You are on page 1of 3

Namseul Universiteti va Qarshi Xalqaro Universiteti o’rtasidagi Talabalar

almashinuvi bo'yicha shartnoma

Koreya va O‘zbekiston o‘rtasida ta’lim va madaniy almashinuv va hamkorlikni mustahkamlash


maqsadida, Janubiy Koreya Namseul Universiteti (keyingi o‘rinlarda “A”) va Qarshi Xalqaro
Universiteti (keyingi o‘rinlarda “B” deb yuritiladi) o‘rtasida ikki oliy oʻquv yurti rahbarlarilari tomonidan
imzolangan almashinuv va hamkorlik shartnomasi asosida taʼlim sohasidagi hamkorlik va talabalar
almashinuvi boʻyicha oʻzaro hamkorlikni quyidagi yoʻnalishlarda amalga oshiradi.

1-modda: Hamkorlikdagi dasturning nomi "O’qishni davom etttirish dasturi" deb ataladi.
2-modda: Bakalavr o’qishni davom etttirish dasturi 2+1+2 o’quv dasturlari va universitetni koʻchirish
dasturlaridan iborat.

1. Bakalavr darajasi bilan bog'liq o’quv dasturi (Credit mobility).


1) “B” 2 yil davomida (Qarshi Xalqaro Universiteti: o‘rtacha GPA 3.0 (out of 4.5) va undan yuqori
bo‘lgan) yo‘nalish kursini tamomlagan a’lochi talabalarni tanlab oladi va jo‘natadi.
2) Bepul ta’lim olishi mumkin bo‘lgan almashuv talabalari (keyingi o‘rinlarda “sof almashinuv
talabalari” deb yuritiladi) soni ikki universitet o‘rtasidagi o‘zaro kelishuv asosida har bir semestrda
5 ta va har yili 10 tagacha saqlanadi.
3) O‘z mablag‘i hisobidan o‘qishi mumkin bo‘lgan almashuv talabalar soni (keyingi o‘rinlarda “pulli
almashinuv talabalar” deb yuritiladi) ikki universitet o‘rtasidagi o‘zaro kelishuv asosida har bir
semestrda 00 va har yili 00 oralig‘ida saqlanadi.
3) Bakalavr taʼlim yoʻnalishi boʻyicha talabalar har yili mart va sentyabr oylari uchun qabul qilinadi
va “B” ushbu dasturga qatnashmoqchi bo’lgan talabalar ro’yxatini va qabul qilish uchun zarur
bo’lgan barch hujjatlarni 3 oy oldin “A” ga taqdim etishi shart.
4) “A” tomonidan koʻrsatilgan kirish sanasida Koreyaga kiruvchi Oʻzbekistonlik talabalarga “A”
kampusiga birinchi marta kelayotganini inobatga olib barcha yoʻl-yoʻriqni koʻrsatadi.

2. Universitetni o'tkazish jarayoni (2+1+2)


1) “A” universitetida 1 yillik almashinuv dasturini tamomlagan talabalar TOPIK (Koreys tilini bilish
imtihoni) 3 darajani yoki undan yuqori darajani olishlari va “A” universitetiga oʻtishlari kerak. Agar
TOPIK 3-darajaga ega boʻlmasa, talaba uyiga qaytishi kerak, til darajasi standartini bajargandan
soʻng, koʻchirish hujjatlarini tayyorlanib, 3-kursga oʻtkazilishi mumkin.
2) “A” 2 yil chet elda ta’lim olgan talabaning kreditlarini tan oladi va imtihondan so‘ng “A”
bakalavriat yo‘nalishining 1 va 2-kurs kreditlari (ko‘chirish uchun tan olingan 65 ta kredit) bilan
almashtirilishi mumkin.

3-modda: Qabul qilish shartlari va talabalarni tanlash mezonlari


1. Qabul qilish shartlariga javob bermaydigan “A” va “B”ning talabalar hujjatlari tekshiruvi orqali
koreys tilini bilish darajasiga javob bermaydiganlar o‘qishga qabul qilinmaydi.
2. O‘quvchi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar yolg‘on bo‘lmasligi kerak, agar o‘quvchining
universitetga firibgarlik yo‘li bilan kirganligi tasdiqlansa, kechiktirmasdan hamkorimizga yozma
ravishda xabar qilinishi va o‘quvchi o‘qishdan chetlashtirilib, uyiga qaytarilishi mumkin.
3. Agar ushbu dastur orqali talabalarni qabul qilish bo'yicha muhokama qilinadigan boshqa
tafsilotlar mavjud bo'lsa, ular "A" va "B" chet ellik talabalarni qabul qilish standartlariga muvofiq
amalda o'zaro kelishuv asosida aniqlanadi.
4. “B”ning talabalarni tanlash mezonlari universitetda yaxshi o’qiagn talabalar, mukofotlar
g‘oliblari, hamda koreys va ingliz tillarini mukammal biladigan talabalardan iborat bo’lishi kerak.

4-modda: O'qish to'lovi

1. Qabul to'lovi: Ushbu bakalavriat dasturi orqali kiradigan talabalar uchun kirish to'lovidan to'liq
ozod qilinadi.
2. Oʻqish toʻlovi: Ushbu bakalavriat yoʻnalishi boʻyicha oʻqishga kiruvchi talabalarning birinchi
semestr uchun toʻlovi koreys tilini bilish darajasi qarab, faqat bir martalik 40% dan 60% gacha
chegirmalar beriladi. (Quyidagi oʻqishga tegishli barcha to’lovlar o’sha vaqtdagi xarid kursiga koʻra
Koreya valyutasiga asoslangan va Koreya valyutasida toʻlanishi kerak.)
3. Ta'lim: Sof almashinuv talabalari o'qish to’lovidan ozod qilinadi va pulli almashinuv talabalari
har bir kredit uchun 60,000 won dan to'laydi.
3. Boshqa harajatlar: Yotoqxona toʻlovi, boshqa ariza toʻlovi, oʻquv operatsiyasi toʻlovi, talabalar
kasaba uyushmasi toʻlovi, darslik toʻlovi, sugʻurta toʻlovi va boshqalar kabi oʻqish uchun
qoʻshimcha xarajatlarni talaba oʻz zimmasiga oladi.
4. Stipendiya: “A” ushbu bakalavriat dasturi boʻyicha oʻqishga kirgan talabalar oʻqishga
kirganlarida maʼlum yoki undan yuqori ball olgan talabalar uchun kamida 40% dan maksimal 60%
gacha o’qish to’lovidan chegirma qilib beradi (oldingi semestrda GPA 3.0). (bakalavr). Biroq,
chegirma qoidalariga o'zgartirishlar kiritilganda, ikki tomon o’zaro qayta muhokama qiladi.
5. "A" 1~3-moddalarda ko'rsatilganidan tashqari hech qanday boshqa to'lovlarini to’lash
so’ralmaydi va imtiyoz asosida o’qidigan "B" tomonidan tanlangan talabalari “A”ning barcha o’quv
binolari va ta’lim vositalaridan foydalanish huquqlari egadirlar.
5-modda: Bakalavriat talabalarini yotoqxona bilan ta’minlash
1. “A” va “B”ning talabalari yotoqxona turish uchun faol hamkorlik qiladi.
2. “B” orqali o’qishni davom ettrish dasturida ishtirok etayotgan xalqaro talabalar yotoqxonaga o‘z
mablag‘lari hisobidan kirishlari mumkin va “A” yotoqxonasida yashash uchun asosiy yashash
qoidalariga rioya qilishlari kerak.
6-modda: Xalqaro talabalarning diplom olishi
1. “B” tomonidan yuborilgan xalqaro talabalar “A” tomonidan ko’rsatilgan ta’lim dasturini
yakunlashi, universitet tomonidan so’ralgan bitiruv kreditni yiqanda Ta’lim Vazirligi tomonidan
tasdiqlangan diplomni olish huquqiga ega bo’ladi.

7-modda: Qo’shimcha qoidalar


1. Yuborilgan talabalar akademik ta’til olishga yo'l qo'yilmaydi. Agar muhim sababga ko’ra
akademik ta’til so’ralsa, "A" talabaning qaytishiga roziligini bildirishi mumkin.
2. “A” universitetidan Koreyada joylashgan boshqa universitetga oʻtish mumkin emas va boshqa
universitetga koʻchirish uchun Oʻzbekistonga qaytib, boshqatdan vizani olib kelishi kerak.
3. Ushbu shartnomaning amal qilish muddati 5 yil bo'lib, muddat o'tgandan keyin tomonlardan
hech biri e'tiroz bildirmasa, u avtomatik ravishda uzaytiriladi.
4. Ushbu shartnomadan tashqari masalalar doimiy maslahatlashuvlar orqali hal qilinadi.
5. Ushbu Shartnomani bekor qilmoqchi bo'lgan tomon olti oy oldin boshqa tomonni yozma
ravishda xabardor qilishi kerak.

Ushbu shartnoma ikki nusxa koreys tilida va yana ikki nusxa o‘zbek tilida yozilib, har ikki tomon
vakillari tomonidan imzolangan so’ng, ikki nusxada, biri koreys va biri o‘zbek tillarida saqlanadi.
Ushbu shartnoma har bir universitet vakili tomonidan imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi va
har bir asl nusxaning amal qilish muddati amaldagi mamlakat tili va qonunlari bilan tartibga solinadi.

Karshi International University (KIU) Namseoul University (NSU)


Rector President
Akhtam Yakubov Yoon Seung Yong

Date: December 15, 2023 Date: December 15, 2023

You might also like