You are on page 1of 31

MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY

UNIVERSITETI

Ijtimoiy fanlar fakulteti


“Milliy go’ya, manaviyat asoslari va huquq ta’limi” bakalavr
yo’nalishi

Miliy g’oyani o’qitish metodikasi va targ’ibot texnologiyalari


fanidan

KURS ISHI

Mavzu: milliy g‘oyani targ‘ib etishda "jamoatchilik bilan


aloqalar" texnologiyasi ko‘rinishlari

Bajardi: 3-kurs talabasi Shukurov Farrux

Ilmiy rahbar: _________________________

1
Mavzu: milliy g‘oyani targ‘ib etishda "jamoatchilik bilan aloqalar" texnologiyasi
ko‘rinishlari

MUNDAREJA:

1. KIRISH …………………………………………………………………….…..3

I.BOB. MILLIY G‘OYA TARG‘IBOTI TEXNOLOGIYALARI: PREDMETI,


MAQSADI VA VAZIFALARI ……………………………………………..……..5
1.1. MILLIY G‘OYA VA TARG‘IBOT TEXNOLOGIYASI TUSHUNCHASI
……………………………….………………………………………………...5
1.2. MILLIY G’OYANI TARG’IB ETISHDA TALIM-TARBIYANING
O’RNI VA GLOBALLASHUV JARAYONIDA MAFKURAVIY
KURASH ….………………………………………………………………....12

II.BOB. MILLIY G‘OYA TARG‘IBOTIDA “JAMOATCHILIK BILAN


ALOQALAR” ………………….………………………………………….…….….18

2.1. JAMOATCHILIK BILAN ALOQALARNI OLIB BORISH VA UNING


AHAMIYATI ….……………………………………………….………………….18
2.2. MILLIY G’OYANI TARG’IB ETISHNING YANGICHA VA
SAMARALI USULLARI ………..……………………………………………..23

XULOSA ……………………………………………………………………………28

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ………………………….……….………30

2
KIRISH

Biz xalqimizning dunyoda hech kimdan kam bo‘lmasligi, farzandlarimizning


bizdan ko‘ra, bilimli, dono va albatta baxtli bo‘lib yashashi uchun bor kuch va
imoniyatlarimizni safarbar etayotgan ekanmiz, bu borada ma’naviy tarbiya masalasi,
hech shubhasiz, beqiyos ahamiyat kasb etadi. Agar biz bu masalada xushyorlik va
sezgirligimizni, qat’iyat va mas’uliyatimizni yo‘qotsak bu o‘ta muhim ishni o‘z
holiga, o‘zi bo‘larchilikka tashlab qo‘yadigan bo‘lsak, muqaddas qadriyatlarimizga
yo‘g‘rilgan va ulardan ozuqlangan ma’naviyatimizdan, tarixiy xotiramizdan ayrilib,
oxir-oqibatda o‘zimiz intilgan umumbashariy taraqqiyot yo‘lidan chetga chiqib
qolishimiz mumkin.1

Mavzuning dolzarbligi - Jamiyat hayoti g‘oya va mafkuralar bilan bog‘liq holda


rivojlanib, o‘zgarib kelgan. Bu holat hozirgi davrda ham o‘ziga xos namoyon
bo‘lmoqda. Turli g‘oya va mafkuralar maydoni keng jamoatchilik xususan yoshlar
ongiga, ishonch va mayillariga o‘zining turli-xil ta’sirini ko‘rsatmoqda. Uning natijasi
g‘oya va mafkuraning maqsadi, mo‘ljallariga hamda insonning ma’naviy dunyosiga
bog‘liq ekanligi shubhasiz.

Hozirgi zamonda mafkura maydoniga yangi texnologiyalarni tobora takomillashib


kirib ketayotganligini, undan sog‘lom va nosog‘lom maqsadlarda foydalanishga
urinishlar davom etayotganligini alohida ta’kidlash lozim. Bu xususan O‘zbekiston
jamiyatini ham milliy g‘oya va ma’naviy-ma’rifiy ishlarga, uning samaradorligini
oshirish uchun yangi texnologiyalarga tayanib ish ko‘rishga undamoqda. Uni hisobga
olish muhim g‘oyaviy – ma’naviy masalaga aylandi, hamda O‘zbekistonni mustaqil
tarraqqiyot yo‘lidan rivojlanishda hal qiluvchi ahamiyat kasb etmoqda.

Mazkur kursning maqsadi – yoshlarga milliy g‘oya targ‘iboti texnologiyalari, uni


amalga oshirish yo‘llari sohalari, bugungi globallashuv jarayonlarida mafkuraviy va
ma’naviy tahdidlarning oldini olishda ularni milliy g‘oya negizlari va umuminsoniy
qadriyatlarga sadoqati, ishonch va e’tiqodini mustahkam bo‘lish ruhida tarbiyalash
iborat.

3
Kursni o‘qitish milliy g‘oyani targ‘ibot qilishning yangi texnologiyalaridan
foydalanishni nazarda tutadi. Amaliy mashg‘ulotlarni esa, ko‘proq joylarda tashkil
etishga e’tiborni qaratgan holda, yoshlarda Vatanga mexr-muhabbatlarini, tarixiy-
madaniy xotiralarini, milliy-madaniy meros, urf-odatlar va an’alarimizga xurmat bilan
qarash madaniyatini shakllantirishga, o‘zlikni anglashiga alohida e’tibor beriladi.
Mafkuraviy xurujlar davom etayotgan hozirgi sharoitda, uning zamonaviy
texnologiyalarini takomillashtirish milliy g‘oyaning targ‘iboti va uning
samaradorligini oshirishning muhim omilidir.

Mazkur kurs ishining vazifalari - Mazkur kursni o‘rganish milliy g‘oya, ma’naviyat
va huquq yo‘nalishi bo‘yicha tayorlanayotgan mutaxassis kadrlarga mo‘ljallangan.
Undan milliy g‘oya va mafkuraviy muammolarni hamda uning targ‘iboti
texnologiyalari bilan qiziquvchilar foydalanishi mumkin.

4
I.BOB. MILLIY G‘OYA TARG‘IBOTI TEXNOLOGIYALARI: PREDMETI,
MAQSADI VA VAZIFALARI

MILLIY G‘OYA VA TARG‘IBOT TEXNOLOGIYASI TUSHUNCHASI.

Kishilik jamiyati, insonlar kundalik hayotida va faoliyatida doimo rivojlanib,


takomillashib, yangilanib boradigan muayyan qarashlarni, maqsadli e’tiqodni
ifodalovchi g‘oyalarga-maqsadga tayanib ish ko‘radi. Bu muayyan ijtimoiy g‘oyalar,
ta’limotlar orqali ham ifodalanadi. Zero, kishilik jamiyati asrlar davomida qaror
topgan ma’naviy hayot dunyoqarash negizida shakllangan g‘oya va mafkuraga
tayanib, hayot kechirib kelmoqda. Jamiyatlar hayoti muayyan g‘oya va mafkuralar
bilan uzviy bog‘liq holda rivojlanib kelgan. G‘oya va mafkuralarning jamiyat hayotiga
ta’siri ham har xil bo‘lgan. Masalan, ezgu, bunyodkor g‘oyalarni targ‘ib etish
jamiyatning rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan bo‘lsa, yovuz va tajovuzkor g‘oyalarni
targ‘ib etish esa aksincha salbiy ta’sir ko‘rsatgan.

Umuman, “g‘oya va mafkura” hamda u bilan bog‘liq “g‘oya va mafkura


texnologiyalari” tushunchalarini keng ma’noga ega ekanligini hisobga olish maqsadga
muvofiq. “Milliy g‘oya” tushunchasi va “Milliy g‘oya targ‘iboti texnologiyalari”
undan farq qiladi. U, faqat O‘zbekiston jamiyati hayoti bilan bilan bog‘liq holda uning
milliy-madaniy va umuminsoniy qadriyatlar bilan bog‘liq negizlarini o‘zida ifoda
etadi. Milliy g‘oya targ‘iboti texnologiyalari ham O‘zbekiston xalqining ezgu
maqsadari va manfaatlarini ifoda etadigan g‘oyani keng jamoatchilikka etkazish
yo‘llari, vositalari, shakl va usullarini majmuini o‘z ichiga oladi.

I.A.Karimov: “Milliy g‘oya deganda, ajdodlardan avlodlarga o‘tib, asrlar davomida


e’zozlab kelinayotgan, shu yurtda yashayotgan har bir inson va butun xalqning qalbida
chuqur ildiz otib, uning ma’naviy ehtiyojini va xalq talabiga aylanib ketgan, ta’bir joiz
bo‘lsa, har qaysi millatning ezgu orzu-intilishlari va umid-maqsadlarini o‘zimizga
tasavvur qiladigan bo‘lsak, o‘ylaymanki, bunday keng ma’noli tushunchaning
mazmun-mohiyatini ifoda qilgan bo‘lamiz". Yurtboshimiz o‘z fikrlarini davom ettirib:

5
“Milliy g‘oya va milliy istiqlol g‘oyasi hakida gap borar ekan, biz nihoyatda keng,
murakkab serqirra, murakkab tushunchalarni tasavvur qilishimiz kerak. Bu
tushunchalar Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi kabi yuksak g‘oyalarning
ma’no-mazmunini teran anglab olishga xizmat qiladi. Bu g‘oya xalqni-xalq, millatni-
millat etadigan, uning sha’nu sharafi, ishonch-e’tiqodini ifodalaydigan, o‘ziga xos
taraqqiyot yo‘li, turmush tarzi, tub manfaatlariga tayangan holda mutassil rivojlanib
boruvchi qarashlar tizimidir”.

Milliy g‘oyani singdirishning samarali yo‘llaridan biri uni ta’lim tizimida uzluksiz
o‘qitish ekanligi ma’lum. Quyida mazkur fanni o‘qitish jarayoni targ‘iboti
texnologiyalarining nazariy va amaliy jihatlari, predmeti maqsadi va vazifalari
xususida so‘z boradi. “Milliy g‘oya targ‘iboti texnologiyasi” atamasining paydo
bo‘lishi tasodifiy emas. Mustaqillik sharofati bilan barcha sohalalarda tub islohotlar
o‘tkazildi. Bu islohotlarning zamirida avvalo, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi
o‘zgarishlarni ta’kidlab o‘tish joiz

Bugun davr o‘zgardi, ayniqsa, zamonaviy mutaxassisga talablar davlat ta’lim


standartlari doirasida kuchaytirildi: mustaqil bilimlarni to‘ldiruvchi shaxs bo‘lish,
mustaqil fikr yuritish kabilar shaxs sifatlari tarkibiga kirib ulgurdi.

Bundan o‘qitish holatiga tegishli qator holatlar kelib chiqadi, chunonchi, mustaqil
ta’lim salohiyati kuchaydi, yakka tartibda o‘qitishga ehtiyoj sezilyapti, uning
metodologik ahamiyati oshmoqda, ijodiy tafkakkurni shakllantirishga jiddiy e’tibor
qaratilmoqda. Xo‘sh, ta’limda izohli-tasvirli-yondashuv o‘qitish texnologik
yondashuvga o‘z o‘rnini bo‘shatib berayotgani, ya’ni o‘qitish jarayonini
texnologiyalashtirish XXI asrda ustuvorlik kasb etayotgani sababi nimada?

Birinchidan, an’naviy o‘qitish yozma og‘zaki so‘zlarga tayanib ish ko‘radi hamda
“axborotli o‘qitish” sifatida tavsiflanadi. Bunda o‘qituvchi nafaqat talaba-yoshlarning
o‘quv-bilish faoliyatini boshqaruvchisiga, balki nufuzli bilimlar manbaiga aylanib
qolayotganligi xavfli holatdir.

6
Ikkinchidan, axborotlar hajmining ko‘payib borishi, ulardan foydalanish uchun
vaqtning cheklanganligi hamda ularni saralash va tizimlashtirishning birmuncha
murakkabligi va yangicha yondashuvlarni taqozo etadi.

Uchinchidan, sanoat va boshqa texnologiyalarning auditoriyaga uzluksiz kirib


kelishi va jonli o‘quv obyektlariga aylanish o‘qituvchining an’anaviy metodika
doirasidan chiqib ketishiga va tabiiy ravishda, texnologik yondashuvlarni qo‘llashga
ehtiyojni tug‘dirmoqda.

Bu jarayonlarni amalga oshirishning asosiy yo‘llaridan biri-milliy g‘oyani targ‘ib


qilish texnologiyalaridan foydalanish hisoblanadi. “Texnologiya” tushunchasi, keng
ma’noga ega. U insonning aniq, murakkab jarayonni kema-ket o‘zaro bog‘liq muolaja
va amallar tizimiga taqsimlash orqali kafolatli natijalarga erishish maqsadida amalga
oshiriladigan usullar, vositalar, yo‘nalishlar tushuniladi. Shu bilan birga “texnologiya”
tushunchasi XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab jamoatchilik ongiga mustahkam
o‘rnashdi hamda ilmiy va amaliy tafakkurning o‘ziga xos yo‘nalishi bo‘lib qoladi.

Uning regulyativ ta’siri shundaki, u tadqiqotchi va amaliyotchilarni insoniy


faoliyatning barcha jabhalariga, jumladan, ta’lim sohasiga ham undaydi:

- jarayonning natijaviyligini asoslashga ro‘baro‘ kelishi;

- fan va tajribalarning so‘nggi yutuqlaridan talab qilingan natijalarni olishni


kafolatlash uchun safarbar qilish;

- faoliyatni intensiv, ya’ni yuqori ilmiy asosda qurish (aksincha, kuch vaqt va
resurslarni bekorga sarflashga olib keladigan ekstensiv asosda emas);

- faoliyatni mumkin bo‘lgan tuzatish muolajalari sonini kamaytirish maqsadida


bashoratlash va loyihalashga asosiy e’tibor qaratish;

- yangi informatsion vositalardan foydalanish, eskirgan amallarni avtomatlashtirish.

Boshqacha qilib aytganda, texnologiyalanuvchanlik inson faoliyatining etakchi


tavsifi bo‘lib qoldi, u ta’limiy jarayonlarning samaradorligini, maqbulligini, yuqori
ilmiyligini yangi sifat darajasiga ko‘tarishni anglatadi.
7
Texnologiya- zamonaviy ilmiy- amaliy tafakkur usuli, degan xulosaga kelish
mumkin. U faoliyatni tubdan takomillashtirishga, uning natijaviyligini, tezkorligini
texnikaviy qurollanganligini oshirishga oid amaliy tadqiqotlar yo‘nalishini aks ettiradi.
Texnologiya-predmetli sohaning obektiv qonunlarini yuqori o‘lchovda aks ettiradigan
va shu boisdan muayyan sharoit uchun natijalarning o‘rnatilgan maqsadlarga mos
kelishini ta’minlaydigan faoliyatdir.

Shunday qilib, “texnologiya” deganda insonning aniq, murakkab jarayonni ketma-


ketli o‘zaro bog‘liq muolaja va amallar tizimiga taqsimlash yo‘li bilan kafolatli
natijaga erishish maqsadida amalga oshiriladigan usullar tushuniladi. Bunda muolaja
sifatida jambuljam harakatlar qabul qilinadi, u yordamida bosh jarayon (yoki uning
alohida bosqichi) bajariladi, amal esa bu muolaja doirasidagi masalalalarning bevosita
amaliy echimi, ya’ni muayyan jarayonning bir jinsli mantiqiy ajralmas qismi
hisoblanadi.

Texnologiya (jarayon sifatida) uchta qoida bilan tavsiflanadi:

- jarayonni o‘zaro bog‘liq bosqichlarga taqsimlash;

- izlanayotgan natijaga (belgilangan maqsad) erishishga qaratilgan harakatlarni izchil


va bosqichma-bosqich bajarish;

- qo‘yilgan maqsadga mos natijaga erishishning zaruriy sharti hisoblangan texnologik


muolaja va amallarning bajarishning alohida ahamiyat kasb etishi bilan bog‘liq.

Bu jarayonlarni amalga oshirishning asosiy yo‘llaridan biri-milliy g‘oyani targ‘ib


qilish texnologiyalaridan foydalanish hisoblanadi. “Texnologiya” tushunchasi, keng
ma’noga ega. U insonning aniq, murakkab jarayonni ketma-ket o‘zaro bog‘liq muolija
va amallar tizimiga taqsimlash orqali kafolatli natijalarga erishish maqsadida amalga
oshiriladigan usullar, vositalar, yo‘nalishlar tushuniladi. Hozirgi vaqtda jamiyat
miqyosida ishlab chiqarilgan va foydalaniladigan texnologiyalarni ijtimoiy hayot
sohalari bilan bog‘liq holda bir nechta turga bo‘lish mumkin: 1) sanoat sohasidagi
texnologiyalar; 2) ijtimoiy sohadagi texnologiyalar; 3) iqtisodiy texnologiyalar; 4)
siyosiy texnologiyalar; 5) g‘oyaviy-mafkuraviy texnologiyalar v.h.
8
Shu bilan birga, bu bo‘linish mutloq emas albatta. Sanoat texnologiyasiga tabiiy
xom ashyoga (neft, gaz va hak.) ishlov berish yoki ulardan tayyor mahsulot (metall
prokat, alohida detal va uzellar va hak.) olish texnologiyalari nazarda tutiladi.

Ijtimoiy soha bilan bog‘liq texnologiyada inson hayoti, unga xizmat ko‘rsatishini
yaxshilashga qaratilgan sohalar hisoblanadi. Ijtimoiy texnologiyalarning afzal
jihatlaridan biri uni har qanday yangilikka moslasha oladi: ular texnologik jarayonni
tashkil etadigan alohida yondashuv va amallardagi kamchiliklarni tuzatishga
qaratilgan bo‘ladi. Masalan sotsial xizmat ko‘rsatish tibbiyot sohasida aholiga
zamonaviy xizmat ko‘rsatishni nazarda tutadi.

Milliy g‘oya targ‘iboti texnologiyasining predmetini amalga oshirilayotgan


mafkuraviy jarayonlar, an’nalarimiz, tariximizni tiklashga doir harakatlar, shuningdek,
umuminsoniy qadriyatlar milliy g‘oya targ‘ibotiga xos bo‘lgan amaliy-nazariy
munosabatlar tizimini o‘zida ifoda etadigan qonuniyatlarni o‘rganish tashkil qiladi.

Milliy-madaniy an’analarimiz, tarixiy taraqqiyot davomida erishgan va


erishayotgan yutuqlarimizni asrab-avaylash, mustaqilligimizni mustahkamlash,
yoshlar ongiga Vatanga, millatga hurmat ruhida tarbiyalash - bugungi kunda milliy
g‘oyani targ‘ib qilishning eng asosiy maqsadlaridandir. Milliy g‘oyaning targ‘iboti
quyidagi vazifalarni amalga oshirish lozim:

- avvalo milliy g‘oya targ‘iboti bo‘yicha kompleks dastur yaratish;

- milliy g‘oya targ‘iboti texnologiyalari mazmun mohiyatini ochib berish orqali uni
takomillashtirish;

- milliy g‘oya targ‘ibotida yangi pedogogik texnologiyalardan unumli foydalanish;

- milliy g‘oya targ‘iboti ta’lim tizimidagi faoliyatini takomillashtirish, uni


rivojlantirish yo‘llarini belgilab berish;

- milliy g‘oya targ‘ibotida interfaol usullardan foydalanish orqali uni ommalashtirish


va bosqichma-bosqich singdirib borishdan iboratdir;

- aholi keng qatlami orasida targ‘ibot olib berishdan iborat.


9
Bugungi kunda milliy g‘oyani fanlarning keng aholi ongiga singdirishning
ko‘pgina texnologiyalari mavjud. Texnologiyalar ma’lum maqsadlarni (ya’ni biror bir
fan oldiga qo‘ygan) amalga oshirish uchun xizmat qiladi. U bugun jamiyatning barcha
sohalarida o‘zining muhim o‘rniga ega bo‘lib bormoqda Ilmiy adabiyotlarda
boshqaruv, pedogogik, informatsion intellektual texnologiyalar keng tavsiflangan.
Ular o‘zlari tegishli bo‘lgan sohalardagi maqsadlarga erishishning asosiy tamoyillarini
o‘z ichiga oladi va asosiy maqsad sifatida faoliyat ko‘rsatadi. Milliy g‘oya targ‘iboti
texnologiyalaridan avvalo, ta’lim tizimida keng qo‘llash orqali ommalashtirish yo‘li
bugun muhim ahamiyat kasb etmoqda. Uni ta’lim bosqichlari orqali keng jamoat
ongiga singdirish avvalo, ta’lim tizimi bilan uzviy bog‘liq holda amalga oshirilishi
ayni maqsadga muvofiqdir. Bugungi kundagi islohotlarimizni chuqurlashtirish va uni
takomillashtirib borish, jamiyatining barcha sohasida o‘zgarishlarni keyingi avlodga
etkazib berishning asosiy yo‘llaridan biri sifatida ham milliy g‘oyani yangi fan
texnologiyalari asosida targ‘ib qilish, uni bosqichma-bosqich asosida amalga oshirish
katta ahamiyat kasb etadi. Milliy g‘oya targ‘ibotida asosiy texnologiyalardan biri bu-
pedogogik texnologiya hisoblanadi. “Milliy g‘oya” fanini o‘qitish bo‘yicha to‘plangan
tajribalar shuni ko‘rsatadiki, ilgari Sobiq ittifoq davrida amalda bo‘lgan mafkuraviy
tamoyillar, mashg‘ulotlar olib borish usulidan endi butunlay voz kechish lozim.
Demak, zamonaviy tafakkur metodologiyasi, ilg‘or pedogogik usullardan foydalanish
zarurligini mohiyati ham ana shu erda. Bunday mazmundagi texnologiyalardan biri
“O‘qitish texnologiyasi” bo‘lib, ushbu tushuncha ilk bor 1970 yilda YUNESKO
konfrentsiyasida yangradi. Shu tashkilot tomonidan nashr qilingan “Yashash uchun
o‘qish” nomli ma’ruzasida yuqoridagi atama ta’lim jarayonini modernizatsiyalashda
harakatlantiruvchi kuch sifatida aniqlandi. “Qanday o‘qitish kerak” nomli ma’ruzada
birinchi marta unga ta’rif berildi. Unda o‘qitish texnologiyasini birinchi marta
informatsion inqilob natijasida paydo bo‘lgan va didaktikada foydalaniladigan inson
o‘rtasida aloqa (muloqot) usul va vositalari yig‘indisi sifatida tavsiflanadi. Pedogogik
texnologiyalarini ichida eng ko‘p tarqalgani bu – “ta’limiy texnologiya”, “pedogogik
texnologiya”, “tarbiya texnologiyasi”, “rivojlantirish texnologiyalari” hisoblanadi.
Ular o‘z navbatida maxsus yo‘nalishlari asosida milliy g‘oyani targ‘ib qilishda alohida
10
o‘rin tutadi. Bundan tashqari, asosiy vosita sifatida bugungi “to‘rtinchi hokimiyat”
sifatida baholanayotgan ommaviy axborot vositalari asosiy mezonni tashkil qiladi.
Ommaviy axborot vositalari keng va doimiy ravishda milliy g‘oyani targ‘ib qilishning
asosiy vositasi, shuningdek, ma’lumotlarni aniq va tezkor ravishda ta’minlab berish
uchun ham ma’suldir. Jamiyatimizni asosiy g‘oyasi hisoblanmish-milliy g‘oyani
targ‘ib qilishning asosiy yo‘nalishlaridan biri uni tan olingan va tushunarli, hammabop
texnologiyalar asosida amalga oshirish bugun uni yanada muhim jihatlarini ochib
berishda alohida ahamiyat kasb etadi. Avvalo yangi pedogogik texnologiyalarni,
xususan, o‘qitish texnologiyasi bugun milliy g‘oya takomilida alohida nisbatga egadir.
Uning o‘zi o‘z navbatida, ham an’anaviy nazariyalarni, shuningdek, modernizatsiya
jarayonlarida o‘zida sayqallashtirib boradi. Ma’lumki, pedogogika qonuniyatida fanni
ma’lum andozalar va qa’tiy me’yor asosida rivojlantirilmaydi. U doimo yangiliklarni
o‘zida mujassam etib boradi. Boshqacha qilib aytganda, bugungi kunda milliy g‘oya
targ‘ibotida yuqorida ko‘rsatib berilgan texnologiyalarning bugungi kundagi asosiy
vazifasi-uni targ‘iboti darajasini oshirish yo‘llarini ko‘rsatib berish, uning
natijaviyligini, tezkorligini, texnikaviy qurollanganligini oshirishning amaliy
tadqiqotlar yo‘nalishini belgilab berishga qaratilgandir. Milliy g‘oya targ‘iboti bu-
uzoq davom etadigan jarayon bo‘lib, uning samaradorligini oshirish, avvalo, targ‘ibot
texnologiyalariga bog‘liq. Aynan shu turdagi texnologiyalari milliy g‘oyani aholi
ongiga singdirish, tushuntirish va avvalo mohiyatini ochib berishda etakchi ahamiyat
kasb etadi.

Targ‘ibot texnologiyalari bugungi kunda targ‘ib etish yangiliklarini, ta’limiy


jarayonlardagi mustaqillikni ta’minlab berishi bilan ham ajaralib turishi lozim.
Avvallari hukmronlik qilib kelgan “izohli-tasviriy yondashuv” (ya’ni faqtgina
ma’ruza-o‘qitish asosida) texnologiyalari bugun bir tomonlama yo‘nalishga ega bo‘lib,
samaradorlik darajasi deyarli kamayib bormoqda. Hozirgi zamon milliy g‘oya
targ‘iboti texnologiyalarini ham takomillashtirib, uzluksiz yangilab borishni taqozo
etmoqda. Bu har bir fan sohasi bilan bog‘liq. Chunki, fan sohalari milliy g‘oya
maqsadlari bilan mushtarak.

11
12
MILLIY G’OYANI TARG’IB ETISHDA TALIM-TARBIYANING O’RNI VA
GLOBALLASHUV JARAYONIDA MAFKURAVIY KURASH

Ta’lim-tarbiyada ham milliy g‘oya negizlariga, tamoyillariga tayanish muhim.


Bunda an’anaviy yo‘l bilan birga zamonaviy yondashuv o‘rtasidagi nisbiy muhim
ahamiyatga ega milliy g‘oya targ‘ibotida zamonaviy usullardan foydalanish deganda,
ko‘proq, yangi texnik vositalardan foydalanishni, materialni yangicha uslubda etkazib
berish, jonli muloqot, savol-javoblar, bahs-munozara, interfaol usullarni ko‘proq
qo‘llash tushuniladi. Bu bir tomonlama emas, ko‘p tomonlama faolllikni oshiradi.
Tinglovchini, eshituvchini fikrlashga, fikrini uyg‘otishga, uning jamiyatdagi o‘rnini
his etishga, ong va tafakkurning o‘zgarib borishiga undaydi. Bugun milliy g‘oya
targ‘ibot texnologiyalarining samaradorligini oshirishning yo‘llari sifatida avvalo
quyidagilarni ko‘rsatib o‘tishimiz mumkin:

- birinchidan, targ‘ibot texnologiyalarni mohiyatini, mazmunini, shuningdek uni


ta’limdagi foydali jihatlarini ko‘rsatib berish;

- ikkinchidan, avvalgi “izohli-tasviriy yondashuv” (ya’ni faqatgina ma’ruza-o‘qitish


asosida) tizimdan voz kechgan holda, endi jarayon yoki mavzuga ikkinchi tomonning
ham munosabatlari tizimini shakllantirish (buni aynan targ‘ibot texnologiyalari amalga
oshiradi) targ‘ibot texnologiyalari vositalari rolini yanada takomilashtirish, axborot
aniqligi va tezligini ta’minlab berish, shu asosda bugun milliy g‘oya targ‘ibotini
yo‘naltirish zarur. Inson-murakkab mavjudot. U axborotlarni, jarayonlarni turli xil
tarzda qabul qiladi. Shu jihatdan olganda, milliy g‘oya targ‘ibotida ham bugun uni
qabul qilish darajasi va yo‘nalishlariga qarab bir qancha targ‘ibot texnologiyalaridan
foydalanilmoqda. Ulardan eng ko‘p qo‘llanilayotgani bu - “jamoatchilik bilan
aloqalar” texnologiya sidir. Uning qisqacha mohiyati-jamiyat manfaatlari yo‘lida
davlat boshqaruvi organlari hamda jamoat tashkilotlari, fuqarolar o‘rtasida muloqot
o‘rnatish san’atidir. Avvalo bu texnologiyani qo‘llashning va uni qabul qilishning
mohiyati unga berilgan quyidagi sifatlari darajasi bilan bog‘liq:

- aniq maqsadning qo‘yilganligi;

13
- sharoitga ijodiy moslashuvchanlik;

- nazariy va uslubiy jihatdan puxtalik;

- ortiqcha murakkablashtirishdan xolilik;

- qo‘llashda qulaylik.

Mamlakatimizda yashayotgan barcha xalqlarning asosiy birlashtiruvchi bayrog‘i


bo‘lgan-milliy g‘oyani tub mohiyatini tushuntirish, uni qo‘llab-quvvatlashlariga
erishish, bu jarayonda vujudga keladigan mhammolarni hal qilishda jamoatchilikning
fikriga tayanish, milliy g‘oyani targ‘ib etishda aholining manfaati va istaklarini
o‘rganish, fuqarolarni yot, zararli mafkura va g‘oyalar ta’siridan himoyalash
vazifalarini amalga oshirishda bugun “jamoatchilik bilan aloqalar” texnologiyasini
o‘rni kattadir. Dunyo bugun rivojlanishning yangicha bosqichiga kirdi. Bu davrda
taraqqiyot bilan bir o‘rinda, 20-asrning mazmunini ochib bergan “qurollanish xavfi”
ancha kamaygan bo‘lsa-da, ammo mafkuraviy tayziq darajasi ancha o‘sib bormoqda.
Hatto bugun biz ba’zi bir mamlakatlarni uning ta’siriga tushib borayotganligiga biz
guvoh bo‘lib turibmiz. (Masalan, Ukraina, Qirg‘iziston, Gruziya). Aynan ana shunday
xavflarning oldini olish va ularning ta’siriga chidab berish qobiliyatiga ega bo‘lgan
“qalqon” bu-xalqimizning an’ana va tarixini o‘zida mujassam etuvchi, uni kelajakdagi
taraqqiyotini belgilab berish uchun xizmat qiladigan milliy g‘oyadir. Ammo, milliy
g‘oyani mavjudligining o‘zi etarli, holat emas. Balki uni bir butun holda mazmunini
tushunish, qabul qilishlari, uni asrab-avaylashlari uni xalq va davlat manfaati misolida
qabul qilish muhim ahamiyat kasb etadi. 1922 yilda taniqli sotsiolog P.Sorokin buni
isboti sifatida shunday deb yozgan edi: “har qanday jamiyatning taqdiri avvalo, uni
a’zolari xususiyatiga bog‘liq. Befarq va loqayd odamlardan tashkil topgan jamiyat
hech qachon rivojlana olmaydi. Bir guruh shaytonlarga ajoyib konstitutsiyani berib
qo‘ying, baribir siz ulardan ajoyib jamiyat tuza olmaysiz ” deb yozgan edi. Aynan
“jamoatchilik bilan aloqalar” texnologiyasi milliy g‘oya targ‘ibotida jamoat bilan
munosabatlar tizimini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Pedogogik o‘qitish
texnologiyasi esa uni singdirishda muhim va asosiy dastak vazifasini bajaradi. Milliy
g‘oyaning asosiy tashuvchisi-yoshlar hisoblanadi. Shuni hisobga olganda, bugun
14
yoshlarning ongiga millliy g‘oya maqsadlarini singdirish, ularni an’analarimiz,
tariximiz, umume’tirof etilgan demokratik tamoyillar ruhida tarbiyalash bugungi
kunda milliy siyosatimizning asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Milliy g‘oya
targ‘ibotining asosiy maqsadi- avvalo, jamiyat barcha a’zolari, shuningdek, yosh
avlodni shu g‘oyaga ishonch va e’tiqod asosida tarbiyalash, ularni turli “mafkuraviy
xavflar”dan himoya qilish, davlat va jamiyat manfaatlarini doimo o‘ziga ma’suliyat
deb his qiladigan holatda tarbiyalash bugun alohida mazmun kasb etmoqda.

Shaxs va davlat orasidagi munosabatlarning texnologik o‘zgarishi natijasida,


munosabatlar texnologiyasi takomillashmoqda. Shaxsning mustaqil fikrlash, mustaqil
qaror qabul qilish va ma’suliyatni o‘z zimmasiga olish kabi jarayonlarning barqaror
borish uchun:

- inson hayotida turli vaziyatlarga tushib qolganida uning hayot mobaynida to‘plagan
tajribasi, insoniy fazilatlari etakchi rol o‘ynaydi;

- yoshlarda muammolar, voqea-hodisalarni real makon va vaqt chegaralarida aniq


tasavvur qilish va echimlarini belgilay olishni rivojlantirish;

- bir vaqtning o‘zida bir qancha muammolar mohiyatini anglash orqali tajribani yangi
muammolar echimiga yo‘naltirish;

- o‘zini-o‘zi boshqarish, o‘z faoliyatini aniq va to‘g‘ri tashkil qilish qobiliyati, har
qanday ishga shaxsan kirisha bilish va uning bajarilishini nazorat qilish kabi shaxsiy
xususiyatlarni shakllantirish muhim ahamiyatga egadir.

Globallashuv jarayonida mafkuraviy kurash o‘zining yuqori nuqtasiga chiqayotgan


bugungi kunda, mafkuraviy ta’sirlar avvalo, yoshlarning ongini zaharlash va ularni o‘z
manfaatlari yo‘lida foydalanish oqibatlari bizga shuni yana bir bor isbotlamoqdaki,
avvalo mana shu qatlam orasida milliy g‘oya targ‘botini keng ko‘lamda yoyish,
mohiyati ochib berishga xizmat qiladigan turli debatlar, ta’lim tizimidagi targ‘ibot
texnologiyasi sifatida asosiy mazmun kasb etuvchi-“ajurli arra” (ya’ni, turli
mavzularga nisbatan talabalarning munosabatlarni ikki guruhga bo‘lingan ravishda
tahlil qilish), “klaster”, ya’ni axborotlarni yoyish, shuningdek, “munozara”, “o‘z
15
o‘rningni top” ya’ni, agar auditoriyada muayyan mavzu bo‘yicha tortishuvlar vujudga
kelsa, mazkur metod yordamida muammo echimi aniqlanadi. Uning mazmuni
darsning asosan kirish qismida qo‘llaniladi, o‘tilayotgan mavzuga nisbatan turli
yondashuvlar mavjudligi aytiladi. Bu bir tomondan. Ikkinchi tomondan talabalar
fikrini bayon qilishi, o‘zgartirishga imkon tug‘iladi. Nihoyat dars so‘nggida o‘qituvchi
mavzuni o‘zlashtirish darajasini baholaydi. Bundan tashqari bugun pedogogik
texnologiyaning “Debatlar” usuli kabi interfaol usullaridan keng va ommaviy ravishda
ta’lim tizimlarida foydalanish milliy g‘oya targ‘ibotida etakchi mazmun kasb etadi.
“Debatlar” asosida darsni tashkil etishdan asosiy maqsad muammo echimini topishda
talaba o‘z yondashuvining to‘g‘riligiga o‘zlarini ishontirishdir. O‘z fikrini aniq, lo‘nda
bayon etish, buning uchun to‘g‘ri dalil va xulosa topish ko‘nikmasini shakllantirishda
“debatlar” samarali metod hisoblanadi.

Milliy g‘oya targ‘iboti va tashviqotining asosiy usullaridan biri-“Tanqidiy fikrlash”


usuli hisoblanadi. Vazifasi: Demokratik jamiyatda har bir fuqaro o‘z muammosini
oqilona echish qobiliyatiga ega bo‘lishi lozim. Shu boisdan milliy g‘oyani aholi va
ayniqsa, yoshlar orasida milliy g‘oya targ‘ibotini takomillashtirishda ta’lim
texnologiyasining o‘rni beqiyosdir. Shu boisdan, talabalarni bahs-tortishuv orqali
masalaning echimini topishga ko‘proq jalb qilish lozim.

Savollarni echishda talabalarda tinglash, muloqot olib borish, turli fikrlarni


taqqoslash, o‘zgalar fikriga befarq qaramaslik kabi odatlar shakllana boradi, masalani
echish va hukm chiqarish, analitik fikrlash qobiliyati rivojlanadi, munozara yuritish,
echimlarni to‘g‘ri topish o‘zlashtiriladi.

Milliy g‘oya-millatni birlashtiruvchi bamisoli bir bayroq, uni jamiyatning har bir
a’zosi uchun ahamiyati davlatlar o‘rtasida “g‘oyalar” kurashi avj olayotgan bir
zamonda yanada ortadi. Davlatning mavjudligining asosiy omillaridan biri uni
faoliyatining amaliy va nazariy isbotlangan, milliy an’nalari, tarixi, milliy merosi bilan
sug‘orilgan g‘oyalariga, mafkurasiga ega bo‘lishi bilan belgilanadi. Aynan davlatlarni
bugungi qaram qilishning bir qancha usullari mavjud bo‘lsada, (asosan iqtisodiy, ya’ni
kapital kiritish yo‘li bilan) ammo bunday xavflarni oldini olish mumkin, ammo “yot
16
g‘oyalar”ning xavfini qaytarish uchun avvalo davlatning o‘zida hamjihatlik,
birdamlik, vatanparvarlik ruhidagi qarashlarga, aynan milliy g‘oyasiga ega bo‘lishi
etakchi mazmun kasb etadi. Bugun ana shunday milliy g‘oyaga, ajdodlarimiz orzu
qilgan mustaqillik shukuhi bilan qurollangan milliy mafkuramizga ega bo‘ldik. Endigi
galdagi asosiy vazifa-uni aholining keng qatlamlari orasida targ‘ibot tashviqot ishlarini
amalga oshirishdan iboratdir. Bunda albatta milliy g‘oya targ‘iboti sub’ektlarining
rolini yanada oshirish, ularning har biri uchun belgilangan maqsad va shu asosdagi
vazifalarni belgilab olish maqsadga muvofiqdir. Shuningdek, milliy g‘oya
targ‘ibotining ikki asosiy belgilariga, xususan, bosqichma-bosqichlik tamoyillariga
amal qilish asosida milliy g‘oya targ‘iboti ob’ektlarini xususiyatlarini (yosh, faoliyat,
yo‘nalish, xohish-istaklarni) hisobga olish bilan bog‘liq bo‘lsa, ikkinchi asosiy jihati
milliy g‘oya targ‘ibotining uzluksizligi bilan bevosita bog‘liqdir. Aynan shu ikki
jihatda milliy g‘oya targ‘ibotining o‘zak qismini tashkil qiladi va insonlarning milliy
g‘oyani doimo his qiladigan darajadagi hayoti manbai va faoliyatiga aylanishini
ta’minlaydi. Bu jarayonni ta’minlashda avvalo oila, ommaviy axborot vositalari,
mahalla va asosiysi jamiyatning birdamlikdagi va hamkorlikdagi faoliyati etakchi
mazmun kasb etadi. Bu milliy g‘oya targ‘iboti subektlarining har birining o‘ziga xos
bo‘lgan dasturi va tajribalari bor bo‘lib, uning amalda qo‘llash orqali milliy g‘oya
targ‘ibotini takomillashtirib beradilar. Milliy g‘oya targ‘ibotining asosiy maqsadi ham
insonlarni boshqa yot g‘oya va mafkuralar “ta’siriga” tushib qolmasligini, o‘ziga xos
ravishda ular bilan kurashish qudratiga ega bo‘lgan immunitetni shakllantirishga
qaratilgandir. Aynan milliy g‘oyani hayotining mazmuni va maqsadi bilan bog‘lagan
shaxsgina bugungi istiqlolning qadriga etadi va uni himoya qilishni ma’suliyati deb his
qiladi. “Boshqacha qilib aytganda, hozirgi vaqtda dunyoda ikki qarama-qarshi qutb
barham topgan bo‘lsa-da, tuli xil maqsad-manfaatlarni ifoda etuvchi mafkuraviy
tortishuvlar to‘xtagani yo‘q. Ochiq aytish kerakki, bu tortishuvlardan ko‘zlangan
maqsad- inson, avvalambor, yoshlar qalbini egallash, muayyan mamlakat yoki
xalqning ongiga, uning sezgi- tuyg‘ulariga ta’sir o‘tkazish,uni o‘z dunyoqarashiga
bo‘ysundirish ,ma’naviy jihatdan zaif va tobe qilish. Fikr qaramligi ,tafakkur qulligi

17
esa har qanday iqtisodiy yoki siyosiy qaramlikdan ham ko‘ra dahshatlidir” degan edi
I.AKarimov.

Xulosa o‘rnida shuni alohida ta’kidlash lozimki, bugungi kunda milliy g‘oyani
jamiyat hayotida o‘rni va ahamiyati katta ekan, ammo hali uni jamiyatda tarqalishi
darajasi ancha sust. Aynan shu turdagi kamchiliklarni oldini olish va avvalo targ‘iboti
ko‘lamini, samaradorligini kengaytirish uni keyingi taraqqiyot mazmuni ham belgilab
beradi. Aynan milliy g‘oya targ‘iboti yo‘llari va usullari, uni amalga oshirish
texnologiyalaridan unumli foydalanishdan maqsad ham va shu asosda jamiyat
a’zolarining ongiga singdirish yo‘llarini ko‘rsatib berishdan iboratdir. Bu jarayon
bevosita jamiyatimizning “g‘oyaviy ta’sirlar”, shuningdek, “mafkuraviy xavflar”
ta’siridan himoya qilishda barchaning ma’sulligi darajasi bilan bog‘liq hodisa
hisoblanadi.

18
II. BOB. MILLIY G‘OYA TARG‘IBOTIDA “JAMOATCHILIK BILAN
ALOQALAR”

JAMOATCHILIK BILAN ALOQALARNI OLIB BORISH VA UNING


AHAMIYATI
Bugungi kunda dunyoda katta o‘zgarishlar sodir bo‘layotgan bir davrda har bir
insonning iqtidori va salohiyatini jamiyat taraqqiyoti sari yo‘naltirishga undalmoqda.
O‘zbekistonning davlat siyosatining tub mohiyatini odamlarga tushuntirish,
ularning bu siyosatni qo‘llab-quvvatlashlariga erishish, vujudga kelgan muammolarni
hal qilishda jamoatchilikning fikriga tayanish, siyosiy qarorlar qabul qilishda
aholining manfaat va istaklarini o‘rganish, davlat organlari va davlat xizmatchilariga
nisbatan jamoatchilikda ijobiy munosabat uyg‘otish, kishilarga etkazilayotgan axborot
oqimini milliy manfaatlarga mos o‘zanga yo‘naltirish, fuqarolarni yot mafkuralarning
zararli ta’siridan himoyalash vazifalarini amalga oshirishga xizmat qiladigan yangi
texnologiyalardan foydalanishga extiyoj tobora ortib bormoqda.
Ana shunday texnologiyalardan biri «Jamoatchilik bilan aloqalar»
texnologiyasidir.
«Public relations» (PR) «Jamoatchilik bilan aloqalar» targ‘ibotning demokratik
usullaridan biri sanaladi. «Jamoatchilik bilan aloqalar» texnologiyalari davlat bilan
xalq o‘rtasida muloqot o‘rnatib, fuqarolarda davlat siyosatiga moyillik uyg‘otishga
xizmat qiladi. Shu orqali davlatga hamfikr insonlarni ko‘paytirib, ularni ishonchli
hamkorga aylantiradi.
«Jamoatchilik bilan aloqalar» insonlar fikrlariga, kayfiyatiga, xissiyotiga va oxir
oqibat xatti-harakatlariga kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi «ishonch va istaklar
strategiyasidir».
Etakchi davlatlarda bu texnologiyalardan foydalanish mafkuraviy ta’sir ko‘rsatish
industriyasi darajasiga ko‘tarilgan. O‘zbekistonda ham mafkuraviy jarayonlarni
tartibga solishda «Jamoatchilik bilan aloqalar» texnologiyalaridan foydalanish milliy
g‘oya targ‘ibotining ta’sirchanligini, so‘zsiz, oshiradi.

19
«Jamoatchilik bilan aloqalar» u boshqaruvning alohida usuli bulib, boshqaruv
tuzilmalarining jamiyat manfaatlariga xizmat qilishiga e’tiborni qaratish, amalga
oshirilayotgan islohotlarga jamoatchilikni safarbar qilish, jamiyatda vujudga keladigan
noxush holatlardan ogoh qilish orqali ularning oldini olishga xizmat qiladi.
Jamoatchilik bilan aloqalar qonuniy, ochiq, samimiy, ahloqiy me’yorlarga mos
keladigan muloqotlar asosida amalga oshiriladi.
Qator mamlakatlarning davlat boshqaruvida «Jamoatchilik bilan aloqalar»
texnologiyalarining qo‘llanilishi boshqaruvning ma’muriy-buyruqbozlik usulidan
davlat va jamiyat o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik usuliga o‘tishga xizmat qiladi.
Buning natijasida, davlat va jamoatchilik o‘rtasida mavjud ko‘zga ko‘rinmas to‘siq
olib tashlanib, demokratik ruhdagi fuqarolar uchun ochiq, ularning talablariga javob
beruvchi, o‘zgarishlarga tez moslashuvchan yangicha, samarali ishlaydigan
boshqaruvchilar qatlami shakllandi. Shu bilan birga, «Jamoatchilik bilan aloqalar»
texnologiyalarini qo‘llash fuqarolar ongiga demokratik qadriyatlarni samarali
singdirishga, ularda vatanparvarlik tuyg‘ularini uyg‘otishga xizmat qilishini alohida
ta’kidlab o‘tish zarur.
Siyosiy fanga oid adabiyotlarda «Jamoatchilik bilan aloqalar» texnologiyalariga
quyidagicha umumiy ta’rif berilgan: «Jamoatchilik bilan aloqalar» texnologiyalari
davlat organlari va boshqa turdagi tashkilotlarning insonlar, ijtimoiy guruhlar,
korxonalar bilan o‘zaro tushunish va ishonch muhitini yaratishga yo‘naltirilgan
faoliyatidir. «Jamoatchilik bilan aloqalar»ning ilmiy asosda o‘rganilishi ushbu
texnologiyalarni qo‘llayotgan sub’ektga olib borilayotgan siyosatni qo‘llanish
uslublarini o‘zlashtirish imkonini beradi. Quvvatlovchilarni aniqlash, jamoatchilik
fikrini o‘rganish, sub’ekt uchun ahamiyatli bo‘lgan axborot oqimlarini boshqarish
uslublarini o‘zlashtirish imkonini beradi.
«Jamoatchilik bilan aloqalar» texnologiyalariga I.Solovyov tomonidan berilgan
ta’rif xam e’tiborga loyiq: «Jamoatchilik bilan aloqalar» texnologiyalari axborot
texnologiyalarining bir turi bulib, biror siyosiy maqsadni amalga oshirishda retsipient1
ni hurmat qilgan holda axborot-tahliliy faoliyat yuritishni nazarda tutadi, deb yozadi u.
– Ushbu texnologiyalar kommunikator2 va retsipient o‘rtasidagi o‘zaro
20
munosabatlarni yaratishga xizmat qiladi. «Jamoatchilik bilan aloqalar»
texnologiyalarining xaqiqatga asoslanishi mavjud muammolarni keng jamoatchilik
o‘rtasida erkin muhokama kilish imkoniyatini beradi va fuqarolarda siyosiy qarorlar
qabul qiluvchi markaz hakida ijobiy tasavvur uyg‘otadi. Bu texnologiyalar quyidagi
tamoyillar asosida ishlab chiqiladi:
- axborotning xolisligi va oshkoraligi;
- o‘zaro munosabatlarda ham kommunikatorning, ham retsipienining manfaatlarini
xisobga olish;
- jamoatchilik fikriga tayanib faoliyat yuritish, jamoatchilik fikrini xurmat qilish;
Axborot etkazish faoliyatining bunday tashkil etilishida kommunikator retsipientga
shunchaki axborot qabul qiluvchi deb emas, balki uz dunyoqarashiga ega shaxs
sifatida murojaat qiladi. Shu sababli, «Jamoatchilik bilan aloqalar»
texnologiyalarining ishtirokchilari jamoatchilik fikridan doimo boxabar bo‘lib
turadilar».
Olim ushbu muammoga to‘xtalar ekan «Jamoatchilik va aloqalar» texnologiyalari
qanday maqsadga yo‘naltirilganligiga qarab uni bir necha turlarga ajratadi.
Masalan, «Jamoatchilik bilan aloqalar» texnologiyalarning kommunikatorning
davlat va jamoat tashkilotlari bilan aloqalarni yaxshilashda (rublic) shaxsning istalgan
qiyofasini yaratishda (image making), ommaviy axborot vositalari bilan aloqalarni
mustaxkamlashda (media relations), axborot etkazish va uning auditoriya tomonidan
qabul qilishini boshqarishda (massage management) axborot markazlaridan kadrlar
bilan ishlari (emloyee commumications), jamoatchilik bilan o‘tkaziladigan
tekshirishlarda (publik involuement), homiylar bilan yaxshi aloqalarni ta’minlashda
(investor relations), tanishtiruvchi tadbirlarni o‘tkazishda (spesial events), inqirozli
vaziyatlarni boshqarishda (crisis manegement) va boshqalarda foydalanish
mumkin»,14 deb e’tirof etadi. U mazkur texnologiyalarning alohida ko‘rinishlarini
sanab o‘tadi va ularning har biri o‘ziga xos vazifalarni bajarishini ta’kidlaydi.
«Jamoatchilik bilan aloqalar» texnologiyalarini bunday qismlarga ajratilishi axborot
berish jarayonini boshqarish har bir informatsion loyihalarning o‘ziga xos jihatlarini
o‘rganish standartlashtirilgan vazifalarni amalga oshirishda ijodiy yondashish
21
imkoniyatini beradi. «Jamoatchilik bilan aloqalar» texnologiyalari demokratik
davlatlarda mamlakat tomonidan jamoatchilikga axborot etkazishining mazmuniga
aylanganligi bois davlat organlari bilan fuqarolar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni
mustahkamlashga xizmat qiladi.
«Jamoatchilik bilan aloqalar» texnologiyalari muammosi bo‘yicha ilmiy izlanishlar
olib borgan qator olimlar davlat boshqaruvida mazkur texnologiyalarning
qo‘llanilishini, avvalo:
- davlat faoliyati to‘g‘risida fuqorolarga axborat etkazish;
- siyosiy jarayonlarda fuqorolarning ishtirokini ta’minlash;
- fuqarolar tomonidan davlat siyosati va dasturlarini qo‘llab-quvvatlashga erishish;
- davlat tuzilmalarining ijobiy imijini yaratish kabi vazifalarni amalga oshirishga
xizmat qilishini ta’kidlaydilar.
1970 yilda o‘ttizdan ortiq mamlakatning Jamoatchilik bilan aloqalarning
texnologiyalarining qo‘llovchi muassasa vakillari ishtirok etgan Mexikodagi xalqaro
forumda «Jamoatchilik bilan aloqalar» texnologiyalari jamiyatda vujudga keladigan
tendentsiyalar va ularning oqibatini oldindan ko‘ra bilish amalga oshirilayotgan
islohotlarni xayotga tadbiq etishda jamoatchilik va tashkilot (davlat) manfaatlariga
birdek xizmat qiluvchi san’at va ijtimoiy fandir, deb baholandi.
Frantsiyadagi jamoatchilik bilan aloqalar va ilg‘or texnologiyalar oliy instituti
professori, «Jamoatchilik bilan aloqalar» texnologiyalari bo‘yicha qator ilmiy
izlanishlar olib borgan F.Buari uni «ishonch qozonish texnologiyasi» deb atagan. U
jamiyatdagi munosabatlar jamoatchilik bilan aloqalar barcha munosabatlarning
nuqtasidir» deydi.
Taniqli psixolog Erix Frommning ta’kidlashicha, kishilarni ko‘r-ko‘rona
ishontirish, ularning dunyoqarashini boshqarish fikridan voz kechib ongli va faol
hamkorlik muhitini yaratish zarur17, bu aynan «Jamoatchilik bilan aloqalar»
texnologiyalari mohiyatini tashkil etadi. Shu sababli milliy g‘oya targ‘ibotida
«Jamoatchilik bilan aloqalar» texnologiyalari foydalanish insonning fikr erkinligiga
daxl qilmaydi, amalda bu boradagi ishlarimizni yaxlit tizim shakliga keltirishga xizmat
qildi.
22
Bugungi kunda xorijda keng qo‘llanilayotgan texnologiyalardan biri «Jamoatchilik
bilan aloqalar» texnologiyalari davlat boshqaruvini samarali tashkil etish maqsadida
keng qo‘llanilmoqda. Hozirgi kunda rivojlangan mamlakatlarning qonun chiqaruvchi,
ijro etuvchi va sud hokimiyatlari o‘z faoliyatida jamoatchilik bilan aloqalarning
texnologiyalarini qo‘llanishi yo‘lga qo‘yilganligi buning yaqqol dalilidir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov mafkura targ‘iboti masalasiga
to‘xtalib «Biz kishilar dunyoqarashini boshqarish fikridan yiroqmiz, balki biz odamlar
tafakkurini boyitish, uni yangi ma’no va mazmun bilan to‘ldirish tarafdorimiz. Har
qanday xalqni halq, millatni millat qiladigan, uning yo‘li va maqsadlarini aniq ravshan
va charog‘on etadigan mafkura - milliy g‘oyani shakllantirishning asosiy sharti
odamlarning tafakkuri, dunyoqarashining voqealikka nisbatan ta’sirini inobatga
olishdir»
«Jamoatchilik bilan aloqalar» texnologiyalari targ‘ibot tashviqot masalalariga
qaratilayotgan ana shunday qat’iy talabga to‘la mos keladi. Chunonchi, «Jamoatchilik
bilan aloqalar» texnologiyalari qo‘llanilishida ommaning fikrining boshqarish usulidan
voz kechiladi.
Olimlar «Jamoatchilik bilan aloqalar» texnologiyalarini targ‘ibotdan keskin farq
qilishini ta’kidlaydi. Xususan, F.Teylorning fikricha, «Targ‘ibot-axborot etkazishning
shunday usuli, unda faqatgina kommunikatorning manfaatlariga mos g‘oyalar,
mafkuralar, axborot ommaga etkaziladi».

23
MILLIY G’OYANI TARG’IB ETISHNING YANGICHA VA SAMARALI
USULLARI
Milliy g‘oyani targ‘ibotida “jamotachilik bilan aloqalar” usullaridan tashqari yana
bir qancha ilmiy negiz va asoslarga ega bo‘lgan bir qancha targ‘ibot usullaridan ham
foydalaniladi va ular quyidagilar:
1. “Ekspert baholash” usuli;
2. “Delfi” usuli;
3. “Pattern” usuli;
4. “O‘yinlar nazariyasi” usuli;
5. “Fokus guruhlar tashkil qilish” usuli va hak.
“Ekspert baholash” usuli bugungi kunda keng qo‘llanilayotgan usullaridan biri
bo‘lib, uni vujudga kelishi bevosita Ikkinchi jahon urushidan so‘ng etilgan iqtisodiy va
siyosiy muammolari echimini topishga doir tadqiqotlar bilan bog‘liqdir. Uning asosiy
mazmuni-mutaxassislar fikrlari va qarashlari asosida biror bir jarayonning kelajakdagi
ahvolini o‘rganish va tadqiq qilishdir. Bu usulning ijobiy xususiyatlaridan biri-uni
asosan ilmiy mezonlarga tayanganligi bilan ajralib turadi. Ekspert baholari o‘z
navbatida 2 ga ajratiladi: individul baholash va jamoaviy baholash. Individual
baholashda faqatgina bir mutaxassisning fikri ijobatga olinadi, muammoning
darajasiga (jiddiyligiga) qarab, esa jamoaviy xulosalar va baholar beriladi. Ushbu
usulning milliy g‘oya targ‘ibotida muhim ahamiyati shundan iboratki, targ‘ibot
jarayonida mavjud bo‘ladigan va kuzatiladigan muammolarni, (ham targ‘ibotchi va
qabul qiluvchi o‘rtasidagi) ilmiy asosda echimini topilishiga imkon beradi va bu
kelajakda targ‘ibotni keng ko‘lamda amalga oshirishda o‘zining samarasini beradi.
“Ekpert baholash” usulining davomi sifatida talqin qilinadigan usullardan biri-
“Delfi ” usuli bo‘lib, unga bunday nom berilishining asosiy sababi, qadimda
Yunonistonda biror hodisa-jarayon haqida xulosalar va taxminlar qilish jarayonida bir
guruh qoxinlar Delfi (Gretsiyaning shimolida) ibodatxonasida yig‘ilishgan va atamaga
ana shu joyning nisbati berilgan. Ammo bu nomdagi usulning paydo bo‘lishi AQShda,
1960 yillarning boshlariga to‘g‘ri keladi va kelajakdagi ilmiy-texnikaviy
jarayonlarning holati haqida tasavvur beruvchi usuldir. Bu usul davomida dastlab biror
24
bir hodisa va jarayonning dastlabki holati haqida fikr ilgari suriladi va va shu holat
davomida vujudga keladigan har qanday mazmundagi (katta yoki kichik)
muammolarni ilmiy dalillar asosida to‘la o‘rganiladi va avvalgi ko‘rsatib berilgan
jarayonlar o‘rtasidagi ma’lumotlar saralab olinib, uni umumiy jamoaning fikrlari
sifatida qabul qilinadi. Bu usulning yana bir muhim jihatlaridan biri uni ekspert
guruxlarning aniq matematik xulosalari asosiga qurilganligi, muammoga nisbatan
paydo bo‘ladigan savollarga birgalikdagi munosabat bildirishga qodir bo‘lgan fikrlar
xilma-xilligiga ega bo‘lganligidadir. Jamiyat rivojlanishining asosiy mazmun-
mohiyati, unda ilgari surilayotgan g‘oyalar va mafkuralarning maqsadi, qarashlari,
intilishlari bilan bilan chambarchas bog‘liqdir. Ayni shu ma’noda ana shu jamiyatning
barcha a’zolari mana shu g‘oya va mafkurani to‘la anglab etgandagina, uning kelajagi
porloq bo‘ladi. Milliy g‘oya targ‘iboti o‘z navbatida, mana shu maqsadlarni
birlashtiruvchi asosiy manba vazifasini bajaradi va turli usullar va tamoyillarga
tayanadi. “Delfi” usulining milliy g‘oya targ‘ibotidagi o‘rni shundan iboratki, avvalo,
uni oddiy nazariya va qarashlarga emas, balki aniq maqsad sari intiluvchi ilmiy
farazlarga ega bo‘lganligidadir. Ma’lumki, targ‘ibot oddiy ko‘rinsa-da, ammo doimo
bir yo‘nalishda amalga oshirilmaydi, u turli yo‘nalishlar va targ‘ibot-tashviqot
a’zolarining turli-tumanligiga asoslanadi. Shu o‘rinda aynan “Delfi” usuli targ‘ibot
davomidagi nafaqat mavjud bo‘lgan, balki, kutilishi mumkin bo‘lgan muammolarni
ham mutaxassislar yordamida o‘rganib bartaraf etib borilishi bilan ajaralib turadi.
Zamonaviy ilmiy farazlar va targ‘ibot dasturlarida keng qo‘llanilayotgan usullardan
biri- “Pattern” (Planning Assistence Through Technical Relevance Number
so‘zlarining inglizcha qisqartmasidan olingan) usuli bo‘lib, u ham AQShning boshqa
“g‘oya markazi” ya’ni, “Xonduell Inkorporeytid” tashkiloti tomonidan 60- yillarning
oxirlarida ishlab chiqilgan. Va dastlab bu usul AQShning mudofaa, harbiy-siyosiy
maqsadlari uchun xizmat qiladi. Ushbu usulning mohiyati o‘zi uchun kerakli bo‘lgan
voqea hodisalar to‘g‘risida ma’lumotlar yig‘iladi. Va uni amalga oshirish uchun
“Pattern” usulining birinchi qoidasi ya’ni amalga oshirladigan “maqsadlar daraxtini”
chizib olinadi va o‘sha vaqtdagi muammolarga asoslanadi. Shu bilan shu
muammoning holati bilan, keyingi jarayonlarning samarasi belgilab beriladi. Milliy
25
g‘oya targ‘ibotida dastlabki jarayon bilan keyingi natijalarni bog‘lab borish alohida
ahamiyat kasb etadi. Chunki, milliy g‘oya targ‘iboti fikrlar erkinligi va hodisalarning
turli-tumanligiga asoslanganligi bilan ajralib turadi. Bu usulning milliy g‘oya
targ‘ibotida qo‘llanilishining asosiy mazmunini belgilab beruvchi xususiyatlaridan biri
avvalo muammoni o‘rganishga nisbatan “ maqsadlar daraxtini” tuzilishidir. Va ayni
shu erda, amalga oshiriladigan barcha ishlarning rejasi ishlab chiqiladi, shuningdek
kutilajak muammolarni ilmiy tahlillar va nazariyalar asosida “xavfi” bartaraf etiladi.
Milliy g‘oya targ‘ibotida eng ko‘p qo‘llaniladigan usullardan biri-“Fokus
guruhlar”dir. Aslida bu usulning paydo bo‘lishi sotsiologiya fani bilan bog‘liqdir.
Ammo sotsiologiyaning o‘zi jamiyatni tadqiq qiluvchi fan bo‘lgani uchun, ushbu
usulning “qadri” jamiyatning boshqa sohalari uchun ham birdek qimmatlidir. Bu
usulning mohiyati-tanlab olingan yoki boshqa guruhlarni intervyu asosida fikrlari
o‘rganish va shu asosida, qo‘yilgan muammoning manzarasi ochib beriladi va bartaraf
etiladi. Milliy targ‘ibotida bu usulning qo‘llanilishi, avvalo, targ‘ibot samarasini
oshirishda alohida ahamiyat kasb etadi. Jamiyatdagi u yoki bu guruh ichidan ixtiyoriy
tanlov asosida saralab olingan respondentlarning fikrlari asosida ana shu jamiyatda
milliy g‘oya targ‘ibotini amalga oshirishga doir fikrlar, yo‘nalish va albatta ilmiy
nazariyalar ilgari suriladi.
G‘oya targ‘iboti alohida mazmun kasb etadigan usullardan biri bu- “O‘yinlar
nazariyasi” usulidir. Bu usulning umumiy tuzilishi o‘yinlardagi optimal maqsadlarni
aniqlashning matematik qonuniyatlar asosida o‘rganilishidir. O‘yin deyilganda, bu
erda biror-bir jarayonni tushuniladi. Bu usul davomida ma’lum bir maqsadlar ilgari
surilgan holatni tahlil qilish jarayonida ikki yoki undan ortiq guruhlarga bo‘linadi va
guruhlar o‘z manfaatlarini uchun kurashadi, aynan ma’qul deb topilgan guruh va
uning maqsadi etakchi darajaga chiqariladi. Bu usul milliy g‘oya targ‘iboti bilan
bilvosita chambarchas bo‘lib, aynan g‘oya targ‘ibotining tar-iboti samarasi ham
fikrlar, qarashlar erkinligi bilan izohlanadi.
O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan tub o‘zgarishlarning taqdiri insonning
faolligiga bog‘liqdir. Bu esa islohotlarning mohiyatini xalqqa tushuntirishni talab
qiladi. O‘zbekiston hayotidagi o‘zgarishlar insonlar ongida ham kengroq o‘zgarishlar
26
qilishni talab etadi. O‘tish davrini boshdan kechirayotgan har qanday davlat insonni
tarbiyalash haqida jiddiy qayg‘urishi tabiiy. Hozirgi kunda inson ongi va qalbini
egallash uchun kurash borayotgani hech kimga sir emas.
Bunday sharoitda begona mafkuraning qo‘poruvchi ta’siriga qarshi doimiy va
uzluksiz aksil targ‘ibotni tashkil etish zarur. Chunki, bunday mafkuraviy kurash
nafaqat mamlakatimiz ichkarisida balki xalqaro maydonda ham olib borish talab
etiladi. Shuni aloxida ta’kidlash joizki, demokratik jamiyat barpo etish davlatning
fuqorolik jamiyati bilan doimiy aloqaga kirishishini o‘z maqsad va vazifalarni insonga
tushuntirib borishini, jamiyatdan kelayotgan talab va takliflar asosida siyosiy
qarorlarni qabul qilishni taqozo etadi. Bu esa jamiyatdagi turli kuchlarning
manfaatlarini uyg‘unlashtirishi ular o‘rtasida vujudga kelishi mumkin bulgan
ziddiyatlarning oldini olish va boshqa ijtimoiy muammolarni hal qilishning maqbul
usullarini joriy etish imkonini beradi.
Yoshlarning u yoki bu darajada o‘z mafkuraviy himoya qobig‘iga ega bo‘lishi,
unga g‘oyaviy ta’sirlarga qarshi kurashish imkonini beradi. Shu o‘rinda ta’kidlash
lozimki, yoshlarning siyosiy vaziyatni idrok etishida, mushohada va tahlil qilishida
g‘oyaviy barqarorlik muhim ahamiyatga ega.
Ezgulikka, fikr sofligiga yo‘naltirilgan bunyodkor g‘oyalar-yoshlarning axborot-
psixologik xavfsizligini ta’minlashning mafkuraviy-g‘oyaviy negizlari bo‘lib xizmat
qiladi.
Yoshlar o‘zining ongli yashash huquqi uchun, o‘z taqdirini o‘zi belgilash erkinligi,
hayotiy ezgu maqsadlarini amalga oshirishi uchun o‘zlari faol bo‘lishlari kerak.
Bunyodkor g‘oyalarning asosiy mohiyati yoshlarning qalbi va ongiga singdirilsa,
shaxs tafakkuri turli eskicha aqida va tushunchalardan, turli g‘oyaviy ta’sirlardan
xolos bo‘lib, davlat manfaatiga xizmat qiladi. Uning ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shadi.
Shuningdek, huquqiy demokratik davlat barpo etishda odatda davlat boshqaruvi
organlari islohotchi vazifasini o‘taydi. Boshqacha qilib aytganda, aynan davlat
organlari islohotlarning yo‘nalishlari ko‘rinishi ularni amalga oshirish bosqichlarini
belgilab beradilar. Shu bois davlatning muhim vazifalardan biri islohotlar jarayonida

27
fuqorolar bilan davlat organlari o‘rtasida erkin axborot almashinuvini yo‘lga
qo‘yishdan iborat .
Rivojlangan mamlakatlarda fuqarolarni davlat organlari faoliyatidan xabardor
qilishning turli mexanizmlari mavjud bo‘lib ulardan eng ko‘p tarqalgan «Jamoatchilik
bilan aloqa» texnologiyalaridir.
Jamoatchilikka muhim axborotlarni o‘z vaqtida etkazish, o‘zaro hamkorlik
muhitini yaratish, jamoatchilikning ishonchini qozonish demokratik qadriyatlarni
singdirish ishlari puxta ishlab chiqilgan reja asosida olib borilishini taqazo etadi.

28
XULOSA
O‘zbekiston tanlangan mustaqil taraqqiyot yo‘li huquqiy demokratik, fuqarolik
jamiyati qurilishi vazifalarini amalga oshirishda milliy g‘oya – insonlarni mushtarak
maqsadlar bilan bog‘lab turuvchi, ularni yo‘naltiruvchi va safarbar etuvchi ma’naviy
kuchga ega. Milliy g‘oya targ‘iboti texnologiyalari ham keng qamrovli bo‘lib, doimo
o‘zgarib, yangilanib, takomilllashib borishi davr talabi hisoblanadi. Milliy g‘oya
targ‘ibotida inson omili hal etuvchi ahamiyatga ega. U foydalaniyotgan
texnologiyalar, mexanizm, uslub va vositalar targ‘ibotning samaradorligiga, milliy
g‘oyani insonning ishonch va e’tiqodiga aylantirishga ko‘proq ta’sir ko‘rsatadi.
Dunyoda ―mafkuraviy kurash davom etayotgan‖ sharoitda ―targ‘ibot
texnologiyalari‖ yovuz kuchlar qo‘lidagi ―mafkuraviy tahdid vositasi‖ga aylanishi
ehtimoli saqlanib kelmoqda. Uning oldini olish uchun zamonaviy texnologiyalardan
milliy g‘oya targ‘ibotida foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Milliy g‘oya
maqsadlarini, jamiyatdagi fuqarolarning har birining ongida ijtimoiy –ma’naviy
ehtiyoj sifatida anglanishi mustaqil taraqqiyotni kafolatlab beradi. O‘zligimizni
anglashga, asrab-avaylashga xizmat qiladi. Shu ma’noda targ‘ibot texnologiyalari
ezgulikka xizmat qilishi kerak.
Bugun insoniyatning aql-zakovati bilan fan-texnika sohasida muhim ixtirolar
amalga oshirilmoqda. Undan ezgu maqsadlar yo‘lida foydalanish o‘ziga xos axborot
almashinuvini, insoniyat uchun qulay sharoit yaratib beradi. Bu insonning ma’naviy
olamini boyishiga, dunyo xalqlarining erishayotgan yutuqlaridan xabardor bo‘lishiga,
madaniy hamkorlikning rivojlanishiga, mamlakatda ozod va obod Vatan, erkin va
farovon hayot qurilishiga xizmat qiladi.
Ammo, hamma insonlar ham bunday intellektual, ahloqiy va ma’naviy-mafkuraviy
ta’sir kuchiga ega bo‘lgan targ‘ibot texnologiyalaridan ijobiy maqsadlarda foydalana
olmayaptilar. Shuning uchun ham inson undan foydalanishda ezgu maqsadli bo‘lishi,
yomon ahloqiy qadriyatlardan o‘zini tiyishi va insonlarni bir-biri bilan bog‘lab
turadigan ma’naviy-ahloqiy qadriyatlar, umuminsoniy g‘oyalar ham borligini esdan
chiqarmasligi lozim. Bu bugungi dunyoni saqlab qoladigan, jamiyatni yovuz va
tajavuzkor g‘oyalar ta’siridan qutqara oladigan va oxir oqibatda insonni bu dunyoda
29
bir-biri bilan inson sifatida muloqotda bo‘lib yashay olishini ta’minlay oladigan
yuksak ma’naviy qadriyatlar mavjudligini anglash, unga tayanish muhim.
Milliy g‘oya targ‘iboti texnologiyalari ana shu ezgu g‘oyalardan ozuqlangan holda
amalga oshishi uni yovuz va tajavuzkor mafkuralardan farqlab turadigan muhim jihati
bo‘lib qoladi.

30
ADABIYOTLAR:
1. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. –T.: O‘zbekiston, 2008.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 25 avgustdagi «Milliy g‘oya
targ‘iboti va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish to‘g‘risida»gi Qarori.
«Xalq so‘zi», 2006 yil 26 avgust.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2001 yil 18 yanvardagi «Milliy istiqlol
g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» fani bo‘yicha ta’lim dasturlarini yaratish va
respublika ta’lim tizimiga joriy etish to‘g‘risida»gi Farmoyishi. «Ma’rifat». 2001 yil
20 yanvar.
4. Karimov I.A. O‘zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. – T.1. – T.:
O‘zbekiston, 1996.
5. Karimov I.A. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. – T.2. – T.: O‘zbekiston, 1996.
6. Karimov I.A. Bunyodkorlik yo‘lidan. – T.4. – T.: O‘zbekiston, 1996.
7. Karimov I.A. Yangicha fikrlash va ishlash – davr talabi. – T.5. – T.: O‘zbekiston,
1997.
8. Karimov I.A. Biz kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan quramiz. – T.7. – T.:
O‘zbekiston, 1999.
9. Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot – pirovard maqsadimiz.
– T.8. – T.: O‘zbekiston, 2000.
10. Karimov I.A. Vatan ravnaqi uchun har birimiz mas’ulmiz. – T.9. – T.:
O‘zbekiston, 2001.
11. Karimov I.A. Biz tanlagan yo‘l – demokratik taraqqiyot va ma’rifiy dunyo bilan
hamkorlik yo‘li. – T.11. – T.: O‘zbekiston, 2003.
12. Karimov I.A. Inson, uning huquq va erkinliklari – oliy qadriyat. 14-jild. T.:
―O‘zbekiston‖, 2006.

31

You might also like