You are on page 1of 7

2-LABORATORIYA ISHI

BARCHA SIGNALIZATSIYA VA ALOQA VOSITALARI ISHDAN


CHIQQANDA POYEZDLAR HARAKATINI TASHKIL ETISH

Signalizatsiya va aloqa barcha vositalari ishining tanaffus (tо‘xtash)


paytida poyezdlar harakati bir yо‘lli uchastkalarda yozma xabarnomalar orqali,
ikki yо‘lli uchastkalarda - stansiyalar orasidagi peregonda poyezdning о‘tishiga
ketadigan vaqt bilan chegaralash orqali amalga oshiriladi.
Yozma xabarnomalar orqali yoki poyezd peregonni bosib о‘tishi uchun
tayinlangan vaqtni taqsimlash usuli bilan poyezdlar harakati, peregonni chegaralovchi
stansiyalar navbatchilari о‘rtasida poyezdlar harakati tо‘g‘risidagi sо‘zlashuvlarni
ularning ixtiyorida bо‘lgan biron bir aloqa vositasi orqali amalga oshirishning iloji
bо‘lmasa, belgilanadi.
Barcha turdagi signalizatsiya va aloqa vositalari ishlamaganda stansiya
navbatchisi tomonidan mashinistga beriladigan, diagonali bо‘ylab ikki qizil polosali
oq blankdagi ruxsatnoma (DU-56 shaklidagi blank -__betda keltirilgan)
poyezdga peregonni egallash xuquqini beradi.
Bunda, agar ilgari jо‘natilgan poyezdning qо‘shni stansiyaga yetib
borganligi tо‘g‘risida ma’lumot bо‘lmasa, avval jо‘natilgan poyezdning ort qismi
muhofazalanmagan bо‘lishi mumkinligi sababli mashinist peregon bо‘ylab о‘ta
ehtiyotkorlik va darhol tо‘xtashga tayyor holda harakatlanishi lozim.
Barcha turdagi signalizatsiya va aloqa vositalari ishlamaganda quyidagi
poyezdlarni jо‘natish taqiqlanadi:
a) 1 klassli xavfli yuklar (VM), nogabarit yuk ortilgan, birlashtirilgan,
og‘irligi va uzunligi oshirilgan, shuningdek ir mashinist tomondan xizmat
kо‘rsatiladigan poyezdlar;
b) peregonda ishlash uchun tо‘xtaydigan, ammo tiklash va о‘t о‘chirish
poyezdlari va yordamchi lokomotivlar bundan mustasno;
v) peregondagi tо‘xtash yо‘lga borayotgan.
Suruvchi lokomotivlar peregonning boshidan oxirigacha qо‘shni stansiyagacha
borishi shart.

Bir yо‘llik peregonlarda poyezdlarning harakatlanish tartibi.


Barcha turdagi signalizatsiya va aloqa ishlamaganda toki yozma
xabarnomalar bо‘yicha harakat о‘rnatilguncha, о‘rtasida aloqa uzilgan stansiyalar
bilan chegaralangan peregonga faqat bir yо‘llik peregonlar uchun ustun hisoblangan
toq yо‘nalishda poyezdlar jо‘natilishi mumkin. Ustun yо‘nalishga qarama-qarshi
hisoblangan yо‘nalish bо‘yicha toki yozma xabarnomalar bо‘yicha aloqa
о‘rnatilmaguncha poyezdlarlarning birortasi jо‘natilishi mumkin emas, quyidagi
poyezdlar bundan mustasno:
a) jо‘natilishiga aloqa uzilishidan avval ustun yо‘nalish stansiyasidan ruxsat
(yarim avtomatik blokirovkada rozilik blok-signali, telefon aloqasida poyezd
telefonogrammasi, elektrjezl tizimida peregonning chiqarilgan jezli) olingan poyezdlar.
Bu istisno ikki tomonlama blokirovkali bir yо‘lli peregonlarga tatbiq etilmaydi;
b) yordam yuborish tо‘g‘risida peregondan qabul qilingan talab asosida
jо‘natilayotgan tiklash, о‘t о‘chirish poyezdlari yoki yordamchi lokomotiv.
Ustun yо‘nalishli va shuningdek ustun yо‘nalishga qarama-qarshi yо‘nalishli
stansiya navbatchisi, peregondan yordam kо‘rsatish haqida talabni qabul qilganidan sо‘ng,
tiklash, о‘t о‘chirish poyezdlari yoki yordamchi lokomotivni jо‘natishni, mashinistga oq
rangdagi dioganali bо‘yicha qizil polosali ruxsatnomani taqdim etish bilan tashkil qiladi.
Yо‘llarining biri aloqa uzilgunicha yopilgan ikki yо‘llik peregonda toki yozma
xabarnomalar bо‘yicha harakat о‘rnatilmaguncha birinchi bо‘lib faqat, qolgan amaldagi
yо‘l uchun ikki yо‘llik harakatda tо‘g‘ri hisoblangan yо‘nalishdagi poyezd jо‘natilishi
mumkin.
Peregon ikki tomonlama avtoblokirovka bilan jihozlanmagan bо‘lsa, ustun
yо‘nalishdagi birinchi poyezdni jо‘natish uchun qо‘shni stansiya navbatchisining ruxsati
talab qilinmaydi.
Ikki tomonlama avtoblokirovka bilan jihozlangan bir yо‘llik peregonda stansiya
navbatchisi peregon qо‘shni stansiyagacha masofada bо‘sh ekanligiga ishonch hosil
qilganidan va bir vaqtning о‘zida qо‘shni stansiya navbatchisiga poyezdlar harakati
keyingi tartibi tо‘g‘risidagi xabarnomani yetkazgandan sо‘nggina ustun
yо‘nalishdagi birinchi poyezd jо‘natilishi mumkin. Peregonning bо‘shligini tekshirish
haqida poyezdlar harakati jurnaliga tekshiruvni amalga oshirgan xodimning familiyasi va
tekshirish usuli kо‘rsatilgan qayd kiritiladi.
Signalizatsiya va aloqaning barcha turlari ishlamaganda peregonga tiklash poyezdi
(о‘zi yurar maxsus harakat tarkibi), о‘t о‘chirish poyezdi yoki yordamchi lokomotivni
ustun yо‘nalishda ham, qarama-qarshi yо‘nalishda ham jо‘natishga ruxsat etiladi, ammo
bundan avval peregonda tо‘xtab qolgan poyezdning mashinistidan yoki yо‘l, signalizatsiya
va aloqa, elektr ta’minoti xizmati xodimidan tegishli talab qabul qilinishi shart. Bunda,
peregon avtomatik blokirovka bilan jihozlangan bо‘lsa, yordam tо‘g‘risida talab qabul
qilgan stansiya navbatchisi tiklash poyezdi yoki lokomotivni yuborishdan avval stansiya
bilan yordam jо‘natilayotgan joy orasida boshqa poyezdlar yо‘qligiga ishonch hosil qilishi
kerak.
Stansiyalar о‘rtasida yozma xabarnomalarni jо‘natish signalizatsiya va aloqaning
barcha turlari ishlamagandan sо‘ng peregonga jо‘natiladigan birinchi poyezd bilan
boshlanadi.
Bunda yetakchi lokomotivning mashinistiga peregonni egallash xuquqini beruvchi
diagonali bо‘ylab ikki qizil polosali oq blankdagi ruxsatnoma beriladi. Bundan
tashqari, ushbu poyezd mashinisti bilan qо‘shni stansiyaga poyezdlarning keyingi
harakat tartibi tо‘g‘risida oq rangda maxsus blankdagi (DU-55 shaklidagi blank __-
betda keltirilgan), quyidagi shakllardan biri bо‘yicha tо‘ldirilgan yozma xabarnoma
yuboriladi:

A shakli. “Sizga ___ soat ____ minutda № _____ poyezdni j о‘natdim.


Yetib borganidan sо‘ng Siz tomondan poyezdni kutaman. DSP_____”.

B shakli. “Sizga ___ soat ___ minutda № _____ poyezdni jо‘natdim,


shundan sо‘ng ___ soat ___ minutda yana № ______ poyezdni jо‘nataman. DSP
_____”.

Signalizatsiya va aloqaning barcha turlari ishlamay qolgan paytda о‘rtasida


aloqa uzilgan stansiyalar chegaralab turgan peregonga jо‘natish uchun stansiyada
toq yо‘nalishdagi poyezdlar bо‘lmasa, u holda birinchi poyezdni jо‘natish xuquqiga ega
bо‘lgan stansiya navbatchisi, qо‘shni stansiyada peregonga jо‘natish uchun poyezd
borligini bilsa, u stansiyaga V shaklda tо‘ldirilgan xabarnoma yuboradi:

V shakl. “Siz tomondan poyezd kutyapman. DSP ____”.

Ikki tomonlama avtoblokirovka bilan jixozlanmagan peregonlarda V


shakldagi yozma xabarnomalarni yuborish uchun olinmaydigan turdagi
drezinalar, yakka lokomotivlardan, shuningdek, boshqa transport vositalaridan
foydalanishga ruxsat etiladi.
Stansiya navbatchisi A, B yoki V shakldagi xabarnomani olganidan sо‘ng
yozma xabarnomalar bо‘yicha poyezdlar harakati о‘rnatilgan xisoblanadi.
Bir yо‘nalishda jо‘naydigan poyezdlar ilgari jо‘natilgan poyezd stansiyalararo
peregonni bosib о‘tishi uchun zarur vaqtga 3 minut qо‘shilgan vaqt oralig‘idan
sо‘ng jо‘natilishi lozim.
Aloqa uzilguniga qadar alohida punktlar sifatida ish yuritgan yо‘l
postlari poyezdlar harakatida ishtirok etmaydilar.
Barcha turdagi signalizatsiya va aloqa vositalari ishlamay qolgan
paytgacha stansiyadan ustun yо‘nalish bо‘ylab peregondagi tutash yо‘lga poyezd
jо‘natilgan bо‘lib, yordamchi post navbatchisidan poyezdning yetib kelganligi va
tutash yо‘lga о‘tkazilgani tо‘g‘risida xabar olinmagan bо‘lsa, peregon poyezd
yordamchi postga yetib borishi va tutash yо‘lga о‘tkazilishi uchun zarur vaqtga
3 minut qо‘shilgan vaqtgacha band hisoblanadi.
Yordamchi post navbatchisi poyezd tutash yо‘lga о‘tkazilganidan sо‘ng, tutashuv
strelkasini normal holatga (asosiy yо‘l bо‘ylab) о‘tkazishi va qо‘shni stansiyalar
navbatchilari bilan aloqa tiklangunga qadar asosiy yо‘lga harakat tarkibi chiqishiga yо‘l
qо‘ymasligi kerak.
Barcha turdagi signalizatsiya va aloqa vositalari ishlamagan davr
mobaynida poyezdlar diagonali bо‘ylab ikki qizil polosali oq blankadagi
ruxsatnoma bо‘yicha jо‘natiladilar.
О‘zaro aloqa uzilmasligi uchun stansiyalar navbatchilari toki qurilmalarning
normal ish holati tiklangunga qadar, ikkala yо‘nalish bо‘ylab har bir poyezdning
yetakchi lokomotivi mashinisti orqali poyezdlarning keyingi harakati tо‘g‘risidagi A
yoki B shakldagi yozma xabarnomalar yuborishlari shart.
A, B yoki V shakldagi xabarnomalar har ikkala stansiyada poyezd
telefonogrammalari jurnaliga yoziladi.
Poyezdlar harakatini yozma xabarnomalar vositasida amalga oshirishga о‘tkazishda
poyezd telefonogrammalari jurnaliga quyidagi yozuv kiritiladi:

“Sana _____, ___ soat ___ minut. Barcha turdagi signalizatsiya va aloqa
vositalari ishlamayotgani sababli ____________ peregonida poyezdlar harakatini
yozma xabarnomalar vositasida amalga oshirish о‘rnatildi.
DSP __________ (stansiya nomi va imzo)”.

Barcha turdagi signalizatsiya va aloqa vositalari ishlamay qolgunga qadar


aloqa tо‘xtashi bilan poyezdlarni jо‘natishga ustunlik xuquqini qо‘lga kirituvchi
stansiya navbatchisi tomonidan о‘rtalaridagi aloqa uzilgan stansiyalar chegaralovchi
peregonga ustun bо‘lmagan (juft) yо‘nalishdagi poyezdni jо‘natishga rozilik berilgan bо‘lsa,
peregon ushbu poyezdning yetib kelishi yoki qо‘shni stansiya (post) dan poyezdning
jо‘natilmasligi tо‘g‘risida xabar olinmaguncha peregon band hisoblanadi.
Rozilik juft yо‘nalishdagi poyezdni tutashuv postiga jо‘natish uchun berilgan bо‘lsa,
peregon poyezdning yetib borganligi va tutash yо‘lga о‘tkazilganligi tо‘g‘risida xabar
kelguncha band hisoblanadi.
Barcha turdagi signalizatsiya va aloqa vositalari ishlamay qolgunga qadar
yordamchi post navbatchisiga tutash yо‘ldan toq yо‘nalishdagi poyezdni
jо‘natishga ruxsat berilgan bо‘lib, navbatchidan ushbu poyezd jо‘natilganligi
tо‘g‘risida xabar olingan bо‘lsa, aloqa uzilganidan sо‘ng, peregonga ustun
yо‘nalishda poyezdlarni jо‘natadigan stansiya navbatchisi peregonning postdan
stansiyagacha bо‘lgan qismini jо‘natilgan poyezd bosib о‘tishi uchun zarur bо‘lgan vaqtga
uch minut qо‘shib hisoblangan vaqt oralig‘idan sо‘ng, qо‘shni stansiyaga shu yо‘nalishda
birinchi poyezdni yuborishga ruxsat etiladi.
Tutashuv postidan toq yо‘nalishda poyezd jо‘natilgani tо‘g‘risida xabar olinmagan
bо‘lsa, peregon post navbatchisidan poyezd jо‘natilganligi va tutashuv strelkasi
asosiy yо‘l bо‘ylab о‘rnatilganligi yoki poyezdning jо‘natilishi kechiktirilganligi
tо‘g‘risida xabar olingunga qadar band hisoblanadi.
Aloqa uzilgunga qadar tutashuv postidan yana tutashuvga qaytadigan poyezdning
jо‘natilishi kelishilgan holatlarda ham, postdan tegishli xabar olingunga qadar, peregonga
poyezdlarni jо‘natish taqiqlanadi.
Aloqa uzilishi bilan ustun yо‘nalishda birinchi poyezdni jо‘natish xuquqini oladigan
stansiya navbatchisiga aloqa uzilgunga qadar poyezdni jо‘natishga ruxsat berilgan bо‘lsa,
ushbu yo‘nalishda poyezdni jо‘natish bilan bir paytning о‘zida u qо‘shni stansiya
navbatchisi bilan yozma aloqa о‘rnatishi shart.
Signalizatsiya va aloqani tegishli vositalarining harakati tiklangandan
sо‘ng, ushbu aloqa turlari bо‘yicha poyezdlarning harakati avvaldan peregonning
bо‘shligini tekshirib kо‘rishi lozim bо‘lgan poyezd dispetcherining buyrug‘i bilan
amalga oshiriladi.
Signaliatsiya va aloqa vositalarining faoliyati dispetcherlik aloqasidan oldin
tiklansa, ustun yо‘nalishda poyezdlarni jо‘natish xuquqiga ega stansiya
navbatchisi qо‘shni stansiyaga quyidagi shaklda telefonogramma uzatadi:

“_____ stansiyalar о‘rtasidagi peregonda poyezdlar harakati


aloqaning _______ turi bо‘yicha о‘rnatiladi.
Siz tomondan oxirgi bо‘lib № ______ poyezd keldi. Siz tomonga
№_____ poyezd jо‘natiddi. DSP _____”.

Peregonning bо‘sh ekanligiga ishonch hosil qilgan qо‘shni stansiya


navbatchisi quyidagacha javob kaytaradi:

“Siz tomondan oxirgi bо‘lib №_____ poyezd keldi. Siz tomonga


№______ poyezd jо‘natildi, peregon bо‘sh. DSP_____”.

Ushbu telefonogrammalar bilan almashgandan sо‘ng ikkala stansiya


navbatchilari asosiy signalizatsiya va aloqa vositalari bо‘yicha poyezdlar harakatiga
rahbarlik qilishga kirishadilar.

Ikki yо‘llik peregonlarda poyezdlarning harakatlanish tartibi.


Ikki yо‘llik peregonlarda signalizatsiya va aloqaning barcha turlari
ishlamaganda, poyezdlar tо‘g‘ri yо‘ldan ular peregonni bosib о‘tishi uchun
zarur bо‘lgan jadvaldagi vaqtga uch minut qо‘shib hisoblangan vaqt bо‘yicha
taqsimlab, yuboriladi, agar aloqa ishlamagan vaqtda blokirovka tegishli yо‘nalishga
о‘rnatilgan bо‘lsa.
Agar stansiya navbatchisi aloqa va signalizatsiyaning barcha turlari
ishlamay qolgan vaqtdan oldin qо‘shni stansiyadan notо‘g‘ri yо‘l bо‘ylab poyezd
jо‘natilishiga ruxsat bergan bо‘lsa, bu poyezd stansiyaga yetib kelganidan sо‘ng,
tо‘g‘ri yо‘l bо‘ylab birinchi poyezdni jо‘natishdan ilgari stansiya navbatchisi
peregon qarama-qarshi yо‘nalishdagi poyezdlardan bо‘sh ekanligiga ishonch hosil
qilishi lozim.
Stansiyalar о‘rtasida aloqa uzilgunga qadar peregonning alohida punktlari
sifatida faoliyat yuritgan yо‘l postlari mavjud bо‘lsa, ushbu postlar aloqa uzilganda
ham faoliyat yuritaveradilar.
Bunday holatda poyezdni jо‘natishda stansiya navbatchisi ilgari jо‘natilgan
poyezd jadval bо‘yicha yо‘l postiga yetib borishi uchun zarur vaqtga uch minut
qо‘shib hisoblangan vaqt о‘tgunicha kutadi va poyezdga faqat birinchi yо‘l
postigacha harakatlanish xuquqini beruvchi ruxsatnoma taqdim etadi.
Tiklash poyezdi (о‘zi yurar maxsus harakat tarkibi), о‘t о‘chirish poyezdi
yoki yordamchi lokomotivni yuborish haqida talab qabul qilinib, uni notо‘g‘ri
yо‘nalishdan jо‘natish zarur bо‘lsa, stansiya navbatchisi ushbu yо‘lning (stansiyadan
yordam jо‘natilayotgan joyga qadar) bо‘sh ekanligiga ishonch hosil qilishi
shart.
Tegishli signalizatsiya va aloqa vositalarning faoliyati tiklangandan sо‘ng,
poyezdlarning ushbu aloqa turlari bо‘yicha harakati poyezd dispetcherining
buyrug‘i, dispetcherlik aloqasi bо‘lmagan holda esa, har bir stansiya tomonidan
unga tо‘g‘ri hisoblangan yо‘l bо‘ylab tiklanadi.
DU-55 shaklidagi blank

XABARNOMA KORESHOGI XABARNOMA

№ __________ №__________

Stansiya (shtempel) Stansiya (shtempel)

“___” ________ 20___ y. “___” ___________ 20___ y.

Signalizatsiya va aloqaning barcha


turlari ishlamaganda poyezdning bir Signalizatsiya va aloqaning barcha turlari
yo‘llik peregonlarda harakatlanishi ishlamaganda poyezdning bir yo‘llik
to‘g‘risida peregonlarda harakatlanishi to‘g‘risida
_________stansiya navbatchisiga ________stansiya navbatchisiga
______________________________ ____________________________________
______________________________ __________________________________

Stansiya navbatchisi Stansiya navbatchisi

(oq rangda)

DU-56 shaklidagi blank

RUXSATNOMA KORESHOGI RUXSATNOMA

№ __________ №__________

“___” _______ 20___ y. “___” ___________ 20___ y.

Stansiya (shtempel) Stansiya (shtempel)

№ ___ poyezdga berildi № ____ poyezdga chiqish (o‘tish) svetoforining


yopiq holatida _____________ stansiya dan
Stansiya navbatchisi jo‘nashga va ______ stansiyaning kirish
signaligacha harakatlanishga ruxsat beraman.
Signalizatsiya va aloqaning barcha vositalari
ishlamayapti.

OGOSHLANTIRISH

Avval jo‘natilgan poyezdning qo‘shni


stansiyaga yetib borganligi to‘g‘risida ma’lumot
bor
yo‘q

Stansiya navbatchisi

(keraksizi o‘chirilsin)

(dioganali bo‘ylab ikkita qizil polosali oq


rangda)

You might also like