You are on page 1of 16

Yig’ma temir-beton konstruksiyalarni tayyorlash texnologiyalari.

Yig’ma temir-beton detallarni qoliplashni mexanizatsiyalash

Reja:

1.Yig’ma temir-beton konstruksiyalar haqida ma’lumot

2.Yig’ma temir-beton konstruksiyalarni tayyorlash texnologiyalari

3.Yig’ma temir-beton detallarni qoliplashni mexanizatsiyalash


Kirish

Suv xo‘jaligi qurilishi sohasida betonning keng doirada qo‘llanishi sabablari uning bir qator
ijobiy sifat ko‘rsatkichlari bilan bog‘liqdir, ya’ni mustahkamligi va uzoq muddat foydalanishga
chidamliligi, kerakli darajada atmosfera, iqlim va suv ta’siriga chidamliligi, undan turli xil
shakldagi konstruksiya va inshootlar vujudga keltirish mumkinligi, tarkibiga metall
konstruksiyalari qo‘shilganda, uning cho‘zilish va egilishga chidamliligining juda yuqori bo‘lishi,
beton va temir-beton inshootlari qurilish jarayonlarini maksimal darajada mexanizatsiyalash
imkoniyati borligi va h.k.
Suv xo‘jaligi qurilishi jadal sur’atda kengayib, rivojlanib borishi, o‘z navbatida, beton va temir-
beton konstruksiyalarining takomillashishiga va ko‘p miqdorda qo‘llanilishiga ehtiyoj
tug‘dirmoqda.
Suv xo‘jaligi qurilishida beton ishlarini bajarishni tashkil qilishning o‘ziga xos xususiyatlari
bor. Suv xo‘jaligi tizimlaridagi beton inshootlari turli o‘lchamlarda, kattaliklarda bo‘lishi va tarqoq
holda joylashishlari bilan xarakterlanadi.
Yig’ma temir-beton konstruksiyalar haqida ma’lumot
Yig‘ma monolit konstruksiyalar - bu bir
necha temir-beton elementlarining
Yig‘ma temir-beton jihozlari va
yig‘ilishi natijasida inshootning tashqi
konstruksiyalarining gidromelioratsiya qurilishida sirtini hosil qiluvchi konstruksiyalardir.
qo‘llanishi, inshootlar tiklanish jarayonlari Ushbu elementlarni tayyorlashda, ularga
industrializatsiyasini oshirish mehnat sarflanishini qisman yoki to‘liq ishchi armaturalar
kamaytirish va qurilish jarayoni davomiyligi o‘rnatiladi.
qisqarishiga olib keladi. Gidromelioratsiya
inshootlari qurilishida yig‘ma temir-beton hajmi
umumiy beton ishlari hajmining 10-12 % gacha
tashkil etishi mumkin. Bunga sabab,
gidromelioratsiya inshootlari konstruksiyalari
individual xarakterga ega va shu sababli temir-beton
jihozlarini zavodlar sharoitida katta miqdorda
tayyorlash, texnik-iqtisodiy jihatdan samarasiz
hisoblanadi.
Yig’ma temir-beton konstruksiyalar haqida ma’lumot
Gidromelioratsiya inshootlari konstruksiyalarining yig‘ma-monolit elementlariga
quyidagilar kiradi:
– suv o‘tkazuvchi; suv olib ketuvchi; suv olib keluvchi inshootlar; so‘ruvchi quvurlar;
spiral kameralar; suv o‘tkazish galereyalari qoplamalari; beton to‘g‘onlarning ayrim
elementlari. Yuqorida nomlari qayd etilgan elementlarning eng katta o‘lchamlari 10 m gacha
va og‘irligi 20 t dan oshmaydi;
– gidroelektrostansiyalardagi shaxta quvurlarning suv oqadigan buralish qismlaridagi egri
chiziq shaklidagi, og‘irligi 25 t gacha bo‘lgan plitalar;
– gidromelioratsiya inshootlaridagi ishchi va zaxira zatvorlarning maxsus qurilmalarini
o‘rnatish uchun balandligi 6 m gacha, og‘irligi 25 t va undan ortiq bo‘lgan P - shaklidagi
kesimga ega bo‘lgan ustun va pazlar konstruksiyalari uchun mo‘ljallangan elementlar;
– og‘irligi 10 t dan 25 t gacha tarkibida ishchi armaturalari bo‘lgan turli xil plitalar va
bloklar ko‘rinishidagi, armatura-qolip konstruksiyali devorlar;
– og‘irligi 5 t dan 10 t gacha bo‘lgan turli xil bloklar va plitalar ko‘rinishidagi, inshoot
bloklari oralariga mo‘ljallangan beton va temir-beton qoliplar elementlari.
Yig’ma temir-beton konstruksiyalar haqida ma’lumot
Yig‘ma temir-beton konstruksiyalari va elementlari inshootlar
qurilish maydonlariga avtomobil, faktor yoki ba’zi hollarda temir
yo‘l transport vositalarida yetkazib berilishi mumkin.
Qurilish obyektiga olib kelingan yig‘ma temir-beton
konstruksiyalari va elementlarini yig‘ish ishlarini bajaradigan kran
ish fronti zonasida joylashtiriladi. Ba’zi hollarda yirik yig‘ma
temirbeton konstruksiyalarini transport vositasidan olib, kran
yordamida inshootga uzatilishi va o‘rnatilishi mumkin. Bunda
konstruksiyalarni ortiqcha tushirish va ko‘tarish ishlari bo‘lmaydi.
Ammo yig‘ma temirbeton konstruksiyalarini tayyorlash va yig‘ish
jarayonlari o‘rtasida, o‘zaro aniq bog‘lanish bo‘lishi talab qilinadi.
Yig‘ma temir-beton konstruksiyalari va elementlarini tashishda
va qurilish maydonida joylashtirishda, ularning ortiqcha silkinishi,
zo‘riqishi, zararlanishiga va shikastlanishiga yo‘l o‘yilmasligi
kerak. Shuninig uchun aksariyat yig‘ma temir-beton
konstruksiyalari va elementlarida, ularni qanday holatda tashish va
qurilish maydonchasida joylashtirish bo‘yicha maxsus belgilar
qo‘yilgan bo‘ladi.
Yig’ma temir-beton konstruksiyalarni tayyorlash texnologiyalari

Yig’ma temir beton konstruktsiyalarini tayyorlashning asosan uch xil


texnologik sxemalari mavjud:

Devoriy (stend)

Uzluksiz oqim (potok)

Konveyer
Yig’ma temir-beton konstruksiyalarni tayyorlash texnologiyalari
Devoriy sxemada asosan yirik konstruk bunda barcha texnologik jarayonlar
(qoliplar yordamida shaklni tayyorlash, armaturalash, beton qorishmasini uzatish,
joylashtirish, zichlash va qotirish) bir ish joyida, ya’ni statsionar o’rnatilgan, devoriy
shaklda amalga oshiriladi va tayyor mahsulot maxsus omborlarga joylashtiriladi yoki
montaj uchun inshootga yuboriladi. Devoriy sxema usulida yig’ma temir beton
konstruktsiyalarini tayyorlash tekis beton maydonchalarda, xandak kameralarda va
maxsus devor shakllarida amalga oshirilishi mumkin.
Devoriy usulda tayyorlash jarayonida, beton qorishmasi odatda bad’yalarga solinib
kran yordamida konstruktsiyaga uzatiladi, beton qorishmasini zichlash jarayoni , shakl
bortlariga o’rnatilgan, chuqur ta’sir qiluvchi titratgichlar yordamida amalga oshiriladi.
Beton qorishmasini qotirishda bug’ yoki elektrik kaloriflardan foydalaniladi. Devoriy
texnologiya asosan katta o’lchamli, standart formaga ega bo’lmagan, murakkab
shakldagi og’ir kontstruktsiyalarni tayyorlash bilan harakterlanadi. Bunda devoriy
shakllar inshootning alohida yirik konstruktsiyalari va elementlarini inobatga olgan holda
yasaladi.
Yig’ma temir-beton konstruksiyalarni tayyorlash texnologiyalari

Devoriy usulning texnologik sxemasi quyidagi jarayonlardan iborat:


• devoriy shaklni ish jarayoniga tayyorlash , uni oldingi qotgan beton
qoldiqlaridan tozalash , beton qorishmasining shakl yuzasiga
yopishmasligi uchun moylash ishlarini bajarish;
• shaklga belgilangan armatura konstruktsiyalarini o’rnatish;
• beton qorishmasini joylashtirish va zichlash;
• shaklni maxsus qoplama bilan yopish va betonni qotirish bo’yicha
tadbirlarni o’tkazish (bug’ yoki elektr energiyasi yordamida isitish , issiq
namlik qayta ishlov );
• qoplamani yechish, tayyor konstruktsiyani devoriy shakldan olish va
maxsus omborga jo’natish.
Yig’matemir-beton
Yig’ma temir-betonkonstruksiyalarni
detallarni qoliplashni mexanizatsiyalash
tayyorlash texnologiyalari

Uzluksiz oqim usulida bir vaqtda kam miqdordagi bir xil yig’ma temir beton
mahsulotlari tayyorlanishi amalga oshiriladi. Har bir postda bir vaqtning o’zida bir
nechta formalar o’rnatiladi va belgilangan texnologik jarayon amalga oshiriladi va
shundan so’ng ko’prik kranlar yordamida keyingi postlarga o’tkaziladi.
Keyin dastlabki postda boshqa turdagi yig’ma temir beton mahsulotlari uchun
yangi formalar o’rnatiladi. Shunday qilib, ushbu texnologik usul turli xildagi va
kam miqdordagi yig’ma temir beton mahsulotlarini ishlab chiqishda texnik
iqtisodiy jihatdan samarali hisoblanadi.
Yig’matemir-beton
Yig’ma temir-betonkonstruksiyalarni
detallarni qoliplashni mexanizatsiyalash
tayyorlash texnologiyalari

Konveyer usuli texnologik jarayonlarning uzluksizligi bilan


harakterlanadi va asosan bir xil tipdagi konstruktsiyalar tayyorlashda
qo’llaniladi.
Jarayonlarni kerakli mashina – mexanizmlar va asbob – uskunalar bilan
jihozlangan, maxsuslashtirilgan postlarda malakali ishchilar amalga
oshiradilar.
Tayyorlanayotgan yig’ma temir beton konstruktsiyasi konveyer bo’ylab
ma’lum bir tezlikda harakatlanib, bir postdan ikkinchisiga o’tib boradi.
Yig’matemir-beton
Yig’ma temir-betonkonstruksiyalarni
detallarni qoliplashni mexanizatsiyalash
tayyorlash texnologiyalari

Umumiy ko’rinishda konveyer texnologik sxemasi quyidagicha tashkil


qilinadi:
• birinchi postda yig’ma temir-beton elementi uchun shakl tayyorlanadi va
unga armatura karkaslari o’rnatiladi;
• ikkinchisida – beton tarqatgich yoki beton yotqizgich yordamida shakl
beton qorishmasi bilan to’ldiriladi, tekislanadi va qisman zichlanadi.
• Beton qorishmasiga to’ldirilgan shakl titratma maydonchaga o’rnatiladi va
zichlanadi.
• Titratma maydoncha yuk ko’tarish qobiliyati shakl va uning ichidagi
mahsulot og’irliklari yig’indisidan katta bo’lishi kerak.
• shakldagi zichlangan mahsulot qotirish uchun issiqlik ishlov berish
kamerasiga jo’natiladi.
Yig’ma temir-beton detallarni qoliplashni mexanizatsiyalash

Qolip – beton qorishmasi yotqiziladigan inshoot qismi yoki konstruksiyasi


beton elementining geometrik shakli va o‘lchamlarini ta’minlovchi
vaqtinchalik yordamchi konstruksiyadir.
Qolipda qorishma qotadi, betonga aylanadi va u talab qilinadigan
mustahkamlikka erishgandan so‘ng, yordamchi konstruksiya (qolip) yechiladi.
Qo‘llanilish maqsadiga mos ravishda qoliplarga bir qator talablar
qo‘yiladi:
• mustahkamlik, qattiqlik o‘lchamlari aniqliligi;
• konstruksiyasi oddiyligi;
• yengil bo‘lishi va tayyorlash uchun kam mehnat sarflanishi;
• tanasidan sement sutini o‘tkazmasligi;
• qulay yig‘ilishi va yechilishi.
Yig’ma temir-beton detallarni qoliplashni mexanizatsiyalash

Qoliplar konstruksiyasi murakkabligi, betonlashtiriladigan konstruksiyalar


murakkabligi va qurilish bloklari o‘lchamlariga bevosita bog‘liqdir.
Qolip ishlari ko‘p mehnat sarf talab qiladigan jarayonlardan hisoblanadi va
uning narxi suv xo‘jaligi qurilishida beton ishlari umumiy narxining 40
%gacha qismini tashkil qilishi mumkin. Shu sababli qolip turini tanlash, unga
bog‘liq ishlarning qulay texnologik variantlarini to‘g‘ri tashkil qilish, katta
hajmda beton ishlari bajariladigan inshootlar qurilishida texnik-iqtisodiy
jihatdan juda katta ahamiyatga egadir.
Yig’ma temir-beton detallarni qoliplashni mexanizatsiyalash

Tayyorlash jarayonida qo‘llaniladigan materiallarga bog‘liq ravishda qoliplar


quyidagi turlarga bo‘linadi:
– yog‘och qoliplar, ishchi yuzasi, tayanch karkaslari, chegaralovchi va boshqa
elementlari yog‘och materiallaridan (doska, brus va h.k.) yasaladi;
– metall qoliplar, ishchi yuzasi silliq, tekis metalldan (metal list), tayanch
konstruksiyalari temir burchaklardan, shvelerlardan va balkalardan yasaladi;
– yog‘och-metall qoliplar, ishchi yuzasi silliq, tekis yog‘och doskalardan (taxtalardan)
yoki faneradan, tayanch qismlari metalldan yasaladi;
– beton yoki temir-beton qoliplar, beton yoki temir-betondan yasalgan plitalar yoki
bloklar.
Yig’ma temir-beton detallarni qoliplashni mexanizatsiyalash

Qoliplarni belgilangan joyiga o‘rnatish kranlar yoki ko‘tarma qurilmalar


yordamida amalga oshirilishi mumkin. Shuningdek, bunday mexanizmlardan
armatura konstruksiyalarini o‘rnatishda va beton qorishmasini qurilish
bloklariga uzatishda ham foydalaniladi.
Beton minimal darajadagi mustahkamligiga erishishi bilan qoliplar yechib
olinishi tavsiya qilinadi. Bunda, qolipning betondan ajralishi oson kechadi va
natijada ularning shikastlanishi oldi olinib, qayta ishlatish imkoniyati oshadi.
Qoliplarni yechib olishda mix sug‘irgich, lomlar va richaglardan foydalaniladi.
Xulosa

Aksariyat holatlarda gidrotexnik inshootlar konstruktsiyalarining yig’ma


temir beton elementlarini tayyorlash tiklanayotgan ob’yektlar qurilish
maydonlarida tashkil etiladi. Yig’ma temir beton mahsulotlarini
tayyorlashga mo’ljallangan korxonalar yopiq sexlar va ochiq poligonlardan
iborat bo’ladi.
Yopiq sexlar gabarit o’lchamlari va massasi katta bo’lmagan, ko’p
miqdorda ishlab chiqiladigan yig’ma temir beton mahsulotlariga
mo’ljallangan. Ochiq poligonlarda esa yirik gabaritli yig’ma temir beton
konstruktsiyalarini tayyorlash amalga oshiriladi.

You might also like