You are on page 1of 32

Masnaviydan ibratli hikoyalar.

Jaloliddin Rumiy

Jaloliddin RUMIY
MASNAVIYDAN IBRATLI HIKOYALAR
Masul muxarrir:
Abdumurod TILAVOV
filologiya fanlari nomzodi
Teri qoldan ketar
Kochada shoshib ketayotgan bir odamdan sorashdi:
Nega buncha shoshyapsan? Ranging ham ochgan, nima boldi.
Odam aytdi:
Eshitmadingmi hali? Shahar sultonining kongli uchun bozordagi eshaklarni soyib,
terisini shilib, ichiga somon toldiryaptilar.
Xosh,xosh? Lekin sen odamsan-ku?
Togri, ammo sultonning odamlari bu ishga shunday shongiganlarki, ularga
kimligimni anglatgunimga qadar, terim qoldan ketishi mumkin.
Agar miyasi bolsa
Arslon ormonda fil bilan olishib charchadi. Song tulkini yoniga chaqirib:
Holdan toydim. Ovga yaramayman. Bor, menga bir eshak ovlab keltir. Birgalikda
yeymiz, dedi.
Amringiz bosh ustiga, sultonim. Turli hiylalar bilan sizga hatto tiriklayin
keltiraman, deya bir qoyaga tomon yugurdi. Qarasaki, otloqda egasiz ozgin bir eshak
yuribdi. Yoniga yaqinlashib, quyuq salom berdi. va uni avray boshladi:
Bu qup-quruq tekisliqda yolgiz ozing nima qilayapsan, ey dostim?
Shu holimga shukr qilaman. Rizqni Alloh beradi. Shikoyatim yoq, kunim otib
turibdi. Jon bergan Alloh, ozuqa ham beryapti.
Ey janob! Sening bu tavakkaling juda kam odamda topiladi. Juda kam bolgan
narsa esa yoq hukmidadir. Bu yoqlik atrofida tentirab yurish ahmoqlik sanaladi.
Bu sozlarni eshitgan eshak takror javob berdi:
Gaping togri emas. Shuni bilki, butun yomonliklar ochkozlikdan kelar. Qanoatdan
hech kim olmagan, hirsdan esa hech kim sulton bolmagan. Tulki eshakning sozini
bolib:
Alloh insonlarga ozlarini ozlari halok etmaslikka buyuradi. Shu quruq qoyalikdan
iborat cholda sabr kilmoq ahmoqliqdir. Kel, otloqqa kochgin. Bilsang, u yerda qancha
ot-olanlar, oqar suvlar bor, dedi.
Tulki turli sozlar bilan eshakni avragancha yetaklab, togri arslonning uyiga sudradi.
Arslon eshakni korar kormas okira boshladi. Buni eshitgan eshak jon holatda ortga
qochdi. Tulki unga yetib olib:
Hoy sodda va gol maxluq! Nega qochayapsan. eshitilgan tovush, sening vahimang,
hayolingdir. Endigina maysazorga kelgandikku. Sen esa qorqding, qochding, dedi.
Tulki yana ming bir yolgon bilan eshakni oziga ergashtirdi. Arslonning uyiga olib
bordi. Arslon eshakni gajib, qornini toydirdi. Songra arslon suv ichish uchun g'ordan
www.ziyouz.com

Masnaviydan ibratli hikoyalar. Jaloliddin Rumiy

chiqdi. Tulki arslonning yoqligidan foydalanib, eshakning miyasi va opkasini yedi.


Arslon qaytgach, tulkidan soradi:
Buning miyasi qani?
Ey, sultonim! Agar eshakning miyasi bolsa, osha dahshatli okirikni eshitgandan
keyin yana bu yerga, sening ostonangga kelarmidi?
Bu mushukmi yo goshtmi?
Bir odamning beodob xotini bor edi. Uyga keltirilgan narsalarni isrof etardi. Bechora
odam janjal bolmasin deya indamas, sabr qilardi.
Bir kun ikki kilo gosht olib keldi. Kabob buyurdi. Xotin goshtni pishirayotib paqqos
tushirdi. Eri kechqurun uyga kelib, xotinidan goshtni soradi.
Xotin:
Ey xojam, soramang... Goshtni mushuk olib qochdi. Yeganini ozim kordim, dedi.
Odam shubhalandi. Darhol mushukni topdi, taroziga tortdi. Roppa rosa ikki kilo...
Xotiniga
Xotin, agar bu mushuk bolsa, gosht kaerda? Yoq, bu gosht bolsa, gapir bizning
mushuk qaerda? deya baqirdi.
Dunyoda aldanish
Bir yurt podshohining suyukli ogli bor edi. Yagona voris edi u. Shahzoda yaxshi
tarbiyalangan va turli bilimlarni egallagan edi.
Podshoh oglining tosatdan olganini tush kordi. Xavotir bilan uygonib Xudoga
shukrlar qildi. Biroq kongliga shubha oraladi: "Agar haqiqatan ham olib qolsa, nima
qilaman, taxtim vorisi kim boladi?" deya oyladi. Oglini tezda uylantirishga karor berdi.
"Hech bolmasa bir nabiralik bolaman. U menga voris boladi". Faqir, lekin kongli boy
bir darveshning oydek gozal, xulqlik komila qizini ogliga nikohladi.
Xotini:
Podshohning ogli kambagal bir darveshning kizi bilan qanday turmush quradi?
Sep qilib bizga nima beradilar? desa, podshoh:
Pok bir kishiga nisbatan kambagal deyish xato. Uning qalbi boy, buni ham Alloh
beradi, deya toy hozirligini boshladi.
Ne holki, shahzoda bu vaqtda Qobilning bir sehrgar xotini tuzogiga ilingan, uning
dardida yonib kuyib, kozi yorug dunyoni kormayotgan edi.
Bechora shahzoda ishq olovida erib tugayapti, sohiraning sozini aslo ikki etmas,
tovonlarini opardi. Ishq bois yuzi sargaygan, eti suyagiga yopishib qolgan edi.
Podshoh chorasiz qoldi. Oglini bu darddan qutqarishi uchun mamlakatning barcha
tabiblarini chorladi, tong otguncha Allohga duolar qildi. Shahzoda esa otindek yonib,
kundan kunga tugab bormoqda edi.
Oxiri saroyga usta bir sehrgar keldi. U podshohga:
Bu xotinga hech kim bas kela olmaydi. Shahzodaning holiga achindim. Unga faqat
men bas kela olaman. Allohning izni bilan uning sehrini buzib tashlayman. Xotirjam
boling,
deb hozirlik kordi. Nima qilish kerakligini sozladi. Darhaqiqat, qisqa bir
fursatda sehr buzildi.
Shahzoda oziga kelar kelmas yugurib otasining huzuriga bordi va xijolat bilan: "U
kampir mening aqlimni qanday oldi?" dedi.
www.ziyouz.com

Masnaviydan ibratli hikoyalar. Jaloliddin Rumiy

Podshoh sevinch bilan farmon berdi. Toy boshlandi. Bu vaqtda sehrgar xotin
alamidan oldi.
Shahzoda nikohning birinchi kechasi kelinni korib lol qotdi. Bu gozallar gozalining
qarshisida ozidan ketdi.
Bir yildan song podshoh gap orasida ogliga: "Osha avvalgi sevgilingni hech
eslaysanmi?" deb soraganda shahzoda:
Ota, men hozir baxt yurtidaman. U aldanish yurti qudugidan qutuldim, deb
Yaratganga shukrlar qildi.
Tovusning gozalligi oziga dushman
Bir odam tovusning tumshugi
bilan qanotlaridagi gozal, yaltiroq patlarni
yulayotganini korib qoldi. Chidolmay soradi:
Ey gozal qush... Gunoh emasmi, shunday chiroyli, rang-barang patlaringni yulib
tashlayapsan. Holbuki, sening gozalliging shu patlaringdir. Hamma shu patlaringdan
yelpigich qilish, ularni kitob sahifalari orasiga qoyishni oylaydi, sen esa nima
qilyapsan?
Tovus javob berdi:
Togri, lekin bu patlar mening jonimdan aziz emas. Chunki bu patlar tufayli meni
ovlashadi, jonimga qasd qilishadi. jon omon qolishi uchun xunuk bolishim kerak.
Laylini ranjitasan
Bir kuni Majnun kasal bolib yotib qoldi. Davolash uchun tabib chaqirildi.
Tabib:
"Tomirdan qon olish kerak" deb Majnunning qolini boglatdi. Qon olish payti Majnun:
"Ey tabib, qoy, xizmat haqqini ol va qolimni yech, shu kasallikdan mayli olay, qon
olishdan voz kech," deb dodladi.
Tabib Majnundan:
Sen chollarda nara tortgan arslondan qorqmaysanu qolingdan qon oldirishdan
qorqasanmi? deya soradi.
Majnun shunday javob berdi:
Men ninadan qorqmayman. Mening vujudim, borligim Layli bilan toladir, qon
olish payti Laylini ranjitasan, men shundan qorqaman.
Yana bir kun Majnunga yaqinlar Layli deb sen yonib kuyasan. U qiz aslo sen
aytgandek gozal emasku, dedilar.
Majnun javob berdi:
Siz Laylini mening kozim bilan koring, mening albim bilan seving! Men uning
surat jomidan abadiy ishqning sharobini ichdim, u sharob sizga sirkadir.
Teng tengi bilan
Yam yashil adirda shildirab irmoq oqardi. Bir kun irmoq chetidagi toshlar orasida
sichqon bilan qurbaqa uchrashib dostlashib qoldi. Bu dostlik kun sayin kuchaydi. Shu
darajaga yetdiki, oqshom chokib, kun botgach sichqon qoyaning kovagiga, qurbaqa esa
suv tubiga tushar, tong otishini intiq bolib kutishardi. Sichqon oylay-oylay, nihoyat bir
www.ziyouz.com

Masnaviydan ibratli hikoyalar. Jaloliddin Rumiy

chora topdi. Qurbaqaga: "sevikli qurbaqa, qadrli dostim, seni soginib, tunlarim uyqusiz
kechmoqda. Har holda sen ham meni oylab beoromdirsan. men chora topdim. Mana bu
ipni olib, bir uchini dumimga boglayman. Kech kirdi deguncha sen suvga shongiysan,
men ham uyamga kirib ketaman. Agar tunlari korishishni istasak, ipni tortamiz va
korishamiz", dedi.
Qurbaqa bu taklifga oldin biroz etiroz bildirdi, keyin rozi boddi. Ular bir ipga
boglandilar. Oradan bir necha kun otdi. Bir kun qarga sichqonni kordi va qoyaning
kovagiga kirib bekinib oldi. Kech kirgach, qarga sichqonni changallab osmonga
kotarildi. Tabiiyki, qurbaqa ham birga edi. Sichqon dumiga boglangancha havoga
sollanib shunday deb baqnrardi:
"Hayhot! har kim oz tengi bilan dost bolsin!"
Layli mahallasining iti
Laylining hajrida chollarga chiqib ketgan Majnun bir itni silab siypab kozlaridan
opardi. itga bolgan sevgisi va iltifoti shu darajada kuchaydiki, bu holni korgan bir kishi
chidab turolmadi, Majnundan soradi:
Ey aqlsiz Majnun, bu esankirash, bu devonalik nimasi? Sen sevib erkalayotgan,
yuzu-kozlarini opayotganing it iflos bir hayvon bolsa, nega uni bunchalik erkalaysan?
Majnun javob berdi:
Sen nimani ham tushunarding, ey jismdangina iborat bechora. Kel, mening
kozlarim bilan bir qara. Bu it, Layli mahallasining qoriqchisiku... Kongliga, joniga,
ongiga, didiga etibor ber, qaerni tanlabdi! Laylining mahallasi makon tutgan itning
oyogi tekkan tuproq ham men uchun azizdir...
Har kimning tarifi oziga yarasha
Hindlar filni qorongu bir ogilga qamadilar. Umrida fil kormagan xalq osha yerga
toplandi. Filni kormoqchi edi ular. Lekin ogil shu qadar qorongu ediki, koz bilan
korishning aslo imkoni yoq edi. Ichkariga kirganlar filni qollari bilan paypaslab korar,
uni har kim ozicha tarif etar edi.
Bittasi filning xartumini ushlab: "Fil bir quvur ekan", derdi. Yana boshqasi filning
qulogidan tutib: "Fil yelpigichga oxshar ekan", deya tushuntirdi. Boshqasi filning
oyogini tutib filni faqat oyoqdan iborat deb bilar va: "Fil bahaybat bir ustunga oxshar
ekan", deya oshirib toshirib tushuntirardi.
Yana bir odam filning sirtini silab kordi va: "Fil taxtga oxshar ekan", deb uni
tarifladi. Kimki filning qaerini silagan bolsa, hayvonni shunga kora tariflar, lekin hech
birining tarifi boshqasinikiga oxshamasdi. Birovi "dol" derdi, boshqasi "alif". Agar
qollarida sham, oddilarida biror yolboshlovchi bolganida, qorongu bolsa ham filni aniq
korishar, qanday hayvon ekanini osongina bilib olgan bolardi.
Tuygu kozi bazan hovuchga, bazan kopikka oxshaydi. Hovuchga butun bir filni
sigdirib bolmaydiku!
Yaxshilik kongil oydinligidir
Bir qishloqlik kishi shaharlik kishi bilan dost tutinibdi. Shaharga kelsa dostining
www.ziyouz.com

Masnaviydan ibratli hikoyalar. Jaloliddin Rumiy

uyida mehmon bolar, kunlab, haftalab qolib, yeb ichardi. Shaharlik kishi dostining
hamma ehtiyojlarini sozsiz qondirar, gapini ikki qilmasdi. Dosti har kelganida:
Ey dostim, sen hech qaerga chiqmaysanmi? Sen ham bola chaqalaringni olib
bizning qishloqqa bor. Bahorda qishlogimiz juda chiroyli boladi, deya qattiq iltimos
qilardi.
Bunga javoban shaharlik dosti ham:
Kelgusi yil ishlardan, tashvishlardan qutulsam albatta boraman, der edi.
Shu zaylda oylar, yillar ogdi. Qishloqlik kishi har kelganida dostinikida mehmon
bolar, xayrlashib ketayotganda qishlogiga qayta-qayta taklif qilardi. Bir kuni shaharlik
kishining bolalari:
Otajon, qishloqlik dostingizni shuncha mehmon qildingiz, u uchun kop zahmatlar
chektingiz. Ularni unutib yubormang, bizni ham qishloqqa olib boring, deyishdi.
Shaharlik kishi:
Bolalarim, togri aytasizlar, lekin kimga yaxshilik qilgan bolsang, oshaning
yomonligidan qorq, deganlar. Qishloqlik amakingiz bilan dostligimiz oxirgi darajaga
yetdi. Biror narsa bolib, oramiz buzilishidan qorqaman, dedi.
Bu orada qishloqlik kishi yana xabar ustiga xabar yuborib, taklif qilaverdi. Va oxir
oqibat, bahor kunlarining birida shaharlik kishi bola chaqalarini olib, xush kayfiyat bilan
qishloqqa yol oldi. Bir necha kundan song qishloqqa yetib keldilar. Dostining uyini
sorab surishtirdilar. Eshigini qoqtilar, biroq negadir eshikni hech kim ochmasdi. Ustiga
ustak yomgir yogardi. Usti boshlari hol bolib, sovqota boshladilar. Chorasiz qolib, bir
boshpana topib biroz tin oldilar.
Qishloqlik dosti ularni tanimadi. Shu holatda bir necha soat sarson-sargardon
boldilar. Oxiri shaharlik kishi qishloqlik dostiga qarab:
Ey dostim, meni tanimadingmi, anchadan buyon korishmadik, dedi.
Qishloqlik:
Yoq taniy olmadim. Kecha kunduz ozimni Allohga bagishlaganman, mening
hattoki oz borligimdan ham xabarim yoq, dedi.
Shunda shaharlik:
Shaharga kelib dasturxonim atrofida otirgan eding, oylab mehmonim bolganding?
Meni necha marotaba qishlogingga taklif qilgan eding..., deb, hayratini izhor etdi.
Qishloqlik:
Bilmadim, seni taniyolmayapman, ismingni ham eslay olmayapman, dedi.
Shaharlik:
Hammasi tushunarli. Men barcha haqlarimdan voz kechdim, faqat kech bolib
qoldi. Bu yoginli kunda boshpana ber, tong otgiraylik, dedi.
Qishloqlik kishi sozida qattiq turib bog chetidagi qorovul kulbasini korsatdi va:
Yarim tunda bu kulbaga bori tushadi, agar tong otguncha kuta olsang, osha joyda
tunagin, dedi.
Shaharlik kishi noiloj rozi boldi. Bolalari bilan kulbaga joylashdi. Quliga oq yoy olib,
kuta boshladi. Bir mahal yarim tunda bir borining sharpasi sezildi. Yoyini kerib,
nishonga oldi va borini otdi. Bori tepalikdan dumalab tusharkan shovqin eshitildi.
Shovqindan qishloqlik "dost" darhol tashqriga chiqti va baqirdi:
Ey, voh! Eshagimning xotigini otibsan!
Yog-e, men borini otdim. Sharpasiga qaragin a!
Yoq, xotikni otding. Men uni shovqinidan tanidim.
Ittifoqo shaharlik chiday olmadi. Yuzing kozing demay:
Ey sen, hiylagar, nobakor... Bu qorongu kechada xotikni bilasanu, meni qanday
tanimaysan? Tunda xotigini tanigan odam, kuppa kunduzi dostini tanimas ekanmi?
www.ziyouz.com

Masnaviydan ibratli hikoyalar. Jaloliddin Rumiy

Yana uyalmay men orif odamman, konglimga Alloxdan boshqa hech narsa sigmaydi,
hatto ozimni tanimayman, deysan-a!? Sen Arshyning muhabbat sharobi emas, ayron
ichibsan. Senga ishonganning ozi kor va kardir, dedi va shaharga ravona boldi.
Ishq bemori
Bir zamonlar podshohlardan biri odamlari bilan ovga chiqdi. Yolda bir joriyani korib
unga oshiq boldi. Joriyani katta pul evaziga sotib olib, saroyiga keltirdi. Oradan uch tort
kun otgach, joriyaning isitmasi kotarilib kasal bolib yotib qoldi. Podshoh bezovtalanib
butun hakimlarini topladi:
"Mening hayotimning ahamiyati yoq. Hozir jonimning joni kasal, yotib qoldi. Kimki
uning dardiga darmon topsa, butun xazinamni baxshida qilaman", dedi.
Hakimlar: "Qolimizda har qanday kasallikni davolaydigan dorilar bor. Siz hech ham
xavotir olmang", deya javob berdilar va davolashni boshladilar. Biroq hech bir dori foyda
bermadi. Bemor kundan-kun sargayib solib borardi. Hakimlarning chorasiz qolganini
korgan podshoh sajdaga bosh qoyib, chin kongildan Allohga iltijo qilayotganda uxlab
qoldi. Tushida bir pir korindi: "Senga xushxabar, ey podshoh Tilaklaring qabul boldi.
Ertaga saroyingga bir kishi keladi. U bizlardandir, uni qabul qil. Bemorni korsat!" dedi.
Podshoh hayajon bilan uygondi. Ertalabgacha darvoza oldida kutdi. Shu vaqt kutilgan
odam keldi. Podshoh xursandchilik bilan qarshi oldi.
Hol ahvol soragandan keyin kasalning xonasiga olib kirdi. Hakim bemorni uzoq vaqt
tekshirdi va kongil xastasi ekanini anglab yetdi. Podshohga: "Hakimlar bemorni qiynab
qoyishibdi. Hozir uyda kim bor bolsa chiqsin. Bemor bilan yolgiz.qolishni xohlayman",
dedi. Uyda hech kim qolmadi. Hakim bemorning tomirini ushlab, soray boshladi:
"Qaysi yurtdansan? Qarindoshlaring kimlar? Kimlarni koproq sevasan?"
Qiz butun sirlarini ochiq aytdi. Hakim bir qoli bilan qizning tomirini ushlab tingladi va
tomir urishini diqqat bilan kuzatdi. Chunki hakim tomir kimning nomi aytilgach tez ursa,
konglining istagani osha ekanligiga, qizning unga oshiq bolganiga qaror qilardi. Bir
necha ismlar sanaldi, bir qancha mamlakat nomlari aytildi. Ammo, tomir urishida
ozgarish bolmadi.
Nihoyat Samarqand tilga olinganda, bemor tomirining kuchli urgani bilindi.
Hakim takror soradi va oxiri joriyaning Samarqandda bir zargarga oshiq bolganini
anglab yetdi. Hakim tezda podshohning oldiga borib, qizning dardini aytdi. Songra
zargarni olib kelib qizga uylantirishdi. Joriya qiz kasallikdan shu tariqa xalos boldi.
Sen ham shishalarni agdardingmi?
Attor dokonida juda yaxshi korgan bir totini boqar edi. Chiroyli toti atirgul yogi
bilan tola dokon burchagida, kelgan ketgan xaridorlarga chiroyli gapirib, ularni xushnud
qilar edi.
Bir kuni attor totini dokonda qoldirib uyiga ketdi. Shu orada sichqonni quvlagan bir
mushuk dokonga kirdi. Toti mushuk meni ushlab olish uchun dokonga kirdi, deb oylab,
jon holatda joyidan uchdi va tokchaga hatladi. Shunda atirgul yogi solingan shishalarni
ham agdardi. Qorqib ikkinchi yerdan uchinchi jovonga uchib qondi. Barcha shishalar
mayda-mayda boldi. Dokon; atir hidiga toldi.
Attor kelib qarasa, hammayoq ostin-ustun... Barcha shishalar singan, atirlari yerga
tokilib yotibdi. Bechora toti esa, bir burchakda qorquvdan dir-dir titrar edi... Attor buni
www.ziyouz.com

Masnaviydan ibratli hikoyalar. Jaloliddin Rumiy

korgach, jahli chiqdi. Bu ishni totidan boshqa kim ham qilishi mumkin deb oylab,
bechorani ushlab, ura boshladi... Toti kaltaklandi. Juda qorqib qoldi. Qaygudan tili
aylanmay, patlari tokila boshladi.
Attorning jahli otib ketdi... Sevimli totisining tili aylanmay qolganini, patlarining
tokilganini korgach, ozidan pushaymon boldi, tabiblarga murojaat qildi, turli dorilar
berdi, biroq foydasi bolmadi. Bechora toti ham tilsiz, ham kal. Tuzaladiganga
oxshamaydi, toti oz holiga tashlab qoyildi.
Oradan oylar otdi. Bir kun dokonning yonidan boshi sip silliq, sochlari tokilgan
odam otdi. Toti bu odamni korgach, oz oziga: "Bu ham bizdan", deb oylab, bir silkindi
va sochsiz boshini qanoti orasidan chiqarib tilga kirdi:
Dostim, boshing nega kal? Yoki sen ham men kabi atir shishalarini agdardingmi?"
deb ovoz berdi.
Bu kech Hindistonda...
Yer yuzidagi butun jonzotlarga hukmronlik kilgan Hazrati Sulaymonning Yamandagi
saroyiga sodda bir odam shoshilib kiradi. navbatchilarga hayot mamot masalasi
yuzasidan hazrati Sulaymon bilan korishmoqchi ekanini aytgach, unga izn beriladi.
Sulaymon yuzi oqargan, qorquvdan titrayotgan odamdan soradi:
Tinchlikmi, nima boldi? Nega bunchalik qorqayapsan? Darding nima?..
Odam qorquvdan:
Bu tong oldimga Azroil keldi. menga qahr bilan boqti va tezda goyib boldi.
mening jonimni olishga qaror qilgan korinadi.
Xop nima qilishimni xohlaysan?
Odam yolvordi:
Ey jonlar qoriqchisi, mazlumlar panohi Sulaymon... Sen kop narsaga qodirsan.
bori, qush, tog toshlar barcha barchasi sening amringda. Shamolingga buyurki, meni
bu yerdan uzoq Hindiston tomonlarga eltsin... Shunda Azroil balki meni topolmas.
Shunday qilib jonimni qutqargan bolar eding. Madad sendan...
Sulaymon odamning ahvoliga achindi. Shamolni chaqirib: "Bu odamni darhol
Hindistonga olib borib tashlab kel", deb buyruq berdi. Shamol shu zahoti shiddat bilan
esib, osha odamni Hindistonning uzoq bir goshasiga eltib qoyadi.
Peshinga yaqin Hazrati Sulaymon devonni yigib, arzga kelganlar bilan muloqotini
boshlaydi. Bir qarasa, Azroil ham jamoat ichida otiribdi.
Tezda yoniga chaqirib:
Ey Azroil... Ertalab nega u odamga gazab bilan qarading? Nega u bechorani
qorqitding? dedi. Azroil javob berdi:
Ey dunyoning ulug Sultoni... Men u odamga gazab bilan emas, hayrat bilan
qaradim. U notogri tushunib, qorqib ketdi. Uni bu yerda korgach hayron qoldim.
Chunki Alloh taolo menga: "Qani bor, shu odamning jonini Hindistonda ol",deb buyruq
bergan edi.
Uni korib, bu odamning yuz qanoti bolsa ham, bu kech Hindistonga yetib
borolmaydi, bu qandoq boldi deb hayron qaradim. Men Allohning buyrugini notogri
angladimmikan, deya xavotirda edim. Unga qarashimning boisi mana shu edi.
Hindistonga borib, uni osha yerda topdim va jonini olib qaytdim.

www.ziyouz.com

Masnaviydan ibratli hikoyalar. Jaloliddin Rumiy

Tilshunos va qayiqchi
Bir qun magrur tilshunos sohilda turgan qayiqqa minib narigi qirgoqka otmoqchi
boldi. Sohilda yolovchi kutib turgan qayiqchilardan biriga yuzlandi. Qayiq yaqinlashdi.
Olim qayiqqa otirdi. Dengizni tomosha qilib ketayotgan olim qayiqchidan soradi:
Sen hech nahv (grammatika) oqiganmisan?
Yoq men johil bir qayiqchiman.
Olim:
E voh, juda xafa boldim. Demak yarim umring behuda otibdi, deya achinib
qayiqchiga qaradi.
Shuvaqt dovul turdi.Keyin dengazning ortasida chayqala boshladi, qayiqchi butun
kuchi bilan xavfdan qutulish uchun harakat qildi. Boron borgan sayin kuchayar, qayiq
esa chokish arafasida edi. Shu vaqt qorquvdan dir-dir titrayotgan olimdan qayiqchi
soradi:
Ey, har narsani bilgan olim dostim. Suzishni bilasanmi?
Yoq javobini olgan qayiqchi:
Voh, voh, sen umringni behuda sarflabsan. Hozir butun umring ketdi. Chunki
birozdan keyin qayigim chokadi. Yaxshi bilginki, bu yerda hozir nahv (grammatika)
emas, mahv ilmi lozim. Agar mahv ilmini bilsang, qorqmasdan dengizga sakra dedi.
Ovga chiqqan ovlangay
Arslon, bori va tulki ortoq bolishdi, ov qilish uchun ormonga ketishdi. Kechgacha
hokiz, echki va bir quyonni ovlagan uch ortoq ularni sudrab gorga olib kelishdi.
Dasturxonga otirdilar. Arslon boriga yuzlanib:
Aziz dostim. Bu oljalarni shunday taqsimlaki, qornimiz toysin, dedi. Bori
qimtinib ulushlarini ajrata boshladi:
Ey ulug sultonim Shu katta hokiz sizning ulushingiz. Siz eng katta va epchilsiz...
Ruxsatingiz bilan yovvoyi echki meniki bolsin. Dostim tulki semiz quyonlarni yaxshi
koradi. Quyon uniki...
Arslonning bu gustohlikdan jahdi chiqdi:
Sen bu yerda kimsan ozi... unutmaki, ormonlar qiroli huzuridasan. Men borman,
menga ulush bolib berish sening ishingmi? deb zarba berdi; notavon bori ergachozilib
qoldi.
Songra arslon qorquvdan dir-dir titrayotgan tulkiga yuzlandi:
Nega qarab turibsan!? Oljalarni sen taqsimla!
Falokatni sezib turgan tulki ornidan turib, tazim qilib shunday dedi:
Ey ulug sultonim... Ulush taqsimlash mening haqqim emas, ammo siz munosib
korganingiz uchun gapiraman. Bu quyon sizning nonushtangiz, echki tushligingiz uchun
nafis yaxna boladi. Hokizni esa kechqurun eysiz, dedi.
Arslon juda xursand boldi va tulkidan soradi:
Bunday okilona taqsimotni qaerdan organding?
Tulki boynini egib, jonsiz yotgan boriga qarab qoydi va:
Mana bu hadsini bilmagan borining holidan..., deb javob berdi.

www.ziyouz.com

Masnaviydan ibratli hikoyalar. Jaloliddin Rumiy

Kazvinlik bilan rassom


Kazvinliklarning eski bir odati bor. Tanalariga, qol va yelkalariga igna bilan kok
naqshlar chizdirar edilar.
Kazvinlik teriga rasm chizadigan rassomning oldiga keldi:
Koksimga igna bilan bir rasm sol. Faqat jonim ogrimasin, dedi.
Xop. Nimaning rasmini chizay?
Mening burjim arslon. Okirayotgan bir arslon rasmini chiz. Tezroq bol, ammo
rasm yaxshi chiqsin.
Bopti deya kazvinlikning koksiga igna sancha boshladi. Joni ogrigan kazvinlik:
Hoy usta!.. Nima qilyapsan, jonimni ogritdingku, deya qichqirdi.
Nima qilay, arslon rasmini sol deding, uning rasmini chizyapman.
Qaeridan boshlading?
Dumidan boshladim.
Qoy bu dumini, jonim ogriyapti. Mening arslonim dumsiz bola qolsin.
Usta "Yaxshi!" deya ishida davom etdi.
Voy, jonim ogridi, bunisi qaeri?
Qulogi.
Qoy, quloqsiz bola qolsin. Quloqni ham chizma.
Rassom boshqa bir joiidan boshladi. Kazvinlik faryod qildi.
Qaerini chizyapsan?
Gavdasini.
Boldi qil, mening arslonim gavdasiz bola qolsin, juda yomon ogritding. Bu holda
hushimdan ketaman.
Rassomning sabri tugadi. Qolidagi ignani qoyib dedi:
Men senday odam kormadim. Dumsiz, quloqsiz, gavdasiz arslon ham boladimi?
Alloh taolo bunday arslon yaratmagan, qani, yolingdan qolma!
Rassom kazvinlikni dokondan haydab yubordi.
Namozda gaplashgan hindlar
Tortta musulmon hindi masjidda namoz oqiy boshlashdi. Ittifoqo, ichkariga muazzin
kirdi. ibodat mahali gaplashish, ongga chapga qarash namoz qoidalariga togri
kelmaydi. Ammo ulardan biri yonidagi dostidan soradi:
Ajabo muazzin azon aytdimi yoki namozga hali vaqt bormi?
Dosti namoz oqiy turib ozini tutolmay javob berdi:
Jim bol, namozda gaplashilmaydi! Namozing buziladi.
Uchinchi hind ikkinchisiga tanbeh berdi:
Nega gapga aralashasan? Aslida ozingga qara. Sen ham gapirding, sening ham
namozing buzildi.
Tortinchisi luqma tashladi:
Namozlaring buzildi. Xudoga shukrki, men jim turdim.
Aslida torttalasining ham namozi buzilgan edi.
Qarilikdan
Keksa bir odam kasal bolib qoldi. Qoni qoshni zudlik bilan tabib chaqirdi. Tabib
www.ziyouz.com

Masnaviydan ibratli hikoyalar. Jaloliddin Rumiy

bemorning tomir urishini tekshirdi, isitmasini olchadi, yurak urishini eshitdi. Birozdan
song bemordan: "Nima boldi?" deb soradi.
Oh, soramang tabib! Xotiram pasaygan.
Aslida tashvishlanadigan hech gap yoq, qarilikdan, dedi tabib.
Kozim oldi qorongulashadi, bazan kormay qolaman.
U ham hech narsa emas, qariliqtan.
Oh tabib, yegan taomim hazm bolmayapti.
Oshqozon kuchsizligi ham qarilikdan.
Bazan nafsim hapradi.bu ham qarilikdanmi?
Ha, bu ham qarilikdan! Inson qariganida yuz xil dardi, shikoyati boladi.
Bemorning jahli chiqti:
Qanaka tabibsan? Boshqa gaping yoqmi? Senga faqat shuni orgatishdimi? Alloh
har bir dardga darmon bergan, shuni bilmaysanmi? Hayf senga Tabib ohista bir tarzda
javob berdi:
Ey yoshi otgan, ishi bitgan inson, bu jahldorlik bilan qahr gazab ham
qarilikdandir...
Ozini telba korsatgan oqil
Bir kimsaning
"Aqlli odam izlayapman, muammo chiqib qoddi. Undan maslahat olmoqchi edim",
deb sorayotganini eshitgan bir kishi unga:
"Bizning shaharda ozini telbalikka solib yurgan bir kishi bor. Tayoqni ot qilib minadi,
bolalar bilan oynaydi. Eng oqil odam shu. U telba qiyofasiga kirgan
olim bir kishidir", dedi. Bu gapni eshittan haligi kishi osha shaharga ketdi. Soray
soray 'Telba" ni topdi:
Ey "ot" mingan odam. Bir daqiqaga "ot"ingni bu yoqqa hayda, deb chaqirdi. Telba
yugurib keldi:
Tezroq gapir "Ot"im juda asov, tepadi
Uylanmoqchi edim. Qanday qizni tanlaganim maqul? Telba bunday dedi:
Dunyoda uch xil ayol bor. Biri dard, ikkinchisi mehnat, uchinchisi ziynat Birinchisi
senga aslo yor bolmas. Ikkinchisining yarmi seniki, yarmi sendan ayri qoladi. Uchinchisi
esa senga vafoli boladi.
Toxta, shoshma, Xudo xayringni bersin! Shuni yaxshilab tushuntir! Bu uch turli
ayollar kimlar?
Telba "ot"ining "jilovi"ni tortib, bunday javob berdi:
Birinchisi, bolali beva xotindir. Etiborini birinchi eridan bolmish farzandiga
qaratadi.Xayolida bolasi bilan eri boladi. Ikkinchisi bolasiz beva xotin. Yarmi seniki,
yarmi oldingi erinikidir. Uchinchisi bokira qiz. U tamomila senga mulk boladi.
Telba bularni aytgandan keyin "ot"ini niqtab bolalar orasiga ketayotgan edi. Haligi
odam uni toxtatib:Ey ulug inson! Yana bir savolim bor. Javob ber, songra ketasan,
dedi.
Nima deysan? Vaqtim ziq. Bolalar bilan oyinga kechikyapman.
Bu qadar aql farosat egasi ekansan. Nega ozingni telbalikka solib yuribsan?
Qari olim shunday javob berdi:
Hokim meni shaharga qozi qilishga qaror berdi. Rad etdim, qabul qilmadilar.
Sendan oqilrogini topolmaymiz dedilar. Shuning uchun ozimni telba, devona
korsatyapman. Qoziliqdan kora telba bolish afzalroqdir.
www.ziyouz.com

10

Masnaviydan ibratli hikoyalar. Jaloliddin Rumiy

Karning bemor ziyorati


Oqqongil bir kar odam kasal qoshnisi holidan xabar olmoqchi boldi. Uzicha:
"Qoshnim kasal ekan. Uni borib korishim, hol ahvolini sorashim kerak, Ammo men
karman, u esa xasta, ovozi chiqmaydi. Lekin kasaldan odatdagi savollar soraladi va
malum javoblar olinadi. Men qandaysiz desam, u yaxshiman, rahmat deydi. Nima
ovqatlar yeyapsiz deb sorayman, albatta, bir taomning nomini aytadi. Men esa osh
bolsin deyman. Tabiblardan kim kelyapti, desam, biron tabibning ismini aytadi... Men
unga yaxshi tabib, deb aytaman", deb oyladi.
Kasalning yoniga kirib bosh tomoniga otirdi:
Yaxshimisiz? deb ahvol soragan boldi. Kasal ingragan holda:
Olyapman deb javob berishi bilan kar odam:
Voy, voy, juda xursand boldim dedi. Xasta:
Bu nima degani? Birovning olimiga ham xursand boladimi deb gazablandi.
Kar yana soradi:
Nima eyapsiz?
Xasta achchiq qilib:
Zahar, dedi. Kar uning bir taom nomini aytganini oylab: "Osh bolsin!" deb
javob qaytardi. Kasalbutunlay aqddan ozayozdi.
Kar odam sorashda davom etdi:
Davolash uchun tabiblardan kim kelyapti?
Qani, yoqol bu yerdan! Azroil kelyapti, deb javob qaytardi. Kar:
Juda bilimdon, tajribali tabib. Xudo xohlasa, yaqinda davosini topadi deganida,
kasal chiday olmay:
Daf bol deb baqirdi.
Kar esa qoshnilik haqqini ado etganidan juda xursand bolib xayrlashdi.
Kongil oynasi
Sulton saroyida xitoy rassomlari:
Biz turk rassomlaridan ancha ilgor va mohirmiz, deb iddao qildilar. Bunga javoban
turk rassomlari:
Yoq, biz ulardan ustunroqmiz. Bizning sanatimiz yuksak, deb bu davoga qarshi
chiqdilar. Bu bahsdan xabar topgan sulton rassomlarni imtihon qilishga qaror berdi.
Har ikki mamlakat rassomlari tayyorlansin, bir biriga qaragan ikki xonaga
chiqarilsinlar!
Xitoy rassomlari ozlariga berilgan xona devorlarini turli rangli rasmlar bilan
bezadilar. Turk rassomlari esa xona qarshisidagi oz xonalarining devorlarini faqat
jilolab, oyna kabi yaltiratdilar. Shunda xitoy rassomlarining chizgan rasmlari turk
rassomlari xonalarining devorlarida yanada yaltiroq bir korinish bilan aks etdi.
Sulton oldin xitoylik rassomlar xonasiga kirdi, ularning ishlari yoqdi. Oxirida turk
rassomlarining xonasiga kirgan payt ,xuddi ulug' shamlarni ancha yorqin, ancha gozal
korib, turk rassomlarini taqirladi.
Shu zaylda, turk rassomlari rasm chizmasdan, faqat xitoy rassomlarining asarlarini
ming bir hunar bilan jilolantirganlari devorda aks etgirganlari uchun juda mohir deb tan
olindilar.

www.ziyouz.com

11

Masnaviydan ibratli hikoyalar. Jaloliddin Rumiy

Darvesh va muttaham xizmatchi


Bir darvesh sayohatga chiqdi.Aylanib borib darveshlar xonaqosida qonoq boldi.
Uning eshagini xizmatchilar ogilxonaga bogladi, darveshni ham xonaqoning toriga
otqizdilar. Maroqli suhbat boldi, songra dasturxonlar yigildi. Darvesh shu payt juda
sevadigan, zahmatkash eshagini esladi va xizmatchiga eshagini yaxshi parvarish qilib,
unga yem berishlarini aytdi. Xizmatchi:
"Lahavla, bu nima deganingiz. Albatta bu mening vazifam, parvarish ham qilaman,
arpa ham beraman",dedi.
Darvesh, kongli tolmay qayta: "Aybga buyurma, u sening ishing ekanini bilaman.
Faqat eshagim biroz qarigan, tishlari ham soglom emas. Avval arpani ivit, biroz
yumshasin, keyin somon bilan aralashtir".
Xizmatchi yana:
"La havla...", dedi.
Qisqasi darvesh qaysi payt ish buyursa, xizmatchi La havla..." ni qayta-qayta aytar,
ammo eshakka na somon, na bir hovuch arpa berardi. Bechora eshak och, suvsiz, ogil
xonada bazor tong ottirdi. Darvesh esa xizmatchidan kongli toq, xotirjam uyquga
ketdi.
Tushida xaddidan oshgan bir bori eshagiga hamla qilayotganini kordi va shu zahoti
kozini ochdi.
"Ishkilib, yaxshilikka bolsin!" deb, yana uyquga ketdi. Bu safar eshagining yotib
qolganini kordi. Shu tariqa tunni ming bir vasvasa bilan otkazdi.
Tong paytida xizmatchi eshakni eslab, ogilxonaga bordi. Qarasa, eshak ochlik va
suvsizlikdan paripyun bolib yerda uzanib yotardi. Xizmatchi qoliga tayoq olib eshakni
ura ketdi. Eshak bazor oyoqqa turdi. Xizmatchi tezda eshakning toqimini togrilab,
qayishini bogladi. Song xonaqo oldiga olib bordi. Darvesh mezbonlar bilan xayrlashdi,
song eshagini niqtadi.
Eshak bir oz yorgalagach qoqilib erga yiqildi korganlar yugurib kelib darveshni ham,
eshagini ham turgizdilar. Ammo, eshak yana yotib oldi. Kimdir eshakning boynidan
tortdi, kimdir qulogini bukdi. Foydasi bolmadi... Darveshga: "Bu ne hol? Eshagingni bir
dardi bordirki, yotib qoldi", dedilar.
Darvesh holatni tushundi va bunday dedi: "Kechasi bilan "la havla..." yegan eshak
yursa, shuncha yuradida. Ozigi kechasi "la havla..." bolsa, tasbeh ogirib tursa, kunduzi
mana shunday sajda qiladi..."
Zolimning xayri...
Podshoh juma kuni masjidga ketayotgan edi. Soqchilar kochada toplangan xalqqa
bir tarafdan yol boshating deb baqirar, bir tarafdan tepib, tayoq bilan urib, yol
ochayotgan edi. Ojiz bir kambagal soqchilardan on darra yedi. Boshi, kozi qontalash
boldi. Zulmga chiday olmadi. Qollarini ochib podshohning orqasidan shunday baqirdi:
Qilgan oshkora zulmingni qara Alloh saqlasin. Masjidga boryapsan, goyo yaxshi
ish qilyapman deb oylaysan. Yaxshi ishing shu bolsa, yomonliging qanday, kim bilsin?
Kampir bilan shayton
Yuzini ajin bosgan, yoshi toqsonlardan oshgan bir kampir qayta erga tegish
www.ziyouz.com

12

Masnaviydan ibratli hikoyalar. Jaloliddin Rumiy

savdosiga tushdi. Oyna oldiga otirib, yuzini boyadi, ammo burushgan yuz boyoq
ushlamasdi. Ajinlarni yopish uchun Quroni karim sarlavhalaridagi zarhallarni olib yuziga
yopishtirdi. Ammo zarhallar ham tokilaverdi. Ularni tupigi bilan yonoqlariga qayta
yopishtirdi. Yana tokildi. Shunda u:
hop seni kor shayton, lanat bolsin deya
mingirladi. Buni eshitgan shayton tezda kamggarga korinib, shunday dedi:
Ey shum kampir... Sening bu qilig'ing umrim boyi xayolimga ham kelgan emas.
Qurondagi zarhallarni olib, yuziga yopishtirish kimning ham aqliga keldi? Nega meni
ayblaysan? Sen hiyla va yovuzlikda yuz shaytonga dars berasan. Menga tuhmat qilma...
Adolat mushti
Xasta bolgan bir odam shifokorga:
Tomir urishimni tekshirib, dardimni aniqla dedi.. Shifokor bemorni tekshirib kordi..
Hech umid yoq. Olimi yaqin edi. Bemorga:
Bor, kongling nima tusasa shuni qil. Parhezga ehtiyoj yoq, dedi.
Bemor xursand, kongli xohishiga kora daryo boyiga bordi. Qarasa, bir darvesh yuz
qolini yuvyapti. Taqir boshini korishi bilan bir tarsaki urgisi kedtsi. Aslida shifokor ham:
"Kongling nima xohlasa shuni qil", degan edi. Shunday qilmasa, dardi ogirlashadi.
Qolini kotarib, taqir boshiga bir tarsaki tushirdi. Darvesh achchiqlandi, joyidan saqrab
turdi. U ham bemor odamga musht bilan javob bermoqchi boldi. Songra etibor bersa,
eti suyagiga yopishgan bir jasad... Ursa yiqilib oladi. Tegmadi, ammo, bemorni qozining
huzuriga olib bordi. Shikoyatini aytdi:
Bu odam hech bir sababsiz meni urdi. Jazo berishingizni sorayman. Qozi bir
darveshga, bir bemorga qaradi. Bemorning oyoqda turadigan holi yoq... Ichi achidi.
shikoyatchiga:
Kormayapsanmi, bu odamning eti suyagiga yopishib qolgan, bunaqalar olik
hisoblanadi. Men tiriklarga hukm chiqaraman. Voz kech bu davoyingdan, dedi.
Darvesh davosida qatiy turdi:
Mening hech bir gunohim yoq ammo urgani aniq, olik bolsin, tirik bolsin, men
adolat istayman, dedi.
Qozi:
Yaxshi, unday bolsa deb, bemor odamdan soradi:
Oz bolsa ham puling bormi? Bemor javob berdi:
Olti dirham pulim bor. Boshqa hech narsam yoq Qozi hukm chiqardi:
Yaxshi, uch dirhami ozingda qolsin. Uch dirhamini bu odamga ber. U bechora ham
yoqsul..
Qozining bu hukmiga bemor gazablandi. Aslida qozining ham tumshugiga bir musht
tushirgisi bor edi. Chiday olmadi. Modomiki bir tarsakining jazosi uch dirham ekan,
qolgan uch dirhamni ham qrziga beraman deb oyladi va ornidan turib qozining
tumshugiga bir musht tushirdi.
Qrzi gazab bilan sapchib ornidan turdi. Shu payt bemor odam:
Qozi janoblary, nega qizishasiz? Sizning hukmingiz adolatga tayanadi. Ozingiz
uchun ravo kormagan hukmni birovga qanday ravo qorasiz? Shu olti dirhamni oling,
ikkingiz bolishing, deya mahkamadan chiqib ketdi.

www.ziyouz.com

13

Masnaviydan ibratli hikoyalar. Jaloliddin Rumiy

Mato ogirlagan tikuvchi


Bir zamonlar Jigarogli
ismli gapdon, ogri, hiylakor tikuvchi bolgan ekan.
Mijozlarining gazlamalarini ogirlardi.
Sodda bir odam:
U mendan hatto oddiy ip ham ogirlay olmaydi. Agar bir parcha gazlama ogirlasa,
soz beraman, shu otim sizniki bolishiga..Agar og'ir1ay olmasa, sizdan bir ot olaman..
Men bilan bahslashadigan bormi deya maqtana ketdi.
Ortoqlari:
Voz kech bu bahsdan, ozingga ishonma. U qancha oqillarni mot qilgan, seni ham
mot qiladi, desalar ham sozida turib oldi. Ilojsiz bahs boyladilar.
Ertasi kuni sodda odam bir top atlas gazlamani qoltiqlab shaht bilan Jigaroglining
dokoniga kirdi. Tikuvchiga savol berdi. Usta darhol kulimsirab ornidan turarkan:
Marhamat, hush kelibsiz, dedi. joy korsatdi. Hol ahvol soradi. Bulbul kabi sayray
ketdi. Sodda odam birpasda yumshab qoldi. Titroq ovoz bilan:
Shu Istanbul atlasidan menga bir yaktak tikib bersang. Beldan pasti keng, ust
tarafi tor bolsin. Shunday tikkinki, menga yarashsin, dedi.
Tikuvchi odatga kora sharbat berishga usta edi.
Aziz mijozim, senga ozi nima yarashmaydi . Kiyim degani sening ustingda
tursinda. Amring bosh ustiga deya gazlamani olib olchadi va sodda odamni gapga
tutishni boshladi. Toxtamasdan gapirib, qiziqarli hikoyalar aytdi. Gap orasida qaychisi
bilan gazlamani bicha boshladi. Har bir hikoyani aytganda mijozi qahqaha otib kular,
tikuvchi esa har safar unga sezdirmasdan bir parcha matoni kursisi ostiga yashirardi.
Sodda mijoz:
Xudo haqqi, yana bir latifa ayt. Juda maqul boldi, dedi.
Tikuvchi aytdi, odam kularkan kesilgan mato bolaklarini etak ostiga yashirardi.
Sodda odamning iltimosiga binoan tikuvchi yana bir latifa aytdi. Sodda odam
ortoqlari bilan oynagan bahsini unutdi. Qahqahaga berildi. Chalqancha yerga yiqildi.
Tikuvchi oz ishini qildi.
Sodda odam yolvorardi:
Tilingga asal, yana ayt, ayt.., derdi. Nihoyat tikuvchi chiday olmadi:
Qanaqa gol odamsan! Yana bir latifa aytsam yaktak ustinga tor keladi, esingni
yig. Asl vaziyatni bilsang, qon yiglar edyng, dedi.
Ikki latifa
Yoshi ellikdan oshgan, soch soqoli oqargan odam yosh bir qizga uylanibdi,
sartaroshga boribdi va unga:
Usta, yaqinda uylandim. Senga malol kelmasa, shu sochimdagi, soqolimdagi
oqlarni olsang, debdi.
Sartarosh pinagini buzmay mijozning soch soqolini tagidan qirtishlab olibdi. Song
olingan sochlarni haligi kishing oldiga qoydi.
Kechirasiz, juda shoshilinch ishim chiqib qoldi.
Sizga malol kelmasa, oqlarini ajratib tursangiz, deb chiqib ketdi.
***
Bir kishi tepakal odamni korib qoldi va togoraga oxshagan boshiga urgisi keldi;
www.ziyouz.com

14

Masnaviydan ibratli hikoyalar. Jaloliddin Rumiy

sharaqlatib bir urdi. Shapaloq yegan odam oqdek joyidan uchib ketdi. Uni urgan kishi:
Toxta, yonimga kelma. Senga dostona bir savolim bor, javob ber, mayli keyin
meni istaganingcha ur. Sening boshinga urganimda "qars" degan bir ovoz chiqdi. Ajabo,
bu shapaloq ovozi mening qolimdan chiqdimi yoki sening boshingdanmi? Shu savolimga
javob ber.
Shapaloq egan odam uning savoliga javob bermadi. Yoniga keldi va bu odamga ham
bir shapaloq tushirdi va shunday dedi:
Dostim, ogriqdan men hali qutulolmadim, qanday qilib oylashim mumkin? Endi
bu ovoz qaerdan chiqqanini oylash navbati senda.
Vahima falokat keltirar
Maktab talabalari ustozlaridan bezor bolishibdi, kop oqish, yozish, uy vazifalari
ularni juda charchatibdi. Kochada oynashni istashibdi. Bir chorasini oylashibdi. Nima
qilib bolsa ham, malum vaqt ustozni maktabdan uzoqlashtirishga qaror qilishibdi.
Oralaridagi eng kichkina, ammo juda ziyrak bir oquvchi, shunday dedi:
Ortoqlar, oqituvchimizning hech qaeri kasal emas.Qani endi bir necha hafta
xastalansayu, biz ham dam olsak. Qanday boshash uchun
harakat qishsh
kerak.Dostlari unga;
Qanday qilib soppa sog odam kasal bolishi mumkin? dedilar. Haligi bola:
Boladi,
dedi. Men bir hiyla oyladim. Ertaga dars boshlangandan song sinfga
birinchi kirgan bola ustozimizga: "Ustoz, tinchlikmi! Yuzingiz ancha solgin, sargayibdi,
beholmisiz? Allohshifo bersin", deb xasta bolganini aytadi. Ustoz, bu gaplardan
vahimaga tushadi.
Talabalar ozaro maslahat qilishdi va ertasi kun ertalabdan sinfga ilk kirgan oquvchi:
Tinchlikmi ustoz Alloh shifo bersin. Yuzingiz sap-sariq.Mazangz yoqmi? dedi.
Ustoz:
Valdirama, kasal emasman, bor joyingga otir, deb qorslik bilan javob berdi.
Sinfga kirgan ikki uch oquvchi ham ustoziga:
Alloh shifo bersin, deb yuzining sargayib ketganini aytdi.
Ustozni vahima bosdi. Oz-oziga: "Xotinimning aqli joyida emas, yuzimning
solganligini, vujudimning titraganiny qaerdan ham bilsin. Uning dardi mei emas. Oziga
oro berishdan boshqa narsani oylamaydi", deb gapirdi.
Bu orada oquvchilar goyo darsni takrorlagan bolib, shovqin suron kotara
boshlashdi. Ustoz vahima ichida shovqin surondan boshi ogrib uyiga ketdi. Eshikni
ochgan xotiniga:
Ey sen xotin, kormisan, holimga bir qara yuzimning solginligini hamma kordi,
nega sen kormading, begonalar mening dardim bilan qiziqishadi, sen men bilan bir uyda
yashab nahotki isitmam chiqqanini bilmading. Men kasalman, tez yotogimni tayyorla,
dedi.
Xotini uni
Ey xojayin, sizda xastalik alomati yoq, xohlasangiz oyna keltiraman, sizda
shunchaki bir vahima bor, dedi. Unga javoban eri:
Vujudim dir-dir titrayotganini kormayapsanmi, menga boshimning ogrigi yetadi.
Bor, yotogimni tayyorla, dedi.
Xotini noiloj orin joy' tayyorladi. Eri oh uf qilib, ozini toshakka otdi. Boshini boglab
ustma ust korpa yopdi.
Oquvchilar sevinib uy uylariga tarqaldilar. Onalari bolalarining bunday vaqtli
www.ziyouz.com

15

Masnaviydan ibratli hikoyalar. Jaloliddin Rumiy

qaytganlaridan hayron boddi. Bolalar: "Ustozimiz kasal bolib qoldilar, bizga ham tatil
boldi", dedilar. Bu payt ustozning uyiga yaqinlari, qoni qoshnilar kelishar, ustoz qavat
qavat korpa tagida terga botib yotardi.
Sogayib keting ustoz, qanday qilib kasal bolib qoddingiz, hech xabarimiz yoq,
deganlarga:
Ozim ham bexabar edim, baraka topgur bolalar aytishdi. Shunday ogir
xastaligimni sezmay qolibman, deb javob berardi.
Ha, ustoz ozining kasalligiga batamom ishongan edi.
Xoja bilan quli
Bir kishi hammomga borishga ehtiyoj sezdi. Tong payti quliga: "Sungur uygon.
hammom togorasini, lungi va sovun ol. Hammomga bormoqchiman", deb buyurdi.
Qul darrov hozirligini kordi. Birgalikda yolga tushdilar. Shu paytda bomdod
namoziga azon chaqirildi. Namozga ixlosi baland bolgan qul xojasiga yolvorgansimon:
dedi
Ey mening marxamatli xojam. Siz dokonda biroz otirib tursangiz men shu
roparadagi masjidda namoz oqib olsam, dedi.
Xojasi rozi bolib, dokonda otirdi. Sungur esa masjidga kirdi. Bir ozdan song jamoat
namoz oqib masjiddan chiqdi. Xoja qulini kutdi, lekin nimagadir qul ko'rinmasdi. Ancha
paytgacha kutdi, darak bolmadi. Xavotir olib masjidning eshigiga borib dedi:
Sungur, seni kugyapman, nega tashqariga chiqmayapsan?
Sungur javob berdi:
Xojam, menga yana biroz vaqt bering, hozir boraman.
Xoja yana kutdi. Oxiri sabri tugab yana takror aytdi:
Hoy Sungur kech qolyapmiz. Tugat shu namozingni tezroq. Tugatginda tashqariga
chiq!
Xojam, hozir boraman. Yana biroz...
Xojasi ortiq chidolmadi. Bu safar buyruq ohangda qulni tashqariga chorladi.
Qul yana:
Xojam, men chiqmoqchiman, lekin qoyib yubormayaptilar, dedi.
Xoja hayron boldi.
Masjidda hech kim qolmagan bolsa, seni kim qoyib yubormayapti? deb baqirdi.
Sungur shunday javob berdi:
Seni masjidga kirishingga yol qoymayotgan meni ham ichkaridan tashqariga
chiqishimga yol qoymayapti. Seni ichkariga kirishingga izn bermayotgan mening ham
tashqariga chiqishimga monelik qilmoqta. Sening bu tarafga qadam bosishingga ruxsat
bermayotgan
mening
xam
tashqariga
chiqishimga
ruxsat
bermayapti.
Chiqmayotganimning sababi ana shu.
Keling, koring, eshak ketdi...
Sofilardan biri yolning ustidagi xonaqohga mehmon boldi. Mezbonlar sofining
eshagini ogilga, sofini esa bosh chodirga olib kirdilar. Xonaqohda otirgan darveshlar bir
burda nonga muhtoj, yoqsil kishilar edi. Xonaqohlariga tushgan mehmonning ham qorni
och. Nima qilsinlar? Yigilishib bir qarorga keldilar: Mehmonning eshagini sotib, uning
puliga yegulik olib, samo raqsini tashkillashtirmoqchi boldilar. Suhbat boshlanadi. Shu
www.ziyouz.com

16

Masnaviydan ibratli hikoyalar. Jaloliddin Rumiy

tariqa xonaqohlarga tushgan Tangri musofirining konglini kogaradilar. Tong otgach esa
Alloh karim...
Eshak tez sotildi. Puliga har xil yeguliklar olib kelindi. Shamlar yoqildi. "Bu kecha
xonaqohga kelgan mehmon sharafiga ziyofat bor. Samo raqsi boladi", deya hamma
yoqqa xabar berdilar. Haqiqatdan ham tunda katga majlis boldi.
Sofi xursand, oziga korsatilgan iltifot, siylov tufayli boshi osmonda, chapak chalar,
goh oyoqqa turib samo raqsiga berilar edi. Majlis oxirida sozandalar va xonandalar:
"Eshak ketdi, eshak ketdi" deya ohangli bir naqorat ayta boshladilar! Mehmon sofi ham
ularga qoshilib baqirar, hatto, ovozi ularnikidan balandroq chiqardi.
Shundan keyin charchab, hammasi tarqalishdi. Tong otganda sofi yolga chiqishga
tayyorgarlik kordi. Ashyolarini toplab ogilxonaga tushdi. Ne koz bilan korsinki, eshak
yoq. Ogil bom bosh.
"Balki eshagimni sugorish uchun tashqariga chiqargan bolsa kerak, birozdan keyin
olib kelishadi", deya oyladi. Xizmatkor kelganda sofi:
Eshak kaerda? deya soradi. Xizmatkor kulib dediki:
Qaysi eshakni sorayapsan? Sofi hayron:
Qaysi eshak bolardi? Kecha senga oz qolim bilan topshirgan eshaknida. Senga
bergan edimku? Inkor qilsang, mana mahkama!
Xizmatkor boyin egdi va:
Kecha tunda darveshlarning hammasi meni qistovga olib, eshagingni qolimdan
oldilar, olib borib sotdilar. Men nima ham qila olardim? dedi.
Sofi:
Yaxshi, ammo.nega xabar bermading? Agar menga aytsang, eshakni kim olgan
bolsa, undan qaytarib olardim, deganida, xizmatkor chiday olmadi va:
Vallohi, senga aytish uchun necha marta keldim, sen: "Eshak ketdi, eshak ketdi"
deya baqirayotganding, xursand holda qarsak chalayotganding. Men bu shodon holingni
korib rozi ekanda, deb oyladim va orqamga qaytdim.
Sofining aqli joyiga keldi va:
Ularning hammasi yoqimli kuylayotgandi. Mening ham zavqim kelib, qoshilib
aytdim. Haqiqatdan bunday bolganini bilmagandim deya qayguga botdi.
Darbadar odam va tuyakash
Uysiz, joysiz butunlay darbadar bir odam zindonga tushdi. Puli yoq, kimning qolida
non korsa, qolidan tortib olar, qaerda yegulik, ichgulik topilsa, osha yoqqa borardi.
Zindondagilar bu odamdan bezor bolib, soqchiga shikoyat qila boshladilar:
Tezda salomimizni qoziga yetkaz, bu pastkash odamdan ranjiganimizni, bezor
bolganimizni ayt. Bu ochofat, yeb toymas pashsha kabi tong otmasdan har yegulikka
qonadi. Oltmish kishinyng taomi unga yetmaydi. Jonimizga tegdi. Bizni bu odamdan
qutqarsin!.
Soqchi mahkumlarning tilagini qoziga yetkazdi. Qozi odamni zindondan chaqirtirdi.
Surab surishtirdi. nixoyat mahkumlarning haq ekani aniq boldi. Darbadarga qarab:
Tez zindondan yoqol . Bor, uyingga ket, kozimizga korinma deya xaqoratladi.
Yuzsiz odam qoziga:
Agar meni zindondan haydasang, ochliqtan olaman. Mening na uyim, na mol
mulkim bor. Zindon menga jannat. Men girt darbadarman, dedi. Qozi yana surishtirib
chiqdi. Haqiqatdan ham bu odamning hech kimi yoqligi, firibgar bir darbadar ekani
malum boldi.
www.ziyouz.com

17

Masnaviydan ibratli hikoyalar. Jaloliddin Rumiy

Jarchilarni chaqirtirib shu amrni berdi:


Bu odamni shaharda aylantiring, bu ahmoq va muttaham darbadardir" deya elon
qiling. Hech kim unga qarz bermasin, narsa sotmasin.
Jarchilar odamni mahkam bogladilar. Uni shu yerdan otayotgan bir otinchining
tuyasiga mindirdilar. Tuyakash:
Rahm kdlinglar, mening ishim bor, desa ham hech kim quloq osmadi, eshitmadi.
Tuyaning tizginini qoliga berdilar. Jarchilar dovul chalib, shaharni aylandilar. Xalqqa:
"Ey odamlar, shu tuyaga mingan odamni yaxshi tanib oling. Bu odam hiylagar,
mutgaham, darbadardir. Unga nasiyaga narsa sotmang, qarzga pul bermang. Hatto
sizga, sotish uchun hokiz keltirsa ham ishonmang. Agar aldanib, bu odamdan davo
qilsangiz, hech qanday jazoga tortilmaydi, zindonga ham tashlanmaydi. Yaxshilab korib,
tanib oling!" deya elon kilishardi. Shu holatda maydonlarni, kochalarni kezdilar.
Qorongu tushgach, odamni tuyadan tushirib qoyib yubordilar. Tuyakash darhol
darbadar odamning yoqasiga yopishdi:
Hoy qayoqqa ketyapsan? Kechgacha seni bekorga aylantirdimmi? Insofing bormi?
Hech bolmasa tuyamning somon pulini berib ket... dedi.
Darbadar odam tuyakashga shunday dedi:
Ey, senda ozi aql bormi? Biz kechgacha nima deb aylandik... Quloging tom
bitganmi? Dovul chalib jarchilar tomoqlarini yirtdilarku. "Bu odam darbadar, puli yoq,
aldanmang", deya yetti qavat osmonga eshittirdilar. Ajabo, sening quloging tamagirlik
bilan tolganmi? Tamagirlik insonni ham kar, ham kor qiladi
Tuyakash turgan joyida qotib qoldi.
"Agar..."li uy
Bir odam uy izlayotgandi. Dostlaridan biri uni oz mahallasidagi vayrona uyga olib
bordi. Dosti:
Agar bu uyning shifti bolsa, menga qoshni bolib yasharding. Agar biror xonasi
bolsa, bola chaqang bilan osoyishta yasharding,
deya uzoq vaqt "agar" deb
suhbatlashdi.
Ha, dostlarga qoshni bolib yaqin uyda yashamoq yaxshi, faqat "agar" deb
yashash bilan hech narsaga erishib bolmaydida, dedi uyga talabgor kishi.
Tadbirkor bogbon
Bogbon bogiga uchta ogri kirganini korib qoldi. Bularning biri xalqqa fatvo
beradigan faqih (olim), ikkinchisi paygambar avlodidan ekanini aytuvchi bir
zot,uchinchisi esa shayxga kop yillar murid bolgan sofi edi. Bogbon ozicha oyladi.
Hozir bularni tutib eplab bolmaydi, kuch birlikta. Yaxshisi, bu uchlikni tarqatib, ularni
alohida alohida jazolash lozim. Shu niyatda ularga jimgina yaqinlashdi. Bogiga xush
kelganlarini aytdi, songra sofiga:
Mening uyim shu yaqin atrofda. malol kelmasa, borib bir sholcha olib kel,
daraxtning tagiga toshab otiraylik, deb iltimos qildi.
Sofi ketgach, faqih bilan sharifga qarab:
Sizlar ulug insonlarsiz. Biringiz fatvo bilan yol korsatasiz, yana biringiz bilan
faxrlanamiz. Bu mechkay, xasis sofi kim bolibdiki, sizdek ulug zotlar bilan hamtovoq
bolsa? Uni kelishi bilan daf iling, qaerga ketsa ketsin. Sizlar esa bogimda eng aziz
www.ziyouz.com

18

Masnaviydan ibratli hikoyalar. Jaloliddin Rumiy

mehmonlarim bolib yeb ichasizlar, dedi.


Bu taklif ularga maqul keldi. Sofini: "ket bu yerdan, sen bilan dost bolishni
istamaymiz", deb haydashdi. Sofi uzoqlashgach, bogbon uni tutib oldi va:
Hoy, sen koppak Bogimga kirishga qanday jurat etding, senga bu yolni qaysi
shayx korsatdi deya uni rosa dopposladi.
Bogbon boqqa qaytdi. Endi sharifga qarab: aziz dostim. Hoynahoy ochqagandirsan.
Senga kichkina bir xizmat; mening uyimga bor. Xizmatkorimga ayt yupqa non bilan
qazi bersin. Olib kelsang, uchchalamiz qorinni toydiramiz, dedi. Ogzidan solagi oqqan
sharif bogbonning uyiga ravona boldi. Bu orada bogbon fakihga:
Mana bu sharif deganingiz bemani odam. Ozini paygambar avlodidan deb davo
qiladi. Onasi qanday ayol bolgan, kim biladi? Sen aqlli, bilimli, kopni korgan odam
bolsang, qanday qilib, unga ishonib, yoningda olib yuribsan?
deyishi bilan faqihning
ichiga goyo bir qurt oraladi. Sharif kelar kelmas soka boshladi:
Hoy yolgonchi, bu boqqa seni kim chaqirdi?Ogrilik senga kimdan meros qolgan?
Arslon bolasi, arslonga oxshar. Qani menga aytchi, sen paygambarga qaysi tomondan
oxshaysan? dedi va yana bir qancha achchiq gaplar aytdi. Uni oldiga solib haydadi.
Bogbonning istagani boldi faqih yolgiz qoldi. Ta yoqni qoliga oldi va:
Ey noshud faqih sening fatvong boqqa ruxsatsiz kirishmi? Buni qaysi huquq
kitobida, qaysi qonunda oqiding? deb faqihni ura boshladi.
Bogbon gapirib urar, urib gapirar edi. Bechora faqih boshiga har tayoq tushganda:
Ur, uraver, fursat ganimat... Dostlaridan ayrilganning kuni shu, haqqi esa
tayoqtir. Ur.., deya ingrardi.
Ahmoqning sevgisi
Ormonda ayiqni katta bir bogma ilon bogar, belidan orab olib siqardi. Ayiq esa jon
holatda baqirardi. Shu payt otib ketayotgan otinchi ayiq holini kordi va tezlik bilan
qilichini chiqarib, ilonni ikkiga bolib tashladi. Shunday qilib, otinchi ayiqni olimdan
qutqarib qoldi.
Ayiq endi otinchining orqasidan qolmas, oziga qilingan yaxhlikka javoban otinchi
bilan bolishni, unga xizmat qilishni istardi. Otinchi ayiqqa necha marta orqasidan
yurmaslikni aytsa ham, ayiq ahdidan voz kechmas, sodiq bir itdek uyining eshigi oldida
uni kutardi. Buni korgan qoni qoshni otinchiga:
Ey baraka topgur, ayiqning dostligiga ishonib bolmaydi. Ahmoqning dostligi
dushmanliqtan battardir. Hamjinslaring qolib, ayiqqa ishonma. Uni daf qil, ketsin...
dedilar. Otinchi ozicha: "Meni ayiqtan qizganishyapti, mening baquvvat yordamchim
borligiga hasad qilishyapti. Har holda, bir birlari bilan kelishib olib ayiqtan meni
sovutmoqchi bular", deya oylab ularning gaplariga quloq solmadi.
Otinchi bir kuni ayiq bilan birga ormonga otin kesishga ketdi. Biroz ishlagach,
otinchi dam olish uchun daraxt soyasiga yotdi. Ayiquning yonida qoriqchilik qila
boshladi. Bir mahal xira pashsha kelib otinchining yuziga qondi. Ayiq dostiga yaxshilik
qilish uchun pashshani quvladi, lekin pashsha otinchining yuziga qayta qondi, ayiq uni
yana quvladi. Pashsha havoda bir doira chizib uchgandan song yana otinchining yuziga
qondi. Ayiq qancha urinmasin pashsha otinchidan aslo uzoqlashmasdi. Ayiqning jaxdi
chiqti. "Pashshani oldirishdan boshqa chora yoq", deb oyladi va yugurib borib kattakon
bir toshni olib, pashshani oldirish uchun bor kuchi bilan otinchining yuziga otdi. Tosh
otinchining yuzini majaqlab yubordi...

www.ziyouz.com

19

Masnaviydan ibratli hikoyalar. Jaloliddin Rumiy

Juho va uning otasi


Mahallada bir odam qazo qilibdi, jasadi tobutga solinib, mozorga olib ketilarkan,
tobutning orqasidan bir bola ham yiglab, ham baqirib:
Otajonim, sizni qaerga olib ketishyapti? Sizni tuproqqa kommoqchilar, oh
otajonim, bu yer shunday qorongu va tor bir joyki, bu yerda na nur, na deraza, na
sholcha, na bir burda non bor... Hatto, ovqat hidiyam yoq...
Bolaning bu hayqirishlarini shu yerda turgan Juho (arablarning Nasriddin Afandisi)
eshitib, otasiga:
Otajon, qarang, marhumni bizning uyga olib ketishyapti, dedi.
Shunda otasi Juhoga:
Ey nodon, nega endi biznikiga olib borishadi? deya soradi.
Juho javob berdi:
Otajon eshiting, bola nima deyapti? Marhumni shunday birjoyga olib ketishyaptiki,
u erda na sholcha, na nur, na taom va na deraza... Hech narsa yoq. Axir bu bizning uy
bolmasdan qaer?
Nafs yirtqich arslon kabidir
Kimsasiz ormonda haybatli bir arslon yashar edi. Ormondagi barcha hayvonlar
undan bezor bolibdi. Bunday hayot kechirishdan qutulish uchun chora izlashibdi. Oylab
oylab, arslonga elchi jonatishibdi. Elchi:
Ey ormonlar qiroli arslon... Har kun oramizdan birimizni tutib yemoqtasan. Bunga
noroziligimiz yoq; shu sabab ovora bolmasdan oz taxtingda otir, biz senga har kuni
oramizdan birini olib kelamiz. Sen esa uni maza qilib yeysan. Shunda hammamiz
umrimizni huzurda otkazamiz..., debdi.
Bu taklif arslonga yoqib tushibdi va qabul qilibdi.
Endi har tong bir hayvon unga taslim bolar ekan. Kunlarning birida navbat quyonga
kelibdi. Hayvonlar:
Ey voh endi ne qilamiz, qismatimiz shu ekan. Barchamizning rohatimiz uchun
birimiz olmogimiz darkor. Qani, vaqt otkazmasdan yolga tush. Arslonning.gazabini
qozgatmaylik, deyishsa ham, quyon yolga tushmabdi. Hayvonlar korqib, unga yalina
yolvora zorga yolga tushirishibdi.
Quyon bemalol, vaqt ogkazib, shoshilmay arslonning yoniga kelibdi. Ochlikdan kozi
tort bolgan arslon odagaylabdi:
Qaerlarda qolib ketding? Nega kechikding? Quyon bo'lsa yolgondakam qorquv
bilan terlarini artibdi va boynini quyi solib debdi:
"Janobi oliylari, men sizga hurmatsizlik qilganim uchun kech qolmadim, aksincha
ertalab vaqgli yolga chiqdim, ammo bir arslon yolimni tosdi, uning changalidan
qutulish qanchalik qiyin bolganini tasavvur ham qila olmaysiz".
Arslon gazablanib sorabdi:
"Kim boldi u gustoh? Bu ormonda birgina mening hukmim otadi. Kim ekan u, tezroq
ayt?"
Quyon mamnun holda narigi arslonni maqtabdi, buning esa battar achchigi kelibdi. .
Arslon chiday olmabdi:
"Oldimga tush, menga korsat u pastkashni!" debdi. Yolga tushishibdi. Quyon uni bir
quduq tepasiga olib kelibdI: "Sultonim, u mana shu quduq ichida. Unga qarang, qanday
dahshatli".
www.ziyouz.com

20

Masnaviydan ibratli hikoyalar. Jaloliddin Rumiy

Arslon hayajon bilan quduqqa qarabdi. Suvda aksini koribdi. Quduq ichidagi aksiga
karab oshqiribdi, aksi ham oshqiribdi. Quyon fursatni boy bermay:
"Kordingizmi, afandim? Sizni olishuvga chaqirayapti", debdi. Gazablangan arslon:
"Bir diyorda ikki sulton bolmas, parchalab tashlayman uni", deb okiribdi va ozini
quduqqa tashlabdi.
Har narsaning oxiri bor. Quyon kom kok otloqlarda sakrab sakrab hayvonlarga xush
xabarni yetkazibdi.
Totiqushning hiylasi
Bir savdogar uyida ovozi yoqimli, gapiradigan, quvnoq togiqushni parvarish qilar va
u bilan konglini yozardi.
Bir kuni tijorat uchun Hindistonga yol tadorigini koribdi. Uydagilarning har biridan
alohida alohida: "Aytinglar Hindistondan sizga nimalar olib kelayin? Nima xohlaysiz?"
deb sorabdi. Har kim oz istagan narsasini aytibdi va navbat totiqushga kelibdi.'"
Savdogar:
Ey gozal totiqushim, soyla, nima istaysan, keltiraman istagan narsangni, debdi.
Totiqush boynini xam qilib:
Madomiki Hindistonga ketayotgan ekansan, u yerdagi totiqushlarni korsang,
mening holimni atroflicha tushuntir. Aytginki, sizning hasratingizda yongan bir
totiqushim bor. Bizning uyda qafasga solingan. Sizga salom aytdi va sizdan yordam
istadi. Qismat ekan, men bu yerda, gurbat yerlarda hasrat chekayotirman, siz esa
yashil manzaralar, daraxtlar orasida gul boglar qoynida, sayr etayotirsiz. Dostlar vafosi
shunday boladimi, deb ayt, debdi.
Savdogar:
Yaxshi, aytganlaringni yetkazaman, deb yolga tushibdi. Hindiston hududiga
kirishi bilan daraxt shoxlarida bir gala totiqushni koribdi. Otini qoyib, ularga totiqushi
aytgan gapni oqizmay tomizmay yetkazibdi. Bu gaplarni eshitgan totiqushlardan biri
titrashni boshlabdi. Birozdan song nafasi qaytib, yiqilib olibdi. Savdogar bu holdan
qattiq iztirobga tushibdi:
Afsus, bir jonning boshiga yetdim. U har holda mening totiqushimni sevgilisi yoki
qarindoshi edi. Koshki gapirmasaydim, xabar bermasaydim. Bechoraning joniga zavol
boldim,
deb oylabdi. Shu zaylda Hindistonga kiribdi va tijorat ishlarini bajarib,
sovgalarni olibdi. Song mamlakatiga qaytibdi.
Uydagilariga hadyalarni tarqatar ekan, togiqush ovoz chiqarib sorabdi:
Men bechoraga hech qanday sovgang yoqmi? Hindistonda nimalar kording, u
yerdagi totiqushlarga nelar sozlading?
Savdogar, garchand korganlarini aytishni xohdamasada, togiqushi undan qayta
qayta sorayvergach:
Ayta olmayman. Ahmoqlik qilib qoydim, sendan ularga xabar yetkazdim, endi esa
bu ishimdan qattiq afsusdaman, debdi.
Xosh, nega afsusdasan? Bu tashvishingning sababi nima? Iltimos, sozla...
"Voqeani eshitgach, totiqushim qanday holga tusharkin?" deb oylabdi savdogar va
oxir oqibat majburan sozlashni boshlabdi:
Sening holingni ularga yetkazdim. Ulardan birining joniga jabr etdim. Oralaridan biri
sozlarymni eshitgach, titrab yiqildi va jon taslim qildi. Hozir men qattiq afsusdaman.
Vijdon azobida qoldim. Lekin bolar ish boldi...
Togiqush bu sozlarni eshitgach, titray boshlabdi. Birozdan song dami qaytibdi.
www.ziyouz.com

21

Masnaviydan ibratli hikoyalar. Jaloliddin Rumiy

Savdogar bu holni korar kormas: "E voh!" debdi. "Ey gozal togiqushim, ey yoqimli
ovozligim, ey qalbim nashasi, senga nima boldi? Eh, afsus", deb nola chekibdi.
Togiqushni qafasdan chiqaribdi. Shunda togiqush banogoh qanot yozib uchib
ketibdi. Savdogar hayron bolib totiqushga debdi: "Ey bu ne hol? Nimalar bolyapti?"
Totiqush quvnoq ohangda javob beribdi: "Hindistondagi totiqush oz harakati bilan
menga nasihat berdi. Aytdiki: gapirishni, sayrashni qoy. Chunki sen qafasdasan. Song
ozingni olganga solib, Men qilgan ishni qil. Men kabi ozingni olganga solsang, qafasdan
qutulasan", demoqchi bolgan". Totiqush shu gaplarni aytib, uchib ketibdi.
Bir koza suv
Cholda faqir bir sahroyi xotini bilan birga yashar ekan. Bir kuni kechasi xotini:
Barcha kambagallik va jafoni biz cheknpmiz, boshqalar umrini rohatda
otkazmoqda. Faqat biz faqirmiz.
Nonimiz yoq, boshqa ozuqalarimiz ham kam. Kozamiz yoq, suvimiz esa koz
yosh. Kunduzi kiyimimiz quyosh, kechasi korpa toshagimiz oy nuri. Oyni non deb oylab
osmonga intilamiz. Bizning holimiz bundan buyon qanday kechadi?
deb dardini
sozlabdi.
Sahroyi:
Ey xotin, qachongacha dunyo molini istab yurasan? Ozi qancha umrimiz bor. Aqlli
inson boylikka ruju qoymaydi. Yoshligingda anchayin qanoatli eding, endi esa boylikka
hirs qoyding, oltin istaysan, holbuki, ozing oltin kabi eding. Senga nima boldi? debdi.
Xotini bu gaplarga quloq osmas, iddaosi kuchayib borardi.
Ey nomusdan boshqani bilmagan! Sening nasihatomuz sozlaringdan toydim.
Undan kora ahvolimizdan uyalgin. Menga qanoatni orgatyapsan. Qancha paytdan beri
shu hol, yana qanchagacha davom etadi, axir?! Sen qachongacha qanoat ila jon
saqlamoqchisan? Ozingga kel va bu holdan voz kech
Sen xotinmisan yoki balomisan? Kambagalligim bilan men faxrlanaman. Boshimni
kop qotirma. Mol mulk boshdagi kuloh singaridir. Kulohga yukingan kaldir... Boyning
barcha ayblari moli bilan yopiladi. Kambagallik sen aytayotgan narsa emas, unga past
nazar bilan qaramagin. Mening birovga hasadim yoq. Qalbimda qanoat deb atalguvchi
bir bebaho olam bor. Ey xotin noshukrlikni, shikoyat va janjalni bas qil, hech bolmasa,
meni oyla. Men yaxshi bilan ham, yomon bilan ham janjal qilmayman, janjal bilan
ishim ioq. Urush u yoqta tursin, yuragim tinchlikdan ham qorqyapti. Jim bolsang, jim
bolding, bolmasa hozir uyni tashlab, bu erdan bosh olib ketaman.
Xotin erining gazabini korgach, yiglay boshlabdi. Ozini goyo pushaymondek
korsatibdi va shunday debdi:
Men sening oyoging tuprogiman. Jismim, jonim senikidir, hukm ham senda,
farmon ham... Kambagallik sabab sabrim tugab nolisam ham, ozim uchun emas, sen
uchun noliyman. Sen yomon kunlarimda dardimga davo bolding; muhtoj bolishingni
xoxlamayman. Faqat sen men haqimda yomon fikrga borma. Mana, insofga keldim. Qalb
va kongil hukmiga boyin egaman...
Sahroyi xotinining kozyoshlariga chiday olmadi va aytganlaridan pushaymon boldi.
Ne qilayin, senga tanbeh berdim xotin, chunki seni sevaman va sendan ajrashni
istamayman, dedi.
Xotin fursatni boy bermay:
Rostdan meni sevasanmi? Yoki...
Xudo haqqi, seni sevaman.
www.ziyouz.com

22

Masnaviydan ibratli hikoyalar. Jaloliddin Rumiy

U holda senga bir tilagim bor. Bagdod shahrida xalifa yashaydi. Undan yordam
sorashing mumkin. Iqbol soxiblarining dostligini qozonganlar iqbolga erishadilar.
Shuning uchun sen ham Bagdodga bor, u podshohni top Yaxshi, lekin men bechora,
faqir bir sahroyiman. U buyuk sulton huzuriga qanday boraman. Buning uchun biror
sabab kerak, sababsiz ziyorat bolmaydi.
Xotin eriga shunday nasihat berdi:
Kozamizda tiniq yomgir suvi bor. Bor molu mulkimiz ham shu. Shu kozani ol,
borib podshohlar sardorining huzuriga kir, sovgani taqdim et. Aytginki: "Bizning bundan
boshqa molu mulkimiz yoq, cholda bundan ham yaxshisi topilmas... Podshohimizning
xazinalari
bolsa ham, bunday suvi yoq. Bunday suv kam topiladi.
Bechora xotin Bagdodning ortasidan suvi shirin Dajlaning oqib otishini qaerdan
bilsin, bundan bexabar oz kozasidagi suvni maqtardi.
Eriga ham bu gap maqul keldi:
Kimning bundanda ortiq sovgasi bolishi mumkin . Chindan ham bizning
kozamizdagi tiniq yomgir suvi faqat podshohlarga loyiq..., dedi.
Sahroyi kozasining ogzini mahkam bogladi. Saharlab Bag'dodga yolga
tushdi..Kozani sinmasin,ogrilar ogirlamasin deb kecha kunduz koz qorachigiday
asradi. Kunlar, haftalar otib, Bagdodga yetib keldi. Soray soray xalifaning saroyini
topdi. Eshikka suyandi. Soqchilar undan maqsadini sorashdi. Sahroyi:
Ey yuzlaridan uluglik nishonasi porlagan. Ey podshohlar sardorining axloqi bilan
bezangan kishilar. Men garib bir sahroyiman. Poddyuhdan lutf ilinjida sahrodan kedim.
Bu sovgani sultonga olib boring, podshohtan lutf tilaganning ehtiyojin qondiring. Bu
totli va lazzatli suv... Kozam ham chiroyli va yap-yangi...
Xalifani odamlari bu sof ,toza yurakli sahroyini sovgasini jon deb qabul qilishdi.
Sahroyi saroyning ortida shildirab oqqan Dajladan hamon bexabar edi.
Sahroyining bir koza suvi xalifaga olib borilgandan song xalifa bundan juda mamnun
boldi, sahroyini huzuriga chorladi. Konglini oldi, yangi kiyimlar kiydirdi. so'ng
odamlariga:
Kozani oltin bilan toldirib bering. Qaytayotganida uni kema bilan Dajladan olib
oting. U chol yolidan kelibdi. Dajla yoli yurtiga ancha yaqin, bu yerdan mamlakatiga
qaytsin..., deya amr berdi.
Sahroyi kemaga chiqqach, Dajlani korib lol qoldi.
Asl hayrati esa suvi mol kol Dajla daryosi bola turib, xalifaning chol suvidan
yigilgan bir koza suvni qabul qilgani boldi.
Va Allohga shukrlar qildi...
Oz tama kop ziyon keltiradi
Faqir, soddadil bir odamning yaxshi qochqori bor edi. Qochqorining boyniga arqon
boglab yetaklab ketayotgan edi. Ayyor ogri uning iziga tushdi va arqonni kesib,
qochqorni olib ketdi. Quruq arqonni sudrayotgan odam toxtab orqasiga qaradi,
qochqori yoq. Qaygurib "Qochqorim qaerda?" deya tort tomonga yugura boshladi.
Kechgacha yugurdi, charchadi, qochqor esa yoq. Qidiraverdi. quduq boshidagi bir
odamning: "Ey, voh, deb baqirib chaqirayotganini kordi. Yoniga yaqinlashdi.
Tinchlikmi dostim, sening ham qochqoring yoqoldimi? Nega baqirib
chaqiryapsan?
Bu kimsa qochqor ogrisi edi.
www.ziyouz.com

23

Masnaviydan ibratli hikoyalar. Jaloliddin Rumiy

Boshini egdi:
Sorama ukam. Shuncha yildan buyon yiqqan yuz oltinim bor edi. Uni bir
xaltachaga qoygan edim. Shu quduq tepasiga keldim. Egilib ichiga bir qaray dedim.
Oltin xaltacham, koynimdan sirgalib quduqqa tushib ketdi arqon bor. Yechinib, quduqqa
tushib, xaltachamni topsang, senga oltinning beshdan birini beraman...
Odam: "Yuz oltinning beshdan biri yigirma oltin boladi. Yigirma oltinga esa onta
qochqor beradi. Bir eshik yopilgan bolsa, on eshik ochildi. Bir qochqor ketgan bolsa,
Alloh menga kattakon tuya ehson qildi" , deb oyladi. Tezda bir qarorga keldi, ust boshini
yechdi. Arqonni quduq yoniga bogladi, quduqqa tushdi.
Quduqqa tushar tushmas ogri uning kiyim boshini yigishtirib, qochib qoldi.
Bechora odam tamagirligi bois ham qochqordan, ham kiyimlaridan ayrildi.
Sulton Mahmud va Ayoz
Sulton Mahmud Gaznaviy bir kun ovga chiqdi. Yolda bir ohuni kordi va orqasidan ot
choptirdi. Ohu toglarni, vodiylarni.oshib borardi. Sulton Mahmud ohuning izidan
qolmadi. Banogoh Turkman qishlogiga yetib bordi. Terga botgan edi. Bir eshikni
taqillatdi, eshikni ochgan korkam yigitdan suv soradi. Yigit Sulton Mahmudni
tanib;shunday dedi:
Bosh ustiga, sultonim. Biroq uyimizda suv yoq. Ogam buloq boshiga ketdi.
halizamon keladi. Siz ichkariga kiring, dedi va sultonni gapga tutdi. Keyin ornidan turib
uyidan bir kosada suv keltirdi. Sulton:
Sen menga uyda suv yoq deganding. Hozir olib kelyapsan. sababi nima? deb
soradi. Yigit javob berdi:
Sultonim mendan suv soragan vaqtingizda juda terlagan edingiz. haroratingiz
baland edi. Agar osha vaqtda sizga suv bersam, sogligingizga zarar bolardi. Sizning
biroz haroratingiz tushishini kutdim.
Bu javob sultonga xush yoqdi. Yigitning ismi Ayoz edi. Uni onasining roziligi bilan
saroyga olib ketdi va yangi liboslar kiydirdi. Ayoz choriq va postindan iborat eski
kiyimlarini tashlamay, bir xonaga qulflar va har kun bu xonaga kirarkan:
Ey Ayoz, bu postin va choriq senikidir... Eski holingni korgin, gururlanma, deb
oz ozini nazorat kilar edi. Vaqti kelib Ayoz sultonning eng yaqin nodimi boldi. Bu
hodisaga atrofidagilari hasad qildi. Uni nazardan tushirish uchun turli tuzoqlar qoyishdi.
Bir kun Sultonga:
Siz ishongan Ayozning bir xonasi bor. Ichi oltin, kumush va qimmatbaho toshlar
bilan tola. Ayoz u yerga hech kimni kirgizmaydi. Eshigi doimo qulfi turadi, deb fitna
uyushtirdilar.
Sultonning Ayozga ishonchi cheksiz bolishi bilan birga, buni gapirganlarga saboq
berish uchun amr berdi:
Juda yaxshi. Boring, xonasini oching. Oltin, kumush va javohirlarni bu erga
keltiring!
Odamlar Ayozning xonasida tintuv otkazdilar. Xonadan yirtiq bir choriq bilan eski bir
postindan boshqa hech narsa topolmadilar. Xijolat bilan korganlarini sultonga aytib uzr
soradilar.
Sulton:
Siz Ayozdan kechirim sorang. Gunohingizdan otadigan ham, jazo beradigan ham
u, dedi. Ayoz chaqirildi. Bolib otgan voqeani aytdilar. Ayoz:
Quyosh bor ekan, yulduz korinmaydi. Mening hukm chiqarishga haqqim yoq.
www.ziyouz.com

24

Masnaviydan ibratli hikoyalar. Jaloliddin Rumiy

Farmon sultonimdandir, deb bir burchakka chekindi. Ittifoqo, sulton tezda devonni
topladi. Ortaga juda qimmatbaho javohirni qoydi. Vazirdan soradi:
Buning bahosi qancha? Vazir javohirni qoliga olib,uyogiga,buyogiga qaradi.
Yuz xachir oltin qiymatidadir, javobini berdi. Sulton:
Unday bolsa sindir deya amr berdi.
Vazir:
Bu qimmatbaho javohirni qanday sindiraman? Bunga qolim bormaydi, dedi.
Sulton unga zarrin ton kiydirdi. Yana bir mulozimni chaqirdi:
Bu javohir qanday qiymatda?
Bir yurtning yarmisi qiymatidadir, sultonim.
Sindir buni.
Sultonim, gunoh boladi. Bunga qolim bormaydi.
Sulton kimga "Javohirni sindir" degan bolsa, hech kim bunga jurat qilmadi. navbat
Ayozga keldi. Sulton:
Ey Ayoz! Sen ayt, bu javohirning qiymatini? Ayoz boshini egdi:
Qiymatini baholashga kuchim yetmaydi.
Shu vaqtda sulton baland ovoz bilan amr qildi:
Uni sindir, parchala!
Ayoz osha yerdagi yilt yilt qilib nur sochib turgan javohirni qoliga oldi va erga urdi
.Javohir chil chil sindi. Osha vaqt hamma hayqirib yubordi:
Bu boylikni parchalashga qanday qoling bordi? Bu qanaqasi?
Ayoz javob berdi:
Ey vazirlar, amirlar sultonning amri ustunmi, javohirning qiymatimi? Mening
kozim podshohdan boshqani kormaydi. Men uchun toshdan kora podshohning sozi
muhim. Tosh parchasini ustun korib sulton amrini bajarmagan odamdan yaxshilik
chiqmaydi.
Birozdan keyin sulton amr berdi:
Jallodni chaqiring. Mening devonimni bunday pastkash odamlardan tozalasin. Bir
tosh uchun mening amrimni bajarmaganlar bu yerga loyiq emasdir.
Ayoz ortaga otildi:
Ey karam sohibi, buyuk yeulton butun jahonning lutf va ehsonlari sizning
buyukligingiz oldida yoq boladi. Ularni kechiring, bir marotaba afv eting...
Ayozning yolvorishlari bilan sulton ularning gunohidan otdi.
Majnun jon tuyasiga mingan edi
Laylining ishqi bilan yonib yurgan Majnunga bir xabar yetkazishadi:
Layli saharda bu qishloqtan anavi qishloqqa ketyapti. Majnun vaqt yoqotmasdan
ortidan tushsa, unga etadi, tezda harakat qilsin...
Majnun tuyasini hozirlab yolga tushdi. Tuyaning yangi tugilgan bir botalogi bor edi.
Onasiga yetolmasdan orqada qolayotgan edi. Tuyaning fikri zikri ortda qolgan
botalogida edi. Majnun nixtalab haydaganda tuya orqaga qarab qarab qoyardi.
Majnunning xayoli esa Laylida. Majnun ozidan kechib, xayolga chomganda tuya iziga
qarab olardi; Majnun oziga kelgan vaqtda oldinga yurardi. Shunday qilib oqshomga
qadar yol yurildi. Majnun bir orqasiga qaradiki, yolga tushgan joyidan hatto bir farsah
ham uzoqlashmabdilar. Shu payt tuyaga bu so'zlarni aytdi:
O tuya ikkimiz ham oshiqmiz. Men Layliga, sen botaloqqa. Ishqlarimiz teskari
bizning... Bir birimizni yoldan qoldiryapmiz. Biz bu yolda yoldosh bololmaymiz. Sen
www.ziyouz.com

25

Masnaviydan ibratli hikoyalar. Jaloliddin Rumiy

tanga oshiqsan, men jonga. Ayrilishimiz kerak...


Dunyo hashamatli bir sallaga oxshar
Sofilardan biri xalqning oziga etibor bermogi uchun boshidagi sallani ulkan qilib
oradi; ichini boz bolaklari bilan toldirdi. Tabiiyki, bu haybatli sallani korganlar, ichida
ancha gazlama bolsa kerak, deb oylardilar.
Sofi bir kun madrasaga ketayotganda ogri sallani olib qochdi. Sofi ortidan baqirdi:
Sallani och, sallani och. Ichidagini korginda keyin olib ket.
Ogri qocharkan, qoltigidagi sallani yecha boshladi. Qarasa, sallaning ichi boz va
teri parchalari, paxta bolaklari bilan tola. Oxiri, qolida faqat bir quloch boz qoldi, xolos.
Qolidagini yerga urdi:
Oh pastkash odam. Men bu haybatli sallada bir narsalar bor, deb oylagandim.
Sening hiylang meni rasvo qildi, deya hayqirdi. Bu sozlarni eshitgan sofi:
Oglim, dunyo mana shunaqadir. Mening sallam kabi yaxshi korinadi, ammo
songida vafosizligini korsatadi, besh pulga arzimaydi, eski tuski bolaklarga aylanadi,
dedi.
Chumchuqning ovchiga ogiti
Bir ovchi chumchuqqa tuzoqqoydi. Bir chumchuqni tutdi. Ovlangan chumchuq tilga
kirib dediki:
Ey ovchi sen shu vaqtgacha qoylar, sigirlar yeding. Ular bilan toymading. Endi
mening arzimas goshtimga toyasanmi? Meni qoyib yubor, evaziga senga foydali uchta
ogit aytaman... Bu ogitlardan birini qolingda, qolganini esa daraxtda soylayman.
Ovchi: "Yaxshi", dedi. Chumchuq ilk maslahatni berdi: bolmaydigan narsaga, kim
soylasa soylasin, ishonma.
Ovchi ikkinchi ogitni eshitish uchun chumchuqni qoyvordi. Chumchuq tomga qondi,
ikkinchi ogitni aytdi:
Otgan ketgan narsalar uchun gam yema. Fursatni boy bersang, xafa bolma.
Ayni paytdagi vaqtning bahosini bil. Pushaymonlik bilan vaqt otkazma...
Songra qoshimcha qildi:
Ey ovchi, mening qornimda on dirhamga teng bebaho inju bor edi. Senga ham,
sendan keyinshlarga ham etardi. Afsus, qismating ekan, qoldan qochirding. Bu injuning
dunyoda boshqa bir tengi bolmas.
Ovchi:
Oh nima qilib qoydim, nima uchun qoyib yubordim a? deya qaygurib yiglay
boshladi. Shu payt chumchuq:
Ey, nimaga baqirib yiglayapsan. Men senga otgan ketgan narsalar uchun gam
yema. Fursatni yoqotsang, xafa bolma deya ogit bermadimmi? Sonfa senga yana
aytmadimmi: "Bolmagan narsaga kim soylasa soylasin, ishonma" deya. Qanaqa anqov
odamsan... Men ozim uch dirham chiqmayman. Qanday qilib qornimda on dirhamlik
inju bo'ladi?...
Ovchining hushi joyiga keldi. Ziyrak qushga qarab dedi:
Yaxshi, shu uchinchi gozal ogiting nima? uni ham soyla ayt!
Chumchuq devordan otib daraxtga qondi. masxarali bir ohangda:
Ey baraka topgur, ikki ogitimga amal qilmading, uchinchini nima qilasan?
www.ziyouz.com

26

Masnaviydan ibratli hikoyalar. Jaloliddin Rumiy

qo'yaver, vaqtimni olma, deya uchib ketdi.


Ovchi qotib qolgandi.
Xotinning makri qozini yengdi
Juha ismli aqlli, ammo juda kambagal bir odam bor edi. U xotiniga:
Ey xotin bu yoqchillik jonimizga tegdi. Senda bu gozallik, bu chehra bor ekan,
aqlingni ishga solda, bir tuzoq qur, boy bolayin. Faqat qurgan tuzogingga ozing tushib
qolma, dedi.
Xotin oyladi, bir tuzoq hozirladi. Erining ustidan shahar qozisiga shikoyat etmoqchi
edi. Ertasi kun yasanib mahkamaga bordi, qoziga uchradi:
Erimdan shikoyatim bor, boshqalarga kongil berdi, menga beparvolik qilyapti, deb
yigladi, borini tokib soldi. Qozi shikoyatchini boshdan kuzatib dedi:
Ey sarv boyli gozal mahkamada bu gala govur, bu shovqin bor ekan, seni
eshitmayapman. Tanho bir yerga boraylikchi, dedi. Xotin fursatdan foydalanib:
Togri gapiryapsiz. Bu joriyangizning uyi bom bosh. Erim bolmish landavur
qishloqqa ketdi. Bu kecha uyimga keling. Shikoyatimni, dardimni shu yerda
tushuntiraman, deya shirin gaplar aytdi. Uchrashuv soati aniqlandi. Qozi tun yarmida
uyga bordi. Xotin uni ichkariga kiritgach, eshik taqillay boshladi. Xotin bezovtalik bilan:
Ey Xudo, erim keldi. Sen tezda sandiqqa yashirin. Yoqsa ikkimizni ham oldiradi
deb uydagi bosh sandiqni korsatdi. Qozi qorquvdan dir dir titrar edi. Sandiqqa kirdi.
Xotin eshikni ochdi, erini ichkariga kirgizdi. Juha ichkariga kirar kirmas gapirishni
boshladi:
Ey xotin, sendan nima kordim. Eshikni hatto menga kech ochyapsan. Borimni,
yogimni senga bagishladim. Ammo xursand qilolmadim. Uyda bir shu sandiq qoldi. Uni
ham ertaga bozorda sotaman. Sotilmasa bozor ortasida yoqaman.
Xotini bunday qilma, desa ham, Juha qarshilik korsatdi. Bir arqon olib kelib, sandiqni
yaxshilab bogladi. Yotdilar.
Ertasi kun ertalab Juha bir hammol chaqirdi. Sandiqni kotarib bozorga yol oldi.
Qozi sandiqdan "Hammol, hammol..." deya chaqirayotgan edi. Hammol oldiniga bu
ovoz qaerdan kelayapti deb u yer bu yerga qaradi. Keyin ovozning sandiqdan kelganini
eshitib quloq soldi. Qozi:
Ey hammol, men shaharning qozisiman. Sen sandiqni qoyib qoymas mahkamaga
bor. Noibga uchrash, holatni tushuntir. Qancha pul bolsa bolsin sandiqni olsin. Senga
yuz oltin beraman.
Hammol aytilganni qildi. Ahvolni tushintirgach, noib bozorga keldi. Juhaga:
Shu eski sandiq uchun qancha sorayapsan? dedi.
Juha:
Toqqiz yuz oltin bermoqchilar. Ammo men ming oltindan pastiga bermayman.
Xohlasang ichini ochib kor, keyin tushunasan. Noib:
Yoq, sotib olaman, deb pulni berdi. Oradan bir yil otdi. Juha pullarini yeb bitirib,
xotinini yana mahkamaga yubordi. Xotin mahkamada yana eridan shikoyat
boshlaganda, qozi uni darrov tanidi:
Siz bu oyinni otgan yili oynagandingiz, meni tuzoqqa tushirgan edingiz. Siz endi
qimorni boshqa birov bilan oynang, deb mahkamadan quvdi.

www.ziyouz.com

27

Masnaviydan ibratli hikoyalar. Jaloliddin Rumiy

Xushboy hidlardan hushidan ketgan odam


Bir odam katta shaharga keldi. Bozordagi atir upalar sotadigan attorlik dokonlari
tomonga burildi. Dokonlardan gul, binafsha, atirhidlari ufurib turardi. Bir ikki qadam
yurgach, bu xushboy hidlardan uning boshi aylandi. Oxiri hushidan ketdi.
Olomon uning ustida toplandi. Biri yuragini, biri bilagini uqalar, kimdir yuziga gul
suvi separdi. Qancha harakat qilishmasin, bemor hushiga kelmadi. Atirlar, gul suvlarini
boshidan quyishar, ammo odam hech oziga kelmasdi. Chorasiz qoldilar. Atrofdagilarga
jar solib, qarindoshlarini qidira boshladilar. Ammo hech kim ega chiqmadi, ancha vaqt
otsa ham u oziga kelmasdi. Oqshomga yaqin bu yerdan otib ketayotgan bir teri
oshlovchi hushidan ketgan odamni tanidi. Olomonga qarab shunday dedi: 'Toxtang,
unga gul suvini sepmang. Men uning nega xasta ekanini bilaman. Siz unga tegmay
turing, men hozir kelaman" deya uzoqlashdi. Bir vayronaga kirib bir hovuch it tezagini
olib qaytib keldi va tezlik bilan tezakni hushidan ketgan odamning burniga tutdi. Hayrat
haligi kishi oziga kela boshladi. Birozdan song oyoqqa ham turdi. Teri oshlovchi bilan
birgalashib ketishdi. Hushidan ketgan odam ham teri oshlovchi edi. Yillar mobaynida
terilar orasida yomon hidlarga organib qolgan bu odam attorlik dokonlaridan taralib
turgan hushboy hidlarga dosh berolmay hushidan ketgan edi.
Mening yoqligim uning borligi
Bir kun pashsha Yaman olkasining podshohi paygambar Sulaymonning huzuriga
keldi va unga arzini aytib yolvordi:
Ey insu jinlar sultoni, ey butun mavjudotlarga, suvga, olovga, shamolga hukm eta
oladigan Sulaymon... Sening adolating dunyoga yoyilgan. Qurt qumursqa, qushlar u
baliqlar sening adolatingga yukinadilar. Bizga ham insof va marhamat dengizingdan
ehsonlar ber, haq huquqlarimizni qoriqla. Judayam ahvolimiz tang, nabotdan nasibimiz
bor, na bir gulzorlarla rohatlana olamiz... Sen zaiflarga, nochorlarga yordam berasan.
Bizni ham bu gamdan qutqar, deb yolvoribdi.
Hazrati Sulaymon barmogi ustiga qongan pashshaga:
Soyla, kimdan shikoyat qilarsan? Bizning zamonimizda zolim bormi, senga zulm
qilsalar, sening haqqingni yesalar? dedi.
Pashsha boshini eggancha javob berdi:
Mening shikoyatim shamoldan. U bizga juda zulm qilmoqda. Uning dastidan huzur
halovatimiz yoq... Qaerga bormaylik bizni somondek uchirib ketadi, dedi.
Hazrati Sulaymon:
Ey gozal ovozli pashsha, Tangri menga: Davogarlar hozir bolmaguncha hech
kimsaning shikoyatini tinglama, deya amr etdi. ikki davogar ham hozir bolmaguncha
kim haq, kim nohaq ekanini qayerdan bilaman. Hozircha ket, shikoyatingni qaytib ol,
keyin kel, dedi.
Shunda pashsha:
Sozingiz togri, ammo u ham sizning huzuringizda. Buyuring, u ham kelsin,
dedi.
Bunga javoban Hazrati Sulaymon shamolga murojaat qildi:
Ey shahar yeli, pashsha sening zulmingdan shikoyat qilmoqda. Kel,
shikoyatchining qarshisiga otir va unga javob ber! dedi.
Shamol bu amrga binoan yelib keldi. Lekin endi pashshani joyidan topib bolarmikin!
Hazrati Sulaymon uning ortidan:
www.ziyouz.com

28

Masnaviydan ibratli hikoyalar. Jaloliddin Rumiy

Ey pashsha, qaerga? Ketma, joyingda tur, ikkingizni ham tinglab, songra hukm
chiqarayin, dedi.
Pashsha ham qochar, ham javob berardi:
Podshohim, mening yoqligim, uning borligi. U kelgach, men qanday qilib bu yerda
bolayin. Menga choh qazigan osha shamoldir...
Shakar orniga tuproq yeganlar
Tuproq yeyishga organib qolgan odam kunlarning birida bozorga chiqdi. Bir dokonga
kirib ikki kilo shakar olmoqchi boldi. Savdogar hiylakor odam edi. Tarozi toshi orniga,
tuproqdan foydalanardi.
Savdogar:
Mening tarozimning toshi tuproqdan..Shakar olish niyating bolsa, sabr qil, men
tosh topayin, dedi.
Haligi kishi tarozidagi top top tuproqlarni korishi bilan joni kirdi. U uchun tuproq
shakardan ham totli, qiymatliroq edi.
Savdogarga:
Zarur ishim bor.Shakar olishim shart, toshing nima bolsa ham farqi yoq, dedi.
Savdogar unga:
Juda yaxshi... Modomiki sen olmoqchi ekansan, aytganingdek bolsin, deya ikki
kilocha tuproqni tarozisining bir pallasiga qoydi. Boshqa pallasiga shakar qoyish uchun
omborga chiqdi. Shunda haligi kishi savdogarning yoqligidan foydalanib, tarozining bir
pallasida turgan tuproqlarni yeya boshladi. Savdogar buni koz qiri bilan korib turar,
koproq yeyishi uchun goyo ozini shakar solayotgandek qilib korsatib koproq vaqt
otkazdi. Ozicha:
Ey yuzi sargaygan... ol ol, yana ye. Tuprogimni kamaytiryapsan, menga hech
narsa qilmaydi. Sen tarozidagi tuproqdan qancha kop yesang, shakarni shuncha kam
olasan. Korinishdan meni aldayapsan, aslida esa aldangan sensan. Sen oz ozingni
yeydigan bir ahmoqsan, deb pichirlardi.
Har kim oz haddini bilishi kerak
Bir sichqon bir tuyaning noxtasini quchoqlab, yolga tushibdi. Gururidan ichiga
sigmayotgan edi. Ozi oziga:
Tavba shunday sarvar ekanman u, ozim bexabar qolibman a? Men qanday jasur
ekanmanku, bahaybat tuyaning noxtasidan tutib, tortib kelayapman...,
deb
gapirayotgandi.
Shu vaqt oldilaridan katta bir daryo chiqti. Sichqon daryoni korishi bilan toxtadi.
Suvga shongisa, albatta, chokib olardi. Tuya sichqonning toxtaganini korib, baqirdi:
Tinchlikmi dostim, nega toxtading shu daryoga shongib, qarshi tomonga
otamiz. Sen yolboshlovchimsan, toxtamay, olga bos.
Sichqon uyaldi. noloj boynini bukdi:
Men bu daryodan qanday otaman. Kormayapsanmi suv juda chuqur.
Qani bir koraylikchi, chuqurligi qancha ekan deb daryoga shongidi tuya.
Suv bor yogi tizzasigacha edi. Sichqonga:
Hey, mitti qorqoq suv bor yogi tizzagacha. Qani bolaqol.
Sichqon qorquvdan titrardi. Tuyaga yolvora boshladi:
www.ziyouz.com

29

Masnaviydan ibratli hikoyalar. Jaloliddin Rumiy

Ey buyuk ustoz tizzadan tizzaning farqi bor. Senga tizza boyi, ammo mening
ustimdan yuz arshin oshar.
Tuya:
Unday bolsa, bundan keyin surbetlik qilma. Sen ozing kabi sichqonlarga bosh
bol. Tuya bilan sening nima ishing bor? Qani, orkachimga chiq, seni ham, sendaqalarni
yuztasini ham qarshi tomonga otkazib qoyaman, deb bechora sichqonni ustiga olib,
daryodan otishni boshladi.
Xazina qidirgan odam
Bir odamga katta meros qolgandi. Biroq "oson kelgan, oson ketar"; deganlaridek,
tadbir bilan sarflamadi, qisqa paytda butun boshli merosni tugatdi. Qolida nima bolsa,
yeb bitirdi.
Hech vaqosi qolmagach, Allohga yukindi, har oqshom koz yosh tokib duo qilardi:
"Ey Rabbim menga boylik berding, mulk berding. Hozir esa ular qolimdan ketdi.
Aybimni bilaman. Xato qidim. Menga yordam qil, meni qutqar bu illatdan. Yo marhamat
qilib bir tirikchilik ber yoki jonimni ol".
Kunlar, oylar yolvorishlar bilan otdi. Nihoyat bir kecha tush kordi. Bir ovoz unga:
"Sen Misrga bor, osha yerda omading chopadi u yerda boy bolasan. Misrda topadigan
xazinang seni kugyapti" derdi.
Odam uygonganda sevinchdan telba bolvyozdi. Darhol Misrga ketishga hozirlik
kordi...
Necha kun Misrda och, suvsiz kezib yurdi. Na xazina, na birorta qolidan tutgandan
darak bolmadi. Chorasizlikdan tilanchilik qilishga qaror qiddi, ammo uxlayotganda:
"Oqshom tushgach, tilanchilik qilaman, qoronguda hech kim meni tanimaydi", deb
oyladi. Qoronguda mahalla ichlarida kezdi. Endi qol ochishga choglangan ediki,
mahalla mirshabi paydo boldi. Mirshab uni ogri deb oylab, yoqasidan tutdi. Ham
sudrab, ham urardi. Odam:
Urma togrisini aytaman, deb yolvora boshladi.
Mirshab:
Yaxshi... begonaliging holingdan aniq. Tushuntir. yoqsa hamma ogrilarning
alamini sendan olaman, dedi.
Odam hikoyasi qanday bolsa, shunday tushuntirdi, oxirida esa:
Mana men na ogriman, na bir zolim. Xazina ilinjida Misrga kelgan, garib bir
Bagdodlikman, deb sozlarini tugatdi. Mirshab ishondi. kulib aytdi:
Senga ishonaman, sen ogri emassan, ammo girt axmoqsan. Men ancha yillardan
beri "Bagdodda falon mahalladagi falon uyda xazina komilgan"ligi xaqida tush
koraman. Lekin, xatto, ornimdan qimirlamadim. Sen bir tush korib, bu yerlargacha
kelibsan. Sen axmoqning, tentakning birisan. Qani ket. Boshqa bu yerlarda korinma.
Odam hayron qolgandi. Mirshabning Bagdodda falon mahallada falon uyda, degan
joyi ozining uyi edi. Oz oziga: Demak men xazina ustida otirganim holda faqirlikdan
nolib yiglar ekanman, deb Allohga shukr aytdi.
Tuyakash va faylasuf
Bir badaviy tuyasiga ikki qop yuklab, ozi ham ustiga minib yolga chiqibdi. Yolda
parishon bir faylasufni uchratibdi. Faylasuf hazil orasida badaviydan sorabdi:
www.ziyouz.com

30

Masnaviydan ibratli hikoyalar. Jaloliddin Rumiy

Tuyaning ustidagi qoplarda nima bor? Badaviy:


Birisida tola bugdoy, birisida qum.
Nega qum toldirding? Badaviy javob berdi:
U qop boshqolmasin. Tuyaning ustida muvozanatni saqlasin deb.
Faylasuf badaviyga:
Aqlingni ishlatib bu bugdoyning yarmini bu qopga, boshqa yarmini esa u tarafdagi
qopga qoysang, ham tuyaning yuki yengillashardi, ham qoplarning, debdi. Badaviyga bu
fikr maqul tushibdi.
Togri oylamagan ekanman..., - deb shunday qilibdi. Turib turib bu darajadagi
aqlli odamga qiziqib qolibdi. Qanday qilib bu aqlli odam shunday parishon holda yuribdi
ekan, deb oylabdi. Qiziqishini yashirmay sorabdi:
Ey aqlli odam, senda shuncha aql, shuncha fikr bor ekan, nega yayov yurib
ozingni charchatyapsan? Bu aqling bilan sen yo sultonsan, yo vazirsan. Togrisini ayt,
kimsan?
Faylasuf javob berdi:
Ikkisi ham emasman, oddiy bir odamman. Badaviy yana soradi:
Qancha tuya, qancha hokizing bor?
Hech qancha.
Yaxshi, dokoningdagi mollarchi? undan gapir?
Mening na dokonim, na yerim, na yurtim bor. Men faylasufman.
U holda qancha puling bor?
Pul u yoqda tursin, hatto non olishga bir chaqam ham yoq. Yalang oyoq,
boshpanasizman. Bu qadar hikmat va ilmdan fakat xayol va bosh ogrigini topdim.
Badaviy bu gapdan jahdi chiqibdi:
Yoqol, ket bu yerdan. Sening ilming, nasihating menga ham zarar keltiradi,
boshimni ogritadi. Sen shu yoldan ket, men bu yoldan. Bir qopimda bugdoy
boshqasida qum bolishi sening hikmatingdan, foydasiz va keraksiz falsafangdan
yaxshiroqdir.
Hazrati Mavlononing hayoti
Mavlono Jaloliddin Rumiy 1207 yil 30 sentyabrda bugungi Afgoniston hududiga
qarashli bolgan Xuroson olkasining Balx shahrida tugilgan. Mavlononing otasi Balx
shahrining peshvolaridan bolib, Olimlar sultoni unvonini olgan Husayn Hatibi ogli
BahovuddinValaddir. Onasi esa Balx amirining qizi Momina xotundir. Bahovuddin Valad
bazi sayosiy voqealar va mogul istilosi sababli Balxdan ketishga majbur bolgan.
1212 yoki 1213 yilda oila azolari va yaqinlari bilan birgalikda Balxdan ketganlar.
Olimlar sultonining ilk ornashgan joyi Nishopur boldi. Bu shaharda mashhur
mutasavvif Farididdin Attor bilan uchrashdi. Mavlono kichik bolishiga qaramay u erda
Farididdin Attorning nazariga tushdi. Olimlar sultoni Nishopurdan Bogdodga va
keyinchalik Kufa yoli orqali Kabaga yol oldi. Haj amalini bajargandan song, qaytishda
Shomga kirib otdi. Shomdan Malazya, Erzinjon, Sivas, Qaysari, Nigde yollari orqali
Larendega (Karaman) keldi.
Karamanda amir Muso qurdirgan madrasada qonim topdi. 1222 yilda Karamanga
kelgan Olimlar sultoni va uning oilasi bu yerda yetti yil yashadi.
Mavlono 1225 yilda Sharafiddin Loloning qizi Gavhar xonimga uylandi. Mavlononing
bu nikohidan sulton Valad va Alovuddin Chalabiy ismli ikki ogli bor. Bir necha yillardan
song Gavhar xonimni yoqotgan Mavlono bir bolasi bilan beva qolgan Karra xonimga
www.ziyouz.com

31

Masnaviydan ibratli hikoyalar. Jaloliddin Rumiy

uylandi. Mavlononing ikkinchi nikohidan Muzaffariddin, Amir Alim Chalabiy nomli ikki
ogil va Malika xonim ismli bir qiz dunyoga keldi.
Osha paytlarda Onadolining katta bir qismi Saljuqiylar davlatining hukmronligi
ostida edi. Konyo bu davlatning poytaxti edi. . Konyo sanat asarlari bilan mashhur,
olimlar va sanatkorlari kop shahar edi. Qisqasi, Saljuqiylar davlati eng porloq davrini
boshdan kechirayotgan bolib, davlat hukmdori Olimlar sultoni Bahovuddin Valadni
Karamandan Konyoga taklif etdi va shu erda joylashishini xohladi.
Bahovuddin Valad Sultonning taklifini qabul etdi va 1228 yil 3 mayda Konyoga oilasi
va dostlari bilan keldi. Sulton Alovuddin ularni tantana bilan qarshilab Oltinapa
madrasasidan yashashlari uchun joy ajratdi. Olimlar sultoni* 1231 yil Pyanvarda
Konyoda vafot etdi. Muborak jasadi Saljuqiylar saroyining Gul bogchasiga qoyildi.
Olimlar sultoni* vafot etgach, shogirdlari va muridlari Mavlononing atrofida toplandilar.
Mavlononi otasining merosxori qilib qoydilar. Darhaqiqat, Mavlono buyuk bir shoir va
din olimi bolgach, Iplikchi madrasasida vazlar oqirdi. Vazlari uni tinglashga kelganlar
bilan tolib toshardi.
Mavlono 1244 yil 12 noyabrda Shamsi Tabriziy bilan uchrashadi. Bu uchrashuv
tarixda Ikki dengizning uchrashuvi deya ataldi. Biroq, birgaliklari uzoqqa chozilmadi.
Shams foniy dunyodan uzildi.
Mavlono Shamsning olimidan song uzoq yillar yakka ozi yashadi. Keyingi yillarda
Salohiddin Zarkubiy va Husomiddin Chalabiy, Shamsi Tabriziyning ornini toldira
boshladilar.
Hayotini Xom edim, pishdim, yondim sozlarila xulosalagan Mavlono 1273 yil 17
dekabrda yakyshnba kuni Haqning rahmatiga yetishadi. Mavlononing janozasini uning
vasiyatiga kora Sadriddin Konyaviy oqidi. Lekin Sadriddin Konyaviy eng yaxshi korgan
insoni Mavlononi yoqotganidan ozini tutib turolmay janozada hushidan ketadi. Shu
sababli Mavlononing janozasini qozi Sirojiddin oqiydi.
Mavlono olim kunini yangidan tugilgan kun sifatida qabul qilardi. U olgan zahoti
sevganiga,yani, Allohga yetishishini bilardi. Shuning uchun Mavlono olim kunini toy
kuni yoki kelin kechasi manosida kelgan soz Shabi aruo derdi va dostlariga olimi
orqasidan *E, voh* deya yiglamasliklarini vasiyat qilgandi.
Olganimizdan song mozorimizni yerdan axtarmang! Bizning mazorimiz oriflar
kongillaridadir!
Masnaviy haqida
Masnaviy sharq klassik adabiyotida bir sher usulining nomidir. Lugat manosi
ikkilik, ikkitadan demakdir. Adabiyotda bir xil vaznda va har bayti ozaro alohida
alohida qofiyalanib kelgan nazm shakliga masnaviy deyilgan.
Masnaviy sharq sheriyatining bir sheriy yonalishi bolsada, masnaviy deyilganda
odatda Mavlononing Masnaviysi koz oldimizga keladi. Mavlono Masnaviy-ni
Husomiddin Chalabiyning iltimosiga kora yozgan. Kotib Chalabiy sozlariga qaraganda
Mavlono Masnaviy baytlarini aytib turar, Husomiddii Chaaabiy yozar edi.
Masnaviyning tili forschadir. Hozirda Mavldi muzeyida saqlanayotgan 1278 yild
yozilgan Masnaviy nusxasiga kora, baytlar soni 25618 tadir.

www.ziyouz.com

32

You might also like