LOYIHALASHTIRISH REJA: 1. TYUTOR VA TALABA SUB’EKTINING O`ZARO FAOLIYATI 2. TYUTORNING IQTIDORLI BOLALAR BILAN ISHLASH XUSUSIYATLARI Ilm o’rgatish - bu faqat boshqalarni o’qitish va tarbiyalashgina emas, balki o’z-o’zini shakllantirish hamdir. Har qanday jamiyat o’z-o’zini shakllantiruvchi ilmga intilish faoliyatini ta’kidlovchi paradigmaga o’tishga mahkumdir. Bunday o’tishning yuzaga iqishidagi asosiy shartlar quyidagilardir: - Yangi kompyuter va innovatsion texnologiyalarni uzluksiz egallab borish asosiga qurilgan mo’tadil ishlaydigan iqtisodiyot; - Zaruriy qo’llab-quvvatlashlarga ega bo’lgan jamiyat va samarali ishlaydigan ilmiy ijtimoiy institutning mavjudligi, bu institut o’zining barcha asosiy maqsad va vazifalarini turli tizimlar va tizimostilar orqali kasbiy ta’limgacha vaqtda va kasbiy ta’lim vaqtida o’rgatishni amalga oshirishga qaratadi; - Rivojlangan demokratik institutning mavjudligi, huquqiy normalarning haqqoniyligi. 2. Har bir talabaning, jumladan, uning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish imkoniyatlarining cheksizligi;
1.Har bir talaba-
yoshlarning o’ziga Pedagogik 3. O’z-o’zini xos, betakror shaxs tizim to’rtta ijodiy sifatidagi ichki rivojlantirishda asosiy g’oyaga ichki erkinlikning qadriyatini asoslanadi: anglash; tashqi erkinlikdan ustunligi;
4. O’z-o’zini ijodiy rivojlantirish
qoidalari: o’zini anglash, o’zini mustaqil boshqara olish, o’z o’quv va ijodiy faoliyatini mustaqil tashkil eta olish, o’zini ijodiy takomillashtirish va o’z shaxsini ro’yobga chiqarish Tyutorning faoliyati samarasi talabaning o‘qib o‘rganishga bo‘lgan ichki intilishi kuchayishi va ta’limning samarali jarayonga aylanishi bilan o‘lchanadi. Tom ma’noda, oliy ta’lim tizimida ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligi «professor - o‘qituvchi - talaba - tyutor» hamkorligida ta’minlanadi. Tabiiyki, tyutor lavozimini egallagan oliy ma’lumotli shaxs, ya’ni murabbiy, ustoz, talaba ta’lim olayotgan soha mutaxassisi sifatida pedagogik, psixologik, etik, estetik jihatdan barkamol, o‘zligini anglagan, dunyoqarashi keng, sog‘lom fikrli, intellektual salohiyatli bo‘lishi lozim. Amerikalik olim, psixolog, gumanist Karl Rensom Rodjers tyutor maqomini quyidagicha izohlaydi: Tyutor-bu:
USTOZ
VOSITACHI TA’LIM SOHASIDA MUSTAQIL QAROR QABUL QILISHNI O’RGATADIGAN INSON
TA’LIM JARAYONNI QO’LLAB-
QUVVATLOVCHI SHAXS. Tyutorlik faoliyatini tashkiliy metodik jihatdan shakllantirish jarayonida tyutorning kasbiy qobiliyatlari va kasbiy axamiyatga ega bo’lgan sifatlari rivojlantiriladi. Buning uchun tyutor va talabaning o’zaro faoliyati o’rganiladi. Ushbu jarayon amaliyotida tajriba orttirish, ularning shaxsida kasbiy yo’nalishlarning shakllantirilishi asosiy maqsadlardan biri hisoblanadi. Tyutorlik faoliyatini tashkiliy metodik jihatdan shakllantirishning asosiy mazmuni tyutorlarning kasbiy pedagogik faoliyatini tashkil qiladi va quyidagilarni o’z ichiga oladi:
-talabani o’rganish, uning qobiliyat va qiziqishlarini, muloqot
va faoliyat motivlarini o’rganish hamda uning individual rivojlanishini loyihalashtirish; -guruxlarda xayotiy faoliyatni va muloqot jarayonini tashkil qilish, ularda har bir talabalarning bilim olishi uchun qulay sharoitlarni yaratish; -talabalarning individual va jamoaviy o’quv-bilish, ijtimoiy- siyosiy, mexnat, badiiy, sport va boshqa faoliyatlarini tashkil qilish; -pedagogik tajribani o’rganish, taxlil qilish, talabalarning shaxsiy, umumiy, pedagogik madaniyatini shakllantirish va rivojlantirish. Tyutorlik faoliyatini tashkiliy metodik jihatdan shakllantirish kasbiy-ijodiy faoliyatga jalb etish bosqichma-bosqich ravishda amalga oshiriladi. Uning birinchi bosqichida turli xildagi seminar, vebinar mashg’ulotlarida ta’lim-tarbiya mazmunini bayon etish; ikkinchi bosqichda ta’lim-tarbiya mazmunini asosida belgilangan muammoni xal etish yuzasidan ishlash, izlanish, ta’lim-tarbiya jarayonini modellashtirish va maqbul variantini tanlash; uchinchi bosqichda esa birinchi va ikkinchi bosqichlarda to’plagan tajribalar asosida faoliyatga yo’naltiradi. TYUTORNING IQTIDORLI BOLALAR BILAN ISHLASH XUSUSIYATLARI.
Tyutorning faoliyati samarasi talabaning o‘qib o‘rganishga
bo‘lgan ichki intilishi kuchayishi va ta’limning samarali jarayonga aylanishi bilan o‘lchanadi. Tom ma’noda, oliy ta’lim tizimida ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligi «professor - o‘qituvchi - talaba - tyutor» hamkorligida ta’minlanadi.Tabiiyki, tyutor lavozimini egallagan oliy ma’lumotli shaxs, ya’ni murabbiy, ustoz, talaba ta’lim olayotgan soha mutaxassisi sifatida pedagogik, psixologik, etik, estetik jihatdan barkamol, o‘zligini anglagan, dunyoqarashi keng, sog‘lom fikrli, intellektual salohiyatli bo‘lishi lozim. Iqtidorli bolalar kognitiv (aqliy, intellektual) noaniqlikni osongina hal qilishadi. Biroq, duch kelgan qiyinchiliklar bunday bolalarni muammolardan chekintirolmaydi. Ular qiyin va uzoq muddatli vazifalarni qabul qilishdan xursand bo’lishadi va ularga tayyor yechimlar taklif qilinganda ular buni qabul qilmaydilar. Iqtidorli bola, shuningdek, biror narsaga e’tiborining ortishi, uni qiziqtiradigan sohada natijalarga erishishda qat’iyatliligi bilan ajralib turadi. Tyutorning iqtidorli bolalar bilan ishlash xususiyatlariga quyidagilar kiradi: 1.Ijodiy faoliyat subyekti sifatida shaxsni barkamol rivojlantirish uchun shaxsga yo’naltirilgan pedagogik yondashuvni amalga oshirish; 2.Talaba-yoshlarning kognitiv motivlarini o’stirishda ustuvorlikni ta’minlash, o’zidagi ijodiy imkoniyatlarni (potensialni) amalga oshirishning barcha turlari va shakllarini faollashtirish; 3.Psixologik-pedagogik tadqiqotlar asosida ta’limni rivojlantirish tizimini yaratish, 4.O’zlashtirish darajasi yuqori bo’lgan talaba-yoshlarning ijodiy salohiyatini erta aniqlash va ochishni ta’minlash; 5.O’quv jarayoniga barcha o’quv fanlarini tayanch o’quv rejasi tizimida uyg’unlashtirish g’oyasini joriy etish, 6. Talaba-yoshlarning intellektual qobiliyatlarini rivojlantirishni boshqarish. Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash joizki, tyutorlar har bir talabaga ularning oliygohdagi tahsili davomida yelkadosh malahatchi, ustoz bo‘lishi zarurligi alohida ahamiyat kasb etadi. Xalqimiz e’tirof etganidek, ota-ona farzandni dunyoga keltiruvchi va unga shu dunyo moʻjizalarini ko‘rsatuvchi zotlar bo‘lsa, ustoz uni fikran ulug‘likka eltuvchi, komillik sari yetaklovchi va shu asnoda ikki dunyo saodatidan bahramand etguvchi zotdir. U C HU N R I N GI Z E’T I B O A T ! RA H M