You are on page 1of 5

3-maruza:Shartli ehtimollik, Hodisalar bog'liqsizligi.

To'la ehtimollik va
Bayes formulalari.

Reja.

1.Shartli ehtimollik.

2.To'la ehtimollik va Bayes formulasi.

1.Shartli ehtimollik

A va B hodisalar biror tajribadagi hodisalar bo‘lsin.

 B hodisaning A hodisa ro‘y bergandagi shartli ehtimolligi deb,

P ( A⋅B)
( P( A )≠0 )
P(A) (1.11.1)

nisbatga aytiladi. Bu ehtimollikni P( B/ A ) orqali belgilaymiz.

Shartli ehtimollik ham Kolmogorov aksiomalarini qanoatlantiradi:

1. P( B/ A )≥0 ;

P(Ω⋅A ) P( A )
P(Ω/ A )= = =1
2. P ( A ) P( A ) ;

3. Agar B⋅C=∅ bo‘lsa, u holda

P((B+C )⋅A ) P(B⋅A +C⋅A ) P( B⋅A )+P (C⋅A )


P(( B+C )/ A )= = = =
P( A ) P( A ) P( A )
P (B⋅A ) P(C⋅A )
= + =P( B/ A )+ P(C / A ),
P(A) P( A )

chunki B⋅C=∅ ekanligidan, ( B⋅A )⋅( C⋅A )=B⋅A⋅A⋅C=B⋅C⋅A=∅⋅A=∅

1.10-misol. Idishda 3 ta oq va 7 ta qora shar bor. Tavakkaliga ketma-ket


bittadan 2 ta shar olinadi. Birinchi shar oq rangda bo‘lsa ikkinchi sharning qora
rangda bo‘lishi ehtimolligini toping.

Bu misolni ikki usul bilan yechish mumkin:


1) A={birinchi shar oq rangda}, B ={ikkinchi shar qora rangda}. A hodisa ro‘y
berganidan so‘ng idishda 2 ta oq va 7 ta qora shar qoladi. Shuning uchun
7
P( B/ A )=
9.
3
P( A )=
2) (1.11.1) formuladan foydalanib, hisoblaymiz: 10 ,
3 7 7
P( AB)= ⋅ =
10 9 30
P ( A⋅B) 7/30 7
P( B/ A )= = =
Shartli ehtimollik formulasiga ko‘ra: P ( A ) 3/10 9 .

Shartli ehtimollik formulasidan hodisalar ko‘paytmasi ehtimolligi uchun


ushbu formula kelib chiqadi:

P( A⋅B )=P( A )⋅P( B/ A )=P(B )⋅P( A /B ) (1.11.2)

(1.11.2) tenglik ko‘paytirish qoidasi(teoremasi) deyiladi. Bu qoidani n ta hodisa


uchun umumlashtiramiz:

P( A1⋅A 2⋅.. .⋅An )=P ( A 1 )⋅P( A 2 / A 1 )⋅P ( A 3 / A 1 A 2 ). ..⋅P ( A n / A 1 A 2 . .. A n−1 ) . (1.11.3)

 Agar P( A /B )=P( A ) tenglik o‘rinli bo‘lsa, u holda A hodisa B hodisaga


bog‘liq emas deyiladi va A ⊥ B orqali belgilanadi.
Agar A ⊥ B bo‘lsa, u holda (1.11.2) formulani quyidagicha yozish mumkin:

P( A⋅B )=P( B)⋅P ( A /B )=P( B )⋅P( A ) .

 A va B hodisalar o‘zaro bog‘liq emas deyiladi, agar

P( A⋅B )=P( A )⋅P( B)


munosabat o‘rinli bo‘lsa.
Lemma. Agar A ⊥ B bo‘lsa, u holda A ⊥ B , A ⊥ B va A ⊥ B bo‘ladi.

Isboti: A ⊥ B bo‘lsin. U holda P( A⋅B )=P( A )⋅P( B) munosabat o‘rinli bo‘ladi.


P( B)+P( B )=1 tenglikdan foydalanib, quyidagiga ega bo‘lamiz:

P( A⋅B )=P( A⋅(Ω−B ))=P ( A⋅Ω− A⋅B)=P ( A− A⋅B )=P( A )−P( A⋅B )=
=P ( A )−P ( A )⋅P( B )=P( A )⋅(1−P( B ))=P( A )⋅P( B).

Demak, P( A⋅B )=P( A )⋅P( B) ⇒ A ⊥ B . Qolganlari ham xuddi shunday


isbotlanadi. ■

1.12 To‘la ehtimollik va Bayes formulalari

A1 , A2 ,..., An juft-jufti bilan birgalikda bo‘lmagan hodisalar to‘la gruppani


n
¿ Ai =Ω
tashkil etsin, ya’ni i=1 va Ai⋅A j=∅ , i≠ j . U holda A1 + A 2 +. ..+ A n =Ω
ekanligini hisobga olib, B ni B=B⋅Ω=B⋅( A 1 + A 2 + .. .+ A n )=
ko‘rinishda yozamiz. Ai⋅A j=∅ , i≠ j ekanligidan
( B⋅Ai )⋅( B⋅A j )=∅ , i≠ j ekani kelib chiqadi. B hodisaning ehtimolligini
hisoblaymiz:

P( B)=P (B⋅A 1 +B⋅A 2 +. ..+B⋅A n )=


=P (B⋅A 1 )+P (B⋅A 2 )+. . .+P (B⋅A n ) . (1.12.1)

Ko‘paytirish qoidasiga ko‘ra P( B⋅Ai )=P( A i )⋅P( B/ Ai ), i=1,n bo‘ladi. Bu tenglikni


(1.12.1) ga qo‘llasak,

P( B)=P ( A 1 )P( B/ A1 )+P( A2 ) P(B / A 2 )+. . .+ P( A n )P (B / A n ) .


n
B⊂ ∑ A i
 Agar i=1 bo‘lsa, u holda
n
P( B)=∑ P( A i )P( B/ Ai )
i=1 (1.12.2)

tenglik o‘rinli bo‘ladi. Bu tenglik to‘la ehtimollik formulasi deyiladi.

1.11-masala. Detallar partiyasi uch ishchi tomonidan tayyorlanadi. Birinchi


ishchi barcha detallarning 25%ini, ikkinchi ishchi 35%ini, uchinchsi esa 40%ini
tayyorlaydi. Bu uchchala ishchining tayyorlagan detallarining sifatsiz bo‘lish
ehtimolliklari mos ravishda 0.05,0.04 va 0.02 ga teng bo‘lsa, tekshirish uchun
partiyadan olingan detalning sifatsiz bo‘lish ehtimolligini toping.

Ai={detal i-ishchi tomonidan tayyorlangan} i=1,3 , B={tekshirish uchun


olingan detal sifatsiz} hodisalarni kiritamiz va quyidagi ehtimolliklarni
hisoblaymiz:
25 % 35 % 40 %
P( A1 )= =0 .25 , P( A 2 )= =0. 35 , P( A 3 )= =0. 4
100 % 100 % 100 % ,

P( B/ A 1 )=0 . 05 , P (B / A 2 )=0 . 04 , P (B / A 3 )=0 . 02 . To‘la ehtimollik formulasiga


asosan P( B)=0 .25⋅0 .05+0 .35⋅0. 04 +0 . 4⋅0 .02=0 .0345 .

Ai va B hodisalar ko‘paytmasi uchun

P( Ai⋅B )=P( B )⋅P( A i / B) (1.12.3)

P( Ai⋅B )=P( A i )⋅P( B/ Ai ) (1.12.4)

tengliklar o‘rinli. (1.12.3) va (1.12.4) tengliklardan quyidagilarni hosil qilamiz:


P( B)⋅P ( A i /B )=P ( A i )⋅P (B / A i ) ,

P ( A i )P( B/ Ai )
P( Ai /B )=
P( B) . (1.12.5)
n
P( B)=∑ P( A i )P( B/ Ai )
Bu yerda i=1 . (1.12.5) tenglik Bayes formulasi deyiladi.
Bayes formulasi yana gipotezalar teoremasi deb ham ataladi. Agar A1 , A2 ,..., An
hodisalarni gipotezalar deb olsak, u holda P( Ai ) ehtimollik Ai gipotezaning
aprior(“a priori” lotincha tajribagacha), P( Ai /B ) shartli ehtimollik esa
aposterior(“a posteriori” tajribadan keyingi) ehtimolligi deyiladi.

1.12-masala. 1.11-misolda sifatsiz detal ikkinchi ishchi tomonidan


tayyorlangan bo‘lishi ehtimolligini toping. Bayes formulasiga ko‘ra:

0 . 35⋅0 . 04 28
P( A2 /B )= = ≈0 . 4
0 .25⋅0 . 05+0 .35⋅0 .04 +0 . 4⋅0 . 02 69 .

You might also like