Матем савод. топшириклар

You might also like

You are on page 1of 23

Matematik savodxonlikni

baholash bo‘yicha
masalalardan namunalar va tavsiyalar

Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha


xalqaro tadqiqotlarni amalga
oshirish milliy markazi bo‘lim
boshlig‘i N.Karimov
“UY-JOY XARIDI” masalasi
Bu Jahongirning ota-onasi ko‘chmas mulk agentligidan
sotib olmoqchi bo‘lgan uyning chizmasi.

• Uyning umumiy yuzasini (devorlar va ayvon bilan


birgalikda) hisoblash uchun, uydagi har bir xonaning
yuzasi hisoblab chiqiladi. O‘lchab chiqilgan barcha
xonalarning yuzalari yig‘indisi uyning umumiy
maydonining yuzasiga teng bo‘ladi. Biroq, buni
hisoblab chiqishning ancha qulay va samarali usuli
ham mavjud. Mazkur usulda faqat 4 ta kesma
uzunligini o‘lchab, ular yordamida uyning umumiy
yuzasini topish mumkin. Yuqoridagi chizmada uyning
umumiy maydonini hisoblash uchun kerak bo‘ladigan
ayni shu to‘rtta kesmani belgilab chiqing.
1-SAVOLGA BERILGAN
JAVOBNING BAHOLANISHI
Tavsifi: Fazoviy tasavvurdan foydalanib, uyning chizmasida
umumiy yuzasini aniqlash uchun o‘lchash kerak bo‘lgan minimal
sondagi tomonlarni ko‘rsatish

• Matematikaga oid mazmun sohasi: Fazo va shakl

• Qo‘llash sohasi: Shaxsiy faoliyat

• Bilish faoliyati: Ifodalash


Chizmada aks etgan uyning umumiy yuzasini hisoblash uchun kerak bo‘ladigan
to‘rtta kesmalar ko‘rsatilgan. Quyida berilgan tasvirlarda ko‘rsatilganidek, uyning
umumiy yuzasini hisoblab chiqishning 9 xil usuli mavjud.

S  9 , 7  8 , 8  2  4 ,4  85 , 36  8 , 8  76 , 56 m 2

S  76 , 56 m 2

Talab etilgan yuzani o‘lchab, hisoblab


chiqish uchun faqatgina to‘rtta
kesmadan foydalanilgan.
Izoh
Yuqoridagi matematik masalani yechishda ahamiyat
berilishi lozim bo‘lgan eng muhim omil uyning yoki Mazkur masala matematika fanining “Fazo va shakl”
xonadon chizmasini alohida shakllarga ajratib, bu
shakllarning yuzini ma’lum formula asosida hisoblash bo‘limiga tegishli bo‘lib, uning qo‘llash mazmuni “Shaxsiy
uchun fazoviy tasavvurdan foydalanish. Yuqorida
berilgan uyning chizmasini ikkita to‘rtburchaklarga
ajratish mumkin. Bunda, ularning umumiy yuzasini faoliyat”ga tegishli hisoblanadi, bilish faoliyati “Ifodalash”
topish uchun har bir xonaning ikkala tomonlari
uzunliklari hisoblab chiqiladi. Yuzani hisoblab dan iborat. Ushbu masalaning noan’anaviy shaklda
chiqishning ikkita usulidan foydalaniladi. Birinchi
usulga ko‘ra, chizmada berilgan ikkita to‘rtburchak bir- tuzilganligi ko‘pgina o‘quvchilarda qiyinchilik tug‘dirdi.
birlarini to‘ldiradi va ularning yuzalari qo‘shib
hisoblanadi. Ikkinchi usulda esa, chizmaning o‘ng Rossiyalik o‘quvchilarning taxminan 40 % va Iqtisodiy
tomoni yuqori qismida joylashgan burchagi katta bir
butun to‘rtburchakkacha to‘ldiriladi, keyin esa to‘liq Hamkorlik va Rivojlanish Tashkiloti (IHRT) tarkibiga
to‘rtburchakning yuzasidan to‘ldirilgan kichik
to‘rtburchakning yuzasi ayirib tashlanadi. Bundan
kiruvchi mamlakatlarning taxminan 45 % o‘quvchilarigina
tashqari, to‘rtburchak tomonlaridan birining uzunligini
aniqlash uchun birinchi yoki ikkinchi usuldan
foydalanib, to‘rtburchak tomonlarini topishda ikkala mazkur turdagi matematik masalalarni yecha olishgan.
kesma uzunliklari qo‘shib hisoblanadi yoki ayirib
tashlanadi.
VELOSIPEDCHI LOBAR

Lobar yaqinda o‘ziga yangi


velosiped sotib oldi. Velosipedning
rul chambaragiga spidometr
o‘rnatilgan. Spidometr Lobarni bosib
o‘tgan masofasini va uning o‘rtacha
tezligini aniqlab beradi.
1-savol
Quyida berilgan javoblarning qaysi biri to‘g‘ri?

A) Lobarning birinchi 10 daqiqadagi o‘rtacha tezligi

Bir gal Lobar birinchi 10 keyingi 5 daqiqadagi tezligidan katta bo‘lgan.

B) Lobarning birinchi 10 daqiqadagi va keyingi 5


daqiqada 4 km masofani bosib daqiqadagi o‘rtacha tezliklari bir xil bo‘lgan.

o‘tdi. C) Lobarning birinchi 10 daqiqadagi o’rtacha tezligi


keyingi 5 daqiqadagi tezligidan kamroq bo’lgan.
Keyin esa 2 km masofani 5 D) Berilgan ma’lumotlardan Lobar o‘rtacha tezligini
aytishning iloji yo‘q.
daqiqada bosib o‘tdi.
1 -SAVOLGA BERILGAN JAVOBNING
BAHOLANISHI
SAVOLNING MAQSADI:

• Tavsifi: Bosib o‘tilgan masofalarga sarflangan o‘rtacha tezlikni va


vaqtni taqqoslash

• Matematikaga oid mazmun sohasi: O‘zgarish va bog‘liqlik

• Qo‘llash sohasi: Shaxsiy faoliyat

• Bilish faoliyati: Qo‘llash


2-savol
Quyida berilgan javoblarning qaysi biri to‘g‘ri?

A) Lobar xolasining uyiga borish uchun


Lobar xolasining uyigacha 6 km
20 daqiqa vaqt sarfladi .
yo‘l bosib o‘tdi. Velosipedning
B) Lobar xolasining uyiga borish uchun
spidometri butun yo‘l uchun 30 daqiqa vaqt sarfladi

soatiga 18 km tezlikda yurganini C) Lobar xolasining uyiga borish uchun

ko‘rsatdi. 3 soat vaqt sarfladi

D) Lobar xolasining uyiga borish uchun


qancha vaqt sarflaganini bilishning iloji yo‘q.
2 -SAVOLGA BERILGAN JAVOBNING
BAHOLANISHI
SAVOLNING MAQSADI:

• Tavsifi : Berilgan o‘rtacha tezlik va masofa bo‘yicha, bosib o‘tilgan


yo‘l uchun sarflangan vaqtni hisoblash

• Matematikaga oid mazmun sohasi : O‘zgarish va bog‘liqlik

• Qo‘llash sohasi : Shaxsiy faoliyat

• Bilish faoliyati : Qo‘llash


3-savol
Lobarni daryoga borib, qaytgandagi o‘rtacha tezligi
soatiga necha km ni tashkil etgan?

Lobar uyidan 4 km uzoqliqda joylashgan 43 7


1)  km / daqiqa
96 15
daryo bo‘yiga bordi. U daryoga borish

uchun 9 daqiqa vaqt sarfladi. Uyga qaytishida


7
2)  60  28 km / soat
uzunligi 3 kilometr bo‘lgan qisqa yo‘ldan 15

borishga qaror qildi. Qisqa yo‘ldan u uyiga

6 daqiqada yetib keldi.


Izoh
1-savol
Bu masalani bir necha usulda yechish mumkin. Masalan, buning eng sodda va samarali usuli bosib o‘tilgan har ikkala yo‘l

uzunligining sarflangan vaqt o‘rtasidagi munosabatga e’tibor qaratishdir. Bu ular orasidagi tezlik bir-biriga teng ekanidan

dalolat beradi. Har bir yo‘ldagi tezliklarni alohida-alohida hisoblab, xulosa qilish mumkinki, ularning har ikkalasi ham

0,4 km/soatga tengdir. Masalaning yechimi keltirish kerak bo‘lmagani uchun yechish usuli baholanmaydi.

Ko‘rinib turibdiki, masalaning murakkablik darajasi unchalik yuqori emas, shuning uchun Rossiyalik o‘quvchilarning 78 %

masalani to‘g‘ri yechishga muvaffaq bo‘lishgan. Shunday bo‘lsada, taxminan 20% o‘quvchilar masala shartini

tushunmagan.

Masalani yechishda o‘quvchilardan masofa, tezlik va vaqt o‘rtasidagi bog‘liqlikka e’tibor qaratishlari talab etiladi, shuning

uchun mazkur savol o‘quvchilarning ”O‘zgarish va bog‘liqlik” doir matematik tushunchalarni mustahkamlashga yordam

beradi. Masalaning yoritilish sohasi esa “Shaxsiy faoliyat” sohaga tegishlidir. Masalani yechish uchun qiymatlar o‘rtasidagi

nisbatni topish yoki tezlikni topish formulasidan foydalanish talab etiladi, shu sababli, bilish faoliyati “Qo‘llash”

kategoriyasiga tegishlidir.
Izoh
2-savol
Masalani yechishda turlicha usullardan foydalanish mumkin. Lobar sarflagan vaqtni topish mumkin: 6 : 18 = 1/3 (soat)
yoki 20 minut. To‘g‘ri yechimni topish uchun tezlik, masofa va vaqt o‘rtasidagi munosabat tushunchalariga tayanish
mumkin. Lobar 1 soatda (yoki 60 minut) bosib o‘tishi uchun sarflagan masofa soatiga 18 km/soat tashkil etadi. Shu
masofaning uchdan bir qismi 6 km dan iborat, shuning uchun, 20 minut ichida mazkur masofani bosib o‘tish mumkin.

Masala murakkab turdagi masalalar turkumiga kirmaydi, shunga qaramay, Rossiyalik o‘quvchilarning faqat 53 % bu
masalani to‘g‘ri yecha olganlar. Ko‘pgina o‘quvchilarning B va C javoblarni tanlashgani shundan dalolat beradiki,
yo‘lni tezlikka bo‘lish o‘rniga ular tezlikni umumiy bosib o‘tilgan masofaga bo‘lishga harakat qilishgan. Bu esa ularni
masalani shartini noto‘g‘ri tushunganlaridan dalolat beradi.

Masalani yechishda o‘quvchilardan masofa, tezlik va vaqt o‘rtasidagi munosabatga e’tibor qaratishlari talab etiladi,
shuning uchun mazkur savol o‘quvchilarni ”O‘zgarish va bog‘liqlik” ga doir matematik tushunchalarni
mustahkamlashga yordam beradi, masalaning yoritilish sohasi esa “Shaxsiy faoliyat”. Masalani yechish uchun tezlikni
topish formulasidan foydalanish talab etiladi, shu sababli, ko‘nikma hosil qilish faoliyati “Qo‘llash” kategoriyasiga
tegishlidir.
Izoh
3-savol
Bu savol nazorat savollari orasidagi eng murakkab savollardan biridir. Avvalambor, u o‘quvchilardan o’rtacha tezlikni
buni butun bosib o’tilgan masofa va sarflangan vaqtga bog‘lay olishlarini talab etadi. Ya’ni o‘quvchilardan matematik
tushunchalarni chuqurroq o‘zlashtirib, ulardan hayotiy vaziyatlarda foydalana olish ko‘nikmasini rivojlantirish talab
etiladi.
Yechish: 4  3 7 7
 60  28 km / soat
1)  km / daqiqa 2)
9  6 15 15

Ko‘pchilik o‘quvchilar mazkur tushunchaning mohiyatiga yetarlicha tushunmagan va ular har ikkala yo‘ldagi tezliklarni
qo‘shib, chiqqan natijani teng ikkiga bo‘lib o‘rtacha tezlikni noto‘g‘ri hisoblashgan. Shuning uchun, faqatgina 14 %
o‘quvchilar bu masalani to‘g‘ri yechishga muvaffaq bo‘lishdi va 13 % esa hech qanday javob bermagan.
Masalani yechishda o‘quvchilardan masofa, tezlik va vaqt orasidagi munosabatlariga e’tibor qaratishlari talab etiladi,
shuning uchun mazkur savol o’quvchilarning “O‘zgarish va bog‘liqlikka” doir matematik tushunchalarni
mustahkamlashga yordam beradi, masalaning qo‘llash sohasi esa “Shaxsiy faoliyat”. Masalani javobini topishda
o‘quvchilar tezlikni masofa va vaqt orqali toppish formulasini qo‘llashdir. Shu sababdan bilish faoliyati “Qo‘llash”
kategoriyasiga tegishlidir.
Topshiriq va test savollarini tuzuvchilar bunday murakkab savollarni tuzayotganlariga e’tiborga olish lozim. Masalaga
javob berishda harakatni ifodalash uchun uch xil kattaliklar orasidagi bog‘liqliklardan foydalanish talab etiladi. Ammo,
birinchi savolda faqatgina masofa va vaqt o‘rtasidagi nisbatni taqqoslanadi. Ikkinchi savolda esa masofa va tezlikdan
foydalanib, sarflangan vaqtni topish va vaqt birliklarini to‘g‘ri almashtira olish talab etilgan (minutni soat ko‘rinishida
yozish). So‘nggi, uchinchi savolda o‘quvchilardan o‘rtacha tezlik haqidagi to‘laroq tushunchaga ega bo‘lish kerakligi va
butun bosib o‘tilgan yo‘lning butun vaqtga nisbatini topish so‘ralgan.
GRAFIKLAR
Kompakt disklarning berilgan muddat ichida sotish holati
2500

2000

1500
"Bahor" guruhi
"Bolalar" guruhi
"Sharq" guruhi
"Toshkent" guruhi
1000

500

0
Yanvar Fevral Mart Aprel May Iyun
1- savol
Kompakt disklarning berilgan muddat
ichida sotish holati
• Aprel oyida “Toshkent”
2500

musiqa guruhi qancha 2000

disk sotgan?
• A 250
1500
"Bahor" guruhi
"Bolalar" guruhi
"Sharq" guruhi

• B 500 1000
"Toshkent" guruhi

• C 1000 500

• D 1270 0
Yanvar Fevral Mart Aprel May Iyun
1-SAVOLGA BERILGAN JAVOBNING BAHOLANISHI

• SAVOLNING MAQSADI:
• Tavsifi: Ustunsimon diagrammani o‘qib
tushunish
• Matematikaga oid mazmun sohasi: Noma’lumlik
va ma’lumotlar
• Qo‘llash sohasi: Ijtimoiy
• Bilish faoliyati: Ifodalash
2- savol
Kompakt disklarning berilgan muddat
ichida sotish holati
• Qaysi oyda “Sharq”
2500

2000 guruhi “Bolalar”


guruhidan ko‘proq
1500
"Bahor" guruhi
"Bolalar" guruhi
disk sotgan?
• A Hech qaysi oyda
"Sharq" guruhi
"Toshkent" guruhi
1000

500
• B Martda
• C Aprelda
0
Yanvar Fevral Mart Aprel May Iyun
• D Mayda
2-SAVOLGA BERILGAN JAVOBNING
BAHOLANISHI
• SAVOLNING MAQSADI:
• Tavsifi: Ustunsimon diagrammani o‘qish va har ikki
ustun orqali ifodalangan ma’lumotlarni taqqoslash
• Matematikaga oid mazmun sohasi: Noma’lumlik va
ma’lumotlar
• Qo‘llash sohasi: Ijtimoiy
• Bilish faoliyati: Ifodalash
3- savol
Kompakt disklarning berilgan muddat
ichida sotish holati
• “Bolalar” guruhining ish 2500

boshqaruvchisi o‘zlari sotayotgan


disklar soni fevraldan iyungacha tushib 2000

ketayotganidan хavotirda.
• Agar disklar savdosi ayni shu tartibda 1500

tobora pasayishda davom etaversa, "Bahor" guruhi


"Bolalar" guruhi
ularning savdo hajmi iyulga kelib "Sharq" guruhi
"Toshkent" guruhi
1000
qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
• 70 ta disk
500
• 370 ta disk
• 670 ta disk 0

• 1340 ta disk Yanvar Fevral Mart Aprel May Iyun


3-SAVOLGA BERILGAN JAVOBNING
BAHOLANISHI
• SAVOLNING MAQSADI:
• Tavsifi: Ustunsimon diagrammani o‘qib tushunish va
savdo holati shu tarzda davom etsa, kelajakda nechta
kompakt-disk sotilishi mumkinligini hisoblab chiqish
• Matematikaga oid mazmun sohasi: Noma’lumlik va
ma’lumotlar
• Qo‘llash sohasi: Ijtimoiy
• Bilish faoliyati: Qo‘llash
Миллий марказ томонидан тайёрланган
материаллар
E’tiboringiz
uchun
rahmat!

You might also like