You are on page 1of 24

C++ dasturlash tili.

C++ tili
tuzilishi
C++ tili alifbosi
C++ tili alifbosiga quyidagi simvollar kiradi.
• Lotin Alifbosining katta va kichik harflari
(A,B,..,Z,a,b,…,z)
• Raqamlar: 0,1,2,3,4,5,6,7,8,9
• Maxsus simvollar:
“,{}|[]()+- / % \ ; ‘ . : ?<=>_!&*#~^
• Ko’rinmaydigan simvollar
Leksemalarni uzaro ajratish uchun ishlatiladigan
simvollar (misol uchun bo’shliq, tabulyatsiya, yangi qatorga
o’tish belgilari).
Izohlarda, satrlarda va simvolli konstantalarda boshqa
belgilar, masalan rus xarflarini ishlatilishi mumkin
Identifikator.
Identifikatorlar lotin harflari, ostki chiziq belgisi va sonlar
ketma ketligidan iborat bo’ladigan maxsus nom. Identifikatorlar
foydalanuvchi tomonidan ixtiyoriy ishlatiladigan va standart,
dasturlash tilining xizmatchi so’zlari bo’lishi mumkin.
Foydalanuvchi identifikator tanlanganda quyidagilarga
ahamiyat berish kerak:
 Identifikator lotin harflaridan yoki tag chiqdan boshlanishi shart;
 Ikkinchi simvoldan boshlab raqamlardan foydalanish mumkin;
 C++ da katta kichik harflar farq qiladi. Ya'ni quyidagilarning har
biri alohida identifikator hisoblanadi: KATTA, katta, KaTTa,
kAttA, Katta, KattA,...
 Probel C++ da so'zlarni ajratish uchun ishlatiladi. Shuning uchun
identifikatorda probeldan foydalanib bo'lmaydi;
 Xizmatchi (int, float, for, while kabi) so'zlardan identifikator
sifatida foydalanib bo'lmaydi;
Xizmatchi so’zlar
Xizmatchi so’zlar. Tilda ishlatiluvchi ya’ni
dasturchi tomonidan o’zgaruvchilar nomlari sifatida
ishlatish mumkin bo’lmagan identifikatorlar xizmatchi
so’zlar deyiladi.
C ++ tilida quyidagi xizmachi so’zlar mavjud:
asm, auto, break, case, catch, char, class, const,
continue, default, delete, do, double, else, enum, explicit,
extern, float, for, friend, goto, if, inline, int, long,
mutable, new, operator, private, protected, public,
register, return, short, signed, sizeof, static, struct, swith,
template, this, throw, try, typedef, typename, union,
unsigned, virtual, void, volatile, while.
O’zgaruvchilar
O’zgaruvchi - xotiraning nomlangan qismi bolib, o'zida
ma'lum bir toifadagi qiymatlarni saqlaydi.
O'zgaruvchining nomi va qiymati bo'ladi. O'zgaruvchining
nomi orqali qiymat saqlanayotgan xotira qismiga murojaat
qilinadi.
Programma ishlashi jarayonida o'zgaruvchining qiymatini
o'zgartirish mumkin. Har qanday o'zgaruvchini ishlatishdan oldin,
uni e'lon qilish lozim.
Quyida butun sonlardan foydalanish uchun b, haqiqiy
sonlardan foydalanish uchun h o'zgaruvchisi e'lon qilingan:
int b;
float h;
O’zgaruvchilarni dasturning ihtiyoriy qismida ta’riflash yoki
qayta ta’riflash mumkin.
O’zgaruvchilar ta’riflanganda ularning
qiymatlari aniqlanmagan bo’ladi.
Lekin o’zgaruvchilarni ta’riflashda
initsializatsiya ya’ni boshlang’ich
qiyjmatlarini ko’rsatish mumkin.
Misol uchun:
Int I=0;
Char c=’k’;
O’zgaruvchilar tiplari.
 char – bitta simvol;
 long char – uzun simvol;
 int – butun son;
 short yoki short int – qisqa butun son;
 long yoki long int – uzun butun son;
 float - haqiqiy son;
 long float yoki double – ikkilangan haqiqiy son;
 long double – uzun ikkilangan haqiqiy son;
Konstanta (O’zgarmaslar)
Konstanta bu o’zgartirish mumkin bo’lmagan
qiymatdir.
Namuna: float const pi = 3.14;

C++ tilida besh turdagi konstantalar ishlatilishi


mumkin: butun sonlar, haqiqiy sonlar, simvollar,
sanovchi konstantalar va nul ko’rsatkich.
C++ DA ARIFMETIK AMALLAR
Berilganlarni qayta ishlash uchun C++ tilida
amallarning juda keng majmuasi aniqlangan.
Amal – bu qandaydir harakat bo’lib, u bitta
(unar) yoki ikkita (binar) operatorlar ustida
bajariladi, hisob natijasi uning qaytaruvchi
qiymati hisoblanadi.
Tayanch arifmetik amallarga qo’shish (+), ayrish
(-), ko’paytirish (*), bo’lish (/) va qoldiqni olish
(%) amallarini keltirish mumkin.
Amallar qaytaradigan qiymatlarni o’zlashtirish
uchun qiymat berish amali (=) va uning turli
modifikatsiyalari ishlatiladi:
Qo’shish, qiymat berish bilan (+=);
Ayrish, qiymat berish bilan (-=);
Ko’paytirish, qiymat berish bilan (*=);
Bo’lish, qiymat berish bilan (/=);
Bo’lib qoldiqni olib, qiymat berish bilan (%=)
Bu holatlarning umumiy ko’rinishi
<o’zgaruvchi><amal>=<ifoda>
C++ dasturlash tilidagi dasturning umumiy ko‘rinishi

quyidagicha:
C++ dasturlash tilida dasturning umumiy
tuzilishini quyidagi oddiy dastur yordamida
tushuntiramiz:
1. #include <iostream.h>
C++ dasturlash tilida har qanday dastur 1-satr bilan
boshlanadi. Bunda # include (o‘z ichiga olmoq) so‘zi
ma’lumotlarni kiritish va chiqarish (o‘qish va yozish)
funksiyalari va ularning o'zatuvchilari e’loni joylashgan
<iostream.h> sarlavha faylini dasturga qo'shadi.
• <iostream.h> yozuvi quyidagicha ma’noni bildiradi:
• i (input - kirishi (o‘qish)),
• o (output - chiqarish (yozish)),
• stream - oqim (ya’ni ma’lumotlar oqimi), h (head -
sarlavha).
1. using namespace std;

2-satrda keltirilgan using namespace std;


buyrug’i dastur davomida standart nomlar
fazosidan foydalanishni anglatadi. Agar bu
buyruq yozilmasa
ma'lumotlarni kiritish std::cin>> ,
ma'lumotlarni chiqarish std::cout <<
operatori orqali amalga oshiriladi.
3. Int main ()

3-satrda main( ) funksiyasi berilgan bo‘lib,


bu funksiya ham (main - bosh, asosiy demakdir),
bo‘lishi shart va dastur shu funksiyani bajarish
bilan o‘z ishini boshlaydi. Uning oldidagi int
so‘zi dastur ijro etilgach, natija butun son
sifatida qaytarilishini bildiradi.
4. {
9. }

4 va 9 - satrlarda { va } qavslari keltirilgan bo‘lib, ular blok


belgisidir. C++ dasturlash tilida, tarmoqlanish, takrorlanish kabi
murakkab buyruqlarga taalluqli buyruqlar ham shunday blok
belgilari ichiga olib yoziladi. Bu yerda esa bu belgilar dastur
boshlanishi va tugashini bildiradi desak ham bo‘ladi yoki dastur
tanasining chegaralari yoki main( ) funksiyasi blok (tanasi) deyish
ham mumkin. Ammo bu belgilarsiz dastur ishlamaydi.
4. int a, b, c, s;

4-satrdagi int a, b, c, s; yozuvi a, b, c, s o‘zgaruvchilar e’loni


deyiladi. Bunda, albatta, ularning turi ko‘rsatilgan bo‘lishi shart va
ular, albatta, bir- birlaridan (,) belgisi bilan ajratib yoziladi.
5. int a, b, c, s;

5-satrda qiymat berish buyrug‘i (=) yordamida a, b, s

o‘zgaruvchilarga dastlabki qiymatlar berilgan.

a,b,s larga ularni e'lon qilishda ham int a=5; b=12; s=a+b; kabi

dastlabki qiymatlarini berish (initsializatsiya qilish) mumkin edi.

Ko'rinib turibdiki, C++ dasturlash tilidagi buyruqlar bir-

birlaridan (;) belgisi bilan ajratib yoziladi. Faqat sarlavha faylini


6-satrga <iostream.h> sarlavha faylida aniqlangan cout

operatoridan foydalanilgan bo‘lib, undan dasturning xotiradagi

natijasini ekranga chiqarish maqsadida foydalaniladi. Bu

operatordan keyin qiymati ekranga chiqarilayotgan barcha

o‘zgaruvchilar hech qanday tinish belgilarisiz “«” belgilari bilan

ajratib yoziladi. Agar matn (satr) ekranga chiqarilishi kerak bo‘lsa,

u qo‘shtirnoq ichiga olib yoziladi va C++ tomonidan qayta


C++ dasturlash tilida standart funksiyalar

C++ dasturlash tili tarkibida mavjud bo‘lgan matematik funksiyalar

standart funksiyalar deb ataladi.

Ifodalar tarkibidagi funksiyalami C++ dasturlash tilida ifodalash

uchun satandart funksiyalardan foydalaniladi. Funksiyalami C++

dasturlash tilida ifodalash uchun ularni argumentlarini albatta

qavsga olib yozish kerak.

C++ dasturlash tilida standart funksiyalardan foydalanish uchun

You might also like