You are on page 1of 11

1-LABORATORIYA ISHI

TELEFON ALOQASI TIZIMIDA POYEZDLAR HARAKATINI


UCHASTKALARDA TASHKIL ETISH

Telefon aloqa vositalarida poyezd peregonni egallash uchun lokomotiv


mashinistiga taqdim etiladigan yо‘l xati (qog‘ozi) (DU-50 shaklidagi blank) pyxsatnoma
bо‘lib xizmat qiladi.
Yо‘l xati (qog‘ozi)ni berishdan oldin stansiya navbatchisi quyidagi xabarlarni qabul
qilishi shart: bir yо‘llik peregonlarda poyezdni qabul qilishga roziligi xususida qо‘shni
stansiya navbatchisining poyezd telefonogrammasini, ikki yо‘llik peregonlarda esa, ushbu
stansiyaga avval jо‘natilgan poyezdning yetib kelganligi tо‘g‘risida poyezd
telefonogrammasini.
Qо‘shni stansiyalar о‘rtasida poyezd telefonogramalari bilan shaxsan stansiya
navbatchilari yoki ularning kо‘rsatmasi bо‘yicha operatorlar almashadilar.
Poyezdlar harakati haqidagi barcha sо‘zlashuvlar stansiyalararo poyezd
telefon aloqasi yoki poyezd dispetcherlik aloqasi orqali olib borilishi lozim.
Stansiyalararo poyezd aloqasi va poyezd dispetcher aloqasi nosoz bо‘lgan
favqulotda holatlarda poyezdlar harakati tо‘g‘risida sо‘zlashuvlar stansiya
navbatchisining ixtiyorida bо‘lgan boshqa aloqa vositalari bо‘yicha ham olib borilishi
mumkin.
Yо‘l xat (kog‘oz) lari blankalari stansiya navbatchisi yoki operator tomonidan shaxsan
tо‘ldiriladi.
Stansiya navbatchisi yoki operator yо‘l xat (qog‘oz)i blankalarini faqat poyezd
telefonogrammalari jurnalida tegishli yozuvlar: bir yо‘llik peregonlarda - qо‘shni
stansiyadan poyezdni qabul qilishga roziligi haqida poyezd telefonogrammasi, ikki
yо‘lli peregonlarda — qо‘shni stansiyaga avval jо‘natilgan poyezdning yetib borganligi
tо‘g‘risida poyezd telefonogrammasi mavjud bо‘lsagina tо‘ldirish xuquqiga egadirlar.
Operator tomonidan tо‘ldirilgan yо‘l xati (qog‘ozi) blankasini stansiya
navbatchisi poyezd telefonogrammalari jurnalidagi yozuvlar bо‘yicha tekshirishi hamda
stansiya shtempeli va о‘z imzosi bilan tasdiqlashi lozim.
Jо‘natish yо‘llari stansiya navbatchisi postidan yiroqlashgan, xizmat sо‘zlashuvlari
qayd etgichlarda qayd etiladigan stansiyalar uchun bu xuquq park navbatchisiga, stansiya
texnikaviy-boshqaruv aktida kо‘zda tutilgan, stansiya navbatchisi va park navbatchisi
oldida maxsus jurnallarda rо‘yxatga olinuvchi buyruq asosida taqdim etilishi mumkin. Bu
holda yо‘l xati (qog‘ozi) ni park navbatchisi imzolaydi va mashinistga taqdim etadi.
Quyidagilar taqiqlanadi:
a) peregonni boshqa poyezd band etib turgan paytda poyezdni jо‘natish
tо‘g‘risida sо‘rov yuborish;
b) qо‘shni stansiyadan poyezdni qabul qilishga roziligi tо‘g‘risida
(bir yо‘llik peregonlarda) yoki avval jо‘natilgan poyezd yetib borganligi
tо‘g‘risida (ikki yо‘llik peregonlarda) poyezd telefonogrammalarini qabul
qilmasdan turib, yо‘l xati (qog‘ozi) blankalarini tо‘ldirish;
v) jо‘natilayotgan telefonogrammalarini poyezd telefonogrammalari
jurnaliga yozishdan ilgari va stansiya navbatchisining imzoisiz uzatish.
Yо‘l xati (qog‘ozi) mashinistga qо‘shni stansiyaning kirish
signaligacha, poyezd notо‘g‘ri yо‘ldan jо‘natilganda va kirish signali mavjud
bо‘lmaganda – “Stansiyaning chegarasi” signal belgisigacha harakatlanish xuquqini
beradi.
Poyezdlarning tо‘xtovsiz harakatida yо‘l xat (kog‘oz)lari lokomotivga qо‘lda
uzatkichga solinib va odatda, stansiya navbatchisi xonasi tomonidan uzatilishi
mumkin.
Poyezd chiqish signali mavjud yо‘ldan jо‘natilganda, yо‘l xati (qog‘ozi)
bо‘lgan taqdirda, yopiq signalni о‘tishga yozma ruxsatnoma berish talab
qilinmaydi.
Poyezd ikki lokomotiv yoki peregonning boshdan oxirigacha suruvchi
lokomotiv bilan harakatlanganda, yо‘l xati (qog‘ozi) yetakchi lokomotiv
mashinistiga taqdim etiladi.
Poyezd peregonning bir qismida suruvchi lokomotiv bilan harakatlanganda,
yо‘l xati (qog‘ozi) suruvchi mashinistiga ham taqdim etiladi.

Poyezd telefonogrammalari jurnalini yuritish tartibi.


Poyezdlar telefon aloqasi bо‘yicha harakatlanganda, har bir stansiyada
poyezd telefonogrammalari jurnali yuritiladi.
Poyezd telefonogrammalari jurnali bо‘yicha istalgan har bir paytda tegishli
peregonning (yoki peregonning yо‘li) bо‘sh yoki band ekanligi yaqqol kо‘rinishi
kerak.
Bir yо‘llik peregonlarni chegaralovchi stansiyalarda bitta jurnal tutiladi.
Jurnalning chap betlarida bir peregonga, о‘ng betlarida esa - ikkinchi peregonga
taalluqli bо‘lgan telefonogrammalar yoziladi.
Bir yо‘llik peregonlarni chegaralovchi berk yо‘ldagi stansiyalarda poyezd
telefonogrammalari betlarga bо‘linmasdan ketma-ket tartibda yoziladi.
Ikki yо‘llik peregonlarni chegaralovchi stansiyalarda har bir peregon uchun
alohida, ikkita poyezd telefonogrammalari jurnali yuritiladi: har bir jurnalning
chap betlarida toq yо‘nalishdagi poyezdlar, о‘ng betlarida esa - juft
yо‘nalishdagi poyezdlar uchun telefonogrammalar yoziladi.
Poyezd ikki yо‘llik peregonda notо‘g‘ri yо‘ldan jо‘natilsa, toq yо‘nalishdagi
poyezdlar uchun telefonogrammalar jurnalining о‘ng betlarida, juft yо‘nalishdagi
poyezdlar uchun esa, jurnalning chap betlarida yoziladi.
Ikki yо‘lning peregonninig asosiy yо‘llaridan birida harakatlanuvchi
poyezdlar haqidagi barcha telefonogrammalar hamma hollarda jurnalning
peregonning ushbu asosiy yо‘liga tegishli bо‘lgan bir varag‘ida yoziladi.
Stansiyaga uch yoki undan ortiq yо‘nalish tutashgan bо‘lsa, ushbu
yо‘nalishlardagi tutashgan har bir peregon uchun poyezd telefono-grammalarining
alohida jurnali yuritiladi.
Barcha poyezd telefonogrammalari jurnalda shaxsan stansiya
navbatchisi yoki operator tomonidan faqat siyoh bilan yozilishi shart.
Chiqish telefonogrammalari shaxsan stansiya navbatchisi tomonidan
imzolanishi lozim.
Operator har bir kirish telefonogrammasini yozgandan sо‘ng, о‘qishi va
imzolashi uchun darhol stansiya navbatchisiga taqdim qilishi kerak.
Poyezd telefonogrammalari jurnaliga yozuv vaqtini qisqar tirish maqsadida,
AJ tashishlarnni tashkil qilish boshqarmasi boshlig‘ining farmoyishi bilan poyezd
telefonogrammalari matni tushirilgan maxsus shtamplar qо‘llanishi mumkin.
Chiqish poyezd telefonogrammalari Toshkent vaqti bо‘yicha nol soatdan
boshlab sutka mobaynida (birinchi nomerdan boshlab) har bir peregon uchun
alohida olib boriladi. Signalizatsiya va aloqaning asosiy vositalari harakati tо‘xtashi
natijasida telefon aloqasiga о‘tilgan paytdan boshlab, chiqish telefonogrammalari
birinchi nomerdan yuritiladi. Asosiy aloqa va signalizatsiya vositalarining sutka
mobaynida takroran uzilishlari va telefon aloqasiga о‘tish paytida, birinchi о‘tishda
boshlangan jо‘natilayotgan telefonogrammaning ketma-ketlik nomerlanishi saqlanib
qoladi.
Kirish telefonogrammalari jurnalga ularni jо‘natgan stansiya qо‘ygan nomer
bо‘yicha yoziladi.
Poyezd telefonogrammalarida tuzatish va qо‘shimchalar kiritish, ularni
bо‘yash man etiladi. Hato yozilgan chiqish poyezd telefonogrammasi ustidan
xoch shaklida chiziladi va tagiga “Haqiqiy emas” deb yoziladi. Ushbu
telefonogramma nomerlanmaydi va qо‘shni stansiyaga jо‘natilmaydi.
Stansiya navbatchilari va operatorlari navbatchilikni qabul qilib,
topshirayotganlarida poyezd telefonogrammalari jurnalida quyidagi shalda qayd
kiritadi:

“Sana, oy, soat, minut.


Navbatchilikni qabul qildim DSP..........(imzo)
Operator...................................................(imzo)
Navbatchilikni toshpirdim DSP............(imzo)
Operator....................................................(imzo)”.

Signalizatsiya va aloqaning asosiy vositalari ishdan chiqishi oqibatida,


telefon aloqasiga о‘tilganda va ularning faoliyati qayta tiklanganda, navbatchilikni
qabul qilish va topshirish jurnalidagi yozuvlar poyezd dispetcherining bu haqidagi
buyrug‘i olingandan sо‘ng, quyidagi shaklda rasmiylashtiriladi:

“Sana, oy, soat, minut.


№___ dispetcherlik buyrug‘i bilan _____ peregonda poyezdlar harakati
telefon aloqasi bо‘yicha о‘rnatildi. Telefon aloqasi bо‘yicha navbatchilikni
qabul qildim:
DSP............................................................(imzo)
Operator...................................................(imzo)”.

“Sana, oy, soat, minut.


№___dispetcherlik buyrug‘i bilan _____peregonda poyezdlar harakati
(aloqa turi kо‘rsatiladi) bо‘yicha tiklandi.
Telefon aloqasi bо‘yicha navbatchilikni toshpirdim:
DSP............................................................(imzo)
Operator...................................................(imzo)”.

Navbatchilikka kirishgan stansiya navbatchisi va operatorning familiyalari


qо‘shni stansiyaga xabar qilinadi, u yerda bu familiyalar poyezd
telefonogrammalari jurnaliga navbatchilikni qabul qilish va topshirish haqidagi
yozuvdan sо‘ng yozib qо‘yiladi.
Bir tomondan stansiya navbatchisi bо‘lmagan alohida punkt bilan
chegaralangan peregonda telefon aloqa vositalariga о‘tilgan bо‘lsa, stansiya
navbatchisi bor bо‘lgan qо‘shni stansiyaning poyezd telefonogrammalari jurnalida
poyezdlar harakati tо‘g‘risidagi poyezd dispetcheri bilan sо‘zlashuvlar poyezd
telefonogrammalari uchun belgilangan shakllarda qayd etiladi.
Poyezd telefonogrammasini uzatishdan avval stansiya navbatchilari yoki
operatorlar о‘zlarining lavozim va familiyalarini о‘zaro xabar qilishlari lozim.
Familiyalar poyezd telefonogrammalari jurnaliga avvaldan yozilganlariga mos
kelgan taqdirdagina telefonogrammalar uzatish va qabul qilishga ruxsat etiladi.
Poyezd telefonogrammasi jо‘natilgandan sо‘ng uning matni telefonogrammani
qabul qilgan xodim tomonidan sо‘zma-sо‘z qaytarish yо‘li bilan tо‘g‘riligi tekshiriladi.
Takroriy uzatilgan matn jо‘natilgan telefonogrammaga mos bо‘lsa, telefonogrammani
uzatgan stansiya navbatchisi yoki operator buni “Tо‘g‘ri” sо‘zi bilan tasdiqlaydi, shundan
keyin ikkala stansiyaning poyezd telefonogrammalar jurnalida telefonogrammani uzatish
va qabul qilish vaqti qayd etilib, stansiya navbatchisi yoki operatorning imzosi bilan
tasdiqlanadi.
Bir yо‘llik uchastkalardagi poyezdlar harakatida telefonogrammalar
shakllari.
Poyezdlarni bir yо‘llik peregonlarda qabul qilish va jо‘natishda poyezd
telefonogrammalarining quyidagi asosiy shakllari qо‘llanadi:
Chiqish telefonogrammalarini yо‘llash quyidagi shaklda amalga oshiriladi:

“______ stansiyasiga _______ stansiyasidan”,


masalan: “Shodiyonaga Nurlidan”.
Jо‘natish stansiyasi Qabul qilish stansiyasi

1- shakl 2-shakl.
“№___ poyezdni jo‘natishim “№__ poyezdni kutyapman.
mumkinmi. DSP (imzo)”. DSP (imzo)”.

3-shakl 4- shakl
“__ poyezd soat __ minut __ da “__ poyezd soat __ minut __ da yetib
jo‘nab ketdi. DSP (imzo)”. keldi. DSP (imzo)”.

Peregondan jо‘natilgan stansiyaga qaytadigan, shuningdek, suruvchi


lokomotivli poyezdlar jо‘natilganda, matni tegishlicha о‘zgartirilib, poyezd
telefonogrammalari uzatishning xuddi о‘sha ketma-ketligiga rioya qilinadi:

a) poyezd peregondan orqaga qaytganda:

5-shakl. 6-shakl.
“___km gacha harakatlanib, orqaga “__ km gacha haraktlanib, Siz
qaytadigan №_____ poyezdni tomonga qaytadigan №_____
jo‘natishim mumkinmi? poyezdni jo‘natishingiz mumkin.

DSP (imzo)”. DSP (imzo)”.

Poyezdni jо‘natish tо‘g‘risidagi xabar 3-shakl, orqaga qaytishi tо‘g‘risida esa-


7-shakl bо‘yicha uzatiladi:

7- shakl.
“№ _____ poyezd ....soat....minutda qaytib keldi DSP ___ (imzo)”.

Yordamchi post xizmat kursatmaydigan tutashmaga vagonlarni yetkazish


uchun poyezd peregonga xuddi shu singari shakllar bо‘yicha jо‘natiladi;
b) suruvchi lokomotivli poyezdlar harakatida:

8-shakl 9-shakl
“__ km dan ortga qaytadigan “__ km dan ortiga qaytadigan
Poyezdni jо‘natilganligi tо‘g‘risida
suruvchili №___ poyezdni jo‘natishim xabar 3- shakl
suruvchili bо‘yicha
№___ poyezdni“___ km dan
ortga mumkinmi?
qaytuvchi suruvchili” sо‘zlari qо‘shibkutyapman.
uzatiladi. Poyezd yetib kelganligi
DSP (imzo)”. DSP (imzo)”.
tо‘g‘risida xabar 4-shakl, suruvchini qaytgani tо‘g‘risida esa, 10-shakl bо‘yicha
uzatiladi.

10-shakl.
“№ ______ poyezdning suruvchisi ... soat... minutda qaytib keldi.
DSP (imzo)”.

Qо‘shni stansiyagacha harakatlanadigan suruvchi lokomotivli poyezd


jо‘natilganda telefonogrammalar 1, 2, 3 va 4-shakllar bо‘yicha “suruvchili” sо‘zi
qо‘shib uzatiladi.
Stansiyadan tо‘xtamasdan о‘tuvchi poyezdlar tо‘g‘risida
telefonogrammalar bilan odatdagi tartibda 1 va 2-shakllar bо‘yicha almashiniladi,
poyezdning о‘tishi (kelishi va ketishi) tо‘g‘risida qо‘shni stansiyalarga xabar esa 11-
shakl bо‘yicha uzatiladi:

11-shakl.
“№ ____ poyezd ... soat ... minutda о‘tdi. DSP (imzo)”.

Qarama-qarshi yо‘nalishdagi poyezdlar stansiyada kesishganda, qarshi


yо‘nalishda jо‘natiladigan poyezd mavjud stansiya navbatchisi qо‘shni stansiya
navbatchisiga u tomondan poyezd yetib kelganligi haqida xabar qiladi va bir vaqtning
о‘zida, 4 va 1-shakllar yoki 11 va 1-shakllar matnini birlashtirib, qarshi yо‘nalishdagi
poyezdni jо‘natish uchun sо‘rov yuboradi.
Tutashuvga xizmat kо‘rsatish uchun peregonda yordamchi post tashkil etilganda
ushbu post faqat tutashuvga qarab borayotgan va tutashuvdan qaytayotgan poyezdlar
harakati tо‘g‘risidagi sо‘zlashuvlarda ishtirok etadi.
Yordamchi post xizmat kо‘rsatuvchi tutashuvga qо‘shni stansiyalarning biridan
poyezd jо‘natilishidan avval poyezdni jо‘natayotgan stansiya navbatchisi post
navbatchisi va oldindagi stansiya navbatchisidan 12-shakl bо‘yicha ruxsat sо‘raydi:

12-shakl.
“№____ poyezdni ___km dagi postga jо‘natishim mumkinmi? DSP (imzo)”.
Oldindagi stansiya navbatchisi poyezdni jо‘natayotgan stansiya va postga 13-shakl
bо‘yicha javob qaytaradi:

13-shakl.
“№____ poyezdni ___km dagi postga jо‘natishingiz mumkin. DSP (imzo)”.

Ushbu ruxsatni qabul qilgandan sо‘ng post navbatchisi jо‘natish stansiyasiga 2-shakl
bо‘yicha rozilik beradi.
Poyezd postga jо‘natilgani tо‘g‘risida jо‘natish stansiyasi navbatchisi post va
qо‘shni stansiya navbatchilariga 3-shakl bо‘yicha xabar beradi. Poyezd tutashuvga yetib
kelib, tutashuv strelkasi normal holatga о‘tkazilgandan sо‘ng post navbatchisi ikkala
stansiya navbatchilariga 4-shakl bо‘yicha xabar beradi.
Tutashuvdan qо‘shni stansiyalardan birontasiga poyezd jо‘natilganda post
navbatchisi ikkala stansiya navbatchilaridan 14-shakl bо‘yicha ruxsat sо‘raydi:

14-shakl.
“№_________poyezdni __________ stansiyasiga jо‘natishim mumkinmi?
DSP (imzo)”.

Ortdagi stansiya navbatchisi postga va oldindagi stansiyaga 15-shakl bо‘yicha


javob qaytaradi:

15-shakl.
“№ _____ poyezdni _________ stansiyasiga jо‘natishingiz mumkin.
DSP (imzo)”.

Ushbu ruxsatni olgandan sо‘ng oldindagi stansiya navbatchisi 2-shakl


bо‘yicha post navbatchisiga poyezdni qabul qilishga rozilik beradi. Rozilikni olib,
post navbatchisi poyezdni jо‘natadi, tutashuv strelkasini normal holatga о‘tkazadi
va ikkala stansiya navbatchisini poyezd jо‘natilganligi tо‘g‘risida 3-shakl bо‘yicha
ogohlantiradi.
Poyezd yetib kelganligi tо‘g‘risida qabul qilish stansiyasining navbatchisi 4-
shakl bо‘yicha post va qо‘shni stansiya navbatchisiga xabar beradi.
Keyinchalik tutashuvga qaytish uchun harakat tarkibi bilan tutashuvdan asosiy
yо‘lga chiqish zarurati tug‘ilsa, peregon poyezd dispetcherining buyrug‘i bilan
barcha poyezdlar harakati uchun yopiladi.
Poyezd dispetcherining peregon yopilgani xususida buyrug‘i uzatilgandan
sо‘ng asosiy yо‘lga stansiya navbatchisining signali bо‘yicha chiqiladi.
Peregon bо‘shatilib, tutashuv strelkasi normal holatga о‘tkazilgandan
sо‘ng harakat uchun ochiladi.

Ikki yо‘llik uchastkalardagi poyezdlar harakatida telefonogrammalar


shakli.
Ikki yо‘llik peregonlarda poyezdlar qabul qilinganda va jо‘natilganda
telefonogrammalar 3 va 4-shakllarda jо‘natiladi, bunda qabul qilish stansiyasidan 4-
shakl bо‘yicha olingan xabar shu yо‘nalishda keyingi poyezdni jо‘natishga xuquq
beradi.
Poyezd xabar uzatish stansiyasidan tо‘xtamasdan о‘tganda, uning kelishi va
jо‘nashi tо‘g‘risida qо‘shni stansiyalarga 11-shakl bо‘yicha xabar yuboriladi.
Ikki yо‘llik peregondagi yо‘l postlari mavjud bо‘lsa, jо‘natish stansiyasining
navbatchisi poyezd jо‘natilganligi haqida post navbatchisini 3-shakl buyicha
ogohlantiradi.
Post navbatchisi postlararo keyingi peregon poyezdlardan bо‘sh bо‘lsa, kirish
signalini ochib, mashinistga yо‘l xati (kog‘ozi)ni harakat vaqtida taqdim etgan holda
poyezdni tо‘xtatmasdan о‘tkazib yuboradi.
Poyezd о‘tgandn cо‘ng post navbatchisi kirish signalini yopadi va ikkala qо‘shni
stansiya navbatchilari poyezd о‘tgani tо‘g‘risida 11-shakl bо‘yicha xabar yetkazadi.
Oldindagi postlararo peregon band bо‘lganda, kelayotgan poyezd yopiq kirish
svetofori oldida peregon bо‘shaguncha tо‘xtatiladi. Ushbu poyezd jо‘natilganligi
tо‘g‘risidagi telefonogramma orqadagi stansiyaga, u postdan jо‘natilgandan sо‘nggina
uzatiladi.
Poyezd kelganligi tо‘g‘risida kelish stansiyasining navbatchisi post navbatchisiga 4-
shakl bо‘yicha xabar beradi.
Yо‘l postidagi kirish signalining nosozligida oldindagi peregon bо‘sh bо‘lganda,
post navbatchisi poyezdni bevosita kirish signali oldida kutib oladi va harakatni davom
ettirish xuquqini beruvchi yо‘l xati (kog‘ozi)ni mashinistga taqdim etadi. Yо‘l xati
(kog‘ozi)ning tepasida “Kirish signali nosoz” degan belgi qо‘yiladi.
Poyezd ortiga qaytadigan bо‘lib tо‘g‘ri yо‘ldan jо‘natilganda jо‘natish stansiyasining
navbatchisi qо‘shni stansiya (yо‘l posti) ga “___ km dan ortiga qaytadigan bо‘lib”
sо‘zlari qо‘shilgan 3-shakldagi telefonogramma bilan xabar yetkazadi, poyezdning
qaytishi tо‘g‘risida esa qо‘shni stansiya (yо‘l posti) ga 7-shakl bо‘yicha xabar qilinadi.
Jо‘natilayotgan poyezd mashinistiga matni “____ km dan ortiga qaytadigan
bо‘lib” sо‘zlari bilan tо‘ldirilgan yо‘l xati (qog‘ozi) taqdim etiladi.
Jо‘natilgan stansiyaga qaytayotgan poyezdlar peregonda yо‘l postlari mavjud
bо‘lsa ularni tо‘xtamasdan bosib о‘tadilar. Qaytayotgan poyezd о‘tgani tо‘g‘risida ham
post navbatchisi oldindagi post yoki stansiyaga 7-shakl bо‘yicha xabar beradi.
Stansiyalararo peregoning alohida punkti bо‘lgan postda tutashuv mavjud bо‘lsa,
poyezdlar tо‘g‘ri yо‘l bо‘ylab stansiyadan tutashuvga va tutashuvdan stansiyaga odatdagi
tartibda jо‘natiladi. Poyezd jо‘natilganligi tо‘g‘risida stansiya yoki post navbatchisi 3-
shakl bо‘yicha, kelganligi tо‘g‘risida 4-shakl bо‘yicha telefonogramma uzatadi.
Tutashuvga yordamchi post xizmat kо‘rsatsa, u faqat tutashuvga borayotgan
yoki tutashuvdan qaytayotgan poyezdlar harakati tо‘g‘risidagi sо‘zlashuvlarda
ishtirok etadi. Poyezd tutashuvga jо‘natilgani tо‘g‘risida qо‘shni stansiya va
postga 3-shakl buyicha “___ km dagi postga” sо‘zlarini qо‘shib xabar qilinadi.
Tutashuv strelkasi normal holatga о‘tkazilgandan sо‘ng poyezd kelganligi
tо‘g‘risida post navbatchisi ikkala stansiya navbatchilariga 4-shakl bо‘yicha
xabar yetkazadi.
Poyezd regulirovka tartibida (poyezd dispetcherining buyrug‘i olingandan
sо‘ng) notо‘g‘ri yо‘ldan jо‘natilganda stansiyalar о‘rtasida quyidagi shakldagi
telefonogrammalar bilan almashinadi:

16-shakl.
“№___ poyezdni ____ notо‘g‘ri yо‘ldan jо‘natishim mumkinmi?
DSP (imzo)”.

17-shakl.
“___ notо‘g‘ri yо‘ldan №____ poyezdni kutyapman.
DSP (imzo)”.

Har ikkala holatda “___notо‘g‘ri yо‘ldan” sо‘zlari qо‘shilib poyezd


jо‘natilganligi tо‘g‘risida 3-shakl bо‘yicha, yetib kelganligi tо‘g‘risida 4-shakl
bо‘yicha xabar qilinadi.
Notо‘g‘ri yо‘ldan jо‘natilgan stansiyaga qaytadigan poyezd jо‘natilganda 16
va 17-shakldagi telefonogrammalarga “___ km dan ortiga qaytadigan” sо‘zlari
qо‘shiladi, 17-shaklda esa, bundan tashqari, “kutyapman” sо‘zi “jо‘natishingiz
mumkin” ga almashtiriladi.
Mashinistga beriladigan yо‘l xati (qog‘ozi)ning yuqorisida “Notо‘g‘ri
yо‘ldan” belgisi qо‘yiladi.
Temir yо‘lning ikki yо‘llik uchastkasida yо‘llardan biri yopilib, ochiq qolgani
bо‘ylab bir yо‘llik harakat о‘rnatilsa, poyezdlarning jо‘natilishi va kelishi
tо‘g‘risidagi telefonogrammalar 1, 2, 3, 4 va bir yо‘llik uchastkalar uchun belgilangan
boshqa shakllar bо‘yicha uzatiladi. Yо‘l xati (qog‘ozi) blankasining yuqorisida
bunday holatda “____ yо‘l harakat uchun yopiq” belgisi qо‘yiladi.
Poezd telefonogrammalari jurnali
bir yo‘lli peregonlar uchun
stansiyasiga _____Sergeli______________ DU- 47

Habarni uzatish va qabul


Uzatish yoki qilishda operatorning va
Telefonogramma
qabul qilish Mazmuni stansiya navbatchisining
nomeri
vaqti uni o‘qigan to‘g‘risidagi
yozuvlari
chiquvchi kiruvchi soat daqiqa
21 сентября 8ч. 30 мин.
диспетчерским приказом № 15
на перегоне Сергели- Жалоир
установлено движение поездов
по телефонной связи.
Дежурство приняли ДСП
Аскаров, оператор Азизова.
ДСП ст. Сергели
Тургунов, оператор Алиева.

Сергели из Жалоир.
Могу ли отправить п. №
1. 9 30
3001
ДСП Аскаров Аскаров
1 9 32 Жалоир из Сергели
Ожидаю поезд № 3001
ДСП Тургунов Аскаров

Сергели из Жалоир
Поезд № 3001 отправился в
2. 9 35
9ч. 34 м.
ДСП Аскаров Аскаров

2 9 54 Жалоир из Сергели
Поезд № 3001 прибыл в 9 ч.
Аскаров
52 мин.
ДСП Тургунов

21 сентября 10 ч. 10 мин.
диспетчерским приказом № 16
на перегоне Сергели -Жалоир
восстановлено движение
поездов по автоматической
Блокировке
Дежурство по телефонной
связи сдал ДСП Аскаров,
Оператор Азизова
DU-50 shaklidagi blank

YO‘L QOG‘OZI KORESHOGI YO‘L QOG‘OZI

Stansiya (shtempel) Stansiya (shtempel)

“____” _________ 20___ y. “____” _________ 20___ y.

_____ soat ____ minut _____ soat _____ minut

№ ____ poyezdga (№ _____ poyezd № _____ poyezdga (№______ poyezd


suruvchisiga) berildi suruvchisiga) ____ yo‘ldan _______ yo‘l
bo‘ylab va _______ stansiyasining kirish
Stansiya navbatchisi signaligacha (___ km gacha) harakatlanib,
ortiga qaytishga ruxsat beraman.
Blokirovka ishlamayapti.

Stansiya navbatchisi

(keraksizi o‘chirilsin)

(yashil rangda)

You might also like