You are on page 1of 23

Iso

payg'ambar qissasi

Ushbu asar turk tilidan o'zbek tiliga Nuur tarjimonlar


guruhi tomonidan o'girildi.
Iso
payg'ambar qissasi

Özkan Öze
Rassom: Sevgi İçigen

Bu kitobdagi rasmlarda payg'ambarlarning yuzlarini ko'ra


olmaysiz. Chunki musulmonlar payg'ambarlarga bo'lgan
hurmatlari tufayli ularning rasmlarini chizmaydilar.
4
Uzoq, juda uzoq zamonlar ilgari, ikki ming yil oldin,
muqaddas Quddus shahrida, buyuk ibodatxonada
Maryam ismli yosh qiz yashar edi. Maryam boshqa
yosh qizlardan juda farq qilardi. U ibodatxonada
yashar va tashqariga ko'p chiqmasdi. Ko‘p-ko’p
ibodat qilar, Allohning oyatlarini tilovat qilardi.
Ammo bir kuni g'alati bir narsa yuz berdi.

5
Uning oldiga bir farishta keldi. Bu farishta Jabroil
edi. Maryam uni ko'rib, juda qo'rqib ketdi.
"Qo'rqma, Maryam! Meni sening oldingga Alloh
yubordi. Sen bir o’g’il farzand ko’rasan", - dedi
Jabroil. "Lekin qanday qilib?" - dedi Maryam. -
Men turmush qurmaganman! Men qanday
farzandli bo’laman?” "Alloh shuni xohlasa,
bo‘ladi”, - dedi Jabroil.
Albatta, Alloh nimani istasa,
hamma narsa bo'ladi.
Maryam ham buni bilardi.

6
Alloh taolo Odam alayhissalomni ham onasiz, ham
otasiz yaratmaganmidi? Maryamning bolasi esa, faqat
otasiz yaratilajak edi! Ammo odamlar bunga nima
deydi? Kunlar, oylar o'tdi. Maryamning qorni
kattalashdi. Va hamma uning homiladorligini bildi.
Maryam qishlog‘iga, xolasining yoniga qaytdi.

7
8
U hech kimga, hech narsa aytmasdi va doim jim
edi. Va to’lg’oq (tug'ilish) juda yaqinlashgan edi,
og'riqlar boshlandi. Maryam qishloqdan chiqdi,
olisdagi xurmo daraxti tagiga borib o‘tirdi. Va
o‘sha yerda bolasini dunyoga keltirdi. U juda
ham chiroyli chaqaloq edi! Maryam uni
quchoqlab yig'lay boshladi.

Endi u qishloqqa qanday qaytadi?


Odamlar nima deb o'ylaydi?
Shularni o’ylab o’tirganida, bir ovoz
eshitildi: “Xafa bo’lma, Maryam.

9
Qara, sen uchun bir suv chiqardik.
Va qurigan daraxtdan totli xurmolar
yetishtirdik. Ulardan ich, tanovul qil.
Senga quvvat bo’ladi". Maryam suvdan
ichdi va xurmolardan yedi.
Qalbidagi iztiroblar aridi.

10
Chaqaloqqa Iso deb ism qo‘yildi. Katta
bo'lganida hamma uni Maryamning o‘g‘li
Iso deb chaqirardi.

11
Maryam bilan Iso qishloqqa kelganlarida,
odamlar bu holdan juda hayratda qolishdi.
Keyin ular Maryamdan g’azablana boshlashdi.
"Sen hali turmushga chiqmagansan-ku!
Qanday qilib farzandli bo'lding?"
Maryam sukut qilardi. Chunki Alloh unga
gapirmaslikni buyurgandi. Ammo uning o'rniga
chaqaloq gapirdi. “Men Allohning bandasiman.
Menga Alloh kitob yuboradi va meni
payg‘ambar qiladi!” - dedi.

12
Hamma juda hayratda qolgandi. Qanday qilib
chaqaloq shunday gapira olishi mumkin? Bu mo'jiza
edi. Chaqaloq Iso to boshqa bolalardek
ulg'aymaguncha aslo gapirmadi.

13
Maryam uni olib, Misrga yo‘l oldi. Iso biroz
kattalashganida, Nosira degan go'zal
qishloqqa joylashdilar. U juda boshqacha bola
edi. U yer yuzidagi go'zalliklarini tomosha
qilishni yaxshi ko'rardi.

14
U hamma narsaga bir kitob sahifalarini
o‘qiyotgandek boqardi: Gullarga,
kapalaklarga, moviy osmonga va albatta,
tunda charaqlagan yulduzlarga ham. Iso
o'ttiz yoshga kirganida, Alloh unga
payg’ambarlik vazifasini berdi. Va unga
Injilni yubordi. Injil yangi muqaddas kitob
edi. Iso odamlarga dedi:

15
"Menga quloq soling! Men Allohning elchisiman!
Men sizni faqat Allohga ibodat qilishga
chaqiraman!” Ular Isoga: "Agar gaping rost bo'lsa,
bizga mo'jiza ko'rsat!" - deyishdi. Iso hammaning
ko‘z o‘ngida loydan bir qush yasadi. Va unga:
«Allohning izni bilan uch!» - dedi. Alloh o‘sha loydan
yasalgan qushga jon berdi va u qush Iso
payg’ambarning hovuchlari orasidan chiqib uchib
ketdi.
16
Hamma juda hayratda qoldi. Ammo ko'pchilik
bunga ishonmadi. "Sen bizni sehrlab qo'yding!" -
deb aytishdi. Alloh Isoga boshqa mo'jizalarni
ham berdi. U juda og’ir bemorlarni ham osongina
davolardi. Uning mo’jizasidan ko’rlarning ko’zi
ko'radigan bo’lib shifo topayotgan edi. Buning
xabarini eshitgan bemorlar Iso payg’ambarning
eshigi oldida uzundan-uzun navbat hosil qila
boshlashdi. Ularning barchasini birma bir
davoladi.

17
Ammo baribir, Iso payg’ambarga o’n ikki kishidan
boshqa hech kim iymon keltirmadi. Ular havorilar
edi. Ular qanday ham yaxshi insonlar edi. Iso
payg’ambar va havorilari qishloqlarni, kichik va
katta shaharlarni aylanishdi. Insonlarni yakka
Allohga va yaxshilikka da'vat qilishdi. “Zayiflarga
ozor bermang, ochlarni to’ydiring, faqirlarni
himoya qiling!” - deyishdi.

18
Iso payg’ambarga juda kam odam quloq soldi.
Ko'pchilik uni eshitishni xohlamadi... Ayniqsa, boy
yahudiylar va ularning eski ruhoniylari. Ularga bu
gaplar yoqmadi va Iso payg’ambardan juda
g’azablandilar. Oxiri, uning ustidan podshohga
shikoyat qilishdi. “Isoni jazolang!” - dedi ular.

19
Ular tuhmat qilib juda ko'p yolg'on
to'qishdi. Nodon va zolim podshoh
ularning gaplariga ishondi. "Nosiralik Isoni
toping va o'ldiring!" - deb buyurdi. Ammo
Iso payg’ambar ularning bu xiyonatkor
rejalaridan xabar topib bo’lgan edi.

20
U shogirdlari bilan yashirincha uchrashishga
qaror qildi. Biroq ularning orasiga Yahudo ismli
bir ayg‘oqchi kirib olgandi. Yahudo ularga: " Men
ham sizlardanman!" - deb aldab, fursat bo’lishi
bilan yugurib borib, askarlarga xabar berdi. U
Iso payg’ambarning qayerdaligini aytib berdi.
Askarlar Isoni qo'lga olish uchun yo’lga
chiqishdi. Yahudo ham havoriylar bilan birga edi.
Lekin Iso payg’ambar hali kelmagan edi.

21
O'shanda qiziq bir voqea yuz berdi. Alloh uning
yuzini Iso payg'ambarnikiga o'xshatib qo'ydi.
Askarlar Yahudoni ko‘rgach, darhol uni tutib
oldilar. U: "Men Yahudoman!"- deb qichqirardi.
"Albatta! albatta!" - deyishdi askarlar. Ular
unga ishonishmadi. Ular Yahudoni olib borib,
qatl qilishdi (o‘ldirishdi). Ammo Iso
payg’ambarga nima bo'lgandi?

22
Alloh Iso payg’ambarni osmonga, boshqa bir olamga
chiqargandi. Unga endi hech kim, hech narsa qila
olmasdi. Bu Nosiralik Iso payg’ambarning hikoyasi
edi. Maryam o’g’li Isoning haqiqiy hikoyasi... U
payg'ambarimiz Muhammad Mustafo sallallohu
alayhi vasallamdan oldingi payg'ambar edi. Biz uni
barcha payg'ambarlar kabi juda yaxshi ko'ramiz. Ular
qanday ham yaxshi odamlar bo’lishgan. Ular
oramizdan tanlangan aziz ustozlar edi...

23
Ushbu asar turk tilidan o'zbek tiliga Nuur tarjimonlar
guruhi tomonidan o'girildi. Duolaringizdan umidvormiz!

@nuur_uz

You might also like