You are on page 1of 11

3-LABORATORIYA ISHI

POYEZDLARGA OGOHLANTIRISHLAR BERISH TARTIBI

Poyezdlarning yо‘nalish vaqtida lokomotiv brigadalarining alohida


hushyorligini ta’minlash va ularni ishlarni amalga oshirish haqida ogohlantirish kerak
bо‘lgan taqdirda poyezdlarga yozma ogohlantirishlar topshiriladi.
Ogohlantirishlar quyidagi hollarda topshiriladi:
yо‘l, kontakt tarmoq qurilmalari, pereyezd signalizatsiyasi, sun’iy va
boshqa inshootlar nosozligida, shuningdek, yо‘lda tо‘xtash yoki tezlikni
kamaytirishni talab qiladigan ta’mir va qurilish ishlarida;
signalizatsiya va aloqa vositalarining yangi turlarini foydalanishga
topshirishda, shuningdek, yangi svetoforlarni yoqishda, eskilarini kо‘chirishda
va bartaraf qilishda, ularni yopiq holatga keltirib bо‘lmaydigan nosozliklarda;
yо‘l avtomatik signalizatsiya qurilmalarining nosozligida;
ortish gabaritlaridan tashqariga chiqqan yuklar ortilgan poyezdni
jо‘natishda ushbu poyezdning yо‘nalishi davomida tezlikni pasaytirish yoki
alohida sharoitlarga rioya qilish kerak bо‘lganda;
ikki yо‘lli peregonda qor tozalagich, ballaster, yо‘l yotqizuvchi, kо‘tarma
kran, shag‘al tozalagich va boshqa mashinalar ishlaganda;
berilgan uchastka uchun belgilangan tezlik bilan harakatlana olmaydigan
harakat tarkibini poyezdga biriktirganda;
kо‘rish sharoiti yomon bо‘lganida olib qо‘yiladigan harakat birliklari
bilan ishlashda, shuningdek, yо‘l vagonchalarida og‘ir yuklarni tashishda;
yо‘lda poyezdni tо‘xtatish yoki tezlikni pasaytirish kerak bо‘lgan boshqa
barcha holatlarda, shuningdek, lokomotiv brigadalarni poyezd alohida
sharoitda harakatlanayotgani haqida ogohlantirish kerak bо‘lganida.
Barcha ogohlantirishlar uch turga bо‘linadi:
a) belgilangan vaqtdan bekor qilinguncha amaldagilar, tegishli rahbar ishlarni
bajarish sharoitlariga kо‘ra ishning yakunlashining aniq vaqtini aytib
berolmagan hollarda;
b) ishlar rahbari tomonidan belgilangan aniq muddat mobaynida amaldagilar,
ushbu muddat ogohlantirish berish uchun buyurtmada kо‘rsatiladi;
v) ayrim poyezdlar uchun о‘tkazishning alohida harakatlarida (masalan,
poyezdda belgilangan tezlikda harakatlanishi mumkin bо‘lmagan yuk yoki harakat
tarkibining mavjudligi, grafikda belgilanmagan tо‘xtashlar tayinlanishi va rioya
qilish zarurligida).
Mо‘ljallangan ishlarni bajarish bilan bog‘liq ogohlantirishlarga buyurtmalar
quyidagi muddatlarga beriladi:
a) yо‘l ustalari, kontakt tarmog‘i hududining boshliqlari va
elektromexaniklari, signalizatsiya va aloqa vositasi elektromexaniklari tomonidan -
ishlarni bajarish davriga, ammo 12 soatdan oshmagan muddatga;
b) yо‘l, signalizatsiya va aloqa, elektr ta’minoti distansiyalari
boshliqlari yoki ularning о‘rinbosarlari tomonidan - 5 sutkagacha;
v) AJ mintaqaviy temir yо‘l uzeli boshliqlari tomonidan – 10 sutkagacha.
Poyezdlar harakati grafigida kо‘zda tutilmagan bundan uzoqroq muddatga
beriladigan ogohlantirishlar AJ raisining buyrug‘i bilan belgilanib, ushbu buyruqda AJ
raisi tegishli xodimlarga zarur ishlar bajarilib, normal tezlik tiklangandan sо‘ng,
ogohlantirishni bekor qilish xuquqini berishi mumkin. AJ raisi tomonidan belgilanadigan
ogohlantirishlar, buyurtma tushgandan sо‘ng bir sutka muddat ichida rasmiylashtirilishi
kerak.
Yо‘lni yо‘l о‘lchagich va defekt aniqlagich vagonlar bilan tekshirish paytida
poyezdlarni harakat xavfsizligiga tahdid soluvchi joylar aniqlanganda, ogohlantirish
berishga buyurtmalar ushbu vagonlarning boshliqlari yoki ularning о‘rinbosarlari
tomonidan ham topshirilishi mumkin.
Yо‘l ustalari, kontakt tarmog‘i hududining boshliqlari va elektromexaniklari,
signalizatsiya va aloqa distansiyasining elektromexaniklari ogohlantirish berishga
buyurtmani quyidagi hollarda topshiradilar: olinadigan harakat birliklarining ishlashida,
yо‘l vagonchalarida og‘ir yuklarni tashilganda, ikki va kо‘p yо‘llik peregonlarda yо‘l
oralig‘iga materiallar tushirilganda yoki poyezd о‘tuvchi yо‘l orqali qо‘shni yо‘lda turgan
poyezddan yuklar tushirilganda.
Yо‘l ustalari tomonidan, bundan tashqari, yо‘l brigadiri rahbarlik qilish xuquqiga
ega mо‘ljallangan ishlarni bajarish uchun ogohlantirish berishga buyurtmalar topshiriladi.
Bunday ishlar rо‘yxati yо‘l ishlarini bajarishda poyezdlar harakati xavfsizligini
ta’minlash bо‘yicha Yо‘riqnomada belgilanadi.
Ogohlantirish berishga buyurtmalar yozma ravishda, telegramma yoki
telefonogramma shaklida AJ raisi tomonidan belgilangan ogohlantirishlar berish
stansiyalariga, ogohlantirish belgilanayotgan peregonni chegaralovchi stansiyalarga,
markazlashtirilgan dispetcherlik uchastkalarida esa, shuningdek, poyezd dispetcheriga ham
yо‘llanadi. Sanab о‘tilgan stansiyalardan biriga berilgan yozma buyurtma uni imzolagan
shaxs tomonidan belgilangan boshqa manzillarga telegramma yoki telefonogramma
yuborilib, tasdiqlanishi lozim.
Agar ogohlantirish berishga buyurtma yо‘l distansiyasi boshlig‘i yoki boshqa
yuqori turuvchi rahbar tomonidan berilsa, uning nusxasi ishlar rahbariga ham yuboriladi.
Kо‘zda tutilgan ogohlantirishlar berishga buyurtma bayon etilgan telegrammalar
(telefonogrammalar) shunday hisob-kitob bilan jо‘natilishi lozimki, ogohlantirish
berish stansiyasining navbatchisi tomonidan ogohlantirish amalga kirishi paytidan
kamida 3 soat ilgari qabul qilinsin, poyezdlar tо‘xtovsiz 3 soatdan ortiq harakatlanadigan
yо‘nalishlarda esa – AJ raisi tomonidan belgilangan muddatdan ilgari qabul qilinsin.
Ogohlantirishni о‘rnatish yoki bekor qilish uchun beriladigan har bir buyurtma
alohida telegramma (telefonogramma) bilan rasmiylashtirilishi va ogohlantirish berish
stansiya navbatchisiga faqat yozma ravishda yetkazilishi kerak.
Belgilangan manzillar bо‘yicha buyurtmalar, telegramma va telefonogrammalarni
о‘z vaqtida yetkazilishini ta’minlaydigan, ogohlantirishlarni о‘rnatish yoki bekor
qilish haqidagi buyurtmalar, telegramma yoki telefonogrammalarni yuborish tartibi AJ raisi
tomonidan belgilanadi.
Quyidagilar buyurtma ijroga qabul qilinganiga tasdiq bо‘ladi:
a) belgilangan manzillarga jо‘natish uchun telegramma qabul qilib olingani
haqida telegraf xodimi (telegraf bо‘lmagan joyda – stansiya navbatchisi) imzo
chekkan telegramma (telefonogramma) nusxasi yoki matnida uni belgilangan
manzillarga yetkazishning qayd etilgan vaqti, ushbu telefonogrammani qabul
qilgan xodimning lavozimi va familiyasi kо‘rsatiladi;
b) ogohlantirishlar berish stansiyasi navbatchisining yozma buyurtma
olganligi tо‘g‘risida yoki ushbu stansiya navbatchisining ogohlantirishlar kitobida
buyurtma bergan xodimning yozuvi ostidagi imzosi.
Poyezdlarga ogohlantirishlar berilayotganiga poyezd dispetcheri yoki stansiya
navbatchisi orqali ishonch hosil qilmasdan oldin, ishlar rahbariga ishga kirishish, ishlarni
xavfsiz bajarilishiga mas’ul xodimga ishni boshlashga ruxsat berish taqiqlanadi.
Ogohlantirish berish uchun buyurtmalarda quyidagilar kо‘rsatilishi lozim:
a) ogohlantirish amal qiladigan joyning aniq belgilari (peregon, kilometr va
yо‘l nomeri);
b) poyezdlar harakatida ehtiyot choralari;
v) ogohlantirish amalga kiradigan vaqt va muddati.
Harakat xavfsizligiga xavf soluvchi va tо‘xtash signallari yoki tezlikni
pasaytirish, “Tok qabul qilgichni tushirish” signallari bilan tо‘silishni talab qiluvchi
yо‘l va qurilmalar nosozliklari (defektli yakka rels, nakladkalar, strelka ostryaklari,
tenglash asboblari qismlari, krestovinani almashtirish, bо‘rtib chiqqan yо‘llarni
tо‘g‘rilash va h.z.) aniqlanganda, ularni bartaraf etishda kutilmagan ishlarni bajarish
harakatlariga ogohlantirish berishga buyurtmalar yо‘l ustasi (u bо‘lmaganda – yо‘l
brigadiri), kontakt tarmog‘i hududlari xodimlari talabi bо‘yicha energodispetcher yoki
elektrta’minoti distansiyasi boshlig‘i (elektmexanigi), SSB elektrmexanigi tomonidan
topshirilib, bu tо‘g‘rida yо‘l distansiyasi boshlig‘i yoki mos ravishda elektrta’minot
distansiyasi, kontakt tarmog‘i hududi yoki signalizatsiya va aloqa distansiyasi
boshlig‘iga xabar qilinadi.
Harakat xavfsizligiga tahdid qiluvchi kutilmagan holatlar paydo bо‘lganda,
ogohlantirish berishga buyurtma bevosita peregonni chegaralovchi stansiyalar (yoki shu
stansiyalardan biri) navbatchilariga uzatiladi.
Peregonni chegaralovchi stansiya navbatchisi olingan buyurtmaga yoki qо‘shni
stansiya navbatchisining ma’lumotiga asosan, birinchi navbatda peregonda xavfli joyga
qarab harakatlanayotgan poyezdlarning mashinistlariga radio aloqa orqali kilometr (piket) ni
va uni bosib о‘tishda ehtiyot choralarni xabar qilishi shart. Ma’lumot tо‘g‘ri qabul qilinganiga
ishonch hosil qilib bu haqida poyezd dispetcheriga xabar qilishi lozim. Ushbu
yо‘nalishda harakatlanayotgan poyezd yaqinlashayotgan yoki stansiyada bо‘lsa,
mashinistni radio aloqa orqali ogohlantirish imkoniyati bо‘lmasa, yozma shakldagi
ogohlantirishni taqdim qilish uchun chiqish (marshrut) svetofori oldida tо‘xtatish lozim.
Stansiya navbatchisidan xabar olgan poyezd dispetcheri peregonni
chegaralovchi va ogohlantirish berish stansiyalariga poyezdlarga ogohlantirish berish tartibi
tо‘g‘risida qayd etiladigan buyruq beradi.
Poyezd dispetcherlik aloqasi uzilgan hollarda peregonni chegaralovchi stansiya
navbatchisi toki dispetcherlik aloqasi tiklangunga qadar xavfli joyga qarab jо‘nab
ketayotgan barcha poyezdlarga ogohlantirish berishi shart. Aloqa tiklangandan sо‘ng
poyezd dispetcherining kо‘rsatmalariga muvofiq harakat qilinadi.
Markazlashtirilgan dispetcherlik uchastkalarida kutilmagan ogohlantirishlarga
beriladigan buyurtmalar poyezdlarga ogohlantirish berishni ta’minlovchi choralar
kо‘radigan poyezd dispetcheriga topshiriladi.
AJ raisi tomonidan belgilangan ayrim uchastkalarda harakatlanayotgan
poyezdlarning mashinistlariga kutilmaganda paydo bо‘lgan ogohlantirishlar haqidagi
xabarni yozma ruxsatnoma berish uchun poyezdni tо‘xtatmasdan, radio aloqa orqali
uzatish tartibi kо‘zda tutilishi mumkin. Bunday xabarlar poyezd peregonni chegaralovchi
stansiyaga yaqinlashganda kirish signali ochilgunga qadar, poyezdlar harakati yoki
dispetcherlnk farmoyishlari jurnalida xabarni qayd etib, mashinistga stansiya navbatchisi,
markazlashtirilgan dispetcherlik uchastkalarida esa poyezd dispetcheri tomonidan
berilishi mumkin.
Kutilmagan, poyezdlar harakati uchun xavfli bо‘lgan yо‘l, kontakt tarmog‘i va boshqa
qurilmalar nosozligini bartaraf etish bо‘yicha ishlar hamda shu bilan bog‘liq bо‘lgan
maxsus о‘zi yurar harakat tarkibi va olinadigan birliklarning harakati nosozlik
aniqlangandan sо‘ng darhol, ish joyi tegishlicha tо‘silgandan sо‘ng amalga
oshirilishi shart. Ogohlantirishni о‘rnatish zaruriyati tug‘ilganda uni berishga buyurtmalar
belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi.
Ogohlantirish tо‘g‘risidagi barcha buyurtma va telegrammalar (jumladan, poyezd
dispetcherining buyrug‘i bilan uzatilganlari ham) stansiya (park) navbatchisi yoki
operator tomonidai ogohlantirishlar kitobiga yozib qо‘yiladi va nomerlanadi.
Ogohlantirishlar kitobini yuritish va poyezdlarga ogohlantirishlarni berish tartibi
stansiyaning texnikaviy-boshkaruv aktida belgilanadi.
Ogohlantirish о‘rnatilgai peregonni chegaralovchi stansiya navbatchisi buyurtma
olingani haqida poyezd dispetcheriga xabar qiladi.
Ogohlantirishlar har oyning birinchi kuni nol soatdan boshlab, oyma-oy birinchi
raqamdan nomerlanadi.
Har oyning birinchi kunida amaldagi barcha ogohlantirishlar kitobga yangitdan
yozib qо‘yiladi.
Kitobdagi barcha belgilar stansiya (park) navbatchisining imzosi bilan
tasdiqlanishi lozim.
Ogohlantirish beriladigan stansiyalarda ogohlantirishlarni qayd etish kitobi, odatda
har bir tutash yо‘nalish uchun alohida yuritiladi.
Stansiya boshlig‘i yoki uning о‘rinbosari ogohlantirishlar kitobini muntazam
tekshirib borishlari shart.
Ogohlantirishlar poyezdlar tuziladigan va poyezdlar texnikaviy ehtiyoj
uchun tо‘xtaydigan stansiyalarda beriladi. Shahar atrofiga qatnaydigan poyezdlarga
ogohlantirishlar ularni jо‘natiladigan boshlang‘ich stansiyalar tomonidan
berilishi mumkin.
Stansiyalar rо‘yxati va poyezdlarga ogohlantirishlar berish tartibi AJ raisi
tomonidan belgilanadi. Ishlar rahbarlari (ishlarni xavfsiz bajarilishiga mas’ul
shaxslar) ogohlantirishlar о‘rnatilganligi haqidagi telegrammalarni shu
stansiyalarga, jumladan, qо‘shni yо‘llarda joylashgan yondosh uchastkalardan
ham yо‘llashi lozim.
Ayrim poyezdlar harakatlanishning alohida shartlari tо‘g‘risidagi kо‘zda
tutilgan ogohlantirishlar poyezdlarni tuzish yoki belgilangan tezlikda
harakatlana olmaydigan harakat tarkiblarini poyezdlarga tirkash stansiyalarida
beriladi. Lokomotivlarni va lokomotiv brigadalarni almashtirish stansiyalarida
tarkibida harakatlanishni alohida shartlariga rioya qilinishi talab qiladigan tarkib
yoki yuk bor poyezdlarni jо‘natilishini istisno qiladigan shunday ogohlantirishlarni
berish tartibi AJ tashishlarni tashkil qilish boshqarmasi boshlig‘i tomonidan
belgilanishi va stansiyaning texnikaviy – boshqaruv aktida kо‘rsatilishi lozim.
Ogohlantirish diagonali bо‘ylab sariq polosali oq rangli maxsus blankada
yoziladi (DU-61 shaklidagi blank ___-betda keltirilgan) va imzo chektirilib, lokomotiv
(motorvagon poyezdi) mashinistiga yoki uning yordamchisiga shaxsan stansiya
(post, park) navbatchisi yoki uning kо‘rsatmasiga binoan operator, stansiya
texnologik markazining xodimlari, strelkali post navbatchisi, signalchi yoki boshqa
xodim tomonidan topshiriladi. Ogohlantirish mashinist yordamchisiga
topshirilgan bо‘lsa, u darhol mashinistga berishi shart, mashinist esa, о‘z navbatida
yordamchisidan ogohlantirish topshirilganligi haqida tekshirib kо‘rishi lozim.
Ogohlantirishlar shaxsiy kompyuterlar va teletayp apparatlarida sariq polosasiz
oq qog‘ozda bosib chiqarilishi mumkin. Bunda ularni jо‘nab ketayotgan poyezdlar
lokomotiv mashinistlariga berish tartibi avvalgicha qoladi.
Ogohlantirishlar blankalari avvaldan tо‘ldirilib (poyezd nomeridan tashqari)
stansiya (park, post) navbatchisi tomonidan imzo chekiladi.
Blankalar nusxa kо‘chirish qog‘ozi bilan kо‘paytirib tо‘ldirilganda har bir
nusxada ogohlantirish matni aniq-ravshan о‘qilishi lozim.
Jо‘natilayotgan poyezd nomeri ogohlantirish blankasida mashinistga yoki uning
yordamchisiga topshirilishi oldidan qо‘yiladi.
Poyezdni ikkita lokomotiv tortganda ogohlantirish yetakchi lokomotiv mashinistiga
topshiriladi, u esa ikkinchi lokomotiv mashinistini ogohlantirish borligidan xabardor qiladi.
Poyezd suruvchi lokomotiv bilan harakatlanganda ogohlantirish suruvchi mashinistiga ham
topshiriladi.
Shahar atrofiga qatnovchi, tortib chiqaradigan va uzatib beradigan poyezdlarga,
shuningdek, suruvchi lokomotivlarga ogohlantirishlar berish tartibi AJ mintaqaviy temir
yо‘l uzeli boshlig‘i tomonidan belgilanadi. Bunda ogohlantirishlarni har bir poyezdga emas,
ma’lum (brigadalar almashuvi oralig‘ida) muddatga berilishi mumkin.
Ogohlantirish berilgan birinchi poyezd nomerini, ularni bergan stansiya navbatchilari
poyezd dispetcheriga xabar qilishlari, u esa о‘z navbatida bajarilgan harakat grafigida bu
haqida qayd kiritmog‘i lozim.
Ogohlantirish о‘rnatilgan peregonni chegaralovchi stansiya navbatchisi
ogohlantirish amalga kirishidan avval, poyezd dispetcheri orqali uni yaqinlashib
kelayotgan poyezd mashinistlariga topshirilganmi-yо‘qmi ekanligini aniqlaydi.
Ogohlantirish topshirilmagan poyezdlar topshirish uchun tо‘xtatilishi yoki
ogohlantirish mavjudligi haqida radio aloqa orqali AJ raisi tomonidan tasdiqlangan tartibga
binoan xabar qilinishi lozim.
Ikki yо‘llik peregonlarda poyezd notо‘g‘ri yо‘ldan jо‘natilganda stansiya
navbatchisi poyezd dispetcheri orqali ushbu yо‘lda ogohlantirish amal qilishini tekshirib,
amal qilgan taqdirda uni jо‘natilayotgan poyezd mashinistiga topshirishi shart.
Kо‘p yо‘llik peregonlarda poyezdlarni u yoki bu yо‘l bо‘ylab jо‘natganda
ogohlantirishlarni topshirish tartibi AJ tashishlarni tashkil qilish boshqarmasi boshlig‘i
tomonidan belgilanadi.
Bekor qilinguncha amal qiladigan ogohlantirishlar bekor qilinganligi tо‘g‘risida
xabar olinmaguncha poyezdlarga topshiriladi.
Ma’lum muddatga amal qiladigan ogohlantirishlar faqat shu muddat davomida
topshiriladi. Ishlar rahbaridan ogohlantirishni amal qilish muddatini uzaytirish haqida
xabar olinmasa, bunday ogohlantirishlarni bekor qilish tо‘g‘risida
buyurtmalar berilmaydi va ularni poyezdlarga topshirish tо‘xtatiladi.
Ishlar rahbari biron sababga kо‘ra buyurtmada kо‘rsatilgan muddat ichida
ogohlantirishni keltirib chiqargan ishlarni yakunlay olmasa, u mazkur muddat
tugamasdan ilgari о‘rnatilgan kо‘chirib yuriladigan tezlikni kamaytirish signallariga
signalchilarni yuborib, peregonni chegaralovchi stansiya navbatchilarini
ogohlantirish uzaytirilganidan xabardor qilib, yangi muddatni kо‘rsatishi lozim.
Bekor qilingunga qadar belgilangan ogohlantirishni faqat uni belgilagan
xodim yoki uning bevosita boshlig‘i bekor qilishi mumkin.
Ogohlantirishni belgilagan mansabdor shaxslar qо‘llari ostida joylardagi
bо‘linmalarning boshliqlariga tegishli ishlar bajarilgandan sо‘ng ogohlantirishni
bekor qilish yoki ogohlantirishda belgilangan poyezdlar harakati tezligini
oshirishga topshiriq berishlari mumkin. Bunday topshiriq haqida ogohlantirishni
berishga buyurtmada kо‘rsatilishi lozim.
Yо‘l о‘lchagich va defekt aniqlagich vagonlarning boshliqlari buyurtmasiga
kо‘ra berilgan ogohlantirishlarni yо‘l masofasi boshlig‘i yoki uning о‘rinbosari
bekor qiladi.
Bekor qilingunga qadar belgilangan ogohlantirishlar ularni keltirib chiqargan
sabablar bartaraf etilgandan sо‘ng, darhol ogohlantirishlarni belgilagan
manzillarga telegramma (telefonogramma) yо‘llanib bekor qilinadi.
Ogohlantirish yozma ravishda yoki ogohlantirish berilgan stansiyaning
ogohlantirishlar kitobiga yozuv kiritilib, bekor qilayotgan shaxs tomonidan bekor
qilinish oyi, kuni va vaqti qayd etiladi va ushbu yozuvni belgilangan manzillarga
telegramma (telefonogramma) jо‘natish bilan tasdiqlab bekor qilinadi.
Ogohlantirishlar bekor qilinganligi tо‘g‘risidagi xabarni stansiya navbatchisi
ogohlantirishlar kitobining mavjud yozuvlar qarshisiga tushiradi va bekor qilish kim
tomonidan va qachon (soat, minut va kun) kelib tushganini kо‘rsatadi. Bekor
qilingan, shuningdek, amal qilish muddati tugagan ogohlantirishlar ustidan chiziladi.
Peregonda poyezdlar harakat tezligini cheklash bilan bog‘liq
ogohlantirishlar bekor qilinganligi yoki ma’lum muddatga belgilangan shu
kabi ogohlantirishlarning amal qilishi muddatidan ilgari tugagani tо‘g‘risida
xabar olgan stansiya navbatchisi bu haqida poyezd dispetcheriga ma’lum qilishi
kerak.
Lokomotivlar (motorvagon poyezdlar, maxsus о‘zi yurar harakat tarkibi)
mashinistlari uchastkada harakatlanayotganda berilgan ogohlantirishlarga amal
qilishlari va yо‘llarda о‘rnatilgan kо‘chiriladigan signallarni diqqat bilan
kuzatishlari shart.
Ogohlantirishda kо‘rsatilgan davrda poyezd ish joyiga harakatlanganda
tо‘sish signallari mavjudligidan qat’iy nazar, ogohlantirishda belgilangan tezlikka
rioya etilishi kerak.
Tо‘sish signallari bо‘lmaganda mashinist bu haqida poyezd dispetcheriga
yoki peregonni chegaralovchi stansiya navbatchisiga ushbu buzilishni bartaraf etish
choralarini kо‘rish uchun xabardor qilishi shart.
Ish joyi ogohlantirishda kо‘rsatilgan muddatdan ilgari yoki kechroq bosib
о‘tilganda va yо‘llarda tezlikni kamaytirish yoki tо‘sish signali bо‘lmaganda,
poyezd tezligi kamaytirilmaydi.
Ishlar ogohlantirishda kо‘rsatilgan muddatdan ilgari yakunlanganligi
yoki ogohlantirish bо‘yicha cheklangan tezlikni oshirish haqidagi xabar lokomotiv
mashinistiga radio aloqa orqali poyezd dispetcherining qayd etiluvchi buyrug‘i bilan
uzatiladi.
Har qanday shaxsdan peregonda yо‘l, kontakt tarmog‘i, inshoot yoki
qurilmalar nosozligini kо‘rganligi haqida xabar olganidan sо‘ng stansiya
navbatchisi uni kо‘rik jurnaliga yozib qо‘yishi va darhol poyezd dispetcherini,
qо‘shni stansiya navbatchisini va qurilmalarga xizmat kо‘rsatuvchi xodim (yо‘l
ustasi, SSB elektromexanigi, kontakt tarmog‘i elektromexanigi) ni xabardor qilishi
shart.
Agar bunday nosozlik peregonda harakatlanayotgan lokomotiv (motorvagon
poyezdi, maxsus о‘zi yurar harakat tarkibi) mashinisti tomonidan aniqlansa, u
tezlikni pasaytirishi, zarur bо‘lsa, poyezdni tо‘xtatishi, bu haqida poyezd radio aloqasi
orqali ortidan kelayotgan poyezdlarning mashinistlariga, yaqinroqdagi stansiya
navbatchisiga yoki poyezd dispetcheriga nosozlikni xususiyati va aniqlangan joyini
(kilometr, piket) kо‘rsatib e’lon qilishi shart.
Agar stansiya navbatchisi (mashinist yoki boshqa shaxsdan) olgan xabar poyezdlarning
normal harakatiga tо‘siq mavjudligidan dalolat bersa, ushbu xabarni peregonda
harakatlanayotgan poyezdlar mashinistlariga uzatish choralarini kо‘rishi, xabarni
xususiyati poyezdlar harakatini davom ettirishni iloji yо‘qligidan dalolat bersa, ushbu tо‘siq
bartaraf etilgani haqida xabarnoma kelmaguncha harakatni taqiqlashi shart. Peregon (yо‘l)
yopilishi haqidagi buyruqni kutmasdan stansiya navbatchisi qо‘shni stansiya
navbatchisiga ham peregonga boshqa poyezdlar jо‘natilishi taqiqlanishi tо‘g‘risidagi
buyruqni uzatishi shart. Peregondagi poyezdlarning mashinistlari olingan xabarning
xususiyatlariga bog‘liq ravishda xavfli joyni о‘ta ehtiyotkorlik bilan, zarur bо‘lsa tezlikni
kamaytirib va tо‘xtashga tayyor holda bosib о‘tishlari yoki poyezdni tо‘xtatib, tо‘siq
bartaraf etilgan haqida xabar kelgandan sо‘ng harakatni davom ettirishlari shart.
Normal harakatga tо‘siq borligi haqida xabar olingan peregonga birinchi poyezd yо‘l
ustasi yoki u bо‘lmasa, yо‘l brigadiri, kontakt tarmog‘i shikastlanganda esa, kontakt
tarmoq elektromonteri kuzatuvida jо‘natilishi mumkin.
Yо‘l ustasi yoki brigadiri peregonda bо‘lib, ularning manzili ma’lum bо‘lsa, poyezd
mashinistiga poyezdni xavfli joyga kuzatib borishlari uchun poyezdni tо‘xtatib, ularni
mindirib olishlari haqida ogohlantirish topshiriladi.
Ogohlantirishda nosozlik aniqlangan joydan oldingi kilometrda tо‘xtash va
shundan sо‘ng poyezdni kuzatib borayotgan yoki xavfli joyda turgan xodimning
kо‘rsatmasi bilan harakatlanish lozimligi kо‘rsatiladi.
Poyezdni kuzatib borayotgan xodim keyingi poyezdlarni о‘tkazish tartibini belgilaydi,
zarur bо‘lsa belgilangan tartibda poyezdlarga ogohlantirish topshirishga buyurtma beradi.
Ogohlantirishlar tо‘g‘risidagi AJ raisining buyruqlari tegishli bо‘linmalarning
boshliqlariga yо‘llanadi va ogohlantirish belgilanadigan uchastkalarga xizmat kо‘rsatish bilan
bog‘liq poyezd dispetcherlari, yо‘riqchi-mashinistlar, poyezd mashinistlari va
maxsus о‘zi yurar harakat tarkibi mashinistlari (haydovchilari) ga, stansiya
navbatchilari, yо‘l ustalari va yо‘l brigadirlariga imzo chektirilib e’lon qilinishi shart.
Ushbu buyruqlar stansiya va lokomotiv depo navbatchilarining xonalariga ilib
qо‘yiladi, shuningdek, ogohlantirishlar kitobiga yelimlab yopishtiriladi, kо‘chirmalari esa
poyezd lokomotivlari mashinistlariga, maxsus о‘zi yurar harakat tarkibi mashinistlari
(haydovchilari) ga taqdim etiladi.
Lokomotiv depo boshliqlari va maxsus о‘zi yurar harakat tarkibi tegishli bо‘lgan
tashkilot rahbarlari buyruq olganlaridan sо‘ng uch sutka ichida ogohlantirish beruvchi
stansiya boshliqlarini, lokomotiv brigadalari AJ raisi buyrug‘i bilan
tanishtirilganligi tо‘g‘risida xabardor qilishlari shart, shundan poyezdlarga yozma
ogohlantirishlar berish tо‘xtatiladi.
Yо‘lda ogohlantirish va signallar mavjudligidan qati nazar AJ raisining maxsus
buyruqda kо‘rsatilgan xavfli joylardan sharros yomg‘ir yog‘ayotgan paytlarda lokomotiv
brigadalari о‘ta ehtiyotkorlik bilan va zarur hollarda tezlikni pasaytirib harakatlanishlari
lozim.
DU-61 shaklidagi blank

OGOHLANTIRISH KORESHOGI

№ __________ poyezdga ogohlantirishni __________ 20__ yilda oldim

Mashinist (mashinist yordamchisi) _____________________________

Stansiya _____________ (shtempel) “___” _________ 20 __ y.

OGOHLANTIRISH № ______ poyezdga

Ogohlantirish Amal Tezlik, Qizil signal oldida Poyezd


amal qilish joyi qilish kо‘pi tо‘xtash, u bо‘lmasa harakatining
(km, piket, muddati, bilan, harakatlanadigan eng boshqa alohida
stansiya) soat km/soat katta tezlik, km/soat shartlari
1 2 3 4 5

Bekor
15 25
qilin.
28 8-16 15
123 8-14
Vagoncha
172-175 8-16
ishlamoqda
Oqsoy
Vrachning
186 10-12 25
tushib qolishi
Bekor Belgilangan
Buloqchi 40 uchun tо‘xtash
qilin.
Yakka rels
Str. 8 almashtirish
Bekor Belgilangan
Xanabad 60 yuk
qilin.
Bekor 70
3-asosiy yо‘l
qilin. yо‘lovchi

Stansiya navbatchisi _____________________

(oq rangdagi dioganali bо‘yicha sariq polosali)


OGOHLANTIRISH BLANKASINI TО‘LDIRISHGA SHARHLAR
1 ustunda poyezdning harakat yо‘nalishi bо‘ylab ogohlantirish belgilangan
kilometrlar (piketlar) yoki stansiyalar (yо‘l nomeri, strelka nomeri) yoziladi.
2 ustunda ogohlantirishni amal qilish muddati qayd etiladi. Ogohlantirishni
amal qilish muddati ma’lum muddat bilan cheklansa, tegishli kilometr tо‘g‘risiga
amal qilish soatlari yoziladi. Masalan, 8-16 raqamlari ogohlantirish soat 8 dan 16 gacha
amal qilishini kо‘rsatadi. Bekor qilinguncha amal qiladigan ogohlantirishlar uchun
tegishli kilometr tо‘g‘risiga “Bekor qilin.” (bekor qilinguncha) deb yozilishi lozim.
3 ustunda tegishli kilometr, piket, yо‘l nomeri, strelka nomeri tо‘g‘risiga ushbu
kilometr, piket, yо‘l va strelkalarda ogohlantirish bilan о‘rnatiladigan harakat tezligi
yoziladi.
4 ustunda qizil chiroq о‘rnatilishi kо‘zda tutilgan tegishli kilometr, piket va
h.z. tо‘g‘risida qizil chiroq bо‘lmagan hollarda poyezdni harakatlanish tartibi haqida
qaydlar qо‘yiladi. Qizil chiroq bо‘lmaganda poyezdga belgilangan tezlikda
harakatlanishga ruxsat berilgan bо‘lsa, “Belgilangan” deb qayd qо‘yiladi, qizil chiroq
yо‘qligida kamaytirilgan tezlikda harakatlanish talab qilinsa, tezlikni raqami qо‘yiladi,
masalan, “25”.
Ogohlantirish biron peregon bilan bog‘liq bо‘lmasa, blankaning toza qismida
tо‘xtash yoki tezlikni kamaytirish talab etiladigan kilometrlardan pastroqda bayon
etiladi, masalan, “Maksimal tezlik 50 km/soat”.
5 ustunda poyezdni uchastkadan harakatlanishining boshqa shartlari qayd
etiladi.

You might also like