You are on page 1of 4

FE’LLARNING NISBAT KATEGORIYASI

Reja:
1. Nisbat kategoriyasi haqida umumiy ma’lumot.
2. Fe’l nisbatlarining turlari:
1) aniq nisbat shakllari;
2) o`zlik nisbat shakllari;
3) majhul nisbat shakllari;
4) birgalik nisbat shakllari;
5) orttirma nisbat shakllari.
3. Nisbat shakllari o`rtasidagi omonimlik va ularni farqlash yo`llari.

1. Nisbat kategoriyasi haqida umumiy ma’lumot.

Fe’l ifodalagan harakat bilan uning bajaruvchisi (subyekti) va predmeti


(obyekti) yoki bir necha bajaruvchi (subyektlar) orasidagi munosabatning
ifodalanishi fe’l nisbati deyiladi. Harakat bilan uning bajaruvchisi orasidagi
munosabat turlicha bo`ladi. Ma’lum bir shaklda harakat ega bilan ifodalangan
shaxs yoki predmet tomonidan bajariladi. Masalan: Bobur ota yurtidan batamom
ajralganini endi astoydil his qildi (P.Qodirov).
Boshqa bir shaklda harakatning subyekti (ega) ham, obyekti ham bir
shaxsning (predmetning) o`zi bo`ladi. Masalan: Feruza hovliga tushib, shabnamda
qiyg`os ochilgan atirgullar ustiga egildi. (H.G`ulom).
Yana bir ko`rinishda harakatning bajaruvchisi sub’ekt emas, ob’ekt sanaladi
yoki harakatning haqiqiy bajaruvchisi noma’lum bo`ladi. Masalan: Tashqarida
so`riga gilam to`shaldi, ko`rpacha solindi. Dasturxon yoyildi, choy damlandi
(Tog`ay Murod).
Shuningdek, harakat bir necha sub’ekt tomonidan birgalikda bajarilishi
mumkin. Masalan: Ichkaridan birin-ketin bolalar chiqib kelishdi (Tog`ay Murod).
Yana bir nisbat shaklida esa harakat grammatik subyekt (ega)ning boshqa
bir subyekt va obyekt ta’siri bilan bajariladi. Masalan: Mo`minning ovozidan
qat’iyat, buyruq Laylini bo`shashtirdi (S.Z.).
Shunga ko`ra fe’llarda besh xil nisbat ko`rinishi mavjud: 1. Aniq
nisbat. 2. O`zlik nisbat. 3. Majhullik nisbati. 4. Birgalik nisbati. 5. Orttirma nisbat.
Fe’l nisbati maxsus shakl yasovchi qo`shimchalar yordami bilan yasaladi.
Bu qo`shimchalar fe’lning leksik ma’nosini o`zgartirmaydi, balki unga qo`shimcha
ma’no qo`shadi, ya’ni bu qo`shimchalar harakatning bajaruvchisi (subyekti) va
predmeti (obyekti) ni ko`rsatib, gap qurilishining qanday bo`lishini bildirib turadi.
Masalan: yozdi – subyekt (ega)ning o`zi bajaradigan harakat, yozildi – predmet
(obyekt) tomonidan bajarilib, subyekti noma’lum harakat, yozishdi – bir necha
subyektlar bajaradigan harakat, yozdirdi – subyektning obyektga ta’siri bilan
bajariladigan harakat.
2. Fe’l nisbatlarining turlari

Aniq nisbat. Bu shakldagi fe’lda harakatning bajaruvchisi grammatik


jihatdan ega vazifasini bajargan shaxs yoki predmet bo`ladi. To`ldiruvchi esa
harakatning obyekti bo`ladi. Gapning bunday qurilishi tilshunoslikda aktiv
konstruktsiya (faol qurilma) deb yuritiladi. Masalan: Navoiy shiringina yasog`liq
uyda tanho ishlar edi (O.). Ushbu gapda ishlar edi harakatining bajaruvchisi
(subyekti) Navoiy bo`lib, u ega orqali ifodalangan. Harakatning obyekti esa uyda
holi orqali ifodalangan.
Bunday shaklda maxsus nisbat ko`rsatkichi yo`q. Bu nisbat ma’nosi fe’l
negizi orqali ifodalanadi, shuning uchun ham u boshqa nisbat shakllarini hosil
qilishi uchun asos bo`la oladi (qiyoslang: o`qidi, o`qildi, o`qishdi, o`qitdi kabi).
O`zlik nisbat. Bu nisbatdagi fe’lda harakatning subyekti bilan obyekti bir
shaxsning o`zi bo`ladi. Masalan: Men har tong Toshkentning go`zilligi, fayzi bilan
zavqlanaman (U.Mahkamov) gapida zavqlanaman fe’li tarkibida kelgan –lan
qo`shimchasi harakatning subyekti bilan obyekti men shaxsi ekanligini ko`rsatib
turibdi.
O`zlik nisbati quyidagi affikslar bilan yasaladi:
a) fe’l negiziga unlidan so`ng –n, undoshdan so`ng –in qo`shish bilan:
maqta-n, o`ra-n, yuv-in, kiy-in kabi;
b) fe’l negiziga unlidan so`ng –l, undoshdan so`ng –il qo`shish bilan: surka-
l, shosh-il kabi;
v) –lan (-la+-n dan tuzilgan qo`shma affiks) affiksini qo`shish bilan: zavq-
lan, tinch-lan, shod-lan kabi;
g) –ish qo`shimchasini qo`shish bilan: ker-ish kabi.
So`ra, bor, yugur kabi fe’l negizlaridan (o`timli, ba’zi bir o`timsiz) o`zlik
nisbati yasalmaydi.
Majhul nisbat. Bu shakldagi fe’lda harakat bajaruvchisi subyekt (ega)
emas, obyekt (to`ldiruvchi) sanaladi yoki harakatning haqiqiy bajaruvchisi
noma’lum bo`ladi.
Masalan: Ot-aravalar birin-ketin saroyga olib kirildi (H.G`.) gapida olib
kirildi harakatining bajaruvchi subyekti noma’lum, ot-aravalar so`zi ega
vazifasida kelsa-da, obyekt vazifasini bajargan.
Kesimi majhullik nisbatidagi fe’l bilan ifodalangan gap qurilishi
tilshunoslikda passiv konstruktsiya deb yuritiladi.
Majhul nisbat quyidagi qo`shimchalar bilan yasaladi:
a) fe’l negiziga unlidan so`ng –l, undoshdan so`ng –il affiksini qo`shish
bilan: yasa-l(-di), ata-l(-di), yut-il(-di), sot-il(-di) kabi;
b) fe’l negiziga unlidan so`ng –n, undoshdan so`ng –in affiksini qo`shish
bilan: bastala-n(-di), ol-in(-di) kabi.
Majhul nisbatdagi fe’lni hosil qilishda –l (-il) affiksi ko`proq qo`llanadi.
Ba’zan ayni bir fe’l negizidan –l (-il), -n (-in) affikslari bilan ham o`zlik, ham
majhul nisbat yasalishi mumkin. Bunday bir xil shaklda kelgan bir xil fe’l
negizining o`zlik yoki majhul nisbatda ekanligi matndan aniqlaniladi. Masalan:
Zulfiya darsga tayyorlandi. Muolajaga tibbiy uskunalar tayyorlandi.
Birgalik nisbat. Bu nisbatdagi fe’lda ish-harakat bir necha subyekt
tomonidan birgalikda bajariladi. Masalan: Ayollar chaqaloqqa ko`z tegmasligi
uchun qilinadigan irim-sirimlarini bitirishgach, bolani beshikka belashdi
(O`.Hoshimov) gapida bitirishgach, belashdi fe’llari anglatgan harakatning bir
necha subyekt, ya’ni ayollar tomonidan birgalikda bajarilganini anglatadi.
Birgalik nisbatdagi fe’l quyidagicha yasaladi:
a) fe’l negiziga unlidan so`ng –sh, undoshdan so`ng –ish affiksini qo`shish
bilan: sana-sh(di), yugur-ish(di) kabi;
b) so`z o`zagiga –lash (-la+-sh qo`shma affiksi) affiksini qo`shish bilan:
yordam-lash(di), bahs-lash(di) kabi.
Orttirma nisbat. Bu nisbat shaklida harakat grammatik subyekt (ega)ning
boshqa bir subyekt yoki obyektga ta’siri, tazyiqi bilan bajariladi.
Masalan: Kampir nevarasiga xatni o‘qitdi gapida ikkita subyekt mavjud
bo`lib, asosiy subyekt vositali to`ldiruvchi (nevarasiga), ikkinchi darajali subyekt
esa ega (kampir) vazifasida qo`llangan bo`lib, o‘qitdi harakati subyektning
subyektga ta’siri natijasida bajarilgan.
Shuningdek, orttirma nisbatdagi fe’lda faqat bir subyekt mavjud bo`ladi.
Bunday holda harakat obyektga (to`ldiruvchiga) o`tadi. Masalan: U kitob keltirdi
kabi.
Orttirma nisbat fe’l negiziga quyidagi affikslarni qo`shish bilan yasaladi:
1) fe’l negiziga –t affiksini qo`shish bilan: qisqart, boyit kabi;
2) fe’l negiziga –tir (-dir) affikslarini qo`shish bilan: keltir, chaqirtir, kuldir,
buzdir kabi;
3) sh, ch, t undoshlari bilan tugagan fe’l negizlariga –ir affiksini qo`shish
bilan: shoshir, ichir, botir kabi;
4) oxiri undosh bilan tugagan bir bo`g`inli fe’l negizlariga – ar
affiksini qo`shish bilan: chiqar, qaytar kabi;
5) oxiri undosh bilan tugagan fe’l negizlariga -g`iz, -giz, -qaz, -g`az,
-kaz, -qiz, -kiz affikslarini qo`shish bilan: turg`iz, egiz, o`tkaz, qutqaz, yutqiz, etkiz
kabi;
6) oxiri m, q undoshlari bilan tugagan fe’l negizlariga –iz affiksini qo`shish
bilan: tomiz, oqiz kabi;
7) fe’l negiziga –sat (-sa+-t qo`shma affiksi) affiksini qo`shish bilan: ko`rsat
(faqat ko`r fe’l negiziga qo`shiladi) kabi.

You might also like