You are on page 1of 9

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 ǀ ISSUE 6 ǀ 2021

ISSN: 2181-1601

“AQLIY HUJUM” VA “KEYS STUDY” METODLARI YORDAMIDA


“FUNKSIYA HOSILASI” MAVZUSINI O‘QITISH

Alijon Xayrulloyevich Aziza Nazirjon qizi Maftuna Mizrob qizi


Avezov Amrullayeva Namozova
Buxoro davlat universiteti

ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada muammoli ta’lim texnologiyalaridan “Aqliy xujum” va “Keys
stadi” metodlari yordamida mulohazalar algebrasi asosiy teng kuchli formulalari
mavzusini o‘qitishda qo‘llash namunalari keltirilgan. Avvalo, shu ikki metod bo‘yicha
umumiy ma’lumotlar, yutuq va kamchiliklari o‘rganilgan. Berilgan topshiriqlar
yechimlari bilan birga tahlil qilinib, dars maqsadiga erishish yo‘llari o‘rganilgan.
Jarayoni o‘rganishda Ta’lim oluvchilarning aktiv qatnashganliklari tufayli mavzu
xotiralarida uzoq saqlanib, faol bilim zahirasini tashkil etishi xaqida aytib o‘tilgan.
Kalit so‘zlar: “Keys stadi” metodi, “Aqliy hujum” metodi, muammoli ta’lim,
teng kuchli formulalar, ta’lim, ta’lim oluvchilar.

TEACHIN THE TOPIC OF "DERIVATIVE OF THE FUNCTIONS"


USING BRAIN ATTACK AND CASE STUDY METHODS

ABSTRACT
This article presents examples of the use of problem-oriented learning
technologies when teaching basic, equally powerful formulas of algebra of reasoning
using methods of brainstorming and studying specific situations. First of all, the general
information, advantages and disadvantages of these two methods are studied.
Assignments are analyzed along with solutions, and ways to achieve lesson goals are
explored. It was noted that due to the active participation of students in the study of the
process, the topic remains in memory for a long time and forms an active reserve of
knowledge.
Keywords: Case study method, brainstorming method, problem learning,
equally powerful formulas, education, learners.

Muammoli ta’lim – talabalarda ijodiy izlanish, kichik tadqiqotlarni amalga


oshirish, muayyan farazlarni ilgari surish, natijalarni asoslash, ma’lum xulosalarga
kelish kabi ko’nikma va malakalarni shakllantirishga yo’naltirilgan ta’limdir. Bizga
yaxshi ma’lumki, ta’lim sifatini oshirishda yangi pedagogik texnologiyalarni o’rni
beqiyosdir [1-30].

Uzbekistan www.scientificprogress.uz Page 1689


SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 ǀ ISSUE 6 ǀ 2021
ISSN: 2181-1601

Asosiy yo‘nalishlar quyidagilardan iborat:


- Ijtimoiy
- Konstruktiv
- Badiiy ifodaviy
- Ilmiy-tadqiqot yo`nalishlaridir
Muammoli ta’limning bosh maqsadi - talabalarning muammoni to‘liq tushunib
yetishiga erishish va ularni hal eta olishga o‘rgatishdan iborat.
Muammoli ta’limni amaliyotda qo‘llash asosiy masalalardan biri o‘rganilayotgan mavzu
bilan bog‘liq muammoli vaziyat yaratishdan iborat. Turli o‘quv fanlari bo‘yicha
o‘qituvchilar darslar jarayonida muammoli vaziyatlar hosil qilishni va ularni yechish
usullarini oldindan ko‘zda tutishlari kerak. Shunday muammoli texnologiyalardan biri -
“Aqliy hujum”dir.
“Aqliy hujum” biror muammo bo‘yicha ta’lim oluvchilar tomonidan bildirilgan
erkin fikr-mulohazalarni to‘plab, ular orqali natijada ma’lum bir echimga kelinadigan
metoddir. “Aqliy hujum” metodining yozma va og‘zaki shakllari mavjud. Og‘zaki
shaklida ta’lim beruvchi tomonidan berilgan savolga ta’lim oluvchilarning har biri o‘z
fikrini og‘zaki bildiradi. Ta’lim oluvchilar o‘z javoblarini aniq va qisqa tarzda bayon
etadilar. Yozma shaklida esa berilgan savolga ta’lim oluvchilar o‘z javoblarini qog‘oz
varaqcha (kartochka)lariga qisqa va barchaga ko‘rinarli tarzda yozadilar. Ta’lim
oluvchilarda o‘z fikrini faqat og‘zaki emas, balki yozma ravishda bayon etish mahorati,
mantiqiy va tizimli fikr yuritish ko‘nikmasi rivojlanadi. Bildirilgan fikrlar
baholanmasligi ta’lim oluvchilarda turli g‘oyalar shakllanishiga olib keladi.
“Aqliy hujum” metodining o‘tkazilish tartibi quyidagilardan iborat:
1. Ta’lim oluvchilar e’tiboriga savol tashlanadi va ularga shu savol bo‘yicha o‘z
javoblarini (fikr, g‘oya va mulohaza) bildirishlari so‘raladi.
2. Ta’lim oluvchilar savol bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirishadi.
3. Ta’lim oluvchilarning fikr-g‘oyalari to‘planadi.
4. Fikr-g‘oyalar ma’lum belgilar bo‘yicha guruhlanadi.
5. Yuqorida qo‘yilgan savolga aniq va to‘g‘ri javob tanlab olinadi. Bu metod ta’lim
oluvchilarda ijodiy tafakkurni rivojlantirish uchun xizmat qiladi.
“Aqliy hujum” metodi ta’lim beruvchi tomonidan qo‘yilgan maqsadga qarab
amalga oshiriladi, ya’ni:
1. Ta’lim oluvchilarning boshlang‘ich bilimlarini aniqlash maqsad qilib
qo‘yilganda, bu metod darsning mavzusiga kirish qismida amalga oshiriladi.
2. Mavzuni takrorlash yoki bir mavzuni keyingi mavzu bilan bog‘lash maqsad
qilib qo‘yilganda, yangi mavzuga o‘tish qismida amalga oshiriladi.
3. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash maqsad qilib qo‘yilganda, mavzudan so‘ng
darsning mustahkamlash qismida amalga oshiriladi.
“Aqliy hujum” metodini qo‘llashdagi asosiy qoidalar:

Uzbekistan www.scientificprogress.uz Page 1690


SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 ǀ ISSUE 6 ǀ 2021
ISSN: 2181-1601

● bildirilgan fikr-g‘oyalar muhokama qilinmaydi va baholanmaydi;


● bildirilgan har qanday fikr-g‘oya, u hatto to‘g‘ri bo‘lmasa ham inobatga
olinadi;
● jarayonda har bir ta’lim oluvchi qatnashishi shart.
«Aqliy hujum» metodining afzalliklari:
● natijalar baholanmasligi ta’lim oluvchilarda turli fikr-g‘oyalarning
shakllanishiga olib keladi;
● ta’lim oluvchilarning barchasi ishtirok etadi;
● fikr-g‘oyalar vizuallashtirilib boriladi;
● ta’lim oluvchilarning boshlang‘ich bilimlarini tekshirib ko‘rish imkoniyati
ortadi;
● ta’lim oluvchilarda mavzuga qiziqish uyg‘otadi.
«Aqliy hujum» metodining kamchiliklari:
● ta’lim beruvchi tomonidan savolni to‘g‘ri qo‘ya olmaslik;
● ta’lim beruvchidan yuqori darajaga erishish qobiliyatining talab etilishi.
“Aqliy hujum” metodini “Mulohazalar algebrasi asosiy teng kuchli formulalari”
mavzusini o‘qitish jarayonida quyidagicha amalga oshirish mumkin:

1- Jarayonning g
Javob: S  t 2
savol kechishi tezligi 2
nima?

2- Oniy tezlik S
Javob: v  lim
savol nima bilan t 0 t
xarakterlanadi?
3- Funksiyaning Javob: y  f (x) funksiya (a, b) intervalda aniqlangan
savol hosilasi deb bo‘lib, x0 nuqtadagi funksiya y orttirmasining x
nimaga argument orttirmasiga nisbatining, argument orttirmasi
aytiladi?
nolga intilgandagi limitiga, y  f (x) funksiyaning x0
nuqtadagi hosilasi deyiladi
4- Hosilaning Javob: y  f (x) egri chiziqqa M 0 ( x0 , y 0 )
savol geometrik nuqtadan o‘tkazilgan urinma tenglamasi
ma’nosi nima? y  y0  f ( x0 )( x  x0 ) bo‘ladi, bunda y 0  f ( x0 ) .
Funksiya grafigiga urinish nuqtasi M 0 ( x0 , y 0 ) da
o‘tkazilgan normalning tenglamasi

Uzbekistan www.scientificprogress.uz Page 1691


SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 ǀ ISSUE 6 ǀ 2021
ISSN: 2181-1601

1
y  y0   ( x  x0 ), ( f ( x0 )  0)
f ( x0 )
bo‘ladi.
5- Ikkinchi tartibli Javob: y  f (x) funksiyaning ikkinchi tartibli hosilasi
savol hosila nima? deb, uning hosilasidan olingan hosilaga, ya’ni ( y) ga
aytiladi. Ikkinchi tartibli hosila quyidagilarning biri bilan
belgilanadi: y , f ( x), d 2 y / dx 2 .
6- Differensiallas Javob: x erkli o‘zgaruvchi, u  u(x) va v  v(x) uning
savol h qoidalari va differensiallanuvchi funksiyalari bo‘lsin.
formulalarini 1., С   0 C  o‘zgarmas miqdor.
bilasizmi? 2. x   1 .
3. (u  v)  u   v .
4. (u  v)  u v  uv .
5. (cu )  c  u  .

 u  u v  u  v
6.    .
v v2
7- Qanday Javob: y  f (x) funksiyaning n -tartibli hosilasi deb
savol hosilaga n - uning (n  1) tartibli hosilasidan olingan hosilaga aytiladi
tartibli hosila va quyidagilarning biri bilan
deyiladi?
belgilanadi y (n ) , f ( n ) ( x) , d n y / dx n . Ta’rifga ko‘ra


y ( n)  y ( n1)

8- Oshkormas Javob: ). x o‘zgaruvchining y funksiyasi oshkormas


savol ko`rinishda ko‘rinishda F ( x, y)  0 berilgan bo‘lsa, y hosilani
berilgan topish uchun F ( x, y)  0 tenglikni x bo‘yicha
funksiyalar
differensiallab, so‘ngra hosil bo‘lgan tenglamadan y ni
hosilalari
qanday topamiz
topiladi?
9- Parametric  x  xt 
Javob:  ko‘rinishda berilgan bo‘lsa,
 y  yt 
savol ko`rinishda
berilgan
funksiyalar dy dx, d 2 y dx 2 hosilalar
hosilalari
qanday
topiladi?

Uzbekistan www.scientificprogress.uz Page 1692


SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 ǀ ISSUE 6 ǀ 2021
ISSN: 2181-1601

dy d 2 y dx d 2 x dy
  
dy dt d 2 y dt 2 dt dt 2 dt
 , 
dx dx dx 2  dx 
3

dt  
 dt 
formula bilan topiladi.

10- Javob: y   12(2 x 2  7)(10 x 2  7)


savol y  ( 2 x 2  7) 3
funksiyaning
ikkinchi tartibli
hosilasini
toping?
... ... ...... ... .....
.....

Muammoli texnologiyalardan yana birtasi – “Keys-stadi” bo‘lib, (inglizcha keys


- to‘plam, aniq vaziyat, study -ta’lim) keysda bayon qilingan va talabalarni muammoni
ifodalash hamda uning maqsadga muvofiq tarzdagi yechimi variantlarini izlashga
yo‘naltiradigan aniq real yoki sun’iy ravishda yaratilgan vaziyatning muammoli-
vaziyatli tahlil etilishiga asoslanadigan ta’lim uslubidir. Keys-stadi - ta’lim, axborotlar,
kommunikatsiya va boshqaruvning qo‘yilgan ta’lim maqsadini amalga oshirish va
keysda bayon qilingan amaliy muammoli vaziyatni hal qilish jarayonida bashorat
qilinadigan o‘quv natijalariga kafolatli yetishishni vositali tarzda ta’minlaydigan bir
tartibga keltirilgan optimal usullari va vositalari majmuidan iborat bo‘lgan ta’lim
texnologiyasidir Keysda tavsiflangan aniq vaziyat o‘rganishni voqelikka bog‘lab
qo‘yadi: sizga muammoni hal etish bo‘yicha vaziyatni tahlil qilish, tahminlarni
shakllantirish, muammolarni aniqlash, qo‘shimcha ma’lumotni yig‘ish, tahminlarni
aniqlashtirish va aniq qadamlarni loyihalashtirish imkonini beradi. O‘quv uslubi sifatida
quyidagilarni ta’minlaydi:
 o‘rganilgan o‘quv mavzu, kursi bo‘yicha (nazariy ta’limdan so‘ng) bilimlarni
mustahkamlashni;
 muammolarni tahlil qilish va qarorlarni yakka tartibda va guruhli qabul qilish
ko‘nikmalarini egallashni;
 ijodiy va o‘rganish qobiliyatlar, mantiqiy fikrlash, nutq va muhit sharoitlariga
moslashish qobiliyatlarini rivojlantirishni;
 yangilikka, qarorlarni mustaqil qabul qilishga tayyorgarlikni;

Uzbekistan www.scientificprogress.uz Page 1693


SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 ǀ ISSUE 6 ǀ 2021
ISSN: 2181-1601

 mas’uldorlik, mustaqillik, kommunikativlik va empatiya, refleksiyaning


shakllanishini; o‘quv ma’lumotlarini o‘zlashtirish sifatini o‘z tekshirishini (o‘quv
dasturi yakunida).
O‘quv mashg‘ulotlarida keyslarni hal qilish algoritmi quyidagicha:
1. Topshiriqni berish. Doimo ijobiy javobga erishadigan murakkab mulohaza tuza
olasizmi?
2. Ta’lim beruvchining kirish so‘zi. Asosiy savollarning qo‘yilishi – teng kuchli
formulalarga doir teoremalardan foydalanib, tavtologiya bo‘ladigan kamida ikkita
propozitsional o‘zgaruvchi qatnashgan formulani tuzish.
3. Talabalarni 4-6 kishidan iborat kichik guruhlarga ajratish. 24 ta talaba qatnashgan
guruhni 4 ta 6 tadan talaba qatnashgan kichik guruhga ajratamiz.
4. Talabalarning mikroguruhlardagi faoliyatini tashkil qilish. 4 ta teng kuchli
formulalarga doir teorema taqsimlab beriladi.
5. Mikroguruhlardagi javoblar bilan tanishishini tashkil qilish.
Masalan: 1-guruh javobi bu- Ushbu
 1
 x  sin , x  0
f x    x
0, x0
funksiya x 0  0 nuqtada hosilaga ega bo‘ladimi?
◄Bu funksiya uchun
1
x  sin
f x   f x 0  x  sin 1

x  x0 x x
bo‘lib, x  x0  0 limit mavjud emas. Demak, berilgan funksiya x 0  0 nuqtada
hosilaga ega emas.
6. Mikroguruhlararo munozarani tashkil qilish. Keltirib chiqarilgan formulalar
tushuntiriladi va isbotlanadi. Boshqa formulalarni keltirib chiqarish usullari munozara
qilinadi.
7. Ta’lim beruvchining umumlashtiruvchi so‘zi, uning vaziyat yechimi to‘g‘risidagi
fikri.
8. Talabalarni baholanishi.
9. Talabalarning mashg‘ulot haqidagi fikrlari.
10. Ta’lim beruvchining yakunlovchi so‘zi. Mashg‘ulot bo‘yicha xulosalar chiqarish.
Keyslarni hal qilishda ta’lim beruvchi talabalarni yo‘naltirib turishi va ulardagi
faollikni qo‘llashi, hal qilinayotgan muammoga nisbatan qiziqish uyg‘otib turishi
darkor.
Keyslardan ta’lim jarayonida foydalanish talabalar shaxsida quyidagi
professional-pedagogik zaruriy sifatlarni shakllantiradi:

Uzbekistan www.scientificprogress.uz Page 1694


SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 ǀ ISSUE 6 ǀ 2021
ISSN: 2181-1601

- mustaqil, ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi;


- haqqoniy bo‘lishiga o‘rgatadi;
- nazariya va amaliyot o‘rtasida uzviy bog‘liklikni shakllantiradi;
- muammoli vaziyatni yangicha shakllantirishga yordam beradi;
- vaziyatlarni hal etishda, unga ta’sir etuvchi omillarning mavjudligi va ularning ta’sirini
e’tiborga olishga imkon beradi;
- boshqalar fikrini ham qabul qila olish malakasini shakllantiradi;
- savol berish madaniyatini tarkib toptiradi;
- qabul qilingan qaror uchun mas’ullik hissini tarbiyalaydi.
Keyslarni hal qilishda quyidagilarga e’tibor berish zarur: asosiy muammoni va
unga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash, asosiy va ikkinchi darajali omillarni ajratish,
muammoni hal qilishning muqobil yechimini ham ko‘rib chiqish, eng maqbul qaror
qabul qilish.

REFERENCES
1. Умарова У.У. (2020). Роль современных интерактивных методов в изучении
темы «Множества и операции над ними», Вестник науки и образования. 94:16,
часть 2, С. 21-24.
2. Mardanova F.Ya., Rasulov T.H. (2020). Advantages and disadvantages of the method
of working in small group in teaching higher mathematics. Academy, 55:4, pp. 65-68.
3. Расулов Х.Р., Джўрақулова Ф.М. (2021). Баъзи динамик системаларнинг сонли
ечимлари ҳақида. Scientific progress, 2:1, С. 455-462.
4. Авезов А.Х. (2016). Некоторые численные результаты исследования
трехмерных турбулентных струй реагирующих газов. Молодой учёный c.1-2.
5. Avezov A.X. (2019). On The Ahhlication of the Finite Element Metod in Dynamic
and Static Problems of the Mechanics of A Deformable Body. International Journal.
WWJMRD; 5(6): 10-14.
6. Boboeva M.N., Rasulov T.H. (2020). The method of using problematic equation in
teaching theory of matrix to students. Academy, 55:4, pp. 68-71.
7. Баҳронов Б.И. (2021). Функциянинг узлуксизлиги ва текис узлуксизлиги
мавзусини ўкитишга доир баъзи методик тавсиялар. Scientific progress. 2:1, 1355-
1363 б.
8. Марданова Ф.Я. (2020). Использование научного наследия великих предков на
уроках математики. Проблемы педагогики, 51:6, С. 40-43.
9. Расулов Т.Ҳ., Расулов Х.Р. (2021). Ўзгариши чегараланган функциялар
бўлимини ўқитишга доир методик тавсиялар, Scientific progress, 2:1, 559-567 б.
10. Тошева Н.А. (2021). Использование метода мозгового штурма на уроке
комплексного анализа и его преимущества. Проблемы педагогики, 53:2, С. 31-34.

Uzbekistan www.scientificprogress.uz Page 1695


SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 ǀ ISSUE 6 ǀ 2021
ISSN: 2181-1601

11. Марданова Ф.Я. (2021). Математика фани олимпиадаларида тайёрлаш бўйича


услубий кўрсатмалар. Science and education, 2(9), С. 297-308.
12. Расулов Т.Х. (2020). Инновационные технологии изучения темы линейные
интегральные уравнения, Наука, техника и образование, 73:9, С. 74-76.
13. Дилмуродов Э.Б. (2016). Формула для числового образа трехдиагональной
матрицы размера 3х3, Молодой ученый, 10, C. 3-5.
14. Латипов Ҳ.М. (2021). О собственных числах трехдиагональной матрицы
порядка 4. Academy, 3 (66), С. 4-8.
15. Бобоева М.Н. (2021). “Номанфий бутун сонлар тўплами” мавзусини ўқитишда
айрим интерфаол методлардан фойдаланиш. Scientific progress, 2:1, pp. 53-60.
16. Расулов Т.Х., Бахронов Б.И. (2015). О спектре тензорной суммы моделей
Фридрихса. Молодой учёный, 9, С. 17-20.
17. Тошева Н.А. (2020). Технология обучения теме метрического пространства
методом «Инсерт». Проблемы педагогики, 6 (51), C. 43-44
18. Латипов Ҳ.М. (2021). 4-тартибли матрица хос сонларининг таснифи. Scientific
progress, 1(2), 1380-1388 b.
19. Бобоева М.Н. (2021). Обучение теме «Множества неотрицательных целых
чисел» кластерным методом. Проблемы педагогики, 53:2, С. 23-26.
20. Ахмедов О.С. (2021). Актуальные задачи в предметной подготовке учителя
математики. Scientific progress, 2:4, p. 516-522.
21. Хайитова Х.Г. (2021). Преимущества использования метода анализа при
изучении темы «Непрерывные функции» по предмету «Математический анализ».
Проблемы педагогики, 53:2, С. 35-38.
22. Марданова Ф.Я. (2021). Нестандартные методы обучения высшей математике.
Проблемы педагогики, 53:2, С. 19-22.
23. Дилмуродов Э.Б. (2016). Числовой образ матрицы размера 3х3 в частных
случаях, Молодой ученый, 10, C. 5-7.
24. Ахмедов О.С. (2021). Основные требования к языку учителя математики.
Наука, техника и образование, 2-2:77, С. 74-75.
25. Умиркулова Г.Х. (2020). Использование MathCad при обучении теме
«Квадратичные функции». Проблемы педагогики. 51:6, С. 93-95.
26. Ахмедов О.С. (2021). Необходимость изучения математики и польза этого
изучения. Scientific progress, 2:2, p. 538-544.
27. Бобоева М.Н. (2020). Проблемная образовательная технология в изучении
систем линейных уравнений с многими неизвестными. Наука, техника и
образование, 73:9, С. 48-51.
28. Akhmedov O.S. (2020). Implementing «Venn diagram method» in mathematics
lessons. Наука, техника и образование, 8:72, С. 40-43.

Uzbekistan www.scientificprogress.uz Page 1696


SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 ǀ ISSUE 6 ǀ 2021
ISSN: 2181-1601

29. Umirqulova G.H. (2021). Sferik koordinatalar sistemasining ba’zi tadbiqlari.


Scientific progress. 8:2, pp. 8-18.
30. Хайитова Х.Г. (2020). Использование эвристического метода при объяснении
темы «Непрерывные линейные операторы» по предмету «Функциональный
анализ». Вестник науки и образования, 16 2 (94). С. 25-28.

Uzbekistan www.scientificprogress.uz Page 1697

You might also like