You are on page 1of 15

“Didaktik madaniyat”

tushunchasining mohiyati

Tayyorladi: Oygul Sodiqova


REJA:
• I. Kirish
• II. Asosiy qism
• 2.1. Didaktikaning asosiy kategoriyalari va didaktik tushunchalar
tizimi
• 2.2. Zamonaviy pedagogikada ta’lim paradigma (modeli)lari
• 2.3. Didaktik madaniyatning shakllanishi
• III. Xulosa
• IV. Foydalanilgan adabiyotlar
KIRISH
Ta’lim jarayonida o‘yin texnologiyasining o‘rni va ahamiyati ko‘p jihatdan o‘qituvchining o‘yin
tushunchasi, vazifasi va mazmunini to‘liq yorita olish, uning mohiyatini ta’lim oluvchilarga aniq
etkaza berish, shu bilan birga uni o‘tkazish mahoratiga bog‘liq. Shuning uchun biz avvalom bor
“o‘yin” tushunchasini tahlil qilamiz. O‘yin olimlar tadqiqotlariga ko‘ra mehnat, ta’lim olish kabi
faoliyatning asosiy turlaridan biri hisoblanadi. O‘yin ijtimoiy tajribalarni o‘zlashtirish va qayta
yaratishga yo‘nalgan vaziyatlarda, faoliyat turi sifatida belgilanadi hamda unda shaxsning o‘z hulqini
boshqarishi shakllanadi va takomillashadi. O‘yinlar hayotdagi turli xil vaziyatlarni
modellashtirishga, hayotda mavjud narsalarni idrok qilishda his-tuyg‘ularning xilma-xil bo‘lishiga
o‘rgatadi. Bu o‘yinning asosiy vazifalaridan biridir. O‘yinning mohiyati, uning aniq ma’nosi
bo‘yicha turli xil adabiyotlarda unga nisbatan turlicha fikrlar va qarashlar mavjud. Ushbu fikr yoki
qarashlarning turlicha bo‘lish sabablaridan biri insonning barcha harakatlari o‘yin elementlarida
ko‘rinishi, ikkinchisi esa jamiyatning va inson hayot faoliyatining barcha pog‘onalari o‘yin, uning
mantig‘i hamda falsafasi bilan qoplanganligidir. O‘yin ta’lim olish vositasidan tashqari, hordiq
chiqarish, o‘yin-kulgu, san’at va boshqa ko‘rinishlarda ham namoyon bo‘ladi.
Jamiyatimizda bugungi kunda yangi Uyg‘onish davri, ya’ni “Uchinchi Renessans” poydevorini yaratish asosiy
maqsad qilib belgilangan bir davrda o‘rta asr mutafakkirlarining ma’naviy merosini o‘rganishga yanada e’tiborli
bo‘lish, didaktik asarlarning tarjimalarini amalga oshirib keng ommaga yetkazish, pedagogik tahlilarini yaratib
ta’lim jarayonida unumli foydalanish amalga oshirilishi zarur bo‘lgan muhim vazifalardir. Chunki, «buyuk
ajdodlarimizning betakror va noyob ilmiy-ma’naviy merosi biz uchun doimiy harakatdagi hayotiy dasturga
aylanishi kerak. Bu o‘lmas meros hamisha yonimizda bo‘lib, bizga doimo kuch-quvvat va ilhom bag‘ishlashi
lozim. Avvalambor, milliy ta’lim tizimini ana shunday ruh bilan sug‘orishimiz kerak1». Ushbu yondashuv ta’lim
tizimining yuksak cho‘qqilarga chiqishida amaliy dasturdir. O‘rta asrlarda yashab ijod etgan Movarounnahr va
Xurosonlik alloma va mutafakkirlarning bugungu kungacha yetib kelgan ma’naviy meroslari ta’lim-tarbiya
mazmuniga beqiyos manba sifatida xizmat qiladi. Ularning aksariyati YUNESKOning madaniy meros
ro‘yxatidan o‘rin egallagan. Bugungi kunda Sharq alloma va mutafakkirlarining Respublikamiz muzey-
qo‘riqxona «Hujjatlar» hamda kutubxona fondlarida, shunigdek, Rossiya, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya,
Ispaniya, Misr, Hindiston, Eron, Turkiya kabi ko‘plab xorijiy mamlakatlardagi kutubxonalarning «oltin fondi»da
qo‘lyozma shaklidagi ko‘plab didaktik asarlari saqlanmoqda. Ushbu didaktik asarlarni tarjima qilish, tadqiqotga
jalb etish va ilmiy muomalaga kiritish, mavjud tarjimalarni ilmiy sharh, ma’rifiy, falsafiy hamda pedagogik
tahlillarini yaratishni davrning o‘zi taqozo etmoqda. So‘nggi yillarda o‘rta asr Sharq alloma va mutafakkirlarning
ilmiy, falsafiy, ma’naviy merosini har tomonlama tadqiq qilish, ilmiy-amaliy ahamiyatini yoritish borasida keng
qamrovli ishlar amalga oshirildi. Yangi O‘zbekistonni barpo etishda ajdodlarimizning boy merosi va milliy
qadriyatlarga asoslangan kuchli ma’naviyat, ezgulik, odamiylik, gumanizm g‘oyasiga tayanadi. Buning uchun,
fikr tarbiyasini, milliy va umuminsoniy qadriyatlar tarbiyasini tashkil etish va xalqimizning necha ming yillik
hayotiy tushuncha va qadriyatlariga tayanish va ilmiy nazariy va kompleks tadqiqotlarni olib borish muhim
ahamiyat kasb etadi.
Mamlakatimizda bugungi kunga kelib mutafakkirlarning ma’naviy
merosini, didaktik asarlarda madaniyat, maktab va pedagogik
qarashlarni o‘rganish hamda pedagogika tarixi fanining zamonaviy
konsepsiyasini yaratish va yanada takomillashtirish borasida
muayyan ilmiy-tadqiqot ishlari amalga oshirildi. Jumladan,
M.Xayrullayev144, S.Ochilov, A.Choriyev, N.Choriyev145,
N.Saidahmedov, Sh.Qurbonov, R.Ahliddinov va boshqalarning
ilmiy pedagogik monografiyalari va maqolalarida pedagogika
tarixining tarkibiy qismlari, davrlashtirish muammolari hamda
shaxs kamoloti yoritib berilgan. Ushbu tadqiqotlar ta’lim
mazmunida o‘z aksini topdi. Jumladan, «Pedagogika»
(R.Mavlonova, O.To‘raeva, K.Xoliqberdiev); «Pedagogika tarixi»
(K.Hoshimov, S.Nishonova, M.Inomova, R.Hasanov);
«Pedagogika tarixi» (O.Hasanboeva, J.Xasanboev, H.Hamidov);
«O‘zbek pedagogika tarixi» (p.f.d. prof. Asqar Zunnunovning
umumiy tahrir ostida), «O‘zbek pedagogikasi antologiyasi»
(K.Xoshimov va boshqalar) kabi darslik, o‘quv qo‘llanmalar shular
jumlasidandir. Ushbu darslik va o‘quv qo‘llanmalar O‘rta Osiyo
xalqlari, xususan, o‘zbek xalqining tarixiy – pedagogik merosni
ommalashtirish, yoshlarda milliy g‘ururni va milliy ma’naviyatni
o‘stirish, shuningdek, talabalarni jahon pedagogika fani rivojlanish
tarixi, qardosh hamdo‘stlik davlatlari mutafakkirlarining ta’lim-
tarbiya haqidagi qarashlari bilan tanishtirishga xizmat qilmoqda.
Nasriy didaktik asarlar. Milodiy IV asrda Hindistonda sanskrit tilida mashhur «Pantachantra», ya’ni
keyinchalik «Kalila va Dimna» nomi bilan mashhur bo‘lib ketgan buyuk didaktik asar dunyoga
keladi. Uning butun Sharq, qolaversa, jahon adabiyotiga katta ta’siri bor. Asar o‘tgan davrlar
mobaynida bir necha tillarga tarjima qilingan. Arab ertaklari asosida shakllangan «Ming bir kecha»da
ham mohiyatan pandona ruh ustun turadi. Keyinchalik forsiyda Kaykovusning «Qobusnoma»si
yozildi. Garchi XVI asr o‘zbek adibi Xojaning (Podshoxoja binni Abdulvahhobxojaning) «Gulzor»
hamda «Miftoh ul-adl» («Adolat kaliti») asarlari ham Sa’diy Sheroziyning «Guliston»i ta’sirida
dunyoga kelgan bo‘lsa-da, ular sof nasriy yo‘lda bitilgan.
Nasriy-she’riy didaktik asarlar. Sa’diy Sheroziyning bag‘oyat mashhur «Guliston» asari aynan shu
guruhga mansub. U ham nasriy, ham she’riy, ya’ni aralash yo‘lda bitilgan. Alisher Navoiy ana shu
«Guliston»dagi eng yaxshi an’analarni davom ettirib, «Mahbub ul-qulub» asarini nasriy-she’riy
shaklni omixta qilib yozdi. Garchi majoziy timsollar, hayvonlar, asosan, qushlar misolida bitilgan
bo‘lsa ham, Gulxaniyning «Zarbulmasal»i ham pandona adabiyotning ana shunday nasriy-she’riy,
ya’ni aralash turiga kiradi.
She’riy didaktik asarlar. Sharqda faqat nazmiy usulda yaratilgan maxsus didaktik she’riyat ham
shakllangan. Aytaylik, o‘zbek mumtoz she’riyatida Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u bilig», Haydar
Xorazmiyning Nizomiy Ganjaviy «Maxzan ulasror»i asosida bitgan «Gulshan ul-asror», Alisher
Navoiyning «Xamsa»si tarkibiga kiruvchi birinchi asar «Hayrat ul-abror» dostonlari aynan o‘zbek
pandona (didaktik) she’riyatining yorqin namunalari hisoblanadi.
Didaktik asarlar ta’lim-tarbiya, odob-axloq va hikmat darsli bo‘lib,
ijtimoiy, falsafiy, ilmiy qarashlarni ommalashtirish vositasi hamdir.
Chunki, ushbu tipdagi asarlar o‘rta asrlarda Movarounnahr hamda
Xurosonda maktab, madrasa ta’limini yaxshilashda, ta’limning
nazariy va amaliy masalalarini hal qilishda hamda ta’lim
mazmunini tashkil qilib, dastur vazifasini o‘tagan. Didaktik asrlarni
quyidagi tiplarga ajratib ko‘rsatish mumkin: axloqiy-didaktik
asarlar; ma’rifiy-didaktik asarlar; falsafiy-didaktik asarlar; badiiy-
didaktik asarlar. Axloqiy-didaktik asarlar – ta’limiy-axloqiy
uslubda yozilgan asar. Axloqiy-didaktik asarlarda insonning
axloqiy, ruhiy kamoloti, oliy darajadagi yuksalish muammosi
yetakchi o‘rinni egallagan. Insoniylik, insonni ulug‘lash g‘oyasi
ta’limtarbiyaga oid yaratilgan asarlarning asosiy o‘zagi sanalgan va
go‘zal axloqiy fazilatlarni shakllantirishga qaratilgan. Bu g‘oyani,
ya’ni insonparvarlik g‘oyasini amalga oshirishning asosiy vositalari
sifatida yuksak axloqiy odatlar, insoniy munosabatlar va xislatlarni
tarkib toptirishga olib keluvchi ta’lim-tarbiyani amalga oshirish
muhim masala qilib qo‘yilgan. Zero, insoniylik g‘oyasida yuksak
axloqiy xislatlar ifodalangani uchun ham o‘rta asr Sharq falsafasi
va pedagogikasida ta’limiy-axloqiy yo‘nalish muhim ahamiyat
kasb etdi. Axloq masalasi faylasuflarning ham, buyuk
mutafakkirlarning ham, tarixchi-yu shoir hamda adiblarning ham
birdek diqqat markazida bo‘lgan.
Falsafiy-didaktik asarlar – tabiat, jamiyat va tafakkur taraqqiyotining umumiy qonuniyatlari haqidagi
tafakkurni rivojlantirishga xizmat qiladi. Olam va unda insonning tutgan o‘rni haqidagi g‘oyalar,
dunyoqarashlar tizimini qamrab oladi. Falsafiy-didaktik asarlar shaxsiy tajriba, fikr-o‘y asosida yuzaga kelgan
ishonch, e’tiqod kabi tarkibiy qismlardan iborat hamda tabiat va jamiyat haqidagi teran dunyoqarashni o‘zida
ifoda etadi. O‘rta asrlarda yaratilgan ushbu tipdagi asarlar ilohiy va falsafiy tushunchalar to‘qnashuvida
yaratilganligi bilan xarakterlidir. Chunki, ayrim asarlarda falsafiy fikr bayon qilinadi, keyin shu fikr inkor ham
qilinishini kuzatish mumkin. Bu holat shundan dalolat beradiki, o‘sha asrlarda ilohiy qarashlar qamrovida
falsafiy qarashlar alohida soha sifatida ajralib namoyon bo‘la olmagan. Shuning uchun, Sharq falsafiy fikrlar
mazmunini ilohiy yondashuvlar qamrovisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Badiiy-didaktik asarlar – badiiyatga, nafis
san’atga oid, estetik didni shakllantirishga, go‘zallik va ulug‘vorlikni his etishga xizmat qiladi. Ushbu asarlar
voqelikni nafis san’at vositalari, usullari, obrazlari orqali ifoda etuvchi, tasirlovchi, badiiylikka mansub asardir.
Jumladan, badiiy-estetik xususiyatga, badiiy mazmunga egalik, san’atga aloqadorlik, obrazli bo‘lishi bilan
xarakterlidir. Bunday tipdagi asarlar badiiy salohiyat va teran fikr zamirida yaraladi. O‘rta asrlarda bunday
asarlar voqeadorligi, obrazliligi bilan ajralib turadi. Asarlarda Layli, Majnun, Juha, Darvesh, So‘fiy kabi
obrazlar kuzatilsa, donishmandlik mohiyati jonivorlar tilidan badiiy tasvirda bayon qilingan. Jumladan, to‘ti,
huthut, boyo‘g‘li kabilar kuzatiladi.
Ushbu davrda yaratilgan didaktik asarlarni tartiblashda aynan axloqiy, ma’rifiy, falsafiy yoki badiiy didaktik
asarlar sifatida tartiblash juda qiyin, chunki aksariyat asarlar mazmunida ham axloqiy xarakter, ma’rifiy
mazmun, falsafiy mohiyat va badiiy voqeabandlik kuzatiladi. Shuning uchun didaktik asarlar mazmunini
yoritishda axloqiy-ma’rifiy, falsafiy-badiiy yoki axloqiy-badiiy didaktik asarlar kabi tartibda keltiriladi.
O‘qitish jarayoni pedagogning o‘rgatuvchilik faoliyatini va
o‘quvchilarning maxsus tashkil etilgan bilish faoliyatini o‘z ichiga
oladi. Shu o‘rinda bu jarayonlarning tahliliga e’tibor qarataylik.
Ta’limda o‘qituvchining boshqaruvchilik roli o‘z kasbining ijtimoiy
asoslaridan kelib chiqib, ajdodlarining boy tajribasini,
insoniyatning asrlar davomidagi bilish, mehnat, muloqot, umumiy
aloqalar, estetik hamda axloqiy qarashlar jarayonida qo‘lga kiritgan
yutuqlarni egallashni shart qilib qo‘yadi. Bularning barchasi
o‘qituvchining ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi vazifalarini
amalga oshirishida o‘z aksini topmog‘i lozim. Ana shu asosdan
kelib chiqib aytish mumkinki, ta’lim jarayonida o‘qituvchi
o‘quvchilariga qo‘lga kiritilgan bilimlarni o‘rgatadi. O‘quv
faoliyatida ularni ko‘nikma va malakalar bilan qurollantiradi. Shu
bilan bir paytda u o‘quvchilarda dunyoqarash va axloq normalarini
hosil qiladi, qiziqish va qobiliyatlarni shaklantiradi, ularning bilish
faolligini oshiradi. O‘qituvchining faoliyati o‘quvchi shaxsining
maqsadga muvofiq shakllanishiga katta imkoniyatlar ochib beradi.
Yanada aniq qilib aytsak, butun o‘quv jarayonini rejalashtiradi,
ushbu jarayonda o‘quvchilar bilan birgalikdagi faoliyatni tashkil
etadi. O‘quvchilarga qiyinchiliklarni yengib o‘tishda yordam beradi
hamda ularning bilimlarini va butun ta’lim jarayonini tashxis qiladi.
O‘z navbatida o‘quvchilarning faoliyati o‘quv jarayonida
o‘rganishga, bilim, ko‘nikma hamda malakalarni egallashga, o‘zini
jamiyatga foydali faoliyatga tayyorlashga yo‘naltiradi.
Muayyan fanga xos bo‘lgan tushunchalarda insoniyat tomonidan ijtimoiy taraqqiyot jarayonida to‘plangan bilimlar aks
etadi. Didaktikaning asosiy kategoriyalari quyidagilardan iborat: o‘rgatish, o‘rganish, o‘qitish, ta’lim, bilim, ko‘nikma,
malaka, kompetensiya, maqsad, mazmun, tashkil etish, shakl, metod, vosita, natija.
O‘rgatish - o‘qitish maqsadini amalga oshirish bo‘yicha pedagogning tartiblangan faoliyati.
O‘rganish - anglash, mashq qilish, va egallangan tajribalar asosida xulq-atvor va faoliyatning yangi shakllarini egallash
jarayoni, oldin egallanganlari o‘zgaradi.
O‘qitish - qo‘yilgan maqsadga erishishga yo‘naltirilgan pedagog bilan o‘quvchilarning tartiblangan o‘zaro harakati.
Ta’lim - o‘qitish jarayonida egallanadigan bilim, ko‘nikma, malakalar, kompetensiya va fikrlash usullari tizimi.
Bilim - ma’lum bir fanni nazariy o‘zlashtirishni aks ettiradigan inson g‘ oyalari yig‘indisi;
Ko‘nikma - egallangan bilimlarning aniq xatti-harakatdagi ifodasi, o‘zlashtirilgan bilimlarni amaliyotga qo‘llash usullarini
egallash.
Malaka - avtomatlashgan, biror bir usul bilan bexato bajarish, ko‘nikmaning takomillashgan darajasi.
Kompetensiya - egallangan bilim, ko‘nikma va malakalarni kundalik va kasbiy faoliyatda qo‘llay olish layoqati.
Maqsad - o‘qitishning nimaga qaratilganligi, uning kuchlari kelgusida qay yo‘sinda safarbar etilishi.
Mazmun - o‘qitish jarayonida egallanishi lozim bo‘lgan ilmiy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalar, faoliyat, fikrlash
usullari tizimi.
Tashkil etish - qo‘yilgan maqsadni samarali amalga oshirish uchun unga zaruriy shaklni taqdim etadigan, aniq mezonlar
bo‘yicha tartiblangan didaktik jarayon.
Shakl - o‘quv jarayonining tashqi ifodasi, uning ichki mohiyati, mantig‘i, mazmuni uchun qobiq.
Metod - o‘qitishning maqsad va vazifalariga erishish (amalga oshirish) yo‘li.
Vosita - o‘quv jarayonining predmetli qo‘llab-quvvatlanishi, yangi materialni o‘zlashtirish jarayonida o‘qituvchi va talabalar
tomonidan foydalaniladigan ob’ yekt.
Natija - o‘quv jarayonining so‘nggi mahsuli, belgilangan maqsadlarning amalga oshganlik darajasi.
Jarayon – bu lotinchadan olingan bo‘lib, oldinga harakat qilish tushuniladi. Ta‘lim jarayonining mazmunini
bilim, ko‘nikma va malakalar tashkil qiladi. Ta‘lim jarayoni - o‘quvchi (talaba)ning bilmaslikdan bilishga
tomon, oddiydan murakkabga tomon, uncha to‘liq bo‘lmagan bilimdan ancha to‘liq, aniqroq va chuqurroq
bo‘lgan bilim tomon sodir bo‘ladigan jarayondir. Bu o‘qituvchi rahbarligida amalga oshiriladi. O‘qituvchi
bilim egallash yo‘llarini o‘quvchi-talabalarga ko‘rsatadi, ya‘ni kishilik jamiyati tomonidan bor, hamda
bunday bilimlarga ega bo‘lmagan bola ongida vositachilik qiladi. O‘qituvchining faoliyati tufayli ta‘lim
puxta o‘ylab chiqilgan maqsad, mazmun va dasturlar asosida olib boriladigan jarayonga aylanib, kutilgan
natijalarni beradi. Ta’lim jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida o‘zaro muloqat yuzaga keladi.
“Muloqot” tushunchasi “ta’lim” tushunchasidan ko‘ra keng ma’noga ega. Ta’lim o‘quvchilarga nazariy
bilimlarni berish asosida ularning bilish qobiliyatlarini o‘stirish, ularda amaliy ko‘nikma va malakalar,
shuningdek, dunyoqarashni shakllantirishga yo‘naltirilgan jarayondir. Ta’lim jarayonining “yaxlitligi”
“tizimliligi” va “majmuaviyligi”ni bir xilda talqin etish mumkin emas. Biroq, ta’lim jarayonining yaxlitligi
uning tizimliligi bilan uzviy bog‘liq. Tizim (mustaqil tushuncha sifatida) o‘zaro bog‘langan ko‘plab
elementlar (tarkibiy qismlar) o‘rtasidagi mustahkam birlik va o‘zaro yaxlitlikdir. Demak, ta’lim yaxlit tizim
sifatida ko‘plab o‘zaro bog‘liq quyidagi elementlarni o‘z ichiga oladi: ta’lim maqsadi, o‘quv axborotlari,
o‘qituvchi va o‘quvchilarning ta’limiy faoliyatlari, uning shakllari, pedagogik muloqot vositalari,
shuningdek, ta’lim jarayonini boshqarish usullari. Barcha tarkibiy qismlarning o‘zaro birligi va yaxlitligi
sifatida namoyon bo‘luvchi ta’lim jarayonining negizini o‘qituvchi va o‘quvchilarning ta’limiy faoliyatlari
tashkil etadi.
XULOSA
Ilmiy-texnik, texnokratik paradigmaning asosiy maqsadi amaliyotni
takomillashtirish asosida ta’lim oluvchilarga “aniq” ilmiy bilimlarni berish va
ularning o`zlashtirilishini ta’minlashdir. Bilim - kuchdir, shu bois shaxs qimmati
uning o`rganish, bilim olish, imkoniyatlari bilan belgilanadi. SHaxs muayyan
(o`rtacha, standartlashtirilgan) bilim yoki xulq-atvor egasi bo`lsagina qadriyat
sifatida e’tirof etiladi degan g`oya ushbu paradigmaning asosini tashkil etadi.

So`nggi yillarda noinstitusional paradigma rivojlana boshladi. U ta’limni ijtimoiy


institutlar, ya’ni, maktab va oliy ta’lim muassasalaridan tashqarida tashkil etish
g`oyasini ilgari suradi. Bu ta’lim “tabiatda” - Internet, “ochiq maktablar” –
kompyuterlar vositasida ta’lim dasturlariga (masofadan o`qitish) muvofiq o`qitish
samarali deya hisoblaydi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.Абдуллаева Ш.А., Зайнитдинова М.А., Халикова Г.И. История педагогики
(Учебник). – T., 2017 – 258 стр.
2.Абдуллаева Ш.А., Сайитов С.С., Халикова Г.И. История педагогики
(Учебник). – Т.: «Fan va texnologiy», 2008, - 256 стр.
3.Абдусатторов А. Мовароуннаҳрлик ҳанафий фақиҳлар меросининг амалий
аҳамияти // Истиқлол йиллари: миллийдиний қадриятларнинг халққа қайтиши.
–Т.: 2001.
4.Авфий Муҳаммад. Рашкчи эрни жазолаган хотин. Форс тилидан
И.Низомиддинов ва Т.Файзиев таржимаси. Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги
нашриёт матбаа-ижодий уйи. 2012 – 252 б.
5.Авфий Муҳаммад.. Нодир ҳикоялар. Форс тилидан И.Низомиддинов ва
Т.Файзиев таржимаси. – Т., Адабиёт ва санъат нашриёти, 1977 – 204 б.

You might also like