You are on page 1of 3

English Story and Quotes 2 августа, 2020

Present Perfect Continuous

1. Present Perfect Continuous to be fe’lining Present Perfect shakli (have been, has been)
va undan keg’in fe’lga ing qo’shilgan shakli orqali yasaymiz
Ega+have/has been+V-ing He has been running- U yugurgan

2. Present Perfect Continuousning bo‘lishsiz shakli birinchi yordamchi fe’ldan (have/has)


keyin not inkor yuklamasini qo‘yish bilan yasaladi:
Ega+have/has + not been+V-ing He has not been running- U yugurmagan

3. Present Perfect Continuousning so‘roq shakli birinchi yordamchi fe’lni eganing


oldiga o‘tkazish bilan yasaladi:
Have/has+ega+ been+ V-ing? Has he been running?- U yugurganmi

Present Perfect Continuous ishlatilishi

1. Present Perfect Continuousni biz o’tgan zamonda boshlanib va hozir ham davom etayotgan ish-
harakatlar uchun ishlatamiz. Bu zamon uchun ish-harakatni qanchadan beri davom etib
kelyotgani ko’rsatish muxim. Qanchadan beri davom etayotgani for va since orqali ko’rsatamiz.

She has been working at that company for three years- U o'sha

kompaniyada uch yildan beri ishlaydi.
▪ They have been talking for 20 minutes – Ular 20 daqiqdan beri
subatlashishyabdi
▪ My uncle has not been smoking for twenty years – Mening amakim
yigirma yildan beri chekmaydi.

➢ Izoh: O’tgan zamonda boshlanib hozirgacha davom etib kelyotgan ish-harakatlar ikki hil
bo’ladi: uzluksiz yoki an’anaviy

✓ Uzliksiz: ish-harakat o’tgan zamondan to hozirga qadar hech bir uzulishsiz davom etib
kelayotgan bo’lishi mumkin. Masalan: I have been doing my homework since 5 o’clock –
Men uyga vazifamni soat 5 dan beri bajarayapman (Ish-harakat hozir ham bajarilayapti va u
boshlangandan to hozirga qadar bajarilishdan bir daqiqa ham to’xtatilmagan).
✓ An’anaviy: oraliq uzulishlar bo’lgan bo’lsa ham, an’anaviy tarzda bajarilib kelinayotgan ish-
harakatlarga nisbatan ishlatiladi. Masalan: My uncle has been smoking for 7 years –
Mening amakim 7 yildan beri chekadi (Bu degani, amakim 7 yil davomida chekmagan bo’lgan
vaqtlari bor, masalan, u kishi dush qabul qilayotganda, ovqatlanayotganda yoki uxlayotganda
sigaret chekmasdi, ammo shunga qaramasdan bu ish-harakat, ya’ni chekish a’nanaviy tarzda
hozirga qadar uzluksiz davom etib kelayapti).

2. O’tgan zamonda bajarib tugatilib, natijasi hozirgi zamonda davom etib turgan ish-harakatlar
uchun. Bunday ish harakatga vaqtincha davom etib turadigan, ma’lum bir vaqt o’tgandan keyin
izsiz yo’qolib ketadigan natijani keltirib chiqargan ish-harakatlar misol bo’la oladi. Buni
tushunib olish uchun va’qtincha davom etib turadigan natijalarni tasavvur qilaylik. Ish-
harakatning qanday natijasi vaqtincha davom etib turishi mumkin? Quyidagi misollarga e’tibor
bering:

▪ He’s out of breath. He has been running – U tez-tez nafas olayapti. U yugurgan (Uning
yugurganligi natijasi hozir ko’z o’ngimizda ko’rinib turibdi, ammo bu natija doimiy emas, u bir

Present and Past Perfect Continuous Page 1


English Story and Quotes 2 августа, 2020

oz vaqt o’tirib, dam olsa bu natija, ya’ni uning tez-tez nafas olayotganlik holati butkul yo’qolib
ketadi).
▪ There’s water on the ground. It has been raining – Yerda suv bor. Yomg’ir yog’ibdi (Yerdagi
suv, yomg’ir yog’ib o’tib ketganligining natijasi. Ammo bu doimiy natija emas, balki quyosh
chiqib turganda bir oz vaqtdan so’ng yerdagi suv batamom qurib, yo’q bo’lib ketadi).
▪ There is smoke in the room. Somebody has been smoking – Xonada tutun bor. Kimdir
chekibdi (Kimdir allaqachon chekib bo’lgan va bu ish-harakatning natijasi, tutun hozirda
davom etib turibdi. Bu vaqtincha natija hisoblanadi, chunki derazalarni ochsak, bir ozdan
so’ng tutun xonadan butkul yo’qolib ketadi.

Past Perfect Continuous


1. Past Perfect Continuous to be fe’lining Past Perfect shakli (had been, ) va undan
keg’in fe’lga ing qo’shilgan shakli orqali yasaymiz. O’zbek tiliga asosan dan beri
yotgan edi so’ziga to’g’ri keladi
Ega+had been+V-ing He had been working for two days- U ikki kundan beri
ishlayotgan edi.

2. Past Perfect Continuousning bo‘lishsiz shakli birinchi yordamchi fe’ldan(had) keyin


not inkor yuklamasini qo‘yish bilan yasaladi: O’zbek tilida dan beri …mayotgan edi
so’ziga to’g’ri keladi
Ega+had + not been+V-ing He had not been working for two days- U ikki kundan beri
ishlamayotgan edi.

3. Past Perfect Continuousning so‘roq shakli birinchi yordamchi fe’lni eganing oldiga
o‘tkazish bilan yasaladi: tilida dan beri …mayotgan edimi? so’ziga to’g’ri keladi
Had+ega+ been+ V-ing? Had he been working for two days?- U ikki kundan beri ishlayotgan
edimi?

Past Perfect Continuous ishlatilishi


1. O’tgan zamonda malum bir paytda qanchadir vaqtdan beri davom etib kelayotgan ish-harakatlarni
aytishda ishlatamiz. Bu vaqtlarni for va since orqali ko’rsatamiz. Muximi ish-harakat qanchadan
beri davom etib kelayotganligini ko’rsatish for va since bilan.
▪ I had been working for a long time when my brother came – Akam kelganda
ancha vaqtdan beri ishlayotgan edim(agar for a long time ya’ni ish-harakat
qanchadan beri davom etgani ko’rsatuvchi so’z bo’maganda shunchaki past
continuous bo’lardi.)
▪ It had been raining for hours when I left home – Qachonki uydan chiqanimda, ikki
soatdan beri yomg’ir yog’ayotgan edi.(Buyerda ham chiqan paytida yom’gir
yog’ishi qancha vaqtdan beri davom etib kelyotgani aytilyabdi)
Eslatma: Bu zamoni muxim belgisi ish-harakatni qanchadan beri davom etyotgani
ko’rsatish for va since. Agar shu ko’rsagich bo’lmasa Past continuous ishlatiladi

Present and Past Perfect Continuous Page 2


English Story and Quotes 2 августа, 2020

O’tgan zamonda biror vaqtdan oldin boshlanib o’sha vaqtda ham davom etayotgan ish-
harakat
Qancha vaqt davom etganligini Qancha vaqt davom etganligini
ko’rsatuvchi vaqt ko’rsatkichi bilan ko’rsatuvchi vaqt ko’rsatkichi bo’lmasa
1. I had been working for a long time 1. I was working when my brother
when my brother came came
2. His sister had been living in London 2. His sister was living in London when
for three years when the war broke the war broke out
out
3. It had been raining for two hours 3. It was raining when I left home
when I left home
2. PAST PERFECT CONTINUOUS (O’tgan tugallangan davomli zamon) biz yuqorida ko’rib
o’tgan hozirgi tugallangan davomli zamonning o’tgan zamon shakli. Ya’ni, o’tgan zamondagi
biror ish-harakatdan oldin bajarib tugatilib, vaqtincha natijasi o’sha o’tgan zamonda davom etib
turgan ish harakatni ifodalaydi
▪ There was smoke in the room. Somebody had been smoking – Xonada tutun bor edi.
Kimdir chekkan edi.

Present and Past Perfect Continuous Page 3

You might also like