You are on page 1of 236

―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI

YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI


31-avgust 2020-yil

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 1


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil

―ACADEMIA SCIENCE‖

―UzACADEMIA‖
SCIENTIFIC-METHODICAL JOURNAL
ISSN (E) – 2181 – 1334

―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH,


MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-
ONLAYN KONFERENSIYASI
MATERIALLARI TO‗PLAMI
31-AVGUST 2020-YIL
11-QISM

MATERIALS OF THE THIRD REPUBLICAN SCIENTIFIC-ONLINE


CONFERENCE ON ―INCREASING THE INNOVATIVE ACTIVITY OF THE
YOUTH, RAISING THEIR MORALE AND ACHIEVEMENTS IN SCIENCE"
31 AUGUST 2020
PART-11

www.academiascience.uz

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 2


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
TAHRIRIYAT
Editor in chief Bosh muharrir
Eshmatov Gayratjon Marupovich Eshmatov G‗ayratjon Ma‘rupovich
Executive Secretary Mas‘ul kotib
Ravshanjon Abdullayev Ravshanjon Abdullayev
He is a history teacher at Baghdad District Bag‗dod tumani 8-umumiy o‗rta ta‘lim
8 Secondary School maktabi tarix fani o‗qituvchisi
Preparing for publishing Nashrga tayyorlovchi
Khalikov Mukhriddin Tavakkaljon ugli Holiqov Muhriddin Tavakkaljon o‗g‗li
Fergana State University Farg‗ona davlat universiteti

Tahrir kengashi a‘zolari


Sultonali Mannopov
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-

O‗zbekiston xalq artisti, professor


Eshmetov Izzat Do‗simbatovich
FAN SOHASIDAGI YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN

O‗zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi,


texnika fanlari doktori, professor
Matibaev Taspolat Baltabaevich
Sotsiologiya fanlari doktori (DSc), Professor, Turon FA Akademik
Abdullayev Muzrobjon Gulamovich
Andijon davlat universiteti, professor
Akramova Shahnoza Abrorovna
Milliy gvardiya Xarbiy-texnika instituti Psixologiya va pedagogika kafedrasi
mudiri, Pedagogika fanllari doktori, dotsent
Arslanov Sharafutdin Sultanovich
kimyo fanlari doktori, professor
Tuychiyeva Inoyat Ibragimovna
Pedagogika fanlari bo‗yicha falsafa doktori
31-AVGUST 2020-YIL
KONFERENSIYASI

Oripov O‗rolboy Ahmedovich


Navoiy davlat pedagogika instituti, PhD
Fazliyeva Zebo Kamarbekovna
O‗zbekiston davlat Xoreografiya Akademiyasi, dotsent
Azimov Baxtiyor Ganievich
O‗zbekiston davlat konservatoriyasi,Pedagogika fanlari nomzodi, dotsent
Xusanova Xayriniso Tayirovna
O‗zMU, sotsiologiya fanlari nomzodi, dotsent
Smaylova Gulmari Yuldashevna
Dotsent
Otaqulov Fozil Sobirovich
FarDU bo‗lim boshlig‗i
Popov Dmitriy Vladimirovich
Andijon mashinasozlik instituti, filologiya fanlari bo‗yicha falsafa doktori
(PhD)
Xudoyberddiyev Elyor Xatamovich
O‗zbekiston yoshlar ittifoqi Farg‗ona viloyat Kengashi raisining birinchi
o‗rinbosari, ―Shuhrat‖ medali sohibi
Atadjanova Ma‘rifatxon Qurbonaliyevna
Furqat tumani XTB boshlang‗ich ta‘lim metodisti
Toshtemirov Otabek Abidovich
Farg‗ona politexnika instituti

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 3


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil

MUNDARIJA / TABLE OF CONTENTS / СОДЕРЖАНЫЕ

SAN‘AT VA MADANIYAT FANLARI

1. Mamajonova Zulfiya
TASVIRIY SAN‘AT DARSLARIDA RANGTASVIR ORQALI O‘QUVCHI
YOSHLARGA HAYOT GO‘ZALLIGI ZAVQINI SINGDIRISH 8
2. Xudoynazarova Odinaxon Abdullayevna
BIZ SEVGAN CHOLG`ULAR 10
3. Fazliddinova Ziyodaxon Anvarovna
DRAMADA JAMIYAT VA INSONIY ILLATLAR TALQINI 14
4. Kayumova Gulzoda Saitkulovna
TASVIRIY SAN‘ATDA MINIATYURA 19
5. Gulnora Abduvaxobovna Abduraxmonova
O‘ZBEK XALQ CHOLG‘U ASBOBLARINING TARIXI 22
6. Nargiza Jaksimova
TЕMURIYLАR DАVRIDА SАN‘АT VА MАDАNIYATNING YUKSАLISHI 26
7. Хўжақулова Саодат
КАШТАЛАРДА АКС ЭТГАН АНЪАНАЛАР 29
8. Музаффар Ташпулатов
ЎЗБЕК МУСИҚА ИЖОДИЁТИДА КОМПОЗИТОР ВА
БАСТАКОРЛИК ТАЛҚИНИ МАСАЛАЛАРИ 32
9. Yuldashova Rohil Shermaxmatovna
MUSIQA FANINING BUGUNGI KUNDA TUTGAN O‘RNI 35
10. Ғайрат Саидқулов
МУСИҚА НАЗАРИЯСИНИ ЎРГАНИШДА
МАГНИТЛИ ДОСКАНИНГ ЎРНИ 37
11. Maftuna Qodirova Yusufovna
TASVIRIY SAN‘AT DARSLARIDA SINF TAXTASIGA BO‘R BILAN CHIZISHNING
USULLARI 39
12. Aliyeva Uralxol Xasanovna
UMUMTA‘LIM MAKTABLARIDA TASVIRIY SAN'AT FANINING O‘QITILISH
USULLARI 42
13. Kenjaboyeva Mashhuraxon Shuxratbekovna
MAKTABLARDA TASVIRIY SAN‘AT FANI BO‘YICHA O‘QUVCHILARDA
SHAKLLANISHI LOZIM BO‘LGAN KO‘NIKMALAR 45
14. Narziyeva Zarnigor Qobiljonovna
TASVIRIY SAN‘AT FANLARINI O‘QITISHDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNI
ZAMONAVIY TA‘LIM VOSITALARI BILAN BOG‘LASH 48
15. Қалмуратова Мийуагул Аяповна
ҚАРАҚАЛПАҚ ХАЛҚЫНЫҢ ЗЕРГЕРЛИК ӚНЕРИ 51
16. М. Нурматова
ТАСВИРИЙ САНЪАТ ВА МУСИҚА ФАНЛАРИ ЎҚИТИЛИШИНИ
РИВОЖЛАНТИРУВИ ОМИЛЛАР 54
17. Saydaliyeva Nilufar
BOSHLANG‘ICH SINF MUSIQA DARSLARIDA O‘QUVCHILARNING RUHIY
HOLATINI RIVOJLANTIRISH USULLARI 57
18. Xalimova Lobar
MUSIQA DARSLARIDA FAOLIYAT TURLARI VA ULARNING O‘ZARO ALOQASI
MUSIQA IDROKI 60
19. Бегимқулова Шахноза Ахмедовна
МАРЯМ ҚУДРАТ АСИЛ ИЖОДИДА АФҒОН-АМЕРИКА МАДАНИЯТИНИНГ
ЎЗИГА ХОС МУШТАРАКЛИГИ 64
―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 4
www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
20. DJabborova Raxima Umurovna
MIRZO ULUG'BEK TRAGEDIYASI ORQALI O'QUVCHILAR MA'NAVIY
QARASHLARINI VA INSONIYLIK FAZILATLARINI RIVOJLANTIRISH 67
21. Karamanova Muyassarxon
HATTOTLIK SAN‘ATINING RIVOJLANISH
BOSQICHLARI 72
22. Мирсаидова Дилором Изатуллаевна
ЗВУКОЗАПИСЬ ВЧЕРА И СЕГОДНЯ 77
23. Artikov Rasul Axmedjonovich
UMUMTA‘LIM MAKTABLARIDA TASVIRIY SAN‘AT DARSLARINI TASHKIL
QILISHDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH 82
24. Mamaniyozov Shaxzod Abror o`g`li
OLMOS ISTE`DOD – NABI RAHIMOV IJODIGA NAZAR 87
25. Isa Kalishbekov Kabilbek oģli, Tursunov Mannon Otkir oģli
TASVIRIY SAN'AT YONALISHIDA ― KOMPAZITSIYA‖ MAVZUSIDA ISHLASH
USULLARI VA
YARATUVCHANGLIKNI ANGLASH 93
26. Қобилов Асрор
ТАСВИРИЙ САНЪАТ ЎҚИТУВЧИЛАРИНИНГ КАСБИЙ МАЛАКАСИНИ
ОШИРИШ ЖАРАЁНИДА УЛАРДА КАСБИЙ КОМПЕТЕНЦИЯЛАРИНИ
ШАКЛЛАНТИРИШ 95
27. Eshpulatova Xadicha, Niyozova Dilfuza
MILLIY TARBIYA DAFOLKLOR VA MUSIQANING O`RNI 99
28. Qosimov Ulug‘bek Bohodir O‘g‘li
MUSIQA ILMINING TA‘SIRCHANLIK XUSUSIYATLARI 102
29. Сабирова Барнохон Убайдуллаевна
ИНСОН МАЪНАВИЙ ОЛАМИНИНГ ШАКЛЛАНИШИДА
МУСИҚА САНЪАТИНИГ ЎРНИ 105
30. Atajanova Bazargul Atabaevna
RANGTASVIRDA KOMPOZISIYANING AHAMIYATI 107
31. Abdulxayev Saydullo Esonboy o‘g‘li
BIRINCHI O‘ZBEK FOTOGRAFI XUDYBERGAN DEVONOV VA UNING
FAOLIYATI HAQIDA 110
32. Jumaniyazova Lala Sharafatdinovna
TASVIRIY SAN'ATNING TARBIYAVIY AHAMIYAT 113
33. Rustamova Yoqutxon Xabibullayevna
AN‘ANALAR BOQIYLIGI 115
34. Dilshod Amonov
SAMARQAND MUSIQALI DRAMA TEATRI TARIXI VA ZAMONAVIYLIK 117
35. Romanova Sanovar
MUZÌKA TEORIYASI PÁNIN JOQARI OQIW ORNÌNDA JAŃA ZAMANAGOY
TEXNOLOGIYALAR JÁRDEMINDE ÓTIW USILLARI 120
36. Usmonov Ulug‘bek Abidovich
ILG‘OR PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNI MUSIQA
MADANIYATI DARSLARIDA QO‘LLASHNING AHAMIYATI 122
37. Sayidova Maqsadoy Furqat qizi, Fayzullaeva Setora Muxtor qizi
BOLALARNING SEHRLI OLAMI - QO'G'IRCHOQ TEATR 125
38. Razzaqov Kamalbek Narimanovich
TEATR SAN‘ATI TARIXI 127
39. Ismoilova Nilufar
BOTIR ZOKIROV IJODI VA O‘ZBEK ESTRADASI
TARAQQIYOTI MASALALARI 129
40. Atamuradova Mavzuna
XITOY MILLIY XATTOTLIK SAN‘ATI 132
41. Xaytbayeva Barnoxan Yusupjanovna 135
―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 5
www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
TASVIRIY SAN‘ATDA NAQSH KOMPOZICIYASI
42. Бахтиѐр Азимов
МУСИҚАНИНГ ТАЪЛИМ-ТАРБИЯДАГИ ВАЗИФАЛАРИ 138
43. Xo`jamova Muazzamxon Abdumutallipova
FYODOR DOSTOYEVSKIYNING ―JINOYAT VA JAZO‖ ROMANI SUJETI HAQIDA 142
44. А.Нурмуҳаммеджанов, Нуъмонжонова Феруза Сайѐджон қизи
ЁШЛАРНИ МИЛЛИЙ ҚАДРИЯТЛАР РУҲИДА ТАРБИЯЛАШДА
МАҚОМ САНЪАТИНИНГ ЎРНИ 144

JISMONIY MADANIYAT FANLARI

1. Hudoyqulova Elmira Suyunovna


YENGIL ATLETIKACHILARNING JISMONIY TAYYORGARLIGIDA JISMONIY VA
MAXSUS MASHQLARNING O‘RNI 147
2. Nazarova Farida Abdujalilovna
JISMONIY TARBIYANI O‘RGANISHDA ZAMONAVIY INNOVATSION
TEXNOLOGIYADAN FOYDALANISHNING SAMARALI USULLARI 149
3. Sharipov Botir Raxmonberdiyevich
BO`LAJAK SPORT MUSOBAQALARIGA SPORTCHI YOSHLARNI PSIXOLOGIK
TAYYORLASHNING MUHIM OMILLARI 151
4. Мавланов Бахтиер Ходжикурбанович
ДИСТАНЦИОННОЕ ОБУЧЕНИЕ В ФИЗИЧЕСКОМ ВОСПИТАНИИ СПОСОБЫ,
РЕШЕНИЯ, ПРОБЛЕМАТИКА 153
5. Boboyev Mirzohid Sayfullayevich
JISMONIY TARBIYA FANINING O‘QITISH NAZARIYASI VA RIVOJLANISH
BOSQICHLARI 155
6. Yo`ldosheva Zulayho Hamzayevna
JISMONIY MADANIYATDA SHAXSNI HAR TOMONLAMA RIVOJLATIRISH 158
7. Begmatov Sherali Bekqulovich
O‘ZBEKISTONDA FUTBOLNING RIVOJLANISHI 161
8. Razzaqov Ravshanbek
JISMONIY TARBIYANING ONLAYN TARZDA O‘QITILISHI
HAQIDA MULOHAZALAR 163
9. Rustamov Jasur Farxod o‘g‘li
YOSH VOLEYBOLCHILARNING JISMONIY TAYYORGARLIGINI
RIVOJLANTIRISH USLUBLARI 166
10. Daniyarov Sayfiddin To‘ychiyevich
TA‘LIM TIZIMINI JISMONIY TARBIYA FANI MISOLIDA RIVOJLANTIRISH 169
11. Sanoyeva O`g`iloy Komil qizi
JISMONIY TARBIYA DARSLARIDA PEDAGOGIK
TEXNOLOGIYALARNI JORIY ETISH 175
12. Rasulov T. Q
SHAXS JISMONIY KAMOLOTI VA SALOMATLIGINING MADANIY GIGIYENIK
ASOSLARI 181
13. Очилов.О.Ў
УМУМТАЪЛИМ МАКТАБЛАРИДА ЖИСМОНИЙ МАДАНИЯТ ТАЪЛИМИНИ
ТАКОМИЛЛАШТИРИШ ВА РИВОЖЛАНТИРИШ 186
14. Очилова Гулираъно Уринбаевна
БОШЛАНҒИЧ СИНФЛАРДА ЎТИЛАДИГАН ЖИСМОНИЙ ТАРБИЯ
ДАРСЛАРИДА ЎҚУВЧИЛАРГА ҲАРАКАТЛИ ЎЙИНЛАРНИ ЎРГАТИШ
ОМИЛЛАРИ 190
15. Jurayeva Saodat Muzaffarovna
YOSHLARNI JISMONIY TARBIYA VA SPORT BILAN SHUG‘ULLANISHLARIDA
SHIFOKOR NAZORATI 193
16. Raxmonova Yulduzoy Yigitali qizi, Zohidov Zoir Toyir o‘g‘li 196
―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 6
www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
UMUMIY O‘RTA TA‘LIM MAKTABLARIDA MILLIY HARAKATLI O`YINLARNING
O‘QUVCHI YOSHLAR TARBIYASIDA VA MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISHDA
TUTGAN O‘RNI
17. Turdaliyev Jamshid Abdusamad o‘g‘li
GORIZONTAL BURCHAKLARNI O‘LCHASH XATOLIGINING CHEKLI
QIYMATLARINI HISOBLASH 199
18. Ergashev G'anisher Mahammadiyevich
JISMONIY TARBIYA VA SOG‘LOMLASHTIRISH TADBIRLARINI IJTIMOIY
MUHITGA TA‘SIRI 202
19. Safarov Azizbek Isoq o‘g‘li
BUGUNGI KUNDA JISMONIY MADANIYAT NAZARIYASI FANINING O`RNI VA
AHAMIYATI 204
20. Vohobjon Turdiqulov
MAKTABDAGI JISMONIY TARBIYA DARSLARINING O'ZBEKISTON
RESPUBLIKASI SPORTINING RIVOJLANISHIGA TA'SIRI 207
21. Jabborov Hasan G‘ofurovich
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING JISMONIY RIVOJLANISHI VA
JISMONIY TAYYORGARLIKLARINING AHAMIYATI 209
22. Bahriddinova Lobar
O`ZBEKISTONDA XOTIN-QIZLAR SALOMATLIGI VA TURMUSH MADANIYATINI
SHAKLLANTIRISHDA JISMONIY TARBIYA VA SPORTNING AHAMIYATI 212
23. Xudayarova Shohista Maxmarejabovna
JISMONIY TARBIYA BILAN SHUG‘ULLANUVCHILARNING BIOLOGIK
XUSUSIYATLARI 215
24. Bekmuratova Lola Temirovna
BOLALARNING GIGIYENIK TARBIYASI 217
25. Сотиволдиев Нурбек Махаматжонович, Хакимова Наргиза Мўйдиновна
ЖИСМОНИЙ ТАРБИЯНИНГ ФИҚҲИЙ ҲУКМИ 220
26. Халипаев Мурадбек Маликжанович, Турсунмуродов Улуғбек Қўшбоқжон ўғли
ИСЛОМ ВА ЖИСМОНИЙ ТАРБИЯ 222
27. Ҳакимова Наргиза Мўйдиновна, Мирзақулов Тохир Маматалиевич
ИСЛОМНИНГ ИНСОН ЖИСМИГА НИСБАТАН МУНОСАБАТИ 224
28. Хаитмуродова Сарвиноз Шокир қизи, Ходжаярова Севара Абдимурат қизи
ХАРАКАТЛИ ЎЙИНЛАР ВОСИТАСИДА БОЛАЛАРНИ ЖИСМОНИЙ
РИВОЖЛАНТИРИШ ХУСУСИЯТЛАРИ 228
29. Жураев Абдулахад Ашуралиевич, Ниязов Валижон Алиевич
ЎҚУВЧИ ЁШЛАРНИ МАЪНАВИЙ ВА ЖИСМОНИЙ КАМОЛОТГА ЕТКАЗИШДА
МИЛЛИЙ ҲАРАКАТЛИ ЎЙИНЛАРНИНГ АҲАМИЯТИ 230
30. Жураев Абдулахад Ашуралиевич, Ниязов Валижон Алиевич, Қодирова Олтинхон
Одиловна
ҲАРАКАТЛИ ЎЙИНЛАРНИ ТАРБИЯВИЙ АХАМИЯТИ 233

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 7


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil

SAN‘AT VA MADANIYAT FANLARI

TASVIRIY SAN‘AT DARSLARIDA RANGTASVIR ORQALI


O‘QUVCHI YOSHLARGA HAYOT GO‘ZALLIGI ZAVQINI SINGDIRISH

Mamajonova Zulfiya
Andijon viloyati Oltinko'l tumani
11-umumiy o'rta ta'lim maktabi
tasviriy san'at va chizmachilik fani
o'qituvchisi

Anotatsiya:Ushbu maqolada tasviriy san'at darslarida rangtasvir orqali


o'quvchi yoshlarga hayot go'zalligi zavqini singdirish bo'yicha tavsiyalar berilgan.
Kalit so'zlar: Lein Battista Al'berti, Leonardo da Vinchi, qora, kulrang, ko'k,
qizil.

Tasviriy san‘at - inson zotini mehnatga, aql-idrokka, tafakkur qilishga,


go‘zallikga intilishga o‘rgatib, unda chiroyli, go‘zal ma‘naviy dunyosini yaratishga
erishmoqda. Bugungi kunda tasviriy san‘at odamlar va uning jamiyati uchun yuksak
aql-idrok, chuqur bilim va tafakkur, go‘zal turmush va e‘tiqod yaratishini hamma
yaxshi biladi. Shuningdek, kuzatishlar va ilmiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki,
tasviriy san‘at yoshlarga faqat ilm-tafakkur, go‘zal estetik ideallar beribgina qolmay,
odam zotining eng muhim jihatlarini, ya‘ni kuzatish, ko‘rish, idrok qilish va tafakkur-
tasavvurlarini rivojlantiradigan bosh va asosiy vosita ekanligi isbotlanmoqda.
Tasviriy san‘atda ranglar insonar hayotida muhim o‘rin tutadi.
Ranglarning tabiatda qanday hosil bo‘lish va tarqalish hodisalarini qadimdan
olimlar va rassomlarning diqqatini tortgan. Uyg‘onish davri buyuk rassomlari va
nazariyachilari Leon Battista Al‘berti, Leonardo da Vinchi va boshqalar rangtasvir
haqidagi asarlarida ranglarning xususiyatlari haqida keng ma‘lumotlar berganlar.
Yorug‘lik to‘lqinlari insonda ranglarni his qilish tuyg‘usini paydo qiladi.
Qorong‘ulikda hech qanday rang vujudga kelmaydi.
Odatda rangni ko‘rib his qilish ikki guruhga bo‘linadi: birinchi guruhni
axromatik ranglar: oq, qora, kulrang (eng to‘qdan eng och ranggacha) tashkil etadi.
Bular holis ranglar deb yuritiladi. Faqatgina hech qanaqa birikmalarsiz toza oq
kulrang va qora ranglar axromatik ranglarga kiradi.
Keyingi guruhga xromatik ranglar-qora, oq va kulrang ranglardan tashqari
―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 8
www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
barcha ranglar, jumladan, qizil, sariq, pushti, yashil, havoranglar (nimpushti,
nimsariq, nimyashil vahokazo ranglar ham) kiradi.
Tasvirda turli ranglarni garmonik, go‘zal tus birikmalari o‘rtasidagi o‘zaro
bog‘liqlikni kolorit deb ataladi.
Kolorit bizga olamning boy, rang-barang go‘zalligini ochib beradi. U
musavvirga tasvir kayfiyatini ifoda qilishda yordam beradi. Kolorit osoyishta,
zavqlantiruvchi, havotirli, ma‘yus bo‘lishi mumkin, shuningdek iliq va sovuq, yorqin
va bog‘liq bo‘ladi. O‘tmish ustozlarining rangtasvir asarlari quyidagi ayrim davrlarda
kolorit rivojini kuzatish imkonini beradi.
Xozirgi kunda tasviriy san‘at darslarida o‘quvchilarning qaysi ranglardan
ko‘proq foydalanishlari orqali ularning ruhiyatini o‘rganish mumkin va buning inson
psixologiyasiga ta‘siri juda katta. Har bir san‘at asari insonlarning qalbiga, ruhiyatiga,
ongiga ta‘sir etadi va uning didini tarbiyalaydi. Tasviriy san‘at ongga tezda ta‘sir etib,
unda ezgu hislar uyg‘otadigan, ma‘naviy olamini boyitadigan ijtimoiy hodisadir.
Tasviriy san‘at hayotga doimo joziba baxsh etadi. U yoshlarni go‘zallikka oshno
qilish, ularda hayotiy voqealarni to‘g‘ri tushunish, oliyjanob his – tuyg‘ularni va
intilishlarni shakllantirishga yo‘naltiradi. Tasviriy san‘at idrok qilish, tarbiyalash,
tabiat inom etgan go‘zal hodisalarni o‘rgatadi.
O‘qituvchi darslarda o‘quvchilarga asosiy ranglar hisoblangan
Ko‘k-tinchlik, qoniqarli holatni,
yashil-dadillik, qat‘iylik gohida qaysarlik hissini,
qizil-irodali kuch, agressivlik, jangovarlik, va qo‘zg‘atuvchanlikni,
Och-sariq-aktivlik, muloqotga intiluvchanlik, hushchaqchaqlik hissini
uyg‘otishini yetkaza bilishi lozim.
O‘quvchiga borliqni, hayot go‘zalligini ushbu ranglar orqali tasvirlashni
o‘qituvchi o‘rgata olishi darkor.
O‘quvchi salbiy yo‘nalishlarni ifodalovchi havotir, stress, qo‘rquv, hafagarchilik
hislarini siyohrang, jigarrang, qora ranglar orqali ifodalaganda o‘qituvchi bolaning
ruxiyatidagi o‘zgarishlarni anglagan holda, uning kayfiyatini ko‘tarishi, hayotdan
zavq olib yashash kerakligi, dunyoqarashini kengaytirishi, tasavvur olamini
boyitishga harakat qilmog‘i zarur. Zero biz pedagoglar yosh avlodga zamonaviy
ta‘lim berish bilan birga ularni umuminsoniy va milliy qadriyatlar, yuksak insoniy
fazilatlar ruhida tarbiyalash, yoshlar ongi va qalbini mafkuraviy, ma‘naviy va axborot
tahdidlaridan ximoya qilish, ularda g‘oyaviy immunitetni shakllantirish,
yoshlarimizni chinakam ma‘naviyatli, san‘atni sevuvchi komil inson qilib
tarbiyalashda bor kuchimiz, bilim va g‘ayratimizni ishga solib, go‘zallikka, estetikaga
intilish masalalariga e‘tibor qaratmog‘imiz muhim vazifalarimizdan biridir.

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 9


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
BIZ SEVGAN CHOLG`ULAR

Xudoynazarova Odinaxon Abdullayevna


Toshkent viloyati Ohangaron shahar
1-umumiy o'rta ta'lim maktabi musiqa ma'daniyati
òqituvchisi

Musiqa cholgʻu asboblari -musiqiy ton yoki oʻziga xos jarangdor tovushlar
hamda maʼlum ritmik tuzilmalarni hosil etishga moʻljallangan cholgʻu
asboblar.Musiqani yakkanavoz yoki jamoa (turli ansambl, orkestr va boshqalar)
tarzda ijro etishda ishlatiladi. Har bir Musiqa cholgʻu asboblarining sadosi oʻziga xos
tembr, maʼlum diapazon, tovushqator va ifodaviy imkoniyatlarga ega. Musiqa
cholgʻu asboblari sadosining sifati, koʻpincha, muayyan cholgʻu asbobining shakli,
umumiy tuzilishi, qurilmasi va uni tayyorlashda ishlatilgan materialga bogʻliq.
Musiqa cholgʻu asboblari qadimdan qamish, bambuk, yogʻoch, tosh, suyak, metall,
teri, ipak, kokos yongʻogʻi, qovoq va boshqalardan tayyorlangan. Sadolanish
xususiyatini qoʻshimcha vositalar (mas, surdinayaan foydalanish), ijrochilik uslublari
(mas, torli sozlarni tirnab-chertib chalish, flajolet va boshqalar), baʼzi musiqa
bezaklari yordamida oʻzgartirish mumkin. Paydo boʻlishi insoniyat tarixining ilk
davrlariga toʻgʻri keladi.Mukammallanishi esa musiqa sanʼati va ijrochilikning
rivojlanishi hamda musiqa cholgʻu asboblarini ishlab chiqarish texnika taraqqiyoti
bilan bogʻliq.
O`rta osiyo xalqlariga nisbatan janubiy Xitoyning Sintzyan viloyatida
yashovchi uyg`urlar o`rtasida keng tarqalgan turi Qashqar Rubobi deyiladi.Buxoro,
Tojikiston va Afg`onistonda tarqalgan Rubobning yana bir turi - Afg`on rubobi, tojik
rubobi yoki Buxoro Rubobi deb ham ataladi. Bunda asosiy tordan tashqari rezonans
beruvchi qo`shimcha torlar ham bor.
Dutor - forscha «ikkita tor» degan ma`noni anglatadi. Dutor eng qadimiy
cholgulardan hisoblanib hatto tanburning ibtidoiy kurinishidan darak beruvchi
cholg`u degan tahminlar ham uchraydi. Hatto shunday rivoyat ham bor: - Tunda
Aflotun shogirdlaridan pinhona o`z hujrasida bir cholg`u sozini yasayotgan vaqtida,
uni qanday soz yasayotganini o`rganib olish uchun shogirdi Arastu ohista tuynukdan
mo`ralaydi ammo unga cholg`u ko`rinmaydi shunda u cholg`uni devorga sham
nuridan tushayotgan soyasidagi shaklga qarab, tonggacha u ham pinhona bir musiqiy
cholg`uni yasashga kirishadi. Tongda Arastu yasagan cholgusini ustosi Aflotunga
olib borganda shu narsa ma`lum boladiki tunda Aflotun kosasi katta dastasi ingichka
cholg`u yasagan bo`ladi Arastu esa aksincha soyada ko`ziga dastasi yo`g`on, kosasi
kichkina ko`ringan shakldagi cholg`uni yasagan bo`ladi. Shundan Aflotun yasagan

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 10


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
ingichka dasta katta kosali cholg`u -Dutor, Arastu, uni soyasidan qarab yasagan
kosasi kichik, dastasi yo`g`on cholg`u esa Tanbur bolib qolgan ekan.O`tmish
risolalarda Dutor haqida yetarli ma`lumotlar kam. Dutor Tanburga nisbatan yengil
ijro etilganligi sababli xalq ichida eng ommaviy cholg`u bo`lib kelgan. Pardalarining
pastligi, soni jihatidan kamligi tufayli uni ko`pincha ayollar qo`llab kelganlar va
honaki, yengil kuy qo`shiq ijrosida , folklor yollarida foydalanganlar.Dutor kosasi tut,
dastasi o`rik daraxtlaridan yasaladi. Kosasi yupqa qovurg`alardan yeg`ib bir-biriga
yopishtirib ishlanadi. Dasta bilan kosaxonasuni esa bo`g`iz ulab turadi. Dastasi
ingichka, uzun bo`lib ingichka bog`lama pardalar bog`langan bo`ladi. Ipakdan
qilingan ikki torlari kvarta, kvinta, unison ba`zan oktava qilib sozlanadi. Asosiy
sozlanish Munojot (kvinta), Tanovor (kvarta) deyiladi.
Dutor bizning cholg`ularimiz ichida ikkala torini barmoqlar bilan barobar bosib,
birinchi torga ikkinchi torni jo`r qilib chalinadigan yagona qo`sh ovozli cholg`u
hisoblanadi. Past ammo o`ta mayin yoqimli ovozi bor, dutor xalq yo`lidagi kichik
hajmli kuy qo`shiqlar ijrosiga mo`ljallangan. Xalq musiqalarini ichida dutor uchun
mahsus kuylar koplab uchraydi. «Qo`shtor», «Dutor navosi», «Dutor bayoti» va h k.
Manbalarda kelishicha Tanbur so'zi - forscha yurakni tirnovchi ya‘ni tan - yurak,
bur-tirnash degan ma‘noni anglatadi yoki tanbur so`zi yunoncha tanbura so`zidan
paydo bo`lgan deb yoziladi Ammo bu fikrlar naqadar haqiqatligi aniq emas.
Fitratning tarificha esa Tanbur O`rta Osiyo xalqlari cholg`usi-do`nbira tanburni
qadimiy bir ko`rinishi ekanligini va u judayam qadimiy cholg`u ekanligi ma`lum
bo`ladi. Darvish Alining yozishicha qadimda Tanbur ikki torli bolib unga keyinchalik
uchinchi tor qo'shilgan, shundan bo'lsa kerak Tanburni ba`zi kitoblarda Setor ya`ni
uchta torli deb nomlanganligi ham e‘tiborga loyiqdir. Bizning milliy
cholg'ularimizning eng asosiysi hisoblanadi. Chunki qadimda bizning maqomlarimiz
aynan Tanbur cholgusida ijro etilgan. Tanbur pardalarining joylashuvi maqom
asarlarimizning asosi ya‘ni tovush qatorini mezoni hisoblanib uning ijro imkoniyati
esa ohanglarimiz talqinida betakror o`rin egallaydi. Tanbur tut yog`ochidan yasaladi.
Kosasi (bosh qismi) nok shaklida o`yilib unga uzun dasta ornatiladi. Kosasi yupqa
yog`och qopqoq bilah yopiladi Dastasiga yo`g`on ichak pardalar bog`lanib yuqori
tovushlar uchun qopqog`iga xas pardalar yopishtiriladi. Pardalarining yo`g`onligi
ijroda simlarni ezib maqomlarda uchrovchi mayda intervallarni ifoda etishda ota
qulay va tanburga hos nola va mungli sadolanishni ta‘minlashda muhim hisoblanadi.
Tanburni jezdan to`rtta simi bo`ladi. 1,2,4 torlari unison 3 chisi kvarta kvinta
sozlanadi, qadimda esa tanburni yana boshqa sozlash tartibi bo`lib u maqomlarga
mahsus moslangan bo`lgan. Tanburni asosan katta oktavadagi fa, sol tuvushlariga
sozlanadi. Ovoz hajmi ikki yarim oktavaga yaqin. Tanbur o`ng qo`lning ko`rsatgich
barmog`iga mahsus temir nohun kiyib chalinadi. Chalinganda faqat birinchi simi

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 11


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
chertib chalinadi, qolganlari esa sadolanib turish uchun hizmat qiladi. Maqom
ijrochiligida Tanbur yakka holda kuy yo`llarini ijro etishda, yoki, hofizlarning
qo`llarida yetakchi cholg`u sifatida keng qo`llanilib kelingan. Tanbur sozi tarixda uch
xil sozlangan, ya‘ni Rost maqomida 3 chi simi kvinta past qilingan Buzruk, Dugoh,
Iroqda kvarta past, Navo va Segohda sekunda pasaytirib sozlangan. Hozirda esa
Tanbur asosan kvarta, kvinta qilib sozlanadi. Tanbur asosan maqom yo`lidagi
asarlarni ijro etishga mo`ljallangan cholgu sozi hisoblanadi.
Doira (childirma, chirmanda) - o`zbek, tojik va uyg`ur xalqlari orasida keng
tarqalgan. Doira ansambl va yakka holda ham ijro etiladi. Doira jo`rligidagi raqslar
o`zbek va tojik xalqlari orasida juda keng tarqalgan. Shashmaqom doira usulisiz ijro
qilinmaydi. Buxoroda har bir maqom aytuvchi hofiz, maqom usullarini doirada
ustalik bilan o`zlashtirganlar va o`z ashulalariga jo`r bo`lganlar. Shashmaqomdagi
har bir kuyning o`ziga xos usuli bor. Shunga ko`ra, usullar shu kuy nomi bilan
yuritiladi. Masalan: - Usuli Muhammas - (Muhammas usuli), - Usuli Talqin -, - Usuli
Tasnif - va boshqalar.
Qayroq O`rta Osiyo xalqlari o`rtasida tarqalgan urma musiqa asbobi. Yapaloq
tekis qilib sillliqlangan to`rtta qayroq toshdan iborat. Odatda qayroqni raqsga
tushuvchining o`zi chaladi.
Urib chalinadigan o`zbek xalq cholg`u asboblaridan, nog`ora sopoldan yasalib,
ustiga echki yoki kiyik terisi qoplanadi. Nog`ora ma‘lum bir sozga ega emas. U
O`zbekistondan tashqari boshqa sharq mamlakatlarida ham ishlatiladi.
Chanqovuzni metalldan va tuya suyagidan tayyorlangan turlarining mavjudligi
ushbu cholg‘u asbobi metall iste‘moli boshlangan davrdan oldin ham mavjud
bo‘lganligi ishora qilsa, chanqovuzga aynan o‘xshash cholg‘ularning sharqiy turkiy
xalqlar, shimol xalqlari, Markaziy Osiyo va tatar, boshqird xalqlari, hatto olmonlarda
ham uchrashi uning juda qadimiy cholg‘u ekanligini isbotlaydi.Chanqovuzni
metalldan va tuya suyagidan tayyorlangan turlarining mavjudligi ushbu cholg‘u
asbobi metall iste‘moli boshlangan davrdan oldin ham mavjud bo‘lganligi ishora
qilsa, chanqovuzga aynan o‘xshash cholg‘ularning sharqiy turkiy xalqlar, shimol
xalqlari, Markaziy Osiyo va tatar, boshqird xalqlari, hatto olmonlarda ham uchrashi
uning juda qadimiy cholg‘u ekanligini isbotlaydi.

Adabiyotlar:

1. O'zbek xalq cholg'ulari. O'quv qo'llanma


2. PanjiyevQ.B, KarimovaD.A-Musiqa ma`daniyati fani o`qituvchilari uchun.
3. O'zbek an'anaviy cholg'ulari:Ziyouz.com
4. Ijtimoiy axborot ta`lim portal:www.ziyonet.uz

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 12


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
5. Maktablar o`quvchi va o`qituvchilar sayti:www.edunet.uz
6. O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi:www.uzedu.uz
7. Ma`rifat gazetasi
8. Cholg'ushunoslik:Ziyouz.com.

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 13


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
DRAMADA JAMIYAT VA INSONIY ILLATLAR TALQINI

Fazliddinova Ziyodaxon Anvarovna


Fergana, Uzbekistan
1-sonli umumiy o‘rta ta‘lim maktabining
Ona tili va adabiyot fani o‘qituvchsi
ziyodanvarovna0109@gmail.com

Annotatsiya: Ushbu maqolada Odil Yoqubovning ―Bir koshona sirlari‖


dramasida shaxs fojiasining badiiy tasviri muammosi tadqiq etilgan.
Аннотация: В данной сатьи изучено проблема изображение трагедия
личности в драме ―Секреты раскошного дома‖ А.Якубова
Annotation: In this article, the problem of the image of the tragedy of the
personality in the drama ―Secrets of a house‖ by A. Yakubov is studied
Tayanch so‟z va iboralar: estetik ideal, drama, fojia, obraz, talqin, tendentsiya,
ruhiy iztirob, polifoniya, ramz, sarguzasht, tugun, voqealar rivoji, kulьminatsiya,
yechim, ziddiyat.
Ключевые слова и выражения: эстетический идеал, драма, трагедия,
образ, интерпретация, тенденция, душевные страдание, полифония, символ,
детектив, фабула, узел, развитие событие, кульминация, развязка, конфликт.
Key words and expressions:
aesthetic ideal, drama, tragedy, image, interpretation, tendency, mental
suffering, polyphony, symbol, detective, plot, knot, event development, climax,
denouement, conflict

Hayotdagi taloto‘mlarni va insoniy tanazzullarning asosini chuqur anlagan


faylasuflardan biri shunday degan edi: ―Ilmiy, ijtimoiy va iqtisodiy islohatlar
tabiatdagi narsalarni yaxshilashi, sayqallashi mumkin, lekin insonni hech narsa qila
olmaydi. U narsa kishiga ruhiy kamolotga erishish uchun yo‘l ko‘rsatib bera
olmaydi...ruhiy kamolot moddiy taraqqiyotga bog‘liq narsa bo‘lmay, balki bizning
qalblarimizdan joy olgan narsadir. U moddiy jihatdan qoloq xalqlarda ham,
taraqqiyotga erishgan xalqlarda ham bir xil bo‘ladi. SHunday ekan, qo‘limizdan
kelgancha ruhiy narsalarni izlamog‘imiz kerak. Bizdan avval ham ko‘pchilik kishilar
bu haqiqatga erishganlar, ruhiy kamolotga timsol bo‘la olganlar. Ular erishgan narsa
nima edi? Bu narsalar yaxshilik, muhabbat, birovni o‘zidan yuqori qo‘ymaslik,
fidoiylik kabi fazilatlar edi.1‖

1
Муҳаммд Содиқ. Имон. – Т.: Камалак, 1991 й, 76 - бет

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 14


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
Yuqoridagi fikrlarga amal qilishga har qachongidan ham bugungi kunda ko‘proq
ehtiyoj seziladi. Chunki mustaqillikda barcha narsaga erkinlik berilishi, shunindek,
o‘tish davridagi bo‘hron tufayli aksar odam ma‘naviyatdan uzoqlashib, moddiy
boylikka rag‘bat bildirdi.
Hayotimizdagi ijtimoiy – siyosiy va madaniy o‘zgarishlar odamlar
ma‘naviyatiga ham jiddiy sifat o‘zgarishlarni olib kirdi. SHu boisdan adiblarimiz
mustaqillik yillarida yaratilgan asarlariga o‘qituvchi yoki shifokor, muhandis yoki
dehqon, chorvador yoki ishchi obrazlarni olib kirishga intilishlar ekan ularning
ma‘naviyati, ruhiy dunyosiga intellektual saviyasiga, tabirkorlik xususiyatlariga
asosiy diqqat e‘tiborini qaratmoqdalar.
Odil Yoqubovning ―Bir koshona sirlari‖ dramasida ham tadbirkor yigit obrazi
yaratilgan. Drama nomiga qarab, u dedektiv – sarguzasht asar emasmikan, degan
o‘yga borasiz. Darhaqiqat, unda, qisman, dedektiv asarlarga xos ayrim xususiyatlar
bor. Dramadagi voqea – mojarolar asosan yangi chiqqan tadbirkor – millioner
xonadonida, uning hashamatli ko‘rkam koshonasida kechadi. Bu xonadonning sobiq
bekasi kechagi oddiy do‘kondor, ko‘rkam va shaddod ayol Dilora, uning qo‘lida
ishlaydigan oddiy ―tachkachi‖ Sarvar qanday qilib qisqa fursatda bunday xadsiz
boylik martabani qo‘lga kiritdi, degan savol, shuningdek ularning oilaviy tarixi
tomoshabinni qiziqtiradi. Asar davomida bu savollarga javob ham topiladi. Biroq
asarni, undagi personajlarni xarakatga keltirgan badiiy asos, bosh muammo bu emas.
Undagi asosiy narsa moddiy boylik bilan ma‘naviyat, o‘tkinchi mayllar bilan tabiiy
tuyg‘ular, boqiy qadriyatlar orasidagi nomuvofiqliklardan kelib chiqqan ziddiyatlar;
aniqrog‘i, mazkur drama qalb sirlari, shaxs jumbog‘i, inson qalbining hech qanaqa
andozalarga sig‘maydigan turfa jilolari, g‘aroyib sinoatlari to‘g‘risidagi asardir.
Drama davomida yana bir jumboqqa duch kelasiz. Asar voqealari muhtasham
koshona, badavlat xonadonga yondosh qo‘shni mo‘‘jaz kamtarona oddiy ziyoli
oilasidagi vaziyat bilan barobar kechadi. Bir qarashda bu kamtarona hayot
kechirayotgan pok oila qo‘shni badavlat oilaga qarama – qarshi qo‘yilayotganday, bu
oilaning turmush tarzi namuna qilib ko‘rsatilyotganday tuyuladi...Biroq dramaturg
bunaqa jo‘n ibtidoiy talqindan qochadi. Ziyoli oila a‘zolarining qo‘shni xonadonga
munosabati ikki xil: er Sarvarlar turmushidan hazar qiladi, xotin esa bu xonadon
a‘zolariga chin insoniy munosabatda bo‘ladi, sekin – asta bu ideal – namuna bo‘lib
ko‘ringan oilaning ham o‘ziga xos ichki ziddiyat – muammolari ayon bo‘la boradi.
Buyuk jarroh Darveshali turmush o‘rtog‘i Gulnozani har qancha yonib sevmasin,
uning kuyida telbalarcha parvona bo‘lmasin, uni o‘zgalardan qizg‘anmasin, bari bir,
bu dilbar ayolning ko‘nglini ololmaydi, unga to‘kis baxt hadya etolmaydi. O‘n
yildirki ular tirnoqqa zor. Gulnoza ham o‘z navbatida, eri va ustozi Darveshalini har
qancha hurmat qilmasin, bari bir, o‘zini undan qandaydir begona his etadi. Asarda

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 15


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
bular haqida oshkora gap yo‘q; bu nozik ruhiy dramatik jarayonni yurakdan his etib
turasiz va uning intihosini yurak xovuchlab kutasiz. Uzoq davom etgan bu ruhiy
jarayon portlashga olib keladi. Sarvar uchun eng og‘ir damlarda Gulnoza ham
qo‘shni, ham shifokor sifatida uning yonida turib, bu samimiy yigitnining qalb
asrorini o‘zicha kashf etadi, unga nisbatan hali ―sevgi‖ deb bo‘lmas, qandaydir ismsiz
mayl uyg‘onadi. Ko‘nglida u bilan haj safariga birga ketish istagi tug‘iladi. Bundan
ogoh bo‘lgan Darveshali rashk, alam olovida jazavaga tushib, og‘izga olib bo‘lmas
so‘zlar bilan Sarvar va Gulnozaga hamlalar qiladi. SHu tariqa, sehrli qo‘llari, mislsiz
jarrohlik iste‘dodi bilan o‘zi qayta jon ato etgan odamni o‘zi jonidan judo qiladi.
Bunday shafqatsiz hamlasi bilan o‘z navbatida Gulnozaning ko‘nglini ham vayron
qiladi. SHunisi muhimki, bunday shafqatsizlik dag‘allikka nisbatan na Sarvar na
Gulnoza qarshi zarba berish, shafqatsizlik qilish yo‘lini tutmaydi. Sarvarning beozor
o‘limi, o‘lim oldidagi vido so‘zlari, Gulnozaning beozor, yuksak odob ila izxor etgan
o‘kinchlari har qanday kuchli javob zarbalaridan- da kuchliroq chiqqan. Pьesada
yozuvchi qahramonlarning ko‘ngli, tuyg‘u kechinmalarini ko‘rsatishga alohida
e‘tibor qaratadi. Inson xarakterining murakkabligi, yangi zamon ta‘sirida kishilar
turmushida, ong tushunchasi va dunyoqarashida bo‘lgan o‘zgarishlar, xilma – xil
ziddiyatlar ochib berilgan. Asar badiiy mahorat jihatidan ham yuqori saviyada
yaratilgan. Dramada shaxs fojiasi, uning sabablari yozuvchi tomonidan mahorat bilan
talqin qilingan. Drama qahramonlari bizga zamondosh kishilar. Asarda Sarvar va
Dilora, Darveshali hamda Gulnozaning muhabbati, ikki bir – biriga qarama – qarshi
turmush tarziga ega bo‘lgan oilaning fojiasi yorqin bo‘yoqlar bilan tasvirlangan. Pul,
boylik Sarvar va uning xotini Dilorani ko‘zini ko‘r, qulog‘ini kar qilib qo‘ygan. Ular
hamma narsani pul bilan o‘lchashadi. Xatto qo‘shnisi shifokor ayol Gulnozaning
Sarvarning onasi Mehriniso ayaga nisbatan insoniylik yuzasidan qilgan
g‘amxo‘rligini Dilora noto‘g‘ri talqin qiladi.
Dilora. Ha – a Gulnozaxon. Nega bu dargohga serqatnov bo‘lib qoldilar
desam...Bilaman hammasini.He yuzing qursin. Lochinday ering turib, mening jufti
halolim bilan don olishgani uyalmaysanmi, behayo...2
Bu gaplarni eshitib, Gulnoza kaftlari bilan yuzini yashirganicha turgan joyida
tosh qotadi va yugurganicha uydan chiqib ketadi. SHarq ayollariga xos bo‘lgan ibo –
hayo, nafosat degan tushunchalar Diloraga begona. U hamma narsaga pul bilan
erishadi. Hatto Sarvrni ham pul bilan yonida olib qolishga harakat qiladi. Lekin
Sarvar xotinining bu qiliqlaridan to‘yib uni taloq qiladi. Drama markazida turgan
personajlar Sarvar va Dilora turmush jumboqlari, bu ikki murakkab shaxsning yurak
sirlari ifodasi odat tusini olgan talqinlardan yiroq. Sarvarning o‘z xotinini taloq qilib

2
О.Ёқубов. Қайдасан, Морико. – Т; Шарқ, 2002 й, ...-бет

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 16


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
qo‘shni ayol Gulnozaga mayl ko‘rsatishi qanadaydir ma‘naviy aynish,
boyvachchalik, mol – dunyo tufayli ―quturish‖ oqibati emas. Bu yigit uddaburon
xotini orqasida omadi kelib tadbirkor millionerga aylangan. Lekin boylikka hirs
qo‘ymagan, o‘sha samimiy insonligicha qolgan. U tadbirkorlik bobida ham halol
yo‘ldan boradi, pora bilan ish bitiradigan ―ipirindi-sipirindi tadbirkorlarni‖,
―qalang‘ir-qasang‘ir aferistlarni‖ jinidan battar yomon ko‘radi. Uning ko‘ngli
nopoklikni, anidishasizlik, behayolikni aslo ko‘tarolmaydi; ―xotining marhamati bilan
boyvachcha bo‘ldi‖ qabilidagi ta‘nalarga, erkatoy, ko‘hlik xotining behayo
sho‘xliklari – yu tantiqliklariga aslo chidolmaydi. Bunday turmushga qat‘iy chek
qo‘yadi. Biroq taloq-ajralish hali uning uchun najot, mushkulot chorasi bo‘lolmaydi.
Orada bir - biridan shirin farzandlari bor. Boz ustiga, xotini undan ko‘ngil uzib
ketolmaydi, ko‘ngli tilaganiga esa yetolmaydi. SHu tariqa yigit hadsiz boylik egasi
bo‘lsada, qo‘li har joyga yetsada, bari bir o‘zini ojiz notavon, baxtsiz his etadi;
farovon dabdabali hayot unga tatimaydi. Maslaning chigal tomoni shundaki,
ko‘rinishidan erkatoy, shaddod, yengiltak, tantiq ayol Dilora aslida pok, xiyonat
ko‘chasiga kirgan emas. Uning rashk, g‘azab olovida yongan eriga qarata ― Erkalik
qilsam, qilgandirman, yengillik qilgan bo‘lsam qilgandirman. Lekin, tepamda xudo,
biror it tekkani yo‘q jismimga. Jismim pok, vijdonim pok‖degan gap so‘zlariga
ishonmay ilojingiz yo‘q. Xotinidan, dunyo tashvishlaridan to‘ygan Sarvar onasiga
zorlanadi.
Sarvar. Oyijon, oyijonginam. Aytingchi meni nega tug‘dingiz?
Aya. Bu nima deganing bolajonim. Seni menga Xudo bergan ekan – ki, tug‘dim
– da
Sarvar. Xudo bergan bo‘lsayam...tug‘masangiz bo‘larkan oyijon.
Yozuvchi dramada har bir obrazning fojiasini ta‘sirli ravishda ochib bergan.
Farzandi uchun jonini ham fido qilishga tayyor onaizorning nolasi butun vujudingizni
titratib yuboradi.
Aya. Ey, parvardigor qarigan chog‘imda farzand dog‘ini ko‘rsatmagin. Agar
bandang kerak bo‘lsa men qoqboshni ol. Yetmish yil umr ko‘rib gunohlarga botgan
men alvastini ol, ey yaratgan egam (yig‘laydi). Hali o‘n gulidan bir guli ochilmagan
bolajonimga tegmagin...
Farzandini o‘ylab Ollohga iltijo qilib, bechora mushtipar ona dunyodan ko‘z
yumadi. SHusiz ham hayot qiyinchiliklaridan, xotinining nayranglaridan to‘ygan
Sarvar uchun onasining vafoti og‘ir zarba bo‘ladi. Uning yagona orzusi Makkai
Madinani ziyorat qilish, barcha gunohlariga tavba – tazarru qilish. Lekin uning bu
orzusi armonga aylanadi. Jon taslim qilayotgan Sarvarga xizmatchisi Bo‘rsiqning
―...bu koshona, bu mol – dunyo, bu boylik kimga qoladi, voris kim?‖ degan savoliga
beparvogina ―Voris, qanaqa voris, bilmadim bilishniyam hoxlamayman, bitta- yu –

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 17


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
bitta tilagim meni onajonimni yonlariga qo‘yinglar. Bu dunyoga kelib, bir on orom
olmadim. Bolalik chog‘larimdagidek onaizorimning bag‘riga kirib orom olay, orom‖
deya bu dunyoni tark etadi.
Xullas, Sarvar ham, Dilora ham, Darveshali ham, Gulnoza ham – dramadagi
barcha yetakchi personajlar go‘zal shaxslar – davrning asl bokira, baxtli bo‘lishga,
ehtiromga loyiq odamlaridir. Lekin inson taqdirining chigal va tushunarsizligi sabab
ularning hammasi ham baxtsiz. Drama insonning o‘ta murakkab yaratiqligini, uni
anglab yetish mushkul ekanini aks ettirish bilan qimmatlidir.

Адабиётлар:
1. Адабиѐт назарияси. Икки томлик, 1-т. – Т.: Фан,1978.
2. Аникст А. История учений о драме. – М.: Наука, 1988.
3. Арасту. Поэтика. Ахлоқи кабир. Янги аср авлоди. – Тошкент 2004. –
4. Волькенштейн В.М. Драматургия. – М.: Писатель. 1990.
5. Дидро Д. Собрание сочинений. -Т.5.– М.: Наука, 1983 .
6. Ёқубов О. Бир кошона сирлари./ Ёқубов Одил. Қайдасан Морико. ШАРҚ
НМАК Бош таҳририяти. – Тошкент 2002.
7. Йўлдошев. Қ. Ёниқ сўз. –Т.: Янги аср авлоди, 2006.
8. Karimov H. Istiqlol davri adabiyoti. – T.: Yаngi nashr, 2010
9. Лессинг Г.Э. ―Гамбургская драматургия‖. – М.: Художественная
литература, 1953.
10. Монтескье Ш. Избранные произведения. – М.: Литература, 1955
11. Норматов У. Нафосат гурунглари. –Т.: Муҳаррир, 2010.
12. Солиев А. Ҳаѐт ва инсон талқини. – Т.: Турон замин зиѐ, 2015.
13. Қуронов Д., Мамажонов З., Шералиева М . Адабиѐтшунослик
луғати. – Т.: Академнашр, 2010
14. Quronov D. Adabiyot nazariyasi asoslari. – T.: Akademnashr, 2018.

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 18


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
TASVIRIY SAN‘ATDA MINIATYURA

Kayumova Gulzoda Saitkulovna


Toshkent viloyati Ohangaron tumani
27-umumiy órta ta'lim maktabning
tasviriy sanʼat fani oʻqituvchisi

Annotatsiya: Tasviriy san‘atda miniatyura tushunchasi juda keng ma‘noli


tuashuncha sanaladi. Miniatyura — olamni aks ettirishning alohida badiiy usuli.
Mo‘jas san‘at turi haqida tushuncha berish.
Kalit so‟zlar: Miniatyura tushunchasining ma‘nosi. Miniatyuraning paydo
bo‘lgan davrlar. Miniatyuraning asoschilari va o‘zbek miniatyurachi rassomlar.

Miniatyura-fransuzcha miniature va lotincha minium kabi so‘zlardan olingan


bo‘lib, ―qizil boʻyoq‖ degan ma‘noni bildiradi. Miniatyura —tasviriy san‘atning
janrlaridan biri hisoblanadi hamda olamni aks ettirishning alohida badiiy usuli bo‘lib,
oʻta nafis boʻlgan kichik hajmli (moʻjaz) tasviriy sanat asarlari sanaladi va tasviriy
san‘atning boshqa janrlaridan nafisligi bilan ajralib turadi. Oʻrta asr qoʻlyozmalarini
ziynatlash uchun yaratilgan nafis moʼjaz rasmlar, shuningdek, suyak, pergament,
magʻzi soxta (toshqogʻoz), metall, chinni, baʼzan maishiy buyumlar (tamakidon, soat,
uzuk va boshqalar)ga ishlangan kichik hajmdagi rangtasvirga ham miniatyura atamasi
qoʻllanadi. Badiiy miniatyuraning kitob va portret miniatyurasi kabi sohalari keng
tarqalgan. Kitob miniatyurasida rasmlar rangli qilib tempera, guash, yelim, akvarel va
boshqa boʻyoqlar bilan qoʻlda bevosita qoʻlyozma kitoblar varaqlariga ishlanib,
undagi naqshlar (sarlavha, unvon, lavha va boshqalar) shu kitoblarning bezaklari
bilan uygʻunlashgan bo‘ladi. Miniatyura. qadimdan maʼlum boʻlib, nasalarida
bеzaklar nafis obrazlarga aylanadi. Vaqt (zamon) go‘yo o‘zining turli o`lchamlarida
iskanjaga olingandеk tuyuladi, ta‘sir, kеskinlik, ya‘ni voqеiylik o`tmish bilan hozirgi
zamon shaxsiy kеchinmalarining yaqinlashuvi shundan yuzaga kеladi. Lirik va poetik
zamon qatlamlari aniq, ifodasini topgan. Miniatyura ustalari ixtiyori bilan yangi
kompozitsiya «tuzilish»ga duch kеlib, tasvirlangan pеrsonajlarni ushbu tasvirlar
tushirilgan buyumlarning o‘zi bilan qiyoslar ekanmiz, tasvirning grafik jihatdan
mavhum ritmik «jonliligi» hamda mahalliy rangdor dog`larning ohangdorligi bu
asarlarning uslubiy yakun topganligini va erkinligini aniqroq, his etishimizda
ko`maklashadi. Insonni, uning didini, ehtiyojini, milliy o`ziga xosligini hisobga olish,
uni estetik va ma‘naviy tarbiyalash, axloqiy kamol toptirish xalq, hayoti-moddiy, ham
ma‘naviy jihatini qamrab oluvchi badiiy tizim, dekorativ-amaliy san‘at uchun zarur
bo‘lgan badiiy maktab, uslub tushunchasi bilan belgilanadi. O`zbek miniatyurachi

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 19


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
rassomlarining asarlari uslubiy birlikning rivojlangan shaxsiy, individual asosda
shakllanishiga misol bo`lib, ularning asarlariga xos emotsional boylik va yaxlitlik shu
bilan izohlanadi. Bunda «soxta xalqchil san‘at» nomi bilan uslublashtirish dеyarli
uchramaydi, chunki chinakkam xalqchil san‘at saboqdari ustalarning tafakkurida
mujassamlashgan. Go`yoki zamonaviy san‘-atning ilgari mavjud bulmagan yangi tipi
yuzaga kеlib, unda shaxs -xalaqning emotsional-psixologik tarzi asar tuzilishida,
murakkab uyg`un qurilishida bеvosita ifodasini topadi. XII—XIX asrlarda Sharqda
miniatyura san‘ati keng tarqalgan. Avval ilmiy qoʻlyozmalar keyinchalik badiiy
asarlarga rasmlar ishlangan. Badiiy adabiyot, asosan, epik sheʼriyat — masnaviy,
dostonlar, qoʻlyozmalarni ziynatlash uchun yaratilgan miniatyuralar alohida turkumni
tashkil qiladi. Buyuk musavvir sifatida Sharqda Moniydan soʻng Juna-id Bagʻdodiy,
Xoja Abdulhay, Mahmud Siyohqalam, Gʻiyosiddin Naqqosh, Mirak Naqqosh,
Kamoliddin Behzod, Qosim Ali, Mahmud Muzahhib, Abdulla Musavvir, Basavan,
Rizoyi Abbosiy va boshqalarning nomlari mashhur. Temuriylar davrida alohida
varaqlarga miniatyura ishlash va ulardan muraqqa tuzish anʼ-anaga aylangan, alohida
shaxslar tasviri (portreti)ni ishlash taraqqiy etgan, xususan, Hindistonda Boburiylar
davrida yuksak darajaga koʻtarilgan.
O`zbеkston miniatyurachi rassomlarining go`zallik hamda Sharq, shе‘riyati,
ayniqsa, buyuk Nizomiy Ganjaviy (1141—1209), Abdurahmon Jomiy (1414—1492),
Alishеr Navoiy (1441-1501) nazmi bilan muzayyan etilgan shе‘riyat olamini o`ziga
xos yaratilgan asarlari tiniq, yorqin bo`yoqlar va yaxlit xaraktеrlar olami, tabiat
boyligi hamda jo`shqinligi, ularning ijodini oziqlantiruvchi bеg`ubor ruhiyat
bulog`idir. Miniatyurachi rassomlar buyum (quticha yoki namoyon)ni yaratib va unga
syujetli tasvir bilan jon baxsh etish orqdli uning ashyoviyligini, shaklini yassi chiziqli
tasvirlash, naqdshing mavhum evrilishi orqali esa — moddiyligini faol qaror
toptiradilar. Qutichalar shaklining o`ta soddaligi va naqsh g`aroyibligi, uning
erkinligi hamda handasiy muntazamligi birikuvida, buyumlarning tashqi va ichki
sathidagi ranglar ziddida rang-barangligining qiyoslanishi hamda turli-tumanlikning
umumiylikka olib kеlinishi qoidasi namoyon bo`ladi. Oqibatda ko`z oldimizda
shirali, jiddiy, ayni mahalda nafis va jonli obraz yaqqol namoyon bo`ladi.
Tasvirlanayotgan voqеalar ishonarli ifodalanishiga qaramay, ular hozirgi miniatyura
ustalari tomonidan romantik orzular va go`zal hayollar og`ushida talqin qilinadi.
O`zbekiston san‘atining sеrbutoq, daraxtida bugun yana bir go‘zal shox va gullar
kirdi. Bu — miniatyura bo‘lib, u rеspublika badiiy madaniyatini shubhasiz boyitadi
bezaydi va ajib mevalarini beradi. Oʻzbekiston hududida Usta Moʻmin, A.Siddiqiy,
G.Nikitin, Ch.Ahmarov, T.Muhamedov kabi rassomlar ijodida miniatyura anʼanalari
kuzatiladi Miniatyura.ning haqiqiy taraqqiyoti Oʻzbekiston mustaqilligidan soʻng
amalga oshdi. Ch.Ahmarov miniatyura sanʼati anʼanalarini oʻz ijodida davom ettirdi,

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 20


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
uni yangicha mazmun, gʻoyalar bilan boyitdi. Uning shogirdlari ustozining ishlarini
davom ettirib, miniatyurani yangi bosqichga koʻtardilar, miniatyuraning lokli
miniatyura, qogʻoz, mato, teri, charmdagi miniatyura va devoriy ishlarni qamrab olib
keng koʻlamli badiiy uslubiy yoʻnalishga aylandi. Hozirgi kunda miniatyura rivoji 3
yoʻnalishda — aynan qoʻlyozma (kitob) rasmlari (T. Muhamedov, Sh.
Muhamadjonov, M. Salimov va boshqalar), lokli miniatyura (N. Xolmatov, A.
Yoʻldoshev, Sh. Shoahmedov va boshqalar) hamda mahobatli uslubida devoriy
rasmlar yaratish (T. Boltaboyev, H. Nazirov, Gʻ. Kamolov — Kamoliddin Behzod
nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofotining birinchi sovrindorlari va boshqalar)
boʻyicha ijodiy izlanishlar olib borilmoqda. Miniatyurachi rassomlar "Usto" va
"Musavvir" ijodiy uyushmalarida faoliyat koʻrsatmoqdalar.

Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Norqulov N., Nizomiddinov N., Miniatyura tarixidan lavhalar, Tosh., 1970;
2. Alisher Navoiy asarlariga ishlangan rasmlar, Tosh., 1982;
3. Sharq miniatyura maktablari, T., 1989 yil

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 21


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
O‘ZBEK XALQ CHOLG‘U ASBOBLARINING TARIXI

Gulnora Abduvaxobovna Abduraxmonova


Toshkent shahar Chilonzor tumani
138-maktab boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi

Birinchi Prezidentimiz I.A. Karimov ―Yuksak ma‘naviyat – yengilmas kuch‖


asarida ―...musiqa san‘ati navqiron avlodimizning yuksak ma‘naviyat ruhida kamol
topishida boshqa san‘at turlariga qaraganda ko‗proq va kuchliroq ta‘sir
ko‗rsatmoqda‖ – deya ta‘kidlaydilar.
Demak, musiqa san‘ati va ta‘lim-tarbiyasi kishidagi insoniy fazilatlarni
rivojlantirib, ruhiy poklanish va yuksalishga da‘vat etadigan, insonning ichki olamini
boyitadigan, iymon-e‘tiqodini, irodasini mustahkamlaydigan, ijodini uyg‗otadigan
qudratli botiniy kuch – ma‘naviyatning yuksalishini ta‘minlaydi. Musiqa yordamida
uning badiiy idroki o‗sib, hissiyotini yanada boyitib boradi. Bolalarda musiqaviy
idrokni o‗stirmay, ularning musiqaga mehr-muhabbatini yetarli darajada qiziqtirmay
turib, har tomonlama jismoniy boy, ma‘naviy va qat‘iy ahloqiy sifatlarni tarbiyalab
bo‗lmaydi.
Musiqiy cholg‗u asboblar - musiqiy, musiqiy bo‗lmagan yoki uyushmagan
tovushlar yordamida musiqiy asarlar yaratish uchun qo‗llaniladigan ashyolardir. Ayni
vaqtda bir necha guruhlarga bo‗linadigan oddiy musiqiy cholg‗u asboblari mavjud.
Ular torli, puflab chalinuvchi, tilchali va zarbli cholg‗u asboblar gurug‗i bo‗lib, har
bir guruh cholg‗u asbobining tovushi o‗ziga xosdir. Shuningdek, klavishali musiqiy
cholg‗u asboblarini ham alohida guruhga ajratish mumkin.
Arxeologlar-qadimshunoslar ham musiqa asboblari qadimiy davrlarda paydo
bo‗lganligiga guvohlik beradilar. Yer kurrasining barcha hududlarida ular amalga
oshirgan deyarli hamma qazish ishlarida ro‗zg‗or buyumlari, kiyim-kechaklar
qoldiqlari, zebu ziynatlar va hokazolar qavatida qadimiy musiqa asboblari ham
topilgan. Darvoqe, bunday topilmalar sayyoramizning ibtidoiy odamlar
manzillarining barcha hududlaridan ham topilgan.
Qaysi musiqa asbobi birinchi yaratilganligi barchani qiziqtiradi. Bu xususda
afsona mavjud, lekin u fantaziyadan o‗zga bir narsa emas. Yunon asotiriyasi-
mifologiyasiga ko‗ra, birinchi musiqa asbobi – cho‗pon nayini - iloh Pan yasagan.
Kunlardan bir kuni u qirg‗oqda qamish g‗ishshasiga puflaydi va poya bo‗ylab o‗tgan
nafasi hazin bir nola chiqarganini eshitadi. U poyalarni kalta-uzun qilib qirqadi,
qo‗shib bog‗laydi, shunday qilib, ilohning izmida birinchi musiqa asbobi paydo
bo‗ladi!
Gapning sirasini aytganda, biz ilk musiqa asbobini kim yasagani uyoqda tursin,

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 22


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
uning nomi qandayligini ham zikr etolmaymiz, chunki barcha ibtidoiy olamlar, zotan,
butun dunyoda u yoki bu musiqani yaratganlar. Bu odatda qandaydir diniy
ahamiyatga molik musiqa bo‗lgan va tomoshabinlar uning ishtirokchilariga
aylanganlar. Odamlar raqsga tushishar, chapak chalishar va unga jo‗r bo‗lgancha
qo‗shiqlar kuylashar edilar. Bu amallar shunchaki huzur-halovat uchungina
bajarilmagan. Ibtidoiy musiqa odamlar turmushining salmoqli qismini tashkil etardi.
Iloh Pan va qamish haqidagi afsona odamzot qay yo‗sinda shu qadar rangbarang
musiqa asboblarini yasashga qodirlik darajasiga yetishganini taxmin qilishimizga
imkon beradi. U o‗z musiqasini yaratish uchun tabiatdagi tovushlarga taqlid qilgan
yoxud uning o‗zini qurshagan tabiat ne'matlaridan foydalangan bo‗lishi mumkin.
Dastlabki musiqa asboblari urma musiqa asboblari bo‗lgan (baraban xilida).
Keyinchalik odamzot hayvonlarning mo‗guzidan yasaladigan puflama musiqa
asboblarini ixtiro qildi. Ushbu ibtidoiy puflama musiqa asboblaridan hozirgi mis
puflama musiqa asboblari o‗sib chiqqan. Odamzot o‗zining musiqani his va idrok
etishini rivojlantirib borishga qarab qamishdan foydalana boshlaydi va shu tarzda
birmuncha tabiiy va nozik sadolar hosil qiladi.
Nihoyat, inson lira va arfani ixtiro qiladi-da, kamonchali asboblarning dunyoga
kelishiga yo‗l ochib beradi, O‗rta asrlarda salbbardorlar-salb yurishlari ishtirokchilari
yurishlaridan Mashriqzaminning bir talay g‗aroyib musiqa asboblarini olib qaytadilar.
O‗sha zamonlardayoq Yevropada mavjud bo‗lgan xalq musiqa asboblariga sing-
dirilganidan so‗ng ular hozirgi kunda musiqa hosil qilish uchun foydalanilayotgan
ko‗plab musiqa asboblari darajasiga takomillashdilar.
Qadim-qadim zamonlardayoq odamlar musiqa sadolari bilan ko‗ngillarini
xushnud etishgan. Oltin kafaraning maftunkor sadolari oltinsoya Apollonning
tashrifidan darak berar edi. Ushbu hayratomuz musiqa asbobini chalish bobida birov
u bilan bellasha olmas, frigiyalik satir Mars uning bilan musiqa jabhasida tor-
tishishga botinib, tayinlangan musobaqaga qo‗lida qamish nayi bilan kirib kelganida
u o‗zining bunday jur‘ati uchun qattiq jazolanadi.
Qadimgi Yunoniston asotirlarida ilohlar va avom musiqani nechog‗li sevganlari
va turfa musiqa asboblarini durust chala bilganlari haqida talay naqllar bor. Naylar,
kavslar va nag‗oralarning quvnoq sadosi xushro‗y Dionis va ayonlarining serg‗alva
odimlariga jo‗r bo‗lar edi. Arxeologlar-qadimshunoslar ham musiqa asboblari
qadimiy davrlarda paydo bo‗lganligiga guvohlik beradilar. Yer kurrasining barcha
hududlarida ular amalga oshirgan deyarli hamma qazish ishlarida ro‗zg‗or buyumlari,
kiyim-kechaklar qoldiqlari, zebu ziynatlar va hokazolar qavatida qadimiy musiqa
asboblari ham topilgan. Darvoqe, bunday topilmalar sayyoramizning ibtidoiy
odamlar manzillarining barcha hududlaridan ham topilgan.
Yuqori paleolit (miloddan avvalgi 25-22 mingyilliklar) davrigayoq mansub

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 23


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
bo‗lgan eng qadimiy musiqa asboblari - nay va hushtak - Vengriya va Moldova
hududlaridan topilgan.
Qadim-qadim zamonlarda nafaqat musiqa asboblari yasay va kuy to‗qiy olar
edilar, qolaversa hatto uni nota belgilari bilan sopol jadvalchalarga - mixxatlarga
yozib ham qo‗yar edilar.
O‗zbekiston cholg‗u madaniyati juda boy va keng. Ilk milliy musiqiy cholg‗u
asboblarning kelib chiqishi qadim davrlarga borib taqaladi. Bularga O‗zbekiston
hududida o‗tkazilgan arxeologik qazilmalar natijasi isbotdir. Ilk milliy musiqiy
cholg‗u asbobi o‗rnida yog‗ochli uzun puflama-nay tan olinib, O‗zbekiston hududida
topilgan bu ashyo 3.5 ming yillik deb belgilangan. Qadimiy mamlakatlar markazi
hududlarida topilgan musiqiy cholg‗u asboblar surati tushirilgan toshlar, yirik va
mayda plastiklar, amaliy san‘at buyumlari, devoriy qo‗lyozmalar orqali O‗rta
Osiyoning musiqa madaniyati markazi qadimiy mamlakatlar Sug‗diyonadagi
Marokandada, Xorazmning o‗ng qirg‗og‗i hamda Baqtriya shahrida bo‗lganligini
bilish mumkin. Afrosiyob xarobalaridagi qazilmalari sug‗dlarning sevimli cholg‗u
asbobi ud va arfa bo‗lganligini isbotlaydi, shuningdek, puflama cholg‗u asboblarining
turli xillari ham topilgan.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‗yxati:


1.O‗zbekiston Respublikasining «Ta‘lim to‗g‗risida»gi Qonuni. Barkamol avlod
orzusi. –Toshkent: O‗zbekiston, 1998
2.Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. Barkamol avlod orzusi. –T.: O‗zbekiston,
1998
3.Karimov I. A., ―Yuksak ma‘naviyat – yengilmas kuch‖ -T.:, ―Ma‘naviyat‖,
2008
4.Karimov I. A., O‗zbekiston o‗z istiqlol va taraqqiyot yo‗li. T.: , ―O‗zbekiston‖,
1992
5.Karimov I.A. Milliy istiqlol g‗oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. –T.:
―O‗zbekiston‖ 1996
6.Karimov I.A. Yangicha fikrlash va ishlash – davr talabi. 5-tom. –T.:
O‗zbekiston, 1997
7.Karimov I. A. Jamiyatimiz mafkurasi xalqni –xalq, millatni – millat qilishga
xizmat etsin -Toshkent: O‗zbekiston, 1998
8. Karimov I. Milliy istiqlol g‗oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. – T.:
―O‗zbekiston‖, 2000
9. Qodirov R. G‗. ―Musiqa psixologiyasi‖ T: Musiqa. 2005
10.Sharipova G., Yakubova Sh. Maktabgacha ta‘lim muassasalarida musiqa
o‗qitish metodikasi Toshkent-Cho‗lpon nashriyoti -2007

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 24


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
11.Bola ma‘naviyatini shakllantirish. (Yo‗ldoshev J.tahriri ostida.) – Toshkent:
Sharq, 2000
12.Bolalarni tarbiyalashda oila, mahalla, maktab hamkorligi konsepsiyasi. –
Toshkent: Rahbar, 1998
13.Soipova D. Musiqa o‗qitish nazariyasi va metodikasi. Toshkent Musiqa
nashriyoti 2009

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 25


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
TЕMURIYLАR DАVRIDА SАN‘АT VА MАDАNIYATNING
YUKSАLISHI.

Nargiza Jaksimova
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahar
8-sonli maktabning tarix fani o‘qituvchisi

Insoniyat tаrixidа shundаy dаvrlаr borki, undа buyuk ishlаrgа tаyyor millаtlаr,
o‘zining yo‘lboshchilаri etаkchiligidа, tаrixning muаyyan qisqа bosqichlаridа ming
yillаrdа qo‘lgа kiritish mumkin bo‘lgаn nаtijаlаrgа erishgаnlаr. Аynаn аnа shundаy
dаvrlаr insoniyat tаrixigа shu millаtgа mаnsub buyuk kishilаrning o‘chmаs nomini
bitаdi, jаhon mаdаniyatini boyitаdi, umumbаshаriy tаrаqqiyotgа kаttа hissа bo‘lib
qo‘shilаdi.
Bu dаvrdа ilm-fаni xаlqimizning sohibqiron Temur boshchiligidа ozodlikkа
erishgаn vа mustаqillikni sаqlаsh hаmdа mustаhkаmlаsh uchun аmаlgа oshirgаn
buyuk ishlаrining ifodаsidir. Bu xаlqimizning mаrkаzlаshgаn dаvlаt tuzish, milliy
dаvlаtchiligini tiklаsh vа bаrqаror qilish, mustаqil yashаsh orzulаrining ushаlgаn
dаvridir.
Temur vа temuriylаr kаbi ilm-fаn, mаdаniyat vа sаn‘аtni, fаlsаfа vа аdаbiyotni
estеtik tushungаn, o‘zlаri hаm bu sohаlаrdа аjoyib yutuqlаrgа erishgаn siyosiy
sulolаlаrni jаhon tаrixidаn topish qiyin. Bu sulolа vаkillаri orаsidа she‘r yozmаgаn,
аdаbiy mаshqlаr qilmаgаn, fаn vа mаdаniyatgа qiziqmаgаn biror temuriy аvlodi
bo‘lmаsа kerаk.
Temuriylаr hukmronligi yillаridа mаdаniyat, ilm-fаn, mе‘morchilik, tаsviriy
sаn‘аt, musiqа vа shе‘riyat yuksаk cho‘qqigа ko‘tаrildi. Bir so‘z bilаn аytgаndа,
tеmuriylаr dаvri rеnеsаnsigа аsos solindi. Temuriylаr dаvridа mаdаniyatning
yuksаlishi bаdiiy hunаrmаndchilikning turli shаkllаridа nаmoyon bo‘ldi. Bаdiiy
hunаrmаndchilik аsosаn me‘morchilik bilаn bog‘liq bo‘lmаy, koshinkorlik
kulolchiligi, yog‘och vа tosh o‘ymаkorligi bilаn hаm bog‘liq edi. YOg‘och
o‘ymаkorligidа Go‘ri Аmirdа, Yassаviy mаqbаrаlаri, eshiklаri shu аsrgа oid uy
ustunlаri nаqshlаr bilаn ishlаngаn. Temur vа Ulug‘bek dаvrlаridа metаll o‘ymаkorligi
tаrаqqiy etаdi. Buyum vа idishlаr oltinsimon bronzа, lаtun, qizil misdаn ishlаngаn.
Nаqshlаr o‘yib, bo‘rtmа usuldа, qimmаtbаho toshlаr qаdаlib tаyyorlаngаn.
Аmаliy sаn‘аtning kulolchilik turi uchun yashil, zаngori tusdаgi yorqin sir ustigа
soddа o‘simliknomа nаqshlаrni qorа bo‘yoqlаr bilаn tushurishgа yoki uyurmа gullаr
ishlаnishi, bu dаvrdа pаydo bo‘lgаn oppoq idishlаrgа sir ustidаn kobаlt yordаmidа
nаqsh berilishi yangilik edi. Sopol buyumlаrdаgi nаqshlаr mo‘yqаlаmdа chizilgаn.
Oldingi аsrlаrdа sopol buyumlаrigа chiziq nаqshlаr chizishgаn, temuriylаr dаvrigа

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 26


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
mаnsub sopol buyumlаrdа kulol-rаssom turli uslubdа rаnglаrni qo‘llаydi. Temur vа
temuriylаr dаvrining аmаliy sаn‘аt turlаridаn to‘qimаchilik, gilаmdo‘zlik,
kаshtаchilik yuksаk sаn‘аt dаrаjаsigа ko‘tаrildi.
Tеmur vа tеmuriylаr dаvri, umumаn Shаrq, xususаn O‘rtа Osiyo ilm-fаni,
mаdаniyati, mа‘nаviyati, аdаbiyot vа sаn‘аti rivojidа muhim bosqich, yangi tаrixiy dаvr,
burilishdir. Bu dаvr IX-XII аsrlаrdаgi mа‘nаviy-mа‘rifiy hаyotdаgi ko‘tаrilish vа
yuksаlishning mаntiqiy dаvomidir. Boshqаchа nom bilаn bu dаvr "Oltin аsr‖ dеb hаm
yuritilаdi. O‘rtа Osiyo xаlqlаri orаsidа еtishib chiqqаn buyuk tаfаkkur egаlаrining butun bir
аvlodi huddi shu dаvrdа shаkllаndi vа ijod qildi. Butun dunyogа nomlаri mаshhur
tаrixchilаr Shаrofiddin Аli Yazdiy, Mirxond, Xondаmir, Dаvlаtshoh Sаmаrqаndiy;
olimlаrdаn Mirzo Ulug‘bеk, Аli Qushchi, Qozizodа Rumiy; fаylаsuf-shoirlаrdаn
Аbdurаhmon Jomiy, Аlishеr Nаvoiy, Lutfiy, Sаkkokiy, Аtoiy; musаvvirlаrdаn Kаmoliddin
Bеhzod, Qosim Аli, Mirаk Nаqqosh; hаttotlаrdаn Sulton Аli Mаshhаdiy, Sulton
Muhаmmаd Xаndon, Muhаmmаd bir Nur vа boshqаlаr shulаr jumlаsidаndir. Ulаrning
bаrchаsi o‘shа dаvr vа o‘zlаrigаchа bo‘lgаn insoniyat mа‘nаviyati, mа‘rifаti vа mаdаniyati
yutug‘ining bаrchа sohаlаrini mukаmmаl bilib, o‘zlаshtirib olgаn, o‘zlаri tаnlаgаn
sohаlаrining hаli hеch kim tomonidаn zаbt etilmаgаn cho‘qqilаrini egаllаgаn ulug‘
siymolаr, qomusiy ilm egаlаri bo‘lgаnlаr. Shuning uchun hаm ulаrning boy, sеrqirrа
ijodlаri, tеngi yo‘q vа tаkrorlаnmаs ilmiy-fаlsаfiy, bаdiiy, tаrixiy аsаrlаri аsrlаrdаn-аsrlаrgа
o‘tib, zаmon sinovlаrigа bаrdosh bеrib bizlаrgаchа еtib kеldi.
Mе‘morchilikkа tаtbiq etilgаn hаttotlik sаn‘аtining rivoj topishi esа bino vа
inshootlаrning yanаdа mukаmmаl vа sеrjilo yarаtilishini tаshqil etdi. Nаqshinkorlikdа
girix, islimiy vа husnixаt bеzаklаridаn tаshqаri muqаrnаs vа kundаl uslubi kеng
qo‘llаnildi. Binolаr yaqindаn vа uzoqdаn ko‘rishgа mo‘ljаllаngаn nаqshlаr, yozuvlаr
bilаn bеzаtildi. Bu holаtlаr Аmir Tеmurning bunyodkorlik fаoliyatidа nаfаqаt
mе‘morchilik, qurilish sаn‘аti, bаlki ilmu-fаnning hаmmа sohаsini rivojlаntirishning
sаrdori, yo‘lboshchisi bo‘ldi. O‘zi esа ilmufаnning yirik bilimdoni sifаtidа o‘zgаlаrgа
nаmunа bo‘lib dаvlаt siyosаti islom hаqiqаti bilаn uyg‘unlаshtirib olib bordi.
Tеmurning bunyod etgаn qаsrlаri ikki yuzdаn ziyod edi. Sаmаrqаnddа o‘n
sаkkiz, Kеsh shаhridа yigirmа, Bog‘doddа o‘n bеsh, Isfаxondа o‘n ikki, SHеrozdа
еtti qаsri bor edi. Аyniqsа, uning o‘zgа yurtlаrdа bunyod etgаn bino vа inshootlаri
Tеmur mа‘nаviyatidаgi yangi qirrаlаrni ochib bеrishgа xizmаt qilаdi. O‘nlаb
shаhаrlаr vа bog‘-sаroylаr, mаsjidu mаdrаsаlаr, sаvdo vа tijorаt inshootlаri,
kаsаlxonаlаru lаngаrxonаlаr, xonаqohlаr, hаmmomlаr, ko‘priklаr, kаnаllаru
bo‘g‘onlаr Buyuk Ipаk yuli bo‘ylаb bino etilgаn son-sаnoqsiz rаbotu -
kаrvonsаroylаr, sаrdobаlаr Аmir Tеmur bunyodkorlik fаoliyatining ko‘p qirrаlаri vа
rаng-bаrаngligidаn dаlolаt bеrаdi.
Bir so‘z bilаn аytgаndа, Аmir Tеmur dаvridа Turkiston vа Xurosondа аmаlgа

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 27


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
oshirilgаn kеng bunyodkorlik ishlаridа o‘zigа xos «Tеmur uslubi» yarаtilgаn edi.
Kеyinchаlik tеmuriylаr bu uslubni rivojlаntirib dаvom ettirdilаr vа SHimoliy
Hindistondа Bobur Mirzo vа boburiylаr hukmronligi dаvridа hаm bu uslub o‘zining
sеzilаrli tа‘sirini ko‘rsаtа oldi.
Tеmur dаvri mаdаniy-mа‘nаviy hаyoti bilаn bog‘liq mаsаlаlаr orаsidа ushbu
dаvrdаgi mаhobаtli, ya‘ni monumеntаl dеvoriy tаsviriy sаn‘аt rivoji mаsаlаsi o‘zigа
xos tаdqiqotgа muhtojdir. Mаrkаziy Osiyo mаdаniyatigа qаdimdаn xos bo‘lgаn, biroq
Islom tаzyiqi ostidа X-XIII аsrlаrdа аmаldаn qolgаn monumеntаl tаsviriy sаn‘аtning
dеvoriy uslubi аynаn Аmir Tеmur vа tеmuriylаr dаvridа yangidаn jonlаndi, rivoj
topdi.
Otа-bobolаrimiz, xususаn buyuk dаvlаt аrbobi, mа‘rifаt homiysi, yuksаk mа‘nаviyat
egаsi Аmir Tеmur vа uning аvlodlаri qoldirgаn mеrosi bugungi kundа xаlqimiz uchun
ruhiy-mа‘nаviy poklаnish vа milliy o‘zlikni аnglаshning tugаmаs chаshmаsidir. Dеmаk,
jаhon mа‘nаviyati vа mа‘rifаti sаhnidа o‘z o‘rinlаrigа egа bo‘lgаn komil аjdodlаrimizni vа
ulаr qoldirgаn boy mа‘nаviy-mа‘rifiy mеrosni tеrаn аnglаsh, o‘rgаnish vа ulug‘lаsh biz
yoshlаrning ulkаn vаzifаmiz vа burchimiz ekаnligini his etаmiz, аlbаttа.

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 28


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
КАШТАЛАРДА АКС ЭТГАН АНЪАНАЛАР

Хўжақулова Саодат
Олмазор туман
АФИДУМ мактаби
тарих фани ўкитувчиси
мустақил изланувчи

Аннотатция. Мазкур мақолада ўзбек каштадўзлик санъатида миллий


қадриятлар, урф-одат ва анъаналар тарихнинг муҳим бир бўлаги бўлиб
келаѐтганлиги , Ўзбекистоннинг турли худудига хос бўлган миллий
каштадўзлик анъаналари ва уларнинг талқинларининг таҳлилига бағишланган.
Калит сўзлар. Каштадўзлик , ипак , зар , палак , сўзана , чойшаб , кирпич ,
зардевор , чаѐн гулли нусха , миллий уйғунлик , рамзий маъно .

Каштадўзлик барча халқларнинг маданияти ва санъатини ўзида мужассам


этган энг қадимий амалий санъат тури ҳисобланади. Унинг пайдо бўлиш
даврини олимлар теридан қилинган кийимлардаги чоклар ва боғламларнинг
пайдо бўлиши билан боғлайдилар. Каштадўзлик айнан бир миллат ѐки бир
элатнинг эмас, барча халқларнинг маданий мероси эканлиги билан ҳам
эътиборлидир. Каштадўзлик барча халқларда иқлими, табиати, шароити,
муҳити, ижтимоий қатлами таъсирида ривожланиб келган касб-ҳунар тури.
Матоларнинг чидамлилиги асрлар оша сақланмаслиги боис, уларда акс этган
каштадўзликнинг ноѐб дурдоналари ва анъаналари борасидаги илмий
изланишларда тахминий ѐки фақатгина ѐзма манбалардаги маълумотларга
қарабгина хулоса ясашга мажбур қилади. Каштадўзликнинг яна бир хусусияти
ҳам борки, у одатда европада тасвирий санъат билан узвий боғлиқ ҳолда
ривожланган. Бунга мисол тариқасида 11 асрга оид инглиз кашталарида жанг
лавхалари акс этган бўлса, 12 асрдаги Византия кашталарида эса иконалар
тарзида тасвирланган. 18 асрга келиб европанинг аслзодалари кийимида
кашталар ўзининг юксак бадиий етуклигини намоѐн этиб борди. Бу давр
либосларида каштадўзликда қимматбаҳо тошлардан фойдаланиш билан бирга
ип, жун, ипак, зар ва кумуш суви юритилган иплардан фойдаланиш кенг
тарқала борди.
Ўрта Осиѐ халқларида, хусусан Ўзбекистон ҳудудида ҳам каштадўзлик
тарихи қадим инсоният тарихи билан боғланади. Шу боис каштадўзлик
намуналари- сўзана, кирпеч, палак, чойшаб, зардевор ва турли либослар
асъори-атиқа сифатида музейларимиз фондини бойитиб турган энг ноѐб

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 29


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
экспонатлардан бўлиб келмоқда. Ўрта Осиѐ, хусусан, Ўзбекистон маданияти ва
тарихини билишга қизиққан сайѐҳлар учун энг қизиқарли экспонат ва
қимматбаҳо буюм ҳам каштадўзлик намуналари бўлиб қолмоқда. Бироқ,
юқорида айтиб ўтилган матолар чидами борасидаги фикрлар сабабли,
музейларда ҳам унинг қадимий нусхалари сақланиб қолмаган. Бироқ, Амир
Темур саройида яшаган испан элчиси Руи Гонзалис Клавихо ѐзма манбаларида
саройда кашта безакларини томоша қилганини ѐзиб қолдирган. Бундан шу
хулосага келиш мумкинки, 14-15 асрлардаѐқ, каштадўзлик ўрта осиѐ
халқларининг аслзода оилаларида ноѐб ва қадрли санъат наъмунаси сифатида
улуғланиб қадр топиб қолган. Бундан ташқари Камолиддин Беҳзод
Шарофиддин Али Яздийнинг ―Зафарнома‖ асарига ишлаган ―Темур тахтда‖
минатюрасида ҳам каштали чодир акс эттирилган. Европада 18-19 асрда
аслзода оилалар либосларида акс этган бўлса, Ўзбекистонда Темур ва
Темурийлар давридаѐқ бу санъат ўзининг юксак намуналарини
яратилганлигини билан фахр этсак арзийди. Бироқ, бу соҳадаги ишлар
намунасининг музейларда сақланаѐтган палак, сўзана, чойшаб, кирпич,
зардевор ва кийимларнинг фақатгина 19 асрга оид намуналаригина
сақланмоқда.
Музейлардаги ва ҳунармандлар томонидан кенг тарқалаѐтган ҳозирги
замонавий ва миллий уйғунликдаги каштадўзлик намуналаринии тадбиқ этиш
ва кузатиш асносида улардаги ҳар бир безакнинг ўзига хос рамзий маъно ва
мазмунга эгалигини эътиборга молик. Бироқ, бу борада мутахассислар
томонидан аниқ ҳудудий илмий изланишлар олиб борилмаганлиги, бу соҳага
бўлган эътибор камлигидан далолат беради. Зеро, Сурхондарѐ-Қашқадарѐ
каштадўзлигидаги ўзига хос ипак иплардан ишлов берилган чаѐн гулли, чинор
баргли, кўзмунчоқ шаклидаги, тошбақа нусхали, Бухоро-Самарқанд
кашталаридаги олтин суви югуртирилган, кўзмунчоқ шаклидаги гул нусхали,
ироқи шаклидаги, доирасимон шаклдаги, Тошкент-Фарғона кашталаридаги
кумушсимон иплардаги ва турли қимматбаҳо тошлар билан безатилган анор
гулли, туморча шаклидаги кўплаб ижод намуналари бири-бирини
такрорламаслиги ва ўзига хослиги билан ажралиб туради. Бу ҳам
каштадўзликнинг табиат ва иқлим шароитидан келиб чиққан анъаналарида
яққол намоѐн бўлиб туради. Хусусан, Қашқадарѐ –Сурхондарѐ каштадўзлигида
кўпроқ қўлланадиган чаѐн гулли нусха - қатъият ва сабр-бардош, чидамнинг
рамзий маъноси саналади. Одатда Келинларнинг сепига тикилган кашталарда
бу нусха кўп ишлатилади. Чинор барги нусхаси- унинг кўп йиллик ўсимлик
эканлигига рамзий ишора бўлиб, узоқ умр тилаш маъносини англатади. Бу
нусха энг оммалашган нусха бўлиб, бу айниқса либосларда яққол кўзга

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 30


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
ташланади. Кўзмунчоқ шаклидаги кашталар одатда келин-куѐвлар ва бешик
тўйларида кўп ишлатиладиган оқ-қора кичик юмолоқ нусхаларга айтилади.
Бироқ, бу нусхалар гул нусхаларининг орасига кўзга ташланмайдиган қилиб
тикилади. Бунинг рамзий маъноси кўз тегмаслиги ва ѐмон назарлардан
сақлашни англатади. Тошбақа гуллли нусханинг ҳам ўзига хос рамзий маъноси
бўлиб, у келиннинг борган жойга тошдек қотиши, сабр-матонатига рамзий
ишорадир. Тумор нусха- ўз номи билан ѐвузликлардан, ҳар хил жин ва
парилардан асровчи ўзига хос рамз саналади. Каштадўзликда яна шундай
анъана ҳам борки, турли гуллар дастаси туширилган кашталар гул турларига
қараб ҳам рамзий маъно беради.
Бундан ташқари каштадўзлик тасвирий санъат билан уйғун ҳолда ўзига
хос гўзал намуналар яратмоқда. Жумладан, зардеворларда турли тарихий
ѐдномалар ва портрет жанри унсурлари билан бойитилган кашталар
фикримизнинг яққол исботи бўла олади. Сирли анъана ва таассуротларга бой
каштадўзлик намуналарини ҳар бири алоҳида тарихга эгалиги ва гўзал санъат
асари бўлганлиги боис алоҳида эътиборга молик. Зеро, каштадўзлик санъатида
миллий қадриятлар, урф-одат ва анъаналар тарихнинг муҳим бир бўлаги бўлиб
келаѐтганлиги билан қадрли ва қимматбаҳодир.

Фойдаланилган адабиётлар рўйҳати:


1.Ўзбекистон Миллий энциклопедияси.12 жилдли. – Т.: «Ўзбекистон
Миллий энциклопедияси» давлат илмий нашриѐти,2001.
2.Али Сайдий . Қомуси Усмоний, Жилди соний, 1085- б./ Иномҳўжаев
С.Ўтмиш шарқ нотиқлиги.– Т.:Ўзбекистон,1982.
3. Иномҳўжаев С.Ўтмиш шарқ нотиқлиги.– Т.:Ўзбекистон,1982.
4. https://soglom.uz/nigoh/shahrisabz-kashtachiligi/
5. http://kbmsm.uz/uz/2017/06/20/sharq-nafis-sanati-yoshlar-nigohida/

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 31


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
ЎЗБЕК МУСИҚА ИЖОДИЁТИДА КОМПОЗИТОР ВА
БАСТАКОРЛИК ТАЛҚИНИ МАСАЛАЛАРИ

Музаффар Ташпулатов
Ўзбекистон Давлат консерваторияси
PhD 1-босқич докторанти
muzaffar-tashpulatov@mail.ru

Аннотация. Мазкур мақолада ўзбек мусиқа маданиятида устивор


аҳамият касб этган композитор ва бастакорлик тушунчалари, этимологияси,
тарихи ва таҳлилига оид фикрлар ўрин олган. Шунингдек, ушбу турфа
ижодиѐтнинг муштараклик ва ва умумий жиҳатлари ҳакида сўз юритилган.
Калит сўзлар: композитор, бастакор, уюшма, монидия, полифония,
гармония, нота,

Ўзбекистонда бир қатор уюшмалар мавжуд. Шулар орасида ―Ўзбекистон


Бастакорлари уюшмас‖и алоҳида эътирофга сазовор даргоҳ. Мазкур уюшма
1938 йилда ―Ўзбекистон композиторлари союзи‖ номи билан композитор,
мусиқашунос ва бастакорларни ғоявий бирлаштириш мақсадида ташкил
этилди. Узоқ йиллар давомида хатто мустақиллик йилларида ҳам шу номлар
билан аталиб келинди аммо 2017 йил 15 августда Ўзбекистон Республикаси
Президентининг ―Ўзбекистон композиторлари ва бастакорлари уюшмаси
фаолиятини ташкил этиш тўғрисидаги― ПҚ-3212 қарори эълон қилинди.
Шундан сўнг уюшма ―Ўзбекистон композиторлари ва бастакорлари уюшмаси‖
сифатида янгича тамойиллар асосида ўз фаолиятини қайтадан бошлади. Савол
туғилиши мумкин ―бу номда нега ―композитор‖ ва ―бастакор‖ тушунчалари
биргаликда қўлланилмоқда‖- деб, ѐки кимдир ―бастакор‖ сўзи ―композитор‖
сўзининг бевосита таржимаси деган маънода эътироз билдириши ҳам мумкин.
Бироқ композитор ва бастакорлик тушунчалари ўзаро фарқланади. Улар
функционал жиҳатдан буткул фарқланади. Худди ѐзувчи ва шоир гарчи
иккаласи ҳам ѐзувчи бўлсада вазифасига кўра фарқлангани каби.
Шарқ мусиқа дунѐсида минг йиллик тарихга эга бўлган бастакорлик
санъатини бугунги кунга қадар тараққий этиб келаѐтган ижод намунаси
сифатида тилга олиш мумкин. Бастакор форсча ―баста‖ ―боғлаш‖, ―кор‖ ―иш‖
яъни ―боғлаш билан боғлиқ иш‖ маъносини билдирар экан, унинг айнан қайси
даврда қарор топганлигини эътироф этиш мушкул. Балки у илк мусиқа
чолғулари яратилган пайтда вужудга келиб, мазкур чолғуларнинг илк
ижрочиларини қайсидир маънода бастакорлар сифатида эътироф этиш мумкин.

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 32


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
Аммо тарихий манбаларда 6-7 асрлар Хусрав Парвиз саройида ижод қилган
афсонавий Борбад Марвазийнинг номи илк улкан бастакор сифатида
Фирдавсийнинг ―Шоҳнома‖ асарида тилга олинади.
Айтиш жоизки, ўтмишда бастакор аввало куй-қўшиқ яратувчиси ҳамда
моҳир созанда ва хонанда ҳам бўлиши жоиз бўлган. Умумшарқ мумтоз
мусиқаси асосан оғзаки анъаналар замирида ривожланиб келган, демакки янги
ижод маҳсулининг илк ижрочиси ҳам унинг муаллифи бўлиши даркор эди.
ХХ асрда ўзбек бастакорлари ижодиѐтида янги давр бўлди десак муболаға
бўлмайди. Ю.Ражабий, Т.Жалилов, С.Калонов, К.Жабборов каби улкан
намоѐндалар эл назарига тушдилар. Эндиликда янги мафкура ва тамойиллар
ҳукм сура бошлаган бу даврда Европа тамаддуни негизидаги мусиқали драма,
опера, балет, симфония, оратория каби турфа янги мусиқий шакл ва жанрлар
билан бир қаторда композиторлик ижодиѐти ҳам кириб келди. Бастакорларимиз
ушбу янги қарашлар мезонларини ҳам ўзлаштириб олишга интилдилар ва
Ю.Ражабий ва Г.Мушель ҳамкорлигида ―Фарҳод ва Ширин‖, Т.Жалилов ва
Б.Гиенко ―Тоҳир ва Зуҳра‖ мусиқали драмалари, Г.Глиэр ва Т.Содиқов ―Лайли
ва Мажнун‖, А.Василенко ва М.Ашрафий ҳамкорлигида ―Бўрон‖ опералари
дунѐга келди. Мазкур йирик саҳнавий жанрлар ўта мураккаб бўлганлиги, ўзига
хос кўп овозли – полифоник тафаккур баѐнини талаб қилганлиги шунингдек, бу
асарлар ижросида оркестрга мослаштириш ва гармониялаштириш ва нотага
олишдек улкан вазифалар адо этилиши лозимлиги туфайли бу бастакорлар
дастлаб композиторлар билан ҳаммуаллифликда ижод қилишган.
―Композитор‖ лотинча ―тузиш‖, тартиблаш, шакл яратиш маъноларини
билдириб, унинг ҳам ўзига хос тарихи бор. 15-асрларда Европада деярли ҳар
қандай санъат соҳасида ижод қилаѐтган шахсга, цирк устаси, қизиқчи, актѐр,
мусаввир, мусиқачиларга композитор деб мурожаат қилиш урф бўлган. Бугунги
кундаги оддий халқ тили билан айтганда ―артист‖ ибораси бунга мос келади.
Кейинчалик санъатнинг ҳар бир тармоғини ўз номи билан атай бошлашган.
Композиторлик ижоди ҳам қайсидир маънода бастакорлик санъати изларидан
боради. Яъни, композитор ҳам бастакор сингари бирор-бир чолғуда ижро
малакасига эга бўлиши, чолғунинг овоз ҳажми, техник имкониятларидан
хабардор бўлиши лозим. Иккинчидан, асарнинг ҳоҳ у чолғу бўлсин, ҳоҳ айтим
шаклини пухта билиши, шеърият қонуниятларидан хабардор бўлиши лозим.
Кўпчилик (айниқса ҳаваскор) бастакорлар қўшиқ яратар экан, кўп
ҳолларда ўз куйларини нотага олиш борасида, гармония оҳанг тузилмаларини
ѐзиш каби кўп овозлик тамойилларини жорий этишда қийналадилар. Бу худди
гўзал бир шеърнинг муаллифисиз-у, ўша шеърни қоғозга тушира олмагандек.
Композитор эса нисбатан универсал ижодкор сифатида мусиқа ѐзувининг барча

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 33


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
қатламларида эркин ижод қила олади. Бастакор асосан муайян чолғу масалан
рубобда ижро этиладиган куй ѐки қўшиқни яратади яъни у асосан монодик –
бир овозли тафаккурда ижод қилади.
Республикамизда профессор Р.Абдуллаев, М.Бафоев, Ҳ.Раҳимов,
А.Мансуров, Н.Норходжаев, М.Маҳмудов, М.Отажонов, О.Абдуллаева сингари
забардаст композиторлар, санъат арбоблари баракали ижод қилмоқдалар.
Уларнинг асарлари хорижий элларда ҳам баралла жаранглаѐтганлиги дилларни
қувонтиради.

Фойдаланилган адабиётлар
1. Ўзбекистон Миллий энциклопедияси
2. Феруза Асқар «Мусиқа ва инсон маънавияти» Т., 2000.
3. Фитрат А. «Ўзбек классик мусиқаси ва унинг тарихи» Т., 1993.

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 34


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
MUSIQA FANINING BUGUNGI KUNDA TUTGAN O‘RNI

Yuldashova Rohil Shermaxmatovna.


Qashqadaryo viloyati Yakkabog' tumani
2-umumiy o‘rta ta‘lim maktabning
musiqa madanyati fani o‘qtuvchisi.

Annotatsiya: Ushbu maqolada musiqa fanining ahamyati, bolalar


salomatligiga qo‘shayotgan hisasi, manaviy barkamol bo‘lib etishishda tutgan o‘rni,
musiqa fanining ta‘lim jarayoniga qay darajada ahamiyatli ekanlaigi haqida so‘z
yuritiladi.
Kalit so‟zlar: musiqa fanining ahamyati, eshitish qobilyati, jamoa bo‘lish,
musiqa fani haqida allomalar fikri.

Musiqa fani yillar davomida shakillanib, hozirgi kunga kelib alohida fan sifatida
o‘qitilib kelinmoqda.Musiqa fanini o‘qitishda o‘qtuvchidan katta mahorat talab
qilinadi.Musiqa fan o‘qtuvchisi o‘zida bir necha fanlarni bilishi bilan ajralib
turadi.Misol sifatida shuni aytishim kerakiy adabiyot, tarix,matematika, rus tili,ingliz
tili, jismoniy tarbiya kabi fanlardan xabardor bo‘lishi lozim. Musiqa fanida bolalar
jamoa bo‘lib kuylash, jamoa bo‘lib eshitish, jamoa bo‘lib xarakat qilish qobilyatlarini
shakillantiradi.Ko‘p olimlarning taqiqot natijalariga qaraganda musiqa fani
bolalarning asab tizimini rivojlantirib, qobilyatlarini oshirishga yordam bergan.
Tarixga nazar solsak buyuk alomalarimizning ko‘pchiliklari musiqa fanini
puxta bilishgan, malum bir asbobni chalish, qo‘shiq aytib kuy basatalash, musiqa
fanini rivojlantirishda ilmiy asarlar yozish bilan ham shig‘lanishgan.Buyuk faylasuf
olim Abu Nasir Muhammad Farobiy ajoyib musiqachi va musiqa nazaryachi ham
edi.Farobiy nay va tanbur chog‘larini chalishni bilashi, bazi manbalarda
ko‘rsatilishich Qonun‖ cholg‘sini ixtiro etgan olim sifatida qaraladi. Farobiyning
musiqa asarlari orasida ―Kitobul-musiqiy al kabir‖ alohida diqatga sazovordir.Bu
kitob o‘z davrida ko‘plab tillarga tarjima qilingan. Musiqa shunday bir orombaxsh
fanki bu butun dunyoda bir hil o‘qiluvchi fan desak adashmagan bo‘lamiz. Birorbir
asarni o‘rganishda albatta ettita notani joylashish tartibi va ketma ketligini bilsak
hohlagan kuyni o‘qiy olamiz va o‘zimiz o‘rgangan asbobda boshqa davlat
bastakorlari yaratgan bo‘lishidan qatiy nazar uni osonlikcha chalib o‘rgana olamiz.
Shunday ekan musiqa barcha millatlarni birlashtiruvchi buyuk bir kuch. Musiqa
fanini rivojlantirishda hozirgi kunda ko‘plab ishlar olib borilmoqda. Musiqa
maktablari qaytadan takomillashtirilib har xil hususiy tugaraklarga bolalar jalb
qilinmoqda.Bundan maqsad jaxon san‘tida o‘z o‘rnimizni topishda bolalarning

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 35


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
musiyqiy didini oshirish.Milliy qadiryatlarimiz bilan birga jaxon kilassik musiqa
san‘ti bilan tanishib borish.Musiqa fanida kuy eshitish bilan birga harbir millatning
tarixi va ularning urf odatlari o‘rganib boriladi . Shunday ekan musiqa oddiy fan
emas.Bugungi kunda muxtaram yurtboshimiz tomonidan ko‘plab isloxatlar olib
borilmoqda, musaqa va musiqa fanini rivojlantirishda alohida topshiriqlar berib
borilmoqda.Maktabgacha ta‘lim tashkilotlari,maktab musiqa va san‘at maktablarida
o‘tiladigan musiqa fanlarini rivijlantirishda qaratilgan fikirlari dolzarbligi bilan
ahamyatlidir.Bu fikirlarni rivijlantirishda barcha musiqa o‘qtuvchilari oldiga kata
maqsadlar qo‘yib harakat qilish lozim bo‘ladi deb o‘ylaman.

Xulosa o‘rnida shuni ta‘kidlash lozimki, musiqa bu yaqin o‘tada yaralgan fan
emas. Musiqa o‘zoq o‘tmishga borib taqlar ekan. Musiqa fanini rivojlantirishda
barcha o‘qtuvchilardan kata kuch talab qilinadi va ko‘plab bilimlar egasi bo‘lishi
lozim.Bolalar qalbida musiqa faniga mehir bor ekan biz bunday bolalardan albatta
buyuk ishlar kutub qolamiz .

Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Ziyonet.uz
2. Marifat.uz
3.Fayzullo Karamatov ‖Maqomlar haqida‖ ilmiy maqolasidan

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 36


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
МУСИҚА НАЗАРИЯСИНИ ЎРГАНИШДА
МАГНИТЛИ ДОСКАНИНГ ЎРНИ
( ясаб туриб, синаб кўринг, самара беради )

Ғайрат Саидқулов
Жиззах вилояти Дўстлик тумани
17-бошланғич таълим мактаби мусиқа
ўқитувчиси халқ таълими аълочиси

Малумки мусиқа фани ўқитишда мусиқа назарияси катта ўрин тутади.


Назария мураккаблиги жиҳатдан математика қаторида туради. Фанни яқиндан
билмаганлар мусиқа фани шунчаки куйлашга ўргатувчи енгил, инсон онгига
дам берувчи фан сифатида қарашади.
Аслидачи бу фан инсонга эстетик тарбия бериш билан бирга, мусиқа
назариясини ўрганиш ўқувчиларда ўзига хос қийинчиликлар туғдиради.
Барчамизга маълумки ноталарни ўрганиш ва ўзлаштиришда ребуслардан кенг
фойдаланилиб келинади, ребуслар орқали ноталар номини ўзлаштириш ўқувчи,
ўқитувчи учун самарали ҳамда қулай усул ҳисобланади. Мусиқа саводини
мустахкамлаш ва олинган назарий билимни текшириш мақсадида
диктантларларнинг ўтказилиб турилиши эса ўқувчиларнинг назарий
билимларни ўрганишга ундовчи восита бўлиб хизмат қилади.
Бугунги мусиқа таълимини ўрганишда тўғрироғи мусиқа назариясини
ўрганишда жойларда аҳвол қандай, фан назариясини ўзлаштириш учун нималар
муҳим? Шу каби саволлар ечими ва бу борада ўзим томонидан яратилган ўқув
жиҳозлари хусусида тўхталмоқчиман. Мусиқа назарияси-да, мусиқий
саводхонликни оширишга ѐрдам берувчи кўргазмалар ичида магнитли доска ва
ноталарнинг ўрни беқиѐс бўлиб, мен бу кўргазмани қуйидаги хомашѐлар
ѐрамида ясадим ва амалиѐтда қўллаб кўрдим.
Магнитли доска металдан бўлиб енгил бўлмоғи лозим. ( ўлчамини
ўзингизни хоҳишингиз даражасида) Кўргазма учун керак бўладиган асосий
хомашѐ пеноплас бўлиб ундан махсус спирал ѐрдамида турли ўлчовдаги
ноталар, алтерация белгилари, солъ калити ва бошқа керакли шакллар қирқиш
йўли билан ясаб олинади. Тайѐрланган ноталар ва бошқа белгиларнинг
марказидан магнит учун махсус жой ажратилади ( қирқиб олиб ташлаш йўли
билан) ва унга махсус кесилувчи магнит ўрнатилади (магнит бузуқ
музлаткичнинг эшигидаги резина ичидан олинади) ҳамда магнитни тушиб
кетмаслиги учун шаклнинг икки томонидан қоғоз елимланади. Метал доскага
бирон бир ранг бериб нота йўлини чизиш ѐдингиздан чиқмасин. Тайѐр холга

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 37


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
келтирилган ноталарнинг чўзимига қараб турли рангларга бўяш мумкин. Бу эса
ноталарни тезда ажратиб олишга ѐрдам беради. Шу билан айтарли маблағ талаб
қилмайдиган кўргазмамиз тайѐр. Энди уни бемалол дарс жараѐнида
фойдаланишингиз мумкин.
Бу кўргазманинг ўзига хос афзаллиги шундаки, ўқувчи ноталарни нафақат
кўради балки қўли билан ушлайди ва нота йўлига жойлаштиради, жойини
алмаштиради. Ўқувчи онгида реал жонли тассаввур ҳосил бўлади. Дарс
изчиллиги ҳамда вақт тежалишига эриши-лади. Провардида ўқувчиларнинг
мусиқа назариясини ўрганишга бўлган қизиқиши ортади, олаѐтган назарий
билимлари мустахкам бўлади.
Хулоса ўрнида шуни айтишим мумкинки мусиқа назариясини ўқитишда
юқоридаги кўргазма асосида дарсларни ташкил қилиниши самарали усуллардан
бўлиб, ўзлаштириш сифат даражаси ўсиши кафолатланади.

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 38


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
TASVIRIY SAN‘AT DARSLARIDA SINF TAXTASIGA BO‘R BILAN
CHIZISHNING USULLARI

Maftuna Qodirova Yusufovna


Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani
46- umumiy o‘rta ta‘lim maktabi
tasviriy san‘at o‘qituvchisi

Annotatsiya : Maqolada sinf taxtasida bo‘r bilan rasm chizishning usullari va


ahamiyati haqida so‘z boradi.
Kalit so‟zlar: Sinf taxtasi, bo‘r, tasvir, idrok, tasavvur, o‘quvchi, o‘qituvchi

Bugungi kunda yurtimiz milliy mustaqilligining yangi bosqichiga o‗tildi. Bu,


albatta, barcha sohalarda erishayotgan turli islohotlar kabi uzluksiz ta‘lim tizimi
mazmunini sifat jihatidan yangilash, ta‘lim muassasalarida jahon ta‘lim standartlari
asosida o‗qitish, savodxonlikni oshirish yuzasidan keng ko‗lamli ishlar amalga
oshirildi. Asosiy maqsad-ta‘lim oluvchilarni shunchaki o‘qitish emas, ularni mustaqil
bilim va malaka egallashga yo‘llash. O‗quvchilarni barkamol avlod bo‗lib voyaga
yetishishi, o‗z iqtidorini to‗la namoyon etishi, barcha qobiliyatlarini yuzaga chiqarib,
jamiyatda o‗z o‗rnini topishida barcha fanlar qatori Tasviriy san‘at fani ham muhim
o‗rin egallaydi. Chunki o‗quvchilar umumta‘lim fanlaridan olgan nazariy va amaliy
bilimlarini amaliy ko‗nikmalarga aylantirishida tasviriy san‘at fani asosiy vazifani
bajaradi.
Ma‘lumki, har qanday rasm ishlash malakalarini puxta o‘zlashtirgan shaxs, sinf
taxtasida talablar darajasida rasm ishlay olmasligi mumkin. Sinf taxtasiga rasm
ishlash orqali ma‘lum malaka va ko‘nikmalar hosil qilishi kerak bo‘ladi. Sinf
taxtasiga ishlangan rasm avvalo o‘qituvchining fikrini o‘quvchiga tez va obrazli
tarzda yetkazish imkonini beradi.
Bo‘rda chizishning texnik usullari asosan o‘quv masalalari va taxtadagi shu
tasvirning vazifasini shuningdek o‘qituvchida hosil bo‘lgan jixozlarni
imkoniyatlaridan aniqlanadi. Pedgogning asosiy vazifasi –bu to‘liqroq, tushunarliroq
qilib u eshituvchiga o‘qitish materialini yetkazib berish. Bu rasm ishlashga bir necha
asosiy talablar taqdim qiladi.
Birinchidan, taxtadagi rasm xajmli sinfdagi hamma o‘tirganlarga yaxshi
ko‘rinishi uchun, yetarli darajada kata bo‘lishi kerak. Shuningdek u imkon boricha
oddiy, tushunarli, lo‘nda bo‘lishi kerak, negaki o‘qituvchi rasmdagi eng asosiysini
ajratib O‘quvchilarni etiborini qaratishi kerak.
Shuni esda tutish kerakki, ko‘pincha taxtadagi rasmlar o‘quvchilarga xajmga

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 39


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
ega bo‘lgan tasvirlarni ko‘rish masalalarini mustaqil yechish, to‘g‘ri yo‘naltirish
uchun ishlanadi. Shuning uchun bolalarni diqqatini taxtaga tortib ko‘p vaqt chizish
qulay emas.
Bo‘r rasm chizish materiali sifatida o‘z qulay tomonlariga ega. Bu rassom
qo‘lida bo‘ysunadigan material. U turli enga ega konturlar beradi, o‘ng‘ay o‘chiriladi.
Lekin to‘q taxtadagi och, oppoq bo‘rlarda qilingan tasvir predmetlar xajmini tuslar
turini va tuzilishini o‘z negativligi tufayli yetarli darajada uzata berolmaydi. Bundan
tashqari bo‘rning ishlatilishi bolalar qo‘lidagi materialdan qilganligi uchun ishning
texnik usullarini to‘liq ravishda ko‘rsatib bera ololmaydi. Lekin hamma hollarda ham
bu o‘z salbiy tomonlariga ega emas, negaki bolalar taxtadagi oq chiziqlarni o‘z
daftarlaridagi qora chiziqlar deb qabul qiladilar va bu notushunmasliklarga etibor
bermaydilar.
Ba‘zi bir dastlabki lahzalarni hajm tasvirlashda kata shitrixlar bilan ko‘rsatish
mumkin, lekin ularni ishlatilish meyorini aniqlash zarur. Qalin gravyuralik shtrixlarda
yuzalarni yo‘nalishlarini ishonarli ko‘rsatish mumkin, bo‘r yordamida yaxlit
bo‘yashni keragi yo‘q.
Ish boshlanishidan avval o‘qituvchi suhbatini taxtada chizib vazifani
tushuntiradi. Shu tarzda rasm chizishga qiziqib ketib, tushuntirish haqida unutib
yuborish kerak emas. Agar chizuvchi odam kata hajmdagi taxtaga juda yaqin turgan
bo‘lsa shuni esda tutish kerakki bu hol parallel to‘g‘ri chiziqlar va taxta chetiga
parallel chiziqlarni chizishda qiyinchiliklar sodir qiladi. Shunung uchun ish
jarayonida tasvir qilingan narsani tekshirish uchun bir necha masofa taxta oldidan
uzoqlashib tekshirish kerak. Bu vaqt bo‘shliqlarni tushuntirish bilan, ishning keying
bosqichi masalalari haqida to‘ldirish zarur.
O‘qituvchi aniq va bosqichma so‘zlik tushuntirishga va ifodali rasm bajarishga
o‘rganishi kerak. O‘qituvchi taxtada qilgan va tuzatilmagan xato ko‘pincha
o‘quvchilar hayolida qolib ketadi. Bundan tashqari shuni hisobga olish kerakki,
taxtadagi xatolarni tuzatishga vaqt ham yetmaydi. Maktabda ishlashni endi boshlagan
paytida, sinf taxtasiga qo‘shimcha mashqlar qilish kerak.
Dars mavzusi bo‘yicha taxtadagi rasmlar turli va ularning texnik usullari
turlicha bo‘ladi. Masalan chiziqli rasmlar bo‘lishi mumkin. Ko‘pincha Bezak rasm
ishlayotgan jarayonida qora oq yoki rangli bo‘rlar ishlatilishi zarur. Chiziqli rasmlar
odatda qo‘lda chiziladi. Ba‘zi hollardagina taxtada bor bilan ishlayotgan paytda
chizg‘ich sirkul qo‘llash mumkin. Shtrixovka ishlanilgan hajmli ko‘rilishini
ko‘rsatadigan chiziqli rasmlar keng qo‘llaniladi. Chiziq va shtrixovka birga
qo‘llanilgan negative va pozitiv, odam va hayvonlarni xomaki rasmlari bo‘lishi
mumkin. Buning hammasi tushuntirayotgan material masalalari shu hududdagi
tasvirni spetsifikatsiyasini hisobga olgan holda o‘qituvchining ijodiy malakalarini

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 40


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
kengaytiradi.
Texnik usullarni tanlanilishi har qaysi rasm jarayonida rasmning vazifasidan
aniqlanadi. Rasm borliqni ijro etish va o‘rganish uslubi sifatida o‘z xususiyatlari,
maqsadi va masalasiga ega. Ko‘pincha u yordamchi rolini ijro etadi.

Foydalanilgan adabiyotlar.
1. F. Jabborova; O. Umrzoqova. Tasviriy san‘at o‘qitish metodikasi. T-2012
2. R.Hasanov . Tasviriy san‘at asoslari.
3.

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 41


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
UMUMTA‘LIM MAKTABLARIDA TASVIRIY SAN'AT FANINING
O‘QITILISH USULLARI

Aliyeva Uralxol Xasanovna


Zarafshon shahar
7-umumta‘lim maktabi tasviriy
san‘at va chizmachilik fani o‘qituvchisi

Annotatsiya: ushbu maqolaning mazmun mohiyati quyidagicha, ta‘lim sifatini


oshirishda pedagog tomonidan yangicha g‘oya metodlarning dars jarayonida
qo‘llanishi, o‘quvchilarni dars jarayoniga qiziqtirishda samarali usullar va
mashg‘ulotlarni qo‘llashda zarur tavsiyalar berilgan. Ta‘sviriy san‘at fani bo‘yicha
o‘quvchilarda ko‘nikma shakllantirish haqida bayon qilingan.
Kalit so‟zlar: pedagogik faoliyat, tasviriy, amaliy-bezak san'ati, me'morlik
san'ati.

Ta‘limning bugungi vazifasi o‗quvchilarni kun sayin ortib borayotgan axborot


— ta‘lim muhiti sharoitida mustaqil faoliyat ko‗rsata olish, turli sohalarda zamonaviy
axborot texnologiyalarini samarali qo‗llash va axborot oqimidan oqilona
foydalanishga o‗rgatishdan iborat.Shu maqsadda, o‗quvchilarga uzluksiz ravishda
mustaqil ishlash imkoniyati va sharoitini yaratib berish hamda ijodiy fikrlash va
mustaqil qarorlar qabul qilishga o‗rgatish zarur. Bu masalaning yechimi tabiiyki,
mazkur jarayonning asosiy tashkilotchisi — pedagoglarni tayyorlash sifatiga bog‗liq.
Har bir jamiyatning kelajagi uning ajralmas qismi va hayotiy zarurati bo‗lgan ta‘lim
tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. Bugungi kunda mustaqil
taraqqiyot yo‗lidan ildam borayotgan mamlakatimizning uzluksiz ta‘lim tizimini
isloh qilish va takomillashtirish, yangi sifat bosqichiga ko‗tarish, unga ilg‗or
pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy qilish hamda ta‘lim samaradorligini
oshirish davlat siyosati darajasiga ko‗tarilgan. Mamlakatimizda olib borilayotgan
ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar ta‘lim tizimida ham o‗ziga xos o‗zgarishlarni kiritish va
yangiliklarni joriy etish zaruratini belgilab bermoqda.
Jamiyatning axborotlashuvi ta‘lim tizimida uzluksiz innovatsiyalarni talab etadi.
Bugun har qanday uslub darhol eskirishi va yangi metodlar bilan boyitilishi mumkin.
Dars mashg‗ulotida kerakli natijalarga erishish qaysi omillarga bog‗liq? Dunyoning
turli mamlakatlarida ko‗plab tadqiqotchilar tomonidan ta‘limda innovatsiyalarni
qo‗llash bo‗yicha izlanishlar olib borilgan. Ularda «innovatsiya», «interfaol usullar»,
«innovatsion texnologiyalar» to‗g‗risida yaxshi axborotlar to‗plangan, biroq axborot
texnologiyalarini ta‘lim muassasalarida o‗rgatish samaradorligini orttirish bo‗yicha

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 42


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
aniq tavsiyalar yetarli emas. Shuning uchun asosiy maqsad yuqori darajada
o‗zlashtirish natijalariga erishishni ta‘minlovchi innovatsion texnologiyalardan
foydalanishning samarali usullarini ishlab chiqish, xususan, zamon talab etayotgan
axborot texnologiyalari bo‗yicha pedagogik innovatsiyalardan foydalanish
masalalarini tadqiq etishdan iboratdir.
Tasviriy san'at ta'limining maqsad va vazifalari: Tasviriy san'at o'quv fanining
maqsadi o'quvchilarda ma'naviy madaniyatning ajralmas qismi hisoblangan badiiy-
estetik madaniyatni, tasviriy savodxonlikni shakllantirishdan iborat. Tasviriy san'at
o'quv fani o'quvchilarda badiiy va axloqiy madaniyatni shakllantirishga xizmat qiladi.
U mazmunan tasviriy, dekorativ-amaliy, me'morlik kabi san'at turlarini o'z ichiga
oladi:
- borliqdagi va san'atdagi go'zalliklarni ko'ra bilish, idrok etish va qadrlashga
o'rgatish;
- badiiy - ijodiy qobiliyatni o'stirish;
- tasviriy san'atning qonun-qoidalarining oddiy nazariy asoslarini o'rgatish;
- tasviriy malaka (rasm ishlash, haykal yasash v.b.)larni rivojlantirish;
- estetik va badiiy didni o'stirish;
- o'quvchilarning badiiy fikr doirasini kengaytirish;
- tasviriy, amaliy va me'morlik san'ati yuzasidan asosiy tushunchalar berish
(san'atning turlari, janrlari, oqimlar, atama va iboralar v. b.).
- san'atga qiziqishni o'stirish va unga nisbatan muhabbatni tarbiyalash;
- tasviriy, amaliy san'at asarlarini badiiy idrok etishni va estetik zavqlanish
hissini tarbiyalash;
- badiiy kasb-hunarlar haqida tasavvurlarni shakllantirish.
O'quvchilarning tayyorgarlik darajasiga qo'yiladigan zaruriy talablar
quyidagilardan iborat.
Borliqni idrok etish:
- tabiat va uning go'zalligi, fasllarning o'ziga xosligi;
- yil fasllari (kuz, qish, bahor va yoz) va ularning o'ziga xos holatlari (yomg'ir,
qor, shamol, tong, oqshom, shafaq)ning ko'rinishida rang tuslarining ahamiyati;
- har bir faslda o'ziga xos go'zallikni anglash va idrok etish;
- tasviriy san'at asarlarida shu kabi holatlarni taqqoslash va unga nisbatan estetik
munosabat bildirish.
Ta‘lim sifatini oshirishda har tomonlama yangicha bilimlardan foydalanish,
nafaqat o‘quvchining balki pedagoglarning ham bilim ko‘nikmasini rivojlantirishga
yordam beradi. Yurt rivojiga hissa qo‘shish niyatida bo‘lgan har bir shaxs, o‘z oldiga
strategik maqsad va vazifalarni qat‘iy belgilab olishi lozim. Bu ayniqsa, pedagoglar
uchun muhim hisoblanadi. Zero, ta‘lim tizmidagi ulkan ma‘suliyat har birimizning

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 43


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
yelkamizga barobar tushadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Tasviriy san‘at nima? Sh.Abdullayev
2. Tasviriy san‘at o‘qitish metodikasi. Toshkent 2007
3. Ziyonet.uz

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 44


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
MAKTABLARDA TASVIRIY SAN‘AT FANI BO‘YICHA
O‘QUVCHILARDA SHAKLLANISHI LOZIM BO‘LGAN KO‘NIKMALAR

Kenjaboyeva Mashhuraxon Shuxratbekovna


Andijon viloyati Paxtaobod tumani
31-maktabningtasviriy san‘at va chizmachilik fani
o‘qituvchisi

Annotatsiya: ushbu maqolaning mazmun mohiyati quyidagicha, ta‘lim sifatini


oshirishda pedagog tomonidan yangicha g‘oya metodlarning dars jarayonida
qo‘llanishi, o‘quvchilarni dars jarayoniga qiziqtirishda samarali usullar va
mashg‘ulotlarni qo‘llashda zarur tavsiyalar berilgan. Ta‘sviriy san‘at fani bo‘yicha
o‘quvchilarda ko‘nikma shakllantirish haqida bayon qilingan.
Kalit so‟zlar: pedagogik faoliyat, tasviriy, amaliy-bezak san'ati, me'morlik
san'ati.

O‗qituvchi faoliyati boshqalar faoliyatini boshqarish demakdir. Boshqacha qilib


aytganda, o‗qituvchi faoliyati o‗quvchilar faoliyati asosida quriladigan faoliyatdir.
Misol uchun olganda, murakkab, ziddiyatli bir holatda pedagog baqirmaslikka, u yoki
bu shaxsni ajratib ko‗rsatmaslikka harakat qilishi kerak, balki tarbiyalanuvchilar
o‗zlari mazkur sharoitdan to‗g‗ri xulosa chiqarishi uchun imkoniyat bermog‗i lozim
(tikilib turishi, jim turishi, keskin gapirishi). Albatta, bunday yechim
tarbiyalanuvchilarning yuqori darajada ongliligidan dalolat bermasada, ular
tarbiyachi maqsadi sari borganligini bildiradi. Shunday qilib, pedagogik faoliyat
maqsadining o‗ziga xos tomoni shundaki, u pedagog va o‗quvchi maqsadi ham bo‗lib
qolishi kerak. Albatta, bu maqsad o‗qituvchi uchun yaqin va tushunarli, chunki u:
«Sen bilishing, uddalashing, bajarishing kerak», deb talab etadi. Lekin bola shu
birgina kun tashvishi bilan yashaydi, bugungi kun muammosini hal etib boradi.
Kelajak uning uchun juda ham uzoq. Bunday qarama-qarshilikni tarbiya fojiasining
asosi deyish mumkin. Pedagog hozirgi zamon ruhi bilan yashash orqali kelajakni
ko‗ra bilishi, uni tashkil eta bilish uning uchun o‗ta murakkabdir.Buni tushungan
mohir pedagoglar faoliyatining asosini bola ehtiyojiga tayanib yo‗lga qo‗yadilar,
ya‘ni o‗zining faoliyat dasturini bola dasturiga muvofiq holda tuzadi. Shunday qilib,
pedagogik faoliyat maqsadining o‗ziga xosligi o‗qituvchidan jamiyatning ijtimoiy
vazifasini belgilashda shaxsiy tashabbus ko‗rsatishni, ya‘ni o‗qituvchi pedagogik
pozisiyasida jamiyat maqsadi ortib borishi o‗z ifodasini topishi kerak. Aniq
faoliyatning maqsad va vazifalarini ijodiy tushunib yetish; bolalar qiziqishlarini
hisobga olish va ular o‗quv jarayonidagi maqsadlarini amalga oshirishda faoliyat

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 45


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
turlari va mazmunini o‗zgartirib borishi kerak.Pedagogik mehnatning obyekti: - Inson
bo‗lib «shakllanayotgan shaxs ma‘naviy turmushining nozik tomonlari - aql, his,
iroda, ishonch o‗z-o‗zini anglash»dir. O'quvchilar tasviriy san'at faniga oid quyidagi
bilim, ko'nikma va malakalarni egallashlari shart:
- tasviriy san'atning kishilar hayotidagi ahamiyatini tasavvur qilish;
- tasviriy, amaliy-bezak san'ati, me'morlik san'atida ishlatiladigan asosiy atama
va tushunchalarni hamda ularning ma'nosini bilish;
- miniatyura san'ati haqida umumiy ma'lumotga ega bo'lish;
- tasviriy san'atning nazariy asoslarini bilish va ularga amaliy tasviriy faoliyatda
rioya qila olish;
- tasviriy san'at asarlarining ifodalilik vositalari (chiziq, siluet, rang, ritm,
simmetriya, assimetriya, kompozitsiya)ni bilish va ularni amalda qo'llay olish;
- tasviriy san'atning asosiy tur va janrlarini bilish;
- o'zbek xalq amaliy bezak san'atining turlari va uning mashhur ustalari va
ularning asarlarini bilish;
- tasviriy san'atda ijod qiluvchi eng mashhur o'zbek va chet el rassomlarining
hayoti va ijodini, ularning ayrim asarlarini bilish;
- O'zbekiston va chet el mamlakatlarining eng mashhur me'morchilik obidalarini
bilish;
- 15-20 rang nomlarini bilish va ularni amaliy faoliyatda to'g'ri qo'llay olish;
- tasviriy va amaliy san'at asarlarini badiiy idrok eta olish;
- badiiy bezak ishlarini erkin bajara olish;
- qush, hayvon, odamni asliga qarab rasmi va haykalini tasvirlay olish;
- tasviriy faoliyatda turli material va uslublardan foydalana olish;
- afsonaviy mavzularda rasm va haykallar ishlaganda ularni fantaziya asosida
tasvirlay olish;
- tasvirlar ishlaganda o'zbek san'atining milliy badiiy an'analarida maqsadga
muvofiq foydalana olish;
- tasviriy faoliyat jarayonida texnika xavfsizligi va gigiyena qoidalariga rioya
qila olish.
Umumta‘lim maktablarida o‘quvchilar tasviy san‘at fani bo‘yicha quyidagi
ko'nikmalarni egallashlari zarur: tasviriy san'at darslarida qo'llaniladigan ish jihozlari
va o'quv qurollaridan foydalana olishlari, tabiiy materiallardan foydalanish tartib
qoidalariga amal qilishlari,tuzilishi jihatidan sodda bo'lgan o'yinchoqlarni rasmga,
chizmaga ko'ra haykalini ishlash,asosiy (qizil, sariq va zangori) va hosila (zarg'aldoq,
ko'k, binafsha va yashil) ranglarni, shuningdek, oq, qora, kul rang kabi ranglar bilan
ishlashni bilishlari, ranglar haqida (issiq va sovuq) tasavvurga ega bo'lish, qalam,
qog'oz, bo'yoq va mo'yqalamdan to'g'ri foydalanish, tasvir mazmuniga ko'ra qog'oz

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 46


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
o'lchami va holatini (gorizontal,vertikal) to'g'ri belgilay olish,rasm chizish va haykal
yasash tartibini o‘rgatish lozim.
Jamiyatning asosiy qatlami hisoblangan yoshlarga to‘g‘ri ta‘lim berish har bir
pedagog uchun ulkan ma‘suliyatdir.

Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Tasviriy san‘at nima? Sh.Abdullayev
2. Tasviriy san‘at o‘qitish metodikasi. Toshkent 2007
3. Ziyonet.uz

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 47


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
TASVIRIY SAN‘AT FANLARINI O‘QITISHDA PEDAGOGIK
TEXNOLOGIYALARNI ZAMONAVIY TA‘LIM VOSITALARI BILAN
BOG‘LASH

Narziyeva Zarnigor Qobiljonovna


Samarqand shahar
60-umumta‘lim maktabning tasviriy san‘at fani
o‘qituvchisi

Annotatsiya: Ushbu maqolada o‘quvchilarning hayotiy tasavvurini amaliy


faoliyatda ifodalash orqali tafakkurni o‘stirish, murakkab bo‘lmagan texnik
chizmalarni bajarishga, o‘qishga va o‘z fikrini grafik tasvirlar vositasida ifoda
etishga qaratilgan fikrlar bayon etilgan.
Kalit so‟zlar: innovatsiya, tasviriy san‘at, interfaol, ob‘yekt, sub‘yekt, axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari.

Umumiy o‘rta ta‘lim muassasalarida tasviriy san‘at fanini o‘qitishning asosiy


maqsadi o‘quvchilarda tasviriy savodxonlikni rivojlantirish, badiiy tafakkurni
yuksaltirish, estetik va emotsional sezgirlikni o‘stirish orqali ijtimoiy hayotda zarur
bo‘lgan bilimlarni egallash, ulardan kundalik hayotida foydalanishga o‘rgatishdan
iboratdir.
Tasviriy san‘at fanining o‘qitishning asosiy vazifasi esa tasviriy va amaliy
san‘at asarlarini, badiiy hunarmandchilikni, me‘morchilik va dizayn san‘atiga oid
tarixiy namunalar hamda zamonaviy san‘at asarlarini tahlil qilishga amaliy
faoliyatida qo‘llashga, naturaning xarakterli jihatlarini ko‘ra olishga, tahlil qilishga va
tasvir yoki haykalni ishlash bosqichlarini ketma-ketlikda to‘g‘ri bajara olishga
o‘rgatishdan iborat.
Ta‘lim tizimiga kiritilayotgan har qanday innovatsiya axborot va metodik
ta‘minotning mavjudligini ko‘zda tutadi. Shu sababli tasviriy san‘at o‘quv jarayoniga
innovatsiya kiritishda ilg‘or pedagogik tajribalarni o‘rganish, tahlil qilish va
umumlashtirish hamda amaliyotga tadbiq etish, zamonaviy pedagogik va axborot
kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalanish orqali o‘quv
jarayonlari mazmuni va metodlarini takomillashtirish muhim yo‘nalishlardan
sanaladi.
Bu esa o‘z navbatida tasviriy san‘at o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etishning
samarali shakllari sifatida ma‘ruza, trening, innovatsion o‘qitish metodlari sifatida esa
muammoli metodlar, interfaol metodlar, amaliy o‘yinlar, o‘quv loyihalari axborot
kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish zaruratini yuzaga chiqaradi.

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 48


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
Interfaol o‘qitishda o‘qituvchi o‘quv faoliyatining faol tashkilotchisi bo‘lib,
o‘quvchi bu faoliyatning sub‘yekti sifatida namoyon bo‘ladi. Interfaol o‘qitish bu
bilish faoliyatini rivojlantirishning maxsus tashkiliy shakli bo‘lib, interfaol o‘qitish
jarayonida ta‘lim oluvchi o‘qitishning obyektidan o‘zaro hamkorlikning sub‘yektiga
aylanishi, o‘quv jarayonida faol ishtirok etishi bilan tavsiflanadi.
O‘qitishning interfaol metodlari hayotiy vaziyatlarni modellashtirish, rolli
o‘yinlardan foydalanish, muammolarni hamkorlikda yechishda ko‘rib chiqiladi.
Interfaol o‘qitish o‘quvchilardan axborotlarni o‘zlashtirish jarayonida faollik,
ijodkorlik, mustaqillikni shkllantiribgina qolmay, ta‘lim maqsadlarining to‘laqonli
amalga oshishiga yordam beradi. Bunda ta‘limning quyidagi konsepsiyalari
fudamental asos sifatida xizmat qiladi:
● o‘qituvchining jadal faoliyati – o‘quv faoliyatining asosiy ko‘rinishi sifatida
namoyon bo‘lib, u mazkur harakatning sub‘yekti va tashkilotchisi sifatida faoliyat
ko‘rsatadi;
● o‘quv faoliyatining asosiy negizi va natijasi, mazkur faoliyatning sub‘yekti –
o‘quvchi hisoblanadi;
● muvaffaqiyatli o‘quv faoliyatining asosiy ko‘rsatkichi, uning natijasi
o‘quvchining fikrlash usullarini o‘rganish va amaliy masalalarni ijodiy hal etish,
erkin, mustaqil harakat qila olish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat;
● o‘quv faoliyatining asosiy ko‘rsatkichi o‘quv topshiriqlari hisoblanadi. Bunda
ta‘lim jarayonining asosiy sub‘yekti bo‘lgan o‘quvchi fikrlash, bilish harakati
usullarini rivojlantiruvchi o‘qitish taktikasi muhim o‘rin tutadi;
● o‘quv faoliyatini amalga oshirish jarayoni o‘quvchidan o‘zining shaxsiy bilish
mahorati va ko‘nikmalarini o‘zlashtiribolish uchun zamin hozirlashdan iborat.
Bugungi globallashuv jarayonida yosh avlodni har tomonlama barkamol inson
qilib tarbiyalash, kunning dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. Bunday
muammoni hal qilishda barcha fanlarni ta‘limiy va tarbiyaviy ahamiyatini
o‘quvchilarga uqtirib o‘qitish o‘z samarasini berishi shubhasiz. Shunday fanlar
qatorida tasviriy san‘at fanining ham ahamiyati kattadir. Bu fanni o‘qitishda ayniqsa
O‘zbekiston xalq rassomi akademik Malik Nabiyevning asarlaridan foydalanib
darslarni tashkil qilish o‘zining ijobiy natijasini beradi.
Rivojlanib borayotgan texnologiyalar barcha jabhalar qatori ta‘lim tizimiga ham
tadbiq etilishini zamonning o‘zi ko‘rsatib turibdi. Chunki yoshlarimizni noan‘anaviy,
zamonaviy intellektual texnologiyalarga kun sayin oshib bormoqda. Bu esa
ta‘limning barcha sohalarida pedagog oldida o‘qitishning yangicha uslublarini,
metodlarini texnikalar yordamida chambarchas bog‘lash, yangiliklar yaratish kabi
vazifalarni qo‘ymoqda.

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 49


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

1. ―Tasviriy san‘at va chizmachilik fanini o‘qitishda zamonaviy yondashuvlar


innovatsiyalar moduli‖ bo‘yicha o‘quv uslubiy majmua. Toshkent – 2018.
B – 56-60.
2. Internet manbaalari.

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 50


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
ҚАРАҚАЛПАҚ ХАЛҚЫНЫҢ ЗЕРГЕРЛИК ӨНЕРИ

Қалмуратова Мийуагул Аяповна


24-санлы улыўма орта билим бериў тәлим
мектебиниң баслаўыш класс оқытыўшысы

Aннотатция: Дунья жузиндеги коплеген халыклар сыяаклы каракалпак


халыкынын тарийхы да жуда ертеден басланады.Адамзат пайда болганнан
баслап озлеринин барлык мутажликлерин колы менен жаратып жасауга
бийимлескен.
Таяныш сөзлер: А.Алламуратов: «Мәңги мийрас».Пирназарова Айгул
«И.В.Савицкий» атындагы музей этнография болим баслыгы. «Сәўкеле» .
«Хәйкел».Шынжырма –шынжыр зергер.

Зергершилик ӛнери бүгинги күнде халық ӛнериниң арасында жүда аз


иззертленген түри болып табылады.Зергерлик ӛнери ең қурамалы ӛнерлердиң
бири болып, бунда ең биринши болып шыдамлылықты, пухталыкты ҳәм үлкен
итибар талап етеди.Себеби зергерлик ӛнериниң үлгилери болған ҳаял-қызлар
безениу буйымлары сондай бир нәзик талғам менен исленип,зергерлердиң
барлық шеберлиги олар соққан затларда кӛринген. Мине сол ушында ҳәрким
бул тараўда ислеп кете бермеген А.Алламуратовтын « Мәңги мийрас»
китабында жазылыўына қарағанда айрым зергерлер ӛнерлерин балаларына
туўысқанларына үйреткен ҳәм олар халық арасында шынжырма-шынжыр
зергер әўлады болып есапланған.Бизге келип жеткен аўызша мағлыўматларға
қарағанда турмысқа шығатуғын яғный узатылатуғын қызға арнап бир неше
атамадан ибарат безениў буйымларын ислеткен.
Безениу буйымлары тийкарынан үшке бӛлинип тӛмендегише атамалардан
ибарат:
бас безениў буйымлары-әребек,моншак,сырғаның бир неше түрлери.
-көкирек безениў буйымлары –ҳәйкел,айшык.Шартуүйме жалпақ түйме
айры түйме, жумалақ түйме,тумар,тумарша,қарсы илгек,гилт шалғыш,ӛңир
моншақ.
-қолға тағылатуғын безениў буйымлары - жүзик ҳәм билезиклер болып
есапланады.
Сӛзимизди бас безениўлеринен басласақ бунда ең биринши әребек
ҳаққында айтамыз. Әребекти-қыз-келиншеклер мурнының оң тәрепине
тағатуғын болған.Булар кӛбинесе гүмистен ислениледи.Айрым жағдайларда
ғана алтыннан исленген. Жиңишке сымды шыйратып, майда нокатлар,

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 51


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
феруза,маржан моншақлар менен безелген.
Кӛкирек безениў буйымларының ишинде кӛлеми жағынан үлкен
кӛринисте сондай-ақ безелиўи де оғада қурамалысы ҳәйкел болып табылады.
Ҳәйкел кӛбинесе үш бӛлектен қуралған болып, ҳәрбир бӛлегиниң
ортасына бир нешше ири маржан қаслары болады.Ҳәрбир ҳәйкелди соққан
зергер ӛзиниң айрықша шеберлигин кӛрсетиўге ҳәрекет еткен.Нәтижеде бир-
бирин қайталамайтуғын әжайып кӛркем-ӛнер дӛретпеси пайда
болған.Булардың бәри қыз-келиншеклердинң кӛркине кӛрик қосыў менен бирге
оларддың тил суктан сақлаўшы дуўа хызметин де аткарған.Әжинияз
бабамыздың:
Тилла ҳәйкел ӛңир моншақ сылдырап ...
Жүз мың жылўа менен бағар гӛззаллар.
деген қатарлары буған айқын дәлили болады.Демек зергерлер соққан
безениў буйымлары ӛзинин гӛззаллығы менен шайырларға илҳам
бағышлайтуғын кӛркем-онер дӛретпеси болған.
Орта Азия халықларының ески бас кийимлери арасында қарақалпақтың
той бас кийими «Сәўкеле»
«Сәўкеле» атамасының еки түрли пикирлерди аңлатылған.Түркшеде
«сәу»-ҳәм «келе» бас (Д.Фахритдинова) яки «кулло»-қулақ ,
қалпақ.(М.С.Андреев)бирлеспесинен ибарат.А.С.Андреев пикиринше ески
заманларда турмысқа шыққан қыз сәўкеле кийип күйеуиниү үйине келген ҳәм
бет ашарда усы бас кийимде отырған ҳәм сәўкеле диний мәресимлер менен
байланыслы ҳәм Умайға уқсаткан. XVIII-әсир ақырларында турмыс қурған
әйеллердиң күнделикли бас киймине айланғанлығын жазады.
Сәўкеле атамасы «Қырық қыз» дәстанында да жазып урысқа бармастан
алдын қызлардың сәрдары отқа сакирип сәўкелесин кийген деп баян етилген .
Сәўкеле жасаўда зергерлер айлап ўақыт кететуғын болған ҳәм олар
сәўкелеге тӛленетуғын қол ҳақысы әдеўир қымбат болғанлығы себепли бир
нешше бузаўлы сыйырлар, қулынлы жылқылар берилген.
Енди ӛз заманында оғада қәдирли ҳәм жоқары дәрежеде раўажланған
зергерлик ӛнериниң бүгинги жағдайы қандай деген орынлы сораў пайда болары
орынлы. 1930-1940-жылларға келип бул ӛнер биротала тоқтап қалған.Буның
тийкарғы себеби жаңа заманның орнаўы менен кӛбинесе завод,фабрика ямаса
цехларда исленген таяр буйымлардың халық арасында кең тарқалыўы болып
есапланады.Сондай-ақ бундай ӛнер менен шуғылланыўшыларды «ески
заманның тәрепдарлары» болып куўдаланылыўы да себеп болған.Бурынлары
ҳәр бир аўылдың зергерлери болған деседи. А.Алламуратовтын «Манги
мийрас» китабында Қарақалпақстанда 80 нен аслам зергерлердиң болғанлығын

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 52


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
дерлик ҳәр бир районда шебер зергерлердиң безениў буйымларын соғыў менен
шуғылланғанлығы туўралы мағлыўматлар бар.

Пайдаланылған әдебиятлар:
1. Алламуратов Ағынбай 63.5 А-53 «Мәңги мийрас».Нукус-1993.
2. Арзымбет зергер Сәўкеле соққан сырға КП№1928 1984-1985 1991.
Жумалақ түйме (12)КП №1992-1997.1989-199 192
Ҳәйкел КП №1983 Әребек (КМИМ)КП №1918
3.Пирназарова Айгул. И.В. Савицкий атындағы музей этнография бӛлими
баслығы.

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 53


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
ТАСВИРИЙ САНЪАТ ВА МУСИҚА ФАНЛАРИ ЎҚИТИЛИШИНИ
РИВОЖЛАНТИРУВИ ОМИЛЛАР

М. Нурматова
Қашқадарё вилояти Деҳқонобод тумани
77-мактаб тасвирий санъат фани ўқитувчиси

Мукаммал ўтиладиган 45 дақиқалиқ дарс – кичик бир асардир!

Жаҳон майдонида жадал суръат билан ривожланаѐтган технологиялар


даврида мустақил Ўзбекистон заминида ҳам давр тақозосига айланган
тараққиѐт жараѐни кенг қулоч ѐймоқда. Мамлакатимизда юрбошимиз – Ш. М.
Мирзиѐев раҳнамолигида ҳар бир соҳанинг оғриқли нуқталари ўрганилиб замон
талаблари даражасида ислоҳ қилинмоқда. Ушбу ислоҳатлар ва давлат сиѐсати
даражасидаги ўзгаришларнинг барчаси меҳнаткаш халқимиз, фарзандларимиз
ва келажак авлоднинг комил инсон бўлиб камол топишига қаратилганлиги ҳеч
кимга сир эмас.
Халқ таълими тизими таркибидаги барча соҳалар ҳам давр ва замон
тақозасига кўра янгиланиш сари одимлаши давом этмоқда.
Таълим жараѐнида ѐшларга тақдим этилаѐтган бундай имкониятлар
эртамиз эгалари бўлган ѐш авлоднинг ўз салоҳиятини тўла намоѐн этиши, ўзи
танлаган касб бўйича ўқиши, ишлаши, ҳаѐтда ўз ўрнини топиб олиши ва
жамият равнақига муносиб ҳисса қўшадиган мутахассислар бўлиб етишиши
учун мустаҳкам пойдевор яратади. Мамлакатимиздаги таълим соҳасини
ривожлантириш учун амалга оширилаѐтган ишлардан бири ўқитишнинг
замонавий педагогик технологияларни дарс жараѐнларига жорий қилишга
жиддий эътибор қаратилганидир. Ҳар қандай дарс дидактик тамойилларга
асосланган бўлади.
Тасвирий санъат, мусиқа дарсларарида бадиий асарлар орқали ўқувчилар
қалбида халққа, она Ватанга муҳҳаббат туйғусини таркиб топтиришга
эришилади. Биз яна шуни биламизки, ўқувчи чизадиган расмини қоғозга
туширишаркан унинг ички кечирмалари, унинг хоҳшига кўра, тассавурига кўра
ҳодисани акс этириши, рангларни ўз қизиқишига қараб бериши, унинг ички
кечирмаларига кўмак, далда бериб, уларга йўналиш кўрсатиб фаолиятни
бошқариш лозим. Тасвирий санъат ўқув предмети ѐшларнинг эстетик
тарбиясида аҳамияли бўлибгина қолмай балки, ахлоқий тарбияда салмоқли
ўрин эгаллайди.Тасвирий санъат дарслари ѐшларда миллий ғурур ва мафкурани
шакллантиришда, ватанпарварлик, дўстлик ва ўзаро ѐрдам ғояларини ташкил

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 54


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
топишида катта кучга эга. Дарс давомида ўқувчилар турли касблар ҳақида
расмлар ишлайдилар, ушбу касбларнинг мазмунига тўхталиб ўтади ва қизиқиш
ўйғонади.
Тасвирий санъат фанини ўқитишда ўқитувчи ўз олдига мақсад қуйиши
зарур. Янги инновацион технологиялардан фойдаланиб дарсни янада қизиқарли
қилиб ўтказиши мақсадга мувофиқдир. Ўқувчиларнинг билимларини янада
мустаҳкамлаш мақсадида 1 ойда 1кун синфлар кесимида ―Ижод куни‖ни
ташкил этиш орқали тасвирий санъат ва мусиқа дарсларининг бугунги кун
ривожи учун юксалиши десак бўлади. Ушбу кунда ўқувчиларнинг ота-
оналарини таклиф қилишимиз мумкин. Бу билан биз фарзандининг қобиятини,
унинг келажакдаги касб танлашдаги йўлда ушбу қобилятнинг кераклилигини
кўрсатамиз ва ота-оналарни фарзанди чизган расмнинг канчалик аҳамият касб
этишини билиб оламиз. Айрим ота-оналар ўз фарзандининг дарсга бўлган
қизиқишига эътибор қаратмайди. Бир ойда 1марта ўтказиладиган ―Ижод куни‖
да ижодкор ўқувчиларни ижодий ишларини намойиш этиш ва мактаб
маъмурияти томонидан рағбатлантириш орқали бошқа тенгдошларида қизиқиш
ўйғонади ва бўш вақтларида ўз уситида ишлашига ва кейинги ойда ушбу кунга
иштирок этишига, ўқувчиларнинг сонини ортишига ва қизиқиши ошишига
эришилади.
Шу билан бирга мусиқа фанида ҳам ўқувчилар учун ушбу усулни қўллаш
мумкин. Қадрятларимизни эъзозлаш миллий ғоя мафкура моҳиятини теран
англаб етиш мазмунида мужассам бўлган билим ва тушунчалар ўқувчи ѐшлар
тарбиясига янгича услублар билан ѐндашиш таълим тарбия ишлари синф ва
синфдан ташқари фаолиятлар узвийлигига олиб бориш унинг сифат ва
самарадорлигини таъминлашга муҳим аҳамият касб этади. Мисол учун ―Чолғу
куйлари‖, ― Миллий рақс ва қўшиқлар‖, ―Мен юртимни куйлайман‖ кунини
ташкил этиш. Қобиятли ѐшларни янада турки бериш ва уларнинг меҳнатларини
мукофатлаш орқали мақсадимизга эришамиз. Дарс давомида тарихимиз
тўғрисида ўқувчиларга билим бериб бориш билан бирга улар чалган чоғу
асбобларидан ―Чанқовуз‖, ―Най‖, ―Дўмбира‖ кабиларнинг келиб чиқиш тарих
ва уларнинг чалиш сирларини ўргатиш лозим. ―Миллий раслар‖ орқали
ўқувчилар миллий либосларнинг яратилиши ва уларнинг табиийлик
жиҳатларини билиб олишади ва ўша либосга нисбатан қизиқиши уйғонади.
Биз мактаб жамоасида қобилиятли болани аниқлаб олиш ва уларни ўз
устида ишлашларига ота-оталар билан ҳамкорликда замин яратишимиз лозим.
Бу орқали биз турли танловларда ўқувчиларнинг эркин фикрлай олишига ва ўз
ижодий ишини намойиш этишида бугунги кунда яратилаѐтган имкониятлардан
кенг фойдаланишга турки бўла оламиз. Биз бу орқали ѐшларни янада илғор

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 55


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
марраларга эришишига ва ватанимиз байроғини юксакларга кўтаришига
эришамиз.

Фойдаланган адабиётлар:
1.И.Каримов Она юртимиз бахту иқболи ва буюк келажаги йўлида хизмат
қилиш-энг олий саодатдир // ―Ўзбекистон‖,2015.-304
2.И.Каримов Юксак маънавият енгилмас куч// ―Маънавият‖2009.-176
3.Маърифат.2020-йил 8 июль№23
4. Маърифат.2020-йил 15июль№24

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 56


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
BOSHLANG‘ICH SINF MUSIQA DARSLARIDA O‘QUVCHILARNING
RUHIY HOLATINI RIVOJLANTIRISH USULLARI

Saydaliyeva Nilufar
Qashqadaryo viloyati Kasbi tumani
2- umumiy o‘rta ta‘lim maktabi boshlang‘ich sinf
o‘qituvchisi

Annotatsiya: Ushbu malakaviy ish ― Boshlang‘ich sinf musiqa darslarida


o‘quvchilarning ruhiy holatini rivojlantirish usullari‖ mavzusida bayon etildi.
Malakaviy ishda boshlang‘ich sinflarda Musiqa madaniyati darslarining o‘ziga
xos xususiyatlari, boshlang‘ich sinflarda milliy kuy-qo‘shiqlarda – Vatan madhi,
boshlang‘ich sinflarda marosim qo‘shiqlarini kuylatish orqali milliy urf-odatlarni
o‘quvchilar onggiga singdirish, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini ruhiy kamolotini
rivojlantirishda musiqa san‘atining o‘rni haqida fikr bildirildi.
Malakaviy ish xulosalangan va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati keltirib
o‘tilgan.

Mundarija:
 Kirish
 Asosiy qism
 Boshlang‘ich sinflarda Musiqa madaniyati darslarining o‘ziga xos
xususiyatlari
 Boshlang‘ich sinflarda milliy kuy-qo‘shiqlarda- Vatan madhi
 Boshlang‘ich sinflarda marosim qo‘shiqlarini kuylatish orqali milly urf-
odatlarni o‘quvchilar onggiga singdirish
 Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini ruhiy kamolotini rivojlantirishda musiqa
san‘atining o‘rni.
 Xulosa va tavsiyalar
 Foydalanilgan adabiyotlar
Ilovalar

Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Musiqa shunday vositaki, u yangi avlod tarbiyasida
muhim ahamiyat kasb etadi, inson ruhiy olamiga bevosita ta‘sir qiladi, tinglovchi
dunyoqarashini shakllantiradi. Ayni choqda u insonning ma‘naviy ehtiyojlarini
―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 57
www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
qondiradi, his-tuyg‘ularini boyitadi. Inson hayotida hamish qo‘shiqning o‘z o‘rni, o‘z
vazifasi mavjud ,u ermakka to‘qilmagan, havasga aytilmagan, bekorchilikdan
eshitilmagan: qo‘shiq kishilarni yashashga kurashga chorlagan, mehnatga
muhabbatga ruhlantirgan, dardu qayg‘usiga malham, baxtu quvonchiga sherik
bo‘lgan. Qo‘shiqning xalq orzu-armonlari ifodasi, xalq ruhiyatining ko‘zgusi
hisoblanishi shundan. Insonning go‘zallik tuyg‘usini taraqqiy ettirmay turib, manaviy
barkamol inson haqida gapirib bo‘lmaydi. Toki odamzod o‘zini qurshab turgan tashqi
olamda, o‘zi yashayotgan jamiyatda, o‘zi bilan muloqoqtda bo‘ladigan kishilarda
tarixan shakllangan va muayyan davrda amal qilinayotgan badiiy ijod namunalarida
mujassamlashgan go‘zallikni his qila olmas ekan,hech qachon ma‘naviy barkamol
inson darajasiga ko‘tarila olmaydi. Musiqa ana shu nozik tuyg‘ularni shakllantirish va
tarbiyalash qudratli vositalaridan biridir. O‘quvchilarda ong va milliy tafakkurni
o‘stirish uchun birinchi navbatda tinglash va ijro etish uchun tanlanadigan asarlar
repertuari muhim ahamiyat kasb etadu. Boshlang‘ich sinflar uchun tanlanadigan
asarlar repertuarining asosiy mezoni o‘quvchilarning qiziqishlari, bilim, ko‘nikmalar
darajasiga mos bo‘lish, tematikaning rang-barangligi, g‘oyaviy-badiiy sifati hamda
pedagogik qiymati bilan belgilanadi. Boshqacha so‘z bilan aytganda, maktabda
o‘quvchilarning yoshlari va idrok etish qobiliyatlari mos keladigan o‘tmish va hozirgi
zamonning eng yuksak g‘oya va obrazlarini aks ettiradigan, o‘zining forma va
mazmuni bilan go‘zal va hayotbaxsh, nafis va xushohang asarlar yangrashi lozim.
Zero faqat shunday asarlargina o‘quvchilarda darsga nisbatan qiziqish va havas
uyg‘ota oladi, ahloqiy estetik hissiyotlarini, zarur bo‘lgan qobiliyatlarini o‘stirib
boradi.

II. Asosiy qism.


 Boshlang‘ich sinflarda Musiqa madaniyatining o‘ziga xos xususiyatlari
Musiqa bilan shug‘ullanish umumiy va maxsus qobiliyatlarning muayyan
majmuini talab qiladi. Qobiliyat deganda kishining biror ijtimoiy foydali faoliyat
turini muvaffaqiyatli bajarishga layoqatini ifodalaydigan xususiyatlari yoki sifatlari
tushuniladi.
Qobiliyatlar muammosi psixologiyaning eng muhim muammolaridan biridir.
Qator olimlar qobiliyatlari dialektik materialistik tushunishga tayanib ularni ―
peshonaga yozilgani‖ kabi loqayd talqin qilishga qarshi kurashib keladilar.
Ma‘lumki, musiqiy qobiliyatlar barvaqt, ko‘pincha bolalar musiqa bilan
maqsadga muvofiq ravishda shug‘ullanishni boshlashidan ancha ilgari yuzaga keladi.
Mutaxassislar musiqa qalbimizga sokinlik va xotirjamlik olib kirib, aqliy faoliyatimiz
va zehnimizga ijobiy ta‘sir etuvchi omil ekanini ta‘kidlashadi. Farzandlarimiz
kelajakda qaysiki kasbni tanlashidan qat‘i nazar, an‘anaviy xonandalik, kuy-qo‘shiq,

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 58


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
raqs, xoreografiya, tasviriy va amaliy san‘at yo‘nalishlarini o‘rganishlari foydadan
xoli emas. ― Bolalar musiqa va san‘at maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish
bo‘yicha 2016-2020- yillarga mo‘ljallangan davlat dasturi to‘g‘risida‖gi qarorga
muvofiq yurtimizda 2021- yilgacha 40 ta bolalar musiqa va san‘at maktabi quriladi,
58 tasi esa ta‘mirdan chiqarilishi ko‘zda tutilgan.
Xulosa
Xulosa o‘rnida umumta‘lim maktablarida ta‘lim-tarbiya tizimining bosh g‘oyasi
ta‘limni tarbiyadan, tarbiyani esa tarbiyadan ajratish mumkin emasligida shart.
Demak, musiqiy tadbirlar pedagoglar uchun tarbiya vositasi sifatida ta‘limni
rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati


Mirziyoyev Sh.M ― Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan
birga quramiz‖ T. ― O‘zbekiston‖, 2017y.-488-b.
Boshlang‘ich ta‘lim jurnali. 5-son. 2017-y.

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 59


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
MUSIQA DARSLARIDA FAOLIYAT TURLARI VA ULARNING
O‘ZARO ALOQASI MUSIQA IDROKI

Xalimova Lobar
Qashqadaryo Viloyati Shahrisabz Shahar
18-maktab musiqa fani o‘qituvchisi

1. Musiqiy ta‘lim-tarbiya jarayonida musiqa


idroki va musiqa ijrochiligini tarbiyalash.
2. Musiqa tinglashni rivojlantirish xususiyatlari.
Musiqiy rivojlanish darajasiga bog‘liqligi.
3. Musiqa idrokini bosqichma-bosqich amalga
oshirish.

Musiqa insonning his-tuyg‘ularini ifodalash bilan birga hayot, voqelik va davr


aksidir. Shu boisdan musiqa dasturi printsiplarida bosh mezon- «Musiqa va
hayotdir». Musiqa pedagogikasi olimlarining ta‘kidlashicha:- «Musiqani o‘rganish
jarayonida bolalar birinchi darsdanoq unda hayot aks ettirilganligini u orqali hayotni
o‘rganishlarini osonlikcha his etadilar va tushunadilar».
O‘quvchilarning hayotiy tajribalariga tayangan holda har bir musiqa asari
zamirida ma‘lum voqelik, his-tuyg‘u va fikrlar aks ettirilishi haqida tushuncha
beriladi. Bu faqatgina dars jarayonida turli musiqa faoliyatlarini bajarishda asar va
uning obrazlarini idrok etish bilan amalga oshadi. Zotan, bir darsda qaysi musiqa
faoliyatini olmaylik, u avval musiqa yangrashini idrok etish va uning obrazi hamda
harakterlarini fahmlagandan so‘ng ijobiy tarzda amalga oshiriladi. Demak, musiqa
idroki dars jarayonining asosiy omili ekan. Shu boisdan musiqani eshitish,
zavqlanish, qo‘shiq kuylash, musiqa savodxonligiga doir xususiyatlarni anglab olish,
raqs tushish musiqa ostida turli ritmik harakatlarni bajarish, chapak va cholg‘u
asboblarida chalib musiqaga ritmik jo‘r bo‘lish uchun belgilangan musiqalarni idrok
etib borish kabi faoliyatlarni bajarish mumkin. Musiqa idroki darsda ikki tarzda-
musiqa asarlarini maxsus eshitish (musiqa tinglash) va musiqani eshitib, anglab uning
xarakteriga muvofiq turli faoliyatlarni amaliy bajarish.
Zamonaviy musiqa madaniyati darslarida musiqa idroki yetakchi faoliyat
sifatida muhim rol o‘ynaydi. U ikki holatda amalga oshadi. Birinchi holatda ma‘lum
asar tinglanib, idrok etiladi va uning badiiy tavsiflari dars mavzuiga doir oddiy
musiqiy-pedagogik tahlil etiladi. Eshitish orqali asarni tushunish hamda ongli idrok
etish asarning musiqiy xususiyatlari (janri, tuzilishi, ifoda vositalari, ijrochiligi) va
badiiy mazmuni haqida ma‘lum bilimlarga ega bo‘linadi. Ikkinchi holatda musiqa

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 60


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
asarlari tinglanib (idrok etilib), so‘ng u yoki bu faoliyati ko‘proq kuylash orqali
o‘rganiladi. Uning badiiy mazmun xususiyatlari amaliy faoliyatda ifodalanadi.
Masalan, o‘rganiladigan qo‘shiq avval o‘qituvchi ijrosida (tasma orqali ham) bir-ikki
marta tinglanadi, asar xususiyati haqida suhbat qilinadi, so‘ng o‘rganishga kirishiladi,
raqs musiqasi avval tinglanadi, kuy tavsiflari anglab olingandan so‘ng, raqs
harakatlari ifodasi o‘rganiladi. Ko‘pincha asar bir necha faoliyat uygunligida
(tinglash, kuylash, raqs harakati va boshqa) o‘rganiladi. Bunday mashg‘ulot usuli
asarni puxta o‘rganish va ayni damda kompleks malakalarning rivojlanishi uchun
imkon yaratadi.
Musiqa madaniyati darsida barcha faoliyatlar muayyan mavzu zamirida
mantiqan o‘zaro bog‘lanadi, natijada darsning mantiqan bir butunligi vujudga keladi.
Musiqa savodxonligi barcha faoliyatlarni nazariy birlashtiruvchi faoliyat sifatida
muhimdir. Darsda qaysi faoliyat mashg‘uloti (tinglash, kuylash, raqs va boshqa)
qullanilmasin, uning amaliyotida foydalanilayotgan asar o‘rganiladi va xususiyatlari
(janri, tuzilishi, ijrochiligi va hokazo) haqida yangi tushunchalar hosil bo‘ladi.
Shu bois, musiqa savodxonligi faqatgina nota savodi uslublaridan iborat bo‘lib
qolmay, balki o‘quvchilarning umumiy musiqiy bilim doirasini tarkib toptiruvchi,
umumiy bilim tushunchalar majmuasi (musiqa shakllari, janrlari, cholg‘uchilar
ijrochiligi, xalq bastakorlik musiqasi, ularning farqlari, milliy musiqaning mahalliy
uslublari, klassik musiqa, nota savodi va boshqalarni singdirib borishdan iborat.
Shuni alohida e‘tiborga olmoq zarurki, musiqa idroki (tinglash) va musiqa
savodxonligi faoliyati o‘zaro uzviy bog‘lanish bilan qolgan barcha faoliyatlar
amaliyotiga etakchilik qiladi.
Kuylash faoliyati o‘quvchilarning musiqa-o‘quv qobiliyati hamda ijrochilik
malakalarini rivojlantirish uchun zarurdir. Sinfda jamoa bo‘lib kuylash jarayonida
o‘quvchilar o‘z ovoz ijrosini boshqaradi, o‘rtoqlari ijrolarini eshitib kuzatadi va ular
bilan birga jo‘r bo‘lib kuylashga intiladi.
Zotan, tinglash va kuylash o‘quv materiallari ta‘lim mazmunini tashkil etadi.
Ularni tinglash va kuylash faoliyatlari vositasida o‘rganish bilan birga, cholg‘uchilik,
musiqali harakatlar hamda ijodkorlik faoliyatlari bilan ham har tomonlama
o‘zlashtirish va musiqiy tavsiflarini ushbu faoliyatlar vositasida ifodalash
imkoniyatlari yaratiladi.
Chorak mavzusidan kelib chiqib, asarning musiqaviy tuzilishi, xarakteri, ifoda
vositalari, hayotdagi o‘rni jihatidan o‘rganib musiqa tinglash faoliyati quyidagi
bosqichlarda amalga oshiriladi:
1. Asarni tinglashga bolalar diqqatini jamlash va asar haqida o‘qituvchining
kirish so‘zi.
2. O‘qituvchi ijrosida yoki gramezuvda asarni tinglashni tashkil etish

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 61


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
3. Asarni suxbat yo‘li bilan musiqiy-badiiy jihatdan oddiy tahlil etish.
4. Asarni butunligicha qayta takror tinglash. So‘ng asar haqida o‘quvchilarning
umumiy taassurotlari yuzasidan yakuniy suhbat o‘tkazish.
Mazkur ishlar jarayonida bolalarda musiqa haqida bilim va tushunchalar,
malaka, ko‘nikmalar hamda umumlashma badiiy taassurotlar, tajribalar hosil bo‘lib
boradi.
Tahlil davomida musiqaning tuzilishiga doir o‘rganiladigan yangi atamalar (ijro
sur‘ati, xarakteri, ifoda vositalari, ijrochilari, cholg‘u asboblari turlari, bastakorlari va
boshq.) o‘rganilib keyingi darslarda qo‘llanilib boriladi. O‘rganilgan asar yil
davomida vaqti-vaqti bilan tinglanadi.
Shuni ham hisobga olish joizki, olti-etti yoshli bolalarning diqqat-e‘tibori hali
barqaror darajada emasligi tufayli ular faqat qisqa muddatli asarni to‘laligicha idrok
etadilar. Shuning uchun dastur va qo‘llanma mazmuni kichik pesa va ixcham kuy-
qo‘shiqlardan boshlanadi. O‘qituvchining vazifasi o‘quvchilarga musiqani diqqat va
mehr bilan tinglasalargina uni aniq idrok etish mumkinligini tushuntirish va bolalarda
musiqa shinavandaligini tarbiyalab borishdan iboratdir.
Davlat ta‘lim standartlariga asosan, musiqa madaniyati o‘quv fanining musiqa
tinglash mazmuniga bo‘lgan minimum talablar nazariy va amaliy faoliyat
majmuasidan tashkil topib, o‘quvchilarning musiqa tinglash bo‘yicha quyidagi
mezonga javob berishi lozim:
Yakkanavoz va jo‘rnavozlikni ajrata bilish, ansambl va orkestr ijrosini farqlay
bilish, ovozlar va sozlar tembrini ajrata olish, musiqiy did hamda idrokni
rivojlantirish. O‘zbek, qardosh va jahon xalqlari bastakorlari asarlaridan namunalar
tinglash va boshqalar.
Shunday qilib, musiqa madaniyati darslarida musiqa tinglash faoliyati –
o‘quvchilar madaniyatini shakllantirishning asosi sifatida muhim ahamiyatga egadir.
Shunga ko‘ra musiqa o‘qituvchisi o‘quvchilarga musiqa tinglash xususiyatlari, uning
bolalar umumiy musiqiy rivojlanishlari uchun nihoyatda muhimligini chuqur anglab,
musiqa tinglash faoliyatini tashkil etish bosqichlarini metodik jihatdan puhta,
samarali tashkil etib, bosqichlarini amalga oshirishda, umuman musiqiy faoliyatni
pedagogik boshqarishga jiddiy e‘tibor berishi lozimdir.

Savollar:
1. Musiqa idroki xususida.
2. Musiqa tinglash- etakchi faoliyat sifatida.
3. Musiqa tinglash faoliyati bosqichlariga tavsif.
4. Musiqa tinglash faoliyatining boshqa bosqichlar bilan o‘zaro bog‘liqligi.
5. Musiqa tinglash- musiqa madaniyatini shakllantirishning asosi.

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 62


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil

Mavzu yuzasidan tayanch so‘zlar:


Musiqa dasturi printsiplari, ritmik jo‘r bo‘lish, musiqiy-pedagogik tahlil,
kompleks malakalar, milliy musiqaning mahalliy musiqaning uslublari, klassik
musiqa, musiqiy o‘quv qobiliyati, musiqiy tavsif, musiqiy tahlil, yakkanavoz va
jo‘rnavozlik.

Mavzu yuzasidan adabiyotlar ro‘yxati:


1. Maktabda musiqa tarbiyasi metodikasidan lektsiyalar kursi (musiqa-
pedagogika fakultetlari studentlari uchun o‘quv qo‘llanma). -T., 1990.
2. Telcharova R.A. Uroki muzo‘kalnoy kulturo‘. -M., 1991.
3. Umumiy o‘rta ta‘limning davlat standarti va o‘quv dasturi. Musiqa, tasviriy
san‘at, jismoniy tarbiya. -T., 1999.
4. Umumiy o‘rta ta‘lim maktablarida musiqa madaniyati fani bo‘yicha sinov
dasturi (1-7 sinflar) -T., 1998.
5. O‘zbekiston Respublikasi umumta‘lim maktablarida musiqa ta‘lim tarbiyasi
Kontseptsiyasi. «Ma‘rifat» gazetasi, 1992, 25-noyabr.
6. Hasanov A.Sh. Musiqa va tarbiya. -T., 1993.

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 63


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
МАРЯМ ҚУДРАТ АСИЛ ИЖОДИДА АФҒОН-АМЕРИКА
МАДАНИЯТИНИНГ ЎЗИГА ХОС МУШТАРАКЛИГИ

Бегимқулова Шахноза Ахмедовна


Ал-Хоразмий номидаги
ТАТУ Қарши филиали

Аннотация: Америка адабиѐтида мултикултурализм ва унинг келиб


чиқиш сабабларини тадқиқ этиш замонавий адабиѐтшуносликниг долзарб
масалаларидан биридир. Америка контекстида адабий гибридлаш ҳодисаси
етакчилик қилиши ва мазкур ҳодисанинг таъсири натижасида турли миллат
вакилларининг ўзлари туғилиб вояга етган замин ҳамда уларга бошпана берган
ҳудуд мадаиятидан баҳрамандлиги адабий асарларда ўз аксини топмоқда.
Ўтган асрнинг охирларида шаклланган афғон-америка адабиѐти намоѐндалари
ҳам мазкур тенденцияга ўз ҳиссаларини қўшиб келишмоқда. Афғон-америка
адабиѐтининг илғор ѐзувчиларидан Марям Қудрат Асил ижоди биографик ва
автобиографик элементларга бойлиги билан ажралиб туради.
Калит сўзлар: мултикултурализм, афғон-америка адабиѐти, янги адабий
оқимлар, этник, иммигрант ѐувчилар, Афғонистон, Америка, мусулмон,
толибон.
ХХ-ХХI асрларга келиб америка адабиѐтшунослигида этник қонунларни
яратадиган адабиѐтга бўлган қизиқиш ортиб бормоқда. Сўнги 20 йил давомида
АҚШ адабиѐти ―харитасида‖ кўзга кўринарли даражада ўзгаришлар юз берди.
Катта қадамлар билан адабиѐтга ―мултикултурализм‖ тушунчаси кириб келди.
Бу тушунчанинг пайдо бўлиши яқин ўтмишга бориб тақалади. Охирги ўн
йилликда бутун дунѐ ҳамжамияти қайта ―уйғониш‖ ва ―хулосақилиш‖
тушунчаларни кўп бора такрорлаяпти. Вазият шуни тақозоқилган сари яъни
глобол даражада ―мултикултурализм‖, ―мултикултуржамият‖,
―мултикултурали‖ каби бир қатор тушунчалар пайдо бўлди.
―Мултикултурализм‖ термини ХХ асрнинг 60 йилларида Канада даилк бор
муомалага киритилган бўлсада, тушунча моҳиятини амалиѐтда кенг қўлловчи
АҚШда ўтган асрнинг 70 йилларидан бошлаб кенг жамоатчилик томонидан
қўлланила бошланди.
Адабиѐтда мултикултурализм тушунчаси ѐзувчиларнинг этник келиб
чиқиши билан узвий боғлиқ ходисадир. ―Кашф этилган адабиѐт‖ (emerging
literature 3 ) оламга иммигрант ѐзувчиларни ва уларнинг салмоқли ишларини
3
Караваева.Е.М. Конфликт поколений в романах Максин Хонг Кингстон и Эми Тэн: к проблеме поиска
идентичность в азиато-американской литературе США последней три ХХ века.2009, –с.3.

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 64


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
кўрсатиб берди. Бунга мисол қилиб Лотин Америкаси, Ҳиндистон,Корея,Яқин
ва Ўрта Шарқ ѐзувчилариникўрсатиш мақсадга мувофиқдир. АҚШ адабиѐтида
турли хил маданиятнинг ривожланиш тенденциясига бўлган қизиқишни
кўпгина олимларнинг тадқиқотларида кўриш мумкин,айниқса
А.В.Ващенконинг ХХ аср адабиѐти хусусидаги―дунѐ адабиѐти ва маданиятида
ижод энергиясини қайтатуғилиши глобал факторга айланди‖4 (стал
фактором глобального перераспределения творческой энергии в мировой
литературе и искусстве)деган қарашлари фикримизни исботлайди.
Ўтган аср бошларидан нафақат Америка балки жаҳон адабиѐтида ҳам
афғон-америка адабиѐтининг йирик намоѐндалари ўз ижодлари билан бутун
дунѐ ўқувчиларининг қалбини забт этиб келишмоқда. Улар орасида аѐл
ѐзувчиларининг борлиги янада қувонарлидир. Афғон-америка адабиѐти аѐл
ѐзувчилари Фарука Гавҳарий ва Марям Қудрат Асил ижоди мултикултурализм
контекстида ўрганилса, адибаларнинг ижодидаги муштараклик яққол намоѐн
бўлади.
Адиба Марям Қудрат Асил Афғон-америка мусулмонлар жамияти фаоли,
оммавий аҳборот воситалари радио, телевидения ва газеталарда ислом дини
ҳақида бир неча бормуваффақиятли чиқишлар қилган. Шунингдек,у Мусулмон
Талабалар Жамияти асосчиси сифатида ҳам машҳурдир.2002-2008 йиллар
оралиғида Жанубий Калифорния Университетида ―Long Run Stability of Nations:
Toward a Hobbesian Model for Contemporary Religious Societies‖ (―Миллатлар
бошқарувининг изчил барқарорлиги: Замонавий диний жамиятлар учун Хоббес
модели сари‖) номли докторлик диссертациясини ҳимоя қилиб, фалсафа
фанлари доктори (PhD) бўлишга мушарраф бўлади.Ҳозирги кунда оиласи билан
Лос Анжелесда истиқомат қилади. Унинг афғон-америка маданиятининг ички
хусусиятларини тафтиш этувчи ―Torn between Two Cultures: An Afghan-
American Woman Speaks out‖5 (―Икки маданиятга мансублик:афғон-америкалик
аѐл ҳақиқати‖)асари биографик элементлар асосида ѐзилган бўлиб, муаллиф
унда ўзива оиласи бошидан кечирган тақдир чизгиларини ҳозирги Америка ва
Афғон сиѐсий ва тарихий ракурсида ўзига хос услубда тасвирлайди. Роман
Америкада яшовчи замонавий Афғон оиласига мансуб аѐл образини ҳам оилада
ва ҳам жамиятда тутган ўрнини кўрсатишга қаратилган бўлиб,асар воқеалари
афғонлар учун ―америкалик‖ бўлиш истаги улар кутгандан ҳам
кўпроқможароларга сабаб бўлишини Марям Қудрат Асил тилидан баѐн этади.
Ёзувчи мазкур муаммоларга ечимни Афғон ва Мусулмон жамиятига аъзо
4
Ващенко.А.В. К типологии картины мира в аборегенныхкультурах:от мира к роману(Сибирь-Северная
Америка)//Вест.Моск.ун-та.Сер 19.Лингвистикаи межкультурная коммуникация.(№3) 1998, – с.103
5
Maryam QudratAseel. Torn between Two Cultures:An Afghan Woman Speaks out.Capital Press.2003, – р.192

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 65


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
бўлиш орқали топади ва жамият ҳамда унинг аъзолари асар қаҳрамониниг
диний ва маданийқарашларидаги бўшлиқни тўлдиришга ѐрдам беради.
Муаллиф мазкур асари орқали мусулмон дини ва шарқ маданиятидаги баъзи
тушунмовчиликларни очиб беришга уринади. Романнинг энг катта ютуғи
муслима аѐлнинг ғарб жамиятда ўз ўрнини топишга ҳаракат қилиши ҳамда
Ғарб ва Шарқ анъаналари муштараклигида ўзлигинийўқотмай келган
қаҳрамонлар тасвири десак муболаға бўлмайди. Адиба толибонлар томонидан
уюштирилган Америкадаги 11 сентябрь террор хужумларидан сўнг мусулмон
эканлигини айта олган биринчи авлод вакили ҳисобланади. Асил афғон
миллатининг толибонларга алоқадор эмаслигини китобнинг ―Afghans in
America‖ (―Америкадаги афғонлар‖), ―The Real Islam‖ (―Ҳақиқий ислом‖)
бобларида мисоллар билан кўрсатади: ―It can not to be emphasized enough that
the Taliban is not representative of Afghans opr Muslim. The Taliban was regime
primarily led by poorly educated zealotswho are not qualified to lead a nation‖
6
.(Толибонлар афғон ва ѐки мусулмонларнинг вакили деб жар солишга ҳожат
йўқ. Толибонлар миллатни бошқаришга нолойиқ, саводсиз мутаассиб
кимсалардир.) Шу ўринда ѐзувчининг ўз миллати тақдирига жон куйдириши ва
юрти Афғонистоннинг келажагини бир пайтлар цивилизация ўчоғи бўлган
Ҳуросон билан боғлашни исташи ўз аксини топади.
Келиб чиқиши афғон бўлган америкалик ѐзувчилар замонавий Америка
адабиѐтида мултикултура ва кўпирқлилик контекстига мансуб бўлиб,улар икки
мамлакат маданиятива анъаналаридан баҳраманд ҳолда янги афғон-америка
маданияти ва адабиѐтини шакллантиришмоқда.

Фойдаланилган адабиётлар рўйҳати:


1. Караваева.Е.М. Конфликт поколений в романах Максин Хонг Кингстон
и Эми Тэн: к проблеме поиска идентичность в азиато-американской литературе
США последней три ХХ века.2009, – С.235.
2. Ващенко.А.В. К типологии картины мира в аборегенных культурах:от
мира кроману(Сибирь-СевернаяАмерика)//Вест.Моск.ун-та.Сер 19.Лингвистика
и межкультурная коммуникация.(№3)1998, – С. 528.
3. Maryam Qudrat Aseel. Torn between Two Cultures: An Afghan-American
Woman Speaks out. Capital Press. 2003. – 192 P.

6
Maryam QudratAseel. Torn between Two cultures: An Afghan-American Woman Speaks out.Capital Press.2003.-
pp150-151

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 66


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
MIRZO ULUG'BEK TRAGEDIYASI ORQALI O'QUVCHILAR
MA'NAVIY QARASHLARINI VA INSONIYLIK FAZILATLARINI
RIVOJLANTIRISH
DJabborova Raxima Umurovna
Buxoro viliyati G'ijduvon tumani
39-maktab ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi

Annotatsiya: Ushbu maqolada «Mirzo Ulug'bek» tragediyasining ahamiyati


asar qahramonlari, asosan, Ulug'bek obrazi orqali o'quvchilarning ma'naviy
qarashlarini, insoniy fazilatlarini rivojlantishdagi o'rni ilmiy ma'lumotlar asosida
yoritib berilgan.
Kalit so'zlar: tragediya, Mirzo Ulug'bek, olimlik, shohlik, ilm-fan ravnaqi, toj-
taxt va insoniylik, tarix va kelajak uyg'unligi.

Yosh avlodni komil inson qilib tarbiyalashning muhim omillaridan biri – bu


ta'lim-tarbiya jarayonini davr talablari asosida olib borish, onglilik va faollik
tamoyiliga asoslanib ilg'or pedagogik texnologiyalardan foydalanib marifiy-axloqiy
fazilatlarni shakllantirgan holda dars o'tishdir.
Shu o'rinda muhtaram prezidentimiz Sh. Sh. Mirziyoyevning «Bizni hamisha
o'ylantirib keladigan yana bir muhim masala – bu yoshlarimizning odob-axloqi,
yurish-turishi, bir so'z bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bog'liq. Bugun zamon
shiddat bilan o'zgaryapti. Bu o'zgarishlarni hammadan ham ko'proq his etadigan kim
– yoshlar. Mayli, yoshlar o'z davrining talablari bilan uyg'un bo'lsin. Lekin ayni
paytda o'zligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulug' zotlarning avlodimiz,
degan da'vat ularning qalbida doimo aks-sado berib, o'zligiga sodiq qolishga undab
tursin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya
hisobidan», degan dono fikrlarini keltirib o'tishni joiz deb bildim. Shunday ekan,
o'quvchi maktab ostonasiga qadam qo'yar ekan, u yerda faqat bilim emas, u bilan
birga tarbiya ham olishi kerak.
Maqsyd Shayxzodaning ―Mirzo Ulug‘bek‖ fojiasi qahramonlariga tavsif berish
orqali shbu maqolada adibning astronom, matematik, shoh va olim, ma‘rifatparvar
shaxs Mirzo Ulug‘bek haqidagi qarashlari keng ko‘lamda ochib berilgan. ―Mirzo
Ulug‘bek‖ fojiasida Ulug‘bek siymosi adabiyotimiz tarixida 60 yillar ―Dramatik
poeziyaning oliy bosqichi va gultoji‖ hisoblanuvchi fojiyaning haqiqiy va barkamol
yangi namunasini berganligi bilan alohida ajralib turadi. Shayxzodaning tarixiy
mavzudagi ―Mirzo Ulug‘bek‖ she‘riy fojiasi ana shunday baqquvvat asar bo‘lib, u
dramaturgiyamizning yuksakliklarga dadil parvoz qilganligiga jonli govoh bo‘la
oladi. Shayxzoda o‘zbek xalqi tarixida salmoqli rol o‘ynagan Movarounnahrdagi

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 67


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
ulkan davlat podshosi Shohruhning o‘g‘li, Jahongir Amir Temurning nabirasi ulug‘
astronom va riyozatchi olim Ulug‘bek obrazini aniq va haqqoniy gavdalantirib berdi.
Fojiada adib tarixiy shaxslar obraziga hamda to‘qima obrazlarga alohida e‘tibor
qaratgan va ana shu qahramonlar qiyofasida ilm-ma‘rifatni, ota va o‘g‘il
munosabatlarini, ustoz va shogird o‘rtasidagi haqiqiy insoniy fazilatlarni to‘la ochib
bergan. Shuningdek, bugungi yosh avlodlarni ilm-hunarga bo‘lgan qiziqishlarini
orttirish ularning ma‘naviy qarashlarini yuksaltirishga yordam beradigan jihatlar
qahramonlar siymosida gavdalantirilgan. Ushbu maqola ilmiy ma‘lumotlarga
tayangan holda yaratilgan.
Ma'lumki, M. Shayxzodaning «Mirzo Ulug'bek» dramasida olim va hukmdor
Mirzo Ulug‘bek hayotining eng xushnud va hasratli manzaralari aks etgan. Tarixdan
ma‘lumki, temuriylar sulolasining eng mashhur vakillaridan biri bo‘lgan Mirzo
Ulug‘bek (asl ismi Muhammad Tarag‘ay)ning taqdiri hozirgi kungacha kishilarni
hayratga solib kelyapti. Darhaqiqat, tadbirkor davlat rahbari, adolatli shoh, ilm-fanda
yuksak cho‘qqilami egallagan inson, mislsiz ilmiy qobiliyat Mirzo Ulug‘bek shaxsida
mujassamlanishi hayratlanarli hol shundan bo‘lsa kerak, hazrat Navoiy sultonlar
orasida uni ulkan daho sifatida baholaydi. Umuman, temuriyzodalar orasida bunday
aql sohiblari ko‘p uchraydi (Zahiriddin Muhammad Bobur, Husayn Boyqaro kabi).
Alisher Navoiy o‘zining «Majolis un-nafois» asarining yettinchi majlisini
temuriylarga mansub shoirlar, sakkizinchi majlisini yana bir temuriyzoda - Sulton
Husayn Boyqaroga bag‘ishlagani bejiz emas.
Mirzo UJug‘bek - Amir Temurning suyukli nabirasi, ya‘ni to‘rtinchi o‘g‘li
Shohrux Mirzoning farzandi, u bobosi Temurning barcha yurishlarida ishtirok etgan.
Buyuk olim va hukmdor haqida tarixiy ma‘lumotlarni ko‘plab keltirish mumkin.
Ushbu sahna mazmunidan ma‘lum bo‘lganidek, ulug‘ adibimiz Maqsud Shayxzoda
mazkur asarni yaratishda jiddiy tayyorgarlik ko‘rgani, dramani yozishda behisob
ilmiy-tarixiy manbalarga tayangani ko‘rinib turibdi. Adib asarda Ulug‘bek yashagan
davrni, u hukmronlik qilgan saroy muhitini ko‘z o‘ngimizda yaqqol gavdalantirgan.
Mirzo Ulug‘bek hayotida ko‘p voqealar yuz bergan. U oliy hukmdor, buyuk olim
sifatida ko‘p narsalarni o‘z boshidan kechirgan. Bularni besh pardali tarixiy fojiaga
sig‘dirib bo‘lmasligini bilgan M.Shayxzoda ushbu asarga asosan ikki yo‘nalishdagi
voqelarni, ya‘ni saroy ixtiloflari va buyuk olim olib borgan ilmiy izlanishlarini
yoritishga jazm qilgan. Asar bilan tanishganda bizda ikki xil tuyg‘u paydo bo‘lishi
aniq. Adib Mirzo Ulug‘bekni bir tomondan, qattiqqo‘l, butun Xurosonni o‘z qo‘lida
saqlab qolish uchun har qanday chorani ko‘rishga tayyor hukmdor sifatida, ikkinchi
tomondan, ilm-fanning jonkuyari, jahonshumul kashfiyotlar qilgan olim, fan ahlini
jonidan ortiq ko‘radigan (masalan, Ziji Ko‘ragoniyning so‘zboshisida shogirdi Ali
Qushchini «farzandi arjumand» - aziz farzandim deb ataydi), biroq saroydagi fisq-u

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 68


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
fasod, ig‘vo ishlar oldida ojiz bir inson qabilida tasvirlaydi. O‘quvchi hukmdor
Ulug‘bekning zulm-u zo‘ravonligini inkor qilmagan holda, olim va fozil,
ma‘rifatparvar Ulug‘bekka achinadi, unga ixlosi ortadi. Haqiqatan ham, Ulug‘bekni
tarix oldidagi katta xizmati uning hukmdorlik faoliyatidan ko‘ra ilm-fanni, ma‘rifat
va madaniyatni rivojlantirishidadir. Shu ma‘noda Ulug‘bekning fan, madaniyat
ravnaqi yo'lidagi xizmatlari uning zulm-zo‘ravonlik faoliyatidan ustun ekanligiga
kishida shubha qolmaydi. Maqsud Shayxzoda Ulug‘bek shaxsidagi shu xususiyatlarni
teran anglagan holda o‘quvchi diqqatini ko‘proq uning ma‘rifatparvarlik faoliyatiga
qaratadi. Buni dramadagi Mirzo Ulug‘bek so‘zlaridan ham anglasa bo‘ladi:
Ma‘rifatning dargohiga qo‘ydim ixlosim.
Og‘ir bo‘ldi qismat menga origan vazifa.
Men, sultonlar o‘rtasida bo‘ldim donishmand,
Donishmandlar tepasida sulton sanaldim.
Ma‘rifatni hukumaiga qilib rahnamo,
Bu o‘lkaning yerida ham yulduzlar yoqdim.
Agar Ulug‘bekning «ma‘rifatni hukumatga qilib rahnamo, Bu o‘lkaning yerida
ham yulduzlar yoqdim», degan so‘zlariga e‘tibor beradigan bo‘lsak, uning
davlatchilik faoliyati rna‘rifatchilik asosiga yo‘g‘rilganiga amin bo‘lamiz. Darsda
asarni o'rganish jarayonida o'quvchilar bilan hamkorlik qilgan holda ishlash mavzuni,
asar g'oyasini yaxshiroq tushunishga judda katta yordam beradi. Bunda guruhlash
metodini qo'llash samarali. O'quvchilar 2-3ta guruhga ajratiladi va fojia qahramonlari
haqida har bir jamoa a‘zolari o‘zlarining qimmatli fikrlarini berish topshiriladi.
Bundan ko'zlangan maqsad esa o'quvchi har bir qahramon xarakterini tahlil qilish
jarayonida uning sifatlari bilan tanishish barobarida ularni yaxshi va yomon, foydali-
zararli guruhlarga ajrata boshlaydilar. Shu jarayonda ruhiyatda qanday inson bo'lish
kerakligi haqida tushuncha paydo bo'la boshlaydi. O'quvchilar quyidagicha tahlil
qilishi mumkin.
1-guruh. 1-o‘quvchi: Dramada Ulug‘bek qiyofasi uning ko‘proq asardagi
boshqa obrazlar orqali ochilgan, masalan, Ali Qushchi, Sakkokiy, Shayxulislom
Burhoniddin, Chin, Hind, Farang, Misr, Rus elchilari bilan bo‘lgan muloqotda ilm-
fan homiysi, buyuk olim, ma‘rifat fidoyisi kabi xislatlari namoyon bo‘lsa, Abdullatif
Mirzo, uning mahrami Abbos, Qozi Miskin kabi saltanat dushmanlari, ig‘volarga
nisbatan bo‘lgan munosabatida mutaassiblikka qarshi ashaddiy kurashgan inson
sifatidagi xarakteri ochilgan. 2-o‘quvchi: Mirzo Ulug‘bek hukmdor, katta saltanat
egasi bo‘lganiga qaramay, avvalo, insoniy fazilatlardan begona bo'lmagan, o‘z
farzandiga mehribon ota. Shundan bo‘lsa kerak, saltanat, ilm-fan ishlari bilan
mashg‘ul bo‘lib, o‘z o‘g‘lini unga dushman sifatida qayrab, uni avval taxtidan, so‘ng
hayotdan mahrum qilish uchun amalga oshirilgan fitnalardan bexabar bo‘lib g‘aflatda

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 69


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
qoladi. O‘g‘li Abdullatif otasiga qarshi isyon ko‘taradi va uning buyrug‘i bilan
Ulug‘bek qatl ettiriladi. Shu o‘rinda marhum shoirimiz Muhammad Yusufning
Ulug‘bek tilidan aytgan quyidagi so‘zlari asl haqiqat sifatida jaranglaydi:
Yulduzlarda ekan nigohim, bilmadim ne edi gunohim... Men dardimni kimga
aytaman. Qancha g‘amga botmagan edim, qancha og‘u yutmagan edim. O‘z
bolamdan kutmagan edim … men dardimni kimga aytaman.
2-guruh. 1-o‘quvchi: Ulug‘bekning haqiqiy insonparvar sifatidagi qiyofasi
uning taxtdan iste‘fo berishi sahnasida yorqin ifodalangan. U dushman qo‘shini bilan
kurashda ahvoli tang bo‘lgach, o‘z jonini qutqarish uchun emas, balki mamlakat
fuqarosining tinchligini o‘ylab, Abdullatif odamlari oldiga quyidagi shartlarga
ko‘nishsagina taxtdan voz kechishini e‘lon qiladi: avvalo, mamlakatda fitna-yu fasod
darhol tugatilishi, qo‘ni-qo‘shni o‘lkalarga bosqinchilik qilib, temuriylar nasliga
qarg‘ish va la‘nat keltirmaslik, o‘z xizmatidagi arboblardan qasos olinmaslik,
haramidagi ahli ayolning iffati va izzatiga g‘ubor cho‘ktirmaslik, madrasa va
rasadxonalarga zavol yetkazmaslik, kutubxona va kitoblarni omon saqlashiga qasam
ichishlarini talab qiladi. 2-o‘quvchi: Adib tasvirida tarixiy haqiqat va uning badiiy
ifodasi juda ishonarli chiqqan. Ulug‘bek davrida Amir Temur shakllantirgan juda
kuchli davlat parchalanib ketdi. Temuriyzodalar bobolari qoldirgan vasiyatlarga amal
qilmadilar. Toj-taxt talashishlar oqibatida mamlakat inqirozga yuz tutdi. Bu holat
Ulug‘bekning bobosi Amir Temur qabri tepasida aytgan so‘zlarida yaqqol
ifodalangan:
Shu qirq yillik andishaga alamli yakun,
Ketib qoldi zamonadan diyonat, rostlik.
Mudhish bir jar yoqasida turmish mamlakat,
Zulmatli tun qo‘nayotir yurtning ufqiga.
Bobo Temur, omonating saqlayolmadik.
Avlodlaring chiqib qoldi g‘oyat noqobil.
Bobo Temur, tirigingda o‘zing va so‘zing
Ulkanlikda sig‘mas edi shu yer yuziga.
Endi nega maydalandi Temur urug‘i,
Endi nega razillashdi hokimJar ruhi.
Endi nega mirzolarning ko‘zlari ojiz,
Qulog‘i kar, idroki bo‘sh, iroda kuchsiz...
Bu kulfatli zamonda bergin maslahat...
Fojia Mirzo Ulug‘bekning o‘limi bilan tugaydi, biroq kitobxon bu manzaradan
tushkunlikka tushmaydi, aksincha, buyuk olim ishlarining davom etishiga ishonadi,
Abdullatif kabi padarkush g‘alamislarning umri qisqa ekanligiga iymon keltiradi.
Dramada adibning sahna asari yaratish bobidagi mahorati tufayli Ulug‘bek yashagan

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 70


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
davr, kishilar hayoti aniq, jonli, jozibador, eng muhimi, ishonarli chiqqan. Bu
asardagi har bir so‘zga, manzaraga, sahna jihozlariga ishonasiz, uni qalbdan his
etasiz, go‘yo o‘zingizni shu voqealar ichida yurgandek sezasiz. Shu ma‘noda «Mirzo
Ulug‘bek» dramasini Vatanimiz tarixining eng hasratli davridan hikoya qiluvchi
mukammal sahna asari sifatida har qancha o‘qib o‘rgansak arziydi. Ushbu sahna
durdonasining hali-hanuz sahnadan tushmay kelayotgani, uning asosida yaratilgan
«Ulug‘bek yulduzi» kinofilmi (rejissor Latif Fayziyev) ning Vatanimiz va xorij
ekranlarida qayta-qayta namoyish etilayotganligi fikrimizning isbotidir.
Demak, ko'rinib turibdiki, ―Mirzo Ulug‘bek‖ fojiasi boshdan oxir falsafiy ruh
bilan yo‘g‘rilgan bo‘lib, oq she‘rda yozilgan. Targediyadagi Ulug‘bek, Abdullatif,
Gavharshodbegim, Ali Qushchi, Jomiy, Sakkokiy, Said Obid, Abbos, Abdurazzoq
Samarqandiy, Qozi Miskinlar tarixiy shaxslar bo‘lsa Firuza, Piri Zindoniy, Bobo
Kayfiy, Ota Murod, Berdiyor, Ko‘r Qalandar kabilar to‘qima obrazlar hisoblanadi.
Dramada bu to'qima obrazlarning har biri Ulug'bek siymosining qaysisir bir qirrasini
ochishga, uning insoniy sifatlarini to'liq yoritishga katta ahamiyat kasb etadi. Ushbu
fojiada Ulug‘bek, Ali Qushchi, Sakkokiy, Shayxulislom, Burhoniddin, Chin, Farang,
Misr, Rus elchilari bilan bo‘lgan muloqotda ilm-fan homiysi, buyuk olim, ma‘rifat
fidoiysi, kabi hislatlarini namoyon etgan. Abdullatif Mirzo, Abbos, Qozi Miskin bilan
bo‘lgan muloqoti orqali uning saltanat dushmanlari, ig‘volarga mutaassiblikka qarshi
ashaddiy kurashgan inson sifatidagi xarakteri ochilgan.
Bizning ulkan tariximizdan xabar beruvchi ana shunday buyuk asarlar bir ekan,
yoshlarimiz kelajagi porloq, Vatanimiz istiqboli yorqin, dillarimiz insoniy sifatlar ila
jo'sh urib turadi.

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 71


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
HATTOTLIK SAN‘ATINING RIVOJLANISH
BOSQICHLARI

Karamanova Muyassarxon
Bag`dod tumani
20-maktab boshlang`ich sinf o`qituvchisi

Annotatsiya: Xattot va madaniy hayot. Sharq xalqlari, shu jumladan, O`rta


Osiyo xalqlarining madaniyat tarixi eng qadimiy va ko`p soxalarda yuksak
taraqqiyot bosqichiga erishilganligi bu kunda butun dunyo ilm-fan axli tomonidan
e‘tirof etilgan haqiqatdir. O`rta Osiyo xalqlari o`z o`tmishida bir necha iqtisodiy,
siyosiy va madaniy taraqqiyot davrini boshidan kechirgan.
Tayanch so`zlar: Yozuvga o`rgatish tarixi, Hattotlik san‘ati, Hattotlik
maktablari

O‘zbek xalqi uzoq asrlik tarixida yaratib qoldirgan madaniy me‘rosida xattotlik
san‘ati alohida o‘rin egal-laydi.
Arab istilosidan so‘ng o‘rta Osiyo xalqlari tomoni-dan islom dinining qabul
qilinishi munosabati bilan arab yozuvi ham kirib keladi.
(O‘rta asrlarda har qanday asar qo‘lda ko‘chirilib kitob qilingan. Nafis kitob
ko‘chirish katta hunar va san`at hisoblangan. Bu hunar egalari tarixda xattot nomi
bilan mashhur bolganlar. Xattotlarning ko‘chirgan kitoblari kishilarni hayajonga
solib, ularni zavqlantirgan. Shuning ushun ham xattotlik bilan nom chiqargan
shaxslar oddiy ko‘chiruvchi emas, balki o‘sha davrning ilm-ma‘rifat va yirik
madaniyat arbobi hisoblangan. Qo‘lda ko‘chirilgan har bir asar san‘at mo`jizasi kabi
nodir asar hisoblangan.
XIV-XVI asrlarda bir qancha iste‘dodli san‘atkorlar nafis kitoblarning
ijodchilari yetishdi. Muhammad bin Husayn at-Tibiy, Mir Ali Tabriziy, xorazmiy,
Sulton Ali Mashhadiy, Mk Ali Qilqadam, Mimislar shular jumlasi-dandir. Bulardan
tashqari, o‘rta asrlarda yashagan bir qancha olim va fozil kishilar yoshlikdan
xattotlik san‘atini egallab, keyinchalik kotiblikda ham nom chiqarganlar. Ular faqat
o‘z asarlarinigina emas, balki boshqa mualliflarning asarlarini ham ko‘chirganlar.
Masalan,-Hofiz Sheroziy Xusrav Dexlaviyning "Xamsa"sini ko"-chirgan. Alisher
Navoiyning mohir xattot ekanligi tarixiy manbalardan ma‘lum. Zahriddin
Muhammad Bobur arab grafikasida turkiy xalqlarga moslab "Xatti Boburiy" deb
atalgan alifbe yaratdi. Mimis Xorazmiy xattotlik san‘ati haqida "Savodi ta‘lim"
nomli risola yozdi va Alisher Navoiyning "Xamsa"sini nihoyatda xat bilan ko‘chirdi.
Muqimiy ham juda mayda nasta‘liq va shikasta xati uslubida bayoz

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 72


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
ko‘chirgan. Bulaming hammasi shuni ko‘rsatadikiy, (O‘rta Osiyoda nafis kitob
yaratish texnikasi ixtiro etilmagan bir davrda kotiblikka talab nihoyatda kuchli
bo‘lgan. Qo‘l yozmalarni kitob holiga keltirishda bir necha mutaxasislar ishtirok
etganlar. Bu jarayonda qog‘ozrez (qog‘oz quyuvchi), xattob (kollegraf), muzahhib
(oltin suv bilan bezak beruvchi), lawoh (lavha chizuvchi), musawir (rassom) va
sahhof (muqovqchi) ishtirok etadi. Shu yusinda tayorlangan nafis kitoblar shohlar,
buyuk olimlar va shoirlar kutubxonalarida saqlanar edi.
O‘rta Osiyo ustalari, ayniqsa, Samarqand va Buxoro ustalari qog‘oz ishlashda
katta shuhrat qozongan edilar. Ularning qog‘ozlari pishiq va silliq edi. Xattot uchun
esa anashunday sifatli qog‘ozlar kerak bo‘lar edi. Qog‘ozlar kustar holda turli
usullarda tayorlangan.
Xattotning asar ko‘chirish qurollari: "siyoh", "qamish qalam", "mistar"
(transporant), qalamning uchini chiqarib turish uchun "qalamtarosh", qamish
qalamning uchini kesish uchun yasalgan maxsus suyak plastinka "qalam qat" dan
iborat bolgan. Qamish qalam xattotning asosiy yozuv quroli hisoblangan. Uni
tayyorlash ham alohida san‘at talab etgan. Qamish qalamdan qog‘ozga siyoh
tommaslik uchun hamda qalamda doim etarli darajada siyoh bo‘lishi uchun
siyohdon (dovot) ga tolguncha ipak los solingan. Siyohga bo‘ktirilgan ipak loslar
qalamning etarli miqdorda siyoh bilan ta‘minlanishiga yordam beradi.
Xattotlar texnik vazifalardan tashqari o‘z yozuv uslublarini ham ishlab
chiqarishga intilganlar. Masalan, XII asrdan boshlab xattotlar hayotida ko‘fiy xati
uslubi keng o‘rin oldi. Bu uslub asosida arab yozuvining quyidagi olti xil asosiy
uslublari maydanga keladi:
1. Suls xati-bu xatning to‘rt bahrasi tekis, ikki bahrasi yumaloq shakilda yoziladi.
2.Nasx xati-bu xatning ixtirochisi mashhur xattot Ibn Muqla‘ hisoblanadi.
3.Muhaqqaq xati-bir bo‘lak qismi tekis bolib, qolgan bo‘laklari yumaloq shaklida
yoziladi.
4.Rayhoniy xati-muhaqqaqdan kelib chiqqan bo"lib uning ixtirochisi Ibn
Bawobdir.
5.Tavqe‘ xati-yarim tekis, yarim yumaloq chiziqdan tashkil topgan.
6.Riqo‘ xati-ko‘pchilik harf1ag bir-biriga qurama qilib yoziladi.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan hatlarning har biri o‘z o‘rnida qollanilib kelingan.
Muhaqqaq-qasida va she‘rlar yozishda, suls-ilmiy asarlar va xat yo‘l-yo‘riqlarida,
rayhoniy va nasx-qissa va xabarlarda, tavqe‘-buymq va farmonlarda, riqo‘-
maktublarda ishlatilgan. Undan tashqari, bu asosiy usulning har biri ingichka va
yo‘g‘on qalamlarda yozilishi natijasida yana o‘n ikki xil xatni tashkil qilgan. Shuning
uchun ham eski maktablarda yozuv malakasini hamma o‘quvchilar ham to‘liq egallay
olmaganlar. Yozishga qiynalishning yana bir sababi ko"p xaillarning so‘zda qo‘llanish

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 73


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
o‘rniga qarab har xil shakl olishidir.
Eski maktabda harflarni nusxaga qarab, alfavit tartibida katta-katta qilib yozish
"sarxat" deb atalib, ba‘zan sarxat yozish bir-ikki yilga cho‘zilgan. Sarxat yozishga
o‘rgatilganidan so‘ng "murakkabot", ya‘ni xarflarni bir-biriga qo‘shib yo‘zib
o‘rgatilgan. Murakkabotdan keyin "mu-qattaot" mashqi, ya‘ni bayt va ruboiylar
ko‘chirib yozish o‘rgatilgan. Eski maktabda muqattaotga juda ko" vaqt sarf qilingan.
Bolalar duoi salomni yozishni bilsalar, ularning xat-savodi chiqqan hisoblangan.
Eski maktabda chiroyli yozuvga alohida ahamiyat berilgan, ammo husnixr
mashg‘ulotlari uchun zarur bolgan qoidalar yuzaki tushuntirilgan. Chiroliy yozuvga
o‘rgatish vaqtida faqat qalamni qanday ushlash qoidalarigina eslatilgan. Qalam bilan
bir marta yozilgandan so‘ng uning ustida qayta yozishga yo"l qo‘yilmagan, bu yozuv
qoidalarini saqlashdagi birdan-bir usul bo‘lgan. Bolakga yuqoridagiga o‘xshash
ayrim yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatilgani bilan ularning ko‘zi bilan qog‘oz orasidagi
masofaning to‘g‘ri saqlanishiga e‘tibor berilmagan. Xatto yozish vaqtida nafas olish
ham taqiqlangan.
Eski maktabda husnixat qoidalarini o‘rgatuvehi birdan-bir qo‘lanma "Mufradot"
kitobi bo‘lgan. Domlalar yozishni o‘rgatish va husnixat mashq qildirishda shu
kitobdan foydalanganlar. Bu vaqtda husnixatga o‘rgatishning birdan-bir yo‘li ko‘chirib
yozish ko‘nokmasini hosil qilish bo‘lgan. Bolalar uchun arab alfavitida yozish juda
qiyin bolib, unda biror nuqtaning noo‘rin qo‘llanishi yoki nuqtalar sonini kam yoki
ortiq bo‘lishi so‘zning ma‘nosini tubdan o‘zgartirib yuborgan. Shuning uchuin, arab
yozuvida juda extiyot bo‘lib yozish zarur edi. Ana shunday bir vaqtda hushxat
bo‘lishni, har bir harfni to‘g‘ri va aniq yozishni talab qilish, bu masalaga kishilarning
diqqatinio jalb qilishda husnixat ta‘limini o‘rgatuvchi metodik qo‘llanma juda muhim
edi. Bu ishga birinchi bo‘lib shoir va xattot Shermuhammad Avazbek o‘g‘li Munis
(1778-1829) bel bog‘laydi. Munis 1804 yilda o‘zbek tilida "Savodi ta‘lim" nomli
risola yozadi. Uning bu risolasi amaliy hamda nazariy tomondan o‘sha davrga
nisbatan katta ahamiyatga ega edi. Munisning bu asari uning vafotidan keyin
Xorazm xushxatlari tomonidan ko‘chirib yoziladi.
Munis bu risolasini ikki qismga bo‘lib, birinchi qismida husnixat ta‘limini bergan
ustozlari haqida, xat va chiroyli yozuv asboblari haqida foydali maslaxatlar
beradi.
So‘ z maxzanining nishonasi ham,
Ma‘ni durining hazonasi ham,
Har so‘ zki, ko‘nguldan o‘ldi mavjud,
Xat bo‘lmasa bo‘lg‘ ay erdi nobud...
U yozuv qoidalariga ham katta axamiyat berib shunday deydi:
Olam ishi intizomi andin,

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 74


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
Olam elining nizomi andin,
Ul bo‘lmasa bo‘lmag‘ay kitobat,
Bu bo‘lmasa qolmag‘ay hikoyat...
"Savodi ta‘lim"ning ikkinchi qismida arab alfavitidagi harflarning o‘lchovi
va shakli katta kichikligi tushuntiriladi. Munis bu kitobida harflarning o‘lchovini
qat‘iylashtirib har hillikka chek qo‘yib, husnixat ta‘limiga yangilik kiritgan. Uning
bu risolasi xattot va kitoblarga hamda o‘z xatini tuzatmoqchi bo‘lgan kishilarga
yaqindan yordam bergan.
Hozirgi kunda maktablarimiz oldida turgan muhim vazifalardan biri
o‘quvchilarning savodhonligini oshirishdir. O‘quvchilarning savodxonligini
oshirishda toza va chiroyli yozuvning roli katta. Ulug‘ rus pedagogi K. D. Ushinskiy
husnixat darslariga alohida e‘tibor berib, "dastlabki orfografik malakalar husnixat
darslarida tiklanadi", - degan edi.
O‘zbek maktablari 1940 yildan boshlab, rus grafikasi asosida yozuvga o‘ta
boshladi. Biroq o‘zbek maktablari uchun husnixatga oid qollanmalar yaratilmagan
bo‘lsa ham rus tilida yaratilgan turli metodik qollanmalardan foydalanib kelingan.
1983- yilda D. A. Pisarevskiy tomonidan yozilgan "Yozuvga o‘rgatish" kitobida
birinchi marta boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun darslarni qanday tashkil etish
yo‘llari ko‘rsatiladi. Muallif bu kitobda harflarni izchillik bilan o‘rgatishni, har xil
bog‘lanishlarni to‘liq ko‘rsatib o‘tadi. Ammo chiroyli yozuvga o‘rgatishning asosiy
shartlari ustida kam ko‘rsatma beradi. 1948- yilda V. A. Saglin tomomonidan
tuzilgan "Boshlang‘ich sinflarda yoziivga o‘rgatish" nomli qo‘llanmada I, II, III,
IVsinflarda husnixatga o‘rgatishning maqsad va usullari bayon etiladi. Bu kitobda
yozuvda uchraydigan tipik xatolarni tuzatish uchun ko‘rsatmalar va tez yozishga
o‘rgatish uchun tayyorgarlik mashiqlari beriladi. Qo‘llanmada doskada bo‘r bilan
yozish qoidalari ham kiritiladi.
1948-yilda E.V. Gur"yanov tomonidan tuzilgan "Yozuv mashiqlarning
psihalogik eslatmalari" va "Alifbe davrida yozuvga o‘rgatishning psihologiyasi va
metodikasi" nomli qollanmalarda esa yozuv jarayoniga ilmiy asosda yondashiladi va
yozirvning psixofiziologik asoslari ochib beriladi. Muallif bu qollanmalarda
o‘quvchilarning diqqatini boshlang‘ich sinflarda darsning samarador ligini oshiruvchi
qator shart-sharoitlarga tortadi hamda amaliy ko‘rsatmalar beradi. 1959-yilda E.V.
Gur‘yanovning ‗Yozuvga o‘rgatish psihalogiyasi" kitobi nashr qilindi. Bu
qo‘llanmada, asosan, yozuvga o‘rgatish psihologiyasi to‘la ochib beriladi, hamda eski
kalligrafik yozuv sistemasi tanqid qilinadi. Muallif bosim bilan yoziladigan yozuv
sistemasini misollar bilan ko‘rsatib beradi, hamda mavjud yozuv grafikasini
soddalashtirishni talab etadi.

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 75


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
Foydalanilgan adabiyotlar
Karimov I.A. Barkamolavlod – O`zbekistontaraqqiyotiningpoydevori. T.:
«Sharq» nashriyotmatbaakonserni, 1998.
1. Karimov I.A. Milliydavlatchilik,
istiqlolmafkurasivahuquqiymadaniyatto`g`risida. T., 1999.
2. G`ulomova X. vaboshqalar. 4-sinfda onatilidarslari. T., «O`qituvchi», 2003.
3. G`ulomov A. Husnixat. 1-sinf uchun. T., «O`qituvchi».

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 76


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
ЗВУКОЗАПИСЬ ВЧЕРА И СЕГОДНЯ

Мирсаидова Дилором Изатуллаевна


mirsaidova.dilorom@mail.ru, преподаватель
Государственный институт искусств и культуры Узбекистана
Педагог кафедры «Звукорежиссуры
и операторского мастерства»

Аннатация: В данной статье говориться об истории звукозаписи с


примерами вплоть до наших дней, их возможности и развитие.
Ключевые слова: звук, фонограф, аналоговый, цифровой, магнитная
запись, диск, гигобайт (Гб) .
Возможно это будет звучать немного странно, но вся история звукозаписи
начинается от иглы а конкретно от укола иглой. Благодаря старанию и
развитию экспериментов инженеров энтузиастов, которые пытались найти
способ сохранения звука до современной индустрии звукозаписи развитие
которого можно сравнить с самым доходным бизнесом. На сегодняшний день
техника и технология звукозаписи и воспроизведение превратились в обычный
и естественный процесс которым могут пользоваться большинство со знанием
техники. С годами менялись носители и появлялись новые виды и стандарты
звука. И сейчас я хочу немного рассказать, как это все происходила.
Все прекрасно знают, что любое открытие которое дошло до нашего
времени произошли случайно. Так же и Томас Эдисон находиться в
бесконечном списке изобретателей. Изобретатель первого в мире прибора для
записи звука и его воспроизведения делиться своими воспоминаниями:
«Однажды, когда я работал над улучшением телефона, я как-то запел над
диафрагмой телефона (тоненькой стальной пластинкой), к которой была
припаяна игла. Благодаря дрожанию пластинки, игла уколола мне палец, что
заставило меня задуматься. Если бы можно было записать эти колебания иглы,
а потом снова провести иглой по такой записи – отчего бы пластинке не
заговорить? Вот и вся история: не уколи я палец – не изобрел бы фонографа!».
1877 год с 12 августа начинается история звукозаписи в этот день изобретен
фонограф. Первую звукозапись Эдисон сделал в этот день и это первая запись в
мире, он зафиксировал на цилиндре фонографа, который назначался в то время
носителем информации, мелодию Mary Had A Little Lamb. Рабочий принцип
фонографа прост. Изобретенная первая машина для записи звука имеет
цилиндр, который поворачивался при помощи ручки, также рожок и
затупленная игла. Узкий конец рожка закрыт гибкой мембраной, с широкой

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 77


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
стороны рожка звуки входящие вызывали колебания мембраны, к которой
крепилась игла, которая двигалась вверх и вниз под воздействием звуков.
Оловянной фольгой слой покрывал цилиндр и вдавливалась игла в фольгу,
рожок с иглой медленно двигался по цилиндру как поворачивалась ручка, этим
игла обходит вокруг цилиндра много раз выдавливая на фольге дорожку. Во
время речи или пения в рожок, игла двигалась вверх и вниз. Когда игла
двигалась вниз она делала более глубокие дорожки в фольге, а когда
поднималась немного мелкие. Изменение глубины дорожек было отражением
звуковых волн, выходящих во время речи или пении. Таким образом
происходила запись звука. Для воспроизведение записи нужно было
перемещать рожок с иглой обратно, к началу дорожки. Движущая игла по
дорожке заставляла вибрировать тонкую мембрану по этой
последовательности, как при записи. В рожке это вызывало колебания воздуха,
которая служила причиной возникновения звука.
Постоянные разработки в фонографе для усовершенствования вносились
годами. Это привело к тому что оловянную фольгу сменило тонкий слой воска,
но все попытки все равно не дали результата качественного и долговечной
записи.
В 1888 году изобрел граммофон изобретатель Эмиль Берлинер. Записав
фонограмму для получения отпечатка на хроможелатиновом слое покрывалась
лаком. Потом начали кислотное травление, использовался цинк как подложка,
защитным слоем служил - воск. Первая пластинка для граммофона была
изготовлена из целлулоида (твердый пластик). Потом уже начали применять
для диска шеллак, шпат и сажу. Позже шеллак был заменен синтетической
смолой, среди всего наиболее популярной была винилит смола. Так как время
на месте не стоит то и техническое развитие так же продолжает нестись.
Граммофон своѐ место уступил патефону который был отчасти улучшен, имел
более малый размер, чем граммофон. И конечно это привело к популярности и
распространению, ну и за одно популяризацию музыкальных записей. На то
время пластинки постоянно дешевели. Для изготовления стали использовать
недорогие материалы, остановившись в конце на виниле. Именно они стали
спутниками всех меломанов мира. Любопытен тот факт, что почти
одновременно с изобретением фонографа, предпринимались первые попытки
магнитной записи звука. Такая мысль была высказана Оверлингом Смитом
впервые в 1888 году. По словам Смита можно было понять устройство которое
имело все отличительные признаки магнитофона: магнитный носитель
информации, механизм для его подачи и магнитную головку. Смит к
сожалению, так и не смог реализовать изобретение. Так что реальным

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 78


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
рождением магнитной записи можно назначить 1898 год изобретателем
Паульсену, который продемонстрировал работоспособный аппарат –
магнитофон, где стальная проволока была носителем записи. Но был
недостаток в использовании проволоки в качестве носителя из-за этого
невозможен был соединение отдельных ее кусков. Связывать узелком был
неверный путь так как он не проходил через магнитную головку. Изучив
проблему Паульсен разработал способ магнитной записи на вращающийся
стальной диск. Звук записывался по спирали перемещающейся магнитной
головкой. Первоначально изобретенные магнитофоны по качеству записи не
дотягивали конструкции граммофонам. Поэтому магнитная запись
приостановилось в развитии, на долгое время. Естественно разработки велись
но оставались неуспешными из-за отсутствия усилителей. С появлением
магнитных головок магнитная запись добилась усовершенствования. Фриц
Флеймер разработал технологию производства магнитной ленты на
немагнитной основе в 1927 году. Компании «АEG» и «IG Farbenindustri»
немецких производителей в 1935 году начали производить магнитную ленту на
пластмассовой основе, которую покрывали металлическим порошком. Для
использования этих магнитных лент, было изобретено электромеханическое
устройство, с фирменным названием «Magnetofon», которое распространилось
наименованием всех подобных устройств. В начале магнитофоны были
катушечными. Со временем большие бобины сменили магнитофонные кассеты,
две маленькие катушки, одна из них с магнитной пленкой другая пустая, они
помещены в специальную компакт-кассету и конец пленки заранее закреплен
на ту самую пустую катушку. Одновременно преуспевала и грамзапись. С
эволюцией радиотехники появились радиолы, проигрыватели, и электрофоны.
Вдобавок развития носителей информации была очень близка. В 1979 году
компании Philips и Sony совместно разработали новый носитель информации –
оптический диск (компакт-диск – Compact Disk – СD) для записи и
воспроизведения звука. И уже в 1982 году началось массовое производство на
заводе в Германии компакт-дисков. Цифровым методом на кружащийся
оптический диск с помощью лазерного луча сигналы записываются. В итоге на
диске образуется спиральная дорожка, состоящая из впадин и гладких участков.
При цифровом методе записи почти отсутствуют помехи и высокое качество
звучания и очень высокая уплотненность записи достигается благодаря
фокусированию лазерного луча. DVD (Digital Versatil Disc) новый
многоцелевой диск заменят эру компакт дисков. Имеет такой же размер, как
и компакт-диск, но более плотную структуру рабочей поверхности, что
позволяет ему, за счѐт использования лазера с меньшей длиной волны и линзы

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 79


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
с большей числовой апертурой (оптик), имеет больший объѐм хранимой
информации. Это достигается благодаря более короткой длине волны лазера и
меньшему размеру пятна сфокусированного луча, благодаря чему расстояние
между дорожками уменьшилось вдвое. DVD-диски, также, могут иметь один
или два слоя информации. DVD-стандарт имеет 4 модификации:
односторонний, однослойный ѐмкость 4,7 Гбайт, односторонний, двухслойный
ѐмкостью 8,5 Гбайт, двухсторонний, однослойный ѐмкостью 9,4 Гбайт и
двухсторонний, двухслойный ѐмкостью 17,08 Гбайт.
Звук, и стандарты его записи их можно рассмотреть по частям, так как это
очень большая информация детальное рассмотрение может занять много
времени, но постараюсь объяснить в мини формате.
Рождение моно звука пришелся на день рождения изобретателя фонографа
Тома Эдисона. Имеющий немыслимой в то время емкостью восковые валики
фонографа, (на них можно было записать около ста слов), воспроизводили звук
в моно формате. В конце своего развития, моно звук имел следующие
характеристики: частотный диапазон 30-8000Гц, что на то время было совсем
неплохо. Стерео, или стереофония — двухканальная (и более) запись и
трансляция звука. Стерео звук – по сути, двухканальный моно формат. Чем
отличается моно от стерео? В первую очередь пространственным отношением.
Моно не дает возможности определить пространственное положение источника
звука, стерео это позволяет. Все дело в особенности устройства человеческого
слуха: уши наши, хоть и расположены на небольшом расстоянии друг от друга,
звук воспринимают не одновременно. Если источник звука находится справа,
то сначала его услышит правое ухо, а потом левое, причем для левого частота
будет иной. Мозг полученную информацию обрабатывает, и мы можем
определить на слух, откуда поступил сигнал. Стерео быстро вытолкнул моно
звук, так как обладал перед ним неоспоримыми успехами. Разницы звучания
каналов человеку давал возможность, почувствовать ширину звукового
пространства. Носители информации могли охарактеризовать и выдать
частотные показания записи. Например, катушечный стереомагнитофон
выдавал до 10000 Гц, кассетные – до 18000 Гц, появление CD – расширил
частотный диапазон от 20 до 20000 Гц. Первые шумподавляющие технологии
были введены неизвестной компанией Dolby Lab, впоследствии, сыграл одну из
главных ролей в звуковой индустрии. Аббревиатура от Moving Pictures Experts
Groups Layer 3 нам он известен как МР3, сегодня используется везде, благодаря
технологии сжатия аудио-файлов. Сжатие аудиофайлов возникает путем
урезания частот, этого не воспринимает человеческое ухо в волновом звуковом
спектре. МP3 Pro улучшенной версией обычного MP3. Файлы MP3 Pro

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 80


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
занимают в два раза меньше места на диске по сравнению с подобными по
качеству mp3 файлами, либо становится возможным второй вариант – качество
в два раза лучше при одинаковых размерах. VQF – это новый формат звуковой
компрессии. Он похож на MP3, но работает лучше. Компания Sony создала и
активно начала вводить в 1996 году совсем новый, стандарт – Super Audio CD.
SACD в принципе диски выглядели одинаково с обычными CD, но запись была
намного по качеству выше. Четкость записи поднялась в 64 раза, а частотный
диапазон дошел до своего максимума в 100 кГц. С появлением данного
формата, многоканальный звук вошел в мир музыки. Multi Channel дал
возможность прослушивать музыку с помощью аудиосистем как 5.1.
Сфера звука не стоит на месте развивается день от о дня, появляются
новые стандарты звукозаписи, исчезают старые. Это вполне нормальный
процесс. К примеру, мы уже забываем формат DVD, который пользовался у нас
огромной популярностью, в Европе уже давно не используется. На смену ему
пришли совершенно новые носители информации Blue Ray и HD-DVD. Они
почти в 8 раз отличаются ѐмкостью, чем DVD, и для этого формата появляются
новые стандарты многоканального звука – Dolby TrueHD и DTS-HD,
характеризующиеся 8-ю полноценными каналами. Так что вскоре и мы станем
свидетелями появления совершенно новых звуковых стандартов, делающих
мир на экране еще эффектным.

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 81


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
UMUMTA‘LIM MAKTABLARIDA TASVIRIY SAN‘AT DARSLARINI
TASHKIL QILISHDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH

Artikov Rasul Axmedjonovich


Xorazm viloyati Xiva shahar
3-son umumiy o‘rta ta‘lim rus maktabi
tasviriy san‘at va chizmachilik fani o‘qituvchisi

Annotatsiya: ushbu maqolaning mazmun mohiyati quyidagicha, ta‘lim sifatini


oshirishda pedagog tomonidan yangicha g‘oya metodlarning dars jarayonida
qo‘llanishi, o‘quvchilarni dars jarayoniga qiziqtirishda samarali usullar va
mashg‘ulotlarni qo‘llashda zarur tavsiyalar berilgan. Ta‘sviriy san‘atda barcha
janrlarda ishlash olish qobiliyatini shakllantirishdan iborat.
Kalit so‟z: mоdernizatsiyalash, innovation, vizual ma‘ruza, estetik va emotsional
sezgirlik.

Ma‘lumki, ta‘lim muassasalaridagi o`quv-tarbiya jarayonini, xususan, tasviriy


san‘at o`quv jarayonini mоdernizatsiyalash, rassоm-pedagоg bo`ladigan
mutaxassislar tayyorlash tizimi sifat darajasini оshirishda o`qituvchilarning kasbiy
kоmpetentligini rivоjlantirish, ularni sоhaga оid zamоnaviy kasbiy bilim, malaka va
ko`nikmalar bilan qurоllantirish, ilmiy-texnik innоvatsiyalardan mustaqil ravishda,
ijоdiy fоydalanish hamda istiqbоlli vazifalarni hal qila оlish ko`nikmalarini
rivоjlantirish muhim vazifalardan sanaladi. Bunda badiiy ta‘lim bоsqichlarining
o`zarо mazmunan bоg`liqligi, uzviyligi va uzluksizligini ta‘minlash;ta‘limda tasviriy
san‘at o`quv jarayonini tashkil etishning ilg`оr pedagоgik texnоlоgiyalarini jоriy
qilish, bu bоrada o`quv uslubiy majmualar sifatini ta‘minlash, pedagоgik
texnоlоgiyalarni jоriy etishda prоfessоr-o`qituvchilarning kоmpyuter va Internetdan
fоydalanish bo`yicha savоdxоnligini dоimiy оshirib bоrish;ta‘limning axbоrоt resurs
va zamоnaviy o`quv adabiyotlari bilan ta‘minоtini yanada rivоjlantirish; tasviriy
san‘at va muhandislik grafikasi yo`nalishlarida ilg`оr xоrijiy tajribalarni o`rganish
ta‘lim muassasalarida rassоm-pedagоglarining faоliyat yo`nalishlari tarkibini
belgilaydi. Yuqоridagi fikrlardan ko`rinib turibdiki оliy ta‘lim tizimini xususan,
tasviriy san‘at ta‘lim tizimini mоdernizatsiyalash (ingl. mоdern — yangilangan,
zamоnaviy, tekоr o`sish) o`quv jarayoniga nisbatan innоvatsiоn yondashuvni talab
etadi. Shunday ekan, tasviriy san‘at ta‘limga innоvatsiоn (inglizcha innovation —
yangilik kiritish) yondashuv g`оyasi ta‘lim mazmuni va natijalarining shaxsga
yo`nalganligi, ta‘lim mazmuni, shakl, metоd va vоsitalarini fan va texnikaning
so`nggi yutuqlari, ilg`оr tajribalar, zamоnaviy metоdikalar bilan uyg`unlashtirishga

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 82


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
qaratilganligi bilan an‘anaviy yondashuvdan farq qiladi. Ta‘lim tizimiga
kiritilayotgan har qanday innоvatsiya axbоrоt va metоdik ta‘minоtning mavjudligini
ko`zda tutadi. Shu sababli, tasviriy san‘at o`quv jarayoniga innоvatsiya kiritishda
ilg`оr pedagоgik tajribalarni o`rganish, tahlil qilish va umumlashtirish hamda
amaliyotga tatbiq etish, zamоnaviy pedagоgik va axbоrоt kоmmunikatsiya
texnоlоgiyalari imkоniyatlaridan fоydalanish оrqali o`quv jarayonlari mazmuni va
metоdlarini takоmillashtirish muhim yo`nalishlardan sanaladi. Bu esa o`z navbatida
tasviriy san‘at o`quv mashg`ulоtlarini tashkil etishning samarali shakllari sifatida
ma‘ruza (muammоli ma‘ruza, ma‘ruza-seminar, virtualtexnоlоgik ma‘ruza, vizual
ma‘ruza, binar ma‘ruza, kirish ma‘ruzasi, ma‘ruza-kоnferentsiya, axbоrоtli ma‘ruza,
ma‘ruza bahs-munоzara, sharhlоvchi ma‘ruza, оn-line ma‘ruza) trening, videоtrening,
vebinarlar, internet kоnferentsiyalar, innоvatsiоn o`qitish metоdlari sifatida esa
muammоli metоdlar, interfaоl metоdlar, amaliy o`yinlar, o`quv lоyihalari,
pоrtfоliоlar, grafik оrganayzerlar, axbоrоt-kоmmunikatsiya texnоlоgiyalaridan
fоydalanish zaruratini yuzaga chiqaradi.Tasviriy san‘at o‘quv fani umumiy o‘rta
ta‘lim fanlari ichida ma‘naviy sog‘lom avlod tarbiyasi masalasini ijobiy hal etishda
keng imkoniyatlarga ega. Tasviriy san‘at darslarida san‘at va san‘atkor olami,
san‘atning ijtimoiy vazifasi va o‘ziga xos xususiyati, uning tasviriy ifodaviy
vositalarini o‘rganib borish orqali o‘quvchilar atrof muhit, tasviriy, amaliy san‘at va
me‘morchilikdagi go‘zalliklarni ko‘ra bilish, qadrlash va muhofaza qilishni o‘rganib
boradilar. O‘quv fanining bosh maqsadi o‘quvchilarda estetik madaniyatni va badiiy
tafakkurni yuksaltirish hamda tasviriy savodxonlikni tarbiyalashdan iboratdir.Estetik
madaniyat san‘at tarixi va undagi badiiy jarayonlarni to‘g‘ri tushuna bilish, o‘z fikrini
o‘zgalarga gapirib berish, badiiy tafakkur tushuniladi. Tasviriy savodxonlik esa
tasviriy san‘atning barcha turlaridan (rang tasvir, grafika va haykaltaroshlik),
shuningdek, amaliy san‘at, dizayn va me‘morchilikning o‘ziga xos tasviriy
usullaridan, ifodaviy vositalardan amaliy-ijodiy faoliyatda to‘g‘ri foydalana olishni
nazarda tutiladi.
Tasviriy san‘at ta‘limining vazifalari quyidagilardan iborat:
— tevarak-atrofdagi narsa va hodisalardagi go‘zalliklarni ko‘ra bilish va idrok
etish hamda kuzatish asosida olingan taassurotlarni hayotga tatbiq etishga o‘rgatish;
— o‘quvchilarda badiiy-ijodiy qobiliyatlarni o‘stirish;
— o‘quvchilarning tasviriy-ijodiy malakalarini shakllantirish;
— bolalarda ko‘rish xotirasini, chamalash qobiliyatini, rang sezishni,
kompozitsion madaniyatni, fazoviy fikrlash, obrazli tasavvur va kombinatsiyalash
kabi xususiyatlarni rivojlantirish;
— xalq amaliy san‘ati, tasviriy san‘at bilan tanishtirish orqali bolalarni badiiy-
estetik didini o‘stirish;

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 83


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
— o‘quvchilarni tasviriy va amaliy- bezak san‘ati bilan tanishtira borib, ularda
ushbu san‘at turlarining o‘ziga xos xususiyatlarini idrok etishga o‘rgatish vositasida
ularni badiiy fikr doirasini kengaytirish;
— o‘quvchilarda amaliy va tasviriy san‘atga qiziqish va muhabbatni tarbiyalash;
— estetik va emotsional sezgirlikni o‘stirish.
Amaliy ishlar 1- sinfdan 4- sinfgacha, asosan to‘rtta o‘quv masalalarini hal
qilishga qaratiladi:Kompozitsion faoliyat,Rang va bo‘yoqlar,Shakl, proporsiya,
konstruktsiya.Boshlang‘ich sinflarda o‘tiladigan amaliy mashg‘ulotlar jarayonida
bolalarda ijodkorlik, mustaqil fikr yuritish va ishlash qobiliyatlarini tarbiyalash
yetakchi o‘rinni egallaydi.1-4 sinflarda bo‘yoq bilan ishlash mashg‘ulotlarida
ranglarning turli tus va och-to‘qligini farqlay bilishga, kerakli ranglarni tanlay olishga
o‘rgatish asosiy vazifadir. Bu sinflarda ko‘proq guash, akvarel bo‘yog‘i va ularning
aralashmalaridan foydalaniladi.Borliqni idrok etish mashg‘ulotlarida kompozitsiyaga
oid tegishli muhim ob‘ektlarni yaxshilab kuzatadilar.Borliqni to‘laqonli idrok etish,
tevarak-atrofni, hayotdagi voqea va hodisalarni bevosita kuzatish asosida olingan
taassurotlar, tushunchalar hamda atrof-muhitga nisbatan estetik munosabatda bo‘lish
bilan bog‘liqdir.Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilar o‘simliklar, hayvonlar, qushlar,
baliqlarni kuzatadilar, tabiatning turli fasllardagi ko‘rinishlari, kayfiyati haqida
tasavvurga ega bo‘ladilar va ularni tasvirlaydilar.Mazkur bo‘limning maqsadi
o‘quvchilar tomonidan san‘at asarlarini ongli idrok etish va baholash, uning jamiyat
va odamlar hayotidagi ahamiyatini tushunishga yordam berishdan iborat.Badiiy
obrazni idrok etish malakalarini rivojlantirish-san‘at asarlarini o‘rganishning asosidir.
O‘quvchilar asar haqida mulohaza yuritib, idrok etishni, uning mazmunini maxsus
terminlarni qo‘llagan holda so‘zlab berishni bilishlari lozim.San‘atni idrok etishga 1-
4 sinflarda maxsus soatlar ajratilmaydi. U rangtasvir kompozitsiyasi, naturaga qarab
tasvirlash mashg‘ulotlarida amalga oshiriladi. 3-sinfdan boshlab esa san‘atni idrok
etish bo‘yicha maxsus darslar tashkil etiladi.Naturaga qarab tasvirlash ikki turga
bo‘linadi:a) naturaga qarab rasm ishlash; b) naturaga qarab haykal ishlash.a)
Naturaga qarab rasm ishlash o‘quvchilarda narsa va hodisalarning hajmi va fazoda
joylashuvi, ularning bir muncha tirik belgilari haqida tasavvurga ega bo‘lish imkonini
beradi, tasvirlash malakalarini o‘stiradi.O‘quvchilar mashg‘ulotning bu turida rasmni
naturadan emas, balki xayoldan va tasavvurdan ishlaydilar.Rangtasvir kompozitsiyasi
mashg‘ulotlarining asosiy vazifalari o‘quvchilarga narsalarning shakli, rangi, ularning
tuzilishi haqidagi tushunchalar berish, eng qiziq mavzu tanlay olish, qog‘ozda
rasmini to‘g‘ri joylashtirishga o‘rgatish kabilardan iboratdir.Kompozitsiya
qonuniyatlarini o‘quvchilar ongiga yetkazishda tasviriy san‘at asarlarining
reproduksiyalaridan foydalanish va ularni tahlil qilishning ahamiyati katta.Adabiy
asarlarga illustrasiyalar ishlash esa o‘quvchilarning eng qiziqarli mashg‘ulotlaridan

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 84


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
bo‘lib, unda bolalar ertak, hikoya, masaldagi qahramonlarning obrazlarini o‘z
rasmlarida ifodalashga harakat qiladilar.Zamonaviy mavzulardagi asarlarga yoki
dostonlarga hamda ertaklarga kompozitsiya ishlash uchun avvalo, bolalar mavzuga
oid odam, hayvon rasmlari va ba‘zi bir narsalarning o‘ziga qarab rasmini chizib
oladilar.b) Dekorativ kompozitsiya turli shakldagi naqshlarning namunasidan
ko‘chirish, mustaqil ijodiy naqsh ishlash hamda dekorativ-bezak ishlarini qamrab
oladi.1-4 sinflarda dekorativ tarzda qayta ishlangan tabiiy va geometrik shakllarga
asoslangan yo‘lsimon, kvadrat, doira, to‘rtburchak shaklllardagi naqshlar
chizdiriladi.Rangshunoslik bo‘yicha o‘quvchilar 2 sinfda «Asosiy va hosila ranglar»
bilan tanishadilar. Bo‘yoqlarni o‘zaro aralashtirish orqali yangi rang tuslarini hosil
qilish bilan amaliy ravishda shug‘ullanadilar. Asosiy (qizil, sariq va ko‘k) ranglar va
ularning o‘zaro aralashuvidan hosil bo‘lgan hosila (yashil, binafsha va zarg‘aldoq)
ranglardan o‘z ish faoliyatlarida to‘g‘ri foydalana olishni o‘rganadilar. O‘quvchilar 2
sinfda «Iliq va sovuq ranglar», »Rang tuslari va ularning nomlari» kabi mavzularda
nazariy bilimlarni ham egallab boradilar. O‘quvchilar «Ranglar halqasi» bilan
yaqindan tanishadilar va tevarak-atrofdan ana shunday rang tuslarini topishni
o‘rganadilar. O‘quvchilarda atrof-muhitdagi, borliqdagi rang tuslarning boyligi va
xilma-xilligi haqida tushuncha hosil qilish uchun «Tabiatda rang» mavzusi kiritilgan.
O‘quvchilar sayohat paytida darsda o‘rgangan ranglarni va ularning tuslarini tabiat
qo‘ynidan topishga harakat qiladilar.v) Haykaltaroshlik kompozitsiyasi real
haykaltaroshlik va dekorativ haykaltaroshliklarga bo‘linadi.Real haykaltaroshlikda
o‘quvchilar o‘qituvchi tomonidan tavsiya etilgan mavzularda haykallarni asliga
o‘xshatib ishlaydilar. Bunda o‘quvchilar tasviriy san‘at mashg‘ulotlarining boshqa
turlarida orttirgan bilim, ko‘nikma va malakalarga tayanadilar. Dekorativ
haykaltaroshlik — haykaltaroshlikning turlaridan biri bo‘lib, u o‘quvchilarda turli
dekorativ bezakli releflar va o‘yinchoqlar ishlash orqali maxsus bilim hamda
malakalar hosil qiladi. Amaliy va tasviriy san‘at darslari ko‘rgazmali qurollar va
zamonaviy texnika vositalari bilan jihozlanishi kerak. O‘qituvchi o‘quvchilarning ish
joyini mashg‘ulotga tayyorlash va ish tugagach, uni yig‘ishtirib qo‘yishga, ish
jarayonida sanitariya-gigiena qoidalariga rioya qilishga odatlantirib borishi lozim.
Dastur tuzilishiga ko‘ra 5-7 sinflarda mujassamlashtirilgan olti yo‘nalishdan iborat.
 Grafika (qalamtasvir)
 Me‘morlik
 Amaliy va dizayn san‘ati.
Rangtasvir yo‘nalishi dasturdagi eng salmoqli qism bo‘lib, unda o‘quvchilar
tasviriy faoliyatning oddiy ko‘rinishlari (nuqtaga qarab tasvirlash)dan tortib,
murakkab shakllari (eskizlar asosida tematik kartina, dastgoh rangtasviri namunasini
yaratish)da o‘zlarini sinab ko‘radilar; manzara va portret janrlarida rang orqali
―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 85
www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
kayfiyatni ifodalash, miniatyura usulida illyustrativ kompozitsiyalar ishlashni amalda
bajaradilar; turli oqim yo‘nalishida ishlangan asarlarning talqinini o‘rganadilar va
amaliy mashqlar bajaradilar; rangshunoslik va uning texnologik jarayonlariga oid
nazariy va amaliy bilimlarini boyitadilar.Grafika (qalamtasvir) yo‘nalishidagi
mashg‘ulotlar ham keng qamrovli materiallarni o‘qitishni nazarda tutadi. Eng
muhimi, o‘quvchilarda qalamtasvir badiiy ijodning barcha turlarining asosi ekanligini
amaliy-tasviriy faoliyatda his etishga imkon yaratadi.Haykaltaroshlik
mashg‘ulotlarining salmog‘i boshlang‘ich sinfdagiga nisbatan kamaygan bo‘lsada,
uning mazmuni, shakl va kompozitsion «yuklamalari» ancha murakkablashganligi
bois o‘qituvchidan har bir darsga puhta tayyorgarlik ko‘rishni talab etadi.Dasturda
haykaltaroshlik mashg‘ulotlari mavzularining umumiyligi (rangtasvirda portret,
qalamtasvirda portret, haykaltaroshlikda portret), o‘zaro bog‘liqligi bilan bir qatorda
xususiyligi (haykaltaroshlikda lirizm va dramatizm), uning o‘ziga xos turlari
(dastgoh, monument, xiyobonlar uchun ishlanadigan dekorativ haykallar, hajmli
haykaltaroshlik, yarim qabariq ((relef) haykaltaroshlik), haykaltaroshlikning ifodaviy
vositalari kabi komponentlariga alohida e‘tibor berish lozim.

Fоydalanilgan adabiyotlar ro`yxati:


1. J. О. Tоlipоva. ―Pedagоgik kvalimetriya‖. T.: 2015.
2. M.Mirsоlieva., G.Ibragimоva — Ta‘lim texnоlоgiyalari va pedagоgik
mahоrat. T.: 2015
3. S.Abdirasilоv., N.Tоlipоv — Dasgоhli rangtasvir. ―Iqtisоd-mоliya‖ T.: 2010
4. R.Xasanоv, Tasviriy san‘at asоslari — T.: G`afur G`ulоm nоmidagi nashriyot
matbaa-ijоdiy uyi — 2009.

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 86


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
OLMOS ISTE`DOD – NABI RAHIMOV IJODIGA NAZAR

Mamaniyozov Shaxzod Abror o`g`li


O`zbekiston davlat san`at va madaniyat instituti
talabasi
mr_shaxzod95@mail.ru

Annotatsiya: Sevimli san`atkorimiz Nabi Rahimov ijodi haqida so`z ketar ekan,
ikki savol tug`iladi. Birinchisi – qanday qilib Qo`qonlik oddiy bir chilangarning
o`g`li maxsus ta`lim maktabida o`qimay turib, sobiq SSSR xalq artisti, sahna
san`atining zo`r amaliyotchisi va bilimdoni darajasiga ko`tarildi. Artistning chindan
ham hayratomuz kamolot cho`qqisiga ko`tarilishiga qonuniy asoslar bor. Avvalo ―
Oktyabr inqilobi ‖ tufayli vujudga kelgan sotsialistik tuzum mehnatkash xalq ichidagi
Nabi Rahimovga o`xshagan iste`dodli o`g`lonlarning ro`yobga chiqishi, qobiliyati va
imkoniyatlarini rivojlantirishga keng sharoit yaratib bergan. Ikkinchisi – Nabi
Rahimov aktyorlik mahorati asoslarini puxta egallab, sahna va ekran
tomoshabinlarining qalbini zabt etish darajasiga ko`tarilguncha to`rt pog`onali
o`ziga xos maktabni o`tagan.
Kalit so`zlar: Nabi Rahimov, professional aktyor, teatr, kino

Tarjimai holi
Sobiq SSSR xalq artisti, Davlat
mukofotlari sovrindori, teatr va kino aktyori,
pedagog Nabi Rahimov 1911-yilning 7-
noyabrida Qo`qon shahrida dunyoga keladi.
Uning otasi turli qulf, kerosin chiroqlarni
tuzatadigan, chelaklarni yamaydigan usta edi va
kichkina Nabi yoshligidan otasiga yordamchi
bo`lgan. Ammo teatrning buyuk kuchi uni
o`ziga to`xtovsiz tortib turgan. 15 yoshli Nabi
―духовой оркестр‖da klarnet chalishni
o`rganadi, badiiy havaskorlik to`garagiga
qatnashadi.
Nabi Rahimovni teatrga xalq artisti, komik
aktyor Mirshohid Miroqilov olib keladi. Agar
siz artistdan ―Hamma narsadan eng qiyini nima
?‖ deb so`rasangiz, u to`g`rirog`i ―Eng qiyini tomoshabinni yig`latish, ammo
kuldirish undan ham qiyin‖ deb javob bersa kerak. Nabi Rahimov tomoshabinni

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 87


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
mahorat bilan ham yig`lata oladigan, ham kuldira oladigan aktyor edi. Nabi Rahimov
qayerda bo`lmasin o`zi bilan yaxshi kayfiyat va kulgini yetaklab kelardi. Ajoyib
tabassumi uning doimiy hamrohi edi.
U 1928 – yildan sahnada o`ynashni boshladi. Birinchi marta u sahnaga do`ppi,
yaktak, yo`l-yo`l chopon va etik kiygan qaddi-qomati kelishgan ozg`in o`smir sifatida
paydo bo`lgandi. U haqiqiy po`rim edi, har qanday kiyim unga yarashib turardi.
1926-1929 – yillarda Qo`qondagi partklubning teatr jamoasida o`ynaydi, 1929-
yil esa Hamza nomidagi O`zbek akademik drama teatriga qabul qilinadi. Ikki jahon
urushi qatnashchisi Nabi Rahimov 1942 – yilda frontga jo`naydi. Jangdan keying
qisqa nafas rostlab olish paytlarida u o`zining hazil va kulgili hikoyalari bilan
polkdoshlarining jangovor ruhini ko`taradi. 1943 – yilda uyiga qaytadi va darhol
ishga kirishadi.
1943 – yildan kinoda suratga tusha boshlaydi. O`zbekiston SSR Kinochilar
uyushmasi a`zosi. Nabi Rahimov sahnada ham, kinoda ham komik va tragedik aktyor
sifatidagi ko`p qirrali iste`dodini namoyon qiladi. 1946 – 1961 – yillarda
A.N.Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr va rassomlik institutida dars beradi.
Hamma xushmuomilalik bilan ―Lyuba ona‖ deb chaqiradigan rafiqasi bir umr
uning yonida bo`ladi. U aqlli tushunadigan ayol edi. Lyuba ona 1993 – yili hayotdan
ko`z yumadi. Nabi Rahimov uchun bu yo`qotish juda og`ir kechgan. Rafiqasining
dafn marosimida u ―Lyuba, men tez orada oldingga boraman‖ deb aytadi. Bir yildan
so`ng Nabi Rahimov 83 yoshda vafot etadi.
Ijodiy faoliyati
Nabi Rahimov Hamza nomidagi O`zbek Davlat akademik drama teatrining
ikkinchi bo`g`in aktyorlariga mansub. U o`zining tabiiy qobiliyati, iqtidori va
mehnati bilan tetrning birinchi bo`g`in san`atkorlari safiga singib ketdi va ular bilan
birgalikda yangi o`zbek aktyorlik maktabining yuzaga kelishiga, rivojlanishiga katta
hissa qo`shadi. Nabi Rahimov Ijodidagi birinchi davr (1929-1960 yillar) uning
havaskorlik sahnasidan professional teatrga kirib kelishi va yetuk ijodiy yo`lga tushib
ketishi bilan bog`liq. 1929-1930 – yillarda Hamza nomidagi teatrga bir guruh
qobiliyatli yoshlar – Olim Xo`jayev, Shukur Burhonov, G`ani A`zamov, Muhsin
Hamidov, Qudrat Xo`jayev, Nabi Rahimov kirib kelgan.
San`atkor 1930-yillarda Komil Yashin, Umarjon Ismoilov, Zinnat Fatxullin,
Ziyo Said, Nazir Safarov, A.Ostrovskiy, N.Gogol, K.Gotsi, F.Shiller, V.Shekspir,
K.Goldoni singari klassik dramaturglarning asarlarida ijod qilib, ko`plab zamonaviy
kishilar qiyofasini yaratib, o`z mahoratini boyitadi.
Nabi Rahimovning professional sahnadagi ilk rollaridan biri D.Furmanovning
―Isyon‖ pyesasidagi Yegor obrazi. U birinchi roli bilanoq o`zini iste`dodli yosh
san`atkor sifatida namoyon etadi. ―Hamza‖ pyesasida Nodiriy, ―Momaqaldiroq‖ da

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 88


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
Tixon, ―Qaltis hazil‖ komediyasida Mamadali, ―Malikai Turandot‖da Trufaldino,
―Sepsiz qiz‖da Karandishev, ―Niqob yirtildi‖ asarida Sayfi, ―Tor-mor‖ dramasida
Nurmat, ―Mehmonxona bekasi‖ komediyasida Kovaler Rippofratta, ―Qo`zibuloq‖
dramasida Flores, ―Revizor‖ va ―Uylanish‖ komediyalarida Bobchinskiy va
Kocharyov, ―Gamlet‖ tragediyasida Laert obrazlari shular jumlasidandir.
Tabiat Nabi Rahimovga alohida qobiliyat, o`tkir zehn, chuqur tafakkur, nozik
did, jarangdor ovoz hamda boy tasavvur in`om etgandi. San`atkor unib o`sgan
Farg`ona vodiysida keng rivojlangan an`anaviy qiziqchi va masxarabozlar san`ati,
askiyachilar gurungi, xalq tomoshalari artistga o`z ta`sirini o`tkazmasdan qolmagan,
albatta. Tomoshabinga yoqish, uni o`ziga rom qilish uchun turli kulgili latifalar
to`qir, qo`shiq aytar, hatto raqsga tushardi. Uning tomoshalari odamlarga yoqar, latifa
askiyalari qah-qah urib kulishga majbur qilardi. Shu tariqa uning tabiatida yumor va
improvizatsiya qila olish qobiliyati kurtak ochdi va u aktyorning bir umrlik
yo`ldoshiga aylandi.
1930 – yillarda Nabi Rahimov uchun ham, teatr jamoasi uchun ham katta ijodiy
izlanishlar, tajriba-sinov davri bo`ldi. Bu davrda ilk bora o`zbek sahnasida ―Gamlet‖
tragediyasi sahnalashtiriladi. ―Gamlet‖ Nabi Rahimov uchun haqiqiy maktab
vazifasini bajaradi.
Nabi Rahimov o`n yil mobaynida xalq tomosha san`ati an`analaridan
ta`sirlangan holda ijod qiladi. Bu uning yumor va hazilga o`chligi, badihaga
chapdastligi, beixtiyor kulgili etyudlar to`qiy olishi, so`zga burroligi va hozirjavobligi
bilan izohlanadi. Bu davrda Nabi Rahimov boshqa malakali aktyorlar ko`magida
sahna nutqi madaniyati va sirlarini o`rganishda jiddiy natijalarga erishadi. Eng
muhimi, uning ijodida sekin-asta kechinma san`atining alohida belgisi –
tomoshabinga ruhiy ta`sir o`tkazish xususiyati namoyon bo`ladi. Bu xususiyat keying
davrlarda yanada takomillashib, aktyor ijodining mustahkam o`zagiga aylandi.
Nabi Rahimov o`z hamkasblari haqida alohida mehr bilan gapiradi, ularni
o`zining ustozi sifatida biladi. Bular Mannon Uyg`ur, Yetim Bobojonov, Obid
Jalilov, Abror Hidoyatov, Sharif Qayumov, G`ulomnazir Isomov, Mariya Kuznetsova
(o`zbek tilida ham ajoyib rollarni ijro etgan rus aktrisasi), Ma`suma Qoriyeva, Sora
Eshonto`rayeva. Hamza teatri uning ish joyi va universitetiga aylanadi. Ular Nabi
Rahimovning hamkasblari bo`lishi bilan bir paytda uning ustozlari ham edi.
San`atkor ulardan sahnada turish va harakatlanish, dialog olib boorish yoki sukut
saqlash, mimika bilan his-tuyg`ularni ifodalashni, boshqacha qilib aytganda obrazga
kirishni o`rganadi…
Urush yillarida Nabi Rahimov ijodida yangi davr boshlanadi. Urushning
boshlanishi uning teatrdagi ijodini vaqtinchalik to`xtatib qo`yadi. 1941 – yili uni
harbiy bilim yurtiga o`qishga jalb qilishadi. 1942-1943 – yillarda Nabi Rahimov

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 89


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
san`at arboblaridan iborat front brigadasi tarkibida fashistlarga qarshi jangler
orasidagi tanaffuslarda o`zining hazillari va qiziqarli hikoyalari bilan vatandosh-
jangchilarning ruhini ko`taradi. Frontdan qaytgach, 1943-yili u yana Hamza teatrida
o`z ijodini davom ettiradi. Endi aktyorning ijodida yangi, sermahsul davr boshlanadi.
Bu davrda aktyorning tomoshabinga manzur bo`lgan dastlabki ijodi Amin Turdiyev
sahnalashtirgan ―Ona‖ dramasidagi Boltaboy obrazi bo`ldi. Shuningdek, u urush va
tinchlik mavzusiga bag`ishlangan bir qancha spektakllarda Borovskiy (
―Dengizdagilar sharafiga‖, B.Lavrenyov), Xardi (―Rus masalasi‖, K.Simonov), Stiv
Emeri (―Djon – tinchlik soldati‖, Yu.Krotkov), Murat (―Turkiya haqida hikoya‖,
N.Hikmat), Hamid Saroj (―Jazoir – mening vatanim‖, M.Dib) singari obrazlarni
yaratadi. Nabi Rahimov Ijrosidagi Yago rolini alohida qayd etish joiz. 1943 – yili u
―Otello‖ tragediyasida ishlay boshlaydi. Ungacha Yago rolini ikki yildan beri Olim
Xo`jayev ijro etib kelayotgandi. Nabi Rahimov esa obrazning mutlaqo boshqacha
ijrosini o`ylab topadi. Ushbu spektaklda Otello rolini ijro etgan Abror Hidoyatovning
tragedik aktyorlik iste`dodi to`liq namoyon bo`lgan bo`lsa, Yagoning Nabi Rahimov
tomonidan iste`dodli ijro etilishi spektaklning muvaffaqiyatiga zamin yaratdi.
Spektaklning ovozasi O`zbekistondan ham tashqariga chiqadi. Angliya parlamenti
a`zolaridan iborat delegatsiya teatrdagi fikr-mulohazalar kitobiga quyidagilarni yozib
qoldirgan: ― Hamza teatri tomonidan sahnalashtirilgan ―Otello‖ spektaklini eng
yaxshi deb hisoblaymiz. Nabi Rahimov va Abror Hidoyatobning ijrosi spektaklga
o`zgacha kolorit bergan. Ularga o`z ehtiromimiz va tahsinlarimizni bildiramiz ‖.
Urushdan keyin Nabi Rahimovning milliy dramaturgiyadagi birinchi jiddiy
muvaffaqiyati 1946 – yili yaratilgan ―Muhabbat‖ spektaklidagi Yetov obrazi bo`ldi.
Aktyor Yetov obrazini sodda, hayotiy detallar bilan boyitib, yengil kulgi bilan ijro
etadi.
O`tgan asrning 50-60 yillarida Nabi Rahimov taniqli dramaturg va yozuvchi
Abdulla Qahhor qalamiga mansub ―Shohi so`zana‖, ―Og`riq tishlar‖, ―Tobutdan
tovush‖ kabi sahna asarlarida o`ziga rollarni ijro etadi. Nabi Rahimovni komediya
janrida chinakam mashhur qilgan obraz 1952 – yili Aleksandr Ginzburg va Sharif
Qayumovlar sahnalashtirgan ―Revizor‖ satirik komediyasidagi Xlestakov roli bo`ldi.
Aktyor bungacha ―Revizor‖ning oldingi qo`yilishida Bobchinskiy hamda
―Uylanish‖da Kochkaryov rollarida o`ynab, Gogol qahramonlarining ijtimoiy va
ahloqiy mavqeini ma`lum darajada o`rgangan edi. O`sha tajriba va saboqlar
san`atkorga Xlestakovdek mashhur obrazni talqin qilishda o`ziga xos zamin yaratdi.
Aytish mumkinki, Xlestakov Nabi Rahimovning hajviy qahramonlari orasidagi eng
sarasi bo`lib, Hamza teatri tarixida salmoqli o`rin egalladi.
60-yillarga kelib Nabi Rahimovning obraz yaratish tajribasi xiyla boyidi, ichki
va tashqi imkoniyatlari kengayib, kulgisi ijtimoiy tus oldi. Aktyorning repertuar

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 90


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
doirasi ham kengayib, obrazlar rang-barangligi ortgan sari uning ijodida ko`p janrlilik
tobora mustahkamlana boradi.
San`atkor ijodining ikkinchi davri (1960 – 1990-yillar) kamolot davri bo`lib, bu
paytda aktyor o`zining eng sara psixologik obrazlarini yaratadi, uning ijodida
serqirra, faqat Nabi Rahimovgagina xos bo`lgan individual ijro uslubi mustahkam
qaror topadi. San`atkor qaysi janrda ijod qilmasin, qanday saviyali rolda o`ynamasin,
doimo o`z qahramoniga birday mas`uliyat bilan jiddiy munosabatda bo`ladi. Nabi
Rahimovning 60-yillardagi sahna ijodida Xlestakov, Yago singari yirik obrazlarni
uchratmaymiz. Aktyor bu davrda ko`proq ushoq rollarda ko`zga tashlanadi. Ikkinchi
darajali, epizodik bo`lib ko`ringan ushbu rollarda aktyorning o`ziga xos uslubi,
falsafiy mushohadasi, salohiyati namoyon bo`ladi. Misol tariqasida Ramz
Bobojonning ―Tog`a va jiyanlar‖ komediyasida yaratilgan Bo`riboy Bozorboyev,
M.Shayxzodaning ―Mirzo Ulug`bek‖ tarixiy-biografik dramasidagi Bobo Kayfiy,
Oybekning ―Qutlug` qon‖ romani asosida sahnalashtirilgan spektakldagi Shokir ota,
Shekspirning ―Qirol Lir‖ tragediyasidagi gersog Olbeni obrazlarini tilga olish
mumkin. Bu obrazlar puxta o`zlashtirilganligi, xarakterlarning aniq va har xilligi
bilan ahamiyatlidir. Olbeni rolining ijrosi uchun Nabi Rahimov Hamza nomidagi
O`zbekiston Davlat mukofotiga sazovor bo`ladi.
Shokir ota, Olbeni rollarini hisobga olmaganda, 1960-yillarda Nabi
Rahimovning bo`yiga yarasha yirik roller ko`zga tashlanmaydi. Shu sababli aktyor
kinodan o`ziga munosib rol qidiradi. Xususan, 1969 – yili suratga olingan ―41-yil
olmalari‖ filmidagi keksa choyxonachi obrazi san`atkorga chinakam shuhrat keltiradi.
Aynan ushbu roli uchun Nabi Rahimov xalqaro kinofestivalning ―Eng yaxshi erkak
roli uchun‖ mukofotiga sazovor bo`ladi.
Nabi Rahimov teatrda orttirgan boy tajribasi bilan kinoga kirib kelib, bu
san`atning ham rivojiga munosib hissa qo`shadi. Dastlab u kinokomediyalarda ko`zga
ko`rinadi.Zohid Sobitovning ―Stadionda uchrashamiz‖ filmidagi futbol ―dardi‖ga
chalinib, shaddod xotinidan dag`-dag` titrasa-da, qaysar raisga chap berib bo`lsa-da,
kolxozda komanda tuzib, o`z maqsadiga yetuvchi ajabtovur hisobchi Aliyevni kim
bilmaydi deysiz. ―Maftuningman‖ nomli musiqali kinokomediyada qahramon izlab,
turli kulguli vaziyatlarga tushuvchi rejissor Turdiyev obrazlari san`atkorni komik
kino aktyor sifatida mashhur qilgan dastlabki rollardir.Nabi Rahimov ushbu
filmlardagi komik holatlar, situatsiyalarni shunday maroq bilan o`ynaydiki, goh qah-
qah urib, goh tabassum bilan tomosha qilib, huzur qilasiz. Nabi Rahimovning kino
sohasidagi izlanishlari uning teatr sahnasida orttirgan boy tajribasini yanada
takomillashtirdi. Bu davrda haqida Nabi Rahimovning o`zi shunday degan edi: ―
Teatrning shunisi yaxshiki, sahnada rolni qayta-qayta o`ynaysan. Obraz spektakldan
spektaklga qiyomiga yetaveradi, brogan sari yangi-yangi topilmalar bilan boyib,

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 91


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
sayqal topadi. Kinoda esa bir rolni faqat bir marotaba o`ynaysan, keyinchalik
to`ldirish yoki o`zgartirishning sira iloji bo`lmaydi…Xullas, hozirgi kunda kinodagi
ijodimni teatrsiz, sahnadagi ijodimni ekran san`atisiz tasavvur ham etolmayman‖.
O`tgan umriga nazar tashlash,erishgan muvaffaqiyatlarini, yo`l qo`ygan xato va
kamchiliklarini taroziga solish, davrning o`tishini, zamonning o`zgarishini his qilish,
kuzatish orqali san`atkor uslubi ham rivojlanishda davom etadi. Bu uslub uning 70-80
yillarda dunyoga kelgan eng yorqin psixologik obrazlarini yaratish jarayonida yanada
takomillashdi. San`atkor keying davrlarda o`zining imkoniyatlariga mos
tushmaydigan va tasodifiy rollarni ijro etishdan butunlay voz kechdi. 70-yillar Nabi
Rahimov uchun sermahsul davr bo`ldi. Bu davrda aktyor yaratgan Qushbegi Urganji
(―Inqilob tongi‖), Said Karimov (―Komissiya‖), Ota (―G`ariblar‖), Sa`diyev (―O`n
uchinchi rais‖) singari obrazlar o`zining lo`nda psixologik talqini bilan e`tiborlidir.
Ayni paytda mazkur obrazlar Nabi Rahimovning 80-yillardagi faoliyati uchun ham
bevosita dahldor bo`lib qoldi. Chunki san`atkor ijodining keying bosqichida unga
yuqoridagi personajlardan ko`ra mukammalroq obrazlar yaratish imkoni tug`ilmadi.
Aynan shu bosqichda Nabi Rahimov o`zining bor imkoniyatlarini, noyob iste`dodini,
behisob usullarini muxtasar qildi, pardozladi, poyoniga yetkazdi. Shunday qilib,
aktyor qaysi janrda ijod qilmasin o`zining individual ijro uslubini qo`llaydi. Ayniqsa
an`anaviy xalq tomosha san`ati unsurlarini yaxshi o`zlashtirganligi uning ijrosiga
alohida fayz bag`ishlaydi. San`atkorning uzoq yillik sermahsul faoliyati mobaynida
uning ijodida ko`p janrlilik qaror topadi.
Nabi Rahimov ijodining mohiyatini birgina ―xalqchillik‖ so`zi bilan belgilash
mumkin. Ha, Nabi Rahimov ijodi tag-tomiri xalqchil ijoddir. U yaratgan rang-barang
obrazlarning manbai,mag`zi, mazmuni, ruhi, shakli, vositasi, mezoni – hammasi
xalqchil. Hayotdan olingan, xalqqa mo`ljalllangan. Aktyorning aksariyat obrazlari
sahnaga yoki ekranga hayotdan kirib kelgandek. Shu qadar jonli, hayotiy, real, bus-
butun, yorqin. Shu qadar tanish, qadrdon. Ana shundan bo`lsa kerak, Nabi Rahimov
qahramonlari ohori to`kilmasdanoq xalq bag`riga, hayot quchog`iga qarab yo`l olgan.
Tillarga, dillarga ko`chgan.

Foldalanilgan adabiyotlar
1. Muhsin Qodirov. ― Sahnamiz lochinlari ‖ Toshkent. 1986-yil
2. O`.Shokirov, M.Abqudunduzov . ― Milliy teatrimiz namoyandalari ‖ Toshkent
2002-yil
3. arboblar.uz sayti
4. Wikipedia.com sayti

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 92


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
TASVIRIY SAN'AT YONALISHIDA ― KOMPAZITSIYA‖ MAVZUSIDA
ISHLASH USULLARI VA YARATUVCHANGLIKNI ANGLASH

Isa Kalishbekov Kabilbek oģli

Tursunov Mannon Otkir oģli


Chirchiq davlat pedagogika instituti
1- bosqish talabalari

Annotatsiya: Bu maqolada kompazitsiya yaratuvchanglik tuyģularini ranglarga


kochirish ilmiy va nazariy jihatdan qabul qilish malumotlariga ega bolasiz.
Kalit sozlar: Tafakkur, Hayol, Ritm, Emotsiya, Ruhiy kuch.

Kompazitsiya juda keng hamrovli va manolarga ega tushunchadir kompazitsiya


barcha ijodiy jarayonlarga tegishli bolib deyarli barcha san'atning negizi bolib xizmat
qiladi kompazitsiya unsurlari musiqada, talim teatr fotografiya, haykaltaroshlik,
adabiyot va albatta boshqa sanat bilan aloqador sohalarda mavjuddir
Kompazitsiya unsurlari hisoblangan mutanosiblik muvozanat yaxlitlik singari
sifatlarni qarab otsak ular har bir tabiyat holatlarida ushrashini sezamiz masalan biz
oddiy gullarni olib qaraydigan bolsak undagi gòzallikdan ilhomlanishimiz tabiiy
chunki har natsa màlum tamoil va qonuniyatlarda mavjutdir ularning shakl
òlchamlari tuzilishi òzaro mutanosib korinishlar kasb etishi unda kompazitsion
mutanosiblik shakl tuzilishlardagi muvozanatning mavjudligidan darak beradi
Bunday misollarni tabiyattan barcha jismlarga tadbiqan keltirib otsak kòp narsani
anglab etishimiz oson kechadi
Buning manosi shundan iboratki demak kompazitsiya qanday shakl va
mazmunda bolmasin avvalam bor u tafakkur mahsulidir buni badiiy ijodning
hususiyatlari dan kelib chiqqan holda tushinishimiz maqul
Malumki kompazitsiya tushunchasi ning barcha sanat tushunchasining barcha
sanat turlariga aloxadar va umumiy jihatlari va shuningdek har sohaga oid òziga xos
alohadorliklar mavjud
Malumki kompazitsiya sòzi orqali rassomlar badiiy tasviriy san'at asarining
barcha qismlarining òz aro munosabatlarining qonuniyatlari tushiniladi lar Ayrim
shunday boģliqliklar kòz orqali anglaniladi son jihatdan boshqalari esa sifat jihatdan
idroklash fikrlar orqali qabul qilinadi
Tasviriy san'at yonalishida eng muhim eng asosiy oqim kompazitsiya haqida
batafsil malumotlar toplami organish zarur, barcha ijodkorlar uchun eng qiziq
kompazitsiya bu ijoddan yiroq insonni ham qiziqtira oladigan sir sinoatga boy turi

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 93


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
hisoblanadi
Ijodkorlar yaratgan kompazitsiya bu eng avvalo ichki dunyoni rangiga bogliqdir
Yaratuvchanglik kompazitsiya ga kirib borishi uchun tasviriy sanat darsliklarini
organib malumotlarga ega bolishi kerak
Kompazitsiya Tasviriy san'at ijodkor ģoya tasavvur kuchini toliq namayon etish
vositasi bolib unda ijodkorning mahorati yorqin namayon boladi
Kompazitsiya orqali yaratuvchi rang, shakl, chiziq, va obrazlarni tartibga
keltiradi fazoviy kenglikni ozlashtiradi va badiiy muhit yaratadi Kompazitsiya asosini
mantiqiylik shakl aniqligi va ularning ozaro uyģunligi tashkil qiladi
Ijodkor yaratgan har bir asarning negizida kompazitsiya mavjud unda borliqni
idrok etish jarayonida hosil boladigan his tuyģu, hayol, ruhiy kuch òz aksini topadi
Kompazitsiyaning ―turgun ― va ―dinamik" ―ochiq ― va ― yopiq" xillari mavjud,
kompazitsiya tuzish malum qonun ― kanon ― lar bilan cheklangan
Tasviriy san'at ning har bur turi òziga hos kompazitsion uslublariga ega
Mac, kitob bezagi ,( rasm) mahobatli devoriy rassomlik kompazitsiyasidan farq
qilinadi shuningdek kompazitsiyani idrok qilish ham turlicha boladi
Mac haykaltaroshlik asarlaridan relyef faqat old tomonidan korish mumkin,
Aksincha mahobatli yodgorliklarni esa aylanib tomosha qilish lozim Tasviriy san'atda
kop shakl (figura) li kartina va haykallar ham kompazitsiya deb ataladi
Adabiyotda; kompazitsiya asarlarini badiiy shakllantirishga xizmat qiladigan
turli qismlarning holati oz aro boģliqligi voqea harakter obrazlar lirik shekinishlar
tafsilotlar bayoni va shu kabi malum maqsadga boysindiriladi Asar kompazitsiyaning
yaxlitligi uning asosiy shartidir ortiqcha personaj , epizod va detallarning asar
qimmatini pasaytiradi chuning uchun ham badiiy asarda hech qanday yetishmovchilik
va ortiqchalik ham bolmasligi kerak kompazitsiyaning òziga xosligi syujet
unsurlarining qanday tartib bilan joylashtirilishiga syudjetdan tashqari unsurlar ( lirik
falsafiy publisistik shekinishlar qochimcha epizod) larning bor yoqligiga peyjaz,
portret, psixologik tasvir , muallif tavsifi kabi vositalarning meyori va tartibiga boģliq
kompazitsiya yaratish usili va uslublari turli tuman .
Xulosa; Qadimdan kompazitsiyani asar goyasi bilan uzviy boģlik holda tushinib
kelingan kompazitsiya asarning shunchaki tuzilishi emas balki shu tuzilishning
maqsadi va uning nima asosida tuzilganligidir kompazitsiya asar ģoyasiga boģliq
tanglanan obraz yoki voqea asarga kiritish uchun muvofiqmi yoki yoqmi buni ijodkor
namoyon etadigan asarga nisbatan aniqlash mumkin bu ham kompazitsiyaning asosiy
muhim qismi hisoblanadi .
Foydalanilgan adabiyotlar :
1. Kompazitsiya ,umumiy psixologiya

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 94


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
ТАСВИРИЙ САНЪАТ ЎҚИТУВЧИЛАРИНИНГ КАСБИЙ
МАЛАКАСИНИ ОШИРИШ ЖАРАЁНИДА УЛАРДА КАСБИЙ
КОМПЕТЕНЦИЯЛАРИНИ ШАКЛЛАНТИРИШ

Қобилов Асрор
Қарши шаҳар
3 мактаб тасвирий санъат ўқитувчиси

Тасвирий санъат фани ўқитувчиларининг касбий компетенциялари деганда


ўқитувчининг муваффакиятли педагогик фаолиятида зарур бўладиган
педагогнинг шахсий ва касбий хусусиятларининг йиғиндиси тушунилади.
Юқори касбий маҳорат даражасида амалга оширилган педагогик фаолият
олий ўқув юртлари талабаларига юқори кўрсаткичларга эга бўлган таълим ва
тарбияда касбий компетенцияларнинг сосий мезонлардан бир хисобланади.
Педагогикада ўзгарувчан педагогик мухитга мослашиш қобилияти,
ижодий ѐндашувни шакллантириш, инновацияларна қабул қилишга киришни
қобилиятига тасвирий санъат ўқитувчининг касбий компетенлигини
ривожлантириш оркали эришилади.
Ўқувчиларнинг аҳлокий, маънавий эстетик тарбияси педагогнинг касбий
салохиятига боғлик.
Бугунги кунда тасвирий санъат ўқитувчисининг касбий махоратини
оширишнинг асосий шакллари мавжуд: мустакил таълим, кушимча таълим,
мастер-класслар, таълимни ривожлантиришнинг замонавий технологияларидан
фойдаланиш, бадиий кўргазма ва танловларда иштирок этиш, ижодий фаолият
ва бошқалар ҳисоблади.
Тасвирий санъат ўқитувчисининг касбий компетентлигини
шакллантиришнинг асосий шартлари сифатида қуйидагиларни келтириш
мумкин: педагогнинг ижодий ва илмий тадқиқот фаолияти, янги педагогик
технологияларни ўзлаштириш, ижодий гурухдар, услубий бирлашмаларда иш
олиб бориш, форумларда бадиий танловларда иштирок этиш, педагогик ва
бадиий тажрибаларни ўртоқлашиш лозим.
Юқорида келтирилган усуллар агарда ўқитувчи касбий малакасини
ошириш заруриятини мухимлигини англамаса самара бермайди. Педагогнинг
бадиий ижодий ўсиши учун зарурий қулай шарт-шароитлар яратиш ва
мотивация лозим.
Тасвирий санъат ўқитувчисининг касбий компетентлини
шакллартиришнинг муваффақияти учун педагогининг касбий сифатларини

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 95


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
такомиллаштириш, шунингдек, педагогнинг шахсий педагогик тажрибаси ва
ижодий фаолиятини ривожлартириш асос бўлиб хизмат қилади.
Тасвирий санъат ўқитувчисининг касбий компетентлигин шакллантириш
уч босқичга бўлинади:
- Заруриятни англаш ва ўз-ўзини тахлил қилиш;
- Ўз-ўзини ривожлантиришни режалаштириш(мақсаддар, вазифалар, амалга
ошириш йўллари).
- Ўзини намоѐн этиш, таҳлил ва кооректировка (ҳатолари, камчиликларни
бартараф этиш).
Педагог учун педагогик фаолият мобайнида ўзининг малакавий
даражасини ошириш талаб этилди ва жараѐн (циклик) такрорланувчи бўлгани
боис юқорида санаб ўтилган боскичлар ҳар-хил циклда янгича сифатида
такрорланиб келади. Ўқитувчининг касбий компетентлиги шаклланадиган
мухитга кўп нарса боғликки, бу мухим касбий ўз-ўзини ривожлантиришни
рағбатлантириш лозим.
Сўровнома тест ўтказиш олий таълимда ўзаро тажриба алмашиш
кўргазмалар, танловлар ўтказиш каби рағбатлантиришларнинг хаммаси
педагогик жамоада қулай психологик муҳит шаклланишига ижобий таъсир
кўрсатади.
Тасвирий санъат ўқитувчиси ўқувчиларни замонавий ижодий фаолиятга
тортиши, улар болаларда ижодий тасаввурларини, бадиий тасаввур, образли
тафаккур ва ижодий салохиятни ривожлантириш хамда умуммаданий
компетентликни шакллантириш шахснинг маънавий ривожлантиришни
шароитларни ярата олиш лозим.
Бу жараѐнда малака ошириш тизими мухим рол ўйнайдики, у орқали
очиқлик, мобиллик, ративлик, интегративлик, технологиялилик, амалиѐтга
йўналтирилганлик, башорат, инновация тамойилларига ассланган малака
ошириш тизими педагогларда мақсадга йуналтирилган касбий компетентликни
шакллартириш имкониятини яратиш орқали муҳим роль ўйнайди.
Тасвирий санъат ўқитувчиси педагогик ва ижодий тажрибасини таҳлили,
ўтказилган сўровнома ва тестлар натижалари тасвирий санъат ўқитувчисининг
касбий компетентлигини паст даражада бўлишини сабабларини аниқлаб берди:
- уларда педагогика, психология, санъат назарияси ва ўқитиш
методикасини, санъатдаги миллий худудий компонентларга оид билимларни
етишмаслиги, графика ва рангтасвирнинг турли технологияларини паст
даражада эгаллагани, санъат асарлари етарли мезонлар орқали баҳолай
олмаслиги, образли ва абстракт фикрлашнинг етарли ривожланмаганлиги,
ижодий, лойихавий ва илмий тадқиқот фаолиятини амалга оширишдаги

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 96


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
қийинчиликлар, ўқув максадларини белгилашдаги мураккабликлар, педагогик
жихозлар тур ва усулларини ижодий ечимларини топишда мустақил
фаолиятнинг мавжуд эмаслиги;
- ўқувчиларни тасвирий санъатга ўқитишга вариатив ва шахсий
йўналтирилган ѐндашувларни қўллай олмаслик;
-ўзининг педагогик фаолиятини тахлил қила олмаслик, мустақил таълим
олиш ва ўз-устида ишлашни ривожлантириш йўлларини олдиндан англай
олмаслик (башорат қилиш), педагогик фаолиятдаги ҳато ва камчиликларини
таҳлил қила олмаслик.
Умумтаълим муассасаларида тасвирий санъатни ўқитиш муаммоларини
ечиш учун тасвирий санъат ўқитувчини малака ошириш тизимини замонавий
даражада ташкил этиш, тасвирий санъат ўқитувчиларини касбий тайѐрлашнинг
замонавий усуллари ва шаклларини жорий этишни такозо этади. Бунинг учун
педагогларда очиклик, мобиллик, вариативлик, интегративлик,
технологиялилик, инновация ва башорат тамойилларига асосланган касбий
компетентликни мақсадли шакллантиришни ташкил этиш лозим.
Тасвирий санъат ўқитувчилари учун малака ошириш курсларида тасвирий
санъат фанларини ўқитиш буйича илмий-амалий тавсиялар ва махсус курс
дастурларини ишлаб чиқиш ва жорий этиш талаб этилади. Бунда ўқитувчилар
учун ишлаб чиқилган тасвирий санъат дарсларини ўқитишда услубий ва
кўргазмали қўлланмалар такомиллаштирилган датурлари компютер
такдимотлари, диагностика материаллари ишлаб чиқилиши муҳим аҳамиятга
эга бўлиб улар малака ошириш тизимини самадорлигини ошириш имкониятини
беради.
Юқорида санаб ўтилган материаллардан олий таълим, ўрта ва умумий
касб-хунар муассасаларида талабалар учун махсус фанлардан ўқув курслари ва
амалиѐтини ташкил этишда фойдаланиш мумкин. Тасвирий санъат ўқитишнинг
касбий компетентлигини муваффакиятли шакллантиришга юқоридаги
шартларни амалга ошириш орқали эришиш мумкин.

Фойдаланилган адабиётлар
1. Бодров В.А. Психология профессиональной пригодности: Учеб.пособие
для вузов. М.: ПЕР СЭ, 2001. 511 с.
2. Зеер Э.Ф. Психология профессий: Учеб.пособие для студентов вузов.
М.: Академический Проект; Екатеринбург:
Деловая книга, 2003. 336 с.
3. Маркова А.К. Психология профессионализма. М.: Международный
гуманитарный фонд "Знание‖, 1996. 312 с.

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 97


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
4. Поваренков Ю.П. Психологическое содержание профессионального
становления человека. М.: Изд-во УРАО, 2002. 160 с.
5. Пугачев В.П. Руководство персоналом организации. М.: Аспект Пресс,
2000. 54 с.

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 98


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
MILLIY TARBIYA DAFOLKLOR VA MUSIQANING O`RNI

Niyozova Dilfuza
Afg`oniston fuqarolarini o`qitish
ta`lim markazi o`zbek tili va adabiyot
fani o`qituvchisi

Eshpulatova Xadicha
Afg`oniston fuqarolarini o`qitish
ta`lim markazi o`zbek tili va adabiyot
fani o`qituvchisi

Anotatsiya: Maqola dafolklorning va milliy qo`shiqlarimizdan ―Alla‖va ―Yor-


yor‖larnin gbadii yqiymati va yoshlar tarbiyasida tutgan o`rni haqida

Inson qadim-qadimdan atrof-muhitda ro‘y berayotgan voqea-hodisalarga o‘z


munosabatini bildirgan. Bu munosabat, avvalo, turli xatti-harakatlar, ovozlar,
ehtiroslar vositasida amalga oshgan. Keyinchalik so‘zlar, so‘z yig‘indisi, raqslar, kuy-
qo`shiqlar, his—tuyg‘ularni ifodalagan. Keyinroq esa odamlar o‘zlaricha olamning
paydo bo‘lishini izohlovchi to‘qima hikoyalar o‘ylab topganlar. Ularning hammasi
hali yozuv madaniyati vujudga kelmay turib, odamlar jamoa-jamoa bo‘lib
yashayotgan aholi o‘rtasida shuhrat topadi. Bugungi kunda esa biz ularni
―xalqog‘zakiijodi‖ deyishga odatlanganmiz.
Folklor o‘zbek tili va adabiyotining deb ochiqchasi sifatida birinchi o‘rinda
turadi. Har bir xalqning urf-odatini, milliy qadriyatlarini bilmay turib, uning
davomchisi bo‘lmish boshqa fanlarni o‘rgana olmaymiz.
Xalqning urf-odatlari, milliy fazilatlari san‘at darajasiga ko‘tarilgan so‘z
tizimlaridan iborat maqol, qo‘shiq, ertak, doston, bolalarga bag‘ishlangan asarlar va
boshqa janrlar xalq og‘zaki ijodida o‘z ifodasini topadi. Biz bularni milliy qadriyatlar
deb ataymiz. Bular esa ilmda ―folklor‖ deb nomlanadi. Folklor so‘zining lug‘aviy
ma‘nosi ―xalqdonoligi‖, ―xalq donishmandligi‖ degan so‘zga to‘g‘ri keladi.
Insoniyat yaratgan bebaho madaniyat durdonalari eng avvalo har qaysi
millatning folklor san`atida mujassam topgani hammamizga yaxshi ma`lum. Turli
xalqlarning milliy o`zligini, ularning tili va hayot tarzini, an`ana va urf –odatlarini
eslatadigan baxshichilik san`ati umumbashariy madaniyatning uzviy qismi sifatida
barchamiz uchnun qadrlidir.
Buyuk faylasuf Abu Nasr Forobiyning fikricha, insonning bir o‘zi buyuk
kamolot cho‘qqisiga chiqa olmaydi. Har bir kishining hayotdagi intilishi va

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 99


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
harakatlari jamiyat bilan uzviy bog‘liq bo‘ladi. Bu esa chuqur bilim, yaxshi axloq va
ibratli ma‘naviy merosni targ‘ib etish bilan qo‘lga kiritiladi. Insoniyat ichki
dunyosiga ikkinchi tabiatni ato eta olishga qodir og‘zaki xalq dostonlari, kuy-
qo`shiqlari, milliy urf-odatlari, ajdodlarimiz hayotiy saboqlarini o‘zida aks ettirgani
bilan qadrlidir. Shuning uchun bu g‘oyalarni yoshlar tarbiyasiga singdirib boorish
muhim ahamiyat kasb etadi. Folklorni bilish-bu milliy qadriyatlarni, milliy urf-
odatlarni , milliy an‘analarni bilishdir. Qadim-qadimdan ota-bobolarimiz bu
an`analarga e`tiqod qilib kelishgan . Qadimdan xatna to`ylar, kelin to`ylar va har
qanday bayram va tadbirlarimiz, milliy an`anamizga kiruvchi qo`shiq va kuylarsiz
o`tmagan. Marosim, an`ana, tarbiya, to`y, nikoh, qo`shiq, alla, yor-yor-bular inson
umri davomida eng yaxshi insoniy hislarining kata foizini bolalik yillarida
to`playdi.Donishmandlardan biri , bir bolani tarbiya qilish, bir davlatni idora
qilishdan ko`ra qiyin kechadi‖deganlarida bag`oyat haq edilar. Xalq orasida odam
yaratilayotgan vaqtda kuy yangrab turgan, degan qarashlar ham bejiz emas.
Insonning ruhiyatiga eng kuchli ta`sir etuvchi omillardan biri so`z bo`lsa, ikkinchisi
kuydir. ‖Alla‖ butun jahon onalarning bolasini ovutish va erkalash uchun ijro
etiladigan pokiza tuyg`ularida aytiladigan qo`shiqdir. Ona o`z bolasiga alla aytib,
unga Vatan degan tushunchani hali dunyoni anglamay turib yetkazganidek , uning
ma`naviy olamini boyitib kuy-qo`shiqqa oshno qiladi. Hayotning betakror qirralari va
ijod ahlining lirik kechinmalarini o`zida aks ettirgan milliy o`yinlar, milliy qo`shiqlar
yoshlarning ongidan ozik kechinmalarni uyg`otib ularni go`zallik olamiga olib
kirishi, Vatanga mehr-muhabbat uyg`otib, oilada o`qishda va mehnatda faollikka
ruhlantirishi shubhasizdir. Albatta,‖milliy qadriyatlar va axloq‖tarbiya vositasiga
to`la aylantirilishi lozim bo`lgan masaladir.
Birgina musiqani misol qilib olsak, bola uchun musiqiy tarbiya zarurligini,
onalik instinkti orqali hech qanday tadqiqotlarsiz ham his etgan onalar, bolalariga
maxsus qo`shiqlar o`ylab topadilar. Musiqiy tarbiya siz bolaning mukammal
tarbiyasiga erishib bo`lmasligini ular necha asrlar oldin his qilganlar. Musiqa
bolaning yashirin tafakkurini ochib beradi. Bolalikdan ona allasiga ovunib, bir-
biridan qiziq ertaklar og`ishida , topishmog`-u maqollar bilan aqlimizni charxlab ,
sanama-yu, erkalama, chorlama-yu, guldur –guplar‖ o`ynab, tezaytishlar va shunga
o`xshash o`yinlarni o`ynab , tilimizni boyitib voyaga yetamiz. Xalq qo`shiqlarining
qadimiyligi va tarbiyaviy ahamiyati yuksak darajada. Ulug` ajdodlarimiz Abu Ali ibn
Sinoning ―Alla‘‘ga bergan yuksak e`tirofini bilib olsak , Navoiy ―Alla‖aytuvchini
―navogo‘y―deya ta`riflab, o`z asarlarida xalq qo`shiqlaridan unumli
foydalanganlarini ko`ramiz.{2.B.452} mana shu navo go`ylar orqali ―Alla‖lar va
―Yor-yor‖lar yanada boyib va shakllanib asrlar oshib bizgacha yetib kelgan. Xalqimiz
qadim-qadimdan kuy va qo`shiqning sehrli tarovatidan ko`p jihatlarda foydalanib

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 100


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
kelishgan. Darhaqiqat, ikki siymoning bu guvohliklari ‖Alla‖ va ― Yor-yor‖ larning
kelib chiqishi juda uzoq zamonlarga borib taqalishi xalqimiz turmushiga va avlodlar
tarbiyasiga keng va chuqur singanligidan dalolat beradi.‖Alla‖lar va―Yor- yor‖lar
ham ,yangi bir hayot muqaddimasi boshlanayotgan paytda ijro etiladi. Biri
go`dakning dunyoga kelishi bo`lsa, biri esa voyaga yetgan qizning yangi bir hayotga
qadam qo`yishidir, har ikkala qo`shiqda ham tilaklar, orzular mazmuni bitta. Alla
so`zi diniy e`tiqodlarga ko`ra , Allohni eslash , unga ishonch va panoh tilash va
dildan aytilganidek, ‖Yor-yor‖larning ham bu jihatdan shu xususiyatlarini
ko`rishimiz mumkin. Xalqimiz orasida uzoq safarga otlangan kishiga ―Alloh senga
yor bo`lsin ‖yoki‖ yor bo`lg`ay ―kabi so`zlarni uchratamiz. Go`yoki bu insonga oq
yo‘l tilash, turli balo-qazolardan Alloh o`zi asrab ―senga hamrox bo`lsin ―degan
ma`nolarda kelishi angalshiladi. ‖Alla ―onaning bolaga bo`lgan mehr-muhabbati,
umid va orzulari, yaxshi niyat va tilaklarini anglatish bilan birga ruhiy kechinmalarini
ham ifodalaydi.
O`z-o`zidan ko`rinib turibdiki, milliy qo`shiqlarimiz bola tabiyasida alohida
o`rin tutadi. Hozirgi globallashuvdavrda, milliy o`yinlarimiz faqatgina Navro`z
bayramlarida o`ynalmoqda. Milliy xalq qo`shiqlari esa san`atkorlar va havaskor
ijodkorlar tomonidan buzib ijro etilayapti. Qo`shiqlarning mazmun va mohiyati
yo‘qolib bormoqda, xalq qo`shiqlarining bir baytini olib, qolgan matnini xohlagan
so`zlar bilan to`ldirib aytayotganliklarini guvohi bo`layapmiz. Kelajak avlod esa
davrlar o`tib bu qo`shiqlarni ―xalq qo`shig`I na`munasi‖sifatida qabul qilishi xavfi
tug`iladi. Mazkur fikrlarga tayanib quyidagi tavsiyalarni keltirib o`tdik.
-Xalq og`zaki ijodini yoshlarga kengroq targ`ib qilish, milliy qadriyatlarimiz va
milliy urf –odatlarimizni yosh avlod ongida shakllantirish;
-Milliy o`yinlarimizni oynayi jahon orqali kengroq tashkil qilish va musobaqalar
tarzida o`tkazish;
-Xalq qo`shiqlarini imkon qadar buzib aytilishini oldini olish, chunki biz
avlodlarga folklorning haqiqiy durdonalarini asl holicha yetkazishimiz lozim;
-Milliy qo`shiqlarimizni lokal xususiyatlariga ko`ra rang –barangligini saqlab
qolish;
Yoshlar tafakkuri ,dunyo qarashini milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida
shakllantirib ,ularning bunyodkorlik borasidagi faolligini oshirish kelajagi buyuk
O`zbekiston poydevorini mustahkamlashda amalga oshirilayotgan ezgu ishlardan biri
bo`lib qoladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Alisher Navoiy.Mukammal asarlari to`plami.20 tomlik
2. O.Safarov. ―Alla-yoalla.O`zbek xalq allalari. Toshkent .O`qituvchi.1999.B.22
3. A.Musaqulov .O`zbek xalq lirikasi.Toshkent.Fan 2010-307.b,21-b.

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 101


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil

MUSIQA ILMINING TA‘SIRCHANLIK XUSUSIYATLARI

Qosimov Ulug‘bek Bohodir O‘g‘li


Namangan davlat universiteti talabasi

Annotatsiya: Maqolada musiqaning ajralmas qismi bo‘lmish ruhiyat va


sezgining mushtarakligi va ustozlar ijodini targ'ib qilish hamda, kelajak avlodga
musiqaning ta'sirchanlik xususiyatlarini sodda yo'llarda izohlash to'g'risida fikrlar
bildirilgan.
Kalit so‟zlari: Musiqa, milliy musiqa, maqom, g‘ijjak, bastakor, honanda,
sozanda.
Ilm-fan, ma'rifat, madaniyat asrlar davomida insoniyat olamini so`nmas mash'al
bo`lib yoritib kelgan. Bizga ma'lum bo`lmagan tarix zarvaraqalari qatorida pinxon
yotgan qadriyatlarimiz, noyob qo`lyozma asarlarimiz, qadimiy yodgorliklarimiz
istiqlol sharofati bilan tadqiqotchi olimlarimiz tomonidan teran o`rganilmoqda. Tarix
insonning barkamollik, taraqqiyot yo`li. Moziyni bilmaslik o`zni anglamaslikdir.
«O`zini anglagan xalqgina buyuk kishilarining nomlarini e'zozlab, ruhi poklarini
doimo yod etadi». Madaniy merosimizni, o`tmish qadriyatlarimizni keng va xar
tomonlama o`rganish oldimizga qo`ygan eng yuksak vazifamizdir.
Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev ta‗kidlaganidek Kelajak avlodni kamolot sari
yetaklashda ko‗plab omillar qatorida musiqiy nazariy bilimlar muhim ahamiyat kasb
etadi. Bu jarayon barcha boshqaruvchi tashkiliy qismlar va ularning bog‗liqligini
tahlil qilish, tanlash, loyihalash va nazorat qilish yo‗li bilan bilim darajasini
samaradorligini yuqori darajaga ko‗tarish hamda bu borada tizimli yondashuvini joriy
etishni ifodalaydi. Davlatimizda ta‘lim soxasida XXI asrda tub burilishlar yuz beradi,
o‗quvchilar hur fikrlilik, bilimga chanqoqlik, Vatanga mehr muhabbat, insonparvarlik
tuyg‗ulari tizimli ravishda shakllanadi. Ya‘ni, komil shaxsni tarbiyalashda musiqiy
nazariy bilim darajasini o‗stirishda katta mahorat, ijodiy tashabbus, chidam bilan
muntazam ishlash talab etiladi.
Inson yaratilibdiki tug‘ilishi bilanoq go‘daklik chog‘idan boshlab ona allasi
bilan ruhiy taskin olib orom oladi, bor vujudi bilan allaning ohanglaridan tebranadi.
Tadqiqotlar shuni isbotlaydiki ona allasi onaning farzandga bo‘lgan misli ko‘rinmas
darajadagi mehri sarchashmasi musiqiy sadolarda taralib go‘dak qalbiga kirib borishi
bilan, tinchlantiruvchi ozuqa vazifasini berishi o‘z isbotini topgan.
Musiqa insonga ruhiy kuch va madad berishi olimlar tomonidan aniqlangan
lekin, uning ta'sirchanlik xususiyatiga keladigan bo‘lsak, milliy musiqalarimiz bilan

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 102


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
sug‘orilgan asarlarimiz insonga ta'sir kuchi va ruhiy madad vazifasini berishi
mumkin.
Bugungi jahon mamlakatlari bilan yelkama yelka rivojlanib keklayotgan har bir
sohamiz singari musiqa san'ati ham taqlid usullari bilan inson ongiga salbiy ta'sir
ko‘rsatib kelmoqda desak mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz.
O'zbekiston davlat konservatoriyasida an'anaviy ijrochilik yo‘nalishida ta'lim
beruvchi ustozimiz Rifatilla Qosimov ham quyidagi so‘zlarni keltirib o‘tgan. O'zbek
xalqining boy musiqa merosini o‘rganish va uni keng ommaichida targ‘ib qilish
ishlari san'atimizningjonkuyar tashabbuskorlari, mohir ijrochilari zimmasida
bo‘lmog‘i zarur.
Darhaqiqat ilmiy ijodiy yondashar ekanmiz maqom iborasigi bir nazar tashlab
o'tsak, maqom so‘zi o‟rin, joy, makon kabi ma'nolarida qo‘llaniladi. Shu so'zlarning
o‘ziyoq mustahkamlik ma'nolarni bildirishini anglatib turibdi, maqomshunos
olimlarimizdan ustozimiz Oqilxon Ibrohimov dars berish chog‘larida talabalarga
hamisha insonga ruhiy ozuqa va barkamolik beruvchi musiqalarni tingash kerakligini
aytib o‘tishining o‘ziyoq bu tajribalarda sinalgan ekanligidan dalolatdir.
Musiqa so‘zi yunoncha bo‘lib, uning ma'nosi kuylarni tuzish demakdir.
Shu o‗rinda ta‗kidlab o‗tish joizki, musiqaning ta‗sirchanligi nafaqat ovoz yoki
cholg‗u ijrosida aks ettirish mumkin, bu jarayonni kino, teatrlarda ham mushtarak
bog‗liqligini ko‗rishimiz mumkin.
Ayniqsa bu borada ustozdan – shogirdga o‗tib kelgan xalq an‗anaviy ijrochilik
maktabi asosiy manba sanaladi. Biz o‗tmishda yashab ijod etgan buyuk
allomalarimizning tarixiy asarlariga murojaat qilish bilan birga bobokalon
san‗atkorlarimiz meros qilib qoldirib ketgan durdonalarni chuqur o‗rganib
bormog‗imiz lozim.
Buyuk Turon zaminida musiqa madaniyati va ijrochilik sanatining rivojlanishi
qadim zamonlarga bog‗lanib ketadi. Buyuk sharq allomalari, Abu ali ibn Sino,
Muhammad Al Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Paxlavon Mahmud, Umar Xayyom,
mirzo Ulubek, Bobur, Abdurahmon Jomiy, Darvesh Ali Changiy kabi ulug'
bobokalonlarimiz o‗zlarining risolalarida ijrochilik sanoati, musiqa ilmi va tarixi
cholg‗u sozlarining tuzilishi, ijroviy uslublari, san‘atkorlik qonun-qoidalariga oid
qimmatli ma‗lumotlarni o‗zlarining fikr va muloxazalarini bayon etib ketganlar.
Agar barchamiz bir bo‗lib milliy musiqamiz bo‗lmish maqomni tinglab eshitish
madaniyatini yosh avlodga singdirara olsak, oldimizda turgan eng katta vazifalardan
birini bajargan bo‗lamiz.
Xulosa so'ngida shuni aytish joyizki, o'zbek milliy musiqamizni qancha targ'ib
qilsak ham ozdir. Mamlakatimizda ijrochi ustozlarimiz yaratgan asarlar hamda, ular
ijro egan munavvar kuy qo'shiqlar ta'sinchanligi, inson qalbidan ruhiy kuch va madad

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 103


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
bo'lib xizmat qilib barchaga birdek xuzur bag'ishlab kelmoqda desak xato qilmagan
bo'lamiz
Shunday ekan ustozlar ijodini o'rganish ularning asarlarini xalqqa yetkazish,
ta'lim berishda ustozlar yo'llarini dasturul amal qilib ish olib borish barchamizning
oldimizda turgan vazifalardan biri desak mubolag'a bo'lmasa kerak.

Foydalanilgan adabiyotlar:
1. R.Qosimov «An'anaviy ijrochilikdan dars berish uslbyati» Musiqa nashriyoti
Toshkent 2007.
2. Zokirjon Oripov ―SHarq musiqiy manbashunosligi (X-XI asrlar)‖ Toshkent –
2008

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 104


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
ИНСОН МАЪНАВИЙ ОЛАМИНИНГ ШАКЛЛАНИШИДА
МУСИҚА САНЪАТИНИГ ЎРНИ

Сабирова Барнохон Убайдуллаевна


Тошкент вилояти Тошкент туманидаги
30-умумий ўрта таълим мактаби мусиқа маданияти фани
ўқитувчиси

Аннотация: Мақола ѐшлар тарбиясида мусиқа санъатининг ўрни ва


мусиқа орқали инсонни маънавий дунѐқарашини шакллантиришга бағишланган.
Калит сўзлар: куй, мусиқа, педагогик технология, мусиқа дарси, эстетик
тарбия, санъат, миллий куй-қўшиқлар.

Мустақил Ўзбекистонда янги жамият қуриш иши кенг авж олган ҳозирги
даврда ѐш авлодни ҳар томонлама камол топтириш уларнинг Ватанга бўлган
меҳр-муҳаббатини ошириш, маънавий камол топтириш, маънавий-сиѐсий
онгини ўстириш ва эстетик –аҳлоқий тарбия борасида санъат, хусусан мусиқа
санъати ўзининг таъсир кучи билан ниҳоятда муҳим аҳамият касб этади. Зеро, у
энг қадимий , айни чоғда замонавий ва халқнинг севимли санъати ҳисобланади.
Мусиқа тарбиясининг асосий вазифаси ўқувчиларни, ўз Ватанига , халқига
садоқатли бўлиш руҳида тарбиялаш, уларда юксак аҳлоқий эстетик ҳиссиѐтни
ошириш , санъатга бўлган қобилиятларини ўстиришдан иборатдир.
Мусиқа дарси ўз-ўзидан маълумки , санъат дарсидир.Мусиқавий тарбия
хар бир боладаги мусиқа қобилиятини ривожлантиришда , боланинг ҳар
томонлама баркамол бўлиб ўсишига катта ѐрдам беради. Мусиқа санъати ҳам
инсон ҳиссий кечинмаларини, фикрлари, тасаввур доирасини мусиқий
товушлар воситасида акс эттирувчи санъат турларидан биридир. Мусиқанинг
инсоннинг ахлоқий ва эстетик дидини шакллантириш, ҳиссий туйғулурини
ривожлантириш, ижодий қобилиятларини рағбатлантириш воситаси
сифатидаги роли жуда муҳим. Мусиқада асосий бадиий восита – куйдир.
Мусиқа инсон маданиятида ва жамоавий ҳаѐтда ўзига хос аҳамиятга эга. У дам
олиш ва кўнгил ѐзиш пайтлари, турли маросим, байрам, базм ва сайиллар,
оммавий ва ҳарбий юришлар, меҳнат жараѐнларида ўзига хос вазифалар
бажаради. Инсон маънавий оламининг шаклланишида мусиқа санъатининг
ўрни ажралмасдир.Мусиқа санъатининг бадиий тафаккури, эстетик диди,
дунѐқарашининг шаклланишидаги ўрни ва аҳамияти улкан эканлиги жуда
қадим замонлардан англанган ҳақиқатдир. Мусиқа саньати хақида Биринчи

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 105


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
президентимиз И.А.Каримов қуйидагича фикрлар ѐзганлар: ―Инсоннинг руҳий
камолоти ҳақида гапирар эканмиз,албатта бу мақсадга мусиқа саньатисиз
эришиб бўлмайди. Мусиқа садолари қайси халқ ѐки миллат вакили томонидан
ижро этилмасин, энг эзгу, юксак ва нозик инсоний кечинмаларини ифода
этади.‖ Ўзбекистон Мустақилликка эришгандан сўнг миллий мусиқа
санъатимизга ҳам бошқа соҳалар сингари катта эътибор қаратилди. Хозирда
ѐшлар онгида миллий куй-қўшиқларимиз, тароналаримизга бўлган эҳтиѐж
янада ортиб бормоқда.Бу албатта қувонарлидир. Мусиқа – тарбия воситаси
ҳисобланиб, улкан таъсирчан кучга эгадир. Мусиқа тарбия воситаси, инсон
руҳиятига ҳаѐтбахш куч бераоладиган жон озуғидир. Мусиқа қудратли кучга
эга бўлиб, ўз жозибаси билан инсон қалбини жўшқинлантириб юборади. Қалби
гўзал инсонларгина мусиқани англайди ва сева олади. Уларда ҳаѐтга бўлган
интилишлари фақатгина яхшиликлардан иборат бўлади. Мусиқа тинглаш ва
уни идрок этиш болаликдан тарбияланади ва сингдириб борилади. Инсон
маънавий баркамолликка эришиши учун авваламбор унинг гўзаллик туйғусини
тараққий эттириш лозим. Бу борада мусиқа шу нозик туйғуларни
шакллантириш ва тарбиялашнинг қудратли воситаларидир. Шундай экан,
мусиқа бадиий ва тарбиявий аҳамиятга эга санъат турларидан биридир.
Қачонги инсон болалик чоғларидаѐқ ўзида гўзалликни кашф этса, умри
давомида хеч қачон ѐмонликка қўл урмайди.

Фойдаланилган адабиѐтлар рўйхати:


1. Ислом Каримов. ―Юксак маънавият - енгилмас куч‖. ―Маънавият‖
Тошкент 2009
2. Интернет сайтлари: www.ziyonet.uz

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 106


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
RANGTASVIRDA KOMPOZISIYANING AHAMIYATI

Atajanova Bazargul Atabaevna -


Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahar
7-sonli maktabning tasviriy san‘at fani o‘qituvchisi

Xalqimiz ma'naviyat va madaniyatini boyitishda tasviriy san'atning ham o'z o'rni


bor. Hozirgi davrda har sohada bo'lgani kabi tasviriy san'atda ham katta o'zarishlar
bo'lmoqda. Tasviriy san'at o'qituvchisi so'zsiz, tasviriy san'atning ifoda vositalari
haqida chuqur ma'lumotga ega bo'lishi, turli badiiy materiallarning xususiyatlari va
ulardan foydalanish yo'llarini mukammal egallashlari kerak.
Tasviriy san'at o'qituvchisining o'zi qalam va bo'yoqlar bilan rangda ifoda etish
ko'nikmalariga ega bo'lish bilan birga, bu sohadagi bilimlarini o'quvchilariga ham
yetkaza olishi zarur. Shuning uchun ushbu qo'llanmada rangtasvir haqidagi nazariy va
metodik ma'lumotlar keng va atroflicha yoritiladi.
Xalqimizning tarixiy qadriyatlari, ma'naviy merosi xalq pedagogikasi
an'analarini qayta tiklashga va ularni zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida
rivojlantirishga katta yo'l ochib berdi. Ayniqsa, asriy an'analarga ega bo'lgan tasviriy
san'at turlariga o'quvchi yoshlarni jalb etish kata tarbiyaviy ahamiyatga egaligi bilan
diqqatga sazovordir. Shu jihatdan ham yosh avlodni har tomonlama kamol toptirishda
jamiyatimiz pedagogika fani, xususan san'at pedagogikasining oldiga yangi vazifalar
yukladi.
Zero boshqa sohalar bilan hamohang tarzda ilm va san'at sohalarida ham tub
o'zgarishlar davri kechmoqda. Bu o'zgarishlar yosh avlodda nafaqat nazariy
bilimlarni egallash, balki ularni amaliyotda qo'llay olish ko'nikmalarini shakllantirish
va takomillashtirishni ham taqozo etadi.
Rang orqali natyurmort ishlash tasviriy san'atning ilmiy negizini tashkil
etadigan perspektiva, rangshunoslik, kompozisiya, yorug'-soyalarni o'rganish
uchun,ayniqsa,keng imkoniyatlar yaratadi.
Tasviriy faoliyat bilan shug'ullanish kishilarga estetik zavq bag'ishlaydi va
ularning ruhiy dunyosini boyitadi. O‘quvchilar suratlarda chizilgan tarixiy va
zamonaviy voqealarni, personajlarning kechinma va harakatlarini, shuningdek tabiat
go'zalliklarini chuqur idrok etadilar.
Tasviriy san'at darslarida rangli tasvirlarning muvaffaqiyatli chiqishida akvarel
bilan ishlashda orttirilgan tajribalar muhim rol o'ynaydi. Chunki bo'yoq bilan ishlash
qanchalik puxta o'rganilgan bo'lsa rangli tasvirlar shunchalik yaxshi chiqadi.
Akvarel bilan ishlashda talabga javob beradigan qilib jixozlanish kerak.
Shuningdek, planshet hamda molbertdan to'g'ri foydalanishni o'rganish, qog'oz

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 107


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
yuzalarini har xil shikastlanishlarlardan ehtiyot qilish lozim. Akvareldan
foydalanishda uning sifatiga e'tibor berish darkor. Bo'yoqlarni maxsus idishlarda suv
bilan aralashtirish va qog'oz bo'lagida sinab ko'rish tavsiya etiladi. Topilgan rang tusi
kerakli darajaga yetgandagina undan foydalanish lozim. Akvarel bilan ishlash
texnikasini puxta o'zlashtirish uchun dastlabki mashqlarni qora, to'q jigarranglarda
bajargan ma'qul. Bu usulda ishlash monoxrom yoki grizayl metodida ishlash deb
ataladi.
Akvarel bilan ishlashda quyidagi izchillikka rioya qilinsagina bo'yoqda
ishlangan tasvirlar talabga javob bera olishi mumkin:
1. Kerakli bo'yoq maxsus idishda suv bilan aralashtirilib tayyorlanadi hamda
qog'oz bo'lagiga surtib, sinab ko'riladi.
2. Qog'oz sirtiga bo'yoq berayotganda mo'yqalam hamisha eritmagan rosmana
botirib olingan bo'lishi kerak.
3. Ostki qavatdagi buyoq qurimaguncha, navbatdagi bo'yoq qavati
yotqizilmaydi. Keyingi qavat tez qo'yilishi lozim, aks holda ostki qavat yuvilib
ketishi mumkin.
4. Akvarel bo'yoqlari bilan ishlashda oq bo'yoqdan foydalanilmaydi, chunki oq
bo'yoq rolini oq qog'ozning o'zi bajaradi.
5. Qo'yilgan bo'yoq qavati ostidan qog'ozning sirti sezilib turishi lozim.
Agar taxtacha ko'rinishidagi akvarel ishlatilsa, bo'yoq tez-tez ho'llab turiladi,
hamda toza mo'yqalam bilan olinadi.
Akvarel bilan ishlashni o'rganishda amaliy mashg'ulotlar muhim ahamiyat
kasb etadi. Masalan, bir rangning ustiga ikkinchisini qo'yib yangi tus hosil qilish
mashqni olaylik. Bunda qo'yilgan xar ikkala rang ostidan ham qog'ozning sirti sezilib
turmog'i darkor. Shuningdek, sovuq tusli rang ustidan iliq tusli rangni qoplash orqali
yangi rang tusini hosil qilish yo'llarini puxta o'rganish kerak.
Bundan tashqari iliq rang ustidan sovuq tusli rangni qoplash yo'li bilan ham
qo'shimcha rang tusini topish mumkin.
Ayrim hollarda qo'yilgan ranglarning yorug'lik darajalari bir-birlariga
tenglashtirish uchun ularning ustidan biror rangning suyuq, kuchsiz eritmasi bilan
qoplab tavsiya etiladi. Shuni esda tutish lozimki, muayyan rang ikkinchi bir rang
bilan qoplanganda yorug'likning qaytarish xususiyatidan mahrum bo'ladi. Lekin oldin
qo'yilgan bo'yoq qavatining ravshanlik darajasi hamda to'yinganligi muhim
axamiyatga ega. Ustki qo'yiladigan qavati esa doimo ohangdor, juda tiniq bo'lishi va
ostidagi rang tusini bo'g'masligi shart.
Rang tuslarini haddan tashqari to'q tusda olish yaramaydi. Aks holda rangli
tasvirlarda keskin ko'zga tashlanadigan rang dog'chalari hosil bo'lishi mumkin.

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 108


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
Akvarel bilan ishlatishda bir rangning o'zidan har hil rang tuslarini xosil qilishni
yaxshilab mashq qilish kerak.
Tabaiatdagi narsalarning aniq rangini belgilab ko'rsatadigan tayyor bo'yoqlar
mavjud emas. Ammo yetuk rassom ranglarning o‘zaro ta'siri va ko'rinish holatlarini
idrok etib ularning xususiyatlarini hisobga olgan holda har qanday narsani ham aks
ettira oladi. Tasvirda shunday joziba va hayotiy haqiqatga erishish uchun rassomga
ranglar nisbatini bilish, ranglar orasida qandaydir bitta rangning turli xil tovlanishini
hisobga olib ishlata olishga yordam bergan.

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 109


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
BIRINCHI O‘ZBEK FOTOGRAFI XUDYBERGAN DEVONOV VA
UNING FAOLIYATI HAQIDA

Abdulxayev Saydullo Esonboy o‘g‘li


Andijon davlat universiteti tarix fakulteti
3- bosqich talabasi

Annotatsiya:Ushbu maqolada birinchi O‘zbek fotografi Xudoybergan Devonov


haqida batafsil so‘z yuritiladi.
Kalit so‟zlar: Leyka fotoaprati, ―Pravda Vostoka‖ gazetasi, ― Inqlob quyoshi‖
gazetasi ,‖ O‘ rta Osiyo me‘moriy yodgorliklari‖ ― Turkiston ko‘rinishlari‖ flmlari

Birinchi o‗zbek fotografi 1878-yili Xiva shahrida Nurmuhammad devon oilasida


dunyo yuzini ko‗rdi. Uning otasi, ayrim manbalarda aytilishicha, xon saroyida
munshiy (kotib) va tabib bo‗lib xizmat qilgan. Boshqa bir manbada Nurmuhammad
otaning Xo‗jayli tumanida hokim bo‗lganligi
aytiladi.
Xudoybergan Devonov otasiga qarashli yer-
suv to‗g‗risida so‗zlab: ―Mening o‗zim dastlab
baqqollik do‗konini ochib, savdo bilan
shug‗ullandim, ammo savdo bilan o‗ralashib
qolmay, soatsozlik qilib, hunarmandlik bilan
mashg‗ul bo‗ldim. Otam 1918 yili vafot etdi
Devonov Xudoybergan birinchi oʻzbek
kinooperatori. 1907—08 y.lar Moskva,
Peterburgdan teleskop, grammofon, foto va kino
asboblari olib kelib fotolaboratoriya tashkil etgan.
Bu labaratoriya Xorazmda fotokinostudiya
vazifasini oʻtagan. uning ijodi rus
kinosanʼatkorlari faoliyati bilan deyarli bir vaqtda boshlangan. U "Oʻrta Osiyo
meʼmoriy yodgorliklari", "Turkiston koʻrinishlari", "Xiva va xivaliklar" kabi qisqa
filmlarni ishlagan. Oʻz filmlarida vatanparvarlik, maʼrifatparvarlik gʻoyalarini ilgari
surgan. Xorazm xalqi urf-odatlari ifodalangan mingga yaqin fotosurat yaratdi. XXSR
davrida maktab, internatlar ochib, unda foto-kino ishlarini olib bordi.
"Oʻzbekistanskaya pravda" ("Oʻzbekistan haqiqati"), "Inqilob quyoshi" gaz.larida
fotomuxbirlik qilib, Xorazm dalalarida birinchi traktorning paydo boʻlishi,
dehqonlarga yer taqsimlanishi va ommaviy yigʻilishlarga oid koʻp fotosurat va

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 110


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
kinolavhalar yaratdi. Oʻzbek kinostudiyasi tashkil etilgach unga Xorazmda kino
ishlarini olib borish topshirildi. Keyinroq "Sovkino"ning muxbiri etib tayinlandi va
Moskvaga "Shoʻr koʻl", "Ishchi ayollar" singari syujet va lavhalarini yuborib turdi.
suratga olgan kinolentalarning koʻpi haligacha topilgani yoʻq. Urganch shahridagi
kinoteatr, Xiva shahridagi yashagan koʻcha uning nomi bilan yuritiladi. Xudoybergan
Devonov - birinchi oʻzbek fotosuratchisi va kinotasvirchisi. Xudoybergan Devonov
1879 yilda tugʻilgan. Bolaligidan bilimga chanqoqligi va ijodiy isteʻdodi bilan ajralib
turgan. U arab,fors va rus tillarini oʻrgangan. bilan Panor buvada qiziquvchan
Xudoybergan birinchi marta fotoapparatni koʻrgan va undan foydalanishga ruxsat
soʻragan. Keyinchalik Panor buva shogirdining muvaffaqiyatlaridan xursand boʻlib,
unga fotoapparatni sovgʻa qilgan. Shunday qilib 1903 yilda Xudoybergan Devonov
Xivaning minoralari va hamyurtlarini suratga ola boshlagan. Avvaliga bu diniy
ulamolarning qattiq qarshiligiga uchragan. Biroq fotosuratchini har qanday
yangilikka qiziqqan Muhammad Rahimxon oʻz himoyasiga olgan. U nafaqat xon,
balki isteʻdodli shoir va bastakor sifatida tarixda qolgan. Hukmdor Xudoyberganga
oʻzining suratini olishni buyurgan, keyin esa uni oʻz devoniga ishga taklif qilgan.
1907 yilda X.Devonov Xiva xonligining bir guruh vakillari bilan birga Sankt-
Peterburgga safar qilgan. Tashrifdan soʻng delegatsiya rahbaridan Rossiya poytaxtida
bir necha kun qolishga ruxsat soʻragan. Bu yerda 29 yoshli Xudoybergan foto
sirlarini oʻrganishni davom ettiribgina qolmay, kinematografiya bilan ham qiziqib
qolgan. U ona yurtiga qaytib, Xorazmga birinchi kinoapparatni olib kelgan. Afsuski,
X.Devonovning hayoti fojeali yakunlangan.
60 yoshli mo‗ysafid XudoyberdiDevonovning 1938-yilda mutlaqo asossiz ayb
bilanoliy jazoga mahkum qilinib, otib yuborilgan Bu tinib-tinchimas
inson o‗zbeklardan chiqqan dastlabki fotograf va
kinomatograf sifatida butun umri davomida halol xizmat qilib kelgan. Uning turli
yillarda tasvirgaolgan rang-barang suratlari, kinoxronikalari xalqimizning katta
ma‘naviy mulki hisoblangan. 1936-yilda « Pravda vostoka‖ gazetasi tahririyati
tomonidan moddiy rag‗batlantirish maqsadida taqdimetilgan «Leyka» fotoapparati
uning boshiga balobo‗ldi. Negaki, qatag‗on posbonlarining taxminicha,
bu apparat go‗yo X. Devonovga «xalq dushmani» debtopilgan Fayzulla Xo‗jayev
tomonidan berilgan.Binobarin, bu shaxs F. Xo‗jayevning «dumi» deb
ko‗rsatilib, uni otuvga hukm qilganlar.
U haqda kitoblar va maqolalar yozilgan, hujjatli film suratga olingan.
Xudoybergan Devonov ismi o‗zbek foto va kinomatografiya tarixiga oltin zarhalar
bilan kiritilgan.Ushbu atoqli insonni doim yodda saqlash va uning ona diyori
madaniyatiga qo‗shgan ulkan hissasini qadrlash joiz. Xudoybergan Devonovsiz
Xorazm va O‗zbekiston solnomasi chala bo‗lib, ko‗p narsa adabiy yo‗qotilgan bo‗lar

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 111


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
edi.

ADABIYOTLAR:
1. ―O‘zbekiston tarixi‖ Q. Usmonov , M. Sodiqov ― SHARQ‖ NASHIYOTI
TOSHKENT-2010
2. Ziyouz. Com.
3. Arboblar. uz

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 112


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
TASVIRIY SAN'ATNING TARBIYAVIY AHAMIYATI

Jumaniyazova Lala Sharafatdinovna


Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli tumani
18-sonli maktabning tasviriy san‘at fani o‘qituvchisi

Tasviriy san'at turlariga o'quvchi yoshlarni jalb etish kata tarbiyaviy ahamiyatga
egaligi bilan diqqatga sazovordir. Shu jihatdan ham yosh avlodni har tomonlama
kamol toptirishda jamiyatimiz pedagogika fani, xususan san'at pedagogikasining
oldiga yangi vazifalar yukladi.
Zero boshqa sohalar bilan hamohang tarzda ilm va san'at sohalarida ham tub
o'zgarishlar davri kechmoqda. Bu o'zgarishlar yosh avlodda nafaqat nazariy
bilimlarni egallash, balki ularni amaliyotda qo'llay olish ko'nikmalarini shakllantirish
va takomillashtirishni ham taqozo etadi.
O‘quvchilarni ijtimoiy madaniy, ma'naviy-ma'rifiy ahamiyatga molik bo'lgan bu
tadbirni amalga oshirishga ko'p yillar davomida milliy boylik bo'lib kelgan
xalqimizning madaniy va maishiy hayotga keng tatbiq etilgan go'zal xunarlaridan biri
tasviriy san'atni o'rgatish va u soha bo'yicha bo'lg'usi tasviriy san'at o'qituvchilarini
tayyorlash muammosi ham hozirgi kunda juda katta ijtimoiy pedagogik ahamiyatga
egadir.
Respublikamizning kelajakda buyuk mamlakatga aylanishi, jahonning
rivojlangan davlatlari qatoriga qo'shilishida xalqimiz madaniyati, ma'rifati, san''ati va
manaviyatining roli beqiyosdir. Xalqimiz ma'naviyat va madaniyatini boyitishda
tasviriy san'atning ham o'z o'rni bor. Hozirgi davrda har sohada bo'lgani kabi tasviriy
san'atda ham katta o'zarishlar bo'lmoqda.
Tasviriy san'at o'qituvchisi so'zsiz, tasviriy san'atning ifoda vositalari haqida
chuqur ma'lumotga ega bo'lishi, turli badiiy materiallarning xususiyatlari va ulardan
foydalanish yo'llarini mukammal egallashlari kerak. Tasviriy san'at o'qituvchisining
o'zi qalam va bo'yoqlar bilan rangda ifoda etish ko'nikmalariga ega bo'lish bilan
birga, bu sohadagi bilimlarini o'quvchilariga ham yetkaza olishi zarur. Shuning uchun
ushbu qo'llanmada rangtasvir haqidagi nazariy va metodik ma'lumotlar keng va
atroflicha yoritiladi.
Rang orqali natyurmort ishlash tasviriy san'atning ilmiy negizini tashkil etadigan
perspektiva, rangshunoslik, kompozisiya, yorug'-soyalarni o'rganish
uchun,ayniqsa,keng imkoniyatlar yaratadi. Tasviriy faoliyat bilan shug'ullanish
kishilarga estetik zavq bag'ishlaydi va ularning ruhiy dunyosini boyitadi.
O‘quvchilar suratlarda chizilgan tarixiy va zamonaviy voqealarni,
personajlarning kechinma va xarakatlarini, shuningdek tabiat go'zalliklarini chuqur

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 113


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
idrok etadilar.
Tasviriy san'at juda qadim zamonlarda, mehnat jarayonining taraqqiyoti
natijasida paydo bo'ldi. Mehnat jarayonida inson tafakkuri kamol topdi, go'zallik hissi
ortdi, voqelikdagi go'zallik, qulaylik va foydalilik tushunchalari kengaydi. Sinfiy
jamiyat vujudga kelishi bilan esa ijtimoiy taraqqiyotda katta o'zgarishlar sodir bo'ldi;
aqliy mehnat jismoniy mehnatdan ajralib chiqa boshladi. Bu esa fan va san'at rivojida
muhim ahamiyat kasb etdi. Professional san'at va san'atkorlar shu davrda paydo
bo'ldi.
Tasviriy san'at esa o'ziga xos xususiyatini, sinfiyligini namoyon etib, hukmron
sinfning ideologiyasini targ'ib etuvchi kuchli g'oyaviy qurolga aylandi. Lekin shunga
qaramay, omma orasidan yetishib chiqqan iste'dodli ijodkorlar mehnatkash xalq
ommasining orzu-istaklarini, ularning go'zallik va xudbinlik, oliyjanoblik va
insonparvarlik haqidagi tushunchalarini ifoda etuvchi asarlar yaratdilar. Xalqning
turmushi, xulq va odatlari, yutuq va mag'lubiyatlari ularning asarlarida o'z ifodasini
topdi.
Har bir davrda mavjud bo'lgan ana shunday san'at hayot go'zalliklarini tasvirlab,
odamlarda yuksak xislat va fazilatlarni kamol toptirdi, ularni tenglik, ozodlik,
birodarlik, yorqin kelajakka intilishga da'vat etdi.
Haqiqatdan ham insoniyat yaratib qoldirgan madaniy qadriyatlar oddiy boyliklar
bo'lib qolmay, balki o'zida inson aql-zakovati, hayot to'g'risidagi fikro'ylarini aks
ettiruvchi ko'zgu hamdir. Jahon san'ati tarixini o'rgatish, uning taraqqiyot qonunlarini
tushunish, nodir yodgorliklar bilan tanishish, o'tmish odamlarning his-tuyg'u, hayotiy
tajribalarini o'rganish g'oyaviy-estetik qarashlarning shakllanishini bilish demakdir.
Bu so'zsiz. Kishilarda hayotiy tajribalarning boyishiga, hayotga yanada keng va
atroflicha yondoshishga yordam beradi. Tasviriy san'at turlariga rangtasvir,
arxitektura, grafika, haykaltaroshlik kiradi. Rangtasvir tasviriy san'atning eng muhim
turlaridan bo'lib, maxsus polotnolarga, devorlarga ishlanadi.
Tasviriy san'at asarlarida ifodalangan maqsad va mazmunni ochib berishda rang
muhim o'rin egallaydi. Rangtasvir asarlari xarakteriga ko'ra monumental, dekorativ,
mo''jaz, dastgohli turlarga bo'linadi. Monumental rangtasvir me'morchilik bilan
bog'liq bo'lib, ular uylarning devorlarini, shiftlarini bezashda qo'llaniladi. Katta
hajmda uzoqdan ko'rishga mo'ljallanganligi uchun bular yaxlitlashtirilgan holda
ishlanadi, ranglar ham shartli ravishda olinadi.
Haqiqatdan ham insoniyat yaratib qoldirgan madaniy qadriyatlar oddiy boyliklar
bo'lib qolmay, balki o'zida inson aql-zakovati, hayot to'g'risidagi fikro'ylarini aks
ettiruvchi ko'zgu hamdir. San'at tarixini o'rgatish, uning taraqqiyot qonunlarini
tushunish, nodir yodgorliklar bilan tanishish, o'tmish odamlarning his-tuyg'u, hayotiy
tajribalarini o'rganish g'oyaviy-estetik qarashlarning shakllanishini bilish demakdir.

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 114


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil

AN‘ANALAR BOQIYLIGI

Rustamova Yoqutxon Xabibullayevna


Farg‘ona viloyati Oltiariq tumani
5-maktab tasviriy san‘at va chizmachilik fani
o‘qituvchisi

Annotatsiya : Maqola Qo‘qon hunarmandchilik maktablaridan biri bo‘lgan


yog‘och o‘ymakorlik san‘ati , milliy hunarmandchiligi , Qo‘qon shahrining go‘zal va
betakror qiyofasi , shuningdek qo‘qonlik hunarmandlar ijodkorligi haqida yozilgan.
Kalit so‟zlar : Havoqand , Xo‘qandi latif , jug‘rofiy , naqqosh

Vodiy darvozasi hisoblanmish Qo‘qon yurtimizning go‘zal hududlaridan biri


bo‘lib , o‘zining boy tarixiga ega , u X-XI asrlarda ―Havoqand ‖, keyinchalik
―Xo‘qandi latif ‖ nomlari bilan mashhur bo‘lgan .
Eskiqo‘rg‘on qal‘asi o‘rnida qad rostlagan Qo‘qon yigirma asr mobaynida
o‘zining milliy qiyofasi , jug‘rofiy o‘rniga ega bo‘ldi . Bu yerda naqqoshlik san‘ati
azaldan rivoj topdi. Ma‘lumotlarga qaraganda , farg‘onalik va toshkentlik ustalar
Qo‘qonga kelib o‘z hamkasblaridan naqqoshlik sir–asrorlarini o‘rganganlar . Tajriba
va mahoratlarini oshirganlar . Ular ijodiga xos san‘at na‘munalari Andijon ,
Namangan , Marg‘ilon va Xo‘jand shaharlarida hozirgacha saqlanib qolgan .
Shuni aytish kerakki , Toshkent va Qo‘qon naqqoshlik san‘atining o‘ziga xos
alohida jihatlari mavjud . Jumladan , toshkentlik va qo‘qonlik ustalar XIX – XX
asrlarga oid an‘analarga uyg‘unligi , yagona uslub , mumtoz merosga mansubligi
bilan ajralib turadi . Jumladan , Qo‘qon naqqoshlik maktabi go‘zal namunasining
o‘ziga xos jihatlari darhol seziladi . Ularni jozibali . betakror bezaklarda ham ko‘rish
mumkin . Bular - Qo‘qon naqshlari shaklining yirikligi ,bo‘yoqlarning yorqin va
nafisligi bilan ham alohida joziba kasb etadi .
Zamon bilan hamnafas bo‘lish qo‘qonlik ijodkorlarning asosiy maqsadlaridan
biri ekanini alohida ta‘kidlash joiz . Endilikda ularning ishlarida Yevropa madaniyati
ta‘sirini ham kuzatish mumkin . Chunonchi qo‘qonlik mashhur usta Saidumar
Mahkamov naqqoshlik amaliyotiga manzara va natyurmortni olib kirib , qiyofalar
ishtirokida mahobatli rangtasvir namunalarini yaratish borasida kata tajriba to‘plagan
. Bu , albatta , yangilik va zamonaviylikka intilishning bir ko‘rinishidir .
Qo‘qon naqqoshlik san‘atiga xos rang , shakl va ritm o‘zaro mutanosibligi bilan
ham ajralib turadi . Shaharning Chorsu mavzesidagi eski binolar , ―G‘ishtko‘prik ‖
mahallasida joylashgan masjid va madrasa , Muqimiy nomli bog‘dagi bir necha

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 115


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
inshootlarga ana shu uslubda bezak berilgan . Shahar markazidagi o‘rda ustunlari ,
shiftlari , darvoza , eshik va derazalarida ham qo‘qonlik naqqoshlarning mahorati ,
nozik didi yaqqol sezilib turadi .
2019- yili bo‘lib o‘tgan ― Qo‘qon- Xalqaro hunarmandchilik ‖ festivali uchun
qo‘qonlik hunarmandalr juda qizg‘in tayyorgarlik ko‘rishdi . Tabiiyki , bu jarayonda
naqqosh ustalarga alohida mas‘uliyat tushdi . Ular shaharni qayta ta‘mirlash va
ko‘rkiga ko‘rk qo‘shish uchun astoydil harakat qildilar . Ko‘hna va hamisha navqiron
Qo‘qon yanada chiroy ochib , qalblarimizni faxr va iftixor tuyg‘ulariga to‘ldirdi ,
albatta .
Zamon bilan hamnafas bo‘lish qo‘qonlik ijodkorlarning maqsadladlaridan
biridir .

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 116


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
SAMARQAND MUSIQALI DRAMA TEATRI TARIXI VA
ZAMONAVIYLIK

Dilshod Amonov
Samarqand ixtisoslashtirilgan san‘at maktabi
kata o‘qtuvchisi
Diyor005@gmail.com

Annotasiya. Mazkur maqolada o‘zbek musiqa madaniyatida katta ahamiyat


kasb etgan teatr san‘atiga oid fikrlar o‘rin olgan. Shuningdek, Samarqand viloyati
musiqli drama teatrining uzoq tarixidan hozirgi kungachacha bo‘lgan madaniy
hayoti haqida so‘z yuritilgan
Kalit so‟zlar: teatr, madaniyat, musiqa,drama, repertuar, Samarqand, aktyor,
rejisyor.

O‘zbek xalqi qadimiy va boy madaniyat tarixiga ega, uning an‘anaviy musiqasi,
tomosha va so‘z san‘atining ildizlari miloddan avvalgi davrlarga borib taqaladi.
Yevropa teatr san‘ati yurtimizga o‘tgan asrning birinchi choragida kirib keldi.
Toshkent, Samarqand, Qo‘qon, Andijon shaharlarida ko‘chma teatr truppalari tashkil
etilib dramatik musiqaviy asrlar qo‘yila boshlanadi. Samarqandda teatr san‘atining
vujudga kelishidan boshlab bir necha davrlarga tasniflash mumkin. Xususan:
1. Shakllanish davri (1918-1929)
2. Izlanish davri (1930-1940)
3. Vatanparvarlik mavzusi va internatsionalizm g‘oyalari (1941-1945)
4. Yuksalish yillari (1946-1964)
5. Aktyor va rejissyor san‘atida zamonaviylik (1964-1990)
6. Mustaqillik yillari (1991-2020)
1918 yilning 14 fevralida o‘tkazilgan Samarqand uyezd komitetining katta
yig‘ilishida «Samarqand musiqa va adabiyot dastasi» deb nomlanib kelayotgan
Samarqand o‘zbek teatrini davlat ixtiyoriga olishga bag‘ishlanadi.
G.K.Konstantinopolskiy va eski shahar maorif sho‘basining sarkotibi shoir
X.Raxmatullayev raisligida o‘tgan bu yig‘ilishda avvalo teatrning birinchi
tashkilotchilaridan bo‘lmish artist, rejissyor, dramaturg A. Badriy, M.behbudiy,
S.Jo‘raboyev, X.Nizomiddinov, A.Qurbiy va «Adolat» komunistik partiyasi vakili
F.Maqsudovlar ishtirok etishdi. Yig‘ilishning tartibida «Samarqand musiqa va
adabiyot dastasi»ni qayta tiklash, iqtisodiy jihatdan to‘la davlat ixtiyoriga o‘tkazish
masalalari muhokama qilindi. «…Samarqand musulmon musiqali drama teatri shu
bugundan boshlab viloyat Xalq Maorif Kommisarligiga bo‘ysunadi»

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 117


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
7
G.K.Konstantinopolskiy so‘zlaridan
1914 yilning 15 yanvarida ilk bor parda ko‘tarilganda uning artistlari 16
kishidan iborat bo‘lib, birorta ham xotin-qiz bo‘lmagan. Teatr repertuarida asosan
dramatik spektakllar bo‘lib, musiqali sahna asrlari rus teatriga qo‘shib olingach,
vujudga kela boshlaydi. Bular: Uzler Gadjibekovning «Arshin mol-olan» (1919 yil
iyul oyida), «U bo‘lmasa, bu bo‘lsin»(1919 yil 22 mart), «Hur-hur» (1919 yil 25
oktyabr) kabi asarlar teatr repertuariga kirib keladi.
Istiqlol davri Samarqand viloyat musiqali darama teatri jamoasining ijodiy
izlanishlari davom etmoqda hozirgi kunga qadar teatrda faoliyat ko‘rsatib kelayotgan
Sh.Sanaqulov (bosh rejissyor), N.Abduraxmonov (bosh dirijor), A.Amonov (musiqiy
rahbar), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlardan: B.Raximov, B.Raximov,
R.Jo‘raqulova, Z.Turg‘unboyeva, T.Pardayev kabi aktyorlar K.Qorjovov rahbarligi
ostida jamoa tinimsiz izlanishda. Har mavsumda teatrda beshtadan o‘ntagacha yangi
asarlar premyerasi bo‘lib o‘tadi. Repertuarda V.Shekspirning «Qirol lir»,
M.Mamadamin-zodaning «Samarqandnoma», X.Xurandovning «Bir o‘lib ko‘raychi»,
N.Saymonning «97-xona», T.Malikning «Zaharli tomchilar», M.Shayxzodaning
«Mirzo Ulug‘bek», T.Jo‘jano‖g‘lining «Bo‘yoqchi» kabi asrlar sahnalashtirilmoqda.
Poytaxtdan gastrol safarlari bilan tashrif buyurgan san‘atkorlar mazkur madaniyat
dargohida o‘zlarining konsert dasturlarini namoyish etadilar. Bularning konsert
dasturlariga teatr tomoshobinlarga limmo-lim to‘ladi. Lekin teatr jamoasi tomonidan
qo‘yiladigan spektallarga mahalliy aholi o‘z oyog‘I bilan kelmaydi. Faqatgina jamoa
tashkilotlari bilan shartnoma yoki pul o‘tkazish yo‘li bilan spektakllarga chiptalar
sotiladi.
Teatrning yana bir daromad manbai ba turistik firmalar bilan hamkorlikda
Samarqand shahriga tashrif buyuradigan chet ellik mehmonlarga spektakllar
qo‘yiladi. Teatrning yana bir daromad manbai ba turistik firmalar bilan hamkorlikda
Samarqand shahriga tashrif buyuradigan chet ellik mehmonlarga spektakllar
qo‘yiladi.
Aytish joizki Samarqand viloyat darama teatri quydagi nomlar bilan atalgan:
1. Samarqand M.Behbudiy musulmon truppasi /15.01.1914-14021918 y./
2. Samarqand eski shahar musiqa va adabiyot dastasi (Musulmon musiqa va
drama jamiyati) /14.02.1918-20.03.1920 y./
3. M.Behbudiy nomidagi Samarqand musulmon truppasi /20.03.1920-
25.10.1925 y./
4. Zarafshon uyezdi «Ko‘k ko‘ylak» truppasi /25.10.1925-01.10.1929 y./
5. Samarqand shahar musiqali drama teatri /01.10.1929-01.06.1931 y./

7
Фонд 65 опись I ед.хр. 5, 22 стр, Самаркандский государственный архив

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 118


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
6. Samarqand «Lenin yo‘li» teatri /01/06.1931-14.08.1934 y./
7. Samarqand viloyat A.Loxutiy nomidagi birlashgan davlat teatri unda:
a) O‘zbek musiqali drama aktyori;
b) Rus drama sektori;
c) Rus yosh tomoshobinlar aktyori;
d) O‘zbek yosh tomoshobinlar aktyori /20.08.1934-12.08.1944 y./
8. Samarqand viloyat X.Oimjon nomidagi musiqali drama va komediya teatri
/12.08.1964-12.02.1992 y./
9. Samarqand viloyat X.Olimjon nomidagi davlat drama va musiqa teatri
/22.03.1992 y. 2016 y./
10. Samarqand viloyat musiqali drama teatri /2016 y. hozirgi kunga qadar./
Ushbu nomlarni o‘zgartirganini inobatga olsak, Samarqand viloyat teatri turli xil
siyosiy ijtimoiy davr o`zgarishlariga qaramay o‘zini asosiy vazifasini, ya‘ni
Samarqandni madaniy hayotida eng katta ahamiyat kasb etib kelgan va o‘ziga
yuklagan maqsadlar yechimini izlashini davom ettirib kelmoqda

Foydalanilgan adabiyotlar
1. «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» T.2000 y.
2. Korsakova A. «Узбекский оперный театр». Toshkent, 1961 y.

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 119


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
MUZÌKA TEORIYASI PÁNIN JOQARI OQIW ORNÌNDA JAŃA
ZAMANAGOY TEXNOLOGIYALAR JÁRDEMINDE ÓTIW USILLARI

Romanova Sanovar
NMPI pedagogıka fakulteti
Muzıka tálim baǵdarı 4 kurs talabasì
Umarova Mexriban Ilimiy basshı p.i.k

Rezyume: Maqala mazmunında muzıka pánin jańa zamanagoy


texnologiyalardan paydalanǵan halda yaǵnıy sibelius programsı (notalardıń elektron
forması) járdeminde ótiw usìllari haqqında
Summary: The content of the article is about the methods of conduccting music
with the help of a new sibelius program (electronic form of notes) using new modern
technologies.
Резюме: В содержании статьи о методах ведения музыки помощью новой
программы sibelius (електронная форма нот) с использованием сорвременных
технологий.

Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev aytqanınday Jaslarǵa ıtıbar-keleshekke itibar


bul jaslar ertengi kún aynası, jaslarımız joqarı mádeniyatli, hár táreple rawajlanǵan
insan bolıp jetilisiwinde bizlerdey pedagoglardıń ornı ayrıqsha. Sonday-aq, hàzirde
prezidentimiz Sh.Mirziyoyev muzıka tarawına úlken itibar berip ha mektepti pitirgen
balalar qandayda bir milliy saz ásbaptı sherte alıw qábiletine iye bolıwı kerek degen
siyasattı ilgeri súrmekte.
Mámleketimiz rawajlanıw jolındaǵı besh tashabbustiń birinshisi muzıka tarawı
ushın ajıratılǵan. Muzıka arqalı insannıń sana sezimi ósedi, rawajlanadi.
Màmleketimizdiń muzıka kórkem ónerin shet mámleketlerge eń jaydırıp,
mámleketimizdiń milliy qudiretin kórsetiw, jaslardı mánawiy tarbiyalawda muzıka
oqıtıwshılardıń ornı ayrıqsha, soniñ ushın házirde prezidentimiz tazadan muzıka
mektepleri salıwǵa itibar qaratıp balanì bes jastan tarbiyalaw kerek degen ata-
babalarımızdan qalǵan maqalǵa kóre balalardıń mektepte jaqsı tárbiya alsa ǵana
joqari mánáwiyatli jetik insan bolıwın mámleket tálim diziminde maqset qılıp
qoyılǵan.
Jaslarımızdıń bilim alıwı, jolında prezidentimiz tárepinen kóplegen jumıslar
ámelge asirip atır. Usı sebepten muzıka boyinsha Joqarı oqıw orınlarında muzıka
sabaqlıǵına muzıka teorıyası pánin endilikte zamanagoy texnologiyalar yaǵniy
sibelius programması menen ótiw, bul programmanıń qolaylıqlar júdà kòp hám sabaq
òtiw barısında kóp múmkinshilker menen úyretiwge boladı. Erteńgi kún jasları ushın

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 120


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
jaqsı imkaniyatlar esigi ashıw, olarǵa keleshekte muzıka tarawın rawajlanıwında úles
qosıwǵa múmkinshiligi asadı.
Sibelius programması 1986 - jili aǵa- iniler Ben hám Djonatan Finler tàrepinen
islep shiǵilǵan. Sibelius programmasiniń hár qıylı versiyaları : 6. 7. 7,5. 8. 8,2 házirde
10dan aslam jańa versiyalarında kompozitorar jumıs alıp barmaqta. Bul programma
menen kompozitorlar, atqarıwshılar, aranjiropkashılar, muzıka dòretiwshileri,
muǵallimler hám talaba jaslar muzìkalıq partituralar hàm insturmentallıq partituralar
jaratıwda keńnen qollanılmaqta.
Bul programmanıń qolaylıqlarì júdà kòp mısalı retinde: nama, qosıqlardı
jazıwımız, xor ushın shıǵarmalardı jazıp ózi atqarıp beriwleri tek bir xor emes
basqada ansambller, orkestrler ushın shıǵarmalardı jazıp ózlerımız esitip otırsaqta
boladı. Qosıqlardıñ minuslarında islewde, jańa programmanı Joqarıw oqıw
orınlarında muzıka pánine tiyisli bolǵan sabaqlardı jańasha zaman talabına say
joqarǵı texnologıya menen ótiwdi islew ushın metodikalıq kórsetpeler islep shıǵıw
maqsetinde ilimiy jumıslar alıp barmaqtamız. Sebebi prezidentimiz aytqanınday,
―Yoshlarımız zamon bilan hamnafas bolishlari kerak‖ – izleniw maqsetke say usı
principtı ózlerımızge uran etip alǵan halda bizlerdey jaslar qoldan kelgen barlıq is
ilajlardı ámelge asırǵan bolar edik. Joqarıda aytıp ótken sibelius programmasın Joqarı
oqıw ornında muzıka baǵdarinda qollanıwdı, muzıka teoriyası páninde ótip qollawdı
úsınıs etip muzıka uyreniwshiler ushın júdà áhmiyetli pán esaplanadı. Muzıka
teoriyasì pánin bilmey basqa muzıkaǵa tiyisli pánlerdi bile almaymız hám sabaqti
jaqsı úyrenbey bilmey turıp mektep oqiwshilarina óte almaymız. Bárshe
muzıkantshilar jaqsı biledi muzıka teoriyası bul muzıka pániniń Àlipbesi esaplanadı.
Bilim beriwde muzıka páni temalardıń bárlıǵın sibelius programmasında ótsek mìsal
retinde: notalardıń qalay jaylasiwların, hár qıylı tonallıqlar, dinamikaliq belgiler,
alteraciya belgileri, ólshemler, hár qıylı giltlerdiń kórinisleri hám qalay jaylasıwları,
modullyaciya, transpoziciya etiw usılları, xalıq ladların usınday temalardı arqayın
sızıp otırıwǵa waqıt ketirmey arqayın usı programmanıń ózinde islep hám islegen
shınıǵıwlarımızdı sabaq barısında esitipte kórgen bolar edik, sonda ǵana oqıwshı
úyrene aladı. Zaman talabına say muzıka sabaqlıqlarında jańa zaman
texnologiyalarınan paydalanǵan halda sabaq ótiw tálim rawajına úlken úles qosadı.

PAYDALANILǴAN ÁDEBIYATLAR.
1. Erkin va farovon demokratik Ózbekiston davlatini birgalikta barpo etamiz .
Ózbekiston . 2016
2. Ziyonet. uz

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 121


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
ILG‘OR PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNI MUSIQA
MADANIYATI DARSLARIDA QO‘LLASHNING AHAMIYATI

Usmonov Ulug‘bek Abidovich


Andijon viloyati Andijon shahar
13– maktab musiqa fani o‘qituvchisi

Annotatsiya : Musiqa ta‘limining o‘ziga xosligi tashkiliy tuzilishi, amaliy


ijrochilik faoliyatlari, shuningdek o‘qitish usullari, ularning samaradorligini
ta‘minlovchi omillar, vositalar tahlili va ularni umumiy ijodiy – ijobiy jihatlarini
umumlashtirish musiqa ta‘limini o‘zigagina xos bo‘lgan yangi turlarini ishlab
chiqish imkonini berdi. Bular ham o‘z maqsadi va bajaradigan vazifasi mazmun va
mohiyatiga ko‘ra pedagogik texnologiya bo‘lib, ularni musiqa mashg‘ulotlariga
tadbiq etish yaxshi natija bermoqda. Bunday darslar o‘quvchilarda yaxshi kayfiyat,
jo‘shqinlik, ko‘tarinki ruh va intilishni kuchaytirmoqda.Ushbu maqolamizda shu
haqida fikr yuritiladi.

Mamlakatimizda barcha sohalar qatori ta`lim tizimida ham keng qamrovli


yangilanishlar va ijobiy o`zgarishlar amalga oshirilmoqda. Bunga ―Ta`lim
to`g`risida‖ gi qonun ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖ ham huquqiy, ham tashkiliy
pedagogik asos bo`lib xizmat qilmoqda. Ta`lim mazmunini yangilash,
takomillashtirish va sifat ko`rsatkichlarini oshirish barobarida o`qituvchilarning ilm –
fan taraqqiyoti bilan hamqadam borishini, ayniqsa barcha sohalarga keng kirib kelgan
va qo`llanilayotgan axborot texnologiyalari, interfaol usullardan unumli foydalana
oladigan, kompyuter bilan erkin muloqot qila oladigan va o`z faoliyatida, dars
samaradorligini ta`minlashga tadbiq eta oladigan darajada tayyorlash bugungi
kunning muhim vazifalaridandir. O`qituvchining yuksak pedagogik mahorati, bilim
darajasi shubhasiz ta`lim– tarbiyaning muhim omillaridan biridir. Pedagogik
mahorati yuqori, tajribali o`qituvchi darsni shunchaki bayon qilib bermaydi. Buni
musiqa darslari misolida izohlaydigan bo`lsak, o`qituvchi avvalo o`zining so`z
mahorati, cholg`u asbobida chalish, qo`shiq kuylash, turli ko`rgazmali, texnik
vositalardan foydalanishi darsni qiziqarli va mazmunli kechishida katta rol o`ynaydi.
Musiqa darslarida aksariyat o`quvchilar o`qituvchiga taqlid qilib kuylashadi, unga
ergashadi, andoza oladi, o`qituvchining shaxsiy ―namunasi‖ muhim ahamiyat kasb
etadi. O`qituvchi bilim berishning eng qulay, samarali yo`llarini izlab, ta`lim
jarayonini qiziqarli va mazmunli o`tishini tashkil etadi. Bunday faoliyatning o`zini
ta`lim texnologiyasi deb atash mumkin.Mashqlar o`zlashtirishni mustahkamlaydigan
o‘quv jarayoni hisoblanadi. Mashqlar musiqa darslarida o‘ziga xos mazmunda

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 122


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
bo‘ladi. Masalan, musiqa tinglash faoliyatida kuyning tonalligini o‘lchovi, tempini,
harakteri, janrini aniqlash musiqa savodxonligi faoliyatida interval va akordlarni
aniqlash, intervallarni tuzish, dinamik tuslarini aniqlash, jamoa kuylash jarayonida
ovoz sozlari (vokal, xor) mashqlarini kuylash asarini murakkab joylarini mashq
qilish, major va minor uchtovushliklarini kuylash, jo‘rsiz kuylash va x.k shular
jumlasindandir. Musiqa o‘qitishning ham o‘ziga xoslik tomonlari ko‘p. Bu uning
tashkiliy tuzilishi va amaliy ijrochilik bilan bog‘liq ko‘rinishlarida yaqqol namoyon
bo‘ladi. Shuning uchun darsning har bir faoliyat turida ilg‘or pedagogik
texnologiyalardan samarali foydalanish mumkin. Darsda olib boriladigan
o‘qituvchini turli faoliyat shakllari ma‘ruza, hikoya, tushuntirish, namoyish qilish,
ko‘rsatish, tinglantirish, suhbat, savol – javob, jamoa bo‘lib kuylash ovoz sozlash
mashqlari kabilarni har birini mazmun va mohiyati mavjud shart – sharoit, o‘qituvchi
va o‘quvchilar imkoniyatiga muvofiq tarzda texnologiyalarni tadbiq etish mumkin.
Bunda musiqa o‘qituvchisining ham o‘ziga xos xususiyatlari namoyon bo‘ladi.
Musiqa san‘atiga muhabbat, qiziqish, darsni emosional ko‘tarinki ruhda o‘tkazish,
o‘zida artistlik, rejissyorlik, dramaturglik, mahoratlarini rivojlantirib borish, bolalarni
sevish, ulardagi musiqiy qobiliyat va qiziqishlarni e‘tiborga olish ularni ro‘yobga
chiqarishga intilish, yaxshi xonandalik, cholg‘uchilik mahoratiga ega bo‘lishlik
shular jumlasidandir.
Ma‘lumki, musiqa o‘qituvchisi o‘quv tarbiya ishlarini baravariga olib boradi.
O‘quvchilarni musiqa san‘ati orqali tarbiyalashda o‘qituvchining yaxshi sozandalik
mahorati, yaxshi ovozga ega bo‘lishi nota o‘qish, turli vositalardan oqilona va o‘rinli
foydalana olishi, so‘z mahorati, o‘quvchilarni qobiliyatlarini oshira bilishi muhim.
Jonli ijro (cholg‘u asboblarda chalish, qo‘shiq kuylash) aytilgan kuy- qo‘shiq sinfda
o‘quvchilarga o‘zgacha ruhda ta‘sir etadi, kayfiyatlarini ko‘taradi. . Ular qatoriga
hozirgi kunda ilg‘or, tashabbuskor o‘qituvchilar tomonidan keng qo‘llanilayotgan
quyidagi texnologik darslarni alohida ko‘rsatishimiz mumkin: konsert darslar;
viktorina darslari; intervyu darslari; konkurs darslari; yo‘naltiruvchi darslari; doira
stol atrofidagi darslari; o‘z – o‘zini anglash darslari; o‘yla – izla top; kuyni top;
himoya darslari; quvnoqlar va zukkolar darslari; bahs – munozara darslari; men
dirijyor darslari; musobaqa darslari va h.k.
Bu darslarning har biri o‘z tuzilishi, vazifasi, maqsadi va metodik asoslariga
egadir. Boshlang‘ich sinflarda musiqa darslarini o‘yin tarzida (qo‘shiqlarni, o‘yin
orqali, tashkil etish, musiqaga raqsga tushish ―chigil yozdi o‘yin‖lari) olib borilganda
o‘quvchilarning faolligi oshadi va ular berilgan topshiriqlarni nisbatan oson
bajaradilar. Raqs + tabassum. Boshlang`ich sinf darsliklaridan o`rin olgan ―Qari
navo‖, ―Usmoniya‖, ―Andijon polkasi‖, ―Dilxiroj‖ raqs kuylarida qo`llash yaxshi
natija beradi. Bunda o`yin – raqsga jalb etilgan o`quvchilar xohlagan holatda

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 123


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
turadilar.O`qituvchi yoqimli musiqa ostida barcha o`quvchilarni raqsga taklif etadi. 1.
O`quvchilar erkin raqsga tushadilar. Musiqa tugagach yonida, to`g`risida to`xtagan
do`stiga tabassum bilan olqishlovchi so`z aytishi kerak. 2. Hammaga tanqid qiluvchi
yoki ko`ngilni qoldiruvchi so`z aytish qat`iy man qilinadi. O`quvchilarga quyidagicha
murojaat qilish mumkin: ―Sizni raqs tushishingizdan xursand bo`ldim‖, ―Siz chiroyli
raqs tushar ekansiz‖, ―Sizning raqs usullaringiz menga juda yoqdi‖ va h.k.
Bunday usullardan foydalanish musiqiy ta`limdagi mavjud holat, ularda
pedagogik texnologiyalarni qo`llanishi, ko`nikma, bilim, malakalarini shakllantirish
ta`limning sifat va samaradorligiga nihoyatda katta ijobiy ta`sir ko`rsatadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR :

1. I. Karimov. Buyuk kelajak sari. Toshkent, O`zbekiston. 1999-yil.


2. O`zbekiston Respublikasining ―Ta`lim to`g`risida‖ gi qonuni va ―Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi‖. – Toshkent, Ma`rifat, 1997 – yil.
3. Tolipova Sh. Pedagogik texnologiyalar – do`stona muhit yaratish omili. –
Toshkent, YUNIREF, RTM, XTB, 2005 – yil.
4. Davletshin M. G. Zamonaviy maktab o`qituvchisining psixologiyasi. –
Toshkent, - O`zbekiston, 1999 – yil.
5. Sharipova G. Musiqa o`qitish metodikasi. TDPU, 2004 – yil

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 124


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
BOLALARNING SEHRLI OLAMI - QO'G'IRCHOQ TEATR

Fayzullaeva Setora Muxtor qizi


Navoiy viloyati, Karmana tumani
16-sonli Maktabgacha Ta‘lim
Tashkiloti Musiqa rahbari

Sayidova Maqsadoy Furqat qizi


Navoiy viloyati, Uchquduq tumani
2-sonli Maktabgacha Ta‘lim
Tashkiloti Musiqa rahbari

Annotatsiya: Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda ertaklar


asosida sahnalashtirilgan qo'g'irchoq teatri haqida.
Kalit so‟zi: Teatr, ertak, bolalarda, maktabgacha, inson.

Ta‘lim va tarbiya jarayonining ilk bosqichi hisoblangan maktabgacha ta;lim


sohasini rivojlantirishga davlat miqyosida etibor qaratilmoqda.Prezidentimiz
Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil 29-dekabridagi ―2017-2021-yillarda
Maktabgacha ta‘lim tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari
to‘g‘risida‖gi qarori sohasida jadal o‘zgarishlarga zamin yaratmoqda. Shu
jumladan Sh.Mirziyoyevning ―Menga do‘st bo‘lishni istasangiz maktabgacha
ta‘limga e‘tibor bering‖ degan so‘zlari maktabgacha ta‘lim sohasiga bo‘lgan
e‘tiborning yaqqol dalili hisoblanadi. Maktabgacha yosh har bir inson hayotidagi
eng muhim davrlardan biri hisoblandi. Bu davrda bolaning sog‘lomligi, aqliy,
axloqiy, psixologik va jismoniy salomatligi shakllanadi va aqliy rivojlanish
qobilyatlari takomillashadi. Uch yoshdan yetti yoshgacha bo'lgan davrda bola
intensiv ravishda o'sib boradi va rivojlanadi. Shu sababli ertak qahramonlari
asosida ijro etiladigan qo'g'irchoq teatri sahnalari orqali maktabgach a ta'lim
yoshdagi bolalarda milliy qadriyatlarimizni shakllantirib borishda muhim rol
o'ynaydi. Qo‘g‘irchoq teatrida bolajonlar haqiqiy teatr san'ati bilan tanishishni
boshlaydi. Teatr ertak va tarixiy madaniyat an'analarning haqiqiy xazinasi
hisoblanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda ertaklar asosida sahnalashtirilgan
qo'g'irchoq teatri sharq xalqining odob-axloq va o'zbek milliy kiymlari ijro
etilganda bolalarning potensial qobilyatlarini oshkor qilishga, teatr san'ati orqali
uning yashrin qobilyatiga ko'proq e'tibor qaratishga olib keladi. Teatr
faoliyatining ta'limiy imkoniyatlari ulkan: 1. Har bir bolaning qalbida go'zallik
tuyg'usini uyg'otish va san'atni sevishni tarbiyalash, bolalarni bilish qiziqishini

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 125


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
faollashtirish; 2. Vizual va auditorlik xotirasi, kuzatuv, ijodiy fikrlashni
rivojlantirish; 3. Bolalarda qo'g'irchoq teatri orqali ma'naviy dunyosini
shakillantish ; 4. Ota-onalar o'yinlarni kostyumlar va atributlar yaratish, bolalar
bilan birgalikda ijodiy qiziqishni shakillantirish; 5. So'zlashuv, nutqning
grammatik tuzilishi, ovozli talaffuz, nutqning melodik- intonaviy aspektlari
faollashadi va takomillashadi. Teatr sahnalarini ko'rgan bolalarda quvonch
keltiradi va qiziqish uyg'otadi ularni hayratga soladi. Maktabgacha yoshdagi 2 -3
yoshli bolalarda quydagi sodda eraklar ―Ikki echki‖, ―Fil bilan xo'roz‖ asosida
stol teatri, barmoqlar o'ynini asosida sahlanlashtiriladi. Bolada teatrlashtirilgan
o'yinlarga qiziqish hissini uyg'otishda davom etish lozimdir. Bunda tarbiyachi
bolalarda qo'g'irchoq spektakllaridagi voqealar rivojini kuzatish, tushunish
ko'nikmasini shakillantiradi. Bolani qo'g'irchoq teatrida o'ynaladigan o'yin tartib
- qoidalari bilan tanishtirish; o'ziga yoqqan qahramon rolini tanlash va o'yinda
tengdoshlari bilan birgalikda harakat qilishiga imkon berish. Bolani asar
qahramonlarining o'ziga xos harakatlariga taqlid qilishga; insnonning hissiy
holatini (yuz harakatlari, imo-ishora yordamida) ta'sirli ko'rsatishga, harakatlarini
qo'shiq musiqa sadosi ostida birgalikda bajarishga o'rgatish. Bolada asar
qahromoniga xos tashqi belgilarni harakatga bog'lab ijro etish istagini uyg'otish.
Maktabgacha yoshdagi o'rta guruhlarda ―Echki bolalari‖, ―Bo‘g‘irsoq‖,
―Qalpoqcha‖ kabi ertaklar sahnalashtiriladi. Maktabgacha yoshdagi katta
guruhlarda qo'g'irchoq teatrida sahnalashtiriladigan o'yinlarga o'zbek xalq
ertaklari: ―Qaysar echkilar‖, ―Zumrad va Qimmat‖, ―Bo'ri va echkilar‖ ,
―Maqtanchoq quyon‖, ―Qarg'avoy‖, ―Rivoyat‖, ―Non hidi‖ haqidagi ertaklar
asosida boladagi mustaqil ijodga intilishni, ijroda o'zini erkin tutishini
rag'batlantirish. Rol ijro etayotganda o'z qo'li bilan yasagan turli anjom va
kiyimlardan foydalanayotganida quvonish, faxrlanish hissini bezashda xilma -xil
anjomlardan foydalanishga o'rgatib borishimiz kerak. 5-6 yoshdagi bolalar
―Zumrad va Qimmat‖ ertaklari asosida sahnalashtirilgan qo‘g‘irchoq teatrida
dangasalik va ishyoqmaslik fazilatlariga zid ravishda Zumradning
mehnatsevarlik va odob-axloq fazilatlarini ijobiy baholaydilar.

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 126


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
TEATR SAN‘ATI TARIXI

Razzaqov Kamalbek Narimanovich


Xiva shahar 2-umumta‘lim maktabining
oliy toifali musiqa fani o‘qituvchisi
Xiva, Xorazm, O‘zbekiston

Annotatsiya: mazkur maqola ―27-mart – Xalqaro teatr kuni‖ ga bag‘ishlanadi.


Kalit so‟zlar: madaniyat, san‘at, musiqa, teatr, ilm-fan, darslik.

1961-yilda UNESCOning xalqaro teatr instituti IX konfederatsiyasi


delegatlari tomonidan ―27-mart – Xalqaro teatr kuni‖ deb e‘lon qilingan.
Millatning madaniyatini ko‘rsatib beruvchi san‘atning bir turi – Teatr
hisoblanadi. San‘at sohasida tahsil olgan talabalarning ko‘p qismi o‘z ish faoliyatini
teatrlardan boshlaydi. Teatrda asosan aktyorlar, musiqa ijrochilari, grim ustalari va
yana bir qancha soha vakillari professional ish olib borishadi. Teatrlar shunisi bilan
qiziqki, bu yerda voqealar jonli, ko‘z o‘ngingizda ijro qilinadi.
Teatr so‘zi – yunonchadan olingan bo‘lib, theatron - tomoshaxona, tomosha
qilish joyi ma‘nosini anglatadi. Teatr o‘zida adabiyot, musiqa, raqs, qo‘shiq, tasviriy
san‘at turlarini mujassam etuvchi san‘atning omuxta turi bo‘lib, turli voqea va
hodisalar aktyorlar ijrosida namoyish etiladi. Asosiy maqsaddan kelib chiqib,
teatrning opera, balet, dramatik, satira, qo‘g‘irchoq, pantamimo teatrlari, qo‘shiq
teatrlar va boshqa turlari mavjud. Ilk teatrlarda dehqonchilik, ov, turli marosimlar va
odamlarning yana bir qancha kundalik mashg‘ulotlari aks ettirilgan. Sahna
ko‘rinishlari soda bo‘lib, hamma rol ijro qilgan, hamma tomosha qilgan, mahsus
qurilgan sahna bo‘lmagan. Haqiqiy tetarlar qadimgi Rim va Gretsiyada paydo bo‘lib,
tomoshalar asosan diniy mavzuda bo‘lgan. U zamonda ikki xil teatr: tragediya va
komediya teatrlari bo‘lgan. Rollarni faqat erkaklar niqobda ijro qilganlar. O'sha
zamon dramaturglaridan: Esxil, Safokl, Evrpidlar – ―Grek tragediyasi‖ning
asoschilari ya‘ni otasi, Aristofan esa ―Komediya‖ janrining asoschisi hisoblangan.
O‘rta asrlarda teatr cherkov nazoratida bo‘lib, tomoshalar ham diniy mavzuda
bo‘lgan.
G‘arbda XVIII-XIX asrlar teatr gullab yashnagan davr hisoblangan. Sharqda
asosan qo‘g‘irchoq teatri ommalashgan. Keyinchalik musiqiy tomoshalar keng
tarqalgan. To‘y va hashamlarda qo‘g‘irchoqbozlar, dorbozlar, polvonlar turli
tomoshalar ko‘rsatganlar. Tomoshalarda ayollar ishtirok etmagan, qo‘shiq
kuylashmagan va raqsga tushmagan. Bu vazifalarni faqat erkaklar o‘zlari bajarishgan.
O‘zbek teatrining tarixi 1914-yili 15-yanvarda Samarqandda Abdulla Avloniy

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 127


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
rahbarlik qilgan ―TURON‖ teatr truppasi jamoasi ijrosidagi Mahmudxo‘ja
Behbudiyning ―Padarkush‖ spektakli namoyishi bilan boshlangan. 1918-yilda truppa
―Davlat teatri‖ maqomini olgan va o‘sha yildan Mannon Uyg‘ur badiiy rahbar va
rejissor lavozimiga tayinlangan. Teatr jamoasiga Abror Hidoyatov, Yetim
Bobojonovdan tashqari o‘sha davrda ayol aktyorlar ham kelib qo‘shilgan.
Dramaturgiya ham kuchaygan. Fitrat, Cho‘lpon, Xurshid, Hamzalar zamon talabiga
mos pyesalar yaratishgan. Shulardan ―Boy ila hizmatchi‖, ―Zaharli hayot‖,
―Abulfayzxon‖, ―Yorqinoy‖, ―Hujum‖, ―Farxod va Shirin‖, ―Layli va Majnun‖ kabi
spektakllar dovrug‘ qozongan.
1930-yilda poytaxt Toshkentga ko‘chishi munosabati bilan, teatr ham
Toshkentga ko‘chirilib ―Hamza teatri‖ deb atala boshlagan. Ko‘p yilllar davomida sof
drama yo‘nalishida faoliyat yuritgan Hamza teatri 1993-yil ―O‘zbek davlat akademik
teatri‖ maqomi bilan taqdirlangan. 2001-yil teatr binosi mukammal ta‘mirlanib
―O‘zbek milliy akademik teatri‖ maqomiga ega bo‘ldi.
O‘zbekistonda bugungi kunda qirqqa yaqin professional teatrlar faoliyat yuritib
kelmoqda. Respublikamizning barcha viloyatlarida teatrlar mavjud bo‘lib, ularning
bir qanchasida rus aktyorlar ham faoliyat ko‘rsatib kelishmoqda. Bu teatrlarda har yili
200ga yaqin turli mavzulardagi asarlar sahnalashtiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so‘ng, teatrlar faoliyatini
targ‘ib etish borasida ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda. Hususan, ―Seni kuylayman
zamondosh‖, ―Debyut‖, ―Sahnada zamon qahramoni‖ ko‘rik-tanlovlari, ―Teatr.uz‖,
―Toshkent bahori‖, ―Humo‖ singari festivallarning muntazam o‘tkazib kelinishi teatr
ijodkorlari ayniqsa, yosh iqtidor egalarining ijodiy izlanishlarini munosib baholash,
ular yaratgan sahna asarlarini targ‘ib qilish, milliy teatr san‘atimizning dunyo
jamoatchiligiga keng namoyish etishda xizmat qilmoqda.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. Tursunboyev S. ―O‘zbek teatri tarixi‖, T., 2007;


2. Tursunboyev S. ―Xorijiy teatr tarixi‖ , T., 2005;
3. Raxmonov M. ―Hamza – o‘zbek davlat akademik teatri tarixi‖, T.2000;
4. Qodirov M. ―O‘zbek teatri an‘analari‖, T.,1976;
5. Avdeev A.D. ―Происхождение театра‖, М.— Л., 1959.
6. www.wikipedia.com
7. www.ziyonet.uz

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 128


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
BOTIR ZOKIROV IJODI VA O‘ZBEK ESTRADASI
TARAQQIYOTI MASALALARI

Samarqand Davlat Universteti


San`atshunoslik fakulteti 1-bosqich talabasi
Ismoilova Nilufar

Annotatsiya Bugungi kunda O`zbekistonda estrada ijrochiligining bundan


keyingi taqdiri, rivojlanishi yoki aksincha bo‘lishi bir qator omillarga bog`liq bo`lib
qolmoqda. Xususan mazkur maqolada O`zbekistonda estrada ijrochiligining tamal
toshini qo`ygan B.Zokirov ijodiga alohida to`xtalib, o`zbek estrada ijrochiligi tarixi,
taraqqiyoti masalalari tahlil qilinib, o`rinli xulosalar taqdim etilgan.
Kalit so‟zlar: Estrada, yalla, milliylik, xalq, janr, jonli ijro, fonogramma, guruh,
ansambil, musiqa, san‘at, qo‘shiq.

Xalqimiz qo‘shiq tinglashni hush ko`radi dil tortar taronalar kayfiyatimizni


ko`taradi. Kimdir mumtoz yana kimdir estarada janrini eshitib qalbi yorishadi. Zero
inson qalbiga qay tarzda kirib borib qanday iz qoldirish bu san‘atkorning ijro
mahoratiga bog‘liqdir.Estrada haqida so‘z borar ekan estrada atamasi ―Estrada‖
(ispancha — taxtasupa), estrada sanʼati — koʻngilochar, ommabop badiiy (abadiy,
musiqiy, raqs, tomoshaviy va boshqalar) janr va shakllarning umumiy ifodasi
hisoblanadi. Ma`lumki estrada san`ati O‘zbekistonga kirib kelgach shiddatli tarzda
tez ommalashdi va rivojlandi. Dastlab, ―Yalla‖, ―Paxtaoy‖, ‖Navo‖ va ―Sado‖ estrada
guruhlari shakillandi. Ayniqsa, 80-90-yillardan boshlab jahon andozalariga mos turli
rok, rep guruhlari tuzildi va o‘zbek estradasi yangi tamoyillar asosida misilsiz ravnaq
topdi.
Ta`kidlash kerakki, o‘zbek estrada musiqasining asoschisi, o‘zbek milliy estrada
san‘atining yirik namoyondasi Botir Zokirov edi. U muntazam ravishda o‘zbek milliy
estrada san‘ati rivojida izlanishlar olib bordi.Ijodiy izlanishlar jaroyonida rus, horijiy,
sharq estrada qo‘shiqlarini o‘zbek milliy qoshiqchilgiga uyg‘unlashib yangi qiyofa
topishga muyassar bo`ldi.Uning amalga oshirgan ijodiy ishlari keyinchalik o‘zbek
estradasining mumtoz namunasi bo‘lib qoldi. Masalan ―Arab tangosi‖, ‖Habiba‖,
―Qochoq qiz‖ va boshqalar O‘zbekistonni butun dunyoga tanitdi.
Darhaqiqat, estrada janriga Botirovlar suloasining mehnati ko‘p singan Bu
haqida ham aytish joiz: Zokirovlar sulolasi- 20-asr Oʻzbekiston musiqa sanʼatiga
ulkan hissa qoʻshgan oʻzbek sanʼatkorlari oilasi. Sulola boshligʻi opera xonandasi
Oʻzbekiston xalq artisti Karim Zokirov, oʻgʻli Botir Zokirov xonanda aktyor, rassom.
Oʻzbekiston xalq artisti Oʻzbek zamonaviy professional estrada qoʻshiqchi

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 129


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
(ijrochi)ligining asoschisi. Qizi Luiza Zokirova estrada xonandasi, oʻgʻli Navfal-
Zokirov estrada xonandasi,oʻgʻli Farrux Zokirov – estrada xonandasi, aktyor va
bastakor Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan davlat "Yalla" ansambli xonandasi, badiiy
rahbari Oʻgʻli Jamshid Zokirov — Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist,oʻgʻli
Ravshan Zokirov— xonanda, kelini Gavhar Zokirova— Oʻzbekistonda xizmat
koʻrsatgan artist, Botir Zokirovning oʻgʻli Baxtiyor Zokirov— kinoaktyor.8
Demak, estrada san‘ati bizgacha shu tariqa rivojlanib kelgan ekan zamonaviy
estradaga to`xtaladgigan bo`lsak, ayni paytda estradada yosh xonandalrining ko‘payib
borishi bu qo‘shiq matniga savsiyasiga ta‘sir o`tkazmay qolmayapti. Hozirgi
xonandalarning repertuariga bir nazar tashlasangiz o`zingiz farqni anglay olasiz.?
Globallashuv jarayonlarida telvediniyalarda mazmunan sayoz va zaif qo‘shiqlar
konsert dasturlarda radiolardan o`rin egallab kelmoqda. Yana bir jihati estradada
fonogrammadan9 keng foydalanish urfga kirdi.Tog`ri jonli ijroning o‘ziga yarasha
qiyinchiliklari bor bunda aparaturalar ham ahamiyatga ega, ammo unutmang yaqin
o`tmishda san`atkorlar likopchada tor va doira jo`rligida mikrafon-ovoz
kuchaytirgichlarsiz ham ashulalar aytib xalq e‘tiborini hurmatini qozongan.
Albatta buni nazardan chetdan qoldirmaymiz bu borada men o‘z tengdoshlarim
bilan davra suhbati o‘tkazdim.Yoshlarimizning fikri barchaga birday qiziq dep
o`ylayman. Savollar quydagicha boldi:
-Estrada janri jonli bo‘lgani yaxshimi yoki fonagramma yoki sizga umuan farqi
yuqmi? Degan savol o‘rtaga tashlandi
Javoblar bir biridan aniq fikrlar bilan bayon qilindi.Umuman olganda ko‘pchilik
jonli ijro tarafdori ekan va fonogramma tushunchasiga toshlar otildi. Masalan hozirgi
yoshlarimiz yosh xonandalrmizni yaxshigina tanqid qilishdi. Binobarin, mana shu
fonogramma tufayli estrada san`atida milliylik xususiyatlari, jonli ijro etish mahorati
borgan sari yo‘qolib borayapti va natijada xalqimiz san‘atga past nazar bilan qaray
boshladi.
San‘at rivojlanishida yoki qaysdir ma‘noda jar yoqasiga kelishida xonandalarni
aybladik lekin xonanda kuylaydi xalq esa uni tinglaydi. Bu jarayonda turfa
ijodkorlarning ham o`ziga yarasha hissasi bor. Xususan, shoir, bastakor sayqal ustasi
ham barkamol asarni dunyoga kelishida ishtirok etishi lozim. Afsuski bugungi estrada
xonandalari haqiqiy shoir va bastakorlarga murojaat qilmaydi. O`zi ashula aytadi,
o`zi matnini yozadi,o`zi bastalaydi va ijro etadi. Mana shu tarzda professional
mutaxassislar bilan ijodiy hamkorlik yo`lga qo`yilmaganligi sababli ham mazmunan
sayoz kuy-qo`shiqlar paydo bo`lmoqda.
8
O‘zME.birinchi jild. Toshkent,2000-yil
9
Fonogramma (yunoncha phone-tovush va gramma)-maxsus texnik vosita;ar yordamida yozilgan tovush sadolari
yigindisi.

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 130


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
Bir so`z bilan aytganda o‘zbek milliy estradasi yana o`sha shukuhli davrlardagi
kabi o`zbek tinglovchilari yuragidan joy oladimi yoki shu yo‘sinda davom etadimi
buni vaqt ko`rsatadi. Ammo yosh xonandalarimiz shunchaki havaskormi yoki
ijodkor, shou biznes vakili yoki san‘atkor mavqe`ini egallashi bir qator tamoyillarga
bog`liqdir. Shuni ta`kidlash joizki estrada ijodkorlarimiz, sa‘anatkorlarimiz o‘z
qoshiqlari barkamolligi ustida yanada ko‘proq ishlashi milliylik va albatta jonli ijroga
ko‘proq ahamiyat berish kerak.Profissional ijodkorlar yordamida ashulalarini qayta
ishlab chiqishi darkor. 80-90 yillar estradasining hozirgi zamonaviy estradadan farqi
undagi tafovut shundan iboratki ilk estrada namoyondalari qo‘shiqlarining
milliyligiga sermazmunligiga, orombaxsh ekanligiga alohida e‘tibor qaratgan. Zero,
san`atning har qanday jabhasi inson tafakkuri mahsuli sifatida tinimsiz harakat va
o`zgarishlarga uchraydi. Unga zamon va makon o`z ta`sirini ko`rsatar ekan o`z
o`rnida estrada ijrochiligi ham yoshlarimizning qolaversa jamiyat hayotining in`ikosi
bo`lib qolaveradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. O‘zbekiston milliy ensklopediyasi Toshkent 2000-2005


2. Musiqa lug‘ati I.Akbarov Toshkent 1987
3. Lex.uz
4. Ziyo.net

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 131


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
XITOY MILLIY XATTOTLIK SAN‘ATI

Atamuradova Mavzuna
lady.atamuradova@gmail.com
SamDChTI talaba

Xattotlik yoki kalligrafiya yozuv san‘ati hisoblanadi. Yozuvning paydo bo‘lishi


natijasida yuzaga kelgan.
Xitoy xattotligi nafaqat matn ma‘nosini aks ettirish uchun balki shu yozuvni
yozayotgan insonning kayfiyatini, uning ichki kechinmalarini ham aks ettiruvchi
milliy san‘at turlaridan biridir. Sharqda qadimdan xattotlik san‘ati juda yuksak
baholangan.
Xitoy xattotlik san‘atining mashhur 5 usuli mavjud bo‘lib, ular yordamida
belgilar, ierogliflar ifodalangan.
JUANGSHU ―muhr ierogliklar‖. Bu usul miloddan avvalgi VIII – III asrlarda
Chjou sulolasi hukmronligi davrida yaratilgan bo‘lib, uning ―katta muhr‖ va ―kichik
muhr‖ kabi ko‘rinishlari mavjud. Suyaklarga yozilgan ierogliflar bu usulning birinchi
ko‘rinishlaridan biri hisoblanadi. Ushbu usuldagi yozuv soddaligi, yozishga osonligi
bilan ajralib turgan va Qing sulolasi davrida omma o‘rtasida keng tarqalgan. Hozirgi
kunda juangshu usulidan faqatgina xattotlik san‘ati ustalari foydalanadilar.
LISHU ―rasmiy yozuv‖. Bu usul Qing va Xan sulolalari hukmronligi davrida
yaratilgan bo‘lib, ierogliflarning kvadrat ko‘rinishda ekanligi bilan ajralib turadi.
Ba‘zan bu usul ―ish yozuvi‖ deb ham nomlanadi. Lishu shriftlarining barchasi hozirgi
zamon kompyuter yozuvlari orasida keng tarqalgan. Bu uslub juangshuning qayta
ishlab chiqilishi natijasida yuzaga kelgan.
SINSHU ―yuruvchi yoki yuguruvchi yozuv‖. ―Yuruvchi yozuv‖ nomining
berilishiga sabab shuki, bu uslubda yozilgan ierogliflar yurib ketayotgan inson
tasviriga o‘xshaydi. Bu yozuv tez yozish va qoida asosida yozish kabi ikki uslub
orasidagi yozuv turi hisoblanadi. Bu usulning o‘ziga xosligi ierogliflardagi nuqta yoki
boshqa belgilar bir biriga birikkan holda ifodalanadi.
TSAOSHU – Xitoy ierogliflarini yozishga mo‘ljallangan tez yozish usulining
umumiy nomi. Bu usulda ba‘zi bir belgilar tushib qolishi ham mumkin. Shuning
uchun bu usuldagi yozuvni tushunish biroz qiyin. Boshqa usullardan qisqaligi,
yozuvda uzilmasligi, ravonligi, tejamkorligi bilan farq qiladi. Bu usul sharqiy xan
sulolasi davrida yaratilgan. Hozirgi kunda eng keng tarqalgan xitoy xattotlik usuli
hisoblanadi. Yaponlar foydalanadigan bo‘g‘inlardan tashkil topgan alifbo ―Xiragana‖
ham aynan shu usuldan kelib chiqqan.
KAYSHU – xan sulolasi va uch qirollik davrida yaratilgan yozuv usuli.

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 132


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
Xattotlikdagi eng mashhur usuldir. Har bir xattot aynan shu usulni o‘rganishdan
xattotlik san‘atini boshlaydi. Uning o‘ziga xos xususiyati belgilarning aniq tartibi,
ya‘ni ieroglifdagi har bir belgi aniq ifodalanishi va sekin yozilishi hisoblanadi.
Xattolik san‘ati bilan shug‘ullanish uchun birinchi navbatda ―文房四宝‖ ya‘ni
―xonaning to‘rt xazinasi‖ni tayyorlab olish kerak. Bunga aynan mo‘yqalam, siyoh,
qog‘oz va siyohdon kiradi. Bu to‘rt asbob xattotlik san‘ati bilan shug‘ullanish uchun
kerak bo‘ladigan eng muhim narsalar jamlanmasi hisoblanadi.
毛笔 - maobi - mo‘yqalam –. Mo‘yqalamning pastki qismi yumshoq
mo‘ynadan qilingan. Mo‘yqalam yordamida ierogliflarni turli ko‘rinishdalarda yozish
mumkin. Shu sababli ham xattolik san‘at turi hisoblanadi.
Eng qadimgi mo‘yqalam Urushuvchi qirolliklar davriga (miloddan avvalgi 476-
221- yillar) tegishli bo‘lib, yillar davomida uning tuzilishi va ko‘rinishi o‘zgarib
bordi.
Mo‘yqalam uchli uchga, egiluvchanlik xususiyatiga va yuqori qismi aylana
shaklga ega bo‘lishi kerak. Sifatli mo‘yqalamni tayyorlash 70 ta bosqichda amalga
oshadi. Xattotlik san‘atining qaysi yo‘nalishida va qaysi yozuv usulida yozilishiga
qarab mo‘yqalamning 200 dan ortiq turi mavjud. Mo‘yqalamning uchi siyohni va
suyuqlikni yaxshi tortishi uchun echki yoki quyonning mo‘ynasidan foydalaniladi.
Mo‘yqalamning dastasi qismini bambuk, fil suyagi, nefrit, billur, oltin, kumush yoki
chinnidan tayyorlash mumkin.
墨汁 - mozhi - siyoh. Hozirgi kunda ruchkalarda qo‘llaniladigan siyohdan
farqli ravishda, xattotlikda qo‘llaniladigan siyoh qora rangdagi qattiq ko‘rinishga ega.
Qog‘oz yaratilishi bilan siyohlarning sifati ham rivojlanib borgan. Xattotlik uchun
foydalaniladigan siyoh qarag‘ay qorakuyasi, cho‘chqa yog‘i, o‘simlik yog‘i va
xushbo‘y hid beruvchi vositalardan tayyorlanadi.
宣纸- xuanzhi - qog‘oz. Xattotlik san‘ati uchun oddiy emas, balki maxsus
qog‘ozdan foydalaniladi. U yumshoq va siyohni tez shimib oluvchi xususiyatga ega
bo‘lishi kerak.
砚台 – yantai - siyohdon. Qattiq siyohni yumshatish uchun ishlatiladi.
Yuqoridagi to‘rt predmet mavjud bo‘lgan holda xattotlik bilan shug‘ullanish
mumkin. Buning uchun avval siyohdonga kamroq suv solib, siyoh bo‘lagi sekinlik
bilan ishqalanadi. Suv qorayib, tayyor siyohga aylanadi. Mo‘yqalamni siyohga
botirib, qog‘ozga yozish mumkin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. 刘询。新实用汉语课本 3。 北京。2002 年。
―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 133
www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
2. 李晓琪。Boya Chinese II. 北京。北京大学。2004 年。
3. 最有中国味儿的字和词. 北京。北京语言大学。2002 年。
4. www.edu.uz
5. www.uzedu.uz
6. www.hscake.ru

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 134


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
TASVIRIY SAN‘ATDA NAQSH KOMPOZICIYASI

Xaytbayeva Barnoxan Yusupjanovna-


Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Xo‘jayli tumani 3-sonli maktabning
Tasviriy san‘at fani o‘qituvchisi

Estetik tarbiya jarayonida kishining qarashlari, hissiyotlari, didi hamda ideallari


shakllanadi: bu shakllanish mafkuraviy tarbiya, ijodiy fikrning rivojlanishi bilan
mustahkam bog`langandir. Estetik tarbiya kishini olijanob, go‘zal hamda
insonparvarlik harakatlariga moyil qiladi. Bunda, naqqoshlik san‘ati haqida aytib
o‘tish kerak a‘lbatta.
O‘quvchilarga oddiy naqsh namunalarini o‘rganishda, o‘zbek xalq ustalari
qadimdan qo‘llab kelayotgan naqsh elementlarini yoddan chizish, stilizatsiya orqali
yangi naqsh elementlarini hosil qilib ular ishtirokida kompozitsiyalar tuzish
maqsadga muvofiqdir.
―Har bir insonning o‘z ismi bo‘lganidek, har bir naqshning o‘ziga xos nomlari
bo‘ladi. Naqshning nomlanishi uning xarakterli o‘rni bilan belgilanadi.
Har bir naqsh ma‘lum qonuniyatlar asosida tuziladi va chiziladi. Naqshlarning
o‘ziga xos nomlari va ma‘nosi bo‘ladi. Naqqoshlikda kompozitsiya qonuniyatlaridan
tashqari uni bo‘yashda qo‘llaniladigan bo‘yoq turlari, ularning o‘ziga xos
xususiyatlari, rang koloriti, hamohanglik va shu kabilar muhim ahamiyatga ega.
VIII asrning boshlarida O‘rta Osiyoga islom madaniyatining kirib kelishi,
badiiy bezak – naqqoshlik san‘atining yanada rivojlanishiga sabab bo‘ldi. Maxobatli
rasmlardagi jonli mavjudotlar o‘rnini tabiat tasvirlari, o‘simliksimon va geometrik
elementlar ishtirokidagi naqsh namunalari egalladi. Arab yozuvlari o‘zlashtirilib,
bezakli (epigrafika) uslub paydo bo‘ldi.
IX asrlarda ganchkorlik, yog‘och o‘ymakorligi, naqqoshlik, g‘isht terish, kitob
bezagi san‘atlari yanada rivojlandi. Buyuk allomalar, Beruniy, Ibn Sino, Mahmud
Qoshg‘ariy va boshqalarning ilmiy, tibbiy, ma‘naviy hamda qur‘on oyatlari zarxal
naqshlar bilan bezatildi. Naqqoshlikda turli shakllar, gul elementlari va rang
tuslarining ramziy falsafiy ma‘nolari kengroq ifodalana boshlandi.
O‘zbekistonda naqqoshlik san‘atining o‘ziga xos bir necha maktablari mavjud
bo‘lib, ular XX asrning o‘rtalarida qayta shakllanib yanada rivojlandi.
Toshkent naqqoshlik maktabi o‘ziga xos uslubga ega. Bu uslubda ishlangan
naqshlar rang tuslarining nozikligi, yashil havo rang hamda oltinsimon jigarrang
koloritlarda ishlanishi bilan ajralib turadi. Shuningdek, naqsh elementlarining xilma-
xilligi pardoz usullarining ko‘proq targ‘il tortish texnikasi bilan bajarilishi o‘ziga

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 135


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
xosdir.
O‘quvchilarga oddiy naqsh namunalarini o‘rganishda, o‘zbek xalq ustalari
qadimdan qo‘llab kelayotgan naqsh elementlarini yoddan chizish, stilizatsiya orqali
yangi naqsh elementlarini hosil qilib ular ishtirokida kompozitsiyalar tuzish
maqsadga muvofiqdir.
―Har bir insonning o‘z ismi bo‘lganidek, har bir naqshning o‘ziga xos nomlari
bo‘ladi. Naqshning nomlanishi uning xarakterli o‘rni bilan belgilanadi.
Har bir naqsh ma‘lum qonuniyatlar asosida tuziladi va chiziladi. Naqshlarning
o‘ziga xos nomlari va ma‘nosi bo‘ladi. Naqqoshlikda kompozitsiya qonuniyatlaridan
tashqari uni bo‘yashda qo‘llaniladigan bo‘yoq turlari, ularning o‘ziga xos
xususiyatlari, rang koloriti, hamohanglik va shu kabilar muhim ahamiyatga ega.
Xalq ustalari tomonidan yaratilgan amaliy san‘at namunalarini kuzatar ekanmiz,
ular biron-bir rang tuslari ta‘siriga ya‘ni rang kaloritiga bo‘ysundirilganini ko‘ramiz.
Shunga asosan havorang, yashil rang, jigar rang va shu kabilar muhitiga xos naqsh
kompozitsiyalari ishlanadi.
Atrof-muhitdagi narsalar tushayotgan yorug‘lik ta‘siri ostida o‘zlarining rang
tuslarini tez-tez o‘zgartirib turadi. Masalan, quyosh nuri yon tomondan yoritib turgan
maysalarning rangi sarg‘ish-yashil ko‘rinishda bo‘lsa, xuddi shu maysaning soyada
turganlari bir oz to‘qroq yashil rangda ko‘rinadi. Naqqoshlikda ham ranglarning ana
shu xususiyatlarini hisobga olgan holda ish ko‘rish lozim bo‘ladi. Agarda
ishlanadigan naqsh yorug‘roq joyga qo‘yiladigan yoki ishlanadigan bo‘lsa, rang
tuslarini bir oz to‘qroq olish mumkin. Aksincha, bir oz yorug‘lik nurlari kamroq
tushadigan erlarga joylashtiriladigan bo‘lsa yorug‘roq ko‘rinishdagi rang tuslaridan
foydalaniladi.
Naqqoshlikda suv va moybo‘yoqlardan keng ko‘lamda foydalaniladi. Bu esa
o‘z navbatida rangshunoslik borasida ham kerakli bilim va amaliy malakalarga ega
bo‘lishlari lozimligini taqozo etadi.
Tayyor naqsh namunalarini bo‘yashda bir rangning bir necha hil tuslari
qo‘llaniladi. Bunda oq bo‘yoq asosiy o‘rinni egallaydi. Akvarel bo‘yoqlari bilan
qog‘ozga ishlangan naqshlarni bo‘yayotganda esa suv-rang tusini ochlashtiruvchi
vosita sifatida katta ahamiyatga egadir.
Shuni esda tutish lozimki, ayrim bo‘yoqlarni bir-birlari bilan aralashtirishda
ba‘zi bir ehtiyot choralarini ko‘rish lozim bo‘ladi. Chunki, to‘q rang tusiga ega
bo‘lgan bo‘yoq tarkibiga boshqa rang aralashtirilsa uning tusi ham to‘qlashadi. Bu
esa o‘z navbatida rang tusining tiniqlik darajasiga ta‘sir etadi. Ayniqsa, moy
bo‘yoqlarida ishlangan naqshlarning tuslari keyinchalik to‘qlashib, qorayib ketishga
moyil bo‘ladi. Umuman olganda badiiy naqqoshlikda ana shu sharoitlarni hisobga
olish kerak bo‘ladi.

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 136


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
Naqsh namunalarini bo‘yashda asosan garmoniya, faktura va kontrastlikka
e‘tiborni qaratish lozim bo‘ladi.
Garmoniya – grekcha so‘zdan olingan bo‘lib, munosiblik, bog‘liq bo‘lish, eng
go‘zal bog‘lanish degan ma‘nolarni anglatadi.
Faktura – lotincha so‘z bo‘lib, narsa yoki buyumning tuzilishi, ishlov berish
demakdir.
Kontrast – fransuzcha so‘z bo‘lib, keskin farq, farqlanish ma‘nosida qo‘llaniladi.
Naqshda ranglar kontrastini zamin va gul elementlarining tuslanishida kuzatish
mumkin.
Demak, naqsh kompozitsiyalarini tuzish jarayonlarida simmetriya, assimetriya,
ritm, muvozanat, elementlarning o‘zaro birikuvi, turlanishi kabi qoidalarga rioya
etish bilan birga, tabiat go‘zalligini chuqurroq his etish, badiiy va ijodiy qobiliyatning
rivojlanishi ham shakllanib boradi.

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 137


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
МУСИҚАНИНГ ТАЪЛИМ-ТАРБИЯДАГИ ВАЗИФАЛАРИ

Бахтиёр Азимов,
МТМРМҚТМОИ ―Мактабгача ва
мусиқий таълим‖ кафедраси
доценти, пфн.
baxtiar1944@mail.ru

Аннотация: Ёшлар тарбиясида мусиқа таълими муҳим ўрин тутади.


Мавзу ушбу таълимга қўйилган замонавий талаблар, вазифалар уни амалга
оширишдаги муаммо ва ечимларига қаратилган.
Калит сўзлар: маънавият, маърифат, мусиқа, тарбия, таълим, чолғу,
репертуар, вазифа.

Мамлакатимизда соғлом ва ҳар жиҳатдан уйғун камол топган баркамол


авлодни тарбиялаш бугунги куннинг долзарб, устувор вазифаларидан бири
ҳисобланади. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 15
февралдаги ПФ-4956-сонли ―Маданият ва спорт соҳасида бошқарув тизимини
янада такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида‖ ги Фармони, 2017 йил 20
апрелдаги ПҚ-4968-сонли ―Олий таълим тизимини янада ривожлантириш чора-
тадбирлари тўғрисида‖ги Қарори, давлатимиз раҳбари томонидан қабул
қилинган бир қатор Фармон ва қарорлар, Олий Мажлисга Мурожаатнома
(2020), селектор мажлисларида ҳам Мамлакатимиз мусиқа санъатини янгича
асосларга таянган ҳолда ривожлантириш вазифалари белгиланиб, маданият,
адабиѐт ва санъат соҳасини ривожлантириш бўйича муҳим таклиф ва
ташаббуслар илгари сурилган. Санъат - кишилик фаолиятининг ажралмас бир
қисми бўлиб, киши шахси санъат воситаси ѐрдамида ва иштирокида тўлалигича
ѐрқин намоѐн бўлади. Ҳозирги замон ѐшларининг эстетик идрокларини
тарбиялаш борасида ғамхўрлик қилар эканмиз, санъат билан ошно қилишдан
ҳосил бўладиган ҳис-ҳаяжондан, уни ўз ҳаѐти ва фаолиятида фойдалана олишга
ўргатишимиз лозим. Чунки, мусиқа маънавий маданиятимизнинг муҳим
таркибий қисми. У жамият кишиларига маънавий гўзаллик, эстетик завқ
бағишлайди. Мусиқа санъати ўзининг маънавий куч-қудрати билан машҳур
шахсларнинг ҳам кўпчилигига болалигидан ҳамрох бўлиб келган. Улар
мусиқий-маънавий бой туйғуси орқали гўзал ғоявий, фалсафий тафаккурга
эришиб, ажойиб кашфиѐтлар яратганликларига оид тарихий мисоллар кўп
учрайди. Демак, мусиқий тарбия бутун инсоният, жамият тараққиѐтининг
муҳим шартларидан бири, деб айтишга хақлимиз. Республикамиз тараққиѐти ва

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 138


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
ўзгаришларга бой ҳозирги пайтда ѐшларнинг ҳар томонлама камол топиши
давр талаби ва эҳтиѐжидир. Ёшларимизни маънавий етук, комил инсон этиб
тарбиялашда мактабнинг роли шак-шубҳасиз каттадир. Умумтаълим
мактаблари барча ѐшларга билим асосларини сингдиради. У ўқувчи илмий
дунѐқарашининг шаклланиши ва мустаҳкамланиши йўлида асосий пойдевор
бўлиб, келажак авлодларни тарбиялайди, жамиятга муносиб кадрлар бўлиб
етишишида асосий ўринни эгаллайди. Мусиқа тарбиянинг самарали воситаси
бўлиб, фақат мусиқа асарининг таъсиридангина вужудга келмайди. У ҳар
тарафлама таъсир туфайли - турмушнинг ҳаѐт мактабидан, жамоат ҳаѐти,
моддий ва маънавий фаравонлиги, жамиятнинг ижтимоий-сиѐсий шароити,
илм-фан, ахлоқий муҳит, миллий анъаналар, бошқа халқларнинг ўзаро
таъсиридан келиб чиққан ҳолда шаклланади. Мусиқанинг тарбиядаги роли
фалсафа, мусиқашуиослик ва педагогикага доир адабиѐтларда атрофлича
ѐритилган. Лекин уни амалда қўллаш жараѐнида бирмунча камчиликлар кўзга
ташланади. Ўқувчиларни руҳий ва эстетик тарбиялашни янада
такомиллаштириш учун қандай ишларни бажариш керак? Бу савол МТТ
тарбияланувчилари, бошланғич мактабларда ―Мусиқа маданияти‖ дарсларини
илмий асосга қўйиш, ѐш авлодни мусиқий - эстетик тарбиялашдек муҳим
вазифаларни олдимизга қўяди. Ҳар бир инсон албатта ҳаѐтида бирон бир
истеъдодга эга бўлишни, ҳаммани ҳайратга солишни, машҳур бўлишни
истайди. Шундай экан, мақсадга эришиш йўлида йиллар давомида ўз
қобилиятини шакллантиришга меҳнат, ҳаракат қилиш лозим. Акс ҳолда
орзуларингиз орзулигича қолиши мумкин. Ҳар бир ота-она ўз фарзандининг
мактабгача тарбияси унинг кейинги ривожида қанчалик аҳамиятли, узлуксиз
таълим ва тарбиянинг муҳим босқичи эканини англашлари, сўнг тарбиячилар,
устоз-ўқитувчилар, умуман барча соҳа эгалари бирдек масъулият билан
фаолият юритишлари зарур. Назаримизда ѐшларни тўғри тарбиялаш, уларни
жипслаштириш, сафарбар қилиш, дунѐни англаш, санъатнинг халқпарварлик,
яратувчанлик каби муносабатларни яхшилаш ҳаммамизнинг диққат
эътиборимизда бўлиши ва қуйидагиларга эътибор қаратишни тавсия этамиз:
- Узлуксиз таълимга эътибор бериш – МТТдан Олий ўқув даргоҳида,
жумладан, ЎзДК гача бўлган ўқув жараѐнини таҳлилий ўрганиш, таклифлар
бериш;
- Бунда ЎзДК профессор-ўқитувчиларини ҳар бир ўқув юртига масъул
қилиб бириктириш ва уйғунликда, бир мақсад йўлида фаолият юритиш ишнинг
натижавийлигини оширади;
- Ўқув масканларида турли бадиий тадбирлар, фестиваллар, танловлар
ўтказишни йўлга қўйиш ҳам зарур.

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 139


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
- Репертуар масаласини таҳлил этиб, дастур асарларини янгилаб бориш,
унда ѐшга мос, ижрога муносиб, мазмунли асарларни киритиб бориш.
- Тўгараклар ишини ҳам йўлга қўйиш, ҳар бир ўқувчи бир чолғуни
ўрганиши зарурлиги белгиланганлигини эътиборга олсак, уни амалга ошириш
йўлларини излаш.
- Юқори натижага эришган жамоалар, раҳбарларини рағбатлантириб
бориш.
- Р.Глиэр, В.Успенский, Вилоятлар ўқувчилари чиқишларини тарғиб
қилиш.
- Олимпиада, Халқаро танловлар ғолиблари спорт, санъат иқтидорларини
тарғиб қилиш, рағбатлантириб бориш, радио, телевидение, матбуот
сахифаларидан ѐритиб бориш ҳам зарур, ѐшларни ибрат олишга ундайди.
- Дурдона асарлар ижрочилари, устоз санъаткорлар ижоди билан
таништириб бориш.
- ―Ёшлар‖, ―Наво‖, ―Спорт‖ каналларида истеъдод эгалари ҳақида доимий
кўрсатувлар ташкил этиш ижобий натижаларга етаклайди.
Қуйидаги камчиликлар танқилий ўрганилиши ва ҳал этилиши лозим:
- Умумтаълим мактаблари ―Мусиқа маданияти‖ фани соати хафтада 1 соат.
Бугунги кун талабидан келиб чиқиб, уни ошириш зарур.
- Гуруҳлар сони 35 ва ундан кўп, 20 тагача бўлиши таълим-тарбия ишини
самарали олиб боришга ѐрдам беради.
- Чолғу, фанга оид жиҳозланган хона (кабинет) масаласи ҳам ҳал этилиши
лозим. Вазирлик, мактаб раҳбарияти, ота-оналар ҳамкорлиги йўлга қўйилиши
зарур.
- Уларга мос адабиѐтлар тайѐрлаш, чоп этишда -. МТТ., Мактаб, ўрта бўғин
ўқув юрти ва Олий даргоҳ устозлари, раҳбарлари, профессор-ўқитувчилари
таклифларини муҳокама этиб, инобатга олиш.
- Тақдим этилаѐтган эстрада асарлари мазмунан менталитетимизга зид
бўлмаслиги лозим. Акс ҳолда ѐшларга салбий таъсир этади.
Демак, бошқа санъат турларига нисбатан мусиқа санъати (қўшиқ, куй,
ансамбль, оркестр, хор) эстетик тарбиянинг муҳим тарбиявий қисми
эканлигини унутмаслик, унга масъулият, эҳтиѐтлик ва жиддий ѐндашиш зарур.

ФОЙДАЛАНИЛГАН АДАБИЁТЛАР:
1. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 7 февралдаги 2017-
2021-йилларга мўлжалланган ―Ўзбекистон Республикасини янада
ривожлантириш бўйича Ҳаракатлар стратегияси тўғрисида‖ги, ПФ-4947 - сон
Фармони;

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 140


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
2. Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2019 йил 13
майдаги ―Мактабгача таълим ташкилотлари фаолиятини янада
такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида‖ги 391-сон қарори.
3. Ўзбекистон Президенти Шавкат Мирзиѐевнинг Наманганда бўлган
учрашувдаги маърузаси (27 июнь 2020 йил).

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 141


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
FYODOR DOSTOYEVSKIYNING ―JINOYAT VA JAZO‖ ROMANI
SUJETI HAQIDA

Xo`jamova Muazzamxon Abdumutallipova


Andijon viloyati Paxtaobod tumani
XTB ga qarashli 14-umumiy o`rta ta`lim maktabi
boshlang`ich sinf o`qituvchisi

Romanni tahlil qilish,sharhlash oson,negaki voqealar ko‘z oldimizda rivojlanib


ko‘lami kengayib boradi.Romanda sobiq talaba Rodion Romanovich Raskolnikov
tomonidan sodir etilgan jinoyat va uning oqibatlari haqida hikoya qillinadi. Shu
o‘rinda romandan ozgina parcha keltirib o‘tsak ―1860-yillar.Sankt-Peterburgning
kambag‘allar yashaydigan qismi. Yoz oqshomi. Sudxo‘r kampir Alyona Ivanovani
o‘ldirishni rejalashtirayotgan sobiq talaba Rodion Romanovich Raskolnikov
kampirga oxirgi qimmatbaho narsasini garovga topshirib keladi. Qaytib kelayotib, u
arzon qovoqxonalardan biriga kiradi, u yerda tasodifan ishdan haydalgan amaldor
Marmeladov bilan uchrashadi. U kasalligi qashshoqligi va piyonistaligi sabab xotini
Katerina Ivanovna birinchi nikohidan bo‘lgan qizi Sonyani pul topish uchun yomon
joylarga ishga yuborganini aytadi.
Romanning asosi bo‘lib Radion Raskolnikovning ―ishi‖ xizmat qiladi.Bu asarda
psixologik jarayonlar shunday tasvirlanadiki ,inson benihoya, uning kallasida pishgan
jinoyatdan oldinroq uning jazosi haqida o‘ylaydi,lekin undagi kuchli shaxs haqidagi
fikr uni jinoyatga undaydi. Romanda personajlar o‘rtasidagi aloqa shunday
uzviylashganki, , natijada romanning sujeti murakkablashib , muammolari
chuqurlashib boradi.
Romandagi ikkib asosiy qahramon:Radion Raskolnikov va Sonya
Marmeladovlar bir-birining ichki dunyosini yoritish uchun kerak bo‘lgan obrazlardir.
Dostoyevskiy birinchi,roman boshida syujetni tor olgan edi:qandaydir student
o‘zining sudxo‘r kampirni o‘ldirib , boyligini o‘zlashtirib , onasi,singlisi va o‘zining
qarzini to‘lab ,chet elga ketib, u yerda tinchgina yashash haqidagi fikrini yoritmoqchi
bo‘ldi,lekin Raskolnikovga yondash obraz qilib Sonyani kiritgandan keyin uning
orqasidan bir qancha obrazlar kirib keldi- bular katta bir shaharning kambag‘al
odamlari edi. Ya‘ni jamiyatning eng quyi tabaqasining vakillari. Bu obrazlar
romanning hamma muammolarini, Raskolnikovning amalga oshirilmagan g‘oyalari
haqida yorqin va aniq tushunchalar berishadi. Shu o‘rinda bir savol tug‘iladi. Nodon
va jirkanch odamning o‘ldirilishi , agar maqsad ezgu bo‘lsa axloqan qoralanishi
mumkinmi?Raskolnikovning fikricha, barcha ustun odamlar maqsadiga erishish
uchun qotillik qiladi, bu insoniyat uchun katta yutuqdir .Raskolnikov qotillikni

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 142


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
rejalashtirishga tayyorlanishidagi eng katta tashvishlaridan biri kelajakda unga
yetkazilishi mumkin bo‘lgan psixologik tasvirdir. Dostoyevskiy qahramonning
psixologik tomonini favqulodda mohir usulda ko‘rsatadi , hatto sobiq talabaning
qotilligini hamda undan keyin pushaymon bo‘lishini o‘zida paydo bo‘lgan kasallik
deb biladi. Kampirni o‘ldirgandan so‘ng Raskolnikov nosog‘lom holatga kiradi.
Romanni o‘qigan odam xuddi shu holatni boshidan kechiradi., o‘quvchi qotil
boshidan kechiradigan son-sanoqsiz tafsilotlarga sho‘ng‘ib ketadi.
Ichki nizolarga, qo‘shimcha ravishda, ko‘plab ikkinchi darajali personajlar
qahramon va muallif tomonidan berilgan savollarni chuqurlashtirishga yordam
beradi. Oilasi, do‘sti Razumixin va Sonya Marmeladova bilan birgalikda bosh
qahramonni qo‘llab –quvvatlaydi. Hikoyadagi hamma narsa murakkab bo‘lgani
uchun bu personajlar turli jihatlarni o‘z ichiga oladi va asosiy qahramonni ruhiy
jihatdan azoblash uchun javobgar bo‘ladi. Fyodor Dostoyevskiy psixologik jihatdan
qiyin, falsafiy jihatdan yetuk roman yaratdi., unda boshqa detektivlardan farqli
ravishda, boshlanishidanoq jinoyat va jinoyatchi aniq ,qolgan hamma narsa –jazo.
Jazo rasmiy emas , ruhiy. Rodion Raskolnikov , bosh qahramon –mehribon qalbga
ega inson.U oxirgi pulini, agar kerak bo‘lsa, notanish odamga berishga tayyor. Biroq
bu yorqin odam dahshatli ishga –qotillikka qo‘l urdi. Avvaliga u aybini tan olmaydi,
go‘yo nima uchun bunday jinoyat sodir etganini bilmaydi.
Inson bu asarni o‘qib o‘zimiz uchun foydali bo‘lgan ko‘plab narsalarni olishimiz
mumkin. Fyodor Dostoyevskiy har bir qahramon ichki dunyosining tom ma‘noda
avra-astarini ag‘darib, hatto bilimli aqlning ham qarama –qarshiliklarini ochib beradi.
Fikrlash soddaligi har doim ham ishonuvchanlikni anglatmasligini, insondagi yaxshi
tabiat unda yomonlik yo‘qligining belgisi emasligini ko‘rsatib beradi. Har doim
dolzarb bo‘lib qoladigan muammo insonning insonning ichki kurashidir.Kimdur
uchun u umr bo‘yi davom etishi mumkin, kimdur kutilmagan tarzda ―davo‖topadi.
His-tuyg‘ular fikr kuchi, hissiyotlar, ruhiy iztirob, bularning barchasi kitobning
mazmunidir. Asar menga judayam yoqdi.O‘zim uchun kerakli xulosalarni chiqardim.

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 143


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
ЁШЛАРНИ МИЛЛИЙ ҚАДРИЯТЛАР РУҲИДА ТАРБИЯЛАШДА
МАҚОМ САНЪАТИНИНГ ЎРНИ

Нуъмонжонова Феруза Сайёджон қизи


ФарДУ Санъатшунослик факультети
Халқ чолғулари йўналиш1-курс талабаси

А.Нурмуҳаммеджанов
ФарДУ Санъатшунослик факультети
катта ўқитувчиси

2019-йил 19-март куни Ўзбекистон Республикаси президенти Ш.Мирзиѐев


бошчилигида ѐшларга эътиборни кучайтириш мақсадида ўтказилган
видеоселектр йиғилишида қабул қилинган 5та муҳим ташаббуснинг
биринчисида кўрсатиб ўтилганидек, ѐшлар маънавиятини юксалтириш ва
уларнинг бўш вақтини мазмунли ташкил этиш ѐшларни мусиқа, рассомлик,
адабиѐт, театр ва санъатнинг бошқа турларига қизиқишларини юксалтиришга,
истеъдодини юзага чиқаришга хизмат қилади.
Айниқса, Ўзбекистон Республикаси Президенти Ш.М.Мирзиѐев
томонидан 2020 йилдан 15 апрель куни маданият ходимлари куни деб эълон
қилиниши бу соҳага давлатимизни алоҳида эътибори бериши санъат ва
маданият ходимларини бу соҳани янада ривожлантиришга алоҳида туртки
берди. Ватанимиз мустақилликка эришган кундан эътиборан халқимизнинг
маънавий оламини янгилаш борасидаги мақсадга давлат сиѐсати нуқтаи
назардан қарала бошланди. Бундай эътибор Ўзбекистоннинг ривожланиш
ҳаракатлар стратегиясида ўз ифодасини топар экан, Ўзбекистонда мақом
санъатини янада ривожлантириш, бу борада шаклланган ижро ва ижодий
мактаблар ва анъаналарни буюк бастакорлар , ҳофизлар ва созандалар
меросини чуқур ўрганиш ва қайта тиклаш бўйича Ўзбекистон Республикаси
Президентининг қарори миллий мақом дурдонасини чуқур илмий ўрганиш, бу
борадаги илғор тажрибаларни кенг тарғиб этиш, айниқса ѐш авлодни жумладан
мактаб ўқувчиларини мумтоз мусиқий меросимиз намуналарини теран англаш,
компетенциясини шакллантириш юзасидан имкониятлар яратиб берди. Ўзбек
мумтоз санъати бўлган мақом санъати халқимизнинг мусиқа мероси сифатида
асраб, авайланиб, ўрганиб келинмоқда. Мақом санъатини бизгача етиб
келишида буюк бастакор ва созандаларнинг хизматлари беқиѐсдир.
Ўзбек мусиқий меросида марказий ўрин тутган мақомлар туркуми, ўзаро
узвий боғланган мумтоз куй ва ашуллалар мажмуи-шашмақомни ташкил этади.

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 144


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
Шашмақом-миллий ҳамда минтақавий мусиқа анъаналарининг тарихий
тараққиѐт натижаси, бир қатор бастакорлар авлоди санъатнинг қомусий
махсулидир.
Мақомлар мусиқа меросимизда жуда катта ўрин тутади. Улар қадим
замонлардан бери ривожланиб келаѐтган ўзбек халқ профессионал мусиқа
санъатининг ютуқларини ўзида мужассамлаштирган. Мақомлар халқ
мусиқасининг бошқа жанрлари билан узвий боғланган ҳолда ривожланиб
келди.
Мақомлар ривожланиш жараѐнида шаклан ва мазмунан ўзгариб борган.
Давр ўтиши билан қанча-қанча бастакорлар, хонанда ва созандаларнинг жон
куйдириб изланишлари, сайқал беришлари натижасида мақом йўллари
мукаммаллашиб келди. Авлоддан-авлодга, устоздан шогирдга оғзаки ўтиб,
бизга етиб келган мақомларнинг шаклланиши ва тараққиѐтига ҳар бир авлод
ҳар бир созанда, хонанда ва бастакор ўз ҳиссасини қўшган.
Шу сабабли, мақомларнинг куй тузилишида уларнинг номланишида ва
мақом йўлларида учрайдиган доира усулларида турли тарихий ҳаѐт шароитлари
чуқур из қолдирган. Шашмақом олти мақомдан иборат бўлиб, Бузрук, Рост,
Наво, Дугоҳ, Сегоҳ ва Ироқ мақомларидан иборат. Уларнинг ҳар бирида 8-9
тадан чолғу қисми ва 35-40 тадан ашула қисмлари мавжуд бўлиб, жами 250 дан
ортиқ турли шаклдаги куй ва ашулла намуналаридан иборатдир. Ҳар бир мақом
чолғу ва ашулла йўлларидан ташкил топган. Шашмақомнинг ашулла йўлларида
ўзбек ҳамда форс мумтоз шоирларидан Рудакий, Жомий, Лутфий, Навоий,
Бобур, Фузулий, Хофиз, Амирий, Нодира, Зебунисо, Огаҳий каби буюк
шоирларнинг ишқий-лирик, фалсафий, насиҳатомуз, диний мазмундаги
ғазаллари, шунингдек, халқ тўртликларидан фойдаланилган.
Созанда, хофиз ва бастакорлар мақом йўлларининг кўплаб ижровий
талқинларини кашф этдилар. Улар асосида янги куй ва ашуллалар яратдилар.
Бу мусиқий меросни келажак авлодга ва унинг ѐш ижрочиларига ўз ҳолича
етказиш, буюк санъаткорлар Жўрахон Султонов, Ортиқхўжа Имомхўжаев,
Комуна Исмоилова, Берта Давидова, Ориф Алимаҳсумов, Алижон Ҳасанов,
Толибжон Бадиновларнинг етук мусиқий ворисларини тайѐрлаш мусиқа
ўқитувчилари олдида турган энг муҳим вазифалардан биридир.
Умумтаълим мактабларидаги мусиқа маданияти дарсларида мақом санъати
ҳақида жуда оз маълумотлар берилади. Ўқувчилар бу санъат ҳақида тўлиқ
маълумотга эга бўла олмайдилар. Шуларни ҳисобга олган ҳолда юқоридаги
вазифаларни бажариш учун синфдан ташқари тўгаракларда мақомчилар
дастасини ташкил этиш мақсадга мувофиқ бўлади. Ўқитувчи бундай дастани
ташкил этишда асосан қуйидагиларга эътибор қаратиши лозим.

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 145


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
Ўқувчининг шу санъат турига бўлган қизиқишига; агар ўқувчи ҳақиқатдан
ҳам қизиқса, у тўгаракка мунтазам равишда қатнашади. Машғулотларни
қолдирмайди. Яхши натижаларга эришиш учун ҳаракат қилади. Овоз
диапазонига; сабаби, мақом йўналишидаги ашулалар кенг диапазонли ашулалар
уни ижро этиш учун катта овоз талаб қилинади. Агар ўқитувчи кичик овозли
ўқувчиларни бу дастага қабул қилса, улар юқори авжларни ижро этишаѐтган
пайтда қийналиб олишади. Натижада қўшиқ яхши чиқмайди, овоз пайларига
ҳам зарар етиши мумкин.
Ўқитувчи мақом йўналишидаги ашулаларни ўргатиш жараѐнида доира
усулларига алоҳида эътибор бериши керак. Чунки доира усуллари мақом
йўлларини тўғри ижро этишда энг муҳим омиллардан биридир. Доира усуллари
мақомлардаги куй ва ашулаларнинг характерли томонларини очиб беришда ҳал
қилувчи роль ўйнайди. Ритм ва темп бузилмайди. Мақомларни якка тартибда
ѐки жамоа бўлиб куйлаш мумкин.
Лекин бизнинг асосий вазифамиздан бири мусиқий дурдоналаримиз
ҳисобланмиш мақом санъатининг мазмун-моҳиятини ѐшларга тушунтириш,
тўғри ижро этишни ўргатиш орқали уни жаҳон санъати даражасигача кўтариш
ва келажак авлодга ўз ҳолича етказишдир.
Маълумки, давлатимиз раҳбари Ш.Мирзиѐев 2017 йил 3-август куни
Ўзбекистон зиѐлилари ва маданият ходимлари билан бўлган учрашувда ―Ҳавас
қилса арзийдиган улуғ аждодларимиз бор. Ҳавас қилса арзийдиган беқиѐс
бойликларимиз бор. Ва мен ишонаман, насиб этса, ҳавас қилса арзийдиган
буюк келажагимиз ва санъатимиз ҳам албатта бўлади.‖10 деб қатъият билан
таъкидлади.
Демак, биз ѐшларнинг олдимизда турган катта вазифалардан бири буюк
меросимизни ўрганиш, ижодий фаол булиш ва мақом йўлларини ўрганишдан
иборатдир.

10
Ш.Мирзиѐев интернет маълумот 2017 й 3 ав

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 146


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil

JISMONIY MADANIYAT

YENGIL ATLETIKACHILARNING JISMONIY TAYYORGARLIGIDA


JISMONIY VA MAXSUS MASHQLARNING O‘RNI

Hudoyqulova Elmira Suyunovna


Qarshi shahar 12-maktab
Jismoniy tarbiya o‘qtuvchisi

Jismonan baquvvat, sog‘lom, irodali va ruhan tetik farzandlarni kamolga


yetkazishda jismoniy tarbiya fanining ahamiyati nihoyatda katta dars jarayonida
nazariy bilimlar o‘g‘il-qizlarni ruhiy kamolotga yetaklab ma‘nan chiniqtiradi zero
zerakligi zukkoligini yanada oshiradi.Ta‘lim jarayonida o‘quvchilar shaxsiy va
ovqatlanish geginasi ertalabgi badan tarbiya mashqlarining ahamiyati haqidagi
bilimlarga ega bo‘ladilar.
Yurtimizda barcha sohalar qatorida jismoniy tarbiyava sport sohasida ham
ko‘plab ilmiy tadqiqot ishlari o‘tkazilmoqda. Sport turlari bo‘yicha o‘quv
mashg‘ulotlari va texnikasi hamdao‘rgatish uslubiyatlari takomillashmoqda. Ilmiy
tadqiqotlar va tajribalar shuni asoslaydiki, yengil atletikachilarni tayyorlashda ham
asosan ularning umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarligiga katta e‘tibor berish
kerak. Hozirgi kunga kelib barcha murabbiylarga, o‘qituvchilarga, sportchilarga
ma‘lum bo‘lishi kerakki, yengil atletikaning turlarini o‘rgatish dava o‘quv
mash‘gulotlarida maxsus tayyorlov mashqlarining ahamiyati juda katta.
Yengilatletikada jismoniy mashqlar texnikasi kinematik (sportchi gavdasining
holati, harakatning yo‗nalishi va amplitudasi, masofa, ritm va tezlik) va dinamik
(sportchi tomonidan rivojlantirilayotgan kuchlanish va b.q. bir-biriga ta‘siri)
xarakteristikalardan tuziladi.
Yengil atletikaning ayrim harakatlarini ochib berishda, albatta, boshlanishi va
tugallanishi, yo‗nalishi, amplitudasi, tezligi va boshqalarni farqlash kerak.
Yengil atletika mashqlari o‗zining tuzilishi bo‗yicha: 1) siklik, ya‘ni mashqdagi
bir xil harakat ko‗p marta qayta takrorlanadi (yurish va yugurish); 2) atsiklik, ya‘ni
mashqdagi bir harakat qayta takrorlanmaydi (sakrash va uloqtirish).
Maxsus mashqlar orqali mushaklar kuchini, bo‘gimlardagi harakatchanlikni,
egiluvchanlikni, harakat tezligini va chidamlilikni rivojlantirish mumkin.
Asosiy sifatlarni rivojlantirishdayengil atletika turlarining mashqlarini e‘tiborga
olish lozim. Xususan, bosqonuloqtiruvchining katta kuchi va yadroit qituvchining
―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 147
www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
kuchi uzoqmasofalarga yugurishda yaxshi natijalar ko‘rsatishda xalaqit berishi yoki
yuguruvchining yengil vazni uloqtirishda inventarlarni (yadro, bosqonni) uzoqqa
uloqtiraolmasligi bizga ma‘lumdir. Mashg‘ulot vositalarini tanlashda to‘g‘ri yo‘l
tutish uchun murabbiy yoki o‘qituvchi qisqa masofa yoki o‘rta va uzoq masofalarga
yuguruvchining, balandlikka, uzunlikka yoki langar cho‘p bilan sakrovchining, disk,
nayza, bosqonuloqtiruvchining, yadroit qituvchining qaysi sifatlarini rivojlantirish
lozimligini yaxshi farqla bolishi kerak.
Yuqori sport natijalariga erishish uchun maxsus va tayyorlov mashqlarini yil
davomida bajarish lozim. Bu sport texnika simahorati o‘sishida yordam beradi.
Maxsus mashqlarni mashg‘ulotning tayyorlov qismida qo‘llash sportchilarga
(shug‘ullanuvchilarga) asosiy qismni yaxshi tayyorgarlik bilan boshlashga, xususan,
ixtisoslashayotgan -sport turida yengil atletikani texnikasini yaxshi o‘zlashtirishga
hamda yaxshi sport formasiga ega bo‘lishga, shu bilan birga, musobaqalarda yuqori
natijalarga erishishga yordam beradi. Maxsus mashqlarni qo‘llash ularning
me‘yorlanishiga, shu bilan birga, quyidagi larga bogliq:
1. Shug‘ullanuvchilarning yoshi va jinsi.
2. Salomatlik darajasi, jismoniy va texnik tayyorgarligi.
3. Yil fasli va mashgulot o‘tkazish sharoiti.
4. Yengil atletika turi.
5.O‘qituvchi-murabbiyning malakasi va bilim darajasi.
Yengilatletika sport turida yuqori sport texnikasiga har tomonla maqsadli
jismoniy tayyorgarlik asosida erishiladi. Shu sababli tayyorgarlikda vrida asosiy
e‘tiborni yaxshi uylab chiqilgan, xususan, maqsadga yo‘naltirilgan mashqlarni
qo‘llashga qaratish lozim. Yengil atletika sport turning har bir turlarida maxsus
mashqlarni qo‘llashdan asosiy maqsad shug‘ullanuvchilarning asosiy va zarur
bo‘lgan sifatlarini rivojlantirish, texnikani o‘rgatish va takomillashtirishdan iborat.

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 148


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
JISMONIY TARBIYANI O‘RGANISHDA ZAMONAVIY INNOVATSION
TEXNOLOGIYADAN FOYDALANISHNING SAMARALI USULLARI

Nazarova Farida Abdujalilovna


Samarqand viloyati, Nurobod tuman
10-umumta‘lim maktab Jismoniy tarbiya o‘qituvchisi

Annotasiya: Bu maqola Jismoniy madanyatni o‘rganishda zamonaviy


innovatsion texnologiyalarni ta‘lim sohasida tadbiq etish va darsda qo‘llash haqida
ma‘lumot beradi. Jismoniy madanyatni o‘rganishning to‘rt aspekti (o‘qish, yozish,
tinglash, gapirish) haqida ham so‘z boradi.
Kalit so‟zlar: texnologiya, innovasion usullar, zamonaviy axborot texnologiya,
ta‘lim, aspekt, tinglash, tushunish, yozish, kompyurter, sifat, jarayon, internet.

Bugun yurtimizda ta‘limning barcha bosqichlarida o‘quvchi va talabalarga


Jismoniy madanyatni o‘rganishga alohida etibor berilmoqda. O‘zbekiston Prezidenti
Shavkat Mirziyoevning 2017-yilgi PK 3031 qarori Jismoniy tarbiya va ommaviy
sportni rivojlantirishga qaratilgan.
Jismoniy madanyat fani to‘rt aspektga (o‘qish, yozish, tinglab tushunish, bo‘lib,
ularning har biri bo‘yicha alohida tushuncha va ko‘nikmalar berilmoqda. Ta‘lim
texnologiyalari, bu ta‘lim jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalaridan unumli
foydalanishdir. SHuningdek, ta‘lim jarayonida zamonaviy innovasion
texnologiyalarini olib kirish orqali ta‘lim sifati va samaradorligini oshirishni nazarga
tutadi. Xususan, Jismoniy tarbiyani o‘rganishda bunday axborot - kommunikasion
texologiyalardan foydalanishning bir qancha afzalliklari mavjuddir.
Sog‘lom turmush tarzini joriy etishda zamonaviy texnologiyaning roli
beqiyosdir. Texnologik vositalardan foydalanish Jismoniy mashiqlarni o‘rganishning
har bir aspestida qo‘l keladi. Masalan, tenglab tushunish uchun, albatta kompyuter,
pleer, CD desklarsiz bu jarayonni amalga oshirish mumkin emas. Ta‘lim jarayonida
zamonaviy texnologiyalardan foydalanishda o‘quvchilar ham axborot-
kommunikasion texnologiyalarni yaxshi bilish va ulardan foydalana olish muhim
omil hisoblanadi. Jismoniy madanyatni zamonaviy texnologiyalardan foydalanib
o‘rgatish eng samarali usullardan biridir. Bu jarayonda jumladan kompyuterlardan
foydalanganda o‘quvchi jismoniy tarbiyadagi video roliklarni, namoyishlarni,
dialoglarni, kino yoki multfilmlarni ham ko‘rishi, ham eshitishi mumkin.
O‘quvchilarning jismoniy madanyatni o‘rganishida, radio, televideniyadagi dasturlar,
magnitafon va kassetalar bunga misol bo‘ladi. Bu texnik vositalardan foydalanish

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 149


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
o‘quvchilarning jismoniy madanyatni o‘rganish jarayonini qiziqarliroq va
samaraliroq bo‘Iishini ta‘minlaydi.
Yana bir vosita-internetda so‘zlashuvchilar bilanmuloqat qilish imkoni paydo
bo‘ladi. E-mail vositasida xat yozish savodxonlikni oshiradi. O‘qituvchi o‘quvchilar
uchun internet orqali darsga oid tarqatma materiallar, video roliklar, ma‘ruzalar
matni, kun yangiliklari haqida ma‘lumotlar oladilar. O‘quvchilarning darsda
qiziqishlari ortadi. Shuningdek, internetdan foydalanish ham o‘quvchilarning bilim
samaradorligini oshiradi.
Bugungi kunda innovasion ta‘lim texnologiyalarining bir necha xil usullari
mavjud. Ulardan darslarda mavzuni yoritishda keng va turli usullaridan foydalanilsa,
darsning samaradorligi yuqori bo‘ladi va o‘quvchilarning darsga bo‘lgan
qiziqishlarining ortishi ham ta‘minlanadi. Ta‘lim jarayonida yangiliklarni olib kirish
va ularni tadbiq qilish orqali ta‘lim samaradorligini oshirishga erishish mumkin.
Jismoniy madanyat darslarining o‘qitilishida turli rolli, harakatli o‘yinlardan
foydalanish ham darsga, ham til o‘rganishga bo‘lgan qiziqishni ortishiga sabab
bo‘ladi.
Ta‘limda innovatsion texnalogiyadan foydalanish -zamon talabi.O‘qituvchi dars
jarayonida bundan foydalanmasa, o‘quvchi zerikadi.Ammo innovatsion usullardan
foydalanmasdan dars olib boradigan o‘qituvchilar ham yo‘q emas.Hozirgi kunda
o‘qituvchi, o‘quvchini faollashtiradigan, o‘quvchi uchun qulay bo‘lgan yo‘llarni, usul
va uslublarni, metod va vositalarni izlaydi,darsni mazmunli bo‘lishi uchun
foydalanadi.Bu albatta yaxshi samara beradi.
Xulosa qilib aytganda zamonaviy innovatsion texnalogiyalar o‘quvchilarning
bilim va konikmalarini oshirish muhim usullardan biri hisoblanadi.Hozirda ta‘lim
sohasini zamonaviy innovatsion texnologiyalarsiz tasavvur etish mumkin
emas.Bundan foydalanish ta‘lim jarayonida keng dunyo qarash shakillanishi va ijodiy
fikrlash qobilyati paydo bo‘ladi.O‘quvchining bilimini va savodxonligini oshiradi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:


1. Jismoniy tarbiya tarixi. Eshnazarov.J 2008 yil
2. www.ziyonet .uz.

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 150


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
BO`LAJAK SPORT MUSOBAQALARIGA SPORTCHI YOSHLARNI
PSIXOLOGIK TAYYORLASHNING MUHIM OMILLARI

Sharipov Botir Raxmonberdiyevich


Arnasoy tumani 13-sonli umumta`lim
maktabi jismoniy tarbiya fani o`qituvchisi

Barchamizga ma`lumki, sporti rivojlangan mamlakatlarda har bir sport


jamoasida malakali psixologlar faoliyat olib boradi. Ularning asosiy vazifasi
sportchilarni musobaqalarga psixologik tarafdan tayyorlash va ularga motivatsiyalar
berishdan iborat. Shu qatori ko`pgina tajribali murabbiylar ham bu borada malakali
psixologlardan qolishmaydi, ya`ni ular o`z shogirdlarini navbatdagi musobaqalarga
psixologik tarafdan tayyorlab, ularga g`oliblik ruhini singdirib borishadi va bunga
ular erishib ham kelmoqda.
Bunday tajriba hozirda bizning yurtimizda ham amaliyotga joriy etib
kelinmoqda. Ko`pgina sport jamoalariga malakali psixologlar jalb etilib, ular
yordamida yaxshi natijalarga erishib kelinmoqda. Bu tizimni bolalar sportining quyi
bo`g`inlari hisoblangan BO`SM va sport akademiyalarida ham to`liq joriy etish
maqsadga muvofiq deb o`ylayman.
Demak, yosh sportchilarni musobaqalarga psixologik jihatdan
tayyorlashning muhimligi va uni amalga oshirish tartibi va usullari haqida
fikrlashamiz.
Musobaqalarga psixologik tayyorlash sportchining ushbu musobaqada
ishtirok etishini bilish jarayonidan boshlanadi. Musobaqaga psixologik
tayyorgarlikning asosiy vazifasi-bu sportchida o`yinga tayyor holatini yuzaga
keltirish, ushbu holat o`yin jarayonida ham saqlanishi lozim. Sportchining
musobaqalarga psixik jihatdan tayyorligi quyidagicha ifodalanadi:
- O`ziga ishonch;
- Oxirigacha kurashish va g`oliblikni egallash;
- Emotsional holatning yetarli darajada ekanligi;
- O`z hatti-harakati, kayfiyati va xislarini boshqara olish;
- Maqsadga erishish yo`lida hamma kuchni safarbar qila olish;
Barchamizga ma`lumki, yosh sportchilarda ham o`yin jarayonlarida
qiziqqonlik, o`zini tuta olmaslik holatlari uchrab turadi. Bu esa o`zining va
jamoasining natijalariga salbiy ta`sir etmay qolmaydi. Bunday holatlarni oldini
olishda murabbiy va malakali psixologlarning o`z vaqtida bergan ko`rsatmalari o`z
foydasini beradi. Xo`sh, bunday vaziyatlarni oldini olish uchun qanday usullar bizga
foyda beradi?

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 151


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
Musobaqa oldi davrida sportchilarning asabini saqlash uchun, unga shunday
kun tartibi belgilash kerakki, u, bir tomondan, sport rejimi talabiga qat`iy rioya qilsin,
boshqa tomondan, rejimga qiziqarli, chalg`itadigan tadbirlarni kiritish kerak.
Masalan: jamoaviy sayrlar, hazilga boy filmlarni ko`rish, sevimli musiqani
eshitish va boshqalar. Bunda sportchi o`quvchilarning individual ishtiyoqini hisobga
ham olish lozim.
Bo`limlar va tanaffus paytlarida, dam olish vaqtlarida jamoani
psixologik tayyorlash:
Uchrashuv vaqtida va tanaffus paytlarida o`yinchilarni psixologik
tayyorlashda murabbiyning o`rni juda katta o`rin tutadi.
Sportchilar bilan har xil miqyosidagi musobaqalarda ishlash tajribasi shuni
ko`rsatadiki, maqsadga erishish vositalarga urg`u bermasdan, sportchilarning ongi
natijaga yo`naltirilsa, ya`ni faqat natija haqida o`ylansa, maqsadga erishishda to`siq
hosil bo`ladi. Agar o`yin reja bo`yicha o`tayotgan bo`lsa va o`yinni o`zgartirishga
xech qanday asos bo`lmasa, unda nasihat berishning hojati yo`q. Chunki
o`yinchilarning o`yinga bo`lgan jangovar holatiga salbiy ta`sir etish mumkin.
Xulosa o`rnida shuni ta`kidlash kerakki, yosh sportchilarni musobaqalarga
tayyorlash va ularda g`oliblik ruhini tarbiyalashda, tanaffus, bo`limlar oralig`ida
beriladigan ko`rsatmalarda, sizlar uddalaysizlar, sizlar bundan ham yaxshi o`ynay
olasiz, sizlar bilan faxrlanamiz, sizlar bilan xali juda katta natijalarga erishamiz kabi
so`zlardan foydalanib, ularga motivatsiya berish ijobiy natijalarga erishishning asosiy
yo`llaridan biridir.

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 152


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
ДИСТАНЦИОННОЕ ОБУЧЕНИЕ В ФИЗИЧЕСКОМ
ВОСПИТАНИИ СПОСОБЫ, РЕШЕНИЯ, ПРОБЛЕМАТИКА

Мавланов Бахтиер Ходжикурбанович


Учитель средней школы № 30
г. Бухарa, Бухарской область

Аннотация: В связи сложившейся ситуацией в стране, всем


образовательным учреждениям пришлось переходить на дистанционное
обучение. Поэтому на сегодняшний день это самая актуальная тема, для всех
кто связан с образовательной деятельностью. Практически для всех учителей,
система дистанционного обучения стала в новинку. Пришлось учиться по
новому, преподавать, искать новые подходы и совершенно иначе налаживать
контакт с детьми.
Ключевые термины: дистанционное обучение, физическое воспитание,
ученик , видео

Являясь учителем по физической культуре, где должен быть


непосредственный контакт учителя с учеником, правильно оборудованное
помещение, инвентарь и многое другое сопутствующее занятиям, этот вопрос
встал особенно остро. По началу казалось, что невозможно преподавать на
расстоянии, к примеру, осуществлять страховку детей и принимать нормативы
стало не возможным, но под редактировав ,учебную программу, под
сложившиеся условия, нашлись и положительные стороны дистанционного
обучения. Как говориться плюсы есть везде, главное их найти - в этом и
заключается мой педагогический секрет. Я бы хотел поделиться наблюдениями
и находками, с которыми я столкнулся при дистанционном обучении.
Начав работу дистанционно, наладив уроки по средствам конференции,
заменив упражнения под условия выполнения их в домашних условиях,
принимая домашнее задания, через видео, введения большего количества
теоретических заданий выяснилось:
1. В процессе дистанционного обучения большую часть материала ученик
осваивает самостоятельно. Что приучает к самостоятельности и дисциплине. В
моем случае учащиеся по личной инициативе присылают мне видео, как они
выполняют утреннюю гимнастику.
2. Выросло стремление к качественному выполнению задания. К примеру я
заменил метание малого мяча в цель на его имитацию. Дети, зная, что норматив
на результат приниматься не будет, больше соревнуются в правильности

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 153


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
выполнения. А правильное выполнение и есть основа для успешных
результатов.
3. Проявляется творческая деятельность, в пример, мы совместно с
учащимися придумываем, как и чем заменить спортивный инвентарь, что бы
разнообразить занятия.
4. Интересным наблюдением стало то, что учащиеся, которые имели
стеснения на уроке, без каких-либо комплексов и психологических неудобств
выполняют задания на камеру. Не имея стеснение перед классом, уровень
стремления к выполнению физических нагрузок у таких детей повысился.
5. Появление большего количество теории, а именно тем которые
рассказываю, об исторических фактах, для чего нам нужны качества и умения
которые мы приобретаем на уроках физической культуры, подогревают интерес
учащихся к здоровому образу жизни и самостоятельным занятиям. Я считаю,
что теоретические занятия могут так влиять только на дистанционном
обучении. Так как при стандартном обучении, урок физкультуры больше несѐт
функцию смены деятельности, , учащие в первую очередь идут на урок за
физической активностью.
6. Никто, не остаётся без внимания. Выросла индивидуальная работа с
каждым учеником. Конечно, у учителя на индивидуальную работу требуется
больше времени, но времени отведѐнного на один стандартный урок не хватает,
что б в полной мере выделить и оценить каждого ученика из класса. Сейчас на
расстоянии этот подход стал преобладать (конечно, это не касается
письменных самостоятельных работ, которые так же являются частью
индивидуального подхода, тут учитель не может в полной мере оценить знания
ребѐнка). Тем не менее, у ученика вырастает понятие, что все его старания
оцениваются.
Как бы то ни было дистанционное обучение не может заменить,
стандартных уроков по физической культуре. Где ученик получает большую
физическую нагрузку, которая несѐт на себе здоровье сберегающий фактор,
работу повышения физических качеств и умений, социальную сторону урока и
многое другое. Но как временная мера - может научить нас новому и с большим
успехом воспитать те качества, которые при обычном учебном процессе
поддаются хуже. Главное правильно воспользоваться данной ситуацией!

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 154


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
JISMONIY TARBIYA FANINING O‘QITISH NAZARIYASI VA
RIVOJLANISH BOSQICHLARI

Boboyev Mirzohid Sayfullayevich


Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumani
41-umumiy o‘rta ta‘lim maktabi o‘qituvchisi

Annotatsiya: ushbu maqolaning mazmun mohiyati quyidagicha, ta‘lim sifatini


oshirishda pedagog tomonidan yangicha g‘oya metodlarning dars jarayonida
qo‘llanishi, o‘quvchilarni dars jarayoniga qiziqtirishda samarali usullar va
mashg‘ulotlarni qo‘llashda zarur tavsiyalar berilgan.
Kalit so‟zlar: Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi, jismoniy mashqlar,
sport trenirovkasi.

Ta‘lim berish jarayoni o‘zining murakkabligi va mashaqqati bilan maroqlidir.


Kelajak avlod siz bergan ta‘lim-tarbiya bilan kamol topishining o‘zi insonga
motivatsiya bag‘ishlaydi. Umumta‘lim maktablarida bugungi kunda fanlarni
o‘qitishda ko‘pgina o‘zgarishlar yuz bermoqda. Ayniqsa, yoshlar uchun muhim
bo‘lgan sohalarga bo‘lgan e‘tibor katta. Ta‘lim berish mohir pedagog barcha narsaga
e‘tibor qaratishi lozim.
Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi fani mutaxassislikka yo‘naltirilgan
o‘quv predmeti sifatida jismoniy tarbiya mutaxassisliklari uchun fundamental
bilimlar tizimi, inson jismoniy barkamolikka va unga erishish hamda boshqarishning
umumiy qonuniyatlarini o‘rgatadi.Jismoniy tarbiya nazariyasi ilmiy fan tarzida
jismoniy tarbiyaga oid mavjud faktlarni izoxlab beradi va umumlashtiradi. Amaliy
fan sifatida insonni jismoniy barkamolligining vositalari, jismoniy tarbiyasi shakllari
va uning uslubiyoti haqidagi amaliy, nazariy bilimlarni beradi, hayotiy-zaruriy
harakat malakalari va ko‘nikmalari zaxirasini oshiradi.Jismoniy tarbiya nazariyasi va
uning amaliyoti hamisha rivojlanishda va mukammalashib boradi. Amaliyot
natijalari, ilmiy tadqiqot ma‘lumotlari, jismoniy tarbiya nazariyasini va uslubiyotini
yangicha tamoyillar va qonunlar bilan boyita boradi. Shuning uchun ham jismoniy
tarbiya nazariyasi va metodikasi predmti qotib kolgan o‘zgarmas ma‘lumotlardan
iborat bo‘lishi mumkin emas.Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi ijtimoiy
tabiiy, pedagogika fanlari erishgach muvoffaqiyatlarga tayanadi. Jismoniy tarbiya
nazariyasi va metodikasi har qanday holatda ilmiy pedagogikaning negizini "tashkil
etuvchi eng umumiy qonunlardan, prinsiplar va qoidalardan foydalanadi, shu
jumladan, barcha sport fanlari uchun ham bu qonunlar, printsiplar va qoidalar mos
keladi va o‘ziga xos ma‘no kasb etadi.O‘quv fani sifatida shakllanishi va uning

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 155


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
rivojlanishiga jamiyat a‘zolarining jismoniy tayyorgarligini oshirish mumkinligi
haqidagi nazariy fikrlarning vujudga kelishi va unga intilish sabab bo‘ldi. Bu bilan
insonning jimoniy rivojlanishini boshqarish mumkinligi haqidagi qoida va qonunlar
ijtimoiy mehnat va harbiy amaliyotda yuqori samara berishi isbotlandi.
Jismoniy tarbiya nazariyasi va megodikasmning mazmuni quyidagilarni o‘z
ichga oladi:
- jismoniy tarbiya jamiyat mahsuli ekanligi, ijtimoiy xodisa sifatida tarbiyaning
boshqa shakllari bilan bog‘liqligi;
- jismoniy tarbiyaning maqsadi, uning umumiy vazifalari va tamoilari;
- jismoniy tarbiyaning vositalari metodik prinsiplari;
- harakatga o‘rgatish, o‘qitishning uslublari;
- jismoniy sifatlarni rivojlantirish;
- jismoniy mashqlar va uni o‘qitish jarayoning tuzilishi;
- jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish mashg‘ulotlarini tashkillashning
g‘oyalari;
- jismoniy tarbiya jarayonini rejalashtirish va uning hisoboti;
- jismoniy tarbiya uslubiyotining xususiyatlari;
- maktatabgacha yoshdagi va maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasi;
- sport trenirovkasi jarayonining tavsifi.
Pedagogik jarayon tarzida jismoniy tarbiyani umumiy qonuniyatlari jismoniy
tarbiya nazariyasining o‘rganish predmeti hisoblanadi. Umumiy qonuniyatlar
deganda, aholining har qanday tabaqasini: bolalar, o‘smirlar, yoshlar, o‘sha
yoshdagilar, kattalar va qariyalar hamda jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanishni
endigina boshlaganlarni, malakali sportchilarni jismoniy tarbiyasining xususiy
tomonlari tushuniladi.Bundan tashqari jismoniy tarbiya uslubiyoti jismoniy tarbiyani
ajratib olingan ayrim xususiy qonuniyatlarini ham o‘rganish predmeti qilib belgilaydi
va pedagogik jarayonning umumiy qonuniyatlarini amalga oshirishda "Umumiy va
kasb maxsus jismoniy tayyorgarligi metodikasi", "Sport tayyorgarligi metodikasi"
deb aniq yo‘nalishdagi metodikalardan foydalaniladi. Bunday uslubiyatlarni har birini
ichida o‘zlarining xususiy uslublari mavjud. Uslublarning turli-tumanligi
shug‘ullanuvchilarning qaysi psixologik tiplarga mansubliligi, ularning yoshi, jinsi,
qaysi kasb egasi ekanligi va tanlangan sport mutaxassisligi (maktab yoshidagi bolalar
jismoniy tarbiyasi metodikasi, ayollar jismoniy tarbiyasi metodikasi va h.k.)ga xos va
mos kelishi kerak.Sport pedagogikasining ayrim fanlari uslubiyoti (sport o‘yinlari,
gimnastika va boshqalarni o‘qitish metodikasi) alohida mustaqil ajratilgan ilmiy va
o‘quv fanlari tarzida shakllangan. Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyoti fani esa
ularni yagona nazariy va uslubiy asoslar bilan qurollantiradi, o‘rganish predmetlari
harakteriga ko‘ra pedagogika fanlari tizimidagi fan sifatida o‘z qoidalarini ijtimoiy,

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 156


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
psixologik va biologik faktorlar hisobiga to‘ldiradi.
Umuman olganda, ustoz o‘quvchining tasavvurida kelajakni tasvirlantira
oladigan ko‘zgu hisoblanadi. O‘quvchi ko‘zguga qaraganda o‘zining kelajagini
ko‘radi. Mana shu sababli, farzandlarimizga ta‘lim-tarbiya berishda shijoat bilan
mehnat qilmog‘imiz zarur. Zero, kelajak bugundan boshlanadi. Bugunimiz esa,
yoshlarimiz olayotgan ta‘lim va tarbiyasi haqida barchamiz tengday mas‘ul bo‘lishga
chorlaydi. Yosh avlodga bilim berish yo‘lidagi har birimizni sinmas iroda va matonat
tark qilmasin!

Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Xasanov J, Saribaev H, Niyozov G, Hasanbaeva O, Usmonboeva M.
Pedagogika fanidan izohli lug‘at. – T.: Fan va texnika, 2009
2. Kurbanov Sh.Ye, Seytxalilov Ye. A. Ta‘lim sifatini boshqarish. – T.: Shark,
2006.-592 bet

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 157


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
JISMONIY MADANIYATDA SHAXSNI HAR TOMONLAMA
RIVOJLATIRISH

Yo`ldosheva Zulayho Hamzayevna


Navoiy viloyati Navoiy shahar
jismoniy tarbiya fani o`qituvchisi

Annotatsiya: Ushbu maqolada jismoniy madaniyatda shaxsni har tomonlama


rivojlantirish haqida ilmiy qarashlar bayon etilgan. Ilmiy faktlar asosida ilmiy fikr va
mulohazalar keltirilgan.
Kalit so`zlar: Shartli refleks, pedagogik qobiliyat, jismoniy tayyorgarlik,
shaxsni har tomonlama rivojlantirish, fiziologik poydevor, garmonik rivojlantirish,
o`yin, sho`x koptokcham o`yini

Ma`naviy va jismoniy kuchlari har tomonlama kamol topgan kishilargina o`z


Vatanining taraqqiyotiga ulkan hissa qo`shadi.Odamning ruhiy dunyosi tashqi
ta`sirlar ostida , avvalo ijtimoiy muhiti ta`sirida, shuningdek, insonning tevarak
atrofdagi muhit va o`z-o`zini o`zgartirishga qaratilgan faol harakati tufayli vujudga
keladi. Chunki kishilar ruhiy, ma`naviy va jismoniy sifatlarni o`zida
mujassamlashgan holda tug`ilmaydilar. I.P.Pavlov ta`limotiga ko`ra, shartli refleks-
inson organizmi bian muhit o`rtasidagi aloqa shakli bo`lib xizmat qiladi, shartli
refleks ayni paytda ham jismoniy, ham pisixik hodisadan iborat. Ta`lim va tarbiya
shartli reflekslardagi uzun qatorlarning vujudga kelishidan iboratdir. Ijtimoiy
talablarga muvofiq shartli reflektorlarning hosil bo`lishi shaxsning jismoniygina
emas, ma`naviy tomonlarining shakllanishi uchun fiziologik poydevordan iborat.
Jismoniy tarbiya jarayonida aqliy,ahloqiy va estetik tarbiya vazifalarini hal qilish
shaxsni har tomonlama kamol topdirish omili sifatida jismoniy tarbiyaning
muvaffaqiyatini ta`minlаydi.[1] Jismoniy madaniyatda shaxsni har tomonlama
rivojlantirish o`qituvchilarning pedagogik qobiliyatiga bog`liq. Ma`lumki, pedagigik
qobiliyat- o`qituvchining aqliy, emotsional irodaviy tashkilotchiligi, bilimi, ularning
bir-biriga bog`liqligi.[2] Aksariyat hollarda ta`lim va tarbiyada ro`y beradigan
ko`pgina kamchiliklar o`qituvchi o`z pedagogik qobiliyatining amaliy yo`nalishlarini
yaxshi bilmasligi, istedotining yo`qligi natijasida ro`y beradi.
Shaxsni har tomonlama rivojlantirishda jismoniy tarbiya mutaxassislariga
talablar qo`yiladi. Birinchidan, tarbiyaning turli tomonlarining bir butunligiga
erishish. Bunda jismoniy sifatlarga qo`shib aqliy, axloqiy, ruhiy, estetik va ma`naviy
sifatlar ham qo`shib tarbiyalansa, yoshlar ijodiy mehnat va Vatan mudofasiga tayyor
bo`ladi. Ikkinchidan, keng va umumiy jismoniy tayyorgarlikka ega bo`lish.

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 158


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
Ma`lumki, jismoniy tayyorgarlik- erishilgan va birlashgan ishchanlikni, amaliy
harakatdagi ko`nikma va malakalarni maqsadli failiyatning samaradorligiga ta`sir
ko`rsatish bo`yicha tashkil topgan jismoniy tayyorgarlik natijasi. Shuning uchun
insonlarning har qanday faoliyatidagi yutug`i jismoniy tayyorgarligiga bog`liq.
Armiya safidami yoki ish faoliyatida umumjismoniy tayyorgarligi sust bo`lganlar
qiyinchiliklarga duch keladi .Jisminiy sifatlar insonda qanchalik yaxshi rivojlangan,
hayot uchun zarur bo`lgan harakat va mehnat malakalari yetarli bo`lsa, boshqa
faoliyatni tez o`zlashtiradi.Jismoniy tayyorgarlikni yo`lga qo`yish uchun olib borilgan
rejali faoliyat har tomonama garmonik rivojantirishning omilidir.
Masalan, jismoniy madaniyatda shaxsni har tomonlama rivojlantirishni harakatli
o`yinlar misolida aytib o`tamiz. O`yin- tarixiy, ijtimoiy, falsafiy tushinchalardan
iborat bo`lib, turli hil harakatlardan iborat bo`lgan murakkab harakat faoliyatidir. [3]
Har qanday o`yin mehnat, turmush tarzi va tevarak – atrof bilan uzviy bog`langan
bo`ladi. O`yin jarayonida bolalar dunyoni anglaydi. Ya`ni o`yin nafaqat jismoniy
balki, ruhiy, irodaviy, psixologik, ma`naviy qobiliyatlarni shakillantiradi. Harakatli
o`yinlardan «Sho`x koptokcham» deb nomlangan o`yinini o`ynash jarayonida
ishtirokchilar quyidagi she`rni aytadi:
To`pim to`p-to`p etasan,
Ursam uchib ketasan
Haqqalanib nariga,
Do`stlarimga yetasan.[4]
Bu to`rtlikni aytish jarayonoda bolalarda esda saqlash, yod olish orqali aqliy
qobiliyatlari rivojlanadi.
Bundan tashqari jismoniy tarbiya o`quvchilarning fan mavzularini o`zlashtirish
vazifasini ham bajaradi. Jumladan, yengil atletika darslarida estafeta yugurish
harakatini bajartirayotganda bolalarga ona tili fanidan o`tgan mavzularidan alifboni
takrorlatish uchun har bir guruh bolalari yugurish oxirida kartichkalarga yozilgan
alifbo harflari ketma- ketligini to`g`ri olib kelish bo`yicha musobaqa o`ynatish
mumkin. Botanika fanidan o`tilgan poliz ekinlari mavzusini takrorlatish uchun
guruhlarga kartichkalarda yozilgan faqat poliz ekinlarini olib kelish shartini
bajartirish mumkin. 2x2=? ; 5x7=? kabi matematik ifodalarni ko`rsatib guruhlarga
to`g`ri javob sonini topib kelish yuzasidan musobaqa o`tkazish mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Aslonova M.A, Xamrayev R Jismoniy nazariyasi va metodikasi fani bo`yicha
O`quv- Uslubiy Majmua. – T.:2012.- 66b
2. Ivanov P.I, Zufarova M.E Umumiy psixologiya.-T.: O`zbekiston faylasuflari
milliy jamiyati, 2008.-389b

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 159


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
3. Nematov B.I, Xodjayev P, Jumanov O.S, Azamatova I.I Jismoniy tarbiya
fanini o`qitish uslubiyoti bo`yicha O`quv-Uslubiy Majmua, - T.:2019.- 122b
4. Usmonxo`jayev.T.S, Usmonov P.A, Meliyev X.A, Shofayziyev 500 Harakatli
o`yinlar.-T.: Bekinmachoq –Piyus, 2011.- 37b

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 160


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
O‘ZBEKISTONDA FUTBOLNING RIVOJLANISHI

Begmatov Sherali Bekqulovich


Samarqand shahar
32 –maktab jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi

Annatasiya:maqolada futbolning O‘zbekistonga kirib kelishi.O‘zbek futbolining


rivojlanishi mamlakatimizda futbol bo‘yicha olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar
bo‘yicha fikr yuritiladi.
Kalit so‟zlar: kirish, futbol tarixi, futbol klublari, futbol bo‘yicha qarorlar.

Hammamizga ma‘lumki futbol eng qadimgi o‘yinlardan biri bo‘lib, oyoq bilan
to‘p o‘ynash Britan orollarida IX asrdayoq juda mashhur bo‘lgan. 1863-yil Angliya
futbol uyushmasi tashkil etilgan va bu o‘yinning 13 moddadan iborat bo‘lgan ilk
rasmiy qoidalari tasdiqlangan.
O‘zbekistonda zamonaviy futbol o‘tgan asrning boshlarida paydo bo‘lgan .uning
rivojlanish joylari Qo‘qon, Farg‘ona, Toshkent, Andijon va Samarqand bo‘lgan.
Birinchi futbol jamosi 1912-yil Qo‘qon shahrida tashkil etilgan. Keyinchalik
Farg‘ona va Toshkentda ham futbol o‘ynay boshlaydi.1913-yil Andijonda ―Andijon
futbolchilar klubi‖ tasdiqlandi.1920-yildan boshlab futbol respublikamizning chekka
qishloq va mahallalariga kirib borib, mashhur o‘yinga aylana boshlandi. 1921-yil
Maskva va Toshkent futbolchilarning ilk uchrashuvi o‘tkazildi.1928 yil Maskvada
bo‘lib o‘tgan xalqaro spartakiadada O‘zbekiston futbolchilari ham qatnashdi. Futbol
bo‘yicha spartikiada birinchiligi uchun 22 jamoa kurash olib bordi,ular qaroriga
Angliya, Germaniya, Avstraliya, Shveysariya, Finlyandiyaning ishchi klublaridan
iborat terma jamoalari ham bor edi. Shveysariya va O‘zbekiston jamoalarining
uchrashuvida o‘zbek futbolchilari jamoaviy o‘yin, chiroyli va chaqqan
kombinatsiyalar namoyish etganlar va O‘zbekiston futbolchilari 8;4 hisob bilan
g‘alaba qozondilar. 1932-yilda O‘zbekistonga nemis futbolchilari tashrif buyurdilar.
O‘zbek futbolchilari bu o‘yinga qattiq tayyorgarlik ko‘rib, birinchi o‘yinda 4:2
hisobidagi og‘ir g‘alabani qo‘lga kiritdilar.
1936-yil shahar futbol bo‘limi qaroriga binoan Toshkentda futbolga
ixtisoslashtirilgan birinchi bolalar va o‘smirlar maktabi ochildi.
1943-yil Olmaotada urish davrining qiyin sharoitlarida O‘rta Osiyo
mamlakatlari va Qozog‘iston spartakiadasi o‘tkazildi.Respublikamiz futbolchilari
tehnik futbol o‘yinini namoish etib, Turkmaniston jamoasini 9:0 Tojikistonni 3:0
Qirg‘izistonni 5:0 xisobi bilan mag‘lubiyatga uchratdi.
Murrabiy kadrlar tayyorlash bo‘yicha O‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiya

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 161


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
instituning o‘zbek futboliga qo‘shgan xissasi katta. Institut 1955-yilda ochilgan
bo‘lib, futbol mutaxassisligi bo‘yicha 1966-yilda mustaqil kafedra tashkil etildi.
1992-yil mamalakatimiz futboli tarixida yangi sahifa ochildi. Bu
chempionatning oliy ligasida 17 ta, birinchi ligasida 18 ta ikkinchi ligasida 42 ta
jamoa ishtirok etdi.
1994-yil 7 iyunda O‘zbekiston futbol federatsiyasi ―FIFA‖ga, shu yilning
dekabr oyida Osiyo Futbol konfedratsiyasiga a‘zo bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 18 martdagi
―O‘zbekiston Respublikasida futbolni yanada rivojlantirish chora – tadbirlari
to‘g‘risida‖ gi Farmonining mamlakatimizda futbolni rivojlantirishdagi ahamiyati
beqiyos. 1994-yilda ilk bor yosh mustaqil respublika elchilari Yaponiyada
o‘tkazilayotgan XII Osiyo o‘yinlarida –Osiyo mintaqasidagi yirik sport forumida
tanishtirildi. Bu o‘yinlarda O‘zbekiston terma jamoasi finalda Xitoy terma jamoasini
4;2 hisobi bilan engib g‘olib bo‘lishgan.
2002-2003 yillarda O‘zbekistoning yoshlar terma jamosi futbolchilari katta
yutuqlarga erishdilar. Qatarda Tailand terma jamosini 4:0 Qatarni 5:4 Saudiya
Arabistonini 4;0 hisobda ustun kelishgan.
O‘zbek futbolining rivojlanishi o‘sib kelayotgan yosh avlodga bog‘liq yosh
avlodni yaxshi qilib tarbiya qilsak o‘zbek futbolini yuqori nuqtalarga olib chiqadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati


1. Akramov R , Tolibjonov A Yuqori malakali futbolchilarni tayyorlash. T .1994
2. Akramov R .A Futbol . Darslik, T 2006
3. B . Nugmanov , F .Hujaev , K .Raimqulov . ―Sport o‘yinlari‖ Kasb –hunar
kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma ―Ta‘lim ziyo‖ 2007

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 162


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
JISMONIY TARBIYANING ONLAYN TARZDA O‘QITILISHI
HAQIDA MULOHAZALAR

Razzaqov Ravshanbek
Xorazm viloyati Xiva tumani
20-maktab jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi
Termiz Davlat bilim yurti bakalavrianti

Annotatsiya: Jamiyat rivojlanishi, unda vaqtning tig‘iz shakli hamda keying


chorakda butun dunyoda kuzatilgan pandemiya sharoitida barcha jabhalarda
faoliyat onlayn shaklga o‘tkazildi. Shu munosabat bilan mazkur maqolada ham
Jismoniy tarbiya fanini ham masofayiv shaklda o‘tishga oid fikrlarimni
o‘rtoqlashdim.
Kalit so‟zlar: #OTJ #yangiavlod #gibrid #sertifikat #jismoniytarbiya #tatqiqod
#masofavi #ta‘lim #internet

Onlayn jismoniy tarbiya (OJT) an'anaviy jismoniy ta'limni raqamli makonga


aylantirishda noyob muammolar to'plamini taqdim etadi, barchasi bir xil mezonlar,
o'quv rejalari va an'anaviy kurslarni baholash standartlariga javob beradi. Hozirgi
vaqtda jismoniy tarbiyachilar qanday qilib tarkibni Internetda etkazib berish uchun
rasmiy ravishda o'qitilishini o'rganadigan cheklangan tadqiqotlar mavjud. Shuning
uchun ushbu tadqiqotning maqsadi bitiruvchilar darajasidagi OJT o'qituvchilarini
o'qitish metodikasi kursi o'qituvchilari va talabalarining tajribalari va tasavvurlarini
tavsiflash edi. O'rta ta‘limda o'rta maktabva kollejida OJT usullaridan biri
kursiningijtimoiy hodisasini o'rganish uchun fenomenografik tadqiqot dizayni
ishlatilgan. Ushbu tadqiqot ishtirokchilari OJT metodlari kursining o'qituvchisi va
kursni tugatgan sobiq talabalar edi.Amaliy ish uchun ma'lumotlar yarim tuzilgan
intervyular orqali to'plangan va sifatli ma'lumotlarni tahlil qilish uchun induktiv
tarkib tahlilidan foydalanilgan. Natijalar ishtirok etganlarning hayotiy tajribalarini
tavsiflovchi to'rtta kategoriyani aniqladi: Onlayn o'quv amaliyotini modellashtirish,
o'qituvchi va talabalarning o'zaro munosabatlari, o'qituvchilik va tarkibiy bilimlarni
Internetga o'tkazish va navigatsiya qo'llanmalari va texnologiyalari. Butun mamlakat
bo'ylab o'qituvchilar zamonaviy hayot va shaxsiy kompyuterlar, mobil qurilmalar,
oqim uzatuvchi media va Internet kabi zamonaviy texnologiyalarsiz hayotni hech
qachon bilmagan o'quvchilarning yangi avlodiga duch kelmoqdalar. Ushbu avlodda
tug'ilgan o'quvchilar "raqamli tug'ilganlar" deb nomlanishgan va ular "butun umr
davomida texnologiyalarga singib ketgan, ularga murakkab texnik ko'nikmalar va
bilimlarni afzal ko'rishgan" deyilgan. Ular malakali ko'p tarmoqli va faol o'quvchilar

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 163


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
va axborot olish va aloqa texnologiyalariga bog'liq bo'lishlari kerak. Shuni hisobga
olgan holda, ba'zilar hozirgi ta'lim usullari va an'anaviy tarzda o'qitilgan o'qituvchilar
ushbu o'quvchilarning ehtiyojlarini qondirish uchun jihozlanganmi degan savol
tug'dilar. Ta'lim berish usullari va samarali pedagogik strategiyalar deyarli
o'zgarmagan bo'lsa-da, zamonaviy texnologiyalar o'qituvchilar o'quvchilar bilan
bog'lanish, o'zaro aloqa va aloqa o'rnatish usullariga ta'sir ko'rsatdi. Internetda
o'qishni boshqarish tizimlari o'qituvchilarga o'quvchilarga sinxron va asenkron
formatda o'quvchilarga mo'ljallangan tarkibni taqdim etish imkoniyatini o'zgartirdi.
O'quvchilarning yangi avlodiga onlayn va masofaviy formatda murojaat qilish orqali
o'qituvchilar tarkibni tashkil qilish, etkazib berish va interfaol usullarni
osonlashtiradigan vositalar va texnologiyalardan keng foydalanish imkoniyatiga ega.
Ushbu platformani hisobga olgan holda, o'qituvchilar nafaqat o'quvchi va mazmun
o'rtasidagi o'zaro munosabatlarni, balki talaba-o'quvchi va talaba-o'qituvchilar
o'quvchilar bilan bog'lanish, o'zaro aloqa va aloqa o'rnatish usullariga ta'sir ko'rsatdi.
Internetda o'qishni boshqarish tizimlari o'qituvchilarga o'quvchilarga sinxron va
asenkron formatda o'quvchilarga mo'ljallangan tarkibni taqdim etish imkoniyatini
o'zgartirdi. O'quvchilarning yangi avlodiga onlayn va masofaviy formatda murojaat
qilish orqali o'qituvchilar tarkibni tashkil qilish, etkazib berish va interfaol usullarni
osonlashtiradigan vositalar va texnologiyalardan keng foydalanish imkoniyatiga ega.
Ushbu platformani hisobga olgan holda, o'qituvchilar nafaqat o'quvchi va mazmun
o'rtasidagi o'zaro munosabatlarni, balki talaba-o'quvchi va talaba-o'qituvchi
o'rtasidagi o'zaro munosabatlarni o'rnatishning yangi va dinamik tabiati bilan ham
duch kelmoqdalar .Onlayn o'qitish jarayonida dasturlar onlayn rejimida yuzma-yuz
o'qib beriladigan kurs vaqtining nisbati bilan belgilanadi. Natijada corijlik
professorlar Allen va Seaman kurslarning to'rt turini aniqladilar: an'anaviy (0%
onlayn), veb-qulay (1–29% onlayn), aralash / gibrid (30–79% onlayn) va onlayn (>
80% onlayn). Onlayn va masofaviy ta'lim sohasidagi tadqiqotlar onlayn muhitda
o'qitish va ta'limning dinamik fazilatlari to'g'risida tushuncha berdi. Xususan, olimlar
interfaol muhitni va tegishli / haqiqiy o'rganish tajribasini olg'a suradigan
o'quvchilarga asoslangan konstruktivist yondoshuvlarga e'tibor qaratgan holda onlayn
sharoitlarda pedagogik amaliyotni qo'llab-quvvatladilar.
2009-2010 o'quv yilida 1,5 million o'quvchilari onlayn yoki gibrid dasturlarga
qabul qilindi. Bu raqam o'quv dasturlari, musiqa, san'at va jismoniy tarbiya singari
ixtisoslashtirilgan sohalarni o'z ichiga oladi. Biroq, barcha fanlar ham onlayn ta'lim
imkoniyatlaridan to'liq foydalana olmagan. Masalan, jismoniy tarbiya, asosan, vosita
ko'nikmalari va harakat qobiliyatlarini rivojlantirish, jismoniy faollik va jismoniy
tayyorgarlikni rivojlantirish bilan tanilgan fan, onlayn ta'limni qabul qilishga
sustkashlik qildi. Sekin bo'lishiga qaramay, onlayn platformalardan foydalangan

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 164


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
holda jismoniy tarbiya dasturlariningo'quv dasturlari, musiqa, san'at va jismoniy
tarbiya singari ixtisoslashtirilgan sohalarni o'z ichiga oladi. Biroq, barcha fanlar ham
onlayn ta'lim imkoniyatlaridan to'liq foydalana olmagan. Masalan, jismoniy tarbiya,
asosan, vosita ko'nikmalari va harakat qobiliyatlarini rivojlantirish, jismoniy faollik
va jismoniy tayyorgarlikni rivojlantirish bilan tanilgan fan, onlayn ta'limni qabul
qilishga sustkashlik qildi. Sekin bo'lishiga qaramay, onlayn platformalardan
foydalangan holda jismoniy tarbiya dasturlarining o'sishi tendentsiyasi kuzatilmoqda.
Ushbu tendentsiya amalda ham, adabiyotda ham 2010 yildan beri kuzatilmoqda va
onlayn jismoniy tarbiya yoki OJT sifatida tanilgan. Ba'zi jismoniy tarbiya
o'qituvchilari va tadqiqotchilari OJTga sog'lom tushunish va shubha bilan qarashadi
va hatto OJTni ozgina oksimoron deb ataydilar. Shunga qaramay, OJT tobora keng
tarqalgan. 2016 yil holatiga ko'ra, 31 ta davlat jismoniy tarbiya kreditlarini on-layn
ravishda olishga ruxsat bermoqda, bu 2010 yilga nisbatan to'qqiz marta ko'paygan
OJT. Onlayn jismoniy tarbiya ruxsat etadigan o'n ettita shtatdan OJT sertifikatlangan
jismoniy tarbiyachi tomonidan olinishini talab qiladi va oltitasi milliy standartlarga
mos keladi. OJT o'qitishning eng keng tarqalgan modeli aralashgan ta'lim deb ham
ataladigan gibrid usuldir. Gibrid usul talabalarga yo'naltirilgan bo'lib, kurs ishlarining
aksariyati baholash, o'qitish va xavfsizlik bo'yicha ko'rsatmalar berish uchun sinfdan
tashqarida va davriy uchrashuvlarda amalga oshiriladi OJTning eng keng tarqalgan
shakli - bu tanlangan fitness tanlovi, odatda hayot uchun sog'lomlik va sog'liqni
saqlash xatti-harakatlari va fitness darajalarini yaxshilashning asosiy nisbatan to'qqiz
marta ko'paygan OJTlar albatta ijobiy ko‘rinish beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Hasanboy Rasulov-Jismoniy madaniyat 18-bet 2017-yil Cho‘lpon nashiryoti
2. Anaxon Hoshimova ―Samarali tizim-rejali pedagokika‖ 22 bet 2009y Sharq
3. Bahodir Rustamov ―Fiziologiya asoslari‖ 98 bet 2012 G‘.G‘ulom
4. www.dynamotickets.ru
5. www.ziyonet.uz
6. www.coursehero.com

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 165


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
YOSH VOLEYBOLCHILARNING JISMONIY TAYYORGARLIGINI
RIVOJLANTIRISH USLUBLARI

Rustamov Jasur Farxod o‘g‘li


Jizzax viloyati Arnasoy tumani
8-umumiy o‘rta ta‘lim maktabi
jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi

Jismoniy tayyorgarlik shug‘ullanuvchilarning jismoniy rivojlanish va


taraqqiyot yo‘nalishidagi qobiliyatlarini rivojlantirishga ham katta hissa qo‘shadi.
Shu bois, mashq jarayonining dastlabki tayyorgarlik davrida jismoniy
tayyorgarlikni amalga oshirish uchun umumiy vaqtning 80% ajratiladi. Umumiy
va maxsus tayyorgarlik o‘rtasida . muhim farq mavjud. Umumiy jismoniy
tayyorgarlikda asosiy jismoniy sifatlar: kuch, tezlik, chaqqonlik, egiluvchanlik,
chidamlilik, harakatlarning uyg‘unligi va boshqalar rivojlantiriladi. Maxsus
jismoniy tayyorgarlik alohida sport turi va ularning asosiy usul mashqlarini
o‘rganish va ularni bajarish, mahoratini oshirish bilan izohlanadi.
Tadqiqotning maqsadi: Dastlabki tayyorgarlik bosqichda
voleybolchilarning jismoniy tayyorgarligini tahlil qilish.
Tadqiqotning borishi: Tadqiqotimiz Jizzax viloyati Arnasoy tumani xalq
ta‘lim bo‘limiga qarashli 8- umumiy o‘rta ta‘lim maktabida olib borildi. Unda
bir necha yil sport bilan shug‘ullangan 11-13 yoshli 20 nafar o‘quvchi tadqiqot
va nazorat guruhlariga bo‘lingan holda qatnashdi. Tadqiqot guruhida mashg‘ulot
jismoniy tayyorgarlikni rivojlantiruvchi mashqlar qo‘shilgan holda, nazorat
guruhiga maktab dasturidagi ish reja asosida mashg‘ulot olib borildi. Kunduzgi
mashg‘ulotlar jarayonida olib borilgan tadqiqotimizda shug‘ullanuvchilarning
jismoniy tayyorgarligi testlar orqali tekshirildi. Unda mashg‘ulotda berilayotgan
yuklamalar shug‘ullanuvchilarning jismoniy tayyorgarligiga ijobiy yoki salbiy
ta‘sir ko‘rsatayotganini ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi. Testlar ikki davrga
bo‘lingan holda, ya‘ni birinchi davr tadqiqotimiz boshida, ikkinchi davr
tadqiqotimiz oxirida olindi. Birinchi davrda olingan natijalar jadval orqali
ifodalandi. Tadqiqotimiz oxirida olingan natijalarning o‘rtacha hisobi chiqarildi
va ikkila davr bir-biri bilan taqqoslandi. Dastlabki tayyorgarlik bosqichida
shug‘ullanuvchilarning jismoniy tayyorgarligini aniqlash uchun quyidagi test
sinovlari belgilab olindi.
1. Turgan joyidan uzunlikka sakrash;
2. 60m ga yugurish;
3. Arg‘amchida sakrash;
4. 1 kg to‘ldirma to‘pni uloqtirish;
Turgan joyidan uzunlikka sakrash mashqi quyidagicha amalga oshiriladi.
Shug‘ullanuvchilar belgilangan chiziqqa kelib, oyoqlarini bir chiziqqa parallel
qo‘ygan holda to‘g‘riga depsinib sakraydi. Shug‘ullanuvchilar kelib tushgan
―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 166
www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
joylarida turishadi. Belgilangan chiziqdan (start chizig‘i) shug‘ullanuvchi kelib
tushgan joy uzoqligi o‘lchanadi.
Yugurish mashqida belgilangan start chizig‘idan 60m uzunlikda finish
chizig‘i belgilanadi. Shug‘ullanuvchilar navbat bilan start chizig‘iga kelib
murabbiy yoki hakamning buyrug‘i bilan finish tamon yuguradi. Finish chizig‘ini
kesib o‘tish bilan murabbiy yoki hakam sekundamerini to‘xtatadi.
Arg‘amchida sakrashda o‘quvchilar 60 soniya ichida necha martda
sakraganliklari hisoblanadi.
1 kg to‘ldirma to‘pni uloqtirish mashqida voleybol maydonida belgilangan
chiziqda shug‘ullanuvchilar navbati bilan turadi. Shug‘ullanuvchi 1kg to‘ldirma
to‘pini ushlagan holda murabbiy yoki hakam buyrug‘ini kutad. Buyruqdan keyin
start chizig‘i ortida maksimal sakrab, havoda bosh ortidan ikki qo‘llab maksimal
oraliqqa to‘ldirma to‘pni uloqtirish bilan masofa aniqlanadi. To‘ldirma to‘pni
tushgan joyidan start chizig‘igacha bo‘lgan masofa o‘lchanadi. Tadqiqot davomida
olingan natijalar umumlashtirilib o‘rtacha hisobi chiqariladi. Majmuaviy
testlarning har bir qismidan olingan natijalar bir-biriga qo‘shiladi va kelib
chiqqan son ishtirokchilar soniga bo‘linadi. O‘tgazilgan tadqiqotimizning birinchi
davrini ikkinchi davriga solishtirish uchun [(y/x)-1]*100 formula orqali
aniqlanadi. Bunda Y – ikkinchi davrda olingan natijalarning o‘rtacha hisobi, X –
birinchi davrda olingan natijalarning o‘rtacha hisobi bo‘ladi. Bu formula orqali
ikki davr mobaynida voleybolchilarda chaqqonlik sifati necha foizga rivojlangani
yoki zo‘riqqanligini aniqlashimiz mumkin.
Quyidagi jadvalda tadqiqot davomida olingan natijalarning o‘rtacha hisobi va
bir-biriga solishtirilgan ma‘lumotlar bilan tanishishingiz mumkin.
Guruhlarning o‘rtacha natijalari
Tadqiqot Nazorat

Majmuaviy 1-davr 2-davr Farqlanishi 1-davr 2-davr Farqlanishi


% da % da
me‘yorlar
To‘ldirma
to‘pni
uloqtirish.
(m) 5.90 7.38 25.08 4.94 5.58 12.9
Arg‘amchida
sakrash (60s) 75.5 86.1 14.03 67.6 75.5 11.6
Turgan joyida
uzunlikka
―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 167
www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
sakrash (sm) 1.79 2.03 13.4 1.71 1.76 2.9

60m ga
yugurish
(sekunt) 9.71 9.26 -4.6 10.4 9.73 -6.7
Arnasoy tumani xalq ta‘lim bo‘limiga qarashli 8- umumiy o‘rta ta‘lim
maktabidagi o‘quvchilarning jismoniy tayyorgarligi va rivojlanganligiga ko‘ra
quyidagi xulosaga kelindi;
- o‘quvchilarning nafaqat jismoniy tayyorgarligi, balki jismoniy sifatlari
ham ijobiy tarafga o‘zgarishiga erishildi;
- jismoniy tayyorgarlik va rivojlanishini aniqlash va rivojlantirish uchun
o‘quvchilarning harakat sifatlariga ( kuch, tezlik, chaqqonlik, egiluvchanlik,
chidamlilik va boshqalar ) oid umumiy rivojlantiruvchi mashqlar, harakatli o‘yinlar
qo‘llanildi, shuning natijasida o‘quvchilarda jismoniy tayyorgarlikda o‘sish
kuzatildi;
- o‘quvchilarning jismoniy tayyorgarligi va rivojlanishini ta‘minlash
maqsadida tajriba olib borilgan tadqiqot guruhida mashg‘ulotlar jarayonida
qo‘shimcha mashqlar berish asosida ularning jismoniy tayyorgarligi o‘sishiga
erishildi;
Biz ish faoliyatimizda o‘quvchilarda sog‘lom turmush tarzini
shakllantirishga e‘tibor qaratishimiz bilan birga ularda jismoniy rivojlanishini
hamda jismoniy taraqqiyotini doimo kuzatib, nazorat qilib borish ko‘nikmalarini
singdirishni odat tusiga kiritishimiz lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:


1. O‘zbekiston Ruspublikasi Prezidentining <<O‘zbekiston Bolalar sportini
rivojlantirish jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida>>gi farmoni, 24-oktabr
2002-yil.
2. I.A. Karimov O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda, T., 2000-yil.
3. L.R.Ayrapetyans, A.A.Pulatov Voleybol nazariyasi va uslubiyati, Toshkent-
2012-yil.
4. D.D. Safarova – biologiya fanlari nomzodi dosent, ODAM ANATOMIYASI
darslik, O‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiya institutining nashriyot – matbaa bo‘limi,
700052, Toshkent – 2005.
5. www.ziyonet.uz.

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 168


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
TA‘LIM TIZIMINI JISMONIY TARBIYA FANI MISOLIDA
RIVOJLANTIRISH

Daniyarov Sayfiddin To‘ychiyevich


Guliston ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari
maktab-internati Maxsus fan o‘qituvchisi

Annotatsiya: Ushbu maqolada jismoniy tarbiyaning vujudga kelish tarixi, buyuk


tarixiy shaxslarning jismoniy tarbiyaga oid aytgan fikrlari, jismoniy tarbiya va
sportning ta‘limtizimidagi o‘rni, jismoniy tarbiya va sportning maqsad va vazifalari
bayon etilgan.
Kalit so‟zlar: Jismoniy, sport, tarbiya, ta‘lim, maktab, sog‘lom, jismoniy
tayyorgarlik, jismoniy mashqlar, sport mashg‘uloti, aqliy, musobaqa, qobiliyat.

Jismoniy tarbiya tizimining vujudga kelishi uchun jamiyatning ma‘naviy-


madaniyati va yuqori darajada moddiy ta‘minoti zarur. Ibtidoiy jamoa tuzimida
jismoniy tarbiya tizimining faqatgina kurtagi vujudga keldi. O‗sha davrda har bir
insonning jismoniy tayyorgarligiga talab juda katta bo‗lgan, chunki og‗ir turmush
sharoiti jismoniy tayyorgarlikka ehtiyojni talab qilar edi. Ammo o‗sha davrlarda
tizimni yaratish uchun turmushning past moddiy darajasi imkon bermadi.
O‗rta Osiyo ilm-fani va madaniyati tarixida qomusiy bilimlar sohibi Abu Ali
Ibn Sino (980-1037-y) muhim o‗rinda turadi. U ―mo‘tadil ravishda va o‗z vaqtida
jismoniy tarbiya bilan shug‗ullanuvchi odam buzilgan holatlar tufayli kelib chiquvchi
kasalliklar davosiga muhtoj bo‗lmaydi‖ deb bashorat qiladi (1993, 316 bet).
Abu Ali ibn Sino o‘z davrida badantarbiya bilan (jismoniy mashqlar) tana
salomatligini yaxshilash va mustahkamlashda, kasalliklarning oldini olish va boshqa
hollarda keng foydalanish masalasini ko‗p marta uqtirgan, asarlarida ifodalagan.
Shuning uchun Ibn Sino ―Kishi salomatligida yugurmasa, kasalligida albatta
(tabibga) yuguradi‖, deb bejiz aytmagan.
Badantarbiya bilan muntazam shug‗ullanishning foydasi ko‗p: ,,Badantarbiya
bilan mo‗tadil shug‗ullangan kishi hech bir doridarmonga muhtoj bo‗lmaydi‖ (Ibn
Sino).
Amir Temur Kesh (Shahrisabz) tumanidagi Xo‗jailg‗or qishlog‗ida Barlos
qavmi begi bo‗lgan Amir Tarag‗ay xonadonida 1336 yil tavallud topgan. U yoshlik
chog‗ida harbiy mashqlarga nihoyatda qiziqqan, feodal urushlarda bevosita
qatnashgan va tajribalar orttirib, mohir jangchi bo‗lgan. Jangchilarni tayyorlashda
jismoniy mashqlardan keng ravishda foydalangan.
Тarixiy manbalardan ma‘lumki, Amir Тemur o‗z zamonasining tengsiz

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 169


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
nayzabozi, qilichbozi, kamonchisi, chavandozi, kurashchisi edi. Negaki, buyuk
jahongir bolaligidan jismoniy tarbiyaga, jangovar san‘atlarga qiziqqan va tinimsiz
mashq qilgan. Ayniqsa, jismoniy tarbiya va sport sohasida u bosib o‗tgan yo‗l, ya‘ni
askarlarning tayyorgarligi vaqtida va ularni chiniqtirishda qo‗llagan uslublari hozirgi
yoshlarga ham ibratlidir.
Alisher Navoiy xalqning sog‗lig‗i haqida qayg‗urib, bemorlarga dori-darmon
bilan emas, balki jismoniy mashqlar yordamida davolash bilan shug‗ullanadigan
,,Dorushshifo‖ (,,Davolash uyi‖)ni qurdirgan.
Demak, buyuk kelajak sari borayotgan mustaqil davlatda jismoniy tarbiya
barchaning ehtiyojiga aylanishi kerak. Binobarin, odamlarning salomatligi davlatning
eng muhim boyliklaridan biridir.
Jismoniy (jism, badan va h.k.) tarbiya tushunchasi mantiqiy jihatdan qaralsa,
inson harakatining faolligi, gavda tuzilishi va uning rivojlanishini ta‘minlovchi
pedagogik (tarbiyaviy) jarayondir. Bu to‘g‘rida Abu Ali Ibn Sino va uning
zamondosh olimlari, buyuk adiblar juda aniq hamda oddiy tushunchalar berganligi,
ilmiy meros sifatida bizgacha etib kelganligi bilan e‘tiborga loyiqdir.
Sport yunoncha so‘z bo‘lib, ―kuch‖, ,,sinashaman‖, ,,musobaqalashaman‖
degan ma‘nolarni bildiradi.
Sport deganda eng avvalo muayyan holatdagi murakkab mashqlar majmuini
texnik va taktik jihatdan talab darajasida bajarish faoliyati tushuniladi. M: 100 m.
masofaga tez yugurish bilan razryad talabini bajarish yoki rekord o‘rnatish. Kurashda
raqibni yiqitib, kuragini erga tegizish. Futbolda to‘pni raqibdan olib darvozaga aniq
tepish va h.k.
Har bir sport turining o‘ziga xos texnik va taktik mazmuni va bajarish
qoidalari mavjud. Ularning normativ talablari va me‘yorlari aniq o‘lchovlar bilan
belgilanadi. Shu asosda (klassifikatsiya) sport unvonlari (III,II,I razryadlar, sport
ustaligiga nomzod, sport ustasi va h.k.) beriladi.
Jismoniy tarbiya - bu pedagogik jarayon bo‗lib, insonni irodasi, axloqiy-
funksional, morfologik va ma‘naviy takomillashtirishga yo‗naltirilgan, uni mehnatda
va Vatan himoyasida eng yaxshi natijalarga erishishi uchun ko‘nikma, malaka va
maxsus bilimlar bilan qurollantirishdir.
Fuqoralar sog‘1igini himoya qilish vа talaba hamda yoshlaming aqliy va
jismoniy mеhnat qobiliyatini ko‘tarish haqida g‘amxo‘rlik qilish davlatimizning
dolzarb rnuarnmolaridan biri hisoblanadi. Вu muammolarni hal etishda, jurnladan,
infeksion vа infeksion bo‘lrnagan kasalliklaming oldini olish, sog‘lom turmush
tarzini targ‘ib qilishda tibbiyot xodimlari bilan bir qatorda pedagoglar ham ishonch
vа shijoat bilan xizmat qilishlari talab etiladi.
Jismoniy tarbiya tadbirlari amalga oshiriladigan davlat tashkilotlariga

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 170


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
quyidagilar kiradi: tug‘ruqxonalar, bolalar yaslilari, bolalar bog‘chalari, o‗rta
maktablar, maktab-internatlar, akademik litseylar, kollejlar, oliy o‘quv yurtlari,
armiya va flot, sanatoriyalar, dam olish uylari, davolanish muassasalari. Bu davlat
muassasalarida jismoniy tarbiya odatda, majburiy tartibda amalga oshiriladi.
Umumiy o‘rta ta‘lim maktablarida jismoniy tarbiyanig maqsadi o‘quvchi
yoshlar tanasidagi barcha a‘zolarning sog‘lom o‘sishini ta‘minlash hamda ularni aqliy
va jismoniy mehnatga, shuningdek, Vatan mudofaasiga tayyorlashdir. Ulug‘
mutafakkir Abdulla Avloniy ta‘kidlaganidek, ―Sog‘lom fikr yaxshi axloq va ilm-
ma‘rifatga ega bo‘lmoq uchun badanni tarbiya qilish zarur‖. Jismoniy tarbiya
barchaga, ayniqsa, bolalarga ta‘sir ko‘rsatib, salomatligini mustahkamlaydi,
insonning ishlash qobiliyatini oshiradi, uzoq umr ko‘rishiga yordam beradi. Sport har
qanday yoshda ham qad-qomatni tarbiya qilish, kuch quvvatni saqlab turishning
vositasi hisoblanadi.
Umumta‘lim maktablari o‘quv kuni tarkibidagi jismoniy tarbiyaning
shakllariga quyidagilar kiradi: mashg‘ulotgacha gimnastika mashqlari, jismoniy
mashq daqiqasi, tanaffuslar vaqtidagi o‘yinlar, kuni uzaytirilgan guruhlardagi sport
soati, sayrlar.
Maktabda darsdan avval o‘tkaziladigan gimnastika har kuni birinchi dars
oldidan o‘tkaziladi. O‘quvchilarga gimnastika qildirishdan maqsad, bir tomondan,
ularning sog‘lig‘ini mustahkamlash bo‘lsa, ikkinchi tomondan, o‘quv materiallarini
puxta o‘zlashtirishga erishishdir. Darsdan oldin o‘tkaziladigan gimnastika
o‘quvchilarning diqqatini foliyatga jalb etadi va ularni darsga tayyorlaydi.
Jismoniy tarbiya daqiqasi. Uning maqsadi – hordiqni chiqarish, o‘quvchilar
ish qobiliyatini oshirish. Ma‘lumki, uzoq vaqt qimirlamasdan o‘tirish natijasida qo‘l
va oyoq barmoqlarining, tos, qorinning qon bilan ta‘minlanishi susayadi. Bosh
miyaning qon bilan ta‘minlanishi yomonlashsa, kishining asab hujayralari ish
faoliyati susayadi, bu esa, o‘z navbatida, diqqatga ham salbiy ta‘sir ko‘rsatadi. Bu
o‘zgarishlar bolalarga ham xos. Oqibatda bola charchaydi, uning ish qobiliyati
pasayadi, mashg‘ulotdan chetlashadi, e‘tiborsiz, har narsani unitadigan bo‘lib qoladi,
o‘quv materiallarini o‘zlashtira olmaydi. Aqliy va jismoniy yuklamani o‘z vaqtida
almashtirib turish, ayniqsa, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ish faoliyatida
muhim o‘rin tutadi.
Tanaffuslar vaqtidagi o‘yinlar. Katta tanaffusda o‘tiladigan o‘yinlarning
maqsadi o‘quvchilar sog‘lig‘ini mustahkamlash va faol dam olishni, chiniqishini
ta‘minlash, aqliy va jismoniy ish qobiliyatlarini oshirish, jismoniy mashqlarni
muntazam ravishda bajarishni odat tusiga kiritishdan iboratdir.
Katta tanaffuslarda turli o‘yinlar o‘tkazish boshlang‘ich sinf o‘quvchilari
bilan quyidagilarni amalga oshirishga yordam beradi:

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 171


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
-harakat faolligini oshirish;
-faol va mazmunli dam olish va hordiq chiqarishni tashkil etish;
-butun organizmning tetikligi va ish qobiliyati tezroq tiklanishini ta‘minlash;
-jismoniy mashqlar bilan mustaqil shug‘ullanish ko‘nikmalarini
shakllantirish.
O‘yinlar va jismoniy mashqlarni quyi sinf o‘quvchilari organizmining
psixologik-fiziologik xususiyatlarini hisobga olgan holda o‘tkazish zarur.
1-9 sinflar uchun mo‘ljallangan jismoniy tarbiya dasturida jismoniy-
sog‘lomlashtirish ishlarining turlari keltirilgan bo‘lib, ular orasida kuni uzaytirilgan
guruhlardagi kundalik sport soatlari asosiy o‘rinni egallaydi. Ularning maqsadi
o‘quvchilar sog‘lig‘ini mustahkamlash, aqliy va jismoniy zo‘riqishlarning oldini
olishdan iborat.
Guruhlar bo‘yicha tashkil etilgan mashg‘ulotlar o‘quvchilarni jismoniy
tarbiyalash bo‘yicha bir qancha vazifalarni hal etish imkonini beradi, aqliy
faoliyatning jismoniy faoliyat bilan almashinuviga yordamlashadi, faol hordiq
chiqarish uchun qulay sharoit, yaxshi kayfiyat, ijobiy hissiyot yaratadi, organizmning
umumiy tonusini oshiradi. Sport soatlari erkin, zo‘riqmagan holda o‘tkaziladi.
Jismoniy tarbiya bo‘yicha maktabdan tashqari ish. Bolalarni har tomonlama
rivojlantirish, ularni sog‘lom turmush tarziga o‘rgatishning zaruriy omillaridan biri
jismoniy tarbiya va sport hisoblanadi.
To‘g‘ri tashkil etilgan jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarining bolalar
sog‘lig‘i va tashqi muhitning noqulay ta‘sirlariga qarshi turish qobiliyatiga muhim
ta‘sir ko‘rsatishi to‘g‘risida ilmiy asoslangan tadqiqotlar mavjud.
Shunga binoan, o‘quvchilar o‘rtasidagi Respublika musobaqalarini tashkil
etish va moliyalashtirish, sportni moddiy-texnik ba‘zasini mustahkamlash, sport
inshootlarini sertifikatsiyadan o‘tkazish, jismoniy tarbiya va sportga oid o‘quv
qo‘llanmalar hamda sport turlari bo‘yicha musobaqa qoidalarini tayyorlash kabi
ishlar amalga oshirilmoqda.
Jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‗ullangan o‗quvchi qad-qomati
kelishgan, baquvvat, kuchli, matonatli, epchil, chidamli, botir, mard, shijoatli bo‗lib
voyaga yetadi.
Jismoniy tarbiya doim sog‗, bardam yurishda, barcha fanlardan chuqur bilim
olishda asosiy vosita bo‗lib xizmat qiladi.
Maktabdagi mashg‘ulotlardan keyin ochiq havoda sayr qilish, serharakat
o‘yinlar o‘ynash kuch-quvvatni tiklashga yaxshi ta‘sir ko‘rsatadi.
Aqliy mehnat bilan jismoniy mehnatning, аlmаshtirib turishi ish qobiliyatini
oshiradi. Yurak-tomirlar tizimi, nafas a‘zolari faoliyatini yaxshilaydi, moddalar
almashinuvini kuchaytiradi.

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 172


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
Maktabdan va sinfdan tashqari ishlarning (sport mashg‘ulotlari, turistik
safarlar, to‘garak ishi, jamoat ishi, adabiy kechalar, muzeylarga borish va boshqalar)
o‘quvchilarga zavq bag‘ishlab, kuch-quvvatlari vа aqliy mehnat qobiliyatlarini
oshirishga ijobiy ta‘sir qiladi.
Umumta‘lim maktablarida maktab o‘quvchilari sog‘lig‘ining holatlari
bo‘yicha uch guruhga bo‘linadi: asosiy, tayyorlov va maxsus.
Asosiy guruhga jismoniy rivojlanishi va salomatligi hech bir kamchiliksiz,
shuningdek, salomatligida sezilarsiz darajada nuqsoni bo‘lib, yetarlicha jismoniy
tayyorlangan o‘quvchilar kiradi.
Tayyorlov guruhiga jismoniy rivojlanishida va salomatligida sal og‘ish
bo‘lgan hamda jismoniy jihatda kam tayyorlangan o‘quvchilar kiradi.
Sog‘lig‘ida doimiy yoki vaqtincha xususiyatli jiddiy nuqsoni bo‘lgan
o‘quvchilar maxsus guruhga ajratiladi.
O‘sib kelayotgan avlodni jismoniy takomillashtiradigan eng ta‘sirchan vosita
sport hisoblanadi.
Sport mashg‘ulotlarini 5-7 yoshdan boshlash mumkin. Lekin sport oshirilgan
jismoniy yuklama talab qilganligi tufayli vrach o‘quvchiga sport turini tanlashga
yordam berishi va yoshini ko‘rsatishi kerak. Shundan so‘ng shug‘ullana boshlash
mumkin. Sport turini to‘g‘ri tanlash kasallanishni profilaktika qiladigan omil sifatida
va bir muncha yuqori sport natijalariga erishish vositasi sifatida muhimdir. Tanlangan
sport turiga barqaror qiziqishning rivojlanishi uzoq vaqtgacha sportni
takomillashtirish imkonini beradi. Har bir o‘smir uchun sport turini tanlash sport
yo‘nalishining vazifasidir. Sport yo‘nalishi muammosi va tanlash majmuiy
muammodir. Bunda morfofunksional xususiyatlar, fiziologik ko‘rsatkichlar, jismoniy
sifatlar, oily nerv faoliyatining individual xususiyatlari va bola va o‘smirning shaxsiy
xususiyatlarini hisobga olib, pedagogik, tibbiy-biologik va psixologik uslublardan
foydalanish zarur. O‘smirning individual xususiyatlari tanlangan sport turiga mos
kelishi zarur.
Yosh sportchini yaroqliligini aniqlashda shifokorning vazifasi ko‘p xildir.
Umumta‘lim maktablarida jismoniy tarbiya va sportga o‘quvchilarni jalb etish
va saralashda sport doktorlarning o‘rni katta. Har bir viloyatda zamonaviy tibbiy
jihozlar bian jihozlangan ―Jismoniy tarbiya va sportga yo‘naltiruvchi salomatlik
markazlari‖ tashkil etilib, markazda sport doktorlari o‘quvchi sportchilarning
sog‘lig‘ini, jismoniy holatlarini va h.klarni hisobga olib, jismoniy tarbiya va sport
bilan shug‘ullanishiga, sport turini tanlashga yo‘llanmalar bersa. Jismoniy holatida
o‘zgarishlar (turli darajadagi jarohatlar, lat yeyishlari) sodir bo‘lgan o‘quvchilar va
sportchilarni sog‘lig‘ini holatini tiklash va jismoniy tarbiya va sport bilan
shug‘ullanishlari uchun amaliy tibbiy har tomonlama yordam bersalar o‘ylaymanki

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 173


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
yosh avlodning sog‘lom bo‘lishi ta‘lim-tarbiya olishida, kelajakda yurtimiz
O‘zbekistondan yanada ko‘plab Olimpiya o‘yinlari sovrindorlari, Olimpiya
chempionlari yetishib chiqadi degan umiddaman.
Yuqoridagilarni inobatga oladigan bo‘lsak, albatta ta‘lim tizimida jismoniy
tarbiya va sportning o‘rni be‘qiyos. Ta‘lim tizimini rivojlantirishni jismoniy tarbiya
va sportsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Inson dunyoga kelar ekan odam organizmi
doimo rivojlanishda va biologik harakatda bo‘lishga ehtiyoj sezadi. Hayot harakatdan
iborat. Bunda organizm tashqi muhitga, tashqi muhitning ham organizmga ta‘sirini
ko‘rish mumkin. Jamiyatda insonlarning yoshi, jinsi, millati, tili, dinidan va
insonlarni qaysi sohada ta‘lim-tarbiya olishi, o‘qishi, mehnat faoliyatlarini olib
borishidan qat‘iy nazar birinchi navbatda inson sog‘ligi, salomatligi turadi. Insonning
biror joyi og‘risa unga hech narsa yoqmaydi, mehnat unumdorligi pasayadi va o‘zini
salbiy his etadi. Insonning faoliyatlari (ta‘lim-tarbiya olishi, o‘qishi, mehnati)
davomida ijobiy natijalarga erishishi, hayotidan mamnun bo‘lishi, jamiyatga ijobiy
foydasi tegishi uchun jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishga ehtiyoj sezadi.
Tarbiyaning shakllari ko‘p. Jamiyatning rivojlanishi malakali yetuk kadrlarga
bog‘liq. Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish bilan jismoniy holati yaxshi bo‘lgan
har taraflama sog‘lom yosh avlodlarni ta‘lim-tarbiya olishida, zamonaviy ta‘lim
tizimidagi turli fanlarni, xorijiy tillarni o‘zlashtirishida, kelajakdagi faoliyatlarida
ijobiy natijalarga erishishlarida katta imkoniyat yaratadi. Bunday imkoniyatlardan
samarali foydalanib kelajakda yurtimiz O‘zbekistonni yanada rivojlanishiga xizmat
qiladigan vatanparvar yoshlar ko‘payishi maqsadga muvofiq.

Foydalanilgan adabiyotlar
1. T.S.Usmonxo‘jayev, S.G.Arzumanov, S.T.Usmonxo‘jayev ,,Jismoniy
tarbiya‖ 7-8-sinf o‘quvchilari uchun qo‘llanma ,,O‘qituvchi‖ Nashriyot-matbaa ijodiy
uyi Toshkent – 2017, 152-b.
2. Z.T.Rajamurodov, B.M.Bozorov, A.I.Rajabov, D.G‘.Hayitov ,,Yosh
fiziologiyasi va gigiyenasi‖ Toshkent ,,Tafakkur bo‘stoni‖ – 2013. 400-b.
3. R.S.Salomov, Yu.Yu. Aripov, U. Utenov ,,Maktab yoshidagi bolalar
jismoniy tarbiyasi uslubiy asoslari‖ Toshkent ,,Iqtisod-Moliya‖ – 2017. 76-b.
4. A.Abdullayev, Sh.X. Xonkeldiyev ,,Jismoniy tarbiya nazariyasi va
usuliyati‖ Toshkent – 2007. 234-b.

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 174


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
JISMONIY TARBIYA DARSLARIDA PEDAGOGIK
TEXNOLOGIYALARNI JORIY ETISH

Sanoyeva O`g`iloy Komil qizi


Buxoro viloyati G`ijduvon tumani
8-umumiy o`rta ta‘lim maktabi jismoniy
tarbiya fani o`qituvchisi

Annotatsiya: Maqolada jismoniy tarbiya darslarining samaradorligini


oshirishda, innavatsion texnologiyalar ,interaktiv metodlar,interfaol ta‘lim usul-
lari haqida so`z yuritilgan. Dars jarayonida bunday metodlarni qo`llash,
ta‘lim samaradorligi va ta‘sirchanligini oshirish, o`quvchilarning o`qish
motivlarini o`stirish haqida so`z yuritilgan.
Kalit so`zlar: Innovatsiya, interfaol ta‘lim, interfaol mashg`ulotlar, ta‘lim
jarayoni , interaktiv usul, ‖hamrohingga o`rgat‖ metodi, ―aql charxi‖ usuli
―baxtli tasodif‖ o`yini.

Hozirgi kunda ta‘lim jarayoniga innavatsion texnologiyalar va


interaktiv metodlarni qo`llash ga qiziqish tobora keng tus olmoqda . Bunday
metod larni qo`llash ta‘lim samaradorligi va ta‘sirchanligini oshiradi,
o`quvchilarning o`qish motivlarini o`stiradi.
Innovatsiya (inglizcha innovation) yangilik yaratish yangilikdir. Demak,
an‘anaviy ta‘limdagi kabi bir xil shablonlar asosida emas, balki yangiliklar
asosida ta‘lim jarayonining ta‘sirchanligini oshirishga qaratilgan ish shaklidan
foydalanish innovatsiya demakdir.
Ta‘limda pedagogik texnologiyalariga asoslanish va innovatsiyaga
intilish, o`quvchilarni faollashtirishga qaratilgan turli interaktiv metodlardan
keng foydalanish ta‘lim maqsadini samarali amalga oshirishga yordam beradi.
Bu texnologiyaga kommunikativ metodlardan keng foydalaniladi, ularning
ayrim asosiy belgilarini ko`rib chiqamiz.
Hozirgi interfaol mashg`ulotlarni olib borishda ma‘lumki asosan inter faol
usullar qo`llanilmoqda. Kelgusida esa bu usullar ma‘lum darajada inter faol
texnologiyasiga o`sib o`tishi maqsadga muvofiq. Bu interfaol usul hamda
texnologiya tushunchalarining o`zaro farqini bizningcha, shunday ta‘riflash
mumkin.
Interfaol ta‘lim usuli- har bir o`qituvchi tomonidan mavjud vositalar va o`z
imkoniyatlari darajasida amalga oshiriladi.

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 175


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
Bunda har bir o`quvchi o`z motivlarini va intellektual darajasiga muvofiq
ravishda turli darajada o`zlashtiradi.
Interfaol ta‘lim texnologiyasi- har bir o`qituvchi barcha o`quvchilar ko`zda
tutilganidek o`zlashtiradigan mashg`ulot olib borishni ta‘minlaydi. Bunda har bir
o`quvchi o`z motivlari va intelektual darajasiga ega holda mashg`ulotni
oldindan ko`zda tutilgan darajada o`zlashtiradi.
Interfaol mashg`ulotlarni amalda qo`llash bo`yicha ayrim tajribalarni
o`rganish asosida mashg`ulotlarning sifat va samaradorligini oshirishga ta‘sir
etuvchi ayrim omillarni ko`rsatishim mumkin. Ularni shartli ravishda tashkiliy-
pedagogik, ilmiy – metodik hamda o`qituvchiga, o`quvchilarga, ta‘lim vositala
riga bog`liq omillar deb atash mumkin. Ular o`z mohiyatiga ko`ra ijobiy yoki
salbiy ta‘sir ko`rsatishini nazarda tutishimiz kerak.
Tashkiliy –pedagogik omillarga quyidagilar kiradi: o`qituvchilardan interfaol
mashg`ulotlar olib boruvchi trenerlar guruhini tayyorlash;
-o`qituvchilarga interfaol usullarni o`rgatishni tashkil qilish;
-o`quv xonasida interfaol mashg`ulot uchun zarur bo`lgan sharoitlarni
yaratish;
-ma‘ruzachilaning hamda ishtirokchilarning ish joyi qulay bo`lishini
ta‘minlash;
-sanitariya –gigiyena me‘yorlari buzilishining oldini olish;
-xavfsizlik qoidalariga rioya qilishni ta‘minlash;
-davomatni va intizomni saqlash;
-nazorat olib borishni tashkil qilish va bosqalar.
Ilmiy-metodik omillarga quyidagilar kiradi:
-DTS talablarining bajarilishini hamda darsdan ko`zda tutilgan maqsadga
to`liq erishishni ta‘minlash uchun maqsadga muvofiq bo`lgan interfaol usullarni
to`g`ri tanlash;
-interfaol mashg`ulot ishlanmasini sifatli tayyorlash; bog`liq bo`lishini
ta‘minlash;
-mashg`ulotlar mavzusi va mazmunini so`nggi ilmiy-nazariy ma‘lumotlar
asosida belgilash;
-zamonaviy yuqori samarali metodlarni qo`llash;
-o`quvchilarning tayyorgarlik darajasini oldindan aniqlash va shunga mos
darajadagi interfaol mashg`ulotlarni o`tkazish;
-interfaol mashg`ulot uchun yetarlicha vaqt ajrata bilish va boshqalar.
Ta‘lim jarayonini innovatsion metodlardan foydalanib tashkil etish uchun
avvalo darsning rejasi va loyihasi aniq ishlab chiqilishi zarur.

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 176


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
Dars loyihasini tuzishda o`qituvchi o`zining ish shakllari va o`quvchilarning
ko`nikmani egallash jarayonidagi ishlari doirasini aniq belgilab olish lozim.
Shuningdek, u qanday o`qitish metodlaridan foydalanishi ham muhim
ahamiyatga ega. Metod tanlashda ko`proq interaktiv metodlarga e‘tiborni
qaratish ta‘lim samaradorligini oshiradi.
(Interaktiv so`zi inglizcha – interaction, ya‘ni, inter- aro, o`zaro act-
harakat ma‘nosini anglatadi.) Interaktiv usullar – bu o`zaro harakat ,ya‘ni
hamkorlik asosida o`qitish demakdir. Interaktiv usullarning
4 asosiy turi mavjud. Bular:
-kognitiv usullar;
-o`yinlar,eksperimental faoliyat;
-ishbilarmonlik o`yinlari, modellashtirish;
-amaliyot orqali o`qitish , bevosita faoliyat;
Interaktiv usullarning barchasida ham o`qituvchi va o`quvchi
faoliyati o`rtasidagi hamkorlik , o`quvchining ta‘lim jarayonidagi faol harakati
ko`zda tutiladi. Masalan, biror bir mavzuni o`rgatishda uni modellashtirish
qismida o`qituvchi o`quvchilarga modelni namoyish qilish oldida ―Aqliy
hujum‖ metodidan foydalanish mumkin. Ya‘ni o`quvchilar qo`yilgan
muammoni qanday tushunishlari va ko`nikmani qanday egallashlari
mumkinligini ulardan so`ralib, ularning fikrlari umumlashtiriladi. Bunda
o`quvchilar fikri mutlaqo tanqid qilinmaydi. Amaliy boshqaruv qismida
o`qituvchi ―Hamrohingga o`rgat‖ metodidan foydalanishimiz mumkin. Bu
metod darsni optimal tashkil etishda imkoniyat yaratib , o`quvchilarning o`z
faoli yatini tanqidiy nazorat qilish va xatolarni bartaraf etishga o`rgatadi. Uni
qo`llash quyidagicha:
*Sinf birinchi va ikkinchi hamkor qismlarga bo`linadi;
*Darsni o`tish modelidan foydalanib birinchi hamkor ikkinchisiga,
ikkinchi hamkor esa birinchisiga modeldagi qismlarni o`rgatadi.
*O`qituvchi sinfni nazorat qilish uchun o`ziga ixtiyoriy 2 nafar
hamkorni tanlaydi.O`qituvchi o`z hamkorlariga modelni bosqichma-bosqich
bajartirib ko`radi. Tushunma ganlarini tushunib o`rganishlariga yordam beradi.
*O`qituvchi sinfdagi hamkorlarga birinchi qismi bir-birlariga o`rgatishlari
va bajarishlarini aytadi. Ularni ishlarini nazorat qilib kamchiliklarini bartaraf
etishga yordamlashadi . Shundan keyingina navbatdagi bosqichga o`tiladi.
O`qituvchining hamkorlari esa sinfni nazorat qilishga o`qituvchiga
yordamlashadilar.

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 177


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
*Bu ish usuli modelning boshqa qismlarini ham bajarishda davom
etadi. Bu o`quvchilarni bir-biriga va o`ziga talabchan bo`lishiga, xatolarini
o`z vaqtida bartaraf etishga, ishni tanqidiy baholay bilishga o`rgatadi.
Tushunchalarni o`qituvchi turli interaktiv metodlar (―Bumerang‖,
―Charxpalak‖, ― Aql charxi‖ va boshqalar)dan foydalanish mumkin. Masalan,
''Charxpalak'', metodi. O`quvcchilar guruhlarga bo`linib, ularga topshiriqlar
yozilgan varaqa tarqatiladi.
O`quvchilar topshiriqni bajarganlaridan keyin ularning ishlari guruhdagi
bosh qa o`quvchilarga tarqatildi. Ular tegishli o`zgartirishlar kiritganlaridan
keyin yana boshqa o`quvchilarga beriladi va shu tarzda o`quvchilarning har
biri ning ishi guruhdagi barcha o`quvchilar qo`lidan o`tadi va oxiri o`ziga
qaytadi. Har birlari o`zlari nuqtai nazaridan ishga o`zgartirishlar kiritishlari
mumkin. Keyin o`qituvchiga to`g`ri javobni ko`rsatadi. Bu usulda o`quvchilar
ijodiy fikrlashga, o`z fikrlarini erkin bayon etishga va o`z kamchiliklarini bilish
imkoniyatiga ega bo`ladilar.
―Aql charxi‖ usulida o`quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiilyatlari
rivojlana di , nutq ravonlashadi, tez va to`g`ri javob berish malakasi shakllanadi.
Bu o`yinda ikki yoki uchta o`quvchidan iborat guruhchalar ishtirok etiladi.
Birinchi o`quvchi mavzuga doir terminlardan birini aytadi. Ikkinchi o`quvchi
birinchi o`quvchi aytgan terminni qaytaradi va o`zi ham bitta termin aytadi.
Uchinchi o`quvchi avvalgi ikkita terminni qaytaradi va bitta termin qo`shib
aytadi. Yana birinchi o`quvchiga navbat keladi, va u ham avvalgi uchta
terminni qaytaradi va o`zi bitta termin qo`shib aytadi. Qaysi o`quvchi ada shib
ketsa yoki aytilgan terminlardan qaytarib aytsa o`yindan chiqadi. Shu tariqa
o`quvchilat guruhi davom etadi. Bu o`yinni tashkil etishda maqsad aniq
bo`lishi va o`quvchilarning qaysi bimim, ko`nikma va malakalarni
egallashlariga e‘tibor qaratilishi mumkin. Masalan: sport turlarini ayting:
1-o`quvchi: futbol
2-o`quvchi: futbol- voleybol
3-o`quvchi: futbol- voleybol- boks
1-o`quvchi: futbol- voleybol- boks-tennis
2-o`quvchi: futbol-voleybol-boks-tennis-karate
3-o`quvchi: futbol-voleybol-boks-tennis-karate va boshqalar
O`quvchi so`zlarni ketm-ket aytishda xatoga yo`l qo`ysa o`yindan chiqadi.
Xuddi shu taxlitda ―Sport turlari‖ va boshqa mavzularini o`rganishda ham bu
o`yindan foydalanish mumkin.Ayniqsa bu o`yin darslarni umumlashtirish va
takrorlash darslarida qo`llasak bo`ladi.

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 178


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
Jismoniy tarbiya darslari jarayonida o`quvchilarning o`qish motivini rivoj
lantirish katta ahamiyatga ega.Chunki motiv o`quvchilarni ta‘lim jarayoniga
qiziqtiradi, o`quvchilarning darsga faol qatnashishiga, bilimlarni egallashga
undaydi. Interaktiv metodlar o`qish motivini rivojlantirishga katta yordam be
radi.Masalan: ―Baxtli tasodif‖ usuli.
―Baxtli tasodif‖ usuli orqali mavzu yuzasidan uyga berilgan topshiriqlarni
nechog`lik o`rganilganligini aniqlash oson bo`ladi.Buning uchun qog`ozdan
kartochkalar tayyorlanadi va har bir kartochkaga 2-3 tadan savollar qo`yila di.
Faqat bitta kartochkaga ―Yutuq‖ 5‖ baho‖ deb yoziladi. Shu yutuqli kartochka
kimga tushsa ―Baxtli tasodif‖ sohibi hisoblanadi va bugungi dars da eng
yuqori ballni oladi. Savolli kartochkalar olgan o`quvchilar ham savol larga
bergan javoblari asosida baholanadilar. Masalan, jismoniy tarbiya darsida
―baxtli tasodif‖ o`yini quyidagicha tashkil etilishi mumkin:
―Baxtli tasidif‖ o`yini uchun tuzilgn kartochkalar:
Baxtli tasodif-1
1.Jismoniy tarbiya prinsiplari qaysilar?
2.Jismoniy tarbiya sistemasining asosini nimalar tashkil qiladi?
Baxtli tasodif-2
1.Jismoniy tarbiyaning xarakterli belgilari?
2.Voleybol qanday sport turi?
Baxtli tasodif-3
1.Jismoniy mashqlar ta‘sirini aniqlaydigan omillar?
2.Basketbol nima qanday o`ynaladi?
Baxtli tasodif-4
Yutuq‖5‖ baho
Bunday usullar o`quvchida bilimga ishtiyoq uyg`otadi. O`quvchi darslarga
puxta hozirlik ko`rishga intiladi. Xulosa qilib aytganda interaktiv usullar
darsnung qiziqarliligi va ta‘sirchanligini oshiradi, o`quvchilarni ta‘lim jara
yonining faol subyektlariga aylantiradi.Ta‘lim sohasidagi yangiliklar, ta‘limga
yangilik va o`zgartirish kiritish, mavjudlarini yaxshilash va takomillashtirish ni
taqozo etadi.Hozirgi davrni jamiyatning barcha sohalari kabi ta‘lim soha sida
ham katta o`zgarishlar davri deb atash mummkin.Ta‘lim jarayoni yangi liklarini
tasniflashda innovatsiya nson faoliyatining muhim ko`rinishlaridan biri
ekanligini hisobga olish lozim. Mustaqil davlatimizning taraqqiyoti
ta‘limning barcha sohalaridagi kabi jismoniy tarbiya sohasida ham katta
islohotlarni talab qiladi.Raqobatbardosh kadrlar tayyorlash jamiyatning muhim
ehtiyojini qondirishning eng zarur shartidir. Maqolam asosida turgan
konsepsiya ham jismoniy tarbiya ta‘lim jarayonida pedagogik texnologiyani qo`l

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 179


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
lagan holda o`quvchilarning o`qish motivini o`stirish va ularning fanni
o`zlashtirishga qiziqish va ehtiyojini tarbiyalashdir. Motivning mavjudligi
shaxsning o`quv faoliyatiga erkin kirishuvi , o`qituvchi va o`quvchi o`rtasida
erkin muloqotning shakllanishi va tez til topa bilishini ta‘minlashga yordam
beradi.Men maqolam da jismohiy tarbiya darslarida pedagogik texnologiyani
qo`llashga oid o`qituvchilarning ilg`or tajribalarini ilgari surdim.Ta‘im jara
yonida pedagogik texnologiyani qo`llashga oid tajribalar juda kam ekanligiga
ishonch hosil qildim.Ya‘ni jismoniy tarbiya darslarida pedagogik texnologiyalar
joriy etilishi, o`qish motivlarini har tomonlama rivojlantirilishi
ni, pedagogik texnologiyaning mohiyatini anglatishga erishilishi, unga doir
bilim, ko`nikma va malakalar chuqur egallanilishi va ular ta‘lim amaliyotida
muvaffaqiyatli qo`llanilishi jismoniy tarbiya darslari jarayonida yuqori
samaradorlikka erishishni ta‘minlaydi.Hozirgi davrda ta‘limning eng muhim
vazifalaridan biri pedagogik texnologiyalarni amaliyotga joriy qilishdir. Jismoniy
tarbiya darslari jarayonida o`qish motivlarini har tomonlama o`stirishga e‘tibor
qaratilsa o`quvchilarning bilim o`zlashtirish jarayonlari samarali bo`ladi.
Jismoniy tarbiya tizimini takomillashtirish zarur. Bu tizim o`quvchi-o`qituvchi
hamkorligi asosuda o`quvchilarning erkin fikrlashiga yo`l ochib berishiga
qaratilmog`i lozim. Jismoniy tarbiya darslarida men yuqorida tavsiya etgan ish
tizimidan foydalanilsa kutilgan samaraga erishish mumkin deb hisoblayman.

Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Azizxo`jayeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat.-T:2003
2.Tursunov O`.Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi (o`quv metodik
qo`llanma).QO`QON., 1992.
3.Madreymov B. O`quvchilar jismonoy tayyorgarligini oshirish yo`llari.
Xalq ta‘limi jurnali. 2001y

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 180


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
SHAXS JISMONIY KAMOLOTI VA SALOMATLIGINING MADANIY
GIGIYENIK ASOSLARI

Rasulov T. Q
Qashqadaryo VXTXQTMOHM
dotsenti

Annotatsiya: Maqolada sog‗lom turmush tarzi va unda madaniy gigiyenik


ko‗nikmalarning ahamiyati ilmiy jihatdan ochib berilgan.
Tayanch so „zlar: jismoniy kamolot, sog‗lom turmish tarzi, madaniy gigienik
ko‘nikma.
Аннотация: Статья научно объясняет важность здорового образа
жизни и навыков культурной гигиены.
Ключевые слова: физическая зрелость, здоровый образ жизни, культурно-
гигиенические навыки.
Anatation: In this article importance of healthy life style and cultural hygienic
skills scientifically explained.
Keywords: physical maturity, healthy lifestyle, cultural hygienic skills.
UDC 800

Jamiyat taraqqiyoti barcha davrlarda rivojlanishning mohiyati,uning sur‘ati,


kishilarning tarbiyasi, xulqi, ma‘naviy va jismoniy kamolot darajasiga bog ‗liq
bo‗lgan. Qayerda ma‘naviy-ma‘rifiy, axloqiy tarbiya yuksak darajada bo ‗lib,
madaniy-gigiyenik ko‗nikmalarga amal qilgan bo‗lsa, shu yerda jamiyat a‘zolarining
sog‗lom turmush tarzida voyaga yetishlariga erishilgan.
Insonning sog‗lom tumush tarziga rioya qilib yashashi jamiyat taraqqiyoti uchun
muhim ahamiyat kasb etadi. Barvaqt qarishning oldini olish, uzoq vaqt mehnat
qobiliyatini saqlab qolish va salomatlikni asrash uchun jismoniy tarbiya, sport va
muntazam ravishda jismoniy mehnat bilan shug‗ullanish muhim ahamiyatga ega.
O ‗zbekistonda davlat rahbari tomonidan yoshlarga bo‗lgan e‘tiborni yanada
kuchaytirish, ularni madaniyat, san‗at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish,
yoshlarda axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‗nikmalarini shakllantirish,
yurtimiz yoshlari o‗rtasida kitobxonlikni targ‗ib qilish, xotin-qizlar bandligini
oshirish masalalariga alohida e‘tibor berilmoqda.
Turli ziddiyatlar kuchayib borayotgan bugungi dunyo manazaralarida
yoshlarimizning ma‘naviy immunitetini kuchaytirish, ularning bo‗sh vaqtini
mazmunli o‗tkazish har qachangidan ham dolzarbroq ekanini zamonning o‗zi
ko‗rsatib turibdi. Shu bois Prezident tomonidan ilgari surilgan 5 ta tashabbus muhim

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 181


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
ahamiyat kasb etadi.
Ma‘lumki, davlat rahbari ijtimoiy ma‘naviy – ma‘rifiy sohalardagi ishlarni yangi
tizim asosida yo‗lga qo‗yish bo‗yicha 5 muhim tashabbusni ilgari surgan edi.
Prezident tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusni ikkinchisida
yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon
qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo‗naltirilgan.
Ikkinchi tashabbusga doir masalalar muhokamasiga e‘tibor qaratganimizda,
diyorimizda 12 mingdan ziyod sport inshootlari borligi, lekin yoshlarni jismoniy
tarbiya va ommaviy sportga qamrab olish darajasi yetarli emasligi ko‗zga tashlanadi.
Umumta‘lim maktablarining sport anjomlari bilan jihozlanish ko‗rsatkichi mamlakat
bo‗yicha 56 foizni, jumladan Surxandaryo viloyatida 12 foizni, Xorazmda 14 foizni,
Qaraqalpog‗istonda 15 foizni tashkil etadi, xolos.
Davlat rahbari boshchiligida o‗tkazilgan videoselektor yig‗ilishlarida yoshlarni
jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish borasidagi chora-tadbirlar belgilab
berilgan.
Tuman va shahar hokimlarining yoshlar masalalari bo‗yicha o‗rinbosarlariga
mutaxassislar bilan birgalikda yoshlarning sport turlariga qiziqishi hamda sport
inshoatlarining jihozlanish darajasini o‗rganib, shu asosda takliflar berish, Vazirlar
Mahkamasiga ularni amalga oshirishi uchun zarur mablag‗lar manbasini aniqlash
vazifasi yuklatildi.
Olis va chekka qishloqlarda yengil konstruktsiyali sendvich panellardan kichik
sport zallari va su‘iy qoplamali maydonlar qurish, tashabbuskorlarga sport inshoatlari
tashkil etish uchun yer ajratish zarurligi ta‘kidlandi. Bunday tadbirkorlarga O‗z
milliybank tomonidan ―Yoshlar – kelajagimiz‖ dasturi doirasida imtiyozli kreditlar
ajratildi.
Joylardagi sport maktablariga xalqaro musobaqalarida g‗olib bo‗lgan taniqli
sportchilarni rahbar etib tayinlash, shuningdek, sportchilarni oliy o‗quv yurtlarining
maxsus sirtqi bo‗limlarida maqsadli o‗qitish yaxshi natija berishi qayd etilgan edi.
Bolalar va o‗smirlar sport maktablari sonini ko‗paytirish ko‗zda tutilgan edi.
O‗tgan ikki yil davomida bu borada bir qator ibratli ishlar amalga oshirildi. Olis
va chekka qishloqlarda, shahar va tuman markazlaridagi mahallalar va aholi yashash
punktlarida zamonaviy sport maydonchalari va sun‘iy qoplamali maydonlar barpo
etildi. Maktablarni sport anjomlari bilan jihozlash masalalariga ham e‘tibor qaratila
boshlandi.
Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi barcha bosqichlardagi mutaxassislar
faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida mamlakatimizda bir qator yangiliklar
joriy qilindi. Xususan, O ‗zbekiston Respublikasi Prezidentining ―Jismoniy tarbiya va
sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 182


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
to‗g‗risida‖ 2018 yil 5 martdagi PF-5368 sonli farmoniga muvofiq jismoniy tarbiya
va sport ilmiy-metodik ta‘minlash, mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini
oshirish markazi faoliyati samaradorligini oshirish, shuningdek, yuqori malakali
trenerlar, hakamlarni tayyorlash va malakasini oshirish bo‗yicha o‗quv dasturlari va
metodologiyasini yangilash, sportchilarning tayyorgarlik jarayoniga ilg‗or
innovatsion texnologiyalarni joriy etish maqsadida O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi ―Jismoniy tarbiya va sport sohasida mutaxassislarni qayta tayyorlash va
malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish to‗g‗risida‖ gi ID-8757 sonli
Qarori qabul qilindi. Ushbu qarorga asosan O‗zbekiston Respublikasi Jismoniy
tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‗yicha
mutaxassislarni ilmiy- metodik ta‘minlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish
markazi hamda uning Nukus, Samarqand va Farg‗ona filliallari negizida O ‗zbekiston
Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tasarrufida jismoniy tarbiya va sport
sohasi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti hamda uning
Nukus, Samarqand va Farg‗ona filliallari tashkil etildi va faoliyat olib bormoqda.
Mana ikki yildirki umumiy o ‗rta ta‘lim maktablari jismoniy tarbiya fani
o‗qituvchilari shu markazlarda malaka oshirishmoqda.
Kuzatuv va tahlillar shuni ko‗rsatdiki ,jimoniy tarbiya va sport bo‗yicha
mutaxassislarni yangi tashkil etilgan qayta tayyorlash va malaka oshirish
markazlarida malaka oshirgan maktab o‗qituvchilari faoliyati ilmiy metodik ta‘minot
jihatdan ancha ijobiy tomonga o‗zgarmoqda. O‗quv mashg‗ulotlarini o‗tkazish va
sport musoboqalarini tashkil etish saviyasi ancha yuqori darajaga ko‗tarildi.
Maktab o‗quvchilarini jismoniy, ruhiy va ma‘naviy-axloqiy rivojlantirish orqali
ijtimoiy hayotga moslashtirish, turli murakkab vaziyatlarda to‗g‗ri qaror qabul
qilishga o‗rgatish, ularda faol fuqoralik pozitsiyasini shakllantirish masalalarini hal
qilish bo‗yicha bugungi kunda malaka oshirish kurslaridan o‗tgan jismoniy tarbiya
fani o‗qituvchilari oldida ulkan vazifalar turibdi.
Respublika hukumati qarori bilan umumiy o‗rta ta‘lim muassasalari
o‗quvchilarining yoshi va psixo-fiziologik xususiyatlarini inobatga olgan holda
ularning ongiga umuminsoniy qadriyatlar va yuksak ma‘naviyatni yanada chuqurroq
singdirish, ularni vatanparvarlik va insonparvarlik ruhida tarbiyalash, umumiy o‗rta
ta‘lim muassasalaridagi ma‘naviy-tarbiyaviy ishlarni yangi bosqichga ko‗tarish
maqsadida amalda mavjud bo‗lgan ―Odobnoma‖, ―Vatan tuyg‗usi‖, ―Milliy g‗oya va
ma‘naviyat asoslari‖ va ―Dunyo dinlari tarixi‖ kabi fanlarni birlashtirgan holda
yagona ― Tarbiya‖ fanini joriy qilishga kirishildi. Qarorga binoan ,―Tarbiya‖ fani 1-9
sinflarda 2020-2021 o‗quv yilidan, 10-11 sinflarda 2021-2022 o ‗quv yilidan boshlab
bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etilishi ko ‗zda tutilgan.
―Jismoniy tarbiya‖, ―Tarbiya‖ning muhim tarkibiy qismidir. O‗quvchi yoshlarni

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 183


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
jismoniy, ruhiy va ma‘naviy-axloqiy rivojlantirish jismoniy tarbiyasiz kechmaydi.
Ta‘lim jarayonida bo‗layotgan o‗zgarishlar maktab jismoniy tarbiya fanini o‗qitishni
takomillashtirishni taqoza etmoqda. Bunda birinchi navbatda maktab jismoniy tarbiya
fani o‗qituvchisining innovatsion faoliyati nazarda tutiladi. Bugungi kun jismoniy
tarbiya fani o ‗qituvchisidan ijodiy yondashuv, faollik, yangiliklarga intiluvchanlik
talab qilinadi. Yangiliklarni kiritish uchun o ‗qituvchi yuksak axloqiy fazilatga ega
bo‗lishi, chiroyli muomola, yangicha fikrlash, yangiliklar kiritish texnologiyasi va
metodologiyasini o‗zlashtirgan bo‗lishi lozim.
Jamiyatda inson jismoniy kamoloti va salomatligining madaniy-gigiyenik
asoslari maktabgacha yosh davridan boshlanib, maktab davrida odat va ko‗nikmaga
aylanadi. Shaxs jismoniy kamolotini shakllantirishda 11 yillik maktab o‗quvchilik
davri muhim ahamiyat kasb etadi.
Maktab jismoniy tarbiya fani Davlat ta‘lim standartlarida belgilangan jismoniy
tarbiyaga oid bilim, malaka va ko‗nikmalardan iborat bo‗lsada, jismoniy tarbiyaning
asosiy vositalariga e‘tibor qaratilishi lozim. Jismoniy mashqlar, tabiatning
sog‗lomlashtiruvchi kuchlari va gigiyenik omillar maktabda jismoniy tarbiyaning
vositalari hisoblanadi. Maktabda jismoniy tarbiya fani oldida turgan vazifalarni hal
qilishda va inson jismoniy kamolotining keyingi yosh davrlarida shu vositalarning
har qaysi o‗ziga xos ahamiyatga ega bo‗ladi.
Jismoniy mashqlar jismoniy tarbiyaning asoiy vositasi hisoblanadi. Jismoniy
mashqlar harakat ko‗nikmalarini shakllantirishda, harakat apparatini rivojlantirishda,
jismoniy sifatlarni tarbiyalashda va ichki organlarni faoliyatini yaxshilashda xizmat
qiladi. Jismoniy mashqlar yordamida dastlabki ko‘nikmalar takomillashadi, yurish,
yugurish, sakrash, muvozanat saqlash, irg‗itish, tirmashib chiqish va hakozo asosiy
harakat turlariga o‗rgatiladi.
Jismoniy tarbiya jarayonida hamma turdagi vositalar bir xilda ishtirok etadi.
Tabiatning tabiiy kuchlari (quyosh, havo va suv) jismoniy mashqlarning ta‘sirini
kuchaytiruvchi va inson ish qobiliyatini oshiradi. Quyoshli, ochiq havoda yoki suvda
bajarilganda shug‗ullanish jarayonida ijobiy hissiyotlar paydo bo‗ladi, ayrim organlar
va organizm tizimlarining quvvatini oshiradi. Tabiiy omillarni jismoniy mashqlar
bilan birga qo‗shib olib borish chiniqish samaradorligini oshiradi. Tabiiy kuchlardan
mustaqil vosita sifatida ham foydalanish mumkin. Shaxs jismoniy kamolotida
organizmga har tomonlama ta‘sir ko ‗rsatish uchun tabiiy kuchlarni qo‗llash, ularni
oqilona tarzda birga qo‗shib olib borish zarur.
O‗quvchi yoshlar jismoniy tarbiya vazifalarini hal etishda va umuman shaxs
jismoniy kamolotga erishishida gigiyenik omillar va tabiatning sog‗lomlashtiruvchi
kuchlaridan keng foydalaniladi.
Gigiyenik omillar, ayniqsa madaniy gigiyenik ko‘nikmalar inson salomatligini

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 184


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
mustahkamlashning eng zarur shartidir. Ayniqsa bugungi kunda jahonda COVID-19
karonavirus pandemiyasi tarqalishi insonlarning gigiyena omillariga, madaniy
gigiyenik ko‘nimkalarga bo‗lgan munosabatlarini mutloq ijobiy tomonga o‗zgartirdi.
Ba‘zi ma‘nbalardagi gigiyena inson salomatligining asosi deb baholanadi.
Sababi, yer kurrasidagi jamiy yuqumli va yuqumsiz kasalliklar kelib chiqishining
oldini oladigan fan gigiyenadir.
Gigiyena omillari mustaqil ahamiyatga ega: ular barcha organ va sistemalarning
normalishlashiga yordam beradi. Ayniqsa inson qo‗li va tanasining boshqa qismlarini
muntazam sovunlab yuvib yurishdan tortib, sifatli ovqatlanish, ovqat hazm qilish
organlarining faoliyatiga ijobiy ta‘sir qiladi va boshqa organlarga zarur oziq
moddalarning o‗z vaqtida yetib borishini ta‘minlaydi, yosh bolalar rivojlanish va
o‗sishiga yordam beradi. Kundalik rejimga qa‘tiy rioya qilish, uyushqoqlikka,
intizomlilikka o‗rgatadi.
Shaxsni barkamol bo‗lib shakllanishi, salomatligini mustahkam bo‗lishi ko‗p
jihatdan madaniy gigiyenik ko‘nikmalarni o‗zlashtirishga, unga muntazam amal
qilishga bog‗liq. Barcha insonlarni ijtimoiy hayotga kirib kelishi, ijtimoiylashuvi
maktab ta‘limi orqali amalga oshadi. Gar shunday ekan maktabgacha ta‘lim
muassasalaridan boshlab butun maktab yoshi davomida shaxs jismoniy kamolotining
ajralmas qismi bo‗lgan madaniy gigiyenik ko‗nikmlarni mukammal o‗zlashtirish
barchaning doimiy diqqat e‘tiborida bo ‗lishi lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar:
1. O ‗zbekiston Respublikasi Prezidentining ―Yoshlarni ma‘naviy-axloqiy va
jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta‘lim-tarbiya berish tizimini sifat
jihatidan yangi bosqichga ko‗tarish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi 2018 yil 14 avgust
PQ-3907 sonli qarori.
2. O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining ―Xalq ta‘limi tizimini boshqaruv
tizimini takomillashtirish bo‗yicha qo‗shimcha chora-tadbirlar to‗g‗risida‖gi 2018 yil
5 sentyabr PF-5538 sonli qarori.
3. O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 19 martdagi ―Yoshlarga
e‘tiborni kuchaytirish‖ maqsadida o‗tkazilgan video selektor yig‗ilishi materiallari.
4. Rasulev T.Q. Yoshlarni ma‘naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib
tarbiyalash yo ‗llari. ( uslubiy qo ‗llanma) Qarshi, 2019.

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 185


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
УМУМТАЪЛИМ МАКТАБЛАРИДА ЖИСМОНИЙ МАДАНИЯТ
ТАЪЛИМИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ ВА РИВОЖЛАНТИРИШ

Очилов.О.Ў
Самарқанд шаҳар
80-умумтаълим мактаб
жисмоний тарбия ўқитувчиси

Жисмоний маданият шахсни комплекс шакллантириш тизимининг узвий


қисмидир. Ўсиб келаѐтган ѐш авлоднинг соғлиги ҳақида ғамхўрлик, уларда
соғлом турмуш тарзини шакллантириш, жисмоний маданият ва спорт билан
мунтазам, мустақил шуғулланиш кўникмаларини сингдириш тарбиявий
жараѐннинг ажралмас қисми ҳисобланади. Давлатимиз раҳбари
Ш.М.Мирзиѐевнинг ѐшлар маънавиятини юксалтириш ва уларнинг бўш
вақтини мазмунли ташкил этиш бўйича 5 та муҳим ташаббусни илгари суриши
бежиз эмас. Хусусан, иккинчи ташаббус ѐшларни жисмоний чиниқтириш,
уларнинг спорт соҳасида қобилиятини намоѐн қилишлари учун зарур
шароитлар яратишга йўналтирилган. Ўтган давр мобайнида республикамиз,
вилоятимиз, хусусан, республикамизда жисмоний тарбия ва спортни тарғиб
қилиш, ѐшларнинг соғлом турмуш тарзига риоя қилишини таъминлаш бўйича
кенг кўламли ишлар амалга оширилди. Спорт тўгараклари фаолияти
жонлантирилди, оммавий спорт турлари мусобақаларнинг мунтазам ўтказиб
борилиши йўлга қўйилди. Жисмоний тарбия ва спортда инновацион
технологияларни ривожлантириш муаммолари бўйича ўтказиладиган анжуман
фуқароларимизни жисмоний маданият ва спорт билан шуғулланишга фаол
жалб қилиш, соғломлаштирувчи технологияларни аҳолининг, биринчи
навбатда, болалар ва ѐшлар жисмоний маданиятини шакллантиришда муҳим
аҳамият касб этади, замонавий таълим-тарбия жараѐнини ташкил этиш
муаммоларини очиқ-ойдин муҳокама қилиш учун самарали майдон бўлади.
Ўзбекистон Инсон саломатлигига салбий таъсир кўрсатаѐтган омиллар кун,
соат сайин ортиб бормоқда. Бу аввало атроф муҳитни ифлосланиши
даражасининг ўсиб бориши, иқлим ўзгариши, инсон ҳаѐтида асабий
таъсирчанлик вазиятларнинг ортиши, инсонлар ўртасида меҳрнинг қаҳатланиб
бориши, одамларнинг молпарастликка ўчлиги, бойпарастликка интилишининг
ўсиши, одамларни ўзига жалб қилувчи моддий бойликларнинг янги янги
жилвалари (хилма хил кийинишлар, машиналар, уй-рўзғор буюмлари, янгича
ҳашаматли уйларнинг қурилишлари, дабдабали тўйларни ўтказилиши, таъма,
порахўрлик (коррупцион) фаолият орқали беҳуда ўта бойиб кетишга интилиб

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 186


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
миллионлаб доллар, миллиардлаб сўмларни йиғишга бўлган асаб бузарликлар
каби фаолиятларининг кўпайиб бориши) инсонларни маънавий жисмоний
саломатлигига салбий таъсир қилмай қолмайди, албатта. Шу ўринда ўз
саломатлигини емириш эвазига бойлик сари интилаѐтганларга, Нуҳ
пайғамбаримиз тўққиз юз йилдан ортиқ умр кўриб, битта чайлада
яшаганларидан кейин умрлари охирида шунча қисқа яшашимни билганимда шу
чайлани ҳам қурмаган бўлар эдим, деганларини эслатиб ўтмоқчимиз. Ушбу
ишимизнинг мақсади, инсон саломатлигини мустаҳкамлашда одамларнинг
ўқувчилик даврида жисмоний маданият таълимини такомиллаштиришнинг
аҳамиятини назарий жиҳатдан таҳлил қилишдан иборат. Инсон саломатлигини
мустаҳкамлашга , соғлом бўлиб яшашига жуда кўп олимлар ўз ҳиссаларини
қўшиб келганлар. Жумладан, Геппократ, Суқрот, Арасту, Ибн Сино ва
бошқалар. Жумладан Ибн Синонинг бадан тарбия билан мутадил
шуғулланганлар дори-дармонга, даволанишга мўҳтож бўлмайди дегани.
Замонавий етакчи олимлардан Амосов, ҳаттоки унчалик олим бўлмай,
одамларга унчалик таниш бўлмаган оддий инсонлар ҳам одамларни соғлом умр
кечиришга даъват қилиб келаѐтганлар ҳам талайгина Шу билан бир қаторда
илмий кузатишларнинг таҳлили шуни кўрсатмоқдаки, аксарият ѐшларимиз,
ўзларини навқирон, соғлом ѐшлигида жисмоний ривожи ва тайѐргарлигини
кучайтириш орқали, ўзларида соғлик заҳирасини тўплаш мақсадида,
хонадонларида жисмоний фаолликни оширишга интилиб яшаѐтганларни сони
ортиб бориши диққатга сазовор бўлган, инсон саломатлигини мустаҳкамлашга
йўналтирилган муҳим инсон фаолиятларидан бирига айланмоқда.
Президентимиз Шавкат Мирзиѐевнинг беш ташаббусидан, иккинчисига
инсонлар бугун ўз саломатликларни мустаҳкамлашда турли имкониятлардан
фойдаланмоқдалар: Жумладан, уй рўзғордаги жисмоний меҳнат билан боғлиқ
юмушларидан, махсус юриш, югуришлар, тиббий муолажалар (шифокор,
дорихона), махсус мослама (тренажер)ларда жисмоний машқ бажаришлар,
хонадонларида қўл бола жисмоний (спорт) машқ бажариш жиҳоз, асбобларни
яратиб, уларда ўз жисмоний маданият таълимларидаги билим тажрибасига
таянган ҳолда махсус жисмоний машғулотларни амалга ошириш ва ҳ.к. Ана шу
юқорида айтиб ўтилганларнинг барчаси, одамларнинг ўзлари мустақил
равишда жисмоний саломатликларини яхшилашга, уни мустаҳкамлашга бўлган
интилишлари, ўзларига шароитларни яратишлари, булар шахснинг жисмоний
маданиятини шаклланаѐтганликнинг асосий ифодаларидан бири деб ҳисоблаш
мумкин. Албатта, саломатликни мустаҳкамлашнинг бундай жараѐнлари ҳали
унчалик илмий ўрганилмаган. Аммо бундай жараѐн орқали бутун бир оила ѐки
маҳалла аъзоларининг касалланишини олдини олиб, касал бўлмай соғлом яшаб

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 187


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
келаѐтганлар борлиги амалда кузатилмоқда. Масалан, Фахриддин Ходжаевнинг
―Жисмоний тарбия ва спорт‖ журналининг, 2019 йил 3-сонидаги ―Калияс-касал
бўлмайдиганлар қишлоғи‖ ва бошқалар. Юқорида келтирилган илмий кузатиш,
таҳлиллар шуни кўрсатмоқдаки, бугун одамлар атроф-муҳитнинг ўз
саломатликларига салбий таъсирни тушуниб, ўз саломатликларини жисмоний
машғулотлар билан мустаҳкамлашга ҳаракат қилмоқдалар. Аммо бундай
ҳаѐтий муҳим, зарур жараѐнларни қанчалик тўғри бажараѐтганларини, унчалик
чуқур бўлмаган илмий кузатишлар, шуни кўрсатмоқдаки, ҳамма ҳам бу
ждараѐнларни илмий, назарий, услубий амалий йўриқчилик жиҳатдан қанчалик
тўғри бажараѐтганларини назарий билим, кўникма ва малакалари етарли
эмаслиги кузатилмоқда. Масалан, юклама ҳажми, унинг жадаллиги ҳар бир
инсон ўзининг менталитетига мос жисмоний машғулотни танлай олиши, ана шу
танлаган жисмоний машғулотдан қай даражада унумли фойдаланишни амалга
ошириш зарурлигига, баъзилар махсус мослама (тренажер)лардан
фойдаланмоқдалар. Бировлар ўзлари қўлбола спорт жиҳозини тўғри ясаса,
баъзилари хавфсизликка эътибор бермай ясаѐтганлар ҳам учрамоқда. Ана
шундай ҳайрли хонадонларда мустақил бажариладиган жисмоний
машғулотларни услубий жиҳатдан тўғри ташкил қилишни амалга оширишга,
одамларни ҳар бирига махсус жисмоний таълимни шакллантириш энг долзарб
муаммолардан бири эканлиги илмий кузатишларда аниқланди. Бундай муҳим
долзарб муаммони ҳал қилиш имкониятини аниқлашга қарата олиб борилган
илмий изланишлар асосида, қуйидаги имкониятлар аниқланди.
- Одамлар ўз саломатликларини мустаҳкамлаб бориш, уни асраб авайлаш,
у ҳақда ғамхўрлик қилишга ҳаракат қилиш кераклигини тушуниб етмоқдалар;
- Бундай жисмоний машғулотлар билан одамларнинг ўзлари оммавий
равишда тўғри шуғулланишларини ташкил қилишга етарли назарий билим,
ташкилий йўриқчилик жиҳатдан амалий машғулотларни бажаришга кўникма
малакалар етарли эмаслиги кузатилмоқда;
- Одамлар мустақил жисмоний машғулотлар билан тўғри
шуғулланишнинг билим куникмаларини шакллантиришга эҳтиѐжи сезиляпти;
-Бундай эҳтиѐжни қондиришга мактабгача таълим муассасалари ҳамда
умумтаълим мактабларидаги жисмоний маданият таълим бериш жараѐнларида
етарли имкониятлар мавжуд;
- Бу имкониятларни ўқувчиларга бериш учун жисмоний маданият
дарслари ва бошқа жараѐнларда бериладиган билимларни мустақил жисмоний
машғулотларни назарий ташкилий, услубий йўриқчиликка оид билимлар,
кўникма ва малакалар билан бойитишга эҳтиѐж кузатилмоқда;
- Умумий ўрта таълим мактаблари жисмоний маданият таълими

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 188


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
машғулотларининг мазмунини жисмоний маданият машғулотларини мустақил
ташкил этишнинг услубий йўриқчилик асосларига оид билимлар билан
бойитиб, мактабни битирувчиларга жисмоний маданият бўйича ўзи ва оила
аъзолари учун, ―жамоатчи услубчи йўриқчи‖лик бериш

Фойдаланилган адабиётлар:
1.www.pedagog.uz
2.www.bilim.uz
3.www.lex.uz
4.www.edu.uz

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 189


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
БОШЛАНҒИЧ СИНФЛАРДА ЎТИЛАДИГАН ЖИСМОНИЙ
ТАРБИЯ ДАРСЛАРИДА ЎҚУВЧИЛАРГА ҲАРАКАТЛИ ЎЙИНЛАРНИ
ЎРГАТИШ ОМИЛЛАРИ

Очилова Гулираъно Уринбаевна


Самарқанд вилояти Самарқанд шаҳар
64-умумтаълим жисмоний тарбия ўқитувчиси

Аннотация: Ушбу мақолада бошланғич синфларда ўтиладиган жисмоний


тарбия дарсларида ўқувчиларга ҳаракатли ўйинларни ўргатиш омиллари,
ўқувчиларда жисмоний қобилият, ҳаракат малакалари ва кўникмаларини
ривожлантиришга ѐрдам берадиган, ўқувчи шахсини тарбиялашда комплекс
ѐндашиш масалалари ҳусусида мулоҳазалар юритилган.
Калит сўзлар: индивидуаллаштириш, таълим методлари, усул, ҳаракат
малакаси, ҳаракат кўникмаси.

Юртбошимиз Шавкат Мирзиѐев айтганларидек соғлом халқ, соғлом


миллатгина буюк ишларга қодир бўлади. Шу боисдан ѐш авлодниниг ҳар
томонлама баркамол бўлиб етишиши учун барча шароитлар яратилмоқда.
Ўқувчининг соғлом бўлиб вояга етиши иқтидори ва қобилиятини намоѐн
эта олиши орқали жамиятда ўз ўрнига эга бўлиши учун унга бериладиган
тарбия ўта муҳим омил ҳисобланади.
Бошланғич синф ўқувчиларини жисмонан тарбиялаш, соғлигини
мустаҳкамлаш, ҳаракат фаоллиги ва соғломлаштиришнинг самарадорлигини
оширишда барча фанлар қаторида жисмоний тарбия фанининг ўзига ҳос
моҳияти мавжуд.
Маскур фан cпорт соҳасини асосий қисми бўлиб Вазирлар
Маҳкамасининг 2019 йил 29 январдаги ―Ўзбекистонда соғлом турмуш тарзини
тарғиб қилиш ва аҳолини жисмоний ва оммавий спортга жалб этиш
тўғрисида‖ги, 2019 йил 13 февралдаги, ―2019-2023 йиллар даврида
Ўзбекистонда жисмоний ва оммавий спортни ривожлантириш контсепсиясини
тасдиқлаш тўғрисида‖ги қарорларга ва шу каби хужжатлар ижосини
таъминлашга асос яратади. Президентимиз Шавкат Мирзиѐев ўз нутқларидан
бирида ―Спортни жадал ривожлантириш, халқаро мусобақаларда юксак
натижаларга эришган спортчиларни рағбатлантириш ва қўллаб қувватлаш‖га
доимо эътибор қараштишларини эътироф этанлар.
Шундай экан жисмоний тарбия фан ўқитувчиси бу каби нарсаларга
алоҳида эътибор бермоғи лозим. Жисмоний тарбияда ҳаракатларга ўргатиш

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 190


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
тарбиячининг бевосита раҳбарлиги остида ҳамда унинг кузатуви остидаги
ўқувчиларнинг мустақил фаолиятида амалга оширилади. Ҳаракат фаолиятига
ўргатишда ўқувчининг англаш, иродавий ва ҳиссий кучлари ривожланади
ҳамда унинг амалий ҳаракат кўникмалари шаклланади. Ҳаракатларга ўргатиш
ўқувчи ички дунѐси ҳис-туйғуси, тафаккури, аста-секин шаклланадиган
дунѐқараши, ахлоқий фазилатларига ўқувчилар томонидан бажариладиган,
саломатлик ва умумжисмоний ривожланиш учун фойдали бўлган ҳаракат
фаолиятига мақсадга йўналган ҳолда таъсир этади. Таълим мазмунини
жисмоний машқлар, жумладан, дастурга мувофиқ танланган ҳаракатли ўйинлар
ташкил этади. Унинг мазмунига ривожланиш ва такомиллашишга хизмат
қилувчи ҳаракатларни эгаллаш тажрибаси ҳам киради. Ўқувчилар билан
ишлашда уларнинг ѐш хусусиятларини ҳисобга олиш жуда зарур, ўқувчининг
онгли ҳаракат фаолиятида асқотадиган айрим билимлар, ўқувчини ҳаракатларга
ўргатувчи фаолияти усуллари, фаолият ва уларни амалга оширишнинг малака
ва кўникмалари ҳақидаги билимлар бирлиги ташкил этади. Ҳаракат
фаолиятини тарбиялаш жараѐнида катталар (ота-оналар, тарбиячилар)
ўқувчилар ривожланишининг психофизиологик хусусиятларини ҳисобга олган
ҳолда улар олдига янги ҳаракат вазифаларини қўядилар. Янги нарсани
ўзлаштириш ўқувчидан муайян жисмоний ва психик кучни, қийинчиликларни
енгиб ўтишни талаб этади. Ўқувчининг машқлар жараѐнида янги ҳаракат
вазифаларини тобора ҳал этиб, бориши ва шу билан боғлиқ равишда вужудга
келадиган катта имкониятлар ҳаракатлар характери ва сифатини ўзгартиради.
Қийинчиликларни енгиш ва янги вазифаларни ҳал этиш ўқувчида ижобий
ҳиссий кайфият ҳосил қилади. Бу мураккаб жараѐн доимо тарбиячи назорати
остида бўлиши керак. Бир томондан, ўқувчининг янги ҳаракат вазифасини
тушуниб олишини таъминлаш лозим, иккинчи томондан, ўқувчида
мустақиллик, қизиқиш ва ғайратни уйғотиш зарур.
Ўқувчиларни ҳаракатларга ўргатишда кўргазмалиликнинг турли
усулларидан фойдаланилади. Яққол кўриш усуллари ҳаракат ѐки айрим ҳаракат
элементларининг тарбиячи томонидан тўғри ва аниқ намойиш этилишидан;
теварак-атрофдаги ҳаѐт кўринишларига тақлид қилишдан; масофани тўғри
босиб ўтишда мўлжални олишдан фойдаланишдан; кўргазмали қўлланмалар,
телекўрсатувлар, суратлардан фойдаланишдан иборатдир. Тактил-мушак
кўргазмалилиги ўқувчиларнинг ҳаракат фаолиятига жисмоний тарбияда
фойдаланиладиган жиҳозларни киритиш билан таъминланади. Масалан,
тиззани баланд кўтариб югуриш кўникмасини ҳосил қилиш мақсадида кетма-
кет қўйилган ѐй шаклидаги дарвозачалар қўлланилади. Югуриш пайтида оѐқни
бу тўсиқлар оша кўтариб ўтиш ўқувчининг тиззани баланд кўтариш

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 191


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
кўникмасини эгаллашига ѐрдам беради. Кўргазмалилик усуллари ўқувчининг
ҳаракатларни тўғри идрок қилиши ва тасаввур этиши, ҳиссий онгининг
кенгайишига, ҳаракатларни бажаришда ўз-ўзини назорат қилишнинг вужудга
келишига, суръати ва ритмини эшитиш орқали бошқаришга, сенсор
қобилиятининг ривожланишига хизмат қилади. Ўқувчиларни ҳаракатга
ўргатишда кўргазмали ва оғзаки усуллар билан ўзаро боғлиқ турли амалий
усуллар мажмуасидан фойдаланади.
Хулоса қилиб айтганда бу фан ўқувчиларнинг саломатлиги, маънавий
комиллиги, руҳияти, онг тезлиги ва эслаб қолиш қобиляти учун муҳим ҳаѐтий
позициядир.

Адабиётлар:
1. 1. Мирзиѐев Ш.М. Буюк келажагимизни мард ва олижаноб ҳалқимиз
билан бирга қурамиз. – Т.: ―Ўзбекистон‖, 2017. – 488 б.
2. Нормуродов А.Н. Жисмоний тарбия. – Т.: «Ўзбекистон», 1998.
3. Бошланғич таълим журнали. Барча сонлари.

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 192


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
YOSHLARNI JISMONIY TARBIYA VA SPORT BILAN
SHUG‘ULLANISHLARIDA SHIFOKOR NAZORATI

Jurayeva Saodat Muzaffarovna


Buxoro shahar 1-son bolalar va o‘smirlar
sport maktabi shaxmat treneri

Annotasiya: Ushbu maqolada yosh avlodning jismoniy tarbiya va sport


mashg‘ulotlari bilan shugullanishning gigienik va shifokorlar nazorati haqida
ma‘lumotlar keltirilgan.
Kalit so‟zlar: jismoniy tarbiya, sport, tibbiy nazorat, COVID 19 virusi, arterial
qon bosimi, o‘pkaning tiriklik sig‘imi.

Ma‘lumki, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish odam organizmini har


tomonlama jismonan rivojlanishi va mustahkamlanishi, fiziologik funksiyalarning
takomillashtirishi va sog'lomlas‘tirishga olib keladi. Shug‘ullanuvchilarning yoshi,
jinsi va o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda to‘g‘ri uyushtirilgan jismoniy
tarbiya va sport mashg‘ulotlari yuqori samara beradi. Aks holda ular jismoniy
tarbiyaning sog‘lomlashtirish vazifasini hal qilish borasidagi ahamiyatini yo‘qotadi.
Tibbiy-pedagogik nazorat sport shifokori va trener hamkorligida o‘tkaziladi.
Jismoniy tarbiya darsi yoki sport mashg‘uloti o‘tkazilayotgan joyida shifokor kelib
quyidagi masalalarga e‘tibor beradi.
1. Mashg‘ulot o‘tkazilayotgan o‘qituvchi (yoki trener)ning o‘quv metodik
hujjatlarining to‘g‘riligini aniqlash.
- Sinf (guruh jurnali) guruhda o‘quvchilarning davomatiga ham e‘tibor qarashi
lozim. Sababsiz yoki sababli dars qoldirgan o‘quvchilarninham alohida o‘ziga qayd
qilib qoyishi lozim.
- O‘qituvchi yoki trenerning fan bo‘yicha dars mashgulotlarining ichki o‘quv
dasturi va ishchi o‘quv rejasi
- O‘qituvchi yoki trenerning o‘tilayotgan mashg‘ulot mavzusi bo‘yicha konspekt
2. Jismoniy tarbiya darslarida o‘quvchilatning guruhlarga bo‘lingan ro‘yxati.
Asosiy va tayyorlov guruhlardagi o‘quvchilar bilan o‘tiladigan mashg‘ulot mavzulari
mashq hajmi va tezligi rejalashtirilganligini.
3. Sport mashg‘ulotlari paytida sportchilarning chiniqqanligini hisobga olgan
holda mashgulot hajmi va tezligi trener rejasida ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
4. Jismoniy tarbiya darsi yoki sport mashguloti o‘tkaziladigan joyning
sanitariya gigienik sharoiti quyidagilarni aniqlash bilan baholanadi:
- Sanitariya holati (tozaligi)

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 193


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
- Yorug‘ligi
- Xona harorati (+18 yoki +200C)
- Ventilatsiya (havo almashinuvi)
- Sport buyumlarining gigenik holati
- O‘quvchi va sportchilarni gigiena talabi bo‘yicha sport kiyimi va sport
poyafzali bilan ta‘mingangani
- Mashg‘ulotga texnik xavfsizligi tadbirlarnin g tashkil etilganligi
- Zarur bo‘lganda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun dori darmonlar bilan
ta‘minlanganligi hamda mashg‘ulot bajarayotgan o‘quvchi himoya etilishi.
Ko‘rsatilgan barcha talablar qo‘shimcha ravishda bugungi kunda nafaqat
mamlakatimizda balki butun dunyoda xavf solib turgan COVID 19 kassaligining
yurtimizda kirib kelishi va tarqalishini oldini olish bo‘yicha maxsus ko‘rsatmalar
ishlab chiqildi. Unga ko‘ra har biro dam gavjum joyda tana haroratini o‘lchanishi,
tibbiy niqobda bo‘lish, zararlantiruvchi tunellardan o‘tish, oraliq masofa 2 metr qilib
belgilandi. Bu esa jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanuvchi yoshlar bu
qoidalarga rioya qilishi ustidan ham shifokor o‘z nazoratini olib borishi trener-
oqituvchilar bilan tushuntirish ishlarini olib borishi shart. Yoshlarimizning sport bilan
shug‘ullanishlarida shifokor nazorat nechog‘li muhim degan savol tug‘iladi. Albatta
muhim, shifokor pedagogic kuzatuv jarayonida shug‘ullanuvchilarda noxush holat
yuzaga kelmasligi uchun shug‘ullanuvchilar rejalashtirilgan hajmdagi mashg‘ulotni
bajargandan keyin, ular organizmining funksional holati belgilangan muddatda asl
holatiga qaytmasa, yoki unda haddan tashqari charchash jismoniy zo‘riqish holati
yuzaga kelgani aniqlansa mashg‘ulot yuklamasi hajmi ma‘lum darajada
yengillashtirish tavsiya qilinadi.
Shifokor pedagogik kuzatuvi ikki usulda o‘tkaziladi:
1. Oddiy usulda shifokor quyidagi sinamalar orqali kuzatuv olib boradi.
1.1 Mashgulot bajaruvchining tashqi ko‘rinishini baholash (mashg‘ulotdan oldin
va keyin). Agar terisi qizarsa ozroq terlasa harakat muvozanatini saqlay olsa,
mashgulot hajmi normal hisoblanadi, aksincha lab ko‘karish, oqarib ketish, qaltirash
kuzatilsa, ko‘ngil aynisa mashg‘ulot hajmi funksional holatdan ko‘p berilgani bo‘ladi.
1.2 Bir daqiqada tomir urushi sonini aniqlash
- tinj holatda 1 daqiqada 70-72 marta tomir urushi mayor hisoblanadi
- mashg‘ulot bajarish to‘xtaganda tomir urushi bor-yo‘gi 100-120 martagacha
tezlashsa, mashgulot hajmi meyordan kam hisoblanadi. Bunday mashg‘ulot
shug‘ullanuvchini chiniqtirmaydi.
- tomir urushi 140-160 martagacha tezlashsa, mashgulot hajmi o‘rtacha
intensivlikda deb hisoblanadi.
- tomir urushi 170-180 martagacha tezlashsa, mashgulot hajmi yuqori

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 194


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
intensivlikda deb baholanadi.
- agar tomir urushi 190-200 marta va undan ham tezlashsa, rangi oqarsa , lablari
ko‘karsa, nafas qisilib qolsa yurak, tomir tizimi zo‘riqqanligi ma‘lum bo‘ladi, bunda
shugullanuvchining funksional holatini hisobga olmay kata hajmda mashg‘ulot
o‘tkazgan hisoblanadi.
1.3 Maksimal va minimal arterial qon bosimini aniqlash.
- mashg‘ulotdan oldin tinj holatda maksimal arterial qon bosimi 110-120 mm,
minimal 70-80 mm simob ustuniga teng bo‘lishi kerak.
- mashg‘ulotdan keyin maksimal arterial qon bosimi 150-170 mm gacha
ko‘tarilsa o‘rtacha intensivlikda, agar 190-200 mm va undan yuqori bo‘lsa sportchi
rangi oqarsa, lablari ko‘karsa o‘ta kata intensivlik deyilib, mashg‘ulot o‘tkazish
uslubi noto‘g‘ri hisoblanadi
1.4 Bir daqiqada nafas olish sonini aniqlash (mashg‘ulotdan oldin va keyin).
1.5 O‘pkaning tiriklik siqimini aniqlash (mashg‘ulotdan oldin va keyin).
2. Murakkab usulda shifokor quyidagi sinamalar orqali kuzatuv olib boradi.
2.1 Bir daqiqada tomir urushi soni (sinamadan oldin va keyin).
2.2 Maksimal va minimal arterial qon bosimi (sinamadan oldin va keyin).
2.3 Bir daqiqada nafas olish soni (sinamadan oldin va keyin).
2.4 O‘pkaning tiriklik siqimi (sinamadan oldin va keyin).
Xulosa qilib aytganda Jjismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarining asosiy
maqsadi organizmni sog‘lomlashtirish hamda jismoniy rivojlanishga qaratilgan
bo‘ladi. Sogliqni saqlash, uzoq umur ko‘rish, ish faolligini oshirish, kayfiyatni
ko‘tarish kabi muhim omillarga ta‘sir ko‘rsatadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Azimov L.G‘, Sobitov Sh. Sport fiziologiyasi. Toshkent., 1993
2. Almatov Ch. T. Ulug‘lanish fiziologiyasi Toshkent., 2004
3. Sodiqov B.A. Yosh fiziologiyasi va gigienasi. ―Yangi asr avlodi‖ 2009

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 195


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
UMUMIY O‘RTA TA‘LIM MAKTABLARIDA MILLIY HARAKATLI
O`YINLARNING O‘QUVCHI YOSHLAR TARBIYASIDA VA
MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISHDA TUTGAN O‘RNI

Zohidov Zoir Toyir o‘g‘li


Toshkent shahar Yashnobod tumani
206-maktab Jismoniy tarbiya fani
o‘qituvchisi

Raxmonova Yulduzoy Yigitali qizi


Toshkent shahar Yashnobod tumani
206-maktab Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi
raxmonovayulduzoy@gmail.com

Annotatsiya: Ushbu maqolada umumiy o‘rta ta‘lim maktablarida milliy


harakatli o`yinlar va ularning o‘quvchi yoshlar tarbiyasida tutgan o`rni, maktab
yoshidagi o‘quvchi yoshlarni jismoniy tarbiyalashda o‘zbek milliy harakatli
o‘yinlardan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari, jismoniy tarbiyaning ijtimoiy-
ruhiy asoslari, milliy harakatli o‘yinlardan foydalanish zaruriyatlari, jismoniy
sifatlarni tarbiyalovchi milliy harkatli o‘yinlar tasnifi va ularni o‘rgatish yo`llari
hamda milliy sport o`yinlari bebaho qadriyat ekanligi to‘grisida ma‘lumot berilgan.
Kalit so‟zlar: avlod, yosh avlod, sog‘lom avlod, harakatli o‘yinlar, usullar,
barkamol, jismoniy madaniyat, o‘zbek xalqi.

O‘zbek xalqining ming yillar davomida yaratgan, avloddan-avlodga o‘tib


kelayotgan ijod boyliklarini to‘plash, o‘rganish, bu boy xazinalar asosida yosh
avlodni ma‘naviy boy, axloqiy pok, jismoniy barkamol qilib tarbiyalash bugungi
kunning dolzarb masalalaridan biridir.
Ayniqsa, O‘zbekiston mustaqillikga erishgandan so‘ng milliy qadriyatlarimiz,
an‘analarimizga bo‘lgan e‘tibor yanada kuchaydi. Bu hayotning hamma jabhalarida
turli darajada o‘zini namoyon eta boshladi, jumladan tarbiyaning asosiy qismlaridan
biri jismoniy madaniyatda ham. ―Jismoniy tarbiya, - deyiladi O‘zbekiston
Respublikasinig ―Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risidagi qonuni‖da, - O‘zbekiston
Respublikasining ―Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risidagi qonuni‖ da, - O‘zbekiston
Respublikasi xalqlar milliy madaniyatining ajralmas qismi, jismoniy va madaniy,
ma‘naviy kamolotining muhim vositasi‖ ekanligi ta‘kidlanadi.
Bu esa yosh avlodni sog‘lom va barkamol qilib tarbiyalovchi jismoniy
madaniyat oldiga katta ma‘suliyatli vazifalar qo‘yadi. Yosh avlodni jismoniy

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 196


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
baquvvat qilib tarbiyalashga imkon beradigan, ularning jismoniy sifatlarini
rivojlantirishiga qaratilgan jismoniy madaniyatini milliylashtirishiga, bunda
xalqimizning unitilib borayotgan milliy o‘yinlarini to‘plash, hayotga-maktabga tadbiq
etish, rivojlantirish yo‘llari va usullarini qayta ko‘rib chiqish zaruriyatini keltirib
chiqaradi.
O‘zbek xalq milliy harakatli o‘yinlarini ilmiy jihatdan tadqiq etish, ularni
maktab, bog‘cha o‘quv dasturlariga kiritish, ijtimoiy-tarbiyaviy ahamiyatga ega
bo‘lgan turlarini sport darajasiga ko‘tarish jismoniy madaniyat fani oldidagi eng
dolzarb muammolardan biriga aylanganligini ko‘rsatadi.
Maktabda jismoniy tarbiya darslarida xalq milliy harakatli o‘yinlarini o‘tkazish
usullarini to‘liq egallamagan o‘qituvchilar hozircha ko‘pchilikni tashkil etadi. Buning
ustiga ijtimoiy voqe‘lik, pedagogik amaliyot va nazariyot keng omma o‘rtasida
tug‘ilib, rivojlangan xalq pedagogikasining eng yaxshi yutuqlaridan samarali
qo‘llash, xalq pedagogikasi g‘oyalari asosida fikr yuritish o‘quv tarbiyaviy ishning
muvaffaqiyatini ta‘minlovchi hal qiluvchi omillardan ekanligiga guvoh beradi. Shu
bois tadqiqot natijalaridan amaliyotda keng foydalanish mumkin.
O‘zbekiston Respublikasida jismoniy madaniyat va sportni rivojlantirish
to‘g‘risida Kadrlar tayyorlashdagi oqilona tizim g‘oyat muhim ahamiyatga ega. Shu
bois respublikamizda jismoniy madaniyatning maqsad va vazifalari hukumatning
hamda respublika madaniyat va sport ishlari vazirligining qarorlarida kelib chiqqan
holda amalga oshiriladi.
Respublikada amalga oshiralayotgan jismoniy madaniyatning o‘z oldiga
qo‘ygan maqsadi sog‘lom, ruhan tetik va bunyodkor insonni hayotga tayyorlashdan
iborat. Bu maqsad Respublikada jismoniy madaniyat bilan shug‘ullanuvchi barcha
muassasa tashkilotlar uchun zaruriy vazifadir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev ―Biz sog‘lom avlodni
tarbiyalab yetkazishimiz kerak. Sog‘lom kishi deganda faqat jismoniy sog‘lomlikni
emas, balki sharqona odob-axloq va umumbashariy g‘oyalar ruhida kamol topgan
insonni tuShunamiz‖, - deydi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi
yig‘ilishidagi ma‘ruzasida. ―Sog‘lom avlod uchun‖ ordeni ta‘sis etilganligi, xalqaro
xayriya jamg‘armasi tashkil qilinganligi ham kelgusida sog‘lom va barkamol avlodni
tarbiyalab yetkazishga xizmat qiladi.
Jismoniy ma‘daniyat tarbiya jarayonida bu vazifalarni muvaffaqiyatli hal etish
uchun tarbiyaning bir-biri bilan o‘zaro bog‘langan har birining mazmuni, vositalari,
shakl va usullarining o‘ziga xos xususiyatlarini tushunish kerak bo‘ladi. Bizning
ilmiy tadqiqot ob‘ektimiz bo‘lgan o‘zbek xalq milliy o‘yinlarida boshlang‘ich sinf
o‘quvchilarining jismoniy sifatlarini tarbiyalashda ham ana Shu o‘ziga xosliklarni
hisobga olish zarurligi kelib chiqadi.

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 197


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
Pedagogikada qabul qilingan yosh davrlaridan biz uchun eng muhimi kichik
maktab yoshidir. Har bir yosh guruhiga jismoniy va ruhiy rivojlanishining muayyan
darajasi mos keladi.
Kichik maktab yoshida organizmning umumiy yetilishi fonida bolalarning
harakat sohasi jadal rivojlanadi. Bu davr sport bilan, jismoniy madaniyat bilan faol
shug‘ullanish uchun juda qulaydir.
Boladagi e‘tiqod, muomala, muloqot, mustaqil xulq -atvorni shakllantirish,
ulardagi tashabbuskorlik hamda to‘siqlarni yengishga intilishni jismoniy madaniyatda
milliy xalq o‘yinlari orqali xam tarbiyalash mumkin, bunda ularga yosh psixalogiyasi
xussiyatlaridan kelib chiqqan holda ruhiy turtki berish maqsadga muvofiqdir.
Xulosa qilib aytish mumkinki, o‘zbek milliy xalq harakatli o‘yinlarining
bolalarning ruhiy jihatdan kamol toptirishda ahamiyati ulkan. Umuman, o‘yinlarning
ahamiyati haqida ko‘pchilik ruhshunoslar va pedagoklar qimmatli fikrlarni aytib
ta‘kidlab o‘tishgani ma‘lum. Eng sodda ruhiy jarayonda eng murakkab ruhiy
jarayongacha hammasining eng muhim jihatlarini shakllantirishda o‘yinlar katta rol
o‘ynashini jahon psixologlari ham turli davrlarda turlicha yo‘llar bilan isbotlab
berishgan.
O‘yinlar bolalar uchun voqe‘likni aks ettirish vositasidir. Bu voqe‘lik bolani
qurshab turgan voqe‘likdan ancha qiziqarlidir. O‘yinning qiziqarliligi, uni anglab
yetishning osonligidadir. Kattalar hayotida faoliyat, xizmat, yumush qanday
ahamiyatga ega bo‘lsa, bolalar hayotida ham o‘yin xuddi shunday ulkan ahamiyat
kasb etishdi.

Foydalanilgan adabiyotlar:
1. O‘zbekiston Respublikasi ―Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida‖ gi qonuni
(1992 yil 14 yanvar) ―Xalq so‘zi‖ gazetasi, 1992 yil 19 fevral.
2. O‘zbekiston Respublikasi ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖. ―Ma‘rifat‖
gazetasi. 1998 yil 1 aprel.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining ―O‘zbekistonda jismoniy
tarbiya va sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida‖ gi. ―Ma‘rifat‖
gazetasi, 2000 yil 29 iyun, ―Xalq so‘zi‖ gazetasi 2000 yil 30 iyun.
4. O‘zbekiston Respublikasining ―Konstitutsiya‖si. T.: O‘zbekiston. 1992.B.44.
5. O‘zbekiston Prezdenti I.A.Karimovning ―Sog‘lom avlod uchun‖ ordeni
topshirish marosimida so‘zlagan nutqi. ―Sport‖ gazetasi. 1994. N18.

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 198


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
GORIZONTAL BURCHAKLARNI O‘LCHASH XATOLIGINING
CHEKLI QIYMATLARINI HISOBLASH

Turdaliyev Jamshid Abdusamad o‘g‘li


Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zMU talabasi
turdaliyevjamshid7@gmail.com

Annotatsiya: Ushbu maqola mazmuni gorizontal burchaklarni o‘lchash aniqligi


tushunchasi, o‘lchash xatoligi, o‘lchash xatoligining chekli qiymatini aniqlshga oid
hisoblashlarga qaratilgan.
Kalit so‟zlar: gorizontal burchak, o‘lchash aniqligi, chekli xato, poligon.

Qurilish va loyixalash ishlarini bajarish, joyni topografik plan va kartalarini


tuzish, obyektlarni bir-biriga nisbatan oriyentirlashda gorizontal burchakalni yuqori
aniqlikda o‘lchash talab etiladi. Umuman barcha ko‘rinishdagi geodezik ishlarning
sifat ko‘rsatkichlari o‘lchash ishlarining aniqligi bilan xarakterlanadi. Gorizontal
burchaklar asbobning aylanish o‘qi va xarakterli nuqtalardan o‘tuvchi vertikal
tekisliklar orasida hosil bo‘ladi. Gorizontal burchaklar asosan, teodolitlar,
taxeometrlar, ekkerlar, eklemetrlar, bussollar va goniometrlar yordamida o‘lchanadi.
Amalda, asosan, teodolit asbobidan foydalaniladi.
O„lchash deb, biror miqdorni o‗lchov quroli birligiga(etalon)ga taqqoslab, uning
qiymatini aniqlashga aytiladi.. Miqdorning o‗lchash ishlari orqali aniqlangan son
qiymatiga o‗lchash natijasi deyiladi. Natijalar yagona birliklar sistemasida
hisoblanadi. Hozirgi kunda Xalqaro birliklar sistemasida qabul qilinga kattaliklardan
foydalaniladi.
O‟lchash aniqligi deb, o‘lchangan qiymatni miqdorni haqiqiy qiymatidan kam
farq qilish darajasiga aytiladi. O‟lchashning chekli xatosi deyilganida, miqdorning
o‘lchangan qiymati va haqiqiy qiymati o‘rtasidagi farqning (absolyut xatoning) yo‘l
qo‘yilishi mumkin bo‘lgan eng kata qiymati tushuniladi. Gorizontal burchaklarni
o‘lchashning chekli xatosi o‘lchashlarning o‘rta kvadratik xatosiga bog‘langan
holatda hisoblanadi.
Texnik aniqlikdagi teodolitlar bilan gorizontal burchaklarni o‘lchashda o‘lchash
aniqligiga asbobni markazlashtirish xatosi, trubani vizirlash, limbdan sanoq olish
xatolari, tashqi muhit omillari ta‘sir ko‘rsatadi. Zamonaviy teodolitlarda avtomatik
markazlashtirish imkoniyati mavjud ekanligi , yuqori aniqlikdagi texnik konstruktsiya
bir qator xatoliklar qiymatini maksimal kamaytirish imkoniyatini yaratadi. Bu
holatda o‘lchash aniqligiga sanoq olish xatosi ta‘sir ko‘rsatuvchi omildir. Sanoq olish
aniqligi asbob aniqligining yarimiga teng deb qabul qilingan va u quyidagiga teng:

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 199


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil

Bu yerda t asbob aniqligi. Asbob aniqligi teodolitlarning nomenklaturasida


keltirib o‘tiladi, boshqa turdagi asboblarning passportida berilgan bo‘ladi. Masalan,
2T30, 2T30П uchun 30 sekundga teng.
Gorizontal burchaklarni o‘lchash jarayonida limbdan n marta sanoq olinadigan
bo‘lsa, o‘lchashning o‘rta kvadratik xatosi quyidagicha topiladi (Gauss formulasiga
asosan):

Bu yerda: – o‘rta kvadratik xato.


Δ – n-o‘lchashdagi xatolik.
N – o‘lchashlar soni.
Bitta gorizontal burchak o‘lchanganda ikki marta sanoq olinadi va yuqoridagi
formuladagi Δ=m0 va n=2 ekanligidan xatolik quyidagiga teng bo‘ladi:

Amaliyotda gorizontal burchaklar, asosan, to‘la qabullar usulida o‘lchanadi.


Qabullarda olingan sanoqlar bir-biridan mustaqil bo‘lgani uchun o‘rta kvadratik xato
biroz boshqacha xisoblanadi. Bunday holatlarda o‘rta kvadratik xatoni topish uchun
o‘rta arifmetik qiymatdan foydalaniladi. Bunda, o‘lchangan miqdorlarning o‘rta
arifmetik qiymati M bilan o‘rtacha kvadratik xatosi m o‘rtasida quyidagi munosabat
mavjud:
Bunda burchak o‘lchash o‘rta kvadratik xatosi quyidagiga teng bo‘ladi:

Agar n ta burchakli poligon burchaklari o‘lchanadigan bo‘lsa, o‘rta kvadratik


xatoning qiymati quyidagiga teng bo‘ladi:

O‘rta kvadratik xato o‘lchash aniqligini baholash uchun asosiy me‘zon bo‘lib
xizmat qiladi. Olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, o‘rta kvadratik xato va

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 200


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
chekli xato o‘rtasidagi bog‘lanish mavjud bo‘lib, asosan, ko‘rinishida
ifodalanadi. Masalan, 2T30, 2T30П uchun quyidagiga teng:

Bu yerda n – o‘lchangan gorizontal burchaklar soni.


Barcha turdagi gorizontal syomkalarni bajarishda gorizontal burchaklar
yig‘indisining nazariy qiymati va amalda xisoblangan burchaklar
yig‘indisining o‘zaro farqi xatolikning chekli qiymatidan ortmasligi kerak:

Syomka jarayonida ochiq yoki yopiq poligon tomonlari hosil qilgan gorizontal
burchaklar o‘lchanadi. Ularning nazariy qiymatini geometrik formulalar yordamida
hisoblab topish mumkin.
Agarda aniqlangan farq burchak o‘lchashning chekli xatosidan kata bo‘lsa,
o‘lchash natijalari yaroqsiz hisoblanadi. Kameral ishlar to‘xtatiladi va dala ishlari
qayta bajariladi.

Foydalanilgan adabiyоtlar:
1. H.Muborakov. Geodeziya. Kasb-hunar kollejlari uchun o‗quv qo‗llanma. –
Cho‗lpon NMIU. Toshkent-2017
2. G‗.Artikov, Sh.To‗xtamishov,O.Urokov. Muhandislik geodeziyasi. Ma‘ruza
matnlari. Samarqand – 2016
3. H.Muborakov, S. Toshpo‗latov, B.Nazarov. Oliy geodeziya. Oliy o‗quv
yurtlari uchun darslik. Toshkent-2014.

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 201


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
JISMONIY TARBIYA VA SOG‘LOMLASHTIRISH TADBIRLARINI
IJTIMOIY MUHITGA TA‘SIRI

Ergashev G'anisher Mahammadiyevich


Guliston tumani
25-maktabning jismoniy tarbiya fani o'qituvchisi

Barchamizga ayonki sport bilan muntazam shug‘ullanish bolalarimiz,


yoshlarimizning sog‘lom qarashlarini shakllantiradi va irodasini toblaydi, ularning
mard va jasur insonlar bo‘lib kamol topishi, turli-tuman sinov va qiyinchiliklarni
mardona yengib o‘tishga qodir bo‘lishi uchun mustaxkam zamin yaratadi. Eng
muximi, sport bilan do‘st bo‘lgan bolalar biz uchun mutlaqo begona va zararli
oqimlarga qo‘shilib ketmaydi. Sog‘liqni saqlashning asosiy tadbiri –bu
badantarbiyadir. Sog‘lom turmush tarzi (STT) va sog‘liqni saqlashda Abu Ali Ibn
Sino asosan etti narsaga e`tiborni kuchaytirish zarurligini o`qtirib o`tadi: bularga
mijozni mo``tadil qilish, eyiladigan va ichiladigan ovqatlarni tanlash, gavdani
chiqindidan tozalash, to`g‘ri tuzilishni saqlash, burun orqali olinaadigan havoni etarli
va yaxshi olish, kiyimga e`tibor berish, jismoniy va ruxiy harakatlarni tartibga solish
(shu‘ harakat jumlasiga uyqu va uyg‘oqlik ham kiradi. ) Sog‘lom turmush tarzining
jamiyatdagi o`rni beqiyosdir. Aynan shuning uchun ham mamlakatimiz ta`lim
tizimining oldida yosh avlodga zamonaviy bilim va xunarlar bo`yicha musgahkam
ta`lim berish bilan birga, ularda Sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ruhiy
komishshkka erishish, ularni salomatligi uchun tahtsid soluvchi xar qanday zararli
odatlarga qarshi faol tura oladigan, musgaqil fikrga ega bo`lgan, katta ishonch hamda
maqsad bilan yashaydigan fidoyi, yuksak ma`naviyatli barkamol inson etab
tarbiyalash kabi ustuvor vazifaturibdi. Inson salomatligi bu - eng avvalo uning ruhiy
va fiziologik sifatlarini rivojlantirish, umrning maksimal davomiyligida maqbul
darajadagi ishchanlik qobilyati va ijtimoiy faollikni saqlab qolishdan iboratdir.
Ko`pgina olimlarning fikricha, inson organizmining funksional imkoniyatlari va
ularning tashqi muhitdan bo`ladigan noxush omillarga barqarorligi butun umri
davomida o`zgarib turadi, negaki salomatlikni saqlash - jo`shqin jarayon bo`lib, u
yosh, jins, kasbiy faoliyat, yashash muhitiga bog‘liq holda yaxshilanib (salomatlik
bo`shashib yoki mustahkamlanib) boradi.
Odam hayoti, sog‘lig‘i - eng katta ijtimoiy boylikdir. Bu oila, maktab va inson
tarbiyasi, kamoloti bilan shug‘ullanuvchi maskanlar oldiga psixologik barqarorlik
masalasini ko`ndalang qo`adi. Millat sog‘lig‘i ham tabiiy ravishda, bu ko`rsatkich
orqali hal etiladi. Mamlakatimiz va xorijiy tadqiqotchilarni ko`rsatishicha,
salomatlikni yaxshilash va uning profilaktikasi, STT jismoniy madaniyati, ommaviy

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 202


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
sport turlari mashg‘ulotlarining turli shakllarini aralashtirib, qo`shib, majmuasini
yaratib, ulardan moddiy jihatdan katta sarf harajat talab qilmaydiganlarini topib,
samarali uslubiyotlardan foydalanish bilan qo`yilgan maqsad va vazifalarni hal
qilishda muhim rol o`ynaydi. Jismoniy tarbiya tizimi - tarixan shakllangan ijtimoiy
idora (boshqaruv) turi bo`lib, aholining jismoniy kamolotini ta`minlash, uning
xususiy xizmatiga kiradi. Bu aholi jismoniy tarbiyasini amalga oshiruvchi va nazorat
qiluvchi tashkilot va muassasalarning shuningdek, g‘oyaviy, ilmiy - uslubiy, dasturiy
normalari asosini o`zida mujassamlashtiradi. Sport mashg‘ulotlarining vazifalari -
sport trenirovkalari va musobaqalarda hal qilinadi. Sport trenirovkasi jarayonida
organizmning shakl-shamoili va xizmati o`zgaradi, jismoniy rivojlanganligi va
jismining tayyorgarligi yaxshilanadi. Shug‘ullanuvchilar sport mashqlarining
texnikasi va taktikasini, boshqa kasbiy-amaliy malaka va ko`nikmalarini hamda
maxsus bilimlarini egallaydilar. Har bir STT jismoniy madaniyatining sohibi, ongli
ravishda, ixtiyor qilib, salomatligini jismonyy mashkdar bilan shug‘ullanish,
sog‘lomlashtirish trenirovkalari orqali amalga oshirishni maqsad qilib qo`yibdiki,
o`zidagi mavjud xronik kasalliklarini davolamay, bunday mashg‘ulotlarni boshlashni
oqibati haqida puxtaroq o`ylashi maqsadga muvofiq.

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 203


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
BUGUNGI KUNDA JISMONIY MADANIYAT NAZARIYASI
FANINING O`RNI VA AHAMIYATI

Safarov Azizbek Isoq o‘g‘li


Denov Tadbirkorlik va Pedagogika Instituti
2-bosqich talabasi

Annotatsiya : Ushbu maqolada Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi


fanining maqsadi, vazifalari va ushbu fanning o`rni va ahamiyati haqida so`z
boradi.
Kalit so‟zlar : Xususiy maxsus predmet, nazariya, pedagogik qonunlar, ta‘lim,
sintez, soha predmetlari,umumlashtiruvchi nazariya.

Jismoniy madaniyat nazariyasi fani jismoniy madaniyat hamda organizmga


ta‘sir ko‘rsatadigan biologik umumiy qonun qoidalarini o‘rganadi va
umumlashtiradi. Jismoniy madaniyat tizimining maqsad va vazifalarini, vosita va
uslubiyatlarini tashkil etadi. Jismoniy madaniyat nazariyasi amaliyot bilan
chambarchas bog‘langan holda rivojlanib boradi. Rivojlanish manbai bo‘lib
respublikamizda va chet davlatlarda olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar va ilg‘or
tajribalar hisoblanadi. Jismoniy madaniyat nazariyasi predmetini o‘rganishda
boshqa ilmiy o‘quv fanlari singari birinchi navbatda uning imkoniyatlariga
qarab ushbu predmetga taalluqli dastlabki tushunchalarni aniqlash zarur.
Jismoniy madaniyat nazariyasi predmeti keng ma‘noli tushunchalarga ega.
Jamiyat taraqqiyoti tarixi shuni ko‘rsatadiki faqat ma‘naviyat ma‘rifat keng
quloch yoygan ilm tubdan taraqqiy etgan mamlakatdagina adolatli jamiyat
qurish va unda bir – biriga mehr- oqibatli kamolatli insonlar shakllanishi
mumkin.1 Shunga qaramasdan jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyatining
umumlashtirilgan masalalari birinchi marta 1930 yillarda kengaytirilgan
monografiya shaklida chop etildi va oliy jismoniy madaniyat ta‘limotida o‘quv
predmeti sifatida rasmiylashtirildi. Maxsus shakllangan predmetlar o‘rtasida
jismoniy madaniyat bilan bevosita bog‘langan predmet bu jismoniy tarbiya
nazariyasidir. Bu fanni tez rivojlanishiga ayniqsa oxirgi o‘n yilliklar ichida
olimpiya o‘yinlarida va umuman xalqaro sport harakatidagi ko‘rsatiladigan
yuqori sport natijalari sabab bo‘ladi. Shuni ta‘kidlash kerakki xalqaro
musobaqalar mustaqil O‘zbekistonimizni dunyoga tanitdi. Yoshlarimizni ma‘nan
va jismonan yetuk inson qilib tarbiyalash buyuk kelajak sari intilayotgan
jamiyatimizning asosiy vazifasidir. Chunki jismoniy baquvvat ma‘naviy yetuk
komil insonlargina jamiyat taraqqiyotini belgilab beradi. Bu esa jismoniy

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 204


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
madaniyat nazariyasi fanini faqat sportchilarga ta‘lim tarbiya jarayonini metodik
amaliy ta‘minlovchi fan emas, komil insonni shakllanishi, rivojlanishini
ta‘minlovchi keng sohalarini o‘z ichiga oladi. Natijada jismoniy madaniyatni va
unga chegaradosh xodisalarni oshirish tomonlarini aks ettiruvchi ko‘pgina ayrim
predmetlar paydo bo‘ladi. Ularni ayrimlari jismoniy madaniyatni va sport
amaliyotini aniq bo‘limlaridan kelib chiqqan va o‘z tarkibiga kasbga taalluqli
amaliy bilimlarni kiritadi ( gimnastika, yakkama – yakka kurash, yengil atletika,
suzish va boshqalari ).
Sintez – ilmiy metod. Keng umumlashtiruvchi jismoniy madaniyat
nazariyasining shakllanishiga hozirgi zamon ilmiy bilimlar tarkibida tobora katta
ahamiyat kashf etayotgan butun madaniyat nazariyasini aktiv taraqqiyoti
sharoitida amalga oshirilmoqda. Jismoniy madaniyat nazariyasining
shakllanishiga sotsiologiya, antropologiya, ijtimoiy psixologiya, ijtimoiy
jarayonlashishni tashkil etish va shakllanib bormoqda. Bu jihatdan quyidagilarni
ajratishimiz mumkin.
Xususiy maxsus predmetlar. Jismoniy madaniyatning ayrim yoki ma‘lum
yaqin unsurlarini o‘z ichiga olib bilimlar sifatida ( gimnastika turlari, sport
o‘yinlarini va boshqalar ) beriladi. Bunday predmetlar o‘z chegarasida katta
bo‘lmagan aniqlikda nisbatan qisqa umumlashtiradi.
Soha predmetlari. Jismoniy madaniyatni har xil tipdagi katta
komponentlarini o‘rganishga qaratilib ( ta‘lim tizimi, mehnatni ilmiy tashkil
qilish, maishiy xizmat, maxsus sog‘lomlashtirishni tiklash tadbirlarida qo‘shiladi
) jamiyatda uni asosiy shakli va yo‘nalishidan maqsadga muvofiq ravishda
foydalanish ( asosiy jismoniy tarbiya, kasb – amaliy jismoniy tayyorgarlik, sport
mashg‘ulotlari va uslubiyatining asosiy kasbga yo‘naltirilgan predmetalari
deyiladi. Hozirgi vaqtda bulardan eng rivojlanganlari jismoniy tarbiya
nazariyasidir.
Umumlashtiruvchi nazariyaga. Jismoniy madaniyatning umumiy nazariyasi
yoki jismoniy madaniyat nazariyasining umumiy asoslari deb yuritiladi.
Umumiy jismoniy madaniyat nazariyasi integrativ butunligicha tafakkur qilinishi
taqozo etadi.
Jismoniy tarbiya atamasini jismoniy madaniyat atamasi bilan taqqoslaganda
ularni bir - biri bilan chambarchas bog‘liqligini ko‘ramiz. Lekin bir – biri bilan
qo‘shib yuborish yoki biri ikkinchisini qismi deb qarash noto‘g‘ri. Chunki
jismoniy madaniyat jismoniy tarbiyaga nisbatan uni qismi emas balki
pedagogik tomondan tarbiya tizimidagi boyliklarni yo‘naltirilgan holda ishlatish
yoki jismoniy madaniyatdan pedagogik tashkil qilingan jarayonda
foydalanishdir.

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 205


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil

Foydalanilgan adabiyotlar :
1. Maxkamjonov. K.M. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi.
Darslik. Toshkent. ― Iqtisod – moliya‖ 2008 yil – 300 b.

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 206


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
MAKTABDAGI JISMONIY TARBIYA DARSLARINING
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI SPORTINING RIVOJLANISHIGA TA'SIRI

Vohobjon Turdiqulov
Qashqadaryo viloyati Muborak tumani
7-umumiy o`rta ta`lim maktabi
Jismoniy tarbiya fani o`qituvchisi

Vatanimiz bag‘rida ko‘nglimiz olam-olam orzu-havaslarga to‘lib


,yashamoqdamiz. O‘sib kelayotgan yosh avvlod turliy kasb egalari bo`lib ona-
Vatanga xizmat qiladilar.Shuni unutmaslik kerakki a‘lo o‘qigan irodali, jismoniy
chiniqqan va jasur o`g`il-qizlargina o`z maqsadlariga erisha oladilar .Buning uchun ,
avvalo , sport va jismoniy mashqlar bilan makdabda muntazam shug`ulanish zarur.
Maktab jismoniy tarbiyasi yuqori yutuqlar sport natijalarning dastlabki bosqichidir.
Shaxsning har tomonlama rivojlanishida jismoniy madaniyatning ahamiyati katta.
Jismoniy madaniyat insonning jismoniy yaxshilanish darajasi va olingan fazilatlar,
ko'nikmalar va maxsus bilimlardan kundalik hayotda foydalanish darajasini anglatadi.
Ma`lumki, bu dunyoda har bir millatning o`z afsonaviy qahramonlari, o`zi sevib
ardoqlaydigan pahlavonlari bo`ladi. Xalqimiz azaldan o`z vujudi , o`z tomirida
mavjud ilohiy qudratga munosib bo`lmoqqa intilib, o`z o`g`lonlarini mardlik va
halollik, jasurlik ruhida, el-yurt uchun jonini ham ayamaydigan asl pahlavonlar etib
tarbiyalab kelgan. Har bir jamiyat har doim jismonan va mahoratli, turli xil shaxsiy
va ijtimoiy majburiyatlarni bajarishga tayyor bo'lgan fuqarolarga muhtoj edi, shuning
uchun bolaligidanoq bolalarning jismoniy tarbiyasi bilan shug'ullanishga harakat
qilindi. Insonning har tomonlama rivojlanishi, avvalo, o'zi uchun zarurdir. Insonning
sog'lig'i qanchalik kuchli bo'lsa, uning barcha hayotiy rejalarini amalga oshirish
shunchalik oson bo'ladi. Hatto azal-azaldan ham: "Sog'lom tanada - sog'lom aql" deb
ta'kidlashgan. Bu jismoniy rivojlanish, jismoniy tarbiya shaxsning har tomonlama
rivojlanishining ajralmas qismi ekanligini tushuntiradi. Yaxshi sog'liq har qanday
faoliyat turining, shu jumladan aqliy faoliyatning muvaffaqiyatiga hissa qo'shadi.
Xotira, ehtiyotkorlik va qat'iyatlilik ko'p jihatdan maktab o'quvchilarining sog'lig'i va
jismoniy kuchiga bog'liq. Jismoniy tarbiya tomonidan berilgan chidamlilik va
epchilliksiz, kuch va tezlik, moslashuvchanlik va muvofiqlashtirishsiz, o'quvchi
tegishli ish qobiliyatiga ega emas, faol ishlashga intilish yo'q. Faol jismoniy tarbiya
odamga turli xil operatsiyalar va jarayonlarni amalga oshirishga imkon beradi.
Jismoniy tarbiya o'quvchiningning axloqiy madaniyatida axloqiy tarbiyaga hissa
qo'shadi.
Bolalar bizning kelajagimiz bu shiori har qachongidan ham dolzarbdir. Ushbu

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 207


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
shior zamonaviy O'zbekistonda yoshlar ta'limi haqiqatiga mos keladimi. Shubhasiz,
bu mos keladi va har yili shu masalata turli chora tadbirlar qilinmoqda. Bir so'z bilan
aytganda, bularning barchasi bolalarning jismoniy tarbiyasini rivojlantirishga bo'lgan
e'tiborni kuchaytirishga qaratilgan.O'zbekiston Rrspublikasi Prezidenti Shavkat
Mirziyoyev tomonidan 2019-yil 19-mart kunida yoshlarga e`tiborni kuchaytirish,yosh
avlodni madaniyat,san'at,jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish ularda axborot
texnologiyalardan to'g'ri foydalanish ko'nikmasini shakillantirish,yoshlar o'rtasida
kitobxonlikni targ'ib qilish xotin-qizlar bandligini taminlash masalariga bag'ishlangan
5 ta tashabbus ilgari surgan edi. Bu maktab yoshidan boshlab jismoniy tarbiya normal
rivojlanishi bilan millat sog'lig'ini yaxshilash kerakligini anglatad. Maktablarning
moddiy bazasini shakllantirish mamlakatimiz rahbariyati tomonidan belgilab berildi
bu esa maktab o'quvchilarining jismoniy tarbiyasi borasida qo'yilgan vazifalarni
bajarishga imkoniyat yaratib kelinmoqda.Umuman olganda, maktabdagi jismoniy
tarbiya jarayonio'quv jarayonidaqi uzluksiz jarayondir. Mantiqiy savol shundaki,
hozirgi davlatda jismoniy tarbiya bo'lajak olimpiyachilarni tarbiyalash uchun asos
yaratishga qodirmi - shubhasiz ! Har bir hukumat kelajak avlod uchun millat
genofondi bilan shug'ullanishi shart, ya'ni. Sport va jisminiy tarbiya orqali yoshlar
kelajakda sog'lom millat haqida o'ylashlari uchun

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 208


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING JISMONIY
RIVOJLANISHI VA JISMONIY TAYYORGARLIKLARINING
AHAMIYATI

Jabborov Hasan G‘ofurovich


Qashqadaryo viloyati Qamashi tuman
52-maktabningJismoniy tarbiya o‘qituvchisi

Respublikamiz olib borayotgan chuqur isloxatlarning eng asosiysi o‘sib


kelayotgan yosh avlodni har tomonlama komil inson qilib tarbiyalash, yoshlarni
kelajakda mustaqil fikr yuritishga, aqliy, ahloqiy, ma‘naviy yetuk va jismoniy
jihatdan sog‘lom rivojlantirishga e‘tiborni yanada kuchaytirish bo‘lib, bundan
ta‘lim va tarbiyadan tashqari, o‘quvchilarning ilmiy jihatdan asoslangan va to‘gri
tashkil qilingan jismoniy tarbiyasi yosh organizmga yaxshi tasir ko‘rsatadi : u
har tomonlama jismoniy va ruhiy rivojlanishga imkon beradi, harakat
imkoniyatlarini kengaytiradi, himoya moslashuv riyaksiyalarini oshirib, bolalar
va usmirlarga quvnoqlik hamda tetiklik bag‘ishlab, Vatanparvarlik, Vatanga
muxabbat tuyg‘ulari tarbiyalanadi, jismoniy tarbiya va sport muhim ahamiyat
kasb etadi. Shuningdek, mamlakatimizda ta‘lim tizimini tubdan takomillashtirishda
Vatan ravnaqini ta‘minlaydigan yosh avlodni tarbiyalab voyaga yetkazish,
ommoviy sportni rivojlantirish hamda o‘sib kelayotgan yosh avlod
salomatligini mustahkamlash borasida hukumatimiz tomonidan barcha
shart – sharoitlar yaratilmoqda. O‘quvchilar jismoniy tayyorgarligi darajasining
orqada qolishi va ularning har xil tayyorgarligi, nazariy asoslar va o‘larni
amaliyotga tadbiq qilish yo‘llarini ishlab chiqishni xisobga olish kerakligini
isbotlashgan. Jismoniy tayyorgarlik va jismoniy rivojlanish masalalari ko‘p
olimlar tomonidan o‘rganilgan. O'zbekiston Respublikasining yoshlari hozirgi
kunda jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanib kelishmoqda. Ularning 70 %
ko'pi sport bilan muntazam shug'ullanayotganini aytib o'tish mumkin. Shu bilan
birgalikda maktab o'quvchilarining "Yoshlik sport jamoalari" sport musobaqalari
tashkil etilganligi boshlang'ich sinf o'quvchilarining dastlabki jismoniy tayyorgarlik
bazasi sifatida o'rin egallaydi. Umumiy o'rta ta'lim maktab o'quvchilarning
harakatlanish faolliklarini o'rganib, o'sib kelayotgan avlodni o'quv-tarbiyaviy
jarayonini, ularni hisobga olmasdan turib ratsional rejalashtirish va amalga oshirish
mumkin emas, deb respublikaning mintaqaviy iqlimini va ijtimoiy sharoitlari o'ziga
xos xususiyatlarini ko'rsatadi (yil fasllari almashinishi xususiyatlari, haroratning
keskin o'zgarishi, quyosh radiasiyasining o'sishi, milliy an'analar va boshqalar).
Jismoniy tarbiyani ahvolini yaxshilash muhim masalalaridan biri o'quvchi-yoshlarni

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 209


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
harakatlanish funksiyalarini tez rivojlantirishga, jismoniy mashqlar mashg'ulotlariga
mustahkam qiziqishlariga, Jismoniy tayyorgarligiga sog‘ligini qanoatlantirishga
yordam beruvchi samarali vosita va metodlarini izlash hisoblanishini
ta'kidlaydilar.
Ko'p vaqt davomida harakatli o'yinlari va o'yinli mashqlar bolalarga eng ko'p
yoqadigan mashg'ulotlar bo'lib qoladi. Bu mashg'ulotni qiziqirli va odatdan tashqari
(noa'nanaviiy) o'yinlar shaklida o'tkazishga imkon beradi. Amaliyotda ko'rsatishicha,
tezkor-kuch sifatiarini rivojlantirishga yo'naltirilgan yaxshi tanlangan va to'g'ri
tuzilgan o'yin (sakhovchan)mashqlari o'quvchilarning jismoniy rivojlanishlariga
foydali ta'sir ko'rsatadi. Maktab o'quvchilarini jismoniy tarbiyalash muammosi-ushbu
bosqichda eng muhim vazifalardan biri. Bu-insonni takomillashishi, mustahkam
bo'lishi va kelajakda saqlanib qolishini ta'minlovchi jismoniy sog'lig'i va madaniy
ko'nikmalarini shakllanishida inson hayotining muhim davri hisoblanadi. Maktab
o'quvchilarini sport jalp qilib mashg'ulot jarayonining samaradorligi ko'p jihatdan
yillik mashg'ulotlar davomida alohida dasturlarni to'g'ri uyg'unlashtirishga, yani har
xil yo'nalishli alohida mashg'ulot darslari, haftalik sikllar, yillik mashg'ulotlarning
bosqichlari, davrlari mazmunining ilmiy asoslangan holda rejalashtirilishiga bog'liq.
Maxsus jismoniy tayyorgarlikni takomillashtirish bilan bog'liq ko'pgina masalalarni
muvaffaqiyatli hal qilish va yuksak sport natijalariga erishish uchun mashg'ulot
jarayonini boshqarish tizimi aniq ishlab chiqilgan bo'lishi kerak. Aynan mana
shuning uchun umumiy o'rta ta'lim maktab o'quvchilarining jismoniy tarbiyasining
natijasi o'quvchilarning sog'ligini mustahkamlash, yuksak darajaga va bo'lajak inson
jismoniy madaniyati poydevorini yaratish bo'lishi kerak va u quyidagilarni o'z ichiga
oladi:
- o'quvchilarni jismoniy mashqlar va o'yinlarga chiniqtiruvchi amallarga va
tabiatni sog'lomlashtirish kuchlari ta'siriga, shaxsiy gigiena qoidalari, kun tartibiga
amal qilishiga emosional- ijobiy munosabati.
-umumiy rivojlantirish xususiyatiga ega tabiiy harakatlar maktabi boshlang'ich
ko'nikmalari, musiqiy-ritmik bilimdonlik asoslari, gavdani to'g'ri tutish, atrofda o'zini
tutishni bilish, jamoali harakatlarda ishtirok etish (o'yinlar, raqslar, bayramlarda),
xulqi madaniyatini, mustaqillik, uyushqoqlik, intizomlilikni namoyon etishni bilish.
Ta'lim muassasalarida jismoniy tarbiya mashg'ulotlari jarayonida
harakatlanishni maqsadga muvofiq rivojlantirish metodikasi o'quvchilar harakatlanish
tayyorgarliklari ko'rsatkichlarini katta o'zgarishiga yordam beradi. Shuni hisobga
olsak ta'lim muassasalarida o'quvchi-yoshlarning jismoniy rivojlanishiga, jismoniy
tayyorgarligini, jismoniy ish qobiliyatlarini oshirishni hamda jismoniy sifatlarni
tarbiyalash muammosi juda dolzarbligicha qolmoqda. Olimlarimiz va yosh
tatqiqotchilar tomonidan yuqorida keltirilgan muammolar yuzasidan ilmiy-ta'tqiqotlar

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 210


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
chuqurroq olib borilsa o'ylaymizki ta'lim muassasalarida o'quvchi-yoshlarning
jismoniy rivojlanishiga, jismoniy tayyorgarligini, jismoniy ish qobiliyatlarini
oshirishni hamda jismoniy sifatlarni tarbiyalash muammosi yechilsa davlatimizni olib
borilayotgan keng isloxatlariga sog‘lom, baquvvat, teran fikirlaydigan saloxiyatli
barkamol avlodni tarbiyalash oldimizdagi qo'yilgan oliy maqsadimiz

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:


1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 - yil 7 - fevraldagi PF-
4947-sonli 2017 – 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning
beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategyasi.
2. O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yunalishi
bo‘yicha harakatlar strategyasi.
3. Maktabda jismoniy tarbiya. Umumiy o‘rta ta‘lim maktablarning
Jismoniy tarbiya o‘qituvchilari uchun metodik qullanma. – T.:
―Extremum-press‖, 2015b.

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 211


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
O`ZBEKISTONDA XOTIN-QIZLAR SALOMATLIGI VA TURMUSH
MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHDA JISMONIY TARBIYA VA
SPORTNING AHAMIYATI

Bahriddinova Lobar
Samarqand shahar 18-maktab o‘qituvchisi

Annotatsiya: Ushbu maqolada O‘zbekistonda xotin-qizlar salomatligi va


turmush madaniyatini shakllantirishda jismoniy tarbiya va sportning ahamiyati
yoritilgan.
Аннотация: В этой статье подчеркивается роль физического и спорта в
формировании здоровья и образа жизни женщин в Узбекистани.
Annotation: This article highlights the roli of physical education and sports in
shopping women‘s healsh and lifestyle in Uzbekistan.
Kalit so‟zlar: jismoniy tarbiya, sport, jismoniy kamolat, sog‘lom turmush
tarzi, ekologik buzilishlar, kamharakatchanlik, Oybarchin, To'maris.
Ключевые слова: Физическое воспитание, спорт, физическая зрелость,
здоровый образ жизни, деградация окружающей среды, бездействие,
Ойбарчин, Томарис.
Key words: Physical education, sports, physical maturity, healthy lifestyle,
environmental degradation, inactivity, Oybarchin, Tomaris.

Mustaqillikka erishganimizdan so`ng jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish


davlatimizning siyosati darajasiga ko`tarildi. Buning yorqin misoli sifatida
mustaqillikka erishganimizdan so`ng jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish
maqsadida mamlakatimizda qator qonun, farmon va qarorlar chiqarildi.
Respublikamiz birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning
jonkuyarligi sportning mohiyatini to`g‘ri tushunib uni aholining barcha qatlamlariga
targ‘ib qilish kerakligi siyosatimizning ustuvor vazifalirdan biri ekanligini aytib,
shunday so`zlarni misol keltirib o`tgan edi: «Hech bir narsa mamlakatni dunyoga
sport kabi tez mashhur qila olmaydi». Bizning ota-bobolarimiz kishilar bilan
uchrashganda yoki xayrlashganda, bir-biriga chin yurakdan salomatlik tilashgan.
Bugungi kunda yoshlarni o`zini salomatligi to`g‘risida o`zi g‘amxo`rlik qilishi,
yoshlikdan jismoniy tarbiya va sport ko`magida jismoniy kamolatga erishish
g‘oyalarni singdirish kerak.
Mustaqillikning ilk kunlaridanoq xotin-qizlarning oila va jamiyatdagi mavqeini
yuksaltirish, onalik va bolalikni muhofaza qilish, sog‘lom avlodni dunyoga
keltiruvchi onalar salomatligiga e`tibor, yoshlarning har tomonlama yetuk va yuksak

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 212


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
ma`naviyatli insonlar bo`lib kamolga yetishlari, sog‘lom turmush tarzi targ‘iboti kabi
masalalarga alohida e‘tibor berilmoqda. Respublika Prezidendi va hukumatining
tashabuslari xamda bevosita g‘amxo‘rliklari tufayli «Ayollar yili» (1999), «Sog‘lom
avlod yili» (2000), «Onalar va bolalar yili», (2001), «Obod mahalla yili» (2004),
«Yoshlar yili» (2010) kabi yillarga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan tadbirlar o‘z
samarasini bermoqda. Ularning mazmunida «Sog‘lom ona-sog‘lom bola», «Sog‘
tanda-sog‘lom aql», «Barkamol avlod tarbiyasi» kabi muhim shiorlar ostida turli
tuman ma‘daniy-ma‘rifiy va sport tadbirlari tashkil etilmoqda. Ularning negizida
asosan xotin-qizlarning salomatligi, ma‘daniy turmush farovonligini oshirish,
o‘quvchi va talaba qizlarning kasb-hunar egallashlari, sog‘lom turmush tarzini
egallashlari masalasi yotadi.
Ona bo'lish buyuk maqsad va jasoratdir. Bunga erishish uchun bo'lajak onalar,
avvalo, sog'lom bo'lishi lozim. Shuni e'tirof etish kerakki, rasmiy manbalar, ommaviy
axborot vositalarining ma'lum qilishicha keyingi paytlarda ekologik buzilishlar,
kamharakatchanlik, ta'lim-tarbiyaning sustligi, ovqatlanish, dam olish tartiblarining
noto'g'riligi va boshqa bir qator sabablarga ko'ra tug'ilayotgan bolalar orasida tug‘ma
ojizlar, nogironlar uchramoqda. Shuningdek, bolalarning ko'pchiligi yoshligidanoq
tez-tez shamollashi, o'ta nozikligi holatlari uchraydi. Bularning asosiy sabablari
onalarning kamquvvatligi, kasalmandligi, obyektiv-subyektiv sabablarga ko'ra
turmush madaniyatiga to‘g‘ri amal qilmayotganligidir.
Mutaxassislar va olimlarning tajribasiga ko'ra, jismoniy mashqlar insonning
barcha bo'g'inlari, suyak-mushaklari harakatini ta'minlaydi. Ma'lumki, bo'g'inlarning
doimo harakatda bo'lishi zarur. O'tirib ishlaganlar, engashib hovli supurganlar yoki
mehnat qilganlarning umurtqa pog'onalari doimo harakatda bo'lishi zarur. O'tirib
ishlaganlar, engashib hovli supurganlar yoki mehnat qilganlarning umurtqa
pog'onalari (bo'g'inlar) egiladi, ulaming oraliqlari ochiladi. Bu holatlar uzoq vaqt va
tez-tez takrorlansa umurtqa oraliqlaridagi tog'ay moddalari, mushaklar o'sib,
bo'shliqlarni to'ldiradi. Oqibatda esa gavda holati o'zgarib, engashib, qiyshayib, xatto
og'riqlari paydo bo'lishi mumkin. Kam harakatlik bilan mehnat qilgan kishilarda
nafas olish pasayadi, qon tomirlarning urish darajasi susayadi. Natijada odam
tanasida salbiy o'zgarishlar yuz beradi, ya'ni ovqatni hazm qilish, modda almashish
jarayonlarida keskin o'zgarishlar yuz berishi aniq. Bu o‘rinda mehnat qilish va
jismoniy tarbiyaning muvozanatini muvofiqlashtirish xotin-qizlarimiz salomatligini
saqlashning muhim omili hisoblanadi.
Xullas, mahalliy yosh xotin-qizlarning sog'lig‘ini mustahkamlash, sog'lom
bo'lish yo'llari va omillariga binoan ularni ta'minlash, xalqimizning, qolaversa,
mustaqil davlatimizning burchidir. O'tmish ajdod-avlodlarimiz tarixiy, madaniy va
ma'naviy katta boylik qoldirgan. Oybarchindek pahlavon, To'marisdek jangovar

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 213


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
ayollar o'tgan bu yurtda. Kelajak avlodimiz O'zbekistonning buyuk davlat ekanligini
jahonga tarannum etishlari kerak. Buning uchun esa sog'lom farzandlar tug'ilishi,
ularning jismoniy kamolotiga ijobiy ta'sir ko'rsatuvchi sog'lom onalar kerak bo'ladi.
Xotin-qizlarimiz orasida jismoniy tarbiyaning o‘rnini oshirish maqsadida
maktabgacha bolalar muassasalari, maktablar, o‘rta maxsus bilim yurtlari va oliy
ta'lim muassasalari hamda ishlab chiqarish korxonalari, shuningdek, mahallalarda
turli xil sog'lomlashtirish tadbirlarni tashkit qilish uchun mahalliy xotin-qizlardan
mutaxassis xodimlar tayyorlashni yanada kengaytirish lozim. Buning uchun O'zDJTI,
oliy o'quv yurtlarida jismoniy tarbiya fakultetlari, pedagogika kollejlarida qabul qilish
miqdorlarini ko'paytirish kerak. Sport jamiyatlari, sport klublari, o'quv va ishlab
chiqarishdagi jismoniy madaniyat jamoalarida xotin-qizlarning maxsus seminar-
kengashlarini va kurslarini yo'lga solish kerak. Bu yo'llar bilan sog'lom onalikni
ta'minlashda ancha olg'a qadam qo'yish mumkin bo'ladi.

Adabiyotlar Ro`yxati:
1. Karimov I.A. «O`zbekistonning o`z istiqlol va taraqqiyot yo`li». T.:
O`zbekiston, 1992. 1-tom 36-b.
2. Abdullayev A. Xonkeldiyev Sh.H. ―Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati‖
darslik. Farg‘ona-2005. 270-b.
3. Axmatov M.S. ―Uzluksiz ta`lim tizimida ommaviy sport-sog‘lomlashtirish
ishlarini samarali boshqarish‖, monografiya. T., O`zDJTI, 2005, 279-b.

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 214


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
JISMONIY TARBIYA BILAN SHUG‘ULLANUVCHILARNING
BIOLOGIK XUSUSIYATLARI

Xudayarova Shohista Maxmarejabovna


Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani
26-umumiy o‘rta ta‘lim maktabi
Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi

Annotatsiya: Ushbu maqolada bolalar organizmining o‘sishi va rivojlanishi,


qaddi qomatining to‘g‘ri shakillanishi va kuch, tezkorlik , chaqqonlik , epchillik,
egiluvlanlik, chidamlilik sifatlarini rivojlantirish bilan birga ularni jismonan
sog‘lom ma‘nan yetuk va har tomonlama komil inson qilib tarbiyalash muhim
ahamiyatga ega.
Kalit so‟zlar: Jismoniy tarbiya, kuch, tezkorlik, chidamlilik, badan tarbiya,
egiluvchanlik, chaqqonlik, sabr bardoshlilik.

Ommaviy sportni ayniqsa bolalar spotini rivojlantirish, uni tashkiliy


asoslarini bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir. Hozirgi kunda o‘zbek
sporti o‘zining yuqori natijalari bilan mamlakatimiz shuxratini jahon hamjamiyati
oldida tarannum etib kelayotganligi, minglab xalqaro standartlarga mos sport
majmualari qad ko‘tarayotganligi, mamlakatimizning turli xududlarida eng
nufuzli xalqaro musobaqalarni o‘tkazib kelayotganligi davlatimizning ulkan
mahsulidir .
O‘sib kelayotgan yosh avlodni jismoniy takomillshtiradigan eng ta‘sirchan
vosita bu sport xisoblanadi. Sport turini to‘g‘ri tanlash kasallanishni oldini olish,
jismoniy sifatlar, oliy asab faoliyatining indivudival xususiyatlari va bola
hamda o‘smirning shaxsiy xususiyatlarini hisobga olib pedagogik, tabiiy-
biologik, shuningdek, psixologik uslublardan foydalanish zarur.
Bizni hurmatli prezidentimiz Sh. Mirziyoyev mamlakatimizda sportni
yanada rivojlantirish chora tadbirlarini yo‘lga qo‘yganlar. Mamlakatimizning
chekka hududlarida ham zamonaviy sport inshootlari qad ko‘targan. Asosiy
maqsadimiz o‘sib kelayotgan yosh avlodni jismonan sog‘lom ma‘nan yetuk, ona
Vatanga sadoqatli mard va jasur har tomonlama komil inson qilib tarbiyalashdir .
―Har qanday millatning ravnaqi, umumbashariyat tarixida tutgan o‘rni,
mavqei va shuhrati bevosita o‘z farzadlarimizning aqliy va jismoniy
yetukligiga bog‘liqdir ,, Yurtboshimiz rahnamoligida o‘sib kelayotgan
yosh avlodni sog‘lom qilib voyaga yetkazishda ular uchun barcha shart
sharoitlarni yaratish hamda zamonaviy sport majmua inshootlari barpo etilishiga

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 215


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
alohida e‘tibor qaratmoqdalar. Shu boisdan, bugungi kunda farzandlarimizni
barkamol insonlar etib tarbiyalashda o‘quvchilarni o‘zini mustaqil ravishda
jismoniy tarbiya mashqlarini bajarishga o‘rgatish zarur. Jismoniy tarbiya
O‘zbekistonda qadimdan salomatlikni mustahkamlashning asosiy vositasi deb
qaralgan. Mahmud Qoshg‘ariyning ―Devonu Lug‘otit turk,, asarida 100 dan
ziyod xalq o‘yinlari to‘g‘risida ma‘lumot berilgan. Hozirgi kunda ham
jismoniy tarbiya va sportga alohida e‘tibor bermoqdamiz. Keyingi ikki yijda
mamlakatimizda sport bilan doimiy shug‘ullanadiganlar soni barobar ko‘paydi.
Yurtimiz sportchilari turli xalqaro musobaqalarda mingdan ziyod medallarni
qo‘lga kiritdi. Hozirgi vaqtda boks, duzyudo, erkin kurash, badiiy gimnastika,
shaxmat va boshqa sport turlari bo‘yicha O‘zbekistonda shakllangan maktablar
butun dunyoda ma‘lumu mashhurdir. Mamlakatimizda o‘tkazilayotgan nufuzli
xalqaro musobaqalar, jumladan, dunyo va qit‘a chempionlari soni yil sayin ortib
bormoqda. Sport sohasidagi ana shunday shonli an‘analarni davom ettirishni o‘z
burchimiz deb bilamiz. O‘zbekistonda ushbu zamonaviy muz saroyining ishga
tushirilishi yurtimiz sporti tarixida yangi bosqichni boshlab beradi desak,
o‘ylaymanki, mubolag‘a bo‘lmaydi. Ishonchimiz komilki ―Humo arena‖ yuksak
malakali sportchilarni tayyorlash va O‘zbekistonda yirik xalqaro musobaqalar
tashkil etish va eng asosiysi - yoshlarimizni qishki sport turlariga keng jalb
etishga xizmat qiladi.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, O‘zbekiston Respublikasini jismoniy tarbiya
tizimi bolalar sportini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini tarkibiy qisimlaridan biri
bo‘lib ―Barkamol avlod‖ tarbiyasida muhim ahamiyatga ega. Jismoniy tarbiya va
sport yosh avlodni har tomonlama yetuk barkamol qilib tarbiyalashda ustuvor
vazifalarini hal etib jismoniy tarbiya tizimining tarkibiy qismiga aylandi.

Foydalanilgan Adabiyotlar ro‘yhati:


1. Sh. Mirziyoyev.-―Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan
birga quramiz‖.-T. ―O‘zbekiston‖ 2017.
2. I. A. Karimov.-―Yuksak ma‘naviyat yengilmas kuch‖. T.-Ma‘naviyat nashr
2008
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ―O‘zbekistonda jismoniy
tarbiya va sportni yanada rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida‖gi qarori ||Xalq
so‘zi.-1999.-27-may
4. N. X. Soatov ―Maktabda jismoniy tarbiya‖. T.-2015.

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 216


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
BOLALARNING GIGIYENIK TARBIYASI

Bekmuratova Lola Temirovna


Navoiy viloyati Konimex tumani
maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi

Annotatsiya: Salomatlik- inson hayotidagi eng qimmatli ne‘matdir. O‘sib


kelayotgan avlodning sog‘ligi uchun qayg‘urish davlat ahamiyati kasb etadigan
masaladir. Chunki inson bolalikda jismoniy va psixologik jihatdan shakllanadi.
Kalit so‟zlar: Gigiyena, tozalik, saranjom-sarishtalik,qo‘llarni toza tutish

Gigiyenik madaniyat, aslida bolalikda o‘rganilgan ko‘nikma va odatlarga


qarab shakllanadi. Kichik yoshda egallangan tartib-qoidalar insonning butun
hayotida uning hamrohiga aylanadi.O‘sib kelayotgan avlodga o‘z salomatligini
mustahkamlash borasida bilimlar berish, bu bilimlar asosida ularda muhim gigiyenik
ko‘nikma va odatlarni shakllantirish va ularni ijobiy odatlarga o‘rgatish demakdir.
Gigiyenik tarbiya har kuni muntazam ravishda olib borilishi lozim, ana shunda
boladagi ko‘nikma va malakalar kengayadi. Maktab oldida turgan muhim
vazifalardan biri bolani sog‘- salomat, aqlan va jismonan barkamol qilib
tarbiyalashdir.
―Salomatlik nima?‖Salomatlik,bu- inson kasal bo‘lmasligi, salomatlik- doim
xushchaqchaqlik, yaxshi kayfiyat, salomatlik- insonning hamma ishi yaxshi bo‘lishi.
-Salomat bo‘lish uchun, badantarbiya qilish kerak, to‘gri ovqatlanish kerak.
Salomat bo‘lish uchun qo‘llarni doim yuvish lozim.
-Salomat bo‘lish uchun har xil sharbatlar ichish lozim,foydali salatlar iste‘mol
qilish zarur, va albatta profilaktika uchun shifokor qabulida bo‘lib turish kerak.
Ma‘lumki to‘g‘ri tashkil etilgan va jiddiy amal qilinadigan kun tartibi bola
salomatligining garovidir. Bu masalada biz bolani tartibga rioya etishga o‘rgatib,
unda intizom ko‘nikmalarini tarbiyalaymiz, vaqtdan to‘g‘ri foydalanishga o‘rgatamiz.
Bola ―kun tartibi‖ tushunchasini ongli ravishda anglashi lozim.
Maktab yoshidagi bolalar uchun kun tartibining asosiy vazifalaridan biri –uy
vazifasini bajarishdir.
―Ishlashda senga nima yordam beradi?‖,‖Hamma narsaga ulgurish uchun nima
qilish kerak?‖,‖Sen uy vazifasini qanday bajarasan?‖ kabi savollarni bolalarga berish
bilan ularda o‘z vaqtini nazorat qilishga,ko‘proq o‘z ustida ishlashga rag‘bat
uyg‘otiladi.
Bolalar va oʻsmirlar gigiyenasi — gigiyenaning bir sohasi; goʻdaklikdan
boshlab to 17—18 yoshgacha boʻlgan bolalar va oʻsmirlarning salomatligini saqlash

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 217


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
va mustahkamlash masalalari bilan shugʻullanadi. Hayot sharoiti, oʻquvtarbiya va
mehnatning oʻsayotgan organizmning kamol topishi va salomatligiga qanday taʼsir
qilishini oʻrganish va shunga asoslanib, yosh avlodning sogʻlom oʻsishiga hamda har
tomonlama toʻgʻri rivojlanishiga yordam beradigan gigiyena tadbirlarini ishlab
chiqish Bolalar va oʻsmirlar gigiyenasi vazifasidir. Uning tavsiyanomalari shaxsiy,
yaʼni har bir ayrim bolaga va muayyan bolalar guruhiga taalluqli boʻlishi mumkin.
Bolalar va oʻsmirlar gigiyenasi tashqi muhit omillarining bola organizmiga, uning
hayot faoliyatiga, taʼlim-tarbiyasiga taʼsirini oʻrganadi, oʻsayotgan avlodning
barkamol hamda jismoniy va maʼnaviy jihatdan uygʻun rivojlanishi uchun zarur
boʻlgan chora tadbirlarni ishlab chiqadi.
Bolalar va oʻsmirlar sogʻligʻini oʻrganish va saqlash. Buning uchun biologik va
ijtimoiy omillar, tashqi muhit hamda umumiy taraqqiyot qonunlarining bolalar va
oʻsmirlar organizmiga taʼsirini oʻrganish talab etiladi. Har bir yoshga oid
kasalliklarning kelib chiqish sabablarini aniqlash esa kasallikning oldini olish
choratadbirlarini belgilash va hayotga tatbiq etish imkonini beradi.
Bolalar va oʻsmirlar faoliyati gigiyenasi. Bunda bolalarning sogʻligʻiga qarab
ish faoliyatini belgilash va astasekin oshira borish hamda charchashning oldini olish
tadbirlarini koʻrish asosiy masala hisoblanadi. Shunga asosan yasli, bogʻcha, maktab
yoshidagi bolalarning yoshiga moye keladigan kun tartibi joriy qilinadi. Oʻsib
kelayotgan organizmning xususiyatlarini hisobga olgan holda, maktab
oʻquvchilarining mashgʻulot tartibi ularning yoshiga qarab turlicha belgilanadi. Uyda
dars tayyorlashga ajratilgan vaqt 1sinf oʻquvchilari uchun 1— 1,5 soat, 3—4 sinf
oʻquvchilari uchun 1,5—2 soat, 5—6 sinf oʻquvchilari uchun 2 soat, 7—8 sinf
oʻquvchilari uchun 2,5—3 soat, 9—10 sinf oʻquvchilari uchun 3—4 soat boʻlishi
kerak. Bola dars tayyorlagan vaqtda har 40—45 min.dan keyin 10—15 min. dam
olishi zarur. Bolalar dars tayyorlab charchamasligi uchun mashgulotlardan keyin turli
oʻyin, sport, foydali mehnat bilan shugʻullanishlari yaxshi natija beradi.
Tashqi muhit gigiyenasi. Bolalar va oʻsmirlar gigiyenasining bu qismida
bolalar va oʻsmirlar muassasalari loyihasini tuzish va qurishda gigiyena talablarini
koʻzda tutish, jumladan ularni aholi yashaydigan joylarga qurish, xonalar yorugʻ va
issiq boʻlishi, sanitariyatexnika inshootlari toʻgʻri qurilishi, toza havo, ichimlik suv
hamda bolalar uchun moʻljallangan jihozlar bilan taʼminlanishi kerak.
Bolalar va oʻsmirlarning ovqatlanish gigiyenasi. Bunda oziq-ovqat
mahsulotlarining ahamiyati, bolalar muassasalarida ovqatlanish tartibi oʻrganiladi
hamda oʻsish davrida energiya sarfi meʼyori ishlab chiqiladi. Bolalarga toʻyimli,
mazali va xilma-xil ovqat berish, ovqatda oqsil, yogʻ, uglevod, vitamin, mineral
tuzlar yetarli boʻlishi kerak. Toʻgʻri ovqatlanish bolaning turli kasalliklarga chidamini
oshiradi, aqliy, jismoniy va mehnat qobiliyati barkamol boʻlishini taʼminlaydi.

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 218


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
Maktabgacha tarbiya yoshidagi va maktab yoshidagi bolalar 4— 4,5 soatda
ovqatlanishi kerak.
Gigiyenik talablarga amal qilish har bir inson uchun muhim vazifadir

Foydalanilgan adabiyotlar:
1- sinf jismoniy tarbiya kitobi ―Toshkent O‘zbekiston‖-2018 K.Mahkamjonov
F.Xo‘jayev
2- sinf jismoniy tarbiya kitobi ―Toshkent O‘zbekiston‖-2018 K.Mahkamjonov
F.Xo‘jayev
4- sinf jismoniy tarbiya kitobi ―Toshkent O‘zbekiston‖-2017 K.Mahkamjonov
F.Xo‘jayev
O‘QITUVCHI nashriyot matbaa uyi
Sultonov, Akmal."Bolalar va oʻsmirlar gigiyenasi" OʻzME. B-harfi Birinchi
jild. Toshkent, 2000-yil
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 219


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil

ЖИСМОНИЙ ТАРБИЯНИНГ ФИҚҲИЙ ҲУКМИ

Хакимова Наргиза Мўйдиновна


Сотиволдиев Нурбек Махаматжонович
Фарғона вилояти Фарғона шаҳар
23-ўрта таълим мактаби жисмоний тарбия фани ўқитувчилари

Тезислар: Жисмоний тарбия, руҳ, саломатлик, инсон жисми, оила,


таълим-тарбия, сафар, югуриш, сузиш, мусобақа.

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.


Вақтни бекор ўтказгандан кўра жисмоний тарбия билан шуғулланаѐтган
шахс фойдали мубоҳ амал қилаѐтган бўлади.
Жисмоний тарбиядан ақлни, руҳу баданни илмга, ибодатга, хайрли
ишларга жонлантиришни қасд қилган киши айни ибодатда бўлиб, савоб олади.
Саҳобаи киромларнинг Қуръон, илму амал ва зуҳдда энг пешқадамларидан
бўлган Абуддардо розияллоҳу анҳу шундай деган эканлар: ―Мен ҳақда завқу
шавқли бўлиш мақсадида кўнглимни баъзи мубоҳ нарсалар билан дам
олдираман‖. Ҳазрати Алий ибн Абу Толиб розияллоҳу анҳу: ―Вақти‫ـ‬вақти
билан қалбни хушлаб туринглар, зеро қалб мажбурланса, кўр бўлиб олади‖, ‫ـ‬
деганлар.
Мазкур нарса айниқса илм билан шуғулланаѐтган кишилар учун зарурдир.
Аммо бу нарса инсонни ибодатдан, асосий машғулотлардан, муҳим ишлардан
чалғиб қолишга олиб бормаслиги лозим. Спортни томоша қилишнинг ҳукми
ҳам худди шундай.
Жисмоний машғулот мусулмоннинг ҳарбийлик, қўриқчилик каби
вазифаларидаги мажбурияти бўлса, вожибга айланади. Имом Нававий ―Равза‖
китобида шундай деганлар: ―Ўқ отишни ўрганиб сўнг уни ташлаб юбориш
катта (таҳримий) макруҳдир. Негаки, Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи васаллам:
―Ким ўқ отишни ўрганиб кейин уни тарк этса, биздан эмас ѐки осий бўлибди‖, ‫ـ‬
деганлар‖.
Жисмоний машғулот мусулмонни бандалик бурчи, оила ва жамият
олдидаги вазифаларини адо этишдан тўсса, Аллоҳнинг ѐки бандаларнинг
ҳаққига тажовуз қилиш асосида бўлса ҳаромга айланади. Азраий: ―Агар
мусобақадан йўлтўсарлик каби ҳаром нарсани қасд қилса, ҳаром бўлади‖, ‫ـ‬
деганлар.
Аллоҳ таоло Қурони Каримда Мусо алайҳиссаломни ―Кучли ва ишончли‖

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 220


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
деб мақтаган. Саҳобаи киромлар: ―Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва салламда
қирқта эркакнинг қуввати бор эди‖, дердилар. Пайғамбаримиз саллаллоҳу
алайҳи ва саллам: ―Кучли мўъмин кучсиз мўминдан яхши ва Аллоҳга
маҳбуброқдир. Ҳар иккисида яхшилик бор. Ўзингга фойдали бўлган нарсага
ҳарис бўл. Аллоҳдан ѐрдам сўра. Ожиз бўлма....‖, деганлар. (Имом Муслим
Абу Ҳурайра розияллоҳу анҳудан ривоят қилган).
Ушбу ҳадиснинг ҳар бир жумласи жисмоний тарбияни ҳам ўз ичига олади.
Муҳаммад ибн Абу Бакр раҳимаҳуллоҳ айтганларидек, мусулмон киши
Аллоҳнинг сифатларидан бири билан сифатланса, унинг шу хислати уни
Аллоҳга олиб боради. Аллоҳ Раҳиймдир, раҳмлиларни яхши кўради,
Қавий(Кучли)дир, кучли мўъминни яхши кўради, ва ҳоказо.
Мусо алайҳиссаломдан кейин, милоддан аввал 1095 йилларда Бани Исроил
ерларини фаластинликлар тортиб олишгач, улар ўз пайғамбарлари Самуил
алайҳиссаломдан ўзларига подшоҳ сайлаб беришларини сўрашган. Аллоҳ таоло
уларга Шовул ибн Қайсни подшоҳ қилиб сайлаган. Унинг бошчилигида
душмандан ғалаба қозонишган. Аллоҳ таоло Қуръони Каримда уни илмда ва
жисмда кенглик бергани билан васф этган ва исми билан эмас, сифати билан
―Толут‖ (новча, бўйдор) деб зикр қилган. Демак, Аллоҳнинг йўлида дин, оила,
ватан, миллат ҳимоясини қилиш, хусусан бундай шарафли ишда бош бўлиш
учун ҳам, маънавий камолот билан бир қаторда, жисмоний имкониятнинг
аҳамияти катта экан.
Шундоқ экан, мусулмонлар бу борада ўз динлари таълимотига, Расулуллоҳ
саллаллоҳу алайҳи васалламнинг суннатларига амал қилмоқлари, бу билан
бошқаларга намуна бўлишлари даркор. Дангасалик, заифлик, тушкунлик,
қўрқоқлик каби иллатлардан доимо ўзларини узоқ тутишлари вожибдир. Зеро,
Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи васаллам бу сифатлардан пок бўлиш билан
бирга, Аллоҳ таолодан ана шундай нуқсонларга рўбарў бўлиб қолишдан доимо
паноҳ сўраганлар ва бу билан умматларига бундай иллатларни бартараф этишда
ҳам жисмоний, ҳам маънавий ҳаракат қилишни таълим берганлар. У зотнинг
тарбияларини олган саҳобаи киромлар барча жиҳатдан инсониятнинг етакчи
шахсларига айланганлар.
Аллоҳ таоло барчаларимизга Исломни ўрганиб унга амал қилиш билан
икки дунѐ саодатини қўлга киритишга ҳиммат, тавфиқ ва имкониятлар берсин.
Аллоҳ таолога ҳамду‫ـ‬санолар, Пайғамбаримиз саллаллоҳу алайҳи ва салламга
ҳамда У кишининг олу асҳобларига дуруду салавотлар бўлсин.

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 221


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
ИСЛОМ ВА ЖИСМОНИЙ ТАРБИЯ

Турсунмуродов Улуғбек Қўшбоқжон ўғли


Халипаев Мурадбек Маликжанович
Фарғона вилояти Фарғона шаҳар
23-ўрта таълим мактаби жисмоний тарбия фани ўқитувчилари

Тезислар: Жисмоний тарбия, руҳ, саломатлик, инсон жисми, оила,


таълим-тарбия, сафар, югуриш, сузиш, мусобақа.

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.


Аллоҳ таолога битмас-туганмас ҳамду санолар бўлсин. Пайғамбаримизга
мукаммал ва батамом салавоту дурудлар бўлсин.
Инсон мураккаб – руҳ ва жисмдан таркиб топган улуғ мавжудотдир.
Шундай экан, у баркамол бўлиши учун ҳам руҳан, ҳам жисман етук бўлиши
лозим. Агарчи инсоннинг инсонлиги унинг руҳи билан бўлса‫ـ‬да, уни борлиқда
жисмсиз ҳам тасаввур қилиб бўлмайди. Инсонни йўқдан бор қилган Аллоҳ
таоло шундай дейди:
―Сен Роббингнинг фаришталарга: ―Албатта мен қуруқ лойдан,
ўзгартирилган қора балчиқдан башар яратгувчидирман. Бас, қачонки уни
тўғрилаб бўлганимда ва ичига Ўз руҳимдан пуфлаганимда унга сажда қилган
ҳолингизда йиқилинг‖, деганини эсла‖. (Ҳижр 28-29)
Аллоҳ таоло инсон жисмининг яратилишига ҳам алоҳида эътиборни
қаратиб, ўзининг буюк қудрати ва инсонга нисбатан эъзозини эълон қилади:
―Қасамки, батаҳқиқ, инсонни лой зубдасидан яратдик. Сўнгра уни
мустаҳкам қароргоҳда нутфа қилдик. Сўнгра нутфадан алақа яратдик, алақадан
чайналган гўшт яратдик, чайналган парча гўштдан суяк яратдик, бас, суякка
гўшт қопладик, сўнгра уни бошқа бир жонзот этиб пайдо қилдик. Бас,
яратгувчиларнинг энг яхшиси Аллоҳ баракотлидир‖. (Муъминун 12-14)
Руҳнинг тарбияси вожиб, шунингдек, жисмнинг тарбияси ҳам зарур. Шу
боис, Ислом дини инсоннинг руҳий ва жисмоний камолоти учун инсоният
тарихида мисли кўрилмаган мукаммал ва кафолатли таълимотларни олиб
келган. Ҳеч бир таълимот, ҳеч бир фалсафа, ҳеч бир тузумда унга ўхшаши йўқ,
агар бўлса ҳам, Исломдан олинган бўлади. Чунки, Ислом инсонга ўзлигини
танитган Яратувчиси, Аллоҳ талонинг динидир. Биз, мавзуимиздан
четламаслик мақсадида, Ислом динининг жисм тарбиясига доир баъзи
кўрсатмаларини ўрганиш билан кифояланамиз.

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 222


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
Исломнинг инсон жисмига нисбатан муносабати
Киши бирор нарсага эътиборли бўлиши учун унинг ҳақиқатидан, оз
бўлса‫ـ‬да, огоҳ бўлиши лозим. Масалан, бир гулни тарбия қилишга бел боғлаш
учун, аввало, унинг қадрини билиш керак. Ислом дини инсонни, аввало
ўзининг, жумладан жисмининг қадрини билишга чақиради. Аллоҳ таоло
айтади:
―Батаҳқиқ, Биз инсонни энг яхши суратда яратдик‖. (Тин 4)
Ислом биринчи бўлиб инсон боласининг жисми баркамол ва соғлом бўлиб
дунѐга келишини таъминлашга аҳамиятни қаратди. Жумладан, ака‫ـ‬сингил,
амаки‫ـ‬жиян каби яқин қариндошларнинг оила қуришини ҳаром қилди.
Қуда‫ـ‬андалик узоқроқ қондан бўлишини тавсия этди. Бир киши ҳазрати Умарга
ўз қабиласидаги туғилаѐтган фарзандлар нимжон ва ногирон бўлиб
қолаѐтганини айтганда: ―Сизлар бошқа қабилалар билан қуда тутинглар‖, ‫ ـ‬деб
тавсия этганлар. Кейин шу иш билан қабила муаммоси ҳал бўлган. Эр‫ـ‬хотинлик
муносабатларида баъзи мулоабани Имом Муҳаммад фарзанднинг жисмонан
баркамол бўлиши учун мустаҳаб санаганлар. Туғилажак фарзанднинг соғлигига
зиѐн бўладиган нарса онага ҳаром қилинган.
Инсон боласи дунѐга келар экан, унга эътибор яна‫ـ‬да кучайтирилди.
Фарзанднинг руҳий‫ـ‬жисмоний тарбияси ота‫ـ‬онанинг, ота‫ـ‬онаси ҳалок бўлса,
яқинлари, бўлмаса, жамият зиммасига юклатилди. Янги фарзанд кўрган онага
унинг таъминоти учун кўмак сифатида бериладиган моддий ѐрдам ҳам илк бор
Ислом халифалиги даврида йўлга қўйилди.
Ислом умумий маънодаги жисм тарбиясини ибодат‫ـ‬фарз даражасига
кўтарди. Мисол учун, инсонга жисми учун зиѐн бўлган ҳар қандай нарса
(масалан, маст қилувчи нарсалар) ҳаром қилинди. Инсонга ўз жисмини ўзи
қийнаши, ҳатто ибодат юзасидан бўлса ҳам, тақиқланди. Баданда тангадек
нопок нарса бўлса ҳам намозга ярамаслиги қоидаси билан танани доимо ҳар
қандай зарарли микроблардан узоқ тутиш таъминланди. Хатна, тирноқ,
мўйлабларни қисқартириш, баъзи тукларни тозалаб юриш суннат қилинди.
Маййит танани, агарчи у жонсиз бўлиб, туфроққа қоришиш арафасида бўлса
ҳам, тириклигидагидек ғусл қилдириб, поклаб, оппоқ либосларга ўраб дафн
этилиши фарз қилинди, ва ҳоказо.
Инсонга, унинг жисмига шунчалар аҳамият, иззат‫ـ‬икром кўрсатган Ислом
жисмоний тарбияга қандай қараши ўз-ўзидан аѐн бўлса‫ـ‬да, ушбу мавзуда сўз
юритиш мақсад қилингани боис, бу маънода кенгроқ суҳбатлашишга ижозат
бергайсиз.

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 223


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
ИСЛОМНИНГ ИНСОН ЖИСМИГА НИСБАТАН МУНОСАБАТИ

Мирзақулов Тохир Маматалиевич


Ҳакимова Наргиза Мўйдиновна
Фарғона вилояти Фарғона шаҳар 23-ўрта таълим
мактаби жисмоний тарбия фани ўқитувчилари

Тезислар: Жисмоний тарбия, руҳ, саломатлик, инсон жисми, оила,


таълим-тарбия, сафар, югуриш, сузиш, мусобақа.

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.


Ҳозирда ―спорт‖ деб танилган жисмоний тарбия тўғрисида сўз борар экан,
мусулмон шахсда Исломнинг бунга муносабати қандай экан, деган савол
туғилиши табиий. Маълумки, Пайғамбаримиз Муҳаммад Мустафо саллаллоҳу
алайҳи ва саллам ўзларининг пайғамбарлик даврлари, 23 йил мобайнида Аллоҳ
таолонинг кўрсатмаси билан инсон ҳаѐтининг барча жабҳаларида етарли
йўлланмаларни бериб кетганлар. Бинобарин, Исломда юқоридаги савол ҳам ўз
жавобини олган.
Аввало, Ислом инсон устида ўз жисмини ҳақдор деб эълон қилди.
Пайғамбаримиз саллаллоҳу алайҳи ва саллам ҳар бир кунини тун бўйи намоз,
кундузи рўза билан ўткизаѐтган Абдуллоҳ ибн Амр ибн Ос розияллоҳу анҳуга:
―Рўза тут, оғиз очиқ ҳам юр, таҳажжуд ўқи, ухла ҳам, чунки зиммангда
танангнинг ҳам ҳаққи бор, кўзингнинг ҳам ҳаққи бор, аѐлингнинг ҳам ҳаққи
бор‖, ‫ ـ‬деганлар.
Исломда фарз қилинган рўза руҳий тарбия бўлиш билан бирга жисмоний
тарбия ҳамдир. Бу муолажа инсон танасини тозалаш муолажасидир. Ҳозирги
кунга келиб, табобат билимдонлари инсон бир йилда бир курс очлик
муолажасини олишини тавсия қилмоқдалар. Улар, Исломдаги Рамазон
рўзасидан бехабар ҳолатда, бир курс 28-29 кун бўлишини ҳам
таъкидламоқдалар.
Кундалик беш маҳал намозда ҳам ажойиб жисмоний тарбия бор.
Мусулмон киши ўз Роббига ибодат қилар экан, намозга тайѐргарлик ҳамда
намоз мобайнида ўзи сезмагани ҳолда талайгина жисмоний хатти‫ـ‬ҳаракатларни
бажаради. Намоз қанча мукаммал адо этилса, бошқа жиҳатларидан ташқари
мазкур жиҳати ҳам самарали бўлиб боради.
Ҳаммага маълумки, жисмоний тарбияда нафас масаласи бирламчи масала
ҳисобланади. Машҳур тиббиѐт академиги, Россиялик Бутерина махсус тадқиқот
олиб бориб, организмга тўғри, осон ва фойдали нафас олиш учун тана

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 224


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
туришининг энг қулай вазиятларини аниқлаган ҳамда уларни нафас машқлари
сарасига киритган. Буни қаранки, рўйхатнинг бошида турган машғулотлар
айнан намоздаги қиѐм, руку, сажда ҳолатларини кўрсатган.
Ҳар бир нарсада энг мукаммал намуна бўлган Пайғамбаримиз Муҳаммад
Мустафо саллаллоҳу алайҳи ва саллам ҳамма нарса оиладан бошланишини
кўрсатиб, таълим‫ـ‬тарбия ва ислоҳотларни ўз оилаларидан бошлар эдилар.
Жисмоний тарбия борасида ҳам бунинг намунасини кўришимиз мумкин.
Имом Аҳмад ва Абу Довудлар ривоят қилган ҳадисда Оиша онамиз
розияллоҳу анҳо айтадилар:
«Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам билан сафардалигимда У киши
билан югуриш ўйнаб, ўзиб кетдим. Вазним оғирлашганидан кейин У киши
мендан ўзиб кетдилар, сўнг: ―Ҳалиги билан биру бир бўлди‖, ‫ ـ‬деб қўйдилар».
Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи васаллам ѐш авлоднинг жисмоний
тарбиясига ҳам алоҳида эътибор берар эдилар. Зеро, халқ келажакда соғлом ва
кучли халқ бўлиши учун бу, албатта, зарур.
Имом Аҳмад Абдуллоҳ ибн Ҳорис розияллоҳу анҳудан ривоят қилган
ҳадисда у киши айтадилар:
―Набий саллаллоҳу алайҳи васаллам Абдуллоҳ, Убайдуллоҳ ва бошқа
кўпгина Аббоснинг авлодларини саф қилиб мусобақалаштирар, ―Ким менга
биринчи етиб келса, унга фалон‫ـ‬фалон нарса‖, ‫ ـ‬дер эдилар. Улар ўзишиб келиб
У кишининг орқаларига, кўксиларига урилишар эди. У зот уларни ўпиб,
ажратиб қўяр эдилар‖.
Асҳоби киромларнинг ораларида жисмоний машғулотлар, мусобақалар
одатий ҳол эди. Пайғамбаримиз саллаллоҳу алайҳи ва саллам югуриш, кураш,
сузиш, улов чопиш каби машғулотларга ҳам кўп эътибор берар эдилар.
Имом Муслим ривоят қилган ҳадисда Салама ибн Акваъ розияллоҳу анҳу
Пайғамбаримиз саллаллоҳу алайҳи ва саллам билан ғазотдан қайтишаѐтгандаги
воқеани ҳикоя қилади: Ансорлардан югуришда ҳеч ким ундан ўза олмаган бир
киши бор эди. Бир пайт ўша киши: ―Ким мен билан Мадинагача ўзиш ўйнайди?
Мусобақа қиладиган борми?‖, ‫ ـ‬деб қайта‫ـ‬қайта айтиб қолди. Мен унинг сўзини
эшитиб: ―Улуғни ҳурмат қилмайсанми? Шарафлидан ҳайиқмайсанми?‖ ‫ ـ‬дедим.
У: ―Йўқ, фақатгина Расулуллоҳ бундан мустасно‖, ‫ ـ‬деди. Шунда мен: ―Эй
Аллоҳнинг Росули, изн беринг, мен у билан мусобақалашай‖, ‫ ـ‬дедим. У зот:
―Хоҳласанг‖, ‫ ـ‬дедилар. Кейин унга: ―Ўзинга келиб ол‖, ‫ ـ‬дедимда, сакраганча
кетдим... Мадинага ундан олдин кириб бордим...‖.
Имом Байҳақий раҳимаҳуллоҳ ривоят қилган хабарда Абдуллоҳ ибн
Зубайр розияллоҳу анҳу шундай дейди: ―Умар ибн Хаттоб билан
мусобақалашдим. Уни ютдим ва: ―Каъбага қасамки, сени ютдим‖, ‫ ـ‬дедим.

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 225


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
Кейин у мени ютиб қўйди ва: ―Каъбанинг Роббига қасамки, сени ютдим‖, ‫ـ‬
деди.
Кураш жоҳилият даврида ҳам бор бўлиб, Укоз бозори ѐнида қабилалараро
йиллик беллашувлар бўлиб турар эди. Араблар мазкур йиғинларни катта
қизиқиш билан ўтказишар эди. Умар ибн Хаттоб розияллоҳу анҳу мусулмон
бўлмай туриб ҳам курашчиларнинг энг машҳурларидан эди. Ислом ушбу
машғулотни тасдиқ ва тарғиб қилиш билан бирга ундан кишилар одатланган
ваҳшийлик, ахлоққа, инсонийликка зид нарсаларни чиқариб ташлади.
Абу Довуднинг сунанларида келтириладики, Рукона ибн Абду Язид
Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи васаллам билан кураш тушади, У зот уни енгиб
қўядилар ва у мусулмон бўлади.
Имом Заҳабий: ―Руконани Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи васаллам икки
марта йиқитганлар‖, ‫ ـ‬дейди.
Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи васаллам Абул Асвад ал‫ـ‬Жумаҳий каби
бақувват ва забардаст саоҳобалар билан ҳам кураш тушар эдилар. Ёш саҳобаи
киромлар ҳам кураш тушишар эди. Имом Ҳасан билан Имом Ҳусайн ҳам
Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи васаллам олдиларида курашишар эди.
Сузишга келсак, Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи васаллам: ―Зикрдан
бўлмаган ҳар бир нарса лағвдир ѐки хатодир, фақатгина тўрт нарса бундан
мустасно: кишининг икки нишон орасида юриши (яъни, ўқ отиш), от ўргатиши,
ўз аҳли билан мулоаба қилиши ва сузишни ўрганиш‖, деганлар.
Ҳазрати Умар розияллоҳу анҳу Шом амирига ѐзган мактубларида:
―Болаларингизга ѐзишни ва сузишни ўргатинглар‖, ‫ ـ‬деб айтган эканлар.
Имом Суютий сузиш фазилати ҳақида келган ҳадис ва асарларни жамлаб
бир китоб қилган. Суютий жумладан қуйидагиларни зикр қилади:
―Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи васаллам асҳоблари билан бир кўлга
тушдилар ва ―Ҳар ким ўз соҳибига қараб сузсин‖, ‫ ـ‬дедилар. Кейин ўзлари Абу
Бакр томон суздилар ҳамда унинг бўйнидан қучиб: ―Агар мен ўзимга халил
тутганимда Абу Бакрни тутган бўлар эдим, лекин у менинг соҳибимдир‖, ‫ـ‬
дедилар‖.
Бошқа бир ҳадисда Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи васаллам Мадинадаги
бир ҳовлига ишора қилиб: ―Онам билан шу ерга тушганмиз, мен Бани Адий ибн
Нажжор қудуғида яхши сузганман‖, ‫ ـ‬деганлар.
Ўшанда У зот олти ѐш атрофида бўлганлар. Оталари Абдуллоҳнинг қабри
шу ерда эди.
Пайғамбаримиз саллаллоҳу алайҳи ва саллам улов мусобақасига ҳам
алоҳида аҳамият берганлар.
Имом Бухорий, имом Муслим ва бошқалар Абдуллоҳ ибн Умар

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 226


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
розияллоҳу анҳудан ривоят қилган ҳадисда қуйидагилар айтилган:
―Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи васаллам уловга тайѐрланган отларга
(Мадина ташқарисидаги) Ҳафѐ билан Санийятулвадоъ орасида, уловга
тайѐрланмаган отларга Санийятулвадоъ билан Бану Зурайқ масжиди орасида
мусобақа уюштирдилар‖. Имом Термизий ривоятида Абдуллоҳ ибн Умар
розияллоҳу анҳу: ―Мен ғолиблардан бўлдим, кейин отим мени бир девор устига
ирғитиб юборди‖, ‫ ـ‬деганлар.
Ҳафѐ билан Санийятулвадоъ ораси 6‫ـ‬7 мил, Санийятулвадоъ билан Бану
Зурайқ масжиди ораси тақрибан 1мил бўлган. (1мил 750 метрга тўғри келган).
Имом Бухорий Анас ибн Моликдан ривоят қилган ҳадисда у киши
айтадилар: ―Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи васалламнинг Азбо деган туялари
бор бўлиб, ҳеч ютқазмаган эди. Бир аъробий бир ѐш туя билан келиб, уни ютиб
қўйди. Саҳобаларга бу оғир ботди. Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи васаллам
уларнинг юзларидан буни сездилар ва айтдиларки: ―Аллоҳ таолонинг
зиммасида (одатида) дунѐ(нарсалари)дан бирор нарсани кўтарса, уни албатта
пастлатиши барҳақдир‖.
Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи васаллам ҳарбий жисмоний машғулотларга
асосий эътиборни қаратар эдилар. Зеро миллатнинг, юртнинг шарафли ҳимояси
ҳам шунда. Имом Доримий Уқба ибн Омир розияллоҳу анҳудан ривоят қилган
ҳадисда Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи васаллам қуйидаги сўзларни айтганлар:
―Ўқ отинглар, от мининглар, менга отганингиз минганингиздан яхшироқдир‖.
Бунга ўхшаш мисолларни яна кўплаб келтиришимиз мумкин. Аммо
шунинг ўзи ҳам Исломнинг жисмоний тарбияга муносабатини билишга кифоя
қилади.

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 227


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
ХАРАКАТЛИ ЎЙИНЛАР ВОСИТАСИДА БОЛАЛАРНИ
ЖИСМОНИЙ РИВОЖЛАНТИРИШ ХУСУСИЯТЛАРИ

Ходжаярова Севара Абдимурат қизи


Хаитмуродова Сарвиноз Шокир қизи
ТерДу 1 курс магистри
18 МТТ Жисмоний тарбия йўриқчиси

Ҳаракатли ўйинларнинг келиб чиқиши қадим халқ педагогикасига бориб


тақалади.Ўйинларнинг келиб чиқиши ва тарихи ҳақидаги маълумотлар бизгача
ХII асрнинг буюк лингвиcти,тарихчиси,этнографи Махмуд Қошғарийнинг
«Девону луғотит турк» китоби орқали етиб келгандир. Асарда ўзбек ҳаракатли
ўйинларини бошлашдан олдин амалга ошириладиган чақириш,тўпланиш,ўйин
боши,чек ташлаш каби ўйин шаклларидан намуналар келтирилган.Заҳириддин
Муҳаммад Бобурнинг «Бобурнома» асарида ҳам спорт ўйинларидан
қиличбозлик,кураш, кўпкари… га алоҳида эътибор берилиб, уларни ѐшларни
жисмонан баққуват бўлишларига катта таъсир кўрсатиши кўрсатиб ўтилган.
Илк ѐшли болалар оилаларда боланинг дастлабки ҳаракати билан боғлиқ
овунмачоқлар,эрмак ўйинлар ѐрдамида тарбияланганлар. Ундан каттароқ
ѐшдаги болалар ҳаѐтида ранг-баранг ҳаракат мазмунига эга бўлган халқ
ўйинлари катта ўрин олган.Мактабгача таълим ѐшидан бошлаб,болаларда ўз
халқининг урф-одатлари, анъаналари, тарихини билишга бўлган қизиқишни
тарбиялаш мақсадида мувофиқ. Атоқли рус педагоги П.Ф.Лесгафт «ўйинни
болани ҳаѐтга тайѐрлашга ѐрдам берувчи машқ деб ҳисоблайди». Бу машқ
мустақил фаолият бўлиб, унда боланинг шахсий ташаббуси ривожланади ва
аҳлоқий сифатлари тарбияланади.У ҳар бир ўйин мақсадга эга бўлиши керак
дейди. Ҳаракатли ўйинларни мунтазам ўтказиш болаларда ўз ҳаракатларини
бошқаришни ривожлантиришга ѐрдам беради,улар гавдасини тартибга солади,
яъни турли зўриқишда ҳаракат қилишга ўргатади. Ўйинлар болани жуда
чаққонлик,муайян мақсад ва тезкорлик билан ҳаракат қилишга қоидаларни
бажариш, ўзини тутиш, ўртоқликни қадрлай олишга ўргатади.
Ўзбекистонда ҳаракатли ўйинлар назариясини ривожланишига Таълат
Усмонхўжаев,Фахриддин Хўжаевлар,ўзларининг катта ҳиссаларини
қўшганлар.Т.Усмонхўжаев ўзининг «1001 ўйин» номли китобида ҳаракатли
ўйинларни бола организмига таъсири, унинг аҳамиятини тўлиқ очиб берган.
Шунингдек китобда мактабгача тарбия ѐшидаги болалар ѐшига мос келадиган
ҳаракатли ўйинларни мазмуни ва уни ўтказиш методикаси аниқ ѐритиб
берилган.Ҳаракатли ўйинлар эрталабки ва кечки сайр соатларида ташкил

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 228


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
этилиб,кунига 1-2 марта бутун гуруҳ, ѐки гуруҳча билан ўтказилиши
керак.Ўрта ва катта гуруҳларда турли хил спорт ўйинлари ўтказиб турилади.
Ҳамма ўйинлар учун кун тартибидан вақт ажратиш ва керакли материаллар
билан таъминлаш тарбиячининг зиммасига юклатилган.
Спорт ўйинларида энг аввало мактабгача таълим ѐшидаги болаларнинг ѐш
хусусиятлари ҳисобга олинади, шунинг учун фақат уларга содда, бироз ҳаракат
техникаси қоидалари,ўйинни ташкил этишнинг ҳақиқий элементлари
танланади.Шу туфайли ўйин омиллари катта кишиларда бўлганидек жисмоний
ва асабий зўриқиш уйғотмайди.Айни пайтда улар мақсадга
интилганлик,ўртоқлик ва маъсулият ҳиссини ва спортга муҳаббатини
тарбиялайди.Мактабгача таълим ташкилотларининг катта ва мактабгача
тайѐрлов гуруҳларида спорт ўйинларини ўтказиш мумкиндир. Уларда болалар
мусобақаси,ўйин эстафетаси элементлари мавжуд.Спорт ўйинлари ҳаракатли
ўйинлардагидан кўпроқ ўзини тута билишини, уюшқоқликни,кузатувчанлик
муайян ҳаракат техникасини,ҳаракатининг тезкор реакциясини эгаллашни
талаб қилади.Агар ҳаракатли ўйинларда болалар ижодий ташаббус кўрсатган
холда турли ҳаракатлардан фойдалансалар,спорт ўйинларида ҳаракатларни бир
қадар чегараланганлиги кузатилади,бу мазкур ўйиннинг ўзига хос хусусияти ва
ҳаракат фаолияти техникасининг аниқлиги билан белгиланади.Ҳаракатли
ўйинларни ҳар бир ѐш гуруҳ учун танлашда уларни мураккаблашиб боришини
ҳисобга олиши лозим.Ҳаракатли ўйинларни ўзгартириб туриш мақсадга
мувофиқдир.Ҳаракатли ўйинлар жисмоний сифатларини тарбиялаш учун ҳам
зарурдир.Улар болалардан муайян ақлий ва жисмоний кучни ва шу билан бирга
ўйинга нисбатан ортиб борувчи қизиқишни талаб қилади.Шунингдек ҳаракатли
ўйинлар вариантларини тарбиячининг ўзи яратиши мумкин.Бунда у ўз
гуруҳидаги болаларни ақлий ва жисмоний ривожланганлигини ҳисобга олади
ва уларга қўйиладиган талабларнинг тобора ошиб боришини кўзда
тутади.Қоидали ҳаракатли ўйинлар-жисмоний тарбиянинг энг асосий методи
ва воситасидир.Ҳаракатли ўйинлар болаларнинг ҳаракат фаолияти жисмоний
ривожланишига,ҳаракат кўникмалари ва жисмоний сифатларнинг
шаклланишига,организмнинг функционал фаолиятини оширган ва эмоционал
қувноқлик туйғуларини кучайтирган ҳолда саломатликни мустаҳкамлашга
ижодий таъсир этади.Шундай қилиб,фақат ўйинни тўғри танлашгина
эмас,балки уни катта самара берадиган даражада ўтказиш муҳимдир.

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 229


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
ЎҚУВЧИ ЁШЛАРНИ МАЪНАВИЙ ВА ЖИСМОНИЙ КАМОЛОТГА
ЕТКАЗИШДА МИЛЛИЙ ҲАРАКАТЛИ ЎЙИНЛАРНИНГ АҲАМИЯТИ

Ниязов Валижон Алиевич


Андижон шахар
Олимпия ва миллий спорт турлари бўйича давлат
ихтисослаштирилган мактаб интернати писихалоги

Жураев Абдулахад Ашуралиевич


Хужаобод тумани
11-мактаб Жисмоний тарбия фани ўқитувчиси

Аннотация: ‖ Ёшларга оид давлат дастури‖ ни ҳаѐтга тадбиқ қилишда


ѐшларни жисмоний чиниқтириш хамда спорт соҳасида қобилиятларини тўлиқ
намоѐн қилишларида миллий ҳаракатли ўйинларининг юқори самара бериши
буйича маълумотлар келтирилган.
Калит сўзлар: Ёшларга оид давлат дастури, 5 та мухим ташаббус,
миллий ҳаракатли ўйинлар, жисмоний чиниқтириш, спорт иншооти, спорт
соғломлаштириш, жисмоний тарбия, оммавий спорт тадбирлари.

Маълумки, давлатимиз раҳбари мухтарам Президентимиз Шавкат


Миромонович Мирзиѐевнинг ― Ёшларга оид давлат дастури‖ва ѐшлар
маьнавиятини юксалтириш ва уларнинг буш вактларини мазмунли ташкил
этиш буйича‖ 5 та мухим ташаббус‖да, ѐшлар уртасида соглом турмуш тарзини
шакллантириш, жисмоний тарбия ва спорт билан мунтазам шугулланиши
хамда ѐшларни жисмоний чиниқтириш, спорт соҳасида қобилиятини намоѐн
қилишлари учун зарур шарт-шароитлар яратишга йўналтирилган.
Мамлакатимиз аҳолисининг 30 фоизини 14 ѐшдан 30 ѐшгача бўлган йигит-
қизлар ташкил этади.
Уларнинг таълим олиши, касб-ҳунар эгаллаши учун кенг шароитлар
яратилган. Шу билан бирга, ѐшларнинг бўш вақтларини кизикарли ва
мазмунли ўтказишни ташкил этиш долзарб масала ҳисобланади. Ёшлар
қанчалик жисмоний ва маънавий баркамол бўлса, турли ѐт иллатларга қарши
иммунитети ҳам шунчалик кучли бўлади.
Ўқувчи ѐшларни қадриятларимиз, урф-одатларимиз, ота-боболаримиздан
бизгача етиб келган азалий удумларимиз хисобланган, миллий харакатли
ўйинларга ўргатиш орқали ўқувчи ѐшларни маънавий ҳамда жисмоний
камолотга етказишда жамиятнинг зиѐли катламига катта масъулият юклайди.

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 230


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
Мустақилликнинг шарофати туфайли, шаҳар ва қишлоқларда ѐшларни
мунтазам спорт билан шуғуланишлари ва спорт соғломлаштириш
тадбирларини ўтказиш учун спорт ўйини майдончалари қурилиб фойдаланишга
топширилмоқда. Бунинг натижаси уларок, ѐшларни бўш вақтларини жисмоний
тарбия ва спорт билан банд қилишга эришилмоқда. Ёшларнинг маданиятини
ўсишида соғлом хает тамойилларига риоя килиш мухим омил хисобланади.
Соғлом турмуш тарзининг негизида эса спорт ўйинлари ва ҳаракатли ўйинлар
муҳим ўринга эга. Соғлом авлодни тарбиялашда оила ва мактаб билан бир
каторда маҳалланинг ўрни хам беқиѐсдир, айникса махалла оқсоқоллари,
фаоллари ва зиѐлилари иштироки муҳим аҳамиятга эга.
Биз қуйидагиларни тавсия қиламиз: Миллий халқ ва ҳаракатли ўйинлар
жисмоний тарбия ва спорт тизимида асосий восита сифатида, спорт
турларининг турли хил машқларидан фойдаланиш билан бир қаторда,
ҳаракатли ва миллий ўйинларни кенг қўлланиши у энг аввало миллий
қадриятларимизни кенг тарқалишига ѐрдам берса, ѐш авлодларга
ўтмишимиздаги анъаналаримизга ҳурмат эҳтиром уйғотса, яна бир томондан у
ѐшларни тарбиялашдаги асосий воситаларидан бири бўлиб хизмат қилади.
Атоқли рус педагоги П.Ф.Лесгафт «ўйинни болани хаѐтга тайѐрлашга
ѐрдам берувчи машқ деб хисоблайди». Бу машқ мустақил фаолият бўлиб, унда
боланинг шахсий ташаббуси ривожланади ва ахлокий сифатлари тарбияланади.
У хар бир ўйин мақсадга эга бўлиши керак дейди.
Бунинг учун ўйиндаги харакатлар боланинг ўзини бошқара олиш
малакасига мос бўлишига; бу харакатлар тизимли машқлар булиши, олдиндан
ўзлаштирилган бўлиши лозим.
Харакатли ўйинларни мунтазам ўтказиш болаларда ўз харакатларини
бошқаришни ривожлантиришга ѐрдам беради, улар гавдасини тартибга солади,
яъни турли зўриқишда харакат қилишга ўргатади.
Ўйинлар болани жуда чаққонлик, муайян мақсад ва тезкорлик билан
харакат қилишга; қоидаларни бажариш, ўзини тутиш, ўртоқликни қадрлай
олишга ўргатади.
Харакатли ўйинлар болаларни хар томонлама тарбиялашда мухим
ахамиятга эгадир. Ўйин фаолияти қайси шаклда ифодаланмасин болани
қувонтиради, уларда ижобий хисларни уйғотади. Харакатли ўйинлар бола
дунѐқарашини кенгайтиради, атроф-мухитни таниши ва билишида ўзига хос
восита хисобланади.
Шаҳар ва қишлоқларда ѐшларни спорт билан шуғуланишлари ва оммавий
спорт соғломлаштириш тадбирларини мунтазам ўтказиш хамда, худудда
жойлашган мактабдаги ва хусусий спорт иншоотларидан, самарали

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 231


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
фойдаланиш имкониятлари мавжуддир.
Ёшларни мунтазам спорт билан шуғуланишлари учун жисмоний тарбия
укитувчилари, спорт тренерлари, спорт хакамлари хамда шифокорларни жалб
килган холда ташкил килиш керак.
Тадбиркорлар томонидан барпо этилган спорт ўйини майдончаларидан
унумли фойдаланишда, маҳалла фуқаролар йиғини фаоллари,профилактика
инспекторлари ва спорт иншооти эгаси, (тадбиркор) хамжихатликда
,худуддаги ѐшлар учун, оммавий спорт соғломлаштириш тадбирлари дастури
ва иш режасини ишлаб чиқиш зарурати пайдо бўлди. Бу ўз навбатида, уқувчи
ѐшларни маънавий ва жисмоний камолотга етказишда миллий ҳаракатли
ўйинларнинг ахамияти юкори эканлигини исботлайди.

Фойдаланган адабиётлар:
1. 1. Усмонхўжаев Г.С. ―1001 ўйин‖ Т.Медицина 1999 й.
2. Маматохунов А. ва бошқалар ―Ёш гандболчиларни тайѐргарлигида
ҳаракатли ўйинлардан фойдаланиш‖ Андижон 1994 й.
3. Усмонхўжаев Г.С. ―Ҳаракатли ўйинлар‖ Т.Медицина 1999 й.
4. Каримов И.А.Баркамол авлод- Ўзбекистон тараққиётининг пойдевори.
Тошкент 1998 й.

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 232


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
ҲАРАКАТЛИ ЎЙИНЛАРНИ ТАРБИЯВИЙ АХАМИЯТИ

Қодирова Олтинхон Одиловна


Ниязов Валижон Алиевич
Андижон шаҳар
Олимпия ва миллий спорт турлари бўйича Давлат
ихтисослаштирилган мактаб-интернати ўқитувчилари

Жураев Абдулахад Ашуралиевич


Андижон вилояти Хужаобод тумани
11-умумтаьлим мактаби ЎТИБДЎ

Аннотация: Ҳаракатли ўйинлар болаларнинг жисмоний баркамол бўлиши


учунгина эмас, балки ақлий ва ахлоқий жихатдан тарбиялаш учун мухим
ахамиятга эга эканлиги буйича маълумотлар келтирилган.
Калит сўзлар: Миллий ҳаракатли ўйинлар, жисмоний чиниқтириш, спорт
соғломлаштириш, жисмоний тарбия, оммавий спорт тадбирлари,эстафетали
ўйинлар.

Фарзандларимизни соғлом, хар томонлама ривожланган, дунѐкараши


кенг,юрт келажаги учун комил инсонлар этиб тарбиялаш Узбекистон
хукуматининг устувор вазифалардан биридир.
Болаларни жамоатчилик, меҳнатсеварлик ва жамоат олдида ўз бурчини
хис қилиш, рухида тарбиялаш хозирги куннинг энг мухим масалалари
хисобланади. Бола мактабга қадам қўйган биринчи кундан бошлабоқ унда
мехнатга нисбатан мухабат уйғотиш, уюшқоқлик, ишчанлик ва бошланган
ишни охирига етказа билиш ҳамда миллий ғурур хусусиятларини
тарбиялаш керак.Ўйинлар хаѐтидаги тўсиқларни енгиш ҳамда ҳар хил хислат
ва қобилиятларни рўѐбга чиқариш билан боғлиқ бўлган жисмоний
машқларнинг турли комплексини ўз ичига олади. Бундан ташқари одатда
болалар севиб ўйнайдиган уларга қувонч бахш этадиган мусобақа
элементлари ҳам ҳаракатли ўйинларга киради. Масалан, эстафетали ўйинлар
унда спорт ўйинларини элементларини ўз ичига олган техник ва тактик
харакатлар мавжуд бўлиб, болалар учун қизиқарли ҳаркатлардан иборат.
Таълим муассасаларининг таьлим - тарбия тизими жараѐни давомида янгича
ѐндашиш, бола тарбиясидаги ўзбек халқининг миллий анъаналари,
қадриятлари, халқ ижодиѐтининг ўзига ҳослиги, халқ педагогикасининг улкан
тажрибаси ҳамда ўзига хос хусусиятлари, минтақа иқлим шароитлари боланинг

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 233


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
жинси, ѐш босқичлари, уларнинг анатомо-физиологик, психологик–гигиеник
жиҳатлари, барча ижобий хусусиятларини ўзлаштиришни уйғунлаштириш
масалалари алоҳида ўрин эгаллайди. Мамлакатимизда ўсиб келаѐтган ѐш
авлоднинг жисмоний ва маънавий саломатлигини шакллантиришни, соғлом
турмуш тарзига интилиш ва спортга меҳр-муҳаббатни сингдиришнинг ғоят
муҳим шарти хисобланади.
Охирги йилларда мактабгача ва мактаб ѐшидаги болалар ўртасида
жисмоний ривожланиш, жисмоний тайѐргарлигини тарбиялаш, уларни
жисмоний сифатларини, асосий ҳаракатларни ўргатиш методик жисмоний
дастури бўйича бир қанча муаллифларнинг ишларида тавсия этилган.
Болаларда ҳаракат қилиб бораѐтган буюмлар ҳавода қандай
жойлашганлигини, шу жумладан бир жойдан иккинчи жойга ўтаѐтган
кишининг гавдаси қандай холатда турганлигини фарқлай олиш имконияти ўсиб
боради. Уйинлар бола харакатларини устириш ва такомиллаштиришда мухим
ахамиятга эга булган юриш, югуриш, сакраш, улоктириш, мулжалга олиш каби
машкларни уз ичига олади. Харакатларнинг такомилашиши билан бирга
жисмоний кобилият хам тараккий этади, юрак ва нафас олиш системасининг
фаолияти яхшиланади.
Ўқувчи турмушдаги мехнат сохасидаги табиат ходисалари ва
жониворлар хаѐтидаги ҳар хил нарсаларни тақлид қилиб ўйнар экан бу
ходиса ва ҳаракатларнинг маъносини англай боради, аста-секин ҳаѐтий
тажриба орттиради қийинчиликларни енгишга ўрганади, унда ҳаракат
кўникмалари хосил бўлади ва тасаввур тобора бойиб боради.
Ўйинларда жисмоний харакатларнинг кулами кенг булиб, юриш,
югуриш, сакраш, ирғитиш ѐки улоқтириш, тирмашиб чиқиш каби машқлар
бола ҳаракатларининг ривожлантириш ва такомиллаштиришда катта
ахамиятга эга бўлади. Ҳаракатларнинг такомиллашиши билан бирга,
жисмоний қобилият ҳам тараққий эта боради, юрак ва нафас системасининг
фаолияти яхшиланади.
Биз куйидагиларни тавсия киламиз: Ўйинлар болаларнинг жисмоний
баркамол бўлиши учунгина эмас, балки ақлий ва ахлоқий жихатдан
тарбиялаш учун мухим ахамиятга эга. Кўплашиб ўйналадиган ўйинларда
болалар мақсадга эришиш учун фаросатини ва тадбиркорлиги, қатьиятини
кўрсатишиб жамоат олдида фақат ўзининг эмас, балки ўртоқларининг хатти-
ҳаракатлари учун ҳам жавобгарлик хиссини сезадиган бўлиши керак.
Ўйинлар орасида ўртоқлик, дўстлик, ўзаро хурмат каби фазилатларнинг
таркиб топиши ва мустахкамланишига жиддий эьтибор бериши, улар
ғалабалардан мағрурланиб, мағлубиятдан тушкунликкатушиб кетмасликлари

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 234


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
ҳамда жамоа манфаатларини ўз манфаатларидан юқори қўйишга ургатиб,
тарбиялаш лозим булади.
Оммавий согломлаштирувчи ва жисмоний тарбия ва спорт
машғулотларида ҳаракатли ўйинлардан кенг кўламда фойдаланиш укувчи-
ѐшларни калби ва рухида она ватанни кадрлашни тарбиялайди.

Фойдаланган адабиётлар:
1. Усмонхўжаев Г.С. ―1001 ўйин‖ Т.Медицина 1999 й.
2. Усмонхўжаев Г.С. ―Ҳаракатли ўйинлар‖ Т.Медицина 1999 й.
3. Қорабоев У. ―Ўзбек халқ ўйинлари‖ Тошкент 2001й.
4.Лисицна А.И. УсмонхужаевТ.С ―Подвижные игры начальных классах
‖Тошкент 1989й .
5.И.А.Каримов ―Юксак маьнавият енгилмас куч‖ Тошкент 2009й.

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 235


www.academiascience.uz
―YOSHLARNING INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH, MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ILM-FAN SOHASIDAGI
YUTUQLARI‖ MAVZUSIDAGI 3-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
31-avgust 2020-yil
Ushbu konferensiya materiallari to‟plami O„zbekiston Prezidentining 2020 yil 2 mart kungi
«Ilm, ma‟rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturi
to„g„risida»gi Farmonida ko„zda tutilgan vazifalarni ijrosini ta‟minlash maqsadida “Academia
Science” ilmiy tadqiqotlar markazining www.academiascience.uz ilmiy jurnallar portali va
“UzACADEMIA” ilmiy-uslubiy jurnali tahririyati tomonidan nashrga tayyorlandi va chop etildi.
Konferensiyaning maqsadi:
Professor-o‗qituvchilar, talaba-yoshlarni jamiyatda olib borilayotgan ijtimoiy-siyosiy
jarayonlardagi rolini kuchaytirish, innovatsion g‗oyalarni amalga oshirish va takomillashtirish,
shuningdek yoshlarning intellektual salohiyatini rivojlantirish va rag‗batlantirish kabi ustuvor
vazifalarini amalga oshirish hamda mazkur yo‗nalishda ilmiy tadqiqot ishlarini faollashtirish,
yoshlarimizning ma‘naviy immunitetini kuchaytirish, ularning bo‗sh vaqtini mazmunli o‗tkazishda 5
ta muhim tashabbus muhim ahamiyat kasb etadi.
Eslatma! Konferensiya materiallari to‗plamiga kiritilgan maqolalardagi raqamlar,
ma‘lumotlar haqqoniyligiga va keltirilgan iqtiboslar to‗g‗riligiga mualliflar shaxsan
javobgardirlar.

Bosh muharrir

Eshmatov G‗ayratjon Ma‘rupovich

Mas‘ul kotib

Ravshanjon Abdullayev
Bag‗dod tumani 8-umumiy o‗rta ta‘lim maktabi tarix fani o‗qituvchisi

Nashrga tayyorlovchi

Holiqov Muhriddin Tavakkaljon o‗g‗li


Farg‗ona davlat universiteti

―Yoshlarning innovatsion faolligini oshirish, ma‘naviyatini yuksaltirish va ilm-fan sohasidagi


yutuqlari‖ mavzusidagi 3-sonli Respublika ilmiy-onlayn konferensiyasi materiallari to‗plami,
31-avgust, 2020-yil. – Farg‗ona shahri: Academiascience, 2020. – 236 b.

―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 236


www.academiascience.uz

You might also like