You are on page 1of 15

O’ZBEKISТON RESPUBLIKASI OLIY VA

O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


TOSHKENT ARXITEKTURA QURILISH INSTITUTI

OLDINDAN ZO’RIQTIRILGAN
TEMIRBETON ELEMENTLARNI
LOYIHALASH
(KO’PRIKLAR MISOLIDA)

QQL 20-10: Djabbarova Z. & Sultanova D.


Тoshkent – 2013
PLITALI ORALIQ QURILMALAR

Plitali oraliq qurilmalar o’zida boshi va oxiri bilan tayanchlarga tayangan keng
to’sinlarni namoyon qiladi. Тo’sinning pastki qismi yuk ostida cho’ziladi. Shu uchun
sterjenli ishchi armaturaning ko’p qismi plitaning ostki zonasida eni bo’ylab birtekisda
joylashtiriladi. Barcha bo’ylama armatura zo’riqishlarni to’sinning eni bo’ylab bir tekis
taqsimlashi uchun plita oralig’i bo’ylab ko’ndalang yo’nalishda taqsimlovchi armatura
o’rnatiladi. Bunday armatura oraliq eni bo’ylab bir xil yuklanmaganda ko’ndalang
yo’nalishdagi egilishdan vujudga kelgan zo’riqishlarni qabul qiladi. Bunday zo’riqishlar
oraliq bo’ylab egilishdan paydo bo’ladigan zo’riqishlarga nisbatan sezilarsiz bo’lib,
shuning uchun ham taqsimlovchi armatura sterjenlarining diametri ishchi
armaturadagilarga qaraganda kamroqdir. Ballast prizmasini tutib turuvchi konsollar bir oz
boshqacharoq armaturalanadi. Yuk konsolning erkin uchini pastga egib, uni plitadan
sindirib olishga intiladi. Shu o’rinda konsolning tepasida cho’zilish, pastida esa siqilish
paydo bo’ladi, ya’ni uzluksiz to’sinlardagi kabi. Konsolda qiya cho’zuvchi kuchlanishlar
ham vujudga keladi. Shuning uchun konsolda cho’zilgan zonada ishchi armatura bukiklari
pastga qaratib tepada o’rnatiladi.
Oraliq ortib borgan sari plita qalinlasha boradi.
Chunonchi, oraliq 2,4 m bo’lganida plitaning qalinligi 30
sm, 4,5 m oraliqda esa – 50 sm. Plita keng bo’lgani uchun,
uni bundan keyingi qalinlashishi oqibatida betonnning
sarfi va og’irligi sezilarli ortib boradi. Biroq, beton faqat
plitaning neytral o’qi ustidagi tepa qismidagina siqilishga
ishlaydi, pastki cho’zilgan zonada esa zo’riqishlar
armatura tomonidan qabul qilinadi (rasmda plitaning Oraliq qurilmalar kesimlarining
siqilgan qismi cho’zilganidan farqli o’laroq shtrixlangan) plitali sxemasi

Shuning uchun 4...5 m dan ortiq oraliqlarda plitaning bir


qismini ingichki qovurg’a ko’rinishida bajarish, plitaning o’zini
esa ballast koritosi uchungina tepada saqlab qolish maqsadga
muvofiqroq. Ushbu holatda cho’ziluvchi barcha armatura
qovurg’alarda joylashtirilishi mumkin, bunga bog’liq holda
xomutlarning soni kamayadi. Betonning hajmi kamayishi
tufayli bunday qovurg’ali oraliq qurilmaning og’irligi
yengillashadi, shu bilan birga, cho’zilgan armaturaning miqdori
ham bir muncha kamayadi. Oxir oqibat, oraliq qurilma tayanish
kengligining kamayishi tayanchning kengligini ham Oraliq qurilmalar kesimlarining
kamaytirish imkonini beradi. qovurg’ali sxemasi
Zo’riqtiriladigan armaturali qovurg’ali uzlukli oraliq qurilmalar
Oddiy temirbetondan qilingan oraliq qurilmalardagi armaturalarda hisobiy qarshiliklarga yaqin
bo’lgan σs kuchlanishlarga erishilgach, cho’zilgan zona betonining sezilarli ochilishida
armaturaning chirishiga olib keladigan ko’ndalang yoriqlar vujudga keladi. Yoriqlar sodir
bo’lishini oldini olish uchun, armatura oldindan (tashqi yuklar qo’yilgungacha) zo’riqtiriladi. Shu
o’rinda betonning tashqi yukdan cho’zilgan zonasida siqilish, armaturada esa cho’zilish
kuchlanishlari vujudga keladi (1.32-rasm). Bunday konstruksiyalarda tashqi yuklar qo’yilganidan
so’ng siqilgan beton dastavval yukdan bo’shatiladi, bunga esa tashqi yukning barcha yoki sezilarli
qismi sarflanadi, va faqat shundan so’nggina unda cho’zilish kuchlanishlari, tashqi yuklar yanada
o’sganida esa yoriqlar ham vujudga kelishi mumkin.

Тo’sin balandligi bo’yicha


normal kuchlanishlarning
epyuralari:
a – ko’ndalang kesim;
b – tashqi yuklar epyurasi
v – oldindan zo’riqtirish epyurasi;
g – yoriqbardoshlikning 2a toifasi uchun jamlanma epyura;
d – shunga o’hshash, yoriqbardoshlikning 2v toifasi uchun
Oldindan zo’riqtirilgan oraliq qurilmalarda eng yuqori samaraga yuqori mustahkamli
armaturani va balandroq sinfli betonlarni ishlatish orqali erishiladi. Ushbu holatda po’lat sarfini
1,5...2 baravar kamaytirish va shu bilan bir vaqtning o’zida beton sarfini 10...15% ga
kamaytirishga erishiladi. Ammo oldindan zo’riqtirilgan oraliq qurilmalarni yasash mahsus
moslamalarni talab qilib, yasalish mehnat sarfi va qiymatini oshiradi. Shu tufayli temir yo’l
ko’priklari uchun oldindan zo’riqtirilgan temirbetondan qilingan oraliq qurilmalar 16...34 m
oraliqlardagina iqtisodiy jihatdan asoslangandir. Betonda oldindan zo’riqishlarni yaratish uchun
ikkita usuldan foydalaniladi: betonda taranglash va tayanchlarda taranglash. Hozirgi vaqtda
tayanlarda taranglash usuli butunicha tashiladigan oraliq qurilmalar uchun asosiydir.

Vatanimizda diametri 5 mm bo’lgan simdan


qilingan dastalar ko’rinishadagi armatura eng ko’p
tarqalganlardan. Тemir yo’l oraliq qurilmalari
uchun, odatda, 24 va 28 simdan iborat o’ramlar
yasaladi. Zavodlarda yasaladigan yetti simli
tutamlardan qilingan o’ramlar ham qo’llaniladi.
O’ramlar betonda MТA ning karkas-sterjenli
ankerlari yordamida ankerlanadi.
Oldindan zo’riqtirilgan temirbetondan qilingan qovurg’ali oraliq qurilmaning umumiy ko’rinishi
1-rasmda keltirilgan. Mazkur xildagi oraliq qurilmalarning oddiy temirbetondan qilingan ikki blokli
qovurg’alilaridan farqi devorchaning qalinligi 18...26 sm gacha kichraytirilgan, hamda pastki
belbog’ zo’riqtirilgan armaturani joylashtirish uchun, 82 sm gacha kengaytirilganidadir (1-rasm).

1-rasm. Oldindan zo’riqtirilgan temirbetondan


qilingan qovurg’ali oraliq qurilma
Yakka to’g’ri chiziqli armaturada to’sinning konstruksiyasi eng sodda chiqadi (1,a-rasm).
Biroq yasalish va montaj qilish tajribasi shuni ko’rsatdiki, oraliq qurilma betonida tepadagi
fibralarda sezilarli cho’zuvchi kuchlanishlar paydo bo’lishi mumkin. Shuning uchun keyinroq
loyihalangan oraliq qurilmalardagi to’sin plitasida ikkita o’ram qo’yilgan (1,b-rasm). Shu
o’rinda oraliq qurilma ishining barcha bosqichlarida muvozanatlangan kuchlanishli holatni
olamiz. Barcha ko’ndalang kesimlar o’ramlaridagi oldindan kuchlanish (yasalish, tashish, montaj
va foydalanish bosqichlaridagi) zo’riqishlaridan momentlar tashqi momentga teng bo’lishi uchun
o’ramlarni Meg epyurasi bo’yicha uzish zarurdir.

Тo’sinlarni zo’riqtirilgan armatura bilan armaturalash sxemalari


Тo’g’ri chiziqli gorizontal o’ramlar ko’ndalang kuchlarga ishlamaydi, shu tufayli yirik uzunlikdagi to’sinlar uchun
tayancholdi zonalari devorchalaridagi cho’zuvchi bosh kuchlanishlarni kamaytirish maqsadida poligonal o’ramlar
qo’llaniladi (1.34,v-rasm). Cho’zuvchi bosh kuchlanishlarni to’sinning tayancholdi zonalarida oldindan zo’riqtiriluvchi
xomutlar yordamida ham kamaytirish mumkin (1.34,g-rasm). Shu o’rinda, agarda xomutlarning yo’nalishi devorchadagi
cho’zuvchi bosh kuchlanishlar yo’nalishi bilan mos tushganida ularning olmilkorligi ortiqroqdir. Biroq, qiya xomutlarni
o’rnatish vertikal xomutlarni o’rnatishdan murakkabroq. Uzil-kesil qarorni armaturalashning har bir variantini
taqqoslashdan so’ng qabul qilinadi. Oldindan zo’riqtirilgan temirbetonli to’sinni zo’riqtirilmaydigan armatura bilan
armaturalash huddi oddiy temirbetonli to’sinlardagidek bajariladi. Bunda tayancholdi zonalarda devorchada to’rtta, qolgan
zonalarda esa ikkita to’r joylashtiriladi.

Тo’sinlarni zo’riqtirilgan armatura bilan armaturalash sxemalari


Тo’sinlarni qo’shimcha armaturalar bilan kuchaytirish
1–mavjud armatura; 2–yangi beton; 3–kuchaytirish armaturasi;
4–payvandli chok; 5–kalta sterjen
Тemirbeton to’sinni
qo’shimcha armatura bilan
kuchaytirish:

1 – mavjud armatura;
2 – kuchaytirish zonasi;
3 – kuchaytirish armaturasi;
4 –payvand;
5 – egilgan kalta qiya
sterjen.;
6 – tik xomut;
7 – egilgan xomut;
8 – yuklaydigan
voronkalar;
9 – qolip
Konstruksiyalarni sindirmasdan nazorat qiladigan
priborlarning yangi avlodlaridan
Armaturadagi kuchlanishni chastota usulida aniqlash uchun EIN-
MG4 pribori. Mazkur pribor GOSТ 22362 bo’yicha temirbeton
konstruksiyalarning sterjenli, simli va kanatli armaturasidagi
(oldindan berilgan) dastlabki kuchlanishlarni tezkor (operativ) ishlab
chiqarish nazorati uchun mo’ljallangan. GOSТ 22362 priborning
o’xshashlaridan farqi texnologik hisoblarni avtomatik bajarish
funksiyasi mavjudligidadir: armaturaning berilgan uzayishini,
tayyorlangan armaturaning uzunligi, ankerlar kallaklari orasidagi
masofani korrektirovka qilish. Bir necha turkumdagi oldindan
zo’riqishlarni amalga oshiradigan foydalanuvchilar uchun,
boshlang’ich ma’lumotlar kombinatsiyasi xotirasida o’rnatish va
saqlab qolish imkoniyati ko’zda tutilgan (qolip tayanchlari orasidagi
masofa, armatura diametri va sinfi, armaturadagi loyihaviy
kuchlanish). Pribor o’lchov natijalarini energiya bilan bog’liq
bo’lmagan xotirasi va armatura tebranishlarining elektromagnit
(pomex) va garmonik tarkib shovqinini yo’qotish (bosish)ni
ta’minlovchi samarali ikkikaskadli raqamli filtr bilan ta’minlangan.
O’lchov jarayonida pribor armaturaning tebranish chastotasini, ularni
o’zaro taqqoslab, bir necha marotaba avtomatik o’lchashni amalga
oshiradi, ishonchli qiymatlarini tanlab oladi va hisoblash algoritmiga
mos ravishda uni mexanik kuchlanishga aylantiradi.
Beton himoya qatlami qalinligini o’lchash va
armaturaning joylashishini aniqlash uchun IPA-MG4
pribori. IPA-MG4 pribori GOSТ 22904 bo’yicha
temirbeton buyum va konstruksiyalardagi beton
himoya qatlamining qalinligi va sterjenli
armaturalarning joylashishini magnit usulida operativ
nazorat qilish uchun mo’ljallangan. Priborning
qo’llanish sohalari – qurilish industriyasi tashkilotlari
va qurilishda temirbeton konstruksiya va
inshootlarning armaturalash parametrlarini aniqlash
hamda foydalanishdagi bino va inshootlarni
tekshirishda.
IPA-MG4 pribori uchta asosiy ish rejimiga ega:
armatura sterjenining o’qini aniqlash; aniq diametrli
armaturada himoya qatlamini aniqlash; aniq himoya
qatlami qalinligida armatura sterjenining diametrini
aniqlash. Armatura sterjenlari o’qini qidirish tovush
signallari tonalligi o’zgarishi va raqamli displey
ko’rsatgichlari bo’yicha amalga oshiriladi. Nazorat
qilinadigan armatura sinfi va o’zgartirgichlar
yustirovkasi rejimini tanlash imkoniyati ko’zda
tutilgan. Pribor energiyaga bog’liq bo’lmagan
o’lchovlarning 127 ta natijalari xotirasiga ega.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT

You might also like