularning hammasini birdan unumli qo'llash deyarli
mumkin emas.

So'z yodlashning yana bir o'ziga xos jihati shuki, o'quvchi


ularga ijodiy yondashib, yangi usullar o'ylab topishi va
amalda qo'llashi mumkin. Asosiysi - mehnat qilishdan va
yangilikka intilishdan to'xtamaslik lozim.
_________________________________________________
15. Novatorlik uslublarini yaratishdan qo'rqmang.
Hech qachon o'zingiz uchun yangi usul yaratishdan
tortinmang. Bitta usul hammaga to'g'ri keladi degan fikr
noto'g'ri. Aslida, har bir inson o'ziga xos tarzda fikrlaydi va
Deyl Karnegi aytganidek, betakror hisoblanadi. Shuning
uchun, o'zingiz uchun eng ma'qul va eng qulay usulni
izlashdan, lozim bo'lsa uni yaratishdan to'xtamang. Biror
uslubning so'z yodlashingizga yaxshi yordam berayotganini
sezsangiz, albatta uni takomillashtirishga harakat qiling.

Sh un cha ki so 'z va ibora lar ni yo dla sh dan ko 'r a,


hikoyalar orqali matn bilan yodlash ham juda foydali
hisoblanadi. Miyangiz kontekstni yaxshi ko'radi va agarda
hikoyani qiziqarli tuzsangiz, yangi so'zlardan o'ziga jalb
qiluvchi matn hosil qila olasiz. Shuningdek, bunday
hikoyalar tuzish tasavvurni ham boyitadi. Tuzgan
hikoyangizni biror obraz, joy va hayotiy vaziyatga
bog'lashingiz mumkin. Bizning mushtariy bo'lgan Bobur
Mirzamitdinov o'zi yodlagan so'zlardan alohida hikoya
tuzib, uni yozib borar ekan. (14-rasm. 68-betga qarang).
62
Yana bir o'quvchining o'ziga xos noodatiy usul orqali ko'p
so'zlarni yodlaganini ko'rdik. U har safar audio-kitobni olib
uni o'zi uchun tarjima qilib, audio-kitobni bir hafta davomida
30 marta eshitib, hamma so'zlarni to'liq yodlaganiga amin
bo'lganidan keyin, yangi kitobni olib uni yodlashga
kirisharkan. Qarabsizki, bu orqali ham so'zlashuv
ko'nikmasini, so'z boyligini va o'qib tushunish ko'nikmasini
ham rivojlantirishga harakat qilar ekan. Mana shu haqiqiy
novatorlik! O'zingizga va qobilyatlaringizga hech qachon
chegara qo'ymang!
Zamonaviy va ommabop usullardan yana biri bu telefonga
elektron lug'atni o'rnatib olib ( s cr e e n s hot ) , yangi so'z
qidirilganidan keyin uni telefonning o'zidan rasmga olib, keyin
esa telefondagi rasmlarni ko'rayotganda o'sha so'zga duch kelish
va uni takrorlashdir.

15-rasm

63
So‘z yodlash sirlari

Ba'zi zamonaviy texnologiyalar bilan yaxshi tanish


o'quvchilarni esa Anki programmasi yoki Memrise.com
saytlari orqali yanada zamonaviy yodlash usulari bilan
tanishishga chorlab qolar edik. Agar maqsad sari dadil
odimlash niyatida bo'lsangiz, bu usullar sizni maqsadingizga
yetishish yo'lida asosiy yordamchi bo'lib qoladi.

8-mashq.
Biz sizlarga turli usullar yordamida so'z yodlashni
o'rgatdik. Aslida ham ingliz tilidagi so'zlarni eslab qolish
o'ylagandek oson emas. Ammo harakat qilsangiz bo'ladi.
Shunday osonlashtiruvchi usullardan biri bu "crazy
definitions" ("ahmoqona ta'rif berish") deb nomlanib,
unda til o'rganuvchi o'z fantaziyasidan kelib chiqib,
so'zlar uchun ta'rif o'ylab topadi va shu tarzda eslab
qoladi. Masalan, bir bolakay prune (olxo'ri qoqisi)ga - a
plum that has sunbathed too much(juda uzoq oftobda
toblangan olxo'ri) deb ta'rif bergan ekan. Shunday ekan
siz ham bu usuldan foydalanishingiz mumkin. Savol: shu
bolakay "bread" va "vacuum cleaner" so'zlarini qanday
ta'rif berib yodlab qolgan deb o'ylaysiz?

_________________________________________________
16. Ko'chma ma'noga ega bo'lgan iboralarni yodlashda
ularning lug'aviy ma'nolariga e'tibor berish.
Bu uslubning mohiyati shundan iboratki, ko'chma ma'noga
ega bo'lgan turg'un iborani o'rganish uchun uni tashkil
qiluvchi so'zlarning haqiqiy, tom ma'nosini ko'z oldimizga
keltiramiz va shu holatni esda saqlab qolishga harakat qilamiz.
Buning uchun "put oneself in someone else's shoes" -
"o'zini birovning o'rniga qo'yib ko'rmoq" iborasisini olaylik.
Bu iboraning so'zma so'z tarjimasi "o'zini birovning oyoq

64
3-rasm.

4-rasm.

65
So‘z yodlash sirlari

8-rasm.

66
Mnemonika nima o‘zi?

11-rasm.

13-rasm.

67
So‘z yodlash sirlari

14-rasm.

68
Turli xil yodlash usullari
kiyimiga solmoq" bo'ladi. Uni eslab qolish uchun o'zingizni
xuddi birovning oyoq kiyimini kiyib ko'rayotganday tasavvur
qiling. Natijada o'zingizni boshqacha holatda his qilasiz.
Shundan kelib chiqib, "put oneself in someone else's shoes"
degan iboraning ko'chma ma'nosi aslida o'zingizni boshqa
insonning o'rniga qo'yish degani ekanligini uqib olasiz.

YANA BA'ZI MASLAHATLAR

Har doim sabablarni o'rganishga urunish kerak. Nimaga


bu so'zning shakli bunday? Bu so'z nima sababdan bunday
o'qiladi? Nima sababdan bu so'zni yodlashga juda
qiynalyapman? Tarzidagi savollarni o'zingizga berishga
odatlaning.
So'zlarning xususiyatlarini turli manbalardan (lug'at,
ensiklopediya va boshqalar) foydalangan holda chuqurroq
o'rganing, ular bilan o'yinlar o'ylab toping va o'ynang.
Har bir soz'ning ma'nosini ongingizda jonlantirishga
urining, zero tasavvur bilimdan ko'ra kuchliroq. Har qanday
fakt yoki yangi so'zni tasavvurlar orqali ko'rib borish uni eslab
qolishni yaxshilaydi.
Ijodiy fikrlarshni o'rganing. O'zingiz yangi o'rgangan
so'zlar bilan qofiyadosh so'zlarni topib o'rganing va ular
ishtirokida kichik she'rchalar tuzing.
Yangi yodlangan so'zlarni qaytarishdan charchamang.
Uyqudan avval va uyg'ongach,erta tongda so'zlarni
takrorlang. Negaki, uyqudan keyin xotira ayniqsa
takrorlashga moyil bo'ladi.

69
So‘z yodlash sirlari

8-bob.
36 TALIK TESTGA MOSLASHGAN
LUG'AT YODLASH

One language sets you in a corridor for life. Two


languages open every door along the way.
— Frank Smith
"Bir til sizni hayot so'qmog'iga olib chiqadi. Ikkitasi esa
yo'ldagi barcha to'siqlarni yengishga yordam beradi"
— Frenk Smit
Kitobchamizni qo'liga olib o'qib turgan yigit va qizlarning
ko'pchiligida bir xil maqsad va orzu bor. U ham bo'lsa, oliy
o'quv yurtiga o'qishga kirish, o'qishni tamomlash va yaxshi
mutaxassis bo'lib yetishish. Biroq bu maqsad yo'lida bir dona
to'siq bor - imtihondan o'tish. Imtihondan o'tish uchun esa,
albatta, ingliz tilidan 36 ta test savollariga javob berish shart.
Ingliz tilidan test savollariga to'g'ri javob bera olish uchun
ingliz tili grammatikasi qoidalarini yaxshi bilish bilan bir
qatorda, 4500-5000 atrofida inglizcha so'zni bilish lozim.
Chunki, barcha test savollari ingliz tilida berilgan bo'lib,
ularning salmoqli qismini inglizcha matnlar tashkil qiladi.
Xo'sh, 36 ta ingliz tili test savollariga to'g'ri javob berishda
o'quvchilarga qanday yordam berish mumkin? Avvalo, ko'p
so'z yodlash kerakligi sizni cho'chitmasin. Maqolda
aytilganidek, "Qalovini topsang, qor ham yonadi."
O'quvchi test yechish uchun so'z yodlar ekan, demak yangi
so'zlarni ham aynan shu test variantlaridan olishi kerak.
Masalan, testvariantlarini yechayotib, o'zi duch kelgan yangi
so'zlarni yozib borsin.
Endi, yangi so'zlarni ro'yxat qilib bo'lgach, ularni alohida
so'zlar va iboralarga saralash mumkin. Agar alohida so'z
bo'ladigan bo'lsa, yuqorida keltirilgan usullar bo'yicha
yodlashni boshlashi kerak.
Birinchi navbatda, o'quvchi ingliz tilida eng keng

70
36 talik testga moslashgan lug‘at yoshlash
qo'llaniladigan so'zlar va iboralarni guruhlashtirib, shular
asosida ish olib borishi lozim. Masalan, ingliz tilining yirik
lug'atlarida ingliz tilida eng ko'p qo'llanuvchi so'zlar alohida
ajratib ko'rsatiladi. Eng zaruriy so'zlarni aniqlab olgach,
yuqorida ta'riflangan yodlash va xotirada saqlash usullari
yordamida ularni o'rganishga kirishish mumkin.
So'z yodlashni osonlashtiruvchi keyingi usul-eng ko'p
qo'llaniladigan iboralarni o'rganishdir. Quyida ingliz tilida
(shu bilan birga test savollarida ham) eng ko'p qo'llaniluvchi
fe'lli iboralar (phrasal verbs) ko'rsatilgan.

20 TA ENG KERAKLI FE'LLI IBORALAR


Ingliz tilida eng ko'p ishlatiluvchi fe'lli iboralarni taqdim
qilishdan oldin ular haqida ikki og'iz so'z: fe'lli iboralar fe'l +
predlog/ravish tuzilishiga ega bo'lgan iboralar bo'lib, odatda
bunday iboraning ma'nosi uni tashkil qiluvchi fe'l yoki
predlogning ma'nosiga bog'liq yoki o'xshash bo'lmaydi.
Masalan: "let down" - "pand bermoq". Bu iboraning
ma'nosida na "let" - "ruxsat bermoq" va na "down" -
"pastga" ma'nolariga aloqadorlik bor.
Fe'lli iboralarni yodlashning eng samarali usuli bu ular
ifodalagan ma'noni ko'z o'ngimizda shakllantirish (garchi bu
iboraning shakliga zid bo'lsa ham) va ular ishtirokida turli
gaplar tuzishdir. Tuzilgan gaplar qanchalik g'ayrioddiy va
kulgili bo'lsa, iboraning esda qolishini shuncha osonlashtiradi.
Demak, fe'lli iboralarni yodlash jarayonida ikkita omil - mehnat
va o'z tasavvuringizga suyanishingiz sizga katta yordam beradi.
1) Look forward to - sabrsizlik bilan kutmoq. Tasavvur
qiling, birovning kelishini sabrsizlik bilan kutyapsiz. Bunday
holatda nima qilgan bo'lardingiz? Albatta, ko'chaga chiqib
oldinga (forward) tomon (to) qaragan (look) bo'lardingiz.
Demak, birovni sabrsizlik bilan kutayotgan inson oldinga,
uning kelajak yo'liga tikilib qaraydi. Tasavvur qila oldingizmi?
Keling endi shu ibora bilan gap tuzaylik:

71
So‘z yodlash sirlari
— I am looking at the calendar all the time because I am
looking forward to my birthday.
— Men kalendarga tinmay qarayapman, chunki tug'ilgan
kunimni sabrsizlik bilan kutyapman.
2) Look for - izla-
moq. Biror narsani
izlayotgan(look for)
odam uni topish
uchun (for) atrofga
qaraydi (look). Bu
iboraning mantiqiy
asosi ham endi bizga
ma'lum.
Masalan:
— Yesterday I looked for this book in the library.
— Kecha men bu kitobni kutubxonadan izladim (topish
uchun qaradim).
3) Look round - atrofga qaramoq (tomosha qilmoq).
Bu ibora o'z ma'nosini o'zi ta'riflab turibdi. Biror joyni
tomosha qilayotgan odam albatta atrofga qarash (look round)
orqali bu ishni bajaradi. Masalan:
— I was looking round in the shop when the shop assistant
came up to me.
— Yonimga sotuvchi kelganida men do'konni tomosha
qilayotgan edim.
4) Go on - davom etmoq. Tasavvurimizda, bir odam
yurishda (go) davom etaveradi, etaveradi, hech to'xtamaydi.
Natijada gap hosil bo'ladi: He goes on and on. He never stops.
— U yuraveradi va yuraveradi (yurishda davom etaveradi).
U hech to'xtamaydi.
5) Put up with - ko'nikmoq, chidamoq. "Put up" -
"to'xtamoq" degani. Biror narsaga ko'nikkan, chidashga

72
36 talik testga moslashgan lug‘at yoshlash
rozi (put up with) bo'lgan inson kurashishdan, holatni
o'zgartirishga urinishdan to'xtaydi (put up), har qanday
holat bilan (with) ko'nikib yashashga rozi bo'ladi. Masalan:
— He put up at a bad hotel and put up with the bad
condition there because he was very tired.
— U yomon mehmonxonada to'xtadi va u yerdagi yomon
holatga ko'nikdi, chunki u juda charchagan edi.
6) Find out - so'rab bilmoq, surishtirib bilmoq. Biror
ma'lumotni surishtirib bilgan (find out) shaxs bu ma'lumotni
avval topadi (find) va keyin uni yuzaga, tashqariga (out)
chiqaradi.
— I found out that he had found out all the information.
— Men uni ng ham ma ma' lumotni su ris htir ib bil ib
bo'lganini so'rab bildim.
7) Take off -
parvoz qilmoq,
yerdan ko'taril-
moq. Bu ibora ham
ikki qismdan ibo-
rat. "Take" -
"olmoq" va "off" -
"ustidan".
Uchayotgan
(take off) samolyot shundoq oladida (take), yerning ustidan
(off) tepaga ko'tariladi. Masalan:
— I took a picture of a plain which was taking off.
— Men yerdan ko'tarilayotgan samolyotning rasmini oldim.
8) Take after - fe'l atvor jihatidan o'xshamoq.O'zbeklarda
"Ot o'rnini toy bosar" degan maqol bor. Ya'ni, toy ulg'ayib
otning o'rnini oladi (take). Albatta otning o'rnini olgan (take)
toy otdan keyin (after) dunyoga keladi va unga o'xshaydi.
Shunga o'xshash har qanday inson farzandi o'z ota-onasidan
keyin (after) dunyoga keladi va ularning o'ziga xos jihatlarini
ulardan oladi(take). Masalan:
73
So‘z yodlash sirlari
— He is a very good natured boy. He takes after his father.
— U juda xushtabiat bola. U otasiga o'xshaydi.
9) Do well in - biror sohada muvaffaqiyatga erishmoq. Bu
iborani tahlil qiladigan bo'lsak, undan quyidagi ma'nolarni
uqib olishimiz mumkin. Biror sohada muvaffaqiyatga
erishmoqchi bo'lgan odam shu sohada yaxshi ishlashi/
harakat qilishi (do well) kerak. Va albatta bu xatti-harakatlar
o'sha sohaning ichida (in) amalga oshiriladi. Demak, biror
sohaning ichida yaxshi ishlamoq (do well in) unda
muvaffaqiyatga erishishga olib kelar ekan. Masalan:
— He is working very hard on his English and he is doing
very well in it.
— U ingliz tilisi ustida juda qattiq mehnat qilmoqda va
bu sohada muvaffaqiyatga erishmoqda.
10) Run out - tugab qolmoq. Bir qarashda bu iborani tashkil
qiluvchi so'zlar va bu iboraning ma'nosi o'rtasida hech qanday
bog'liqlik yo'qday. Biroq bog'liqlik albatta bor! Faqat buni ko'ra
bilish kerak. Tasavvur qiling, mashinangizning benzini tugab
qoldi (run out). Boshqacha qilib aytsak, benzin mashinaning
ishlash jarayonida motor tomon yuguradi (run) va u benzin
bakidan tashqariga (out) chiqib ketadi. Natijada benzin tugab
qoladi (run out). Masalan:
— On the way to Samarkandthe petrol in my car run out.
— Samarqandga ketayotib mashinamning benzini tugab qoldi.
11) Give up - tashlamoq (biror odatni). Bu iborani eslab
qolish uchun bir manzarani ko'z oldingizga keltiring:
ko'pincha, detektiv filmlarda politsiya qurollangan
jinoyatchiga qurolini tashlashni (give up) buyuradi. Shunda
jinoyatchi qurolni politsiyachiga beradi (give) va darhol
qo'llarini tepaga (up) ko'taradi. Endi u qurolini tashladi,
qurolsiz. Masalan:
— The criminal gave up his gun in order not to be shot by
the police.

74
36 talik testga moslashgan lug‘at yoshlash
— Jinoyatchi politsiya tomonidan otib tashlanmaslik
uchun qurolini tashladi.
12) Send for - birovga (chaqirgani) odam jo'natmoq. Agar
bizga birovni chaqirtirish lozim bo'lsa, o'sha odamni
chaqirtirish uchun (for) uning oldiga boshqa bir odamni
yuboramiz (send). Masalan:
— We usually send for the doctor when my grandfather
feels ill.
— Odatda, bobom o'zini kasal xis qilganda doktorga
yuboramiz.
13) Get into - chiqmoq/o'tirmoq (mashinaning ichiga).
Ma'lumki, mashinaga o'tirayotgan (get into) odam uning
ichiga (into)kiradi (get). Masalan:
— John ordered Mary to get into his car.
— Jon Mariyaga uning mashinasiga o'tirishni buyurdi.
14) Stand by - guvoh bo'lmoq. Biror voqea hodisaga guvoh
bo'lgan odam o'sha joyning yonida (by) turadi (stand).
Masalan:
— The police took accounts of the accident from two
witnesses who happened to be standing by at the time of
the crash.
— Politsiya halokat haqida ma'lumotni to'qnashuv
paytida tasodifan o'sha yerda turib guvoh bo'lib qolgan
ikki kishidan oldi.
15) Pull up -to'xtatmoq. Bu iborani eslab qolish ham juda
oson. Ma'lumki, ot yoki ot arava mingan odam o'sha hayvon
yoki ulovni to'xtatish uchun uning yuganini tepaga (up),
ya'ni o'ziga qarab tortishi(pull) kerak. Shunda u o'zi
boshqarayotgan ulovni to'xtatadi(pull up). Masalan:
— The driver pulled the bus up only just in time to avoid
hitting the child.
— Haydovchi bolani urib yubormaslik uchun avtobusni
aynan kerakli paytda to'xtatdi.

75
So‘z yodlash sirlari

16) Keep away - o'zini olib qochmoq. Agar siz biror shaxs
yoki narsadan o'zingizni olib qochmoqchi (keep away)
bo'lsangiz, o'sha shaxs yoki narsadan uzoqda (away)saqlaysiz
(keep)o'zingizni. Masalan:
— I don't quite like Peter. I try to keep away from him.
— Men Piterni unchalik yoqtirmayman. Men undan
o'zimni olib qochishga harakat qilaman.

9-mashq. Frazeologik fe'llar ustida mashq.


Agar yuqoridagi hamma fe'lli iboralarni yodlagan
bo'lsangiz, bilimingizni tekshirib ko'ring.Quyidagi
iboralarning ma'nolarini yuqoriga qaramagan holda
yozib chiqing va ularni mustaqil izohlashga harakat
qiling.
Look forward to Give up
Look for Send for
Look round Move in
Go on Stand by
Put up with Put on
Take off Stay up
Find out Hold up
Do well in Keep away
Run out Pull up
Take after Get into

10-Mashq. 9- mashqni bajarib, bilimingizga qoniqish


hosil qilgan bo'lsangiz, endi xuddi shu usul bilan o'zingiz
duch kelgan boshqa fe'lli iboralarni ham tahlil qiling.
Ularning ma'nosini izohlang va yod oling. Biz ushbu
mashq uchun quyidagi fe'lli iboralarni taklif qilamiz:
blow up, bring up, carry on, turn up, watch out, break
up, fall out with, keep on.

76
36 talik testga moslashgan lug‘at yoshlash

17) Move in - ko'chib kirmoq. Siz yangi uyga ko'chib


kiryapsiz (move in). Eski makoningizdan barcha kerakli
ashyolarni olasizda, ularni yangi uyning ichiga (in) qarab
jildirasiz (move), ya'ni olib kirasiz. Masalan:
— Jane lives in a large block of flats where lots of people
move in and out.
— Jeyn ko'pchilik ko'chib kiradigan va ko'chiqib chiqadigan
katta ko'p qavatli uyda turadi.
18) Stay up - uxlamaslik/bedor bo'lish. Bu ibora go'yoki
o'zini o'zi ta'riflaganday. Axir, uxlamagan (stay up) odam tik
(up) ya'ni yotmagan holatda qoladi (stay). Masalan:
— The children were allowed to stay up at night as next
day they wouldn't go to school.
— Bolalar ertasi kuni maktabga bormasliklari bois ularga
tunda uxlamaslikka ruxsat berishdi.
19) Put on - kiymoq. Agar bu ibora so'zma so'z tarjima
qilinsa,ustiga joylashtirmoq degan ma'noni bildiradi.
Darhaqiqat, biror kiyimni kiyganda biz uni ustimizga (on)
joylashtiramiz (put). Masalan:
— The teacher put on his hat and left the classroom.
— Muallim shlyapasini kiydi va sinfdan chiqdi.
20) Hold up - namoyish qilmoq. Samarqandga 2001-yil
sayohat qilganimda men ketayotgan avtobus Jizzax shahrida
to'xtagan. Shunda turli oziq-ovqat sotuvchilar o'z
mahsulotlarini tepada (up)ushlab (hold) ularni namoyish
qilishgandi.
Masalan:
— On the day of his graduation he held up his diploma
so that everyone could it.
— O'zining bitiruv kunida u hamma ko'rishi uchun
diplomini namoyish qildi.

77
So‘z yodlash sirlari

INGLIZ TILIDA ENG KO'P ADASHTIRILADIGAN


SO'ZLAR
Ingliz tilida shunday murakkab, bir-birigao'xshash va
chalg'ituvchi so'zlar borki, ularni shunchaki yodlash kam
foyda beradi. Bunday so'zlarni mukammal o'rganish uchun
ulardagi farqlarni o'rganish juda muhim hisoblanadi. Ikkita
bir-birlariga o'xshash so'zlarni farqiga borish ularni
tushunishga bo'lgan ilk qadam hisoblanadi. Misol uchun,
affect so'zi bilan effect so'zining farqi nimada? Quyida bu
masalaga bir oz oydinlik kiritamiz.
brake - tormoz
break - sindirmoq, buzmoq
Masalan:
— I broke the brake of my car.
— Men mashinamning tormozini buzib oldim.
disinterested - holis, biror tarafga yon bosmaydigan
uninterested - qiziqmaydigan
Masalan:
— I am uninterested in football that's why I watched the
match between Barcelona and Real Madrid in a
disinterested manner.
— Men fu tbolga qi ziq maym an shu nin g u chu n h am
B ars e l ona v a R e al Mad r id o'r t as id ag i m at c hn i b ir or
tarafga yon bosmay tomosha qildim.
advice - tavsiya (ot)
advise - tavsiya bermoq (fe'l)
Masalan:
— I advise you to take my advice.
— Men senga mening maslahatimni olishni maslahat
beraman.
affect - ta'sir ko'rsatmoq
effect - natija, samara

78
36 talik testga moslashgan lug‘at yoshlash
Masalan:
— If you want to affect your brother show him the effect
of your work.
— Agar sen ukangga ta'sir ko'rsatmoqchi bo'lsang, unga
o'z ishingning natijasini ko'rsat.

rise - ko'tarilmoq (o'timsiz fe'l)


raise - ko'tarmoq (o'timli fe'l)
Masalan:
— In the morning when the sun rises, we raise the flag of
our country.
— Ertalab quyosh ko'tarilganda, biz mamlakatimiz
bayrog'ini ko'taramiz.

eminent - mashhur
imminent - kelishi, ro'y berishi aniq
Masalan:
— When a person becomes particularly eminent, the
danger for his life becomes imminent.
— Inson g'oyat mashhur bo'lganda, uning hayoti
shubhasiz xavf ostida bo'ladi.

Bear - ayiq, beer - pivo


Bear hamda beer so'zlarini eslab qolishda ikkala so'z
qatnashgan gapni eslab aniq tasavvur hosil qiladigan
bo'lsangiz yanda yaxshiroq eslab qolasiz "A beer drink beer".
Tasavvur qilganizda pivoning idishida BEER, ikkita ee bilan
yozilganiga e'tibor qarating.
Ba'zi ingliz so'zlariga shunchaki gaplar tuzish yoki
mnemonik qoidani ishlatib ham yodlab qolish mumkin.

79
So‘z yodlash sirlari

11-mashq. Quyidagi so'zlarning ma'nosidagi


farqlarini toping:
ensure - insure - assure; all together - altogether;
accept - except; censor - censure -sensor; complement
- compliment; farther - further; ideal - idyll - idol -
idle; lie - lay; lose - loose; principal - principle; rain -
reign - rein; torrid - torpid - turbid - turgid; tortuous
- to rtu rou s; weath er - wh eth er; conscio us -
unconscious - sub-conscious; practice - practice.

TESTNI TO'G'RI YECHISH STRATEGIYALARI


Abiturient 5000 yoki 10 000 ta so'zni yodlab olishi mumkin
lekin test yechish strategiyalarini yaxshilab o'rganmasa,
o'qishga kirishi va umuman ingliz tilidan yuqori ball to'plashi
mushkul bo'lib qoladi. Shu nuqtai nazardan kelib chiqib, sizga
test yechishda qo'l keladigan quyidagi strategyalarni taklif
qilishimiz mumkin:
Ko'p xato qilgan testlar ustida ishlang. 36 ta testdan
necha dona xato qilayotganingizni yozib boring, va har bir
xatoni tahlil qiling. Aks holda siz ayni xatoni takrorlayverasiz
va natijangiz yaxshilanmaydi.
Qaysi mavzu bo'yicha xatoingiz ko'p bo'lsa o'sha mavzu
ustida ko'proq ishlang. Bilingki, hozir siz ko'p xato qilib
keyinchalik ularni takrorlamaslikka o'rganishingiz darkor.
Kimdir artiklga oid savollarda ko'p xatoga yo'l qo'yadi, kim
uchundir shart mayli muammo kasb etadi. Demak, abiturient
uchun aynan shu mavzularga chuqurlashish lozim bo'ladi.
Ingliz tili darsliklarini qunt bilan o'rganing. Zero imtihon
paytida siz javob berishingiz kerak bo'lgan savollar
mavzularining ko'pchiligi Bonk, Merfi, Golitsinkiy kabi
maulliflarning darsliklaridan olinadi.
80
36 talik testga moslashgan lug‘at yoshlash
2011-yil ingliz tili test variantlari, 105 variantning
5 savoli quyidagicha:
Choose the appropriate non-finite form of the verb.
- Oh, I see you look younger today.
- Thank you, I've just had my hair … .
a) to have cut; b) cutting; c) cut; d) to cut
Bu test savoli orttirma nisbatga oid bo'lib, bu nisbat
haqida R. Murphy muallifligidagi English Grammar in Use
kitobining 45-darsida so'z boradi. Mazkur savolning to'g'ri
javobi "C) cut" bo'ladi.
Test savollariga javob berishni boshlashdan oldin
topshiriq aynan nimani talab qilayotganini aniq bilib oling.
Shu o'rinda o'quvchilar uchun xushxabar shuki, oxirgi yillarda
chiqayotgan test savollarida aksar topshiriqlar lo'ndagina
«Choose the right answer» (to'g'ri javobni tanlang) shakliga
ega.
O'z vaqtingizni to'g'ri boshqarishga ham e'tibor bering.
Birinchi marta 36 talik testni yechayotganingizda vaqtga emas
sifatga asosiy e'tiborni qarating. Imtihonga 2-3 oy qolganda
esa testlarni vaqtga e'tibor bergan holda yeching. Testlarni aniq
necha daqiqada yecha olishingizni bilib oling. Taqqoslash
uchun aytish mumkinki, ingliz tilini yaxshi bilgan inson 36
talik testlarni 7 daqiqa ichida yecha oladi.
Test yechishning oltin qoidasi shuki, agarda biror
savolga javob topishga qiynalsangiz, hecham siqilmang.
Shunchaki boshqa savollarga javob berib, keyin bu savolga
qaytishga urining. Bilingki, testda doimo eng oson savollarni
birinchi yechib olish kerak, qiyin va o'ylantirgan savollarga
nuqta qo'yib keyin yana qaytishga harakat qiling.
Testning yana bir oltin qoidasi bu "Process of
Elimination" - "Noto'g'ri javoblarni chiqarib tashlash"dir.
Bu degani muqobil javobli testlarda A B C D javoblardagi

81
So‘z yodlash sirlari
siz aniq noto'g'ri deb hisoblagan javobni darhol chiqarib
tashlashdir. Bu narsa to'g'ri javobni topish imkoniyatingizni
oshiradi.
Ingliz tili bo'yicha 2008-yilgi test variantlarining 107-sida
quyidagicha topshiriq bor:
Choose the answer which correctly completes the sentence.
I feel tired this morning. I didn't sleep … last night.
a) better; b) best; c) well; d) good

Bu topshiriqqa javob topishda gapning mazmuniga e'tibor


beramiz. Ma'lum bo'ladiki, bu gapda hech qanday taqqoslash
yo'q, demak, a) va b) variant javoblar chiqarib yuboriladi,
chunki ular qiyosiy va orttirma nisbat ma'nolariga ega. c) va
d) variantlar qoladi. d) variantdagi so'z "good" bo'lib, u faqat
ot bilan ishlatila oladi. Natijada, u ham chiqarib yuboriladi
va yagona to'g'ri javob - "c) well" tanlanadi.
— Muqobil javoblarni topayotganda ko'pincha nuqtalar
o'rniga kerakli so'zni qo'yish talab qilinadi. Aniq javobni
topishdan oldin, shu nuqtalar o'rniga aynan qaysi so'z
turkumiga oid so'z qo'yilishini bilib olish ham juda foydali.
Ingliz tili bo'yicha 2010-yilgi test variantlarining 105-sida
quyidagicha topshiriq bor:

Choose the answer which correctly completes the sentence.


Martha always has a good … of food in the house.
a) supplies; b) supplied; c) to supply; d) supply

Bu topshiriqda sifat so'z turkumidan keyin so'z qo'yish


kerak. Bizga ma'lumki, sifat gapda asosan, aniqlovchi
vazifasida keladi va o'zidan keyin ot so'z turkumini talab
qiladi. Good so'zidan oldin noaniq artikl turganini e'tiborga
olsak, bizga birlik shaklidagi ot so'z turkumiga oid so'z kerak.
Bu o'rinda yagona to'g'ri javob - "d) supply".

82
Birdaniga 14 000 ta so‘zni o‘rganing!
9-bob.
BIRDANIGA 14 000 TA SO'ZNI O'RGANING!
Words are some of the most powerful and important
things I know…. Language is the tool of love and the
weapon of hatred. It's the bright red warning flag of danger
- and the stone foundation of
diplomacy and peace.
— Ludwig Wittgenstein
"So'zlar men bilgan eng muhim va eng qudratli
narsalardandir… Til muhabbatning vositasi, nafratning
qurolidir. U xavfdan darak beruvchi qizil bayroqdir,
diplomatiya va tinchlikning tamal toshidir."
— Lyudvig Vitgenshtein
So'z ildizlarini va old qo'shimchalarni o'rganish ham juda
katta foyda berar ekan. Bir manbada yozilishicha, ingliz
tilidagi 14 ta prefiksni (old qo'shimchani) bilishning o'zi 14
000 dan ortiq so'zning ma'nosini tushunish imkonini
berarkan. Albatta, 14 ta old qo'shimchani o'rganish darhol
14000 ta soz'ning ma'nosini bilib olish degani emas. Lekin
aynan shu old qo'shimchalar tufayli so'zning ma'nosini
to'g'ri taxmin qila olishingiz va hatto uni to'g'ri tushuna
olishingiz ham mumkin. Bu old qo'shimchalarga quyida
batafsil to'xtalsakda, keling shu o'rinda bir misolga e'tibor
qaratsak.
Ingliz tilida "inter-" old qo'shimchasi mavjud bo'lib, uni
o'zbek tiliga "-aro" qo'shimchasi yoki "o'rtasida" ko'makchisi
yordamida tarjima qilish mumkin. Endi inglizcha
"interchange" va "interpersonal" so'zlarini olsak. Birinchi
so'zning o'zagi "change" - "o'zgarish/almashish" ekanligini
bilgan holatda bu so'zdan "o'zaro almashish" ma'nosini
chiqarish mumkin. "interpersonal" so'zi esa "shaxslar aro/
shaxslar o'rtasidagi" deb tarjima qilinishi mumkin.
Demak, old qo'shimchalar ma'nosini bilishingiz va ularni
o'zingizga allaqachon ma'lum bo'lgan o'zaklar bilan birgalikda
83
So‘z yodlash sirlari
ishlata olishingiz lug'at boyligingizning keskin oshishiga olib
keladi.
"anti-" old qo'shimchasi "qarshi" degan ma'noga ega. Bu
qo'shimcha bilan yasalgan so'zlar o'zbek tilida ham ko'p
qo'llaniladi, masalan:"antivirus", "antibiotik" va boshqalar.
anti-abortion - abortga qarshi
anti-war - urushga qarshi
anti-damage - buzilishga qarshi

"bi-" bu old qo'shimcha ikki degan ma'noni beradi.


bicycle - velosiped (ikkig'ildirakli transport vositasi)
bilingual - ikki tilli
bilateral - ikki tomonlama

"co-" bu old qo'shimcha "birgalikda", "ham - " degan


ma'nolarni beradi. U qatnashgan barcha so'zlar nimanidir
birgalikda amalga oshirish ma'nosini beradi.
co-operate - hamkorlik qilmoq, birgalikda ishlamoq
co-exist - birgalikda yashamoq/mavjud bo'lmoq
co-author - hammuallif

"counter-" o'zbek tiliga bu old qo'shimchani "qarama-


qarshi", "aks", "zid" ma'nolari bilan tarjima qilish mumkin.
counter-argument - qarama-qarshi dalil
counter-question - qarama-qarshi savol
counter-balance - posongi (aks muvozanat)

"hyper-" old qo'shimchasining ma'nosi "o'ta/keragidan


ortiq" degani.
hyper-active - o'ta faol, tinim bilmaydigan
hyper-real - o'ta haqiqatga yaqin
hyperacid - o'ta kuchli kislota

84
Birdaniga 14 000 ta so‘zni o‘rganing!
"multi-" bizga yoshligimizdan sevimli bo'lib qolgan
"multfilm" so'zi aslida "ko'p film" degan ma'noni bildiradi.
Demak, o'zbekchaga "multi-"ni "ko'p" deb tarjima qilish
mumkin.
multitasking - ko'p vazifani bir paytda bajarish
multilayer - ko'p qatlamli
multifunctional - ko'p funksiyalarga ega

"non-" bu old qo'shimcha inkor ma'nosini bildiradi. Qanday


so'zda kelishiga qarab uni o'zbek tiliga "emas", "no-",
"bo'lmagan" deb tarjima qilish mumkin.
non-payment - to'lamaslik
non-ability - noqobillik
non-adjustable - moslashtirib bo'lmaydigan

"over-" bu old qo'shimchaning asosiy ma'nosi "ust, yuqori"


bo'lib, qanday so'z tarkibida kelishiga qarab "oshiqcha", "o'ta",
"yuqori" deb tarjima qilinishi mumkin.
overestimate - o'ta yuqori baho bermoq
overdo - oshirib bajarmoq
overfeed - o'ta ko'p ovqatlantirmoq

"post-" bu old qo'shimcha vaqtga nisbatan ishlatilganda


"keyingi", joyga nisbatan ishlatilganda esa, "orqada" degan
ma'nolarni ifodalaydi.
post-industrial - sanoatlashtirishdan keyingi davrga oid
post-mortem - vafotdan keyingi
postnuptial - nikohdan keyingi

"pre-" old qo'shimchadi paytga va o'ringa nisbatan ishlatila


oladi va har ikkala holatda ham "oldingi/oldindan" degan
ma'noni bildiradi.
pre-arranged - oldindan kelishilgan
pre-cooked - oldindan pishirilgan

85
So‘z yodlash sirlari
pre-eminent - hammadan oldinda, hammadan ilg'or
"re-" old qo'shimchasi ingliz tilida eng keng qo'llaniluvchi
old qo'shimchalardan biridir. Uni o'zbekchaga "qayta/yana
bir marta" deb tarjima qilish mumkin.
re-activate - qaytadan ishga tushirish
re-collect - qayta to'plamoq
rerecord - qaytadan yozmoq
"self-" bu old qo'shimcha "o'z" degan ma'noni bildirib, ingliz
tilida juda keng qo'llaniladi.
self-abandonment - o'zligini unutish
self-education - o'z-o'ziga ta'lim berish
self-realization - o'z qobiliyatlarini ro'yobga chiqarish
"sub-" bu old qo'shimcha "ostida/ostki" degan ma'nolarga
ega. Nafaqat tom ma'nodagi pastlikni balki o'zaro
taqqoslagandagi pastroq darajani ham bildiradi.
submarine - suv osti kemasi
subway - metro (yer ostidagi yo'l)
suburb - shahar atrofi (shaharga tobe' bo'lgan hudud)
"super-" old qo'shimchasi "o'ta, eng oliy, yuqori" kabi
ma'nolarni ifodalaydi.
super-accurate - o'ta aniq, hatoga yo'l qo'ymaydigan
super-hero - "super qahramon", o'ta yuqori qobiliyatlarga
ega bo'lgan qahramon
supermarket - o'ta katta do'kon.

Yuqorida ko'rib chiqilgan old qo'shimchalarni o'rganish va


ularni mustahkamlash uchun quyidagi mashqni tavsiya
qilamiz:
1) Kattaroq hajmli inglizcha-ruscha yoki inglizcha-inglizcha
lug'atni qo'lingizga oling;
2) Alifbo tartibi bo'yicha o'zingiz o'rgangan old qo'shim-
chaga ega so'zlarni ushbu lug'atdan toping;

86
Birdaniga 14 000 ta so‘zni o‘rganing!
3) Bunday so'zni topgach uning tarjimasi yoki nglizcha
izohini o'qishga shoshilmang, balki, olgan bilimingiz asosida bu
so'zning ma'nosini taxmin qilib ko'ring;
4) Qilgan taxminingizning to'g'ri yoki noto'g'riligini
lug'atdan yekshiring;
Yana bir foydali maslahat: taxmin qilayotgan so'zlaringizni
alohida lug'at daftariga yozib boring va har 10 ta so'zdan
nechtasini to'g'ri taxmin qila olganingizni hisoblab boring.
Natijada, taxmin qilish qobiliyatingizning necha foiz ekanligi
va uning rivojlanishini kuzatish imkoniga ega bo'lasiz.

O'ZAKLARNI YODLASH
Ingliz tilidagi yangi so'zlarni yodlashda ajoyib natijalarga
erishishning eng yaxshi usullaridan biri - biz odatda ko'p
foydalanadigan inglizcha so'zlarning o'zaklarini o'rganishdir.
Agar ingliz tilida ko'p ishlatiladigan so'zlarning o'zaklarini
qunt bilan o'rgansangiz, nafaqat lug'at boyligingiz va undan
to'g'ri foydalanish qobiliyatingizni rivojlantirasiz, balki yana
bir muhim narsani bilib olasiz: so'zlar aslo zerikarli, mavhum
va tushunarsiz emas, aksincha ular juda qiziqarli, ma'no-
mazmunga egadir.
So'zlarning o'zaklarini o'rganish bu ularning paydo bo'lish
va til bo'ylab tarqalishi haqida bilim beruvchi ajoyib va
qiziqarli mashg'ulotdir. So'zlarning kelib chiqish yo'llarini
o'rganuvchi olimlar "etimologlar" deb nomlanadilar.
So'zlarning o'zaklarini o'rganish orqali siz ham etimologga
aylanasiz. Etimologiya" so'zining o'zini o'rganib chiqadigan
bo'lsak, u yunon tilidagi "etymon" - "haqiqiy ma'no" va "logia"
- "ta'limot", "fan" sozlarining birlashuvidan hosil bo'lgan;
"logia" so'zi esa o'z navbatida "logos" - "so'z" so'zidan kelib
chiqqan. Demak, oldingi boblarda ta'kidlaganimizdek,
"etimologiya" so'zini o'zbek tiliga "so'zning haqiqiy ma'nosi
haqidagi fan" deb tarjima qilishimiz mumkin ekan. Inglizcha

87
So‘z yodlash sirlari
so'zlarning asl ma'nolarini o'rganuvchi shaxs sifatida,
o'zingizni ham "etimolog" deb atashingiz mumkin.
Har bir o'zak so'z ichiga qamab qo'yilgan jonzotga
o'xshaydi. Siz o'zakni o'rganish orqali shu jonzotga erkinlik
berib, unga o'zining go'zalligi, tarixi va asl mohiyatini ochib
berishga imkon berasiz, go'yo. Masalan, g'arb mumtoz musiqa
asarlarini kuzatsangiz, ularga "Opus 1" yoki "Opus 104" deb
nom berilganini ko'rishingiz mumkin. Bunday musiqani
tinglagan odam "menimcha, "opus" so'zi "ijodiy ilhom" yoki
"musiqiy shedevr" degan ma'nolarni bildirsa kerak", deb
o'ylashi mumkin. Aslida opus so'zinign ma'nosi qanday?
Agar so'zning o'zagini bilsangiz, bu savolga qiynalmay
javob topasiz. Lotin tilidan kelib chiqqan bu so'zning o'zagi
oddiygina "ish" degan ma'noga ega. Bu ma'lumotni bilishingiz
bilanoq ko'z o'ngingizda musiqiy asar yaratish maqsadida
tinimsiz ishlayotgan bastakor gavdalanadi. Siz va biz
tinglayotgan go'zal musiqalar o'tkinchi qiziqish yoki faqatgina
ilhomning natijasi emas, balki har bir musiqiy asar tinimsiz
mashaqqat, mehnatlarning natijasidir.
O'zaklar ongimizdagi kichik markazchalarga o'xshaydi,
chunki ularning har biridan biz bilgan minglab so'zlar paydo
bo'ladi va tarqaladi. Biz xuddi shunday o'zaklarning Lotin va
Yunon tilidan ingliz tiliga kirib kelgan 25 tasini o'rganib
chiqamiz.
1. liber - ma'nosi: ozod (lotincha "liber", "libertas"). Bu o'zak
yordamida siz ongingizni ozod qilasiz.
Misollar:
Liberalize - ozod qilmoq/erkinlashtirmoq fe'l.
— Poets, painters and philosophers have, throughout
history, attempted to liberalize minds from ignorance.
— Shoirlar, rassomlar va faylasuflar butun tarix davomida
insonlar ongini bilimsizlikdan ozod qilishga uringanlar.
2. dic/dict - ma'nosi: aytmoq/e'lon qilmoq (Lotincha

88
Birdaniga 14 000 ta so‘zni o‘rganing!
"dictare"). Bu o'zak so'z yodlashdagi yutuqlaringiz indikatori
(ko'rsatkichi) bo'ladi.
Misollar:
Dictionary - lug'at ot. So'zlarning ma'nosini aytib beruvchi
kitob.
— A dictionary is a very useful book to have when you
are learning a foreign language.
— L u ' g a t - s i z c h e t t i l i n i o ' r g a n a y ot g an i n g i zd a
yoningizda bo'lishi juda ham foydali bo'lgan kitobdir.
Prediction - bashorat/oldindan aytish ot. Kelajakda nima
bo'lishini oldindan aytish.
— It is my confident prediction that more and more people
will become interested in developing their vocabulary.
— Men shuni ishonch bilan oldindan aytishim mumkinki,
o'z lug'at boyligini oshirmoqchi bo'lgan odamlar soni borgan
sari ortib boradi.
Diction - diksiya ot. Nutqda so'zlardan to'g'ri foydalana
olish va ravon gapirish qobiliyati.
— He spoke clearly and beautifully- his diction was close
to perfect.
— U t u s h u n a r l i v a c h i r o y l i g a p i r ar e d i - u n i n g
diksiyasi deyarli mukammal edi.
3. intellect / intellig - Ma'nosi: bilish va fikrlash qobiliyati
(lotincha "inter" - orasida va "legere" - tanlamoq).Bu o'zak
yordamida siz ko'proq narsalarni bilasiz va sizning fikrlash
qobiliyatingiz yanada o'sadi.
Misollar:
Intellectual - intelektual ot. Kuchli bilish, fikrlash qobiliya-
tiga ega bo'lgan shaxs.
— Because of his vast learning, he was considered one of
the university's top intellectuals.
— Juda ko'p o'qib organganligi tufayli u universitetning
eng kuchli intellektuallaridan biri deb hisoblanardi.

89
So‘z yodlash sirlari
Yoki bo'lmasam intelligible, intelligentsia.
Intelligible - oson tushuniladigan sifat.
— Despite the complexity of the subject, her clear
explanation made it completely intelligible to her audience.
— Mavzuning murakkabligiga qaramasdan, uning aniq
tushuntirishi mavzuni tin glovc hilarga butun lay
tushunarli qilib berdi.
"Intelligentsia - inteligensiya - ziyolilar tabaqasi ot.
Jamiyatning ziyoli, san'at, musiqa va tafakkur bilan
shug'ullanuvchi qismi.
— Plato thought that it was from the intelligentsia that
the rulers of the state or nation should be chosen.
— P l a t on d av l a t y o ki m i l l a t n i n g h u k m d o r l a r i
inteligensiya/ziyolilar tabaqasidan saylanishi kerak deb
hisoblagan.
4. arch - ma'nosi: hukmdor (yunoncha "archos"). Bu ildiz
yordamida siz o'zingizning ingliz tilini o'rganishdagi
kelajagingiz arxitektori (architect)ga aylanasiz va ko'p so'z
biluvchilar iyerarxiyasi (hierarchy) (pog'onasi)da yuqoriga
ko'tarilasiz.
Misollar:
Matriarch - Matriarxot. Oilaning yoki qabilaning boshlig'i
bo'lgan ayol kishi.
— Tomaris was a real matriarch.
— To'maris haqiqiy matriarx bo'lgan.
Patriarch - Patriarx ot. Oilaning yoki qabilaning boshlig'I
bo'lgan erkak kishi.
— The film The Godfather is about an ultimate patriarch
- Don Corleone.
— Cho'qintirilgan Ota filmi mutloq patriarx - Don
Korleone haqidadir.
Oligarchy - Oligarxiya ot. Mamlakatni boshqarishda
ishtirok etuvchi shaxslarning kichik guruhi.

90
Birdaniga 14 000 ta so‘zni o‘rganing!
— Russia, America and Great Britain are famous for their
oligarchy.
— Rossiya, Amerika va Buyuk Britaniya o'zlarining
oligarxiyasi bilan mashhurdirlar.

5. logo/log - Ma'nosi: so'z (yunoncha "logos"). So'z


ma'nosiga ega bo'lgan o'zak albatta yangi so'zlarni yodlashda
qo'l keladi.
Misollar:
"Prologue - prolog ot. Badiiy asarning boshidagi kirish so'z.
— The prologue of the story made it clear that I would
enjoy reading it.
— H i koy an i n g p r ol og i d an u n i o' qi b y oqt i r i s hi m n i
tushundim.
"Logopedist - logoped ot. So'zlarni talaffuz qilishdagi
kamchiliklarni bartaraf qiluvchi mutaxassis.
She had to attend a logopedist for three months due to the
problems in her speech.Nutqidagi kamchiliklar tufayli u uch
oy davomida logopedga qatnashga majbur bo'ldi.

6. magna / magni - Ma'nosi: buyuk, katta, ulkan (lotincha


"magnus"). Bu o'zak bilan siz ulkan so'z boyligiga ega bo'lasiz.
Misollar:
"Magnify - kattalashtirmoq fe'l.
— Microscopes magnify even the smallest objects and
make them visible to us.
— Mikroskoplar hatto eng kichik jismlarni ham kattartiradi
va ularni biz uchun ko'rinadigan qiladi.
Qo'shimcha : magnate, magnanimous.

7. mem - Ma'nosi: eslamoq (lotincha "memor" - esda


saqlovchi, e'tiborli). Lug'at boyligini kengaytirish ustida ish
olib borayotgan o'quvchi uchun "eslamoq" ma'nosiga ega
bo'lgan o'zakni bilish juda ham muhim.

91
So‘z yodlash sirlari
Misollar:
Memoir - memuar ot. Inson eslab qolishni xohlagan
narsalarning yozilgan shakli.
— Peter thoughthis life had been so exciting and original
that he decided to write a memoir of it in the form of an
autobiography.
— Piter o'z hayotini shunchalik ajoyib va o'ziga xos deb
hisoblaydiki, u hayoti haqida tarjimai hol shaklida memuar
yozishga qaror qildi.
Qo'shimcha : memorabilia, immemorial.
8. neo - Ma'nosi: yangi (yunoncha "neos"). Lug'at yodlash
va o'zaklarni o'rganish endi siz uchun yangi narsa emas.
Misollar:
Neophyte - yosh/g'o'r ot. Biror faoliyat turi bilan
shug'ullanishni endigina boshlagan shaxs.
— As a neophyte at the office he decided to listen first
and speak second.
— Idoradagi yosh xodim sifatida u avval tinglash va keyin
gapirishga qaror qildi.
Qo'shimcha : Neolithic, Neology.
9. nov - Ma'nosi: yangi (lotincha "nova", "novus"). Bu
yangio'zakni o'rganing va yangiliklar sari intiling!
Misollar:
Novelist - romannavis ot. Yangi badiiy asar yozuvchi
muallif.
— After many years of factual writing, the author decided
to use his imagination to write a major new work of fiction;
he decided to become a novelist.
— Ko'p yillar davomida ilmiy dalillar haqida yozib kelgan
muallif o'z tasavvurini yangi badiiy asar yaratishda qo'llashga
qaror qildi; u romannavis bo'lishga qaror qildi.

92
Birdaniga 14 000 ta so‘zni o‘rganing!
Supernova - o'ta yangi yulduz ot. Portlash natijasida yangi
shaklga o'tayotgan yulduz. Bu jarayonda u o'zining odatiy
yorug'ligidan millionlab marta yorqinroq nur sochadi.
— The crab nebula is a giant cloud-like structure which
is the gigantic remains of a star that became a supernova
many millions of years ago.
— Qisqichbaqa tumanligi ulkan bulutsimon tuzilma bo'lib,
ko'plab million yillar oldin o'ta yangi yulduzga aylangan
yulduzning qoldiqlaridan iboratdir.

10. pict - Ma'nosi: chizmoq ("pictor", "pingere").


— Picture yourself as a verbal genius, and you will
increase the probability of becoming one.
— O'zingizning ingliz tili bilag'oni ko'rinishingizni chizing
va bir kun kelib shunday bilimdonga aylanasiz!
— Pictorial - tasviriy sifat.
— She had a very pleasing and pictorial way of commu-
nicating ideas.
— U fikrlarni juda yoqimli va tasviriy tarzda yetkazib
berardi.
Qo'shimcha : Pictography, Picteresque .

11. soph - Ma'nosi: aql, donishmandlik (yunoncha "sophia").


Bu kichik o'zak o'ziga katta donishmandlikni mujassam
qilgan.
Misollar:
"Sophiology - sofiologiya ot. Inson tafakkuri haqidagi fan.
— Being interested in what the greatest minds of the past
had thought about things, he began to study sophiology.
Turli masalalar borasida o'tmishdagi eng buyuk tafakkur egalari
qanday fikrlar bildirganiga qiziqqanligi sababli, u sofiologiya
fanini o'rganishni boshladi.
"Sophisticate - donishmand ot.
His knowledge in many areas was superb; most people
considered him a sophisticate.
93
So‘z yodlash sirlari
12. tech - Ma'nosi: malaka/ko'nikma/san'at(yunoncha
"technikos"). Bu so'z bilan lug'at boyligingizni kengay-
tirishning yangi ko'nikmalarinio'rganasiz.
Misollar:
Pyrotechnics - pirotexnika ot. Alanga, olov, ayniqsa,
mushaklar bilan ishlash san'ati.
— On the 1st of September we can observe pyrotechnics
in practice.
— 1-Sentabr kuni biz pirotexnikani amalda kuzatishimiz
mumkin.
Technocracy - texnokratiya ot. Texnika bo'yicha ekspertlar-
ning yuqori qatlami tomonidan amalga oshiriluvchi bosh-
qaruv.
— Technocracy is an oligarchy of those with specialized
technical skills.
— Texnokratiya- bumaxsus texnik bilimlarga ega bo'lgan
shaxslar oligarxiyasidir.
13. ultima - Ma'nosi: oxirgi, so'nggi (lotincha "ultimas").
O'zaklarimizning eng oxirgilaridan biri "oxirgi" degan
ma'noga ega.
Misollar:
Ultimo - o'tgan oyda ravish. Hozirgi oydan oldingi.
— This month I have learned a lot of new words; ultimo I
learned none.
— Bu oy men ko'pgina yangi so'zlarni yodladim; o'tgan
oyda birorta ham yangi so'z yodlamagan edim.
Qo'shimcha : Penultimate Ultimate.
14. ven / veni / vent - Ma'nosi: kelmoq (lotincha "venere").
Biz bu bobga yana yangi bir yangi o'zakni o'rgangani keldik.
Misollar:
Venture - tavakkalchilik ot. Jasorat talab qiladigan sayohat
yoki biznes tadbir.
— They entered enthusiastically into their new venture

94
Birdaniga 14 000 ta so‘zni o‘rganing!
together, convinced of their success.
— Ular yangi tavakkalishgaxursand bo'lib birga kirishdilar,
zero ular muvaffaqiyatga ishonishar edi.
Adventitious - to'satdan, kutilmaganda ro'y beruvchi sifat.
— The sudden and unexpectedly large inheritance was
an adventitious event that changed the family's fortunes.
— To'satdan kelgan va kutilmagan darajada katta miqdordagi
meros oilaning moliyaviy holatini o'zgartirib yuborgani
kutilmaganvoqea bo'ldi.
15. ver / very - Ma'nosi: haqiqiy/sof (lotincha 'verus'). Siz
endi so'zlarning haqiqiy inglizcha yoki boshqa tilgan kirib
kelganligini bila olasiz.
Misollar:
Veracity - haqiqat/rostgo'ylik ot.
— He was an extremely ethical fellow, and spoke with
complete sincerity and veracity.
— Juda tarbiyali yigit edi va to'la samimiyat hamda
rostgo'ylik bilan gapirar edi.
Qo'shimcha : Verify ,Veridical.
16. viv / vivi / vita - Ma'nosi: tirik/jonli (lotincha "vita"). Bu
o'zak sizning lug'at boyligingizga tiriklik nafasini beradi.
Misollar:
Vitamin - vitamin ot. Hayot uchun zarur bo'lgan darmon
modda.
— Many nutritionists recommend vitamin supplements
to a regular diet in order to improve the quality of life.
— Ko'p diyetologlar, hayot sifatini yaxshilash maqsadida, odatiy
taomlarga vitaminli qo'shimcha qo'shishni tavsiya qilishadi.
Vivacious - bardam/jonli sifat. Kuch quvvatga to'la.
— Her sparkling, vivacious personality made her the belle
of every ball.
— Uning yorqin, bardam shaxsiyati uni barcha ballarning
yulduziga aylantirar edi.
95
So‘z yodlash sirlari

12-mashq.
Quyidagi o'zaklarni o'rganishga harakat qiling. Bu
mashqda faqat sizlar o'zingizning ijodiy qobilyatingizni
ishlatib misollarga yana bittadan misol qo'shib yozing.
Bunday mashq bilan shug'ullanish, sizga o'zakni faol
ravishda yodlashga yordam beradi.
O'zaklar Ma'nosi Misollar O'zingizning
misolingiz
-ast(er)-(G) yulduz asteroid, astronomy
-audi- (L) eshitmoq audible, audience
-auto- (G) o'zi automatic, autopsy
-bene- (L) yaxshi benefit, benign
-bio- (G) hayotbiography, biology
-chrono- (G) vaqt chronic, synchronize
-gen- (L) tug'ilish gene, generate
-geo- (G) yer geography, geology
-graph- (G) yozmoq autograph, graph
-jur-, -jus- (L) qonun jury, justice
-log-, -logue- (L) fikr logic, obloquy
-luc- (L) yorug'lik lucid, translucent
-man(u)- (L) qo'l manual, manure
-omni- (L) barcha Omnivorous
-path- (G) his etmoq empathy, pathetic
-phon- (G) ovoz phonics, telephone
-photo- (G) yorug'lik photograph, photon
-scrib-, -script- (L) yozuv ascribe, script
-sens-, -sent- (L) sezmoq resent, sensitive
-tele- (G) uzoq telecast, telephone
-terr- (L) Yeh terrain, territory
-vid-, -vis- (L) ko'rmoq visible, video
* (G) - grek yoki yunon tilidan olingan, (L) - lotin
tilidan kelib chiqqan.

96
Birdaniga 14 000 ta so‘zni o‘rganing!
SUFFIKSLARNI YODLASH
So'z yasovchi suffikslar (so'zdan keyin qo'shiluvchi
qo'shimchalar) ni bilish so'zning ma'nosini to'g'ri taxmin qilish
yoki uni osonroq o'zlashtirishga katta yordam bera oladi.
Chunki, ingliz tilidagi suffikslarning har biri aniq ma'noga
ega bo'lib, muayyan so'z turkumiga oid so'zlarni hosil qilishda
ishlatiladi. Quyida ingliz tilida so'z yasashda eng ko'p ishtirok
etadigan suffikslarni ko'rib shiqamiz.

1) Ot yasovchi suffikslar (qo'shimchalar):

Suffikslar Ma'nosi Misol


-acy holat -democracy - demokratiya
-accuracy
-al xatti-harakat, jarayon refusal - rad qilish
-ance, -ence holat yoki xususiyatning mavjudligi
eminence - mashhurlik
-dom mavjudlik o'rni yoki holati
kingdom- qirollik
-er, -or bajaruvchi shaxs translator - tarjimon
-ism ta'limot, g'oya patriotism - vatanparvarlik
g'oyasi
-ist shug'ullanuvchi shaxs chemist- kimyogar
-ity, -ty -ning xususiyati velocity - tezlik xususiyati
-ment -ning holati argument - tortishuv
-ness mavjudlik holati kindness - muloyimlik
-ship o'rin, mavqe' friendship - do'stlik
-sion, -tion mavjudlik holati transition - o'tish

2) Fe'l yasovchi suffikslar (qo'shimchalar)


-ate holatni o'zgartirish eradicate- qo'porib tashlamoq
-en holatni o'zgartirish enlighten - bilim bermoq
-ify, -fy holatni o'zgartirish terrify - dahshatga solmoq
-ize, -ise holatni o'zgartirish civilize - madaniylashtirmoq

97
So‘z yodlash sirlari

3) Sifat yasovchi suffikslar (qo'shimchalar)


-able, -ible xususiyatga ega edible - yesa bo'ladigan
-al -ga oid regional - hududiy
(biror hududga oid)
-esque eslatuvchi picturesque - manzarali
-ful -ga ega fruitful - mevali
-ic, -ical -ga oid musical - musiqiy
-ious, -ous xususiyatiga ega nutritious - to'yimli
-ive xususiyatiga ega creative - ijodiy
-less yo'q, -siz endless - so'ngsiz
-y xususiyatiga ega sleazy - zaif, mo'rt

4) Ravish yasovchi (suffiks) qo'shimcha:


Ingliz tilida ravish hosil qilishda eng ko'p ishlatiladigan
suffiks bu "-ly" dir. Biroq bu qo'shimchaning lug'aviy ma'nosini
o'zbek tilida izohlash mumkin emas. Zero, ingliz tilida ravish
hisoblangan so'zlarning asosiy qismi o'zbek tilida sifat
hisoblanadi. Biroq, shuni esda tutmoq lozimki, "-ly"
qo'shimchasi o'zi qo'shilgan sifatdan xuddi shunday
ma'nodagi ravishni hosil qiladi:

He is a very kind (sifat) person. He always speaks kindly


(ravish). - U juda muloyim (sifat) inson. U har doim muloyim
(sifat) gapiradi.

98
Birdaniga 14 000 ta so‘zni o‘rganing!

13-mashq.
Quyidagi matnlarda prefikslar va suffikslar
qatnashgan so'zlarni ajratib yozing va ulardagi
qo'shimchalarning ma'nolarini tahlil qiling.

2007-yil 110-variant
AN APPLE A DAY
An apple a day keeps the doctor away, as the saying
goes. And not just any doctor. An apple a day may help
keep the neurologist away - along with the diseases like
Alzheimer's and Parkinson's. Food scientist Chang Y.
Lee found that an antioxidant, called quercetin, in apples
can protect brain cells from damage. "Quercetin has
much higher antioxidant activity compared to Vitamin
C," says Lee. His work has shown that quercitin may
help brain cells and hurt cancer cells. Apples are a main
source of quercetin. It is also found in onions, tea,
blueberries and cranberries. Choose a fresh apple over
applesauce or apple juice for a snack, Lee suggests ,
because quercetin is found mostly in the skin of the fruit.
"processed food may lose active components," he adds.

TARJIMA QILISH SAN'ATI


Ingliz tilida so'z o'rganishning yana bir sinalgan usuli bu
ingliz tilidan ona tilingizga tarjima qilish hisoblanadi.
Shuningdek, ko'pchilik abiturientlar bilan bo'lgan tajribalar
shuni ko'rsatadiki, o'quvchilar odatda oddiy tarjima qilish
qoidalarini bilmay o'zbek tiliga to'g'ri tarjima qila olmaydi.
Xo'sh, tarjima qilishning qanday foydasi bor va qanday qilib
tarjima qilish ko'proq so'zlarni yodlashga hamda ingliz tilini
yaxshi o'rganishga olib keladi?!

99
So‘z yodlash sirlari

2008-yil 101-variant
THE PERFECT EXCUSE
A Taiwanese bank robber has just won an award for
the most absurd robbery. 45-year-old Mr. Sun Cruk
turned up at a bank and demanded money using a toy
gun to threaten the bank staff. Then, instead of running
away, he just sat and waited to be arrested. When the
police arrived at the bank, they found Cruk sitting in a
chair holding 230 000 new Taiwan dollars (about 6800
euros). Cruk later told journalists: "I didn't mean to rob
the bank. I wanted the police to arrest me and send me
to prison because there were some guys who wanted
me to pay back some money they'd lent me." But the
police doubted the story. Police officer Lee said: "If we
hadn't arrived so soon, he would have grabbed the
money and run away".

Avvalo, birinchi marta matnni o'qiysiz, ikkinchi marta


o'qiganin-gizda,o'zingizga noma'lum so'zlarni tarjima qilib
chiqasiz va shundan keyin matnni ona tilingizga tarjima
qilasiz. Matnni tarjima qila oldingizmi, demak, uni juda yaxshi
tushundingiz. Matnning mazmuni va tarjima amaliyoti yangi
so'zlarni ongingizga yanada kuchli muhrlaydi. Keyin esa o'z
kuchingiz bilan tarjima qilingan matnni bir-ikki marta ortiqcha
ko'rganingizda, tarjima qilish holati va mehnatingiz samarasi
bilan so'zlar eslab qolish osonlashadi.
Ana endi savol tug'iladi, qanday qilib ingliz tilidan o'zbek
tiliga to'g'ri tarjima qilish mumkin? Gap shundaki, o'zbek tili
Turkiy tillar oilasiga, ingliz tili esa Hind-Yevropa tillari
oilasiga mansub. Har bir tilning o'ziga xos gap tuzilishi
mavjud bo'lib, biri boshqasiga umuman mos kelmaydi. Ingliz
tilidagi gapni o'z tartibida o'zbek tiliga, yoki o'zbek tilidagi

100
Birdaniga 14 000 ta so‘zni o‘rganing!
gapni o'z tartibida ingliz tiliga to'g'ridan-to'g'ri tarjima qilish
umuman mumkin emas.
Tarjima sari qo'yiladigan ilk qadam bu ingliz tilidagi gap
bo'laklari tartibini alohida o'rganishdir. Ingliz tilida gap
bo'laklarining qat'iy tartibi mavjud bo'lib, u quyidagicha:
Ega + kesim+ boshqalar (aniqlovchi + to'ldiruvchi + hol)
Masalan: I read interesting books every day.
Misoldagi gapni ayni shu tartibda tarjima qilsak, "Men
o'qiyman qiziqarli kitob har kuni." tarzida noto'g'ri gap hosil
bo'ladi. O'zbekcha "Men har kuni qiziqarli kitoblar
o'qiyman." shaklidagi gapimizni esa shu tartibda ingliz tiliga
"I everyday interesting books read" deb tarjima qila olmaymiz.
Ingliz tilidan o'zbek tiliga tarjima qilishda quyidagi 3 ta
qoida mavjud:
1) Avval egani tarjima qilib olasiz, keyin to'ldiruvchilarni
va oxirida kesimni tarjima qilasiz. Bunday usulda tarjima
qilishga sabab Ingliz tili strukturasi bilan o'zbek tili strukturasi
o'rtasidagi tafovut hisoblanadi. Negaki, ingliz tilida gapning
tuzilishi -
S + V + O (ketma-ketlikda)

subject (ega), verb (kesim yoki fe'l), othersor object (boshqa


bo'laklar va to'ldiruvchi)
O'zbek tilida esa gapning tuzilishi

S+O+V

shaklida bo'ladi. Gapning egasi birinchi keladi va boshqa


bo'laklar egadan keyin, eng asosiy g'oyani ochib beruvchi
bo'lak kesim gapning oxirida keladi. Shundan kelib chiqib
aytish mumkinki, Ingliz tilidan o'zbek tiliga o'tish uchun
S-V-O ni S-O-Vga o'tkazishingiz kerak bo'ladi.(15-rasmga
qarang)

101
So‘z yodlash sirlari

16-rasm
2) tarjima qilishda iloji boricha ingliz tilidagi gapni oxiridan
boshiga qarab o'zbek tiliga tarjima qilasiz. O'ngdan chapga
qarab tarjima qilish ingiliz tilidan o'zbek tiliga o'tishning eng
asosiy tamoyillardan biri bo'lib qoladi.
Misol uchun quyidagi matnni tarjima qilamiz.
Nowadays, in England, tea is quite the most popular, and
also the cheapest, of all drinks. Hozirgi kunda Angliyada
choy(egani tarjima qivoldik) barcha ichimliklar orasida eng
arzoni hamda eng mashhuri hisoblanadi. (E'tibor bering, biz
orqadan tarjima qilib keldik.)
— OF qatnashgan birikma bo'lsa (the key of the door), o'ng
tomon birinchi tarjima qilinib - ning qo'shimchasi bilan yana
chapga qarab yurasiz - eshikning kaliti
People drink their tea in different ways. Odamlar choyni
turli xil usulda ichishadi. (E'tibor bering, DRINK kesimi
tarjimada gapning oxirida kelmoqda.)
3) Agarda ega bir so'zdan ko'p bo'lsa uni birinchi tarjima
qilib olish kerak yoki to'ldiruvchi va hol ham bir so'zdan ko'p
bo'lsa, ularni ham tarjima qilib olish kerak. Yoki when
bog'lovchisi qatnashgan payt ergash gap bo'lsa, uni birinchi
tarjima qilib, keyin bosh gap tarjima qilinadi.
During the last century, when tea was very expensive, it
was kept locked up, and the lady of the house had the key.
O'tgan asrda, choy qimmat bo'lgan paytlarda (when li gap
birinchi tarjima qilindi) u qulflanib saqlangan va uyning
102
Birdaniga 14 000 ta so‘zni o‘rganing!
xonimi kalitni o'zida saqlagan.
At breakfast everyone drank beer! Ertalab hamma pivo
ichardi. (Birinchi kelgan hol ega bilan birga tarjima qilindi,
qolganbo'laklar esa, keyingi o'rinda keldi.)
Endi boshqa bog'liqliklari bo'yicha tarjima qilishga misollar
keltirsak:
Children have lost much of their freedom to explore their
own neighbourhood or city without adult supervision. Bolalar
ota-onalari hamrohligisiz shahar va o'z mahallalarini o'rganib
chiqish uchun erkinligining katta qismi yo'qotishdi. (Bu yerda
gapning o'rtasida kelgan to explore ning alohida gap sifatida
tarjima qilib olamiz, lekin baribir qoida o'zgarmagan. Keyin
of ko‘makchisi ishtirok etgan iboralarni tarjima qilishda doimo
birinchi of-ning ikkinchi qismi birinchi aytilib, yana chapdan
o'ng tomonga yuriladi -much of their freedom, ularning
erkinliklarining ko'p qismi)
Children's independent access to their local streets may be
important for their own personal, mental and psychological
development. Bu gapda endi ega murakkab ega hisoblanadi -
Children's independent access to their local streets may
be kesimigacha. Va their own personal, mental and psycho-
logical development iborasi ham qo'shma so'z bo'lib ularni
tarjima qilishda bir qancha qoidaga e'tibor berish kerak. Egani
avval alohida tarjima qilib olinadi, undan keyin qo'shma
iborani tarjima qilib oxirida kesimga orqadan yetib keladi.
Egada ham orqadan kelish mumkin: mahalliy ko'chalarga
bolalarning mustaqil chiqishi. Sifat esa shaxsiy, aqliy va
psixologik rivojlanishi. Shunda tarjima quyidagicha bo'ladi:
Mahalliy ko'chalarga bolalarning mustaqil chiqishi ularning
shaxsiy, aqliy va psixologik rivojlanishi uchun muhim bo'lishi
mumkin.
Tarjima qilishni odatga aylantirib olish lozim. Yana ozgina
vaqt o'tib endi tarjimalarga qaramasdan shunday o'qishga
urinasiz va tarjimani qaytadan eslashga harakat qilasiz. Bir
ikki kundan keyin o'zingiz o'sha matnni ko'rsangiz shunday
103
So‘z yodlash sirlari
tarjima qilishni boshlaysiz. Sizning ma'no chiqarishga
urunishingiz yangi so'zni miyangizda "yopishib" qolishiga
sabab bo'ladi.
Bunday tarjima mashqlarini bajarish orqali o'zbek tili bilan
ingliz tili o'rtasidagi ba'zi bog'liqliklarni sezasiz va bu o'z
navbatida ham tilni o'rganishingizga ham so'zni
yodlashingizga yordam beradi.
Hozirgi kunda faqat muomala moslashgan ta'lim tizimida
, tarjima qilishni o'rganish biroz urfdan qolgan. Ammo yakka
o'rganuvchilar va o'qib-o'rganishni yaxshi ko'radiganlar uchun
bu usul eng foydali hisoblanadi.Bunda tildagi muammolarni
topasiz, ikki tildagi o'xshashliklarni tushunasiz, so'z yodlashga
katta yordam beradi va tarjima qilgan matningizdagi so'z
alohida yodlagandan ko'ra uzoqroq muddatga saqlanib
qoladi.
36 TALIK TESTLARDA MATNLI
SAVOLLARGA JAVOB BERISH
Matnli test savollariga javob berish boshqa turdagi
savollarga javob berishdan farq qiladi. Bunday savollarni
tuzishdan asosiy maqsad matnning asosiy g'oyasini tushuna
olganingizni tekshirishdir.
1) Matnli test savollarini o'qib chiqing. Negaki savollarni
o'qib, sizdan aynan nima so'ralayotganini bilib olasiz.
2) Savollarni o'qiganda, matndagi eng kerakli so'zlarni
belgilashni o'rganing. Masalan, ismlar, sanalar, joy nomlari
va boshqalar.
Kalit so'zlar bu ingliz tilidagi gapda asosiy ma'noni
bildiruvchi so'zlardir. Bular S-V-O ya'ni ega, egadan keyin
keluvchi kesim va ega va kesimga bog'langan to'ldiruvchi. Shu
uchala so'zni o'qish orqali biz gapning asosiy mazmunini ilg'ab
olamiz. Aniqlovchi hamda hol ko'pincha shu so'zlarga
qo'shimcha ma'no beradi va asosiy mazmunga katta ta'sir
qilmaydi. Bundan tashqari savollarni o'qishda iloji boricha
matn kim yoki nima haqida ekanligini topib olish kerak.

104
Birdaniga 14 000 ta so‘zni o‘rganing!
Misol uchun quyidagi matnga qarang:
Birinchi navbatda savollarni bir qator, tezlik bilan o'qib
chiqamiz va kalit so'zlarni belgilab olamiz.Savolga e'tibor
berib, past, England va today kalit so'zlarini belgilaymiz.
Belgilaganda ham yumaloq belgi bilan yoki tagiga chizib, yoki
to'rtburchakning ichiga olib belgilab qo'yish mumkin.
1. Compared with the past, in England today … .
A - javobdagi S-V-O so'zlarga e'tibor beramiz, va bizda
People, prefer, tea, beer, soz'lari belgilanadi. Mazmuni -
odamlar choydan ko'ra pivoni afzal ko'rishadi.
A) more and more people prefer tea to beer
B - javobda Tea va luxury so'zlarini belgilash kifoya. Ya'ni
choy dabdaba va hashamat deb bilingan.
B) Tea is regarded as a luxury
C - javobda esa cheap va commonly available so'zlarini
belgilash yetarli, gap boshidagi tea shart emas, u siz ham matn
choy haqidaligini sezdingiz.
C) tea is very cheap and commonly available
D - javobdagi bizga kerakli so'zlar sugar, less popular.
D) sugar is becoming less and less popular
To'rtta javob to'rt xil fikrni ifodalamoqda: A javobda choy
va pivoni taqqoslash, B javobda choyga bog'liq
hashamatbozlik, C javobda choyning arzon va hamma uchun
mavjud ekanligi, D javobda esa shakarning borgan sari kam
ishlatilayotganiligi.
Endi, javob variantlarini tushunib olgach, to'g'ri javobni
topishga kirishamiz. Bunday holatda javobni faqat matndagi
aniq ma'lumotga tayangan holda topishingiz shart. Shaxsiy
fikr yoki nuqtai nazar asosida javob berish mumkin emas.
Qolgan matnlar bilan ish olib borishda ham asosiy ma'noni
ifodalovchi kalit so'zlarni tagiga chizib borish juda foydalidir.
Shunday qilsangiz, matnning asosiy mazmunini osonroq
tushunasiz va javobni ozroq vaqt sarflagan holda to'g'ri
topasiz.

105
So‘z yodlash sirlari
Nowadays, in England, tea is quite the most popular, and
also the cheapest, of all drinks. People drink their tea in
different ways. Some like it with sugar, some without. Some
drink it with milk, some with lemon; yet, one way or another
just about everyone drinks tea. This, however, has not always
been the case. During the last century, when tea was very
expensive, it was kept locked up, and the lady of the house
had the key. Tea drinking then was quite a ceremony, reserved
for the evenings. At breakfast everyone drank beer!

1. Compared with the past, in England today … .


A) more and more people prefer tea to beer
B) tea is regarded as a luxury
C) tea is very cheap and commonly available
D) sugar is becoming less and less popular

2. It is obvious from the passage that … .


A) English people have always regarded tea as better than
beer
B) over the years the popularity of tea in England has
increased tremendously
C) drinking tea with lemon is only a recent habit in England
D) like tea, beer also is an extremely popular drink

3. In the passage it is explained that … .


A) in England today people have different habits of tea
drinking
B) in the past in England only the wealthy were able to drink
beer
C) at breakfast English people also like to drink beer
D) English people mostly prefer to have their tea in the
evening
Matnni o'qiganda ham S-V-O larga ajratib chiqamiz faqat
keyin gapga o'tganda uni oldingi gapga bo'gliqligini
ichimizda o'zimiz uchun aytib ketamiz.

106
Birdaniga 14 000 ta so‘zni o‘rganing!

Test 1
Testdagi A) javob noto'g'ri, chunki borgan sari ko'proq
odamlarni choyni pivoga qaraganda afzal ko'rayotgani haqida
matnda ma'lumot keltirilmagan.
Testdagi B) javob noto'g'ri, chunki matn topshirig'ida
choyga odamlarning shu kundagi munosabati so'ralgan.
Javobda esa choyga odamlarning o'tmishdagi munosabati
ifodalangan.
Testdagi D) javob noto'g'ri, chunki borgan sari shakarga
talab kamayayotgani haqida matnda ma'lumot yo'q.
Testdagi C) javob esa to'g'ri javob, chunki matnda choyni
shu kunlarda eng arzon ichimlik ekanligi va keng ko'lamda
iste'mol imkoni borligi haqida ma'lumot bor. Ushbu
ma'lumotlar esa matn topshirig'idagi choyni o'tmish va ayni
vaqtdagi holatini qiyoslab kelmoqda.
1. Compared with the past, (During the last century, when
tea was very expensive, it was kept locked up, and the lady of
the house had the key. Tea drinking then was quite a
ceremony, reserved for the evenings.) in England today tea is
very cheap and commonly available. (Nowadays, in England,
tea is quite the most popular, and also the cheapest, of all
drinks. . . . one way or another just about everyone drinks
tea.)
2. Ushbu bobga xulosa qilib aytadigan bo'lsak, matnli
savollarga to'g'ri javob berish uchun faqatgina inglizcha
so'zlarni ko'plab bilish yetarli emas, balki matn bilan ishlash
qonun qoidalarini ham o'zlashtirish zarurdir.

107
So‘z yodlash sirlari

10-bob.
MENTAL SET (AQLIY MUNOSABAT)
"Language shapes the way we think, and determines
what we can think about."
— Benjamin Whorf
"Til bizning fikrlash tarzimizni shakllantiradi va
nimalar haqida fikr yurita olishimizni belgilab beradi."
— Benjamin Vorf
Til o'rganish uchun faqatgina qattiq mehnat va ko'p dars
qilishning o'zi kamlik qiladi. Ayniqsa, agar o'z kelajagingizni
ingliz tili bilan bog'lashga ahd qilgan bo'lsangiz.Siz uchun juda
foydali bo'lgan yana bir omil bu ingliz tiliga bo'lgan aqliy
munosabatingizdir. Aqliy munosabatning o'zi nima? Aqliy
munosabat aqlingizning ingliz tilini qabul qilishga tayyorligi,
ingliz tilini o'rganish zaruratini anglab yetishingiz va albatta
bundan kutilgan natija kelib chiqishiga ishonishingizdir. Qisqa
qilib aytganda, ingliz tilini o'rganishga kirishishdan oldin,
ushbu jarayonga nisbatan aqlimizni kerakli tarzda "sozlab"
olishimiz juda muhim. Quyida esa aqliy munosabatni qanday
shakllantirish foydali bo'lishi haqida to'xtalib o'tamiz.
Doimo yangi so'z o'rganing! So'zlarga bo'lgan
qiziqishingizni oshiring va ular bilan do'st bo'ling, negaki
so'z yodlashni yomon ko'rib ko'p so'z yodlay olmaysiz.
Qisqa muddatli xotiradagi ma'lumotlar 2 soniyadan
keyin esdan chiqib qoladi. Buning davosi - yaxshilab takrorlab
olish yoki ba'zi manbalarda ta'kidlanishicha, eslab
qolinmoqchi bo'lgan so'zga 7 soniya atrofida e'tibor qaratib
turish tavsiya etiladi. Keyin esa, o'sha so'zni qayta eslashga
harakat qilish lozim. To'g'ri, yangi so'zni darhol qayta eslash
qiyin bo'lishi mumkin, lekin bu ishni qaytaraverish
dangasalikni yengadi va qayta eslay olish tezligini oshiradi.

108
Mental set (aqliy munosabat)
Barcha ishlaringizni va ingliz tili bo'yicha darslaringizni
tartibga keltirishga urining. Boshqacha qilib aytganda, ingliz
tili bilan shug'ullanadigan vaqtingizni qat'iy tartib asosida
belgilang; dars qilinadigan joy (uydagi xonangiz, sinf xonasi,
kutubxona)larda aynan qaysi vaqt, kim bilan va qay tarzda
dars qilishni to'g'ri rejalashtirib oling. Esda tuting: Tartibsizlik,
dangasalik kabi illatlar - til o'rganishingizdagi eng katta
dushmaningizdir.
Iroda kuchini shakllantiring, ya'ni bajarishingiz kerak
bo'lgan mashqlarni va o'rganishingiz lozim bo'lgan so'zlarni
to'liq uddalamaguningizga qadar aslo ortga chekinmang.
Irodali bo'ling!
O'zingizda tuganmas motivatsiyani kuchaytiring.
Motivatsiya bu qilayotgan ishingizdan yuzaga keluvchi
natijani maqsad qilib olish va unga intilishdir. Ingliz tilini
o'rganishdan ko'zlagan maqsadlaringiz ulkan, albatta.
Shubhasiz, tilni mukammal o'rganishni, chet davlatlarda ta'lim
olishni va kelajakda kuchli mutaxassis bo'lib yetishishni
xohlaysiz. Shu maqsadlar ongingizni tark etmasin.
Shundagina qo'ygan maqsadingiz sari hormay-tolmay
intilaverasiz.
Ingliz tili bilan shug'ullanish siz uchun odatga aylansin.
Odat bo'lganda ham, yaxshi kayfiyat va ichki qoniqish hissini
beruvchi odatga aylansin. Agar shunga erisha olsangiz,
nafaqat aqliy jihatdan balki ruhiy jihatdan ham ingliz tilini
o'rganishga rag'batingiz ortadi. Bunga erishish uchun esa,
darslarni muntazam bajarish va ushbu jarayonni imkon
boricha qiziqarli va jonli bo'lishiga erishish lozim.
O'zingizni nazorat qilishni o'rganing. Ko'p hollarda
o'qituvchilar o'quvchilarga qattiq talab qo'ymaydilar. Bu esa
o'quvchilarda dangasalik va beg'amlik hollarini keltirib

109
So‘z yodlash sirlari
chiqaradi. O'sha dangasa o'quvchilardan biriga aylanib
qolmang. O'zingizni, darslaringizni va o'rganish jarayo-
ningizni nazorat qilishga o'rganing. Buning uchun albatta
iroda va motivatsiya kerak bo'ladi. Lekin bu bajarish mumkin
bo'lgan ish. Abraham Linkoln, Charlz Dikens kabi buyuk
shaxslar aynan shu xislatlari tufayli buyuklikka erisha
olganlar.
Ingliz tilini o'rganish uchun kerakli bo'lgan o'quv
jihozlari: lug'at, darslik, badiiy adabiyot, lug'at daftari, ruchka,
qalam va boshqalarni doim shay va tartibli holda saqlang.
Bundan o'zingizning ko'nglingiz ochiladi va dars qilishga
ishtiyoqingiz yanada ortadi.
Til o'rganish davomida eng qiyin va muammoli bo'lgan
jihat ustida ko'proq ishlang. Ko'p muammo tug'dirgan
masala albatta qo'rquv, hayiqish hissini paydo qiladi.
Tasavvur qiling, sizning qo'rquvingiz bu dahshatli ajdarho.
Siz esa jasur bahodirsiz. Qorquvingizga qarshi boring va
mehnatingiz bilan uning ustidan g'alaba qozoning.
Til o'rganish uchun kerakli muhitni yarata bilish juda
muhim. Do'stlar va yaqinlaringiz aynan atrofingizdagi
muhitni hosil qiluvchi insonlardir. Ingliz tilini yaxshi biladigan
va uni o'rganishga ishtiyoqmand bo'lgan insonlar bilan do'st
o'rtoq tutining, ular bilan ko'p muloqotda bo'ling.
Ko'pchilikning yagona maqsad sari intilishi, insonda bo'lgan
qiziqishni yanada kuchaytirib yuboradi.
Dars qilmaslik, so'z yodlamaslik uchun aslo bahona
qidira ko'rmang. Bunday qilish zaif va dangasa odamning
ishidir. Bunday insonlar esa, dangasaligi va jur'atsizligi uchun
hech qachon jiddiy yutuqqa erisha olmaydilar. Bahona qilish
o'rniga darsingizni qiling!
O'rganishning erta kechi yo'q. Hatto eng katta yoshdagi

110
Mental set (aqliy munosabat)
insonlar ham o'zlarini yosh o'quvchidek tutib, ta'lim olishadi.
Misol tariqasida Lev Tolstoyning 78 yoshida qadimgi yunon
tilini o'rganishni boshlaganini aytish mumkin. Boshqacha qilib
aytganda, beshikdan to qabrgacha ilm izlashga tayyor bo'ling.
Har kuni kamida 5 dona yangi so'z yodlashga va kamida
ikki kunda bir muntazam mashqlar bilan shug'ullanishga
odatlaning. Xatolaringizni tahlil qiling va bilmaganingizni
so'rab o'rganishdan tortinmang.
So'z detektiviga aylaning. Lug'atlar va ensiklopediya-
lardan foydalanib, o'zingizni qiziqtirayotgan so'zlar haqida
imkon boricha batafsil ma'lumotga ega bo'lishga harakat
qiling.
Hamma turli xil usulda o'rganishga moyil, o'zingizning
o'rganish uslubingizni toping.
Tilda so'z yodlashda yana bir muhim jihat - bu siz
allaqachon biladigan narsalarni qo'shimcha yana bino
qurmoqlikdir. Nimalarni bilishingizni aniq bilib oling va
bularni bilganingizga aniq ishonch hosil qilsangiz, ana endi
nimani bilmasligingizni bilib,o'shani rivojlantirishga intiling.
Har qanday qiyinchilik va tog'larni aniq maqsadlar bilan
yengish mumkin.
Doimo miyangizda saqlashingiz kerakki, eng yaxshi
yodlash usuli bu sizni motivatsiya qilishga olib keladigan usul
hisoblanadi. Negaki ba'zida kimdir maslahat bergan usuldan
foydalanarmiz, lekin vaqt o'tib bu usulda shug'ullanish
zerikarli bo'lib qolishi mumkin va shunda sizni yanada
ruhlantiradigan usulga ehtiyoj tug'iladi.
Har bir narsa va har bir o'qituvchi siz uchun potensial
o'rganish vositasi bo'lsin. Biz odatda yon atrofdagi insonlardan
ko'p narsani o'rganishga moyilmiz. Muhimi bundan
uyalmaslik kerak.

111
So‘z yodlash sirlari

SO'Z BOYLIGINING AHAMIYATI


Shaxsning biror tildagi so'z boyligi o'sha shaxsning o'qib
o'zlashtira olgan materiallarining miqdorini aks ettiruvchi
ko'rsatkichdir. Shuning uchun ham xorijdagi turli o'quv
yurtlariga hujjat topshiruvchilarning so'z boyligini
tekshiruvchi imtihonlarni asosiy qabul mezonlaridan biri
sifatida qo'llaydilar va ko'pincha o'quvchilarning
muvaffaqiyati yoki muvaffaqiyatsizligi ularning so'zlarni
to'g'ri ishlata olishi, ularni to'g'ri tushuna olish qobiliyatiga
bog'liq bo'ladi.
Ma'lum bo'lishicha, shaxsning bir sohadagi muvaffaqiyati
bilan uning bisotidagi so'z boyligi o'rtasida juda yaqqol
bog'liqlik bor ekan. Muammoga yondashish yoki hissiyotlarni
yo'naltira olishga ham e'tibor berish kerak. Nima bo'lsa ham,
bu jihat o'zini ko'rsatadi. Sizning so'z boyligingiz hayotiy
muvaffaqiyatingiz kaliti!
Albatta, so'z boyligining ahamiyati o'quv yurtlari hamda
ta'lim olish doirasidan ancha kengroqdir: o'z sheriklaridan
ko'ra ko'proq so'z ishlata oladigan tadbirkor ularning oldida
aniq ustunlikka ega bo'ladi. Kundalik hayotda ham oson
tushunadigan vao'z fikrini qiziqarli qilib yetkazib beradigan
odamlar ham albatta ustunlikka ega bo'ladilar.

112
Taxmin qilish hissini rivojlantiring

11-bob.
TAXMIN QILISH HISSINI RIVOJLANTIRING

"The quality of our thoughts is bordered on


all sides by our facility with language."
J. Michael Straczynski
"Fikrlarimizning sifati har tomonlama bizning
til bilish qobiliyatlarimiz bilan bog'liqdir."
J. Maykl Strachinski
Test yechayotganingizda notanish so'z uchrab qolsa,
shoshib qolmang yoki ingliz tilida matn o'qiyotganingizda
tez-tez lug'atga qarashga odatlanmang. Negaki, bunday
uslubda o'qish sizni zeriktirib yuborishi va ingliz tilini qabul
qila olish qobiliyatingizning pasayishiga olib kelishi yoki test
paytida vaqtdan yutqazishingizga hamda o'rinsiz
xavotirlanishga olib kelishi mumkin.
Tasavvur qiling, siz qaynoq somsa yeyapsiz. Qorningiz
esa juda och. Somsa qaynoq bo'lganligi tufayli uni puàlab-
puflab yeyish kerak. Bo'lmasa, og'iz kuyadi. Sekinroq yeyin
desangiz, qorningiz juda och. Qisqasi, bu jarayonda
puflashga chalg'iyverganingiz uchun na taomdan lazzat
olasiz, na qorninggiz to'yganini bilasiz. Demak, yangi matn
o'qish yoki til materiallari bilan tanishishda har bir yangi
so'zni lug'atdan qidiraverish sizni asl maqsaddan
chalg'itadi, natijada, na matnni yaxshi o'zlashtira olasiz, na
yangi so'zlarni yodlay olasiz.
Xo'sh, unda nima qilish kerak?!
Buning uchun o'zingiz tanishayotgan yangi materialning
(xoh u hikoya, roman yoki she'r bo'lsin) umumiy
mazmunini tushunishga harakat qiling, shu mazmundan
kelib chiqqan holda bilmagan so'zingizning ma'nosini
taxmin qilib ko'ring. Siz qidirayotgan bo'lak qaysi ekanligini
biling va bu bo'lakni aniqlashtirib kelgan kalit so'zlarni
toping. Nima ma'no berayotganini biling.
113
So‘z yodlash sirlari
Misol uchun siz "The lady looked so mesmerizing that all
the gentlemen in the hall kept looking at her." — degan
gapdagi "mesmerizing" so'zini tushunmadingiz. Boshqa
hamma so'zlar esa ma'lum. Taxminan "Bu xonim shunchalik
… ediki, zaldagi barcha janoblar unga qarashdan
to'xtashmadi" degan ma'noni hosil qila oldingiz. O'ylab
ko'ring, barcha janoblarni o'sha xonimning qanday xususiyati
jalb qilishi mumkin? Agar biz "mesmerizing" so'zini gapning
mazmunidan kelib chiqib, "go'zal"deb taxmin qilsak, to'g'ri
bo'ladi. Natijada, "Bu xonim shunchalik go'zal ediki, zaldagi
barcha janoblar unga qarashdan to'xtashmadi." shaklidagi gap
hosil bo'ladi. Qizig'i, bu jarayonda lug'atdan foydalanilmadi.
Keyinroq, matnni o'qib bo'lgach, lug'atga qarasangiz, o'sha
siz bilmagan so'zning ma'nosi "maftunkor" ekanligini bilib
olasiz. Notanish so'zning ma'nosini to'g'ri taxmin qila oldingiz!
Sizga noma'lum so'zlarning ma'nosini to'g'ri taxmin qila
olishdagi yana bir yordamchingiz - bu grammatikadir,
aniqrog'i gap bo'laklarini bilish, tushunish hamda ingliz
tilidagi gap tuzilishini yaxshi bilishdir.
Ma'lumkin, ingliz tilida gapning eng muhim mazmunini
ochib beruvchi bo'laklar bu - EGA va KESIM (va ular deyarli
doimo gapning boshida keladi), keyingi navbatdagi
ahamiyatli gap bo'lagi esa TO'LDIRUVCHI hisoblanadi.
Ya'ni,siz gapning asosiy mazmunini tushunishingiz uchun
EGA+KESIM+TO'LDIRUVCHIning o'zinigina o'qishingiz
kifoya qiladi. Qolgan gap bo'laklari bo'lmish ANIQLOVCHI
va HOL asosan, gapning markaziy mazmunini bo'yoqdorroq
qilib yetkazib berish vazifasini bajarib, gapning mag'ziga katta
ta'sir qilmaydi. Ma'nosini bilmayotgan soz'ning qaysi gap
bo'lagi ekanligini aniqlash orqali uning ma'nosi rostdan ham
zarurmi yo'qmi ekanligini bilib olasiz. Keling, misol tariqasida
bir mashqni o'rgatsak:
1) Ingliz tilidagi xohlagan matningizni oling. Aslida,
qilayotgan ishimiz aniq maqsadga yo'naltirilgan bo'lishini

114
Taxmin qilish hissini rivojlantiring
ta'minlash maqsadida ingliz tili imtihoni variantlarida
uchraydigan matnlar, IELTS imtihonida beriluvchi o'qish
bo'yicha topshiriqlar, yoki kichikroq hikoyalardan foydalanishni
tavsiya qilamiz.
2) O'zingiz tanlagan matnni hech qanday lug'at yoki boshqa
yordamchi vositasiz o'qib chiqing.
3) Matnni o'qib bo'lgach, uni olib qo'ying va o'ylab ko'ring:
matndan nimalarni tushundingiz? Siz bilmagan so'zlar
matnning mazmunini tushunishga xalaqit beryaptimi, yoki
ularsiz ham matnni anglash mumkinmi?
4) Agar so'z matnni tushunishga xalaqit bermasa, unga
hozircha e'tibor bermay turing. Muhim bo'lgan so'zlarning
ma'nolarini esa avval taxmin qilib ko'ring.
5) Taxminingizni tekshirish uchun lug'atga murojaat qiling.
Misol uchun: 2009-yil uchun chiqarilgan ingliz tili fani
bo'yicha test kitobchasining 104-variantidagi, 35, 36-savollarga
oid matndan bir parchani ko'rib chiqsak.
We lived in an old, fashionable part of the city, in a big
house in which the servants outnumbered the family. There
were four of us. But the houseman, the cook, the parlour
maid, the laundry maid, the chauffer, and the nurse were
the majority and dominated…
Aytaylik, siz outnumbered so'zini bilmadingiz. So'z o'zagi
number bo'lganligi uchun gap miqdor/son haqida
borayotganini bilib olasiz. Outnumbered gapda kesim
vazifasida kelmoqda. Bu gapning egasi esa servants
(xizmatkorlar). Biz bilmayotgan so'z xizmatkorlarning soni/
miqdori haqida ma'lumot bermoqda. Gapning davomida oila
a'zolarining 4 kishi ekanligini ko'ramiz. Undan keyingi gapda
ta'riflangan xizmatkorlarni sanasak, ularning 6 kishi ekanligi
ma'lum bo'ladi. Natijada, outnumbered so'zi "miqdor jihatidan
yuqori bo'lish" degan ma'noga egaligini taxmin qila oldingiz.
Keyinroq, bu so'zni lug'atdan topganingizda ham xuddi

115
So‘z yodlash sirlari
ma'noni ko'rishingiz mumkin.
Yuqoridagi fikrlarga qisqacha xulosa yasaydigan bo'lsak.
a) Matnni to'la tushunishga emas, balki undagi eng zarur
so'zlarni tushunishga harakat qiling.
b) Birinchi navbatda lug'atga emas, balki o'zingizning
fikrlay olish va taxmin qila olish qobiliyatingizga suyaning.
c) Taxmin qilgan so'z ma'nolarini, asosiy matnni o'qib
bo'lgach, lug'atdan tekshiring.
d) Yuqoridagilarga amal qilishga erinmang!
Undan tashqari quyidagi holatlar kelganida siz so'zlarni
taxminiy ma'nosini chiqarishga harakat qiling.
Undan tashqari quyidagi holatlar kelganida siz so'zlarni
taxminiy ma'nosini chiqaring.

1. MATNDAN KELIB CHIQQAN HOLDA TAXMIN


QILISH
In every country you visit, you will find a sport that
captures the passions of the nation. New Zealand has its
rugby supporters, England has its legions of football fans,
the Japanese have taken baseball to their hearts and Scotland
still proudly supports its curling heroes.
Birinchi gapdan so'z sport haqida borayotganini tushunish
mumkin. Demak, butun abzatsning mavzusi ham sport ekanligi
aniq. Keyingi gaplarda esa, har bir mamlakat aholisi nimanidir
yaxshi ko'rishi yoki qo'llab quvvatlashi haqida so'z bormoqda.
Mavzu sport haqida ekan, har bir mamlakatda eng mashhur bo'lgan
sport haqida so'z borayotganini anglab olish mushkul emas.

2. QARAMA-QARSHILIK BOR GAPLARDA OLDINGI


GAPGA NISBATAN QARAMA QARSHI DEB
HISOBLAB TAXMIN QILISH
It should come as no surprise that younger people spend
much of their leisure time on their feet, engaged in energetic
activities, but older people opt for more sedentary pursuits
116
Taxmin qilish hissini rivojlantiring
like going to the theatre or watching television.
Ushbu misoldagi sedentary so'zining mazmuni bilan tanish
bo'lmagan inson uchun buning ma'nosini bilib olish unchalik
qiyin emas. Bizga bu gapda ishlatilgan zidlov bog'lovchisi
but yor dam beradi. Biri nchi gapd a yoshlarnin g bo'sh
vaqtlarini on their feet ya'ni oyoqda, faol tarzda o'tkazishlari
ta'kidlangan. But bo'g'lovchisi esa, shu gapga zidlov,
qarama-qarshi ma'noli gapni bog'lab kelmoqda. Demak,
ikkinchi gapdagi sedentary so'zining ma'nosi faol, oyoqda
degan ma'nolarga qarama-qarshi bo'lmog'i lozim. Agar biz
bu so'zni o'troq, harakatsiz deb tarjima qilsak, adashmagan
b o ' l am i z v a b i zg a b u m a' n o n i t ax m i n q i l i s h g a b u t
bog'lovchisi yordam beradi.

3. NOTANISH SO'ZGA BERILGAN IZOHDAN


FOYDALANISH
There are many examples of the cooperation between
people and dogs. Guide dogs, for example, give essential
assistance to the blind, while beagles, small dogs with short
legs, are often used by hunters.

Notanish so'zdan oldin va keyin kelgan so'zlarga e'tibor berish


juda muhim hisoblanadi. Chunki, ba'zi hollarda, siz uchun
notanish bo'lgan so'zlarning ta'rifi shundoqqina ulardan oldin
yoki keyin berilgan bo'lishi mumkin. Bunday hollarda odam
o'zini xuddi matn ichidagi izohli lug'atga duch kechganday his
qiladi. Yuqoridagi misolga e'tibor bering-a, beagles so'zidan
keyin uning aynan qanday ma'noga ega ekanligi izohlanmoqda.
Demak, biz uchun noma'lum bo'lgan beagles ko'proq ovchilar
foydalanadigan qisqa oyoqli kichik it turi ekan.

4. NOTANISH SO'ZGA NISBATAN BILDIRILGAN


FIKRDAN FOYDALANISH
In my opinion, boxing is an abhorrent sport. Modern

117
So‘z yodlash sirlari
society should be opposed to such violent contact sports.
Misolimizda gap boks sporti haqida bormoqda. So'zlovchi bu
sport haqida o'z fikrini aytib uni abhorrent deb ta'riflamoqda.
Biz esa bu so'z nima ma'no anglatishini bilmaymiz. Ikkinchi
gapga e'tibor beramiz. Unda so'zlovchi jamiyatning bu sportga
qarshi chiqishi kerakligini ta'kidlamoqda. Demak, shu fikrdan
kelib chiqib, abhorrent so'ziga yomon, nohush kabi taxminiy
ma'nolarni berishimiz mumkin bo'ladi. Bu so'zning asl ma'nosi
yomon, manfur ekanligini bilib olgach, to'g'ri taxmin
qilganimizga ishonch hosil qilamiz.

5. MANTIQNI VA ODDIY TAJRIBANI ISHLATISH


Although technology has made mountain climbing both
safer and easier, it is not a sport without risks. Bad weather
can come quickly and last for long periods and the effects
of severely cold weather can lead to hypothermia and, if
untreated, death.
Bu yerda o'zingiz bir o'ylab ko'ring, agarda inson uzoq
muddat qattiq sovuqda qolib ketsa, bu nimaga olib kelishi
mumkin?!
Bu qobilyatingizni yanada rivojlantirish uchun ko'proq
Ingliz tilidagi matnlarni O'qing, o'qing va yana o'qing.
Boshida yengil kitoblardan boshlab keyin qiyin kitoblarni
o'qib boring va yangi so'z chiqqanda darrov lug'atga qarab
emas ma'nosini chiqarib o'qishni o'rganing.Bunday hissiy
tarjima qilish rivojlanganidan keyin sizda so'zlarni ma'nosini
topishda intuitsiya ham paydo bo'lsa ne ajab!

118
XULOSA O'RNIDA
Agar xulosani o'qiyotgan bo'lsangiz, demak, kitobni
boshidan oxirigacha o'qib bo'libsiz. (Qiziqishingiz tufayli
oxirgi sahifani kitobni o'qishga kirishishdan oldin ochib
ko'rmagan bo'lsangiz, albatta.)
Hurmatli o'quvchi, umuman olganda, xorijiy tilni o'rganish
mashaqqatli ish, chunki tilni faol tarzda egallashni xohlagan
odam uni har taraflama mukammal o'zlashtirishi kerak.
Buning uchun esa, tilning lug'at tarkibi, grammatikasi,
fonetikasi va og'zaki-yozma nutq ko'nikmalari yaxshilab
o'rgalishi lozim.
Biz bu kitobimiz yordamida til o'rganish jarayonidagi
qiyinchiliklardan butunlay xalos qilishning iloji yo'qligini ham
yaxshi tushunamiz. Lekin kitobni katta qiziqish bilan
o'qidingiz deb umid qilamiz. Undagi ma'lumotlarni o'zingiz
uchun foydali deb topgan bo'lsangiz nur ustiga a'lo nur. Yana
umid qilamizki, so'z yodlash va til o'rganishga bo'lgan
munosabatingiz aynan shu kitobni o'qish orqali yaxshi
tomonga o'zgardi.
Kitobni yozish jarayonida biz avvalo, so'z yodlash va
xotirani kuchaytirish sohasidagi eng ilg'or jahon tajribalarini
sizlar bilan o'rtoqlashdik. Qolaversa, bu usullarning aniq natija
bera olishiga ishonch hosil qilish uchun uni o'z o'qituvchilik
tajribamizdan kelib chiqqan holda taqdim qildik. Ingliz
tilidagi yangi so'zlarni yodlash bo'yicha amaliy tavsiyalarning
har birini o'zimiz o'qitadigan o'quvchi va talabalarimiz
yordamida tajribadan o'tkazdik.
Bizga yordam bergan barcha o'quvchilarimiz va
hamkasabalarimizga ulkan minnatdorchilik bildirib, shuni
aytib o'tish lozimki, aynan ularning beminnat yordamlari va
qimmatli fikrlari tufayli kitob hozirgi shaklga ega bo'ldi.
Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, kitobda sizga ingliz tilidagi
so'zlarni o'rganishni osonlashtirishga harakat qildik. Agarda
siz qaysidir qoidalarni o'zingiz uchun foidali deb ishlata
olsangiz va bu qoida sizning tilni o'rganishingizga oz bo'lsada
foyda bergan bo'lsa, asosiy maqsadimizga erishgan bo'lamiz.
Asosiysi,o'zingizning so'zlarni yodlashga bo'lgan
ishonchingizdir.
119
So‘z yodlash sirlari

ILOVA

13-mashq.
Quyidagi ingliz tilidagi so'zlarning tarjimasi hamda
assotsatsiya so'zlari keltirilgan. Ushbu mashqda siz shu
assotsatsiya va tarjima qilinga so'zlar orqali, mnemonika
texnikalarini isholatgan holda yorqin tasavvur yoki gap
tuzishingiz kerak b'ladi.
Ingliz tilidagi Assotsatsiya Tarjima Tasavvur
so'z yoki gap
A wall Devor Devor
Ago Egov Oldin
All Ol Barcha
Almost Olmos Deyarli
Any Eni Har bir
Applause Palos Qarsak chalmoq
At least Atlas Eng kamida
Avoid E, Vohid Oldini olmoq
Become Bekam Bo'lmoq
Bribe Bir ayb O'g'irlamoq
Building Bilding? Bino
Burn Burun Yondirmoq
By Bay-bay Yonida
Call Qo'l Qo'ng'iroq qilmoq
Cancel Kelsin Bekor qilish
Capture Kaptar Ushlab olmoq
Cattle Qotil Qoramol
Cause Ko'z Sabab
Chopper Chopar Qassob pichog'i
Class Qilas Sinf
Clay Kley Loy
Clear Qilar Toza
Considered Qonsiradi E'tiborga olindi
Deaf Deb Kar

120
Dome Dom Gumbaz
Engine Anjan Motor
Fast Past Tez
Feel Fil His qilmoq
How Ho'v! Qanday
In In -da
Iron Ayron Dazmollamoq
Lunch Lanj Tushlik
Jolly Anjelina Quvnoq
Jolie
Many Meni Ko'pgina
Most Mast Aksariyat
Move Movi Harakat qilmoq
Notorious Noto'g'risi Ma'lum
Part Pat Qism
Patch Pechka Yamoq
Pay Paynet To'lamoq
Pocket Paket Cho'ntak
Quality Quvvatli Sifat
Said Said Aytildi
Sense Sensiz His qilmoq
Sewing Seving Tikmoq
Shadow Shoda Soya
Ship Ship Kema
So far Safar Shu paytgacha
Support Suv porti Qo'llamoq
Tall Tol Baland
Something Somsasi Nimadur
Touch Toj Ushlab ko'rmoq
Turn To'n Burilmoq
Under Ande-mande Tagida
Useful Yuz pul Foydali
Way Vay! Usul
Weep VIP Ko'z yosh to'kmoq
Your Yor Sizniki

121
TAKLIF VA MULOHAZALAR UCHUN!
____________________________________________
____________________________________________
____________________________________________
________________________________________________________________________________________
____________________________________________
____________________________________________
____________________________________________
____________________________________________
____________________________________________
____________________________________________
____________________________________________
____________________________________________
____________________________________________
____________________________________________
____________________________________________
____________________________________________
____________________________________________
____________________________________________
____________________________________________
____________________________________________
____________________________________________

122
TAKLIF VA MULOHAZALAR UCHUN!
____________________________________________
____________________________________________
____________________________________________
________________________________________________________________________________________
____________________________________________
____________________________________________
____________________________________________
____________________________________________
____________________________________________
____________________________________________
____________________________________________
____________________________________________
____________________________________________
____________________________________________
____________________________________________
____________________________________________
____________________________________________
____________________________________________
____________________________________________
____________________________________________
____________________________________________

123
So‘z yodlash sirlari

Shohruh-Mirzo RAHMANOV
Iskandar SATTIBAEV

SO'Z
YODLASH
SIRLARI
Ingliz tilidagi so'zlarni
tezkor yodlash bo'yicha qo'llanma

"Istiqlol Nuri" nashriyoti 2013 y.


Litsenziya raqami ¹ 128
Toshkent, Navoi ko‘chasi, 30-uy.

Muharrir: I.Avazov
Musahhih: D.Abdullayeva
Rassom: I.Atahanov
Dizayner: J.Karabaev
Bosishga ruxsat etildi: 16.07.2015 y.
Qog‘oz bichimi 84x108 1/32. Ofset bosma. "Palatino"
garniturasi. Nashr b.t. 7. Shartli b.t. 7
Adadi: 1000 nusxa. Birinchi zavod.
Shartnoma ¹ 52, Áóþðòìà ¹ 71

124

You might also like