You are on page 1of 13

MAVZU: TYUTOR VA TALABA

SUB’EKTINING O`ZARO FAOLIYATINI


LOYIHALASHTIRISH
REJA:
1. TYUTOR VA TALABA SUB’EKTINING O`ZARO
FAOLIYATI
2. TYUTORNING IQTIDORLI BOLALAR BILAN ISHLASH
XUSUSIYATLARI
Ilm o’rgatish - bu faqat boshqalarni o’qitish va tarbiyalashgina
emas, balki o’z-o’zini shakllantirish hamdir. Har qanday jamiyat
o’z-o’zini shakllantiruvchi ilmga intilish faoliyatini ta’kidlovchi
paradigmaga o’tishga mahkumdir. Bunday o’tishning yuzaga
iqishidagi asosiy shartlar quyidagilardir:
- Yangi kompyuter va innovatsion texnologiyalarni uzluksiz egallab
borish asosiga qurilgan mo’tadil ishlaydigan iqtisodiyot;
- Zaruriy qo’llab-quvvatlashlarga ega bo’lgan jamiyat va samarali
ishlaydigan ilmiy ijtimoiy institutning mavjudligi, bu institut
o’zining barcha asosiy maqsad va vazifalarini turli tizimlar va
tizimostilar orqali kasbiy ta’limgacha vaqtda va kasbiy ta’lim
vaqtida o’rgatishni amalga oshirishga qaratadi;
- Rivojlangan demokratik institutning mavjudligi, huquqiy
normalarning haqqoniyligi.
2. Har bir talabaning,
jumladan, uning ijodiy
qobiliyatlarini rivojlantirish
imkoniyatlarining
cheksizligi;

1.Har bir talaba-


yoshlarning o’ziga Pedagogik 3. O’z-o’zini
xos, betakror shaxs tizim to’rtta ijodiy
sifatidagi ichki rivojlantirishda
asosiy g’oyaga ichki erkinlikning
qadriyatini asoslanadi:
anglash; tashqi erkinlikdan
ustunligi;

4. O’z-o’zini ijodiy rivojlantirish


qoidalari: o’zini anglash, o’zini
mustaqil boshqara olish, o’z o’quv
va ijodiy faoliyatini mustaqil
tashkil eta olish, o’zini ijodiy
takomillashtirish va o’z shaxsini
ro’yobga chiqarish
Tyutorning faoliyati samarasi talabaning o‘qib
o‘rganishga bo‘lgan ichki intilishi kuchayishi va
ta’limning samarali jarayonga aylanishi bilan
o‘lchanadi. Tom ma’noda, oliy ta’lim tizimida
ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligi
«professor - o‘qituvchi - talaba - tyutor»
hamkorligida ta’minlanadi. Tabiiyki, tyutor
lavozimini egallagan oliy ma’lumotli shaxs, ya’ni
murabbiy, ustoz, talaba ta’lim olayotgan soha
mutaxassisi sifatida pedagogik, psixologik, etik,
estetik jihatdan barkamol, o‘zligini anglagan,
dunyoqarashi keng, sog‘lom fikrli, intellektual
salohiyatli bo‘lishi lozim.
Amerikalik olim, psixolog, gumanist Karl
Rensom Rodjers tyutor maqomini quyidagicha
izohlaydi:
Tyutor-bu:

USTOZ

VOSITACHI
TA’LIM SOHASIDA MUSTAQIL QAROR
QABUL QILISHNI O’RGATADIGAN INSON

TA’LIM JARAYONNI QO’LLAB-


QUVVATLOVCHI SHAXS.
Tyutorlik faoliyatini tashkiliy
metodik jihatdan shakllantirish
jarayonida tyutorning kasbiy
qobiliyatlari va kasbiy axamiyatga
ega bo’lgan sifatlari rivojlantiriladi.
Buning uchun tyutor va talabaning
o’zaro faoliyati o’rganiladi. Ushbu
jarayon amaliyotida tajriba
orttirish, ularning shaxsida kasbiy
yo’nalishlarning shakllantirilishi
asosiy maqsadlardan biri
hisoblanadi.
Tyutorlik faoliyatini tashkiliy metodik jihatdan
shakllantirishning asosiy mazmuni tyutorlarning kasbiy
pedagogik faoliyatini tashkil qiladi va quyidagilarni o’z
ichiga oladi:

-talabani o’rganish, uning qobiliyat va qiziqishlarini, muloqot


va faoliyat motivlarini o’rganish hamda uning individual
rivojlanishini loyihalashtirish;
-guruxlarda xayotiy faoliyatni va muloqot jarayonini tashkil qilish,
ularda har bir talabalarning bilim olishi uchun qulay sharoitlarni
yaratish;
-talabalarning individual va jamoaviy o’quv-bilish, ijtimoiy-
siyosiy, mexnat, badiiy, sport va boshqa faoliyatlarini tashkil
qilish;
-pedagogik tajribani o’rganish, taxlil qilish, talabalarning shaxsiy,
umumiy, pedagogik madaniyatini shakllantirish va rivojlantirish.
Tyutorlik faoliyatini tashkiliy metodik jihatdan
shakllantirish kasbiy-ijodiy faoliyatga jalb etish
bosqichma-bosqich ravishda amalga oshiriladi.
Uning birinchi bosqichida turli xildagi seminar,
vebinar mashg’ulotlarida ta’lim-tarbiya mazmunini
bayon etish;
ikkinchi bosqichda ta’lim-tarbiya mazmunini asosida
belgilangan muammoni xal etish yuzasidan ishlash,
izlanish, ta’lim-tarbiya jarayonini modellashtirish va
maqbul variantini tanlash;
uchinchi bosqichda esa birinchi va ikkinchi
bosqichlarda to’plagan tajribalar asosida faoliyatga
yo’naltiradi.
TYUTORNING IQTIDORLI BOLALAR BILAN ISHLASH
XUSUSIYATLARI.

Tyutorning faoliyati samarasi talabaning o‘qib o‘rganishga


bo‘lgan ichki intilishi kuchayishi va ta’limning samarali
jarayonga aylanishi bilan o‘lchanadi. Tom ma’noda, oliy
ta’lim tizimida ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligi
«professor - o‘qituvchi - talaba - tyutor» hamkorligida
ta’minlanadi.Tabiiyki, tyutor lavozimini egallagan oliy
ma’lumotli shaxs, ya’ni murabbiy, ustoz, talaba ta’lim
olayotgan soha mutaxassisi sifatida pedagogik, psixologik,
etik, estetik jihatdan barkamol, o‘zligini anglagan,
dunyoqarashi keng, sog‘lom fikrli, intellektual salohiyatli
bo‘lishi lozim.
Iqtidorli bolalar kognitiv (aqliy, intellektual)
noaniqlikni osongina hal qilishadi. Biroq,
duch kelgan qiyinchiliklar bunday bolalarni
muammolardan chekintirolmaydi. Ular qiyin
va uzoq muddatli vazifalarni qabul qilishdan
xursand bo’lishadi va ularga tayyor
yechimlar taklif qilinganda ular buni qabul
qilmaydilar. Iqtidorli bola, shuningdek, biror
narsaga e’tiborining ortishi, uni
qiziqtiradigan sohada natijalarga erishishda
qat’iyatliligi bilan ajralib turadi.
Tyutorning iqtidorli bolalar bilan ishlash xususiyatlariga
quyidagilar kiradi:
1.Ijodiy faoliyat subyekti sifatida shaxsni barkamol rivojlantirish
uchun shaxsga yo’naltirilgan pedagogik yondashuvni amalga
oshirish;
2.Talaba-yoshlarning kognitiv motivlarini o’stirishda ustuvorlikni
ta’minlash, o’zidagi ijodiy imkoniyatlarni (potensialni) amalga
oshirishning barcha turlari va shakllarini faollashtirish;
3.Psixologik-pedagogik tadqiqotlar asosida ta’limni rivojlantirish
tizimini yaratish,
4.O’zlashtirish darajasi yuqori bo’lgan talaba-yoshlarning ijodiy
salohiyatini erta aniqlash va ochishni ta’minlash;
5.O’quv jarayoniga barcha o’quv fanlarini tayanch o’quv rejasi
tizimida uyg’unlashtirish g’oyasini joriy etish,
6. Talaba-yoshlarning intellektual qobiliyatlarini rivojlantirishni
boshqarish.
Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash joizki,
tyutorlar har bir talabaga ularning
oliygohdagi tahsili davomida yelkadosh
malahatchi, ustoz bo‘lishi zarurligi alohida
ahamiyat kasb etadi. Xalqimiz e’tirof
etganidek, ota-ona farzandni dunyoga
keltiruvchi va unga shu dunyo moʻjizalarini
ko‘rsatuvchi zotlar bo‘lsa, ustoz uni fikran
ulug‘likka eltuvchi, komillik sari yetaklovchi
va shu asnoda ikki dunyo saodatidan
bahramand etguvchi zotdir.
U C HU N
R I N GI Z
E’T I B O A T !
RA H M

You might also like