You are on page 1of 33

ANGREN UNIVERSITETI

“IJTIMOIY-GUMANITAR FANLAR” KAFEDRASI


“IQTISODIYOT NAZARIYASI ” fanidan

KURS ISHI
Mavzu: Ishsizlikni kelib chiqish sabablari va nomoyon bo`lish
shakillari

Bajardi: Moliya fakulteti,


M-112 guruhi talabasi
Hamzaliyev Jasur.
Tekshirdi: ___________________

Kurs ishi taqrizga Kurs ishi taqrizdan qaytarilgan


topshirilgan sana sana
“____” _______2023 y. “____” _______2023 y.

Kurs ishi himoya qilingan Komissiya aʼzolari:


sana ___________ __________________
“____” _______2023 y. (imzo)
___________ _________________
Baho “_____” _________ (imzo)
ANGREN – 2023

1
Mavzu:Ishsizlikni kelib chiqish sabablari va nomoyon bo`lish
shakillari
Reja:
Kirish………………………………………..………………………….3
I-bob.Ishsizlik tushunchasining iqtisodiy mazmuni..…………………..6
1.1.Ishsizlikning kelib chiqish sabalari va uning namoyon bo’lish
shakllari………………………………………………………………...14
II-bob.Ishsizlikning ijtimoiy iqtisodiy oqibatlari…………………..…..22
2.1.O’zbekistonda ishsizlik darajasini pasaytirish va oldin iolish
istiqbollari……………………………………………………………...26
Xulosa……….…………………………………..……………………..31
Foydalanilgan adabiyotlar………..…………………………………….33

2
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Jamiyat a’zolarining ehtiyojlari yuksalib borar
ekan, ana shu ehtiyojlarni qondirishning yagona yo‘li iqtisodiy o‘sishdir.
Iqtisodiy o‘sish tufayligina ijtimoiy taraqqiyotga erishiladi. Iqtisodiy
o‘sish mamlakatning kuch-qudrati o‘sayotganini ko‘rsatadi.
Mikroiqtisodiy o‘sish firma, korxona va ayrim sektor (tarmoq)
miqyosidagi rivojlanishni ifoda etadi va ularda o‘sish yaratilgan tovarlar
va xizmatlarning bozor narxida hisoblangan hajmiga qarab aniqlanadi.
Mikroiqtisodiy miqyosda tadbirkorlar o‘z oldilariga iqtisodiy o‘sish
orqali maksimal darajada foyda olishni qo‘yadilar. Makroiqtisodiy
o‘sish milliy iqtisodiyot, ya’ni muayyan mamlakat miqyosidagi iqtisodiy
taraqqiyotni ifoda etadi va yalpi milliy mahsulotning (YAMM)
ko‘payishini bildiradi. Makroiqtisodiyotda iqtisodiy o‘sishga
erishishning optimal maqsadi barcha aholini hayot kechirishini
yaxshilash, turmush darajasini ko‘tarishdir. Ekstensiv iqtisodiy o‘sishga
ishlab chiqarishning avvalgi texnikaviy asosi saqlanib qolgan holda
ishlab chiqarish omillari miqdorining ko‘payishi tufayli erishiladi.
Ekstensiv rivojlanishda, agar u sof holda amalga oshirilsa, ishlab
chiqarish samaradorligi o‘zgarmay qoladi, chunki har bir ishlovchiga
to‘g’ri keladigan mahsulot miqdori, ya’ni mehnat unumdorligi
avvalgicha qoladi. Ekstensiv o‘sishning afzalligi shundaki, u iqtisodiy
o‘sishni ta’minlashning eng oson yo‘li. Bunda tabiiy resurslarni tezda
o‘zlashtirish hamda nisbatan tez fursatda ishsizlikni qisqartirish
mumkin. Iqtisodiy o‘sishning intensiv turi yanada progressivroq ishlab
chiqarish vositalarini va yangi texnikani qo‘llash, ishchi kuchi
malakasini oshirish, shuningdek mavjud ishlab chiqarish potensialidan
3
yaxshiroq foydalanish yo‘li bilan erishiladi. Real hayotda ekstensiv va
intensiv omillar sof holda, alohida-alohida mavjud bo‘lmaydi, balki bir-
biri bilan qo‘shilgan tarzda bo‘ladi. Birinchi Prezidentimiz Islom
karimov istiqlolning ilk yillaridan odamlarning mulkdor bo’lishini
kafolatlash , o’z aqli va salohiyati bilan mahsulot yarataman degan
insonni qo’llab quvvatlash yo’lida kurashdi. Bunda, avvalo, bozor
iqtisodiyotining asosi bo’lgan xususiy mulk ustuvorligini
mustahkamlaydigan barqaror qonunchilik bazasi, uni jadal amalga
oshirish uchun qulay ishbilarmonlik muhiti yaratishga kirishildi .
Davlatimiz rahbari Sh. Mirziyoyev Birinchi Prezidentimiz g’oyalarini
izchil davom ettirish yo’lida yangi strategik vazifalarni kun tartibiga
qo’ydi. Xalqimiz bugun izchil va barqaror rivojlanayotgan , erkin va
farovon, demokratik O’zbekiston davlatini barpo etish yo’lini avvalo,
o’zi va oilasi uchun yanada barqaror va to’kin hayotga erishishning
mustahkam zaminini yaratish uchun ter to’kib harakat qilmoqda.
Kurs ishining maqsadi. Mustaqil ishining maqsadi ishsizlikning nima
ekani
haqida tushunchaga ega bo’lish, uning iqtisodiy-ijtimoiy oqibatlari bilan
tanishish,
va O’zbekistonda ishsizlik darajasi bilan tanishib, uning oldini olish
istiqbollarini haqida fikr yuritish. Mazkur maqsadga erishish uchun
quyidagi vazifalar belgilab olindi:
-ishsizlik tushunchasining iqtisodiy mazmuni bilan tanishish
-ishsizlikning kelib chiqish sabablari va namoyon bo’lish shakllarini
o’rganish
-ishsizlik natijasida kelib chiqadigan ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarni tahlil
4
qilish
-O’zbekistonda ishsizlik darajasini pasaytirish va uni oldini olish
istiqbollarini o’rganib , qanday qilib ishsizlikning oldini olish va
aholining bandligini ta’minlash xususida so’z yuritish.
Kurs ishining predmeti. Mustaqil ishining predmeti bu ishsizlikning
kelib chiqish sabalari va nayon bo’lish shakllarini tadqiq etish va unga
qarshi kurash usllari bilan tanishib, O’zbekistonda ham ishsizlik
darajasini pasaytirish xususida fikr yuritish.
Kurs ishining nazariy va uslubiy asoslari. Mustaqil ishining nazriy
asoslari shundan iborat - ishsizlik tushunchasining iqtisodiy mazmuni
bilan tanishish , ishsizlik darajasi va ishsizlik hamda inflatsiyaning
o’zaro bir –biriga bo’g’liqligini o’rganish, Mustaqil ishining uslubiy
asoslari esa , ishsizlikning kelib chiqish sabalari va namoyon bo’lish
shhakllarini hayotiy tajribalar orqali tushuntirib berish, ishsizlikning
ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini to’g’risidagi amaliy ishlanmalar bilan
tanishish hamda O’zbekistonda ishsizlikning darajasini pasaytirish va
uning oldini olish istiqbollariga oid qonun hujjatlari yoki ilmiy-amaliy
ishlanmalarni ko’rib chiqib xulosa chiqarishdan iborat.

Kurs ishining tuzilishi.Ushbu mustaqil ishi kirish, xulosa , va o’zaro bir


biri bilan ma’zmunan bog’langan 4 ta rejadan iborat bo’lib, umumiy
hajmda 33 betni tashkil qiladi.

5
Ishsizlik tushunchasining iqtisodiy mazmuni
Ishsizlik va unga bog’liq muammolar mehnat bozoridagi ijtimoiy –
mehnat munosabatlarining asosiy mazmunini tashkil qiladi. Ishsizlik
muammosini o’rganishdan asosiy maqsad aholining bandligini
yaxshilash orqali mamlakat ishlab chiqarishini kengaytirish va aholi
turmush darajasini yanada yaxshilashga aloqador tadbirlar ishlab
chiqishdan iborat. Jamiyatdagi ishsizlik darajasini pasaytirish uchun
qo’shimcha ishchi o’rinlarini yaratish, ularni ishga tushirish aholining
tabiiy o’sishidan orqada qolmasligi kerak.
Iqtisodiy nuqtai nazardan ishsizlik deganda – ishchi kuchining ish-
joyi bilan ta’minlanmaganligi va natijada, uning biron –bir qonuniy
daromad manbaiga egabo’lmasligining muayyan (aniq) holati
tushuniladi. Odatda jahon mamlakatlari ishsizlik tushunchasini BMT,
Xalqaro Mehnat Tashkiloti (XMT), iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish
jamiyati talablariga ko’ra ishlab chiqishadi.
Xalqaro tashkilotlarning bergan ta’rifiga binoan “ishsizshaxslar”
deganda –ishga ega bo’lmagan, ishlashga tayyor va ish izlayotgan
fuqarolar tushuniladi. Mana shu asosiy shartlarga rioya qilgan holda,
turli mamlakatlarda fuqaroni ishsiz shaxs deb e’tirof etish uchun
qo’shimcha shartla rtalab qilinadi.
O’zbekistonning amaldagi qonunchiligiga ko’ra, “Ishsizlar–16 yoshdan
to pensiya bilan ta’minlanish huquqini olishgacha bo’lgan yoshdagi, haq
to’lanadigan ishga yoki daromad keltiradigan mashg’ulotga ega
bo’lmagan, ish qidirayotgan va ish taklif etilsa, unga kirishishga tayyor
bo’lgan yoxud kasbga tayyorlashdan, qayta tayyorlashdan o’tishga yoki
malakasini oshirishga tayyor bo’lgan mehnatga layoqatli shaxslar
6
(bundan ta’lim muassalarida ta’lim olayotganlar mustasno). Ushbu
moddaning birinchi qismida ko’rsatilgan, ishga joylashishda ko’mak
olish uchun mahalliy mehnat organlariga murojaat qilgan va
ulartomonidan ish qidiruvchi sifatida ro’yxatga olingan shaxslar ishsiz
deb e’tirof etiladi”.
Ishsiz shaxslar deb e’tirof etish uchun quyidagi to’rt shart mavjud
bo’lishi lozim:
Birinchi shart–fuqaro mehnatga qobiliyatli bo’lishi va amaldagi qonun
hujjatlariga binoan pensiya ta’minoti huquqiga ega bo’lmasligi kerak.
Huquqiy jihatdan mehnat qilish qobiliyatining quyi darajasi, Mehnat
kodeksining 77-moddasiga muvofiq 16 yosh deb belgilangan.
Ikkinchi shart–fuqaro ishga va ish haqiga (mehnat daromadiga) ega
bo’lmasligi lozim.
Uchinchi shart–fuqaro ishlashga tayyor bo’lishi lozim. Fuqaroning
ishlashga tayyor ekanligini, uning mahalliy mehnat organiga ish qidirib
rasmiy murojaat qilishi, belgilangan muddatlarda mehnat organida
qaytadan ro`yxatdan o`tishi
To’rtinchi shart–fuqaro tegishli hujjatlarni taqdim qilgan holda
mahalliy ro’yxatdan o’tib turishi va mehnat organlari tomonidan taklif
qilingan maqbul ishni qabul qilish holatlari tasdiqlaydi. Mehnat organida
ish qidiruvchi shaxs sifatida ro’yxatdan o’tishi lozim.Chet ellik
iqtisodchilar, hatto klassiklar va neoklassiklar ham ishsizlikning
mavjudligini hech qachon inkor etmaganlar. Bundan tashqari, ular bozor
iqtisodiyotining rivojlanishi davriy xarakterga ega bo’lganligi uchun
ham uni bozor iqtisodiyoti uchun hayotiy muhim deb hisoblaganlar:
yuksalish davrida firmalar mehnat bozoridan o’zlariga zarur bo’lgan,
7
tanazzul davrida chiqarib tashlangan ishchi kuchini tez topadilar. Ammo
ilmiy texnika taraqqiyotiga asoslangan ishlab chiqarishning hozirgi
darajsi “mehnatning zaxiradagi bunday armiyasini” iqtisodiyot uchun
kamsamaraliga aylantiradi–firmalarga oddiy ishchi kuchi emas, balki
belgilangan sifatdagi, belgilangan malakadagi mehnat kerak.Ishsizlikni
yaqindan o’rganish iqtisodiy tabiatni bilish uchun uning tasnifini bilish
maqsadga muvofiqdir. Kelib chiqish mazmuniga ko’ra, ishsizlikni
quyidagi asosiy turlarga ajratish mumkin:
-tabiiy ishsizlik
-majburiy ishsizlik
Tabiiy ishsizlik deyilganda, ishchi kuchi uning egasi ma’lum bir
jamiyat a’zosining istak-xohishlariga muayyan bog’liq bo’lgan holda ish
bilan band bo’lmaslik holati tushuniladi.
Majburiy ishsizlik turlari esa, ishsizlikning ishchi kuchiga aloqador
bo’lmagan holda kelib chiqishini tavsiflaydi.
Bugungi kunda respublikada ishsizlikning paydo bo’lish sabablariga
ko’ra, quyidagi asosiy turlari ko’p uchramoqda:

tarkibiy ishsizlik – bu iqtisodiyotning yangi tarmoqlari paydo


bo’lishi yoki eskisiga barham berilishi va mulkchilik shakllarining
o’zgarishi bilan yuzaga keladi;

yashirin ishsizlik – bu asosan qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish


tarmoqlari uchun xarakterlidir va bu haqiqiy ishchi kuchini kamroq
miqdorda talab qiladi. yashirin ishsizlik ishlab chiqarishning

8
chuqur inqirozi sharoitida korxonalarda ish bilan ortiqcha
badlikning saqlanib qolganligidan dalolat beradi;

mavsumiy ishsizlik–bu ma’lum mavsumda ish bilan bandlikni


ta’minlovchi, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va
ularni qayta ishlash hamda tayyorlash muddati bilan asoslanadi.
Mavsumiy ishsizlikning hajmi ishchi kuchiga bo’lgan talab va
taklifning mavsumiy omillari baravar ta’sir qilishi sifatida
namoyon bo’ladi;

texnologik o’zgaruvchan ishsizlik–bu korxonada texnologik


o’zgarishlarning amalga oshirilishi va modernizatsiya qilinishi
natijasida yuzaga keladi. Masalan, fan – texnika yutuqlari
natijasida qo’l mehnati o’rnini mashina egallashi natijasida yuzaga
keladi;

friksion ishsizli–bu ishsizlik turi jamiyatdagi mavjud ishchi


kuchlarining ma’lum qismini ish joylari bo’yicha qayta taqsimlab,
ulardan samarali foydalanishga shart – sharoit yaratadi, ya’ni eski
ish sharoitlaridan (ish joyining uzoqligi, ish haqining pastligi ish
kuni davomiyligining nisbatan uzunligi va boshqalar) qoniqmagan
ishchilar yangi ish joylarini qidiradilar. Ularga ega bo’lgan, bu
mehnatdan nisbatan ko’proq ijtimoiy-iqtisodiy samaraga
erishadilar. Friksion ishsizlikning bo’lishi ma’lum darajada
iqtisodiy jihatdan zaruriy va tabiiy holdir;

9

davriy ishsizlik – bu iqtisodiy inqirozning muayyan davrida ishlab


chiqarishning pasayishi natijasida yuzaga keladigan ishsizlik turi
hisoblanadi.

Ishsizlik darajasini aniqlash


“To’la bandlik tushunchasi iqtisodiyotda ishsizlikning mutlaq mavjud
bo’lmasligini bildirmaydi. Iqtisodchilar friktsion va tarkibiy
ishsizlikning bo’lishini tabiiy deb hisoblaydilar, shu sababli to’la bandlik
ishchi kuchining 100% dan kam qismini tashkil qiluvchi miqdor sifatida
aniqlanadi. Aniqroq aytganda, to’la bandlik sharoitida ishsizlik darajasi
friktsion va tarkibiy ishsizlar soniga teng bo’ladi. Siklik ishsizlik nolga
teng bo’lganda to’la bandlik sharoitidagi ishsizlik darajasiga erishiladi.
To’la bandlik sharoitidagi ishsizlik darajasi ishsizlikning tabiiy darajasi
deb ataladi. Ishsizlikning tabiiy darajasi bilan bog’liq bo’lgan milliy
ishlab chiqarishning real hajmi, iqtisodiyotning ishlab chiqarish
salohiyatini ko’rsatadi. To’la bandlik yoki ishsizlikning tabiiy darajasi
ishchi kuchi bozori muvozanatga erishganda, ya’ni ishlovchilar soni
bo’sh ishchi o’rinlari soniga teng kelganda vujudga keladi. Ishsizlikning
tabiiy darajasi qandaydir darajada iqtisodiy jihatdan maqbul hisoblanadi.
Chunki “friktsion” ishsizlarga mos keluvchi ish o’rinlarini topish,
“tarkibiy” ishsizlarga ham yangi kasbni o’zlashtirish yoki yangi yashash
joyida ish topish uchun ma’lum vaqt kerak bo’ladi. “Ishsizlikning tabiiy
darajasi” tushunchasi ma’lum bir aniqliklar kiritishni talab qiladi.
Birinchidan, bu tushuncha iqtisodiyot har doim ishsizlikni tabiiy
darajada amal qilishi va shu orqali o’zining ishlab chiqarish

10
imkoniyatini ro’yobga chiqarishini bildirmaydi. Chunki, ko’pincha
ishsizlik darajasi tabiiy darajadan ortiq, ayrim hollarda masalan: ish
vaqtidan ortiqcha ishlash va o’rindoshlik ishlarida band bo’lish
natijasida tabiiy darajadan past ham bo’lishi mumkin. Ikinchidan,
ishsizlikning tabiiy darajasi o’z-o’zicha doimiy miqdor hisoblanishi
shart emas, u tarkibiy o’zgarishlar (qonunlar va jamiyat o’z urf-
odatlaridagi o’zgarishlar) oqibatida o’zgarib turishi mumkin. Masalan,
AQSHda ishsizlikning tabiiy darajasi dastlab XX asrning 60-yillari
o’rtalarida 4.5% deb belgilangan bo’lsa, 70-yillarning boshiga kelib
5.5% , 80-yillarning boshida esa 6% gacha o’sdi. ishsizlik darajasi
ishsizlar sonining ishchi kuchi tarkibidagi foizi sifatida hisoblanadi.
Ishsizlik vа uning dаrаjаsini аniqlаshdа bа’zi bir аdаbiyotlаrdа turli
nоаniqliklаrni kеltirib chiqаruvchi hоlаtlаr hаm uchrаydi. Jumlаdаn,
V.I.Vidyapin umumiy tаhriri оstidаgi dаrslikdа mеhnаt qilish yoshidаgi
аhоli tаrkibi institutsiоnаl vа nоinstitutsiоnаl аhоligа аjrаtilаdi.
Institutsiоnаl аhоli – bu nоbоzоr tuzilmаlаr, ya’ni dаvlаtning аrmiya,
pоlitsiya, dаvlаt аppаrаti singаri institutlаrigа yo’nаltirilgаn аhоlidаn
ibоrаt. Аhоlining qоlgаn mеhnаt qilish yoshidаgi qismi nоinstitutsiоnаl
аhоli hisоblаnаdi. Bаnd bo’lgаn аhоli tаrkibigа iqtisоdiyotning bоzоr
tuzilmаlаrigа yo’nаltirilgаn аhоli kiritilаdi. Ishsizlikning aniqlanishi
ishsizlik bilan bog'liq muammolarni o'rganishda, shuningdek ishsizlarni
ijtimoiy himoya qilish tizimini va ishsizlikni minimallashtirish usullarini
ishlab chiqishda muhimdir. Bandlikning passiv va faol siyosati chora-
tadbirlarini ishlab chiqish va ishsizlikni qisqartirishning o'ziga xos
muammosi ishsizlar sonini aniqlashning ishonchliligi hisoblanadi.
Bugungi kunda deyarli barcha davlatlar ishsizlar sonini aniqlash uchun
11
Xalqaro mehnat tashkilotining (XMT) standart metodologiyasidan
foydalanadilar. Ushbu uslub ishsizlikning uchta mezoniga asoslanadi:
1) ishning etishmasligi yoki o'zini o'zi ish bilan ta'minlash;
2) ma'lum bir vaqtda ishlashga tayyorlik va qobiliyat;
3) ish topish uchun amaliy qadamlarni bajarish.
Ishsizlik darajasi ishsiz deb e'tirof etilgan fuqarolar toifasiga qarab
farqlanadigan ishsizlik nafaqalarining miqdorini o'z ichiga oladi. Nafaqa
to'lanadi:

 1) korxonalardan har qanday sabablarga ko'ra ishdan bo'shatilgan


(o'z xohishi bilan ishdan bo'shatishdan tashqari) va ishsizlik
boshlanishidan oldin o'tgan yil davomida kamida 12 kalendar hafta
(uch oy) to'lagan shaxslar. Nafaqa miqdori quyidagi formula bilan
belgilanadi: dastlabki uch oyda oxirgi ish joyidagi oxirgi uch oylik
o'rtacha ish haqining 75 foizi miqdorida, keyingi to'rt oy davomida
- xuddi shu o'rtacha ish haqining 60 foizi; kelajakda (besh oy) -
o'rtacha daromadning 45%. Foyda to'lashning umumiy
davomiyligi 12 oylik ishsizlik hisoblanadi. Ishsizlik nafaqalari
miqdoriga cheklovlar joriy qilindi - bu mintaqa uchun yashash
minimumi (LBP) miqdorining 20 foizidan kam bo'lmasligi va
LBPning o'zidan yuqori bo'lmasligi kerak;
 2) ishsizlik boshlanishidan oldingi yil davomida 26 kalendar
haftalik haq to'lanadigan ish kuni bo'lmagan shaxslarga,
shuningdek birinchi marta ish izlayotgan yoki uzoq (bir yildan
ortiq) tanaffusdan keyin ishni qayta tiklamoqchi bo'lganlarga-
nafaqa mintaqadagi BPMning kamida 20 foizi miqdorida to'lanadi;

12
 3) ish davrida oxirgi uch oy uchun o'rtacha ish haqining 75 foizi
miqdorida stipendiya to'lash bilan bandlik xizmatlari sohasida
o'qiyotgan ishsizlar; ushbu toifadagi odamlar uchun ishsizlik
nafaqasi mintaqadagi BPMning 20 foizini tashkil qiladi.

"Yashirin ishsizlik" ko'rsatkichi umumiy ishsizlik darajasida hisobga


olinmaydi.

13
2.Ishsizlikning kelib chiqish sabalari va namoyon bo’lish shakllari
Iqtisodchilar ommaviy ishsizlikning haqiqiy sabalari qandayligi
to’g’risida hanuzgacha bahslashadilar. Jumladan, bu masala klassik va
keyns maktablari o’rtasidagi kelishmovchilik mavzulardan biridir. Bu
bahs xususida qisqacha to’xtalamiz.Klassik(va neoklassik) nazariyaga
ko’ra, ommaviy ishsizlikning asosiy sababi pasayish tomoniga bo’lgan
yuqori va moslashuvchan bo’lmagan ish haqi hisoblanadi. Ish haqi o’z
muvozanat darajasidan oshib, kasaba uyushmasining faolligi hamda
davlatning aralashuvi tufayli o’sha darajada “o’rnashib qolganda”
mehnat talabi bilan taklifi o’rtasida uzilish paydo bo’ladi, mana shu
narsa ishsizlikni keltirib chiqaradi. Agar bozordan tashqari kuchlar
(kasaba uyushmalari va davlat) firmalarni ish bilan bandlikni oldingi
darajasida saqlashga majbur qilsa, buning oqibati mamlakatdagi xronik
inflatsiya bo’lishi mumkin. Bundan –neoklassiklarning asosiy “resepti”–
ish haqi darajasini ushlab turish va hatto kamaytirish kelib chiqadi.
Shuningdek, bu maktab vakillarining (D.Rikardo, J.S.Mill , A.Marshall
va boshqalar) fikricha, mehnat bozoridagi raqobat majburiy ishsizlikni
istisno etadi. Bozor tomonidan belgilangan ish haqiga mehnat qilishni
xohlagan har bir kishi osongina ish topa oladi.
Keynschilar (J.M Keyns , R. Godon va boshqalar) ishsizlikning asosiy
sababi – “samarali talab” yetarli emasligidadir deb isbotlaydilar. Ushbu
“samarali talab”ning tarkibiy qismi, bir tomondan shaxsiy iste’mol
tovarlariga talab bo’lsa, ikkinchi tomondan, investitsiya talablariga
(ishlab chiqarish vositalariga) talabdir. “Ish bilan band bandlik hajmi,
demak ish bilan band emaslik yoki ishsizlik, -deb yozgan edi J.Keyns, -
mutlaqo ravishda samarali talab bilan bog’liqdir ”. U “samarali talabni”
14
davlar xarajatlarini ko’paytirish , davlatning bozor talabi (eng avvalo,
investetsiyaviy tovarlarni) ko’paytirish hisobiga oshirish zarurligini
ko’rsatgan.
Monetarchilar(M. Fridman, F. Kegen, D.Mayzelman, K .Brunner,
A.Moltser va boshqalar) ish bilan bandlik faqat kutilmagan inflatsiya
bilan bog’liq, chunki u ishsizlikning tabiiy darajasini o’zgartiradi, degan
tushunchaga asoslanadilar. M.Fridmanning ishsizlikning tabiiy darajasi
mavjudligi to’g’risidagi xulosasi muhim metodologik ahamiyatga
egadir. Bu daraja mehnat bozori sharoitlari bilan qat’iy chegaralab
qo’yilgan va davlat siyosati bilan o’zgartirilishi mumkin emas. Agar
hukumat ish bilan bandlikni uning tabiiy darajasini talabni
ko’paytirishning an’anaviy byudjet va kredit usullari bilan oshirmoqchi
bo’lsa, bu choralar qisqa muddat samara keltirib, faqat narx-navo
ko’tarilishiga olib keladi.
Institutsional iqtisodiyot nazariyasida (T.Veblen, J.Gelbreyt,
D.Kommons va boshqalar) mehnat bozoriga iqtisodiyotning eng muhim
sektori sifatida qaraladi.
T.Veblen bozorning tarixiy rivojlanishini tahlil etar ekan, industirial
jamiyat taraqqiy etishi bilan raqobat kurashi markazi tovarlar va
xizmatlar bahosi uchun kurash sohasidan mehnat bahosi va sharoiti
uchun kurashish sohasiga ko’chishini aniqladi.
Mazkur yo’nalish tarafdorlari davlat mehnat bozoridagi rejali siyosatini
bu yerda amal qiladigan institutlar orqali amalga oshirishi zarur degan
fikrda bo’lganlar. J.Gelbreyt davlat ishi bilan bandlik darajasi yuqori
bo’lishidan manfaatdor, chunki bu holat byudjetning daromad qismini
ko’paytiradi va mamlakat boyligining ortishini ta’minlaydi deb
15
ko’rsatgan.
Institutsional maktab vakillari qarashlarini tahlil etish asosida ularning
mehnat bozorini tartibga solish bo’yicha nuqtai nazrlari to’g’risida
quyidagi xulosaga kelish mumkin, ya’ni shaxs erkin hamda kasb
malakasini oshirish imkoniyatiga ega bo’ladigan ijtimoiy tartib o’rnatish
uchun jtimoiy iqtisodiy siyosat quyidagi vazifalar xal etilishini
ta’minlashi zarur:

 Odamlarning qobiliyatiga muvofiq tanlagan kasbga o’qish uchun


teng imkoniyat yaratish;
 Xodimlarning mehnat jarayoniga ko’milish, malaka oshirish,
xizmat vazifasi bo’yicha ko’tarilish uchun teng imkoniyatlar
yaratish;
 Mehnatni rag’batlantirish xodim va uning oilasi munosib turmush
kechirishini ta’minlaydigan darajada bo’lishi;
 Xodimlar bilan ish beruvchilar o’rtasida mehnat munosabatlarini
tartibga solish

Yuqorida bayon etilganlardan ishsizlikning kelib chiqishi sababi mehnat


bozorida Ishchi kuchi taklifining unga talabidan ortiqligi natijasi
ekanligi anglatadi . Lekin mehnat bozori faqat, muayyan bir vaqtda
mehnat resurslariga talab va uning taklifi nisbatini aks ettiradi xolos.
Ana shu nisbatni tashkil etadigan mehnat resurslari mehnat bozori
tashqarisida (moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish, muomala
sohalarida) shakllanadi . Bu ishsizlik tarkibida ham o’z ifodasini topadi.
MDH mamlakatlardagi voqelik ishsizlikning iqtisodiy turg’unlik
pasayishi sur’atlari bilan bevosita aloqasini tasdiqlamaydi. Masalan,
16
sanoat ishlab chiqarish hajmlari deyarli ikki marta qisqarganda, ish bilan
band bo’lganlar soni 10% dan ortiqroq kamayishi mumkin. Fikrimizcha,
buning sababi quyidagicha bo’lishi mumkin:

 Birinchidan, bu iqtisodiyotda davlat sektorining


saqlanganligidir.Bozor islohotlarining boshlarida, davlat mulki
ustuvor bo’lgan va korxonalarni, shu jumladan, qaror
keltiradiganlarni ham davlat tomonidan qo’llab – quvvatlash
davom etgan ish haqining onda–sonda va kechikuvchi idekasatsiya
qilinishi munosabati bilan inflatsiya darajasining kamayishi
korxonalarga, hatto ishlab chiqarish kamaygan sharoitlarda ham,
aholini ish bilan bandligini saqlash imkonini beradi.
 Ikkinchidan, bu yashirin ishsizlikning to’liq bo’lmagan ish vaqti,
ta’minot saqlanmagan ta’tillar shaklida ko’payishidir. Rasman ish
bilan band bo’lgan bunday ishchilar hech qayerda ishsizlar sifatida
ro’yxatga olinmaydi, ular garchi mohiyatiga kora sezilarli darajada
ishsiz bo’lsalarda, rasman boshqa ish joyini qidirmaydilar.
Qoidalarga ko’ra, qisman ish bilan band bo’lganlar ikkinchi marta
ish bilan bandlik yoki o’z-o’zini ish bilan band qilish deb atalmish
aholini ish bilan bandligiga ega bo’ladilar.
 Uchinchidan, ishsizlikning kuchli o’sishi ayniqsa, keskin iqtisodiy
o’zgarishlardan keying dastlabki yillarda mehnat bozoridagi taklif
kamayganligi tufayli ko’zga tashlanmaydi. Qo’llanilgan
muddatdan oldin pensiyaga chiqarish, uy xo’jaligida ish bilan band
bo’laganlar sonini ko’paytirish (asosan, ayollar) yakka tartibdagi
mehnat faoliyatining keng tarqalishi–bu iqtisopdiyot yashirin

17
sektorining rivojlanishini jadallashtirad –bularning hammasi
bozordagi ishchi kuchi taklifini kamaytiradi.

Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida mehnat bozorini tartibga solishda ish


haqi bilan bog’liqligi ayniqsa, muhim ahamiyatga egadir. Buni “Fillips
egri chizig’i” orqali kuzatishimiz mumkin . Yangi Zellandiyada tavallud
topgan , uzoq vaqt davomida Angiliyada ilmiy tadqiqotlar olib borgan
Olban Uiliyam Fillips 1891- yildan 1958- yilgacha bo’lgan davrni
qamrab olgan ma’lumotlar asosida ana shu bog’liqlikni asoslab bergan.
XX asrning 70-yillarida inflatsiya sur’atlari va ish haqi darajasi bir
vaqtda o’sishining imkoniyati yo’qligini inkor etgan voqealar sodir
bo’ldi. Neftni eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti (OPEK) neft
narxini oshirib yubordi. Buning oqibatida stagflyatsiya – ishlab
chiqarishning pasayishi hamda inflatsiya sur’atining o’sishi ro’y berdi.
“Fillips egri chizig’i”ning zamonaviy modellari inflatsiyaning o’sish
sur’atlarini – narxning avvalgi darajasidan o’zgarishi quyidagi 3 omilga
bog’liqligiga asoslangan, ya’ni:

 Kutilayotgan inflatsiyaga;
 Davriy inflatsiyaga;
 Taklifning sok o’zgarishiga ;

Nobel mukofotining lauriyati K.A.Pissarides o’zining “Ishsizlikning


muvozanat nazariyasi” asarida ishsizlik ish bilan band xodimlar va
ishsizlarning manfaatlari bir–biriga zidligi sababli yuzaga kelish
g’oyasini ilgari suradi. Shuning uchun agar ish haqi faqat ish bilan band
xodimlar mavjud bo’lgan firma darajasida belgilanadigan bo’lsa,

18
ishsizlik muvozanati samarali bo’lmaydi. Chunki ishsizlar va bo’sh ish
joylari mavjud firma savdodan tushadigan foydadan ish bilan band
xodimlar mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan kompaniya kabi
yetarlicha manfaatdor bo’la olmaydi. Bunday kompaniya jamiyat
manfaati nuqtai nazaridan ijtimoiy samarali emas .
Ishsizlikning asosiy sabablaridan yana biri bu-mehnat bozorida
nomutanosiblikdir. Ushbu nomutanosiblik, ayniqsa iqtisodiy tanazzul,
urush, tabiiy ofatlar va boshqalarda kuchaymoqda.
Ishsizlik bozor iqtisodiyotining muhim sherigi hisoblanadi. Tabiiy
me'yorda bo'lgan mehnat zaxirasi uning samarali ishlashining
omillaridan biridir.
Ishsiz odamlar va ularning oilalari ko'pincha moddiy muammolarga
duch kelishadi. Ishsizlarning moliyaviy ahvoli, ularning asosiy qismi
naqd pul jamg'armalariga ega emasligi sababli og'irlashadi, shuning
uchun ular ish joyidan mahrum bo'lganda, ishsizlik nafaqalari bilan
yashashga majbur bo'ladilar, ularning miqdori juda oz. Ishsizlarning
oilalarida bo'sh vaqt, ta'til va bolalar ta'tilini o'tkazish, sport o'ynash,
turli to'garaklarga, sektsiyalarga tashrif buyuradigan bolalarga va
hokazolarga nisbatan ko'proq muammolar mavjud. Ishsizlik har bir
shaxs uchun ish, kasb, mutaxassislikni majburiy yo'qotish, qayta
tayyorlash va yangi kasbiy bilimlarni olish zaruriyati, yangi ish qidirish
bilan bog'liq. Odamlar o'z odatlarini, ijtimoiy doirasini, eski turmush
tarzini o'zgartirishga majbur. Ular ertangi kunga kamroq ishonishadi.
Ishsizlikning hissiy oqibatlari orasida o'zini past qadrlash, tushkunlik va
o'z joniga qasd qilish moyilligini nomlash moda. Ishsizlikdan kelib
chiqadigan stress holati odamning turli kasalliklarga moyilligini
19
oshirishi mumkin.
Ba'zi tadqiqotchilar ishsizlik bilan bog'liq stress oila a'zolarining bir-
birlariga g'amxo'rlik qilish qobiliyatini pasaytiradi, natijada o'smir
bolalar uylaridan tez-tez qochib ketishadi va er-xotin o'rtasidagi
munosabatlardagi mojarolar kuchayadi. Shu bilan birga, bunday vaziyat
bolaning mustaqilligining rivojlanishiga, uning o'qishga, mehnatga
bo'lgan munosabatining o'zgarishiga olib keladi. Bolalar mehnati ko'plab
ijobiy tomonlarga ega. Yaxshi ish intizomni, bag'rikenglikni, o'zini o'zi
qadrlashni, mehnatsevarlikni o'rgatishi mumkin. Bundan tashqari,
ortiqcha yuk bolalarning sog'lig'i va ta'lim sifatiga ta'sir qiladi. Ko'pgina
bolalar hech qanday bilim va kasbiy ko'nikmalarsiz pul topish va qulay
yashash mumkin degan xulosaga kelishadi. Bunday hollarda
o'spirinlarning o'qish va mehnatini birlashtirish masalasini oqilona hal
qilish zarur.Va nihoyat, ishsizlik va jinoyatchilik o'rtasidagi bog'liqlikni
ta'kidlash kerak. Shunday qilib, ishsizlik nafaqat ushbu pozitsiyaga
tushgan har bir kishiga, balki uning oila a'zolariga ham halokatli ta'sir
ko'rsatadi. Barcha kuchlarni safarbar etish va qiyin vaziyatdan chiqishga
yordam berish jamiyat va ijtimoiy ish bo'yicha mutaxassislarning
vazifasidir. So’nggi yillarda turli G’arb mamlakatlarida ishsizlar soni
turlicha bo’ldi. Eng kam ishsizlar ko’rsatgichiga ega mamlakat-bu
Shveytsariyadir. Buyuk Britaniya va Italiyada esa ular soni ancha
ko’pchilikni tashkil qiladi. Yevropadan tashqarida ishsizlikning barqaror
past darajasi Yaponiyada saqlanib turibdi. G’arb mamlakatlarida keyingi
o’n yilliklar davomidagi ishsizlikning yuqori darajasi quyidagicha
izohlanadi:
1.Sanoat tarmoqlarida xalqaro raqobatning kuchayishi. 1947 yili jahon
20
sanoatining 60% i AQSH hissasiga to’g’ri keladi. Bugun bu ko’rsatkich
15% ga yaqin sonni tashkil qiladi.
2.Butun jahon iqtisodiy inqirozi, bunga sabab (yoki turtki) 1973 yildagi
neft krizisi bo’ldi. U bugungi kungacha o’tib ketgani yo’q.
3.Sanoatda mikroelektronikaning qo’lanilishi o’sib, ishchi kuchlariga
bo’lgan ehtiyojning qisqarishiga olib keldi.
4.Ishlashni hohlovchi ayollarning soni ortib borishi cheklangan
miqdordagi ish joylariga talabgor kishilar miqdorining ko’payib
ketishiga olib kelmoqda.
Demak, ishsizlikning sababi har doimgidek mehnatga bo’lgan bozor
talabining o’zgarib turishidir. Bu, o’z navbatida, tovarlar va xizmatlarga
bo’lgan talabning o’zgarishidan kelib chiqadi. Texnika taraqqiyoti,
mashinalarni ko’plab ishlatish ish kuchiga bo’lgan talabni qisqartiradi,
mehnat unumdorligini oshirib, ozchilik mehnati bilan ko’proq mahsulot
ishlab chiqarishni ta’minlaydi. Iqtisodiy turg’unlik va tushkunlik davrida
mehnatga talab kamayadi, bu esa ishlab chiqarishning o’zidagi qisqarish
bilan izohlanadi. Ish haqi oshib ketganda ham ish joyi qisqaradi, chunki,
masalan, 10 kishi oladigan ish haqi 8 kishiga berilsa, 2 kishi ishsiz
qoladi.

21
Ishsizlikning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari
Ishsizlik nazariyasida ishsizlikning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari masalasi
alohida o'rin tutadi. Ishsizlik, birinchi navbatda, jamiyatning ishlab
chiqarish va inson kapitalidan to'liq foydalanmaslik demakdir; bu
mamlakat uchun milliy mahsulot va milliy daromadning yo'qolishiga
olib keladi. Agar iqtisodiyot ishlamoqchi va ishlashni istagan har bir
kishiga yetarli ish o'rinlarini yarata olmasa, potentsial tovarlar va
xizmatlar ishlab chiqarish butunlay yo'qoladi. Mahsulotlar ishlab
chiqarilmaganda ishsizlikning iqtisodiy xarajatlari namoyon bo'ladi.
Yalpi milliy mahsulotning (YaMM) haqiqiy hajmi va yaratilishi mumkin
bo'lgan, ammo ishlab chiqarilmagan potentsial o'rtasidagi farq odatda
Yalpi ichki mahsulot hajmining orqada qolishi deb nomlanadi. Bozor
iqtisodiyoti rivojlanib borishi bilan tabiiy ishsizlik darajasi ko'tariladi.
XX asr tabiiy ishsizlik darajasi 3-4% edi, bugungi kunda 5-6%.
Ishsizlikning iqtisodiy bo'lmagan xarajatlari ijtimoiy, psixologik va
siyosiy muammolar avjida. Ular nafaqat jamiyatdagi ijtimoiy
keskinlikning kuchayishi, balki mamlakatning iqtisodiy (bozor)
islohotlaridan chiqish yo'lidagi siyosiy yo'nalishi o'zgarishi bilan ham
bog'liqdir. Ishsizlikning salbiy ijtimoiy oqibatlari ishsizlarning turmush
darajasining pasayishi, shuningdek, mehnat bozorida raqobatning
kuchayishi sababli ishchilarning ish haqi darajasi bilan bog'liq; ijtimoiy
ish haqi va ishsizlarning oilalarini moddiy qo'llab-quvvatlash zarurati
tufayli ishchilarga soliq yukining oshishi bilan; uzoq vaqt ishsiz bo'lib
qolgan shaxslarning malakasi to'liq yoki qisman yo'qolganda,
shuningdek uni tiklash uchun jamiyat xarajatlari oshganda;
jinoyatchilikning o'sishi bilan, uzoq vaqt ishsiz bo'lgan odamlarning
22
axloqiy va ruhiy tanazzuliga olib keladi. Ommaviy ishsizlik o'z joniga
qasd qilish, ruhiy kasalliklar, yurak-qon tomir kasalliklaridan o'limga
olib keladi. Ishsizlik aholining daromadlar bo'yicha tabaqalanishini
oshiradi, marginalizatsiya (lat. Marginalis-chetida joylashgan) va
aholining alohida segmentlari va ijtimoiy befarqlik (harakatsizlik) ga
olib keladi. Ishsizlik jiddiy iqtisodiy va ijtimoiy xarajatlarga olib keladi.
Ishsizlikning asosiy salbiy oqibatlaridan biri bu mehnatga layoqatli
fuqarolarning ishlamay qolishi va shunga mos ravishda ishlab
chiqarishdir.Shunday qilib, ishsizlik jamiyatni rivojlanishiga va uning
potentsial imkoniyatlarini hisobga olgan holda oldinga siljishiga
to'sqinlik qiladi. Oxir oqibat, bu iqtisodiy o'sishning pasayishi, yalpi
ichki mahsulotning o'sish sur'atlarining pasayishi sifatida ko'rilmoqda.
Jamiyatning ishlab chiqarish imkoniyatlaridan bemalol foydalanish
mumkin. Ba'zi iqtisodchilarning fikriga ko'ra, bandlikning 1 foizga
o'sishi potentsial yalpi ichki mahsulotning yalpi ichki mahsulotida 2,5
foizga pasayishiga olib keladi. Sof iqtisodiy xarajatlardan tashqari,
ishsizlikning muhim ijtimoiy va ma'naviy oqibatlarini, uning ijtimoiy
qadriyatlarga va fuqarolarning hayotiy manfaatlariga salbiy ta'sirini ham
inkor etib bo'lmaydi. Ishsizlik, uning darajasi qanday bo'lishidan qat'i
nazar, ishsiz va qonuniy hayot manbai ololmaydiganlar uchun doim
fojiadir. Bundan tashqari, uning oqibatlari moddiy boylikdan tashqari
uzoq harakatsizlik malaka yo'qolishiga olib keladi, natijada
mutaxassislik bo'yicha ish topish umidini yo'q qiladi. Hayotiy va baxtsiz
hayotdan mahrum bo'lish axloqiy me'yorlarning pasayishiga, o'z-o'zini
hurmat qilishning yo'qolishiga, oilaning parchalanishiga va boshqalarga
olib keladi. Tadqiqotchilar ko'tarilayotgan o'z joniga qasd qilish, qotillik,
23
ruhiy kasalliklar, yurak xastaligidan o'lim va yuqori ishsizlik o'rtasidagi
to'g'ridan-to'g'ri bog'liqlikni topishmoqda. Va nihoyat, tarix shuni
ko'rsatadiki, ommaviy ishsizlik tez, ba'zan juda shiddatli ijtimoiy va
siyosiy o'zgarishlarga olib keladi. Shuning uchun davlat bandlik
masalasida bozorning o'zini o'zi tartibga soluvchi roliga tayanmasligi
kerak, aksincha bu jarayonga faol aralashishi kerak.
Ishlab chiqarishning oqibati nafaqat inflyatsiya. Jamiyatning barcha
iqtisodiy sohalari rivojlanish darajasining pasayishi mehnat bozori
holatiga ta'sir ko'rsatishi mumkin emas. Inqiroz davrida inflyatsiya va
ishsizlik eng yuqori darajaga yetadi, ammo bu hodisalarni tenglashtirib
bo'lmaydi. Inflyatsiya va ishsizlik o'rtasidagi farqni aniq ko'rish kerak.
Ushbu hodisalarning birinchisi fuqarolarning turmush darajasini
pasaytiradi. Ishsizlik bu malakali kadrlar tayyorlash uchun katta mablag
'sarflagan va ularning foydasizligiga duch kelgan mavjud jamiyatni
jismoniy ravishda qayta qurishdir. Millionlab ishchilar ishlab chiqarish
uchun shunchaki ortiqcha.
Vaqt o'tib, vaziyat o'zgarishi mumkin. Korxonalar va tashkilotlar yana
mutaxassislarga kerak bo'ladi. Biroq, ularning chaqqonligi va mahorati
allaqachon biroz yo'qoladi va bundan tashqari, tajribali beqaror
vaziyatdan keyin axloqiy buzilishlar ta'sir qiladi. Mehnat resurslarini
tiklash uchun jamiyat o'z fuqarolariga ijtimoiy va iqtisodiy yordam
ko'rsatishi kerak, bu darajasi ishsizlikning turi va davomiyligiga bevosita
bog'liqdir. Shuning uchun bu hodisani chuqur bilish juda muhimdir.
Ishsizlik nafaqat ish topa olmaydigan odam uchun, balki umuman
mamlakat iqtisodiyoti uchun ham yoqimsiz hodisa. Viktor Ivanter
(Rossiya Fanlar akademiyasining akademigi) bir marta ishsiz odamga
24
munosib imtiyozlar berish xavfli ekanligini aytdi. Nega bunday? Javob
esa ishsizlik oqibatlaridir:

 daromadning pasayishi;
 malaka yo'qolishi;
 yalpi ichki mahsulotning pasayishi va boshqa iqtisodiy oqibatlar;
 jinoiy vaziyatning yomonlashishi;
 jamoatchilikning mehnatga bo'lgan qiziqishi pasayishi;
 sotib olish qobiliyatining pasayishi;
 chakana savdo darajasining pasayishi va undan keyin ulgurji
savdo.

Shaxsiy darajadagi ijtimoiy oqibatlar shundan iboratki, agar odam uzoq


vaqt ish topolmasa, unda stress, tushkunlik, yurak-qon tomir va asab
kasalliklarini boshdan kechiradi. Bu shuningdek, oilaning buzilishiga
olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, ba'zi hollarda barqaror daromad
manbasining yo'qligi odamni jinoyat sodir etishga undaydi.

25
O’zbekistonda ishsizlik darajsini pasaytirish va uni oldini olish
istiqbollari
O’zbekistonda ishsizlik tushunchasi rasman 1992 yil «Aholini ish bilan
ta’minlash to’g’risida» O’zbekiston Respublikasi Qonunining qabul
qilinishi bilan me’yoriy kuchga ega bo’ldi. Unga ko’ra, «16 yoshdan
boshlab to pensiyaga chiqish huquqini olishga bo’lgan yoshdagi, ishga
va ish haqiga (mehnat daromadi) ega bo’lmagan, haqiqatda ish
qidirayotgan, mehnat qilishga kasb-kor tayyorgarligi va qayta
tayyorgarlikdan o’tishga tayyor shaxs sifatida ish bilan ta’minlash
davlat xizmatlarida ro’yxatga olingan vash u xizmatlar maqbul
keladigan ishni taklif qilmagan, lekin mehnatga layoqatli shaxslar
ishsizlar, deb e’tirof etiladi»
O’zbekiston Respublikasi «Aholini ish bilan ta’minlash to’g’risida» gi
qonunning 2-moddasida qayd etilganidek:«Ish bilan ta’minlash-
fuqarolarning qonun hujjatlariga zid kelmaydigan, o’z shaxsiy va
ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish bilan bog’liq bo’lgan, ularga ish haqi
(mehnat daromadi) keltiradigan faoliyatdir». Quyidagilar ish bilan
ta’minlangan, deb hisoblanadi:
-yollanib ishlayotgan, shu jumladan, ishni to’liqsiz ish vaqtida haq
evaziga bajarayotgan, shuningdek, haq to’lanadigan boshqa ishga, shu
jumladan, vaqtinchalik ishga ega bo’lgan fuqarolar;
-betobligi, mehnat ta’tilida, kasbga qayta tayyorlashda, malaka
oshirishda ekanligi, ishlab chiqarishni to’xtatib qo’yganligi munosabati
bilan, shuningdek, qonun hujjatlariga muvofiq vaqtincha ish joyi
saqlanib turadigan boshqa hollarda vaqtincha ish joyida bo’lmagan
fuqarolar;
26
-o’zini ish bilan mustaqil ta’minlayotgan fuqarolar (tadbirkorlar,
fermerlar va ularning ishlab chiqarishda ishtirok etayotgan oila a’zolari,
dehqon xo’jaligining ishlab chiqarishda qatnashayotgan oila a’zolari,
kooperativlarning a’zolari, yozuvchilar, rassomlar va boshqalar);
-Qurolli kuchlarda, milliy xavfsizlik xizmati va ichki ishlar organlari va
qo’shinlarida xizmatni o’tayotgan shuningdek, muqobil xizmatni
o’tayotgan fuqarolar;
-ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta’lim olayotgan fuqarolar;
-qonun hujjatlariga muvofiq, faoliyat olib borayotgan jamoat
birlashmalari va diniy muassasalarda ishlayotgan fuqarolar.
Bundan tashqari, O’zbekiston Respublikasi «Mehnat Kodeksi»ga
muvofiq, quyidagi sabablarga ko’ra, vaqtinchalik ish joyida bo’lmagan
fuqarolarning ish joyi saqlanib qoladi va ular quyidagi holatlarda ish
bilan ta’minlangan, deb hisoblanadilar:
-davlat va jamiyat vazifalarini bajarayotgan vaqtda;
-ish beruvchi va mehnat jamoasi manfaatlariga doir vazifalarni
bajarganda;
-jamiyat manfaatlariga doir xarakamlar qilganda.
Aholini hisobga olishning amaliy ehtiyoji ish bilan ta’minlashning
turlarini ajratib ko’rsatish zarurligi nazarda tutadi. Masalan, to’liq,
oqilona va erkin tanlangan ish bilan ta’minlash bo’ladi.
To’liq ish bilan ta’minlash–bu kasbga oid mehnat bilan ta’minlash
bo’lib, u shaxsga daromad keltiradi va o’zi, hamda, oilasining munosib
turmush kechirishga sharoit yaratadi.
Aholini ish bilan oqilona ta’minlash ishchi kuchiga talab va taklif
o’rtasidagi muvozanatiga erishishni bildiradi.
27
Erkin tanlangan ish bilan ta’minlash shuni nazarda tutadiki, o’zining
mehnat qilishga bo’lgan qobiliyatiga (ish kuchiga) egalik qilish huquqi
faqat uning egasiga, ya’ni xodimning o’ziga tegishli. Mazkur tamoyil
har bir xodimning ish tanlashida to’g’ri yo’l tutishini, har qanday
ma’muriy tarzda ishga jalb qilishni taqiqlashni kafolatlaydi.
Ish bilan ta’minlash munosabatlarini iqtisodiy, ijtimoiy va demografik
jarayonlar taqozo etadi. Uning iqtisodiy mazmunini xodim uchun o’z
mehnati bilan o’ziga munosib tarzda yashashni ta’minlash, ijtimoiy
ishlab chiqarish samaradorligining o’sishiga yordam berish imkoniyatida
o’z ifodasini topadi. Ijtimoiy mazmun shaxsning tarkib topishi va
rivojlanishida ifodalanadi. Demografik mazmun ish bilan ta’minlash
aholining yosh va jinsiy xususiyatlari, uning tarkibi va boshqalar bilan
bog’liqligini aks ettiradi.
Ta’kidlash joizki, aholi bandligi munosabatlari 1992 yil 13 yanvarda
Respublika Oliy Kengashida qabul qilingan «Aholini ish bilan
ta’minlash to’g’risida»gi qonun va 1993 yil 7 mayda Respublika Oliy
Kengashi qabul qilgan» O’zbekiston Respublikasining «Aholini ish
bilan ta’minlash to’g’risida»gi qonuniga o’zgarishlar va
qo’shimchalar kiritish to’g’risida» gi qonun bilan tartibga solib
turiladi.
Ish bilan ta’minlash davlat xizmatiga ishga joylashish masalasida
ishidan ajralgan, birinchi marta ishsiz qolgan, shuningdek, uzoq
tanaffusdan keyin mehnat faoliyatini davom ettirish istagini bildirgan
har bir fuqaro murojaat qilishi mumkin. Agar ish bilan ta’minlash
xizmati 1 kun davomida uni ish bilan ta’min etmasa, 11-kuni ishsiz
maqomini oladi. Ish bilan ta’minlash xizmatiga murojaat etgan dan
28
keyin 10 kun davomida taklif qilingan ishdan ikki marta bosh tortgan
shaxs ishlik maqomiga ega bo’lmaydi, ammo u 30 kalendar kundan
so’ng, umumiy asosda ish qidiruvchi shaxs sifatida ish bilan ta’minlash
xizmatida yangidan ro’yxatga olinadi. Agar biror shaxs mehnat birjasi
hisobida turganda ilgarigi ixtisosi bo’yicha ishlash qobiliyatini yo’qotsa
yoki zaruriy kasb malakasi bo’lmaganligi sababli munosib ish
topolmagan bo’lsa, yohud ishsizning kasb malakasiga mos ish
bo’lmaganligi munosabati bilan kasbni o’zgartirish zaruriyati tug’ilsa,
ish bilan ta’minlash davlat xizmati uni kasb tayyorgarligidan o’tadigan,
qayta tayyorlaydigan yoki boshqa kasbga o’qitadigan joyga yuboradi.
Bu vaqtda unga stipendiya beriladi, o’qigan vaqti esa umumiy mehnat
stajiga kiradi. Belgilangan taritbga ko’ra, ishsiz deb tan olingan shaxs
ishsizlik nafaqasini oladi, bu ishini va ish haqini yo’qotgan yoki uzoq
tanafusdan keyin o’z ishiga tiklanishga xarakat qilib yurganlar uchun 12
oylik davr mobaynida 26 kalendar haftasidan oshmasligi, ilgari
ishlamagan yoki birinchit marta ish qidirayotgan shaxslar uchun 13
haftadan oshmasligi kerak. 16 yoshgacha bolasi yoki qaramog’ida
boshqa boqimandalar bo’lgan ishsizlarga nafaqa miqdori 10 foiz
ko’payadi. Ishsiz shaxs nafaqa olish davrida faol ravishda ish izlashi va
kamida har ikki haftada bir marta ish bilan ta’minlash davlat xizmatiga
uchrashib qo’yishi kerak. Uzrsiz sabablarga ko’ra, belgilangan
muddatda ish bilan ta’minlash davlat xizmatiga kelmaganda, mehnat
intizomini buzganligi uchun ishdan bo’shatilganda nafaqa berish 3
oygacha to’xtatib qo’yilishi yoki nafaqa miqdori qisqartirilishi mumkin.
Korxona, muassasa, tashkil etilishi va shtatlar qisqartirilishi bilan
bog’liq bo’lgan shaxslarni ishga joylash o’ziga xos xususiyatlarga ega.
29
Bunday shaxslar ishdan bo’shatilayotganligi to’g’risida ikki oy oldin
shaxsan qo’l qo’ydirilib ma’muriyat tomonidan taqdim etiladi.
Ma’muriyat xodimni ishdanbo’shayotganligi to’g’risida ogohlantirish
bilan birga unga shu korxona, muassasa va tashkilotning o’zida boshqa
ishni yozma ravishda taklif qilib ko’rishi kerak. Bu ham ishga
joylashtirishning bir shakli bo’lib, farqi shundaki, bu vazifani ishga
joylashtiruvchi organ emas, balki korxona, muassasa hal qiladi. Korxona
faoliyatining tugatilishi munosabati bilan xodim ishsiz qolsa, ularni ish
bilan ta’minlash majburiyati shu korxona, muassasa, tashkilotni tugatish
haqida qaror qabul qilgan organ zimmasiga yoki yuqori organ
zimmasiga tushadi. Korxona, muassasa, tashkilotning tugatilishi, qayta
tashkil etilishi, shuningdek, shtatlarning qisqartirilishi bilan bog’liq
xodimlar ishdan bo’shatilganda, birinchidan, o’rtacha bir oylik maoshi
miqdorida pul beriladi, ikkinchidan, ish qidirish davrida o’rtacha oylik
ish haqi saqlab qolinadi, ammo bu davr ikki oydan oshmasligi kerak.
Agar xodim ishdan bo’shatilgandan keyin o’n kun davomida ish bilan
ta’minlash davlat xizmatida ish qidiruvchi sifatida ro’yxatdan o’tsa,
unda u ilgarigi uchunchi o’rtacha oylikni olish huquqiga ega bo’ladi.
Shtat qisqartirilishi, korxona, muassasa, tashkilotning tugatilishi va
qayta tashkil etilishi munosabati bilan ishsiz qolgan xodimning umumiy
mehnat staji pensiyaga chiqish imkoniyatini bersa, qonunda belgilangan
muddatdan ikki yil avval pensiyaga chiqish huquqiga ega bo’ldilar.

30
Xulosa
Olimlarning fikricha, bir yil ishsiz yurish umrning besh yilga qisqarishi
bilan barobar ekan. Ishsizlik insonda ruhiy siniqlik, befarqlik, jinoyatga
moyillik, jamiyatdan va atrofdagilardan sababsiz norozilik, oiladan
sovish kabi zararli illatlarni paydo qiladi. Borgan sari ma’naviy
qashshoqlashgan inson jamiyatning eng xavfli bo‘g‘iniga aylanadi.
Mamlakatimizda aholi, ayniqsa, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-
quvvatlash, ularning haq-huquqlarini himoya qilish, bandligini
ta’minlash, bir so‘z bilan aytganda, ertangi kun avlodlarini yanada
yaxshi yashashi yo‘lia samarali ishlar olib borilmoqda.Yurtimizda olib
borilayotgan islohotlar zamirida avvalo, xalq farovonligini ta’minlash va
inson erkinligini himoya qilish, kelajak avlodni jismonan sog‘lom,
ma’nan yetuk qilib tarbiyalash, yigit-qizlarning kasblar bo‘yicha bilim
va mehnat ko‘nikmalarini shakllantirish, ularning bandligini ta’minlash
kabi oliy maqsad mujassam. Yoshlar ittifoqi ma’lumotiga ko‘ra, 3
mingdan ortiq ishsiz fuqaro tikuvchilik, to‘quvchilik, elektrik,
payvandchilik, bo‘yoqchilik, suvoqchilik, kompyuter texnikasi operatori
kabi mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan mutaxassisliklar bo‘yicha
kasblarga o‘qitildi. Shundan ming nafari milliy hunarmandchilikning
gilam to‘qish, ganchkorlik, teridan, daraxtdan va temirdan badiiy
mahsulotlar tayyorlash, milliy qandolatchilik yo‘nalishlari bo‘yicha
“ustoz-shogird” usulida kasbga tayyorlandi. Ayni kunda yurtimizda
yaratilayotgan ish o‘rinlarining qariyb 75 foizi kichik biznes va xususiy
tadbirkorlikni rivojlantirish hisobiga to‘g‘ri kelmoqda. O‘zbekiston
Respublikasi
– Firibgarlik, tovlamachilik, bezorilik kabi jinoyatlar, zo‘ravonlik va
31
turli yot g‘oyalar bilan to‘qnash kelish – bularning barchasi bir ishning
boshini tutmaslikdan kelib chiqadi, – deydi O‘zbekiston yoshlar
ittifoqining bandlikka ko‘maklashish va ijtimoiy himoya bo‘limi bosh
mutaxassisi Bunyod G‘ofurov. Mamlakatimizda aholining 60 foizini
yoshlar tashkil etar ekan, ularning ilm olishi, kasbiy mahoratini oshirishi
va bandligining ta’minlanishi dolzarb masala hisoblanadi. Xorijga
ishlashga ketayotganyoshlar uchun xorijiy davlatlarning mehnat
qonunchiligi va til o‘rgatish bo‘yicha 190 ta bepul to‘garak tashkil etildi.
Asosiysi, mamlakatimizda yoshlar muammolarini, xususan, ishsizlik
masalasini hal etishga jiddiy yondashilmoqda.

32
Foydalanilgan adabiyotlar

1. Iqtisodiyot nazariyasi(B.X. Xodiyev , SH.SH.SHodmonov)


2. Abdullaev Yo. «Bozor iqtisodiyoti asoslari». Toshkent: «Mehnat»-
1997 yil.
3. Abdurahmonov Q.H., Xolmo’ninov Sh.R. «Mehnat iqtisodiyoti va
sotsiologiyasi». Toshkent-2004 yil.
4. Usmonov S.N, Dodoboev Yu.T. «Bozor iqtisodiyoti asoslari».
Toshkent: «Fan»-1999 yil.
5. O’zbekiston Respublikasi “Aholini ish bilan ta’minlash
to’grisida”gi qonuni
6. O’zbekiston Davlat Statistika Qo’mitasi
7. Wikipideya ma’lumotlari

http://fayllar.org

33

You might also like